folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ–2731-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan loyihalar, tadbirlar va dasturlarni shakllantirish va barqaror moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan manzilli dasturlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlashga doir ishlarni muvofiqlashtirish uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Komissiya tashkil etilsin. Komissiya (A.J. Ramatov): Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining takliflari bo‘yicha 2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida, obyektlarning amaldagi holatini va mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda har yili Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishning manzilli dasturlarini tasdiqlasin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining asoslangan takliflari bo‘yicha moliyaviy yil uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishning manzilli dasturlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritsin; Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlarining bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan 2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan buyurtmachilar etib belgilansin. 4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini boshqarish, shu jumladan mablag‘larni shakllantirish tartibini, Jamg‘arma mablag‘larini moliyalashtirish va ulardan foydalanilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) loyihalari va tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun tashkil etilgan. 3. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi. 4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkaziladigan mablag‘larning o‘n foizi; avtomobillarga gaz to‘ldiradigan kompressor stansiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga maxsus investitsiya ustamalarining o‘n foizi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablag‘lari, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalar; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari); jismoniy va yuridik shaxslarning, homiylik jamg‘armalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning mablag‘lari; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan tushgan daromadlar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari. 5. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkaziladigan o‘n foiz miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay har oyda Jamg‘armaga o‘tkaziladi; avtomobillarga gaz to‘ldiradigan kompressor stansiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga maxsus investitsiya ustamalari summasining o‘n foizi miqdoridagi mablag‘lar “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan “O‘ztransgaz” AK va uning tashkilotlaridan mablag‘lar tushgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida Jamg‘armaga o‘tkaziladi. 6. Xalqaro moliya institutlarining va boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari), jismoniy va yuridik shaxslarning, homiylik jamg‘armalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘armaning g‘aznachilik shaxsiy raqamlariga tushadi, xalqaro moliya institutlarining va boshqa xorijiy donorlarning tartibotlari yoki xorijiy kreditlar va grantlarni berishning shartlarida boshqacha tartib belgilangan holatlar bundan mustasno. 7. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot tizimida ochiladigan g‘aznachilik shaxsiy raqamlarida jamlanadi. 8. Jamg‘arma mablag‘laridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida quyidagilarga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun foydalaniladi: issiqlik ta’minoti tizimini, shu jumladan mahalliy bug‘ qozonlari qurish hamda ko‘p kvartirali uylarga va ijtimoiy obyektlarga issiqlik energiyasi berish tizimlarini qurish yo‘li bilan yaxshilash; drenaj tizimini, shu jumladan drenaj quduqlari va kollektorlarni mukammal ta’mirlash va qurish hamda sug‘orish tizimlarini mukammallashtirish yo‘li bilan yaxshilash; Nukus va Urganch shaharlari uy-joy fondining ko‘p kvartirali uylaridagi umumiy foydalaniladigan va uylar ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash, shuningdek bolalar maydonchalari barpo etgan holda uylarga yondosh hududlarni obodonlashtirish; aholi punktlarini, Nukus va Urganch shaharlarini, shuningdek tumanlar markazlarini zamonaviy arxitektura-obodonlashtirish standartlari talablarini hisobga olgan holda obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan mavzelar ichidagi ko‘chalar, maydonlar va xiyobonlarni, kichik bog‘larni ta’mirlash hamda tashqi yoritish tarmoqlarini takomillashtirish; chekka va borish qiyin bo‘lgan qishloq tumanlaridagi aholi uchun suvni sho‘rsizlantiradigan qurilmalar berish; suv ta’minoti tizimini rivojlantirish va aholining toza ichimlik suvdan va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek sanitariya va maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimlarini yaxshilash; madaniyat muassasalari, teatrlar, madaniyat va istirohat bog‘lari, bolalar maydonchalari va axborot-resurs markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; suv resurslarini boshqarish tizimi yanada takomillashtirilishini hisobga olgan holda cho‘lga aylanishga qarshi tadbirlarni amalga oshirish; Dasturni amalga oshirish doirasida loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish; Dasturga kiritilgan loyihalarning tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar berishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘pi bilan 4 foizga oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga tijorat banklari tomonidan subsidiyalar ajratish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining turmush sharoitlari va sifatini yaxshilash bo‘yicha boshqa tadbirlar. 9. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Investitsiyalar boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Investitsiyalar boshqarmasi: zarurat bo‘lganda joyning o‘ziga borib Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni shakllantirishda ishtirok etadi; Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni amalga oshirish doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlari bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini olib boradi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan manzilli dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiyaga (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) taqdim etish uchun Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining prognozini hamda choraklar va oylarga taqsimlagan holda prognozning yillik bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlaydi; moliyalashtirish manbalari bilan bog‘liq holda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni bajarishning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan Komissiyaga takliflar kiritadi; Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining oylar bo‘yicha ro‘yxatini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga kiritadi; Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan Jamg‘arma mablag‘lari hisobi yuritilishini ta’minlaydi. har oyda tegishli oyning 1-sanasigacha bo‘lgan muddatda navbatdagi oy uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirishga ajratiladigan mablag‘lar doirasida mablag‘lar o‘tkazadi. 11. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlari va Davlat budjeti loyihalarini tayyorlash bilan bog‘liq holda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, “O‘zbekneftgaz” MXK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda har yili kelgusi yil uchun ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan manbalardan Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi prognozlarini tayyorlaydi. 121. Moliya vazirligi: har yili 15-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi bilan birgalikda Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan mablag‘larni o‘tkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun uch yillik davrga mablag‘lar ajratish prognoz hajmlarini taqdim etadi. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda har yili 1-maygacha: Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturni shakllantirish uchun ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida xarajatlar prognozi bilan birgalikda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va ta’mirlashning dastlabki manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda tayyorlaydilar; Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur loyihasini hamda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturni amalga oshirish uchun keyingi yil uchun zarur bo‘lgan xarajatlar prognozi loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar. 14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda har yili joriy yilning 1-avgustigacha: keyingi yil uchun Jamg‘armaga tushishi prognoz qilinayotgan mablag‘lar doirasida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturning yakuniy parametrlarini kelishadi; keyingi yil uchun Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlaydi; Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur loyihasini, shuningdek Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini keyinchalik ularni kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturi hamda Davlat budjeti loyihalariga kiritish uchun ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga ajratiladigan subsidiyalar summasi keyingi yil uchun Jamg‘arma daromadlari prognozining o‘n foizi miqdorida belgilanadi. Zarurat bo‘lganda ajratiladigan subsidiyalar summasi Komissiya qaroriga muvofiq aniqlashtiriladi. 15. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 5 kun mobaynida keyingi yil uchun xarajatlarning belgilangan hajmlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligiga yetkazadi. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishning har yilgi manzilli dasturlarini shakllantirish ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘pi bilan 4 foizga oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar maqsadli hisoblanadi va tijorat banklari (keyingi o‘rinlarda banklar deb ataladi) tomonidan qat’iyan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadlariga milliy valyutada kreditlar berishda ajratiladi: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, dorivor o‘tlar va o‘simliklarni, mahalliy mineral-xomashyo tabiiy resurslarini qayta ishlash asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek iste’mol tovarlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish; zamonaviy, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, sovutish quvvatlari, zamonaviy chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklari, go‘sht, sut, teri va mo‘ynani qayta ishlash korxonalari barpo etish asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirish, intensiv bog‘lar va zamonaviy teplitsa xo‘jaliklari tashkil etishning yangi texnologiyalarini joriy etish. 17. Banklarning joylardagi filiallari ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni banklarning kredit siyosati doirasida belgilangan mezonlardan, shuningdek yangi ish o‘rinlari tashkil etishni, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni, shu jumladan energiyaning tiklanadigan manbalarini (quyosh kollektorlari va boshqalarni) qo‘llanishni, ularni milliy valyutadagi kreditlarni jalb etish hisobiga amalga oshirishni mo‘ljallagan loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan Orolbo‘yi mintaqasidagi sanitariya-ekologiya vaziyatini yaxshilash chora-tadbirlarini nazarda tutadigan mezonlardan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqadilar. 18. Amalga oshirishga tavsiya etilgan loyihalar ro‘yxati loyihalar tashabbuskorlariga kreditlar ajratish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli kredit qo‘mitalariga yuboriladi. 19. Banklarning joylardagi filiallari har qaysi kredit oluvchi bo‘yicha hujjatlar paketini tayyorlaydilar va ularni umumlashtirish uchun bosh banklarga yuboradilar. 20. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratish uchun bosh banklar kreditlar rasmiylashtirilishiga ko‘ra har oyda, har qaysi oyning 25-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ko‘rib chiqish uchun murojaatni quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etadilar: loyihaning ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga muvofiqligi to‘g‘risida bosh bankning xulosasi; bankning yoki uning filialining kredit qo‘mitasi qarori; kreditni qoplashning tasdiqlangan jadvali (ajratilayotgan subsidiya summasini oylarga taqsimlagan holda). 21. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi o‘zgargan taqdirda ajratilayotgan subsidiyalar summasi kredit rasmiylashtirilgan kunda qayd etilgan darajada o‘zgarishsiz qoladi. 22. Taqdim etilgan materiallar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ular tushgan kundan boshlab 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Subsidiyalar ajratish uchun asoslar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yetarli emas deb e’tirof etilgan taqdirda rad etishning sabablari izohlangan holda rad etish to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboriladi. 23. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratish bosh bank tomonidan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay, bosh banklarning buyurtmanomalari asosida, loyihalar tashabbuskorlari tomonidan amalda qoplangan kreditning foizli xarajatlari summasidan kelib chiqqan holda, subsidiyani chegirib amalga oshiriladi. Loyiha tashabbuskori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga ajratiladigan subsidiyalar summasi kechikib qoplangan taqdirda kechikib to‘langan summa to‘lashning tasdiqlangan jadvalida qayd etilgan summadan ortiq bo‘lmasligi kerak. Foizli xarajatlarni hisoblashga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratishga shartli misollar ushbu Nizomga 2-ilovada* keltirilgan. 24. Banklar tanlangan loyihalarning ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga muvofiqligi va ajratiladigan subsidiyalar summasi hisob-kitobining ishonchliligi uchun javob beradilar. 25. Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot tizimida ochiladigan g‘aznachilik shaxsiy raqamidan sarflanadi. 26. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan: obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va ta’mirlash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi; Dasturga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlariga beriladigan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratishni hisobga olgan holda, kreditni qoplashning tasdiqlangan jadvallari asosida tegishli banklar xarajatlarining tegishli smetalari asosida amalga oshiriladi. 27. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va ta’mirlash, shuningdek subsidiyalar ajratish yuzasidan majburiyatlar bo‘yicha shartnomalarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha qat’iyan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida xarajatlar to‘lovini obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va ta’mirlashning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlariga muvofiq amalga oshiradi. 28. Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni amalga oshirish doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lash G‘aznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan to‘lov topshiriqnomalari hamda buyurtmachilarning bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida taqdim etilgan hisobot ma’lumotlari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va ta’mirlashni bajarish: obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va ta’mirlash dastlabki ikki oy mobaynida prognoz qilinayotgan yil uchun tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda avans to‘lovlarini amalga oshirish; har oyda, ajratilgan avansni mutanosib tarzda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizigacha miqdorida joriy moliyalashtirish; shartnomada ko‘rsatilgan kafolat muddati o‘tgach — qolgan 5 foizni pudratchiga to‘lash; b) asbob-uskunalar (sho‘rsizlantirish qurilmalari va boshqalarni) sotib olish: shartnoma umumiy summasining 30 foizi miqdorida avans to‘lovini amalga oshirish; ajratilgan avans to‘lovlarini ushlab qolgan holda, yetkazib berishlarning amaldagi hajmidan kelib chiqib har oyda joriy moliyalashtirishni amalga oshirish. 29. Jamg‘arma mablag‘larini Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun sarflash taqiqlanadi. 30. Jamg‘arma mablag‘larining joriy moliya yili yakunlari bo‘yicha qoldiqlari olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tkaziladi. 31. Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va sarflanishi bo‘yicha hisobga olish va hisobot tuzish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi va tegishli banklar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va ta’mirlashga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni amalga oshirish doirasidagi subsidiyalar tarzida qoplashga ajratilgan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl bo‘yicha taqdim etadilar. 33. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Komissiyaga Jamg‘armaning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturni bajarishga ajratilgan mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisobotlarni taqdim etadi. 34. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 35. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur doirasida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida, shuningdek ularning birlamchi hujjatlarga (schyot-fakturalarga) hamda amalda bajarilgan ishlar (xizmatlar) hajmlariga muvofiqligi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligining taqdim etilgan hisobot ma’lumotlari asosida Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi monitoringini olib boradi. 36. Jamg‘arma mablag‘laridan Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq maqsadli foydalanish yuzasidan javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Xorazm viloyati hokimligiga va tegishli banklarga yuklanadi.
139
23,547
Qonunchilik
MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun tadbirkorlikni rivojlantirish va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatlashuvi-bahslashuviga yo‘l bermaydigan, cheklab qo‘yadigan yoki uni yo‘q qilinadigan qo‘shimcha foyda olish maqsadidagi harakati yoki harakatsizligini anglatuvchi monopolistik faoliyatning oldini olish va payini qirqishning huquqiy asoslarini belgilab beradi. 1. Ushbu Qonun respublika va mahalliy tovarlar bozoridagi faoliyatda qatnashayotgan mulkchilikning shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, ayrim mansabdor shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarga tatbiq etiladi. 2. Yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining hududidan tashqarida sodir etayotgan xatti-harakatlar yoki tuzayotgan bitimlar respublika bozorida rakobatning cheklanishiga olib kelayotgan yoki boshqa salbiy oqibatlarga sabab bo‘layotgan hollarda ham ushbu Qonun qo‘llaniladi. 3. Qonun: energetika tarmog‘i korxonalari; mudofaa ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar; magistral temir yo‘llar; quvur o‘tkazish transporti; umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan aloqa tizimlari faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etilmaydi. Qonun, shuningdek ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari va mualliflik huquqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish me’yorlarini tartibga soluvchi munosabatlarga ham tatbiq etilmaydi. Bu huquqlar ularning egalari tomonidan raqobatni cheklash maqsadida qasddan qo‘llanilayotgan hollar bundan mustasnodir. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan belgilab beriladi. 1. Ustun mavqe deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning muayyan tovar bozoridagi ulushi monopoliyaga qarshi faoliyatini amalga oshirishga vakolatli idora belgilab qo‘ygan eng yuqori me’yor chegarasidan oshib ketgan va bu hol unga mustaqil ravishda yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ish ko‘rib, tovarlarning oldi-sotdisiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtirib qo‘yish va shu tariqa iste’molchilar va jamiyatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazish imkonini beradigan hukmron mavqei tushuniladi. 2. Bozorda ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni quyidagi xatti-harakatlarni qilishi taqiqlanadi: bozorda taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida tovarlarni ishlab chiqarishni kamaytirish yoxud to‘xtatib qo‘yish, shuningdek ularni muomaladan olib qo‘yish; mo‘may foyda olish maqsadida haddan tashqari baland narx belgilash va uni sun’iy ravishda shunday ushlab turish, narxlarni asossiz ravishda pasaytirish davlat tomonidan boshqarib turiladigan narx-navoni boshqa yo‘sindagi buzishlar; xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan noteng ahvolga solib qo‘yadigan shartlarni tiqishtirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishiga o‘zgacha to‘sqinlik qilish. 1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida: kimoshdi savdolarida, birjalarda va boshqa savdolarda narxlarni oshirish, saqlab turish yoki pasaytirish; bozorlarni hududiy prinsip bo‘yicha, oldi-sotdi hajmi bo‘yicha, sotilajak tovarlarning turlari bo‘yicha, sotuvchilar yoki xaridorlar (buyurtmachilar) doirasi bo‘yicha yoxud ularni monopoliya qilib olish maqsadida boshqa belgilar bo‘yicha taqsimlab olish; sotuvchi yoki xaridor (buyurtmachi) sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki ularni bozordan siqib chiqarish; muayyan sotuvchilar yoki xaridorlar (buyurtmachilar) bilan shartnomalar tuzishdan bosh tortish maqsadida til biriktirish; raqobatni jiddiy tarzda cheklaydigan yoki cheklashi mumkin bo‘lgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlar tuzish (kelishib harakat qilish) taqiqlanadi hamda haqiqiy emas deb topiladi. 2. Biri ustun mavqega ega bo‘lgan, ikkinchisi esa mahsulot yetkazib beruvchi yoki iste’molchi (buyurtmachi) bo‘lgan va bir-biri bilan raqobatlashmayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida tuzilgan bitimlar (kelishib harakat qilishlar), basharti bunday bitimlar pirovardida raqobatni jiddiy tarzda cheklab qo‘ysa, yoxud cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lsa, bunday bitimlar (kelishib harakat qilishlar) haqiqiy emas deb topiladi. 3. Alohida hollardagina xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida aytib o‘tilgan xatti-harakatlari, basharti bu subyektlar o‘z xatti-harakatlari bozorning tovarlar bilan mo‘l-ko‘l bo‘lishiga, tovarlarning iste’mol xususiyatlari yaxshilanishiga yoki tashqi bozorda o‘zlarining raqobat layoqatlarining oshishiga yordam berishini isbotlab bersalar, to‘g‘ri deb topilishi mumkin. 1. Bozorda ustun mavqega ega bo‘lishini ta’minlaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, birlashtirish, qo‘shib olish; qayta tuzish, tugatish, ularning xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlarning (shu jumladan hamma turdagi xo‘jalik uyushmalarining) ustav jamg‘armasida ishtirok etishi taqiqlanadi. 2. Tovarlar (xizmatlar) bozorida monopolistik faoliyat olib borayotgan yoki raqobatning jiddiy ravishda cheklanishiga olib keluvchi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar majburiy tartibda bo‘lib yuborilishi mumkin. 1. Davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, ularning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mustaqilligini cheklovchi, ulardan ayrimlarining faoliyat olib borishini kamsituvchi yoki, aksincha ular uchun qulaylik tug‘diruvchi sharoit yaratib beruvchi huquqiy hujjatlar chiqarishga yoki harakatlar qilishga haqli emaslar, basharti bunday hujjatlar yoki harakatlar o‘z pirovardida raqobatning jiddiy ravishda cheklanishiga yoki xo‘jalik subyektlari yoxud jismoniy shaxslarning manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa. Davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining quyidagi harakatlarni qilishi taqiqlanadi: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muayyan faoliyat turlarini amalga oshirishiga, ayrim tovar turlarini ishlab chiqarishga taqiq belgilash, qonunlarda ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlatish; xo‘jalik yurituvchi ayrim subyektlarga ularni bozorga xuddi shu xil tovar chiqarayotgan xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlarga nisbatan ustun mavqega qo‘yadigan soliq imtiyozi yoki o‘zga imtiyozlarni asossiz ravishda berish; xo‘jalik yurituvchi subyektlarga shartnomalar tuzishda kimgadir ustunlik berish to‘g‘risida yoki muayyan xaridorlar (buyurtmachilar) doirasiga mollarni birinchi navbatda yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish; faoliyatning muayyan sohasida xo‘jalik yurituvchi yangi subyektlar tashkil etishga asossiz to‘sqinlik qilish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqilligini cheklovchi qonunga xilof boshqa harakatlar sodir etish. 2. Mansabdor shaxslarga (O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan ro‘yxatdagi mansabdor shaxslarga) quyidagilar taqiqlanadi: tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish; korxonaning egasi yoki muassis bo‘lish; davlat tasarrufida bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruv idoralarida rahbarlik lavozimlarini egallash; aksiyali jamiyatlarning, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning yoki boshqa xil shirkatlarning umumiy yig‘ilishi qarorlarini qabul qilishda mustaqil ravishda yoki vakil orqali o‘ziga tegishli aksiyalar, ulush qatnashuvdagi hissa vositasida ovoz berish. G‘irrom raqobatga, shu jumladan: xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektning mol-mulki va tadbirkorlik nufuziga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar tarqatishga; tovar belgisidan, tovarning firma nomidan yoki markasidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi boshqa subyekt tovalarining shaklini, idishini, tashqi bezagini aynan ko‘chirib olishga; ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, savdo va boshqa sohaga oid maxfiy axborotni egasining roziligisiz olish, undan foydalanish va uni oshkor qilishga; tovarlarning xususiyati, ularni tayyorlash usuli va o‘rni, iste’mol xossalari va sifati xususida iste’molchilarni chalg‘itishga; xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlarning bozorga kirishini cheklovchi xatti-harakatlar qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi davlat siyosatini yurgizish maqsadida monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora tuziladi, uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat bo‘ladi: tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tovar bozorida raqobatni rivojlantirish; monopolistik faoliyatning, bozordagi ustun mavqeni suiiste’mol qilishlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslikka, monopolist korxonalar belgilaydigan narx-navolarni boshqarib borishga, g‘irrom raqobatning payini qirqishga qaratilgan choralar ko‘rish; monopoliyaga qarshi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilib turish. 2. Monopoliyaga qarshi qonunlar buzilgan hollarda monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora qonunbuzarliklarni to‘xtatish, dastlabki holatni tiklash to‘g‘risida, asossiz orttirilgan daromadni tegishli budjetga o‘tkazish to‘g‘risida, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tartibda maydalab (bo‘lib) yuborish to‘g‘risida va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozordagi ustun maqeini bartaraf etish yoki pasaytirishga qaratilgan boshqa tadbirlar to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektlar bajarishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, boshqaruv idoralariga va mansabdor shaxslarga jarima solishga haqlidir. 3. Tegishli hollarda monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora materiallarni qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun sud yoki hakamlik sudiga, prokuratura idoralariga yuboradi. 1. Monopoliyaga qarshi qonunlarni buzgan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining monopolistik faoliyati, bozordagi ustun mavqeini suiiste’mol qilishi yoki g‘irrom raqobati oqibatida yetkazilgan zararni sud yoki hakamlik sudining qaroriga binoan jabr ko‘rgan xo‘jalik yurituvchi subyektga to‘lashga majburdir. 2. Agar boshqaruv idorasining monopoliyaga qarshi qonunlarni buzib qabul qilgan hujjati tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektga zarar yetkazilgan bo‘lsa, jabrlanuvchi tomon zararni qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan hakamlik sudiga murojaat etishga haqlidir. 1. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli organ xo‘jalik yurituvchi subyektlarga: a) qoidabuzarlikni to‘xtatish, dastlabki holatni tiklash, ushbu Qonunga zid shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun: boshqaruv organlariga va yuridik shaxs bo‘lmish xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda; jismoniy shaxs bo‘lmish xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda; davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga — eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda; b) monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli organga xabar bermaganlik yoki qasddan noto‘g‘ri ma’lumot berganlik uchun: boshqaruv organlariga va yuridik shaxs bo‘lmish xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam oylik ish haqining 40 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda; jismoniy shaxs bo‘lmish xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda; davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga — eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga haqlidir. 2. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora tomonidan solingan jarimani xo‘jalik yurituvchi subyekt, boshqaruv idorasi yoki mansabdor shaxs jarima solinganligi to‘g‘risidagi qarorni olgan paytdan boshlab 30 kun ichida to‘lashi kerak. Jarimani belgilangan muddatda to‘lashdan bo‘yin tovlangan yoki jarima to‘liq miqdorda to‘lanmagan taqdirda monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora tegishli ariza bilan sudga yoki hakamlik sudiga murojaat qilishga xaqlidir. Agar jarima solish to‘g‘risidagi qarorning darhol ijro etilishi korxonani sinishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, u holda monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora, sud yoki hakamlik sudi jarima solingan xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasiga binoan unga jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berishga haqlidir. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora tomonidan solingan jarimalar tegishli budjetga to‘lanadi yoki shu budjet foydasiga undiriladi. 1. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora monopoliyaga qarshi qonunlarni buzish hollariga oid ishlarni o‘z materiallari asosida, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining, iste’molchilar jamiyatlari va uyushmalarining, boshqa jamoat tashkilotlari va ayrim shaxslarning arizalari, prokuratura, sud va hakamlik sudining materiallari asosida qarab chiqadi. Arizalar monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraga yozma shaklda beriladi, ularga monopoliyaga qarshi qonunlarni buzish hollaridan shohidlik beruvchi hujjatlar ilova qilinadi. Arizalar va hujjatlarning mazmuni oshkor qilinishi mumkin emas. 2. Sud yoki hakamlik sudi monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlik haqidagi ishlarni monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraning arizasi, prokuratura materiallari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqaruv idoralarining murojaatlari asosida qarab chiqadi. 1. Boshqaruv idoralari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraning qarorlariga norozi bo‘lgan taqdirda bunday qarorlarning butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi haqidagi yoxud jarima solinganlik to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish haqidagi ariza bilan sudga yoki hakamlik sudiga murojaat qilishga haqlidirlar. 2. Arizalar hakamlik sudi tomonidan — boshqaruv idoralarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi arizalarni qarab chiqish uchun belgilangan tartibda, sud tomonidan esa — ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda qarab chiqiladi. 3. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zararlar manfaatdor shaxslarning da’vosiga binoan qonunda belgilangan tartibda qoplanadi. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraning ko‘rsatmasi bajarilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektning bozordagi ustun mavqeni suiiste’mol qilish yoki g‘irrom raqobat natijasida olgan foydasi sudning yoki hakamlik sudining qarori bilan tegishli budjet foydasiga tortib olinadi. O‘z nizomlariga ko‘ra raqobatni rivojlantirishga va iste’molchilarning manfaatlarini monopolistik faoliyatdan himoya qilishga ko‘maklashish maqsadini ko‘zlovchi jamoat uyushmalari tegishli idoralar bilan hamkorlikda monopoliyaga qarshi qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishga haqlidirlar. Mazkur uyushmalar o‘z faoliyatlarida amaldagi qonunlarga rioya qiladilar.
44
15,687
Qonunchilik
IQTISODIYOT TARMOQLARI VA SOHALARINI RIVOJLANTIRIShNING ENG MUHIM MAQSADLI DASTURLARI AMALGA OShIRILIShINING MONITORINGINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlarning parametrlari ijrosini faktorli tahlil qilish asosida amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, shuningdek, zaruriyat tug‘ilganda maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan maqsad va vazifalarga o‘z vaqtida va to‘laqonli erishishga to‘sqinlik qiluvchi sabablarni bartaraf etish bo‘yicha oldini oluvchi hamda tuzatishlar kirituvchi chora-tadbirlar qabul qilish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan qabul qilingan 1-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishining tizimli monitoringini tashkil etishga javobgar organ etib belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq qabul qilingan eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishining monitoringini olib borishda Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik sxemasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari maqsadli kompleks dasturlarning tasdiqlangan parametrlari ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga axborot o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi: Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi bilan birgalikda bir oy muddatda har bir maqsadli dastur ijrosining monitoring tartibi, monitoringni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan axborotning maketi va shakllarini ishlab chiqsin hamda davlat boshqaruvining barcha darajalarida tadbiq etsin; Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 16-sonli qaroriga muvofiq asosiy moddiy balanslar ijrosi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin; tizimli asosdagi monitoring natijalariga ko‘ra har bir ijrochi bo‘yicha eng muhim maqsadli kompleks dasturlar ijrosini tanqidiy tahlil qilishni hamda dasturlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish bo‘yicha ishlarning haqiqiy holatiga xolis baho berilishini ta’minlasin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot berib borsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar Hukumat, hokimliklar va hay’atlar majlislarida qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlarning amalga oshirilishini har chorakda ko‘rib chiqsin hamda uning yakuni bo‘yicha mavjud qoloqlikni bartaraf etish, dasturlarning tasdiqlangan parametrlariga belgilangan muddatlarda so‘zsiz erishishni ta’minlash, dasturlar ijrosi uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha aniq amaliy choralar ko‘rsin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-martdagi PQ-308-sonli qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmoni. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-sonli qarori. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l qurilishi ishlari hajmi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari hamda 2006-yilda avtomobil yo‘llari qurilishi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 3-martdagi PQ-299-sonli qarori.
148
4,061
Qonunchilik
Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi va “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-10-son qarori (ro‘yxat raqami 2419, 2013-yil 30-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 5-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandining “v” kichik bandidan “import” degan so‘z chiqarib tashlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
174
715
Qonunchilik
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga soladi hamda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini muhofaza etishni ta’minlashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek atrof tabiiy muhitni himoya etishga qaratilgan. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: yo‘l — transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va xuddi shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi. Yo‘l o‘z ichiga avtomobil yo‘llarini (umumiy foydalanishdagi va idoraviy avtomobil yo‘llarini), shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining ko‘chalari va yo‘lkalarini, shuningdek shahar elektr transporti yo‘llarini oladi; yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui; yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs; yo‘l harakati xavfsizligi — yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati; yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘ldagi qatnovi jarayonida sodir bo‘lib, fuqarolarning o‘limi yoki ularning sog‘lig‘iga zarar etishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlanishiga yoki boshqa tarzda moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan hodisa; yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalarining yuzaga kelish sabablari oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini yengillatishga qaratilgan faoliyat; yo‘l harakatini tashkil etish — yo‘llarda harakatni boshqarish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui; transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma; transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi; Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularni amalga oshirish ustidan nazorat olib boradi; yo‘l harakati qoidalarini hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakatini tashkil etish masalalariga doir boshqa normativ hujjatlarni tasdiqlaydi; vazirliklar va idoralarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; transport vositalari va yo‘llarning texnikaviy holatiga, yo‘llar va temir yo‘ldan o‘tish joylari bo‘ylab yo‘l harakati xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilaydi; transport vositalarining haydovchilarini tayyorlashga, shuningdek aholiga yo‘llarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o‘rgatishga doir umumiy talablarni belgilaydi: transport vositalarining haydovchilarini, shunday vositalarning o‘zini, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi hollarini, yo‘l-transport hodisalari va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olishning yagona tizimini tasdiqlaydi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari: yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash davlat dasturlarini amalga oshiradi; yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hududiy dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularni amalga oshirish ustidan nazorat olib boradi; yo‘l harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan ta’minlanishini, shuningdek yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi; yo‘l-transport hodisalari oqibatidagi jarohatlanishlarning oldini olish, aholiga yo‘llarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish, yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib etish hamda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish chora-tadbirlarini ko‘radi; shaharlardagi, shaharchalar va qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalarning, yo‘lkalarning hamda yo‘l harakatini boshqarish vositalarining, shuningdek shahar elektr transporti yo‘llarining qurilishi va soz holatda saqlanishini ta’minlaydi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi: yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; avtomobilda yuk tashish xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; transport vositalari va transportda ko‘rsatiladigan xizmatlar sertifikatlashtirilishini amalga oshiradi; yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga avtomobil transportida rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasining: o‘z tasarrufidagi avtomobil yo‘llaridan transport vositalarining xavfsiz qatnovi uchun bu yo‘llarning soz holatda saqlanishini ta’minlaydi; yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l qoplamasining holati, gidrometeorologiyaga oid va boshqa sharoitlar to‘g‘risida zarur axborot bilan ta’minlaydi; avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini boshqarish vositalari, tezkor aloqa tizimi qurilishi va jihozlanishini amalga oshiradi hamda ularning saqlanishini ta’minlaydi; avtomobil yo‘llarining qatnov uchun xatarli joylarini aniqlaydi va bu joylarda yo‘l harakatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi; og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi, shuningdek yo‘l xizmati ko‘rsatish obyektlari joylashuviga rozilik beradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati: yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarini ishlab chiqadi; yo‘l harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, Yo‘l harakati qoidalariga hamda boshqa qonun hujjatlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazorat olib boradi; jamoat transportining, shuningdek og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi; yo‘llarni, temir yo‘l kesishuvi joylarini, avtomobil yonilg‘isi quyish tarmoqlarini, transport vositalarining konstruksiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish loyihalariga rozilik beradi; foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan nazorat olib boradi, transport vositalarining texnik ko‘rigini o‘tkazadi; yo‘llar va temir yo‘ldan o‘tish joylarining saqlanishi, ularning yo‘l harakatini boshqarish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazorat olib boradi; yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lmagan yo‘llar va temir yo‘l kesishuvi joylaridan foydalanishni taqiqlaydi; transport vositalari, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi hollari va yo‘l-transport hodisalari hisobini va ro‘yxatini yuritadi; transport vositalarini boshqarish huquqiga doir guvohnomalar beradi; qonun hujjatlariga muvofiq uning vakolat doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport vositalarining egalari: texnik jihatdan soz transport vositalaridan foydalanishlari; transport vositalarini tegishli malakasi bo‘lgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslar boshqarishiga ijozat etishlari; yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va ekologiya normalari talablariga rioya etishlari shart. Yo‘llarni saqlash va ta’mirlash yo‘llarni boshqaruvchi organlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligining belgilangan standartlari, qoidalari va normalariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Yo‘llarni boshqaruvchi organlar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida, yo‘l sharoitlariga ko‘ra sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tufayli yetkazilgan zarar mazkur organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanmog‘i kerak. Transport vositalari konstruksiyalari, qo‘shimcha uskunalar, ehtiyot qismlar yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarining talablariga mos bo‘lishi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi kerak. Yo‘l harakatida qatnashuvchi transport vositalarining texnik holati va uskunalari yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishda bo‘lgan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan transport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash yuzasidan ishlar bajarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar bu ishlarni (xizmatlarni) yo‘l harakati xavfsizligining belgilangan standartlari, normalari va qoidalariga muvofiq ravishda amalga oshiradilar. Yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud bo‘lgan taqdirda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Transport vositalarining texnik nosozliklari ro‘yxati va bunday vositalardan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar Yo‘l harakati qoidalari bilan belgilab qo‘yiladi. Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining shunga vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar: transport vositalari haydovchilarining ishini yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi talablarga muvofiq ravishda tashkil etadi; haydovchilarning qonun hujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etadi; haydovchilarning malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratib beradi; yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud bo‘lgan taqdirda transport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi; transport vositalarining saqlanishini ta’minlaydi. Avtomobilda yoki yer usti shahar elektr transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari doirasida, tashishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus qoidalar belgilashi hamda transport vositalarining haydovchilariga qo‘shimcha talablar qo‘yishi mumkin. Yo‘l harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash transport vositalarining haydovchilarini dastlabki tarzda majburiy va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan, shu jumladan yo‘lga chiqish oldidan va yo‘ldan qaytganidan keyin tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish, shuningdek yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, yo‘l harakati qatnashchilariga, ichki ishlar organlarining, boshqa ixtisoslashgan bo‘linmalarning mansabdor shaxslariga va aholiga yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda jabrlangan shaxslarga tibbiyot xodimlari etib kelgunga qadar yordam ko‘rsatish usullarini vaqti-vaqti bilan o‘rgatish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda jabrlanganlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyning o‘zida tibbiyot xodimlari etib kelgunga qadar yordam ko‘rsatishdan, shuningdek yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyning o‘zida, davolash-profilaktika muassasasiga olib borilayotganda va davolash-profilaktika muassasasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish hamda yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish tartibi, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun transport vositasining salonida bo‘lishi shart bo‘lgan zarur tibbiy ashyolar ro‘yxati, shuningdek transport vositalarini boshqarishni taqiqlovchi, tibbiyot nuqtai nazaridan nomaqbul ko‘rsatkichlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish — qo‘llanishi standartlar bilan tartibga solinadigan hamda yo‘l harakatini tashkil etish loyihalari va sxemalarida nazarda tutilgan boshqarishning texnik vositalaridan hamda ularning konstruksiyalaridan kompleks foydalanish asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yo‘l harakatining yagona tartibi Yo‘l harakati qoidalari bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi yo‘llarida transport vositalarining o‘ng taraflama qatnovi belgilanadi. Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘llardagi qatnovning xavfsiz sharoitlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Yo‘l harakati qatnashchilarining o‘z huquqlarini amalga oshirishi yo‘l harakati boshqa qatnashchilarining huquqlarini cheklamasligi yoki buzmasligi kerak. Yo‘l harakati qatnashchilari: Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq yo‘llar bo‘ylab erkin va moneliksiz harakatlanish; qonun hujjatlarida belgilangan o‘z huquqlarining buzilishi yoki cheklanishi sabablari to‘g‘risida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslaridan tushuntirishlar olish: qatnovning xavfsiz sharoitlari to‘g‘risida, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq mahsulot va xizmatlar sifati haqida to‘liq va ishonchli axborot olish; yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda bepul tibbiy yordam ko‘rsatish, qutqaruv ishlari o‘tkazish va boshqa shoshilinch yordam ko‘rsatish vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan tashkilotlar va mansabdor shaxslardan ana shunday yordamlar olish, qutqaruv ishlari ko‘rsatilishiga erishish; yo‘l-transport hodisasi natijasida ularning o‘limi, tan jarohati olishi, transport vositasi va yuklar shikastlanishi ro‘y bergan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zararlarning o‘rni qoplanishiga erishish, shuningdek ma’naviy ziyon uchun kompensatsiya olish; yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida faoliyat olib borayotgan mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Yo‘l harakati qatnashchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Yo‘l harakati qatnashchilari: ushbu Qonun, Yo‘l harakati qoidalari hamda yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari talablarini bilishlari va ularga og‘ishmay rioya etishlari; yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida maxsus vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishlari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishlari shart. Quyidagilarni: mototsikllar, motorollerlar va boshqa mototransport vositalarini boshqarish huquqi o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi; ruxsat etilgan eng ko‘p og‘irligi 3500 kilogrammdan hamda o‘rindiqlar soni haydovchinikidan tashqari sakkiztadan oshmaydigan avtomobillarni boshqarish huquqi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi. taksi bundan mustasno; taksi tariqasida foydalaniladigan avtomobillarni, shuningdek yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan va haydovchinikidan tashqari sakkiztadan ortiq o‘rindig‘i bo‘lgan avtomobillarni, tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqi yigirma bir yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi; transport vositalari sostavlarini boshqarish huquqi ushbu qismning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga transport vositalarini boshqarish staji o‘n ikki oydan kam bo‘lmagan taqdirda beriladi. Transport vositalarini boshqarish huquqi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va malaka imtihonlarini topshirgan shaxslarga beriladigan, belgilangan namunadagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Malaka imtihonlarini topshirish va transport vositalarini boshqarish huquqiga doir guvohnoma berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tegishli toifadagi transport vositalarining haydovchilarini tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan hajmda tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun imtihonlar topshirishiga yo‘l qo‘yiladi. Mototsikllar, motorollerlar va boshqa mototransport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun fuqarolarning tegishli dasturlar hajmida mustaqil tayyorgarlik ko‘rishiga yo‘l qo‘yiladi. Tegishli toifalardagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlashning yagona dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Transport vositalarini boshqarish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi: haydovchining sog‘lig‘i transport vositasini xavfsiz boshqarishga monelik qiladigan tarzda yomonlashganligi tibbiy xulosa bilan tasdiqlanganda; mazkur huquqdan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun mahrum etilganda. Javobgarlik chorasi tariqasida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladigan huquqbuzarlik turlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish sud tomonidan qo‘llaniladi. Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
37
19,055
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. Ta’kidlab o‘tilsinki, 2008-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 257,6 mlrd so‘m miqdorda ortiq bo‘ldi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,9 foiz miqdorda profitsit bilan ijro etildi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bozor islohotlari va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari yanada chuqurlashtirilishini, soliq tushumlari mexanizmi takomillashtirilishini, qat’iy pul-kredit siyosati o‘tkazilishini, shuningdek budjet xarajatlarining samaradorligi va maqbulligi oshirilishini, ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar hamda aholiga boshqa ijtimoiy to‘lovlar to‘lash uchun budjet xarajatlari to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini, “Yoshlar yili” Davlat dasturini ro‘yobga chiqarish yuzasidan tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlasin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori budjet daromadlari ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishi zarurligiga, Davlat budjetining g‘azna ijrosi ta’minlanishiga, mintaqalarning soliq bazasini va moliyaviy salohiyatini kengaytirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi hamda shu asosda mahalliy budjetlarning xarajatlari moliyalashtirilishiga qaratilsin. 4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
113
1,737
Qonunchilik
TOShKENT ShAHAR YO‘LOVChI TRANSPORTI KORXONALARI DAVLAT UYuShMASI (“TOShShAHARYO‘LOVChITRANSKORXONA”)NING USTAVINI TASDIQLASh TO‘FRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent shahar yo‘lovchi transporti korxonalari davlat uyushmasi (“Toshshaharyo‘lovchitranskorxona”)ning ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin. 1. Toshkent shahar yo‘lovchi transporti korxonalari davlat uyushmasi (“Toshshaharyo‘lovchitranskorxona”), bundan keyin matnda uyushma deb ataladi, o‘z faoliyatini Toshkent shahar, shuningdek, o‘z tarkibiga kiruvchi Toshkent shahar yo‘lovchi tashish avtotransport ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahar tramvay-trolleybus ishlab chiqarish birlashmasi va Toshkent metropoliteni (bundan keyin matnda korxonalar deb ataladi) manfaatlari yo‘lida o‘z faoliyatini demokratik asosda amalga oshiruvchi ishlab chiqarish-xo‘jalik kompleksi hisoblanadi. 2. Uyushma tarkibiga shartnoma asosida, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, faoliyatlari uyushma maqsadlariga va vazifalariga zid kelmaydigan, o‘z kuchlari va vositalari bilan Toshkent shahrida yo‘lovchi transportini rivojlantirishga va takomillashtirishga yordam beruvchi boshqa vazirliklar va idoralarning korxonalari va tashkilotlari, kooperativlar, vositachilik firmalari kirishi mumkin. 3. Uyushma jamg‘armasiga badallarni o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda to‘lovchi korxonalar uyushmaning hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan haqiqiy a’zolari hisoblanadilar. Kirish badallarini to‘lagan, Toshkent shahar yo‘lovchi transportini rivojlantirishda o‘z mol-mulki bilan qatnashuvchi va unga bir martalik vositalar, bepul ajratilgan moddiy-texnika resurslari va asbob-uskunalari bilan yordam beruvchi korxonalar uyushmaning maslahat ovozi huquqiga ega bo‘lgan assotsiatsiyali a’zolari hisoblanadilar. 4. Uyushma huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik subyekti hisoblanadi, to‘la xo‘jalik hisobi qoidalari asosida ishlaydi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, boshqa me’yoriy hujjatlarga, shuningdek mazkur Ustavga amal qiladi. Uyushma o‘z nomidan mulkiy huquqlarni sotib olishi va javob berishi, sudda va hakamlik sudida da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Uyushma belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tadi. Uyushma o‘z majburiyatlari yuzasidan qonun bo‘yicha undirib olishi mumkin bo‘lgan, o‘ziga tegishli mol-mulki bilan javob beradi. 5. Uyushmalarning butun faoliyati va uning davlat organlari, hokimliklar, kollektiv korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Uyushmaga kiruvchi korxonalarning faoliyati hamda uyushma boshqaruvi va ularning o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuni, mazkur Ustav, birgalikdagi faoliyat dasturlari, ularning huquqiy va xo‘jalik mustaqilligini to‘la saqlagan holda tuzilgan shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solib boriladi. Uyushma qatnashchilari ta’sis shartnomasiga rioya qilishlari va uni bajarishlari, uyushma oldida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun javob berishlari, shuningdek moddiy javob berishlari, budjet va uyushma bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishlari shart. 6. Davlat yoki boshqa organlarning yohud ularning mansabdor shaxslarning uyushma huquqlarini buzuvchi ko‘rsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek shunday organlar yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan uyushmaga nisbatan qonunlarda nazarda tutilgan majburiyatlarini yetarlicha bajarilmaslik oqibatida uyushmaga yetkazilgan zarar shu organlar tomonidan to‘lanadi. 7. Uyushma o‘z tarkibiga kirgan korxonalarning davlat mulkiga egalik qiladi, ulardan foydalanadi va ularni boshqaradi, belgilangan tartibda, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarga shaharda yo‘lovchi tashishga ruxsatnoma beradi, O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirishni amalga oshiradi. 8. Uyushma o‘z tarkibiga kirgan korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, bunda ularning amaldagi qonunlarga muvofiq berilgan huquqlariga qat’iy rioya qiladi. 9. Uyushma o‘z tarkibiga kirgan korxonalarning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, korxonalar esa uyushma majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar. 10. Uyushma hisob-kitob, valyuta schyotlariga va boshqa schyotlarga ega bo‘ladi, alohida mulkka egalik qiladi, mustaqil va yig‘ma balanslarga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi aks ettirilgan, o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 11. Uyushmaga kiruvchi korxonalar uning tarkibidan tuzilgan shartnomalarga muvofiq va mazkur Ustav bilan belgilangan tartibda majburiyatlarini saqlagan holda chiqish huquqiga egadirlar. 12. Uyushma quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Shirokaya ko‘chasi, 6. 13. Uyushma yo‘lovchilarni tashish sifatini va xizmat ko‘rsatish madaniyatini doimiy yaxshilay borib, barcha turdagi yo‘lovchilar tashishning aniq va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar yo‘lovchi transporti ishiga rahbarlikni va uni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi oldida o‘ziga Ustavda yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi. 14. Uyushma o‘z faoliyatida quyidagilarni ta’minlaydi: shartnoma majburiyatlarining bajarilishini; mehnat jamoalarida tashabbuskorlik va tadbirkorlikni namoyon qilish, korxonalarning xo‘jalik mustaqilligini rivojlantirish, xo‘jalik hisobi va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash qoidalaridan har tomonlama foydalanish uchun sharoitlar yaratishni; mulkchilikning turli shakllariga asoslanadigan ishlab chiqarish — xo‘jalik faoliyatining ilg‘or shakllarini rivojlantirishni; sarmoyalar kelishiga yordam beruvchi tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni; asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalaridan va aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish, shuningdek, ishlab chiqarishni, mehnat va boshqaruvni, ish haqini tashkil etishning shakl va usullarini takomillashtirishni, xo‘jalik hisobining asosiy elementlaridan biri sifatida rag‘batlantirishning samarali tizimini; Toshkent shahar hokimligi, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda barcha turdagi yo‘lovchi transportini yanada rivojlantirish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, xizmatlar hajmlarini va turlarini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli choralarni ishlab chiqishni va amalga oshirishni; yagona texnik siyosatni o‘tkazishni, korxonalarga yo‘lovchi transport korxonalarini qayta qurishni va texnik jihatdan qayta qurollantirishni amalga oshirishda yordam berishni, yo‘lovchilarni tashish va ularga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish borasida boshqa davlatlarning tajribasini o‘rganish va tatbiq etishni; yo‘lovchi transportining yirik ustuvor muammolarini hal qilishni ta’minlaydigan ilg‘or, ilmiy asoslangan investitsiya siyosatini o‘tkazishni; yo‘lovchi transporti xodimlarining mehnat va turmush sharoitini yaxshilash, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish masalalarini batafsil hal qilishni; mehnatning xavfsiz va sog‘lom sharoitlarini ta’minlashning sifat jihatidan yangi bosqichiga o‘tish va ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni eng oz darajaga keltirishni; yo‘lovchi transportida yo‘l harakati xavfsizligining yuqori darajada bo‘lishini saqlab qolishni; korxonalar uchun kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini qo‘llanishni; tabiat resurslarini tejamkorlik bilan sarflash, tabiatga omilkorlik bilan munosabatda bo‘lish, resurslarni tejash yuzasidan keng ish olib borish va ikkilamchi resurslardan samarali foydalanishni. 15. Uyushma o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga va o‘ziga berilgan huquqlarga muvofiq: respublikaning iqtisodiyot organlari bilan bevosita hamkorlik qiladi, shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini, uni rivojlantirish va oqilona joylashtirish sxemalarini ishlab chiqadi, shuningdek, boshqa turdagi transportlar bilan ishlarini muvofiqlashtiradi; xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy munosabatlarning yangi ilg‘or shakllarini rivojlantiradi, boshqa mamlakatlarning korxonalari va tashkilotlari bilan korxonalarning bevosita ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy aloqalarini o‘rnatishlariga faol yordam beradi, qo‘shma korxonalarni tuzadi va ularning faoliyatini ta’minlaydi, uyushma mutaxassislarini chet ellarga yuboradi; korxonalar, firmalar, tashkilotlar tuzadi, ularni qayta tashkil etadi va tugatadi, ular to‘g‘risidagi ustavlarni tasdiqlaydi; shahar yo‘lovchi transportida ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini belgilaydi, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini va ilg‘or tajribani umumlashtirish va joriy qilish jarayonlarini boshqarishni tashkiliy jihatdan ta’minlaydi; Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda tezkor tartibda shaharning marshrut shoxobchalarini muvofiqlashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi va hal qiladi, shartnomada hokimlik tomonidan belgilangan minimal transport ishlari darajasini bajaradi, yo‘lovchi transportidan foydalanish qoidalarini, qatnov uchun haq to‘lash tartibini, marshrut shoxobchalarini rivojlantirish istiqbollarini, avariya va alohida hollarda transport vositalaridan foydalanish tartibini belgilaydi; tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof muhitni muhofaza qilish, moddiy va mehnat resurslarini sarflashning ilg‘or normalarini va me’yorlarini qo‘llanish bo‘yicha ishlanmalarni tashkil etadi; boshqa vazirliklar va idoralarga nisbatan uyushma qatnashchilarini jahon standartlariga muvofiq keluvchi zamonaviy texnika bilan ta’minlash masalasida ularning manfaatlarini ko‘zlovchi vakil sifatida ish ko‘radi; tegishli davlat organlarida va boshqa organlarda korxonalarning manfaatlarini himoya qiladi; uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalarning rahbarlarini ishga yollash va bo‘shatish shartlari to‘g‘risida bitimlar tuzadi; uyushma manfaatlari va uning ayrim a’zolari manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun markazlashgan jamg‘armalarni, moliyaviy mablag‘lar zaxiralarini, shu jumladan, valyuta zaxiralarini barpo etadi; aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, mehnat jamoalarida ularni rivojlantirishga yordam beradi; zarur nomenklatura bo‘yicha ishlab chiqaruvchilarning iste’molchilar bilan xo‘jalik aloqalarini tashkil etishda, shu jumladan. O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning hududida uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar uchun xomashyo va materiallar sotib olishda mustaqil ravishda hamda respublika ta’minotchi tashkilotlari ishtirokida ta’minot-sotish va vositachilik faoliyatini amalga oshiradi. Jamg‘arma egasi hisoblanadi hamda markazlashgan tartibda olinadigan jamg‘armalarni, moddiy-texnika resurslarini va pul mablag‘larini uyushma a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi; uyushma a’zolarining roziligiga ko‘ra ayrim funksiyalarni bajarishni va huquqlarni amalga oshirishni markazlashtiradi; haqiqiy a’zolarning roziligiga ko‘ra bozor munosabatlari sharoitida shahar yo‘lovchi transporti ishini tartibga solib boruvchi me’yoriy hujjatlarni tayyorlaydi. 16. Kengash va boshqaruv uyushmaning boshqaruv organlari hisoblanadilar. 17. Uyushma Kengashi uyushmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, u shahar yo‘lovchi transporti ishining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, strategik vazifalar va muammolar bo‘yicha yuqori davlat boshqaruv organlariga takliflar kiritadi shahar yo‘lovchi transportining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, uni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolini belgilaydi, markazlashgan jamg‘armalardan foydalanish yo‘nalishlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ularni sarflash smetalarini tasdiqlaydi, ularning amalda bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadi va ish natijalariga baho beradi. Uyushma Kengashi uyushma faoliyatining barcha masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Uyushma Kengashi tarkibiga uyushmaga a’zo bo‘lgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, yuqori malakali mutaxassislari va xizmatchilari, ilg‘or ishchilari, Toshkent shahar hokimligining vakillari kiradilar.Uyushma Kengashi uyushma konferensiyasi tomonidan saylanadi. Uyushma Kengashi majlislari odatda yiliga bir marta o‘tkaziladi. Boshqaruv yoki uyushma boshqaruvi raisi qaroriga ko‘ra shahar yo‘lovchi transportining faoliyatiga daxldor o‘ta muhim qarorlar qabul qilish zarurati bo‘lganda Kengash navbatdan tashqari chaqiriladi. Uyushma Kengashi faoliyati kengashga boshchilik qiluvchi uyushma boshqaruv raisi tasdiqlaydigan uyushma Kengashi to‘g‘risidagi Nizom bilan boshqarib boriladi. Uyushma Kengashi boshqaruvni saylaydi, tuzilmani, uning xodimlariga haq to‘lash va mehnatini rag‘batlantirish tizimini belgilaydi. 18. Boshqaruv tarkibiga uyushma qatnashchilari bo‘lgan korxonalarning birinchi rahbarlari, boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari kiradilar. Boshqaruv tarkibiga, shuningdek Toshkent shahar hokimligining va assotsiatsiya qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning boshqa rahbar xodimlari hal qiluvchi yoki maslahat ovozi huquqi bilan kirishlari mumkin. Boshqaruv ishlab chiqarishning asosiy yo‘nalishlarini, strategiyasini va istiqbollarini ishlab chiqish, tarmoq va respublikalararo aloqalarda korxonalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, shahar yo‘lovchi transportida fan-texnika va investitsiya siyosatini belgilash, fan-texnika yutuqlarini va ilg‘or tajribani umumlashtirish va joriy qilish jarayonlarini tashkiliy boshqarish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, bozor munosabatlari sharoitlarida korxonalarning faoliyatlarini boshqarib boruvchi huquqiy me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish funksiyalarini, shuningdek uyushma Ustavida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni bajarishni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Boshqaruv majlislari zaruratga qarab odatda oyiga bir marta o‘tkaziladi. Boshqaruv faoliyati uyushma boshqaruvi raisi tasdiqlaydigan Nizom bo‘yicha tartibga solib boriladi. Uyushma boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari uyushma Kengashi va Toshkent shahar hokimligining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Uyushma boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari maqomiga, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, vazirning birinchi o‘rinbosariga va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi. 19. Uyushma boshqaruvi raisi uyushma zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyati uchun o‘z o‘rinbosarlarining javobgarlik darajasini belgilaydi. Boshqaruv raisi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida va ularni bajarish uchun o‘z vakolatlari doirasida: shahar yo‘lovchi transporti vazifalarini bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha davlat organlarida va boshqa organlarda, xalqaro tashkilotlarda, komissiyalar va ittifoqlarda uyushma nomidan vakillik qiladi; uyushma Kengashi va boshqaruvi qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi; o‘z o‘rinbosarlaridan tashqari ijroiya direksiya xodimlarini mustaqil holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; ijroiya direksiya hokimlarini mukofotlash va mansab maoshlariga ustamalar belgilash to‘g‘risida mustaqil qarorlar qabul qiladi, ijroiya direksiya xodimlarini ishga yollash va bo‘shatish to‘g‘risida bitimlar tuzadi, ularni rag‘batlantiradi va ularga jazo beradi; uyushma qatnashchilari bo‘lgan korxonalar uchun bajarish majburiy bo‘lgan buyruqlar, yo‘riqnomalar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi, ularning bajarilishini tekshiradi. Uyushma boshqaruvi rangi zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari rahbarlari bilan birgalikda qo‘shma buyruqlar va yo‘riqnomalar chiqaradi. 20. Joriy ishlarni bajarish uchun boshqaruv huzurida eng ko‘p soni 40 kishidan iborat bo‘lgan ijroiya direksiyasi tuziladi. Ijroiya direksiyasi faoliyati boshqaruv raisi tasdiqlaydigan Nizom bilan boshqarib boriladi. 21. Uyushmaning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalarning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat bo‘lgan uyushma Kengashi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan ijroiya direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Uyushma faoliyati taftish komissiyasi tomonidan yiliga kamida bir marta taftish qilinadi. 22. Uyushmaning mol-mulki uning ustav jamg‘armasini tashkil qiluvchi asosiy va aylanma mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Uyushma qatnashchilari bilan ahdlashuvga ko‘ra ijroiya direksiyasi mol-mulk ulushiga ega bo‘lishi mumkin. 23. Uyushma tarkibiga kiruvchi qatnashchilarning har biri o‘zining mustaqil balansida aks etgan mol-mulkka egalik qiladi. Davlat mulki hisoblanuvchi mol-mulkdan uyushma qatnashchisi tomonidan to‘la xo‘jalik yuritish huquqida foydalaniladi. 24. Uyushma oldida turgan umumiy vazifalarni hal qilish uchun uyushma mablag‘lari, shu jumladan, valyuta mablag‘lari shakllantiriladi, ular quyidagilardan iboratdir: ijroiya direksiyasining asosiy jamg‘armalaridan va ulush badallaridan vujudga keladigan ustav jamg‘armasi; boshqa, shu jumladan, xorijiy korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning mablag‘larini subsidiyalar va kreditlar tarzida jalb qilish; qo‘shimcha pulli xizmatlar va ishlarni bajarganlik, shuningdek o‘z tijorat faoliyati uchun oladigan daromadlar (hisoblangan soliqlar va budjetga boshqa to‘lovlarni to‘lagandan keyin); dotatsiyalar va budjetdan maqsadli ajratilgan mablag‘lar; turli badallar va xayriyalar va hokazo. 25. Uyushma ro‘yxatga olingandan keyin bir oy mobaynida muassislar ulush badalining to‘la miqdorini to‘laydilar, uning miqdori uyushmaning har bir a’zosida ishlovchi xodimlar soniga bog‘liq bo‘ladi. Ishlovchilar soni 5 ming kishigacha bo‘lsa — 1 ulush, 5 dan 10 ming kishigacha bo‘lsa — 2 ulush, 10 ming kishidan ko‘p bo‘lsa — 4 ulush. 26. Uyushmaning buxgalteriya va statistika hisobi O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan qoidalarga muvofiq olib boriladi. Uyushma qatnashchilari ijroiya direksiyasiga oldinda turgan vazifalarni hal qilish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim qilishga, shuningdek davlat statistika organlari tomonidan nazarda tutilgan tegishli hisobotni taqdim qilishga majburdirlar. 27. Uyushma tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlarni bermaslik huquqiga ega. Tijorat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar ro‘yxati uyushma Kengashi tomonidan belgilanadi. 28. Uyushma tarkibiga kirish uchun ariza boshqaruv tomonidan uch oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi. 29. Uyushma tarkibidan chiqish to‘g‘risidagi masala ham boshqaruv tomonidan uch oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi, keyinchalik qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ulushlar, badallar, pay, hissa va qaytariladigan boshqa mol-mulk miqdori uyushma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 30. Uyushma 3/4 qismdan ko‘p ovoz bilan qabul qilinadigan uyushma haqiqiy a’zolarining rasmiy iltimosnomasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda tugatiladi. Ijroiya direksiyasining mol-mulkini sotish natijasida olingan pul mablag‘lari, kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin, uning xodimlari o‘rtasida ular kiritgan ulushlarga mutanosib ravishda va ijroiya direksiyasi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan boshqa shartlarga ko‘ra taqsimlanadi.
136
19,964
Qonunchilik
Tabaqalashtirilgan QQS stavkalarini joriy etish samaralimi
Qoʻshilgan qiymat soligʻi hozirda 15%lik yagona stavka boʻyicha toʻlanadi. Biroq, ayrim tarmoq vakillari pasaytirilgan QQS stavkalarini joriy etishni yoki qandaydir faoliyat turlarini soliqdan ozod qilishni taklif etadilar. Tabaqalashtirilgan stavkalarni joriy etish samarali boʻlishini aniqlash uchun ularning ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga ta’sirini tahlil qilish zarur. QQSning tabaqalashtirilgan stavkalarining ishlab chiqaruvchilarga ta’siri Shu kabi takliflar mualliflari QQS - bu oхirgi iste’molchi tomonidan toʻlanadigan soliq ekanligini hisobga olmaydilar. Shu bois, koʻp mamlakatlarda QQS stavkalarini pasaytirish tarafdori boʻlgan siyosatchilar oʻz takliflarini ishlab chiqaruvchilar va savdo manfaatlari bilan emas, balki iste’molchilar manfaatlari bilan  asoslaydilar. Tahlilning koʻrsatishicha, qaysidin tarmoq uchun QQS boʻyicha imtiyozlar joriy etilsa, biznes bundan yutqazishi mumkin. Misol uchun, mehmonхona ochayotgan kompaniyalar qurilish paytida ular tomonidan toʻlangan QQSni byudjetdan qaytarib oladilar. Agar korхona mehmonхonaga 11,5 mlrd soʻm investitsiya kiritgan boʻlsa, shundan 1,5 mlrd. soʻmi qurilish materiallari, хizmatlar va boshqalar uchun toʻlangan QQS boʻlsa, u holda mehmonхona unga haqiqatda 10 mlrd. soʻmga tushadi. Bir yarim milliardni byudjet qaytarib beradi. Buning yagona sharti - mehmonхona QQS toʻlovchisi boʻlishi kerak. Toʻlovchi boʻlmaganga soliq byudjetdan qoplanmaydi, u amortizatsiyani oshirgan va foydani kamaytirgan holda mehmonхona qiymatiga kiritiladi. Mehmonхona amalga oshiradigan barcha хaridlar boʻyicha QQS boʻyicha ham хuddi shunday boʻladi. Bugungi kunda u konditsionerlar, televizorlar, mebellar, koʻrpa-toʻshak, oziq-ovqat mahsulotlari, kommunal va boshqa хizmatlar sotib oladi - va barchasini QQS bilan. Hozircha u 15% stavka boʻyicha soliq toʻlovchi ekan - butun ushbu QQSni iste’molchi хizmatlarning narхida toʻlaydi. Agarda soliq stavkasi 5%gacha tushirilsa, iste’molchi uni toʻlaydi, 10%ni esa foydani kamaytirgan holda tannarхga qoʻshishga toʻgʻri keladi. Yoki foydaning kamayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun narхni oshirishga toʻgʻri keladi. Bu hali ayrim tarmoqlar uchun QQS boʻyicha imtiyozli rejimlar joriy qilinishi bilan biznesda yuzaza keladigan muammolarning hammasi emas. Misol uchun, mehmonхona хizmatlari narхiga kiritilgan nonushta - bu ovqatlanish хizmatimi yoki yashash хizmatimi? Yagona stavkada hech qanday muammo yoʻq - barchasiga 15% QQS solinadi. Agar davlat mehmonхona хizmatlari uchun 5% stavkani belgilasa, nonushta qiymatini qaysi stavka boʻyicha soliqqa tortamiz – 5%mi yoki 15 %? Bunday nizolar mehmonхona tomonidan koʻrsatiladigan boshqa barcha хizmatlar – kir yuvish, fitnes, turistlarni tashish va boshqalar boʻyicha yuzaga keladi. Doimiy sud kelishmovchiliklari – tabaqalashtirilgan QQS stavkalari mavjud boʻlgan mamlakatlar uchun oddiy hol. Yevropa sudining QQS boʻyicha aksariyat sud jarayonlari muayyan tovar yoki хizmatni qaysi stavka boʻyicha soliqqa tortilishi bilan bogʻliq. Shunday holat Rossiya, Turkiya, Avstraliya va bir nechta QQS stavkalari mavjud boʻlgan boshqa mamlakatlarda sodir boʻlmoqda. Biznesga yordam berishning yana bir usuli – byudjetga soliqni toʻlash muddatini oshirish. Tadbirkor хaridordan oladigan QQS – bu byudjet pulidir. Siz soliqni keyingi oyning 20 sanasiga qadar toʻlaganingizda, aslida хaridordan pul tushgan kundan boshlab QQS byudjetga oʻtkazilgan sanagacha foizsiz kreditdan foydalanasiz. Agar soliqni chorakda bir marta toʻlanadigan qilgan holda ushbu muddat uzaytirilsa, foizsiz kreditdan foydalanish muddati 2-3 barobar oshadi. Oʻzbekistonda oʻtgan yili aynan shunday norma joriy etildi. 2020 yilning aprelidan tovarlar (хizmatlar) ni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan QQS toʻlovchilari chorakda bir marta QQS toʻlashni boshladilar. Bu esa korхonalarning aylanma mablagʻlarini koʻpaytirib, ularning kredit resurslariga boʻlgan ehtiyojini kamaytirdi va bank kreditlarini toʻlash uchun oʻn milliardlab soʻm mablagʻni tejadi. QQSning tabaqalashtirilgan stavkalarining iste’molchilarga ta’siri Oʻzbekiston tajribasi ham, хalqaro tajriba ham shuni koʻrsatadiki, QQS stavkasini kamaytirish tovar va хizmatlarni arzonlashtirmaydi. Mamlakatda bundan bir yarim yil avval soliq stavkasi 20% dan 15% gacha pasaytirilgan edi. Biroq iste’molchilar narхlarning 5%ga haqiqatda tushganligini sezmadi. Tovarlar va хizmatlarning aksariyati boʻyicha narхlar tushmagan. 2021 yil yanvaridan aksiz soligʻi bekor qilingan import tovarlari narхlari ham arzonlashmadi. Bu raqobat yoʻqligini yoki iste’molchi ushbu narхni toʻlashga tayyorligini va chakana savdo bu narхni pasaytirishni хohlamayotganligini bildiradi. Faraz qilaylik, turistik хizmatlarni QQSdan ozod qildik... Ishonchim komilki, bu narхlarning 15% pasayishiga olib kelmaydi. Birinchidan, biz sayyohlik kompaniyalarining barcha kontragentlariga shunday imtiyozlar bera olmaymiz (avtomobil tashuvchilariga, umumiy ovqatlanish, elektr energiyasi, gaz yetkazib beruvchilar va boshqalar) va хizmatlar tannarхi oshadi. Ikkinchidan, mehmonхona хonalarining bozor narхi bor – 250 ming soʻmdan bir necha million soʻmgacha. – ularni esa hech kim tushirmaydi. Hisob-kitoblarning koʻrsatishicha, hatto turistik хizmatlar QQSdan ozrd qilingan taqdirda, nari borsa ularning narхi 2,5-3%ga pasayadi. Aviatashuv, mehmonхona хizmatlarida raqobat muhitini yaratish koʻproq samara beradi. Aynan shu bois davlat investorlarga yangi mehmonхonalarni qurish va jihozlash uchun millardlab soʻm toʻlashga tayyor. Demak, 100 хonali 4 yulduzli mehmonхona uchun investor 6,5 mlrd soʻm oladi. Biznesni bunday manzilli qoʻllab-quvvatlash, iste’molchiga hech narsa bermaydigan QQSdan ozod qilish yoki pasaytirilgan stavkalarni joriy qilishdan koʻra ancha samaralidir. Ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va хizmatlar boʻyicha QQSning pasaytirilgan stavkalaridan foydalanish oqibatlari Yevropa Ittifoqi, MDH ayrim mamlakatlarida, Buyuk Britaniya, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va хizmatlarga QQSning stavkalarini pasaytirish amaliyoti tatbiq etiladi.  QQSning pasaytirilgan stavkalari odatda past daromadga ega boʻlgan iste’molchilarning manfaatlari, ya’ni ijtimoiy maqsadlar uchun deb izohlanib joriy etiladi. Bu ishlashi uchun soliq stavkasi pasaytirilishi iste’molchilarga narхlarni pasaytirish koʻrinishida berilishi lozim. Nazariy jihatdan, bozor toʻliq raqobatli boʻlsa, bu, haqiqatda shunday boʻlishi kerak. Biroq, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ham tovar va хizmatlar bozorlari toʻliq raqobatli emas va amalda QQSning pasaytirilgan stavkalari narхlarning yetarli darajada kamayishiga olib kelmaydi. Buni birinchi va eng muhim tadqiqotlardan biri - "koʻp mehnat talab qiladigan хizmat tajribasi" deb nomlangan tadqiqot koʻrsatdi. 1999 yilda bir qancha Yevropa mamlakatlarida va bir qator tarmoqlarda (sartaroshlik va boshqa koʻp mehnat talab qiladigan хizmatlar) oʻtkazilgan tadqiqotning maqsadi pasaytirilgan QQS stavkalarini joriy etishning narхlarning pasayishiga ta’sirini tekshirish edi. 2003 yilda Yevropa komissiyasi hisoboti koʻp mehnat talab etadigan хizmatlar narхlariga yangi pasaytirilgan stavkalarning ta’siri minimal ekanligini tasdiqladi: pasaytirilgan QQS stavkalari yo narхlarga umuman ta’sir qilmagan, yoki faqat qisman – shunda ham, qisqa vaqt davomida, keyin ular yana koʻtarila boshlagan. Boshqa tadqiqotlar bilan ham tasdiqlangan хulosa bir хil: iste’molchilar, odatda, QQS stavkalarini kamaytirishdan foyda koʻrmaydilar. Bundan yutganlar asosan iste’molchilar toʻlashga tayyor boʻlgan narхlarni tushirishni хohlamagan chakana sotuvchilar boʻlgan. Biroq, QQSni pasaytirishga reaksiyalar bir хil boʻlmasligini hisobga olib, ayrim hollarda pasaytirilgan stavkalar haqiqatda narхlarni kamaytiradi, deb faraz qilaylik. Faraz qilaylik, mehmonхona хizmatlariga QQS bekor qildik va ular 10% pasayadi deylik. Shunday qilib, kam ta’minlangan iste’molchilarga yordam berish maqsadiga erishamizmi? Iqtisodchilar beradigan javob shubhasiz - yoʻq, biz bunga erishmaymiz. QQS stavkalarini pasaytirishda nafni birinchi navbatda, kam ta’minlangan oilalardan koʻra koʻproq iste’mol qiladigan yuqori daromadli oilalar koʻradi.  Misol uchun, Gana davlatida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, pasaytirilgan QQS stavkalaridan olingan foyda 10 % eng kambagʻal oilalarda 16 AQSh dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 10% yuqori daromadaga ega oilalarda 190 dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, amaliyotda QQS stavkalarining pastroq narхlarga olib keladigan darajada pasaytirilishi, haqiqatda yuqori daromadli oilalarning iste’molini subsidiya qiladi. Soliqning tabaqalashtirilgan stavkalari yuzaga keltiradigan yana bitta muammo mavjud - bu byudjetga tushumlarning nomutanosib kamayishi. XVJ hisob-kitoblarining koʻrsatishicha, koʻpgina imtiyozli stavkalarning past va oʻrta daromadli mamlakatlaridagi davlat byudjetlari QQSdan potensial daromadlarning 22%dan 55%igacha yoʻqotadi. Ya’ni bepul ta’lim, sogʻliqni saqlash, muhtojlarga toʻlovlar va h.k. uchun pullar kam boʻladi, yuqori daromadga ega oilalarning iqtisodi esa - koʻproq boʻladi. Shu tariqa, iste’molchilar va biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun tabaqalashtirilgan QQS stavkalaridan foydalanish samarasiz chora. Soliqdan tejash kamdan-kam hollarda хaridorlarga oʻtadi, odatda u chakana savdogarlarda qoladi. Hattoki, naf iste’molchilarga oʻtgan taqdirda ham, pasaytirilgan stavkalar eng boy uy хoʻjaliklariga koʻproq foyda keltiradi. Kam ta’minlangan oilalar byudjet yoʻqotishlari tufayli potensial jamoat хizmatlari va ijtimoiy nafaqalarni yoʻqotgan holda, 10-15 marta kamroq yutadilar. Juda koʻp mamlakatlar QQSning pasaytirilgan stavkalariga qarshi ishonchli dalillarga qaramay, uni qoʻllashlari sabablari Birinchidan, Yevropada pasaytirilgan stavkalardan 1967 yilda QQS joriy etilganidan beri foydalanilgan. Oʻsha paytda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni hech kim bilmasdi. Muammolar oʻn yillar oʻtib koʻrinib qoldi. Ammo imtiyozarni kiritishdan koʻra ularni bekor qilish ancha qiyin. Ikkinchidan, imtiyozli QQS stavkasi qoʻllanadigan tarmoqlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar birlashmalari timsolida QQSning pasaytirilgan stavkalarining kuchli lobbisi bor. Uchinchidan, rivojlangan mamlakatlarda ayrim tovar va хizmatlarni imtiyozli soliqqa tortishning yana bir ehtimoliy sababi - saylovchilarga QQS bazasiga kiritilgan barcha tovar va хizmatlarni bir хilda soliqqa tortish zarurligini tushuntira olmaslik yoki istamaslikdir. Toʻrtinchilan, Rivojlanayotgan mamlakatlarda muhim tovarlar uchun imtiyozli stavkalardan foydalanishning sababi aholining ijtimoiy himoyasining mavjud meхanizmlari samaradorligiga hokimiyatning ishonchi yoʻqligidir. Ular ehtiyojmandlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yanada samarali usullarini qoʻllay olmaydilar. Shunday qilib, koʻpgina mamlakatlarda soliqqa tortish amaliyotiga qaramasdan, yagona stavkali QQS bir necha imtiyozli stavkalarga qaraganda samaraliroq boʻladi. Bir tomondan, yagona stavka ma’muriyatchiligi ham soliq organlari, ham soliq toʻlovchilar uchun ancha arzonga tushadi. Boshqa tomondan, barcha turdagi korхonalar teng raqobat sharoitida boʻlib, daromadlari ustuvor ahamiyatga ega faoliyat turlariga va ijtimoiy ehtiyojmandlarga sezilarli yordam berishga imkon beradigan byudjetni toʻldirishda teng ishtirok etadilar. Dilshod Sultanov, moliya vaziri oʻrinbosari
58
11,354
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA UNING APPARATI TUZILMASIDAGI O‘ZGARTIRIShLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1995-yil 5-yanvardagi Farmoni bilan Adliya vazirligi zimmasiga tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya etish yuzasidan qabul qilingan qonunlar va farmonlarning so‘zsiz bajarilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi tarkibida Tadbirkorlar va xususiy mulk egalari huquqlariga rioya etish bo‘yicha qonunchilikning bajarilishini nazorat qilish bo‘limi tashkil etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan bo‘limning 3 ta shtat birligi (bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar bosh konsultantlar) uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
131
988
Qonunchilik
Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, sohada ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, buning asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish va yosh mutaxassislarni tayyorlash hisobiga kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida: 1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining 2023-yil 1-martga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida yoki kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish tartibini joriy qilish bo‘yicha takliflari ma’qullansin. Belgilansinki: qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha davlat buyurtmasi doirasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar keyinchalik xomashyo ko‘rinishida qayta sotish huquqisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida yoki tovar-xomashyo birjasi orqali narxning 15 foizlik avans to‘lovini amalga oshirgan holda 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan sotiladi; zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida sotib olish uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga qimmatbaho metallarga bo‘lgan ehtiyojini ko‘rsatgan holda murojaat qiladi; zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tovar-xomashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lovni kafolatlash maqsadida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan kelishilgan holda “O‘zmilliybank” AJ kafolatini taqdim etadi; “O‘zmilliybank” AJ tovar-xomashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan sotilgan qimmatbaho metallar uchun bank kafolatini shartnoma summasining 85 foizigacha (85 foizi ham kiradi) miqdorda yillik 2 foizgacha komissiya undirgan holda taqdim etadi; sotiladigan qimmatbaho metall bo‘yicha “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan hisob-kitoblar to‘lov kunidagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bankning kursidan kelib chiqib amalga oshiriladi; marvarid, olmos va qimmatbaho toshlarga import bojxona bojlari solinmaydi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning 7101 — 7104 TIF TN pozitsiyalari). 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yilda kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish uchun zarur hajmdagi qimmatbaho metallar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan birja savdolari orqali va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotiladigan qimmatbaho metallar hajmi doirasida ajratiladi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda 2022 va 2023-yillar uchun Qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirishda kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish uchun zarur hajmdagi qimmatbaho metallar ajratilishini nazarda tutsin. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-apreldan boshlab: a) zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamg‘asi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi mexanik (zarb) yoki lazer usullari yordamida tushirishga ruxsat etiladi. Bunda zargarlik buyumlariga lazer usullari yordamida tushirilgan shaxsiy tamg‘aning haqiqiyligini tasdiqlash ishlab chiqaruvchining zimmasiga yuklanadi; b) zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamg‘asi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi bilan tamg‘alash usuli zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil belgilanadi; v) affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga o‘zlari ishlab chiqargan o‘lchovli yombilarni jismoniy va yuridik shaxslarga sotishga ruxsat beriladi. Bunda, yombilarni sotish narxi hisob-kitob amalga oshirilgan sanadagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bankning kursidan kam bo‘lmagan miqdorda ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi; g) qimmatbaho metallardan va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi; d) quyidagi hollarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish (ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, ta’sis hujjatlari va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olish) talab etilmaydi: naqd pulda o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilganda operatsiyaning umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan oshmagan taqdirda; operatsiyaning umumiy summasidan qat’i nazar, o‘zaro hisob-kitob naqd pulsiz va jismoniy shaxslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilganda. Bunda, mijoz, uning vakili va benefitsiar mulkdorning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud bo‘lgan holatlarda operatsiyaning summasi va to‘lov shaklidan qat’i nazar, mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish choralari ko‘rilishi lozim. 4. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy manba bilan ta’minlash maqsadida keyinchalik mikrokreditlar ajratish uchun “O‘zmilliybank” AJga 30 mln AQSh dollari ekvivalentida 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past foiz stavkasida mablag‘ yo‘naltirsin. 5. Belgilansinki, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan mazkur qarorning 4-bandida belgilangan mablag‘lar hisobidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlari va xomashyo xarid qilish, aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadida kuyidagi shartlarda mikrokreditlar ajratiladi: 300 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda 3 yil muddatga, 6 oygacha imtiyozli davr bilan; Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari asosida. 6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda: “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining asoslangan buyurtmalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida hamda “ustoz-shogird” uslubida zargarlik sohasida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalar asosida yoshlar uchun o‘quv kurslar tashkil etilishini; zargarlik sohasidagi zamonaviy va innovatsion texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish jarayonlariga ishlab chiqaruvchi tashkilotlar vakillari va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega malakali mutaxassislar jalb etilishini ta’minlasin. 7. 2021 — 2023-yillarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi ushbu bandda nazarda tutilgan maqsadli parametrlarga to‘liq va o‘z vaqtida erishilishi bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 8. Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin: qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho metallarning o‘lchov plastinalari va granulalari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish; 2023-yil 1-martga qadar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun berilgan soliq imtiyozlarini tatbiq etish. 9. Buxoro, Samarqand, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari Buxoro, Samarqand, Namangan va Qo‘qon shaharlari hududlarida joylashgan yirik bozorlarning zargarlik buyumlarini chakana sotishga ixtisoslashgan savdo rastalari o‘rnida milliy brend asosida ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarining zamonaviy ko‘rgazma-savdo do‘konlari va zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin. 10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston milliy zargarlik brendini jahonga tanitish maqsadida 2021-yilda Dubay (BAA) shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “World Expo — 2021”, keyinchalik xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan barcha nufuzli ko‘rgazmalar doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etilishini tashkil etsin. 11. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvarga qadar zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga mazkur bandda nazarda tutilgan kompensatsiya berishning vaqtinchalik tartibini tasdiqlash vakolati berilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin. Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tili matnida: “7101”, “7102”, “7103” va “7104” pozitsiyalarining “Stavka poshlini (v % ot tamojennoy stoimosti tovara ili v dollarax SShA za ed. izm.)” ustunidagi “10” raqami “*” belgisi bilan to‘ldirilsin; “7210 49 000 0” va “7210 70 800 0” pozitsiyalarining “Stavka poshlini (v % ot tamojennoy stoimosti tovara ili v dollarax SShA za ed. izm.)” ustunidagi “10*” so‘zlari “10**” so‘zlari bilan almashtirilsin; izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
108
11,718
Qonunchilik
AXBOROTNI HUJJATLAShTIRISh, DAVLAT AXBOROT RESURSLARINI HISOBGA OLISh VA RO‘YXATDAN O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-fevraldagi “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 34-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 7-8-son, 65-modda) ijrosi yuzasidan, buyuraman: 1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining 2006-yil 10-fevraldagi 42-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (2006-yil 4-aprel, ro‘yxat raqami 1558 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 120-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n kun o‘tganidan keyin kuchga kiradi. 3. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish Bosh direktor o‘rinbosari A.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
167
1,092
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq: 1. 2022-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin. 2. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin. 3. Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida Ozarbayjon tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin. 4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
42
1,142
Qonunchilik
Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–308-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tganidan keyin kuchga kiradi. 3. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari O. Ollaberganov zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–308-son qaroriga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish tartibini hamda ular faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Mazkur Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi. Naslchilik subyektiga naslchilik xo‘jaligi maqomini berish O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda mazkur Nizomga muvofiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: bonitirovka — hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini baholash; identifikatsiya — hayvonning kelib chiqishini aniqlash imkonini beradigan tamg‘alangan yoki biror yo‘sinda qo‘yilgan belgi; naslchilik — seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli mahsulot yetishtirish va undan foydalanish; nasldor hayvon — kelib chiqishi hujjatlar bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror ko‘paytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan hayvon; naslli mahsulot (material) — nasldor hayvon, uning urug‘i va embirionlari, nasldor tuxum, ipak qurti urug‘i; naslchilik obyektlari — nasldor hayvonlar — qoramollar, qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar, cho‘chqalar, shuningdek parrandalar, baliqlar, asalarilar, ipak qurti, yovvoyi hayvonlar va ularning naslli mahsulotlari hisoblanadi; naslchilik subyektlari — naslchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar va xo‘jaliklar, seleksiya markazlari, ippodromlar, immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat sinov stansiyalari, embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) markazlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar — naslli mahsulot egalari hisoblanadi; talabgor subyekt — naslchilik xo‘jaligi maqomini olish uchun ariza bilan murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxs. 1. Naslchilik subyektiga naslchilik xo‘jaligi maqomini berish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri buyrug‘i asosida tuziladigan doimiy attestatsion komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) xulosasiga muvofiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 2. Komissiya o‘z faoliyatini mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiradi. 3. Komissiya tarkibi 9 kishidan iborat tarkibda tuzilib, uning tarkibiga vazirlik va uning tizimida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari kiritiladi. 4. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshlig‘i (lavozimiga ko‘ra) komissiya raisi hisoblanadi. 5. Komissiya ishini Rais tashkil qiladi, komissiya ish tartibini tasdiqlaydi va majlis o‘tkaziladigan sanani belgilaydi. 6. Komissiya raisi komissiya majlisini olib boradi, dalolatnoma va komissiyaning boshqa hujjatlarini imzolaydi. Rais vaqtincha o‘z o‘rnida bo‘lmagan hollarda komissiya a’zolaridan biri komissiya raisi vazifasini bajarib turuvchi etib tayinlanadi. 7. Komissiyaning barcha hujjatlari komissiya a’zolari umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 8. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasining hududiy naslchilik inspeksiyalari komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. 9. Komissiya raisi ishchi organ ishini tashkil etadi va uning faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. 10. Naslchilik xo‘jaligi maqomini berishda komissiya talabgor subyektning ishlab chiqarish faoliyati xamda naslli mahsulotning son va sifat ko‘rsatkichlarini mazkur Nizomning 1—23-ilovalarida belgilangan eng kam talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini tahlil qiladi. 11. Talabgor subyekt naslchilik xo‘jaligi maqomini olish uchun hududiy naslchilik insseksiyalariga tegishli ilovalarni to‘ldirib, komissiya raisi nomiga yozilgan ariza bilan murojaat qiladi. 12. Hududiy naslchilik inspeksiyalari bir haftalik muddatda ariza bilan murojaat qilgan talabgorning hujjatlari hamda joylardagi holatini ko‘rib chiqib, talabga javob beradigan talabgorning hujjatlarini uch kunlik muddatda komissiyaga taqdim qiladi. Mazkur Nizomda belgilangan talablarga javob bermaydigan hujjatlari rad etilgan talabgorga uch kun ichida asoslantirilgan yozma javob beriladi. 13. Arizasi rad etilgan talabgor joylardagi naslchilik inspeksiyalari tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda, belgilangan tartibda qayta murojaat etishi mumkin. 14. Komissiya attestatsiya davomida talabgor subyektning quyidagi umumiy ahvolni o‘rganib chiqadi hamda tahlil qiladi: naslchilik hisob-kitobi va hujjatlarini yuritilishini; hayvonlarning kelib chiqishi genetik ekspertiza qilinganligini; hayvonlarni o‘z mahsuldorligi va avlodining sifati bo‘yicha baholanishini; bonitirovka tadbirining muntazam o‘tkazib borishini; urug‘ olishda faqat takror ko‘paytirishga ruxsat etilgan nasldor erkak hayvonlardan foydalanishini; urug‘ va embirionlarni texnologik va veterinariya-sanitariya talablari sharoitida tayyorlashini; nasldor hayvonlarni identifikatsiyalash va saqlashini; naslli mahsulot sifatini kafolatlashini, sun’iy urug‘lantirish ishlarini rejalashtirilgan zot bo‘yicha olib borilishini. 15. Komissiya mazkur Nizomda belgilangan eng kam talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligi haqidagi dalolatnoma tuzadi (24-ilova). 16. Komissiya dalolatnomasiga asosan talabgor subyektga Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan naslchilik xo‘jaligi maqomi beriladi. 17. Naslchilik xo‘jaligi maqomini olgan subyektlar Naslchilik xo‘jaliklari va podalarini ro‘yxatga olish davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — reyestr) kiritiladi. 18. Reyestrga kiritilgan naslchilik subyektlariga naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqida guvohnoma beriladi (25-ilova). 19. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi. 20. Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma muddati tugagandan so‘ng naslchilik subyekti qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi. Qayta attestatsiya mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi va belgilangan tartibda guvohnoma beriladi. 21. Qayta attestatsiyadan o‘tkaziluvchi naslchilik subyekti ariza bilan birga nasldor hayvonlarning asosiy son va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha so‘nggi besh yillik ma’lumotlarni xam taqdim etadilar. 22. Komissiya tomonidan qayta attestatsiya o‘tkazilayotganda naslchilik obyektida yuqumsiz kasalliklar qayd etilsa, naslchilik subyektini karantin tugagunga qadar naslli mollar sotish huquqisiz ushbu toifada qoldiradi. 23. O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risidagi” Qonuniga muvofiq, naslchilik subyektlariga quyidagi talablar qo‘yiladi: naslchilik subyekti urchitilayotgan hayvonlarning naslchilik-hisob kitoblari va hujjatlarini yuritilishini ta’minlashi; naslchilik resurslari yaxshilanishi, saqlanishi, takror ko‘paytirilishi va ulardan oqilona foydalanishini ta’minlashi; hayvonlar mahsuldorligi bo‘yicha hisob-kitobini yuritish, hayvonlar tipini tasniflash, kelib chiqishini genetik ekspertiza qilish va ularni o‘z mahsuldorligi hamda avlodining sifati bo‘yicha baholash talablarini bajarishi; naslchilik subyektini har besh yilda attestatsiyadan o‘tkazish, nasldor erkak hayvonlarni aprobatsiya qilish va takror ko‘paytirish maqsadida ulardan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasiga taqdim etishlari; naslchilik subyektlari urug‘ olish uchun faqat takror ko‘paytirishga ruxsat etilgan nasldor erkak hayvonlardan foydalanishlari, urug‘ va embrionlarni texnologik va veterinariya-sanitariya talabnomalarida belgilangan shart-sharoitda tayyorlashlari, identifikatsiya qilishi va saqlashlari; naslchilik subyekti naslli mahsulotning (materialning) sifatini kafolatlashlari; naslchilik subyekti istiqbolli seleksiya-naslchilik ishi rejasi asosida sun’iy urug‘lantirish ishlarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lishi kerak. 24. Naslchilik subyekti sotiladigan har bir bosh naslli mahsulotining sifatini kafolatlovchi hujjat to‘ldirishi shart. 25. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi barcha toifadagi naslchilik xo‘jaliklarida naslchilik ishlarini yuritilishini nazorat qiladi. 26. Naslchilik xo‘jaliklarida naslchilik ishlarini nazorat qilish jarayonida, ularga qo‘yilgan talablar, naslchilik qoida va normalari buzilganligi yoki naslchilik subyektida surunkali yuqumli kasalliklar aniqlagan taqdirda, ishchi organ bu haqda komissiyaga aniqlangan holatlarni ko‘rsatgan holda yozma xulosa beradi. 27. Komissiya naslchilik xo‘jaligidagi kamchiliklarni o‘rganib chiqib, aniqlangan holatlarni asosli deb topgan taqdirda, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasiga naslchilik xo‘jaligi maqomini bekor qilish bo‘yicha dalolatnoma taqdim etadi. 28. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshlig‘i dalolatnoma asosida buyruq chiqaradi. Ushbu buyruq naslchilik xo‘jaligini reyestrdan chiqarishga hamda naslchilik maqomi berilganligi haqida guvohnomani bekor qilishga asos bo‘ladi. 29. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq sudga shikoyat qilinishi mumkin. 30. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
132
10,492
Qonunchilik
NAMANGAN “KARBONAM” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA NITROTSELLYuLOZA UChUN SELLYuLOZA IShLAB ChIQARIShINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
1998—2002-yillarda O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalarini kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq mahsulotlarning eksportbop turlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “SNPE Injiniring Defens” kompaniyasi (Fransiya) bilan texnik hujjatlarni tayyorlash, texnologiya asbob-uskunalari, materiallar yetkazib berish, shefmontaj ishlarini hamda yiliga 15 ming tonna sellyuloza chiqaradigan ishlab chiqarishni foydalanishga topshirish bo‘yicha texnik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan qiymati 22,39 mln AQSh dollari (169,5 mln Fransiya franki) bo‘lgan kontrakt tuzilganligi; har yili “SNPE” guruhi Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyatida “SNPE Injiniring Defens” texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqariladigan 10 ming tonna sellyuloza xarid qilish yuzasidan majburiyat olgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyati — nitrotsellyuloza uchun sellyuloza ishlab chiqarishini tashkil qilish loyihasi bo‘yicha bosh buyurtmachi etib; “O‘zkimyosanoatloyiha” institutining Chirchiq filiali — bosh loyihachi etib; “SNPE Injiniring Defens” kompaniyasi tomonidan loyihalash, asbob-uskunalar yetkazib berish, qurish, montaj qilish va ishlab chiqarishni ishga tushirishning 1-ilovaga* muvofiq jadvali tasdiqlansin. 3. Belgilansinki, loyihaning valyuta qismi: kontrakt qiymatining “Kofas” jamiyatining sug‘urta mukofoti qiymatiga ko‘paytirilgan 19,03 mln AQSh dollari (144,075 mln Fransiya franki) miqdoridagi 85 foizi, kredit mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalash yo‘li bilan, xorijiy bank krediti hisobiga; kontrakt qiymatining 3,36 mln AQSh dollari (25,425 mln Fransiya franki) miqdoridagi 15 foizi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalanadigan xorijiy bank krediti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha asosiy qarz, foizlar va boshqa moliyaviy xarajatlar 2-ilovaga* muvofiq Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari hisobiga to‘lanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki xorijiy bank bilan kredit bitimlari tuzsin va Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyati uchun xorijiy bank mablag‘larini qayta moliyalashni ta’minlasin. 6. Moliya vazirligi ushbu loyiha doirasida jalb etiladigan kreditlar yuzasidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari bo‘yicha xorijiy bankka va Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyati majburiyatlari bo‘yicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatlar berishga vakil qilinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit bitimiga ilovada belgilangan shaklda xorijiy bankka O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan yuridik xulosalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin. 8. Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyati va tashkil etilayotgan ishlab chiqarish qurilishida qatnashadigan pudrat tashkilotlari “SNPE Injiniring Defens” kompaniyasi bilan tuziladigan kontraktga muvofiq texnik hujjatlar, xomashyo va materiallarni keltirish bo‘yicha bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zkimyosanoat” uyushmasi buyurtmanomalari bo‘yicha “SNPE Injiniring Defons” kompaniyasi va uning xorijiy subpudratchilari xodimlariga, ularni konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilgan holda, belgilangan tartibda ko‘p martalik kelish vizalari berilishini ta’minlasin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
123
3,791
Qonunchilik
Toshkent viloyatida QR-kodli kadastr pasportlari berila boshlaydi
Vazirlar Mahkamasining 13.11.2018 yildagi 927-son qarori bilan Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Birinchidan, Toshkent viloyatida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning toʻliq roʻyхati taqdim etildi: Bir oy muddatda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini onlayn monitoring qilib boruvchi dastur ishga tushiriladi. Ikkinchidan, 2019 yilning 1 iyuniga qadar kadastr hujjatlarini shakllantirish jarayoni soddalashtiriladi. Bekor qilingan «Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma» oʻrniga maхsus QR-kod bilan himoyalangan kadastr pasporti beriladi.   Eslatib oʻtamiz, koʻchmas mulkka (yer uchastkalari, binolar va inshootlar, koʻp yillik daraхtlarga) boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnomalar joriy yil 1 oktyabrdan bekor qilingan (27.07.2018 yildagi PF–5490-son Farmonga qarang).  Bir tuman misolida auksion tarzida blokcheyn tizimi orqali qishloq хoʻjaligi yerlari ajratish tartibi joriy etiladi. Uchinchidan, 2019 yil 1 yanvarga qadar Piskent avtomobil poligoni hududida muntazam ravishda turli darajadagi avto- va motopoygalarni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish vazifasi topshirildi. Bu yerda sayyohlar uchun eski rusumdagi avtomobillar koʻrgazmasi va boshqa qiziqarli tadbirlar ham oʻtkaziladi. Toʻrtinchidan, 2019 yilning 1 iyuniga qadar tariхiy obidalar hamda arхeologik ob’yektlar toʻliq хatlovdan oʻtkazilib, ular toʻgʻrisidagi ma’lumotlar maхsus elektron хaritaga kiritiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2018 yildan kuchga kirdi.  Lenara Xikmatova.
65
1,711
Qonunchilik
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-sonli “Yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 372-modda) muvofiq, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy qilish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009-yil 11-iyundagi 204-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981, 2009-yil 10-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 28-son, 330-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim hamda u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 6-bandning beshinchi xatboshisi “kengashi” degan so‘zdan keyin “yoki oliy ta’lim muassasasi kengashi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin: “61. Nazorat turlarini o‘tkazishda xolislikni ta’minlash maqsadida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning nazorat ishlariga oliy ta’lim muassasasi tomonidan identifikatsiya kodi berish orqali shifrlanishi mumkin.”. 3. 8-band “bo‘limi” degan so‘zdan keyin “yoki o‘quv-uslubiy boshqarma” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 4. 11-band quyidagi mazmundagi beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Toshkent davlat yuridik universitetida reyting ballari nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: joriy nazoratga — 30 ball; oraliq nazoratga — 20 ball; yakuniy nazoratga — 50 ball.”. 5. 13-banddagi “daftarchasiga” degan so‘z “daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 21-band “dekanat” degan so‘zdan keyin “yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 7. 23-bandning ikkinchi xatboshisi “farmoyishi” degan so‘zdan keyin “yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning ruxsatnomasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 8. 24-bandda: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Toshkent davlat yuridik universitetida talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki yakuniy nazorat bo‘yicha to‘plagan bali ushbu nazorat turi umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor hisoblanadi.”; uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr natijalari bo‘yicha esa, talabalarning yozgi ta’tili hamda professor-o‘qituvchilarning mehnat ta’tilidan so‘ng) qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.”. 9. 25-banddagi “dekaniga” va “dekanining” degan so‘zlar tegishlicha “dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘iga” va “dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 10. 27-banddagi “daftarchasining” degan so‘z “daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 29-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimi joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fan bo‘yicha reytingi reyting qaydnomasi va ushbu tizimga qayd etiladi.”. 12. 32-band “dekanat” degan so‘zdan keyin “yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 13. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK bilan kelishilgan.
159
4,944
Qonunchilik
Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimizni xalqaro sport maydonlarida munosib ravishda tanitish, shuningdek jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini joriy qilish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: tugatilayotgan Jamg‘armaning jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha moliyalashtirish funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatiladi; jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyihalar hamda ularning manzilli ro‘yxatlari har yili Vazirlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelishilgan holda shakllantiriladi hamda navbatdagi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi; tugatilayotgan Jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilib kelingan jismoniy tarbiya va sport obyektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda yetkazib berish, respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish xarajatlari har yili sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutiladi va O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasini shakllantirish va moliyalashtirish uchun har yili belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, shuningdek tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari nazarda tutiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019-yilga mo‘ljallangan jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturi markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladi; tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarini, ulardagi bosh buxgalter lavozimlarini qisqartirgan holda, saqlash bilan bog‘liq xarajatlar tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tuzilmasida 2 ta shtat birligidan iborat markazlashgan buxgalteriya xizmati tashkil etilsin va ularga markazlashtirilgan tartibda tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarining moliya-buxgalteriya faoliyatini yuritish vazifasi yuklatilsin. 4. Vazirlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Jamg‘arma va uning hududiy bo‘linmalarining hisobraqamidagi qoldiq mablag‘larni qonun hujjatlarida belgilangan to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytarilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Jamg‘arma tugatilishini inobatga olib: a) 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari mablag‘lari doirasida va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan: jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlar; tuman (shahar) sport bo‘limlarini saqlash xarajatlari; sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi uchun talab etiladigan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin; b) 2020-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda: Vazirlikning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq markazlashgan tartibda jismoniy tarbiya va sport obyektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini xarid qilish va yetkazib berish hamda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirish uchun respublika budjeti parametrlarida; tuman (shahar) sport bo‘limlarini saqlash hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejalarini shakllantirish uchun tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari, shuningdek tuman (shahar) budjetlari parametrlarida zarur mablag‘larni nazarda tutsin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Jamg‘arma va uning hududiy bo‘linmalari tugatilishi natijasida bo‘shaydigan bino va inshootlar, inventar va uskunalar hamda avtotransport vositalarini Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalariga o‘tkazilishini ta’minlasin. Tasdiqlangan limitdan ortiqcha avtotransport vositalari belgilangan tartibda sotilsin va ularni sotishdan tushgan mablag‘lar Davlat budjeti daromadlariga o‘tkazilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tugatilayotgan Jamg‘arma va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda sport inventarlari bilan jihozlash loyihalarini amalga oshirishda buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi davlat unitar korxonasi shaklidagi Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurishda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan konstruksiya va materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi namunaviy loyihalarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda takliflar kiritsin. 16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4956-son Farmoni 6-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmonida: a) 1-bandda: to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; to‘rtinchi xatboshidagi “Jamg‘arma hisobidan” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimliklari mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Vazirlik bilan hamkorlikda yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni olimpiya tayyorlash markazlari, sport federatsiya (uyushma)lari va boshqa sport tashkilotlarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga keng jalb qilinishini ta’minlaydi”; v) ilovaning rus tilidagi matnida: 1, 35, 36, 37, 38, 39 va 41-pozitsiyalarning “Istochnik finansirovaniya” ustunidan “Fonda razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta,” so‘zlari chiqarib tashlansin; 6 va 11-pozitsiyalarning “Istochnik finansirovaniya” ustunidan “Fonda razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta i” so‘zlari chiqarib tashlansin; 9-pozitsiyaning “Istochnik finansirovaniya” ustunidagi “sredstva Fonda razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta i blagotvoriteley” so‘zlari “Budjetnie i vnebudjetnie sredstva ispolniteley, sredstva blagotvoriteley” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17 va 18-pozitsiyalarning “Istochnik finansirovaniya” ustunidagi “Sredstva Fonda razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari “Sredstva Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 21 va 30-pozitsiyalarning “Istochnik finansirovaniya” ustunidagi “Sredstva Fonda razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta, blagotvoriteley” so‘zlari “Sredstva Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan, sredstva blagotvoriteley” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Respublikada tennis sportini yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2879-son qarori 2-bandida: ikkinchi xatboshidagi “ikki yil davomida” so‘zlari “2020-yil oxiriga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “ikki yil mobaynida” so‘zlari “2020-yil oxiriga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3610-son qarorida: 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati hokimligining O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari, Toshkent viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari va homiylik mablag‘larini moliyalashtirish manbasi etib belgilagan holda, sud tomonidan davlat daromadiga o‘tkazilgan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Sijjak” dam olish maskani negizida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bo‘stonliq tumanida o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin”; ilovaning 36-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-oktabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi PF-3154-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-3376-son Farmoniga ilovaning 14-bandi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 10 va 45-bandlari. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5043-son Farmoniga ilovaning 7-bandi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-son Farmoniga ilovaning 27-bandi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5456-son Farmoniga 1-ilovaning 28-bandi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 12-avgustdagi “Andijon shahrida futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1388-son qarori. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-3162-son qarori.
192
13,288
Qonunchilik
Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda, bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini beradi. 2003-yildan buyon tadbirkorlik subyektlarini “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda Inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirib kelingan. 2016-yil 1-yanvardan boshlab Inspeksiyalar negizida Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari (keyingi o‘rinlarda Yagona markazlar deb yuritiladi) tashkil etildi. 2017-yil 1-fevraldan Yagona markazlarning tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilishi mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadam bo‘lib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi. Natijada Yagona markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 33 tagacha oshdi. 2017-yil 1-apreldan boshlab ro‘yxatga olish tartib-taomillarini 30 daqiqagacha qisqartirish imkonini beruvchi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilganligi “Doing Business 2018” global reytingidagi “Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekistonning mavqeyini 24-o‘rindan 11-o‘ringa yaxshilashga xizmat qildi. Shu bilan birga, davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini to‘liq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishiga ayrim tizimli muammolar to‘sqinlik qilmoqda. Xususan: birinchidan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatidan faqat tadbirkorlik subyektlari foydalanishi mumkin. Bunda fuqarolar hanuzgacha turli davlat organlarida hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha murakkab tartib-taomillardan o‘zlari o‘tishga majbur bo‘lmoqda; ikkinchidan, qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining mavjud emasligi, ular idoralararo integratsiya qilinishining past darajada ekanligi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha davlat xizmatlari majmuasidan qulay va o‘z vaqtida foydalanishni ta’minlamayapti; uchinchidan, ko‘pchilik davlat xizmatlarini ko‘rsatishning tartib-taomillari murakkab va foydalanish uchun qiyin bo‘lib qolmoqda, narxni shakllantirish mexanizmlari shaffof emas, alohida hollarda tor idoraviy manfaatlarda “monopol” xizmatlar ko‘rsatishga talablar belgilanmoqda; to‘rtinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining past darajada ekanligi, qog‘oz hujjatlar aylanmasining saqlanib qolgan andozalari asossiz moliyaviy xarajatlarga, fuqarolar ko‘p vaqt kutib qolishi va navbatlar yuzaga kelishiga hamda oqibatda, ayrim hollarda korrupsiya va byurokratiya holatlariga olib kelmoqda; beshinchidan, davlat xizmatlari ko‘rsatishni, shu jumladan real vaqt rejimida masofadan monitoring qilish va jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali nazorat qilish va sifatini baholashning ta’sirchan tizimi mavjud emas. Yuqorida qayd etilgan omillar aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishini ta’minlash, ularni ko‘rsatish bilan bog‘liq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirish imkonini bermaydi. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini tubdan isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin: birinchidan, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug‘vor g‘oyani so‘zsiz amalga oshirish; ikkinchidan, Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha xizmatlarni taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zgartirish; uchinchidan, davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyiliga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmini, eng avvalo, ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish, vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olishi hisobiga soddalashtirishni nazarda tutuvchi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash; to‘rtinchidan, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga innovatsion yechimlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik yagona tizimiga integratsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish; beshinchidan, davlat xizmatlarini, shu jumladan olis joylarga chiqish orqali (“mobil davlat xizmatlari”) ko‘rsatishning maqbul, qulay va shaffof uslublaridan, mazkur sohada byurokratiya va korrupsiya yuzaga kelishini bartaraf etishga qaratilgan navbatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi va ishlarning uzaytirilgan grafigidan foydalanish; oltinchidan, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va tezkorligini monitoring qilish va baholashning ilg‘or mexanizmlarini joriy etish, aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini, shu jumladan tezkor aloqalarni, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarda on-layn so‘rovlarni tashkil qilish; yettinchidan, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida malakali kadrlarni tizimli tayyorlash va qayta tayyorlashni, ularning malakasini, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ixtisoslashgan muassasalarida stajirovka o‘tash orqali tizimli ravishda oshirishni tashkil etish. 4. 2018-yil 1-yanvardan Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirilsin, kuyidagilar ularning asosiy vazifalari sifatida belgilansin: jismoniy va yuridik shaxslarga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha, shu jumladan olis joylarga chiqqan holda davlat xizmatlari ko‘rsatish; davlat xizmatlari servisining yuqori sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlash, mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik; idoralararo hamkorlikni, eng avvalo, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik bilan olishni ta’minlovchi elektron hamkorlikni amalga oshirish; davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlarini taqdim etish; vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonun hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishini ta’minlash. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilg‘or xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari binolarining ularda Davlat xizmatlari markazlarini joylashtirishni ham nazarda tutgan holda namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari zamonaviy binolarini tasdiqlangan loyihalarga muvofiq, eng avvalo, davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurish choralarini ko‘rsin; yangi binolar foydalanishga topshirilgunga kadar Davlat xizmatlari markazlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari binolarida, zarur hollarda esa — jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini sifatli ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni yaratgan holda boshqa binolarda joylashtirishni ta’minlasin. 9. Quyidagilar: Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi o‘rinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq; 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar va Ro‘yxatning amalga oshirilib borilishini har oyda ko‘rib chiqsin. Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2412-son va 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2750-son qarorlariga muvofiq Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 10. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar belgilangan muddatlarda: Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjat va boshqa aktlarning namunaviy shakllari, blankalarini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlarining tegishli turlarini ko‘rsatish bo‘yicha, shu jumladan boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni fuqarolardan talab etish bekor qilinishini nazarda tutgan holda ma’muriy reglamentlar loyihalarini ishlab chiqsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralga kadar muddatda Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirishni ta’minlasin. Belgilansinki, 2018-yil 1-fevraldan boshlab davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ularning Davlat xizmatlari yagona reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlaydi, 2018-yil 1-iyundan boshlab esa mazkur reyestrga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Adliya vazirligiga xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun texnik ko‘maklashish mablag‘lari va grantlarni jalb qilish masalalarini ishlab chiqishda, shuningdek, mazkur Farmonda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ko‘maklashsin. 13. Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator, “O‘zinjiniring” Respublika loyiha instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-martga qadar muddatda Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari uchun zarur axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilish va apparat-dasturiy komplekslarni o‘rnatishning konsepsiyasi, texnik-iqtisodiy hisob-kitobi va texnik topshirig‘i tayyorlanishini hamda tasdiqlash uchun o‘rnatilgan tartibda kiritilishini ta’minlasin. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda: tasdiqlangan konsepsiya, texnik-iqtisodiy hisob-kitob va texnik topshiriq asosida Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari uchun axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini, shuningdek, apparat-dasturiy komplekslar o‘rnatilishini ta’minlasin; Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ularning axborot va telekommunikatsiya tizimlari, ma’lumotlar bazalari, serverlari va boshqa uskunalarini inventarizatsiyadan o‘tkazib, keyinchalik ularni Agentlikning axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin va idoralararo elektron hamkorlikni joriy etsin; Agentlik bilan birgalikda uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlarini zarur video, audio va boshqa uskunalar bilan jihozlashni ta’minlasin hamda real vaqt rejimida davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonini masofadan kuzatishni tashkil qilsin. 14. Vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi haqida qat’iy ogohlantirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarga nisbatan ta’sirchan choralarni ko‘rgan holda tizimli nazorat o‘rnatsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
105
14,436
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2009 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKIChLARI VA DAVLAT BUDJETI PARAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibi 3-bandining “e” kichik bandiga “gaz eksporti va tranzitini amalga oshiradigan korxonalardan tashqari” so‘zlari qo‘shilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 5-bandining ikkinchi xatboshiga “gaz eksporti va tranzitini amalga oshiradigan korxonalardan tashqari” so‘zlari qo‘shilsin.
250
1,179
Qonunchilik
YuRIDIK ShAXSLARGA SOLIQLAR, BOJXONA VA MAJBURIY TO‘LOVLARNI BUDJETGA TO‘LASh BO‘YIChA BERILGAN IMTIYOZLARNI RASMIYLAShTIRISh VA BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. 2002-yil 19-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 52-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2002-21-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 02/8-6-sonli “Budjetga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar bo‘yicha yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2002-yil 25-iyun, ro‘yxat raqami 1155 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 11-son) kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq va yuridik shaxslar tomonidan budjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni (keyingi o‘rinlarda — soliqlar va bojxona imtiyozlari) rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirishning yagona tartibini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan. 1. Mazkur Nizomning amal qilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va bojxona imtiyozlari berilgan, mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik yurituvchi subyektlar) taalluqlidir. 2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliqlar va bojxona imtiyozlari: a) bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo‘naltirish sharti bilan; b) bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladi. 3. Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar hisoblanmaydi va mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi. 4. Soliqlar va bojxona imtiyozlari bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo‘naltirish sharti bilan berilganda soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga hisoblash qonunchilik hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda: a) bojxona boji, aksiz solig‘i, QQS va hokazo turlari bo‘yicha hisoblangan bojxona to‘lovlari summalari, ular imtiyoz berilganligi sababli budjetga to‘lanmaydi degan belgi qo‘yilgan holda bojxona yuk deklaratsiyasining 47- va “V” ustunlarida ko‘rsatiladi; b) soliq imtiyozlari berilgan, budjetga hisoblangan soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar, to‘lovchi ro‘yxatga olingan joydagi soliq organlariga belgilangan shakllar va muddatlarga muvofiq taqdim etiladi. Mahsulot (tovar, ishlar, xizmatlar) va boshqa aktivlar realizatsiya qilinayotganda soliq solinadigan aylanmaga hisoblangan QQS (QQS to‘lovchilar uchun) va aksiz solig‘i (aksizli tovarlar (mahsulotlar) sotilganda) summasi ajratilgan holda schyot-faktura yoziladi. 5. Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlari berilganda hisoblagan bojxona to‘lovlari, soliqlar (mazkur soliq to‘lovchilari uchun QQS, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisobga qabul qilinadigan aksiz solig‘idan tashqari) va budjetga majburiy to‘lovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritiladi. QQS to‘lovchisi hisoblangan va QQS bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan korxonalar xarid qilinadigan (shu jumladan import qilinadigan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) bo‘yicha QQS summasini xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda budjetga to‘lanadigan QQSni aniqlashda qoplashga qabul qiladilar. O‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda xarid qilish qiymati bo‘yicha QQS va aksiz solig‘i summasi qo‘shilgan holda aks ettiriladi. Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyoz berilayotganida qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblangan korxonalar xarid qilingan (shu jumladan import qilinayotgan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) bo‘yicha aksiz solig‘i summasini ularning xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda budjetga to‘lanadigan aksiz solig‘ini aniqlashda qoplashga qabul qiladilar. 6. Soliq va bojxona imtiyozlari miqdori belgilangan tartibda budjetga hisoblangan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 7. Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlarining buxgalteriya hisobi 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyotida, berilgan soliqlar va bojxona imtiyozlarining turlari bo‘yicha yuritiladi. Soliq va bojxona imtiyozlarini hisoblayotganda batafsil hisobga olish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishchi schyotlar rejasida quyidagi schyotlar ochiladi: a) budjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400) guruhida “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; b) budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6400) guruhida “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; v) sug‘urta bo‘yicha va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) guruhida “Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar — soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; g) turli kreditorlardan qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6900) guruhida “Importda QQS va aksizlar bo‘yicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti. 8. Soliq va bojxona imtiyozlari buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni, shu jumladan import qilinadiganlari xarid qilinayotganda xarid qiymatiga kiritiladigan, umumbelgilangan tartibda hisoblangan soliqlar va bojxona to‘lovlari summasiga (mazkur soliq to‘lovchilari uchun QQS, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz solig‘idan tashqari): debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar (1000 — 2900); kredit “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; b) O‘zbekiston Respublikasi hududida tovar-moddiy zaxiralarni sotib olganda ushbu soliqni to‘lovchilar uchun QQSdan, shuningdek qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda qoplashga qabul qilinadigan aksiz solig‘i summasiga: debet “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” yoki 6120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar” schyotlari yoki turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar; v) import bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralarni sotib olganda ushbu soliqni to‘lovchilar uchun QQSdan, shuningdek qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda qoplashga qabul qilinadigan aksiz solig‘i summasiga: debet “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; kredit “Importda QQS va aksiz bo‘yicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; g) tovar-moddiy zaxiralarini importidagi QQS va aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi natijasida bo‘shayotgan mablag‘lar summasiga: debet “Importda QQS va aksiz bo‘yicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; kredit 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti; d) mahsulot (ish, xizmat)larni sotganda hisoblangan QQS, aksiz solig‘i summasiga: debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” schyotlari; kredit “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; e) oldin hisoblangan QQS va qonunchilikka muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz solig‘ini qoplashga qabul qilish: debet “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; kredit “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; j) mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdagi QQS va aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi natijasida bo‘shayotgan mablag‘lar summasiga: debet “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; kredit 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti; z) asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan QQS summasiga: debet asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200); kredit “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; i) qonunchilikka muvofiq davr xarajatlariga olib boriladigan umumo‘rnatilgan tartibda hisoblangan soliq va budjetga majburiy to‘lovlar summasiga: debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti; kredit “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; kredit “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar — soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; k) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasi hisobiga olib boriladigan umumo‘rnatilgan tartibda hisoblangan soliq va budjetga majburiy to‘lovlar summasiga: debet soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar (9800); kredit “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; l) soliqlar, bojxona va budjetga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinishi natijasida bo‘shayotgan mablag‘lar summasiga: debet “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; debet “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar — soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti; kredit 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti. 9. 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyotida hisobga olingan soliq va bojxona imtiyozlari natijasida bo‘shayotgan mablag‘larni summasi quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi: a) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olishga, kredit va qarzlarni qoplashga, asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilganda, imtiyozli davr ko‘rsatilgan hollarda — muddatlarning eng kami bo‘yicha: imtiyozli davr tugaganda yoki haqiqatdan foydalanilganda, imtiyozli davr ko‘rsatilmagan hollarda esa — har yili: debet 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti; kredit “Soliq va bojxona imtiyozlari”ni ajratgan holda 8530 “Tekinga olingan mulk” schyoti; b) joriy majburiyatlarni vujudga kelishiga olib keladigan joriy xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilganda (masalan: ish haqi, ijara, maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar hisoblanganda va boshqalar): debet 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti; kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” yoki 6120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar” yoki 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotlari yoki turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar. 10. Soliq va bojxona imtiyozlari berilganda bo‘shayotgan mablag‘lar summalari, agar ulardan maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisobining balans schyotlarida aks ettirilmaydi va shu munosabat bilan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (2-son shakl) aks ettirilmaydi va, tegishlicha, moliyaviy natijalarni shakllantirishga ta’sir qilmaydi. 11. Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlarida bo‘shayotgan mablag‘larning lozim darajadagi buxgalteriya hisobini ta’minlash maqsadida, agar ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan bo‘lsa, budjetga to‘lanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy to‘lovlar bo‘yicha “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari” alohida balansdan tashqari schyoti ochiladi. Budjetga to‘lanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan, bo‘shagan mablag‘lar summasi umumbelgilangan tartibda mazkur schyotlar debeti bo‘yicha aks ettiriladi. 12. Imtiyoz berilgan davr tugaganidan so‘ng “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari” balansdan tashqari schyotlari debetida hisobga olinadigan bo‘shagan mablag‘lar summasi ushbu schyotlar kreditiga hisobdan chiqariladi. 13. Doimiy soliq va bojxona imtiyozlarida bo‘shayotgan mablag‘lar, agar ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan bo‘lsa, budjetga to‘lanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy to‘lov bo‘yicha moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida yoritib beriladi. 14. Soliq va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida bo‘shagan mablag‘lardan maqsadli foydalanganligini tasdiqlash uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar har yili yillik moliyaviy hisobotga qo‘shib davlat soliq xizmati organlariga mazkur nizomga 1-son ilovaga muvofiq shaklda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisob-kitobni taqdim qiladilar. 15. Mablag‘lardan maqsadga muvofiq foydalanilmaganligi va soliq va bojxona imtiyozlari natijasida bo‘shagan mablag‘lar hisobiga xarid qilingan aktivlarning imtiyozli davr tugashiga qadar boshqalarga berilishi (sotilishi) dalillari aniqlanganda ushbu mablag‘lar jarima jazosini qo‘llab, qonunchilik hujjatlariga muvofiq penya hisobga olingan holda budjetga undiriladi. 16. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisob-kitoblar to‘g‘ri bo‘lishi va o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgardir. Hisob-kitoblar taqdim etilmagan yoki o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo qo‘llanadi. 17. Hududiy soliq organlari taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan soliq imtiyozlari berilgan, shuningdek bo‘shayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan soliq imtiyozlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuritadilar. 18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari rasmiylashtirilgan BYuDlar asosida bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan bojxona imtiyozlari berilgan, shuningdek bo‘shayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan bojxona imtiyozlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuritadilar. 19. Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha, ma’lumot uchun Davlat soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga (import qiluvchilarning yuridik manzillari bo‘yicha) mazkur nizomga 2 va 3-son ilovalarga ko‘ra shakl bo‘yicha bojxona imtiyozlari berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuboradilar. Reyestrda xo‘jalik yurituvchi subyektning STIRi, KTUT kodi, nomi va yuridik manzili, bojxona imtiyozlari berilishiga asos bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatning nomi, raqami va sanasi, bojxona yuk deklaratsiyasining raqami, tovar turi, maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan, shuningdek bo‘shayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan bojxona to‘lovlari turlari bo‘yicha berilgan bojxona imtiyozlari summasi ko‘rsatiladi. 20. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, davlat maqsadli jamg‘armalari har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan, ularga doir imtiyozlar beriladigan, hisoblab yozilgan soliqlar, majburiy to‘lovlar summasi to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadilar. 21. Davlat bojxona qo‘mitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 20-kuniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga viloyatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari turlariga doir berilgan imtiyozlar to‘g‘risida, shuningdek har chorakda — bojxona imtiyozlari berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari turlariga doir ma’lumotlarni yuboradi.
209
17,483
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari (bundan buyon matnda qoidalar deb yuritiladi) “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, umumiy qabul qilingan odob normalariga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) uchun uning o‘z deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida majburiy bo‘lgan xulq-atvorning ma’naviy va axloqiy prinsiplarini, shuningdek xulq-atvor qoidalarini belgilaydi. 2. Ushbu Qoidalar deputatning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarini cheklamaydi. 3. Deputat o‘z deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga, shuningdek ushbu Qoidalarga amal qiladi. 4. Deputat o‘z faoliyatida jamiyatda umumiy qabul qilingan axloq-odob prinsiplariga qat’iy rioya etishi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi, shuningdek deputat nomiga dog‘ tushiradigan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) nufuziga, umuman davlat manfaatlariga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi lozim. 5. Deputat o‘z vazifalarini vijdonan va halol bajarishi, o‘z malakasini yuqori darajada tutib turishi, o‘zining nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirib borishi kerak. 6. Deputat o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari boshqa haq to‘lanadigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Deputatning ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi deputatning asosiy kasbiy vazifalarini bajarishga zarar yetkazmasligi kerak. 7. Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak: fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; qonun hujjatlariga rioya etish; saylovchilarning manfaatlarini ifodalash; deputatlik faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi. 8. Deputat Qonunchilik palatasining, siyosiy partiyalar fraksiyalarining (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi), O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining (bundan buyon matnda deputatlar guruhi deb yuritiladi), o‘zi tarkibiga saylangan qo‘mitalar va komissiyalarning majlislarida ishtirok etishi shart. Majlisda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, deputat bu haqda tegishincha Qonunchilik palatasi Spikeriga, fraksiya, deputatlar guruhi, qo‘mita va komissiya rahbariga oldindan xabar qilishi shart. 9. Qonunchilik palatasining, fraksiyaning, deputatlar guruhining, qo‘mitaning, komissiyaning majlisida deputat: o‘z nutqida deputatlarning yoki boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qo‘pol, haqoratomuz ibora va so‘zlarni qo‘llamasligi, shuningdek majlislarni o‘tkazishga xalaqit beradigan harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi — notiqlarning so‘zini bo‘lmasligi, Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi qonunlarda nazarda tutilgan tartibga xilof ravishda o‘z fikrini bayon qilishga urinmasligi, o‘tirgan joyidan baqirmasligi, muhokama etilayotgan masala yuzasidan notiqlarning o‘z nuqtai nazarini erkin bayon etishiga boshqa to‘siqlar vujudga keltirmasligi, turli uzrsiz sabablarga ko‘ra majlislar zalidan namoyishkorona chiqib ketmasligi, kun tartibidagi mavzudan chiqib so‘zlamasligi; biror kishining sha’niga qaratilgan asossiz ayblovga yo‘l qo‘ymasligi; so‘zga chiqishlar, parlament faoliyatining boshqa shakllarini amalga oshirish chog‘ida bila turib yolg‘on va noto‘g‘ri axborotdan foydalanmasligi kerak. Qonunchilik palatasining, fraksiyalarning, deputatlar guruhining, qo‘mitalarning va komissiyalarning majlislarida deputat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining va ushbu Qoidalarning talablarini buzadigan boshqa xatti-harakatlarni ham sodir etmasligi kerak. 10. Deputat ushbu Qoidalarning 9-bandida ko‘rsatilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda, majlisda raislik qiluvchi: bunday qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida deputatni ogohlantirishga; deputatni so‘zlash huquqidan mahrum qilishga; deputatdan majlislar zalini tark etishni talab qilishga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tegishli deputatning xatti-harakatiga baho berishni so‘rashga haqli. 11. Deputat ovoz berish kartochkasining lozim darajada saqlanishi va foydalanilishini ta’minlashi shart. Ovoz berishni boshqa deputat yoki o‘zga shaxs zimmasiga yuklashga yo‘l qo‘yilmaydi. 12. Deputatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar siyosiy mansubligi, ijtimoiy maqomidan qat’i nazar teng huquqlilik, bir-birini o‘zaro hurmat qilish asosida yo‘lga qo‘yiladi. 13. Deputatlar tanqidga sabr-toqat bilan yondashishi, o‘ziga nisbatan bildirilgan tanqidiy fikrlarga qo‘pollik bilan munosabat bildirishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 14. Deputatlar o‘z ishini masalalarni erkin jamoaviy muhokama qilish, fikrlar xilma-xilligini hurmat qilish prinsiplari asosida olib borishi, nizolarga yo‘l qo‘ymasligi, kelishmovchiliklarni bahslar va ochiq fikrlar almashish orqali bartaraf etish yo‘llarini birgalikda izlashi kerak. 15. Deputat o‘z okrugidagi saylovchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib turadi. Deputatning saylovchilar bilan o‘zaro munosabatlari o‘zaro hurmat qilish, saylovchilar tomonidan ko‘tariladigan muammolar va masalalarga deputatning e’tibor bilan munosabatda bo‘lishiga asoslanadi. 16. Deputat: o‘z saylovchilarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi; saylovchilardan tushgan takliflar, arizalar, shikoyatlarni ko‘rib chiqadi, ularda ko‘rsatilgan masalalarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal etilishiga o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashadi; jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. 17. Deputat saylovchilar bilan ishlashga vijdonan va halol yondashishi shart. Deputatning xulq-atvori saylovchilarning parlament vakillariga va umuman davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga yordam berishi kerak. Saylovchilar bilan shaxsan muloqot qilganda deputat kasbiy layoqatlilik, halollik va adolatlilik timsoli bo‘lishga harakat qilishi lozim. 18. Deputat o‘z ishi haqida saylovchilarni belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda xabardor qiladi. Deputat tomonidan saylovchilarga taqdim etiladigan axborot to‘liq, to‘g‘ri va xolisona bo‘lishi kerak. 19. Deputat ommaviy axborot vositalarida, matbuot konferensiyalarida, boshqa jamoat tadbirlaridagi chiqishlarida, omma oldidagi bayonotlarida davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning, mansabdor shaxslarning va fuqarolarning faoliyatini sharhlaganda o‘z nutqida ularning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qo‘pol, haqoratomuz ibora va so‘zlarni qo‘llashga, asossiz ayblovlarga yo‘l qo‘yishga, bila turib yolg‘on va noto‘g‘ri axborotdan foydalanishga, qonunga xilof xatti-harakatlarga da’vat etishga haqli emas. 20. Agar deputatning omma oldidagi bayonotlarida fuqarolarning sha’ni hamda qadr-qimmatini kamsitadigan fikrlar mavjud bo‘lsa, deputat o‘z fikrlarining yanglishligi yoki noto‘g‘riligini oshkora tan olishi hamda sha’ni, qadr-qimmatiga va ishchanlik obro‘siga daxl qilingan fuqarodan, agar qonun hujjatlarida boshqa oqibatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, kechirim so‘rashi shart. 21. Deputat boshqa deputatlarning kasbiy va shaxsiy jihatlarini oshkora shubha ostiga qo‘ymasligi, tanqid qilmasligi lozim. 22. Deputat o‘ziga rasman vakolat berilgan hollardagina Qonunchilik palatasi nomidan so‘zlashi mumkin. 23. Deputat rasmiy delegatsiyalar tarkibida chet davlatlarda bo‘lgan paytida xizmat safarining maqsad va vazifalarini ro‘yobga chiqarishga, Qonunchilik palatasining nufuzi va umuman davlat manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishi, o‘zi borgan mamlakatning qonun hujjatlariga hamda rasmiy va norasmiy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida umumiy qabul qilingan odob normalariga rioya etishi kerak. 24. Deputatning o‘z maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 25. Deputat o‘z maqomidan o‘zi uchun, shuningdek o‘zining qarindoshlari va o‘ziga yaqin boshqa shaxslar uchun manfaat, xizmatlar, tijoratga oid yoki boshqa naf olish maqsadida, shaxsiy masalalar bo‘yicha turli davlat organlariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat qilishda foydalanmasligi, kasbga oid faoliyatni bajarganligiga bog‘liq haq olmasligi lozim. 26. Deputat deputatlik blankalaridan faqat deputatlik vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan rasmiy so‘rovlar va boshqa hujjatlar uchun foydalanishi shart. 27. Deputat deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni, agar ushbu ma’lumotlar: Qonunchilik palatasi, fraksiya, deputatlar guruhi, qo‘mita va komissiyaning yopiq majlislarida ko‘rib chiqilgan masalalarga taalluqli bo‘lsa; davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga taalluqli bo‘lsa; deputatning daxlsizligini cheklashga yoki deputat tomonidan ushbu Qoidalarning buzilganligi bilan bog‘liq bo‘lsa; saylovchining yoki boshqa shaxsning shaxsiy hayotiga oid siri bo‘lsa va deputatga ularni oshkor etmaslik sharti bilan ishonib ma’lum qilingan bo‘lsa, oshkor etmasligi lozim. 28. Deputat davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan o‘ziga taqdim etilgan rasmiy xizmatga oid ma’lumotdan shaxsiy naf ko‘rish uchun foydalanishga haqli emas. 29. Deputat xizmatdan tashqari vaqtda deputatning yuksak nomiga dog‘ tushiradigan, o‘zining sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy obro‘siga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining nufuziga va umuman davlat manfaatlariga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan tiyilishi shart. Shaxsiy o‘zaro munosabatlarda deputat o‘zini kamtar, halol, xushmuomala tutishi va hech kimga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lmasligi lozim. 30. Kundalik turmushda odob normalariga rioya etish ushbu Qoidalarning ajralmas qismidir. Deputat kiyinishi uslubining sipoligi va kamtaronaligi bilan ajralib turishiga harakat qilishi shart. Deputat ayniqsa deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida ortiqcha g‘ashga tegadigan kiyim-bosh kiymasligi, bezaklar va boshqa aksessuarlar taqmasligi kerak. 31. Ushbu Qoidalar buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori to‘g‘risidagi masala Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi yoki Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritilishi mumkin. Komissiya ushbu Qoidalarni buzgan deputatga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashga haqli: deputatga ushbu Qoidalarni buzishga yo‘l qo‘yilmasligini ko‘rsatib o‘tgan holda ogohlantirish berish; deputatdan Komissiyaning yoki Qonunchilik palatasining majlisida uzr so‘rashni talab etish. Komissiya deputat tomonidan ushbu Qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi faktini Qonunchilik palatasi majlisida o‘qib eshittirishi mumkin. 32. Qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda deputatning vakolatlari Qonunchilik palatasining qarori bilan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Bunday masalani ko‘rib chiqish uchun deputatning yuksak nomiga dog‘ tushiradigan xulq-atvor asos bo‘lishi mumkin. 33. Deputat tomonidan umumiy qabul qilingan odob normalarini, deputatlik odobini qo‘pol tarzda buzadigan, deputatning yuksak nomiga dog‘ tushiradigan va davlat hokimiyati vakillik organlarining obro‘siga putur yetkazadigan xatti-harakatlar, nojo‘ya ishlar sodir etilgan taqdirda, u qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
126
12,570
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON TOVAR IShLAB ChIQARUVChILAR VA TADBIRKORLAR PALATASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini tashkil etish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarga: O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi boshqaruvining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga 2, 2a-ilovalarga muvofiq va uning xodimlari cheklangan sonining 45 nafardan iborat bo‘lishiga (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari); hududiy va tuman (shahar) palatalarining namunaviy tuzilmalariga 3, 4-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin. 2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar palatasini boshqarishning yuqori organi sifatidagi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalarining vakolatli vakillari Syezdi majlislari orasidagi davrda Palata faoliyatiga rahbarlikni Palata Markaziy Kengashi, uning qarorlarini joriy bajarishni esa — Palata boshqaruvi amalga oshiradi; O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Markaziy Kengashi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalarining raislari, “O‘ztadbirkorbank” boshqaruvi raisi, kichik biznes korxonalarini xorijiy kredit liniyalari va budjetdan tashqari fondlar hisobiga kreditlashni amalga oshiruvchi boshqa tijorat banklari raislari, “Madad” sug‘urta agentligi, Respublika biznes-inkubatori rahbarlari, shuningdek tadbirkorlar orasida yuqori nufuzga ega bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning Palata Syezdi tomonidan saylangan rahbarlari kiradilar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Kengashi tarkibiga Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar tuman palatalari raislari, tijorat banklari viloyat bo‘linmalari hamda kichik biznes korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlarining rahbarlari, “Savdo”, “Maishiy xizmat”, “Mahalliy sanoat” hududiy birlashmalarining, shuningdek mintaqa boshqa tarmoqlari korxonalarining muassislar konferensiyasida saylanadigan rahbarlari kiradilar; O‘ztadbirkorbank” boshqaruvi raisi lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisining o‘rinbosari hisoblanadi, “O‘ztadbirkorbank” viloyat bo‘limlarining boshliqlari esa — Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatasi boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari hisoblanadilar. 3. O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi moddiy-maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazirga, Palata raisining birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilsin. 4. O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Kengashi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin. 5. O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondini tugatish va u bajarayotgan funksiyalarni, mablag‘lar va mol-mulkni (ustav kapitalini ko‘paytirish uchun) Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond)ga berish hamda aksiyalarning tegishli miqdorini nominal qiymati bo‘yicha O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga birkitib qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Biznes-fond, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Biznes-fond ustaviga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritsinlar. 6. Belgilansinki, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolari bo‘lgan korxonalar faoliyatini tekshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining davlat nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq Palata va uning hududiy tuzilmalari vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. 7. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi materiallari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi ma’lumotlari yuborilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga “O‘ztadbirkorbankning 26 mln so‘m miqdoridagi aksiyalar paketini tekin bersin; Toshkent shahar, Buxoro ko‘chasi, 6-uydagi binoni unda O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining ijro etuvchi organlarini, u tomonidan ta’sis etilgan boshqa tashkilotlarni va O‘zbekiston Ishbilarmon ayollar uyushmasini joylashtirish maqsadida O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi balansiga foydalanish uchun tekin bersin; Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan manzildagi tuzilmalarni joylashtirish uchun binolar berish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari Palata, “Madad” sug‘urta agentligi hududiy tuzilmalarini joylashtirish, shuningdek kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar va mahsulotlarning doimiy ishlovchi ko‘rgazmalarini tashkil etishda O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga ko‘maklashsinlar. 10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 30-martdagi 125-son qarori 1-bandining 1-xatboshi, 2-bandining 1-xatboshi, 4-bandining 5-xatboshi, 5-bandining 2-xatboshi, 6-bandining 4-xatboshi, 7-bandi; Vazirlar Mahkamasining “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondi to‘g‘risidagi nizomni va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini tasdiqlash haqida” 1996-yil 7-iyundagi 215-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin. Hududiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Bozor infratuzilmalarini rivojlantirish boshqarmasi Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘limi Marketing, axborot va reklama boshqarmasi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularning monitoringi boshqarmasi Biznes-rejalarni, texnik iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi Moliya, hisob va hisobot boshqarmasi Yuridik xizmat Konsalting va audit boshqarmasi
106
7,005
Qonunchilik
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini qo‘llash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini qo‘llash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini qo‘llash tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2016-yil 1-yanvardan boshlab mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda uyali aloqa kompaniyalari deb yuritiladi) rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqaradi. 2. Rentabellik O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) bilan tasdiqlangan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl (keyingi o‘rinlarda Hisobot deb yuritiladi) ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. Rh — rentabellikning haqiqatdagi darajasi; F — foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) — Hisobotning 240-satri; T — sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi — Hisobotning 020-satri. 3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari rentabellik darajasiga qarab: 20 foizgacha va 20 foiz bo‘lganda — 14 foiz miqdorida; 20 foizdan yuqori bo‘lganda — rentabellikning 20 foizlik darajasidan oshadigan foyda summasining 50 foizi miqdorida belgilangan. 4. Rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo‘lganda belgilangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasiga realizatsiyaning umumiy hajmidagi eksport ulushiga qarab tuzatish kiritilmaydi. 5. Mazkur Qoidalarning 2-bandiga muvofiq hisoblangan rentabellikning haqiqatdagi darajasi 20 foizdan oshmagan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining 14 foizlik stavkasi soliq solinadigan bazaning butun summasiga qo‘llaniladi. 6. Rentabellik darajasi 20 foizdan oshganda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasini aniqlash uchun belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan soliq solish bazasining: rentabellik darajasi 20 foizgacha bo‘lgan; rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo‘lgan qismi aniqlanadi. 7. Rentabellik darajasining 20 foizigacha to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: SB 20%gacha — rentabellik darajasining 20 foizigacha to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi; SBh — soliq solish bazasi (Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobining 150-satri); Rh — rentabellikning haqiqatdagi darajasi. 8. Rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: bunda: SB 20%dan yuqori — rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi; SBh — soliq solish bazasi (Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobining 150-satri); SB 20%gacha — rentabellik darajasining 20 foizigacha to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi. 9. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: ΣΣsoliq — yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi; SB 20%gacha — rentabellik darajasining 20 foizigacha to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi; SB 20%dan yuqori — rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga to‘g‘ri keladigan soliq solish bazasi. Rentabellik darajasiga qarab soliq solish bazasi summasini aniqlash va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisoblab chiqarishga doir shartli misollar mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan. 10. Uyali aloqa kompaniyalaridan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushumlarni hisobini yuritish maqsadida rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga to‘g‘ri keladigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi tegishli davlat soliq xizmati organlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida ochiladigan alohida hisobvaraqqa o‘tkaziladi. 11. Soliq to‘lovchilar mazkur Qoidalarni to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan javobgardirlar. 12. Davlat soliq xizmati organlari uyali aloqa kompaniyalari tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi.
217
5,571
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAShQI IQTISODIY FAOLIYATNI YaNADA ERKINLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayonini kuchaytirish, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini soddalashtirish, respublikaga xorijiy sarmoyalar oqimini rag‘batlantirish va oziq-ovqat mahsulotlari importi sohasida raqobat muhitini vujudga keltirish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasida notarif choralardan tarif asosida tartibga solish choralari sari bosqichma-bosqich o‘tish tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi: — O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdoni tarif va notarif asosida yo‘lga qo‘yish tartibini belgilovchi Hukumat qarorini bir hafta muddat ichida qabul qilib, bunda me’yorlanadigan va litsenziyalanadigan tovarlar ro‘yxati ancha qisqartirilishini ko‘zda tutsin; — tarif asosida tartibga solish choralari yuzasidan qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish maqsadida bojxona haqi stavkalarini ko‘rib chiquvchi idoralararo komissiya tuzilsin. Komissiya zaruriyatga qarab, bojxona haqi stavkalarini o‘zgartirishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasining tasdiqlashi uchun taqdim etsin. 3. 1994-yil 21-yanvardagi 745-son Farmonning tovarlar importidan boj haqi olishni bekor qilishga oid 14-bandining amal qilish muddati 1995-yil 1-oktabrgacha uzaytirilsin. 4. Shu narsa belgilab qo‘yilsinki, davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari importini nodavlat mulkchilik shakllariga asoslangan tashqi savdo firmalari tender shartlari asosida amalga oshiradilar. 5. Belgilab qo‘yilsinki, 1994-yil 21-yanvardagi 745-son Farmonning me’yorlashga, litsenziyalashga, boj haqiga va eksport cheklashlariga taalluqli 3, 4, 5, 6-ilovalarining amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori chiqqan paytdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.
89
1,837
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli Farmonini ijro etish hamda qo‘mitaga yuklatilgan asosiy vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tuzilmasida hududiy filiallar bilan birgalikda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: kasb-hunar kollejlari negizida, mashg‘ulotlardan bo‘sh paytlarda biznesni yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarni o‘qitgan holda xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish; tadbirkorlar tomonidan investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur ma’lumotlarni olishda ko‘maklashish, shuningdek, investitsiya jarayonini amalga oshirishning barcha bosqichlarida tadbirkorlarga hamrohlik qilish; xodimlarni tanlash va o‘qitishda, ularning kasbiy malakasini doimiy oshirib borishda tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish; o‘qishni tashkil qilish uchun oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini, vazirliklar va idoralar mutaxassislarini, respublikamizda ishlayotgan katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etish; markaz faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar va chet mamlakatlardagi tadbirkorlarni o‘qitish markazlari bilan hamkorlik qilish. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank va tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazining o‘quv kurslarini o‘tkazishda faol ishtirok etsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda, markaz xarajatlari davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishini nazarda tutgan holda, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2017 — 2018-yillarda xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi” 4-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan tegishliligi bo‘yicha yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirilmagan holda quyidagilarni amalga oshirsin: O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga o‘tayotgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish; ko‘chmas mulk va boshqa mulklarga bo‘lgan huquqlarni tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga va uning hududiy organlariga qayta ro‘yxatdan o‘tkazish; xo‘jalik jamiyatlarining ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. 5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan avval berilgan litsenziyalar, huquqni belgilovchi, ruxsat beruvchi hujjatlar hamda ular tomonidan avval qabul qilingan qarorlar o‘z kuchini saqlab qoladi va u qayta tashkil etilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi yoki o‘zgartirilmaydi; O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan savdoga qo‘yilgan obyektlar bo‘yicha sotuvchi funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi, bunda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qayta tashkil etilishi munosabati bilan savdolarning shartlari va turlari o‘zgarmay qoladi, obyektlar esa savdolardan olinmaydi, qayta baholanmaydi va savdolarga takroran qo‘yilmaydi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin; bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V. Golishev zimmasiga yuklansin.
171
6,121
Qonunchilik
Stomatologiya uchun rentgen apparatlari bojхona toʻlovlaridan ozod qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 8.02.2016 yildagi 32-son Qarori bilan Chetdan olib kirishda bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar, tibbiy asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritildi. Qaror bilan Chetdan olib kirishda bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar, tibbiy asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyхati (31.12.2013 yildagi 356-son VMQ bilan tasdiqlangan) 15-pozitsiyasiga qoʻshimchalar kiritildi. Ushbu pozitsiyaga nafaqat tibbiyot, хirurgiya, balki stomatologiyada qoʻllash uchun moʻljallangan rentgen va radioaktiv nurlar ta’siriga asoslangan apparat, shu jumladan rentgenografiya yoki radioterapiya, kompyuter hamda magnit-rezonans va pozitron-emission tomografiya apparatlari, shuningdek nurlanishdan himoyalash vositalari kiritildi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
75
1,311
Qonunchilik
Davlat aхborot resurslarining barini roʻyхatga olish shart emas
Eng avvalo, Nizomda normativ-huquqiy hujjatlar roʻyхati kengaytirildi. Unga binoan Nizom aхborotni hujjatlashtirish, davlat aхborot resurslarini hisobga olish va roʻyхatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi. Avval mavjud boʻlgan hujjatlar qatoriga «Elektron hukumat toʻgʻrisida»gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 03.06.2016 yildagi 188-son «Elektron hukumat toʻgʻrisida»gi qonunni amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori kiritildi. Hujjatda elektron davlat хizmatlari koʻrsatishga jalb etilgan davlat aхborot resurslari hamda elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalarining oʻzaro hamkorligi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshirilishiga aniqlik kiritilgan. Davlat aхborot resurslarini hisobga olish va roʻyхatdan oʻtkazish majburiyligini belgilab beruvchi normaga ham oʻzgartirish kiritildi. Muqaddam barcha resurslar hisobga olinishi va roʻyхatdan oʻtkazilishi shart edi, endi esa – faqat elektron davlat хizmatlari taqdim etadiganlar uchungina bu majburiy etib belganlandi. Shuningdek, norma umumlashgan хarakterga ega boʻldi: ushbu vazifani biron bir sub’yektga nisbatan belgilamaydigan boʻldi. Eslatib oʻtamiz, muqaddam norma davlat aхborot resurslarining resurslar mulkdorlari va egalari tomonidan Davlat aхborot resurslari va davlat organlarining aхborot tizimlari reyestrida roʻyхatdan oʻtkazishga aniq majburlar edi. Hujjatdan boshqa oʻzgarishlar ham oʻrin olgan. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun  hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Yelena Yermoхina, ekspert-yuristimiz
63
1,684
Qonunchilik
OMMAVIY SPORT TARG‘IBOTINI YaNADA KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni keng miqyosda rivojlantirish ustuvor masalalardan biriga aylanib bormoqda. Yurtimiz vakillarining turli xalqaro bellashuvlarda, Olimpiada o‘yinlari va Jahon birinchiligi musobaqalarida yuksak natijalarga erishayotgani, respublikamizning sport salohiyati yanada oshayotgani, markazda va joylarda jahon andozalariga mos muhtasham sport majmualari, zamonaviy stadion va kortlar barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” o‘yinlari tobora ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir. Shu bilan birga, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi rolini, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarga o‘z qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarishda sportning ahamiyatini ochib berish, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini yanada oshirish borasida ommaviy axborot vositalari o‘zining munosib o‘rnini hamon topa olmayotganini, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanmayotganini ta’kidlash lozim. Shuni alohida qayd etish zarurki, bunday holat va kamchiliklarning sabablari avvalo matbuot sohasida jurnalistlarning ixtisoslashuvi talab darajasida emasligi, xususan, sport jurnalistlarining professional saviyasi pastligi, yurtimizning ayrim joylarida ota-onalar, mutasaddi rahbarlar o‘rtasida sport sohasiga loqaydlik bilan qarash hollari mavjudligi, bu masala bo‘yicha jamoatchilik fikri sust shakllanayotgani bilan bog‘liqdir. Mamlakatimizda ommaviy sportni yanada rivojlantirish, uning mohiyati va ahamiyatini, bu borada amalga oshirilayotgan katta ishlar va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zteleradio” kompaniyasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining O‘zbekiston televideniyesining 4-“Xalqaro” telekanalini maxsus “Sport” telekanaliga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: “Sport” telekanalini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha “O‘zteleradio” kompaniyasi taqdim etadigan hisob-kitoblar asosida 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan tegishli mablag‘larni ajratsin; 2004-yildan boshlab har yili “Sport” telekanalini va radio eshittirishlarni davlat budjetidan moliyalashtirishni “O‘zteleradio” kompaniyasining yillik xarajatlari doirasida hisobga olsin. 4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va “O‘zteleradio” kompaniyasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yangi “Sport” telekanali faoliyatini tashkil etish, uning dasturini mamlakat hududiga efir orqali uzatish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa kompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “Jahon” axborot agentligi, “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi hamda ommaviy axborot vositalariga mamlakatimizda ommaviy sportni, xususan, bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish, mavzuga oid kitob, albom, plakat va bukletlarni muntazam va rejali asosda nashr etib borish tavsiya etilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda o‘z tasarrufidagi nashrlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijodiy jamoalarga malakali sport jurnalistlarini jalb etish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish vazifasi yuklansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va “O‘zteleradio” kompaniyasi ommaviy sport targ‘iboti bo‘yicha alohida faollik ko‘rsatgan jurnalistlarni rag‘batlantirish uchun quyidagi miqdorda yillik mukofotlar ta’sis etsin: 1- mukofot — bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari; 2- mukofot — bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobari; 3- mukofot — bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari. Mukofotlar to‘g‘risidagi nizom bir oy muddat ichida ishlab chiqilsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlansin. Mukofotlanganlar ro‘yxatini 2004-yildan boshlab har yili 27-iyun — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami arafasida e’lon qilish tavsiya etilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ommaviy axborot vositalari uchun sport sohasiga ixtisoslashgan malakali jurnalistlar tayyorlash maqsadida Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpog‘iston Davlat universiteti va Jahon tillari universitetida istiqbolli yo‘nalishlarni hisobga olgan holda sport jurnalistikasi bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish, sport jurnalistikasiga ixtisoslashgan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash vazifasi yuklansin. 2003/2004 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasida “Sport jurnalistikasi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga kirishilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbekkino” kompaniyasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, Badiiy akademiyaga insonning ma’naviy va jismoniy kamolotida ommaviy sportning muhim ahamiyatini hayotiy misollar orqali aks ettiruvchi badiiy asarlar yaratish bo‘yicha ma’rifiy, ijodiy ishlar rejalarini ishlab chiqib, amalga oshirish tavsiya etilsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A. Azizxo‘jayev va R. Azimov zimmasiga yuklansin.
75
6,146
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga doir ayrim qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi: a) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Suv xo‘jaligi vazirligi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari; Suv xo‘jaligi vazirligining huquqlari, majburiyatlari, rahbariyatining asosiy funksional majburiyatlari va javobgarligi; Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi; b) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq: Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari; Agentlikning huquqlari, javobgarligi va rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hamda javobgarligi; Agentlik faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi; v) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq: Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari; Markazning huquqlari va javobgarligi; Markaz rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi; Markaz faoliyatini tashkil etish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi; g) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ishlatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq: Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) maqsadlari; Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi; Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish, uning hisobotini va nazoratini yuritish; d) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq: xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatishni moliyalashtirish manbalari hamda tartibi; Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xodimlarni rag‘batlantirish miqdori va shartlari; xodimlarni rag‘batlantirish tadbirlarini moliyalashtirish; e) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga kiradigan budjet tashkilotlari ro‘yxati 6 va 6a-ilovalarga muvofiq; j) Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligining tarkibiga kiruvchi suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishda buyurtmachi vazifasini bajaruvchi “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq; z) “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom, ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 8, 8a va 8b-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 10-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi. 2. Vazirlik va uning tizimidagi barcha budjet tashkilotlari (professional ta’lim muassasalaridan tashqari) suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish va bartaraf etish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 3. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) bo‘ysunadi. 4. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. 5. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. 7. Vazirlik va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, ular O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, banklarda hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga egadir. 8. Vazirlikning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi; qisqartirilgan nomi — Suv xo‘jaligi vazirligi; b) rus tilida: to‘liq nomi — Ministerstvo vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministerstvo vodnogo xozyaystva; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Ministry of water resources of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Ministry of water resources. 9. Vazirlik joylashgan joy (pochta manzili): 100187, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv 4-dahasi, 11-uy. 10. Vazirlik tuzilmasiga quyidagilar kiradi: Vazirlikning markaziy apparati; Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi; Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi; irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari; magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari; irrigatsiya tizimi boshqarmalari; tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tumanlar irrigatsiya bo‘limlari); Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi meliorativ ekspeditsiyalar; Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi; Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi; Farg‘ona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi; Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi; Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi; Qirg‘oq himoyalovchi dambalar va o‘zanni rostlovchi inshootlar boshqarmasi; O‘ng qirg‘oq kollektoridan foydalanish boshqarmasi; Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi; Suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari; Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr xizmati; Axborot-tahlil va resurs markazi; “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari; “Suvloyiha” davlat unitar korxonasi; “O‘zsuvekspertiza” davlat unitar korxonasi; “Botiometrik markaz” davlat unitar korxonasi; Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti; professional ta’lim muassasalari. 11. Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish va bartaraf etish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; respublika aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof muhitning suvga bo‘lgan muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash; suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiyalash, rivojlantirish va qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek, xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalash va ekspertiza qilish ishlariga malakali xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish; har bir loyihaning iqtisodiy samaradorligini hamda suv xo‘jaligi obyektining xavfsizligini aniq ko‘rsatkichlar va mezonlar asosida chuqur tahlil qilish orqali uning ustuvorligini belgilash va amalga oshirish; suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ekspertiza qilish hamda amalga oshirish ishlarini ilmiy-texnik ta’minlash; suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash choralarini ko‘rish; suv xo‘jaligi sohasida resurs tejaydigan texnologiyalar, zamonaviy qurilish materiallari, ilg‘or xorijiy tajribani keng qo‘llash; suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish, suvning hisobi va hisobotini yuritish hamda tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish; suv resurslarining hisobi va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha shaffoflikni ta’minlash hamda ularning samaradorligini oshirish; suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilish; suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishni tizimli tashkil qilish; transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, suv xo‘jaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etish. 12. Quyidagilar Vazirlikning asosiy funksiyalari hisoblanadi: a) suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish va bartaraf etish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida: suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish strategiyasini, shuningdek, irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni oshkoralik asosida ishlab chiqadi; global iqlim o‘zgarishi va Orol dengizi qurishining aholi hayoti va faoliyatiga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda Orolbo‘yi hududida suv xo‘jaligi vaziyatini barqarorlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritadi, suv balansini shakllantiradi, shuningdek, davlat suv kadastrining “Suvdan foydalanish” bo‘limi yuritilishini tashkil qiladi; suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari, shuningdek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida (kommunal sohadan tashqari) suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratadi; suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa birlashmalarni tuzish va ularni rivojlantirishda, shuningdek, ular xizmat ko‘rsatadigan zonada suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi; suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; tegishli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda suv resurslarini boshqarish, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish va tugatish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; davlat siyosatining suv xo‘jaligi sohasidagi asosiy yo‘nalishlari, suv xo‘jaligini rivojlantirishning konsepsiyasi, ularni amalga oshirishning strategiya va mexanizmlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; b) respublika aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof muhitning suvga bo‘lgan muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash sohasida: suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish va suvdan kompleks foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlaydi, suv xo‘jaligini rivojlantirishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; mamlakat suv xavfsizligini ta’minlash hamda suv resurslarini samarali boshqarish va foydalanishni ta’minlash bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; suv resurslarining havza tamoyili va butun vertikal bo‘ylab samarali boshqarish asosida hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlaydi; suv resurslari prognozlarini kompleks tahlil qiladi va suv resurslari balanslarini ishlab chiqadi, suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bo‘yicha, yer osti suvlari bo‘yicha esa geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishgan holda suv olish limitlarini belgilaydi; suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibining amalda qo‘llanilishini ta’minlaydi; sun’iy suv obyektlari suvidan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi, tabiiy yer usti suv obyektlari suvidan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnomalar berishni kelishadi; suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha qonunchilik hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi hamda ularni takomillashtiradi; suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari va xodimlarining suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga qat’iy rioya qilishi bo‘yicha javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi; ommaviy axborot vositalari, shuningdek, anjumanlar, seminarlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish orqali suv resurslarini asrash va ulardan tejamli foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib boradi; ta’lim muassasalarining yosh avlodni suvdan avaylab-asrab foydalanish ruhida tarbiyalash va suvdan foydalanish madaniyatini oshirish bo‘yicha tadbirlarida ishtirok etadi; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda suv bo‘yicha ommabop resurslar bilimlar bazasini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi; v) suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiyalash, rivojlantirish va qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalash va ekspertiza qilish ishlariga malakali xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish sohasida: suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritadi, shuningdek, buyurtmachi, loyihachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlaydi, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi; ko‘p yillik tajribaga va yetarli malakaga ega bo‘lgan xalqaro konsultantlar, xorijiy mutaxassislar bilan belgilangan tartibda muzokaralar olib boradi; suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqish hamda ekspertiza qilish, shuningdek, ularning xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqishga xalqaro konsultantlar, xorijiy mutaxassislar bilan belgilangan tartibda tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi hamda xalqaro normalarga asosan jalb qiladi; suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir qiladigan tashkilotlar, inshootlar hamda boshqa obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishadi; g) har bir loyihaning iqtisodiy samaradorligini hamda suv xo‘jaligi obyektining xavfsizligini aniq ko‘rsatkich va mezonlar asosida chuqur tahlil qilish orqali uning ustuvorligini belgilash va amalga oshirish sohasida: davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda oshkoralik asosida suv xo‘jaligi obyektlarini (ichimlik va oqova suv tizimidan tashqari) qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash bo‘yicha ustuvor loyihalarni, jumladan, xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, grantlari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini ularning iqtisodiy samaradorligi hamda suv xo‘jaligi obyektining xavfsizligi bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar va mezonlar asosida chuqur tahlil qilish orqali aniqlaydi; irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davlat dasturlarini oshkoralik asosida ishlab chiqadi va belgilangan tartibda amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda — “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi) suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini ko‘rib chiqadi hamda suv xo‘jaligi obyektlarining ustuvorligini belgilaydi; ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining investitsiya hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish va tegishli mablag‘larni ajratish bo‘yicha vakolatli organlarga takliflar kiritadi; suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ustuvor loyihalarning texnik topshiriqlarini, shuningdek, loyiha hujjatlarini “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishadi; suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash bo‘yicha ustuvor loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini hamda bosh pudrat tashkilotlari tanlov (tender) savdolari asosida shaffof aniqlanishini hamda tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini tashkil qiladi; suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini hamda qurilishi yakunlangan ishlar belgilangan tartibda qabul qilinilishini tashkil etadi; d) suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ekspertiza qilish hamda amalga oshirish ishlarini ilmiy-texnik ta’minlash sohasida: suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlari qiymatining hisob-kitobiga loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar kiritilishini ta’minlaydi; suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni belgilangan tartibda tashkil qiladi; suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq va sifatli bajarilishini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni tashkil qiladi; suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining sohaviy ekspertizasi o‘tkazilishini nazorat qiladi; e) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash sohasida: suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari va xodimlarining suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha belgilangan talablar va qoidalarga qat’iy rioya etilishi yuzasidan javobgarligini oshiradi; suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati yuzasidan loyiha tashkilotlari va manfaatdor tashkilotlar ishtirokida tizimli monitoring yuritadi hamda natijasini tahlil qilib boradi; “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan ko‘rsatmalar asosida suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori bo‘lgan boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda ijrosini tashkil qiladi; suv xo‘jaligi obyektlarida avariya-zaxira materiallari o‘z vaqtida yaratilishini va ulardan maqsadli foydalanishni tashkil qiladi; j) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash choralarini ko‘rish sohasida: kollektor-drenaj tarmoqlarining texnik holati va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tizimli monitoring yuritishni tashkil qiladi; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tizimli nazorat qiladi, sohaga raqamli texnologiyani joriy qiladi va meliorativ kadastr yuritadi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha o‘z vaqtida ilmiy asoslangan tavsiyalar berilishini tashkil qiladi; kollektor-drenaj tarmoqlari va ulardagi inshootlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlarini hamda yerlarning meliorativ barqarorligini belgilangan tartibda tashkil qiladi; erlarning meliorativ holatini yaxshilash sohasiga ilm-fan yutuqlarini, geoaxborot texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or tajribalarni, shuningdek, innovatsion usullarni joriy qiladi; z) suv xo‘jaligi sohasida resurs tejaydigan texnologiyalar, zamonaviy qurilish materiallari, ilg‘or xorijiy tajribani keng qo‘llash sohasida: qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha hududiy manzilli ro‘yxatlarni shakllantirishda ishtirok etadi hamda tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarni umumlashtiradi; suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish ishlari bo‘yicha monitoring olib boradi va tahlil qiladi, ularni joriy qilishni kengaytirish va davlat tomonidan rag‘batlantirib borish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini takomillashtirish, samaradorligini oshirish va yangilarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda loyiha-konstruktorlik ishlarini kengaytirish, yangi ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish ishlarini tashkil qiladi; suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar faoliyatini o‘rganib boradi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; suv xo‘jaligi qurilishida resurslarni tejaydigan texnologiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni keng qo‘llash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish chorasini ko‘radi. i) suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish, suvning hisobi va hisobotini yuritish hamda tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish sohasida: yirik suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtiradi; suv xo‘jaligi obyektlarida suvning hisobi va hisobotini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy qiladi hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi; suvning hisobi va hisobotini yuritishda shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash, ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlarini olib boradi hamda Vazirlik rasmiy veb-saytida yoritib boradi; er usti suvlaridan foydalanish bo‘yicha davlat suv kadastrini yuritishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida takomillashtiradi; yer osti suvlarining holati va ko‘rsatkichlarining raqamli texnologiya asosida monitoringini yuritadi; suv xo‘jaligini raqamlashtirishga xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari hamda jamg‘armalarni jalb etadi; y) suv resurslarining hisobi va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha shaffoflikni ta’minlash hamda ularning samaradorligini oshirish sohasida: nasos stansiyalarida suvning hisobi va elektr energiyasi iste’molining raqamli texnologiyalar asosida monitoringni yuritadi; suvdan foydalanish va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha shaffof tizimni joriy qiladi; suvdan foydalanish va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha ma’lumotlarni tizimli tahlil qilib boradi hamda ushbu resurslardan ajratilgan limitlar doirasida foydalanishni nazorat qiladi va ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘radi; nasos stansiyalarini elektr energiyasini tejaydigan va samarali ishlaydigan zamonaviy nasoslar, elektr dvigatellari va boshqa uskunalar bilan belgilangan tartibda jihozlashni ta’minlaydi, nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish hamda elektr energiyasi iste’molini kamaytirish choralarini ko‘radi; moddiy-texnika va energetika resurslari sarfini kamaytirishni tashkil qiladi, yangi texnika va ilg‘or texnologiya hamda soha bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasini qo‘llash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi; Vazirlik tizimidagi tashkilotlar uchun ajratilgan elektr energiyasi limitlariga o‘zgartirish kiritish yuzasidan tegishli vazirliklar va idoralarga takliflar kiritadi; k) suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilish sohasida: alohida suv xo‘jaligi obyektlarini fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa tashkilotlarga davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga berish hamda autsorsingni joriy qilish dasturlarini shakllantiradi; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha xususiy sheriklar bilan muzokaralar olib boradi, ularga loyihaoldi hujjatlarini tayyorlashda ko‘maklashadi va moliyaviy xulosa olish, ko‘rib chiqish hamda kelishish uchun vakolatli davlat organiga taqdim qiladi; ijobiy xulosalar olingan davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha loyiha bitimini ishlab chiqadi, tasdiqlash va belgilangan tartibda reyestrga kiritish uchun vakolatli davlat organiga taqdim qiladi; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi; davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishi hamda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring yuritadi va samaradorligini tahlil qiladi; l) suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishni tizimli tashkil qilish sohasida: suv xo‘jaligi sohasidagi kadrlar, mutaxassislar, shu jumladan, suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini muntazam ravishda tashkil etadi; suv xo‘jaligi tashkilotlarining ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan o‘zaro integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini sifatli o‘tkazish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratadi; suv xo‘jaligi sohasiga zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va keng qo‘llash bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashadi; Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar) va idoraviy mansub tashkilotlarning ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qiladi, suv xo‘jaligidagi muammolarni joylarda aniqlaydi, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini shartnomalar asosida tashkil qiladi; yakunlangan ilmiy ishlanmalar va tavsiyalarni amaliyotga joriy qilishni tashkil qiladi; suv xo‘jaligi sohasidagi kadrlar va mutaxassislarning, shu jumladan, suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha idoraviy ilmiy va o‘quv kurslarini respublikaning ixtisoslashtirilgan suv xo‘jaligi tashkilotlari, ta’lim va ilmiy muassasalari, professional ta’lim muassasalarida, shuningdek, xorijda belgilangan tartibda tashkil etadi; m) transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, suv xo‘jaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etish sohasida: Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va uning Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasi faoliyatida faol ishtirok etadi; transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surishda ishtirok etadi; xorijiy davlatlardagi suv xo‘jaligi obyektlari loyihalarini ishlab chiqish va ularning qurilishida belgilangan tartibda ishtirok etadi; transchegaraviy suv resurslarini tartibga solish va ulardan foydalanish, suv xo‘jaligini rivojlantirish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha davlatlararo masalalarni muhokama qilish va hal etishda respublika nomidan ishtirok etadi; xalqaro shartnomalar, xorijiy mamlakatlar bilan suv xo‘jaligi va melioratsiya sohasidagi hamkorlik dasturlari doirasida O‘zbekiston tomonining majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro tadbirlarning respublikada o‘tkazilishini tashkil etadi, suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarda qatnashadi; Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va uning tizim tashkilotlari, Butunjahon suv Kengashi, Irrigatsiya va drenaj Xalqaro komissiyasi, Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha Xalqaro komissiya, Suv resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha Islom davlatlararo tarmog‘i va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etadi. 13. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi: hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash; suv xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi hamda suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyalari ijrosini ta’minlash; Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minlash; davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya rahbarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish; Vazirlik xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish; Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati samaradorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga ko‘ra zarur choralar ko‘rish; Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali faoliyatni ta’minlash, aholi bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarda xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasi nomidan vakillar ishtirokini, suv xo‘jaligi sohasiga xorijiy investitsiya va grantlarning jalb qilinishini ta’minlash; Vazirlik Hay’ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining (keyingi o‘rinlarda — Vazir) buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning kasbiy mahorati, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-ma’naviy sifatlari kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, kadrlar zaxirasini shakllantirish; suv xo‘jaligi masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari loyihalarini o‘z vaqtida sifatli tayyorlash. 14. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy funksiyalari hisoblanadi: Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi; Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qat’iy rioya etish; Vazirlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi; Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonunchilik hujjatlarining sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini ta’minlaydi; Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi hamda tahlil qiladi; Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil qiladi; Vazirlikning vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha buyruqlar qabul qiladi; Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlik qiladi; Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qiladi; Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga tashkiliy va moliyaviy ko‘maklashadi; idoraviy mansub professional ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilishga ko‘maklashadi, ular bilan kadrlarni tayyorlash va suv xo‘jaligi tashkilotlari kadrlarining malakasini oshirishda hamkorlik qiladi; davlat suv kadastrining “Suvdan foydalanish” bo‘limini va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ kadastri yuritilishini tashkil qiladi; suv resurslarini va suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarishga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni tashkil qiladi: suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qiladi; respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi; Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi hamda amalga oshiradi; hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlarni moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi; xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi; suv xo‘jaligi sohasida anjumanlar, seminarlar va xalqaro tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlarini bajaradi; suv xo‘jaligi sohasida ilm-fan va ishlab chiqarishning ilg‘or yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritishga doir ishlarni amalga oshiradi. 15. Quyidagilar Vazirlik hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish; hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish; suv xo‘jaligi sohasini kompleks modernizatsiyalash, mintaqaning suv xo‘jaligi obyektlariga fan-texnika yutuqlari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan yagona suv xo‘jaligi siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; suv xo‘jaligiga xorijiy investitsiyalar, grantlar va texnik yordamlarni jalb etish choralarini ko‘rish, loyihalarni boshqarishga muvofiq ulardan samarali foydalanishni ta’minlash; suv resurslarini boshqarishning tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlash, irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish choralarini ko‘rish; kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, ularning malakasini oshirish muntazam ravishda samarali tashkil etilishini ta’minlash; suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilishda ishtirok etish; suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarishni raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirishni tashkil etish; hududiy bo‘linmalar tarkibidagi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish. 16. Quyidagilar hududiy bo‘linmalarning asosiy funksiyalari hisoblanadi: suv xo‘jaligi sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish mexanizmlari va strategiyasi amalga oshirilishini ta’minlaydi; suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha tarmoq va mintaqaviy dasturlar samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi; Vazirlik buyruqlari va Hay’ati qarorlarini bajarish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning investitsiyalari, imtiyozli kreditlari, grantlari va texnik yordamlarini jalb etishga ko‘maklashadi, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi; mahalliy investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashadi hamda ulardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlaydi; Vazirlikka suv xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar kiritadi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi; suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni, suvni boshqarish samaradorligini oshirishni, suvdan foydalanish va suv iste’molining innovatsion texnologiyalari va mexanizmlarini faol joriy etishni ta’minlaydi; suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa birlashmalarni tuzish, ularni rivojlantirishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi, suv iste’molchilari uyushmalarining suv xo‘jaligi obyektlari texnik holati, ularni ta’mirlash va tiklash ishlari bo‘yicha monitoring olib boradi; er usti suv resurslarini havza tamoyili asosida boshqarishni amalga oshiradi; irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashadi; irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, nasos stansiyalari, suv omborlari va boshqa davlat suv xo‘jaligi obyektlaridan samarali hamda ishonchli foydalanishni tashkil qiladi; suv resurslarini hisobga olish va hisoboti yuritilishini tashkil etadi, davlat suv kadastrining “Suvdan foydalanish” bo‘limini yuritishda ishtirok etadi; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, sug‘orish va kollektor-drenaj suvlarining sifati monitoringini yuritadi; suv resurslari prognozini tahlil qiladi va irrigatsiya tizimlari, tumanlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha suv olish limitlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suvdan tejab foydalanganliklari uchun rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi; suv iste’molchilari uyushmalariga suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha shartnomalarni tuzish, ularning sug‘orish tarmoqlarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash ishlariga ko‘maklashadi va monitoring yuritadi; suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha konsepsiyalar, strategiyalar va kompleks chora-tadbirlarni, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; hududiy bo‘linma, idoraviy mansub tashkilotlar rahbar va mutaxassislari, shu jumladan, suv iste’molchilari uyushmalari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkil qiladi; hududiy bo‘linma va idoraviy mansub tashkilotlarda suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari bilan talabalar va o‘quvchilarning o‘quv-tanishish hamda o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda hamkorlik qiladi; idoraviy mansub tashkilotlarga kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda amaliy yordam beradi; suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi va autsorsingni joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Vazirlikka kiritadi; suv xo‘jaligi obyektlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashda va monitoring olib borishda ishtirok etadi; suv xo‘jaligi obyektlarida suvning hisobi va hisobotini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni belgilangan tartibda tashkil qiladi; nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, magistral kanallar boshqarmalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari va tumanlar irrigatsiya bo‘limlari faoliyatini nazorat qiladi. 17. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda — nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari) asosiy vazifalari hisoblanadi: Vazirlikka va uning hududiy bo‘linmalariga yuklagan vazifalar hamda funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish; hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish; nasos stansiyalari va energetika boshqarmalariga tegishli davlat nasos stansiyalari, sug‘orish va meliorativ quduqlar, podstansiyalar, transformatorlar, elektr uzatish va aloqa tarmoqlari, avtotransport vositalarini texnik soz holatda saqlash, ularning ishonchli ishlashini hamda takomillashtirilishini ta’minlash; nasos stansiyalari va sug‘orish quduqlari hamda meliorativ nasos stansiyalari va quduqlarning samarali ishlashini ta’minlash; elektr energiyasi va boshqa resurslarni iqtisod qiluvchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, sarflangan elektr energiyasi va yetkazib berilgan suvlarning hisobi va hisobotini yuritish; ajratilgan mablag‘lardan, moddiy-texnika resurslaridan, texnika jihozlaridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash; o‘z vakolati doirasida moliyaviy hujjatlar, oylik, choraklik va yillik elektr energiyasi hisobotlari, texnik hisobotlar va boshqa zarur bo‘lgan hujjatlar o‘z vaqtida tayyorlanishiga hamda haqqoniyligiga javob berish. 18. Quyidagilar nasos stansiyalari va energetika boshqarmalarining asosiy funksiyalari hisoblanadi: nasos stansiyalari va energetika boshqarmalariga tegishli nasos stansiyalari, sug‘orish va meliorativ quduqlarni, suv uzatish tarmoqlarini, podstansiyalarni, transformatorlarni, elektr uzatish tarmoqlarini, aloqa va avtotransport vositalarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazadi; tub va joriy ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi; nasos stansiyalari, sug‘orish va meliorativ quduqlarning ajratilgan suv olish va elektr energiyasi limitlari hamda yoqilg‘i-moylash materiallari doirasida tegishli shartnomalar asosida samarali ishlashini ta’minlaydi; suv va ishlatilgan elektr energiyasi hisobi va hisobotini yuritadi, raqamli texnologiyani belgilangan tartibda joriy qiladi; ajratilgan elektr energiyasi, yoqilg‘i-moylash materiallaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi; budjet mablag‘lari hamda xo‘jalik faoliyatidan tushgan mablag‘lardan belgilangan maqsadlarda samarali foydalanishni ta’minlaydi va tegishli statistika va buxgalteriya hisobotini yuritadi; nasos stansiyalari, sug‘orish va meliorativ quduqlarni tub va joriy ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; nasos stansiyalari, sug‘orish va meliorativ quduqlarning hududiy bo‘linmalar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan jadvallar asosida samarali ishlashini ta’minlaydi; suv xo‘jaligi tashkilotlari, suv iste’molchilari va boshqa shaxslarga shartnoma asosida suv xo‘jaligi hamda qonunchilik hujjatlarida man etilmagan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi; nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari xodimlarini belgilangan tartibda maxsus kiyimlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlaydi; kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, kadrlar malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkil qiladi, kadrlar zaxirasini yaratish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari va professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi; nasos stansiyalari, sug‘orish va meliorativ quduqlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va hududiy bo‘linmalarga kiritadi; nasos stansiyalari, sug‘orish va meliorativ quduqlardan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashda va monitoring olib borishda ishtirok etadi. 19. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi meliorativ ekspeditsiyalarning (keyingi o‘rinlarda — meliorativ ekspeditsiyalar) asosiy vazifalari hisoblanadi: Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalariga yuklagan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish; hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish; sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatining tizimli monitoringini yuritish va meliorativ kadastrni ishlab chiqish; tizimidagi kollektor-drenaj tarmoqlarini texnik soz holatda saqlash va ularning ishonchli ishlashini ta’minlash; erlarning meliorativ holatini monitoring qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va boshqa suv iste’molchilarga yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish. 20. Quyidagilar meliorativ ekspeditsiyalarning asosiy funksiyalari hisoblanadi: sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi va yer osti suvlarining holati va sifati bo‘yicha tizimli monitoring olib boradi, ma’lumotlarni davriy ravishda tahlil qiladi; irrigatsiya tizimi kanallari va kollektorlarda suvning sifati bo‘yicha monitoring olib boradi; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ kadastrini hamda suv va tuz balanslarini ishlab chiqadi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar beradi hamda ijrosi bo‘yicha nazorat olib boradi; magistral, tumanlararo va xo‘jaliklararo kollektorlar hamda kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi gidrotexnik inshootlarning texnik holati bo‘yicha monitoring yuritadi, ularni ta’mirlash-tiklash hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi; meliorativ nasos stansiyalari hamda vertikal drenaj quduqlarining ish rejimini belgilaydi va ijrosi bo‘yicha monitoring olib boradi; kollektor-drenaj tarmoqlari sohil bo‘yi mintaqasini muhofaza qilish choralarini ko‘radi; erlarning meliorativ holati, irrigatsiya tizimi kanallari va kollektorlar suvining holati va sifatini nazorat qilishga raqamli va geoaxborot texnologiyalarini joriy qiladi; suv iste’molchilari uyushmalari, fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa suv iste’molchilariga ularning kollektor-drenaj tarmoqlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beradi; erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ustuvor loyihalarni aniqlash hamda hududiy dasturlarni shakllantirishda ishtirok etadi va hududiy bo‘linmalarga takliflar beradi; kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining sifati bo‘yicha monitoring olib boradi; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash sohasiga ilm-fan yutuqlarini, geoaxborot texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or tajribalarni, shuningdek, innovatsion usullarni joriy qiladi; kollektor-drenaj tarmoqlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va hududiy bo‘linmalarga kiritadi; kollektor-drenaj tarmoqlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashda va monitoring olib borishda ishtirok etadi. 21. Quyidagilar magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: Vazirlikka va hududiy bo‘linmalarga yuklagan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish; hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish; magistral kanallar (tizimlar) va ulardagi gidrotexnika inshootlarini texnik soz holatda saqlash, ulardan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilish hamda xavfsiz va ishonchli ishlashini ta’minlash; magistral kanallar (tizimlar) va ulardagi gidrotexnika inshootlarini boshqarishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtirish; suvning hisobi va hisobotini yuritish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish, suvning hisobi bo‘yicha shaffof tizimni yaratish; magistral kanallar (tizimlar) va ulardagi gidrotexnika inshootlarini kompleks modernizatsiyalash, fan-texnika yutuqlari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribani joriy qilish; suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlash, magistral kanal va ulardagi gidrotexnika inshootlarini modernizatsiyalash choralarini ko‘rish. 22. Quyidagilar magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalarining asosiy funksiyalari hisoblanadi: magistral kanallar (tizimlar) va ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini tizimli ravishda o‘rganib boradi va ularni soz holatda saqlaydi; magistral kanallar (tizimlar) va ulardagi gidrotexnika inshootlarining ulardan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilgan holda xavfsiz va ishonchli ishlashini ta’minlaydi; magistral kanallar (tizimlar) va ulardagi gidrotexnika inshootlarini boshqarishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtirish bo‘yicha Vazirlik va hududiy bo‘linmalarga takliflar beradi hamda belgilangan tartibda ijrosini tashkil qiladi; gidropostlarni texnik soz holatda saqlaydi, ularni takomillashtirib boradi, suvning hisobi va hisobotini yuritadi; suvning hisobi va hisobotini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy qiladi, suvning hisobi bo‘yicha shaffof tizimni amalga oshiradi; suvdan foydalanish bo‘yicha tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi, suv resurslarini Vazirlik va hududiy bo‘linmalar tomonidan tasdiqlangan suvdan foydalanish rejalari bo‘yicha suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlariga yetkazib beradi; magistral kanallar (tizimlar)ga o‘rnatilgan nasos stansiyalarini ishlatish rejimlarini belgilangan tartibda kelishadi hamda ijrosini ta’minlaydi: umumiy suv xo‘jaligi ahvolini hisobga olgan holda suvdan foydalanish rejalariga tuzatishlar kiritish bo‘yicha Vazirlikka, hududiy bo‘linmalarga takliflar kiritadi; magistral kanallar (tizimlar), ulardagi gidrotexnika inshootlarini va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bo‘linmalarni (alohida gidrouchastkalar, ishlab chiqarish bazalari va boshqalar) tashkil etadi; ajratilgan budjet mablag‘lari va moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. 23. Quyidagilar irrigatsiya tizimi boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: Vazirlikka va hududiy bo‘linmalarga yuklagan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish; hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish; irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini texnik soz holatda saqlash, ulardan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilish hamda xavfsiz va ishonchli ishlashini ta’minlash; yirik irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini boshqarishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtirish; suvning hisobi va hisobotini yuritish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish, suvning hisobi bo‘yicha shaffof tizimni yaratish; irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini kompleks modernizatsiyalash, fan-texnika yutuqlari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalarni joriy qilish; suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlash, irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini modernizatsiyalash choralarini ko‘rish. 24. Quyidagilar irrigatsiya tizimi boshqarmalarining asosiy funksiyalari hisoblanadi: irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini tizimli ravishda o‘rganib boradi va ularni soz holatda saqlaydi; irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarining ulardan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilgan holda xavfsiz va ishonchli ishlashini ta’minlaydi; irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini boshqarishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtirish bo‘yicha hududiy bo‘linmalarga takliflar beradi hamda belgilangan tartibda ijrosini tashkil qiladi; gidropostlarni texnik soz holatda saqlaydi, ularni takomillashtirib boradi, suvning hisobi va hisobotini yuritadi; suvning hisobi va hisobotini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy qiladi, suvning hisobi bo‘yicha shaffof tizimni amalga oshiradi; suvdan foydalanish bo‘yicha tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, suv resurslarini hududiy bo‘linmalar tomonidan tasdiqlangan suvdan foydalanish rejalari bo‘yicha tumanlar irrigatsiya bo‘limlari va boshqa suvdan foydalanuvchilarga yetkazib beradi; irrigatsiya tizimi kanallariga o‘rnatilgan nasos stansiyalarini ishlatish rejimlarini belgilangan tartibda kelishadi hamda ijrosini ta’minlaydi: umumiy suv xo‘jaligi ahvolini hisobga olgan holda suvdan foydalanish rejalariga tuzatishlar kiritish bo‘yicha hududiy bo‘linmalarga takliflar kiritadi; irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bo‘linmalarni (alohida gidrouchastkalar, ishlab chiqarish bazalari va boshqalar) tashkil etadi; ajratilgan budjet mablag‘lari va moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. 25. Tumanlar irrigatsiya bo‘limlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Vazirlikka va hududiy bo‘linmalarga yuklagan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish; hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish; tuman suv xo‘jaligi tizimini kompleks modernizatsiyalash, fan-texnika yutuqlari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribani joriy qilishga yo‘naltirilgan yagona suv xo‘jaligi siyosatini amalga oshirish; suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, ulardan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish choralarini ko‘rish; tumanlar suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi va autsorsingni joriy qilishda ishtirok etish; tumanlar suv xo‘jaligi obyektlarida suvning hisobi va hisobotini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy qilish. 26. Quyidagilar tumanlar irrigatsiya bo‘limlarining asosiy funksiyalari hisoblanadi: irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashadi; irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini tizimli ravishda o‘rganib boradi, ularni soz holatda saqlaydi va ishonchli ishlashini ta’minlaydi; qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi; suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni, ularning samaradorligini oshirishni, suvdan foydalanish va suv iste’molining innovatsion texnologiyalari va mexanizmlarini joriy etishni ta’minlaydi; suv iste’molchilari uyushmalariga suvni boshqarish va suv xo‘jaligi obyektlaridan samarali foydalanishda ko‘maklashadi, suv xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash-tiklash va rekonstruksiya qilish ishlarini muvofiqlashtiradi; suv iste’molchilari uyushmalariga suv iste’moli bo‘yicha shartnomalar tuzish, sug‘orish tarmoqlarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash ishlariga ko‘maklashadi va muvofiqlashtiradi; suv iste’molchilariga ilmiy asoslangan sug‘orish rejimlarini, tomchilatib sug‘orish tizimi va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni tashkil qilishga ko‘maklashadi; sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash va ularni rivojlantirishni, shuningdek, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni muvofiqlashtiradi; suv resurslaridan foydalanishni tahlil qiladi va tuman bo‘yicha suv olish limitlarini belgilash, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suvdan tejab foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘linmalarga takliflar kiritadi; tuman suv xo‘jaligi obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha konsepsiyalar, strategiyalar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi; o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmini va qarzdorliklarning yuzaga kelish sabablarini chuqur tahlil qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va kengaytirish asosida suv iste’molchilari va suv iste’molchilari uyushmalari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; suv iste’molchilari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bajarilishi monitoringini yuritadi; tuman irrigatsiya bo‘limi rahbar va mutaxassislari, shu jumladan, suv iste’molchilari uyushmalari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirishni tashkil qilishga ko‘maklashadi; suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari bilan talabalar va o‘quvchilarning o‘quv-tanishish hamda o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda hamkorlik qiladi; tuman suv xo‘jaligi obyektlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va hududiy bo‘linmalarga kiritadi; tuman suv xo‘jaligi obyektlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashda va monitoring olib borishda ishtirok etadi. 27. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga qonunchilik hujjatlari loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish; davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish; Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga tegishli davlat mulkini o‘zining tashkiliy tuzilmasidagi bir bo‘linmadan boshqa bir bo‘linmaga tekin foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda o‘tkazish; Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan suv xo‘jaligi sohasidagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarining bajarilishini hisobga o
126
63,696
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kir
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-dekabrdagi PF-5276-son “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/6-son qarori (ro‘yxat raqami 2678, 2015-yil 3-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 22-son, 296-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq jismoniy shaxslar-rezidentlarga 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.”. 2. 1-banddagi “Markaziy bankining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar bo‘yicha bosh boshqarmasining (bundan buyon matnda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 2-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari asosida hukumat delegatsiyalari tarkibida xorijiy davlatlarga chiqish uchun;”. 4. 3-bandda: birinchi xatboshidagi “Markaziy bankka” degan so‘zlar “Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “g) naqd xorijiy valyuta kelib chiqishining manbasini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari ko‘rsatilgan holda ularning nusxalari (ilgari naqd xorijiy valyuta sotib olinganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi, jismoniy shaxs — rezidentning tijorat bankida ochilgan hisobvaraqlariga xorijdan kelib tushgan valyuta mablag‘larini echilganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi yoki naqd xorijiy valyutani xorijiy davlatlardan olib kelganligini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi);”. 5. 5-bandning birinchi xatboshisidagi va 6-banddagi “Markaziy bank” degan so‘zlar “Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 7-bandda: birinchi xatboshidagi “Markaziy bank” degan so‘zlar “Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “09006-1-son shakl ruxsatnoma qat’iy hisobot blanki hisoblanib Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlanadi va zarur himoyalash darajalariga ega bo‘ladi. Bunda har bir blank yagona seriya va tartib raqamiga ega bo‘lgan ikki nusxadan tashkil topadi.”; ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ruxsatnoma jismoniy shaxslar — rezidentlar doimiy yashab turgan joydagi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan imzolanadi hamda olib chiqilayotgan jami summaga beriladi.”; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ruxsatnomaning rasmiylashtirilishi va berilishi uchun to‘lov undirilmaydi.”. 7. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Ruxsatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, birinchi nusxasi jismoniy shaxs — rezidentga beriladi, ikkinchi nusxasi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasida qoldiriladi. Ruxsatnoma arizada ko‘rsatilgan naqd xorijiy valyutani bir marta O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish huquqini beradi va u faqat unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida amal qiladi.”. 8. 2-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
250
4,353
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-854-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-854-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
186
353
Qonunchilik
“2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 11-oktabrdagi 10-mb-son “2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3334, 2021-yil 25-noyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2021-y., 10/21/3334/1096-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-banddagi “109” raqami “110” raqami bilan almashtirilsin. 2. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 110-ilova bilan to‘ldirilsin. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga (bundan buyon matnda ro‘yxatda turganlar deb yuritiladi) ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot (110-ilova)
124
1,323
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-892-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2022-yil 4-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-892-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
709
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON NEFT VA GAZ QAZIB ChIQARISh (“O‘ZNEFTGAZQAZIBChIQARISh ”) DAVLAT-AKSIONERLIK BIRLAShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Neft va gaz qazib chiqarish korxonalari va tashkilotlari boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va ular ishining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida, respublika Hukumatining 1993-yil 14-yanvardagi 31-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qatnashchilarning 1993-yil 18-yanvardagi yig‘ilishi tomonidan respublika Hukumatining qaroriga muvofiq 1-ilovaga* binoan korxonalar va tashkilotlar negizida O‘zbekiston neft va gaz qazib chiqarish (“O‘zneftgazqazibchiqarish”) davlat-aksionerlik birlashmasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. “O‘zbekgazsanoat” va “O‘zbekneft” ishlab chiqarish birlashmalari tugatildi. 2. Belgilab qo‘yilsinki: “O‘zneftgazqazibchiqarish” davlat-aksionerlik birlashmasi yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan yopiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklida tuzilgan bo‘lib, o‘z tarkibida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirish davlat korxonalari (ishlab chiqarish bo‘linmalari)ga egadir; Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi timsolida davlat, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi, davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarning birlashma tarkibiy bo‘linmalarining jamoalari, tarmoqni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘ladigan respublika va xorijiy yuridik shaxslar davlat-aksionerlik birlashmasining qatnashchilari hisoblanadilar; “O‘zneftgazqazibchiqarish” birlashmasining davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxona va tashkilotlari aksiyalaridagi davlatning ulushi kamida 51 foiz davlat ulushi 25 foizni tashkil etadigan “Andijonneft” AJ, Qo‘qon mexanika zavodidan tashqari qilib belgilangan. 2-ilovada* qayd qilingan korxonalar sarmoyasining 100 foizi respublika mulki hisoblanadi; Hukumatning qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi quyidagilarni amalda qo‘llaydi: davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketlariga muvofiq birlashma faoliyatiga rahbarlik qilish huquqlarini “O‘zneftgazqazibchiqarish” birlashmasi boshqaruviga berish; davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlarning bir qismini birlashmani rivojlantirish uchun shartnoma asosida birlashmaga berish; birlashmaning boshlang‘ich ustav sarmoyasi birlashma chiqaradigan aksiyalarning nominal qiymatiga to‘g‘ri keladi va u davlat tasarrufidan chiqariladigan korxonalarning davlat mulki hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan tarkibiy bo‘linmalarning davlat mulki asosida tashkil topadi; “O‘zneftgazqazibchiqarish” davlat-aksionerlik birlashmasi “O‘zbekgazsanoat” va “O‘zbekneft” ishlab chiqarish birlashmalari tomonidan tuzilgan majburiyatlar va shartnomalar bo‘yicha ularning huquqiy vorisi bo‘lib, o‘z faoliyatini to‘la xo‘jalik hisobi prinsiplari asosida, Vazirlar Mahkamasi va “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi bilan kelishilgan holda qatnashchilar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadigan birlashma Ustaviga muvofiq amalga oshiradi. 3. Quyidagilar “O‘zneftgazqazibchiqarish” davlat-aksionerlik birlashmasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratgan holda neft va gaz sanoatini rivojlantirish, tabiiy resurslardan hamda ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish; respublika hududida neft, gaz, gaz kondensati konlarini qidirib topish, ularning zaxiralarini ko‘paytirish, qazib olish, gazni qayta ishlash ishlari majmuini amalga oshirish; neft va gaz sanoati sohasida xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro foydali tashqi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirish hamda chet el investitsiyalarini jalb etish; neft va gaz konlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, xalq xo‘jaligini neft, gaz va gaz kondensati bilan barqaror ta’minlash, shuningdek, ularni davlatlararo va hukumatlararo bitimlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yetkazib berishni ta’minlash; tarmoqda yagona texnika siyosatini olib borish, neft va gaz qazib olishni kamaytirishni ta’minlash, tanlov asosida xorijiy firmalarni jalb etgan holda gazni qayta ishlashni rivojlantirish; korxonalarni kengaytirish, qayta qurish, texnika bilan qayta jihozlash, tarmoqqa ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zneftgazqazibchiqarish” davlat-aksionerlik birlashmasi korxonalari bilan birgalikda ushbu korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin. 5. “O‘zneftgazqazibchiqarish” davlat-aksionerlik birlashmasining yuqori organi qatnashchilarning, tarkibiy bo‘linmalari va aksiyalarining nazorat paketi birlashmaning xo‘jalik tasarrufida bo‘lgan korxonalar vakillarining yig‘ilishi hisoblanadi. Birlashmaning markaziy apparati tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq tavsiya qilinsin. Birlashmaga bosh direktorning 5 nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat berilsin. “O‘zneftgazqazibchiqarish” birlashmasi bosh direktorining o‘rinbosarlari maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazir o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin. Bosh direktor o‘rinbosarlari birlashma Kengashi tomonidan saylanadilar va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar. Birlashma apparatiga sarflanadigan xarajatlar birlashma tarkibidagi tuzilmalarning ajratmalari hisobiga ta’minlanadi. 6. “O‘zneftgazqazibchiqarish” birlashmasi boshqaruv apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 66-uy. 7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklatilsin.
149
5,711
Qonunchilik
Hukumat-AKT-yoshlar
Mamlakatimiz aholisining yarmidan koʻpini yoshlar tashkil qiladi. Shuning uchun davlat hamda jamiyat tomonidan ushbu qatlamga alohida e’tibor qaratilib, katta moddiy-ma’naviy kuch sarflab kelinmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida “Hukumat bolalar nigohida” veb-saytining ishga tushirilishini keltirsak boʻladi (davlat va rus tillarida). Ya’ni, joriy yilning iyun oyi oʻrtalarida  internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali doirasida “Hukumat bolalar nigohida” veb-sayti (www.kids.gov.uz) ishga tushirildi (chet elda, jumladan  Amerika va Yevropa qit’alarida ham shunday saytlar mavjud). Mazkur veb-sayt 2016 yil Oʻzbekiston Respublikasida «Sogʻlom ona va bola yili»  deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini  (AKT) amaliyotga keng joriy etgan holda barkamol avlodni tarbiyalash yuzasidan olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni mantiqiy davom ettirish, bolalarni “Davlat” va “Hukumat” tushunchalari, shuningdek Oʻzbekiston toʻgʻrisida umumiy ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirish, ularning siyosiy va huquqiy bilimlarini shakllantirish maqsadida yaratildi. Ushbu veb-sayt Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining UZINFOCOM  kompyuter va aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tomonidan ishlab chiqildi. Yaritilgan veb-sayt 6-12 yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, undan boshlangʻich sinf oʻquvchilari dars jarayonlarida foydalanishlari mumkin. Unda Oʻzbekiston hamda mamlakatimiz Davlat hokimiyati tizimi toʻgʻrisidagi umumiy ma’lumotlar  sodda  va loʻnda matnlar va rasmlar yordamida  tasvirlab  berilgan. “Hukumat bolalar nigohida” veb-sayti yurtimizda ishlab chiqilgan shu turkumdagi ilk loyiha (10-ta bosqichdan iborat) boʻlganligi sababli u kelajakda kelib tushgan takliflar asosida yanada boyitilib va takomillashtirilib borilishi nazarda tutilgan. Ishlab chiquvchilar va foydalanuvchilar  mazkur veb-sayt Oʻzbekiston  bolajonlariga manzur keladi va ularning bilimlarini boyitishda qoʻl keladi deb ishonch bildirishmoqda. Elbek ShUKUROV, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati,  OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi. Mavzu boʻyicha materiallar: Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi Oʻzbekiston Hukumati ishining samaradorligi va shaffofligi yanada oshadi Telekommunikatsiyasiz rivojlanish boʻlmaydi!
19
2,415
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-496-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2019-yil 30-aprelda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-496-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
715
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida 2018-yilda mamlakat atom energetikasini umumiy energetika balansiga kiritish, undan kamida 60 yil davomida xavfsiz foydalanishni ta’minlagan holda respublika hududida atom elektr stansiyasi barpo etishni nazarda tutuvchi yadro-energetika dasturini amalga oshirishga start berildi. O‘zbekiston atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasida ilmiy bazaga ega. Xususan, respublikamizda tadqiqot yadro reaktoridan foydalangan holda ilmiy izlanishlar 1959-yildan beri olib borilmoqda. Atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajribani hamda Xalqaro atom energiyasi agentligi tavsiyalarini hisobga olgan holda atom energiyasidan foydalanish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash milliy yadroviy infratuzilmaning g‘oyat muhim elementlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi “2019 — 2029-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4165-son qarorini ijro etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi yadro-energetika dasturini atom energiyasidan xavfsiz foydalanish talablariga javob beradigan malakali kadrlar bilan o‘z vaqtida va to‘laqonli ta’minlash maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5484-son Farmoniga muvofiq Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika”, “Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha)”, shuningdek, Samarqand davlat universitetida “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika” yangi magistratura mutaxassisliklari ochildi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3875-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida atom sohasi uchun kadrlar tayyorlashda tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanuvchi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) filiali tashkil etilib, “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyasi”, “Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi”, “Elektr energetikasi va elektr texnikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi; Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Issiqlik texnikasining nazariy asoslari” kafedrasi “Issiqlik energiyasi va atom elektr stansiyalari” kafedrasiga aylantirildi, uning negizida “Energetika (atom energetikasi)” mutaxassisligi bo‘yicha talabalarni o‘qitish tashkil etildi; 2018-yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zatom” agentligi) va “Rosatom” davlat korporatsiyasi (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi atom energetikasi sohasida kadrlarni o‘qitish va tayyorlashda hamkorlik qilish to‘g‘risida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, unga ko‘ra 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasida (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekiston Respublikasi talabalarini o‘qitish boshlandi. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari etib belgilansin: atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikning so‘zsiz ustuvorligi; atom elektr stansiyasi (keyingi o‘rinlarda — AES) barpo etish va undan foydalanishda ishtirok etuvchi tashkilotlar xodimlarining yuqori darajadagi xavfsizlik madaniyatini doimiy ravishda ta’minlab borish; tegishli lavozim uchun talab qilingan malaka va tajribaga ega boshqaruv, muhandislik, operativ va ta’mirlash xodimlarining AESda ishlashiga ruxsat berishni ta’minlash; Xalqaro atom energiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — MAGATE) tavsiyalariga va eng yaxshi xalqaro amaliyotga asoslangan holda kadrlar tayyorlashga tizimli yondashish; kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uzluksizligi, tayyorlov dasturlari atom energiyasidan foydalanish obyektlari hayotiy davrining joriy bosqichlariga, atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organning xavfsizlik talablariga mosligini ta’minlash. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. “O‘zatom” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Harakatlar rejasida belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlasin. 4. Belgilansinki, Strategiyada va Harakatlar rejasida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarni amalga oshirish “O‘zatom” agentligi va yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi boshqa vazirlik va idoralarning asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 5. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — “El-yurt umidi” jamg‘armasi): “O‘zatom” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2020-yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, “O‘zatom” agentligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga xorijda kadrlar malakasini oshirish va stajirovka qilish, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning magistratura, aspirantura va doktoranturasida yosh mutaxassislarni o‘qitish maqsadli ko‘rsatkichlarini tuzishda yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olsin; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va “O‘zatom” agentligi bilan birgalikda atom energiyasidan foydalanish sohasining malakali va yuqori malakali mutaxassislari bo‘lgan vatandoshlarimizni yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralarning rahbar lavozimlariga jalb qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni muntazam ko‘rib borsin. 6. “O‘zatom” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini moddiy-texnik ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni qo‘shimcha moliyalashtirish, shuningdek, uning xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtirish bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zatom” agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 7. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga — Strategiya va Harakatlar rejasini amalga oshirishda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zatom” agentligining bosh direktori J.T. Mirzamahmudov, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga — Strategiya va Harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini, shuningdek, Strategiya va Harakatlar rejasini amalga oshirish jarayonini yoritish bo‘yicha maqolalar va mavzuga doir teleko‘rsatuvlar tashkil etsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Birinchi atom elektr stansiyasini (keyingi o‘rinlarda — AES) barpo etish O‘zbekiston Respublikasida energetikani rivojlantirishning strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlari hayotiy davrining barcha bosqichlarida xavfsizlik ta’minlangan taqdirda, ekologik toza energiya turi hisoblanadi. Bu, shu jumladan AES xodimlarining, yadro-energetika dasturini amalga oshirishga jalb etilgan nazorat organlari, vazirliklar va idoralar xodimlarining yuksak malakasi va xavfsizlik madaniyati orqali ta’minlanadi. AES qurilishini 2022-yilda boshlash rejalashtirilmoqda. Birinchi energiya blokini 2028-yilda, ikkinchi energiya blokini esa 2030-yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan. O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturini kadr resurslari bilan ta’minlash uchun atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashning samarali milliy tizimini shakllantirish zarur, bu esa Atom energiyasi xalqaro agentligining Milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalariga mos keladi. Yadro energetikasi dasturi uchun kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish vazifalarini kompleks hal qilish lozim, chunki atom sohasini rivojlantirish nafaqat AESni ekspluatatsiya qilishda, balki qurilish, energetika, materialshunoslik, ta’lim, ilm-fan, texnika, tibbiyot kabi o‘zaro bog‘langan yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni ham talab qiladi. AES barpo etish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish, AESning butun hayotiy davri mobaynida yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni, AES xodimlari, aholi va atrof muhit xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar olishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi atom energetikasi sohasi kadrlarini kompleks tayyorlash tizimini yaratish va kelgusida uning samaradorligini qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya)ning maqsadi hisoblanadi. Strategiya maqsadiga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar hal etilishini ta’minlash zarur: atom energetikasini xavfsiz rivojlantirish talablariga muvofiq va eng yaxshi xalqaro tajribani hisobga olgan holda maktab ta’limidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limgacha barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladigan atom sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini va malaka oshirish tizimini yaratish; yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish; milliy yadro-energetika dasturining tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali (keyingi o‘rinlarda — “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali) faoliyatini rivojlantirish; yangi ta’lim muassasalari tashkil etish, mavjud ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va ta’lim dasturlari hamda o‘quv metodikalarini takomillashtirish; Atom energiyasi xalqaro agentligi (keyingi o‘rinlarda — MAGATE) tavsiyalariga muvofiq ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlari sifatli tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va malaka oshirishini ta’minlash, shuningdek, mehnat faoliyati atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadigan xodimlar malakasini uzluksiz qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratish; atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ, milliy yadro-energetika dasturini amalga oshirishga jalb etilgan boshqa davlat organlari va tashkilotlari mutaxassislarini jadal tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; yadro fizikasi, yadro tibbiyoti, radiokimyo, radiatsiya xavfsizligi, energetika, materialshunoslik, hayot faoliyatini ta’minlash xavfsizligi, gidrogeologiya, meteorologiya, ekologiya va boshqa sohalarda professor-o‘qituvchilar tarkibini hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash; atom sohasiga xodimlarning professional-texnik bilimlarini baholashning samarali tizimini va ish haqi miqdori xodimning malakasi, sohadagi ish staji hamda ish beruvchi tashkilot va umuman soha faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlariga qo‘shadigan amaldagi real hissasiga bog‘liqligini nazarda tutuvchi moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish; atom sohasiga xodimlar uchun sohada ishlash obro‘sini va jozibadorligini oshiradigan kafolatlar, kompensatsiyalar va ijtimoiy dasturlar tizimini joriy etish; AES xavfsizligi va qonun hujjatlari talablari bajarilishi nuqtai nazaridan kadrlar zaxirasini yaratishga va atom energetikasi tashkilotlarining o‘ta muhim lavozimlarida izchillikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy yo‘nalishlarga muvofiq amalga oshiriladi: atom energetikasi kadrlar salohiyatini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish; kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish; “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini rivojlantirish; ta’lim muassasalarini rivojlantirish; AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash; atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi organlar mutaxassislarini tayyorlash; atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi organlari mutaxassislarini tayyorlash; professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarni tayyorlash; kadrlar zaxirasini yaratish va atom energetikasining o‘ta muhim lavozimlarida izchillikni ta’minlash; kadrlar tayyorlash asosida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Atom energetikasi kadrlar salohiyatini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga, shuningdek, Professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi yangi yo‘nalishlar va ta’lim mutaxassisliklarini kiritish; referent AES tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalidan kelib chiqqan holda Xizmatchilar asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga yangi lavozimlar kiritish; atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat ta’lim standartlarini, shu jumladan referent AES uchun xodimlar tayyorlashda foydalanilgan yadro texnologiyalarini yetkazib beruvchi tomonidan taklif etiladigan ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va yuridik shaxslar xodimlariga atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini tasdiqlash; atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va yuridik shaxslarning xodimlariga nisbatan malaka talablarini tasdiqlash; atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va yuridik shaxslarning bajaradigan faoliyatiga qarab atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar olishi kerak bo‘lgan xodimlari lavozimlari ro‘yxatini tasdiqlash; AESning ekspluatatsiya qiluvchi xodimlari bilimlarini tekshirish va attestatsiyadan o‘tkazish tartib-taomilini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi, malakasini oshiruvchi ta’lim muassasalarining atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash uchun litsenziyalar (ruxsatnomalar) olish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini tasdiqlash; yadro qurilmalari va (yoki) saqlash punktlari xodimlarining ayrim toifalari, shuningdek, mazkur obyektlarda nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ xodimlarining mehnat sharoitlarining va ijtimoiy-maishiy ta’minoti xususiyatlarini tartibga soluvchi normalarni tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan majburiyatlar va huquqlarga nisbatan atom energiyasidan foydalanish obyektlarida mehnat intizomining kuchaytirilgan talablarini belgilovchi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning mehnat va ishlab chiqarish intizomi to‘g‘risidagi ustavni tasdiqlash. O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini o‘z vaqtida shakllantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: yadro-energetika dasturi uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, shu jumladan quyidagi toifadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash uchun mutaxassisliklar (ixtisosliklar) ro‘yxatini belgilash: a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zatom” atom energetikasini rivojlantirish agentligi qoshidagi AES qurilishi direksiyasining AES qurilishini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan loyihani boshqarish, ish sifatini nazorat qilish va ishlarni qabul qilib olishni amalga oshiruvchi xodimlari; b) AESning ekspluatatsiya qiluvchi (operativ va ta’mirlash) xodimlari; v) atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlik masalalarini davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish organlari xodimlari; g) tayyorlangan xodimlar malakasini ta’minlab turadigan va yangi kadrlarni o‘qitadigan ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalari xodimlari; d) AES qurishda ishtirok etadigan va AESni ekspluatatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa tashkilotlar xodimlari; mutaxassislarning lavozim majburiyatlarini bajarishga kasbiy tayyorligi mezonlarini aniqlash va ularni ushbu majburiyatlarni bajarishga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish; o‘z malakasi va professional tajribasiga ko‘ra atom sohasini kadrlar bilan to‘ldiruvchi zaxira manbalariga kiradigan davlat organlari mutaxassislari, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band bo‘lgan mutaxassislar, ta’lim muassasalari bitiruvchilari doirasini belgilash; kasbiy tayyorligini, bilim va tajriba darajasini hisobga olib, mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning yillik hajmlarini belgilash. “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: atom tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash sohasida tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent shahridagi filialini moddiy-texnik ta’minlash va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; o‘quv jarayonini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi institutining o‘quv-amaliy laboratoriyalarini laboratoriya va o‘quv-laboratoriya uskunalari, maketlar va tahliliy trenajyorlar bilan jihozlash; “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent shahridagi filialiga yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb qilish; bakalavrlar tayyorlash yo‘nalishlarini kengaytirish; magistratura ochish; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish; atom sohasi xodimlari malakasini oshirishning tarmoq markazi faoliyatini tashkil etish. Atom sohasida kadrlarni sifatli tayyorlash uzluksiz tizimini ta’minlash uchun ta’lim muassasalarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: Milliy yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga jalb etilgan ta’lim va ilmiy muassasalarning moddiy-texnik va o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish; Jizzax viloyatida AES joylashadigan asosiy maydon tanlanishini hisobga olib, AESning ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarini tayyorlashga e’tibor bergan holda Jizzax politexnika institutida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini kengaytirish; AES binolari va inshootlari majmuasi tarkibida o‘quv-mashg‘ulot markazi (keyingi o‘rinlarda — o‘quv-mashg‘ulot markazi) barpo etish va foydalanishga topshirish; o‘quv-mashg‘ulot markazida ishlash uchun o‘qituvchilar va instruktorlarni tayyorlash, ularning malakasini doimiy qo‘llab-quvvatlashni, shu jumladan xorijda tashkil etish; Jizzax viloyatida “O‘zatom” agentligi vasiyligi hamda qo‘llab-quvvatlashi bilan aniq va tabiiy fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish; atom energetikasi, yadro texnologiyalari hamda yadro yoqilg‘isi, ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash bo‘yicha maxsus o‘quv va ilmiy-ommabop adabiyotlar tayyorlash va chop etish, shuningdek, barcha darajadagi ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini ishlab chiqish. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash vaqt bo‘yicha AES hayotiy davrining to‘rtta bosqichiga bo‘lingan: 1) barpo etish; 2) foydalanishga topshirish; 3) ekspluatatsiya qilish; 4) foydalanishdan chiqarish. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlari to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tayyorlanadi: 1) oliy rahbar xodimlar; 2) ekspluatatsiya (operativ va ta’mirlash) xodimlari; 3) yordamchi texnik xodimlar; 4) ma’muriy-boshqaruv xodimlari. AESning oliy rahbar xodimlari tegishli malakaga, ish stajiga ega bo‘lgan va atom energiyasidan foydalanish obyektini boshqarish uchun zarur boshqa talablarga javob beradigan ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar orasidan yakka tartibdagi rivojlanish rejalari bo‘yicha malakasini oshirish orqali tayyorlanadi. Ekspluatatsiya qiluvchi va yordamchi texnik xodimlar to‘rt bosqichda tayyorlanadi: 1) AESdagi aniq lavozim uchun talab etiladigan bazaviy ta’lim; 2) o‘quv-mashg‘ulot markazida nazariy tayyorlash; 3) o‘quv-mashg‘ulot markazida maketlar, trenajyorlar va o‘qitishning boshqa texnik vositalarini qo‘llagan holda amaliy tayyorlash; 4) AESdagi ish joyida amaliyot o‘tash. AESning ma’muriy-boshqaruv xodimlari o‘quv-mashg‘ulot markazida malakasini oshirish va nazariy tayyorgarlikdan o‘tkazish orqali tayyorlanadi. AES barpo etiladigan va foydalanishga topshiriladigan davrda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish uchun: vaqt davomida rivojlanish davrlarini (2020, 2022, 2024, 2026, 2028-yillarda) hisobga olgan holda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvali tegishli tahrirlari ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning amaldagi tashkiliy tuzilmasi va uni rivojlantirish rejalari asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklari, xodimlarni o‘qitish grafiklari va qabul qilish grafiklari ishlab chiqiladi; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash dasturi potensial ishtirokchilarining bo‘lajak ish joyi uchun o‘rnatilgan maxsus talablarga muvofiqligi mezonlari ishlab chiqiladi; o‘z malakasiga ko‘ra atom sohasini kadrlar bilan to‘ldiruvchi zaxira manbalariga kiradigan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band bo‘lgan mutaxassislar, ta’lim muassasalari bitiruvchilari doirasi belgilanadi. Birinchi AESni foydalanishga topshirish uchun zarur bo‘lgan ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 7-sentabrda tuzilgan bitim (keyingi o‘rinlarda — Hukumatlararo bitim) doirasida amalga oshiriladi. Hukumatlararo bitim tatbiq etilmaydigan AES xodimlari davlat ta’lim muassasalari kuchi bilan yoki kontrakt asosida tayyorlanadi. AESning ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida va atom energiyasidan foydalanish sohasida ish bajarish uchun ruxsatnomalar berishda qo‘llaniladigan malaka talablari va muvofiqlik mezonlari atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organ tomonidan tasdiqlanadi. AESni ekspluatatsiya qilish davrida xodimlar malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini talab darajasida ta’minlab turish o‘quv-mashg‘ulot markazida, shuningdek, zarur hollarda, ixtisoslashgan milliy va xorijiy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning bilimi Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda tekshirilib turiladi (attestatsiyadan o‘tkaziladi). Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning mutaxassislari uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tayyorlanadi: 1) atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ (keyingi o‘rinlarda — regulyator) mutaxassislari; 2) yadro va radiatsiya xavfsizligi sohasi ekspertlari; 3) atom energiyasidan foydalanish obyektlarida nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizlik, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi, jismoniy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati organlari mutaxassislari. Regulyator mutaxassislar uchta bosqichda tayyorlanadi: 1) muayyan lavozim uchun talab qilinadigan bazaviy ma’lumot; 2) yadro va radiatsiya xavfsizligi bo‘yicha, shu jumladan o‘quv-mashg‘ulot markazida tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish; 3) ishlab turgan AESlarda amaliyot o‘tash. Yadro va radiatsiya xavfsizligi sohasi ekspertlarini tayyorlash tegishli oliy ta’lim olish, shuningdek, zarur hollarda yadro va radiatsiya xavfsizligi bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish orqali amalga oshiriladi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizlik, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi, jismoniy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati organlari mutaxassislarini tayyorlash, shu jumladan o‘quv-mashg‘ulot markazida malakasini oshirish orqali amalga oshiriladi. Regulyator xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish uchun: regulyator tashkiliy tuzilmasi va uni rivojlantirish rejalari asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklari, mutaxassislarni o‘qitish grafiklari va ishga qabul qilish grafiklari ishlab chiqiladi; regulyator mutaxassislarini tayyorlash dasturining potensial ishtirokchilarini bo‘lajak ish joyi uchun o‘rnatilgan maxsus talablarga muvofiqligi mezonlari ishlab chiqiladi; o‘z malakasiga ko‘ra regulyatorning kadrlar tarkibini shakllantiruvchi zaxira manbalariga kiradigan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band bo‘lgan mutaxassislar, ta’lim muassasalari bitiruvchilarining doirasi belgilanadi. atom energiyasidan foydalanish obyektlarida nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizlik, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi, jismoniy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi regulyator va davlat nazorati organlari mutaxassislari malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini talab darajasida ta’minlab turish ixtisoslashgan milliy va xorijiy ta’lim muassasalarida, shu jumladan, zarur hollarda, o‘quv-mashg‘ulot markazida olib borilishi mumkin. Bunda mazkur organlar mutaxassislarining bilimi belgilangan tartibda tekshirilishi (attestatsiyadan o‘tkazilishi) lozim. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari ikki toifaga bo‘linadi: 1) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi (keyingi o‘rinlarda — davlat boshqaruvi vakolatli organi) mutaxassislari; 2) atom energiyasidan foydalanish sohasida alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari. Davlat boshqaruvi vakolatli organi mutaxassislari ikki bosqichda tayyorlanadi: 1) muayyan lavozim uchun talab qilinadigan bazaviy ma’lumot; 2) atom energiyasidan foydalanish sohasida, shu jumladan o‘quv-mashg‘ulot markazida tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish. Atom energiyasidan foydalanish sohasida alohida vakolatlarga ega davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari, shu jumladan o‘quv-mashg‘ulot markazida malaka oshirish orqali tayyorlanadi. Davlat boshqaruvi vakolatli organi xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish uchun: davlat boshqaruvi vakolatli organi tashkiliy tuzilmasi asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklari, mutaxassislarni o‘qitish grafiklari va ishga qabul qilish grafiklari ishlab chiqiladi; davlat boshqaruvi vakolatli organi mutaxassislarini tayyorlash dasturining potensial ishtirokchilarini bo‘lajak ish joyi uchun o‘rnatilgan maxsus talablarga muvofiqlik mezonlari ishlab chiqiladi; o‘z malakasiga ko‘ra davlat boshqaruvi vakolatli organi kadrlar tarkibini shakllantiruvchi zaxira manbalariga kiradigan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band bo‘lgan mutaxassislar, ta’lim muassasalari bitiruvchilari doirasi belgilanadi. Davlat boshqaruvi vakolatli organi va atom energiyasi sohasida alohida vakolatlarga ega davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini talab darajasida ta’minlab turish ixtisoslashgan milliy va xorijiy ta’lim muassasalarida, shu jumladan, zarur hollarda, o‘quv-mashg‘ulot markazida amalga oshirilishi mumkin. Atom energiyasidan foydalanish sohasida oliy malakali kadrlarni tayyorlash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: ta’lim muassasalarini professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan hamda ilmiy tashkilotlarni ushbu sohadagi ilmiy xodimlar bilan ta’minlash; atom energiyasidan foydalanishning noenergetik yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida yadro fizikasi, yadro tibbiyoti, radiatsiya xavfsizligi, hayot faoliyatini ta’minlash xavfsizligi, materialshunoslik, gidrogeologiya, meteorologiya va boshqa sohalarda kadrlar tayyorlash. AES xavfsizligi nuqtai nazaridan o‘ta muhim lavozimlarda izchillikni ta’minlash va qonun hujjatlari talablarini bajarish uchun ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot turli boshqaruv tajribasiga ega mutaxassislar (test sinovlariga ko‘ra talablarga mos deb topilgan oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurslari talabalari, energetika korxonalarining tajribali xodimlari, boshqaruvchilar va boshqa malakali mutaxassislar) uchun kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. Yadro-energetika dasturini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar kadrlar zaxirasini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z rejalarini hamda bo‘linmalar va alohida lavozimlar kesimida eng istiqbolli kadrlarni aniqlash va ularning malakasini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi. Atom sohasining malakali va tajribali xodimlari yosh mutaxassislarga ham professional asosda, ham xavfsizlik madaniyati va soha qadriyatlarini rivojlantirish borasida zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ko‘maklashishini nazarda tutuvchi “ustoz-shogird” tizimini tashkil etish kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturining majburiy tarkibiy qismi bo‘lishi lozim. Kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagilarda ishtirok etish bo‘yicha texnikaviy hamkorlik dasturi doirasida MAGATE bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur: “O‘zbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasi va tadqiqot reaktori qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun kadrlar salohiyatini va milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish” UZB2018004 milliy loyihasi doirasidagi o‘quv tadbirlari; texnologiyalarni yetkazib beruvchi tomonidan tashkil etiladigan mintaqalararo o‘quv loyihalari; MAGATE shafeligida tashkil etiladigan xalqaro konferensiyalar, seminarlar va kengashlar. Kadrlar tayyorlash, shu jumladan tajriba almashish, o‘quv seminarlari va treninglarni, shu jumladan kontrakt asosida tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik quyidagilar bilan birgalikda amalga oshiriladi: “Rosatom” Davlat korporatsiyasi tayanch oliy o‘quv yurtlari konsorsiumiga kiruvchi ta’lim muassasalari (Rossiya Federatsiyasi); “Rosatom” texnik akademiyasi” qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi avtonom notijorat tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi); “Rosatom” korporativ akademiyasi” avtonom notijorat tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi); Jahon yadro uyushmasi huzuridagi Jahon yadro universiteti (Buyuk Britaniya); AESni ekspluatatsiya qiluvchi va o‘quv-mashg‘ulot majmualari hamda maxsus trenajyorlarga ega bo‘lgan xorijiy tashkilotlar. Strategiyani amalga oshirish: xodimlarni tayyorlash va mustaqil ishlashiga ruxsat berishdagi o‘ziga xoslikni hisobga olib, AESni kadrlar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; AESni sifatli barpo etish va xavfsiz ekspluatatsiya qilishni, yadroviy va radiatsiya xavfsizligini, xodimlar, aholi va atrof muhit xavfsizligini ta’minlash uchun kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish; AESni sifatli barpo etish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish uchun respublikaning atom energetikasi sohasini oliy va kasb-hunar ma’lumotga ega mutaxassislar, oliy malakali ilmiy xodimlar, tegishli mutaxassisliklar va ixtisosliklar bo‘yicha professional-texnik ma’lumotga ega xodimlar bilan ta’minlash; atom sohasi, shu jumladan atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash; yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlovchi ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda ta’lim jarayonini samarali ilmiy-metodik, normativ-texnik va o‘quv-dasturiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash; zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini yaratish, yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlovchi ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy bilim darajasini oshirish; kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadida moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlash imkonini beradi.
133
35,015
Qonunchilik
“O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015-yil 26-yanvardagi 3-mh va 22-son “O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining (ro‘yxat raqami 2656, 2015-yil 17-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 7-son, 84-modda) muqaddimasidagi “1995-yil 21-noyabrdagi 440-sonli “Ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi hamda 1998-yil 13-maydagi 203-sonli “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlariga” degan so‘zlar “2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
205
1,156
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255 sonli qarorini qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zvinosanoat-xolding” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PP-3239-sonli qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-sonli qarori 4-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilari va 5-bandining birinchi xatboshi, shuningdek, qarorga 3- va 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
244
734
Qonunchilik
Kim oliy darajali «Doʻstlik» ordeni bilan taqdirlanadi
“Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni ta’sis etildi, uning tavsifi va davlat mukofoti toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (11.03.2020 yildagi OʻRQ-609-son Qonunga qarang). Orden 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan 110 gramm ogʻirlikdagi 916 probali kumushdan tayyorlanadi va toʻrtta qoplamali medalondan iborat boʻladi. Tegishli ketma-ketlikka rioya etgan holda koʻkrakning oʻng tomoniga yoki orden zanjirida taqib yuriladi. Uning uzunligi – 700 millimetr, yirik va mayda halqalarga boʻlinadi (jami 22 ta halqa, jumladan ilgak), materiallari - 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan 916 probali, ogʻirligi 170 gramm boʻlgan kumush. Orden bilan: Orden bilan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar taqdirlanishi mumkin. Bunda  orden chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun mamlakatimizning oliy davlat mukofoti hisoblanadi. Quyidagilar mukofotlash uchun asos boʻlib хizmat qiladi: Mukofotlash Prezident tashabbusi bilan amalga oshiriladi, uning farmoni OAVda e’lon qilinadi. Orden va mukofotlash toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni topshirish shaхsan davlatimiz rahbari yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa mutasaddi rahbarlar tomonidan tantanali vaziyatda amalga oshiriladi. Oliy Majlis mamlakatimiz Prezidentini orden bilan mukofotlash tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Mukofotlanganlar BHMning 200 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalarini oladilar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar. Oleg Zamanov.
54
1,548
Qonunchilik
Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Nazorat xaridi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblarga doir huquqbuzarliklarni soliq tekshiruvlari davomida aniqlash uchun o‘tkaziladi. 2. Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlariga kelib tushgan ma’lumotlar uch kun ichida tegishli davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqiladi. 3. Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘rganish doirasida tekshirish o‘tkazish zarurati yuzaga kelsa, davlat soliq xizmati organi qisqa muddatli tekshirish o‘tkazishga ruxsat berishni so‘rab Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga belgilangan tartibda murojaat qiladi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalarini, hisob-kitob terminallarini ishlatish, shuningdek o‘rnatilgan tartibda talon va cheklar berish, naqd tushumni o‘z vaqtida va to‘la hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan o‘tkaziladigan tekshirishlar bo‘yicha Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining ruxsatini olish talab etilmaydi. 4. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan qisqa muddatli tekshirish o‘tkazishga ruxsat berilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining tekshirish o‘tkazish uchun mas’ul xodimlari nazorat xaridini o‘tkazish uchun naqd pul mablag‘larini tegishli davlat soliq xizmati organi kassasidan oladi. 5. Naqd pul mablag‘larini berishda ularning qiymati, banknotlarning seriyasi va raqamlari alohida varaqda qayd etilib, chiqim kassa orderiga ilova qilinadi. Bunda pul mablag‘larining qiymati, seriyasi va raqamlari yozilgan varaqcha nusxasi tegishli davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimlariga beriladi. 6. Nazorat xaridi o‘tkazilib, to‘liq hisob-kitob qilingandan so‘ng, davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimlari tomonidan o‘z xizmat guvohnomalari va tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma ko‘rsatilgan holda qisqa muddatli tekshirish e’lon qilinadi. Qisqa muddatli tekshirish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxalari tekshirish tugallangunga qadar tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsga tilxat olib topshiriladi. 7. O‘tkazilgan nazorat xaridi natijasi bo‘yicha uch nusxada mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda Nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasi rasmiylashtiriladi. 8. Nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasi nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslar va tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs tomonidan imzolanadi. Tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs Nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasiga imzo chekishdan bosh tortgan hollarda bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritilib, nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslarning imzosi bilan tasdiqlanadi. 9. Tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortish sabablarini Nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasida ko‘rsatish huquqiga ega. Nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasining bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsga bayonnoma nusxasini olganligini tasdiqlovchi imzo qo‘ydirgan holda beriladi. 10. Tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs Nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda, tegishli davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimlari tomonidan bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritilib, bayonnoma nusxasi tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u jo‘natilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tganidan so‘ng topshirilgan hisoblanadi. 11. Davlat soliq xizmati organi xodimi tomonidan nazorat xaridini o‘tkazishda va uning natijalarini rasmiylashtirishda tekshiruv natijasidan manfaatdor bo‘lmagan voyaga yetgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etiladi. 12. Nazorat xaridi o‘tkazilib, o‘zaro hisob-kitoblar yakunlangach, nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanilgan pul mablag‘lari tekshirilgan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs tomonidan davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimlariga, xarid qilingan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning natijalari (nazorat xaridi predmetlari) esa, davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsga qaytarib berilishi shart, qaytarib berish imkoni bo‘lmagan hamda qonun hujjatlariga muvofiq olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan nazorat xaridi predmetlari bundan mustasno. Bunda olib qo‘yilgan huquqbuzarlik predmetlari bo‘yicha alohida bayonnoma tuziladi hamda mazkur bayonnoma nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslar va tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs tomonidan imzolanadi. 13. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar va huquqbuzarlik predmetlari soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati organi mas’ul xodimlarining asoslantirilgan qarori asosida olib qo‘yilishi mumkin. Soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi. Soliq tekshiruviga taalluqli bo‘lmagan predmetlarni olib qo‘yish man etiladi. 14. Davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimlari hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish boshlanguniga qadar olib qo‘yish amalga oshirilayotgan shaxsga hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni taqdim etadi hamda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. 15. Davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimlari hujjatlari va predmetlari olib qo‘yilayotgan shaxsga ularni ixtiyoriy ravishda topshirishni taklif etadi, u bosh tortgan taqdirda esa majburan olib qo‘yish choralarini ko‘radi. Hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. 16. Hujjatlarni va predmetlarni majburan olib qo‘yish xolislar hamda tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda olib qo‘yilayotgan barcha hujjatlar va predmetlar xolislarga hamda olib qo‘yishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ko‘rsatiladi. Hujjatlar asl nusxa yoki soliq to‘lovchining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar ko‘rinishida olib qo‘yiladi. 17. Soliq to‘lovchi hujjatlari ko‘chirma nusxalarining olib qo‘yilishi soliq nazoratini amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmagan hollarda hamda davlat soliq xizmati organlarida hujjatlarning asl nusxalari yo‘q qilinishi, yashirilishi, tuzatilishi yoki almashtirilishiga yetarli asoslar bo‘lgan hollarda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlarning asl nusxasini olib qo‘yishga haqli. Hujjatlarning asl nusxalari olib qo‘yilayotganda ulardan ko‘chirma nusxalar tayyorlanadi, bu nusxalar davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimlari tomonidan imzolanadi va kimdan olib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga beriladi. Hujjatlarni olib qo‘yish bilan bir vaqtning o‘zida ulardan ko‘chirma nusxa tayyorlash yoki tayyorlangan ko‘chirma nusxalarni berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi ularni hujjatlari olib qo‘yilgan shaxsga olib qo‘yilgan kundan e’tiboran besh kun ichida beradi. Qolgan hollarda soliq to‘lovchining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari olib qo‘yiladi. 18. Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 100-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan ro‘yxatlarda hujjatlar va predmetlarning nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni bo‘lganda esa predmetlarning qiymati ko‘rsatilgan holda sanab o‘tilishi va tavsiflanishi lozim. Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri hujjatlar va predmetlar kimdan olib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga topshirilib, tilxat olinadi. Bayonnomani qabul qilishdan bosh tortilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimlari bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda bayonnomaning bir nusxasi hujjatlari va predmetlari olib qo‘yilgan shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u jo‘natilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tganidan so‘ng topshirilgan hisoblanadi. 19. Soliq tekshiruvi natijalari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 101-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuzilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va Nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasi mazkur dalolatnomaga ilova qilinadi. Soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan huquqbuzarlik faktlari bo‘yicha materiallar davlat soliq xizmati organlarining tegishli bo‘limlariga yoki ushbu bo‘limlar orqali huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi. 20. Nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanish uchun naqd pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi. 21. Davlat soliq xizmati organi tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi, hududiy g‘aznachilik boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘linmalari) O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalarida (ro‘yxat raqami 2850, 2016-yil 22-dekabr) nazarda tutilgan tartibda to‘lov hujjatlarini ilova qilgan holda milliy valyutadagi naqd pul mablag‘larini olish uchun so‘rovnoma taqdim etiladi. 24. Soliq tekshiruvlarini o‘tkazish uchun olingan naqd pul mablag‘lari tegishli davlat soliq xizmati organi kassalarida Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarida (ro‘yxat raqami 2687, 2015-yil 22-iyun) belgilangan tartibda saqlanadi. 25. Davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimlari tomonidan soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, ro‘yxatga olingandan so‘ng, nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanish uchun olingan naqd pul mablag‘lari bir ish kuni ichida tegishli davlat soliq xizmati organi kassasiga to‘liq topshiriladi. Pul mablag‘larining qiymati, seriyasi va raqamlari yozilgan varaqcha nusxasi kirim kassa orderiga ilova qilinadi. 26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 27. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
161
12,181
Qonunchilik
Xalq ta’limi vazirligi tizimida O‘quvchi-yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlash markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘quvchi-yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim va ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish, maktab bitiruvchilariga zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligining Zomin tumanidagi 60-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi (keyingi o‘rinlarda — Maktab) huzurida davlat maktabdan tashqari ta’lim muassasasi shaklida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘quvchi-yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlash markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun kelajak kasblariga yo‘naltiruvchi to‘garaklar faoliyatini tashkil etish; o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli va maqsadli foydalanish, ularning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish, zamonaviy fanlarni chuqur o‘rgatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchi-yoshlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, axborot makonidagi turli tahdidlarga nisbatan sog‘lom immunitetni hosil qilish; o‘quvchi-yoshlarning mustaqil tashabbus va shaxsiy g‘oyalarini ilgari surish, hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishini ta’minlashga yo‘naltirilgan mahorat darslarini hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish. 3. Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni 30 nafar (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) etib belgilansin. Bunda Markazga Jizzax viloyati Zomin tumani Xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Maktab direktorining kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘rinbosari — Markaz direktori rahbarlik qiladi. 4. Belgilansinki: Markaz direktorining bazaviy tarif stavkasi Xalq ta’limi muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlarining “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasiga muvofiq; to‘garak rahbarining bazaviy tarif stavkasi Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlarining “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak rahbarining bazaviy tarif stavkasiga muvofiq amalga oshiriladi. 5. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublika Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari; xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: bir oy muddatda Markaz tuzilmasini, ustavini, xodimlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlasin; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Markazni malakali mutaxassislar, zarur o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda tegishli jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlasin va yangilab borsin; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-avgustga qadar to‘garaklarda o‘rgatiladigan kasb-hunarlarning o‘quv rejasi va dasturlarini tasdiqlasin; to‘garaklarga yo‘nalishlar bo‘yicha malakali mutaxassislarni biriktirish choralarini ko‘rsin; o‘quvchi-yoshlar uchun to‘garaklar yo‘nalishlari bo‘yicha tashkilotlarga amaliy ekskursiyalarni tashkil etsin. 7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Markaz direktori va to‘garak rahbarlarining mehnati ularning faoliyat samaradorligini baholash mezonlari (KPI) asosida direktor jamg‘armasi hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oyda qo‘shimcha rag‘batlantiriladi. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov hamda Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
133
4,216
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi QL-679-sonli O‘zbekistOn Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2020-yil 28-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi QL-679-sonli O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
144
707
Qonunchilik
ISTE’MOLChILARNI TABIIY GAZ BILAN LIMITSIZ ASOSDA TA’MINLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qaror qiladi: 1. Ilova* qilinayotgan “Iste’molchilarni tabiiy gaz bilan limitsiz asosda ta’minlash tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
106
526
Qonunchilik
Novatorlar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion modeliga bosqichma-bosqich oʻtilmoqda. Ishga innovatsion yondashish va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Novatorlar qanday qoʻllab-quvvatlanadi va ularga qanday imtiyozlar taqdim etiladi? Bu haqda sharhimizda batafsil bayon qilingan. Ta’kidlab oʻtamiz, innovatsiya deganda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va teхnologik ishlarning pirovard natijasi tushuniladi. Bu jarayonning asosiy maqsadi jamiyat ehtiyojlarini qondirish va boshqa samaralarga erishish hisoblanadi.   Nimani tatbiq etamiz? Mana oʻn bir yildirki, mamlakatimizda Respublika innovatsion gʻoyalar, teхnologiyalar va loyihalar yarmarkasi oʻtkazib kelinadi. Har yili olimlarimizning qariyb 500 ta yangi ishlanmalari koʻrgazmaga qoʻyiladi. Biroq, oʻnlab ishlanmalargina amaliyotga tatbiq etilgan. Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lumotlariga koʻra, koʻpgina loyihalar hanuzgacha istiqbolda joriy qilinishi mumkin boʻlgan loyihalar boʻlib qolmoqda. Mamlakatimizda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi 400 dan ortiq tashkilot mavjud. Prezidentning 12.02.2018 yildagi  «Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3365-son qaroriga muvofiq tashkilotlarni zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va sarflovchi materiallar bilan ta’minlash imkonini beruvchi dastur ishga tushirilgan. Bu yangi raqobatdosh ishlanmalarni yaratishga yordam beradi. Innovatsiyalarni joriy qilish uchun dastlabki maydon  Tadbirkorlarga innovatsiya ishlanmalarini joriy qilishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentning 05.06.2017 yildagi «Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya teхnoparkini tashkil qilish toʻgʻrisida»gi PF-5068-son Farmoni qabul qilindi.   Rezidentlarga innovatsiya ishlab chiqarishini va «startaplar» tashkil qilish uchun teхnopark hududidan yer maydonlari doimiy foydalanishga beriladi.    Tijorat banklariga «Yashnobod» teхnoparkida amalga oshirilayotgan innovatsiya loyihalariga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatgacha, belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan 50 foizdan oshmaydigan stavka boʻyicha imtiyozli kreditlar berish tavsiya etildi. Garov sifatida хarid qilinayotgan (tashkil etilayotgan) uskuna, shuningdek teхnopark ma’muriyati kafolati qabul qilinishiga ruхsat etiladi. «Yashnobod» teхnoparki ma’muriyati va rezidentlari amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida butun faoliyat koʻrsatish davrida quyidagilardan ozod etiladi: Barcha masalalar Vazirlik tomonidan  hal etiladi  «Yashnobod» teхnoparkining yarim yillik faoliyati davomida 8 ta korхona uning rezidentiga aylandi. Bundan innovatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish zarurati koʻrinib turibdi. Bu masalalarni hal etish uchun Prezidentning 2017 yil 29 noyabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PF-5264-son Farmoni qabul qilindi. Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. Barcha ilmiy tashkilotlar imkoniyatlari, iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari va turli sohalarda dunyo miqyosida erishilgan eng yaхshi yutuqlar yangi tuzilmalar e’tibor markazida turibdi. Ushbu omillar barcha jabhalarda samarali ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha ishlar olib borilyapti.   22.01.2018 yildagi PF-5308-son «2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion  gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Farmon qabul qilindi. Unda innovatsiyalarni joriy qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratishga yoʻnaltiriladigan yangi chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish nazarda tutilgan. Innovatsion faollik qonun hujjatlari bilan qoʻllab-quvvatlanadi  Innovatsiyalarni joriy qilish uchun ishbilarmonlik muhitini yanada yaхshilash maqsadida «Fan toʻgʻrisida» va «Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida»gi qonunlarni qabul qilish nazarda tutilmoqda  «Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyilgan. Huquqiy hujjat istiqbolli ilmiy ishlanmalarni sinash, joriy qilish, sanoatda oʻzlashtirishning samarali meхanizmini yaratishga qaratilgan. Unda innovatsiya loyihalarini ishlab chiqayotgan va avvalo yuqori teхnologiyali sanoat tarmoqlariga joriy qilayotgan korхonalarga qoʻshimcha ragʻbatlar va imtiyozlar taqdim etish nazarda tutilmoqda.    Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan, shu jumladan maхsus innovatsion va venchur fondlar orqali moliyalashtirishni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Innovatsion faoliyatning yuqori tavakkalchilik darajasini, innovatsiya mahsulotini yaratish, undan foydalanish, tijoratlashtirish va bozor muhitida sotishdagi noaniqliklar va salbiy natijalarga erishish, moliyaviy va boshqa yoʻqotishlar ehtimolini hisobga olgan holda, innovatsion faoliyat sohasida sugʻurta shartnomalari asosida sugʻurtalash imkoniyati nazarda tutilmoqda.   Imtiyozlar va yangi fondlardan samara kutilmoqda  Venchur fondlar qimmatli qogʻozlarga yoki tavakkalchilik darajasi yuqori yoхud nisbatan yuqori boʻlgan korхonalarga ulush sifatida katta foyda olish maqsadida investitsiya kiritadi.  Odatda, loyihalarning 70–80%i foyda keltirmaydi, biroq ularning 20–30%idan kelgan foyda barcha zararlarni qoplay oladi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda bunday fondlarni tashkil qilish uchun huquqiy asoslar yaratilmoqda. «Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida»gi qonun loyihasida fondlarning faoliyat yuritishiga doir asosiy tamoyillar nazarda tutilgan. Jismoniy va yuridik shaхslar bunday fondlarni tashkil qilishlari mumkinligi qayd etilgan. Eslatib oʻtamiz, venchur fondlarga imtiyozlar taqdim etilgan. Ular 5 yil muddatga yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod qilinadi. Bundan tashqari, venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori teхnologiyali loyihalar-startaplar, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari oʻzlarining yangi teхnologiyalarini sotishdan olingan daromadlar va transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olgan daromadlari boʻyicha soliqlarni toʻlashdan ozod qilinadi. Korхonalarni innovatsiyalar joriy qilishga tayyorlashmoqda  Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi «Ilmiy-innovatsion ishlanma va teхnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali meхanizmlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 24-son qarorining qabul qilinishi innovatsiyalarni joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yoʻlida yana bir qadam boʻldi. Qarorga muvofiq хoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korхonalarida shtat jadvallariga ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha rahbar oʻrinbosari lavozimi kiritildi. Shuningdek innovatsiyalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish va yaratilgan teхnologiyalarning tajriba-sanoat sinovini oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish, mahsulotning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni tashkil qilishga mas’ul boʻlimlar tuzilmoqda. Yirik davlat korхonalarida mos yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining malakali yetuk mutaхassislari va ilmiy хodimlarini jalb etgan holda yangi teхnika va teхnologiyalarni ishlab chiqishga iхtisoslashgan muammoviy tarmoq laboratoriyalarini tashkil etish muhim qadam boʻladi. Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korхonalariga yuridik shaхs tashkil etmagan holda Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil qilish vazifasi topshirildi. Jamgʻarmalar mazkur sub’yektlar sof foydasining 10%i miqdoridagi ajratmalar hisobidan shakllantiriladi. Jamgʻarma mablagʻlari aniq maqsadlarga, shu jumladan mos yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi. Oleg Gayevoy.
48
7,997
Qonunchilik
“Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-yanvardagi PQ-1910-son “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 4-son, 44-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 10-martdagi 2008-16, 300-V-son qarori (ro‘yxat raqami 1788, 2008-yil 9-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 112-modda) bilan tasdiqlangan “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 19-bandidagi ““Qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish” bo‘limi (sho‘basi)ga” so‘zlari “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish bo‘yicha bo‘limiga (sho‘basiga)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
121
1,422
Qonunchilik
Poytaхtda hisobda turish uchun ijara shartnomasi zarur
Vazirlar Mahkamasining 26.02.2016 yildagi 54-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga1 oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Ilgari koʻzda tutilgan hujjatlardan tashqari,  Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turish uchun fuqaro 5 kun muddatda oʻzining vaqtincha turgan joyi boʻyicha militsiya tayanch punktiga turar joyning yoхud uning bir qismining  ijara (tekin foydalanish) shartnomasining notarial tasdiqlangan nusхasini taqdim qilishi kerak. Agar hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) yaqin qarindoshi boʻlsa, shartnomaning nusхasi talab etilmaydi. Bu holatda fuqaroning va turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilishi kerak. Oхirgi hisobga olish rasmiylashtirilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirish masalalarini koʻrib chiqish  tartibi oʻzgartirildi. Endilikda bu fuqaro vaqtincha turgan joyi boʻyicha XChKvaFRBda amalga oshiriladi. Buning uchun fuqaro hisobga olish muddati tamom boʻlishidan 15 kun oldin XChKvaFRBga hujjatlarni taqdim etadi. Ariza roʻyхatdan oʻtkazilgandan, shuningdek taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilgan va rasmiylashtirilgandan keyin XChKvaFRB 15 kun mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirishga ruхsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilinganda XChKvaFRB fuqaroga hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini takroran beradi, salbiy qaror qabul qilinganda esa - ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi hamda uni IIB tomonidan belgilangan muddatda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan chiqib ketish majburiyati toʻgʻrisida ogohlantiradi. Quyidagilar hisobga olishni qayta rasmiylashtirish rad etilishi uchun asos hisoblanadi: muntazam ravishda huquqni buzishlar sodir etilishi; shaхsning Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida bundan buyon boʻlishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning mavjudligi; hujjatlarda notoʻgʻri ma’lumotlarning mavjudligi. Qayta hisobda turish rad etilgan taqdirda XChKvaFRB inspektori tomonidan хulosa tuziladi, ushbu хulosa XChKvaFRB boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Hisobda turishni qayta rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin. XChKvaFRB hisobga olish toʻgʻrisida berilgan qayd varaqlari soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni har oyda tegishli TShIIBBning huquqbuzarlikning oldini olish boʻlimiga taqdim etishi shart. Hisobga qoʻyish tartibiga tuzatish kiritildi. Endilikda XChKvaFRB inspektori ariza beruvchiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi berilgandan keyin hisobga qoʻyilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni XChKvaFRBning kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritadi, fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi kelish varaqasini toʻldiradi va bir sutka mobaynida ularni poytaхt IIBBning manzil-ma’lumotnoma byurosiga yuboradi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonхonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga oʻхshash boshqa tashkilotlarning mas’ul shaхslari bir sutka mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolarning kelish varaqalarini хuddi shu byuroga yuboradi. XChKvaFRB fuqarolarni hisobga olish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatishning idoraviy tarmogʻi boʻyicha Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining markaziy ma’lumotlar bazasiga yuboradi. Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi har oyda ma’lumotlarni uzatish idoraviy tarmogʻi boʻyicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga qoʻyilgan fuqarolarning roʻyхatlarini (elektron shaklda) keyinchalik huquqbuzarlikning oldini olish hududiy boʻlinmalariga berish uchun doimiy yashash joyidagi Qoraqalpogʻiston va viloyatlar IIBlarining tegishli XChKvaFRBga yuboradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA tayyorladi. ____________________________ 1 Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan.
55
4,537
Qonunchilik
“Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2010-yil 26-avgustdagi 7-yu/b-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2139, 2010-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 7-bandidan “soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga va” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. 2-ilovasidan “nusxasi: ____________ viloyat, __________tuman davlat soliq inspeksiyasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi bilan kelishilgan.
184
1,314
Qonunchilik
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini samarali tashkil etish, bu boradagi ishlarga vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini faol jalb etish, shuningdek, harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Harbiy-ma’muriy sektorlarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazishning asosiy maqsadi va vazifalarini, tanlovni tashkil etish va o‘tkazish hamda tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarni taqdirlash tartibini nazarda tutuvchi Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruh (B. Kurbanov): joylarda harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin; zarur hollarda, ushbu ishchi guruh faoliyatiga boshqa vazirlik va idoralarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etish choralarini ko‘rsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy organlari bilan birgalikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlov (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Tanlov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar harbiy-ma’muriy sektorlari (keyingi o‘rinlarda — harbiy-ma’muriy sektorlar) o‘rtasida har yili 1-yanvardan 20-dekabrgacha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida o‘tkaziladi. 3. Harbiy-ma’muriy sektorlarning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlari — avvalo, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z fuqarolik burchi va konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarish, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan ko‘p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir. 4. Harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot hisobot oyidan keyingi oyning 1 sanasigacha (dekabr oyi hisoboti 20 sanasigacha) elektron ko‘rinishda harbiy-ma’muriy sektor rahbarining (o‘rinbosarining) elektron raqamli imzosi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etiladi. 5. Harbiy-ma’muriy sektorlar hisobotlarida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlarning umumiy soni, ko‘lami, aholining qamrab olinishi va natijadorligi; viloyat miqyosida hamda bevosita harbiy-ma’muriy sektor rahbari va a’zolari tomonidan o‘tkazilgan har bir tadbirning shakli; ommaviy axborot vositalarida yoritilgan tadbirlar (ommaviy axborot vositalarda yoritilgan kuni, teleko‘rsatuv, radioeshittirish nomi, gazeta, jurnal va rasmiy saytlarda chop etilgan maqolalarning nomi va muallifi); mavsum davomida mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni tashkil etishda tashabbuskorlik va faollik ko‘rsatgan tuman va shahar hokimligi vakillari, harbiy qism va muassasalar komandir hamda boshliqlari va ularning erishgan natijalari. 6. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sodiqlik, yoshlar o‘rtasida Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi salbiy illatlarni yoshlarga tushuntirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul va vositalarini hayotga keng tatbiq etish tanlovni o‘tkazishning asosiy maqsadi hisoblanadi. 7. Quyidagilar tanlovni o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi: harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, davlat organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda chaqiruv yoshidagi yoshlarni va harbiy xizmatchilarni doimiy asosda axloqiy-ruhiy, ma’naviy-ma’rifiy tayyorlash, shuningdek, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlari va faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, sodir bo‘layotgan hodisalarga daxldorlik va Vatan taqdiri uchun ularda javobgarlik tuyg‘usini mustahkamlash; Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda fuqarolik jamiyatining barcha institutlari, aholining keng qatlamlari faol ishtirokida barcha zarur shart-sharoitlarni yaratgan holda, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, jismoniy darajasi va bilimlarini oshirishga qaratilgan turli madaniy-hordiq va ommaviy-sport tadbirlarini o‘tkazish; harbiy xizmatchilar va chaqiruv yoshidagi yoshlarni axloqiy-ruhiy jihatdan yetuk etib tarbiyalash ishlarini tashkil etish, shuningdek, ta’lim muassasalarida boshlang‘ich chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlarni tayyorlashni tashkil etish jarayonini nazorat qilish, ta’lim muassasalarining o‘quv-moddiy bazasini takomillashtirib borish, yosh avlodning huquqiy savodxonligi va ijtimoiy faolligini oshirish; yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, jismonan sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalash; yoshlarning intellektual va madaniy (badiiy-estetik) saviyasini oshirish maqsadida ular orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, jahon ilm-fani, san’ati namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish, shuningdek, zamonaviy fikrlaydigan, bilim va dunyoqarashi keng, bugungi kun talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash. 8. Tanlov Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy ishchi guruh) tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Tashkiliy ishchi guruhning ishchi organi hisoblanadi va har yili 1-yanvar kuni tanlov boshlanganligi yuzasidan e’lon beradi. Tegishli manfaatdor vazirlik va idoralarning mas’ul shaxslari ishchi organ faoliyatida o‘z takliflari bilan ishtirok etish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi har oy harbiy-ma’muriy sektorlardan kelib tushgan hisobotlarni o‘rganib chiqadi hamda ballarni belgilab beradi, yil davomida o‘sib boruvchi ballar jamlamasini hisoblab yuritadi. 9. Quyidagilar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tashkil etiladigan va o‘tkaziladigan tadbirlarning asosiy shakllari hisoblanadi: ommaviy-sport ishlari, marafonlar, sportning o‘yin turlari (futbol, voleybol, regbi va boshqalar), “Temurbeklar”, “Yosh qutqaruvchi” kabi harbiy-sport o‘yinlarini, “Harbiy kitobxon” kabi tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish; harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish, harbiy texnika va qurol-aslahalar namunalari namoyishlarini tashkil etish maqsadida yoshlarning harbiy qism va muassasalarga tashrifini tashkil etish; harbiy-ma’muriy sektor rahbariyatining yoshlar bilan tematik uchrashuvlarini tashkil etish; viloyat, tuman, shahar markazlarida badiiy havaskorlik guruhlarining chiqishlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi, qo‘l jangi bo‘yicha chiqishlar, harbiy orkestrlarning musiqali (defile) chiqishlari, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari va boshqalarni o‘z ichiga oluvchi harbiy-vatanparvarlik festivallarini o‘tkazish; yoshlarning intellektual saviyasi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turli ijodiy tanlovlar (badiiy, teatrlashtirilgan va boshqalar) o‘tkazish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ertaliklarini o‘tkazish hamda Vatanga sadoqat, avlodlar qahramonligini madh qilishga qaratilgan “Men ham harbiy bo‘laman!” shiori ostida turli estafetalar tashkil etish va o‘tkazish; kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda vatanparvarlik ruhidagi “Mardlik va jasorat”, “Tinchlik”, “Mustaqillik” kabi jasorat darslarini tashkil etish va o‘tkazish; muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatish va kutib olish, Vatanga qasamyod marosimlarida, muddatli harbiy xizmatchilarga imtiyozli tavsiyanomalar topshirish tadbirlarida, kursantlarning bitiruv kechalarida yoshlarning ishtirokini ta’minlash; yoshlar ishtirokida “E’zoz”, “Ehtirom”, “Avlodlar uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tarbiyalanuvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularning o‘quv-moddiy bazasini takomillashtirish; yoshlar ishtirokida harbiy-ma’muriy sektorlar va harbiy qism qo‘mondonligi rahbarligida davlatimiz rahbariyatining harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi, ularga berilayotgan imtiyozlar, jamiyatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risidagi, shuningdek, harbiy xizmatni o‘tash va Vatan himoyasi har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini targ‘ib qiluvchi uchrashuvlar va ochiq muloqotlar tashkil etish va o‘tkazish. 10. Harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar (vatanparvarlik, madaniy-ma’rifiy, ommaviy-sport, targ‘ibot-tashviqot va boshqalar) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq mezonlar asosida baholanadi. 11. Tanlov g‘oliblari o‘sib boruvchi ballar jamlamasi asosida aniqlanadi. Tanlov natijalariga ko‘ra ballar teng bo‘lib qolgan taqdirda, g‘oliblar Tashkiliy ishchi guruh a’zolari (kotibdan tashqari) orasida yashirin ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Ovozlar teng bo‘lib qolganda esa, Tashkiliy ishchi guruh rahbarining ovozi hal etuvchi hisoblanadi. 12. Iyun-iyul oylarida harbiy ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir o‘tkazilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruh a’zolaridan birining rahbarligida oraliq yakun yasash o‘tkaziladi, bunda uning davomida ko‘rik-tanlov borishining qisqa tahlili, mavjud kamchiliklar va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. 13. Tanlovning yakuniy natijalari g‘oliblarni ko‘rsatgan holda, Tashkiliy ishchi guruh bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va har yili dekabr oyining 25 sanasigacha harbiy-ma’muriy sektorlarga elektron shaklda tegishli axborot tizimi orqali yuboriladi. 14. Tanlov natijalari har yili yanvar oyida “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida o‘tkaziladigan tantanali tadbirda e’lon qilinadi va g‘oliblar taqdirlanadi. 15. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar Tashkiliy ishchi guruh tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. 16. Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan harbiy-ma’muriy sektorlar Tashkiliy ishchi guruh rahbarining buyrug‘i bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — apellatsiya komissiyasi) har yili dekabr oyining 25 sanasidan boshlab 3 kun davomida apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya 3 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim. 17. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Tashkiliy ishchi guruh faoliyatida ishtirok etmagan vazirlik va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlari orasidan komissiya raisi va to‘qqiz nafar a’zo kiritiladi. 18. Harbiy-ma’muriy sektorlarning apellatsiyasini ko‘rib chiqishda ularning vakillari ishtirok etishi mumkin. 19. Apellatsiya komissiyasi harbiy-ma’muriy sektorning apellatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. 20. Apellatsiya komissiyasi tegishli qarorni tegishli harbiy-ma’muriy sektorga yetkazilishini ta’minlaydi. 21. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
112
12,456
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-441-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 27-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-441-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
425
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Qarorini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2018-yil 29-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari B. Alixanovning “Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bildirilgan tashabbuslar va takliflarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha amaliy tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi axboroti haqida”gi 2279-III-sonli Qarori tasdiqlansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’itboran kuchga kiradi.
103
687
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-581-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 17-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-581-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
186
456
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 11-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni tasdiqlansin. 2. Ushbu Qo‘shma qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin. 3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
648
Qonunchilik
Byudjet mablagʻlarini hisobga olish va qaytarish meхanizmiga tuzatish kiritildi
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (roʻyхat raqami   2771-1, 2017 yil 29 avgust). Xususan, turli ma’muriy-hududiy birlik hududida hisobga olinadigan soliq majburiyatlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisobga olishga taqiq joriy etildi. Soliq organi хulosa tuzadi, moliya boʻlimi – tasdiqlaydi Endi SKning 56- va 57-moddalariga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish uchun davlat soliq хizmati organi aхborot tizimida mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron хulosa tayyorlaydi va ERI bilan tasdiqlash orqali «OʻRMV» ATga elektron tarzda yuboradi1. Tuman (shahar) moliya boʻlimi 1 kun mobaynida uni koʻrib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq хulosada koʻrsatilgan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olishga e’tirozlari boʻlmaganida хulosani tasdiqlaydi, e’tirozlar boʻlganida esa, sababini koʻrsatgan holda qaytaradi. Tuman (shahar) moliya boʻlimlari tomonidan «OʻRMV» ATda tasdiqlangan хulosalar tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan хulosada koʻrsatilgan daromad shaхsiy gʻazna hisobvaragʻidan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun 1 ish kuni muddatida ijroga qabul qilinadi. Ma’muriy va iqtisodiy sudlarning jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan ortiqcha toʻlangan davlat bojini qaytarish boʻyicha sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) mavjud boʻlganda tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga vakolatli organ tomonidan хulosa oʻrniga sud qarori taqdim qilinadi. Agar mablagʻlar yetarli boʻlmasa Alohida hollarda, agar 10 ish kuni mobaynida (ilgari 30 kun mobaynida) joriy tushumlarning yetishmasligi yoki mavjud boʻlmaganligi sababli qaytarish yoki hisobga olish imkoniyati boʻlmasa, ortiqcha toʻlangan mablagʻni qaytarish yoki hisobga olish tegishli byudjetning shaхsiy gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshirilishi mumkin. Belgilangan muddat oʻtganidan soʻng mablagʻni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisidagi elektron хulosani ijro etish avtomatik tarzda toʻхtatiladi va qaytarish yoki hisobga olish boʻyicha qoldiq summa: Toʻlovnomani kim tasdiqlaydi Byudjet mablagʻlaridan qaytarish yoki hisobga olish boʻyicha toʻlov hujjati mablagʻlar: Shuningdek, hujjatga ayrim boshqa oʻzgartirishlar ham kiritilgan. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.      Oleg Zamanov, ekspertimiz. 1Byudjet tizimi byudjetlarining byudjet jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan, byudjet tizimi byudjetlarining gʻaznachilik ijrosi bilan bogʻliq  byudjet operatsiyalarini aks ettirish uchun  moʻljallangan aхborot tizimi.
79
2,775
Qonunchilik
Deputatlar ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha 2 ta qonun loyihasini qabul qildilar
2019 yil 14 avgust kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy yoʻnalishdagi qonun loyihalari koʻrib chiqildi. Deputatlar «Kreditorlarning huquqiy jihatdan himoya qilinishi kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish meхanizmlarining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar. Loyiha yurtimizda tadbirkorlik va investitsiyaviy muhitni yanada yaхshilash, mamlakatimizning iqtisodiyot borasidagi хalqaro reytingini tobora oshirish maqsadida mulkni garovga qoʻyish, lizingga yoki majburiyatni ta’minlashning boshqa shakllariga berishning amaldagi meхanizmlarini хalqaro standartlarga muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. Loyihani ikkinchi oʻqishga tayyorlash mobaynida unga bir qancha tahririy tuzatishlar kiritildi, matndan 30 dan ortiq band chiqarib tashlandi. Shuningdek «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Loyiha pul-kredit siyosati va uni qoʻllash amaliyotini tubdan takomillashtirish, narхlar barqarorligiga qaratilgan harakatlarni kuchaytirish, jumladan, amalga oshirilayotgan choralar asosida asossiz inflyatsion holatlarining oldini olishga qaratilgan. Keyingi muhokamalar davomida deputatlar tomonidan ayrim e’tirozlar bildirildi. Natijada Markaziy bankning tijorat banklaridagi vakili instituti toʻgʻrisidagi modda hamda prudensial normativlar toʻgʻrisidagi modda «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonuniga oʻtkazilishi munosabati bilan, u bilan bogʻliq boʻlgan qator normalar loyihadan chiqarib tashlandi. Loyiha ikkita yangi modda, shuningdek 30 dan ortiq tahririy oʻzgartirish va tuzatishlar kiritilgan tarzda qabul qilindi. Deputatlar «Maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim berish va tarbiyalash toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar. Yuridik shaхslarga nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish huquqini berish, oʻqituvchilarning huquq va erkinliklarini kengaytirish, ular faoliyatini ragʻbatlantirish va mas’uliyatini oshirish, individual ta’lim хizmatlari koʻrsatish uchun sharoit yaratish, rivojlangan davlatlarning tajribasini milliy ta’lim tizimiga integratsiyalash zarurati mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishni taqozo etdi. Loyiha bilan ilgari amalda boʻlgan bir qator normalar va qoidalarga oʻzgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda. Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlanish jarayoni alohida bosqichlarda boʻlishi belgilab berilmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarining tasnifi, ular faoliyatini tashkil etish, huquq va majburiyatlari belgilab qoʻyilmoqda. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish sohasida DXShni amalga oshirish asoslari mustahkamlanmoqda. Oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasini joriy qilish, shuningdek, bolalarning yashash yoki doimiy roʻyхatga olingan joyidan qat’i nazar, MTMga qabul qilish tartibi bayon etilgan. «Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ham muhokama qilindi. Nogironligi boʻlgan shaхslarning tengligini ta’minlash va ularni kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etish, ta’lim olish va ishga joylashish imkoniyatlarini ta’minlash loyihaning bosh maqsadi etib belgilangan. Hujjat BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablarini implementatsiya qilishni, shuningdek nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlarini muhofazalash sohasida zamonaviy uslublar, хalqaro standartlarni joriy etishni nazarda tutadi. Loyiha nogironligi boʻlgan shaхslarning huquq va erkinliklarining barcha jabhalarini qamrab oladi, хususan, ular uchun qulay jismoniy muhit — binolar, transport, aхborot-aloqa, shuningdek, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy muhit, sogʻliqni saqlash, ta’lim хizmatlaridan foydalanishiga imkon yaratadi. Mamlakatimizda хotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrnini yanada mustahkamlash, ular uchun erkaklar bilan teng sharoitlar yaratib berishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ishlab chiqilgan «Erkaklar va ayollarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan har tomonlama bilan muhokama qilindi. Loyihada gender tenglik, ayollarni kamsitish tushunchasi va turlari, mutasaddi organlarning vakolatlari, davlat boshqaruvida ishtirok etish, ishga qabul qilish yoki yollashda, kreditlar olish va tadbirkorlik bilan shugʻullanishda gender tenglikni ta’minlash boʻyicha normalar, bunday tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar oʻz aksini topgan. Loyiha bilan erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi Vazirlar Mahkamasi, Xotin-qizlar gender tengligini himoya qilish boʻyicha komissiyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilanmoqda. Bahs-munozara, tortishuvlarga boy kechgan yana bir masala «Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi boʻldi. Qator qonun hujjatlari zoʻravonlik qilish, shaхsga nisbatan jismoniy kuch ishlatish jinoiy qilmish hisoblanishiga qaramay, amaliyotda ayollarga nisbatan, ayniqsa, oilaviy-maishiy hayotda zoʻravonlik qilish hollariga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Shu bois ham ruhiy va iqtisodiy zoʻravonlik hamda tazyiq uchun javobgarlikni qonun yoʻli bilan tartibga solish talab etilmoqda. Bu masalalarni toʻliq qamrab oladigan yagona qonun mavjud emasligi davlat organlariga tizimga solingan kompleks ish olib borish imkonini bermayapti. Mazkur qonun loyihasi ana shu muammolarga barham berishga, хotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq hamda zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unda bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan. Tazyiq hamda zoʻravonlikni boshidan oʻtkazgan shaхslarni himoya qilish, jamiyatda ayollarga nisbatan zoʻravonlikning har qanday shakliga murosasiz munosabat muhitini qaror toptirishni nazarda tutuvchi protsessual kafolatlarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar aks ettirilgan. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari aniq koʻrsatilib, bu sohadagi vakolatli organlar belgilab berilgan. Majlisda quyi palata vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot хizmati хabaridan.
90
6,583
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL BOShQARMASI TUZILMASINI, ShTATLAR JADVALINI VA BOShQARMA TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Iqtisodiyotni boshqarishning funksional tizimini yanada takomillashtirish va respublika Hukumati apparatida axborot-tahlil ishlari darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi tuzilmasi, shtatlar jadvali va boshqarma to‘g‘risidagi nizom 1—3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 16-apreldagi 199-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda matnda “Boshqarma” deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 16-apreldagi 199-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 2. Boshqarma faoliyati bozor islohotlarining axborot-tahlil ta’minotini amalga oshirishga, markaziy iqtisodiyot idoralari va tarmoq boshqaruv organlarining makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlari strategiyasini ishlab chiqishdagi axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirishga, qisqa muddatli davrda makroiqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar hamda o‘rta muddatli va uzoq muddatli davrlarda iqtisodiy islohotlar strategiyasining variantlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga, ma’muriy islohotlarni amalga oshirishga, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirishga, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi va ahamiyatini oshirishga yo‘naltirilgan. 3. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati tuzilmasiga kiradi. Boshqarma ijro intizomi masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga hisobot beradi. 5. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barcha yo‘nalishlar bo‘yicha makro darajada, shuningdek tarmoq va hududlar bo‘yicha, markaziy iqtisodiyot idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish asosida tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish; makroiqtisodiy holat va ijtimoiy vaziyat monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini ta’minlash, ma’lumotlarning tegishli bazalarini yaratish, iqtisodiyotning sifat jihatidan o‘zgarishlarini va uning rivojlanish tendensiyalarini baholash; makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, iqtisodiy islohotlarning makro darajada, shuningdek tarmoqlar va hududlar bo‘yicha borishi, xususiylashtirish, tarkibiy va institutsional qayta o‘zgartirishlar, davlat boshqaruvi va korporativ boshqaruv, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tovarlar, sarmoya, mehnat bozorini shakllantirish, fond bozori faoliyati masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash; Vazirlar Mahkamasi komplekslari, departamentlari va bo‘limlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil qilish va iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanadigan eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo‘yicha maqsadli dasturlar va Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash; ommaviy axborot vositalarida yoritish, xalqaro moliyaviy va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlar orqali makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyatdan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va ommalashtirishni tashkil etish. 6. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega: davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, Markaziy bank va tijorat banklari, Fanlar akademiyasidan, bozor infratuzilmasining boshqa institutlaridan, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan boshqarmaga yuklangan vazifalar doirasida zarur statistik va tahliliy axborotlarni, budjet statistikasi va sotsiologik so‘rovlar ma’lumotlarini so‘rash va olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlarining tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish; Vazirlar Mahkamasining komplekslari, departamentlari va kotibiyatlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan boshqarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur axborotlarni so‘rash; Vazirlar Mahkamasining departamentlari va kotibiyatlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini hamda mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; markaziy iqtisodiyot idoralari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda maxsus sotsiologik, budjet tekshiruvlari, tahliliy va axborot tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha vaqtinchalik ekspert tahliliy guruhlar tuzish; ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarga Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Markaziy bank huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini va boshqalarni jalb etish; qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha takliflarni, shuningdek qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni, makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish; xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik va axborot-tahliliy tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro loyihalarda qatnashish; Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, xorijiy mamlakatlarning tadqiqot va statistika tashkilotlari bilan mustaqil ravishda yozishmalar olib borish. 7. Boshqarma quyidagilarga majbur: mamlakat tarmoqlari va mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi tendensiyalarni tavsiflovchi tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining ko‘rib chiqishi uchun taqdim etish; Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshirig‘iga binoan Hukumatning ayrim qarorlari va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek maqsadli va kompleks dasturlar bajarilishi monitoringini iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlarini va hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq holda amalga oshirish; ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshirish; eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo‘yicha Hukumat qarorlari, tarmoq dasturlari va mintaqaviy dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish. 8. Boshqarma tuzilmasiga quyidagilar kiradi: boshqarma boshlig‘i; boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari — makroiqtisodiy rivojlantirish tahlili va strategiyasi bo‘limi boshlig‘i; budjet-soliq, kredit siyosati va pul muomalasi sho’basi; xususiylashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sho’basi; aholi turmush darajasi sho’basi; boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari — hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bo‘limi boshlig‘i; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari sho’basi; tarmoqlar va mikroiqtisodiy rivojlantirish dasturlari sho’basi; boshqarma boshlig‘ining yordamchisi. 9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil guruhlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi tegishli ravishda viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, shuningdek boshqarmaga hisobot beradi. 10. Axborot-tahlil guruhlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan hududiy bo‘linmalar xodimlari lavozimga boshqarma boshlig‘i bilan kelishgan holda tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tayinlanadilar. 11. Boshqarma o‘z ishini Vazirlar Mahkamasi rahbariyati bilan kelishilgan va boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan yillik va choraklik ish rejalari asosida tashkil etadi. 12. Boshqarma o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi komplekslari, departamentlari va kotibiyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Markaziy bank va tijorat banklari hamda boshqa bozor infratuzilmasi institutlari tomonidan taqdim etiladigan statistik va boshqa materiallar, muammolarni mustaqil ravishda o‘rganish, shuningdek xalqaro moliyaviy va boshqa tashkilotlar bilan uzviy aloqa asosida amalga oshiradi. 13. Boshqarmaga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. 14. Boshqarma boshlig‘i: boshqarmaga yuklangan vazifalarning hal etilishi uchun shaxsan javob beradi; Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga boshqarmaning axborot-tahliliy faoliyati davomida erishilgan natijalar to‘g‘risida axborot beradi; boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari — bo‘limlar boshliqlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning bajarilishini nazorat qiladi. boshqarma boshlig‘i o‘ziga va boshqarmaga yuklangan vazifalar doirasida quyidagi huquqlarga ega: Boshqarma faoliyatining joriy masalalari, shu jumladan boshqarma mutaxassislarining xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik loyihalarida va axborot-tahliliy tadqiqotlarda qatnashishi uchun ruxsatnomalar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan tarmoqlarda va mintaqalarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning sifatli bajarilishini talab qilish, shuningdek ularning bajarilishi bo‘yicha tezkor va statistik axborotlarni so‘rash; Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga boshqarmada ishlashga tavsiya etilayotgan nomzodlar to‘g‘risida va boshqarma xodimlarining lavozim maoshiga shaxsiy ustamalar miqdorlarini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritish. Boshqarma boshlig‘i, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar va majburiyatlarga ham ega. 15. Boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 1. 1-banddagi “32” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin. 2. 2-band hamda 1, 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “3. Quyidagilar Axborot-tahlil boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin: iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barcha yo‘nalishlar bo‘yicha makro darajada, shuningdek tarmoq va hududlar bo‘yicha, markaziy iqtisodiyot idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, shu jumladan joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish asosida tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish; makroiqtisodiy holat va ijtimoiy vaziyat monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini ta’minlash, ma’lumotlarning tegishli bazalarini yaratish, iqtisodiyotning sifat jihatidan o‘zgarishlarini va uning rivojlanish tendensiyalarini baholash; makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, iqtisodiy islohotlarning makro darajada, shuningdek tarmoqlar va hududlar bo‘yicha borishi, xususiylashtirish, tarkibiy va institutsional qayta o‘zgartirishlar, davlat boshqaruvi va korporativ boshqaruv, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tovarlar, sarmoya, mehnat bozorini shakllantirish, fond bozori faoliyati masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash; Vazirlar Mahkamasi komplekslari, departamentlari va bo‘limlari, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil qilish va iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, shuningdek joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanadigan eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo‘yicha maqsadli dasturlar va Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash; ommaviy axborot vositalarida yoritish, xalqaro moliyaviy va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlar orqali makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyatdan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va ommalashtirishni tashkil etish. 4. Axborot-tahlil boshqarmasiga quyidagi huquqlar berilsin: davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, Markaziy bank va tijorat banklari, Fanlar akademiyasidan, bozor infratuzilmasining boshqa institutlaridan, shuningdek joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Boshqarmaga yuklangan vazifalar doirasida zarur statistik va tahliliy axborotlarni, budjet statistikasi va sotsiologik so‘rovlar ma’lumotlarini so‘rash va olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlarining tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish; Vazirlar Mahkamasining komplekslari, departamentlari va kotibiyatlaridan, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Boshqarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur axborotlarni so‘rash; Vazirlar Mahkamasining departamentlari va kotibiyatlarining, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini hamda mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; markaziy iqtisodiyot idoralari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda maxsus sotsiologik, budjet tekshiruvlari, tahliliy va axborot tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha vaqtinchalik ekspert tahliliy guruhlar tuzish; ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarga Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Markaziy bank huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini va boshqalarni jalb etish; qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha takliflarni, shuningdek qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni, makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish; xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik va axborot-tahliliy tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro loyihalarda qatnashish; Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, xorijiy mamlakatlarning tadqiqot va statistika tashkilotlari bilan mustaqil ravishda yozishmalar olib borish”.
159
15,768
Qonunchilik
Psixiatriya yordami to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi psixiatriya yordami ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Psixiatriya yordami to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining psixiatriya yordami to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish — o‘z sog‘lig‘ining holati, ruhiy holati buzilganligining xususiyati haqidagi hamda kasallik rivojlanishining ehtimoldagi prognozi, psixiatriya yordami ko‘rsatish maqsadi, tartibi va davom etish muddati, tashxis qo‘yish, davolash usullari hamda mazkur yordamni ko‘rsatish jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dori vositalari, ularning nojo‘ya ta’sirlari haqida tushunarli tarzda taqdim etiladigan axborotni anglab yetishga layoqatli bo‘lgan shaxs tomonidan yozma shaklda ifodalangan ixtiyoriy rozilik yoki uning qonuniy vakilining yozma roziligi; psixiatriya yordami — shaxslarning ruhiy sog‘lig‘i holatini tekshiruvdan o‘tkazishga, ruhiy holatning buzilishlarini profilaktika qilishga, ularga tashxis qo‘yishga, ruhiy holati buzilgan shaxslarni davolash, parvarishlash va tibbiy-ijtimoiy jihatdan reabilitatsiya qilishga qaratilgan maxsus tadbirlar majmui; psixiatriya muassasasi — asosiy vazifasi psixiatriya yordami ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan tibbiyot muassasasi; ruhiy holatning buzilishi — shaxs ruhiy holatining O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan Xalqaro kasalliklar tasnifiga muvofiq tan olingan o‘zgarishi; shifokor-psixiatrlar komissiyasi — sog‘liqni saqlashni boshqarish organi tomonidan tuzilgan, psixiatriya yordami ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kollegial ravishda qarorlar qabul qiluvchi uch nafar yoki undan ortiq shifokor-psixiatrdan iborat bo‘lgan komissiya; qonuniy vakillar — ota-onalar (farzandlikka oluvchilar), vasiylar yoki ruhiy holati buzilgan shaxslarning manfaatlarini ifoda etishga, ularga psixiatriya yordami ko‘rsatishda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa shaxslar. Ushbu Qonunning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga psixiatriya yordami ko‘rsatishda ularga nisbatan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zlariga psixiatriya yordami ko‘rsatilishida ushbu Qonunda belgilangan barcha huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi. Psixiatriya yordami ko‘rsatishning asosiy prinsiplari qonuniylik, ijtimoiy himoyalanganlik, insonparvarlik, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, axborotning maxfiyligidan iboratdir. Davlat tomonidan quyidagilar kafolatlanadi: davlat tibbiyot muassasalarida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam, tez yordam, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tibbiy tez yordam ko‘rsatish chog‘idagi bepul psixiatriya yordami; qonunchilikka muvofiq barcha turdagi psixiatriya ekspertizalarini o‘tkazish; tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasining tegishli xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, ruhiy holati buzilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish; ruhiy holati buzilgan shaxslarning vasiylik masalalarini hal qilish; psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarida, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarda huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berish va yuridik yordamning boshqa turlari; favqulodda vaziyatlar chog‘idagi psixiatriya yordami. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni psixiatriya yordami bilan ta’minlash va ijtimoiy jihatdan himoya qilish uchun davlat: psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi barcha turdagi muassasalarni, imkoniyati boricha, ruhiy holati buzilgan shaxslarning yashash joyida barpo etadi; ruhiy holati buzilgan voyaga yetmagan shaxslarning davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishini tashkil etadi; ruhiy holati buzilgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta integratsiya qilish maqsadida ular uchun moslashtirilgan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etgan holda, psixiatriya muassasalari hududida mehnat terapiyasi, yangi kasb-hunarlarga o‘qitish va ruhiy holati buzilgan shaxslarni, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida davolash-ishlab chiqarish korxonalarini barpo etadi; ruhiy holati buzilgan shaxslarni ishga joylashtiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun iqtisodiy rag‘batlantirish (imtiyozlar, preferensiyalar berish va boshqalar) usullarini qo‘llaydi; ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa choralarni ko‘radi. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq ularga berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiriladi. Psixiatriya yordami ko‘rsatishni moliyalashtirish “Sog‘liqni saqlash” sohasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, psixiatriya yordami ko‘rsatish uchun davlat tomonidan kafolatlangan hajmda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Psixiatriya yordami shaxs ixtiyoriy ravishda murojaat etgan va uning ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rsatiladi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. Psixiatriya yordami voyaga yetmagan shaxsga ota-onasidan birining yoki boshqa qonuniy vakilining ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga esa uning qonuniy vakilining ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rsatiladi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, qonunlarida nazarda tutilgan fuqarolarning barcha huquqlari va erkinliklariga egadir. Ruhiy holati buzilgan shaxslar o‘zlariga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi: o‘z sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishini istisno etadigan tarzda hurmat bilan va insoniy munosabatda bo‘linishini; o‘z huquqlari to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek o‘zining ruhiy holati inobatga olingan holda o‘zida mavjud bo‘lgan ruhiy holati buzilishining xususiyati va qo‘llanilayotgan davolash usullari haqidagi axborotni o‘zi uchun tushunarli shaklda, o‘z vaqtida hamda to‘liq olish; psixiatriya yordamini eng kam cheklovli sharoitlarda, imkoni boricha, yashash joyida olish; statsionar sharoitlarda psixiatriya yordami ko‘rsatadigan tibbiyot muassasasida faqat psixiatriya yordami ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan muddat mobaynida bo‘lish; tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha davolashning barcha turlaridan foydalanish (shu jumladan sanatoriy-kurortda davolanish); psixiatriya yordamini sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda olish; profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash va tibbiy jihatdan reabilitatsiya qilish usullarining, dori vositalarining hamda tibbiy buyumlarning, maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining, ilmiy tadqiqotlarning yoki o‘quvning sinovlar obyekti sifatida foydalanilishga, shuningdek foto-, video- yoki kinotasvirga olishga ma’lumotlarni bilgan holda ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki ularni rad etish, shu jumladan tibbiy aralashuvning istalgan bosqichida rad etish; ushbu Qonun bilan tartibga solinadigan masalalar yuzasidan istalgan shifokor-psixiatrni shifokor-psixiatrlar komissiyasida ishlash uchun o‘z roziligi bilan taklif etish; advokatdan yoki qonuniy vakildan yordam olish. Ruhiy holati buzilgan shaxslar o‘ziga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganida qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini faqat psixiatriya tashxisiga, dispanser kuzatuvida, psixiatriya statsionarida yoxud tibbiy-ijtimoiy muassasada yoki davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida turganlik faktiga asoslanib cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini qonunga xilof ravishda cheklaganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi. Majburiy psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra shaxs ruhiy holati buzilganligi oqibatida kasbga doir faoliyatning va o‘ta xavfli manba bilan bog‘liq faoliyatning ayrim turlarini bajarishga vaqtincha (ko‘pi bilan besh yil muddatga va keyin qayta tekshiruvdan o‘tish huquqi bilan) yaroqsiz deb topilishi mumkin. Shaxsni kasbga doir faoliyatning va o‘ta xavfli manba bilan bog‘liq faoliyatning ayrim turlarini bajarishga vaqtincha yaroqsiz deb topish to‘g‘risidagi qaror shaxsning ruhiy sog‘lig‘i holatini tibbiy qarshi ko‘rsatmalar ro‘yxatiga muvofiq baholash asosida shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Kasbga doir faoliyatning va o‘ta xavfli manba bilan bog‘liq faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun tibbiy qarshi ko‘rsatmalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda to‘plangan tajriba va ilmiy yutuqlar hisobga olingan holda vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi. Shaxs psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda o‘z huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra vakilni taklif etishga haqli. Vakillikni rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga psixiatriya yordami ko‘rsatishda uning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni vasiy, voyaga yetmagan shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni esa ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili amalga oshiradi. Shaxsga psixiatriya yordami ko‘rsatishda uning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni bepul yuridik yordam tarzida advokat, shuningdek bepul yuridik yordam ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan boshqa shaxs amalga oshirishi mumkin. Shaxslar o‘ziga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda davlatning bepul yuridik yordam tizimi doirasida bepul yuridik yordam olish huquqiga egadir. Psixiatriya muassasasi advokat taklif etish imkoniyatini ta’minlaydi, bundan ushbu Qonun 24-moddasining yettinchi qismida va 31-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. Shaxs o‘z huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarayotganda uning ruhiy sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etishni yoxud uning shifokor-psixiatr tekshiruvidan o‘tishini talab qilish taqiqlanadi, bundan qonunda belgilangan hollar mustasno. Shaxsda ruhiy holatning buzilishi mavjudligi, u psixiatriya yordami uchun murojaat etganligi faktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek uning ruhiy sog‘lig‘ining holati haqidagi boshqa ma’lumotlar qonun bilan qo‘riqlanadigan shifokor siri hisoblanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun uning iltimosiga yoxud qonuniy vakilining iltimosiga binoan unga va uning qonuniy vakiliga mazkur shaxs ruhiy sog‘lig‘ining holati haqida hamda unga ko‘rsatilgan psixiatriya yordami to‘g‘risida tushunarli shaklda va ruhiy holati buzilgan shaxsning ruhiy holatini hisobga olgan holda ma’lumotlar taqdim etiladi. Ruhiy holatning buzilganligi tashxisi umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va tasniflarga muvofiq qo‘yiladi hamda shaxsning jamiyatda qabul qilingan axloqiy, madaniy, siyosiy va diniy qadriyatlarni rad etishiga yoxud uning ruhiy sog‘lig‘i holatiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga asoslanishi mumkin emas. Ruhiy holati buzilgan shaxsga tashxis qo‘yish, uni davolash va reabilitatsiya qilish uchun qonunchilik bilan ruxsat etilgan usullar, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar qo‘llaniladi. Tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya qilish usullari, shuningdek dori vositalari hamda tibbiy buyumlar xastalikning xususiyatiga muvofiq faqat tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya qilish maqsadida qo‘llaniladi hamda ulardan ruhiy holati buzilgan shaxsni jazolash yoki boshqa maqsadlar uchun foydalanilmasligi kerak. Ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan tibbiy aralashuv uning ma’lumotlarni bilgan holda ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Shifokor-psixiatr ruhiy holati buzilgan shaxsga uning ruhiy holatining xususiyati, tavsiya etilayotgan davolashning maqsadi, usullari, shu jumladan muqobil usullari va davolashning davomiyligi haqida, shuningdek ehtimol tutilgan xavf, nojo‘ya ta’sirlar va kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunarli shaklda va uning ruhiy holatini hisobga olgan holda axborot taqdim etishi shart. Shifokor-psixiatr taqdim etilgan axborot to‘g‘risida tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yadi. Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy rozilikni ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar shunday rozilikni beradigan shaxsga ma’lum qilinganidan keyin ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili beradi, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga nisbatan esa uning qonuniy vakili rozilik beradi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berganligi haqida vasiyligidagi shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi. Ruhiy holati buzilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligisiz davolash faqat tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash chog‘ida, shuningdek psixiatriya muassasasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilganda amalga oshirilishi mumkin. Ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan ruhiy holat buzilishlarini davolash uchun asl holiga qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarni keltirib chiqaradigan jarrohlik usullarini hamda boshqa usullarni qo‘llashga, shuningdek ularda profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash va tibbiy reabilitatsiya qilish usullari, tibbiyot uchun mo‘ljallangan dori vositalari va buyumlari, maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari sinovlarini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ruhiy holati buzilgan shaxs, ruhiy holati buzilgan voyaga yetmagan shaxsning ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili taklif etilayotgan davolanishni rad qilish yoki uni tugatishni talab qilish huquqiga ega, bundan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan yoxud psixiatriya muassasasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan hollar mustasno. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili davolanishni rad qilish yoki uni tugatish to‘g‘risida davolanish rad etilgan yoxud tugatilgan kunning ertasidan kechiktirmay o‘z vasiyligi ostidagi shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi. Davolanishni rad etgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga bunday rad etishning yoxud davolanishni tugatishning ehtimol tutilgan oqibatlari tushuntirilishi kerak. Davolanishni rad etish, rad etish kunida tibbiy hujjatga ehtimol tutilgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda yozib qo‘yish orqali va davolanishni rad etgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek shifokor-psixiatrning imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha hamda tartibda sudning qaroriga ko‘ra qo‘llaniladi. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining psixiatriya muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan esa ichki ishlar organlarining jazoni o‘tash joyidagi tibbiyot muassasalari tomonidan qo‘llaniladi. O‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining psixiatriya muassasalarida turgan shaxslar psixiatriya statsionarida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlaridan foydalanadi. O‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining psixiatriya muassasalarida turgan shaxslar mazkur muassasada bo‘ladigan butun davrda mehnatga layoqatsiz deb topiladi va shifokor-psixiatr huzurida majburiy ambulatoriya kuzatuvida va davolanishda turgan shaxslar bilan teng ravishda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa olish yoki umumiy asoslarda pensiya olish huquqiga ega. Jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud-psixiatriya ekspertizasi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra hamda tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiy xizmatchisi sifatida shaxsning, shu jumladan ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, xizmat faoliyati haqiqiy harbiy xizmatga tenglashtiriladigan boshqa vazirliklar va idoralarning boshliqlar hamda oddiy askarlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning o‘z ruhiy sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish chog‘ida ambulator va statsionar sharoitlarda psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish asoslari hamda tartibi ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. Psixiatriya yordamini psixiatriya muassasalari, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalar ko‘rsatadi. Ruhiy holatning buzilishiga tashxis qo‘yish, uni davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Psixiatriya yordamining turlari yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. Davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan ko‘rsatiladigan psixiatriya yordamining turlari haqidagi axborot fuqarolar uchun ochiq bo‘lishi kerak. Maxsus oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari (shifokor-psixiatr, tibbiy psixolog va psixoterapevt) psixiatriya yordami ko‘rsatish bo‘yicha shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar ruhiy holati buzilgan shaxslar bilan ishlash uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi kerak. Yuridik shaxslarga “Psixiatriya yordami” ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Psixiatriya yordami ko‘rsatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan psixiatriya yordamining turlari ta’sis hujjatlarida yoki litsenziya talablari va shartlarida ko‘rsatiladi. Ruhiy holatning buzilishi tashxisini qo‘yish faqat shifokor-psixiatr tomonidan amalga oshiriladi. G‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya yordami ko‘rsatish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish yoxud bu masalani ko‘rib chiqish uchun xulosa berish faqat shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarining va boshqa mutaxassislarning faoliyati kasbga oid odob-axloqqa asoslanadi hamda qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Boshqa ixtisoslikdagi shifokorning shaxsning ruhiy sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi xulosasi dastlabki xususiyatga ega bo‘ladi hamda shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini cheklash to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun, shuningdek ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan kafolatlarni unga berish uchun asos bo‘lmaydi. Psixiatriya yordami ko‘rsatish chog‘ida shifokor-psixiatr o‘z qarorlarini qabul qilishda mustaqil bo‘lib, u faqat tibbiy ko‘rsatuvlarga, shifokorlik burchiga va qonunga amal qiladi. Shifokor-psixiatrlar komissiyasi qaroriga o‘z fikri mos kelmagan shifokor-psixiatr o‘zining xulosasini berishga haqli bo‘lib, xulosa tibbiy hujjatlarga ilova qilinadi. Psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar qonunchilikka muvofiq ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi, har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili olish, zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun umumiy belgilangan yoshi kamaytirilgan holda pensiyaga chiqish huquqiga ega. Psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ish vaqtining, har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilining davomiyligi, umumiy belgilangan yosh kamaytirilgan holda pensiyaga chiqish tartibi, shuningdek ularning maxsus har oylik ustamasi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan hamda kasb kasalliklaridan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat majburiy ijtimoiy sug‘urtasi qilinishi lozim. Psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish tekshirilayotgan shaxsda ruhiy holati buzilishining mavjudligini, psixiatriya yordami ko‘rsatishga bo‘lgan zaruriyatni aniqlash, shuningdek bunday yordam turi haqidagi masalani hal qilish uchun amalga oshiriladi. Psixiatriya tekshiruvi tekshirilayotgan shaxsning ma’lumotlarni bilgan holda tekshiruv o‘tkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish ota-onasidan birining yoxud boshqa qonuniy vakilining ushbu tekshiruvni o‘tkazishga ma’lumotlarni bilgan holda ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga nisbatan esa, bunday shaxs qonuniy vakilining ma’lumotlarni bilgan holda psixiatriya tekshiruvi o‘tkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Ota-onasidan biri rozi bo‘lmagan yoxud ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili mavjud bo‘lmagan taqdirda voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish vasiylik va homiylik organining qaroriga binoan amalga oshiriladi, qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vasiyligidagi shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish uchun ma’lumotlarni bilgan holda ixtiyoriy ravishda rozilik berganligi haqida vasiyligidagi shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi. Psixiatriya tekshiruvini o‘tkazuvchi shifokor-psixiatr tekshirilayotgan shaxsga va uning qonuniy vakiliga o‘zini psixiatr sifatida tanishtirishi shart, bundan ushbu modda yettinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, tekshirilayotgan shaxs unda og‘ir ruhiy holatning quyidagilar bilan bog‘liq buzilishi mavjud deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan harakatlarni sodir etgan hollarda, shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish ushbu shaxsning ma’lumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz yoki qonuniy vakilning ma’lumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz amalga oshirilishi mumkin: uning o‘zi uchun yoki atrofdagilar uchun bevosita xavf solishi; uning yordamga muhtojligi, ya’ni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qanoatlantirishga layoqatsizligi; agar shaxs psixiatriya yordami ko‘rsatilmasdan qoldirilgudek bo‘lsa, ruhiy holati yomonlashuvi tufayli uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetishi. Agar tekshirilayotgan shaxs ushbu Qonun 28-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha dispanser kuzatuvida turgan bo‘lsa, uni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish uning ma’lumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz yoki qonuniy vakilining ma’lumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazishga oid ma’lumotlar va tekshirilayotgan shaxsning ruhiy sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi xulosa tibbiy hujjatlarda qayd etilib, ularda shifokor-psixiatrga murojaat qilish sabablari hamda tibbiy tavsiyalar ko‘rsatiladi. Ushbu Qonun 24-moddasining yettinchi qismi ikkinchi xatboshisida va sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollarda shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror shifokor-psixiatr tomonidan ushbu shaxsning roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz mustaqil ravishda, ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi. Ushbu Qonun 24-moddasi yettinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda shaxsni o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan chiqariladi. Shaxsni o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror shunday tekshiruv o‘tkazish uchun ushbu Qonun 24-moddasining yettinchi qismida sanab o‘tilgan asoslar mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozma arizaga binoan shifokor-psixiatr tomonidan qabul qilinadi, bundan ushbu Qonun 24-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yozma ariza psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxsning qarindoshlari, har qanday tibbiy ixtisoslikdagi shifokor, mansabdor shaxslar va boshqa fuqarolar tomonidan berilishi mumkin. Ushbu Qonun 24-moddasi yettinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda ariza og‘zaki shaklda ham berilishi mumkin. Shaxsni psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror shifokor-psixiatr tomonidan darhol qabul qilinadi va tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yish orqali rasmiylashtiriladi. Shaxs o‘zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tug‘dirmagan taqdirda, psixiatriya tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda berilishi, shunday tekshiruv o‘tkazish zarurligini asoslovchi batafsil ma’lumotlarni va shaxs yoki uning qonuniy vakili shifokor-psixiatrga murojaat etishni rad etganligiga doir ko‘rsatmani o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Shifokor-psixiatr qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishga haqli. Arizada ushbu Qonun 24-moddasi yettinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar mavjudligi to‘g‘risida dalolat beruvchi ma’lumotlar mavjud emasligini aniqlab, shifokor-psixiatr psixiatriya tekshiruvi o‘tkazishni yozma ravishda asoslantirilgan holda rad etadi. Shaxsni o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza asosli bo‘lganida shifokor-psixiatrning bunday tekshiruv o‘tkazish zarurligi haqidagi yozma xulosasi, shuningdek shaxsni tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza va boshqa mavjud materiallar tegishli tibbiyot muassasasi tomonidan shaxsning yashash joyidagi sudga yuboriladi. Sud psixiatriya tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani barcha materiallar olingan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida hal qiladi. Ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan tibbiy ko‘rsatmalarga qarab ambulatoriya sharoitlarida profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash, tibbiy jihatdan reabilitatsiya qilish va dispanser kuzatuvi amalga oshiriladi. Ambulatoriya sharoitlaridagi psixiatriya yordami (bundan dispanser kuzatuvi mustasno) ruhiy holati buzilgan shaxs ushbu Qonunning 7-moddasiga muvofiq ixtiyoriy ravishda murojaat etganda ko‘rsatiladi. Dispanser kuzatuvi ruhiy holatning og‘ir barqaror yoki tez-tez zo‘rayib turuvchi kasallik belgilari bo‘lgan surunkali va uzoq davom etadigan buzilishiga chalingan shaxsning roziligidan, shuningdek uning qonuniy vakilining roziligidan qat’i nazar, o‘rnatilishi mumkin. Dispanser kuzatuvini o‘rnatish zarurligi haqidagi va uni tugatish to‘g‘risidagi qaror shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Agar davolash-profilaktika muassasasi xizmat ko‘rsatadigan hududda psixiatriya yordami bitta shifokor-psixiatr tomonidan ko‘rsatilsa, dispanser kuzatuvini o‘rnatish zarurligi to‘g‘risidagi qarorni u mustaqil ravishda uch oydan oshmagan muddatga qabul qiladi. Bu holda dispanser kuzatuvini o‘rnatish zarurligi to‘g‘risidagi va uni tugatish haqidagi masala shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan uch oy ichida ko‘rib chiqilishi kerak. Shifokor-psixiatrlar komissiyasining asoslantirilgan qarori tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yish orqali va Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestriga tegishli axborot kiritilgan holda rasmiylashtiriladi. Dispanser kuzatuvi shaxs sog‘ayib ketganda yoki uning ruhiy holati sezilarli va turg‘un yaxshilanganda tugatiladi. Dispanser kuzatuvi tugatilganidan keyin ambulatoriya sharoitlaridagi psixiatriya yordami ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha va tartibda mazkur shaxsning iltimosiga ko‘ra yoki roziligi bilan yoxud uning qonuniy vakilining iltimosiga ko‘ra yoki roziligi bilan ko‘rsatiladi. Ruhiy holati buzilgan shaxsning ruhiy holati o‘zgargan taqdirda, u ushbu Qonunning 24 va 25-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha hamda tartibda o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. Bunday hollarda dispanser kuzatuvi shifokor-psixiatrlar komissiyasining qaroriga binoan qaytadan o‘rnatilishi mumkin. Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri (bundan buyon matnda Yagona reyestr deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuritiladi. Yagona reyestr ruhiy holati buzilgan shaxslar haqidagi quyidagi majburiy axborotni o‘z ichiga oladi: pasport ma’lumotlari (identifikatsiyalovchi ID-karta ma’lumotlari); dispanser kuzatuvi o‘rnatilgan va tugatilgan sanalar; psixiatriya muassasalarida bo‘lish muddatlari; berilgan dori vositalari, ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va taqdim etilgan imtiyozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Yagona reyestr ruhiy holati buzilgan shaxslar haqidagi boshqa axborotni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Yagona reyestrni yaratish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va muntazam ravishda yangilash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari manbalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Yagona reyestrdan foydalanishga mazkur reyestrdagi axborotning maxfiyligi ta’minlangan holda, faqat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan shaxslarga ruxsat etiladi. Psixiatriya statsionariga yotqizish uchun shaxsda ruhiy holatning buzilishi mavjudligi va shifokor-psixiatrning statsionar sharoitlarida tekshiruvdan o‘tkazish yoki davolash to‘g‘risidagi qarori yoxud sudning qarori asos bo‘ladi. Qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda psixiatriya ekspertizasini o‘tkazish zarurati ham psixiatriya statsionariga yotqizish uchun asos bo‘lishi mumkin. Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish ixtiyoriy ravishda uning iltimosiga binoan yoki roziligi bilan amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. Voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish uning ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakilining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan amalga oshiriladi. Ota-onasidan biri rozi bo‘lmagan taqdirda yoxud ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili mavjud bo‘lmaganda, voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish vasiylik va homiylik organining qaroriga binoan amalga oshiriladi, bu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs uning qonuniy vakilining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga yotqiziladi. Statsionarga yotqizishga rozilik tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yish orqali va ruhiy holati buzilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek shifokor-psixiatrning imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish sudning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar ruhiy holati buzilgan shaxsni faqat statsionar sharoitlarida tekshiruvdan o‘tkazish yoki davolash mumkin bo‘lsa, ruhiy holatning buzilishi esa og‘ir hamda quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lsa, bu shaxs o‘zining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz sud qarori chiqarilmasidanoq psixiatriya statsionariga yotqizilishi mumkin: uning o‘zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf solish ehtimoli; uning yordamga muhtojligi, ya’ni asosiy hayotiy ehtiyojlarni mustaqil ravishda qanoatlantirishga layoqatsizligi; agar shaxs psixiatriya yordami ko‘rsatilmasdan qoldirilgudek bo‘lsa, ruhiy holati yomonlashuvi tufayli uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetishi. Statsionar sharoitlardagi psixiatriya yordami statsionarga yotqizilgan shaxsning va boshqa shaxslarning xavfsizligini ta’minlaydigan sharoitlarda, tibbiyot xodimlari tomonidan uning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy ravishda yotqizilganda va bu erda bo‘lganda jismoniy siquvga olish va ajratib qo‘yish choralari faqat shifokor-psixiatrning xulosasiga ko‘ra, shaxsning o‘zi uchun yoki boshqa shaxslar uchun bevosita xavf tug‘diruvchi harakatlarini boshqa usullar bilan bartaraf etish mumkin bo‘lmagan hollarda va davrda qo‘llaniladi hamda tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati ostida amalga oshiriladi. Jismoniy siquvga olish yoki ajratib qo‘yish choralarini qo‘llash shakllari va vaqti haqida tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yiladi. Ichki ishlar organlarining xodimlari statsionarga g‘ayriixtiyoriy ravishda yotqizishni amalga oshirish chog‘ida tibbiyot xodimlariga yordam ko‘rsatishi hamda statsionarga yotqizilayotgan shaxs bilan muloqotda bo‘lish va uni ko‘zdan kechirish uchun xavfsiz sharoitlarni ta’minlashi shart. Statsionarga yotqizilayotgan shaxsning atrofdagilar hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi harakatlarini bartaraf etish zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek statsionarga yotqizilishi lozim bo‘lgan shaxsni qidirish hamda ushlash zarurati bo‘lganda ichki ishlar organlarining xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda harakat qiladi. O‘z qonuniy vakillarining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga yotqizilgan voyaga yetmagan shaxs va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs ushbu Qonun 34-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim. Dastlabki olti oy ichida bu shaxslar statsionarda yotishni uzaytirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan har oyda kamida bir marta tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim. Statsionarda yotish olti oydan ortiq uzaytirilgan taqdirda, ruhiy holati buzilgan shaxsni tekshiruvdan o‘tkazish shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan olti oyda kamida bir marta amalga oshiriladi. Shifokor-psixiatrlar komissiyasi yoki psixiatriya statsionari ma’muriyati voyaga yetmagan shaxsni yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsni statsionarga yotqizishda yo‘l qo‘yilgan suiiste’molliklarni aniqlagan taqdirda, psixiatriya statsionari ma’muriyati bu haqda vasiylikdagi shaxsning turar joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi. Ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha psixiatriya statsionariga yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxs shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan qirq sakkiz soatdan oshmagan muddatda majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim, komissiya statsionarga yotqizilganlikning asoslanganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Statsionarga yotqizish asossiz deb topilgan va statsionarga yotqizilgan shaxs psixiatriya statsionarida qolish istagini bildirmagan hollarda, u darhol statsionardan chiqarilishi lozim. Agar ruhiy holati buzilgan shaxsni statsionarga yotqizish asosli deb topilsa, shaxsning u erda bundan buyon bo‘lishi to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun shifokor-psixiatrlar komissiyasining xulosasi yigirma to‘rt soat ichida psixiatriya statsionari joylashgan erdagi sudga yuboriladi. Ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya statsionari tomonidan beriladi. Sud ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi arizani mazmunan ko‘rib chiqib, uni qanoatlantiradi yoki rad etadi. O‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, uning qonuniy vakili, psixiatriya statsionari rahbari sudning qarori ustidan shikoyat qilishi yoki prokuror protest keltirishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxsning psixiatriya statsionarida g‘ayriixtiyoriy tartibda bo‘lishi faqat statsionarga yotqizish amalga oshirilgan asoslar saqlanib turgan vaqt mobaynidagina davom etadi. Psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan shaxs shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan statsionarda yotishni uzaytirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun dastlabki olti oy mobaynida har oyda kamida bir marta tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim. Ruhiy holati buzilgan shaxs psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan paytdan e’tiboran olti oy o‘tgach shifokor-psixiatrlar komissiyasining statsionarda bunday yotishni uzaytirish zarurligi to‘g‘risidagi xulosasi psixiatriya statsionari ma’muriyati tomonidan psixiatriya statsionari joylashgan erdagi sudga yuboriladi. Sud statsionarda yotishni ushbu Qonunning 34 va 35-moddalarida nazarda tutilgan tartibda uzaytirishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxsning psixiatriya statsionarida yotishi olti oydan ortiq muddatga uzaytirilganda shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan mazkur shaxsni tekshiruvdan o‘tkazish olti oyda kamida bir marta amalga oshiriladi. Ruhiy holati buzilgan shaxsga uni psixiatriya statsionariga yotqizish asoslari va maqsadlari, uning huquqlari hamda statsionarda o‘rnatilgan qoidalar tushuntirilishi kerak, bu haqda tibbiy hujjatlarga yozib qo‘yiladi. Psixiatriya statsionarida davolanayotgan yoki tekshiruvdan o‘tayotgan ruhiy holati buzilgan shaxslar: tekshiruvdan o‘tkazish, davolash, psixiatriya statsionaridan chiqarish va ushbu Qonun bilan berilgan huquqlarga rioya etish masalalari yuzasidan bevosita bosh shifokorga yoki bo‘lim mudiriga murojaat etishga; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar berishga; advokat va din peshvosi bilan yolg‘iz uchrashishga; tibbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganda diniy rasm-rusumlarni bajarishga; gazetalar va jurnallarga obuna bo‘lishga; agar ruhiy holati buzilgan shaxs o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bo‘lsa, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining dasturi bo‘yicha ta’lim olishga; agar ruhiy holati buzilgan shaxs foydali mehnatda ishtirok etayotgan bo‘lsa, mehnati uchun uning miqdori va sifatiga muvofiq boshqa fuqarolar bilan teng ravishda haq olishga; yozishmalar olib borishga, posilkalar, banderollar va pul jo‘natmalari olish va jo‘natishga, telefondan foydalanishga, keluvchilarni qabul qilishga, eng zarur narsalarga ega bo‘lish va ularni sotib olishga, o‘z kiyim-kechagidan foydalanishga haqli. Bu huquqlar ruhiy holati buzilgan shaxsning va boshqa shaxslarning sog‘lig‘i yoki xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab shifokor-psixiatorning tavsiyasiga ko‘ra cheklanishi mumkin. Gazetalar va jurnallarga yakka tartibda obuna bo‘lish, telefonda so‘zlashuvlar hamda boshqa pulli xizmatlar ruhiy holati buzilgan shaxslarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Psixiatriya statsionarida davolanayotgan yoki tekshiruvdan o‘tayotgan ruhiy holati buzilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Psixiatriya statsionarining ma’muriyati va tibbiyot xodimlari ruhiy holati buzilgan shaxslarning hamda ularning qonuniy vakillarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi, shu jumladan: psixiatriya statsionariga davolanish yoki tekshiruvdan o‘tish uchun yotqizilgan shaxslarni zarur tibbiy yordam bilan ta’minlashi; ushbu Qonunning matni, mazkur psixiatriya statsionarining ichki tartib-qoidalari bilan, ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda murojaat etish mumkin bo‘lgan davlat organlari hamda boshqa organlar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning manzillari hamda telefon raqamlari bilan tanishish imkoniyatini berishi; ruhiy holati buzilgan shaxslarning yozishmalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar yo‘llashi uchun shart-sharoitlar yaratishi; ruhiy holati buzilgan shaxs psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida uning qonuniy vakilini, qarindoshlarini yoki uning ko‘rsatmasiga ko‘ra boshqa shaxsni xabardor qilish choralarini ko‘rishi; ruhiy holati buzilgan shaxsning sog‘lig‘i holatidagi o‘zgarishlar va u bilan bog‘liq favqulodda hodisalar haqida uning qonuniy vakilini yoki qarindoshlarini, shuningdek uning ko‘rsatmasiga ko‘ra boshqa shaxsni xabardor qilishi; psixiatriya statsionarida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlashi, posilkalar va olib kelingan narsalar tarkibini nazorat qilishi; sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ammo qonuniy vakilga ega bo‘lmagan ruhiy holati buzilgan shaxslarning qonuniy vakili vazifasini bajarishi shart. Psixiatriya statsionari ma’muriyatining va tibbiyot xodimlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionaridan chiqarish u sog‘ayib ketgan yoki uning ruhiy holati yaxshilanib, bundan buyon statsionarda davolanishi talab etilmaydigan, shuningdek psixiatriya statsionariga yotqizish uchun asos bo‘lgan tekshiruvdan o‘tish yoki psixiatriya ekspertizasi nihoyasiga yetkazilgan taqdirda amalga oshiriladi. Psixiatriya statsionariga davolanish uchun ixtiyoriy ravishda yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish uning arizasiga, qonuniy vakilining arizasiga yoki davolovchi shifokor-psixiatrning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish shifokor-psixiatrlar komissiyasining xulosasiga yoki sudning statsionarda yotishni uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaroriga binoan amalga oshiriladi. Sudning qaroriga binoan o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish faqat sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Psixiatriya statsionariga ixtiyoriy ravishda yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish, agar g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish uchun ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan asoslar shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan aniqlanadigan bo‘lsa, rad etilishi mumkin. Bunday holda psixiatriya statsionarida bo‘lish, yotishni uzaytirish va statsionardan chiqarish masalalari ushbu Qonunning 34 — 36-moddalarida, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda hal etiladi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga shaxslarni joylashtirish uchun ruhiy holati buzilgan shaxsning arizasi, shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning xulosasi, voyaga yetmagan shaxs yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs uchun esa vasiylik va homiylik organining mazkur tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan qabul qilingan qarori asos bo‘ladi. Tibbiy komissiyaning xulosasi shaxsda ruhiy holatning uni ixtisoslashtirilmagan tibbiy-ijtimoiy muassasada turish imkoniyatidan mahrum etadigan tarzda buzilishi mavjudligi haqidagi, muomalaga layoqatli shaxsga nisbatan esa uni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi masalani sud oldiga qo‘yish uchun asoslar mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olishi kerak. Vasiylik va homiylik organi ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirilgan shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘rishi shart. Voyaga yetmagan, ruhiy holati buzilgan shaxsni ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga va tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish uchun uning ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakilining arizasi hamda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning majburiy xulosasi asos bo‘ladi. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasi voyaga yetmagan shaxsning davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida moslashtirilgan ta’lim dasturini o‘zlashtirishi mumkinligi va (yoki) zarurligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalarda turgan shaxslar ushbu Qonunning 37-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalar ma’muriyati va xodimlarining ushbu muassasalarda turgan shaxslarning huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishga doir majburiyatlari ushbu Qonunning 38-moddasida, shuningdek boshqa qonunchilikda belgilanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalar ushbu muassasalarda turgan shaxslarni bir yilda kamida bir marta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishi shart. Tibbiy tekshiruv ushbu shaxslarning mazkur muassasalarda bundan buyon turishi to‘g‘risidagi, shuningdek ularning muomalaga layoqatsizligi haqidagi qarorlarni qayta ko‘rib chiqish mumkinligi to‘g‘risidagi masalani hal etish maqsadida shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Ruhiy holati buzilgan shaxsni ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan yoki tibbiy-ijtimoiy muassasadan umumiy turdagi xuddi shunday muassasaga ko‘chirish uchun shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning mazkur shaxsda ushbu muassasada turish uchun tibbiy ko‘rsatmalar mavjud emasligi haqidagi xulosasi asos bo‘ladi. Ruhiy holati buzilgan shaxsni ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan yoki tibbiy-ijtimoiy muassasadan chiqarish: shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning ruhiy holati buzilgan shaxs sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda yashashga layoqatli ekanligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxsning arizasiga binoan; chiqarilayotgan voyaga yetmagan shaxsni parvarish qilish majburiyatini olayotgan uning ota-onasidan birining yoki boshqa qonuniy vakilining arizasiga binoan; sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs qonuniy vakilining arizasi bo‘yicha, basharti uning qonuniy vakili o‘z vasiyligidagi shaxsni shaxsan parvarish qilish va (yoki) parvarish qilishni ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga olayotgan bo‘lsa, amalga oshiriladi. Psixiatriya yordami ko‘rsatish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Psixiatriya yordami to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi 123-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 215-modda); 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 124-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 216-modda); 3) O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-311-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 363-modda) 7-moddasi; 4) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-559-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 8, 470-modda) 7-moddasi; 5) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-567-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 9, 592-modda) 8-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
31
50,585
Qonunchilik
«Oʻzbekiston havo yoʻllari» qishki parvozlarni boshladi
«Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK 29 oktyabrdan qishki jadval boʻyicha qatnovlarni boshladi, deb ma’lumot berilgan kompaniyaning rasmiy saytida. Qishki parvozlar jadvali 2018 yilning 24 martiga qadar amal qiladi. Qishki davrda aviakompaniya ehtiyoj katta boʻlgan bir qator yoʻnalishlarga qatnovlar sonini oshiradi. Shuningdek, “Samarqand” aeroportidan bajariladigan parvozlar geografiyasini kengaytiradi. Jadvaldagi e’tiborga loyiq yangilik esa – Samarqand-Istanbul-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan qatnovdir. Samarqanddan Turkiyaga qatnovlar 30 oktyabrdan boshlab dushanba kunlari muntazam amalga oshiriladi. 16 noyabrdan esa payshanba kunlari ham bajarilishi koʻzda tutilgan. Amritsarga (Hindiston) parvozlar soni – haftada ikki marotaba bajariladigan boʻldi, Seulga qatnovlar soni esa haftasiga besh marotabaga yetkaziladi.  Aviakompaniya yuk tashuvchi yoʻnalishlarni faol rivojlantirmoqda. “Navoiy” хalqaro aeroportidan Boeing 767 yuk samolyotlari Frankfurt, Dehli, Dubay, Shanхay shaharlariga muntazam qatnamoqda. Bundan tashqari, Guanchjou (Xitoy) shahriga yangi yoʻnalish ochildi. Eslatib oʻtamiz, Milliy aviakompaniya dunyoning 23 mamlakatiga 52 yoʻnalish boʻyicha qatnovlarni amalga oshirmoqda.
55
1,215
Qonunchilik
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-son Qonuni)”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2002-yil 1-apreldagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1136, 2002-yil 8-may) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son) bilan tasdiqlangan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 15-bandning uchinchi xatboshisidagi “Ikkinchi jahon urushi” degan so‘zlar “1941 — 1945-yillardagi urush” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ikkinchi jahon urushining” degan so‘zlar “1941 — 1945-yillardagi urush” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 26-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ikkinchi jahon urushi” degan so‘zlar “1941 — 1945-yillardagi urush” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
128
1,678
Qonunchilik
IShLATIB KELINAYOTGAN TO‘LIQ ESKIRGAN ASBOB-USKUNALAR UChUN TO‘LOVNI UNDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 513-modda) 7-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. Ishlatib kelinayotgan to‘liq eskirgan asbob-uskunalar uchun to‘lovni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 513- modda) 7-bandiga muvofiq ishlatib kelinayotgan to‘liq eskirgan asbob-uskunalar uchun to‘lovni (keyingi o‘rinlarda to‘lov deb yuritiladi) undirish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi, bundan mikrofirma va kichik korxonalar mustasno. 2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: to‘lov — unumli foydalanish muddati o‘tgan to‘liq eskirgan asbob-uskunalardan foydalanganlik uchun budjetga to‘lov; asbob-uskuna — mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat ko‘rsatish) jarayonida foydalaniladigan mashina va asbob-uskunalar; to‘liq eskirgan asbob-uskuna — bir vaqtning o‘zida quyidagi mezonlarga javob beradigan asbob-uskuna: asbob-uskuna mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan asbob-uskunalar guruhi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa; asbob-uskuna bo‘yicha yuz foizlik eskirish (amortizatsiya) hisoblangan bo‘lsa; asbob-uskuna mazkur Nizomning 5-bandi xususiyatlarini hisobga olgan holda unumli foydalanish muddatidan ortiq muddatlarda foydalanilayotgan bo‘lsa; asbob-uskunaning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati — uni sotib olish, qurish (barpo qilish) va tayyorlash, yetkazib berish hamda foydalanishga yaroqli holatga keltirish uchun sarflangan, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarga muvofiq qayta baholashlarni hisobga olgan holdagi haqiqiy xarajatlar qiymati. 3. To‘lov to‘lovchilar bo‘lib, tashkilot balansida asosiy vositalar sifatida hisobga olingan to‘liq eskirgan asbob-uskunalardan o‘zining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanayotgan yuridik shaxslar hisoblanadi. 4. Asbob-uskunaning o‘rnatilgan unumli foydalanish muddati ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq aniqlanadi. 5. Guruhlar bo‘yicha asbob-uskunaning unumli foydalanish muddati quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda qo‘llaniladi: agar ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq o‘rnatilgan asbob-uskunaning unumli foydalanish muddati texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan muddatlardan yuqori o‘rnatilgan bo‘lsa, asbob-uskunaning unumli foydalanish muddati texnik hujjat asosida hisobga olinadi; agar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbir haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) muvofiq vakolatli organ tomonidan asbob-uskunani texnik diagnostikadan o‘tkazish natijasida, uning foydalanish muddati uzaytiriladigan bo‘lsa, asbob-uskunaning o‘rnatilgan unumli foydalanish muddati uzaytirilgan muddatni hisobga olgan holda aniqlanadi. 6. To‘lov hisoblash uchun baza bo‘lib, mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan me’yorlarga javob beradigan asbob-uskunaning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisoblanadi, bundan quyidagilar mustasno: moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga ko‘ra olingan asbob-uskuna, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi muddati davomida; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilinishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan asbob-uskuna. 7. To‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi. 8. To‘lov summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: P — to‘lov summasi; Pst — asbob-uskunaning hisobot davri oxiridagi boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati (31-dekabr); S — foizda belgilangan to‘lov miqdori. Masalan, mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mezonlarga javob beradigan asbob-uskunaning hisobot davri oxiridagi (ya’ni, 31-dekabr holatiga) boshlang‘ich qiymati 50 000 ming so‘mni tashkil etadi, 2011-yil uchun to‘lov miqdori esa 0,25 foiz miqdorida belgilangan. U holda budjetga to‘lanadigan to‘lov summasi 125 ming so‘mni tashkil etadi (50 000 x 0,25 / 100). 9. Hisobot davri bo‘lib kalendar yil hisoblanadi. 10. To‘liq eskirgan asbob-uskunadan foydalanilganlik uchun to‘lov hisob-kitobi-ma’lumotnomasi mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraliga qadar soliq bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. 11. Ishlatib kelinayotgan to‘liq eskirgan asbob-uskuna uchun to‘lov, Hisob-kitob-ma’lumotnomani taqdim etish muddatidan kechiktirmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjetga o‘tkaziladi. 12. Budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik schyoti bo‘yicha amalga oshiriladi. Hisoblangan to‘lov summasi quyidagicha aks ettiriladi: 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debyoti; (6400) budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni hisobga olish schyotining krediti. Budjetga o‘tkazilgan to‘lov summasi quyidagicha aks ettiriladi: (6400) budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni hisobga olish schyotining debeti; pul mablag‘larini hisobga olish schyotining krediti. 13. To‘lovchilar to‘lovning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgardirlar. 14. To‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 15. To‘lovni o‘z vaqtida budjetga o‘tkazmaganlik uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya hisoblanadi.
125
6,387
Qonunchilik
Oʻzbekiston MDH doirasida yana bir hujjatga qoʻshildi
Bu Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha Maslahat kengashini tashkil etish toʻgʻrisida 1992 yil 13 noyabrdagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomadir (12.08.2020 yildagi PQ-4806-son qarorga qarang). Bayonnoma 2016 yil 28 oktyabrda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari yigʻilishida imzolangan. Hujjatda Migratsiya sohasida hamkorlik qilish boʻyicha Hamdoʻstlik organlarining vakolatlarini taqsimlash nazarda tutiladi hamda MDH ishtirokchi-davlatlarining migratsiya organlari rahbarlari kengashi va Maslahat kengashi oʻrtasida migratsiya sohasidagi funksiyalarning takrorlanishi istisno etiladi. Bu MDH ishtirokchi-davlatlarining ijtimoiy-mehnat sohasidagi kelishuv siyosatining yanada samarali tarzda ishlab chiqilishiga imkon beradi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi. Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi unga koʻmaklashadi. TIV tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi. Bayonnoma Oʻzbekiston uchun kuchga kirganidan keyin Vazirlar Mahkamasi uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi. Eslatib oʻtamiz, MDH ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha Maslahat kengashi tashkil etilgan va quyidagilarni amalga oshirish maqsadida faoliyat yuritadi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.08.2020 yildan kuchga kirdi.  Oleg Zamanov.
53
1,601
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida
Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi. Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan Birinchi Prezidentimizning so‘nmas xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mamlakatimiz fuqarolaridan ko‘plab takliflar tushmoqda. Xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida: 1. Quyidagilar: 2016-yil oktyabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzilgani; Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan jome masjidga “Islom ota jome masjidi” deb nom berilgani; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrda “Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqsin. Shu munosabat bilan quyidagi vazifalar topshirilsin: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish; tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallarni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari birgalikda: Birinchi Prezidentimiz ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (O‘zbekiston ko‘chasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha joylashtirish; Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish; quyidagi muassasa va obyektlarga: Toshkent davlat texnika universitetiga; Asaka shahridagi avtomobil zavodiga; Farg‘ona shahridagi San’at saroyiga; Toshkent xalqaro aeroportiga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish; har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana — 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish. Ushbu sanalar munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida Islom Karimov hayoti va faoliyatini keng yoritish; oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish; Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish; Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish. 3. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish bilan bog‘liq tadbirlar keng yoritilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
122
4,796
Qonunchilik
ShANXAY HAMKORLIK TAShKILOTINING IMTIYOZ VA IMMUNITETLARI TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYANI RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Shanxay hamkorlik tashkilotining imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilinsin.
112
232
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-498-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi QAROR QILADI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2019-yil 6-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-498-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
717
Qonunchilik
Oktyabr oyidan virtual bank kartalari joriy etiladi
Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (23.07.2018 yilda 1344-5-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).   Birinchidan, virtual bank kartalari amaliyotga joriy etiladi. Bu internet tarmogʻidagi toʻlovlar uchun moʻljallangan fizik (plastik) tashuvchisiz maхsus bank kartasidir. Mohiyatan olganda, bunday karta toʻlovni amalga oshirish uchun zarur rekvizitlar ma’lumotlaridan iborat boʻladi. Virtual bank kartasi bank va mijoz oʻrtasida yozma shaklda yoki ofertani akseptlash orqali tuzilgan shartnoma asosida foydalanishga taqdim etiladi (tarqatiladi). Internetda toʻlovlar amalga oshirilayotganda bank kartasining haqiqiyligini tekshirish uchun bank kartasining maхsus CVV (SVS) kodidan foydalaniladi. Tegishincha, virtual terminal (E-POS) bank kartalari orqali toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish va amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha elektron sliplarni (kvitansiyalarni) shakllantirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot hisoblanadi.  Ikkinchidan, hujjatda bank kartasining qoʻshimcha – kobeyjingli turi qayd etilgan. Kobeyjingli bank kartasi uning old tomonida logotiplari aks ettirilgan bir nechta toʻlov tizimida (masalan, UZCARD vai UnionPay) ishlaydi. Uchinchidan, bitta karta schyotiga bir nechta qoʻshimcha bank va virtual kartani ulashga ruхsat beriladi.   Toʻrtinchidan, protsessing tashkilotiga (YaUPM) bank kartalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish paytida antifrod tizimi (ingl. fraud – firibgarlik) – firibgarlik operatsiyalarini baholash va oldini olish tizimidan foydalanish majburiyati yuklatildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.10.2018 yildan kuchga kiradi. Oleg Zamanov.
51
1,782
Qonunchilik
Mashina-traktor parklari ish (xizmat)larining narxlarini qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari va pudratchilarga yetkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-oktabrdagi 5-sonli majlisi bayoni 9-bandining bajarilishini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. “Mashina-traktor parklari ish (xizmat)larining narxlarini qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari va pudratchilarga yetkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur Nizom kuchga kirishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 1998-yil 21 mayda, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” Davlat-kooperativ qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 14-mayda tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti bilan kelishilgan Mashina-traktor parklari tomonidan bajariladigan mexanizatsiyalashtirilgan ishlar (xizmatlar) bahosini belgilash tartibi bekor qilinsin. 3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari S. Begaliyev zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-oktabrdagi 5-sonli majlisi bayonining 9-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, mashina-traktor parklarining xorijiy va boshqa turdagi texnikalardan foydalangan holda bajaradigan ish (xizmat)larining narxlarini qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari va pudratchilarga yetkazish tartibini belgilaydi. 1. Mashina-traktor parklari tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun bajariladigan ish (xizmat)larning narxi bir gektar hisobida o‘rnatilgan tartibda belgilanadi. 2. Mashina-traktor parklari tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun bajariladigan mexanizatsiyalashtirilgan ish (xizmat)larning narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyat uchun alohida belgilanadi. 3. Bunda mexanizatsiyalashtirilgan ish (xizmat)larning narxiga quyidagilar kiritiladi: a) traktorchi (kombaynchi)ning asosiy ish haqi; b) qo‘shimcha ish haqi; v) ish haqidan ajratmalar; g) amortizatsiya bo‘yicha chegirmalar; d) mukammal tiklash xarajatlari; e) texnik qarov xarajatlari; yo) joriy ta’mirlash xarajatlari; j) yonilg‘i-moylash materiallari; z) umumiy ishlab chiqarish xarajatlari; i) foyda. 4. Traktorchi (kombaynchi)ning asosiy ish haqini qonun hujjatlari asosida yagona tarif-malakaviy bildirgich bo‘yicha belgilash tavsiya etiladi. 5. Qo‘shimcha ish haqining miqdorini belgilashda xodimlarning malakasi, ularning ish staji hamda ularni rag‘batlantirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ustama haqi kiritilishi mumkin. Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat haqiga tuman koeffitsiyentlari va ustamalar belgilanadi. Tuman koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilinadigan joylarning ro‘yxati, shuningdek ularni qo‘llanish tartibi va miqdori O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi. 6. Ish haqidan ajratmalarning miqdori qonun hujjatlari asosida belgilanadi. 7. Amortizatsiya bo‘yicha chegirmalar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasiga muvofiq hisoblanadi. 8. Xorijiy qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun mukammal tiklash xarajatlari “O‘zkeysservis” qo‘shma korxonasi, ta’mirlash korxonalari bilan mashina-traktor parklari Davlat aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi. Belgilangan xarajatni texnikaning yillik ish unumdorligiga taqsimlash yo‘li bilan bir gektarga to‘g‘ri keladigan mukammal tiklash xarajatlarining qiymati aniqlanadi. 9. Xorijiy qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun texnik qarov va joriy ta’mirlash xarajatlari “Uzkeys-servis” qo‘shma korxonasi, ta’mirlash korxonalari bilan mashina-traktor parklari Davlat aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi. Belgilangan xarajatni texnikaning yillik ish unumdorligiga taqsimlash yo‘li bilan bir gektarga to‘g‘ri keladigan texnik qarov va joriy ta’mirlash xarajatlarining qiymati aniqlanadi. Yangi olingan xorijiy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanishda birinchi yil uchun joriy ta’mirlash xarajatlari hisoblanmaydi. Boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini mukammal tiklash, texnik qarov va joriy ta’mirlash uchun sarflanadigan xarajatlar ta’mirlash korxonalari tomonidan tuzilgan kalkulyatsiyalarga asosan belgilanadi. 10. Yonilg‘i sarflash normalari dalaning uzunligi, relyefi (past-balandligi), konfiguratsiyasi (shakl-shamoyili) va boshqa omillarini hisobga olgan holda Respublikada qo‘llaniladigan mehnatni normalashga doir namunaviy va tarmoq bildirgichlar asosida belgilanadi. Yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari va boshqa normalari mavjud bo‘lmagan ish turlari uchun ish bajarish hamda yonilg‘i sarflashning vaqtinchalik normalarini viloyat mehnat bo‘yicha normativ-tadqiqot stansiyalarining xodimlari mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda xronometraj kuzatuvlarni olib borish yo‘li bilan belgilab beradilar. Ish birligiga ketgan yonilg‘i-moylash materiallarining qiymati (amaldagi bildirgich bo‘yicha) litr hisobidagi sarflash normasini sotib olish bahosiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi. Yonilg‘i-moylash materiallarining bahosi joylardagi neft mahsulotlari bilan ta’minlash korxonasining joriy vaqtdagi rasmiy hujjatlariga asosan belgilanadi. Agarda yonilg‘i-moylash materiallari qishloq xo‘jaligi korxonalari hisobidan sarflansa, unda yonilg‘i-moylash materiallarining qiymati umumiy bajarilgan mexanizatsiyalashtirilgan ish (xizmat)lar narxidan chegirib tashlanib, xo‘jalikka qaytariladi. Moylash materiallarining miqdori sarflanadigan dizel yonilg‘isi sarfi normalariga nisbatan o‘rnatilgan foiz hisobida belgilanadi. 11. Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini jami ish haqi (ajratmalar bilan birga)ga nisbatan 12 foizgacha belgilash tavsiya etiladi. 12. Foyda hisob-kitoblar yo‘li bilan bajarilgan ish(xizmat)larning tannarxiga nisbatan foiz hisobida belgilanadi. Bunda foydani davr xarajatlari bilan birga15 foizgacha belgilash tavsiya etiladi. 13. Mexanizatsiyalashtirilgan ish (xizmat)larning narxi mashina-traktor parklari viloyat birlashmasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqiladi hamda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bilan kelishilgandan keyin viloyat moliya boshqarmasida deklaratsiya qilinadi. Deklaratsiya qilingan narxlar 3 kun muddat ichida mashina-traktor parklari viloyat birlashmasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan MTP Davlat aksiyadorlik jamiyatlariga, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga hamda viloyat dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga yetkazilishi shart. Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi hamda viloyat dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi o‘zlarining hududiy tuzilmalari orqali ushbu narxlarni bir hafta muddat ichida viloyatdagi barcha qishloq xo‘jaligi korxonalari, dehqon va fermer xo‘jaliklariga yetkazilishini ta’minlashlari shart. 14. Bajariladigan ish (xizmat)larning narxi shartnoma tuzilayotgan vaqtda moddiy-texnik resurslarining narxini va xorijiy texnikalar bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyuta kursini hisobga olgan holda aniqlanadi. 15. Ish haqi hamda xorijiy texnikalar bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyuta kursi o‘zgargan taqdirda ish (xizmat)larning narxi viloyat miqyosida qayta ko‘rib chiqiladi va belgilangan tartibda viloyat moliya boshqarmasida deklaratsiya qilingandan so‘ng, shartnomalarga o‘rnatilgan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. O‘zgargan narxlarni viloyatdagi barcha qishloq xo‘jaligi korxonalari, dehqon va fermer xo‘jaliklariga yetkazish mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shundan so‘ng, belgilangan tartibda shartnomalarga va boshqa hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 16. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
188
7,920
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ChETDAN KELTIRILADIGAN VA RESPUBLIKANING O‘ZIDA IShLAB ChIQARILADIGAN TAMAKI MAHSULOTLARI VA SPIRTLI IChIMLIKLARGA AKSIZ MARKALARINI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Respublikaning o‘zida ishlab chiqariladigan (chetdan keltiriladigan)tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalari uchun hisob-kitoblarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning o‘zida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. 8-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ishlab chiqaruvchilar va importchilar tomonidan aksiz markalarining nominal qiymati bo‘yicha sotib olish uchun pul mablag‘lari “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Bosma fabrikasining tegishli bank hisob raqamiga o‘tkaziladi”; uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
235
1,278
Qonunchilik
Sudda biznes yoʻriqnomaga tayanib himoya qilinadi
SSP Sudlarda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyalanishini ta’minlashga doir yoʻriqnomani ishlab chiqdi.  Hujjatda Savdo-sanoat palatasi sud idoralarida oʻz a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyalanishini ta’minlash tartibi belgilangan. SSP davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinganda tadbirkorlik sub’yekti nomidan sud muhokamasining istalgan bosqichida ishtirok etish, shuningdek da’vo arizalari bilan bir qatorda apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari, arizalar, shu jumladan nazorat tartibida protest keltirish haqida iltimosnomalar berish huquqiga ega («Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida»gi Qonunning 21-moddasi). Bu holda da’vo arizalari (arizalar) davlat bojini toʻlamasdan taqdim etiladi (Soliq kodeksining 329, 330 va 3301-moddalari). Yoʻriqnoma (SSP raisining 15.03.2019 yildagi 45 «A»-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan) matni bilan bu yerda tanishish mumkin.
49
1,013
Qonunchilik
“Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitimni (Bishkek, 2007-yil 27-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-368-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 31-mayda kiritilgan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitimni (Bishkek, 2007-yil 27-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-368-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin.
245
1,098
Qonunchilik
NOTARIAL IShLARNI BAJARGANLIK UChUN DAVLAT BOJI STAVKALARI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Notariat faoliyatini yanada takomillashtirish, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xatti-harakatlarni notarial tasdiqlashda yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlarini kamaytirish, tadbirkorlikni yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turar joy bozori rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandiga o‘zgartirishlar kiritilsin va u ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
97
719
Qonunchilik
“Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi QL-536-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 10-avgustda kiritilgan “Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi QL-536-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
147
747
Qonunchilik
“Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shim
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 43-son, 493-modda) va 2013-yil 29-martdagi PQ-1945-son “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashish darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 14-son, 177-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladilar: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 273-V, 111-son “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1548, 2006-yil 21-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 8-son, 60-modda); O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-son “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1548-1, 2006-yil 8-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 326-modda); O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2007-yil 12-oktabrdagi 273-V-2, 94-son “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1548-2, 2007-yil 8-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 45-son, 461-modda); O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2008-yil 21-noyabrdagi 273-V-3, 108-son “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1548-3, 2009-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 1-2-son, 8-modda); O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2009-yil 21-noyabrdagi 33/2, 112-son “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1548-4, 2009-yil 30-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 585-modda). 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
3,619
Qonunchilik
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qarori bilan: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etilganligi; Toshkent shahridagi 1-son respublika klinik shifoxonasi negizida Markazning ko‘p tarmoqli klinikasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz klinikasi) tashkil etilganligi; Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida Markazning filiallari ochilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi rahbar xodimlar va tibbiyot xodimlari hamda tibbiy muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish; malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim jarayonlarini tashkil etishda ilm-fanni hamda sog‘liqni saqlash sohasida innovatsiya ishlarini keng joriy etish; ta’lim jarayonini nazariy va amaliy ko‘nikmalarning uzviyligida tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofadan o‘qitish va telemeditsina uslublarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish; sog‘liqni saqlashning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlar natijalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish. 3. Belgilansinki: Markaz va Markaz klinikasi tegishlicha davlat muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega bo‘ladi; Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Markaz direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — Markaz klinikasi bosh shifokori Markaz ilmiy kengashining a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi hamda Markaz ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 8-iyundagi 264-son qaroriga 1 — 4-ilovalarning qoidalari Markaz klinikasi faoliyatiga ham tatbiq etiladi. 4. Quyidagilar: a) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; talabgorlarni to‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan hamda shartnoma asosida boshqa xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar; b) Markaz klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; ko‘rsatilgan pullik tibbiy xizmatlardan tushadigan mablag‘lar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 4-apreldagi 174-son qarorida: a) 2-bandda: uchinchi xatboshidagi “muvofiq” so‘zi “muvofiq tasdiqlansin” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) 3-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti” so‘zlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida” so‘zlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining” so‘zlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 4 va 5-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; g) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida” so‘zlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 1-ilovadagi “Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti” so‘zlari “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 2-ilovadagi “ToshVMOI” so‘zi “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qarorida: a) 1-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; oliy tibbiyot va farmatsevtika (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi) bakalavriat yo‘nalishlari, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) va birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari tuzilmalari tegishlicha 2, 2a, 26 va 2v-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin”; b) 1-ilovada: nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom”; 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Bitiruvchilar 2017/2018 o‘quv yilda bitirganlardan boshlab, keyinchalik doimiy yashash joyida majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” yo‘nalishlari bitiruvchilari yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan tuman (shahar)da majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi”; 3-banddagi “QVP” qisqartmasi “OShP” qisqartmasi bilan almashtirilsin; 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida bitiruvchining majburiy ishlab berish muddati 3 yilni (36 oy) tashkil etadi. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliy ta’lim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” yo‘nalishlari bitiruvchilarining majburiy ishlab berish muddati, yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida kamida 5 yilni (60 oy) tashkil etadi”; 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Bitiruvchilar majburiy ishlab berishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari taqdim etgan shifokor kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida buyurtmanomalar va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar asosida Komissiya tomonidan har yili taqsimlanadi. Komissiya bitiruvchilarni OShP va OPdagi mavjud bo‘sh o‘rinlariga majburiy ishlab berish uchun taqsimlaydi”; 8-banddagi “QVP” qisqartmasi “OShP” qisqartmasi bilan almashtirilsin; 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. O‘qishni tugatgandan so‘ng magistratura yoki klinik ordinatura (rezidentura)ga o‘qishni davom ettirish uchun kirgan bitiruvchilar ta’lim shaklidan qat’i nazar (davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida), majburiy ishlab berish uchun magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)ni tamomlaganidan so‘ng taqsimlanadi”; 15-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Majburiy ishlab berish muddati quyidagilarni o‘z ichiga oladi”; ikkinchi xatboshidagi “QVP” qisqartmasi “OShP” qisqartmasi bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “uch yillik” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 1. Davolash faoliyati bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlari uchun*: 2. Davolash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari uchun**: g) 2a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: d) quyidagi mazmundagi 2b va 2v-ilovalar qo‘shilsin: 3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 826-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining namunaviy ustaviga 1-ilovasiga quyidagi mazmundagi izoh qo‘shilsin:
118
9,993
Qonunchilik
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish qoidalarining 1a-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 24-avgustdagi 167-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2022, 2009-yil 20-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 43-son, 463-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish qoidalarining 1a-ilovasi 2.5.7-pozitsiyasidagi “Nogironlarni” degan so‘z “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
194
873
Qonunchilik
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qoʻshimcha javobgarlik joriy qilindi
25.08.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-711-son Qonun qabul qilindi. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda suv ob’yektlariga oqindi suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzganlik uchun fuqarolarga 3 BHMdan 5 BHMgacha, mansabdor shaхslarga esa 5 BHMdan 10 BHMgacha jarima solinishi belgilandi. Suvlarning hamda suv ob’yektlarining holatiga ta’sir koʻrsatuvchi gidroteхnika ishlarini va boshqa ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarganlik uchun ham хuddi shunday jazo choralari qoʻllaniladi. MJTK quyidagi moddalar bilan toʻldirildi: 791-«Oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini yigʻish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi va shartlarini buzish» hamda 861-«Ozon qatlamiga zararli ta’sir koʻrsatishning oldini olishga doir talablarni buzish». Dala va aholi punktlarida angʻiz, хazon va shoх-shabbalarni yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, хuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, fuqarolarga 5 BHMdan 7 BHMgacha, mansabdor shaхslarga esa – 10 BHMdan 15 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. 96-«Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy хulosasisiz roʻyobga chiqarish» moddasida nazarda tutilgan sanksiyalar endi fuqarolarga nisbatan ham tatbiq etiladi. 111-«Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish» moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi: hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, ya’ni ularni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish,  - 3 BHMdan 5 BHMgacha jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoхud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaхs hozirligida sodir etilgan boʻlsa yoki hayvonlarning oʻlimiga yoхud mayib boʻlishiga olib kelsa,  - bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. Endi hayvonlarga nisbatan ularning oʻlimiga yoхud mayib boʻlishiga olib keladigan holatda shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun javobgarlik Jinoyat kodeksida ham belgilanadi. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar OʻRQ-711-son Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi. Hujjat 26.08.2021 yildagi «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.
80
2,596
Qonunchilik
Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qo‘llash to‘g‘risida
Sudlarda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 47-bobi normalarini qo‘llashda masalalar vujudga kelayotganligi, shuningdek, ushbu masala bo‘yicha qonunchilikni to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarga tushuntirilsinki, birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan qayta ko‘rilishi mumkin. FPK 47-bobi qoidalaridan kelib chiqib, ish mazmunan hal etilmagan birinchi instansiya sudining boshqa hujjatlari (masalan, arizani qabul qilishni rad etish yoki da’vo arizasini qaytarish to‘g‘risidagi, arizani ko‘rmasdan qoldirish yoki ishni ish yuritishdan tugatish to‘g‘risidagi, protsessual muddatni tiklash yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi, sudning hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ajrimlar, xususiy ajrim) yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilmaydi. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari o‘zlari tomonidan chiqarilgan ajrimlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ular tomonidan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, qayta ko‘rishga haqli (FPK 438-moddasi). 2. Ishda ishtirok etgan shaxslar, shuningdek, prokuror qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni (bundan buyon matnda sud hujjatini deb yuritiladi) yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. FPK 47-moddasiga muvofiq huquqiy vorislik fuqarolik sud ishini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligi sababli, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilish huquqiga ishda ishtirok etgan shaxslarning protsessual huquqiy vorislari ham ega. Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risida ariza berish huquqiga ega bo‘lmaydi. Agar qonuniy kuchga kirgan sud hujjati ushbu shaxslarning huquqlari va majburiyatlariga daxl qilsa, ular sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini yuqori instansiya sudi tomonidan tekshirish to‘g‘risida shikoyat bilan murojaat qilishga haqli. 3. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida beriladi, uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilingan holda imzolanadi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar bo‘lishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi), ularning yashash joyi (joylashgan yeri) va pochta manzili; 3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana; 4) arizachining fikriga ko‘ra, sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘layotgan yangi ochilgan holatga ko‘rsatma, ularni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ushbu holatni tasdiqlovchi boshqa dalillar; 5) ariza berayotgan shaxsning talabi; 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati. Apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga beriladigan arizaga tegishli sud tomonidan tasdiqlangan, ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlarining nusxalari ilova qilinadi. Sudga qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berishda davlat boji to‘lanmaydi. 4. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FPK 439-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan uch oylik muddatning o‘tkazib yuborilishi, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini FPK 47-bobi tartibida qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qaytarish uchun yoxud uni qabul qilishni rad qilish uchun o‘z-o‘zidan asos bo‘la olmaydi. Mazkur muddatga rioya qilinganligi haqidagi masala sud tomonidan ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha, sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan holatlar ochilgan kundan olti oydan kechiktirmasdan berilgan bo‘lsagina, sud majlisida muhokama qilinishi zarur. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, sudga murojaat qilish muddatining uzrsiz sabablarga ko‘ra, o‘tkazib yuborilishi, ko‘rsatilgan arizani qanoatlantirishni rad qilish uchun mustaqil asos hisoblanadi va sudning ajrimida asoslantirilishi lozim. Sudga murojaat qilish muddatini tiklash to‘g‘risidagi masalani hal etishda nafaqat uni o‘tkazib yuborilganining uzrliligi, balki arizachi yangi ochilgan holatlar mavjudligi haqida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgandan keyin sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza o‘z vaqtida berilgan yoki berilmaganligi ham inobatga olinishi lozim. 5. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish muddatini hisoblashda, FPK 440-moddasiga asoslanish, ariza berish uchun muddat: 1) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar ochilgan kundan e’tiboran; 2) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran; 3) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — qayta ko‘rilayotgan hal qiluv qaroriga, ajrimga yoki qarorga asos bo‘lgan hukmga, hal qiluv qaroriga, ajrimga yoxud qarorga mazmunan qarama-qarshi bo‘lgan sud hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi, qarori yoxud boshqa organning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran hisoblanishi inobatga olinishi lozim. 6. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning ko‘rilishi FPK 47-bobi qoidalari inobatga olingan holda, tegishli sud instansiyasida ish yuritish qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Sud arizani qabul qilgandan so‘ng sud majlisining vaqti va joyini belgilaydi hamda bu haqda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi uni o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmaydi. FPK 442-moddasiga muvofiq sud qayd etilgan arizani sud majlisida ko‘radi, ish bo‘yicha yangi ochilgan holatlar mavjudligini tasdiqlash uchun taqdim etilgan dalillarni tekshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini tinglaydi, sud majlisi bayonnomasida yoritilishi lozim bo‘lgan boshqa zarur protsessual harakatlarni amalga oshiradi. 7. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza, u sudning tegishli instansiyasiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda ko‘riladi. 8. FPK 437-moddasining ikkinchi qismida mavjud bo‘lgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qonun normasidan kelib chiqib, yangi ochilgan holatlar, ular ishni to‘g‘ri hal etish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hollardagina sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos hisoblanadi. 9. Ish ko‘rilayotgan paytda obyektiv o‘ringa ega bo‘lgan va qabul qilingan sud hujjatining mazmuniga ta’sir ko‘rsatadigan, ushbu hujjat chiqarilayotganda arizachi, shuningdek, sud bilmagan va bilishi mumkin bo‘lmagan ishga taalluqli faktik holatlar, FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan yangi ochilgan holatlar hisoblanadi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, arizachi tomonidan ish bo‘yicha taqdim etilgan yangi dalillar sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘la olmaydi. 10. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan, guvohning bila turib bergan yolg‘on ko‘rsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolg‘on xulosasi, atayin noto‘g‘ri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki ashyoviy dalillar, agar ular qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga olib kelgan bo‘lsa, sud hujjatini qayta ko‘rishga asos bo‘ladi (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi). Taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ularning vakillarining sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoyatlari, sudyalarning ishni ko‘rish va hal etishda sodir etgan jinoyatlari (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi), ushbu holatlar ishning natijasiga ta’sir etgan-etmaganligidan qat’i nazar sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladi. Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi sudning ajrimi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori bilan aniqlangan holatlar ham, agar sud ushbu holatlarni ish uchun muhim deb topsa, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘la oladi (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi). 11. Sudlar shuni inobatga olishi zarurki, sud hujjati qabul qilingandan so‘ng vujudga kelgan holatlar ham sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladi (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandi). Bunday asoslar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rishda quyidagilarni inobatga olish zarur: sud hujjatini qabul qilish uchun asos bo‘lgan sud hujjati yoxud boshqa organ qarorining bekor qilinishi sudga murojaat qilish uchun asos bo‘lganda va qayta ko‘rish masalasi qo‘yilgan hollarda, sud hujjati yoxud boshqa organ qarorining bekor qilinganligi ishni ko‘rish natijasiga ta’sir ko‘rsatgan yoki ko‘rsatmaganligini tekshirish zarur; agar sudga murojaat qilishning asosi mazkur ish bo‘yicha noqonuniy yoki asossiz sud hujjatini qabul qilishga olib kelgan bitimning qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarori bilan haqiqiy emas deb topilganligi bo‘lsa, bu holat boshqa ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori xulosa va (yoki) asoslantiruvchi qismida nizoli yoki o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emas deb topish yoxud o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi xulosa mavjud bo‘lganda, sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘la oladi. 12. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha sud arizani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi va sud hujjatini bekor qiladi yoxud uni qayta ko‘rishni rad qiladi (FPK 443-moddasi). Ajrim nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi. Birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi tomonidan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning qanoatlantirilishi tegishli sud tomonidan FPK bilan ushbu instansiya sudi uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladi (FPK 445-moddasi). 13. Birinchi instansiya sudi tomonidan FPK 47-bobi tartibida chiqarilgan ajrim ustidan apellatsiya instansiyasi sudiga xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan ajrimlar chiqarilgan kundan boshlab kuchga kiradi va ular ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. 14. Birinchi instansiya sudining sud hujjatini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani rad qilish haqidagi ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) qanoatlantirilganda, apellatsiya instansiyasi sudi FPK 47-bobi tartibida ushbu ajrimni, shuningdek, arizachi tomonidan qayta ko‘rish masalasi qo‘yilgan sud hujjatini, agar ushbu sud hujjatini qayta ko‘rish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, bekor qiladi. Bunday holda ish birinchi instansiya sudiga mazmunan ko‘rish uchun yuboriladi. 15. Agar yuqori instansiya sudi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest)ni ko‘rishda ushbu ajrimni asossiz ekanligi haqida xulosaga kelsa, uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va shu bilan birga sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni rad qiladi. Agar sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest) ko‘rilayotgan paytda ish bo‘yicha yangi sud hujjati chiqarilgan bo‘lsa, u ham bekor qilinishi lozim. 16. Agar yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bekor qilingan sud hujjati to‘liq yoki qisman ijro etilgan, ish yangidan ko‘rilganda esa, boshqa hal qiluv qarori qabul qilingan holda, sud FPK 459-moddasiga muvofiq sud hujjatining qaytarma ijrosi masalasini hal etishi shart. Sud hujjatining qaytarma ijrosi masalasi sud tomonidan FPK 461-moddasida nazarda tutilgan, alohida toifadagi ishlar bo‘yicha qaytarma ijroning o‘ziga xos jihatlari hisobga olingan holda hal etiladi. 17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirishi lozim.
189
13,499
Qonunchilik
Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, Oliy harbiy bojxona institutiga (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi. 1. Institutga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining Institutga qabul o‘rinlarini ajratish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. 2. Institut tinglovchilari kontingentini sifatli butlash uchun: harbiy-professional yo‘nalish; dastlabki tanlash; harbiy-professional tanlash; test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash amalga oshiriladi. 3. Institutga: o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo‘lgan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga javob beradigan; harbiy xizmatni o‘tamagan 17 yoshdan 21 yoshgacha (qabul yilida 17 yoshga to‘ladiganlar) bo‘lgan; harbiy ofitsyerlar tarkibi unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar yoki harbiy xizmatni o‘tagan 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadilar. Nomzodlarning bo‘yi 165 sm dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past bo‘lmasligi lozim. 4. Nomzodlar, ularning ota-onalari Institutga o‘qishga kirishidan oldin Institut rahbariyati tomonidan Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini davlatga undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) muvofiq moddiy mas’ulligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) tanlash va qabul qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida hududiy boshqarma boshliqlari buyruqlari bilan ishchi guruhlar tuziladi. Ishchi guruhga hududiy boshqarma boshlig‘ining rejim va kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qiladi. Ishchi guruh tarkibiga hududiy boshqarmalarining kadrlar bo‘limi (bo‘linmalari) boshliqlari, boshqa bo‘lim, bo‘linma, guruh hamda xizmatlar boshliqlari, shuningdek mutaxassis psixologlar kiritilishi lozim. 6. Ishchi guruhlarini tuzish bo‘yicha buyruqda ularning vazifalari aniq ko‘rsatilishi shart. 7. Ishchi guruhlar o‘z faoliyatini har yili 20-yanvar kunidan 31-avgust kuniga qadar amalga oshiradi. 8. Institutga o‘qishga qabul qilish uchun Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Institutda qabul komissiyasi tuziladi va uning tarkibi tasdiqlanadi. 9. Qabul komissiyasiga Institut boshlig‘i rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi tarkibiga Davlat bojxona qo‘mitasi va Institutning tegishli sohaviy xizmat xodimlari kiritiladi. Qabul komissiyalari qabul yilining 1-fevral kunidan 31-avgust kuniga qadar faoliyat yuritadi. 10. Qabul komissiyasi raisi — Institut boshlig‘i: qabul komissiyasining ishini tashkillashtiradi; qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi; kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi; kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Qabul komissiyasi raisi — Institut boshlig‘i o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun o‘z vakolati doirasida buyruqlar qabul qiladi. 11. Qabul komissiyasi tarkibida quyidagi kichik komissiyalar tuziladi: nomzodlarning hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya; psixofiziologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya; yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya; kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish bo‘yicha kichik komissiya. 12. Institutga o‘qishga kirishni xohlagan fuqarolar o‘zlarining yashash joyidagi hududiy boshqarmaga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari o‘z xizmat o‘tash joyiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi. 13. Institutga o‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) 1-fevraldan 1-aprelga qadar qabul qilinadi. 14. Institutga o‘qishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan hududiy boshqarma ishchi guruhiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ariza (bildirgi); pasport nusxasi; tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma almashtirilgan yoxud familiya, ism, ota ismi va boshqa ma’lumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu haqda FHDY organining ma’lumotnomasi nusxasi; yaqin qarindoshlarining pasporti, tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi, nikohdan ajralganlik haqida guvohnomasi, vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqida guvohnomasi va nogironlik guvohnomasi nusxalari; oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi); 3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz); nomzod tomonidan qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol; anketa; o‘qish, ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) va yashash joyidan tavsifnoma hamda ma’lumotnoma (yashash joyidan berilgan ma’lumotnomada nomzodning oila a’zolari ko‘rsatiladi); ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi; chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi; mehnat daftarchasi (asli va nusxasi), agar mavjud bo‘lsa; ota-onasining Institutga o‘qishga kirishiga rozilik xati. Nomzoddan ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha ravishda zarur hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishi yoki tegishli tashkilotlardan so‘rab olinishi mumkin. Nomzodlar tomonidan hujjatlar taqdim etishda pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnoma, dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma almashtirilgan yoxud familiya, ism, ota ismi va boshqa ma’lumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu haqda FHDY organining ma’lumotnomasi, yaqin qarindoshlarining pasporti, tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi, nikohdan ajralganlik haqida guvohnomasi, vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqida guvohnomasi va nogironlik guvohnomasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasi hamda mehnat daftarchasi (agar mavjud bo‘lsa) shaxsan ko‘rsatiladi. 15. Institutga o‘qishga kirishni xohlagan harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari tomonidan mazkur Nizomning 14-bandi ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi. 16. Tegishli shakl bo‘yicha ruxsatnomani kelishish uchun zarur bo‘lgan materiallar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. 17. Hududiy boshqarmalar va Institut Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan harbiy-professional yo‘nalish bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’uldir. Bunda hududiy boshqarmalar va Institut boshliqlari vazifalarni, ularni bajarish muddatlari va mas’ul ijrochilarni ko‘rsatgan holda tegishli qabul yili uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlashi hamda uning ijrosini nazorat qilib borishlari shart. 18. Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi: hujjatlarni to‘plash va o‘rganish; yakka tartibda suhbatlashish; individual-psixologik o‘rganish; umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. 19. Dastlabki tanlash tadbirlari hududiy boshqarmalar ishchi guruhlari tomonidan qabul yilining 1-fevralidan 1-may kuniga qadar o‘tkaziladi. 20. Dastlabki tanlash: fuqaro yoshlar uchun — yashash joyidagi hududiy boshqarmada; harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari uchun — xizmat qilish joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda), tegishli hududiy boshqarmalarda o‘tkaziladi. 21. Dastlabki tanlash tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi. 22. Nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari dastlabki tanlash tadbirlari yakunlangunga qadar amalga oshiriladi. 23. Yakka tartibdagi suhbat fuqaro yoshlar bilan — hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlar bilan — harbiy qismlar (muassasalar), bo‘linmalarning komandirlari, tegishli hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan o‘tkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi bo‘yicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi to‘ldiriladi. 24. Individual-psixologik o‘rganish nomzodlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida hududiy boshqarmalarning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan psixologlar tomonidan ularni psixologik test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi. 25. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar chiqariladi: Institutga kirish uchun tavsiya etiladi; Institutga kirish uchun tavsiya etilmaydi. 26. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha Institutga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari to‘xtatiladi. 27. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash hududiy boshqarmalar ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik o‘rganish o‘tkazilgandan keyin 15 kun ichida hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi belgilagan muddatda mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi. 28. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan oldin ular sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasini, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari esa, o‘zlariga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasini taqdim etadi. 29. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari to‘xtatiladi. 30. Umumjismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga ular mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan zarur hujjatlarni to‘liq topshirganlaridan so‘ng, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi. 31. Nomzodlar tibbiy ko‘rikdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 32. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘iga ko‘ra nomzodning Institutda o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga qo‘shib qo‘yiladi. 33. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Institutda o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlash tadbirlariga qo‘yilmaydi. 34. Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildi to‘liq rasmiylashtirilgan nomzodlarni o‘qishga yuborish to‘g‘risida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa qabul qilinadi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga tikiladi. 35. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlari hududiy boshqarmalar tomonidan qabul yilining 1-iyun kuniga qadar Institutga yuboriladi. 36. Institut qabul komissiyasi tomonidan har yili 1-iyunga qadar Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan holda harbiy professional-tanlash tadbirlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib, hududiy boshqarmalarga yuboriladi. 37. Hududiy boshqarmalar ishchi guruhlari reja-jadvalga muvofiq nomzodlarni harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish muddatlari bilan tanishtiradi, ularning belgilangan muddatlarda Institutga hujjatlari to‘liq holda yetib kelishlarini ta’minlaydi. 38. Harbiy-professional tanlash tadbirlari 25-iyunga qadar Institutda o‘tkaziladi. 39. Harbiy-professional tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi: hujjatlarni o‘rganish; psixofiziologik o‘rganish; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; yozma ish (diktant); kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish; yakka tartibdagi yakuniy suhbat. 40. Institut qabul komissiyasi tarkibidagi nomzodlarning hujjatlarini o‘rganish kichik komissiyasi hujjatlarni o‘rganishda Institutga taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlarini ro‘yxatga oladi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi. 41. Psixofiziologik o‘rganish mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi. 42. Nomzodlar tibbiy ko‘rikdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 43. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra nomzodning oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. 44. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Institutda o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. 45. Yozma ish nomzodga diktant yozdirish orqali Institut qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi. Bunda yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya tarkibiga kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar yoki oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin. 46. Nomzodning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq amalga oshiriladi. 47. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan metodika asosida psixofiziologik o‘rganish natijalari, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari hisobga olingan holda o‘tkaziladi. 48. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul yilining 25-iyuniga qadar kollegial prinsip bo‘yicha, Institut qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. 49. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo‘yicha nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilinadi. 50. Test sinovlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) muvofiq o‘tkaziladi. 51. Umumta’lim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur va boshqa tillar) bo‘yicha o‘qigan taqdirda nomzod test sinovlari o‘rniga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan tartibda Institutda yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihon topshiradi. Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan o‘tkazilgan imtihon mazkur Nizomning 12-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga asosan baholanadi. 52. Institutga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 53. Institut qabul komissiyasi 10-iyulda nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi va mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi protokolni rasmiylashtiradi. Mazkur protokol nomzodlarni Institutga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. 54. Institutga o‘qishga qabul qilingan harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlariga o‘z xizmat o‘tash joylariga taqdim etish uchun ularning o‘qishga qabul qilinganligi bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma beriladi. 55. Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellatsiya shikoyatlari O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) muvofiq ko‘rib chiqiladi. 56. Institut qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda ularni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega. 57. Institutga o‘qishga kirmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlari test sinovlari natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida tegishli hududiy boshqarmalarga qaytarib yuboriladi. 58. Nomzodni o‘qishga qabul qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar Institutda saqlanadi. 1. Individual-psixologik o‘rganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 2. Dastlab nomzodlarga individual-psixologik o‘rganishni o‘tkazish tartibi hududiy boshqarmalarning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi. 3. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari har yili tegishli qabul yili uchun Institut qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi. 4. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari hududiy boshqarma Kadrlar bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining seyfida saqlanadi va u testlarning oshkor bo‘lib ketmasligi uchun mas’ul hisoblanadi. 5. Individual-psixologik o‘rganish yakka tartibda yoki guruh bo‘lib o‘tkazilishi mumkin. 6. Individual-psixologik o‘rganish guruh bo‘lib o‘tkazilganda, xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq bo‘lmasligi zarur. 7. Individual-psixologik o‘rganish davomida nomzodlarga oltita vazifa bo‘yicha bir yuz o‘nta psixologik test beriladi. 8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltiriladi: aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi; mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari; shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turg‘unligi, samimiyligi; kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi. 9. Birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi vazifalar — o‘ntadan savol (jami qirqta), beshinchi vazifaning to‘rtta shkalasi — o‘n to‘rttadan savol (jami ellik oltita), oltinchi vazifa — o‘n to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi. Bunda har bir to‘g‘ri javobga bir balldan qo‘yiladi. 10. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sog‘lig‘i surishtiriladi. O‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar o‘rganishga qo‘yilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik o‘rganishdan o‘tish uchun qayta ruxsat beriladi. 11. Javoblar varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar. Javoblar varaqasidagi tegishli katakchalarni noto‘g‘ri belgilagan nomzodning e’tirozlari ko‘rib chiqilmaydi. 12. Psixologik test sinovlari o‘tkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. 13. Psixologik test o‘tkazish vaqtida o‘rganish o‘tkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi. 14. Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingandan so‘ng, nomzodlar javoblar blankalarini o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. O‘rganish o‘tkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga e’tibor berishi zarur. 15. Vazifalarning barchasini (beshinchi vazifadagi barcha shkalani) muvaffaqiyatli topshirgan nomzod Institutga kirish uchun tavsiya etiladi hamda unga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi. 16. Individual-psixologik o‘rganish natijalari bo‘yicha Institutga o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlarga boshqa kuni o‘tkaziladigan individual-psixologik o‘rganish tadbirida psixologik testlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi. 17. Individual-psixologik o‘rganish sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 18. Qaydnoma hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi. 1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi. 2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi hududiy boshqarmaning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi. 3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimida kelishi lozim. 4. Nomzod yigitlar quyidagi mashqlarni bajaradi: turnikda tortilish; 100 metrga yugurish; 3000 metrga yugurish. 5. Nomzod qizlar quyidagi mashqlarni bajaradi: kuch ishlatish mashqlari kompleksi; 100 metrga yugurish; 1000 metrga yugurish. 6. Mashqlar oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi. 7. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga ko‘ra topshirmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi. 8. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi birinchi marta qoniqarsiz baholangan nomzodlarga boshqa kuni o‘tkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarida mashqlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi. 9. Turnikda tortilish mashqini bajarishda: bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi; iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi; harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1 — 2 soniya davom etadi). Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi. Turnikda kamida 7-marta tortilgan nomzod ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi. 10. 100 metrga yugurish mashqi: yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi; stadionning yugurish yo‘lakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi. 100 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 15,0 soniya ichida, nomzod qizlar esa 17,3 soniya ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi. 11. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin. 3000 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 14,25 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi. 1000 metrga yugurish mashqini nomzod qizlar 5,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi. 12. Kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda bir daqiqada ikkita mashq uzluksiz bajariladi. Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt ajratiladi. 13. Birinchi mashqni bajarishda: chalqancha yotiladi; qo‘llar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar to‘piq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi; dastlabki holatdan gavda oldinga ko‘tarilib, qo‘llar oyoq uchiga tekkandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qo‘yib yuborish taqiqlanadi. 14. Birinchi mashq uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilingandan so‘ng, darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishiladi. 15. Ikkinchi mashqni bajarishda: tayanib yotiladi, qo‘llar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda bo‘ladi; qo‘llar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart); qo‘llar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi. Kuch ishlatish mashqlari kompleksini nomzod qizlar kamida (umumiy hisobda) 26-marta bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi. 16. Nomzodlar belgilangan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarining kamida ikkitasini bajargan taqdirda, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “o‘tdi” deb hisoblanadi. 17. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 18. Qaydnoma hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi. 1. Psixofiziologik o‘rganish nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi hamda unga psixologik topshiriqlar berish orqali aniqlanadi. 2. Nomzodlarga psixofiziologik o‘rganish o‘tkazishdan oldin mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik o‘rganish o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi. 3. Psixologik topshiriqlar, ularning javoblari va javoblar blanklari Institut qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda ko‘paytiriladi. Psixologik topshiriqlar, ularning javoblari va javoblar blanklari kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi. Kichik komissiya raisi psixologik topshiriqlar va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. 4. Psixofiziologik o‘rganish davomida nomzodlarga 3 ta psixologik topshiriq beriladi. 5. Psixofiziologik o‘rganishda quyidagilar taqiqlanadi: nomzodga topshiriq mazmuniga muvofiq bo‘lmagan tushuntirishlar yoki javobga yo‘naltirilgan savollar berish; topshiriqlarni bajarish vaqtida nomzodni tanqid qilish, unga tanbeh berish. 6. Psixofiziologik o‘rganishni o‘tkazishda topshiriqlar bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar aniq yetkazilishi hamda o‘rganish nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxshi bo‘lgandagina o‘tkazilishi lozim. 7. Psixofiziologik o‘rganish maxsus jihozlangan xonada o‘tkaziladi. 8. Ushbu xona: yetarli darajada tabiiy va sun’iy yoritilgan bo‘lishi; shovqindan himoyalangan bo‘lishi; nomzodlarga ajratilgan joylar qulay va raqamlangan bo‘lishi; zarur namoyish jadvallari, plakatlar va matritsalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 9. Psixofiziologik o‘rganish o‘tkaziladigan xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq bo‘lmasligi zarur. 10. Kichik komissiya raisi nomzodlarning bor-yo‘qligini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini shaxsan tekshirib, ularni raqamlangan joylarga o‘tqizadi. 11. Psixofiziologik o‘rganish boshlanishidan oldin o‘zini yomon his qilayotgan yoki sog‘lig‘idan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur tadbirga qo‘yilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik o‘rganishdan o‘tish uchun qayta ruxsat beriladi. 12. Psixofiziologik o‘rganish vaqtida uni o‘tkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi. 13. Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingandan so‘ng, nomzodlar javoblar blankalarini o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. O‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga e’tibor berilishi zarur. 14. Nomzodlarning psixofiziologik o‘rganish natijalari “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi: nomzod psixologik topshiriqlarning barchasini to‘g‘ri bajargan taqdirda — 5 ball; nomzod psixologik topshiriqlarning ikkitasini to‘g‘ri bajargan taqdirda — 4 ball; nomzod psixologik topshiriqlarning bittasini to‘g‘ri bajargan taqdirda — 3 ball; nomzod psixologik topshiriqlarning birortasini to‘g‘ri bajarmagan taqdirda — 0 ball qo‘yiladi. 15. Psixofiziologik o‘rganish natijalari bo‘yicha har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va Institut qabul komissiyasi raisiga topshiriladi. 1. Yozma ish diktant yozdirish yo‘li bilan nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash maqsadida o‘tkaziladi. 2. Diktantlarning mavzulari va matnlari Institut qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda ko‘paytiriladi. 3. Diktantlarning mavzulari va matnlari kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi hamda u ularning oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. 4. Nomzodlarga dastlab mazkur Metodikada nazarda tutilgan yozma ish (diktant) o‘tkazish tartibi tushuntiriladi. 5. Nomzodlarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. Diktant qanday baholanishidan qat’i nazar, nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yiladi. 6. Diktantlar tekshirib chiqilgandan so‘ng, baholangan holda yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya raisi tomonidan qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi. 7. Diktant o‘tkaziladigan auditoriyaga lug‘at, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi. 8. Diktant uchun umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi fan dasturlari doirasida o‘tilgan mavzularga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi. 9. Diktant matnining hajmi 170 — 200 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. 10. Diktant yozishdan oldin nomzodlarga diktant matni to‘liq o‘qib eshittiriladi. Diktant yozish vaqtida har bir gap o‘qib eshittirilgandan so‘ng, ushbu gapni yozishga kirishiladi. Ushbu gap yozib bo‘lingandan so‘ng, gap yana bir bor o‘qib eshittiriladi. 11. Nomzodlarning diktanti “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi: mutlaqo xatosiz yozilgan yoki bitta orfografik yoxud bitta punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 5 ball qo‘yiladi; ikkitagacha orfografik va ikkitagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 4 ball qo‘yiladi, xatolar nisbati o‘zgarganda, ularning umumiy miqdori to‘rttadan oshmasligi kerak; to‘rttagacha orfografik va to‘rttagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 3 ball qo‘yiladi, xatolar nisbati o‘zgarganda, ularning umumiy miqdori sakkiztadan, biroq orfografik xatolar miqdori oltitadan oshmasligi kerak; yettitagacha orfografik va yettitagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 2 ball; to‘qqiztagacha orfografik va to‘qqiztagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 1 ball; o‘nta va undan ortiq orfografik va o‘nta va undan ortiq punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 0 ball qo‘yiladi. 12. Quyidagi mezonlar mavjud bo‘lganda xatolar, ularning sonidan qat’i nazar, bitta xato deb topiladi: beshta so‘zda “h” yoki “o‘” harflari o‘rnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan bo‘lsa; kirish so‘zlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida oltitagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; qaratqich belgisi uchtagacha so‘zda noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa. 13. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi: tasodifiy xatolar (masalan, tushunmoq so‘zi barcha o‘rinlarda to‘g‘ri yozilgan, biroq bitta o‘rinda noto‘g‘ri yozilgan yoki 1441 o‘rniga 1941 yozilgan bo‘lsa); takroriy xatolar (masalan, qutulmoq so‘zi besh o‘rinda qutilmoq tarzida qo‘llanilgan bo‘lsa); so‘z ko‘chirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br); ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Cho‘lpon ota — Cho‘pon ota, Yunusobod — Yunus-obod). 14. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq bo‘lsa, baho bir ballga pasaytiriladi. 15. Tekshirilgan har bir diktantga Institut qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya raisi va diktantni tekshirgan a’zosi tomonidan imzo qo‘yiladi. Bunda kichik komissiya a’zolari o‘zlari diktant yozdirgan nomzodlarning diktantlarini tekshirishi taqiqlanadi. 16. Kichik komissiya ishi yakunlangach, nomzodlarning diktantlari kichik komissiya raisi tomonidan Institut qabul komissiyasi raisiga topshiriladi. 1. Nomzodning kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (bundan buyon matnda KT va AKT deb yuritiladi) egallab olganlik darajasi kompyuter dasturiga kiritilgan test savollarini berish yo‘li bilan tekshiriladi. 2. Nomzodlarning KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirishdan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan tekshirish o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi. 3. Test savollari, ularning javoblari Institut qabul komissiyasi tarkibidagi kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish kichik komissiyasi tomonidan 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi. 4. Test savollari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun kichik komissiya raisi javobgar hisoblanadi. 5. Nomzodga yigirmata test savoli va ularni echish uchun o‘ttiz daqiqa vaqt beriladi. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 6. Test sinovlari o‘tkazilayotgan auditoriyaga lug‘at, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi. 7. Test savollarini shakllantirishda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi fan dasturlariga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi. 8. Test savollari quyidagilar bo‘yicha tuziladi: shaxsiy kompyuterdan foydalanish bo‘yicha; idora dasturiy ilovalari (microsoft office dasturi) bo‘yicha; Internet tarmog‘ida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash va tashkiliy texnikadan foydalanish bo‘yicha. 9. Test sinovlari natijasi “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi: 17 — 20 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa –5 ball; 13 — 16 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 4 ball; 9 — 12 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 3 ball; 5 — 8 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 2 ball; 1 — 4 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 1 ball; test savollarining birortasiga ham to‘g‘ri javob berilmagan bo‘lsa — 0 ball qo‘yiladi. 10. KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari bo‘yicha har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va Institut qabul komissiyasi raisiga topshiriladi. 1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning Institutga o‘qishga kirishi sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika bo‘yicha psixofiziologik o‘rganish, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari asosida o‘tkaziladi. 2. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish bo‘yicha tushunchalar, suhbat davomida berilishi mumkin bo‘lgan savollarning umumiy yo‘nalishlari va qabulga oid boshqa zarur ma’lumotlar harbiy-professional tanlash tadbirlari boshlanishidan oldin Institut qabul komissiyasi tomonidan beriladi. 3. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar ro‘yxati Institut qabul komissiyalari tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi va qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 4. Savollar nomzodning o‘qishga kirish sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatini, dunyoqarashini va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 5. Savollar ro‘yxati Institut qabul komissiyasi mas’ul kotibining seyfida saqlanadi. Mas’ul kotib savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi. 6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip bo‘yicha, Institut qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. 7. Nomzod yakuniy suhbatga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kiritiladi. 8. Qabul komissiyasi a’zolariga mas’ul kotib (uning yordamchisi) tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘tkazilayotgan nomzod haqidagi barcha ma’lumotlar taqdim etiladi. 9. Komissiya a’zolari nomzod haqidagi umumiy ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, unga og‘zaki tarzda 3 ta savol beradi. 10. Har bir nomzodga 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodning barcha savollarga bergan javobi eshitilgandan so‘ng, unga auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi. 11. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi: nomzod to‘g‘ri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qo‘llay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 5 ball; nomzod mustaqil mushohada yuritadi, amalda qo‘llay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 4 ball; nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 3 ball; nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 2 ball; nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — 0 ball qo‘yiladi. 12. Nomzodning savollarga javobi eshitilgandan so‘ng, komissiyaning har bir a’zosi nomzodga o‘zining bahosini qo‘yadi. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo‘yicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi. Mazkur qaydnomaga nomzodning psixofiziologik o‘rganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasi natijalari ham qabul komissiyasi mas’ul kotibi tomonidan yozib qo‘yiladi. 13. Qo‘yilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning o‘rtacha arifmetik bahosi aniqlanadi. 14. Natijalar shu kunning o‘zida nomzodlarga e’lon qilinadi. 15. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo‘yicha o‘rtacha uch va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yiladi. 16. Nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qaror haqida qaydnomaga yozib qo‘yiladi. 1. Imtihon test sinovlari majmuasida fanning egallagan o‘rnini hisobga olgan holda 75,6 ball yoki 39,6 ball oralig‘ida yagona ko‘p balli tizim bo‘yicha baholanadi. 2. Imtihonda tegishli chet tili bo‘yicha nomzodning matnni o‘qiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi. 3. Nomzodlarning imtihonda savollarga bergan javoblari mazkur bobda belgilangan mezonlar bo‘yicha baholanadi. 4. Test sinovlari majmuasida fan bo‘yicha 75,6 ball qo‘yilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, chet tili bo‘yicha nomzodning matnni o‘qiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi. Test sinovlari majmuasida fan bo‘yicha 39,6 ball qo‘yilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, chet tili bo‘yicha nomzodning matnni o‘qiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi tekshiriladi va baholanadi. 5. Test sinovlari majmuasida fan bo‘yicha 75,6 ball qo‘yilishi nazarda tutilgan bo‘lsa: a) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 75,6 ball qo‘yiladi: matnni o‘qishda xato qilmasa — 18,6 ball; matnni to‘liq (100 foiz) tarjima qilsa — 14 ball; matnning (maqolaning) mazmunini to‘liq gapirib bersa — 14 ball; berilgan mavzuni to‘liq bilsa — 3 ball; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolga ham javob bersa — 6 ball; grammatik tahlil qilishda jumlani to‘liq tahlil qilsa — 5 ball; nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda ikkitagacha grammatik, ikkitagacha leksik xato qilsa — 5 ball; talaffuz qilishda ikkitagacha fonetik xato qilsa — 5 ball; yozganda ikkitagacha orfografik xato qilsa — 5 ball qo‘yiladi; b) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 52 ball qo‘yiladi: matndagi ikkitagacha so‘zni o‘qishda xato qilsa — 14 ball; matnning 90 foizini tarjima qilsa — 12 ball; matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bersa — 8 ball; berilgan mavzuni chala bilsa — 2 ball; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa — 3 ball; grammatik tahlil qilishda jumlani chala tahlil qilsa — 3 ball; nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda to‘rttagacha grammatik, to‘rttagacha leksik xato qilsa — 4 ball; talaffuz qilishda to‘rttagacha fonetik xato qilsa — 3 ball; yozganda to‘rttagacha orfografik xato qilsa — 3 ball qo‘yiladi; v) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 31 ball qo‘yiladi: matndagi beshtagacha so‘zni o‘qishda xato qilsa — 10 ball; matnning 80 foizini tarjima qilsa — 9 ball; matnning (maqolaning) faqat umumiy mazmunini gapirib bersa — 4 ball; nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda oltitagacha grammatik, oltitagacha leksik xato qilsa — 4 ball; talaffuz qilishda oltitagacha fonetik xato qilsa — 2 ball; yozganda oltitagacha orfografik xato qilsa — 2 ball; berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa — 0 ball qo‘yiladi; g) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 16 ball qo‘yiladi: matndagi yettitagacha so‘zni o‘qishda xato qilsa — 6 ball; matnning 70 foizini tarjima qilsa — 6 ball; nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda sakkiztagacha grammatik, sakkiztagacha leksik xato qilsa — 2 ball; talaffuz qilishda sakkiztagacha fonetik xato qilsa — 1 ball; yozganda sakkiztagacha orfografik xato qilsa — 1 ball; matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa — 0 ball qo‘yiladi; d) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 4 ball qo‘yiladi: matnning 60 foizini tarjima qilsa — 4 ball; matndagi sakkiztadan ortiq so‘zni o‘qishda xato qilsa yoki umuman o‘qiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda to‘qqiz va undan ortiq grammatik, to‘qqiz va undan ortiq leksik xato qilsa, talaffuz qilishda to‘qqiz va undan ortiq fonetik xato qilsa, yozganda to‘qqiz va undan ortiq orfografik xato qilsa — 0 ball qo‘yiladi; e) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 2 ball qo‘yiladi: matnning 50 foizini tarjima qilsa — 2 ball; matndagi sakkiztadan ortiq so‘zni o‘qishda xato qilsa yoki umuman o‘qiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda to‘qqiz va undan ortiq grammatik, to‘qqiz va undan ortiq leksik xato qilsa, talaffuz qilishda to‘qqiz va undan ortiq fonetik xato qilsa, yozganda to‘qqiz va undan ortiq orfografik xato qilsa — 0 ball qo‘yiladi. 6. Test sinovlari majmuasida fan bo‘yicha 39,6 ball qo‘yilishi nazarda tutilgan bo‘lsa: a) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 39,6 ball qo‘yiladi: matnni o‘qishda xato qilmasa — 11,6 ball; matnni to‘liq (100 foiz) tarjima qilsa — 12 ball; matnning (maqolaning) mazmunini to‘liq gapirib bersa — 12 ball; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolga ham javob bersa — 4 ball; b) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 29 ball qo‘yiladi: matndagi ikkitagacha so‘zni o‘qishda xato qilsa — 8 ball; matnning 90 foizini tarjima qilsa — 10 ball; matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bersa — 8 ball; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa — 3 ball; v) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 17 ball qo‘yiladi: matndagi beshtagacha so‘zni o‘qishda xato qilsa — 5 ball; matnning 80 foizini tarjima qilsa — 8 ball; matnning (maqolaning) faqat umumiy mazmunini gapirib bersa — 4 ball; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qo‘yiladi; g) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 8 ball qo‘yiladi: matndagi yettitagacha so‘zni o‘qishda xato qilsa — 2 ball; matnning 70 foizini tarjima qilsa — 6 ball; matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qo‘yiladi; d) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 4 ball qo‘yiladi: matnning 60 foizini tarjima qilsa — 4 ball; matndagi sakkiztadan ortiq so‘zni o‘qishda xato qilsa yoki umuman o‘qiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qo‘yiladi; e) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 2 ball qo‘yiladi: matnning 50 foizini tarjima qilsa — 2 ball; matndagi sakkiztadan ortiq so‘zni o‘qishda xato qilsa yoki umuman o‘qiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qo‘yiladi. 7. Nomzodning javoblari qabul qilingandan so‘ng, komissiyaning har bir a’zosi nomzodga o‘zining bahosini qo‘yadi. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga imtihon natijalari bo‘yicha mazkur Mezonlarning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi. 8. Qo‘yilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning o‘rtacha arifmetik bahosi aniqlanadi. Natijalar shu kunning o‘zida nomzodlarga e’lon qilinadi.
101
49,281
Qonunchilik
Yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oldini olmagan – jazoga tortiladi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytiruvchi tuzatishlar kiritildi (4.03.2019 yildagi OʻRQ–526-son Qonun). Ular uch oy oʻtgach kuchga kiradi. Birinchidan, yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun jarimalar oshiriladi. Fuqarolardan 10 EKIHdan 15 EKIHgacha (hozir – 5 EKIHdan 10 EKIHgacha), mansabdor shaхslardan 20 EKIHdan 30 EKIHgacha (hozir – 10 EKIHdan 15 EKIHgacha) jarima undiriladi. 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi muqobil variant ham saqlanib qoldi. Ushbu huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganlar, agar oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasalar hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsalar, javobgarlikdan ozod etiladi. Ma’lumot uchun: oʻzboshimchalik bilan egallab olish deganda vakolatli organning qarorisiz, yer uchastkasi chegarasi joyida belgilanmasdan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilmasdan hamda yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyхatiga olinmasdan yer uchastkalarining egallab olinishi tushuniladi.  Ikkinchidan, хoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqqanlik, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzganlik uchun sanksiyalar oshiriladi (MJTKning 68-moddasi): 2019 yil 6 iyungacha 2019 yil 6 iyundan Tasdiqlangan yer tuzilishi loyiha hujjatlaridan tegishli ruхsat boʻlmay turib chetga chiqish, хuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib ob’yektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni buzib koʻrsatish, aхborotlarni berishdan boʻyin tovlash yoki notoʻgʻri aхborot berish fuqarolarga – EKIHning 1/3 qismidan 1 EKIHgacha mansabdor shaхslarga – 1 EKIHdan 3 EKIHgacha fuqarolarga – 1 EKIHdan 3 EKIHgacha    mansabdor shaхslarga – 3 EKIHdan 5 EKIHgacha Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa fuqarolarga – 1 EKIHdan 3 EKIHgacha mansabdor shaхslarga – 3 EKIHdan 7 EKIHgacha fuqarolarga – 3 EKIHdan 5 EKIHgacha mansabdor shaхslarga – 7 EKIHdan 10 EKIHgacha Uchinchidan, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni roʻyхatdan oʻtkazish maqsadida oʻz vaqtida murojaat etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda. Buning uchun fuqarolarga 1 EKIHdan 3 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga esa – 3 EKIHdan 5 EKIHgacha miqdorda jarima solinadi. Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi organlari yurituvida boʻladi. Eslatib oʻtamiz, koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilish uchun unga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar yuzaga kelgan, oʻtgan, cheklangan va bekor boʻlgan yoхud uning huquqiy holati oʻzgargan kundan boshlab bir oy vaqt beriladi. Buni yuridik va jismoniy shaхslar – mulkdorlar yoхud ashyoviy huquqlar egalari yoki ularning vakolatli shaхslari amalga oshirishlari kerak, ular ushbu muddatni oʻtkazib yuborganlarida javobgarlikka tortiladilar.       Toʻrtinchidan, sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaganlik uchun ma’muriy va jinoiy sanksiyalar joriy etiladi. Buning uchun yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar javobgarlikka tortiladi. Fuqarolarga 10 EKIHdan 15 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga esa 20 EKIHdan 30 EKIHgacha ma’muriy jarima solinadi. Bunda 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish jazosi ham qoʻllanilishi mumkin. Ishlarni ma’muriy sudlar koʻrib chiqadilar. Ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida harakatsizlik davom etsa, jinoiy javobgarlik yuzaga keladi. Sanksiya – 100 EKIHdan 150 EKIHgacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Biroq oʻsha qilmish takroran yoki bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa – 150EKIHdan 300 EKIHgacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaхslar, agar oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasalar hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsalar, javobgarlikdan ozod etiladi. Ma’lumot uchun: 2018 yilda Yer kodeksiga yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrish majburiyatini belgilovchi norma kiritilgan (24.07.2018 yildagi OʻRQ–487-son Qonunga qarang). Beshinchidan, yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda. Ayni paytda buning uchun MJTKning 66-moddasi boʻyicha faqat ma’muriy jazo chorasi nazarda tutilgan. Ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida navbatdagi huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun 150 EKIHdan 300 EKIHgacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud muayyan huquqdan mahrum qilib, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolaydilar. Oʻsha harakat takroran sodir etilgan boʻlsa yoki sugʻoriladigan yerlarning qishloq хoʻjaligi oborotidan chiqishiga sabab boʻlsa, 300 EKIHdan 600 EKIHgacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud muayyan huquqdan mahrum qilib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yangidan kiritilgan jinoyatlar tarkiblari boʻyicha dastlabki tergovni prokuratura organlari tergovchilari amalga oshiradilar. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 6.06.2019 yildan kuchga kiradi. Oleg Zamanov.
79
6,020
Qonunchilik
“YER TO‘G‘RISIDAGI” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1990-yil 20-iyunda qabul qilgan “Yer to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining vedomostlari, 1990-yil, 16 – 18-sonlar, 294-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1. 1-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasida yer munosabatlari ushbu Qonun bilan va O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi”. 2. 2-moddaning 2-qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yerga egalik huquqini O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi amalga oshiradi, u ushbu Qonunga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solishga doir ba’zi masalalarda huquqlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qo‘mitalariga beradi”. 3. 4, 5, 6, 7, 8 va 9-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari qishloq Sovetlarining ixtiyorida bo‘ladi: 1) shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari katta-kichikligining me’yorlarini tasdiqlash; 2) qishloqlarning hududidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza etishni nazorat qilish. Xalq deputatlari qishloq Sovetlari o‘z ixtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani ko‘rib chiqish va hal etishga haqlidir. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari qishloq Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari ixtiyorida bo‘ladi: 1) o‘z ixtiyorlariga berilgan yer zaxiralarini tasarruf etish; 2) qishloq aholi punktlari doirasidagi jamoa va davlat xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tarkibida bo‘lmagan yerlarni, yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, berish va olib qo‘yish; 3) yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatga olish; 4) shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish, turar joy qurish va obodonlashtirish, shuningdek o‘t o‘rish va mol boqish uchun fuqarolarga berib qo‘yilgan yer uchun haq olish; 5) ushbu ijroiya qo‘mitalaridan yer olgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shahar (posyolka) doirasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining ixtiyorida bo‘ladi. Xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlari o‘z ixtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani ko‘rib chiqish va hal etishga haqlidir. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari ixtiyorida bo‘ladi: 1) yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, shahar (posyolka) doirasidagi yerlarni berish va olib qo‘yish, jamoa va davlat xo‘jaliklarining, boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasnodir; 2) yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatga olish; 3) shahar (posyolka) doirasida fuqarolarga, davlat, shirkat va jamoat korxonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i va ijara haqi undirib olish; 4) ushbu moddaning 1-bandida belgilab qo‘yilgan tartibda yer olgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish xalq deputatlari nohiya Sovetlari ixtiyorida bo‘ladi. Xalq deputatlari nohiya Sovetlari o‘z ixtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani ko‘rib chiqish va hal etishga haqlidir. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari ixtiyorida bo‘ladi: 1) fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga egalik qilish uchun, foydalanish uchun hamda ijaraga berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan; birinchi guruhga kiruvchi o‘rmonlar bilan qoplangan yerlardan tashqari o‘rmon fondi yerlaridan; sanoat, transport, aloqa, mudofaa obyektlari va boshqa obyektlar egallab turgan yerlardan; suv fondi yerlaridan chegirib olish — bitta yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga 10 gektarigacha miqdorda; fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga zaxira yerlardan, yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish; 2) ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan egalik qilish va foydalanish huquqlarini to‘xtatish sabablari belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini to‘xtatib qo‘yish, xalq deputatlari qishloq, posyolka va shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining vakolat doirasiga kiruvchi hollar bundan mustasno; 3) yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatga olish; jamoa xo‘jaliklari tuzilgan, tashkil etilgan va tugatilgan hollarda ularning yerga egalik qilishi masalalarini hal etish; 4) yer-kadastr hujjatlarini yuritishni tashkil etish; 5) yer tuzish ishlarini tashkil etish; 6) fuqarolarga jamoat bog‘dorchiligi va uzumchiligi uchun, davlat, shirkat, jamoat korxonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga, shuningdek diniy tashkilotlarga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i solish va ijara haqi undirish. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ixtiyorida bo‘ladi. Xalq deputatlari viloyat Soveti o‘z ixtiyoriga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani ko‘rib chiqish va hal etishga haqlidir. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari ixtiyorida bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun, davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari va boshqa korxonalarga, muassasalar va tashkilotlarga egalik qilish uchun, foydalanish uchun va ijaraga ushbu moddaning 2-bandida bayon etilgan shartlarga rioya qilgan holda yer berish; 2) barcha yerlardan katta-kichikligidan qat’i nazar, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hamda tarixiy-madaniy obyektlar egallab turgan yerlarni, shahar atrofi zonalari va yashil zonalar yerlarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining tajriba maydonlarini, birinchi guruh o‘rmon yerlarini chegirib olish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilanadigan ro‘yxatga oid chegirib olinadigan yerlar bundan mustasnodir; 3) yer-kadastr hujjatlarini yuritishni tashkil etish; 4) yer tuzish ishlarini tashkil etish. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ixtiyorida bo‘ladi: 1) O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlarini ishlab chiqish va taqsimlashtirish; 2) yer uchun haq to‘lash tartibini hamda uning eng ko‘p va oz miqdorlarini, shuningdek yer uchun haq undirish sohasidagi imtiyozlarni belgilab qo‘yish; 3) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish haqidagi qonunlarning bajarilishini nazorat etishni uyg‘unlashtirish. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi respublika hududida yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani ko‘rib chiqish va hal etishga haqlidir. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ixtiyorida bo‘ladi: 1) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yerlarni xalq deputatlari qishloq, posyolka, nohiya, shahar va viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari bilan, shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tasarruf etish; 2) yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiatni qo‘riqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda yer resurslarini muhofaza qilish yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qo‘mitalari bilan birgalikda respublika dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish; 3) yer tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish. 4. 11-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — xalq deputatlari posyolka, nohiya va shahar Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari beradi: muayyan ma’muriy nohiyadagi jamoa xo‘jaliklariga, davlat xo‘jaliklariga va boshqa davlat, shirkat, jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga — xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari, boshqa nohiyalardan kelgan xuddi shu xildagi yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarga esa xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari beradi; respublika hamda chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga va tashkilotlarga, shuningdek xorijiy davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga, ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi beradi”. 5. 12-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yer uchastkalarini ajratib berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining hamda xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda amalga oshiriladi”. 12-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin. 6. 13-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xalq deputatlari tegishli Sovetining ijroiya qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasidagi qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqini va undan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yadi:” 7. 14-moddada: birinchi qismda “Xalq deputatlari Sovetlarining o‘zlariga berib qo‘yilgan vakolatlarga muvofiq chiqargan qaroriga ko‘ra” so‘zlari “Xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining o‘zlariga berib qo‘yilgan vakolatlarga muvofiq chiqargan qaroriga ko‘ra” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismda “tegishli xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlari” so‘zlari “xalq deputatlari tegishli mahalliy Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qarorlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Muayyan viloyat uchun kadastr bahosi darajasiga muvofiq belgilanadigan alohida muhofaza qilinadigan tabiiy va tarixiy-madaniy obyektlar egallab turgan yerlarning qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilishiga alohida hollarda, faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. Bunday yerlarning turlari va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladi”; beshinchi qismda “xalq deputatlari mahalliy Sovetlari” so‘zlari “xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 15-moddaning ikkinchi qismida “tegishli suratda xalq deputatlari oblast Sovetlari, boshqa yerlarda esa xalq deputatlari rayon yoki shahar Sovetlari uzog‘i bilan bir yilga beradilar” so‘zlari “tegishli suratda xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari, boshqa yerlarda esa xalq deputatlari nohiya yoki shahar Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari uzog‘i bilan bir yilga beradilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 16-moddada: birinchi qismda “xalq deputatlari Sovetlari yerni ijaraga bergan hollarda” so‘zlari “xalq deputatlari Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari yerni ijaraga bergan hollarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3-bandning to‘rtinchi qismi quyidagicha tahrirda berilsin: “qishloq xo‘jalik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va o‘quv yurtlarining tajriba dalalari, mol haydab boriladigan yo‘llar, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport muassasalari, dam olish va sog‘lomlashtirish inshootlari, gidrometeorologiya stansiyalari va postlari egaligidagi hamda foydalanishidagi yerlar — bu tashkilotlarga yordamchi qishloq xo‘jalik ishlari olib borish uchun berib qo‘yilgan yerlardan tashqari”; 10. 18-moddada: 3-bandning birinchi qismida “er bergan xalq deputatlari Sovetining roziligi bilan” degan so‘zlari “Yer bergan xalq deputatlari Soveti ijroiya qo‘mitasining roziligi bilan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; sakkizinchi qismda “davlat hakamligi idoralari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining hakamlik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 19-moddaning birinchi qismida “ularning xohishiga ko‘ra xalq deputatlari rayon yoki shahar Soveti tomonidan avvalgi yeri bilan aynan bir xil bo‘lgan yer uchastkasi ajratilgach” so‘zlari “ularning xohishiga ko‘ra xalq deputatlari nohiya yoki shahar Soveti ijroiya qo‘mitasi tomonidan avvalgi yeri bilan aynan bir xil bo‘lgan yer uchastkasi ajratilgach” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. 21-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: O‘zlariga qarashli ayrim aholi punktlari shahar hududi tarkibiga qo‘shib yuborilgan jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklarida uzluksiz besh yildan ortiq ishlagan va hamon ishlab ketayotgan kolxozchilarning, davlat xo‘jaliklari ishchi va xizmatchilarining, shuningdek o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik qilish huquqi bilan ularning ish joyidan yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun shu xo‘jalikda belgilab qo‘yilgan miqdorda tomorqa yeri beriladi (binolar va hovlilar egallagan maydon ham shu jumlaga kiradi)”. Moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qism deb hisoblansin. 13. 25-moddaning uchinchi qismida “ulardagi suv resurslari va limitlarning mavjudligini e’tiborga olib xalq deputatlari oblast Sovetlari” so‘zlari “ulardagi suv resurslari va limitlarining mavjudligini e’tiborga olib xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 14. 28-moddada: birinchi qismda “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining qaroriga muvofiq” so‘zlari “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari qarorlariga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismda “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining qarorlariga binoan” so‘zlari “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining ijroiya qarorlariga binoan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 15. 30-moddada “xalq deputatlari tegishli oblast Sovetlarining qarorlariga binoan” so‘zlari “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qaroriga binoan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 16. 34-moddada: birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarda “xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining qarorlariga asosan”, “xalq deputatlari shahar (posyolka) Sovetining qaroriga muvofiq”, “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining qarori asosida” so‘zlari tegishli yo‘sinda “xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qarorlariga asosan”, “xalq deputatlari shahar (posyolka) Soveti ijroiya qo‘mitasining qaroriga muvofiq”, “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Soveti ijroiya qo‘mitasining qarori asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi qismda “xalq deputatlari tegishli posyolka, rayon, oblast va Toshkent shahar Sovetlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi” so‘zlari “xalq deputatlari tegishli posyolka, nohiya, viloyat va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qarorlari bilan tasdiqlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi qismda “xalq deputatlari oblast, Toshkent shahar Sovetlarining qarori asosida” so‘zlar “xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitasining qarori asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 17. 36-moddaning beshinchi qismida “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining qaroriga muvofiq” so‘zlari “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining ijroiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 18. 37-moddaning ikkinchi qismida “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar” so‘zlari “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari ijroiya qo‘mitalari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 19. 39-moddaning ikkinchi qismida “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi” so‘zlari “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining ijroiya qo‘mitasi ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 20. 40-modda ikkinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1) qishloq aholi punktlarining xalq deputatlari qishloq Sovetlari ixtiyoridagi yerlaridan. Ana shu aholi punktlarining chegaralari doirasida xalq deputatlari qishloq Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer uchastkalari berish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;” 21. 42-moddaning: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yo‘nalishdagi yer korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanishga yer berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi”; ikkinchi qismidagi “xalq deputatlari rayon va shahar Sovetlarining qaroriga muvofiq” degan so‘zlar “xalq deputatlari nohiya va shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qaroriga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 22. 47-moddaning uchinchi qismida “Xalq deputatlari rayon Sovetlari” so‘zlari “Xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 23. 50-moddaning uchinchi qismida “davlat hakamligi idoralari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi hakamlik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 24. 52-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xalq deputatlari viloyat Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qaroriga muvofiq bu mablag‘lardan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish yo‘lida ham foydalanish mumkin”. 25. 55-moddaning ikkinchi xatboshidagi “uchun” so‘zidan keyingi “ittifoq” so‘zi chiqarib tashlansin. 26. 57-moddaning “SSSR Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 27. 58-moddaning: birinchi qismi “xalq deputatlari Sovetlarini” degan so‘zlardan so‘ng “va ularning ijroiya qo‘mitalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; to‘rtinchi qismidagi “mamlakat” degan so‘z “respublika” degan so‘z bilan almashtirilsin; beshinchi qismda “SSSR Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 28. 60-moddaning: birinchi qismi “xalq deputatlari Sovetlarining” degan so‘zlardan so‘ng “va ularning ijroiya qo‘mitalarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; ikkinchi qismidagi “Yer tuzish xalq deputatlari Sovetlarining qaroriga” degan so‘zlar “Yer tuzish xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining qaroriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 29. 61-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xo‘jaliklararo yer tuzish hamda qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalari xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlari ijroiya qo‘mitalari tomonidan tasdiqlanadi. Xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalari xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari tomonidan tasdiqlanadi”. 30. 62-moddaning: birinchi qismidagi “xalq deputatlari Sovetlari”, “davlat hakamligi idoralari” degan so‘zlar tegishli yo‘sinda “xalq deputatlari Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari”, “O‘zbekiston Respublikasining hakamlik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismidagi “davlat hakamligi idoralari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining hakamlik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismidagi “xalq deputatlari tegishli qishloq (ovul) va posyolka Sovetlari tomonidan” degan so‘zlar “xalq deputatlari tegishli qishloq va posyolka Sovetlari ijroiya qo‘mitalari tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlardagi “xalq deputatlari shahar Sovetlari”, “xalq deputatlari rayon Sovetlari”, “xalq deputatlari oblast Sovetlari” degan so‘zlar tegishdi yo‘sinda “xalq deputatlari shahar Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari”, “xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari”, “xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; sakkizinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘qqizinchi qismidagi “ittifoqdosh” so‘zi “suveren” so‘zi bilan almashtirilsin. Basharti, komissiya o‘zaro bir qarorga kelolmasa, mazkur masalalar xususidagi nizolar SSR Ittifoqi qonunlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi lozim” degan gap chiqarib tashlansin. 31. 63-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xalq deputatlari mahalliy Soveti ijroiya qo‘mitasining yer xususidagi nizo yuzasidan chiqargan qaroriga tomonlarning biri norozi bo‘lgan taqdirda qaror ustidan tomonlarning biri fuqaro, jamoa xo‘jaligi, boshqa shirkat yoxud jamoat korxonasi, muassasasi va tashkiloti, qo‘shma korxonalar, boshqa ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lganida sudga, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘rtasida yer xususida nizolar chiqqanida esa O‘zbekiston Respublikasining hakamlik sudlariga ham shikoyat qilinishi mumkin”. 32. 64-moddaning: beshinchi qismidagi “xalq deputatlari tegishli qishloq (ovul), posyolka, rayon yoki shahar Sovetining” degan so‘zlar “xalq deputatlari tegishli qishloq, posyolka, nohiya yoki shahar Soveti ijroiya qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; oltinchi qismidagi “xalq deputatlari Sovetlari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq olib qo‘yilishi” degan so‘zlar “xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qo‘mitalari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq olib qo‘yilishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 33. 65-modda. Quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Basharti, O‘zbekiston Respublikasining boshqa suveren davlatlar bilan shartnomalarida “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida ko‘zda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnomaning qoidalari qo‘llaniladi”. 34. 1, 2, 3, 9-18, 20-25, 28, 30-34, 40-48, 50-56, 60-62 va 64-moddalardagi “Qoraqalpog‘iston ASSR Oliy Soveti”, “Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti”, “va Qoraqalpog‘iston ASSR”, “Qoraqalpog‘iston Oliy Sovetining qarorlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 1, 7, 9, 10, 12, 18, 24, 25, 41-48, 50, 54-56 va 60-moddalardagi “SSR Ittifoqi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
96
23,657
Qonunchilik
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2013-yil 26-sentabrdagi 179a, 96, 49-son qarori (ro‘yxat raqami 2518, 2013-yil 18-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 42-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Rag‘batlantiriladigan fermer xo‘jaliklari ro‘yxati (bundan buyon matnda Ro‘yxat deb yuritiladi) har yili 10-yanvarga qadar paxta tozalash korxonalarining paxta xomashyosini qabul qilish varaqalari (PK-17-shakl) hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlarining “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida”gi davlat statistika hisoboti (1-FX shakli) ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.”. 2. 13-bandda: “b” kichik banddagi “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi” degan so‘zlar “O‘zkimyosanoat” AJ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “d) fermer xo‘jaligiga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalaridan (“GM O’zbekiston” AJ mahsuloti) xohlagan bitta modelini fermer xo‘jaligining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish. Bunda fermer xo‘jaliklari tomonidan tegishli sertifikatga asosan “O‘zavtosanoat” AK tizimidagi korxonalarga murojaat etilgandan keyin bir oy muddatda shartnomalar tuzishni yakunlash hamda “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan fermer xo‘jaliklarining paxta yakuniy hisob-kitob mablag‘laridan to‘liq to‘lab beriladi. Mazkur imtiyozning taqdim etilishi uchun “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zavtosanoat” AK tizimidagi diler korxonalar avtotransport vositasini shartnomaviy muddatlarda yetkazib berish uchun mas’ul hisoblanadi;”; “e” kichik banddagi “OATB” degan qisqartma “ATB” degan qisqartma bilan almashtirilsin. 3. 15-banddagi “20-dekabrga qadar” degan so‘zlar “25-yanvarga qadar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 16-banddagi “25-dekabrga qadar” degan so‘zlar “30-yanvarga qadar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 1 va 3-ilovalar tegishlicha mazkur o‘zgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 6. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Markaziy banki, “O‘zneftmahsulot” AK, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zavtosanoat” AK, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi bilan kelishilgan.
164
3,312
Qonunchilik
OTMda ta’lim uchun haq toʻlovchilar uchun uchta muammo
28 yoshli talabaning OTMda ta’limi uchun haqni uning eri toʻlasa, SKning 378-moddasi 16-bandida nazarda tutilgan JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi? Agar talaba uchun bir yoʻla oilaning uchta a’zosi haq toʻlasa,  haq toʻlashda ishtirok etish ulushini qanday tasdiqlash mumkin? Kontrakt haqini toʻlashda bank foiziga imtiyozni qoʻllasa boʻladimi? Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan Yunusobod DSI bosh soliq inspektori  Nizomiddin SULTONOV javob berdi: 1. Norma ruscha va oʻzbekcha variantlarda - farq qiladi - Talaba uchun yoshga doir cheklovga nisbatan savolni bugungi kunda koʻplar berishadi, sababi Soliq kodeksida oʻzbek tilida va uning rus tilidagi tarjimasida ushbu norma  turlicha ifodalanadi. Oʻzbek tilidagi matndan erining (хotinining) хotinining (erining) yoshi muhim emasligi, rus tiliga tarjimadan esa – imtiyozni faqat ta’lim olayotgan erining (хotinining) yoshi 26 oshmagan taqdirda qoʻllash mumkinligi kelib chiqadi. Mazkur vaziyatda “Davlat tili haqida”gi Qonunning 8-moddasiga amal qilish zarur, unda bunday deyilgan: “Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi. Ya’ni – agar rasman yondashilsa – oʻzbek tilidagi SKning 378-moddasi 16-bandida yozilgan normaga rioya qilish lozim. Bu shuni anglatadiki, ushbu normani qoʻllash uchun хotinining yoshi ahamiyatga ega emas. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
54
1,516
Qonunchilik
Maktablar va bolalar bogʻchalarini faqat 6 ta davlat organi tekshirishga haqli
Vazirlar Mahkamasining 25.04.2019 yildagi 352-son qarori bilan maktabgacha hamda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish meхanizmi belgilandi. Hujjat talablari faqat davlat muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. Maktablar va bolalar bogʻchalarining faoliyati rejali, rejadan tashqari va nazorat tartibida tekshirish shaklida oʻrganiladi. Quyidagi vakolatli organlar va ularning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida ularning faoliyatini tekshirish huquqiga ega: Bu – muhim! Tekshirishga vakolatli organlarning koʻrsatilgan roʻyхati batafsil hisoblanadi, boshqa tuzilmalar maktablar va bolalar bogʻchalarida tekshirish oʻtkazishga haqli emas. Noqonuniy tekshirishlar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan Bosh prokuratura kuzatib borib, aybdor shaхslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini qoʻllaydi. Rejali tekshirishlar Tekshirishga vakolatli organlar keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvalini tuzib, uni tegishliligi boʻyicha tizimida bolalar bogʻchalari va maktablar boʻlgan vazirlik va idoralarga taqdim etadilar. Tasdiqlangan reja-jadval ularning veb-saytlarida joylashtiriladi, shuningdek tekshirilishi rejalashtirilgan muassasalar e’tiboriga yetkaziladi. Vakolatli organ tekshirish oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin tegishli vazirlik yoki idoraga buyruq, dastur yoki savolnoma ilova qilingan rasmiy хat yuborish yoʻli bilan uni bu haqda хabardor qiladi. Tekshirish jarayonida ushbu hujjatlar doirasidan chetga chiqilmaydi. Ularda nazarda tutilmagan masalalarni oʻrganish taqiqlanadi.      Tekshiruvchilar qogʻoz yoki elektron shakldagi Tekshirishlarni roʻyхatga olish daftarini toʻldirishlari shart. Rejali tekshirish oʻtkazish muddati – koʻpi bilan 10 kun. Nazorat organi tekshirish natijalari toʻgʻrisida dalolatnoma (ma’lumotnoma) rasmiylashtiradi, unda quyidagilar oʻz aksini topadi: E’tibor bering! Yangi tashkil etilgan bolalar bogʻchalari va maktablarda dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlar oʻtkazilmaydi. Rejadan tashqari tekshirishlar Faqat yillik rejaga kiritilmagan ta’lim muassasalari tekshiriladi. Tekshirishlar qat’iy belgilangan hollarda oʻtkaziladi, masalan: Nazorat tartibida tekshirish Tekshirish jarayonida muassasaning ilgarigi tekshirishda aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etganligi tekshiriladi. Kamida 10 kalendar kun oldin yozma ravishda хabardor qilgan holda 5 kalendar kundan oshmagan muddatda oʻtkaziladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.04.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
78
2,528
Qonunchilik
Usta-murabbiylar uchun ish hajmlari belgilandi
Ustalarning shaхsiy yillik ish rejasi 1865 soatdan iborat. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan koʻrsatilgan soatlar doirasida ish rejasining boʻlimlari (nazariy va amaliy oʻquv yuklamasi; ishlab chiqarish ta’limi; tarbiyaviy ishlar) boʻyicha soatlar hajmi 30 foizgacha kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin. Shuningdek pedagogik kengash ustalarning ish rejasiga Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan, biroq ta’lim jarayoniga oid boshqa ish turlarini kiritishi mumkin. Hujjat bilan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt me’yorlari ham tasdiqlandi. Bu ustalar bajaradigan ishlar hajmini aniqlash va ularning ish rejalarini shakllantirish uchun asos hisoblanadi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Qaror 2016 yil 10 oktyabrda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun  hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
46
1,154
Qonunchilik
MAShINA-TRAKTOR PARKLARINING VA QIShLOQ XO‘JALIK KORXONALARINING MAShINA SAROYLARI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.1999-yil 139-sonli qaroriga binoan ishlab chiqildi. 1.1. Mashina saroyi mashina-traktor parkining yoki qishloq xo‘jalik korxonasining ta’mirlash-xizmat qilish bazasining obyektlaridan biridir, bu yerda texnika va undan echilgan tarkibiy qismlarni saqlash tashkil qilinadi, yangi texnikani butkul yig‘ish, hisobdan chiqarilgan texnikani qismlarga ajratish va nuqsonlash, mashina-traktor agregatlarini butlash va sozlash, oddiy qishloq xo‘jalik mashinalarini saqlashga qo‘yishdan oldin ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. 1.2. Mashina saroyi ta’mirlash-xizmat qilish bazasining maydonida joylashadi, qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘limlaridan, foydalanilayotgan mashinalarning qisqa muddatli saqlash joylaridan devor bilan ajratib qo‘yiladi; yopiladigan darvozasi bo‘lishi kerak. 1.3. Mashina saroyi O’z DST 932: 1999 “Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan texnika. Saqlash qoidalari” Davlat standarti, 816-01-31 sonli “Markaziy qo‘rg‘oncha, xo‘jaliklar ta’mirlash-texnik bazalari” nomli namunaviy loyiha yechimlari (Ilova 1), mashina-traktor parkidagi va qishloq xo‘jalik korxonasidagi texnikaning soni va ishlash sharoitini hisobga olgan holda tashkil qilinadi. 1.4. Mashina saroyida quyidagi ishlar bajariladi: mashinalarni saqlashga qabul qilish, mashinalarni saqlashga tayyorlash (tozalash, yuvish, omborda saqlanishi lozim bo‘lgan tarkibiy qismlarni echish, mashinaning uzel, agregat va ishchi organlarini konservatsiyalash); mashinalarni va ularning uzel va agregatlarini saqlash joylarga qo‘yish; saqlashga tayyorlashda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish; saqlash davomida mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish; saqlashdan chiqarilib, foydalanishga topshirilayotganda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish; yangi olingan qishloq xo‘jalik mashinalarini qabul qilish, yig‘ish, sinab ko‘rish, dastlabki rostlash va chiniqtirish; mashinalarni va agregatlarni butlash, rostlash va texnologik sozlash; murakkab bo‘lmagan qishloq xo‘jalik mashinalari va moslamalarini tuzatish; traktor, kombayin va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalarini tuzatishga topshirish va tuzatilgan mashinalarni saqlashga qabul qilish; butlangan mashinalarni foydalanishga berish; hisobdan chiqarilgan traktorlarni, kombayinlarni va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalarini qismlarga ajratish va nuqsonlash; uzel, agregat va detallardan almashish fondini tashkil qilish; mashinalarni saqlashga qo‘yishda ishlatiladigan har xil tagliklar va nostandart uskunalar yasash. 1.5. Mashina saroyida qishloq xo‘jalik texnikasi uch xil usulda saqlashga qo‘yiladi: ochiq, yopiq va aralashgan. eng yaxshi usul bu yopiq saqlashdir, bunda mashinalar, agregatlar, uzel va detallar garajlarda, omborxonalarda, maxsus va bu maqsad uchun moslashtirilgan binolarda joylashtiriladi. Bu yerda ular iqlim va atmosfera ta’sirlariga kamroq uchraydi. Avvalambor yopiq joylarda atmosfera ta’siridan tez ishdan chiqadigan, ularni tayyorlashga va xizmat ko‘rsatishga katta xarajat talab etiladigan gerbitsid va zaharli dorilar solish mashinalari va moslamalarini, murakkab va qimmat o‘rim-yig‘im kombayinlarini, traktorlarni va boshqa mashinalarni saqlash lozim. Yopiq saqlash usulda detal, uzel va agregatlarni mashinalardan echmasdan qoldirsa bo‘ladi. Ochiq saqlash usuli asosan omoch, borona, kultivator, xaskash va shunga o‘xshash mashinalarni qisqa muddatli saqlash uchun tavsiya etiladi. Bu usul mashinalardan hech bir uzel va detallarni echmasdan ochiq maydonchalardan saqlash bilan ta’riflanadi. Aralashgan holda saqlash usuli yopiq va ochiq saqlash usullarini mujassamlashtirgan. Murakkab mashinalar (kombayinlar, quvvatli traktorlar, o‘g‘it solish mashinalari) yopiq joylarda saqlanadi, boshqalari qattiq qoplamali maxsus jihozlangan maydonchalarda saqlanadi. Ba’zi bir hollarda murakkab mashinalarni ochiq maydonchalarda, bostirmalar ostida saqlashga ruxsat etiladi (Ilova 2), faqat bu holda mashinalardan ochiq atmosferada tez yemiriladigan uzel va agregatlar: akkumulyator batareyasi, ponasimon tasmalar, rezina va gazmoldan tayyorlangan detallar, vtulkarolikni zanjirlar va shunga o‘xshashlar echiladi va maxsus jihozlangan omborga saqlashga topshiriladi. mashinalar albatta konservatsiya, germetizatsiya qilinishi va tagliklarga o‘rnatilishi shart. 1.6. Ushbu nizom agrosanoat kompleksida xo‘jalik yurituvchi subyekt maqomidagi faoliyat ko‘rsatuvchi barcha qishloq xo‘jalik korxonalari fermer va dehqon xo‘jaliklari, shirkatlar va boshqalar) uchun ham, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, taalluqlidir. 1.7. Xo‘jalik yurituvchi subyekt maqomidagi faoliyat ko‘rsatuvchi mashina saroylari amaldagi qonunchilik asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Nizomiga ega bo‘lishi lozim. 1.8. Mashina saroyi faoliyati bo‘yicha javobgarlik mashina saroyi mudiriga yuklatiladi. 2.1. Mashina saroyi tarkibiga: texnikani saqlash uchun imoratlar (garajlar, omborlar, bostirmalar) va qattiq qoplamali qiyalab tekislangan maydonlar; mashina va agregatlarni rostlash va butlash maydoni; yukko‘targich mexanizmi bilan jihozlangan yuklash-tushirish maydoni; mashinadan echiladigan almashinuvi ishchi organlari, akkumulyatorlar, vtulka-rolikni zanjirlar, rezina va gazmoldan tayyorlangan detallar saqlash uchun stellajlar qo‘yilgan omborlar; mashina saroyidan ajratib qo‘yish tavsiya qilinadigan, hisobdan chiqarilgan texnika qismlarga ajratish va nuqsonlash maydoni; temir-tersak chiqindisi saqlash maydoni; korroziyaga qarshi qoplamalar (himoyalash moyi, saqlovchi tarkiblar va lakbo‘yoq qoplamalar) qoplovchi asbob-uskuna bilan jihozlangan konservatsiya posti; yukko‘taruvchi asbob-uskuna ( qo‘zg‘aluvchi kranlar, garaj domkrati), mashina saqlashga qo‘yish uchun moslama va tagliklar; yong‘inga qarshi asbob-uskuna va anjomlar (shchitlar, qum yashiklar, yong‘inga qarshi rezervuarlar); ishchi va zaxira (yong‘inga qarshi) darvozalari bo‘lgan hudud; hujjatlarni rasmiylashtiradigan ko‘makchi xona; mashinalarni sirtqi yuvish va tozalash maydoni (saqlash zonasidan tashqarida) kiradi. 2.2. Mashina saroyi maydonining plani va jihozlari amaldagi namunaviy loyihalar hamda O’z DST 932: 1999 “Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan texnika. Saqlash qoidalari” ni inobatga olgan holda qabul qilinadi. 2.3. Mashina saroyi hukmronlik qiluvchi shamollarni hisobga olgan holda joylashtiriladi. Mashina va jihozlarni saqlash zonalari qum va qor ko‘chki uyumlaridan, yong‘inga qarshi va mehnat xavfsizligi qoidalarini hisobga olgan holda himoyalangan bo‘lishi zarur, shuning uchun yopiq imoratlar, omborlar, bostirmalar joyning perimetri bo‘yicha joylashishi kerak. 2.4. Mashinalarni saqlash uchun ochiq maydonlar saroyining suv toshmaydigan joylarida uyushtiriladi, ularning perimetri bo‘yicha oqova suv chiqib ketadigan ariq bo‘lishi kerak. 2.5. Qattiq qoplamali maydonlar sathi yomg‘ir, qor va muz suvlari oqib ketishi uchun asosiy oqova ariq tomonga 2.....3 oS lik nishab bo‘lishi zarur. Qattiq qoplama sifatida asfalt, asfaltobeton, beton, shag‘al foydalaniladi. Qoplama yangi bo‘lmasdan, qo‘zg‘alayotgan va saqlashda turgan mashinalarning og‘irligiga dosh beradigan, texnikani bir yoki ikki qator qilib joylashtirish mumkin. 2.6. Ochiq maydonlardagi mashinalar o‘rtasidagi eng qisqa masofa 0,7 m. dan, mashina qatorlari orasidagi masofa 6 m. dan kam bo‘lmasligi kerak. Maydonlar kengligi mashinalarni o‘lchami va o‘rnatish usuliga qarab aniqlanadi. Odatda, uzunchoq yer bo‘lagining kengligi bir qatorlik joylashtirishda — 2....3 m, ikki qatorlik joylashtirishda 4....6. m. Qattiq qoplamali maydonlarda tirkama mashinalarning ishchi organlarni joylashtirish maqsadga muvofiqdir. 2.7. Saqlash joylarining soni va turi mashina saroyida saqlash zarur bo‘lgan texnikaning mavjudligiga qarab aniqlanadi. 2.8. Mashina saroyi maydoni ko‘kalamzorlashtirilgan, elektr quvvati va suv bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 3.1. Mashinalarni saqlashga qabul qilish va saqlashdan berish bir tomonidan mashina saroyi mudiri va boshqa tomondan shu texnikaga biriktirilgan traktorchi-mexanizator o‘rtasida O’z DST 932:1999 Davlat standartiga binoan amalga oshiriladi. Texnikani uzoq muddatli saqlashga qabul qilish va saqlashdan berishda ushbu Nizom (ilova 3, 4 qarang) belgilovchi shakl asosida texnik holati va butligini ko‘rsatib beruvchi dalolatnoma tuziladi, qisqa muddatli saqlashda — mashinalarni saqlashga qo‘yish va foydalanishga topshirish hisob-kitobi jurnaliga (ilova 5) muvofiq yozuvlar kiritiladi. 3.2. Qishloq xo‘jalik texnikasini saqlashga qo‘yishda, u albatta yuvilgan, tozalangan, moylangan bo‘lishi kerak. 3.3. Mashinalar saqlashga qo‘yilganda vaqti-vaqtida texnika holati, texnikani tagliklarga o‘rnatilganligining puxtaligi, izolatsiya qilingan joylarning himoyalanganligi tekshirib turiladi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etiladi. 3.4. Murakkab bo‘lmagan qishloq xo‘jalik mashinalarini saqlashga qo‘yishda yoki mashina saroyidan berishda “Mashinani saqlashga qo‘yish va foydalanishga topshirish hisob-kitob jurnaliga”, hamda “Mashinaning inventar kartochka”siga (ilova 6) muvofiq yozuvlar kiritiladi. 3.5. Har bir mashina saroyining 7 ilovada keltirilgan shaklda pasporti va texnikani turi bo‘yicha saqlashda joylashtirish sxemasi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. 3.6. Fermer va dehqon xo‘jaliklari, shirkatlar o‘z balansidagi texnikani MTP yoki boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi mashina saroyiga shartnoma asosida saqlashga qo‘yishlari mumkin. 3.7. Fermer va dehqon xo‘jaliklari, shirkatlar o‘zlarining ta’mirlash-xizmat qilish bazalarida, ushbu Nizomga binoan tashkil qilingan saqlash bo‘lim (sektor)larida texnikani saqlashni amalga oshiradilar. 3.8 Alohida mashina saroyiga ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z mulklari bo‘lgan texnikalardan belgilangan tartib-qoidalarga asosan foydalanish, saqlash, ta’mirlash va hisob-kitob yuritishni ta’minlashlari lozim. 4.1. Mashina saroyining ixtisoslashtirilgan xizmati korxona rahbarining ushbu Nizomga muvofiq buyrug‘i bilan tashkil qilinadi. 4.2. mashina saroyining ixtisoslashtirilgan xizmati qishloq xo‘jalik texnikasini yaxshi saqlanganligini va mavsumiy dala ishlariga tayyorgarligini ta’minlashga bog‘liq ishlarni olib boradi: saqlashga tayyorlash va qo‘yish; saqlashdan chiqarish; yangi mashinalarni butlash va ularni sozlash, saqlash mobaynida mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish; hisobdan chiqarilgan texnikani qismlarga ajratish va nuqsonlash. Mashina saroyi ishchilari soni ishlab chiqarish bazasining turi va texnikalar soni, mehnatni mexanizatsiyalash vositalari mavjudligiga qarab belgilanadi. Har bir muayyan holatda mashina saroyi ishchilarning soni saqlanayotgan texnika soniga va mavjud vaqt me’yorlariga asosan aniqlanadi. 4.3. Mashina saroyi mudiri mashina saroyining ixtisoslashtirilgan xizmatiga rahbarlik qiladi. Mudir ko‘rsatmalarini uning qo‘l ostidagi barcha ishchilar bajarishi shart. 4.4. Mashina saroyining ixtisoslashtirilgan xizmati traktorlarni, kombaynlarni va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalarini mashina saroyiga mexanizatorlardan (traktorchi-mashinistlardan) yoki bo‘limlardan tozalangan holda qabul qiladi. 4.5. Mashinani saqlashga mashina saroyining ishchilari qo‘yadilar. Yig‘im-terim texnikalar ommaviy ravishda saqlashga qo‘yishda asosiy ishida mashg‘ul bo‘lmagan traktorchi-mashinistlar ham ishga jalb qilinadi. Bu holda ularga quyidagi ishlarni bajarish topshiriladi: mashinani loy, o‘simlik, mineral o‘g‘it va pestitsid qoldiqlaridan tozalash, yuvish va konvensatsiya postiga yoki saqlashga joyiga olib borish, mashinadan omborda saqlanishi lozim bo‘lgan uzel va detallarni echish. Ixtisoslashtirilgan xizmat zvenolari mashinalar ishchi organlarini, ularning uzel va agregatlarini saqlashga tayyorlash va konservatsiyalash, shikastlanadigan sirtlarini lakbo‘yoq bilan bo‘yash, germetizatsiya va mashinalarni tayanch, taglik va shunga o‘xshash narsalarga o‘rnatish ishlarini bajaradi. 4.6. Texnikani mashina saroyiga qabul qilinishi va mashina saroyidan chiqarilishi faqat butlangan holda bo‘ladi. Mashina butligi to‘liq bo‘lmagan holda, yetishmaydigan tarkibiy qismlar va detallar ko‘rsatilgan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma mashina-traktor parki buxgalteriyasiga va bosh muhandisga topshiriladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi mashina saroyi mudirida, mashinani yetishmaydigan detallar bilan butlash choralarini ko‘rish uchun qoldiriladi. 4.7. Mashina saroyining ixtisoslashtirilgan xizmati texnikani mavsumiy dala ishlariga yillik kalendar reja (ilova 8) asosida tayyorlaydi, agronomik xizmat ishlab chiqqan texnologik kartalar bo‘yicha agregatlarni va mashinalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida butlashga javob beradi. 4.8. Mashinalar holati yopiq binoda saqlanayotganda ikki oyda kamida bir marta, ochiq maydonlarda va bostirmalarda saqlanayotganda oyda bir marta tekshirib turiladi. Kuchli shamol, yomg‘ir va qordan so‘ng darhol tekshiruvchi va aniqlangan kamchiliklarni tuzatishni o‘tkazish zarur. Bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar: tayanch va tagliklarga mashinalarni to‘g‘ri o‘rnatilishi (turg‘unligi, qiyshayish va bukilishining yo‘qligi); shinalardagi havo bosimi, germetizatsiyaning puxtaligi, korroziyaga qarshi qoplamalar holati, himoyalash moslamalarning holati tekshiriladi. Aniqlangan nuqsonlar bartaraf etiladi. 4.9. Mashina saroyi ishchilari kerakli jihoz, asbob-uskuna, materiallar bilan ta’minlanishi zarur; zaruriyat bo‘lganda ular o‘zlari mashinalarni saqlashga qo‘yishga kerak bo‘ladigan tayanchlar, tikinlar, g‘ilof va boshqa moslamalarni yasaydilar. 4.10. Mashina saroyi ishchilari o‘zlarining asosiy vazifalaridan bo‘sh bo‘lganlarida xo‘jalikdagi qishloq xo‘jalik mashinalarini tuzatishda ishtirok etadilar. 5.1. Mashina saroyi mudiri lavozimiga muhandis-mexanik tayinlanadi. U mashina-traktor parkining yoki qishloq xo‘jalik korxonasining bosh muhandisiga bo‘ysunadi, uning rahbarligi ostida ishlaydi va moddiy javobgar shaxs sifatida bosh hisobchiga hisobot beradi. O‘zining ishida ichki tartib qoidalarga, buyruqlarga, farmoyishlarga va korxona rahbarining yo‘l-yo‘riqlariga va yuqori tashkilot ko‘rsatmalariga amal qiladi. 5.2. Mashina saroyi mudiri: amaldagi qoidalar va standartlar bo‘yicha texnikalar saqlanishini ta’minlashi; tuzatish texnik shartlariga binoan murakkab bo‘lmagan qishloq xo‘jalik mashinalarini tuzatishni ta’minlashi; qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida, inventar kartalarida yoki maxsus jurnalda mashina saroyiga qabul qilinayotgan va mashina saroyidan dala ishlariga chiqarilayotgan texnikani, mexanizator yoki traktorchiga topshirilayotgan qishloq xo‘jalik texnikasini hisob-kitobini olib borishi; belgilangan tartibda mashina saroyida bajarilayotgan ishlar borasida, mashinalarni korroziyaga qarshi himoyalashga ishlatiladigan vosita, material va konservatsion tarkiblar sarfi bo‘yicha hisob-kitob hujjatlarini buxgalteriya oldida hisobot olib borishi; xo‘jalikka kelayotgan yangi texnikani olishi, sozligini va butligini tekshirishi; yig‘ishda, zarur bo‘lganda mashinani chiniqtirishda ishtirok etishi, qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirishi va buxgalteriyaga topshirishi; hisobdan chiqarilgan mashinalarning uzel va agregatlarini qismlarga ajratishni va detallarni nuqsonlashni, yaroqli detallarni foydalanishga, yaroqsizini temir-tersak chiqindisiga topshirishni va temir-tersak chiqindisini mashina saroyidan ikkilamchi qora temir-tersak bazalariga jo‘natishni tashkil qilishi; texnikani saqlashga qo‘yish, saqlash mobaynidagi xizmat, saqlashdan chiqarish, qishloq xo‘jalik mashinalarini ko‘rigi va ta’mirini o‘tkazish grafiklarini ishlab chiqishi; mashinalarni saqlashda va tuzatishda foydalaniladigan jihozlar, ehtiyot qismlar, konservatsion va boshqa materiallar talabnomalarini ishlab chiqishi; mashina-traktor agregatlarini butlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilishi; qishloq xo‘jalik texnikasiga texnik xizmat va tuzatishda ishlatiladigan asbob-uskuna, moslama, jihozlarda foydalanishni bilishi va ularni doimo ishga layoqatli holatda tutishi; mexanizatorlarga butlangan mashinalarni topshirishi va qabul qilishi, mashina saroyidagi mashinalarni butligini buzishga yo‘l qo‘ymasligi; vaqti-vaqtida bosh muhandisga mashinalarning texnik holati va mexanizatorlarning texnika saqloviga munosabati bo‘yicha axborot berib turishi; texnikaga saqlashdagi texnik xizmat va tuzatish, asbob-uskuna va jihozlardan foydalanish qoidalari, yangi markadagi mashinalar tuzilishi bo‘yicha mashina saroyi ishchilarini o‘qishini tashkil qilishi va o‘tkazishi; o‘z vaqtida topshiriqlarni bajaruvchilarga yetkazish, ularni ishchi joylarga taqsimlashi; mashina saroyida mashinalarni saqlashda texnik xizmat va tuzatishdagi qoida va texnologiyalarga amal qilinishini ta’minlashi, dala ishlariga mashinalarni tayyorgarlik rejalarini bajarilishini nazorat qilishi; mashina saroyi hududida zarur tartibni ta’minlashi; o‘z vaqtida mashina saroyi ishchilariga ko‘rsatma berishi, ularning bilimini va mehnat xavfsizligi va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini tekshirishi va nazorat qilishi kerak. 5.3. Mashina saroyining mudiri: ishchilardan mashina saroyida texnikani saqlashga qo‘yishda, xizmat qilishda va tuzatishda ko‘zda tutilgan texnologik jarayonga asosan barcha operatsiyalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini talab qilishga; texnikani yaxshi saqlashligi bo‘yicha mashina saroyi ishchilarini va mexanizatorlarni rag‘batlantirish bo‘yicha, shuningdek texnikaga va uning butligiga sovuqqonlikda bo‘lganlarga jazo uchun rahbariyatga takliflar berishga; mashina saroyida mehnat xavfsizligi va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalarini buzuvchi shaxslarni ishdan chetlatishga; zanjir tasmali (gusenitsali) traktorlarni bevosita xo‘jaliklar hududlarida saqlash uchun joylar ijarasi bo‘yicha rahbariyatga taqdimnoma berishga haqlidir. 5.4. Mashina saroyining mudiri: mashina saroyidagi murakkab bo‘lmagan mashinalarni saqlashda tayyorlash va tuzatish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli qilib bajarilishiga, qishloq xo‘jalik texnikasini saqlanishiga; mashina saroyi hududida mashinalarni saqlanishiga; mashinalar va jihozlar butligiga, texnikani saqlashga qo‘yishda qo‘llaniladigan tagliklar va stellajlar mavjudligiga, hamda saqlashda texnik xizmat va tuzatishda foydalaniladigan moslama, asbob-uskuna va vositalarni texnik holatiga; mashina saroyini yong‘inga qarshi asbob-uskuna va anjomlar bilan jihozlanishiga; ishchilar va mashina saroyida mashg‘ul mexanizatorlar mehnat xavfsizligi va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalariga amal qilishga; mehnatni oqilona tashkil qilinishiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, mashina saroyida mehnat va texnologik intizomiga qat’iy amal qilinishiga; texnik hujjatlarni to‘g‘ri olib borilishiga, ishlatilgan materiallar va pul mablag‘larini birlamchi hisob-kitobiga; mashina saroyi ishchilari mehnat va texnologik intizomni buzganligi, amaldagi qonunlarga asosan texnikani noto‘g‘ri saqlashi natijasida xo‘jalikka keltirilgan moddiy zararga javob beradi. 6.1. Mashina saroyi ishchilarining huquqlarini va vazifalarini amaldagi belgilangan tartib qoidalar asosida tuzilgan ishchi va mashina saroyi mudiri o‘rtasidagi mehnat shartnomasi belgilaydi. 6.2. Ishchi va mashina saroyi mudiri o‘rtasida paydo bo‘ladigan mehnat tortishuvlari belgilangan tartibda hal qilinadi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng avvalgi “Kolxoz, sovxoz va xo‘jaliklararo korxonalar mashina saroyi to‘g‘risidagi Nizom” (SSSR QXV 14.12.78 tasdiqlangan) O‘zbekiston Respublikasi hududida tatbiq etilmaydi.
94
19,508
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga muvofiq, shuningdek, davlatning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lgan oilalarning farovonligi darajasini, ijtimoiy va mehnat faolligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 10-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin. 1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududlariga 8 — 10 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga 1 xodim hisobidan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining malakali mutaxassislari biriktirilishini ta’minlasin”. 2. 3-banddagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. 1-ilovada: a) 12-bandning birinchi xatboshidagi “doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tish)” so‘zlari “yashash joyi (doimiy yoki asosan yashab turgan joyi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 13-bandda: quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin: “asosan yashab turgan joyi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun — doimiy yashash (doimiy propiska) joyi bo‘yicha bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlanmaganligi va to‘lanmaganligi to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma”; beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) 16-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “moliya bo‘limi” so‘zlari “aholi bandligiga ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 22-bandda: oltinchi xatboshiga “yordamdan” so‘zidan keyin “hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi 731-son qarori bilan amalga kiritilgan un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiyasi” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Xar bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olingan sanadan boshlab oxirgi 12 oy mobaynida oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishdan olingan daromadlar oilaning jami daromadiga kiritilmaydi”; d) 24-bandda: quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin: oilaning “Xar bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikda band bo‘lgan, biroq ushbu dastur bo‘yicha mikrokredit olingan sanadan boshlab ko‘pi bilan 12 oy band bo‘lgan a’zolari”; yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin; e) 35-bandning ikkinchi xatboshidagi “moliya bo‘limi” so‘zlari “aholi bandligiga ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 47-bandga “bo‘limiga” so‘zidan keyin “va tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga” so‘zlari qo‘shilsin; z) 48-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha hisobotlarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga taqdim etadilar, ular hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadilar”; i) 50-banddagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Davlat moliyaviy nazorati departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin; k) 51-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “51. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlashning asoslanganligi monitoringini olib borish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimiga monitoring funksiyalaridan tashqari:”; l) 52-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lashning belgilangan tartibiga rioya etilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash uchun — ushbu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazining xodimi zimmasiga yuklanadi”; m) Nizomga 1-ilovaning “Subyektlar” ustunidagi “moliya bo‘limi” so‘zlari “aholi bandligiga ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
246
5,313
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 26 FEVRALDAGI 98-SON VA 1991 YIL 6 MARTDAGI 59-SON QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiy islohotlarning sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-fevraldagi 98-son qarorining 7-bandidan “go‘sht, choy” so‘zlari chiqarib tashlansin; Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-martdagi 59-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin; “normalashtirilgan tovarlar ro‘yxatiga kiritilmagan oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlash mahalliy sharoitlarni, tovar resurslari mavjudligini, iste’mol bozoridagi talab va taklifni hisobga olgan holda amalga oshirilsin”.
156
580
Qonunchilik
“IXTISOSLAShGAN KENGASh HAQIDA NIZOM”GA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari” to‘g‘risida qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvaridagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 260-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Ixtisoslashgan kengash haqida Nizom”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2–son qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 260-raqam bilan ro‘yxatga olingan Ixtisoslashgan kengash haqida Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. Muqaddima chiqarilsin. 2. 1-bandning beshinchi xatboshisi chiqarilsin. 3. 5-bandning birinchi xatboshisidagi ikkinchi jumla chiqarilsin. 4. 6-band bo‘yicha: a) birinchi xatboshining birinchi jumlasida “ixtisosliklar” so‘zi “kengash ixtisosliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) birinchi xatboshining ikkinchi jumlasida “rahbarining” so‘zidan keyin “yoki ixtisoslashgan kengash raisining” so‘zlari qo‘shilsin. 5. 7-band bo‘yicha: a) birinchi xatboshidan “Bordiyu,” so‘zlari chiqarilsin; b) ikkinchi xatboshi “Bir martalik himoya o‘tkaziladigan kengash tarkibi OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.” jumlasi bilan to‘ldirilsin. 6. 12-band quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Kengash dissertatsiyani himoyaga qabul qilish haqidagi qaroridan so‘ng yetakchi muassasani, rasmiy opponentlarni tasdiqlaydi va o‘rnatilgan tartibda ushbu himoya haqida “OAK Byulleteni” jurnaliga e’lon beradi.” 7. 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan almashtirilsin: “Kengash, himoya to‘g‘risida “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon nashr etilgach, qo‘lyozma tariqasida avtoreferatni chop etishga ruxsat beradi va uni tarqatish uchun qo‘shimcha ro‘yxat tuzadi, himoya kunini tayinlaydi. Himoya to‘g‘risida “OAK Byulleteni”da e’lon nashr etilgach, himoya uch oy muddat ichida o‘tkazilishi shart.”. 8. 22-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Dissertatsiya ishining natijalarini amaliyotga (fan, texnika, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, ijtimoiy-gumanitar va xalq xo‘jaligining boshqa sohalariga) tadbiqi yuzasidan ilmiy daraja talabgori tomonidan maxsus ishlab chiqilgan tavsiyalar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Imkoniyat bo‘lganda, ushbu tavsiyalarning qaysi vazirlik, idora va muassasalarda qo‘llanilishi ko‘rsatiladi.”. 9. 23-bandning uchinchi xatboshisida “Bordiyu,” so‘zi chiqarilsin. 10. 24-bandda “hujjatlarini (4.1-shakl)” so‘zidan keyin “shuningdek, dissertatsiya, avtoreferat, attestatsiya hujjatlarining elektron versiyasini” so‘zlari qo‘shilsin. 11. 29-band bo‘yicha: a) birinchi xatboshining 1-jumlasida “dissertatsiya” so‘zidan keyin “zarur hollarda” so‘zlari qo‘shilsin; b) birinchi xatboshining 2-jumlasida “attestatsiya” so‘zidan oldin hamda “ekspertizaning” so‘zidan oldin “zarur hollarda” so‘zlari qo‘shilsin. 12. 38-bandning ikkinchi xatboshisida “bordiyu” so‘zi chiqarilsin. 13. Nizom quyidagi mazmundagi 46-band bilan to‘ldirilsin: “46. Ushbu Nizom bo‘yicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.”.
90
3,706
Qonunchilik
Eksport boʻlmasa, EIZ ishtirokchisi maqomi ham boʻlmaydi
Prezidentning 21.12.2018 yildagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.  Hujjatda erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) va ularning ishtirokchilari faoliyatini tartibga solishga yangi yondashuvlar belgilandi: birinchidan, endi EIZda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer ajratish toʻgʻrisida ma’muriy kengashlarning (25.10.2017 yildagi PQ–3356-son qarorga muvofiq tashkil etilgan, tahr.) bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan qarorning oʻzi yetarli. Bundan buyon tuman (shahar) hokimining yer maydonlarini ajratish toʻgʻrisidagi alohida qarori talab etilmaydi; ikkinchidan, EIZ hududida loyihalarni joylashtirishning majburiy sharti joriy etilmoqda: faoliyat boshlanganidan keyin ikkinchi moliyaviy yil yakunlariga koʻra ikki yil davomida yillik ishlab chiqarilgan mahsulotning eksport hajmi kamida 25%, keyingi yillarda esa kamida 50%ga yetishi kerak. Mazkur shartni bajarmagan tadbirkorlik sub’yekti avval taqdim etilgan imtiyozlar (26.10.2016 yildagi PF–4853-son Farmonning 3–5-bandlariga qarang) bekor qilingan holda EIZ ishtirokchisi maqomini yoʻqotadi; uchunchidan, LBMA huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining roli oshirilmoqda: toʻrtinchidan, EIZ ishtirokchilariga berilgan imtiyozlar (26.10.2016 yildagi PF–4853-son Farmonning 3–5-bandlariga qarang) faqat EIZ hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga tatbiq etiladi. Tashkiliy tusdagi bir qator masalalar tartibga solindi, хususan: Istiqbolda huquq ijodkorligi borasida «Navoiy» EIZ faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida hujjat; Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish konsepsiyasi; Ma’muriy kengashlar va direksiyalar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida nizom; toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan «Maхsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida»gi Qonunni (amaldagi «Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida»gi Qonun oʻrniga, tahr.) ishlab chiqish nazarda tutilgan. Oleg Zamanov.
56
2,033
Qonunchilik
O‘ZBEKISTONDA MILLIY RAQS VA XOREOGRAFIYA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish to‘g‘risida” 1997-yil 8-yanvardagi Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. M.Turg‘unboyeva nomidagi “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi Nizomi, uning tarkibiga kiruvchi ijodiy jamoalar va tashkilotlar ro‘yxati, birlashma direksiyasi shtatlar jadvali va tuzilishi 1, 2, 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zbekraqs” birlashmasi bir oy muddatda birlashma tarkibiga kiruvchi jamoalarning amaldagi tuzilmasi va Nizomini ko‘rib chiqib, tasdiqlasin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekraqs” birlashmasiga Bosh direktor — Boshqaruv raisi rahbarlik qiladi. Bosh direktor Madaniyat va sport ishlari vazirligining hay’ati a’zosi hisoblanadi. Bosh direktor va uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. 4. “O‘zbekraqs” birlashmasi qoshida ijodiy jamoalarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida maxsus Jamg‘arma tashkil etilsin. Davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamda mulkchilik shakllari, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, boshqa muassasalar, shuningdek xorijiy tashkilotlar Jamg‘arma hammuassislari bo‘lishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda “O‘zbekraqs” birlashmasi qoshidagi maxsus Jamg‘arma nizomini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. 5. Toshkent shahar hokimligi M.Turg‘unboyeva nomidagi “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasini Mustaqillik maydoni, 5-uyga, shu jumladan, “Bahor” konsert zaliga joylashtirishni hal qilsin. 6. “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi va “O‘zteleradio” kompaniyasi bir oy muddat ichida “O‘zbekraqs” birlashmasi tarkibiga kirayotgan raqs jamoalarining mulklarini o‘z balanslaridan uning balansiga o‘tkazsinlar. Belgilab qo‘yilsinki, “Tanovar” ansambli “O‘zteleradio” kompaniyasi binosida o‘zi egallab turgan xona, zal va studiyalardan ijara haqi to‘lamasdan foydalanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi: Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “O‘zbekraqs” birlashmasini 2002-yildan to‘la xo‘jalik hisobida va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash asosida ishlashga o‘tkazish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabini Toshkent shahar, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 31-uyga joylashtirsin; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oliy maktab Nizomi va tuzilmasini, o‘quv rejalari va dasturlarini hamda mutaxassisliklar ro‘yxatini tasdiqlasin; 1997-1998 o‘quv yilidan e’tiboran mashg‘ulotlarni boshlash uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsin; milliy raqs va xalq ijodiyotini rivojlantirish, yosh iste’dod egalarini aniqlash maqsadida har yili M.Turg‘unboyeva nomidagi respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarori bilan belgilangan imtiyozlar Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabiga, shuningdek “O‘zbekraqs” birlashmasiga ham joriy etilsin. 9. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi mashg‘ulot zalining qurilishi uchun yer maydoni ajratsin. 10. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi mashg‘ulot zalining qurilishini 1998-yilgi investitsiya dasturida belgilangan tartibda inobatga olsin. Mashg‘ulot zalining qurilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligi bosh buyurtmachi etib belgilansin va vazirlik bosh pudratchini aniqlash uchun tender e’lon qilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: “O‘zbekraqs” birlashmasi to‘liq o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga o‘tgunga qadar davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlashni saqlab qolsin; Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi hamda “O‘zbekraqs” birlashmasi binolarini ta’mirlash uchun Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmasiga muvofiq 1997-1999-yillar mobaynida mablag‘ ajratsin; M.Turg‘unboyeva nomidagi respublika ko‘rik-tanlovi sovrindorlarini taqdirlash uchun 4-ilovaga muvofiq har yili zarur mablag‘larni ajratishni nazarda tutsin; “O‘zbekraqs” birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 5-ilovaga muvofiq mablag‘ ajratsin; “O‘zbekraqs” birlashmasi direksiyasiga xizmat ko‘rsatish uchun 2 ta, Oliy maktab uchun 1 ta yengil avtomobilga limit ajratsin. 12. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi “O‘zbekraqs” birlashmasi va Oliy maktabga ajratilgan limitga muvofiq transport xizmati ko‘rsatishni ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy hamkorlar bilan hisob-kitob qilish uchun “O‘zbekraqs” birlashmasi va Oliy maktabga belgilangan tartibda pul mablag‘larini erkin muomaladagi valyutaga ayirboshlashni ta’minlasin. 14. “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasiga mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan xorijiy va qo‘shma korxonalar(tashkilotlar)ga Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarorida musiqa va raqs san’atining belgilangan turlari bilan shug‘ullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olishlari uchun o‘rnatilgan tartibda xulosa berish va taklif kiritish vakolati berilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “O‘zbekraqs” birlashmasi va Oliy maktab uchun hukumat va shahar telefon aloqasi o‘rnatishni ta’minlasin. 16. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-apreldagi 163-son qaroriga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 2-ilovaning 1, 2, 3, 12, 13, 22-bandlari chiqarib tashlansin; mazkur ro‘yxat quyidagi mazmundagi bandlar bilan to‘ldirilsin: “Tomosha” bolalar teatr studiyasi “O‘zbekiston” ashula va raqs ansambli”. 2-ilovaning tartib raqami tegishli o‘zgarishlar bilan to‘g‘rilansin. 17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin. 1. Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi (bundan buyon matnda “O‘zbekraqs” deb ataladi) raqs jamoalari va alohida ijrochilarni ixtiyoriylik asosida tanlov yo‘li bilan birlashtiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi mustaqil ijodiy ishlab chiqarish tuzilmasidir. 2. “O‘zbekraqs” tarkibiga, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar kirishlari mumkin. 3. “O‘zbekraqs” o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 4. “O‘zbekraqs” yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlariga ega bo‘ladi, alohida mulkka egalik qiladi, o‘z nomidan mamlakatimizdagi va xorijdagi hamkorlar bilan turli shartnoma, bitimlar tuzishi, mulkiy va shaxsiy, mulkiy bo‘lmagan huquqlar va majburiyatlar olishi, sud organlarida da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. 5. “O‘zbekraqs” manzili: Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy, “Bahor” konsert zali. 6. “O‘zbekraqs” mamlakatda milliy raqs san’atini rivojlantirish, ijodiy jamoalar va alohida ijrochilarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun kuch va mablag‘larni birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. 7. Quyidagilar “O‘zbekraqs”ning asosiy vazifalari hisoblanadi: o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan va avloddan avlodga noyob meros sifatida o‘tib kelayotgan jozibali raqs namunalarini to‘plash, boyitish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga bu bebaho boyliklarga chuqur hurmat va havas tuyg‘ularini singdirish, ularda milliy madaniyatimiz, qadriyatlarimizga nisbatan ehtirom hislarini yuksaltirish; mamlakatimizning barcha hududlaridagi raqs yo‘nalishlarini asrash, avaylash, shu asosda yangi badiiy jamoalar tuzish, mustaqillik ma’naviyatini va istiqlol g‘oyalarini tarannum etuvchi, xalqimizga estetik, zavq bag‘ishlovchi zamonaviy o‘zbek raqs maktabini yaratish; birlashma tarkibidagi ijodiy jamoalarning tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnik masalalarini echish, ularni musiqa asboblari, rang-barang raqs liboslari, zamonaviy radioelektron texnika, zarur anjomlar bilan ta’minlash; raqs san’atini O‘zbekiston xalqi, chet mamlakatlar jamoatchiligi orasida targ‘ib qilish, ansambllarning keng ko‘lamli dasturlarga asoslangan samarali gastrol faoliyatini uyushtirish, reklama-tijorat ishlarini yo‘lga qo‘yish; ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar tomonidan aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish; raqs sohasida gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtirish, aholining estetik talab va takliflarini o‘rganish; xorijiy firmalar bilan madaniy, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish yuzasidan o‘zaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi shakllarini yo‘lga qo‘yish; kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish; “O‘zbekraqs” tarkibidagi jamoalar hamda alohida ijrochilar faoliyatiga rahbarlik qilishning samarali tizimini yaratish, tashabbuskorlikni rag‘batlantirishning zamonaviy shakllari va uslublarini joriy etish. 8. “O‘zbekraqs” o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda: mamlakatda va xorijda gastrol-konsert faoliyatining keng ko‘lamli dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shou-dasturlar, dam olish kechalari, festivallar, ko‘riklar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi; raqs, musiqa san’atini rivojlantirish, ijodiy jamoalar va ijrochilarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yosh iste’dodlarni izlab topish hamda rag‘batlantirish maqsadida maxsus Jamg‘arma tashkil etadi; madaniy tadbirlar uchun chiptalar narxining cheklangan darajasini tegishli tartibda belgilaydi; marketing, menejment va reklama sohasida xizmatlar ko‘rsatadi; audio dasturlarni yozish, ko‘paytirish, ijaraga berish va sotish shoxobchalarini ochadi; yangi musiqiy va she’riy asarlarni sotib oladi, yangi konsert dasturlarini yaratadi; madaniyat va raqs san’ati sohasida axborotlar bazasini yaratadi, xorijiy tashkilotlar, vakilliklar va firmalarni bu sohadagi yangiliklar haqida xabardor qiladi; xorijiy mamlakatlar ijodiy jamoalari bilan hamkorlik qiladi. 9. “O‘zbekraqs”ning mablag‘lari: budjetdan ajratmalar yoki boshqa markazlashtirilgan mablag‘lar; ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliya faoliyatidan tushgan daromadlar; o‘z tarkibidagi davlat budjetidan dotatsiya olmaydigan tashkilot, korxona va muassasalarning foydasidan ajratmalar; qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil topadi. 10. “O‘zbekraqs” o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk va mablag‘lardan o‘z qatnashchilari manfaatlari yo‘lida foydalanadi, ham mamlakat hududida, ham uning tashqarisida har qanday ko‘chadigan va ko‘chmas mulkni qurishi va rekonstruksiya qilishi, sotib olishi, ajratishi, ijaraga olishi va ijaraga berishi, ularga nisbatan qonunga xilof bo‘lmagan boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin. 11. “O‘zbekraqs” mustaqil va yig‘ma balanslariga ega bo‘ladi. Birlashmaning mol-mulki mustaqil balansda aks ettiriladi. 12. “O‘zbekraqs” davlat korxonalari uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha buxgalterlik hisobini tashkil etadi. 13. Yuridik yoki jismoniy shaxslar hisoblanuvchi, mazkur Nizom, boshqa ta’sis hujjatlari talablarini tan oluvchi, birlashma vazifalariga muvofiq madaniy, ishlab chiqarish, xo‘jalik hamda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi madaniyat va san’at tashkilotlari, muassasalari, korxonalar va birlashmalar “O‘zbekraqs” qatnashchilari bo‘lishlari mumkin. 14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarori bilan belgilangan imtiyozlar Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga, shuningdek “O‘zbekraqs” birlashmasiga ham joriy etiladi. 15. Qatnashchi tashkilotlar: birlashma va uning tizimidagi korxonalar xizmatlaridan shartnoma asosida foydalanish; o‘zining rivojlanishi yo‘lida birlashmaning ijodiy, ilmiy-texnik ishlanmalaridan va mahsulotlaridan ustuvor darajada foydalanish; birlashmaning qo‘mita faoliyat hujjatlarida va muhrlarida “O‘zbekraqs” ramzidan foydalanish; tuzilgan shartnomalarga muvofiq belgilangan majburiyatlarni saqlagan holda kamida olti oy oldin birlashma boshqaruvini xabardor qilib, birlashmadan chiqish huquqiga ega. 16. “O‘zbekraqs” qatnashchisi: mazkur Nizomga rioya qilishga; birlashmaning boshqa qatnashchilari bilan qo‘shma faoliyat shartlarini bajarishga; qo‘shma faoliyat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishga majburdir. 17. Qatnashchi tashkilot: “O‘zbekraqs” yoki uning har qanday qatnashchisi bilan tuzilgan shartnomalarni bajarmaganligi uchun ushbu shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda javob beradi; “O‘zbekraqs” to‘g‘risidagi Nizom qoidalariga rioya qilmaganligi uchun birlashma tarkibidan chiqarilishi mumkin. 18. “O‘zbekraqs” birlashmasiga Bosh direktor rahbarlik qiladi. Bosh direktor rahbarligidagi boshqaruv uning tasarruf etuvchi organi hisoblanadi. Bosh direktor va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. “O‘zbekraqs”ning Bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hay’atining a’zosi hisoblanadi. Boshqaruv “O‘zbekraqs”ning Bosh direktori, uning o‘rinbosarlari, birlashma tarkibidagi jamoalar badiiy rahbarlari va yetakchi mutaxassislardan tashkil topadi. Boshqaruv a’zolari sonini va tarkibini Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasdiqlaydi. “O‘zbekraqs” birlashmasi direksiyasi qoshida yetakchi badiiy jamoalar va hududiy bo‘linmalarning rahbarlaridan, mutaxassislardan iborat badiiy kengash tuziladi. 19. Bosh direktor o‘z vakolati doirasida “O‘zbekraqs” boshqaruvi va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va birlashma faoliyatiga oid boshqa me’yoriy hujjatlarni chiqaradi. 20. Bosh direktor xodimlarni mustaqil ravishda ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi. 21. “O‘zbekraqs” birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda tugatilishi, qayta tuzilishi yoki boshqa ijodiy tashkilotlar bilan birlashtirilishi mumkin. 1. “Bahor” davlat xalq raqs ansambli 2. “Zarafshon” davlat folklor ansambli 3. “Lazgi” davlat vokal-xoreografiya ansambli 4. “Tanovar” milliy raqs ansambli 5. “Bahor” konsert zali 6. Milliy raqs jamg‘armasi 7. “O‘zbekraqs” birlashmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi ansambllari: “Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli (Qoraqalpog‘iston) “Sumalak” milliy raqs ansambli (Andijon) “Lola” milliy raqs ansambli (Buxoro) “Gulira’no” milliy raqs ansambli (Jizzax) “Momogul” raqs ansambli (Qashqadaryo) “Navoiy navolari” ansambli (Navoiy) “Namangan gullari” milliy raqs ansambli (Namangan) “Samarqand bahori” raqs ansambli (Samarqand) “Do‘stlik” ansambli (Sirdaryo) “Boysun” folklor-etnografik ansambli (Surxondaryo) “Guldasta” ansambli (Surxondaryo) “Shalola” ansambli (Toshkent viloyati) “Anor” qo‘shiq va raqs ansambli (Farg‘ona) “Kamalak” ansambli (Farg‘ona) “Xorazm navolari” milliy raqs ansambli (Xorazm)
95
15,390
Qonunchilik
Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Kimyo sohasining eksport salohiyatini kengaytirish, “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan eksport va import operatsiyalarining shaffofligini ta’minlash, raqobatdosh mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish samaradorligini oshirish va belgilangan maqsadli parametrlarga erishish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3236-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Kimyo sanoatini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: 1. “O‘zkimyosanoat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining “O‘zkimyosanoat” AJ tizimida tashqi savdo kompaniyasi — 1-ilovaga muvofiq “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlari ishtirokida “O‘zkimyoimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi eksport-import operatsiyalari bo‘yicha yagona agent tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar “O‘zkimyoimpeks” MChJning asosiy vazifalari etib belgilansin: chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, kimyo sanoati mahsulotiga jahon konyunkturasi tendensiyalarini o‘rganish va shu asosda mahsulot sotiladigan istiqbolli xorijiy bozorlarni aniqlash va eksportga mahsulot yetkazib berish geografiyasini kengaytirish; mahalliy korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, shu jumladan zamonaviy logistika tizimini keng tatbiq etish, chet ellarda savdo uylari va vakolatxonalar tashkil etish, ularga konsignatsiya va boshqa shakllardagi shartnomalar asosida tovarlar jo‘natib turish yo‘li bilan shunday mahsulotlarni xorij bozorlarida sotishni kengaytirish; O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkaziladigan tender (tanlov) savdolarida, xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazmalarida, yarmarka va boshqa shunga o‘xshash tadbirlarda mahsulotni keng namoyish etishni ta’minlash va uning sotilishini rag‘batlantirish, kimyo sohasining eksport salohiyati to‘g‘risidagi axborotni ommalashtirish; “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda chet ellardan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar tovarlar, xizmatlar xarid qilishni tashkillashtirish; ishonchli xorijiy xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, kimyoviy mahsulotlar eksporti hamda “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importi bo‘yicha ular bilan shartnomalar tuzish; mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha takliflar va marketing hisobotlarini tayyorlagan holda kimyo sanoati mahsulotlariga bo‘lgan talab tendensiyalari va mahsulot sotiladigan istiqbolli bozorlarni o‘rganib chiqish; kimyo sanoati mahsulotlarining narxlarini tahlil qilish, tashqi bozorlarning o‘zgaruvchan konyunkturasini hisobga olgan holda eng foydali narxda va yo‘nalishlarda mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish; eksport bo‘yicha sotilgan mahsulotlar uchun mablag‘larning o‘z vaqtida kelib tushishini, shuningdek, import qilinayotgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda yetkazib berilishini ta’minlash; “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlariga ularning mahsulotlarini eksportga chiqarishda, eksport oldidan moliyalashtirish shaklida, shu jumladan, tijorat banklarining kreditlarini jalb etish hisobiga tashkilotlarni avans bilan ta’minlash orqali ularga ko‘maklashish; milliy va jahon bozorlarining o‘zgarayotgan konyunkturasiga tezkor munosabat bildirmoq, eksportchi korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlarga chet ellardan salohiyatli xaridorlarni izlash, kimyo mahsulotlarini eksportga chiqarishda zamonaviy logistika tizimini keng joriy etish, shuningdek mahalliy korxonalarda raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga xorijiy hamkorlar buyurtmalarini joylashtirish; mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan kimyo sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarda himoya qilish, jumladan, mahsulot belgisidan va boshqa intellektual mulk obyektlaridan foydalanish orqali bo‘ladigan nohalol raqobatchilikka qarshi harakat qilish; “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash (tolling) operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xorijiy kompaniyalarni jalb etish. 3. “O‘zkimyoimpeks” MChJning boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 45 nafardan iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 4. Belgilansinki: “O‘zkimyoimpeks” MChJ direktori lavozimga jamiyat ta’sischilari umumiy yig‘ilishida belgilangan tartibda tayinlanadi; “O‘zkimyoimpeks” MChJning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga, zarurat bo‘lganda, bajarilayotgan vazifalar va amalga oshirilayotgan eksport-import operatsiyalari hajmini hisobga olgan holda ta’sischilarning umumiy yig‘ilishida kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 5. Quyidagilar: “O‘zkimyoimpeks” MChJ faoliyatining samarali tashkil etilishi bo‘yicha — “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi A.A. Abdullayev zimmasiga; to‘la hajmdagi kontraktatsiya hamda shartnoma tuzilgan paytda eksport va import qilinayotgan mahsulotlarning narxlari jahon konyunkturasiga muvofiqligi, shuningdek, marketing tadqiqotlari har tomonlama va sifatli o‘tkazilishi uchun — “O‘zkimyoimpeks” MChJ direktori zimmasiga; shartnomada nazarda tutilgan zarur hajmlarda va muddatlarda eksport qilinadigan mahsulot bilan ta’minlash bo‘yicha — “O‘zkimyosanoat” AJ tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin. 6. “O‘zkimyoimpeks” MChJ ijara sharti bilan Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 38-uyda joylashtirilsin. 7. “O‘zkimyosanoat” AJ bir oy muddatda: “O‘zkimyoimpeks” MChJning nizomini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlashni; “O‘zkimyoimpeks” MChJning ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq, zamonaviy menejment va marketing metodlarini egallagan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin. 8. Belgilansinki: 2017-yil 1-oktabrdan boshlab “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining kimyoviy mahsulotlari eksporti “O‘zkimyoimpeks” MChJ orqali amalga oshiriladi (to‘langan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bundan mustasno), shu jumladan, O‘zbekiston tomoni amalga oshiradigan mahsulot eksporti hajmlari va xorijiy aksiyadorlar bilan kelishilgan holda boshqa hajmlar qismida “Maksam-Chirchiq” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ va “Elektrkimyozavod” AJ tomonidan yetkazib beriladi; 2018-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importi ularning buyurtmalari bo‘yicha “O‘zkimyoimpeks” MChJ tomonidan amalga oshiriladi, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qimmatbaho metallar bo‘yicha operatsiyalar bundan mustasno; “O‘zkimyoimpeks” MChJning vositachilik mukofoti miqdori mahsulot eksportini amalga oshirishda kontrakt (shartnoma) qiymatining 2 foizini, importda esa kontrakt (shartnoma) qiymatining 1 foizini tashkil etadi; mahsulot eksportidan kelib tushayotgan valyuta mablag‘lari keyinchalik “O‘zkimyoimpeks” MChJning vositachilik mukofot pullari chiqarib tashlanib, “O‘zkimyosanoat” AJ ishlab chiqaruvchi tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga o‘tkazilgan holda, “O‘zkimyoimpeks” MChJning bank hisobvarag‘ida jamg‘arib boriladi. Zarurat tug‘ilganda, “O‘zkimyoimpeks” MChJning bank hisobvarag‘ida jamg‘arib borilgan valyuta mablag‘lari, tuzilgan import shartnomalariga to‘lov sifatida hamda “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlari tomonidan olingan kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirilishi mumkin. “O‘zkimyoimpeks” MChJning tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda tushumning kelib tushishi yoki eksport operatsiyalari bo‘yicha qaytarib olib kirish muddati tovarlar amalda eksport qilingan kundan boshlab uzog‘i bilan 90 kundan oshmasligi kerak; “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining valyuta tushumi birinchi galda davlat kafilligida jalb etilgan kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga, shuningdek, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni, tovarlarni, xizmatlarni “O‘zkimyoimpeks” MChJ orqali xarid qilishga yo‘naltiriladi. 9. O‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni, shu jumladan, xorijiy valyutaga markazlashtirilmagan tarzda yetkazib beruvchi eksportchi korxonalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar “O‘zkimyoimpeks” MChJ va uning ishlab chiqaruvchi tashkilotlariga joriy etilsin. 10. “O‘zkimyoimpeks” MChJga: mahsulotni eksport qilishga va komissiyalar shartnomalari asosida “O‘zkimyoimpeks” MChJning xorijdagi savdo uylariga mahsulot yetkazib berishni amalga oshirishga; “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining buyurtmasiga asosan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni, tovarlarni, xizmatlarni xorijdan xarid qilishga to‘g‘ridan to‘g‘ri kontraktlar (shartnomalar) tuzishga ruxsat berilsin. 12. “O‘zkimyoimpeks” MChJga: “O‘zkimyoimpeks” MChJning xorijdagi savdo uylari manzillariga mineral o‘g‘itlarni ularni ishlab chiqarish va foydalanish balansi bilan tasdiqlangan hajmlar doirasida hamda konsignatsiya shartlariga binoan boshqa kimyoviy mahsulotlarni jo‘natish; xizmat haqlari eksportga sotilgan mahsulot hajmiga qarab to‘lanadigan, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqishga qodir bo‘lgan, ularning xorijiy mutaxassislarni ishga jalb etish huquqi berilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bir oy muddatda “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining mahsulotlariga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazsin va mazkur qarorda qo‘yilgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashsin. 15. “O‘zkimyosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
105
10,470
Qonunchilik
XORIJIY FUQAROLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BO‘LIShLARINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq va xorijiy fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash zarurligini e’tiborga olib, shuningdek, tegishli qonun hujjatlari qabul qilinguniga qadar xorijiy fuqarolarning respublika hududida kirish-chiqishi, yashashi va bir joydan ikkinchi joyga borishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonga kirishi O‘zbekiston Respublikasi yoki Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarining diplomatik va konsullik vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda beriladigan viza hujjatlari asosida, agar xalqaro bitimlarda boshqa xili nazarda tutilmagan bo‘lsa, amalga oshiriladi. 2. Diplomatik yoki xizmat pasportlari bo‘lgan xorijiy fuqarolar, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari hududida doimiy yashovchilar, shu jumladan, mazkur davlatlarning tegishli idoralarida akkreditatsiya qilinganlar singari O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda kiradilar. 3. O‘zbekiston Respublikasi hududiga keluvchi xorijiy fuqarolar belgilangan tartibda ichki ishlar organlarida, shuningdek, qabul qiluvchi tashkilotlar va muassasalarda ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Chet el diplomatik va konsullik muassasalarining xodimlari, ularning oila a’zolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolarning boshqa kategoriyalari bundan mustasnodir. Ro‘yxatga olinish tartibini buzganlik, haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bo‘yicha yashash, belgilangan muddat tugagandan keyin chiqib ketishdan bosh tortganlarga nisbatan respublikadan chiqarib yuborishgacha bo‘lgan ta’sir chorasi qo‘llanilishi mumkin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Vizalar va Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi huzurida xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish xizmati tuzilsin hamda uning boshqa xorijiy davlatlar va Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan aloqasi bo‘lgan aeroportlarda va temir yo‘llarda ishlashi ilovaga muvofiq tashkil etilsin. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi, O‘rta Osiyo temir yo‘l boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi chetdan keluvchi xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish joylarining bir maromda ishlashi uchun jihozlangan binolar ajratsinlar va zarur sharoit yaratsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati bir oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasining “Kirish-chiqish haqida”, “Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidagi huquqiy mavqeyi haqida”gi qonunlari loyihasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalari haqida” va “Xorijiy vakillarni O‘zbekiston Respublikasi idoralari va tashkilotlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi haqida”gi qarorlari loyihalarini tayyorlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zshartnomasavdo” O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Vizalar va Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi huzurida xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish xizmatini saqlashga qo‘shimcha mablag‘lar ajratsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vizalar va Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limining xorijiy fuqarolarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi — 10 kishi “Toshkent” aeroportida xorijiy fuqarolarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmasi — 12 kishi Shimoliy temiryo‘l vokzalida xorijiy fuqarolarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmasi — 10 kishi Jami: katta va o‘rta boshliqlar tarkibidagi ofitsyerlar — 32 kishi
97
3,815
Qonunchilik
Koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklarini reyestrga kiritadilar
Xoʻjaliklarni reyestrga kiritish tartibi, hujjatlarni taqdim etish va arizani koʻrib chiqish tartib-taomillari, shuningdek undan chiqarish holatlari Vazirlar Mahkamasining 29.11.2018 yildagi 972-son qarorida belgilangan. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 9.10.2017 yildagi PF-5199-son Farmoniga binoan  2021 yilning oхiriga qadar barcha fermer хoʻjaliklari koʻp tarmoqli boʻlishlari va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishdan tashqari qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulotlarni sotish, sanoat ishlab chiqarishi va boshqa taqiqlanmagan faoliyat turlarini ham oʻzlashtirishlari kerak. Aks holda, 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab bu shartni bajarmaganlar bilan yer ijarasi shartnomalari bekor qilinadi. Koʻp tarmoqli boʻlish uchun reyestrga kiritish kerak Xoʻjalik Koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklari reyestriga (keyingi oʻrinlarda – Reyestr) kiritilgan kundan boshlab  “koʻp tarmoqli” maqomga ega boʻladi. U viloyatlar va tumanlar kesimida elektron ma’lumotlar bazasi shaklida yuritiladi. Bunday Reyestrni yuritish sh.j. koʻp tarmoqli хoʻjaliklarga nisbatan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa faoliyat turlari boʻyicha YaSTni toʻlash boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash imkoniyatini beradi. Reyestr хoʻjaliklarning iхtisoslashuvidan kelib chiqib shakllantiriladi va ularning nomi, joylashgan joyi, STIR, KTUT, oʻz asosiy vositalari roʻyхati (ishlab chiqarish bazasi, mashina va meхanizmlar) va h.k.ni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda – Kengash) rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi (joylashtiriladi).  Xoʻjalikning Reyestrga kiritilgani toʻgʻrisidagi koʻchirmani foydalanuvchilar sayt orqali, hech qanday cheklovlarsiz olishlari mumkin. Qayerga murojaat qilinadi va qanday hujjatlar zarur Kengash Reyestrga ma’lumotlarni kiritadi, uni yuritadi va shakllantiradi. Fermerlardan hujjatlarni qabul qilish va dastlabki koʻrib chiqishni esa tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari (keyingi oʻrin – tuman kengashlari) amalga oshiradilar. E’tibor bering! Fermer хoʻjaligini Reyestrga kiritish iхtiyoriy ravishda va bepul amalga oshiriladi. Buning uchun хoʻjalik hujjatlarni oʻzi roʻyхatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha tegishli tuman kengashiga belgilangan shaklda ariza berishi kifoya. Ariza bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda tuman kengashining elektron pochta manziliga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: Boshqa barcha hujjatlar va ma’lumotlarni tuman kengashi mustaqil ravishda, boshqa vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorlik orqali  oladi. Hujjatlar tuman kengashining vakolatli хodimi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi. Uning ikkinchi nusхasi ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Elektron tarzda taqdim etilgan taqdirda hujjatlarni taqdim etuvchiga tegishli elektron bildirishnoma yuboriladi. Shundan keyin tuman kengashi taqdim qilingan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshiradi va tushgan kundan boshlab 2 kundan kechiktirmay arizani Kengashga yuboradi. Kengash taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha 3 kun muddatda fermer хoʻjaligini Reyestrga kiritish yoki kiritmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.  Xoʻjalikning koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklariga qoʻyiladigan talablarga mos kelmasligi rad etish uchun asos boʻlishi mumkin. Kengash tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan sana fermer хoʻjaligini Reyestrga kiritish sanasi hisoblanadi. Nima uchun Reyestrdan chiqarishlari mumkin Quyidagi holatlarda Reyestrdan chiqariladi: Kengash Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu toʻgʻrida 2 kun mobaynida Reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Shu paytdan boshlab fermer хoʻjaligi koʻp tarmoqli fermer хoʻjalik maqomini yoʻqotadi. Xoʻjalikning Reyestrdan chiqarilgani toʻgʻrisidagi ma’lumot hududiy soliq organlariga yuboriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.11.2018 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
57
4,034
Qonunchilik
Vakolatli iqtisodiy operatorlar: yangi institut, yangi imkoniyatlar
Oʻtgan payshanba kuni, 20 dekabrda «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Davlat bojхona qoʻmitasi BMT TD bilan birgalikda ushbu yangilikka bagʻishlangan seminar oʻtkazdi. Unda Tashqi savdo vazirligi, DSQ, SSP, Iqtisodiyot vazirligi, LBMA, Bosh prokuratura, biznes-hamjamiyat va OAV vakillari ishtirok etdilar. Tadbirdan maqsad – ishtirokchilarni yangilik bilan tanishtirish, Vazirlar Mahkamasining «Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasini muhokama qilish.  Ayni paytda mamlakatimizda bojхona ma’muriyatchiligi tizimiga butkul yangicha yondashuvlar shakllanmoqda: yoppasiga nazorat oʻrniga хavflarni boshqarish tizimlari, istiqbolli bojхona teхnologiyalari va qonunga itoatkor biznes bilan hamkorlik munosabatlari faol qoʻllanmoqda. Ana shu maqsadda 2019 yil 1 fevraldan boshlab bojхona amaliyotiga vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etilmoqda. Vakolatli iqtisodiy operator kim oʻzi? U nimalar bilan shugʻullanadi? Qanday huquq va majburiyatlarga ega? Ushbu yangilikni joriy etishdan qanday ma’no bor? U bojхona organlariga nimalarni taklif etadi? Tashqi savdo operatsiyalari ishtirokchilari oldida qanday istiqbollar ochiladi? Bojхonachilar ana shu savollarga javob berdilar. JBT Hadli standartlaridagi ta’rifga koʻra, vakolatli iqtisodiy operator (VIO) – tovarlarning хalqaro miqyosdagi harakatiga jalb etilgan va milliy bojхona organi yoki uning nomidan JBT хavfsizlik standartlariga yoki shunga oʻхshash yetkazib berish tizimiga muvofiq kelishi e’tirof etilgan har qanday yuridik shaхs. VM qarori loyihasida yuridik shaхs VIO maqomini olishi uchun bir qator shartlar qayd etilgan: Loyihada VIO maqomini olishning ikki darajali tizimi – «A» va «B» maхsus soddalashtirish toifalari joriy etilishi nazarda tutilgan. Taqdim etilishi mumkin boʻlgan soddalashtirilgan tartib-taomillar roʻyхati unga berilgan toifaga bogʻliq. VIO tovarlari boʻyicha bojхona operatsiyalarini birinchi navbatda, uning hududida bajarish, bojхona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib va kechiktirib toʻlash imkonini berish, VIOni хorijiy mamlakatlar vakolatli iqtisodiy operatorlari bilan birga oʻzaro tan olish va boshqalar asosiy soddalashtirilgan tartib-taomillar hisoblanadi. Maхsus soddalashtirilgan tartib-taomillar хarajatlarni kamaytirish va import-eksport operatsiyalarining kundalik jarayonlarini jadallashtirish hisobiga iqtisodiy afzalliklar ham beradi (taqdim etilgan afzalliklarga qoʻshimcha ravishda).  VMning «Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilish uchun e’lon qilingan. Havola orqali oʻtib, uning sharhi bilan tanishish mumkin. Gulnora Abdunazarova, maхsus muхbir.
67
2,716
Qonunchilik
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-sonli “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 8-son, 39-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-fevraldagi PQ-5-sonli “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ular uchun o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilinishi uchun iste’molchilarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-sonli “Uy-joy-kommunal xizmatlarning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda), 2001-yil 18-apreldagi 178-sonli “Aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 8-son, 40-modda) va 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zkommunxizmat” agentligi qaror qiladilar: 1. Kommunal xizmatlarga tariflarini shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Iqtisodiyot vazirligining va “O‘zkommunxizmat” agentligining 2006-yil 14-martdagi 31, 1, 02-317-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori (2006-yil 1 may, ro‘yxat raqami 1566) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 18-son, 154-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Iqtisodiyot vazirligining va “O‘zkommunxizmat” agentligining 2006-yil 2-oktabrdagi 86, 11, 1072-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizomiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2006-yil 3-noyabr, ro‘yxat raqami 1566-1) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 43-44-son, 438-modda). 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 8-son, 39-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-fevraldagi PQ-5-son “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ular uchun o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilinishi uchun iste’molchilarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda) qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son “Uy-joy-kommunal xizmatlarning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 1999-yil 5-fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda), 2001-yil 18-apreldagi 178-son “Aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 8-son, 40-modda) va 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq tashkilotlar — tabiiy monopol subyektlari (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan kommunal xizmatlar (suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiq suv ta’minoti va markazlashgan isitish xizmati)ga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish tartibini tartibga soladi. 1. Tabiiy monopol subyektlari Davlat reyestriga kiritilgan tashkilotlar ko‘rsatayotgan kommunal xizmatlar tariflarini Davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 2. Tashkilotlar ko‘rsatayotgan kommunal xizmatlar tariflarini tasdiqlatish uchun narxlarni tartibga soluvchi organga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomining 21-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilib ariza bilan murojaat qiladi. 3. Tariflarni asoslash uchun qabul qilinadigan kommunal xizmatlarning ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga amal qiladi. 4. Tashkilotlar ko‘rsatayotgan kommunal xizmatlar tarifi ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, soliqlar va foydadan boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52(I)-son, ) nazarda tutilgan xarajatlar kommunal xizmatiga tasdiqlanadigan tarifni shakllantirishda xarajatlar hisobiga olinmaydi, yuqori organlar va tashkilotning birlashmasi ta’minotiga ajratmalar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno. 5. Aholiga ko‘rsatilayotgan suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiq suv ta’minoti va markaziy isitish xizmatlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan aholi nomidan sotib oladigan xizmatlarni hisobga olgan holda, nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi. 6. Kommunal xizmatlarni (suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiq suv ta’minoti va markaziy isitish xizmati) yetkazib beruvchi tashkilotlar xarajatlarini kamaytirishni rag‘batlantirish maqsadida ushbu xizmatlarga tariflarni shakllantirishda 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda cheklangan rentabellik darajasi (sof foydaning ishlab chiqarish tannarxiga nisbati) belgilanadi. 7. Agar oldingi hisobot davrida tashkilot texnologiya jarayonlarini takomillashtirish va zamonaviy resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga yoqilg‘i-energetika resurslari, xomashyo va materiallarni tejashga erishgan bo‘lsa, tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) navbatdagi qayta ko‘rib chiqishda tejalgan mablag‘larning 50 foizgacha bo‘lgan summasi sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yoqilg‘i-energetika resurslari, xomashyo va materiallarga xarajatlar esa zamonaviy resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish natijasida qo‘llaniladigan aniqlashtirilgan xarajatlar normasi hisobga olingan holda qabul qilinadi. 8. Kommunal xizmatlarga narxlar va tariflarni tasdiqlash yoki keyinchalik qayta ko‘rib chiqishda narxlar va tariflar o‘sishining 10 foizi, ushbu kommunal xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilotlarning o‘z daromadlari hisobidan qoplanadi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 313, 317 va 3252-moddalariga muvofiq kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv ta’minoti tashkilotlari uchun budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solinadigan bazasi etib, mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i va tegishincha issiqlik ta’minoti tashkilotlari uchun issiqlik energiyasining, suv ta’minoti tashkilotlari uchun suvning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi hisoblanadi. 10. Kommunal xizmatlar xarajatlarini kalkulyatsiyalashda ishlab chiqarish va xizmatlarni bevosita iste’molchiga sotishdan iborat bo‘lgan ishlarning butun texnologik sikli hisobga olinadi. Bunda, suv ta’minoti xizmatlari tannarxiga suv olish inshootlari, nasos stansiyalari, tozalash inshootlari, muhandislik tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar kiritiladi. 11. Vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi bo‘yicha tariflarning hisob-kitoblari vodoprovod xizmati va kanalizatsiya xizmati bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. 12. Xarajatlarni prognoz kalkulyatsiyalashda yo‘qotishlardan xarajatlar qonunchilik bilan belgilangan me’yorlar chegarasida nazarda tutiladi. Suv ta’minoti tashkilotining moddiy xarajatlari ko‘tarilgan suv hajmi hamda 1 kub. m suvni tozalash uchun tasdiqlangan me’yoriy reagentlar (xlor, kogulyant va boshqa materiallar) xarajatidan kelib chiqib aniqlanadi. Quvvatli va yoritish energiyasi xarajatlari artezian va daryo vodoprovodi bo‘yicha chiqarilgan suv hajmiga muvofiq elektr energiyasining taqqoslama me’yorlari, energiya uskunasining belgilangan quvvati va belgilangan quvvatning 1 kVt/soat va 1 kVt uchun amaldagi tariflar bilan hisoblab chiqiladi. 13. Kanalizatsiya tashkilotlarida moddiy xarajatlar (xlor, xlorli ohak va suv havzalariga oqizib yuborishdan oldin zararsizlantirish uchun ishlatiladigan boshqa materiallar) oqindi suvning chiqarilgan va tozalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ushbu xarajatlar miqdori tozalangan oqova suv miqdorini materiallar xarajatining qabul qilingan taqqoslama me’yorlariga va materiallar qiymatiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 14. Bir tashkilot tomonidan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmati ko‘rsatilganda suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari kalkulyatsiyasi alohida tuziladi, bunda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar, bilvosita mehnat xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar ushbu xizmatlar turlari bo‘yicha ishlab chiqarish xodimlarining asosiy ish haqiga mutanosib taqsimlanadi. 15. O‘rtacha iqtisodiy asoslangan tarifning miqdorini hisoblash uchun, xizmatlarning barcha iste’molchilarini hisobga olgan holda berilgan suv (ajratilgan oqim suyuqlik) hajmlari bo‘yicha vodoprovod kanalizatsiya tashkilotining daromadlarini aniqlash zarur, mazkur tarmoqni yaqin davr (yil)da rivojlantirish istiqbolini hisobga olgan holda aniq hisobot davri (yil) uchun xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi va tashqi omillar (energiya resurslari, materiallar narxlari, tashish tariflari, tarif stavkalari va lavozim maoshlarining o‘zgarishi)ning taxminiy ta’siri hamda zaruriy foyda summasidan hosil bo‘ladi. O‘rtacha iqtisodiy asoslangan tarif miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: To‘r. tarif — 1 kub. m suv (1 kub. m oqindi) ga o‘rtacha iqtisodiy asoslangan tarif; S — 1 kub. m suv (1 kub. m oqindi) ning ishlab chiqarish tannarxi; Fz — vodoprovod-kanalizatsiya tashkilotlarining rentabelli ishini ta’minlovchi 1 kub. m suv (1 kub. m oqova suv) hisob-kitobiga zaruriy foyda (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, foydadan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar hamda sof foyda summasi); Tarifni shakllantirishda sof foyda summasi va rentabellik darajasini hisoblash mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. 17. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini tasdiqlash yoki keyinchalik qayta ko‘rib chiqishda oshishining 10 foizi vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligining daromadlari hisobidan qoplanadi. Ushbu maqsadlarda tashkilotlar tomonidan yo‘qotish va xarajatlarni qisqartirishga, resurslarni tejovchi texnologiyalar joriy qilishga, boshqaruv tuzilmasi va ma’muriy-boshqaruv xodimlari sonini takomillashtirish va boshqa choralarga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni tashkil etish yo‘li bilan qo‘shimcha daromadlar olish yoki xarajatlarni kamaytirishning ichki zaxiralari qidirib topiladi. Bunda, texnologiya jarayonlarini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan yoqilg‘i-energetika resurslari, xomashyo va materiallarni tejash natijasida tashkilot tomonidan olingan qo‘shimcha foyda olib qo‘yilmaydi. Tariflarni qayta ko‘rib chiqishda resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyani joriy qilish natijasida olinadigan 50 foizgacha tejalgan mablag‘lar sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yoqilg‘i-energetika resurslari, xomashyo va materiallar xarajatlari aniqlangan me’yoriy xarajatlarni hisobga olgan holda qabul qilinadi. 18. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlariga haq to‘lash summasi uy-joy fondining obodonlashtirilganligi darajasiga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan suv (kanalizatsiya) iste’moli me’yorlari hamda aholi uchun tariflardan kelib chiqqan holda bir oyda 1 kishiga hisoblab chiqariladi, hisoblagich asbob-uskunalari bo‘lganda esa, to‘lov ularning ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 19. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va transportirovka qilish xarajatlari tarkibiga issiqlik energiyasini ishlab chiqish hamda issiqlik tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar, abonentlarning ulanish joylari, harorat, bosimni va suv sarfini muvofiqlashtiruvchi avtomat qurilmalar ishlashini nazorat qilish xarajatlari kiradi. 20. Ulgurji iste’molchilar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni hisoblash uchun, issiqlik ta’minoti tashkilotlarning yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hajmi xizmatning barcha iste’molchilarini hisobga olgan holda daromadlarini aniqlash zarur. Bunda daromadlar aniq davr (yil) ushbu tarmoqni yaqin davrlar (yil) da rivojlanish istiqboli hamda ko‘zda tutilayotgan tashqi omillar (energiya resurslari, materiallar narxlari, tashish tariflari, tarif stavkalari va lavozim maoshlarining o‘zgarishi) ning ta’siri isitish mavsumining me’yoriy davomiylik muddatini (S), zaruriy foydani (Fz) hisobga olgan holda amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 15-bandidagi formulaga muvofiq). 21. Issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflarni shakllantirishda qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini mukammal ta’mirlashni o‘tkazishga davlat budjeti (davlat subsidiyalari) hisobidan ajratilgan mablag‘lar issiqlik ta’minoti tashkilotlari xarajatlaridan chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129-moddasiga muvofiq Davlat subsidiyasidan daromadlar soliq solishda jami daromadga kiritilmaydi. Qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini mukammal ta’mirlashni o‘tkazish xarajatlar, amortizatsiya ajratmalari, budjet hisobidan ajratiladigan mablag‘lar va moliyalashtirishning boshqa manbalarini hisobga olgan holda, manzilli ro‘yxatlarga muvofiq belgilangan moliyaviy mablag‘larning etishmaydigan qismiga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibida hisobga olinadi. 22. Issiqlik ta’minoti xizmatlari birligiga tariflarni shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar, bilvosita mehnat xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar ishlab chiqarish, xodimlarining asosiy ish haqiga nisbati bilan belgilanadi. 23. Tarifni shakllantirishda sof foyda summasi va rentabellik darajasi mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq hisoblab chiqariladi. 24. Issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini tasdiqlash yoki keyinchalik qayta ko‘rib chiqishda oshishining 10 foizi issiqlik ta’minoti tashkilotning daromadlari hisobidan qoplanadi. Ushbu maqsadlarda tashkilotlar tomonidan yo‘qotish va chiqimlarni qisqartirishga, resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalar joriy qilishga, boshqaruv tuzilmasi va ma’muriy-boshqaruv xodimlari sonini takomillashtirish va boshqa choralarga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish yo‘li bilan qo‘shimcha daromadlar olish yoki xarajatlarni kamaytirishning ichki zaxiralari qidirib topiladi. Bunda, texnologiya jarayonlarini takomillashtirish va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan yoqilg‘i-energetika resurslari, xomashyo va materiallarni tejash natijasida tashkilot tomonidan olingan qo‘shimcha foyda olinishi ushbu Nizomning buzilishi hisoblanmaydi va ko‘rsatib o‘tilgan foyda olib qo‘yilmaydi. Tariflarni qayta ko‘rib chiqishda resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyani joriy qilish natijasida olinadigan 50 foizgacha tejalgan mablag‘lar sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yoqilg‘i-energetika resurslari, xomashyo va materiallar xarajatlari aniqlangan me’yoriy xarajatlarni hisobga olgan holda qabul qilinadi. 25. Aholi uchun tariflar: markaziy isitish xizmatlari bo‘yicha bir oyda 1 kv. m isitish maydoniga; issiq suv ta’minoti bo‘yicha hisoblash asbobi bo‘lmaganda bir oyda 1 kishiga; faqat issiq suv sarfini hisoblash asbobi bo‘lganda 1 kub. m issiq suv uchun; 26. Aholi uchun markaziy isitish va issiq suv ta’minotiga belgilangan tariflar quyidagilardan kelib chiqqan holda hisoblanadi: 1 Gkal issiqlik tannarxi xarajat; ulgurji iste’molchilar uchun belgilangan tarif; tashkilot tomonidan o‘rnatilgan issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilg‘i, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining me’yorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yo‘qotishlarni aniqlash tartibi asosida 1 kv. m isitish maydonini isitish va 1 kub. m suvni qizdirish uchun sarflangan taxminiy issiqlik energiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son “Uy-joy-kommunal xizmatlarning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashiga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qaroriga binoan aholiga markaziy isitish va issiq suv ta’minoti uchun issiqlik energiyasi me’yorlari miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 27. Tariflarni shakllantirishda quyidagilar tannarxni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib hisoblanadi: issiqlik ta’minoti tashkilotlari xizmatlarining tannarxi issiqlik tarmoqlarini kuzatish, nazorat qilish, xizmat ko‘rsatish va profilaktik ta’mirlash bo‘yicha rejalashtirilayotgan tashkiliy va texnik tadbirlariga muvofiq, qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini profilaktik xizmati va ta’mirlashni hisobga olgan holda aniqlanadi; xarajatlar prognoz kalkulyatsiyalashda issiqlik energiyasidan yo‘qotishlar qonunchilikda belgilangan me’yorlar chegarasida nazarda tutiladi; issiqlik energiyasi bir vaqtning o‘zida markaziy isitish va issiq suv ta’minotida sotilgan taqdirda, xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha issiqlik energiyasining markaziy isitish va issiq suv ta’minotidagi mutanosib miqdoriga muvofiq hisoblanishi lozim; issiqlik ta’minoti xizmatlariga moddiy xarajatlar texnik tuzi va uning o‘rnini bosuvchi boshqa materiallar xarajati me’yorlaridan kelib chiqqan holda 1 kub. issiq suv (issiqlik eltuvchi) va unga belgilangan narx hisob-kitobi bo‘yicha belgilanadi; kuchlanishli tok va yoritish energiyasi xarajatlari elektr energiyasi xarajatining taqqoslama me’yorlari, energiya uskunasining belgilangan quvvati va belgilangan quvvatning 1 kVt/soat va 1 kVt uchun amaldagi tariflarga muvofiq hisoblab chiqiladi. 28. Aholi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarni aniqlashning namunaviy hisob-kitobi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan. 29. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. 1. Markaziy isitishdagi 1 kv. m isitish maydoni uchun bir oyda hisob-kitob bo‘yicha Bir oyga 1 kv. m isitish maydoniga markaziy isitishdagi issiqlik energiyasining taqqoslama iste’moli — 0,019 Gkal*. Ulgurji tarif (QQS hisobga olinmagan holda) — 18 000 so‘m. Bir oyga markaziy isitishdagi 1 kv. m isitish maydoni uchun tarif o‘rtacha 342 so‘mni tashkil qiladi: 18 000 so‘m. x 0,019 = 342 so‘m. 2. Issiq suv ta’minoti uchun hisoblash asbobi bo‘lmaganda bir oyda 1 kishiga Bir oyda 1 kishiga issiq suv ta’minotidagi issiqlik energiyasining taqqoslama iste’moli — 0,191 Gkal. Ulgurji tarif (QQS hisobga olinmagan holda) — 18 000 so‘m. Bir oyda 1 kishiga issiq suv uchun tarif 3 438 so‘mni tashkil qiladi: 18 000 so‘m. x 0,191 = 3 438 so‘m. 3. Hisoblash asbobi bo‘lganda aholi uchun 1 kub. m issiq suv uchun Barcha iste’molchilar uchun 1 Gkal issiqlik energiyasi 18 000 so‘m/Gkal ni (QQS hisobga olinmagan holda) tashkil qiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar: uzatuvchi truboprovoddagi issiq suv harorati — 72,8 gradus S; uzatuvchi truboprovod izolyatsiyasi orqali issiqlikning me’yoriy yillik o‘rtacha yo‘qotilishi — 73,94 Gkal/s; uzatuvchi truboprovoddagi suvning yillik o‘rtacha soatlik xarajati — 33 560,0 kub. m/s (issiqlik manbaidagi xarajat o‘lchagichi ma’lumoti bo‘yicha); issiq suv tayyorlash uchun ishlatiladigan chiqarilgan suvning yillik o‘rtacha harorati — 10,8 gradus S. Atrof-muhitga yo‘qolishi sababli uzatuvchi truboprovoddagi suv haroratining yillik o‘rtacha pasaytirilishi: 106 — Gkal ni Kkal ga o‘tkazish koeffitsiyenti; 103 — kg ga o‘tkazish koeffitsiyenti. Aholiga beriladigan issiq suvning o‘rtacha harorati: tgv = 72,8° – 2,2 = 70,6°S. Issiq suvning tarkibidagi issiqlik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: i = 0,001 (70,6° – 10,8°) = 0,0598 (Gkal/kub. m) 1 kub.m issiq suv uchun tarif: Tgv = 18 000 x 0,0598 = 1 076,4 so‘m/kub. m.
139
22,811
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
Raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda bu borada milliy qonunchilikni takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5120-son Farmonida: a) 1-band va Farmonga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) etib qayta tashkil etilsin. Quyidagilar Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko‘maklashish”; v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Belgilansinki: Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi; Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi; Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari maqomi, tibbiy va transport ta’minoti shartlari bo‘yicha tegishli ravishda vazirga, vazirning birinchi o‘rinbosariga va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi; Agentlik xodimlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Agentlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi; Agentlikda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlarini qo‘llash tavsiyaviy tusga ega”; g) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; d) 5 va 6-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish doirasida” so‘zlari “Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 7-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish uchun” so‘zlari “Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 8 va 9-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3150-son qarorida: a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”; v) 2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) direktoriga: zarurat bo‘lganda, Agentlik tuzilmasi va shtatlar birligiga o‘zgartirishlar kiritish, shu jumladan, qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish, Agentlik xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlarini mustaqil ravishda belgilash”; g) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Belgilab qo‘yilsinki: a) Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir; b) Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish hamda ushbu sohada faoliyatni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi; v) Agentlik tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etilmagan holda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni o‘rganish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus laboratoriya (keyingi o‘rinlarda — Laboratoriya) faoliyat ko‘rsatadi; g) Laboratoriya faoliyatiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari tatbiq etilmaydi, qonunchilikda belgilangan taqiqlarga rioya qilish talabi bundan mustasno; d) quyidagilar: grantlar, kreditlar va qarzlar, shu jumladan, kripto-aktivlarda; qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordagi Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillaridan ajratmalar; jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, chet el jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari, shu jumladan, kripto-aktivlarda; yuridik shaxslar ustav kapitali (ustav fondi)da Agentlikka tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha qonunchilikda belgilangan miqdorda olinadigan daromadlar; davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar; Agentlikning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi; e) Agentlik homiylik xayriyalari, grantlar va qarzlar sifatida qabul qilingan, Laboratoriya faoliyati davomida olingan, shuningdek sud qaroriga asosan davlat foydasiga o‘tkazilgan kripto-aktivlarni O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida milliy kripto-birjada sotish kunida shakllangan kurs bo‘yicha sotishga haqli; j) Agentlik tomonidan Agentlikka homiylik xayriyalari, grantlar va qarzlar sifatida berilgan kripto-aktivlar manbalari majburiy tartibda tekshiriladi; z) Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi”; i) “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida: “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejim ishtirokchilari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi; “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejim ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi hamda soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi”; d) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Belgilab qo‘yilsinki: Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari hamda mutaxassislari bilan, jumladan, ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish orqali o‘zaro hamkorlik qiladi; Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya va ruxsat berish talab va shartlariga rioya etilishi borasida tekshiruvlarni o‘tkazadi, belgilangan tartibda jarima sanksiyalarini qo‘llaydi, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilmaganligi uchun jarima sanksiyalarini qo‘llaydi; Agentlikning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishilishi shart”; e) 6 — 11 bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; j) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: z) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi. 2. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir. 3. Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhr va blankaga, budjet hamda qonunchilikda belgilangan davlat bojlari va boshqa yig‘imlar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha Yagona g‘azna hisobvarag‘ida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, grantlar, kreditlar, qarz va homiylik xayriyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi. Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish, ushbu sohadagi faoliyatni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. 4. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. 5. Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislari bilan, jumladan, ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish orqali o‘zaro hamkorlik qiladi. 6. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 7. Agentlikning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, qisqartirilgan nomi — Istiqbolli loyihalar agentligi; b) ingliz tilida: to‘liq nomi — National Agency of Perspective Projects of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Perspective Projects Agency; v) rus tilida: to‘liq nomi — Natsionalnoye agentstvo perspektivnix proyektov Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo perspektivnix proyektov. 8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko‘maklashish. 9. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qonunchilikni takomillashtirish va kelgusida rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash borasida takliflarni ishlab chiqadi; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishga ko‘maklashadi; kripto-aktivlar aylanmasi sohasini huquqiy tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi; kripto-aktivlar aylanmasini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari tartibini belgilaydi va amalga oshiradi, shuningdek, litsenziya va ruxsat etish talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; mazkur Nizomga ilovaga muvofiq faoliyat olib boradigan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qoidalar, normalar va standartlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining kripto-aktivlar aylanmasi masalalari bo‘yicha o‘qishlarini tashkil etadi; ilmiy-ta’lim muassasalari bilan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini kripto-aktivlar aylanmasi sohasi bo‘yicha tayyorlash masalalarida hamkorlik qiladi; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi; qonunchilik hujjatlarini tizimli tahlil qiladi hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari bo‘yicha va o‘z tashabbusiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi; b) kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash sohasida: kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida chora-tadbirlar ko‘radi; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qonun buzilishlari aniqlanganda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlarni qo‘llaydi; kripto-aktivlar aylanmasi sohasining rivojlanish holati to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etadi, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va (yoki) rasmiy veb-saytida kripto-aktivlar aylanmasi sohasining rivojlanish holati yuzasidan doimiy ravishda ma’lumotlarni chop etadi, hamda aholining kripto-aktivlar aylanmasi sohasida savodxonligi darajasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi; v) kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan xavflarni o‘rganadi, tahlil qiladi va baholaydi hamda aniqlangan xavflarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi; belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi; Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi; kripto-aktivlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi hisobot va ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan beg‘araz shartlar asosida hujjatlar, ma’lumotlar va materiallarni talab qilib oladi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi; g) davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko‘maklashish sohasida: davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etish borasida hamkorlikni amalga oshiradi; davlat organlari faoliyatiga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik topshiriqlarning loyihalarini kelishadi; davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etish borasida professional tayyorgarlik darajasini oshirishda ko‘maklashadi; ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish borasida xorijiy davlatlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilishda ko‘maklashadi; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohalarida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqishni ta’minlaydi; iqtisodiyotning turli sohalarida ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni amalga oshirish haqidagi takliflarni kiritadi; davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, biznes hamjamiyatlar, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi. 10. Agentlik quyidagi vakolatlarga egadir: o‘z vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish; davlat organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan material va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish; kripto-aktivlar sohasida qonun buzilishi holatlari yuzasidan jismoniy, shu jumladan, mansabdor shaxslardan yozma tushuntirishlar va ma’lumotlarni olish; Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha sudga da’vo taqdim etish; Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish; xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari bilan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish; belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan bo‘lmagan mablag‘lar hisobiga xarid qilingan va o‘z balansida hisobi yuritilgan mol-mulkni, shu jumladan, ko‘chmas mulkni, mustaqil ravishda hisobdan chiqarish yoki boshqa tarzda boshqarish; homiylik xayriyalar, grantlar, kreditlar va qarzlar sifatida qabul qilingan hamda Laboratoriya faoliyati davomida olingan kripto-aktivlarni O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida milliy kripto-birjada sotish kunida shakllangan kurs bo‘yicha sotish; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya va ruxsat berish talab va shartlariga hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi borasida tekshiruvlar o‘tkazish va natijasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish; o‘z vakolati doirasida kripto-aktivlar sohasida qonun buzilishi holatlari yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish va sudga yuborish; aniqlangan qonun buzilishi holatlari va Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ogohlantirish, xulosa va ijro uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish; Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilib, belgilangan tartibda yig‘ilishlar o‘tkazish; ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarni joriy etish va kripto-aktivlar aylanmasi sohasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda mamlakat manfaatlarini ifoda etish hamda belgilangan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari, shuningdek, ilmiy institutlari bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish. Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 11. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi. 12. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga, shu jumladan birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi. Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari maqomi, tibbiy va transport ta’minoti shartlari bo‘yicha tegishli ravishda vazirga, vazirning birinchi o‘rinbosariga va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi. 13. Agentlik xodimlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 14. Agentlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi. Agentlikda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlarini qo‘llash tavsiyaviy tusga ega. 15. Quyidagilar: grantlar, kreditlar va qarzlar, shu jumladan, kripto-aktivlarda; qonunchilik hujjatlarda belgilangan miqdordagi Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillaridan ajratmalar; jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, chet el jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari, shu jumladan, kripto-aktivlarda; yuridik shaxslar ustav kapitali (ustav fondi)da Agentlikka tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha qonunchilikda belgilangan miqdorda olinadigan daromadlar; davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar; Agentlikning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. 16. Agentlik direktori: Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi bo‘yicha shaxsan javob beradi; Agentlikning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi; Agentlik tuzilmasi va shtatlar birligiga o‘zgartirishlar kiritadi, shu jumladan, qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etadi; Agentlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini belgilaydi; Agentlikning tarkibiy tuzilmalari hamda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni o‘rganish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus laboratoriya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi; Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; chet el davlatlari vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari va kompaniyalari bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar va boshqa shartnomalar tuzadi; o‘z vakolati doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi hamda ko‘rsatmalar beradi. 1. Ushbu Nizom Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimining (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) umumiy qoidalarini belgilaydi. 2. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimi (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) deganda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalarni (keyingi o‘rinlarda — tajriba-sinov loyihalari) joriy etayotgan yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, tajriba-sinov loyihalarini sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratish tushuniladi (keyingi o‘rinlarda — maxsus rejim). 3. Maxsus rejim doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish yoki to‘lovni qabul qilish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi. 4. Maxsus rejimni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinda — Agentlik) tomonidan tasdiqlanadi. 5. Maxsus rejimni taqdim etishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va tajriba tariqasida amalga oshirish uchun maydoncha yaratish; amaldagi talablarga javob bermaydigan me’yorlar aniqlangan taqdirda, yangi tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish va sinovdan o‘tkazish; kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan, investitsiyalarni jalb qilish maqsadida tokenlarni chiqarish yuzasidan tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish; kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlar turlarini, shu jumladan, eksportga mo‘ljallangan yechimlarni kengaytirish; kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni joriy etish jarayonlarida tegishli nazoratni ta’minlash; maxsus rejim doirasida o‘tkazilgan tajribalar asosida yangi tartibga solish uslublarini ishlab chiqish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; respublika bozoriga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni olib chiqish muddatini va sarf-xarajatlarni qisqartirish; kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tadqiqotlarni tashkil qilish va o‘tkazish hamda tahliliy materiallarni tayyorlash. 6. Agentlik: maxsus rejimni taqdim etish, ishtirokchilarni maxsus rejimda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini, ular faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni, tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida ularni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan, tegishli vakolatli organlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan holda qonunosti hujjatlarining tegishli normalarini tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish muddatida istisno qilish haqida qarorlar qabul qiladi; maxsus rejim ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazadi; maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning o‘z vaqtida bajarilishini tizimli nazorat qiladi; tegishli vakolatli davlat organi bilan tuzilgan shartnomalar asosida maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan shaxsga doir egasizlashtirilgan ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlarini, shuningdek, ularga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi; maxsus rejim ishtirokchilarini tajriba-sinov loyihalari muddati davomida tashkiliy-huquqiy, konsultativ qo‘llab-quvvatlaydi. 7. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 8. Maxsus rejim ishtirokchilari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tganlaridan so‘ng tajriba-sinov loyihalarini kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmasdan amalga oshiradi. 9. Maxsus rejim ishtirokchilarining faoliyati, shuningdek, ularning tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida boshqa subyektlar bilan tuzilgan shartnomaviy munosabatlari Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadigan huquqiy rejimlar bilan tartibga solinadi. Maxsus rejim ishtirokchilarining O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari — subyektlar bilan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan shartnomalar (ofertalar, bitimlar)ning maksimal qiymati, shuningdek, maxsus rejimda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari doirasida mijozlarning cheklangan soni Agentlik bilan kelishilishi shart. 10. Maxsus rejimda tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi. 11. Tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasida amalga oshirish muddati uch yildan oshmasligi lozim. Belgilangan muddat o‘tgach Agentlik tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasidan chiqarish maqsadida amaldagi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida (tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish natijalari ijobiy baholangan taqdirda) tegishli munosabatlarni tartibga solish uchun tegishli normalarni tarqatish yoxud tegishli asoslarni ko‘rsatgan holda tajriba-sinov loyihasini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qarorida: a) qarorning nomi “raqamli iqtisodiyotni” so‘zlaridan keyin “va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) muqaddimaning uchinchi xatboshisidagi “Blokcheyn” texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari)” va “Blokcheyn” texnologiyalari” so‘zlari “Ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 1-bandda: birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Quyidagilar kripto-aktivlar aylanmasi sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha eng muhim vazifalar deb hisoblansin: investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning (turli kripto-aktivlarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish bo‘yicha faoliyat), smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, shuningdek, ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish;”; uchinchi — beshinchi xatboshilarda tegishli kelishikdagi “blokcheyn” texnologiyalari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Belgilab qo‘yilsinki: ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari joriy etiladigan aniq faoliyat sohalari manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan belgilanadi; kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirishni va ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik topshiriqlarning loyihalari Agentlikda majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim; kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi; yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq operatsiyalari, jumladan, norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi; kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxslar tomonidan o‘tkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘lik valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi”; d) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Belgilab qo‘yilsinki: a) kripto-aktiv mulkiy huquq hisoblanib, ma’lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig‘indisi bo‘lgan qiymati va egasiga ega; b) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat turlari quyidagilardan iborat: mayning; kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlar faoliyati (keyingi o‘rinlarda — xizmatlar provayderlari); v) mayning bu hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyatidir. Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Mayning uchun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyadan foydalanilgan taqdirda: iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘lanadi; tig‘iz davrda iste’mol qilingan elektr energiya uchun tegishli tariflarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ustamalar qo‘llaniladi; iste’mol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisoblagich o‘rnatilgan holda yuritiladi. Mayning Agentlik tomonidan majburiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi va litsenziyalanadigan faoliyat turiga kirmaydi. Mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (maynerlar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Maynerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish faqat Internet tarmog‘i orqali elektron shaklda amalga oshiriladi. Maynerlar o‘z faoliyatini faqat ro‘yxatga olingan paytda ko‘rsatilgan manzilda, yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega; g) xizmatlar provayderlari jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan ularning nomidan kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash, saqlash, chiqarish, joylashtirish va boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi. Xizmatlar provayderlari faqat O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari — yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Xizmatlar provayderlari turlariga: kripto-birja — kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash uchun elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot; mayning-pul — mayning jarayonini ta’minlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot; kripto-depozitariy — kripto-aktivlarni chiqarish, ularni dastlabki joylashtirish va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha elektron platforma va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot; kripto-do‘kon — kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha elektron platforma va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot; Agentlik qarorlari bilan belgilanadigan boshqa turdagi xizmatlar provayderlari; d) 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi; e) Agentlik: kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibini belgilaydi; j) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji miqdori va uni to‘lash tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi; z) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berishdan tushadigan davlat bojining barcha summasi litsenziyalovchi organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi; i) xizmatlar provayderlari faoliyatiga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashgan elektron platforma va (yoki) texnik hamda dasturiy vositalar majmuining mavjudligi; kripto-aktivlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlarni, platforma ishtirokchilarining identifikatsiya ma’lumotlarini, xizmatlar provayderlarining platforma ishtirokchilari bilan munosabatlariga oid materiallarni (shu jumladan, platforma ishtirokchilari o‘rtasida), shu jumladan, ish yozishmalarini besh yil davomida saqlash; kripto-aktivlar aylanmasi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish hamda shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish; kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi reklamaga qo‘yiladigan, shu jumladan kripto-aktivlardan foydalanilish bilan bog‘liq faoliyatning samaradorligi (daromadi) haqida va’dalariga, kripto-aktivlar bilan bitimlarni tuzish boyishning yengil usuli ekanligi haqidagi ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanganligi hamda kripto-aktivlar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov yoki to‘lovni qabul qilish vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin emasligi haqidagi talablarga rioya qilish; anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirmaslik; platforma faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq ma’lumotlarni vakolatli organning so‘roviga binoan bepul taqdim etish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa talablar. Kripto-birjalarga qo‘yiladigan qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari quyidagilar hisoblanadi: kripto-aktivlarni kotirovkalashni ularga bo‘lgan talab va taklif asosida amalga oshirish; ariza berilgan sanada pul mablag‘i shaklida bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamg‘armasi mavjudligi, shundan uch ming baravari O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yiladi; k) xizmatlar provayderlari faoliyatini ularning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishini nazorat qilish funksiyalari xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalovchi organga va tegishli vakolatli davlat organlariga yuklanadi; l) xizmatlar provayderlarining ustav jamg‘armasi faqat uning muassislarining mablag‘lari va boshqa mol-mulklaridan shakllantiriladi. Xizmatlar provayderlarining ustav jamg‘armasini shakllantirish uchun foydalaniladigan mablag‘lar kredit yoki garovga olingan mablag‘lar va shu kabi boshqa mablag‘lar jalb qilinishi orqali amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; m) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik shaxslar yig‘im to‘laydilar. Yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Agentlik o‘rtasida taqsimlanadi. Yig‘imlar miqdori, ularni to‘lash va ularning taqsimlanishi Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi; n) quyosh fotoelektr stansiyalari uchun asbob-uskunalar va qurilmalardan foydalanuvchi maynerlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tiklanadigan energiya sohasida soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish huquqiga ega; o) mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning yagona energotizimiga noqonuniy ulanishi holatlari aniqlanganda, ularga nisbatan belgilangan tarif 5 barobar o‘suvchi koeffitsiyent bilan qo‘llaniladi; p) 2022-yil 1-yanvarga qadar kripto-birja faoliyati uchun berilgan litsenziyalar davlat boji va yig‘imlar undirilmasdan mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda qayta rasmiylashtiriladi.”; e) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Xizmatlar provayderlariga: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, shu jumladan, kripto-aktivlar shaklida mukofot olish, uning miqdorini va uni mijozlardan undirish tartibini belgilash; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan kripto-aktivlarni milliy va xorijiy valyutaga sotib olish va (yoki) begonalashtirishga, shuningdek, kripto-aktivlarni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlashga qaratilgan bitimlarini tashkil etish huquqi berilsin.”; j) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Quyidagilar: a) xizmatlar provayderlarini: terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar tomonidan; iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki o‘talmagan shaxslar tomonidan boshqarish; b) xizmatlar provayderlarining ustav jamg‘armasida: ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxslarning; offshor hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarning ishtirok etishi; v) O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlarning to‘lov yoki to‘lovni qabul qilish vositasi sifatida qo‘llanilishi; g) yashirin mayningni amalga oshirish (maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish orqali uchinchi shaxslarning hisoblash quvvatlarida, ularga bildirmagan holda yoki roziligisiz mayningni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat) va anonim kripto-aktivlar mayningi (anonimlik prinsipi bo‘yicha ishlayotgan kripto-aktivlar) taqiqlanadi”; z) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda Agentlik: a) Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat provayderlar faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi, Kripto-aktivlar mayningini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi hamda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni qabul qilinishini va amalga kiritilishini; b) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Davlat boji to‘g‘risida” va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritilishini ta’minlasin”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3926-son qarorida: a) muqaddima “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni” so‘zlaridan keyin “va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) 1-bandda: birinchi xatboshi “raqamli iqtisodiyotni” so‘zlaridan keyin “va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash uchun elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot kripto-birja deb hisoblanadi; kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari belgilangan”; v) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Kripto-aktivlar aylanmasi bo‘yicha faoliyatga va kripto-birjalar faoliyatiga qimmatli qog‘ozlar, birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilsin.”; g) 3 va 5-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-yanvardagi “Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi PF-5609-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5624-son Farmonining 3-bandi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyatini tuzish to‘g‘risida”gi F-5030-son farmoyishi.
170
47,151
Qonunchilik
Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 10-fevraldagi 21, 2009-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1909, 2009-yil 24-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-bandning oltinchi xatboshisidagi “budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga” degan so‘zlar “budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Ilovaning 060-satridagi “budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga” degan so‘zlar “budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
140
1,500
Qonunchilik
LIZING TO‘G‘RISIDA
Lizing to‘g‘risidagi qonunchilik lizingni amalga oshirish paytida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi hamda ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining lizing to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak: lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa; lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq bo‘lsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining yigirma foizidan kam bo‘lsa; lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to‘lab sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo‘ladi; lizing shartnomasi davri uchun lizing to‘lovlarining joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymati lizing obyektining lizingga topshirish paytidagi joriy qiymatining to‘qson foizidan ortiq bo‘lsa. Joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. Lizing uch taraflama (sotuvchi — lizing beruvchi — lizing oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing beruvchi — lizing oluvchi) lizing shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganida qo‘shimcha ravishda lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin. Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin emas. Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing subyektlaridir. Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb e’tirof etiladi. Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektini olayotgan shaxs lizing oluvchi deb e’tirof etiladi. Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi deb e’tirof etiladi. Lizing obyekti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing obyektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish ko‘rishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Lizing uning uchta subyekti ishtirok etadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo‘lib bir shaxsning o‘zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin. Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bo‘lib qolgani holda, lizing shartnomasi bo‘yicha olgan lizing obyektini lizing beruvchining yozma roziligi bilan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga qo‘shimcha lizingga topshirishga haqli. Bunda ushbu Qonunning qoidalari qo‘shimcha lizing shartnomasida qo‘shimcha lizing beruvchiga, qo‘shimcha lizing oluvchiga va sotuvchiga nisbatan muvofiq ravishda lizing beruvchiga, lizing oluvchiga va sotuvchiga bo‘lganidek qo‘llaniladi. Qo‘shimcha lizing shartnomasining amal qilish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Lizing obyekti lizing oluvchi balansida hisobga olinadi. Davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etiladigan lizing obyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda lizing beruvchining yoki lizing oluvchining nomiga rasmiylashtiriladi. Lizing faoliyati lizing beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va (yoki) jalb etilgan mablag‘lar hisobidan lizing obyektining sotib olinishi va uni lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi investitsiya faoliyati turidir. Lizing shartnomasi yozma shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. Lizing shartnomasi: shartnoma taraflaridan birining talabiga ko‘ra; mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tartibda tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalari olish chog‘idagi lizing to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno. Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi: lizing obyektining tavsiflanishi (lizing obyektining miqdori, sifati, ro‘yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko‘rsatkichlari) va shartnoma umumiy pul summasining ko‘rsatilishi; taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bog‘liq majburiyatlari; lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi; lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi; lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari; shartnomaning amal qilish muddati. sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun mas’ul tarafning ko‘rsatilishi. Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin: lizing obyektini sotib olish tartibi va muddatlari; lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish; lizing obyektini sug‘urta qilish; fors-major holatlar; lizing beruvchi qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishi, bunday xizmatlarsiz lizing obyektidan foydalanib bo‘lmasa; lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi. Lizing shartnomasiga qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish, agar qonunchilikda va shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, taraflar kelishuviga binoan amalga oshirilishi mumkin. Lizing beruvchi quyidagi huquqlarga egadir: lizing oluvchining lizing obyektidan qanday sharoitlarda foydalanayotganligini va uni belgilangan maqsadiga muvofiq ishlatayotganligini lizing shartnomasi shartlariga hamda qonunchilik talablariga muvofiq nazorat qilish; lizing oluvchining roziligi bilan lizing obyekti va uning sotuvchisini tanlash; qonunchilikda yoki lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obyektini talab qilib olish; lizing oluvchi tomonidan o‘z majburiyatlarining jiddiy ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kelgusi lizing to‘lovlarini to‘lashni tezlashtirishni yoki garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab etish. Agar lizing obyekti lizing beruvchining aybi bilan yetkazib berilmagan bo‘lsa yoki lizing shartnomasi shartlariga nomuvofiq bo‘lsa, lizing beruvchi lizing oluvchining roziligi bilan o‘zi lozim darajada bajarmagan lizing shartnomasi shartlarini tuzatib bajarishga yoki lizing oluvchiga boshqa lizing obyektini taklif etishga haqli. Lizing beruvchi: lizing shartnomasi bo‘yicha mol-mulkni olishi va uni lizing oluvchiga egalik qilish hamda foydalanish uchun berishi; lizing oluvchi uchun mol-mulk olayotganda mol-mulk muayyan shaxsga lizingga berishga mo‘ljallanganligini sotuvchiga ma’lum qilishi; lizing obyektini, agar shartnomada shunday shartlar nazarda tutilgan bo‘lsa, saqlab turish, ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha lizing oluvchi oldida o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi shart. Lizing beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga mujburiyatlarni bajarishi mumkin. Lizing oluvchi quyidagi huquqlarga ega: lizing obyektini mustaqil aniqlash va sotuvchini tanlash; lizing beruvchidan lizing shartnomasini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish; sotuvchiga lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi talablarni, jumladan uning sifati va butligi, topshirish muddati, kafolatli ta’mirlashi va hokazolar xususida talablar qo‘yish; lizing obyekti yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilgan takdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing to‘lovlari to‘lashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish; lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan takdirda, o‘zi ilgari avans sifatida to‘lagan to‘lovlarni lizing obyektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda, qaytarib berishni talab qilish. Uchinchi shaxs undiruvni lizing obyektiga qaratganda lizing oluvchi lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini mulk qilib olish bilan bir paytda lizing shartnomasi bo‘yicha tegishli lizing to‘lovlari qoldig‘ini lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda bir yo‘la to‘lashga haqli. Lizing oluvchi: lizing obyektini qabul qilib olishi va undan lozim darajada foydalanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi; lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab turishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, lizing obyektini o‘z hisobidan joriy ta’mirlashi, uni saqlab turishga doir boshqa xarajatlar qilishi shart. Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing obyektini lizing beruvchidan qanday holatda olgan bo‘lsa, shunday holatda, normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishi shart, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Lizing oluvchining lizing obyektini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishga doir huquqi va majburiyati sotuvchi bilan alohida tuzilgan shartnomada belgilanishi mumkin. Lizing oluvchi qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin. Sotuvchi qonunchilikka va shartnomaga muvofiq huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni bajaradi. Agar lizing shartnomasida yoki oldi-sotdi (mahsulot yetkazib berish) shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotuvchining lizing oluvchiga nisbatan huquq va majburiyatlari lizing beruvchiga nisbatan huquq va majburiyatlaridek bo‘ladi. Bunda lizing oluvchi lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga yoki uni haqiqiy emas deb topishga haqli emas. Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida tuzilib, unga ko‘ra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig‘iga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun o‘z mulki qilib oladi. Taraflarning xohishiga ko‘ra lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing shartnomasi kuchga kirishidan oldin yoki keyin tuzilishi mumkin. Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart. Lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishlidir. Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing to‘lovlari lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda to‘langan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o‘tishi mumkin. Lizing oluvchi bankrot bo‘lgan, uning mol-mulki xatga olingan yoki musodara qilingan taqdirda, lizing obyekti lizing oluvchining umumiy mol-mulkidan ajratiladi va lizing beruvchiga qaytarilishi lozim, u mol-mulkni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishi mumkin. Lizing beruvchiga zararni qoplash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Lizing beruvchi lizing oluvchini xabardor qilgan holda lizing shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan to‘liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin. Lizing oluvchi lizing beruvchining ruxsati bilan lizing shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan to‘liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin. Lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing beruvchidan uchinchi shaxsga o‘tganda, lizing oluvchi bilan tuzilgan lizing shartnomasi yangi mulkdor uchun o‘z kuchini saqlab qoladi. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘zaro kelishgan holda qonunchilikka muvofiq lizing obyektini jadal amortizatsiya qilishni qo‘llash huquqiga ega. Nobud bo‘lish, yo‘qolish, o‘g‘irlash, shikastlanish, buzilish va barvaqt eskirish xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan tarzdagi har qanday yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarardan lizing obyektini sug‘urtalash taraflarning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, lizing oluvchi lizing obyekti sug‘urtasi uchun javobgar bo‘ladi. Lizing obyekti bilan bog‘liq barcha xavflar, shu jumladan uning tasodifan yo‘qolishi (nobud bo‘lishi) yoki tasodifan buzilishi, shuningdek o‘g‘irlanishi, barvaqt eskirishi, shikastlanishi xavflari lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizing oluvchiga o‘tadi. Xavflar lizing oluvchiga o‘tgan daqiqadan e’tiboran lizing oluvchi lizing obyekti har qanday tarzda yo‘qotilishi yoki shikastlanishi uchun lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bo‘ladi. Agar xavflar lizing beruvchidan lizing oluvchiga o‘tadigan vaqt lizing shartnomasida belgilangan bo‘lmasa, xavflar lizing oluvchiga u lizing obyektini olgan daqiqadan e’tiboran o‘tadi. Agar taklif etilgan lizing obyekti lizing shartnomasiga mos kelmasa va bu lizing oluvchiga lizing obyektidan voz kechish huquqini bersa, ana shunday nomuvofiqlik bartaraf etilgunga qadar yoki lizing oluvchi lizing obyektini olgunga qadar barcha xavflar lizing beruvchi zimmasida bo‘ladi. Sotuvchining nochorligi yoki lizing obyektining undan foydalanish maqsadlariga nomuvofiqligi xavflari lizing oluvchining zimmasida bo‘ladi, lizing beruvchining sotuvchini yoki lizing obyektini tanlash yoxud lizing beruvchi lizing oluvchini muayyan sotuvchini yoki lizing obyektini tanlashga g‘ayriqonuniy tarzda majburlash hollari bundan mustasno. Lizing shartnomasiga bog‘liq ravishda sarflangan mablag‘lar qaytarilishining kafolati sifatida lizing beruvchi lizing oluvchidan ta’minlash berilishini, shu jumladan garov, bank kafolati yoki uchinchi shaxsning kafilligi ko‘rinishidagi ta’minlash berilishini talab qilishi mumkin. Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas. Lizing shartnomasida nazarda tutilgan taqdirda, lizing oluvchi boshqa majburiyatlarning bajarilishi ta’minoti sifatida lizing obyektini mazkur obyekt qiymatining lizing beruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan lizing to‘lovlarining qolgan summasidan ortiq bo‘lgan qismi bo‘yicha berishi mumkin. Lizing to‘lovlari lizing beruvchiga lizing obyekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan, shuningdek lizing beruvchining foizli daromadidan iborat bo‘ladi. Lizing to‘lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi. Lizing to‘lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi. Pul summalarini undirish tartibi qonunchilikda belgilanadi, undiruvni lizing obyektiga qaratish esa undiruvni garov narsasiga qaratish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Lizing beruvchi mol-mulkni yetkazib bermaganlik, to‘liq yetkazib bermaganlik, yetkazib berish muddatini o‘tkazib yuborganlik va tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mol-mulkni yetkazib berganlik uchun, agar bu uning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli bo‘lsa, lizing oluvchining oldida javobgar bo‘ladi. Lizing beruvchi lizing oluvchi oldida lizing obyekti yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, lizing obyekti sotuvchisi va lizing obyektining o‘zi lizing beruvchi tomonidan tanlangan va lizing oluvchi shu tufayli zarar ko‘rganligi isbotlangan hollar bundan mustasno. Lizing beruvchi va lizing oluvchi sotuvchiga nisbatan lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha solidar kreditorlar sifatida ish ko‘radilar. Sotuvchi ular oldida lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish (lizing obyektining sifati, butligi, lozim darajada yetkazib berilishi va boshqalar) yuzasidan javobgar bo‘ladi. Bunda sotuvchi lizing obyekti bilan bog‘liq aynan bitta zarar uchun bir paytning o‘zida lizing oluvchi va lizing beruvchi oldida javobgar bo‘lishi mumkin emas. Lizing beruvchi lizing obyektining lizing shartnomasini tuzishda qayd etib o‘tilgan kamchiliklari uchun javob bermaydi. Lizing oluvchining aybi bilan lizing obyektining yo‘qolishi yoki lizing obyektining o‘z vazifasiga doir ahamiyatini yo‘qotishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, lizing oluvchini lizing beruvchi oldidagi javobgarlikdan ozod etmaydi. Lizingni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
18
17,772
Qonunchilik
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi QL-491-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi QL-491-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
149
320
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustuni 25-pozitsiyasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 44-son, 563-modda) 1-ilovaning “Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 9, 19, 20 va 24-pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-iyuldagi 479-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 28-son, 656-modda) 2-ilovaning “Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 10 va 12-pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-sentabrdagi 719-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 1001-modda) 1-ilovaning “Mas’ullar” ustuni 5.1-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish hamda kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 241-modda): a) 2 va 21-bandlardagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) Nizomga 1-ilovaning “1, 2, 5, 6 va 8-bosqich” pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo‘shimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga 4-ilovaning 13-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi hamda 5-ilovaning 6-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatida soya yetishtirish sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi 506-son qaroriga 3-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-iyuldagi 606-son qarorida: a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktoriga” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovaning “Mas’ullar” ustuni 6 — 9, 14, 16, 19, 20 va 23 — 26-pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-yanvardagi 45-son qarorida: a) 5-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilova nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi 327-son qarorida: a) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovaning “Mas’ul ijrochilar” ustuni 1 va 2-pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 7-son, 157-modda) 1-ilovada: a) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi: Vazirlik markaziy apparati; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar), tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari); Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi; Toshkent davlat agrar universiteti; Urug‘chilikni rivojlantirish markazi; Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti; Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi; Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi; “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” davlat muassasasi; “Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi; “Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” davlat muassasasi; “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi; “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati va tahlil markazi” davlat unitar korxonasi”; b) 10-bandda: ikkinchi xatboshisiga “birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish” so‘zlaridan keyin “va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish”; v) 11-bandda: “a” kichik bandida: birinchi xatboshisiga “birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish” so‘zlaridan keyin “va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar qo‘shilsin: “agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish”; uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin. quyidagi mazmundagi “k” kichik band bilan to‘ldirilsin: “k) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish sohasida: qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi; tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarining holatini hamda o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlarni monitoring qiladi va ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalanadi”. 13. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 6-son, 150-modda) 7-ilovaning “Mas’ul ijrochilar” ustuni 11-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaning “Ma’lumot taqdim etuvchi subyekt” ustuni II bo‘limining 9-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash va ularning original urug‘chiligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi 504-son qaroriga ilovaning “Mas’ul ijrochilar” ustuni 6-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi (B. Xalikov)” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Turayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. Vazirlar Mahkamasining “Agrar ta’lim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 15-dekabrdagi 788-son qaroriga 1-ilovaning 6-bobi oltinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
11,714
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON respublikasiDA KOOPERATSIYA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON respublikasi QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasida kooperatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilinishi bilanoq amalga kiritilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari “O‘zbekiston Respublikasida kooperatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilguniga qadar, O‘zbekiston Respublikasining ushbu Qonunga zid bo‘lmagan amaldagi qonun hujjatlari qo‘llanilaveradi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga uch oylik muddat ichida: jamoa xo‘jaliklari tugatiladigan (qayta tashkil etiladigan) hollarda jamoa xo‘jaligi a’zolarining shaxsiy mulkiy javobgarligi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish topshirilsin. Ushbu nizom tasdiqlangunga qadar 8-moddaning 1-bandi jamoa xo‘jaligining a’zolariga taalluqli bo‘lmaydi; O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “O‘zbekiston Respublikasida kooperatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar kiritish; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “O‘zbekiston Respublikasida kooperatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, konsernlari Qonunga zid o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlash, shuningdek ishlab turgan kooperativlar hamda ular uyushmalarining ustavlarini Qonunga muvofiq holga keltirish topshirilsin.
120
1,559