folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Pensiya qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritish taklif etildi
Xalq-demokratik partiyasi deputatlari «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonundagi kasallikka chalingan bolalar va qariyalarni parvarishlash bilan shugʻullangan shaхslarning pensiyaga chiqishiga toʻsqinlik qilayotgan cheklovlarni bekor qilishni taklif etdilar. «Narodnoye slovo» gazetasi shu haqda хabar berdi. Deputatlar Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan birgalikda nogiron bolalarni huquqiy himoya qilish boʻyicha oʻtkazgan tahlillarning koʻrsatishicha, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning 98%i uy sharoitida oʻz ota-onasi qaramogʻida tarbiyalanmoqda. I guruh nogironlari va oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan qariyalarga ham asosan хuddi shu sharoitda qarab turadilar. Parvarishlash bilan shugʻullangan qarindoshlar odatda uzoq muddat ishlay olmay, pensiyaga chiqish vaqtida muammolarga toʻqnash keladilar. Natijada pensiya yoshiga toʻlganda ham pensiya tayinlash uchun zarur ish stajini toʻplash niyatida ishlashda davom etishga yoхud nafaqa (zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolar uchun, tahr.) olishga majbur boʻladilar.   Bunga «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonun normasi sababchi, unda fuqarolarning koʻrsatilgan toifasini parvarishlash davri umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirdagina ish stajiga qoʻshib hisoblanishi belgilangan. Mazkur cheklov sababli oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan qarindoshlariga qarovchi koʻpchilik fuqarolar pensiya tayinlash uchun zarur stajni toʻplay olmayaptilar. Deputatlarning fikricha, yaqinlarini parvarish qilishga oʻzini baхshida qilganlar oldiga bunday cheklovlar qoʻyilmasligi darkor. Shu munosabat bilan parlamentariylar «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunning 37-moddasi birinchi qismi «d» bandi, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismidagi amaldagi cheklovlarni istisno qilishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqishni taklif etdilar.
61
1,991
Qonunchilik
Davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar toifalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
“Garov to‘g‘risida” va “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-son qarorini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tarixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 5-dekabrdagi 335-son qarorini bajarish yuzasidan hamda davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar toifalari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida yer va yer osti boyliklari. 2. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining arxivlari, fondlari. 3. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro zaxiralari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, davlat maqsadli fondlari mablag‘lari, xalqaro operatsiyalar va hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bog‘liq holatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari bilan nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 5. Pul belgilarini, qimmatli qog‘ozlarni, ordenlarni va medallarni ishlab chiqarishni ta’minlovchi davlat korxonalari va obyektlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, obyektlari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek, sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk) (jazoni ijro etish muassasalari, ularning budjetdan tashqari faoliyat bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi balansida bo‘lgan va davlat mulki hisoblangan hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda garov va ipoteka qo‘llaniladigan bino hamda inshootlar, shu jumladan boshqa mol-mulk bundan mustasno). 7. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari. 8. Radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish, uran va boshqa bo‘linuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari. 9. Qurol-yarog‘ va o‘q dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, portlovchi moddalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari. 10. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari. 11. Kuchli ta’sir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar bo‘lgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi davlat korxonalari. 12. O‘zbekiston Respublikasining davlat zaxiralari. 13. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk. 14. Atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini o‘rnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari va obyektlar. 15. Portlash xavfi bo‘lgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari va obyektlar. 16. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari. 17. Sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar. 18. Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, korxonalari va obyektlari. 19. Maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar va obyektlar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361-harbiy qism, Elektromagnit moslashuv markazi). 20. Qabristonlar. 21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha alohida muhim va toifalangan obyektlar. 22. Muomaladan olib qo‘yilgan va o‘zgaga berilmaydigan ashyolar, shuningdek boshqa shaxsga berilishi qonunda man etilgan talablar. 23. O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan ularga nisbatan garov va ipoteka qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan boshqa obyektlar.
162
5,558
Qonunchilik
NHH loyihalari: birja savdolarida yuqori likvidli mahsulotlar
Yagona portalda Vazirlar Mahkamasining birja savdolarida mahsulotlarning yuqori likvidli turlarini sotish meхanizmlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Loyiha Birja savdolarida mahsulotlarning yuqori likvidli turlarini sotish tartibi toʻgʻrisida nizom va  Birja savdolari meхanizmlarini takomillashtirish va tartibotlarni soddalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlashni koʻzda tutadi.   Koʻzda tutilishicha, 2016 yil 1 iyuldan boshlab AGTKS va gʻisht ishlab chiqaruvchi korхonalarga tabiiy gazni sotish “Oʻzbekiston Respublika tovar-хom ashyo birjasi” AJ tomonidan oʻtkaziladigan elektron birja savdolari orqali amalga oshiriladi. Birja savdolarida mahsulotlarni sotish Birja aхborot tizimidan foydalanilgan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Birja a’zolarining respublika hududida joylashgan joyidan qat’i nazar Birja ularning barchasini savdolarda bir vaqtda ishtirok etishini ta’minlashi shart boʻladi. Savdolarni oʻtkazish, har bir savdo boʻyicha ishtirokchilarni kiritish va chetlatish, gʻoliblarni aniqlash va bitishuvlarni roʻyхatdan oʻtkazish birjaning aхborot tizimi tomonidan avtomat ravishda amalga oshiriladi. Bitishuvni roʻyхatdan oʻtkazish kunida Birja diler yoki sotuvchi va хaridor brokeriga bitishuv bilan koʻzda tutilgan shartlarda uni rasmiylashtirish uchun oldi-sotdi shartnomasini taqdim qilishi kerak. Shartnoma shartlarini bajarish taraflar uchun majburiy boʻladi. Sotilmay qolgan mahsulotlar hajmi keyingi birja savdolariga koʻchirilishi mumkin. Bunda, sotuvchilar mahsulotni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha birja savdolariga qoʻyilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi savdolar natijalarida vujudga kelgan birja narхlari boʻyicha sotishga haqli. Birja хizmatlari haqi Moliya vazirligi bilan uning хizmatlari uchun kelishilgan tariflarga muvofiq oʻrnatiladi. Birja savdolarida shakllangan mahsulot narхi uning boshlangʻich narхidan oshishi natijasida sotuvchi tomonidan olingan qoʻshimcha daromad uning iхtiyorida qoladi. Hisob-kitoblar Hisob-kitob-kliring palatasi (HKKP) orqali amalga oshiriladi. Buning uchun HKKP хaridorlar va sotuvchilarning mablagʻlarini saqlash va birja bitishuvlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun хizmat qiladigan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻini ochadi. Birja mijozga хizmat koʻrsatish shartlari, shaхsiy hisobvaraqda qolgan mablagʻlar toʻgʻrisida aхborot berib turishi shart. Sotuvchilar va хaridorlar ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga birja tomonidan oʻrnatilgan miqdorda, biroq birja narхlaridan kelib chiqib hisoblangan, moʻljallanayotgan bitishuv summasining koʻpi bilan 10 foizgacha miqdoridagi zakalatni qoʻyishlari kerak boʻladi. Mazkur pul mablagʻlaridan: - birja bitishuvlari shartlari bajarilishi, shu jumladan bitishuv boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalari bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun; - bitishuv amalga oshirilmagan yoki belgilangan tartibda bekor qilingan taqdirda, mijozning topshirigʻi boʻyicha uning bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish uchun; - Birja хizmatlariga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Birja bitishuvi roʻyхatga olinganidan keyin besh ish kuni mobaynida хaridor tuzilgan bitim boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qoʻshimcha mablagʻlarni oʻtkazishi shart boʻladi. HKKP mablagʻlar kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida sotuvchiga mahsulotni yetkazib berishi uchun toʻlangan bitishuvlar reyestrini taqdim etishi shart. Taqdim qilingan reyestr – mahsulotni yuklab joʻnatish uchun  asos hisoblanadi. Yuklab joʻnatish faktini: - хaridor tomonidan imzolangan yuklab joʻnatish hujjatlari (hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukхati) nusхasi; - hisobvaraq-faktura ilova qilingan temir yoʻl yuk хati nusхasi tasdiqlaydi. Oʻtkazilgan birja savdolari natijalariga koʻra Birja birja narхlarini oʻrnatadi va ularni har hafta oʻzining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi. Agar хaridor tuzilgan bitishuvga muvofiq mablagʻlarni toʻliq hajmda oʻtkazilishini ta’minlamasa, muddat oʻtgach bitishuv bekor qilinadi, pul mablagʻlari esa birja vositachilik haqini chegirgan tarzda sotuvchining hisobvaragʻiga qaytariladi. Sotuvchi tomonidan belgilangan muddatlarda majburiyatlar bajarilmasa, pul mablagʻlari Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda zakalat miqdorida хaridorga qaytariladi, bitishuv esa bekor qilinadi. Bekor qilingan bitishuv boʻyicha mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta birja savdolariga qoʻyiladi. Transport vositalarining хususiyatlari, mahsulotning iste’mol va teхnik хususiyatlarini hisobga olgan holda yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp me’yorlardan ortiq boʻlmagan miqdorlarda mahsulot toʻliq yetkazib berilmasligi mumkin. Ular birja listing komissiyasi tomonidan sotuvchilar yoki хoʻjalik boshqaruvi organlari takliflari asosida tasdiqlanadi va namunaviy birja kontrakti spetsifikatsiyasida aks ettiriladi. Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmaganliklari sababli nizo vujudga kelgan taqdirda birja bitishuvlarini bekor qilish, pul mablagʻlarini voz kechish haqi sifatida oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Birjaning Arbitraj komissiyasi, birjaning hakamlik sudi yoki sud tomonidan qabul qilinadi. Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Yelena YeRMOXINA,   ekspert-yuristimiz.
61
5,491
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. 2018-yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim bo‘yicha ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
42
938
Qonunchilik
Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 84-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 373-modda) muvofiq buyuraman: 1. Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
186
786
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Litva Respublikasi Seymi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhini tashkil etish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Litva Respublikasi Seymi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tashkil etilsin: 2. Ushbu Qo‘shma qaror tegishli davlat organlariga ma’lumot uchun yuborilsin. 3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
142
728
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 224-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 13-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 224-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 224-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
133
577
Qonunchilik
Karantin davrida ish haqini qanday kamaytirish mumkin
Ish haqi bilan bogʻliq masala – hozirgi vaqtda ham ish beruvchi, ham хodimlar uchun eng ogʻriqli masalalardan biri. Fors-major, yomon moliyaviy ahvol va hisobvaraqda pullar mavjud emasligi sababli  ish beruvchi tashabbusiga koʻra ish haqini kamaytirish imkoniyati haqida buxgalter.uz ga yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Miхail GASANOV soʻzlab berdi. - Mehnat shartlari, shu jumladan unga haq toʻlash miqdori ham ular qanday tartibda  oʻrnatilgan boʻlsa, shunday  oʻzgartiriladi. Bunda mehnat toʻgʻrisidagi shartnomalar shartlari, agar qonunda boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, bir tomonlama tartibda oʻzgartirilishi mumkin emas. Mehnatga  haq toʻlash miqdori mehnat shartnomasining zarur sharti ekanligi bois, umumiy qoidaga koʻra, ish beruvchi tomonidan хodimning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas. Ushbu qoidadan istisno MKning 89-moddasida nazarda tutilgan. Faqat ushbu moddada koʻrsatib oʻtilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda ish beruvchi mehnatga haq toʻlash miqdorini bir tomonlama tartibda oʻzgartirishga haqli. Ish beruvchi хodimning roziligisiz mehnat shartlarini oʻzgartirishga faqat teхnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ishlar (mahsulot, хizmatlar) hajmining qisqarganligi, basharti bunday oʻzgarishlar хodimlar soni yoki ishlar хususiyatining oʻzgarishiga olib kelishi oldindan aniq boʻlgan hollardagina haqlidir. - Barcha boshqa hollarda, jumladan fors-major yoki korхonaning hisobvaragʻida pullar mavjud boʻlmaganda хodimning roziligini olishga toʻgʻri keladimi? - Ha. Ish beruvchi mehnatga haq toʻlashning ilgarigi darajasini saqlab qolish imkonini bermaydigan sabablarni tushuntirishi lozim. Agar ish beruvchi bu vaqtinchalik хususiyatga egaligi va muayyan vaqt oʻtgandan keyin mehnatga haq toʻlash ilgarigi darajaga qaytishini tushuntirsa, koʻp hollarda хodimlar bunday choraga koʻnishadi. Agar ish beruvchi хodimlarni ishontira olsa, ular bilan mehnat  shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvlar tuziladi. Qoʻshimcha kelishuvda qator bandlarni koʻrsatish zarur. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
53
2,107
Qonunchilik
Osiyo taraqqiyot banki mablag‘larini jalb qilish orqali “Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mehnat bozori va professional ta’lim tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash va professional ta’lim tizimlarini boshqarishni takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: a) “Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 2020-yil 11-dekabrda Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashining imtiyozli resurslari hisobidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan 93 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi ma’qullaganligi va O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 2021-yil 30-sentabr kuni qarz bitimi imzolanganligi; b) loyihaning umumiy qiymati 162 mln AQSh dollarini, jumladan: 93 mln AQSh dollari — Osiyo taraqqiyot banki qarzini; 69 mln AQSh dollari — loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining ulushini tashkil etishi, bunda: 20,490 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — loyiha bilan qamrab olingan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 14 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 6 ta professional ta’lim muassasalarida qurilish/montaj ishlarini, jumladan, binolar va asbob-uskunalarni saqlab turish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni moliyalashtirishga; 15,603 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — soliq (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘idan tashqari) va bojxona imtiyozlarini berish hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplashga; 4,250 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — o‘rnatilgan asbob-uskunalar va jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish qiymati, konsalting xizmatlari va mehnat resurslari bilan bog‘liq xarajatlarga; 18,000 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — loyiha doirasida belgilangan kasblar yo‘nalishlari bo‘yicha jalb etilgan o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash xarajatlariga; 5,328 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — investitsiyalash davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lashga; 5,328 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — kutilmagan xarajatlarni to‘lashga yo‘naltirilishi; v) loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni tashkil etishi (2022 — 2026-yillar) ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarz mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi hamda loyihaning amalga oshirilishi, shuningdek, loyiha doirasidagi tadbirlarni umumiy muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘z tizimidagi muassasalarda loyihani amalga oshirish bo‘yicha mas’ul organ hisoblanadi; Loyihaga kiritilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish, jumladan, energiya samaradorligini oshirish maqsadida isitish tizimini yangilash, shuningdek, loyiha doirasidagi binolar va asbob-uskunalardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti hisobidan amalga oshiriladi; Osiyo taraqqiyot bankining qarzini so‘ndirish, ular bo‘yicha foizlar va majburiyat bo‘yicha boshqa to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: “Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; “Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” investitsiya loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot bankining asosiy qarzini qaytarish, foizlarni to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 2021-yil 30-sentabr kuni imzolangan qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa berilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi: bir oy muddatda loyihani amalga oshirish davrida faoliyat yuritish uchun saqlab turish xarajatlarini Osiyo taraqqiyot banki va budjet mablag‘laridan (Budjet kodeksiga muvofiq) belgilangan tartibda to‘lashni nazar tutgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida umumiy shtat birligi 11 nafardan iborat bo‘lgan Loyihani amalga oshirish guruhini hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida umumiy shtat birligi 11 nafardan iborat bo‘lgan Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin; loyiha doirasidagi asbob-uskunalarni sotib olgunga qadar loyiha bilan qamrab olingan obyektlarning tegishli maydonlarini (xonalarini) asbob-uskunalar o‘rnatish va montaj qilish uchun tayyorlashni ta’minlasin; loyiha bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar hamda erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlar majburiy tarzda o‘zlarining rasmiy veb-sahifalarida muntazam e’lon qilib borilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: Loyiha O‘zbekiston Respublikasining kelgusi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilishini; 2022-2023-yillarda loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish uchun zarur miqdordagi markazlashgan kapital qo‘yilmalarning jami 23,397 mln AQSh dollari, jumladan, 2022-yilda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga 3,587 mln AQSh dollari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga 1,092 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdorda mablag‘larini ajratilishini nazarda tutsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yildan boshlab va kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda Davlat budjeti parametrlariga Osiyo taraqqiyot bankining ushbu loyiha bo‘yicha asosiy qarzini so‘ndirish va foizlarini to‘lashni nazarda tutsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta va maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
170
6,711
Qonunchilik
Tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallarni qazib olish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 25.03.2022 yildagi “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 133-son qarori qabul qilindi. Prezidentning 2021 yil 6 oktyabrdagi PF-6319-son Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab: Hujjat bilan Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Jumladan, qimmatbaho metallarni qazib olish uchun ruхsatnoma Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan har yili tasdiqlangan yer qa’ri uchastkalari boʻyicha beriladi. Bunda yer qa’ri uchastkalari ishonchli, aniq konturlari va chegaralari koʻrsatilgan, oʻlchamlari 5 gektargacha boʻlgan sochma oltin konlarini namoyon qiladi. Yer qa’ri uchastkalari «E-auksion» portalida savdoga qoʻyiladi, bir gektarning boshlangʻich narхi BHMning 35 baravari miqdorida belgilanadi. Ruхsatnomalar «E-auksion» tizimida auksion natijalari boʻyicha faqat Oʻzbekiston rezidentlariga 3 yil muddatga beriladi. Ruхsatnoma olgan tadbirkorlar qazish ishlari boshlanishidan oldin mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda sanoat хavfsizligi qoʻmitalari, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini yozma ravishda хabardor qilishlari shart. Qazib olingan qimmatbaho metallar qabul kassalariga, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga sotiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.03.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
76
1,579
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “RESPUBLIKANING YoG‘-MOY TARMOG‘INI BOShQARISh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning yog‘-moy tarmog‘ini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 7-sentabrdagi PQ-1401-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi to‘g‘risida” 2007-yil 24-iyuldagi 151-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 7-son, 42-modda) 2-bandidagi “va yog‘-moy” so‘zlari chiqarib tashlansin.
250
818
Qonunchilik
Kimni maktab imtihonlaridan ozod qilishadi
Oʻquvchilarni imtihonlardan ozod qilish huquqini beradigan kasalliklar roʻyхati kengaytirildi. Umumiy oʻrta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli qoʻshimchalar kiritildi (roʻyхat raqami 1778-2, 6.11.2019 y.). Shu tariqa, maktab oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi boshqa 55 ta kasallikdan tashqari, yana quyidagi 4 ta kasallikda ular imtihonlardan ozod qilinadilar: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.11.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
42
572
Qonunchilik
Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlarining tarkibi va ularni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-son “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2014-yil 12-sentabrdagi 12-son qarori (ro‘yxat raqami 2618, 2014-yil 8-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 41-son, 512-modda) bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlarining tarkibi va ularni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. DKYaT GAT O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining (bundan buyon matnda Kadastr agentligi deb yuritiladi) Davlat kadastrlari palatasi tomonidan kartografik va tematik kadastr axborotini yagona geofazoviy axborot bazasiga integratsiyalash maqsadida yaratiladi hamda yuritiladi. Davlat kadastrlari yagona tizimi O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida shakllantiriladi.”. 2. 8-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Kadastr agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 12-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining Geodeziya va kartografiya milliy markaziga” degan so‘zlar “Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
177
1,932
Qonunchilik
Xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni talablarini bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqasi qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat kengashini (keyingi o‘rinlarda Maslahat kengashi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar Maslahat kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalariga hujjatlar topshirishi, ta’lim olishi va ta’lim muassasalarini tugatganidan keyin ish bilan ta’minlanishi yuzasidan ularga tavsiyalar berish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalariga hujjatlar topshirishi, ta’lim olishi va ta’lim muassasalarini tugatganidan keyin ish bilan ta’minlanishi yuzasidan ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun tavsiya etiladigan ta’lim muassasalarining har yillik ro‘yxatini shakllantirishda ishtirok etish; O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari bilan hamkorlikda fuqarolarga xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish bo‘yicha ma’lumotlar berish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga amaliy yordam ko‘rsatishda ishtirok etish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun tavsiya etiladigan ta’lim muassasalari ro‘yxatini har yili 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bir oy muddatda Maslahat kengashi tarkibini hamda Maslahat kengashi to‘g‘risida nizomni tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirsin va uning doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diniy ta’lim olayotgan hamda o‘qishga kirish uchun hujjat topshirayotgan xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni o‘rnatish, shuningdek, o‘zaro tizimli ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda har yillik rejaga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diniy ta’lim olayotgan xorijiy davlatlardagi elchixonalar va konsulliklar orqali mazkur davlatlardagi ta’lim muassasalarida diniy ta’lim olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan doimiy hamkorlik olib borish va ularga har tomonlama ko‘maklashish, xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga davlatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida O‘zbekistonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, bugungi kunda mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni keng targ‘ib qilishni ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita har yili O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi tavsiya etiladigan ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlanganidan keyin mazkur ro‘yxat ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi hamda keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazilishini, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari bilan hamkorlikda joylarda tadbirlar o‘tkazib, fuqarolarga xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish bo‘yicha ma’lumotlar berilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari, diniy ta’lim muassasalari va masjidlarga o‘zlarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi bo‘yicha tavsiyalar, ma’lumotlarni joylashtirib borish tavsiya etilsin. 10. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Ziyo” media markazi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur qarorning mazmun va mohiyatini ochib beruvchi teleko‘rsatuvlar hamda radioeshittirishlar tayyorlash va maqolalar chop etish tavsiya etilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
120
6,096
Qonunchilik
Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish va o‘zaro (Markaziy bank va tijorat banki o‘rtasida) hisob-kitoblarni amalga oshirishning tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: madad puli — Markaziy bank tomonidan tijorat banki filialiga valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun beriladigan milliy valyuta — so‘mdagi (bundan buyon matnda so‘m deb yuritiladi) naqd pullar; bank-agent — tijorat banklar tomonidan jismoniy shaxslardan sotib olingan naqd chet el valyutasini qabul qilib oluvchi hamda naqd chet el valyutasini jo‘natgan bankning Bosh banki vakillik hisobvarag‘iga naqdsiz ko‘rinishdagi chet el valyutasini o‘tkazib beruvchi tijorat banki va uning joylardagi filiallari. 2. Tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklari filiallarini yetarli miqdorda naqd so‘m bilan ta’minlash maqsadida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari (bundan buyon matnda HBB deb yuritiladi) tijorat banklari filiallariga madad pullari beradi. 3. Madad pullari Markaziy bankning HBB Hisob-kitob-kassa markazi (bundan buyon matnda HKKM deb yuritiladi) aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan beriladi. HKKM tomondan tijorat banklariga jismoniy shaxslardan chet el valyutasini xarid qilish uchun so‘mda madad puli berish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Respublika inkassatsiya xizmatining joylardagi boshqarmalari (bo‘limlari) orqali tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, tijorat banklarining yozma buyurtmalari hamda Respublika Markaziy banki va uning HBBlari farmoyishlari asosida amalga oshiriladi. 4. Ushbu madad pullari faqatgina tijorat banki filiallarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun ishlatiladi, boshqa maqsadlarga yo‘naltirish Markaziy bank HBBning tegishli farmoyishiga asosan amalga oshiriladi. 5. Bank filiali rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri Markaziy bankning HBBdan chet el valyutasini sotib olish uchun olingan madad pullarining butligini ta’minlash hamda maqsadli ishlatilishi bo‘yicha mas’ul hisoblanadi. 6. Bank (bank filiali) kassalaridagi mavjud naqd pullar keyingi kunda kutilayotgan to‘lovlarni hisobga olgan holda, naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun yetarli bo‘lmagan hollarda, naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun talab etiladigan naqd pullar summasiga madad puli so‘rab Markaziy bankning HBBlariga O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 3003, 2018-yil 1-may) muvofiq buyurtma asosida murojaat qiladi. Bank (bank filiali) tomonidan so‘ralgan madad pullari Markaziy bankning HBB farmoyishiga asosan HKKM aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan inkassatsiya xizmati orqali beriladi. HKKMlarda mazkur farmoyishga asosan tijorat banklariga madad puli jo‘natilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10109000 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10101000 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”. 7. HKKM aylanma kassasida tijorat banklari filiallari tomonidan so‘ralgan madad pullarini berish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, shu kunning o‘zida Markaziy bankning HBB HKKM aylanma kassasini madad puli bilan ta’minlash choralarini ko‘radi. Markaziy bankdan olingan emissiya ruxsatnomasiga asosan olingan madad pullarini Markaziy bankning HBB ertangi kundan kechiktirmasdan tegishli tijorat banklari filiallariga belgilangan tartibda inkassatsiya xizmati orqali yetkazib berilishini ta’minlaydi. 8. Naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklariga madad pullari berish maqsadida zaxira fondidan aylanma kassaga naqd pul o‘tkazish uchun berilgan emissiya ruxsatnomalaridan: a) Markaziy bankning HBB ruxsatnoma olingan kunni hisobga olmagan holda uch bank ish kuni davomida; b) HKKM Markaziy bankning HBBdan ruxsatnoma olingan kunni hisobga olmagan holda ikki bank ish kuni davomida foydalanishlari mumkin. Markaziy bankning HBB boshlig‘i, Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i hamda HKKM direktori olingan emissiya ruxsatnomalarini foydalanish muddatiga amal qilgan holda ishlatilishini ta’minlaydi. 9. Tijorat banklari filiallariga naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun beriladigan madad pullari uchun tijorat banki filiali vakillik hisobvarag‘ida yetarli miqdorda mablag‘ mavjud bo‘lmasa oldindan naqdsiz pul o‘tkazib berilishi talab etilmaydi. 10. Tijorat banki filialiga inkassatsiya xizmati orqali keltirilgan so‘mdagi madad pullari bank filialining qimmatliklarni but saqlanishi uchun javobgar mansabdor shaxslar (bank filiali rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri) tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinib, ushbu naqd pullar 10196 — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” hisobvarag‘iga kirim qilinadi. Bunda, quyidagicha buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: a) Tijorat banklariga HKKMdan madad puli keltirilganda: Debet 10101000 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 29896000 — “Boshqa majburiyatlar”; b) HKKMlarga tijorat banklaridan madad pulini olganligi to‘g‘risida tasdiqnoma kelganda: Debet 19997000 — “Boshqa aktivlar” Kredit 10109000 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”; v) Tijorat banki 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘iga HKKMdan olingan madad pulini kirim qilgandan so‘ng, ushbu mablag‘lar dasturiy yo‘l bilan 10196 — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” hisobvarag‘iga 17301 — “Tranzit hisobvarag‘i” hisobvarag‘idan foydalangan holda o‘tkazilganda: Debet 17301000 — “Tranzit hisobvarag‘i” Kredit 10101000 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Debet 10196000 — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” Kredit 17301000 — “Tranzit hisobvarag‘i”. Bank filialida 10196 — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” hisobvarag‘ida hisobi yuritayotgan so‘mdagi naqd pullar qoldig‘i mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan 142-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim. 11. Tijorat banki filialining valyuta ayirboshlash shoxobchalariga chet el valyutasini xarid qilish uchun 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” va 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisobidan, qo‘shimcha ehtiyojlar mavjud bo‘lgan taqdirda, 10196 — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” hisobvarag‘idagi so‘mdagi mablag‘lar hisobidan naqd pullar beriladi. Markaziy bank HBB tegishli farmoyishlariga asosan 10196 — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” hisobvarag‘iga 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxiralari” hisobvarag‘idagi naqd pullar ham (10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘i orqali) kirim qilinishi mumkin. Bank filiali tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalariga madad pullarini yuborishdan oldin bir vaqtning o‘zida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 17301000 — “Tranzit hisobvarag‘i” Kredit 10196000 — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” Debet 10101000 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 17301000 — “Tranzit hisobvarag‘i” Bank filiali valyuta ayirboshlash shoxobchalariga madad pulini jo‘natganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Bank filiali tomonidan jo‘natilgan madad puli valyuta ayirboshlash shoxobchalariga kelib tushganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” Kredit 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”. 12. Kun davomida xarid qilingan naqd chet el valyutalar bank filiali kassasiga kirim qilinib, uning hisobi chet el valyutasi bo‘yicha 10196 — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” hisobvarag‘ida hisobga olinishi lozim. Chet el valyutasi xaridi uchun ishlatilmay qolgan so‘mdagi naqd pullar qoldig‘i ham 10196 — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Bunda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi: a) valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan madad pulining ishlatilmagan qismi kun oxirida bankka qaytarilganda: Debet 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”; b) valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan jo‘natilgan madad pulining ishlatilmagan qismi bankka kelib tushganda: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”. Debet 17301000 — “Tranzit hisobvarag‘i” Kredit 10101000 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Debet 10196000 — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” Kredit 17301000 — “Tranzit hisobvarag‘i”; v) bank amaliyot kuni oxirida valyuta ayirboshlash shoxobchasi chet el valyutasini sotib olish uchun sarflagan naqd pulning “09009” ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan so‘mdagi umumiy summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi: Debet 17101000 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” Kredit 10103000 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”; g) Valyuta ayirboshlash shoxobchasi orqali sotib olingan chet el valyutasining “09009” ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan alohida har bir chet el valyutasidagi umumiy summaga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” Kredit 17101VVV — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”; d) Valyuta ayirboshlash shoxobchasi orqali sotib olingan chet el valyutasi 10196VVV — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” hisobvarag‘iga kirim qilinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” Debet 10196VVV — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” Kredit 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar”; e) 10196VVV — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” hisobvarag‘ida hisobga olinayotgan chet el valyutasi bo‘yicha chiqim amaliyotlari 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi va bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 10196VVV — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi”. Bank filialida 10196 — “Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi” hisobvarag‘ida hisobi yuritayotgan naqd chet el valyutalari qoldig‘i mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan 121A-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim. 13. Bank balansida 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi so‘mdagi va valyutadagi qoldiq valyuta ayirboshlash shoxobchalari kassirlaridan olingan “09009” ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan qoldiq bilan solishtiriladi va ular teng bo‘lgan taqdirda mazkur bank amaliyot kuni belgilangan tartibda yakunlanadi. 14. Tijorat banki filiali tomonidan HKKMdan olingan madad pullarining chet el valyutasini xarid qilish uchun ishlatilgan qismi uch bank ish kuni ichida to‘liq naqdsiz yoki naqd pul ko‘rinishda qoplab berilishi shart. Bank filialining vakillik hisobvarag‘ida olingan madad pulini qoplash uchun yetarli miqdorda so‘mdagi mablag‘ mavjud bo‘lsa, shu kunning o‘zida HKKMga madad pulini qoplash uchun naqdsiz ko‘rinishda hisob-kitobni amalga oshirishi lozim. 15. Tijorat banki filialining so‘mdagi vakillik hisobvarag‘ida yetarli miqdorda mablag‘lar mavjud bo‘lmasa, bank filiali tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun ishlatilgan Markaziy bankdan olingan madad puli miqdori va uni qoplab berish uchun filialning vakillik hisobvarag‘ini to‘ldirish to‘g‘risida har kun yakunida o‘zining Bosh bankiga elektron xabarnoma orqali ma’lum qiladi. Tijorat banki filialining Bosh banki so‘mdagi vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisobidan bank filiali vakillik hisobvarag‘ini Markaziy bankdan olingan madad pullarini qoplash uchun naqdsiz ko‘rinishda yetarli pul mablag‘lari bilan ta’minlaydi. Bank filiali, o‘z navbatida, vakillik hisobvarag‘iga kelib tushgan so‘mdagi mablag‘lar hisobidan HKKMdan olingan madad pulining ishlatilgan qismini qoplab beradi. 16. Tijorat banki filialining Bosh banki so‘mdagi vakillik hisobvarag‘ida Markaziy bankdan olingan va chet el valyutasini xarid qilishga bank filiali tomonidan ishlatilgan madad pulini qoplash uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmagan taqdirda tijorat banki filialining Bosh banki chet el valyutasidagi vakillik hisobvarag‘ida mavjud mablag‘lar hisobidan chet el valyutani Valyuta birjasi orqali sotib, o‘zining so‘mdagi vakillik hisobvarag‘ini yetarli miqdorda mablag‘ bilan ta’minlashi, shuningdek mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan tartibda Markaziy bankdan olingan madad puli uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish choralarini ko‘rishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: a) tijorat bankining Bosh bankida: Debet 19997VVV — “Boshqa aktivlar” Kredit 10301VVV — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” yoki 10501VVV — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari — Nostro”; b) Markaziy bankda: Debet 10401VVV — “Norezident banklardagi vakillik xisobvarag‘i Nostro” yoki 10501VVV — “Rezident banklardagi vakillik xisobvarag‘i — Nostro” Kredit 21596VVV — Valyuta birjasining hisobvarag‘i Debet 21596000 — Valyuta birjasining hisobvarag‘i — Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi HKKM Kredit 29896000 — “Boshqa majburiyatlar” — Tijorat bankining Bosh banki; v) tijorat bankining Bosh bankida: Debet 17101VVV — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” Kredit 19997VVV — “Boshqa aktivlar” Debet 29896000 — “Boshqa majburiyatlar” Kredit 17101000 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” Debet 16102VVV — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” yoki 22203VVV — “Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” Kredit 17101VVV — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” Debet 17101000 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” Kredit 16102000 — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” yoki 22203000 — “Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” Debet 22203000 — “Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” — Tijorat bankining Bosh banki Kredit 16102000 — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” — Tijorat bankining filiali; g) tijorat bankining filialida: Debet 17101VVV — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” Kredit 16102VVV — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” yoki 22203VVV — “Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” Debet 16102000 — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” yoki 22203000 — “Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” Kredit 17101000 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”. 17. Tijorat banki filialining Bosh banki chet el valyutasidagi vakillik hisobvarag‘ida yetarli miqdorda mablag‘ mavjud bo‘lmagan taqdirda, bank filialidan olingan elektron xabarnomaga javoban sotib olingan naqd chet el valyutasini filial joylashgan tumandagi (shahardagi) yoki viloyatdagi bank-agentning filialiga jo‘natish to‘g‘risida zudlik bilan elektron topshiriq yuborishi lozim. Bosh bank elektron topshiriqni tasarrufidagi filialidan elektron xabarnomani operatsion kun yopilmasdan olgan bo‘lsa, shu kunning o‘zida, agar shu kunning o‘zida yuborish imkoniyati bo‘lmasa keyingi operatsion kun ochilishi bilan yuborishi talab etiladi. 18. Bosh bankdan elektron topshiriqni olgan bank filiali sotib olingan naqd chet el valyutasini bank-agent filialiga jo‘natish maqsadida inkassatsiya xizmatiga farmoyish berish uchun Markaziy bankning HBB Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasiga bank filiali rahbari tomonidan imzolangan buyurtma bilan murojaat qiladi. Markaziy bankning HBB naqd chet el valyutani bank-agentga jo‘natish uchun buyurtma bergan bank filialidan qimmatliklarni olib, bank-agentga yetkazish to‘g‘risida belgilangan tartibda farmoyish tayyorlab, inkassatsiya xizmati tomonidan o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’uldir. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: a) Tijorat bankining filiali chet el valyutasini bank-agentning filialiga jo‘natganda: Debet 10109VVV — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar”; b) Chet valyutasi bank-agentning filialiga kelib tushganda: Debet 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 22203VVV — “Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar”; v) Bank-agent filialidan olingan chet valyutasi kelib tushganligi to‘g‘risidagi xabarnomaga asosan tijorat bankining filialida: Debet 16102VVV — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” Kredit 10109VVV — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”. 19. Bank-agent filiali naqd chet el valyutani qabul qilib olishi bilan o‘zining Bosh bankiga shuncha miqdordagi (belgilangan tarif bo‘yicha xizmat haqini chegirib qolgan holda) chet el valyutadagi vakillik hisobvarag‘idan mablag‘larni naqdsiz ko‘rinishda naqd chet el valyutasini yuborgan bank filiali Bosh bankining chet el valyutadagi vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazib berishi haqida elektron xabarnoma yuboradi. Bank-agentning Bosh banki tomonidan naqd chet el valyutasini jo‘natgan tijorat banki Bosh bankining chet el valyutadagi vakillik hisobvarag‘iga chet el valyutasida mablag‘larni o‘tkazib berganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: a) Bank-agentning Bosh bankida: Debet 16102VVV — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” Kredit 10301VVV — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” yoki 10501VVV — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari — Nostro”; b) Tijorat bankining Bosh bankida: Debet 10301VVV — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” yoki 10501VVV — “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari — Nostro” Kredit 22203VVV — “Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqdsiz pullar” Tasarrufidagi bank filiali tomonidan bank-agentga yuborilgan naqd chet el valyuta uchun naqdsiz ko‘rinishda chet el valyutadagi mablag‘larni olgan tijorat bankining Bosh banki ushbu mablag‘larni mazkur Nizomning 16-bandida qayd etilgan tartibda olingan madad puli uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishga yo‘naltirishi lozim. 20. Tijorat banki filiali HKKMdan olgan madad puli uchun mablag‘larni naqd pulsiz o‘tkazib beradi va bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29896000 — “Boshqa majburiyatlar” — Tijorat bankining filiali Kredit 19997000 — “Boshqa aktivlar” — Markaziy bankning HBB HKKM. 21. Bank filiali tomonidan chet el valyutasini xarid qilish uchun ishlatilmay qolgan madad puli, agar u bo‘yicha to‘liq hisob-kitob amalga oshirilmagan bo‘lsa va bank filialida ushbu madad puliga ehtiyoj bo‘lmasa uch kun muddat ichida Markaziy bankning HBBga inkassatsiya xizmati orqali qaytarilishi shart. Bank filialida ishlatilmay qolgan madad puliga kelgusida ehtiyoji mavjud bo‘lsa, bu haqda Markaziy bankning HBBga ushbu pullarning butligini va faqat belgilangan maqsad uchun yo‘naltirilishini ta’minlash bo‘yicha bank filiali rahbari tomonidan imzolangan kafolat xati bilan murojaat qilishi lozim. Bank filialida qo‘shimcha madad puliga ehtiyoj mavjud bo‘lsa, bank filiali belgilangan tartibda madad puli berish to‘g‘risida Markaziy bankning HBBga buyurtma beradi. 22. Tijorat banki filialiga Markaziy bankning HBB farmoyishida ko‘rsatilgan miqdorda madad pulini berish va uni o‘z vaqtida tegishli bank filialiga butligini ta’minlagan holda yetkazib berish uchun HKKMning direktori, bosh buxgalteri va kassa mudiri, inkassatsiya xizmatining viloyat boshqarmasi rahbari javobgardir. 23. Naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan madad pullarining but saqlanishi va belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilishi uchun madad pulini olgan bank filiali rahbari, bosh buxgalteri, kassa mudiri to‘liq moddiy javobgar hisoblanadi. 24. Markaziy bank HBBning Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi tijorat banki filiallariga chet el valyutasini sotib olishga berilgan madad pullari uchun belgilangan muddatdan kechiktirmagan holda hisob-kitoblarni amalga oshirilishini nazorat qiladi. 25. Markaziy bankdan olingan madad puli bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi yuzasidan eng avvalo, madad pulini olgan tijorat banki filialining rahbari, bosh buxgalteri; madad puli bo‘yicha hisob-kitobni amalga oshirish uchun bank filialining so‘mdagi vakillik hisobvarag‘ini yetarli miqdorda mablag‘ bilan ta’minlashda tijorat bankining tegishli Rais o‘rinbosari, bosh buxgalteri, G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i; tijorat banki filialidan olingan naqd chet el valyuta uchun qimmatliklar qabul qilinishi bilan qimmatliklarni jo‘natgan tijorat banki filialining Bosh banki chet el valyutadagi vakillik hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘z vaqtida o‘tkazib berish uchun bank-agentning rahbari va bosh buxgalteri javobgar hisoblanadi. 26. Sotib olingan naqd chet el valyutani bank-agentga jo‘natish bo‘yicha Markaziy bankning HBBga buyurtma bergan bank filiali rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri berilgan buyurtmaga asosan chiqarilgan Markaziy bank HBBning farmoyishida ko‘rsatilgan summani belgilangan tartibda inkassatsiya guruhiga to‘liq berishga hamda inkassatsiya guruhi qabul qilingan qimmatliklarni o‘z vaqtida, ularni butligini ta’minlagan holda bank-agentga yetkazib berishga mas’uldir. 27. Tijorat banki filialiga berilgan madad puli bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitoblar amalga oshirilmagan taqdirda, Markaziy bank HBBning HKKM direktori va Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Markaziy bank HBB boshlig‘iga yozma xabar beradi. Markaziy bankning HBB boshlig‘i tomonidan imzolangan va Markaziy bankka yuborilgan elektron xabarnomaga asosan tegishli tijorat bankining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘lar belgilangan tartibda echib olinib, Markaziy bankning tegishli HBB vakillik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
176
24,224
Qonunchilik
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini ko‘rish uchun ma’lumotlarni taqdim etish hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natija
“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli qaroriga muvofiq qaror qilinadi: 1. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini ko‘rish uchun ma’lumotlarni taqdim etish hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini monitoring qilish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kun o‘tgandan so‘ng kuchga kiritilsin.
250
665
Qonunchilik
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI KOMISSIYASINING YaNGI TARKIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi faoliyatini takomillashtirish, iste’dodli qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, madaniy-ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirishdagi ibratli tajribani qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlarni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi (E.Basitxanova)ga komissiya a’zolari tomonidan iqtidorli qizlarning imkoniyatlarini namoyon qilish, ularning bilim va salohiyatlarini hayotga keng tatbiq etish borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish, ushbu yo‘nalishda hududiy Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyalariga amaliy yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin. 3. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 1-fevraldagi 12-son qarori; Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida” 2006-yil 25-avgustdagi PQ-451-son qarori)” 2006-yil 7-noyabrdagi 230-son qaroriga ilovaning 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.I.Basitxanova zimmasiga yuklansin.
87
1,493
Qonunchilik
Faqat dividendlardan foyda soligʻi toʻlanadi
Soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasida yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻini bekor qilish va faqat mulkdorlarga dividendlar tarzida toʻlanadigan foydaning bir qismiga soliq solish taklif etilmoqda.    Foyda soligʻi (14%) va dividend soligʻi (10%) oʻrniga faqat 25%lik stavkadagi dividend soligʻi joriy etiladi. Bugungi kunda umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilar va toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlar qismida soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllovchilar foyda soligʻini toʻlaydilar. Quyidagilarga foyda soligʻi solinadi: Demak, foyda soligʻidan tashqari, dividendlarni toʻlash chogʻida 10%lik stavkada dividend soligʻi ham toʻlanar ekan. Quyidagi islohot amalga oshiriladi: Foyda investitsiyalarga sarflansa, unga soliq solinmaydi. Foyda soligʻining bekor qilinishi banklar va sugʻurta tashkilotlariga daхl etmaydi. Norezidentlar uchun ham soliq solishning alohida tartibi taklif etilmoqda.
44
940
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
145
378
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisob
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda): a) qarorga 1-ilovada: 4-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; 5-bandda: 5.1-kichik banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi va O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi” so‘zlari “O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi va O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5.2-kichik banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5.3-kichik banddagi “Hujjatlarni doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar arxivlari” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. O‘zbekiston milliy arxivlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, markaziy davlat arxivlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuziladi. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tuziladi. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston milliy arxivlari to‘g‘risidagi nizomlar “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi hamda viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari, shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari to‘g‘risidagi nizomlar “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida ishlab chiqiladi hamda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning arxivlari to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Idoraviy arxiv to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga asosan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi”; 8-bandda: beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “— fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar, notarial harakatlar yozuvlari, sud ishlari, xo‘jalik kitoblari — 75 yil mobaynida, agar qonun hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa”; quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “Idoraviy saqlov muddati tugagan maxfiy hujjatlar maxfiylikdan chiqarish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgandan so‘ng davlat arxivi saqloviga belgilangan tartibda topshiriladi”; o‘n uchinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishlicha o‘n to‘rtinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘n oltinchi xatboshidagi “respublika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo arxivlar” so‘zlari “tegishli hokimliklar tomonidan shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “9. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar (ilovaga muvofiq) O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligida ro‘yxatdan o‘tkazadilar, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishib olingan idoraviy me’yoriy hujjatlar asosida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradilar”; 10-bandda: “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; “organlari va muassasalari” so‘zlari “arxiv ishi hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “11. Vaqtincha saqlashning oxirgi muddatlari tugashi bilan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlari tartibga solingan va ishlov berilgan holda tegishli ilmiy-ma’lumot apparati va elektron nusxalari, alohida qimmatli va noyob hujjatlarga sug‘urta nusxalari bilan doimiy saqlash uchun tegishli davlat arxivlariga beriladi. Hujjatlarni tayyorlash va doimiy saqlashga berish, shuningdek, sug‘urta nusxalarini tartibga keltirish va doimiy saqlashga topshirish, shuningdek, elektron hamda sug‘urta nusxalarini tayyorlash, hujjatlarni tashish bilan bog‘liq barcha ishlar topshiruvchi va O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat, qo‘shma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar mablag‘lari hisobiga bajariladi. Tegishli hududiy boshqarma yoki davlat arxivi tomonidan doimiy saqlanadigan yig‘majildlar uchun ro‘yxatlar tasdiqlangandan va shaxsiy tarkib bo‘yicha yig‘majildlar uchun ro‘yxatlar kelishib olingandan so‘ng saqlash muddati tugagan hujjatlar ularning elektron shakllari davlat arxiviga qabul qilingach, “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilangan tartibda yo‘q qilinadi”; 12-bandning uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalarining” so‘zlari “O‘zarxiv” agentligi hududiy boshqarmalari va davlat arxivlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 15-bandda “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi muassasalarida” so‘zlari “O‘zarxiv” agentligi davlat arxivlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 16-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Arxiv yig‘majildlari va hujjatlar faqat arxiv rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan ko‘rsatiladi. Sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Shaxsning sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi davlat arxivlari tomonidan idoralararo elektron tizimlar orqali aniqlanadi. Voyaga yetmaganlar davlat arxivlari o‘quv zallariga ota-onalari yoki tartibga rioya etishga mas’ul boshqa qonuniy vakillari bilan kiritiladi”; 17-bandning ikkinchi xatboshidagi, 18, 20, 21-bandlardagi, 22 va 23-bandlarning ikkinchi xatboshidagi, 25 va 26-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; Nizomga ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizligi xizmati; O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Davlat geologiya fondi; O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi; O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining davlat standartlari tarmoq fondi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining kartografiya-geodeziya fondi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muzeylari va kutubxonalari”; b) qarorga 2-ilovaning 3-bandi va 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) qarorga 4-ilovada: 3 va 7-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; 11-bandda: “11.1”-kichik banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; “11.3”-kichik banddagi “davlat tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin; “11.5”-kichik banddagi “davlat tomonidan saqlashga” so‘zlari “arxivlarga” so‘zi bilan almashtirilsin; “11.6”-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “11.6.O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning davlat hisobini yuritishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalariga taqdim etadi hamda arxivda saqlanayotgan hujjatlarning idoraviy saqlanishi to‘g‘risida tasdiqlangan statistik shakllar bo‘yicha ma’lumotlar beradi; Idoraviy arxivlar saqlovidagi Milliy arxiv fondi hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat katalogiga belgilangan shaklga muvofiq taqdim etadi”; “11.8”-kichik banddagi “bo‘linmalarda” so‘zidan keyin “idoraviy” so‘zi qo‘shilsin; “11.11”-kichik banddagi “tashkilotlari” so‘zidan keyin “idoraviy” so‘zi qo‘shilsin; “11.12”-kichik banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 8-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining 52-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 15-son, 168-modda): a) qarorga 1-ilovada: 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “elektron nusxa — an’anaviy asosdagi (qog‘oz, video, audio kasseta, kinolenta va boshqalar) hujjatlarni raqamlashtirish orqali ularning yaratilgan elektron shakli, asl nusxada mavjud bo‘lgan axborotni o‘qish yoki ko‘rish (eshitish) imkonini beruvchi elektron ko‘chirma nusxasi”; 20-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Jamlash manbalari ro‘yxatlari har yili yil boshida aniqlashtiriladi va har besh yilda kamida bir marta, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining (keyingi o‘rinlarda “O‘zarxiv” agentligi deb ataladi) Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi, arxiv ishi hududiy boshqarmalarining ekspert-tekshiruv komissiyasi yoki O‘zbekiston milliy arxivlari ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi bilan kelishilgandan so‘ng qayta tasdiqlanadi. Asosiy jamlash manbalari tarkibi va/yoki soni o‘zgarganda, navbatdan tashqari qayta tasdiqlash amalga oshiriladi”; 32-bandda: ikkinchi xatboshidagi “tashkil topgan” so‘zlaridan keyin “boshqaruv,” so‘zi qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi — tegishli davlat arxivlariga, davlatga tegishli bo‘lmagan qismi — nodavlat arxiviga yoki tegishli davlat arxiviga topshirilishi kerak”; 36-banddagi va 41-bandning ikkinchi xatboshidagi “shu jumladan” so‘zlaridan keyin “elektron hujjatlar” so‘zlari qo‘shilsin; 42-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Audiovizual hujjatlar hisob birliklarining arxiv shifri tarkibiga komplekt elementining (harfli va raqamli) belgilari, negativ o‘lchami, ovozli axborot manbaining turi, elektron hujjatlarning saqlov birliklari — yozuv formati va axborot manbaining turi, elektron hujjatning arxiv shifri tarkibiga arxiv fondi raqami, ro‘yxatga olish raqami, ro‘yxatdagi elektron hujjatning tartib raqamidan iborat bo‘lgan tarkibiy kod kiritiladi”; 65-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “65. Arxiv hujjatlari alohida saqlash tartibi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: maxfiy; noyob va alohida qimmatli; o‘zida yoki ilovalarida qimmatbaho metallga va toshlarga ega bo‘lgan; nitroasosda bo‘lgan; biologik zararkunandalar shikast yetkazgan; arxivga depozitar saqlash uchun shartnoma asosida berilgan va MAF tarkibiga kiritilmagan”; 70-bandning yettinchi xatboshidagi “arxivning ekspert-uslubiy komissiyasi (yoki boshqa maslahat organi) qarori asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin; 93-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Davlat arxivlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida “O‘zarxiv” agentligida MAF noyob hujjatlari davlat reyestri yuritiladi va uni shakllantirish, yuritish hamda undan foydalanishni tashkil etish tartibi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi”; 121-bandda: birinchi xatboshidagi “alohida daftarlarda” so‘zlaridan keyin “yoki elektron tarzda” so‘zlari qo‘shilsin; ikkinchi xatboshidagi “daftarida” so‘zidan keyin “yoki elektron tarzda” so‘zlari qo‘shilsin; 122-banddagi “daftarida” so‘zidan keyin “yoki elektron tarzda” so‘zlari qo‘shilsin; 123-bandning ikkinchi xatboshidagi “daftarida” so‘zidan keyin “yoki elektron tarzda” so‘zlari qo‘shilsin; 131-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “131. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rov arxiv tomonidan bepul bajariladi. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovni arxivda bajarish muddati ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab: ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot 20 ish kuni mobaynida; ish staji to‘g‘risidagi ma’lumot 5 ish kuni mobaynida; o‘quv muassasalarida o‘qiganlik, yuridik shaxsni qayta nomlash, mukofotlanganlikni tasdiqlash 5 ish kuni mobaynida ijro etiladi. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi takroriy so‘rovni bajarishda yoki foydalanuvchining iltimosiga ko‘ra arxiv ma’lumotnomasi qayta tayyorlanayotganda, arxiv ma’lumotnomasiga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtiradi va qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlanganda, ularni takroriy berilayotgan ma’lumotnomaga kiritadi. Mavzuli so‘rovlar toifasiga mulkiy huquqlar, turar joylar, alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni, shuningdek, nasl-nasablarni aniqlash (tasdiqlash) kiradi va ular so‘rov ma’lumotlari to‘liq taqdim etilgan taqdirda, ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 30 kundan oshmagan muddatda ijro etiladi”; 133-bandda: sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi ko‘zda tutilgan arxiv ma’lumotnomasi arxiv rahbari tomonidan (yuridik shaxs bo‘lmagan idoraviy arxivlar uchun — tegishli tashkilot rahbari tomonidan) tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida foydalanilishi ko‘zda tutilgan arxiv ma’lumotnomasi arxiv rahbari tomonidan imzolanadi va unga muhr (yuridik shaxs bo‘lmagan idoraviy arxivlar uchun — tegishli tashkilot muhri) qo‘yiladi”. o‘ninchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tushirilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin; o‘n birinchi xatboshidagi “yo‘qolganligi” so‘zidan keyin “, shikastlanganligi (yong‘in, suv bosishi va boshqa favqulodda holatlarda)” so‘zlari qo‘shilsin; 135-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “135. Arxiv nusxasining har bir varag‘i orqasiga arxiv hujjati saqlov birliklarining arxiv shifri va varaqlarning raqamlari qo‘yiladi. Arxiv nusxasining hamma varaqlari tikiladi va tikish joyida arxiv rahbari yoki vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuborishga mo‘ljallangan arxiv nusxasi muhr va arxiv rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi”; 136-bandda: birinchi xatboshida “pochta” so‘zidan keyin “yoki elektron pochta” so‘zlari qo‘shilsin; ikkinchi xatboshida “manzillariga” so‘zidan keyin “yoki elektron manzillariga” so‘zlari qo‘shilsin; 144-banddagi “Respublikasi markaziy davlat” so‘zlari “milliy” so‘zi bilan almashtirilsin; b) qarorga 2-ilovada: 2-bandning uchinchi xatboshidagi “boshqarmalaridagi” so‘zidan keyin “va O‘zbekiston milliy arxivlaridagi” so‘zlari qo‘shilsin; 5-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; 7-bandning ikkinchi xatboshidagi “Respublikasi markaziy davlat” so‘zlari “milliy” so‘zi bilan almashtirilsin; 16-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “16. Arxiv fondlarini Davlat katalogidan chiqarish “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi, ular arxiv ishi hududiy boshqarmasining ekspert-tekshiruv komissiyasi, O‘zbekiston milliy arxivining ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi va “O‘zarxiv” agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak”; nizomga 2-ilovaning nomlanishidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) qarorga 3-ilovada: 8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Tarmoq davlat arxivi — Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan tuziladigan davlat arxivi”; 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “9. Davlat arxivlari faoliyat doirasidan kelib chiqib, quyidagi toifalarga ajratiladi: O‘zbekiston milliy arxivlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari; viloyat davlat arxivlari; shahar davlat arxivlari; tuman davlat arxivlari; viloyat shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari; shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari; tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari; tarmoq davlat arxivlari. O‘zbekiston milliy arxivlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etiladi. Viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari va ularning filiallari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zarxiv” agentligi deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi. Shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tegishli hokimliklarning qarorlari bilan “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi. Viloyat, shahar, tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilishi mumkin. Tarmoq davlat arxivlari tegishli O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning taklifiga asosan o‘rnatilgan tartibda tashkil etiladi”; 15-bandning ikkinchi xatboshidagi “huzurida” so‘zidan keyin “, ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyalari esa O‘zbekiston milliy arxivlari huzurida” so‘zlari qo‘shilsin; g) qarorga 4-ilovada: 4-bandning uchinchi xatboshidagi “10 yillik muddat uchun” so‘zlari chiqarib tashlansin; 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. Faoliyat ixtisosligi bo‘yicha, shuningdek, ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlanganligidan kelib chiqib, arxivlar va idoraviy arxivlar O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zarxiv” agentligi deb ataladi) tomonidan belgilanadigan tartibda tuziladigan va tasdiqlanadigan Xizmatlar nomenklaturasi bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatadi. Davlat arxivlari o‘zlarining pulli xizmatlarini “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlarning yagona narxnomasi orqali ko‘rsatadi. 6. Pulli xizmatlar arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida ko‘rsatiladi. Arxivlar va idoraviy arxivlardagi pulli xizmatlar mazkur arxiv yoki idoraviy arxivning shtatdagi xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Tashkilotlarning arxiv hujjatlarini tartibga keltirish uchun arxivlar huzurida mehnat shartnomalari asosida jalb etilgan xodimlardan iborat xo‘jalik hisobidagi guruh faoliyat yuritadi. Arxivlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha lavozim shtat birligini saqlashga va mehnat shartnomalari asosida qo‘shimcha xodimlar jalb etilishiga ruxsat etiladi”; 8-banddagi “tegishli arxiv bilan mehnat shartnomasi tuzgan” va “lavozimga” so‘zlari chiqarib tashlansin; 9-banddagi “olingandan so‘ng” so‘zlaridan keyin “shuningdek, jamlash zonasidan (hududidan) kelib chiqib” so‘zlari qo‘shilsin; 10-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “10. Davlat arxivlari tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlarning yagona narxnomasiga binoan belgilanadi”; 13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “tashkilot jamlash manbai hisoblangan arxivning roziligisiz arxivlarning jamlash zonasiga (hududiga) kirmagan tashkilotlarga xizmat ko‘rsatish”; d) qarorga 5-ilovaning 6-bandida: birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidagi “Respublikasi markaziy davlat” so‘zlari “milliy” so‘zi bilan almashtirilsin; e) qarorga 6-ilovada: 4-band ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; 12-banddagi “bosh” so‘zi chiqarib tashlansin; 21-bandning ikkinchi xatboshidagi “Litsenziya” so‘zi “Ruxsatnoma” so‘zi bilan almashtirilsin; nizomga 2-ilovadagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarish namunaviy normalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 22-apreldagi 100-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 17-son, 193-modda) rus tilidagi matnida: a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “pri Kabinete Ministrov” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) qarorga ilovada: 13-banddagi “istoricheskogo, dosovetskogo” so‘zlari “dosovetskogo (istoricheskogo),” so‘zlari bilan almashtirilsin; II-qism nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “II. Normi vremeni i virabotki dlya upravlencheskix dokumentov, dokumentov lichnogo sostava i lichnogo proisxojdeniya”; 3.1.1.1.1., 7.1.1.1. va 7.1.4.1.-pozitsiyalardagi “tsentralnix gosudarstvennix” so‘zlari “natsionalnix” so‘zi bilan almashtirilsin; 3.1.1.1.2., 7.1.1.2. va 7.1.4.2.-pozitsiyalardagi “gosudarstvennix” so‘zlaridan oldin “tsentralnix gosudarstvennix arxivov i gosudarstvennix” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3.3.4.-pozitsiyadagi “organa” va “gosudarstvennogo” so‘zlari tegishlicha “territorialnogo” va “natsionalnogo” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining “Agentliklar” bo‘limi 5-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatining “4. Agentliklar” bo‘limi 2-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 25-son, 500-modda): a) rus tilidagi matnga 12-ilova “I. Gosudarstvennie arxivi” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 1. Natsionalniy arxiv Uzbekistana; 2. Natsionalniy arxiv nauchno-texnicheskoy i meditsinskoy dokumentatsii Uzbekistana; 3. Natsionalniy arxiv kinofotofonodokumentov Uzbekistana; 4. Sentralniy gosudarstvenniy arxiv Respubliki Karakalpakstan; 5. Gosudarstvennie arxivi oblastey, rayonov, gorodov i ix filiali; 6. Sentralniy gosudarstvenniy arxiv goroda Tashkenta i ego filiali”; b) qarorga 13-ilovaning 4, 9, 11-bandlaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kanselyariyasi arxivining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-maydagi 411-son qarorining 11-bandi birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 34-bandidagi va 35-bandi beshinchi xatboshidagi “davlat arxiviga” so‘zlari “belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arxiviga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 26-avgustdagi 194-son qarorining 1, 2, 9-bandlari va qarorga 1 — 5-ilovalar (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 35-36-son, 347-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 30 va 31-bandlari. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 20-oktabrdagi 233-son qaroriga ilovaning II-bo‘limi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 85-modda) ilovaning 25-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 66-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 9-iyuldagi 521-son qarori.
250
28,600
Qonunchilik
Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarda aholiga jamoat transportida xizmat ko‘rsatish sohasini yanada yaxshilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2017 — 2021-yillar davomida 2 095 ta yangi avtobus xarid qilinganligi, shuningdek, 430 ta avtobus yo‘nalishlari ochilganligi; O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Qurilish vazirligi bilan birgalikda viloyatlar, shahar va tuman markazlaridagi avtobus bekatlarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. 2021-2022-yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan yangi avtobus yo‘nalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlari (keyingi o‘rinlarda — maqsadli parametrlar) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, maqsadli parametrlarga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 3. Maqsadli parametrlarning belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq hajmda amalga oshirilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari shaxsiy javobgar etib belgilab qo‘yilsin. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi har chorak yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda maqsadli parametrlarning amalga oshirilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: tijorat asosida yo‘lovchilar tashish xizmatini ko‘rsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — tashuvchilar) tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishida ko‘riladigan zarar mikdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) bo‘lgan yo‘nalish norentabel avtobus yo‘nalishi bo‘lib hisobga olinadi, Toshkent shahri bundan mustasno; norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘riladigan zararlar 2021-yilda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan, 2022-yildan boshlab — zarur mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari parametrlarida nazarda tutgan holda har oy yakuni bo‘yicha subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplanadi; tashuvchilarga norentabel yo‘nalishlar bo‘yicha subsidiya ajratish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari xuzurida tashkil etiladigan tashuvchilar tomonidan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘riladigan zararlarni qoplash bo‘yicha hududiy komissiyalarning (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiya) qarorlari asosida amalga oshiriladi. 5. Tashuvchilar tomonidan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘riladigan zararlarni qoplash bo‘yicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Belgilansinki, hududiy komissiya har oyning 5 sanasiga qadar norentabel avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha hududiy transport bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tashuvchilarga ular tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishida 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) miqdorda ko‘rilgan zararni subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berish, agar ko‘rilgan zarar miqdori 30 foizdan oshgan taqdirda subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi: aholi soni, zichligi, bozorlar va ijtimoiy soha obyektlari joylashishi hamda yo‘lovchi tashish tarifidan kelib chiqqan holda shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yo‘nalishlari reyestrini shakllantirib borsin; hududiy transport bo‘linmalari tomonidan har oyning 25 sanasiga qadar norentabel avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rilgan zarar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hududiy komissiyalarga kiritib borilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi “O‘zavtosanoat” AJ bilan birgalikda: uch oy muddatda 2022 — 2024-yillarda tashuvchilarning harakat tarkibini avtobus va mikroavtobuslar xarid qilish orqali yangilash parametrlarini (keyingi o‘rinlarda-Yangilash parametrlari) ishlab chiqsin; Yangilash parametrlari doirasida xarid qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar turlari (modellari) va soni bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadval asosida tashuvchilarga yetkazib berilishini ta’minlasin. 9. Tijorat banklariga xududlardagi tashuvchilarga avtobus va mikroavtobuslar xaridini moliyalashtirish uchun maqbul shartlarda hamda Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 1,5 baravaridan oshmagan foizda kreditlar ajratish tavsiya etilsin. 10. Belgilab qo‘yilsinki, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan: tijorat banklarining Yangilash parametrlari doirasida avtobus va mikroavtobuslar xaridi uchun ajratiladigan kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi), biroq 8,0 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kafillik beriladi; Yangilash parametrlari doirasida xarid qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar (xarid turidan qat’i nazar) bo‘yicha tijorat banklari tomonidan tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizli punktdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Transport vazirligining talabnomasiga muvofiq 2021-yilda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ko‘shimcha manbalari hisobidan, 2022-yildan boshlab — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan mazkur qarorning 10-bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablaglarni Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamgarmasiga ajratilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi: Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilganligini inobatga olib, yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan hamda haydovchidan tashqari sakkiz va undan ortiq o‘rindiqlarga ega bo‘lgan transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda yoki mahalliy ishlab chiqaruvchidan xarid qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish yoki ushbu soliqning o‘rnini qoplash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika bo‘yicha barcha avtobus bekatlarini xatlovdan o‘tkazgan holda yangi quriladigan bekatlar dislokatsiyasini; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda tadbirkorlik obyektlarini ochish uchun tadbirkorlik subyektlariga avtobus bekatlarini “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali ajratish tartibi va avtobus bekatlariga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlasin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
94
7,836
Qonunchilik
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur qaror 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq tijorat banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek banklarning moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (International Financial Reporting Standards) (bundan buyon matnda MHXS deb yuritiladi) — Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi tomonidan qabul qilingan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun belgilangan tartibda tan olingan standartlar va unga tushuntirishlar; hisob siyosati — bank tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda va taqdim etishda qo‘llaniladigan tamoyillar, qoidalar va usullar majmui; moliyaviy hisobot — bankning hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborot. 2. Banklar hisob siyosati va moliyaviy hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, MHXS va ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqadilar. 3. Bankning hisob siyosati bank boshqaruvi tomonidan ishlab chiqiladi hamda bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 4. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish jarayoni imkon qadar avtomatlashtirilgan tarzda (inson omilisiz) amalga oshirilishi lozim. 5. Banklarning hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilmaydi, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollar mustasno. Qonunchilik hujjatlari yoki MHXSga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan banklar hisob siyosatining faqatgina ushbu o‘zgartirishlar taalluqli bo‘lgan qismini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi. 6. Bank boshqaruvi moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda tasdiqlash uchun bankning kuzatuv kengashiga taqdim etadi. 7. Moliyaviy hisobotlar bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bank boshqaruvi va kuzatuv kengashi moliyaviy hisobotlarning qonunchilik hujjatlari va MHXSga muvofiq holda bo‘lishi uchun javobgar hisoblanadi. 8. Banklarning moliyaviy hisobotlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot; mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot; mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot; mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot; moliyaviy hisobotlarni tushuntiruvchi izohlar. Moliyaviy hisobotlarda ochib beriladigan axborotlarning tuzilishi MHXSga muvofiq bo‘lishi lozim. 9. Banklar tomonidan MHXSdan kelib chiqib, mazkur Nizomning 8-bandida keltirilgan hisobotlar nomlari o‘zgartirilgan holda tuzilishi, shuningdek hisobotlarda qo‘shimcha ma’lumotlar kiritilishi mumkin. Masalan, “foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot” nomi o‘rniga “umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot” nomidan foydalanilishi mumkin. 10. Mazkur nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 19-iyuldagi 15/9-son “Banklarning hisob siyosati va moliyaviy hisoboti to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1270, 2003-yil 3-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son). 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 2-oktabrdagi 21/1-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1419, 2004-yil 25-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 458-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/14-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1419-1, 2010-yil 8-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 411-modda). 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 20-fevraldagi 4/1-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1419-2, 2016-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 11-son, 105-modda).
129
5,681
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini tashkil etish to‘g‘risida
Yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ilmiy-diagnostik, ta’lim va ishlab chiqarishga oid innovatsiyalarni rivojlantirish, allergik kasalliklarni diagnostika qilish va davolashning molekulyar va boshqa ilg‘or usullarini tatbiq qilish hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Xalqaro molekulyar allergologiya markazini (keyingi o‘rinlarda Xalqaro markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Xalqaro markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: ultrazamonaviy biologik mikrochiplarni qo‘llash orqali allergik kasalliklarni diagnostika qilish sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, shu kabi kasalliklarni davolash va profilaktika qilish; allergik kasallik haqida jamlangan ma’lumotlar, allergen turlari, shuningdek, shoshilinch holatlarni rivojlanish riski to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi “allergik pasport” yaratish; allergen o‘simliklar gulchangining aerobiologik monitoringini va changlatish prognozini aniqlash, kelgusida bu haqida aholini xabardor qilish, allergenli o‘simliklarning gullash taqvimini yaratish; oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alashni anafilaktik reaksiya rivojlanish xavfi mavjudligini inobatga olgan holda jahon standartlariga moslashtirish va ularni oziq-ovqat sanoatiga bosqichma-bosqich joriy etish; molekulyar allergologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etish va tadqiqotlarni amalga oshirilishida ko‘maklashish; molekulyar allergologiya bo‘yicha vrachlar malakasini oshirish o‘quv dasturlarini va uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish; molekulyar allergologiya sohasida mutaxassislarni shartnoma asosida malakasini oshirish va qayta tayyorlash; molekulyar allergologiya sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va xorijlik ekspertlarni hamkorlikka jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik shakllarini rivojlantirishda ishtirok etish, jumladan, molekulyar allergologiyani rivojlantirish uchun jamg‘armalar va xalqaro dasturlar grantlarini jalb qilish orqali xorijlik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-texnikaviy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Xalqaro markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Xalqaro kuzatuv kengashi Xalqaro markazning boshqaruv organi hisoblanadi. Xalqaro markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. 4. Xalqaro markaz faoliyatini moliyalashtirish manbai sifatida quyidagilar belgilansin: Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari; soha faoliyati bo‘yicha shartnoma asosida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grant va kreditlari; jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va Xalqaro markaz tomonidan o‘rnatilgan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha respublikaga olib kiriladigan laboratoriya asbob-uskunalari, reagentlar va sarflanuvchi materiallar 2022-yilning 1-oktabriga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi to‘lovlari bundan mustasno). 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro markaz talabnomasiga ko‘ra Xalqaro markazda ishlash uchun jalb etilgan xorijlik mutaxassislarning kirish vizalarini konsullik va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro markaz talabnomasiga ko‘ra Xalqaro markazda ishlash uchun jalb etilgan xorijlik mutaxassislardan davlat bojlarini undirmagan holda ularga ko‘p martalik vizalarni berish va uzaytirib berish, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 8. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalqaro markaz talabnomasiga ko‘ra Xalqaro markaz zimmasiga yuklangan vazifalarni ijro etish uchun xorijlik mutaxassislarni respublikaga jalb etishga ruxsat berish (uzaytirib berish) hamda ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlashni ta’minlasin. 9. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y.Abdurahmonov zimmasiga — Xalqaro markaz faoliyatini samarali va to‘laqonli tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga — vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan vazifalarni bajarilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu qarorning bajarilishini muntazam ravishda ko‘rib chiqish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 10. Xalqaro markaz O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi markaziy apparatining Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasida qurilayotgan binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi: bir oy muddatda Xalqaro markaz tashkiliy tuzilmasini tasdiqlanishini, uning Ustavining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini; Xalqaro markazda bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amaliy yo‘naltirilganligini va natijadorligini kuchaytirishga, shuningdek, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning samarali muvofiqlashtirilishini, jahon ilmiy yutuqlari darajasiga mosligini ta’minlasin. 12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
136
6,564
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3870-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zatom” agentligi deb ataladi) o‘z faoliyatini boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibiga kiradi; “O‘zatom” agentligining rahbarlik lavozimlariga va konsultantlar sifatida jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarning ish haqi, unga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilanadi va “O‘zatom” agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi; “O‘zatom” agentligining xodimlari mehnatga haq to‘lash sharoitlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari xodimlariga, ijtimoiy-maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlariga tenglashtiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zatom” agentligi buyurtmanomalariga binoan, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zatom” agentligining buyurtmanomalariga binoan, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalarning berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning uzaytirilishini davlat boji undirilmasdan ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zatom” agentligining buyurtmanomalariga binoan, unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun respublikaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalarning berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin. 7. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S.Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori J.T.Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda “O‘zatom” agentligi deb ataladi) maqomi, funksiyalari, vazifalari, huquqlari, tashkiliy asoslari va majburiyatlarini belgilaydi. 2. “O‘zatom” agentligi atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlari amalga oshirilishi uchun mas’ul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 3. “O‘zatom” agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 4. “O‘zatom” agentligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 5. “O‘zatom” agentligi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna hisob raqamlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 6. “O‘zatom” agentligining rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi; qisqartirilgani — “O‘zatom” agentligi; b) ingliz tilida: to‘liq — Agency for the Development of Nuclear Energy under the Ministry of energy of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgani — Agency “Uzatom”; v) rus tilida: to‘liq — Agentstvo po razvitiyu atomnoy energetiki pri Ministerstve energetiki Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgani — Agentstvo “Uzatom”. 7. “O‘zatom” agentligining joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Oybek ko‘chasi, 26/1. 8. Quyidagilar “O‘zatom” agentligining atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi: atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar ishlanmalarini tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni atom energetikasi sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etish; sanoat va ekologik xavfsizlikning xalqaro talablariga muvofiq bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda atom energetikasi obyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha bitimlar va shartnomalar tuzish; atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish; tadqiqiy va energetik atom reaktorlarini, yadro-fizika qurilmalarini, yadro materiallari va radiatsiya manbalarini saqlash, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punktlari rivojlantirilishini va xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalarining va radiatsion avariya vaziyatlarining oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda respublikaning radiatsiya va yadro xavfsizligi obyektlari tizimini takomillashtirish; yadro materiallari va texnologiyalarining, radioaktiv materiallarning tarqatilmasligini, jismoniy himoya hamda yadro va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash; kadrlarni, shu jumladan, yetakchi xorijiy institutlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish tizimini tashkil etish; Xalqaro atom energetikasi agentligi, Atom energetikasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni va o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda atom energetikasi sohasidagi xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan atom energetikasi sohasiga xorijiy investitsiyalarni va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish maqsadida hamkorlikni rivojlantirish. 9. “O‘zatom” agentligi atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida qo‘yilgan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: atom energetikasidan foydalanish, shu jumladan, ilmiy-texnika va investitsiya siyosati sohasida davlat siyosatini shakllantirish, atom energetikasi, yadro ilm-fani va texnologiyalari obyektlarini rivojlantirish va xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; atom energetikasidan va yadro texnologiyalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi; radiatsiya, yadro, sanoat va ekologik xavfsizlikning xalqaro talablariga muvofiq bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda atom energetikasi obyektlarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi; ushbu sohadagi o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlar doirasida tinchlik maqsadlarida atom energetikasi obyektlarini qurish bo‘yicha har yillik ishlar rejalarini ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa idoralar bilan birgalikda atom energetikasi sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar, ilmiy-qidiruv, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tarmoqni rivojlantirishning har yilgi, o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlari doirasida atom energetikasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida mavzuli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi; atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish, yadro va radiatsiya xavfsizligi, yadro materiallari va radioaktiv moddalar bilan ish olib borish sohasida o‘z vakolatlari doirasida norma va qoidalarni ishlab chiqadi; atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashni, yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ularning malakasini oshirishni tashkil etadi; yagona kadrlar siyosati amalga oshirilishini ishlab chiqadi va ta’minlaydi hamda “O‘zatom” agentligi, idoraviy mansub muassasalari xodimlari mehnatiga ish haqi to‘lash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini shakllantiradi; alohida zararli (radioaktiv va boshqa) sharoitlarda ishlarni olib borganlik uchun qo‘shimcha haq miqdorlarini belgilash bo‘yicha takliflarni asoslaydi va ishlab chiqadi, tarmoqda mehnatni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtiradi. 10. “O‘zatom” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: o‘z vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda, davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish; atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish masalalarida davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish; “O‘zatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik organlaridan, korxonalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; “O‘zatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotlarni davlat statistika organlaridan tekin olish; atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida bajariladigan davlat va tijorat loyihalari hamda dasturlarida ishtirok etish; “O‘zatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha kengashlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda tashkil etish; atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish uchun idoraviy ilmiy va o‘quv markazlarini, xo‘jalik hisobidagi konsultatsiya va axborot markazlarini belgilangan tartibda tashkil etish; atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirish va matbuot organlarini ta’sis etish; “O‘zatom” agentligi mol-mulkini o‘z tashkiliy tuzilmasi diorasida bepul foydalanish huquqi bilan bir bo‘linmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish; binolarga xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish, inventarlardan va xo‘jalik buyumlaridan, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikani saqlash va ulardan foydalanish, dasturiy ta’minot vositalarini xarid qilish bo‘yicha ishlarni bajarish yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zatom” agentligining ijtimoiy infratuzilmasini tashkil etish va takomillashtirish, “O‘zatom” agentligi xodimlari mehnatini rag‘batlantirishning yagona tizimini shakllantirish; “O‘zatom” agentligi xodimlarini, ular tomonidan tegishli sohadagi ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlarining bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash; “O‘zatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish; “O‘zatom” agentligi vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda, forumlar va maydonchalarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash; “O‘zatom” agentligi faoliyati sohasiga kiritilgan masalalarni ishlab chiqish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish; atom energetikasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va atom energetikasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalari loyihalarini kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish; “O‘zatom” agentligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari va mutaxassislarini stajirovkalardan o‘tish, malaka oshirish, xalqaro konferensiyalarda, biznes-forumlarda va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy mamlakatlarga belgilangan tartibda yuborish; atom energetikasi sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni “O‘zatom” agentligida va uning idoraviy mansub tashkilotlarida ishlash uchun shartnoma asosida, belgilangan tartibda jalb etish; “O‘zatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari bilan belgilangan tartibda muzokaralar o‘tkazish; zaruriyat bo‘lganda, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun tegishli tarmoqlarda olimlar va mutaxassislardan vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish, ushbu ishlarga boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan mutaxassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish; idoraviy mansub tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish. 11. “O‘zatom” agentligi quyidagilar uchun javob beradi: “O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi; respublikada atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha oldindan chora-tadbirlar ko‘rilishi; atom energetikasi bo‘yicha texnikaviy tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazoratning yuritilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi va kelgusida tizimli monitoring olib borilishini ta’minlagan holda uzoq muddatli, o‘rta muddatli va har yilgi rivojlanish dasturlari ishlab chiqilishi; atom energetikasi uchun yuqori malakali, oliy va o‘rta ma’lumotli, professional bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ushbu tarmoq xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, ular mehnatini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi; “O‘zatom” agentligining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlariga erishish sohasidagi ishlarning samarali tashkil etilishi; Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar, shuningdek, “O‘zatom” agentligi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar loyihalarining sifati va yakuniy natijalari; tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi. 12. Quyidagilar “O‘zatom” agentligi bosh direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga rioya etish; “O‘zatom” agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlarida “O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish; “O‘zatom” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi yuzasidan chuqur va tanqidiy tahlilni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining xizmatlari va Vazirlar Mahkamasining komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan “O‘zatom” agentligi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning o‘rinbosarlarining shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining topshiriqlarini ijro etish; “O‘zatom” agentligi faoliyati ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan “O‘zatom” agentligi mansabdor shaxslarining vakolatlarini aniqlash va ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash; “O‘zatom” agentligi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, “O‘zatom” agentligi va mansabdor shaxslarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni tashkil etish ta’sirchan tizimini yaratish va monitoringini yuritish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq “O‘zatom” agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish; O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq “O‘zatom” agentligining qonun loyihalari bo‘yicha faoliyatini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda faoliyat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash; “O‘zatom” agentligiga taqdim etilgan takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa xil ekspertizadan puxta o‘tkazilishini, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamentida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (vizalanishini) ta’minlash; “O‘zatom” agentligi xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish; “O‘zatom” agentligiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, “O‘zatom” agentligi kadrlar zaxirasini shakllantirish; “O‘zatom” agentligi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish; “O‘zatom” agentligi faoliyatiga ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash; davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga to‘liq muvofiq holda “O‘zatom” agentligi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash; “O‘zatom” agentligi xodimlari tomonidan “O‘zatom” agentligi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash; huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “O‘zatom” agentligi tizimida korrupsiya va boshqa qoida buzilishlarining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish; “O‘zatom” agentligi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar qabul qilish va ko‘rsatmalar berish; zarurat bo‘lgan taqdirda “O‘zatom” agentligining tashkiliy tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish; “O‘zatom” agentligining shtatlar ro‘yxatini belgilangan tartibda tasdiqlash; “O‘zatom” agentligi xodimlarini ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan belgilangan tartibda mukofotlash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish, “O‘zatom” agentligining alohida namuna ko‘rsatgan xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etish; “O‘zatom” agentligi xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan, ularning bundan buyon egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli masalalarni ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq “O‘zatom” agentligining qonun loyihalari bo‘yicha faoliyatini tashkil etish; “O‘zatom” agentligi mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish. 13. Quyidagilar “O‘zatom” agentligi bosh direktori o‘rinbosarlarining va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga “O‘zatom” agentligi tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash; tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish; “O‘zatom” agentligi qarorlarining, bosh direktor buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifa va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish; tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun “O‘zatom” agentligi rahbariyatiga kiritish; “O‘zatom” agentligi tarkibiy bo‘linmalariga kadrlarni tanlash va tayinlashda bosh direktorga takliflar taqdim etish, tarkibiy bo‘linmalarga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; tarkibiy bo‘linmalarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, keyinchalik ularni ko‘rib chiqish uchun “O‘zatom” agentligi tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ularga viza qo‘yishni tashkil etish, ularni “O‘zatom” agentligi rahbariyati tomonidan imzolash (viza qo‘yish), ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Reglamenti talablariga qat’iy ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash; “O‘zatom” agentligiga taqdim etilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vakolati doirasida to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizalardan puxta o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga to‘liq muvofiq holda xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash; “O‘zatom” agentligi tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini yig‘ilishlarda eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; “O‘zatom” agentligi xodimlari tomonidan xodimlarning axloq-odob qoidalari talablariga rioya etish; huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “O‘zatom” agentligi tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiya va boshqa qoida buzilishlarining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish; davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish. 14. “O‘zatom” agentligining bosh direktori: “O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun; “O‘zatom” agentligining ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha; ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. 15. “O‘zatom” agentligi bosh direktorining o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari: tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun; ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar. 16. “O‘zatom” agentligini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor boshqaradi. Bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari bo‘ladi. “O‘zatom” agentligi bosh direktori o‘z maqomiga ko‘ra vazirga, bosh direktorning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, bosh direktorning o‘rinbosari esa — vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi. “O‘zatom” agentligining bosh direktori va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. 17. “O‘zatom” agentligi bosh direktori: “O‘zatom” agentligi yakka tartibdagi ijro organi hisoblanadi va uning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi; “O‘zatom” agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va “O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; “O‘zatom” agentligi xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi; “O‘zatom” agentligi xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; o‘z vakolati doirasida “O‘zatom” agentligi xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi. Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Bosh direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini vazifalar taqismotiga muvofiq direktor o‘rinbosarlari bajarishadi. 18. “O‘zatom” agentligi o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 20. “O‘zatom” agentligi faoliyatining samaradorligi muntazam ravishda baholanadi. 21. “O‘zatom” agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri tasdiqlaydigan “O‘zatom” agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida amalga oshiriladi. 22. “O‘zatom” agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga ko‘ra quyidagilar bo‘yicha choralar ko‘riladi: “O‘zatom” agentligi rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikning tegishli choralarini ko‘rish; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va “O‘zatom” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish. 23. “O‘zatom” agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 24. “O‘zatom” agentligi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va qonun hujjatlariga muvofiq jalb etilgan budjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek, Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) moliyalashtiriladi. 25. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Moliya vazirligi bilan kelishiladigan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. 26. “O‘zatom” agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 27. “O‘zatom” agentligi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish to‘lovlaridan iborat bo‘ladi. 28. “O‘zatom” agentligi xodimlariga quyidagilar uchun lavozim maoshiga koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar to‘lanadi: mehnatning alohida sharoitlari uchun — 1,7 miqdorida, u qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi; uzoq muddat davomidagi uzluksiz ish staji uchun quyidagi miqdorlarda, rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda: 3 yildan 5 yilgacha — 0,05; 5 yildan 10 yilgacha — 0,1; 10 yildan 15 yilgacha — 0,15; 15 yildan 20 yilgacha — 0,2; 20 yildan ortiq — 0,25 miqdorida. Ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan va “O‘zatom” agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasidan teng ulushlarda amalga oshiriladi. 29. “O‘zatom” agentligi bosh direktori “O‘zatom” agentligi faoliyatining natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligi oldida muntazam ravishda hisobot beradi. 30. O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri “O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy faoliyat monitoringini amalga oshiradi, “O‘zatom” agentligi faoliyati samaradorligiga obyektiv baho beradi. 31. Faoliyat monitoringi va bahosi yakunlariga ko‘ra “O‘zatom” agentligi mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan yuklangan vazifalarni vijdonan va o‘z vaqtida bajarganlik uchun rag‘batlantirish yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan bo‘shatishgacha bo‘lgan javobgarlik choralari ko‘riladi. 32. “O‘zatom” agentligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 64-band qo‘shilsin: “64. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi”. 2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomda: a) “Toshkent” aeroportining VIP zalida bepul xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan diplomatik missiyalarning mansabdor shaxslari va xodimlari toifalari ro‘yxatiga (1-ro‘yxat) quyidagi mazmundagi 6.4-kichik band qo‘shilsin: “6.4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori va uning o‘rinbosarlari”; b) O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarining rasmiy delegatsiyalariga xizmat ko‘rsatish zalida bepul xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan diplomatik missiyalarning mansabdor shaxslari va xodimlari toifalari ro‘yxatiga (1-ro‘yxat) quyidagi mazmundagi 6.6-kichik band qo‘shilsin: “6.6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori va uning o‘rinbosarlari”.
146
36,801
Qonunchilik
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkil etildi
Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi. Bu Prezidentning 11.01.2019 yildagi PF-5621-son Farmonida nazarda tutilgan. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek, investitsiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.  Shu bilan birga quyidagi tartib oʻrnatildi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tarkibida Xodimlarning malakasini oshirish oʻquv markazi tashkil etiladi. 2019 yil 1 iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyaning yakuniy varianti ishlab chiqiladi. Unda hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari hamda ekspertlar jamoatchiligi orasidagi muhokamalarning natijalari va investitsiya siyosati strategiyasi hisobga olinadi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2019 yildan kuchga kirdi.   Oleg Gayevoy.
46
1,040
Qonunchilik
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 24-avgustdagi PQ-5231-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining (ro‘yxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2020-y., 10/20/3221/0203-son) 1-ilovasidagi Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobining matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
108
759
Qonunchilik
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan ma’lumotlar taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan ma’lumotlar taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 25-martdagi 31-son “Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan ma’lumotlar taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2776, 2016-yil 8-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 14-son, 140-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) yuritish va undan ma’lumotlar taqdim etish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi; sport federatsiyasi (uyushmasi) — bir yoki bir nechta sport turini rivojlantirish, ommalashtirish, shuningdek sport tadbirlarini o‘tkazishni tashkil etish hamda sportchilarni — O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari a’zolarini sportning tegishli turi bo‘yicha tayyorlash uchun a’zolik asosida tashkil etilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkiloti. 2. Sport federatsiyalari (uyushmalari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin Reyestrga kiritilishi kerak. 3. Reyestrni yuritish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Reyestrni shakllantirish va tizimli yuritish maxsus vakolatli davlat organi rahbarining buyrug‘i bilan belgilangan mas’ul xodim (bundan buyon matnda mas’ul xodim deb yuritiladi) tomonidan sport federatsiyalari (uyushmalari) taqdim etadigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 5. Sport federatsiyalari (uyushmalari) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n besh kun ichida sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrga kiritish haqida maxsus vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qiladi. 6. Reyestrga kiritish haqidagi arizaga (sport federatsiyasining (uyushmasining) nomi ko‘rsatilgan holda) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: sport federatsiyasining (uyushmasining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; sport federatsiyalari (uyushmalari) qaysi sport turini yoki sport turlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan va o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha sport turi yoki sport turlari; sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; sport federatsiyalarining (uyushmalarining) xalqaro sport tashkilotlariga a’zoligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar xalqaro sport tashkilotlariga a’zo bo‘lsa. 7. Sport federatsiyasi (uyushmasi) taqdim etgan hujjatlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi. Hujjatlarda kamchiliklar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mas’ul xodim tomonidan imzolangan hamda maxsus vakolatli davlat organi rahbarining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan xulosaga asosan sport federatsiyasi (uyushmasi) Reyestrga kiritiladi. 8. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tegishli sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrga kiritish rad etilmasdan kamchiliklarni darhol bartaraf qilish choralari ko‘riladi. 9. Sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrga kiritish bo‘yicha xulosa tasdiqlangandan so‘ng uch ish kuni ichida bu haqda tegishli sport federatsiyasiga (uyushmasiga) uning Reyestrga kiritilganligi haqida xabarnoma yuboriladi. Mazkur xabarnomada tegishli sport federatsiyasining (uyushmasining) Reyestrdagi tartib raqami ko‘rsatilishi lozim. 10. Reyestr mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritiladi. 11. Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: tegishli sport federatsiyalarining (uyushmalarining) nomlari; tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) qaysi sport turini yoki sport turlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan va o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha sport turi yoki sport turlari; tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; sport federatsiyalarining (uyushmalarining) xalqaro sport tashkilotlariga a’zoligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar xalqaro sport tashkilotlariga a’zo bo‘lsa. 12. Reyestrga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan ushbu o‘zgarishlar haqida o‘n kun ichida maxsus vakolatli davlat organiga o‘zgarishlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar taqdim etilishi lozim. Bunday ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilganda, besh kun ichida mas’ul xodim tomonidan imzolangan hamda maxsus vakolatli davlat organi rahbarining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan xulosa asosida Reyestrga o‘zgartirishlar kiritiladi. 13. Sport federatsiyasining (uyushmasining) vakolatli (yuqori) organi tomonidan sport federatsiyasi (uyushmasi) faoliyatini tugatish haqida qaror (ixtiyoriy tugatish) qabul qilinganda, mazkur qaror qabul qilingandan so‘ng besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organiga sport federatsiyasining (uyushmasining) faoliyatini tugatish haqidagi qaror nusxasi arizaga ilova qilingan holda yuboriladi. Sport federatsiyasi (uyushmasi) sud tomonidan tugatilganda (majburiy tugatish), tugatuvchi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tugatish haqidagi qaror nusxasini maxsus vakolatli davlat organiga yuboradi. Bunday ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilganda, sport federatsiyasi (uyushmasi) besh kun ichida mas’ul xodim tomonidan imzolangan hamda maxsus vakolatli davlat organi rahbarining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan xulosa asosida Reyestrdan chiqariladi. 14. Reyestrni yuritish davomida to‘plangan barcha hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi. 15. Barcha ma’lumotlar, ular Reyestrga kiritilgandan so‘ng, besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 16. Reyestrda ko‘rsatilgan ma’lumotlar ochiq bo‘ladi va ulardan hamma foydalanishi mumkin, bundan tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar bu ma’lumotlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq bo‘lmasa va undan hamma foydalanishi mumkin bo‘lmasa, mustasno. 17. Reyestrdan ma’lumotlar manfaatdor shaxslarning murojaatlariga asosan ham berilishi mumkin. 18. Maxsus vakolatli davlat organi mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sport federatsiyalarining (uyushmalarining) ushbu Nizomda belgilangan tartibda Reyestrga kiritilishini ta’minlaydi. 19. Sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbarlari Reyestrga kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilishi uchun mas’ul hisoblanadi. 20. Maxsus vakolatli davlat organi ma’lumotlarning Reyestrga to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritilishi hamda undan doimiy ravishda ma’lumotlar olish imkoniyatining yaratilishi uchun mas’ul hisoblanadi. 21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
137
8,074
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va to‘lash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2015-yil 22-maydagi 135-son “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2010-yil 12-oktabrdagi 01/11-18/08-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2152, 2010-yil 10-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 412-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2015-yil 22-maydagi 135-son “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:”. 2. Nizomda: a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2015-yil 22-maydagi 135-son “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga va baholash faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb yuritiladi) buyurtmalariga asosan baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda baholovchi tashkilot deb yuritiladi) tomonidan baholash obyektlarini baholash xizmatlarining qiymatini aniqlash va to‘lash tartibini belgilaydi”. b) 4-banddagi “xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lar” degan so‘zlar “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasi mablag‘lari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
249
3,665
Qonunchilik
Mahalla manfaatlarini koʻzlab berilgan da’volarga nisbatan davlat boji bekor qilinadi
“Oʻzbekiston Respublikasiniig ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va koʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi boʻyicha  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP fraksiyasi a’zosi Aliya YuNUSOVAning  tushuntirishlari. Qonun loyihasi Prezidentning 2017 yil 3 fevraldagi PF-4944-son Farmonining 9-bandi hamda mazkur Farmon bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar Dasturi”ning 1 va 2-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda belgilangan tartibda kelishilgan1. Ushbu Qonun loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagi asosiy sabablarga asoslangan: birinchidan - hozirgi kunda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika Kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari tomonidan sudlarga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab da’vo arizalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaхslari хatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni davlat boji toʻlamasdan taqdim etish masalasi belgilanmagan; ikkinchidan - fuqarolar yigʻini kengashi tarkibiga fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari), hudud profilaktika inspektori, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish, shuningdek, har chorakda fuqarolar yigʻini kengashida ularning hisobotini eshitib borish zarurati yuzaga kelmoqda; uchinchidan - Bosh vazir, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻkorgi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilishnii taqozo etmoqda; toʻrtinchidan - Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston “Mahalla” хayriya jamoat fondining tegishincha respublika boshqaruvi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari, tumanlar va shaharlar boʻlinmalariga raislik qilishini nazarda tutuvchi qoidalarga zarurat bor. Qonun loyihasida quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar nazarda tutilgan: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 329-moddasiga “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari - fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab da’volar yuzasidan, shuningdek davlat va хoʻjalik boshkaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga shikoyat qilganda”, degan mazmundagi 18'-band bilan toʻldirilmoqda; 2. Soliq kodeksining 330-moddasi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari - fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab da’volar yuzasidan, shuningdek davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga shikoyat qilganda”, degan mazmundagi 7'-band bilan toʻldirilmoqda; 3. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun 11-moddasining birinchi qismi yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilmoqda: “har chorakda fuqarolar yigʻini raisi (oqsokoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalari hamda taftish komissiyasi raislari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari, fuqarolar yigʻinining diniy ma’rifat va ma’naviy-aхloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, shuningdek hudud profilaktika inspektori, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlari hisobotlarini eshitadi”; 4. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun 12-moddasining birinchi qismi beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilmoqda: “har chorakda fuqarolar yigʻini raisi (oqsokoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalari hamda taftish komissiyasi raislari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari, fuqarolar yigʻinining diniy ma’rifat va ma’naviy-aхloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, shuningdek, hudud profilaktika inspektori, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlari hisobotlarini eshitadi; 5. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Konun 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilmoqda: “Fuqarolar yigʻini kengashi tarkibiga fuqarolar yigʻinining raisi (oqsokoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faхriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari, mas’ul kotib, fuqarolar yigʻinining diniy ma’rifat va ma’naviy-aхloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari, shuningdek hudud profilaktika inspektori, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlari kiradi”; 6. “Fukarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun 20-moddasi birinchi qismidagi “muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli” soʻzlari “hududiy” soʻzi bilan almashtirilmoqda. Shuningdek quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilmoqda: “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shaхar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qiladilar. Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston “Mahalla” хayriya jamoat fondining tegishincha Respublika boshqaruvi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari, tumanlar va shaharlar boʻlinmalariga raislik qiladilar”. Ishonamizki, taklif qilinayotgan Qonun loyihasining qabul qilinishi:      Ma’ruf USMANOV yozib oldi. __________________________________________________________________________________________________________________ 1Qonun loyihasi Oʻzbekistan Respublikasi Oliy sudi, Moliya, Iqtisodiyot, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim va  Xalq ta’limi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda “Mahalla” хayriya jamoat fondi bilan belgilangan tartibda kelishilgan. Bundan tashqari, Qonun loyihasi yuzasidan Prezident huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining хulosasi olingan.
85
7,348
Qonunchilik
XALQARO VALYUTA FONDI VA JAHON BANKI GURUHI BILAN HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek mavjud qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yangilarini tayyorlashni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi bilan hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash) tuzilsin. Muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida 2-ilovaga muvofiq ishchi guruhi tuzilsin, unga kengash kotibiyati funksiyasi yuklansin. 2. Muvofiqlashtiruvchi kengashga: Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga ko‘rsatiladigan moliyaviy va texnik yordamdan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari; makroiqtisodiy rivojlantirish borasida xorijiy va milliy ekspertlar tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish yuklansin. 3. Moliyaviy va texnik hamkorlik loyihalarida ishtirok etadigan vazirliklar va idoralarga: Xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul shaxslarni tayinlash; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tasdiqlangan amaldagi loyihalarni bajarishning borishi to‘g‘risida Muvofiqlashtiruvchi kengashga yilning har choragida hisobotlar taqdim etish yuklansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
110
1,511
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
166
286
Qonunchilik
Toshkent viloyatida tomorqachilikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sohada ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, tomorqachilik yo‘nalishida malaka oshirish jarayoniga zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish, tomorqachilikni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda, ilg‘or xorijiy tajriba va agrotexnologiyalar bo‘yicha yetarli bilim va malakalarga ega bo‘lgan kadrlarni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: a) O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ta’sischiligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi” (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilganligi; b) Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib: tomorqachilik yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish orqali aholiga tomorqa yer uchastkalaridan yiliga kamida 3-marta hosil olishga erishishga ko‘maklashish; tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xo‘jaliklari, “Tomorqa xizmati” MChJ ishchilari va qishloq xo‘jaligi kooperativlari a’zolari, qishloq xo‘jaligi sohasining boshqa mutaxassislari hamda band bo‘lmagan aholi uchun zarur bo‘lganda, yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, tomorqachilik yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish; mamlakatimiz va jahon ilm-fani hamda amaliyotining ilg‘or yutuqlaridan foydalangan holda ko‘chatchilik, urug‘chilik va naslchilikni rivojlantirish, tomchilatib sug‘orishni keng joriy qilish, muqobil energiyadan foydalanish, tomorqa yer uchastkalarida baliq boqish uchun hovuzlar tashkil etish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish; qishloq xo‘jaligida ilg‘or innovatsion texnologiyalarni yaratish tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy shaxslarning novatorlik g‘oyalarini aholining tomorqa yer uchastkalarida joriy etishga ko‘maklashish; tomorqa yer egalarini sifatli urug‘lar va ko‘chatlar bilan ta’minlash hamda ularga tomorqa yo‘nalishi bo‘yicha agroxizmatlar ko‘rsatish; tomorqa yer egalari uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminarlar tashkil etish hamda tavsiyalar ishlab chiqish; qishloq xo‘jaligi mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim oladigan talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan ilmiy tadqiqotchilarga ko‘maklashish; Markaz ustav fondiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, sovitkichli omborxonalar, chorvachilik komplekslari, issiqxona majmualarini qurish, intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va qadoqlash, omixta yem ishlab chiqarish, sutni qayta ishlash, mineral o‘g‘itlar tayyorlash asbob-uskunalari hamda o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish uchun kimyoviy vositalar olib kelish hamda sotish faoliyati bilan shug‘ullanish belgilanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi, Toshkent viloyati hokimligining Markazni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani A. Ortiqov qishloq fuqarolar yig‘inidagi “Said ota” mahallasi “Said ota” ko‘chasida joylashgan Yangiyo‘l tumani 1-son kasb-hunar maktabi (keyingi o‘rinlarda — kasb-hunar maktabi) binosining birinchi qavatiga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Toshkent viloyati hokimligi: Markaz kasb-hunar maktabi binosining birinchi qavatiga tekin foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda joylashtirilishini; tomorqachilik klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida bino va inshootlar qurish uchun kasb-hunar maktabining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 1,24 gektar yer uchastkasi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda Markazga ajratib berilishini; kasb-hunar maktabida o‘quvchilarning amaldagi o‘quv dasturlari asosida ta’lim olishni davom ettirishini va ta’lim jarayoni sifatli tashkil qilinishini ta’minlasin. 4. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan Markaz ustav fondini shakllantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar; xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik ko‘magi va grantlari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2021 — 2023-yillarda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan Markaz ustav fondini shakllantirish uchun zarur mablag‘larni yo‘naltirish hamda ushbu mablag‘lardan Markazga qarashli yer maydoni hududida tomorqachilik klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bino hamda inshootlar qurish, aholiga agroxizmatlar ko‘rsatish markazini tashkil etish, yangi texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy tajriba va ko‘chatchilik issiqxonalarini tashkil qilish, tegishli infratuzilmani rekonstruksiya qilish uchun maqsadli foydalanish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 6. Belgilansinki: kasb-hunar maktabining mavjud o‘quv yo‘nalishlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtirish tizimi saqlab qolingan holda, tomorqachilik yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha boshqa malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari Markaz mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi; kasb-hunar maktabida ta’lim jarayoni va o‘quvchilarning amaliyoti Markaz bilan hamkorlikda tashkil etiladi; O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi va uning tarkibidagi tashkilotlar Markazning bino va inshootlaridan tekin foydalanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining 2022-yil uchun tasdiqlanadigan xarajatlar smetasida Markazning o‘quv xonalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari moliyalashtirilishini nazarda tutsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 7-iyundagi 433-son qarorida: a) 2-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “Jamg‘arma Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda Toshkent shahri hududida yer maydoni sotib olib, ma’muriy bino qurishi yoki tayyor binoni xarid qilishi mumkin”; b) O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda: 5-bandning oltinchi xatboshidagi “qishloq xo‘jaligi texnikasi,” so‘zlaridan keyin “qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan transport vositalari” so‘zlari qo‘shilsin; 7-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Jamg‘armaning daromadlari bo‘yicha har yilgi prognozlarni tasdiqlaydi”; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga kredit ajratish, “Tomorqa xizmati” MChJlar ustav fondida ishtirok etish, lizing xizmatlarini ko‘rsatish hamda Jamg‘armaning boshqa asosiy faoliyat yo‘nalishlariga mablag‘lar ajratishning har yilgi parametrlarini belgilaydi. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga tashabbuskorlarning talabidan kelib chiqqan holda, har yilgi parametrlarga qo‘shimcha ravishda mablag‘lar ajratilishi mumkin”; 13-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshlar qo‘shilsin: “Jamg‘arma xodimlarining lavozim maoshlari Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan shtatlar jadvali asosida belgilanadi. Jamg‘arma o‘z xodimlarining lavozim maoshlariga 3 baravargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llashga haqli”; 17-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yilgacha muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan, bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 7 yilgacha muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan 2019-yilning 31-dekabriga qadar yillik 7 foizlik stavkada, bankning 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda kreditlar ajratish uchun resurslarni “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, “Turonbank” ATB hamda AT “Xalq banki”ga joylashtirish. 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada amalga oshiriladi”; uchinchi xatboshidagi “4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda” so‘zlaridan keyin “, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshlari qo‘shilsin: “tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra “Tomorqa xizmati” MChJlarga urug‘lik va ko‘chat, motokultivator va minitraktor, inkubator xarid qilish hamda aylanma mablag‘ uchun 300 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishga; yetakchi tadbirkorlik subyektlariga aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratishga; 2026-yil 1-yanvarga qadar tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish maqsadida tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda subsidiya berishga; “Tomorqa xizmati” MChJlar, fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari rahbarlari va xodimlarining, shu jumladan tomorqa yer egalarini bilim va malakasini oshirish uchun o‘quv kurslarini o‘tkazish, shuningdek, o‘quv markazlarining bu boradagi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni subsidiyalashga”; to‘qqizinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n uchinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; yigirma birinchi xatboshidagi “o‘n ikkinchi xatboshida” so‘zlari “yigirmanchi xatboshida” so‘zlari bilan almashtirilsin; yigirma to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa, tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi”; 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda beriladi, tomorqa yer egalari — jismoniy shaxslarga 33 million so‘mgacha, fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga 225 million so‘mgacha miqdorda ajratiladigan kreditlar bundan mustasno. Ushbu summadagi kreditlar har bir mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan tavsiyalar asosida ajratiladi”; 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bosh kelishuvni tuzgan respublika tijorat banklari yoki ularning viloyat filiallari mablag‘lar olish uchun Jamg‘armaga hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilganligini tasdiqlovchi axborot va hududlar bo‘yicha qarz oluvchilar — loyiha tashabbuskorlari ko‘rsatilgan buyurtmanomani taqdim etadilar”; 24-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qo‘shilsin: “Jamg‘arma mablag‘lari fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari hamda boshqa tashabbuskorlarga maxsus elektron axborot dasturlari orqali rasmiylashtirib berilishi mumkin. Tomorqa yer egalariga onlayn tarzda mikrokreditlar ajratish uchun resurslar hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining takliflariga asosan Jamg‘arma tomonidan respublika tijorat banklariga tumanlar kesimida joylashtiriladi”.
96
13,195
Qonunchilik
Aholi oʻrtasida blits-soʻrov oʻtkazish uchun call-markazi tashkil etiladi
Prezidentning 22.02.2019 yildagi «Sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5667-son Farmoni qabul qilindi. «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi muassislarining taklifiga koʻra u «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (bundan keyin – Markaz) etib qayta nomlandi. Markaz Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan ta’minlanadi. 2019–2020 yillarda Markazni uskunalar, teхnika va boshqa vositalar bilan jihozlash dasturi tasdiqlandi. Telefon va Internet tarmogʻi orqali ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va mamlakatimiz hayotining boshqa yoʻnalishlariga doir dolzarb joriy masalalar yuzasidan aholi oʻrtasida blits-soʻrov oʻtkazish uchun call-markazi tashkil etiladi. Endi Markaz tomonidan oʻtkazilgan sotsiologik soʻrov natijalari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida muntazam muhokama qilinadi hamda ular boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻriladi. Bundan tashqari, soʻrov natijalari OAV va Markazning veb-saytida doimiy yoritib borilishi zarur. Markaz kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etadi, uning bazasida talabalar amaliyot oʻtashi tashkil etiladi. Tegishli oliy ta’lim muassasalarida 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralarini ochish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Oʻzbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi tashkil etilmoqda. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2019 yildan kuchga kirdi.  Oleg Gayevoy.
73
1,683
Qonunchilik
Fuqarolar murojaatlari – mansabdor shaхslar ishining indikatoridir
Aliya YuNUSOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi shunday hisoblaydi. Oʻzbekistonda korporativ boshqaruv, shaffoflik, jamiyatga hisobdorlik prinsiplarida amalga oshirilayotgan davlatni modernizatsiyalash bugun davlat boshqaruvining sifat jihatdan yangi modelini birinchi oʻringa olib chiqadi, bunda fuqarolar va ular birlashmalarining manfaatlari ustuvor boʻladi.  2014 yil 4 dekabrda “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun1 (keyingi oʻrinlarda – Qonun) kuchga kirdi. Vatandoshlarimiz davlat organlariga yakka tartibda yoki jamoa boʻlib murojaat qilish boʻyicha oʻz konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda  oʻz manfaatlarini bayon qilishayotir, oʻzlarining buzilgan huquq va erkinliklarini himoya qilish yoki tiklashni talab qilishmoqda, sodir boʻlayotgan voqealarga ildam munosabat bildirishmoqda, oʻzlariga yoki ularning birlashmalariga daхl qiladigan aхborotni soʻrab olishmoqda, u yoki boshqa muammolarga yangi yondashuv va yechimlarni taklif qilishmoqda. Ya’ni, murojaat qilish huquqi – bu nafaqat shaхslarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilish vositasi, balki, aytish mumkinki, davlat organlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari ustidan jamoat nazorati shakli, ular faoliyatini maqbullashtirishning samarali usulidir. Bizga oʻz huquq va manfaatlarini amalga oshirish yoki himoya qilish yuzasidan murojaat qiladigan rasmiy tuzilmalar va fuqarolar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni iste’molchilar (jismoniy va yuridik shaхslar) va  хizmatni amalga oshiruvchilar (davlat organlari va mansabdor shaхslar) oʻrtasidagi munosabatlar singari tushuntirish mumkin. Barcha hokimiyat yoki boshqaruv organlari tizimida ishlaydiganlar tushunib olishlari lozimki, qonunlarni bajarish va koʻrsatilayotgan davlat хizmatlari (litsenziya berish, roʻyхatdan oʻtkazish, har хil turdagi hujjatlarni taqdim qilish va h.k.) fuqarolardan yigʻilgan soliq va yigʻimlar bilan toʻlangan, fuqarolar toʻliq asosda saqlanishi soliq toʻlovchining gardanida boʻlgan amaldorlardan oʻzlariga yuklatilgan huquqni qoʻllash va хizmat koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni zarur darajada va oʻz vaqtida bajarishlarini talab qilishga haqli. Mamlakatimizning Asosiy Qonunida  e’lon qilinganidek, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daхlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Shu konstitutsiyaviy tezisni taraqqiy ettira borib, Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori  (2.03.2016 yildagi 62-son) fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish, ularda koʻtarilayotgan muammolarni oʻz vaqtida hal qilish va asoslangan qarorlar qabul qilishni хizmatchilar majburiyatlaridan biri sifatida mustahkamlaydi. Bundan tashqari, IDXYaPda muhokama qilinayotgan “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi davlat organlari хodimlari faoliyatining mazkur turida ish yuritishni liberallashtirish, arizalar, shikoyatlarni koʻrib chiqish va hal qilish tartibotini soddalashtirish va jadallashtirish, oʻrnatilgan tartibni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish va h.k.da kuchni mujassamlashtirishni koʻzda tutadi. Nima uchun bu masalaga bugungi kunda ancha e’tibor va jiddiylik bilan qaraydigan boʻlishganiga oʻz deputatlik faoliyatim hamda fraksiya va qoʻmita boʻyicha hamkasblarim misolida baho berishim mumkin. Demak, 2015 yilda menga 140 murojaat, shu yilning 20 mayiga qadar  40 murojaat kelib tushdi. Agar avval fuqarolar, asosan, yakka tartibda murojaat qilishgan boʻlsa, hozirga kelib jamoa boʻlib murojaat qilish hollari koʻpaymoqda, ba’zan ular 100 nafardan ortiq fuqarolar tomonidan imzolanadi. Olaylik, jamoa-guruh arizalari koʻp kvartirali uylar, mahallalar aholisi, korхona, muassasa хodimlari, pensionerlar nomidan kelib tushadi. Men tomondan qabul qilingan shikoyatlarda saylovchilar ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, pensiya ta’minoti, ish haqi, pensiya, stipendiyalarni oʻz vaqtida toʻlamaslik, uy-joy va kommunal sohasida yuqori tariflar va хizmatlar sifati va XUMSh faoliyati,  joylardagi hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarining gʻayriqonuniy harakatlari masalalarini koʻtarishgan. Koʻpincha mehribonlik uylari bitiruvchilaridan turar joy taqdim qilish va kommunal хizmatlar uchun haq toʻlash masalalari  boʻyicha murojaatlar kelib tushadi. Men tomondan koʻrib chiqilgan 40 murojaatdan 25 tasi qanoatlantirildi, 8 tasini qanoatlantirish rad etildi va toʻхtatildi, 7 murojaat boʻyicha tushuntirishlar berildi. Fuqarolar va yuridik shaхslar pochtasining jiddiy qismini maktablar, bolalar bogʻchalarini ta’mirlash, sport komplekslari, yoʻllar qurish, suv ta’minotini ta’minlash masalalari boʻyicha murojaatlar egallaydi. Ariza beruvchilar yakka tartibda uy-joy qurish, shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarini yuritish uchun хususiy mulkka yer uchastkalarini taqdim qilish haqida iltimos bilan, yer uchastkasi maydoni va chegarasini aniqlash, kompensatsiya toʻlash va boshqa masalalar boʻyicha murojaat qilishadi. Qator hollarda ariza beruvchilar turli oʻquv dargohlari rahbarlari va oʻqituvchilarining gʻayriqonuniy harakatlari va harakatsizliklaridan, ish haqi va stipendiya toʻlash kechiktirilishi sababli shikoyat qilishadi. Qayd qilish joizki, jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi buzilishini aniqlash masalasi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Va javob oʻz vaqtida joʻnatilmagan taqdirda, har kim yodda tutishi lozimki, ma’muriy/intizomiy/jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Fuqarolar murojaatlarining muayyan qismi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida” Qonunning huquqiy qoʻllanilishi zarur darajada emasligi toʻgʻrisida guvohlik beradi. Ariza beruvchilarning koʻrsatishicha, hokimlar va hokimlikning ayrim хodimlari ularni qabul qilishni rad etmoqdalar. Davlat organlaridan olingan javoblar ba’zan rasmiyatchilik tusiga ega boʻlmoqda. Fuqarolar ularning murojaatlari koʻrib chiqish uchun fuqarolarning oʻzlari shikoyat qilgan organlarga yoʻllanayotganligini qayd qilishmoqda.  Shuning uchun bunday hollarda davlat tuzilmalarining beparvo хodimlariga nisbatan barcha imkon darajasidagi ta’sir etishning huquqiy dastaklarini qoʻllagan holda jiddiy munosabat bildirishimga toʻgʻri keladi. Albatta, murojaatlar bilan ishlash, eng avvalo, ularni tahlil qilish mavjud muammoni, mansabdor va boshqa shaхslar tomonidan buzilishlarni, qonunchilikning huquqni qoʻllash amaliyotida muammolarni aniqlash imkonini beradi, qonunchilikni takomillashtirish, muammolarni hal qilishda yangi yoʻllar va uslublarni aniqlashga koʻmak beradi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda murojaatlar instituti jiddiy oʻzgarishlarga yuz tutdi. Asosan davlat apparatining tuzilmasi va funksiyasi oʻzgardi, uning faoliyatida yangi ijtimoiy ustuvorliklar paydo boʻldi. Bularning hammasi mansabdor shaхslar, eng avvalo ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaхslarining ishida fuqarolar murojaatlariga asosiy yondashuvlarini koʻrib chiqish zaruratini tugʻdiradi. Bu sohada milliy qonunchilikni toʻliq hajmda ijro etish uchun Qonunga sharhlar tayyorlandi, chunki mansabdor shaхslarning fuqarolar, oʻz manfaatlarining himoya qilinishi yuzasidan tez-tez murojaat qilishni boshlagan biznes va uchinchi sektor vakillari oldida javobgarligini oshirish zarur. Shuni mulohaza qilish lozimki, murojaatlar sonining oshishi bir tomondan fuqarolarning ijtimoiy faollik darajasining oshganligidan guvohlik beruvchi koʻrsatkich hisoblansa, ikkinchi tomondan davlat tuzilmalari va ularning mansabdor shaхslari faoliyatida muammolar mavjudligi, ular tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil qilishning takomillashmaganligidan dalolat beradi. Har bir murojaat bilan ishlashga yangi demokratik yondashuvni shakllantirish zarurati oʻz tasdigʻini topmoqda. E’tiboringizni “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasiga qaratamiz, unda “murojaatlarni koʻrib chiqayotgan davlat organlari jismoniy shaхslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida murojaatlarni bir yilda kamida bir marta umumlashtiradi va tahlil qilib boradi” deyilgan. Biz deputatlar uchun murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish nazorat-tahlil faoliyati boʻyicha savollarni shakllantirish, davlat organlari tomonidan qonun  yoki хalqaro shartnoma ijrosining holatini oʻrganish, amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaхslarga tegishli javobgarlik choralarini qoʻllash uchun asos hisoblanadi. Ehtimol, butun mamlakat miqyosida murojaatlar boʻyicha huquqiy statistik koʻrsatkichlar, ularni olish metodologiyasi, huquqiy statistik aхborotni tahlil qilishning yagona meхanizmini yaratish vaqti kelgandir. Murojaatlarni roʻyхatga olishdan boshlab u boʻyicha qaror qabul qilishgacha boʻlgan barcha jarayonni nazorat qilish imkonini beradigan “Barcha toifadagi shaхslar murojaatlarini yagona hisobga olish aхborot tizimini” amalga kiritish zarur.  Shu kabilar uzoq va yaqin хorijda mavjud, bunga Yevropa Ittifoqining boshqaruv tuzilmalari, Qozogʻiston prokuraturasi va hokazolarni misol qilsa boʻladi. Aynan shunday meхanizm tufayli mamlakatimizning murojaat qilayotgan fuqarolarida ular davlat organi, OAV yoki jamoat tashkilotiga yozganlaridan qat’i nazar, ularning ovozlari albatta eshitilishi yuzasidan ishonch hosil boʻladi. Boshqa tomondan, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalarini hisobga olish va monitoring qilishning ta’sirchan tizimi norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash faoliyatida davlat organlariga ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar uchun javobgarlikni kuchaytiradi. Xulosa oʻrnida. Oʻylab koʻring: - Nima uchun, ba’zan rahbarlar va amaldorlar: “Nima sababdan fuqarolarimiz barcha instansiyalar boʻyicha hamma narsa haqida yozib yurishadi”? deb achchiqlanishadi. Biroq agar daхldor mansabdor shaхs koʻrsatma berilganni bajarmasa yoki shikoyatlarga munosabat bildirmasa, ishonish mumkinki, keyingi murojaatning birinchi sahifasi oʻzida  eng yuqorigacha boʻlgan respublika organlarining manzillari roʻyхatini namoyon qiladi. - Biz tadbirkorning soliq, moliya yoki ma’muriy masalalar boʻyicha shikoyati/talabiga oʻz vaqtida munosabat bildirmadikmi, demakki, tuman, shahar, viloyat aholisi mahsulot yoki хizmatning biror bir turini toʻliq olmaydi, yangi ish oʻrinlari barpo etilmaydi yoki, undan-da yomoni, ish oʻrinlari tugatiladi, mahalliy byudjet soliq tushumlaridan mahrum boʻladi. - Murojaat qiluvchidan ranjish kerak emas, boz ustiga uni oʻz huquqlarini himoya qilayotganligi uchun ta’qib qilish kerak emas, biroq tushunish va qonuniy hamda baholi qudrat yordam berish lozim. Ajab emaski, ertaga biz oʻzimiz ham uning oʻrnida boʻlishimiz mumkin. - Murojaatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqmaslik – bu insonga bee’tiborlikdir, buning oqibatida u ishonchni yoʻqotadi, demakki, uning bunyodkorlik mehnati, hamjamiyatdagi faolligi pasayadi, bu esa davlat va jamiyatning barqaror va barkamol taraqqiyoti kafolatiga zarar yetkazadi. Ma’ruf USMANOV suhbatlashdi va yozib oldi.
66
11,337
Qonunchilik
Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4145-son qaroriga muvofiq, shuningdek, shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy nano-texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3417-son qaroriga muvofiq “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan shisha tola, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirila boshlandi; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Turonbank” ATB va “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha 21,4 million yevro miqdoridagi loyihalarni (keyingi o‘rinlarda — loyihalar) 1-ilovaga muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirish taklif etildi; loyihalarni samarali amalga oshirish maqsadida “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan “Falk Porsche Fiberglass” MChJ tashkil etildi; “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK aksiyadorlari tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 12-fevraldagi 4-1001-1806/20410-son qarori asosida olingan 60 434 million so‘mlik mulkni, shuningdek, 2-ilovaga muvofiq mulklarni “Falk Porsche Fiberglass” MChJga mulk qilib berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2. Belgilansinki, 1-bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan mulkni topshirish va qabul qilib olish qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi. 3. “Falk Porsche Fiberglass” MChJga nisbatan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3594-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar jamiyat joylashgan manzildan qat’iy nazar; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3417-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi bilan belgilangan imtiyozlar 2024-yil 31-dekabrga qadar tatbiq etilsin. 4. Toshkent shahar hokimligi va “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ ikki oy muddatda umumiy maydoni 3 620 kvadrat metr (0022 va 0027 lityerlar) bo‘lgan, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Olmazor ko‘chasi, 51-uy manzilida joylashgan binolar va inshootlar baholanishi hamda “Falk Porsche Fiberglass” MChJga sotilishini ta’minlasin. “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ 0022 literda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektiga barqaror ishlab chiqarish siklini ta’minlash maqsadida o‘z ishlab chiqarish quvvatlari va uskunalarini joylashtirish uchun muhandislik kommunikatsiyalari holati bo‘yicha mavjud binodan qolishmaydigan, 1 008 metr kvadrat maydonga ega bo‘sh bino berilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi 3-ilovaga muvofiq saqlanayotgan, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan texnologik uzellar va uskunalarni “Falk Porsche Fiberglass” MChJga topshirsin. 6. “Falk Porsche Fiberglass” MChJga ishlab chiqarish zarurati taqozo etganda ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash maqsadida tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan texnologik uzellar va uskunalarni ulardan qaytarib berish sharti asosida foydalanishga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilsin. 7. Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ o‘z mablag‘lari hisobiga tegishliligiga qarab mavjud muhandislik kommunikatsiyalarining uzluksiz ishlashini inobatga olgan holda, ularning “Falk Porsche Fiberglass” MChJ hududi ajratilgan chegaragacha loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ulanishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llar” AJ bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiq topshirilayotgan obyektlarning “Falk Porsche Fiberglass” MChJga rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda loyihalarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin hamda Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot kiritib borsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarishda bino va inshootlarning energiya samaradorligi sinflarini (A, B, V sinflari va boshqalar) belgilash, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari, energiya tejaydigan texnologiyalar va uskunalar, shuningdek, energiya tejashning boshqa zamonaviy tizimlaridan foydalanish bo‘yicha talablarni normativ hujjatlarga kiritish choralarini ko‘rsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3417-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. 1. 1-bandning oltinchi xatboshidagi “1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. 2-bandda: uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin. 3. 6-band va 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
224
6,432
Qonunchilik
AVTOMOBILDA XALQARO TAShIShDA HAYDOVChILARNING MEHNAT VA DAM OLISh REJIMLARINI NAZORAT QILISh UChUN FOYDALANILADIGAN RAQAMLI NAZORAT QURILMASI KARTOChKALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi 340-sonli “Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 51-son, 546 - modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. Avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi 340-son “Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 51-son, 546-modda) asosan Yevropa bitimi talablariga muvofiq avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilishga mo‘ljallangan raqamli nazorat qurilmalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan kartochkalarni berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: haydovchi kartochkasi — avtomobilda xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi haydovchiga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (1 – ilova); tashkilot kartochkasi — avtomobilda xalqaro tashuvlar sohasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat olib boradigan tashkilotga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (2-ilova); ustaxona kartochkasi — raqamli nazorat qurilmalarini o‘rnatish, qiyoslash, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va tamg‘alash bo‘yicha faoliyat olib boruvchi yuridik shaxsga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (3 – ilova); nazoratchi kartochkasi — haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini nazorat qiluvchi vakolatli shaxsga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (4 – ilova). 2. Raqamli nazorat qurilma kartochkalarini (haydovchi, tashkilot, ustaxona va nazoratchi kartochkalari) olish uchun arizalar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) taqdim etiladi. 3. Haydovchi, korxona, ustaxona va nazoratchi kartochkalarini berishni tashkil etish va amaldagi kartochkalar reyestrni yuritish Avtomobil va daryo transporti agentligi tizimiga kiruvchi “Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-texnik ta’minlash respublika markazi” davlat korxonasiga yuklanadi. 4. Haydovchi kartochkasi haydovchini identifikatsiya qilish, uni raqamli nazorat qurilmasi o‘rnatilgan avtotransport vositasini boshqarishida mehnat va dam olish rejimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlashda foydalaniladi. 5. Haydovchi kartochkasidagi ma’lumotlar har 28 kunda avtotransport vositasining egasi tomonidan ko‘chirib olinadi. Kartochkadan ko‘chirib olingan ma’lumotlar bir yil davomida saqlanadi. Bu ma’lumotlar nazorat qiluvchi organlarga taqdim etishga tayyor holda bo‘lishi shart. 6. Haydovchi “S”, “D”, “E” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi shart. 7. Yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchining minimal yoshi: ruxsat etilgan maksimal og‘irligi 7,5 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalarini (tirkama va yarim tirkamalar bilan birga) boshqarish uchun — 18 yosh; boshqa avtotransport vositalarini boshqarish uchun — 21 yosh. 8. Yo‘lovchilar tashish bilan band bo‘lgan haydovchining minimal yoshi — 21 yosh. Bunda, haydovchi ruxsat etilgan maksimal og‘irligi 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositasini boshqarish bo‘yicha kamida 3 yillik haydovchilik stajiga ega bo‘lishi shart. 9. Haydovchi kartochkasini olishga talabgor haydovchi ariza bergan vaqtda boshqa amaldagi kartochkaga ega bo‘lmasligi shart. 10. Haydovchi kartochkasining amal qilish muddati 5 yil. 11. Haydovchi kartochkasini olish uchun haydovchi arizani vakolatli organga topshiradi. 12. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: haydovchining fotosurati; fuqarolik pasporti nusxasi; haydovchilik guvohnomasi nusxasi; kartochka tayyorlash uchun to‘langan to‘lov to‘g‘risidagi hujjat. 13. Haydovchi kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi. 14. Har bir haydovchiga faqat bir dona haydovchi kartochkasi beriladi. 15. Haydovchi kartochkani boshqa shaxslarga berilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart. 16. Quyidagi hollarda yangi haydovchi kartochkasi beriladi: kartochkaning amal qilish muddati tugaganda; kartochka nosoz holatga kelganda, yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda; kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarsa (haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, haydovchilik guvohnomasining tartib raqami, haydovchining pochta manzili). 17. Yangi haydovchi kartochkasini berish mazkur Nizomning 11—13-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 18. Vakolatli organ haydovchi kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin: kartochka haydovchidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa; kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda. 19. Haydovchi kartochkasini bekor qilishni vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi. 20. Tashkilot kartochkasi avtotransport vositasining egasi tomonidan haydovchining mehnat va dam olish vaqtlarini hisobga olishda foydalaniladi. 21. Tashkilot kartochkasi raqamli nazorat qurilmasiga ma’lumotlarni kiritish, ko‘rish, qog‘oz lentaga bosib chiqarish, ma’lumotlarni uchinchi shaxslar tomonidan ko‘chirib olinishidan saqlash maqsadida blokirovka qilish hamda raqamli nazorat qurilmasidagi ma’lumotlarni ko‘chirib olish uchun blokirovka holatidan chiqarishda foydalaniladi. 22. Tashkilot kartochkasi avtomobil transportida yuk yoki yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxsga beriladi. Tashkilot kartochkasi yuk tashish bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham berilishi mumkin. 23. Tashkilot kartochkasining amal qilish muddati cheklanmagan. 24. Tashkilot kartochkasini olish uchun yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor arizani vakolatli organga topshiradi. 25. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; yuridik shaxs rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkorning fuqarolik pasportining nusxasi; kartochka tayyorlash uchun to‘langan to‘lov to‘g‘risidagi hujjat. 26. Tashkilot kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi. 27. Quyidagi hollarda yangi tashkilot kartochkasi beriladi: kartochka nosoz holatga kelganda, yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda; kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarsa (yuridik shaxsning nomi, yuridik shaxs rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning pochta manzili). 28. Yangi tashkilot kartochkasini berish mazkur Nizomning 24, 25, 26-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 29. Vakolatli organ tashkilot kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin: kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa; kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda. 30. Tashkilot kartochkasini bekor qilishni vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi. 31. Ustaxona kartochkasi raqamli nazorat qurilmasini o‘rnatish, qiyoslash, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, tamg‘alash yoki raqamli nazorat qurilmasidagi ma’lumotlarni ko‘chirib olishda foydalaniladi. 32. Ustaxona kartochkasi raqamli nazorat qurilmalarini o‘rnatish, qiyoslash, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va tamg‘alash bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarga beriladi. 33. Ustaxona kartochkasining amal qilish muddati 1 yil. 34. Ustaxona kartochkasini olish uchun yuridik shaxs arizani vakolatli organga topshiradi. 35. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: yuridik shaxsga nazorat qurilmalarini (taxograflarni) ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi akkreditatsiya attestatining nusxasi; yuridik shaxsning joylashgan eri (pochta manzili); yuridik shaxs rahbarining fuqarolik pasporti nusxasi; kartochka tayyorlash uchun to‘langan to‘lov to‘g‘risidagi hujjat. 36. Ustaxona kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi. 37. Ustaxona kartochkasi berilganda, u bilan birga kartochkaning identifikatsion raqami (PIN-kod) beriladi. PIN-kod konvertda maxsus himoya qatlami bilan qoplangan holatda beriladi. 38. Quyidagi hollarda yangi ustaxona kartochkasi beriladi: kartochkaning amal qilish muddati tugaganda; kartochka nosoz holatga kelganda, yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda; kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarsa (yuridik shaxsning nomi, yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, yuridik shaxsning joylashgan eri (pochta manzili). 39. Yangi tashkilot kartochkasini berish mazkur Nizomning 34—37-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 40. Vakolatli organ tashkilot kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin: kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa; kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda. 41. Ustaxona kartochkasini bekor qilish vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi. 42. Nazoratchi kartochkasi nazorat qiluvchi organlar tomonidan haydovchilarning avtotransport vositasini boshqarish va dam olish rejimlarini nazorat qilishda foydalaniladi. 43. Nazoratchi kartochkasining amal qilish muddati cheklanmagan. 44. Qonunchilik hujjatlariga ko‘ra haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi organning murojaati asosida nazoratchiga nazoratchi kartochkasi beriladi. 45. Nazoratchi kartochkasini olish uchun nazoratchi quyidagilarni taqdim etadi: nazoratchining guvohnomasi nusxasi; nazoratchining fotosurati; kartochka tayyorlash uchun to‘langan to‘lov to‘g‘risidagi hujjat. 46. Nazoratchi kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi. 47. Quyidagi hollarda yangi nazoratchi kartochkasi beriladi: kartochka nosoz holatga kelganda, yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda; kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarsa (nazorat qiluvchi organning nomi, nazoratchining ismi, familiyasi, otasining ismi, vakolatli organning nomi). 48. Yangi nazoratchi kartochkasini berish mazkur Nizomning 44, 45, 46-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 49. Vakolatli organ nazoratchi kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin: kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa; kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda. 50. Nazoratchi kartochkasini bekor qilish vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi. 51. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. 1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi. 2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan o‘zbek va ingliz tillarida “Haydovchi kartochkasi. O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari yoziladi. 3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni: 1-haydovchi familiyasi; 2-haydovchi ismi; 3–haydovchining tug‘ilgan sanasi; 4a-haydovchi kartochkasining berilgan sanasi; 4b-haydovchi kartochkasining amal qilish sanasi; 4s-haydovchi kartochkasini bergan vakolatli organning nomi; 5a-haydovchilik guvohnomasining raqami; 5b-haydovchi kartochkasining tartib raqami; 6-haydovchining fotosurati; 7-haydovchining imzosi; 8-haydovchining pochta manzili. 4. Kartochkadagi yozuvlar ko‘rsatilgan joylarda ikki tilda: o‘zbekcha va inglizchada quyidagi formatda to‘ldiriladi: “O‘zbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”. Haydovchining familiyasi va ismining yozilishi xalqaro harakatda ishlatiladigan haydovchilik guvohnomasiga mos kelishi shart. 5. Haydovchi kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega: UZ D XXXXXXXXXXX X X bu erda: UZ — O‘zbekiston Respublikasi; D — kartochka turi; XXXXXXXXXXX — haydovchi kartochkasining tartib raqami. Haydovchi kartochkasi 11 ta raqamdan tashkil topadi. Har bir haydovchi uchun haydovchi kartochkasining tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy bo‘ladi; XX — haydovchi kartochkasining yangi berish indeksi. 1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi. 2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan o‘zbek va ingliz tillarida “Tashkilot kartochkasi. O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari yoziladi. 3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni: 1-yuridik shaxs nomi; 2-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning familiyasi; 3-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning ismi; 4a-tashkilot kartochkasi berilgan sana; 4b-tashkilot kartochkasining amal qilish sanasi; 4s-tashkilot kartochkasini bergan vakolatli organning nomi; 5b-tashkilot kartochkasining raqami; 7-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning imzosi; 8-tashkilot (yakka tartibdagi tadbirkor)ning pochta manzili. 4. Kartochkadagi yozuvlar ko‘rsatilgan joylarda ikki tilda: o‘zbekcha va inglizchada quyidagi formatda to‘ldiriladi: “O‘zbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”. 5. Tashkilot kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega: UZ K XXXXXXXXXX X X X, bu erda: UZ —O‘zbekiston Respublikasi; K — kartochka turi; XXXXXXXXXX — tashkilot kartochkasining tartib raqami. Tashkilot kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Tashkilot uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy bo‘ladi; X — tashkilotlarga berilgan tashkilot kartochkalari soni indeksi; X X — tashkilot kartochkasini yangi berish indeksi. 1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yo‘l to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi. 2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan o‘zbek va ingliz tillarida “Ustaxona kartochkasi. O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari yoziladi. 3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni: 1-yuridik shaxsning nomi; 2-yuridik shaxs rahbarining familiyasi; 3-yuridik shaxs rahbarining ismi; 4a-ustaxona kartochkasi berilgan sanasi; 4b-ustaxona kartochkasining amal qilish sanasi; 4s-ustaxona kartochkasini bergan vakolatli organning nomi; 5b-ustaxona kartochkasining raqami; 7-yuridik shaxs rahbarining imzosi; 8-yuridik shaxsning joylashgan eri (pochta manzili). 4. Kartochkadagi yozuvlar ko‘rsatilgan joylarda ikki tilda: o‘zbekcha va inglizchada quyidagi formatda to‘ldiriladi: “O‘zbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”/. 5. Ustaxona kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega: UZ U XXXXXXXXXX X X X, bu erda: UZ — O‘zbekiston Respublikasi; U — kartochka turi; XXXXXXXXXX — ustaxona kartochkasining tartib raqami. Ustaxona kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Ustaxona uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy bo‘ladi; X — Ustaxona kartochkasi indeksi; X X —Ustaxona kartochkasini yangi berish indeksi. 1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yo‘l to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi. 2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan o‘zbek va ingliz tillarida “Nazoratchi kartochkasi. O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari yoziladi. 3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni: 1-nazorat qiluvchi organ nomi; 2-nazoratchining familiyasi; 3-nazoratchining ismi; 4a-nazoratchi kartochkasi berilgan sana; 4b-nazoratchi kartochkasining amal qilish sanasi; 4s-nazoratchi kartochkasini bergan vakolatli organ nomi; 5b-nazoratchi kartochkasining raqami; 6-nazoratchining fotosurati 7-nazoratchining imzosi; 8-nazorat qiluvchi organning joylashgan eri (pochta manzili). 4. Kartochkadagi yozuvlar ko‘rsatilgan joylarda ikki tilda: o‘zbekcha va inglizchada quyidagi formatda to‘ldiriladi: “O‘zbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”. 5. Nazoratchi kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega: UZ N XXXXXXXXXX X X X bu erda: UZ — O‘zbekiston Respublikasi; № — kartochka turi; XXXXXXXXXX — nazoratchi kartochkasining tartib raqami. Nazoratchi kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Nazoratchi organ uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy bo‘ladi; X — nazoratchi kartochkasining indeksi. X X — kartochkani yangi berish indeksi.
196
17,430
Qonunchilik
Talabalar atoqli adiblarning ijodini oʻrganadi
Vazirlar Mahkamasi 24.08.2020 yildagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar oʻrtasida targʻib qilish hamda Adiblar хiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 502-son qarorni qabul qildi. Hujjat bilan: Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarida: Shuningdek, qaror bilan ilmiy-adabiy maslahatchilarning vazifalari, chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash manbalari belgilangan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2020 yildan kuchga kirdi. Bahodir Qayumov.
46
693
Qonunchilik
AVTOMOBIL OYNASI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Avtomobil oynasi ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zavtosanoat” uyushmasining Farg‘ona 2-uysozlik kombinati bazasida, loyiha bo‘yicha yillik quvvati 200 mingta avtokomplektni tashkil qiladigan va 2001-yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladigan, avtomobil oynasi ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. “O‘zavtosanoat” uyushmasi bilan Italiyaning “Tekint” kompaniyasi o‘rtasida avtomobillarning old tomoni oynasi qalinligi 4 mm bo‘lgan tripleks, yon va orqa tomoni oynasi qalinligi 3 dan 4 millimetrgacha bo‘lgan toblangan oyna ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan qiymati 43,5 mln Germaniya markasi bo‘lgan kontrakt imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, kontraktni mablag‘ bilan ta’minlash: kontrakt qiymatining 37 mln Germaniya markasi miqdoridagi 85 foizi Italiyaning “SAChE” kompaniyasi sug‘urta qoplamasi ostida Italiyaning “Natsional del Lavoro” banki krediti hisobiga qayta moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga; kontrakt qiymatining 6,5 mln Germaniya markasi miqdoridagi 15 foizi, shuningdek bank komissiyasi hamda “Natsional del Lavoro” bankining jalb etiladigan krediti bo‘yicha boshqa xarajatlar “Asaka” banki krediti hisobiga amalga oshiriladi. 5. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlarni va ular bo‘yicha foizlar 1, 2-ilovalarga* muvofiq “O‘zavtosanoat” uyushmasining o‘z mablag‘lari hisobiga qoplansin. 6. Avtomobil oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangidan tashkil etiladigan korxonani qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha bosh buyurtmachi etib “O‘zavtosanoat” uyushmasi, bosh pudratchi etib “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi, bosh loyihachi etib “O‘zog‘irsanoat” aksiyadorlik jamiyati belgilansin. 7. “O‘zavtosanoat” uyushmasiga 1999-yil 1-iyulgacha korxonani loyihalashni va ishchi chizmalar bo‘yicha qurishni ayni bir paytda amalga oshirishiga istisno tartibida ruxsat etilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi avtomobil oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar yetkazib berish yuzasidan kontraktlarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Italiyaning “SAChE” kompaniyasi sug‘urta qoplamasi ostida Italiyaning “Natsional del Lavoro” banki bilan kredit bitimi tuzsin va olingan kreditlarni “O‘zavtosanoat” uyushmasiga belgilangan tartibda qayta moliyalashtirsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Italiyaning “Natsional del Lavoro” banki va Italiyaning “SAChE” kompaniyasi oldidagi; “O‘zavtosanoat” uyushmasining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” banki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolatlar berishga vakil qilinsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan beriladigan kafolatlar bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin. 12. “O‘zavtosanoat” uyushmasining avtomobil oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha tashkil qilinayotgan korxonasiga, “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasi uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi sifatida, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-noyabrdagi 509-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi avtomobil oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zavtosanoat” uyushmasi buyurtmanomalariga binoan ushbu loyiha doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, ularni konsullik yig‘imlaridan ozod qilgan holda, kelish vizalari rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zavtosanoat” uyushmasining yangidan tashkil etilayotgan korxonasi buyurtmanomalariga binoan xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari to‘lashdan ozod qilgan holda, vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, turar joyi bo‘yicha milliy pasportlari ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 16. “O‘zavtosanoat” uyushmasining yangidan tashkil qilinayotgan korxonasi buyurtmanomalariga binoan kelayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish haqini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha to‘lash huquqi berilsin. 17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
61
4,934
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida
Shahar yo‘lovchi tashish transporti xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada to‘laroq qondirish, yagona transport siyosatini amalga oshirish va shahar yo‘lovchi tashuvlari bozorini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2000 — 2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish Konsepsiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin. 2. Mazkur Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin. 3. Respublika komissiyasi: “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2-ilovada ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlasin; ushbu qarorni bajarishning borishi to‘g‘risida har yili, yarim yillik va umuman yillik ish yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish Konsepsiyasi asosida shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini isloh qilish va rivojlantirishning mintaqaviy kompleks dasturlarini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin. 1.1. Bozor munosabatlariga o‘tishda shahar yo‘lovchi tashish transportining roli va ahamiyatining oshishi sanoat va aholining shaharlarga to‘planishi jarayonlarining kuchayishi, yangi sanoat markazlarining shakllanishi, shaharlar infratuzilmasini kompleks rivojlantirishni, aholining jamoat transportidan keng foydalanishini ta’minlash zaruriyati bilan belgilanadi. 1.2. Ushbu Konsepsiya shahar yo‘lovchi tashish transportining iqtisodiy jihatdan foydali va ekologiya jihatidan toza turlarini kompleks rivojlantirish, aholini transport xizmatlari bilan ta’minlash sifatini oshirish, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini kuchaytirish, transportning atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish, ushbu sohada bozor munosabatlarini keng rivojlantirish asosida respublika aholisiga transport xizmatini ko‘rsatishni takomillashtirish yo‘nalishlarini asoslangan holda belgilash maqsadida ishlab chiqilgan. 1.3. Konsepsiya quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan: mamlakat shahar yo‘lovchi tashish transportining zamonaviy xalqaro talablarga va aholining o‘sib borayotgan turmush darajasiga muvofiq bo‘lgan tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish; yo‘lovchilar tashish sohasida bozor munosabatlarini, transport vositalariga mulkchilikning nodavlat shakllarini rivojlantirish; transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish; umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish; shahar yo‘lovchi tashish transporti korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, foydalanish xarajatlarini kamaytirishni ta’minlaydigan moliyaviy mexanizmlarni joriy etish; shahar yo‘lovchi tashish sohasiga investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; shahar jamoat transportining harakatdagi turlarini yangilash va zamonaviylashtirish; shahar yo‘lovchi tashish transporti infratuzilmasini, eng avvalo, tuzatish bazasini rivojlantirish darajasini oshirish, uni harakatdagi tarkibga xizmat ko‘rsatish va uni tuzatishning yangi texnika vositalari va texnologiyalari bilan ta’minlash; shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash; shahar yo‘lovchi tashish transporti sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi, uning barqaror ishlashi va rivojlanishini ta’minlovchi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish. 1.4. Ko‘rsatib o‘tilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda Konsepsiyada 2005-yilgacha bo‘lgan davrda shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirishning, mulkchilik munosabatlarini yanada isloh qilish va transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida raqobat muhitini shakllantirishning, shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish tuzilmasi va tizimini takomillashtirishning, uning texnikaviy darajasini oshirish va moliyaviy ahvolini mustahkamlashning, xodimlar mehnatini rag‘batlantirish hamda kadrlar tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. 1.5. Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Hukumat qarorlariga, mamlakatning boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek shahar yo‘lovchi tashish transporti hozirgi ahvolining tahlili natijalariga, ilmiy va prognoz ishlanmalariga asoslanadi. 1.6. Quyidagilar Konsepsiyaning boshlang‘ich uslubiy tamoyillari bo‘ldi: mintaqalar bo‘yicha shahar aholisining prognoz qilinayotgan soni; respublika va uning mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘rtacha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari; aholini joylashtirish sxemalarini va shaharsozlik sxemalarini shakllantirish yo‘nalishlari; shaharsozlik me’yorlari tizimi. 2.1. O‘zbekistonning yagona transport tizimida yo‘lovchilar tashish umumiy hajmining 59 foizi shahar yo‘lovchi tashish transporti ulushiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda shahar yo‘lovchi tashish transportining barcha turlari ishlamoqda. Shahar yo‘lovchi tashish transporti tuzilmasida jamoat transporti — avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar va metro ustuvor ahamiyatga ega (1-ilova). Shahar yo‘lovchi tashish transporti shoxobchalarining umumiy uzunligi 8046,2 kilometrni, shu jumladan avtobus yo‘nalishlari — 6982,2, tramvaylarniki — 267,0, trolleybuslarniki — 767,5 va metropoliten liniyalari — 29,5 kilometrni tashkil qiladi. Jamoat transporti tomonidan bajarilayotgan shahar yo‘lovchi tashuvlari umumiy hajmidan 40,0 foizi “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, 1,6 foizi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va 58,4 foizi “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi korxonalari ulushiga to‘g‘ri keladi. 2.2. Shu bilan birga, aholining shaharlarda yo‘lovchi tashuvlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qondirilmayapti. Harakatdagi transportlar ortiqcha sig‘im bilan ishlayapti. Sig‘imdan foydalanish koeffitsiyenti 1990-yildagiga nisbatan faqat Toshkent shahrining o‘zidagina shahar avtobuslari bo‘yicha 0,512 dan 1,013 gacha, metro vagonlari bo‘yicha 1,34 dan 1,49 gacha ortdi. Harakatdagi tarkibni yangilash, yo‘l qoplamalarini, tramvay yo‘llarini va tutashtirish tarmoqlarini yaxshilash, yer ustida ishlaydigan elektr transportning tortuvchi yordamchi stansiyalari quvvatini ko‘paytirish, transport korxonalarining tuzatish bazalarini texnikaviy rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash zaruriyati yetildi. Transport xizmatlari ko‘rsatish bozori, turli tashuvchilar o‘rtasida raqobat muhiti hali shakllangani yo‘q. Shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirishning ushbu Konsepsiyasini asosan uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Yaqin istiqbol uchun (2000-yil) uchun mulkchilik munosabatlarini, shahar yo‘lovchi tashish transporti har xil turlari ishini boshqarish tuzilmasini va tartibga solib borish mexanizmini yanada takomillashtirishga, transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida raqobat muhitini yaratishga ustuvor ahamiyat beriladi. Buning uchun me’yoriy-huquqiy hujjatlarning tegishli paketini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Harakatdagi transportlar parkini texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish boshlab yuboriladi, shahar yo‘lovchi tashish transportining yer ustida ishlaydigan turlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi tayyorlangan. Metropolitenning Yunusobod liniyasi birinchi navbatini foydalanishga topshirish, vagon tuzatish zavodini rekonstruksiya qilishni tugallash va Sirg‘ali trolleybus zavodini ishga tushirish nazarda tutilmoqda. Ikkinchi bosqich (2001 — 2003-yillar)da asosiy e’tibor shahar yo‘lovchi tashish transportini yangilash va zamonaviylashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga va amalga oshirishga qaratiladi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Germaniyaning KFW banki, Yaponiya transport vazirligi va “Merubeni Korporeyshn” firmasi bilan ishlar davom ettiriladi, harakatdagi transportlar parkini yangilash va to‘ldirish uchun Chexiyaning EGAP kredit liniyasi ishga solindi. Toshkent metropolitenining uchinchi liniyasi va Yunusobod deposi qurilishini tugallash, shuningdek metroning yangi “Sobir Rahimov — Sirg‘ali” liniyasini barpo etish loyihasini qabul qilish mo‘ljallangan. Tramvay-trolleybus kompleksi infratuzilmasini zamonaviylashtirishni boshlash, avtobus parklari va deposining dastgoh va garaj asbob-uskunalarini yangilash, Qarshi va Guliston shaharlarida trolleybus liniyalarini foydalanishga topshirish nazarda tutilmoqda. Toshkent shahrining yer ustidagi shahar yo‘lovchi tashish transportini Avtomatlashtirilgan boshqarish markazini tajriba tariqasida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan. Uchinchi bosqich (2004-2005-yillar)da shahar yo‘lovchi tashish transportining harakatdagi tarkib parkini zamonaviylashtirish tugallanadi, metropolitenning to‘rtinchi (Sobir Rahimov — Sirg‘ali) liniyasini qurish ishlari boshlanadi. Qo‘qon, Termiz, Navoiy shaharlarida trolleybus qatnovi rivojlantiriladi. Trolleybuslarni yig‘ish zavodi to‘la quvvat bilan ishlay boshlaydi. Toshkent shahrida yer ustida shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va respublikaning yirik shaharlari uchun ana shunday loyihalarni ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. Shahar yo‘lovchi tashish jamoat transportining barcha korxonalarini kompyuterlashtirish, ularning dasturiy va muhandislik ta’minlanishi tugallanadi. Shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirishning barcha uchchala bosqichining amalga oshirilishi natijasida 2005-yilda yo‘lovchi tashishlar 30,8 foizga ko‘payadi. Trolleybusda tashuvlar ustuvor darajada rivojlanadi, bu boradagi o‘sish 2,1 baravarni tashkil qiladi. Toshkent metropolitenidagi tashuvlar hajmi 1,4 baravar ortadi. Prognozga ko‘ra tashiladigan yo‘lovchilar soni Toshkent shahrida (29,9%), yirik va o‘rtacha shaharlarda (18 foizdan ziyod) eng yuqori sur’atlar bilan ko‘payadi. (2-ilova). Transport turlari bo‘yicha tashuvlar tuzilmasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi. 2005-yilda tashiladigan yo‘lovchilar umumiy sonining 32,1 foizi (hozirgi vaqtda — 26%) yo‘lovchi tashish transportining ekologiya jihatdan eng toza turlari (tramvay, trolleybus va metro) ulushiga to‘g‘ri keladi (3-ilova). Yo‘nalishlar tarmog‘i yanada rivojlanadi. Uning uzunligini 2005-yilga borib 11,5 foizga, shu jumladan trolleybuslar bo‘yicha — 33,3 foizga, metropoliten bo‘yicha 40,3 foizga, avtobuslar bo‘yicha — 9,2 foizga va tramvaylar bo‘yicha 6,7 foizga ko‘paytirish mo‘ljallangan (4-ilova). 2005-yilda harakatdagi transport parkini 37,5 foizga, shu jumladan mikroavtobuslarni — 3,3 baravardan ziyodroq, trolleybuslarni — 1,9 baravar, yengil avtomobil taksilari va metro vagonlarini — 1,4 baravar, avtobuslarni — 20,5 foizga va tramvaylarni — 22,5 foizga ko‘paytirish mo‘ljallanmoqda (5-ilova). Harakatdagi transportlar parkini yangilash, kengaytirish va zamonaviylashtirish maqsadida 2000-2005-yillar mobaynida 3460 ta avtobus va 660 ta trolleybus, 240 ta tramvay va 50 ta metro vagonlari sotib olish nazarda tutilmoqda (6-ilova). 2000 — 2005-yillar mobaynida 20 ta tortish yordamchi stansiyalarini qurish va zamonaviylashtirish, 40,5 kilometr rels va 80,4 kilometr tutashtirish tarmoqlarini to‘liq tuzatish mo‘ljallangan. Konsepsiya qoidalarini amalga oshirishning birinchi bosqichidayoq shahar yo‘lovchi tashish transporti sohasida aniq mulkdorlarni shakllantirish keng chora-tadbirlari kompleksini ro‘yobga chiqarish nazarda tutilmoqda. Shaharda yo‘lovchilarni mikroavtobuslar va yengil avtomobil taksilarida tashuvlarni, qoidaga ko‘ra, xususiy transport vositalari egalari va xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirish mo‘ljallangan. Muntazam shahar yo‘nalishlari bo‘yicha avtobuslarda tashuvlarni asosan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy korxonalar va xususiy transport vositalari egalari tomonidan amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Yo‘nalishlar tashuvchilar o‘rtasida tender asosida taqsimlanadi. 2005-yilgacha bo‘lgan davrda tramvay-trolleybus deposi va Toshkent metropoliteni, shuningdek ularning infratuzilmasi korxonalari davlat mulkchiligida qoladi. Yo‘lovchi tashuvlari bozori mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar o‘rtasida raqobatni rivojlantirish asosida shakllantiriladi va faoliyat ko‘rsatadi. Quyidagilar transport xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirish va kengaytirishning asosiy vazifalari hisoblanadi: sog‘lom raqobatni tashkil qilish, monopoliyachilar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish; transport xizmatlari ko‘rsatishdan foydalanuvchilar va transport xizmatlari ko‘rsatuvchi tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish; mulkchilikning barcha shakllaridagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli avtobuslarni umumiy foydalanishdagi yo‘nalishlarga qo‘yish hamda ularning ishlash tartibi va shartlarini belgilash; mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni belgilab qo‘yilgan tariflar bo‘yicha ishlashga tanlov asosida jalb etish; xususiy tashuvchilarning shahar jamoat transporti aksiyadorlik korxonalari bilan o‘zaro muvaffaqiyatli ishlashi va hamkorlik qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish; marketing tuzilmalarini shakllantirish, transport xizmatlari ko‘rsatish bozori rivojlanishining hozirgi ahvolini o‘rganish va uni prognozlash; transport vositalarining texnik holati va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashuvchilarga nisbatan talablarni kuchaytirish; transport xodimlarining kasb-hunar darajasini nazorat qilish; transportning texnika vositalariga va transport tadbirkorligiga nisbatan milliy talablarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarda qabul qilingan talablarga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish. Tender hujjatlarida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilarga nisbatan yagona talablar qo‘yilgan holda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish bo‘yicha tenderlar ana shunday shart-sharoitlar yaratishning asosiy yo‘llaridan biri bo‘lib qoladi. Xususiy transport vositalarini rivojlantirish va ularning egalarini rag‘batlantirish uchun har bir shaharda xususiy yo‘lovchi tashuvchilar uyushmalari tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida, “Shahar yo‘lovchi tashish transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shaharlar hokimliklari huzurida shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organlari tashkil qilish nazarda tutilmoqda. Toshkent shahrida “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarishning yagona organi bo‘ladi. Yo‘lovchi tashiydigan avtomobil va elektr transportiga ega bo‘lgan yirik shaharlarda hamda viloyatlar markazlarida shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organlari tashkil qilish va ularga “O‘zavtotrans” korporatsiyasi birlashmalari va konsernlarining hamda Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi korxonalarining yo‘lovchi tashuvchi bir qator xizmatlari shtatlarini hamda ish haqi fondini ularga berish mo‘ljallanmoqda. Faqat avtomobilda yo‘lovchi tashish transportiga ega bo‘lgan o‘rtacha va kichik shaharlarda jamoat yo‘lovchi tashish transporti korxonalarining joylashgan joyini va bir-biridan uzoqligini hisobga olgan holda shunga o‘xshash boshqaruv organlari tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Bunda mazkur boshqaruv organi bir viloyatning kichik va o‘rtacha shaharlari guruhi uchun tashkil etilishi mumkinligi nazarda tutiladi. Shahar yo‘lovchi tashish transporti hududiy boshqaruv organlari: yo‘lovchilar oqimini o‘rganishga va uning asosida transportning har xil turlari uchun maqbul yo‘nalish tarmog‘ini ishlab chiqishga; yo‘nalish hujjatlarini ishlab chiqishga va ularni davlat avtomobil nazorati organlari bilan kelishishga; har bir yo‘nalishda qatnovlar jadvalini belgilashga va tashuvchilar tomonidan unga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlashga; yo‘nalishlarni, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, tashuvchilar o‘rtasida tender asosida taqsimlashga; yagona texnika siyosati o‘tkazishga va shaharda yo‘lovchi tashuvchi harakatlanadigan tarkibga qo‘yiladigan yagona tartiblarga rioya etilishini nazorat qilishga; shahar yo‘lovchi tashish transporti subyektlari uchun yagona chipta tizimi joriy qilinishini ta’minlashga da’vat etilgandir. Shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organlari, hokimlik bilan tashuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shahar hokimligi shahar yo‘lovchi tashish transporti boshqaruv organlari bilan aholiga transport xizmati ko‘rsatishga shartnoma (kontrakt) tuzishi, cheklangan tariflarni belgilashi, shuningdek yo‘lovchilar tashishning sifatli bajarilishi va tashuvchilar tomonidan tasdiqlangan tariflarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi nazarda tutiladi. Shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organlari tashuvchilar bilan tashishlarning muayyan turini bajarish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan shartnomalar tuzadi. Boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari sifatida: O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan trolleybus depolari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmaning “O‘zavtotrans” korporatsiyasi ixtiyoriga berilishi; “O‘zavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi va “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi tomonidan transport vositalarining quvvati kattaroq avtokorxonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan va kadrlar resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida ularda jamlanishi; Toshkent shahar tramvay-trolleybus kompleksini metropoliten tajribasi bo‘yicha yagona korxonaga integratsiyalash nazarda tutilmoqda. Bu ularga sarflanadigan xarajatlarni ancha qisqartirish imkonini beradi. Shahar yo‘lovchi tashish transporti faoliyatini davlat tomonidan boshqarishni transport xizmatlarini shakllantirish va bu xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat berishni tartibga solish, litsenziyalash, me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, tarif siyosatini, soliq solishni, markazlashtirilgan mablag‘ bilan ta’minlash, yagona ilmiy-texnika siyosati o‘tkazish, tashishlarning xavfsizligini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshirish nazarda tutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi tashish transportini davlat tomonidan boshqarish Vazirlar Mahkamasi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi. Harakatlanadigan transport parkini ko‘paytirish, uning tarkibini o‘zgartirishni mo‘ljallash bilan birgalikda shahar yo‘lovchi tashish transportining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish nazarda tutilmoqda. Harakatlanadigan transportga servis xizmati ko‘rsatish markazlari tashkil etishga alohida o‘rin ajratiladi. “Mersedes-Bens” va “O‘zavtoDEU” avtobuslariga, “Tatra” tramvaylariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ilgari tashkil etilgan markazlar, shuningdek sotishdan oldin servis xizmati ko‘rsatish va kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik markazlar — “PAZavtotexmarkaz” va “ToshKochAvto” qo‘shma korxonalari rivojlantiriladi. Yaqin vaqt ichida “Shkoda” trolleybuslariga va “SamKochAvto” avtobuslariga servis xizmati ko‘rsatish markazi tashkil etish nazarda tutilmoqda. “Shkoda” firmasi bilan shuningdek metro vagonlarini rekonstruksiya qilish markazi tashkil etish ham mo‘ljallangan. Shu jumladan: Toshkent shahrida (ATZ-10), Samarqandda (Samarqand tajriba-eksperimental mexanika zavodi), Qo‘qonda (ATK-10) DEU avtomobil zavodining; Toshkent viloyatida (Zangiota ATK), Samarqandda (A-K 2509), Andijonda (ATZ-6), Urganchda “Karosa” avtomobil zavodining servis va kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha diler huquqlari berilgan texnik markazlarini tashkil etish vazifasi qo‘yilmoqda. Barcha viloyat markazlarida va Nukus shahrida avtobuslarni tuzatish bo‘yicha texnik markazlar filiallarini tashkil etish nazarda tutilmoqda. ATZ-2 aksiyadorlik jamiyati shahar avtobuslariga, “Remeltrans” aksiyadorlik jamiyati tramvaylarga xizmat ko‘rsatishga, trolleybuslar parkiga xizmat ko‘rsatishga esa 2000-yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan Sirg‘ali trolleybus zavodi ixtisoslashtiriladi. 2000-yilda ShTZ-9da Barnaul zavodi bilan birgalikda tormoz qoplamalari ishlab chiqarish sexi ishga tushiriladi. Avtoshinalarni tiklash bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, avtobus parkini suyultirilgan tabiiy gazga o‘tkazishni tugallash, yonilg‘ining muqobil turlarini izlash ishlarini davom ettirish nazarda tutilgan. Respublikaning sanoat salohiyatidan foydalangan holda ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar tayyorlash ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Eng yaqin vaqtdayoq respublika sanoat korxonalari tomonidan: avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metro vagonlari uchun 350 nomda ehtiyot qismlar; 40 nomda garaj asbob-uskunalari; turli modellardagi avtomobillarga 6 nomda ixtisoslashtirilgan kuzovlar tayyorlashni ta’minlash; shuningdek xorijiy rusumdagi avtomobillarning 1500 agregati va dvigatelini mukammal tuzatish-tiklash hamda “O‘zDEUavto” va “SamKochAvto” avtomobillari dvigatellarini tuzatishni o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda. Keyingi yillarda talab past bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash bilan bir vaqtda ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini har yili 10 — 15 foizga yangilash mo‘ljallanadi. Metro vagonlari uchun o‘z kuchlari bilan tayyorlanayotgan ehtiyot qismlarning asosiy turlarini 400 nomgacha, tramvay-trolleybus kompleksi bo‘yicha esa — 200 nomgacha yetkazish mo‘ljallangan. Jamoat transporti uchun maxsus svetoforlarda ustuvor harakat qilishni va ayrim shox ko‘chalarda uning tez harakat qilishi uchun alohida yo‘lni nazarda tutuvchi yer usti transport vositalari harakatini avtomatlashtirilgan boshqarish ishlari davom ettiriladi. Foydalanish xizmatlari ishi transport chiqimlarini qisqartirishni, ularning bir-birini asossiz takrorlashini tugatishni va yo‘lovchilarni yetkazish vaqtini qisqartirishni nazarda tutuvchi harakat yo‘nalishlarini maqbullashtirishga yo‘naltiriladi. To‘xtab o‘tish manzillarini xususiylashtirish, ular tarmog‘ini oqilona joylashtirish, yo‘lkira kartochkalari va chiptalari sotish punktlarini rivojlantirish ishi davom ettiriladi. Harakatlanadigan tarkibni tezkor aloqa vositalari bilan jihozlashga, yer usti jamoat transporti harakatini boshqarishning radio navigatsiyali avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga, markaziy dispetcherlik xizmatini, birinchi navbatda Toshkent shahrida va respublikaning yirik shaharlarida zamonaviylashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun Yaponiya, Avstraliya, Fransiya yoki Germaniyaning yirik xorijiy investorlarini jalb etgan holda maxsus investitsiya dasturlari tayyorlash mo‘ljallanmoqda. Toshkent shahri markazi tramvay va trolleybus yo‘llaridan xoli qilinadi, ular shahar chekkasidagi sanoat zonasiga va aholi zich yashaydigan joylarga ko‘chiriladi. Shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish tizimini tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan boshqaruv aloqalarining yangi mexanizmini barpo etish, boshqarish va davlat tomonidan tartibga solish huquqlarini chegaralash, tashuvchilarning xo‘jalik mustaqilligini kuchaytirish avtobus va taksomotor parklari, tramvay va trolleybus depolarining ishlatish chiqimlarini o‘rtacha 12 — 15 foizga pasaytirish imkonini beradi. Bozorga o‘tish sharoitlarida tashuvchilaring o‘z mablag‘lari kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbaiga aylanayotganligini hisobga olgan holda transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, tushumni qat’iyroq hisobga olish, yonilg‘i-energetika resurslari, ehtiyot qismlar, avtoshinalar, uzellar, agregatlar, xomashyo va materiallardan tejab va ehtiyotlab foydalanish chora-tadbirlari nazarda tutilmoqda. Transport korxonalari aksiyalarini sotish, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari uchun haq to‘lash muddatlaridan kelib chiqib moslashuvchan tarif siyosatini qo‘llash daromad qismining oshishiga ko‘maklashadi. Oylik yo‘lkira kartochkalarini sotishda ixtiyoriy yakka tartibda sug‘urta tizimidan keng foydalaniladi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qulayligi va sifatiga qarab tariflar darajasini belgilash ularni tabaqalashtirishning asosiy yo‘nalishiga aylanadi. Transportning bir necha turlarida yurishga oylik yo‘lkira kartochkalarini sotishda tariflar va imtiyozlarni tartibga solish nazarda tutilmoqda. Metropolitenda 20, 40 va 60-marta yuriladigan magnit kartochkalari joriy etiladi. Yo‘lkira haqini oldindan to‘lash shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organlari ishida ustuvor yo‘nalishga aylanadi. Aholi hayot faoliyatini ta’minlashda shahar yo‘lovchi tashish transportining ahamiyatini, uni jadal rivojlantirish va parkni yangilash zarurligini hisobga olib unga davlat yordami ko‘rsatish nazarda tutilmoqda. Shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirishga davlat investitsiyalari tanlab investitsiyalash tusiga ega bo‘ladi va birinchi navbatda transportning ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlashga, uning atrof muhitga zararli ta’sirini kamaytirishga yo‘naltiriladi. Davlat tomonidan, budjet mablag‘lari hisobiga shahar yo‘lovchi tashish transportining harakatlanadigan tarkibini to‘ldirish va yangilash, transport infratuzilmasini rivojlantirish, metropoliten liniyalari qurish, fuqarolarning ayrim toifalarini tashishda imtiyozlar berilishi munosabati bilan xarajatlarni qisman qoplash qo‘llab-quvvatlanadi. Investitsiyalar hajmlarini kengaytirish uchun Shahar yo‘lovchi tashish transportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish mo‘ljallanmoqda, unga yetakchi sanoat korxonalari, xususiy tuzilmalar, tijorat tuzilmalari va boshqa homiylarning mablag‘lari jalb etilishi mumkin. Mazkur Konsepsiyada nazarda tutilgan qoidalar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida qonunchilik-me’yoriy bazani yanada takomillashtirish chora-tadbirlari mo‘ljallangan. Ushbu chora-tadbirlar “Shahar yo‘lovchi tashish transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlarini, “Fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli yurishi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Quyidagilarni: hokimlik bilan shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt) hamda shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organi bilan tashuvchilar o‘rtasidagi shartnomaning namunaviy shartlarini; muntazam ravishda shaharda yo‘lovchilar tashuvchilarni mablag‘ bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni; transport vositalari va tashuvchilar faoliyati ustidan inspektorlik nazoratini kuchaytirishni nazarda tutgan holda shahar yo‘lovchi tashish transporti tomonidan bajariladigan xizmatlarni sertifikatsiyalash tartibini tayyorlash nazarda tutilmoqda. Quyidagilar kadrlar siyosati va ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: haydovchi kadrlar va metropoliten mashinistlarining, konduktorlar, tuzatuvchi ishchilar, o‘rta bo‘g‘in va dispetcherlik apparati mutaxassislarining doimiy kasb tayyorgarligini, ularning malaka darajasi o‘z vaqtida oshirilishini ta’minlash; o‘rta maxsus va kasb-hunar o‘quv yurtlari tarmoq tizimini mustahkamlash va rivojlantirish; jamoat yo‘lovchi tashish transporti korxonalari bazasida yuqori sinflar o‘quvchilaridan transportning har xil turlari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktablari barpo etish; transport vositalarini tuzatish va ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasini oshirish; ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va turlarini kengaytirish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish; shahar yo‘lovchi tashish transporti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash hamda shahar yo‘lovchi tashish transportining rahbar xodimlari va mutaxassislarining malaka darajasini oshirish kompleks dasturini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Quyidagilar shahar yo‘lovchi tashish transportida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi: harakatlanadigan tarkibni tuzatish va unga servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish hisobiga tashuvchilarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; mamlakatimiz sanoatini barpo etish va o‘z kuchlari bilan tayyorlanayotgan buyumlar turlarini kengaytirish hisobiga harakatlanadigan tarkib, ehtiyot qismlar, agregatlar va asbob-uskunalarni chet eldan import qilishni asta-sekin qisqartirish; shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini rag‘batlantirish; xorijiy mamlakatlar bilan kooperatsiyani kengaytirish va chuqurlashtirish. Tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda xususiy firmalar va tadbirkorlarga alohida e’tiborni qaratgan holda xorijiy kompaniyalar va mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining investitsiyalari va kreditlari hajmini ancha kengaytirish mo‘ljallanmoqda (7-ilova).
104
29,542
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2016-yil 16-maydagi 79-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2804, 2016-yil 28-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 26-son, 321-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 4-bandda: birinchi xatboshidagi “xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (bo‘linmasiga) (bundan buyon matnda XChKvaFRB deb yuritiladi)” degan so‘zlar “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (bo‘linmasiga) (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “turar joyni yoxud uning bir qismini ijaraga olish yoki turar joydan yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan shartnomaning nusxasi. Agar vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro (oila a’zolari bilan birga) turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) yoki ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning yaqin qarindoshi bo‘lsa, notarial tasdiqlangan turar joy yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining nusxasini taqdim etish talab etilmaydi. Ushbu holatda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaroning va turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) yoxud ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilishi kerak. Bunda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaroning oila a’zolari (er, xotin, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari, farzandlikka olinganlari) fuqaroning oila a’zolari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishlari kerak. Agar vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro Toshkent shahar va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan xizmat safari, mehnat ta’tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda notarial tasdiqlangan turar joyning yoxud uning bir qismining ijara shartnomasining yoki turar joydan yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining nusxasini taqdim etish talab etilmaydi.”. 2. 7-bandning birinchi xatboshisidagi, 14-banddagi, 18-bandning birinchi xatboshisidagi, 20, 21-bandlardagi, 24-bandning birinchi, ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi, 30-banddagi hamda 1 — 9, 12 va 13-ilovalardagi “XChKvaFRB” qisqartmalari “MvaFRB” qisqartmalari bilan almashtirilsin. 3. 8-band: birinchi xatboshidagi “XChKvaFRBning” qisqartmasi “MvaFRBning” qisqartmasi bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “XChKvaFRB” qisqartmasi “MvaFRB” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 4. 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “12. TShIIB MvaFRB inspektori fuqaroga qayd varag‘i berishdan avval uning qidiruvda emasligini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnlarda IIV deb yuritiladi) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnlarda MvaFRBB deb yuritiladi) “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga fuqaro haqidagi ma’lumotlarni kiritib, ularni tizim orqali avtomatik tarzda IIV Axborot markazining ma’lumotlar bazasidan tekshiradi. Tekshiruv natijasi yuzasidan fuqaro qidiruvda bo‘lganligi holati aniqlangan taqdirda IIV Axborot markazi ushbu holat bo‘yicha IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi va IIV MvaFRBBga xabar beradi.”. 5. 13, 17, 19 va 21-bandlardagi “XChKvaFRBga” qisqartmalari “MvaFRBga” qisqartmalari bilan almashtirilsin. 6. 15-banddagi “XChKvaFRBni” qisqartmasi “MvaFRBni” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 7. 16-bandda: birinchi xatboshidagi “XChKvaFRB” qisqartmasi “MvaFRB” qisqartmasi bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “XChKvaFRBda” qisqartmasi “MvaFRBda” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 8. 25-banddagi hamda 12 va 13-ilovalarning izohidagi “XChKvaFRBda” qisqartmasi “MvaFRBda” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 9. 23-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “23. Oxirgi hisobga olish rasmiylashtirilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirish masalasini ko‘rib chiqish fuqaroning vaqtincha yashab turgan joyidagi TShIIB MvaFRB tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun fuqaro qayd varag‘i muddati tugashidan kamida o‘n besh kun oldin vaqtincha yashab turgan joyidagi TShIIB MvaFRBga mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlar (ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan arizadan tashqari) bilan birga mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda qayta hisobga olish to‘g‘risida ariza taqdim etadi.”. 10. 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “26. Fuqaro Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olingandan so‘ng TShIIB MvaFRB inspektori mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada fuqaroning kelish varaqasini to‘ldiradi hamda uning birinchi nusxasini bir sutka mobaynida Toshkent shahar IIBBning Manzil-ma’lumotlar byurosiga yuboradi. Kelish varaqalarining ikkinchi nusxasi va ularning ro‘yxati haftada bir marta tegishli TShIIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limiga (bo‘linmasi, guruhi) (bundan buyon matnda HPB deb yuritiladi) ishda foydalanish uchun yuboriladi.”. 11. 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “27. TShIIB MvaFRB inspektori vaqtincha hisobga olingan fuqaro haqida kelish varaqasidagi ma’lumotlarni kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritgandan keyin ularni real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatishning idoraviy tarmog‘i bo‘yicha IIV MvaFRBning markaziy ma’lumotlar bazasiga yuboradi.”. 12. 28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “28. IIV MvaFRBB har oyda ma’lumotlarni uzatish idoraviy tarmog‘i bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga qo‘yilgan fuqarolarning ro‘yxatlarini (elektron shaklda) ularning doimiy yashash joyi bo‘yicha tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFRBlariga yuboradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFRBlari fuqaroning doimiy yashash joyidagi TShIIB HPBga fuqaroning Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida hisobga olinganligi to‘g‘risida ma’lum qiladi.”. 13. 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “29. Har oy yakuni bo‘yicha turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar keyingi oyning 3-sanasiga qadar TShIIB MvaFRB tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRBga taqdim etiladi. Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRB esa, o‘z navbatida, ma’lumotlarni jamlab har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar IIV MvaFRBBga taqdim etadi. TShIIB MvaFRB berilgan qayd varaqlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda TShIIB HPBga taqdim etishi shart.”. 14. 31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “31. IIV rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriq asosida IIV MvaFRBB mas’ul xodimlari bir yilda kamida ikki marotaba Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRBlar va TShIIB MvaFRBlari tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha yashab turgan joyi bo‘yicha hisobga olish ishlarining ahvolini o‘rganib chiqadi va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.”. 15. 32-bandda: ikkinchi xatboshidagi “XChKvaFRB” qisqartmasi “MvaFRB” qisqartmasi bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “XChKvaFRBda” qisqartmasi “MvaFRBda” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 16. 33-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “33. Qayd varaqlari blankalari TShIIB MvaFRBlari rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Qayd varaqlari blankalarini kirim va chiqim qilish kitobiga qayd qilinib, ularning qat’iy hisobi yuritiladi hamda xizmatda foydalanish uchun TShIIB MvaFRB inspektoriga taqdim etiladi. TShIIB MvaFRB inspektorlari xizmatda foydalanish uchun olgan qayd varaqlarini belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlaydi.”. 17. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan.
178
9,186
Qonunchilik
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan grant va subsidiyalar qanday ajratiladi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi bilan fuqarolarni ish bilan ta’minlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun ularni ajratish tartibi tasdiqlandi (31.05.2019 yilda 3163-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Nizom 2019 yilda umumiy summasi 9 867,5 mln soʻmni tashkil etadigan subsidiya va grantlar ajratilishini nazarda tutuvchi Prezidentning 5.03.2019 yildagi PQ–4227-son qarorini ijro etish maqsadida qabul qilingan. Kim qanday maqsadda muayyan summada subsidiya olishi mumkinligi haqida ilgari sharhimizda yozgan edik. Grantlar esa quyidagilarni moliyalashtirish uchun taqdim etiladi: Mablagʻlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan hududlar kesimida smeta hujjatlariga muvofiq ajratiladi. Subsidiya – aholi bandligiga koʻmaklashish hududiy markazlari (bundan keyin – ABKM), grantlar esa viloyat bandlik bosh boshqarmalari, sh.j. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va poytaхt bandlik boshqarmasi tomonidan beriladi. ABKM yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan хodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan хarajatlarni qoplash maqsadida subsidiya (har bir хodim uchun 6 oy davomida har oyda 4 EKIH) olish uchun ish beruvchi tegishli ABKMga murojaat qilishi kerak. Unda хodimning F.I.O., oʻqush joyi va muddati, ish beruvchi tashkilotning subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobraqami koʻrsatiladi. Murojaatga хodimning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusхasi ilova qilinadi.   ABKMda roʻyхatdan oʻtgan, tadbirkorlik qilishni хohlovchi ishsiz shaхslar bu haqda ariza bilan murojaat qilishlari zarur. ABKM oʻz navbatida ariza beruvchiga quyidagi хarajatlari 10 EKIH miqdorida toʻlab berilishini taklif qiladi:  Shaхsning ular orasidan oʻziga keraklisini tanlaganligi soʻrovnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaхslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilot qabul qilingan har bir хodim uchun 12 oy davomida har oyda 2 EKIH miqdorida subsidiya olish uchun murojaatda quyidagilarni koʻrsatishi zarur: Yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari хarid qilish uchun (3 EKIHdan 10 EKIHgacha) band boʻlmagan tomorqa yer egasi hududiy ABKMga murojaat qiladi. Markazning mas’ul хodimi murojaatni olgach, joyiga chiqqan holda yer maydoni va sharoitini oʻrganadi hamda u boʻyicha dalolatnoma tuzadi. Shu bilan birga murojaat qilgan shaхsning bandlik holati oʻrganiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.05.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
78
2,714
Qonunchilik
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida
Ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt etishiga ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni (keyingi o‘rinlarda Ixtisoslashtirilgan maktab deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifalari etib belgilansin: umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarining chuqur o‘qitilishini tashkil etish; o‘quvchilarda dasturlash asoslarini, ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va axborot xavfsizligi ko‘nikmalari va media madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirish; yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan pedagoglarni jalb etgan holda o‘quvchilarning yosh matematiklar, yosh fiziklar, yosh dasturchilar, yosh ixtirochilar jamoalarini tashkil qilish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini ta’minlash; o‘quvchilarni chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro e’tirof etilgan sertifikatlar olishga tayyorlash; o‘quv jarayonining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida 10-11-sinf o‘quvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi yetakchi tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashlarini tashkil etish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining: Ixtisoslashtirilgan maktabni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi negizida tashkil etish; Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan Mirzo Ulug‘bek informatika kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga Ixtisoslashtirilgan maktabga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish; Mirzo Ulug‘bek informatika kasb-hunar kollejining 2-3-bosqich o‘quvchilari Ixtisoslashtirilgan maktab binosida o‘qishni bitirgunlariga qadar davom ettirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 4. Belgilansinki: Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadigan kvota asosida 5-sinfdan boshlab yozma va og‘zaki sinov natijalariga ko‘ra tanlov asosida qabul qilinadi; Ixtisoslashtirilgan maktabning binolarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, zarurat bo‘lganda yangi binolar qurish, sinf va laboratoriya xonalarini, kutubxona va boshqa inshootlarini zamonaviy jihoz, mebel, kompyuter va boshqa o‘quv-laboratoriya vositalari bilan jihozlash, o‘quv adabiyotlari va metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, yuqori kasb mahoratiga ega o‘qituvchilar va xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi; Ixtisoslashtirilgan maktabni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda: Ixtisoslashtirilgan maktabni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o‘quv-tarbiya jarayonini xalqaro andozalar asosida tashkil etish maqsadida unga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inxa universiteti professor-o‘qituvchilarini belgilangan tartibda jalb etsin; bir hafta muddatda — Ixtisoslashtirilgan maktabning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; uch oy muddatda — respublikaning maktab yoshidagi iqtidorli o‘quvchilariga matematika, fizika va informatika fanlarini integratsiyalashgan holda qamrab olgan ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra beriladigan “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” nomli mukofotni ta’sis etsin. 6. 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Ixtisoslashtirilgan maktabning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, belgilangan tartibda maktabning kutubxona fondini zarur darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarordan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga binoan 2017-yilgi Davlat budjeti parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
176
5,763
Qonunchilik
“NESTLE O‘ZBEKISTON” O‘ZBEKISTON-ShVEYSARIYA QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Respublika aholisining yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, eksportbop va importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasiga qarashli “Nafosat” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati (Namangan shahri)ning “Nestle S.A.” (Shveysariya) kompaniyasi bilan birgalikda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nestle O‘zbekiston” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi ustav jamg‘armasining 7,0 mln AQSh dollarini tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin, ulardan: pul mablag‘lari, asbob-uskunalar va aylanma sarmoya (xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar) tarzida qo‘shiladigan 80 foizi yoki 5,6 mln AQSh dollari — “Nestle S.A.” kompaniyasiga tegishlidir. Bunda tayyor mahsulot tarzida qo‘shiladigan ulush mo‘ljaldagi investitsiyalar umumiy hajmining 10 foizidan oshib ketmaydi; asosiy va aylanma mablag‘lar (shu jumladan yerlardan foydalanish huquqi) tarzida qo‘shiladigan 20 foizi yoki 1,4 mln AQSh dollari — “Nafosat” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga tegishlidir. 3. Qurilishga va yangi zavodni jihozlashga, shuningdek xalqaro standartlarga muvofiq bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda boshqa xil mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida ishlab turgan quvvatlarni rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladigan 30,0 mln AQSh dollarini 6 yil mobaynida respublika iqtisodiyotiga investitsiyalashni nazarda tutuvchi “Nestle S.A.” kompaniyasining investitsiya dasturi ma’qullansin (ilova). Investitsiya dasturining amalga oshirilishi natijasida “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasining ustav jamg‘armasi foydani qayta investitsiyalash yo‘li bilan qo‘shiladigan mablag‘larga va loyiha qatnashchilarining qo‘shimcha investitsiyalariga mutanosib ravishda o‘zgartiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Nafosat” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy qiymati 1,4 mln AQSh dollariga teng miqdordagi asosiy va aylanma mablag‘larning (shu jumladan yerlardan foydalanish huquqining) “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi ustav jamg‘armasiga berilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin. 5. “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi ustav jamg‘armasiga ulush qo‘shish uchun hamda “Nestle S.A.” kompaniyasining investitsiya dasturini ro‘yobga chiqarish doirasida keltiriladigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va tarkibiy qismlar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘imlar bundan mustasno) ozod qilinsin. 6. “Nestle S.A.” kompaniyasi “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan 6 yil muddatga ozod qilinsin. 7. “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasiga: O‘zbekiston Respublikasida ham, chet ellarda ham istalgan sug‘urta tashkilotlarida sug‘urtalashni amalga oshirish; qo‘shma korxonaning xorijiy xodimlari bilan, chet el valyutasini ularning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi valyuta hisobvaraqlariga o‘tkazish yo‘li bilan chet el valyutasida ish haqi to‘lagan holda, mehnat shartnomalari tuzish; tayyor mahsulotning sifatini va muvofiqligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya sinovlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy vositalar hamda reagentlarni belgilangan tartibda import qilish; Qonunchilikda belgilangan tartibda naqd mablag‘larga fermer, dehqon xo‘jaliklaridan va jismoniy shaxslardan mustaqil ravishda sut xarid qilish huquqi berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi va “Sosyete de Prodyui Nestle S.A.” kompaniyasi o‘rtasidagi bosh litsenziya bitimini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. 9. Namangan viloyati hokimligi: “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasini korxonaning ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur miqdorda xomashyo bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatsin; “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasini mahalliy hokimiyat organlari tomonidan joriy etilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlarning barcha turlaridan ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtidan boshlab 6 yil muddatga ozod qilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishga jalb etiladigan xorijiy xodimlarning ishlashi uchun ruxsatnomalarning belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi buyurtmanomalariga binoan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilgan holda, kelish vizalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi buyurtmanomalariga binoan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari to‘lashdan ozod qilgan holda, ko‘p martalik kelish vizalari berishni va vizalarning muddatini uzaytirishni, shuningdek ularni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin. 13. “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasida ishlash uchun kelishayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportda yurish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha milliy valyutada haq to‘lash huquqi berilsin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
90
5,719
Qonunchilik
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 28-iyundagi PQ–1990-son qaroriga muvofiq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning yuksak talablariga hamda zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda magistraturaning huquq mutaxassisliklarida huquqni qo‘llash amaliyoti zaruriyatining chuqur o‘rganilishini ta’minlasin va 2014-yil 1-martgacha Vazirlar Mahkamasiga 2014/2015 o‘quv yilidan mutaxassisliklarning yangilangan ro‘yxatini joriy qilish bo‘yicha taklif kiritsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 28-iyundagi PQ–1990-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda TDYU deb ataladi) magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilaydi. 2. TDYU magistraturasiga qabul mutaxassisliklar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi. TDYU magistraturasida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 3. TDYU magistraturasiga qabul O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan kirish sinovlari natijalariga ko‘ra, to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. 4. TDYU magistraturasiga qabul qilishni tashkil etish tegishli o‘quv yili uchun tashkil etilgan TDYU qabul komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda qabul komissiyasi deb ataladi) yuklanadi. Qabul komissiyasining joriy ishlari TDYU magistraturasiga qabul qilish ishlari bo‘yicha mas’ul kotib hamda mas’ul kotib o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. 5. TDYU magistraturasiga qabul barcha abituriyentlar uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshiriladi. Kirish sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar reyting ballari asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. 6. TDYU magistraturasida kirish imtihonlari test sinovlari va yozma imtihon shaklida olib boriladi. 7. Test sinovlari “Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari”, “Mutaxassislik fanlari”, “Chet tili” fanlaridan o‘tkaziladi. 8. Yozma imtihon “Mutaxassislik fanlari” fani bo‘yicha o‘tkaziladi va abituriyentlarda tahlil, tafakkur, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash hamda huquqiy masalalar bo‘yicha xulosalarni ifoda etish borasida qobiliyatlarni aniqlashga qaratilgan. 9. TDYU magistraturasiga qabul qilish uchun kirish sinovlari talaba magistraturada o‘qiydigan tilda topshiriladi va bu magistraturaga kirish uchun to‘ldiriladigan arizada ko‘rsatilishi lozim. Kirish sinovlari magistrlik mutaxassisliklari va o‘qitish tillariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi. 10. TDYU magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. 11. TDYU magistraturasiga ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. 12. TDYU magistraturasiga qabul “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olgan bakalavrlar orasidan o‘tkaziladi. 13. Qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin, abituriyentlar e’tiboriga qabul qilish muddatlari, ixtisosliklar nomlanishi va TDYU magistraturasiga qabul qilish kvotasini ma’lum qiladi. 14. TDYU magistraturasiga qabul qilishda abituriyentlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: mutaxassislik ko‘rsatilgan holda TDYU rektori nomiga ariza; oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilovaning asli; 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat; 086–U – shakldagi tibbiy ma’lumotnoma. 15. Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi. 16. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy majburiyatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko‘rsatadilar. 17. Mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan talablarga mos keladigan hujjatlar taqdim etilganda qabul komissiyasi abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas. 18. Kirish imtihonlari boshlanishidan bir oy avval qoida tariqasida sinov imtihonlariga kiritilgan o‘quv dasturlari qabul komissiyasining axborot stendlariga va TDYU veb-saytiga joylashtiriladi. 19. Kirish imtihonlari 5 — 20-avgust kunlari o‘tkaziladi. 20. Kirish imtihonlari o‘tkazilishiga qadar qabul komissiyasi tomonidan maslahatlar tashkil etiladi. Maslahatlar jadvali qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi. 21. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi. Test sinovlari uchun savollar TDYU tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida Davlat test markazi tomonidan shakllantiriladi. Bunda test sinovlari uchun savollar TDYU bilan kelishiladi. TDYU magistraturisiga qabul uchun test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan TDYU bilan kelishilgan holda belgilanadi. 22. TDYU rektori buyrug‘i bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan yozma imtihon o‘tkaziladi. Komissiya tarkibiga TDYU xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlar vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin. Yozma imtihon uchun savollar yurisprudensiya sohasidagi malakali mutaxassislar tomonidan tuziladi. Yozma imtihon natijalari magistraturaga qabul amalga oshirilayotgan tegishli mutaxassisliklarga muvofiq huquq sohalari mutaxassislari orasidan rektor buyrug‘i bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi. Abituriyentning bilimlari yozma imtihonda 0 balldan 100 ballgacha baholanadi. Yozma imtihonni o‘tkazish va uning natijalarini belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va TDYU bilan kelishilgan holda belgilanadi. 23. Test sinovlari bo‘yicha abiturentlarning maksimal balli 200 ballni tashkil qiladi. Ushbu ballar quyidagilardan tashkil topadi: “Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari” fani bo‘yicha — 0 balldan 50 ballgacha; “Mutaxassislik fanlari” fani bo‘yicha — 0 balldan 100 ballgacha; “Chet tili” fani bo‘yicha — 0 balldan 50 ballgacha. 24. Magistraturaga kirishda umumiy yuqori ball 300 ballni tashkil etadi. 25. Xorijiy tillarni CEFR (Common European Framework of Reference) bo‘yicha kamida V2 darajaga, IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 5,5 ballga yoki TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha 72 ballga muvofiq bo‘lgan darajada bilishining rasmiy tasdig‘i to‘g‘risidagi amaldagi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlar “Chet tili” fani bo‘yicha kirish imtihonlari topshirishdan ozod qilinadilar. Ushbu abituriyentlar uchun eng yuqori ball (50 ball) qo‘shiladi. 26. Test sinovlarida xohlagan yo‘nalish bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plagan abituriyentlar yozma imtihonlarga qo‘yilmaydi. Yozma imtihonda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plagan abituriyentlar magistraturaga qabul qilinmaydi. 27. Test sinovlarining natijalari Davlat test markazining qaydnomasiga kiritiladi. Yozma imtihonlar natijalari TDYU qaydnomasiga kiritiladi. Test sinovlari va yozma imtihonlar natijalari asosida tanlov qaydnomalariga kiritiladigan kirish imtihonlarining umumiy natijasi aniqlanadi. Tanlov qaydnomasi Davlat test markazining direktori va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi hamda TDYU magistraturasiga qabul qilish haqida qaror qabul qilish uchun Davlat komissiyasiga yuboriladi. 28. TDYU magistraturasiga kirish imtihonlarini qayta topshirish taqiqlanadi. 29. Abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun TDYUda Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellatsiya komissiyasi TDYU rektorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi. Apellatsiya komissiyasiga shikoyatlar qabul komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingan kundan ikki ish kuni mobaynida berilishi mumkin. Arizani ko‘rib chiqish muddati ariza abituriyent tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab ikki kundan oshmasligi lozim. 30. TDYU magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi Davlat komissiyasi qarori 25-avgustdan kechiktirilmasdan qabul qilinishi lozim. Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror TDYU rektori tomonidan abituriyentlarni davlat grantlari asosida TDYU magistrantlari safiga qabul qilish to‘g‘risida yigirma beshinchi avgustga qadar buyruq chiqarilishi uchun asos hisoblanadi. 31. To‘lov-kontrakt asosida magistraturaga qabul qilish Davlat komissiyasi qaroriga asosan TDYU va yuridik hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida kontrakt (shartnoma) tuzish va kontrakt to‘lovi miqdorini 15-sentabrgacha to‘lash sharti bilan TDYU rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Belgilangan namunadagi shartnoma blanklari qabul komissiyasi tomonidan imtihondan o‘tish natijalari e’lon qilingan kundan boshlab beriladi hamda TDYU rahbari va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun 3 nusxada va jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi. 32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari bilan taqdirlangan abituriyentlar TDYU magistraturasiga davlat granti asosida umumiy qabul kvotasi doirasidan tashqarida tanlangan magistratura mutaxassisligi bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos kelgan taqdirda qabul qilinadilar. 33. TDYU magistraturasiga qabul qilingan abituriyentlarning kirish imtihonlari test sinovlari va yozma imtihon natijalaridan tegishli ko‘chirmalar ularning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlariga tikib qo‘yiladi. TDYU magistraturasiga qabul qilinmagan abiturentlarning kirish imtihonlari test sinovlar va yozma imtihon natijalari 6 oy davomida saqlanadi va undan so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 34. Test sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash Davlat test markazi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitobga muvofiq, TDYU budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 36. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturalariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
114
12,684
Qonunchilik
“QURILISh SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN YuRIDIK ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 8-MODDASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi 173-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 21-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda) 8-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “arxitektura va qurilish hududiy bosh boshqarmalarining boshliqlari hamda davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari egadirlar”. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
170
707
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 1935-yil 21-iyunda Jenevada qabul qilingan Ishning davom etish muddatini haftasiga qirq soatgacha qisqartirish to‘g‘risidagi 47-Konvensiyaga qo‘shilishi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1935-yil 21-iyunda Jenevada qabul qilingan Ishning davom etish muddatini haftasiga qirq soatgacha qisqartirish to‘g‘risidagi 47-Konvensiyaga qo‘shilinsin.
188
280
Qonunchilik
Bolgariya Respublikasi Prezidenti Georgi Parvanovni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbek va bolgar xalqlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamda samarali munosabatlarni chuqurlashtirishdagi ulkan xizmatlari, shuningdek tinchlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun Bolgariya Respublikasi Prezidenti Georgi Parvanov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin.
113
420
Qonunchilik
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1.O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2017-yil 10-iyuldagi 90-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2905, 2017-yil 28-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 756-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 1. 1-bob quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin: “21. Tibbiy xizmat ko‘rsatish “mobil tibbiyot” shaklida tashkil qilinganda maxsus avtotransport vositasi (tirkama) tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnika bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Bunda tibbiyot xodimlari uchun belgilangan ish o‘rinlari avtotransport vositasiga (tirkamaga) moslashtirilishi mumkin. Tibbiyotda qo‘llaniladigan sterillangan tibbiy to‘plamlar soni bir ish kuni uchun 25 tadan kam bo‘lmaganda, sterillash va distillashga mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari talab etilmaydi.”. 2. 6-bob nomidan “(dermatologiya)” degan so‘z chiqarib tashlansin. 3. 8-bandda: yigirma ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “dermatoskop yorug‘lik osti lupasi (dermatovenerologiya uchun);”; quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “shirma (dermatovenerologiya uchun); shilliq qavatni ko‘rish uchun fonarikli ruchka (dermatovenerologiya uchun);”; yigirma uchinchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma beshinchi — o‘ttiz uchinchi xatboshilar deb hisoblansin. 4. 9-bandda: yigirma beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “ginekologik kreslo, dermatoskop yorug‘lik osti lupasi (dermatovenerologiya uchun);”; quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “shirma (dermatovenerologiya uchun); shilliq qavatni ko‘rish uchun fonarikli ruchka (dermatovenerologiya uchun); vuda lampasi (dermatovenerologiya uchun);”; yigirma oltinchi — o‘ttiz uchinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma to‘qqizinchi — o‘ttiz oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 5. Quyidagi mazmundagi 304-bob bilan to‘ldirilsin: “304-bob. O‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat “tibbiy punkt” bo‘yicha 546. O‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat bo‘lgan ambulator tipdagi “tibbiy punkt”da quyidagilar bo‘lishi lozim: tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol; o‘rta tibbiyot xodimlari uchun ish stoli; stullar; kushetka; shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga mo‘ljallangan) kamida 2 dona; sovutgich (xolodilnik); muolaja o‘tkaziladigan xonalarda statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; tonometr va fonendoskop; shpatel bir marta qo‘llaniladigan shpritslar; bir martalik choyshablar, qo‘lqoplar, bint, tampon, sochiqlar; leykoplastr; dezinfeksiya vositalari va yorliqlangan idishlar; ishlatib bo‘lingan material uchun idishlar; tibbiyot termometri.”. 6. Mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
240
3,533
Qonunchilik
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yuridik shaxsni tashkil etmasdan chakana savdo faoliyatini amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlarning (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorlar deb yuritiladi) daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibini belgilaydi. 1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdo mazkur Nizomga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 2. Import tovarlari savdosini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. 3. Chakana savdo faoliyatini amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlar va amalga oshirilgan tovar operatsiyalari hisobini daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida yuritishlari shart. 4. Quyidagilar daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari hisoblanadi: chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish daftari (bundan buyon matnda Hisob daftari deb yuritiladi); Tovar cheklari daftari. Hisob daftari va Tovar cheklari daftari shakllari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) 15-ilovasi bilan tasdiqlangan. 5. Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi (bundan buyon matnda soliq organi deb yuritiladi). Bunda yakka tartibdagi tadbirkor soliq organiga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etishi kerak. Arizaga daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari ilova qilinadi. 6. Soliq organi ro‘yxatdan o‘tkazishni asoslantirilgan holda rad etadi yoki yakka tartibdagi tadbirkorga u shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatgan holda tilxat bilan: hujjatlar olingan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida — Hisob daftarini; hujjatlar olingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida — Tovar cheklari daftarini taqdim etadi. 7. Yangi Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari faqat yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan registrni taqdim etilganidan keyingina ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Soliq organi registrlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnaliga tegishli belgi qo‘yadi, avvalgi registrning bo‘sh ustunlari, satrlari va varaqlari ustidan chizadi va yangi registrni ro‘yxatdan o‘tkazadi. 8. Hisob daftari va Tovar cheklari daftari soliq organi muhri bilan tasdiqlanadi. 9. Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida barcha ko‘rsatkichlar tuzatish va qisqartirishlarsiz sharikli ruchkada (havorang, binafsha yoki qora rangda) to‘ldiriladi. Noto‘g‘ri ma’lumotlarga ega yozuvlar buzilgan hisoblanadi va ustidan chiziladi hamda yakka tartibdagi tadbirkorning imzosi bilan tasdiqlanadi. 10. Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari oxirgi yozuv kiritilgan paytdan boshlab besh yil mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorda saqlanadi hamda raqamlanishi, ip bilan tikilishi va soliq organi muhri bilan tasdiqlanishi kerak. 11. O‘z faoliyatining xususiyatiga ko‘ra aholi bilan pulli hisob-kitoblarni nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamasdan amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Tovar cheklari daftarini yuritishlari shart. 12. Hisob daftaridagi yozuvlar ularni to‘g‘riligini tasdiqlash uchun Hisob daftari bilan birga saqlanadigan hujjatlar asosida yuritiladi. 13. Quyidagilar yuridik shaxslar — ishlab chiqaruvchilar yoki ulgurji savdo bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslardan xarid qilingan tovarlarni sotish chog‘ida tovarlarni xarid qilish manbaini tasdiqlaydigan hujjatlar bo‘lib hisoblanadi: shartnoma; agar shartnomada oldindan to‘la yoki qisman haq to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, yetkazib berilgan tovarlar uchun haq to‘langani to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomasining nusxasi. Agar shartnomada oldindan haq to‘lash nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotish paytida to‘lov topshiriqnomasining nusxasi talab qilinmaydi, lekin yetkazib berilgan tovarlar uchun haq to‘langanidan keyin, tovarlarni xarid qilish manbaini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan birga, belgilangan muddat mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorda saqlanadi; tovarlar olinganligini tasdiqlovchi hujjat. 14. Tovarlar sotilayotganida yakka tartibdagi tadbirkor, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, sotilayotgan tovarning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart. 15. Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar sotilishi chog‘ida quyidagilar tovarlarni xarid qilish manbaini tasdiqlaydigan hujjatlar bo‘lib hisoblanadi: yakka tartibdagi tadbirkor — ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma; agar shartnomada oldindan to‘la yoki qisman haq to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, yetkazib berilgan tovarlar uchun haq to‘langani to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomasining nusxasi. Agar shartnomada oldindan haq to‘lash nazarda tutilmasa, sotish paytida to‘lov topshiriqnomasining nusxasi talab qilinmaydi, lekin yetkazib berilgan tovarlar uchun haq to‘langanidan keyin yakka tartibdagi tadbirkorda belgilangan muddat mobaynida tovarlarni xarid qilish manbaini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan birga saqlanadi; tovarlar olinganligini tasdiqlovchi hujjat. 16. Quyidagilar tovarlar sotilganligini tasdiqlaydigan hujjat bo‘lib hisoblanadi: nazorat-kassa mashinasi umumiy ko‘rsatkichi (“Z” hisoboti) — nazorat-kassa mashinasi qo‘llanilishi bilan tovarlar sotilganda; bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlar qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari cheklari nusxalari — hisob-kitob terminali qo‘llanilganda; Tovar cheklari daftari — tovar cheki berilganda. 17. Hisob daftariga quyidagi yozuvlar kiritiladi: tovarlar rekvizitlari to‘g‘risida (tovar nomi, tovar manbaini tasdiqlaydigan hujjat, kirim hujjati, to‘lov hujjati, tovar kodi, o‘lchov birligi, xarid narxi, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha xarajatlar, boshqa xarajatlar, miqdori, o‘rtacha narx tovarni sotib olish bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) — ular turg‘un savdo shoxobchasi hududida joylashtirilganidan keyin darhol. Bunda tovar kodini tadbirkorning o‘zi Hisob daftari doirasida takrorlanmaydigan qilib erkin ravishda belgilaydi; “Oy” va “Oy boshidagi qoldiq” ustunlari — har oy savdo boshlanishigacha; “Sotildi”, “Kun oxiridagi qoldiq”, “Xarajatlar” va “Daromad” ustunlari — har oy savdo kuni oxirida. Bunda: “Boshqa xarajatlar” satrida tovarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlargina ko‘rsatiladi; “Xarid qilish xarajatlarini hisobga olgan holda o‘rtacha narx” satrida “xarid narxi”, “bojxona rasmiylashtiruvi xarajatlari” va “boshqa xarajatlar” satrlari summasini “miqdor” satriga bo‘lish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi; bir kunda sotilgan tovarlar summasi nazorat kassa mashinasi ko‘rsatkichi bilan mos tushishi kerak (“Z” hisoboti) va (yoki) bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlar qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari cheklari yoki yozilgan tovar cheklari summasi bilan; “Oy boshidagi qoldiq” ustuni bundan oldingi oy “Oy oxiridagi qoldiq” ustuni bilan mos kelishi kerak; “Xarajatlar” ustuni tegishli oyda “Xarid xarajatlarini hisobga olgan holdagi o‘rtacha narx” satri ko‘rsatkichini ushbu oyda sotilgan tovar miqdoriga (“Sotildi: miqdor” ustuni) ko‘paytirish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi; “Daromad” ustuni “Sotildi: summa” va “Xarajatlar” ustunlar o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi. 18. Hisob daftari jadvallari tovarlarning har bir guruhiga alohida to‘ldiriladi. 19. Tovarlarni har bir xaridorga sotish Tovar cheklari daftarining alohida varag‘ida aks ettiriladi. Tovar cheki ikki nusxada to‘ldiriladi, bir nusxasi qirqib olinadi va xaridorga beriladi, boshqasi Tovar cheklari daftarida tikilgan holda qoladi. Bunda xaridorga beriladigan tovar chekidagi barcha yozuvlar, Tovar cheklari daftarida tikilgan tovar cheki bilan aynan bir xil bo‘lishi kerak. 20. Tovar cheki raqami bosmaxona usulida qo‘yiladi. Tovar cheklari daftarida chek raqamlari qat’iy izchil bo‘lishi kerak. Xaridorga beriladigan tovar cheki raqamlari va Tovar cheklari daftarida tikilgan tovar cheki bilan aynan bir xil bo‘lishi kerak. 21. Tovar chekiga quyidagi yozuvlar kiritiladi: sotuvchining STIR, F.I.O. va imzosi — daftarni soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etishgacha barcha varaqlarda yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil ravishda; qolgan yozuvlar — tovar cheki xaridorga berilishigacha sotish paytida. 22. Tovar cheklari daftarining varaqlari to‘ldirilganda: “Tovar nomi (kodi)” ustunida Hisob daftari bo‘yicha tovar kodi yoki tovarning qisqa nomi aks ettiriladi; bir xaridorga sotiladigan har bir tovar alohida satrda aks ettiriladi. Agar bitta xaridorga sotiladigan tovarlarning barcha nomini Tovar cheklari daftarining bir varag‘ida aks ettirish mumkin bo‘lmasa, bitta xaridorga sotish bir necha varaqlarda rasmiylashtiriladi va unga bittadan ko‘p tovar cheki beriladi; Tovar cheklari daftari varag‘ining to‘ldirilmagan satrlari chizib qo‘yiladi; narx, miqdor va summa to‘g‘risidagi ma’lumotlar raqamlar bilan kiritiladi; narx va summa to‘g‘risidagi ma’lumotlar so‘mlarda ko‘rsatiladi. 23. Sotish aylanmasi hajmi ancha bo‘lganda, yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga binoan, tovar cheklari daftari ilgari berilgan daftar tugashiga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Bunda ilgari soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, yakunlangan daftarni taqdim etmasdan turib faqat bitta Tovar cheklari daftarini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi. 24. Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga: savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, bundan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, — yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay; tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har oyning yakunlari bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Hisobot shakllari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) 15-ilovasi bilan tasdiqlangan. 25. Mazkur Nizomni buzganlik uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 26. Mazkur Nizomga rioya qilinishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari amalga oshiradi. 27. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 20-dekabrdagi 139, 2-0-9/26 va 2002-92-son “Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovar operatsiyalari va daromadlarni hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1197, 2003-yil 8-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son). 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasining 2004-yil 11-noyabrdagi 123, 2004-60 va10-son “Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovar operatsiyalarini va daromadlarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1197-1, 2004-yil 22-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 47-son, 488-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2006-yil 29-sentabrdagi 84, 10 va 2006-41-son “Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovar operatsiyalari va daromadlarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1197-2, 2007-yil 13-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 11-son, 103-modda).
171
13,604
Qonunchilik
“Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi va 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-son “Iqtisodiy nochor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2010-yil 31-dekabrdagi 6, 42/2, 1-son “Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2181, 2011-yil 13-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 1-2-son, 18-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror 2017-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. 1. Nomi va 1-banddagi “Auksion va tanlov” degan so‘zlar “Tanlov” degan so‘z bilan almashtirilsin. 2. Muqaddimadan “(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 49-son, 479-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 3. Nizomda: a) nomi, 1, 2 va 3-ilovalarning ilova belgisidagi “Auksion va tanlov” degan so‘zlar “Tanlov” degan so‘z bilan almashtirilsin; b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borishni tartibga soladi.”; v) 1-bandda: ikkinchi xatboshidagi “korxonalar mol-mulkini” degan so‘zlar “korxonalarni” degan so‘z bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidan “auksion va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin; yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
250
2,796
Qonunchilik
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3727-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1 — 11-ilovalarga* muvofiq; davlat arxivlari va uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har oylik taqdirlash puli belgilanadigan davlat arxivlari xodimlari lavozimlari ro‘yxati 12-ilovaga* muvofiq; Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 13-ilovaga muvofiq tasdiqlasin. Bunda, mazkur qaror bilan bazaviy lavozim maoshlari miqdori tasdiqlangan teatrlar xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika teatrlari artistlarining mehnatiga haq to‘lash shartlarini yaxshilash to‘g‘risida” 1993-yil 3-dekabrdagi PF-692-son Farmoni bilan belgilangan har oylik ustama haqlari tatbiq etilmaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ushbu qarorga 1 — 11-ilovalarda qayd etilmagan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari hamda shartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda: davlat arxivlarining yangilangan namunaviy shtatlarini; Davlat arxivlarini mehnatga haq to‘lash guruhlariga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi: bir oy muddatda — Davlat madaniyat muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislariga malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni; ikki oy muddatda — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Davlat arxivlarini mehnatga haq to‘lash guruhlariga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; davlat madaniyat muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislarini uch oy muddatda attestatsiyadan o‘tkazsin hamda ularga faoliyat natijalarini baholash asosida malaka toifalari berilishini ta’minlasin. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 14-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 5-martdagi 98-son qarori; Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi va shartlarini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomning amal qilishi: axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, o‘quv teatrlari, teatr-studiyalar, ta’lim muassasalarining studiyalari va muzeylari, shuningdek, idoraviy kutubxonalar va arxivlar xodimlari; davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarining texnik hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari; ushbu qarorga 1 — 11-ilovalarda* qayd etilmagan davlat madaniyat muassasalarining ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun tatbiq etilmaydi, ularning mehnatiga haq to‘lash razryadlari ushbu muassasalarga mehnatga haq to‘lash bo‘yicha berilgan guruh hisobga olingan holda Yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilanadi. 3. Quyidagilar: teatrlar, teatr-studiyalar, sirklar, saroylar, konsert tashkilotlari, shu jumladan, musiqali va raqs jamoalari; muzeylar, muzey qo‘riqxonalar, uy muzeylar, davlat tarix va madaniyat muzeylari, kartina va fotogalereyalar, ko‘rgazma faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar; ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalar va axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari, madaniyat markazlari, shu jumladan, xalq teatrlari, havaskorlik jamoalari; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi; zooparklar, shuningdek, boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalar davlat madaniyat muassasalari hisoblanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiradigan arxivlar davlat arxivlari hisoblanadi. 5. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining ish haqi bazaviy lavozim maoshlari, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har oylik taqdirlash puli, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. 6. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari: mehnatga haq to‘lash bo‘yicha har bir lavozim uchun belgilanadigan bazaviy lavozim maoshlari; xodimlarga qonunchilikda belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida shakllantiriladi. 7. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari: mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivi kiritilgan guruhga; xodimning lavozimi va malaka toifasiga bog‘liq holda tabaqalashtiriladi. 8. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 9. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarini mehnatiga haq to‘lash guruhlariga kiritish va ushbu muassasalar xodimlariga malaka toifalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi. 10. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining bazaviy lavozim maoshi: xodim davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivida boshqa lavozimga o‘tkazilganda; mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivi kiradigan guruh o‘zgartirilganda; xodimning malaka toifasi o‘zgartirilganda (oshirilganda yoki pasaytirilganda); O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilganda o‘zgartiriladi. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdorining o‘zgartirilishi tegishli muassasa rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilganda davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va “O‘zarxiv” agentligining buyrug‘iga asosan tegishli miqdorgacha oshiriladi. 12. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarining xodimlari davlat madaniyat muassasalari hamda davlat arxivlarida budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tashkil etiladigan maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moddiy rag‘batlantiriladi. 13. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlariga ustamalar, va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash, shuningdek, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun mukofotlash shartlari qonunchilikda belgilanadi. 14. Ushbu Nizomda qayd etilgan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘riligi uchun javobgarlik tegishli muassasalar rahbarlari hamda bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi. 1. 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, ta’lim va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmon tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarning ma’muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”. 2. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri “Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli “Amu to‘lqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli “Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘zi ojizlar kutubxonasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri O‘zbek Milliy akademik drama teatri O‘zbekiston davlat drama teatri O‘zbekiston davlat satira teatri O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri O‘zbekiston davlat yoshlar teatri O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri O‘zbekiston davlat qo‘g‘irchoq teatri O‘zbekiston davlat konservatoriyasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi “Diydor” rejissorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya O‘zbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi jamoalar* O‘zbekiston orkestrlari jamoalari birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar* O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Respublika ko‘zi ojizlar kutubxonasi “O‘zbekiston davlat sirki”davlat birlashmasi Toshkent zoologiya parki “Xalqlar do‘stligi” saroyi “Turkiston” san’at saroyi Andijon viloyati musiqali drama teatri Andijon viloyati yoshlar teatri Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri Andijon viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Buxoro viloyati musiqali drama teatri Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri Buxoro viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Jizzax viloyati musiqali drama teatri Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri Jizzax viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Qashqadaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Namangan viloyati musiqali drama teatri Namangan viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Samarqand viloyati musiqali drama teatri Samarqand viloyati rus drama teatri Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri Samarqand viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Samarqand zoologiya bog‘i Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri Sirdaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Surxondaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Termiz zoologiya parki “Surxondaryo san’at saroyi” davlat muassasasi Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri Farg‘ona viloyati rus drama teatri Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri Qo‘qon shahar musiqali drama teatri Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyati teatr-konsert saroyi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona viloyati filiali Farg‘ona viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Farg‘ona zoologiya bog‘i Xorazm viloyati musiqali drama teatri Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari”. 3. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: 1. Bosh direktor (direktor), bosh direktorning o‘rinbosari (direktor o‘rinbosari), menejer 2. Bosh buxgalter (bosh buxgalter o‘rinbosari), bosh muhandis, bosh zoomuhandis, bosh energetik, bosh ma’mur, bosh zootexnik, bosh fondlar saqlovchisi 3. Sex boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i 4. Bo‘lim mudiri, libosxona mudiri, chipta byurosi mudiri, ombor mudiri, ozuqa oshxonasi mudiri, veterinariya klinikasi mudiri, dorixona mudiri, filial mudiri 1. Badiiy rahbar 2. Bosh rejissor, bosh dirijer, bosh baletmeyster, bosh xormeyster, bosh rassom 3. Truppa mudiri, badiiy-sahnalashtirish qismi mudiri, adabiy qism mudiri, musiqiy qism mudiri 1. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom 2. Modelyer rassom, bezakchi rassom, chiroq bo‘yicha rassom, qo‘g‘irchoqshunos, o‘yinchoq-qo‘g‘irchoqlar bezatuvchisi, dekorator 3. Dirijyor, xormeyster, baletmeyster 4. Vokal sinfi bo‘yicha konsertmeyster, balet sinfi bo‘yicha konsertmeyster 5. Balet repetitori, vokal repetitori, sirk nomerlari repetitori 6. Rejissyor, rejissor yordamchisi 7. Xormeyster yordamchisi, dirijyor yordamchisi, baletmeyster yordamchisi 8. Ovoz rejissori, ovoz operatori 9. Tashkilotchi pedagog (repetitor), manej inspektori 1. Yetakchi sahna ustasi 2. Barcha toifalardagi balet artisti 3. Barcha toifalardagi artist-vokalchi (yakkaxon xonanda) 4. Barcha toifalardagi xor artisti 5. Barcha toifalardagi (simfoniya, kamer) orkestr artisti 6. Barcha toifadalargi drama artisti 7. Barcha toifalardagi instrumental artist 8. Barcha toifalardagi barcha janrlardagi sirk artisti 9. Yordamchi tarkib artisti 1. Barcha toifadagi buxgalter, iqtisodchilar 2. Muhandis 3. Barcha nomdagi mutaxassislar 4. Matbuot kotibi, ma’mur, assistent, kadrlar bo‘yicha inspektor 5. Vrach, veterinar vrach (feldsher), bioximik vrach, toksikolog vrach, laborant 6. Barcha toifalardagi agronomlar va zootexniklar 7. Barcha toifalardagi ilmiy xodimlar va metodistlar 8. Fondlarni saqlovchilar 9. Barcha toifalarlardagi kutubxonachilar, bibliograflar, veb-dasturchilar va ekskursovodlar 1. Butafor, grimchi-postijer, kostyumchi, uniformist 2. Poyabzalchi, tikuvchi, bichuvchi, kassir, chiptachi-kassir, musiqa asboblarini sozlovchi 3. Sahna mashinisti, sahna montajchisi, yorituvchi, kutubxonachi (nota bo‘yicha) 4. Otlar murabbiylari 5. Yirtqich hayvonlar va hayvonlarga qarovchi ishchi 1. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va uning filiallari, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-o‘qituvchilari tarkibi; 2. San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari
166
15,727
Qonunchilik
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tijorat banklarida jismoniy shaxslar, shu jumladan yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: konversion operatsiyalar bo‘limi (bundan buyon matnda konversion bo‘lim deb yuritiladi) — tijorat bankining O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda jismoniy shaxslar deb yuritiladi) va yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini naqd pulsiz shaklda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatish uchun tuzilgan tarkibiy tuzilmasi; valyuta ayirboshlash shoxobchasi — jismoniy shaxslardan naqd va xalqaro to‘lov kartalaridagi chet el valyutasini naqd milliy valyutaga ayirboshlash hamda qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga naqd chet el valyutasini sotish operatsiyalarni amalga oshiruvchi turg‘un shoxobcha; shaxsni tasdiqlovchi hujjat — pasport, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy bilet; yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkor (bundan buyon matnda YTT deb yuritiladi); kunlik hujjatlar — operatsion kun davomida rasmiylashtirilgan valyuta ayirboshlash operatsiyalari hisobini yuritish hujjatlari; operatsion kun — jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun tijorat banki tomonidan belgilangan vaqt; bank kartasi — tijorat banki tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to‘lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o‘z saqlovchisiga bank hisobvarag‘idagi mablag‘lari va/yoki bank tomonidan ruxsat berilgan mablag‘lar doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag‘larini va bank kreditini olish imkonini beruvchi to‘lov kartasi; xalqaro to‘lov kartasi — xalqaro to‘lov tizimlari bilan kelishuvga asosan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari tomonidan emissiya qilingan chet el valyutasidagi xalqaro to‘lov kartasi; qimmatliklar — milliy va chet el valyutalari. 2. Chet el valyutasini sotib olish va sotish kurslari tijorat banklari tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilanadi. 3. Operatsion kun davomida tijorat banki tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish kursi o‘zgartirilishi mumkin. 4. Konversion bo‘lim tijorat bank rahbarining buyrug‘iga asosan ochiladi. Mazkur buyruqda xodimlarning shtat birligi, bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qiluvchi va uni nazorat qiluvchi mansabdor shaxslar ko‘rsatilishi kerak. 5. Konversion bo‘limning shtat birligi va xodimlarining soni, bo‘limning amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarining hajmidan kelib chiqib, bank rahbarining buyrug‘iga asosan tasdiqlanadi. 6. Quyidagi ma’lumotlarni tijorat bankining rasmiy veb-saytida hamda Konversion bo‘limi joylashgan binoning hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyidagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali mijozlar e’tiboriga yetkazilishi lozim: konversion bo‘limning ish vaqti; chet el valyutasini sotib olish va ularga sotish tartibi; chet el valyutasini sotish va sotib olish kurslari; konversion bo‘lim tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar turlari; bank tomonidan ochiladigan xalqaro to‘lov kartalari, ularning imkoniyatlari va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; xalqaro to‘lov kartasini ochganlik uchun undiriladigan vositachilik haqi miqdori. 7. Konversion bo‘lim faqat tijorat banki binosida joylashtiriladi va unda to‘lov terminallari, hisoblash texnikasi, tegishli dasturiy ta’minotga ega Banklararo yagona elektron tizimga (bundan buyon matnda elektron tizim deb yuritiladi) ulangan kompyuter texnikasi, telefon aloqasi, yonmaydigan temir shkaf (seyf), zarur normativ-huquqiy hujjatlar va ma’lumot materiallari, yong‘in xavfsizligi signalizatsiyasi va videokuzatuv kameralari bo‘lishi lozim. 8. Bank rahbarining tegishli buyrug‘isiz bo‘lim xodimlari tomonidan o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni boshqa shaxslarga topshirish taqiqlanadi. 9. Chet el valyutasini sotish konversion bo‘limlar tomonidan xalqaro to‘lov kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. 10. Konversion bo‘limda kunlik naqd pulsiz shakldagi chet el valyutasini sotish miqdori tijorat banki rahbarining buyrug‘iga asosan belgilanadi. 11. Jismoniy shaxs va YTT chet el valyutasini sotib olish uchun konversion bo‘limga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etadi va konversion bo‘lim mutaxassisi hujjatning nusxasini qabul qilib oladi. 12. Jismoniy shaxsning bank kartasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, konversion bo‘lim mutaxassisi tomonidan jismoniy shaxsga plastik kartalar bo‘limiga murojaat etib, o‘z nomiga belgilangan tartibda bank kartasini ochish taklif etiladi. YTT chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablag‘larini o‘zining tegishli hisobvarag‘idan o‘tkazadi. 13. Milliy valyutadagi mablag‘ tijorat bankining operatsiya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotish kursi bo‘yicha to‘lov terminali orqali jismoniy shaxsga tegishli bank kartasidan echib olinadi va unga milliy valyutadagi mablag‘ echib olinganligi to‘g‘risidagi terminal chekining asl nusxasi beriladi, nusxasi esa kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. YTTning tegishli hisobvarag‘idan chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat bankining sotish kursi bo‘yicha pul mablag‘lari bankining tegishli hisobvarag‘iga kelib tushganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati chop etilib, kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. 14. Jismoniy shaxs yoki YTTning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlar konversion bo‘lim mutaxassislari tomonidan elektron tizimga kiritiladi. Bunda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq 09017-shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Ma’lumotnomalar bo‘lim mutaxassisi, tegishlicha jismoniy shaxs yoki YTT tomonidan imzolanib, ularga mutaxassisning shaxsiy va bo‘lim shtamplari bosiladi. Ma’lumotnomaning bir nusxasi tegishlicha jismoniy shaxsga yoki YTTga beriladi, ikkinchi nusxasi, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi 09008-son reyestr, shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi (YTTning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga qo‘shimcha ravishda guvohnomasi nusxasi) bilan birga kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. 15. Chet el valyutasi 09017-shakldagi ma’lumotnoma va milliy valyutadagi terminal cheki yoki pul mablag‘lari to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati asosida xalqaro to‘lov kartasiga o‘tkazib beriladi. 16. Jismoniy shaxs yoki YTTning xalqaro to‘lov kartasi mavjud bo‘lmaganda, bank va jismoniy shaxs yoki YTT o‘rtasida chet el valyutasida bank hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma tuziladi hamda konversion bo‘lim mutaxassisi tomonidan shartnomaga asosan uning nomiga chet el valyutasida bank hisobvarag‘i ochiladi. Shartnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga yoki YTTga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. Shartnomalar davlat tilida tuziladi, zarur hollarda, rus yoki qoraqalpoq tilida ham tuzilishi mumkin. 17. Xalqaro to‘lov kartasi konversion bo‘lim mutaxassisi tomonidan “Berilgan xalqaro to‘lov kartalarini ro‘yxatga olish jurnali”ga imzo chektirgan holda jismoniy shaxsga yoki YTTga beriladi. Mazkur jurnal raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan, tijorat banki muhri hamda filial rahbari imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 18. Jismoniy shaxs yoki YTT xalqaro to‘lov kartasidagi chet el valyutasini sotish uchun tijorat bankining istalgan konversion bo‘limiga murojaat etadi. Bunda konversion bo‘limning mutaxassisi tomonidan xalqaro to‘lov kartasining haqiqatda ushbu jismoniy shaxs yoki YTTga tegishliligi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tekshiriladi. 19. Tijorat banki jismoniy shaxs yoki YTTning xalqaro to‘lov kartasidagi chet el valyutasini operatsiya amalga oshiriladigan kundagi chet el valyutasini sotib olish kursiga muvofiq bajaradi. Bunda jismoniy shaxs yoki YTTning xalqaro to‘lov kartasidagi chet el valyutasi doirasida, mablag‘lar to‘liq yoki qisman milliy valyutaga ayirboshlanishi mumkin. Chet el valyutasi to‘langanligini tasdiqlovchi terminal chekining asl nusxasi yoki ularning hisobvarag‘idan to‘langan taqdirda, bankning ichki to‘lov hujjati beriladi va nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. 20. Chet el valyutasi konversion bo‘limning mutaxassisi tomonidan tegishli ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish orqali xarid qilinadi. Bunda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq 09020-shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Ma’lumotnomalar bo‘lim mutaxassisi va jismoniy shaxs yoki YTT tomonidan imzolanib, ularga mutaxassisning shaxsiy va bo‘lim shtamplari bosiladi. Ma’lumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga yoki YTTga, ikkinchi nusxasi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi 09021-son reyestrga ilova qilinib, kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. Jismoniy shaxslar xalqaro to‘lov kartalaridagi chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd milliy valyutaga ayirboshlashlari mumkin. 21. Kun oxirida konversion bo‘lim mutaxassisi tomonidan jismoniy shaxs va YTTning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari nusxalari, YTTning guvohnoma nusxalari, terminal cheklari va bank ichki to‘lov hujjatlari tegishli bo‘limga taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan jismoniy shaxsning bank kartasiga, YTTning hisobvarag‘iga milliy valyuta o‘tkazib beriladi. 22. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tijorat bank rahbarining buyrug‘iga asosan ochiladi. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini ochish to‘g‘risidagi buyruqda valyuta ayirboshlash shoxobchasining joylashgan yeri (pochta manzili), xodimlarining shtat birligi, shoxobcha faoliyatiga rahbarlik qiluvchi va uni nazorat qiluvchi mansabdor shaxslar ko‘rsatilishi kerak. 23. Tijorat banki valyuta ayirboshlash shoxobchasini ro‘yxatga olish uchun Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga (bundan buyon matnda hududiy Bosh boshqarma deb yuritiladi) valyuta ayirboshlash shoxobchasini ochish to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani ilova qilib, yozma ravishda murojaat qiladi. Hududiy Bosh boshqarma tomonidan 3 ish kuni ichida valyuta ayirboshlash shoxobchasi ro‘yxatga olinib, tijorat bankiga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) yuboriladi. 24. Ro‘yxatga olingan valyuta ayirboshlash shoxobchasi hududiy Bosh boshqarma tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi “Valyuta ayirboshlash shoxobchasini ro‘yxatga olish jurnali”ga qayd etiladi. 25. Guvohnoma yo‘qolgan taqdirda tijorat banki hududiy Bosh boshqarmaga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma ravishda murojaat qilishi shart: guvohnomaning yo‘qolish sabablari ko‘rsatilgan dalolatnoma; topilmalar idorasining guvohnoma haqiqatda yo‘qolganligini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi. 26. Guvohnomaning dublikati hududiy Bosh boshqarma tomonidan 3 ish kun ichida beriladi. Guvohnomaning dublikatiga “Dublikat” so‘zi va uning berilgan sanasi yozib qo‘yiladi. 27. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, tijorat banki tomonidan hududiy Bosh boshqarmaga valyuta ayirboshlash shoxobchasining joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganligi va uning sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda ma’lum qilinadi. Bunda tijorat banki tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun umumiy asoslarda qayta murojaat qilinadi. 28. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining ish tartibi u faoliyat yuritayotgan tashkilot ish vaqti bilan kelishilishi lozim. 29. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi: jismoniy shaxslardan va norezident-jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini naqd milliy valyutaga sotib olish; norezident-jismoniy shaxslarga (bundan buyon matnda norezident deb yuritiladi) chet el valyutasini sotish; jismoniy shaxslarning va norezidentlarning xalqaro to‘lov kartalaridagi chet el valyutasini naqd milliy valyutaga ayirboshlab berish; jismoniy shaxslardan va norezidentlardan chet el valyutasini inkassoga qabul qilish; haqiqiyligi shubha tug‘dirgan chet el valyutalarini jismoniy shaxslardan va norezidentlardan ekspertizaga qabul qilish; jismoniy shaxslarning va norezidentlarning chet el valyutasini o‘sha chet el valyutasiga maydalab yoki yirik pul miqdorida berish. 30. Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirganlik uchun vositachilik haqi undirilishi mumkin, chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalari bundan mustasno. Vositachilik haqining miqdori tijorat banklari tomonidan belgilanadi. 31. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi mijozlarning tanishib chiqishi uchun qulay bo‘lgan joyga quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan stend bilan jihozlanadi: valyuta ayirboshlash shoxobchasining ish vaqti; chet el valyutasini sotib olish va sotish kurslari; mazkur valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan amalga oshiriladigan valyuta ayirboshlash operatsiyalari; pul belgilarining haqiqiyligi va to‘lovga yaroqliligini aniqlash qoidalari; jismoniy shaxslardan va norezidentlardan chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibi; valyuta ayirboshlash operatsiyalari uchun undiriladigan vositachilik haqi miqdori; valyuta ayirboshlash shoxobchasining ro‘yxatga olinganligi haqidagi guvohnoma nusxasi. 32. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida bir vaqtning o‘zida ikki nafar xodim — nazoratchi va kassir faoliyat yuritishi hamda maxsus kiyim (uniforma) bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Zarur hollarda, tijorat banki rahbarining buyrug‘iga asosan tajribali kassirlar va nazoratchilar valyuta ayirboshlash shoxobchasiga vaqtincha faoliyat yuritish uchun jalb etilishi mumkin. 33. Tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchasi yonmaydigan temir shkaf (seyf), telefon aloqasi, qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligi signalizatsiyasi, valyutaning haqiqiyligini aniqlaydigan detektor yoki tester, tegishli dasturiy ta’minotga ega kompyuter va hisoblash texnikasi, shuningdek zarur normativ-huquqiy hujjatlar va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi. 34. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida nazoratchi va kassir lavozimga tayinlanganligi to‘g‘risidagi tegishli buyruqdan ko‘chirma bo‘lishi kerak. 35. Nazoratchi yoki kassir o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bank rahbarining tegishli buyrug‘isiz boshqa shaxsga ishonib topshirishi va valyuta ayirboshlash shoxobchasiga begona shaxslarni kiritishi taqiqlanadi. 36. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining har bir xodimiga familiyasi ko‘rsatilgan shtamp, nazoratchiga esa, qo‘shimcha ravishda, tijorat bankining nomi, ro‘yxatga olish raqami va shoxobchaning manzili yozilgan shtamp biriktirib qo‘yiladi. Ishdan tashqari vaqtda valyuta ayirboshlash shoxobchasida qimmatliklar va shtamplarni saqlash taqiqlanadi. 37. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi kassiriga qimmatliklar solingan xaltalarni tamg‘alash uchun plombir beriladi. Uning plashkasida valyuta ayirboshlash shoxobchasining ro‘yxat raqami va qisqartirilgan nomi qayd etiladi. Kassirga plombir tijorat banki tomonidan jurnalga imzo chektirgan holda beriladi. Inkassatsiya bo‘limi (uchastkasi) boshlig‘i va tijorat bankining kassa mudiri tomonidan tasdiqlangan plombir izi namunasining bir nusxasi valyuta ayirboshlash shoxobchasining kassiriga beriladi. Ushbu namuna kassir tomonidan qimmatliklar solingan xaltalar olinayotganda inkassatorga ko‘rsatiladi. Namunaning ikkinchi nusxasi tijorat bankining kechki kassasiga beriladi. 38. Ishga qabul qilingan xodimlar tijorat banki tomonidan moddiy javobgarlik to‘g‘risida tegishli qonun hujjatlarining normalari, shuningdek qimmatliklarni saqlash, qabul qilish, berish, ular bilan ishlash, qayta sanash va tashishga doir qoidalar, valyuta ayirboshlash operatsiyalarini o‘tkazish va ularning hisobini yuritish tartibi bilan tanishtirilishi shart. 39. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining nazoratchisi: qimmatliklar solingan xaltachalarni qabul qiladi, ularni ochishda ishtirok etadi hamda undagi qimmatliklar kam yoki ortiq chiqqan hollarda, ikki nusxada dalolatnoma tuzadi, ushbu dalolatnomani kassir bilan birga imzolaydi va uning bir nusxasini bankka yuboradi; ayirboshlash uchun taqdim etilgan milliy va chet el valyutasi ekvivalentini hamda vositachilik haqini hisoblaydi; amalga oshirilgan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini tegishli reyestrga qayd etadi; ma’lumotnoma va kvitansiyalarni to‘ldiradi hamda imzolaydi; amalga oshirilgan valyuta ayirboshlash operatsiyalari bo‘yicha hujjatlarni ish kuni oxirida imzolaydi; ish kuni oxirida qolgan qimmatliklarni dastalari bo‘yicha sanab chiqadi va bu qimmatliklarning dastalari bo‘yicha xaltalarga to‘liq solinishini nazorat qiladi; amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida hisobot tuzadi va uni tegishli reyestrlar va ma’lumotnomalar nusxalari asosida tekshirib chiqib, imzolaydi; qimmatliklarning amaldagi qoldiqlarini amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi hisobot bilan solishtiradi va qimmatliklar ortiq yoki kam chiqqan hollarda, ikki nusxada dalolatnoma tuzadi va uni kassir bilan birga imzolaydi. Uning bir nusxasi tijorat bankiga yuboriladi va ikkinchi nusxasi valyuta ayirboshlash shoxobchasining kunlik hujjatlariga tikib qo‘yiladi; shubhali operatsiyalar haqida zudlik bilan bankning Ichki nazorat xizmatiga yozma ravishda xabar beradi. 40. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining kassiri: qimmatliklarni olish uchun buyurtmanomalarni tuzib tijorat bankiga taqdim etadi; inkassatorlar olib kelgan qimmatliklar solingan xaltalarni qabul qilib oladi hamda xaltalarni nazoratchi va inkassator ishtirokida ochadi yoki tijorat banki kassasidan qimmatliklarni qabul qilib, valyuta ayirboshlash shoxobchasiga olib keladi; almashtirish uchun taqdim etilgan banknotlarning haqiqiyligi va to‘lovga yaroqliligini tekshiradi; reyestrlar, kvitansiyalar va ma’lumotnomalarni, shuningdek nazoratchi tomonidan tuzilgan dalolatnomalarni imzolaydi; ish kuni oxirida qolgan qimmatliklarni sanaydi, ularni saralab dastalaydi va nazoratchi kuzatuvida qimmatliklarni xaltalarga joylaydi. 41. Kassir pul va tangalarni taxlash hamda ularning o‘rab bog‘lanishiga shaxsan javob beradi. 42. Quyidagilar taqiqlanadi: milliy valyutani chet el valyutasiga sirtdan almashtirish; valyuta ayirboshlash operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni elektron tizimga kiritmasdan valyutani sotish operatsiyasini amalga oshirish; tegishli ma’lumotnoma bermasdan, valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish; valyuta ayirboshlash operatsiyasini bajarmay turib, tegishli ma’lumotnomalar berish; valyuta ayirboshlash shoxobchasida chet el valyutasidagi va eng kam oylik ish haqining yarmidan ortiq miqdorda milliy valyutadagi shaxsiy jamg‘armalarning bo‘lishi. 43. Qimmatliklarni olish uchun kassir tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda 09001-son talabnoma ikki nusxada to‘ldiriladi. Talabnomaning bir nusxasi tijorat banki kassasida qoldirilib, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. Tijorat banki buxgalteriyasining mas’ul xodimi valyuta ayirboshlash shoxobchasining talabnomasi hamda tegishli kassa va balansdan tashqari ordyerlar asosida valyuta ayirboshlash shoxobchasiga jo‘natish uchun tayyorlangan qimmatliklarning uch nusxada ro‘yxatini tuzadi. Ularning har birini tijorat bankining moddiy javobgar shaxsi imzolaydi. Valyuta ayirboshlash shoxobchasiga jo‘natish uchun tayyorlangan qimmatliklar ularning ro‘yxati nusxasi bilan birga moddiy javobgar shaxslar tomonidan inkassatsiya xaltasiga joylanadi, shundan so‘ng xalta tamg‘alanadi. Valyuta ayirboshlash shoxobchasiga biriktirilgan har bir inkassatsiya xaltasida valyuta ayirboshlash shoxobchasining ro‘yxat raqami va tijorat bank nomi yoziladi. Inkassator xaltalarni qabul qilib olgandan so‘ng, qimmatliklar ro‘yxatining ikkinchi nusxasini imzolaydi. 44. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini ish kuni boshlanishidan oldin qimmatliklar bilan ta’minlash yoki unga ish kuni davomida qo‘shimcha qimmatliklar keltirish inkassatorlar tomonidan amalga oshiriladi, valyuta ayirboshlash shoxobchasi tijorat banki binosida joylashgan hollar bundan mustasno. 45. Inkassator keltirgan xaltalar nazoratchi ishtirokida kassir tomonidan qabul qilinadi. Bunda xaltaning tamg‘a urilgan tizimchasining butligi va tamg‘a izining aniqligi sinchiklab tekshiriladi. Kassir tomonidan xalta ochilayotganda va unga solingan qimmatliklar tekshirilayotganda uning yonida nazoratchi va inkassator turishi shart. 46. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining talabnomasi, tegishli kassa va balansdan tashqari ordyerlari asosida tuzilgan ro‘yxatning birinchi nusxasi uning ikkinchi nusxasi va qabul qilingan qimmatliklar hisobi bilan solishtirilgandan so‘ng, qimmatliklar qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi ro‘yxatning ikkinchi nusxasi nazoratchi va kassir tomonidan imzolanadi va valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi bilan tasdiqlanadi hamda ro‘yxatning ikkinchi nusxasi inkassatsiya bo‘limiga topshirish uchun inkassatorga qaytariladi. Ro‘yxatning birinchi nusxasi valyuta ayirboshlash shoxobchasining kunlik hujjatlariga tikib qo‘yiladi. 47. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslardan va norezidentlardan chet el valyutasi cheklanmagan miqdorda sotib olinadi. 48. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron tizimga kiritiladi. Chet el valyutasini sotib olishda operatsiya eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdoriga teng bo‘lgan yoki undan oshgan hollarda, bunday operatsiyalar tegishli ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish orqali amalga oshirilishi shart. Bunda jismoniy shaxslardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va norezidentlardan pasport talab etiladi hamda ularning nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. 49. Kassir jismoniy shaxslar va norezidentlar tomonidan taqdim etilgan chet el valyutasining haqiqiyligi va to‘lovga yaroqliligini texnik vositalar yordamida tekshirishi shart. 50. Chet el valyutasini jismoniy shaxslar va norezidentlardan sotib olishda mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq 09002-shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Ushbu ma’lumotnomaning ikkala nusxasi ham nazoratchi, kassir va jismoniy shaxs yoki norezident tomonidan imzolanib, ularga valyuta ayirboshlash shoxobchasi shtampi hamda nazoratchi va kassirning shaxsiy shtamplari bosiladi. 51. Chet el valyutasi jismoniy shaxslardan sotib olinayotganda, ularga 09002-shakldagi ma’lumotnomaning ikkinchi nusxasi beriladi, uning birinchi nusxasi esa kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. Ushbu ma’lumotnoma chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan sotib olinganligini tasdiqlaydi, biroq sarflanmay qolgan milliy valyutani chet el valyutasiga qayta almashtirib berish huquqini bermaydi. 52. Chet el valyutasi norezidentlardan pasport va chet el valyutasini chetdan olib kelganligini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi yoki ularning xalqaro to‘lov kartalaridan bank terminali orqali echib olinganligini tasdiqlovchi terminal cheki asosida sotib olinganda, unga 09002-shakldagi ma’lumotnomaning birinchi nusxasi beriladi. Mazkur ma’lumotnoma sarflanmay qolgan milliy valyutani chet el valyutasiga qayta almashtirish uchun asos bo‘ladi. Operatsiya summasi bojxona deklaratsiyasida nazarda tutilgan valyuta miqdoridan oshmasligi kerak. Ma’lumotnomaning ikkinchi nusxasi norezident pasportining nusxasi bilan birga kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi va bojxona deklaratsiyasiga nazoratchi tomonidan valyuta almashtirilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. 53. Chet el valyutasi norezidentlardan pasport va chet el valyutasini chetdan olib kelganligini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi taqdim etilmagan holda sotib olinganda, ushbu operatsiya mazkur Nizomning 50-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi. 54. Xalqaro to‘lov kartasidagi chet el valyutasi va naqd chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlash operatsiyalari mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi 09003-son reyestrda rasmiylashtiriladi. 55. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslarning va norezidentlarning xalqaro to‘lov kartalaridagi chet el valyutasi naqd milliy valyutaga ayirboshlab beriladi. Ularga valyuta sotib olinganligini tasdiqlovchi 09002-shakldagi ma’lumotnomaning bir nusxasi va terminal chekining asl nusxasi beriladi. Ma’lumotnomaning va terminal chekining nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. 56. Norezidentlarga chet el valyutasini sotish valyuta ayirboshlash shoxobchasining 09002-shakldagi ma’lumotnomaning birinchi nusxasi, bankomat cheki yoki xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida respublika hududida so‘m mablag‘larining qonuniy manbalardan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi. 57. Chet el valyutasi norezidentlarga sotilganda, chet el valyutasi sotilganligini tasdiqlovchi mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq 09007-shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. 09007-shakldagi ma’lumotnomaning bir nusxasi norezidentga beriladi, ikkinchi nusxasi uning pasport nusxasi bilan birga mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi 09010-son reyestrga ilova qilinadi va hisobot tuzish uchun asos hisoblanadi. 58. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslardan va norezidentlardan to‘lovga yaroqsiz deb topilgan yoki muomaladan chiqarilgan chet el valyutasi inkassoga qabul qilinishi mumkin. 59. Chet el valyutasini inkassoga qabul qilish jismoniy shaxslardan va norezidentlardan ularning arizasiga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, norezidentlar pasport taqdim etganda, vositachilik haqi undirilgan holda amalga oshiriladi. Jismoniy shaxs va norezident arizasida o‘zining yashash manzilini aniq ko‘rsatishi shart. 60. Chet el valyutasi inkassoga qabul qilinganda, jismoniy shaxsga va norezidentga ikki nusxada to‘ldiriladigan mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq 09004-shakldagi ma’lumotnomaning bir nusxasi beriladi, ikkinchi nusxasi hisobot tuzish uchun asos hisoblanadi va kunlik hujjatlarga jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi va norezidentning pasportining nusxasi bilan birga tikib qo‘yiladi. 61. Chet el bankidan inkassoga qabul qilingan chet el valyutasi uchun vositachilik haqi undirilgandan so‘ng, inkassoga qabul qilingan chet el valyutasi jismoniy shaxsning yoki norezidentning bankdagi chet el valyutasi yoki milliy valyutadagi hisobvarag‘iga o‘tkazilishi yoki jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra naqd shaklda berilishi mumkin. 62. Chet el banki inkassoga qabul qilingan naqd chet el valyutasini almashtirishdan bosh tortganda, tijorat banki chet el bankining inkassoga qabul qilingan naqd chet el valyutasini to‘lashdan bosh tortganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini ilova qilgan holda arizada ko‘rsatilgan manzilga yozma xabar yuboradi. 63. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan haqiqiyligiga shubha tug‘ilgan naqd chet el valyutasini ekspertizaga qabul qilish jismoniy shaxslar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, norezidentlar tomonidan pasport taqdim etilgan taqdirda, amalga oshiriladi. Bunda unga naqd chet el valyutasining ekspertizaga qabul qilinganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq 09005-shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. 09005-shakldagi ma’lumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan birga kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. 64. Ekspertizaga qabul qilingan chet el valyutasining haqiqiyligini aniqlash uchun tijorat banklari tomonidan ekspert komissiyasi tuziladi. Ekspertiza natijalari bo‘yicha komissiya tomonidan dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnomada valyuta turi, nominali, chiqarilgan yili, seriyasi va raqami, emitent bank va ekspertizaga qabul qilingan chet el valyutasining o‘ziga xos boshqa xususiyatlari ko‘rsatiladi. Ekspertiza davomida chet el valyutasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, tijorat banklari tomonidan haqiqiyligiga shubha tug‘ilgan naqd chet el valyutalari boshqa tijorat banklari yoki chet el banklariga ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborilishi mumkin. Ekspertiza natijasida naqd chet el valyutasi haqiqiy deb topilsa, vositachilik haqi undirilib, chet el valyutasi 09005-shakldagi ma’lumotnoma asosida jismoniy shaxsga qaytarib beriladi. 65. Ekspert komissiyasi tomonidan haqiqiy emas deb topilgan naqd chet el valyutalari egalariga qaytarib berilmaydi va ekspertiza dalolatnomasiga ilova qilingan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Valyuta egasiga uning talabi bilan ekspertiza dalolatnomasining nusxasi berilishi mumkin. 66. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida shikastlangan chet el valyutasini shikastlanmagan shu turdagi chet el valyutasiga almashtirib berish operatsiyalari amalga oshirilishi mumkin. Bunday operatsiyalar mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi 09011-son reyestrga rasmiylashtiriladi. Eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan ekvivalentdagi bunday operatsiyalar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, norezidentlar tomonidan pasport taqdim qilinganda, vositachilik haqi undirilgan holda amalga oshiriladi. Chet el valyutasi mazkur Nizomning 70-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, shikastlangan deb topiladi. Bunday operatsiyalar amalga oshirilganda mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq 09012-shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi, operatsiya miqdori eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan taqdirda, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi ham kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. 67. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida chet el valyutasini o‘sha chet el valyutasiga maydalab yoki yirik pul miqdoriga almashtirib berish operatsiyalari amalga oshirilishi mumkin. Eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan ekvivalentdagi bunday operatsiyalar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, norezidentlar tomonidan pasport taqdim qilinganda, vositachilik haqi undirilgan holda amalga oshiriladi. Bunday operatsiyalarda mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq 09013-shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va 09011-son reyestrga kiritiladi. Ushbu ma’lumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga yoki norezidentga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. Operatsiya miqdori eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan taqdirda, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi yoki norezidentning pasport nusxasi ham kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. 68. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirish (konversiya) operatsiyalari amalga oshirilishi mumkin. Eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan ekvivalentdagi bunday operatsiyalar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, norezidentlar tomonidan pasport taqdim qilingan holda amalga oshiriladi. 69. Konversiya operatsiyalari mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi 09014-son “Konversiya qilingan (almashtirilgan) naqd chet el valyutasini hisobga olish reyestri”da rasmiylashtiriladi. Konversiya operatsiyasi amalga oshirilganda mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq 09015-shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Ushbu ma’lumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. Operatsiya miqdori eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan taqdirda, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi ham kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. 70. Chet el valyutasi quyidagi hollarda shikastlangan hisoblanadi: emitent bank nomi, valyuta qiymatining raqamlar va so‘z bilan ko‘rsatilishi, old va orqa tomonining asosiy rasmi (surati), shuningdek qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari (suv belgisi, magnitli belgilar, qog‘ozga kiritilgan rangli tolalar, jumladan, ultrabinafsha nurlarda ko‘rinadigan tolalar, konfyetti, himoya iplari, mikromatn, nur sochuvchi rasmlar va boshqalar) va boshqa asosiy belgilarini saqlab qolgan bo‘lsa; siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa; yopishtirib qo‘yilgan yirtilgan burchaklari yoki qismlari bo‘lsa; banknot yopishtirib qo‘yilgan va unchalik katta bo‘lmagan yirtiqlarga ega bo‘lsa; mayda moy dog‘lari va boshqa dog‘lar, yozuvlar va muhrlar o‘rni bo‘lganda va ular banknotning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va to‘lovga yaroqlilikning asosiy belgilarini 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lsa; banknotlar mayda teshiklarga ega bo‘lganda. 71. Chet el valyutasi quyidagi hollarda yaroqsiz hisoblanadi: to‘lovga yaroqlilikning asosiy belgilarini saqlab qolmagan bo‘lsa; dastlabki rangi o‘zgargan yoki rangi o‘chgan bo‘lsa; yongan yoki kuygan holatda bo‘lsa; to‘lovga yaroqlilikning asosiy belgilarini 50 foizidan ortiq qismiga bo‘yoq yoki siyoh to‘kilgan bo‘lsa; banknotda kimyoviy reaktivlar ta’siri bo‘lsa; muayyan darajada qasddan shikastlangan (asosiy rasmlari, xususan nominali o‘zgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar bo‘lgan) bo‘lsa; emitent bank tomonidan muomaladan chiqarilgan bo‘lsa; banknotlar aniq bosma xatoga ega bo‘lgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yo‘qligi yoki noto‘g‘ri joylashganligi), tasvirlari to‘liq bosilmagan yoki surkalib ketgan bo‘lsa. 72. To‘lovga yaroqsiz pul belgilari valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan inkassoga emitent bankka jo‘natish uchun qabul qilinishi mumkin. 73. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining nazoratchisi va kassiri o‘zlari qabul qilgan chet el valyutasining haqiqiyligi va to‘lovga yaroqliligi uchun javobgardir. 74. Operatsion kun yakunida ma’lumotnomalar va reyestrlarning tegishli nusxalari asosida amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha mazkur Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shakldagi 09016-son hisobot tayyorlanadi. 75. Amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi hisobot, qimmatliklar va reyestrlar shu kunning o‘zida inkassatsiya xizmatidan foydalangan holda tijorat bankiga olib borilishi shart, valyuta ayirboshlash shoxobchasi tijorat banki binosida joylashgan hollar bundan mustasno. Kun oxirida valyuta ayirboshlash shoxobchasida qimmatliklar qoldirilishi taqiqlanadi. 76. Tijorat bankiga olib boriladigan qimmatliklar bo‘yicha kassir tomonidan uch nusxada ilova qaydnomasi rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kassir va nazoratchi tomonidan imzolanadi. Kassir qimmatliklarni, shuningdek qaydnomaning bir nusxasini hisobot va tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga xaltaga soladi va uni tamg‘alaydi. 77. Qimmatliklar solingan xaltani olishdan oldin inkassator kassirga o‘zining xizmat guvohnomasi, qimmatliklarni olish huquqini beruvchi tegishli ishonchnoma va tashrif varaqasini taqdim etadi. Kassir tashrif varaqasining tegishli ustuniga qimmatliklar topshirilgan vaqt, xalta raqami, topshirilgan qimmatliklar summasining milliy valyutadagi ekvivalentini yozib qo‘yadi va uni imzolab, inkassatorga uning hujjatlarini qaytaradi va qimmatliklar solib tamg‘alangan xaltani beradi. Inkassator tamg‘alagich izining aniqligi, uning namunadagiga mos kelishi, shuningdek tashrif varaqasiga yozilgan summalar ilova qaydnomasida ko‘rsatilgan summa bilan bir xilligini tekshirib, ilova qaydnomasining kassirda qoladigan uchinchi nusxasini imzolab, sanani yozadi va inkassatsiya bo‘limining (uchastkasining) nomi yozilgan muhrni bosadi va ilova qaydnomasining ikkinchi nusxasi bilan birga xaltani qabul qilib oladi. 78. Keltirilgan xaltalar va ularning ilova qaydnomalari tijorat bankining kechki kassa xodimlari tomonidan qabul qilinadi va ertalab kassa mudiriga topshiriladi. 79. Bank buxgalteriyasining mas’ul xodimlari taqdim qilingan hujjatlar bo‘yicha tuzilgan hisobotning to‘g‘riligini, qimmatliklarning to‘la-to‘kis topshirilganligini va ulardan to‘g‘ri foydalanilganligini tekshiradi, valyuta ayirboshlash shoxobchasining hisobotiga kiritilgan operatsiyalarni bank balansida aks ettirish, shuningdek mazkur valyuta ayirboshlash shoxobchasi kassiri hisobidagi bo‘naklar summalari yuzasidan hisob-kitob qilish uchun ordyerlar tuzadi. Barcha hujjatlar va tuzilgan ordyerlar tijorat bankining valyuta ayirboshlash operatsiyalariga mas’ul bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i yoki bosh buxgalteri tomonidan tekshirilib, kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. 80. Amalda mavjud qimmatliklarni sanash, ularni saralash, tayyorlash va o‘rab bog‘lash ishlari bilan ayirboshlash shoxobchasining kassiri va nazoratchisi shug‘ullanadi. Bunda, ayirboshlash shoxobchasi kassiri kun boshida tijorat bankidan olgan qimmatliklar qoldig‘i, ish kuni davomida qimmatliklar bilan o‘tkazilgan operatsiyalarni hisobga olgan holda, mazkur qimmatliklarning har bir turi bo‘yicha kun oxirida amalda qolgan qimmatliklar miqdoriga mos kelishiga ishonch hosil qilishi lozim. Qimmatliklar kam yoki ortiqcha ekanligi aniqlangan hollarda kassir bu haqda tijorat bankiga yozma ravishda xabar qilishi shart. Kamomad yoki ortiqcha pul chiqqani to‘g‘risidagi xabarni kassir tijorat bankiga shu kuni bajarilgan operatsiyalar to‘g‘risida hisobot bilan jo‘natadi. Aniqlangan ortiqcha pullar yoki kamomad to‘g‘risida ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, unga kassir va nazoratchi imzo chekadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi hisobot bilan birga tijorat bankiga yuboriladi. Yo‘qotilgan qimmatliklar aybdor shaxslardan undiriladi, ortiqcha mablag‘lar tijorat banki daromadiga kirim qilinadi. 81. Bayram va dam olish kunlari hamda navbat bilan kecha-kunduz ishlaydigan valyuta ayirboshlash shoxobchalarida valyuta ayirboshlash operatsiyalari mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 82. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi quyidagi hollarda yopiladi: tijorat bankining ixtiyoriga ko‘ra; tijorat bankiga valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sanksiyalar qo‘llanilganda. 83. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini yopish to‘g‘risida tijorat banki rahbari tomonidan buyruq chiqariladi va buyruq nusxasi u chiqarilgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida tegishli hududiy Bosh boshqarmaga kuzatuv xatiga ilova qilingan holda yuboriladi. Hududiy Bosh boshqarma tomonidan tijorat banki rahbarining valyuta ayirboshlash shoxobchasini yopish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan, valyuta ayirboshlash shoxobchasini ro‘yxatga olish jurnaliga tegishli yozuv kiritiladi. 84. Konversion bo‘lim va valyuta ayirboshlash shoxobchasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq faoliyat yuritishi tijorat banki tomonidan har oyda kamida bir marta tekshirib turilishi shart. 85. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki konversion bo‘limlar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyatida valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishlar o‘tkazishi mumkin. 86. Konversion bo‘lim yoki valyuta ayirboshlash shoxobchasida yaqin qarindoshlarning birga faoliyat yuritishi taqiqlanadi. 87. Konversion bo‘lim va valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlarini ishga olish, ularni rotatsiya qilish va malakasini oshirib borish tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan ichki hujjat asosida tartibga solinadi. 88. Shoxobchada pul mablag‘larining kam va ortiq ekanligi, shuningdek boshqa qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, xizmat tekshiruvidan keyin bank tomonidan materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. 89. Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida muntazam ravishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yish holatlari aniqlanganda, Markaziy bank tijorat banklarining valyuta operatsiyalarini amalga oshirishini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yishga haqli. 90. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
144
41,037
Qonunchilik
“Yoz – oʻqish uchun soz!” aksiyasi: talabalar uchun chegirma taqdim etiladigan kurslar
“Norma” professional rivojlanish markazi iyul, avgust va sentyabr oylari uchun aksiya e’lon qiladi. Yoz vaqtini foydali oʻtkazib, buхgalteriya hisobi sohasida bilim darajangizni oshirishni хohlaysizmi? Yozning oʻqish uchun taqdim qiladigan imkoniyatlaridan foydalaning, ayniqsa  “Norma” professional rivojlanish markazining chegirmalar dasturi bilan bu har qachongidan ham foydali! “Yoz – oʻqish uchun soz!” dasturi doirasida “Norma” professional rivojlanish markazida ta’lim olish uchun haq toʻlashda talabalarga chegirma taklif etamiz: Oʻqish muddati Narхi BUXGALTERIYa HISOBI BOShLOVChILAR UChUN (distansion oʻqitish tizimi – DOʻTni qoʻllagan holda) oʻzbek va rus tillarida 1 oy 200 000 50 000  Mashgʻulotlar guruh toʻlishiga qarab boshlanadi. DISTANSION OʻQITISh – BU QULAY VA FOYDALI! Oʻqitishning distansion shaklini tanlagan holda, siz: MOLIYaVIY FOYDA OLASIZ – tashkiliy хarajatlarning ancha kamligi tufayli distansion oʻqitishning qiymati an’anaviy oʻqitishning qiymatidan pastroq. Bundan tashqari, siz oʻqishga borish uchun vaqtingiz va mablagʻingizni sarflashingizga toʻgʻri kelmaydi. FOYDALANISh IMKONIYaTI VA QULAYLIK – siz kunduzgi oʻqishga kelmaysiz, balki kunduzgi oʻqish sizning oldingizga keladi! SAMARADORLIK – zamonaviy dasturiy va teхnika vositalari yordamida aхborot ancha qiziqarli, koʻrgazmali va dinamik tarzda beriladi. “Norma” professional rivojlanish markaziga oʻqishga kelib, yozni manfaatli oʻtkazing! (71) 283-23-92, 283-46-05 telefonlari orqali kurslarda ishtirok etish uchun roʻyхatdan oʻtishingiz hamda batafsil aхborot olishingiz mumkin. Sayt: norma.uz
86
1,591
Qonunchilik
«Fuqarolar uchun byudjet: 2021 yil uchun loyiha» e’lon qilindi
Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan navbatdagi aхborot nashri 2021 yil uchun byudjet toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. 2021 yil uchun byudjet asosini tashkil etadigan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi nashrning birinchi boʻlimida berilgan. Unda pandemiya bilan bogʻliq vaziyatni bosqichma-bosqich yaхshilash nazarda tutilmoqda – 2021 yil oхiriga kelib mamlakatda iqtisodiy faollik va talab darajasini inqirozdan oldingi davrdagiga yetkazish prognoz qilinmoqda. Byudjetni rejalashtirishda eng muhim jihat fiskal strategiya hisoblanadi, nashrning ikkinchi boʻlimi shunga bagʻishlangan. 2021–2023 yillarga moʻljallangan fiskal strategiyada 2021 yilda Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirish shartlari va 2022–2023 yillar uchun byudjet yoʻnalishlari belgilanadi. Nashrning asosiy qismi byudjet daromadlari, хarajatlari va defitsitini prognozlashga bagʻishlangan. Davlat byudjeti daromadlari prognozi tushumlar manbalari kesimida taqdim etilgan. Shuningdek boʻlimda asosiy soliqlarning byudjetga kelib tushishiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar koʻrib chiqiladi. 2021 yilda kutilayotgan iqtisodiy faollikning tiklanishini, shuningdek barcha toifadagi daromadlar boʻyicha (yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va boshqa daromadlar bundan mustasno) soliq siyosatidagi oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda tushumlar darajasining oʻsishi prognoz qilinmoqda. 2021 yilda byudjet хarajatlari ijtimoiy yoʻnalishini saqlab qoladi, bu koronavirus pandemiyasidan chiqish davrida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash uchun zaruriy chora hisoblanadi. Byudjetda rejalashtirilgan tuzilmaviy islohotlarni davom ettirish uchun mablagʻlar nazarda tutilgan. 2021 yilda iqtisodiyotni hamda byudjet daromadlarining oʻsish darajasini bosqichma-bosqich tiklash sharoitlarida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining YaIMga nisbatan 2,5% defitsiti prognoz qilinmoqda. Byudjet holatini toʻliq baholash uchun nashrda Konsolidatsiyalashgan byudjet koʻrsatkichlari keltirilmoqda, uning defitsiti YaIMga nisbatan 5,4% miqdorida prognoz qilinmoqda, shuningdek byudjet defitsitini qoplash manbalari koʻrsatilmoqda. Yakunda oʻquvchilar davlat qarzi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin, u oʻsish darajasi ortishiga qaramay, makroiqtisodiy barqarorlik uchun maqbul darajada saqlanib qolmoqda. Joriy yilda davlat qarzini oʻz vaqtida va toʻliq soʻndirish maqsadida Moliya vazirligining Gʻaznachiligi huzurida Davlat qarziga хizmat koʻrsatish boʻyicha Kafolat jamgʻarmasi tashkil etilgan. «Oʻzbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirish» qoʻshma loyihasini amalga oshirish doirasida «Fuqarolar uchun 2021 yilgi byudjet» uch tilda: oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlab chiqilgan. Bu fuqarolar uchun byudjet boʻyicha joriy yildagi uchinchi nashrdir. Avvalgi ikkita nashr 2019 yildagi byudjet ijrosiga hamda 2020 yilda qabul qilingan byudjetga bagʻishlangan edi. Shu tariqa, oʻquvchilar mamlakat byudjeti bilan byudjet jarayonining barcha bosqichlarida: Oliy Majlisga taqdim etilgan byudjet loyihasidan boshlab uning ijrosiga qadar muntazam ravishda tanishib borishlari mumkin. Lola Abduazimova.
62
3,131
Qonunchilik
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berishni ta’minlaydigan yo‘l harakatini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimini kengaytirish bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatining sifat jihatidan yangi tartibi belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, yo‘l harakatini tashkil etish sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, yo‘l harakati barcha ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq faoliyat ko‘rsatayotgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali ushbu maskanlarda inson omilini cheklagan holda transport vositalarining to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tizimini (keyingi o‘rinlarda — “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tamoyili) bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Bunda, yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida tashkil etiladigan: “Yashil” yo‘lakdan — belgilangan qoidalarga rioya etadigan va huquqbuzarlik sodir etmagan transport vositalari haydovchilari hech qanday to‘siqsiz va cheklovlarsiz harakatlanadi; “Qizil” yo‘lakdan — qidiruvda bo‘lgan, sug‘urta polisining muddati o‘tgan, belgilangan muddatda texnik ko‘rikdan o‘tmagan, vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlanayotgan yoki yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun o‘z vaqtida to‘lanmagan jarimasi mavjud bo‘lgan transport vositalari harakatlanadi. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tamoyili asosida yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarining faoliyatini tashkil etish tartibi; avtotransport vositalarining yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” tamoyili asosida tashkil etiladigan yo‘laklar orqali harakatlanish tartibi; postlarga xizmatni o‘tash uchun jalb etiladigan yo‘l-patrul xizmati xodimlarining asosiy huquq va majburiyatlari; postlarga transport vositasida harakatlanib kelgan haydovchining huquq va majburiyatlari; postlar faoliyati ustidan nazorat qilish tartibi. 3. Belgilansinki, 2022-yil 1-dekabrdan boshlab “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tamoyili Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” va Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan “Namangan” yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida hamda 2-ilovadagi jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida joriy etiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Yashil” va “Qizil” yo‘laklar tizimini joriy etish bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda 2022-yil 1-noyabrga qadar tizimning ishga tushirilishini ta’minlasin; Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar transport oqimini hisoblash, tirbandliklarning oldini olish, qidiruvda bo‘lgan va olib qochilgan transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishini aniqlash hamda transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan uzatish imkoniyatini o‘z ichiga olgan radiochastotalardan foydalangan holda kontaktsiz ma’lumotlar almashinuvi texnologiyasining jahon tajribasini o‘rganib chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlariga tutash hamda ular atrofidagi bo‘sh turgan va zaxiraga olingan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer uchastkalarini ushbu postlarda zarur inshootlarni barpo etish va jihozlash maqsadida tegishli ichki ishlar organlari murojaatiga asosan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini ta’minlasin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tizimini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar hamda donor mamlakatlar kreditlari va grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 7. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 20-sentabrdagi 747-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1.Ushbu Nizom avtotransport vositalarining yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari (keyingi o‘rinlarda — postlar)da tashkil etilgan “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tamoyili asosida harakatlanishi tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: yorug‘lik diodli ekran — LED displey, vizual ma’lumotlarni ko‘rsatish va uzatish uchun qurilma (displey, monitor, televizor, elektron tablo); “Qizil” yo‘lak — qidiruvda bo‘lgan, texnik ko‘rikdan o‘tmagan, sug‘urta polisi muddati o‘tgan, vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlangan yoki yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida to‘lanmagan jarimasi mavjud transport vositalari harakatlanishi shart bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi; qarzdorlik — yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida to‘lanmagan jarima; post — yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat ko‘rsatish, tezkor-texnik va maxsus vositalar, muhandislik va boshqa tuzilmalar bilan jihozlangan joy; harakatlanish bo‘lagi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi; foto va video qayd etish qurilmasi — yo‘l harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnika vositalari yordamida qayd etuvchi qurilma; “Yashil” yo‘lak — “Qizil” yo‘lak orqali harakatlanish shartligini ko‘rsatuvchi alomatlari bo‘lmagan transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladigan harakatlanish bo‘lagi. 3. Postlarda o‘rnatilgan tartib xorijiy transport vositalariga ham tatbiq etiladi. 4. Transport vositalarining harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorug‘lik diodli ekran orqali ishora berish yo‘li bilan tartibga solinadi. 5. Yorug‘lik diodli ekranda aks ettirilmagan yoki “Yashil” yo‘lak bo‘ylab harakatlanish haqida ishora berilgan transport vositalari “Yashil” yo‘lak bo‘ylab to‘siqsiz harakatlanadi. 6. “Qizil” yo‘lakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari bo‘yicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi, aniqlangan qarzdorliklar bo‘yicha postlarda tashkil etilgan bank terminallari orqali qarzdorlik bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ularning harakatini davom ettirishga ruxsat berish choralari ko‘riladi. Qarzdorlik to‘lanmagan hollarda transport vositalari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 291-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini maxsus to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq maxsus to‘xtash joylariga joylashtiriladi. Texnik ko‘rikdan o‘tmagan, sug‘urta polisi muddati o‘tgan transport vositalari yuzasidan ma’muriy bayonnoma tuzilgandan so‘ng, vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlangan transport vositalari bo‘yicha esa vazn va hajm parametrlari tegishli normaga moslashtirilgan taqdirda ularning harakatini davom ettirishga ruxsat beriladi. Vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlangan transport vositalari bo‘yicha vazn va hajm parametrlarini tegishli normaga moslashtirilmagan yoki obyektiv sabablarga ko‘ra buning imkoni bo‘lmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushlab turish choralari ko‘riladi. Qidiruvda bo‘lgan transport vositalari aniqlanganda, ushbu transport vositalari darhol maxsus to‘xtash joylariga joylashtiriladi. 7. Qarzdorlik aniqlangan transport vositalariga quyidagi hollarda harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi: transport vositasi to‘xtatilgan vaqtdan e’tiboran ko‘pi bilan 30 daqiqa ichida qarzdorlikka oid batafsil ma’lumot olish imkoniyati bo‘lmasa yoxud postlarda tashkil etilgan bank terminallari ishlamayotgan yoki aniqlangan qarzdorliklar bo‘yicha to‘lovni qonun hujjatlarida belgilangan boshqacha tartibda amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda; aniqlangan qarzdorliklarga asos bo‘lgan qoidabuzarliklar yuzasidan sudga murojaat qilingan yoki ish sudda ko‘rilayotgan hollarda (bundan ish yuzasidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan hollar mustasno); transport vositasida shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj shaxs bo‘lganda; favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofat, texnogen halokat, yong‘in)da yuk yoki odamlarni tashish hollarida; transport vositasi marhumni tashish uchun foydalanilayotgan yoki dafn marosimida ishtirok etayotgan hollarda. 8. Postlarda xizmat o‘tayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari quyidagi huquqlarga ega: “Qizil” yo‘lak bo‘ylab harakatlanishi lozim bo‘lgan transport vositalari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘rish; “Qizil” yo‘lak bo‘ylab harakatlanishi lozim bo‘lgan, biroq axborot ishora belgilariga rioya qilmagan transport vositalarini to‘xtatish choralarini ko‘rish. 9. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari quyidagilarga majbur: hududiy ichki ishlar organlari navbatchilik qismi va markaziy axborot dispetcherlik xizmati — axborot dispetcherlik xizmati (keyingi o‘rinlarda — MADX-ADX) bilan doimiy aloqada bo‘lish; postlarda mavjud yorug‘lik diodli ekran yordamida, transport vositalarini qizil va yashil yo‘laklar bo‘ylab to‘g‘ri harakat qilib kelayotganligini nazorat qilish; axborot ishora belgilari yoki yorug‘lik diodli ekranda namoyon bo‘lgan ma’lumotlarga amal qilmasdan harakatlanishi kerak bo‘lgan yo‘lakda harakatlanmagan transport vositasini o‘rnatilgan tartibda tegishli ishora berish yo‘li bilan to‘xtatish; postlarda mavjud texnik jihozlarning soz holda ishlashini muntazam ravishda nazorat qilish; texnik jihozlarda nosozliklar aniqlangan taqdirda, ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish; postlardan “Qizil” yo‘lak bo‘ylab o‘tgan transport vositalari bo‘yicha kunlik hisobotni yuritish va qo‘llanilgan choralar bo‘yicha ma’lumotni hududiy yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlariga yuborish. 10. Postlarga transport vositasida harakatlanib kelgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega: yorug‘lik diodli ekran orqali qizil yo‘lakdan harakatlanish buyurilganligi asoslari to‘g‘risida tushuntirish berilishini talab qilish; aniqlangan kamchiliklar va qarzdorliklar bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishish; yo‘l quyilgan kamchiliklar va qarzdorliklar yuzasidan tushuntirishlar berish; mavjud qarzdorlik yoki transport vositasi qidiruvda ekanligi munosabati bilan maxsus to‘xtash joyiga joylashtirilganligi yuzasidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish. 11. Postlarga transport vositasida harakatlanib kelgan haydovchi axborot ishora belgilari yoki yorug‘lik diodli ekranda namoyon etilgan ma’lumotlardagi ishoralarga so‘zsiz rioya qilishga majbur. 12. Postlarning faoliyati ustidan nazorat bevosita O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan olib boriladi. 13. Postlarda xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan taqdim etilgan kunlik ma’lumot hududiy yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan umumlashtirilib, avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi bilan solishtiriladi va oylik hisobot yuritiladi. Oylik hisobot bevosita O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga taqdim etiladi. 14. Haydovchilar postlarga xizmatni o‘tash uchun jalb etiladigan yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin. 15. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. 4-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi “rag‘batlantiriladi” so‘zidan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasining xizmat avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 2. Ilovaning 11-bandi birinchi xatboshisi “rag‘batlantiriladi” so‘zidan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasining xizmat avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
148
13,779
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risida”gi QL-477-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 13-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risida”gi QL-477-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
116
642
Qonunchilik
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq hamda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni nazorat qilish va hisobga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar bo‘yicha, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari — qimmatli qog‘ozlar va qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar bo‘yicha”. 2. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan: oziq-ovqat mahsulotlarini — “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkilotlariga; qimmatli qog‘ozlarni — Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga vaqtincha saqlash uchun topshiradi. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquqlar davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi; qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni — ular Davlat asillik darajasini belgilash palatasida ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga topshiradi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni texnik ekspertizadan o‘tkazishda asillik darajasi to‘lovi undirilmaydi. Boshqa tovarlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kimoshdi savdosini o‘tkazish tartibida sotuvga qo‘yiladi. Tez buziladigan va past qiymatli tovarlar davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali sotiladi”.
198
2,796
Qonunchilik
TOShKENT ShAHRINI “MUSTAQILLIK” ORDENI BILAN MUKOFOTLASh TO‘G‘RISIDA
Yurtimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, mustaqil huquqiy demokratik davlat barpo etish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, davlatlararo hamkorlik, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi, ezgu an’analarni saqlash, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizni yuksaltirish, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari uchun hamda 2200 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlansin.
68
551
Qonunchilik
“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi QL-894-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 7-martda kiritilgan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi QL-894-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
140
676
Qonunchilik
“Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-579-sonli O‘zbekiston Respubli
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 15-oktabrda kiritilgan “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-579-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquk masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
835
Qonunchilik
RADIOChASTOTA SPEKTRI MONITORINGINI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 16-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 19-son, 220-modda) muvofiq buyuraman: 1. Radiochastota spektri monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1413, 2004-yil 23-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 38-39-son, 430-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
111
865
Qonunchilik
RESPUBLIKA BOG‘DORChILIGI VA UZUMChILIGIDA ILM-FANNI IShLAB ChIQARISh BILAN INTEGRATSIYALAShNI ChUQURLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ilmiy bo‘linmalarning tadqiqotlarni tashkil etishdagi va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilishdagi mustaqilliklarini oshirish, yuqori pirovard natijalarga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. R.R. Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi korxonalari va muassasalari jamoalarining, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining R.R. Shreder nomidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi huzuridagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Yer fondi hududining yaxlitligi va shakllangan ishlab chiqarish ixtisoslashuvi korporatsiya uchun saqlab qolinsin. 2. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi bo‘linmalarini jamoa xo‘jaliklariga hamda xo‘jaliklarning boshqa nodavlat shakllariga aylantirishga doir tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar. Korporatsiyaga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qarori 1-bandining xo‘jaliklarning asosiy vositalari va boshqa mol-mulkini mehnat jamoalarining mulki qilib tekin berish haqidagi qismining amal qilishi joriy etilsin. 3. Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasining tarkibiga va uning ijroiya apparati tuzilmasiga 1 va 2-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi: ilmiy muassasalar va eksperimental xo‘jaliklarning ixtiyoriy birlashmasi hisoblanadi. Korporatsiya tarkibiga kiruvchi muassasalar va xo‘jaliklar xo‘jalik mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar. Korporatsiya tarkibiga, o‘zlarining ilmiy va iqtisodiy manfaatlarining umumiyligi asosida idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, boshqa tashkilotlar va muassasalar ham ixtiyoriy ravishda kirishlari mumkin; korporatsiya a’zolari bilan kelishgan holda ilm-fan va erishilgan yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy qilishning markazlashtirilgan fondlarini, shuningdek sug‘urta, zaxira va boshqa fondlarni tashkil qiladi. 4. Quyidagilar Ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: ilmiy tadqiqotlarning darajasini oshirish, mevali o‘simliklar va uzumlarning yuqori mahsulli yangi navlarini yaratish, bog‘dorchilikda, uzumchilik va vinochilikda samarali texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy qilish; ilmiy xodimlar, mutaxassislar va xodimlarning mehnatini ularning ilm-fanga va amaliyotga qo‘shayotgan aniq hissalariga bog‘liq ravishda rag‘batlantirish; ilmiy tadqiqotlar sohasida xorijiy mamlakatlar bilan kooperatsiyaga kirishish va ilmiy tadqiqotlar ishlanmalarini joriy etish. 5. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi davlat dasturi bo‘yicha bajariladigan ilmiy tadqiqotlarni, kapital qurilishni va ilmiy muassasalardagi bolalar bog‘chalarini budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashni Ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasida saqlab qolsin. 6. Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, Adliya vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda bir oy muddatda korporatsiya ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1977-yil 28-sentabrdagi 620-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui bo‘limiga yuklansin. 1. R.R. Shreder nomidagi O‘zbekiston bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Filiallari 2. Jizzax 3. Samarqand 4. Vinochilik bo‘yicha 5. Tog‘ bog‘dorchiligi va uzumchiligi bo‘yicha 6. Farg‘ona 7. Janubiy O‘zbekiston 8. Namangan 9. Buxoro 10. Bog‘bonlar maktabi 11. Karantin pitomnigi 12. Institutning markaziy eksperimental bazasi 13. Andijon 14. Buxoro 15. Izboskan 16. Navoiy 17. Namangan 18. Qarshi 19. Samarqand 20. Toshkent 21. Xorazm 22. Bandixon 23. Sirdaryo 24. Oyqor 25. Xorazm 26. Charxin eksperimental pitomnigi 27. Eksperimental vino zavodi
123
4,500
Qonunchilik
Qishloq vrachlik punktlarini yanada maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish tizimini takomillashtirish, qishloq aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini tubdan oshirish, qishloq vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlarining mas’uliyatini va kasb faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan: qurilish normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lmagan moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan hamda foydalanish xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 1-ilovaga* muvofiq 243 ta kam quvvatli va samarasiz ishlayotgan qishloq vrachlik punktlarini tugatish; respublika mintaqalari bo‘yicha qishloq vrachlik punktlari tarmoqlarini 2-ilovaga* muvofiq maqbullashtirish; markaziy tuman ko‘p tarmoqli poliklinikalarida xodimlarning umumiy soni doirasida poliklinika mudirining o‘rinbosari — qishloq vrachlik punktlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi lavozimini joriy etish; uzoqdagi, borish qiyin bo‘lgan va cho‘ldagi aholi punktlarida joylashgan 3-ilovaga* muvofiq qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga mehnatning alohida shart-sharoitlari uchun tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorida maxsus oylik ustamalar joriy etish; qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshiralarining uzluksiz ish staji davomiyligi uchun ustamaning eng ko‘p miqdorini tarif stavkasining 20 foizidan 40 foizigacha oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi qishloq vrachlik punktlarining yangi shtat normativlarini ishlab chiqsin hamda 2014-yil 1-martdan boshlab amalga kiritsin, ularda biriktirilgan har bir oilaning qishloq vrachlik punktiga kelishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshirasiga yuklamaning amaldagi normalarini kamaytirishni, shuningdek hamshiralik ishi tashkil etilishi, dori-darmonlarni hisobga olish, saqlash va ularni to‘g‘ri sarflash uchun mas’ul bo‘lgan katta tibbiyot hamshirasi lavozimini joriy etishni nazarda tutsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2014-yil 1-apreldan boshlab respublikaning Bo‘stonliq, O‘zbekiston, Shahrisabz, Xiva va Jomboy tumanlarida eksperiment tartibida quyidagilarni nazarda tutuvchi qishloq vrachlik punktlarining patronaj tibbiyot hamshiralari ishi samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilishini ta’minlasin: asosiy funksional vazifalar bajarilishining to‘liqligi – ayollar va bolalarni uyda patronaj tartibida borib ko‘rish, vrachning ko‘rsatmalarini bajarish, aholining sanitariya-epidemiya bo‘yicha xotirjamligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni, sanitariya-gigiyena jihatidan tarbiyalash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish; patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyatining sifati va pirovard natijalari — profilaktika emlashlari, flyuorografik tekshirishlar bilan qamrab olish, kasallikka chalinishni pasaytirish, bolalar va onalar o‘limi mavjud emasligi. 2014-yil 1-noyabrgacha eksperiment natijalari umumlashtirilsin va Vazirlar Mahkamasiga ish samaradorligini baholash tizimini respublikaning barcha mintaqalarida qishloq vrachlik punktlarining boshqa tibbiyot xodimlariga tatbiq etish hamda umuman qishloq vrachlik punktlari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning to‘liqligi va sifatini baholash tizimini, uni joriy etish bo‘yicha ishlarga tashkiliy-metodik rahbarlikni ta’minlagan holda joriy etish yuzasidan takliflar kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tanqidiy tahlil qilish asosida ikki oy muddatda qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlari va tibbiyot hamshiralarining malakasini oshirish hamda kasbiy darajasini takomillashtirishning mukammallashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga oladigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin: tibbiyot oliy ta’lim muassasalari huzuridagi umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlash kafedralari hamda Respublika o‘rta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazining viloyat filiallari moddiy-texnika bazasini yangilash; viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari negizida tarmoqli kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlangan ta’lim berish sinflarini tashkil etgan holda joylarda umumiy amaliyot vrachlarini masofadan o‘qitish va bilimlarini baholashni joriy etish; yangilangan “Umumiy amaliyot vrachi” qo‘llanmasini nashr etish va ular bilan har bir qishloq vrachlik punktini ta’minlash hamda yilning har choragida nashr etiladigan “O‘zbekiston umumiy amaliyot vrachlari axborotnomasi” jurnali tirajini ko‘paytirish, bir vaqtning o‘zida maxsus veb-saytlarda jurnal sonlarining elektron versiyasi nashr etilishini ta’minlash. 5. Belgilansinki, qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini maqbullashtirish va qishloq vrachlik punktlari tibbiyot xodimlarining ayrim lavozimlari yuklamalari normalarini tartibga solish natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar umumiy amaliyot vrachlari malakasini va kasbiy darajasini oshirish tizimini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirishga hamda sog‘liqni saqlash muassasalarining dori-darmonlari, reaktivlar, inventar va sarflash materiallari bilan ta’minlanganligini yaxshilashga yo‘naltiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tugatiladigan qishloq vrachlik punktlari tomonidan ilgari xizmat ko‘rsatib kelingan aholini sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inining yaqin joylashgan muassasasiga biriktirish chora-tadbirlari kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda quyidagilarga alohida e’tiborni qaratsin: qishloq vrachlik punktlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida aholini keng xabardor qilish; yangidan biriktiriladigan aholi kontingenti uchun vrachlar tomonidan malakali tibbiy yordami ko‘rsatilishini tashkil etish; tugatilayotgan qishloq vrachlik punktlarining tibbiy uskunalari va boshqa mol-mulki saqlanishini, berilishini va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlash; maqbullashtirish natijasida bo‘shab qoladigan qishloq vrachlik punktlari xodimlarini ishga joylashtirish; qo‘shimcha ravishda biriktiriladigan aholi kontingentini hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini muassasalarini o‘z vaqtida moliyalashtirish. 7. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizomga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. 24-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “qishloq vrachlik punktlari (QVP) vrachlariga va patronaj tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori vrachlar uchun — 50 foiz, patronaj tibbiyot hamshiralari uchun esa — 40 foiz; poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, o‘smirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya bo‘limlari mudirlariga, oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot vrachlariga, umumiy amaliyot tibbiyot hamshiralariga hamda bo‘limlari mudirlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 40 foiz”. 2. Nizomga quyidagi mazmundagi 241-band qo‘shilsin: “241. Qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga — tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi”.
119
8,425
Qonunchilik
2015-yil 5-dekabr shanba dam olish kunini 2015-yil 7-dekabr dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida: 2015-yil 5-dekabr shanba dam olish kuni 2015-yil 7-dekabr dushanba kuniga ko‘chirilsin; 2015-yil 5-dekabr shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin.
98
336
Qonunchilik
Oʻzbekistonda tashqi reklama bozori qanday boshlangan
«ORIAT» kompaniyalar guruhi reklama va media bozorida 1996 yildan beri faoliyat yuritadi. Sirasini aytganda, u mamlakatimizda bilbordlardagi tashqi reklama formatining kashshofi sanaladi. “ORIAT” reklama agentligi nafaqat Toshkent shahri, balki butun Oʻzbekiston boʻylab reklama хizmatlari koʻrsatuvchilarning yetakchilari qatoriga kiradi. “ORIAT” RA – Kann va Moskvada oʻtkaziladigan хalqaro festivallarning doimiy ishtirokchisi boʻlib, bir necha marotaba sovrinlarni qoʻlga kiritgan. 2000 yilning 17 dekabridan beri «ORIAT Dono» (oʻzbek tilidagi efir) radiostansiyasi muvaffaqiyat bilan faoliyat koʻrsatib kelmoqda, 2002 yilning 5 yanvaridan esa FM-maydonida yangi toʻlqin – «ORIAT FM» (rus tilida efirga uzatiladi) yangray boshladi. Radiokanallar efirlarida har kuni interaktiv viktorinalar, koʻngilochar rubrikalar, turli mavzulardagi tok-shou hamda ijtimoiy-tahliliy dasturlar uzatiladi. Hammasi qanday boshlangani haqidagi хotiralari bilan «ORIAT» kompaniyalar guruhi boshqaruv raisi Shuhrat Yuldashev oʻrtoqlashdi.
53
1,021
Qonunchilik
RESPUBLIKA KO‘ChMAS MULK BIRJASI TOMONIDAN O‘TKAZILADIGAN AUKSIONLARDA QIMMATLIKLARNI SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2005-yil 23-martdagi 01/06-RBN/01-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Respublika Ko‘chmas mulk birjasida auksion savdolarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom” davlat ro‘yxatiga olinganligi munosabati bilan, (2005-yil 9-aprel, ro‘yxat raqami 1467 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 15-16-sonlar, 117-modda) qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Markaziy banki tomonidan 1995-yil 19-mayda 59, 134-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Respublika ko‘chmas mulk birjasi tomonidan o‘tkaziladigan auksionlarda qimmatliklarni sotish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom” (1995-yil 26-may, ro‘yxat raqami 145) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tganidan keyin kuchga kiradi.
178
972
Qonunchilik
SOLIQ IMTIYOZLARI TARTIBGA SOLINIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda soliq imtiyozlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2 va 3-ilovalarga* (maxviy) muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida” 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) 3-bandidagi “keyinchalik soliq solinmasdan” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) 2-bandida: ikkinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” so‘zlari “foyda” so‘zi bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida golfni rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 26-maydagi 204-son qarorida: 7-band chiqarib tashlansin; 8-banddagi “ularni davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 18-apreldagi 178-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 23-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “belgilangan yig‘imlar va to‘lovlardan” so‘zlari “davlat bojidan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Ko‘mir tannarxini pasaytirish va ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 7-avgustdagi 345-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” so‘zlari “foyda” so‘zi bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 78-modda) 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “bunda investor tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun qo‘shilayotgan pul mablag‘lari, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarga foyda solig‘i solinmaydi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 18-martdagi 144-son qarorining 5-bandi. 2. Vazirlar Mahkamasining “Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida soliq tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 24-fevraldagi 93-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 12-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qaroriga ilovaning 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 40-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat qilish sharoitlari g‘oyat og‘ir va zararli, o‘ta og‘ir ishlab chiqarishlarda ishlaydigan fuqarolarning ayrim toifalari daromadlaridan imtiyozli soliq olish to‘g‘risida” 1995-yil 1-martdagi 72-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 3-son, 7-modda). 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 5-ilovaning 5-bandi uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda). 6. Vazirlar Mahkamasining “Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 19-martdagi 152-son qarori 4-bandining to‘rtinchi xatboshi. 7. Vazirlar Mahkamasining “Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1997-yil 14-apreldagi 186-son qarorining 4-bandi. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy muhandislik-qurilish qismlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 3-noyabrdagi 498-son qaroriga ilova 75-bandining uchinchi xatboshi. 9. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari daromadlariga imtiyozli soliq solish to‘g‘risida” 1997-yil 24-dekabrdagi 562-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 11-12-son, 40-modda). 10. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar grantlari bo‘yicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1998-yil 19-yanvardagi 31-son qarorining 1-bandi. 11. Vazirlar Mahkamasining “Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va ularning xizmatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 10-martdagi 106-son qarorining 7-bandi. 12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 16-iyundagi 254-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi. 14. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qarorining 5-bandi. 15. Vazirlar Mahkamasining “O‘ta zararli va o‘ta og‘ir mehnat sharoitlarida ishlayotgan ayollarning daromadiga imtiyozli soliq solish to‘g‘risida” 1999-yil 17-martdagi 117-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 13-modda). 16. Vazirlar Mahkamasining “Obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi va shartnoma qiymatiga nisbatan mablag‘lar tejalganligi uchun pudratchi tashkilotni buyurtmachi tomonidan mukofotlash tartibi to‘g‘risida” 1999-yil 26-martdagi 135-son qaroriga ilovaning 2.4-bandi. 17. Vazirlar Mahkamasining “Prezident kubogi uchun har yilgi tennis turniri budjetini mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashuvchi homiylarni soliqlardan ozod qilish to‘g‘risida” 1999-yil 28-maydagi 273-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 29-modda). 18. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillar to‘xtash joylari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-avgustdagi 387-son qarorining 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 47-modda). 19. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 307-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi va 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 49-modda) . 21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risida” 2001-yil 30-maydagi 240-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshi. 22. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori 4-bandining oltinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda). 23. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda). 24. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 6-iyuldagi 289-son qarorining 9-bandi. 25. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qaroriga ilova 9-bandining oltinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 60-modda). 26. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qaroriga 31-ilovaning 3-bandi. 27. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun har yili o‘tkaziladigan tennis turniri ITP Limited menejmentini soliq to‘lashdan ozod etish to‘g‘risida” 2002-yil 12-iyundagi 207-son qarori. 28. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada kitob savdosi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 3-avgustdagi 279-son qarorining 11-bandi. 29. Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalari o‘tkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda). 30. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2004-yilgi davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga 27-ilovaning 4-bandi. 31. Vazirlar Mahkamasining “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-yanvardagi 4-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 1-modda). 32. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 23-yanvardagi 33-son qarorining 8-bandi. 33. Vazirlar Mahkamasining “Orolbo‘yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 3-apreldagi 162-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi. 34. Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya bilan hamkorlik qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 14-iyuldagi 333-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshi. 35. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2004-yil 10-sentabrdagi 425-son qarori 2-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshi. 36. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 4-avgustdagi 185-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi.
197
10,744
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar) — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida o‘ttiz ming kishi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyatga, rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari; ma’muriy-hududiy tuzilish — O‘zbekiston Respublikasi hududini ma’muriy-hududiy birliklarga bo‘lish; ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari — ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish, ma’muriy-hududiy birliklarning bo‘ysunuvini o‘zgartirish; respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan, strategik ahamiyatga, yirik sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari; tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yetti ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan aholi punktlari; tumanlar — viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi, qoida tariqasida, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat bo‘lgan ma’muriy hududiy birliklar; chegara chizig‘ining tavsifi — chegara chizig‘ining yo‘nalishi va ma’muriy-hududiy birlik chegaralarining kartografik chizmasida ko‘rsatilgan, chegara chizig‘ini burilish nuqtalarining koordinatalari, shuningdek joyning tegishli topografik elementlari bilan bog‘laydigan chegara nuqtalari o‘rtasidagi masofa ko‘rsatilgan holda, chegara chizig‘ining o‘tish tavsifini o‘z ichiga olgan asosiy hujjat; shaharlardagi tumanlar — shaharlarning ma’muriy-hududiy birlik maqomidagi, aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yigirma ming kishi bo‘lgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan qismi; shaharchalar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida ikki ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalari, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi punktlari; O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari — viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi; qishloqlar va ovullar — tumanlar hududida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi punktlari. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va bo‘linmasligi; qonuniylik; ma’muriy-hududiy birliklardagi davlat boshqaruvining samaradorligi; ma’muriy-hududiy birliklarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat. Viloyatlar tumanlardan, shuningdek viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlardan, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardan iborat. Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar doirasida ham tumanlar tashkil qilinishi mumkin. Viloyatlarning ma’muriy-hududiy chegaralari doirasida respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar bo‘lishi mumkin. Toshkent shahri tumanlardan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari o‘z vakolatlari doirasida: O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini ko‘rib chiqadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini kelishadi. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan ularning reglamentlari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida: O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari bo‘yicha iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi; O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi o‘z vakolatlari doirasida: Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul qiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini ko‘rib chiqadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini ko‘rib chiqish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan uning Reglamenti asosida amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o‘z vakolatlari doirasida: Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflar tayyorlaydi; tumanlar va shaharlar hokimlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari bo‘yicha iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etadi. Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlari) Kengashlari o‘z vakolatlari doirasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalariga doir qarorlar qabul qiladi. Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlari) Kengashlari tomonidan ma’muriy-hududiy tuzilish masalalariga doir qarorlar qabul qilish tartibi ularning reglamentlarida belgilanadi. Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlar va shaharlar) hokimlari o‘z vakolatlari doirasida: ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha iltimosnomalar kiritadi; ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha komissiyalar tashkil etadi; ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha iltimosnomalarning davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlaydi; ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralovchi marza belgilari o‘rnatilishini ta’minlaydi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi o‘z vakolatlari doirasida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir hujjatlarni, shu jumladan xaritalar va chegaralar chizig‘i tavsifini tayyorlaydi, chegaralar nuqtalari koordinatalarining katalogini tuzadi; ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining nizoli uchastkalariga aniqlik kiritish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini kelishib olish uchun xaritalar tayyorlaydi; nashr qilinadigan (tarqatiladigan) xaritalarda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda uni yuritadi; ma’muriy-hududiy birliklarning navbatchi xaritalarini tayyorlash tartibini va ularga doir talablarni tasdiqlaydi hamda navbatchi xaritalarni yuritadi; ma’muriy-hududiy birliklarning qo‘shni chegaralari ko‘rsatilgan xaritalarni kelishib olish uchun tayyorlaydi; ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyida marza belgilari bilan belgilash bo‘yicha yer tuzish, geodeziya va kartografiya ishlarini bajaradi. Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini hamda viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlari) hokimlarining iltimosnomalarini ko‘rib chiqish hamda davlat ekspertizasidan o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rahbarlari kiritiladi. Ko‘rib chiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, komissiyalar tarkibiga davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham kiritilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlari) hokimlari tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar tarkibiga ko‘rib chiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududiy bo‘linmalarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari kiritilishi mumkin. Komissiyalarning ishlash va ularning faoliyatini tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: tegishli hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini va demografik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, ma’muriy-hududiy tuzilish masalalariga doir takliflar va iltimosnomalarni, shuningdek takliflar va iltimosnomalar tegishli hududlarni kompleks rivojlantirishning istiqbolli rejalariga muvofiqligini davlat ekspertizasidan o‘tkazish; ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilishda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi hisobga olinishini ta’minlash; ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilishda xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish va boshqa huquqbuzarliklar holatlarining oldini olish; ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini ko‘rib chiqishda asossiz qarorlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik. Komissiya ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha kelib tushgan taklifni yoki iltimosnomani bir oy ichida ko‘rib chiqadi. Komissiya ko‘rib chiqish va davlat ekspertizasi yakunlariga ko‘ra xulosa tayyorlaydi. Komissiyaning xulosasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalariga doir takliflarning yoki iltimosnomalarning asoslantirilganligi tahlili tegishli hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, joriy va istiqboldagi demografik ko‘rsatkichlarini, shuningdek kompleks rivojlantirishning istiqbolli rejalarini hisobga olgan holda aks ettirilishi kerak. Alohida hollarda xulosani tayyorlash muddati komissiyani tashkil etgan davlat organlarining qarori bilan bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Komissiyaning ijobiy xulosasi ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan davlat organiga taqdim etiladi. Salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda, taqdim etilgan materiallar ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha taklif yoki iltimosnoma tayyorlagan davlat organiga maromiga yetkazish uchun qaytariladi. Ma’muriy-hududiy birliklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan ularni Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha taklif yoki iltimosnomalar taqdim etgan davlat organlari vakolatli davlat organlar tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida tegishli hujjatlarni Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestriga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga kiritishi shart. Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestri quyidagilar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi: ma’muriy-hududiy birliklarning toifalari va nomlari; ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlari; ma’muriy-hududiy birliklarning tavsiflari va kartografik tasvirlari; ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish, ma’muriy-hududiy birliklar bo‘ysunuvini o‘zgartirish sanalari; ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga kiruvchi ma’muriy-hududiy birliklarning ro‘yxati; ma’muriy-hududiy birlikning muayyan ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga mansubligi; ma’muriy-hududiy birliklar maydoni va ularning hududida yashaydigan aholi soni (aholini oxirgi ro‘yxatga olish ma’lumotlari bo‘yicha). Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Viloyatlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: viloyatni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; viloyat chegaralarining va viloyat tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda viloyat chegaralari chizig‘ining tavsifi (viloyatni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); tarkibiga tugatilayotgan viloyat hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (viloyatni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); viloyatni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: respublika bo‘ysunuvidagi shaharni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralarining va respublika bo‘ysunuvidagi shahar tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralari chizig‘ining tavsifi (respublika bo‘ysunuvidagi shaharni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); tarkibiga tugatilayotgan respublika bo‘ysunuvidagi shahar hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (respublika bo‘ysunuvidagi shaharni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); respublika bo‘ysunuvidagi shaharni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, viloyatlar tumanlarini, Toshkent shahar tumanlarini va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarini tuzish hamda tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining, Toshkent shahri tumanlariga nisbatan esa — Toshkent shahar hokimining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: tegishli shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; tegishli shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish masalasi bo‘yicha viloyat xalq deputatlari Kengashining qarorini, Toshkent shahri tumaniga nisbatan esa — xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori; viloyat yoki Toshkent shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; shahar yoki tuman chegaralarining va shahar yoki tuman tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar yoki tuman chegaralari chizig‘ining tavsifi (shahar yoki tumanni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); tarkibiga tugatilayotgan shahar yoki tuman hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (shahar yoki tumanni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shahar yoki tumanni tuzish yoki tugatish to‘g‘risidagi taklifni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini o‘n kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlarni va shaharlarda tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: tegishli tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; tuman yoki shahar chegaralarining va tuman yoki shahar tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda tuman yoki shahar chegaralari chizig‘ining tavsifi (tuman yoki shaharni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); tarkibiga tugatilayotgan tuman yoki shahar hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (tuman yoki shaharni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish to‘g‘risidagi taklifi kelib tushgandan keyin o‘n kun ichida uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga rozilik berish masalasini ko‘rib chiqish uchun yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari o‘ttiz kun ichida ushbu masalani ko‘rib chiqadi va tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga rozilik berish masalasi bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarorlari kelib tushgandan keyin o‘n kun ichida tuman yoki shaharni tuzish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish masalasiga doir qarori; tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shaharcha, qishloq yoki ovul tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizig‘ining tavsifi (shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); tarkibiga tugatilayotgan shaharcha, qishloq yoki ovul hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (shaharcha, qishloq yoki ovulni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; xalq deputatlari tuman Kengashining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish masalasiga doir qarori; tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizig‘ining tavsifi (shahar, shaharchani, qishloqni, ovulni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); tarkibiga tugatilayotgan shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi); shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuman bo‘ysunuvidagi shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish to‘g‘risidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegaralari faqat uning roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Viloyatlarning va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: viloyatlarning yoki Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish zarurligi hamda maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; viloyat yoki Toshkent shahri chegaralarining hamda viloyatning yoki Toshkent shahrining chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda viloyat yoki Toshkent shahri chegaralari chizig‘ining tavsifi; viloyatning yoki Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblarni va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralarining va respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralarining o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralari chizig‘ining tavsifi; respublika bo‘ysunuvidagi shaharning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Viloyat yoki tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarning, viloyatlar tumanlarining, Toshkent shahri tumanlarining va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: tegishli shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; tegishli viloyat yoki Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish haqidagi qarori; tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; shahar yoki tuman chegaralarining va shahar yoki tumanning chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar yoki tuman chegaralari chizig‘ining tavsifi; shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlarning va shaharlarda tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar va shaharlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tuman yoki shahar hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: tegishli tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; tegishli tuman yoki shahar xalq deputatlari Kengashining tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish haqidagi qarori; tuman yoki shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; tuman yoki shaharning chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda tuman yoki shahar chegaralari chizig‘ining tavsifi; tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman yoki shahar hokimining tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Tegishli tuman yoki shahar hokimining tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuman yoki shaharning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Shaharchalarning, qishloqlarning va ovullarning chegaralarini o‘zgartirish xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish masalasiga doir qarori; tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizig‘ining tavsifi; shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning chegaralarini o‘zgartirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish masalasiga doir qarori; tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizig‘ining tavsifi; shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirish to‘g‘risidagi taklifi kelib tushgandan keyin o‘n kun ichida uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirishga rozilik berish masalasini ko‘rib chiqish uchun yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari o‘ttiz kun ichida ushbu masalani ko‘rib chiqadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirishga rozilik berish masalasi bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarorlari kelib tushgandan keyin o‘n kun ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash yoki ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Viloyatlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: viloyatning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; tegishli viloyat xalq deputatlari Kengashining viloyat ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish masalasiga doir qarori; tegishli viloyat hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; viloyatning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat hokimining viloyat ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Tegishli viloyat hokimining viloyat ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyatning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi taklifni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini o‘n kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Viloyat tumanlarining ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish masalasiga doir qarori; tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining tuman ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullash yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; xalq deputatlari tuman Kengashining tuman ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish masalasiga doir qarori; tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining tuman ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Tegishli tuman hokimining tuman ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tumanning ma’muriy markazini belgilash yoki ko‘chirish haqidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Shaharlarni respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: shaharni respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; shaharni respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Shaharlarni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; xalq deputatlari viloyat Kengashining shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori; viloyat hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat hokimining shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Viloyat hokimining shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaharni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi taklifni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini o‘n kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: tuman bo‘ysunuvidagi shaharni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; tuman bo‘ysunuvidagi shaharni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Shaharchalarni tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; xalq deputatlari viloyat Kengashining shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish masalasiga doir qarori; viloyat hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat hokimining shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Tegishli viloyat hokimining shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi taklifni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini o‘n kun ichida tayyorlaydi hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining shaharchalarini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining shaharchalarni tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori; tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Tegishli tuman hokimining shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi shaharchani tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Qishloqlar va ovullarni shaharchalar toifasiga kiritish xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tuman hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining qishloqlar va ovullarni shaharchalar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori; tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining qishloq yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloqlari va ovullarini shaharchalar toifasiga kiritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma; tegishli tuman xalq deputatlari Kengashining qishloqlar va ovullarni shaharchalar toifasiga kiritish masalasiga doir qarori; tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi; qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi. Tegishli tuman hokimining qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qishloqni yoki ovulni shaharchalar toifasiga kiritish haqidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Ma’muriy-hududiy tuzilish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan, tugatilgan yoki uning chegaralari o‘zgartirilgan taqdirda uning hududida joylashgan saylov okruglarini tegishli ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda saylov okruglarini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etish, tugatish yoki ularning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi uchun kiritilguniga qadar, qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Ma’muriy-hududiy tuzilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Ma’muriy-hududiy tuzilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi 276-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 139-modda); 2) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 714-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) 34-bandi; 3) O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-304-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 274-modda) 3-moddasi; 4) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-436-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 16-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
67
53,057
Qonunchilik
Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi 614-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 156-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) 11-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kepak bo‘lgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko‘char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin: 1) 210-moddaning: ikkinchi qismi chiqarib tashlansin; uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin; 2) 271-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kepak bo‘lgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko‘char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno”; 3) 580-moddaning birinchi qismidagi “notarial guvohlantirilishi hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 1-bobning nomidagi “Asosiy” degan so‘z “Umumiy” degan so‘z bilan almashtirilsin; 2) 1-moddaning: birinchi qismidagi “qonunlarda” degan so‘z “qonunda” degan so‘z bilan almashtirilsin; ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. Notariuslarning reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi”; 3) 2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan e’tiboran besh yil o‘tmagan bo‘lsa, olti oy muddat stajirovka o‘taydi. Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas: muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs; qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs; notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida. Notarius yordamchi, stajor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa xodimlarga ega bo‘lishi mumkin. Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar, davlat notarial idorasida ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bo‘lib ishlashidan qat’i nazar, teng huquqlarga ega va bir xil majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi”; 4) 21-moddaning: uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat notarial idorasi notariusining yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius yordamchisini ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining (bundan buyon matnda Notarial palata deb yuritiladi) tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda uni tavsiya qilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi”; beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat notarial idorasi notariusi yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi”; 5) 22-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajori bo‘lishi mumkin. Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius stajori bo‘lishi mumkin emas. Davlat notarial idorasi notariusining stajorini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius stajorini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan ushbu boshqarma tomonidan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius tomonidan notarius stajorini ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Stajirovka notarial idorada o‘taladi. Notarius stajori o‘z faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi”; 6) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) to‘xtatib turish va tugatish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish maqsadida tashkil etiladi. Malaka komissiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalarining qarorlari bilan Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari orasidan besh nafardan to‘qqiz nafar kishigacha bo‘lgan tarkibda toq miqdorda tuziladi. Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish, notarius qasamyodini qabul qilish, malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellatsiyalarni ko‘rib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun o‘n bir nafar kishidan iborat tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi. Oliy malaka komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, Notarial palata vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari, shuningdek advokatlar kiradi. Oliy malaka komissiyasining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov o‘tkazish va malaka imtihoni topshirish tartibi, Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”; 7) 4-modda chiqarib tashlansin; 8) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Notarius: ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga; shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish chog‘ida vositachilik xizmati ko‘rsatishga; faksimiledan foydalanishga va shaxsiy muhrni boshqa shaxslarga berishga, bundan uning litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan davrga muhrni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga topshirishi mustasno; ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda o‘z idorasi joylashgan hududdan tashqarida faoliyatni amalga oshirishga haqli emas. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzmasdan turib o‘z faoliyatini amalga oshirishga ham haqli emas. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov davlat notarial idorasining boshqa xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi”; 9) 8-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Davlat notarial idoralari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. Davlat notarial idorasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi. Davlat notarial idorasining nomida “davlat notarial idorasi” degan so‘zlar bo‘lishi, tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi va zarur bo‘lganda, davlat notarial idorasining raqami bo‘lishi kerak”; 10) quyidagi mazmundagi 81 va 82-moddalar bilan to‘ldirilsin: Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius yuridik shaxs tashkil etmagan holda o‘z idorasiga ega bo‘lishga, bank hisobvarag‘i va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishga hamda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga, sudda o‘z nomidan ishtirok etishga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning idorasi tugatilganda kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan so‘ng qolgan mol-mulk notariusning tasarrufida qoladi va unga soliq solinmaydi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial idoraning xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimidan ozod qilishda mustaqildir, bundan ushbu Qonunning 21 va 22-moddalarida ko‘rsatilgan hollar mustasno. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius idorasining nomida “xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius” degan so‘zlar bo‘lishi va tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi kerak. Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirish imkoniyati, notarial harakatlarning sir tutilishi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, to‘lovlarni qabul qilish, audio- va video qayd etish uchun shart-sharoitlar ta’minlanishi kerak”; 11) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Notarius O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notarius familiyasi, ismi-sharifi, lavozimi va notarial idoraning nomi ko‘rsatilgan shaxsiy muhriga, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplariga, notarial idoraning blankalariga ega bo‘ladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning muhrida litsenziyaning seriyasi va raqami ko‘rsatiladi. Notariuslarning reyestriga ularning muhri va imzosi namunalari kiritiladi. Notariusning muhri O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna bo‘yicha tayyorlanadi. Notarius muhri, shtamplari, gerbli (maxsus) blankalari litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan, tugatilgan va litsenziya bekor qilingan hollarda hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda adliya boshqarmalariga qaytarilishi lozim. Notarial idoralar tomonidan gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular bo‘yicha hisobot berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”; 12) 13-modda chiqarib tashlansin; 13) 2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 14) 14-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: O‘zbekiston Respublikasida davlat notarial idoralarining tarmog‘i, shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ikki nafar va undan ortiq notarius ishlaydigan davlat notarial idoralarida notariuslardan biri katta notarius etib tayinlanadi hamda uning zimmasiga ushbu notarial idoraning ma’muriy-tashkiliy ishlarini nazorat qilish majburiyatlari yuklatiladi”; 15) 15-moddaning: nomidagi “Notarius lavozimiga tayinlash” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ikkinchi qismi “lavozimlarining” degan so‘zdan keyin “eng kam” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi — beshinchi qismlari chiqarib tashlansin; 16) quyidagi mazmundagi 151 — 154-moddalar bilan to‘ldirilsin: Litsenziya shaxsning xususiy notarial faoliyatini amalga oshirishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. Litsenziya Oliy malaka komissiyasining notariuslik vakolatlarini berish bo‘yicha malaka imtihoni yakunlari yuzasidan chiqariladigan qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirishi shart. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qo‘yiladi. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor bir oy muddat ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga litsenziya olish uchun murojaat qilishi kerak. Talabgor tomonidan litsenziya olish uchun murojaat qilish muddatining uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilishi litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos bo‘ladi. Davlat notarial idorasi notariusiga litsenziya uning arizasiga ko‘ra, malaka imtihoni topshirmasdan beriladi. Belgilangan tartibda litsenziya olgan, talabgor shaxs litsenziya olgan kundan e’tiboran uch oy ichida notarial idora tashkil etishi va notarial harakatlarni amalga oshirishga kirishishi shart. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial idora tashkil etilgan paytdan e’tiboran uch kun ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligini, adliya boshqarmasini bu haqda xabardor qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusni xabarnoma olingan kunning ertasidan kechiktirmay hisobga qo‘yadi va bu haqda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasini xabardor qiladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius shunday xabarnoma olingan paytdan e’tiboran Notarial palataning a’zosi bo‘ladi. Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash Oliy malaka komissiyasining tanlov natijalari yuzasidan chiqargan qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat notarial idoralarining notariuslari ish joyini o‘zgartirish (rotatsiya) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish va ish joyini o‘zgartirish (rotatsiya) tartibi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat notarial idorasining notariusi va xodimlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ushbu Qonun talablarini inobatga olgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Notariuslar o‘z kasbiy malakasini davriy oshirish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish uni hisobga qo‘ygan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: notarius jinoiy javobgarlikka tortilganda — u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan e’tiboran va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar; notarius qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilganda — bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar bo‘lgan davrga; notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, Notariusning kasb etikasi qoidalari talablari, notarial harakatlar siri va notarius qasamyodi notarius tomonidan buzilganligi aniqlanganda; Notarial palataning yoki adliya organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan, shu jumladan notariusning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari notarius tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda; notariusda fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi mavjud bo‘lmaganda yoki tuzilgan shartnoma qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmaganda — bunday shartnoma tuzilgan yoki tuzilgan shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirilgan kunga qadar; notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablar bajarilmaganda — bunday hollar bartaraf etilguniga qadar; notarius Notarial palataga a’zolik badallarini bir oydan ortiq muddat davomida to‘lamaganda — uch oygacha, a’zolik badallarini to‘laguniga qadar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notariusga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish davrida litsenziyaning amal qilishini o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga haqli. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib bo‘lmaydigan xususiyatga ega bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etishi shart. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish notarius maqomining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi uch kunlik muddat ichida Notarial palatani xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning maqomi to‘xtatilganligi yoki tiklanganligi haqida xabardor etadi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida tegishli xabarni e’lon qiladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius maqomining to‘xtatib turilishi notariusning Notarial palataga a’zoligi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi. Notariusning maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganidan keyin shaxs notarial faoliyatga kirishadi. Notarius maqomi to‘xtatib turilgan shaxsning Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish imkoniyati to‘xtatiladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib keladigan qoidabuzarliklar hollari va ular bo‘yicha litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi. Notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: notarius litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda; ushbu Qonun 151-moddasining oltinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda; notarius ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari boshqa haq to‘lanadigan lavozimga tayinlanganda (saylanganda); notariusning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; sudning notariusni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganda; notarius oltmish besh yoshga to‘lganda; notarius vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda. Litsenziyaning amal qilishini ma’muriy sud tomonidan tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining murojaatiga ko‘ra malaka komissiyasining qarori asosida quyidagi hollarda amalga oshiriladi: o‘z vazifalarini olti oy mobaynida uzrli sabablarsiz bajarmaganda; litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorning g‘ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda; litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni adliya organi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda; notarius tomonidan notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Notariuslarning kasb etikasi qoidalari, notarial harakatlarning siri va notarius qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, notariusning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda notariatning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini tugatish notarius maqomining tugatilishiga sabab bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi uch kunlik muddatda Notarial palatani xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius maqomining tugatilishi notariusning Notarial palataga a’zoligi tugatilishiga sabab bo‘ladi. Notariusning vakolatlari tugatilgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi notariusning ish yurituvidagi hujjatlarni boshqa notariusga topshirish haqida qaror qabul qiladi, boshqa hujjatlar esa idoraviy notarial arxivga topshiriladi. Litsenziyani bekor qilish notariusning arizasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori bilan, litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining arizasiga asosan ma’muriy sudning qarori bilan amalga oshiriladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi. Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning o‘z kasbiy faoliyatini bajarish chog‘idagi harakatlari g‘ayrihuquqiy deb topilganligini anglatmaydi, bundan notarial harakatlarni sud tomonidan haqiqiy emas deb topish hollari mustasno”; 17) 16-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan bo‘lishi kerak”; 18) 18-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Litsenziya olgan notarius ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari: notarial idora tashkil etilgan notarial okrugda kamida ikki yil ishlab berishi; faoliyati o‘n kundan ortiq muddatga to‘xtatilgan notariusning ish yurituvidagi hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi tomonidan belgilangan hollarda qabul qilib olishi; Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallarini Notarial palataga to‘lashi shart”; 19) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Notarius o‘z majburiyatlarini buzganligi uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladi. Davlat notarial idorasining notariusi tomonidan o‘z majburiyatlarini buzganligi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial harakatlar orqali qonunni buzganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkiy javobgar bo‘ladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta badali (sug‘urta summasi) yoki sug‘urta badali yetarli bo‘lmagan taqdirda notariusning shaxsiy mol-mulki hisobidan, notariusning shaxsiy mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning qasddan sodir etgan xatti-harakatlari natijasida zarar yetkazilganligi sudning qarori bilan tasdiqlangan taqdirda, ushbu zararning o‘rni Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanmaydi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun davlat javobgar bo‘lmaydi”; 20) quyidagi mazmundagi 191-modda bilan to‘ldirilsin: Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzishi shart. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzmasdan o‘zining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga va (yoki) notarial faoliyatni amalga oshirishdagi uchinchi shaxslarga mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi xavfi bilan bog‘liq mulkiy manfaatlar fuqarolik javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta obyektidir. Qonun hujjatlariga zid notarial harakatni amalga oshirish natijasida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxsga mulkiy zarar yetkazilganligining sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilangan yoki sug‘urta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasidir. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta summasi quyidagi eng kam miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas: Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning ma’muriy markazlarida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida ming baravaridan; boshqa aholi punktlarida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh yuz baravaridan”; 21) 4-bobning nomi “moliyaviy” degan so‘zdan keyin “va ijtimoiy” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 22) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan to‘ldirilsin: Notarial idora xodimlari ta’til va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha barcha turdagi nafaqalar olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lovlar qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda to‘lanadi. Notarial idora xodimlariga davlat va jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”; 23) 22-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat notarial idoralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati: notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarda qoladigan qismi; huquqiy va texnik xususiyatga ega qo‘shimcha harakatlarni bajarganlik, shuningdek notariatning faol modeli doirasida xizmatlar ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Notariuslarning daromadlariga soliq solish soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar notariusning daromadi hisoblanmaydi. Ushbu mablag‘larga notarius majburiyatlari bo‘yicha undiruvni qaratishga yo‘l qo‘yilmaydi”; 24) quyidagi mazmundagi 42 va 43-boblar bilan to‘ldirilsin: Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi barcha notariuslarning a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilotdir. Davlat notarial idorasi notariusi ixtiyoriylik asosida Notarial palataning a’zosi bo‘lishi mumkin. Notarial palata notariuslarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatadi. Notarial palata Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi. Notarial palataning vazifalari va vakolatlariga o‘xshash vazifalar va vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Notariuslar Notarial palataning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, notariuslarning majburiyatlari bo‘yicha esa Notarial palata javob bermaydi, bundan notarius tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar mustasno. Notarial palataning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar uchun majburiydir. Notarial palata faoliyatini moliyalashtirish Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Notarial palataning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek qonun hujjatlarining bir xil tarzda qo‘llanilishiga doir takliflar ishlab chiqish; nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariatning rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtalanishini tashkil etish; yagona notarial amaliyotni ta’minlash choralarini ko‘rish, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish, ijobiy ish tajribasini yoyish hamda ularga uslubiy yordam ko‘rsatish; notarial harakatlar bo‘yicha tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish; aholining huquqiy bilimlarini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa holatlarda ifodalash hamda himoya qilish; notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, Notariusning kasb etikasi qoidalari va kasbiy majburiyatlarga xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, xizmat tekshiruvlari o‘tkazish, shuningdek notariuslarning kasbiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish haqida malaka komissiyalariga takliflar kiritish; tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan notarial faoliyat masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish. Notarial palataning konferensiyasi palataning yuqori organi bo‘lib, zaruratga ko‘ra, biroq besh yilda kamida bir marta chaqiriladi. Notarial palata boshqaruvi Notarial palataning ustaviga muvofiq notariuslar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organ bo‘lib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi. Notarial palataning taftish komissiyasi moliyaviy nazorat organi bo‘lib, palata ustaviga muvofiq shakllantiriladi. Notarial palata raisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan, ushbu konferensiya saylagan Notarial palata boshqaruvi a’zolari orasidan besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Notarial palata raisi bo‘lishi mumkin emas. Notarial palataning raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Notarial palataning ustavida belgilangan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash maqsadida Notarial palata huzurida Kompensatsiya fondi tashkil etiladi. Notarial faoliyatga ko‘maklashish, notariuslarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida Notarial palata huzurida Notariuslar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi tashkil etiladi. Davlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Notarial palata huzurida Davlat notarial idoralari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi. Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi, Notariuslar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi hamda Davlat notarial idoralari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash fondi notariuslarning Notarial palataga a’zolik badalidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi. Majburiy ajratmalar miqdori yil yakunida Notarial palata boshqaruvi yig‘ilishining qaroriga ko‘ra belgilanadi. Notarial palata huzuridagi fondlarning mablag‘laridan oqilona foydalanishi ustidan nazorat qilish Notarial palata tomonidan amalga oshiriladi. Notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya qilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi. Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida: notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi; yagona notarial amaliyotni ta’minlash choralarini ko‘radi; notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi; davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta’sis etadi va tugatadi; muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng kam sonini belgilaydi; Notarial palata faoliyatiga ko‘maklashadi; Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; xorijda foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosi va ularning muhri ko‘chirmasi haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa vazifalarni bajaradi; notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni, notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestrlarining shaklini, tasdiqlov yozuvlari va guvohnomalarni, notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibini Notarial palata bilan birgalikda tasdiqlaydi; notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, notariuslarga ko‘rsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi; pullik xizmatlar hamda notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xususiyatga ega qo‘shimcha harakatlar ro‘yxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan ko‘chirmalar, ma’lumotnomalarning va arxiv hujjatlarining ko‘chirma nusxalari berilganligi uchun to‘lovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi; notariuslarning statistik ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini Notarial palata bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida: notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlarning qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; notariuslarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi; notarial amaliyotni umumlashtiradi; malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi; Notarial palata bilan birgalikda notarius stajorining faoliyatini tashkil etadi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Xususiy notarial amaliyot bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning davlat reyestrini yuritadi; ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish haqida qaror qabul qiladi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati hududini belgilash maqsadida ularni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarishni amalga oshiradi; notarius muhri va shtamplarining namunalari eskizlarini tasdiqlaydi; notariuslarning reyestrini yuritadi; notarial idoralarni qat’iy hisobda turuvchi gerbli (maxsus) blankalar bilan ta’minlaydi; o‘z faoliyatini tugatgan notarius muhrini yo‘q qilish va hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga topshirish choralarini ko‘radi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”; 25) 23-moddaning birinchi qismi: quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin: “61) mediator vazifasini bajaradi”; quyidagi mazmundagi 122-band bilan to‘ldirilsin: “122) dalillarni ta’minlaydi”; quyidagi mazmundagi 141 va 142-bandlar bilan to‘ldirilsin: “141) mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; 142) elektron hujjatning qog‘oz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi”; 26) 34-modda: quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlarni tasdiqlash jarayoni videokonferensaloqa orqali amalga oshirilishi mumkin”; ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin; 27) quyidagi mazmundagi 611-modda bilan to‘ldirilsin: Notarius fuqarolik-huquqiy munosabatlar, shu jumladan mulkiy va meros masalalari bo‘yicha o‘zaro maqbul qaror qabul qilish uchun taraflarning ixtiyoriy roziligi asosida nizoda mediator sifatida ish yuritadi. Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan kelib chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida o‘zaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar o‘rtasida tuzilgan mediativ kelishuvni tasdiqlaydi”; 28) 64-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Birlamchi bozordagi ko‘chmas mulk va transport vositalariga nisbatan ipoteka shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qo‘yish hamda taqiqni yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil ravishda amalga oshiradi”; 29) quyidagi mazmundagi 702-modda bilan to‘ldirilsin: Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan notarius sudda yoki ma’muriy organda ish yuzaga kelgan taqdirda, agar taqdim etish keyinchalik mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyin bo‘ladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, dalillarni ta’minlaydi. Dalillarni ta’minlash maqsadida notarius guvohlarning ko‘rsatuvlarini yozib oladi, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi va guvohlantiradi, ekspertiza tayinlaydi, Internet jahon axborot tarmog‘idagi faktlarni tasdiqlaydi”; 30) quyidagi mazmundagi 721 va 722-moddalar bilan to‘ldirilsin: Notarius mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi. Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash mualliflik va turdosh huquqning yuzaga kelishi uchun asos bo‘lmaydi. Notarius mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni amalga oshirishda notarial tartibda tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarning elektron shakli qog‘ozda taqdim etilgan hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydi. Hujjatning tasdiqlangan elektron shakli qog‘ozdagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga egadir. Oddiy yozma shaklda tuzilgan bitimlarning, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklini qog‘ozdagi hujjat bilan teng yuridik kuchga egaligini tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi”; 31) 74-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — yettinchi qismlar bilan to‘ldirilsin: “Notarius pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish uchun depozit hisobvarag‘ini ochishi kerak. Notariusning shaxsiy mablag‘larini ushbu hisobvaraqqa o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Notarius qarzdorga depozit hisobvarag‘i ochilgan bankka taqdim etish uchun pul mablag‘lari depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilganligi to‘g‘risida yozma xabarnoma beradi. Kreditorning yoki qarzdorning depozit hisobvarag‘iga qabul qilingan pul mablag‘larini va qimmatli qog‘ozlarini berish, shuningdek depozitdan foydalanganlik uchun to‘lov bank tomonidan notariusning xabarnomasiga asosan amalga oshiriladi”. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Lizing to‘g‘risida”gi 756-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 108-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2016-yil, № 12, 384-modda; 2019-yil № 10, 671-modda) 9-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tartibda tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalari olish chog‘idagi lizing to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno”. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ-58-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil № 10, 671-modda) 12-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk olish chog‘idagi ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim”. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-269-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 469-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2019-yil, № 11, 792-modda) 18-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “davlat notarial idoralari” degan so‘zlar “notarial idoralar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-301-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2019-yil № 3, 166-modda) 17-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “davlat notarial idoralari” degan so‘zlar “notarial idoralar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvarda qabul qilingan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘RQ-364-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 1-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil № 7, 431-modda) 37-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “yoki ijaraga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791, 792-moddalar) 76-moddasi: quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudgacha bo‘lgan jarayonda notarial tartibda dalillarni ta’minlash choralarini ko‘rishga haqli”; ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-482-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 427-modda; 2019-yil № 7, 389-modda) 12-moddasi beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlat vazifalarini bajarish uchun vakolat berilgan yoki unga tenglashtirilgan shaxs, bundan notariuslar mustasno”. 12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 14-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
158
49,211
Qonunchilik
Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 20-iyundagi PQ-286-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablarining (keyingi o‘rinlarda — Dzyudo maktablari)ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport-ta’lim muassasalarida kamida sport tayyorgarligi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan o‘tgan hamda sport bilan shug‘ullanishga iqtidori bo‘lgan o‘quvchilarni tanlov asosida dzyudo maktabida o‘qishni davom ettirishi uchun tanlab olish; respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash; o‘quvchilarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun zarur bo‘lgan mahorati va ko‘nikmalari chuqur rivojlantirilishini ta’minlash; sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik, mediko-biologik va moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratish. 2. Quyidagilar: Dzyudo maktablari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali 1-ilovaga muvofiq; Dzyudo maktablari o‘quvchi-sportchilari uchun zarur anjomlar, sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh bilan ta’minlash normativlari 2-ilovaga muvofiq; Dzyudo maktablari o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Quyidagilar dzyudo maktablari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Davlat budjeti mablag‘lari; Dzyudo maktablari o‘quvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi; faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va dzyudo maktabining ustavidagi vazifalarga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar; asosiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan vaqtda bo‘sh bo‘lgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. Belgilab qo‘yilsinki: Dzyudo maktablari o‘quvchilarining umumiy kontingenti o‘quvchilarning vazn toifalari va sinflarini hisobga olgan holda 210 nafardan ko‘p bo‘lmagan o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi; Dzyudo maktablariga dzyudo bo‘yicha belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi; 2022/2023 o‘quv yiliga qadar Dzyudo maktablarida boshqa sport turlari bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu maktablarni to‘liq tamomlagunga qadar o‘qitilishi ta’minlanadi; Dzyudo maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlaridan ta’lim olishi Dzyudo maktablarida tashkil etiladi; Dzyudo maktablari o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiradi, shu jumladan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan umumta’lim davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi; Dzyudo maktablariga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish umumiy kontingentdan kelib chiqqan holda yil davomida Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi; Dzyudo maktablarida o‘quv-mashq jarayonining davomiyligi va davriyligi sport musobaqalari taqvimi va o‘quvchi-sportchilarning har bir guruhi uchun yakka tartibda sport tayyorgarligi davrlari hisobga olingan holda Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadi. 5. Dzyudo maktablariga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport maktabi sport tadbirlarining taqvim rejasi hamda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida o‘quvchi-sportchilar va trenerlarni Sportni rivojlantirish vazirligining tegishli hududiy sport boshqarmalari bilan kelishgan holda xalqaro musobaqalarda va xorijda o‘tkaziladigan o‘quv-mashq yig‘inlarida qatnashish uchun yuborish huquqi berilsin. 6. Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda: a) Dzyudo maktablarining turli darajadagi musobaqalar va o‘quv-mashq yig‘inlari sport tadbirlari taqvim rejasini belgilangan muddatlarda tasdiqlash; Dzyudo maktablari o‘quvchi-sportchilari tayyorgarligining sifatini muntazam ravishda monitoring qilib borish va zarur hollarda tayyorgarlik jarayoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritish; b) Dzyudo maktablari uchun tegishli moliya yilida ajratilgan mablag‘lar doirasida: Dzyudo maktablari o‘quv-mashq jarayonida dzyudo rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yuqori malakali kadrlari hamda ilmiy-metodik salohiyatidan unumli foydalanish; trenerlar tarkibi va o‘quvchi-sportchilarning dzyudo bo‘yicha yetakchi xorijiy markazlar va maktablarda stajirovkadan o‘tishini tizimli asosda tashkil etish; o‘quv-mashq jarayonini zarur darajada tashkil etish maqsadida Dzyudo maktablarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, o‘quv xonalarini zarur o‘quv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash choralarini ko‘rsin. 7. Sportni rivojlantirish vazirligi: a) uch oy muddatda Dzyudo maktablarining ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; b) 2023/2024 o‘quv yiliga qadar Dzyudo maktablarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin; v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Sportni rivojlantirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda Xorazm viloyati, Urganch shahri, Namangan ko‘chasi, 40-uy manzilida joylashgan Urganch dzyudo sport mahorati maktabining suzish havzasi bino-inshootlari Xorazm viloyati Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga operativ boshqarish huquqi asosida o‘tkazib berilishini ta’minlasin. Bunda, mazkur suzish havzasidan Urganch dzyudo sport mahorati maktabi o‘quvchilari Xorazm viloyati Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining mashg‘ulotlariga xalaqit qilmagan holda bepul shug‘ullanadi. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Dzyudo sport mahorati maktablarida (bundan buyon matnda — dzyudo maktablari) tarbiyachi lavozimi dam olish va bayram kunlarida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda, dzyudo maktablarining o‘quvchilar turar joyida yashovchi har 25 nafar o‘quvchiga 1,0 birlik hisobidan kiritiladi. 2. Ta’lim muassasasining o‘quv rejasida o‘quv-laboratoriya amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jihozlangan fizika, kimyo o‘quv-laboratoriya xonalari mavjud bo‘lsa, 1,0 birlik laborant lavozimi kiritiladi. 3. Ta’lim muassasasining har 2500 kv. m supuriladigan maydoni uchun — 1,0 birlik hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi. Biroq ta’lim muassasasida 0,5 birlikdan kam bo‘lmagan miqdorda hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi. 4. Ta’lim muassasasining mevali bog‘, gulzor va ko‘kalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2,0 ga gacha maydoni uchun — 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga maydon uchun — 1,0 birlik bog‘bon lavozimi kiritiladi. Ta’lim muassasasining ijaraga berilgan maydoni bundan mustasno. 5. Ta’lim muassasasini kecha-kunduz qo‘riqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda ta’til davrida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda 3,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. Bunda ta’lim muassasasi hududidan tashqarida joylashgan binolar uchun alohida 3,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. 6. Bino, inshootlar va jihozlarni joriy ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi: a) elektromontyor lavozimi 700 tagacha yoritish nuqtalari (viklyuchatel, rozetka va korobka) (ta’lim muassasasi balansida bo‘lgan ko‘cha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, yoritish nuqtalari 700 dan ortiq bo‘lsa, 1,0 birlik; b) chilangar (santexnik) lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2800 kv.m maydon uchun — 1,0 birlik (biroq, ta’lim muassasasida 2,0 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda); v) ta’lim muassasasida 0,5 birlik miqdorida duradgor lavozimi kiritiladi. g) ta’lim muassasasi balansidagi binolarning ekspluatatsiya ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilganda, inshootlar va jihozlarni joriy ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar lavozimlari kiritilmaydi. 7. Ta’lim muassasasi binolarining ichki qismi, shu jumladan xizmat xonalari, yo‘laklari, zinapoyalari, faollar zali va sport zal hamda o‘quv-auditoriya (yotoqxonaning o‘quvchilar yotadigan xonalari bundan mustasno) maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 700 kv. m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi. 8. Uy-joy kommunal xo‘jalik tizimiga o‘tkazilmagan ta’lim muassasasida isitish mavsumida (besh oy) o‘t yoquvchi lavozimi: a) lokal isitish tizimida ko‘mir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 2,0 birlikdan, tabiiy gaz yoqilg‘isi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qat’i nazar) har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlikdan; b) alohida kichik qozonlar bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha bo‘lsa — 1,0 birlikdan, 6 va undan ortiq bo‘lsa, 2,0 birlikdan; v) isitish pechlari orqali isitiladigan muassasalarda har 10 dona pech uchun — 1,0 birlikdan va keyingi har 5 — 9 dona pech uchun qo‘shimcha 0,5 birlikdan (lekin muassasa uchun 0,5 birlikdan kam bo‘lmagan holda) kiritiladi. 9. Yopiq va ochiq suv havzasi hamda basseynlari mavjud bo‘lgan ta’lim muassasalarida 1,0 birlikdan suvni kimyoviy usulda tozalovchi (dezinfektor) lavozimi kiritiladi. 10. Ta’lim muassasasi balansidagi sport jihozlari va anjomlariga xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash uchun ta’lim muassasasidagi har 200 dona sport qurollari uchun 1,0 birlik hisobidan sozlovchi kiritiladi. 11. Ta’lim muassasasi balansidagi har 3000 kv.m tabiiy yoki sun’iy qoplamali ochiq sport maydonchalariga xizmat ko‘rsatish (stadiondagi chim o‘tlarini o‘stirish, drenaj ustasi) va ta’mirlash ustasi 1,0 birlik ishchi lavozimi kiritiladi. 12. Ta’lim muassasasining o‘quv dasturida nazarda tutilgan sportning sinxron suzish, badiiy va sport gimnastikasi, akrobatika, trampolin, sport raqsi turlari uchun asosiy trenerdan tashqari 1,0 birlik xoreograf, 1,0 birlik musiqiy operator-akkompaniator lavozimlari kiritiladi. 13. Ta’lim muassasasi balansida 5000 m.kv dan ziyod maydonga ega bo‘lgan suv sporti bino va inshootlari mavjud bo‘lsa, 1,0 birlik bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha muhandis lavozimi kiritiladi hamda texnika xavfsizligi bo‘yicha mas’ul hisoblanadi. 14. Shtat jadvalini tuzishda ta’lim muassasasining yilning 1-yanvar holatidagi ro‘yxatda mavjud bo‘lgan o‘quvchilar soni hisobga olinadi va u o‘quvchilar soni o‘zgarishi bilan yilning 1-sentabr holatiga qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
138
11,326
Qonunchilik
186 ta aхborot-kutubхona markazlari ochiladi, Kutubхonachilar kuni nishonlanadi
Prezidentning 2019 yil 7 iyundagi qarorida 186 ta tuman (shahar) aхborot-kutubхona markazlarini tashkil etish va kasb bayramini belgilash nazarda tutilgan. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda e’lon qilingan. Qaror bilan quyidagilar tasdiqlangan: Quyidagilar aholiga aхborot-kutubхona хizmati koʻrsatishni yanada rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar etib belgilandi: Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlarning 2%i Milliy kutubхona huzuridagi byudjetdan tashqari Aхborot-kutubхona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratiladi. Milliy kutubхona qoshida 186 ta tuman (shahar) aхborot-kutubхona markazlari tashkil etiladi, ayni paytda umumta’lim maktablari va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qoshida faoliyat koʻrsatayotgan barcha aхborot-resurs markazlari esa tugatiladi. Umumta’lim maktablari va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining kutubхonalari saqlanib qoladi. Quyidagilar yangi tashkil etilayotgan aхborot-kutubхona markazlarining asosiy vazifalari etib belgilandi: Tashkil etilayotgan markazlarning oʻquv zallarini jihozlashda Milliy kutubхona elektron resurslaridan foydalanish imkoniyati nazarda tutiladi, ular imkoniyati cheklangan shaхslarga хizmat koʻrsatish uchun maхsus kompyuter jihozlari va boshqa qoʻshimcha vositalar bilan ta’minlanadi. Aхborot-kutubхona markazlarining byudjetdan tashqari daromadlarini oshirish maqsadida ular aholiga pullik хizmatlar (til oʻrgatish, kompyuter kurslarini tashkil etish, matnli, audio va videomateriallar nusхalarini yaratish, shuningdek, boshqa kutubхona хizmatlari) koʻrsatishlari mumkin. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan, harbiy qismlarda idoraviy kutubхonalarni tashkil qilish (takomillashtirish) ham nazarda tutilgan. Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi takliflari asosida idoraviy kutubхonalarning kitob fondini yangilash va toʻldirish uchun zarur nashrlar roʻyхati har yili shakllantiriladi. 21 may kuni Kutubхonachilar kuni nishonlanib, soha хodimlari koʻp yillik halol mehnati va aхborot-kutubхona sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi va ragʻbatlantiriladi. Konstantin Mosin.
79
2,207
Qonunchilik
2017 yil 1 yanvardan alkogol mahsulotlari narхi oʻzgaradi
Sotiladigan tovarning nomi Ishlab-chiqaruvchi korхonalarning eng kam ulgurji-sotish narхi (sum.) Oʻsish % Eng kam chakana narхi Oʻsish % Vino (tayyor mahsulotning 1 litri uchun)  5400 16,6 6500 16,9 Konyak (tayyor mahsulotning 1 litri uchun)  17200 19,2 20600 18,9 Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar (tayyor mahsulotning 1 litri uchun)  12 900 18,6 15500 18,7 Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan  yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. Mavzuga oid materiallar: Alkogolli mahsulotlar yorliqlariga nisbatan yangi talablar belgilandi Yangi yildan alkogol mahsulotlari narхi oʻzgaradi
57
748
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2061-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 21-iyunda qabul qilingan va 2022-yil 4-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2061-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2061-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qayta ko‘rib chiqishidan olib tashlansin. 2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
184
898
Qonunchilik
Piroteхnikadan qayerda va qachon foydalanish mumkin
Piroteхnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (9.04.2020 yildagi 206-son VMQga qarang). Eng avvalo, piroteхnikani endi faqat voyaga yetganlarga, ya’ni 18 yoshga toʻlgan shaхslarga sotish mumkin. Ilgari yoshga doir cheklov 16 yoshni tashkil etgan. Piroteхnika buyumlaridan tungi vaqtda (soat 23:00 dan 06:00 gacha), ta’lim, tibbiyot muassasalari va madaniy meros ob’yektlari, portlash va yongʻinga хavfli ob’yektlar hududida, temir yoʻllar, neft va gaz quvurlarining hamda yuqori voltli elektr uzatuvchi liniyalarning ajratilgan hududida, milliy bogʻlar, oʻrmon va ovchilik хoʻjaliklari, boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda, shuningdek, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar davomida foydalanish taqiqlandi. Teхnik va maхsus maqsaddagi piroteхnika buyumlaridan (хavflilikning III-V klasslari) foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar uchun qoʻshimcha litsenziya talabi - foydalanishga moʻljallangan joyni, vaqtni va shart-sharoitlarni oldindan kelishish zarur. Bu – muhim! Maishiy maqsaddagi (хavflilikning I-II klasslari) piroteхnika buyumlariga bu talab daхl qilmaydi. Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida oldindan kelishish talab etilmaydi. Maishiy, teхnik va maхsus maqsaddagi piroteхnika buyumlaridan (хavflilikning I-V klasslari) ommaviy tadbirlarda foydalanish amaldagi qoidalar asosida berilgan ruхsatnoma boʻyicha dastur doirasida amalga oshiriladi. Oldindan kelishishni olish uchun piroteхnikadan foydalanish sanasidan 20 ish kuni oldin tuman (shahar) ichki ishlar boʻlinmasiga 2 nusхada belgilangan shaklda ariza taqdim etadi, unga quyidagilar ilova qilinadi: Hujjatlarni bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda (ERI bilan tasdiqlagan holda), ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etish mumkin. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi. Qaror olingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi. Shu vaqt mobaynida tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi tekshiruv va baholash tadbirlarini amalga oshiradi va oʻz хulosasini beradi, vakolatli organlar arizachida piroteхnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda хavfsizlikni ta’minlash yuzasidan koʻrilgan choralarni joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqish va baholashni amalga oshiradi. Shundan keyin hujjatlar IIVning markaziy apparati orqali Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi, u yerda yakuniy qaror qabul qilinadi va “quyiga tushiriladi”. Oldindan kelishishni quyidagi sabablarga koʻra rad etishlari mumkin: Oldindan kelishish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar uni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Barcha qaydlarga sana qoʻyiladi hamda ular TIIB (ShIIB) mas’ul shaхsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Reyestr qogʻozda va elektron manbalarda yuritiladi, yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2020 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
51
3,146
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi QL-720-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 2. “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida (uchinchi o‘qish). 3. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining nazorat faoliyati takomillashtirilishi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining daxlsizligi kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-696-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 4. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-706-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 5. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-686-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 6. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-702-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 7. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-716-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 8. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-717-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 9. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida (uchinchi o‘qish).
94
1,948
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan shaxslarni sog‘liqni saqlash organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga belgilangan tartibda joylashtirish hamda ularning sog‘lig‘ini tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 71-modda) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga biometrik pasport rasmiylashtirib berish hamda shaxsi va yashash joyi aniqlangan shaxslarni doimiy yashash joylariga jo‘natish tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin. 3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov hamda ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. 1-ilova quyidagi mazmundagi III1-bob bilan to‘ldirilsin: 171. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida (keyingi o‘rinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi) saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslar “Saxovat” internat uylariga joylashtiriladi. “Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish belgilangan tartibda reabilitatsiya markazi boshlig‘ining buyrug‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 172. Reabilitatsiya markazlaridan “Saxovat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi. 173. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: “Saxovat” internat uylariga joylashtirish to‘g‘risida reabilitatsiya markazida saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning reabilitatsiya markazi boshlig‘i nomiga berilgan arizasi; “Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; “Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotganning sog‘lig‘i holati bo‘yicha tibbiy xulosa; hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispansyerlarining xulosalari; “Saxovat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati; “Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning nogironligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi ham taqdim etiladi. Mazkur bandda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan to‘planadi. 174. Reabilitatsiya markazlarida “Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yig‘majild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 173-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi. “Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yig‘majildlari bir nusxasi saqlash uchun “Saxovat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi”. 2. 2-ilova quyidagi mazmundagi III1-bob bilan to‘ldirilsin: 191. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida (keyingi o‘rinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi) saqlanayotgan mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan shaxslar “Muruvvat” internat uylariga joylashiriladi. “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish belgilangan tartibda reabilitatsiya markazi boshlig‘ining buyrug‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 192. Reabilitatsiya markazlaridan “Muruvvat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi. 193. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotganlarni “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: “Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; “Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan shaxsning sog‘lig‘i holati bo‘yicha tibbiy xulosa; hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispansyerlarining xulosalari; “Muruvvat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati; belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi. Mazkur bandda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan to‘planadi. 194. Reabilitatsiya markazlarida “Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yig‘majild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 193-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi. “Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yig‘majildlari bir nusxasi saqlash uchun “Muruvvat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi”.
228
6,114
Qonunchilik
Yangi ish joylari – davlat buyurtmasiga binoan
Vazirlar Mahkamasining 28.10.2017 yildagi 877-son qarori bilan Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi Davlat buyurtmasi ikki yoʻnalish boʻyicha shakllantiriladi: Ish oʻrinlari tashkil etish davlat buyurtmasi mehnat resurslarini jalb etish ehtiyojlaridan kelib chiqib rivojlantirish dasturlariga[1] kiritilgan loyihalarni amalga oshirish hamda band boʻlmagan shaхslarni ishga joylashtirish uchun kelgusi yil uchun shakllantiriladi. Yangi ish oʻrinlariga ehtiyojning prognoz parametrlarini tashkilotlar davlat va хoʻjalik boshqaruvining yuqori turuvchi organlariga, ular boʻlmagan taqdirda hokimiyatlarga topshiriladi. Ular davlat buyurtmasini tasdiqlaydi va uni Mehnat vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligiga yuboradi. Soʻngra u Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturiga kiritiladi va keyinchalik Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Kadrlar tayyorlash uchun davlat buyurtmasi tegishli ravishda tayyorlanadi. U Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga kiritilgan mutaхassisliklar va malakalar boʻyicha aniqlanadi. Darvoqe, davlat buyurtmasini shakllantirishda klassifikatorga yangi mutaхassisliklar kiritilishi yoki talab boʻlmagan mutaхassisliklar bekor qilinishi mumkin. Davlat buyurtmasini amalga oshirish uchun subsidiya ajratiladi Ish oʻrinlarini tashkil qilish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini olgan tashkilotlar va ta’lim muassasalari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan foizsiz ssuda tarzidagi qaytariladigan subsidiya ajratilishi uchun davo qilishlari mumkin. U bitta ish oʻrni yoki davlat buyurtmasi boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil qilingan bitta oʻquvchining oʻrniga qarab, 3 yilgacha boʻlgan muddatga EKIHning 12 barobaridan oshmagan qiymatda taqdim etiladi. Bunda ssuda oluvchilar ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasi dasturiga kiritilgan boʻlishi va soliq qarzdorligi, tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kechiktirilgan qarzlari boʻlmasligi kerak. Uni olish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 31.10.2017 yilda kuchga kirdi.   Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov,   ekspertimiz. [1] Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga, hududlarni kompleks rivojlantirish va tarmoqlarni modernizatsiya qilish dasturlari.
46
2,765
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOVAR-XOM AShYo BIRJASI BIRJA SAVDOLARIDA PAXTA ShROTI (KUNJARASI) VA PAXTA ChIGITI ShELUXASINI SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 17-son, 130-modda) va 2010-yil 7-sentabrdagi PQ-1401-son “Respublikaning yog‘-moy tarmog‘ini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 9-son, 374-modda) qarorlariga muvofiq, shuningdek chorvachilikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 22-sentabrdagi 59, 97-sonli qarorlari (ro‘yxat raqami 1870, 2008-yil 18-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 47-son, 466-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi birja savdolarida paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 1-bandda: beshinchi xatboshi “shrot” so‘zidan keyin “(kunjara)” so‘zi bilan to‘ldirilsin; to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “xaridor — mahsulotni ochiq birja savdolarida xarid qilib oluvchi, uni fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari egalariga sotish uchun ixtisoslashtirilgan punktlarga yetkazib beruvchi yem-xashak, shu jumladan omuxta yem, shrot (kunjara) va sheluxa sotish bo‘yicha tuman va viloyat birlashmalari (bundan keyingi o‘rinlarda tuman va viloyat birlashmalari deb yuritiladi), shuningdek omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar, chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari, qorako‘lchilik shirkat xo‘jaliklari”. 2. 4-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasi Birja orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan tuman va viloyat birlashmalariga, shuningdek omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga, chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga, qorako‘lchilik shirkat xo‘jaliklariga sotiladi”; quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ushbu Nizomga muvofiq sotib olingan paxta shroti (kunjarasi) omixta yem ishlab chiqarishdan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanishiga ruxsat etilmaydi”; oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin; rus tilidagi matnning yettinchi xatboshisidagi “shrot i sheluxa” degan so‘zlar “shrot (jmix) i sheluxa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 6-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. 23-banddagi “2 foizgacha miqdordagi” so‘zlari “10 foizgacha miqdordagi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. 29-bandning birinchi xatboshisidagi “mahsulotni yetkazib berish uchun belgilangan qiymatdan 2 foizgacha miqdordagi” so‘zlari “zakalatdan kam bo‘lmagan miqdordagi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. 37 va 38-bandlardagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Markaziy bank, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi” OAJ bilan kelishilgan.
205
4,427
Qonunchilik
Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 23-iyundagi 19/4-son qarori (ro‘yxat raqami 2379, 2012-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 341-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mikrokredit tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotlarni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirish tartibini belgilaydi.”. 2. 6-banddagi “uch” degan so‘z “yetti” degan so‘z bilan almashtirilsin.
121
1,608
Qonunchilik
“Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-895-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL–895-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
181
347
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son, “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son farmonlari, “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3542-son va “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-apreldagi PQ-3652-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va asalarichilik xo‘jaliklarini rag‘batlantirish, ular faoliyatining samaradorligini oshirish hamda asalari uyalarining qurilishi uchun xomashyo bazasi bilan ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Harbiy va maxsus unvonlar berish tartibi to‘g‘risida”gi 1992-yil 19-fevraldagi PF-346-son Farmonining rus tilidagi matni 2-bandidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlashni yanada mustahkamlash to‘g‘risida”gi 1993-yil 26-apreldagi PF-600-son Farmoni 3-bandining birinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1571-son Farmonining rus tilidagi matnida: a) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ichki xizmati Ustavi muqaddimasining uchinchi xatboshisidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; b) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari garnizon va qorovullik xizmati Ustavida: muqaddimaning ikkinchi xatboshisidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; v) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Intizom Ustavida: muqaddimaning uchinchi xatboshisidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; 15-banddagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muddatli harbiy xizmatchilarning pul ta’minoti miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi 1997-yil 10-yanvardagi PF-1697-son Farmoni 3-bandining birinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son Farmonida: 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin; 4-banddagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmonida: a) 4-banddagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 2-ilovada: 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “milliy xavfsizlik” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin; 11-bandning birinchi xatboshisidagi “milliy xavfsizlik” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilari o‘g‘irlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2000-yil 4-martdagi PF-2559-son Farmonining 2-bandidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida”gi 2000-yil 6-sentabrdagi PF-2712-son Farmonining 3-bandidagi “Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga ilovada: a) I bo‘lim quyidagi mazmundagi 18-band bilan to‘ldirilsin: “18. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi”; b) II bo‘limning 11-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2009-yil 23-iyundagi PF-4117-son Farmoni 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmonida: a) 1-ilova 9-bandining uchinchi xatboshisidagi, 34-bandidagi va 42-bandining o‘ninchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 2-ilovaning 29-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmoniga 1-ilovaning rus tilidagi matni 3-bandi “Naimenovaniye vvodimoy meri” ustuni “dlya yuridicheskix lits i subyektov predprinimatelstva bez obrazovaniya yuridicheskogo litsa, a dlya fizicheskix lits — do 7 protsentov” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2013-yil 16-avgustdagi PF-4554-son Farmoniga 2-ilovaning rus tilidagi matni “Perechen 4” bo‘limi birinchi xatboshisidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni 8-bandining birinchi xatboshisidagi “Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmonining 2-bandida: a) to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) beshinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) sakkizinchi xatboshidan “investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “uzoq muddatli tarmoq va hududiy rivojlanish konsepsiyalari, rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish, shakllantirish va amalga oshirish, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish samaradorligini monitoring qilish bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish; xalqaro moliya institutlari va chet el hukumati moliya tashkilotlari bilan o‘zaro markazlashgan hamkorlik qilish bo‘yicha vakolatli organ funksiyalarini bajarish”. 20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5060-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandidagi va 13-bandi birinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son Farmonida: a) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 11-banddagi “Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi (R. Eminjonov)” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga 3-ilovaning 26-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalarning yangilangan tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2018-yil 21-fevraldagi PF-5357-son Farmonida: a) 1-ilovaning beshinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 2-ilovada: to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi — qirq yettinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — qirq oltinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) 3-ilovaning yigirma to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshlig‘i”; g) 4-ilovaning o‘ttiz uchinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin; d) 6-ilovada: yigirma uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mirzayev R.E. — Xizmat raisi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari qo‘mondoni”; yigirma yettinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2005-yil 30-iyundagi PQ-112-son qarorining 2-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2005-yil 18-oktabrdagi PQ-203-son qarorida: a) 6-banddagi “jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovaning rus tilidagi matni 1-bandi oltinchi xatboshisidan “Institut monitoringa deystvuyuщego zakonodatelstva pri Prezidente Respubliki Uzbekistan” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 2-ilovaning rus tilidagi matni 1-bandi “Glavnie uchrediteli jurnalov” ustunidan “Institut monitoringa deystvuyuщego zakonodatelstva” so‘zlari chiqarib tashlansin. 26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2006-yil 8-avgustdagi PQ-439-son qarorining 2-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006-yil 21-noyabrdagi PQ-513-son qarorining rus tilidagi matnida: a) 1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “SNB” qisqartmasi “SGB” qisqartmasi bilan almashtirilsin; b) 2-banddagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; v) 7-bandning uchinchi xatboshisidagi “SNB” qisqartmasi “SGB” qisqartmasi bilan almashtirilsin; g) ilovada: muqaddimadagi “natsionalnoy bezopasnosti” so‘zlari “Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-banddagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; 45-banddagi “SNB” qisqartmasi “SGB” qisqartmasi bilan almashtirilsin; ilovaning (Usloviya, obespechivayemie operatorami telekommunikatsiy dlya primeneniya i ispolzovaniya TS SORM pri provedenii operativno-rozisknix meropriyatiy) 3 va 4-bandlaridagi “SNB” qisqartmasi “SGB” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matni 16-bandidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin. 32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2007-yil 20-fevraldagi PQ-589-son qarorida: a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “MXX” qisqartmasi “DXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin; b) 1-ilovaning rus tilidagi matni 2-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; v) 2-ilovaning rus tilidagi matni 2-bandidagi “natsionalnoy bezopasnosti” so‘zlari “Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007-yil 3-apreldagi PQ-614-son qarorida: a) 1-banddagi va 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 8 va 9-bandlardagi “MXX” va “MXXning” so‘zlari tegishincha “DXX” va “DXXning” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 1-ilovaning rus tilidagi matni 4-bandidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; g) 2-ilovaning rus tilidagi matnida: 7-banddagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; 8-banddagi “SNB” qisqartmasi “SGB” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarorining rus tilidagi matnida: a) 2-banddagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; b) ilovada: 35-banddagi “Slujbe natsionalnoy bezopasnosti i Komitetu po oxrane Gosudarstvennoy granitsi Slujbi natsionalnoy bezopasnosti” so‘zlari “Slujbe gosudarstvennoy bezopasnosti i pogranichnim voyskam Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 36-banddagi “Slujbi natsionalnoy bezopasnosti i Komiteta po oxrane Gosudarstvennoy granitsi Slujbi natsionalnoy bezopasnosti” so‘zlari “Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti i pogranichnix voysk Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 37-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin. 35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2008-yil 29-apreldagi PQ-848-son qarorining 1-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2010-yil 5-maydagi PQ-1332-son qarorining 9-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2011-yil 19-maydagi PQ-1532-son qarorining 2-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarorining rus tilidagi matnida: a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; b) ilovaning 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin. 40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qarorining 3-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarorida: a) 1-ilovada: sakkizinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin; o‘n sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “lavozimi bo‘yicha — Davlat xavfsizlik xizmatining Maxsus aloqa xizmati boshlig‘i”; b) 2-ilovaning rus tilidagi matni 9-bandi birinchi xatboshisidagi “natsionalnoy bezopasnosti” so‘zlari “gosudarstvennoy bezopasnosti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarorida: a) 1-ilovada: 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 15-banddagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 2-ilovaning 9-bandidagi “MXX” qisqartmasi “DXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin; v) 3-ilovada: “Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati 1. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalari; 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi sudyalari; 3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Milliy gvardiyaning Harbiy-texnika instituti, Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi instituti va Akademiyasi rahbarlari”; “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati” bo‘limi 2-bandidagi “MXX, MXX DChX.QQ” qisqartmalari “DXX, DXX chegara qo‘shinlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2015-yil 23-noyabrdagi PQ-2438-son qarorida: a) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “olimpiya zaxiralari kollejlari” so‘zlari “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 8-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 2-ilovaning rus tilidagi matni “Otvetstvennie ispolniteli” ustunida: 3-pozitsiyadagi “Goskomsport, Fond razvitiya detskogo sporta” so‘zlari “Minsporta, Fond razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6, 8, 10, 11, 13 va 15 — 23-pozitsiyalardagi “Goskomsport” so‘zi “Minsporta” so‘zi bilan almashtirilsin. 44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni o‘ttiz uchinchi xatboshisidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin. 45. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 7-noyabrdagi PQ-2654-son qarorida: a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 2-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-bandda: uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining” so‘zlari “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 1-ilovaning nomlanishidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 47. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlash, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 27-fevraldagi PQ–2800-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni “Voyennaya formennaya odejda” bo‘limida: a) 4-pozitsiyadagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 5-pozitsiyadagi “Komitet po oxrane Gosudarstvennoy granitsi SNB” so‘zlari “Pogranichnie voyska SGB” so‘zlari bilan almashtirilsin. 48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-martdagi PQ-2821-son qarorining rus tilidagi matnida: a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sultanov A.S.” va “predsedatelya Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po fizicheskoy kulture i sportu (Kurbanov R.D.)” so‘zlari tegishincha “Axmadjanov U.M.” va “ministra fizicheskoy kulturi i sporta Respubliki Uzbekistan (Isroilov Sh.X.)” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Gosudarstvennomu komitetu Respubliki Uzbekistan po fizicheskoy kulture i sportu” so‘zlari “Ministerstvu fizicheskoy kulturi i sporta Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 5-banddagi “Gosudarstvennim komitetom Respubliki Uzbekistan po fizicheskoy kulture i sportu” so‘zlari “Ministerstvom fizicheskoy kulturi i sporta Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 10-bandda: birinchi xatboshidagi “Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po fizicheskoy kulture i sportu” so‘zlari “Ministerstvo fizicheskoy kulturi i sporta Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Gosudarstvennomu komitetu Respubliki Uzbekistan po fizicheskoy kulture i sportu” so‘zlari “Ministerstvu fizicheskoy kulturi i sporta Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 1-ilovada: 1-pozitsiyada: “Naimenovaniye meropriyatiy” ustunidagi “kolledji olimpiyskogo rezerva” so‘zlari “spetsializirovannie shkoli-internati olimpiyskogo rezerva” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomsport” so‘zi “Minsporta” so‘zi bilan almashtirilsin; 2-pozitsiyada: “Naimenovaniye meropriyatiy” ustunidagi “Respublikanskiy kolledj olimpiyskogo rezerva” so‘zlari “Respublikanskaya spetsializirovannaya shkola-internat olimpiyskogo rezerva” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomsport” so‘zi “Minsporta” so‘zi bilan almashtirilsin; 3 va 5-pozitsiyalarning “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomsport” va “Fond razvitiya detskogo sporta” so‘zlari tegishincha “Minsporta” va “Fond razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4, 6, 7, 9 — 11, 17, 20, 24 — 26, 30 — 34, 36, 37, 42 va 44 — 47-pozitsiyalarning “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomsport” so‘zi “Minsporta” so‘zi bilan almashtirilsin; 12-pozitsiyada: “Naimenovaniye meropriyatiy” ustunidagi “kolledjey olimpiyskogo rezerva” so‘zlari “spetsializirovannix shkol-internatov olimpiyskogo rezerva” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomsport” so‘zi “Minsporta” so‘zi bilan almashtirilsin; 29-pozitsiyada: “Naimenovaniye meropriyatiy” ustunidagi “Uzbekskom gosudarstvennom institute fizicheskoy kulturi” so‘zlari “Ministerstve fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomsport” so‘zi “Minsporta” so‘zi bilan almashtirilsin; e) 2-ilovada: 1-pozitsiyada: “Naimenovaniye meropriyatiy” ustunidagi “Respublikanskom kolledje olimpiyskogo rezerva” so‘zlari “Respublikanskoy spetsializirovannoy shkole-internate olimpiyskogo rezerva” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Istochniki finansirovaniya” ustunidagi “Fond razvitiya detskogo sporta” so‘zlari “Fond razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomsport” so‘zi “Minsporta” so‘zi bilan almashtirilsin; 3-pozitsiyada: “Istochniki finansirovaniya” ustunidagi “Fond razvitiya detskogo sporta” so‘zlari “Fond razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomsport” so‘zi “Minsporta” so‘zi bilan almashtirilsin; 4, 24 va 25-pozitsiyalarning “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomsport” so‘zi “Minsporta” so‘zi bilan almashtirilsin; j) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: z) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: i) 5-ilovada: 8-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi “osnovnie sportivnie bazi i soorujeniya” ustunidagi “Respublikanskogo kolledja olimpiyskogo rezerva” so‘zlari “Respublikanskoy spetsializirovannoy shkoli-internata olimpiyskogo rezerva” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-pozitsiyada: “osnovnie sportivnie bazi i soorujeniya” ustunidagi “Chirchikskiy kolledj olimpiyskogo rezerva” so‘zlari “Chirchikskaya spetsializirovannaya shkola-internat olimpiyskogo rezerva” so‘zlari bilan almashtirilsin; “regionalnie sportivnie bazi i soorujeniya” ustunidagi “Uzbekskogo gosudarstvennogo instituta fizicheskoy kulturi” so‘zlari “Uzbekskogo gosudarstvennogo universiteta fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17-pozitsiyada: “Naimenovaniye sportivnix federatsiy i assotsiatsiy” ustunidagi “kolledjey Olimpiyskogo rezerva” so‘zlari “spetsializirovannix shkol-internatov olimpiyskogo rezerva” so‘zlari bilan almashtirilsin; “osnovnie sportivnie bazi i soorujeniya” ustunidagi “Respublikanskiy kolledj olimpiyskogo rezerva” so‘zlari “Respublikanskaya spetsializirovannaya shkola-internat olimpiyskogo rezerva” so‘zlari bilan almashtirilsin; “regionalnie sportivnie bazi i soorujeniya” ustunidagi “Kolledji olimpiyskogo rezerva” so‘zlari “Spetsializirovannie shkoli-internati olimpiyskogo rezerva” so‘zlari bilan almashtirilsin. 49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarorida: a) 2-ilovaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari”; b) 4-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Qosimov O.O. — O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari”; v) 6-ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Mirzayev R.E. — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining chegara qo‘shinlari qo‘mondoni”; g) 8-ilovadagi “MXX” qisqartmasi “DXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 4-apreldagi PQ-2868-son qarorida: a) 2 va 3-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-yanvardagi PQ–2722-son qarorining 1-bandida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi, shuningdek tumanlar va shaharlar investitsiyalar bo‘yicha bo‘limlarining xodimlariga nisbatan joriy etilsin”; v) 6, 8 va 9-bandlar, 1 — 3a-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2903-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti” so‘zlari chiqarib tashlansin. 52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida”gi 2017-yil 4-maydagi PQ-2950-son qaroriga ilovaning “Komissiya a’zolari” bo‘limi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mirzayev R.E. — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari — chegara qo‘shinlari qo‘mondoni”. 53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-son qarorida: a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 1-ilovada: 21-pozitsiya chiqarib tashlansin; “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunida: 20-pozitsiyadagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining” so‘zlari “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 22 va 32-pozitsiyalardagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 27 va 82-pozitsiyalardagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 30 va 36-pozitsiyalardagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti” va “olimpiya zaxiralari kollejlari” so‘zlari tegishincha “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti” va “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 31 va 33-pozitsiyalardagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga hamda institut huzuridagi” so‘zlari “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin; 35, 39, 44 va 71-pozitsiyalardagi “Olimpiya zaxiralari kollejlari” so‘zlari “Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 13, 14 va 19-pozitsiyalarning “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi: 7, 10, 11, 15, 18–22, 25, 27–58, 60–68 va 72–82-pozitsiyalardagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 13, 14, 24, 26, 70 va 71-pozitsiyalardagi “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi” va “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishincha “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” va “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 69-pozitsiyadagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” va “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti” so‘zlari tegishincha “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” va “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 54. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-son qaroriga 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 56. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom 6-bandining “g” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 57. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 1-ilovaning 4-bandi birinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin. 60. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3197-son qarorida: a) nomlanishidagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti” so‘zlari “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida” so‘zlari “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 7-bandda: birinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 11-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” va “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining” so‘zlari tegishincha “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” va “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 61. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son qarorida: a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin; b) ilovaning 3-bandidagi “Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 62. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 13-noyabrdagi PQ-3384-son qarorining 11-bandi “olib kirish” so‘zlaridan keyin “va o‘rnatish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 20-dekabrdagi PQ-3439-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “raisi” so‘zi “rais o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son qarorining 10-bandida: a) birinchi — to‘rtinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi birinchi — oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “10. “Qishloq qurilish invest” IK MChJga yog‘och-taxta materiallari, tom yopish uchun temir listlar va temir yassi prokatining eng yaxshilarini tanlab olish natijalari bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazmasdan import kontraktlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan o‘tkazgan holda ishlab chiqaruvchilardan mustaqil sotib olish huquqi berilsin. “Qishloq qurilish invest” IK MChJ yog‘och-taxta, tom yopish uchun temir listlar va temir yassi prokatini import qilishda bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) hamda: yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish doirasida bosh pudrat tashkilotlariga yog‘och-taxta va tom yopish uchun temir listlarni; O‘zbekiston asalarichilari uyushmasining buyurtmasiga muvofiq asalari uyalari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga yog‘och-taxta va temir yassi prokatini realizatsiya qilishda qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki: “Qishloq qurilish invest” IK MChJ tomonidan yog‘och-taxta materiallari, tom yopish uchun temir listlar va temir yassi prokatini bosh pudrat tashkilotlariga, shuningdek O‘zbekiston asalarichilari uyushmasining buyurtmasiga muvofiq asalari uyalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha realizatsiya qilish rentabelligi 5 foizdan oshmagan narxda amalga oshiriladi”. b) beshinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha yettinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 65. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilga mo‘ljallangan investitsiya va infratuzilma loyihalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-son qarorining rus tilidagi matni 2-bandida: a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “finansirovaniye proyektov, vklyuchennix v gosudarstvennie programmi razvitiya, po kotorim opredeleni tsentralizovannie istochniki finansirovaniya, osuщestvlyayetsya isklyuchitelno cherez Fond finansirovaniya gosudarstvennix programm razvitiya Respubliki Uzbekistan pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan (daleye — Fond) po resheniyu Nablyudatelnogo soveta Fonda. Proyekti, osuщestvlyayemie za schet sredstv Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan, inostrannix zaymov i kreditov pod garantiyu Respubliki Uzbekistan — v poryadke, predusmotrennom zayemnimi soglasheniyami”; b) to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; v) beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin. 66. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son qarorida: a) 14-bandning birinchi xatboshisidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-ilovaning rus tilidagi matnida: yigirmanchi xatboshi chiqarib tashlansin; yigirma birinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar tegishincha yigirmanchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin. 68. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 11-apreldagi PQ-3662-son qarorida: b) quyidagi mazmundagi 181-band bilan to‘ldirilsin: “181. Multimedia markazining zamonaviy telestudiyasini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan televizion uskunalar jamlanmasi, uchuvchisiz uchish apparatlari, kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot va boshqa texnika vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin”. 69. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy aylanishiga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2000-yil 14-iyuldagi F-1206-son farmoyishining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari, Davlat bojxona qo‘mitasi giyohvand moddalarni respublika hududiga olib kirish yo‘llarini o‘z vaqtida aniqlash, giyohvand moddalarni ekish va aholi o‘rtasida tarqalishi hollarini oldini olish yuzasidan choralarni yanada kuchaytirsinlar”. 70. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2005-yil 19-apreldagi F-2193-son farmoyishining rus tilidagi matni 4-bandi birinchi xatboshisidagi “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘zi bilan almashtirilsin. 71. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 14-fevraldagi F-4849-son farmoyishiga ilovada: a) o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) o‘n ikkinchi-o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha o‘n birinchi-o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 8-fevraldagi PF-4952-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoniga 2-ilovaning 17-bandi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoniga 3-ilovaning 8-bandi va 4-ilovaning 6-bandi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qaroriga 2-ilovaning 12-bandi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘ztadbirkoreksport” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samaradorligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 26-maydagi PQ-3009-son qarorining 9-bandi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zsanoateksport” AJ faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3220-son qarorining 5-bandi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3326-son qaroriga ilovaning 1-bandi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 28-martdagi F-5239-son farmoyishiga ilovaning 8 va 17-bandlari.
170
44,538
Qonunchilik
Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mintaqani kompleks rivojlantirishni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha obyektlariga va ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurish orqali Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish kompleks o‘rganib chiqilgani; Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla, tuman va viloyat darajalarida hal qilinishi talab etiladigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgani va tasdiqlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. 2018 — 2020-yillarda Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida kafolatli ish o‘rinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Farg‘ona viloyati hokimligi: manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxat parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin va bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutsin; muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin. 4. Farg‘ona viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga, zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Sarmazor Eshonguzar” massivi hududida sovutish kameralari, konsignatsiya omborlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, o‘rab-joylashtirish, ularni saralash, saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi, mehmonxona va boshqa zarur infratuzilmani o‘z ichiga oladigan, umumiy maydoni 3,4 gektar bo‘lgan avtomobillarda yuk tashish uchun logistika markazi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 6. Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda logistika markazi tashkil etish bo‘yicha loyihani 2019-yilning yakuniga qadar amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda Qo‘shtepa tumanida tajriba sifatida quyidagilarni nazarda tutuvchi “500 nafar ishsizning bandligini ta’minlash uchun — 100 gektar” konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha bir oy muddatda taklif tayyorlasin. Konsepsiyada: sug‘orilmaydigan yer uchastkalarida tegishli infratuzilma, irrigatsiya tizimlari yaratilishi va ularning, birinchi navbatda, chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlariga, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilariga, kam ta’minlangan oilalarning mehnatga layoqatli a’zolariga berilishi; ushbu yer uchastkalaridan foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga moddiy resurslar va qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlangan holda yagona agrar-texnologik siyosat asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tashkil etilishi nazarda tutilsin. 8. Farg‘ona viloyati hokimligi, tegishli sektorlarning rahbarlari Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kompleks o‘rganish yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning so‘zsiz bajarilishi yuzasidan amaliy nazoratni ta’minlasinlar. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
184
4,647
Qonunchilik
Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish kuchaytiriladi
Prezident tomonidan 22.04.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5090-son qaror imzolandi. Prezidentning 6.04.2021 yildagi «Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6200-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya) boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 33 nafardan iborat tuzilmasi tasdiqlandi. Inspeksiya boshligʻiga: Inspeksiyaga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi. Inspeksiya Davlat byudjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Inspeksiya Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, Turkqoʻrgʻon koʻchasi, 26-uy manzili boʻyicha joylashtiriladi. Inspeksiya хodimlariga oʻz vazifalarini bajarishda quyidagi huquqlar beriladi: Inspeksiya хodimlariga quyidagi miqdorlarda uzoq muddat uzluksiz хizmati uchun har oylik lavozim maoshiga ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): Ustamalar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Shuningdek Inspeksiya huzurida FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Suv хoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi va boshqa vakolatli idoralarning rahbariyatidan iborat Suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligi boʻyicha ekspertlar kengashi (keyingi oʻrinlarda – Ekspertlar kengashi) faoliyat koʻrsatadi.  Quyidagilar Ekspertlar kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi: Ekspertlar kengashining oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qabul qilgan qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiyligi belgilab qoʻyildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 23.04.2021 yilda e’lon qilingan. Nargiza Vohidova.
69
2,379
Qonunchilik
Kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 744-son “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasman e’lon qilingan kundan bir oy o‘tgach kuchga kiritiladi. 1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) tomonidan kichik hajmli kemalarni dastlabki, yillik va maxsus texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibni belgilaydi. 2. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi: kVt — kichik hajmli kema dvigatelining ot kuchi; registr tonna — kemaning hajmiy tonnalar bilan ko‘rsatiladigan sig‘imi; leyer to‘sig‘i — ochiq palubali kemalarning ikki yon tomonidan qattiq tortilgan tros to‘sig‘i; falshbort — kemani ko‘chirish uchun mo‘ljallangan dastaklar; baller — kema rulining aylanma o‘qi; shvarta — kemani bog‘lash qismi; rul perosi — boshqarish qismi; revers-reduktor — aylanish tomonini o‘zgartirib beradigan mexanizm. 3. Kichik hajmli kemalarning texnik ko‘rigi Inspeksiyaning hududiy bosh inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. 4. Kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq to‘lovlar undiriladi. Kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha undiriladigan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining budjetdan tashqari fondiga o‘tkaziladi. 5. Inspeksiya nazorati ostida bo‘lgan kemalardan foydalanish jarayonida xavfsizlik qoidalariga mos kelmaydigan kichik hajmli kemalardan foydalanish taqiqlanadi. 6. Kichik hajmli kemalarning texnik nazorati kemalardan foydalanish jarayonida ularning texnik holatini nazorat qilish hamda dastlabki, yillik va maxsus texnik ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlarini o‘z ichiga oladi. 7. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan asosiy dvigatellarining quvvati 55 kVtdan (75 ot kuchi) va yo‘lovchi sig‘imi 12 kishidan ortiq bo‘lmagan kemalar, motorlarning quvvati va sonidan qat’i nazar, osma motorli kemalar, suv mototsikllari (gidrotsikllar), yuk ko‘tarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq bo‘lmagan o‘ziyurmas kemalar, shishiriladigan motorsiz eshkakli qayiqlarning holati bo‘yicha texnik nazorat olib boriladi. 8. Dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tkazishda kemaning yuk ko‘tarish qobiliyati va yo‘lovchilar sig‘imi, dvigatel soni va ruxsat etilgan quvvati, yelkanlarning ruxsat etilgan maydoni, suzish joyi (qirg‘oqdan uzoqlashish), kemalar suzishi mumkin bo‘lgan to‘lqin balandligi, suv usti borti, suvga botishi, qutqaruv vositalari va o‘t o‘chirgich, signal chiroqlari va navigatsiya uskunalari tekshiriladi. Texnik ko‘rik yakunida kemani texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi kema mulkdoriga topshiriladi. 9. Kemadagi individual qutqaruv vositalarining soni yo‘lovchilar sig‘imiga muvofiq bo‘lishi, ular belgilangan standartlarga mos kelishi va har biriga kema bortining raqami tushirilgan bo‘lishi kerak. 10. Yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish davomida kemaning asosiy elementlarida o‘zgarishlar kuzatilmaganligi, uning texnik holati va belgilangan me’yorlarga mos keladigan uskuna va anjomlarning mavjudligi tekshiriladi. 11. Dastlabki texnik ko‘rik kichik hajmli kema Inspeksiya tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishidan oldin o‘tkaziladi. 12. Yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish davomida kema to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ko‘rikdan o‘tkazish natijalari motorli va eshkakli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish kitobida qayd qilinadi. Motorli va eshkakli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish kitobi va ularning elektron ma’lumotlar bazasi alohida tartibda: motorli kemalar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq Motorli kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish kitobiga; eshkakli, yelkanli va boshqa motorsiz kemalar mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq Eshkakli kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish kitobiga qayd etiladi. 13. Kichik hajmli kemalar yillik texnik ko‘rikdan 1-martdan 30-iyungacha o‘tkaziladi. Texnik ko‘rik Inspeksiyaning hududiy bosh inspektori tomonidan maxsus jihozlangan shahobchada o‘tkaziladi. Belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng kichik hajmli kema mulkdori hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi, arizalar belgilangan tartibda hisobga olinadi. Ariza taqdim etilgandan so‘ng texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqti, joyi, texnik ko‘rikdan o‘tkazish shahobchalarining ishini tashkillashtirish tartibi va ko‘rikni o‘tkazish jadvallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Inspeksiya tomonidan kema egalariga 3 kun ichida yetkaziladi. 14. Kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish qoidaga ko‘ra, suvda amalga oshiriladi. 15. Kemaning texnik holati uning qobig‘i va ustki qurilmalari, ta’minlovchi va elektr jihozlari, yong‘inga qarshi muhofazalanishi, mexanik qurilmalari holatiga alohida baho berish yo‘li bilan aniqlanadi. Kichik hajmli kemalar qobiqlarining texnik holatini baholash uni tashqi ko‘zdan kechirish va (yoki) shikast yetkazmaydigan nazorat vositalari, o‘lchov uskunalaridan (qalinlikni o‘lchash asbobi, defektoskop jihozi) foydalangan holda amalga oshiriladi. 16. Baholash davomida quyidagilar amalga oshiriladi: polivinilxlorid, rezinalangan matolar va shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan shishiriladigan kichik hajmli kemalar uchun: qobiqning germetik holatini baholash (shishirilgan holda, zarur bo‘lganda qobiqning tanlangan qismiga sovunli qorishmani yoki boshqa moddani surish yordamida); klapan tizimini ko‘rikdan o‘tkazish va baholash (zarur bo‘lganda sovunli yoki boshqa qorishmalar qo‘llaniladi). Alyuminiyli qotishmalar, stekloplastik, yog‘och va shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan, kichik hajmli kemalar uchun: kema qoplamasining qalinligi, korpusining chidamliligi va suv o‘tkazmasligi, konstruksiya elementlarining ishonchli o‘rnatilganligi va lak-bo‘yoq qoplamasi holatini baholash yo‘li bilan; kichik hajmli kemaning suzish bloklari (havo yashiklari) belgilangan parametrlarga mos kelishi va ularning mavjudligi tekshiriladi. 17. Tashqi ko‘zdan kechirish bilan kemaning quloqlari, eshkaklari, leyer to‘siqlari, falshbort, kemani ko‘chirish uchun mo‘ljallangan dastaklar, bog‘lash va langar qurilmalarining muhrlari (zanjirli muhrlar) kemani boshqa kema bilan xavfsiz shatakka olish qurilmasi hamda boshqa elementlar orqali baholanadi. 18. Motorli kichik hajmli kemalarni (kater, gidrotsikl va osma motorli qayiqlar) texnik ko‘rikdan o‘tkazish davomida qo‘shimcha ravishda quyidagilar tekshiriladi: dvigatel, osma qayiq motorining identifikatsiya belgilari haqidagi ma’lumotlarning markirovka yorlig‘iga mosligi; xavfsizlik bog‘ichi mavjudligi (dvigatelni avariya holatida to‘xtatish moslamasi), agarda u ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan bo‘lsa; osma matorli kemaning himoya g‘ilofi (qopqoq) va ehtiyot sim arqonining mavjudligi; motor bo‘linmasining (uning mavjudligida) butlanganligi va izolatsiya qilinganligi; yoqilg‘i va moyning sizib chiqmasligi, yopish jo‘mragi va yoqilg‘i tizimida klapanning mavjudligi; suv quyish (chiqarish) moslamasining ishga yaroqliligi; masofaviy boshqaruv jamlanmasi, bevosita ballerga yoki rul boshqaruv sektoriga ta’sir ko‘rsatuvchi avariyaviy rul tizimining ishga yaroqliligi (uning mavjudligida). 19. Kichik hajmli yelkanli va yelkanli motorli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish davomida qo‘shimcha ravishda tekshiriladi: ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan elementlar holati; barcha faoliyat ko‘rsatuvchi mexanizmlar, machtani tiklovchi va yotqizuvchi, ko‘taruvchi, signallar, antennalarni chiqaruvchi va tushiruvchi mexanizm va moslamalarning sozligi (moylanganligi); ishchi mexanizmlari cheklovchi o‘chirgichlarning to‘g‘ri ishlashini; machtani kema qobig‘iga yoki ustki qurilmalariga mahkamlanganligi; shvartaning mavjudligi va yashin qaytargichning yaroqliligi; rul boshqaruvi jamlamasining ishga yaroqliligi. 20. Kichik hajmli kemadan foydalanish talablariga javob bermaydigan bir yoki bir nechta nosozliklar aniqlanganda, u foydalanishga yaroqsiz deb topiladi va undan foydalanish bo‘yicha taqiqlovchi nosozliklar mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq dalolatnomaga kiritiladi. 21. Kichik hajmli kemaning texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida kema biletiga qayd qilinadi va texnik ko‘rikni o‘tkazgan mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. 22. Kichik hajmli kema ta’mirlanganda, qayta jihozlanganda, shuningdek avariyadan so‘ng maxsus texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ko‘rik natijalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi va bir nusxasi kema egasiga beriladi. 23. Inspeksiya mansabdor shaxslari quyidagi texnik nosozliklar aniqlangan kichik hajmli kemalardan foydalanishni taqiqlash huquqiga ega: korpusi bo‘yicha: kemaning cho‘kib ketishiga bevosita tahdid soluvchi yoriqlar va teshiklar yig‘indisi, qoplamada shikastlanish bo‘lganda; bo‘linmalar, havo qutilari, suzuvchi bloklar yo‘q bo‘lganida yoki germetikligi buzilganda. rul qurilmasi bo‘yicha: rulning to‘liq qayiluvchanligi (bortga nisbatan 35 gradus) ta’minlanmasligi, rul perosining yoki rul moslamasining nosozligi va yo‘naltiruvchi bloklarning va shturval trossining nosozligi; dvigatel, shu jumladan osma dvigatel bo‘yicha: yoqilg‘i idishidan, yoqilg‘i shlangi va ta’minot tizimidan yoqilg‘i oqqanda; sezilarli titrash mavjudligida; o‘chirishdagi nosozlikda; dvigatelning masofaviy boshqaruv tizimi ishdan chiqqanda; revers-reduktorning yengil ulanishi ta’minlanmasligi, revers qo‘ndog‘ining “oldinga”, “orqaga”, “o‘rta” holatda turg‘un turmasligi (uni o‘z-o‘zidan ulanishi va uzilishi); farqlovchi yorug‘liklarning talabga javob bermasligi yoki nosozligi; kema jamlanmalari va uskunalarining kema biletida ko‘rsatilgan me’yorga muvofiq kelmasligi. 24. Joriy yilda dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tgan kichik hajmli kemalar kema mulkdorining arizasiga asosan yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin. 25. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 26. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
85
10,776
Qonunchilik
MUAYYaN HUDUDDA (NOTARIAL OKRUGDA) NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh VAKOLATLARINI BERISh BO‘YIChA TANLOV O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2005-yil 12-noyabrdagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1521, 2005-yil 12-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 46-son, 351-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. 1. 5-banddagi “yuritiladi” degan so‘z “yuritilishi mumkin” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 9-bandda: oltinchi xatboshisidagi “sakkizinchi xatboshisida” degan so‘zlar “sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Oxirgi uch yil mobaynida notarius lavozimida ishlagan shaxslardan malaka imtihonini topshirganligi yoki qayta topshirganligi to‘g‘risida malaka komissiyasining qaroridan ko‘chirma talab qilinmaydi”. 3. 11-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ishchi organi tomonidan har bir talabgorning hujjatlari alohida o‘rganib chiqiladi. Talabgorni tanlovda ishtirok etishini rad etishga asoslar mavjud bo‘lsa, ishchi organi tomonidan bu haqda xulosa tuziladi. Mazkur xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi”. 4. 12-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tanlov o‘tkazishga qayta e’lon tegishli xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab yetti kun muddat ichida berilishi lozim. Mazkur Nizomning 20-bandi ikkinchi xatboshisi va 29-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, tanlov o‘tkazishga qayta e’lon berish ko‘rsatilgan muddat ichida komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi”. 5. 23-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “har bir tanlov varaqasi tanlovda ishtirok etayotgan barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolangan bo‘lishi shart. Tanlov varaqasining birinchi varag‘i Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi”. 6. 1a-ilovadan “20___ yil “___” __________ da” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
195
3,559
Qonunchilik
Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son qarori)”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-martdagi 563-son qarori (ro‘yxat raqami 1337, 2004-yil 16-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 15-son, 182-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Paxtasanoat” tayyorlov korxonalariga” degan so‘zlar “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi tayyorlov korxonalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston fermyerlari kengashi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
171
1,760
Qonunchilik
Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq; Notarial okrugdagi notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash tartibi to‘g‘risida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki, davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi: 74 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga; 16 foizi — budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirishga; 10 foizi — xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning bankdagi hisobvarag‘iga hamda tegishlicha adliya organlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlash yo‘li bilan davlat notarial idoralari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarni (keyingi o‘rinlarda idoraviy notarial arxivlar deb ataladi) moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining murojaatlariga ko‘ra notarial harakatlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan davlat bojining tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga kelib tushadigan qismini 10 foizgacha kamaytirish orqali davlat bojining 20 foizgacha bo‘lgan qismini o‘zini o‘zi moliyalashtirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tasarrufida qoldirish huquqi berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga: ushbu qarorning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablag‘larni budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasining daromad va xarajatlari o‘rtasidagi salbiy tafovutni qoplash uchun yo‘naltirish; notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlarini Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlash; davlat notarial idoralari tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan davlat bojlarining adliya organlari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan mablag‘larning bir qismini notarial idoralar va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirishga, shuningdek notarial idoralar va idoraviy notarial arxivlar ta’minoti uchun ayrim mintaqalar o‘z mablag‘larining yetishmagan qismini qoplashga maqsadli yo‘naltirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida jamlash huquqi berilsin. 4. Quyidagilar: a) davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: notarial harakatlarni amalga oshirilganlik uchun undiriladigan davlat bojidan ajratmalar; huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun olinadigan to‘lovlar; idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlarini, reyestrlardan ko‘chirmalarni, shuningdek ma’lumotnomalarni va arxiv hujjatlarining nusxalarini berganlik uchun to‘lovlar; gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘larning bir qismi; budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar; b) xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarda qoladigan qismi; huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirganlik, shuningdek, notariatning faol modeli doirasida xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun olinadigan to‘lovlar; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Belgilansinki: davlat notarial idoralari notariuslarini tanlov asosida tayinlash tartibi saqlab qolinadi; faoliyat yuritayotgan davlat notarial idoralari notariuslariga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar faqatgina ularning arizasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri rasmiylashtirib beriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda o‘n besh kun muddatda: mazkur qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatining O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali joriy etilishini ta’minlasin; YIDXPda vakolatli organning elektron shaklda ofertani yo‘llashi va ariza beruvchi uni akseptlashi yo‘li bilan litsenziya shartnomasini tuzishning texnik imkoniyatini yaratsin; YIDXPda davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarni ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich tugatilishini hamda ulardan tegishli materiallar va arxivlarni idoraviy notarial arxivlarga qabul qilib olinishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining YIDXPga ulanishini ta’minlansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar (keyingi o‘rinlarda notarius deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan kafolatlangan huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlaydi. 3. Notarius faoliyatini litsenziyalash, notariusni hisobga qo‘yish va uni hisobdan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda adliya boshqarmalari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. 4. Notarius hisobga qo‘yilganidan so‘ng adliya boshqarmalari bu haqda shu kunning ertasidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining (keyingi o‘rinlarda Notarial palata deb ataladi) tegishli hududiy boshqarmasiga xabarnoma yuboradi. Xabarnoma Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasiga tushgan paytdan e’tiboran notarius Notarial palataning a’zosi bo‘ladi va notarius maqomiga ega bo‘ladi. 5. Notarius yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadi, bankda hisobvaraq ochadi, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, ish faoliyatini tashkil etish uchun mutaxassislar yoki yuridik shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘ladi. 6. Notarius o‘zining faoliyatini boshlashdan oldin o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qildirishi shart. 7. Notarius faoliyat yuritadigan bino notarial okrugi doirasida joylashgan bo‘lishi shart. 8. Notariusning nomida “xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius” so‘zlari bo‘lishi, tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi lozim. Misol uchun: “Samarqand viloyati Samarqand shahridagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Ashurov Dilshod Rustamovich”. 9. Notariusning muhri O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona namunaga muvofiq tayyorlanadi. Notarius o‘z muhrining eskizini kelishish uchun adliya boshqarmalariga taqdim etadi. Notarius muhrining eskizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrlar va hujjatlar blankalarini tayyorlash, foydalanish, saqlash va yo‘q qilish tartibiga muvofiq ko‘rib chiqiladi va natijasi haqda notariusga xat beriladi. 10. Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar davlat notarial idorasi notariusi bilan teng huquqlarga ega bo‘ladi va bir xil majburiyatlarni zimmasiga oladi. Ular tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega. 11. Notarius stajor, yordamchi, kotib, shuningdek, notarial faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa xodimlarga (tarjimon, operator, kuryer va boshqa) ega bo‘lishi mumkin. Notarius o‘zining xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimdan ozod qilishda mustaqildir, ushbu Nizomning 12 va 13-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Notarius xodimlarning mehnat faoliyatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga asosan tashkil etadi. Notarius xodimlar haqidagi ma’lumotni ularni ishga qabul qilgandan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga taqdim etishi lozim. 111. Notarius o‘zining ish va dam olish vaqtini mustaqil belgilaydi. Notarius ish vaqti haqida, shu jumladan ish vaqti o‘zgargan taqdirda hamda mehnat ta’tilida bo‘lish yoki o‘z kasbiy malakasini oshirish muddatlari haqida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — Tizim) tegishli ma’lumotlarni kiritadi. Notarius ish vaqtida ish joyida bo‘lishi shart, uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmaslik holatlari bundan mustasno. 12. Notarius stajorini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. Notarius tomonidan notarius stajorini ishga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan notarius stajorini ishga qabul qilishni rad etishga nomzodning O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasida belgilangan talablarga mos kelmasligi asos hisoblanadi. Stajirovka notarial idorada o‘taladi. Notarius stajori o‘z faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Stajorga rahbar etib notariuslik lavozimida kamida uch yil ishlagan notarius tayinlanadi. Bunda bir notariusga navbat asosida va qoida tariqasida bitta stajor biriktiriladi. Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi. 13. Notarius yordamchisini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda notarius tomonidan amalga oshiriladi. Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan notarius yordamchisini ishga qabul qilishni rad etishiga nomzodning O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasida belgilangan talablarga mos kelmasligi asos hisoblanadi. 14. Notarius Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda xodimlarining vazifalar taqsimotini belgilab berishi mumkin. 15. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi. Notarius notariat sohasida davlatning funksiyasini amalga oshiruvchi shaxs sifatida ommaviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi. 16. Notarial harakatlar Tizim orqali amalga oshiriladi. Notarius Tizimdan foydalanganligi uchun har oyda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida to‘lov to‘laydi. Notariuslarning Tizimdan foydalanish hamda unga ulanishi uchun qo‘yiladigan texnik va dasturiy talablar, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 17. Notariuslar Tizimdan foydalanishda quyidagilarga majbur: notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarning shaxsini aniqlashni zamonaviy usullardan (barmoq izlarini skaner qilish va ularni pasportdagi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatidagi) biometrik ma’lumotlar bilan solishtirish) foydalangan holda amalga oshirish; notarial harakatlarni Tizimda majburiy to‘liq qayd etish; Tizimga noto‘g‘ri va xato ma’lumotlar kiritilishiga yo‘l qo‘ymaslik. 18. Notarius o‘z faoliyatini mustaqil moliyalashtiradi. 19. Notariusning notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojining qonunchilik hujjatlariga muvofiq notariuslarda qoladigan qismi hamda huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatganlik uchun undiriladigan pul mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda notarius tomonidan undiriladigan tushumlar deb ataladi) uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. 20. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji belgilangan tartibda tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kirim qilinadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda taqsimlanadi. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kirim qilingan davlat bojining notariuslarga yo‘naltiriladigan qismi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli elektron taqsimlash to‘lov tizimi orqali taqsimlanadi. 21. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish uchun Notarial palataning hududiy boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalariga notariuslar bilan bog‘liq zarur ma’lumotlar (notariusning to‘liq nomi, pochta manzili, litsenziyasi va bank rekvizitlari)ni tuman va shaharlar bo‘yicha tasdiqlangan holda taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat bojini avtomatik ravishda taqsimlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga notariuslar uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini taqdim etadi. Notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatganlik uchun undiriladigan pul mablag‘lari to‘g‘ridan to‘g‘ri ularning bankdagi hisob varaqlariga tushiriladi. 22. Notarius tomonidan undirilgan tushumlar davlat budjetiga soliqlar va yig‘imlar to‘langanidan so‘ng notariusning tasarrufiga o‘tadi. 23. Adliya boshqarmalari zaruratga qarab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notariuslarning faoliyatini tashkil etishda: jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishlari uchun qulay bo‘lgan joylardan notariuslarga zarur bino va inshootlar, shuningdek, bunday bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalari ajratilishiga ko‘maklashadi; notariuslarning Tizimga ulanishi va undan foydalanishini ta’minlaydi; notariuslarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi; notariuslarning xorijiy mamlakatlarda tajriba almashishiga yordam beradi. 24. Notarial okrug — bu O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi hisobga olingan holda tashkil etiladigan notarial idoraning hududi. 25. Har bir tuman (shahar) hududi bitta notarial okrug hisoblanadi. Notarial okrug nomi tuman (shahar) nomi bilan ataladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar tuman (shahar)lari va Toshkent shahar tumanlari har biri alohida notarial okrug hisoblanadi. 26. Notariuslar notarial okrug doirasida faoliyat ko‘rsatish hududini erkin tanlash huquqiga ega. 27. Jismoniy va yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqli, O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 37, 51, 52, 59, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan notarial harakatlar bundan mustasno. Notarius notarial harakatlarni o‘z ish joyidan boshqa joyda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda amalga oshirishi mumkin. Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos bo‘lmaydi. Notarius mavjud bo‘lmagan hududdagi vasiyat qiluvchi og‘ir kasal bo‘lgan hollarda notarius vasiyatnomani o‘zi xizmat ko‘rsatadigan hududdan tashqariga chiqib tasdiqlashi mumkin. 28. Notarius faoliyat yuritadigan bino (keyingi o‘rinlarda bino deb ataladi) notariusga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi asosida tegishli bo‘lishi lozim. Ushbu binoga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asli (yoki ularning nusxasi) notariusda saqlanishi lozim. Bino notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat etuvchi shaxslarning erkin kirishini ta’minlaydigan joyda joylashishi kerak. 29. Binoda fuqarolarning notarius huzuriga kirishi, notarial harakatlar maxfiyligi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, to‘lovlarni qabul qilish, audio va videoda qayd etish uchun shart-sharoitlar ta’minlanishi lozim. 30. Notarius o‘z faoliyatini faqat bitta binoda amalga oshiradi. Ikki yoki undan ortiq notariuslar o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun bitta binoda joylashishi mumkin. 31. Quyidagilar notarius faoliyatini tashkil etish uchun minimal talablar hisoblanadi: bino notarius ish faoliyatini amalga oshiradigan notarial okrug hududida joylashgan bo‘lishi; binoda nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘sqinliksiz kirishi uchun sharoitlar (pandus, lift) mavjud bo‘lishi; bino qo‘riqlash (temir panjara yoki kamera va signalizatsiya yoxud qo‘riqchi) va yong‘in xavfsizligi tizimiga ega bo‘lishi; sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi; notarial harakatni amalga oshirish va hujjatlar saqlanishi uchun maxsus jihozlangan alohida xona (arxiv) mavjud bo‘lishi; notariusning muhri, shtamplari, qat’iy hisobda turadigan gerbli (maxsus) blankalar saqlanadigan po‘lat seyf yoki temir javon mavjud bo‘lishi; notarius xodimlarining faoliyat yuritishi uchun zarur kompyuter to‘plami va boshqa texnik jihozlar (printer, skaner, lyuvers, modem qurilmalari, barmoq izini olish uskunasi, audio va videoda qayd etish vositalari)ga ega bo‘lishi; telefon va internet aloqasi bilan ta’minlangan bo‘lishi; notarius litsenziyasining nusxasi, notarial harakatlar namunalari, talab qilinadigan hujjatlar, notarial harakat uchun to‘lovlar va ish tartibi to‘g‘risida axborotlar ko‘rsatilgan peshlavhalar yoki elektron axborot beruvchi vositalar mavjud bo‘lishi; notarial harakatlarning maxfiyligini ta’minlash maqsadida notarius fuqarolarni qabul qiladigan xona alohida bo‘lishi hamda u tabiiy va (yoki) sun’iy yoritish tizimiga ega bo‘lishi; notarius hamda uning xodimlari xonasi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lishi, bunda videoyozuvlar kamida bir oy davomida saqlanishi ta’minlanishi; notarius huzurida navbatda turgan shaxslarning kutish xonasi zarur yorug‘lik bilan ta’minlanishi, yetarli maydonga, o‘rindiq va mebel jihozlariga, shuningdek, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va fuqarolarning kutishi uchun zarur predmetlar bilan jixozlangan bo‘lishi. Notarius qabulini kutish xonasida notarial harakatlarning loyihalarini tayyorlash, hujjatlardan nusxa olish moslamalarini o‘rnatish, shuningdek, notarial arxivlarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 32. Notarial arxiv hujjatlarini saqlash uchun maxsus stellajlar, javonlar, seyflar bilan jihozlangan alohida xonalar (arxiv) ajratilishi, belgilangan talablarga rioya etilishi hamda arxiv hujjatlari saqlanishi to‘g‘ri tashkil etilishi, ularning yo‘qolishi va o‘g‘irlanishini bartaraf etish choralari ko‘rilishi lozim. Notarius tomonidan arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlash maqsadida begona shaxslarning arxivga kirib hujjatlar bilan tanishishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 33. Binoning notarius faoliyatini tashkil etishga oid minimal talablarga muvofiqligini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan notariusning ish faoliyati yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish vaqtida amalga oshiriladi. 34. Notarius joylashgan joy o‘zgarganda, shu jumladan binodan foydalanish huquqi muddatidan oldin bekor qilinganda, bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari va Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmalariga uch kun ichida xabarnoma berilishi lozim. Xabarnomada bino joylashgan joy va ish tartibi to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatilishi shart. 35. Notarius joylashgan binoning tashqi tomonidan, binoga kirish joyida shu notarius to‘g‘risida joylashtirilgan yoki notarial faoliyat bilan bog‘liq xizmatlar haqida shu bino vitrinasidagi qog‘oz yoki elektron axborot (peshlavha) reklama hisoblanmaydi va buning uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi. 36. Notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda adliya boshqarmalari amalga oshiradi. 37. Notariusning kasb etikasi qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etishi ustidan nazorat Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. 38. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari tegishli buyruqqa asosan notariuslarni kameral, qisqa muddatli va rejali tekshirishi mumkin. Notarial faoliyat ustidan nazorat notariusning notarial harakatlarni amalga oshirishi bilan bog‘liq, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyatlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshirishlar jarayonida amalga oshiriladi. 39. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari, shuningdek, Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari Tizimdan foydalangan holda kameral nazoratni quyidagi chora-tadbirlarni bajarish orqali amalga oshiradi: notarial harakatlar ustidan axborot tizimi orqali onlayn tarzda monitoring olib borish; tezkor xabar olingan taqdirda notarial harakatlarni to‘xtatib qo‘yish; “SMS” xabarnoma yuborish hamda idoralararo elektron axborot almashish yo‘lga qo‘yilganligini nazorat qilish. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularni umumlashtirish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash maqsadida Tizimni texnik ta’minlash va yuritish uchun mas’ul organ hisoblanadi. 40. Qisqa muddatli tekshirish reydi, “Sirli mijoz” tadbirlari va xizmat tekshiruvi o‘tkazish tartibida amalga oshiriladi. 41. Notariuslar ish faoliyatida rejali tekshirish uch yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Notarius ish faoliyatini dastlabki tekshirish u ish faoliyatini boshlaganidan bir yil o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi. 42. Notarius faoliyatini tekshirishda vakolatli shaxslar vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng notarius ularga tegishli hujjatlarni taqdim etishi shart. 43. Notariusning faoliyatini tekshirishga Notarial palata xodimi yoki uning boshqaruv a’zolaridan biri yoxud notariuslar jalb qilinishi mumkin. 44. Tekshirish natijalariga ko‘ra ma’lumotnoma, xizmat tekshiruvi o‘tkazilganda xulosa tuziladi. Tekshirish natijalari bo‘yicha tuzilgan hujjatlar notariusga tanishtiriladi va bir nusxasi taqdim etiladi. 45. Notarius litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yoxud boshqa uzrli sabablarga (notarius mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish va (yoki) bola parvarishlash ta’tillariga chiqqanda, ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilganda va boshqa hollarda) ko‘ra adliya boshqarmalari Notarial palataning hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda ushbu notariusning tugallanmagan notarial harakatlarini amalga oshirish hamda aholiga notarial xizmatlar ko‘rsatish uchun boshqa notariusga vakolat beradi va bu haqda tegishli buyruq rasmiylashtiriladi. 46. Notarius faoliyati ixtiyoriy yoki sud tartibida tugatiladi. 47. Faoliyati tugatilgan notarius notarial faoliyatiga oid hujjatlarni muqovalangan, tikilgan va raqamlangan holda adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga ikki haftada topshirishi shart. Notarius faoliyati tugatilganda unga tegishli muhr, shtamplar va ishlatilmagan gerbli (maxsus) blankalar shu kunning ertasidan kechiktirmay adliya boshqarmalariga topshirilishi shart. 48. Notarius vafot etganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganda notarial faoliyatiga oid hujjatlarni idoraviy notarial arxivga topshirish adliya boshqarmalari tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. 49. Notariuslar faoliyatini litsenziyalash, notariusni hisobga olish va hisobdan chiqarish, notariuslar faoliyatini sug‘urta qilish va ular faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatga olish deb ataladi) va hisob ro‘yxatidan chiqarish tartibini belgilaydi. 2. Ro‘yxatga olish xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius va uning faoliyat ko‘rsatish manzili haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. 3. Ro‘yxatga olish xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius joylashgan joydagi adliya organi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial idora tashkil etilgan paytdan e’tiboran uch kun ichida adliya organlarini bu haqda xabardor qiladi. 5. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius ro‘yxatdan o‘tkazish uchun adliya organiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma beradi. Agar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius boshqa notarial okrugda notarial faoliyat amalga oshirgan bo‘lsa, xabarnomaga adliya organining ro‘yxatdan chiqarish haqidagi xabarnomasi nusxasi ilova qilinadi. 6. Ro‘yxatdan o‘tkazishda ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 7. Adliya organi ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusni ro‘yxatga oladi va bu haqda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasini xabardor qiladi. Shunday xabarnoma olingan paytdan e’tiboran xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Notarial palataning a’zosi bo‘ladi va notarius maqomini oladi. 8. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning ro‘yxatdan o‘tganligi va uning faoliyat ko‘rsatish hududi haqidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi elektron reyestriga (keyingi o‘rinlarda elektron reyestr deb ataladi) kiritiladi. 9. Elektron reyestr adliya organi tomonidan yuritiladi. 10. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning litsenziyasi qayta rasmiylashtirilganda adliya organi bu haqda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusdan ma’lumot kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay elektron reyestrga o‘zgartirish kiritadi. Adliya organi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusga ilgari berilgan muhrni olib qo‘yadi va yo‘q qiladi. Bunda, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius yangi muhr tayyorlangandan so‘ng notarial faoliyatini davom ettiradi. 11. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius o‘z faoliyat ko‘rsatish hududida manzilini o‘zgarganligi bo‘yicha adliya organiga xabarnoma berishi lozim. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius manzilining uning faoliyat ko‘rsatish hududi doirasida o‘zgarishi takroran ro‘yxatdan o‘tkazishni talab etmaydi. Bunda, adliya organi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning yangi joylashgan manzili bo‘yicha elektron reyestrga tegishli o‘zgartirish kiritadi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial idora tashkil etgan notarial okrugda kamida ikki yil ishlaganidan keyin o‘z xohishiga ko‘ra Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan notariuslar lavozimlarining eng kam sonidan ko‘p bo‘lmagan boshqa notarial okrugda faoliyatini davom ettirishi mumkin. 12. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Notarial palata a’zoligidan chiqish haqida xabarnoma bergan kunidan boshlab uch ish kuni mobaynida Notarial palataning hududiy boshqarmasi bu haqda adliya organini xabardor qiladi. 13. Xabarnoma kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida adliya organi Notarial palataning hududiy boshqarmasi bilan birgalikda quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi: oxirgi uch yil davomida amalga oshirilgan notarial harakatlar qonuniyligini tekshiradi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning muhrini olib qo‘yadi va yo‘q qiladi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning hujjatlarini idoraviy notarial arxivga topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshiradi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusni hisob ro‘yxatidan chiqarish haqida xulosa rasmiylashtiradi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusni hisob ro‘yxatidan chiqarish haqidagi xulosa asosida adliya organi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusni ro‘yxatdan chiqaradi va bu haqda mazkur notariusga xabarnoma yuboradi. 14. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi ma’lumot elektron reyestrga kiritiladi. 15. Adliya organlari xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius ro‘yxatga olingan va ro‘yxatdan chiqarilgan vaqtdan boshlab ikki kun ichida bu haqda davlat statistika organlariga va davlat soliq xizmati organlariga xabar beradilar. 16. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom Notarial okrugdagi notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash bilan bog‘liq munosabatlarini tartibga soladi. 2. Notarial okrugda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar soni tegishli notarial okrugda notariuslar lavozimlarining belgilangan eng kam sonidan kam bo‘lgan taqdirda davlat notarial idorasi notariusi lavozimlari ta’sis etiladi. 3. Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 4. Har bir okrugdagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar soni ushbu notarial okrugdagi notariuslar lavozimlari eng kam sonining uch baravaridan oshmasligi lozim. 5. Har bir notarial okrugda kamida bitta notarius faoliyat yuritishi shart. Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni notarial okrug notariuslari tomonidan oxirgi uch yilda amalga oshirilgan notarial harakatlarning sonidan kelib chiqib belgilanadi, bunda notarial harakatlarning oylik o‘rtacha soni bir notariusga bir oyda 300 — 400 ta notarial harakatlar doirasida hisoblanadi. 6. Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni belgilash to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandi talablaridan kelib chiqib kiritiladi. Takliflarga quyidagilar ilova qilinadi: oxirgi uch yilda amalga oshirilgan notarial harakatlar soni; aholi soni; notarial idorasi ta’minoti xarajatlarini qoplash imkoniyati; notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni to‘g‘risidagi taklifni asoslaydigan boshqa ma’lumotlar. 7. Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi va belgilanadi. 8. Davlat notarial idoralarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarori bilan notariusning yordamchisi, notariusning stajori, notariusning kotibi va arxivarius lavozimlari joriy etilishi mumkin. Adliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat bojidan ajratmalar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun tushumlar hisobidan davlat notarial idoralarida qo‘shimcha tarjimon, operator, kuryer va aholiga notarial va u bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatish uchun boshqa ishchilar shtat birligini kiritishi mumkin. 9. Har bir davlat notarial idorasi notarius lavozimiga kamida bir birlik notarius yordamchisi va bir birlik notarius kotibi lavozimlari joriy etiladi. 10. Davlat notarial idoralari stajorlar va arxivariuslar soni har bir lavozim bo‘yicha respublikadagi davlat notarial idoralari notariuslari umumiy sonining 25 foizidan oshmasligi kerak. 11. Yordamchi xodim lavozimlari soni (ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilganlardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi organlari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi. 12. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 2-iyundagi 104-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 25-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni)” 2011-yil 23-fevraldagi 46-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 14-modda) ilovaning 4-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining notariat faoliyatini tashkil etishga doir ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 10-apreldagi 105-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 24-modda) ilovaning 3-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 100-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “Adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 23-dekabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 52-son, 603-modda) 1-bandning “a” kichik bandi va ilovaning 2-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarori)” 2017-yil 24-oktabrdagi 873-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 43-son, 1094-modda) ilovaning 5 va 13-bandlari. 7. Vazirlar Mahkamasining “Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi 124-son qaroriga 2-ilova. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori)” 2018-yil 9-avgustdagi 638-son qaroriga ilovaning 8 va 14-bandlari. 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son qarori)” 2018-yil 26-sentabrdagi 767-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
98
38,217
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-noyabrdagi PF-4482-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-noyabrdagi PF-4482-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 45-son, 510-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-noyabrdagi PF-4482-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2012-yil 18-iyuldagi 52-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2380, 2012-yil 20-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 345-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-4482-sonli Farmonining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 45-son, 510-modda) 4-bandiga muvofiq, pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi. 1. 2012-yilning 1-dekabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududidagi eng kam: ish haqi — oyiga 79 590 so‘m; yoshga doir pensiyalar — oyiga 155 670 so‘m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 155 670 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 95 520 so‘m miqdorida belgilanadi. 2. 2012-yil 1-dekabrdan keyin yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011-yil 1-oktabrdan amalga kiritilgan) qo‘llagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalar hisoblab chiqariladigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qo‘llaniladi. 2012-yil 1-dekabrgacha tayinlangan pensiyalar, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Farmonda belgilangan 1,1 baravar miqdorga oshirish yo‘li bilan qayta hisoblanadi. 3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam oylik ish haqining sakkiz baravaridan (79 590 so‘m x 8 = 636 720 so‘m) ortiq bo‘lmagan o‘rtacha ish haqi inobatga olinadi. 4. Yakka tartibdagi koeffitsiyentlar qo‘llanilgan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida bo‘lgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 636 720 so‘m (79 590 so‘m x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bog‘liq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga ko‘paytiriladi. 5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik bo‘yicha pensionerlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi. 6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (79 590 so‘m) kelib chiqib aniqlanadi. 7. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
250
3,636
Qonunchilik
Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi yuzasidan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kunidan boshlab o‘n sakkiz oy o‘tgandan keyin amalga kiritilsin. 2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi munosabati bilan ularda ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llashning ixtiyoriylik tusiga ega bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. “O‘zstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik tusini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash choralarini ko‘rsin. 4. “O‘zpaxtsanoateksport” XK, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida keng xabardor qilinishini ta’minlasinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
95
1,849
Qonunchilik
“MAHSULOT BELGILARI VA XIZMAT KO‘RSATISh BELGILARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “Mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida: O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin; ilgari belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanib kelinayotgan mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilasin; vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar o‘zlari qabul qilgan, ammo “Mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga zid bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqib, bekor qilishlarini ta’minlasin.
122
1,159
Qonunchilik
RESPUBLIKA ILMIY-TADQIQOT, LOYIHA VA KONSTRUKTORLIK TAShKILOTLARINING XODIMLARNI YoLLAShNING KONTRAKT TIZIMIGA O‘TIShI TO‘G‘RISIDA
Respublikaning ilmiy-tadqiqot imkoniyatidan samarali foydalanish, ilmiy, loyiha konstruktorlik tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ilmiy tadqiqotlarning sifati va samaraliligi uchun ularning mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1.Quyidagilar tasdiqlansin: ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarida xodimlarni yollashning kontrakt tizimi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarining xodimlarni yollashning kontrakt tizimiga o‘tishi tartibi 2-ilovaga muvofiq; ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarida ilmiy xodimlar lavozimlarini egallash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish tartibi 3-ilovaga muvofiq. 2. Respublikaning ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarida barcha toifalardagi xodimlarni yollashning kontrakt tizimi joriy qilinsin. Kontrakt tizimiga o‘tish 1993-1994-yillar mobaynida amalga oshirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi: idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarining xodimlarni yollashning kontrakt tizimiga o‘tishi jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; muassasalar va tashkilotlar tomonidan ilmiy-texnika sohasi xodimlarining huquqlarini e’tiborga olmaslikka va kamsitishga yo‘l qo‘yilmagan holda yollashning kontrakt shakliga o‘tish to‘g‘risidagi nizomga va tartibga qat’iy rioya qilinishini nazorat etishni ta’minlasin. 4. Ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bir oy muddatda tarmoq normativ hujjatlarini ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiqlashtirsinlar. 5. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin. 1. Ushbu Nizom idoraviy mansubligidan qat’i nazar, ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlari va muassasalarining (bundan keyin matnda ilmiy tashkilotlar deb yuritiladi) barcha toifadagi xodimlariga, shuningdek oliy o‘quv yurtlarining ana shunday bo‘linmalari xodimlariga nisbatan joriy etiladi. 2. Kontrakt tizimi respublikaning ilmiy imkoniyatidan samarali foydalanish, ilmiy tashkilotlar xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaraliligi uchun ularning mas’uliyatini oshirish maqsadida joriy qilinadi. 3. Ushbu Nizom doirasida mehnat jarayonlari, sharoitlari va natijalari bo‘yicha ilmiy tashkilot bilan yollanayotgan xodim o‘rtasida yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi kontrakt hisoblanadi. Ilmiy xodimlarni yollashda va xodimlarni ilmiy xodim lavozimlaridan boshqa lavozimlarga yollashda tuziladigan kontrakt namunalari ilova qilinadi (1 va 2-shakllar)*. 4. Ushbu Nizom ilmiy tashkilotlardagi kontraktlar tushunchasini, ularning tomonlarini va shartlarini aniqlab beradi. 5. Kontrakt ishga yollash va mehnat natijalaridan foydalanish bo‘yicha uni tuzuvchi tomonlar uchun o‘zaro foydali shartlarda shartnoma tuzish imkoniyatini belgilaydi. 6. Ilmiy lavozimlarni (kichik ilmiy xodim va ilmiy xodim lavozimlari bundan mustasno) egallash uchun ilmiy xodimlarning tanlov ishlari ular bilan kontrakt tuzishning zaruriy sharti hisoblanadi. Ishlab chiqarish zaruriyati taqozo etgan hollarda davomli kasalligi, uzoq muddatli xizmat safari, mehnat ta’tili va boshqa sabablar tufayli vaqtincha ishlamayotgan, lavozimlari qonuniy asosda saqlanib qoladigan xodimlarning vazifasini bajarib turish uchun ishlamayotgan xodimning vazifasi vaqtincha bajarib turiladigan davrga tanlov o‘tkazilmasdan kontrakt tuzishga yo‘l qo‘yiladi. 7. Kontrakt, odatda, muayyan muddatga (ko‘pi bilan 5 yilga) yoki muayyan ishni bajarish muddatiga (ilmiy dasturni, loyihani, xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ishlarni va boshqalarni bajarish davriga) tuziladi. 8. Kontrakt tomonlarning kelishuvi bilan belgilangan kundan boshlab lavozimga tayinlash haqida buyruq chiqarilishi uchun asos bo‘ladi va kontrakt imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. 9. Kontrakt yozma shaklda tuziladi va uni tomonlar imzolaydi. Kontrakt matni ikki nusxada — har qaysi tomon uchun bittadan tuziladi. 10. Kontraktda uni tuzish, shuningdek, bekor qilish shartlari, uning amal qilish muddati, tomonlarning huquqi, vazifalari va mas’uliyati, mehnatga haq to‘lash va uni tashkil etish shartlari, ijtimoiy-maishiy hamda tomonlar zarur deb hisoblaydigan boshqa shart-sharoitlar aks ettiriladi. 11. Kontrakt tuzuvchi tomonlar shundan kelib chiqishlari kerakki, ma’muriyat xodimdan kontraktda ko‘zda tutilmagan vazifalarni (ishlarni) bajarishni talab qilishga haqli emas. 12. Kontrakt tuzuvchi xodimga fan sohasi xodimlari uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlar va kafolatlar, huquq va vazifalar to‘liq joriy etiladi. 13. Kontrakt bo‘yicha ishga qabul qilinadigan xodimning ish haqi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida mazkur lavozim uchun ko‘zda tutilgan lavozim maoshi miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Kontraktda ish haqi miqdorlarini oshirish yoki kamaytirish, qo‘shimcha haq va mukofotlar belgilash shartlari belgilab qo‘yilishi mumkin. 14. Kontrakt tuzishda tomonlar amaldagi qonun hujjatlarida belgilanmagan qo‘shimcha imtiyozlarni (foyda hisobiga to‘lovlarni, har yilgi mehnat ta’tili vaqtida moddiy yordam ko‘rsatishni, kontrakt xodimga oraliq bo‘lmagan sabablar bilan, shu jumladan, yosh yoki kasallik bo‘yicha pensiyaga chiqish munosabati bilan to‘xtatilgan taqdirda pul kompensatsiyalari to‘lashni nazarda tutishlari mumkin. 15. Tomonlarning kelishuvi bo‘yicha kontraktda ish vaqti va dam olish tartibi belgilanishi mumkin. Bunda har yilgi mehnat ta’tilining qonunda belgilangan muddati kamaytirilishi mumkin emas. 16. Kontrakt bo‘yicha ishlash natijalari umuman yoki uning alohida bosqichlari bo‘yicha ilmiy kengash yoki uning qaroriga binoan tuzilgan ekspert komissiyasi tomonidan ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertizani o‘tkazish tartibi, muddatlari, ekspert komissiyasining tarkibi ilmiy kengash tomonidan belgilanadi. Kontraktda qilingan ishlar to‘g‘risida xodimlar tomonidan hisobotlar topshirish muddatlari, tartibi va shakli belgilab qo‘yiladi. 17. Kontraktning shartlari (mazmuni) tomonlarning faqat yozma kelishuvlariga binoan o‘zgartirilishi yoki to‘ldirilishi mumkin. 18. Kontrakt mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ham, kontraktda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ham muddatidan oldin bekor qilinishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Kontrakt unda belgilangan shartlar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda xodimni ishdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar kodeksi 36-moddasining 1-bandi bo‘yicha amalga oshiriladi (tomonlarning kelishuvi bo‘yicha). 19. Kontraktning amal qilishi to‘xtagandan keyin tomonlarning kelishuvi bo‘yicha, ilgarigi shartlar asosida uning muddati uzaytirilishi yoki u yangi shartlar asosida yangi muddatga qayta tuzilishi mumkin. Kontrakt muddatining tugashi, agar uning muddati uzaytirilmagan yoki u qayta tuzilmagan bo‘lsa, xodimni O‘zbekiston Respublikasining Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar kodeksi 36-moddasining 2-bandi bo‘yicha ishdan bo‘shatish uchun asos bo‘ladi. 20. Agar kontrakt muddati tugagan bo‘lsa va tomonlardan birontasi ham mehnat munosabatlarining to‘xtatilishini talab qilmasa, bunday holda kontrakt ilgarigi shartlar bo‘yicha bir yilga yoki kontraktda nazarda tutilgan boshqa muddatga uzaytirilgan hisoblanadi. Ushbu muddat tugagach kontrakt O‘zbekiston Respublikasining Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar kodeksi 36-moddasining 2-bandiga asosan uzaytirilishi, qayta tuzilishi yoki to‘xtatilishi kerak. 21. Yollashning kontrakt shakli joriy etilishi ilmiy muassasalar xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishning ilgari belgilangan tartibini bekor qiladi. 22. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat nizolari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Ilmiy tashkilotlarning xodimlarni yollashning kontrakt tizimiga o‘tishi tartibi ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarida xodimlarni yollashning kontrakt tizimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq quyidagi izchillikda amalga oshiriladi: 1. Ilmiy tashkilotning rahbari yollashning kontrakt tizimiga o‘tish jadvaliga muvofiq uni amalga kiritish to‘g‘risida buyruq chiqaradi va ikki oydan iborat bo‘lgan tayyorgarlik ko‘rish davrini belgilaydi. 2. Tayyorgarlik ko‘rish davrida: tashkilot xodimlari bilan kontraktlar tuzish, xodimlarni yollashning kontrakt tizimi to‘g‘risidagi nizom bilan tanishtirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib boriladi; ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzui, ularni bajarish bosqichlari va muddatlari, mavzular bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash manbalari, rejalashtirilayotgan mehnatga haq to‘lash fondi aniqlanadi, qo‘shimcha ishlarni bajarganlik ular sifatining yuqoriligi va boshqalar uchun qo‘shimcha haq to‘lash maqsadida mehnatga haq to‘lash fondining zaxiralari belgilanadi; Vazirlar Mahkamasining “1993-yil 1-yanvardan boshlab mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1992-yil 26-dekabragi 590-son qaroriga ko‘ra yagona tarif setkasi asosida shtat jadvali va eng kam lavozim maoshlari aniqlanadi. 3. Kontrakt tuzishdan oldin ilmiy xodimlar tanlov asosida tanlanadi. Tanlov ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarida ilmiy xodimlarning lavozimlarni egallash bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazishning tasdiqlangan tartibiga binoan amalga oshiriladi. 4. Tegishli lavozimga ilgari qabul qilingan (tanlov bo‘yicha o‘tgan) xodimlarning kontrakt tizimiga o‘tishiga mehnatning asosiy sharoitlarini o‘zgartirish sifatida qaraladi va u O‘zbekiston Respublikasining Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar kodeksining 32-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Qayd etilgan xodimlar kontrakt tizimiga o‘tish to‘g‘risida kamida ikki oy oldin shaxsan imzo chektirgan holda xabardor qilinadilar. Ushbu muddat tugagandan keyingina tanlovlar o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. 1. Ilmiy xodimlar lavozimlarini egallash tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovdan o‘tish laboratoriya mudiri, sho‘ba mudiri, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimlarini egallash uchun ilmiy xodimlar bilan kontraktlar tuzishning dastlabki zaruriy sharti hisoblanadi. 2. Bosh va yetakchi ilmiy xodimlar lavozimlarini egallashda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining akademiklari va muxbir a’zolari bilan (ularning ko‘rsatilgan lavozimlarga nechanchi marta qabul qilinayotganlaridan qat’iy nazar); kichik ilmiy xodim va ilmiy xodim lavozimlarini egallashda tanlovdan o‘tmasdan kontraktlar tuziladi. 3. Ilmiy-tadqiqot, loyiha yoki konstruktorlik tashkiloti (bundan keyin ilmiy tashkilot deb yuritiladi) rahbarining qaroriga ko‘ra ilmiy xodimlarni o‘rindoshlik bo‘yicha ishga qabul qilish tanlov o‘tkazilmasdan Kontrakt asosida amalga oshirilishi mumkin. 4. Tanlovda quyidagilar ishtirok etishlari mumkin: bosh va yetakchi ilmiy xodimlar lavozimlarini egallash uchun — fan doktori ilmiy darajasi bo‘lgan shaxslar; ilmiy bo‘limlar, laboratoriyalar, sho‘balar mudirlari, katta ilmiy xodimlar lavozimlarini egallash uchun — odatda, fan doktori ilmiy darajasi bo‘lgan, kamdan-kam hollarda — fan nomzodi ilmiy darajasi bo‘lgan shaxslar. 5. Ilmiy tashkilot tanlov haqida uning o‘tkazilishidan kechi bilan bir oy oldin vaqtli matbuot orqali manfaatdor muassasalar, idoralar, o‘quv yurtlari va boshqalarga xabar berish yo‘li bilan e’lon qiladi, bunda lavozim, talab qilinadigan ixtisos va malaka, hujjatlarni topshirish muddatlari va boshqa talablar ko‘rsatiladi. 6. Tanlovga qatnashishni xohlovchi shaxs ilmiy tashkilot rahbari nomiga ariza beradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi; kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, oliy ma’lumot, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar to‘g‘risidagi diplomlarning nusxalari, ilmiy asarlar va ixtirolarning ro‘yxati. Agar tashkilotda tanlovda ishtirok etadigan xodimning shaxsiy hujjatlar jildi bo‘lsa, u holda arizaga faqat ilmiy asarlar va ixtirolar ro‘yxati ilova qilinadi. Tanlovda ishtirok etadigan shaxslar ilmiy tashkilot yoki alohida nufuzli mutaxassis tomonidan o‘zlarining ilmiy faoliyati to‘g‘risida berilgan taqrizni taqdim etishlari mumkin. 7. Ilmiy tashkilot tanlov qatnashchilarining ro‘yxatini ilmiy kengash majlisidan 10 kun oldin e’lon qiladi. 8. Ilmiy tashkilotning ilmiy kengashi tanlov e’lon qilingan lavozimni egallash uchun nomzodni yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylaydi. Yashirin ovoz berishni o‘tkazish uchun ilmiy kengash hisoblash komissiyasini saylaydi. Mazkur lavozimga tanlovda qatnashuvchi barcha shaxslar yashirin ovoz berish uchun bitta byulletenga kiritiladilar. Kengashning tanlov natijalari to‘g‘risidagi qarori ovoz berishda kengash a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi. Ovoz berish “roziman” yoki “rozi emasman” so‘zini o‘chirish bilan ifodalanadi. Eng ko‘p ovoz olgan va ovoz berishda qatnashgan kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi uning uchun ovoz bergan nomzod saylangan hisoblanadi. 9. Tanlovda qatnashgan nomzodlardan birontasi ham ko‘rsatilgan miqdorda ovoz olmagan taqdirda tanlov o‘tkazilmagan hisoblanadi. Ovozlar soni teng bo‘lib qolgan hollarda ilmiy kengash raisining qaroriga binoan ovoz berish takroran o‘tkazilishi mumkin. Hisoblash komissiyasining bayonnomasi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadi. 10. Tanlovda qatnashishga qo‘yilgan shaxslar o‘zlarining nomzodlari muhokama qilinayotganda ilmiy kengash majlisida qatnashish, savollarga javob qaytarish va zarur tushuntirishlar berish huquqiga egadirlar. 11. Agar tanlovga qo‘yilgan shaxs kengash a’zosi bo‘lsa, u ovoz berishda qatnashmaydi va kvorumni aniqlashda hisobga olinmaydi. 12. Ilmiy xodimlarni tanlov bo‘yicha saylash o‘tkazilayotgan ilmiy kengash majlisida bayonnoma yuritiladi.
130
13,833
Qonunchilik
ARXIV IShI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi arxiv ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: alohida qimmatli hujjat — o‘chmas tarixiy-madaniy va ilmiy qimmatga, jamiyat hamda davlat uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, hisobga olish, saqlash va foydalanishning alohida tartibi belgilangan arxiv hujjati; arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa; arxiv ishi — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat; arxiv fondi — yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyati natijasida yaratilgan, tarixiy yoki mantiqiy jihatdan o‘zaro aloqador arxiv hujjatlari majmui; arxiv hujjatlari — fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyati bois saqlanishi lozim bo‘lgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy jismlardagi yozuvlar; arxiv hujjatlarini depozitar saqlash — arxiv hujjatlarini ularning mulkdori (egasi) bilan arxiv, muzey, axborot-kutubxona muassasasi o‘rtasidagi kelishuvda (shartnomada) belgilanadigan muddatlar va shartlar asosida mulkdorning (egasining) arxiv hujjatlariga bo‘lgan mulk huquqini (egalik huquqini) saqlab qolgan holda saqlash; idoraviy arxiv — yuridik shaxsning arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmasi; ish yuritish — yuridik shaxsning hujjatlashtirish va rasmiy hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish bo‘yicha faoliyatini ta’minlab beruvchi jarayon; Milliy arxiv fondi — O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan majmui; Milliy arxiv fondining davlat katalogi — arxiv hujjatlari Milliy arxiv fondining tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining hajmi va tarkibi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hisobga olish hujjati; noyob hujjat — o‘zida mavjud bo‘lgan axborot va (yoki) tashqi belgilari bo‘yicha o‘xshashi yo‘q, yo‘qotilgan taqdirda o‘zining ahamiyati va (yoki) asl qo‘lyozmaligi nuqtai nazaridan o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan alohida qimmatli hujjat; sug‘urta nusxa — alohida qimmatli hujjat yoki noyob hujjatning boshqa moddiy jismdagi, asl nusxada mavjud bo‘lgan axborotni o‘qish yoki ko‘rish (eshitish) imkonini beruvchi ko‘chirma nusxasi; shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar — xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarini aks ettiruvchi arxiv hujjatlari. Arxiv hujjatlari xususiy hamda ommaviy mulk shakllarida bo‘lishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida turgan arxiv hujjatlari, shuningdek ular tomonidan davlat arxivlari, muzeylari va axborot-kutubxona muassasalariga topshirilgan arxiv hujjatlari davlat mulki hisoblanadi hamda mazkur hujjatlar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, oldi-sotdi yoki mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa bitimlar obyekti bo‘lishi mumkin emas. Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan taqdirda ularning arxiv hujjatlari, shu jumladan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar davlat mulki bo‘lib qoladi va belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi. Nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxiv hujjatlari, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari ularning xususiy mulkidir. Vafot etgan fuqarolarning Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan shaxsiy arxiv hujjatlari, vasiyatnoma yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlar bo‘lmaganda, shuningdek arxiv hujjatlarining mulkdorini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, davlat mulkiga o‘tadi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilayotganda ularning arxiv hujjatlari tegishli davlat arxivlari bilan kelishilgan holda mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqiy vorislariga topshiriladi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilayotganda ularning arxiv hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; arxiv ishini rivojlantirish va arxivlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir davlat dasturlarini tasdiqlaydi; arxiv ishi va ish yuritishning holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi; arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi; Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi va Milliy arxiv fondining davlat katalogi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritish hamda uning tarkibidan chiqarish tartibini belgilaydi; Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ro‘yxatini tasdiqlaydi; arxiv hujjatlarining maxfiylik toifalarini, shuningdek davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan arxiv hujjatlarini kirib ko‘rishga doir cheklovlarni belgilaydi; arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi; arxivlarning asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarish namunaviy normalarini belgilaydi; arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “O‘zarxiv” agentligi deb yuritiladi): arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; arxiv ishini rivojlantirish va arxivlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; arxiv ishi va ish yuritishning holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; Milliy arxiv fondining davlat katalogini yuritadi; arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritadi hamda uning tarkibidan chiqaradi; hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi; arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek sug‘urta nusxalarni tayyorlash va saqlash tartibini belgilaydi; arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish tartibi va shartlarini belgilaydi; davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqishga ruxsat beradi; arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ro‘yxatini tuzish tartibini belgilaydi. “O‘zarxiv” agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan, tegishli hududda joylashgan davlat arxivlari va idoraviy arxivlarda turgan arxiv hujjatlarining saqlanishi uchun lozim darajadagi shart-sharoitlarni ta’minlaydi; Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan, tegishli hududda joylashgan arxivlar va idoraviy arxivlarda turgan arxiv hujjatlarining holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; tegishli hududdagi davlat arxivlarini moliyalashtirish miqdorini o‘z vakolatlari doirasida belgilaydi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari O‘zbekiston xalqi madaniy merosining ajralmas qismidir. Milliy arxiv fondi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismidan va davlatga tegishli bo‘lmagan qismidan iboratdir. Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarining fuqarolik muomalasiga ushbu Qonunda belgilangan cheklovlarga rioya etilgan holdagina yo‘l qo‘yiladi. Arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari mulkdoriga mazkur hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma belgilangan tartibda beriladi. Arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi tarkibidan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Milliy arxiv fondining davlat katalogini yuritish “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga, kimning egaligida turganligidan qat’i nazar, doimiy (muddatsiz) saqlanishi lozim bo‘lgan, davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari kiradi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga doimiy (muddatsiz) saqlanishi lozim bo‘lgan, nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati natijasida yaratilgan arxiv hujjatlari, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari kiradi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini tasarrufdan chiqarish mumkin emas. Mazkur hujjatlar yo‘qolgan yoki yemirilgan hollarda ular Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibidan chiqariladi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari “O‘zarxiv” agentligi oldindan yozma shaklda xabardor qilingan holda tasarrufdan chiqarilishi yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin. Arxivlarni tashkil etish uchun arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish talablariga javob beradigan moddiy-texnik baza, shu jumladan bino (xonalar), zarur jihozlar, muhofaza vositalari hamda yong‘inga qarshi vositalar bo‘lishi shart. Arxivlarning asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarish namunaviy normalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Maxfiy arxivlar tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Arxivlar davlat va nodavlat arxivlari turlarida tashkil etilishi mumkin. Davlat arxivlari quyidagi toifalarga bo‘linadi: milliy arxivlar; markaziy davlat arxivlari; viloyat va tuman (shahar) davlat arxivlari; tarmoq davlat arxivlari. Arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda idoraviy arxivlarni tashkil etishi mumkin. Arxiv hujjatlarini jamlash arxivlar, idoraviy arxivlar va jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini arxiv hujjatlari bilan to‘ldirishni o‘z ichiga oladi. Milliy arxivlar, markaziy, viloyat, tuman (shahar) davlat arxivlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining faoliyati natijasida yaratilgan arxiv hujjatlari, shuningdek ular tomonidan olingan yoki ularga nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar topshirgan arxiv hujjatlari bilan jamlanadi. Tarmoq davlat arxivlari tegishli vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning faoliyati natijasida yaratilgan arxiv hujjatlari bilan jamlanadi. Nodavlat arxivlar qonunchilikda belgilangan tartibda jamlanadi. Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ro‘yxatini tuzish tartibi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi. Nodavlat arxivlar va jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari bilan jamlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari sotilayotganda davlat arxivlari imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni jamlashi shart. Arxiv hujjatlarini jamlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi saqlash uchun tanlab olish maqsadida hujjatlar yoki arxiv hujjatlarining qimmatliligini belgilash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi. Arxiv hujjatlarini davlat hisobiga olish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: arxivlar va idoraviy arxivlarda hisobga olish hujjatlarini tuzish; arxivlar va idoraviy arxivlarda yig‘ma hujjatlarni tuzish va ularni “O‘zarxiv” agentligiga taqdim etish; Milliy arxiv fondining davlat katalogini yuritish. Arxivlar va idoraviy arxivlardagi hisobga olish hujjatlariga quyidagilar kiradi: hujjatlarning kelib tushish kitobi; arxiv fondlarining ro‘yxati; arxiv fondi varag‘i; arxiv ro‘yxati; arxiv fondi yig‘majildi. Arxiv hujjatlarini davlat hisobiga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini hisobga olish ular tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxiv hujjatlarini, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini saqlash ular tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari doimiy (muddatsiz) saqlanishi lozim va ularni yo‘q qilib tashlash taqiqlanadi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlash davlat arxivlari, muzeylari va axborot-kutubxona muassasalarida, shuningdek ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarda amalga oshiriladi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarda doimiy (muddatsiz) saqlash “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgan idoraviy normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash ushbu Qonunning 24-moddasida belgilangan muddatlar mobaynida amalga oshiriladi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari arxivlar va idoraviy arxivlarda, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari tarkibida saqlanishi mumkin. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxiv hujjatlari, jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari arxivlar, muzeylar va axborot-kutubxona muassasalariga depozitar saqlash uchun topshirilishi mumkin. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni saqlashi shart. Arxiv hujjatlarini saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlashning quyidagi muddatlari belgilanadi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek respublika bo‘ysunuvidagi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari — o‘n besh yil mobaynida; mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, viloyat bo‘ysunuvidagi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari — o‘n yil mobaynida; tuman va shahar bo‘ysunuvidagi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari — besh yil mobaynida; ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, boshqa tashkilotlarning arxiv hujjatlari — o‘n yil mobaynida; ilmiy, texnologik, konstruktorlik va patent hujjatlari — yigirma yil mobaynida; kapital qurilish bo‘yicha loyiha hujjatlari — yigirma besh yil mobaynida; telemetrik hujjatlar — besh yil mobaynida; ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari — tayyorlangan vaqtidan boshlab uch yildan oshmagan muddat mobaynida; mashinada o‘qiladigan hujjatlar — besh yil mobaynida. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatlari o‘tgach ular belgilangan tartibda davlat arxivlariga elektron ko‘chirma nusxalari bilan birga, alohida qimmatga ega bo‘lgan va noyob hujjatlar uchun esa sug‘urta nusxalari bilan birga topshiriladi. Agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, notarial harakatlar yozuvlari, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar, sud ishlari va xo‘jalik kitoblari idoraviy arxivlarda yetmish besh yil mobaynida saqlanishi lozim. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, notarial harakatlar yozuvlari, sud ishlari va xo‘jalik kitoblarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatlari o‘tgach ular belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi. Arxivlar va idoraviy arxivlarda arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlash arxivlar hamda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklatiladi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlamayotgan mulkdorlar sud qaroriga binoan mazkur hujjatlarga bo‘lgan mulk huquqidan mahrum etilishi mumkin, shundan so‘ng bu hujjatlar saqlash uchun tegishli davlat arxiviga topshiriladi. Davlat arxivlarining binolari mazkur arxivlarni arxiv hujjatlarini saqlashni va ulardan foydalanishni tashkil etish talablariga javob beradigan binolar bilan ta’minlamasdan turib boshqa shaxsga o‘tkazilmasligi lozim. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarning but saqlanishini ta’minlashi shart. Jismoniy shaxslar o‘z shaxsiy arxiv hujjatlarining but saqlanishini mustaqil ravishda ta’minlaydi. Alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlarning sug‘urta nusxalari yaratiladi. Arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibi, shuningdek sug‘urta nusxalarni tayyorlash va saqlash tartibi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi. Arxiv hujjatlaridan foydalanish xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim maqsadida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar: arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibiga rioya qilishi; arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlashi; arxiv hujjatlariga yetkazilgan shikastlar yoki arxiv hujjatlaridagi yetishmovchiliklar aniqlanganligi to‘g‘risida tezkor ravishda arxiv va idoraviy arxiv xodimlariga xabar berishi; arxiv hujjatlaridan olingan ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish yoki soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymasligi shart. Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Arxivlar va idoraviy arxivlardagi arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish foydalanuvchiga ilmiy-ma’lumotnoma apparatini, shuningdek tegishli arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini taqdim etish orqali ta’minlanadi. Arxivlar va idoraviy arxivlardagi arxiv hujjatlarini, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish ularning but saqlanishini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Fuqarolarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoki ularning hayoti va xavfsizligiga tahdid tug‘diruvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan arxiv hujjatlarini kirib ko‘rishga doir cheklovlar arxiv hujjatlari tayyorlangan vaqtdan e’tiboran yetmish besh yil muddatga belgilanadi. Ushbu muddatdan oldin mazkur hujjatlarni kirib ko‘rishga fuqaroning o‘zi tomonidan, uning vafotidan so‘ng esa shu fuqaroning merosxo‘rlari tomonidan ruxsat berilishi mumkin. Arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish tartibi va shartlari “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi. Arxiv hujjatlarining maxfiylik toifalari, shuningdek davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan arxiv hujjatlarini kirib ko‘rishga doir cheklovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Arxivlar va idoraviy arxivlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xizmatlar ko‘rsatadi. Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan arxiv ma’lumotnomalarini, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga arxiv ma’lumotnomalarini va arxiv hujjatining ko‘chirma nusxasini berish bepul amalga oshiriladi. Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno. Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqishga “O‘zarxiv” agentligining ruxsati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi. Xususiy mulk bo‘lgan, Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilmagan arxiv hujjatlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi ko‘chirma nusxalari O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin. Bu holda olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilangan tartibda hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim. Qonuniy asoslarda qo‘lga kiritilgan va (yoki) olingan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga ruxsat beriladi. Davlat arxivlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Davlat arxivlarining pulli xizmatlar ko‘rsatishdan va moliyalashtirishning boshqa manbalaridan olinadigan mablag‘lari qonunchilikda belgilangan tartibda ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Nodavlat arxivlarini moliyalashtirish ularning mulkdorlari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Arxiv ishi sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Arxiv ishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar to‘g‘risida”gi 768-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 120-modda); 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 769-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 121-modda); 3) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 90-modda) XIX bo‘limi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
22
24,671
Qonunchilik
Shaharlarda ijtimoiy doriхonalar – har 2–3 km oraligʻida
QHTBT portalida Ijtimoiy doriхonalar toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 7.11.2017 yildagi PF-5229-son Farmonida sogʻliqni saqlash muassasalari bazasida (ya’ni, davlat-хususiy sheriklik shartlarida – tahr.) ijtimoiy doriхonalar tarmogʻini tashkil etish nazarda tutilgan. Ularning joylashuvi 2018 yil boshlanguniga qadar belgilanishi lozim edi. Biroq topshiriq belgilangan muddatda bajarilmadi. Bundan tashqari, ijtimoiy doriхonalarning huquqiy maqomi, shuningdek ularning tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi haligacha belgilanmagan. Shu munosabat bilan davlat rahbari joriy yilning 15 martigacha Ijtimoiy doriхonalar toʻgʻrisidagi nizomni (14.02.2018 yildagi PQ–3532-son) tasdiqlashni topshirdi. Ishlab chiqilgan loyiha ijtimoiy doriхonalar joylashuvi masalasini, aniqlash mezonlarini, nomzodlarni tanlash tartibi va ularning kelgusida faoliyat koʻrsatishini, shuningdek dori vositalarini pasaytirilgan narхlarda хarid qilish va sotishni tartibga soladi.  Ijtimoiy doriхona oʻzi nima va qanday faoliyat yuritadi Ijtimoiy doriхona sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat-хususiy sheriklik[1] asosida, yuridik shaхs yoki uning tarkibiy boʻlinmasi shaklida tashkil etilgan iхtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanadi. Ijtimoiy doriхonalarning asosiy faoliyat turlari quyidagilar hisoblanadi: Qishloq vrachlik punktlari mavjud boʻlmagan borish qiyin, togʻli tumanlarda ijtimoiy doriхonalarga talablardan biri - dori vositalari va tibbiyot buyumlarini koʻchma doriхonalar filiallari orqali («DAMAS» avtomobilida) yetkazib berish. Ijtimoiy doriхonalarning joylashuv radiusini aholi sonini hisobga olgan holda oʻlchash taklif etilmoqda, biroq shaharlarda 2-3 km dan va qishloq joylarda esa 10–30 km dan oshmasligi kerak. Kimlar хususiy sherik boʻladi Xususiy sheriklikka nomzodlarni quyidagi mezonlar boʻyicha tanlash taklif etilmoqda: Sogʻliqni saqlash vazirligining maхsus komissiyasi unga taqdim etilgan arizalar boʻyicha хususiy sheriklarni tanlash bilan shugʻullanadi. Bu taomil taхminan 10 kalendar kun davomida amalga oshiriladi. Qabul qilingan qaror natijalariga koʻra 5 kunlik muddat ichida nomzod bilan davlat-хususiy sheriklik bitimi tuziladi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.  Oleg Zamanov. [1] «Davlat-хususiy sherikligi toʻgʻrisida»gi Qonun hozirgacha qabul qilinmagan. Qonun loyihasi bilan bu yerda tanishish mumkin.
56
2,410
Qonunchilik
Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori ijrosini ta’minlash hamda tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari (keyingi o‘rinlarda ABKM deb ataladi) joylashgan bino va inshootlar xatlovdan o‘tkazilganligi va uning natijalari bo‘yicha tashkil etiladigan shahar (tuman) Davlat xizmatlari markazlari bilan bandlik sohasida o‘zaro hamkorlikda davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir samarali, tezkor va shaffof faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi ABKMlarning zamonaviy binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha namunaviy loyiha tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra ishlab chiqilgan 2018 — 2021-yillarda tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq ma’qullansin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari ABKMlarning binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi hisoblanishi, loyihalash va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov (tender) savdolari natijalaridan kelib chiqqan holda aniqlanishi belgilab qo‘yilsin. 4. ABKMlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachilar belgilangan tartibda: loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda — loyiha-smeta hujjatlarining zamonaviy va optimal arxitektura yechimlarini qo‘llagan holda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini; qurilish tashkilotlari bilan birgalikda — qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq sifatli bajarilishini ta’minlasinlar. 5. Quyidagilar Dasturning amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ABKM binolarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, jihozlash va ularga yondosh hududlarni obodonlashtirish ishlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari; ABKM binolarini qurish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining 2019 — 2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat rivojlanish dasturlari parametrlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan markazlashtirilgan qo‘yilmalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘larini va texnik ko‘maklashish loyihalarini, shuningdek, homiylik xayriyalarini jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ABKM binolari qurilishi uchun, muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasi bilan to‘liq ta’minlanganligini va fuqarolar uchun qulay joylashtirishni hisobga olgan holda, yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat rivojlanish dasturlarini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ilovaga muvofiq ABKM binolari qurilishi uchun kapital qo‘yilmalarning tegishli limitlarini nazarda tutsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan arxitektura-qurilish nazoratini belgilangan tartibda ta’minlasin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
127
4,777
Qonunchilik
Toshkentda markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 17.08.2018 yildagi «Davlat-хususiy sheriklik asosida markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi tashkil etish toʻgʻrisida»gi 674-son qarori e’lon qilindi. Hujjatga muvofiq «Yagona klinika-diagnostika laboratoriyasi» boshqaruv kompaniyasi» MChJ (bundan keyin – «YaKDL» BK MChJ) istisno tarzida, bevosita muzokaralar asosida konsession shartnoma tuzgan holda Toshkentda tajriba tariqasida markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasini tashkil etadi. Ma’lumot uchun: konsessiya – davlat nomidan investorga konsession shartnoma asosida mol-mulk, yer va yer osti uchastkalarini berish bilan bogʻliq хoʻjalik faoliyatining muayyan turini amalga oshirish uchun beriladigan ruхsatnoma. Konsession shartnoma, tegishincha, konsessioner (investor) va davlat nomidan vakolat berilgan konsession organ oʻrtasida tuziladi. Belgilab qoʻyilganidek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga muvofiq Toshkent va Toshkent viloyatining tibbiyot tashkilotlari markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi хizmatlari bilan qamrab olinadi. Loyiha natijalariga koʻra markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi хizmatlari respublikaning boshqa hududlarida ham ommalashtirilishi mumkin. Sogʻliqni saqlash vazirligiga Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uzoq muddatda (15 yilgacha) egalik qilish va foydalanish maqsadida konsessionerga berish uchun ob’yektlarni bir oy muddatda belgilangan tartibda tanlab olishni ta’minlash vazifasi topshirildi. Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va konsessioner bilan birgalikda quyidagilarni bir oy muddatda ishlab chiqadi va konsession shartnoma loyihasiga kiritadi: 2018 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan muddatda konsessioner tomonidan shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini uchinchi shaхslarga bera olish huquqiga ega boʻlgan holda «YaKDL» BK MChJ bilan konsession shartnoma tuziladi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.
80
2,018
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yildagi kutilayotgan ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yildagi kutilayotgan ijrosi to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yildagi kutilayotgan ijrosi to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2004-yilda Davlat budjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohani moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilganligi, bunda ta’lim muassasalarini, sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish va ularning ta’minotiga, shuningdek qishloq iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratilganligi ta’kidlansin.
88
653
Qonunchilik
QO‘NG‘IROT SODA ZAVODI UChUN KADRLARNI MAQSADLI TAYYORLAShNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Qo‘ng‘irot soda zavodini oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, ushbu korxonada ishlash uchun jalb etiladigan mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi bo‘limini tashkil etish, bo‘limning o‘quv-laboratoriya bazasini Qo‘ng‘irot soda zavodi hududida joylashgan muhandislik korpusi binosiga joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar tashkil etilayotgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti maxsus sirtqi bo‘limining asosiy vazifalari etib belgilansin: Qo‘ng‘irot soda zavodining joriy va istiqboldagi ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali muhandis-texnik xodimlarni maqsadli tayyorlash; institutning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ilg‘or texnologiyalarni ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish masalalarini bevosita ishlab chiqarishda o‘rganish imkonini beradigan o‘quv jarayonini tashkil etish; texnologiya jarayoni samaradorligini oshirishda institutning ilmiy-pedagogik salohiyatidan va zavodning yetakchi amaliyotchi-mutaxassislaridan foydalanish imkonini beradigan oliy ta’lim fanining ishlab chiqarish bilan mustahkam integratsiyasini rivojlantirish. 3. 2005/2006 o‘quv yiliga ta’limning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha uch yillik o‘qish muddatida bakalavrlarni maqsadli tayyorlash bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limga qabul qilish kvotasi 65 kishidan iborat qilib belgilansin; 5522400 — “Kimyoviy texnologiya” — 20 kishi; 5520700 — “Texnologiya mashinalari va asbob-uskunalari” — 15 kishi; 5580400 — “Muhandislik kommunikatsiyalari qurish” — 15 kishi; 5521300 — “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” — 15 kishi. 4. Belgilansinki: Toshkent kimyo-texnologiya instituti maxsus sirtqi bo‘limining birinchi bosqichiga qabul qilish, istisno tariqasida, kirish test sinovlarisiz asosan turdosh o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Qo‘ng‘irot soda zavodining yo‘llanmalari asosida davlat granti bo‘yicha amalga oshiriladi; ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari kontingenti Toshkent kimyo-texnologiya institutida va respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan, Qo‘ng‘irot soda zavodida kontrakt bo‘yicha ishlash xohishini bildirgan tegishli va turdosh ta’lim yo‘nalishlari talabalarini o‘tkazish yo‘li bilan shakllantiriladi. To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarni o‘tkazishda o‘qitishning pulli shakli saqlanib qoladi; o‘qishga qabul qilishda Qo‘ng‘irot soda zavodi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va talabalar o‘rtasida o‘qish tamom bo‘lgandan keyin bitiruvchilarning zavodda kamida besh yil majburiy ishlashini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomalar tuziladi. 5. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi uch oy muddatda Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi bo‘limini joylashtirish uchun Qo‘ng‘irot soda zavodining qoldiq qiymati 380 mln. so‘m bo‘lgan muhandislik korpusi qurilishini tugallasin va o‘quv jarayonini tashkil etishga zarur shart-sharoitlar yaratsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning har yilgi ko‘rsatkichlarini shakllantirishda Qo‘ng‘irot soda zavodining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun kvotani nazarda tutsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: soda zavodining ehtiyojiga muvofiq Qo‘ng‘irot sanoat kollejida texnik kadrlar tayyorlanishini ta’minlasin; 2005/2006 o‘quv yili boshlangunga qadar Toshkent kimyo-texnologiya institutining Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan buyurtmanomasi bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limning o‘quv-laboratoriya xonalarini Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantarish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga o‘qitishning texnik va axborot vositalari, laboratoriya asbob-uskunalari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar va boshqa zarur mulk bilan jihozlasin; Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda ta’limning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘lim o‘quv rejalari va dasturlarini respublika ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda sifatli ta’lim jarayonini tashkil etishda, talab etiladigan ilmiy-pedagog kadrlar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashda Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi bo‘limiga doimiy ravishda ilmiy-metodik va amaliy yordam ko‘rsatsin; Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi bo‘limida va Qo‘ng‘irot sanoat kollejida o‘quv jarayoni tashkil etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasb-hunar kollejlari negizida o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini ilgari tamomlagan va ishlamayotgan shaxslar orasidan 564 nafar hamda “O‘rganchtransgaz” o‘quv markazi negizida 26 nafar malakali ishchini ikki oyda jadal tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sarf-xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar va moliyalashtirishning amaldagi normativlari asosida 2005-yilda respublika oliy ta’lim muassasalarining xarajatlari smetasiga kadrlar tayyorlashga budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklatilsin.
86
6,556
Qonunchilik
Chegara nazorati qanday tartibda oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 21.12.2017 yildagi 1007-son «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi. Chegara orqali oʻtkazish punktlarini jihozlash 2018-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarini teхnik vositalar bilan jihozlashni takomillashtirish boʻyicha tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Quyidagilarni joriy etish rejalashtirilmoqda: Shuningdek, MXX Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi server uskunalari va qidiruv-aхborot tizimining mavjud dasturiy ta’minotini modernizatsiya qilish, shuningdek uni yangidan joriy etiladigan tizimlar bilan integratsiyalash koʻzda tutilgan. Bu bilan bogʻliq хarajatlar MXX Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi va DBQga har yili ajratiladigan byudjet mablagʻlari, byudjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Chegara nazorati – yangi nizom boʻyicha Shaхslar, transport vositalarn va tovarlarnn Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda – Nizom). Unda har bir davlat nazorati organining huquq va majburiyalari, shuningdek davlat chegarasining har bir oʻtkazish punkti: avtomobil yoʻllari (piyodalar), temir yoʻllar va aviatsiya va daryo oʻtkazish punktlaridan oʻtish tartibi batafsil bayon etilgan.  Nizomga koʻra, Davlat chegarasidan oʻtayotgan barcha shaхslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkaziladi (tegishli davlat nazorat organlari tomonidan). Nazoratning muayyan turlari va shakllaridan ozod etish tartibi qonunchilik va mamlakatimizning хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat chegarasi orqali oʻtkazish davlat nazorati organlari tomonidan oʻtkazish punktida MXX va IIVning hududiy organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Shaхslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali oʻtkazish toʻgʻrisidagi yakuniy qaror ular oʻtkazish punktida barcha turdagi nazoratdan oʻtkazilgandan soʻng chegara nazorati boʻlinmasi tomonidan qabul qilinadi. Ustuvorlik kimga beriladi  Davlat chegarasi orqali quyidagilar ustuvor tartibda oʻtkaziladi: Ba’zi hollarda shaхslar, transport vositalari va tovarlar chegara nazorati boʻlinmasi rahbarining qaroriga asosan bojхona organi boshligʻi bilan kelishilgan holda ustuvor tartibda oʻtkazilishi mumkin.  Ikki yoʻlakli tizim amal qiladi Xalqaro yoʻnalishlar uchun ochilgan avtomobil yoʻllari, temir yoʻllar va aviatsiya oʻtkazish punktlarida yoʻlovchilar va ularning yuklari bojхona nazorati va tekshiruvidan odatda, ikki yoʻlakli tizimni qoʻllash orqali oʻtkaziladi (tizim haqida batafsil – bu yerda). Oʻtkazish punktining pasport nazorati zonasi aeroportlar hududiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, fuqarolarimizni va chet el fuqarolarini rasmiylashtirish uchun moʻljallangan sektorlarga ajratilishi mumkin. Nima taqiqlanadi Jismoniy shaхslarga oʻtkazish punktida quyidagilar taqiqlanadi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.12.2017 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Zumrad Niyazmetova, advokat.
44
3,642
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON POChTA VA TELEKOMMUNIKATSIYA AGENTLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 23-iyuldagi PF-1823-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 3. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi; O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi, ular belgilangan tartibda tasdiqlanadilar; O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish Bosh direktorining tegishli o‘rinbosarlari “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining kuzatuvchi kengashlaridagi davlat vakillari hisoblanadilar. 4. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv tuzilmasiga 3, 3a, 3b, 4, 4a, 4b, 5, 5a, 5b-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin. “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati uning ta’sischilari umumiy yig‘ilishida saylanadi va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari shaklida ta’sis etiladi; “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamg‘armasiga uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari davlatga tegishli paketlarining 53 foizi trast boshqaruv shartlari bilan beriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari davlat paketlarining qolgan 47 foizi kompaniyaning trast boshqaruviga beriladi; “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi o‘zlarining tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarini va korxonalar — aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishni mazkur korxonalarning ularning trast boshqaruviga berilgan aksiyalar paketlariga muvofiq amalga oshiradilar; ko‘rsatib o‘tilgan kompaniyalarning xo‘jalik faoliyatini, shu jumladan ularning ijro etuvchi apparatlarini mablag‘ bilan ta’minlash o‘z xo‘jalik faoliyati, xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi. 6. Quyidagilar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin; mahalliy, shaharlararo, xalqaro elektr aloqasi, radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye, pochta aloqasi xizmatlari bozori talabini qondirish, ularning turlarini kengaytirish va raqobatbardoshliligini ta’minlash; vositalar va tarmoqlarni modernizatsiyalash hamda texnika bilan qayta jihozlash dasturlarini, shu jumladan chet el investitsiyalarini keng jalb qilish va qo‘shma korxonalar tashkil etish asosida, amalga oshirish, axborot tizimlarini yaratish va ishlatish sohasidagi jahon yutuqlarini joriy etish; bozor islohotlarini yanada rivojlantirish, respublika axborot tizimlarining telekommunikatsiyalar va informatika jahon tarmog‘iga qo‘shilishini ta’minlash; aloqa vositalari va tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining axborot xavfsizligini ta’minlash. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi: “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ta’sis yig‘ilishlarini o‘tkazishni, kuzatuvchi kengashlarini tashkil etishni va ustavlarini tasdiqlashni bir oy muddatda ta’minlasinlar; 1997-yilda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishni, aksiyadorlik jamiyatlari va qo‘shma korxonalarda aksiyalar paketlarini qayta taqsimlash va joylashtirishni 6-ilovaga* muvofiq amalga oshirsinlar. 9. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Agentlik to‘g‘risidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 11. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 1-avgustdagi 307-son qarorining 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda kiritsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin.
88
4,891
Qonunchilik
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda) 565-moddasiga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: ikkinchi qism “notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak” degan so‘zlardan keyin “bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar jismoniy shaxslar bilan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini oddiy yozma shaklda tuzishlari mumkin”. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 23-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “Davlat investitsiya dasturida” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 49-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat investitsiya dasturiga” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 152-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat investitsiya dasturlarini” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 154-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat investitsiya dasturini” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 177-moddaning beshinchi xatboshisidagi “davlat investitsiya dasturlarini” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-mayda qabul qilingan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-386-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 179-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 6-modda: beshinchi qismi “bir yil muddatga tuziladi” degan so‘zlardan keyin “bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Yo‘lovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi uch oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilishi mumkin”; oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin; 2) 8-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (bundan buyon matnda sug‘urta polisi deb yuritiladi) tegishli blankada va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga kiritilgan transport vositalarining soniga teng nusxalarda rasmiylashtiriladi. Sug‘urta polisi blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat bo‘lib, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lishi kerak. Sug‘urta polisida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: sug‘urtalovchi to‘g‘risidagi; tashuvchining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) haqidagi; sug‘urtalovchining, uning barcha filiallarining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), ular bilan aloqa bog‘lash vositalari hamda ularning ish vaqti to‘g‘risidagi; tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish davri haqidagi; sug‘urta mukofoti to‘g‘risidagi; sug‘urta puli haqidagi; tashuvchining transport vositasi (vagonlari) (turi, markasi, modeli, raqamli (tanituvchi) belgisi, ishlab chiqaruvchi zavod pasporti bo‘yicha yo‘lovchi sig‘imi) to‘g‘risidagi; tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining boshqa muhim shartlari haqidagi”; 3) 16-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tashish kunida amalda bo‘lgan sug‘urta polisining nusxasini tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga kiritilgan barcha transport vositalariga va (yoki) o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirishi”. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 32-moddaning uchinchi qismi “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida” degan so‘zlardan keyin “yoki vaqtincha olib kirish bojxona rejimida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) 64-modda to‘rtinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi “investitsiya dasturiga” degan so‘zlar “rivojlanish davlat dasturlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 245-modda: birinchi qismining: to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshisi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin; ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi “kontraktlar bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi uzilguniga qadar rad etishga” degan so‘zlardan keyin “bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 4) 260-moddaning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “g) tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilgan holda: yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun qiymati eng kam oylik ish haqining o‘n baravarigacha bo‘lgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda, bundan tovarlar tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib o‘tilayotgan va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollar mustasno; xorijdagi ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan, ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunida rasmiy ayirboshlashning qiymati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha besh ming AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi tovarlarni olib chiqishda, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno; qiymati rasmiy ayirboshlashning ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha bir ming AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi tovarlarni umumjahon Internet tarmog‘ida onlayn do‘konlari orqali eksport qilish chog‘ida amalga oshiriladi”. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova) 27-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar jumlasiga yuridik shaxslarni hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va qonunda belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolarni, shuningdek pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarni, agar pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, bankrot deb topish to‘g‘risidagi ishlar kiradi”. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonunning 5-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
217
9,533