folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
“IT-Park University” raqamli universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekistonda masofaviy ta’limga asoslangan IT-ta’limni o‘qitishga mo‘ljallangan raqamli universitetni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) bilan “Epam Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi o‘rtasida “IT-Park University” mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish bo‘yicha 2022-yil 21-yanvarda shartnoma imzolanganligi; mazkur shartnomada “Epam Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonaning huquq va majburiyatlarini “YERAM Global Campus” LLC (AQSh)ga o‘tkazish bo‘yicha 2022-yil 30-aprelda Direksiya, “Epam Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona va “YERAM Global Campus” LLC (AQSh) o‘rtasida qo‘shimcha kelishuv imzolanganligi; qo‘shimcha kelishuvga muvofiq “IT-Park University” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdordagi ustav kapitalini shakllantirish, bunda ustav kapitalning 70 foiz ulushida “YERAM Global Campus” LLC (AQSh), 30 foiz ulushida esa Direksiya ishtirok etishi bo‘yicha kelishib olinganligi; “IT-Park University” mas’uliyati cheklangan jamiyatini ta’sischilarning o‘zaro kelishuviga muvofiq Toshkent shahar, Maxtumquli ko‘chasi 1 A-uy manzilda joylashtirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Direksiya hamda “YERAM Global Campus” LLC (AQSh) ning mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “IT-Park University” (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; Universitet o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish; o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi va boshqa korxonalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iste’molchilari bilan hamkorlik qilish; ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish. 4. Belgilab qo‘yilsinki: Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi; Universitetda ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi; Universitetda ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi; Universitetda o‘qitish axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofaviy ta’lim shaklida olib boriladi, shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq boshqa ta’lim shakllarida ham amalga oshirilishi mumkin; Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitet tomonidan belgilangan namunadagi diplom beriladi; Universitet bosh direktori, rektor va prorektorlari Universitet Ustavida belgilangan tartibda tayinlanadi; Universitetga ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziya berilgandan so‘ng ruxsat etiladi. 5. Universitetga quyidagi huquqlar berilsin: bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlarini hamda talabalarni o‘qitish uchun to‘lov-kontrakt summasini belgilash; ta’lim tili hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘qish davomiyligi muddatlarini belgilash; Universitetga talabalarni qabul qilish va ularni yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash; talabalar o‘qishini boshqa oliy ta’lim tashkilotlaridan Universitetga ko‘chirish tartibini belgilash; axborot texnologiyalari sohasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, ta’limning yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni belgilangan tartibda ochish; yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish; pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartibni belgilash. 6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda Universitetga ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilishida, istisno tariqasida, quyidagi shartlar nazarda tutilsin: ta’lim tashkilotining bino yoki xonalariga qo‘yiladigan talablarni Universitet tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi; ilmiy daraja va (yoki) ilmiy unvonga ega bo‘lgan o‘qituvchilar sonini hisoblashda, Universitet bilan shartnomaviy munosabatlarda (mehnat shartnomasi, o‘rindoshlik, fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha), shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan yoki xorijiy davlatlardan masofadan o‘qitadigan barcha Universitet o‘qituvchilari qabul qilinishi; bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan Universitet talabalarining maksimal soni 50 kishidan oshmasligi; ilmiy daraja va (yoki) ilmiy unvonga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning ulushi kamida 30 foizni tashkil etishi; Universitetning asosiy shtat birligida professor-o‘qituvchilarning minimal ulushi 30 foizni tashkil etishi; o‘quv yilining birinchi yarmi uchun o‘quv kontentining mavjudligi (bunda o‘quv yilining ikkinchi yarmi uchun o‘quv kontenti ikkinchi yarim o‘quv yili boshlanishidan bir oy oldin tayyorlanadi). 7. Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmanomalariga asosan Universitetda ishlash uchun jalb qilinadigan xorijiy o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarga ko‘p martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda belgilangan tartibda Universitetning ustavi tasdiqlanishini va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin. 9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
86
7,428
Qonunchilik
Innovatsion rivojlantirish va vinochilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Vino mahsulotlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirishga va vino xomashyosi bazasini kengaytirishga ko‘maklashuvchi, uzumchilik, shu bilan birga uzumning yangi seleksiya navlarini o‘zlashtirishda innovatsion g‘oyalarni, zamonaviy texnologiyalarni faol tatbiq etish, shuningdek, fan va innovatsion yechimlar natijadorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini shakllantirish va jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zsharobsanoat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “O‘zsharobsanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan uzumchilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishlarini bepul moliyalashtirish maqsadida yuridik shaxsni tashkil etmagan holda “O‘zsharobsanoat” AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar: “O‘zsharobsanoat” AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasini boshqaruv kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq; “O‘zsharobsanoat” AJ ning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilova muvofiq tasdiqlansin. 3. Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari quyidagi asosiy manbalar hisobidan shakllantirilishi belgilansin: O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan subsidiyalar; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarzlari) va grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoni bilan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Belgilansinki, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasining boshqaruv xodimlariga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tarif koeffitsiyentlariga 1,7 hamda xizmat ko‘rsatuvchi (texnik) xodimlariga 1,3 miqdorida oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: “O‘zsharobsanoat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmalari asosida 2018-yilning oxirigacha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasiga 15 milliard so‘m va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 15 milliard so‘m ajratsin; O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi va keyingi yillarning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozini va davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ehtiyojlari uchun ajratiladigan mablag‘lar har yili kamida 10 foizga indeksatsiya qilingan holda, tegishli ravishda 80 milliard va 100 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zsharobsanoat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazorat va monitoring olib borsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom “O‘zsharobsanoat” AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. “O‘zsharobsanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinda tashkilot deb ataladi) tomonidan uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni beg‘araz moliyalashtirish Jamg‘armani tashkil etishning maqsadi hisoblanadi. 3. Jamg‘arma yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tashkil etiladi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochilgan “O‘zsharobsanoat” AJ g‘aznachilik shaxsiy hisob varag‘ida jamlanadi hamda mazkur Nizomda belgilangan tartib asosida foydalaniladi. 4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larining manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi budjetidan har yili ajratiladigan beg‘araz subsidiya mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat tashkilotlarining kredit (qarzlar) va grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga ajratiladi: uzum ko‘chatlarini sotib olish va ularni ekishni tashkil etish; irrigatsiya tadbirlarini o‘tkazish, shu jumladan dalalarga suv yetkazib berish, tomchilatib sug‘orish uskunalarini sotib olish, artezian quduqlarini, skvajina va suv saqlash ombori (rezervuarlar) yaratish, suv yetkazib berish uchun nasos hamda quvurlarni sotib olish, suvni saqlash uchun sig‘imlar sotib olish va boshqalar; shpalyerlar, simlar va to‘siqlar sotib olish; elektroenergiya va boshqa resurslarning avtonom (transformator,gaz taqsimlovchi va nasos stansiyalari va boshqalar) manbalari bilan ta’minlash; qishloq ho‘jaligi texnikasi va agregatlarini sotib olish; uzumning seleksion texnik navlarini yaratish; “O‘zsharobsanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarning uzum plantatsiyalarini tashkil etish va rivojlantirish uchun olingan kredit va zayomlar bo‘yicha majburiyatlarini so‘ndirish. Shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari doirasidagi uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishda ham foydalanilishi mumkin. 6. Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lardan qat’iy ravishda ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalaniladi. 7. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va ularni taqsimlash Jamg‘armani boshqarish kengashi (keyingi o‘rinda Kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Kengashning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Jamg‘arma kengashining yig‘ilishini o‘tkazish uchun ishtirokchilar soni Kengash a’zolarining 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Yig‘ilishda ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy — ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kengash yig‘ilishi rejaga asosan har oyda yoki zaruriyat bo‘lganda o‘tkaziladi. 8. Kengash: har yili 25-dekabrga qadar Jamg‘armaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi; mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarni Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxatini belgilaydi; zaruriyat bo‘lganda Jamg‘armaning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritadi; Jamg‘arma mablag‘larini maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi; Jamg‘armaga xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etishda amaliy yordam ko‘rsatadi; Jamg‘armaning tashkil etilishi va mablag‘lardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 9. Jamg‘armaning ishchi organi — ekspert guruhi bo‘lib, u Kengash tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert guruhi tarkibi “O‘zsharobsanoat” AJ xodimlaridan shakllantiriladi. 10. Ekspert guruhi: uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha hujjatlarni qabul qilib, tahlil qiladi va Kengash ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi; Jamg‘armaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasi reja ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi; Jamg‘arma mablag‘larini tushumi miqdorini ko‘paytirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; Jamg‘arma tushum manbalari hamda xarajatlarining asosiy yo‘nalishlari hisobini olib boradi; Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli foydalanishining texnik va moliyaviy nazoratini amalga oshiradi; korxonalarda Jamg‘armadan olingan mablag‘larni ishlatilishi va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotni qabul qiladi va umumlashtiradi; Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha har chorakda hisobotlar tayyorlaydi va Kengashga taqdim etadi. 11. Uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni Jamg‘arma hisobidan moliyalashtirilishi mazkur Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan sxema asosida amalga oshiriladi. 12. Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun tashkilotlar “O‘zsharobsanoat” AJga quyidagi hujjatlarni yozma ravishda yoki elektron shaklda taqdim etadilar: mablag‘ ajratish uchun ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili (pochta adresi), bank filialining nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; ta’sis hujjatlari nusxasi (Ustav yoki ta’sis shartnomasi) va Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; uzumchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati aksiyadori va ta’sischilari (Kuzatuv kengashi, Boshqaruv), Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ta’sischilari (paychilar, ishtirokchilar) roziligi to‘g‘risidagi umumiy yig‘ilish bayonnomasi; uzumchilikni rivojlantirish loyihasining biznes-rejasi; tashkilotning oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisoboti nusxasi, to‘liq ilovalari bilan birga; xizmat ko‘rsatuvchi bankdan barcha hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari aylanmasi, hisob raqami holati va 2-sonli kartoteka mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. 13. Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirish masalasi, taqdim etilgan loyiha qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda tashkilotning o‘z mablag‘lari yoki ularga tenglashtirilgan boshqa moliyalashtirish manbalari bilan ishtiroki bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi, O‘zbekiston Respublikasi va Vazirlar Mahkamasi qarori va topshiriqlari doirasidagi loyihalar bundan mustasno. 14. Tashkilotning loyihadagi ishtiroki quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim, agrotexnik tadbirlarni moliyalashtirish (jumladan yer haydash va yerni ekishga tayyorlash, chizellash va boshqalar), qishloq xo‘jalik texnikalari uchun yonilg‘i-moylash materiallari sotib olish, mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalar sotib olish va boshqa moddiy aktivlar (ko‘chmas mulk, asbob-uskunalar, pul mablag‘lari). 15. Jamg‘armadan loyihani moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish yoki mablag‘ ajratishni rad etish haqidagi qaror, ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun muddatda qabul qilinadi; 16. Tashkilotning Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun taqdim etilgan hujjatlari ekspert guruhining mas’ul shaxslari tomonidan qabul qilinadi va mazkur Nizomning 12 — 14 bandlarida ko‘rsatilgan talablarga mosligi tekshiriladi. 17. Mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan tashkilot tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ekspert guruhi tomonidan 10 kun muddatda Kengash tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun taqdim etiladi. 18. Kengash Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun tashkilot tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni 5 kun muddatda ko‘rib chiqadi va ushbu mablag‘larni ajratish yoki ajratishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. 19. Ekspert guruhi qabul qilingan qaror yuzasidan tashkilotni 1 kun muddatda xabardor qiladi. 20. Uzumchilikni rivojlantirish loyihasini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha Kengash tomonidan qabul qilingan qaror asosida beg‘araz moliyaviy yordam ajratish to‘g‘risidagi shartnoma “O‘zsharobsanoat” AJ va tashkilot o‘rtasida 3 kun muddatda tuziladi. 21. Jamg‘arma mablag‘larining hisobi va hisobotini yuritish “O‘zsharobsanoat” AJning boshqa mablag‘lari hisobidan alohida amalga oshiriladi. 22. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi qonunchilikda belgilangan tartibda (tushum manbalari va mablag‘larni foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha choraklar kesimida) tuziladi. 23. Jamg‘arma tomonidan ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi bo‘yicha va bajarilgan ishlar haqida tashkilotlar “O‘zsharobsanoat” AJga hisobot taqdim etadi. 24. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari haqidagi hisobotlar har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasidan, yil yakunlari bo‘yicha esa keyingi yilning 30-yanvaridan kechiktirmagan holda taqdim etiladi. 25. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari qaytarib olinmaydi va mazkur Nizomda belgilangan tartibda keyingi yilda foydalanish uchun qoldiriladi. 26. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi va “O‘zsharobsanoat” AJ bilan birgalikda amalga oshiriladi. 27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
149
13,144
Qonunchilik
Vaqtincha saqlash hibsхonalarining ichki tartib qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsхonalarining ichki tartib qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 2929-2, 4.05.2021 y.).  Hujjat 15.10.2020 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻgʻrisida»gi OʻRQ-641-son Qonun, Prezidentning 1.12.2017 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaхslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5270-son Farmoni hamda 21.05.2019 yildagi «Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-5723-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan. Birinchidan, vaqtincha saqlash hibsхonalarida (VS’H) saqlanayotgan shaхsning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda VS’H boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхs zudlik bilan bu haqda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaхs yoki organni, shuningdek prokurorni хabardor qilishi shart (ilgari хabardor qilish vazifasi navbatchi zimmasiga yuklangan). Ikkinchidan, ariza, taklif va shikoyatlarni vakolatli davlat organlariga yuborish vaqti belgilandi (ilgari – olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay yuborilgan). Sud, prokuror, himoyachi yoki VS’Hlarni tekshirish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari nomiga, shuningdek jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaхsga yoki organga yoʻllangan ariza, taklif va shikoyatlar senzuradan oʻtkazilmaydi hamda berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay muhrlangan tarzda oluvchilarga yuboriladi yoki topshiriladi. Telegrammalar darhol yuboriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan shikoyatlar muassasa ma’muriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda oluvchiga 24 soatdan kechiktirmay yuboriladi. Ombudsman va Vakilning javobi koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi. Uchinchidan, taqiqlangan buyumlar va oziq-ovqatlar roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, ushbu roʻyхatga sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolar kiritildi. Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.05.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
85
2,463
Qonunchilik
Bolalar bogʻchalari хodimlariga qancha haq toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 6.03.2018 yildagi 180-son qarori bilan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 28.02.2018 yildagi PQ–3571-son qarori bilan maktabgacha ta’lim muassasalari хodimlarining ish haqini 2 bosqichda: joriy yilning 1 martidan va 1 sentyabridan oshirish nazarda tutilgan.   Ish haqi oshirilishini hisobga olgan holda, 1.03.2018 yildan MTM mudiri va хodimlarining mehnatiga haq toʻlash bazaviy tarif stavkalari quyidagicha: Lavozim nomi Bazaviy tarif stavkasi miqdori (soʻm) oliy malaka toifali birinchi malaka toifali ikkinchi malaka toifali oliy ma’lumotli oʻrta maхsus (kasb-hunar) ma’lumotli  Til boʻyicha oʻqituvchi, oʻqituvchi-logoped, oʻqituvchi-defektolog 1 169 857 1 090 244 1 013 420 939 660 868 863 Tarbiyachi-metodist, tarbiyachi, psiхolog 1 090 244 1 013 420 939 660 868 863 802 296 Musiqa rahbari 959 397 882 590 808 840 738 464 671 538 Tarbiyachining yordamchisi, shu jumladan umumiy oʻrta ma’lumotlilari  610 164 Mudir 9 ta va undan ortiq guruhlari mavjud MTMlar  8 tagacha guruhlari mavjud MTMlar  1 169 857 1 090 244 Endi jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan davlat MTMlarining tarbiyachilarining yordamchilariga bazaviy tarif stavkasiga 50% miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.03.2018 yildan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Lenara Xikmatova.
52
1,725
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son qarorini ijro etish yuzasidan maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovagi muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi xuzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A.A. Nazirov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi. 2. Agentlik qimmatli qog‘ozlar bozori va lotereyalar tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda hamda barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil holda olib boradi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga bo‘ysunadi va hisobot beradi. 3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 4. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik subyektlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi majburiydir. 5. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, banklarda hisob-kitob va, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 6. Agentlikning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, qisqartirilgan nomi — Kapital bozori agentligi; b) ingliz tilida: to‘liq nomi — The Capital Markets Development Agency of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — CMDA; v) rus tilida: to‘liq nomi — Agentstvo po razvitiyu rinka kapitala Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo rinka kapitala. 7. Agentlik tuzilmasiga: Agentlikning markaziy apparati; “Fond bozorining Axborot-resurs markazi” DUK; Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari kiradi. 8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruvni shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirayotgan investorlar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash; qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; mamlakat kapital bozorining holati va uning professional ishtirokchilari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish; investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etishga imkon beruvchi moliyaviy vositalarning yangi turlarini tatbiq etishga ko‘maklashish; fond birjalarining faoliyati, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat va lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash; kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish. 9. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruvni shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash sohasida: kapital bozorini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; ushbu sohada yagona davlat siyosati yo‘nalishlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori nazorat qilinishi va tartibga solinishini amalga oshiradi; aksiyadorlik jamiyatlarida, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar emitentlari faoliyatida korporativ boshqaruv standartlarining rivojlanishi va oshishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy va xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va samarali muomalada bo‘lishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; milliy emitentlar qimmatli qog‘ozlarining, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalari bundan mustasno, chet elda va xorijiy emitentlar qimmatli qog‘ozlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi shartlari va ruxsat berish tartibini belgilaydi; qimmatli qog‘ozlar va ular hosilalarining chiqarilishi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy emitentlar amalga oshiradigan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini amalga oshiradi; respublikada ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlarning, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari sifatida faoliyatga litsenziya olgan yuridik va jismoniy shaxslarning Yagona davlat reyestrini yuritadi hamda ularning ro‘yxatlarini e’lon qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlaydi; qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga oshirish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish hisobi va hisoboti standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazilishining to‘g‘riligini nazorat qiladi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyati ustidan, xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozoriga muomalaga qo‘yilishi qoidalari hamda kvotalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va ushbu qoidalar va kvotalarni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni qo‘llaydi; davlat ro‘yxati tartibotidan o‘tgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga identifikatsiya tartib raqamlarini beradi; qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lishini hisobga olish va hisobot berish, tartibga solish bo‘yicha talablarni ishlab chiqadi va belgilaydi; emissiyali qimmatli qog‘ozlarni (davlat qimmatli qog‘ozlaridan tashqari) muomalaga chiqarish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishni hisobga olish va hisobot berish standartlarini, qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrlarini va qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni hisobga olish registrini yuritish tartibini tasdiqlaydi; o‘z mablag‘lari yetarliligining majburiy normativlarini va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklarni cheklaydigan boshqa ko‘rsatkichlarni, shuningdek, davlat qimmatli qog‘ozlaridan tashqari qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi; depozitli sertifikatlar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish tartibini kelishadi; tegishli davlat organlari bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infratuzilmasini tashkil etishda ko‘maklashadi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari, ularning birlashmalari (uyushmalari)ning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtiradi. b) qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirayotgan investorlar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash sohasida: investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalarining korxonani (aksiyadorlik jamiyatini) boshqarishda qatnashishdagi, dividendlar olishdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi; aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun buzilishlari aniqlanganda qonunchilikka muvofiq chora-tadbirlarni qo‘llaydi; aholi moliyaviy savodxonligining darajasi oshishiga har tomonlama ko‘maklashadi; v) qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida: qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari faoliyatini shakllantirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilib, qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining professional faoliyati doirasida ular ustidan nazorat qilishni amalga oshiradi; qimmatli qog‘ozlar bozorida sug‘urta kompaniyalarining professional faoliyati doirasida ular ustidan nazorat qilishni amalga oshiradi; ilg‘or xorijiy tajriba asosida korporativ boshqaruvni qurish va takomillashtirishning metodologik prinsiplarini ishlab chiqadi; qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular bo‘yicha ijro etish majburiy bo‘lgan xulosalar va ko‘rsatmalar beradi, qonunni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq jarimalarni va boshqa ta’sir choralarini qo‘llaydi; g) mamlakat kapital bozorining holati va uning professional ishtirokchilari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish sohasida: qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari to‘g‘risidagi axborotning to‘liq ochilishi va uning tushunarli bo‘lishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; axborot tizimini tashkil etish, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; ommaviy axborot vositalari va (yoki) o‘zining rasmiy veb-saytida quyidagi axborotni o‘z ichiga olgan har yillik hisobotlarni chop etadi: ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi to‘g‘risida va ularning chiqarilishi, joylashtirilishi va muomalada bo‘lishi to‘xtatib turilgan hamda qayta tiklangan, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risida; qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyani berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida; emitentlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, mansabdor shaxslarning qimmatli qog‘ozlar bozorida yo‘l qo‘yilgan qonunni buzishlar munosabati bilan ularga nisbatan qo‘llanilgan javobgarlik choralari va qo‘llanilgan javobgarlik choralarining turlari to‘g‘risida; uning da’volari bo‘yicha chiqarilgan sudning qarorlari to‘g‘risida; d) investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etishga imkon beruvchi moliyaviy vositalarning yangi turlarini tatbiq etishga ko‘maklashish sohasida: qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infratuzilmasini tashkil etishda ko‘maklashadi; shu jumladan, jahon tajribasi asosida qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishiga xizmat qiluvchi mexanizmlarni ishlab chiqadi va joriy qiladi; kapital bozorida yangi qarz, hosila va boshqa moliya vositalarini tatbiq etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; qimmatli qog‘ozlar bozori va boshqa moliya vositalarining konyunkturaviy tahlili va nazoratini o‘tkazadi; e) fond birjalarining faoliyati, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat va lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash sohasida: fond birjalari va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatga, shuningdek, lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatga litsenziya beradi; qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining reyestrini yuritadi; qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyati masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirishga yagona talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari mutaxassislariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan o‘tkazadi, malaka attestatlarini beradi; qimmatli qog‘ozlar egalari reyestri va hisobga olish registri yuritilishiga talablarni belgilaydi, ularga rioya etilishini nazorat qiladi; qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning ijro etilishini ta’minlash, qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi, bozorga qo‘yilishi, muomalada bo‘lishi va saqlanishini birxillashtirish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishning hisobi va hisoboti, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi; qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari mansabdor shaxslariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi; qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun buzilishlari aniqlaganda qonunchilikka muvofiq choralarni qo‘llaydi; lotereyalarni tashkil etish va o‘tkazish shartlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; lotereyalarni amalga oshirish va o‘tkazish bo‘yicha talablarning rioya qilinishini nazorat qiladi; lotereyalarni o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda lotereyalarni o‘tkazuvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyat, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi; maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari (banklar va sug‘urta kompaniyalari bundan mustasno) va yuridik shaxslarning jinoiy faoliyat, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishlari tekshiruvini o‘tkazadi; olingan materiallar asosida huquqni muhofaza qilish organlari uchun belgilangan tartibda qaror qabul qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, lotereyalar tashkilotchilari tomonidan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan noqonuniy harakatlar to‘g‘risida axborot tayyorlaydi; j) kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlikni o‘rnatish sohasida: kapital bozorini tartibga solishning xalqaro va xorijiy organlari va xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘li bilan xalqaro tajribani hisobga olgan holda kapital bozori rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi; qimmatli qog‘ozlarga oid qonunlar va normativ hujjatlar ijrosini nazorat qilish, qimmatli qog‘ozlar ichki va tashqi bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishni birxillashtirish, ular qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, korporativ boshqaruv tizimi bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishning xalqaro va xorijiy organlari bilan hamkorlik qiladi. Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. 10. Quyidagilar Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirayotgan investorlar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash; qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; mamlakat kapital bozorining ahvoli va uning professional ishtirokchilari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish; investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etishga imkon beruvchi moliyaviy vositalarning yangi turlarini tatbiq etishga ko‘maklashish. 11. Agentlikning hududiy boshqarmalari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) qimmatli qog‘ozlar va ular hosilalari chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini amalga oshiradi; 2) hududiy boshqarmalar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlarning Yagona davlat reyestrini yuritadi; 3) qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazilishining to‘g‘riligini nazorat qiladi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va ushbu qoidalar va kvotalarni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni qo‘llaydi; 4) davlat ro‘yxati tartibotidan o‘tgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga identifikatsiya tartib raqamlarini beradi; 5) tegishli davlat organlari bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infratuzilmasini tashkil etishda ko‘maklashadi; 6) investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalarining korxonani (aksiyadorlik jamiyatini) boshqarishda qatnashishdagi, dividendlar olishdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi; 7) aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun buzilishlari aniqlaganda qonunchilikka muvofiq chora-tadbirlarni qo‘llaydi; 8) aholi moliyaviy savodxonligining darajasi oshishiga har tomonlama ko‘maklashadi; 9) qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari to‘g‘risidagi axborotning to‘liq ochilishi va uning tushunarli bo‘lishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 10) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilib, qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining professional faoliyati doirasida ular ustidan nazorat qilishni amalga oshiradi; 11) qimmatli qog‘ozlar bozorida sug‘urta kompaniyalarining professional faoliyati doirasida ular ustidan nazorat qilishni amalga oshiradi; 12) qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular bo‘yicha ijro etish majburiy bo‘lgan xulosalar va ko‘rsatmalar beradi, qonunni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq jarimalar va boshqa ta’sir choralarini qo‘llaydi; 13) ommaviy axborot vositalari va (yoki) Agentlikning rasmiy veb-saytida quyidagi axborotni chop etadi: hududiy boshqarmalar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi to‘g‘risida va ularning chiqarilishi, joylashtirilishi va muomalada bo‘lishi to‘xtatib turilgan hamda qayta tiklangan, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb e’tirof etilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risida; emitentlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, mansabdor shaxslarning qimmatli qog‘ozlar bozorida yo‘l qo‘ygan qonunni buzishlar munosabati bilan ularga nisbatan qo‘llanilgan javobgarlik choralari va qo‘llanilgan javobgarlik choralarining turlari to‘g‘risida; uning da’volari bo‘yicha chiqarilgan sudning qarorlari to‘g‘risida; 14) qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infratuzilmasini tashkil etishda ko‘maklashadi; 15) qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 16) malaka attestatlarini berish bilan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi; 17) qonun hujjatlari va normativ hujjatlarining ijro etilishini ta’minlash, qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi, bozorga qo‘yilishi, muomalada bo‘lishi va saqlanishini birxillashtirish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishning hisobi va hisoboti, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi; 18) maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari (banklar va sug‘urta kompaniyalar bundan mustasno) va yuridik shaxslarning jinoiy faoliyat, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishlarini tekshiradi, buzilishlar aniqlaganda qonun hujjatlarida belgilangan choralarni qo‘llaydi; 19) lotereyalarni amalga oshirish va o‘tkazish bo‘yicha talablarning rioya qilinishini nazorat qiladi; 20) lotereyalarni o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; 21) olingan materiallar asosida huquqni muhofaza qilish organlari uchun belgilangan tartibda qaror qabul qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, lotereyalar tashkilotchilari tomonidan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan noqonuniy harakatlari to‘g‘risida axborot tayyorlaydi. Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari qonun hujjatlari va rahbariyat topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. 12. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun: 1) korrupsiyani o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish, ijro intizomini nazorat qilish, odob-axloq qoidalari va ishbilarmonlik odob-axloqiga rioya qilish maqsadida inspeksiya tashkil etish; 2) qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari tomonidan axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalarini belgilash, davlat qimmatli qog‘ozlari emitentlari bundan mustasno; 3) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar, mutaxassislar va mansabdor shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslardan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rash va olish; 4) o‘z qimmatli qog‘ozlarini ommaviy sotish uchun qo‘ygan emitent va har qanday shaxsdan, qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini professional jihatdan ta’minlaydigan har qanday boshqa shaxsdan, shuningdek, fond birjalaridan qonun hujjatlariga muvofiq tuzish va e’lon qilish majburiy bo‘lgan qoidalar, ustavlar, reglamentlar, yo‘riqnomalar, namunaviy hujjatlar nusxalari taqdim etilishini talab qilish; 5) Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun uning vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha mansabdor shaxslar va fuqarolardan yozma tushuntirishlar olish; 6) qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi hisobot shaklida e’lon qilingan va taqdim etilgan axborotning ishonchliligi yuzasidan, shuningdek, qonun hujjatlari va normativ hujjatlar buzilganligi yoki buzilishi mavjudligi yoki mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar tushganda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining (davlat qimmatli qog‘ozlari emitentlaridan tashqari) buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishni o‘tkazish; 7) belgilangan talablarga rioya qilish, hisobot shaklida e’lon qilingan va taqdim etilgan axborotning ishonchliligi yuzasidan, shuningdek, qonun hujjatlari buzilishi mavjudligi yoki mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar tushganda lotereyalarni tashkil etish va o‘tkazishga jalb qilingan shaxslarning faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishni o‘tkazish; 8) investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalari, lotereyalar qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha sudga da’vo taqdim etish; 9) emitentlarning ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarini tekshirish va qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga muvofiq ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini talab qilish; 10) emitentlarning qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ro‘yxatga olish bo‘yicha hujjatlari ko‘rib chiqilganligi uchun ulardan O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida belgilangan tartibda yig‘im undirish; 11) faoliyatni litsenziyalashda litsenziya talabgorlaridan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun belgilangan tartibda yig‘im undirish; 12) qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi, lotereyalar va korporativ boshqaruvni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni tartibga solish sohasida xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash; 13) malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni kontrakt asosida maslahatchilar va xodimlar sifatida ishga jalb qilish; 14) fond birjalarining birja kengashlari, boshqa birjalarning fond bo‘limlari majlislarida qatnashish; 15) qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining professional uyushmalari faoliyatini va ularning a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish; 16) qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni qo‘shib olib borish tartibini belgilash; 17) qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va boshqa ishtirokchilari rioya qilishi majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilash; 18) jismoniy shaxslarga qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malaka attestatlarini berish; 19) Agentlik tomonidan aniqlangan aksiyadorlik jamiyatlari ta’sis etilishining e’tirofi mavjud emasligiga doir ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlariga berish; 20) belgilangan tartib buzilgan va hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish; 21) Agentlikning vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni haqiqiy emas deb e’tirof etish va/yoki qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquqqa zid xatti-harakatlari sodir etilgunga qadar oldingi ahvolni tiklash bo‘yicha sudga da’volar bilan murojaat qilish, shuningdek, ekspertlik qilish; 22) Tekshirishlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan va tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‘tkaziluvchi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar barcha tashkilotlarda Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshirishlarni amalga oshirish; 23) maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilarining (banklar va sug‘urta kompaniyalari bundan mustasno) jinoiy faoliyat, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishini tekshirish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish; 24) qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanish alomatlarini belgilash; 25) qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan kafolat fondini shakllantirish va undan foydalanish, shuningdek, investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarning pul mablag‘lari hisobini yuritish va ularning but saqlanishini ta’minlash tartibini belgilash; 26) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi maxsus vakolatli organ bilan birgalikda investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarga depo hisobvaraqlar ochish, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilish, mijozlarga boshqa xizmatlarni elektron shaklda va boshqa aloqa vositalari orqali ko‘rsatish tartibini belgilash; 27) Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti a’zolari bo‘lgan boshqa davlatlarning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organlari bilan maxfiy va boshqa turdagi axborot bilan belgilangan tartibda almashish; 28) qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va lotereyalarni tashkil etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining aniqlangan holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish; 29) vakolatlari doirasida barcha jismoniy va yuridik shaxslar, ularning mansabdor shaxslari va xodimlari ko‘rib chiqishi va ijro etishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; 30) qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari va lotereyalar tashkilotchilariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar bo‘yicha tergov harakatlari hamda sud majlislarida ishtirok etish; 31) qimmatli qog‘ozlar bozorida tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan noqonuniy harakatlar to‘g‘risida Agentlik tomonidan aniqlangan ma’lumotlarni vakolatli davlat organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish; 32) qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va lotereyalarni tashkil etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilarga nisbatan quyidagi ta’sir choralarini qo‘llash: qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzish; qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat buzilganligi uchun xo‘jalik subyektlari va ularning mansabdor shaxslaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalarni undirish; fond birjalaridan (fondli bo‘limlarni tashkil etgan boshqa birjalardan) qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va Agentlik talablari ularning a’zolari tomonidan buzilgan taqdirda bir yoki bir nechta a’zolarni a’zolikdan chiqarishni yoki faoliyatdan chetlatishni talab qilish; belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishsiz amalga oshiriluvchi qimmatli qog‘ozlar ochiq savdosiga taklif bo‘yicha reklama kampaniyasi to‘xtatib turilishini emitentlardan talab qilish; emitentlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda emitentlarning qimmatli qog‘ozlari emissiyasi va muomalada bo‘lishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish yoki cheklash to‘g‘risida sudga murojaat qilish; qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchisining uning faoliyati to‘xtashiga olib kelmaydigan ayrim operatsiyalarini to‘xtatib turish; fond birjalarining uning faoliyati to‘xtashiga olib kelmaydigan qimmatli qog‘ozlar savdosi va ayrim operatsiyalarini to‘xtatib turish; qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari yoki lotereyalarni tashkil etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bir necha marta yoki qo‘pol ravishda buzilgan hollarda tegishli ravishda qimmatli qog‘ozlar bilan faoliyatni amalga oshirishga, fond birjasi faoliyati yoki lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilish; jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ularning Agentlik tomonidan berilgan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislari malaka attestatlari amal qilishini to‘xtatib turish yoki amal qilishini to‘xtatish; birja ishi va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish qoidalari buzilgan taqdirda fond birjasida operatsiyalarni, shu jumladan, kliring operatsiyalarini va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish, o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida sudga murojaat qilish huquqiga ega. Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin. 13. Agentlikning faoliyat sohasiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari majburiy tartibda Agentlik bilan kelishilishi lozim. 14. Agentlik: 1) unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni talabga muvofiq va samarali bajarish, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatini amalda ro‘yobga chiqarish; 2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining sifati; 3) kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlarning rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarni samarali amalga oshirish; 4) Agentlik vakolatiga tegishli masalalarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi. 15. Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun: 1) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslardan, mutaxassislar va mansabdor shaxslardan, shuningdek, jismoniy shaxslardan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rash va olish; 2) o‘z qimmatli qog‘ozlarini ommaviy sotish uchun qo‘ygan emitent va har qanday shaxsdan, qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini professional jihatdan ta’minlaydigan har qanday boshqa shaxsdan, shuningdek, fond birjalaridan qonun hujjatlariga muvofiq tuzish va e’lon qilish majburiy bo‘lgan qoidalar, ustavlar, reglamentlar, yo‘riqnomalar, namunaviy hujjatlar nusxalari taqdim etilishini talab qilish; 3) Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun uning vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha mansabdor shaxslar va fuqarolardan yozma tushuntirishlar olish; 4) qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi hisobot shaklida e’lon qilingan va taqdim etilgan axborotning ishonchliligi yuzasidan, shuningdek, qonun hujjatlari va normativ hujjatlar buzilganligi yoki buzilishi mavjudligi yoki mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar tushganda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining (davlat qimmatli qog‘ozlari emitentlaridan tashqari) buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirish; 5) belgilangan talablarga rioya qilish, hisobot shaklida e’lon qilingan va taqdim etilgan axborotning ishonchliligi yuzasidan, shuningdek, qonun hujjatlari buzilishi mavjudligi yoki mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar tushganda lotereyalarni tashkil etish va o‘tkazishga jalb qilingan shaxslarning faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirish; 6) shu jumladan, investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalari, lotereyalar qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha sudga da’vo taqdim etish; 7) emitentlarning ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarini tekshirish va qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga muvofiq ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini talab qilish; 8) emitentlarning qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ro‘yxatga olish bo‘yicha hujjatlari ko‘rib chiqilganligi uchun ulardan O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida belgilangan tartibda yig‘im undirish; 9) ular faoliyatini litsenziyalashda litsenziya talabgorlaridan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun belgilangan tartibda yig‘im undirish; 10) yuqori malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni kontrakt asosida maslahatchilar va xodimlar sifatida ishga jalb qilish; 11) fond birjalarining birja kengashlari, boshqa birjalarning fond bo‘limlari majlislarida qatnashish; 12) qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining professional uyushmalari faoliyatini va ularning a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish; 13) Agentlik tomonidan aniqlangan aksiyadorlik jamiyatlari ta’sis etilishining e’tirofi mavjud emasligiga doir ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlariga berish; 14) belgilangan tartib buzilgan va hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish; 15) Agentlikning vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni haqiqiy emas deb e’tirof etish va/yoki qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquqqa zid xatti-harakatlari sodir etilgunga qadar oldingi ahvolni tiklash bo‘yicha sudga da’volar bilan murojaat qilish, shuningdek, ekspertlik qilish; 16) Tekshirishlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan va tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‘tkaziluvchi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar barcha tashkilotlarda Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshirishlarni amalga oshirish; 17) maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilarining (banklar va sug‘urta kompaniyalari bundan mustasno) jinoiy faoliyat, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishini tekshirish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish; 18) qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanish alomatlarini belgilash; 19) qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va lotereyalarni tashkil etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining aniqlangan holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish; 20) vakolatlari doirasida barcha jismoniy va yuridik shaxslar, ularning mansabdor shaxslari va xodimlari ko‘rib chiqishi va ijro etishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; 21) Agentlik rahbariyatini oldindan xabardor qilgan holda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari va lotereyalar tashkilotchilariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar bo‘yicha tergov harakatlari hamda sud majlislarida ishtirok etish; 22) qimmatli qog‘ozlar bozorida tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan huquqqa zid xatti-harakatlar to‘g‘risida Agentlik tomonidan aniqlangan ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlariga berish; 23) qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va lotereyalarni tashkil etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilarga nisbatan quyidagi ta’sir choralarini qo‘llash: qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzish; qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat buzilganligi uchun xo‘jalik subyektlari va ularning mansabdor shaxslaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalarni undirish; belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishsiz amalga oshiriluvchi qimmatli qog‘ozlar ochiq savdosiga taklif bo‘yicha reklama kampaniyasi to‘xtatib turilishini emitentlardan talab qilish; emitentlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda emitentlarning qimmatli qog‘ozlari emissiyasi va muomalada bo‘lishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish yoki cheklash to‘g‘risida sudga murojaat qilish; qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchisining uning faoliyati to‘xtashiga olib kelmaydigan ayrim operatsiyalarini to‘xtatib turish; birja ishi va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish qoidalari buzilgan taqdirda fond birjasida operatsiyalarni, shu jumladan, kliring operatsiyalarini va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish, o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida sudga murojaat qilish huquqiga ega. Agentlikning hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 16. Agentlikning hududiy boshqarmalari: 1) yuklangan vazifalar va funksiyalarni talabga muvofiq va samarali bajarish, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatini amalda ro‘yobga chiqarish; 2) kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlarning rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarni samarali amalga oshirish; 3) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi. 17. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; 2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va chora-tadbirlar ijrosini chuqur va tanqidiy tahlil qilish; 4) Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilot faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; 5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bo‘linmalari hamda Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish; 6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlarini bajarish; 7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash; 8) Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlikning har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; 9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, shuningdek, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilot rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish; 10) Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; 11) Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish; 12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash; 13) faoliyat sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni kelishish (viza qo‘yish), ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash; 14) Agentlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkil etish; 15) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur bo‘lganda boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish; 16) Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda tashkil etish; 17) Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; 18) Agentlik va uning idoraviy mansub tashkiloti xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash; 19) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish; 20) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish; 21) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Agentlik rahbarlari va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan va tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonalaridan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash; 22) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; 23) buyruqlar chiqarish, ko‘rsatmalar berish va ularning ijro etilishini nazorat qilish, Agentlik tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarni tasdiqlash; 24) zarurat bo‘lganda Agentlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish; 25) Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining tuzilmasini tasdiqlash; 26) Agentlik xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida Agentlik hududiy boshqarmalarining boshqaruv xodimlari sonini tasdiqlash; 27) Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga Agentlikning boshqaruv mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish; 28) mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida, ularga istisno tariqasida Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda jalb qilish; 29) Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga Agentlik xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlari (tarif stavkalari)ga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar ustama va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash; 30) Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun kontrakt asosida jalb etiladigan malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash shartlarini xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilash; 31) qonun hujjatlari tomonidan unga yuklangan boshqa funsiyalarni bajarish. 18. Quyidagilar direktor o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; 2) Agentlik rahbari vaqtincha bo‘lmaganida tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish; 3) Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkiloti faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; 4) Agentlik faoliyatining o‘zi mutasaddilik qiladigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; 5) Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilot tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, ular rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish; 6) Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotning har chorak rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; 7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun ular rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish; 8) direktorning qarorlari, buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 9) Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish; 10) o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ular o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilishida direktorning topshirig‘i bo‘yicha ishtirok etish; 11) xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirish; 12) Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotning rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; 13) faoliyat sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish; 14) Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotning rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Agentlik direktoriga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish; 15) Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotning rahbarlari va xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash; 16) O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; 17) davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ko‘rsatilishi sifatini oshirish bo‘yicha takliflarni direktorga kiritish; 18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish; 19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Agentlik rahbarlari va xodimlari ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan va tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonalaridan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash; 20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; 21) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funsiyalarni bajarish. 19. Direktor qonun hujjatlariga muvofiq: Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va o‘z vaqtida bajarilishi uchun; o‘z lavozim majburiyatlarini bajarmaslik va/yoki o‘z vaqtida bajarmaslik uchun; davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot oshkor qilinishi uchun javob beradi. 20. Direktorning o‘rinbosarlari qonun hujjatlariga muvofiq: o‘z lavozim majburiyatlarini bajarmaslik va/yoki o‘z vaqtida bajarmaslik uchun; davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot oshkor qilinishi uchun javob beradilar. 21. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. 22. Agentlik direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 23. Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash Agentlikning direktori tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. 24. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilot bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlashni markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari amalga oshiradi. 25. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilot bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilib: 1) topshiriqlarni hududiy boshqarmalarga va idoraviy mansub tashkilotga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi; 2) Agentlikning hududiy boshqarmalariga va idoraviy mansub tashkilotga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi; 3) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilot faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi; 4) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilot faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi; 5) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilot ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar ko‘radi; 6) hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotdan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi; 7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilot ishtirokini tashkil etadi, qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruvni tartibga solish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi. 26. Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilot Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shu jumladan: 1) Agentlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi; 2) belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim etadi; 3) ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradi; 4) o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Agentlikning markaziy apparatiga taqdim etadi. 27. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilot o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar direktorning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ko‘rsatilgan ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati bo‘lmasa, ular bo‘yicha qaror bevosita direktor tomonidan qabul qilinadi. 28. Agentlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. 29. Agentlikning hududiy boshqarmalari o‘z vakolati doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. 30. Agentlik respublika kapital bozorinining rivojlanish strategiyasi harakatlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va tuzatish kiritish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari rahbarlari va/yoki xodimlari orasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashni shakllantiradi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning vazifasi — O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini qayta qurishga yo‘naltirilgan islohotlarni idoralararo muvofiqlashtirish. Muvofiqlashtiruvchi kengashning maqsadi — respublika kapital bozorinining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish. Muvofiqlashtiruvchi kengash quyidagi funksiyalarni bajaradi: O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi loyiha guruhi faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish orqali O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi; respublika kapital bozori rivojlanishining majmuaviy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va taklif etilgan mahalliy va xalqaro maslahatchilarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. 31. Agentlik huzurida kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va muhokama qilish uchun Jamoatchilik maslahat kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tashkil etiladi. Kengash a’zolarining soni, shaxsiy tarkibi va Kengash to‘g‘risidagi nizom direktor tomonidan tasdiqlanadi. Quyidagilar Kengashning asosiy vaziflari hisoblanadi: mamlakat kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; kapital bozori va korporativ boshqaruvning kelgusi rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni muhokama qilish; mamlakat kapital bozoridagi ishlarning holatini tubdan yaxshilashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini amalda ro‘yobga chiqarish mexanizmlarini tanqidiy ko‘rib chiqish; qonunchilik bazasini, shu jumladan, Agentlikka ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va muhokama qilish yo‘li bilan takomillashtirishda ishtirok etish. 32. Agentlik respublika kapital bozori rivojlanishining strategiyasini tayyorlash va ro‘yobga chiqarish uchun direktor boshchilik qiladigan Ekspert kengashini tashkil etish huquqiga ega. Ekspert kengashi a’zolarining soni, shaxsiy tarkibi va u to‘g‘risidagi nizom direktor tomonidan tasdiqlanadi. 33. Quyidagilar: direktor faoliyati samaradorligini baholash O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligini baholashning integratsiyalashgan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi; direktorning birinchi o‘rinbosari, direktor o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari, Agentlikning boshqarma va bo‘lim boshliqlari, shuningdek, markaziy apparat, Agentlikning hududiy boshqarmalari xodimlari, idoraviy mansub tashkilotning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligini baholash Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 34. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish chora-tadbirlari ko‘riladi. 35. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti; Agentlik huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 36. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantiruvuchi to‘lovlardan iborat. 37. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish direktor tomonidan belgilanadi. 38. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Agentlik huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar ish
250
63,488
Qonunchilik
“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-493-sonli O‘zbekiston Respubli
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-493-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
448
Qonunchilik
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 28-fevraldagi PQ-294-son qarorini bajarish yuzasidan hamda aholiga yo‘lovchi tashish transporti bilan transport xizmati ko‘rsatishni tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi. 2. Tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak. Tijorat asosida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Aholining hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish hamda Hukumatning qarorlari bo‘yicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bog‘liq tashishlarni amalga oshirishga, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan avtomobil transportida O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berishga, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno, shuningdek “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan korxonalar va muassasalarga litsenziya olish talab etilmaydi. 3. Litsenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar litsenziyalovchi organlar tomonidan: O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchi va yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha; Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan — shahar, shahar atrofi, shaharlararo yo‘lovchi va yuklarni tashish bo‘yicha. 4. Agentlikka litsenziyalovchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, litsenziyalash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi litsenziyalarning yig‘ma reyestrini yuritish, litsenziyalovchi organlar tomonidan avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish vakolatlari yuklanadi. 5. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi: g) yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish; d) yo‘lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish; e) yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish; j) yo‘lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish; z) yo‘lovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish; i) yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish; k) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish; l) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish; m) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish; n) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish; o) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish; p) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish; s) yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish; u) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish; f) yuklarni avtomobil transportida xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish. Litsenziat litsenziyalovchi organga murojaat qilganda bir ariza bo‘yicha ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega. Xalqaro yo‘nalishlarda yuklarni tashishni amalga oshirish huquqiga litsenziyaga ega bo‘lgan avtomobilda milliy yuk tashuvchilar unga muvofiq shaharlararo yo‘nalishlarda yuk tashishni amalga oshirish huquqiga ham egadirlar. 6. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi. 7. Litsenziya bilan birga har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi beriladi. Litsenziya kartochkasi — litsenziya talablari va shartlariga majburiy tarzda rioya qilingan holda yo‘lovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma (litsenziya). Har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlarning yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan kam bo‘lsa, litsenziya kartochkasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. Litsenziya kartochkasining amal qilishi litsenziya kartochkasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Tijorat tashuvlarida litsenziya kartochkalari bilan ta’minlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalanish noqonuniy hisoblanadi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashga olib keladi. 8. Quyidagilar: litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziyalovchi organ qaroriga binoan beriladigan litsenziya bilan birgalikda — birinchi litsenziya kartochkalari; litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra avtotransport vositalari harakatdagi tarkibi ko‘paygan taqdirda mavjud litsenziya asosida — qo‘shimcha litsenziya kartochkalari; ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan holatlarda, shuningdek avtotransport vositasining davlat raqami belgisi o‘zgarganda, avtotransport vositasining yuk ko‘tarish yoki yo‘lovchi sig‘imi ko‘payganda (kamayganda), bir avtotransport vositasi shu klassdagi boshqa avtotransport vositasiga almashtirilganda ushbu avtotransport vositasiga mavjud litsenziya kartochkalari asosida litsenziya talabgorining litsenziya kartochkalarini qayta rasmiylashtirish bo‘yicha arizasiga ko‘ra — qayta rasmiylashtirilgan litsenziya kartochkalari beriladi; litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga — litsenziya kartochkalarining dublikatlari beriladi. Har bir holatda ariza beruvchi (litsenziya talabgori yoki litsenziat) avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar bilan yoki ijara asosida tegishliligini, shuningdek avtotransport vositalarining texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga avtotransport vositalarining ro‘yxatini taqdim etadi, dublikat berish holati bundan mustasno. 9. Quyidagilar avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi: a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi; b) shtatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan, tegishli lavozimni egallash huquqi uchun Agentlik tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan mansabdor shaxslarning mavjud bo‘lishi; v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkasi mavjud bo‘lishi; g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud bo‘lishi; d) avtomobil transportida yuk tashuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning va yuridik shaxs xodimlarining avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishda qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligi; e) qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi; j) tendyerlar natijalari bo‘yicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida yo‘lovchilarni yo‘lovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yo‘lovchilarning belgilangan toifalarini tekin va imtiyozli tarzda tashishni ta’minlagan, qoida buzish, antisanitariya hollariga xizmat ko‘rsatishning sifatining past bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan holda avtomobilda muntazam tashish (yo‘nalishli taksilardan tashqari); z) tashish va yong‘in xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, texnika xavfsizligini ta’minlash, avtotransport vositalarini yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; i) yangidan olinayotgan va to‘ldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qo‘shimcha litsenziya kartochkalarining o‘z vaqtida olinishi; k) shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamg‘asi qo‘yilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud bo‘lishi. l) yo‘nalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi ko‘rinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi. Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab o‘tilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin. 10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid ma’lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza; v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, shuningdek Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi; g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar; j) litsenziya talabgori tomonidan ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 11. Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita litsenziya talabgori tomonidan yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi. Hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). 12. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya/litsenziya kartochkasi talabgorining litsenziya/litsenziya kartochkasi berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. 13. Litsenziya/litsenziya kartochkasi talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi Agentlik bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya/litsenziya kartochkasi talabgori o‘z hujjatlari ko‘rib chiqilayotgan davrda berilgan arizadan voz kechgan taqdirda yig‘im qaytarilmaydi. 14. Avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 15. Litsenziya va litsenziya kartochkalari blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari va litsenziya kartochkalari namunalari Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda ularning buyurtmasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya va litsenziya kartochkasi blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi. 16. Litsenziya talabgoriga avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qaror qabul qilingani to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi. 161. Agar Agentlik litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qilmasa, u holda ko‘rsatib o‘tilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin litsenziya talabgori o‘zi ariza bergan faoli.yatni, bu haqda Agentlikni yozma ravishda xabardor qilib, amalga oshirish huquqiga ega. Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Agentlik litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga litsenziyani berishga majbur. 17. Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya bitimi ilova qilingan va bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi. Litsenziya litsenziyalovchi organ (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi va litsenziatlarga litsenziyalovchi organ tomonidan beriladi. 18. Litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilishga haqlidir. 19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin. Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. 20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. 21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining rad etish sabablari bartaraf etilgani to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rad etish sabablarini ko‘rsatish bundan mustasno. Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi; Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi. 22. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat o‘rtasidagi o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimlari litsenziyalovchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladi hamda ularda quyidagilar bo‘lishi kerak: bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi; tomonlarning rekvizitlari; amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining (yoki faoliyat turi qismlarining) nomi; litsenziyaning amal qilish muddati; litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari; litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi; litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishi ustidan litsenziyalovchi organning nazorat qilish tartibi. Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi. 23. Litsenziat — yuridik shaxs o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida litsenziyalovchi organga ariza berishi shart. Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi o‘zgargan taqdirda litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida litsenziyalovchi organga ariza berishi shart. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik shaxslar — litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. 24. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. 25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tamom bo‘lgungacha ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi. 26. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Litsenziyalovchi organ litsenziya dublikatini tegishli ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida berishi kerak. Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. 27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ: litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi; litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi; litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘luvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘raydi va oladi; tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzadi; aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilaydi; qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoxud ularni bekor qilish masalasi bo‘yicha qaror chiqaradi va/yoki sudga murojaat qiladi; avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari to‘g‘risidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar ko‘rish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuboradi. 28. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilish muddatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turadi. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilish muddatini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish litsenziyalovchi organning arizasiga ko‘ra sud tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan (chiqarilgan) kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay, litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarning litsenziat tomonidan bartaraf etish muddati ko‘rsatilgan holda yetkaziladi. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilgan taqdirda litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatib turgan litsenziyalovchi organ yoki o‘zining arizasiga ko‘ra litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishi sud tomonidan to‘xtatib turilgan organ ko‘rsatib o‘tilgan holatlarning bartaraf etilgani to‘g‘risidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida uning amal qilishini tiklash yoki tiklashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Litsenziyalovchi organ yoki sudning litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining” amal qilishini to‘xtatishda litsenziyalovchi organ litsenziatdan litsenziya talablari va shartlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan avtotransport vositasiga berilgan litsenziya kartochkasini olib qo‘yadi. 29. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. Bunda litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror litsenziyalovchi organ tomonidan quyidagi hollarda: litsenziat litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda; yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan vaqtdan boshlab yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida to‘xtatilganda — qayta tashkil etish vaqtidan boshlab, uning o‘zgartirilishi shuningdek, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslar qo‘shib yuborilishi bundan mustasno; avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning — litsenziatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatilganda; avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning — litsenziatning huquqiy muomalaga layoqatliligi cheklanganda yoki u huquqiy muomalaga layoqatli emas deb e’tirof etilganda; litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilish muddati tugaganda qabul qilinadi. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror faqat sud tomonidan quyidagi hollarda: litsenziya talablari va shartlari muntazam yoki bir marta qo‘pol tarzda buzilganda; litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda litsenziat tomonidan bartaraf etilmaganda; litsenziyalovchi organning litsenziya/litsenziya kartochkasi berish to‘g‘risidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda qabul qilinadi. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qarorni puxta asoslagan holda qaror qabul qilingan (chiqarilgan) sanadan boshlab besh kundan kechikmay yetkaziladi. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishi uni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab to‘xtatiladi. Litsenziyalovchi organ yoki sudning litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin. 291. Quyidagilar litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol tarzda buzilishi hisoblanadi: litsenziatning shtatida Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tegishli lavozimni egallash uchun attestatsiyadan o‘tgan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning bo‘lmasligi; litsenziat tomonidan ishlatish uchun belgilangan tartibda ruxsat etilmagan va yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tmagan avtotransport vositalaridan foydalanilishi; davriy tibbiy ko‘rikdan va yo‘lga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan haydovchilarning ishlashiga yo‘l qo‘yilishi; litsenziya kartochkalari bilan ta’minlanmagan avtotransport vositalariga yo‘l varaqalarining berilishi. 30. Litsenziyani/litsenziya kartochkasini bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda va holatlarda amalga oshiriladi. Litsenziyalovchi organning litsenziyani/litsenziya kartochkasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma (elektron) shaklda, asoslangan holda qaror qabul qilingan kunidan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyani/litsenziya kartochkasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Bekor qilish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berilgan sanadan boshlab amal qiladi. Litsenziyani/litsenziya kartochkasini bekor qilishda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi. 31. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni; jismoniy shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — avtomobil transportida yuk tashishni amalga oshirish bo‘yicha litsenziat uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi; litsenziya va litsenziya kartochkasining berilgan sanasi va tartib raqami; litsenziya va litsenziya kartochkasining amal qilish muddati; avtotransport vositasining rusumi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami; umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar; litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi; litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi; litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi; dublikatlar berishning asoslari va sanasi. 32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi. 33. Avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi. Avtotransport vositalari soni to‘ldirilgan (ko‘paytirilgan) taqdirda davlat boji har bir litsenziya kartochkasi uchun qo‘shimcha ravishda undiriladi. Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablag‘lari O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ilmiy-tadqiqot ishlari, yo‘lovchilar avtovokzallari va avtostansiyalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga qarashli bo‘lgan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchi yo‘nalishlari to‘xtash punktlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, dasturlarni moliyalashtirishda, shuningdek, avtotransport vositalarini xarid qilish va avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “O‘zavtotrans” agentligini saqlash uchun foydalaniladi. Avtotransport vositasining yuk ko‘tarish yoki yo‘lovchi sig‘imi ko‘payishi munosabati bilan litsenziya kartochkasini qayta rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi. 1. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda) 1-bandining oltinchi xatboshi, shuningdek 5-ilova, qarorga 7-ilovaning 3-bo‘limi va izohlarining ikkinchi—to‘rtinchi xatboshi. 2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilova 25-bandining “yo” kichik bandi.
197
33,548
Qonunchilik
Ma’muriy bayonnomaga hujjatlarni ilova qiling
Joriy yilning 1 aprelidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzishda hujjatlar paketini yigʻish talab etiladi. 29.01.2018 yildagi OʻRQ–463-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga shunday qoʻshimchalar kiritildi.   Eslatib oʻtamiz, bayonnoma barcha ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha tuziladi, MJTKning 283-moddasida koʻrsatilganlari (piyodalar va yoʻlovchilar tomonidan YHQning buzilishi) bundan mustasno. Unda quyidagilar koʻrsatiladi: Hujjat uni tuzgan mansabdor shaхs va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхs tomonidan imzolanadi, guvohlar va jabrlanuvchilar boʻlgan taqdirda esa - mazkur shaхslar tomonidan ham imzolanadi. Endi bayonnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (mansabdor shaхs tomonidan yigʻiladi): MJTKning 133 va 134-moddalari boʻyicha (yengil tan jarohati, ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishi, transport va mol-mulkning shikastlanishiga olib kelgan YHQning buzilishi) MJTKning 52-moddasi boʻyicha (yengil tan jarohati yetkazish) MJTKning boshqa moddalari boʻyicha 1) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning shaхsini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusхasi; 2) IIOning ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi; 3) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning tushuntirishi; 4) jabrlanuvchining, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertning хulosasi, agar ular mavjud boʻlsa; 5) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar; 6) haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning va ishonchnomaning koʻchirma nusхasi; 7) sugʻurta polisining koʻchirma nusхasi (mavjud boʻlgan taqdirda); 8) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda boshqarilganligi belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tibbiy хulosa, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki oʻzgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlagan taqdirda ikki хolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma; 9) koʻzdan kechirish dalolatnomasi va hodisa joyining chizmasi, transport vositasining shikastlanishlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma va teхnika vositalari shikastlanishlarining fotosuratlari; 10) avtomototransport vositasiga yetkazilgan zararni baholash dalolatnomasi;  12) sudga qadar avtoteхnika ekspertizasi tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning хulosasi; 13) surishtiruv yakunlariga koʻra, manfaatdor shaхslarning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari bilan tanishganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma. 1) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning shaхsini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusхasi; 2) IIOning ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi; 3) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning tushuntirishi; 4) jabrlanuvchining, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertning хulosasi, agar ular mavjud boʻlsa; 5) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar; 6) jabrlanuvchining arizasi; 7) sudga qadar tibbiy ekspertiza tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning хulosasi; 8) jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror. 1) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning shaхsini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusхasi; 2) IIOning ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi; 3) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning tushuntirishi; 4) jabrlanuvchining, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertning хulosasi, agar ular mavjud boʻlsa; 5) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar. Shu tariqa, barcha toifadagi ishlar boʻyicha shaхsini tasdiqlovchi hujjatdan nusхa koʻchirish va alohida tushuntirish yozish talab etiladi. Bu, fikrimizcha, bayonnomalarni, masalan, DYHXX хodimlari tomonidan rasmiylashtirish uchun ancha vaqtni talab etsa kerak. Bundan tashqari, amaliyotda oʻtkazilgan ayrim protsessual harakatlar rasmiy ravishda majburiy deb belgilandi. Ayrim toifalar boʻyicha (yuqoridagiga qaralsin) haydovchi holatini tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, zararni baholash, avtoteхnik va tibbiy ekspertiza tayinlash talab etiladi. Biroq, mazkur choralar ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini toʻliq va хolis koʻrib chiqish imkoniyatini yaratadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
45
4,822
Qonunchilik
Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomag
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 22-oktabrdagi 14-q/q, Q-87, 100, 17, 16, 7, 01-02/22-22, 2010-41-son qarori (ro‘yxat raqami 2174, 2010-yil 29-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 529-modda) bilan tasdiqlangan Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “23. Surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ular bo‘yicha tegishli ekspertiza xulosasi olingunga qadar muhrlangan holda tegishlicha IIV, MXX organi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning saqlash xonasida yoki jazoni ijro etish muassasasida yashash va ishlab chiqarish zonalaridan tashqarida joylashgan operativ qismning seyfida saqlanishi shart. Ekspertiza xulosasi olingandan so‘ng giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar 15 kun ichida markazlashtirilgan holda saqlash uchun MXX organlariga topshirilishi shart”. 2. 72-bandda: birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining hududiy organiga (keyingi o‘rinlarda Sud departamentining hududiy organi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organiga (keyingi o‘rinlarda Majburiy ijro byurosining hududiy organi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Sud departamentining” degan so‘zlar “Majburiy ijro byurosining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 73-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sud departamentining” degan so‘zlar “Majburiy ijro byurosining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 74-bandning birinchi xatboshisidagi “Sud departamentining” degan so‘zlar “Majburiy ijro byurosining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. Butun matn bo‘yicha “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin. 6. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
250
3,012
Qonunchilik
Shifokorlar va tibbiyot хodimlariga – karantin vaqtiga qoʻshimcha toʻlovlar
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan хodimlar qoʻshimcha moddiy qoʻllab-quvvatlanadi (26.03.2020 yildagi PQ-4652-son qarorga qarang). Koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’yektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan хodimlarga karantin davrida (2020 yilning mart oyi ham kiradi) har 14 kunlik faoliyat davri uchun: Bundan tashqari, COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida bir martalik toʻlovlar joriy etilmoqda: Bunda qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlar hamda mehnat shartnomasiga muvofiq хodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki boshqa oqibatlar yuzaga kelishi munosabati bilan toʻlanadigan toʻlovlar saqlab qolinadi. Sogʻliqqa zarar yetkazilganligi munosabati bilan maхsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari va bir martalik toʻlovlar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Oleg Zamanov.
75
1,104
Qonunchilik
“Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 21-dekabr kuni qabul qilingan “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
79
484
Qonunchilik
DAVLAT maktabgacha ta’lim tashkilotlari XODIMLARINING AYRIM TOIFALARI MEHNATIGA HAQ TO‘LAShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining nufuzini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ayrim toifalarining: a) 2018-yil 1-martdan boshlab — direktorlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 30 foizga; b) 2018-yil 1-sentabrdan boshlab: oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda — 30 foizga; oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 20 foizga; maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 10 foizga tabaqalashtirib oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Urgut, Bulung‘ur va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Forish, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlari, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani xamda Farg‘ona tumanining “Shohimardon” va “Yordon” qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to‘lovi miqdori 2023-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda ikki baravar pasaytirilsin. 3. 2018-yil 1-martdan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga haq to‘lash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 2018-yilda ushbu qarorga muvofiq davlat ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga moliyalashtirilishini ta’minlasin, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armasini shakllantirishga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining qat’iy ravishda 15 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazarda tutsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 32-ilovasiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin. Izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
140
4,389
Qonunchilik
“Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 12-avgustda qabul qilingan “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
226
775
Qonunchilik
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj ko‘zdan kechirishdan o‘tkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: xronometraj ko‘zdan kechirish — xronometraj o‘tkaziladigan davrda tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqiy realizatsiya hajmlarini aniqlashga doir soliq nazoratining shakli; xronometraj ko‘zdan kechirish ishtirokchilari — davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari, soliq to‘lovchi va uning vakillari. 2. Xronometraj ko‘zdan kechirish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 3. Xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazishga boshqa shaxslarni, shu jumladan ekspertlarni jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4. Pul tushumini, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini xronometraj ko‘zdan kechirish tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi soliq to‘lovchilarda, bevosita tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish joylarida hamda soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq boshqa joylarda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan kuzatish va qayd etish orqali o‘tkaziladi. 5. Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‘yicha xronometraj ko‘zdan kechirishni amalga oshirish jarayonida soliq to‘lovchidan hisobga olish hujjatlarini talab qilishga, soliq to‘lovchiga nisbatan talablar qo‘yishga yoki soliq to‘lovchining faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan soliq to‘lovchidan hamda rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslardan, soliq to‘lovchining boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olish, shuningdek nazorat-kassa mashinalarida va to‘lov terminallarida saqlanayotgan xronometrajni o‘tkazish davriga doir ma’lumotlarni olish mustasno. 6. Xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish muddati ketma-ketlikda yetti kalendar kundan ortiq bo‘lmagan holda, soliq to‘lovchining belgilangan ish rejimi va faoliyat turidan kelib chiqib o‘tkaziladi. Xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish muddati dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kunlari hisobiga o‘tkazib yuborilgan muddat keyingi ish kunidan boshlab hisoblanadi. 7. Xronometraj ko‘zdan kechirish soliq tekshiruvi hisoblanmaydi. 8. Xronometraj ko‘zdan kechirishni tayinlashga tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash zaruriyati asos bo‘ladi. 9. Xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilar ro‘yxati quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi: soliq to‘lovchilarning soliq obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlari to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirish maqsadida ko‘zdan kechirish va so‘rov o‘tkazish jarayonida tuzilgan ma’lumotnomalardagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushumlarni hamda ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish hajmlarini kamaytirib ko‘rsatilishiga oid shubhali ma’lumotlar; vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan (tashqi manba) ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, soliq to‘lovchining soliq organlariga taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlari, shuningdek boshqa ma’lumotlarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushumlar hamda ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish hajmlarini kamaytirib ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; bir hududda (ko‘chada, bozor va savdo komplekslarida, mahallada yonma-yon) joylashgan, faoliyat turi, realizatsiya hajmi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir nechta subyektlarning kunlik o‘rtacha tushumlariga nisbatan keskin farq qiladigan tafovutli ma’lumotlar; tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha naqd pul va to‘lov terminali orqali tushgan kunlik tushumlar o‘rtasida mavjud yuqori tafovutlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushumlari o‘tgan davrlarga nisbatan keskin kamayib ketganligi va savdo tushumlarini to‘liq bank kassalariga topshirmayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; soliq to‘lovchi faoliyatining xususiyatlari, ish rejimi va mavsumiy omillarni hisobga olgan holda ish kuni davomida onlayn nazorat kassa mashinalaridan kamida ikki-uch soat oralig‘ida chek urilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazilgandan keyingi davrlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushumlarning xronometraj ko‘zdan kechirish davomida aniqlangan tushumlarga nisbatan 50 foizdan yuqori kamayib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; elektron hisobvaraq-fakturalari orqali kirim qilingan tovarlar hajmiga nisbatan o‘rtacha oylik tushumlarining farq qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 10. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‘yicha xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq ushbu nizomning 9-bandida keltirilgan mezonlar bo‘yicha soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) hamda soliq solish obyektlarining haqiqiy hajmlari kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlar aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi. Davlat soliq xizmati organining realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‘yicha xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ida xronometraj o‘tkaziladigan soliq to‘lovchi, uning identifikatsiya raqami, xronometrajni o‘tkazish joyi va muddati, davlat soliq xizmati organining xronometrajni o‘tkazadigan mansabdor shaxslari majburiy tartibda ko‘rsatiladi. 11. Xronometraj ko‘zdan kechirish ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega: a) soliq to‘lovchi va vakilining huquqlari: xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslaridan ko‘zdan kechirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar talab qilish; xronometraj ko‘zdan kechirish materiallari bilan tanishish va natijasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan ma’lumotnomadan nusxa olish; xronometraj ko‘zdan kechirishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy talablarini bajarmaslik hamda xronometraj ko‘zdan kechirishga aloqasi bo‘lmagan hujjatlarni taqdim etmaslik; xronometraj ko‘zdan kechirishni amalga oshirayotgan soliq organi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; xronometraj ko‘zdan kechirish jarayonida qatnashish uchun o‘z vakilini taklif qilish; xronometraj ko‘zdan kechirish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda yoki kelgusida uning faoliyatida tushumlar bo‘yicha keskin o‘zgarishlar kuzatilganda (tushumlarning kamayishi yoki ko‘payishi) qayta xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga murojaat qilish; soliq to‘lovchi qonun hujjatlarda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin; b) davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining huquqlari: xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish jarayonida soliq to‘lovchining nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminali xotirasida mavjud ma’lumotlarni olish; soliq to‘lovchi yoki uning vakilining yordami bilan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida o‘rnatilgan tushum bilan bog‘liq bo‘lgan dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlaridan foydalanish; soliq to‘lovchilarda, bevosita tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish joylarida hamda soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq boshqa joylarda xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish; xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish jarayonida har bir xaridor (mijoz)ga qilgan xaridlari bo‘yicha nazorat-kassa mashinasi xarid cheki berilishini nazorat qilish; soliq to‘lovchi tomonidan xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishdan bo‘yin tovlanganda yoki ko‘zdan kechirish o‘tkazishga to‘sqinlik qilinganda, shuningdek xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish jarayonida nazorat-kassa mashinasining yaroqsizligi yoki boshqa subyektga tegishli nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalidan foydalanilayotganligi aniqlangan taqdirda aniqlangan holat bo‘yicha ma’lumotnoma rasmiylashtirish hamda tegishli davlat soliq xizmati organining rahbariga axborot berish; xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchidan oylik ish kunlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talab qilish. 12. Xronometraj ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining majburiyatlari: a) soliq to‘lovchi va vakilining majburiyatlari: xronometraj ko‘zdan kechirishni amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslariga nazorat-kassa mashinalarida va to‘lov terminallarida saqlanayotgan xronometraj o‘tkazish davriga doir ma’lumotlarni taqdim etish; xronometraj ko‘zdan kechirishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarini bevosita tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish joylarida hamda soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq boshqa joylarga kiritish; soliq organlari mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarish va xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaslik; xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish jarayonida har bir xaridor (mijoz)ga qilgan xaridlari bo‘yicha nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalining xarid chekini berish; b) davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining majburiyatlari: xronometraj ko‘zdan kechirish boshlashdan oldin soliq to‘lovchiga o‘zining xizmat guvohnomasi orqali tanishtirish va tashrif maqsadini tushuntirish; soliq to‘lovchini davlat soliq xizmati organining xronometraj ko‘zdan kechirish tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishtirish va nusxasi taqdim etish; xronometraj ko‘zdan kechirish natijasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan ma’lumotnomadan soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga nusxa taqdim etish hamda aniqlangan holatlar bo‘yicha qonunda belgilangan tartiblar to‘g‘risida tushuntirishlar berish; soliq to‘lovchi va uning faoliyatiga aloqador bo‘lgan axborotlarni boshqa shaxslarga oshkor etmaslik; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar. 13. Soliq to‘lovchi yoki uning vakili davlat soliq xizmati organining xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan tanishtirilgan vaqtdan xronometraj ko‘zdan kechirish boshlangan hisoblanadi. 14. Xronometraj ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatmasdan kunlik ish rejimini to‘liq qamrab olgan holda, joylashgan joyidan qat’iy nazar barcha obyektlarida bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladi. 15. Davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining boshqa hududlardagi obyektlarida xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish yuzasidan obyekt joylashgan hududiy davlat soliq xizmati organiga rejalashtirilgan xronometraj ko‘zdan kechirishning aniq sanasini ko‘rsatgan holda xronometraj ko‘zdan kechirish boshlanishidan uch kun oldin yozma xabarnoma yuboradi. Bunda, soliq to‘lovchining boshqa hududlardagi obyektlarida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish natijasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan ma’lumotlar ko‘zdan kechirish yakunlangandan keyin soliq to‘lovchi ro‘yxatdan o‘tgan davlat soliq xizmati organiga uch ish kuni ichida yuborilishi shart. 16. Xronometraj ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchi va uning xodimlariga xalaqit bermagan holda quyidagi joylarda o‘tkaziladi: chakana va ulgurji savdo sohasida bevosita tovarlar realizatsiyasi uchun mo‘ljallangan hamda mijoz bilan hisob-kitob qilish joylarida (kassa yonida); umumiy ovqatlanish sohasida bevosita taom tayyorlanadigan, mijozlarga taom tarqatiladigan va mijoz bilan hisob-kitob qilinadigan joylarida; xizmat ko‘rsatish sohasida bevosita xizmatlar ko‘rsatish va mijoz bilan hisob-kitob qilish joylarida; ishlab chiqarish sohasida bevosita mahsulot ishlab chiqarish sexlarida va mahsulotlarni tarqatish omborxonalarida hamda mijoz bilan hisob-kitob qilish joylarida; boshqa sohalarda soliq to‘lovchining daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarda o‘tkaziladi. 17. Xronometraj ko‘zdan kechirish quyidagi tartibda o‘tkaziladi: a) chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida: soliq to‘lovchining kassasidagi mavjud naqd pul qoldig‘ini nazorat-kassa mashinasining “X” hisoboti bilan solishtirish va ijobiy farq summasini nazorat-kassa mashinasining xotirasiga kiritilishini ta’minlash; realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning haqiqiy hajmini aniqlash hamda kunlik pul mablag‘lari tushumini kuzatish va qayd etish; xronometraj ko‘zdan kechirish yakunida nazorat-kassa mashinasidan “Z” hisobot chiqarish va ma’lumotnomaga ilova qilish; xronometraj ko‘zdan kechirish yakunida kassadagi mavjud kunlik pul tushumi bilan qayd etish varaqasidagi tushumlar miqdori o‘rtasidagi ijobiy farq summasini nazorat-kassa mashinasining xotirasiga kiritish; b) ishlab chiqarish sohasida: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi va sotish narxiga, hajmiga, omborxonalaridagi tayyor mahsulotlar miqdoriga aniqlik kiritish; ishlab chiqarish quvvatlari uchun sarflanayotgan tabiiy resurslarini (gaz, elektr energiyasi, suv, yoqilg‘i-moylash materiallari) hajmini o‘lchov asboblari orqali qayd etish; ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan tovar xomashyolar hajmini qayd etish; ishlab chiqarish uskunalarining sonini va ularni quvvatlarini aniqlash; ishchilar soniga aniqlik kiritish va ularning ro‘yxatini shakllantirish; ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorini aniqlash; ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish usullarini aniqlash va jarayonini qayd etish. 18. Xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish ma’lum sabablarga ko‘ra soliq to‘lovchida ish vaqti tugamasdan to‘xtatilsa, xronometraj ko‘zdan kechirish yakuniga yetkazilmagan hisoblanadi va xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish muddati doirasida boshqa kunga ko‘chiriladi. 19. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‘yicha xronometraj ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha ikki nusxada ma’lumotnoma tuzadi. Ma’lumotnomaning bir nusxasi soliq to‘lovchiga topshiriladi. Agar, soliq to‘lovchi ma’lumotnomani olishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda ma’lumotnomaga tegishli yozuvni kiritadi va ma’lumotnomaning bir nusxasi pochta orqali buyurtma xat bilan soliq to‘lovchiga jo‘natiladi hamda u jo‘natilgandan keyin uch kun o‘tgach topshirilgan hisoblanadi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda jo‘natiladi. 20. Xronometraj ko‘zdan kechirish natijasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan ma’lumotnomaga ko‘zdan kechirish jarayoni bilan bog‘liq hujjatlar ilova qilinishi mumkin. 21. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari xronometraj ko‘zdan kechirish natijasiga ko‘ra tuzilgan ma’lumotnoma bo‘yicha xronometraj ko‘zdan kechirish yakunlangandan keyin bir ish kuni ichida davlat soliq xizmati organi rahbariga bildirishnoma kiritadi. 22. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan ma’lumotnomalarning elektron hisobini yuritadi. 23. Xronometraj ko‘zdan kechirish natijalaridan soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish, shuningdek taqdim etiladigan hisobotlarning va hisoblab chiqarilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarning summalari ishonchliligini solishtirib ko‘rish uchun foydalaniladi. 24. Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchi faoliyatining xususiyatlari va mavsumiy omillarni hisobga olgan holda soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazilgan davrga oid soliq hisobotida aks ettirilgan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan xronometraj jarayonida olingan tushum to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan solishtirishni amalga oshiradi. 25. Xronometraj ko‘zdan kechirish yakuni bo‘yicha rasmiylashtirilgan ma’lumotnomalar asosida soliq to‘lovchi tomonidan xronometraj ko‘zdan kechirish davri uchun soliq hisoboti taqdim etilgandan so‘ng Soliq kodeksining 70-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda kameral nazorat o‘tkaziladi. 26. Xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazilgan davrga oid taqdim etilgan soliq hisobotlarida aniqlangan tafovutlar bo‘yicha quyidagi tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisoblab chiqiladi: YST = (XNT × IK) × SS — yagona soliq to‘lovi; QQS = (XNT × IK)-NT × SS — qo‘shilgan qiymat solig‘i; FS = ((XNT × IK) × RD)-NT × SS — yuridik shaxslarning foyda solig‘i; AS = (XNT × IK)-NT × SS — aksiz solig‘i; NS = (XNT × IK)-NT × SS — yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq. Bunda: XNT — xronometraj ko‘zdan kechirish yakuni bilan aniqlangan o‘rtacha kunlik tushum; IK — xronometraj ko‘zdan kechirish davrida aniqlangan hisobot davri uchun ish kunlari soni; NT — soliq to‘lovchi hisobotida aks ettirilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiyasi; SS — soliq stavkasi; RD — rentabellik darajasi (oldingi hisobot davrida). 27. Xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazilgan davrga oid taqdim etilgan soliq hisobotida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi alomatlari aniqlansa, davlat soliq xizmati organlari Soliq kodeksining 70-moddasida ko‘rsatilgan tartibda soliq to‘lovchiga talabnoma yuboradi. 28. Soliq to‘lovchida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda, bu harakatlar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik sifatida tasniflanadi va qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi. 29. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi. 30. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
230
20,064
Qonunchilik
Andijon viloyatida innovatsion texnologiyalar transferini faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Andijon viloyatida innovatsion infratuzilmani yanada rivojlantirish, tadbirkorlikni faollashtirish va investitsion salohiyatni oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Andijon viloyati hokimligining O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar trasferi milliy ofisi muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Andijon tajriba-ko‘rgazma maydoni”ni (keyingi o‘rinlarda — Ko‘rgazma maydoni) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Ko‘rgazma maydonining asosiy vazifalari etib belgilansin: mahalliy va xorijiy ilmiy va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish; innovatsion texnologiyalarni yaratish, joriy etish va foydalanish; innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish, texnologiyalarning transferi va intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish; ilmiy konferensiyalar, seminarlar, treninglar va mahorat darslarini tashkillashtirish; oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik subyektlari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; innovatsion g‘oyalar va loyihalar, mahsulotlar va texnologiyalarning istiqbolli turlarini ishlab chiqishda o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish; ko‘rgazma maydoni oliy ta’lim va ilmiy muassasalar o‘rtasida innovatsion g‘oyalar va loyihalar, o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari rivojlanishi, ilmiy va laboratoriya tadqiqotlari olib borish, innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish, yoshlar, olimlar va o‘qituvchilarni iqtisodiyot sohalarida ilmiy-texnik muammolarini hal etishga jalb qilish; ilmiy va laboratoriya tadqiqotlarini olib borish, tajriba namunalarini, sanoat mahsulotlarining prototiplarini ishlab chiqish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish; muntazam ravishda yangi texnologiyalar ko‘rgazmasini tashkil etish asosida texnologiyalar transferini amalga oshirish. 3. Ko‘rgazma maydoniga uni joylashtirish va faoliyat yuritishi uchun Andijon viloyati Marhamat tumanining Z.M. Bobur nomli massividan 9 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 4. Ko‘rgazma maydonining bino va inshootlarini qurish va loyiha ishlarini amalga oshirishda: Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi; “Kommunal ta’mirlash” MChJ — bosh loyihachi va bosh pudratchi etib belgilansin. 5. Belgilansinki, Ko‘rgazma maydonining: a) yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qilish faoliyatidan olingan daromadlari bo‘yicha belgilangan transfer sharti ustamalari 5 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatiladi; b) binosini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda laboratoriya uskunalarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi: Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari; xalqaro moliya va boshqa institutlar kreditlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. v) faoliyati va saqlash xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi: Ko‘rgazma maydonining xo‘jalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining budjetdan tashqari mablag‘lari; xalqaro moliya va boshqa institutlar kreditlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. Andijon viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Andijon shahar hokimligi huzuridagi Innovatsion texnologiyalarni joriy etish markazini O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi huzurida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda: Ko‘rgazma maydonini malakali kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlasin; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov va Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abdurahmonov zimmasiga yuklatilsin.
101
4,559
Qonunchilik
Alkogolni ishlab chiqarish va sotish – biznesni nimalar kutmoqda
Alkogol oborotida oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Mahsulotning kamida 10%ini eksport qilish majburiyatini yuklaydilar, ta’lim muassasalaridan kamida 100 metr narida boʻlgan barcha savdo shoхobchalarida alkogol sotishga ruхsat beradilar, soliq solishning yangi tartibi va mahsulotni hisobga olish tizimini joriy etadilar. Iqtisodiy sharhlovchi Jorilla Abdullayev ushbu choralar qanchalik samara berishini tahlildan oʻtkazdi. Prezidentning 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3573-son qarori asosida ishlab chiqilgan Prezidentning «Vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi (08.06.2018 yil). 1. Qaror loyihasida eksportni ragʻbatlantirish va uzumchilikni rivojlantirish maqsadida litsenziya talablarida litsenziatning realizatsiya hajmining kamida 10%i miqdoridagi oʻz mahsulotini eksport qilish majburiyatini nazarda tutish taklif etilmoqda.  Sohadagi vaziyat haqida bir ogʻiz soʻz yuritsak. Respublikada tabiiy vinolar ishlab chiqarish hajmi yetarli emas, bunda asosan oddiy, markasiz vinolar ishlab chiqariladi. Ularni ishlab chiqarish uchun bir necha yilni talab etadigan ishlar kompleksini bajarish zarur. Biroq hozir ishlab chiqaruvchilarda sabr-toqat yetishmaydi yoki ular tez foyda olishni koʻzlaydilar. Ishlab chiqariladigan vinolar tuzilmasida spirtli vinolar ustunlik qiladi – 2017 yilda ularning ulushi 85%ni tashkil etgan. Spirtli vino tarkibida vino materiallari, etil spirti, ba’zan shakar va arzon qoʻshimchalar boʻladi. Sovet paytida bunday vinolarni «qoʻlbola» deb atardilar. Afsuski, «Gulyakondoz», «Aleatiko» va boshqa mashhur spirtli vinolar juda oz miqdorda ishlab chiqariladi. Alkogol eksporti tuzilmasida tayyor mahsulot (vino va konyak) ulushi qariyb 3%ni tashkil etadi, likyor-aroq mahsulotlari esa deyarli eksport qilinmaydi. Eksport asosini хom ashyo – vino materiallari va konyak spirti tashkil etadi. Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston asosiy iste’molchilar hisoblanadi. Ushbu mamlakatlar хom ashyo sotib olib, ancha sifatli vino va konyak ishlab chiqaradilar hamda MDH makonida oʻz brendlari ostida sotadilar. Ushbu holatlar inobatga olinsa, eksport ulushini 10%gacha oshirish boʻyicha taklif etilayotgan chora faqat хom ashyoni eksport qilishga yoki soхta eksportga olib keladi. 2004–2005 yillarda eksportni ta’minlashga doir shunga oʻхshash qat’iy talablar belgilangan edi. Ularni bajarish uchun spirt zavodlaridan biri rasman Qirgʻiziston korхonalari bilan spirtni yuklab joʻnatish kontraktini tuzar edi. Dalil boʻyicha eksport talabi bajarilar, schyotga valyuta kelib tushar, biroq spirt Oʻzbekistondan tashqariga chiqarilmay, qonuniy va noqonuniy ishlovchi mahalliy alkogol ishlab chiqaruvchilarga sotilar edi.  Fikrimizcha, tabiiy va yuqori markali spirtli vinolar, shuningdek konyak ishlab chiqarish va eksport qilishni yoʻlga qoʻyish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim: 2. Qaror loyihasida quyidagilarda alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishga ruхsat berish taklif etilmoqda: Hozir ulgurji va chakana savdo oʻrtasida deyarli farq qolmadi («SBX»ning 5.06.2018 yildagi 23-sonida bu haqda yozgan edik). Buning ustiga, bugungi kunda ulgurji bazalar ham, ishlab chiqaruvchilar ham firma doʻkonlarini ochishlari mumkin. Ayni paytda 2007 yildan beri (PQ-605-son qarorga muvofiq) alkogolli mahsulotlarni chakana realizatsiya qilish faqat iхtisoslashtirilgan doʻkonlar orqali amalga oshiriladi – bu, fikrimizcha, chakana savdo tartibga solinishiga olib kelgan samarali chora boʻlgan. Shu munosabat bilan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar, barcha ulgurji korхonalar va faqat belgilangan tartibda ruхsatnoma olgan iхtisoslashtirilgan chakana doʻkonlar realizatsiya qilishiga ruхsat berish toʻgʻri boʻladi deb hisoblaymiz. Supermarketlar, savdo komplekslari va ayniqsa dehqon bozorlari orqali realizatsiya qilinishini koʻpchilik ma’qullamaydi. Alkogol – oʻziga хos tovar, uning barcha savdo shoхobchalarida sotilishi milliy manfaatlarga zid keladi. Ishlab chiqaruvchilarning 100 foizlik oldindan toʻlash sharti bilan realizatsiya qilishiga doir taklifni amalga oshirish mumkin. Biroq u qanchalik maqsadga muvofiq? Vazirlar Mahkamasining 23.09.1999 yildagi 444-son qaroriga muvofiq sotiladigan alkogolli mahsulotlar uchun oldindan haq toʻlash miqdori kontrakt tuzilgan mahsulotning butun hajmi uchun aksiz soligʻi summasini oʻz ichiga olishi kerak. Aksiz soligʻi miqdori esa alkogolli mahsulot turiga qarab mahsulot qiymatining 30%idan 50%igacha miqdorni tashkil etadi. Ya’ni davlat darhol oʻz ulushini oladi. 100% oldindan toʻlovdan qanday naf koʻrishi tushunarsiz. Iхtisoslashtirilgan alkogol doʻkonlari hamda ta’lim, sport va diniy muassasalar oʻrtasida 500 metrlik radius belgilangandan keyin (PQ-605-son qaror) aksariyat savdo shoхobchalari qiyin vaziyatga tushib qoldi. Ayniqsa, yo maktab yoki tibbiy muassasa yoхud diniy muassasa bir-biriga yaqin joylashgan shaharlarda koʻp muammolar yuzaga keldi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan vaqtinchalik chora – 200 metrlik radius joriy qilinishi bilan masala hal etildi. Shu munosabat bilan ushbu radius – 200 metrni saqlab qolish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Biroq alkogolli mahsulotlarni sotish muammolarini, alkogol doʻkonlarining yuqorida koʻrsatilgan muassasalar bilan oʻrinsiz qoʻshnichiligini bunday choralar bilan hal etib boʻlmaydi. Bu yerda, qanchalik erish tuyulmasin, kompleks, shu jumladan tarbiyaviy tusdagi chora-tadbirlar koʻrilishi zarur. 3. Qaror loyihasida ulgurji savdo tashkilotlari YaST toʻlaydigan sхemadagidek ishlab chiqaruvchilarning aksiz soligʻi, QQS va tushumdan yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini ishlab chiqish taklif etilmoqda. Bunda nimani nazarda tutganlari tushunarsiz. Agar soliqlar va yigʻimlar YaST singari bitta toʻlovga birlashtirilsa, hozir bunday yondashuvdan voz kechilmoqda – bugungi kunda hamma QQS toʻlashi taklif etilmoqda. Soliqlarni ulgurji savdo boʻyicha YaST singari avans tarzida toʻlash nazarda tutilayotgan boʻlsa, u holda: 4. Qaror loyihasida «spirt ishlab chiqaruvchi – alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi – ulgurji sotuvchi – chakana sotuvchi – iste’molchi» zanjiri boʻyicha alkogolli mahsulotlar harakatini nazorat qilish va hisobga olish aхborot tizimini joriy etish taklif etilmoqda. Bunday tizimni joriy etishga bir necha bor urinib koʻrilgan, sh.j. 07.11.2006 yildagi PQ-505-son qarordagi topshiriq boʻyicha. Oʻshanda Rossiya Federatsiyasida YaDAAT joriy etilishi tajribasini oʻrganish asosida tizim yaratish vazifasi topshirilgan. Biroq oʻrganish va rossiyaliklarning хulosalari YaDAAT samarasizligini koʻrsatgan – u faqat qonuniy alkogolli mahsulotlarni hisobga oluvchi tizim. U nolegal mahsulotlarni hisobga olmaydi, nazorat qilmaydi va ularni aniqlash uchun tahlil oʻtkazish imkonini bermaydi. Shtriх-kod, QR-kod, mikrochiplardan foydalaniladigan turli belgilarni joriy etish ham taklif etilgan. Amaldagi aksiz markalarida – 2012 yildan boshlab faqat QR-kod joriy etishga erishildi. Uni «Davlat belgisi» DIChB markalarga tushiradi – bu qoʻshimcha yaхshi himoya. Biroq kodga kiritiladigan aхborot katta emas, masalan, kodga qoʻshimcha ma’lumotlar kiritishi mumkin boʻlgan ishlab chiqaruvchida unga oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi. Ayni paytda aхborot tizimini yaratishning uchta yoʻli bor. Mablagʻ va koʻp kuch talab etmaydigan eng oddiy usul – amaldagi aksiz markalari individual raqamga ega (pul kupyuralarida boʻlganidek). Aksiz markalaridagi raqamlash tizimi orqali alkogolli mahsulotlarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish mumkin. Buning uchun «ishlab chiqaruvchi – ulgurji baza – chakana korхona» zanjiri boʻyicha markalardagi raqamlar orqali aksiz markalari harakatini hisobga oluvchi «Oʻzsharobsanoat» XKda mavjud elektron bazadagi dasturiy mahsulotga qoʻshimcha ishlov berish lozim. Bunda nafaqat soliq inspektori, balki хarid qilish chogʻida – telefon, SMS, sayt va h.k. orqali ma’lumotlar bazasiga kirgan har qanday iste’molchi nazoratni amalga oshira oladi. Ikkinchi usul aksiz markalarida mavjud QR-kodga asoslanadi. Markalar ishlab chiqaruvchiga QR-kodi bilan keladi (unda korхona nomi, mahsulot nomi va litraji koʻrsatiladi), biroq unga aхborot kiritib boʻlmaydi. Ishlab chiqaruvchilar olingan QR-kodga qoʻshimcha aхborot kirita oladigan yoki QR-kodsiz markalarni olib, ishlab chiqaruvchilar ularga aхborot kiritadigan tizimni (shtriх-kod boʻyicha Rossiya usuli) yaratish zarur. Taklif etilayotgan tizim koʻp mablagʻ talab etmaydi: ishlab chiqaruvchilar uchun QR-kodga aхborot kirituvchi dasturiy ta’minot va uskunalar kerak boʻladi, bunda aksiz markasi qiymati 30 soʻmdan oshmaydi. Uchinchi usul – mikrochipli belgilar. Ushbu tizim QR-kod singari ishlaydi, biroq QR-kod oʻrniga mikrochipli belgilardan foydalaniladi. Salbiy tomoni – ancha хarajat talab qiladi. Bitta chip qiymati 30–50 sent yoki 2500–4000 soʻm atrofida. Bir shishaga (masalan, aroq) aksiz hozir 3378 soʻmni tashkil etishini hisobga olsak, mikrochip joriy etish ancha qimmatga tushadi. Alkogolli mahsulotlar harakatini hisobga olishning aхborot tizimini joriy etish zarur – toʻgʻri tizimni tanlash, «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich joriy etish talab qilinadi. Jorilla Abdullayev.
64
9,174
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Saudiya Arabistoni Qirolligi Maslahat Kengashi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhini tashkil etish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Saudiya Arabistoni Qirolligi Maslahat Kengashi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tashkil etilsin: 2. Ushbu Qo‘shma qaror tegishli davlat organlariga ma’lumot uchun yuborilsin. 3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
164
751
Qonunchilik
Siz valyutani qayerda saqlaysiz?
MB aholining valyuta jamgʻarmalari yuzasidan soʻrov oʻtkazmoqda, deya хabar beriladi idoraning saytida. Markaziy bank kelgusida statistik va tahliliy maqsadlarda foydalaniladigan soʻrovnomani toʻldirishga taklif etmoqda. Tadqiqotda ishtirok etish anonim tarzda boʻlib, quyidagi savollarga javob berish lozim boʻladi: “хorijiy valyutadagi mablagʻingizni qayerda jamgʻarishni ma’qul koʻrasiz?”, “хorijiy valyutadagi mablagʻingiz miqdorini koʻrsating”, “хorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga oʻzingiz bilan qayta sotish uchun mahsulot olib kirganmisiz?” va boshqalar. MB ta’kidlashicha, soʻrovnoma Oʻzbekistonning tashqi sektor statistikasini yaхshilashga qaratilgan.
32
663
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI SUDYaLARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BO‘YIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Sud hokimiyati mustaqilligini kuchaytirish, sudyalar zaxirasini shakllantirish, nomzodlarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etishning demokratik tamoyillarini mustahkamlash, sudyalar korpusi barqarorligini ta’minlash, Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini tashkil qilishni tubdan o‘zgartirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasiga muvofiq : 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasining tashkiliy tuzilmasi va shtatlar soni 1 va 2-ilovalarga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi to‘g‘risida yangi tahrirdagi nizom, shuningdek, uning tarkibi 3 va 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan ikki hafta muddatda Komissiyani moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 4. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-martdagi PF–2817-son Farmoni; “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 24-sentabrdagi PF–2943-son Farmoni; “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-martdagi PF–3587-son Farmoni ilovasining 2-bandi. 5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari A. Nabiyev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi. 2. Komissiya sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash siyosatini, sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish tamoyillarini yanada demokratlashtirishni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi doimiy ishlovchi organ hisoblanadi. 3. Komissiya zimmasiga sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari sudyalarini tanlash va lavozimlarga tavsiya etish vazifalari yuklanadi. 4. Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan farmon, qaror va farmoyishlari hamda mazkur Nizom asosida sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi tamoyillariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshiradi. 5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: sudyalarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning demokratik asoslarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; sudya kadrlarni tanlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tasdig‘iga taqdim etishda qonuniylikni ta’minlash; sudyalar mustaqilligi va ularning ijtimoiy muhofazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish borasidagi ishlarni yaxshilash hamda sudya kadrlarni tarbiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; sudyalikka nomzodlarni tanlab olishning huquqiy negizini takomillashtirish, ularning kasb mahoratini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; sudya kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha ishlarning ochiq-oydinligi va oshkoraligini, bu ishning vertikal bo‘yicha hisobot berilishini ta’minlash, shuningdek bu sohada xizmat mavqeini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish; sudyalar zaxirasini shakllantirish, ularni tanlash va nomzodlarni lavozimlarga taqdim etish masalalari bo‘yicha sudyalarning malaka hay’atlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; sudlar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash; sudyalarni tanlash va tayinlash borasida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va Komissiyaning ish amaliyotiga tatbiq etish. 6. Quyilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi: taqdim etilgan nomzodlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari sudyasi lavozimlariga munosibligini aniqlaydi hamda mazkur masala bo‘yicha xulosalar beradi. fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi; fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari sudyalari vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi sudyalarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni (materiallarni) ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan xulosalar beradi; sudya kadrlarning zaxirasini shakllantirish va undan samarali foydalanish borasidagi ishlarning tashkil etilishini ta’minlaydi; nomzodlarni o‘rganishning turli usullaridan foydalanadi (suhbatlashish, mustaqil ekspertlar tomonidan sinab ko‘rish, topshirilgan muammo bo‘yicha mavzuga oid referatlar tayyorlash, tezkor savol-javoblar o‘tkazish va hokazolar); sudya kadrlar bilan ishlashdagi kamchiliklar xususida taqdimnomalar, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi; sudyalar malaka hay’atlarining faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar beradi; Komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Sudyalar uyushmasi, huquqni muhofaza qilish organlari, boshqa muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladi. 7. Komissiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish chog‘ida sudyalarning malaka hay’atlari bilan hamkorlik qiladi: sudyalarning malaka hay’atlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar zaxirasini shakllantirish, ularni tanlab olish va nomzodlarni sudyalik lavozimlariga tavsiya etish masalasini hal qilish uchun zarur bo‘lgan materiallarni (arizalar, bildirilgan fikrlar, xulosalar, ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni) ko‘rib chiqadi; sudyalar zaxirasini shakllantirish, tanlab olish va lavozimlarga tavsiya etish masalalari bo‘yicha sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatini vaqti-vaqti bilan o‘rganadi. sudya kadrlar bilan ishlash to‘g‘risida sudyalar malaka hay’atlari raislarining hisobotini muntazam ravishda tinglab boradi va sudyalarning tegishli malaka hay’atlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi; sudyalarning malaka hay’atlaridan sudyalik lavozimlariga bo‘sh o‘rinlar mavjudligi haqidagi, sudya kadrlarning zaxirasi qanday shakllantirilayotgani to‘g‘risidagi axborotni, Komissiya oldida turgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotni talab qilib oladi; sudyalarning malaka hay’atlariga sudya kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ushbu sohada xalqaro tajribani o‘rganish va undan foydalanish borasidagi ishlarni tashkil qilish bilan bog‘liq boshqa topshiriqlarni beradi. 8. Zaxirani shakllantirish va sudyalik lavozimlariga taqdim etish uchun nomzodlarni tanlash bo‘yicha ishlar sudyalarning malaka hay’atlari tomonidan amalga oshiriladi. mazkur bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan lavozimlardan tashqari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, harbiy sudlar sudyaligiga nomzodlarning zaxirasini shakllantirish sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Oliy malaka hay’ati tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati tomonidan amalga oshiriladi. 9. Umumiy yurisdiksiya sudlarining malaka hay’atlariga tegishlicha fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari rahbarlik qiladilar. Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati raisi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari sudyalari orasidan saylanadi. Umumiy yurisdiksiya sudlarining oliy malaka hay’ati raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan saylanadi. 10. Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, okrug va hududiy harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyaligiga (xo‘jalik sudlari raislari va rais o‘rinbosarlari bundan mustasno) nomzodlarning zahirasini shakllantirish uchun sudyalarning tegishli malaka hay’atlari o‘zlarini zaxiraga kiritish yoki sudyalarning aniq bo‘sh lavozimlarini egallash istagini bildirgan shaxslardan arizalarni qabul qiladilar. Arizaga kadrlarni hisobga olish shaxsiy varag‘i, tarjimai hol, oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasidan ko‘chirma, oxirgi ish joyidan tavsifnoma ilova qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotli, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji kamida uch yil bo‘lgan fuqarolari sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilishlari mumkin. Sudlangan shaxslar sudyalikka nomzodlar zaxirasiga qabul qilinishlari mumkin emas. Boshqa sudyalik lavozimlariga zaxirani shakllantirish belgilangan tartibda tegishli malaka hay’atlari tomonidan amalga oshiriladi. 11. Ushbu Nizomning 10-bandi talablariga rioya etilgan taqdirda, arizalar qabul qilinishini rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Arizani qabul qilishni rad etish xususida Komissiyaga shikoyat qilinishi mumkin. 12. Arizalarni qabul qilish va ro‘yxatga olish, hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirish ishlarini sudyalar malaka hay’atining mas’ul kotibi amalga oshiradi. 13. Sudyalarning malaka hay’atlari nomzodlarning kasbiy, axloqiy va ishchanlik fazilatlarini o‘rganib chiqishni tashkil etadilar hamda hujjatlar kelib tushgan paytdan boshlab kechi bilan ikki oy muddatda malaka imtihonlarini o‘tkazadilar, shu imtihonlarning natijalari bo‘yicha ularni sudyalikka nomzodlar zahirasiga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradilar. Sudyalarning malaka hay’atlari eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, yuqori malakali yuristlar — sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari, muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini nomzodlar zahirasiga kiritadilar. Malaka hay’atlarining majlislarida tegishlicha fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, harbiy sudlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyalari ishtirok etishlari mumkin, ular sudyalik lavozimiga har bir nomzod bo‘yicha o‘z fikrini bildirishga, malaka hay’atining qaroriga qo‘shilmagan taqdirda esa o‘z fikrini yozma ravishda Komissiyaga yuborishga haqlidirlar. Zahiraga kiritilgan shaxslar xususidagi ma’lumotlar Sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan Komissiyaga yo‘llanadi. 14. Sudyalarning malaka hay’atlari zaxirada bo‘lgan va ilk bor fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, okrug va hududiy harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi hamda viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyasi lavozimlariga taqdim etilayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maxsus kurslarda o‘qitishni tashkil etadi. Mazkur maxsus kurslarni tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikat, u berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi. 15. Sudyalik lavozimi bo‘shab qolgan taqdirda Sudyalarning tegishli malaka hay’ati sudyalik lavozimiga zaxirada turgan shaxslarni xabardor qiladi. Shu bilan birga 14-bandda nazarda tutilgan sudyalik lavozimiga ilk bor taqdim etilayotgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi maxsus kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan taqdirdagina xabardor qilinadi. Bo‘shab qolgan sudyalik lavozimini egallash uchun tanlab olishda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar malaka imtihonini topshiradilar, ana shu imtihon natijalari bo‘yicha sudyalarning malaka hay’ati ularning sudyalik lavozimiga munosib yoki munosib emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 16. Sudyalarning malaka hay’ati bo‘sh sudyalik lavozimiga tavsiya etilgan kamida ikki nomzodga doir hujjatlarni Komissiyaga yo‘llaydi. 17. Vakolat muddatlari tugayotgan sudyalarni yangi muddatga taqdim etish to‘g‘risidagi masala sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sudyalar malaka hay’atining mazkur shaxslar lavozimga munosibligi yoki munosib emasligi to‘g‘risidagi hamda ularni yangi muddatga tayinlash mumkinligi haqidagi qarori vakolat muddati tugashiga kamida uch oy qolganda Komissiyaga yuboriladi. Komissiya sudyalarning vakolat muddati tugashidan kamida bir oy oldin ularni yangi muddatga taqdim etish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. 18. Sudyalar malaka hay’atlarining raislari Komissiyaga taqdim etiladigan sudya kadrlarga oid hujjatlarning to‘liqligi va sifati uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar. Komissiya muntazam ravishda sudyalar malaka hay’atlari raislarining sudya kadrlar bilan ishlash ahvoli to‘g‘risidagi hisobotini tinglab boradi. Sudya kadrlari zaxirasini shakllantirish va tanlash chog‘ida malaka hay’atlarining faoliyatida tanish-bilishchilik, mahalliychilik, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish kabi hamda boshqa qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda Komissiya tegishli malaka hay’atining raisini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan darajada intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqli. 19. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek, jamoatchilik vakillaridan shakllantiriladi. 20. Komissiya tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan o‘n yetti kishidan iborat tarkibda tuziladi hamda Komissiya raisi, rais o‘rinbosari va a’zolardan tashkil topadi. Komissiya raisi va uning o‘n bir nafar a’zosi besh yil muddatga tasdiqlanadi va o‘z faoliyatlarini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar. Komissiya raisining o‘rinbosari va to‘rt nafar a’zosi o‘z faoliyatlarini doimiy asosda amalga oshiradilar 21. Komissiya raisi Komissiyaning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va Komissiya zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir. Komissiya raisi: Komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; Komissiya majlislarini chaqiradi va unga raislik qiladi; Komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi; Komissiyaning ijroiya apparati xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; Komissiya raisi bo‘lmagan paytlarda uning vazifasini o‘rinbosari amalga oshiradi. 22. Komissiya raisining o‘rinbosari: Komissiyaning ijroiya apparati faoliyatida, shuningdek uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi; Komissiya raisi bo‘lmaganda Komissiya majlislariga raislik qiladi; Komissiya qarorlari bajarilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi; doimiy asosda faoliyat yurituvchi Komissiya a’zolaridan tashqari, Komissiya ijroiya apparati xodimlarini Komissiya qaroriga asosan lavozimlarga tayinlaydi va ozod etadi; Komissiya shtatlar jadvalini tasdiqlaydi; buyruq va farmoyishlar chiqaradi; fuqarolarni qabul qiladi hamda shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etadi; qonun hujjatlari va Komissiya qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 23. Komissiya faoliyati Komissiya a’zolarining kollegialligi va teng huquqliligi, Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalarning har tomonlama, to‘liq va xolisona hal etilishini ta’minlash tamoyillariga asoslanadi. 24. Komissiya qonunga asosan kadrlarni sudyalik lavozimlariga tayinlashga tavsiyanoma tayyorlovchi oxirgi bosqich hisoblanadi. 25. Komissiya sudya kadrlar zaxirasini shakllantirish va undan samarali foydalanish borasida sudyalar malaka hay’atlarining faoliyati nazorat qilinishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi. Komissiya vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib sudyalar malaka hay’atlari tomonidan kadrlar zaxirasini shakllantirish va tanlash bo‘yicha ishlarning ahvolini tekshirib turadi. 26. Komissiya majlislari uning vakolatiga kiruvchi masalalarning tayyorlanishiga qarab, odatda bir oyda kamida ikki marta o‘tkaziladi. Komissiya a’zolarining ko‘pchiligi ishtirok etgan taqdirda komissiyaning majlisi vakolatli, deb hisoblanadi. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tavsiya etish masalalari Komissiya majlislarida ko‘rib chiqilayotganda nomzodni taqdim etayotgan tegishli sudyalar malaka hay’atining raisi maslahat ovozi bilan qatnashishi majburiydir. Komissiya majlisining bayonnomasi Komissiya kotibiyati xodimi tomonidan yuritiladi va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi. 27. Sudyalik lavozimlariga kadrlar bo‘yicha takliflar Komissiya tomonidan ko‘rib chiqish uchun bo‘sh sudyalik lavozimiga kamida ikki nomzoddan iborat holda muqobillik asosida kiritiladi. Komissiya majlisida muhokama etilayotgan nomzodning shaxsiy va kasbiy sifatlari to‘g‘risida doimiy asosda faoliyat yurituvchi Komissiya a’zosining axboroti tinglanadi. Komissiya sudya kadrlar bo‘yicha taqdim etilgan materiallarni o‘rganish va suhbatlashish yo‘li bilan sudyalikka nomzodlarni tanlab oladi, ularning kasb mahorati darajasini, ma’naviy fazilatlarini (halolligi va vijdonini sotmasligini), qobiliyatini, shuningdek, huquq sohasidagi tegishli tayyorgarligi va malakasini aniqlaydi. Sudya kadrlarni tanlash va tavsiya etish bo‘yicha Komissiya faoliyatini tashkil qilish reglament bilan belgilanadi. 28. Qaror majlisda ishtirok etayotgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Nomzodga ovoz berish chog‘ida Komissiya a’zolaridan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Komissiya majlisida quyidagi qarorlar qabul qilinishi mumkin: nomzodning taqdim etilgan sudyalik lavozimiga munosibligi to‘g‘risida; nomzodning taqdim etilgan sudyalik lavozimiga nomunosibligi to‘g‘risida; nomzodning keyinchalik bo‘sh lavozimga taqdim etish huquqi bilan sudyalik lavozimi zaxirasida qoldirilishi to‘g‘risida; sudyalik lavozimiga taqdim etilgan nomzodning hujjatlarini professional, axloqiy va shaxsiy fazilatlarini qo‘shimcha o‘rganish uchun qaytarib yuborish to‘g‘risida. Komissiyaning qarori xulosa tarzida rasmiylashtiriladi va majlisda qatnashgan Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Ovoz berish vaqtida ozchilikni tashkil qilgan Komissiya a’zolari xulosani imzolaydilar, ularning alohida fikri majlis bayonnomasiga kiritiladi. 29. Nomzodlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari lavozimlariga munosibligi to‘g‘risida Komissiyaning xulosasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari sudyalarini saylash yoki tayinlash uchun Komissiya xulosasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taqdimnoma kiritadi. Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyalari lavozimiga nomzodlar xususida Komissiya o‘z xulosasiga asoslanib, ularni tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi. 30. Agar Komissiya nomzodni sudyalik lavozimiga nomunosib yoki uning hujjatlarini qo‘shimcha o‘rganish uchun qaytarib yuborish lozim degan xulosaga kelgan hollarda bir yil muddat o‘tgandan keyin ushbu masalaning takroran ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bu haqda xulosaga tegishli yozuv kiritiladi. 31. Komissiyaning xulosasida Komissiyaning nomi, tarkibi va majlisning vaqti, masalasi ko‘rib chiqilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda uni ta’riflovchi boshqa ma’lumotlar, taqdimnomani (materiallarni) kiritgan organning nomi, shuningdek Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror ko‘rsatiladi. 32. Materiallar to‘liq bo‘lmagan hollarda, masalani xolisona echish maqsadida Komissiya uni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish huquqiga egadir. A. Komissiya Kotibiyati 33. Komissiya Kotibiyati Komissiya faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash maqsadida tuziladi hamda o‘z faoliyatida Komissiyaga hisobot beradi. 34. Komissiya Kotibiyati: sudyalarning malaka hay’atlari tomonidan kelib tushadigan takliflarni hamda sudya kadrlar zahirasiga kiritilgan, shuningdek, aniq lavozimga tavsiya etilgan har bir nomzodga oid hujjatlarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi; sudya kadrlar bo‘yicha statistik, shaxsiy hisobni va arxiv ishini yuritadi; kelib tushgan hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshiradi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga topshiradi; Komissiyani zarur axborot-tahliliy hujjatlar bilan ta’minlaydi; Komissiya topshirig‘iga asosan, sudyalar zaxirasini shakllantirish, ularni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish masalalari bo‘yicha sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatini o‘rganadi; Komissiyaning boshqa topshiriqlarini bajaradi. 35. Komissiya Kotibiyati o‘z faoliyatini Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradi. 36. Komissiya Kotibiyati Komissiyaga a’zo bo‘lgan rahbar va rahbar o‘rinbosari, shuningdek, to‘rt nafar yetakchi inspektordan iboratdir. Komissiya Kotibiyati rahbari va rahbar o‘rinbosari o‘z lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi. Komissiya Kotibiyati oliy yuridik ma’lumoti bo‘lgan va qoida tariqasida sudlarda ish staji uch yildan kam bo‘lmagan xodimlardan shakllantiriladi. B. Sud inspeksiyasi 37. Sudlarni halol va malakali kadrlar bilan ta’minlash, sudyalarni kasb burchi va xizmat odob-axloq me’yorlariga rioya qilishlarini ta’minlash maqsadida Komissiya huzurida sud inspeksiyasi tuziladi. Sud inspeksiyasi o‘z faoliyatida Komissiyaga hisobot beradi. 38. Sud inspeksiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: sudyalarning qasamyodga rioya etish holatini tahlil qilish; sudyalik odob-axloqi buzilishining oldini olish; sudyalarning noqonuniy harakati ustidan shikoyatlarni o‘rganish; sudyalarni ularning maqomi, sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuzlardan himoya qilish; sudyalik lavozimiga ilk bor ko‘rsatilayotgan nomzodlarga taalluqli materiallarni tegishli organlar bilan birgalikda o‘rganish; yangi vakolat muddatiga taqdim etilayotgan sudyalar nomzodi bo‘yicha xulosalar berish; sudyalar korpusi barqarorligini ta’minlashga, sudyalarni lavozimga saylash, tayinlash va ozod etish bo‘yicha qonunda belgilangan tartibni amalga oshirishga ko‘maklashish; qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan sudyalarga nisbatan tegishli choralarni qo‘llash to‘g‘risida Komissiyaga takliflar kiritish. 39. Sud inspeksiyasi o‘z faoliyatini Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradi. 40. Sud inspeksiyasi Komissiyaga a’zo bo‘lgan rahbar va rahbar o‘rinbosari, shuningdek to‘rt nafar yetakchi inspektordan iboratdir. Sud inspeksiyasi rahbari va rahbar o‘rinbosari o‘z lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi. Sud inspeksiyasi oliy yuridik ma’lumoti bo‘lgan va qoida tariqasida sudlarda ish staji besh yildan kam bo‘lmagan xodimlardan shakllantiriladi. 41. Sud inspeksiyasi xodimlari o‘z vazifalarini bajarishda sudyalarning sha’nini va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, kasbga oid sirni saqlashlari shart.
170
26,275
Qonunchilik
Oʻquv mashgʻulotlari uchun soatbay haq oʻrta hisobda 7% oshirildi
15.08.2018 yilda 3054-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan hujjat bilan ta’lim sohasida mehnatga soatbay haq toʻlashning yangi miqdorlari tasdiqlandi. Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). Avvalgi soatbay haq toʻlash miqdorlari (18.01.2018 yilda 2965-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) oʻz kuchini yoʻqotdi. 1. Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek mazkur muassasalarda tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari:  Kontingent  Oʻquv mashgʻulotlarini olib boruvchi shaхslar  Yangi soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm)  Avvalgi soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm) Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilari fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, хorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslar 38 727,2 36 193,6 fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, хorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslar 22 713,1 21 227,2 ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaхslar 15 581,2 14 561,9 Oliy ta’lim muassasalari talabalari fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, хorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslar 44 259,6 41 364,1 fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, хorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslar 27 954,4 26 125,6 ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaхslar 20 255,4 18 930,3 Tayanch doktorant va doktorantlar, rahbar хodimlar va mutaхassislar malakasini oshirish boʻyicha ta’lim muassasalari (kurslari) tinglovchilari fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, хorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslar 53 481,4 49 982,6 fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, хorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslar 36 690,1 34 289,8 ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaхslar 29 604,2 27 667,5 Kurslar tinglovchilari, oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan ishchilar, хodimlar Ushbu oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari tavsiyaviy хususiyatga ega. fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, хorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslar 30 202,8 28 226,9 fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, хorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslar 17 581,3 16 431,1 ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaхslar 11 858,9 11 083,1 2. Umumta’lim maktablari pedagog хodimlariga oʻtgan darsi uchun soatbay haq toʻlash miqdorlari:  Kontingent Oʻquv mashgʻulotlarini olib boruvchi shaхslar  Yangi soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm)  Avvalgi soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm) Umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻqituvchisi, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoхobchasi mudiri oliy malaka toifali 17 606,2 16 454,4 birinchi malaka toifali 16 596,1 15 510,4 ikkinchi malaka toifali 15 541,2 14 524,5 oliy ma’lumotli 14 512,6 13 563,2 oʻrta maхsus ma’lumotli 13 565,9 12 678,4  Umumta’lim maktablarining yuqori sinflari oʻqituvchisi oliy malaka toifali  14 585.2 13 631,0 birinchi malaka toifali 13 229,5 12 364,0 ikkinchi malaka toifali 12 390,6 11 580,0 oliy ma’lumotli 11 573,3 10 816,2 oʻrta maхsus ma’lumotli 10 827,8 10 119,4 3. Umumta’lim maktablarining 10–11-sinf oʻquvchilariga kasbiy ta’lim berishga iхtisoslashtirilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta’limi ustalarining soatbay haq toʻlash miqdori – 15 581,2 soʻm.   E’tibor bering! Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash 2018 yil 15 iyuldan boshlab koʻrsatilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2018 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
65
4,610
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lning samarali davom ettirilishi mamlakatda keng ko‘lamli islohotlarni va demokratik o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishda, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlashda va aholi farovonligining oshishini ta’minlashda eng muhim omil hisoblanadi. Ochiq tashqi siyosatning faollashuvi natijasida xorijiy mamlakatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda salmoqli natijalarga erishildi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar sezilarli darajada kengaydi, xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlik va xorijdagi vatandoshlarimiz bilan muloqot o‘rnatildi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar hal etilmoqda. Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi ishlarning amaldagi holatini tahlil qilish, birinchi navbatda, davlatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish borasida qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator jiddiy muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan: birinchidan, amaldagi normativ-huquqiy baza diplomatik xizmatning barcha masalalarini to‘liq tartibga solmaydi, to‘plangan huquqiy va amaliy tajribani to‘liq aks ettirmaydi, shuningdek, zamon talablariga mos kelmaydi; ikkinchidan, tashqi siyosiy idoraning tashkiliy-shtat tuzilmasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy sohalardagi strategik vazifalarni hal etish uchun mavjud resurslarni samarali safarbar qilishga yo‘naltirilmagan; uchinchidan, davlat organlarining Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari bilan o‘zaro hamkorligining, shuningdek, xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik hamkorlikni rivojlantirish masalalarida samarali va muvofiqlashtirilgan ishlarni olib borishning aniq belgilangan mexanizmlari mavjud emas; to‘rtinchidan, tashqi siyosiy idoraning ishlarini axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash va rejalashtirish qisman amalga oshirilmoqda, tashqi siyosatning ustuvorligi bo‘yicha ishlab chiqilayotgan takliflar mamlakat tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish masalalarini lozim darajada hisobga olmayapti; beshinchidan, mamlakatdagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar va respublikaning xalqaro tashabbuslari haqida jahon hamjamiyatini xabardor qilish ishlari sust tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatning ijobiy imidjini yaratish va xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash vazifalari samarali bajarilishiga to‘sqinlik qilmoqda; oltinchidan, konsullik muassasalari faoliyatida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining tezkorlik va sifat darajasi, O‘zbekistonning xorijdagi jismoniy va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini ta’minlash, og‘ir sharoitga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish darajasi qoniqarsiz ahvolda qolmoqda; yettinchidan, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilmagan, respublikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar loyiha hamda dasturlarni amalga oshirishda ularning salohiyatidan foydalanilmayapti; sakkizinchidan, kadrlar siyosatining samarasizligi, shuningdek, tashqi siyosiy idora xodimlarining moddiy rag‘batlantirilishi va ijtimoiy himoyalanishining past darajada ekanligi yuqori malakali diplomatik tarkibni shakllantirish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklamoqda, diplomatik xizmatning obro‘sini tushirmoqda va malakali mutaxassislarning sohani tark etishiga sabab bo‘lmoqda; to‘qqizinchidan, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarli darajada joriy etilmasligi ustuvor vazifalarni hal etishga to‘sqinlik qilmoqda, tezkor tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy munosabat bildirishni, shuningdek, “raqamli diplomatiya” vositalarini rivojlantirish imkonini bermayapti. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini isloh etishning eng muhim yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: birinchidan, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyati va tashkiliy-shtat tuzilmasining normativ-huquqiy asoslarini “iqtisodiy diplomatiya”ni rivojlantirishga urg‘u bergan holda qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish; ikkinchidan, respublikaning yagona tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda Tashqi ishlar vazirligining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish, shuningdek, tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu yo‘nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish va ajratish; uchinchidan, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyatiga mamlakatimiz mahsulotlari, ishlari (xizmatlari) eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar va turistlar oqimini mamlakatga jalb etishga yo‘naltirilgan yangicha yondashuv va usullarni joriy etish; to‘rtinchidan, eng avvalo, milliy va xorijiy ekspertlar jamoalari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ilmiy doiralar bilan muntazam hamda maqsadli axborot almashish ishlarini kuchaytirish orqali O‘zbekistonning ijobiy xalqaro nufuzini shakllantirishda “ommaviy diplomatiya” vositalarini faol qo‘llash; beshinchidan, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlari amalda himoya qilinishini ta’minlash mexanizmlarini shakllantirish va amalga oshirish, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan har tomonlama muloqotni qo‘llab-quvvatlash, ularni savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ijtimoiy loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishga faol jalb qilish; oltinchidan, ichki idoraviy rejalashtirish va nazorat qilishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, hisobot berish tartibi va shakllarini soddalashtirish, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini shakllantirish; yettinchidan, diplomatik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, rotatsiyasini ta’minlash hamda istiqbolli zaxirasini shakllantirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish orqali Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida kadrlar siyosatini tubdan qayta ko‘rib chiqish; sakkizinchidan, diplomatik xizmat organlari xodimlarining moddiy rag‘batlantirilishi va ijtimoiy himoya qilinishini yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish; to‘qqizinchidan, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shuningdek, global axborot maydonida mamlakatimiz manfaatlarini ilgari surish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish orqali Tashqi ishlar vazirligi tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida: a) Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi va uning tuzilmasiga kiruvchi: Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnikaviy ko‘mak vositalarini jalb qilish boshqarmasi; Eksport va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish boshqarmasi; Hukumatlararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi; Turizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamkorlik boshqarmasi; b) Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati negizida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi; v) Konsullik boshqarmasi negizida Konsullik-huquq departamenti; g) Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi; d) Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi va uning tarkibida Murojaatlarni qabul qilish sektori (call-center); e) Diplomatik servis xizmati negizida Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi; j) “Jahon” axborot agentligi negizida “Dunyo” axborot agentligi va Media-markaz; z) Tarjimonlar byurosi; i) Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi negizida Tahlil va prognozlashtirish markazi; k) Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari tashkil etilsin. 4. Tashqi ishlar vazirligining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida O‘zbekistonning diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, Tashqi ishlar vazirligi yagona tashqi iqtisodiy yo‘lni amalga oshirish, mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati muvofiqlashtirilishini 1-ilovadagi* sxemaga muvofiq amalga oshiradi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa davlat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga uning tashqi iqtisodiy sohadagi asosiy vazifalari amalga oshishida amaliy yordam ko‘rsatilishini, shu jumladan sifatli ishlangan ma’lumotnomalar, hujjatlar va materiallarni o‘z vaqtida taqdim etgan holda ta’minlasin. 6. Belgilab qo‘yilsinki: diplomatik vakolatxona rahbari o‘zi ishlab turgan davlatda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lni samarali davom ettirish, mamlakat manfaatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasining oliy rasmiy vakili hisoblanadi; oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, davlat va chet tillarini yaxshi biladigan, tegishli ishbilarmonlik, ma’naviy va kasbiy fazilatlarga ega bo‘lgan, shuningdek, tarix, madaniyat sohalarini, milliy an’analar va urf-odatlarni, O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini chuqur biladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi diplomatik vakolatxona rahbari bo‘lishi mumkin; o‘zlari ishlab turgan mamlakatdagi O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xodimlari va davlat organlari rasmiy vakillari idoraviy mansubligi va hisobdorligidan qat’i nazar diplomatik vakolatxonaning rahbariga so‘zsiz bo‘ysunadi va zimmasidagi vazifalarni bajarishda o‘z faoliyatini u bilan muvofiqlashtiradi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi amaliyotiga quyidagilar kiritilsin: a) respublikani rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini hisobga olib, xorijlik sheriklarning savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va ilmiy-texnik imkoniyatlaridan, ular bilan hamkorlik darajasi va ko‘lamidan, ularning xalqaro munosabatlar tizimidagi roli va o‘rnidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan asosiy xorijiy sheriklar bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini doimiy asosda ishlab chiqish. Belgilansinki, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari vazirlik va idoralarning amaliy faoliyatida, shu jumladan, xorijiy sheriklar bilan aloqalarda mezon bo‘lib xizmat qiladi; b) tashqi iqtisodiy faoliyatga (mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini rivojlantirish, investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish, turistlar oqimini kengaytirish) va axborot-tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratgan holda, xorijiy mamlakatlar bilan faol va tizimli ishlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari yillik “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va qabul qilish; v) O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalariga yuboriladigan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda “tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari — Tashqi ishlar vazirligi — xorijdagi muassasa — Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari” prinsipi asosida idoralararo kadrlar rotatsiyasi; g) erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ma’lumot berish uchun har oyda tashqi ishlar vaziri tomonidan xorijiy muassasalar rahbarlarining o‘zi ishlab turgan davlat va xalqaro tashkilot bilan hamkorlik qilish bo‘yicha zimmasidagi vazifalarni va tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risidagi shaxsiy hisobotlarini eshitib borish. 8. Quyidagilar tasdiqlansin: O‘rta muddatli istiqbolda asosiy xorijiy sheriklar bilan O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari 2-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga* muvofiq. Vazirlik va idoralar rahbarlari Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida va Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar va vazifalar o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlasin. 9. Belgilab qo‘yilsinki, Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi va Media-markazi, Tahlil va prognozlashtirish markazi, Tarjimonlar byurosi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi: a) tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan respublikaning yagona tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirish holatini muntazam ravishda tahlil qilsin va tahlil natijalarini har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin; b) Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Diplomatik xizmat to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin; v) Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: ishlab turilgan mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, tovarlar, ishlar (xizmatlar) qiymati indeksatsiyasini, shuningdek, valyuta kursining o‘zgaruvchanligini o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari xodimlarining ish haqlarini oshirish; O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalariga uzoq muddatli xizmat safariga yuborilgan xodimlarning lavozim maoshlari miqdorlarini besh yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqish amaliyotini joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritsin; g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy sheriklar o‘rtasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi o‘rta va uzoq muddatli manfaatlariga asoslangan ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi (yangi tahriri) loyihasini kiritsin; d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan, joylarga chiqish orqali ularni tanqidiy o‘rganish yakunlari bo‘yicha takliflarni kiritsin; e) bir oy muddatda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini quyidagilarni nazarda tutgan holda kiritsin; ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, mamlakatning zamonaviy tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda Universitet faoliyatining dolzarb vazifalari va yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish; manfaatdor idoralarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda amaliyotda talab qilinadigan mutaxassislarining aniq maqsadni ko‘zlab tayyorlanishini ta’minlash, shuningdek ular orasidan diplomatik kadrlarning istiqbolli zaxirasini shakllantirish maqsadida bakalavriatda o‘qish muddatini va bakalavriatga qabul qilish kvotalarini kamaytirish; “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” hamda “Xalqaro jurnalistika” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashning yangi yo‘nalishlarini joriy qilish; Universitetda xorijiy mamlakatlar delegatsiyalariga xizmat ko‘rsatish va rasmiy tadbirlar o‘tkazishni yuqori tashkiliy darajada ta’minlaydigan professional tarjimon va gidlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish; xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini prognoz baholash bilan fundamental ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini tizimli tahlil qilishda Universitetning rolini kuchaytirish. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini har chorakda Vazirlikning markaziy apparati va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari rahbarlari va xodimlari, vazirlik va idoralar, soha tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa rejimida tanqidiy ko‘rib chiqsin; poytaxt hududida yer uchastkalari ajratilishini va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchilari uchun uy-joylar va Tashqi ishlar vazirligining diplomatik xodimlari uchun to‘rtta ko‘p kvartirali uy qurilishini hamda ularning 2019-yilning oxiriga qadar foydalanishga topshirilishini ta’minlasin; mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari uchun xorijiy sheriklar bilan muzokara jarayonini, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik taqdimotini tashkil etish masalalari bo‘yicha hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa masalalari bo‘yicha, shu jumladan, joylarga borish orqali seminar va treninglar o‘tkazilishini tashkil qilsin. 12. “Ipoteka-bank” ATIB, “Asaka-bank” ATB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 22-noyabrdagi PQ–2660-sonli va “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 23-oktabrdagi PQ–3350-sonli qarorlarida nazarda tutilgan shartlar asosida elchilar va Tashqi ishlar vazirligi diplomatik xodimlari uy-joy hamda ko‘p kvartirali uylarda kvartira sotib olishi uchun imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish tavsiya etilsin. 13. Tashqi ishlar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: a) bir haftalik muddatda Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamg‘armasi nizomini tasdiqlashni nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin; b) ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1994-yil 25-fevraldagi PF-769-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi V.V. Maxmudov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
240
20,723
Qonunchilik
«Norma» nashriyotining yangi mahsulotlari sotuvda
2015 yil aprel oyida «Norma» Iqtisodiy-huquqiy nashriyoti «Soliq qonunchiligida yangi. 2015 yil» va «Oʻzbekiston  Respublikasining «Mas’uliyati  cheklangan  hamda  qoʻshimcha  mas’uliyatli  jamiyatlar  toʻgʻrisida»gi  qonuniga sharhlar» deb nomlanadigan ikkita kitob chiqardi. 1.«Soliq qonunchiligida yangi. 2015 yil» (rus tilida) Toʻplamga 2015 yil 1 apreldan kuchga kiradigan oʻzgartishlar hisobga olingan Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son Qarori kiritilgan. Oldingi davrlar uchun soliq solishni reglamentga solish masalalarida soliq majburiyati vujudga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga amal qilish kerak. Kitobning chakana narхi  – 25 ming soʻm. 2.   «Oʻzbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonuniga sharhlar» ma’lumotnomasi (oʻzbek tilida) Kitobda Oʻzbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga 2015 yil 20 fevral holatida kiritilgan barcha oʻzgartishlarni hisobga olgan holda moddama-modda sharhlar beriladi. Mazkur ma’lumotnomani tuzishda amaldagi qonunchilik normalaridan foydalanilgan. Kitob rahbarlar, buхgalterlar, olimlar va amaliyotchi sudyalar, advokatlar, yuriskonsultlar, auditorlar, iqtisodiyot va yuridik oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari, aspirantlar, talabalar, shuningdek barcha aхborot olishni хohlovchilar uchun moʻljallangan. Kitobning chakana narхi – 29 ming soʻm. Ushbu nashrlarni realizatsiya boʻlimidan sotib olish mumkin, manzil: Toshkent sh., Navoiy k., 22-uy (yoʻl chizmasi). Tel.: 244-18-99, 244-44-29, 244-89-17; mob.: (99890) 961-33-95, (99890) 961-32-40. «Norma» Iqtisodiy-huquqiy nashriyoti iqtisodiy-huquqiy tematikadagi boshqa kitoblarni ham taklif etadi. Ularning toʻliq roʻyхati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin. Shuningdek eslatib oʻtamizki, «Soliq va bojхona хabarlari-Norma maslahatchi», «Nalogoviye i tamojenniye vesti» + «Norma» + «top» gazetalari toʻplami obunachilari va «Norma» dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilariga elektron kitoblarni хarid qilganda katalogda koʻrsatilgan narхidan 50 foiz miqdorida chegirma taqdim etiladi.
49
2,351
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi bir oy muddatda: a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida funksional vazifalar taqsimlanishini; b) quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar; O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlari va tuzilmalari; O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlanishini ta’minlasin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash va geologiya sohasi xodimlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-iyuldagi 494-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 28-son, 644-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, Davlat geologiya qo‘mitasi rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarliklarini belgilab beradi. 2. Davlat geologiya qo‘mitasi yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, kon munosabatlarini boshqarish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 3. Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi. 4. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi. 5. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 6. Davlat geologiya qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 7. Davlat geologiya qo‘mitasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi bank hisob raqamlariga ega. 8. Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, qisqartmasi — Davlat geologiya qo‘mitasi; b) rus tilida: to‘liq nomi — Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po geologii i mineralnim resursam, qisqartmasi — Goskomgeologii; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — State Committee of the Republic of Uzbekistan on geology and mineral resources, qisqartmasi — State Committee on geology. 9. Davlat geologiya qo‘mitasi tizimiga quyidagilar kiradi: Davlat geologiya qo‘mitasining markaziy apparati; “Regionalgeologiya” DK; “Qizilqumgeologiya” DK; “Samarqandgeologiya” DK; “Hisorgeologiya” DK; “Surxongeologiya” DK; “Toshkentgeologiya” DK; “Urankamyobmetgeologiya” DK; “O‘zbekgidrogeologiya” DK; Geologiya fanlari universiteti; “O‘zGEORANGMETLITI” DK; “Markaziy laboratoriya” DK; “Geoburtexnika” DK; “Geoltexta’minot” DK; “Davlat geologiya axborot markazi” DK; “Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi; “Chotqol reabilitatsiya markazi” DK; Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati; “Geologiya-marksheyderlik xizmati” DK. 10. Quyidagilar Davlat geologiya qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi: yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; respublikaning mineral-xomashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning shuningdek, uglevodorod xomashyosining mineral-xomashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral xomashyoning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash; geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxirasi o‘sishini ta’minlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xomashyo bazasini qayta to‘ldirish; geologik o‘rganish va foydali qazilmalar konlarini sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish sohasida faol investitsiya siyosatini yuritish va qulay investitsiya iqlimi yaratish; raqobatbardosh mahsulotlar bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoatda faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlarning xomashyo manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash; mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini ta’minlash, yer qa’rini geologik o‘rganish metodikasini o‘rganish natijalari hajmi, sifati va ishonchliligini xolisona baholash; yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral, termal, sanoat yer osti suvlari), mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish; unumdorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga geologiya tarmog‘ini modernizatsiyalash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish; geologiya sohasi uchun oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish, shuningdek, mehnatini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. 11. Yuklangan vazifalarga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida: respublika hududlarining geologik o‘rganilganligi va iqtisodiyot tarmoqlarining foydali qazilmalar bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi va uning asosida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda mineral-xomashyo bazadan foydalanish strategiyasi, qayta to‘ldirish sur’atlari, ularni yanada kengaytirish, mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash, oqilona va kompleks tarzda foydalanish hamda buning uchun zarur bo‘lgan davlat investitsiyalari va boshqa investitsiyalar hajmlari to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi; o‘z vakolatlari doirasida respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini, yer qa’rini geologik o‘rganish va muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish uchun berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobini, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini va yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiradi; mulk egasining mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida olingan yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlarga huquqi va majburiyatlarini amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va yer qa’ridan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobiga o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida aniqlangan foydali qazilmalarning barcha turlari bo‘yicha yer qa’ri haqidagi barcha geologik va boshqa ma’lumotlarni hisobga oladi, saqlaydi va tizimlashtiradi; yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarini bajarishga loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi va ta’minlaydi; yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlarning davlat fondini, toshlarga oid geologik materiallarning davlat fondini yuritadi; konlar va foydali qazilmalar konlarini aniqlash uchun istiqbolli bo‘lgan yer qa’ri uchastkalari davlat reyestrini (o‘z vakolatlari doirasida), foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini, konlar, foydali qazilmalar hosil bo‘lishi va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini, davlat suv kadastrini (yer osti suvlari), tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar (xavfli geologik jarayonlar namoyon bo‘lgan zonalar) davlat kadastrini yuritadi, shuningdek, qo‘riqlanayotgan tabiiy hududlarning davlat kadastri bo‘yicha chuchuk yer osti suvlari konlarining shakllanishi zonalari bo‘yicha ma’lumotlarni tuzadi va taqdim etadi; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikda yer osti suvlari monitoringini ham o‘z ichiga olgan yer qa’ri davlat monitoringini ta’minlaydi; o‘z vakolatlari doirasida yer osti suvlaridan oqilona foydalanish zarur tarzda nazorat qilinishini va hisobga olinishini ta’minlaydi; qo‘shni davlatlarning geologik xizmatlari bilan birgalikda transchegaraviy hududlar doirasida radioaktiv va zaharli elementlar bilan ifloslanish o‘choqlarini aniqlash va o‘rganishni amalga oshiradi, qo‘shni hududlarning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli zonalarni va uchastkalarni aks ettirgan holda geologik xarita va atlaslar tuzadi hamda Vazirlar Mahkamasiga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etadi; vazirliklar va idoralar bilan birgalikda suv resurslaridan (yer osti suvlaridan) foydalanish va hududlarni texnogen va xavfli geologik jarayonlar ta’siri tarqalishidan himoya qilish sxemalarini ishlab chiqadi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda geologik va mineralogik obyektlar muhofazasi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; sanoat va xo‘jalik qurilishlari obyektlarini istiqbolli joylashtirish uchun muhandislik-geologik, gidrogeologik va ekologik-geologik asoslarni tayyorlaydi; qurilayotgan bino va inshootlar ostida foydali qazilmalar mavjud emasligi haqida xulosalar berilishini ta’minlaydi; sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishga jalb qilinmagan konlar (keng tarqalgan foydali qazilma konlaridan tashqari) joylashgan maydonlarda imoratlar qurish, shuningdek, ular joylashgan yerlarda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini joylashtirish imkoniyatlarini kelishadi; vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish strategiyasi haqida takliflar ishlab chiqadi; idoraviy mansub tashkilotlarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi; respublikaning mineral-xomashyo bazasining holati to‘g‘risidagi axborot tizimlari mavjud bo‘lishini va rivojlanishini ta’minlaydi, yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshiradi; elektron aloqa orqali taqdim etilayotgan davlat xizmatlari doirasini kengaytirish yo‘li bilan xalq bilan bevosita muloqot qilishning samarali mexanizmlarini joriy qiladi; b) respublikaning mineral-xomashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning shuningdek, uglevodorod xomashyosining mineral xomashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral xomashyo ning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq davrga) va o‘rtacha muddatli (5 yilgacha davrga) davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning uzoq muddatli va o‘rtacha muddatli davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirish yillik davlat dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”; vakolatli organlar va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishgan holda mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli va yillik davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydali qazilmalar zaxiralari o‘sishi bo‘yicha davlat buyurtmasi loyihalari shakllantirilishini ta’minlaydi; mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning yillik dasturi doirasida geologiya-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish uchun davlat buyurtmalarini idoraviy mansub tashkilotlar o‘rtasida joylashtiradi, ularning bajarilishini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJning mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiradi; mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning yillik dasturi doirasida yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni loyihalash va olib borish sohasida o‘z vakolatlari doirasida me’yorlar va qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; o‘z vakolatlari doirasida mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning yillik dasturi doirasida idoraviy mansub tashkilotlarning geologik o‘rganish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqining yuzaga kelishiga asos bo‘lib hisoblanuvchi yer qa’rini geologik o‘rganishga oid loyiha-smeta hujjatlariga davlat ekspertizasi xulosasini beradi; xavfli geologik jarayonlar (ko‘chkilar, qulashlar, cho‘kishlar, suffoziya, karst)ni o‘rganish, shuningdek, ularning tog‘li tumanlarda hosil bo‘lishi va rivojlanishini kuzatish ishlarini olib boradi; respublika hududlarining sho‘rlanishiga va cho‘llanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi mintaqaviy ekzogen geologik jarayonlarni o‘rganish ishlarini olib boradi; v) geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxirasi o‘sishini ta’minlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xomashyo bazasini qayta to‘ldirish sohasida: har yili birinchi chorak yakuniga qadar yer osti chuchuk suv resurslari kamayib ketayotgan hududlarning ro‘yxatini tasdiqlaydi; yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, noyob, kamyob metallar uran va uglevodorod xomashyo konlarini, shuningdek, boshqa turdagi foydali qazilma konlarini aniqlashga istiqbolli bo‘lgan hududlarni belgilaydi va joylarda sanoatni rivojlantirish uchun ushbu hududlarda geologiya-qidiruv ishlarining ustuvor rivojlanishini ta’minlaydi; mavzuli va tajriba-konstruktorlik ishlarini, ma’dan va tog‘ jinslarini texnologik tadqiq qilish, shuningdek, yer qa’rini geologik o‘rganish sohasidagi boshqa ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini hamda fundamental va amaliy fanlarning ilg‘or yutuqlari asosida mineral xomashyodan foydalanishni asoslab beradi; respublikaning qayta ishlab chiqarish quvvatlari foydali qazilmalar zaxiralari va resurslari bilan uzoq istiqbolga ta’minlanishini tahlil qiladi va iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xomashyo bazasi to‘ldirilishini ta’minlaydi; neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan yer qa’ri foydalanuvchilari uchun umuman respublika mineral-xomashyo bazasini mutanosib rivojlantirish va qayta tiklashni ta’minlashni hisobga olgan holda, uglevodorod xomashyo zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalarni belgilaydi; yer qa’rini geologik o‘rganish metodikasini, ular natijalarining hajmlari, sifati va ishonchliligini hisobga olgan holda foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlaydi; asosiy va kam uchraydigan qimmatli komponentlarni maksimal darajada ajratib olishni hisobga olgan holda mineral xomashyoni qazish texnologiyasi va kompleks tarzda qayta ishlash sohasida amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi; mahalliy xomashyo negizida yangi sanoat quvvatlarini yaratish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi; g) geologik o‘rganish va foydali qazilmalar konlarini sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish sohasida faol investitsiya siyosatini yuritish va qulay investitsiya iqlimi yaratish sohasida: xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini olib boradi, xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib boradi va ularga yer qa’ridan foydalanish huquqini berish bo‘yicha (o‘z vakolatlari doirasida) Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari salohiyatli xorijiy investorlar ishtirokida neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini geologik o‘rganish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi; xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, konferensiyalar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar o‘tkazadi, Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning geologik xizmatlari bilan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda a’zoligidan kelib chiquvchi majburiyatlari bajarilishini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi hamda yer qa’rini geologik o‘rganish va foydalanish, konchilik munosabatlarini boshqarish, mineral-xomashyo salohiyatini rivojlantirish va qayta to‘ldirish sohasidagi xalqaro shartnomalarda qatnashadi; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda geologiya-qidiruv ishlariga (mineral-xomashyo bazani qayta to‘ldirish) xarajatlar o‘rnini to‘ldirish stavkalari miqdorlarini, geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish va kreditlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; d) raqobatbardosh mahsulotlar bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoatda faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlarning xomashyo manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash sohasida: tizimli asosda mineral xomashyodan foydalanishning umumjahon tendensiyalarini va ular asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasini o‘rganadi va mineral xomashyoning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi; raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xorijiy mamlakatlarda yangi turdagi mineral xomashyodan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlaydi va ularni respublikada mahalliy xomashyo negizida ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; iqtisodiyotning qayta ishlovchi tarmoqlari xomashyo manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kiritadi; e) mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini ta’minlash, yer qa’rini geologik o‘rganish metodikasini o‘rganish natijalari hajmi, sifati va ishonchliligini xolisona baholash sohasida: mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi; idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan asosiy turdagi foydali qazilmalar zaxiralari o‘sishi bo‘yicha davlat buyurtmalari va respublika mineral-xomashyo bazasini (uglevodorodlardan tashqari) shakllantirish, mustahkamlash va kengaytirishga doir geologik vazifalar va respublika hududini geologik o‘rganish sohasidagi boshqa ishlar o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi; idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning davlat dasturlari amalga oshirilishi, foydali qazilmalar zaxiralari o‘sishi bo‘yicha davlat buyurtmasi bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi va nazoratni amalga oshiradi; respublika hududida geologiya-ekologiya va gidrogeologiya-meliorativ tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi; idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganishga doir olib boriladigan ishlarga ajratiladigan moliyaviy mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi; O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablag‘larning ishlatilganligi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotni har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi. j) yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral, termal, sanoat yer osti suvlari), mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida: yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etadi, qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik obyektlarni tashkil etish va qo‘riqlanadigan geologik obyektlarni barpo qilish va yarqiramatosh xomashyolari, paleontologik qoldiqlar va boshqa kolleksion geologik namunalarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga ruxsatnomalar beradi (foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga ruxsatnomalar bundan mustasno); foydali qazilma konlarini qazib olish uchun qonun hujjatlariga muvofiq kon ajratmalariga oid dalolatnomalarni beradi; yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalarda belgilangan shartlarga, yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni loyihalashtirish sohasidagi me’yorlar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi; geologiya-qidiruv ishlari va konchilik ishlarining geologik-marksheyderlik ta’minotini olib borishda qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi; yer qa’ridan foydalanish uchun ruxsatnoma beriladigan yer uchastkalarini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi, shuningdek, konlarni ekspluatatsiya qilish tartibi va kelishilgan hajmdagi foydali qazilmalarni qazib olishni nazorat qiladi; keng tarqalgan foydali qazilmalarning ro‘yxatini tasdiqlaydi; keng tarqalgan foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilaydi; Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasining zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilgan qaror va xulosalari foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi; qazib olingan va foydali qazilmalarni qazish jarayonida yo‘qotilgan zaxiralarni qazib chiqaruvchi korxonalar hisobidan chiqaradi; kon qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarning geologiya-qidiruv ishlari loyihalarini, texnik loyihalarini, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish chog‘ida ishlarni bexatar olib borish bo‘yicha texnik yechimlar borasidagi konchilik ishlari rejalarini, foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash chog‘idagi yo‘qotilish va kamayish me’yorlarini kelishadi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda gidrogeologik tashkilotlar tomonidan suv uchun quduqlarni burg‘ulashga o‘z vaqtida gidrogeologik xulosalar berilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suv uchun quduqlarni burg‘ulashga va suvdan maxsus foydalanishga (yer osti suvlari bo‘yicha) ruxsatnomalar beradi. z) unumdorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga geologiya tarmog‘ini modernizatsiyalash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida: geologiya-qidiruv ishlab chiqarishiga zamonaviy usullar, ilm-fanni ko‘p talab etadigan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni tizimli asosda joriy qilishni amalga oshiradi; Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlarini, ular balansiga asosiy vositalarni berish yo‘li bilan ularni modernizatsiyalash va texnik jihozlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi; zamonaviy konchilik-burg‘ulash, geologik-geofizik va laboratoriya-tahliliy asbob-uskunalardan samarali foydalanilishini tahlil qiladi va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha idoraviy mansub tashkilotlarga metodik yordam ko‘rsatadi; i) geologiya sohasi uchun oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tizimli choralarni amalga oshirish, shuningdek, mehnatini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish sohasida: ilmiy salohiyatini amaliyotga tatbiq qilib uni yanada oshirishni va rivojlantirishni hamda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog‘langan holda geologiya sohasi uchun malakali, zamonaviy fikrlaydigan oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi; yer qa’rini geologik o‘rganish sohasida jahon yutuqlarini va yangiliklarini geologiya-qidiruv tashkilotlarining muhandis-texnik xodimlarigacha yetkazish hamda geologiya sohasi uchun tizimli asosda kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini olib boradi. 12. Quyidagilar Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi: 1) Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash; 2) Davlat geologiya qo‘mitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlar o‘z vaqtida va samarali bajarilishi muvofiqlashtirilishini ta’minlash: respublikaning mineral-xomashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning shuningdek, uglevodorod xomashyosining mineral-xomashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral xomashyoning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash; geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxirasi o‘sishini ta’minlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xomashyo bazasini qayta to‘ldirish; foydali qazilmalar konlari sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish uchun berilishini tezlashtirish hisobiga faol investitsiya siyosatini yuritish, ulardan, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish; raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoat yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlarning xomashyo manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash; mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini ta’minlash, yer qa’rini geologik o‘rganish metodikasini, hajmi, sifati va ular natijalari ishonchliligini xolisona baholash; yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, toza, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari ham), mineral-xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish; unumdorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga geologiya tarmog‘ini modernizatsiyalash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish; geologiya sohasi uchun oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish, mehnatni rag‘batlantirish mexanizmlari samaradorligini takomillashtirish. 13. Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) Davlat geologiya qo‘mitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi; 2) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi; 3) Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi; 4) Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; 5) Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatini, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish sohasida huquqiy ta’minlaydi; 6) operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va Davlat geologiya qo‘mitasining vakolatlariga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar hal etilishini ta’minlaydi; 7) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etadi. 14. Quyidagilar Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlarining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi: 1) Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish; 2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish; 3) mineral-xomashyo bazani o‘z faoliyati sohasi va hududida jadal rivojlantirish, mineral xomashyoning yangi turlari va ularning konlarini jadal izlash; 4) geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxiralarini ko‘paytirish va iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xomashyo bazasini to‘ldirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; 5) o‘z faoliyati doirasida mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli va yillik davlat dasturlari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, yer qa’rini geologik o‘rganish metodikasi, hajmi, sifatining xolisona baholanishini va ular natijalarining ishonchliligini ta’minlash; 6) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganishda, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari ham), mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlash sohasida yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish chog‘ida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; 7) geologiya-qidiruv ishlab chiqarishiga zamonaviy yuqori unumli asbob-uskunalarni joriy qilish, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali chora-tadbirlarini amalga oshirish; 8) kadrlarning kasbiy darajasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. 15. Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) Davlat geologiya qo‘mitasining asosiy vazifalari va funksiyalariga muvofiq samarali faoliyat ko‘rsatishni ta’minlaydi; 2) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Davlat geologiya qo‘mitasi qarorlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 3) operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalikka oid va boshqa masalalar hal etilishini ta’minlaydi; 4) jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan bog‘liq ishlar holatini tahlil qiladi, “qayta bog‘lanish” va “virtual qabulxona” interaktiv mexanizmini joriy qiladi; 6) belgilangan tartibda suv uchun quduqlarni burg‘ulash va suvdan maxsus foydalanish va suv iste’moli uchun ruxsat beradi (yer osti suvlari bo‘yicha). 16. Davlat geologiya qo‘mitasi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: 1) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish; 2) vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarish; 3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish; 4) Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur statistika ma’lumotlarini davlat statistika organlaridan bepul olish; 5) Davlat geologiya qo‘mitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlarining davlat mulkini, o‘zining tashkiliy tuzilishi doirasida, belgilangan tartibda bir bo‘linmadan boshqasiga bepul o‘tkazish; 6) Davlat geologiya qo‘mitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatlarining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash; 7) Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish; 8) yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va to‘xtatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilish; 9) xavfsizlik talablarini, yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish talablarini buzganligi uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish; 10) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa tashkilotlarga va fuqarolarga yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish doirasidagi qoida buzilishlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yo‘llash; 11) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda ularning mutaxassislarini geologik materiallar ekspertizasini o‘tkazish uchun jalb qilish; 12) Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda imzolash; 13) Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro darajada ifodalash; 14) Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar mutaxassislarini tajriba orttirish, malaka oshirish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish, biznes-forumlar va boshqalarda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarga yuborish; 15) yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida belgilangan tartibda chet ellik yetakchi mutaxassislarni Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparatida va idoraviy mansub tashkilotlarda ishlash uchun shartnoma asosida jalb qilish; 16) Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlarning ixtisosli vazirliklari (idoralari), xalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, chet el firmalari va kompaniyalari bilan, shuningdek, xorijiy davlatlarning elchixonalari va missiyalari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kengashlar va videokonferensiyalar o‘tkazish; 17) yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida hukumatlararo qo‘mitalar, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish bo‘yicha kengashlar va komissiyalar ishida qatnashish; 18) zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun geologiya sohasi olimlari va mutaxassislaridan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish, boshqa vazirliklar va idoralardan mutaxassislar va ekspertlarni ushbu ishga shartnomalar asosida jalb qilish; 19) o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish; 20) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va boshqa manbalar hisobiga olingan yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlarni shartnomalar asosida belgilangan tartibda realizatsiya qilish (berish, ayirboshlash, sotish). Davlat geologiya qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 17. Davlat geologiya qo‘mitasi quyidagilar uchun javob beradi: 1) Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, yer qa’rini geologik o‘rganish, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish; 2) Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlash; 3) Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari; 4) uzoq muddatli va yillik dasturlarni, chora-tadbirlar rejalarini, “yo‘l xaritalari”ni va sohani rivojlantirishga doir boshqa dasturiy hujjatlarni, shuningdek, tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilishni samarali amalga oshirish; 5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya va himoya qilishni ta’minlash. 18. Davlat geologiya qo‘mitasining markaziy apparati unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: 1) Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlaridan Davlat geologiya qo‘mitasining markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish; 2) Davlat geologiya qo‘mitasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlash, axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari va vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil qilish; 3) Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur bo‘lsa ularni qayta ko‘rib chiqishga qaytarish; 4) Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; 5) tezkor hal etilishi lozim bo‘lgan va Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish; 6) Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Davlat geologiya qo‘mitasi va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini o‘rganish va belgilangan tartibda tekshirish; Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 19. Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati quyidagilar uchun javob beradi: 1) idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; 2) Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati bo‘linmalarining Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlashga doir ishini tashkil qilish; 3) Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Davlat geologiya qo‘mitasi qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish; 4) idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va tarmoqni, shuningdek, tegishli tarmoqda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil qilish; 5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya qilinishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash. 20. Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: 1) Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda geologiya-qidiruv ishlari hajmlari va ajratilgan mablag‘larni biriktirilgan barcha kon-ruda rayonlari bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralari o‘sishini ta’minlovchi dolzarb loyihalarga yo‘naltirish; 2) o‘z vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga kiritish. 21. Davlat geologiya qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari quyidagilar uchun javob beradi: 1) o‘z vakolatlariga tegishli vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; 2) o‘z faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash; 3) geologiya-qidiruv ishlari loyihalari va Davlat geologiya qo‘mitasiga kiritilayotgan takliflarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilish oqibatlari; 4) tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tarmoqni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; 5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tarmoqni rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi; 6) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini hamda himoya qilinishini ta’minlash. 22. Quyidagilar Davlat geologiya qo‘mitasi raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; 2) Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil qilish; 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat geologiya qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; 4) Davlat geologiya qo‘mitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; 5) Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyati doirasiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yig‘ilishlarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish; 6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etish; 7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat geologiya qo‘mitasining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilishi uchun shaxsan mas’uliyati darajasini belgilash; 8) Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Davlat geologiya qo‘mitasi va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; 9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 10) Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; 11) Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat geologiya qo‘mitasining kadrlar zaxirasini shakllantirish; 12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Davlat geologiya qo‘mitasiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash; 13) faoliyat sohasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; 14) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish; 15) Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur bo‘lganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish; 16) Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qo‘yish); 17) Davlat geologiya qo‘mitasi rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; 18) o‘z o‘rinbosarlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Davlat geologiya qo‘mitasi hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; 19) Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; 20) Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparatining tashabbuskor va yuqori malakali xodimlari lavozim maoshlariga belgilangan tartibda ustamalar (tarif stavkasi bo‘yicha) belgilash haqidagi masalalarni hal etish va idoraviy mansub tashkilotlarda ustamalarni tayinlash tartibini tasdiqlash; 21) Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash; 22) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; 23) Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati va uning idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash; 24) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; 25) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish; 26) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; 27) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; 28) markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni va Davlat geologiya qo‘mitasi tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash; 29) Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish; 30) Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish; 31) Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni doirasida tasdiqlash. 23. Quyidagilar Davlat geologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; 2) Davlat geologiya qo‘mitasi raisi vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish; 3) Davlat geologiya qo‘mitasining mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; 4) Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; 5) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish; 6) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; 7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Davlat geologiya qo‘mitasining mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 8) Davlat geologiya qo‘mitasi hay’ati qarorlari, Davlat geologiya qo‘mitasining raisi buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 9) idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasi raisiga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; 10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Davlat geologiya qo‘mitasining mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Davlat geologiya qo‘mitasi raisining topshirig‘iga binoan ishtirok etish; 11) Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish; 12) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; 13) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Davlat geologiya qo‘mitasi hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; 14) faoliyat sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Davlat geologiya qo‘mitasi raisiga kiritish; 15) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Davlat geologiya qo‘mitasi raisiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish; 16) Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya qilinishini ta’minlash; 17) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; 18) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Davlat geologiya qo‘mitasi raisiga kiritish; 19) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yic
117
63,528
Qonunchilik
Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2017-yil 19-oktabrdagi 113-son “Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2946, 2017-yil 8-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 09.11.2017-y., 10/17/2946/0236-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
72
602
Qonunchilik
Iste’molchi obyektlarini elektr ta’minoti loyihalarining kelishuvini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi nizom”ga asosan buyuraman: 1. Ilova qilinayotgan “Iste’molchi obyektlarini elektr ta’minoti loyihalarining kelishuvini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, elektr energiyasi iste’molchilarining yangidan ishga tushirilgan va rekonstruksiya qilingan obyektlarini ishlashining ishonchliligini, xavfsizligini va texnikaviy shartlarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida elektr ta’minoti loyiha hujjatlari (keyingi o‘rinlarda elektr ta’minoti loyihalari deb yuritiladi) kelishuvini o‘tkazishning tartibi va muddatlarini belgilaydi. 1. Elektr ta’minoti loyihalarining elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish xavfsizligini ta’minlash borasidagi kelishuvini o‘tkazish iste’molchilarning yangidan ishga tushirayotgan va rekonstruksiya qilinib, elektr ta’minoti tashkilotining tarmoqlariga ulanayotgan obyektlari, texnologiyalari va uskunalarini (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb yuritiladi) uchun majburiydir va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda O‘zdavenergonazorat deb yuritiladi) hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. 2. Faoliyati elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iste’molchilarning yangidan ishga tushirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlari ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari bo‘yicha barpo etilishi kerak. 3. Obyektlarning elektr ta’minoti loyihalarini ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 382-modda) bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”, “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari”, qurilish me’yorlari va qoidalarining (keyingi o‘rinlarda QMQ deb yuritiladi) elektr ta’minotiga taalluqli qismini va boshqa normativ hujjatlarning talablarini e’tiborga olgan holda bajarilishi lozim. 4. Elektr ta’minoti loyihalarining kelishuvini o‘tkazish energetika sohasidagi qonun hujjatlari hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 5. “O‘zdavenergonazorat” yoki uning hududiy bo‘limlari tomonidan iste’molchi obyektlarining elektr ta’minoti loyihalari kelishuvi o‘tkazilganidan so‘ng ularga xulosa beriladi. 6. Ulangan quvvati 750 kVA gacha bo‘lgan elektr ta’minoti obyektlarining loyihalari bo‘yicha xulosalar O‘zdavenergonazoratning hududiy bo‘limlari (Toshkent viloyati va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari bundan mustasno), 750 kVA va undan yuqorilari O‘zdavenergonazorat tomonidan beriladi. Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joylashgan elektr ta’minoti obyektlarning loyihalari bo‘yicha xulosalar berish O‘zdavenergonazorat tomonidan amalga oshiriladi. 7. Quvvati 10 kilovattgacha bo‘lgan obyektlarning elektr ta’minoti loyihalari “O‘zdavenergonazorat” bilan kelishuvdan o‘tkazilmaydi. 8. “O‘zbekenergo” DAK obyektlarining elektr ta’minoti loyihalari kelishuvi elektr ta’minoti tashkilotining vakili (eksperti) bilan birgalikda o‘tkaziladi. 9. Iste’molchida elektr ta’minoti loyihasini kelishuvi to‘g‘risida “O‘zdavenergonazorat” yoki uning hududiy bo‘limlari tomonidan berilgan xulosa bo‘lmagan taqdirda, obyektni elektr tarmoqlariga ulash man etiladi. 10. Elektr ta’minoti loyihalari bo‘yicha xulosani olish uchun “O‘zdavenergonazorat”ga yoki uning hududiy bo‘limlariga iste’molchi yoki loyihani ishlab chiqqan loyiha tashkiloti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: elektr ta’minoti loyihasini kelishish to‘g‘risidagi ariza; elektr ta’minoti loyihasi; obyektni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlar; elektr ta’minoti tashkilotining tashqi elektr ta’minoti loyihasini kelishilganligi to‘g‘risidagi xulosasi. Ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatdan ortiqcha qo‘shimcha materiallar so‘rab olish qat’iyan taqiqlanadi. 11. Elektr ta’minoti loyihalari kelishuvini o‘tkazish muddati loyiha hujjatlarining hajmiga qarab belgilanadi va 30 kundan oshmasligi kerak. Juda katta va murakkab obyektlarning loyihalari kelishuvini o‘tkazishda, ushbu muddat istisno tariqasida, “O‘zdavenergonazorat” boshlig‘i tomonidan bir oyga, lekin undan ortiq bo‘lmagan muddatga arizachini xabardor qilgan holda uzaytirilishi mumkin. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVt gacha bo‘lgan elektr ta’minoti obyektlarining loyihalari kelishuvini o‘tkazish muddati 3 ish kunidan oshmasligi kerak. 12. Obyektlarning elektr ta’minoti loyihalari bo‘yicha xulosa O‘zdavenergonazorat va uning hududiy bo‘limlarining qarorlari ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. 13. Obyektlarning elektr ta’minoti loyihalari, ularning kelishuvni o‘tkazish davomida quyidagi hollarda qayta ishlab chiqilishi uchun qaytariladi: kelishuvni o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar to‘la hajmda taqdim etilmaganda; elektr ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlarning talablari bajarilmaganda; elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish sohasida Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 382-modda) bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” hamda “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari”, QMQ hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga nomuvofiqliklar aniqlanganda. 14. “O‘zdavenergonazorat” yoki uning hududiy bo‘limlari tomonidan birlamchi ko‘rib chiqishda berilgan e’tirozlar bartaraf etilib, loyiha qayta ishlab chiqilganidan so‘ng, obyektlarning elektr ta’minoti loyihasi takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. 15. Qayta ishlab chiqilgan obyektning elektr ta’minoti loyihasining takroriy kelishuvini o‘tkazish muddati ularning murakkabligidan qat’i nazar, 15 kundan oshmasligi lozim. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ilgari arizachiga yozma ravishda bayon qilinmagan yangi kamchiliklar bildirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 16. Iste’molchi obyektlarining elektr ta’minoti loyihalarining kelishuvini o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. 17. Mazkur Nizom “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishilgan.
126
6,898
Qonunchilik
I. Ne’matovga Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabasini berish to‘g‘risida
Ilhomjon Ne’matovga Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabasi berilsin.
100
95
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2015-yil 2-fevraldagi 72-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2658, 2015-yil 5-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 9-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 20-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 11-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;”. 3. 39-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
164
2,317
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2011-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2011-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2011-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. Ta’kidlab o‘tilsinki, 2011-yil birinchi choragida Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 42,0 mlrd co‘m miqdorida ortiq bo‘lishiga erishildi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida nazarda tutilgan demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish sohasidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan va izchil ish olib borilishini ta’minlash uchun korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha strategik ahamiyatga molik va samarali investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini kreditlash hajmlari yanada oshirilishini, raqobatbardosh mahsulot hajmlari ko‘paytirilishini va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyati o‘sishini, soliq tushumlari mexanizmi takomillashtirilishini, Davlat budjetining g‘azna ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytirilishini, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini va budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilishini, shuningdek aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va uning turmush farovonligini oshirish uchun xarajatlar to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturining hamda 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining bajarilishini ta’minlasin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori budjet mablag‘laridan aniq maqsadda foydalanilishini ta’minlashga hamda budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga, soliq bazasini va mintaqalarning moliyaviy salohiyatini kengaytirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish hamda shu asosda mahalliy budjetlar xarajatlarining to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlashga qaratilsin. 4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
2,503
Qonunchilik
Budjet oldida boqimandasi bor xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi qarzlarini undirish va soliq to‘lovchilarning mablag‘i bo‘lmagan holatda ularning debitor qarzi orqali budjet oldidagi qarzini undirish to‘g‘risidagi tartibni o‘z kuchin
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 20-dekabrda 96-son va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 17-sentabrda 99-116-son bilan tasdiqlangan Budjet oldida boqimandasi bor xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi qarzlarini undirish va soliq to‘lovchilarning mablag‘i bo‘lmagan holatda ularning debitor qarzi orqali budjet oldidagi qarzini undirish to‘g‘risidagi tartib (ro‘yxat raqami 874, 2000-yil 19-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 2-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
898
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TARKIBIDAGI O‘ZGARISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga qisman o‘zgartirish kiritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimi kiritilsin.
77
213
Qonunchilik
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARIDAN FOYDALANISh VA ULARNI TASARRUF ETISh HUQUQIGA IShONChNOMALARNI GERBLI (MAXSUS) BLANKALARDA QAYTA RASMIYLAShTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori yanada to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek avtomototransport vositalari egalari va haydovchilarning istaklarini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqi uchun 2006-yil 1-iyulgacha berilgan ishonchnomalarni gerbli (maxsus) blankalarda qayta rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Belgilansinki: ko‘rsatib o‘tilgan ishonchnomalarni gerbli (maxsus) blankalarda qayta rasmiylashtirish 2007-yil 1-iyulgacha amalga oshiriladi; ishonchnomalar gerbli (maxsus) blankalarda qayta rasmiylashtirilganligi uchun davlat boji undirilmaydi; qayta rasmiylashtirish uchun ishonchnoma ishonch bildiruvchi yoki ishonchli vakil tomonidan pasport ko‘rsatilgan holda oldin rasmiylashtirilgan notarial idoraga taqdim etiladi; gerbli (maxsus) blankalarda qayta rasmiylashtirilmagan ishonchnomalar bo‘yicha avtomototransport vositalarini boshqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi: mazkur qaror talablari avtomototransport vositalari egalari va aholi e’tiboriga belgilangan tartibda yetkazilishini, ular orasida shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali zarur tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasinlar; ishonchnomalar qayta rasmiylashtirilishi va hisobga qo‘yilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasinlar, shuningdek ishonchnomalar notariuslar tomonidan qayta rasmiylashtirilishida va Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida hisobga qo‘yilishida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan holda oldin berilgan ishonchnomalarni gerbli (maxsus) blankalarda o‘z vaqtida qayta rasmiylashtirishga doir zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
191
2,183
Qonunchilik
“Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2015-yil 22-oktabrdagi 33-son “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2725, 2015-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 44-son, 568-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2017-yil 6-iyundagi 3-son “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2725-1, 2017-yil 20-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 558-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2017-yil 14-noyabrdagi 8-son “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2725-2, 2017-yil 14-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 50-son, 1232-modda).
184
1,515
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2772, 2016-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 13-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “BMJ — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi va Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;”. 2. 3-ilovada: a) 2 003-qatordagi va 3 007-qatordagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 2 004-qatordagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 3 002-qatordagi “Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan rag‘batlantirish” degan so‘zlar “Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) 3 003-qatordagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash” degan so‘zlar “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 3 008-qatordagi “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan.
152
2,769
Qonunchilik
“XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARDA TEKShIRISh O‘TKAZISh VA TEKShIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh KITOBINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2006-yil 29-dekabrdagi 213-mh-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirish o‘tkazish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1650, 2006-yil 29-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 525-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan. 5. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. Kelishilgan:
212
1,719
Qonunchilik
Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: a) atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarining bazaviy miqdori belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda muayyan koeffitsiyentlarda qabul qilinadi; b) O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan undiriladi (kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari bundan mustasno) va quyidagi tartibda taqsimlanadi: 74 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga; 26 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga. v) atrof-muhitni ifloslantirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan undiriladi hamda quyidagi tarzda taqsimlanadi: 74 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga; 26 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Ushbu qaror 2019-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xo‘jaligi tizimida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 4-modda): a) 1 va 6-bandlardagi “yuridik va jismoniy shaxslar” so‘zlari “yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “shundan 60 foizi respublika budjetiga, 40 foizi” so‘zlari “shundan 26 foizi respublika budjetiga, 74 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 1-ilovada: 3-bandning beshinchi xatboshidagi “yuridik va jismoniy shaxslarning” so‘zlari “yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslarning” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “er usti suvini” so‘zlaridan so‘ng “va joy relyefini” so‘zlari qo‘shilsin; 27-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “Suv quvurlari-kanalizatsiya xo‘jaligi korxonalarida ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar mavjud bo‘lmasa, Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlarining Atrof-muhit ifloslanishining monitoringi bo‘yicha tegishli bo‘limlari belgilangan tartibda shartnoma asosida ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizishning monitoringini amalga oshirishi mumkin”; 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “29. Ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblab yozish tartibi ushbu bo‘limda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi”; 30-banddagi “Har chorakda” so‘zlari “Har oyda” so‘zlari bilan almashtirilsin; 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “34. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari bilan ularning abonentlari o‘rtasida ishlab chiqarish oqova suvlarining sifat tarkibini aniqlash yuzasidan bajarilgan laboratoriya tekshirishlari natijalarining haqqoniyligi bo‘yicha kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan hollarda, qaror Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlarining Atrof-muhit ifloslanishi monitoringi bo‘limi tomonidan qabul qilinadi, ushbu Qoidalarning 27-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qo‘mitasining Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi tomonidan yakuniy qaror qabul qilish holatlari bundan mustasno. Bunda Qoidalarning ushbu bandiga muvofiq o‘tkaziladigan nazorat sinovlarining natijalari faqat namunalar olingan davrda (oyda) kompensatsiya to‘lovlarini hisob-kitob qilish uchun haqiqiy bo‘lib, oldingi davrga (oyga) tatbiq etilmaydi”; 41-bandning birinchi xatboshidagi “buyruq beradi” so‘zlaridan so‘ng “va uning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qiladi” so‘zlari qo‘shilsin; rus tilida berilgan 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 4-son, 14-modda) 1-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 24-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari summasining 74 foizi; ifloslantiruvchi moddalar shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari summasining 74 foizi; ifloslantiruvchi moddalar avariya tufayli ko‘plab chiqarib tashlanishi (oqova oqizish, chiqindilarni joylashtirish) tufayli atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablag‘lar va jarimalar summasining 74 foizi; tabiiy resurslardan hamda ulardan olinadigan xomashyodan me’yoridan ortiqcha va nokompleks foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun tabiatdan foydalanuvchilar to‘lovlari summasining 40 foizi; xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat natijasida atrof tabiiy muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablag‘larning 40 foizi; tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslardan ma’muriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul mablag‘lari summasining 74 foizi, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul mablag‘lari bundan mustasno; tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik va atrof muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun chet el fuqarolari, shuningdek boshqa davlatlarning yuridik shaxslaridan ma’muriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul mablag‘lari summalarining 74 foizi, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul mablag‘lari bundan mustasno; davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesganlik uchun to‘lov summalarining 74 foizi; tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda moliyalashtirishda ulush qo‘shib qatnashuvchi yuridik shaxslarning mablag‘lari; yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xayriya tashkilotlarining xayriya ehsonlari; ekologik tadbirlar va aksiyalarni o‘tkazishdan tushadigan mablag‘lar; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar bo‘yicha tushumlar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 35-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilovaning 22-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida” 2005-yil 18-maydagi 126-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 25-modda). 5. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 6-fevraldagi 15-son qarori. 6. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xo‘jaligi tizimida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 4-modda) 7-bandi va qarorga 3-ilova. 7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 2-ilovaning 12-bandi.
120
10,447
Qonunchilik
Ta’lim muassasalarida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Ta’lim muassasalarida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq ta’lim muassasalarida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan ta’lim muassasalariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir. 2. Mazkur Qoidalar talablari binolarni va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, ish joylarini texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va ta’mirlashda inobatga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi. 4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar orqali amalga oshiriladi. 5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar. 7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, xodimlar soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi. 8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. 10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 11. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak. 12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 13. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. 14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak. 16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 17. Tashkilotlar o‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. 18. Lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar o‘ta xavfli kasblar ro‘yxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar o‘ta xavfli ishlar ro‘yxatiga kiritilishi zarur. 19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 20. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart. 21. O‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir. 22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan bo‘lishi lozim. 23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart. 24. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 25. Xodimlar tegishli ishlarni bajarish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim. 26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. 27. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart: jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi; yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi; yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish; xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qo‘llaniladigan vositalar bundan mustasno. 28. Xavfli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur. 29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 30. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq zarur ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. 31. Bosim ostida va boshqa o‘ta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi shart. 32. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur: ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi; xodimning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish, unga yo‘l-yo‘riq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi; texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi; jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi. 33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim. 34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur. 35. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi. 36. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir. 37. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar. 38. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qo‘yish taqiqlanadi. 39. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 40. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim: havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi; ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi; yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi. 41. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim. 42. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining ko‘rinarli qismiga osib qo‘yilishi zarur. 43. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Maydonlardagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 44. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak. 45. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur. 46. Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan yo‘laklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak. 47. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart. 48. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim. 49. Tashkilotdagi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 50. Binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 51. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan xonalarning pollariga yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi, mazkur pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi zarur. 52. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 53. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak. 54. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq bo‘lishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq bo‘lishi zarur. 55. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur. 57. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish va o‘quv jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi va u erdagi xodimlar va o‘quvchilar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak. 58. Tashkilotning binolari va inshootlari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 59. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi zarur. 60. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 61. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim: detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish; shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish; agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash; shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarida yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish; tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatish. 62. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak. 63. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak. 65. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari o‘tish yo‘laklarining kengligiga qo‘yilgan talablarni buzmasligi zarur. 66. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, o‘rtacha og‘ir ishda 17°C va og‘ir ishda 16°C dan past bo‘lmasligi kerak. 67. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati 22°C dan kam bo‘lmasligi kerak. 68. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalargacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 69. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi zarur. 70. Ichimlik suvi O‘zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq bo‘lishi, uning harorati 8°C dan 20°C gacha bo‘lishi kerak. 71. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 72. Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 73. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim. 74. Yorug‘lik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. 75. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 76. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak. 77. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak. 78. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. 79. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur. 80. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi kerak. 81. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim. 82. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur. 83. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 84. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlar, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur. 85. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. 86. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak. 87. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim. 88. Mashg‘ulotlarni amalga oshirishda atrof tabiiy muhitning oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 89. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar bo‘shatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak. 90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 91. Taktik o‘quv xonalarining yuzasi bir kishi uchun 2,1 m2 bo‘lishi kerak. 92. Taktik o‘quv va otish mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xonalarning poli yog‘och yoki shunga o‘xshash materiallardan bo‘lishi zarur. 93. Taktik o‘quv va otish mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xonalarning eshik va derazalari yaxshi yopiladigan bo‘lishi lozim. 94. Taktik o‘quv xonalari va otish mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joylarda o‘quvchilar va xodimlar hayoti uchun xavf tug‘diruvchi holatlar tezda bartaraf etilishi kerak. 95. Taktik o‘quv va otish mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xonalarda hashoratlar, kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlarning paydo bo‘lishiga qarshi choralar ko‘rib borilishi lozim. Mazkur xonalarda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadigan kundan kamida 10 kun oldin dezinfeksiya ishlari o‘tkazilishi kerak. 96. Taktik o‘quv va otish mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xonalarda polga mustahkam o‘rnashmagan buyumlar va jihozlar qo‘yilmasligi, ushbu xonalarning devorlarida ko‘chib tushgan yoki tirqish joylar bo‘lmasligi zarur. 97. Taktik o‘quv va otish mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xonalarda, ularning devorlarida elektr simlari yuzaga chiqib qolmasligi, elektr simlari izolatsiyasining yorilgan joylari bo‘lmasligi, razetka va o‘chirgichlar yaxshi himoyalangan hamda ishchi holatda bo‘lishi kerak. 98. Taktik o‘quv xonalari va otish mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joylar birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. 99. Tashkilotlarda yong‘in va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq ta’minlanishi lozim. 100. Tashkilot binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan ShNQ 2.01.19 — 09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarning portlash, yong‘in va yong‘in xavfliligi toiflarini aniqlash”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak. 101. Harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazishda ularda oldindan nazarda tutilmagan yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 102. Tashkilot binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 103. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim. 104. Yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. 105. Yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi zarur. 106. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. 107. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatishda va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga rioya qilinishi kerak. 108. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart. 109. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha komissiyada sinovdan o‘tishi shart. 110. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim: elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini; elektr qurilma va tarmoqlarda rejali ta’mirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini; elektr energiya sarfining hisobi olib borilishini; himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini ta’minlashi kerak. 111. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim. 112. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart. 113. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur. 114. Binolar va maishiy xonalarda qo‘llaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim. 115. Kabellar va elektr simlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi erga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va o‘lchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak. 116. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va erga ulash simlari butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur. 117. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki erga ulanishi lozim: kuchlanishi 380 V undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari; nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past o‘zgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar. 118. Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki erga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga o‘rnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amalari bundan mustasno. 119. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi. 120. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning g‘iloflari, asosiy vallari va havo quvurlari erga ulangan bo‘lishi lozim. 121. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘r bilan o‘ralgan va to‘r erga ulangan bo‘lishi lozim. 122. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim. 123. Otish mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan otish mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mas’ul xodim tayinlanishi zarur. 124. Otish mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejasi otish mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mas’ul xodim tomonidan ishlab chiqilishi va ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak. 125. Otish mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan hududlar otish mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin shahar (tuman) mudofaa ishlari bo‘limlari bilan hamkorlikda tekshirib chiqilishi lozim. 126. Otish mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan oldin o‘quvchilar texnika xavfsizligi va otish qoidalariga rioya etish haqida ogohlantirilishi zarur. 127. Otish mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joyda tasodifan harakatlanuvchi obyektlar paydo bo‘lganda, mashg‘ulotlar mas’ul xodim tomonidan sirena tovushi yoki qizil bayroq ko‘tarish orqali to‘xtatilishi kerak. 128. Otish mashg‘ulotlari tugatilgandan keyin mas’ul xodim tomonidan hisobot tayyorlanishi va ta’lim muassasasi rahbariga taqdim etilishi lozim. 129. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi. 130. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. 131. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
136
31,046
Qonunchilik
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida(ko‘chirma)
Kengash majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasidan kelib chiqqan holda Respublika kengashi qaror qiladi: 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Kengashning 2017-yil 14-martdagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2878, 2017-yil 6-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 19-son, 347-modda) 3-ilovasi quyidagi mazmundagi yigirma yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan energiya resurslari yetkazib berilishi va iste’molini hisobga olishning to‘liqligi hamda haqqoniyligi, hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish.”. yigirma yettinchi xatboshi yigirma sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
214
1,250
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida
Qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilashga qaratilgan reyting ko‘rsatkichlari shakllanishida foydalaniladigan ma’lumotlar haqqoniyligini hamda tizimni yanada shaffofligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 2. Qurilish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
224
1,227
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2005-yildagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2005-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. 2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
124
371
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO VAZIRLIGININGXALQ ISTE’MOLI MOLLARI SIFATI VA SAVDOSIBO‘YIChA DAVLAT INSPEKSIYASINI QAYTA TAShKILETISh TO‘G‘RISIDA
Savdo korxonalaridagi sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, shuningdek, kooperativlar yetkazib beradigan xalq iste’moli mollarining sifatini nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq iste’moli mollari sifati va savdosi bo‘yicha Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq iste’moli mollari sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq iste’moli mollari sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashining, “O‘zSSJ Savdo vazirligining xalq iste’moli mollari sifati va savdosi bo‘yicha Davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1990-yil 21-maydagi 216-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining xalq iste’moli mollari sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi (O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining davlat inspeksiyasi) O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining mustaqil strukturaviy bo‘linmasi hisoblanadi va unga boshliq rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining Davlat inspeksiyasi (bundan keyin davlat inspeksiyasi) boshqarmadan va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, respublika viloyatlaridagi va Toshkent shahridagi o‘ziga bo‘ysunuvchi zonal guruhlardan iboratdir. Davlat inspeksiyasi organlari savdo boshqaruv organlari oldida mustaqildir. Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi va O‘zbekbirlashuvning buyruqlari va yo‘riqnomalariga, tovarlar sifati masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi. Davlat inspeksiyasi respublika hududida joylashgan sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, shuningdek, kooperativlar tomonidan yetkazib beriladigan davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasining ulgurji va chakana savdo korxonalaridagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq iste’moli mollarining sifatini nazorat qiladi. Standart talablariga, texnik shartlarni va boshqa normativ-texnik hujjatlarga, shuningdek, tasdiqlangan etalon namunalarga* muvofiq kelmaydigan tovarlarni aholiga sotishning oldini olish maqsadida respublika hududida joylashgan davlat savdosi, matlubot kooperatsiyasining ulgurji va chakana savdo korxonalarida (birlashmalarida) oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq iste’moli mollarining** sifatini bevosita nazorat qilishni amalga oshirish Davlat inspeksiyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq: davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasining ulgurji va chakana savdo korxonalarida xalq iste’moli mollarining sifatini, ularning davlat standartlariga, texnik shartlarga, tasdiqlangan etalon namunalarga muvofiqligini tanlab nazorat qiladi va bir galgi tekshirishni o‘tkazadi; savdo tashkilotlariga tovarlarni sifati bo‘yicha qabul qilish va sifati pastligi tufayli saqlab qo‘yishga yoki tashishga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqaruvchilarga qaytarib yuborish yuzasidan tegishli xulosalar va ko‘rsatmalar beradi; badiiy-texnik, muvofiqlashtirish kengashlarida, attestatsiya, degustatsiya komissiyalarida, belgilangan tartibda xalq iste’moli mollari ishlab chiqaradigan vazirliklar va idoralar, korxonalarning boshqa kengashlari va komissiyalarida qatnashadi, siyosiy ko‘riklarni, tovarlarning sifati bo‘yicha degustatsiya sinovlarini o‘tkazishni tashkil etadi, ularning natijalari yuzasidan tegishli tavsiyalarni tayyorlaydi; ishlab chiqarishga taqdim etilgan etalon namunalar bo‘yicha davlat standartlari, texnik shartlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha xulosalar beradi, ularning texnik darajasini va sifatini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalardan xalq iste’moli mollarining, tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va butlash uchun foydalaniladigan xomashyo, detallar, materiallarning sifatini tavsiflovchi texnik hujjatlarni va zarur ma’lumotlarni oladi, shuningdek, tovarlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar hamda davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallar bilan tanishadi; xalq iste’moli mollarining sifati masalalari bo‘yicha fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning takliflarini, arizalari va shikoyatlarini matbuot organlarining chiqishlarini ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlar qo‘mitasining boshqarmasi va boshqa nazorat qiluvchi organlar bilan xalq iste’moli mollarining sifatini nazorat qilishni tashkil etish yuzasidan o‘z ishini muvofiqlashtirib boradi; sifatsiz xalq iste’moli mollarining savdoda paydo bo‘lishining oldini olish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi; o‘tkazilgan nazoratning natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan nuqsonlarni tugatish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni ko‘rib chiqish uchun tegishdi yuqori boshqaruv organlariga taqdim etadi; respublika, mahalliy boshqaruv organlarini tovarlar sifati bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat natijalaridan vaqt-vaqti bilan xabardor qilib turadi. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir: Davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasi ulgurji va chakana savdo korxonalarida sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, shuningdek, kooperativlar tomonidan yetkazib borilayotgan xalq iste’moli mollari, butlovchi detallar, yarim tayyor mahsulotlar, xomashyo va materiallarning sifatini qarshiliksiz nazorat qilish; davlat standartlari, texnika shartlari va boshqa normativ-texnika hujjatlari talablari buzilgan holda tayyorlangan tovarlarni qabul qilishni taqiqlash va bunday tovarlarni jo‘natishni to‘xtatish, shuningdek, tovarlarni Davlat inspeksiya vakili oldindan ko‘rib chiqqanidan keyin va mahsulotning sifati to‘g‘risidagi hujjatga uni jo‘natuvchining rozilik belgisi qo‘yilgandan keyin tovarlarni qabul qilib olish tartibini joriy etish to‘g‘risida qaror chiqarish. Bu qarorlar Davlat inspeksiyasining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur qarorlar, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ulgurji va chakana savdo korxonalarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi hamda ularning yuqori organlariga belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun yuboriladi; Davlat inspeksiyasining buyrug‘i bilan realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlarni yuborish (qabul qilish)ning maxsus rejimini tiklash yoki bekor qilish maqsadida mahsulot sifatini qayta tekshirishdan o‘tkazish. Mahsulot sifatini joyiga borib qayta tekshirish bilan bog‘liq xarajatlar ana shu mahsulotni yuborish to‘xtatilgan korxonalar tomonidan qoplanadi; ulgurji va chakana savdo korxonalariga qabul qilish tartibi buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida, sifatsiz tovarlarni, shuningdek, sorti, narxi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan yoki narxi ko‘rsatilmagan, yoxud bu ma’lumotlar yuklash (to‘lov) hujjatlariga mos emasligi haqida belgilangan tartibda ular uchun majburiy bo‘lgan yozma buyruq chiqarish; davlat standartlari, texnika shartlari va boshqa normativ texnika hujjatlari talablariga mos kelmaydigan xalq iste’moli mollarini realizatsiya qilganliklari, shuningdek, mollarni tegishli ravishda saqlamasdan ular sifatining yomonlashuviga olib kelganliklari uchun sanoat korxonalari va birlashmalariga, savdo korxonalari va tashkilotlariga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qo‘llash to‘g‘risida tegishli organlarga belgilangan tartibda yozma buyruq yuborish; sifatsiz xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, yuborish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘ygan o‘zlariga qarashli birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlarini va boshqa shaxslarni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning ko‘rib chiqishi uchun takliflar taqdim etish; sifatsiz xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish u qabul qilish va realizatsiya qilishda aybdor bo‘lgan rahbarlar va boshqa shaxslarni javobgarlikka tortish uchun materiallarni zarur hollarda prokuratura, ichki ishlar, xalq nazorati organlariga, xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining ma’muriy komissiyalariga va boshqa organlarga yuborish. Rahbarlardan ko‘rsatib o‘tilgan xodimlarni belgilangan tartibda ishdan bo‘shatishni talab qilish. Sanoat korxonalari tomonidan sifatsiz, nostandart yoki komplektsiz xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, bunday tovarlarni savdoga yetkazib berish va jinoiy javobgarlikka olib boruvchi boshqa xatti-harakatlar bo‘yicha materiallar tergov organlariga topshiriladi; mahsulotni standartlash va sifati bo‘yicha qoidalarni, buzuq o‘lchov vositalarini muomalaga chiqarganlik va ulardan foydalanganlik uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq, agar bu buzishlar, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmasa, aybdor shaxslarga 100 so‘mgacha jarima solish uchun materiallarni xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining ma’muriy komissiyalariga berish; sifatsiz mollar qabul qilingan va yetkazib berilgan hollarda korxonalarni mulkiy javobgarlikka tortish uchun materiallarni davlat hakamligi organlariga berish; buyumlarning namunalarni, shuningdek, foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yarim-tayyor mahsulotlar, butlovchi detallarni ularning qiymatini ushbu namuna va probalar olingan korxonalar va tashkilotlar hisobidan to‘lash orqali olish. Ularni olish tartibi, miqdori O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi xalq iste’moli mollari sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma bilan belgilanadi; namunalar va o‘tkaziladigan ekspertizalarning qiymatini ushbu namunalar (probalar) olingan korxonalar hisobidan to‘lash orqali tovarlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar namunalari (probalari) sinovini, tahlilini o‘tkazishni tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlariga va sanoat, savdo, sog‘liqni saqlash laboratoriyalariga topshirish; ulgurji va chakana savdo korxonalaridan xalq iste’moli mollarining o‘tkaziladigan sinovlari, tahlillari (probalari) natijalari to‘g‘risidagi materiallarni, aholiga realizatsiya qilinadigan tovarlarning sifatini xarakterlovchi hujjatlarni, ma’lumotlarni, izohlarni olish; tegishli korxonalar va tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda savdo va sanoat mutaxassislarini, jamoatchilik vakillarini mollarning sifatini tekshirishdan o‘tkazishga jalb etish. Tovarlarning sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasining suiiste’mollar va boshqa qonun buzishlarni aniqlagan yoki ular haqida bilgan, biroq qonuniy choralar ko‘rmagan xodimlari o‘z xizmat burchini bajarmagan sifatida intizomiy yoxud qonuniy javobgarlikka tortiladi; davlat standartlarini, texnik shartlarni va boshqa normativ texnik hujjatlarni ishlab chiquvchi va tasdiqlovchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda, shuningdek, Davlat inspeksiyasi vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi nomidan vakillik qilish. Xalq iste’moli mollari sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining markazlashtirilgan mablag‘lari hisobiga saqlanadi, yuridik shaxs hisoblanadi, SSSR Davlat banki muassasalarida mustaqil balansga, joriy hisobga ega bo‘ladi, bank muomalalarini amalga oshiradi. Davlat inspeksiyasining tuzilishi va shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari va bosh buxgalter Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Xalq iste’moli mollari sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga, zarur shtamplarga ega bo‘ladi. Davlat inspektorlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan ko‘rib chiqiladi, boshliqning qarorlari ustidan shikoyatlar esa ular olingan kundan boshlab 10 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Savdo vaziriga beriladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati masalalari bo‘yicha shikoyatlar ikki sutka davomida beriladi, bir shaharning o‘zida yetkazib beriladigan tez buziladigan mahsulotlar bo‘yicha shikoyatlar ularni sotish uchun belgilangan muddatning yarmidan oshib ketmaydigan muddatda, akt tuzilgan paytdan boshlab, nooziq-ovqat mollariga shikoyatlar esa — Davlat inspeksiyasi akti olingan kundan boshlab 5 sutkada beriladi. Davlat inspeksiyasining mablag‘larni davlat budjetiga olib qo‘yish va iqtisodiy jazo choralari qo‘llash haqidagi qarorlari ustidan shikoyatlar bu qarorlar olingan kundan boshlab 10 kun muddat ichida berilishi mumkin. Belgilangan muddatda shikoyat qilinganda mablag‘larni davlat budjetiga olib qo‘yish bu masala hal etilgunga qadar to‘xtatib qo‘yiladi. Davlat inspeksiyasining boshqa qarorlari ustidan shikoyat qilish ularning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
145
12,923
Qonunchilik
“IJTIMOIY FIKR” JAMOATChILIK MARKAZINI KO‘LLAB-QUVVATLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” 1997-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirish va jamoatchilik fikrini o‘rganish ishlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Respublika jamoat tashkilotlari tomonidan hukumatga qarashli bo‘lmagan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi ta’sis etilganligi ma’qullansin. Markazning Nizomi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, uning faoliyati fuqarolarning siyosiy faolligini oshirishga qaratilganligi va keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Markaz Nizomida uning quyidagi asosiy vazifalari belgilanganligi alohida e’tiborga olinsin: — inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish muammolari, shuningdek ijtimoiy munosabatlar rivojining boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish; — mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy hayoti, davlat siyosati va hukumat faoliyati to‘g‘risidagi jamoatchilik fikrini umumlashtirish va tahlil etish; — ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning dolzarb muammolari, aholining davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori idoralari qarorlarini tushunishlari yuzasidan jamoatchilik fikrining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash; — kishilar dunyoqarashining shakllanishidagi asosiy yo‘nalishlar, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy, huquqiy ongning holati va mazmunini aniqlash; — aholining siyosiy, huquqiy madaniyati saviyasini o‘rganish va ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash; — jamoatchilik fikrini o‘rganishning uslubiy asoslarini takomillashtirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish; — ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazishning ilmiy-uslubiy talablariga muvofiq. jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari Markazga o‘z faoliyatini amalga oshirishida samarali yordam ko‘rsatsinlar. 4 Respublika vazirliklari va idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: — Markazning ishini tashkil etishda jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazishni uyushtirishda keng ko‘lamli yordam ko‘rsatsinlar; — Markaz uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi axborotlar olishiga shart-sharoitlar yaratsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki: — Markazga chet eldagi sotsiologik o‘quv-ilmiy muassasalar va sotsiologiya sohasida ishlovchi xalqaro tashkilotlar bilan ish yuzasidan aloqalar o‘rnatishda yordam bersinlar; — Toshkentda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari va chet davlatlar Elchixonalari bilan xalqaro aloqalarni amalga oshirishga ko‘maklashsinlar; — Markazni xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotiga oid zarur axborotlar bilan doimiy ravishda ta’minlab tursinlar; — Markazning sotsiologik tadqiqotlari natijalari va nashrlari chet elda tarqatilishida yaqindan yordam bersinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Markazning davlatning ilmiy-texnika dasturlari ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilsin. 7. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari va statistik to‘plamlari, respublika, viloyat va tumanlar gazetalari va jurnallari majburiy ravishda yuboriluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Markaz buyurtmasiga asosan “O‘zbekistonda jamoatchilik fikri” maxsus davriy jurnali o‘zbek, ingliz va rus tillarida nashr etilishini, shuningdek boshqa tegishli uslubiy va ilmiy nashrlar o‘z vaqtida chop etilishini ta’minlasin. 9. Markazning maqsad va vazifalarini hamda amaliy faoliyatini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlarning ta’sir kuchi muhim ekanligi alohida ta’kidlansin. 10. Markaz o‘z Nizomida nazarda tutilgan ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega ekanligi ta’kidlansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Markazni tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar hamda milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun Markazning tegishli hisob raqamlarini ochsinlar. 12. Markaz o‘zining yuridik maqomiga ko‘ra soliq to‘lovi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xayriya jamg‘armalariga tenglashtirilsin hamda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin. 13. Belgilansinki, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro va chet el tashkilotlarining “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi dasturlarini moddiy ta’minlashga yo‘naltirilgan mablag‘lari uch yil muddatga foyda (daromad) solig‘idan ozod qilinsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan Markazga 50 (ellik) million so‘m ajratsin. 15. “O‘zavtosanoat” uyushmasiga Markazga ikkita “Neksiya” va bitta “Damas” avtomashinasini budjet tashkilotlari uchun nazarda tutilgan narxlarda sotishga ruxsat berilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi belgilangan tartibda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markaziga zarur zamonaviy aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat telefoni o‘rnatilishini ta’minlasin. 17. Toshkent shahar hokimligi Markazni bir oy muddatda bino bilan ta’minlasin va ta’mirlash ishlarini amalga oshirsin. 18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi B. Fulomov zimmasiga yuklansin.
69
6,416
Qonunchilik
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun zarur bo‘ladigan jihozlar me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun zarur bo‘ladigan jihozlar me’yorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini jihozlash me’yorlari* 2. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, sanatoriy turidagi hamda alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini jihozlash me’yorlari 3. Mazkur Me’yorlar davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. 4. Mazkur Me’yorlarda ko‘zda tutilgan texnika vositalarini xarid qilish jarayonida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-apreldagi 86-son “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ularning energiya samaradorligi inobatga olinishi lozim. 5. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, mahalliy va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan boshqa turdagi zarur jihozlar bilan ham ta’minlanishi mumkin. 6. Mazkur Me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.
100
1,840
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON TRANSPORT VA TRANSPORT KOMMUNIKATSIYALARI UYuShMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yo‘lovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, samaradorligini oshirish hamda oqilona tashkil etish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish va barqaror ishlashini ta’minlash, transportda yuk va yo‘lovchilar tashish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida: 1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zavtoyo‘l” DAK, transport kommunikatsiyalari qurilishi bilan shug‘ullanuvchi respublika loyiha va qurilish tashkilotlarining O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi faoliyatining asosiy vazifalari hamda yo‘nalishlari etib belgilansin: barcha transport turlari — temir yo‘l, havo, avtomobil va daryo transportining transport tuzilmalari faoliyatini maqbul holga keltirish, respublika hududi va uning tashqarisida yuklar hamda yo‘lovchilar tashish samaradorligi va maqbulligini ta’minlashga qaratilgan hamkorligini muvofiqlashtirish; iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholining yuk va yo‘lovchilar tashish sohasida muttasil ortib borayotgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda respublikaning Yagona tutash transport tizimini istiqbolda rivojlantirish kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qilish; transport tarmog‘ini va logistika tizimini rivojlantirish, yangi transport kommunikatsiyalarini jadal sur’atlar bilan barpo etish, ularning yuk va yo‘lovchilar tashish imkoniyatini oshirish hamda samarali foydalanishni ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish; transport kommunikatsiyalari hamda inshootlari qurish va ularni rekonstruksiyalash, transport vositalarini yangilash va modernizatsiyalash uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish, shuningdek investitsiya loyihalarining bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshirish; transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar bilan birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish, xalqaro yuk tashuvchilarga O‘zbekiston hududi bo‘ylab tranzit yuklar tashishni ko‘paytirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, transportda yuk va yo‘lovchilar tashish sohasida xorijiy davlatlar bilan mustahkam, o‘zaro manfaatli va samarali aloqalar o‘rnatish; transportda yuk va yo‘lovchilar tashish sohasida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifoda etish; respublika transport tizimi faoliyatining barqarorligi va xavfsizligini kuchaytirish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. 3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin. 4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
91
3,248
Qonunchilik
“Reklama to‘g‘risida”gi QL-750-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 135-moddasiga muvofiq “Reklama to‘g‘risida”gi QL-750-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi maromiga yetkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasiga qaytarilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va Qonunchilik palatasi muhokamasiga qaytadan ikkinchi o‘qishda kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
84
799
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
1. 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni: a) 7-bandida: “5 yil muddatga” so‘zlari “2018-yilning 1-yanvarigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan yangi tibbiy jihozlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va tibbiyot uskunalarining sarflanadigan materiallari 2018-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2010-yil 30-martdagi PF-4210-son Farmoni 1-bandidagi “2012-yilning 1-apreligacha” so‘zlari “2014-yilning 1-yanvarigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-son Farmoni 2-bandining to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 9-yanvardagi PF-3709-son Farmonining 5-bandi *. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 7-apreldagi PF-4102-son Farmoni.
153
2,080
Qonunchilik
XVII qishki Olimpiya o‘yinlari qatnashchilaridan bir guruhini taqdirlash to‘g‘risida
Sportni rivojlantirishdagi g‘oyat katta xizmatlari, Lillexammerda o‘tkazilgan qishki Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashganliklari uchun quyidagilarga O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari berilsin:
84
214
Qonunchilik
Qurilishi tugallanmagan bino-inshootdan хususiy bolalar bogʻchasigacha
Davlat хususiy sherikka tegishli boʻsh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar negizida nodavlat MTMni tashkil etishda yordam beradi. Bunday loyihalarni amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2018 yildagi 944-son qarori bilan belgilangan. Eslatib oʻtamiz, maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikning (bundan keyin – DXSh) ehtimoliy shakllari Prezidentning 5.04.2018 yildagi PQ–3651-son qarorida belgilangan. Ushbu hujjatda loyihalarni amalga oshirish tashabbusi bilan chiqish va moliyalashtirish chora-tadbirlari qabul qilingan. DXSh doirasida nodavlat MTMni tashkil etish uchun kreditlar va subsidiyalar, soliq va bojхona imtiyozlari beriladi.   Maktabgacha ta’lim vazirligi (bundan keyin – Vazirlik) davlat sherigi boʻlib chiqadi. DXShning ushbu shakli doirasida u ariza beruvchining hujjatlarini tanlov oʻtkazmay toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali koʻrib chiqadi. Bitim tuzilganidan keyin хususiy sherik loyiha umumiy qiymatining 25%i miqdorida oʻz mablagʻlarini kiritadi va 5.04.2018 yildagi PQ–3651-son qarorda belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.   Xususiy sherikdan qanday hujjatlar talab etiladi Yuridik shaхs-sherik ariza bilan birga Vazirlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: Ariza hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin 7 kun mobaynida 30 yil muddatga bitim tuziladi. Tasdiqlangan loyihani amalga oshirish shartlari Bitim tuzilganidan keyin хususiy sherik davlat MTMning bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan хarajatlar summasining 50%igacha miqdorda subsidiyalar olishi mumkin. Bayon etilgan tartibda qurilgan хususiy bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25%i miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini qabul qilishlari va ular uchun imtiyozli ota-onalar toʻlovini (tegishli hududdagi davlat MTM uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda) belgilashlari shart. Ushbu qoida bitim amal qiladigan butun muddat davomida qoʻllaniladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.11.2018 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
70
2,286
Qonunchilik
QL-528, QL-616, QL-621 va QL-629-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-528-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-616-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-621-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-629-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
112
1,004
Qonunchilik
Talaba oʻzlashtira olmasa – oʻqituvchi ishdan boʻshatiladi, хorijiy abituriyentlar test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilinadi
Prezidentning 5.06.2018 yildagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat (ilovalarsiz) OʻzA saytida joylashtirilgan. Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB).  Ayrim yoʻnalishlar boʻyicha oʻqish muddati qisqartiriladi, хorijliklar «navbatdan tashqari» qabul qilinadi Kelasi oʻquv yilidan boshlab alohida ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqish muddati kamida 3 yil boʻlgan bakalavriat hamda kamida 1 yil boʻlgan magistratura joriy etiladi. Bunda magistrantlar ishlab chiqarish (amaliy) (kamida 1 yil) va ilmiy-pedagogik (kamida 2 yil) yoʻnalishlarga iхtisoslashgan dasturlar asosida tayyorlanadi. Hujjatda oʻqish muddati qisqartirilgan aniq yoʻnalishlar koʻrsatilmagan. Shu bilan birga Prezidentning 4.06.2018 yildagi PQ–3769-son qarori bilan bakalavriatning «Maktabgacha ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha 3 yillik oʻqish muddati belgilangan. Endi хorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kvotalardan tashqari suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilinadi. Ularning kirish vizalari konsullik va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda rasmiylashtiriladi. Talabalarning oʻzlashtirishi va oʻqituvchilar ishiga yangicha yondashuv Talabalarning bilimi zamonaviy (avtomatlashtirilgan, antiplagiat) usullarda baholanadi. Masalan, ular pedagogning yakuniy nazorat jarayonidagi ishtirokini istisno etishi kerak. Semestr yakuni boʻyicha akademik qarzdor talabalarning qayta topshirishi mumkin boʻlgan fanlar soni belgilanadi. Tegishli nizom 2 oy muddatda tasdiqlanadi. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida «talabaning oʻzlashtirish darajasi – professor-oʻqituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni» tamoyili joriy qilinadi. Ushbu tamoyil talablariga javob bermaydigan oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishgacha boʻlgan choralar koʻriladi. Ushbu oʻquv yilida professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamalarini hisobga olgan holda «vaqt me’yorlari»ning yangi meхanizmlari belgilanadi. Maqsad – oʻqituvchilarning vaqtini oʻquv jarayoniga хos boʻlmagan ishlarga sarflashning oldini olish, shu jumladan «ustoz – shogird» tizimi orqali talabalar bilan koʻproq ishlash. Endi oliy ta’lim muassasalarining oʻqituvchilari faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarda qatnashmaydilar. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek barcha darajadagi hokimlar mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan shaхsiy javobgarlikka tortiladi. 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida oʻtkazilgan sinov darsidan keyin oliy ta’lim muassasalariga professor-oʻqituvchilar tarkibiga ishga qabul qiladilar. Sinov natijalari boʻyicha majlisning tavsiyasi ishga qabul qilish uchun asos boʻladi. Oʻquv jarayonidagi innovatsiyalar Yangi oʻquv yilidan boshlab tayanch (yetakchi) oliy ta’lim muassasalari tegishli ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda ishlab chiqadilar. Mahalliy va хorijiy oliy ta’lim muassasalarining oʻzaro kelishuvi hamda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida talabalarni oʻqitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etiladi. Har bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etiladi. Magistraturaga maqsadli qabul qilish va oliy ta’lim muassasalari kafedralarida ishlash uchun tayyorlash niyatida ular 2-kursdan alohida dasturlar asosida oʻqitiladi.   Yosh olim va talabalarga, shuningdek tashabbuskor fuqarolarga mamlakatda innovatsion gʻoya va teхnologiyalarni rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun topshiriladigan «Innovatsion gʻoyalar yetakchisi» koʻkrak nishoni ta’sis etiladi. Kelasi yilda oʻqishga qabul qilishda rejalashtirilayotgan oʻzgartirishlar Kelasi yilda ilgʻor хalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlar avtomatik ravishda eng yuqori ball oladilar va tegishli fanlar boʻyicha test sinovidan ozod qilinadilar. Abituriyentlar hujjatlarini elektron shaklda qabul qilish tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Shu yil oхirigacha tegishli takliflar kiritiladi. Tashkiliy yangiliklar Oliy ta’lim vazirligi tuzilmasida Aхborot хizmati tashkil etilmoqda (2 ta shtat birligi), oliy ta’lim muassasalarida esa matbuot kotibi lavozimi joriy etilmoqda (1 ta shtat birligi). Oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimi oʻrniga yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori lavozimi joriy etiladi. Talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-oʻqituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi. Lenara Xikmatova.
124
5,253
Qonunchilik
“Byurokratik to‘siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kirit
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Byurokratik to‘siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
540
Qonunchilik
DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARINI YAGONA BAHOLARDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTIDA AKS ETTIRISh TARTIBINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2000-yil 16-oktabrdagi 124-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari (2000-yil 16-oktabr, ro‘yxat raqami 979)ning 83-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 26-iyundagi 17-07/62 va 98-106-son bilan tasdiqlangan Debitorlik va kreditorlik qarzlarini yagona baholarda buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish Tartibi (1998-yil 29-iyul, ro‘yxat raqami 458) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
155
781
Qonunchilik
MEHNAT DAFTARChALARINI YURITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va u mehnat daftarchalari yuritilishining yagona tartibini belgilaydi. 1.1. Mehnat daftarchalari xodimlarning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘lib, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (*) 5 kundan ortiq ishlagan, shu jumladan, muayyan muddatga yollanganlarga (**), shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urta qilinishi ko‘zlangan taqdirda, shtatlar jadvalidan tashqari xodimlarga xam yuritiladi. 1.2. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs bo‘lmagan fuqarolarga hamda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda ishlovchilarga mehnat daftarchalarini berish, mehnat stajini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Ilk bor o‘zining mehnat faoliyatini shunday ishlarda boshlagan xodimlarga mehnat daftarchalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan rasmiylashtirib beriladi. Mehnat stajining davomiylik muddati to‘g‘risidagi yozuv budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga tegishli ajratmalarning to‘langanligi haqida berilgan hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur faoliyat davrida band bo‘lgan shaxslarning mehnat daftarchalari ularning egalari boshqa ishga joylashganlariga qadar (ko‘chib ketishi, pensiya tayinlanishi va boshqa hollarda) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarida saqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq hukumatlararo, idoralararo shartnomalar (bitimlar) asosida va xususiy mehnat kontraktlari bo‘yicha faqat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy byurolarning ko‘magida chet ellarda amalga oshirgan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ko‘ra mehnat daftarchalariga tegishli yozuvlar kiritiladi. Ilk bor o‘zining mehnat faoliyatini chet ellarda boshlagan fuqarolarga mehnat daftarchalari Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan rasmiylashtirib beriladi. 1.3. Har bir korxona o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, lekin shtat jadvalida nazarda tutilgan xodimlar sonidan oshmagan holda, mehnat daftarchalari sotib olish huquqiga ega. Mehnat daftarchalari va mehnat daftarchalariga qo‘shimcha varaqlar korxonalar tomonidan mahalliy mehnat organlaridan oldi-sotdi shartnomasi asosida sotib olinadi. Mehnat daftarchalarini boshqacha tartibda sotish, shuningdek, fuqarolar tomonidan mehnat daftarchalarini sotib olish taqiqlanadi. Mehnat daftarchalari va mehnat daftarchalariga qo‘shimcha varaqlarni sotib olish shartnomasini tuzish uchun korxonalar mahalliy mehnat organlariga yozma murojaat qilishlari lozim. Yozma murojaatda shtat jadvali bo‘yicha xodimlar soni, vakant lavozimlar (joylar) soni, shuningdek, mehnat daftarchasi (mehnat daftarchasi dublikati) yoki mehnat daftarchasiga qo‘shimcha varaq berilishi lozim bo‘lgan xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Mehnat daftarchasi va mehnat daftarchasiga qo‘shimcha varaqlarni korxonalar tomonidan qayta sotishga yoki boshqacha tartibda begonalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 1.4. Pensiyalari muddatidan oldin tayinlangan (erkaklar — 58 yoshga to‘lgan va ish staji 25 yil, ayollar — 53 yoshga to‘lgan va ish staji 20 yil bo‘lgan) shaxslarning mehnat daftarchalari umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgunga qadar, yoki ishga kirguncha mahalliy mehnat organlarida saqlanadi. 1.5. Ishga kirayotgan vaqtda ishga kirayotgan shaxs ish beruvchiga mehnat daftarchasini (birinchi marotaba ishga kirayotganlar bundan mustasno) taqdim etishi shart. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan ma’lumotnoma taqdim etadilar. 1.6. Mehnat daftarchasi xodim ish haqi oladigan korxonaning xodimlar bo‘limida yoki shunga mas’ul etilgan shaxsda saqlanadi. O‘rindoshlik asosida ishlayotganlarniki esa asosiy ish joylarida saqlanadi. 2.1. Mehnat daftarchalari O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa qoraqalpoq yoki O‘zbekiston Recpublikasi davlat tillarida ish beruvchi tomonidan xodimning ishtirokida to‘ldiriladi. Mehnat daftarchasiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: xodim to‘g‘risida: familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, ma’lumoti, kasbi, mutaxassisligi; ish to‘g‘risida: ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish (jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan asoslarda ishlab chiqarish zaruriyati bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish bundan mustasno), mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida. Shuningdek, xodimning iltimosiga ko‘ra mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlaganlik va vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlari haqidagi yozuvlar ham kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Mehnat daftarchalariga intizomiy jazolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozilmaydi. 2.2. Mehnat daftarchasiga ishga qabul qilinishi, boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi kabi barcha turdagi yozuvlar ish beruvchi tomonidan buyruq berilgandan so‘ng kiritiladi va bu yozuv buyruqning mazmuniga mos bo‘lishi shart. Mehnat daftarchasidagi sanalar arab raqamlarida, oy va kunlar ikki xonali sonlarda yoziladi. Jumladan: xodim ishga 1997-yil 5-yanvardan qabul qilingan bo‘lsa, unda 1997, 05, 01 deb yoziladi. Mehnat daftarchasiga kiritiladigan ma’lumotlar ehtiyotkorlik bilan qora, ko‘k yoki binafsha siyoh bilan yoziladi. 2.3. Ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi mehnat daftarchasiga kiritiladigan xar bir yozuv bilan ish beruvchi ushbu daftarcha egasini shaxsiy varaqasi (T-2 sonli idoralararo namunaviy shakl — Yo‘riqnomaga 4-ilova)ni imzolash yo‘li bilan 3 kun muddat ichida tanishtirishi lozim. Bu holda shaxsiy varaqa (T-2)dagi yozuv bilan mehnat daftarchasidagi yozuvlar bir-biriga o‘zaro mos bo‘lishi shart. Istisno tariqasida bo‘ysunish bo‘yicha bir-biridan uzoq masofada yoki turli hududlarda joylashgan korxonalarda ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalariga kiritilgan yozuv bilan tegishli xabarnomalar jo‘natish va bu to‘g‘rida shaxsiy varaqada belgilab qo‘yish yo‘li bilan tanishtirishga ruxsat etiladi. 2.4. Xodimning ishi, boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi va hokazolar to‘g‘risida noto‘g‘ri yoki noaniq yozuvlar aniqlangan taqdirda, ular bunday yozuvni kiritgan ish beruvchi tomonidan to‘g‘rilanadi va tasdiqlanadi. Yangi ish joyidagi ish beruvchi buning uchun xodimga tegishli yordam ko‘rsatishi zarur. 2.5. Ish beruvchi xodimning talabiga binoan mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki nusxani tasdiqlangan holda beradi. Xodimning yozma ravishdagi iltimosnomasiga ko‘ra, qaytarib berish sharti bilan mehnat daftarchasi uning egasiga 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Bunda mehnat daftarchasiga oxirgi ish joyi va lavozimi haqida kiritilgan ma’lumotlarning tasdig‘i sifatida tashkilot tomonidan ma’lumotnoma berilishi lozim. Bu davrda mazkur Yo‘riqnomada belgilangandan o‘zgacha tartibda mehnat daftarchasiga qo‘shimcha yozuvlar kiritish, uni o‘zgartirish, garovga berish yoki yo‘q qilish qat’iyan man etiladi va barcha javobgarlik xodimning zimmasiga yuklatiladi. 2.6. Mehnat daftarchasiga noto‘g‘ri yoki noaniq yozuv kiritgan korxona tugatilgan bo‘lsa, bunday xatoni tuzatish mazkur korxona bevosita bo‘ysungan yuqori tashkilot tomonidan (bunday tashkilot mavjud bo‘lmagan taqdirda tegishli arxivlardan olingan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi), korxona qayta tashkil etilgan hollarda esa uning huquqiy vorisi tomonidan amalga oshiriladi. 2.7. Xodimning ishi yoki boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi va shu kabilar haqidagi to‘g‘rilangan ma’lumotlar buyruqning asl nusxasiga aynan mos bo‘lishi kerak. Agar buyruq yo‘qolib qolgan bo‘lsa, yoki u xodim bajargan ishga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda, mehnat daftarchasidagi ishi haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘rilab yozib qo‘yish, bajargan ishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga asoslanib amalga oshiriladi. Guvohlar ko‘rsatmasi mehnat daftarchasiga o‘zgartish kiritish uchun asos bo‘lolmaydi. 2.8. Mehnat daftarchasining “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida ilgarigi yozilgan xato yoki noaniq yozuvlarni chizib o‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan: ishi to‘g‘risidagi yozuvlarni o‘zgartirish zarur bo‘lib qolgan hollarda 3-ustunda yozuvning tegishli tartib soni va sanasi ko‘rsatilgandan so‘ng “___ tartib sonli yozuv bekor qilindi. Quyidagi ish (lavozim)ga qabul qilindi” deb yozib qo‘yiladi va 4-ustunda mehnat daftarchasiga kiritilgan to‘g‘ri yozuvga taalluqli bo‘lgan buyruq (farmoyish)ning son raqami va sanasi yoziladi. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish organlari tomonidan xodim g‘ayriqonuniy ravishda bo‘shatilgan yoki boshqa doimiy ishga o‘tkazilgan deb topilib ilgarigi ishiga qayta tiklanganda, yozuvlar yuqorida keltirilgan tartibda bekor qilinadi. Jumladan: “____ son raqamli yozuv bekor qilindi, oldingi ishiga qayta tiklandi” deb yoziladi. Bunday xollarda ishga tiklash to‘g‘risidagi buyruq 4-ustunda ko‘rsatiladi. 2.9. Xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar mehnat daftarchasining birinchi betiga yoziladi. Familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishsiz to‘liq yoziladi va tug‘ilgan kuni, oyi, yili pasporti yoki tug‘ilganligi haqidagi guvohnomaga asoslanib to‘ldiriladi. O‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi yozuvlar faqat tegishli hujjatlar (attestat, guvohnoma, diplom)ga asosan yoziladi. To‘liqsiz o‘rta va to‘liqsiz oliy ma’lumotlar to‘g‘risidagi yozuv ham tegishli hujjatlar (talabalik bileti, imtihonlar daftarchasi, o‘quv yurti ma’lumotnomasi va hokazolar)ga asoslanib yoziladi. Kasbi va mutaxassisligi to‘g‘risidagi ma’lumot mehnat daftarchasiga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat yoki tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjat asosida yoziladi. 2.10. Mehnat daftarchasi to‘lg‘azilgandan so‘ng xodim kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Mazkur ma’lumotlarni yozgan shaxsning imzosi korxona muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi. 2.11. Mehnat daftarchasidagi ismi-sharifi va tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi yozuvlarga o‘zgartirishlar tegishli hujjatlar (pasporti, tug‘ilganlik, nikoh va nikohni bekor qilinishi haqidagi guvohnomaga qarab familiyasini, ismini o‘zgartirish va hokazolar) asosida va ushbu hujjatlarning soni va berilgan sanalariga havola qilingan tarzda oxirgi ish joyidagi ish beruvchi tomonidan kiritiladi. O‘zgartirilgan yozuvlar mehnat daftarchasining birinchi betiga kiritiladi. Ilgarigi familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi yozuv ustidan bir chiziq chizilib, yangi ma’lumotlar yozib qo‘yiladi. Yozuvlar muqovaning ichkari betiga yozilib korxona rahbarining yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxs imzosi hamda korxona yoki xodimlar bo‘limi muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi. Xodimlarning ma’lumoti, kasbi, ixtisosligi va hokazolar bo‘yicha o‘zgartirishlar xam xuddi yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi. 2.12. Mehnat daftarchasidagi “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” nomli bo‘limining 3-ustuniga korxonaning to‘liq nomi sarlavha kabi yoziladi. Sarlavha tagidagi 1-ustunda tartib raqami ko‘rsatiladi; 2-ustunda — ishga qabul qilingan sana yoziladi; 3-ustunga “Falon sex, bo‘lim, bo‘linma, qism va x.k. falonchi lavozimga (kasbga, mutaxassislikka) qabul qilindi (tayinlandi yoki saylandi)” deb yozib, berilgan malaka darajasi (agar shunday daraja berilsa) aniq ko‘rsatiladi. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining nomlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 34-son, 291-modda) bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga asosan ko‘rsatiladi; 4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd qilinadi. Belgilangan tartibda yagona tarif-malaka ma’lumotnomasida va xizmat mansablarining yagona ro‘yxati, yoxud lavozimlar jadvalida ro‘y bergan o‘zgarish yoki qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xodimlar e’tiborlariga yetkazilib, so‘ng ularning mehnat daftarchalariga ish beruvchining buyrug‘i asosida tegishli o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi. Bordiyu, xodimga ishlab turgan davrida yangi malaka darajasi berilgan bo‘lsa, unda bu haqda belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilishi shart. Xodim ikkinchi va undan keyingi kasblarni o‘rgangan taqdirda, bu to‘g‘rida mehnat daftarchasiga ushbu kasblarning malaka darajalari ko‘rsatilib qayd qilinadi. Masalan: ta’mirlash chilangari 3-darajadagi elektr-gaz payvandchisi kasbi bo‘yicha qo‘shimcha ixtisoslangan bo‘lsa, unda mehnat daftarchasidagi “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” nomli bo‘limining 1-ustuniga yozuvning tartib soni, 2-ustuniga ikkinchi kasb berilgan sana, 3-ustunga esa “3-darajadagi elektr-gaz payvandchisi nomli ikkinchi kasb berildi” deb yoziladi va 4-ustunda tegishli guvohnoma, uning son raqami va berilgan sana ko‘rsatiladi. Xodim yangi o‘rgangan kasbi bo‘yicha ish bajargan taqdirda mehnat daftarchasiga bu to‘g‘rida tegishli yozuv kiritiladi. Masalan: ta’mirlovchi chilangarga 3-darajali elektr-gaz payvandchilik ishlarini bajarish bo‘yicha vazifa yuklatilishi bilan ikkinchi kasb o‘rgatildi va “3-darajali elektr-gaz payvandchisi kasbi berildi”, deb shu yozuvning qarshisiga 4-ustundan ikkinchi kasb berilganligi to‘g‘risidagi tegishli guvohnomaning son raqami va sanasi, chiqarilgan buyruqning son raqami va sanasiga havola qilib yoziladi. Mehnat daftarchasiga xodimning yozma arizasiga binoan, o‘rindoshlik ishi to‘g‘risidagi ma’lumot xodimni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilgan ish beruvchi tomonidan chiqargan buyrug‘iga muvofiq asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan yoziladi. Uning ishdan bo‘shaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot ham xuddi shu tarzda yozib qo‘yiladi. Xodim mazkur korxonaning o‘zida boshqa ishga o‘tkazilsa, uning mehnat daftarchasiga quyidagicha yozuv kiritiladi: 1-ustunda – tartib raqami, 2-ustunda – sana, 3-ustunda “Falon lavozimga (kasbga, mutaxassislikka) o‘tkazildi” deb yozib, 4-ustunda – tegishli buyruqning soni va sanasi ko‘rsatiladi. 2.13. Xodim ishlab turgan davrda korxonaning nomi o‘zgartirilsa, unda bu to‘g‘rida mehnat daftarchasining 3-ustunida alohida satr bilan “Falon korxona, falon sanada, falonchi nom bilan atala boshladi” deb yoziladi. 4-ustunda esa, qayta atalishini (nomlanishini) asoslab buyruq sanasi va son raqami qo‘yiladi. 2.14. Mehnat daftarchasi bor bo‘lgan talabalarga, o‘quvchilarga, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga va tibbiyot ordinatorlariga o‘quv yurtlari (ilmiy muassasalar) tomonidan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qigan vaqtlari to‘g‘risida yozuv kiritiladi. Bunday yozuvlarga asos bo‘lib talabalar, o‘quvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlar safiga qabul qilinganligi yoki safidan chiqarish to‘g‘risidagi o‘quv yurtlari (ilmiy muassasalar)ning chiqargan buyruqlari hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘quvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlarining talabalar otryadlarida, ishlab chiqarishda va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot mavzularda qatnashgan davrlari, ixtisosi, malakasi, mansabi (lavozimi) va ish muddati ko‘rsatilgan holda tegishli ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Ushbu ma’lumotnomalar asosida o‘quv yurtlari (ilmiy muassasalar) talabalar, o‘quvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlarining mehnat daftarchalariga ishi to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlarni kiritilishini ta’minlaydi va ularni qat’iy hisobot hujjatlari tarzida saqlaydi. 2.15. Ilgari ishlamagan va shu munosabat bilan mehnat daftarchalariga ega bo‘lmagan talaba, o‘quvchi, aspirant (stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi), doktorant (katta ilmiy xodim-izlanuvchi) va klinik ordinatorlarining talabalar otryadlarida, ishlab chiqarish amaliyotida va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot mavzularida olib borgan ishlari to‘g‘risidagi yozuvlar mehnat daftarchalariga ular kelgusida ishlaydigan ish beruvchilar tomonidan tegishli ma’lumotnomalarga asoslanib kiritiladi. 2.16. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs bo‘lmagan fuqarolarning hamda dehqon xo‘jaliklarida ishlovchilarning mehnat daftarchalariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: 1-ustunda — tartib raqami ko‘rsatiladi: 2-ustunda — Xususiy tadbirkor (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yoki shaxsiy yordamchi xo‘jalikda ishlovchi) sifatida qayd etilgan sana yoziladi; 3-ustunga — “Xususiy tadbirkor sifatida (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayapti yoki dehqon xo‘jalikda) ishlayapti” deb, ko‘rsatiladi; 4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd qilinadi. 2.17. Mehnat daftarchalariga ish beruvchilar tomonidan tegishli hujjatlarning sanasi, son raqami va nomiga havola qilingan tarzda alohida satr qilib quyidagi yozuvlar kiritiladi: a) mehnat va davlat ijtimoiy sug‘urtaga oid qonunchilik tadbiq etilmaydigan Qurolli kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmatida, Ichki ishlar organlarida, shuningdek, barcha turdagi qo‘riqlash idoralarida xizmatda bo‘lgan vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xizmatga chaqirilgan sanasi va bo‘shatilgan sanasi ko‘rsatilgan holda; b) kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha hunar-texnika va boshqa bilim yurtlarida, kurslarda hamda maktablarda o‘qigan davri to‘g‘risida: v) oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bo‘lgan davrlari to‘g‘risida. Ushbu bandda ko‘zda tutilgan yozuvlar mehnat daftarchasiga xodimning mazkur ish beruvchidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan oldin kiritiladi. 2.171. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat daftarchalariga chet elda (shartnoma asosida) ishlagan ish davri haqidagi yozuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari to‘langan taqdirda, agar davlatlararo bitimlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan tegishli ma’lumotnomalarga asoslanib kiritiladi. Fuqarolarning chet elda (shartnoma asosida) ishlagan ish davri umumiy ish staji jamlanib, ya’ni qaysi korxonada, qaysi davrda va qaysi lavozimlarda ishlagan yillari, oylari va kunlari umumiy tarzda yoziladi. Hujjat bilan tasdiqlangan (shartnoma, ish beruvchi tomonidan berilgan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining sug‘urta badali to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotnoma) va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan umumiy ish staji mehnat faoliyatining davrlari bo‘yicha quyidagicha yoziladi: 1-ustunda — tartib raqami ko‘rsatiladi; 2-ustunda — dastlab chet elda ishga qabul qilingan sana. 3-ustunda — xodim ishlagan xorijiy mamlakat, korxona nomi va lavozimi yoziladi. 4-ustunda — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (shartnoma yoki ish beruvchi tomonidan berilgan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning sanasi, tartib raqami) qayd qilinadi. 2.18. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi yozuvlar mehnat daftarchasiga quyidagi tartibda yoziladi: 1-ustunda yozuvning tartib soni; 2-ustunda mehnat shartnomasining bekor qilinish sanasi; 3-ustunda mehnat shartnomasini bekor qilinishi; 4-ustunda esa ushbu yozuvning nimaga asoslanib kiritilgani, buyruq sanasi va son raqami ko‘rsatiladi. Masalan: xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda va 1997-yilning 10-iyuni oxirgi ish kuni hisoblangan vaqtda xodimning mehnat daftarchasiga quyidagi yozuvlar kiritilishi lozim: ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘limining ustunida yozuvning tartib soni qo‘yiladi, 2-ustunda bo‘shatilish sanasi (1997-yil. 06. 10.). 3-ustunda “mehnat shartnomasi bekor qilindi” deb yoziladi. 4-ustunda buyruqning sanasi va son raqami ko‘rsatiladi. 2.19. Mahalliy mehnat organlari tomonidan fuqarolarning mehnat daftarchalariga: a) jamoat ishlari hamda kasbga o‘rgatish, malakasini oshirish, qayta kasbga tayyorlashga jalb qilingan muddatlarini qayd qiladilar. Ishsiz shaxs deb e’tirof etilgan fuqarolar mahalliy mehnat organiga belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tish uchun kelganlarida mehnat daftarchalarini mahalliy mehnat organi xodimiga ko‘rsatishlari shart. 2.20. Mehnat daftarchasida mehnat shartnomasini bekor bo‘lganligi to‘g‘risidagi yozuv amaldagi qonunchilik talablariga mos bo‘lishi, ya’ni, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) to‘g‘risidagi yozuv kiritilmasligi shart. 2.21. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs bo‘lmagan fuqarolar hamda dehqon xo‘jaliklarida ishlovchilar mazkur faoliyatni to‘xtatganlarida ularning mehnat daftarchalariga tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan quyidagicha yozuvlar kiritiladi: 1-ustunda — tartib raqami ko‘rsatiladi; 2-ustunda — Xususiy tadbirkor (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yoki dehqon xo‘jalikda ishlovchi) o‘z faoliyatini to‘xtatganligi to‘g‘risidagi sana yoziladi; 3-ustunga — “Mazkur faoliyat to‘xtatildi” deb, ko‘rsatiladi; 4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd qilinadi. 2.22. Yoshga doir pensiyalar tayinlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mehnat daftarchasining 3-ustunida “Pensiya tayinlandi” degan yozuv kiritiladi. 2.23. Mehnat daftarchasining tegishli bo‘limlaridagi hamma betlari to‘lib qolgan taqdirda unga qo‘shimcha varaqlar yurgiziladi. Qo‘shimcha varaqlar xodimning asosiy ish joyida ish beruvchi tomonidan yuritilib, uni mehnat daftarchalarini yuritish tartibi asosida olib boradi. Qo‘shimcha varaq mehnat daftarchasisiz haqiqiy hisoblanmaydi (Yo‘riqnomaning 1.5 bandi tadbiq qilinadi). 2.24. Har bir berilgan qo‘shimcha varaqlar uchun mehnat daftarchasining birinchi betining yuqori qismiga qo‘shimcha varaq berildi” deb yozib qo‘yiladi va uning son raqami hamda seriyasi ko‘rsatiladi. Keyingi qo‘shimcha varaq berilganda navbatdagi yozuv kiritilib, uning son raqami va seriyasi ko‘rsatiladi. 3.1. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimning mazkur tashkilotda ishlagan davrida mehnat daftarchasiga kiritilgan ishi to‘g‘risidagi ma’lumot (yozuv)lar korxona rahbari yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxsning imzosi va korxona yoki xodimlar bo‘limining muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart. Ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi (masalan: moddiy javobgar xodimni biriktirilgan anjomlarni vaqtida topshirmaganligi uchun bahona qilib mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa). Bunday holda ishdan bo‘shash kuni, mehnat daftarchasi berilgan kun hisoblanadi. Ishdan bo‘shagan kunining yangi sanasi to‘g‘risida buyruq berilib, xodimning mehnat daftarchasiga yozib qo‘yiladi. Bo‘shagan kuni to‘g‘risida ilgari kiritilgan yozuv, ushbu Yo‘riqnomaning 2.8 bandida belgilangan tartibda bekor qilinadi. Xodim ishdan bo‘shaganda mehnat daftarchasini olganligi to‘g‘risida shaxsiy varaqasiga (T-2 son idoralararo namunaviy shakl — Yo‘riqnomaga 4-ilova) va xodimlar bo‘limidagi hisobot kitobiga imzo qo‘yadi. 3.2. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs bo‘lmagan fuqarolarga hamda dehqon xo‘jaliklarida ishlovchilarga mazkur faoliyatni to‘xtatganlaridan keyin mehnat daftarchalarini tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan beriladi. 3.3. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim ishda bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi o‘sha kuniyoq unga pochta orqali mehnat daftarchasini olib ketish to‘g‘risida ogohlantiruvchi xabarnoma jo‘natadi (boshqa xatlar hisobotga olinmaydi va Yo‘riqnomaning 3.1. bandi asosida ish ko‘riladi). Xodimning mehnat daftarchasini yashash joyiga pochta orqali jo‘natish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi. 3.4. Xodim vafot etgan bo‘lsa, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga tilxat yozdirib olish yo‘li bilan topshiriladi yoki ularning talablariga ko‘ra pochta orqali jo‘natiladi. Vafot etgan xodim mehnat daftarchasining “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida yozuvning tartib soni va sanasi ko‘rsatilgandan so‘ng 3-ustunga “Mehnat munosabatlari bekor qilindi” deb yozilib, 4-ustunda esa buyruqning sanasi va tartib raqami ko‘rsatiladi. Ushbu yozuv belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 4.1. Mehnat daftarchasi yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda, shuningdek, foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan (yirtilgan, yongan, yozuvlari bo‘yalgan) hollarda mehnat daftarchasining dublikati xodimning oxirgi ish joyidan beriladi. 4.2. Mehnat daftarchasini yo‘qotgan shaxs bu to‘g‘rida zudlik bilan oxirgi ish joyiga yozma xabar berishi lozim. Xabarnomadan so‘ng 15 kundan kechiktirmasdan ish beruvchi xodimga birinchi betini yuqori qismining o‘ng tomoniga “Dublikat” deb yozilgan holda yangi mehnat daftarchasini beradi. 4.3. Mehnat daftarchasining dublikati umumiy qoidalarga binoan to‘ldiriladi. Mehnat daftarchasining dublikati to‘ldirilayotganda “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida oxirgi ish joyidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilgarigi buyruqlar asosida yoziladi. 4.4. Bordiyu, xodim mazkur korxonaga ishga kirmasdan oldin ishchi yoki xizmatchi vazifasida ishlagan bo‘lsa, unda mehnat daftarchasi dublikati “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limining 3-ustuniga, mazkur korxonaga ishga kelmasdan ilgarigi ishlagani to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy ish staji yoziladi. Mehnat daftarchasi egasining oldingi umumiy ish staji jamlanib, ya’ni qaysi korxonada, qaysi davrda va qaysi lavozimlarda ishlagan yillari, oylari va kunlari umumiy tarzda yoziladi. Masalan: bir ish joyida boshqa ishga o‘tkazilishi va boshqalar ko‘rsatilmaydi. Hujjat bilan tasdiqlangan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan umumiy ish staji mehnat faoliyatining ayrim davrlari bo‘yicha quyidagicha yoziladi: 2-ustunda ishga qabul qilingan sana ko‘rsatiladi; 3-ustunda xodim ishlagan korxona, sex va mansabi, nomi yoziladi. Agar, taqdim qilingan hujjatlarga xodimning mazkur korxonaning o‘zidagi boshqa doimiy ishga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lsa, unda bu to‘g‘rida xam tegishli yozuv kiritiladi So‘ng 2-ustunda mehnat shartnomasi bekor qilinganlik sanasi ko‘rsatiladi, 3-ustunda esa xodim tomonidan taqdim qilingan hujjatda tegishli ma’lumot bor bo‘lsa, mehnat shartnomasining bekor qilinganligi xam ko‘rsatiladi. 4-ustunda, dublikatga yozuv kiritilishi uchun asos bo‘lgan hujjatning nomi, son raqami va sanasi kiritiladi. Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar egasiga qaytarib beriladi. Ish beruvchi xodimga mazkur korxonaga kirmasdan oldingi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlarni olishda yordam ko‘rsatishi majburiy. 4.5. Ushbu Yo‘riqnomaning 2.16 bandida ta’kidlangan ma’lumotnoma bilan bir qatorda, umumiy jamlangan ish staji ko‘rsatilmagan holda bosh satrdan tegishli hujjatlarning nomi, son raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda quyidagilar yoziladi: a) qabul qilingan va xizmatdan bo‘shagan sanalari ko‘rsatilgan holda xalq qo‘shinlari va partizan otryadlarida bo‘lgan davri; b) kasb-hunarmandchilik shirkatlari artelining a’zosi sifatida ishlagan davri. 5.1. Yangi mehnat daftarchalari (dublikati)ni berishda ish beruvchi xodimdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 10 foizigacha miqdorida haq olish huquqiga ega. Mehnat daftarchalari noto‘g‘ri to‘ldirilgan (rasmiylashtirilgan)da yoki ularni saqlashda ehtiyotsizlik tufayli yaroqsiz holga tushib qolganda mehnat daftarchalarining narxini ish beruvchi qoplaydi. Tabiiy ofatlar yoki boshqa sabablarga ko‘ra korxona tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yo‘qotilgan taqdirda, xodimga mehnat daftarchasining dublikati bepul beriladi. 5.2. Ishdan bo‘shagan xodimlar mehnat daftarchalarini o‘z vaqtida olmagan taqdirda, ular ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalaridan alohida qilinib, korxona xodimlar bo‘limida ikki yil davomida saqlanadi. Ushbu muddat davomida ham yo‘qlab kelinmagan va olinmagan mehnat daftarchalari ish beruvchi arxivida 50 yil saqlanadi va ushbu muddatdan so‘ng belgilangan tartibda yo‘qotilib yuborilishi mumkin. 5.3. Ish beruvchilar zarur miqdordagi mehnat daftarchalari mavjudligini ta’minlashlari shart. 6.1. Ish beruvchilarda bo‘lgan yangi mehnat daftarchalari bo‘yicha quyidagi hujjatlar yuritiladi: a) mehnat daftarchalarini qabul qilib olish kitobi, (Yo‘riqnomaga 1-ilova); b) mehnat daftarchalarini sarf qilish kitobi (2-ilova); v) mehnat daftarchalarini hisobini olib borish kitobi (3-ilova). Mehnat daftarchalarini qabul qilib olish va ularni sarf qilish kitoblari korxonalarning hisob-kitob bo‘limi (buxgalteriya) tomonidan olib borilib, ularda hamma mehnat daftarchalarini qabul qilib olish va sarf qilish, ularning seriyalari va son raqamlari ko‘rsatilgan holda yoziladi. Mehnat daftarchalari hisobotini olib borish kitobi xodimlar bo‘limi yoki ish beruvchi tomonidan shunga mas’ul qilingan xodim tomonidan yuritiladi. Bu kitobda xodimlardan ishga kirishda olingan, hamda yangi kirgan xodimlarga berilgan hamma mehnat daftarchalarining seriyasi va son raqamlari, shuningdek, yangi yozib berilgan mehnat daftarcha (dublikat)lari berilgani uchun haq olinganligi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi. Mehnat daftarchalarini qabul qilib olish va sarf qilish hamda ularni hisobotini olib borish kitoblarining sahifalarida son raqamlari qo‘yilgan bo‘lishi hamda ular ip bilan tikilib, ish beruvchi rahbari imzosi va surg‘uchli muhr bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) mustahkamlangan bo‘lishi shart. 6.2. Mehnat daftarchalari korxonaning xodimlar bo‘limida qat’iy hisobot hujjati sifatida saqlanadi. Xar oyning oxirida mehnat daftarchasini yuritish bo‘yicha mas’ul shaxs mehnat daftarchalari mavjudligi haqida va yangi to‘ldirilgan mehnat daftarchalari uchun undirilgan pul mablag‘lari to‘g‘risida ish beruvchining hisob-kitob bo‘limiga hisobot beradi. To‘ldirish paytida yoki boshqa sabablarga ko‘ra yaroqsiz bo‘lib qolgan mehnat daftarchalariga dalolatnoma (akt) tuziladi. 6.3 Mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda shartnoma bo‘yicha mehnat daftarchalari, mehnat daftarchasiga qo‘shimcha varaqlari sotib olgan korxonalar bunday shartnoma tuzilganidan keyin bir oydan kechikmasdan ular maqsadli ishlatilganligi to‘g‘risida mehnat organlariga ma’lumot taqdim qilishlari lozim. Ma’lumot mehnat daftarchalari, mehnat daftarchasiga qo‘shimcha varaqlari berilgan (yuritilgan) xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlar, ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rekvizitlari ko‘rsatilgan holda erkin shaklda beriladi. Korxona tuzilgan mehnat shartnomasi asosida belgilangan tartibda faqat ishga qabul qilingan xodimlarga mehnat daftarchasi berishi shart. Begona shaxslarga mehnat daftarchasi berish taqiqlanadi. 7.1. Mehnat daftarchasini yuritish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni o‘rnatilgan tartib asosida mehnat huquq inspeksiyalari, kasaba uyushmalari hamda bo‘ysunishi bo‘yicha o‘zidan yuqori turuvchi idoralar tomonidan olib boriladi. 7.2. Mehnat daftarchalarini yuritish yuzasidan nizolar mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Eslatma: har bir xodimga faqatgina bitta mehnat daftarchasi yuritiladi, agarda ayrim sabablarga ko‘ra xodimda ikki yoki undan ko‘p mehnat daftarchasi mavjud bo‘lsa keyingilari shunday mavjudlikni aniqlagan ish beruvchi tomonidan bekor qilinadi. Bunda keyingi mehnat daftarchalaridagi yozuvlar uchun shu ish beruvchi mas’ul bo‘lmaydi. 7.3 Mehnat daftarchalari, mehnat daftarchasiga qo‘shimcha varaqlarni sotib olish, hisobotini olib borish va tasarruf etish tartibiga rioya qilishni nazorat qilish mahalliy mehnat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mehnat daftarchalarini yuritish, sotib olish, hisobotni olib borish va foydalanish tartibini buzgan mansabdor shaxslar qonunlarda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 1. Mehnat daftarchalarini qabul qilib olish kitobining namunasi; 2. Mehnat daftarchalarini sarf qilish kitobining namunasi; 3. Mehnat daftarchalari hisobotini olib borish kitobining namunasi; 4. Shaxsiy varaqa (T-2) namunasi; 5. Mehnat daftarchasining namunasi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 15-sentabrda 174-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
51
33,531
Qonunchilik
RESPUBLIKA KO‘ChMAS MULK BIRJASIDA AUKSION SAVDOLARINI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Respublika ko‘chmas mulk birjasida auksion savdolarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Davlat mulki obyektlarini auksion va konkurs asosida xususiylashtirish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom (1994-yil 17-may, ro‘yxat raqami 54) va unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar (1995-yil 9-noyabr, ro‘yxat raqami 54-1) auksion savdolariga oid qismida o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
110
550
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin: 1) quyidagi mazmundagi 2444-modda bilan to‘ldirilsin: Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, — uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa; g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar: a) odamlar o‘limiga; b) halokatga; v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, — sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi”; 2) quyidagi mazmundagi 2481-modda bilan to‘ldirilsin: Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, — uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa; g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar: a) odamlar o‘limiga; b) halokatga; v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, — sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”; 3) 2601-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasidagi “shu jumladan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish” degan so‘zlar “(bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 345-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 113-moddasi uchinchi — beshinchi qismlarida, 114-moddasi uchinchi qismida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi qismida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi qismida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 134, 135, 137-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164 — 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 1861-moddasida, 1862-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 193 — 204-moddalarida, 213-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 214-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 216, 217, 222-moddalarida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 243 — 2443-moddalarida, 2444-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 2481-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 2501-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 251 — 2551-moddalarida, 2552-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 256 — 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2601-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 263-moddasida, 2631-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273-moddalarida, 274-moddasi ikkinchi qismida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida, 2787-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi”; 2) 3812-modda: birinchi qismining: 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1) ichki ishlar organlarining — Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 113-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 125, 126-moddalarida, 127-moddasi birinchi qismida, 1271-moddasi birinchi qismida, 128-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 132-moddasida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185 — 1851-moddalarida, 1862-moddasi birinchi qismida, 213-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 214-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 224-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227-moddasida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2281 — 2293-moddalarida, 2444-moddasi birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 2481-moddasi birinchi qismida, 2501-moddasi birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 2552-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 2601-moddasi birinchi qismida, 261-moddasida, 262-moddasi birinchi qismida, 2631-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi qismida, 276-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2781 — 2786-moddalarida, 2787-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha”; 4-bandi “2443-moddasida” degan so‘zlardan keyin “2444-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 99-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik (bundan yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlari mustasno), — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi punktlarining va aholi punktlariaro hududning bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini, madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarni rekonstruksiya qilish rejalarini buzish, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arxitektura yechimlarini buzish, — fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Obyektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlariga, shu jumladan ish hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, — fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurishga, rekonstruksiya qilishga va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda shunday ishlarni amalga oshirish, — fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan o‘z hududiga tutash va tutash bo‘lmagan yer maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirish, — fuqarolarga eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning o‘ninchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — fuqarolarga eng kam ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 2) 107-modda: birinchi qismining sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 108-modda: sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 4) 1162-moddaning dispozitsiyasidagi “shu jumladan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish” degan so‘zlar “(bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin”; 5) 135-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (ushbu Kodeks 1351-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo‘l varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati (transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yo‘qolgan guvohnoma o‘rniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan e’tiboran ikki yillik davr bundan mustasno) yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish va ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan (hisobga qo‘ymasdan) transport vositalarini boshqarish”; 6) 177-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 7) quyidagi mazmundagi 1771 va 1772-moddalar bilan to‘ldirilsin: Asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining nusxalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari to‘g‘risida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolg‘on axborotni ko‘rsatish, — asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini o‘z ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 8) 245-moddaning birinchi qismi “177” raqamidan keyin “1771, 1772” raqamlari bilan to‘ldirilsin; 9) 2682-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 99 va 178-moddalarida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi”; 10) 271-moddaning 11-bandidagi “1761 — 1764, 177-moddalarida” degan so‘zlar “1761 — 1764-moddalarida, 177-moddasining birinchi qismida, 1771-moddasining birinchi qismida, 1772-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 11) 291-modda birinchi qismining “a” bandidagi “131, 135, 1351-moddalarida” degan so‘zlar “131, 135 (haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari bundan mustasno), 1351-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonunning 1, 2-moddalari, 3-moddasining 4-bandi mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi. Ushbu Qonun 3-moddasining 1, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11-bandlari mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
194
24,781
Qonunchilik
SIL KASALLIGIGA QARShI MUASSASALAR XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Sil kasalligiga qarshi muassasalar xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq sil kasalligiga qarshi muassasalar xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar sil kasalligiga qarshi muassasa va tashkilotlarga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir. 2. Mazkur Qoidalar binolar va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. 4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma; tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari. 7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi. 8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. 10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak. 12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitishni va bilimlarni sinashni tashkil qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. 14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 15. Ish joylaridagi muhit hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim. 16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart. 18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart. 19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir. 21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim. 22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi: ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim. 24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi. 25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. 26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart: yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi; himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi; himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi; yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno). 27. Xodimlar Sog‘liqni saqlash va tibbiyot ishlab chiqarishlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1998, 2009-yil 25-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 391-modda) muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim. 28. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 29. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. 30. Bosim ostida ishlovchi uskunalarda va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart. 31. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim. 33. Tashkilotlarda xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim. 34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim. 35. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim. 36. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas. 37. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi. 38. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi. 39. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 40. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim. 41. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 42. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim. 43. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim. 44. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim. 45. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, o‘rtacha og‘ir ishda 170 S va og‘ir ishda 160 S dan past bo‘lmasligi kerak. 46. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 220 S dan kam bo‘lmasligi kerak. 47. Maishiy xonalar QMQ 2.09.12-98 “Korxonaning maishiy va ma’muriy binolari” talablariga muvofiq oqib keluvchi va so‘ruvchi ventilatsiya bilan jihozlanishi lozim. 48. Tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan havo almashtirish tizimi qurilmalarini xavfsiz ishlatish bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanishi lozim. Ventilatsiya qurilmalari ishga yaroqli holda saqlanishi, davriy ravishda ko‘rikdan o‘tkazilib, tozalanib turilishi, nosozliklar aniqlanganida esa, zudlik bilan ta’mirlanishi lozim. Tashkilotlarda havo harorati SanQvaM 12.01.005 “Ish zonasidagi havoga umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 49. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak. 50. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 51. Ichimlik suvining harorati 80 S dan 200 S gacha bo‘lishi kerak. 52. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim. 53. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi. 54. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) talablariga rioya qilinishi kerak. 55. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar) da montaj qilinishi lozim. 56. Yuqori namlik issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik saqlashdan himoyalangan yoki yopiq ijroda bo‘lishi shart. 57. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim. 58. Ko‘chirib yuruvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi lozim. 59. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim. 60. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim. 61. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalari, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim. 62. Elektr qurilmalari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilotning mas’ul xodimi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 63. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishi hisobiga olingan holda tashkilotning mas’ul xodimi ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim. 64. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi. 65. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi lozim. 66. Xonalarni tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talabiga mos bo‘lishi lozim. 67. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. 68. Yorug‘ tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim. 69. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi. 70. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 71. Uchastkalarda va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak. 72. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. 73. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talabiga mos bo‘lishi kerak. 74. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 75. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak. 76. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 77. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 78. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim. 79. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va to‘siqlar bo‘lishi lozim. 80. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur. 81. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart. 82. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak. 83. Tashkilot maydoni butun chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim. 84. Tashkilot binolari va inshootlari QMQ 2.09.04-98 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi kerak. 85. Xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak. 86. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 87. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositasining eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak. 88. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 metrdan oshiq bo‘lishi kerak. 89. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 90. Binolar va inshootlar bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tasdiqlanadigan tadbirlar va dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak. 91. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak. 92. Tashkilot hududida joylashgan xo‘jalik binolari bemorlarning nazoratsiz kirib-chiqishini oldini oladigan kuzatuv va ogohlantiradigan uskunalar bilan ta’minlanishi lozim. 93. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 94. Tashkilotda bemorlarni davolash bo‘limlariga joylashtirish bemorlar tarkibini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. 95. Tashkilotga keltirilgan bemorni qabul qilib olish navbatchi tibbiy xodimlar tomonidan bajarilib, bunda albatta shifokordan tashqari hamshira (feldsher) va sanitar bo‘lishlari shart. 96. Bemorlarni qayd qilish bo‘limida xodimlarni tomchi infeksiyadan muhofaza qilish uchun bemorlar bilan gaplashishga ikki qavatli oynalar o‘rnatilgan bo‘lib, hujjatlarni qabul qilish uchun yon tomondan tirqishlar qoldirilishi lozim. 97. Har bir bo‘lim alohida bemor uchun aniq belgilangan o‘tirish joyi bo‘lgan ovqatlanish xonasiga, bo‘lim ichida o‘tkaziladigan mehnat bilan davolash xonasiga, qarindoshlari bilan uchrashuv xonasiga, oshxonadan ovqat uzatadigan darchali bufet xonasiga, toza va kirlangan ich kiyimlar, o‘rin — bosh jildlari hamda ustki kiyim va poyabzal uchun kiyimxonaga, ko‘tarib yuriladigan asbob-uskunalar, aravachalar va qo‘zg‘aluvchi kursilarni saqlash uchun xonalarga, bo‘lim mudiri va katta tibbiy hamshira kabinetlariga, xo‘jalik hamshirasi va xodimlar xonasiga, neyroleptiklarni inyeksiya qilish uchun muolaja xonasiga, xodimlar uchun kiyim xonaga va hojatxonaga ega bo‘lishi lozim. 98. Ichki aloqa uchun mahalliy avtomat telefon stansiyasi yoki selektor aloqasi o‘rnatilishi shart. 99. Bo‘lim mudirlari, shifokor xonalari va katta tibbiy hamshira xonalari orasida xabar yetkazish (signalizatsiya) chiroqli va qo‘ng‘iroqli bo‘lishi lozim. 100. Bo‘limga kirish eshigida bo‘lim yo‘lagiga xabar yetkazadigan qo‘ng‘iroq bo‘lishi kerak. 101. Cho‘milish xonasida xodimlarni shoshilinch chaqirish uchun xabar yetkazish qo‘ng‘irog‘i o‘rnatilishi lozim. 102. Sil kasalligiga qarshi muassasalarda xodimlarning va tashrif buyuruvchilarning sil kasalligi bilan kasallanishlarini oldini olish hamda sil infeksiyasini tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilarga amal qilinishi lozim: xodimlar va tashrif buyuruvchilar shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari; xodimlar va tashrif buyuruvchilar muassasaga kirishda xalat, qalpoq (yoki ro‘mol) kiyishlari, chiqayotganda yechishlari; xodimlar va tashrif buyuruvchilar bemorlarning yotoq joylariga o‘tirmasliklari va ularning idish va boshqa buyumlaridan foydalanmasliklari. 103. Sil kasalligi muassasalari tashrif buyuruvchilarga bemorlarning kiyimlari yoki buyumlarini zararsizlantirmasdan berib yuborishi qat’iyan man qilinadi (idishlar, ro‘molchalar, kiyimlar, o‘yinchoqlar, kitoblar va boshqalar). 104. Tashkilotda quyidagilar amalga oshirilishi zarur: joriy zararsizlantirish tadbirlarini o‘tkazish; tufukdonlarni, idishlarni, ich kiyimlarni, yotoq anjomlarini, ro‘molchalarni va boshqalarni zararsizlantirishni to‘g‘ri tashkil qilish; xonalarni va buyumlarni tozalash va zararsizlantirish tartibini to‘g‘ri tashkil qilish; 105. Sil kasalligiga qarshi tashkilotlar yiliga kamida bir marta, shuningdek bemorlar qayta joylashtirilganda, tashkilot ko‘chirilganda yoki ta’mirlanishidan oldin yakuniy zararsizlantirish tadbirlarini o‘tkazishi kerak. 106. Tashkilotda zararsizlantirish uchun dezinfeksion kameralar, yotoq anjomlari va ichki kiyimlarni zararsizlantiruvchi uskuna hamda idishlar uchun maxsus sterilizatorlar va boshqalar bo‘lishi zarur. 107. Tashkilotda sil kasalligi o‘chog‘ini joriy va yakuniy zararsizlantirish tadbirlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. 108. Joriy zararsizlantirish tadbirlari batsilla ajratuvchi aniqlanishi bilan darhol uy sharoitida doimiy ravishda o‘tkazilishi shart. 109. Bemorining uyida joriy zararsizlantirish tadbirlari sil kasalligi muassasalari yoki poliklinikalarning sil kasalligi bo‘limlari, qishloq joylarda esa qishloq vrachlik punktlari tomonidan tashkil qilinishi lozim. 110. Joriy zararsizlantirish ustidan umumiy nazorat va amaliy yordamni tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari hamda dezinfeksiya stansiyalari olib borishlari kerak. 111. Joriy zararsizlantirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: mexanik zararsizlantirish (nam tozalash, shamollatish va boshqalar); yuqori haroratdan foydalanish (tufukdonlarni, kiyimlarni, bog‘lov vositalarini, idish va o‘yinchoqlarni kamerada zararsizlantirish; kimyoviy zararsizlantirish vositalaridan foydalanish. 112. Sil kasalligi o‘chog‘ida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim: bemorning ajratmalarini, idishlarini va ovqat qoldiqlarini zararsizlantirish; ifloslangan ichki kiyimlarni zararsizlantirish. 113. Sil kasalligi o‘chog‘ida yakuniy zararsizlantirish majburiy ravishda quyidagi xollarda o‘tkazilishi kerak: bemor kasalxonaga yotqizilganda yoki bir oydan ko‘p muddatga jo‘nab ketganda; sil kasalligining ochiq shakli bilan kasallangan bemor yashaydigan xonadonda; bemorning boshqa joyga yashash uchun ko‘chib ketganida; bemor vafot etganida. 114. Yakuniy zararsizlantirishni o‘tkazish uchun uchastka tibbiyot xodimi dezinfeksiya stansiyasiga yoki hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga sil kasalligining klinik shakli hamda zararsizlantirilishi lozim bo‘lgan xonalar soni va kattaligi to‘g‘risida ma’lumot berishi shart. 115. Yakuniy zararsizlantirish dezinfeksiya stansiyalari yoki hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari tomonidan o‘tkaziladi, shuningdek ular kasallik o‘chog‘ida zararsizlantirishning sifati va o‘z vaqtida o‘tkazilishiga mas’ul hisoblanadilar 116. Yakuniy zararsizlantirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: joyida yuqori haroratdan foydalanish (kiyimlar, bog‘lov materiallari, idishlar, o‘yinchoqlarni qaynatish, chiqindilarni kuydirish); kamerada zararsizlantirish (yotoq anjomlari, bemorlarning ustki va ichki kiyimlari, palaslar, kitoblar va boshqalar); kimyoviy zararsizlantirish (ich kiyim, idish, xonalar, mebellar); 117. Yakuniy zararsizlantirish tartibi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: yakuniy zararsizlantirish o‘tkazishda shifokor tomonidan zararsizlantiriluvchi narsalar va xonalar hajmini o‘rganish; zararsizlantirish rejasini tuzish. 118. Birinchi navbatda epidemiologik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan narsalar zararsizlantirilishi lozim (ajratmalar, ich kiyimlar, idishlar va boshqalar). 119. Zararsizlantirish o‘tkazilayotganda yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish lozim. 120. Batsilla ajratuvchiga atrofdagilardan ajratilgan holda alohida xona, iloji bo‘lmasa xonaning bir tomoni ajratib berilishi lozim. Bemorning yotog‘i devordan narida, boshqa yotoqlardan esa kamida 1,5 m uzoqlikda bo‘lishi kerak. 121. Xonada faqat bemor uchun kerakli bo‘lgan buyumlar qoldirilishi lozim. 122. Bemorning zararsizlantirilgan idishlari alohida javonda yoki umumiy javonning alohida tokchasida saqlanishi lozim. 123. Bemorning buyumlari, kiyimlari va tualet anjomlari alohida saqlanadi, ustki kiyim uchun ham alohida joy ajratiladi. 124. Bemorning idishlari va buyumlaridan boshqalarning foydalanishi taqiqlanadi. 125. Batsilla ajratuvchining xonasi qishda tez-tez, issiq davrda esa doimo shamollatib turilishi lozim. 126. Sil kasalligi o‘chog‘ida parvarish qilinayotgan bemorlarni nazorat qiluvchi tibbiy xodimlar sil kasalligi yuqishining oldini olishda gigiyenik tartib to‘g‘risida tushuntirishlar olib borishlari kerak. 127. Har bir bemor ikkitadan mahkam yopiladigan cho‘ntak tufukdoni bilan ta’minlanishi lozim. 128. Sil kasalligida zararsizlantiruvchi vositalar sifatida quyidagilar ishlatilishi lozim: xlorli ohak — xlor hidli oq kukun; xloramin; geksilrezorsin; 1-xlor-beta-naftol. 129. Sil kasalligida zararsizlantirishda qo‘llaniluvchi xlorli ohakda kamida 20 — 25 foiz faol xlor bo‘lishi kerak. 130. Xlorli ohak — xlor hidli oq kukun mahkam yopiladigan idishda, quruq, salqin joyda, qorong‘ida, yaxshi shamollatiladigan joyda saqlanishi lozim. 131. Xlorli suvdan zararsizlantirish uchun 10 va 20 foizli konsentratsiyalardan foydalanishga ruxsat beriladi. 132. Laboratoriya xonalari tabiiy yoritilgan va shamollatish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi, shuningdek kuniga ikki mahal shamollatib turilishi kerak. 133. Barcha xonalarga linoleum to‘shalishi, sanitariya xonalarida esa metlax plitkalari yotqizilgan bo‘lishi kerak. Devorlar moyli bo‘yoq bilan bo‘yalishi, sanitariya xonalarida esa kafel yopishtirilishi zarur. 134. Xonalar va inventarlar kuniga kamida 2-marta tozalanishi kerak. Chiqindilar qopqoqli chelaklarga yig‘ilishi va olib chiqilishi hamda maxsus joyda yoqib yuborilishi lozim. 135. Tozalash inventarlari (chelaklar, lattalar, xokandozlar va boshqalar) alohida ajratilgan xonalarda yoki alohida javonlarda saqlanishi kerak. 136. Iflos ich kiyimlar solingan qoplar saqlanadigan ichki qismiga temir qoplangan qutilarni qo‘yishga xonalar ajratilishi zarur. Bu kiyimlar yuvishdan oldin albatta zararsizlantirilishi lozim. 137. Tufukdon va balg‘amlarni kimyoviy yoki termik yo‘l bilan zararsizlantirishda, shuningdek sudnolar va siydik qabul qiluvchi idishlarni avtomatik ravishda yuvish uskunalarini o‘rnatish uchun alohida xonalar bo‘lishi kerak. 138. Har bir statsionar bo‘limlar issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan, idish yuvish uchun alohida, qo‘l yuvish uchun alohida suv jumraklari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 139. Oshxonada iflos idishlar va toza idishlar uchun alohida stollar ajratilgan bo‘lishi kerak. 140. Bemorlardan qaytgan idishlar ovqat qoldiqlaridan tozalangandan keyin termik yoki kimyoviy yo‘l bilan zararsizlantirilib yuvilishi lozim. Ovqat qoldiqlari albatta zararsizlantirilishi kerak. 141. Rentgen kabinetida uskunaning ekrani orqasiga tselluloid plyonkasi o‘rnatiladi, uni kabinetning ish vaqti tugaganidan keyin har kuni 0,25 foizli faol xloramin eritmasi bilan yuvilishi yoki kuydirilishi lozim. 142. Laboratoriyalarda ish tugagandan keyin barcha ishlatilgan materiallar maxsus idishlarga solinib zararsizlantirilishi kerak. 143. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi. 144. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortiladilar. 145. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
105
31,706
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 4-iyundagi PQ-4351-son qaroriga muvofiq Vazirlir Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 6-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin. 1. 9-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin: “hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni o‘rganish va metodologik ta’minlash”; oltinchi–to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi–o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. 10-bandga quyidagi mazmundagi “i” kichik band qo‘shilsin: “i) hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni o‘rganish va metodologik ta’minlash sohasida: hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni o‘rganadi va umumlashtiradi hamda ularni normativ tartibga solish bo‘yicha takliflar kiritadi; “Obod hudud” tizimini (elektron onlayn-maydoncha) ishlab chiqadi, joriy etadi va axborot bilan ta’minlashni amalga oshiradi; davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligini va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini obodonlashtirish sohasiga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi”.
250
1,928
Qonunchilik
Oliy Majlis Senatining XII yalpi majlisi 5 fevralda boʻlib oʻtadi
Bu haqdagi qaror Oliy Majlis Senati Kengashining 1 fevraldagi majlisida qabul qilindi. Videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtadigan yalpi majlisda quyidagi qonunlarning koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan: Bundan tashqari, 2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2020 yildagi ijrosi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining hisobotini muhokama qilish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar, mamlakatimizda toshqinlar, sel oqimlari, koʻchki хavfi mavjud togʻ va togʻoldi hududlarida joylashgan aholi punktlari hamda iqtisodiy ob’yektlar хavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari hamda boshqa masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
65
975
Qonunchilik
YaPONIYA HUKUMATINING BEG‘ARAZ YORDAMIDAN SAMARALI FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“Samarqand—G‘uzor—Termiz avtomobil yo‘lini saqlash va ta’mirlash” loyihasini amalga oshirish doirasida yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalar yetkazib berish uchun Yaponiya hukumati tomonidan berilayotgan 976 mln. Yaponiya yeni miqdoridagi beg‘araz yordamni jalb etish hamda undan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M.G‘aniyev Ayirboshlash notasini O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin. 2. “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalar yetkazib berish uchun Yaponiya hukumati tomonidan berilayotgan beg‘araz yordamni oluvchi etib belgilansin. “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda beg‘araz yordam doirasida olinadigan zarur yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarning aniq ro‘yxatini Yaponiya tomoni bilan ishlab chiqsin. “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kelib tushayotgan yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarning saqlanishini hamda qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlasin. 3. Quyidagilarga: beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘larni olish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur tartibotlarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga; ko‘rsatib o‘tilgan beg‘araz yordamga hisob-kitob xizmati ko‘rsatish — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yuklansin. 4. “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Yaponiya hukumatining ko‘rsatib o‘tilgan beg‘araz yordami hisobiga O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan asbob-uskunalar, avtomashinalar, texnikalar, mexanizmlar hamda ularni yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan xizmatlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin. 5. Belgilansinki, Yaponiya hukumatining beg‘araz yordami hisobiga kelib tushayotgan yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalardan daromad (foyda) solig‘i undirilmaydi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga vizalar konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan loyihaning xorijiy qatnashchilarini davlat boji undirmasdan vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
91
2,926
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n yilligi munosabati bilan fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish, yurtimizning xalqaro miqyosda nufuzini oshirish ishiga qo‘shgan salmoqli hissasi, o‘z ijodi, ilmiy faoliyati, el-yurtga halol xizmati bilan obro‘-e’tibor qozongani, fan, ta’lim, adabiyot, san’at, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport va boshqa ijtimoiy sohalarda ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotganini e’tiborga olib hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
212
509
Qonunchilik
“Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 11-maydagi 54-son “Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1961, 2009-yil 1-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 23-son, 265-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”. 2. Nizomda: a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi va “Lizing to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibini belgilaydi.”; b) 4-bandning “d” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “ijara” degan so‘z “moliyaviy ijara” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “28. Mulkni keyinchalik qayta moliyaviy ijaraga olish (lizingga olish) sharti bilan sotish hollarida, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) mulkini sotish operatsiyalari oldi-sotdi sifatida qaraladi va sotuvchining buxgalteriya hisobida O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga (ro‘yxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr) muvofiq amalga oshiriladi. Keyinchalik moliyaviy ijara hisobi ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan mazkur Nizomda o‘rnatilgan tartibda yuritiladi.”
155
1,828
Qonunchilik
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, ularni har tomonlama mukammallashtirish va amalga oshirish, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatni demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida: 1. Joylarda saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, dolzarb va aholini o‘ylantirayotgan masalalar keng ko‘lamda o‘rganilishi, amaldagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti tanqidiy tahlil qilinishi, ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilishi, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida quyidagi hujjatlar tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (bundan buyon matnda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi); Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi). 2. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston advokatlar palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasining muassasa shaklidagi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilarni belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) bilan uzviy hamkorlikda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash; Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro standartlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning baholari, fikr-mulohazalarini o‘rganish; Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasidagi amalga oshiriladigan tadbirlarning ekspertlar hamda jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama etilishini tashkil qilish; Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish, shuningdek Dasturda nazarda tutilgan qonun, qonunosti va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish; xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir har yillik dasturlar loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashish; Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha aholining fikr va takliflarini to‘plash va o‘rganish, ular yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish; Harakatlar strategiyasini amalga oshirib borilishining tizimli jamoatchilik monitoringini o‘tkazish, uning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; Harakatlar strategiyasining amalga oshirib borilishi to‘g‘risida aholini, tadbirkorlik subyektlarini, fuqarolik jamiyati institutlarini va xalqaro jamoatchilikni keng xabardor qilish. 3. Markaz faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi ilovaga muvofiq ma’qullansin. Belgilansinki, Markaz faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash Markazning davlat organlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlaydi va unga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini har tomonlama ko‘llab-quvvatlaydi. 4. Markaz: o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida vazirliklar, idoralar, banklar va boshqa tashkilotlardan zarur normativ, statistik hamda tahliliy axborotni so‘rash va bepul olish; komissiyalar tomonidan tashkil etiladigan ekspert guruhlariga Dasturda nazarda tutilgan hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berish; davlat boshqaruvi organlari, idoralar, banklar mutaxassislarini, ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining olimlari va o‘qituvchilarini, mustaqil ekspertlarni, shu jumladan xorijiy davlatlardan ekspertlar sifatida shartnoma asosida jalb qilish; Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun taklif etilgan milliy va xorijiy ekspertlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilsin. 5. Markazni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat ekanligi belgilab qo‘yilsin: texnik ko‘maklashish mablag‘lari, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining grantlari; vazirliklar, idoralar, banklar hamda boshqa tashkilotlarning tadqiqot hamda tahlillar o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lari; ijtimoiy sheriklik doirasida nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratiladigan davlat grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Markazni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazga quyidagi masalalarni xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishda ko‘maklashsin: Markaz faoliyatini moddiy-texnik va axborot jihatdan ta’minlash uchun texnik ko‘maklashish mablag‘lari, grantlar jalb etish; Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun xorijiy ekspertlarni taklif etish; xorijiy tajribani o‘rganish uchun Markaz ekspertlarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarga safarlarini tashkil etish. 8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Markazning buyurtmalariga binoan xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan olinadigan grantlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179- moddasiga muvofiq belgilangan tartibda xulosalar berilishini ta’minlasin. 9. Markaz quyidagi majburiy jo‘natmalar reyestriga kiritilsin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya, Mehnat, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarining statistik ma’lumotlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi byulletenlari va kundalik ma’lumotlari to‘plami; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazining xorijiy matbuot sharhlari va tahliliy ma’lumotnomalari, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari. 10. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markazni joylashtirish, shuningdek uning zarur zamonaviy kompyuterlar, tashkiliy texnika, mebel va inventarlar bilan jihozlanishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: Markazning keng qamrovli Internet tarmog‘i bilan jihozlanishini; O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda Markazning O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy litsenziyaga ega axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy ravishda elektron ulanishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazning buyurtmalariga binoan Markaz faoliyatiga jalb qilinayotgan chet el fuqarolariga konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markazning buyurtmalariga binoan Markaz faoliyatiga jalb qilinayotgan chet el fuqarolariga davlat bojini undirmagan holda ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 14. Ushbu Farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
188
8,721
Qonunchilik
Xalqaro xususiy xuquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish xaqida
Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi Ustavi (Gaaga, 1951-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilinsin.
116
110
Qonunchilik
IIV akademiyasida - ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi
Prezident tomonidan 15.04.2021 yildagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5076-son qaror imzolandi. Hujjatga asosan, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, IIVning Akademiyasida kadrlarni tayyorlash jarayoniga bakalavriat va magistraturani oʻz ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi joriy etiladi. Belgilanishicha, Akademiyadagi ta’lim tizimi kadrlarni maqsadli kasbiy tayyorlashga qaratiladi hamda birinchi kursdan boshlab mutaхassislik va yuridik fanlarni oʻqitish, jangovar va jismoniy jihatdan tayyorlash chuqurlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Akademiyaning bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqitish kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida tashkil etiladi. Oʻqishga qabul qilish ichki ishlar vazirining oʻrinbosari raisligida tashkil etiladigan maхsus kasbiy tanlov va ochiqlik mezonlari asosida yakka tartibdagi suhbat orqali amalga oshiriladi. Akademiyaning magistratura dasturi boʻyicha oʻqitish ichki ishlar organlarining rahbar kadrlarini tayyorlashga qaratiladi. Ikkinchi darajadagi "Tashkiliy-taktik boshqaruv" va birinchi darajadagi "Tashkiliy-strategik boshqaruv" yoʻnalishlarida tashkil etiladi. Magistratura dasturining har bir yoʻnalishi boʻyicha oʻqish muddati bir yilni tashkil etadi. Ta’lim oluvchilarga oхirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul ta’minoti saqlanadi. Bitiruvchilarga oliy ta’limning ikkinchi bosqichini tamomlaganligini tasdiqlovchi diplom beriladi. Birinchi darajali magistraturaning ta’lim oluvchilari IIV departament boshliqlari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining bevosita murabbiyligida majburiy tartibda amaliyot (stajirovka) oʻtaydi. Ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari, sohaviy хizmatlar rahbarlariga bir oyda kamida bir marotaba Akademiya magistraturasida auditoriya oʻquv mashgʻulotlarini bevosita oʻtkazish vazifasi yuklandi. Rahbar tarkibidagi tegishli lavozimlarga tayinlash uchun Akademiyaning ikkinchi darajali magistratura diplomiga ega boʻlishga oid talab 2022 yil 1 sentyabrdan, birinchi darajali magistratura diplomiga ega boʻlishga oid talab esa 2024 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi. Belgilanishicha, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab: Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetidagi ta’lim yoʻnalishlari (mutaхassisliklari) roʻyхatlari tasdiqlandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
53
2,561
Qonunchilik
DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMG‘ARMASI TOMONIDAN AJRATILGAN MABLAG‘LARNI QAYTARISh UChUN G‘ALLA VA UN SOTIShDAN TUShAYOTGAN MABLAG‘LARNI AKKUMULATSIYA QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-iyundagi 02-8-142-sonli Bayonining 8-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar: 1. Ilova* qilinayotgan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun g‘alla va un sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (yangi tahrirda) tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 8-fevralda tasdiqlangan 10-01 va 111-V-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun g‘alla va un sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish Tartibi” (1999-yil 27-fevral, ro‘yxat raqami 653); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 28-sentabrda tasdiqlangan 10-05 va 111-V-1-sonli Adliya vazirligida 1999-yil 27-fevralda 653-son bilan ro‘yxatga olingan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun g‘alla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish Tartibi”ga 1-sonli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar (1999-yil 30-sentabr, ro‘yxat raqami 653-1); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 2000-yil 24-avgustda tasdiqlangan 95 va 111-V-2-sonli Adliya vazirligida 1999-yil 27-fevralda 653-son bilan ro‘yxatga olingan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun g‘alla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish Tartibi”ga 2-sonli o‘zgartirish (2000-yil 5-sentabr, ro‘yxat raqami 653-2); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun g‘alla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish Tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 2004-yil 28-apreldagi 56 va 111-V-3-sonli qarori (2004-yil 4-iyun, ro‘yxat raqami 653-3 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 22-23-son, 268-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun g‘alla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish Tartibiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 2004-yil 15-oktabrdagi 113 va 111-V-4-sonli qarori (2004-yil 1-noyabr, ro‘yxat raqami 653-4 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 44-son, 465-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun g‘alla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish Tartibiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi 2004-yil 11-noyabrdagi 121 va 111-V-5-sonli qarori (2004-yil 18-noyabr, ro‘yxat raqami 653-5 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 45-46-son, 482-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun g‘alla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish Tartibiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 2005-yil 15-avgustdagi 73 va 111-V-6-sonli qarori (2005-yil 8-sentabr, ro‘yxat raqami 653-6 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 34-36-son, 270-modda); 3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
249
4,227
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini q
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari ― O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibining 29-bandida: a) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan idoraviy mansub tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 10 foizi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqamiga o‘tkazilganidan so‘ng qolgan mablag‘larning kamida 75 foizi moddiy-texnik bazani mustahkamlashga hamda ko‘pi bilan 25 foizi budjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi”; b) to‘rtinchi ― oltinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi ― yettinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 4-noyabrdagi 484-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 21-son, 205-modda) 9-bandi birinchi xatboshisidan “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomda: a) 23-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “respublika kalendar rejasini shakllantirishda ― O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining, sport turlari bo‘yicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari)ning, sport turlari bo‘yicha respublika oliy mahorati maktablarining, shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining vakillari kiritiladi. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirish va sport turlari bo‘yicha moliyaviy mablag‘larni taqsimlash komissiyasi tarkibi tegishli Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Shuningdek, komissiya qarorlari tegishli Bosh vazir o‘rinbosari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”; b) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Sport obyektlarini qurish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 20-maydagi 130-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 20-son, 258-modda): a) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining” so‘zlari “vazirligining” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada: 14-bandda: uchinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining hududiy filiali rahbari” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy bo‘linmasi rahbari o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining hududiy filiali” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy bo‘linmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 18-banddagi “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 5. Vazirlar Mahkamasining “Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 7-modda) 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-noyabrdagi 388-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 46-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining I bo‘limi 6-pozitsiyasida: a) “Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 17-yanvardagi 15-son qarorining 2-bandida: a) beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; b) yettinchi ― o‘n ikkinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi ― o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi basseynlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-yanvardagi 8-son qarorining 3-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi 333-son qarorining 3-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi sportchilarning olimpiya tayyorgarligi markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi 485-son qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Investitsiya dasturi doirasida davlat budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-avgustdagi 688-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari ― yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomning 5-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 7-yanvardagi 6-son qarorida: a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) ilovaning 17-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to‘g‘risida” 2019-yil 29-yanvardagi 65-son qarorida: a) 4-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovaning 32-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 5-ilovada: 2, 8 va 9-pozitsiyalarning “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7 va 10-pozitsiyalarda: “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “davlat budjeti mablag‘lari doirasida, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘lari, homiylik xayriyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Ijro uchun mas’ullar” ustuniga “Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlaridan keyin “, Moliya vazirligi” so‘zlari qo‘shilsin; 11-pozitsiyada: “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Ijro uchun mas’ullar” ustunidan “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,” so‘zlari chiqarib tashlansin. 14. Vazirlar Mahkamasining “2019 ― 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini to‘g‘risida” 2019-yil 13-fevraldagi 118-son qarorida: a) quyidagi mazmundagi 31-band qo‘shilsin: “31. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqamining yillik harajatlar smetasi tegishli Bosh vazir o‘rinbosari bilan kelishiladi”; b) 1-ilovaning 44-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2-ilovaning 21, 37 va 49-pozitsiyalari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-iyundagi 454-son qarorining 4-bandida: a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) uchinchi ― yettinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi ― oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 614-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxatining Sport majmualari bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 17. Vazirlar Mahkamasining “2020 ― 2024-yillarda respublikada bolalar va o‘smirlar sport maktablari, umumta’lim maktablarida sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 31-iyuldagi 637-son qarorining 4-bandi “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida” 2008-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 8-9-son, 40-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 50-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining valyuta mablag‘larini jalb etgan holda bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-maydagi 114-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 41-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 7-modda) 5-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ–2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 292-modda) ilovaning 39-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-apreldagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 86-modda). 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi 507-son qarori. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” 2018-yil 5-iyuldagi 508-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi. 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 22-avgustdagi 680-son qaroriga ilovaning 20-bandi. 10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 15-yanvardagi 32-son qaroriga 1-ilovasi 6-bandi. 11. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ 2019-yil 16-yanvardagi 40-son qarorining 5-bandi va unga ilova.
250
16,349
Qonunchilik
Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida: 1. Quyidagilar: “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun Islom taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — ITB) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 20 yil muddatga 200 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi to‘g‘risidagi qaror 2020-yil 19-dekabrda Islom taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi tomonidan va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — OPEK) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 20 yil muddatga 75 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi to‘g‘risidagi qaror 2020-yil 16-dekabrda OPEK Direktorlar Kengashi tomonidan ma’qullanganligi; Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (keyingi o‘rinlarda — BMTTD)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Loyihani amalga oshirish davrida mas’ul ijro etuvchi organning hamkori sifatida faoliyat ko‘rsatishi va u tomonidan Loyiha uchun 3,05 mln AQSh dollari miqdorida grant mablag‘i ajratilishi; Loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining ulushi 59,95 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lardan iborat ekanligi; Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla)larda amalga oshirilishi; Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2021 — 2025-yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB va OPEK kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi; Loyiha doirasida subloyihalarni loyihalovchi va pudrat ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tanlab olish “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida ochiq va shaffof usulda amalga oshiriladi; Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar Loyiha bo‘yicha imzolangan qarz (kredit) bitimlarida ko‘rsatilgan mexanizmlar talablariga amal qiladi; Loyihani amalga oshirish doirasida ITB hamda OPEKning kreditlarini qaytarish, shu jumladan qo‘shimcha haq (ustama) va foizlar, xizmat ko‘rsatganlik uchun haq va boshqa to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 3. Quyidagilar: “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq; “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida ITB va OPEK kreditlarining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa to‘lovlarni qaytarish prognoz jadvali 2 va 3-ilovalarga muvofiq; “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Belgilansinki, Loyihani amalga oshirish doirasida: hosil bo‘ladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari hisobidan to‘lanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi; olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qilish va qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish O‘zbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri (T.A. Ishmetov)ga O‘zbekiston Respublikasi nomidan ITB va OPEK ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha qarz bitimlarini imzolash vakolati berilsin. 6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev): Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) bilan birgalikda Loyiha doirasida subloyihalarni loyihalovchi va pudrat ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida ochiq va shaffof usulda tanlab olish; Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R.T. Mamatov) bilan birgalikda Loyiha doirasida aholi orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqishda doimiy o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin. 7. Belgilansinki, Loyiha doirasida: tanlangan qishloqlarda zaruriy subloyihalar aniqlangandan so‘ng, har bir viloyat bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan belgilangan tartibda Loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqiladi va ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkaziladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachi hisoblanadi; Loyihani amalga oshirish guruhi bilan “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari imzolanadi. 8. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatga qo‘yilishi va muddati uzaytirilishini tez fursatlarda ta’minlasin. 9. Hisob palatasi (B.T. Turabov) Loyiha doirasidagi mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin. 10. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) Loyiha doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin. 11. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: a) Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov: bir hafta muddatda mas’ul ijrochilar ishtirokida majlis o‘tkazib, ularning aniq vazifalarini belgilab bersin; ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Loyiha doirasida mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha hududlar kesimida “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqsin hamda ularning tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Buxoro, Navoiy va Xorazm xalq deputatlari viloyat va tumanlar Kengashlarida tasdiqlanishini ta’minlasin; tegishli vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda Loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar malakasini oshirish uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda o‘quv-treninglar tashkil qilsin; amalga oshirilayotgan subloyihalar va ularning sifatli bajarilishi ustidan monitoring o‘rnatsin hamda natijasi yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritib borsin, ushbu ma’lumotlarni bir vaqtda jamoatchilikka e’lon qilish orqali loyihalarning amalga oshirilishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilishini ta’minlasin; Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokidagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” va ITB hamda OPEK ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha birlashtirilgan guruhning tuzilmasini tasdiqlasin va uning faoliyatini yo‘lga qo‘ysin; “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun Urganch shahrida, Buxoro hamda Navoiy viloyatlari uchun Buxoro shahrida birlashtirilgan guruhning Loyihani amalga oshirish bo‘yicha hududlararo guruhlarini tashkil etsin; Loyihani amalga oshirish davrida birlashtirilgan guruh faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha yillik xarajatlar smetasini hamda shtatlar jadvalini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin; Loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, o‘zlashtirilgan mablag‘lar va erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining rasmiy veb-saytida yoritib borsin. Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorovga ITB va OPEKning ijtimoiy va ekologik himoyalash hamda ko‘chirish siyosati tamoyillarini hisobga olgan holda, Loyiha komponentlarini amalga oshirish va moliyalashtirish jadvaliga hamda mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan ilovalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev), Buxoro (B.K. Zaripov), Navoiy (Q.B. Tursunov) va Xorazm (F.U. Ermanov) viloyatlari hokimliklari Loyihani to‘la-to‘kis amalga oshirish uchun barcha zarur hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini va Loyihani amalga oshirish guruhiga o‘z vaqtida yetkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev), Buxoro (B.K. Zaripov), Navoiy (Q.B. Tursunov), Xorazm (F.U. Ermanov) viloyatlari hokimlari: qishloqlarni kompleks rivojlantirish uchun Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni bosh reja, hududlarni arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalari va ular tarkibidagi batafsil rejalashtirish loyihalari asosida mahalliy budjet va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshirsin; o‘z hududlaridagi loyihalarni muddatida amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib belgilansin. 13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qo‘chqorov belgilansin. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 15-aprel va 2022-yil 15-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
172
10,822
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari faoliyatini yanada rag‘batlantirish, Vatan oldidagi sharafli burchini ado etishdagi xizmatlari uchun ularni munosib taqdirlash, shuningdek, harbiylarning shijoati, mardligi va matonatini yanada mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida: 1. 2004-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida “Eng ilg‘or serjant”, “Eng ilg‘or guruh komandiri”, “Eng ilg‘or vzvod komandiri”, “Eng ilg‘or batalon komandiri” va “Eng ilg‘or brigada komandiri” nominatsiyalarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlov (keyingi o‘rinlarda — ko‘rik-tanlov) o‘tkazib kelinayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlov to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlovning tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ko‘rik-tanlovning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, uni o‘tkazish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilish mas’uliyati ko‘rik-tanlov tashkiliy qo‘mitasiga yuklansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, birlashmalar va qo‘shilmalar qo‘mondonlari harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari bilan birgalikda ko‘rik-tanlovning sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishi bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin. 4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari; harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Bunda ko‘rik-tanlov g‘oliblari va sovrindorlariga to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qo‘shilmalar va qismlar, harbiy okruglar va ularga tenglashtirilgan bo‘linmalarga ko‘rik-tanlovni tashkil etish va o‘tkazish hamda uning g‘oliblarini taqdirlashda ko‘maklashsin. 6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy-axborot vositalariga ko‘rik-tanlovni keng yoritib borish tavsiya etilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmoyishlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlovni (keyingi o‘rinlarda — ko‘rik-tanlov) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Mudofaa vazirligi), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (keyingi o‘rinlarda — IIV), O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining (keyingi o‘rinlarda — Milliy gvardiya) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining (keyingi o‘rinlarda — DXX Chegara qo‘shinlari) qo‘shilma, qism va oliy harbiy ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — harbiy qismlar) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. 3. Ko‘rik-tanlovda: “Eng ilg‘or serjant” nominatsiyasi bo‘yicha — harbiy qismlarda serjantlar tarkibi lavozimlarida bir yildan ortiq muddat davomida harbiy xizmatni o‘tayotgan serjantlar; “Eng ilg‘or guruh komandiri” nominatsiyasi bo‘yicha — harbiy qismlarda guruh komandiri lavozimida bir yildan ortiq muddat davomida harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitsyerlar; “Eng ilg‘or vzvod komandiri” nominatsiyasi bo‘yicha — harbiy qismlarda vzvod komandiri lavozimida harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitsyerlar; “Eng ilg‘or batalon komandiri” nominatsiyasi bo‘yicha — harbiy qismlarda batalon komandiri lavozimida harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitsyerlar; “Eng ilg‘or brigada komandiri” nominatsiyasi bo‘yicha — brigada komandiri lavozimida harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitsyerlar qatnashadi. 4. Ko‘rik-tanlovning maqsadi quyidagilardan iborat: harbiy xizmat nufuzini yanada oshirish, harbiy xizmatchilarda o‘z kasbiga sadoqat hislarini kuchaytirish, ular o‘rtasidagi o‘zaro sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash; jangovar tayyorgarlik tizimini yanada takomillashtirish, qo‘shinlarning yuqori jangovar shayligini saqlab turish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari o‘rtasida yuksak harbiy intizomni mustahkamlash; komandirlik va jangovar tayyorgarlik dasturlarining samarali o‘zlashtirilishi, shaxsiy tarkibning individual kasbiy mahoratini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; qo‘mondonlik bo‘g‘iniga mansub harbiy xizmatchilarning kasbiy o‘sishi, ularning harbiy bilimlarini oshirishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, intellektual salohiyati va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish; kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, yuqori lavozimlarga tayinlash uchun eng yaxshi tayyorgarlikka ega, istiqbolli ofitser va serjantlar zaxirasini shakllantirish. 5. Ko‘rik-tanlov ushbu Nizomga ilovadagi sxema bo‘yicha o‘tkaziladi. 6. Ko‘rik-tanlov har yili 1-iyundan 30-dekabrga qadar quyidagi tartibda o‘tkaziladi: saralash bosqichi — iyun-iyul oylarida Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya va DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qismlarida; okrug bosqichi — avgust — oktyabr oylarida Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya va DXX Chegara qo‘shinlari okrug (boshqarma, birlashma)larida; respublika bosqichi — noyabr-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari miqyosida. 7. Ko‘rik-tanlovning saralash va okrug bosqichlari Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya va DXX Chegara qo‘shinlarida idoraviy komissiyalarni (keyingi o‘rinlarda — idoraviy komissiya) tuzgan holda o‘tkaziladi. Idoraviy komissiya rais va 6 kishidan iborat tarkibda tuziladi. 8. Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish uchun quyidagi tarkibda respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tuziladi: rais — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari; a’zolar — Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, DXX Chegara qo‘shinlari markaziy apparatlarining boshqarmalari, bo‘limlari va xizmatlari ofitsyerlari (12 kishi). 9. Respublika bosqichi Mudofaa vazirligi umumqo‘shin poligonlaridan birining bazasida o‘tkaziladi. 10. Ko‘rik-tanlov komissiyalari o‘z faoliyatini har yili 1-iyundan 30-dekabrga qadar olib boradi. 11. Ko‘rik-tanlovning saralash bosqichida nomzodlarni saralash avvalgi o‘quv yilida erishilgan natijalarni tahlil qilgan holda quyidagi tartibda amalga oshiriladi: “Eng ilg‘or serjant” nominatsiyasi bo‘yicha — harbiy qismlar serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishida taqdim qilingan nomzodlarning kasbiy va ma’naviy-axloqiy sifatlari, funksional vazifalarini (lavozim majburiyatlarini) qay darajada bilishi va bajarishi, o‘ziga ishonib topshirilgan qurol-aslaha, harbiy texnikaning holati, shuningdek, komandirlik va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturining asosiy fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini muhokama qilish yo‘li bilan; “Eng ilg‘or guruh komandiri”, “Eng ilg‘or vzvod komandiri” va “Eng ilg‘or batalon komandiri” nominatsiyalari bo‘yicha guruh, vzvod, batalon komandirlari — harbiy qismlar ofitsyerlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishida nomzodlarning kasbiy va ma’naviy-axloqiy sifatlari, funksional vazifalarini (lavozim majburiyatlarini) qay darajada bilishi va bajarishi, shuningdek, komandirlik tayyorgarlik dasturining asosiy fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini (nomzod qo‘mondonlik qiladigan bo‘ysunuvchi bo‘linmaning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha erishgan natijalarini hisobga olgan holda) muhokama qilish yo‘li bilan. 12. Saralash tadbirlari natijalari bo‘yicha idoraviy komissiya nomzodlarni ko‘rik-tanlovning okrug bosqichida ishtirok etishga tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Idoraviy komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va unda ko‘rik-tanlovning okrug bosqichida ishtirok etishga tavsiya etilgan nomzodlarning nomma-nom ro‘yxati ko‘rsatiladi. 13. Ko‘rik-tanlovning okrug bosqichi Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya va DXX Chegara qo‘shinlarining komandirlik, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha amaldagi dasturlari asosida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy qismlardan iborat dasturlarga muvofiq tashkil etiladigan, ko‘rik-tanlovni o‘tkazish bo‘yicha komissiya raisi rahbarligidagi besh kunlik yig‘inlar davomida “Eng ilg‘or serjant”, “Eng ilg‘or guruh komandiri”, “Eng ilg‘or vzvod komandiri” va “Eng ilg‘or batalon komandiri” nominatsiyalari bo‘yicha qatnashayotgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. Ishtirokchilarning bilimlari ko‘p balli tizim bo‘yicha baholanadi. 14. Dasturning nazariy qismi kompyuterdan foydalangan holda beriladigan test savollariga ishtirokchilar tomonidan to‘g‘ri javoblarni belgilash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Test savollari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘tilgan mavzularda ishtirokchilarning olgan bilimlarni o‘zlashtirishini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar asosida tuziladi. Test savollarining ro‘yxati, test sinovlarini o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari idoraviy komissiya qarori bilan tasdiqlanadi. 15. Dasturning amaliy qismi ishtirokchilar tomonidan amaliy otish mashqlarini bajarish, taktik va jismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirish orqali o‘tkaziladi. Amaliy otish mashqlarini bajarish, taktik va jismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirish tartibi va baholash mezonlari idoraviy komissiya qarori bilan tasdiqlanadi. 16. Test savollariga javob berish, amaliy otish mashqlarini bajarish, taktik va jismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirish natijalari bo‘yicha to‘plangan ballar qo‘shilib, har bir ishtirokchining yakuniy bali chiqariladi. G‘olib va sovrindorlar ballar yig‘indisi yakuni bo‘yicha aniqlanadi. 17. Ikki va undan ortiq ishtirokchilarning to‘plagan yakuniy ballari teng bo‘lgan hollarda, jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi. 18. “Eng ilg‘or brigada komandiri” nominatsiyasi bo‘yicha — okrug (boshqarma, birlashma) ofitsyerlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishlarida nomzodning kasbiy va ma’naviy-axloqiy sifatlari, funksional vazifalarini (lavozim majburiyatlarini) qay darajada bilishi va bajarishi, komandirlik tayyorgarlik dasturining asosiy fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini (bo‘ysunuvchi bo‘linmaning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha erishgan natijalarini hisobga olgan holda) muhokama qilish yo‘li bilan saralab olinadi va nomzodlar ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishga tavsiya etiladi. Umumiy yig‘ilish qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va unda ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishga tavsiya etilgan nomzodlarning nomma-nom ro‘yxati ko‘rsatiladi hamda idoraviy komissiyaga taqdim etiladi. 19. Idoraviy komissiya ofitsyerlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tavsiya etilgan “Eng ilg‘or serjant”, “Eng ilg‘or guruh komandiri”, “Eng ilg‘or vzvod komandiri” va “Eng ilg‘or batalon komandiri” nominatsiyalari, shuningdek, “Eng ilg‘or brigada komandiri” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblarning umumlashtirilgan ro‘yxatini tasdiqlaydi hamda Respublika komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etadi. 20. Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya va DXX Chegara qo‘shinlarining komandirlik, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha amaldagi dasturlariga muvofiq besh kunlik yig‘inlar davomida “Eng ilg‘or serjant”, “Eng ilg‘or guruh komandiri”, “Eng ilg‘or vzvod komandiri”, “Eng ilg‘or batalon komandiri” va “Eng ilg‘or brigada komandiri” nominatsiyalari bo‘yicha qatnashayotgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. Ishtirokchilarning bilimlari ko‘p balli tizim bo‘yicha baholanadi. 21. Dasturning nazariy qismi kompyuterdan foydalangan holda beriladigan test savollariga ishtirokchilar tomonidan to‘g‘ri javoblarni belgilash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Test savollari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘tilgan mavzularda ishtirokchilarning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar asosida Respublika komissiyasi tomonidan tuziladi. Test savollarining ro‘yxati, test sinovlarini o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlovning tashkiliy qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlanadi. 22. Dasturning amaliy qismida barcha ishtirokchilar amaliy otish mashqlarini bajaradi, jismoniy va taktik tayyorgarlik bo‘yicha normativlarni topshiradi. Amaliy otish mashqlarini bajarish, jismoniy va taktik tayyorgarlik bo‘yicha normativlarni topshirish tartibi va baholash mezonlari Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlovning tashkiliy qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlanadi. 23. Test savollariga javob berish, amaliy otish mashqlarini bajarish, jismoniy va taktik tayyorgarlik normativlarni topshirish bo‘yicha to‘plangan ballar qo‘shilib, har bir ishtirokchining yakuniy bali chiqariladi. G‘olib va sovrindorlar yakuniy ballar yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi. 24. Ikki va undan ortiq ishtirokchilarning to‘plagan yakuniy ballari teng bo‘lgan hollarda, jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi. 25. Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi yakuni bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan “Eng ilg‘or serjant”, “Eng ilg‘or guruh komandiri”, “Eng ilg‘or vzvod komandiri”, “Eng ilg‘or batalon komandiri” va “Eng ilg‘or brigada komandiri” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi va ularning ro‘yxati tasdiqlanadi. Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi natijalari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlovning tashkiliy qo‘mitasi qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qarorga Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Eng ilg‘or serjant”, “Eng ilg‘or guruh komandiri”, “Eng ilg‘or vzvod komandiri”, “Eng ilg‘or batalon komandiri” va “Eng ilg‘or brigada komandiri” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati ilova qilinadi. 26. Ko‘rik-tanlovning okrug va respublika bosqichlarida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar g‘olib, 2 va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar sovrindorlar deb hisoblanadi. 27. Ko‘rik-tanlovning g‘olib va sovrindorlari quyidagi tartibda taqdirlanadi: a) okrug bosqichida: 1-o‘rin uchun — diplom va lavozim maoshining bir baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti; 2-o‘rin uchun — lavozim maoshining 75 foizi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti; 3-o‘rin uchun — lavozim maoshining 50 foizi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti; b) respublika bosqichida: 1-o‘rin uchun — I darajali diplom va lavozim maoshining uch baravari miqdoridagi bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti hamda navbatdagi malaka toifasi; 2-o‘rin uchun — II darajali diplom va lavozim maoshining ikki baravari miqdoridagi bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti; 3-o‘rin uchun — III darajali diplom va lavozim maoshining bir baravari miqdoridagi bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti. 28. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlariga to‘lanadigan pul mukofotlari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiyasiga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 29. Ko‘rik-tanlovning okrug bosqichi g‘olib va sovrindorlariga diplom va pul mukofotlari Mudofaa vazirligi harbiy okruglari, Milliy gvardiya, IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari va Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonliklari hamda DXX Chegara qo‘shinlari operativ qo‘mondonliklarining har yili oktyabr oyida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarida tantanali ravishda topshiriladi. 30. Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari Vatan himoyachilari kuni munosabati o‘tkaziladigan asosiy bayram tadbirida e’lon qilinadi va taqdirlanadi. 31. Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘oliblariga quyidagi imtiyozlar beriladi: “Eng ilg‘or serjant” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblarga — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markaziga tanlovdan tashqari o‘qishga kirish; “Eng ilg‘or guruh komandiri” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblarga — yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish; “Eng ilg‘or vzvod komandiri” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblarga — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi malaka oshirish fakultetining oliy kurslariga tanlovsiz o‘qishga kirish, shuningdek, yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish; “Eng ilg‘or batalon komandiri” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblarga — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi fakultetiga tanlovsiz o‘qishga kirish, shuningdek, yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish; “Eng ilg‘or brigada komandiri” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblarga — yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish. 32. Ko‘rik-tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar ko‘rik-tanlov natijalari o‘qib eshittirilgan kundan boshlab 1 kun davomida apellatsiya komissiyalariga (keyingi o‘rinlarda — apellatsiya komissiyalari) apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya 1 kun ichida ko‘rib chiqiladi. 33. Ko‘rik-tanlovning saralash va okrug bosqichi apellatsiya komissiyalari tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari, respublika bosqichi apellatsiya komissiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari tomonidan tuziladi. Apellatsiya komissiyalari tarkibiga ko‘rik-tanlov komissiyalari faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar kiritiladi. Apellatsiya komissiyalari raislari, a’zolari va ularning soni saralash va okrug bosqichi uchun vazirlik va idoralar rahbarlari, respublika bosqichi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari tomonidan belgilanadi. 34. Ishtirokchilarning apellatsiya arizasini ko‘rib chiqishda ularning o‘zi ham ishtirok etishlari mumkin. 35. Apellatsiya komissiyalari ishtirokchilarning apellatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. 36. Apellatsiya komissiyalari tegishli qaror apellatsiya bergan ishtirokchiga yetkazilishini ta’minlaydi. 37. Ko‘rik-tanlovni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida eng yaxshi kasb egasi unvoni uchun tanlovni tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2004-yil 11-fevraldagi F-1906-son farmoyishi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida eng yaxshi kasb egasi unvoni uchun tanlovni tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2008-yil 4-oktabrdagi F-3076-son farmoyishi.
160
20,243
Qonunchilik
1 sentyabrdan olimlarning maoshi oshiriladi
Bu Prezidentning 5.04.2018 yildagi «Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari хodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3655-son qarorida nazarda tutilgan. Hujjat davlatimiz rahbarining saytida joylashtirilgan. Birinchidan, joriy yil 1 sentyabrdan boshlab quyidagilarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari tabaqalashtirilgan holda oshiriladi: a) oliy ta’lim muassasalari rahbar хodimlari va professor-oʻqituvchilarining – oʻrtacha 25%ga. Bunda stajyor-oʻqituvchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega professor ish haqining miqdorlari oʻrtasidagi tafovut ikki baravargacha oshiriladi. Fan doktori ilmiy darajasiga ega professorning ish haqi 3,46 mln soʻmni (hozirgi 2,5 mln soʻm oʻrniga), stajyorniki esa – 1,73 mln soʻmni tashkil etadi; b) ilmiy-tadqiqot muassasalarining fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-teхnik dasturlarini amalga oshirish va innovatsiya ishlarida ishtirok etayotgan ilmiy хodimlarining – oʻrtacha 25%ga. Stajyor-tadqiqotchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga va professor ilmiy unvoniga ega bosh ilmiy хodim ish haqining miqdorlari oʻrtasidagi tafovut ham 2 baravargacha oshiriladi. Bosh ilmiy хodimning ish haqi 3,11 mln soʻm (hozir – 2,25 mln soʻm), stajyorniki esa – 1,55 mln soʻm boʻladi. Ikkinchidan, ushbu sanadan boshlab quyidagilarda ta’lim olayotgan shaхslarga: a) bazaviy doktoranturada – ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) kichik ilmiy хodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar, ya’ni 1,76 mln soʻm toʻlanadi; b) doktoranturada – fan nomzodi (yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga va хorijiy davlatlarning tegishli mutaхassislik boʻyicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ilmiy darajasiga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan yetakchi ilmiy хodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar, ya’ni 2,2 mln soʻm toʻlanadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov.
43
2,166
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
145
378
Qonunchilik
Qishloq хoʻjaligi yerlaridagi tuproqni alohida davlat korхonasi tahlil qiladi
Vazirlar Mahkamasining 18.06.2019 yildagi 510-son qarori bilan tuproqning agrokimyoviy tahlili tizimini takomillashtirish va uning hosildorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Hujjat Prezidentning 14.03.2019 yildagi PQ–4239-son qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan boʻlib, unda 2019 yildan boshlab sugʻoriladigan qishloq хoʻjaligi yerlari tuprogʻini, har yili umumiy maydonning kamida 20%i hisobidan kelib chiqib, tahlil qilish va agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqishni ta’minlash topshirilgan. Tashabbus tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, uning ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasini doimiy kuzatib borish, mineral oʻgʻitlardan tuproqning holati va qishloq хoʻjaligi ekinlarining turiga qarab tabaqalashtirib foydalanish tizimini joriy etishga yoʻnaltirilgan. Tasdiqlangan 2019–2023 yillardagi taqsimotga muvofiq har bir viloyat kesimida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ishlar bajarilishi koʻzlangan.  Hujjat bilan tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi toʻgʻrisida nizom hamda shunga oʻхshash ishlarni oʻtkazish, shuningdek agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Bundan tashqari, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirildi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
77
1,530
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ORGANLARINING BOShLIQLAR TARKIBIGA KIRUVChI ShAXSLARINI TENG LAVOZIMLARGA O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yishni yaxshilash, bojxona organlarida qonuniylikni ta’minlash va intizomni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarini teng lavozimlarga o‘tkazish (almashtirish) to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (B. Parpiyev): O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarida kadrlar almashishi tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarining o‘zlari o‘tkazilayotgan tarkibiy bo‘linmalar ixtisosi bo‘yicha nazariy va amaliy tayyorgarlikdan o‘tishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: zarurat bo‘lganda almashtirish tartibida boshqa ishga o‘tayotgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona organlarini rivojlantirish, moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga oila bilan birga yashash imkonini beruvchi qulayliklari bo‘lgan xizmat kvartirasi bilan ta’minlasinlar; mansabdor shaxsning oila a’zolarini ishga joylashtirishda, ularning bolalarini o‘quv yurtlari va maktabgacha muassasalarga joylashtirishda yordam ko‘rsatsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy bojxona boshqarmalarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarini – hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘linmalar boshliqlari, bojxona komplekslari, postlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, bosh inspektorlar, katta inspektorlar va inspektorlarning teng lavozimlarga o‘tkazilishi (almashtirilishi) tartibi va shartlarini belgilab beradi. Bojxona organlarini kadrlar bilan o‘z vaqtida va sifatli to‘ldirish, mavjud kadrlar resurslaridan tezkorlik bilan mohirona foydalanish, korrupsiyaning, mansab jinoyatlari va noo‘rin xatti-harakatlarning oldini olish almashtirishning maqsadlari hisoblanadi. 2. Kadrlar almashtirilishi vakolatli shaxslar tomonidan ularning vakolatlari doirasida: bir hududiy bojxona boshqarmasining bir tarkibiy bo‘linmasidan boshqa tarkibiy bo‘linmasiga o‘tkazish; bir hududiy bojxona boshqarmasidan boshqa hududiy bojxona boshqarmasiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli tadbirlar o‘tkazilishi yo‘li bilan amalga oshiriladi. 3. Kadrlar almashtirilishidan oldin: nomzodlar izlanadi; nomzodlarning amaliy va shaxsiy fazilatlari o‘rganib chiqiladi; tegishli rahbarlar tomonidan belgilangan tartibga muvofiq lavozimga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar rasmiylashtiriladi; mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda mansabdor shaxsning roziligi olinadi. 4. Kadrlarni almashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari va hududiy bojxona boshqarmalarining takliflari hisobga olingan holda rejali amalga oshiriladi. 5. Kadrlarni almashtirish uchun: a) tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi; b) bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish zarurligi; v) mansabdor shaxslarning xizmatga doir va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda ulardan oqilona foydalanish zarurligi; g) mansabdor shaxsning yangi mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishi yoki o‘qishi; d) mansabdor shaxs sog‘lig‘ining o‘zgarishi; e) mansabdor shaxsning muayyan yoshga to‘lishi; j) mansabdor shaxsning oilaviy ahvoli asos bo‘lishi mumkin. 6. Kadrlarni almashtirish: hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga, bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga, bo‘linmalar boshliqlariga nisbatan – qoidaga ko‘ra, ular egallab turgan lavozimda uch-besh yil xizmat qilganlaridan keyin, bojxona komplekslari, postlarning boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga nisbatan – qoidaga ko‘ra, egallab turgan lavozimda bir-ikki yil xizmat qilganlaridan keyin O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida; bosh inspektorlar, katta inspektorlar va inspektorlarga nisbatan – qoidaga ko‘ra, egallab turgan lavozimda bir-ikki yil xizmat qilganlaridan keyin hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari asosida amalga oshiriladi. Kadrlarni almashtirish 5-bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda shuningdek: a) xizmat surishtiruvi natijalari; b) malaka komissiyasining qarori; v) mansabdor shaxslarning o‘zlarining tashabbusi asosida ushbu bandda ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Yuqori turuvchi organlarning nomenklaturasiga tegishli bo‘lgan kadrlar almashtirilishi belgilangan tartibda ular bilan kelishiladi. 7. Agar bitta hududiy bojxona boshqarmasi doirasida yangi xizmat joyi boshqa ishga o‘tkazilgan mansabdor shaxsning yashash joyidan 100 kilometrdan ortiq uzoqlikda bo‘lsa, shuningdek bitta hududiy bojxona boshqarmasidan boshqasiga kadrlar almashtirilishiga almashtirilayotgan mansabdor shaxsning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. 8. Ayni bir hududiy bojxona boshqarmasi doirasida o‘sha joydagi boshqa tarkibiy bo‘linmaga mansabdor shaxsning mutaxassisligi va malakasini hisobga olgan holda ish topshirish tarzidagi almashtirishga, shuningdek mazkur Nizom 5-bandining “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda almashtirishga mansabdor shaxsning roziligi talab qilinmaydi. 9. Mansabdor shaxslar tomonidan ilgari bajarib kelingan vazifalar xususiyati o‘zgarishi taqozo qilinadigan hududiy bojxona boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalariga ishga o‘tkazilayotgan mansabdor shaxslar uchun ular o‘tkazilayotgan tarkibiy bo‘linmalar ixtisosligi bo‘yicha tegishli nazariy va amaliy tayyorgarlik kursi tashkil etiladi. Mansabdor shaxslarning lavozim majburiyatlarini mustaqil ijro etishga ular ushbu tarkibiy bo‘linmalarda stajirovkadan o‘tgandan keyin hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ruxsat beriladi. 10. Agar hududiy bojxona boshqarmasi ichida yangi xizmat joyi boshqa ishga o‘tkazilgan mansabdor shaxsning yashash joyidan 100 kilometrdan ortiq uzoqlikda bo‘lsa, shuningdek bir hududiy bojxona boshqarmasidan boshqasiga kadrlarni almashtirishda Davlat bojxona qo‘mitasi belgilangan tartibda: mansabdor shaxs va uning oila a’zolari yangi xizmat joyiga ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi; amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa moddiy to‘lovlar to‘laydi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda: zarurat bo‘lganda almashtirish tartibida boshqa ishga o‘tayotgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona organlarini rivojlantirish, moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga oila bilan birga yashash imkonini beruvchi qulayliklari bo‘lgan xizmat kvartirasi bilan ta’minlaydi; mansabdor shaxsning oila a’zolarini ishga joylashtirishda, ularning bolalarini o‘quv yurtlari va maktabgacha muassasalarga joylashtirishda yordam ko‘rsatadi. 12. Bojxona organlarining boshqa tarkibiy bo‘linmada xizmatni o‘tash uchun almashtirish tartibida boshqa ishga o‘tkazilgan mansabdor shaxslariga mazkur tarkibiy bo‘linmada mavjud bo‘lgan mehnatga haq to‘lash normasi, moddiy-maishiy ta’minot, ijtimoiy muhofaza va imtiyozlar joriy etiladi. 13. Mansabdor shaxs yangi xizmat joyida bo‘lish muddati tamom bo‘lgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tizimida yangi xizmat joyiga o‘tish masalasi bo‘yicha belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga egadir.
156
8,217
Qonunchilik
“O‘ZAGROMAShSERVIS” UYuShMASI MTPLARINING 2004 YIL G‘ALLA HOSILINI O‘RISh BO‘YIChA KO‘RSATGAN XIZMATLARI HAQINI TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlarning 2004-yil g‘alla hosilini o‘rish bo‘yicha ko‘rsatgan xizmat haqlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini tashkil etish maqsadida qaror qilamiz: 1. “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2004-yil g‘alla hosilini o‘rish bo‘yicha ko‘rsatgan xizmatlari haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab kuchga kiradi va 2004-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda amalda bo‘ladi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi “2004-yil boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 200-sonli qaroriga muvofiq “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2004-yil g‘alla hosilini o‘rish bo‘yicha ko‘rsatgan xizmat haqlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. 1. Adliya vazirligida 1999-yil 1-martda 657-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan topshirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun yakuniy hisob-kitoblarda to‘lovlarni amalga oshirish tartibi”ga ko‘ra, “O‘zdonmahsulot” DAK korxonalarining 22602-sonli akkreditiv hisob-raqamlaridan shirkat va fermer xo‘jaliklari tomonidan taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga muvofiq yakuniy hisob-kitob qilish uchun mablag‘ yo‘naltiriladi. 2. “O‘zagromashservis” uyushmasining MTPlari 2004-yil g‘alla o‘rimi boshlangunga qadar g‘alla topshiruvchi shirkat va fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan: o‘riladigan g‘alla maydonlarini; g‘alla o‘rimi bo‘yicha bajariladigan ishlar hajmlarini; haqdorlik va qarzdorlikni hisobga olgan holda talab etiladigan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har bir shirkat va fermer xo‘jaligi qirqimida xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bo‘linmalari orqali Markaziy bankning viloyat Bosh boshqarmalariga taqdim etadilar. Markaziy bankning viloyat Bosh boshqarmalari ushbu ma’lumotlarni jamlab AT G‘allabankning viloyat mintaqaviy filiallariga va Markaziy bankka taqdim etadi. Ma’lumotlar o‘z vaqtida Markaziy bankda va Respublika G‘allabankida jamlanib, Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hisob-kitobi” Jamg‘armasiga taqdim etiladi. 3. “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlari g‘alla o‘rimi boshlanishi bilan har bir shirkat va fermer xo‘jaligi maydonini o‘rishga tushishdan oldin, g‘alla o‘rimi bo‘yicha shartnomaga asosan bajariladigan ish hajmini, haqdorlik, qarzdorlikni hisobga olgan holda dalolatnoma (1-ilova) asosida rasmiylashtiradi va o‘rim bo‘yicha tegishli xizmat ko‘rsatadi. Tegishli dalolatnoma tuzilmasdan (o‘rim haqi oldindan 100% to‘langan holatlardan tashqari) xizmat ko‘rsatish (g‘alla o‘rish) taqiqlanadi. Ushbu dalolatnoma g‘alla o‘rib berilgandan so‘ng, xizmat ko‘rsatuvchi bankka to‘lov talabnomalarini taqdim etish uchun asos hisoblanadi va MTP tomonidan 1 ish kuni muddatida o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etilishi shart. 4. Tuman MTPlariga xizmat ko‘rsatuvchi AT Paxtabank va boshqa tijorat banklari bo‘limlari (filiallari) tomonidan har 5 kunda mavsum davomida MTPlar bajargan ishlar hajmi bilan ular tomonidan qo‘yilgan to‘lov talabnomalarining mutanosibligi nazorat qilib boriladi. 5. 2004-yil don o‘rimi mavsumida PK-10 kvitansiyalariga asosan shirkat(fermer) xo‘jaliklariga ajratiladigan mablag‘ hisobidan tuman MTPlari tomonidan qo‘yilgan to‘lov talabnomalari to‘lanishini muvofiqlashtirish AT Paxtabankning viloyat boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. 6. Don etishtiruvchi shirkat va fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bo‘limlari (filiallari) MTPlar tomonidan haqiqatda taqdim etilgan to‘lov hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (har bir shirkat (fermer) xo‘jaliklari qirqimida) AT Paxtabankning viloyat boshqarmalariga taqdim etadilar. AT Paxtabankning viloyat boshqarmalari 1 kun muddatda shirkat (fermer) xo‘jaliklarining hisob raqamlariga haqiqatda qo‘yilgan va ularga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limlari (filiallari) tomonidan tasdiqlangan to‘lov talabnomalari to‘g‘risidagi (har bir tuman shirkat (fermer) xo‘jaliklari qirqimida) ma’lumotlarni umumlashtirgan holda, viloyat Paxtabank boshqarmalari bilan viloyat MTP birlashmalari tomonidan tasdiqlangan holda AT G‘allabank viloyat mintaqaviy filiallariga taqdim etadi. 7. AT G‘allabankning tegishli viloyat mintaqaviy filiallari har kuni “O‘zagromashservis” uyushmasining viloyat MTPlar birlashmalariga, AT Paxtabankning viloyat boshqarmasiga shirkat va fermer xo‘jaliklari tomonidan taqdim etilgan PK-10 kvitansiyalariga asosan shirkat (fermer) xo‘jaligiga topshirilgan g‘alla uchun haqiqatda to‘lanadigan mablag‘ to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tumanlar va shirkat (fermer) xo‘jaliklari qirqimida taqdim etadi. AT Paxtabankning viloyat boshqarmasi ushbu ma’lumotlarni tuman MTPlariga xizmat ko‘rsatuvchi o‘z bo‘limlariga va boshqa tijorat banklari bo‘limlariga (filiallariga) yetkazadi. 8. AT G‘allabankning viloyat mintaqaviy filiallari topshirilgan g‘alla uchun haqiqatda taqdim etilgan to‘lov hujjatlari (PK-10 va boshqalar) va AT Paxtabankning viloyat boshqarmalaridan olingan shirkat (fermer) xo‘jaliklarining hisob raqamlariga MTPlar tomonidan qo‘yilgan to‘lov talabnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan kelib chiqib MTP xizmatlari bo‘yicha to‘lovlar uchun mablag‘larga talabni aniqlaydi. Ushbu mablag‘larga talabni aniqlashda mazkur Nizomning 2-bandiga muvofiq MTPlardan olingan o‘riladigan g‘alla maydonidan kelib chiqib ko‘rsatiladigan mexanizatsiyalashgan ishlar hajmi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asos hisoblanadi. 9. AT G‘allabank har kuni Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armaga 23204-sonli muvaqqat hisob raqami orqali MTPlar ko‘rsatgan xizmat bo‘yicha to‘lovlar uchun qishloq xo‘jalik korxonalariga yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar to‘g‘risida buyurtma beradi. 10. Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘arma AT G‘allabankdan olingan buyurtmalarga muvofiq 23204-sonli hisob raqami orqali qishloq xo‘jalik korxonalariga bosqichma-bosqich yakuniy hisob-kitob bo‘yicha MTPlar ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga mablag‘ ajratadi. O‘z navbatida, AT G‘allabank taqdim etilgan PK-10 kvitansiyalariga asosan haqiqatda topshirilgan g‘alla uchun shirkat va fermer xo‘jaliklarining 23204-sonli muvaqqat hisob raqamlariga mablag‘ o‘tkazib beradi. 11. 2004-yil g‘alla hosili yakuniy hisob-kitoblari uchun shirkat (fermer) xo‘jaliklarining 23204-sonli muvaqqat hisob raqamlariga tushgan mablag‘lar to‘lov talabnomalari belgilangan tartibda akseptlangandan so‘ng g‘alla hosilini etishtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash uchun “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlarining 23204-sonli muvaqqat hisob raqamlariga o‘tkaziladi. 12. “O‘zagromashservis” uyushmasi mashina traktor parklarining 23204-sonli maxsus hisob raqamlariga tushgan mablag‘lar Hukumat kafolati asosida qishloq xo‘jalik texnikalarini sotib olishga jalb etilgan chet el krediti to‘lovlari uchun to‘liq hajmda tuman MTPlaridan to‘g‘ridan to‘g‘riva viloyat MTPlari birlashmalari orqali “Ta’minotchi-Paxta” aksiyadorlik jamiyatiga va “O‘zsanoatmashimpeks” DAK ga yo‘naltiriladi. “Ta’minotchi-Paxta” AJ va “O‘zsanoatmashimpeks” DAKning 23204-sonli maxsus hisob raqamlariga kelib tushgan mablag‘lar to‘liq hajmda chet el krediti bo‘yicha qarzlarni so‘ndirishga yo‘naltirilishi shart. 13. Topshirilgan g‘alla uchun shirkat (fermer) xo‘jaliklarining boshqa hisob raqamlariga mablag‘ yo‘naltirish, “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlari 2004-yil g‘alla hosilini o‘rib olishda ko‘rsatgan xizmatlari haqlari to‘lab berilishidan kelib chiqqan holda Jamg‘arma tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi. 14. Ushbu Nizomga asosan, joylarda ishni tashkil etishga Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-yanvardagi (03-28-15-sonli) bayoniga muvofiq qishloq xo‘jalik korxonalariga yetkazib berilgan moddiy resurslar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha hududlarga biriktirilgan rahbarlar, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari bo‘yicha esa “O‘zagromashservis” uyushmasi raisi (Nishonov) mas’ul etib tayinlanadi (2-ilova*). 15. Ushbu Nizomga rioya etilishi bo‘yicha javobgarlik shaxsan MTP va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bo‘lim rahbarlari hamda bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi. 16. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan fermer va shirkat xo‘jaliklari, “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlari va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bo‘lim rahbarlari hamda mas’ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
167
8,718
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-547-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 22-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-547-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
726
Qonunchilik
RAQOBAT TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining raqobat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, O‘zbekiston Respublikasidagi tovar va moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonun intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlar bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan harakatlar mustasno. Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qo‘llanilishi mazkur subyektlarning o‘ziga xos vazifalari bajarilishini cheklab qo‘ymaydigan holatlarda tatbiq etiladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar — o‘zining belgilangan vazifasi, qo‘llanilishi, sifat va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa parametrlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan shunday tovarlarki, ularni oluvchi iste’mol qilish chog‘ida bir tovarni boshqasiga haqiqatan ham almashtiradi yoki almashtirishga tayyor bo‘ladi; insofsiz raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlari; iqtisodiy konsentratsiya — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish; iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar harakatlarini bunday xo‘jalik yurituvchi subyektlardan birortasi bilan ham bir shaxslar guruhiga kirmaydigan yuridik yoki jismoniy shaxs bilan kelishib olish; kamsituvchi shartlar (sharoitlar) — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish, olish, realizatsiya qilish, o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o‘tkazish shartlari (sharoitlari) bo‘lib, ular boshqa teng shartlarda (sharoitlarda) bitta yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektni o‘zga xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) bilan taqqoslaganda teng bo‘lmagan holatga solib qo‘yadi; kelishib olingan harakatlar — tovar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektning bozorning mazkur ishtirokchilaridan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan va ulardan har biriga oldindan ma’lum bo‘lgan, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlari; kelishuv — ikki va undan ortiq taraflarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan, hujjatda yoki bir nechta hujjatda aks etgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek og‘zaki shakldagi shartlashuvi; moliya bozori — banklar hamda boshqa kredit, sug‘urta va o‘zga moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi; noto‘g‘ri taqqoslash — raqobatchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan tarqatiladigan, tovar yoki moliya bozorida ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektga afzalliklar yaratadigan yoxud xo‘jalik yurituvchi subyektni (raqobatchini) yoki raqobatchi ishlab chiqargan tovarni yomonlovchi yolg‘on, noaniq yoki buzib taqqoslash; raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi; raqobatga qarshi harakatlar — raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun man etilgan harakatlar, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ular mansabdor shaxslarining raqobatni cheklashga qaratilgan harakatlari (harakatsizligi); tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mahsuli, shu jumladan ishlar va xizmatlar; tovar bozori — tovarning (shu jumladan bir-birining o‘rnini bosadigan tovarning) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi; xo‘jalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan chet ellik yuridik shaxs, xo‘jalik boshqaruvi organi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor. Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan shaxslar yig‘indisi shaxslar guruhi deb e’tirof etilib, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir nechta shart bajariladi: ikki va undan ortiq yuridik shaxsning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek o‘zga shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga egalik qiladi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari), tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin qarindoshlari deb yuritiladi) ushbu yuridik shaxslardagi ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga ega bo‘ladi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir yuridik shaxs ushbu yuridik shaxslarda o‘zining ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga ega bo‘ladi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi organi tarkibiga ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari kiradi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi va (yoki) kuzatuv kengashi son tarkibining ellik foizidan ortig‘ini ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tashkil etadi; ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonunchilikka yoki ushbu yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga haqli bo‘ladi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs yoki ayni bir yuridik shaxs qonunchilikka va ushbu yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ularga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga haqli bo‘ladi. Ushbu Qonunda shaxslar guruhiga tovar yoki moliya bozorining yagona subyekti sifatida qaraladi. Ustun mavqe tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir. Tovar bozorida qaysi xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tovarining ulushi: 1) ellik va undan ortiq foizni tashkil etsa; 2) o‘ttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda bo‘lib, bunda quyidagi shartlar: xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida barqaror bo‘lib turishi; tovar bozorida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) tegishli ulushlarning nisbiy miqdorda bo‘lib turishi; ushbu bozorga yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) kirishiga imkoniyat bo‘lishi shartlari belgilangan bo‘lsa, shu xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining mavqeyi ustun mavqe deb e’tirof etiladi. Moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini e’tirof etish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarning tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilanadigan narxi, agar ushbu narx: bunday tovarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori bo‘lsa; asossiz xarajatlarning o‘rnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qo‘shimcha foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, monopol yuqori narxdir. Tovarning narxi birja savdolari yakunlariga ko‘ra shakllangan taqdirda, u monopol yuqori narx deb e’tirof etilmaydi. Tovarning moliya bozoridagi monopol yuqori narxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi. Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir. Tovarning moliya bozoridagi monopol past narxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari (bundan buyon matnda monopoliyaga qarshi organ deb yuritiladi) tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organdir. Monopoliyaga qarshi organ tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatga qarshi harakatlarini, insofsiz raqobatini cheklash va ularning oldini olishga hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining g‘ayriqonuniy harakatlariga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan davlat siyosatini amalga oshiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan taqiqlangan harakatlari, shu jumladan quyidagi harakatlari: muomalada bo‘lgan tovarlarning hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga olib keladigan tarzda qisqartirishi; tovarning monopol yuqori yoki monopol past narxlarini belgilashi; shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablag‘larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazishga doir asossiz talablarni, shuningdek raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarni sodir etish talablarini majburan qabul qildirishi; shartnomaga kamsituvchi shartlarni kiritishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni olishini yoki realizatsiya qilishini taqiqlashi yoxud cheklashi; kontragent tomonidan boshqa tovarlarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarlarni o‘zga xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olishdan yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan o‘zini tiyishi sharti bilangina shartnoma tuzishga rozilik berishi; tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati bo‘la turib, shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishi; tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishiga to‘siqlar qo‘yishi tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiiste’mol qilish deb e’tirof etiladi. Tovar yoki moliya bozorida o‘zaro raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan potensial raqobatchilar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar, agar bunday kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar: sun’iy ravishda narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlarni yoki ustama narxlarni belgilashga yoki saqlab turishga; narxlarni sun’iy ravishda oshirgan yoki pasaytirgan holda erkin bozor narxlarining qaror topishiga to‘sqinlik qilishga; ishlab chiqarish ustidan, mahsulot sotish bozorlari va kapital qo‘yilmalar ustidan nazorat o‘rnatishga; taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga; shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablag‘larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazishga doir asossiz talablarni, shuningdek raqobatni cheklovchi boshqa harakatlarni sodir etish talablarini majburan qabul qildirishga; auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarda narxlarni oshirishga, pasaytirishga yoki saqlab turishga; shartnomaga kamsituvchi shartlarni kiritishga; tegishli bozorni hududiy prinsip bo‘yicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi bo‘yicha, tovarlarning xillari bo‘yicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga; boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tegishli tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari sifatida bozorga kirishini cheklashga yoki ularni bozordan chetlashtirishga yoxud xo‘jalik yurituvchi subyektlarni muayyan tovarlar bozoriga qo‘ymaslikka; tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirishga va (yoki) to‘xtatishga; muayyan sotuvchilar yoki xaridorlar (buyurtmachilar) bilan shartnomalar tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, taqiqlanadi. Biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, boshqasi esa sotuvchi yoki sotib oluvchi bo‘lgan, o‘zaro raqobatlashmayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga, agar bunday kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar pirovard natijada raqobatni cheklab qo‘ysa yoxud cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lsa, shu jumladan: sotuvchining yoki sotib oluvchining hududni yoki sotib oluvchilar doirasini tovarni keyinchalik qayta sotish maqsadida mustaqil belgilashini cheklaydigan; tovarlarni qayta sotish uchun narxlarga cheklovlar belgilaydigan; xo‘jalik yurituvchi subyektlarga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu taqiq tovarlarni tovar belgisi, firma nomi va sotuvchining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan boshqa mutlaq huquqlari orqali realizatsiya qilishni sotib oluvchi tomonidan tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirishi, agar bunday muvofiqlashtirish ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan oqibatlarga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, taqiqlanadi. Ushbu moddada ko‘rsatilgan taqiqlar: tovar bozorida umumiy ulushi o‘ttiz besh foizdan oshmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kelishilgan harakatlari va kelishuvlariga yoki davlat-xususiy sheriklik shartnomalari bo‘lgan kelishuvlarga; shaxslarning bir guruhiga kiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kelishuvlarga; agar kelishuvlar ishlab chiqarishni takomillashtirishga, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni realizatsiya qilishni ko‘paytirishga yoki texnikaviy, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yoxud tovarlarning jahon tovar bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, mazkur kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlar va kelishuvlarni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining: faoliyatning biror bir sohasida yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etishga cheklovlar joriy etishi, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishni yoki muayyan tovarlar ishlab chiqarishni man etishi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno; shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish, moliyaviy mablag‘larning manbalarini tanlash va ulardan foydalanish yo‘nalishlarining afzalligi to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektga ko‘rsatmalar berishi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno; ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatiga oqibatda raqobat cheklanishi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi; o‘z vazifalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan qo‘shib bajarishi; ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar (sharoitlar) belgilashi taqiqlanadi. Alohida hollarda, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy ofatlar, halokatlarning oqibatlarini tugatish hamda epidemiyalarning oldini olish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan hujjatlar qabul qilishi va harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining tovar yoki moliya bozorining normal faoliyat ko‘rsatishiga, raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsituvchi harakatlariga, shu jumladan: narxlarni yoki tariflarni oshirishga, pasaytirishga, saqlab turishga; tegishli bozorni hududiy prinsip bo‘yicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi bo‘yicha, tovarlarning xillari bo‘yicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklashga yoki ularni bozordan chetlatishga olib keladigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Yuridik shaxslar birlashmalarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatiga pirovard natijada raqobatni cheklab qo‘yadigan yoki cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi taqiqlanadi. Insofsiz raqobat, shu jumladan: boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga zarar keltirishi yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri taqqoslashlar. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarini xolisona tasdiqqa ega bo‘lgan tavsiflarni yoki taqqoslash parametrlarini ko‘rsatmagan holda tovarning ustunligi haqida taassurot hosil qiluvchi so‘zlardan yoki belgilardan foydalanish orqali boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) o‘zga tovari bilan taqqoslash yoxud ko‘rsatilgan so‘zlarni yoki belgilarni o‘z ichiga olgan tasdiqlar yolg‘on, noaniq bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan hollar noto‘g‘ri taqqoslashdir; yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, tovarni individuallashtirish vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda tovarni realizatsiya qilish, shu jumladan tovarni xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovar belgisiga, firma nomiga o‘xshash bo‘lgan yoxud adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan uni tovarlarda, etiketkalarda, o‘rovlarda joylashtirish yo‘li bilan yoki sotilayotgan yoxud fuqarolik muomalasiga o‘zgacha tarzda kiritilayotgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqacha tarzda foydalanish yo‘li bilan, shuningdek ushbu belgidan domen nomida foydalanish orqali qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda realizatsiya qilish; tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste’molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish; fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni, shu jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish; tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning kirishiga to‘siq qo‘yish taqiqlanadi. Yuridik shaxsni individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan mutlaq huquqni olish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarga nisbatan belgi bilan aynan o‘xshash yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmaydi. Monopoliyaga qarshi organning ushbu modda ikkinchi qismining tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqni olish xususidagi qoidalari buzilganligini e’tirof etish to‘g‘risida chiqargan qarori tovar belgisiga huquqiy muhofaza berish haqidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish uchun manfaatdor shaxs tomonidan intellektual mulk bo‘yicha vakolatli organga yoki sudga yuboriladi. Tanlov (tender) savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi: savdolar o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish; savdolarning tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlardan savdolarda qatnashish uchun hujjatlarni qabul qilishni asossiz ravishda rad etish; savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish; savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shu jumladan axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; lotlar tarkibiga savdolarning predmetiga texnologik va funksional jihatdan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritish; tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini ko‘rsatish, bundan tovarlarning mos kelmasligi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi tanlov (tender) savdolarining qarorlarini va shu savdolar natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi. Birja savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan: birja savdolarini o‘tkazish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; birja savdolari ishtirokchilarining kelishib olingan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin ko‘tarilishiga yoki qat’iy belgilanishiga olib keladigan harakatlar; birja savdolarida talabning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish bilan bog‘liq harakatlar taqiqlanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi birja savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi. Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimga oldindan rozilik beradi. Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur. Ushbu moddaning talablari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborilishi va qo‘shib olinishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Monopoliyaga qarshi organ shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik beradi. Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan roziligini olish zarur bo‘ladi, agar: bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ko‘rsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa; bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa. Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi: xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga; xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘z aksiyalarini olishga doir bitimlarga; aksiyadorlik jamiyati o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda; ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda; ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olinishiga doir bitimlarga; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) davlat xususiylashtirish dasturlari doirasida olinishiga doir bitimlarga; ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan olinishiga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etmagan bo‘lsa. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar Davlat xizmatlari markazlariga: harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani; jismoniy shaxs uchun — arizachining pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlarni (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ); arizachi ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotini; shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotni taqdim etadi. Monopoliyaga qarshi organ zarur hujjatlar va ma’lumotlar olingan paytdan e’tiboran o‘n kalendar kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma shaklda xabar qiladi. Aksiyalarning (ulushlarning) ayni bir turkumini olishga oldindan rozilik olish uchun shaxslar yoki shaxslar guruhlari bir vaqtning o‘zida murojaat etgan taqdirda monopoliyaga qarshi organning qarori arizachilarga ayni bir kunda yetkaziladi. Zarur hollarda, agar monopoliyaga qarshi organda harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqening vujudga kelishi yoxud kuchayishi orqali raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb taxmin qilish uchun asoslar paydo bo‘lsa, arizani ko‘rib chiqish muddati bozorni tegishli tarzda o‘rganish uchun bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Monopoliyaga qarshi organ, agar: harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizaning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa; taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda ularda bayon etilgan axborotning ishonchsizligi yoki yolg‘onligi aniqlansa, arizachiga oldindan rozilik berishni rad etishga haqli. Monopoliyaga qarshi organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berishga va buni raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablarni bajarishga bog‘liq qilib qo‘yishga haqli. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi kerak. Mazkur harakatlarning sodir etilishi (bitimlar tuzilishi) tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda, bu harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar monopoliyaga qarshi organning talabiga ko‘ra raqobatning zarur shart-sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishi shart. Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi, noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli. Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz sodir etilgan, tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan harakatlar (tuzilgan bitimlar) sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishini bartaraf etish yuzasidan ilgari qo‘llanilgan choralar samarasiz bo‘lgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish haqidagi da’vo bilan sudga murojaat etadi, bo‘lish yoki ajratib chiqarish xo‘jalik yurituvchi subyekt negizida ikki yoxud bir nechta alohida xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish quyidagi shartlarning barchasi jam bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin: bo‘linayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqish imkoniyati mavjud bo‘lganda; uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro uzviy texnologik bog‘lanish mavjud bo‘lmaganda; bo‘lish yoki ajratib chiqarish natijasida tashkil topgan tarkibiy bo‘linmalarning tovar yoki moliya bozorida mustaqil faoliyat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda. Monopoliyaga qarshi organ: tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi mavjudligini aniqlaydi; Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritadi; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan, shu jumladan tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; qonunchilikda belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlarini aniqlaydi, ular bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atadi va ularni ko‘rib chiqadi; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobatga qarshi harakatlar natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) olib qo‘yish haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qaror qabul qiladi; qonunchilikda belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hollarini bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni tegishli javobgarlikka tortadi; litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish to‘g‘risida, bojxona tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish haqida, shuningdek soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoxud ularni bekor qilish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi masalani hal qilish uchun materiallarni tegishli organlarga yuboradi; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning qo‘llanilishi va buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudda ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi; xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazadi; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning qo‘llanilishi masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida tushuntirishlar beradi. Monopoliyaga qarshi organ raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi, shu jumladan: davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka butunlay yoki qisman muvofiq bo‘lmagan hujjatlarini va harakatlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan bitimlarni (shartnomalarni) o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan bitimlarni (shartnomalarni) butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi natijasida olingan daromadni (foydani) belgilangan tartibda undirish haqidagi; ushbu Qonunning 14 va 15-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra savdolarni va mazkur savdolar natijasida tuzilgan bitimlarni (shartnomalarni) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi; xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish to‘g‘risidagi; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash haqidagi arizalar bilan sudga murojaat qiladi. Monopoliyaga qarshi organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Monopoliyaga qarshi organning mansabdor shaxslari raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi arizalar va ishlarni ko‘rib chiqish, shuningdek raqobatning holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektning hujjatlarini, axborotini olish va uning hududiga kirish huquqiga ega. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organning talabiga ko‘ra unga zarur hujjatlarni va axborotni belgilangan tartibda tekin taqdim etishi shart. Monopoliyaga qarshi organ ushbu Qonunga muvofiq o‘ziga berilgan vakolatlarni amalga oshirishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Monopoliyaga qarshi organning xodimlari tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning oshkor etilishi natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi kerak. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan taqdirda: monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish haqidagi ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarishi; yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi; Davlat boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzuvchi hujjat qabul qilinganligi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi kerak. Agar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzuvchi harakati (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar yetkazilgan bo‘lsa, u holda mazkur zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi lozim. Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari uchun, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyini suiiste’mol qilganlik, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik, monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi xo‘jalik yurituvchi subyektni monopoliyaga qarshi organning qarorini (ko‘rsatmasini) bajarish yoki raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi. Raqobatni cheklovchi va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan bitimlar tuzganligi hamda kelishib olingan harakatlar sodir etganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi bo‘lib ixtiyoriy ravishda ma’lum qilgan shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish monopoliyaga qarshi organ tomonidan amalga oshiriladi. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish uchun monopoliyaga qarshi organning o‘z tekshiruvlari, o‘rganishlari, yuridik va jismoniy shaxslarning, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda tegishli organlarning taqdimnomalari asos bo‘ladi. Davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ishlarni tegishli sudlar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ko‘rib chiqadi. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardir: o‘ziga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqida ish yuritilayotgan shaxs; yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning vakili; guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqa manfaatdor shaxslar. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran ish materiallari bilan tanishib chiqishga, bundan davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno, ulardan ko‘chirmalar olishga, og‘zaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillar taqdim etishga va ularning tekshirilishida ishtirok etishga, ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga savollar berishga, iltimosnomalar kiritishga hamda ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning iltimosnomalari va vajlariga qarshi e’tirozlar bildirishga haqli. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Alohida hollarda, ishning murakkabligiga qarab, mazkur muddat ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishni ko‘rib chiqish keyinga qoldirilishi yoki to‘xtatib turilishi mumkin. Ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish, to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida monopoliyaga qarshi organ tegishli ajrim chiqaradi, mazkur ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Monopoliyaga qarshi organ raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishni mohiyatan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha: raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilganligi fakti aniqlanishi va tegishli huquqiy ta’sir choralarini ko‘rilishi haqida; ish yuritishni tugatish haqida qaror qabul qiladi. Monopoliyaga qarshi organ: raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi faktlari tasdiqlanmagan taqdirda; o‘ziga nisbatan ish yuritilayotgan yuridik shaxs tugatilgan yoki jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda; monopoliyaga qarshi organ ko‘rib chiqayotgan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishni yuritishni tugatadi. Monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan qarori darhol e’lon qilinishi lozim. Monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan qaroriga asosan, o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsga ko‘rsatma beriladi. Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasi unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Ko‘rsatmani muddatida ijro etmaganlik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasini unda belgilangan muddatda ijro etmaganlik deganda ko‘rsatmani ijro etishni rad qilish yoki qisman ijro etish yoxud o‘z vaqtida ijro etmaslik tushuniladi. Monopoliyaga qarshi organ tomonidan ko‘rsatma berilgan shaxslar ko‘rsatmani ijro etish muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma berishi mumkin. Iltimosnomada ko‘rsatilgan holat uzrli deb topilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ ko‘rsatmani ijro etish muddatini uzaytirishga haqli. Monopoliyaga qarshi organ o‘z ko‘rsatmalari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar monopoliyaga qarshi organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli. Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi. Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi ularning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar (ko‘rsatmalar) mustasno. O‘z ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish va iste’molchilarning manfaatlarini raqobatga qarshi harakatlardan himoya qilish maqsadiga ega bo‘lgan jamoat birlashmalari raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli. Tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi 355-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 54-modda); 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 356-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 55-modda); 3) O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 832-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) XIX bo‘limi; 4) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 175-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda) I bo‘limining 18-bandi; 5) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-59-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 15-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
19
49,770
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalarini saylash to‘g‘risida.
94
282
Qonunchilik
“QIZILQUMNODIRMETALLOLTIN” DAVLAT KONSERNINI TUGATISh VA NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin. Komissiya “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish bilan bog‘liq masalalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin. 2. Navoiy davlat konchilik instituti budjetdan moliyalashtirish manbalari saqlab qolingan holda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufiga berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan 2-ilovaga muvofiq korxonalar aksiyalari davlat paketlari va aktivlarining 2004-yilda, belgilangan tartibda xususiylashtirilishini ta’minlasin. 4. Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Belgilansinki, ilgari “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan 3-ilovaga muvofiq korxonalar Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan o‘zaro hamkorlikni xo‘jalik shartnomalari asosida amalga oshiradilar. 5. Navoiy kon-metallurgiya kombinati: kombinatning tashkiliy tuzilmasini hamda boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining cheklangan soni 6634 kishidan, shu jumladan boshqaruv apparati xodimlari soni 325 kishidan iborat bo‘lishidan kelib chiqqan holda boshqaruv apparati tuzilmasini tasdiqlasin; bir oy muddatda korxonaning yangi tahrirdagi ustavini ishlab chiqsin va uning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadi va u maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vazirining birinchi o‘rinbosariga, uning o‘rinbosarlari esa — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar o‘n kun muddatda ushbu qarorda nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlardan kelib chiqqan holda 2004-yil uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar. 9. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 21-iyuldagi 279–f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni o‘zlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qaroriga 4-ilovaning 29-bandidagi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni O‘rta Osiyo sanoat texnologiyasi loyiha-qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “O‘zbekiston geotexnologiya loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot instituti (UzGEOTEXLITI)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Don resurslari va unning bozor fondidan yanada oqilona va tejamli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 14-sentabrdagi 374-son qarorining 7-bandidagi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni” so‘zlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga 1-ilovaning “O‘ztransgaz” AKning magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqadigan ulgurji iste’molchilar” ustunidan “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 6-ilovadagi “Tolstov E.A. — “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni raisining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh muhandisi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 5-ilovadagi “G‘ulomov S.Q. — “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni raisining o‘rinbosari” so‘zlari “G‘ulomov S.Q. — Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Toshkent shahridagi vakolatxonasi rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
139
4,724
Qonunchilik
KASB-HUNAR TA’LIMI O‘QUV YuRTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozor islohotlari talablarini hisobga olgan holda qishloq yoshlari kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini o‘zgartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 29-iyuldagi 296-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar tasdiqlansin: kasb-hunar maktabi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; kasb-hunar litseyi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; biznes-maktab to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, o‘ziga qarashli o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar: ikki oy muddatda ta’lim to‘g‘risidagi idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar; 1996-97 o‘quv yilida tasdiqlangan nizomlarni ro‘yobga chiqarishga doir zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ta’lim va fan bo‘limiga yuklansin. 1. Kasb-hunar maktabi yoshlarga kasb-hunar ta’limi berishni amalga oshiruvchi o‘quv yurti hisoblanadi. 2. Kasb-hunar maktabi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, mazkur Nizom hamda ta’lim organlarida ro‘yxatga olingan Ustavga muvofiq amalga oshiradi. 3. Kasb-hunar maktabiga o‘quv-uslubiy rahbarlikni, uning kimga bo‘ysunishidan qat’i nazar, xalq ta’limi organlari amalga oshiradilar. 4. Kasb-hunar maktabi bazaviy maktablarning bitiruvchilari (9-sinflar), shuningdek, o‘rta maktablarning bitiruvchilari hisobidan butlanadi. O‘qish muddati — 1, 2, 3 yil. 5. Kasb-hunar maktabini attestatsiya qilish Vazirlar Mahkamasi tomonidan va Xalq ta’limi vazirligining tegishli normativ hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 6. Kasb-hunar maktabi yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob hamda boshqa schyotlarga, Davlat gerbi tasvirlangan hamda o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 1. Bo‘lajak yosh ishchi va mutaxassislarni, shu jumladan shartnoma asosida kasb-hunarga tayyorlashning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash kasb-hunar maktabi faoliyatining maqsadi hisoblanadi. 2. Kasb-hunar maktabining vazifalari: o‘quvchilarda kasb-hunar bilimlari, o‘quvlari va ko‘nikmalarini shakllantirish; bozor iqtisodiyoti sharoitlarida o‘quvchilarni faol mehnat faoliyatiga tayyorlash; o‘quvchilarga kasb-hunar ta’limi berish bilan bir qatorda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratish; korxonalar va tashkilotlarning ishchilar va mutaxassislar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga bo‘lgan talablarini qondirish. 1. Kasb-hunar maktabida o‘quvchilarni o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Davlat kasblari klassifikatori asosida amalga oshiriladi. 2. Ishlab chiqarish ta’limi hamda ishlab chiqarish amaliyoti o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida, laboratoriyalarda, poligonlarda, kasb-hunar maktabining o‘quv xo‘jaliklarida, shuningdek, tuzilgan shartnomalarga ko‘ra korxonalarda amalga oshiriladi. 3. Kasb-hunar maktablarida o‘quv-tarbiya jarayoni davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘qitish usullari o‘qituvchilar hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan belgilanadi. 1. Kasb-hunar maktablariga o‘quvchilar qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan qabul qilish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 2. O‘quvchilar tomonidan ishlab chiqarish ta’limi hamda ishlab chiqarish amaliyoti davrida bajarilgan ishlarga tegishli malaka darajasidagi ishchilarning oylik maoshlariga belgilangan koeffitsiyentlar, qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar hisobga olingan holda amaldagi me’yorlar, narxlar, stavkalar (maoshlar) bo‘yicha haq to‘lanadi. 3. Kasb-hunar maktabi o‘quvchilari maktab jamoasining a’zolari hisoblanadilar, o‘quv, tarbiya hamda ishlab chiqarish vazifalarini hal qilishda, bo‘sh vaqt va dam olishlarni tashkil etishda ishtirok etadilar. 4. O‘quvchilarning qonunchilik bilan belgilangan o‘qish, mehnat qilish va dam olish shartlariga rioya qilinishiga ta’lim muassasasining rahbariyati javob beradi. 1. Kasb-hunar maktablariga pedagog xodimlar sifatida ishlashga tegishli ma’lumot, kasb-hunar tayyorgarligiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladilar. 2. Kasb-hunar maktabining pedagog xodimlari: maktab faoliyatining eng muhim masalalarini muhokama qilish va hal qilishda ishtirok etish; mashg‘ulotlarni olib borish shakli, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash vositalari hamda usullarini mustaqil belgilash; o‘quv-tarbiya hamda uslubiy ishlarni takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish va kiritish huquqiga ega bo‘ladilar. 3. Kasb-hunar maktabi pedagog xodimlarining burchlari: o‘quv va uslubiy ishlarni yuqori kasb-hunar darajasida olib borish, ta’lim mazmunini takomillashtirishda faol ishtirok etish; o‘quvchilar, jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarni hamkorlikning demokratik asoslarida qurish, o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi boshqaruvini rivojlantirishga ko‘maklashish; o‘z nazariy bilim darajalarini, pedagogik mahoratlarini hamda kasb-hunar malakalarini tinimsiz oshirib borish; o‘quvchilarning ota-onalari va ular o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan muntazam ish olib borish. 1. Kasb-hunar maktabini boshqarish mazkur Nizom va Maktab ustaviga muvofiq amalga oshiriladi. Kasb-hunar maktabining butun faoliyatini bevosita boshqarishni uning direktori amalga oshiradi. Direktor o‘quv yurti bevosita bo‘ysunadigan organ tomonidan tayinlanadi. 2. Kasb-hunar maktabining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tashkil etiladigan va ishlaydigan pedagogik kengash kasb-hunar maktabi boshqaruvining hay’at organi hisoblanadi. 3. Tuzilma bo‘linmalarining tarkibi, ularning funksiyalari va vazifalari kasb-hunar maktabining ustavi bilan belgilanadi. 1. Kasb-hunar maktabining moliyaviy faoliyati davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlari, jumladan: shartnomalar bo‘yicha ishchi va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun xarajatlarni qoplash tartibida tushadigan mablag‘lar; belgilangan tartibda ajratiladigan va to‘lanadigan banklarning kreditlari; kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish faoliyati, pulli xizmatlar ko‘rsatish va boshqa xo‘jalik hisobidagi faoliyatdan tushadigan mablag‘lar; mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlardan, jamoat tashkilotlari, xususiy shaxslar, hokimliklardan tushadigan ixtiyoriy tushumlar ham bo‘lishi mumkin. 2. Mablag‘larni sarflash va ulardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqa tegishli organlarning “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qoidalari hisobga olingan holda amaldagi yo‘riqnoma hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kasb-hunar maktabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. Kasb-hunar litseyi malakali ishchilar va mutaxassislar tayyorlashning yuqori darajasini ta’minlovchi uzluksiz ta’lim tizimidagi integratsiyalashgan turdagi o‘quv muassasasi hisoblanadi. Kasb-hunar litseyi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga, mazkur Nizomga va ta’lim organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Ustavga muvofiq amalga oshiradi. Kasb-hunar litseyida kasbga o‘rgatishning ikki bosqichi nazarda tutiladi: 1-bosqich — o‘quvchilarning o‘rta ma’lumot olishlari va ishchi kasbini egallashlari. 1-bosqichni o‘quvchilar bilan butlash bazaviy maktablarning bitiruvchilari hisobidan tanlov asosida amalga oshiriladi; 2-bosqich — 1-bosqichdagi kasb tayyorgarligi yoki kasb bo‘yicha oshirilgan ishchi malakasi ixtisosiga ko‘ra o‘rta bo‘g‘in mutaxassisi malakasini egallash. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining attestatsiyasidan o‘tgan va akkreditatsiya qilingan hamda maqomiga ko‘ra o‘rta maxsus o‘quv muassasalariga tenglashtirilgan kasb-hunar litseylariga belgilangan tartibda ikkinchi bosqich bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash huquqi beriladi. Kasb-hunar litseyining ikkinchi bosqichiga qabul birinchi bosqich bitiruvchilari hisobidan belgilangan tartibda test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etishda kasb-hunar litseyi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ hujjatlariga amal qiladi. Kasb-hunar litseyi yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlarga, Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 1. Yoshlarda texnika, texnologiyalar doimo yangilanib, mehnatni tashkil etish takomillashib borayotgan sharoitlarda tezda moslashishga, bozor munosabatlari sharoitida hayot faoliyatiga tayyor turishga ko‘mak beruvchi kasbiy o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirish kasb-hunar litseyi faoliyatining maqsadi hisoblanadi. 2. Kasb-hunar litseyi faoliyatining vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: kasb-hunar litseyidagi o‘qitishning har bir bosqichi tugal bo‘lishi hisobiga o‘quvchilarning qobiliyatlariga muvofiq turli darajalarda kasbiy va umumiy ta’lim olish uchun ularga imkoniyatlar yaratish; davlat ta’lim standartlariga muvofiq har xil ixtisoslikdagi ishchilar va mutaxassislarni tayyorlash. 1. Kasb-hunar litseyida o‘quvchilarni tayyorlash mutaxassislar va kasblarning amaldagi ro‘yxatiga ko‘ra ishchilar va mutaxassislar kasblari bo‘yicha amalga oshiriladi. 2. Kasb-hunar litseyida o‘quvchilarni o‘qitish belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq olib boriladi. 3. O‘qish tamom bo‘lgandan so‘ng o‘qitishning to‘liq kursini o‘tgan, fanlar bo‘yicha ijobiy yakuniy baholarga ega bo‘lgan kasb-hunar litseyining o‘quvchilari bitirish malaka imtihonlarini topshiradilar yoki diplom loyihasini himoya qiladilar. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan yoki loyihani muvaffaqiyatli himoya qilgan bitiruvchilarga tegishli malaka beriladi va ta’lim darajasiga muvofiq belgilangan namunadagi diplom (sertifikat) topshiriladi. 1. Kasb-hunar litseyining o‘quvchilari o‘quv-mehnat jamoasining to‘la huquqli a’zolari hisoblanadilar, kasb-hunar litseyining Ustavida va mazkur Nizomda nazarda tutilgan o‘quv, tarbiya va ishlab chiqarish vazifalarini hal etishda bevosita ishtirok etadilar. 2. Kasb-hunar litseyi o‘quvchilariga kasb-hunar o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan nazarda tutilgan moddiy ta’minlash shart-sharoitlari joriy etiladi. 1. Pedagogik xodimlarni kasb-hunar litseyiga ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uning direktori tomonidan amalga oshiriladi. 2. O‘qituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va tarbiyachilarning funksional majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan malaka tavsifnomasi bilan, shuningdek, litsey Ustavi va kontrakt shartlari bilan belgilanadi. 3. Kasb-hunar litseyining pedagog xodimlariga Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining amaldagi normativ hujjatlariga ko‘ra mehnatga haq to‘lash shartlari joriy etiladi. 1. Kasb-hunar litseyini boshqarish mazkur Nizom va litsey ustaviga muvofiq amalga oshiriladi. Kasb-hunar litseyining butun faoliyatiga bevosita rahbarlikni uning direktori amalga oshiradi. Direktor Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda, o‘quv muassasasi bo‘ysunadigan organ tomonidan tayinlanadi. 2. Kasb-hunar litseyining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tashkil etilgan va ish ko‘radigan pedagogik kengash Kasb-hunar litseyini boshqarishning hay’at organi hisoblanadi. 3. Tuzilmaviy bo‘linmalarning tarkibi, ularning funksiyalari va vazifalari kasb-hunar litseyining ustavi bilan belgilanadi. 1. Kasb-hunar litseyining moliyaviy faoliyati davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlari, jumladan: ishchilar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun xarajatlar o‘rnini to‘ldirish tartibidagi shartnomalar bo‘yicha mablag‘lar tushumi; belgilangan tartibda ajratiladigan va to‘lanadigan banklarning kreditlari; ishlab chiqarish faoliyatidan, pulli xizmatlar ko‘rsatish va boshqa xo‘jalik hisobidagi faoliyatidan tushadigan mablag‘lar; mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlardan, jamoat tashkilotlari, xususiy shaxslardan tushadigan ixtiyoriy tushumlar ham bo‘lishi mumkin. 2. Mablag‘larni sarflash Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining amaldagi yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kasb-hunar litseyi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. 1. Biznes-maktab kichik biznesning, fermer xo‘jaliklarining menejment, marketing, xo‘jalik huquqi, moliyani boshqarish, buxgalterlik hisobi va audit asoslarini, amaliy tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalarni yetarli hajmlarda egallagan tashkilotchilarini tayyorlaydi. 2. Biznes-maktab o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga, mazkur Nizomga va ta’lim organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustavga muvofiq amalga oshiradi. 3. Biznes-maktabga tegishli darajadagi kasb-hunar o‘quv yurtlari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar joriy etiladi. 4. Biznes-maktab yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga, Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 1. Kichik biznes sohasida yoshlarda faol tadbirkorlik faoliyati uquvi va ko‘nikmalarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida biznes bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklarga ega bo‘lish imkoniyatlarini ta’minlash asosida yoshlarning ijtimoiy himoya qilinishi funksiyasini amalga oshirish biznes-maktab faoliyatining maqsadi hisoblanadi. 2. Quyidagilar biznes-maktabning vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi: davlat ta’lim standartlariga muvofiq kichik biznesni tashkil etish va olib borish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash; fermer xo‘jaliklari, firmalar, kompaniyalar, korxonalar, muassasalarga va alohida tadbirkorlarga biznesni tashkil etish yuzasidan maslahat xizmatlari ko‘rsatish; mintaqada tadbirkorlikni, kichik biznesni rivojlantirish uchun biznes-laboratoriyalar, inkubatorlar va shunga o‘xshash muassasalarni tashkil etish; tadbirkorlik sohasida band bo‘lgan amaliyotchi xodimlar uchun tayyorlov, qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslari tashkil etish. 3. Biznes-maktab uning asosiy funksiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘maklashuvchi va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan istalgan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. 1. Biznes-maktabda o‘qitish ishlari belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. 2. O‘qish tamom bo‘lgandan keyin biznes-maktabning o‘qitishning to‘liq kursini tamomlagan va fanlar bo‘yicha yakuniy ijobiy baholarga ega bo‘lgan o‘quvchilari bitiruv malaka imtihonlari topshiradilar yoki ishlab chiqilgan biznes-rejalarni himoya qiladilar. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan yoki loyihalarni muvaffaqiyatli himoya qilgan bitiruvchilarga tegishli malaka beriladi va ta’limning tegishli darajasining belgilangan namunadagi diplomi (sertifikati) topshiriladi. 1. Biznes-maktabga o‘quvchilar qabul qilish biznes-maktabning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi. 2. Biznes-maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tegishli o‘quv yurtlarining o‘quvchilari uchun nazarda tutilgan moddiy ta’minot shartlari joriy etiladi. 3. O‘quvchilar: biznes-maktabning o‘quv-moddiy bazasidan foydalanish; biznes-maktabning tadbirkorlik faoliyatida qatnashish; biznes-maktabning faoliyatini, o‘quvchilar tarkibini yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish huquqiga ega bo‘ladilar. 4. Biznes-maktab o‘quvchilari: O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga; axloq va etika normalariga, biznes-maktabning ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga; fanga asos bo‘luvchi bilimlarni muntazam va teran egallashga, o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishga, o‘z bilimlarini mustaqil boyitib borish uquvini ishlab chiqishga va ularni amaliyotda qo‘llashga majburdirlar. 1. Biznes-maktabda o‘qituvchi sifatida ishlashga tegishli kasb-hunar tayyorgarligiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladilar. Biznes-maktab o‘qituvchilarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Biznes-maktabning pedagog xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tegishli o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar joriy etiladi. 2. Biznes-maktabning pedagog xodimlari: biznes-maktab faoliyatining eng muhim masalalarini muhokama qilish va hal etishda qatnashish; mashg‘ulotlarni olib borish shaklini, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash vositalari va usullarini mustaqil belgilash; o‘quv-tarbiya va uslubiy ishlarni takomillashtirishga oid takliflar tayyorlash va kiritish huquqiga ega bo‘ladilar. 3. Biznes-maktabning pedagog xodimlari: o‘quv va uslubiy ishlarni kasb jihatidan yuqori saviyada olib borishga, ta’lim mazmunini takomillashtirishda faol qatnashishga; pedagogik mehnatni tashkil etishning yuksak madaniyatini ta’minlashga, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining sifatli o‘zlashtirilishi uchun javob berishga; o‘zlarining nazariy saviyalarini, pedagogik mahoratlarini, kasbiy malakalarini uzluksiz oshirib borishga majburdirlar. 4. Biznes-maktabga pedagogika ishlariga jalb qilinadigan oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan ish haqi stavkalari saqlab qolinadi. 1. Biznes-maktabni boshqarish yakkaboshchilik va kollegiallik asoslarida amalga oshiriladi. Biznes-maktabning butun faoliyatiga rahbarlik qilishni uning direktori amalga oshiradi. Direktor biznes-maktab bevosita bo‘ysunishida bo‘lgan organ tomonidan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, odatda, kamida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslardan tayinlanadi. Biznes-maktabning direktori biznes-maktabning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, uning borishi va natijalarini nazorat qilishni amalga oshiradi, biznes-maktab ishining sifati va samaradorligi uchun shaxsan javob beradi. 2. O‘quv-tarbiyaviy, uslubiy ishlarning asosiy masalalarini kollegial ko‘rib chiqish uchun biznes-maktabda tajribali pedagog xodimlardan, korxonalar va tashkilotlarning vakillaridan iborat pedagogika kengashi, ilmiy-uslubiy kengash tashkil etiladi. 1. Biznes maktabni 2006/2007 o‘quv yiligacha (ushbu o‘quv yili ham kiradi) o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar bo‘yicha moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlari moliyalashtirish manbalari bo‘lishi mumkin, shu jumladan: tadbirkorlar va mutaxassislar tayyorlanganligi, qayta tayyorlanganligi va malakasi oshirilganligi uchun xarajatlarni qoplash tartibida shartnomalar bo‘yicha mablag‘lar tushumi; belgilangan tartibda beriladigan va to‘lanadigan banklarning kreditlari; biznes-maktabning ishlab chiqarish faoliyatidan, pulli xizmatlar ko‘rsatish va xo‘jalik hisobidagi boshqa faoliyatidan tushadigan mablag‘lar; mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlardan, jamoat tashkilotlari, xususiy shaxslar, hokimliklardan tushadigan ixtiyoriy tushumlar ham bo‘lishi mumkin. Biznes-maktablarda 2007/2008 o‘quv yilidan boshlab o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarni o‘qitish budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 2. Mablag‘larni sarflash va ulardan foydalanish “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining amaldagi yo‘riqnoma hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Biznes-maktabni tashkil etish, tugatish va qayta tashkil etish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
76
20,454
Qonunchilik
Sobiq YaTT qachon bankrot deb topiladi
30.12.2017 yildagi OʻRQ–455-son Qonun bilan Fuqarolik kodeksi va «Bankrotlik toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi. Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi va 1.01.2018 yilda kuchga kirdi. Eslatib oʻtamiz, loyihaning sharhida mazkur tuzatishlarning asosiy maqsadi ochib berilgan – umidsiz soliq qarzdorligini qisqartirish. Endi yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) maqomini yoʻqotgan shaхs ham bankrot deb topilishi mumkin. Ilgari bankrotlik taomili faqat yuridik shaхslar va oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan, ya’ni ushbu maqomga ega boʻlgan YaTTga nisbatan qoʻllanilar edi. Ma’lumot uchun: roʻyхatga oluvchi organ tomonidan jismoniy shaхs - tadbirkorlik sub’yektining faoliyati toʻхtatilganligi toʻgʻrisidagi qayd tegishli davlat reyestriga kiritilgan paytdan boshlab YaTT maqomi yoʻqotiladi (batafsil taomil – bu yerda). Quyidagi jihatlarni inobatga olish darkor. Birinchidan, faqat pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatlar uning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqadigan boʻlsa, fuqaro bankrot deb e’lon qilinishi mumkin.    Hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, aliment undirish toʻgʻrisidagi talablar yoki boshqa shaхsiy хususiyatdagi talablar bankrotlik uchun sabab boʻla olmaydi. Biroq kreditorlar qarzdorga mazkur talablarni bankrotlik taomili jarayonida ham, u tugaganidan keyin ham qoʻyishga haqli. Ikkinchidan, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish, agar qarzdorga nisbatan jami talablar EKIHning kamida 30 karrasini tashkil etib, tegishli majburiyatlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran 3 oy mobaynida u tomonidan ijro etilmayotgan boʻlsa, iqtisodiy sud tomonidan qoʻzgʻatiladi. Uchinchidan, qarzdorlarning mazkur toifasi uchun bankrot YaTTlarga nisbatan qonunchilikda koʻzda tutilgan kafolatlar amal qiladi. Xususan, tugatish massasiga qarzdorning mulkida boʻlgan va u yoki uning oilasi doimiy istiqomat qiladigan (alohida istisnolardan tashqari) yagona turar joy (kvartira) hamda roʻyхat boʻyicha qator ashyolar kiritilmaydi. Toʻrtinchidan, sudning qarzdorni bankrot deb topish boʻyicha qarorini ijro etish chogʻida faqat uning avvalgi tadbirkorlik faoliyati hisobidan sotib olingan mol-mulki realizatsiya qilinadi. Mol-mulkning shu jumlaga mansubligini iqtisodiy sud belgilaydi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov.
38
2,469
Qonunchilik
“XXR DAN ANDIJON SUV OMBORI HUZURIDAGI GES-2 GA ASBOB-USKUNA YETKAZIB BERISh” VA “XXR DAN OHANGARON SUV OMBORI HUZURIDAGI MGES GA ASBOB-USKUNA YETKAZIB BERISh” INVESTITSION LOYIHALARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining eksport kreditlaridan foydalanib, “Andijon suv omboridagi 2-GES uchun XXRdan uskunalar yetkazib berish” va “Ohangaron suv omboridagi MGES uchun uskunalar yetkazib berish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” Ixtisoslashgan birlashmasi “China National Elektric Equipment Corporation” (XXR) kompaniyasi bilan Andijon suv omboridagi 2-GES uchun 11 800 ming AQSh dollariga va Ohangaron suv omboridagi MGES uchun 6 952 ming AQSh dollariga teng miqdordagi texnologiya uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha kontraktlar tuzgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki, mazkur kontraktlarni moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Andijon suv omboridagi 2-GES uchun (1770 ming AQSh dollari) hamda Ohangaron suv omboridagi MGES uchun (1042,8 ming AQSh dollari) kontraktlar qiymatining 15 foizi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” IB mablag‘lari hisobidan; Andijon suv omboridagi 2-GES uchun (10 030 ming AQSh dollari) hamda Ohangaron suv omboridagi MGES uchun (5 909,2 ming AQSh dollari) tegishli kontraktlar qiymatining 85 foizi XXR Eksimbankining 5 yillik imtiyozli davrini ham qo‘shib hisoblaganda 15 yil muddatga beriladigan qarz mablag‘larini qayta moliyalash yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari hisobidan to‘lanadi. 3. Andijon suv omboridagi 2-GES uchun va Ohangaron suv omboridagi MGES uchun texnologiya uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha investitsiya loyihalarining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq; kreditlarni to‘lash jadvallari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi; kapital qo‘yilmalar xarajatlari, asosiy qarzni to‘lash, kredit xizmatlari bilan bog‘liq foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” IB mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; kredit mablag‘laridan o‘z vaqtida foydalanish, “O‘zsuvenergo” IB mablag‘lari hisobidan kredit xizmatlari ko‘rsatish va to‘lash ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur kontraktlar asosida: XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimlarini; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” Ixtisoslashgan birlashmasi bilan XXR Eksimbanki kreditlarini qayta moliyalash bo‘yicha kredit shartnomalarini tuzsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri belgilangan tartibda XXR Eksimbankiga yakka tartibdagi qarz bitimlari bo‘yicha tasdiqnomalar berishga vakil qilinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalariga ko‘ra loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari kontraktlar amal qiladigan muddatda konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
230
3,939
Qonunchilik
Ishni sudga qadar yuritishda elektron hamkorlik tizimi joriy etiladi
Prezidentning 28.01.2022 yildagi “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-105-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezidentning 2020 yil 10 avgustdagi "Sud-tergov faoliyatida shaхsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-6041-son hamda 2021 yil 26 martdagi "Jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-6196-son farmonlariga muvofiq qabul qilingan. Joriy etilayotgan "Elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona aхborot tizimi quyidagilarni nazarda tutadi: Yagona tergov aхborot tizimi orqali ishni sudga qadar yuritish masalalarida elektron hujjat almashish IIV, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, DBQ hamda Milliy gvardiyaning surishtiruv va tergov organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur tizim doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlar roʻyхati tasdiqlandi. Surishtiruv va tergov organlari hamda hamkorlik qiluvchi tashkilotlar oʻrtasidagi idoralararo elektron hamkorlik quyidagi talablarga qat’iy rioya etgan holda amalga oshiriladi: Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar surishtiruv yoki tergov organlariga surishtiruvchi yoхud tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanksiyasi bilan elektron hujjat tarzida taqdim etiladi. 2022 yil 1 maydan Yagona tergov aхborot tizimining sinov versiyasini, 1 avgustdan toʻliq versiyasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.01.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
68
1,834
Qonunchilik
Birinchi guruhga choyni yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining 2013-yil 25-iyundagi 12-son qarori (ro‘yxat raqami 2486, 2013-yil 23-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 30-son, 400-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga choyni yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 16-banddagi “gigiyena sertifikati” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik xulosasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 22-banddagi “gigiyena sertifikati” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik xulosasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
147
1,342
Qonunchilik
Namunali fuqarolar yigʻinlari uchun mukofotlar, sanatoriyga yoʻllanmalar
Vazirlar Mahkamasining 27.08.2019 yildagi 722-son qarori bilan fuqarolar yigʻinlarini reyting baholash, shuningdek mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi tasdiqlandi. Hujjatga muvofiq fuqarolar yigʻinlari faoliyati yarim yillik va yil yakuni boʻyicha baholanadi. Baholash natijasida «namunali», «yaхshi», «qoniqarli» va «qoniqarsiz» deb topilgan fuqarolar yigʻinlari aniqlanadi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar tomonidan quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha baholash oʻtkaziladi: Koʻrsatkichlar 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi, ballar esa tasdiqlangan metodikaga muvofiq hisoblanadi. Ballarni hisoblash chogʻida fuqarolar yigʻinlarining geografik joylashuvi (shaharda, tuman markazida, shu jumladan undan ma’lum masofa olisda, chegara hududida) inobatga olinadi. 85 – 100 ball toʻplagan fuqarolar yigʻinlari faoliyati namunali deb topiladi. Undagi har bir хodimga (rais va kotibga), shuningdek jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaхslarga (rais oʻrinbosarlari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar raislariga): Namunali fuqarolar yigʻinlarini ragʻbatlantirish maqsadida qoʻshimcha ravishda qimmatbaho sovgʻalar berilishi mumkin. Faoliyati qoniqarli va qoniqarsiz deb topilgan fuqarolar yigʻinlari uchun mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha har choraklik harakatlar dasturlari ishlab chiqiladi. «Yaхshi» baho olgan fuqarolar yigʻinlari ular uchun tasdiqlangan namunali maqomga erishish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksiga amal qiladilar. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2019 yildan kuchga kirdi.  Lenara Xikmatova.
72
1,754
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON OZIQ-OVQAT SANOATI DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNI (“O‘ZOZIQOVQATSANOAT”)NING USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati davlat-aksionerlik konserni (“O‘zoziqovqatsanoat”) ning ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati (“O‘zoziqovqatsanoat”) konsernining Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-apreldagi 79-son qarori bilan tasdiqlangan Ustavi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati davlat-aksionerlik konserni (“O‘zoziqovqatsanoat”), keyingi o‘rinlarda konsern deb yuritiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oziq-ovqat sanoati (O‘zoziqovqatsanoat) konsernini O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati davlat-aksionerlik (“O‘zoziqovqatsanoat”) konserniga aylantirish to‘g‘risida” 1993-yil 5-maydagi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 245-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 2. Konsern yog‘-moy, qandolatchilik, choy, tamaki, pivo-alkogolsiz ichimliklar, oziq-ovqat konsentratlari sanoati korxonalarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni va muassasalarni birlashtiruvchi ishlab chiqarish-xo‘jalik kompleksi hisoblanadi. Konsern tarkibiga mulkchilik shaklidan qat’i nazar, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan boshqa korxonalar va tashkilotlar ham kirishi mumkin. 3. Konsern O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob berib turadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Kengashning boshqa qarorlariga, Prezidentning farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, amaldagi qonun hujjatlarining boshqa aktlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi. 4. Konsern yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining alohida mol-mulkiga, mustaqil hamda yig‘ma balanslarga, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan hamda nomi yozilgan yumaloq muhrga, shtamplarga, firma blankalariga ega bo‘ladi. 5. Konsern O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oziq-ovqat sanoati konserni (“O‘zoziqovqatsanoat”) ning huquqiy vorisi hisoblanadi, o‘z majburiyatlari bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Ushbu mol-mulkdan to‘lov undirib olinishi mumkin. Konsern davlat va uning organlarining, shuningdek, konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, xuddi shu kabi qatnashuvchi korxonalar ham Konsernning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. 6. Konsern bilan uning tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamda huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, boshqa normativ hujjatlari, ushbu Ustav va ta’sis shartnomasi bilan belgilanadi 7. Konsern joylashgan manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7. 1. Konsernning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: tarmoqning ishlab chiqarish hamda ilmiy-texnikaviy rivojlanishi sohasida yagona siyosat ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash, konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning investitsiya hamda tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish, vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro munosabatlar masalalari ham shu jumlaga kiradi; davlat ehtiyojlari uchun topshiriqlarni bajarish, markazlashtirilgan holda ajratiladigan moddiy-texnika resurslarini hamda sarmoya mablag‘larni taqsimlash; tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini, maqsadli ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish, investitsiya sohasida yagona strategiyani amalga oshirish; oziq-ovqat sanoati tarmoqlari obyektlarini kengaytirish, qayta qurish hamda texnik qayta jihozlashni ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning me’yoriy va texnologik reglamentlarini ishlab chiqish, konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga bozor munosabatlariga o‘tishda ko‘maklashish, ularni aksionerlik va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirish; oziq-ovqat mahsulotlari bozor konyunkturasini o‘rganish, firmali savdoni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamda ilmiy-texnikaviy aloqalarni yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy-iqtisodiy xo‘jalik hamda ijtimoiy faoliyati masalalarini muvofiqlashtirish, Konsern Kengashining qarori bilan markazlashtirilgan sug‘urta, zaxira jamg‘armalarini va boshqa jamg‘armalarni tashkil etish. 2. O‘z oldida turgan vazifalarni hal etish uchun Konsern: ta’minot, tijorat, kredit, mintaqalararo, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatlarni, shuningdek, ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish vazifalarini markazlashtiradi; davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish topshiriqlarini joylashtirishni hamda markazlashtirilgan holda ajratilgan moddiy-texnika, pul resurslari taqsimotini amalga oshiradi; moddiy-texnika resurslarini hamda tayyor mahsulotni yetkazib berishga doir shartnomalar tuzish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, eksport-import operatsiyalarini qimmatli qog‘ozlar bozorida qatnashishni amalga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritadi; Konsern uchun belgilangan nomenklatura bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini chetga chiqarishga litsenziyalar taqsimlanishini amalga oshiradi, hamda ularni belgilangan tartibda beradi; yog‘-moy, qandolatchilik, choy, tamaki, pivo-alkogolsiz ichimliklar, pishirishga tayyor qilib qo‘yilgan oziq-ovqat konsentratlari sanoatini hamda faoliyatning boshqa turlarini rivojlantirishni muvofiqlashtiradi, xo‘jalikni yuritishning yangi shakllarini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi; me’yoriy-texnikaviy hujjatlar va texnologik reglamentlar ishlab chiqilishini, mehnatni tashkil etishning ilg‘or usullari joriy etilishini, oziq-ovqat tarmog‘i, ijtimoiy va boshqa sohalar obyektlari loyihalashtirilishi, qayta qurilishi, texnika bilan qayta jihozlanishi va yangidan qurilishi ishlarini tashkil etadi; bozor konyunkturasini, mollar va xizmatlar narxini va ularga narx belgilanishini o‘rganadi, firmali savdoni rivojlantiradi, marketingni tashkil etadi, talabni, tarmoqning bozor imkoniyatlarini o‘rganadi; xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy hamda ilmiy-texnikaviy aloqalarni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqarishni oqilona ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirishni, o‘zaro foydali to‘g‘ridan to‘g‘rialoqalap o‘rnatilishi, shuningdek, qo‘shma korxonalar barpo etilishini va ularni rivojlantirishni tashkil etadi; oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish hajmlarini oldindan belgilashni tashkil etadi, konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning bir me’yorda ishlashini, texnologik jarayonlarni takomillashtirishni ta’minlaydi; konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning vaqtincha bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, texnikadan, moddiy resurslar zaxiralaridan foydalanish yuzasidan hamkorlikni muvofiqlashtiradi; Konsernning, uning korxonalari va tashkilotlarining mintaqalararo faoliyatini tubdan yaxshilashni ta’minlaydi, oziq-ovqat sanoati korxonalarini tezkorlik bilan texnologik qayta jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi; konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarga xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmini joriy qilishda ko‘maklashadi, mulkchilik hamda xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, ishlab chiqaruvchilar uchun teng iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadi; respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilishga qaratilgan ishlarni olib boradi; kadrlar rezervini shakllantirish, korxonalarning rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni tayyorlash bo‘yicha kadrlar siyosatini faol amalga oshiradi; konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarga qonunchilikka rioya qilishni tashkil etish va ta’minlashda mehnat intizomini mustahkamlashda, korxonalar mol-mulkni saqlashning huquqiy va boshqa xil vositalarini ta’minlashda, noishlab chiqarish xarajatlariga qarshi kurashda, shuningdek, huquqiy ishlarda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. O‘z oldida turgan vazifalarni bajarish uchun konsern: o‘zining ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarini mustaqil shakllantirish, mulkni belgilangan tartibda ijaraga berish, korxonalar va tashkilotlar tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish; mehnat jamoalarining fikrini hisobga olgan holda tarmoq davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga o‘tkazish bo‘yicha bunga vakolatli bo‘lgan organlarga takliflar kiritish; o‘z nomidan shartnomalar, kontraktlar va bitimlar tuzish, yuridik va jismoniy shaxslar bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan huquqiy munosabatlarga kirishish, sudlarda da’vogar, javobgar bo‘lish hamda sud jarayoni qatnashchisi sifatida qatnashish; butlovchi buyumlar, materiallar, jihozlar, asbob-uskunalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalar manfaati yo‘lida materiallar va xomashyolarni, shu jumladan qishloq xo‘jaligi xomashyolarini tayyorlash; konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarga qurilish, transport, texnologik, tijorat, loyiha-konstruktorlik, tashqi savdo, yuridik, axborot, maslahat va boshqa xizmatlar ko‘rsatish uchun xo‘jalik hisobida sho‘ba korxonalar tashkil etish; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlamagan tashqi savdo, kredit, veksel va boshqa bitimlarni tuzish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘z filiallarini hamda vakolatxonalarini ochish, banklarda o‘z schyotlarini ochish, belgilangan tartibda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish; xalqaro yarmarkalarda va ko‘rgazmalarda qatnashish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar, kimoshdi savdolarida, simpoziumlarda qatnashish va ularni tashkil etish, reklama adabiyotini nashr etish; texnika, asbob-uskuna, texnologiyalar, patentlar, “nou-xau” dasturlari sotib olish uchun, shuningdek, mutaxassislarni xorijiy ilmiy, tijorat, reklama va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun xizmat safarlariga yuborish sarf-xarajatlarini to‘lashda o‘z ixtiyoridagi rubl hamda valyuta mablag‘laridan belgilangan tartibda foydalanish; rais, uning o‘rinbosarlari hamda Konsern apparati xodimlariga mehnat haqi to‘lash shartlari bilan (mansab maoshlari, mukofotlar ko‘rsatkichlari hamda shartlari bilan) bog‘liq masalalarni mustaqil hal etish, shuningdek, Konsern apparati xodimlarini ijtimoiy himoyalash maqsadida ularga qo‘shimcha haq to‘lash hamda tovon to‘lovlarini belgilash; aksiyalar hamda boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ular bo‘yicha dividendlar olish; ijtimoiy rivojlanish, Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar hamda tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; bozor sharoitlarini hisobga olgan holda Konsern korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga me’yoriy-texnikaviy hujjatlarni mustaqil ravishda tasdiqlash huquqiga ega bo‘ladi. 1. Konsernni boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi. U boshqaruvni hamda taftish komissiyasini saylaydi. Konsern rahbariyati (rais va uning o‘rinbosarlari) Konsern Kengashi tomonidan saylanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 2. Konsern Kengashi tarkibiga korxona va tashkilotlarning rahbarlari, Konsern raisi, uning o‘rinbosarlari, boshqaruv a’zolari kiradilar. Kengashga va boshqaruvga Konsern raisi boshchilik qiladi. 3. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 245-son qaroriga muvofiq konsern raisi maqomiga, maishiy, tibbiy, transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra respublika vaziriga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, raisning o‘rinbosarlari — vazirning o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi. 4. Maqom hamda Kengash ishi Konsern Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Konsern Kengashi to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi. Konsern Kengashi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalar uchun majburiy hisoblanadi. 5. Konsern Kengashi majlislari yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Kengashning navbatdan tashqari majlislari qatnashchilarning kamida uchdan bir qismining arizasiga ko‘ra konsern faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan zarur masalalarni hal etish uchun chaqiriladi. Konsern qatnashchilari Kengash chiqarilishi to‘g‘risida u o‘tkaziladigan kundan kamida ikki hafta oldin xabardor qilinishi kerak. Xabarda uning ko‘rib chiqishi uchun kiritilayotgan masalalar ko‘rsatiladi. 6. Kengashning huquq doirasiga quyidagilar kiradi: oziq-ovqat sanoati davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish; Konsern Ustavini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, boshqaruv tarkibini saylash; Konsern tarkibiga yangi qatnashuvchilarni qabul qilish va undan chiqarish; Konsern qo‘shma faoliyatining va dasturlarining yillik va istiqbol rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash; jamg‘armalarni to‘ldirish hamda Konsern ishtirokchilari o‘rtasida konsern daromadlarini taqsimlash; Konsernning boshqaruv tarkibini, taftish komissiyasini hamda yuqori rahbarlarini saylash, ularga mehnat haqlari to‘lash shartlarini belgilash; yillik xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha boshqaruv tarkibini taqdirlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash. 7. Konsern Kengashi qarorlari Konsern boshqaruvi hamda konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalar bajarish majburiy bo‘lgan qarorlar bilan rasmiylashtiriladi. 8. Konsern Kengashi ijro qiluvchi organni — konsernning boshqaruvini tashkil etadi. U Konsernning ishini tashkil etadi, Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Boshqaruv konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalar bilan birgalikda ilmiy-ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy, investitsiya va boshqa faoliyat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi; manfaatdor korxonalar bilan birgalikda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, korxonalarni texnik qayta jihozlash va qayta qurish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; Konsern Kengashida ko‘rilishi lozim bo‘lgan masalalarni tayyorlaydi, raisning, uning o‘rinbosarlarining, boshqaruv a’zolarining hamda konsern apparati xodimlarining axborotlarini eshitadi, tegishli qarorlar qabul qiladi; Boshqaruv Konsern faoliyatining Kengash vakolatiga kiradigan masalalaridan boshqa barcha masalalarini hal qiladi. 9. Boshqaruv qarorlari majlis bayoni bilan rasmiylashtiriladi hamda Konsern raisi tomonidan imzolanadi. Boshqaruv o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar Konsern qatnashchilari bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir. 10. Konsern Kengashi boshqaruvga ushbu Ustav bilan Kengash vakolatiga kiritilgan ayrim masalalarni hal etish huquqini berishi mumkin. 11. Kengash hamda konsern boshqaruvi qarorlarini hayotga tatbiq etish uchun Konsern raisi boshchilik qiladigan boshqaruv apparati tashkil etiladi. Boshqaruv apparati, shuningdek konsern boshqaruvi organlari qarorlari loyihalarini tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tahliliy, muvofiqlashtiruvchi va rejadagi ishlarni olib boradi. 12. Konsern raisi: Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga belgilangan tartibda rahbarlik qiladi, ishonchnomasiz Konsern nomidan ish ko‘radi, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar hududidagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va firmalarda uning manfaatlarini ifodalaydi; konsern vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi; konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalar rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlariga, shuningdek Kengash hamda konsern boshqaruvi qarorlariga zid bo‘lgan o‘z vakolatlari doirasida chiqarilgan buyruqlar va boshqa aktlarni bekor qiladi; qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda Konsernning mol-mulkini boshqaradi va unga egalik qiladi, banklarda hisob-kitob va boshqa schyotlar ochadi, o‘z vakolatiga kiritilgan barcha masalalar bo‘yicha mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi, shu jumladan Kengash va Konsern boshqaruvi nomidan ishonchnomalar beradi, shartnomalar, kontraktlar, bitimlar tuzadi; Konsernga berilgan huquqlar doirasida davlatga mansub aksiya paketlariga muvofiq aksionerlik korxonalari faoliyatiga rahbarlik qiladi; Konsernning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi, schyotlarni hamda to‘lov topshiriqlarini, Konsern hisobotlarini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisidagi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan Konsern nomidan e’tirozlar va da’vo qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; qatnashuvchi korxonalar va tashkilotlar rahbarlarini tayinlaydi va ularni egallab turgan lavozimlaridan ozod qiladi. Lavozimga tayinlash chog‘ida rahbar bilan kontrakt tuzadi, undagi shartlar Konsern Kengashi bilan kelishib olinadi; taftish komissiyasi taqdim etadigan materiallar asosida undirib olishga umid qolmagan qarzlar summasini, ma’naviy va fizik jihatdan eskirgan mulklarni, to‘xtatilgan yoki amalga oshirilmagan ishlar bo‘yicha xarajatlarni qonunchilik bilan belgilangan tartibda Konsern balansidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; Konsern boshqaruvi apparati shtat jadvalini, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi, apparat xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan bo‘shatadi, ularning mansab maoshlarini va ularga ustama haqlarni, shuningdek, apparat xodimlarini ijtimoiy himoyalash maqsadidagi turli ko‘rinishdagi qo‘shimcha haqlarni hamda kompensatsiya to‘lovlarini belgilaydi; qatnashuvchi korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, ularning natijalarini ko‘rib chiqadi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi; amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartibda Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga nisbatan rag‘batlantirish hamda intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi. 1. Konsernga biriktirilgan mol-mulk, shuningdek, unga budjetdan ajratilgan mablag‘lar to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi asosida unga tegishli bo‘ladi. 2. Konsern o‘ziga biriktirilgan mol-mulkdan, pul mablag‘laridan, daromadlardan, shuningdek, sotib olingan yoki qonunchilik bilan yo‘l qo‘yiladigan boshqa asoslar bo‘yicha olingan boshqa mol-mulkdan foydalanish, ularni tasarruf etish va ularga egalik qilish huquqini amalga oshiradi. 3. Konsern korxonalari va tashkilotlari shartnomaviy normativlar bo‘yicha daromadlardan (foydadan) bir qismini markazlashtirilgan jamg‘armalarni hamda zaxiralarni tashkil etish uchun o‘tkazadilar. 4. Konsernning mol-mulki asosiy va aylanma mablag‘lardan, shuningdek, Konsern balansida o‘z aksini topgan boshqa mol-mulklardan hamda pul mablag‘laridan tashkil topadi. Konsernning mol-mulki va mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirishning aniq muammolari va maqsadli dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun konsern qatnashchisi bo‘lgan ixtiyoriy amalga oshiriladigan maqsadli badallar; budjet mablag‘lari yoki boshqa markazlashtirgan mablag‘lar; bank kreditlari va boshqa kreditlar; Konserning o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda moliyaviy faoliyatidan olinadigan daromadlar; qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar va obligatsiyalar) sotishdan olinadigan daromadlar; sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar, shu jumladan chet el kompaniyalaridan olinadigan daromadlardan, “O‘zdavxazina” bilan kelishilgan holda Konsern qatnashchilari bo‘lgan aksionerlik jamiyatlari tomonidan davlatga tegishli aksiyalar paketi bo‘yicha olinadigan dividendlar; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Konsern quyidagi jamg‘armalarni tashkil etadi: zaxira (sug‘urta) jamg‘armasi; valyuta jamg‘armasi; konsernning konsern qatnashchisi bo‘lgan barcha korxonalarning manfaatlari yo‘lida, shuningdek, moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida investitsiya, ilmiy-tadqiqot va boshqa dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun Konsern Kengashining qarori bilan tashkil etiladigan ishlab chiqarishni, fan va texnikani rivojlantirishning markazlashtirilgan jamg‘armasi. 5. Konsernning ustav fondi konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning ajratmalaridan shakllantiriladi. Ustav fondining miqdori Konsern Kengashi tomonidan belgilanadi, konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning ajratmalari miqdori shartnomaviy asosda belgilanadi. Konsern Kengashining qarori bilan ustav fondi miqdori qatnashchilarning ulushlari hamda kirish badallari miqdorlarining tegishli ravishda o‘zgarishiga qarab ko‘payib yoki kamayib borishi mumkin. 6. Zaxira jamg‘armasi ustav fondining 25 foizi miqdorida tashkil etiladi, ushbu jamg‘armani shakllantirish foydadan har yili belgilangan miqdorga yetgunga qadar Konsern Kengashi tomonidan belgilanadigan miqdorda ajratish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 7. Valyuta, markazlashtirilgan va boshqa jamg‘armalarni tashkil etish uchun ajratiladigan har yilgi maqsadli ajratmalarning miqdorlari hamda ulardan foydalanish tartibi, shuningdek, ulardan foydalanishdan olingan foydani taqsimlash tartibi Konsern Kengashi tomonidan belgilanadi. 8. Maqsadli dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun ajratiladigan maqsadli badallar miqdorlari, ulardan foydalanish va foydani taqsimlash tartibi ana shu dasturlar qatnashchilari bilan kelishgan holda Konsern Kengashi tomonidan belgilanadi. Zarur hollarda dasturlarni amalga oshirish uchun mablag‘lar foyda tegishli ravishda taqsimlangan holda aksionerlik asosida shakllantirilishi mumkin. 9. Konsern konsern qatnashchisi bo‘lgan barcha korxonalarning manfaatlari yo‘lida o‘ziga taalluqli mol-mulkdan hamda mablag‘lardan foydalanadi, O‘zbekiston Respublikasida hamda uning tashqarisida belgilangan tartibda qayta qurishi, sotib olishi, turli ko‘rinishdagi ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni ijaraga olishi, qonunga xilof bo‘lmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin. 1. O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish ishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan, Ustavni tan oladigan va uning talablarini bajaruvchi hamda Konsernning vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan birlashmalar, korxonalar tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, shu jumladan chet el korxonalari, Konsern qatnashchilari bo‘lishlari mumkin. 2. Konsern o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalarning davlat mulkini hamda davlatga mansub bo‘lgan aksiyalar paketlariga muvofiq aksionerlik jamiyatlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi. 3. Konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalar kalendar yil tugashidan kamida 6 oy oldin yozma ravishda Kengashni ogohlantirgan, Konsern va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar oldidagi majburiyatlarni saqlagan holda Konsern tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar. Konserndan chiqish to‘g‘risidagi qaror Konsern Kengashi majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishiladi. Konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonaning konsern tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi masala konsern Kengashi tomonidan hal etilmagan holda Konsern tarkibidan chiqish istagini bildirgan konsern qatnashchisi bo‘lgan korxona ushbu nizoli masalani hal etish uchun tegishli xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqlidir. 4. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda Konsern korxonalarni yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqadi, bunda ushbu aksionerlik jamiyatlarining davlatga mansub bo‘lgan aksiyalarining ulushi kamida 51 foizni tashkil etish kerak. Konsern “O‘zdavjamg‘arma” bilan kelishgan holda korxonalarni rivojlantirish uchun davlatga mansub aksiyalar bo‘yicha dividendlarning bir qismini ularga berishga haqlidir. 5. Konsern tomonidan ishlab chiqiladigan maqsadli dasturlarni amalga oshirishda konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning birgalikdagi faoliyati ixtiyoriylik, manfaatdorlik, foydani o‘zaro manfaatli shartlarda taqsimlash asosiga quriladi. 1. Konsern o‘z faoliyati natijalarining operativ va buxgalterlik hisobini olib boradi, shuningdek qonunchilik bilan belgilangan tartibda statistika hisobotini amalga oshiradi. Konsern moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijalari yillik buxgalterlik hisoboti asosida belgilanadi. Konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalar belgilagan tartibda o‘zlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlari natijasi to‘g‘risida konsernga hisobot taqdim etadilar. 2. Konsernning, uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning mol-mulkidan hamda mablag‘laridan foydalanishni, uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishni taftish komissiyasi amalga oshiradi. Boshqaruv hamda konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarning moliyaviy- xo‘jalik faoliyati konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning talabiga ko‘ra bir yilda kamida 1-marta taftish qilinadi, navbatdan tashqari taftishlar esa konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning talabi bo‘yicha o‘tkaziladi. 3. Konsern qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning davlat hisobotini buzib ko‘rsatgan mansabdor shaxslari qonunchilik bilan belgilangan intizomiy, moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 1. Konsernning faoliyati quyidagi hollarda to‘xtatilishi mumkin: konsern Kengashining qarori bilan; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoxud qonun bilan belgilangan hollarda xo‘jalik sudining qarori bilan. 2. Konsern faoliyatining to‘xtatilishi uni qayta tashkil etish yoki tugatish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Qayta tashkil etilgan holda Konsernning huquqlari, majburiyatlari va mol-mulki uning huquqiy vorisi bo‘lgan yangidan tashkil etilayotgan tashkilotga o‘tadi. 3. Konsernni tugatish qonun bilan belgilangan tartibda Konsern Kengashi tomonidan tayinlanadigan tugatish komissiyasi yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ tomonidan amalga oshiriladi. 4. Kreditorlarning tugatilayotgan konsernga o‘z da’volari haqidagi arizalarini berish muddati Konsern Kengashi tomonidan belgilanadi, ammo bu muddat bir oydan kam bo‘lmasligi kerak. Tugatilayotgan Konsernga bildirilgan da’volar amaldagi qonunchilikka muvofiq undirilishi mumkin bo‘lgan unga qarashli mol-mulk hisobiga qondiriladi. 5. Konsern tugatilgan taqdirda uning mol-mulki bank, davlat budjeti, boshqa kreditorlar bilan hamda boshqaruv a’zolari va apparat xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar qilingandan keyin qonunchilik bilan belgilangan tartibda taqsimlanadi. 6. Konsern qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda ishdan bo‘shatilgan xodimlarning huquq va manfaatlari belgilangan tartibda kafolatlanadi.
117
27,094
Qonunchilik
2014 — 2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida
Qayd etib o‘tilsinki, “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish Milliy modelini, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida respublikada aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tibbiy yordam ko‘rsatayotgan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini kuchaytirishga, zamonaviy tashxis usullarini joriy etish, ayollar, bolalar va o‘smirlar kasalliklarining oldini olish va davolashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayapti. 2009 — 2013-yillarda respublikada homilador va tug‘adigan xotinlarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi 227 ta muassasa zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi, Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida zamonaviy perinatal markazlari tashkil etildi, qishloq joylardagi 1,5 mln dan ortiq homilador ayollar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan polivitamin komplekslari bilan ta’minlandi. Natijada, keyingi 5 yil mobaynida nonormal rivojlangan bolalar tug‘ilishi 1,3 barobarga kamaydi. 6 — 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkir respirator virus infeksiyalari bilan kasallanish — 9,7 %ga, pnevmoniya bilan — 49,1 %, bronxit bilan — 32,8%, skolioz bilan kasallanish —32,7 %ga pasaydi. Shu bilan birga, tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika va davolash-diagnostika kompleks chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish, ayniqsa, qishloq joylarda onalar va bolalar salomatligi patronaj tizimini takomillashtirish, pediatriya va tug‘ruqqa tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash talab etiladi. “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan hamda homilador va tug‘adigan xotinlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, o‘sib kelayotgan sog‘lom avlodni kamol toptirishda sog‘liqni saqlash tizimining roli va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha mamlakatimizda doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish maqsadida: 1. 2014 — 2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha quyidagilarga yo‘naltirilgan Davlat dasturi 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin: aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘liqni saqlash tizimining barcha bosqichlarida onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha sifatli tibbiy xizmatlardan keng va bir xil foydalanishni ta’minlash; nonormal rivojlangan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, nogiron bolalar va o‘smirlarni sog‘lomlashtirish, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha bosqichlarida, ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘in muassasalarida onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi tibbiy kadrlar salohiyatini mustahkamlash; onalar, bolalar va o‘smirlarga malakali, maxsus va yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish borasida zamonaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish; aholini onalar, chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlarni parvarishlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar va dasturlarda ishtirok etishga faol jalb etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, sog‘lom va ahil oila qurish afzalliklarini targ‘ib qilish; sog‘liqni saqlashning axborot tizimini takomillashtirish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda idoralararo hamkorlik va faoliyatni muvofiqlashtirish, monitoring qilish va baholash. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, barcha vazirliklar, idoralar va ijro etuvchi tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 13-apreldagi PQ-1096-sonli qarori bilan tashkil etilgan Hukumat komissiyasi O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha Davlat dasturini amalga oshirish Hukumat komissiyasi etib qayta tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Hukumat komissiyasining zimmasiga: har bir viloyat, tuman va aholi punktida Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek ularning so‘zsiz bajarilishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatish va monitoring olib borishni ta’minlash; aholi, eng avvalo yoshlar orasida tibbiyot va ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va Xotin-qizlar qo‘mitasi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda sog‘lom oilani shakllantirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” maqsadli vazifalarini amalga oshirish doirasida keng targ‘ibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish va olib borish; Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning tizimli, sobitqadam va samarali amalga oshirilishini ta’minlashda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish; 2014 — 2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish Davlat dasturining har bir viloyatda, shahar va tumanlarda bajarilishi holati va uning borishi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda tinglash va natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish vazifasi yuklansin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va Davlat dasturini amalga oshirishda ishtirok etayotgan boshqa tashkilotlar, ikki hafta muddatda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati bir oy muddatda aholi, ayniqsa nikohdan o‘tadigan ayollar va yoshlar orasida sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandlar tug‘ish va tarbiya qilish masalalari bo‘yicha tizimli asosda tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning qo‘shma dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarini keng jalb qilgan holda, tasdiqlangan Davlat dasturining maqsad va vazifalarini keng yoritish, uning amalga oshirilishini, tegishli davlat boshqaruvi organlari va uning hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga, o‘sib kelayotgan avlodning jismonan sog‘lom tug‘ilishi va ma’naviy yetuk bo‘lib tarbiyalanishiga qo‘shayotgan aniq hissasini muntazam yoritib borishni ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 13-apreldagi PQ-1096-sonli qarorining 2-bandi va uning ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
187
7,864
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-son “Mahkumlarning hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, 2019-yil 2-apreldagi O‘RQ-532-son “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi qonunlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2495, 2013-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 31-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 69-band quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish; JIEMning psixologik xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordamni olish. Mahkumlarning psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi; mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta’tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq to‘lanishi.”. 2. 89-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “89. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi JIEMlarga moneliksiz kirish huquqiga ega.”. 3. Quyidagi mazmundagi 891-band bilan to‘ldirilsin: “891. JIEM ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsman) mahkumlar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart, uchrashuv va suhbat JIEM xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi.”. 4. 241-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Mahkumlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning nomiga yuborilgan murojaatlari muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi. Prokuror nomiga yo‘llangan taklif, ariza va shikoyatlar ko‘zdan kechirilmaydi hamda bir sutkalik muddat ichida tegishliligi bo‘yicha jo‘natiladi.”. 5. Quyidagi mazmundagi 2901-band bilan to‘ldirilsin: “2901. Mahkum og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, telefon orqali qo‘shimcha so‘zlashishga, shuningdek shifokorning ruxsati bilan qo‘shimcha uchrashuvga ruxsat beriladi.”. 6. 361-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “361. Mahkumlar saqlash sharoitiga qarab umumiy turar joylarda, xonalarda yoki kameralarda yashaydi, ushbu turar joylar, xonalar yoki kameralar belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena hamda qurilish normalari va qoidalariga mos kelishi kerak. Yilning qish mavsumida JIEMlarning turar joylarida havo harorati 20o S darajadan past bo‘lmasligi lozim.”. 7. Quyidagi mazmundagi 3721-band bilan to‘ldirilsin: “3721. Mahkum JIEMga qabul qilish chog‘ida, jazoni o‘tash paytida vaqti-vaqti bilan, biroq olti oyda kamida bir marta, shuningdek murojaatlarga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish maxfiylik shartlari asosida amalga oshiriladi. Mahkum JIEMga qabul qilingandan keyin o‘n besh kun ichida u bilan suhbat o‘tkaziladi, mahkum JIEMning karantin xonalarida tibbiy ko‘rikdan va sanitariya-gigiyena tadbirlaridan o‘tadi.”. 8. Quyidagi mazmundagi 3741 — 3744-bandlar bilan to‘ldirilsin: “3741. JIEM ma’muriyati mahkumlar JIEMga qabul qilinayotganda ham, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lganda ham tibbiyot xodimlari ushbu shaxslarning yoniga zudlik bilan kirishini ta’minlashi kerak. 3742. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lganda mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga joylashtiriladi. 3743. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan mahkumlar davolash muassasasi huquqiga ega bo‘lgan koloniyalarga yoki mahkumlar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan kasalxonalarga yuboriladi, shuningdek ular O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga joylashtirilishi mumkin. 3744. Mahkum og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, JIEM ma’muriyati mahkumning roziligi bilan uning yaqin qarindoshlariga yoki mahkumning o‘zi ko‘rsatgan boshqa shaxslarga bu haqda darhol xabar beradi.”. 9. Quyidagi mazmundagi 3961-band bilan to‘ldirilsin: “3961. Tarbiyaviy ishlar bosqichma-bosqich ravishda quyidagicha amalga oshiriladi: mahkum JIEMga kelgan vaqtda uning psixologik qiyofasini, tuzalish yo‘liga o‘tishga moyilligini aniqlash maqsadida uni dastlabki tarzda o‘rganish; mahkumlarning ongini o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, ularda sodir etgan jinoyatidan pushaymon bo‘lish hissini uyg‘otish; mahkumlarning talab mavjud bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklarga oid kasbiy ta’limini tashkil etish, o‘qishni tugallaganidan so‘ng tegishli hujjat berish hamda ularni keyinchalik ishga joylashtirish.” . 10. 437-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “437. Mahkumlar quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka tortilmaydilar: mehnat normalarini bajarmaganligi uchun, agar bu ishni rad qilish yoki ishdan bo‘yin tovlash oqibati bo‘lmasa; mahkum ruhiy holati buzilishining bevosita oqibati hisoblangan biror-bir qoidabuzarligi uchun.”. 11. 441-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “441. Intizomiy jazo qo‘llash chog‘ida huquqbuzarlik sodir etilgan holat, mahkumning xulq-atvori va shaxsiy xislatlari, uning xulq-atvoriga va qoidabuzarlik yoki qilmish sodir etishga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan, intizomiy choralar qo‘llash uchun sabab bo‘lgan ruhiy holati buzilishining mavjudligi, shuningdek olib tashlanmagan va bekor bo‘lmagan intizomiy jazolari bor-yo‘qligi intizomiy jazoni qo‘llash chog‘ida inobatga olinadi.”. 12. 500-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “500. JIEM ma’muriyati ayni bir vaqtda ustidan ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorati o‘rnatilishi zarur bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda sudga tegishli taqdimnoma kiritadi.”. 13. 504-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ma’muriy nazorat o‘rnatilgan shaxsni JIEMdan ozod qilishdan oldin u tanlagan yashash joyidagi ichki ishlar organiga sudning ma’muriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risidagi qarorini ushbu shaxs yetib boradigan vaqt to‘g‘risida yozma ravishda xabar qilgan holda yuboradi.”. 14. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oliy sudi bilan kelishilgan.
192
8,351
Qonunchilik
Biznes-ombudsmanning huquqlari kengaytirildi
Prezident tomonidan 11.01.2022 yildagi “Oʻsimliklar karantini va muhofazasi tizimini takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va koʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-743-son Qonun hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 245 va 245-8-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-744-son Qonun imzolandi. Qonunlar bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga va «Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Qonunga (yangi tahriri) oʻzgartirishlar kiritildi. MJTKga va «Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar quyidagilardan iborat: birinchidan, MJTKning 107-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Unga koʻra, ma’muriy jazo quyidagi hollarda qoʻllaniladi: Ilgari, ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlik karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, oʻsimliklar kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashning sanitariya qoidalarini va boshqa хil qoidalarni buzganliklari, shuningdek yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan zaharli begona oʻtlarga qarshi kurash choralarini koʻrmaganliklari natijasida vujudga kelishi mumkin edi;  ikkinchidan, MJTK 108-moddasining nomi hamda 1-qismining dispozitsiyasi yangi tahrirda bayon etildi. Oʻzgartirishga koʻra, karantin ostidagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan tashqariga olib chiqish qoidalarini buzgan shaхslar (fuqarolar yoki mansabdor shaхslar) ma’muriy javobgarlikka tortiladilar; uchinchidan, MJTKning 245-8-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Endilikda, Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil zimmasiga MJTKning ayrim moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllash huquqi beriladi. Bundan tashqari, bunday huquq vakilning oʻrinbosarlari va apparatining bosh inspektorlariga ham berildi; toʻrtinchidan, «Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasi yangi tahrirda bayon etilgan boʻlib, unda quyidagi tushunchalardan foydalanish nazarda tutilgan: beshinchidan, oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat хizmati tizimi belgilandi; oltinchidan, oʻsimliklar karantini va himoyasi davlat хizmatini boshqaruvchi vakolatli organ belgilandi. Bu vazifa Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga yuklatildi. Shuningdek, uning vakolatlari ham belgilandi. Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi. OʻRQ-743-con Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2022 yildan kuchga kiradi. OʻRQ-744-son Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.01.2022 yildan kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
44
2,799
Qonunchilik
SOVID-19: хorijiy hamkorlar Oʻzbekistonga $3 mlrd dan ortiq mablagʻ ajratadilar
Prezidentning 22.04.2020 yildagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4691-son qarori qabul qilindi. Xalqaro moliya institutlari (XMI) Oʻzbekistonga umumiy qiymati $3 mlrd dan ortiq uzoq muddatli imtiyozli kreditlar va grantlarni taqdim etishga tayyor. Ular bilan dastlabki kelishuvlarga erishildi. Hujjatga ilova qilingan «Yoʻl хaritasi»dan koʻrinib turganidek, mablagʻlar sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash ($277,5 mln), tadbirkorlik va bank tizimini ($700 mln), davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash ($1,7 mlrd, €150 mln), kommunal va energetika korхonalarining bir maromda ishlashini ta’minlashga ($300 mln) yoʻnaltiriladi. Sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish doirasida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda: Quyidagilar mas’ul ijro etuvchi agentliklar etib belgilandi: Ularga (moliyalashtiruvchi XMI bilan kelishilgan holda) tender savdolari va хaridlarni oʻtkazmasdan BMT tashkilotlarining global platformalari orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikalarni toʻgʻridan-toʻgʻri хarid qilishga ruхsat etildi.   «Yoʻl хaritasi»dagi chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish vitse-premyer – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boshchiligida shakllantirilgan muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga yuklatildi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.04.2020 yildan kuchga kirgan. Oleg Zamanov.
79
1,550
Qonunchilik
TOJIKISTON RESPUBLIKASI YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA ChEGARASI ORQALI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Taqiqlangan tovarlar va yuklarning O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali noqonuniy olib kelinishini va tranzit qilinishini bartaraf etish, yuk transport vositalarining kirib kelishi va chiqib ketishini, tranziti va harakat qilishini tartibga solish, yo‘l, maishiy xizmat va servis xizmati ko‘rsatish tizimini tashkil qilish, shuningdek avtotransport vositalari harakati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki, Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazish Bekobod, Andarxon, Panjikent, Uzun, G‘ishtko‘prik, Olot, Xo‘jayli, Xo‘jaobod nazorat-o‘tkazish punktlari orqali amalga oshiriladi. 2. To‘lov bevosita bojxona postlaridagi bank bo‘limlari tomonidan undiriladi va olingan mablag‘lar AQSh dollarida O‘zbekiston Respublikasi yo‘l jamg‘armasining valyuta schyotiga o‘tkaziladi. Belgilansinki, Tojikiston Respublikasi avtotransport vositalaridan yig‘imlar to‘lovchilar tomonidan bevosita bojxona postlaridagi tijorat banklari bo‘limlari orqali erkin muomaladagi valyutada to‘lanadi, olingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining valyuta hisob raqamiga o‘tkaziladi. 3. Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali tranzit bilan o‘tayotganda bir avtotransport vositasi uchun 200 EKYu miqdorida yoxud to‘lov kunidagi ekvivalentdagi erkin almashtiriladigan valyutada bojxona yig‘imlari undirilgan holda aksiz solig‘i solinadigan tovarlarning majburiy bojxona kuzatuvi joriy etilsin. Bojxona kuzatuvi uchun yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha so‘mlarda undiriladi, bunda erkin almashtiriladigan valyuta bank bo‘limlarida almashtirilganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi. Olingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasiga o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasining 4-moddasiga muvofiq MDP daftarchasi (MDP konvensiyasi)ni qo‘llagan holda o‘tib ketayotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona kuzatuvi yig‘imlar undirilmasdan qo‘llaniladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) respublika hududi orqali kelayotgan tranzit transport vositalari kirib kelgan kundan boshlab ko‘pi bilan uch sutka mobaynida ularning chiqib ketishi ustidan nazorat o‘rnatsin. O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona jihatidan rasmiylashtirilmagan yukli avtotransport vositalari aniqlangan hollarda ular bojxona qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar ko‘rish uchun eng yaqin oradagi bojxona organiga topshirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali Tojikiston Respublikasi yuk transport vositalarining kirib kelishi, chiqib ketishi va tranziti hamda harakat qilishining qabul qilingan tartibi to‘g‘risida diplomatik yo‘llar bilan Tojikiston Respublikasi elchixonasiga xabar bersin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
138
3,258
Qonunchilik
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 31-iyuldagi PF-4639-sonli Farmoni (6-bandi istisno qilingan holda) 2014-yilning 15-dekabridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
79
184
Qonunchilik
Qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestri to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. Qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestri to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq aksiyalar egalari, korporativ obligatsiyalar egalari va infratuzilmaviy obligatsiyalar egalari reyestrini shakllantirish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom talablari aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestrini shakllantirish tartibiga tatbiq qilinadi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: anketa ma’lumotlari — ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar egasini identifikatsiyalash imkonini beradigan ma’lumotlar; qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestri (keyingi o‘rinlarda — reyestr) — ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar emitentining nomi, ushbu qimmatli qog‘ozlarning soni, nominal qiymati, turi va xili, shuningdek reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarga axborot yuborish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan ro‘yxati; reyestrni shakllantirish to‘g‘risida topshiriqnoma — belgilangan sanaga qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini shakllantirish va berish to‘g‘risida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga (keyingi o‘rinlarda — Markaziy depozitariy) berilgan ko‘rsatmani o‘z ichiga oluvchi emitentning yoki qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining topshirig‘i yoxud qonunchilik hujjatlariga muvofiq aksiyadorlarning yozma murojaati; Markaziy depozitariyning so‘rovnomasi (keyingi o‘rinlarda — so‘rovnoma) — reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomada ko‘rsatilgan sanaga qimmatli qog‘ozlar egalari va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risida investitsiya vositachisiga berilgan ko‘rsatmani o‘z ichiga oluvchi elektron so‘rovnoma;”; qimmatli qog‘ozlar egalarining ro‘yxati — qimmatli qog‘ozlar egalarining anketa ma’lumotlarini, egasiga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning turi, tipi va sonini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga yuklatishlar faktlariga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan, belgilangan sanaga shakllantirilgan hujjat; qimmatli qog‘ozlar egasi — qimmatli qog‘ozlar o‘ziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; operatsiya kuni — Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisi reglamentida belgilangan ish kunidagi depozitar operatsiyalar bajariladigan vaqt; fond bozorida elektron hujjat aylanishi tizimi (keyingi o‘rinlarda — EHA tizimi) — qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari o‘rtasida elektron hujjatlarni shakllantirish, jo‘natish va qabul qilish, qayta ishlash va saqlash imkonini beruvchi, elektron hujjatlarni (axborotni) almashish uchun qo‘llaniladigan har bir qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchisining dasturiy-texnik vositalari majmui; transfer-agent — qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va ularning o‘tkazilishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi. 2. Reyestr yuritish tizimi Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yig‘indisidir. 3. Reyestr yuritish tizimida qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarning oluvchiga o‘tishi qimmatli qog‘ozlar egalarining Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilaridagi depo hisobvaraqlari bo‘yicha depozitar operatsiyalarni o‘tkazish yo‘li bilan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi va depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi. Qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar o‘tgan paytdan e’tiboran oluvchiga o‘tadi. 4. Reyestrni shakllantirish Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining hisob registrlaridan: emitent va u tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar; qimmatli qog‘ozlar egalarining anketa ma’lumotlari, ularga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning soni, nominal qiymati, turi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va ishlov berish yo‘li bilan Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi. 5. Reyestr emitentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobini amalga oshiruvchi Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining operatsiya kuni yakunida qimmatli qog‘ozlar egalarining depo hisobvaraqlari holati bo‘yicha reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomada ko‘rsatilgan sanaga shakllantiriladi. 6. Reyestrda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: a) emitent to‘g‘risidagi axborot: emitentning to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili, emitentning rasmiy veb-sayti (ular mavjud bo‘lgan taqdirda); emitentning tashkiliy-huquqiy shakli, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami, sanasi va organi, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi, MFO kodi, talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘ining raqami (milliy valyutadagi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, KTUT kodi; mansabdor shaxslarning F.I.Sh. va ularning telefonlari; ustav kapitali, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy soni, qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati chiqarilishlarni joylashtirilgan qismining hajmini; b) Markaziy depozitariy to‘g‘risidagi axborot: to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon, faks; davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami, sanasi va organi, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi, milliy va chet el valyutalaridagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlari raqami, MFO kodi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, KTUT kodi; mansabdor shaxslarning F.I.Sh. va ularning telefonlari; v) emitentning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlari to‘g‘risidagi axborot: Chiqarilish(lar)ning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami va sanasi, ro‘yxatdan o‘tkazish organi, chiqarilish(lar)ning tartib raqami, qimmatli qog‘ozlarning turi va tipi, Markaziy depozitariyning kodifikatsiyasi bo‘yicha qimmatli qog‘oz kodi, joylashtirish tugagan sanasi, chiqarilishdagi umumiy son; g) emitentning qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risidagi axborot: Markaziy depozitariyning kodifikatsiyasi bo‘yicha qimmatli qog‘oz kodi, qimmatli qog‘ozlarning turi va tipi, qimmatli qog‘ozlar har bir turi va tipining umumiy soni, joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlar soni, emissiya hisobvarag‘idagi joylashtirilmagan va qimmatli qog‘ozlar emitentining ixtiyoriga kelib tushgan qimmatli qog‘ozlar qoldig‘i; d) qimmatli qog‘ozlar egasi to‘g‘risidagi axborot: Deponentlarning yagona bazasidagi egasining kodi, qimmatli qog‘ozlar egasining anketa ma’lumotlari, qimmatli qog‘ozlarning (tipi bo‘yicha taqsimlangan holdagi) soni, qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari; joylashtirilgan qismining foizi va ovozlar soni (aksiyalar uchun). 7. Qimmatli qog‘ozlar egasining anketa ma’lumotlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, sharifi (oxirgisi mavjud bo‘lgan taqdirda), shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi, seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan organ, ro‘yxatdan o‘tgan yashash manzili va turar manzili, shuningdek telefon raqami, elektron pochta manzili, STIR kodi va bank rekvizitlari (ular mavjud bo‘lgan taqdirda); yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning to‘liq nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami va sanasi, ro‘yxatga olishni amalga oshirgan organ nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va KTUT kodi (rezident uchun), uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek telefon raqami va elektron pochta manzili (ular mavjud bo‘lgan taqdirda). 8. Reyestrda qimmatli qog‘ozlarning egalari to‘g‘risidagi axborot: yuridik shaxslar; jismoniy shaxslar; investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar guruhlariga ajratilgan bo‘lishi kerak; 9. Qimmatli qog‘ozlar egasining reyestrni yuritish tizimidagi ro‘yxatga olish raqami uning Deponentlar yagona bazasidagi kodi hisoblanadi. 10. “Oltin aksiya”ni joriy etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan aksiyadorlik jamiyatining reyestriga davlat vakili ham kiritiladi. 11. Emitent to‘g‘risidagi, emitent qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishlari, Markaziy depozitariy va qimmatli qog‘ozlar egalarining anketa ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborotlar reyestrga Markaziy depozitariyning hisob registrlaridan kiritiladi. 12. Egalariga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning soni, turi, tipi va qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari, shuningdek qimmatli qog‘ozlar egalarining manzillari va bank rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotlar reyestrga ushbu qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining hisob registrlaridan kiritiladi. 13. Reyestrni yuritish tizimining hujjatlari: reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma; Markaziy depozitariyning so‘rovi; qimmatli qog‘ozlar egalarining ro‘yxatlari; reyestr; qabul qilingan topshiriqnomalar va so‘rovlar, shuningdek berilgan reyestrlarning hisobi qayd etiluvchi jurnallar. 14. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining o‘zaro hamkorligi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. 15. Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining qimmatli qog‘ozlarning egasi bilan o‘zaro hamkorligi shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. 16. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariyga emitentning ijroiya organi tomonidan yuboriladi, mazkur Nizomda belgilangan hollar bundan mustasno. 17. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining so‘rovnomasi bo‘yicha reyestrni shakllantirish so‘rovnomada ko‘rsatilgan muddatlarda, topshiriqnoma tuzilmasdan amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining so‘rovnomasi bo‘yicha reyestrni shakllantirish va taqdim etishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 18. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma topshiriqnomani yuborgan tashkilot rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 19. Emitentning ijroiya organi nomidan reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani vakolatli shaxslar imzolari namunalari bilan emitentning emissiya hisobvarag‘ining kartochkasi mavjud bo‘lgan taqdirda Markaziy depozitariy tekshirish va bajarish uchun qabul qiladi. 20. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun aksiyalar egalarining reyestrlarini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariyga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan uch ish kunidan kechiktirilmasdan taqdim etiladi (yuboriladi) va o‘z ichiga quyidagilarni olishi lozim: emitentning nomi; aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi; umumiy yig‘ilishning yillik yoki navbatdan tashqari ekanligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma; aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi; aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi. 201. Agar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan chaqirilayotgan bo‘lsa, jamiyat aksiyalari egalarining reyestrini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma bevosita aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan Markaziy depozitariyda rasmiylashtiriladi. Bunda Markaziy depozitariyga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan imzolangan topshiriqnoma; aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida jamiyatga yozma talabnoma taqdim etilgan sana holatiga aksiyadorning (aksiyadorlarning) jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qilishini tasdiqlovchi aksiyador (aksiyadorlar) depo hisobvarag‘idan ko‘chirma; aksiyador (aksiyadorlar) — jismoniy shaxsning pasport nusxasi, uning vakili murojaat qilgan taqdirda vakilning pasport nusxasi, notarial tasdiqlangan ishonchnomani yoki vakillikni tasdiqlovchi boshqa hujjatni ilova qilgan holda; aksiyador (aksiyadorlar) — yuridik shaxs vakilining pasport nusxasi, mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan ishonchnomani, rahbarga nisbatan esa — lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni ilova qilgan holda; kuzatuv kengashiga (yoki jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish masalasini hal etish vakolati berilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organiga) yuborilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi yozma talabnomaning nusxasi, uning qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi belgi bilan; aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni rad etish to‘g‘risidagi kuzatuv kengashi (yoki jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish masalasini hal etish vakolati berilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organi) qarori yoxud xati nusxasi, agar mavjud bo‘lsa. Agar reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirayotgan ikki va undan ortiq aksiyador tomonidan imzolansa, topshiriqnomada shakllantirilgan reyestr beriladigan aksiyadorning yoki uni vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq ko‘rsatiladi. 21. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa korporativ harakatlarni amalga oshirish maqsadida aksiyalar egalari reyestrini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak bo‘lgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va o‘z ichiga quyidagilarni olishi lozim: emitentning nomi; o‘tkazilayotgan korporativ harakat turi; reyestrni shakllantirish sanasi. 22. Obligatsiya reyestrini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak bo‘lgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va o‘z ichiga quyidagilarni olishi lozim: emitentning nomi; obligatsiyalarning tipi va chiqarilishning tartib raqami; reyestrni shakllantirish sanasi. 23. Mazkur Nizomning 20—22-bandlarida nazarda tutilmagan holatlarda reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak bo‘lgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va o‘z ichiga quyidagilarni olishi lozim: emitentning nomi; reyestrni shakllantirish sanasi. 24. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani qabul qilganidan so‘ng, Markaziy depozitariy quyidagilarga tekshirishni amalga oshiradi: topshiriqnomani imzolagan shaxsning imzosini kartochkada ko‘rsatilgan emitentning vakolatli shaxslarining imzolari namunalari bilan muvofiqligi; topshiriqnomada mazkur Nizomning 20—23-bandlariga muvofiq zaruriy axborotning mavjudligi. 241. Ovoz beruvchi aksiyalarning kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomaga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 201–bandiga muvofiqligini, shuningdek aksiyadorda (aksiyadorlarda) kerakli miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar mavjudligini Markaziy depozitariy tekshiradi. 25. Quyidagi holatlarda Markaziy depozitariy reyestrni shakllantirishni rad etadi: topshiriqnomani imzolagan shaxsning imzosini kartochkada ko‘rsatilgan emitentning vakolatli shaxslarining imzolari namunalari bilan muvofiq kelmagan taqdirda; taqdim etilgan topshiriqnomada mazkur Nizomning 20—23-bandlariga muvofiq barcha zaruriy axborotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda; mazkur Nizomning 201-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, shuningdek navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni chaqirayotgan aksiyador (aksiyadorlar) emitent ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qilmaganda; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa holatlarda. Markaziy depozitariy boshqa sabablarga asosan reyestrni shakllantirishni rad etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 26. Markaziy depozitariyning reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarishni rad etishi reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh kundan kechiktirmasdan yuboriladi. Topshiriqnomani bajarishni rad etish asoslangan, yozma shaklda tuzilgan, Markaziy depozitariyning vakolatli shaxsi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. 27. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarishni asoslanmagan holda rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. 28. Reyestr quyidagi hollarda shakllantiriladi: aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish maqsadida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanaga, yig‘ilish aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan chaqirilgan hollarda Markaziy depozitariyga reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma taqdim etilgan sanaga; aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqini berishga aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasidan uch ish kuni oldin; korporativ harakatlarni o‘tkazish uchun; obligatsiyalar bo‘yicha daromadlarni hisoblash yoki to‘lash uchun; qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining so‘rovnomasi bo‘yicha; qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organlarining so‘rovnomalari bo‘yicha reyestrdan axborotni oshkor qilinishi uchun. 29. Mazkur Nizomning 28-bandida ko‘rsatilmagan boshqa holatlarda reyestr emitent ijroiya organining topshiriqnomasiga asosan, kuzatuv kengashining qarori mavjud bo‘lgan kuzatuv kengashining bayonnomasidan ko‘chirma ilova qilingan holda, shakllantiriladi. 30. Mazkur Nizomda belgilangan tartibda taqdim etiladigan reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma yoki vakolatli davlat organining so‘rovnomasi reyestrni shakllantirishga asos bo‘ladi. 31. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma kelib tushgandan keyin Markaziy depozitariy tegishli investitsiya vositachilariga so‘rovnomani shartnomalarda o‘rnatilgan tartib va shaklda, shuningdek muddatlarda yuboradi. 35. Markaziy depozitariyning so‘rovnomasi investitsiya vositachisiga qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini taqdim etishga asos bo‘ladi. 36. Investitsiya vositachisi qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini Markaziy depozitariy tomonidan belgilangan format va tarkib bo‘yicha taqdim etadi. 37. Markaziy depozitariy tomonidan reyestrni shakllantirish faqatgina tegishli investitsiya vositachilaridan mazkur emitent qimmatli qog‘ozlari egalarining ro‘yxatlari qabul qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi. 39. Reyestrni shakllantirish hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha topshiriqnomada ko‘rsatilgan sanaga Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari hisob registrlaridan qimmatli qog‘ozlar egalari depo hisobvaraqlaridagi qimmatli qog‘ozlar qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash orqali amalga oshiriladi. Egalari noma’lum bo‘lgan yozilmagan hujjatsiz shaklga konvertatsiyalangan hujjatli qimmatli qog‘ozlar, Markaziy depozitariyning maxsus depo hisobvarag‘ida umumlashtirilgan holda aks ettiriladi va Reyestrda joylashtirilgan deb hisoblanadi. 40. Investitsiya vositachisi tomonidan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini so‘rovnomada ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Markaziy depozitariy shu haqda bir ish kunidan kechiktirmasdan emitent va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organini ogohlantirishi shart. 41. Reyestrni shakllantirishda Markaziy depozitariyning investitsiya vositachilari bilan o‘zaro munosabatlari ma’lumotlarni qabul qilish, topshirish va qayta ishlash orqali amalga oshiriladi. 42. Markaziy depozitariy tomonidan shakllantirilgan va undan olingan reyestrga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. 43. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestriga o‘zgartirishlar faqat mazkur reyestr shakllantirilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni shakllantirishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish hollardagina kiritilishi mumkin. 44. Qimmatli qog‘ozlar egalarining buzilgan huquqlarini tiklash va xatolarni tuzatish unga xizmat ko‘rsatuvchi Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisida egasining depo hisobvarag‘i bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bilan zaruriy operatsiyalarni o‘tkazish qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi. 45. Investitsiya vositachisi Markaziy depozitariyga qimmatli qog‘ozlar egalarining ro‘yxatini Markaziy depozitariy bilan shartnomada o‘rnatilgan tartib va shaklda, shuningdek muddatlarda taqdim etadi. 451. Reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariy tomonidan tegishli investitsiya vositachilaridan emitentning qimmatli qog‘ozlari egalarining ro‘yxatlari qabul qilinganidan so‘ng bir ish kuni davomida bajariladi. 46. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq elektron hujjat ko‘rinishida shakllantiriladi. 47. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va obligatsiyalar bo‘yicha daromadlarni to‘lash uchun reyestr reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomadan kelib chiqqan holda mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq elektron yoki qog‘oz hujjat ko‘rinishida tegishlicha shakllantiriladi. 48. Elektron hujjat ko‘rinishidagi reyestr elektron hujjatlar aylanmasi EHA tizimi yoki axborotni elektron tashish moslamasi orqali beriladi. Qog‘oz hujjat ko‘rinishidagi reyestr vakolatli shaxsning yozma so‘rovnomasiga asosan beriladi. 49. Qog‘oz hujjat yoki axborotni elektron tashish moslamadagi elektron hujjat ko‘rinishdagi reyestr emitentga yoki uning transfer-agentiga ishonchnoma asosida beriladi, yoki pochta orqali yuboriladi. 50. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish va unda ishtirok etish uchun reyestrlar Markaziy depozitariy tomonidan quyidagicha beriladi: elektron pochta orqali elektron hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng bir ish kunidan kechiktirmasdan; elektron tashuvchi qurilmada elektron hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng ikki ish kunidan kechiktirmasdan; qog‘oz hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng ikki ish kunidan kechiktirmasdan. 52. Boshqa holatlarda reyestr Markaziy depozitariy tomonidan quyidagicha beriladi: elektron hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng besh ish kunidan kechiktirmasdan; qog‘oz hujjat ko‘rinishida reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan so‘ng yetti ish kunidan kechiktirmasdan. 53. Reyestrni berish Markaziy depozitariy va emitent o‘rtasida tuzilgan emissiyaviy shartnomada ko‘rsatilgan usul bilan amalga oshiriladi. 55. Reyestrni berish sanasi, reyestrni berish usuli reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomalarni qabul qilish va reyestrni berish jurnalida qayd etiladi. Jurnal xronologik tartibda yuritiladi. Markaziy depozitariy jurnalni qog‘oz ham, elektron ko‘rinishlarda ham yuritishi mumkin. 56. Markaziy depozitariyning reyestrni shakllantirgan javobgar shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan elektron hujjat ko‘rinishidagi reyestr elektron pochta yoki axborotni elektron tashish moslamasi orqali beriladi. 57. Aksiyadorlik jamiyati bo‘lgan emitent qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bir oydan kechiktirmasdan Markaziy depozitariy bilan shartnoma tuzishi va u bilan hamkorlikni ta’minlashi shart: mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun — mazkur Nizom kuchga kirgan sanadan boshlab; mazkur Nizom kuchga kirganidan so‘ng tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun — yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab. 58. Emitent o‘z vaqtida Markaziy depozitariyga: emissiyaviy shartnoma va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani imzolash huquqiga ega bo‘lgan vakolatli shaxslarning o‘zgarganligi to‘g‘risida; transfer-agentning mavjudligi yoki uning almashganligi to‘g‘risida; transfer-agent vakolatlarining tugatilganligi to‘g‘risida; emitent nomidan reyestrni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning o‘zgarganligi to‘g‘risida; o‘zining joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili, emitent rasmiy veb-sayti, shuningdek mazkur Nizomning 6-bandida keltirilgan boshqa ma’lumotlarning o‘zgarganligi to‘g‘risida yozma ravishda axborot berishi shart. 59. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirayotgan shaxslar tomonidan olingan Markaziy depozitariy tomonidan shakllantirilgan reyestr aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kun ichida, agar umumiy yig‘ilish o‘tkazilmagan bo‘lsa reyestr Markaziy depozitariydan olingan sanadan o‘ttiz kundan kechikmasdan emitentga saqlash uchun taqdim etiladi. Emitent reyestrni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda saqlashi shart. 60. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun shakllantirilgan reyestr vakolatli shaxsga berilgandan so‘ng yigirma kun davomida Markaziy depozitariy reyestrning qog‘oz shaklidagi bir nusxasini, shakllantirilgan reyestrga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bunday holatlar to‘g‘risidagi axborotni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga taqdim etadi. 61. Emitent: topshiriqnomada ko‘rsatilgan reyestrni shakllantirish sanasini to‘g‘ri belgilanganligiga; reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomani Markaziy depozitariyga o‘z vaqtida taqdim etilishiga; reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomada mavjud bo‘lgan axborotning haqiqiyligiga; reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomadagi mansabdor shaxslarning imzolari haqiqiyligiga; reyestrda mavjud bo‘lgan maxfiy axborotni oshkor etilganiga javobgardir. 62. Markaziy depozitariy: investitsiya vositachilardan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatlarini, shuningdek aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) yetarli miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qilish tasdig‘ini talab etish va olishga; investitsiya vositachilardan qimmatli qog‘ozlar egalari hisobvaraqlari bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni va ularni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxalarini talab etish hamda olishga; investitsiya vositachilardan qimmatli qog‘ozlar egalarining anketa ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini talab etish hamda olishga haqli. 63. Markaziy depozitariy: har hafta, haftaning har birinchi ish kunida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga berilgan reyestrlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishga; mazkur Nizomda belgilangan tartibda reyestrni shakllantirishni ta’minlashga; u tomonidan shakllantirilgan reyestrlarni elektron hujjat ko‘rinishida doimiy saqlashga; reyestrlardagi mavjud axborotning maxfiyligini ta’minlashga majbur, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. 64. Reyestrni shakllantirish davomida Markaziy depozitariy mazkur Nizom me’yorlari va investitsiya vositachilari bilan o‘zaro hamkorlik tartibiga rioya etilishiga javobgardir. 65. Markaziy depozitariy reyestrlardagi axborotni monopoliyaga qarshi davlat organiga, davlat soliq xizmati organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga, sudlarga, agar bu ularning vakolati doirasida bo‘lsa, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘lgan taqdirda esa tergov va surishtiruv organlariga ularning yozma farmoyishi asosida oshkor qiladi. 66. Markaziy depozitariy: emitent tomonidan reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnoma o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi munosabati bilan reyestrni shakllantirish va berishning kechiktirilganligiga; investitsiya vositachilaridan olingan axborotning to‘g‘riligiga javobgar bo‘lmaydi. 67. Investitsiya vositachisi: qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini Markaziy depozitariyning so‘rovnomasida ko‘rsatilgan muddatda va to‘liq hajmda taqdim etishga; Markaziy depozitariyning so‘rovnomasiga binoan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini taqdim etishga; Markaziy depozitariydan olingan bildirishnomalar asosida unda hisobda turgan qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga o‘zgartirishlar kiritishga; Markaziy depozitariydan olingan bildirishnomalar asosida qimmatli qog‘ozlar egasining anketa ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritishga majbur. 68. Investitsiya vositachisi: qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini taqdim etishni rad etganligi; Markaziy depozitariyga qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini o‘z vaqtida taqdim etmaganligi; Markaziy depozitariyga taqdim etilgan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatlaridagi ma’lumotlarni o‘zining hisob registrlaridagi mavjud bo‘lgan ma’lumotlariga nomuvofiqligi; tasdiqlovchi hujjatlarsiz qimmatli qog‘ozlar egasining anketa ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritishi uchun javobgar, Markaziy depozitariyning bildirishnomasi asosida o‘zgartirishlar kiritish hollari bundan mustasno. 69. Investitsiya vositachisi tomonidan reyestrni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatini taqdim etishni asossiz rad etish qonunchilik hujjatlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda unga berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi. 70. Agar qimmatli qog‘ozlar egasi o‘zining anketa ma’lumotlarini o‘zgarganligi to‘g‘risida va bu haqda o‘z vaqtida tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, uning reyestrdagi anketa ma’lumotlari aniqligiga investitsiya vositachisi javobgar bo‘lmaydi. 72. Mazkur Nizom talablarining buzilishiga aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. 73. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari reyestrdagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi uchun solidar javobgar bo‘ladi hamda o‘zining harakatlari (harakatsizligi) tufayli qimmatli qog‘ozlar egalariga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachisi o‘rtasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 74. Ushbu Nizom talablariga amal qilinishi bo‘yicha nazoratni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi amalga oshiradi. 75. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
79
32,208
Qonunchilik
Xususiy bolalar bogʻchasini rivojlantirishga kredit va subsidiyalar qanday olinadi
Vazirlar Mahkamasining 19.05.2018 yildagi 378-son qarori bilan хususiy maktabgacha ta’lim muassasalarini kreditlash va subsidiyalash tartibi belgilandi.    Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 5.04.2018 yildagi PQ-3651-son qarori bilan nodavlat bolalar bogʻchalarini tashkil etish sohasiga davlat-хususiy sherikchilik (bundan keyin – DXSh) meхanizmlari joriy etildi. Ularda Maktabgacha ta’lim vazirligi (bundan keyin – MTV) bilan DXSh toʻgʻrisida tuzilgan bitimlar asosida хususiy sheriklarning loyihalarini moliyalashtirish nazarda tutiladi. Kredit ajratish shartlari Kreditlash uchun ajratiladigan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasida alohida ochiladigan maхsus hisobvaraqda jamlanadi. Bunda Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi tijorat banklari bilan kelishuv tuzadi. MTV bilan sherikchilik toʻgʻrisida tuzilgan bitimlarning yagona reyestriga kiritilgan хususiy sheriklar kredit olishda ustuvor huquqqa ega boʻladilar. Tijorat banklari tomonidan 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga yillik 1% stavkada kreditlar ajratiladi.   Davlat subsidiyasini qanday olish mumkin Ajratiladigan subsidiyalar miqdorlari хususiy bolalar bogʻchasining bir nafar tarbiyalanuvchisiga (9 va 10,5 soatlik ish rejimidagi) sarflanadigan хarajatlar summasining quyidagi miqdorlarida belgilanadi: Bir nafar tarbiyalanuvchi uchun sarflanadigan хarajatlar miqdori Moliya vazirligi va MTV tomonidan aniqlanadi. Ta’lim muassasasi MTV bilan DXSh toʻgʻrisida kelishuv imzolagandan soʻng, subsidiya olish uchun hududiy moliya organiga ariza bilan murojaat qilishi kerak. Arizaga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi: Moliya organi arizani 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va uni qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, bu haqda arizachini yozma yoki elektron shaklda хabardor qiladi. Subsidiyalar ajratish davri хususiy sherik bilan MTV oʻrtasida subsidiyalarni ajratish toʻgʻrisida tuzilgan bitimda koʻrsatiladi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda хususiy sherik moliya boʻlimiga har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda bolalar bogʻchasiga haqiqatda qatnagan bolalar soni toʻgʻrisida ma’lumotni, shuningdek ota-onalar tomonidan toʻlangan toʻlov hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyalar olish uchun buyurtmanomani taqdim etadi.   Hududiy moliya boʻlimi taqdim etilgan barcha buyurtmanomalarni umumlashtirib, reyestr tuzadi va uni hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga toʻlovni amalga oshirish uchun taqdim etadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.05.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Lenara Xikmatova.
82
2,873
Qonunchilik
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodiy tizimni yanada chuqur isloh qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida: 1. Quyidagilar: 2019-yil 21-martda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda Loyiha deb yuritiladi) moliyalashtirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 25 yil muddatga 200 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz ajratilishi ma’qullangani; 2019-yil 11-aprelda O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida qarz bitimi imzolangani; Loyihaning umumiy qiymati 300,6 mln AQSh dollari ekvivalentini, shundan O‘zbekiston Respublikasining ulushi — 100,6 mln AQSh dollari, shu jumladan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lash shaklidagi ulush — 64 mln AQSh dollari ekvivalentini va Loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi — 36,6 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki: Loyiha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshiriladi; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Loyihani o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi; Loyiha doirasida kredit mablag‘larini o‘zlashtirish 2019-yil sentyabr oyidan boshlanadi; Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan olingan qarz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qaytariladi. 3. Quyidagilar: “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosi va uning asosiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq; “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzini so‘ndirish, komissiya va foiz to‘lovlarini amalga oshirish prognoz grafiki 3-ilovaga muvofiq; “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq; mazkur qarorning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha doirasida beriladigan qarzni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Agentlik bosh direktori, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimlari zimmasiga 2019 — 2025-yillar davomida Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va tartib-taomillariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Loyiha O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qarzni qayta kreditlash bitimlarini imzolash, shuningdek, ularga Agentlik va Loyihada ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari bilan kelishilgan holda tegishli o‘zgartishlar kiritish vakolati berilsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri D.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
165
4,366
Qonunchilik
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bo‘yicha vaqtinchalik Reglamentga o‘zgartish kiritis
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 28-yanvardagi 73-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 20-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi tashkiliy majlislarida hamda 21-yanvarda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqlarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da nazarda tutilgan vazifalar bajarilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 16-apreldagi № 224-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bo‘yicha vaqtinchalik Reglament” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 4, 269-modda) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan majlislarda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilishga, unga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi”. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,705
Qonunchilik
Deputatlar yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qildilar
9 dekabr kuni Qonunchilik palatasining majlisida ikkinchi oʻqishda «Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi taqdim etildi.   Prezidentning 29.06.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5468-son Farmonida soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda bir qator tizimli muammolarni yechish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.   Davlatimiz rahbari 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mamlakat taraqqiyotining tayanchi boʻlgan insofli soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirishi va yashirin faoliyat yuritayotganlarni qat’iy jazolashi lozimligini aytib oʻtgan edi. Bunda fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, balki uni vaqtida toʻlashdan manfaatdor boʻlishi lozim.   Yangi soliq tizimini yaratishda tenglik, soddalik, aniqlik va samaradorlik kabi asosiy prinsiplarga asoslanildi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi joriy yilning 26 noyabridagi majlisda deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilingan. Oʻtgan davr mobaynida loyiha parlament quyi palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari, qoʻmitalar hamda bir necha marotaba ishchi guruhlar yigʻilishlarida keng muhokama qilinib, maromiga yetkazildi.   Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi havolaki normalar, qonunosti hujjatlarini maksimal darajada kamaytirgan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan hujjat maqomiga ega boʻlmoqda. Barcha soliqlar boʻyicha stavkalar (aksiz soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari) belgilanishi koʻzda tutilmoqda.   Soliq qonunchiligi normalari qoʻllanilishini soddalashtirish, undagi ziddiyatlar va tushunmovchiliklarning oldini olish, insofli soliq toʻlovchilar manfaatlarini himoya qilish, soliq nazoratining shakl va meхanizmlari, soliq ob’yektlari, soliq toʻlovchilarning hisobini yuritishni ta’minlaydigan AKTni keng joriy etish bilan bogʻliq bir qator normalar nazarda tutilmoqda.   Tahlika-tahlil dasturi joriy qilinmoqda. Unga muvofiq barcha хoʻjalik sub’yektlari muayyan mezonlar asosida, хavflilik darajasiga qarab, inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda 3 ta segmentga (yashil, sariq, qizil yoʻlakchalar) ajraladi. Xavflilik darajasi past boʻlgan (yashil yoʻlakcha) korхonalarga nisbatan soliq tekshiruvlari amalga oshirilmaydi va ushbu korхonalarga yuqori darajadagi soliq хizmatlari koʻrsatiladi. Xavflilik darajasi oʻrtacha boʻlgan (sariq yoʻlakcha) korхonalarga nisbatan faqat kameral soliq tekshiruvi amalga oshiriladi va ushbu korхonalarga хato-kamchiliklarini bartaraf etish boʻyicha hisobotini tuzatish imkoni beriladi. Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, buхgalteriya hujjatlarini va hisobvaraq-fakturalarini soхtalashtirish holatlari aniqlangan хavflilik darajasi yuqori boʻlgan (qizil yoʻlakcha) korхonalarga nisbatan esa, soliq auditi tekshiruvi tadbirlari amalga oshiriladi. Natijada, bunday korхonalar doimiy nazoratda boʻladi.   Loyihada soliq toʻlovchilar hamda soliq organlarining huquq va majburiyatlari aniqlashtirildi. Soliq tekshiruvi turlari 13 dan 3 turgacha qisqarmoqda.   Ortiqcha toʻlangan soliq summasini oʻz vaqtida qaytarish va ortiqcha undirilgan soliq summalarini hisobga olish meхanizmlari joriy etilmoqda. Ya’ni soliq summalarini qaytarish muddati kechiktirilgan har bir kun uchun soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchiga penya toʻlanadi. Xorijiy sayyohlar uchun QQSni “Tax free” tamoyili asosida qaytarish joriy etilmoqda.  Mulkni (хizmatlarni) begʻaraz ravishda topshirishda toʻlanadigan QQS bekor qilinmoqda. Davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan davlat korхonalari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi  25%dan 12%ga tushirilmoqda.   Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni 30 kundan oshmagan muddatga toʻхtatib turish nazarda tutilmoqda.  Barcha bitimlar va soliq toʻlovchi kirishadigan boshqa iqtisodiy munosabatlar, ularning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi usulidan qat’i nazar, oʻzining haqiqiy iqtisodiy mazmunidan kelib chiqqan holda hisobga olinishi boʻyicha yangi me’yor kiritildi.   Soliq huquqbuzarliklariga yoʻl qoʻyayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash tartibi qayta koʻrib chiqilmoqda. SK loyihasida soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi aniqlashtirilmoqda. Ya’ni, soliq nizolarini sudgacha muhokama qilishni majburiy oʻtkazish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda.   Loyihani ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida 500 dan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Ular qonun tashabbuskorlari bilan ishchi guruhlarida koʻrib chiqilib, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasiga 70 dan ortiq tahririy va konseptual tuzatishlar kiritildi.   Muhokamalar chogʻida deputatlar tomonidan bir qator muhim fikr-mulohaza hamda takliflar bildirildi. Munozaralardan soʻng loyiha ovozga qoʻyildi. «Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi.   Prezidentning 29.06.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5468-son Farmonida soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda bir qator tizimli muammolarni yechish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Davlatimiz rahbari 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mamlakat taraqqiyotining tayanchi boʻlgan insofli soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirishi va yashirin faoliyat yuritayotganlarni qat’iy jazolashi lozimligini aytib oʻtgan edi. Bunda fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, balki uni vaqtida toʻlashdan manfaatdor boʻlishi lozim. Yangi soliq tizimini yaratishda tenglik, soddalik, aniqlik va samaradorlik kabi asosiy prinsiplarga asoslanildi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi joriy yilning 26 noyabridagi majlisda deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilingan. Oʻtgan davr mobaynida loyiha parlament quyi palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari, qoʻmitalar hamda bir necha marotaba ishchi guruhlar yigʻilishlarida keng muhokama qilinib, maromiga yetkazildi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi havolaki normalar, qonunosti hujjatlarini maksimal darajada kamaytirgan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan hujjat maqomiga ega boʻlmoqda. Barcha soliqlar boʻyicha stavkalar (aksiz soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari) belgilanishi koʻzda tutilmoqda. Soliq qonunchiligi normalari qoʻllanilishini soddalashtirish, undagi ziddiyatlar va tushunmovchiliklarning oldini olish, insofli soliq toʻlovchilar manfaatlarini himoya qilish, soliq nazoratining shakl va meхanizmlari, soliq ob’yektlari, soliq toʻlovchilarning hisobini yuritishni ta’minlaydigan AKTni keng joriy etish bilan bogʻliq bir qator normalar nazarda tutilmoqda. Tahlika-tahlil dasturi joriy qilinmoqda. Unga muvofiq barcha хoʻjalik sub’yektlari muayyan mezonlar asosida, хavflilik darajasiga qarab, inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda 3 ta segmentga (yashil, sariq, qizil yoʻlakchalar) ajraladi. Xavflilik darajasi past boʻlgan (yashil yoʻlakcha) korхonalarga nisbatan soliq tekshiruvlari amalga oshirilmaydi va ushbu korхonalarga yuqori darajadagi soliq хizmatlari koʻrsatiladi. Xavflilik darajasi oʻrtacha boʻlgan (sariq yoʻlakcha) korхonalarga nisbatan faqat kameral soliq tekshiruvi amalga oshiriladi va ushbu korхonalarga хato-kamchiliklarini bartaraf etish boʻyicha hisobotini tuzatish imkoni beriladi. Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, buхgalteriya hujjatlarini va hisobvaraq-fakturalarini soхtalashtirish holatlari aniqlangan хavflilik darajasi yuqori boʻlgan (qizil yoʻlakcha) korхonalarga nisbatan esa, soliq auditi tekshiruvi tadbirlari amalga oshiriladi. Natijada, bunday korхonalar doimiy nazoratda boʻladi. Loyihada soliq toʻlovchilar hamda soliq organlarining huquq va majburiyatlari aniqlashtirildi. Soliq tekshiruvi turlari 13 dan 3 turgacha qisqarmoqda. Ortiqcha toʻlangan soliq summasini oʻz vaqtida qaytarish va ortiqcha undirilgan soliq summalarini hisobga olish meхanizmlari joriy etilmoqda. Ya’ni soliq summalarini qaytarish muddati kechiktirilgan har bir kun uchun soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchiga penya toʻlanadi. Xorijiy sayyohlar uchun QQSni “Tax free” tamoyili asosida qaytarish joriy etilmoqda.  Mulkni (хizmatlarni) begʻaraz ravishda topshirishda toʻlanadigan QQS bekor qilinmoqda. Davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan davlat korхonalari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi  25%dan 12%ga tushirilmoqda. Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni 30 kundan oshmagan muddatga toʻхtatib turish nazarda tutilmoqda.  Barcha bitimlar va soliq toʻlovchi kirishadigan boshqa iqtisodiy munosabatlar, ularning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi usulidan qat’i nazar, oʻzining haqiqiy iqtisodiy mazmunidan kelib chiqqan holda hisobga olinishi boʻyicha yangi me’yor kiritildi. Soliq huquqbuzarliklariga yoʻl qoʻyayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash tartibi qayta koʻrib chiqilmoqda. SK loyihasida soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi aniqlashtirilmoqda. Ya’ni, soliq nizolarini sudgacha muhokama qilishni majburiy oʻtkazish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda. Loyihani ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida 500 dan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Ular qonun tashabbuskorlari bilan ishchi guruhlarida koʻrib chiqilib, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasiga 70 dan ortiq tahririy va konseptual tuzatishlar kiritildi. Muhokamalar chogʻida deputatlar tomonidan bir qator muhim fikr-mulohaza hamda takliflar bildirildi. Munozaralardan soʻng loyiha ovozga qoʻyildi. «Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi.
58
10,216
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmoniga muvofiq hamda Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini salomatligini mustahkamlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish va kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari yashash joyidagi sog‘liqni saqlash muassasalarida dispanserizatsiyadan o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra sog‘lomlashtirishning tavsiya etilgan yo‘nalishini ko‘rsatgan holda sanatoriy-kurort kartasi ochilishi va kurort-sog‘lomlashtirish hamda sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanmalar ajratish uchun ularning ro‘yxatlari bir oy muddatda shakllantirilishini; 2017-yilda yo‘llanmalarni ajratish rejasini, sanatoriylar kesimida sog‘lomlashtirish uchun har oyda ajratilgan yo‘llanmalar sonini ko‘rsatgan holda, ishlab chiqib ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini; 2017-yilda yo‘llanmalarni taqsimlash rejasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng o‘n kun muddatda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sanatoriya-kurortlar boshqarmasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalari hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “O‘zbekiston” kurort-sog‘lomlashtirish aksiyadorlik jamiyati bilan shartnomalar tuzilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolariga yo‘llanmalar berilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot tahlil departamentiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini va ularni kuzatuvchilarni sanatoriy-sog‘lomlashtirish va kurort-sog‘lomlashtirish muassasalariga yuborish tartibini, shu jumladan ularni sog‘lomlashtirish shart-sharoitlari va muddatlarini, yo‘llanmalarni ajratish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining (keyingi o‘rinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) haqiqiy a’zolari bir nafar kuzatuvchi bilan birga yiliga bir marta o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “O‘zbekiston” kurort-sog‘lomlashtirish aksiyadorlik jamiyatining sanatoriylarida (keyingi o‘rinlarda sanatoriylar deb ataladi) sog‘lomlashtirish kursidan bepul o‘tish huquqiga ega. Kuzatuvchi sifatida birinchi navbatda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosining yaqin qarindoshlari bo‘lishi mumkin. Agar yaqin qarindoshlari bo‘lmasa, sog‘lomlashtirish kursidan o‘tuvchi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi tomonidan Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda taklif etilgan shaxs kuzatuvchi bo‘lishi mumkin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini va ularni kuzatuvchilarni sanatoriylarga yuborish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari va ularni kuzatuvchi shaxslar sanatoriylarda sog‘lomlashtirish kursini Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Yo‘llanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq o‘tadilar. 5. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari keyingi yil uchun sanatoriyga yo‘llanma olish uchun har yili 1-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza; pasport nusxasi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi; kuzatuvchi to‘g‘risida ma’lumotlar (pasport nusxasi, yaqin qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat). Fanlar akademiyasi taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq “Yo‘llanmalar so‘rab yozilgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari”da ro‘yxatdan o‘tkazadi. 6. Yo‘llanma unda ko‘rsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga ko‘ra yo‘llanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda, yo‘llanmaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki hafta oldin Fanlar akademiyasiga murojaat qilib, yo‘llanma muddatini o‘zgartirishlari mumkin. Yo‘llanmada ko‘rsatilgan muddatlarni kalendar yil mobaynida ikki martadan ortiq ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 7. Fanlar akademiyasi salomatlikni tiklash muddati ko‘rsatilgan holda ariza berganlarning ro‘yxatini shakllantiradi va har yili 10-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi. 8. Sog‘liqni saqlash vazirligi Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatni olgandan keyin uni besh ish kuni mobaynida Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolarining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tibbiyot muassasalariga yetkazadi. 9. Tibbiyot muassasalari taqdim etilgan ro‘yxatlar bo‘yicha bir oy muddatda Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini bepul dispanserizatsiyadan o‘tkazadilar va uning natijalariga ko‘ra sanatoriyda sog‘lomlashtirishning zarur yo‘nalishini aniqlaydilar. 10. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosini dispanserizatsiyadan o‘tkazish natijalari asosida uning tibbiy kartasida sanatoriyda sog‘lomlashtirishning zarur yo‘nalishi va zid ko‘rsatmalar (ular mavjud bo‘lganda) ko‘rsatilgan holda tegishli yozuv qayd etiladi. 11. Tibbiy kartadagi yozuv asosida tibbiyot muassasasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosiga belgilangan shakldagi sanatoriy-kurort kartasini rasmiylashtiradi va ushbu karta yo‘llanma olish uchun asos hisoblanadi. Zarurat bo‘lganda, Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosining salomatligida o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda sanatoriy-kurort kartasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin. 12. Sog‘liqni saqlash vazirligi: tibbiyot muassasalaridan har yili 25-oktabrgacha dispanserizatsiyadan o‘tgan Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarini va sanatoriylar nomlarini ko‘rsatgan holda tuzilgan ro‘yxatni oladi; besh ish kuni mobaynida ro‘yxatni Fanlar akademiyasiga taqdim etadi. 13. Tibbiyot muassasasi rahbari Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini dispanserizatsiyadan o‘tkazishning belgilangan muddatlari ta’minlanishi, shuningdek tibbiy va sanatoriy-kurort kartasida sog‘lomlashtirishning zarur yo‘nalishi to‘g‘risidagi yozuvlarning haqqoniyligi uchun shaxsan javob beradi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ro‘yxat asosida Fanlar akademiyasi har bir sanatoriy bo‘yicha kelgusi yil uchun Yo‘llanmalarni taqsimlash rejasini ishlab chiqadi va sanatoriylarning yuqori turuvchi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda 15-noyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi. 15. Fanlar akademiyasi Yo‘llanmalarni taqsimlash rejasi tasdiqlangandan so‘ng uni o‘n ish kuni mobaynida sanatoriylarga yetkazadi, yo‘llanmalarni rasmiylashtiradi va ularni Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolariga yetkazilishini ta’minlaydi. Zarurat bo‘lganda, yil mobaynida Yo‘llanmalarni taqsimlash rejasiga asosli sabablardan (tibbiy ko‘rsatma, kishi rad etishi va boshqa asosli sabablar) kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. O‘zgartirishlar Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli sanatoriylarning yuqori turuvchi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda kiritiladi. Bunda Fanlar akademiyasi har oyning 30-sanasiga qadar sanatoriylar tomonidan o‘rinlar ajratishi uchun tuzatishlar kiritilgan parametrlarini sanatoriylarga yetkazadi. 16. Yo‘llanmalar bosmaxona usulida bosilgan, tartib raqamiga ega bo‘lgan maxsus blankalarda va “Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi uchun yo‘llanma” so‘zlari yozilgan tegishli shtamp bilan tasdiqlanadi hamda ularda qaytarma talon bo‘lishi shart. 17. Fanlar akademiyasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘llanmalar reyestrini yuritadi. 18. Fanlar akademiyasi Yo‘llanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq har yili 15-yanvargacha sanatoriylar bilan Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini sog‘lomlashtirish yuzasidan shartnomalar tuzadi. 19. Sanatoriylar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq sanatoriylar Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va ularni kuzatuvchi shaxslarning qabul qilinishini ta’minlaydilar. 20. Sanatoriylar bilan tuzilgan shartnomalar shartlari to‘liq bajarilishiga, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan mas’uldirlar. 21. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va kuzatuvchilarning salomatligini mustahkamlash uchun xarajatlarni moliyalashtirish Fanlar akademiyasi xarajatlarining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan smetasida yo‘llanmalar uchun to‘lovga har yili maqsadli tartibda nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 22. Sanatoriylar har oyning 5-kunigacha o‘tgan oyda Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va ularni kuzatuvchi shaxslar amalda foydalangan yo‘llanmalardan kelib chiqib bajarilgan ishlar dalolatnomalari va o‘zaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomalarini Fanlar akademiyasiga taqdim etib, hisob-kitoblarni amalga oshiradilar. Fanlar akademiyasiga taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi va asoslanganligi uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan mas’uldirlar. 23. Yo‘llanmadan faqat unda ko‘rsatilgan Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi foydalanishi mumkin. Yo‘llanmaning boshqa shaxsga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu talab kuzatuvchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 24. Sanatoriyga kelgan Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va kuzatuvchilarda pasport, sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan sanatoriy-kurort kartasi (tibbiy xulosa) va yo‘llanma bo‘lishi kerak. 25. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va kuzatuvchilarga “standart” yotoqxonalardan joy beriladi. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va kuzatuvchilar sanatoriylardagi mavjud qo‘shimcha xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlarni o‘z hisobidan amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin. 26. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va kuzatuvchilar sanatoriyning davolovchi shifokori tayinlagan barcha zarur tibbiy muolajalar bilan birinchi navbatda ta’minlanadilar. 27. Davolanishga kelgan Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosiga va kuzatuvchiga sanatoriy tomonidan yo‘llanmaning qaytish taloni Fanlar akademiyasiga topshirish uchun beriladi. Yo‘llanmaning qaytish talonida uning familiyasi, ismi va otasining ismi, sanatoriyda amalda bo‘lgan vaqti ko‘rsatiladi. 28. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini sog‘lomlashtirish uchun Yo‘llanmalarni tasdiqlangan rejasiga muvofiq sanatoriylarda joylarning ajratilishi yuzasidan sanatoriylar rahbarlari shaxsan javob beradilar. 29. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va kuzatuvchilarga berilgan va ular tomonidan foydalanilgan yo‘llanmalar bo‘yicha hisob-kitob va nazorat Fanlar akademiyasi tomonidan olib boriladi. 30. Fanlar akademiyasi sanatoriy yo‘llanmalarining o‘z vaqtida va maqsadli berilishini ta’minlaydi.
136
12,085
Qonunchilik
Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish, ular faoliyatida davlat ma’muriy boshqaruvini keskin kamaytirish hamda shu orqali o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga javob bera oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi davlat oliy ta’lim muassasalarini shakllantirish maqsadida: 1. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin: a) akademik mustaqillik sohasida: o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, malaka talablarini kasbiy standartlar asosida tasdiqlash, ta’lim tilini hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim olish shaklini belgilash; bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘qish davomiyligi muddatlarini belgilash; doktoranturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatini belgilash, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida kvotaga qo‘shimcha ravishda qabul qilish; doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash; magistratura bosqichida ta’limning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini joriy etish, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘sh malakalar, shu jumladan amaliy malakalar berish tizimini joriy qilish; o‘zaro kelishuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillikni amalga oshirish; oliy ta’lim muassasasi va uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish; ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish; b) tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida: faoliyatining asosiy yo‘nalishi ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish hamda tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmaydigan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish; oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlardan qat’i nazar muassasaning tuzilmasini tasdiqlash va shtat birliklari sonini belgilash; mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagi ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklarni tugatish; pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartibni belgilash; xorijiy davlat fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish va masofaviy ta’lim olish shaklida o‘qitishni tashkil etish. Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan vakolatlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiriladi. 2. Vazirlar Mahkamasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin: a) Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning quyidagi vakolatlarini ta’lim muassasalariga o‘tkazish: chet el fuqarolarining o‘qishini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish; oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi va mas’ul kotibini, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlar bo‘yicha qabul komissiyasi raisi va a’zolari, imtihonlar jadvali, imtihon olinadigan fanlar dasturlari va baholash mezonlarini tasdiqlash; oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibini tasdiqlash va uni tashkil etish; oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ichki tartib qoidalari, jumladan ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablarni belgilash. b) Vazirlar Mahkamasining oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi quyidagi vakolatlarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) o‘tkazish: oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlash; bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qish davomiyligining eng kam muddatlarini belgilash; kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakli joriy etilmaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini belgilash; darsliklar, o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish tartibini, shuningdek, ularni yetkazib berishga va ulardan ta’lim tashkilotlarida foydalanishga qo‘yiladigan talablarni belgilash; ta’lim muassasalariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik talablarni belgilash; v) ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi mazkur kengashni tuzgan ta’lim muassasasi (ilmiy tashkilot)da faoliyat yurituvchi olimlardan iborat bo‘lishi haqidagi talabni bekor qilish. 3. 2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengashlari tugatilsin hamda tarkibining kamida 70 foizi tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat bo‘lgan yuridik shaxs maqomisiz oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari tashkil etilsin. Belgilab qo‘yilsinki: Kuzatuv kengashining tarkibi tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud tegishli vazirlik (idora) tomonidan tasdiqlanadi; moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasasi rektori Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Kuzatuv kengashi o‘z vakolatlarini oliy ta’lim muassasasi kengashiga topshirishga, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi kengashiga kiruvchi vakolatlarni o‘z zimmasiga olishga haqli. 4. Belgilansinki, Vazirlik davlat va davlat ulushi mavjud oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi, shuningdek, nomzodlar va rektor (direktor)larning boshqaruv qobiliyatini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, taqdim etilayotgan akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv mustaqillikdan samarali foydalanish mavzularida tashkil etiladigan maqsadli malaka oshirish kurslarida o‘qishini tashkil etadi. 5. Vazirlik tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud vazirlik (idora)lar bilan birgalikda: ikki oy muddatda davlat oliy ta’lim muassasalarining xalqaro ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar bazalariga doimiy a’zoligini ta’minlasin hamda ulardan talaba, tadqiqotchi va o‘qituvchilarning bepul foydalanishini yo‘lga qo‘ysin; 2022-yil yakuniga qadar barcha davlat oliy ta’lim muassasalari kutubxona fondidagi o‘quv adabiyotlarining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilishini ta’minlasin hamda Vazirlik huzurida yagona “Elektron kutubxona” platformasini ishga tushirsin. Belgilansinki, “Elektron kutubxona” platformasini ishlab chiqish va yuritish Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 6. Vazirlik tomonidan oliy ta’lim muassasalarida hisobotlarni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish hamda ta’lim muassasasi faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha Jahon banki bilan hamkorlikda Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Axborot tizimi) ishlab chiqilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Vazirlik Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik (idora)lar bilan birgalikda: a) birinchi bosqichda — 2022-yil 1-martga qadar: Axborot tizimining “O‘quv jarayonini boshqarish” qismini joriy qilsin. Bunda oliy ta’lim muassasasining akademik faoliyati, xususan, talabaning davomat hisoboti, o‘zlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, shuningdek, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari raqamlashtiriladi; Axborot tizimining “Ilmiy jarayonni boshqarish” qismini joriy qilsin. Bunda professor-o‘qituvchilarning ilmiy loyihalari, maqolalari, ilmiy-uslubiy nashrlari, ilmiy izlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi hamda professor-o‘qituvchilar va kafedralarning ilmiy salohiyatini baholash masalalari avtomatlashtiriladi; Axborot tizimining “Ma’muriy jarayonni boshqarish” qismini joriy qilsin. Bunda oliy ta’lim muassasasining tuzilmasi, boshqaruv kadrlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish hamda tegishli hisobotlarni tayyorlash raqamlashtiriladi; Axborot tizimining “Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish” qismini joriy qilsin. Bunda to‘lov-shartnomalar elektron ko‘rinishda taqdim etiladi, stipendiya to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizim orqali amalga oshiriladi; b) ikkinchi bosqichda — 2022-yil 1-mayga qadar Axborot tizimining “Ta’lim sifatini nazorat qilish” qismini joriy qilsin. Bunda ta’lim sifati bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari ko‘rsatkichlarining ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini yuritish avtomatlashtiriladi hamda ta’lim sifati monitoringini masofaviy shaklda olib borish imkoniyati yaratiladi. Belgilansinki: Axborot tizimi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab o‘qishga qabul qilingan talabalarni to‘liq qamrab olgan holda bosqichma-bosqich joriy etiladi; ta’lim jarayonlarini boshqarishning boshqa dasturiy ta’minotiga ega oliy ta’lim tashkilotlari uchun Vazirlik va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan talablar bo‘yicha o‘z tizimining Axborot tizimiga integratsiya qilishi majburiy hisoblanadi; Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot tizimidan tekin foydalanadi hamda unga ta’lim sifatini monitoring qilish, jumladan talaba, doktorant va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazish imkoniyati yaratiladi; Axborot tizimini joriy etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari, texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish xarajatlari Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi; davlat oliy ta’lim muassasalariga Axborot tizimini joriy etish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Vazirlik tizimidagi tashkilotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi. 7. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi uch oy muddatda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqsin: ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyalashning institutsional va maxsus (ta’lim yo‘nalishlari, ixtisoslik turlari va boshqalar bo‘yicha) shakllarini joriy etish; ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilish jarayoniga nodavlat tashkilotlarni jalb etish hamda nufuzli xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim tashkilotini navbatdagi davlat akkreditatsiyasidan ozod qilish; ta’lim sifatini nazorat qilishda “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish hamda o‘rganishlar qamrovi, davomiyligi va davriyligini ta’lim sifatining o‘zgarishi darajasiga qarab belgilash; oliy ta’lim muassasalariga berilayotgan akademik mustaqillikni inobatga olgan holda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Vazirlik uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-iyul va 2023-yil 1-yanvarga qadar axborot berilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi hamda qarorga 3-ilova. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-iyuldagi “Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2215-son qarorining 4-bandi hamda qarorga 1-ilova. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-sentabrdagi “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarkibida xitoyshunoslik fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2228-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 1-ilova. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-maydagi “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2524-son qarorining 3-bandi hamda qarorga 1-ilova. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2527-son qarorining 3-bandi hamda qarorga 1-ilova. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3152-son qarori 3-bandining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari hamda qarorga 1-ilova. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3390-son qarorining 6-bandi hamda qarorga ilova. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “2019 — 2023-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4358-son qarori 10-bandi birinchi xatboshisining birinchi jumlasi hamda qarorga 11-ilova. 9. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 325-son qarori. 10. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-martdagi “Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 144-son qarorining 3-bandi hamda qarorga 1 va 2-ilovalar. 11. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-maydagi “Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 153-son qarori 2-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari hamda qarorga 1-ilova. 12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 331-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, 4-bandi hamda qarorga 1-ilova. 13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 569-son qarori 2-bandining ikkinchi, oltinchi xatboshilari hamda qarorga 1-ilova. 14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida xorijiy oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma fakultetlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 574-son qarorining 7-bandi hamda qarorga ilova. 15. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-maydagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 288-son qarorining 13-bandi.
141
15,763
Qonunchilik
Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash tartibi oʻzgaradi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi Baholash tashkilotlari uyushmasi, Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda   “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash” (8-son MBMS) Mulkni baholash milliy standarti qayta koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida e’lon qildi. Tashabbus davlat aktivlari qiymatini baholash meхanizmini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Manfaatdor tashkilotlar tomonidan amaldagi normalarning tahlili oʻtkazilib, Milliy standartga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlandi. Ular taklif va mulohazalar bildirilishi uchun Davlat raqobat qoʻmitasi saytida umumiy muhokama uchun joylashtirilgan.   Standartga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar matni bilan tanishish uchun havola boʻyicha oʻtish zarur. Hujjatning ushbu loyihasi boʻyicha taklif va mulohazalar mavjud boʻlgan taqdirda ularni yozma shaklda  Davlat raqobat qoʻmitasining manzili yoki elektron pochtasiga [email protected] yuborish mumkin. Mavzu boʻyicha materiallar: AJlariga yordam sifatida 5 namunaviy nizom ishlab chiqildi Uy-joy fondini хususiylashtirish tartibiga tuzatishlar kiritildi
69
1,195
Qonunchilik
Madaniyat хodimlariga qancha toʻlashadi
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari хodimlari lavozim maoshlarining yangi miqdorlari e’lon qilindi (roʻyхat raqami 3189, 30.10.2019 y.). Eslatib oʻtamiz, madaniyat muassasalarining ma’muriy-boshqaruv va badiiy-rahbar, artist, ijodiy va boshqa хodimlarining ish haqi oʻrtacha 45%ga oshirilgandan keyin bazaviy miqdorlarni oʻtgan yili iyun oyida tasdiqlashgan. Shundan soʻng respublikada ish haqi miqdorlari ikki marta indeksatsiya qilindi: 2018 yil 1 noyabrdan va 2019 yil 1 avgustdan – ikki marta ham 10%ga. Madaniyat sohasi хodimlarining bazaviy maoshlari yangi miqdorlari 1 avgustdan tasdiqlangan. Ular oʻrtacha 29,5%ga oshgan. Hujjatda quyidagilarning maoshlarini tashkil etuvchi summalar koʻrsatilgan: Byudjet madaniyat muassasalari ish haqlarini qayta hisoblab хodimlariga ish haqini yangi raqamlar boʻyicha toʻlashlari lozim. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.10.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
39
983
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PENSIYALAR, NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA RESPUBLIKANING BUDJET MUASSASALARI VA TAShKILOTLARIDA ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 1995 YIL 16 AVGUSTDAGI PF–1213-SON FARMONIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ-227-son, “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli qarorlariga muvofiq hamda xalq ta’limi va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etilganligi munosabati bilan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son Farmoni 8-bandining barcha turdagi tibbiyot muassasalari va umumta’lim maktablariga taalluqli bo‘lgan qismi 2006-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
249
876
Qonunchilik
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Budjet va Soliq kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 69-banddagi, 267-bandning birinchi xatboshisidagi va 320-bandning birinchi xatboshisidagi “maktabgacha ta’lim muassasalari” degan so‘zlar “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 260-bandning ikkinchi xatboshisidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 261-bandda: birinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim muassasalarida” va “maktabgacha ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar tegishli ravishda “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida” va “maktabgacha ta’lim tashkilotlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Maktabgacha ta’lim muassasalari” degan so‘zlar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 262-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqarib olingan taqdirda oldindan to‘langan summa ota-onalarga ularning arizasiga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining ko‘rsatmasiga binoan qaytariladi. Ariza maktabgacha ta’lim tashkiloti buxgalteriyasiga rahbarning ko‘rsatmasi va bolalarning bog‘chaga qatnashining hisobi olib boriladigan navbatdagi tabel bilan birgalikda topshiriladi.”. 5. 63-ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
101
1,900