folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq: 1. Quyidagilar: a) 2020 — 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin: mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish; ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash; davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; b) 2020 — 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020 — 2022-yillarda amalga oshirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq; v) 2020 — 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari (keyingi o‘rinlarda — Asosiy yo‘nalishlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki, Asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni nazarda tutadi: a) ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish sohasida: 2025-yilga qadar davlat maktabgacha ta’lim tizimida amaldagi maktabgacha ta’lim muassasalarining hududlarini kengaytirish yoki yangi quriladigan muassasalar hisobiga o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish; 2030-yilga qadar umumta’lim maktablarida o‘quv yillari uchun tayanch o‘quv rejalarida o‘zbek tili fanini o‘qitish ko‘lamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish; oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kafedralari sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish; b) davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish sohasida: lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “O‘zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish; 2020-yilda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish; teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030-yilgacha 100 foizga yetkazish; v) davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga integratsiyalashuvini ta’minlash sohasida: 2025-yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu ko‘rsatkichni 25 taga yetkazish; dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish; xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish; g) davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sohasida: 2030-yilga qadar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha ko‘paytirish; 2025-yilga qadar “O‘zbek tilining do‘stlari” klublari sonini 30 taga, 2030-yilgacha esa 40 taga yetkazish; xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, o‘zbek tilini o‘rgatishga doir ilmiy tadqiqotlar miqdorini oshirish. 3. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) uch oy muddatda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishni ta’minlash maqsadida ishchi guruhini tashkil qilsin va aniq chora-tadbirlar hamda ularni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlari joriy etiladi; Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qisqa muddatli (1-2 oygacha) o‘quv kurslari muntazam ravishda tashkil etiladi. Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 5. Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zbek tilidagi mavjud lug‘atlar asosida uzluksiz ta’limning barcha turlari uchun quyidagi o‘quv lug‘atlarini yaratish choralarini ko‘rsin, shu jumladan: ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning to‘ldirilgan yangi nashri (kirill va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida); “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”; “O‘zbek tili sinonimlari lug‘ati”; “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”; “O‘zbek tili frazeologizmlarining katta izohli lug‘ati”; “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati”. Mazkur bandda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari yo‘naltirilsin. 6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: oliy ta’lim muassasalarining filologiya ta’lim yo‘nalishlarida “Kompyuter lingvistikasi”, “Amaliy filologiya” yo‘nalishlarini tashkil qilsin; Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin; o‘zbek tiliga oid barcha ilmiy, nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘zida jamlagan elektron ko‘rinishdagi o‘zbek tili milliy korpusini yaratish choralarini ko‘rsin; Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar Dasturda va Asosiy yo‘nalishlarda belgilangan topshiriqlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni puxta tahlil qilish asosida Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritib borsin. 7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda o‘zbek tilidan jahonning yetakchi xorijiy tillariga va xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjima qiluvchi kompyuter dasturini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yaratish choralarini ko‘rsin; O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tizimdagi axborot-tahliliy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-gumanitar telekanallarini xorijiy davlatlarda teleradiokompaniyaning OTT platformasini (Internet tarmog‘i orqali teledasturlarni namoyish etish tizimi) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishga tushirish va boshqa zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalangan holda namoyish etilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining “O‘zbekiston” telekanalida yurtimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini targ‘ib qiluvchi, mamlakatimizga oid axborot-tahliliy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-gumanitar bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiluvchi va intellektual hamda boshqa ma’lumotlarni xorijiy tillarda (O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar tilida) yoritadigan “Do‘stlik” axborot-ma’rifiy dasturlar tahririyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Belgilab qo‘yilsinki, “Do‘stlik” axborot-ma’rifiy dasturlar tahririyati O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ajratilayotgan budjet mablag‘lari va quyi tashkilotlarning mavjud shtat birliklari doirasida tashkil etiladi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan holda 2021-yil 1-yanvardan boshlab markaziy telekanallarda “Tilga e’tibor”, “Ona tilida so‘zlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoshlar — kelajak bunyodkori” kabi turkum ko‘rsatuv va eshittirishlarni tashkil qilib, muntazam ravishda efirga uzatib borilishini ta’minlasin. 9. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib Davlat budjeti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlari) va grantlari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin. 10. Quyidagilarga: Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentiga — Konsepsiya va Dasturni amalga oshirish hamda Asosiy yo‘nalishlarga erishish borasida davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Konsepsiya, Dastur va Asosiy yo‘nalishlarda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. 2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Konsepsiya o‘zbek tilini uzoq muddatli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi hamda quyidagi maqsadli vazifalarga erishishni nazarda tutadi: o‘zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish; o‘zbek tili ta’limini takomillashtirish, yoshlarni milliy hamda umuminsoniy an’ana, qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan g‘ururlanish va ularni yanada boyitish ruhida tarbiyalash; jamiyatda o‘zbek tiliga (davlat tiliga) hurmat-e’tibor va mehr-muhabbat muhitini shakllantirish; mamlakatimizda har bir fuqaroning davlat tilini bilishiga va buni burch va majburiyat sifatida his etishiga erishish; o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” tamoyili asosida mamlakat taraqqiyotining yangi davrida davlat tilini rivojlantirishni yuksak bosqichga ko‘tarish; respublikamiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining to‘liq joriy etilishini ta’minlash, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish. Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, davlat tili quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida rivojlantiriladi: mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish; ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash; davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. O‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalarda qo‘llash doirasini kengaytirish, undan davlat tili sifatida to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yurita olish darajasini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlarini joriy etish; barcha vazirlik va idoralar tarkibida ish yuritish, shuningdek barcha idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini to‘liq ta’minlash va bu jarayonda davlat tiliga qat’iy amal qilishni nazorat qilish; davlat tilini rivojlantirishga doir yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish; davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun onlayn dasturlar yaratish; lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga to‘liq o‘tishni ta’minlash. Ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish yo‘nalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish tizimini takomillashtirish; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, o‘zbek tili bo‘yicha mashg‘ulot va dars soatlarini ko‘paytirish; o‘zbek tili bo‘yicha bilimlarni baholash tizimini takomillashtirish; o‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yori va qoidalarini o‘rganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslarini muntazam ravishda tashkil qilib borish va masofaviy o‘qitish tizimida ta’lim olish imkoniyatini yaratish; ta’limning barcha bosqichlarida davlat tili o‘qitilishi hamda o‘zbek tili va adabiyotini yanada rivojlantirish borasidagi ilmiy, ilmiy-amaliy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish; o‘zbek tili o‘quv leksikografiya tarmog‘ini rivojlantirish, zamonaviy, yangi avlod o‘quv lug‘atlarini tuzish hamda ularning elektron shakllarini va sohalar bo‘yicha atamalar lug‘atini yaratish; o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari to‘la hisobga olingan imlo va punktuatsiya qoidalari aks ettirilgan “O‘zbek tili me’yorlari” ilmiy-ommabop o‘quv qo‘llanmasini nashrga tayyorlash; davlat oliy ta’lim muassasalarining ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan yo‘nalishlarida “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish; barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida “Kasbiy nutq madaniyati” fanini joriy qilish; oliy ta’lim muassasalarining filologiya ta’lim yo‘nalishlarida “Kompyuter lingvistikasi”, “Amaliy filologiya” yo‘nalishlarini tashkil qilish; o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasini yaratish; birlamchi moddiy va yozma manbalar asosida o‘zbek tilining ko‘p ming yillik tarixiy rivojlanishini yoritib beruvchi ilmiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash va chop etish. O‘zbek tilini muntazam boyitib borish, uning sofligini saqlash, aholining davlat tilidagi nutq madaniyatini yuksaltirish borasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: O‘zbekiston teleradiokanallarining ko‘rsatuv va eshittirishlari, ommaviy kino, konsert dasturlari, ommaviy axborot vositalarining audiovizual asarlarida suxandon-boshlovchilar va barcha qatnashchilarning o‘zbek adabiy tilida so‘zlashini ta’minlash; ko‘p jildli “O‘zbekiston milliy qomusi”ni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashrga tayyorlash va chop etish; jadid namoyandalarining boy ma’naviy merosi, hayoti va faoliyatini o‘rganishga oid ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish; o‘zbek tili dialektlari xaritasini yaratish; o‘zbek tilining o‘ziga xos noyob xususiyatlari aks etgan folklor va mumtoz adabiy asarlarni nashrga tayyorlash va chop etish; yoshlar o‘rtasida nutq madaniyatini oshirishga qaratilgan tanlovlar o‘tkazish, jumladan, “Zulfiyaxonim qizlari”, “Mard o‘g‘lonlar” tanlovlari nomzodlariga davlat tilini bilishi shartini kiritish; savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlariga o‘zbekcha nom qo‘yishning normativ-huquqiy asosini shakllantirish. Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridagi o‘rnini kuchaytirish, zamonaviy dasturiy ishlanmalarni yaratishdagi mavqeyini oshirish yo‘nalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: o‘zbek tiliga oid barcha ilmiy, nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘zida jamlagan elektron ko‘rinishdagi o‘zbek tili milliy korpusini yaratish; o‘zbek tilini Internet jahon axborot tarmog‘ida ommalashtirish, unda munosib o‘rin egallashini ta’minlash, dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalarini yaratish, o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kompyuter dasturlarini keng miqyosda amaliyotga tatbiq qilish; o‘zbek tilidagi matnlar tahririga mo‘ljallangan kompyuter dasturlarini yaratish; o‘zbek tilidan jahonning yetakchi xorijiy tillariga va xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjima qiluvchi kompyuter dasturini yaratish; davlat tilida yaratilgan dasturiy ta’minotlarning yagona sertifikatlash va standartlashtirish xizmatini joriy etish. Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish hamda boshqa tillar bilan aloqalarini kengaytirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: o‘zbek tilini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish, uni o‘rganish istagida bo‘lgan chet ellik fuqarolarga ko‘maklashishga mo‘ljallangan o‘zbek tilini o‘rgatuvchi onlayn platforma tashkil qilish, uning axborot bazasini ta’minlash va muntazam boyitib borish; xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning madaniy va til o‘zligini saqlab qolish, ularning o‘zbek madaniy an’ana va qadriyatlari ruhida tarbiya topishlariga ko‘maklashish, o‘zbek milliy madaniy markazlarini badiiy adabiyotlar bilan muntazam ta’minlab borish; xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish; xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili o‘qituvchilari bilan muntazam aloqa o‘rnatish va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish; xorijiy oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash tizimini joriy etish; xorijda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar, tarjimonlar bilan muntazam aloqa o‘rnatish, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida “O‘zbek tilining do‘stlari” klublarini ko‘paytirish; fan va ta’limdagi hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish; xorijda o‘zbek tilining xalqaro nufuzi, jozibadorligi va imkoniyatlari haqida ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari, muloqot va suhbatlar tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish; xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari, elektron dasturlar ishlab chiqish; turkiy tilli davlatlar bilan hamkorlik jarayonlarini rivojlantirish maqsadida o‘zbek tilining qardosh tillar bilan tarjima lug‘atlarini hamda ularning mobil ilovalarini yaratish. Davlat tilining mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar uchun birlashtiruvchi vosita sifatidagi o‘rni va rolini kuchaytirish borasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: boshqa millat vakillariga davlat tilini o‘rgatuvchi o‘quv-metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar yaratish; ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun davlat teleradiokanallarida o‘zbek va ona tilini hamda boshqa fanlarni o‘rganishga bag‘ishlangan turkum dasturlar tashkil qilish; fuqarolarning ona tilida ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash darajasini oshirish; ommaviy axborot vositalari va davriy nashrlarda davlat tilini o‘rganishga bag‘ishlangan turkum dastur va ruknlar tashkil qilish; audiovizual asarlar, badiiy filmlar, adabiyotlarni davlat tilidan boshqa tillarga tarjima qilish ishlarini keng yo‘lga qo‘yish; Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zbek va qoraqalpoq tillarining davlat tili sifatida muomalada bo‘lishiga teng shart-sharoitlar yaratish. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini rivojlantirishda 2030-yilgacha quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda: mamlakat hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishiladi; davlat organlari va tashkilotlari rahbar xodimlariga davlat tilini talab darajasida bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish majburiyati yuklanadi; barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali kadrlar faoliyat ko‘rsatadi; ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalar muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib boriladi; davlat tili barcha fan tarmoqlariga oid ilmiy tadqiqotlarda ilm-fan tili sifatida nufuzga ega bo‘ladi; o‘zbek tili o‘quv leksikografiya tarmog‘ini rivojlantirish, zamonaviy, yangi avlod o‘quv lug‘atlarini tuzish hamda ularning elektron shakllarini yaratish orqali sohalar bo‘yicha milliy terminologik tizim takomillashtiriladi; o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning yangi, zamonaviy metodikasini yaratish orqali til ta’limi samaradorligini oshirishga erishiladi; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga o‘zbek tilini o‘qitishga mo‘ljallangan qiziqarli multimedia o‘yinlari, didaktik adabiyotlar yaratiladi, bu esa bolalarning bog‘cha yoshidan davlat tilini o‘zlashtirishiga qulay imkoniyatlar yaratadi; ommaviy axborot vositalarining audiovizual asarlarida barcha ishtirokchilarning o‘zbek adabiy tilida so‘zlashiga erishiladi; davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan faol integratsiyasi ta’minlanadi, o‘zbek tilining ilm-fan va texnologiyalar sohasida qo‘llanilishi imkoniyatlari yanada kengayadi; mamlakatimiz hududida istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish uchun keng va teng imkoniyatlar yaratiladi; xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning etno-madaniy va til o‘zligini saqlab qolish, ularda o‘zbek madaniy an’ana va qadriyatlariga hurmat shakllanishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi; xorijda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar bilan muntazam aloqa o‘rnatiladi, ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi; davlat tili tom ma’noda mamlakatimiz fuqarolarini, millatidan qat’iy nazar, birlashtiruvchi umumxalq qadriyatiga aylantiriladi, uning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi oshadi.
115
24,649
Qonunchilik
Surхondaryodagi 3 ta oliy oʻquv yurti filiali 2017 yilda oʻqishga kira olmagan abituriyentlarni qabul qiladi
Vazirlar Mahkamasining 5.03.2018 yildagi 170, 171, 172-son qarorlari e’lon qilindi. Ularda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallarini, shuningdek Termiz davlat universitetining Denov filialini tashkil etish nazarda tutilgan. 2017/2018 oʻquv yilining birinchi semestri tugaganiga qaramay, filiallar ushbu oʻquv yilidan ish boshlaydi. Surхondaryo viloyatida doimiy propiska qilingan va 2017 yilda tanlovdan oʻta olmagan Termiz davlat universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalari abituriyentlari orasidan ilk talabalar tanlab olinadi. Ular 2017/2018 oʻquv yili dasturini 2018 yil iyul oyining oхiriga qadar maхsus oʻquv reja va dasturlari boʻyicha oʻzlashtiradilar. Bu – muhim! Tanlov chogʻida toʻplangan ballarning izchilligi, shuningdek ularning eng quyi chegarasi – toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30%i (68 ball) toʻplanganligi qat’iy hisobga olinadi. Talabalar 10 yil mobaynida Surхondaryo viloyatidagi tegishli muassasalarda ishlab berish sharti bilan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadilar.  Toshkent tibbiyot akademiyasining «Davolash ishi» fakultetida toʻlov-kontrakt shaklida ta’lim olayotgan 4–5-bosqich talabalari ham хuddi shunday ishlab berish sharti bilan akademiyaning Termiz filialiga davlat granti boʻyicha oʻqishga oʻtishlari mumkin. Qabul qilingan hujjatlarda 2017/2018 oʻquv yili uchun qabul kvotalari faqat Toshkent tibbiyot akademiyasining filiali boʻyicha 300 kishi etib belgilangan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali va Termiz davlat universitetining Denov filiali boʻyicha kvotalar OAV orqali e’lon qilinadi. Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.03.2018 yildan kuchga kirdi. Mazkur hujjatlarning toʻliq matni, sharhlar va ular bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
108
1,996
Qonunchilik
BANKLARNING DEPOZIT SERTIFIKATLARINI ChIQARISh, RO‘YXATGA OLISh VA MUOMALADA BO‘LISh QOIDALARIGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Banklarning depozit sertifikatlarini chiqarish, ro‘yxatga olish va muomalada bo‘lish Qoidalariga (1998-yil 9-noyabr, ro‘yxat raqami 522) ilovaga* muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
142
604
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-2009-yillardagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005 — 2009-yillardagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot ma’qullansin.
91
190
Qonunchilik
Qachon chekdagi tovarlar roʻyхati almashtirilmaydi
Kassa chekida tovarlar va хizmatlar nomi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boʻlishi shartmi? Soliq kodeksining 222-moddasiga va 17.11.2011 yildagi 306-son VMQga muvofiq bunday ma’lumotlar boʻlishi shart. Biroq Davlat soliq qoʻmitasining 17.01.2019 yildagi 01-01128-sonli хatida savdo shoхobchalari haqida aytilmagan, faqat tovarlar guruhi koʻrsatilgan. Shunday ekan, tovarlar nomini koʻrsatish shart emasdir? Muхbirimiz vaziyatga oydinlik kiritadi. Qayerda toʻgʻri cheklar beriladi Kun tartibida – cheklarda tovarlar va хizmatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar keltirilishi talabi. Bu norma borasida qonunga rioya qiluvchilar chakana savdo muassasalari tarmogʻi hisoblanadi. Katta supermarketlarda terminal orqali toʻlov amalga oshirilayotganda shunday chek beriladi. Xususan qonunchilikda bunday vaziyatlarda chekning berilishi umuman talab etilmaydi. Batafsil - buxgalter.uz saytida.
50
872
Qonunchilik
“O‘ZINVESTLOYIHA” RESPUBLIKA INJINIRING KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Investitsiya loyihalarini xalqaro standartlar talablari darajasida tayyorlash va ekspertiza qilishni ta’minlash hamda respublikada injiniring xizmatlari ko‘rsatish bozorini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zog‘irsanoat”, “O‘zmevasabzavotuzumsanoatloyiha”, “O‘zengsanloyiha” loyihalash institutlari va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “O‘zinvestloyiha” Respublika injiniring kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. “O‘zinvestloyiha” Respublika injiniring kompaniyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi: yuridik shaxs hisoblanadi va ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. Bunda kompaniya tarkibiga kiruvchi loyihalash institutlari yuridik shaxs huquqini saqlab qoladilar; ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliya faoliyati masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi, markazlashtirilgan zaxira, sug‘urta va boshqa fondlarni tashkil etadi. Kompaniya mablag‘lari ixtiyoriy pay va boshqa badallar hisobidan, shuningdek, ustavda nazarda tutilgan ishlab chiqarish va boshqa faoliyatlardan olingan daromadlardan shakllanadi; o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. 3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zinvestloyiha” Respublika injiniring kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: investitsiyadan oldingi tadqiqotlar (biznes-rejalar, texnik-iqtisodiy asoslashlar, mablag‘ bilan ta’minlash rejalari va boshqa ishlar)ni bajarish va investitsiya loyihalariga ekspert-maslahatlarni ilova qilish; investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; investitsiya loyihalarini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash uchun metodik tavsiyanomalar, shakllar va ko‘rsatkichlar ishlab chiqish. 4. Kompaniya tarkibiga kiruvchi institutlarni quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin: “O‘zog‘irsanoat” aksionerlik jamiyati — respublika iqtisodiyoti bazaviy tarmoqlarida investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga; “O‘zmevasabzavotuzumsanoatloyiha” loyihalash instituti — qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati sohasida hamda bosh institut va respublika viloyatlaridagi filiallar bazasida o‘rta va kichik biznesni rivojlantirish sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga; “O‘zengsanloyiha” jamoa korxonasi — yengil sanoat va paxtani qayta ishlash sanoati sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga. 5. Kompaniya ta’sischilarining Kompaniya ustav fondini 20 mln so‘m miqdorida, ulushlarni quyidagicha taqsimlagan holda, shakllantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin: “O‘zog‘irsanoat” aksionerlik jamiyati — 19,6 foiz; “O‘zmevasabzavotuzumsanoatloyiha” loyihalash instituti — 17,8 foiz; “O‘zengsanloyiha” jamoa korxonasi — 10,1 foiz; Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki — 52,5 foiz. 6. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Kompaniyaga: Kompaniyani texnik jihozlash va uni hamda uning loyihalash tashkilotlarini xalqaro axborot tizimlariga kiritishni ta’minlashda; zarur zamonaviy dasturiy mahsulotlar sotib olishda; marketing tadqiqotlarini tashkil etish va o‘tkazishda; loyihalash tashkilotlarining moddiy-texnika bazalarini rivojlantirishda; xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va Kompaniya mutaxassislarini xorijda o‘qitishni tashkil etishda foydalanish uchun belgilangan tartibda muayyan maqsadli uzoq muddatli kredit liniyasi ajratish tavsiya etilsin. 7. “O‘zinvestloyiha” Respublika injiniring kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq va uning xodimlarining cheklangan soni 35 kishidan iborat bo‘lishiga rozilik berilsin. “O‘zinvestloyiha” kompaniyasiga raisning ikki nafar o‘rinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosariga ega bo‘lish tavsiya etilsin. Kompaniya raisi va uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 8. Tarmoq loyihalash institutlari faoliyatini tahlil qilish uchun 3-ilovaga* muvofiq idoralararo komissiya tuzilsin. Idoralararo komissiya ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tahlil natijalari bo‘yicha investitsiya loyihalarini tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar hamda zarur bo‘lgan hollarda loyihalash institutlarini qayta tashkil etish va qayta ixtisoslashtirishga doir tavsiyalar kiritsin. 9. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish, texnologiyalar va tovarlarning ichki va xorijiy bozorlarida marketing tadqiqotlarini tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi kadrlarni muayyan maqsad bilan tayyorlash yuzasidan takliflar kiritsin. 10. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Bankning loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash boshqarmasini bankning tarkibiy bo‘linmasi sifatida Loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash markaziga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, Markazning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqilgan biznes-rejalar va texnik-iqtisodiy asoslashlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini uzil-kesil moliyaviy ekspertiza qilish; xorijiy moliya muassasalarini jalb qilgan holda investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashning eng maqbul sxemalarini aniqlash; loyihani mablag‘ bilan ta’minlash va loyihalash hamda boshqa tashkilotlarga konsalting xizmatlari ko‘rsatish metodologiyasini ishlab chiqish. 11. “O‘zinvestloyiha” Respublika injiniring kompaniyasi bir oy muddatda o‘z Ustavini ishlab chiqsin va kelishib olish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki hafta muddatda Loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 12. “O‘zinvestloyiha” Respublika injiniring kompaniyasi Toshkent shahar, Pushkin ko‘chasi, 88-uydagi “O‘zog‘irsanoat” instituti binosiga joylashtirilsin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari R.R. Yunusov, O‘.T. Sultonov, B.S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin. “O‘zog‘irsanoat” aksionerlik jamiyati “O‘zmevasabzavotuzumsanoatloyiha” loyihalash instituti “O‘zengsanloyiha” jamoa korxonasi Rahbariyat Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish metodologiyasi bo‘limi Marketing tadqiqotlari bo‘limi Monitoring va loyihalarni ekspert-maslahat kuzatuvi bo‘limi Axborot texnologiyalari bo‘limi Kadrlar tayyorlash bo‘limi Moliya-iqtisodiyot bo‘limi Yuridik bo‘lim Ishlar boshqarmasi
79
6,434
Qonunchilik
Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportini tuzish va yuritish tartibini belgilaydi. 2. Yuritishida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar har bir hudud bo‘yicha pasport tuzadilar. Pasportda ushbu hududni, uning rejimi va boshqaruvni tavsiflaydigan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 3. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladi. 4. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportlarining hisobi reyestrda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuritiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar pasportlarining hisobi reyestri O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. 5. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti yuritishida ushbu hudud bo‘lgan davlat organida, yuridik yoki jismoniy shaxsda saqlanadi. Pasportning nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga beriladi. 6. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportiga: muhofaza etiladigan tabiiy hududni qayta tuzish to‘g‘risidagi hujjat (qaror); unda joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy obyektlar va majmualarning asosiy turlari fotosuratlari; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud va uning muhofaza zonasi doirasida yer uchastkalarining chegaralari chizilgan muhofaza etiladigan tabiiy hudud va uning muhofaza zonasi xaritasi ilova qilinadi. Zaruriyat bo‘lganda muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportiga pasportda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar (materiallar) ilova qilinadi. 7. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti u yuritishida bo‘lgan davlat organi, yuridik shaxsning rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Jismoniy shaxsning yuritishida bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasporti uning egasi tomonidan imzolanadi. 8. Pasportga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, shuningdek uni o‘z vaqtida yangilab turish uchun javobgarlik yuritishida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lgan davlat organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga yuklanadi. 9. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti unga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda yangilanishi kerak. Yangilangan pasport nusxasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar pasportlari hisobini yuritish reyestrni dolzarb holatda saqlab turish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga berilishi kerak. 10. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti yangilangan taqdirda oldingi pasport u yuritishida bo‘lgan davlat organida, yuridik va jismoniy shaxsda 5 yil mobaynida saqlanishi kerak. 11. Saqlash muddati tamom bo‘lgan yoki muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning faoliyat ko‘rsatishi to‘xtatilganda barcha pasportlar belgilangan tartibda tegishli arxivlarga berilishi kerak. 12. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
104
4,336
Qonunchilik
Oʻzbekistonda yana bitta kodeks qabul qilindi
25.06.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi OʻRQ–544-son Qonun e’lon qilindi. Eslatib oʻtamiz, Prezident 2017 yildayoq yagona Saylov kodeksini qabul qilish zarurligi haqida gapirgan edi. Ushbu yoʻnalishdagi ish 2018 yilgi Davlat dasturiga kiritilgan edi. Oʻtgan yilning noyabr oyida Saylov kodeksi ishlab chiqilgani ma’lum boʻldi, davlatimiz rahbari uni demokratik prinsiplar va хalqaro standartlarga javob berishini e’tirof etdi (6.11.2018 yildagi PQ–4004-son qarorga qarang). Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yil 18 fevralda qabul qilindi, Senat tomonidan 28 fevralda ma’qullandi. Kodeksda qayd etilgan saylov jarayonidagi asosiy oʻzgartirishlar haqida batafsil – bu yerda. Hujjat sohani koʻp sonli normativ hujjatlar bilan fragmentar ravishda huquqiy tartibga solishdan voz kechish imkonini beradi. Kodeks ulardagi normalarni oʻzida jamladi va tizimlashtirdi, shu munosabat bilan 20 dan ortiq hujjatlar toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotdi. Masalan, «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida», «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida», «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida», «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida», «Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida»gi va boshqa qonunlar oʻz kuchini yoʻqotdi. Saylov kodeksining matni keyinchalik Oliy Majlis palatalari Aхborotnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamida e’lon qilinadi. U bilan nrm.uz saytida ham tanishish mumkin. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 26.06.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
45
1,664
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-687-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-687-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
153
615
Qonunchilik
MAKTABDAN TAShQARI TA’LIM TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Shaxsning barkamol kamol topishiga, o‘sib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, o‘quvchilarga mehnatsevarlikni singdirishga, shuningdek ularning bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanishiga yo‘naltirilgan maktabdan tashqari ishlar tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining faoliyat ko‘rsatayotgan maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining sonini va tuzilmasini takomillashtirish hamda uning asosida har bir tuman va shaharda bittadan “Barkamol avlod” bolalar markazini, shuningdek bittadan viloyat bolalar markazini, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa respublika bolalar markazini va Toshkent shahrida — texnik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha uchta respublika bolalar markazlarini — ular tegishli ravishda tumanlar, shaharlar va viloyatlar hokimliklariga bo‘ysundirilgan holda — hammasi bo‘lib 215 ta bolalar markazini shakllantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 13-oktabrdagi F-3509-son farmoyishi bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan, quyidagilarni o‘z ichiga oladigan 2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish dasturi tasdiqlansin: 2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar 4-ilovaga muvofiq; 2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari 5-ilovaga muvofiq. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: belgilangan jadvalga muvofiq muddatlarda umumta’lim maktablari binolarining alohida o‘quv bloklarida 78 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi ochilishini ta’minlasinlar, alohida kirish joyi mavjud bo‘lishini hamda to‘rttadan oltitagacha to‘garak xonalarini o‘quv jarayoniga zarar yetkazmasdan zarur asbob-uskunalar va inventar bilan to‘liq jihozlashni nazarda tutsinlar; to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazishga asosan umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari o‘tilgan mashg‘ulotlar hajmiga proporsional ravishda soatbay haq to‘lagan holda shartnoma asosida jalb etilishini tashkil etsinlar; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining bo‘shab qoladigan xodimlarini ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. Belgilansinki, umumta’lim maktablari binolarining alohida o‘quv bloklarida tashkil etiladigan “Barkamol avlod” bolalar markazlarida elektr energiyasini hisobga olishning alohida priborlari o‘rnatiladi, qolgan kommunal xarajatlar esa ular tomonidan umumta’lim maktablariga moliya organlari bilan kelishuv bo‘yicha qoplanadi. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda: “Barkamol avlod” bolalar markazlari tashkil etiladigan binolar va inshootlarni mukammal ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlari o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ta’mirlash ishlarini to‘liq tugallash va obyektlarni belgilangan muddatlarda topshirish shartlari bilan tanlov (tender) savdolari o‘tkazilishini ta’minlasinlar; buyurtmachi bilan pudratchilar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar. 8. Barkamol avlod” bolalar maktablarida o‘qiganlik uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar oyiga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida — 5 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 2,5 foiz; viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida — 10 foiz; respublikaning qolgan tuman (shahar)larida — 5 foiz. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari va ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan o‘quvchilar “Barkamol avlod” bolalar maktablarida o‘qiganlik uchun ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi. Texnik ijodkorlik yo‘nalishidagi to‘garaklar uchun ota-onalar to‘lovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar maktablarida 25 foiz, tuman (shahar) maktablarida 20 foiz etib belgilanishi mumkin. Agar maktabga oiladan bittadan ortiq bola borsa, ularning har biri uchun o‘qiganlik uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar miqdorining 70 foizi, to‘garak a’zosi maktabda tashkil etilgan bittadan ortiq to‘garakka a’zo bo‘lgan taqdirda 60 foizi to‘lanadi. Ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘lar: a) “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati uchun zarur bo‘lgan xomashyo va materiallar, moddiy boyliklar (mebel, asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqalar) va transport vositalarini xarid qilishga; b) madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish va ularda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlarga; v) to‘garak rahbarlari va xodimlarni 50 foizgacha rag‘batlantirishga; g) o‘quvchilari xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov va festivallarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan to‘garak rahbarlari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin uchun — 20 baravarigacha; 2-o‘rin uchun — 15 baravarigacha; 3-o‘rin uchun — 12 baravarigacha; d) o‘quvchilari respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov va festivallarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan to‘garak rahbarlari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin uchun — 10 baravarigacha; 2-o‘rin uchun — 7 baravarigacha; 3-o‘rin uchun — 5 baravarigacha. 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
88
6,521
Qonunchilik
1999-2000-YILLARDA QARShI MAGISTRAL KANALIDAN KAFOLATLI SUV O‘TKAZIShGA DOIR KEChIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Qarshi magistral kanalidan kafolatli suv o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 1999-2000-yillarda Qarshi magistral kanalidan kafolatli suv o‘tkazishga doir chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi: Qarshi magistral kanalidan foydalanishning ishonchliligini yaxshilash uchun “O‘zsuvqurilish” davlat konsernining “O‘rtaosiyomaxsusqurilish” tresti Do‘stlik gidromexanizatsiya boshqarmasini bir oy muddatda o‘z balansiga qabul qilsin; “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda 1999-2000-yillarda “O‘zbekkimyomash” ochiq aksiyadorlik jamiyatida nasos stansiyalari va yer snaryadlarini tiklash uchun ehtiyot qismlar, uzel va agregatlar tayyorlanishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qarshi magistral kanalidan kafolatli suv o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun: 1999-yilning ikkinchi yarim yilligida — joriy yil uchun mablag‘ bilan ta’minlashning davlat budjetida tasdiqlangan limitlari bo‘yicha; 2000-yilda — Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan hisob-kitoblari bo‘yicha o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlasin va mablag‘ ajratsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Do‘stlik gidromexanizatsiya boshqarmasi faoliyatiga soliq solish masalasini Turkmanistonning tegishli idoralari bilan bir oy muddatda hal etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi nasos stansiyalari kaskadining uzluksiz ishlashini ta’minlovchi Qarshi magistral kanali obyektlarini energiya bilan kafolatli ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Energetika va elektrlashtirish vaziri V.Y. Otayev nasos stansiyalarining energiya bilan ishonchli ta’minlanishi va ularning uzluksiz ishlashi uchun shaxsan javob berishi to‘g‘risida ogohlantirilsin. 5. Qarshi magistral kanalidan kafolatli suv o‘tkazilishini ta’minlash va suv resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarining bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Turkmaniston hukumati bilan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va Qarshi magistral kanalining Turkmaniston hududidagi obyektlarini qo‘riqlash masalalarini belgilangan tartibda kelishib olsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligining Qarshi magistral kanalini rekonstruksiya qilish loyihasini 2000-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek, xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘larini ko‘rsatib o‘tilgan loyihani mablag‘ bilan ta’minlashga jalb etish bo‘yicha takliflariga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qarshi magistral kanalini rekonstruksiya qilishga zarur loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bo‘yicha takliflarni, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi hisobiga mablag‘larni va boshqa grant mablag‘larini jalb qilish ham shu jumlaga kiradi, ishlab chiqsin va bir oy muddatda kiritsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin.
129
3,666
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Respublikada jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurash ishlarida faol ishtirok etganliklari uchun quyidagi ichki ishlar idoralari xodimlari mukofotlansin:
98
170
Qonunchilik
TOShQIN, SEL OQIMLARINI OQIZIB YuBORISh VA KO‘ChKI HODISALARI BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN HALOKATLI OQIBATLARNING OLDINI OLISh HAMDA ULARNI BARTARAF ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublika davlat hokimiyat organlari tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va ularning oqibatlarini tugatish borasida muayyan tajriba orttirganlar. Respublikada fuqaro mudofaasi polki, tez harakat qiluvchi kuchlar tashkil etilgan va zarur ashyolar bilan jihozlangan, viloyatlarda ularning filiallari tashkil etilmoqda, toshqinga qarshi komissiyalar ishlab turibdi. Shu bilan birga har yili sel, toshqin, o‘pirilish va ko‘chkilar tufayli yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar katta vayrongarchiliklarga sabab bo‘lmoqda, respublika xalq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetkazmoqda, ba’zan esa odamlarning halok bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu mazkur ishda izchillik yo‘qligidan dalolat beradi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar davriylik tusiga ega. Hukumatning bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlari yomon bajarilyapti. Joylardagi hokimliklar tegishli xizmatlarning ruxsatlarisiz xavfli zonalarda tartibsiz ravishda uy-joylar qurilishiga yo‘l qo‘ymoqdalar. Natijada respublikada 400 ga yaqin aholi yashash joylari va 300 dan ortiq xalq xo‘jaligi obyektlari xavfli zonalarga joylashtirilgan. Ushbu barcha masalalarda mahalliy hokimiyat organlarining muvofiqlashtiruvchilik roli sustligi kuzatilmoqda. Ob-havo ilib borayotgan bir sharoitda qor zaxiralari hajmlari va kutilayotgan yog‘ingarchiliklar bu yil respublikadagi vaziyatni ancha keskinlashtirmoqda, sel, toshqin jarayonlari va ko‘chki hodisalarining faollashuvi kutilmoqda. Kuzatish va xabar berish xizmatlarining idoraviy tarqoqligi ahvolni murakkablashtirmoqda. Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi organlari o‘z ko‘rsatmalarining bajarilishida talabchanlik qilmayaptilar. Sel, toshqin oqimlarini talofatsiz oqizib yuborish, ko‘chki hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining, vazirliklar va idoralar rahbarlarining favqulodda vaziyatlarda barcha manfaatdor tashkilotlarning aholini va xalq xo‘jaligi obyektlarini himoya qilish chora-tadbirlari bo‘yicha kuch-g‘ayratlarini muvofiqlashtirishga oid ishlarining yetarli emasligi qayd etilsin. 2. Joylarda tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, shuningdek, odamlarning to‘liq xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklansin. 3. Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi o‘zan suv omborlarida toshqin suvlarning to‘planishi uchun zaxira suv havzalari tashkil qilsin. Vazir o‘rinbosarlari va bosh boshqarmalar boshliqlari toshqin va sel oqimlarini talofatsiz oqizib yuborishni ta’minlash uchun 2 oy muddatga viloyatlar va muayyan obyektlar bo‘yicha mas’ul qilib birkitilsinlar, vazirlikning joylaridagi barcha bo‘linmalarida kecha-kunduz navbatchilik va barcha suv xo‘jaligi obyektlari ishi ustidan nazorat o‘rnatilsin. Daryolar, soylar va gidroinshootlar bo‘yicha zarur himoya (sohil-damba mustahkamlash) tadbirlari va avariya-tiklash ishlari bajarilsin, bu ishlarga vazirlikka 1994-yil uchun ajratilgan sarmoya qo‘yilmalarining umumiy liniyalari doirasida smetalar va alohida loyihalar bo‘yicha haq to‘lansin. Haqiqatda bajarilgan ish hajmlari bo‘yicha xarajatlar Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-fevraldagi 70-son qarori 7-bandida belgilangan shartlarga binoan qoplansin. Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi 9 oy yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga bajarilgan ish hajmlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalariga doir takliflar kiritsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya qo‘mitasi mavjud ilg‘or tajribadan foydalangan holda berilayotgan istiqbol ma’lumotlarining ilmiy asoslanganligini, xosligini va aniqligini oshirsin. Taxmin etilayotgan tabiiy ofatlarni kataloglashtirish va pasportlashtirish asosida oldini olish chora-tadbirlarining asoslangan tizimini ishlab chiqsin, selga, ko‘chkiga va shu kabilarga qarshi chora-tadbirlar birinchi navbatda loyihalashtirilishi lozim bo‘lgan hududlarni aniqlasin. Mazkur masala yuzasidan 1994-yil oxirigacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisob-kitobga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasiga Davlat kuzatish xizmati uchun yomon yo‘llardan ham yura oladigan yengil avtotransport va operativ aloqa vositalarini maqsadli sotib olish uchun Rossiya rublida zarur mablag‘lar ajratsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi: sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ekzogen jarayonlarning oldini olish va potensial xavfli vaziyatlarda aholini himoya qilish bo‘yicha ishlarni Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi uchun ustuvor yo‘nalish qilib belgilasin; Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar Boshqarmasiga hamda “Boshgidromet”ga ko‘chki va sel xavfi kuchli bo‘lgan davrlarda muntazam aylanib uchish va xavfli geologik va gidrologik jarayonlar rivojlanadigan rayonlarni kuzatish uchun vertolyot transporti ajratsin; bir hafta muddatda ko‘chki va sel-toshqinlar xavfi eng kuchli bo‘lgan zonalarda xavfli vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rish uchun aloqa vositalari, harakatchan transport bilan jihozlangan doimiy kuzatish postlari tashkil etsin; Davlat geologiya qo‘mitasi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda xavfli zonalardagi ishlarning ahvolini o‘rgansin, vaqtincha ko‘chirilishi hamda bosqichma-bosqich xavfsiz joylardagi doimiy istiqomat joylariga ko‘chirilishi lozim bo‘lgan shaharchalar va xo‘jaliklar ro‘yxatini aniqlasin hamda mahalliy hokimiyat organlariga taqdim etsin. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda Respublika ko‘p ixtisosli tez harakat qilish markaziga va Tez harakat qiluvchi harbiylashtirilgan maxsus otryadga texnika bilan jihozlashda, favqulodda vaziyatlarda tez harakat qilish uchun shaxsiy tarkibni tayyorlashda yordam ko‘rsatsin. 6. Odamlarni ko‘chki va sel bosadigan zonalardan ko‘chirish, aholini xavfsiz joylarga o‘z vaqtida evakuatsiya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish viloyatlar va tumanlar hokimlarining kechiktirib bo‘lmaydigan vazifasi deb hisoblansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisidan, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlaridan, vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va xo‘jaliklar rahbarlaridan obyektlarning hududiy va balans bo‘yicha mansubligiga ko‘ra aprel-may oylarida o‘z mablag‘lari hisobidan ko‘chki va sel-toshqin hodisalarining halokatli oqibatlarining oldini olish bilan bog‘liq barcha ishlar va tadbirlarni bajarish talab etilsin. Zarurat bo‘lganda xarajatlarni qisman qoplash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilsin. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda aholini xavfli zonalardan bosqichma-bosqich ko‘chirish uchun respublika budjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar. Suv omborlarining ish rejimi uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi zimmasiga yuklatilganligini nazarda tutib, hokimliklarning sel oqimlari to‘planadigan joylar va suv omborlarida suvni to‘plash hamda uni chiqarib yuborish jarayonlariga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmasin. 7. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari xalq xo‘jaligi obyektlarini hamda uy-joylarni joylashtirishda Davlat geologiya qo‘mitasi organlari va O‘zbekiston Davlat muhandislik-texnikaviy izlanishlar institutining loyihalash tashkilotlari tavsiya va ko‘rsatmalariga og‘ishmay rioya qilsinlar. 8. Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti Inshootlar mexanikasi va zilzila bardoshliligi instituti va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda xalq xo‘jaligi obyektlari va uy-joy qurilishini loyihalash hamda qurish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va 1994-yilning ikkinchi yarmida Hukumatga kiritsin, bunda qurilishni ehtimol tutilgan xavfli zonalarda joylashtirishda ularning zarur himoya qilinishi va chidamliligi nazarda tutilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi: kutilayotgan iqlimiy vaziyatlarga doir yanada aniqroq ma’lumot olish uchun ilmiy-texnika taraqqiyotining zamonaviy yutuqlaridan va jahon tajribasidan keng foydalansin; Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar Boshqarmasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda viloyatlar va tumanlar hokimliklarini hamda aholini respublika hududida kutilayotgan sel, toshqin va ko‘chki hodisalaridan o‘z vaqtida xabardor qilsin. 10 kun muddatda Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda toshganda katta xavf tug‘diradigan o‘z-o‘zidan hosil bo‘ladigan ko‘l va boshqa suv manbalarini tekshirib chiqsin hamda ehtimol tutilgan halokatli oqibatlarning oldini olish uchun ularning holati ustidan nazoratni ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xavfli joylardagi xalq xo‘jaligi obyektlari va aholini elektr energiyasi, gaz va yoqilg‘i bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar hamda amalga oshirsinlar. 11. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xavfli zonalardan vaqtincha ko‘chirilgan aholiga xizmat ko‘rsatish uchun tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarini zarur miqdorda zudlik bilan tashkil qilsin, ularni zarur asbob-anjomlar va dori-darmonlar bilan ta’minlasin. Doimiy yashash uchun ko‘chirilgan joylarda zarur darajada tibbiy xizmat tashkil etilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi halokatli hodisalar zonasidagi hududlar hamda u yerdagi vaqtincha xavfsiz joyga ko‘chirilgan fuqarolarning imoratlari va mol-mulkining qo‘riqlanishini ta’minlasin. 13. Moliya vazirligi, “O‘zdavsug‘urta”: xavfli tumanlardagi aholining favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi hodisasidan majburiy sug‘urta qilish tizimi bilan qamrab olinishini ta’minlasinlar; viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ko‘chki, sel-toshqin zonalarida imoratlar, shaxsiy mol-mulk va chorva mollarini, shu jumladan, bog‘dorchilik-polizchilik xo‘jaliklarini qonunchilikka muvofiq sug‘urta qilsinlar; raqobat asosidagi qo‘shimcha sug‘urta organlari tashkil etish masalasini ko‘rib chiqsinlar. 14. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi: Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ko‘rayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida respublika aholisi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar; Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar Boshqarmasi va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lgan zonalarda kishilarning birinchi navbatdagi xatti-harakatlari to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyasi BMT tomonidan e’lon qilingan Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish xalqaro o‘n yilligi doirasida xalqaro tajriba va o‘zaro yordamdan foydalanish maqsadida BMTning insonparvarlik tashkilotlari bilan keng hamkorlik qilsin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.X. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
177
11,470
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartishlar kiritish to
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-son qaroriga muvofiq, shuningdek ayrim respublika kengashlarining tarkibini yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti tanlovini tashkillashtirish ishlarini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 3-noyabrdagi 295-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 45-46-son, 471-modda) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Izoh: kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning o‘rniga shu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi. Kengash tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ham kiradi”. 2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 30-sentabrdagi 267-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 68-modda) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Izoh: kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ana shu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy kengashlarining raislari bir vaqtning o‘zida Kengash a’zosi ham hisoblanadi”.
250
1,925
Qonunchilik
“Idoraviy va sport o‘qotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizo
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 10-iyuldagi 118-son “Idoraviy va sport o‘qotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2700, 2015-yil 23-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 29-son, 392-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Buyruq muqaddimasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida”gi qaroriga muvofiq hamda” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, idoraviy va sport o‘qotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.”. b) 2-banddagi “Milliy xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar “Davlat xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi, Markaziy banki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zeltexsanoat” AK, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zsharobsanoat” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi bilan kelishilgan.
250
2,915
Qonunchilik
2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-martdagi PQ–1920-son qarori bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturining 65-bandini bajarish yuzasidan hamda aholining, ayniqsa yosh avlodning o‘sib borayotgan madaniy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishini tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-maydagi 307–f-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan: 2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar kompleksi 1-ilovaga muvofiq; Madaniyat va aholi dam olish markazlari to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat uylari va klub muassasalarining o‘tkazilgan puxta xatlovi va ularning moddiy-texnika bazasini o‘rganish asosida: bir oy muddatda, madaniyat va aholi dam olish markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan madaniy-ommaviy xizmatlar bilan aholining keng qatlamlarini ta’minlashni hisobga olgan holda, ularning moddiy-texnika bazasi yangidan tashkil etiladigan madaniyat va aholi dam olish markazlarining vazifalariga muvofiqligiga, shu jumladan ko‘p funksiyali zali mavjudligiga alohida e’tibor qaratgan holda har bir shahar va tuman bo‘yicha madaniyat va aholi dam olish markazlarini joylashtirish sxemasini tasdiqlasinlar; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda maqbul binolarni (ko‘p funksiyali zali bo‘lgan), shu jumladan qishloq kinoteatrlari hamda idoralar, tashkilotlar va korxonalarning, sobiq kolxozlar va sovxozlarning foydalanilmayotgan binolarini qidirib topish va ularni madaniyat va aholi dam olish markazlariga ajratish choralarini ko‘rsinlar; madaniyat uylari va klub muassasalarini maqbullashtirish natijasida bo‘shab qoladigan binolarni saqlashni va ulardan samarali foydalanishni, ularga zaruriyat bo‘lmagan taqdirda esa — ularni birja va birjadan tashqari savdolarda sotishni, shuningdek ulardagi mavjud, foydalanishga yaroqli musiqa asboblari va anjomlarning yangidan tashkil etiladigan madaniyat va aholining dam olish markazlari balansiga belgilangan tartibda berilishini ta’minlasinlar. 3. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etilishi va ularning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, aholini bo‘sh vaqtni samarali va mazmunli o‘tkazishga jalb etish bo‘yicha markazlar tomonidan idoraviy mansub hududda madaniy-ommaviy va dam olish ishlari o‘tkazilishining holati uchun shaxsan javob beradilar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda markazlarning joylashgan joyiga va xizmat ko‘rsatiladigan aholi soniga qarab amaldagi shtatdagi xodimlar soni doirasida madaniyat va aholi dam olish markazlarining namunaviy shtat jadvallarini ishlab chiqsin hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi: ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi buyurtmasi va taqdim etilgan texnik talablari asosida, tegishli loyiha institutini jalb etgan holda, madaniyat va aholi dam olish markazlarining uchta namunaviy loyihasini ishlab chiqsin, markazlarning qiyofasi arxitektura-rejalashtirish yechimlari va interyeriga yagona yondashuvlar ishlab chiqilishini nazarda tutsin; loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin, shuningdek buyurtmachilar bilan pudratchilar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi, shu jumladan tasdiqlangan namunaviy loyihalarga hamda amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq obyektlarda bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga qat’iy rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: 2013-yil 1-oktabrgacha madaniyat va aholi dam olish markazlarini joylashtirishning tasdiqlangan sxemasidan, o‘tkazilgan xatlovdan, ular binolarining amaldagi holatidan kelib chiqib 2013 — 2018-yillar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari, shu jumladan madaniyat uylari va klub muassasalarining soni hamda ular xodimlarining soni maqbullashtirilishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan mablag‘lar hisobiga, shuningdek jalb etiladigan homiylik mablag‘lari va boshqa mablag‘lar hisobiga madaniyat va aholi dam olish markazlarini bosqichma-bosqich mukammal ta’mirlash va jihozlashning mintaqaviy manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar; madaniyat va aholi dam olish markazlari binolarini mukammal ta’mirlash, shuningdek, zaruriyat bo‘lganda, rekonstruksiya qilish va ularni zamonaviy asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlash uchun kelgusi yilga tasdiqlangan mintaqaviy manzilli ro‘yxatlarni har yili belgilangan tartibda va muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga kiritsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda: madaniyat uylari va klub muassasalarining rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasini tuzsin va yangidan tashkil etilayotgan zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlariga yuklanayotgan asosiy vazifalardan kelib chiqib ikki oy muddatda markazlar xodimlarining yuksak talabchanlik, qat’iyatlilik va xolisona baholash vaziyatida attestatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasin; joylashgan joyidan (viloyat markazlari va boshqa tumanlar (shaharlar) va xizmat ko‘rsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib madaniyat va aholi dam olish markazlari pulli to‘garaklarida qatnashish (borish) uchun oylik to‘lovlar miqdorlarini Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin; madaniyat va aholi dam olish markazlarining pulli to‘garaklar faoliyatidan hamda bo‘sh xonalarni ijaraga berishdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan, shuningdek qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
115
6,891
Qonunchilik
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari eksportchilarida koʻproq valyuta qoladi
Inchunun, Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan хorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga 1-ilovada (Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan) qishloq хoʻjaligi mahsulotlari va yovvoyi oʻsimliklarni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizi sotilishi majburiy ekanligi koʻrsatildi (ilgari turli хil qiymatlar belgilangan edi: q/х mahsulotlari eksportidan – 50%, yovvoyi oʻsimliklardan – 25%). Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari tomonidan хorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatхonalar, korхonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining хorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojхonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ham qator oʻzgartirishlar kiritildi (Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 9 avgustdagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan). Bunda tushum tushishi yoki qaytarib olib kelish muddati toʻgʻridan-toʻgʻri eksport kontraktlari, shuningdek fermer va dehqon хoʻjaliklari, agrofirmalar va qayta ishlovchi korхonalar bilan tuzilgan shartnomalari asosida, oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochmasdan yoхud chet elda ochilgan «Oʻzagroeksport» AJning qoʻshma korхonalari va savdo uylari nomiga birinchi darajali хorijiy bankning kafolatini rasmiylashtirmasdan «Oʻzagroeksport» AJning shartnomalari boʻyicha yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlari amalda eksport qilingan kundan boshlab 60 kundan ortiq boʻlmasligi kerakligi belgilandi. «Oʻzagroeksport» AJ tomonidan ustav fondida shu kompaniyaning ulushi kamida 51 foizni tashkil etadigan chet elda ochilgan qoʻshma korхonalar va savdo uylarining manziliga eksport qilinganda bank kafolati yoki eksport kontraktlarini siyosiy va tijoriy хatarlardan sugʻurtalash polisi taqdim etmasdan tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishi mumkin. Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ham oʻzgartirishlar kiritildi (Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 iyundagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan). Unda endi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish kamida 30 foiz oldin toʻlov shartlarida eksport qilinishi, qolgan qismiga esa tasdiqlangan bank akkreditivi ochilishi yoхud birinchi darajali хorijiy bankning kafolati rasmiylashtirilishi belgilab qoʻyildi (ilgari qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari faqat 100%  oldindan toʻlov shartlarida eksport qilinar, yangilari uchun – 30%dan kam boʻlmasligi kerak edi). «Oʻzagroeksport»  AJ meva-sabzavot mahsulotlarini oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochmasdan yoхud birinchi darajali хorijiy bankning kafolatini rasmiylashtirmasdan: yangi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishdan olingan хorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish, shartnomalar shakllaridan va qonunchilikka muvofiq berilgan imtiyozlardan qat’i nazar, «Oʻzagroeksport» AJ tomonidan tushgan mablagʻlar summasining 25 foizi (ilgari 50% edi) miqdorida amalga oshiriladi. Oʻzagroeksport buyurtmanomasi boʻyicha mazkur kompaniya hisobvaraqlariga oldindan toʻlov tushganda хorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish eksport haqiqatda amalga oshirilgandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Bunda: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan  yaqin orada «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. Mavzuga oid material: Meva-sabzavot mahsulotlari qanday eksport qilinadi
70
3,641
Qonunchilik
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tilishi munosabati bilan buxgalteriya hisobini tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-764-
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tilishi munosabati bilan buxgalteriya hisobini tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-764-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
753
Qonunchilik
2002 YIL 27 YaNVARDA O‘TKAZILGAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMINING YAKUNLARI BO‘YIChA AMALGA OShIRILADIGAN QONUNChILIK IShLARINING ASOSIY YO‘NALIShLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlansin (ilova qilinadi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ikki palatali parlament tuzish zarurligi to‘g‘risidagi g‘oyalari XXI asr boshlarida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasining tarkibiy qismi sifatida milliy davlatchilik institutlarini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga asos qilib olindi. Davlat hokimiyati organlarining ishini zamon talablariga muvofiq ravishda tubdan yaxshilamay turib islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyat turmushining barcha sohalarini erkinlashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etib bo‘lmaydi. Xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kuchli va adolatli hokimiyat demokratik fuqarolik jamiyatini, kelajagi buyuk davlatni barpo etishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendumda O‘zbekiston xalqi mamlakatda ikki palatali parlament tuzishni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yil qilib o‘zgartirishni yoqlab ovoz berdi. Bu qarorlar ijtimoiy-siyosiy turmushni demokratlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish bilan bog‘liq. Doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali qonun chiqaruvchi organ tuzish zamonaviy parlamentarizmga xos tamoyildir. Zero, jahondagi ko‘pgina demokratik mamlakatlarda ikki palatali parlament faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmog‘iga bo‘linishining konstitutsiyaviy prinsipini izchillik bilan amalga oshirish davlat hokimiyati barcha institutlari samarali faoliyat yuritishining, mamlakatimiz demokratiya va taraqqiyot yo‘lidan barqaror ilgarilab borishining belgilovchi shartidir. Bu yo‘nalishda barqarorlikni, uzoq muddatli dasturlar muvaffaqqiyatli amalga oshirilishini, jamiyat va davlat turmushining kelajagini ta’minlashdagi muhim qadam davlat boshlig‘ining eng maqbul konstitutsiyaviy vakolat muddatini belgilashdir. Referendum natijalari fuqarolarning siyosiy ongi va ijtimoiy-huquqiy faolligi yuqori ekanligini, xalq o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yanada chuqurlashtirishga intilayotganligini, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lini qo‘llab-quvvatlayotganligini namoyish etdi. Referendum bugungi O‘zbekiston jamoatchiligi davlatning konstitutsiyaviy tuzilishini rivojlantirishning muhim masalalari yuzasidan yuksak darajada kelishuvga erishganligini ko‘rsatdi hamda davlat hokimiyatining barcha tarmoqlarini yanada isloh qilishga yangi omil baxsh etdi. Referendum qarorlarini hayotga tatbiq etish uchun, eng avvalo, umumxalq ovoz berishi natijalarini O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarida aks ettirish lozim. Referendum yakunlari fuqarolik jamiyati institutlari to‘g‘risidagi, davlat hokimiyatini tashkil etish tizimini, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning palatalari, O‘zbekiston Respublikasn Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va sud hokimiyatining konstitutsiyaviy maqomini tartibga soluvchi yangi qonunlarni ishlab chiqish va amaldagi qonunlarni takomillashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston qonunchiligidagi bu o‘zgartishlar ularni qabul qilishda obyektiv izchillik ta’minlanishini talab qiladi. Boshlang‘ich bosqichda qonunchilik ishlari strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va ustuvorliklarini belgilab olish kerak. Referendum yakunlari hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish sharoitida davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy Qonun kelgusi islohotlarni vazmin va haqli ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi normativ asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur huquqiy hujjat referendum yakunlarini qonunchilik tilida ifodalab — muhrlab beradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritishga asos bo‘ladi, kelgusida qabul qilinishi lozim bo‘lgan, o‘zgarishlar jarayonini o‘zida mujassam etadigan yangi qonunlar oldiga prinsipial talablar qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasining bo‘lg‘uvsi Parlamenti faoliyatini tartibga solib turuvchi yangi qonunlarda: — parlamentni va uning palatalarini shakllantirish; — palatalarning o‘zaro munosabati; — palatalarning qo‘mitalarini (komissiyalarini) tuzish va ularning faoliyat olib borishi; — qonun ijodkorligi ishlari va parlament nazorati; — parlament ishida siyosiy partiyalar va ularning fraksiyalari ishtiroki; — parlamentning quyi va yuqori palatalari a’zolarining faoliyati; — parlamentning ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligi; — parlament, uning palatalari, qo‘mitalari (komissiyalari) faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash parlament apparatini shakllantirish masalalarining huquqiy tartibi belgilab qo‘yilishi lozim. Davlat boshlig‘ining konstitutsiyaviy vakolat muddatini o‘zgartirish borasidagi referendum yakunlarini amalga oshira borib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini yetti yillik muddatga saylash to‘g‘risidagi qoida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilmog‘i kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini o‘zgartirish davlat boshlig‘iga: — davlat hokimiyati barcha tarmoqlarining muvozanatini va oqilona hamkorligini ta’minlash; — Konstitutsiyaning hamda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining kafili vazifasini bajara borib, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalarni izchil hal etish; — siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni saqlash va mustahkamlash; — jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar va ijtimoiy guruhlar muloqoti va jipslashuvini amalga oshirish uchun o‘z vakolatlaridan yanada samaraliroq foydalanish; — qonunlar ijrosining samaradorligini oshirish hamda ularga rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash imkonini beradi. Saylov to‘g‘risidagi qonunlarga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. Saylovga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish: — parlamentni, davlat hokimiyatining boshqa saylab qo‘yiladigan institutlarini tuzishning demokratik va huquqiy asoslarini mustahkamlash; — saylovni o‘tkazishda fuqarolarning, fuqarolik jamiyat barcha institutlarining ishtirokini faollashtirish; — ko‘ppartiyaviylik tizimi rivojini ta’minlash; — Qonunchilik palatasi va Senatda tegishincha aholi va mintaqalarning keng vakilligi uchun sharoit yaratish; — davlat hokimiyati barcha tarmoqlarining barqarorligi va vorisligini, ularning samarali ishlashi va amaliy hamkorligini ta’minlash imkonini beradi. Saylov komssiyalarining huquqiy maqomini qonunchilik yo‘li bilan yanada aniqlashtirish taqozo etilmoqda. Parlament palatalari to‘g‘risidagi qonunlarda tegishincha har bir palataning vakolatlari, ularning tuzilishi va o‘zaro munosabati aniq belgilab qo‘yilishi, kelishuvga erishish, qonun loyihalarini ko‘rib chiqish tartibi, palatalarning davlat hokimiyati boshqa tarmoqarining organlari bilan o‘zaro hamkorligi hamda palatalar faoliyatining boshqa masalalari tartibga solinishi lozim. Qonunchilik palatasining faoliyat olib borishida deputatlar fraksiyalari salmoqli rol o‘ynaydi. Shu munosabat bilan qonunda fraksiyalarni tuzish tartibi, ularning parlament faoliyatidagi ishtiroki shakllari nazarda tutilishi kerak. Qonun loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish ishlari tartibga solib turiladigan qonunlarda alohida e’tiborni qonunlarni qabul qilish, imzolash va e’lon qilish tartibotiga qaratmoq lozim. Qonun loyihalari Qonunchilik palatasiga kiritiladi, bu palata ularni, qoida tariqasida, bir necha o‘qishda ko‘rib chiqadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga o‘tkazilishi lozim. Senat a’zolari quyi palata qabul qilgan qonunlarni ma’qullash yoki rad qilish orqali, avvalo, mamlakat va shu bilan birga tegishli mintaqalar manfaatlarini inobatga olgan holda qonunchilik faoliyatida ishtirok etadilar. Senat ma’qullagan qonun o‘n kundan kechiktirmay imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Qonun Senat tomonidan rad etilgan taqdirda yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun palatalar kelishuv komissiyasini tuzishlari mumkin, qonun shundan keyin Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Qonunchilik palatasi Senatning qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda qonun, agar takroriy ovoz berish chog‘ida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi uni yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bu holda qonun imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga belgilangan tartibda yuborilgan qonun o‘ttiz kundan kechiktirmay imzolanadi hamda belgilangan tartibda e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni o‘tkazish uchun qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘n to‘rt kun ichida imzolaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirish Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarining qonunchilik faoliyati va o‘z vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni hal etishdagi tashabbuskor va faol ishtirokiga asoslanadi. Qonunchilik jarayoni demokratik kechishining huquqiy kafolatlarini kuchaytirmay turib O‘zbekistonda parlamentarizmni yanada rivojlantirib bo‘lmaydi. Bu kafolatlar qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama etishning barcha bosqichlarida siyosiy partiyalar hamda deputatlar birlashmalari ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bu esa parlament palatalari faoliyatidagi bahs-munozaralar ochiq va oshkora o‘tkazilishini taqozo etadi. Bunday kafolatlar parlament palatalari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarning butun tizimiga asos bo‘lmog‘i kerak. Palatalar, ularning qo‘mitalari (komissiyalari) majlislarini chaqirish va o‘tkazishning, davlat hokimiyati organlarini tuzishning, qonunchilik jarayonini tartibga solib turishning aniq tartibotini, parlament nazoratini amalga oshirish tartibini palatalar va ularning mansabdor shaxslari vakolatlarini amalga oshirish mexanizmini yaratish, shuningdek parlament faoliyatining boshqa masalalarini hal etish maqsadida bo‘lajak parlament quyi va yuqori palatalarning reglamentlarini qabul qilishi kerak bo‘ladi. Ikki palatali parlament parlamentning apparati to‘g‘risida maxsus nizom ishlab chiqib, uning vakolatlari hamda faoliyat tartibini belgilab qo‘yishi ham lozim. Davlat boshqaruvi va jamiyat qurilishida demokratik andozalarni yanada chuqurroq tatbiq etish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlarining o‘zaro muvozanati va mutanosibligini, ularning mustaqilligini ta’minlash, hokimiyatning har qaysi tarmog‘i zimmasiga yuklangan vazifalar va u burchini bajarishi uchun mexanizmlarni amalda barpo etish talab qilinadi. Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonunlarga tegishl hududga taalluqli turli masalalarni hal etishda davlat hokimiyati mahalliy organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish darkor. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunga hukumat bilan mahalliy boshqaruv organlarining o‘zaro munosabatlariga taalluqli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish talab etiladi. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish taomili hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy oddiy harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish tartibini takomillashtirish fuqarolar huquqlarini himoya qilishning muhim kafili bo‘lib qolmog‘i kerak. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xususiy mulkning iqtisodiyotdagi o‘rni va ta’sirini kengaytirish, kichik va o‘rta biznesdagi tadbirkorlarga yanada ko‘proq erkinlik va imtiyozlar berish, ular uchun barcha zarur imkoniyatlar va rag‘batlantirishlarni yaratishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan boshlangan ishni davom ettira berish kerak. Hozirgi jamiyat rivojining siyosiy-huquqiy va institutsional ifodasi davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratidir. Shu munosabat bilan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat olib borishining huquqiy asosini tashkil etuvchi qonun hujjatlarini takomillashtirishga to‘g‘ri keladi. Xususan, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat ko‘rsatish kafolatlari va shartlarini nazarda tutuvchi qonun qabul qilish, nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlaydigan fond tashkil etish ularni rivojlantirishni anchagina qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmog‘i kerak. Ayni vaqtda nodavlat, jamoat tuzilmalarini yaratish jarayonini rag‘batlantirishga oid boshqa iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarur. Bularning hammasi, birinchidan, ijtimoiy-huquqiy ongni oshirishga, siyosiy madaniyatni yuksaltirishga, ikkinchidan, fuqarolarni davlat va jamiyatni boshqarishga jalb etishga yordam beradi. Referendum qarorlarini amalga oshirishga vazminlik va mulohaza bilan yondashuv davlat qurilishi sohasidagi eng muhim qonun loyihalari bo‘yicha alohida konsepsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. Yuqorida sanab o‘tilgan qonunlarning qabul qilinishi davlat qurilishi sohasidagi barcha vazifalarni amalga oshirish ishlari nihoyasiga yetkazilganligini anglatmaydi. Bu jarayon nafaqat yaqin, balki olis istiqbolga ham mo‘ljallangan. Mazkur vazifalar bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning turli sohalarini tartibga soluvchi turkum qonunlar hamda qonunosti hujjatlarini qabul qilish va takomillashtirish talab etiladi. Davlat qurilishi butun dunyoda uzluksiz jarayon hisoblanadi. Bu jarayon davlatning barcha organlari tomonidan davlat hokimiyatining tarmoqlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va hamjihatlik yo‘li bilan hamda ularning vakolatlari o‘rtasida muvozanatni saqlagan holda, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini hal etishda siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratish orqali amalga oshirilmog‘i lozim.
170
14,594
Qonunchilik
Adliya vazirligi kengashi qanday apellyatsiyalarni koʻrib chiqadi
Vazirlar Mahkamasining 9.10.2019 yildagi 856-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Eslatib oʻtamiz, Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tizimiga oʻtkazilgan (8.02.2019 yildagi PQ-4168-son qarorga qarang) va intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi bilan bogʻliq boʻlgan apellyatsiyalarni koʻrib chiquvchi Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashini tashkil etish nazarda tutilgan edi  (1.07.2019 yildagi PQ-4380-son qarorga qarang). Apellyatsiya kengashi quyidagilarni koʻrib chiqadi: birinchidan, Agentlik talabnomasida koʻrsatilgan quyidagilarga: ikkinchidan, manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslarning: uchinchidan, quyidagilarning: toʻrtinchidan, tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyхatdan oʻtkazilishi bekor qilinishi yuzasidan apellyatsiyalarni. Shuningdek, Apellyatsiya kengashi Oʻzbekistonda hammaga ma’lum tovar belgilari deb e’tirof etish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqadi. Apellyatsiya kengashi tarkibi rais, uning oʻrinbosari, kengash a’zolari va kotibdan iborat tarkibda tasdiqlanadi.  Kengash tarkibiga vazirlik va Agentlikning malakali va tajribali хodimlari, shuningdek, intellektual mulk sohasidagi mustaqil olimlar va mutaхassislar kiritiladi.  Bunda Adliya vazirligi va Agentlikning Kengash tarkibidagi хodimlari soni umumiy a’zolari sonining 30%idan oshmasligi lozim. Kotib Kengashda ishlarni yuritadi, biroq qarorlar qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas. Agentlik Kengashning ishchi organi hisoblanadi, u apellyatsiya va arizalarni qabul qiladi, majlislarni tashkiliy ta’minlaydi, Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha zarur materiallarni tayyorlaydi, manfaatdor shaхslarga uning qarorlarini yuboradi, shuningdek hujjatlar but saqlanishini ta’minlaydi. Kengash majlisi zaruriyatga koʻra rais yoki uning oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi va a’zolarining umumiy sonining 2/3 a’zosi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. Majlisda apellyatsiya yoki ariza bergan shaхs yoki uning vakili, boshqa manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaхslar qatnashishga haqlidirlar. Ular majlis boʻlishidan kamida 10 kun oldin majlis oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt toʻgʻrisida yozma ravishda хabardor qilinishi kerak. Intellektual mulk ob’yektiga huquqiy muhofaza berish toʻgʻrisidagi talabnomani koʻrib chiqishda va uning boʻyicha ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etgan Kengash a’zolari majlisda qatnashishi mumkin emas. Kengashning tashabbusiga koʻra yoki manfaatdor shaхslar iltimosnomasi bilan majlisning audio- yoki videoyozuvi olib borilishi mumkin, ishtirokchilar bu haqda ogohlantiriladi. Qoʻshimcha materiallar va ma’lumotlar zarur boʻlgan taqdirda ular Kengash belgilagan muddatlarda manfaatdor shaхslar tomonidan taqdim etilishi kerak.  Zarur hollarda Kengash majlisi toʻхtatib turilishi va boshqa kunga koʻchirilishi yoki qisman yoхud butunlay toʻхtatilishi mumkin. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Kengash quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: Kengashning qarori apellyatsiya yoki ariza mohiyatini koʻrib chiqish tugagandan soʻng kengash a’zolarining yopiq yigʻilishi natijasi boʻyicha koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Kengash a’zolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar. Kengash raisi eng oхirida ovoz beradi. Kengashning qarori Adliya vazirligining muhri bilan tasdiqlanadi. Kengash qarori yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab 6 oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin. Qaror 10 ish kuni mobaynida apellyatsiya yoki ariza bergan shaхslarga, boshqa manfaatdor shaхslarga Agentlik tomonidan yuboriladi, uning rasmiy nashrida va veb-saytida e’lon qilinadi. Apellyatsiya kengashida ishlar koʻrib chiqilganligi uchun patent bojlari undiriladi, ular Agentlikning hisob raqamlariga toʻlanadi. Apellyatsiya kengashi a’zolari - jalb qilingan mustaqil olimlar va mutaхassislar хizmatlariga ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida Agentlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.10.2019 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
65
4,167
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi ta’lim mutaxassisliklari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4006-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3216-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi ta’lim mutaxassisliklari ro‘yxatiga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 1. “Oliy ma’lumotli kadrlarni o‘qitish” bo‘limi quyidagi mazmundagi 71 band bilan to‘ldirilsin: 2. “Kasbiy tayyorgarlik fakultetida kadrlarni o‘qitish” bo‘limi quyidagi mazmundagi 151 band bilan to‘ldirilsin:
134
1,723
Qonunchilik
Urganch shahrida “Shovot” madaniyat va istirohat bog‘i” davlat unitar korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Urganch shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, shuningdek aholining madaniy-dam olish ehtiyojlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona ijtimoiy-madaniy kompleks tashkil etish yo‘li bilan “Shovot” kanali sohilida joylashgan obyektlardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining: Urganch shahar hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Shovot” madaniyat va istirohat bog‘ini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6-dekabrdagi PQ–1874-son qarori bilan tasdiqlangan 2013 — 2017-yillar davrida Urganch shahrining me’moriy qiyofasini yangilash, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlariga muvofiq yangidan barpo etilayotgan ijtimoiy infratuzilma obyektlarini va hududlarni tezkor boshqarish huquqi bilan unga tekin berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar tashkil etilayotgan “Shovot” davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari hisoblanadi: o‘ziga berilayotgan Urganch shahridagi “Shovot” kanali sohilida joylashgan obyektlarni hamda hududlarning shaharsozlik va sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq sifatli saqlanishini va ulardan foydalanilishini ta’minlash; “Shovot” davlat unitar korxonasining bog‘ hududini ko‘kalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni saqlash (parvarish qilish)ga doir agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish; elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalarni va texnologiyalarni joriy etgan holda “Shovot” davlat unitar korxonasi hududining tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, joriy ta’mirlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlarni amalga oshirish; mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash; aholiga madaniy-dam olish xizmatlari ko‘rsatish. 3. Quyidagilar: “Shovot” davlat unitar korxonasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; “Shovot” davlat unitar korxonasini jihozlash uchun maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, “Shovot” davlat unitar korxonasi faoliyatini moliyalashtirish: faoliyat sohasi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar; “Shovot” davlat unitar korxonasining davlat mulkini va yer maydonlarini attraksionlarni, savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va umumiy ovqatlanish obyektlarini hamda boshqa obyektlarni qonun hujjatlariga muvofiq joylashtirish uchun tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan daromadlar; obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishga maqsadli yo‘naltirgan holda har yili obodonlashtirish uchun nazarda tutiladigan doirada Urganch shahar budjeti mablag‘lari; xayriya ehsonlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 5. Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda: “Shovot” davlat unitar korxonasining direktori tayinlanishini va ustavi tasdiqlanishini, shuningdek uning malakali mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar va ishlab chiqarish xodimlari bilan ta’minlanishini; “Shovot” davlat unitar korxonasining zarur ma’muriy va ishlab chiqarish binolariga joylashtirilishini; “Shovot” davlat unitar korxonasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha kompleks tadbirlar amalga oshirilishini, shu jumladan “Shovot” davlat unitar korxonasi obyektlaridan va hududidan foydalanishda xavfsizlik va huquqiy tartibotni saqlashning belgilangan talablariga rioya etilishini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli nizom ishlab chiqilishini; mavjud ijtimoiy infratuzilma obyektlari xatlovdan o‘tkazilishini, shuningdek “Shovot” davlat unitar korxonasining yangidan foydalanishga topshirilayotgan hamda tezkor boshqarish huquqi bilan berilayotgan obyektlari ro‘yxati aniqlanishini ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
124
4,237
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-2821-sonli qaroriga muvofiq hamda YUNESKOning Sportda dopingga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini qo‘llash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligini (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Agentlik faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin: sportda doping qo‘llanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksi, xalqaro antidoping standartlariga asoslangan milliy antidoping qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek, ularga rioya etilishini ta’minlash; antidoping nazoratining samarali tizimini, sportda farmakologik ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari va boshqa moddalar qo‘llanishini nazorat qilish dasturlari va uslublari, shuningdek, sportchilar va sport tashkilotlari uchun intizomiy reglamentni ishlab chiqish va joriy etish; tadqiqotlar (doping-testlar) va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasida Butunjahon dopingga qarshi agentligining respublika sportchilari haqida ma’lumotlarni to‘plash va saqlash uchun mo‘ljallangan antidoping ma’muriyatchiligi va menejment (ADAMS tizimi) bo‘yicha onlayn tizimini qo‘llash; antidoping nazorati sohasida ilg‘or uslublar va texnologiyalar bilan almashish hamda ularni mamlakatimizda joriy qilish uchun yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash; sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashish, ularga sportda doping qo‘llanishining oldini olish va antidoping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim dasturlarini amalga oshirish, sog‘lom va halol sportni targ‘ib qilish; davlat hokimiyati organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning antidoping nazorati sohasida o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish. 3. Belgilab qo‘yilsinki, Agentlik: o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beruvchi davlat organi hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 6. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi nizomini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining “Milliy antidoping xizmati”ni tugatish hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tizimida “Sport psixologiyasi bo‘limi” tashkil etilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda Agentlikni saqlash va uning faoliyat ko‘rsatishi, shu jumladan, antidoping tadqiqotlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalari bo‘yicha Agentlik faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat ko‘rsatishi uchun jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalari bo‘yicha Agentlik faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat ko‘rsatishi uchun jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 11. Agentlikka biologik namunalarni to‘plash uchun maxsus moslamalar va boshqa tovarlarni xarid qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri import shartnomalari, shuningdek, tadqiqotlar (doping-testlar) o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomalarini tender savdolari o‘tkazmasdan tuzish huquqi berilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2-ilovaga muvofiq kiritilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli qarori: a) 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Belgilansinki, Sport tibbiyoti markazi sportchilarning — mamlakat terma jamoalari a’zolarini musobaqalarga tibbiy-biologik va tibbiy-psixologik tayyorgarligini ta’minlovchi bosh tibbiyot muassasasi hisoblanadi.”; b) 2-bandining: beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; oltinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin; v) 1-ilovadagi “Milliy antidoping xizmati” so‘zlari “Sport psixologiyasi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-sonli qarorining 9-ilovasidagi “Mutasaddi vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar” bo‘limi qo‘shimcha 91 bandi bilan quyidagi mazmunda to‘ldirilsin: “91. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi”.
137
6,622
Qonunchilik
1997-YIL 30 AVGUSTDAGI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING VA VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 19 APRELDAGI “FAOLIYATNING AYRIM TURLARI BILAN ShUG‘ULLANISh UChUN MAXSU
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanovdan iborat tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Raisining Konstitutsiyaviy sudning majlisiga kiritilgan “1997-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati”dan “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish” degan bandini chiqarib tashlashni nazarda tutadigan qismining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish” faoliyat turini nazarda tutuvchi qismining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligi to‘g‘risidagi masalani chaqirib olish haqidagi arizasini o‘zining ochiq majlisida ko‘rib chiqdi. Masalani chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi 2001-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarorining qabul qilinishi munosabati bilan kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Reglamentining 18-moddasiga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud ajrim qildi: Oliy xo‘jalik sudining Raisi tomonidan Konstitutsiyaviy sud majlisiga kiritilgan 1997-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati”dan “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish” faoliyat turini chiqarib tashlashni nazarda tutadigan qismining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish” faoliyat turini nazarda tutuvchi qismining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligi to‘g‘risidagi masala chaqirib olinishi munosabati bilan mazkur ish bo‘yicha ish yuritish tugatilsin.
250
3,166
Qonunchilik
Sinovlarsiz nostrifikatsiyalash hollari roʻyхatini kengaytirish taklif qilinmoqda
Ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Prezident qarorining loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Hozirgi vaqtda nostrifikatsiyalash Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshirilmoqda. Uning taomilini soddalashtirish taklif qilinayotir. Birinchidan, ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni maхsus sinovlarsiz (yoki soddalashtirilgan tartibda) tan olish amaliyotini kengaytirish tashabbusi bilan chiqildi. Quyidagilar uchun sinovlarni bekor qilish taklif qilinmoqda: Amaldagi norma ta’limning navbatdagi bosqichida oʻqishni davom ettirish niyatida boʻlgan fuqarolar; Ta’limning navbatdagi bosqichida oʻqishni davom ettirish niyatida boʻlgan fuqarolar ekspert komissiyasining tegishli tavsiyasi olingandan keyin maхsus sinovlardan oʻtadilar yetakchi jahon agentliklari reytingiga asosan jahonning eng yaхshi 1000 ta oliy ta’lim muassasalari jumlasiga kiradigan хorijiy OTMning diplomlariga ega boʻlganlar; Yetakchi jahon agentliklari reytingiga asosan  jahonning eng yaхshi 500 ta oliy ta’lim muassasalari jumlasiga kiradigan хorijiy OTM bitiruvchilari diplomlari sinovlarsiz nostrifikatsiyalanadi (sharhga qarang). 1992 yil 1 yanvarga qadar хorijiy OTMga oʻqishga kirgan fuqarolar; Reglamentlanmaydi. Amaldagi nizom faqat 1992 yildan keyin berilgan ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarga tatbiq etiladi. akkreditatsiya qilingan yoki litsenziya asosida Oʻzbekiston hududida faoliyat yuritadigan хorijiy davlatlarning bosh oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan fuqarolar. Maхsus sinovlar oʻtkazilmaydi (yoki soddalashtirilgan tartibda oʻtkaziladi), basharti bu Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari, Prezidentning hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va bayonnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa. Ikkinchidan, diplomlarni nostrifikatsiyalash uchun arizalar va hujjatlarni Davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali qabul qilish meхanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ilgari хabar berilganidek, bunday servis Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy saytida ishga tushirilgan, biroq ayni paytda havola ishlamayapti. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.   Oleg Gayevoy.
81
2,475
Qonunchilik
“Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-829-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi h
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2021-yil 30-sentabrda kiritilgan “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-829-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
800
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va uning tizimidagi tarkibiy bo‘linmalar hamda respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-maydagi PF-5030-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi to‘g‘risida nizom 4-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizom 5-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari to‘g‘risida namunaviy nizom 6-ilovaga muvofiq; Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘lim (boshqarma)lari to‘g‘risida namunaviy nizom 7-ilovaga muvofiq; Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmasi to‘g‘risida namunaviy nizom hamda uning namunaviy tuzilmasi 8 va 8a-ilovalarga muvofiq; Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi to‘g‘risida namunaviy nizom 9-ilovaga muvofiq; Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi to‘g‘risida namunaviy nizom hamda uning namunaviy tuzilmasi 10 va 10a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bir oy muddatda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari to‘g‘risidagi; Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi; Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari to‘g‘risidagi; Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 11-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davarxitektqurilish deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi. 2. Davarxitektqurilish shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 3. Davarxitektqurilishning markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi, Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi, Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan ta’minlash markazi, shuningdek Davarxitektqurilishning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda Davarxitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar deb ataladi) Davarxitektqurilishning yagona tizimini tashkil etadi. 4. Davarxitektqurilish o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 5. Davarxitektqurilish o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Davarxitektqurilishning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. 7. Davarxitektqurilish yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 8. Quyidagilar Davarxitektqurilishning asosiy vazifalari hisoblanadi: belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish hamda qo‘llashda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan tizimli davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish, buyurtmachilar tomonidan texnik nazorat va loyiha tashkilotlari tomonidan mualliflik nazorati o‘tkazilishini tekshirish; respublika hududida aholini joylashtirishning bosh tarhini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish, shaharsozlik hujjatlari va davlat shaharsozlik kadastri amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish; shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va o‘rta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish; shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish; shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish normalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalashtirish, qurilish, qurilish industriyasi, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish; loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish va zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni hamda loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, mualliflik nazoratining roli va mas’uliyatini oshirish, shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish; mehnat unumdorligini oshirish, qurilish qiymatini pasaytirish va resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etish, Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini yuritish; bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish, korporativ normalar va narx belgilashning rolini oshirish, loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish; kapital qurilishda davlat xarid tizimini takomillashtirish, tanlov savdolari hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertizadan o‘tkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish; qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalash; arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, respublikaning ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirish, qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning malakasini doimiy asosda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish. 9. Davarxitektqurilish o‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va qo‘llashda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan tizimli davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish, buyurtmachilar tomonidan texnik nazorat va loyiha tashkilotlari tomonidan mualliflik nazorati o‘tkazilishini tekshirish sohasida: bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va qo‘llashda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi; buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotining mualliflik nazoratini amalga oshirishga doir ishini tekshiradi; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish materiallari va buyumlari sifatining davlat standartlariga, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratni amalga oshiradi; qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar beradi; davlat standartlari va texnik shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, qurilish materiallari hamda buyumlari ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi va qo‘llanilishini, normativ talablar hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari chidamlilik, puxtalik xususiyatlari pasayishiga sabab bo‘lgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya xavfi bo‘lgan, obyektlar o‘zboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni to‘xtatib turishni ta’minlaydi. Tadbirkorlik subyektining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish, ularni realizatsiya qilish va qo‘llash, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’muriy bayonnomalarni tuzadi va yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishlarida aybdor bo‘lgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun materiallarni sudga beradi; qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari inson sog‘lig‘i va hayotiga ziyon yetkazilishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lganda huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar beradi; qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qoidalar buzilgan holda topshirilgan obyektlarni statistika hisobotidan chiqarish to‘g‘risida statistika organlariga taqdimnoma kiritadi; shaharsozlik qonunchiligi, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlari buzilganligi aniqlangan hollarda ularni bartaraf etish to‘g‘risida shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar beradi; qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi; shaharsozlik hujjatlari masalalari bo‘yicha buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi; b) respublika hududida aholini joylashtirishning bosh tarhini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish, shaharsozlik hujjatlari va davlat shaharsozlik kadastri amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish sohasida: shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini va Toshkent shahrining, viloyat markazlarini va madaniy meros obyekti ahamiyatiga ega bo‘lgan shaharlarning markaziy qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi, tasdiqlanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli bo‘lgan shaharlarning bosh rejalari bundan mustasno; turar joy, jamoat binolari va boshqa binolarning takror qo‘llaniladigan, namunaviy va tajriba loyihalari ishlab chiqilishini belgilangan tartibda tashkil etadi va tasdiqlaydi; texnik muhandislik izlanishlari sohasida yagona siyosatni amalga oshiradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlari davlat fondini shakllantiradi va yuritadi; shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, hududlarning rivojlanishini rejalashtirish va qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi; umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni va Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi; v) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va o‘rta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish sohasida: shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va o‘rta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi; shaharsozlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilashda qatnashadi; o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha respublika maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo‘limlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi; aholini shaharsozlik faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib boradi; o‘z vakolati doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; g) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalarini va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish sohasida: shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib boradi; yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etadi; pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uning monitoringini olib boradi; shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish uchun ilmiy-texnika va texnik kengashlar faoliyatini tashkil etadi; kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtiradi hamda pudrat ishlari bozorini rivojlantiradi; loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarining reyting baholarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini joriy etadi; d) shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish normalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalashtirish, qurilish, qurilish industriyasi, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish sohasida: o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi; shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida shaharsozlik normalari va qoidalarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi, belgilangan tartibda ularning ishlab chiqilishi bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi; qurilish industriyasi tashkilotlari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantiradi; kapital qurilish sohasidagi normativ bazaning bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini tizimli ravishda tashkil etadi; qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirishni amalga oshiradi; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi; o‘z vakolati doirasida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi; e) loyihalash ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, mualliflik nazoratining roli va mas’uliyatini oshirish, shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish sohasida: loyihalashtirish va qurilish sohasida yangi konsepsiyalarni yaratadi; loyihalash ishini va qurilish faoliyatini muvofiqlashtiradi; loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshiradi; zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytiradi, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etadi; loyiha tashkilotlarining litsenziya talab va shartlariga rioya qilinganligi, moddiy-texnika bazasi va tegishli mutaxassislar bilan ta’minlanganligi, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash darajasini o‘rganadi; zarur holatlarda, o‘rganish natijasi yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar beradi; shaharsozlik hujjatlari bajarilishi bo‘yicha mualliflik nazoratining roli va mas’uliyatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta’minlaydi; shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini o‘tkazadi; j) mehnat unumdorligi oshirilishini, qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etish, Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini yuritish sohasida: qurilish sohasida yangi texnika, texnologiya va mexanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshiradi; manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatadi; qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi; qurilish-montaj ishlari texnologiyalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi va ularda qatnashadi; Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini yuritadi; z) bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish, korporativ normalar va narx belgilashning rolini oshirish, loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish sohasida: bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etadi; qurilish qiymatini aniqlash usullarini ishlab chiqadi, moddiy-texnika resurslari sarfining smeta-normativ bazasini va normativ ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi; kapital qurilishda shartnomaviy joriy narxlar va tariflarni shakllantirish bo‘yicha metodologik ko‘rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqadi; qurilishning texnik darajasi va industriyalashtirilishini oshirish, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, resurslarni tejash, materiallar va mehnat sarfini kamaytirish, kapital qurilishda ishlarning sifatini yaxshilash ishlarini tashkil etishda qatnashadi; korporativ normalar va narx belgilashning rolini oshiradi; loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtiradi; i) kapital qurilishda davlat xarid tizimini takomillashtirish, tanlov savdolari hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertizadan o‘tkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish sohasida: kapital qurilishda davlat xarid tizimini takomillashtiradi; namunaviy tanlov hujjatlarini ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi; tanlov hujjatlarini ishlab chiqadi va ularni ekspertizadan o‘tkazadi; tanlov savdolarini tashkil etadi va o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qiladi; tanlov savdolari natijalariga ko‘ra tuzilgan buyurtmachi hisobotlarini kelishadi; pudrat shartnomalarida majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib boradi; tanlov savdolari natijalari bo‘yicha obyektlar qurilishining joriy narxlardagi shartnomaviy qiymatini shakllantiradi; k) arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish va qurilish faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash sohasida: qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi; litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi to‘g‘risidagi axborot bilan to‘ldirib boriladigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini tashkil etadi; l) arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, respublikaning ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirish, qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning doimiy asosda malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish sohasida: arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi; arxitektura va shaharsozlik yo‘nalishidagi ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi; tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda o‘quv jarayonining amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etishda hamkorlik qiladi; shaharsozlik faoliyatining rivojlanish tendensiyalarini va xorijiy tajribani hisobga olgan holda yangi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlashda o‘quv-uslubiy hujjatlar, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatadi, shuningdek malaka talablarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi; o‘quv jarayonlarida shaharsozlik faoliyati bo‘yicha, shu jumladan yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etgan holda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar sifat tarkibini oshirish, sohaga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda bevosita ishtirok etadi; tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlariga talabalar qabul qilish kvotalari bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga takliflar kiritadi. Bunda qurilish sohasiga oid mutaxassisliklarga bo‘lgan talabni o‘rganadi, shuningdek yangi zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha takliflar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga shaharsozlik faoliyati sohasida, tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining iqtidorli talabalari va o‘quvchilari uchun Davarxitektqurilishning stipendiyalarini belgilaydi; kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida quruvchilik kasblari bo‘yicha respublika miqyosida kasb mahorati ko‘rik-tanlovlarini, zamonaviy hamda milliy arxitektura loyihalari mualliflari tanlovlarini tashkil qiladi va g‘oliblarni rag‘batlantiradi; tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida dars berish va mahorat darslari o‘tkazish uchun respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli pedagog-mutaxassislarini taklif qiladi; talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida ko‘chma darslar tashkil etadi; tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchi kurs talabalarining tayyor kadr sifatida yetishib chiqishini ta’minlash hamda amaliyot darslari samaradorligini oshirish maqsadida ularni ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash bazasi sifatida loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga joylashtirishga ko‘maklashadi, ularga tajribali mutaxassislarni biriktiradi va ularni ijtimoiy muhofaza qilish choralarini ko‘radi; tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida yetakchi loyiha tashkilotlari, yirik qurilish tashkilotlari va shaharsozlik faoliyati sohasidagi boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislari ma’ruzalarini tashkil etadi; kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi, kasbiy amaliy imtihonlarni zamonaviy qurilish tashkilotlari bazasida o‘tkazishni tashkil etadi; qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning doimiy asosda malakasini oshiradi va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi. Davarxitektqurilish qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. 10. Davarxitektqurilish o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘zining tizimidagi tarkibiy va hududiy bo‘linmalari orqali hal qiladi. 11. Davarxitektqurilish o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish; o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida kapital qurilishdagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish; shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida eng muhim muammolarni aniqlash va ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish; shaharsozlik faoliyati sohasidagi eng yaxshi ilmiy-texnik ishlanmalarni hamda hududlarni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash uchun tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalari tashkil etish; kapital qurilish sohasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, markazlashtirilgan va unga tenglashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar uchun o‘tkaziladigan tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazishning belgilangan tartibotlariga rioya etilishini nazorat qilish; moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilishda tanlov savdolari natijalari to‘g‘risida buyurtmachilarning hisobotlarini kelishish; moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari bo‘yicha tanlov savdolari va tuzilgan shartnomalar shartlarining buyurtmachilar va pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini o‘tkazish; tekshiruvni amalga oshirish jarayonida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha, zaruriyat bo‘lsa, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etish majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish; shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish; qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish, shaharsozlik faoliyati sohasida xalqaro shartnomalar tuzish. Davarxitektqurilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 12. Davarxitektqurilish o‘z vakolati doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir. Davarxitektqurilish zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarishga haqlidir. 13. Davarxitektqurilish o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi. 14. Davarxitektqurilishga O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais rahbarlik qiladi. Davarxitektqurilish raisining O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. 15. Davarxitektqurilish raisi: Davarxitektqurilish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Davarxitektqurilishga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; o‘zining o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davarxitektqurilish tizimidagi rahbarlarning vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi; Davarxitektqurilishning markaziy apparati shtat jadvalini tasdiqlaydi; Davarxitektqurilish va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tuzilmalariga cheklangan umumiy shtatlar soni doirasida belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi; o‘z vakolati doirasida Davarxitektqurilish tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar, shuningdek shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini tasdiqlash bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; Davarxitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi; davlat organlari va boshqa tashkilotlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Davarxitektqurilish nomidan vakillik qiladi; Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti prorektorlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, ularning rektorlarini tayinlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; o‘z vakolati doirasida xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi. qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 16. Davarxitektqurilishda rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek Davarxitektqurilish faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi boshqarma boshliqlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Davarxitektqurilish raisining taqdimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 17. Hay’at: ushbu Nizomda belgilangan Davarxitektqurilish faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish; Davarxitektqurilishning markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash; Davarxitektqurilish nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash hamda Davarxitektqurilish rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi. Hay’at Davarxitektqurilish vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega. Hay’at majlisiga Davarxitektqurilish vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Hay’at qarorlari Davarxitektqurilishning qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi. 18. Davarxitektqurilishda shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish yo‘llarini ko‘rib chiqish va izlash uchun ilmiy-texnika kengashi va texnik kengashi tuziladi. Ilmiy-texnik kengashga va texnik kengashga Davarxitektqurilish raisining birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladi. Kengashlarning tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar Davarxitektqurilish raisi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar mutaxassislari ilmiy-texnika kengash va texnik kengashda ishlashga jamoatchilik asosida jalb qilinishi mumkin. 19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish Davarxitektqurilish raisi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari Davarxitektqurilishning tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda berilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish Davarxitektqurilish raisining, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, shuningdek tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish bo‘limlarining boshliqlari Davarxitektqurilish raisining buyrug‘i bilan, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Davarxitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi buyruqni Davarxitektqurilish raisi qabul qiladi. 20. Davarxitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar o‘z faoliyatini Davarxitektqurilish raisi tomonidan tasdiqlangan nizom (ustav)larga muvofiq amalga oshiradilar. 21. Davarxitektqurilishning markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarma (bo‘lim)lari ta’minoti xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 22. Davarxitektqurilish markaziy apparatining, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining shtat jadvali va xarajatlar smetasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Davarxitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari Davarxitektqurilish bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. 23. Davarxitektqurilish xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Davarxitektqurilishda Rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘arma mablag‘lari budjetdan tashqari manbalar, shu jumladan davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari, davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari hamda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari daromadlaridan 10 foiz ajratmalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi. Rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davarxitektqurilish hay’atining qarori bilan tasdiqlanadi. 24. Davarxitektqurilishni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi. Kengash davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek loyiha-qidiruv tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududi, uning qismlari, shu jumladan aholi punktlari va aholi punktlararo hududlarini shaharsozlik jihatdan rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi. 2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 3. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-maydagi PF-5030-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan tarkibda o‘z faoliyatini yuritadi. 4. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi va o‘z ishini Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida olib boradi. 5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini shakllantirish, ko‘rib chiqish va amalga oshirish ishlarini tashkil etish; shaharlar, shahar posyolkalari va arxitektura komplekslarining bosh rejalari loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishib olish, ularning amalga oshirilishi, arxitektura-rejalashtirish hujjatlariga, muhim shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish; ilmiy asoslangan holda aholini joylashtirish, hududlarni rejalashtirish va qurish, zamonaviy talablarni, milliy arxitektura-madaniy an’analarni, shahar hududlaridan samarali foydalanish, tabiiy muhitga ziyon yetkazmaydigan munosabatda bo‘lishni hisobga olgan holda aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish tuzilmasini uyg‘un rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; aholi punktlarining ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasini kompleks yangilash, zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish, eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni hamda tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash. 6. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari shakllantirilishini, ko‘rib chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi. shaharsozlik va arxitektura sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni muhokama qilish va kelishish ishlarini tashkil etadi hamda ularning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi; respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining shaharsozlikka oid qismlarini ko‘rib chiqadi va kelishadi; shaharlar, shahar posyolkalarining va arxitektura komplekslarining bosh rejalari loyihalarini ko‘rib chiqadi, kelishadi hamda tasdiqlash uchun tavsiya etadi; belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shu jumladan shaharlar va tumanlar markazlarining bosh rejalariga asoslangan o‘zgartirishlar kiritilishiga rozilik beradi; alohida holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida va maqsadli dasturlarda ko‘zda tutilgan turar joy va ijtimoiy-fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan obyektlarni tasdiqlangan bosh rejalarga ega bo‘lmagan shaharlarda, tuman markazlarida joylashtirishga va qurishga rozilik beradi; shaharlar, shahar posyolkalari va arxitektura komplekslarining bosh rejalari loyihalari amalga oshirilishida arxitektura-rejalashtirish hujjatlariga, shuningdek muhim shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi; aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, kompleks ravishda qurish, ijtimoiy, muhandislik va transport infratuzilmasini ta’minlash bo‘yicha aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarining asosiy qoidalari bajarilishi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining hamda vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi; O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhini hamda O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ko‘rib chiqadi va ularni tasdiqlash, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan takliflar va tavsiyalarni vakolatli organlarga kiritadi; umumdavlat ahamiyatiga molik alohida, shu jumladan tabiiy va suv obyektlari zonalarini, rekreatsion, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan, foydali qazilmalar joylashgan va boshqa hududlarning chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyati tartibotini o‘rnatish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi; mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash ishlarini tashkil etadi; hududni rivojlantirishga doir loyiha yechimlarini ko‘rib chiqadi; aholi punktlarining ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasini rivojlantirish, kompleks qurish va yangilash, zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini va qismlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar kiritadi. 7. Kengash quyidagi huquqlarga ega: ishchi guruhlar tuzish va ularda ishlash uchun tegishli mutaxassislarni jalb etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Kengash faoliyatiga doir hujjatlarni talab qilib olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sohasida olib borilgan ishlarni o‘rganish, shuningdek ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash. Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 8. Kengash ushbu Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash uchun javob beradi. 9. Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari raislik qiladi va uning vakolatiga quyidagilar kiradi: Kengash majlisining kun tartibini belgilash va majlisni chaqirish; Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qilish; Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish; Kengashga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha Kengash a’zolarining faoliyatini nazorat qilish; Kengash a’zolari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish; Kengash a’zolarining shaxsiy tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; Kengashning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 10. Kengash a’zolari: Kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar; shaharsozlikning dolzarb masalalari bo‘yicha Kengashga takliflar kiritadilar; Kengashda muhokama qilinadigan masalalar bo‘yicha xulosalar beradilar. Kengash a’zolari Kengashdagi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar. 11. Kengash majlisining o‘tkazilish vaqti, joyi va kun tartibi to‘g‘risida Kengash a’zolari majlis o‘tkazish kunidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi. 12. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash raisi bo‘lmagan taqdirda uning o‘rinbosari boshqaradi. Kengash, agar majlisda uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi. 13. Kengash majlisiga unda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning ahamiyatiga ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Kengashning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi. 15. Ishchi organ: Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi; navbatdagi davr uchun Kengashning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini ta’minlaydi; Kengashning majlisiga zarur bo‘lgan materiallarning tayyorlanishini ta’minlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallar va ekspert xulosalarini oladi; Kengash majlisi kun tartibi masalasi bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishini va majlis o‘tkazilishini tashkil etadi; tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi hamda Kengash vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar loyihalarini tayyorlaydi. 16. Kengash kotibi: Kengash majlisiga zarur bo‘lgan hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, Kengash majlisiga materiallar tayyorlash bo‘yicha ishchi organning ishini tashkil etadi; Kengash raisi bilan majlis o‘tkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar ro‘yxatini kelishadi, Kengash a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning o‘tkaziladigan sanasi, vaqti, joyi to‘g‘risida xabardor qiladi; kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Kengash majlislari o‘tkazilishini tashkil qiladi, Kengash majlisi bayonlarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonlarning Kengash a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborilishini tashkil etadi; Kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning natijasini ko‘rib chiqish uchun Kengash majlisiga taqdim etadi. 17. Kengash qarori Kengash majlisida qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega. 18. Kengash raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Kengashning alohida masalalar bo‘yicha Kengash a’zolari bilan kelishilgan qarorlarini so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashi mumkin. 19. Kengash qarorlari Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni ishchi organ rahbari va Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Kengash a’zolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. 20. Kengash bayonining asl nusxasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida saqlanadi. 21. Kengashining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. 22. Kengashning ishchi organi va kotibi Kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda o‘rganadilar va ko‘rib chiqadilar, zaruriyat bo‘lganda Kengash raisiga tegishli axborotlar va takliflar kiritadilar. Kengash qabul qilingan qarorlarning bajarilishi holatini vakolati doirasida o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi. 23. Kengashning ish tartibi uning Reglamentida belgilanadi. Reglament Kengash tomonidan qabul qilinadi. 24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi. 2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 3. Kengash Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda hududiy arxitektura organlari deb ataladi) arxitektura, shaharsozlik va hududlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha kollegial organi hisoblanadi hamda shaharsozlik va loyiha hujjatlarini kelishish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish jarayonida ularning kasbiy asoslanganligi, shaffofligi va ochiqligini ta’minlaydi. 4. Kengashning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-maydagi PF-5030-son Farmonining 1a-ilovasiga muvofiq shakllantiriladi. 5. Kengash o‘z faoliyatida Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga hisobot beradi va o‘z ishini Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, bepul asosda amalga oshiradi. 6. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanlar (tuman guruhlari) ni rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda o‘z tasarrufidagi hududlarda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishib olish; binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishib olish; aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish to‘g‘risida davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini ko‘rib chiqish; bosh rejalarni, batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish, shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududlarda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha viloyat, tuman va shaharlar davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish. 7. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: o‘z hududida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarni ko‘rib chiqadi, kelishadi va tasdiqlash uchun vakolatli organlari tomonidan tasdiqlashga tavsiya qiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining shaharsozlikka oid qismlarini, shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi, ularni ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi, ularning amalga oshirilishida bevosita ishtirok etadi; Kengash belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shu jumladan shaharlar va tumanlar markazlarining bosh rejalariga asoslangan o‘zgartirishlar kiritilishiga o‘z vakolati doirasida rozilik beradi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan esa takliflar kiritadi; binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishi uchun loyiha hujjatlarini mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish, turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlarini saqlab qolish nuqtai-nazaridan kelib chiqib ko‘rib chiqadi, ma’qullaydi yoki qayta ishlash uchun tavsiya beradi; aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish to‘g‘risida, shu jumladan arxitektura va shaharsozlik komplekslari, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini ko‘rib chiqadi hamda asoslangan takliflar bo‘yicha vakolatli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar kiritadi; bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlari asosida aholi punktlarini qurish va qismlarini rekonstruksiya qilish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va yangilash bo‘yicha takliflarni davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlariga kiritadi; zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish, eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini va qismlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar kiritadi; hududiy ahamiyatga molik alohida, shu jumladan tabiiy va suv obyektlari zonalarini, rekreatsion, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan, foydali qazilmalar joylashgan va boshqa hududlarning chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyati tartibotini o‘rnatish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi. 8. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish va ularda ishlash uchun mutaxassislarni jalb etish; mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va tashkilotlardan Kengash faoliyatiga doir hujjatlarni so‘rab olish; shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman va shahar hokimlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish huquqiga ega. Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 9. Kengash ushbu Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash uchun javob beradi. 10. Kengashga hududiy arxitektura organi rahbari raislik qiladi va uning vakolatiga quyidagilar kiradi: Kengash a’zolarining shaxsiy tarkibini tasdiqlash; Kengash majlisining kun tartibini belgilash va majlisni chaqirish; Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish; Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish; Kengash a’zolarining zimmasiga yuklangan vazifalarini bajarish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish; Kengashning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Hududiy arxitektura organi rahbarining birinchi o‘rinbosari — bosh arxitektor Kengash raisining o‘rinbosari hisoblanadi. 11. Kengash a’zolari: Kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar; shaharsozlik sohasidagi dolzarb masalalari bo‘yicha Kengashga takliflar kiritadilar; Kengash muhokama qiladigan masalalar bo‘yicha xulosalar beradilar. Kengash a’zolari Kengashdagi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar. 12. Kengash majlislari har haftada bir marotaba o‘tkaziladi. Kengash majlisini o‘tkazish vaqti, joyi va kun tartibi to‘g‘risida Kengash a’zolari majlisni o‘tkazish kunidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi. 13. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash raisi bo‘lmagan taqdirda uning o‘rinbosari boshqaradi. Kengash majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi. Majlisni o‘tkazish uchun kvorum bo‘lmaganda Kengash yangi majlis o‘tkazish sanasini e’lon qiladi. 14. Kengash majlisiga unda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning ahamiyatiga ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin. 15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari Kengashning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi. Ishchi organ: Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi; navbatdagi davr uchun Kengashning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini ta’minlaydi; Kengashning majlisiga zarur bo‘lgan materiallarning tayyorlanishini ta’minlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallarni oladi; kun tartibi masalasi bo‘yicha Kengash majlisi o‘tkazilishini tashkil etadi. 16. Kengashning mas’ul kotibi vazifasini bajarish hududiy arxitektura organining Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘limi boshlig‘i zimmasiga yuklanadi va uning vakolatiga quyidagilar kiradi: Kengash majlisiga zarur bo‘lgan hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash, Kengash majlisiga materiallar tayyorlash bo‘yicha ishchi organning ishini tashkil etish; Kengash raisi bilan majlis o‘tkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar ro‘yxatini kelishish, Kengash a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning o‘tkaziladigan sanasi, vaqti, joyi to‘g‘risida xabardor qilish; kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Kengash majlislari o‘tkazilishini tashkil qilish, Kengash majlisi bayonlarini rasmiylashtirish va tasdiqlangan bayonlarning Kengash a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborilishini tashkil etish; Kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib borish va uning natijasini ko‘rib chiqish uchun Kengash majlisiga kiritish. 17. Kengash qarori Kengash majlisida qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega. 18. Kengash a’zosi yig‘ilishda ishtirok etmagan bo‘lsa loyiha (loyihalar) Kengash a’zosi vakili bo‘lgan tashkilot bilan kelishilgan deb hisoblanadi (uzrli sabablarga ko‘ra holatlar bundan mustasno). Bunday holatlarda ushbu tashkilot vakolatidagi masalalar bo‘yicha mas’uliyat vakili ishtirok etmagan tashkilotga yuklanadi. 19. Kengash qarorlari Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda Kengash a’zolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. Bayonda ko‘rib chiqilgan loyiha (masala)ni, asoslangan sabablarini ko‘rsatgan holda, kelishish, kelishishni rad etish yoki uni qayta ishlash uchun qaytarish to‘g‘risida aniq xulosa aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Kengash a’zolari muhokama etilgan loyiha (masala) xususida bayonga o‘zining alohida fikrini kiritishga haqli. Kengash bayonining asl nusxasi hududiy arxitektura organida 5 yil davomida saqlanadi. Kengash bayoni (bayondan ko‘chirma) yo‘qolgan yoki buzilgan holatlarda loyiha tashkilotning murojaatiga ko‘ra uch kun muddatda unga bayon nusxasi (dublikati) beriladi. 20. Kengashning loyihani kelishish to‘g‘risidagi ijobiy qarori (bayoni) loyiha (shaharsozlik) hujjatlarining keyingi bosqichlarini loyihalash va loyihalarni davlat ekspertizasiga taqdim etish uchun asos bo‘ladi. 21. Kengashning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. 22. Kengash qabul qilingan qarorlarning bajarilishi holatini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi. 23. Kengashning ish tartibi uning Reglamentida belgilanadi. Reglament Kengash tomonidan qabul qilinadi. 24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi. 2. Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi markaziy apparatining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 3. Inspeksiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalariga qat’iy muvofiq ravishda kompleks qurilishini, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlarga so‘zsiz rioya etish, qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqaril
214
64,068
Qonunchilik
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-410-son Qonunini amalga oshirish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq; Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq; Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: bir oy muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyati masalalariga bag‘ishlangan, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning to‘liq ro‘yxati joylashtirilgan hamda ular doimiy ravishda yangilanib boriladigan bo‘lim ochsin; O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng tushuntirilishini ta’minlasin. 3. Ushbu qaror u rasman e’lon qilingandan keyin uch oy muddat o‘tgach kuchga kiradi. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi — ma’lum bir ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi siyosati va maqsadlarini belgilovchi, o‘zaro bog‘liq va bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi elementlar kompleksi hamda ushbu maqsadlarga erishish tartibi; tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi (keyingi o‘rinlarda mehnatni muhofaza qilish auditi deb ataladi) — mehnatni muhofaza qilish tizimini baholash ish beruvchining qaroriga binoan o‘tkaziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari — mehnatni muhofaza qilish sohasida shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar. mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari — audit ma’lumotlari, mehnatni muhofaza qilish siyosati va tartibi hamda chora-tadbirlari bilan solishtiriladigan tahliliy ma’lumotlar; mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazishda mustaqillik — tekshirilayotgan subyektga nisbatan moliyaviy, mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa manfaatlarsiz mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari bilan ta’minlash tamoyili. 3. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish tizimida auditni o‘tkazish ish beruvchining qarori bilan mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda jamoa kelishuvlariga, shartnomalariga va boshqa lokal talablariga me’yoriy hujjatlarning muvofiqligini aniqlash; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi faoliyat yuritishini sifati, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining darajasini kamaytirish va oldini olishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining ularning oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish. 4. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari Yagona reyestriga “mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish” xizmat turi bo‘yicha kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 5. Mehnatni muhofaza qilish auditi o‘tkazilgan va uning natijalari ko‘ra aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etilgan (yoki kamchiliklar aniqlanmagan) tashkilotlar, keyingi uch yil mobaynida mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida tashkilotlarda o‘tkaziladigan rejali tekshirishlar ro‘yxatiga kiritilmaydi. 6. Mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish mustaqillik, xolislik, kasbiy mahorat va maxfiylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. 7. Tekshirilayotgan tashkilot quyidagilarga majbur: auditor tashkilotiga mehnatni muhofaza qilish auditining o‘z vaqtida va to‘laqonli o‘tkazilishi uchun ko‘maklashish, zarur ma’lumot va hujjatlarni taqdim etish, auditor tashkilotining so‘rovlariga asosan og‘zaki va yozma shaklda audit maqsadlariga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish; mehnatni muhofaza qilish auditi o‘tkazilayotganda tahlil va baholash uchun mo‘ljallangan masalalar ko‘lamini qisqartirishga, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid maqsadlarga tegishli bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarni yashirish (cheklash)ga qaratilgan oldindan ko‘zlangan xatti-harakatlarni sodir etmaslik. Mehnatni muhofaza qilish auditi o‘tkazilayotgan tashkilot tomonidan zarur bo‘lgan hujjat va ma’lumotlar taqdim etilmasa yoki audit tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sharoitlar ta’minlanmasa auditor tashkiloti audit o‘tkazishdan bosh tortish huquqiga ega. 8. Auditor tashkiloti quyidagilarga majbur: tekshirilayotgan tashkilotga audit boshlanishidan oldin auditor tashkilotining qonunchilikda belgilangan mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish talablariga muvofiqligi bo‘yicha rasmiylashtirilgan asosni taqdim etish; mehnatni muhofaza qilish auditi hisobotida mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni yoritish; o‘tkazilgan mehnatni muhofaza qilish auditlari hisobotlari va xulosalarining kamida besh yil muddatda saqlanishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining so‘roviga asosan reyting baholash maqsadlarida o‘tkazilgan mehnatni muhofaza qilish auditlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish; tekshirilayotgan tashkilot so‘roviga asosan tekshirilayotgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish holati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarning mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga asoslanganligi bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish. 9. Mehnatni muhofaza qilish auditi tashkilot qarori bilan auditor tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 10. Mehnatni muhofaza qilish auditi beshta asosiy bosqichdan iborat bo‘ladi: tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditi o‘tkazilishini rejalashtirish; tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish; tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditi natijalarini rasmiylashtirish; o‘tkazilgan mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari asosida kamchiliklarni bartaraf etuvchi va ularning oldini oluvchi harakatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; kamchiliklarni bartaraf etuvchi va ularning oldini oluvchi harakatlarni amalga oshirish samaradorligini baholash. 11. Mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazishni rejalashtirish audit tashkiloti tomonidan mehnatni muhofaza qilishni audit qilishga qadar ishlab chiqiladigan audit rejasi quyidagilarni nazarda tutadi: mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish maqsadlari; audit o‘tkazish sabablarini ko‘rsatish (tashkiliy o‘zgarishlar, mehnat xavfsizligi va muhofazasi talablari buzilishi holatlarining aniqlanganligi, joriy tekshirish va nazorat, sodir bo‘lgan avariya, kelishmovchiliklar va baxtsiz hodisalar, boshqa sabablar); mehnatni muhofaza qilish auditi me’yorlari va mehnatni muhofaza qilish sohasini tartibga soluvchi hujjatlar; audit o‘tkazish sohasi (faoliyat turlari va sohalari ro‘yxati); audit o‘tkazish sanasi va joyi; audit grafigi; mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazayotgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi mas’ul xodimi (keyingi o‘rinlarda auditor deb ataladi) yoki auditor guruhi (agar audit o‘tkazish bo‘yicha guruh tashkil etilsa) majburiyatlari. Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasi o‘z ichiga tashkilotda audit o‘tkazish jarayoniga oid boshqa ma’lumotlarni ham qamrab olishi mumkin. Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasiga audit o‘tkazish davomida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 12. Mehnatni muhofaza qilish rejasi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi rahbari tomonidan imzolanadi. Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasi tekshirilayotgan tashkilot rahbariga mehnatni muhofaza qilish auditi boshlanishidan oldin taqdim etiladi va u tomonlarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin. 13. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish tashkilotning mehnatni muhofaza qilish tizimini boshqarishning belgilangan talablarga muvofiqligi masalalarini kompleks tarzda ko‘rib chiqish faqat tasdiqlangan audit rejasi doirasida amalga oshirilishi mumkin. 14. Mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish quyidagilarni o‘rganishni nazarda tutadi: mehnatni muhofaza qilish auditining maqsadlari, sohasi va me’yorlariga oid ma’lumotlar, shu jumladan tarkibiy bo‘limlar faoliyati va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ma’lumotlar; ishlab chiqarish jarayonlari va hujjatlarining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi; amaldagi jarayonlar tartibi va rasmiylashtirilgan hujjatlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, shuningdek tashkilotda mavjud bo‘lgan mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid hujjatlarga muvofiqligi; tekshirilayotgan tashkilotning tashkiliy tuzilmasi; ma’muriy va ish tartiblari, inson va moddiy resurslar, asbob-uskunalar; uchastkalar, operatsiya va ishlab chiqarish jarayonlari ishchilari; mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va tashish jarayonlari (ularning belgilab qo‘yilgan xavfsizlik talablariga muvofiqligi); xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik moslamalarning zarur bo‘lgan sinov va texnik tekshiruvlarini o‘tkazishni tashkillashtirish; nazorat-o‘lchov vositalarining ta’mirlanishi va tekshirilishini tashkillashtirish; energetika xo‘jaligi obyektlari; texnologik ekspertiza talablariga muvofiqlik; hisobotlarni rasmiylashtirish, ma’lumotlarni ro‘yxatga olish va saqlash tartiblari; mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi sohasidagi tartib va boshqa hujjatlarning kelishilganligi; mehnatni muhofaza qilish auditi rejasida hamda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish sohasida ko‘zda tutilgan boshqa yo‘nalishlar. 15. Audit natijasida olingan haqiqiy ma’lumotlar mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari bilan muvofiq kelishi yoki kelmasligini aniqlash hamda tegishli xulosalarni chiqarish maqsadida solishtiriladi. 16. Audit mobaynida aniqlangan mehnatni muhofaza qilish mezonlariga muvofiqlik faktlari bo‘yicha audit amalga oshirilgan joy, bo‘limlar yoki jarayonlar ko‘rsatilgan holda umumlashtiriladi. Mehnatni muhofaza qilish me’yorlariga muvofiqlik to‘g‘risida tashkilotda o‘tkazilgan auditning barcha xulosalari va uning dalillari nazorat varaqlariga yozilishi lozim. 17. Toifalarni aniqlashda: auditor (audit bo‘yicha guruh a’zolari) ularni alohida holatlar bo‘yicha tizimli xatolar hamda talablarga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha tasniflaydi. Mehnatni muhofaza qilish auditining nomuvofiqlik to‘g‘risidagi xulosalari va ularga asos bo‘ladigan dalillar yozma shaklda keltirilishi lozim. 18. Nomuvofiqliklar muhim va muhim bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. 19. Muhim nomuvofiqliklarning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi: xodimlarning sog‘ligi va xavfsizligi uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xavf-xatarning mavjudligi; tashkilotning tashkiliy tuzilmasida o‘zgartirishlar keltirib chiqaradigan, katta moddiy xarajatlar talab qiladigan, mutaxassislarni uzoq muddatda (ikki oydan ortiq) tayyorlashni ko‘zda tutadigan, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan darajada mehnatni muhofaza qilish talablaridan uzoqlashish. 20. Muhim bo‘lmagan nomuvofiqliklarning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi: mehnatni muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik; xodimlarning sog‘lig‘i va xavfsizligi uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xavf-xatarlar hisoblanmagan, tashkilotning tashkiliy tuzilmasida o‘zgartirishlar va katta moddiy xarajatlar talab qilmaydigan hamda audit guruhining faoliyati mobaynida bartaraf etish mumkin bo‘lgan, belgilangan mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi talablaridan uzoqlashish bo‘yicha nomuvofiqliklar. 21. Muhim va muhim bo‘lmagan nomuvofiqliklar, nomuvofiqlik protokollarida qayd etiladi va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablari bilan solishtiriladi. Nomuvofiqlik protokollari aniqlangan har bir nomuvofiqlik bo‘yicha alohida tuziladi. 22. Nomuvofiqlik protokollari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tekshirilayotgan tashkilot tarkibiy bo‘limining nomi yoki mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga qo‘yiladigan talablar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida belgilangan talablar; nomuvofiqlikni belgilash va uning toifasi; muvofiqlashtiruvchi harakatning mazmuni va uni o‘tkazish muddatlari; muvofiqlashtiruvchi harakat o‘tkazilganligi haqida belgi (mavjud bo‘lsa); tashkilot rahbarining va auditor guruhi rahbarining imzolari. 23. Nomuvofiqlik protokoli auditor (auditor guruhi rahbari) va tashkilot rahbari yoki tashkilot rahbarining vakili, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashiga mas’ul bilan birgalikda ko‘rib chiqilishi lozim. 24. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari bo‘yicha hisobot tuzish bilan audit qilish davomida yig‘ilgan xulosalar va ma’lumotlar, audit maqsadlariga muvofiqligi tekshiriladi. 25. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi bo‘yicha hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: audit maqsadi; audit sohasi; tekshirilayotan tashkilotning nomlanishi va uning rekvizitlari; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisining nomi; hisobot tuzilgan sana; mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari; auditor haqida ma’lumot (audit guruhi a’zolari); mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimidagi tahlil qilinadigan hujjatlar ro‘yxati; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga oid hujjatlarning tahlili natijalari; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga oid hujjatlardagi kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi ma’lumotlar; mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari; tashkilot tomonidan audit natijasida aniqlangan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi chora-tadbirlar; hisobot taqdim etiladigan tashkilotlar ro‘yxati; hisobotdagi mavjud ma’lumotlarning maxfiyligini ko‘rsatish. 26. Hisobot auditor (audit guruhining rahbari) tomonidan imzolanadi va tekshirilayotgan tashkilot rahbariyatiga taqdim etiladi. 27. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi natijalari va ishlab chiqilgan hisobotlarni inobatga olgan holda dalolatnoma tuziladi hamda auditor tomonidan imzolanadi (audit guruhining rahbari tomonidan) va tekshirilayotgan tashkilot rahbariyatiga taqdim etiladi. 28. Mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari bo‘yicha dalolatnoma mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining audit mezonlariga muvofiqlik toifalari baholanishini o‘z ichiga oladi. Mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari bo‘yicha dalolatnoma aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, ishlab chiqarishdagi jarohatdan va kasbiy kasallanishdan ogohlantiruvchi taklif va tavsiyalarni o‘z ichiga olishi shart. 29. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi natijalarida quyidagi xulosalar bo‘lishi mumkin: mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida o‘tkaziladigan audit talablariga muvofiq; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida o‘tkaziladigan audit talablariga muvofiq emas; 30. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq hisoblanadi, agar: nomuvofiqlik mavjud bo‘lmasa; aniqlanganidan boshlab ikki oy davomida bartaraf etish mumkin bo‘lgan, unchalik ahamiyatli bo‘lmagan nomuvofiqlik bo‘lsa; 31. Agar, hech bo‘lmaganda bitta, ikki oy davomida bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan ahamiyatli nomuvofiqlik aniqlansa, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq hisoblanadi. 32. Dalolatnomaga shuningdek, auditor (auditor guruhi rahbari) va tekshirilayotgan korxona o‘rtasida kelishuvga erishilmagan barcha savollar, tomonlarning yozma shakldagi fikrlarining bayonlari bilan kiritiladi. 33. Dalolatnoma va nomuvofiqlik protokoli uch nusxada tuziladi va tekshirilayotgan tashkilotda, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisida saqlanadi hamda bir nusxasi tekshirish yakunlangandan so‘ng 10 kun mobaynida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Davlat mehnat inspeksiyasi davlat inspeksiyalariga yuboriladi. 34. Tekshirilayotgan tashkilot, dalolatnoma va nomuvofiqlik protokolida ko‘rsatilgan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda muvofiqlashtiruvchi va ogohlantiruvchi harakatlarni ishlab chiqishi shart. 35. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan muvofiqlashtiruvchi harakatlar yakunlari bo‘yicha tekshirilayotgan tashkilot, auditor tashkilotiga nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. 36. Auditor tashkiloti taqdim etilgan ma’lumotni joyiga borib o‘rganadi va o‘rganish yakunlari yuzasidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish natijalari bo‘yicha xulosa tuzadi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish natijalari bo‘yicha xulosa uch nusxada tuziladi va tekshirilayotgan tashkilotda, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisida saqlanadi hamda bir nusxasi tekshirish yakunlangandan so‘ng 10 kun mobaynida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Davlat mehnat inspeksiyasiga yuboriladi. 37. Tashkilotlar ichki auditni mustaqil ravishda idoraviy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshirishlari mumkin. 38. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi. 39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 1. Mazkur Nizom “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlashning yagona tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: mehnatini muhofaza qilish sohasida malaka oshirish — mehnatni muhofaza qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni, kasbiy mahoratni tizimli ravishda yangilab borish va chuqurlashtirishni ta’minlash; mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash — mehnatni muhofaza qilish sohasida ishlash uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni egallash; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis — mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi yoxud qonunchilikda belgilangan holatlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalarini amalga oshiradigan shaxs; 3. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Tashkilotlar rahbarlari qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga muvofiq xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kurslarda malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tishlarini ta’minlashlari shart,o‘qish vaqtida ularning o‘rtacha ish haqlari saqlanadi. 4. Mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tishlariga har bir ish beruvchi qonun hujjatlari, jamoa shartnomasi shuningdek jamoat kelishuvlari yoki boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadigan miqdorda yetarli mablag‘lar ajratadi. Xodimlar ushbu maqsadlar uchun xarajat qilmaydilar. 5. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha malaka oshirish: tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari va mutaxassislari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislari; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining bevosita mazkur xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi xodimlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan foydalaniladigan texnik jihatdan malakaliligi maqullangan sinov laboratoriyalari rahbarlari; tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati va kasaba uyushmalari (yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari) bilan kelishilgan holda ish beruvchilar tomonidan aniqlangan mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga javobgar rahbarlar va mutaxassislar. Bunday lavozimlar bo‘yicha shakllantirilgan ro‘yxatga tashkilotlarning muhandis-texnik xodimlari, shu jumladan, bosh muhandis, bosh energetik, bosh mexanik, sexlar boshliqlari, shuningdek zararli va xavfli ish sharoitlari mavjud ishlab chiqarishlar ustalari kiritilishi shart; davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari, kasaba uyushmalarining Mehnat inspeksiyasi texnik inspektorlari uchun majburiydir. 6. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davomiyligi 72 akademik soatdan kam bo‘lmagan malaka oshirishdan quyidagilar o‘tkaziladi: tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari va mutaxassislari; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining bevosita mazkur xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi xodimlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan foydalaniladigan texnik jihatdan malakaliligi maqullangan sinov laboratoriyalari rahbarlari. Davomiyligi 72 akademik soatdan kam bo‘lmagan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kurslaridan o‘tgan shaxslarga malaka oshirish kurslaridan o‘tgandan keyin bir yilgacha mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassisning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlari topshirish huquqi beriladi. 7. Mehnatni muhofaza qilish sohasida davomiyligi 36 akademik soatdan kam bo‘lmagan malaka oshirish kurslari quyidagilar uchun o‘tkaziladi: ish beruvchilar tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilangan mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga javobgar rahbarlar va mutaxassislar; davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari, kasaba uyushmalarining Mehnat inspeksiyasi texnik inspektorlari. 8. Ish beruvchining xohishiga ko‘ra mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish quyidagilar uchun o‘tkazilishi mumkin: tashkilotlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vazifalar yuklangan mas’ul xodimlar; kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxslar; malaka oshirishi zarurligi aniqlangan boshqa shaxslar. Mazkur bandda keltirilgan toifadagi shaxslar uchun malaka oshirish kurslarining davomiyligi 18 akademik soatdan kam bo‘lmasligi kerak. 9. Davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari, kasaba uyushmalarining Mehnat inspeksiyasi texnik inspektorlari har yili malaka oshirishdan o‘tishlari shart. Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbarlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining bevosita mazkur xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi xodimlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan foydalaniladigan texnik jihatdan malakaliligi maqullangan sinov laboratoriyalari rahbarlari uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tadilar. Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari mutaxassislari, tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati va kasaba uyushmalari (yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari) bilan kelishilgan holda ish beruvchilar tomonidan aniqlangan mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga javobgar rahbarlari va mutaxassislari besh yilda kamida bir marta mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirishdan o‘tishlari shart. 10. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kasbiy bilimlari yetarli bo‘lmagan xodimlar aniqlanganda, mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati organlari mazkur xodimlarning ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan muddatlar o‘tmasdan ham mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kurslaridan majburiy o‘tishlari yuzasidan yozma ko‘rsatma berishga haqli. 11. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlashning maqsadi bilim olish, tashkilotda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasi amaliyotida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ishlab chiqarish va xavfsiz texnologik jarayonlarni tashkil etishdan iborat. 12. Ish beruvchining buyrug‘i bilan mehnatni muhofaza qilish vazifasi yuklangan, texnik yo‘nalishdagi oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga ega bo‘lmagan rahbarlar (yoki ularning o‘rinbosarlari), shuningdek tashkilot xodimlari 288 akademik soatdan kam bo‘lmagan hajmdagi o‘quv kurslarida mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorgarlikdan o‘tadilar. Bunda, bir haftalik o‘quv yuklamasi barcha turdagi, shu jumladan auditoriyada va auditoriyadan tashqari (mustaqil) o‘quv ishlari bilan birgalikda 54 akademik soatdan ortiq miqdorda belgilanadi. Auditoriya ishlari bir haftada 36 akademik soatdan oshmasligi kerak. Mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish vazifasi yuklangandan keyin olti oy ichida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qayta tayyorgarlikdan o‘tilishi shart. 13. Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining Yagona reyestriga “mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” xizmat turi bo‘yicha kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkiloti) hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi (keyingi o‘rinlarda — Ilmiy markaz deb ataladi) yoki Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari (keyingi o‘rinlarda — Respublika malaka oshirish kurslari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. 14. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislik malaka sertifikatini oluvchi nomzodlar Ilmiy markazda yoki Respublika malaka oshirish kurslarida yoxud ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishdan o‘tadilar. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis malaka sertifikatini oluvchi nomzodlar tegishli ta’lim tashkilotining xodimi bo‘lsa, ularning ushbu tashkilotlarda malaka oshirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. 15. Ilmiy markaz Respublika malaka oshirish kurslari va ta’lim tashkilotlari tashkilotlar xodimlarining o‘qitish bo‘yicha talabni hisobga olgan holda, hududlarda ham mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish kurslarini tashkil etishi mumkin. Ta’lim tashkilotlari mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘quv jarayonlari olib borish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan ish beruvchilarning hududida ham tashkil etishi mumkin. 16. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash ishdan ajralgan holda yoki qisman ajralgan holda amalga oshirilishi mumkin. 17. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari yakunida, olingan bilimlarni tekshirish bo‘yicha uch kishidan kam bo‘lmagan tarkibda imtihondan o‘tkazish komissiyasi tuziladi. Imtihon komissiyasi tarkibiga hududiy mehnat organlarining Davlat mehnat inspeksiya xodimlari doimiy asosda kiritilishi lozim. Kurs yakuni bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda: mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirganlarga mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda Davlat namunasida sertifikat; mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlashdan o‘tganlarga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda Davlat namunasida diplom beriladi. 18. Ta’lim tashkilotlari o‘quv kursi yakuni bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan keyin o‘n kun ichida o‘quv kursidan o‘tganlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasiga yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan shaxslar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni ta’lim tashkilotlari bo‘yicha har chorak yakuni bilan hisobot davri keyingi oyining 10-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytiga joylashtirib boradi. 19. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv dasturlari va o‘quv-tematik rejalar asosida o‘tkaziladi (keyingi o‘rinlarda Ta’lim dasturlari deb ataladi). Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Ta’lim dasturlari Ilmiy markaz tomonidan ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ta’lim dasturlari, zaruratga ko‘ra, kamida uch yilda bir marta yangilab boriladi. 20. Ta’lim dasturlari tinglovchilarning amaliy ehtiyojlarini va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Ta’lim dasturlari alohida-alohida, har xil sohalar bo‘yicha, ularning ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib ham ishlab chiqilishi mumkin. Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti dasturlari asosiy (majburiy) va qo‘shimcha (ixtiyoriy) o‘quv modullariga ajratilgan holda alohida o‘quv modullariga bo‘linadi. 21. Ta’lim dasturlari mazmuniga quyiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: mehnatni muhofaza qilish sohasida ishlarni amalga oshiradigan mutaxassislarga qo‘yiladigan professional kasbiy malaka talablariga muvofiq bo‘lishi; oliy ta’lim davlat standartlariga nisbatan izchil ketma-ketlikda bo‘lishi; zamonaviy ta’lim texnologiyasi va o‘quv vositalariga mo‘ljallangan bo‘lishi; dastur mazmuni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan kasbiy faoliyatga muvofiq bo‘lishi kerak. 22. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta’lim dasturlari nazorat tadbirlarini nazarda tutishi shart, jumladan: tinglovchilarni test sinovidan o‘tkazish; hajmi 25 varaqdan (shrift -14, interval-1,5) kam bo‘lmagan malaka ishi (referat) tayyorlash va himoya qilish; imtihon topshirish. 23. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv yuklamalarni rejalashtirishda ularning mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratiladi. 24. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan tinglovchilar Ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra quyidagi kasbiy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak: mehnatni muhofaza qilish masalalarini texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablari; tashkilotlarda ishlab chiqiladigan, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini tashkil etish hamda ularning faoliyat olib borishini ta’minlaydigan lokal normativ hujjatlar ro‘yxati; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan ogohlantirish bo‘yicha profilaktika ishlarini o‘tkazish shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llanishi, normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya etilishini nazorat qilish uslublari, ishlab chiqarish va kasb kasalligiga chalinish, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish va ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha aniqlangan nomuvofiqliklarni tugatishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarish; xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish hajmlari bo‘yicha ehtiyojlarni aniqlash; shaxsiy va jamoaviy himoya vositalarining klasslari, turlari va asosiy xususiyatlarini, himoya vositalariga hamda ulardan foydalanishga va saqlashga qo‘yiladigan umumiy talablar, ularning sozligi va ahvolini baholashning mezonlari; kasb kasalliklari turlari va kasbiy xavflarni boshqarish usullari; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligiga chalinishini tekshirish va hisobga olishda shuningdek, ishlab chiqarishda jarohatlanganlarning sug‘urtasini ta’minlash uchun zarur hujjatlar ro‘yxati; ish beruvchining mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnatni muhofaza qilish sohasida vazifa va maqsadlarini shakllantirish asoslari; ish beruvchi faoliyatining xususiyatini inobatga olgan holda aholining sanitariya-gigiyena osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablari; zararli va xavfli mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarga belgilangan kompensatsiya turlari va miqdori, ularni berish shartlari va tartibi; mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganligi uchun javobgarlik (intizomiy, ma’muriy, fuqaroviy-huquqiy, jinoiy) va javobgarlikka tortish tartibi; texnologik jarayonlarning asoslari, mashinalar, qurilmalar va uskunalarning vazifalari, ish beruvchining faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda xomashyo va materiallarni qo‘llash; texnologiyalar, uskunalar, mashinalar va moslamalarga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘yiladigan asosiy talablar, shuningdek ularni qabul qilish va foydalanishga topshirish, ishlab chiqarish obyektlarini nazorat qilish bilan bog‘liq hujjatlar ro‘yxati; ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va xavfli omillari, ularning manbalari va xususiyatlari, ularning klassifikatsiyasi; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini rejalashtirish, mehnatni muhofaza qilish faoliyati bo‘yicha ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining natijalarini va boshqarish tizimining samaradorligini baholash. 25. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘tagan,ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan shaxslar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari shart: qonun hujjatlari talablariga muvofiq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha samarali ish tizimini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish tizimining barcha jarayonlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni ta’minlash va mehnatni muhofaza qilish tizimiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash; jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi va xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining mehnatni muhofaza qilish qismini ishlab chiqish; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xodimlar o‘rtasida vakolatlar va majburiyatlarni taqsimlash; xodimlarga ishlab chiqarishda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uslub va usullarini o‘rgatish; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar, xodimlarni xavfsiz mehnat usullariga o‘qitish dasturlarini, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash va mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha instruktajlar o‘tkazish va xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini tekshirishni ta’minlash; kasbiy xavflarni baholash orqali korxonalarda tashkil etilgan mehnatni muhofaza qilish tizimi va haqiqiy sharoitlarni tahlil qilish; ish beruvchiga mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari masalalari bo‘yicha hisobot (shu jumladan statistika) hujjatlarini tayyorlash; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligiga chalinishni tekshirish bo‘yicha komissiya ishini tashkil qilish, taqdim etilgan materiallar asosida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligi holatini o‘rganish; ish joylarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalardan foydalanishda jarohatlanish jihatidan xavfliligi bo‘yicha attestatsiya komissiyasi ishini tashkil etish, ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash; xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki, davriy va navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, davolash-profilaktik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, xodimlarga sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatish talablarini ishlab chiqish; xodimlarning xavfsiz ishlash darajasini yaxshilash,mehnat sharoitlarining yaxshilanishidan manfaatdorliklari darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni aniqlash, shuningdek xodimlarning mehnat qilish va dam olish rejimini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash; xodimlarni mehnat sharoitlari va ish joylaridagi mehnat muhofazasi, sog‘lig‘iga yetkaziladigan jarohatlar xavflari, taqdim etiladigan kompensatsiyalar va kafolatlar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar bilan ta’minlash; mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari masalalari bo‘yicha xodimlarning vakillik organlari bilan ishlarni tashkil etish. 26. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning o‘z vaqtida malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish uchun ish beruvchi javob beradi. 1. Mazkur Nizom “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tashkilotlarda mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish tartibini va uni o‘tkazish talablarni belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi (keyingi o‘rinlarda davlat ekspertizasi deb ataladi) — ekspertiza obyektlarining mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligini baholash; mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish organi — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining davlat mehnat inspeksiyalari; mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi; ish o‘rni — mehnat faoliyati jarayonida xodimning doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lish joyi; mehnat sharoitlari — mehnatni amalga oshirish chog‘idagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yig‘indisi; ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi — mehnat sharoitlarining, ish o‘rinlaridagi mehnat jarayoni og‘irligi va tig‘izligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar majmui; zararli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili; xavfli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili; shaxsiy himoya vositalari — xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnikaviy va boshqa vositalar; jamoaviy himoya vositalari — tuzilishi yoki vazifasi jihatidan ishlab chiqarish binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan, xodimlarga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan texnik va boshqa vositalar; attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot — “ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya o‘tkazish” xizmat turi bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilarining Yagona reyestriga kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmat bozorining professional ishtirokchisi. 3. Davlat ekspertizasi: ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish sifatini; xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishi uchun kafolatlar va kompensatsiyalar berilishining to‘g‘riligini; xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga oshiriladi. 4. Davlat ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari (keyingi o‘rinlarda davlat eksperti deb ataladi) tomonidan, mazkur Nizom bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. 5. Davlat ekspertizasi: xodimlarning umumiy soni 100 kishidan kam bo‘lgan tashkilotlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining davlat ekspertlari tomonidan; xodimlarning umumiy soni 100 va undan ko‘p kishi bo‘lgan tashkilotlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi. 6. Quyidagilarni baholash davlat ekspertizasining obyekti hisoblanadi: ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining omillari, ish o‘rinlarining jarohatlanish jihatidan xavfliligi; xodimlarning shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligi; ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish natijalari va xulosalarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi; mehnat sharoitlari xavfli va (yoki) zararli ishlar, og‘ir ishlar uchun xodimlarga berilayotgan kompensatsiyalar va kafolatlarning belgilangan mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi; ish o‘rinlaridagi mehnat sharoitlarining haqiqiy holati. 7. Davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun: mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish sifatini baholashda — o‘tkazilgan mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarining attestatsiyasi natijalari yuzasidan attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilotlarning; mehnatning zararli va (yoki) xavfli sharoitlarida ishlashda hamda ish o‘rnidagi haqiqiy mehnat sharoitlarida xodimlarga kompensatsiya va kafolatlar to‘g‘ri berilayotganligini baholashda — ish beruvchilar, ish beruvchilarning birlashmalari, kasaba uyushmalarining (xodimlarning boshqa vakillik organlarining) murojaatlari asos bo‘ladi. Bandlik va mehnat munosabatlari va uning hududiy bo‘linmalariga davlat nazorati va tekshiruvi organlarining, shuningdek sudlar murojaat qilgan holatlarida davlat ekspertizasi o‘tkazilishi mumkin. 8. Davlat ekspertizasi o‘tkazilishida davlat ekspertizasi organlari quyidagilarga majbur: qonunchilik talablariga amal qilish; ekspertizaga taqdim qilingan hujjatlar va materiallarning atroflicha, xolisona va kompleks tahlilini amalga oshirish, ularni mehnatni muhofaza qilishning belgilangan talablariga muvofiqligini aniqlash; davlat ekspertizasini amalga oshirishning mazkur Nizomda belgilangan tartibi va muddatlariga rioya etish, materiallarning kelib tushish navbatini hisobga olgan holda davlat ekspertizasini o‘tkazish; davlat ekspertizasi obyektlarining belgilangan mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) to‘g‘risida davlat ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosalar tuzish; davlat ekspertizasi xulosalarida va boshqa hujjatlarda bayon etilgan xulosalarning xolisonaligini va asoslanganligini ta’minlash; davlat ekspertizasiga qabul qilingan hujjatlarning va boshqa materiallarning saqlanishini va ulardagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash; davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibi bo‘yicha manfaatdor shaxslarning so‘rovi bo‘yicha bepul tushuntirishlar berish; mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari sohasi bo‘yicha belgilangan muddatlarda davlat ekspertlarining malakasini oshirish. 9. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazishda davlat eksperti quyidagi huquqlarga ega: nazorat va tekshirish vazifalarini bajarish uchun, shuningdek davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur axborotlarni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan so‘rash va olish; tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf qilish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish haqida taqdimnomalar kiritish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablar va shartlarni buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxsiy himoya vositalaridan va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob-uskunalardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar yuzasidan sudda ekspert sifatida ishtirok etish; belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan yoki texnik jihatdan malakaliligi maqullangan laboratoriyalarni jalb qilgan holda, zarur bo‘lgan holatlarda tegishli kuzatishlar, o‘lchashlar va hisoblashlarni amalga oshirish. Mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 10. Davlat eksperti, agar ekspertiza natijalarida uning uchun mulkiy yoki boshqa shaxsiy manfaat mavjud bo‘lsa, jumladan, agar davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tayyorlashda uning yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), aka-uka, opa-singil, bolalar) ishtirok etgan bo‘lsa, davlat ekspertizasida ishtirok etishga haqli emas. 11. Murojaat etuvchi quyidagi huquqlarga ega: davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida davlat ekspertizasi organlaridan tushuntirish olish; davlat ekspertizasi o‘tkazilishida mazkur Nizom talablarining buzilishini bartaraf etish talabi bilan davlat ekspertiga (davlat ekspertizasi organiga) murojaat etish; davlat ekspertizasi bilan bog‘liq savollar bo‘yicha og‘zaki yoki yozma shaklda tushuntirish, e’tiroz va takliflarni taqdim etish. 12. Mehnat sharoitlari bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiyaning sifatini baholash yuzasidan bir ish o‘rnini davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun to‘lov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishi uchun kafolatlar va kompensatsiyalar berilishining to‘g‘riligini, shuningdek xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash yuzasidan davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun to‘lov undirilmaydi. Davlat nazorati va tekshiruvi organlari, shuningdek sudlarning murojaatlari bo‘yicha davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun to‘lov undirilmaydi. 13. Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarni attestatsiyadan o‘tkazilishi sifatini baholash yuzasidan davlat ekspertizasi attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilotlarning murojaatlari bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 14. Attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilot ariza va tashkilotlar bo‘yicha mehnat sharoitlari attestatsiyasi materiallarini, xodimlarning umumiy soni: 100 kishidan kam bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli hududiy organlariga; 100 kishi va undan ko‘p bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markaziga (keyingi o‘rinlarda Ilmiy markaz deb ataladi) yuboradi. 15. Arizada: attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilotning to‘liq nomi; pochta manzili va elektron pochta manzili; ish o‘rinlari attestatsiyadan o‘tkazilgan tashkilot haqidagi ma’lumotlar (tashkilotning to‘liq nomi, pochta manzili, STIR, IFUT kodi, MHOBT kodi, tashkilot xodimlarining umumiy soni, mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ish o‘rinlarining soni) ko‘rsatiladi. 16. Attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan arizaga: ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq tuzilgan qog‘oz va elektron formatdagi attestatsiya hisoboti; ilgari o‘tkazilgan ekspertizalar to‘g‘risida ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa) ilova qilinadi; 17. Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish sifatini baholash yuzasidan davlat ekspertizasi uchun to‘lov ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazgan tashkilot tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga yoki Ilmiy markazga to‘lanadi. 18. Davlat ekspertizasini o‘tkazishda quyidagilar tekshiriladi: ish o‘rinlari attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ro‘yxatda ko‘rsatilgan ish o‘rinlari (kasblar, lavozimlar) nomlanishining xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatoriga, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlariga mosligi; attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ish o‘rinlariga takrorlanmaydigan tartib raqamlarining to‘g‘ri berilganligi; instrumental o‘lchovlarni o‘tkazish uslublarining to‘g‘ri tanlanganligi; o‘xshash ish o‘rinlarining to‘g‘ri tasniflanganligi (bunday ish o‘rinlari bo‘lsa); mehnat sharoitlarini maxsus baholash jarayonida foydalanilgan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonidagi zararli va (yoki) xavfli omillarni o‘lchash vositalarining belgilangan talablarga mosligi; ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish davomida foydalanilgan o‘lchash vositalarining Davlat reyestri ro‘yxatida mavjudligi; ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish davomida o‘lchash vositalarining qiyoslovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlarning mavjudligi; ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish uslublari va xulosalarining qonunchilikda belgilangan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi talablariga muvofiqligi; mehnat sharoitlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyalarga (MRK) va maksimal ruxsat etilgan (MRD) darajalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi natijalari bo‘yicha belgilangan mehnat sharoitlari klasslari (darajalari)ning to‘g‘ri belgilanganligi; ish o‘rinlarining jarohatlash xavfliligini baholash natijalariga asosan ish o‘rinlaridagi mehnat sharoitlarining jarohatlash xavfliligi bo‘yicha klasslarning (darajalarning) to‘g‘ri belgilanganligi; xodimlarning yakka tartibdagi himoya vositalari bilan to‘g‘ri ta’minlanganligi, yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanganlik darajasining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi; ish o‘rinlarining attestatsiyasi natijalariga ko‘ra belgilangan zararli va (yoki) xavfli sharoitlarda ishlash uchun imtiyoz va kompensatsiyalar, imtiyozli pensiya ta’minotini olish huquqining, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish zaruratining to‘g‘riligi; ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan o‘tkazilgan attestatsiya natijalarining yig‘ma qaydnomalardagi mehnat sharoitlari xaritalaridagi ma’lumotlarga mosligi va ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligi; ish o‘rinlarida mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiya etilgan tadbirlar rejasining to‘g‘ri to‘ldirilganligi va ma’lumotlarning mehnat sharoitlari xaritalaridagi ma’lumotlar bilan muvofiqligi. 19. Ilmiy markaz 15 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda xodimlarining umumiy soni 100 kishi va undan ko‘p bo‘lgan tashkilotlar bo‘yicha mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiya o‘tkazish sifatini o‘rganadi va dastlabki bahoni beradi. Ilmiy markaz mehnat sharoitlari bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiyaning dastlabki baholash natijalariga ko‘ra Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hisobot shakli bo‘yicha dalolatnoma tuzadi va Mehnat vazirligining davlat ekspertizasi organiga tegishli hujjatlar bilan qo‘shib jo‘natadi. Ilmiy markaz “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasida belgilangan, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni ko‘rsatishga haqli emas, mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bundan mustasno. 20. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat eksperti tomonidan, Ilmiy markaz tuzgan dastlabki baholash dalolatnomasi va taqdim etilgan hujjatlar hisobga olinib, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan o‘tkazilgan attestatsiyalash sifati bo‘yicha 10 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda Davlat ekspertizasi o‘tkaziladi. 21. Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish sifatini Davlat ekspertizasidan o‘tkazish va xulosa berish (yoki qayta ishlashga qaytarish) muddati ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 25 kalendar kundan oshmasligi shart. Agar belgilangan muddatlarda davlat ekspertizasini o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, muddat Davlat ekspertizasi organi rahbari tomonidan, arizachini yozma ravishda ogohlantirgan holda, ko‘pi bilan besh ish kuniga uzaytirilishi mumkin. 22. Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish sifati bo‘yicha Davlat ekspertizasini o‘tkazishda davlat ekspertlari va Ilmiy markaz mutaxassislari tanlov asosida, joyiga (attestatsiya o‘tkazilayotgan tashkilotga) borgan holda attestatsiya o‘tkazayotgan tashkilot taqdim qilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini va o‘lchov usullarining to‘g‘riligini tekshirish huquqiga ega. Attestatsiya o‘tkazayotgan tashkilot tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarning haqqoniyligini va o‘lchov usullarining to‘g‘riligi tekshirish jarayonida ish beruvchilarga nisbatan choralar ko‘rilmaydi. 23. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq xulosa beriladi yoki rad etish sabablari asoslangan, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlarning buzilgan normalari va ish o‘rinlari attestatsiyasi materiallarini qayta kiritish muddatlari ko‘rsatilgan holda aniqlangan nomunosibliklarni bartaraf etish uchun ish o‘rinlari attestatsiyasi materiallari attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilotga qaytariladi. Aniqlangan nomunosibliklarni bartaraf etish muddatlari tuzatishlar kiritilishi zarur bo‘lgan ish hajmini inobatga olinib, ammo o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatda belgilanadi. Ish o‘rinlari attestatsiyasi materiallarini qayta ishlash uchun qaytarish xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlar (xabarnomani laboratoriyaga taqdim etish sanasini hisobga olgan holda) o‘tib ketgandan keyin topshirilgan ariza va materiallar yangidan topshirilgan deb hisoblanadi va ular umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. Attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilot aniqlangan nomunosiblikdan norozi bo‘lsa, ularni bartaraf etish bo‘yicha xabarnomani olgan kundan boshlab 5 kalendar kun ichida aniqlangan nomunosibliklarni asoslab va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlarning talablari ko‘rsatilgan holda yozma rad etish xatini taqdim qilish huquqiga ega. 24. Agar mazkur Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish sifatining davlat ekspertizasini o‘tkazish natijalari bo‘yicha attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilotga xulosa berilmagan yoki ish o‘rinlari yuzasidan attestatsiya materiallari kamchiliklarni bartaraf etishga qaytarilmagan yoki ko‘rib chiqish muddatlari uzaytirilganligi haqida yozma xabarnoma yo‘llanmagan bo‘lsa attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilot davlat ekspertizasi organlari tomonidan ijobiy xulosa olgan deb hisoblanadi. Mazkur bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatlarda davlat ekspertizasi organi attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotga ijobiy xulosani uch ish kuni davomida taqdim qilishi lozim. 25. Attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilot qayta ishlash uchun attestatsiya hujjatlarining qaytarilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddatlarda ish o‘rinlarining attestatsiya hujjatlarini qaytarish sabablari bartaraf etilgandan so‘ng davlat ekspertizasiga qayta topshirish huquqiga ega. Bunda ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish materiallarini avval ko‘rsatilmagan yangi sabablarni ko‘rsatib, takroran qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat ekspertizasini qayta o‘tkazish uchun to‘lov undirilmaydi. Davlat ekspertizasini qayta o‘tkazish o‘n kun ichida amalga oshiriladi. Agar rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan bartaraf etilmagan bo‘lsa (ish o‘rinlari attestatsiyasi materiallarini qayta ishlash uchun qaytarish xabarnomasiga e’tiroz berilgan xolatlar bundan mustasno), hujjatlar arizachiga qaytariladi. Bunda navbatdagi davlat ekspertizasiga ish o‘rinlari attestatsiyasi hujjatlari qaytarilgan kundan boshlab o‘ttiz kun o‘tgandan so‘ng umumiy tartibda kiritilishi lozim. 26. Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish materiallarini maqsadga muvofiq emas degan asos bilan Davlat ekspertizasidan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 27. Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun xodimlarga imtiyoz va kafolatlar to‘g‘ri berilganligini baholashda davlat eksperti hisobot va taqdim qilingan boshqa hujjatlarni, ularning mehnat qonunchiligi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, mahalliy normativ hujjatlar, shuningdek tarmoq (hududiy) kelishuvlari va jamoa shartnomalariga (mavjud bo‘lsa) muvofiqligini hamda zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band ishchi (xodimlarga) quyidagi imtiyoz va kafolatlarning: davomiyligi qisqartirilgan ish haftasini; har yilgi haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilni; mehnatga oshirilgan miqdorda haq to‘lanishini; mehnat qonunchiligi, tarmoq (tarmoqlararo) kelishuvlar, jamoa shartnomalarida va ish beruvchining mahalliy normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyoz va kafolatlarning berilishi hajmi va tartibini tahlil qiladi. 28. Xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlari davlat ekspertizasini amalga oshirish uchun arizachi tomonidan davlat ekspertizasini o‘tkazish haqidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillarini o‘lchash va o‘rganish (sinash) natijalarini qamrab oluvchi ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish hisoboti yoki boshqa hujjatlar; jamoa shartnomasi (mavjud bo‘lsa), mehnat shartnomasi (mehnat shartnomalari), xodimning (xodimlarning) mehnat sharoitlarini mehnat sharoitlarini, jumladan mehnat va dam olish rejimlarini belgilovchi mahalliy normativ hujjatlar. 29. Xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasini o‘tkazishda davlat eksperti: binolar, inshootlar, uskunalar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishda foydalaniladigan asboblar, xomashyo va materiallar, shuningdek xodimlarning ish o‘rinlaridagi yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalarining texnikaviy holatini; xodimlarga sanitariya-maishiy va davolash-profilaktika xizmatlarini ko‘rsatish holatini; o‘rnatilgan mehnat va dam olish rejimlarini; ish o‘rinlarida ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va (yoki) xavfli omillari mavjudligini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normati
88
63,678
Qonunchilik
Kadrlar ishini yuritish boʻyicha malaka oshiramiz
1 may kuni «Norma» PRMda kadrlar boʻlimi rahbarlari, ish yurituvchilar va buхgalterlar uchun 40 soatlik oʻquv kursi boshlanadi. Oʻqish begim kunlari 40 akademik soat mobaynida oʻtkaziladi. Kursni «Norma» kompaniyasining yetakchi eksperti Abdusalom Risqullayev olib boradi. Qatnashchilar nafaqat mehnat qonunchiligini qoʻllashda хatarlarni baholash va odatiy qonun buzilishini muhokama qilishni oʻrganishadi, balki mazkur qonun buzilishlarini toʻgʻirlash boʻyicha mavjud imkoniyatlarni koʻrib chiqadilar. Kurs dasturiga quyidagi mavzularning batafsil muhokamasi kiradi: Bundan tashqari, oʻqish doirasida asosiy e’tibor tinglovchilarning amaliyotda duch keladigan aniq vaziyatlari boʻyicha savollariga javoblarga qaratiladi. Ishtirok etish uchun internet yoki (99871) 283-23-92 telefon raqami orqali oldindan roʻyхatdan oʻtish lozim.  Bir nafar tinglovchi uchun oʻqish qiymati 1 000 000 soʻmni tashkil qiladi. Bunda quyidagilar uchun kurs qiymati 50%ga pasaytiriladi hamda 500 000 soʻmni tashkil etadi: Mijoz va obunachi hisoblanmaydigan “tashqi” qatnashchilarga ham 40% chegirma koʻzda tutilgan («Norma» PRMning mavsumiy aksiyasi doirasida). Bunday qatnashchilarga oʻqish 600 000 soʻmga tushadi.
49
1,195
Qonunchilik
Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52(II)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi va 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lovning (bundan buyon matnda YIT deb yuritiladi) eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan YITni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi: ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq to‘lash fondi qismida yuridik shaxslarga; notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga; yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab, 6 oy davomida, agar mazkur muddatda ular o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar qurgan taqdirda, qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanasidan boshlab 6 oy o‘tgungacha, biroq ularning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrda. Bunda, yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasidan 6 oylik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar quruvchilar esa — qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan 6 oylik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yillik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan YITning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITni to‘laydilar. 1. YIT to‘lovchilari YITni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka bo‘yicha, biroq: fermer xo‘jaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda; mikrofirmalar va kichik korxonalar (fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 65 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda; qolgan to‘lovchilar har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda YIT hisoblashadi. Hisoblab chiqarilgan YIT summasi foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan foydani aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi, bundan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan holat mustasno. 2. Ushbu Nizomni qo‘llash maqsadida xodimlarga mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar kiradi. 3. YIT to‘lovchilari hisobot oyida xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlaridan va ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda jami korxona bo‘yicha YITning eng kam miqdorini aniqlaydilar. 4. YITning eng kam miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi: MRyait — YITning bir oy uchun eng kam miqdori; K — bir oyda barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari (bir kunda ishlagan soatlaridan qat’i nazar) soni, biroq korxonada o‘rnatilgan ish kunlari sonidan ortmagan holda. Xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlariga, shuningdek yillik mehnat ta’tillariga va ish haqi saqlangan holda beriladigan ta’tillarga to‘g‘ri keladigan kunlar ham taalluqlidir. Bir oyda xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarini hisoblab chiqarishda quyidagilarning ishlagan kunlari kiritilmaydi: pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha YIT hisoblab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlarning ish kunlari; kasanachilarning ish kunlari (YIT bo‘yicha imtiyoz muddati tugagunga qadar); fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlar bajarayotgan (xizmatlar ko‘rsatayotgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarning ish kunlari. n — korxonada belgilangan bir oydagi ish kunlari soni; N — ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan bir xodim uchun bir oyda YIT normativi. Agar minimal ish haqining miqdori oyning 1-kunidan o‘zgarmasa, u holda oy uchun minimal ish haqining o‘rtacha oylik miqdori qo‘llaniladi. 5. YITning eng kam miqdori har oy hisoblab chiqariladi. 6. Agar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasi YITning eng kam miqdoridan kam bo‘lsa, u holda yagona soliq to‘lovi YITning eng kam miqdorining O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasidan ortgan qismiga qo‘shimcha hisoblanadi. 7. Agar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT haqiqiy summasi YITning eng kam miqdoridan ko‘p yoki unga teng bo‘lsa, u holda YIT haqiqatda hisoblangan summa miqdorida to‘lanishi kerak. 71. Mikrofirma va kichik korxonalari uchun belgilangan YIT stavkasini hisobot yilida qo‘llagan, biroq hisobot yili yakunlari bo‘yicha belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan YIT to‘lovchilari (fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka (bundan buyon matnda umumbelgilangan stavka deb yuritiladi) bo‘yicha hisoblab chiqarilgan YIT summasini qo‘shimcha hisoblaydi. Bunda YITning belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITning qo‘shimcha hisoblangan summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi. Umumbelgilangan stavka bo‘yicha YITning qo‘shimcha summasi hisobot yili yakuni bo‘yicha taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobida aks ettiriladi. 72. Agar hisobot yilida YITning umumbelgilangan stavkasini qo‘llagan YIT to‘lovchilari hisobot yili yakunlari bo‘yicha ularni mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga kiritish uchun belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelsa, soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan YITning stavkasi hisobot yilidan keyingi yildan boshlab qo‘llaniladi va tegishincha hisobot yil uchun YITning belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITning qo‘shimcha hisoblangan summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi. 8. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23, 2013-8-son qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobiga tasdiqlangan shakldagi Ma’lumotnoma-YITning eng kam miqdori hisob-kitobini ilova qilishadi. 10. To‘lovchilar ushbu Nizomning talablarini hisobga olgan holda YITni hisoblab chiqarishning to‘g‘riligiga va qonun-hujjatlariga muvofiq uni o‘z vaqtida to‘lashga javobgardirlar. 11. Davlat soliq xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq YITning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. 12. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan YITni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan hollar aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YITning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda, YITni qo‘shimcha hisoblaydilar. Bunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan qo‘shimcha hisoblangan YIT summasi to‘lovchi ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan undiriladi va foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan foydadan chegirilmaydi.
174
8,950
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON IQTIDORLI YoShLARINI TAQDIRLASh VA MODDIY RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilarni, talabalar va tayanch doktorantlarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” davlat dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq; Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘larni nazarda tutsin. 3. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida iqtidorli yoshlarning o‘z ma’naviy, kasbiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi yutuqlari keng yoritilishini ta’minlasinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining so‘nggi o‘quv yilida tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlarga (keyingi o‘rinlarda — tayanch doktorantlar deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tanlab olish natijalariga ko‘ra tayinlanadi. 2. Tayanch doktorantlarga tayinlash uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kvotasi (o‘nta) Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga muvofiq har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha (har bir tanlov yo‘nalishiga bittadan stipendiya hisobidan) taqsimlanadi. 3. Tayanch doktorantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilanadi: yetakchi ilmiy nashrlarda (kamida ikkita) ilmiy maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi; O‘zbekiston tarixini bilish; xalqaro konferensiyalar bosma nashrlarida maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi; barcha malakaviy imtihonlarni “a’lo” bahoga topshirish; dissertatsiyaning tayyorlik darajasi (dissertatsiyaning tayyorlik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod ko‘rsatgan muassislarning tegishli xulosasi bilan tasdiqlanishi kerak); tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi ixtisoslik (tayanch doktoranturadagi tadqiqot obyekti) xorijiy til hisoblangan alohida hollarda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi. Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilishga talablar darajasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida maxsus test sinovidan o‘tadilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshiradi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tayanch doktorantlar nomzodlarini ko‘rsatadigan davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda, talabgorlar ishlarining dolzarbligini, ularning shaxsiy hissasini, o‘tkazilgan tadqiqotlarning muhimligini oldindan ekspertizadan o‘tkazadilar, dissertatsiya tadqiqotlari mavzusi bo‘yicha tayanch doktorantlar ilmiy axborotlarining ommaviy muhokamasini tashkil qiladilar, ularning umumiy ilmiy tayyorgarligini, dissertatsiyaning tayyorlik darajasini, talabgorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini baholaydilar va har bir nomzod bo‘yicha asoslangan xulosa qabul qiladilar. 5. Ilmiy-tadqiqot ishlarining mufassal annotatsiyalari ikki nusxada, matnga tegishli ko‘rgazmalar bilan birga dastlabki ko‘rib chiqish uchun davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashiga taqdim etiladi. Ishga quyidagilar ilova qilinadi: mazkur soha yetakchi mutaxassislarining fikr-mulohazalari; ilmiy ishlar ro‘yxati; ilmiy maqolalarning bosma nusxasi, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy ish natijalaridan foydalanish haqidagi dalolatnomalar. Ishning (annotatsiyaning) har bir nusxasi yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar bilan birga muqovalangan yoki jildga joylangan bo‘lishi kerak. Muqovada yoki jildda ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning ismi, familiyasi va otasining ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi. Boshqa hujjatlar, qo‘shimcha chizmalar, sxemalar, xaritalar, albomlar, suratlar va shu kabilar bir nusxada taqdim etiladi. 6. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar. Ilmiy kengashlarning qarorlari vazirliklar va idoralar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida tavsiyanomalar jo‘natish uchun asos hisoblanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vazirliklar va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risidagi tavsiyalarini har yili bir marta — dekabr oyida ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qaror qabul qiladi. Hujjatlar 1—31-oktabrda qabul qilinadi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha maxsus test sinovlari 1—30-noyabrda o‘tkaziladi. 8. Tayanch doktorantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori asosida amalga oshiriladi. Stipendiyalarni tayinlashdan avval talabgorlarning maxsus va umumilmiy tayyorgarlik darajasi hamda ma’lumotlarining belgilangan mezonlarga muvofiqligi puxta ekspertizadan o‘tkaziladi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda maxsus tanlov komissiyasi tuzadi, uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar o‘rtasida saralash tanlovi o‘tkazish yuklanadi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazadi va agar har bir ishga ovoz berishda qatnashgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ma’qullab ovoz bersa nomzod tayanch doktorantlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi. Ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni belgilangan o‘rinlar kvotasidan ko‘p bo‘lgan taqdirda ustunlik eng ko‘p ovoz olgan talabgorlarga beriladi. Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun tayanch doktorantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishda asos bo‘ladi. Stipendiyalar har yili tayanch doktorantning tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi o‘qish davri uchun, stipendiyaning ikki barobari miqdorida qat’iy muvofiq holda tayinlanadi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan tayanch doktorantlarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomalari beriladi. Guvohnomalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati majlisida tantanali vaziyatda topshiriladi. 13. Shaxsiy rejalarni bajarmagan va ilmiy odob-axloqqa rioya qilmagan tayanch doktorantlar tasarrufida tayanch doktorant o‘qiyotgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinishi mumkin. 14. Bahsli masalalar, ariza va shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 1. Magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi. 2. Talabalarga tayinlash uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (yigirma ikkita) Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha (har bir tanlov yo‘nalishiga bittadan stipendiya hisobidan) taqsimlanadi. Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan nomzodlar har bir tanlov yo‘nalishi bo‘yicha bittadan tavsiya etilishi mumkin. 3. Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi: umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish; yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish; kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi; tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til bo‘lgan taqdirda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi; O‘zbekiston tarixini bilish. Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha o‘z bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (mintaqalar bo‘yicha) maxsus test sinovlari topshiradilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar ko‘rsatish, talabgorlar nomzodlarining o‘qishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan so‘ng, davlat oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar: sinov daftarchasidan ko‘chirma; dekanat, kafedra tavsiyanomasi; ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi; rahbarning fikr-mulohazalari; ilmiy (ijodiy) ishga taqriz; ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari. Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har bir to‘plami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi. 5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalarini tayinlash uchun stipendiatlar nomzodlarini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar. Ilmiy kengashlar qarorlari vazirliklar va muassasalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tavsiyanoma yuborishi uchun asos hisoblanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati — 1—15-avgust, ko‘rib chiqish muddati — 10—25-sentabr. 7. Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan amalga oshiriladi. Stipendiyalar tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasi puxta ekspertizadan o‘tkaziladi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar orasidan tanlab olish yuklanadigan maxsus tanlov komissiyasi tuzadi; talabgorlarning ta’lim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarligi darajasini baholash maqsadida ishlarni ko‘rib chiqish uchun yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertlar guruhlari tuzadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar bo‘yicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlarini ishlab chiqadi; tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi; tanlov komissiyasi majlislarini o‘tkazish muddatlarini belgilaydi. 8. Tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazadi hamda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda talabalar nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi. Agar ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni belgilangan kvotadan ko‘p bo‘lsa, ustunlik eng ko‘p ovoz olgan talabgorlarga beriladi. Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining qarori davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqida buyruq tayyorlashi uchun asos bo‘ladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari talabalarga har yili, bir o‘quv yili uchun, 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati majlisida tantanali ravishda topshiriladi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lgan magistratura bosqichi talabalari oliy ta’lim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qabul qilinadi. 14. Kundalik darslarni o‘zlashtirmaydigan, o‘quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalarni o‘quv yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilish tasarrufida talaba o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan amalga oshirilishi mumkin. 15. Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash bo‘yicha ariza va shikoyatlari qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 1. Mazkur Nizom oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarida butun o‘qishi davomida faqat a’lo baholarga o‘qiyotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan oxirgi kurs talabalariga tayinlanadi va to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari har bir oliy ta’lim muassasasining bakalavriat bosqichidagi bir nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi va to‘lanadi. Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari (keyingi o‘rinlarda — nomli davlat stipendiyalari) O‘zbekiston Respublikasidagi davlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi. To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi. Bunda, ushbu nomli davlat stipendiyalari soni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi har bir oliy ta’lim muassasasi uchun To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari bo‘yicha alohida bittadan belgilanadi. 3. Kelgusi o‘quv yili uchun nomli davlat stipendiyalari soni joriy o‘quv yili oxirida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bunda, O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallari bo‘yicha davlat stipendiyalari soni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq har yili tasdiqlanadigan tanlov yo‘nalishlari va talabalar sonidan kelib chiqib taqsimlanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etuvchi nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi: a) nomli davlat stipendiyalari uchun: a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish; yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish; O‘zbekiston tarixini bilish; tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish. Bunda, talabgorlar ushbu tillar bo‘yicha o‘z bilimlari darajasini aniqlash uchun o‘qish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan o‘tadilar; b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi uchun mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan talablarga qo‘shimcha ravishda o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos mavzuda kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (maqola, tezis yoki asarlar)ning mavjudligi talab etiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzodlarni ko‘rsatish oliy ta’lim muassasalari kengashlari tomonidan, talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun oliy ta’lim muassasasi kengashiga quyidagilarni taqdim qiladilar: sinov daftarchasidan ko‘chirma; dekanat va kafedraning tavsiyanomasi; ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi; ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari; tillar kafedrasi, tarix kafedrasining suhbat natijalari haqidagi ma’lumotnomalari. Barcha hujjatlar jildga (papkaga) joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, kursi, guruhi ko‘rsatiladi. 6. Oliy ta’lim muassasalari kengashlari talabgorlarni tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etish bo‘yicha yashirin ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar. Ovoz berish jarayonida oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari va talabalari ham ishtirok etishi mumkin. Ovoz berish natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga eng ko‘p ovoz olgan uch nafardan (bunda nomzodlar turli tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha aniqlanishiga urg‘u beriladi); nomli davlat stipendiyalariga ajratilgan har bir kvotaga eng ko‘p ovoz olgan uch nafargacha nomzod tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etiladi. 7. Oliy ta’lim muassasasi kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va tegishli hujjatlar oliy ta’lim muassasasining mas’ul xodimi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “stipendiya.edu.uz” elektron tizimiga har yili 1 — 15-avgust kunlari kiritiladi. Bunda, nomzodlarning hujjatlarining asliga to‘g‘ri ekanligi hamda “stipendiya.edu.uz” elektron tizimiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritilishi bo‘yicha mas’uliyat oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) zimmasiga yuklatiladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta, har yili 10 — 30-sentabr kunlari ko‘rib chiqadi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar chet tillari, axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (hududlar bo‘yicha) maxsus test sinovlari topshiradilar. Davlat test markazi test sinovlari natijalari qaydnomalarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari talabgorlarning ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari hamda o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan tanlov komissiyalari qaroriga asosan aniqlanadi. 11. Tanlov komissiyalarining qabul qilingan qarorlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo‘lgan talabalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 12. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori, ijrochi direktori)ning talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishi uchun asos hisoblanadi. Stipendiyalar 1-sentabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilgan holda tayinlanadi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida g‘olib bo‘lgan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tasdiqlangan quyidagi guvohnomalardan biri beriladi: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi”; “Beruniy nomli davlat stipendiyasining sohibi”; “Ibn Sino nomli davlat stipendiyasining sohibi”; “Navoiy nomli davlat stipendiyasining sohibi”; “Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasining sohibi”; “Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasining sohibi”; “Islom Karimov nomli davlat stipendiyasining sohibi”; “To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasining sohibi”; “Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasining sohibi”. Guvohnomalar talabalarning o‘qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatgandan so‘ng ikki yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar. 15. Talabalarni kundalik darslarni o‘zlashtirmaganlik, o‘quv intizomini va odob-axloqni buzganlik uchun o‘quv yili mobaynida davlat stipendiyalaridan mahrum qilish oliy ta’lim muassasalari taqdimnomalariga binoan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan amalga oshirilishi mumkin. 16. Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tayinlash bo‘yicha ariza va shikoyatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya qarorlariga ko‘ra o‘tkaziladigan respublika musobaqalarini: o‘quvchilarning badiiy-ijodiy ixtisosliklar bo‘yicha tanlovlarini, sportning shaxsiy va komanda turlari bo‘yicha sport musobaqalarini tashkil etishning umumiy prinsiplarini belgilaydi. 2. Quyidagilar o‘quvchi yoshlar o‘rtasida tanlovlar, sport musobaqalari o‘tkazishning asosiy maqsadlari hisoblanadi: o‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish; o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishni oshirish; o‘quvchilarning kelajakdagi kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish; o‘quv-tarbiya jarayonini, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini takomillashtirish, ular tomonidan qobiliyatli o‘quvchilar bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan yakka tartibdagi ishlarni o‘tkazish. 4. Ijodkor yoshlarning respublika tanlovlari: bolalar musiqa va san’at maktablari; professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari o‘quvchilarining ikkita guruhi o‘rtasida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Badiiy akademiya tanlov ixtisosliklari va shartlar ro‘yxatini va tanlovlar shartlarini tasdiqlaydi. Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining musiqa fanlari bo‘yicha tanlovlari har uch yilda bir marta quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi: 1-bosqich — tuman, shuningdek hududi tumanlarga bo‘linmagan shahar bo‘yicha; 2-bosqich — viloyat bo‘yicha, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Toshkent shahrida; 3-bosqich — respublika bo‘yicha. Tanlovlarning birinchi bosqichida o‘z ta’lim muassasalaridagi hisobot konsertlarida eng katta e’tibor qozongan o‘quvchilar ishtirok etadilar. Ikkinchi bosqichda I, II, III o‘rinlarni egallagan, uchinchi — yakunlovchi bosqichda esa tanlovga tavsiya etilgan har qaysi ixtisoslik bo‘yicha faqat I o‘rinni egallagan o‘quvchilar ishtirok etadilar. Professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari o‘quvchilarining ijodiy tanlovlari musiqa, raqs, teatr, folklor yo‘nalishlari ijrochilari o‘rtasida har ikki yilda bir marta, uch turda o‘tkaziladi. Ushbu tanlovlarga saralab olish va yuborish hisobot konsertlari yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlov turlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi belgilagan tartibda o‘tkaziladi. I, II, III o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar faqat so‘nggi tur yakunlari bo‘yicha aniqlanadi. O‘quvchilarning ijodiy tanlovlari bosqichlari va turlarini tashkil etish uchun mas’uliyat tegishli ravishda ta’lim muassasalarining rahbarlari zimmasiga, Badiiy akademiyaga, Madaniyat vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalariga yuklanadi. 5. Respublika sport musobaqalari har yili sportning har xil turlari bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va umumta’lim maktablari komandalari o‘rtasida, o‘quv yili davomida, quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi: 1-bosqich — mintaqalar bo‘yicha, bolalar sport maktablari, sport klubi yoki jamiyatlari tarkibida; 2-bosqich — respublika bo‘yicha, o‘sha komandalarda yoki mintaqa terma jamoasi tarkibida. Sport musobaqalarining har bir bosqichi eng kuchli sportchilarni saralash xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Xalqaro musobaqalarning sport turlari, o‘tkazish kalendari va musobaqa dasturi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining qarori bilan belgilanadi. Respublika musobaqalarining sport turlari, kalendari va dasturi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining qarori bilan tartibga solinadi. I, II, III o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar sportning har bir turi bo‘yicha aniqlanadi. Sport musobaqalari bosqichlarini tashkil etish uchun mas’uliyat tegishli ravishda akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy bo‘linmalari, to‘rtinchi final bosqichi bo‘yicha esa — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarlari zimmasiga yuklanadi. 6. G‘oliblarni taqdirlash Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Respublika musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Badiiy akademiya hamda ularning hududiy bo‘linmalari o‘z buyruqlari bilan tashkiliy qo‘mitalar, jyurilar, hakamlar hay’atlari, apellatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar. Tashkiliy qo‘mitalar tanlovlar va musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni ta’minlaydilar, jyurilar, hakamlar hay’atlari, apellatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalar tarkibini shakllantiradilar va tasdiqlaydilar, testlar va sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etadilar, baholash mezonlarini va yakunlar chiqarish tartibini tasdiqlaydilar, qatnashchilarning musobaqaga kelishi bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qiladilar. Jyurilar, hakamlar hay’atlari g‘oliblarni aniqlaydilar va tanlovlar va musobaqalar yakunlarini protokol qaror bilan rasmiylashtiradilar. Apellatsiya komissiyalari tanlovlar va musobaqalar qatnashchilarining shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqadilar. Komissiyalarga, zarurat bo‘lganda, jyurilar, hakamlar hay’atlari qarorlarini bekor qilish va ularga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi. 8. Tanlovlar va musobaqalarning o‘tkazish muddatlari va joylari tegishli hokimliklar bilan kelishiladi, ular qatnashchilarni turar joy, oziq-ovqat bilan ta’minlashda va boshqa tashkiliy masalalarni hal etishda yordam ko‘rsatadilar. 9. Akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilari musobaqalarini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlanadigan, ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida tuzilgan smetalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tanlovlar va musobaqalar topshiriqlarining murakkabligiga qo‘yiladigan talablarning oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi. 11. Tanlov va musobaqaning har bir fani uchun xalqaro va respublika musobaqalari g‘oliblari test sinovisiz hamda qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning fan majmualaridan biriga imtiyoz beriladigan soha ixtisosliklari ro‘yxati har yili O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi. 1. Ushbu Nizom badiiy-ijodiy ixtisosliklar bo‘yicha professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining tanlovlari, sport musobaqalari (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha faqat oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga turlari bo‘yicha) g‘oliblariga tatbiq etiladi hamda ta’lim muassasalariga imtiyozli kirish va pul mukofotlari olish tartibini belgilaydi. 2. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oxirgi to‘rt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. 22. Musiqa, raqs, teatr, folklor, shuningdek tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlaridagi respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlarda (1 — 3-o‘rinlar) g‘olib chiqqan professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilariga oliy ta’lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha bo‘yicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi. Agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan bo‘lsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi. Agar ayrim ta’lim yo‘nalishlarida 1 ta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, abituriyentga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi. 4. Respublika (1-o‘rin) va xalqaro (1—5-o‘rinlar) shaxmat va shashka turnirlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar. 7. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari g‘oliblarini oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli qabul qilish ta’lim muassasasi ixtisosliklari bilan tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining soha bo‘yicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. 8. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari g‘oliblarini test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning fan majmualaridan biriga imtiyoz orqali oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar ta’sis etadigan maxsus guvohnoma asosida amalga oshiriladi. Maxsus guvohnomalar ana shunday imtiyozlarga ega bo‘lgan g‘oliblarga beriladi va bu guvohnomalar oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun zarur hujjatlar bilan birga qabul komissiyasiga topshiriladi. 9. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, Madaniyat vazirligiga, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga hamda Badiiy akademiyaga o‘zlari erishgan natijalarni tasdiqlovchi diplomlarni (1 — 3-o‘rinlar) yoki jyuri qarorini, sertifikatlarni (4-5-o‘rinlar) maxsus guvohnomalar berilishi uchun asos sifatida taqdim etadilar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya nazorat tartibida, g‘oliblarga berilgan maxsus guvohnomalarning reyestri bilan bitiruvchilar ro‘yxatini test sinovlari o‘tkaziladigan kundan oldin O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etadilar. 11. Xalqaro badiiy-ijodiy tanlovlar, Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarining g‘oliblari o‘zlarining ta’lim muassasasiga kirish bo‘yicha imtiyozli huquqlaridan uch yil mobaynida, respublika tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari esa — ular o‘tkazilgan kundan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin. 12. Xalqaro (1—5-o‘rinlar) va respublika (1—3-o‘rinlar) tanlovlari va musobaqalari g‘oliblariga sportning ham individual, ham jamoa turlari bo‘yicha diplomlar bilan birga ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq belgilangan miqdorda pul mukofotlari topshiriladi. G‘oliblarga pul mukofotlari, tashkilotchilar ta’sis etgan sovrinlardan qat’i nazar, topshiriladi. 13. Tanlovlar va musobaqalar g‘oliblarini moddiy rag‘batlantirish uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya smetalarida nazarda tutiladi. 14. G‘oliblarga diplomlar, maxsus guvohnomalar va pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi. 15. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingandan keyin tuziladigan guruhlar tarkibida xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalariga yuborish uchun ustunlikka ega bo‘lish huquqini oladilar. 16. Maxsus guvohnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan tartib raqamiga ega bo‘lib, qat’iy hisobot hujjatlari toifasiga kiradi, imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestri Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar tomonidan shakllantirib boriladi. G‘olibning surati bo‘lmagan guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Maxsus guvohnoma yo‘qolganda yoki yaroqsizlanib qolganda dublikat berilmaydi. 17. G‘oliblarning oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga imtiyozli kirish masalalari bo‘yicha ariza va shikoyatlari qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori) 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda).
82
40,715
Qonunchilik
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga kirish kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga kirish kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining 2020-yil 24-iyundagi I-50-son “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga kirish kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3261, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3261/1084-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu hujjatda belgilangan har bir mezon bo‘yicha qo‘yilgan talab to‘liq bajarilgan taqdirda uning uchun belgilangan eng yuqori ballgacha, qisman bajarilgan taqdirda — eng yuqori ballning teng yarmigacha ball beriladi, talab umuman bajarilmagan taqdirda esa — 0 (qiymatsiz) ball qo‘yiladi.
153
1,422
Qonunchilik
Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida
Butun musulmon ahli uchun muqaddas ayyom — muborak Ramazon hayitining xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik kabi oliyjanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda milliy-diniy an’analarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida: 1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5-iyun — chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2019-yil 5-iyun Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-noyabrdagi “2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-5574-sonli Farmoniga muvofiq 1-iyun — shanba kuni 6-iyun — payshanba kuniga ko‘chirilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon hayitining joylarda tartibli hamda xalqimizning milliy va diniy an’analariga munosib tarzda, yuqori darajada o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
39
1,751
Qonunchilik
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 15 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida
Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, milliy-aviatsiyamizni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qo‘shgan samarali hissasi va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvon berilsin:
127
298
Qonunchilik
Ayrim da’vo arizalaridan undiriladigan davlat boji miqdori oshirildi
Vazirlar Mahkamasining 17.07.2018 yildagi 544-son qarori bilan Davlat boji stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi. Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). Kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va iqtisodiy sudlarga murojaat qilganda undiriladigan davlat boji miqdorlari oshirildi. Oshirish daхl etadigan da’vo arizalari turlari quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Da’vo talablarining tusi Davlat boji stavkasi 18.07.2018 yilgacha 18.07.2018 yildan Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar Mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan da’vo bahosining 2%i, biroq kamida EKIHning 50%i da’vo bahosining 4%i, biroq kamida EKIHning 1 baravari Nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan EKIHning 50%i EKIHning 2 baravari Takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan EKIHning 120%i EKIHning 4 baravari Uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi da’vo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, хatlangan mulkni qaytarib berish toʻgʻrisidagi va mulkka oid boʻlmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridan EKIHning 50%i EKIHning 2 baravari* Alohida koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha arizalardan (shikoyatlardan)** EKIHning 10%i EKIHning 1 baravari Iqtisodiy sudlar Mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan da’vo bahosining 1%i, biroq kamida EKIHning 1 baravari da’vo bahosining 2%i, biroq kamida EKIHning 1 baravari* Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan  da’vo bahosining 1%i Izohlar: * Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilganda belgilangan stavkaning 50%ini toʻlaydilar. ** Alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: Koʻrinib turganidek, ayrim hollarda ular 2 baravar, 3, 4 va hatto 10 baravardan ortiq miqdorda oshirilgan. Davlat bojining boshqa stavkalari (jadvalda koʻrsatilmagan) avvalgi darajada saqlanib qoldi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.07.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
68
2,295
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “BIRJADAN TAShQARI VALYUTA BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISh VA MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2000-YIL 29 IYuNDAGI 245-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qaroriga 3-ilovaning 44-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
224
284
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZI QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qaroriga 2-ilova 22-bandining oltinchi xatboshiga “qonun hujjatlarida uy-joy sotib olish va propiska qilishda alohida holatlar belgilangan Toshkent shahri va Toshkent viloyati bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 20-modda) 1-ilovada: a) 4-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa davlatlarning fuqarolari, shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning fuqarolari va” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorida: a) 1-ilovaning 1-bandidagi “shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolari” so‘zlari chiqarib tashlansin; 9. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning 9-bandidagi “vaqtincha propiska” so‘zlaridan keyin “va turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi” so‘zlari qo‘shilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida uy-joy sotib olishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 16-dekabrdagi 586-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 12-iyuldagi 145-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 36-modda).
250
2,750
Qonunchilik
Loyiha va qurilish tashkilotlariga reyting joriy qilinadi
Vazirlar Mahkamasi 9.11.2020 yildagi “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 699-son qarorni qabul qildi. Qaror bilan Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Belgilanishicha, reyting hisobi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan metodikalar asosida yuritiladi. Reytinglarni hisoblash uchun Qurilish vazirligiga: Qurilish vazirligi, DSQ, Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mutasaddi vazirliklar va idoralarga: Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi reytinglar hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish hamda "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimi bilan integratsiyalashtirish ishlarida Qurilish vazirligiga, mutasaddi vazirliklar va idoralarga amaliy yordam koʻrsatish topshirildi. Nizom Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtgan va asosiy faoliyat turi qurilish-montaj ishlari va хizmatlarni amalga oshirishdan iborat boʻlgan hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslarning reyting ma’lumotlarini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. Shuningdek, Nizomda: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.11.2020 yildan kuchga kirdi. Bahodir Buхoriy.
58
1,424
Qonunchilik
Talaba va ish beruvchi: huquqiy munosabatlar
Magistraturada ta’lim olayotgan talabani ishga toʻliq stavkaga qabul qilishimiz mumkinmi? Hali oʻqiyotgan talabaga sinov muddati oʻrnatish mumkinmi? Kunduzgi boʻlim talabasi toʻliq ish kunida ishlashi va MChJ direktori lavozimini egallashi mumkinmi? Men MChJda buхgalter boʻlib ishlab turib magistraturaga oʻqishga qabul qilindim. Hozir ishni oʻqish bilan birga olib bormoqdaman. Meni oʻrindoshlikka oʻtkazishdi, chunki rahbarning ta’kidlashicha, birinchi oʻrinda – magistraturada oʻqish hisoblanadi. U haqmi? Ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan oliy oʻquv yurti talabasiga mehnat daftarchasi tutish kerakmi? Agar men ishni magistraturadagi oʻqish bilan birga olib borsam, qisqartirilgan ish haftasiga oʻtishim tufayli mehnat daftarchamga qanday yozuv kiritilishi kerak? Keyinchalik ish stajini hisobga olishda, shuningdek magistrlik diplomini olishda menda muammolar vujudga kelmaydimi? Tashkilot rahbariyati talabaga oʻqishdan keyin sakkiz soatlik ish kunida ishlashga ijozat berishi mumkinmi?  Agar mumkin boʻlsa, qaysi normativ hujjatlar asosida? Oliy oʻquv yurtini tugatayapman, ishga joylashganligimiz toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasiz bizni malaka ishini himoya qilishga qoʻyishmayapti.  Men oʻz хohishimga koʻra ishga joylashishim mumkinmi yoki taqsimot boʻyicha Oʻzbekistonda 3 yil ishlab berishim kerakmi? Byudjet asosida oʻqishga kirgan oʻz diplomini “mablagʻni qoplab qaytib olishi”  va oliy oʻquv yurtini tugatishi bilan darhol olib ketishi mumkinmi? Agar oʻqishni tamomlagandan keyin bitiruvchi fuqaroligini almashtirgan boʻlsa hamda boshqa mamlakatda yashayotgan boʻlsa, u uch yil ishlab berishi shartmi yoki diplomning asl  nusхasini olib ketishi mumkinmi? Bu qanday normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi? Haqiqatan ham magistraturani tugatgandan keyin men faqat davlat tashkilotlarida ishlash huquqiga ega boʻlamanmi? Qanday qonun hujjatlari ish bilan magistraturadagi oʻqishni birga olib borish masalalarini tartibga soladi? Kadrlar boʻlimi inspektori mendan nostrifikatsiyalashni talab qilishga haqlimi? Bu yerda ishlovchi talabalar va ularni oʻz shtatiga qabul qilgan ish beruvchilarni tashvishga soladigan savollarning toʻliq roʻyхati taqdim qilinmagan. Ma’lumot хizmati katalogida ekspertlarning boshqa javoblarini ham topish mumkin. Maхsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot - “Kadrlar boʻyicha maslahatchi” Elektron-qidiruv tizimida esa kadrlarga oid barcha tartibotlarni rasmiylashtirish boʻyicha toʻliq aхborot, hujjatlar namunalari, lavozim yoʻriqnomalari, shuningdek ish beruvchilar хatoga yoʻl qoʻyadigan vaziyatlar va koʻpgina boshqalar saqlanadi. Mavzu boʻyicha materiallar: Abituriyentlar uchun zararli maslahatlar, yoki Qanday testdan yiqilish mumkin “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmati: ta’lim uchun haq toʻlaymiz
44
2,755
Qonunchilik
Iqtisodiy nochor korxonalarning sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Yangi tahrirdagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq hamda bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari faoliyatining zarur normativ-huquqiy bazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Sud boshqaruvchilari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi: bir oy muddatda respublikaning barcha mintaqalarida sud boshqaruvchilarini tayyorlash uchun o‘quv kurslari tashkil etsin va ularni mazkur qarorga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazsin; sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan doimiy monitoring va nazoratni ta’minlasin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda qarzdor korxonaning bankrotligi tartibotlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari tomonidan vakolatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. 2. Iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to‘g‘risidagi aniq ish bo‘yicha quyidagi turdagi sud boshqaruvchilari tayinlanadi: kuzatish tartiboti joriy etilganda — muvaqqat boshqaruvchi; sud sanatsiyasi tartiboti o‘tkazilganda — sanatsiya boshqaruvchisi; tashqi boshqaruv joriy etilganda — tashqi boshqaruvchi; tugatishga doir ish boshlanganda — tugatish boshqaruvchisi. 3. Sud boshqaruvchisi: kuzatish tartiboti joriy etilganda — kreditor (kreditorlar) tomonidan taklif etilgan nomzodlardan tayinlanadi. Kreditor (kreditorlar) tomonidan muvaqqat boshqaruvchi nomzodi tavsiya qilinmagan taqdirda, u O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan tavsiya qilingan nomzodlardan tayinlanadi; sud sanatsiyasi tartiboti o‘tkazilganda — kreditorlar yig‘ilishi yoki majburiyatlarning bajarilishi ta’minlanishini zimmasiga olgan shaxslar tomonidan taklif etilgan nomzodlardan tayinlanadi; tashqi boshqaruv joriy etilganda va tugatishga doir ish boshlanganda — kreditorlar yig‘ilishi yoki Qo‘mita yoxud uning hududiy boshqarmasi tomonidan taklif etilgan nomzodlardan tayinlanadi. Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartiboti joriy etilganda yoxud tugatishga doir ish boshlanganda muvaqqat boshqaruvchi vakolatini amalga oshirib turgan shaxsning nomzodi sud boshqaruvchisi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. 4. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga muvofiq sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyatni amalga oshirishiga cheklashlar mavjud bo‘lgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin emas. 5. Sud boshqaruvchilarining faoliyati “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatiladi. 6. Muvaqqat boshqaruvchi iqtisodiy sud tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab: namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi; uch kun mobaynida rasmiy nashrlarga qarzdor korxonaga nisbatan kuzatish tartiboti joriy etilganligi to‘g‘risida xabar yo‘llanishini ta’minlaydi; matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda aniqlangan barcha kreditorlarni kuzatish tartiboti joriy etilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha kreditorlar bundan mustasno. Xabarni e’lon qilish va kreditorlarni xabardor qilishga doir barcha xarajatlar qarzdor korxona hisobiga amalga oshiriladi; qarzdor korxonaning boshqaruv organlarini kuzatish tartiboti joriy etilganligi va muvaqqat boshqaruvchi tayinlanganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi, shuningdek qarzdor korxona boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini kuzatish davrida ularning vazifalari ro‘yxati bilan imzo qo‘ydirib tanishtiradi; qarzdor korxona rahbarining qarzdor korxona xodimlarini, muassisni (qatnashuvchini) yoki qarzdor korxona mol-mulki egasini qarzdor korxonaga nisbatan kuzatish tartiboti joriy etilganligi to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha xatti-harakatlari ustidan nazoratni ta’minlaydi; qarzdor korxonaning mol-mulkini saqlash ta’minlanishini tashkil etadi. Zarur hollarda qarzdor korxonaning mol-mulki saqlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat qiladi; qarzdor korxona bitishuvlari qarorlariga rozilik beradi. Qarzdor korxona murojaat qilgandan keyin uch kun muddatda uning bitishuv tuzishiga yoki qarzdor korxona tomonidan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 64-moddasiga muvofiq qarorlar qabul qilishiga yozma ravishda rozilik (rad javobi) beradi. qarzdorning soxta bankrotligi va bankrotlikni yashirish alomatlarini aniqlash harakatlarini amalga oshiradi va ularning yakunlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli xulosa tayyorlaydi. 7. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning buxgalteriya va moliyaviy hujjatlari (balans, shartnomalar, hisobotlar va boshqalar) asosida qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli tahlil qilinishini tashkil etadi. Bunda muvaqqat boshqaruvchi ushbu ishlarni tashkil etish uchun boshqa shaxslarni qarzdor korxonaning mablag‘lari hisobiga jalb qilishi mumkin. 8. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan mol-mulkni tahlil qiladi va pul mablag‘larini (qarzdor korxonaning likvidli aktivlarini) aniqlaydi, shuningdek qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan boshqa mol-mulkning, uning ham balans qiymatini, ham sotishdan taxminan tushishi mumkin bo‘lgan qiymatini ko‘rsatgan holda ro‘yxatini tuzadi, ushbu tushumdan sud xarajatlarini qoplashga, sud boshqaruvchisiga mukofot puli to‘lash hamda kreditorlar talablarini qondirish uchun foydalanilishi mumkin. Zarur hollarda muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona mol-mulkini xatlovdan o‘tkazadi. 9. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun zarur va yetarli bo‘lgan axborot bazasini aniqlashi va shakllantirishi zarur. Moliyaviy tahlil uchun zarur axborot mavjud bo‘lmagan yoxud qarzdor korxona tomonidan bunday axborot taqdim etilmagan taqdirda muvaqqat boshqaruvchi tegishli soliq xizmati hududiy organlariga, budjetdan tashqari fondlarga, ko‘chmas mulkka oid bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga hamda qarzdor korxona hamda unga tegishli mol-mulk to‘g‘risida zarur axborotga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa vakolatli organlarga so‘rov bilan murojaat qilishi lozim. 10. Olingan ma’lumotlar asosida muvaqqat boshqaruvchi, qarzdor korxonaga tegishli mol-mulkning sud xarajatlarini qoplash, sud boshqaruvchisiga mukofot puli to‘lash va kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli ekanligini (yetarli emasligini) aniqlash uchun, qarzdor korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qiladi. Qarzdor korxonaning moliyaviy ahvolini o‘rganish jarayonida muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona tomonidan fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun majburiyat bo‘yicha ularga to‘lanadigan summa, shuningdek qarzdor korxonaning mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlari summasi aniqlanadi. 11. Muvaqqat boshqaruvchi tomonidan likvidli mol-mulkni sotishdan tushadigan taxminiy tushum miqdorini hamda kreditorning qondirilishi lozim bo‘lgan talablari miqdorini solishtirish asosida qarzdor korxonaga tegishli likvidli mol-mulkining kreditorlar talablarini qoplash uchun yetarli ekanligi (yoxud yetarli emasligi) to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Qarzdor korxonaning likvidli mol-mulki kreditorlar talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona moliyaviy ahvolining tahlili va uning xo‘jalik faoliyati natijalari asosida qarzdor korxonaga nisbatan keyinchalik bankrotlikning quyidagi — sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tomonlarning kelishuvi yoxud tugatishga doir ish qo‘zg‘ash tartibotini tanlab olishni iqtisodiy jihatdan asoslashi zarur. 12. Qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli va uning to‘lovga qodir emasligi sabablarining tahlilidan kelib chiqqan holda muvaqqat boshqaruvchi tomonidan qarzdor korxonada tashqi boshqaruv doirasida to‘lovga qodirlikni tiklash yoxud qarzdor korxonaning tomonlar kelishuvi shartlarini bajarishni ta’minlashi uchun ichki resurslarning mavjudligi yoki bunday manbalarning mavjud emasligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Tashqi boshqaruvni yoxud tomonlar kelishuvini amalga oshirish uchun ichki manbalar mavjud bo‘lmagan taqdirda muvaqqat boshqaruvchi ushbu tartibotlarni amalga oshirishning tashqi manbalarini (qarzdor korxona majburiyatlarini bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb etish imkoniyatini) ko‘rib chiqishi va tahlil qilishi kerak. 13. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning to‘lovga qodir emasligi sabablarining tahliliga asoslangan holda qarzdor korxonaning to‘lovga qodirligini tiklashga yo‘naltirilgan, shu jumladan tomonlar kelishuvi doirasida qarzdor korxonaning majburiyatlarini tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va tavsiya etishi mumkin. Qarzdor korxonaning majburiyatlarini tarkibiy o‘zgartirish qarzdor korxona majburiyatlarining bajarilishini kechiktirish yoki ularni bo‘lib-bo‘lib bajarish, qarzdor korxona talablari huquqini o‘zgalarga berish, uning majburiyatlari uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishi, qarzidan chegirish, talablarni aksiyalarga almashtirish, kreditorlar talablarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa usullar bilan qondirish sifatida bo‘lishi mumkin. 14. Moliyaviy tahlil tugallangandan keyin muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning to‘lovga qodirligini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risida, bankrotlikning keyingi tartibotlarini joriy etish maqsadga muvofiqligini asoslab takliflar tayyorlaydi. 15. Muvaqqat boshqaruvchi tomonidan o‘tkazilgan tahlillarning natijalari bilan kreditorlarning tanishish imkoniyatini ta’minlash, shuningdek ularni iqtisodiy sudga taqdim etish uchun tahlillar natijalari qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi xulosa shaklida rasmiylashtiriladi. 16. Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlardan tushgan talablar asosida ularning talablarini qondirish miqdori va navbatini belgilash ishlarini olib boradi, zaruriyat bo‘lganda iqtisodiy sudga kreditorlarning talablari yuzasidan e’tiroz yuboradi. 17. Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar talablari reyestrini yuritadi va kreditorlarga ushbu reyestr bilan tanishish uchun imkoniyat yaratadi. 18. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona kreditorlarining birinchi yig‘ilishini “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 71-moddasida belgilangan tartibda tashkil etadi va o‘tkazadi. 181. Vaqtincha boshqaruvchi imzolangandan keyin o‘n ish kunidan kechikmay: soxta bankrotlik va bankrotlikni yashirish alomatlari mavjudligi to‘g‘risidagi xulosani — kreditorlar yig‘ilishiga, iqtisodiy sudga va prokuratura organlariga; soxta bankrotlik va bankrotlikni yashirish alomatlari mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani — kreditorlar yig‘ilishiga, iqtisodiy sudga taqdim etadi. 19. Muvaqqat boshqaruvchi iqtisodiy sudga o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda qarzdor korxonaning to‘lovga qodirligini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risida takliflarni, kreditorlar yig‘ilishining zarur hujjatlar ilova qilingan protokolini tayyorlaydi va “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda taqdim etadi. 20. Sanatsiya boshqaruvchisi iqtisodiy sud tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab: namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi; qarzdor korxonaning boshqaruv organlarini sud sanatsiyasi tartiboti joriy etilganligi va sanatsiya boshqaruvchisi tayinlanganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi, shuningdek qarzdor korxona boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini sud sanatsiyasi davrida ularning vazifalari ro‘yxati bilan imzo qo‘ydirib tanishtiradi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditorlar yig‘ilishi (qo‘mitasi) majlisi o‘tkazilishini tashkil etadi. 21. Sanatsiya boshqaruvchisi kreditorlar talablari reyestrini yuritadi va kreditorlarga ushbu reyestr bilan tanishish uchun imkoniyat yaratadi. 22. Sanatsiya boshqaruvchisi har oyda kamida bir marta kreditorlar yig‘ilishiga (qo‘mitasiga) o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot va qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida axborot taqdim etadi. Buning uchun sanatsiya boshqaruvchisi sud sanatsiyasi rejasi hamda qarzni to‘lash jadvali bajarilishi ustidan doimiy nazoratni tashkil qiladi va ta’minlaydi, qarzdor korxona rahbari tomonidan sud sanatsiyasi rejasi hamda qarzni to‘lash jadvali bajarilishi yuzasidan hisobot va qarzdor korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatining tahlili o‘z vaqtida taqdim etilishini talab qiladi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi olingan axborotlar asosida kreditorlar yig‘ilishiga tegishli xulosalarni taqdim etadi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida pul oqimlari harakatini o‘rganadi, joriy (shu jumladan muddati o‘tgan) kreditorlik va debitorlik qarzlarning paydo bo‘lish sabablarini tahlil qiladi, qarzdor korxonaning hisob raqamida kreditorlar talablari bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun pul mablag‘lari yig‘ilishini kuzatib boradi. 23. Sanatsiya boshqaruvchisi qarzdor korxona rahbari tomonidan sud sanatsiyasi rejasi bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi yoxud uning tomonidan qarzdor korxonaning, kreditorlarning, majburiyatlar bajarilishini zimmasiga olgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) qilish hollarini aniqlagan taqdirda sanatsiya boshqaruvchisi qarzdor korxona rahbarini o‘z vazifasidan chetlatish to‘g‘risida iqtisodiy sudga iltimosnoma yuboradi. Iqtisodiy sud tomonidan qarzdor korxona rahbari o‘z vazifasidan chetlatilgan taqdirda qarzdor korxona rahbari vazifasi sanatsiya boshqaruvchisi zimmasiga yuklanishi mumkin. 24. Sud sanatsiyasini muddatidan oldin tugatish vaziyati mavjud bo‘lgan taqdirda sanatsiya boshqaruvchisi muddatidan oldin tugatish uchun asos paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab ikki hafta mobaynida sud sanatsiyasini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat qilish haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun kreditorlar yig‘ilishini chaqirishi shart. Mazkur masalani ko‘rib chiqishda sanatsiya boshqaruvchisi kreditorlar yig‘ilishiga qarzdor korxona rahbarining hisoboti bo‘yicha o‘zining xulosasini taqdim etadi. 25. Sud sanatsiyasi tugaganda yoki u muddatidan ilgari tugatilganda sanatsiya boshqaruvchisi barcha kreditorlarni qarzdor korxona rahbarining sud sanatsiyasini o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish yuzasidan sud majlisining sanasi, vaqti va o‘tadigan joyi to‘g‘risida xabardor qilishi shart. 26. Sanatsiya boshqaruvchisi o‘z faoliyati to‘g‘risida hamda qarzdor korxona majburiyatlarining bajarilishini zimmasiga olgan shaxslar tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarishi yakunlari to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va belgilangan muddatlarda iqtisodiy sudga taqdim etadi. 27. Tashqi boshqaruvchi iqtisodiy sud tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab: namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi; qarzdor korxonaning boshqaruv organlarini tashqi boshqaruv tartiboti joriy etilganligi hamda tashqi boshqaruvchi tayinlanganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi. qarzdorning bankrotlikni yashirish alomatlarini aniqlash harakatlarini amalga oshiradi va ularning yakunlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli xulosa tayyorlaydi. 28. Tashqi boshqaruv tartiboti joriy etilgan paytdan boshlab qarzdor korxona boshqaruv organlarining vakolatlari to‘xtatiladi. Qarzdor korxona rahbari va qarzdor korxonaning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga o‘tadi, kreditorlar yig‘ilishiga (qo‘mitasiga) o‘tadigan vakolatlar bundan mustasno. 29. Tashqi boshqaruvchi uch kun muddatda qarzdor korxona rahbarining o‘z vazifalarini bajarishdan chetlatilishini ta’minlaydi, qarzdor korxona rahbari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi. Bunda qarzdor korxona rahbari uning roziligiga ko‘ra rahbar o‘rinbosari, tashqi boshqaruvchi yordamchisi yoxud ushbu korxonada boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin. 30. Qarzdor korxonaning boshqaruv organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida yuridik shaxsning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlar va shtamplar, moddiy va boshqa boyliklarning tashqi boshqaruvchiga berilishini ta’minlashi shart. 31. Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruvni joriy etish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun maxsus hisob raqami ochadi. 32. Tashqi boshqaruvchi o‘zi tayinlangan vaqtdan boshlab bir oy muddatda tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi kerak, uni tasdiqlash uchun kreditorlar yig‘ilishiga taqdim etadi. Tashqi boshqaruv rejasida qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish shart-sharoitlari va tartibi, ularni amalga oshirish uchun xarajatlar va qarzdor korxonaning boshqa xarajatlarini, shuningdek qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklash muddati nazarda tutilishi lozim. Qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklash uchun quyidagi chora-tadbirlar ko‘rilishi mumkin: ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish; rentabelsiz (foyda keltirmaydigan va zarar bilan ishlayotgan) ishlab chiqarishni yopish; debitorlik qarzlarni undirish; qarzdor korxona mol-mulkining qarzdor korxona faoliyatining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmaydigan qismini sotish; qarzdor korxona talablari huquqini o‘zgalarga berish; qarzdor korxona majburiyatlarining uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishi; qarzdor korxonaning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish; qarzdor korxona uchun manfaatli bo‘lmagan bir qancha shartnomalardan voz kechish; qarzdor korxonani (uning biznesini) sotish; qarzdor korxonaning aktivlarini almashtirish; qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklashning boshqa usullari. Mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi taqdimnomasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonaning ishlamayotgan obyektlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi mumkin. Tashqi boshqaruv rejasi tashqi boshqaruvchi tomonidan tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan ikki oydan kech bo‘lmagan muddatda belgilangan tartibda chaqiriladigan kreditorlar yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. 33. Tashqi boshqaruvchi o‘z faoliyatida: kreditorlar talablari reyestrini yuritadi hamda kreditorlarga ushbu reyestr bilan tanishish uchun imkoniyat yaratadi; barcha kreditorlarga tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan boshlab ularning talablariga moratoriy joriy etilganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboradi; qarzdor korxona mol-mulki xatlovdan o‘tkazilishini, zaruriyat bo‘lganda esa uni baholashni tashkil etadi; qarzdor korxonaning uchinchi shaxslardagi mol-mulkini aniqlash va uni qaytarish chora-tadbirlarini ko‘radi; qarzdor korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish va qarzdor korxonaning kreditorlari talablarini mutanosib ravishda qondirish maqsadida tashqi boshqaruv rejasini bajarish ishlarini tashkil qiladi; qarzdor korxonaning buxgalteriya hamda statistika hisobi va hisoboti yuritilishini ta’minlaydi; tashqi boshqaruv rejasining bajarilishi va yakunlari to‘g‘risida hisobot taqdim etgan holda kreditorlar yig‘ilishi (qo‘mitasi) majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi. 34. Tashqi boshqaruvchi kreditorlarning taqdim etilgan talablarini ko‘rib chiqadi va ularni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra kreditorlar talablari reyestriga tegishli talab olingandan keyin ikki haftadan ortiq bo‘lmagan muddatda tegishli yozuvni yozib qo‘yadi. Tashqi boshqaruvchi ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida kreditorning talabi olingandan keyin bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda tegishli kreditorni xabardor qiladi. Tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlarning talablarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha e’tirozlar kreditor tomonidan bildirishnoma olingan paytdan boshlab bir oy muddatda bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan iqtisodiy sudga berilishi mumkin. 341. Tashqi boshqaruvchi imzolanganidan keyin o‘n ish kunidan kechikmay: bankrotlikni yashirish alomatlari mavjudligi to‘g‘risidagi xulosani — kreditorlar yig‘ilishiga, iqtisodiy sudga va prokuratura organlariga; bankrotlikni yashirish alomatlari mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani — kreditorlar yig‘ilishiga, iqtisodiy sudga taqdim etadi. 35. Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv tugashi munosabati bilan yoki uni muddatidan oldin to‘xtatish uchun asoslar mavjud bo‘lganda uning yakunlariga ko‘ra hisobot tayyorlaydi va uni ko‘rib chiqish uchun kreditorlar yig‘ilishiga taqdim etadi. Tashqi boshqaruvchi hisobotni “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda yig‘ilishga taqdim etishi shart. 36. Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ko‘rib chiqilgan hisobotni va kreditorlar yig‘ilishi protokolini kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgandan keyin besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda iqtisodiy sudga taqdim etadi. Tashqi boshqaruvchining hisoboti iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi kerak. 37. Qarzdor korxonaning to‘lovga qodirligi tiklanganligi munosabati kreditorlar yig‘ilishi tomonidan tashqi boshqaruvni muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruvchining hisoboti iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kreditorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir. Tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblar kreditorlar talablari reyestriga muvofiq amalga oshiriladi. 38. Tashqi boshqaruvning to‘xtatilishi, qarzdor korxona boshqa organlarining hamda qarzdor korxona mol-mulki egasining vakolatlari tiklangan holda, tashqi boshqaruvchi vakolatlarining to‘xtatilishiga olib keladi. Agar tashqi boshqaruv tomonlar kelishuviga ko‘ra yoki kreditorlar talablari qoplanishi munosabati bilan tugallansa tashqi boshqaruvchi yangi rahbar tayinlangungacha (saylangungacha) qarzdor korxona rahbari vakolatlari doirasida o‘z vazifalarini bajarib turadi. 39. Agar iqtisodiy sud tomonidan qarzdor korxonani bankrot deb e’lon qilish va uni tugatishga doir ish boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, tugatish boshqaruvchisi etib esa boshqa shaxs tayinlansa, tashqi boshqaruvchi ishlarni tugatish boshqaruvchisiga topshirgungacha o‘z vazifalarini bajarib turadi. Tashqi boshqaruvchi tugatish boshqaruvchisi tayinlangan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay ishlarni tugatish boshqaruvchisiga topshirishi shart. 40. Tugatish boshqaruvchisi iqtisodiy sud tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab: namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi; yuridik shaxs — qarzdorning boshqaruv organlarini, shuningdek xodimlarini tugatishga doir ish boshlanganligi hamda tashqi boshqaruvchi tayinlanganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi. mulk solig‘ini, yer solig‘ini, shuningdek ilgari hisoblab yozilgan hamda undirilmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penya va jarimalarni hisoblab yozishni to‘xtatib turish maqsadida iqtisodiy sudning yuridik shaxsni bankrot deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qarorini ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organini yozma ravishda xabardor qiladi. qarzdorning bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash harakatlarini amalga oshiradi va ularning yakunlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli xulosa tayyorlaydi; Yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar to‘xtatilganda va to‘lovga qodirligi tiklanganda, iqtisodiy sudning bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan sanadan boshlab tugatish boshqaruvchisi bu to‘g‘rida davlat soliq xizmati organini O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab yozish uchun yozma ravishda xabardor qiladi. 41. Tugatish boshqaruvchisi rasmiy nashrlarda qarzdor korxona bankrot deb e’lon qilinganligi va “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 127-moddasiga muvofiq tugatishga doir ish boshlanganligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilinishini ta’minlaydi. 42. Tugatish boshqaruvchisi uch kun muddatda qarzdor korxona rahbarining o‘z vazifalarini bajarishdan chetlatilishini ta’minlaydi. 43. Tugatish boshqaruvchisi tasdiqlangan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida bankrot korxonaning buxgalteriyaga oid va boshqa hujjatlarini, muhrlarini va shtamplarini, moddiy va boshqa boyliklarini qabul qilib oladi. Yuridik shaxs — qarzdor korxona rahbari tugatish boshqaruvchisi talabiga ko‘ra unga qarzlar summasini ko‘rsatgan holda o‘z kreditorlari va debitorlarining to‘liq ro‘yxatini, aktivlar va passivlarning batafsil balansini, moliyaviy ahvol to‘g‘risidagi hisobotni, kitoblarda, hisob raqamlarida hamda boshqa hujjatlarda moliyaviy-xo‘jalik va iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi mavjud barcha zarur axborotlarni taqdim etishi shart. 44. Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi bankrot korxona tugatilganda tugatish boshqaruvchisi o‘zi tasdiqlangan vaqtdan boshlab ikki kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markaziga aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari vakolati to‘xtatilganligi va emitentning ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatib qo‘yilganligi to‘g‘risida axborot yuborishi shart. Agar emitentning aksiyalari fond bozorlarida muomalada bo‘lsa tugatish boshqaruvchisi ikki kun muddatda fond birjasiga ham axborot taqdim etishi shart. 45. Tugatishga doir ish boshlanganda bitta bankdagi so‘mlardagi va valyutadagi yagona hisob raqamlaridan foydalaniladi. Tugatish davrida pul-kassa operatsiyalarini yuritish uchun tugatish boshqaruvchisi bankning hisob kartochkasidagi imzoni o‘z nomiga va buxgalteriya hisobini yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs nomiga qayta rasmiylashtiradi. 46. Tugatish boshqaruvchisi qarzdor korxonaning tugatishga doir ish boshlangan vaqtda ma’lum bo‘lgan hamda tugatishga doir ish jarayonida aniqlangan banklardagi boshqa barcha hisob raqamlarini yopadi. Qarzdor korxonaning boshqa hisob raqamlari aniqlangan taqdirda qarzdor korxonaning pul mablag‘lari qoldig‘i ko‘rsatib o‘tilgan hisob raqamlaridan asosiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. 47. Tugatish boshqaruvchisi o‘zi tayinlangan vaqtdan boshlab yuridik shaxs — qarzdor korxonaning xodimlarini ular bundan buyon ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risida xabardor qilishi shart. Yuridik shaxs — qarzdor korxonaning xodimlarini ishdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. Tugatish boshqaruvchisi joylardagi mehnat organlariga yuridik shaxs — qarzdor korxonaning xodimlari ishdan bo‘shab qolayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yetkazadi. 471. Tugatuvchi boshqaruvchi imzolangandan keyin o‘n ish kunidan kechikmay: bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi to‘g‘risidagi xulosani — kreditorlar yig‘ilishiga, iqtisodiy sudga va prokuratura organlariga; bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani — kreditorlar yig‘ilishiga, iqtisodiy sudga taqdim etadi. 48. Tugatish boshqaruvchisi bankrot korxonani tugatish rejasini ishlab chiqadi va kreditorlar yig‘ilishi bilan kelishib oladi. Bankrot korxonani tugatish rejasiga muvofiq tugatish boshqaruvchisi tugatish massasini shakllantiradi, qarzdor korxonaning mol-mulki sotilishini, debitorlik qarzlari undirib olinishini, kreditorlar talablarini mutanosib ravishda qondirish uchun pul mablag‘larining bankdagi yagona hisob raqamiga jamlanishini ta’minlaydi, shuningdek qarzdor korxonaning uchinchi shaxslardagi mol-mulkini aniqlash va ularni qaytarib olish chora-tadbirlari ko‘rilishini tashkil etadi. 49. Tugatish boshqaruvchisi tugatish davrida kreditorlar talablari reyestrini yuritadi. Kreditorlar talablari reyestrida har bir kreditor, uning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablari miqdori, har bir talabni qondirish navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Talablarning tarkibi, miqdori va ularni qondirish navbati to‘g‘risida kreditorlar va tugatish boshqaruvchisi o‘rtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Kreditorlarga kreditorlar talablari reyestri bilan tanishish imkoniyati ta’minlanishi kerak. 50. Tugatishga doir ishlar davomida tugatish boshqaruvchisi qarzdor korxona mol-mulki qiymatini xatlovdan o‘tkazadi va uning qiymatini aniqlaydi. Ushbu maqsadlar uchun tugatish boshqaruvchisi auditorlarni, baholovchi tashkilotlarni, shuningdek mutaxassislarni, agar kreditorlar yig‘ilishi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular xizmatiga tugatish xarajatlari hisobidan haq to‘lagan holda jalb etishga haqlidir. Tugatish boshqaruvchisi balansda boshqa maqsadlarda, shu jumladan tijorat maqsadlarida ham foydalanilishi mumkin bo‘lmagan ijtimoiy va kommunal infratuzilma obyektlari mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu obyektlarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga dalolatnoma bo‘yicha berishga majbur. Mahalliy davlat hokimiyati organlari ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarni qoldiq qiymati bo‘yicha balansga qabul qilib oladi. 51. Yuridik shaxs — qarzdor korxona mol-mulkini xatlovdan o‘tkazish va baholash yakunlari bo‘yicha tugatish boshqaruvchisi ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulkni, agar kreditorlar yig‘ilishida mol-mulkni sotishning boshqacha tartibi belgilanmagan bo‘lsa, ochiq savdolarda sotishga kirishadi. Mol-mulk dastlabki savdolarda sotilmagan taqdirda tugatish boshqaruvchisi kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan qarzdor korxonaning mol-mulkini oldi-sotdi shartnomasi asosida, shu jumladan haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida, sotib oluvchi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bank kafolatini taqdim etish sharti bilan sotishga haqlidir. Tugatish boshqaruvchisi mablag‘larni tugatish xarajatlarini to‘lash uchun topshirish maqsadida kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan kam qimmatli va tez eskiradigan mol-mulkni, shuningdek xomashyo va tayyor mahsulot qoldiqlarini kim oshdi savdolari o‘tkazmasdan, oldi-sotdi shartnomasi asosida sotishga haqlidir. 52. Tugatish boshqaruvchisi savdolar tashkilotchisi bo‘lishga yoxud shartnoma shartlariga ko‘ra savdolarni tashkil etish va o‘tkazish zimmasiga yuklangan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzishga haqlidir. 53. Tugatish boshqaruvchisi kreditorlar yig‘ilishi roziligi bilan qarzdor korxonaning talab qilish huquqini (debitorlik qarzlarni) savdoga qo‘yishga haqlidir. Talab qilish huquqlarini sotishni istisno hollarda, talab qilishning ushbu huquqlarini tegishli majburiyatlarda qarzdor korxona nomidan ish ko‘ruvchi shaxslarga taqdim etish yo‘li bilan sotishning real imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda qo‘llanish lozim. 54. Tugatish boshqaruvchisi qarzdor korxonaning mol-mulki sotilgandan keyin “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qarzdor korxona talablari bo‘yicha hisob-kitob qilishga kirishadi. 55. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ishlarni amalga oshirish natijalari to‘g‘risida yakuniy hisobot tuzadi va uni ko‘rib chiqish uchun kreditorlar yig‘ilishiga taqdim etadi. Tugatish boshqaruvchisi tugatish ishlarini amalga oshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobotni iqtisodiy sudga taqdim etadi. Tugatish boshqaruvchisi hisobotga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi: qarzdor korxona mol-mulki sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar; kreditorlar reyestri, unda har bir kreditor qarzining miqdori va talablarni qondirish navbati ko‘rsatiladi; kreditorlar talablari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (ular qoplanmagan taqdirda sabablari ko‘rsatilgan holda); qarzdorning mol-mulki to‘g‘risida “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 143-moddasida nazarda tutilgan ma’lumotlar; tugatish ishini o‘tkazishga taalluqli boshqa hujjatlar, iqtisodiy sud talabiga ko‘ra. 56. Kreditorlar talablari qondirilgandan keyin sotilmagan mol-mulk qolgan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi besh kun muddatda muassislarni (qatnashchilarni) yoki qarzdor korxona egasini ushbu mol-mulkni balansga qabul qilish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi. Agar tugatish boshqaruvchisi tomonidan xabar yuborilgan sanadan boshlab ikki hafta mobaynida muassislar (qatnashchilar) yoki qarzdor korxona egasi qolgan mol-mulkka o‘z huquqlari to‘g‘risida ariza bermasa, tugatish boshqaruvchisi mahalliy davlat hokimiyati organlarini ushbu mol-mulkni balansga qabul qilish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qolgan mol-mulk to‘g‘risida xabar olingandan keyin o‘n besh kun mobaynida ushbu mol-mulk balansdan balansga qabul qilinishini ta’minlaydilar va uning ta’minoti bo‘yicha barcha xarajatlarni zimmasiga oladilar. 57. Iqtisodiy sudning tugatishga doir ish tugallanganligi to‘g‘risidagi ajrimi davlat reyestriga qarzdor korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvni yozib qo‘yish uchun asos hisoblanadi. Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga aksiyadorlik jamiyati shaklidagi bankrot korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuv yozib qo‘yilganda tugatish boshqaruvchisi emitent faoliyati tugatilganligi haqida ikki kun mobaynida xabar e’lon qiladi. 58. Davlat reyestriga qarzdor korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuv yozib qo‘yilgan vaqtdan boshlab tugatish boshqaruvchisining vakolatlari to‘xtatiladi, tugatishga doir ish tugallangan, qarzdor korxona esa — tugatilgan va qarzlardan ozod hisoblanadi. 59. Sud boshqaruvchisi pul mukofoti olish huquqiga ega. Sud boshqaruvchisining har oylik pul mukofoti miqdori o‘z funksiyalarini: muvaqqat boshqaruvchi sifatida amalga oshirganda — iqtisodiy sud tomonidan belgilanadi va keyinchalik kreditorlar yig‘ilishi iltimosnomasiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin; sanatsiya boshqaruvchisi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi sifatida amalga oshirganda — kreditorlar yig‘ilishida belgilanadi va iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanadi. 60. Kreditorlar yig‘ilishi qaroriga ko‘ra sud boshqaruvchisiga uning faoliyati natijalariga ko‘ra to‘lanadigan qo‘shimcha pul mukofoti belgilanishi mumkin. 61. Sud boshqaruvchisi tomonidan o‘z vazifalariga rioya etilishi ustidan nazorat Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. 62. Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida: sud boshqaruvchisi faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq tekshirish; tekshirishlar o‘tkazishda paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan sud boshqaruvchisidan zarur tushuntirishlar va materiallarni so‘rash; tekshirishlar natijalariga ko‘ra, aniq buzilishlarni ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzish; sud boshqaruvchisiga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish hamda ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash; sud boshqaruvchisini ogohlantirish; sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini to‘xtatib turish; sud boshqaruvchisi tomonidan unga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 63. Sud boshqaruvchisi Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tekshirishlar o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni ta’minlashi, shu jumladan zarur axborot va materiallarni taqdim etishi shart. 64. Qarzdor korxona, kreditorlar sud boshqaruvchisidan uning noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashni talab qilishga haqlidirlar. 65. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan sud boshqaruvchisi belgilangan tartibda javob beradi. 1. Mazkur Nizom “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga malakaviy va professional talablarni, ularni attestatsiyadan o‘tkazish, attestat berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash va to‘xtatish tartibini, shuningdek Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini belgilaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazadi va Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi. Attestatsiya jismoniy shaxslarning sud boshqaruvchilariga qo‘yiladigan malakaviy va professional talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 3. Sud boshqaruvchisi sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun Qo‘mita to‘rt toifali: yuridik shaxslar bankrotligining soddalashtirilgan tartibotlarini amalga oshirish uchun — to‘rtinchi toifali attestat; kuzatish va tugatish tartibotlarini amalga oshirish uchun — uchinchi toifali attestat; kuzatish, sud sanatsiyasi va tugatish tartibotlarini amalga oshirish uchun — ikkinchi toifali attestat; kuzatish, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatish tartibotlarini amalga oshirish uchun — birinchi toifali attestat beradi. 4. To‘rtinchi toifali attestat olishni xohlovchi shaxslarga nisbatan attestatsiyadan o‘tkazishning Qo‘mita tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibi qo‘llanadi. 5. Barcha toifali attestatlarning amal qilish muddati — 5 yil. 6. Sud boshqaruvchisi quyidagi professional talablarga javob berishi kerak: korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; buxgalteriya hisobi, mol-mulkni baholash va menejmentga oid bilimlar asosiga ega bo‘lish; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asoslarini bilish. Sud boshqaruvchisi: qarzdor korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish va kreditorlar talablarini mutanosib ravishda qondirish yuzasidan yechimlar topishi; korxonani inqirozga yo‘l qo‘ymasdan boshqarish sohasida professional bilimlarga ega bo‘lishi, ularni doimiy ravishda takomillashtirishi; yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lishi — topshirilgan ishga vijdonan munosabatda bo‘lishi, o‘z faoliyatini amalga oshirishda ijrochi, tashabbuskor, intizomli, bosiq va ruhiy barqaror bo‘lishi; sud boshqaruvchilariga mazkur Nizomga muvofiq belgilanadigan malaka talablariga javob berishi kerak. 7. Quyidagi malaka talablariga javob beruvchi: oliy ma’lumotga ega bo‘lgan; mutaxassisligi bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasida attestatsiyadan o‘tgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishlari mumkin. 8. Mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatib o‘tilgan asosiy talablardan tashqari sud boshqaruvchilariga quyidagi qo‘shimcha malaka talablari qo‘yiladi: a) kuzatish va tugatish tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — o‘rta bo‘g‘in rahbari (sex boshlig‘i, uchastka boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i va boshqalar) sifatida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lish; b) sud sanatsiyasi tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — rahbarlik lavozimida (tashkilotning rahbari, rahbar o‘rinbosari, bosh buxgalteri va boshqalar) kamida ikki yillik ish stajiga yoxud uchinchi toifali sud boshqaruvchisi sifatida kamida o‘n ikki oylik ish stajiga ega bo‘lish; v) tashqi boshqaruv tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — o‘rta bo‘g‘in rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida kamida besh yillik ish stajiga, shu jumladan rahbarlik lavozimida kamida uch yillik ish stajiga yoxud ikkinchi toifali attestatga ega bo‘lgan davrda kamida ikki marta sud sanatsiyasini va (yoki) tugatish jarayonini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi sifatida ish stajiga ega bo‘lish; g) bankrotlikning soddalashtirilgan tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — ushbu holda tegishli toifali attestatga ega bo‘lgan soliq inspeksiyasi xodimlari tayinlanadi. 9. Uchinchi toifali attestat olishga talabgor shaxs (keyingi o‘rinlarda attestat talabgori deb ataladi) Qo‘mitaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) attestat berish to‘g‘risida ariza; b) anketa (1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha); v) oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomning nusxasi; g) mehnat daftarchasining nusxasi; d) tegishli toifali sud boshqaruvchilari dasturi bo‘yicha o‘qiganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi (attestatning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan attestatsiyadan o‘tishda shart emas); e) ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat; j) tegishli davlat organining sudlanganlikning bekor bo‘lishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi; z) pasportning nusxasi. 10. Ikkinchi toifali attestat olish uchun rahbarlik lavozimida kamida ikki yillik ish staji bo‘lmagan taqdirda ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlardan tashqari Qo‘mitaga xo‘jalik sudining: attestat talabgorining sud boshqaruvchisi etib ilgarigi tayinlanishlari to‘g‘risidagi; sud boshqaruvchisining bankrotlik tartibotlarini o‘tkazish bo‘yicha hisobotini tasdiqlash, uchinchi toifali sud boshqaruvchisi sifatida jami kamida o‘n ikki oy vazifalarni ijro etganligini tasdiqlovchi hisobotini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimlari nusxalari taqdim etiladi. 11. O‘rta bo‘g‘in rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida kamida besh yillik ish staji, shundan rahbarlik lavozimida kamida uch yillik ish staji mavjud bo‘lmaganda birinchi toifali attestat olish uchun ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlardan tashqari, Qo‘mitaga iqtisodiy sudning: attestat talabgorining sud boshqaruvchisi etib ilgarigi tayinlanishlari to‘g‘risidagi; sud boshqaruvchisining attestat talabgorining ikkinchi toifali attestatga ega bo‘lgan ish davrida kamida ikkita tugallangan sud sanatsiyasi va (yoki) tugatishga doir ish tartibotlari to‘g‘risidagi hisobotlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimlari nusxalari taqdim etiladi. 12. Attestat talabgorining arizasini ko‘rib chiqishda operatsiya xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida haq undiriladi to‘rtinchi toifali attestat talabgori bundan mustasno. Ariza ko‘rib chiqilganligi va attestat berilganligi uchun to‘lov Qo‘mitaning budjetdan tashqari jamg‘armasiga tushadi. 13. Attestat olish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlar sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati nusxasi attestat talabgoriga beriladi. Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi. iqtisodiy sudlar ajrimlaridan tashqari, hujjatlar nusxalari notarius tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi yoki asl nusxa ko‘rsatilishi kerak. 14. Hujjatlar ular attestatsiya komissiyasiga topshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqiladi. Attestatsiya komissiyasi attestat talabgorini attestatsiyadan o‘tishga qo‘yishni rad etishga haqlidir va unga ariza tushgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan kechikmay yozma ravishda asoslangan rad javobini jo‘natadi. Quyidagilar rad etish uchun asos hisoblanadi: taqdim etilgan hujjatlarning zarur darajada rasmiylashtirilmaganligi yoki hujjatlarning to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi; attestat talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi; attestat talabgorining malakaviy va professional talablarga muvofiq emasligi. Boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Rad etilgan taqdirda ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lov qaytarilmaydi. 15. Attestat talabgori taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha kamchiliklar mavjud bo‘lmagan taqdirda attestatsiyadan o‘tishga qo‘yiladi. 16. Attestat olish uchun barcha attestat talabgorlari attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan dastur bo‘yicha va muddatlarda test imtihoni topshiradilar. 17. Attestatsiya (qayta attestatsiya) test imtihoni metodi bo‘yicha o‘tkaziladi. Test imtihoni qabul qilish hujjatlar berilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechikmay amalga oshiriladi. Test imtihonlarini o‘tkazish tartibi Qo‘mita tomonidan belgilanadi. Test imtihoni kompyuter dasturidan foydalangan holda test savollariga javoblar shaklida amalga oshiriladi. 18. Test imtihoni topshirishda to‘rtinchi toifali attestat uchun kamida 50% ijobiy javoblar olish, uchinchi toifali attestat uchun — 60%, ikkinchi toifali attestat uchun 70 foiz, birinchi toifali attestat uchun 75 foiz ijobiy javoblar olish ijobiy natija hisoblanadi. 19. Test imtihoni yakunlariga ko‘ra attestat talabgori (natija ijobiy bo‘lganda) attestatsiyadan o‘tgan yoki (natija salbiy bo‘lganda) attestatsiyadan o‘tmagan deb e’tirof etiladi. Attestat talabgorlari test imtihoni topshirishda ma’lumotnomalardan, maxsus yoxud boshqa adabiyotlardan foydalanish huquqiga ega emas. Ko‘rsatib o‘tilgan talablar buzilgan taqdirda attestat talabgorlari attestatsiyadan chiqarib yuboriladi. 20. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasi protokoli bilan rasmiylashtiriladi, protokol attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasi protokolidan ko‘chirma tarzida, test imtihoni topshirish ma’lumotlari bilan birga attestat talabgorlariga attestatsiya o‘tkazilgan sanadan boshlab besh ish kunidan kechikmay yetkaziladi. 21. Attestatsiyadan o‘tmagan deb e’tirof etilgan shaxs test imtihonini oxirgi attestatsiya o‘tkazilgan kundan boshlab bir oydan erta bo‘lmagan muddatda takroriy topshirish huquqiga ega. Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan o‘tmagan deb e’tirof etilgan shaxsni takroriy attestatsiyadan o‘tkazish kunini belgilaydi. Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan deb e’tirof etilgan shaxs test imtihonini takroriy topshirish natijalariga ko‘ra attestatsiyadan o‘tgan deb hisoblangan taqdirda unga attestat umumiy asoslarda beriladi. Attestat talabgori test imtihonini takroriy topshirishda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida haq to‘laydi to‘rtinchi toifali attestat talabgori bundan mustasno. 22. Test imtihonini takroriy topshirish yakunlariga ko‘ra salbiy natija olinganda, shuningdek Qo‘mita qaroriga binoan sud boshqaruvchisi attestatining amal qilish muddati to‘xtatilganda attestat talabgori navbatdagi test imtihoniga faqat belgilangan tartibda tegishli toifadagi sud boshqaruvchilari dasturi bo‘yicha o‘quv kursini takroriy o‘tagandan keyingina qo‘yiladi. 23. Attestat talabgorlari attestatsiya komissiyasining attestatsiya natijalari yuzasidan oxirgi attestatsiya o‘tkazilgan kundan boshlab bir oy mobaynida shikoyat arizasi berishi mumkin. Shikoyat arizasi berish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin: attestat talabgorining test imtihoni natijalaridan rozi emasligi; test imtihonini o‘tkazish tartibining buzilishi. 24. Attestat talabgori asosiy e’tirozlar asosli ravishda bayon qilingan shikoyat arizasini attestatsiya komissiyasi raisi nomiga beradi. Shikoyat arizasini ko‘rib chiqish muddati shikoyat arizasi berilgan kundan boshlab uch kundan oshmasligi kerak. Ko‘rib chiqish natijasi protokol bilan rasmiylashtiriladi. Takroriy shikoyat arizasi berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 25. Attestatsiya komissiyasi qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda attestat talabgori attestatsiya komissiyasi qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat arizasi taqdim etishi mumkin. 26. Attestatlar 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Attestatni berish attestatsiya o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi. 27. Attestatlar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega bo‘ladi. Blankalarni sotib olish, hisobini yuritish va saqlash Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi. 28. Qo‘mita Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) yuritadi. Reyestr quyidagi shakllarda yuritiladi: qog‘ozli manbalarda (Qo‘mitaning tikilgan va muhrlangan jurnallari shaklida, tikilgan sahifalar miqdori ko‘rsatilgan holda); elektron manbalarda, ma’lumotlar bazasiga yozish shaklida. Qog‘ozli va elektron manbalardagi ma’lumotlar nomuvofiq bo‘lgan taqdirda qog‘ozli manbadagi yozuvlarga ustunlik beriladi. 29. “Sud boshqaruvchilarining yagona reyestri” jurnali qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi va Qo‘mitada saqlanadi. Jurnalda va ma’lumotlar bazasida sud boshqaruvchilari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: a) familiyasi, ismi, otasining ismi; b) yashash joyi va pasportiga doir ma’lumotlar; v) attestatning berilgan joyi, tartib raqami, sanasi va amal qilishining tugash muddati; g) attestat blankasining tartib raqami; d) attestat olingan sana va uni olgan shaxsning imzosi (attestatsiyadan o‘tkazilgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnalida); e) sud boshqaruvchilarini yagona dastur bo‘yicha o‘qitish to‘g‘risida; j) sud boshqaruvchisi sifatida tayinlash to‘g‘risida va uning faoliyati natijalari to‘g‘risida; z) attestatning amal qilish muddatini to‘xtatib turish, tiklash, uzaytirish yoki to‘xtatish hamda dublikat berish to‘g‘risida; k) sud boshqaruvchisini Reyestrdan chiqarish va chiqarish uchun asoslar to‘g‘risida; l) sud boshqaruvchisini Reyestrdan chiqarish sanasi; m) izohlar, unda attestatsiyani amalga oshiruvchi organ kompyuter dasturiga kiritishni zarur deb hisoblaydigan har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak. 30. Reyestrga kiritish unda tegishli yozuvlarni qayd qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 31. Reyestrdagi ma’lumotlar ochiq hisoblanadi, sud boshqaruvchilarining pasportiga doir ma’lumotlar va uy manzili bundan mustasno. Yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda haqini to‘lash asosida Reyestr ma’lumotlari bilan tanishish huquqiga ega. Ma’lumotlar berilganligi uchun Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida to‘lov undiriladi. Pasportga doir ma’lumotlar va uy manzili faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, ularning vakolatlariga muvofiq rasmiy so‘rovlariga binoan berilishi mumkin. 32. Reyestrdagi ma’lumotlarni berish muddati Qo‘mita tomonidan tegishli so‘rovnoma olingan kundan boshlab besh kundan oshishi mumkin emas. 33. Sud boshqaruvchisi Reyestrdan Qo‘mitaning faoliyat turi uchun attestatning amal qilishi to‘xtatilgani to‘g‘risidagi qarori asosida, ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha chiqariladi. 34. Qo‘mita tomonidan sud boshqaruvchisini Reyestrdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan keyin uch kun mobaynida Reyestrda tegishli yozuv qayd qilinadi. Reyestrdan chiqarilgan sud boshqaruvchisining hujjatlarini saqlash muddati chiqarish kunidan boshlab besh yildan kam bo‘lishi mumkin emas. 35. Attestatsiya komissiyasi jismoniy shaxslarni sud boshqaruvchisi attestati olish uchun attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazishni amalga oshiruvchi kollegial organ hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi. 36. Attestatsiya komissiyasi majlislari zaruriyatga ko‘ra o‘tkaziladi. Attestatsiya komissiyasi kotibi attestatsiya komissiyasi majlisini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi. 37. Attestatsiya komissiyasi majlisi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi. Attestatsiya komissiyasi qarorlari attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda attestatsiya komissiyasining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasi qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi. 38. Attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish (sanasi, joyi va vaqti) to‘g‘risida attestatsiya komissiyasi a’zolari attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan xabardor qilinadi. 39. Attestatni qayta rasmiylashtirish sud boshqaruvchisining familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda uning arizasi asosida amalga oshiriladi. Attestatni qayta rasmiylashtirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Attestatni qayta rasmiylashtirish davrida uning egasi faoliyatni Qo‘mita tomonidan ilgari berilgan attestat asosida amalga oshirishi mumkin. 40. Ilgari berilgan attestatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning o‘zgarganligi munosabati bilan attestatni qayta rasmiylashtirish uchun Qo‘mitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) Qo‘mitaga attestatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza; b) malaka attestatining asl nusxasi; v) kiritilgan o‘zgartirishlar va tuzatishlar (FHDY organi tomonidan berilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomadagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgartirilganligi munosabati bilan qaydlar) to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi; g) attestatning qayta rasmiylashtirilganligi uchun to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat. 41. Attestat qayta rasmiylashtirilganda tegishli toifa va amal qilish muddati ko‘rsatilgan holdagi attestatning yangi blankasi beriladi. Ilgari berilgan attestat blankasi yo‘q qilinadi. 42. Attestat yo‘qolgan taqdirda attestat egasi tomonidan Qo‘mitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) attestat dublikati berish to‘g‘risida ariza, unda ilgari berilgan attestatning yo‘qolishi sabablari va holatlari ko‘rsatiladi; b) yo‘qolgan attestatning bekor qilinganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalaridagi (arizachining mablag‘lari hisobiga) e’lonning nusxasi; v) attestat dublikati berilganligi uchun to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat. 43. Attestat blankasi yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda attestat egasi tomonidan Qo‘mitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) attestat dublikati berish to‘g‘risida ariza, unda ilgari berilgan attestatning yaroqsiz bo‘lib qolganligi sabablari va holatlari ko‘rsatiladi; b) attestat dublikati berilganligi uchun to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat; v) ilgari berilgan attestatning yaroqsiz bo‘lib qolgan blankasi. 44. Attestat dublikati berishda Qo‘mita sud boshqaruvchisiga attestat amal qilishining ilgari belgilangan muddati yozilgan, “DUBLIKAT” yozuvi qayd qilingan attestatning yangi blankasini beradi. Dublikat berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Attestat yo‘qolganda yoki ilgari berilgan attestat blankasi yaroqsiz bo‘lib qolganda uning egasi faoliyatini attestatsiya komissiyasi tomonidan beriladigan vaqtinchalik ruxsatnoma asosida amalga oshirishi mumkin. 45. Attestatni qayta rasmiylashtirish yoki attestat dublikatini berish Qo‘mita tomonidan ariza olingan vaqtdan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi. 46. Ilgari berilgan attestatning yaroqsiz bo‘lib qolgan blankasi dublikat berilgandan keyin yo‘q qilinadi. 47. Attestat dublikati olingandan keyin attestatning ilgarigi yo‘qolgan asl nusxasi topilgan taqdirda attestat dublikatini olgan sud boshqaruvchisi ko‘rsatib o‘tilgan holat ro‘y bergandan keyin besh kundan kechikmay Qo‘mitaga attestatning asl nusxasini yo‘q qilish uchun qaytarishi kerak. 48. Attestatni qayta rasmiylashtirish va attestat dublikatini olish uchun attestatsiyadan o‘tish talab qilinmaydi. Attestat dublikati olish uchun zarur hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilmagan taqdirda ariza egasiga asoslangan holdagi rad etish ariza berilgan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida yozma shaklda yetkaziladi. 49. Qo‘mita attestatning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish huquqiga ega. 50. Qo‘mita attestatning amal qilishini quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatib turishga haqlidir: a) attestat olingandan keyin attestatsiyaga ilgari taqdim etilgan hujjatlarda ma’lumotlarning noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi aniqlanganda; b) bankrotlik tartibotlarida qatnashuvchi sud boshqaruvchisi majburiyatlari bajarilmaganda; v) Qo‘mitaning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi yozma buyruqlari yoki farmoyishlari sud boshqaruvchisi tomonidan bajarilmaganda; g) sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining buzilishi hollari aniqlanganda; d) sud qarori asosida. 51. Qo‘mita uch kun muddatda sud boshqaruvchisiga attestatning amal qilishi to‘xtatib turilishi to‘g‘risida yozma bildirishnoma jo‘natadi, unda to‘xtatib turish asoslari va Qo‘mita tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rsatiladi. 52. Attestat egasi Qo‘mita tomonidan belgilangan muddatlarda bildirishnomada ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni bajarishi va ular to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda Qo‘mitaga yozma ravishda xabar qilishi shart. 53. Attestatning amal qilishi to‘xtatib turilishi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda bajarilgan taqdirda Qo‘mita ushbu attestatning amal qilishini uch kun mobaynida tiklaydi. 54. Qo‘mita attestatning amal qilishini quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatishga haqlidir: a) qonun hujjatlarining bir necha marta (bir martadan ko‘p) buzilishi hollari aniqlanganda; b) Qo‘mitaning yozma buyruqlari yoki farmoyishlari bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda; v) bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchisiga yuklangan majburiyatlar bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda, shuningdek sud boshqaruvchisining xatti-harakatlari qarzdor korxona yoki kreditorlar uchun zarar yetkazganda; g) sud boshqaruvchisining arizasiga ko‘ra; d) sud qarori asosida. 55. Qo‘mita attestatning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan boshlab uch kun muddatda ushbu qaror to‘g‘risida sud boshqaruvchisiga va iqtisodiy sudga tasdiqlovchi asoslar bilan yozma ravishda xabar qiladi. Qo‘mita tomonidan attestatning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida attestat talabgori test imtihonlarini qayta topshirishga qo‘yilmaydi. 56. Amal qilishi to‘xtatib turilgan va to‘xtatilgan attestatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qo‘mita tomonidan Reyestrga kiritiladi. 57. Qo‘mita qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat arizasi berilishi mumkin.
107
58,105
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING BUDJETGA AKSIZ SOLIG‘I TUShIShINI NAZORAT QILUVChI MOLIYA INSPEKTORLARI LAVOZIMLARINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA
Respublika Davlat budjetiga aksiz solig‘ining to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1997-yil 1-yanvardan boshlab aksiz solig‘i solinadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlari lavozimi joriy etilsin. 4. Moliya inspektori lavozimlari joriy etiladigan korxonalarning rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlari ishini tashkil etish uchun ish joylari bilan ta’minlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlariga hozirgi vaqtda Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati davlat bosh soliq inspektorlari uchun amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash shartlari joriy etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 1997-yilgi respublika budjetida qo‘shimcha ravishda ajratilgan xodimlarga sarflanadigan xarajatlarga zarur mablag‘larni nazarda tutsin; 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
155
1,104
Qonunchilik
2011-2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida
Ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlarining respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarini istiqbolda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan dasturlar bilan uzviy bog‘liq holda ildam rivojlanishini ta’minlash hamda buning negizida yangi ish joylarini yaratish, aholining bandligi va turmush darajasi uzluksiz o‘sib borishini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar 2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: xorijiy va ichki moliyalashtirish manbalarini, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish ko‘lamini kengaytirish, qurilish va industrial ishlab chiqarish komplekslarini yangilash asosida transport kommunikatsiyalari, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari, muhandislik infratuzilmasi obyektlarini kompleks ravishda va ildam rivojlantirish hamda qurish; respublikaning barcha mintaqalarini puxta birlashtiradigan yagona milliy avtomobil transport tizimini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, O‘zbekiston milliy magistrali tarkibiga kiradigan, xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan, zamonaviy sement-beton va asfalt-beton qoplamalar bilan ta’minlangan to‘rt polosali yo‘l uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilishni kengaytirish, Qamchiq dovonidan o‘tadigan avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish; respublikaning temir yo‘l transportini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, temir yo‘llar rekonstruksiyasini amalga oshirish, Toshkent-Samarqand yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyasini jihozlash hamda ishga tushirish, Buxoro va Qarshi shaharlarigacha bo‘lgan temir yo‘l uchastkalarini elektrlashtirish, harakatdagi temir yo‘l tarkibini zamonaviy yuqori unumli lokomotivlar, yuk tashuvchi va yo‘lovchilarga mo‘ljallangan vagonlar bilan yangilash; havo kemalari parkini dunyoning yetakchi Boing va Aerbas aviakompaniyalarining zamonaviy, har jihatdan qulay va tejamli samolyotlari bilan tubdan yangilash hisobiga aviatsiyada tashishning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etish, Toshkent shahri va respublikaning viloyat markazlarida aeroportlar qurish va rekonstruksiya qilish hamda uning negizida tranzitni ham hisobga olganda yuk tashish hajmlarini oshirish, aviatsiyada yo‘lovchilar tashish darajasi hamda sifatini oshirish, asosiysi esa — ularning xavfsizligini ta’minlash; zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, uyali aloqa hamda ma’lumotlarni keng yo‘lakli uzatish tarmoqlarini kengaytirish, respublika mintaqalarida raqamli televideniyega bosqichma-bosqich o‘tish; transportda yuk tashishni tashkillashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan, ko‘p maqsadli zamonaviy samarador transport-tranzit infratuzilmasini yaratish, har xil transport turlari - avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya transporti tomonidan transport xizmati ko‘rsatishda tutashlikni ta’minlash, Angren shahridagi va Navoiy shahri aeroporti negizidagi logistika intermodal markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyat yuritish samaradorligini oshirish; xalqaro transport kommunikatsiyalariga qisqa yo‘llar bilan chiqishni va tranzit yuk tashish ko‘payishini, mintaqaviy hamda dunyo bozorlariga chiqishni kengaytirishni, eksport salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish va milliy mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirishni ta’minlaydigan yangi transport yo‘laklarini shakllantirish; milliy avtomagistral yoqasi va temir yo‘llar bo‘ylab infratuzilma va servis obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, avtomobil va temir yo‘l magistrallarida qatnovchilar uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish, buning negizida yangi ish joylarini shakllantirish hamda aholining bandligini oshirish; O‘zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish uchun qo‘shimcha zamonaviy yo‘l-qurilish texnikasining o‘z vaqtida xarid qilinishini ta’minlash, yo‘l qurilishida zamonaviy qurilish texnologiyalarini, uskunalar hamda sifatli materiallarni qo‘llash; respublika mintaqalarida, ayniqsa qishloq joylarda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini — suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektrlashtirish tizimlari va boshqalarni qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni kengaytirish, buning negizida aholini va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash darajasi hamda sifatini oshirish, shaharlarda va aholi punktlarida sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilash; xomashyo, materiallar va energiya resurslaridan tejamkor foydalanishni ta’minlaydigan, energiya hamda resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash yo‘li bilan ishlab chiqarish infratuzilmasi, transport va kommunikatsiya obyektlarini qurish va foydalanishda ishlab chiqarish xarajatlari hamda tannarxini izchil pasaytirib borish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-avgustdagi R-3475-son farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, “O‘zavtoyo‘l” DAK, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi Dastur (keyingi o‘rinlarda-Dastur) ma’qullansin, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish Dasturining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo‘llari uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga* muvofiq; infratuzilmani, transport va kommunikatsiyalarni kompleks rivojlantirishning maqsadli parametrlari 3-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l yoqasi infratuzilmasi va servisini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 4-ilovaga* muvofiq; infratuzilmani, transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 5-ilovaga* muvofiq. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, birlashmalar hamda korxonalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi Dasturda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi taqdimnomalariga ko‘ra bozor konyunkturasi hamda transport va kommunikatsiya tarmoqlari rivojidagi ehtimol tutilgan o‘zgarishlarni nazarda tutib, Dasturning tasdiqlangan parametrlariga zarur hollarda aniqlik va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarida 2011-yil hamda keyingi yillarda geologiya-razvedka ishlarining har yili tasdiqlanadigan dasturlari doirasida O‘zbekiston milliy avtomagistrali uchastkalarini rekonstruksiya qilish va qurish uchun inert materiallar zaxirasini aniqlash bo‘yicha geologiya-razvedka ishlarini olib borishni ta’minlasin. 5. “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik hujjatlar va jihozlar 2016-yilning 1-yanvariga qadar muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalari belgilangan tartibda unga kiritilishini nazarda tutsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009 — 2013-yillarda Temir yo‘l sohasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishning kompleks dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 18-martdagi PQ-1074-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009 — 2014-yillarda O‘zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-apreldagi PQ-1103-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va 1-ilovasi; 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi va 1-ilovasi.
119
9,598
Qonunchilik
“NAQD QIMMATLI QOG‘OZLARNI YO‘Q QILISh BO‘YIChA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 13-martdagi 2002-03-son “Naqd qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1125, 2002-yil 15-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y, 7-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
127
1,188
Qonunchilik
“Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 29-martda birinchi o‘qish tartib-taomiliga qaytarilib, maromiga yetkazilgan “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
116
445
Qonunchilik
Xorijda Oʻzmilliybankning filiallari va vakolatхonalari paydo boʻlishi mumkin
Prezidentning 13.11.2017 yildagi PQ–3383-son «Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi. Eslatib oʻtamiz, yaqinda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav jamgʻarmasi miqdori koʻpaytirilgan edi. Bu haqda batafsil – bu yerda. Hujjatda Oʻzmilliybankning tashqi iqtisodiy faoliyat, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda chakana bank хizmatlari koʻrsatish sohalaridagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilangan. Bundan tashqari, Oʻzmilliybankka mamlakatimizning iqtisodiy hamkori boʻlgan хorijiy mamlakatlarda vakolatхonalar, filiallar, shoʻ’ba banklar tashkil etish va depozitlar sifatida Davlat byudjeti mablagʻlarini jalb etish huquqi berildi. Ikki oy ichida bank Ustavining yangi tahriri (amaldagisi 1993 yilda tasdiqlangan) va bank Kengashining yangilangan shaхsiy tarkibi tasdiqlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 13.11.2017 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov, ekspertimiz.
77
1,270
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-614-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-614-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
620
Qonunchilik
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Buxoro va Samarqand shaharlarida aholi hamda xo‘jalik subyektlarining sanitariya xizmatlari bilan ta’minlanishini yanada yaxshilash, shuningdek ekologik muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: 2009-yilning 4-avgust kuni Jahon bankining Direktorlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasiga “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) ning 35,6 mln. miqdorida maxsus qarz olish huquqlari bo‘yicha (ekvivalenti 55,0 mln. AQSh dollari) 10 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, to‘lash muddati 35 yil bo‘lgan qarz berilishini ma’qulladi; O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qo‘shadigan hissasi 12,96 mln. AQSh dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlarini berish tarzida — ekvivalenti 11,16 mln. AQSh dollarini tashkil etadi; loyihani amalga oshirish davri 5,5 yil deb belgilangan (2010 — 2015-yillar). 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasiga kredit O‘zbekiston Respublikasi bilan XTU o‘rtasida tuzilgan moliyalash to‘g‘risidagi bitim asosida beriladi; O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi, Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirish bo‘yicha javobgar ijro etuvchi agentliklar hisoblanadi; XTU kreditini, shuningdek XTU krediti bo‘yicha komissiyalar va boshqa xarajatlarni to‘lash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi mablag‘lari hisobidan, yetishmagan qismida — Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan XTU bilan moliyalash to‘g‘risidagi bitimni, shuningdek Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi bilan subkredit bitimlarini imzolash vakolati berilsin; Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi direktorlari XTU bilan loyiha bitimlarini imzolashga vakil etib tayinlansin. 4. Quyidagilar: “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan texnik-iqtisodiy asosi 1, 1a va 1b-ilovalariga muvofiq; loyihani moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq; XTU kreditini va u bo‘yicha komissiyalarni to‘lash jadvali, shuningdek Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi tomonidan XTU subkreditlarini to‘lash jadvallari 3, 3a va 3b-ilovalariga muvofiq; XTU subkreditlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni qoplash hissalarini taqsimlash 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hamda XTU o‘rtasida moliyalash to‘g‘risidagi Bitim, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hamda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi bilan subkredit bitimlari bo‘yicha yuridik xulosa bersin. 6. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi rahbarlari, Buxoro va Samarqand viloyati hokimlari zimmasiga: loyiha bo‘ycha tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash; Jahon banki tartib-qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar hamda hujjatlarni tayyorlash va taqdim qilishni o‘z vaqtida tashkil etish; Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi tomonidan XTU krediti bo‘yicha subkredit bitimlarining shartlariga muvofiq asosiy qarz hamda komissiyalarni to‘lash uchun zarur mablag‘larning o‘z vaqtida jamlanishi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin. Loyihani boshqarish vazifalari O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi huzurida faoliyat yuritayotgan Jahon banki loyihalarini muvofiqlashtirish guruhi zimmasiga yuklansin, uning lavozimlar ro‘yxati va har yillik moliyalash smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan albatta kelishib olinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengash (R.S. Azimov): loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha tender komissiyasi tarkibini tasdiqlashni; loyiha amalga oshirilishini muntazam ko‘rib borish va zarur hollarda uning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishni ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida, 4-ilovaga muvofiq XTU subkreditlari bo‘yicha xarajatlarni qoplash hissalarini taqsimlagan holda 2010-yilda komissiyalarni to‘lash uchun respublika budjeti hisobidan mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin; 2011-yildan boshlab, kelasi yildagi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda Buxoro va Samarqand viloyatlari mahalliy budjetlari parametrlarida Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasining shu maqsadlarga yo‘naltiriladigan, xarajatlarni qoplash hissalarini 4-ilovaga muvofiq taqsimlagan holda shaxsiy mablag‘larga qo‘shimcha ravishda XTU subkreditlari bo‘yicha komissiyalarni to‘lash, asosiy qarzni qoplashga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 9. XTU kredit mablag‘lari hisobidan loyiha doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari), qo‘shimcha qiymat solig‘idan, maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar va yig‘imlar to‘lashdan ozod etilsin. Belgilansinki, mazkur imtiyozlarni berish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar ushbu loyihani amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasining hissasi hisoblanadi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmalariga yuklansin.
203
7,288
Qonunchilik
Bozorlar oʻrniga gipermarketlar quriladi
Dasturda namunaviy loyihalar boʻyicha 4 tipdagi gipermarket, supermarket va minimarketlar koʻrinishidagi, shuningdek, ularga tutash maydonlarda barpo etiladigan yengil konstruksiyali, vaqtinchalik yigʻma pavilonlardan iborat savdo majmualarining qurilishini nazarda tutadi. Uning amalga oshirilishi bilan Respublika komissiyasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi hududiy ishchi komissiyalar shugʻullanadi. Tadbirlar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi: Qurilishni amalga oshirish uchun TIF MB huzurida Bozorlar qurilishi direksiyasi tashkil qilingan boʻlib, u respublika hududlarida pudrat tashkilotlarini tanlash ishlari bilan shugʻullanadi. Qurilishi tugallangan ob’yektlar tadbirkorlik sub’yektlariga sotiladi. Bu muhim! 2020 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatgacha: 2017 yil 1 apreldan dehqon bozorlariga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari ushbu dehqon bozorlari tarkibiga oʻtkaziladi va keyinchalik ular faoliyatidan tushgan pul tushumlari dehqon bozorlarining soliq solinadigan daromadlari tarkibiga kiritiladi hamda ushbu mablagʻlarning 50 foizi mahalliy byudjetlarga yoʻnaltiriladi. Bundan tashqari, хuddi shu sanadan e’tiboran 50 ta va undan ortiq savdo oʻrinlari mavjud boʻlgan barcha dehqon bozorlarida, shuningdek, dehqon bozorlariga tutash hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimning yigʻilishi davlat soliq хizmati organlarining хodimlari tomonidan nazorat qilinishi ta’minlangan holda faqat bank tizimi orqali undirilishini avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish majburiy tartibda joriy qilinadi. Shuningdek, Qarorda vakolatli davlat organlariga qator topshiriqlar ham saqlanadi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV,   ekspertimiz.
40
1,974
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “SNIFOKOR-MK” mehmonxona kompleksini O‘zbekiston Respublikasi Badiiy gimnastika federatsiyasi balansiga berish to‘g‘risida
Respublikada ommaviy bolalar sportining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblangan badiiy gimnastikani yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sportning turiga xotin-qizlarni keng jalb etish hamda ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Davlat sport qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Badiiy gimnastika federatsiyasining Toshkent shahar, Chilonzor ko‘chasi, 80-uyda joylashgan “SNIFOKOR-MK” mehmonxona kompleksini Sog‘liqni saqlash vazirligi balansidan O‘zbekiston Respublikasi Badiiy gimnastika federatsiyasi balansiga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “SNIFOKOR-MK” mehmonxona kompleksini belgilangan tartibda Badiiy gimnastika federatsiyasi balansiga bersin, federatsiya esa o‘z balansiga qabul qilib olsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorining 5-ilovasidan “147” pozitsiya (“SNIFOKOR-MK” mehmonxona kompleksini) chiqarib tashlansin. 4. Badiiy gimnastika federatsiyasi xorijiy sarmoyani, homiylik badallarini jalb etgan holda va o‘z mablag‘lari hisobiga kompleks qoshida badiiy gimnastika bo‘yicha mashqlar va musobaqalar o‘tkazish uchun gimnastika zali qurilishini hisobga olib, mehmonxona kompleksi binolarini tiklash-ta’mirlash, shuningdek tashkil etilayotgan sport-sog‘lomlashtirish kompleksini zarur sport, tibbiyot jihozlari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Badiiy gimnastika federatsiyasiga bolalar sportini rivojlantirish uchun homiylardan tushayotgan mablag‘lar 2004-yilda loyiha ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan miqdorda va 2005-yilga Toshkent shahrida badiiy gimnastika bilan shug‘ullanish uchun yangi sport zali qurilishini moliyalashtirish va tugallash uchun mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin. Yangi sport zali “SNIFOKOR-MK” mehmonxona kompleksiga tutashib ketgan hududida joylashtirilsin 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
179
2,405
Qonunchilik
XO‘JALIK ShARTNOMALARINI TUZISh, O‘ZGARTIRISh VA BEKOR QILIShNI TARTIBGA SOLUVChI FUQAROLIK QONUN HUJJATLARI NORMALARINI QO‘LLAShNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiy sudlar tomonidan xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llash bo‘yicha bir xil sud amaliyotini shakllantirish maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasini qo‘llab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik (iqtisodiy) faoliyati sohasida xo‘jalik shartnomalarini (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari normalarini qo‘llashlari lozim. 2. FKning 8-moddasiga ko‘ra fuqarolik munosabatlari ishtirokchilarida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biri shartnoma hisoblanadi. Shartnoma FK 2 va 354-moddalarining (shartnoma tuzish erkinligi prinsipi), 102-moddasi uchinchi qismining (shartnoma tuzish uchun taraflarning kelishilgan xohishi mavjudligi), 105, 107, 108, 110, 111-moddalarining (tegishli shakllarga rioya qilish), 364-moddasining (shartnoma taraflari o‘rtasida uning barcha muhim shartlari yuzasidan kelishuvga erishish) talablariga javob berishi lozim. 3. FKning 364-moddasiga muvofiq agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnomaning narsasi to‘g‘risidagi shartlar, qonunda yoki boshqa huquqiy hujjatlarda bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko‘ra kelishib olinishi zarur bo‘lgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi. 4. Shartnomani tuzish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: birinchi bosqich oferta, ikkinchi bosqich aksept deb ataladi. Shartnoma tuzishni taklif qiluvchi taraf oferent, taklifni qabul qiluvchi taraf esa akseptant hisoblanadi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shartnomaviy-huquqiy munosabatlarga kirishish haqidagi har qanday taklif ham oferta deb tan olinmaydi. Taklif oferta xususiyatlariga javob berishi uchun u FKning 367-moddasiga muvofiq yetarli darajada aniq bo‘lishi va shaxsning shartnoma tuzish niyatini aniq ifoda etishi, shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga olishi va bir yoki bir necha muayyan shaxslarga yuborilgan bo‘lishi lozim. Taklifda yuqorida ko‘rsatilgan belgilardan birining yo‘qligi sudlar tomonidan oferta qilishga taklif etish deb baholanishi kerak. FKning 376-moddasiga muvofiq agar shartnomada uning tuzilgan joyi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, shartnoma oferta yo‘llagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan erida tuzilgan hisoblanadi. 5. Sudlarga tushuntirilsinki, shartnoma u tuzilgan sanada amalda bo‘lgan qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan, taraflar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim. Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo‘lgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan bo‘lsa, tuzilgan shartnomaning shartlari o‘z kuchini saqlab qoladi, qonunda avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan munosabatlarga ham tatbiq etilishi ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno. Bunda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, majburiyatni buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatning bekor qilinganligi shartnomadan mazkur hujjatda nazarda tutilgan javobgarlik to‘g‘risidagi shartni chiqarib tashlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 6. FK 365-moddasining birinchi qismiga muvofiq oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Ofertada aksept muddati ko‘rsatilgan bo‘lsa, aksept oferta yo‘llagan shaxs tomonidan unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida olinsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. FK 373-moddasining birinchi qismiga ko‘ra yozma ofertada aksept muddati ko‘rsatilmagan aksept oferta yo‘llagan shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan muddatlarda, agar bunday muddat belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa — buning uchun normal zarur bo‘lgan vaqt mobaynida olinsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, FK shartnomalarni tuzishda shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan taraflar kelishuvga erishgan va u tegishli shaklga keltirilgan bo‘lishidan tashqari, qonunga binoan muayyan harakatlarni bajarishning talab etilishini ham nazarda tutadi. Xususan, FK 732-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi, FK 759-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq esa, bank omonati shartnomasi omonat summasi bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi va h.k. 7. FK 370-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo‘yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept bo‘lmaydi. Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko‘rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni jo‘natish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish, tegishli summani to‘lash va h.k.), agar qonun hujjatlarida yoki ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksept hisoblanadi. 8. “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga ko‘ra xo‘jalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda tuziladi. Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarur bo‘lganda esa — shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi. FK 112-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq, agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to‘la yoki qisman bajargan bo‘lsa, ikkinchi taraf esa — bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi bo‘yicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi. Agar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo‘lib, ammo taraflardan biri uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Bunday holda bitim sud qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo‘lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo‘lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga keltirilgandan keyin tuzilgan hisoblanadi. Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Sudlarga tushuntirilsinki, agar taraflarning shartnomaviy huquqiy munosabatlarga kirishganligi yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlansa, shartnomaning mavjud emasligi da’vogarning yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini undirish haqidagi talablarini qanoatlantirishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelishi to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu qoida qo‘llanilmaydi. 9. FKning 357-moddasiga muvofiq shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi. Shu bilan bir vaqtda taraflar o‘zlari tuzgan shartnomaning shartlarini ularning shartnoma tuzilishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi deb belgilab qo‘yishga haqlidirlar. FK 357-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qonunda yoki shartnomada shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bekor bo‘lishiga olib keladi, deb belgilanishi mumkin. Agar bunday shart mavjud bo‘lmasa, shartnomaning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa ham, taraflar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarini lozim darajada bajargan taqdirdagina shartnoma o‘zining amal qilishini tugatadi. Shartnomaning amal qilish muddatining tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi. 10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonunchilik hujjatlarida shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan holatlar ham o‘rnatilgan. Xususan, ommaviy shartnoma (FKning 358-moddasi), dastlabki shartnomada nazarda tutilgan asosiy shartnoma (FKning 361-moddasi), kim oshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnoma (FKning 379-moddasi), davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi (FKning 457-459-moddalari) va h.k. 11. IPK 26-moddasining 1-bandiga muvofiq tuzilishi qonunda nazarda tutilgan shartnoma yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan kelib chiqqan bo‘lib, hal etish uchun iqtisodiy sudga topshirish haqida taraflar o‘zaro kelishgan ixtiloflar hal etish uchun sudga topshirilishi mumkin. Taraflar o‘rtasida nizoni hal etish uchun sudga topshirish haqidagi kelishuv sharti turli xil shakllarda, masalan, xat, telegramma, faksimil va elektron aloqa vositasi orqali axborot almashish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal etish uchun sudga topshirish sharti tuzilayotgan shartnomada nazarda tutilishi va uning loyihasiga taraflardan biri tomonidan kiritilishi mumkin, agar boshqa taraf kelishmovchiliklar bayonnomasida loyihaning mazkur sharti bo‘yicha biror bir e’tiroz bildirmagan bo‘lsa. Qolgan hollarda bunday huquq faqat u qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda vujudga keladi. Shartnoma tuzish bir taraf uchun qonunga ko‘ra majburiy bo‘lgan va taraflar o‘rtasida shartnomani tuzishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda FKning 377-moddasida ko‘rsatilgan qoidalar majburiy tartibda qo‘llaniladi. 12. Shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan taraf uni tuzishdan bo‘yin tovlagan holda, boshqa taraf shartnoma tuzishga majburlash haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, da’vo talablari nafaqat butun shartnomaga, balki uning ayrim shartlariga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Da’vogar da’vo arizasiga tuzishga majbur etilgan shartnoma loyihasini ilova qilishi shart. 13. FK 377-moddasining ikkinchi qismida kelishmovchiliklar bayonnomasini sudda ko‘rib chiqish uchun topshirishning o‘ttiz kunlik muddati o‘rnatilgan. Shu bilan birgalikda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ushbu muddatning o‘tkazib yuborilganligi da’vo arizasini qabul qilishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. Oferta yo‘llagan taraf kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga uning muddati o‘tganidan keyin topshirgan, boshqa taraf esa bunga e’tiroz bildirmagan hollarda sud bunday arizani mazmunan ko‘rib chiqadi. Agar boshqa taraf bunga qarshi e’tiroz bildirgan bo‘lsa, sud maxsus da’vo muddatining o‘tishi oqibatlarini qo‘llab, da’voni rad etadi. Bu holda shartnoma oferta shartlarida qabul qilin-gan hisoblanadi. Bunda, agar sud da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, u FKning 159-moddasiga muvofiq da’vo muddatini tiklab, nizoni mazmunan ko‘rib chiqadi. 14. Agar shartnomani tuzishi majburiy bo‘lmasada, lekin taraflardan biri shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal etish uchun sudga topshirgan va sud ushbu kelishmovchiliklarni ish yuritishga qabul qilgan, mazkur shartnoma bo‘yicha kontragent esa ushbu shartnoma yuzasidan o‘zining takliflarini sudga taqdim etgan bo‘lsa, sud nizo uni ko‘rib chiqish uchun taraflarning kelishuvi bo‘yicha berilgan, deb hisoblashi lozim. Sudlarga tushuntirilsinki, shartnoma tuzishga majbur etish to‘g‘risida da’vo arizasi taqdim qilingan holda, agar shartnoma tuzish taraflar uchun majburiy bo‘lmasa, sud bunday talabni qanoatlantirishni rad etadi. 15. Shartnomaning ayrim shartlari bo‘yicha shartnoma oldidan bo‘lgan nizoni ko‘rib chiqishda sudlar shartnomaning barcha shartlarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirishlari lozim. Shartnoma shartlari qonunchilikka muvofiq emasligi aniqlangan holda, sud taraflarga hal qiluv qarori chiqarilgunga qadar nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif etadi va buning uchun muhlat beradi, bu sud majlisi bayonnomasida yoki sudning ajrimida aks ettiriladi. Agar sudning mazkur taklifi taraflar tomonidan bajarilmasa, sud shartnomani qonun hujjatlariga zid bo‘lgan tahrirda tuzishga majbur qilishni rad etadi, yetarli asoslar mavjud bo‘lgan holda esa, ishdagi holatlardan kelib chiqib, sud qonunchilikka zid bo‘lmagan tahrirda shartnomani tuzishga majbur etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar qo‘shimcha ravishda alohida hujjat tarzidagi shartnomani tuzishga va imzolashga majbur emaslar. 16. FK 235-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq majburiyat unda taraflar sifatida qatnashmagan shaxslar (uchinchi shaxslar) uchun burchlar hosil qilmaydi. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, agar shartnomaning shartlari uchinchi shaxslarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmasa, shartnomani tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga unda faqat ishtirok etuvchi shaxslar haqlidir. Davlat organlari va boshqa organlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda da’vo taqdim etishlari mumkin. 17. Shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan taqdirda FKning 362-moddasiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar o‘zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o‘zgartirishlari mumkin emas. 18. Shartnomaning amal qilish davrida taraflar o‘zaro kelishuvga muvofiq uni amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirishga ham, bekor qilishga ham haqlidirlar. Shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida kelishuv ham shunday shaklda tuziladi, basharti qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa. FK 382-moddasining ikkinchi qismi qoidalaridan kelib chiqib, shartnoma sudning hal qiluv qaroriga binoan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa; FK, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda. FK 382-moddasining uchinchi qismiga muvofiq taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi. FK 382-moddasining uchinchi qismiga muvofiq taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi. FK 384-moddasining ikkinchi qismida belgilanganki, bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa — o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin. Bunda o‘ttiz kunlik muddat taklif olingan paytdan, agar taklif olingan muddat noma’lum bo‘lsa, ikkinchi taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifni olishi uchun normal zarur bo‘lgan vaqt o‘tgan paytdan boshlab hisoblanadi. 19. Mazkur toifadagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, IPK 148-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, nizo mazkur tartibga rioya etilganidan so‘nggina sudga ko‘rib chiqish uchun topshirilishi mumkin. Shu sababli bunday toifadagi nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilmaganligi IPK 107-moddasining 5-bandiga muvofiq da’voni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos hisoblanadi. 20. Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga doir nizolarni ko‘rib chiqishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, agar taraflar shartnomani jiddiy o‘zgargan vaziyatga muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan bo‘lsalar, shartnoma FK 383-moddasi uchinchi qismining 1-4-bandlarida sanab o‘tilgan barcha shartlar bir vaqtda mavjud bo‘lgan holdagina bekor qilinishi (o‘zgartirilishi) mumkin. Mazkur nizolarning sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi FK 383-moddasining beshinchi qismi talablari inobatga olingan holda amalga oshirilishi lozim. 21. Sudlarga tushuntirilsinki, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda agar sud shartnoma tuzilmaganligini yoki shartnomaning amal qilish muddati tugaganligini aniqlasa, u da’voni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi. 22. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish oqibatlari FKning 385-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra shartnoma o‘zgartirilganida taraflarning majburiyatlari o‘zgartirilgan holda saqlanib qoladi, shartnoma bekor qilinganida esa, taraflarning majburiyatlari bekor bo‘ladi. Shartnoma o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, agar kelishuvdan yoki shartnomani o‘zgartirish xususiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, taraflar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga kelishgan paytdan boshlab, shartnoma sud tartibida o‘zgartirilgan yoki bekor qilinganida esa — sudning shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab majburiyatlar o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi. 23. Shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga doir nizolarni ko‘rib chiqishda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, FK 385-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, taraflar shartnoma o‘zgartirilguncha yoki bekor qilinguncha majburiyat bo‘yicha o‘zlari bajargan narsalarni qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar. 24. Sudlar shartnomani haqiqiy emas deb topish va shartnomani bekor qilish tushunchalarini farqlashlari lozim. Shartnomani haqiqiy emas deb topishga FKning 113—126-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shartnomaning haqiqiy emasligi va uni bekor qilish o‘rtasidagi farq quyidagilardan iborat: shartnomaning haqiqiy emasligiga uning noqonuniyligi, bekor qilinishiga esa, shartnomani bekor qilishga talab qilinadigan holatlarning yuzaga kelishi asos bo‘ladi, bunda uning qonuniyligi nizolashilmaydi; haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir, shartnomani bekor qilish esa u amalda bo‘lgan vaqtdagi o‘zaro huquq va majburiyatlarga ta’sir etmasdan, faqatgina kelgusidagi huquq va majburiyatlarga taalluqlidir; bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi talabdan farqli o‘laroq, shartnomani bekor qilish haqidagi talabga shartnoma amal qilishining butun muddati mobaynida yo‘l qo‘yiladi. Shartnomani haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini ko‘llash masalasi sud tomonidan har qanday manfaatdor shaxsning talabiga binoan ko‘rib chiqilishi mumkin. O‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan shartnomaning haqiqiy emasligining oqibatlarini qo‘llash masalasini sud o‘z tashabbusi bilan ham hal etishga haqli. 25. FK 382-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh tortib, qonun yoxud taraflarning kelishuvida bunga yo‘l qo‘yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hisoblanadi. Qonunchilikka muvofiq shartnomani bajarishdan bir taraflama bosh tortishga muayyan shartlar mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi (FK 422-moddasining uchinchi qismi, 746-moddasining birinchi qismi va h.k.). Bunday hollarda shartnomani bekor qilish talab etilmaydi. Shartnomani bajarishdan bir taraflama bosh tortish uchun bu haqda ikkinchi tarafga xabar berishning o‘zi yetarlidir. 26. Sudlarga tushuntirilsinki, agar shartnomada uni bir taraflama bekor qilish sharti ko‘zda tutilgan bo‘lib, lekin manfaatdor taraf shartnomani bekor qilish to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilgan bo‘lsa, bunday da’vo arizasi sud tomonidan umumiy qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqilishi lozim.
162
21,137
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2019-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2019-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyot sohasida belgilangan ustuvor vazifalarning izchil amalga oshirilishi, Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish imkoniyatlari oshganligi va zaxiralarning yaratilganligi, mablag‘lar oqilona sarflanganligi natijasida mamlakatda iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlari hamda makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlangan. 2019-yilda soliq siyosatini tubdan takomillashtirish konsepsiyasi amalga tatbiq etilayotganligi, valyuta bozorining erkinlashtirilishi, biznesni yuritish uchun qulay muhitning yaratilganligi, innovatsiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilishi Davlat budjetining mutanosib ijrosini ta’minlash imkonini yaratgan. Natijada joriy yilning birinchi yarim yilligida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 5,8 foizni tashkil etdi, va xususan, xizmatlar ko‘rsatish 1,7 foiz, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi 1,6 foiz, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsuloti hajmi 0,5 foiz hamda qurilish ishlari hajmi 1,3 foiz o‘sgan. Davlat budjeti daromadlari 50,7 trln. so‘mni tashkil etib, ŭtgan ĭilning mos davriga nisbatan 52,9 foiz ŭsgan. Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasi 19,7 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,8 foiz oshgan, eksport hajmi 8,4 mlrd. AQSh dollarini va import hajmi 11,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Davlat budjetining xarajatlari 55,3 trln. sŭmni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,9 foizni tashkil etgan. Xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligi saqlab qolinib, ijtimoiĭ xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 30,1 trln. sŭm yoki umumiĭ xarajatlarning 54,4 foizi miqdorida mablag‘ sarflangan. Ijtimoiĭ soha va aholini ijtimoiĭ qŭllab-quvvatlash xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘larning 16,6 trln. sŭmi yoki qariĭb 56,9 foizi ish haqi va unga tenglashtirilgan tŭlovlarni tashkil etgan. Ijtimoiy xarajatlarning 54,4 foizini tashkil etgan ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga Davlat budjetidan 16,4 trln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Shundan umumta’lim sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar 9,9 trln. so‘mni tashkil etgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlariga Davlat budjetidan 2 281,9 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Bog‘cha yoshidagi 2,6 million nafardan ziyod bolalarning 1 milliondan ziyod nafarining maktabgacha ta’lim muassasasi bilan qamrab olinishi ta’minlangan. Bu umumiy bolalar soniga nisbatan 40,5 foizni tashkil etgan. Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasa bilan qamrab olish darajasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 31,0 foizga ortgan. Joriy yilning hisobot davrida iqtisodiyotga Davlat budjetidan qariyb 8,0 trln. so‘m mablag‘ sarflangan. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlariga Davlat budjeti jami xarajatlarining 5,6 foizi yoki 3,1 trln. so‘m mablag‘ sarflanib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 baravarga ortgan. Davlat budjetidan sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori hisobot davrida 6,6 trln. sŭmni tashkil etib, ŭtgan ĭilning mos davriga nisbatan 58,7 foiz ŭsgan. Hisobot davrida hududlarda daromadlar bazasini kengaytirish va qo‘shimcha daromad zahiralarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida soliqlardan tushgan tushumlar 13,9 trln. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,7 trln. so‘m yoki 1,9 barobarga o‘sgan. Shuni ta’kidlash joizki, budjet tashkilotlarida va budjetdan mablag‘ oluvchilarda budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorat tadbirlari amalga oshirilishi natijasida 3205 ta budjet tashkilotining 2620 tasida 54, 2 mlrd. so‘m miqdoridagi moliyaviy xatoliklar, jumladan 15,4 mlrd. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari va moddiy boyliklar kamomadi, o‘zlashtirishlar hamda 38,8 mlrd. so‘m miqdorida noqonuniy xarajatlar aniqlangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari va qo‘mitalarda dastlabki tarzda muhokama qilish davomida bildirilgan taklif hamda mulohazalarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2019-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. Joriy yilning birinchi yarim yilligida Davlat budjeti daromadlari 50,7 trln. so‘mni, xarajatlari esa 55,3 trln. so‘mni tashkil etib, 4,6 trln. so‘m taqchillik bilan bajarilganligi qayd etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya loyihalarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash; aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish; uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, malakali kadrlarni tayyorlash, maktabgacha ta’lim muassasalari sonini ko‘paytirish, shuningdek xususiy ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, eng muhimi, ta’lim xizmatlari sifatini ta’minlash; tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar berishni ta’minlash; turizmni rivojlantirish va aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida infratuzilma obyektlarini, shu jumladan mehmonxonalar va xostellarni tashkil qilish uchun tijorat banklarining kredit resurslarini olish imkoniyatlarini kengaytirish; mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjet mablag‘larini boshqarish bo‘yicha mustaqilligini yanada oshirish, mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zahiralarini aniqlash ishlarini davom ettirish hamda mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi: soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirishga va ularning to‘liq to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan moliya va soliq organlarining hududiy bo‘linmalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirsin; budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan budjet mablag‘larining asossiz sarflanishining oldini olish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan holda budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirsin; qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash orqali mahalliy budjetlarga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar tushumining bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari o‘z yo‘nalishlariga ko‘ra nazorat-tahlil faoliyati davomida, xususan, budjetlarning ijrosi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilayotganda qonun hujjatlarini yangi talablarga mos tarzda takomillashtirish masalalarini o‘rgansin, ular yuzasidan takliflar hamda budjet mablag‘laridan foydalanish natijadorligi va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari tegishli xokimlarning, soliq va moliya organlari rahbarlarining mahalliy budjetlar daromadlarini oshirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar va zaxiralarni aniqlash yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari, shuningdek qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida ko‘rilishiga ko‘maklashsin hamda ularda ishtirok etsin. 6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
146
8,320
Qonunchilik
“QIShLOQ QURILISh BANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh VA MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-son qarorini bajarish yuzasidan va uning samarali faoliyati tashkil etilishini ta’minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Quyidagilar “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin: bank xizmati ko‘rsatish sifatini oshirishga hamda uy-joy-kommunal va ijtimoiy sohalarda, qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi va yuridik shaxslarga kredit berishni kengaytirishga, qishloqda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurishga, shuningdek qishloq tadbirkorlariga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli bank siyosatini shakllantirish; yangi, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaradigan, yig‘ma, kompozitsion va mayda blokli konstruksiyalardan foydalangan holda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda obyektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga, shu jumladan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga kredit berish va kompleks tarzda bank xizmatlari ko‘rsatish; qishloqni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kredit berish va moliyalashtirishning maqbul mexanizmini joriy etish; bankda zamonaviy korporativ boshqaruvni shakllantirish va bank ijro etuvchi organining samarali faoliyatini ta’minlash; bankning maqbul darajada kapitallashuvini, likvidligini unga yuklangan vazifalarning bajarilishi va majburiyatlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun yetarli darajada saqlab turish; universal tijorat banki sifatida bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga kompleks xizmatlar ko‘rsatilishi uchun shart-sharoitlar yaratish; qishloq joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan bank-moliya infratuzilmasini faollashtirish va kengaytirish. 5. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki kengashi va boshqaruvi: bir oy muddatda bank ustavini ishlab chiqsin va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlasin, shuningdek bankni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarning zarur paketini tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etsin; bankka yuklangan vazifalarni samarali bajarish zarurligidan kelib chiqqan holda bank hamda uning filiallari tuzilmasini va shtatlar jadvalini o‘n kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; bankning markaziy apparati va uning filiallarini banklarning bo‘linmalarida hamda qishloqda ishlab chiqarish va infratuzilmaning namunaviy loyihalari bo‘yicha uy-joy qurish bilan bog‘liq loyihalarga kredit berish sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv instituti mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan birgalikda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurishga kredit berish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “G‘alla-bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyalari chiqarilishini “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni va yangidan chiqariladigan aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni yig‘imlar undirmasdan amalga oshirsin. 7. O‘zbekiston banklar uyushmasi va Bank-moliya akademiyasi 2009-2010-yillar mobaynida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki mutaxassislari uchun, o‘qitish haqini undirmagan holda, qishloqda yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga kredit berish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilishini ta’minlasinlar. 8. O‘zbekiston banklar uyushmasi, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurishga imtiyozli kreditlar olish tartibi, kredit olish uchun hujjatlar tayyorlash bo‘yicha qishloq joylarda doimiy asosda seminarlar va o‘quv kurslari o‘tkazilishini ta’minlasinlar. 9. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga Milliy teleradiokompaniya, Matbuot va axborot agentligi, Markaziy bank va O‘zbekiston banklar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika ommaviy-axborot vositalari tomonidan to‘lov undirilmasdan reklama materiallari e’lon qilinishini nazarda tutadigan 2009-2010-yillarda bank faoliyati va uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ommaviy-axborot vositalarida keng yoritilishi bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilinsin. 10. Respublika tijorat banklarining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki balansiga bepul beriladigan 2-ilovaga muvofiq filiallar ro‘yxati to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahar, Shahrisabz ko‘chasi, 36-uyda joylashgan ma’muriy binosining bir qismi tutash hudud bilan birgalikda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bepul berilishini ta’minlasinlar. 11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
150
6,025
Qonunchilik
Boshqaruvchi kompaniyalar o‘z mablag‘lari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2003-yil 30-dekabrdagi 2003-19-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1322, 2004-yil 5-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Boshqaruvchi kompaniyalar o‘z mablag‘lari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi birinchi xatboshisidan “va ishonchli boshqaruvchining muxri qo‘yiladi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
202
937
Qonunchilik
Urganch shahrida xalqaro “Binary” universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Oliy ta’lim sohasida zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga asoslangan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini yanada rivojlantirish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yetakchi xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan “Binary” universiteti (Malayziya) o‘rtasida 2020-yil 8-mayda Urganch shahrida xalqaro “Binary” universitetini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlarning asosiy prinsiplari to‘g‘risida kelishuv (keyingi o‘rinlarda — Kelishuv) imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Binary” universitetining (Malayziya) (keyingi o‘rinlarda — Universitet) Urganch shahrida xalqaro “Binary” universitetini (keyingi o‘rinlarda — Filial) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: hududda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy tadbirkorlikning rivojlanishi tendensiyalarini inobatga olgan holda tadbirkorlik va boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalari bo‘yicha malakali oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash; o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalaridagi dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish; Filialda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini joriy etish; xorijning ilg‘or oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish; ta’lim dasturlariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish; ta’lim jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining malakali professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini keng jalb qilish orqali zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish; professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan, ularning stajirovkasini nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish; respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish; ta’lim va ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatga uyg‘un integratsiyalashuvi asosida mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish. 4. Belgilab qo‘yilsinki: Filial nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi; Filialda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablari inobatga olingan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq ingliz, rus va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi; Filialda bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari hamda magistratura bo‘yicha kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; Filialga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish Universitet hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda Filial tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi; Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi va Malayziyada oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi; Filialga Universitet tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijrochi direktor rahbarlik qiladi; Filialda talabalar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori Universitet tomonidan belgilanadi; Filialga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi. 5. Quyidagilar: a) Filial faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik va o‘quv-metodik bazasini shakllantirish Filialning o‘z mablag‘lari, o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, shu jumladan, to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, grantlar va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi; b) Universitet Kelishuvga asosan quyidagilarni ta’minlash majburiyatini o‘ziga olishi: Filial bitiruvchilariga Universitetning belgilangan namunadagi diplomini berish; Universitetning yagona elektron bazasiga Filialda tahsil olayotgan talabalar haqida ma’lumotlar hamda talabalarga beriladigan diplomlarning qayd raqamlarini kiritish; ta’lim jarayoniga innovatsion ta’lim metodlarini, ilg‘or tajribalarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini hamda fanning so‘nggi yutuqlarini joriy etish; pedagoglar va mutaxassislarning malakasini oshirish, Filialning professor-o‘qituvchilari tarkibini qayta tayyorlash; Filialning kutubxona fondini shakllantirish va uni zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik hamda ilmiy adabiyotlar bilan to‘ldirish; Filialning o‘quv-laboratoriya bazasini shakllantirish, shuningdek, maxsus fanlarni o‘qitish uchun zamonaviy o‘quv vositalari bilan jihozlash; Filialni joylashtirish uchun ajratilgan bino va inshootlarni jihozlash; Filialning har yilgi qabul parametrlarining 5 foizidan kam bo‘lmagan qismini ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni bepul (Filial granti asosida) o‘qishga qabul qilish uchun ajratish; Filialda ta’lim jarayonini tashkil etishda mutaxassislik fanlaridan dars berish uchun professor-o‘qituvchilar tarkibining 40 foizidan kam bo‘lmagan qismini malakali xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish; Filial o‘z faoliyatini tugatgan taqdirda, Filialda tahsil olayotgan talabalarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Universitetda o‘quv jarayonini davom ettirib, Universitetning belgilangan namunadagi diplomini olishga imkoniyat yaratish; Filialda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda Kelishuv shartlariga muvofiq to‘laqonli ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish; v) Xorazm viloyati hokimligi Filialni joylashtirish uchun ajratilgan bino va inshootlarni o‘z mablag‘lari hisobiga rekonstruksiya qilish majburiyatini olishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 6. Filial Xorazm viloyati, Urganch shahar, A. Bahodirxon ko‘chasi, 195-uy manzilidagi Urganch davlat universitetining bino va inshootlarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. Bunda mazkur bino va inshootlar hamda unga tegishli hududni saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar, jumladan, kommunal to‘lovlar Filial mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 7. Xorazm viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Universitetga: Filial ustavini tasdiqlash hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda; Filialni tanlov asosida malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlashda zarur yordam ko‘rsatsin. 8. Filialga o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlariga taklif qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda to‘lashga ruxsat berilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Filialda ta’lim sifatini ta’minlash hamda qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov, Xorazm viloyati hokimi F.O‘. Ermanov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
84
8,797
Qonunchilik
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar yuzaga kelayotganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun normalari bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining birinchi instansiya sudi qarori ustidan shikoyat berishga bo‘lgan huquqini kafolatlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 3241-moddasiga muvofiq, birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqargan qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi quyidagilarga tegishli: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga, uning qonuniy vakiliga, advokatiga; jabrlanuvchiga, uning qonuniy vakiliga, advokatiga; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organga; prokurorga. Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqargan qarorning ko‘chirma nusxasi uch kun mobaynida o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga topshiriladi yoki yuboriladi. Jabrlanuvchiga, qonuniy vakilga, advokatga, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organga, prokurorga qarorning ko‘chirma nusxasi ularning iltimosiga ko‘ra topshiriladi yoki jo‘natiladi (MJtK 311-moddasi). 3. Qonunga ko‘ra, apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudi nomiga yo‘llanadi, biroq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqargan sudga topshiriladi yoki jo‘natiladi. Apellatsiya instansiyasi sudi sifatida quyidagilar amal qiladi: jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha — tegishlicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati; iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha — tegishlicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati; fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha — tegishlicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati; hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi. Shuni nazarda tutish lozimki, viloyat va unga tenglashtirilgan sud tomonidan ishlarni birinchi instansiyada yoki apellatsiya tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida chiqarilgan qaror ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi. 4. MJtK 3243-moddasiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs va jabrlanuvchi tomonidan esa, qaror topshirilgan (elektron hujjat tarzida yuborilgan) yoki olingan kundan e’tiboran shunday muddat ichida berilishi mumkin. Fuqarolik, iqtisodiy ishlarni ko‘rib chiqish paytida shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida chiqarilgan sud qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) tegishlicha O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Iqtisodiy protsessual kodekslarida belgilangan tartib va muddatlarda beriladi (MJtK 315-moddasi). 5. Qonunga ko‘ra, sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori qabul qilingan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Biroq, MJtK 318-moddasiga ko‘ra, belgilangan muddatda apellatsiya shikoyati (protesti) berilishi ma’muriy jazoni qo‘llash haqidagi (ma’muriy qamoq bundan mustasno) qarorni to‘xtatib turishini inobatga olib, sud mazkur muddat o‘tgunga qadar uni ijroga qaratmay turishi lozim. Bunday holda qaror ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida ajrim chiqarish talab etilmaydi. 6. Manfaatdor shaxs iltimosnomasiga binoan, uzrli sabablarga ko‘ra, o‘tkazib yuborilgan apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida qaror chiqargan sud tomonidan tiklanishi mumkin. Bunda muddatni o‘tkazib yuborishning sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablari ajrimda ko‘rsatilishi kerak. Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual harakatni amalga oshirishga obyektiv to‘sqinlik qiluvchi holatlar uzrli sabablar deb topilishi mumkin (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, karantin). Jismoniy shaxsning kasalligi, noiloj ahvoli, uning oilaviy ahvoli (oila a’zolarining o‘limi yoki og‘ir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda apellatsiya shikoyati berishni istisno etgan yoxud jiddiy tarzda qiyinlashtirgan bo‘lsa, uzrli holatlar deb topilishi mumkin. 7. Sud qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklashni rad qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin bo‘lib, u apellatsiya tartibida ko‘rib chiqiladi. Xususiy shikoyat (xususiy protest) qanoatlantirilganda, apellatsiya instansiyasi sudi ish bo‘yicha apellatsiya shikoyatini (protestini) umumiy asoslarda ko‘rib chiqadi. Sudning apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash to‘g‘risidagi ajrimidan norozi bo‘lgan shaxs o‘z vajlarini ish apellatsiya tartibida ko‘rilayotganda taqdim etishga haqli. 8. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash bilan bir vaqtda sud ajrimda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ijro qilinmagan qaror ijrosini apellatsiya shikoyati (protesti) ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turish masalasini hal qiladi. 9. MJtK 3241-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq, sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) ish bilan birga shikoyat (protest) kelib tushgan kundan boshlab uch sutka ichida, sud tomonidan ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish tariqasidagi jazo chorasi qo‘llanilgan hollarda esa, shikoyat (protest) olingan kuni apellatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi lozim. Shikoyatni (protestni) ish bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborilayotganligi to‘g‘risida quyidagilarga xabar beriladi: o‘ziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqarilgan shaxsga va uning qonuniy vakiliga; jabrlanuvchiga, uning qonuniy vakiliga; advokatga; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organga; apellatsiya protesti kiritgan prokurorga. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bir vaqtning o‘zida shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxasi yuborilib, apellatsiya instansiyasi sudiga e’tiroz taqdim etish huquqi tushuntiriladi. 10. MJtK 3244-moddasiga muvofiq, apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kirguniga qadar apellatsiya shikoyati bergan shaxs shikoyatni qaytarib olishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror, protestni qaytarib olishga haqli. O‘ziga nisbatan sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarori chiqarilgan shaxs, shuningdek, jabrlanuvchi o‘z advokatining shikoyatini qaytarib olishga haqli. Ayni paytda advokat, qonuniy vakil, tegishlicha, o‘ziga nisbatan sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarori chiqarilgan shaxsning yoki jabrlanuvchining roziligisiz o‘zining apellatsiya shikoyatini qaytarib olishga haqli emas. Shikoyat qaytarib olinganda, protest chaqirib olinganda, basharti ish bo‘yicha boshqa shikoyat yoki protest bo‘lmasa, apellatsiya instansiyasi sudi ish bo‘yicha apellatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida qaror chiqaradi. 11. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunga ko‘ra (MJtK 3245-moddasi), ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish bo‘yicha ishning toifasi va qo‘llanilgan ma’muriy jazo chorasi turidan kelib chiqqan holda, turlicha muddatlar belgilangan. Jumladan, agar apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqishning umumiy muddati o‘n besh sutkani tashkil etsa, MJtK 512 — 519-moddalarida nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rish muddati u ish bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran besh kunni tashkil etadi. Ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti), basharti qamoqqa olish tariqasidagi jazo chorasi o‘talmagan yoki shaxs chiqarib yuborilmagan bo‘lsa, shikoyat (protest) berilgan paytdan e’tiboran bir sutka ichida ko‘rilishi lozim. 12. Qonunda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni apellatsiya shikoyati (protesti) ko‘riladigan vaqt va joy haqida xabardor qilish majburiyati apellatsiya instansiyasi sudiga yuklatilganligi sababli, ish materiallarida ular tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi lozim. Apellatsiya instansiyasi sudi majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor etilgan shaxslarning kelmaganligi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi. 13. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha kelib tushgan e’tirozlar va ishdagi boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyati berilishi shart. 14. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud qarori ustidan shikoyat qilish uchun qonunda belgilangan muddat o‘tkazilib berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) kelib tushganda, apellatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) ish bilan birga birinchi instansiya sudiga qaytaradi. 15. Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘riladi. 16. Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) sud majlisida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni birinchi instansiya sudida ko‘rish qoidalari bo‘yicha, ayni paytda, apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish xususiyatlarini inobatga olgan holda ko‘rib chiqadi (MJtK 3247-moddasi ikkinchi qismi). 17. Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqishda apellatsiya shikoyati (protesti) vajlari bilan chegaralanmasdan ishda mavjud, shuningdek, sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillarni to‘la hajmda tekshiradi. Qonun apellatsiya instansiyasi sudining har qanday dalillarni, ular birinchi instansiya sudida muhokama qilinganligidan yoki yangidan taqdim etilganligidan qat’iy nazar, tekshirish huquqini cheklamaydi. 18. MJtK 3242-moddasiga ko‘ra, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rishda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha birinchi instansiya sudi qarorining qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatliligini tekshiradi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud qarori, basharti u moddiy va protsessual qonunning barcha talablariga rioya etilgan holda chiqarilgan bo‘lsa, qonuniy deb topiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud tomonidan har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirilgan dalillar asosida chiqarilgan qaror asoslantirilgan deb topiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan qaror, basharti tayinlangan ma’muriy jazo chorasi sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning shaxsiga oid ma’lumotlar inobatga olingan holda tayinlangan bo‘lsa, adolatli hisoblanadi. 19. MJtK 321-moddasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarori bekor qilinishi va o‘zgartirilishi uchun umumiy asoslar belgilangan bo‘lib, apellatsiya instansiyasi sudi ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, bu asoslarni u yoki bu tarzda qo‘llashi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan sud chiqargan qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: sud tomonidan ishni to‘liq bo‘lmagan holda yoki bir tomonlama ko‘rib chiqilishi; qaror va sud tomonidan qo‘llanilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun normalari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ish bo‘yicha faktik holatlarga mos kelmasligi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritish qoidalarining jiddiy buzilishi; qo‘llanilgan ma’muriy jazo chorasining adolatsizligi. 20. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, apellatsiya instansiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: sud qarorini o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa, qanoatlantirmay qoldirish to‘g‘risida; sud qarorini, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ (mansabdor shaxs) qarorini bekor qilish va ishni o‘sha organga (mansabdor shaxsga) qaytarish haqida; sud qarorini o‘zgartirish yoki uni bekor qilib, yangi qaror chiqarish to‘g‘risida; sud qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to‘g‘risida; jazo chorasini kuchaytirmagan holda ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o‘zgartirish haqida; apellatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellatsiya ish yuritishini tugatish to‘g‘risida. Apellatsiya instansiyasi sudi qarori chiqarilganidan keyin darhol o‘qib eshittiriladi. 21. Agar ish holatlari har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirilganligi, MJtK normalari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi, moddiy qonun normalari huquqbuzarlikka nisbatan to‘g‘ri qo‘llanilganligi, tayinlangan ma’muriy jazo chorasi MJtK 30-moddasi talablariga muvofiqligi aniqlansa, apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi qarorini o‘zgarishsiz qoldiradi. Qarorni o‘zgarishsiz qoldirganda apellatsiya instansiyasi sudi uning ijrosini MJtK 328-moddasiga muvofiq, kechiktirishga haqli. 22. Apellatsiya instansiyasi sudi sud qarorini o‘zgartirganda quyidagilarga haqli: ma’muriy huquqbuzarlik kvalifikatsiyasini ma’muriy jazo chorasini o‘zgartirmagan holda o‘zgartirishga; ma’muriy huquqbuzarlik kvalifikatsiyasini ma’muriy jazo chorasini yengillashtirgan holda o‘zgartirishga; ma’muriy jazo chorasini MJtK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida o‘zgartirishga; MJtK Maxsus qismi muayyan moddasini yoki huquqbuzarlik epizodlarini chiqarishga; moddiy zarar miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirishga, shuningdek, huquqbuzarlik ashyolari to‘g‘risidagi masalani hal qilishga. Apellatsiya instansiyasi sudi MJtK 33-moddasiga muvofiq, bunday qaror qabul qilinishi sabablari va asoslarini ko‘rsatgan holda, MJtK Maxsus qismi muayyan moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazoni yoki mazkur moddada nazarda tutilmagan boshqa jazoni qo‘llashga haqli. 23. Apellatsiya instansiyasi sudi ish bo‘yicha MJtK 281, 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilganligini aniqlasa, basharti bu qabul qilingan qaror qonuniyligiga ta’sir etgan bo‘lsa, sud qarorini, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ (mansabdor shaxs) qarorini bekor qiladi va ishni o‘sha organga (mansabdor shaxsga) qaytaradi. 24. MJtK 278-moddasi mazmuniga ko‘ra, agar ishni ko‘rib chiqish paytida apellatsiya instansiyasi sudi huquqbuzarning harakatlarida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, birinchi instansiya sudi qarorini bekor qiladi va materiallarni prokurorga yuboradi. Prokuror materiallarni o‘rganib chiqish va tekshirish natijasi bo‘yicha huquqbuzarning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q, degan xulosaga kelsa, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish sudga prokurorning jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarori bilan birga yuboriladi. 25. Apellatsiya instansiyasi sudi, agar jabrlanuvchining, uning vakilining yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organning shikoyatini yoxud prokuror protestini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, jazo chorasini kuchaytirishi yoki qilmishni MJtK Maxsus qismining og‘irroq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish zarurati bor degan xulosaga kelsa, qarorni bekor qiladi va yangi qaror chiqaradi. 26. Sudlarga tushuntirilsinki, agar apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish paytida MJtK 271-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikni istisno qiluvchi har qanday holat aniqlansa, birinchi instansiya sudining qarori bekor qilinishi, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish esa, tugatilishi lozim. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish undirib olingan pul summalarini, haqi to‘lab olib qo‘yilgan va musodara qilingan narsalarni qaytarib berishga, shuningdek, ilgari qabul qilingan qaror bilan bog‘liq boshqa cheklashlarni bekor qilishga sabab bo‘ladi. Narsani qaytarib berish mumkin bo‘lmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi (MJtK 324-moddasining birinchi qismi). Fuqaroni g‘ayriqonuniy ravishda ma’muriy qamoqqa olish natijasida unga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi. 27. Apellatsiya instansiyasi sudi ish bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga bu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishi lozim. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan bunday taqdimnoma ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish uchun mas’ul organ (mansabdor shaxs) tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan hollarda ham kiritilishi kerak. 28. Apellatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarorni o‘qib eshittirganidan so‘ng sud protsessi ishtirokchilariga uning mazmun-mohiyatini va uning ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berish tartibini tushuntirishi shart bo‘lib, bu holat sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi lozim. 29. Apellatsiya instansiyasi sudi qarori o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi. Apellatsiya instansiyasi sudi qarori ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran olti oy ichida kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin. 30. Apellatsiya instansiyasi sudlarining e’tibori shunga qaratilsinki, qarorning ko‘chirma nusxasi o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organga uch kunlik muddatda yuborilishi (topshirilishi) ta’minlanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga esa, qarorning ko‘chirma nusxasi ularning so‘roviga binoan beriladi. Shuni nazarda tutish kerakki, ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan ish bo‘yicha chiqarilgan qarorning ko‘chirma nusxasi qarorni ijro etuvchi organga, shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qaror qabul qilingan kunning o‘zidayoq yuboriladi (topshiriladi). 31. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudiga ishlarni apellatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirib borish tavsiya etilsin.
117
19,551
Qonunchilik
Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda) 54-moddasi “respublika budjeti” degan so‘zlardan keyin “hamda prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin: 1) 24-moddaning birinchi qismi: quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari boshliqlarining axborotini eshitish”; o‘n beshinchi — o‘n yettinchi xatboshilari tegishincha o‘n oltinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; 2) quyidagi mazmundagi 253-modda bilan to‘ldirilsin: Hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi. Hududiy adliya boshqarmasi boshlig‘ining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi. Tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining boshliqlari har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi. Tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘ining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror hududiy adliya boshqarmasiga yuboriladi”. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar) 2452-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritilganligi fakti aniqlanganda adliya organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi”. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Naslchilik to‘g‘risida”gi 165-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 255-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 431-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 18-moddaning birinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi 270-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 395-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 156-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda) 4-moddasining uchinchi qismidagi “Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) 4-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: o‘n uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar tegishincha o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 543-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-409-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 8-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 11-moddaning: nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; birinchi qismining birinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 24-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 41-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) 42-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7) 45-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-408-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 8-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 11-moddaning: nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; birinchi qismining birinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 18-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 22-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 34-moddaning birinchi qismidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” degan so‘zlar “qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 44-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” degan so‘zlar “Suv xo‘jaligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 670-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 170-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda) 23-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 673, 676-moddalar) 133-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin: quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Uy-joy obyektining manzili bo‘yicha doimiy propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan qonun hujjatlariga va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchi (bajaruvchi) korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq solidar javobgar bo‘ladi”; uchinchi va to‘rtinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin. 13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda) 7-moddasining uchinchi qismidagi “axborot va kommunikatsiya texnologiyalari” degan so‘zlar “innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 7, 431-modda) 321-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Senat har yili O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axborotini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda eshitadi”; to‘rtinchi — oltinchi qismlar tegishincha beshinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin. 15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi 710-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 14-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 17-moddaning oltinchi qismidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” degan so‘zlar “suv xo‘jaligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 34-moddaning ikkinchi qismidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” degan so‘zlar “qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 40-moddaning beshinchi qismidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” degan so‘zlar “suv xo‘jaligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 41-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlaridagi “qishloq va suv xo‘jaligi” degan so‘zlar “suv xo‘jaligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-252-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 233-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 7-modda birinchi qismining: o‘n birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; o‘n ikkinchi xatboshisi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin; 2) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “faqat “O‘zarxiv” agentligining ruxsatiga binoan” degan so‘zlar “O‘zarxiv” agentligi oldindan yozma shaklda xabardor qilingan holda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ-319-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 1, 5-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 7, 431-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 21-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “va jarima solish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 2) 29-moddaning uchinchi qismidagi “monopoliyaga qarshi organ” degan so‘zlar “tegishli sudlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 9/1, 239-modda) II bo‘limi to‘qqizinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “Harbiy doktrinaga” degan so‘zlar “Mudofaa doktrinasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 7, 431, 433-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin: 1) 70-modda birinchi qismi 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv va o‘rmon xo‘jaligi xarajatlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga va ularni saqlab turishga haq to‘lash xarajatlari”; 2) 102-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi bo‘yicha xarajatlar smetalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi”; 3) 103-modda: uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining yillik jamlanma xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy yilning 1-fevraliga qadar tasdiqlanadi”; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xarajatlar smetalari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan joriy yilning 15-fevraliga qadar tasdiqlanadi”; to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin. 21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-363-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 12, 352-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) 11-moddasining birinchi qismidagi va to‘rtinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-403-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda) 10-moddasi: quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Senat har yili O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axborotini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda eshitadi”; beshinchi — yettinchi qismlari tegishincha oltinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin. 23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 24-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
177
22,723
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING SOLIQ KOLLEJINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Soliq ishi mutaxassislarini ixtisosli tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmatini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq kolledji tashkil etilsin. Belgilansinki: kollej o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasasi hisoblanadi; kollejda o‘qish davlat grantlari asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi; kollejda o‘qish muddati 3 yil va 1 yil soliq xizmati organlarida amaliy ishda sinov. 11 yillik umumiy o‘rta ta’limga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari joriy etilguncha) o‘qish muddati tegishlicha — 2 va 1 yil; Soliq kollejining ma’muriy va o‘qituvchilar tarkibiga Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tegishli toifalari uchun xizmatni o‘tash shartlari tatbiq etiladi. 2. Quyidagilar Soliq kollejining asosiy vazifalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmatining malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; ta’lim oluvchilarning kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ular tomonidan iqtisodiy va huquqiy bilimlar, soliq haqidagi qonunlar, soliq xizmati organlarining nazorat funksiyalarini amalga oshirish uslubiyati chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlash; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim oluvchilarning intellektual rivojlanishini, amaliy faoliyat ko‘nikmalari va ijodiy qobiliyatlari shakllanishini ta’minlovchi umumta’lim va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish; O‘zbekiston soliq xizmatining an’analarini mustahkamlash va rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va tarbiyalashda xorijiy ijobiy tajribani o‘rganish va o‘zlashtirish; abituriyentlarning sifatli kontingentini shakllantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan doimiy aloqani ta’minlash; respublika soliq xizmati xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, davlat soliq xizmati organlari uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 3. Soliq kolleji ma’muriy va o‘qituvchilar tarkibining shtatlar soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda kollej to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi: 1998-yil 1-sentabrdan boshlab kollejda mashg‘ulotlar boshlanishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 1998-yil 1-sentabrgacha kollejga professor-o‘qituvchilar tarkibini tanlab olish va ularni tayyorlash tizimini ishlab chiqsin; Davlat test markazi bilan birgalikda test sinovlari natijalari bo‘yicha abituriyentlarni belgilangan tartibda 1998/99 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitish uchun belgilangan davlat grantlari doirasida xolisona, sifatli tanlab olsin; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 1998-yil 1-sentabrgacha Soliq kolleji o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlasin, ularni 1998/99 o‘quv yilida tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazsin; darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, didaktik materiallar ishlab chiqish bo‘yicha tanlov asosida mualliflar jamoalarini tashkil etsin. 6. Davlat soliq qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tajriba sinovi natijalari bo‘yicha 1999-yil 1-avgustgacha: soliq ishi sohasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin, bunda: bitiruvchilarga malaka talablarini belgilashni; tayyorlash sifatiga hamda ta’lim va kasb-hunar dasturlarni mazmuniga talablarni belgilashni; o‘quv fanlarini, ta’lim dasturlarini va maxsus dasturlarni shakllantirishni; kadrlarni sifatli tayyorlash uchun zarur bo‘lgan o‘quv soatlari hajmlarini belgilashni nazarda tutsin; o‘quv rejalari va dasturlariga zarur tuzatishlar kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1999-yildan boshlab Soliq kolleji xarajatlariga belgilangan tartibda zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 1998-yilda kollejning joriy xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnika ta’minoti jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilsin. Belgilansinki, kollej binolari va inshootlari qurilishi, ularni rekonstruksiya qilish va tuzatish ko‘rsatib o‘tilgan jamg‘arma mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 1998/99 o‘quv yili boshlanishiga qadar kollej binolari va inshootlari tuzatilishini, professor-o‘qituvchilar tarkibi butlanishini, kollej xodimlari va kursantlari uchun zarur moddiy va sanitariya-maishiy shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin. 9. Soliq kollejini joylashtirish uchun “O‘zbeksavdo” kompaniyasi “O‘zbilimsavdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatning Toshkent shahar, Akmal Ikromov tumani, Sobir Yusupov ko‘chasi, 3-uydagi binosi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi balansiga berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, binoni mukammal tuzatish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan qarzdorlikni hisobga olgan holda, berilayotgan mol-mulk qiymatini “O‘zbilimsavdo” jamiyatiga belgilangan tartibda to‘lasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqib kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida takliflar tayyorlasinlar. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish o‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
93
6,003
Qonunchilik
“Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 12-iyulda qabul qilingan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
201
723
Qonunchilik
Yangi davlat хizmatlari jadal joriy qilinadi
Prezidentning 11.04.2018 yildagi «Davlat хizmatlarini koʻrsatish tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Tajriba oʻtkaziladi 1.06.2018 yildan ayrim davlat хizmatlari markazlarida (ularning roʻyхati tasdiqlangan) tajriba oʻtkaziladi. Markazlarda talab yuqori boʻlgan davlat хizmatlarining yana 70–100 turi jadal joriy etiladi. Xizmatlar koʻrsatilishi Prezident devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish хizmati rahbari tomonidan tasdiqlanadigan vaqtinchalik ma’muriy reglamentlar bilan tartibga solinadi. Tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat хizmatlari faqat markazlar orqali taqdim etiladi. Vakolatli organ tomonidan davlat хizmatlarini koʻrsatish haqidagi arizalarni bevosita arizachilardan qabul qilish taqiqlanadi. Bu – muhim! 1.07.2018 yilgacha elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari davlat хizmatlari markazlari tomonidan bepul beriladi. Adliya vazirligi 1.07.2019 yilga qadar tajriba natijalariga koʻra, mazkur davlat хizmatlarini koʻrsatishni respublikaning barcha hududlarida joriy etish boʻyicha takliflar kiritadi. Fuqarolar qanday identifikatsiyalanadi 1.01.2019 yildan boshlab elektron davlat хizmatlarini koʻrsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilayotganda quyidagilardan foydalanish majburiy hisoblanadi: Davlat хizmatlarini olishga ariza toʻldirilayotganda ularni koʻrsatib oʻtishga toʻgʻri kelishi mumkin. Bunda IIVga oʻz aхborot tizimlarida fuqarolarning shaхsiy ma’lumotlarini yangilash topshirildi. Shuningdek Vazirlik Davergeodezkadastr, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 3 oy muddatda aхborot tizimlaridagi jismoniy shaхslarning manzil ma’lumotlarini jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami va koʻchmas mulk ob’yektlari kadastr raqamiga bogʻlagan holda yangilaydi. Davlat хizmatlarini olish qulayroq boʻladi 1.09.2018 yilgacha telefon orqali davlat хizmatlarini olishga kelib tushadigan murojaatlarni saqlash imkoniyatini yaratgan holda qoʻngʻiroqlarni qayta ishlash tizimi yaratiladi va amalga kiritiladi. Bu hujjatli qogʻozbozlikni kamaytiradi va kompyuterni yaхshi oʻzlashtira olmaganlar uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. 1.12.2018 yilga qadar talab yuqori boʻlgan elektron davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun iхtisoslashgan mobil ilova ishlab chiqiladi va joriy etiladi. 1.01.2019 yilgacha elektron davlat хizmatlarini koʻrsatganlik uchun boj, yigʻim va boshqa toʻlovlarni onlayn tarzda amalga oshirish meхanizmini joriy etiladi. Davlat хizmatlari targʻib qilinadi 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab barcha maktab, litsey va kollejlarning oхirgi kursida (sinfida) yoshlarning zarur bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan «Davlat хizmatlaridan foydalanish madaniyati» mavzusida oʻquv seminarlari va ochiq darslar oʻtkaziladi. Ularni oʻtkazishga davlat хizmatlari markazlari va boshqa tashkilotlar mutaхassislari jalb etiladi. Adliya vazirligi huzurida Aхborot-tahlil multimedia markazi tashkil etildi (shtat birligi – 5 nafar). Uning vazifalari etib quyidagilar belgilandi: aholining barcha qatlamlari bilan muloqot oʻrnatish, davlat хizmatlariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarni keng qoʻllash orqali ushbu sohaning eng dolzarb kamchiliklarini jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilish. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Samir Latipov.
44
3,631
Qonunchilik
Davlat хizmatlaridan foydalanish uchun ERI talab etilmaydi
Davlat хizmatlari agentligi qonun hujjatlariga zarur tuzatishlar kiritilishi boʻyicha tashabbus koʻrsatdi. Hozirgi paytda shaхsiy identifikatsiya qilishning boshqa muqobil usullari mavjud emasligi sababli, Davlat хizmatlari markazlarida ERI kalitlarini taqdim etish zarur. Bu esa noqulayliklar tugʻdirayapti: uni berganlik uchun toʻlov undiriladi (fuqarolardan – EKIHning 7%), ERI yozilgan fleshka yoʻqolib qolishi yoki ishdan chiqishi mumkin. Davlat хizmatlari agentli taklif etgan tuzatishlar bilan ERIni majburiy tartibda qoʻllashga doir talab bekor qilindi. Endi хizmatlardan foydalanish uchun murojaat etilganda, identifikatsiya qilishning boshqa vositalari – daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar bilan qoʻllanilishi mumkin. Albatta, markazlar yangi uskuna bilan jihozlangunga qadar ma’lum vaqt talab etiladi. Shunga qadar ariza beruvchilar tomonidan ERIni rasmiylashtirish imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli hujjatlar qogʻoz koʻrinishida chop etilib, ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangandan soʻng markaz хodimining ERI bilan tasdiqlanadi, deb ma’lum qilinadi хabarda. Bundan tashqari, sudlanganlik (yoki sudlanmaganlik) hamda soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi. Endi ma’lumotnomalar ariza beruvchining yaqin qarindoshlari, bolalari, eri yoki хotiniga ham beriladi. Shuningdek idora davlat хizmatlaridan foydalanish uchun my.gov.uz portali orqali murojaat etilganda, davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanadigan summadan 90% toʻlanishini eslatib oʻtadi (norma 1 iyundan amal qilmoqda, tahr.).
58
1,599
Qonunchilik
Davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarish jarayonida davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyati samaradorligining zarur nazoratini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Mazkur Davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom, monitoringning maqsadi va vazifalarini, uni yuritish uchun ma’lumotlar manbalarini, davlat ulushlarini boshqarish jarayonida ishtirok etadigan davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari va davlatning ishonchli vakillari (keyingi o‘rinlarda ishonchli boshqaruvchilar) faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini, ishonchli boshqaruv yuzasidan tuzilgan shartnomalarda ko‘zda tutilgan majburiyatlarni zarur darajada bajarilishi bo‘yicha javobgarligini belgilaydi. 2. Davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 3. Agentlik tomonidan: ustav fondlaridagi davlat ulushlari davlatning ishonchli vakillariga ishonchli boshqaruvga berilgan xo‘jalik jamiyatlari reyestri (1-ilova); ustav fondlaridagi davlat ulushlari davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvchilariga ishonchli boshqaruvga berilgan xo‘jalik jamiyatlari reyestri (1-a-ilova); 2-ilovada belgilangan shakl bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi yuritiladi. 4. Ustav fondlaridagi davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilgan xo‘jalik jamiyatlarining quyidagi hujjatlari monitoring olib borish uchun axborot manbai hisoblanadi: 3 va 3-a shakllarga muvofiq davlat ulushlarini boshqarish hisoboti, agar xo‘jalik birlashmasidagi davlat ulushi ishonchli boshqaruvchiga ishonchli boshqaruvga berilgan bo‘lsa, u holda hisobotga 3-b shaklga asosan xo‘jalik birlashmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumot ham ilova qilinadi; 4-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan strukturaga muvofiq davlat ulushlarini boshqarish to‘g‘risida tahliliy ma’lumot; oxirgi hisobot choragi mobaynida o‘tkazilgan kuzatuv kengashlari majlislari, aksiyadorlarning (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishlari bayonnomalarining nusxalari; davlat ulushlari bo‘yicha dividendlarning tegishli qismini davlat budjetiga o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalarining (boshqa to‘lov hujjatlari) nusxalari (davlat ulushi bo‘yicha dividendlardan boshqa maqsadlarda foydalanish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilingan taqdirda tegishli summalarni ko‘rsatilgan maqsadlar uchun o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasining nusxasi taqdim etiladi); hisobot davri uchun soliq organlari tomonidan qabul qilinganligi tasdiqlangan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning nusxasi; tashqi auditor xulosasi va hisobotining nusxalari; ichki audit xizmatining Yig‘ma hisobotini nusxasi; aksiyadorlik jamiyatlari uchun moliya yilidan oldin keluvchi yilning 1-dekabridan kechikmagan holda kuzatuv kengashi yig‘ilishida ma’qullangan yillik biznes-rejaning nusxasi; aksiyadorlarning (ta’sischilar) umumiy yig‘ilishida yoki kuzatuv kengashi yig‘ilishida tasdiqlangan yillik biznes-rejaning nusxasi; barcha ro‘yxatga olingan o‘zgartirish va qo‘shimchalari bilan birga ta’sis hujjatlari. 5. Ishonchli boshqaruvchi Agentlikka quyidagilarni taqdim qiladi: davlat ulushini boshqarish bo‘yicha 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisobot, shuningdek 4-bandning 3 — 8 xatboshida ko‘rsatilgan hujjatlar hisobot oyidan keyingi oyning 30-sanasigacha, konsolidatsiya qilingan hisobot topshiruvchi xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha hisobotlar esa, choraklik hisobot tugagandan so‘ng 40 kun mobaynida; davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha 1-yarim yillik hisobot, shuningdek 4-bandning 3 — 6 xatboshida ko‘rsatilgan hujjatlar hisobot oyidan keyin keluvchi oyning 30-sanasigacha, konsolidatsiya qilingan hisobot topshiruvchi xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha hisobot esa, choraklik hisobot tugagandan so‘ng 40 kun mobaynida; 1-chorak yakunlari bo‘yicha 1-aprelga qadar tashqi audit xulosasi va hisobot nusxasi, agar audit tekshiruvi belgilangan muddatda tugamagan taqdirda ularni ikkinchi chorak hisoboti bilan birga topshiriladi; davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha 9 oylik hisobot, shuningdek 4-bandning 3 — 6 va 8-xatboshida ko‘rsatilgan hujjatlar hisobot oyidan keyingi oyning 30-sanasigacha, konsolidatsiya qilingan hisobot topshiruvchi xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha esa, hisobot choragidan keyin 40 kun mobaynida; davlat ulushini boshqarish bo‘yicha yil yakunlari hisoboti, shuningdek 4-bandning 3 — 6, 8 va 11 xatboshida ko‘rsatilgan hujjatlar 1-mart sanasiga qadar, konsolidatsiya qilingan hisobot topshiruvchi xo‘jalik jamiyatlari va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar bo‘yicha — hisobot davridan keyingi yilning 25-martigacha; 4-bandni to‘qqizinchi xatboshisida keltirilgan hujjat 15-dekabrgacha bo‘lgan muddatga qadar; 4-bandni o‘ninchi xatboshisida keltirilgan hujjat, ya’ni tasdiqlangan yillik biznes-reja aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashining majlisi o‘tkazilgan sanadan keyin ikki hafta ichida taqdim qilinadi. Mazkur Nizom 4-bandining oltinchi xatboshisida keltirilgan hujjatlar, kichik korxonalar va mikrofirmalar hamda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar bo‘yicha faqat yil yakuni bo‘yicha yillik hisobot bilan birga taqdim etiladi. Hisobotlarni taqdim etish sanalari dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsa, ushbu sana navbatdagi ish kuniga ko‘chiriladi. Bir varaqdan ortiq hujjatlar raqamlangan, tikilgan va hujjatning oxirgi varag‘ida alohida qog‘ozda ishonchli boshqaruvchi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Agar hisobot ishonchli boshqaruvchi-yuridik shaxs tomonidan taqdim etilganda, yuridik shaxsning rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanishi hamda (agar muhri mavjud bo‘lsa) muhr qo‘yilishi kerak (muhr iziga bo‘lgan talab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi). 6. Ishonchli boshqaruvchi tomonidan Agentlikka hisobotlarni va boshqa zarur hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, kech taqdim etish yoki to‘liq taqdim etmaslik unga xizmat haqi to‘lanmasligi uchun asos hisoblanadi. 7. Ishonchli boshqaruvchi tomonidan Agentlikka hisobotlarni va boshqa zarur hujjatlarni ikki yoki undan ko‘p ketma-ket hisobot davrlari bo‘yicha taqdim etmaslik ishonchli boshqaruvchilar bilan ishonchli boshqaruv shartnomalarini bekor qilinishiga asos hisoblanadi. Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan imzolangan bo‘lsa, uni bekor qilinishi tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan amalga oshiriladi. 8. Mazkur nizomning 4-bandida keltirilgan choraklik hisobotlar va 4-bandda keltirilgan boshqa hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqasi xizmati orqali yoki elektron shaklda olinganligi tasdiqlangan holda taqdim etilishi mumkin. Elektron tarzda taqdim etilgan hujjatlar ishonchli boshqaruvchining elektron raqamli imzosi orqali tasdiqlanadi. 9. Quyidagilar ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari hisoblanadi: ishonchli boshqaruvchilar faoliyati davrida korxona faoliyatining foydaliligini tavsiflovchi korxonaning asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi; xo‘jalik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat ulushi bo‘yicha dividendlarning davlat budjetiga o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda to‘lanishini ta’minlash; aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra davlat ulushi bo‘yicha dividendlarni korxonani texnik qayta jihozlashga yo‘naltirilishi yuzasidan maqsadli (yoki maqsadsiz) ishlatilishi va bu haqda hisobotlarda tegishli ma’lumotlarni ko‘rsatib o‘tish; aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida va kuzatuv kengashlarining majlislarida shaxsan ishtirok etishi va ishonchli boshqaruvchilar tomonidan qabul qilingan taklif (bildirgan fikrlar) va ularning amalga oshirilishi; hisobotlarning o‘z vaqtida va sifatli to‘ldirish, hisobotlarga ilova qilinayotgan hujjatlardagi axborotning to‘liqligi. 10. Monitoring natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar tayyorlanadi: Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishlarida ishonchli boshqaruvchilar hisobotlarini tinglash, lozim bo‘lgan taqdirda mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga asosan faoliyati samarasiz deb topilgan ishonchli boshqaruvchilar bilan ishonchli boshqaruv shartnomalarini bekor qilish; ishonchli boshqaruv shartnomalarida belgilangan majburiyatlarni o‘rnatilgan tartibda bajarmagan ishonchli boshqaruvchilar bilan shartnomaviy munosabatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda muddatidan oldin to‘xtatish; shartnomaviy majburiyatlarning bajarilmasligiga yo‘l qo‘yilgan holatlar bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikning boshqa turlarini qo‘llash; xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. 11. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
157
9,787
Qonunchilik
Xronometraj, mavzuga oid va ekspress-oʻrganish boʻyicha qonun loyihasi puхta ishlanadi
Deputatlar «2019 yilga byudjet-soliq siyosati Konsepsiyasi va 2020-2021 yillarga prognoz moʻljallari qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi хususida e’tirozlarini bildirdilar. Bu Qonunchilik palatasi matbuot хizmatining 2018 yil 10 dekabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlis haqidagi хabaridan kelib chiqadi. Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasi Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutadi.  Tuzatishlar 2019 reja yiliga byudjet siyosati Konsepsiyasi va 2020-2021 yillar prognoz moʻljallarini amalga oshirish maqsadida qonunchilikdagi ayrim normalarning aniq qoʻllanilishi, byudjetlararo munosabatlar va soliqqa tortish sohasidagi alohida masalalarini tartibga solishning zarur huquqiy sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Biroq ushbu qonun loyihasi Parlament quyi palatasining qoʻmitalari, fraksiyalarida boʻlib oʻtgan muhokamalarda deputatlarning bir qator savol va e’tirozlarini keltirib chiqardi. Reglamentga koʻra, Byudjetnoma tasdiqlangandan keyin u bilan bogʻliq boʻlgan byudjet-soliq siyosati haqidagi qonun loyihasi Hukumat tomonidan Parlament quyi palatasiga kiritilishi kerak. Palata qoʻmitalari hamda fraksiyalarida keng muhokama etilib, qabul qilingach, 10 kun ichida hujjat Senatga yuboriladi. Deputatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan mazkur oʻta murakkab va muhim qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga juda kechiktirib kiritilganini qayd etdilar. Bundan tashqari, qabul qilinayotgan qonunlar toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishi, unda havolaki normalar mutlaqo boʻlmasligi lozimligiga oхirgi paytda urgʻu berilmoqda. Biroq mazkur qonun loyihasida koʻplab havolaki normaning mavjudligi deputatlarning e’tiroziga sabab boʻldi. Shuningdek, parlament vakillarining fikriga koʻra, loyihaning 71-moddasida хronometraj oʻrganish, ya’ni, tadbirkorlik sub’yektlarining naqd pul tushumi, ishlab chiqarish hajmi, tovar (ish, хizmat) realizatsiyasi хronometraji oʻtkazilayotgan davrda tushumlarning haqiqiy hajmini aniqlash maqsadida tovar (ish, хizmat)larni haqiqiy realizatsiya hajmlarini aniqlashga doir soliq tekshiruvi soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun asos boʻlishi qonunan belgilanayotgani amaliyotda bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Gap shundaki, aksariyat ishlab chiqarish hajmi, tovar (ish, хizmat) realizatsiyasida mavsumiy holatlar mavjud boʻlib, хronometraj oʻrganish koʻp hollarda tushum koʻpaygan — mavsum ayni qizigan paytlarda oʻtkaziladi. Masalan, salqin ichimliklar bilan savdo qiladigan tadbirkorlik sub’yektlari va ishlab chiqarishlar — yoz jaziramasida, farmatsevtika firmalari — qish chillasida хronometraj qilinishi tadbirkorlik sub’yekti egasiga nisbatan adolatdan boʻladimi? Holbuki, tabiiy sharoit, ya’ni, “oʻlik” mavsumlarda tadbirkorlik sub’yektlarining tushumi kamayadi. Mazkur qonun loyihasida esa soliq toʻlovchida tovar (ish хizmat)lar realizatsiyasidan foyda kamayishi yuzaga kelgan hollarda bu harakat soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlik sifatida tasniflanishi belgilanayotgani deputatlarda e’tiroz uygʻotdi. Bunga boshqa qator ob’yektiv va sub’yektiv omillar ham sabab boʻlishi mumkinligi qayd etildi. Eslatib oʻtamiz, yuqorida bayon etilgan muammolar portal ekspertlari tomonidan “Xronometrajda aniqlangan naqd tushumni takroran kamaytirib koʻrsatish soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga tenglashtiriladi” va “Xronometrajda yangilik: biznes uchun salbiy oqibatlar” materiallarida yoritilgan edi. Shuningdek, loyiha bilan soliq toʻlovchilarni mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlar tartibi oʻrnatilayotgani ham muhokama qilindi.  Deputatlar nuqtai nazariga koʻra, mamlakatimizda qonunchilikni bosqichma-bosqich liberallashtirib, tadbirkorga kengroq imkoniyat va erkinlik yaratilayotgan bir paytda yangicha nomlangan tekshiruvlarning yangi meхanizmlari “kashf” qilinmoqda. Bu kabi oʻrganishlarning joriy qilinishi tadbirkorlarning vaqtini olib, ish samaradorligiga salbiy ta’sir koʻrsatadi, хolos. Ma’lumot uchun: mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlar oʻtkazish tartibi ayni paytda qonunosti hujjati bilan reglamentga solinadi (batafsil qarang). Ilgari biz mazkur tartib-taomillarning soliq tekshiruvi bilan nisbatini oʻrgangan edik, tadqiqot natijalari bilan bu yerda tanishish mumkin. Muhokamalarda qonun loyihasida belgilangan yana bir norma keskin bahs-munozarani keltirib chiqardi. Bu ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida DSXO tomonidan soliq toʻlovchilar haqidagi ishonchli ma’lumotlarni toʻplash maqsadida oʻtkaziladigan soliq toʻlovchilarni pasportlashtirish masalasi. U hisobga olish, mavjud ma’lumotlar qonuniylik darajasini oshirish va oʻrganish, ya’ni soliq toʻlovchining hududini, bino va inshootlarini, mol-mulkini oʻrganish orqali oʻtkaziladi.  Bu jarayonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari ham jalb etilishi mumkin. Deputatlar e’tiroz bildirganidek, aхir bu oddiy, kundalik jarayon boʻlishi kerak emasmi? Shunchaki roʻyхatga olish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili nega kerak boʻlib qoldi? Biz fuqarolik jamiyati qurishni targʻib qilayotgan bir paytda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi — mahalla bosh-qosh boʻlishi kerak boʻlgan mahalla hududida ham faollarning oʻzi roʻyхatni tuzmasa toʻgʻri boʻlarmikan? Bu yurtimiz uchun noyob boʻlgan mahalla instituti nufuzini tushirib yubormaydimi? Prezidentning 2017 yil 13 dekabrdagi PF-5283-son Farmonida mahalliy byudjetlarning daromadini koʻpaytirish, orttirilgan qoʻshimcha daromadlarni mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish hamda hududlarni rivojlantirishga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan. Qonun loyihasida esa, mahalliy byudjetlarning daromadini hududlarning oʻzida qoldirish masalasi birmuncha mavhum qoldirilgani ham deputatlar e’tiborini tortdi. Muhokamalar yakuniga koʻra, deputatlar qonun loyihasi muhokamasini palataning keyingi majlisigacha kechiktirishni, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasiga esa, ushbu loyiha boʻyicha mas’ul boʻlgan Hukumat a’zolarini, manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaхassislarini jalb etib, deputatlarning taklif va tanqidlarini e’tiborga olgan holda loyiha ustida jiddiy ishlashni davom ettirishni taklif etdilar. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi materiallari asosida
86
6,356
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi va tushumlari to‘g‘risidagi hisobotlar, tushumlar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalarni tuzish hamda taqdi
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi va tushumlari to‘g‘risidagi hisobotlar, tushumlar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalarni tuzish hamda taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi va tushumlari to‘g‘risidagi hisobotlar, tushumlar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalarni tuzish hamda taqdim qilish tartibini belgilaydi. 1. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari tomonidan hisobot davri uchun ularda mavjud ma’lumotlar hamda mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida: Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 1 — 4-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har chorakda choraklik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga (yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga) qadar qog‘oz shaklda; Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tushumlari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 5 — 8-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga qadar tegishli tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlariga elektron shaklda (har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga qadar qog‘oz shaklda) taqdim etiladi. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari tomonidan mazkur Nizomning 2 va 6-ilovalariga muvofiq shaklda tayyorlangan hisobotlarning elektron shakli tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlariga taqdim etish belgilangan muddatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) tegishli tuman (shahar) bo‘linmalariga taqdim qilinadi. 2. Davlat soliq boshqarmasi hisobot davri uchun ularda mavjud ma’lumotlar hamda mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida: Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 1 — 4-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har chorakda choraklik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga (yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga) qadar qog‘oz shaklda; Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tushumi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 5 — 8-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o‘n beshinchi ish kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga elektron shaklda (har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o‘n beshinchi ish kuniga qadar qog‘oz shaklda) taqdim etiladi. Davlat soliq boshqarmalari tomonidan mazkur Nizomning 2 va 6-ilovalariga muvofiq shaklda tayyorlangan hisobotlarning elektron shakli va nusxalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etish belgilangan muddatlarda Pensiya jamg‘armasining tegishli boshqarmalariga taqdim qilinadi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va ularga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmalari tomonidan hisobot davri uchun ularda mavjud ma’lumotlar hamda mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida: Davlat budjetiga boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobot tayyorlanib, har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o‘n beshinchi ish kuniga qadar; Davlat budjetiga boshqa majburiy to‘lovlarning tushumlari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobot tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o‘n beshinchi ish kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan, davlat soliq xizmati organlarida mavjud ma’lumotlar, ularning hisobotlari hamda mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida: Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalar budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 1 — 4-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har chorakda choraklik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga (yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o‘ninchi ish kuniga) qadar qog‘oz shaklda; Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalar budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tushumlari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 5 — 8-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlar tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o‘n yettinchi ish kuniga qadar (operativ hisobotlardan tashqari), mos ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Pensiya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi (bundan buyon matnda Respublika yo‘l jamg‘armasi deb yuritiladi) va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga elektron shaklda (har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o‘n yettinchi ish kuniga qadar qog‘oz shaklda) taqdim etiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan davlat bojxona organlarida mavjud ma’lumotlar, ularning hisobotlari hamda mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida: Davlat budjetiga boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobot tayyorlanib, har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o‘n yettinchi ish kuniga qadar; Davlat budjetiga boshqa majburiy to‘lovlarning tushumlari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobot tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o‘n yettinchi ish kuniga qadar (operativ hisobotlardan tashqari), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. 6. Mazkur Nizomning 11 — 17-ilovalariga muvofiq elektron shaklda tuzilgan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining hisobot davrida tushgan daromadlari bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kunlik taqdim etib boriladi. 7. Mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari, shuningdek Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining hisobot davrida tushgan daromadlari bo‘yicha yillik hisobotni mazkur Nizomning 18 — 21-ilovalariga muvofiq shaklda hisobot yilidan keyingi yilning 15-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga va Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga taqdim etadi. 8. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning uchinchi ish kuniga qadar: Davlat budjetiga 23402 — “Respublika budjetining mablag‘lari” balans hisobvarag‘i orqali tushgan tushumlar bo‘yicha mazkur Nizomning 22-ilovasiga muvofiq; Pensiya jamg‘armasiga tushumlar bo‘yicha mazkur Nizomning 23-ilovasiga muvofiq; Respublika yo‘l jamg‘armasiga tushumlar bo‘yicha mazkur Nizomning 24-ilovasiga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga tushumlar bo‘yicha mazkur Nizomning 25-ilovasiga muvofiq shaklda solishtirish dalolatnomalari tuziladi. Solishtirish dalolatnomalari xizmat ko‘rsatuvchi bank ko‘chirmalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida tayyorlanib, tegishli davlat soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan imzolangandan keyin kelishish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka (jumladan, elektron shaklda) taqdim etiladi. 9. Xizmat ko‘rsatuvchi banklar tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari tomonidan taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning to‘rtinchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari tegishli bank rahbari tomonidan imzolanadi va kelishish uchun tegishli tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalariga (jumladan, elektron shaklda) taqdim etiladi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu ma’lumotlarga bank tomonidan aniqlik kiritiladi. 10. Tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimidagi ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari tegishli tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari rahbarlari tomonidan imzolanadi. Bunda: mazkur Nizomning 22, 24 va 25-ilovalariga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomalari kelishish uchun tegishli tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlariga, mazkur Nizomning 23-ilovasiga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomasini esa, Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘linmasiga kelishish uchun taqdim etiladi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu ma’lumotlarga tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan aniqlik kiritiladi. 11. Tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari hamda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning oltinchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari tegishli tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari yoki Pensiya jamg‘armasining bo‘linmalari rahbarlari tomonidan imzolanadi. Tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari hamda Pensiya jamg‘armasining bo‘linmalari imzolangan solishtirish dalolatnomalari nusxalarini tegishli davlat soliq inspeksiyasi, xizmat ko‘rsatuvchi bank va G‘aznachilik bo‘linmasiga keyingi ish kunidan kechiktirmasdan yuboradi. 12. Imzolangan solishtirish dalolatnomalarining bir nusxasi hisobot oyidan keyingi oyning yettinchi ish kuniga qadar: tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari tomonidan tegishli davlat soliq boshqarmasiga; tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan Markaziy bankning tegishli Bosh boshqarmasiga; tuman (shahar) G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasiga; tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmasiga; Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan Pensiya jamg‘armasining tegishli boshqarmasiga taqdim etiladi. 13. Davlat soliq boshqarmalari taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalari asosida (Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida ochilgan 23402 — “Respublika budjetining mablag‘lari” balans hisobvarag‘i orqali tushadigan tushumlarni ham hisobga olgan holda) hisobot oyidan keyingi oyning to‘qqizinchi ish kunigacha: Davlat budjetining 23402 — “Respublika budjetining mablag‘lari” balans hisobvarag‘i orqali tushadigan tushumlar bo‘yicha mazkur Nizomning 22-ilovasiga muvofiq shaklda; Pensiya jamg‘armasi daromadlari bo‘yicha mazkur Nizomning 23-ilovasiga muvofiq shaklda; Respublika yo‘l jamg‘armasi daromadlari bo‘yicha mazkur Nizomning 24-ilovasiga muvofiq shaklda; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari bo‘yicha mazkur Nizomning 25-ilovasiga muvofiq shaklda solishtirish dalolatnomalarini tuzadi. Solishtirish dalolatnomalari tegishli hududiy davlat soliq boshqarmasi rahbari tomonidan imzolangandan keyin kelishish uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga (jumladan, elektron shaklda) taqdim etadi. 14. 23403 — “Bojxona to‘lovlari bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari” balans hisobvarag‘ining tegishli Shartli hisobvaraqlari ochilgan xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli hududiy boshqarmalari va ularga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmalariga va Markaziy bankning tegishli Bosh boshqarmasiga 23403 — “Bojxona to‘lovlari bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari” balans hisobvarag‘ining tegishli Shartli hisobvaraqlari bo‘yicha bank ko‘chirmalari va ilovalari elektron va qog‘oz shaklda kunlik taqdim etib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va ularga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmalari tomonidan mazkur Nizomning 26-ilovasiga muvofiq shaklda solishtirish dalolatnomalari tuziladi. Mazkur solishtirish dalolatnomalari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazining ko‘chirmalari va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi banklar ko‘chirmalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida tayyorlanib, Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmasi va ularga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmasi rahbari tomonidan imzolangandan keyin kelishish uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga hisobot oyidan keyingi oyning yettinchi ish kunigacha (jumladan, elektron shaklda) taqdim etiladi. 15. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi hududiy davlat soliq boshqarmasi va davlat bojxona boshqarmasi va unga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmasi tomonidan taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning o‘ninchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan banklar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi rahbari tomonidan imzolanadi va kelishish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tegishli G‘aznachilik boshqarmalariga (jumladan, elektron shaklda) taqdim etiladi. 16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tegishli G‘aznachilik boshqarmasi taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning o‘n birinchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimidagi ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari tegishli G‘aznachilik boshqarmasi rahbari tomonidan imzolanadi. Bunda: mazkur Nizomning 22, 24, 25 va 26-ilovalariga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomalari kelishish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga, mazkur Nizomning 23-ilovasiga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomasini esa, Pensiya jamg‘armasining tegishli boshqarmalariga taqdim etiladi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu ma’lumotlarga tegishli G‘aznachilik boshqarmasi tomonidan aniqlik kiritiladi. 17. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari hamda Pensiya jamg‘armasining boshqarmalari taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning o‘n ikkinchi ish kunigacha ko‘rib chiqadi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari ularning rahbarlari tomonidan imzolanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari va Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari imzolangan solishtirish dalolatnomalari nusxalarini tegishli davlat soliq, bojxona boshqarmasi va unga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmasi, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalariga keyingi kunidan kechiktirmasdan taqdim qiladi. 18. Imzolangan solishtirish dalolatnomalari hisobot oyidan keyingi oyning o‘n uchinchi ish kunigacha: davlat soliq boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga; Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga; Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasiga; Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va ularga tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etiladi. 19. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi quyi turuvchi organlar tomonidan taqdim qilingan solishtirish dalolatnomalarni ko‘rib chiqadi. Solishtirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Pensiya jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbarlari tomonidan imzolanadi. Bunda: mazkur Nizomning 22 va 26-ilovalariga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Hududlar moliyasi bosh boshqarmasiga; mazkur Nizomning 24-ilovasiga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomalarini Respublika yo‘l jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasiga; mazkur Nizomning 25-ilovasiga muvofiq shakldagi solishtirish dalolatnomalarini Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasiga hisobot oyidan keyingi oyning o‘n beshinchi ish kuniga qadar taqdim etiladi. 20. Solishtirish dalolatnomalarning belgilangan muddatlarda tuzilishi, tasdiqlanishi va yuqori tashkilotlarga taqdim qilinishi bo‘yicha javobgarlik Davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalari, Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari va Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. 21. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tushumi to‘g‘risidagi hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishini ta’minlash maqsadida, hisobotlardagi xatoliklarni bartaraf qilish va hisobotlarga zarur o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida tegishli hududiy moliya, soliq, bojxona, G‘aznachilik organlari va bank muassasalariga yozma shakldagi ko‘rsatmalar berishi mumkin. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobotlardagi xatoliklarni bartaraf qilish va ularga zarur o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalar yuzasidan tegishligi bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy bankni xabardor etishi zarur. 22. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
250
21,227
Qonunchilik
Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida
Xalqimizning ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini yaqqol ifoda etadigan qadimiy bayramimiz Qurbon hayitini munosib nishonlash, jamiyatimizda insonparvarlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak fazilatlarni kamol toptirish maqsadida: 1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 21-avgust seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-5290-son Farmoniga muvofiq 2018-yil 21 — 23-avgust kunlari — Qurbon hayitining birinchi uch kuni mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin. 3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-5290-son Farmoni 2-bandining oltinchi xatboshisidagi “24-avgust — jumaga” so‘zlari “22-avgust — chorshanbaga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
38
2,041
Qonunchilik
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish maqsadida davlat soliq va bojxona xizmatlari o‘rtasida axborot almashish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga muvofiq bojxona imtiyozlari berilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda soliq to‘lovchilar deb ataladi) tatbiq etiladi. 3. Kameral nazorat soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda berilgan moliyaviy va soliq hisobotlari, bojxona yuk deklaratsiyalari, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Quyidagilar Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasida axborot almashish predmeti hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tadigan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq taqdim qilinishi nazarda tutilgan bojxona yuk deklaratsiyalari, tovarlar to‘g‘risidagi hujjatlar va ma’lumotlar; O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirayotgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 6. Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona imtiyozlari berilgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasiga onlayn rejimda taqdim qiladi. 7. Bojxona imtiyozlari berilgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risida olingan ma’lumotlar ushbu ma’lumotlardan kameral nazorat qilish jarayonida foydalanish uchun Davlat soliq qo‘mitasining yagona ma’lumotlar bazasiga avtomatik tarzda kiritiladi. 8. Kameral nazorat qilish jarayonida davlat soliq xizmati organlari: kameral nazorat qilishda soliq to‘lovchilarni ularning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishga; qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishiga rioya qilishga; kameral nazoratni tartibga solish bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilishga majburdir. 9. Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi va soliq to‘lovchilardan olingan ma’lumotlar asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan kameral nazorat qilinishi monitoringini olib boradi. 10. Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarini, shuningdek, bojxona organlaridan olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bojxona yuk deklaratsiyalarini tahlil qilish asosida har chorakda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llagan barcha soliq to‘lovchilar bo‘yicha berilgan bojxona imtiyozlaridan foydalanishni ularning faoliyatiga aralashmasdan tahlil qilish asosida kameral nazorat qiladi. 11. Kameral nazoratni amalga oshirishda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlardan foydalanishning maqsadi va olib kirilayotgan tovarlardan amalda foydalanish solishtiriladi, xususan, davlat soliq xizmati organlari tomonidan: unga muvofiq bojxona imtiyozlari berilgan normativ-huquqiy hujjatning mavjudligi; qo‘llanilgan imtiyozlarning buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi va bo‘shagan mablag‘lardan normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan maqsadda foydalanish; tovar-moddiy zaxiralardan va asosiy vositalardan belgilangan maqsadlarda foydalanish va imtiyozli davrning bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilishiga muvofiqligi aniqlanadi. 12. Kameral nazorat qilishda davlat soliq xizmati organi xodimi bojxona xizmati organidan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashga taalluqli tegishli hujjatlarni so‘rashga haqli. 13. Kameral nazorat natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organi xodimi tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada tafovutlar holatlari va bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanish sabablari ko‘rsatiladi. 14. Dalolatnomaning bitta nusxasi shu kunning o‘zida bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanishga yo‘l qo‘ygan soliq to‘lovchiga yuboriladi. 15. Kameral nazorat jarayonida soliq to‘lovchi aniqlangan tafovutlar bo‘yicha yozma yoki elektron shakllarda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilgan holda asoslashni taqdim qilish huquqiga ega. 16. Davlat soliq qo‘mitasi berilgan bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanish bo‘yicha aniqlangan holatlar va qo‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har choraklik asosida Davlat bojxona qo‘mitasiga yuboradi. 17. Davlat bojxona qo‘mitasi aniqlangan holatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olinganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida ushbu ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun belgilangan tartibda hududiy bojxona organlariga yuboradi. 18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
237
6,101
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (14-sonli BHS) “Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot”ni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va davlat sektorida budjet hisobini xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (14-sonli BHS) “Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (14-sonli BHS) “Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari, boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) pul oqimlari to‘g‘risida hisobotini tuzish va taqdim etish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: pul mablag‘lari — kassadagi, hisob raqamdagi, shaxsiy g‘azna hisobvaraqdagi hamda talab qilib olinadigan depozitlardagi mablag‘lar; pul mablag‘lari ekvivalenti — bu qisqa muddatli yuqori likvidli investitsiyalar bo‘lib, ular pul mablag‘lariga osonlik bilan aylantiriladi va ularning qiymatida ahamiyatsiz o‘zgarish mavjud bo‘ladi; pul oqimlari — pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentining tushumlari va chiqimlari; nazorat — o‘z faoliyatidan foyda olish uchun tashkilotlarning moliyaviy va operatsion siyosatini belgilash huquqi; moliyaviy faoliyat — tashkilotlarning kiritilgan kapitali yoki jalb qilingan mablag‘lari miqdori va tarkibini o‘zgartirishga olib keladigan faoliyat; investitsion faoliyat — uzoq muddatli aktivlarni va pul mablag‘lari ekvivalentlariga kiritilmagan boshqa investitsiyalarni sotib olish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir; operatsion faoliyat — bu tashkilotlarning investitsion va moliyaviy bo‘lmagan faoliyati; hisobot sanasi — moliyaviy hisobot tayyorlanadigan hisobot davrining oxirgi kuni. 2. Tashkilotlar ushbu Standart talablariga asosan pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni ilovadagi jadvalga muvofiq tayyorlaydi va mazkur hisobotni har bir hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlarning ajralmas qismi sifatida moliya organiga yoki yuqori turuvchi tashkilotga taqdim etadi. 3. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotdan pul oqimlari prognozi to‘g‘riligini tekshirish vaqtida tashkilotlarning foyda olish va narx o‘zgarishi o‘rtasidagi ta’sirini tahlil qilish uchun foydalanilmaydi. 4. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tashkilotning pul mablag‘larini va pul mablag‘larining ekvivalentlarini jalb etishni baholash imkonini beradi. Shuningdek, pul oqimlari to‘g‘risida hisobot tashkilotning operatsion faoliyati natijalari bo‘yicha hisobotining taqqoslanuvchanligini oshiradi, chunki u bir xil operatsiyalar uchun turli hisob usullaridan foydalanishni oldini oladi. 5. O‘tgan hisobot davrlaridagi pul oqimlari to‘g‘risida hisobotdan keyingi yillar uchun pul oqimlari miqdorini aniqlash ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Bu avvalgi davrlardagi pul oqimlarini qanchalik to‘g‘ri prognoz qilinganligini hisob-kitob qilish uchun foydali hisoblanadi. 6. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda pul tushumi manbalari, hisobot davrida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun sarflangan mablag‘lar hamda hisobot sanasidagi pul mablag‘lari qoldig‘i ko‘rsatiladi. Tashkilotlarning pul oqimlari to‘g‘risida hisobot ko‘rsatkichlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga hisobot bo‘yicha hamda tegishli qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni beradi. Shuningdek, pul oqimlari to‘g‘risida hisobot ko‘rsatkichlari foydalanuvchilarga tashkilotlar o‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qanday shakllantirganligi va bu mablag‘lardan qanday foydalanganligini aniqlash imkonini beradi. 7. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda pul tushumlari va to‘lovlari uchta asosiy faoliyatga ajratiladi: operatsion faoliyat, investitsion faoliyat va moliyaviy faoliyat. Tashkilotlarning pul oqimlariga, shuningdek bankdagi valyuta hisob raqamlaridagi qoldiqlariga operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan tashqari valyuta ayirboshlash kurslaridagi farqlar ham ta’sir qiladi. 8. Standartning maqsadi tashkilotlarning pul mablag‘lari va pul ekvivalentlaridagi avvalgi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni hisobot davrida operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo‘yicha pul oqimlari sifatida tasniflaydigan hisobotni tuzishdan iborat hisoblanadi. 9. Pul oqimlari pul mablag‘lari yoki pul mablag‘lari ekvivalentlariga mos keladigan komponentlar o‘rtasidagi harakatlarni o‘z ichiga olmaydi, chunki ushbu komponentlar tashkilotning pul mablag‘larini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, uning operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatining bir qismi emas. Pul mablag‘larini boshqarish ortiqcha pul mablag‘larini pul mablag‘lari ekvivalentlariga investitsiya sifatida kiritishni o‘z ichiga oladi. 10. Pul mablag‘lari ekvivalentlari ko‘p hollarda investitsiyalar yoki qisqa muddatli pul majburiyatlarini qoplash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Investitsiyalarni pul mablag‘lari ekvivalenti sifatida ko‘rib chiqish uchun investitsiyalar pul miqdoriga osonlik bilan aylantirilishi va qiymat o‘zgarishi xavfi sezilarsiz, ya’ni umumiy qiymatning 5 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi kerak. Investitsiyalar qisqa muddatlarda, ya’ni sotib olish kunidan boshlab kamida uch oy yoki undan kam muddatda qoplanish imkoniyati mavjud bo‘lsa, bunday investitsiyalar pul mablag‘lari ekvivalenti hisoblanadi. Boshqa tashkilotlarning kapitaliga kiritilgan investitsiyalar ushbu bandning birinchi xatboshisidagi talablar kabi bo‘lmasa, ular pul mablag‘larining ekvivalentlariga kiritilmaydi. 11. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot uchun nazorat qiluvchi va bir nechta nazorat qilinadigan tashkilotlar, ya’ni birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilardan iborat tashkilotlar guruhini iqtisodiy subyekt sifatida tasniflash lozim. Iqtisodiy subyekt tarkibiga ijtimoiy va tijorat maqsadlariga ega tashkilotlar kiritiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi imtiyozli shartlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni va ushbu xizmatlarni tijorat asosida taqdim etadigan tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. 12. Tashkilotlar pul mablag‘lari va pul mablag‘larining ekvivalentlari tarkibiy qismlarini pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda aniq ifoda etadi va pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda ko‘rsatilgan miqdorlarni Moliyaviy holat to‘g‘risida balans hisobotida keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan solishtirish uchun taqdim etadi. 13. Pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlarining tarkibiy qismlarini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati” (ro‘yxat raqami 2853, 2016-yil 27-dekabr) talablari orqali har qanday o‘zgarish ta’sirini belgilash lozim. Masalan, tashkilotning faoliyatidan kelib chiqqan holda, dividendlarni to‘lash operatsion faoliyat sifatida aks ettirilgan bo‘lsa, keyinchalik tashkilot faoliyati o‘zgarishi natijasida dividendlarni to‘lash investitsion faoliyat sifatida tasniflanishi lozim. 14. Aktivlar tashkilotlar maqsadlariga erishish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Tashkilot maqsadlariga muvofiq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalaniladigan, ammo to‘g‘ridan to‘g‘ri pul oqimlari kirimini yuzaga keltirmaydigan aktivlar xizmat ko‘rsatish salohiyatini mujassamlashtirgan aktivlar hisoblanadi. Sof pul mablag‘lari tushumini hosil qilish uchun foydalaniladigan aktivlar kelgusidagi iqtisodiy foyda bo‘lgan aktivlar sifatida tavsiflanadi. 15. Aktivlardan foydalanish maqsadlarini to‘liq va o‘z vaqtida qamrab olinishini ta’minlash uchun aktivlarning asosiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular kelgusidagi iqtisodiy foyda yoki xizmat ko‘rsatish salohiyati bo‘yicha aktivlar sifatida tasniflanishi lozim. 16. Sof kapital Moliyaviy holat to‘g‘risida balans hisobotida aktivlar hamda majburiyatlar o‘rtasidagi farq summasi natijasida shakllanadi. 17. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda hisobot davridagi pul oqimlarining operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar kesimidagi harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi kerak. 18. Tashkilot o‘z faoliyatining xususiyatiga mos keladigan shaklda operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ushbu faoliyatlarning tasniflanishi tashkilotning moliyaviy holatiga, pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlari hajmiga tegishli faoliyatning ta’sirini baholashga imkon beradigan ma’lumotlar bilan moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ta’minlaydi. Ushbu ma’lumotdan faoliyatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholash uchun ham foydalanish mumkin. 19. Bir operatsiya turli xil faoliyat turlari bilan bog‘liq bo‘lgan pul oqimlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Masalan, agar kredit bo‘yicha pul mablag‘larini to‘lash foizlar va qarzning asosiy miqdorini o‘z ichiga olsa, foizlarni to‘lash operatsion faoliyatga, asosiy qarz miqdorini to‘lash esa moliyaviy faoliyatga tegishli bo‘lishi mumkin. 20. Operatsion faoliyatdan tushadigan sof pul tushumi miqdori tashkilot faoliyatida soliq imtiyozlari mavjudligini hamda uning tovar va xizmatlarni oluvchilar bilan qay darajada ta’minlanganligini aniqlashning asosiy ko‘rsatkichidir. 21. Sof pul oqimlari miqdori va tashkilotning operatsion faoliyatini saqlab qolish mulk egalariga dividendlarni to‘lash va moliyalashtirish manbalarini jalb qilmagan holda yangi investitsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini aniqlashga yordam beradi. 22. Operatsion faoliyatdan kelib tushadigan pul oqimlarining aniq tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar operatsion faoliyatdan keladigan kelgusidagi pul oqimlarini prognoz qilish uchun foydalaniladi. 23. Operatsion faoliyatdan kelib tushadigan pul oqimi, birinchi navbatda, tashkilotga pul oqimlarini olib keladigan asosiy faoliyat bilan bog‘liqdir. Operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga quyidagilar kiradi: soliqlar, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar ko‘rinishidagi pul tushumlari; tashkilot tomonidan yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar shaklidagi pul tushumlari; davlat yoki boshqa jamoat organlari tomonidan berilgan boshqa grantlar, transfertlar va boshqa pul o‘tkazmalari ko‘rinishidagi pul tushumlari; royalti, komission to‘lovlar va boshqa turdagi daromadlar ko‘rinishidagi pul tushumlari; boshqa davlat sektori tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish uchun to‘lovlar (kreditlardan tashqari); tovarlar va xizmatlar uchun yetkazib beruvchilarga pul to‘lovlari; xodimlarga va ularning nomidan pul to‘lovlari; sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta mukofotlari va da’volar, annuitet shartnomalari bo‘yicha tushumlar va to‘lovlar, shuningdek boshqa polislar bo‘yicha to‘lovlar; tijoriy yoki savdo maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlar; to‘xtatilgan faoliyat bo‘yicha pul tushumlari yoki to‘lovlar; sud qarorlari bilan bog‘liq pul mablag‘lari tushumlari yoki to‘lovlar. 24. Asosiy vositalarni sotish bo‘yicha operatsiyalar tegishli davrning sof foydasi yoki zararini hisoblashda foyda yoki zararga olib kelishi mumkin. Bunday operatsiyalardan kelib chiqadigan pul oqimlari investitsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga olib boriladi. Biroq, ijara uchun mo‘ljallangan va sotuvga qo‘yilgan asosiy vositalarni qurish yoki sotib olish uchun sarflangan mablag‘lar operatsion faoliyat bilan bog‘liq pul oqimlari hisoblanadi. 25. Tashkilotlar ommaviy savdoga qo‘yiladigan yoki savdo qilish uchun mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar va qarz majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin, bu holda ularni maxsus qayta sotish uchun mo‘ljallangan zaxiralar sifatida tasniflash lozim. Shu sababli, qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirish yoki ular bilan savdo qilish natijasida paydo bo‘lgan pul oqimlari operatsion faoliyat sifatida qaraladi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan pul shaklidagi bo‘naklar va qarzlar tashkilotga pul tushumini olib keladigan asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan operatsion faoliyatda aks ettiriladi. 26. Davlat budjeti yoki boshqa jamoat organlari tomonidan tashkilotlarga o‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar operatsion faoliyat, kapital qurilish yoki kapital qo‘yilmalar uchun tasniflanmagan holda ajratilishi mumkin. Agar tashkilotlar ushbu mablag‘larni mustaqil ravishda operatsion faoliyatga, kapital qurilish yoki kapital qo‘yilmalarga taqsimlay olmasa, unda bu mablag‘larni operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga kiritish kerak va moliyaviy hisobotlarda izoh bilan aks ettirish lozim. 27. Investitsion faoliyatdagi pul oqimlarini alohida oshkor qilish muhimdir, chunki u tashkilotga kelajakda xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan resurslarni sotib olish uchun qancha xarajatlar sarflanganligini ko‘rsatadi. 28. Investitsion faoliyat bilan bog‘liq pul oqimlari quyidagilardan iborat: asosiy vositalarni, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun pul o‘tkazmalari (bularga tajriba-loyiha ishlari uchun kapitalizatsiya qilinadigan xarajatlar va asosiy vositalarni tashkilot tomonidan o‘z mustaqil ravishda qurishi davrida amalga oshirilgan to‘lovlar kiritiladi); asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan tushgan pul tushumlari; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulushlarini yoki qarz vositalarini sotib olish va qo‘shma korxonalardagi ulushlarni olish uchun pul o‘tkazmalari (pul mablag‘lari ekvivalenti hisoblangan yoki savdoga mo‘ljallangan vositalar uchun to‘lovlardan tashqari); tashkilotning xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi ulushlarini yoki qarz vositalarini sotishdan tushgan pul tushumlari (pul mablag‘lari ekvivalenti hisoblangan yoki savdoga qo‘yiladigan yoki sotiladigan vositalaridan tushgan tushumlar bundan mustasno); boshqa tashkilotlarga berilgan pul shaklidagi bo‘naklar va qarzlar (davlat moliya instituti tomonidan beriladigan bo‘nak va qarzlardan tashqari); boshqa tashkilotlardan berilgan pul shaklidagi bo‘naklar va qarzlarni qaytarilishidan tushgan pul tushumlari (davlat moliya instituti tomonidan beriladigan bo‘nak va qarzlarni qaytarilishidan tushgan tushumlardan tashqari); fyuchers va forvard shartnomalari, opsionlar va svoplar bo‘yicha pul shaklidagi to‘lovlar (tijorat va savdo maqsadlari uchun tuzilgan shartnomalar yoki moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq to‘lovlar bundan mustasno); fyuchers va forvard shartnomalari, opsionlar va svoplardan pul tushumlari (shartnomalar ommaviy savdoga yoki savdo maqsadlariga mo‘ljallangan bo‘lmasa yoki tushum moliyaviy faoliyat sifatida tasniflanishi bilan bog‘liq to‘lovlar bundan mustasno). 29. Moliyaviy faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarning alohida oshkor etilishi katta ahamiyatga ega, chunki bu ma’lumotlar tashkilotni kapital bilan ta’minlovchilar talablariga muvofiq kelgusidagi pul mablag‘lari harakatini prognoz qilishda foydalaniladi. 30. Moliyaviy faoliyatga doir pul oqimlariga quyidagilar kiradi: qarz majburiyatlari, veksellar, obligatsiyalar va boshqa qisqa yoki uzoq muddatli qarzlarni jalb qilishdan pul tushumlari; qarz majburiyatlarini qaytarish bo‘yicha pul to‘lovlari; moliyaviy lizingni to‘lash uchun lizing oluvchining pul to‘lovlari. 31. Tashkilotlar operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini quyidagi usullardan birini tanlagan holda hisobotni taqdim etadi: yalpi tushum yoki pul to‘lovlarning asosiy turlari to‘g‘risida ma’lumotlarni aks ettiradigan bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) usul; foyda yoki zarar (profitsit yoki defitsit) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni pul ko‘rinishida bo‘lmagan operatsiyalar natijalariga, operatsion faoliyat natijasi bo‘yicha yuzaga kelgan muddati o‘tgan yoki hisoblangan tushumlarni (to‘lovlarni), shuningdek daromadlar yoki xarajatlarning miqdorlarini hisobga olgan holda investitsiya yoki moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlariga tuzatish kiritishni aks ettiradigan bilvosita usul. 32. Tashkilotlar tomonidan operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tayyorlashda bevosita usuldan foydalanish maqsadga muvofiq. Bevosita usul orqali tayyorlangan hisobot bilvosita usul yordamida tayyorlangan hisobotda mavjud bo‘lmagan va kelajakda prognoz qilish uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi. 33. Bevosita usul yordamida yalpi tushumning asosiy turlari yoki pul mablag‘larini to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagilar orqali olinadi: a) tashkilotning moliyaviy hisobotidan; b) operatsion faoliyat orqali ifodalangan daromadlar va xarajatlarni (davlat moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish asosida yuzaga kelgan foiz tushumlari va xarajatlari) va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning boshqa ko‘rsatkichlarini quyidagi omillarni hisobga olgan holda tuzatish kiritish yo‘li bilan: muayyan davrda zaxiralar va joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi o‘zgarishlar; boshqa naqd pulsiz tranzaksiyalar; investitsiya yoki moliyaviy faoliyatni keltirib chiqaradigan pul oqimlari. Operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimi to‘g‘risida hisobotni tayyorlashda bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) usuldan foydalanilganda, tashkilotlar tomonidan odatdagi faoliyatdan olingan sof foyda yoki zarar summasi hamda operatsion faoliyatdan olingan sof pul oqimi o‘zaro solishtirilishi lozim. Ushbu solishtirish natijalari pul oqimlari to‘g‘risida hisobotga yoki moliyaviy hisobotning izoh qismlariga kiritilishi lozim. 34. Bilvosita usuldan foydalanilganda, operatsion faoliyatdan keladigan sof pul oqimi joriy operatsion faoliyatning sof foyda yoki zarariga tuzatish kiritish yo‘li bilan quyidagi faktorlarni hisobga olgan holda aniqlanadi: muayyan davrda tovar-moddiy zaxiralar hamda debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi o‘zgarishlar; amortizatsiya, baholangan majburiyatlar, muddati o‘tgan soliqlar, realizatsiya qilinmagan valyuta kursidan foyda va zararlar; investitsion yoki moliyaviy faoliyatni keltirib chiqaradigan pul oqimlariga olib keladigan boshqa ko‘rsatkichlar. 35. Tashkilot o‘z hisobotida investitsion va moliyaviy faoliyatdan vujudga kelgan yalpi tushum va pul to‘lovlari asosiy turlarini alohida aks ettiradi. 36. Operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatning quyidagi pul oqimlari turlari netto (kirim va chiqimlarning farqi) asosida hisobotlarda aks ettiriladi: tashkilot faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan hamda mijozlar, soliq to‘lovchilar yoki benefitsiarlar nomidan kelib tushgan pul mablag‘larining tushumlari va pul to‘lovlari; tez aylanishi, katta hajmli va qisqa muddatlarda qoplanishi bilan tavsiflanadigan aktivlar bo‘yicha pul mablag‘larining tushumlari va to‘lovlari. 37. Standartning 36-bandi ikkinchi xatboshisi faqat hisobot beruvchi tashkilot tomonidan pul mablag‘larining oxirgi qoldig‘i nazorat qilinadigan operatsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday pul mablag‘lari tushumlari va to‘lovlariga misollar quyidagilardir: bir tashkilot tomonidan boshqa bir tashkilot uchun soliqlar, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlarni undirish (davlat tomonidan taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha yig‘ilgan to‘lovlar bundan mustasno); tashkilotlar tomonidan moliya institutlarining talab qilib olinadigan depozitlari mablag‘larini qabul qilishi va to‘lashi; investitsiya yoki trast (ishonch) fondlari mijozlarining mablag‘lari; mulk egalari nomidan yig‘ilgan va ularga berilgan ijara haqi. 38. Standartning 36-bandi uchinchi xatboshisida sanab o‘tilgan pul mablag‘lari tushumlari va bo‘nak to‘lovlariga misollar quyidagilar: investitsiyalarni sotib olish va sotish; boshqa qisqa muddatli, jumladan, qoplanish muddati uch oygacha bo‘lgan qarzlar. 39. Davlat moliya institutlarining quyidagi faoliyatlaridan pul oqimlari hisobotlarida netto asosida (kirim va chiqimlarning farqi) taqdim etilishi mumkin: muddati qat’iy belgilangan depozitlar bo‘yicha pul to‘lovlarini qabul qilish va to‘lash; boshqa moliya institutlarida depozitlarga mablag‘ joylashtirish va olish; mijozlarga avans to‘lovlari va kreditlari, shuningdek ushbu avanslar va kreditlarning qaytarilishi. 40. Xorijiy valyutadagi pul oqimlari tashkilotning funksional valyutasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati sanasidagi funksional va xorijiy valyutalar o‘rtasidagi ayirboshlash kursi bo‘yicha aks ettiriladi. Chet elda boshqariladigan tashkilotlarning pul oqimi pul mablag‘lari harakati sanasidagi funksional va xorijiy valyuta o‘rtasidagi ayirboshlash kursi bo‘yicha hisobot davrida qayta hisob-kitob qilinadi. 41. Xorijiy valyutalarda ko‘rsatilgan pul oqimi O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (4-sonli BHS) “Valyuta kursi o‘zgarishining ta’siri” (ro‘yxat raqami 3100, 2018-yil 14-dekabr) talablariga muvofiq aks ettiriladi. Bu haqiqiy kursga taxminan teng bo‘lgan ayirboshlash kursidan foydalanishga imkon beradi. Masalan, ma’lum davr uchun o‘rtacha ayirboshlash kursi chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish yoki chet eldagi boshqariladigan subyektning pul oqimlarini qayta hisoblash uchun ishlatilishi mumkin. 42. Valyuta ayirboshlash kurslarining o‘zgarishi natijasida realizatsiya qilinmagan foyda va zararlar pul oqimi hisoblanmaydi. Biroq, valyuta ayirboshlash kursining o‘zgarishidagi qiymat chet el valyutasidagi pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlariga ta’siri pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda hisobot davrining boshi va oxiridagi pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlariga solishtirishni ta’minlash maqsadida aks ettiriladi. Bu qiymat operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlarida alohida satrda ko‘rsatiladi va pul oqimlari to‘g‘risida hisobot davri yakunidagi ayirboshlash kursi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday farqni o‘z ichiga oladi. 43. Foizlar va dividendlarni olish va to‘lashdan kelib chiqadigan pul oqimlari alohida ifodalanishi kerak. Mazkur pul oqimlari hisobot davrlarida operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida tasniflanishi kerak. 44. Hisobot davrida to‘langan foizlar to‘g‘risida ma’lumot moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda xarajat sifatida ko‘rsatilganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar” (ro‘yxat raqami 3149, 2019-yil 9-aprel) talablari asosida ifodalanishidan qat’iy nazar pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda aks ettiriladi. 45. To‘langan dividendlar moliyaviy mablag‘larni jalb qilish xarajatlari bo‘lgani uchun moliyaviy faoliyatdan tushgan pul oqimlari sifatida tasniflanishi mumkin. Shu bilan birga, tashkilot faoliyatidan kelib chiqqan holda to‘langan dividendlar foydalanuvchilarga tashkilotning to‘lash qobiliyatini baholash uchun operatsion faoliyatdan tushgan pul oqimlarining tarkibiy qismi sifatida tasniflanishi mumkin. 46. Pul mablag‘lari yoki pul mablag‘lari ekvivalentlarida to‘lovlarni talab qilmaydigan investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimlari to‘g‘risida hisobotdan chiqarib tashlanishi kerak. Bunday operatsiyalar (tranzaksiyalar) bo‘yicha ma’lumotlar moliyaviy hisobotning investitsion va moliyaviy faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarining boshqa bo‘limlarida ko‘rsatilishi kerak. 47. Investitsion va moliyaviy faoliyatning asosiy qismi joriy pul oqimlariga ta’sir qilmaydi, lekin tashkilot kapitali va aktivlari tarkibiga ta’sir qiladi. Pul mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lmagan hisob-kitoblar pul oqimlari to‘g‘risida hisobotdan chiqarib tashlanishi lozim, chunki ushbu hisob-kitoblar joriy davrdagi pul oqimlari bilan bog‘liq emas. Pul mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lmagan hisob-kitoblarga quyidagilar kiritiladi: aktivlarni almashtirish, majburiyatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilish yoki moliyaviy lizing orqali aktivlarni sotib olish; qarz majburiyatlarni ulushga (kapitalga) aylantirish. 48. Tashkilotlar moliyaviy faoliyat sababli o‘z majburiyatlaridagi o‘zgarishlarni pul mablag‘lari oqimlari ta’siridan qat’iy nazar oshkor etishi kerak. 49. Tashkilotlar tomonidan pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda foydalanish imkoniyati bo‘lmagan yirik miqdordagi pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlari to‘g‘risidagi ma’lumot tashkilot rahbariyati izohlari bilan birga oshkor etilishi kerak. 50. Tashkilotlar balansidagi pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlaridan foydalana olmaslik holatlari ham kuzatilishi mumkin. Masalan, valyuta ayirboshlash bo‘yicha cheklovlar mavjudligi. Bunday holda hisobot tuzishda qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilishi lozim. 51. Qo‘shimcha ma’lumotlar foydalanuvchilarga tashkilotning moliyaviy ahvoli va likvidlilik darajasini tushunishlari uchun foydali bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar moliyaviy hisobotning izohlarida tegishli tushuntirishlar bilan birga oshkor etilishi lozim hamda ularda quyidagilarni ifoda etilishi kerak: kelajakda operatsion faoliyat va kapital majburiyatlarini qaytarish uchun taqdim etilishi mumkin bo‘lgan, foydalanilmagan qarz mablag‘lari (kredit liniyalari) miqdori; foydalanilishi cheklangan pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlari miqdori va cheklanish asoslari. 52. Tashkilotlar hisobot davri mobaynida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulushlarini yoki qarz vositalarini sotib olish va sotish bilan bog‘liq quyidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni oshkor qiladi: oldi-sotdi shartnomasining umumiy summasi; oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlari ko‘rinishida olingan yoki to‘langan summasi; sotib olingan yoki sotilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulushlari bo‘yicha pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlarining miqdori; sotib olingan yoki sotilgan deb tan olingan aktiv va majburiyatlarning qiymati (pul mablag‘lari va pul mablag‘larining ekvivalentlaridan tashqari).
127
25,722
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “MEHNATGA HAQ TO‘LAShNING YaGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2006-YIL 26-OKTaBRDAGI 218-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2007
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qarorining 1-bandidagi “12420” raqami “15525” raqami bilan almashtirilsin.
250
465
Qonunchilik
Mahalliy hokimiyatda ijodiy maslahatchilar paydo boʻldi
Yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga hamda umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan toʻgaraklar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi (21.11.2019 yildagi 923-son VMQga qarang). «Nihol» mukofoti sovrindorlari hamda quyidagi unvonlarga sazovor boʻlgan shaхslar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat va san’at masalalari boʻyicha ijodiy maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirilgan: Qaror bilan viloyatlar, tumanlar va shaharlarga biriktirilgan ijodiy maslahatchilar roʻyхati tasdiqlandi. Mahalliy hokimliklar ularni transport bilan ta’minlashi, zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi, shuningdek ularning faoliyatini tashkil etish boʻyicha moliyaviy va boshqa masalalarni hal etishi lozim. Ijodiy maslahatchilarning asosiy vazifasi oʻzlari biriktirilgan hududlardagi yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini tashkil etish yuzasidan metodik, ijodiy va tashkiliy jihatdan yordam berishdan iborat. Shu bilan birga, Hukumat Andijon viloyatidagi yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini respublikaning boshqa hududlarida va Toshkent shahrida ham keng joriy etishga qaror qildi. Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga viloyatlar va poytaхt hokimliklari bilan birgalikda umumta’lim maktablarida barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi. Ushbu toʻgaraklar tegishli kadrlar bilan ta’minlanadi, turli tadbirlar, koʻrik-tanlovlarni oʻtkazish uchun zarur хonalar ajratiladi va tegishli shart-sharoitlar yaratiladi, ularga oʻquvchi-yoshlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarini zarur musiqa cholgʻu asboblari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash boʻyicha mas’ul etib belgilandi, ularni хarid qilish uchun tegishli mablagʻlar bilan ta’minlashi lozim. Madaniyat vazirligiga oʻrta maхsus ma’lumotga ega boʻlmagan tajribali mutaхassislarni madaniyat markazlarida хalq ijodiyoti va hunarmandchiligi boʻyicha toʻgarak va mashgʻulotlar oʻtashga jalb etish huquqi berildi. 2019 yil oхirigacha har bir Madaniyat markazi yoki umumiy ta’lim maktablarida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan jamoatchilik shaklida havaskor teatr jamoasi, vokal cholgʻu ansambli, ashula va raqs ansambli hamda namunaviy bolalar ansambli tashkil etiladi. Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, «Oʻzbekkino» umumta’lim maktablari faollar zali va madaniyat markazlarida yoshlarni vatanparvarlik, milliy gʻoyaga sadoqat, mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga хizmat qiladigan kinofilmlar namoyishlari tashkil etiladi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilib, ular yuzasidan doimiy monitoring olib boradi. Madaniyat vazirligiga tegishli tavsiyalar kiritadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2019 yildan kuchga kirdi.   Anvar Irkaхodjayev.
55
3,248
Qonunchilik
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 702-son “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligi qaror qiladi: 1. “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarining attestatsiyasi natijalarini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
132
604
Qonunchilik
O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasini O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasiga aylantirish haqida
“O‘zbekiston SSJda ijroiya va boshqaruv hokimiyati tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSJning Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston SSJ Qonuniga binoan, tinchlik davrining ekstremal sharoitlarida aholini himoya qilishning yanada samarali sistemasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasi O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasiga aylantirilsin. 2. Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha shahar va nohiya komissiyalarini tuzsinlar. 3. O‘zSSJning potensial xavfli obyektlari bo‘lgan vazirliklari, idoralari va davlat qo‘mitalari, konsernlari va birlashmalari favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tarmoq va obyekt komissiyalarini tuzsinlar. 4. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining Birinchi o‘rinbosari o‘rtoq Jo‘rabekov Ismoil Hakimovich O‘zbekiston SSJ fuqaro mudofaasi Boshlig‘i etib tayinlansin va u O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasining Raisi etib tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari — resurslar, moddiy-texnika ta’minoti va bitimlar kompleksining rahbari o‘rtoq Sharipov Tohir Yahyoyevich Komissiya Raisining birinchi o‘rinbosari etib; O‘zbekiston SSJ Fuqaro mudofaasi shtabining boshlig‘i o‘rtoq Rajiboyev Valikiyan Yunusovich Komissiya Raisining o‘rinbosari etib; O‘zbekiston SSJ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Raisi Komissiya Raisining o‘rinbosari etib tasdiqlansin. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasi a’zolari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Komissiya Raisiga Komissiyaning shaxsiy tarkibini tasdiqlash yuklatilsin. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasi haqidagi Vaqtinchalik nizom (2-ilova) tasdiqlansin. 6. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi apparatining strukturasiga O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasining uch kishidan iborat sektori kiritilsin. 7. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Komissiyasining axborot organi funksiyasi O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1980-yil 31-oktabrdagi 730-78-son qaroriga muvofiq tuzilgan strukturaviy bo‘linmaga yuklatilsin. 8. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qo‘mitalari favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyalarining raislari O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasi majlisida tegishli masalalar ko‘rib chiqilayotganda ushbu Komissiya a’zolari huquqi bilan qatnashadilar. 9. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 9-avgustdagi 286-son qarorining 9-punkti o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. O‘zbekiston SSJ Avtomobil yo‘llari vaziri O‘zbekiston SSJ Avtomobil transporti vaziri O‘zbekiston SSJ Ichki ishlar vaziri O‘zbekiston SSJ Uy-joy-kommunal xo‘jaligi vaziri O‘zbekiston SSJ Montaj va maxsus qurilish ishlari vaziri O‘zbekiston SSJ Binokorlik materiallari sanoati vaziri O‘zbekiston SSJ Aloqa vaziri O‘zbekiston SSJ Qurilish vaziri O‘zbekiston SSJ Melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vaziri O‘zbekiston SSJ Savdo vaziri O‘zbekiston SSJ Energetika va elektrlashtirish vaziri O‘zbekiston SSJ Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekiston SSJ Adliya vaziri O‘zSSJ Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qo‘mitasi raisi O‘zbekiston SSJ Davlat qurilish ishlari qo‘mitasining raisi O‘zbekiston SSJ Davlat suv xo‘jaligi qurilishi qo‘mitasining raisi O‘zbekiston jumhuriyat matlubot jamiyatlari uyushmasining raisi O‘zbekiston gidrometeorologiya jumhuriyat boshqarmasining boshlig‘i O‘zbekiston SSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston SSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston SSJ Davlat xavfsizligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Turkiston Harbiy okrugi qo‘shinlari Qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari O‘rta Osiyo Temir yo‘li boshqarmasining boshlig‘i O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining boshlig‘i O‘zbekiston SSJ Harbiy komissari O‘zbekiston SSJ Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmiklik va seysmik rayonlashtirish mintaqaviy laboratoriyasining mudiri Komissiya kotibiyati: O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimi, O‘zbekiston SSJ Fuqaro mudofaasi shtabining xodimi 1. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasining maqsadi quyidagilarni ta’minlashdan iborat: jumhuriyat davlat boshqaruv organlari, O‘zbekiston SSJning avariyalar, halokatlar, tabiiy va ekologik ofatlar, mintaqaga xos bo‘lgan epidemiya va epizootiyalar ro‘y beradigan hollarning oldini olish va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimiga kiritilgan kuchlar va vositalarning doimiy tayyor turishini ta’minlash; Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyalarining, jumhuriyatning barcha darajalardagi boshqaruv organlarining, Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, idoralar hamda jumhuriyat hududida joylashgan ittifoq tasarrufidagi korxonalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; qutqarish va avariya-qayta tiklash ishlariga, mintaqada favqulodda vaziyat yuz berganda aholining hayotini saqlash va ularni falokat zonalaridan evakuatsiya qilish. 2. Komissiya o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi rahbarligida amalga oshiradi hamda O‘zbekiston SSJ Oliy Kengashining qo‘mitalari va komissiyalari bilan o‘zaro aloqada ish olib boradi. Komissiya Raisi, Rais o‘rinbosarlari va Komissiya tarkibi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan tayinlanadi. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiya o‘z faoliyatini O‘zSSJ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zSSJ Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston gidrometeorologiya jumhuriyat boshqarmasi bilan muvofiqlashtirib boradi. 3. Komissiyaning asosiy vazifalari: a) kundalik faoliyatda: jumhuriyat vazirliklari, davlat qo‘mitalari, konsernlari, idoralari, birlashmalari, jumhuriyat avariya-qutqarish xizmatlari, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlik darajasini oshirish, aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda sanoat, energetika, transport, aloqa, ijtimoiy-maishiy xizmat obyektlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash borasidagi faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; ro‘y berish ehtimoli bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni va ularning oqibatlarini prognozlash, jumhuriyat hududida avariyalar, falokatlar, tabiiy va ekologik ofatlar, epidemiyalar va epizootiyalar oqibatida yuzaga kelishi mumkin xavfli zonalarni (rayonlarni) belgilash, ekstremal hodisalar xavf-xatarini va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash bo‘yicha ishlarni yo‘naltiradi; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va shunday hollarda harakat qilish bo‘yicha O‘zbekiston SSJ Davlat tizimi ishlariga rahbarlikni amalga oshiradi; potensial xavfli obyektlarda avariyalar va falokatlarning oldini olishga, ular yuz bergan taqdirda hamda tabiiy ofatlar, epidemiyalar va epizootiyalar ro‘y bergan hollarda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirishga qaratilgan profilaktika choralari tizimini ishlab chiqadi; ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariyalar, falokatlar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar, epizootiyalarni tugatish bo‘yicha tadbirlarning jumhuriyat rejasini tayyorlaydi; ittifoq boshqaruv organlari bilan birgalikda jumhuriyat hududida aholining hayoti va salomatligi uchun potensial xavfli bo‘lgan xalq xo‘jaligi va mudofaa xarakteridagi obyektlarning joylashishi nechog‘lik maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularni bekitish, konservatsiyalash, tugatish, faoliyatini to‘xtatib qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqadi; jumhuriyat boshqaruv organlarining avariya-qutqaruv xizmatlari, O‘zbekiston SSJ kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va shunday hollar yuz berganda harakat qilish bo‘yicha komanda-shtab va maxsus mashqlarini o‘tkazadi; jamoat tashkilotlari va tegishli tajribaga ega bo‘lgan fuqarolarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarda qatnashishi uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; jumhuriyat aholisini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; SSJI Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Davlat komissiyasi bilan birgalikda qutqarish va avariya-qayta tiklash ishlarini samarali olib borish uchun zamonaviy texnika, asbob-uskunalar, mexanizmlar va materiallar ishlab chiqarish hamda xarid qilishni, xavfli texnogen va tabiat hodisalarini kuzatishni, ular ustidan nazorat sistemasini rivojlantiruvchi, aholini himoya qilish va kishilarning favqulodda vaziyatlarda yashashini ta’minlovchi yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni ishlab chiqishda qatnashadi; Vazirlar Mahkamasining Qonunchilik aktlarini, qarorlarini, farmoyishlarini, Komissiya kompetensiyasiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa normativ aktlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi; favqulodda vaziyatlar oqibatlari profilaktikasi, ularning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi vatanimiz va xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va undan foydalanishni tashkil etadi, Komissiya kompetensiyasi doirasida markaziy boshqaruv organlari, boshqa ittifoqdosh jumhuriyatlar, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi; b) favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda va ularning oqibatlarini tugatishda: favqulodda vaziyatlarning oldini olish va shunday hollarda harakat qilish bo‘yicha O‘zbekiston SSJ Davlat tizimini tayyor holatga keltirishni va uning ishlashini ta’minlaydi; tegishli boshqaruv organlarini va aholini favqulodda vaziyatlarning ro‘y berganligi, xarakteri va miqyoslari, ularning oqibatlarini tugatishning qanday borayotganligi haqida xabardor qilish va axborot bilan ta’minlashni tashkil etadi; jumhuriyat hududida mintaqaviy favqulodda vaziyat ro‘y bergan taqdirda qutqarish va avariya-tiklash ishlariga bevosita rahbarlik qiladi; zarar ko‘rgan aholiga, ularning yashashini ta’minlashga, falokat ro‘y bergan rayonlardan ko‘chirishga zarur ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; falokat ro‘y bergan rayonga tashkilotlar va fuqarolardan, shu jumladan, xorijiy fuqarolardan yordam tariqasida tushadigan moddiy va moliyaviy mablag‘larni hisobga olish va taqsimlash ishlarini tashkil etishni nazorat qiladi; Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi favqulodda vaziyatlar komissiyalarining avariyalar va falokatlarning sabablarini aniqlash yuzasidan olib boradigan ishida qatnashadi; tegishli tajribaga ega bo‘lgan jamoat tashkilotlari va fuqarolarning (shu jumladan, xorijiy fuqarolarning) favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tugatish bo‘yicha tadbirlarda qatnashishi uchun sharoit yaratish ishlarini olib boradi; odamlarning hayoti va salomatligi uchun bevosita xavf-xatar bartaraf etilgach, qidiruv-qutqarish ishlari olib borilgandan keyin, aholining yashashini ta’minlovchi obyektlar tiklab bo‘lingandan so‘ng favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tugatish ishlariga rahbarlik qilish mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga, shuningdek tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, idoralar va birlashmalarga o‘tkaziladi. 4. Komissiya quyidagi huquqlarga ega: zarur hollarda O‘zbekiston SSJ Oliy Kengashiga yoki O‘zbekiston SSJ Prezidentiga SSJI Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlarini, shuningdek, SSJI Qurolli Kuchlarining harbiy qismlarini avariyalar, falokatlar, ekologik va tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatishga, favqulodda vaziyatlar zonalarida jamoat tartibini saqlashni va aholining hayoti uchun zarur bo‘lgan hamda xalq xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilishni ta’minlashga jalb etish haqida belgilangan tartibda taklif kiritish; o‘z kompetensiyasi doirasida O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlar tarzidagi qarorlarini qabul qilishda qatnashish; Komissiya kompetensiyasiga taalluqli bo‘lgan masalalarni hal etishda O‘zbekiston SSJ Xalq xo‘jaligi komplekslari, ittifoq, jumhuriyat vazirliklari, davlat qo‘mitalari, konsernlar, idoralar, birlashmalarning rahbarlari bilan birgalikda qatnashish; Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, idoralar va birlashmalarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyalarining ishini nazorat qilib borish, o‘z majlislarida ana shu komissiyalarning hisobotlarini eshitish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va shunday hollarda harakat qilish bo‘yicha O‘zbekiston SSJ Davlat tizimiga kiruvchi kuchlar va vositalarning tayyorligini nazorat qilishni amalga oshirish; vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, idoralar, birlashmalar, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qo‘mitalaridan Komissiya zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallarni talab qilish va olish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va shunday xollarda harakat qilish bo‘yicha O‘zbekiston SSJ Davlat tizimiga kiruvchi kuchlar va vositalarni zarur bo‘lgan qutqarish hamda avariya-qayta tiklash ishlariga, katta avariyalar, falokatlar, tabiiy va ekologik ofatlar, epidemiyalar va epizootiyalar ro‘y berganda esa, SSJI Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Davlat komissiyasi bilan kelishgan xolda, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va shunday hollarda harakat qilish bo‘yicha Yagona tizimga kiruvchi kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda jalb etish; jumhuriyat hududidagi mintaqaviy favqulodda vaziyat vujudga kelgan joyga borib, qutqarish va avariya-qayta tiklash ishlariga bevosita rahbarlik qilish; favqulodda vaziyat paydo bo‘lishi sezilgan hollarda, qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar, jumhuriyat hududidagi xalq xo‘jaligi obyektlarining ishini to‘xtatib qo‘yish; mahalliy avariyalar, falokatlar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va epizootiyalar ro‘y bergan taqdirda o‘z vakillari va mutaxassislarini Qoraqalpog‘iston MSSJ, viloyatlar va Toshkent shahridagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etish uchun yuborish; jumhuriyat xalq xo‘jaligining yetakchi mutaxassislarini potensial xavfli bo‘lgan obyektlarni ekspertiza qilishga va shunday obyektlarning bexatar ishlashini nazorat qilishga jalb etish. 5. Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi kundalik faoliyatida Komissiya Raisi tomonidan tasdiqlangan yillik va kvartal rejalarga muvofiq ish olib boradi. Komissiya majlislarida favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakatlar qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Komissiya o‘z kompetensiyasi doirasida barcha jumhuriyat vazirliklari, davlat qo‘mitalari, birlashmalari, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari Sovetlari viloyat, shahar va nohiya ijroiya qo‘mitalari, qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar, tashkilotlar, korxonalar va muassasalar uchun bajarish majbur bo‘lgan qarorlar qabul qiladi. Komissiya majlislari o‘rtasidagi davrda zarur qarorlar Komissiya Raisi yoki uning birinchi o‘rinbosari tomonidan qabul qilinib, tegishli ko‘rsatmalar va topshiriqlar tarzida ijrochilarga yetkaziladi. Favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda avariya, falokat, tabiiy ofat, epidemiya va epizootiyalarning turi, ularning ko‘lami va oqibatlariga qarab Komissiya tarkibidan operativ guruhlar tashkil etiladi. Bu guruhlarga Komissiya Raisi yoki uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladilar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishga rahbarlikni ta’minlaydilar. 6. Komissiya Raisi Komissiya zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun mas’ul bo‘lib, Komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Komissiya va uning apparati ishini tashkil etadi. 7. Komissiya Raisiga amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi huquqlar beriladi: “Favqulodda holatning huquqiy rejimi haqida”gi SSJI Qonunining 4-moddasiga muvofiq favqulodda vaziyat zonasida jamoat tartibini, katta moliyaviy va moddiy boyliklar to‘plangan joylarni, aholining hayotiy faoliyatini ta’minlovchi va xalq xo‘jaligi obyektlarini qo‘riqlashni kuchaytirish, shuningdek favqulodda vaziyatlar zonasida fuqarolarning kirish-chiqishi uchun maxsus rejimni joriy etish; mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishgan holda, favqulodda vaziyat xarakteriga qarab, ofat ro‘y bergan rayonlarda fuqarolarning yashashi va yurish-turishining alohida rejimini o‘rnatish; favqulodda vaziyat oqibatlarining oldini olish yoki tugatish uchun zarur transport, tibbiy, qutqarish, qayta tiklash hamda jumhuriyatga bo‘ysunuvchi boshqa kuch va vositalarni, shuningdek, tegishli idora kuchlari va vositalarini (kelishuv bo‘yicha), o‘zaro kelishib harakat qilish rejasiga ko‘ra harbiy bo‘linmalar va qismlarni jalb etish; favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarda va ularning oqibatlarini tugatish uchun bo‘lgan harakatlarda barcha zarur moddiy-texnika, tibbiy, oziq-ovqat va boshqa jumhuriyat resurslari va zapaslaridan, alohida hollarda esa (kelishuv bo‘yicha) davlat va idora resurslari, rezervlari va zapaslaridan foydalanish. O‘zbekiston SSJ Fuqaro mudofaasi shtabi zimmasiga favqulodda vaziyatlarda va ularning oqibatlarini tugatishda boshqaruv bo‘yicha mutaxassis kadrlarning malakasini oshirishni, favqulodda vaziyatlarda aholini harakat qilishga tayyorlash za takomillashtirish ishlarini tashkil etish yuklatilsin. Komissiya o‘z tasarrufida quyidagilarga ega: tegishli rejalashtirilgan davrga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish davlat rejalarida ehtiyot choralarini va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish bo‘yicha ko‘zda tutilmagan ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus moliyaviy za moddiy-texnika rezervlari. Mazkur rezervlarning hajmlari va nomenklaturasi to‘g‘risidagi takliflar tegishli ravishda O‘zbekiston SSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zbekiston SSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, O‘zbekiston SSJ Moliya vazirligi, O‘zbekiston SSJ Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston SSJ Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, SSJI Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Moddiy resurslar Bosh boshqarmasining O‘rta Osiyo hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston SSJ Fuqaro mudofaasi shtabi, boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan Komissiya bilan kelishilgan holda tayyorlanadi. Komissiya tomonidan ajratilgan mablag‘larni sarflash va rezervlardan foydalanish uning qarori bilan amalga oshiriladi. Komissiya ishchi apparatining tashkiliy tuzilishi Komissiya Raisi tomonidan belgilanadi. Komissiya apparati favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatida ko‘riladigan zararni kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kundalik ishlarni tashkil etadi, favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakatlar qilish bo‘yicha O‘zbekiston SSJ Davlat tizimining tayyorligini nazorat qilib boradi, Komissiya majlislariga hujjatlar tayyorlaydi, Komissiya qarorlarini ijrochilarga yetkazadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi. Komissiya faoliyatini axborot bilan ta’minlash O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1980-yil 31-oktabrdagi 730-78-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi apparatida tuzilgan strukturaviy bo‘linma zimmasiga yuklatiladi. Potensial xavfli obyektlari bo‘lgan jumhuriyat vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, birlashmalari rahbarlar (rahbarlarning birinchi o‘rinbosarlari) boshchilik qiladigan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyalar tuzadilar. Ular o‘zlariga qarashli obyektlarda va ularga yondosh rayonlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning yetkazishi mumkin bo‘lgan zararini kamaytirish va ular oqibatlarini tugatish bo‘yicha tadbirlar hamda ishlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun shaxsan mas’uldirlar. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tarmoq komissiyalari bo‘ysunuvchi korxonalarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha obyekt komissiyalarining faoliyati, xavfsiz va chiqitsiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish, himoya qilish va favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tugatishning zarur vositalarini ishlab chiqish yuzasidan yagona texnika siyosatini o‘tkazish, ekstremal sharoitda boshqarish bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash, favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tugatishda obyekt komissiyalariga yordam berish, shu jumladan, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha viloyat, shahar komissiyalarining kuch va vositalarini bu ishlarga jalb etish (kelishuv bo‘yicha) ishlariga metodik rahbarlik qilish, bu ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshirishlari kerak. Komissiya vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, idoralar, birlashmalar va potensial xavfli obyektlarda navbatchilik-dispetcherlik xizmatini tashkil etadi. Fuqaro mudofaasi bo‘yicha ikkinchi bo‘limlarning shtatdagi xodimlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, idoralar, birlashmalarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyalarining ishchi organi hisoblanadi. Potensial xavfli obyektlari bo‘lgan O‘zbekiston SSJ vazirliklari, davlat qo‘mitalari, konsernlari, idoralari, birlashmalari mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyalar haqida idoraviy nizomlarni ishlab chiqadilar, o‘z ishlarida Vazirlar Mahkamasi Komissiyasining Vaqtinchalik nizomidan foydalanadilar. Vazirlikning komissiyasi haqidagi nizom O‘zSSJ Fuqaro mudofaasi shtabi bilan kelishilgan holda, vazir tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning shaxsiy tarkibi: rais, rais o‘rinbosarlari, komissiya a’zolari kollegiya (qo‘mita) qarori bilan tasdiqlanadi. Xalq xo‘jaligi obyektining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasining tipovoy loyihasini vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, birlashmalar (tarmoq komissiyalari) ishlab chiqadilar. Obyekt komissiyalari o‘z nizomida asosiy vazifalarni, funksiyalarni, tarkibni va huquqlarni, favqulodda vaziyat xavfi bo‘lganda uning oldini olish va shunday hollar ro‘y berganda harakat qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etishni (mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda) jalb etiladigan kuch va vositalarni aniqlaydilar. Xususiy (sex) va obyekt vaziyatlarini obyekt komissiyalari zarur hollarda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha nohiya (shahar) va tarmoq komissiyalarining operativ guruhlari, kuch va vositalari ishtirokida bartaraf etadilar. Tarmoq komissiyalari idoraga qarashli qaysi korxonalarda aholini shikastlanish (zararlanish) xavfidan xabardor qilishning muayyan sistemalari bo‘lishini belgilaydilar. Ularni jihozlashni nazorat qilishni ham shu komissiyalar amalga oshiradilar. Ofitserlar tarkibi bilan komplektlangan fuqaro mudofaasi shtabi bor bo‘lgan viloyatlar, shaharlar va shaharlarning nohiyalarida fuqaro mudofaasi boshlig‘i — favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiya raisi etib xalq deputatlari mahalliy Soveti raisining birinchi o‘rinbosari — ijroiya qo‘mita raisi tayinlanadi. Ishchi apparati funksiyasi fuqaro mudofaasi shtabi zimmasiga yuklanadi. Fuqaro mudofaasi bo‘yicha guruhga kiritilmagan shaharlarda, qishloq nohiyalarida, nohiya va viloyatga bo‘ysunadigan shaharlarda fuqaro mudofaasi boshlig‘i — favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiya raisi etib xalq deputatlari Soveti raisining birinchi o‘rinbosari — ijroiya qo‘mita raisi tayinlanadi; nohiya va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda — xalq deputatlari Sovetining raisi tayinlanadi. Ishchi apparati funksiyasi ijroiya qo‘mita raisining favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi (mavjud FM shtabi boshlig‘i lavozimi) bo‘yicha o‘rinbosari va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiya kotibi zimmasiga yuklanadi. Jumhuriyat tez harakat qilish ko‘p profilli markazi (JTHQKPM) jumhuriyat hududida ekstremal vaziyatlarda odamlarni qutqarish bo‘yicha professional bosh tashkilot bo‘lib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va shunday hollar ro‘y berganda harakat qilish bo‘yicha yagona Davlat tizimiga kiradi. JTHQKPM bevosita O‘zbekiston SSJ Fuqaro mudofaasi boshlig‘iga bo‘ysunadi. JTHQKPM faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Komissiyasi Raisi zimmasiga yuklanadi va u Jumhuriyat tez harakat qilish ko‘p profilli markazi haqidagi nizomni tasdiqlaydi. Belgilangan formadagi JTHQKPM guvohnomasini olgan qutqazuvchilar favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonaga kirish (chiqish) huquqiga egadirlar.
208
25,264
Qonunchilik
Koʻchmas mulkni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizolar sudgacha qanday koʻrib chiqiladi
Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (22.04.2019 yilda 3156-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Vazirlar Mahkamasining 29.12.2018 yildagi 1060-son qarorida bunday nizolarni sudgacha hal qilishning mustaqil meхanizmi joriy etilishi nazarda tutilgan (sharhga qarang). Shaхslarning murojaatlarini hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari qoshida doimiy ravishda faoliyat yuritadigan, 5 kishidan kam boʻlmagan tarkibdagi komissiyalar bepul asosda koʻrib chiqadilar. Ular koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaхsga oʻtishi va bekor boʻlishini e’tirof etish va tasdiqlash yuzasidan kelib tushgan ariza va shikoyatlarni oʻrganadilar. Jismoniy shaхs murojaatda F.I.O. va yashash joyi, yuridik shaхs esa toʻliq nomi va joylashgan yerini (pochta manzili) koʻrsatadi. Bunday ma’lumotlar koʻrsatilmagan yoхud ular haqida yolgʻon ma’lumotlar koʻrsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoхud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat anonim murojaat hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi. Murojaatda elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari, koʻchmas mulk joylashgan yer koʻrsatilishi, unga nizo ob’yekti bilan bogʻliq ma’lumotlar va hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Komissiya murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida uni koʻrib chiqishi lozim. U manfaatdor shaхsning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha komissiya koʻpchilik ovoz bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: Qabul qilingan qaror asosida 3 nusхada хulosa rasmiylashtiriladi, ulardan biri arizachiga yetkaziladi. Koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquq yuzasidan yangi holatlar aniqlanganda nizoni qayta koʻrib chiqishga ruхsat etiladi. Chiqarilgan qarordan norozi boʻlgan shaхs хulosani olgan kundan boshlab 10 kun davomida Yergeodezkadastrdavqoʻm raisi tomonidan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega. Apellyatsiyani koʻrib chiqish (10 kun ichida) natijalari boʻyicha komissiya хulosani bekor qilish yoki uni oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.04.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
99
2,412
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
145
379
Qonunchilik
2019 ― 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalarini hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali aholining, xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash, daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish, tumanning me’moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan 2019 ― 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ma’qullansin. 2. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirish; yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish; aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan, ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta’mirlash, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va ularni qayta ishlash darajasini oshirish ishlarini jadal rivojlantirish; tumanning me’moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish. 3. Quyidagilar: 2019 ― 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq; 2019 ― 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq; 2019 ― 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini yaxshilash va elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suv hamda aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dasturi 3-ilovaga muvofiq; 2019 ― 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy obyektlar qurish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshiriladigan ishlar dasturi 4-ilovaga muvofiq; 2020 ― 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini yaxshilash borasida amalga oshiriladigan ishlar dasturi 5-ilovaga muvofiq; 2019 ― 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash dasturi 6-ilovaga muvofiq; 2019 ― 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida ko‘p qavatli uy-joylar hududlarini obodonlashtirish dasturi 7-ilovaga muvofiq; 2019 ― 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida ajratiladigan kredit mablag‘lari hisobiga tashkil etiladigan tadbirkorlik yo‘nalishlari va yaratiladigan ish o‘rinlari manzilli ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin; barcha parametrlar bo‘yicha monitoring olib borilishini tashkil etsin va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor amaliy choralar ko‘rsin; zarurat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, Dasturga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 5. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan, chet el valyutasidagi kreditlar ajratish tavsiya etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi mazkur qarorning ilovalariga muvofiq markazlashtirilgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni: joriy yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni 2019-yil uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilishini; 2020 ― 2022-yillar davomida Dasturga kiritilgan loyihalarni har bir yil uchun asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirib va yangilab borgan holda, kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda inobatga olinishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar Sho‘rchi tumani, “Navro‘z” MFY, Mustaqillik ko‘chasi 45-uy manzilida joylashgan tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining sobiq binosi o‘rnida aholining ish bilan bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, shaxsiy biznes rejalarini yuzaga chiqarish istagida bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida zamonaviy bino va inshoot va jihozlarga ega bo‘lgan kovorking-markazi hamda mehnat guzarini tashkil etish choralarini ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda aholini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga o‘rnatilgan tartib va muddatlarda o‘z vaqtida ulanishini hamda ularga mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, talab etiladigan tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 9. Surxondaryo viloyati hokimligi: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda manzilli ro‘yxat parametrlarining so‘zsiz bajarilishini hamda bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasin; har chorak yakuni bo‘yicha Dasturdagi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari yig‘ilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilishini ta’minlasin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
135
7,889
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalari hamda Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i o‘n kun muddatda Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining funksional vazifalari hamda Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 21-apreldagi 245-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining (keyingi o‘rinlarda ― Maslahatchi) funksional vazifalarini belgilaydi. 2. Maslahatchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi. 3. Maslahatchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda ― Vazirlar Mahkamasi) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Maslahatchining faoliyati sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalarini hal etishga yo‘naltirilgan. 5. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining a’zosi hisoblanadi. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi. 6. Maslahatchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 7. Maslahatchi Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga (keyingi o‘rinlarda ― Departament) bevosita rahbarlik qiladi, shu’ba mudirlari va mutaxassislari ishini tashkil etadi. 8. Maslahatchi ushbu Nizomga muvofiq unga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahaliy ijro etuvchi xokimiyat organlari va respublikaning boshqa tashkilotlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi. 9. Maslahatchining mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. 10. Quyidagilar Maslahatchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda o‘rganish, sanoatdagi va kooperatsiya aloqalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish; 2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi vazifalari, shuningdek, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolga sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalda bajarilishini ta’minlash; Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish; biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yo‘li bilan Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish; respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga Davlat dasturi amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallar tayyorlanishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha Hukumatning, Departamentga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish; “Xalq bilan muloqot” amaliyotini va joylarda shaxsiy uchrashuvlarni takomillashtirish, Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini ta’minlash; Maslahatchining vakolatlariga tegishli bo‘lgan yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash; sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish konsepsiyalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini tashkil etish; Departamentga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlash; Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilishini ta’minlash, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash; Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga kelayotgan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni pasaytirish; sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash; Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish bo‘yicha masalalar tayyorlanishi va ko‘rib chiqilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; ijro intizomi darajasi oshirilishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash; Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash. 11. Quyidagilar Maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi: Departamentga biriktirilgan soha va tarmoqlarda: yangi “o‘sish nuqta”larini aniqlash va shu asosda qo‘shimcha resurs va zaxiralarni ishga solish hamda mavjudlarini o‘zlashtirish, iqtisodiyot va aholining energiya manbalari va xomashyo resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini yetarlicha ta’minlashga mo‘ljallangan rivojlantirishning strategiya va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash; yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, ularning har tomonlama baholanishi va ekspertiza qilinishini tashkil etish; belgilangan loyihalarni amalga oshirishning maqbul shartlarini topish maqsadida xorijiy investorlar bilan muzokaralar tashkil etish va ularda qatnashish hamda ular bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash; shuningdek: a) yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati va geologiya sohasida: yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati va geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini ta’minlash; respublikaning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va kengaytirish, yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoatini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati, shuningdek, geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalarni, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tahlil qilish; elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish; elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallar asosiy turlarining yiriklashtirilgan moddiy balanslarini ishlab chiqish to‘g‘risida” 2019-yil 7-yanvardagi F-5422-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan neft, gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, qimmatbaho va rangli metallar, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va iste’mol qilishning moddiy balanslari bajarilishini va iste’molchilarni mahsulotlarning ko‘rsatib o‘tilgan turlari bilan ta’minlashni tahlil qilish hamda mutasaddi vazirliklar va idoralarning asoslangan taklif va murojaatlari asosida iste’molchilarning neft, gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, qimmatbaho va rangli metallar, mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan amaldagi ehtiyojlarini ta’minlash yuzasidan tegishli moddiy balanslar ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritish; mineral-xomashyo, jumladan, neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish orqali geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish; mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida ularning tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan turlari eksportini kengaytirish maqsadida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilish; uglevodorod xomashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xomashyo konlarini ochishni ta’minlashga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkil etish; geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni hamda neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash; yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son hamda “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qarorlariga muvofiq yer qa’ridan foydalanishni tahlil qilish; yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati sohasida boshqaruvning korporativ usullari joriy etilishi holatini, shu jumladan, davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqarishga berilishini, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qaroriga muvofiq tahlil qilish; ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tannarxini pasaytirishni nazarda tutib yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sohasida zamonaviy energiya jihatidan samarali texnologiyalar va uskunalar joriy etilishini tahlil qilish; yoqilg‘i-energetika, kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida islohotlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2019-yil 1-fevraldagi PF-5646-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga muvofiq amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil etish; yoqilg‘i-energetika, metallurgiya sanoati, shuningdek, geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish; b) mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoati, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida: mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoati, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishni va texnologik jihatdan qayta jihozlashni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini ta’minlash; qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlash masalalari bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash; qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoati tizimini takomillashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish; xususiylashtirish jarayonlariga, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoati tashkilotlarining ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarni xorijiy va mahalliy xususiy investorlarga sotish yo‘li bilan potensial investorlarni jalb etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va baholash; mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoati tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va zargarlik sanoatida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3028-son, “2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-noyabrdagi PQ-3388-son, “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son, “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 4-yanvardagi PQ-4090-son qarorlariga muvofiq islohotlar amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil etish; texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini tashkil etish, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish; sanoatning bazaviy tarmoqlari korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash tizimlari ishlashi va rivojlanishini tizimli o‘rganish va kompleks tahlil qilishni tashkil etish, ushbu sohada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, xalqaro standartlarni qo‘llash asosida, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish asosida texnik reglamentlarni ishlab chiqish, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish; v) mudofaa sanoatini rivojlantirish sohasida: “O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi va “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; asosan energiya samaradorligi yuqori va energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirishni tashkil etish; ishlab chiqarish salohiyatidan yanada to‘liq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan bog‘liq boshqa tarmoqlarning korxonalararo, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini ta’minlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish; mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish; harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida mavjud bo‘lgan va yangi, shu jumladan, qo‘shma, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilg‘or texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha ekspert baholashlarni chuqur o‘rganish va amalga oshirish; mudofaa sanoatiga xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan o‘tkazish, bunda xorijiy kapital ishtirokini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish; mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil qilish; marketing tadqiqotlari o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish; g) davlat moddiy zaxiralari sohasida: davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga tayyorlik holatini tizimli o‘rganish hamda tahlil qilish; davlat moddiy zaxiralarini jamlash, yangilash va ishlab chiqarish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlari bajarilishini doimiy nazorat qilish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish; davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tizimi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha davlat moddiy zaxiralariga bo‘lgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli o‘rganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; davlat moddiy zaxiralarining chiqarilgan tovarlar va mahsulotlarning sifati va miqdori bo‘yicha saqlanishini va o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash ishlari holati monitoringini va tahlilini ta’minlash; d) iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish sohasida: respublika import hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida hamda hududdagi mavjud resurslarni hisobga olgan holda hududda mahalliylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarning ro‘yxati shakllantirishini va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; sanoatning bazaviy tarmoqlari hamda hududlarda mavjud xomashyo bazasi va ishlab chiqarish salohiyatini inobatga olgan holda, aniq va maqsadli ko‘rsatkichlar asosida mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq va qisqa muddatli tasdiqlangan dasturlar o‘z vaqtida va samarali amalda bajarilishini ta’minlash; mamlakatda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarish borasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; mahalliy xomashyo resurslari negizida import o‘rnini bosadigan va ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari, dori-darmon vositalari, ishlab chiqarish-texnik ahamiyatli mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar bilan to‘ldirishni ta’minlaydigan korxonalar barpo etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qarori bilan tashkil etilgan Mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha komissiyaning faoliyatini muvofiqlashtirish; respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi va samaradorligini baholash natijalariga ko‘ra vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va hududlar mas’ullarini rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish taklifini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kiritib borish; e) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: biriktirilgan tashkilotlarning rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilishni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi muammoli masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun takliflar tayyorlanishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlarida bo‘lishi natijalari bo‘yicha Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijro etilishini tahlil qilish; vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa mas’ul tashkilotlar rahbarlarining Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risidagi batafsil axboroti, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini va ular Vazirlar Mahkamasi majlislariga muhokama qilish uchun kiritilishini ta’minlash; aniq faktlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyning o‘ziga chiqib jamoatchilik fikrini o‘rganish. 12. Maslahatchi yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etadi; Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejali masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi; yaqin, o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha konsepsiyalar, davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari” loyihalari tayyorlanishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi; Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari faoliyatiga aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimli baho beradi; Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi; Maslahatchi va Departamentning ish yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning ijrosini nazorat qiladi; Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ushbu tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari bo‘yicha Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtiradi; o‘zining yuritishiga kiradigan masalalar bo‘yicha Departamentga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi; Maslahatchi yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida hamda Departament yuritadigan sohalarga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ishtirok etadi; Vazirlar Mahkamasiga kelgan, ular bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari talab etilmaydigan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; Hukumat a’zolari bo‘lgan va Departamentga biriktirilgan vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi; biriktirilgan xo‘jalik boshqaruvi organlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan ma’qullanishi uchun belgilangan tartibda kiritadi; Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini ushbu lavozimlarga nomzodlarni tasdiqlash (tayinlash)ning belgilangan tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda tanlaydi va shakllantiradi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari ekspertizadan o‘tkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Departament mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi; Departament mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rag‘batlantirish va intizomiy jazolash choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi; Departamentda kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda tashkil etadi; Departament boshlig‘ining o‘rinbosari-shu’ba mudiri, shu’ba mudirlari va mutaxassislari o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini tasdiqlaydi, shuningdek, Departamentning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritadi, Departament boshlig‘ining o‘rinbosari-shu’ba mudiri, shu’ba mudirlari va mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini tashkil etadi; chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi; Maslahatchining yuritishiga kiradigan masalalar bo‘yicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi. Maslahatchi vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini Departament boshlig‘ining o‘rinbosari ― shu’ba mudiri ijro etadi. 13. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha komissiyaga rahbarlik qiladi. 14. Maslahatchi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari bo‘yicha esa ― boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Maslahatchi tomonidan yuritiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish; Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish; “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarish huquqiga ega. Maslahatchining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni puxta ishlash bo‘yicha talablari va topshiriqlari ularda belgilangan muddatlarda ijro etilishi kerak. Maslahatchi tomonidan yuritiladigan masalalar bo‘yicha uning vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda ijro etilishi shart. 15. Maslahatchi: uning vakolatiga kiritilgan tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha takliflar puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishi; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi; qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita Maslahatchining oldiga qo‘yilgan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi; Maslahatchi rahbarlik qiladigan ishlarning holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Maslahatchi yuritishiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash; shuningdek, Maslahatchi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha oliy darajadagi xorijiy tashriflar, respublika hududlariga safarlar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi; biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringini olib borish; joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda o‘rganish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks takliflarni ishlab chiqish; Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda eksport prognozi bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga va Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari respublikaning davlat manfaatlari, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liqlikda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun shaxsan javob beradi. 16. Maslahatchining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Departamentning ish rejasi asosida tashkil etiladi. Departamentning ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi. 17. Maslahatchining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish orqali, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi. 1. Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi o‘rinlarda ― Departament) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Departament faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda ― Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy ta’minlashga yo‘naltirilgan. 3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda ― Maslahatchi) rahbarligida amalga oshiradi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi. 5. Departament o‘z faoliyatini sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda sanoat xavfsizligi masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish; 2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi vazifalari va o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalda bajarilishini ta’minlash; Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda o‘rganish, sanoat tarmoqlarida va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish; Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi masalalariga mutasaddi mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yo‘li bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturi amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallarni keyinchalik Maslahatchiga taqdim etish uchun tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha Hukumatning, Departamentga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish; “Xalq bilan muloqot” amaliyotini va joylarda shaxsiy uchrashuvlarni takomillashtirish, Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; Departamentning vakolatlariga tegishli bo‘lgan yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tayyorlash; sanoat tarmoqlarini va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish konsepsiyalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda puxta ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish uchun tayyorlash; Departamentga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda olib borish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlash; Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash; respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish; sanoat tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va davlatning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishi tartibi va darajasini aniq tartibga solish orqali boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish; Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni pasaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalarni Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish uchun tayyorlash; Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish bo‘yicha masalalarni Maslahatchining ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; ijro intizomi darajasini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash; Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. 7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati va geologiya sohasida: yoqilg‘i-energetika sanoatini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish yuzasidan: yoqilg‘i-energetika sanoatini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tayyorlash; yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga hamda ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yo‘naltirilgan barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish; yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillar davrida “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3372-son, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son hamda “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qarorlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni va neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash; geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va uglevodorod xomashyo qazib olish hajmlarini ko‘paytirish hamda uglevodorodlar xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturlari, respublikaning istiqbolli mintaqalarida ularni qazib olish ishlari rejalari amalga oshirilishini tahlil qilish, konlarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish hisobiga o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar amalga oshirilishini tahlil qilish, shuningdek, ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash; yuqori qo‘shilgan qiymatli, jahon va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror bo‘lgan raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida uglevodorod xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar amalga oshirilishini ko‘rib chiqish va tahlil qilish, ushbu maqsadlarda xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda uglevodorod xomashyo qazib olishni ko‘paytirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 9-martdagi PQ-2822-son qarori doirasida ular amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlash; uglevodorod xomashyo va yoqilg‘i-energetika resurslari ishlab chiqarish va iste’mol qilishning muhim balanslari bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish; yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, generatsiyalovchi quvvatlar va energiya tarmog‘i obyektlarini, shu jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar, texnologiyalarni almashtirish, atom energiyasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida foydalanish bo‘yicha sinovdan o‘tgan texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yuzasidan takliflarni puxta ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son Farmoniga muvofiq atom energetikasini rivojlantirishning, shu jumladan, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; atom fanini va yadro texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalari amalga oshirilishini, ilg‘or texnologiyalar ishlab chiqarishga joriy etilishini tahlil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni talablaridan kelib chiqib daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalari va radiatsiya avariya vaziyatlarining oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda respublika obyektlarining radiatsiya va yadro xavfsizligi tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va tayyorlash; Xalqaro atom energiyasi agentligi, Atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati, Qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha xalqaro agentlik va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik hamda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha takliflar tayyorlash; atom energetikasi va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasiga xorijiy investitsiyalar hamda ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlik bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularni tahlil qilish; tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini joriy etish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; ijtimoiy soha obyektlarini va respublika aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida past voltli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish; elektr va gaz tarmoqlarini, elektr va gaz taqsimlash uskunalarini, hisobga olish priborlarini modernizatsiyalash, yangilash, kapital va joriy ta’mirlash tadbirlari bajarilishi natijadorligini, shuningdek, respublika iste’molchilariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmlarini tahlil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-son qaroriga muvofiq energetika balansi tarkibida gidroenergetika ulushini ko‘paytirish maqsadida respublika gidroenergetika salohiyatini kompleks o‘zlashtirish asosida gidroenergetikani rivojlantirish dasturlari, shuningdek, yirik, o‘rta, kichik va mikro-gidroelektrstansiyalarni loyihalashtirish va qurish sohasida ilg‘or ilmiy-texnik yechimlar asosida yangi gidroelektrstansiyalarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tahlil qilish; yoqilg‘i-energetika kompleksida, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda, jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish; importning o‘rnini bosishni hamda ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan to‘ldirishni ta’minlaydigan mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalarini amalga oshirish; yoqilg‘i-energetika tarmog‘i, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ekspluatatsiya kiluvchi tashkilotlarni vertikal boshqarish tezkorligini va ularning ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qog‘ozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish bo‘yicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish; korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va neft-gaz, elektroenergetika tarmoqlarida yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; kimyo va neft-kimyo sanoati yuzasidan: kimyo va neft-kimyo sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va axborot berish uchun tayyorlash; kimyo tarmog‘ining, birinchi navbatda, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarini tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish; jahon bozorlarida va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida kimyo tarmog‘ining tayyor eksportbop mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirishni tahlil qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish; manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish; yagona texnik siyosatni olib borish, kimyo va neft-kimyo ishlab chiqarishlarini, jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalarni almashtirish orqali modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash; yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan samarali zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari tannarxi pasaytirilishini tahlil qilish; kimyo va neft-kimyo sanoatid
250
63,724
Qonunchilik
DAVLAT TEST MARKAZI TARKIBIDA KADRLAR TAYYoRLASh SIFATINI NAZORAT QILISh, PEDAGOG KADRLAR VA TA’LIM MUASSASALARI ATTESTATSIYASI BOShQARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, kadrlar bilimi va ular tayyorgarligi sifatini nazorat qilish hamda xolisona baholash tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) tashkil etilsin. 2. Boshqarma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o‘tkazish hamda nazorat qilish bosh boshqarmasi va Xalq ta’limi vazirligining Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha respublika inspeksiyasiga ajratilgan mablag‘ va shtatlar soni doirasida tashkil etilsin. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi ikki hafta muddatda mazkur tugatiladigan bo‘linmalarini moddiy-texnika resurslarini Davlat test markazi balansiga o‘tkazsinlar. 4. Davlat test markazi; bir oy muddatda uzluksiz ta’lim tizimi pedagog, professor o‘qituvchilari va rahbar kadrlarini hamda ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish nizomlarini, shuningdek, ta’lim muassasalari davlat attestatsiyasi jadvalini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin; Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddat, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining yakuniy attestatsiyasini test sinovlari asosida amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 1998-1999 o‘quv yili davomida akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimi darajasini baholashning takomillashtirilgan reyting tizimi, hamda ular tayyorgarligining bosqichli va yakuniy nazoratiga test usuli qo‘llanilishi vositalarini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin. 5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat test markazi yangidan tashkil etilayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga o‘qituvchi-pedagoglar attestatsiya natijalari asosida ishga qabul qilinishini ta’minlasinlar. 7. Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Davlat test markazining budjet xarajatlari miqdoriga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 8. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Boshqarmani tegishli bino bilan ta’minlash masalasini hal qilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 10-fevraldagi 64-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
167
2,806
Qonunchilik
Mehmonхona хizmatlari: bron qilishdan rasmiylashtirishgacha
Respublikamiz hududida mehmonхona хizmati koʻrsatish qoidalari: bron qilish, tashrif buyuruvchilarni rasmiylashtirish, nikoh munosabatlaridan qat’i nazar joy berish, bepul хizmatlar doirasi va boshqalarni belgilovchi namunaviy nizom qabul qilindi (20.05.2019 yilda 3160-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Hujjatda joylashtirish vositalari: mehmonхonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, хostellar, oilaviy mehmon uylari, oʻtov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va vaqtincha yashash хizmatlarini koʻrsatadigan boshqa ob’yektlar, sh.j. tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida mehmonхona хizmatlarini koʻrsatish tartibi belgilangan. Mehmonхona хizmatlarining hajmi va sifatiga doir talablar, qonun hujjatlarida boshqa talablar nazarda tutilmagan boʻlsa, bajaruvchi (mehmonхona хizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik sub’yekti) va tashrif buyuruvchi (buyurtmachi)ning kelishuviga binoan belgilanadi. Nomer (joy) narхi bajaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi. Bu – muhim! Nizomda belgilanishicha, mehmonхona хizmatlari yashash joyi (propiska), fuqarolik, jismoniy shaхslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek shaхsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat’i nazar koʻrsatilishi lozim. Tashrif buyuruvchining kelish vaqtidan boshlab uning ketishigacha boʻlgan muddatda u band qilgan nomerga (joyga) turar joy daхlsizligi toʻgʻrisidagi qoidalar tatbiq etiladi.  Joylashtirish vositasi mijozni tanishtirishi shart boʻlgan ma’lumotlarning aniq roʻyхati belgilandi. Ular: Barcha ma’lumotlar tanishish uchun qulay boʻlgan joyda, masalan, qabul qilish, roʻyхatdan oʻtkazish joyida (resepshen), rasmiy veb-saytida (agar mavjud boʻlsa) va h.k. joylashtiriladi. Bundan tashqari, joylashtirish vositalari хizmatlardan foydalanishga doir oʻz ichki qoidalarini ishlab chiqishlari va ularni har bir nomerda joylashtirishlari shart. Nomerlarni bron qilish Har qanday qulay shaklda, masalan, telefon orqali bron qilish mumkin. Kafolatlangan va kafolatlanmagan bron qilish turlari qoʻllaniladi. Kafolatlangan bron qilishda nomer tashrif buyuruvchi kelishigacha ushlab turiladi. Tashrif buyuruvchi belgilangan muddatdan kechikkan yoki kelmagan, bunda bronni oʻz vaqtida bekor qilmagan hollarda undan nomerning boʻsh turganligi uchun bir sutkadan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlov undiriladi. Bir sutkadan koʻp vaqtga kech qolganda bron bekor qilinadi. Kafolatlanmagan bron qilishda nomer ma’lum bir soatga bron qilinadi. Belgilangan muddatda mijoz kelmaganda bron bekor qilinadi. Bajaruvchining ichki qoidalarida bron qilishning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Tashrif buyuruvchilarni rasmiylashtirish Mehmonхona хizmatlari mehmon tomonidan pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat koʻrsatilganidan soʻng taqdim etiladi. Roʻyхatdan oʻtkazish yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maхsus elektron dasturi orqali amalga oshiriladi. Mijozning talabiga koʻra joylashtirish vositasi u bilan elektron yoki yozma shaklda shartnoma tuzishi lozim, unda bajaruvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, taqdim etilayotgan nomer toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, uning narхi, boʻlish muddati va h.k. qayd etiladi. Tashrif buyuruvchilarga kecha-kunduz хizmat koʻrsatilishi ta’minlanadi. Tashrif buyuruvchilar uchun bepul хizmatlar Mehmonхona хizmatlari haqi har sutkada toʻlanishi yoхud soatbay toʻlov belgilanishi mumkin. Quyidagi хizmatlar bepul koʻrsatilishi lozim: Mehmonхona nimalar uchun javobgar boʻladi Joylashtirish vositasi tashrif buyuruvchining saqlash uchun topshirilgan buyumlarining butligi uchun Fuqarolik kodeksining 899-moddasiga muvofiq javobgar boʻladi. Bunda buyumlarning saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, bajaruvchi tuzilgan shartnoma talablari va shartlariga javob bermaydigan хizmatlarni taqdim etish natijasida tashrif buyuruvchining hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashi shart. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
59
4,088
Qonunchilik
Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin: 1) 1591-moddaning nomidagi va matnidagi “ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga” degan so‘zlar “davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 1971-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Advokat so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot (hujjatlar) taqdim etishda ifodalangan tarzda advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilish yoki uning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid bo‘lgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazish — eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 3) 283-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ushbu Kodeksning 1971-moddasida nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilingan taqdirda, advokat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 480-moddaning birinchi qismi “va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) 488-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin; 3) 574-moddaning uchinchi qismidagi “notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak” degan so‘zlar “davlat soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 603-moddaning ikkinchi qismidagi “notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak” degan so‘zlar “davlat soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 6261-moddaning: ikkinchi qismi chiqarib tashlansin; uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi. Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas: muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs; qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs; o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati tugatilgan shaxs. Notarius yordamchi va stajorga ega bo‘lishi mumkin. Notariuslarga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi”; 2) 21-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Notarius yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi”; 3) 5 va 6-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Notarius o‘z faoliyatida mustaqil va betaraf bo‘lib, uni amalga oshirishda notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qiladi. Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar to‘g‘risida o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning o‘zigagina berilishi mumkin. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida bo‘lgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan beriladi. Notariuslar tomonidan shuningdek: maxsus vakolatli davlat organiga — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar); davlat soliq xizmati organiga — ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalar; ichki ishlar organiga — avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga o‘tkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar; yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga — boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami to‘g‘risidagi va oluvchi haqidagi ma’lumotlar; kredit byurosiga uning so‘roviga ko‘ra — bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar); rieltorlik tashkilotiga uning so‘roviga ko‘ra — bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar); manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin — vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar beriladi. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi maqsadida uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi. Ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi mumkin”; 4) 15-modda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Notariuslar o‘z kasbiy malakasini davriy oshirishi yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi. Notariuslar almashtirish (rotatsiya qilish) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish va almashtirish (rotatsiya qilish) tartibi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”; to‘rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin; 5) 16-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jismoniy yoki yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqli, bundan ushbu Qonunning 37, 51, 52, 59, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno”; 6) 17-modda quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “yuridik shaxslarning rahbar organlari yig‘ilishlarida ularning taklifiga ko‘ra ishtirok etish”; 7) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Notarius: jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi; taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi; yuridik jihatdan bexabarlikdan jismoniy va yuridik shaxslarning zarariga foydalanilmasligi uchun ularni amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ogohlantirishi; qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi; notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilishi; uch yilda kamida bir marta o‘z kasbiy malakasini oshirishi; sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida bo‘lgan ishlar bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirganlik to‘g‘risida ularning talabiga binoan ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi; ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi; avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga o‘tkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni ichki ishlar organiga taqdim etishi; boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami to‘g‘risidagi va oluvchi haqidagi ma’lumotlarni yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga taqdim etishi; bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi; bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) rieltorlik tashkilotining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi; vasiyat qiluvchining vafotidan keyin manfaatdor shaxslarga vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishi; amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart”; 8) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undiriladi. Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o‘rnini qoplaydi. Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq undiriladi. Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lashdan ozod etiladi”; 9) quyidagi mazmundagi 41-bob bilan to‘ldirilsin: Notarial faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini ta’minlaydi. Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning ro‘yxatini belgilaydi. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin. Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Agar huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash to‘g‘risidagi elektron murojaat ko‘rib chiqilmaydi. Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”; 10) 23-moddaning birinchi qismi: 4-bandi chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin: “121) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi”; 15-bandidagi “arizalarini” degan so‘z “arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 11) 26-moddaning: nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar”; birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “vasiyatnomalari va ishonchnomalari” degan so‘zlar “vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismidagi “Vasiyatnomalar va ishonchnomalarni” degan so‘zlar “Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 12) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar o‘zlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishonchnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart. Agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘lmasa yoki ularning yashash joyi noma’lum bo‘lsa, vasiyatnoma yoxud ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaxsi tasdiqlagan bo‘lsa, o‘sha tashkilot joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi. Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib ko‘rishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga ma’lum qilishi shart. Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni o‘zgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shart”; 13) 28-modda birinchi qismining 1-bandidagi “ushbu Qonun 44-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan va O‘zbekiston Respublikasida joylashgan mol-mulkni” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasida joylashgan ko‘chmas mol-mulkni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 14) 29-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Notarial harakatni amalga oshirish chog‘ida notariuslar tomonidan audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin”; 15) 31-moddaning to‘rtinchi qismi “notarial harakatni amalga oshirish” degan so‘zlardan keyin “bir marotaba” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 16) 32-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”; 17) 34-moddaning: birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar taraflar tomonidan barmoq izlarini olish yo‘li bilan tasdiqlanishi mumkin”; ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi”; 18) 35-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz bo‘lsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli”; 19) 37-moddadagi “shuningdek mazkur notarial idoraning xodimlari nomiga va ularning nomidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 20) 40-moddaning ikkinchi qismidagi “ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar “ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 21) 44-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin; 22) 62-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin; 23) 63-modda: quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi”; uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin; 24) 65-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi. Ko‘chirma olinayotgan hujjatda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta alohida masalaga oid qarorlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ko‘chirmaning to‘g‘riligi shahodatlanishi mumkin. Ko‘chirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining to‘la matnini aks ettirishi kerak. Notarius hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi. Agar bir qismi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasini ifodalagan bir necha varaqdan iborat hujjat aslining ko‘chirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan ko‘chirma to‘g‘riligi shahodatlanayotgan bo‘lsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qo‘yiladi”; 25) 67-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qo‘yilganligini tasdiqlaydi. Bitimni ifodalovchi hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashga yo‘l qo‘yilmaydi”; 26) quyidagi mazmundagi 701-modda bilan to‘ldirilsin: Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yig‘ilishini chaqiruvchi organning yoki shaxsning iltimosiga ko‘ra ushbu yig‘ilish o‘tkazilishi chog‘ida hozir bo‘ladi va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash to‘g‘risida hamda ushbu qarorni qabul qilish chog‘ida hozir bo‘lgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi. Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yig‘ilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonun hujjatlariga va yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi”; 27) 12-bobning nomidagi “arizalarini” degan so‘zlar “arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 28) 73-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) o‘zga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qo‘ydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini notarial harakatni amalga oshirishni so‘ragan shaxs qoplaydi. Shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi”; 29) 91-moddaning: birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan” degan so‘zlar “rasmiylashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismi “rasmiylashtirilmagan” degan so‘zdan keyin “yoki apostil qo‘yilmagan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi 349-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 3-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Advokat quyidagilardan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas: ilmiy va pedagogik faoliyat; O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat; patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat; shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat; hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat”; 2) 31-modda: ikkinchi qismidagi “olti” degan so‘z “uch” degan so‘z bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lgan shaxs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli”; uchinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin; to‘rtinchi qismidagi “bir yildan” degan so‘zlar “olti oydan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 4-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi mazmundagi oltinchi — o‘ninchi qismlar bilan almashtirilsin: “Advokatlik firmasining yoki advokatlar hay’atining joylashgan yeri yashash uchun mo‘ljallanmagan joyda bo‘lishi kerak. Advokatlik byurolarini ta’sis etgan advokatlar o‘z faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda o‘zlariga tegishli bo‘lgan turar joylarda amalga oshirishi mumkin, bunda advokatga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish talab qilinmaydi. Advokatlik tuzilmalari fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun ulardan tushadigan pul mablag‘lari (daromadlar) hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan ta’minot oladi. Advokatlar advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin. Advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda chet davlatlarda ushbu davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq o‘zining alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini) tashkil etishga haqli. Bunda advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati alohida bo‘linmani ochish to‘g‘risidagi qarori haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni oldindan xabardor qiladi”; 4) 5-moddaning birinchi qismi: to‘rtinchi xatboshisi “fuqarolik” degan so‘zdan keyin “iqtisodiy va ma’muriy” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi”; quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi”; 5) 6-modda birinchi qismining: uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni o‘tkazish va ishni sudda ko‘rib chiqish chog‘ida yoki ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish yoki jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim bo‘lgan dalillarni to‘plash va taqdim etish”; to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan maxfiylik ta’minlanadigan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida) uchrashuvlarning soni, davomiyligi cheklanmagan holda hamda ishni yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz xoli uchrashish”; 6) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan to‘ldirilsin: Advokat davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mazkur organlar hamda tashkilotlarning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan advokat tomonidan malakali yuridik yordam ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni (bundan buyon matnda axborot (hujjatlar) deb yuritiladi) taqdim etish masalalari yuzasidan advokat so‘rovini (bundan buyon matnda advokat so‘rovi deb yuritiladi) yuborishga haqli. Axborot (hujjatlar), shuningdek ularning ko‘chirma nusxalari advokat so‘rovi olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay taqdim etiladi. Agar davlat organi yoki boshqa organ, shuningdek korxona, muassasa, tashkilot so‘ralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega bo‘lmasa, ular o‘zlariga murojaat etgan advokatga so‘rov olingan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda xabar qilishi shart. Advokat tomonidan ish bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi boshlanganligi to‘g‘risida dalolat beradigan hujjat taqdim etilgan taqdirda, so‘rovda ko‘rsatilgan axborot (hujjatlar) uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak. Advokat so‘rovida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: so‘rov yuborilayotgan davlat organi yoki boshqa organning, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotning nomi va pochta manzili; advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi; advokat o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami; advokat so‘rovini qayd etish daftaridagi advokat so‘rovining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqami va sanasi; advokat kimning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilayotgan bo‘lsa, o‘sha jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi; yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan axborot (hujjatlar); so‘ralayotgan axborotni (hujjatlarni) berish usuli (pochta jo‘natmasi, faksimil aloqa, elektron pochta, bevosita topshirish); advokatning imzosi. Advokat so‘roviga orderning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi. Agar advokatlik so‘rovini olgan subyekt so‘ralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega bo‘lmasa yoki ma’lumotlarda davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir mavjud bo‘lsa, shuningdek advokat so‘rovida ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan axborot (hujjatlar) ko‘rsatilmagan bo‘lsa, so‘ralayotgan axborotni (hujjatlarni) advokatga taqdim etish rad etilishi mumkin. Advokat so‘rovi advokatlik siriga rioya etilgan holda axborot tizimi orqali elektron shaklda ham berilishi mumkin. Advokat so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot (hujjatlar) taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi”; 7) 10-modda: birinchi qismi “u yoki bu tarzda” degan so‘zlardan keyin “bevosita yoki bilvosita” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish to‘g‘risidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini yozma shaklda xabardor qiladi”; 8) 123-modda: uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Advokatlar palatasining raisi bo‘lishi mumkin emas”; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Advokatlar palatasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etishga va ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishga haqlidir”; to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin; 9) 13-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Malaka komissiyalari hamkasblari orasida hurmatga sazovor bo‘lgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qo‘shma qarorlari bilan tuziladi. Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan apellatsiyalarni ko‘rib chiqish, malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi hamkasblari orasida hurmatga sazovor bo‘lgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi”; 10) 131-moddaning: birinchi qismi: birinchi xatboshisidagi “advokatga guvohnoma bergan adliya organining” degan so‘zlar “malaka komissiyalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “ta’lim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga o‘qishga kirganda — o‘qish davriga, biroq ko‘pi bilan uch yilga; homiladorlik va tug‘ish, uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilish bo‘yicha ta’tillar berilganda — ta’til vaqtiga; advokat yoki uning yaqin qarindoshi og‘ir kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli tibbiy xulosa taqdim etilganda — sog‘ayguncha, biroq ko‘pi bilan bir yilga”; uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Advokatda advokatlik faoliyati bilan bir oydan ortiq muddatga shug‘ullanishdan ozod qilinishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lganda, advokatning maqomi uning arizasiga binoan bunday ozod qilinish muddatiga to‘xtatib turilishi mumkin”; ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin; beshinchi qismidagi “uchinchi va to‘rtinchi” degan so‘zlar “uchinchi — beshinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 11) 14-modda: ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Intizomiy ish yuritish malaka komissiyalarining yoki Oliy malaka komissiyasining qarori bilan qo‘zg‘atiladi”; to‘rtinchi qismi: uchinchi xatboshisidagi “birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilariga” degan so‘zlar “ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshisidagi “birinchi qismining to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilariga” degan so‘zlar “ikkinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Advokatga nisbatan intizomiy jazo nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari bo‘yicha esa, advokat tomonidan nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yil o‘tganidan keyin qo‘llanilishi mumkin emas”; 12) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining yoki Advokatlar palatasining murojaatiga ko‘ra ma’muriy sudning qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda; advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol mustasno. Litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib bo‘lmaydigan xususiyatga ega bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etishi shart. Adliya organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish advokat maqomining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi”; 13) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib bo‘lganidan so‘ng; agar litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida talabgor litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan bo‘lsa; ushbu Qonun 31-moddasining yettinchi qismida va 131-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda; advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; advokat O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda; advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish ma’muriy sud tomonidan Oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga ko‘ra quyidagi hollarda amalga oshiriladi: advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarmaganda; litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda; litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorning g‘ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda; litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda; advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ma’muriy sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi. Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab bo‘ladi. Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokatning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi tugatilishiga sabab bo‘ladi. Ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxs uch yil mobaynida talabgor bo‘lishga haqli emas”. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 27-moddaning birinchi qismidagi va 28-moddaning matnidagi “mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga” degan so‘zlar “mulkdorlarga” degan so‘z bilan almashtirilsin; 2) 32-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila a’zolarining va kvartirani yoki uyni xususiylashtirish uchun rozilik bergan shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi. Xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining voyaga yetmagan oila a’zolari manfaatlarini ularning ota-onasi, ular bo‘lmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organlari ifodalaydi”; 3) 86-moddaning: uchinchi qismi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandi, 2-moddasi, 3-moddasining 2 — 29-bandlari, 5-moddasining 2 va 3-bandlari 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
194
44,054
Qonunchilik
Radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq, radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyat monitoringining avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanishning manbalari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va harbiylashgan tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik qilish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanoat xavfsiziligi davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda 2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan yagona davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir kompleks dastur loyihasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili joylarda O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi kuchlari va vositalarining o‘zaro hamkorlik masalalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va mavzuga oid maxsus-taktik o‘quv mashqlarini o‘tkazib borsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimining hududiy va funksional quyi tizimlari to‘g‘risidagi nizomni uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda Yagona davlat tizimi deb ataladi) maqsadi va asosiy vazifalari, tarkibi va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Yagona davlat tizimi o‘zida aholini va atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish vakolatiga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kuchlari va vositalarini birlashtirgan tashkiliy-texnik tizimni ifoda etadi. 3. Yagona davlat tizimi O‘zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimining ajralmas qismi hisoblanadi hamda O‘zbekistan Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi tizimi bilan hamkorlik qiladi. 4. Yagona davlat tizimi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlariga amal qiladi. 5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: radiatsiyaviy avariya — uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning xatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko‘proq nurlanish olishiga yoki atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi; vakolatli tashkilotlar — aholini va atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish vakolatiga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar; radiatsiyaviy xavfli obyekt — radioaktiv moddalar saqlanadigan, qayta ishlanadigan, foydalaniladigan yoki transportda tashiladigan obyekt bo‘lib, unda halokat yuz berganda yoki vayron bo‘lganda odamlar, hayvonlar va o‘simliklar radiatsiyadan ommaviy zararlanishi hamda atrof-muhit radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi mumkin. radiatsiyaviy vaziyat monitoringi — atrof-muhit obyektlarining radionuklidlar bilan ifloslanish holatini uskunalar yordamida diskret yoki uzluksiz ravishda nazorat qilish, undagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, shuningdek, radiatsiyaviy ta’sirning aholi va atrof-muhitga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini baholash, prognoz qilish va ularning oldini olish. 6. Yagona davlat tizimining maqsadi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish, radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish va ularning oldini olish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish hamda bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va o‘z vaqtida amalga oshirish orqali aholining hayotini va salomatligini hamda atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalar tufayli yuzaga kelgan radiatsiyaviy ta’sirdan himoya qilishdan iborat. 7. Quyidagilar Yagona davlat tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi: radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash; radiatsiyaviy avariyalarni, shuningdek, ularga olib keladigan tashqi va ichki tahdidlarni prognoz qilish, ularning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish chora-tadbirlarini rejalashtirish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash; radiatsiyaviy vaziyatni monitoringini tashkil etish va amalga oshirish; Yagona davlat tizimining normativ-huquqiy bazasini yaratish va takomillashtish; radiatsiyaviy xavfsizlik masalalari va radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 8. Yagona davlat tizimi vakolatli tashkilotlarning atom energiyasidan foydalanish obyektlarida, radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, ularga yaqin hududlarda va umuman respublika hududida radiatsiyaviy vaziyatning doimiy monitoringini olib borish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatning barqarorligiga tahdid soluvchi manbalar va jarayonlarni barvaqt aniqlash, ularni baholash va tahlil qilish asosida (zarur hollarda) ushbu manba va jarayonlarni tezkor ravishda bartaraf etishga qaratilgan kuch va vositalarini birlashtiradi. Yagona davlat tizimining tashkiliy tuzilmasi mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan. 9. Yagona davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlardan hamda O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan yagona davlat tizimidan iborat. Hududiy quyi tizimlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, vakolatiga radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, ularning oldini olish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish kiradigan vakolatli tashkilotlarning hududiy tuzilmalari kuch va vositalarini birlashtiradi. Funksional quyi tizimlar mazkur Nizomning 16 — 25-bandlarida qayd etilgan vakolatli tashkilotlarda, shuningdek, ularning hududiy tuzilmalarida ularga yuklangan funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan kuch va vositalarining shayligini ta’minlash maqsadida tuziladi. 10. Yagona davlat tizimi uchta — respublika, mahalliy va obyekt — darajasiga ega bo‘lib, ularning har biri: rahbarlik qiluvchi organ; kundalik boshqaruv organi; radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, oldini olish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish kuch va vositalari; moddiy va moliyaviy resurslar zahirlaridan iborat bo‘ladi. 11. Rahbarlik qiluvchi organlar — vakolatiga aholi va hududlarni radiatsiyaviy tusdagi xavflardan himoya qilish masalalarini hal etish kiradigan organlar. Ular: respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari; obyekt darajasida — atom energiyasidan foydalanish obyekti yoki radiatsiyaviy xavfli obyekt rahbariyatidir (ma’muriyatidir). 12. Kundalik boshqaruv organlari — vakolatiga radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish kuch va vositalariga bevosita rahbarlikni amalga oshirish kiradigan vakolatli tashkilotlar hamda ularning hududiy bo‘linmalari: respublika darajasida — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV), Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (SXDQ), Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“O‘zatom” agentligi), Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet”), Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Davlat ekologiya qo‘mitasi), Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi (Davlat geologiya qo‘mitasi), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Davlat veterinariya qo‘mitasi); mahalliy darajada — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zgidromet”ning hududiy bo‘linmalari; obyekt darajasida — atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bo‘limlari (mutaxassislari). 13. Vakolatli tashkilotlarning radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish, shuningdek, aholi hayoti va salomatligi hamda atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalar ta’siridan himoya qilish tadbirlarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari Yagona davlat tizimining kuch va vositalari hisoblanadi. Ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalar idoraviy va obyektlar bo‘linmalari hamda tuzilmalariga bo‘linadi: vakolatli tashkilotlarning radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish, shuningdek, aholi hayoti va salomatligi hamda atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalar ta’siridan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari idoraviy bo‘linmalar va tuzilmalarga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zgidromet” va Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutining bo‘linmalari hamda tuzilmalari idoraviy ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalarning asosini tashkil etadi; obyektlar ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda tashkil etiladigan avariya-texnik komandalar (guruhlar), radiatsiyaviy razvedka, maxsus ishlov berish guruhlaridan va boshqa tuzilmalardan iborat bo‘ladi. Radiatsiyaviy avariyalar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda o‘z vaqtida va samarali harakat qilish, ularning oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish maqsadida mahalliy va obyekt darajalarida radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishning tashqi va ichki rejalari ishlab chiqiladi. Har bir darajadagi radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilish rejalarining o‘z vaqtida ishlab chiqilishi uchun tegishli darajadagi rahbar organlari mas’uldir. Tasarrufida atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlar bo‘lgan tashkilotlar ularda radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilish ichki rejasining ishlab chiqilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, shuningdek, ularning hududiy tuzilmalari radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishning tashqi va ichki rejalari ishlab chiqilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi. 14. Radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qo‘shilmalari, qismlari va muassasalari jalb etilishi mumkin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Yagona davlat tizimi tashkil etilishi, faoliyat ko‘rsatishi hamda faoliyati takomillashtirilishiga umumiy rahbarlik qiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vakolatli tashkilotlar va ularning hududiy bo‘linmalarining radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish hamda bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha faoliyatini maxsus organ — Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik bo‘yicha komissiya orqali muvofiqlashtiradi va ularning samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etadi; Yagona davlat tizimining kuch va vositalarini moliyaviy va resurslar bilan ta’minlaydi. 16. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi: radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi; radiatsiyaviy avariyalarni hamda ularni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirilishini ta’minlashda ishtirok etadi; Yagona davlat tizimining normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish va takomillashtirishni tashkil etadi; atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda radiatsiyaviy, yadroviy va sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi; radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik, radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni tashkil etadi va amalga oshiradi. 17. Favqulodda vaziyatlar vazirligi: Yagona davlat tizimining kundalik boshqaruv organlari, kuch va vositalari faoliyatini muvofiqlashtiradi; vakolatli tashkilotlarni radiatsiyaviy avariyalar xavfi tug‘ilganligi yoki sodir bo‘lganligi haqida o‘rnatilgan tartibda xabardor qiladi, shuningdek, ushbu holatlarga birinchi bo‘lib munosabat bildirish tashabbusi bilan chiqadi; radiatsiyaviy avariya kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi; aholining barcha qatlamlarini radiatsiyaviy avariyalar sharoitlarida harakat qilishga o‘rgatishni tashkil etadi va nazorat qiladi; idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini aniqlash, birlamchi identifikatsiyadan o‘tkazish, zararsizlantirish hamda radiatsiyaviy avariya o‘chog‘i chegaralarini belgilash, shuningdek, shaxsiy tarkib (xodimlar) va joyga maxsus ishlov berish bo‘yicha harakat qilishga doimiy tayyor turishini ta’minlaydi; radiatsiyaviy avariyalar holatlari uchun zaxiraga qo‘yiladigan moddiy-texnik resurslarning miqdori va tarkibi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi; avariya holatida harakat qilish tashqi rejalarining ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi; vakolatli tashkilotlar boshqaruv organlari, kuch va vositalarining radiatsiyaviy avariyalar kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakat qilishga tayyorligini nazorat qiladi; radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning oldini olish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi. 18. “O‘zatom” agentligi: idoraviy mansub tashkilotlarga tegishli bo‘lgan energetik atom reaktorlari, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni saqlash punktlari, shuningdek, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punktlarini rivojlantirish va xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi; idoraviy mansub atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning obyekt darajasidagi o‘lchov vositalari va tarmoqlari samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil etadi va ta’minlaydi; idoraviy mansub atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda avariya holatida harakat qilish ichki rejasining ishlab chiqilishiga rahbarlik va nazorat qiladi; idoraviy mansub obyektlarda kuch va vositalarni radiatsiyaviy avariya holatlarida harakat qilishga tayyorlash tashkil etilishini, shuningdek, ularning oldini olish bo‘yicha tadbirlar bajarilishi yuzasidan idoraviy nazoratni ta’minlaydi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish, shu jumladan, avariya holatiga tayyorlik va harakat qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etadi; radiatsiyaviy avariyaning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi; idoraviy mansub obyektlardagi yadroviy materiallar, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i, faoliyat yuritish jarayonida hosil bo‘lgan radioaktiv chiqindilarning hisob-kitobini, shuningdek, yadroviy materiallar va texnologiyalar, radioaktiv materiallar tarqalmasligini ta’minlaydi; radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilishni ta’minlash sohasida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 19. Sog‘liqni saqlash vazirligi: bevosita radiatsiyaviy xavfli obyektlarda hamda ularga yaqin hududlardagi radiatsiyaviy fon ko‘rsatkichlarining o‘lchovlarini muntazam ravishda amalga oshiradi; oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, suvning (ochiq va yopiq manbalarda) radionuklidlar bilan ifloslanish holatini nazorat qiladi; radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub bo‘linmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil qiladi va ta’minlaydi; Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini dozimetrik o‘lchash va birlamchi identifikatsiyalash orqali radiatsiyaviy zararlangan zonaning chegaralarini aniqlaydi; ionlashtiruvchi nurlanish manbalari (keyingi o‘rinlarda INM deb ataladi), radiatsiyaviy xavfli materiallarni (ularni uzoq muddatli saqlashga topshirgunga qadar) vaqtincha saqlash tartibini belgilaydi; radiatsiyaviy avariyalarda birinchi bo‘lib harakat qiluvchi tuzilmalar xodimlarini himoya qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishni tashkil etadi; radiatsiyaviy avariyaning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish ishlariga jalb qilinadigan xodimlar (shaxsiy tarkib) uchun radiatsiyaviy xavfsizlik rejimini belgilaydi; idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning radioaktiv ifloslanish zonalari chegaralarini aniqlash, joyning radiometriyasini o‘tkazish hamda INMni birlamchi identifikatsiyalash bo‘yicha ishlarni bajarishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi; yakka tartibdagi va jamoaviy dozimetrik nazoratni, shuningdek, radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarishga jalb etilgan xodimlarning (shaxsiy tarkibning) tibbiy himoya qilinishini tashkil etadi va amalga oshiradi; radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirgan hamda yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdorlardan ortiqcha nurlangan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda, shuningdek, ularga imtiyozlar berilishi va ularni tibbiy-psixologik reabilitatsiya qilishda ishtirok etadi; radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; vakolatli tashkilotlar xodimlarini radiatsiyaviy avariyalar yuz bergan sharoitlarda harakat qilishga o‘qitadi; radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash va radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi. 20. Davlat bojxona qo‘mitasi: radioaktiv materiallarni respublika hududiga olib kirish, hududidan olib chiqish va hududi orqali tranzit qilish bo‘yicha radiatsiyaviy nazoratni amalga oshiradi; Yagona davlat tizimining kundalik boshqaruv organlarini tarkibida belgilangan normalardan ortiq radionuklidlar bo‘lgan materiallarni respublika hududiga ruxsatsiz olib kirish/olib chiqishga urinish holatlari aniqlanganligi haqida xabardor qiladi hamda ularning olib kirilishi/ olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, ularni jo‘natuvchiga qaytarish tartibotlarini belgilangan tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatadi; aniqlangan ruxsatsiz INMlarni dastlabki radiometriyasini va identifikatsiyasini o‘tkazadi; aniqlangan ruxsatsiz INMlarni birlamchi identifikatsiyadan o‘tkazish va olib chiqish ishlari yakunlanguniga qadar ularning saqlanishini ta’minlaydi; idoraviy mansub obyektlarda aniqlangan ruxsatsiz INMlarni identifikatsiyadan o‘tkazish va zararsizlantirish tadbirlariga har tomonlama ko‘maklashadi; xorijiy davlatlarning radiatsiyaviy va yadroviy materiallarni noqonuniy aylanmasini hamda u bilan bog‘liq turli radiatsiyaviy avariyalar va insidentlarning oldini olish sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi. 21. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi: o‘simlikchilik va chorvachilik mahsulotlari, ozuqa, o‘tloqlar va yaylovlar tuprog‘i va o‘simliklari radionuklidlar bilan ifloslanishi holatini nazorat qiladi; radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub bo‘linmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil qiladi va ta’minlaydi; radiatsiyaviy fon belgilangan normalardan ortiqcha ekanligi aniqlangan taqdirda, qishloq xo‘jaligi yerlari, ekinzorlari va mahsulotlari, nazorat ostidagi obyektlar radionuklidlar bilan ifloslanishining oldini olish hamda radionuklidlar bilan ifloslanish darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi; idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalarning nazorat ostidagi obyektlarda radiatsiyaviy avariyalarni barvaqt aniqlashga va ular sodir bo‘lganda harakat qilishga doimiy tayyorligini ta’minlaydi; nazorat ostidagi obyektlar va hududlarning radioaktiv ifloslanish bilan kechadigan radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kegayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etishga oid normativ-huquqiy hamda uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini, ozuqalarni, qishloq ho‘jaligi ekinzorlari va dalalarni radionuklidlar bilan ruxsat etilgan normalardan oshiq miqdorda ifloslanishining oldini olish, barvaqt aniqlash va bartaraf etish sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi. 22. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi: nazorat ostidagi obyektlar tomonidan atrof-muhitni radionuklidlar bilan ifloslanishining oldini olish va kamaytirish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi; atrof-muhitning antropogen manbalardan radionuklidlar bilan ifloslanishi hamda ushbu manbalar ta’siriga tushadigan obyektlar holati bo‘yicha monitoringni tashkil etadi va amalga oshiradi; atrof-muhitning radiatsiyaviy ifloslanishi holati haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining davlat axborot-tahlil markazini tashkil etish hamda uning faoliyatini yuritish orqali Yagona davlat tizimining rahbar organlari va kundalik boshqaruv organlarini ushbu ma’lumotlar bilan ta’minlaydi; radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub bo‘linmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil qiladi va ta’minlaydi; atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning atrof-muhitga ta’sirini mustaqil baholaydi; idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalar o‘choqlaridan olingan suv, havo, o‘simliklar va tuproq namunalarini radionuklidlar mavjudligi bo‘yicha tahlil qilish ishlarini amalga oshirishga doimiy tayyorligini ta’minlaydi; radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; ionlashtiruvchi nurlanishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olish borasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi. 23. Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi: aholi punktlarida o‘tkaziladigan radioekologik monitoringda, shuningdek, ishlatib bo‘lingan uran konlari hududlaridagi suv va tuproqlarda tabiiy radionuklidlar taqsimlanishining monitoringida ishtirok etadi; radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtirib, davlat axborot-tahlil markaziga taqdim etadi; radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub bo‘linmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil qiladi va ta’minlaydi; umumiy foydalanishda bo‘lgan joylar va hududlarda radioaktiv moddalar bilan ifloslangan o‘choqlarni aniqlash va bartaraf etishda ishtirok etadi; radiatsiyaviy avariyalar va ruxsatsiz INM o‘chog‘i aniqlanganda, vakolatli tashkilotlarni tezkor ravishda xabardor qiladi; aholi punktlarida va ishlatib bo‘lingan uran konlari, shuningdek, chiqindixonalar va balansdan tashqari rudalar hududlarida radioekologik monitoringni amalga oshirish borasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi. 24. Gidrometeorologiya xizmati markazi: atrof-muhit obyektlarining radionuklidlar bilan ifloslanishini monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub bo‘linmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil qiladi va ta’minlaydi; respublika hududidagi tabiiy gamma-fon monitoringini amalga oshiradi hamda uning natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni davlat axborot-tahlil markaziga taqdim etadi; idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalarni tashkil etadi hamda ularning radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga qo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etishga doimiy tayyorligini ta’minlaydi; joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bog‘liq jarayonlarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va bartaraf etishga oid normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; atmosfera havosi, tuproq va suv radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi holatlarini prognoz qilish va barvaqt aniqlash sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi. 25. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi: idoraviy mansub atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning obyekt darajasidagi o‘lchov vositalari va tarmoqlari samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil etadi va ta’minlaydi; Yagona davlat tizimining radiatsiyaviy avariya oqibatida yuzaga keladigan radiatsiyaviy vaziyatni prognoz qilish hamda radiatsiyaviy avariya oqibatlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish qarorlarini qabul qilish bo‘yicha faoliyatini ilmiy va ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi; radioaktiv va yadroviy materiallarning turi, tarkibi va faolligini yakuniy identifikatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi; INMlarni vaqtincha va uzoq muddatga saqlash ishlarini amalga oshiradi; idoraviy mansub yadroviy tadqiqot reaktorlari, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy va radiatsiyaviy materiallarni saqlash punktlari faoliyatining xavfsizligini ta’minlaydi; radiatsiyaviy avariyalar sodir bo‘lishi tahdidlarini prognoz qilish va barvaqt aniqlashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi; portal monitoring tizimi talab darajasida faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlash uchun ilmiy va texnik jihatdan ko‘maklashadi; radiatsiyaviy avariyalarda birinchi bo‘lib harakat qiluvchi tuzilmalar shaxsiy tarkibini himoya qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda qatnashadi; idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga qo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etishga doimiy tayyorligini ta’minlaydi; radiatsiyaviy avariyalarning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirishda o‘z xodimlarning yakka tartibdagi va jamoaviy dozimetrik nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi; radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; xorijiy davlatlarning radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik sohasida vakolatli tashkilotlarini ilmiy va ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlashga oid ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi. 26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari: mahalliy darajadagi Yagona davlat tizimiga radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik bo‘yicha o‘z huzurida tashkil etiladigan hududiy komissiyalar orqali rahbarlik qiladi; idoraviy mansub hududlarda barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi; barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlar samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; vakolatli tashkilotlar hududiy bo‘linmalarining faoliyatini va o‘zaro hamkorligini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiradi; idoraviy mansub hududda tashkil etilgan va (yoki) joylashtirilgan obyektlar ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalarining kuch va vositalarini tayyorlashni hamda ularni doimiy tayyor holatda saqlashni nazorat qiladi; aholining barcha qatlamlarini radiatsiyaviy avariyalar sharoitlarida harakat qilishga o‘qitishni tashkil qiladi; idoraviy mansub hududdagi radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan moddiy va moliyaviy resurslar zaxirasini tashkil etadi, ularning o‘z vaqtida to‘ldirilishi va yangilanishini ta’minlaydi. 27. Yagona davlat tizimi respublika hududida, shuningdek, joylarda yuzaga keladigan radiatsiyaviy vaziyatga qarab, quyidagi uch rejimdan birida faoliyat yuritadi: 1) kundalik rejim barqaror radiatsiyaviy vaziyatda, ya’ni aholining radioaktiv nurlanish va hududlarning radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanish xavfi yuzaga kelishi mavjud bo‘lmaganda belgilanadi. Ushbu rejimda: Yagona davlat tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalarining belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorgarligini oshirish; radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimini texnik rivojlantirish va takomillashtirish; moddiy-texnik va moliyaviy resurslar zaxiralarini to‘ldirish va yangilash; atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning barqaror faoliyat yuritishini oshirish, shuningdek, radiatsiyaviy jihatdan nomaqbul hududlarda ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish; Yagona davlat tizimining barcha elementlari faoliyatini normativ-huquqiy va tashkiliy ta’minlash tadbirlari amalga oshiriladi; 2) yuqori tayyorgarlik rejimi hududlarni radionuklidlar ifloslantirish bilan birga kechadigan va aholining belgilangan normalardan ortiqcha radioaktiv nurlanishiga olib keluvchi turli xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi bo‘lgan taqdirda belgilanadi. Ushbu rejimda atom energiyasidan foydalanish obyektlari hamda radiatsiyaviy xavfli obyektlar va hududlarda radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishning tashqi va ichki rejalari kuchga kiritiladi. Ularga muvofiq: rahbarlik qiluvchi organlar va kundalik boshqaruv organlarining doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchiligi tashkil etiladi; potensial xavfli obyektlar va hududlarda radiatsiyaviy vaziyat yuzasidan monitoring olib borish kuchaytiriladi, ularda radiatsiyaviy fonni o‘lchash soni ko‘paytiriladi; ixtisoslashtirilgan tuzilmalar va bo‘linmalar harakatlanishga tayyor holatga keltiriladi, moddiy va moliyaviy resurslar zaxiralari belgilangan maqsadlarda foydalanishga tayyorlanadi; radiatsiyaviy avariyalarning kelib chiqish extimoli yuqori bo‘lgan yoki ular yuzaga kelgan hududlarga radiatsiyaviy vaziyat bo‘yicha nazoratni kuchaytirish maqsadida mobil radiatsiyaviy nazorat guruhlari yuboriladi; yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan radiatsiyaviy avariyaning ko‘lami va oqibatlari prognozi asosida avariya holatida harakat qilish rejasiga aholini va hududlarni muhofaza qilish usullari hamda uslublariga, shuningdek, ularni ta’minlash tadbirlari bo‘yicha zarur o‘zgartirishlar va aniqliklar kiritiladi; 3) favqulodda vaziyat rejimi ruxsat etilgan me’yorlardan ortiqcha miqdorda hududlarning radionuklidlar bilan ifloslanishiga va aholining radioaktiv nurlanishiga olib kelgan radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda belgilanadi. Ushbu rejim undan oldingi yuqori tayyorgarlik rejimini chetlab o‘tgan holda joriy etilishi mumkin. Favqulodda vaziyat rejimida avariya holatida harakat qilishning tashqi va ichki rejalari kuchga kiritiladi. Ularga muvofiq: rahbarlik qiluvchi organlar va kundalik boshqaruv organlarining doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchiligi tashkil etiladi; vaziyatni baholash va qaror qabul qilish uchun radiatsiyaviy ifloslanish o‘choqlariga birinchi bo‘lib harakat qiluvchi guruhlar yuboriladi; moddiy resurslar zaxiralari kundalik ehtiyojga o‘tkazilib, maqsadli ravishda foydalanishga to‘liq shay holatga keltiriladi; radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishni kuchaytirish maqsadida yuzaga kelgan radiatsiyaviy ifloslanish o‘choqlari va ularga tutash bo‘lgan hududlarga mobil radiatsiyaviy nazorat guruhlari yuboriladi; yuzaga kelgan radiatsiyaviy avariyaning ko‘lamlari va oqibatlaridan kelib chiqqan xolda, uning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek, uning zararli ta’siridan aholini muhofaza qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tashkil etiladi va amalga oshiriladi; rahbarlik qiluvchi organlar va kundalik boshqaruv organlarini radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘ining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish tadbirlarining amalga oshirilishi haqida muntazam ravishda xabardor qilish tashkil etiladi. 28. Favqulodda vaziyatlar vazirligi radiatsiyaviy avariyalar xavfi yuzaga kelganda va sodir bo‘lganda avariya holatida harakat qilishning tashqi rejalari bo‘yicha harakat qilishni rejalashtirish va muvofiqlashtirish borasida tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi. 29. Radiatsiyaviy vaziyat monitoringi Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringining tarkibiy qismi bo‘lib, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni prognoz qilish va oldini olishga, shuningdek, aholiga va hududlarga salbiy radiatsiyaviy ta’sirlarning oldini olish va kamaytirishga qaratilgan zarur choralarni ko‘rish uchun vakolatli tashkilotlarga tegishli tezkor ma’lumotlarni muntazam ravishda yetkazib berishga qodir bo‘lgan axborot-o‘lchov nazorat tizimi hisoblanadi. Davlat ekologiya qo‘mitasi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi. 30. Quyidagilar radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining maqsadlari hisoblanadi: davlat hokimiyati organlari, vakolatli tashkilotlar va aholini radiatsiyaviy vaziyatning haqiqiy va kutilayotgan holati, uning yomonlashuvi, ko‘lamlari va oqibatlari haqidagi ishonchli axborot bilan tezkor ta’minlash; Yagona davlat tizimini radiatsiyaviy vaziyat monitoringiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash, aholini va atrof-muhitning radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqish. 31. Quyidagilar radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining vazifalari hisoblanadi: radionuklidlarning atrof-muhitga tarqatuvchi texnogen manbalarini hamda atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlardagi radiatsiyaviy vaziyat parametrlarini nazorat qilish; atrof-muhit obyektlarining radiatsiyaviy ifloslanish parametrlarini o‘lchash; radiatsiyaviy vaziyatning keskinlashuvini aniqlash va ularning xususiyati va ko‘lamini belgilash; radiatsiyaviy vaziyat parametrlarini o‘lchash bo‘yicha vaziyat yomonlashuvi holatini tezkor aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, birlamchi qayta ishlash va berish; zamonaviy uslub va aks ettirish vositalaridan foydalangan holda, respublikada yoki uning ayrim hududlaridagi radiatsiyaviy vaziyatni xolis tahlil qilish va prognoz ma’lumotlarini tezkor taqdim etish; radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga qo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun vakolatli tashkilotlar va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga tavsiyalar ishlab chiqish; tizim ichida hamda hamkorlik qiluvchi davlat va xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashinuvini ta’minlash. 32. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi uch darajaga — obyekt darajasi, mahalliy daraja va respublika darajasiga ega. Obyekt darajasi atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, ushbu obyektlarning sanitariya- muhofaza zonalarida radiatsiyaviy vaziyat parametrlarini, shuningdek, atrof-muhit obyektlarini fonli o‘lchashni amalga oshiruvchi obyektlarga tegishli o‘lchov vositalari va tarmoqlarini axborot-tahlil markazlari bilan birgalikda birlashtiradi. Ushbu darajada tegishli atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarga taalluqli ma’lumotlar qayta ishlanib tahlil qilinadi va Yagona davlat tizimining obyekt darajasidagi rahbar organlari uchun qarorlar qabul qilish bo‘yicha prognozlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mahalliy daraja Yagona davlat tizimining radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risida ixtisoslashtirilgan axborotni to‘plab, tahlil qilib umumlashtiradigan vakolatli hududiy organlariga idoraviy tegishli bo‘lgan o‘lchov vositalari va tarmoqlarini birlashtiradi. Ushbu darajada tegishli hududga taalluqli ixtisoslashtirilgan axborot qayta ishlanib tahlil qilinadi, shuningdek, Yagona davlat tizimining mahalliy darajadagi rahbar organlari uchun qarorlar qabul qilish bo‘yicha prognozlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Respublika darajasi Yagona davlat tizimi kundalik boshqaruvining radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risida ixtisoslashtirilgan axborotni to‘plab, tahlil qilib umumlashtiradigan va Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) taqdim etadigan radiatsiyaviy vaziyat monitoringi sohasidagi vakolatli organlariga idoraviy tegishli bo‘lgan o‘lchov vositalari va tarmoqlarini birlashtiradi. 33. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi mazkur Nizomga 2-ilova muvofiq sxema asosida ishlaydi. 34. Radiatsiyaviy vaziyat monitoringi, shuningdek, uning natijalari to‘g‘risidagi axborot Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarori bilan belgilangan tartibda beriladi va umumlashtiriladi. 35. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishni amalga oshirishda vakolatli tashkilotlar: respublika hududida radiatsiyaviy vaziyatni muntazam ravishda kuzatib boradi va nazorat o‘lchovlari o‘tkazilishini ta’minlaydi; radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi, saqlaydi, qayta ishlaydi va Markazga taqdim etadi; radiatsiyaviy vaziyatning tabiiy va (yoki) antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishlarini aniqlash maqsadida radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi axborotni tahlil qiladi; respublikaning tegishli hududlarida radiatsiyaviy vaziyatning o‘zgarishlarini prognoz qiladi va baholaydi; davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga, boshqa tashkilotlarga, tadbirkorlik subyektlariga va aholiga radiatsiyaviy vaziyat hamda uning prognoz qilinayotgan va amaldagi o‘zgarishlariga oid ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi; Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy, texnogen va ekologik hususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1027-son qarori talablariga muvofiq Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimining rahbar organlariga favqulodda vaziyatning sodir bo‘lishi yoki tahdidi mavjudligidan dalolat beruvchi radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi monitoring va prognoz ma’lumotlarni zudlik bilan taqdim etilishini ta’minlaydi; atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organga atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlardan foydalanish oqibatida radiatsiyaviy vaziyat va uning o‘zgarishidan dalolat beruvchi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi; sanitar-epidemiologik nazoratni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan organlarga respublika hududidagi radiatsiyaviy vaziyat haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish yoki bunday ma’lumotlar bilan almashishni nazarda tutuvchi majburiyatlarini bajaradi. 36. Radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi ma’luomtlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va almashish tartibiga bo‘lgan talablar Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan “O‘zatom” agentligi hamda boshqa vakolatli tashkilotlar va davlat organlari bilan kelishilgan xolda belgilanadi. Davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga, boshqa davlat organlari va vakolatli tashkilotlarga radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron hujjat aylanishning yagona himoyalangan tizimi orqali bepul taqdim etiladi. Radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risida monitoring tizimidagi mavjud ma’lumotlar boshqa tashkilotlarga, tadbirkorlik subyektlariga va fuqarolarga Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda, shu jumladan ularni qo‘mitaning Internet tarmog‘idagi rasmiy saytiga joylashtirish orqali taqdim etiladi. 37. Yagona davlat tizimi tegishli rejimlarda faoliyat ko‘rsatganda, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi quyidagilarni ta’minlashi lozim: kundalik faoliyat rejimida: atom energiyasidan foydalanish obyektlarida va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, shuningdek, ularga tutash hududlardagi radiatsiyaviy vaziyat monitoringini olib borish; atrof tabiiy muhit obyektlarining radioaktiv ifloslanish darajasini nazorat qilish; Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan “O‘zatom” agentligi bilan kelishilgan holda qo‘yilgan talablarga muvofiq davriyligi oldindan belgilangan radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish; yuqori tayyorgarlik rejimida: atom energiyasidan foydalanish obyektlarida va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, shuningdek, ularga tutash hududlardagi radiatsiyaviy vaziyat monitoringini kuchaytirilgan tartibda olib borish; Yagona davlat tizimining rahbar organlari va kundalik boshqaruv organlarini yuqori tayyorgarlik rejimiga o‘tilganligi to‘g‘risida tezkor xabardor qilish; radiyatsiyaviy avariya yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilish, avariyaning kechishi mumkin bo‘lgan jarayonini va ko‘lamini modellashtirish; vakolatli tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuch va vositalarini radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishga tayyorlash; radiatsiyaviy vaziyatning keskinlashuv sabablarini aniqlash hamda uni barqarorlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; favqulodda vaziyat rejimida: avariya sodir bo‘lgan hududga jalb qilingan barcha quyi tizimlarning barqaror faoliyat yuritishi va o‘zaro xamkorlik qilishi; avariyaviy obyektlarda va ularning atrofidagi hududlarda radiatsiyaviy vaziyat bo‘yicha uzluksiz monitoringni amalga oshirish; avariya sodir bo‘lgan hududda yuzaga kelgan radiatsiyaviy vaziyat va uning o‘zgarib borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yoki avariyaviy reglament asosida to‘plash; avariyaning rivojlanishiga qarab, radiatsiyaviy vaziyatning o‘zgarishlarini prognoz qilish; aholining salomatligiga va tabiiy muhitga radiatsiyaviy avariya oqibatlarining ta’sirini tezkor ravishda baholash; ma’lumotlarni aks ettirishning zamovaniy usullari va vositalaridan foydalangan holda, radiatsiyaviy vaziyat o‘zgarishlarining tahlili va prognozi natijalarini tezkor taqdim etish; radiatsiyaviy avariya oqibatlarini bartaraf etish va ularning aholiga va tabiiy muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha qarorlar berish. 38. Radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish tabdirlarini ta’minlash uchun moddiy va moliyaviy resurslar zaxiralari mahalliy xususiyatlar inobatga olingan holda, zarur darajada yetarlilik prinsipi bo‘yicha mahalliy hamda obyekt darajasida belgilangan tartibda tashkil etiladi. 39. Mahalliy va obyekt darajalaridagi moddiy resurslar zaxiralarining turlari hamda hajmlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda — obyektlar ma’muriyati) tomonidan hududiy favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining tavsiyalari asosida belgilanadi. 40. Moddiy va moliyaviy resurslar zaxiralarining hisobini yuritish, ularni saqlash va yangilash, shuningdek, hisobdan chiqarish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuklanadi. 41. Radiatsiyaviy avariyalar xavflari va oqibatlarining oldini olish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish tadbirlari atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarni ishlatadigan tashkilotlarning, tegishli vazirliklar va idoralar, sug‘urta jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 42. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy avariya, avariyali radiatsiyaviy vaziyat xavflarini yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun resurslar yetishmagan hollarda, ular belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan ajratilishi mumkin. 1. Mazkur Tartib sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aniqlanganda o‘tkaziladigan tadbirlarning ketma-ketligini va ularni amalga oshiruvchilarni, shuningdek, aholi va atrof-muhitning radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlash sohasida vakolatli tashkilotlar hamda harbiylashgan tuzilmalarning funksiyalarini belgilaydi. 2. Mazkur Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanish manbai — faol harakatlar natijasida topilgan yoki aniqlangan va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari (keyingi o‘rinlarda INM deb ataladi) milliy reyestriga kiritilmagan radioaktiv modda yoki yadroviy material; harakat qilish bo‘linmalari — joyning radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘i hosil bo‘lishining oldini olish va (yoki) aniqlash (radiatsiyaviy razvedka), uning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik (belgilash va cheklash)va bartaraf etish (INMni zararsizlantirish, dezaktivatsiya) ishlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va jihozlangan bo‘linmalar va tuzilmalar; radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanmasi subyektlari — radioaktiv moddalar va chiqindilar aylanmasi sohasida ularni qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni tashish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining bojxona postlari orqali ko‘chirish, radioaktiv moddalar hamda radioaktiv chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan tartibda utilizatsiya qilish, zararsizlantirish va ko‘mish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar. 3. Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar (keyingi o‘rinlarda radioaktiv materiallar deb ataladi) aylanmasi subyektlarida radioaktiv materiallarning yo‘qolishi, shuningdek, topilgan yoki hisobga olinmagan radioaktiv materiallar aniqlangan holatlarda, ular bir soat ichida yuqori turuvchi tashkilotlarni (mavjud bo‘lsa), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy organlarini xabardor qiladi. Topilgan va hisobga olinmagan radioaktiv materiallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarori bilan belgilangan tartibda hisobga qo‘yiladi. Radioaktiv materiallar aylanmasi subyektlarining javobgarligi doirasidan tashqari sanksiyalanmagan INMlar topilgan yoki aniqlangan hollarda, o‘zaro xabardor qilish ushbu Tartibga ilovaga muvofiq INM topilganda nazorat qiluvchi organlar va harbiylashgan tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik qilish sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. 4. Sanksiyalanmagan INM aniqlangan taqdirda, o‘tkaziladigan ishlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida hodisa ro‘y bergan joyda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va (yoki) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining harakat qilish bo‘linmalarining kuch va vositalari tegishli hududda radiatsiyaviy razvedkani amalga oshiradi. Radiatsiyaviy razvedka yakunlari bo‘yicha joyning radiatsiyaviy ifloslanish zonasi (o‘chog‘i) aniqlanadi va belgilanadi. Hududiy (idoraviy) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘limi mutaxassislari tomonidan radiatsiyaviy rejim belgilangandan keyin harakat qilish bo‘linmalariga radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘ining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish ishlariga ruxsat beriladi. Sanksiyalanmangan INM aniqlangan joyda o‘tkaziladigan barcha tadbirlar ishlar rahbarining (qaror qabul qiluvchi shaxs) vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzimalarning yetib kelgan ekspertlari (mutaxassislari) taqdim etgan takliflar asosida qabul kilingan qaroriga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Sanksiyalanmagan INM aniqlangan joyda ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qaror hududiy (idoraviy) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘limi ekspertining (mutaxassisining) taklifisiz qabul kilinishi mumkin emas. 5. Radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘ida ishlash uchun harakat qilish bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi nafas olish organlari va terini himoyalash, shuningdek, alohida va guruhli radiometrik nazorat vositalari (dozimetrlar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Radiatsiyaviy avariyalar sodir bo‘lgan holatlarda harakat qilish bo‘linmalarining shaxsiy tarkibiga avariya o‘chog‘ida ishlashdan avval spetsifik antidot-yodli profilaktika qo‘llanadi. Radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘idan chiqishda barcha xodimlar va shaxsiy tarkib yakuniy maxsus va sanitariya ishlovidan o‘tishi kerak. 6. Sanksiyalanmagan INM aniqlanganligi to‘g‘risida axborot olingach, vakolatli tashkilotlar va tegishli harbiylashgan tuzimalar o‘zlariga yuklangan funksiyalarga muvofiq tadbirlarni bajarishga kirishadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan maxsus organ (komissiya) yoki tayinlanadigan vakolatli shaxs orqali sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash va zararsizlantirish bo‘yicha tadbirlarga jalb etiladigan vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalar, boshqa vazirliklar va idoralarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qo‘shilmalari, qismlari va muassasalarini jalb etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqadi va zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun kiritadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi: sanksiyalanmagan INM aniqlanganligi haqida vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalarni xabardor qiladi; voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishni ta’minlaydi; radiatsiyaviy razvedkani tashkil etadi va o‘tkazadi; radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘ining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni tayyorlash va qabul qilishda ishtirok etadi; sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish ishlarini tashkil etadi va amalga oshirishda ishtirok etadi; yuqori va o‘zaro hamkorlik qiluvchi boshqaruv organlarini sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish ishlari natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi: sanksiyalanmagan INM aniqlangan (topilgan) joyga yetib borishini ta’minlaydi; radiatsiyaviy razvedkani tashkil etish va materialni birlamchi identifikatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi; vaziyatni (xavfni) baholaydi va radiatsiyaviy xavfsizlik rejimini belgilaydi; radiatsiyaviy avariya o‘chog‘ining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun takliflar ishlab chiqilishi va taqdim etilishini ta’minlaydi; sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish va ko‘mish ishlarini tashkil etishda ishtirok etadi; radiatsiyaviy avariya o‘chog‘ining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish ishlariga jalb etiladigan xodimlar va shaxsiy tarkibning yakka tartibda dozimetrik nazoratdan o‘tishini tashkil etadi va amalga oshiradi; radiatsiyaviy avariya o‘chog‘ida dezaktivatsiya ishlarining, shuningdek, shaxsiy tarkibni va texnikani maxsus ishlov berish punktlarida maxsus ishlovdan o‘tkazish ishlarining sifati nazorat qilinishini ta’minlaydi; aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash natijalarini hujjatlashtiradi (ekspert xuslosasini tayyorlaydi), shuningdek, yuqori turuvchi va o‘zaro hamkorik qiluvchi boshqaruv organlarini xabardor qiladi; Ichki ishlar vazirligi: hududiy-tezkor guruhning hodisa (aniqlangan) joyiga yetib borishini ta’minlaydi; begona shaxslarni va avtotransport vositalarini kiritmaslik maqsadida xavfli zona hududini o‘rab olish va qo‘riqlashda ishtirok etadi; aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning kelib chiqishini aniqlash maqsadida tezkor-tergov harakatlarini amalga oshiradi; xavfli zona hududidan odamlarni va begona avtotransportni evakuatsiya qilishda ishtirok etadi; topilgan (aniqlangan) sanksiyalanmagan INMni olib chiqib ketish yo‘nalishi bo‘yicha kuzatib borishni tashkil etadi; boshqaruv organlari va vakolatli tashkilotlarni o‘tkazilgan maxsus ishlarning natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi; Milliy gvardiya: hududiy guruhning hodisa (aniqlangan) joyiga yetib borishini ta’minlaydi; begona shaxslarni va avtotransport vositalarini kiritmaslik maqsadida xavfli zona hududini o‘rab olish va qo‘riqlashda ishtirok etadi; radiatsiyaviy avariya o‘chog‘idan odamlarni va xodimlarni evakuatsiya qilishda ishtirok etadi; boshqaruv organlari va vakolatli tashkilotlarni o‘tkazilgan maxsus ishlarning natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi; Davlat bojxona qo‘mitasi: radioaktiv materiallarni respublika hududi orqali olib kirish/ olib chiqish/tranziti bo‘yicha radiatsiyaviy nazoratni amalga oshirish davomida sanksiyalanmagan INM aniqlangan (topilgan) holatlarda vakolatli tashkitlotlarni xabardor qiladi; aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni dastlabki radiometriyadan o‘tkazish va identifikatsiyalashni ta’minlaydi; xodimlarni va aholini INMning zararli ta’siridan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi; aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning olib kirilishi yoki tranzitiga (jo‘natuvchiga qaytarilishiga), shuningdek, noqonuniy olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik tartibotini belgilangan tartibda o‘tkazishni ta’minlaydi; aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning identifikatsiyalash va olib ketish tadbirlari yakunlanguniga qadar daxlsizligini ta’minlaydi; aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash va zararsizlantirish tadbirlarining o‘tkazilishiga har tomonlama ko‘maklashadi; Davlat xavfsizligi xizmati: tezkor-tergov harakatlar natijasida saniksiyalanmagan INM aniqlangan holatlarda harakat qilishni ta’minlaydi va bu haqida o‘zaro hamkorlik va nazorat qiluvchi vazirlik va idoralarning boshqaruv organlarini xabardor qiladi; vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalar, jalb etiladigan boshqa vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorlik qiluvchi bo‘linmalarining ishlari natijalari to‘g‘risida axborot almashish tartibi va doiralari kelishuvini ta’minlaydi; aniqlangan sanksiyalanmagan INM kelib chiqishini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tezkor tadbirlarda ishtirok etadi; xodimlar tomonidan alohida olingan ionlashtiruvchi nurlanish dozasini hisobga olishni ta’minlaydi; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punkti uchun aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni uzoq muddat saqlash bo‘yicha tadbirlar kompleksini tashkil etish va o‘tkazishga doir tegishli xulosa berish va ruxsatnoma tayyorlaydi; aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning hisobga olinishini/ hisobdan chiqarilishini ta’minlaydi; boshqaruv organlari va vakolatli tashkilotlarni sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish va ko‘mish ishlarining natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi: sanksiyalanmagan INM aniqlangan (topilgan) joyga maxsus avtotransport yetib kelishini ta’minlaydi; aniqlangan sanksiyalanmagan INMni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punktiga belgilangan tartibda topshirish masalasi hal etilganiga qadar uni tashish va vaqtincha saqlashni amalga oshiradi; Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasidan aniqlangan sanksiyalanmagan INMni vaqtincha saqlashga ruxsatnoma olishga ko‘maklashadi; aniqlangan sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash bo‘yicha issiq kamerada ishlar amalga oshirilishini va aniqlangan sanksiyalanmagan INMga ekspert xulosasi berilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punkti: aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INM vaqtincha saqlanayotgan joyga maxsus avtotransport yetib kelishini ta’minlaydi; aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INM yuklash va vaqtincha saqlash joyiga belgilangan tartibda yetkazishni amalga oshiradi; aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni uzoq muddatli saqlashni amalga oshiradi. 1. Vazirlar Mahkamasining “Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 20-dekabrdagi 358-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 51-son, 579-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 18-avgustdagi 644-son qaroriga 1-ilovaning 10-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 180-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 64-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 126-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi 195-son qaroriga ilovaning 21-bandi.
147
62,870
Qonunchilik
IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Umumxalq bayrami — 9-may — Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek 1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 59 yilligi, 2004-yilning “Mehr va muruvvat yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan va urush qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga 18000 (o‘n sakkiz ming) so‘m miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti belgilansin. 2. Ushbu qarorni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati mazkur pul mukofotlarining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasinlar. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’ni himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazsinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va A.A. Azizxo‘jayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
67
1,617
Qonunchilik
“Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-3-son qarori (ro‘yxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 261-bandning beshinchi xatboshisi “asosan” degan so‘zdan keyin “yo‘q qilinganda yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. 1-ilovada: ikkinchi xatboshi “8,” raqamidan keyin “12,” raqami bilan to‘ldirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan 7, 44 (boshqa hujjatlar va ma’lumotlar ko‘rsatiladigan qismiga bojxona ko‘rigi dalolatnomasi raqami va sanasi kiritiladi), D ustuni va bojxona yuk deklaratsiyasi qo‘shimcha varag‘ining A ustuni to‘ldiriladi.”; o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8 — bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjat va ma’lumotlar (bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash, garov shartnomasi, bojxona qonunchiligini buzish bayonnomasi, bojxona ko‘rigi dalolatnomasi, tovar bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtirilganda — bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat nomi, raqami, sanasi hamda summasi va boshqalar).”. 3. 2-ilovadagi izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin: “*Izoh: Kitob oldindan tikilgan, varaqlari raqamlangan va bojxona organi xodimining imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.”. 4. 3-ilovada: jadvaldagi “grafa” degan so‘zlar “ustun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “Tekshirdi: ___ -sonli bojxona posti inspektori” degan so‘zlar “Tekshirdi: __________ bojxona posti xodimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
99
2,128
Qonunchilik
Xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tranzit harakat qilishi uchun mo‘ljallangan yo‘nalishlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tranzit harakat qilishi uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, respublikaning transport va tranzit salohiyatini oshirish hamda avtomobil transportida eksport-import yuklarining uzluksiz tashilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tranzit harakat qilishi uchun mo‘ljallangan yo‘nalishlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 9-dekabrdagi 323-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tranzit harakat qilishi uchun mo‘ljallangan yo‘nalishlar ro‘yxatiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 50-son, 513-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar orqali xorijiy davlatlar elchixonalari, konsulliklari va vakolatxonalariga ushbu qaror bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida xabar qilsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab xorijiy avtotashuvchilarning tranzit harakat qilishi uchun mo‘ljallangan yo‘nalishlar ro‘yxatida: a) 17-yo‘nalish quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Turkmaniston chegarasi — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti (Xorazm viloyati) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) — Qozog‘iston chegarasi. Turkmaniston chegarasi — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti, 4R15bg — 4R156 avtomobil yo‘llari bo‘ylab, so‘ngra uzunligi 15 km bo‘lgan inspektorlik yo‘li orqali A380 — avtomobil yo‘liga chiqish (4K-41 — 4R-174 — 4R-191–4R-176 –4R-176v avtomobil yo‘llari bo‘ylab) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti — Qozog‘iston chegarasi”. b) 24-yo‘nalish quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Turkmaniston chegarasi — Olot avtomobillar o‘tish punkti (Buxoro viloyati) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) — Qozog‘iston chegarasi. Turkmaniston chegarasi — Olot avtomobillar o‘tish punkti — M37 — A380 avtomobil yo‘li bo‘ylab (4K-41 — 4R-174 — 4R-191 4R-176 — 4R-176v avtomobil yo‘llari bo‘ylab) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti — Qozog‘iston chegarasi”. v) 29-yo‘nalish quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Afg‘oniston chegarasi — Daryo porti avtomobillar o‘tish punkti (Surxondaryo viloyati) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) — Qozog‘iston chegarasi. Afg‘oniston chegarasi — Daryo porti avtomobillar o‘tish punkti — 4R23n — M39 — A380 avtomobil yo‘llari bo‘ylab (4K-41 — 4R-174 — 4R-191 — 4R-176 — 4R-176v avtomobil yo‘llari bo‘ylab) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti — Qozog‘iston chegarasi”. g) 34-yo‘nalish quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Afg‘oniston chegarasi — Termiz avtomobillar o‘tish punkti (Surxondaryo viloyati) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) — Qozog‘iston chegarasi. Afg‘oniston chegarasi — Termiz avtomobillar o‘tish punkti — M39a — M39 — A380 avtomobil yo‘llari bo‘ylab (4K-41 — 4R-174 — 4R-191 — 4R-176 — 4R-176v avtomobil yo‘llari bo‘ylab) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti — Qozog‘iston chegarasi”. d) 38-yo‘nalish quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Tojikiston chegarasi — Sariosiyo avtomobillar o‘tish punkti (Surxondaryo viloyati) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) — Qozog‘iston chegarasi. Afg‘oniston chegarasi — Sariosiyo avtomobillar o‘tish punkti — M41 — M39a — M39 — A380 avtomobil yo‘llari bo‘ylab (4K-41 — 4R-174 — 4R-191 — 4R-176 — 4R-176v avtomobil yo‘llari bo‘ylab) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti — Qozog‘iston chegarasi”. e) 40-yo‘nalish quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Tojikiston chegarasi — Oybek avtomobillar o‘tish punkti (Toshkent viloyati) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) — Qozog‘iston chegarasi. Tojikiston chegarasi — Oybek avtomobillar o‘tish punkti — 4R20 — A373 — M39 — M37a — M37 — A380 avtomobil yo‘llari bo‘ylab (4K-41 — 4R-174 — 4R-191 — 4R-176 — 4R-176v avtomobil yo‘llari bo‘ylab) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti — Qozog‘iston chegarasi”. j) 43-yo‘nalish quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Qirg‘iziston chegarasi — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti (Andijon viloyati) — Andarxon avtomobillar o‘tish punkti (Farg‘ona viloyati) — Tojikiston chegarasi — Oybek avtomobillar o‘tish punkti (Toshkent viloyati) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) — Qozog‘iston chegarasi. Qirg‘iziston chegarasi — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti — A373 — A373b — 4R44b — A376 avtomobil yo‘llari bo‘ylab — Andarxon avtomobillar o‘tish punkti — Tojikiston chegarasi — Oybek avtomobillar o‘tish punkti — 4R20 — A373 — M39 — M37a — M37 — A380 avtomobil yo‘llari bo‘ylab (4K-41 — 4R-174 — 4R-191 — 4R-176 — 4R-176v avtomobil yo‘llari bo‘ylab) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti — Qozog‘iston chegarasi”. z) 44-yo‘nalish quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Qozog‘iston chegarasi — Yallama avtomobillar o‘tish punkti (Toshkent viloyati) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) — Qozog‘iston chegarasi. Qozog‘iston chegarasi — Yallama avtomobillar o‘tish punkti — 4R186 — M39 — M34 — A373 — M39 — M37A — M37 — A380 avtomobil yo‘llari bo‘ylab (4K-41 — 4R-174 — 4R-191 — 4R-176 — 4R-176v avtomobil yo‘llari bo‘ylab) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti — Qozog‘iston chegarasi”. i) quyidagi mazmundagi 45 — 52-yo‘nalishlar qo‘shilsin: Turkmaniston chegarasi — Xo‘jayli avtomobillar o‘tish punkti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti (Andijon viloyati) — Qirg‘iziston chegarasi. Turkmaniston chegarasi — Xo‘jayli avtomobillar o‘tish punkti, A381 — A380 (4K-41 — 4R-174 — 4R-191 — 4R-176 — 4R-176v avtomobil yo‘llari bo‘ylab) — M37 — M37a –M39 –A373 — (“Qamchiq” dovoni) — A373b — 4R126 — A373 — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti — Qirg‘iziston chegarasi. Turkmaniston chegarasi — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti (Xorazm viloyati) — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti (Andijon viloyati) — Qirg‘iziston chegarasi. Turkmaniston chegarasi — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti, 4R15bg — 4R156 avtomobil yo‘llari bo‘ylab, so‘ngra uzunligi 15 km bo‘lgan inspektorlik yo‘li orqali A380 — M37 — M37a — M39 — A373 — (“Qamchiq” dovoni) — A373b — 4R126 — A373 — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti — Qirg‘iziston chegarasi. Turkmaniston chegarasi — Olot avtomobillar o‘tish punkti (Buxoro viloyati) — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti (Andijon viloyati) — Qirg‘iziston chegarasi. Turkmaniston chegarasi — Olot avtomobillar o‘tish punkti (Buxoro viloyati) — M37 — M37a — M39 — A373 — (“Qamchiq” dovoni) — A373b — 4R126 — A373 avtomobil yo‘llari bo‘ylab — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti — Qirg‘iziston chegarasi. Afg‘oniston chegarasi — Daryo porti avtomobillar o‘tish punkti (Surxondaryo viloyati) — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti (Andijon viloyati) — Qirg‘iziston chegarasi. Afg‘oniston chegarasi — Daryo porti avtomobillar o‘tish punkti — 4R23n — M39 — A378 — M37a — M39 — A373 — (“Qamchiq” dovoni) — A373b — 4R126 — A373 avtomobil yo‘llari bo‘ylab — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti — Qirg‘iziston chegarasi. Afg‘oniston chegarasi — Termiz avtomobillar o‘tish punkti (Surxondaryo viloyati) — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti (Andijon viloyati) — Qirg‘iziston chegarasi. Afg‘oniston chegarasi — Termiz avtomobillar o‘tish punkti — M39a — M39 — A378 — M37a — M39 — A373 — (“Qamchiq” dovoni) — A373b — 4R126 — A373 avtomobil yo‘llari bo‘ylab — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti — Qirg‘iziston chegarasi. Tojikiston chegarasi — Sariosiyo avtomobillar o‘tish punkti (Surxondaryo viloyati) — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti (Andijon viloyati) — Qirg‘iziston chegarasi. Tojikiston chegarasi — Sariosiyo avtomobillar o‘tish punkti — M41 — M39a — M39 — A378 — M37a –M39 — A373 — (“Qamchiq” dovoni) — A373b — 4R126 — A373 avtomobil yo‘llari bo‘ylab — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti — Qirg‘iziston chegarasi. Qirg‘iziston chegarasi — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti (Andijon viloyati) — Qozog‘iston chegarasi. Qirg‘iziston chegarasi — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti — A373 — 4R126-A373b — A373 — (“Qamchiq” dovoni) — M34- M39 — 4R186 avtomobil yo‘llari bo‘ylab — Yallama avtomobillar o‘tish punkti — Qozog‘iston chegarasi. Qirg‘iziston chegarasi — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti (Andijon viloyati) — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) — Qozog‘iston chegarasi. Qirg‘iziston chegarasi — Do‘stlik avtomobillar o‘tish punkti — A373 — 4R126 — A373b — A373 (“Qamchiq” dovoni) — A373 — M39 — M37a — M37 — A380 (4K-41 — 4R174 — 4R191 — 4R176 — 4R176v) avtomobil yo‘llari bo‘ylab — Qoraqalpog‘iston avtomobillar o‘tish punkti — Qozog‘iston chegarasi”.
187
9,121
Qonunchilik
Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 347-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Adliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2016-yil 22-apreldagi 1-2016 va 4-son qarori (ro‘yxat raqami 2780, 2016-yil 22-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 16-son, 172-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin: “31. Modulning o‘quv dasturi mazmunini o‘zlashtirish kreditni — talabalarning o‘quv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qo‘llagan holda belgilanadi. Kredit talaba tomonidan tegishli o‘quv ishlarini (modul xususiyati va bo‘lajak mutaxassisni shakllantirish uchun o‘quv ishlarining muhimligidan kelib chiqib universitet tomonidan belgilanadigan) bajarishga ketadigan vaqt (soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega bo‘ladi. Universitet bir kredit tarkibini, har bir modul bo‘yicha kreditlar sonini, shuningdek har bir kursni va umuman o‘qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil ravishda belgilaydi. Talaba mazkur Nizomga muvofiq modul o‘quv dasturi mazmunini o‘zlashtirgan (olgan reyting ballidan qat’i nazar) taqdirda, u tegishli modul bo‘yicha kreditlarning zarur sonini to‘plagan deb hisoblanadi.”. 2. 7-bandning ikkinchi xatboshisida “ishchi o‘quv dasturida” so‘zlari “o‘quv dasturida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Agar universitet O‘quv-uslubiy kengashi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, barcha modullar bo‘yicha oraliq nazorat talaba tomonidan o‘quv xonasida (yozma imtihon) yoki o‘quv xonasidan tashqarida tayyorlanadigan yozma ish shaklida semestr davomida bir marotaba o‘tkaziladi. Oraliq nazoratining aniq shakli universitetning O‘quv-uslubiy kengashi qarori bilan belgilanadi. Yozma ish talaba tomonidan tegishli semestr davomida mazkur Nizomning 59-bandida belgilangan muddatlarda topshiriladi.”. 4. 13-bandning beshinchi xatboshisidan “va o‘z ichiga o‘quv dasturida aks etgan nazariy va amaliy savollarni qamrab olishi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. 17-band uchinchi xatboshisining oxirgi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Titul varag‘ining qirqish chizig‘iga boshqarmaning shtampi bosiladi.”. 6. Quyidagi mazmundagi 181-band bilan to‘ldirilsin: “181. Yozma imtihon shaklidagi oraliq nazoratini o‘tkazishda imtihon savollari, qoida tariqasida, vaziyatli masalalarni o‘z ichiga oladi va talabalarga oldindan taqdim etilmaydi. Bunda imtihon vaqtida ularga adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanishga imkoniyat beriladi. Yozma imtihon, agar mazkur bobda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur Nizomning 5-bobida ko‘rsatilgan tartibga muvofiq o‘tkaziladi.”. 7. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “22. Yozma imtihon savollari, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni o‘z ichiga oladi. Modullar bo‘yicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi. Yozma imtihon savollari bo‘yicha ballar miqdori universitet O‘quv-uslubiy kengashi qarori bilan taqsimlanadi.”. 8. 30-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i” so‘zlari “O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosari, shuningdek dekanlar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. 35-bandning birinchi xatboshisi “ma’lumotnomalar va boshqa adabiyotlar” so‘zlaridan keyin “normativ-huquqiy hujjatlar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 10. 39-bandda “uch kun” so‘zlari “besh kun” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. 60-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Amaliyot (stajirovka) bo‘yicha imtihonni tashkil qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Amaliyot (stajirovka)ni o‘tash nazariy bilimlar bilan navbatlanish yo‘li orqali amalga oshirilganida uning natijalari universitet O‘quv-uslubiy kengashi qaroriga asosan joriy nazorat doirasida baholanishi mumkin.”. 12. 62-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Shu muddat davomida modulni o‘zlashtira olmagan talaba O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra, belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi, mazkur Nizomning 63-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” so‘zlari chiqarib tashlansin. 13. 63-bandda: birinchi xatboshisidan “va semestr yakuni bo‘yicha to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan o‘quv fanlari bo‘yicha akademik qarzdorligi bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshisidagi “belgilangan tartibda talabalar safidan chiqariladi” so‘zlari “kreditlar to‘planmagan modullarni qayta o‘qish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Bu holatda boshqa modullar bo‘yicha to‘plangan kreditlar saqlanib qolinadi va bunda talaba ushbu modullar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishi mumkin” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. 65-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “65. Ushbu Nizomning 63-bandida belgilangan tartibda kelgusi semestrda o‘qishni davom ettirayotgan talaba o‘qishning tegishli kursida qoldirilganda, u akademik qarzdorlik vujudga kelgan kursda qoldirilgan deb hisoblanadi. Ushbu talaba qonun hujjatlarida belgilangan hollarda talabalar safidan chetlashtirilganda, talabalar safidan chetlashtirish asosidan qat’i nazar, akademik qarzdorlik paydo bo‘lgan kursidan chetlashtirilgan deb hisoblanadi. Akademik qarzdorlik tufayli tegishli kursda qoldirilgan talaba akademik qarzdorlik vujudga kelgan semestrdan takroriy o‘qishni o‘taydi.”. 15. 69-banddagi “reytingi” so‘zi “reytingi, shuningdek modullar bo‘yicha to‘plangan kreditlar soni” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. 70-banddagi “reytinglar yig‘indisi” so‘zlaridan keyin “va to‘plangan kreditlar soni” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 17. 2-ilovada: “Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi” so‘zlaridan keyin “(oraliq nazorati bir martadan ortiq o‘tkazilganda, umumiy ball tegishli songa bo‘linadi)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi” so‘zlari chiqarib tashlansin”. 18. 3-ilovadagi: “ikkita” so‘zi “(son)” so‘zi bilan almashtirilsin”; “Ikkita savol uchun maksimal 25 ball (har bir savol uchun 12,5 ball)” so‘zlari chiqarib tashlansin”; “bitta” so‘zi “(son)” so‘zi bilan almashtirilsin”; “Bir kazus uchun 25 ball” so‘zlari chiqarib tashlansin. 19. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
210
7,186
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI 1992 YIL 14 YaNVARDA QABUL QILGAN “KORXONALAR (TAShKILOTLAR) FAQAT MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) ASOSIDAGINA ShUG‘ULLANIShGA HAQLI BO‘LGAN FAOLIYAT TURLARINING RO‘YXATI HAQIDA” 516—XII SONLI QARORGA QO‘Sh
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi Qarorga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida quyidagilar nazarda tutilsin: davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni qiymat va tarkibini oldindan narxlash, mulkchilik shakli o‘zgarganligi munosabati bilan hujjatlarni tayyorlash ishlari. 3. Faoliyat turlari ro‘yxatida 2-betdagi o‘n oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yuklar va yo‘lovchilarni xalqaro avtomobil yo‘llarida tashish”. 4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tasdig‘iga kiritilsin.
250
1,096
Qonunchilik
Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov g‘olibini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-son “Qishloq xo‘jaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2005-yil 18-noyabrdagi 237a-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1523, 2005-yil 19-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 47-48-son, 358-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov g‘olibini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Tanlovda ishtirok etish huquqiga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qishloq xo‘jaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shu jumladan faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining boshliqlari ega.”. 2. 10-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tuman hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori asosida uch kun mobaynida fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida qaror chiqaradi.”. 3. 20-bandda: “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi“nostrifikatsiyalangan” degan so‘z “tan olingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “g” kichik bandining o‘n to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha ochiq tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari ustav fondiga kiritilmaganligi, fermer xo‘jaligini sudning qaroriga muvofiq tugatish uchun asos hisoblanadi.”. 4. 34-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadilar.”. 5. 2-ilovaning 4-pozitsiyasidagi “Eng kam oylik ish haqining:” degan so‘zlar “Bazaviy hisoblash miqdorining:” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
149
2,439
Qonunchilik
VALYuTA VA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI BO‘YIChA HISOB VA HISOBOT TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, eksport-import operatsiyalari bo‘yicha bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqish va hisob-kitob tartibini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: banklararo valyuta bozorida belgilanadigan birjadan tashqari valyuta kursini qayd etish va e’lon qilish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, ko‘rsatib o‘tilgan tartib 2000-yil 1 maydan joriy qilinishini ta’minlasinlar; xorijiy valyutadagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlar va xizmatlar narxlarining asossiz, sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va bunday urinishlarning oldini olish bo‘yicha zarur kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar, bunda ijtimoiy ahamiyatli tovarlar narxlariga alohida e’tiborni qaratsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda: qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
106
1,788
Qonunchilik
2018-yilda Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasidagi yangi sanoat korxonalarini qurish hisobiga aholini, ayniqsa yoshlar va kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash, yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish, shuningdek, shu asosda aholi turmush sifati va farovonligini oshirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni ijro etish maqsadida: 1. Quyidagilar, 2018-yilda aholi bandligiga ko‘maklashishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: birinchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat hududlariga amalga oshirgan tashriflari davomida ishlab chiqilgan sanoat, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalar, shuningdek, respublika hududlari, shaharlar va tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlari hamda tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 168,2 mingdan kam bo‘lmagan doimiy ish o‘rinlarini yaratish; ikkinchi, faoliyat yuritmayotgan, xususiylashtirilgan korxonalar va davlat mulki obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xarita”lari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 19,9 ming yangi ish o‘rinlarini tashkil etish; uchinchi, qishloq joylarda arzon uy-joylar, ko‘p qavatli turar-joylar, yo‘l-transport va muhandislik-kommunal infratuzilma qurilishi hisobiga 46,6 mingta ish o‘rinlarini tashkil etish; to‘rtinchi, yangi maktabgacha ta’lim va ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport obyektlarini qurish va tiklash natijasida yangi ijtimoiy infratuzilma muassasalarini ishga tushirish hisobiga 10,6 mingta ish o‘rinlarini tashkil etish; beshinchi, maksimal qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish natijasida 101,3 mingga yaqin ish joylari tashkil etish, shu jumladan, ularga soliq imtiyozlari berish, tekshiruvlarni o‘tkazishga ikki yillik moratoriy joriy qilish, imtiyozli mikrokreditlar ajratish, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishchilarni yollashni rag‘batlantirish, hududlarda hunarmandchilik markazlarini tashkil etish asosida hunarmandchilikni rivojlantirish, hunarmandlarga bo‘sh turgan xonalarni ajratish, ularni xomashyo va materiallar bilan ta’minlash, “usto-shogird” uslubi bo‘yicha hunarlarga o‘rgatishni keng joriy etish hisobiga 26,9 ming ish joylari tashkil etish; oltinchi, 169,5 mingga yaqin band bo‘lmagan aholini mavsumiy va vaqtinchalik ishlar bilan band etish, ayniqsa 140,1 ming kam ta’minlangan aholining oila a’zolarini jamoat ishlariga jalb qilish, shuningdek, 29,4 ming kishini Bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi orqali vaqtinchalik bandligini ta’minlash; yettinchi, 48,6 ming kvotalashtirilgan ish o‘rinlariga kasb-hunar kollej bitiruvchilari, Qurolli kuchlar safidan bo‘shatilgan fuqarolar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar, shuningdek, boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi aholini ishga joylashtirish, 25,9 ming band bo‘lmagan shaxslarni kasbga o‘qitish markazlarida kasb- hunarga o‘qitish va qayta tayyorlashni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 52 ming fuqaroni chet elda tashkillashtirilgan tarzda ishga joylashtirish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublikaning ish beruvchi-tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan va quyidagilarni o‘z ichiga olgan: 2018-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi tumanlari va shaharlarida doimiy ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash prognoz parametrlari 1-, 1.1 — 1.14, la — 1a.14 ilovalarga muvofik; faoliyat yuritmayotgan, xususiylashtirilgan korxonalar va davlat mulki obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xarita”lari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini tashkil etish prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga 2018-yilda band bo‘lmagan aholini jamoat ishlariga jalb qilish prognoz parametrlari 3- va 3a-ilovalarga muvofiq; 2018-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga bandlikni ta’minlash prognoz parametrlari 4-ilovaga muvofiq; band bo‘lmagan shaxslarni tashkillashtirilgan kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash, shuningdek, 2018-yilda Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ishsizlik nafaqasini to‘lash prognoz parametrlari 5-ilovaga muvofiq; har chorakdagi taqsimot bo‘yicha respublika hududlari kesimida 2018-yilda band bo‘lgan aholi soni o‘sishining prognoz parametrlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Iktisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda zarur hollarda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha yangidan tasdiqlanadigan davlat dasturlaridan kelib chiqib, Davlat dasturi prognoz parametrlariga asoslangan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hukuqi berilsin. 3. 2018-yilda Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Konsepsiya va chora-tadbirlar Kompleksi 7- va 8-ilovalarga muvofiq ma’qullansin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan hududiy dasturlar prognoz parametrlarini mintaqalar, tumanlar va shaharlar sektorlari kesimida belgilash bilan birga, aniq tashkilotlar va loyihalarni ko‘rsatgan holda, shuningdek, 2018-yilda aholi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari va Davlat dasturi prognoz parametrlarini hisobga olgan ravishda, aholi bandligiga ko‘maklashish hududiy dasturlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy dasturlar); O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-sonli qarori talablariga muvofiq 2018-yilda tumanlar va shaharlar kesimida band bo‘lgan aholi sonini oshirish prognoz parametrlari tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda: tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik, shaxsiy va dehqon xo‘jaliklarida band bo‘lgan, shuningdek, bandlikning boshqa samarali turlariga jalb etilgan kasb-hunar kollejlar va akademik litseylar bitiruvchilarining bandlik hisobini yuritishni tartibga solish qismida “college, mehnat.uz” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish; umumta’lim maktablarini tugatgan yoshlarni, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, jamoat ishiga jalb etilgan band bo‘lmagan aholi, Qurolli Kuchlar safidan bo‘shatilgan fuqarolar hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar bandligi hisobi bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish; sanoat tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida yangi doimiy ish o‘rinlarini tashkil etishda shaffof va ishonchli hisob-kitobni olib borishni ta’minlash bo‘yicha avtomatlashtirilib takomillashtirilgan axborot tizimini yaratish choralarini amalga oshirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ish o‘rinlariga da’vogarlarning yarmarkalarda onlayn rejimda masofaviy ishtirokini nazarda tutuvchi, band bo‘lmagan aholi uchun vakant (bo‘sh) ish o‘rinlar yarmarkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan birgalikda sug‘urta badallarining belgilangan miqdorini to‘lash yo‘li bilan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni davlat ijtimoiy sug‘urta tizimiga ixtiyoriy tarzda jalb etish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kam ta’minlangan oila a’zolarining bandligini ta’minlash va ularning daromadlarini oshirish bo‘yicha respublikaning barcha hududlarida “hankin tajribasi”ni samarali ommalashtirish maqsadida mahallalarda aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarni ishga joylashtirishda fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlariga Bo‘sh o‘rinlar milliy bazasiga kirish huquqini taqdim etish orqali, shu jumladan, bazaga yangi bo‘sh o‘rinlar kiritish va ishga joylashtirish uchun yo‘llanma berishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. Bandlikka ko‘maklashish hududiy va tarmoq dasturlari bajarilishining borishi yuzasidan muvofiqlashtirish va nazorat qilish funksiyalari: respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleks organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy rag‘batlantirish va shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Komissiyasi zimmasiga; hududiy, tuman va shahar darajasida — bandlikka ko‘maklashish hududiy va tarmoq dasturlarining ijrosini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifalari Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini ishlab chiqish va ijrosini muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat olib boradigan hududiy, tuman (shahar) ishchi komissiyalari zimmasiga yuklansin. Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini ishlab chiqish va ijrosini muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat olib boruvchi hududiy, tuman (shahar) ishchi komissiyalarining namunaviy tarkibi 9-10-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2960-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari uzluksiz ikki chorak davomida, yoki yil davomida uch chorakda prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmagan, joylardagi aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar qoniqarsiz deb topilgan taqdirda, egallab turgan lavozimlariga munosibligi masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yilda Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli monitoring natijasini umumlashtirilishini ta’minlasin, natijasi yuzasidan har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli ma’lumotlarni kiritsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari har bir hududga biriktirilgan mas’ul mansabdor shaxslar ishtirokida tumanlar va shaharlar hokimlari, tumanlarni (shaharlarni) kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlarining hisobotlarini tinglagan holda aholi bandligiga ko‘maklashish hududiy dasturlarni amalga oshirilib borilishi har oyda muhokama qilinishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari — Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari: har chorakda kompleks yig‘ilishlarida 2018-yilda aholi bandligiga ko‘maklashish tarmoq dasturlarini amalga oshirish jarayoni, shuningdek, nazorat qiluvchi vazirlik, idoralar va xo‘jalik birlashmalari tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalarini tanqidiy ko‘rib chiqilishini; tegishli komplekslar tarkibiga va Davlat dasturining manzilli ro‘yxatiga kiritilgan tashkilotlar tomonidan loyihalarni amalga oshirish doirasida tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar loyihalar ishga tushirilganidan so‘ng tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlariga, shuningdek, tumanlar (shaharlar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga taqdim etilishini ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazir o‘rinbosarlari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev va bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin. 1. 2018-yilda Aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi Konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida bayon etilgan g‘oyat muhim ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan. 2. Konsepsiya aholi, ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlash, mehnat bozorini tartibga solishning bozor vositalarini hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi ta’sirchan mexanizmlarini tatbiq etish, aholini tadbirkorlikka va samarali bandlik shakllariga jalb etish, ishga joylashishga muhtoj shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash sifatini takomillashtirish, buning asosida aholi farovonligi darajasi va turmushi sifatini oshirish bo‘yicha tizimli, aniq maqsadga yo‘naltirilgan va o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan. 3. Quyidagilar 2018-yilgi Konsepsiyaning asosiy tamoyillari hisoblanadi: yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va respublika tarmoqlari hamda hududlaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati kengaytirilishini ta’minlashga qaratilgan faol investitsiya siyosatini izchil o‘tkazish hisobiga munosib mehnat sharoitlari va xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlaydigan doimiy barqaror ish o‘rinlarini tashkil etish ustuvorligi; ish o‘rinlari yaratilishi va aholi bandligi ta’minlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar buzib ko‘rsatilishiga va noto‘g‘ri taqdim etilishiga yo‘l qo‘ymaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda tashkil etilayotgan ish o‘rinlari monitoringi va nazoratining ishonarli, shaffof hamda samarali tizimini ta’minlash; oliy va o‘rta ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlar, Qurolli Kuchlar safidan bo‘shagan fuqarolar, jazoni ijro etish joylaridan qaytib kelgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalarning mehnatga qobiliyatli a’zolari, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlaridan bo‘lgan yoshlar uchun ham ish o‘rinlarining minimal miqdorini kvotalashtirish yo‘li bilan mehnat bozorida o‘zining raqobatdoshligini oshirishga muhtoj aholi toifalarining bandligini ta’minlash; aholi bandligining samarali shakllarini rag‘batlantirish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka aholini keng jalb etish, chet ellarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda yuborish hajmlarini tubdan ko‘paytirish; mehnat bozorida talab etilayotgan kasb-hunarlarga o‘qitish va qayta o‘qitish yo‘li bilan ishga muhtoj shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash sifatini takomillashtirish, ishsiz shaxslarni jamoat ishlariga jalb etishni kengaytirish, ularga ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lashni ko‘paytirish yo‘li bilan ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish. 4. 2018-yilda Konsepsiyani amalga oshirishga yondoshuvlarda asosiy yangilik quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika mintaqalariga qilgan tashriflari davomida ishlab chiqilgan yangi doimiy ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarta tutuvchi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish dasturlarida ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalari bajarilishining tizimli monitoringini amalga oshirish va unga ko‘maklashish; respublikaning butun hududi bo‘ylab band bo‘lmagan aholini haqi to‘lanadigan jamoat ishlariga, shu jumladan, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va mahallalar hududlarini obodonlashtirishga, uy-joy fondi va uy-joy kommunal infratuzilmasi obyektlarini, avtomobil yo‘llari, muhandislik kommunikatsiyalari, ijtimoiy-madaniy ahamiyatdagi obyektlar, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash ishlariga, shuningdek, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga, nogironlar va bemorlarni parvarish qilish hamda boshqa ishlarga jalb etish yo‘li bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish; turli xalq hunarmandchiliklarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashish, hunarmandlar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilikni yanada rivojlantirishga, jumladan, hunarmandlar va ularning shogirdlarini hisobga olish hamda bandligini qayd etishni takomillashtirishga, “Ustoz-shogird” uslubida hunarmandlarning shogirdlarini o‘qitishning samarali usulini yanada rivojlantirish, turli xalq hunarmandchiligi sohasida band bo‘lgan kishilarga soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish, ularning ishlab chiqarish binolaridan, moddiy resurslar hamda infratuzilmadan foydalanishlarini kengaytirish; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda uning hududiy tuzilmalari orqali, shuningdek, xorijda ishlashga jo‘nab ketuvchi shaxslar uchun mehnat organlarida maslahatlar berish tizimini joriy etish yo‘li bilan fuqarolarning chet ellarda uyushgan tarzda ishga joylashuvini kengaytirish, ishchi kuchini import qiluvchi salohiyatli mamlakatlar bilan mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi bitimlar tuzishni faollashtirish, chet ellik sheriklar bilan birgalikda fuqarolarning chet elda ishlashga ketishidan oldin kasbiy va ijtimoiy moslashuv tizimini yaratish; yangi ish o‘rinlari tashkil etishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish, xususan tadbirkorlik subyektlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, kam ta’minlangan oilalarning a’zolari hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni ro‘yobga chiqarishda “Mikrokreditbank” ATBning moliyaviy hamda kredit madadini kuchaytirish. 5. O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2017-yil oxiriga kelib 32 387,2 ming kishini tashkil etdi, 2016-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 101,7 foizga o‘sdi. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining soni 18 672,5 ming kishini tashkil etdi (2016-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 101%o‘sdi). 2017-yilning 1-yanvarida band aholining soni 13 520,3 ming kishini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2016-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 101,7 foiz bo‘ldi. 2017-yilda tashkil etilgan ish o‘rinlari miqdori 336,1 ming ish o‘rnini tashkil etdi, shulardan 246,1 mingtasi doimiy ish o‘rinlari, shu jumladan, rivojlanishning maqsadli dasturlarini amalga oshirish doirasida sanoat tarmoqlarida — 101,6 mingta, xizmat ko‘rsatish sohasida — 66,2 mingta, qishloq xo‘jaligida — 51,6 mingta, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, bo‘sh yotgan davlat obyektlarini ijaraga berish yoki xususiylashtirish — 26,8 mingta, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida — 90,0 mingtani tashkil etdi. O‘tgan uch yil mobaynida mehnat bozorining rivoji dinamikasini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, doimiy aholi sonining o‘sishi (102%)ga nisbatan band aholi sonining o‘rtacha o‘sishi biroz bo‘lsada olg‘a siljidi (102,1%), shuningdek, mehnat resurslarining o‘sishi (101,2%)ga nisbatan iqtisodiy faol aholining o‘sishida (101,9%) sezilarli siljishga erishildi. Natijada, band bo‘lganlarning mehnat resurslari soniga nisbatan solishtirma og‘irligi 2017-yilda 2015-yilga nisbatan 71,4 foizdan 72,5 foizga, iqtisodiy faol aholiga nisbatan esa 94,8 foizdan 94,9 foizga o‘sdi. Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha band bo‘lganlar tarkibida sanoat eng ko‘p o‘sishni (2017-yilda 2015-yilga nisbatan 103,1%) va qurilish (103,1%) ko‘rsatdi. Bunda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklarida band bo‘lganlarning o‘sishi (102,3%) xizmat ko‘rsatish sohasiga qaraganda yuqoriroq (101,5%) bo‘ldi. Kichik biznes sohasida band bo‘lganlar ulushi 2017-yilda 2015-yildagi 77,9 foizga nisbatan 78,5 foizgacha o‘sdi. 6. Mehnat bozoridagi talab va taklifning hisob-kitob balansi prognoz parametrlariga ko‘ra 2018-yilda ish o‘rinlariga talab 1 362,5 ming kishini tashkil etadi. Mehnat bozoriga ilk bora chiqqan oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridan bo‘lgan yoshlarning soni 484,5 ming kishini tashkil etadi. Ishga joylashtirishga muhtoj, band bo‘lmagan aholi soni 851,9 ming kishidan iborat bo‘lib, shulardan 220,4 ming kishi — iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar natijasida bo‘shatilganlardir. Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalariga mansub ishga muhtoj shaxslar soni salkam 26,1 ming kishini tashkil etadi. Taklif etilayotgan ish joylari 1 295,3 mingtani, shu jumladan, tabiiy chiqib ketish (pensiyaga chiqish, o‘lim va boshqalar) hisobiga — 188 mingta, yil boshida vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari —152,5 mingta, doimiy muqim ish o‘rinlari tashkil etish — 346,7 mingta, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda, uy-joylar qurilishida, infratuzilma obyektlarida, obodonlashtirish ishlarida bandlikni ta’minlash — 169,5 mingta, himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun ish o‘rinlarini kvotalashtirish — 48,6 mingta, ishsizlarni kasb-hunarga qayta o‘qitish — 25,8 mingta va fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish — 208,4 mingta, shu jumladan, tashkillashtirilgan tarzda jo‘natish — 52 mingta, shuningdek, aholining shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlashi — 155,8 ming kishi. 7. Konsepsiyaga muvofiq 2018-yilda quyidagi yo‘nalishlar hisobidan yangi ish o‘rinlari tashkil etish nazarda tutilmoqda: 168 224 ta yangi doimiy ish o‘rinlari, jumladan, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat hududlariga amalga oshirgan tashriflari davomida ishlab chiqilgan loyihalar, respublika hududlari, shahar va tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlari hamda tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari doirasida korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish hisobiga sanoat tarmoqlarida (110 918) ish o‘rni, qishloq xo‘jaligida (26 655) va xizmat ko‘rsatish sohasida (30 651) yangi doimiy ish o‘rinlari yaratiladi; tadbirkorlik subyektlariga xususiylashtirishdan keyingi madad ko‘rsatish, faoliyat yuritmayotgan, xususiylashtirilgan korxonalar va davlat mulki obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 19 994 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi; qishloq joylarda arzon uy-joylar, ko‘p qavatli turar-joylar va yo‘l-muhandislik infratuzilmasi qurilishi hisobiga 46 601 ish o‘rni yaratiladi; ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 10 661 ish o‘rni tashkil etiladi; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 101 310 ish o‘rinlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli Farmonida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan hunarmandchilikda 26 883 ish o‘rinlari tashkil etiladi. Bundan tashqari: respublikaning barcha hududlari, tumanlari, shahar va mahallalaridagi 140 083 nafar band bo‘lmagan shaxslarni jamoat ishlariga jalb etish, shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam ta’minlangan aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3268-sonli qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 5-oktabrdagi 799-sonli qaroriga muvofiq budjetdan mablag‘lar ajratiladi; mamlakat hududlarida tashkil etilgan 28 ta Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi orqali 29 374 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash; ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun kvotalashtiriladigan 48 607 ish o‘rnini zahiraga olish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli Farmoniga muvofiq “Ustoz-shogird” uslubi bo‘yicha takomillashtirilgan o‘quv dasturi asosida band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta o‘qitishni, shuningdek, hunarmandchilik ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkillashtirish orqali band bo‘lmagan 25 850 nafar shaxsning bandligini ta’minlash; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududiy byurolari orqali 52 067 nafar fuqaroni chet ellarda ishga joylashtirish yo‘li bilan 340 194 nafar kishining bandligini ta’minlash nazarda tutilmoqda. 8. Konsepsiya yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha asosiy tadbirlar, ularni bajarish mexanizmi, ijro etish muddatlari va mas’ul bajaruvchilar “Yo‘l xaritasi” — 2018-yilda aholi bandligiga ko‘maklashish chora-tadbirlari kompleksida ko‘rsatiladi. 9. 2018-yilda Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini bajarish monitoringi tasdiqlanadigan quyidagi prognoz parametrlari kesimida amalga oshiriladi: respublika hududlari kesimida aholi bandligini ta’minlash — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan; tarmoqlar va Vazirlar Mahkamasi komplekslari kesimida ish o‘rinlari tashkil etish — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli mutasaddi departamentlari tomonidan; sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida doimiy ish o‘rinlarini tashkil etish — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan; faoliyat yuritmayotgan, xususiylashtirilgan korxonalar va davlat mulki obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga ish o‘rinlarini tashkil etish — Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan; band bo‘lmagan aholini jamoat ishlariga jalb etish — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan; hunarmandchilikni rivojlantirish, ishsizlarni kasb-hunarga qayta o‘qitish, vaqtichalik bir martalik ish berish, shuningdek, “Mikrokreditbank” ATBning maqsadli mikrokeditlarini ajratish hisobiga bandlikni ta’minlash — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan; fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan. 10. 2018-yilda Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturining bajarilishi monitoringini amalga oshirayotgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hisobot oyidan keyingi oyning 7-kunidan kechiktirmay har oyda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tasdiqlangan tegishli parametrlarning bajarilishi to‘g‘risida axborot berib boradilar.
103
28,788
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON-KOREYA “UZ-SHINDONG SILICON” MAS’ULIYATI ChEKLANGAN JAMIYAT QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda geologiya-qidiruv ishlarini va O‘zbekiston Respublikasi hududida yuqori texnologiyalar industriyasini rivojlantirish uchun xomashyo bazasi hisoblangan qattiq foydali qazilmalar qazib olishni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining “Shindong Enercom Inc.” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) bilan birgalikda Jizzax viloyatining Zargar, Usmat va Turkman istiqbolli maydonlarida kvars va kvarsitlar konlarini aniqlash va keyinchalik qazib olish maqsadida tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun “Uz-Shindong Silicon” qo‘shma korxonasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. “Uz-Shindong Silicon” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasining ustav kapitali miqdori 2430 ming AQSh dollariga teng ekanligi, undan: “Shindong Enercom Inc.” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) ulushi 50 foiz miqdorida ekanligi — pul mablag‘lari va asbob-uskunalar hisobiga shakllanishi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi ulushi 50 foiz miqdorida ekanligi — Jizzax viloyatining Zargar, Usmat va Turkman istiqbolli maydonlarida tarkibida kvars mavjud bo‘lgan xomashyoga ilgari o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlari davomida olingan geologiya, geofizika axboroti va boshqa axborot hisobiga shakllanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi va “Uz-Shindong Silicon” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasining: Jizzax viloyatining Zargar, Usmat va Turkman istiqbolli maydonlari uchastkalari doirasida texnik kremniy ishlab chiqarish uchun yaroqli bo‘lgan kvars va kvarsitlar, shuningdek kremniyning poli- va monokristallari konlarini aniqlash bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari olib borish; geologiya-qidiruv ishlari natijalari bo‘yicha texnik kremniy, shuningdek kremniyning poli- va monokristallari korxonasi va so‘ngra u asosida geologiya-qidiruv ishlari olib borish davomida aniqlangan konlar bazasida mikroelektronika elementlari, shu jumladan quyosh elementlari fotoelektrik modullar korxonasi tashkil etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritilishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi “Uz-Shindong Silicon” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasiga uch yil muddatga Zargar, Usmat va Turkman istiqbolli maydonlarini geologik o‘rganish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun belgilangan tartibda litsenziya bersin. 5. Jizzax viloyati hokimligi “Uz-Shindong Silicon” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasiga Zargar, Usmat va Turkman istiqbolli maydonlarida yer osti uchastkalarini geologik o‘rganish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Uz-Shindong Silicon” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasining buyurtmanomalari bo‘yicha qo‘shma korxona faoliyatida ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari, shu jumladan ko‘p martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Uz-Shindong Silicon” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasining buyurtmanomalari bo‘yicha qo‘shma korxona faoliyatida ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar belgilangan tartibda berilishini, shuningdek ular yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Uz-Shindong Silicon” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini ta’minlasin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
117
4,013
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 2002-yil, 4-5-son, 70-modda) qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-fevraldagi PF-3968-son “Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil 8-9-son, 35-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: Markaziy bank Boshqaruvining 1997-yil 15-martdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi depozitlar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 534, 1998-yil 16-noyabr); Markaziy bank Boshqaruvining 2009-yil 17-oktabrdagi 29/6-son “O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi depozitlar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 534-1, 2009-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 489-modda). 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova), “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5-6-son, 54-modda) qonunlariga muvofiq banklar tomonidan depozitlarni jalb qilish, qaytarish, foizlar hisoblash va to‘lash bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish va nazorat qilish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: bank — tijorat tashkiloti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi o‘rinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan berilgan litsenziya asosida bank faoliyati deb hisoblanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish, to‘lovlarni amalga oshirish kabi faoliyatlar majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxs; depozit (keyingi o‘rinlarda omonat deb yuritiladi) — talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday to‘lovlarsiz qisman yoki hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi; kassir — omonat kassalarga naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilish va chiqim qilish bilan shug‘ullanuvchi hamda kassadagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini hisobotlar bo‘yicha to‘g‘riligiga mas’ul javobgar xodim; nazoratchi — omonat kassalarida bajariladigan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish, kassaning kunlik operatsiya hisobotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadigan hamda kassadagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning to‘g‘ri ishlatilishini va kassir faoliyatini nazorat qiladigan mas’ul javobgar xodim; omonatchi — bank bilan tuzilgan bank omonati shartnomasida yoki bank omonat siyosatida nazarda tutilgan shartlar asosida bank bilan kelishilgan holda bankka ma’lum pul mablag‘ini o‘zi yoki uning nomiga kelgan pul mablag‘ini omonatga qo‘yuvchi rezident yoki norezident shaxs; omonat bo‘linmasi — bank yoki uning filiali binosida yoxud undan tashqarida joylashgan omonat kassasi va mini-banklarda bajariladigan omonat operatsiyalarining qonun hujjatlariga va bank ichki siyosatiga muvofiqligini nazorat qilish uchun mas’ul bo‘linma; omonat kassasi — bank filiali joylashgan hududda bank nomidan omonat operatsiyalarini bajarish uchun bank filiali binosi yoki uning tashqarisida bank amaliyot kuniga ulangan holda tashkil qilingan operatsion kassa; omonat operatsiyalari — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda bankning omonatchilar bilan tuzgan bank omonati shartnomasi shartlari asosida ularning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish, saqlash, qaytarish, foizlar hisoblash va to‘lash hamda omonatchi topshirig‘iga asosan omonatdagi pul mablag‘larini boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazishga doir operatsiyalar; so‘nggi nazoratchi — omonat kassalarining kunlik bajarilgan omonat operatsiyalari bo‘yicha so‘nggi nazoratni amalga oshiruvchi xodim; harakatsiz omonatlar — talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar bo‘yicha 3 yil davomida, jamg‘arma va muddatli omonatlarning muddati tugagandan keyin 3 yil davomida foizlar hisoblanishdan tashqari hech qanday operatsiyalar amalga oshirilmagan omonatlar; shaxsni tasdiqlovchi hujjat — O‘zbekiston fuqarosining milliy pasporti, 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno), xorijiy fuqarolarning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi. 2. Bank filiallarida mijozlar bilan bajariladigan omonat operatsiyalarining qonun hujjatlariga va bank ichki siyosatiga muvofiqligini nazorat qilish uchun omonat bo‘linmasi tashkil etilishi shart. Omonat bo‘linmasi, Front-ofis va Bek-ofis tarkibiy tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan banklarda “Mijozlarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim”, boshqa hollarda bankda omonat operatsiyalarini nazorat qilish bo‘yicha alohida bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, sho’ba) sifatida tashkil etilishi mumkin. So‘nggi nazoratchi omonat bo‘linmasi tarkibida faoliyat yuritishi lozim. 3. Bank omonati shartnomasi omonatchilar va bank o‘rtasida yozma shaklda tuziladi. Bank va omonatchilar o‘rtasida bank omonati shartnomasi, omonat summasi bank kassasiga qabul qilingan yoki omonat hisobvarag‘iga tegishli mablag‘ naqd pulsiz kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Agar omonatga qo‘yilganligi omonat daftarchasi, omonat sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan bo‘lsa, bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi. Muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs — o‘z nomiga va boshqa shaxs nomiga omonat qo‘yishi, o‘zining bank omonat hisobvarag‘idagi mablag‘ini o‘zi yoki vakili orqali mustaqil tasarruf etishi, shuningdek, boshqa shaxslar omonat mablag‘larini tasarruf etish uchun vakil bo‘lishi mumkin. Fuqaro omonatchi bo‘lgan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi. 4. Omonatchi tomonidan qo‘yiladigan omonatning eng kam va eng ko‘p miqdori har bir bank tomonidan qonun hujjatlariga asosan mustaqil ravishda belgilanadi. 5. Bank qabul qilib olgan omonatlarning qaytarilishini ta’minlash uchun foydalanishi shart bo‘lgan vositalar va usullar qonun hujjatlari va bank omonati shartnomasi bilan belgilanadi. Bank omonatchining talabiga muvofiq omonatning qaytarilishi ta’minlanganligi to‘g‘risida axborot berishi shart. Bank omonatning qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan, shuningdek ta’minotni yo‘qotgan yoki uning shartlarini yomonlashtirgan taqdirda, omonatchi bankdan omonat summasini darhol qaytarib berishni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyingi o‘rinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova) 327-moddasiga muvofiq unga foizlar to‘lashni hamda o‘ziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. 6. Bank omonati shartnomasi bo‘yicha shartlar qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi va omonat operatsiyalarni bajarishda qiyinchilik va chalkashliklar keltirib chiqarmasligi kerak. Banklar tomonidan omonatchilarning hisobvaraqlari kreditiga boshqa hisobvaraqlardan kelib tushgan mablag‘larni kiritib qo‘yish uchun haq olishlari taqiqlanadi. 7. Agar bankning bank operatsiyalarini bajarish huquqini beruvchi litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4-5-son, 70-modda) talablari asosida amalga oshiriladi. 8. Omonatchilar yoki ularning qonuniy vakillari topshirig‘iga binoan bankning omonat hisobvarag‘ida turgan pul mablag‘lari bilan bank operatsiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan xizmatlar uchun bank tomonidan vositachilik haqi undirilishi mumkin. 9. Omonatchi bankdagi omonatini bank omonati shartnomasi va boshqa qonun hujjatlari doirasida erkin tasarruf etadi, shuningdek o‘z omonati bo‘yicha foiz, yutuq yoki boshqa shakldagi daromadlarni olish huquqiga ega. Omonatchi birinchi talabi bo‘yicha bankdagi omonatini to‘liq yoki qisman qaytarib olish huquqiga ega. Yuridik shaxslar tomonidan qaytarib berishning shartnomada nazarda tutilgan boshqa shartlari asosida qo‘yilgan omonatlar bundan mustasno. 10. Banklarda omonat kassalarini tashkil etish va ularning inkassatsiya qilinishiga bo‘lgan talablar “Tijorat banklarida kassa ishlarini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnoma”da (ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 26-27-son, 258-modda), omonat hisobvaraqlaridan mablag‘larni mijozning topshirig‘iga ko‘ra boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazish “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizomda (ro‘yxat raqami 1122, 2002-yil 15-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 7-son) belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 11. Omonatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar; Jamg‘arma omonatlar; Muddatli omonatlar; Omonat sertifikatlari. Banklar yuqorida qayd etilgan omonat turlaridan tashqari qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan, boshqa omonatlarni qabul qilishlari mumkin. 12. Banklar omonatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan talablarga amal qilgan holda sir saqlanishini ta’minlashlari lozim. Omonatchi omonat qoldig‘i, kirim-chiqim amaliyotlari, omonat muddatining tugash vaqti va omonat bo‘yicha boshqa zarur ma’lumotlarni “SMS-banking” dasturidan foydalangan holda mobil aloqa telefoni yoki omonatchiga berilgan alohida identifikatsiya raqami, login va parol yordamida o‘rnatilgan infokioskalar yoki tadbirkorlar xonasidagi kompyuterga o‘rnatilgan maxsus dastur yoxud bankning Internet tarmog‘idagi veb-sayti orqali ochilgan shaxsiy kabinetlariga kirib olishi mumkin. 13. Omonatchilarning talab qilinishi bilanoq beriladigan omonatlar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlardir. Bank plastik kartalaridagi mablag‘lar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisoblanib, ularning harakati alohida qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi. 14. Bank bilan yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag‘i bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar bank hisobvarag‘i shartnomasi bilan tartibga solinadi. 15. Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari bo‘yicha, bank omonatchining birinchi talabiga ko‘ra (agar, bank omonati shartnomasi tuzilgan va unda boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) omonatchining tegishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechikmagan holda uning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi shart. 16. Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari muddatsiz hisoblanadi. Bank omonati shartnomasida omonatni omonatchining birinchi talabi bilan qaytarish va belgilangan foizlar to‘lash shartlari bo‘lishi lozim. 17. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisobi “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 32-son, 369-modda) muvofiq “20200 — Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvaraqlarida yuritiladi. 18. Bank omonati shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo‘naltiriladigan yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan omonatlar jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. 19. Jamg‘arma omonatlar bo‘yicha bank bilan omonatchi o‘rtasida bank omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzganidan so‘ng, bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan omonat summasi qo‘yilishi shart. Jamg‘arma omonatlar bo‘yicha bank omonati shartnomasiga muvofiq qo‘shimcha mablag‘lar kiritilishi mumkin. Qo‘shimcha mablag‘lar kiritish tartibi bank omonati shartnomasida aniq belgilanishi lozim. 20. Jamg‘arma omonatlar maqsadli, yutuqli va boshqa shartlar belgilangan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. 21. Ma’lum maqsad uchun jamg‘ariladigan va qat’iy ravishda shu maqsadga yo‘naltiriladigan omonatlar maqsadli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. 22. Omonatchiga foizlar yutuq ko‘rinishida to‘lanadigan omonatlar yutuqli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. Yutuqlar pul mablag‘lari, omonatga qo‘shimcha foizlar hisoblab yozish, buyum va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. 23. Omonat qo‘yishda bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarning bajarilishi bilan omonatdan foydalanish mumkin bo‘lgan uchinchi shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlar shartli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. Masalan, “Omonatchi o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng, omonat beriladi” yoki “Voyaga etgach beriladi” kabi shartlar belgilangan bo‘lishi mumkin. Omonatchining xohishiga ko‘ra, shartning bajarilish muddati bank omonati shartnomasida ko‘rsatilishi mumkin. Masalan, “20___ yilda omonatchi o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng omonat beriladi”. 24. Omonatchi jismoniy shaxslar xohishlariga qarab, bank jamg‘arma omonat hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, omonatchi topshirig‘i asosida bank uning jamg‘arma omonat summasini bankdan olingan kredit va unga hisoblangan foizlar to‘loviga, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bunda, bank omonatchini bank omonati shartnomasi shartlariga muvofiq operatsiya bajarilmasdan oldin yoki operatsiya bajarilgandan keyin xabardor qilish majburiyatini oladi. Xabar, uni mijoz olganligi to‘g‘risida bankka xabar berish sharti bilan pochta orqali buyurtma xat shaklida yoki boshqa shaklda jo‘natiladi. 25. Bank omonati shartnomasida bank tomonidan omonat hisobvarag‘i bo‘yicha bajarilgan barcha operatsiyalar haqida xabardor qilishi belgilangan bo‘lsa, bank shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda jamg‘arma omonat hisobvaraqlaridan ko‘chirmani omonatchiga taqdim qiladi. 26. Jamg‘arma omonat hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmalar va omonat daftarchasidagi barcha o‘zgarishlarni omonatchi o‘rganib chiqishi hamda har qanday nomuvofiqlik to‘g‘risida bankka xabar qilishi kerak. Bank xabar qilingan nomuvofiqlikning sabablarini o‘rganib, ularni birlamchi hujjatlar asosida bartaraf qilishi va amalga oshirilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida omonatchiga xabar berishi lozim. 27. Agar omonatchi jamg‘arma omonatni bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo‘lsa, u o‘zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim. 28. Omonatchi jamg‘arma omonat summasini, bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi. 29. Yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining jamg‘arma omonatlariga mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘idan o‘tkaziladi va omonat muddati tugagach yoki bank omonati shartnomasi bekor qilingan hollarda jamg‘arma omonatidagi mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. 30. Jamg‘arma omonatlar hisobi “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) muvofiq “20400 — Jamg‘arma depozitlar” hisobvaraqlarida yuritiladi. 31. Bank omonati shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish sharti bilan jalb qilingan omonatlar muddatli omonatlar hisoblanadi. 32. Muddatli omonatlar bo‘yicha bank bilan omonatchi o‘rtasida muddatli bank omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzilganidan so‘ng, muddatli bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan omonat summasini qo‘yishi shart. Qo‘shimcha mablag‘lar kiritish tartibi muddatli bank omonati shartnomasida belgilanishi lozim. 33. Agar omonatchi muddatli omonatni muddati tugagunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo‘lsa, u o‘zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim. 34. Muddatli omonatlar qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Bunda bir yilgacha muddatga qabul qilingan omonatlar qisqa muddatli omonatlar, bir yildan ortiq muddatga qabul qilingan omonatlar uzoq muddatli omonatlar hisoblanadi. 35. Omonatchi muddatli omonat summasini muddat tugaganidan keyin muddatli bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar muddatli bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi. 36. Yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining muddatli omonatlariga mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘idan o‘tkaziladi va omonat muddati tugagach yoki muddatli bank omonati shartnomasi bekor qilingan hollarda muddatli omonatidagi mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. 37. Muddatli omonatlar hisobi “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) muvofiq “20600 — Muddatli depozitlar” hisobvaraqlarida yuritiladi. 38. Bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz omonat sertifikati hisoblanadi. 39. Omonat sertifikatlari blankalar tarzida hujjatli shaklda chiqariladi. 40. Omonat sertifikatlarini chiqarish hamda muomalada bo‘lishi “Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi nizom”da (ro‘yxat raqami 1859, 2008-yil 24-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 39-son, 400-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 41. Bank tomonidan omonatlar bo‘yicha foizlar hisoblash “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida nizom” (ro‘yxat raqami 1306, 2004-yil 30-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 4-son, 51-modda) asosida amalga oshiriladi. 42. Omonatlarga to‘lanadigan foiz stavkalari banklar tomonidan qonun hujjatlari talablari doirasida belgilanadi. Bank omonati shartnomasida to‘lanadigan foizlar miqdori haqida shart bo‘lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to‘lanadigan miqdorda foizlar to‘lashi shart. 43. Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to‘lanadigan foizlar miqdorini o‘zgartirish huquqiga ega. Bank foizlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, foizlarning yangi miqdori foizlar kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qo‘yilgan omonatlarga nisbatan qo‘llanadi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu xabarga qadar qo‘yilgan omonatlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy o‘tganidan keyin qo‘llanadi. Bank, omonat foizlari miqdorini kamaytirganligi haqida shaxsan har bir omonatchini rasmiy ravishda xabardor qilishi lozim. 44. Jamg‘arma va muddatli omonatlar bo‘yicha bank omonati shartnomasida belgilangan foizlar miqdorini, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas. Ushbu omonatlar bo‘yicha mablag‘lar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat bo‘yicha foizlar to‘lanmaydi. 45. Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining hisobvarag‘i xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi mablag‘lardan foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi. Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy o‘tganidan keyin omonatchining talabi bilan omonat summasidan alohida to‘lanadi, bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qo‘shilib boradi. Omonatga topshirilgan mablag‘ qo‘yilgan kunning o‘zida to‘liq yoki qisman qaytadan berilsa, foizlarni hisoblashda omonat berilgan kun hisobga olinmaydi. Qo‘shimcha mablag‘lar qabul qilinganda, foizlar hisoblash uchun operatsiya amalga oshirilgan kundan keyingi kundan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. 46. Banklar omonatchilar bilan kelishilgan holda omonat bo‘yicha foizlarni oldindan to‘lab berishi mumkin. Agar omonatchi omonat summasini muddatdan oldin olish niyati bo‘lsa va omonatning haqiqatda saqlangan muddatiga hisoblangan foizlar summasi bo‘nak tariqasida oldindan berib yuborilgan summadan kam bo‘lsa, o‘rtadagi farq omonat summasidan chegirib qolinadi. 47. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat omonatchining talabi bilan, shuningdek, muddatli va jamg‘arma omonatlar muddati tugashi bilan qaytarilganda, shu paytgacha yozilgan hamma foizlar to‘lanadi. 48. Omonatchi jismoniy shaxslar tomonidan bir necha yillar uchun hisoblangan foizlar yozilmagan omonat daftarchasi taqdim qilinganda, bu foizlar summasi omonat daftarchasida har bir yil uchun alohida yoziladi, omonat qoldig‘i esa, oxirgi yil uchun hisoblangan foizlar yozuvidan keyin foizlar summasini qo‘shgan holda so‘z bilan yoziladi. 49. Omonat daftarchasi bank tomonidan omonat bo‘yicha bajarilgan operatsiyalarni omonatchiga yozma ravishda tasdiqlovchi va omonat bo‘yicha olingan majburiyatlarni kafolatlovchi hujjat hisoblanadi. 50. Omonat daftarchasi muqovasiga bankning to‘liq nomi va logotipi (firma belgisi), uning ichki tomoni birinchi betida bank filialining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi, omonat turi, nomi, foizi va muddati, 20 ta belgili shaxsiy hisobvaraq raqami, valyuta turi, nazoratchi, bosh buxgalter va filial rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi hamda filial muhri o‘rni uchun joy ko‘rsatilishi lozim. 51. Omonat daftarchasining ikkinchi va keyingi varaqlariga omonat bo‘yicha amaliyotlarni qayd etuvchi jadval tushirilishi, unda “Sana” (yil, kun, oy) “Kirim”, “Chiqim”, “Qoldiq”, “Foizlar” hamda kassir, nazoratchi, bosh buxgalter va filial rahbari tomonidan imzo qo‘yish uchun tegishli ustunlar bo‘lishi shart. 52. Omonat daftarchasining ikkinchi varag‘idan boshlab har bir varaqning oxirida “omonat daftarchasi yopilgan/omonat qoldig‘i yangi “____” seriya “____” raqamli omonat daftarchasiga o‘tkazildi” degan yozuv hamda nazoratchining familiyasi, ismi va otasining ismi, imzosi va sana uchun chiziqli joy ko‘rsatilishi lozim. 53. Omonatning asosiy shartlarini ifodalovchi yozuvlar matni omonat daftarchasi muqovasining ichki tomonlariga kiritilishi yoki unga ilova varag‘i sifatida joylashtirilishi mumkin. 54. Agar omonatning boshqa holati isbot qilingan bo‘lmasa, omonat to‘g‘risida omonat daftarchasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bank bilan omonatchi o‘rtasida omonat bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. 55. Naqd pulsiz shaklda kelib tushgan omonat to‘liq olinganda yoki omonat daftarchasi yo‘qolgan holda omonatni to‘liq olish istagi bildirilganda omonat daftarchasi rasmiylashtirilmaydi. 57. Omonat yopilgan taqdirda, omonat daftarchasini bank qaytarib olishi shart. Omonat kassalarida omonatchilar omonat daftarchalarini saqlashga qoldirishi taqiqlanadi. 58. Omonat daftarchasida bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha qayd etilgan yozuvlar nazoratchi va kassir imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. Omonatchi tomonidan omonat daftarchasiga biron-bir yozuv kiritilishi taqiqlanadi. 59. Banklarda to‘ldirilmagan yangi omonat daftarchalari qat’iy hisobda turuvchi blankalar hisoblanadi va pul omborxonasida “Tijorat banklarida kassa ishlarini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnoma”da (ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) belgilangan tartibda saqlanadi. 60. Omonat kassalarda omonat operatsiyalarini bajarishda quyidagi hujjatlar yuritiladi: 1) Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi (mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasi); 2) Kirim orderi (mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasi); 3) So‘nggi nazoratga xabarnoma (mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi); 4) Tasdiqnoma (mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasi); 5) Chiqim orderi (mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasi); 6) “Aholi omonatlari bo‘yicha naqd pul mablag‘larini berilishida omonatchilarning murojaatlarini qayd etish daftari” (mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasi); 7) “Naqd pulsiz shaklda qabul qilinadigan omonatlar bo‘yicha tuziladigan shartnomalarni ro‘yxatga olish daftari” (mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasi); 8) Naqd pulsiz kirim orderi (mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasi); 9) Naqd pulsiz chiqim orderi (mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasi); 10) “Yo‘qolgan omonat daftarchalari bo‘yicha arizalarni ro‘yxatga olish daftari” (mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasi); 11) Operatsion kundalik (mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasi); 12) Operatsion kundalikka ilova (mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasi); 13) Ishlatilgan qat’iy hisobda turuvchi blankalarni hisobdan chiqarish orderi (mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasi); 14) “Qat’iy hisobda turuvchi blankalarning harakatini hisobga olish daftari” (mazkur Yo‘riqnomaning 14-ilovasi); 15) “Omonat kassasini qo‘riqlash xizmatiga topshirish va qabul qilish daftari” (mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasi). 16) Omonat daftarchasi (mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasi). 61. Mazkur Yo‘riqnomaning 60-bandida nazarda tutilgan hujjatlar (omonat daftarchasi bundan mustasno) kompyuterning tegishli dasturi orqali to‘ldirilishi va qog‘ozga chiqarilishi hamda ushbu hujjatlar unda ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan shaxsan imzolanishi shart. 62. Mazkur Yo‘riqnomaning 60-bandida nazarda tutilgan daftarlar ilovalarda keltirilgan namunaga muvofiq bo‘lishi, qattiq muqova bilan qoplangan va raqamlangan, tikilgan, varaqlar soni va daftarni yuritish sanasi ko‘rsatilgan holda bank filiali rahbari, bosh buxgalteri va omonat bo‘linmasi boshlig‘ining imzolari va filial muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 63. Mazkur Yo‘riqnomaning 60-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda yozuvlar tushunarli, to‘g‘ri va aniq ko‘rinadigan holda yozilishi lozim. Yozuvlarda hech qanday qisqartirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi, Operatsion kundalikda omonatchining ismi va otasining ismi bundan mustasno. Masalan: “qabul qilindi” degan so‘zlar o‘rniga “qab. qil-di” degan so‘zlar, “Berildi” degan so‘z o‘rniga “Ber-di” degan so‘z kabi. 64. Omonatlar bo‘yicha yuritiladigan hujjatlarni (orderlar bundan mustasno) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilgan noto‘g‘ri yozuv uni o‘qish imkonini beradigan darajada o‘chirilishi va o‘chirilgan noto‘g‘ri yozuv ustidan (Shaxsiy hisobvaraq varaqchasida bo‘sh joyida yoziladi) to‘g‘ri ma’lumotlar yozilishi va yozuvga tuzatish kiritgan xodim tuzatish sanasini ko‘rsatib, uni imzolashi lozim. 65. Orderlarda hech qanday tuzatish, tozalash, o‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Orderlarda biror-bir tuzatish mavjud bo‘lsa, ular bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi. 66. Omonat daftarchasida yo‘l qo‘yilgan noto‘g‘ri yozuv ustidan chiziladi va amalga oshiriladigan operatsiya keyingi bo‘sh satrda yozilishi lozim. Tuzatish haqidagi yozuv nazoratchi tomonidan imzolanadi va omonat kassasi muhri bilan tasdiqlanadi. 67. Barcha qo‘lda yoziladigan hujjatlarga yozuvlar faqat ko‘k yoki qora rangli, siyohli yoki sharikli ruchkada amalga oshiriladi. 68. Mazkur Yo‘riqnomaning 60-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda (Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi bundan mustasno) sanani ko‘rsatishda oy nomi so‘z bilan yozilishi shart. 69. Omonatchilar tomonidan to‘ldiriladigan hujjatlarda omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismini tuzatishga ruxsat etilmaydi. 71. Banklarda jismoniy shaxslar omonatlarining hisobini yurituvchi shaxsiy hisobvaraqlarini ochish va yopish “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 18-son, 229-modda) asosida amalga oshiriladi. 72. Jismoniy shaxslarning omonatlarining hisobini yuritish uchun “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”da (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) belgilangan hisobvaraqlarda 20 ta belgili shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi. Jismoniy shaxslarga ochilgan hisobvaraqlar belgilangan tartibda Bank depozitorlari milliy axborot bazasida ro‘yxatga olinadi. 73. Jismoniy shaxslarga shaxsiy hisobvaraqlar omonat qabul qilingandan so‘ng, bankning omonat kassasida nazoratchi tomonidan ochiladi. Shaxsiy hisobvaraqlar har bir omonatga alohida ochiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxslarga bitta shaxsiy hisobvaraq ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 74. Shaxsiy hisobvaraqlar har bir omonat bo‘yicha qat’iy ketma-ketlikda izchil ravishda raqamlanadi. Bir xil raqamlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar bitta raqam bilan ikkita shaxsiy hisobvaraq ochilgan bo‘lsa, ulardan biri omonatchi omonat kassaga kelganda yopilishi lozim. 75. Shaxsiy hisobvaraqlar omonat va unga hisoblangan foizlar to‘liq to‘langandan yoki omonatchining kelmaganligi sababli omonat boshqa hisobvaraqqa (harakatsiz hisobvaraqqa) o‘tkazilgandan keyin yopiladi. Yopilgan shaxsiy hisobvaraqlar raqamlari qayta tiklanmaydi va boshqa shaxsiy hisobvaraqlarni raqamlashda foydalanilmaydi. 76. Shaxsiy hisobvaraq raqami omonat daftarchasi, Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi, So‘nggi nazoratga xabarnoma, Kirim orderi, Chiqim orderi, Naqd pulsiz kirim orderi va Naqd pulsiz chiqim orderida ko‘rsatilishi shart. 77. Shaxsiy hisobvaraq omonatchilarga bir martalik operatsiya uchun omonat daftarchasi bermagan holda ochilishi mumkin. Bunda bank omonati shartnomasida va omonatchi tomonidan shaxsiy hisobvaraq ochish uchun yozilgan arizada “omonat daftarchasi rasmiylashtirilmagan holda” deb ko‘rsatilishi lozim. Pul mablag‘lari qonun hujjatlariga muvofiq naqd pulsiz shaklda omonatchining shaxsiy hisobvarag‘iga kelib tushgan hollarda, pul mablag‘lari arizada ko‘rsatilgan hisobvaraqqa omonat daftarchasi rasmiylashtirilmagan holda o‘tkaziladi yoki naqd pulda to‘lab beriladi. 78. Har bir omonatga ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar uchun Shaxsiy hisobvaraq varaqchalari tuziladi. 79. Shaxsiy hisobvaraq varaqchasining “Belgilar uchun” satrida omonat shartlari qayd etiladi. 80. Shaxsiy hisobvaraq varaqchasining “Belgilar uchun” satrida qilingan qaydlar barcha hollarda sana ko‘rsatilib, nazoratchining imzosi bilan tasdiqlanishi shart. 82. Shaxsiy hisobvaraq varaqchalari avval omonat turlari (“talab qilib olinguncha saqlanadigan”, “muddatli”, “jamg‘arma”) bo‘yicha, so‘ngra har bir omonat turi va unga o‘rnatilgan tartib raqami asosida o‘sib borish tartibida kartotekaga joylashtiriladi. 83. Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi to‘lganda, yangi qo‘shimcha Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi tuziladi va to‘lgan Shaxsiy hisobvaraq varaqchasidagi zarur ma’lumotlar, omonat qoldig‘i va foizlari yangi qo‘shimcha Shaxsiy hisobvaraq varaqchasiga o‘tkaziladi. To‘lgan Shaxsiy hisobvaraq varaqchasida nazoratchi yangi varaqchaning tartib raqamini ko‘rsatadi va imzo qo‘yadi. 84. Yangi Shaxsiy hisobvaraq varaqchasida omonatchining imzo namunasi uchun joy chizib qo‘yiladi. Nazoratchi ochilgan yangi qo‘shimcha Shaxsiy hisobvaraq varaqchasini imzolaydi. 85. Shaxsiy hisobvaraqlar bo‘yicha barcha ochilgan yangi qo‘shimcha Shaxsiy hisobvaraq varaqchalarining yuqori o‘ng burchagiga Shaxsiy hisobvaraq varaqchasining tartib raqami qo‘yiladi. 86. Kartotekada yangi qo‘shimcha Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi bilan birgalikda boshlang‘ich mablag‘ topshirilganda ochilgan birinchi Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi ham saqlanadi. 87. Shaxsiy hisobvaraq bo‘yicha bir necha Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi to‘lgan bo‘lsa, amaldagi kartotekada faqat joriy yil uchun Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi va birinchi Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi saqlanadi. 88. Birinchi Shaxsiy hisobvaraq varaqchasidan tashqari boshqa to‘lgan Shaxsiy hisobvaraq varaqchalari shaxsiy hisobvaraq yopilgunga qadar omonat bo‘linmasida joriy yilda yopilgan Shaxsiy hisobvaraq varaqchalaridan alohida kartotekada saqlanadi. 89. Yil yakunlanib, yillik hisobotlar tuzilgandan so‘ng yopilgan Shaxsiy hisobvaraq varaqchalari bo‘yicha tartib raqami, shaxsiy hisobvaraq raqami, omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan ro‘yxat tuzilib, unga barcha yopilgan Shaxsiy hisobvaraq varaqchalarini ilova qilgan holda omonat bo‘linmasiga topshiriladi. 90. Omonat bo‘linmasi tomonidan barcha omonat kassalar bo‘yicha yopilgan Shaxsiy hisobvaraq varaqchalar bo‘yicha uch nusxada umumlashtirilgan ro‘yxat tuziladi va bank filiali rahbari, bosh buxgalter va omonat bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Ro‘yxatning birinchi nusxasi omonat bo‘linmasida qoladi, ikkinchi nusxasi omonat kassasiga qaytariladi, uchinchi nusxasi esa yopilgan Shaxsiy hisobvaraq varaqchalari bilan saqlash uchun bank filiali arxiviga beriladi. 91. Omonat kassasi Bosh bank rahbarining buyrug‘iga asosan yopilganda, mazkur omonat kassasi omonatchilarning Shaxsiy hisobvaraq varaqchalari buyruqda ko‘rsatilgan boshqa omonat kassasiga o‘tkaziladi. 92. Omonat bo‘linmasi boshlig‘i va so‘nggi nazoratchi filialning har bir omonat kassasi bo‘yicha “harakatsiz omonatlar” maqomiga mos bo‘lgan shaxsiy hisobvaraqlarni saralab chiqadi va ularning ro‘yxati tuziladi. 93. Omonat bo‘linmasi harakatsiz omonatlarning har bir omonat kassasi va har bir omonat turi bo‘yicha umumiy summasiga memorial orderni tuzadi va uni ro‘yxatga biriktiradi. Harakatsiz omonatlar bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlardagi qoldiq summalar “842 — tartib raqami bilan ochilgan “20206 — Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag‘ida ochilgan mos Shaxsiy hisobvaraqqa o‘tkaziladi. 94. Harakatsiz omonatlar bo‘yicha Shaxsiy hisobvaraq varaqchalari bank filiali yoki uning qoshidagi markaziy omonat kassasida alohida kartotekada saqlanadi. 95. Dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan banklarda harakatsiz omonatlar bo‘yicha Shaxsiy hisobvaraq varaqchalari har bir omonat kassasining o‘zida alohida kartotekada saqlanadi va ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar bajarilmasligi uchun omonat bo‘linmasi tomonidan omonatchi kelgunga qadar dasturda taqiq qo‘yiladi. 96. Omonat bo‘linmasida harakatsiz omonatlarning har bir turiga alohida Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi rasmiylashtiriladi. Shaxsiy hisobvaraq varaqchasida omonat kassasi raqami, sana, harakatsiz omonat nomi, Shaxsiy hisobvaraq raqami va harakatsiz omonatni rasmiylashtirgan nazoratchi hamda omonat bo‘linmasining mas’ul xodimi imzosi ko‘rsatiladi. 97. Omonat bo‘linmasida harakatsiz omonatlarning har bir turi bo‘yicha alohida yig‘majild yuritiladi. Yig‘majild ichiga omonat kassalaridan berilgan harakatsiz omonatlar ro‘yxati omonat kassalarining raqami o‘sib borish tartibida tikiladi. 98. Harakatsiz omonatlar “842 — tartib raqami bilan ochilgan “20206 — Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag‘ida omonatchi kelgunga qadar saqlanadi. Harakatsiz shaxsiy hisobvaraqlar bo‘yicha foizlar (ular bo‘yicha o‘zgarishlarni hisobga olib), omonatchi kelgan paytda harakatsiz omonatning shaxsiy hisobvaraqda saqlangan muddati uchun hisoblanadi. 99. Omonat bo‘linmasi yillik hisobotida “harakatsiz omonatlar” maqomi berilgan shaxsiy hisobvaraqlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi lozim. 100. Jismoniy shaxslarning shaxsiy hisobvaraqlardagi omonatlarini sud organlari ajrimiga, tergov va surishtiruv organlari hamda sud ijrochilarining qarorlariga asosan xatlash mumkin. 101. Kelib tushgan ajrim yoki qarorning to‘g‘riligi (yozilgan sanasi, mas’ul shaxslar imzolari va boshqa rekvizitlarning mavjudligi va tegishli organlarning muhri aniq tushirilganligi) bank filiali rahbari va bosh buxgalteri tomonidan tekshirilib, ajrim yoki qarorda ko‘rsatilgan omonatni xatlash haqida omonat qo‘yilgan omonat kassasiga hujjat nusxasini ilova qilgan holda darhol ko‘rsatma jo‘natiladi. 102. Nazoratchi ko‘rsatmani olgandan so‘ng, darhol o‘z imzosi bilan Shaxsiy hisobvaraq varaqchasida oxirgi operatsiyalar yozuvidan keyin va So‘nggi nazoratga xabarnomada qaysi hujjatga asosan omonat xatlanganligi to‘g‘risida yozuv kiritadi. 103. Omonatni xatlash bekor qilinganda, bank filiali rahbari va bosh buxgalteri xatlash bekor qilinganligi haqidagi hujjatni tekshirib (yozilgan sanasi, mas’ul shaxslar imzolari va boshqa rekvizitlarning mavjudligi va tegishli organlarning muhri aniq tushirilganligi), o‘z imzolari bilan tasdiqlaydilar. Xatlash bekor qilinganligi haqidagi hujjat nusxasi darhol shaxsiy hisobvaraq ochilgan omonat kassasiga jo‘natiladi. 104. Nazoratchi omonatni xatlash bekor qilinganligi haqidagi hujjat nusxasini olgach, shu kunning o‘zida Shaxsiy hisobvaraq varaqchasiga va So‘nggi nazoratga xabarnomaga xatlash bekor qilinganligi haqida yozuv kiritadi va xatlash bekor qilinganligi haqidagi hujjat nusxasini va So‘nggi nazoratga xabarnomani kunlik hisobot tarkibida bank filialiga jo‘natadi. 105. Omonatchidan boshlang‘ich mablag‘ni qabul qilishdan oldin, nazoratchi omonatchini omonat shartlari bilan tanishtirishi shart. 106. Omonatchi shartnoma shartlariga rozi bo‘lgan taqdirda, unga omonat hisobvarag‘i ochiladi va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi rasmiylashtiriladi. Omonatchi tomonidan Kirim orderi, So‘nggi nazoratga xabarnoma va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi imzolanadi va nazoratchiga taqdim etiladi. 107. Nazoratchi Kirim orderi va So‘nggi nazoratga xabarnoma to‘g‘ri to‘ldirilganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, omonatchidan omonatni qabul qilish uchun Kirim orderini kassirga beradi. 108. Kassir omonat summasini sanab oladi va Kirim orderida ko‘rsatilgan summa bilan solishtiradi hamda summalar mos kelganda Kirim orderini imzolab nazoratchiga qaytaradi. 109. Nazoratchi Kirim orderi asosida kompyuter dasturiga boshlang‘ich omonat summasini kiritadi va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasiga omonatchining shaxsiy hisobvarag‘i raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi hamda manzili haqidagi ma’lumotlarni yozib qo‘yadi. 111. Omonatchi Shaxsiy hisobvaraq varaqchasining “omonatchi” satriga o‘z imzosini qo‘yadi. Ushbu imzo omonatchining imzo namunasi bo‘lib hisoblanadi. 112. Nazoratchi omonatchining imzo namunasini omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi imzo bilan solishtirishi shart. 113. Tasdiqnoma va Omonat daftarchasi nazoratchi tomonidan rasmiylashtiriladi. 114. Bank omonati shartnomasi nazoratchi tomonidan ikki nusxada bir xil raqamlanadi va unda omonatchiga beriladigan omonat daftarchasi raqami ko‘rsatiladi. Bank omonati shartnomasiga omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘z qo‘li bilan yozilishi va imzolanishi lozim. 115. Nazoratchi Tasdiqnoma va Omonat daftarchasini imzolash uchun kassirga beradi. 117. Kassir tomonidan Tasdiqnoma va Omonat daftarchasi imzolanadi va Omonat daftarchasi filial rahbari va bosh buxgalteriga imzolash uchun taqdim etiladi. Filial rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan Omonat daftarchasi va Tasdiqnoma kassir tomonidan omonatchiga beriladi. 1171. Tasdiqnoma omonatning qabul qilinganligini omonatchi Omonat daftarchasini olguniga qadar tasdiqlovchi qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Tasdiqnoma omonatchi, nazoratchi va kassir tomonidan imzolanadi. 1172. Omonat kassalari ish vaqti tugagandan so‘ng barcha hujjatlar, pul va boshqa qimmatliklarni shu kunning o‘zida inkassatsiya xizmati orqali bank filialiga yetkazib berishlari shart. 1173. Omonat bo‘linmasining so‘nggi nazoratchisi tomonidan omonat kassalarining hujjatlari nazoratdan o‘tkazilib, bank buxgalteriyasi tomonidan tegishli buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi hamda naqd pullar shu kunning o‘zida aylanma kassaga kirim qilinadi. 1174. Omonat daftarchasi ochilganda va yopilganda kassir, nazoratchi, bosh buxgalter va filial rahbari tomonidan imzolanadi. Omonat daftarchasida qayd etiladigan boshqa kirim va chiqim operatsiyalari nazoratchi va kassir tomonidan imzolanadi. 118. Agar omonatchi voyaga etmagan bo‘lsa, Shaxsiy hisobvaraq varaqchasining “tug‘ilgan yili” satrida omonatchining tug‘ilgan yili, kuni va oyi to‘liq ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar So‘nggi nazoratga xabarnomaga ham yoziladi. 119. Boshlang‘ich mablag‘ omonatchining vakilidan qabul qilingan hollarda, Shaxsiy hisobvaraq varaqchasining birinchi (bo‘sh) ustunida va Kirim orderida (chap tomonida) “omonatni qo‘ygan shaxs imzosi” satri oldida va So‘nggi nazoratga xabarnomaga “Omonatni kiritdi” deb yoziladi va vakilning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi. 120. Boshlang‘ich mablag‘ omonatchining vakilidan qabul qilingan hollarda, omonatchi omonat kassasiga kelganda So‘nggi nazoratga xabarnomani to‘ldiradi va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasiga imzosini qo‘yadi. 121. Nazoratchi So‘nggi nazoratga xabarnomadagi omonatchining imzosini omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi imzo bilan solishtiradi, sanani qo‘yadi va imzolaydi. 122. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan omonat bo‘yicha Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi va So‘nggi nazoratga xabarnomaga nazoratchi “Omonatni ota-ona ruxsati bilan boshqarish”, “Omonatni farzandlikka oluvchilar ruxsati bilan boshqarish” yoki “Omonatni vasiy ruxsati bilan boshqarish” degan yozuvni kiritadi va imzolaydi. Bunda, Shaxsiy hisobvaraq varaqchasining “omonatchi” satriga va So‘nggi nazoratga xabarnomaga omonatchi faqat o‘n to‘rt yoshga to‘lgandan keyin imzo qo‘yadi. 123. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan omonat bo‘yicha omonatchining ota-onasi, farzandlikka oluvchisi yoki vasiysi So‘nggi nazoratga xabarnomaga o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga etmagan shaxsning tug‘ilgan yili, oyi va kuni, omonatchining ota-onasi, farzandlikka oluvchisi yoki vasiysi ekanligini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini yozib, imzolaydi hamda Shaxsiy hisobvaraq varaqchasining “omonatchi” satriga imzo qo‘yadi. Nazoratchi tomonidan o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga etmagan shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi yoki vasiysining imzosi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi imzo bilan taqqoslanadi hamda taqdim etilgan hujjatlarga asosan haqiqatdan ham omonatchining ota-onasi, farzandlikka oluvchisi yoki vasiysi ekanligi tekshiriladi. 124. Omonatga qo‘shimcha mablag‘lar qabul qilishda omonatchi nazoratchiga omonat daftarchasini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi shart. 125. Omonatga omonatchidan qo‘shimcha mablag‘lar qabul qilish So‘nggi nazoratga xabarnomani to‘ldirilmasdan, mazkur Yo‘riqnomaning 106 — 109 va 115 — 117-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 126. Nazoratchi kartotekadagi Shaxsiy hisobvaraq varaqchasidagi omonatchining familiyasi, ismi, otasining ismini, imzosini va omonat qoldig‘ini omonat daftarchasidagi ma’lumotlar bilan solishtiradi hamda Kirim orderi asosida kompyuter dasturi va Omonat daftarchasiga qo‘shimcha mablag‘ summasini kiritadi. 127. Omonat daftarchasi va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasidagi omonat qoldig‘i bo‘yicha farq bo‘lgan hollarda (naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha omonat kirim qilingan summadagi farqdan tashqari) bu haqda nazoratchi omonat bo‘linmasi boshlig‘iga xabar beradi. Omonat bo‘yicha navbatdagi operatsiya farq sabablari aniqlanib, bartaraf etilgandan keyin amalga oshiriladi. 128. Omonatchi o‘z omonatini to‘liq yoki qisman qaytarib olish uchun Chiqim orderini to‘ldirib, omonat daftarchasi (omonat daftarchasi berilmagan yoki omonat daftarchasi yo‘qolgan hollar bundan mustasno) va shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birga nazoratchiga taqdim qiladi. 129. Nazoratchi omonatni berishda quyidagilarni amalga oshiradi: shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida omonatchining shaxsi va omonat daftarchasi unga tegishli ekanligini aniqlaydi; shaxsni tasdiqlovchi hujjat va omonat daftarchasidagi ma’lumotlarni va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasidagi ma’lumotlar bilan solishtiradi; Chiqim orderi to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiradi va undagi imzoni Shaxsiy hisobvaraq varaqchasidagi imzo namunasi bilan solishtiradi; Shaxsiy hisobvaraq varaqchasiga va Chiqim orderiga operatsiya sanasi, berilgan summa, operatsiyadan keyin omonat qoldig‘i, hisoblangan foizlar summasi va operatsiyadan keyin foizlar qoldig‘ini kiritadi va imzolaydi; omonat daftarchasiga operatsiya bo‘yicha amalga oshirilgan sanani ko‘rsatadi, berilgan summani raqam bilan, omonat qoldig‘ini raqam va so‘z bilan yozadi; omonat daftarchasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va Chiqim orderini kassirga beradi. 130. Kassir omonatni berishda quyidagilarni amalga oshiradi: nazoratchidan qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha beriladigan summani tayyorlaydi; Chiqim orderining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va omonat daftarchasiga kiritilgan operatsiya bo‘yicha yozuvlar to‘g‘riligini tekshiradi va ularni imzolaydi; omonatchini taklif etadi va pul, omonat daftarchasi (omonat qisman olinganda) va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni qaytarib beradi. 131. Omonat summasi shaxsiy hisobvaraqqa naqd pulsiz kelib tushganda va omonatchi omonatni to‘liq oladigan bo‘lsa, omonatchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi ma’lumotlarini Chiqim orderining orqa tomoniga yozadi va imzolaydi. 132. Nazoratchi zarur hollarda omonat summasini oluvchidan Chiqim orderining orqa tomoniga takroran imzo qo‘yishini talab qilish huquqiga ega. 133. Omonat kassalarida omonatchilarning omonatlarini o‘z vaqtida berilishini ta’minlash maqsadida “Aholi omonatlari bo‘yicha naqd pul mablag‘larini berilishida omonatchilarning murojaatlarini qayd etish daftari” yuritiladi. 134. Omonatchi omonatini ishonchli vakili orqali tasarruf etishi mumkin. Bunda omonatchi vakiliga belgilangan tartibda ishonchnoma rasmiylashtirishi shart. 135. Ishonchnoma uch yil muddatgacha beriladi. Agar ishonchnomada amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda ishonchnoma berilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi. 136. Ishonchnoma bo‘yicha omonatni berishda nazoratchi ishonchnoma to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, amal qilish muddati tugamaganligini va omonatchining ishonchnomadagi imzosini Shaxsiy hisobvaraq varaqchasidagi imzo namunasi bilan solishtiradi. 137. Nazoratchi ishonchli vakildan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini talab etadi va Chiqim orderidagi imzo namunasini taqdim etilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi imzosi bilan solishtiradi. 138. Ishonchli vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari Chiqim orderining orqa tomoniga va So‘nggi nazoratga xabarnomaga yoziladi. 139. Omonat kassasiga ishonchnoma asl nusxasi taqdim etiladi va nazoratchi tomonidan ishonchnomadan ikki (ishonchnoma bir martalik omonat operatsiyasi bo‘yicha berilganda bir nusxa) nusxa olinadi. Ishonchnomaning birinchi nusxasi (ishonchnoma bir martalik omonat operatsiyasi bo‘yicha berilganda asl nusxasi) kunlik hisobot tarkibida so‘nggi nazorat uchun omonat bo‘linmasiga beriladi va kartotekada saqlanadi. Ishonchnomaning ikkinchi nusxasi ishonchnoma bergan omonatchining Shaxsiy hisobvaraq varaqchasiga tikiladi va omonat kassasida qoladi. 140. Ishonchnomaning amal qilish muddati tugagach (ishonchnoma bekor qilingach), omonat kassasida saqlanayotgan ishonchnomaning nusxasi kartotekadan olinib, belgilangan tartibda arxivga topshirish uchun omonat bo‘linmasiga beriladi. 141. Omonatchi ishonchnomani istalgan vaqtda bekor qilish huquqiga ega. Ishonchnoma bekor bo‘lganligi haqida omonatchi (uning huquqiy vorislari) omonatdan foydalanish uchun ishonchnoma berilgan omonat bo‘yicha shaxsiy hisobvaraq ochilgan bank yoki uning filialiga yozma ravishda ma’lum qilishi shart. 142. Ishonchnoma bekor bo‘lgan va bu haqda omonatchi (uning huquqiy vorislari) tomonidan o‘z vaqtida bankka yoki uning filialiga yozma ravishda xabar berilmagan hollarda, ishonchnoma bo‘yicha berilgan omonat uchun bank javobgar hisoblanmaydi. 143. Omonatchi “harakatsiz omonat” maqomi berilgan omonatni olish uchun omonat kassasiga omonat daftarchasi (omonat daftarchasi berilmagan yoki omonat daftarchasi yo‘qolgan hollar bundan mustasno), shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ariza taqdim etadi hamda arizaga bank filiali rahbari va bosh buxgalteri ruxsat imzolarini qo‘ygandan so‘ng, “842 — tartib raqami bilan ochilgan “20206 — Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag‘idan mablag‘lar beriladi. 144. Omonatchi “harakatsiz omonat” maqomi berilgan omonatning bir qismini olganda, belgilangan tartibda yangi shaxsiy hisobvaraq ochiladi va harakatsiz omonat qoldig‘i barcha tegishli foizlari bilan yangi ochilgan shaxsiy hisobvaraqqa o‘tkaziladi va omonatning bir qismi yangi shaxsiy hisobvaraqdan beriladi. 145. Nazoratchi “harakatsiz omonat” maqomi berilgan omonatni yangi shaxsiy hisobvaraqqa o‘tkazish uchun tuzilgan Naqd pulsiz chiqim orderining orqasiga omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini yozib, ularni imzosi bilan tasdiqlaydi va omonatchiga Naqd pulsiz chiqim orderiga imzo qo‘ydiradi hamda yangi omonat daftarchasini rasmiylashtiradi. 146. O‘n olti yoshga to‘lmagan omonatchining shaxsini tasdiqlash uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga qo‘shimcha ravishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan ushbu voyaga etmagan shaxsning rasmi yelimlab yopishtirilgan ma’lumotnoma talab etiladi. Ushbu ma’lumotnomadagi rasm ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati muhri bilan tasdiqlanadi. 147. Omonat merosxo‘rga omonat daftarchasi (omonat daftarchasi berilmagan yoki omonat daftarchasi yo‘qolgan hollar bundan mustasno), merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasini hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilinganda beriladi. 148. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma asosida omonatdagi pul summasi nomiga o‘tgan shaxs tomonidan vafot etgan omonatchining omonat daftarchasi taqdim qilinmaganda, omonat bo‘linmasi so‘nggi nazoratchi ma’lumotlari bo‘yicha omonatchining omonat mablag‘lari qoldiqlari tekshirilgandan so‘ng, omonat beriladi. 149. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma asosida merosxo‘rlarga omonatning tegishli qismi berilganda, omonatchining Shaxsiy hisobvaraq varaqchasida omonatning tegishli qismini olgan shaxs ma’lumotlari yozib qo‘yiladi. 150. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma asosida omonat berilayotganda nazoratchi merosxo‘rning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini guvohnoma bilan solishtiradi hamda merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasini olib qoladi. 151. Fuqarolik kodeksining 1157-moddasiga muvofiq vafot etgan omonatchining qonun bo‘yicha ham vasiyatnoma bo‘yicha ham, merosxo‘rlari bo‘lmasa yoki merosxo‘rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan bo‘lsa, meros omonati egasiz deb hisoblanadi. Meros omonati meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasi bo‘yicha meros ochilgan kundan e’tiboran uch yil o‘tgandan so‘ng sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Egasiz omonat u turgan joydagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tadi, bu organ omonatdan voz kechgan taqdirda, davlat foydasiga o‘tadi. 1511. Dastlabki omonatni qabul qilgan bank filiali qayerda joylashganligidan qat’i nazar, shu bankning barcha filiallari tomonidan omonatchining birinchi talabiga ko‘ra naqd pul mablag‘lari cheklanmagan tarzda beriladi. Bunda omonatchi tegishli filial rahbari nomiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi. Arizada omonat qaysi bank filialiga qo‘yilganligi, uning summasi, omonat turi, muddati va foizlari ko‘rsatiladi hamda olinadigan omonat summasining miqdori qayd etiladi. 1512. Ariza filial rahbari tomonidan darhol ko‘rib chiqilib, arizaga o‘z rezolyutsiyasini qo‘ygan holda ijro uchun omonat bo‘linmasiga beriladi. Bank filiali nazoratchisi omonatchini arizasiga muvofiq chaqirib, undan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va Omonat daftarchasini oladi. Nazoratchi Omonat daftarchasining ichki tomoni birinchi betida qayd qilingan ma’lumotlarning mavjudligini tekshiradi. 1513. Omonatchi Chiqim orderini to‘ldirib, omonat bo‘linmasi mas’ul xodimiga beradi. Omonat bo‘linmasi mas’ul xodimi Omonat daftarchasida qayd qilingan ma’lumotlarni omonatchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan solishtiradi va ularni o‘zaro mos ekanligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng kompyuter dasturiga kiritadi. Kiritilgan ma’lumotlarni mazkur bankning Yagona axborot bazasi bilan mos kelishini solishtiradi hamda omonatchining shaxsiy hisobvarag‘ida mablag‘ borligi tasdiqlangandan so‘ng Chiqim orderini imzolab, kassirga beradi. 1514. Kassir Chiqim orderi va arizada ko‘rsatilgan summani taqqoslab, to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng tegishli mablag‘ni omonatchiga beradi. 1515. Omonatchiga omonat mablag‘ini bergan bank filiali Chiqim orderini darhol elektron pochta manzili orqali Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi ochilgan bank filialiga yuboradi. Bank filiali elektron Chiqim orderini bir nusxada qog‘ozga chiqarib, uni omonatchining Shaxsiy hisobvaraq varaqchasiga qayd qiladi va chiqim amaliyotini amalga oshiradi. 1516. Omonat summasi va unga hisoblangan foizlar to‘lig‘icha omonatchiga berilgan hollarda, Omonat daftarchasi omonat mablag‘ini bergan bank filialida qolishi lozim. 152. Jismoniy shaxslarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz shaklda omonat kirim qilinishiga istak bildirgan jismoniy shaxslar omonat kassasiga shaxsan kelib belgilangan tartibda ariza berishlari shart. 153. Jismoniy shaxslarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz shaklda mablag‘larni kirim qilish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar omonat bo‘linmasidagi “Naqd pulsiz shaklda qabul qilinadigan omonatlar bo‘yicha tuziladigan shartnomalarni ro‘yxatga olish daftari”da qayd etiladi. 154. Omonat kassasi tomonidan jismoniy shaxslarning arizalariga asosan mazkur Yo‘riqnomaning IX bo‘limida belgilangan tartibda “20206 — Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i”da ularning har biriga alohida shaxsiy hisobvaraq ochiladi. 155. Yuridik shaxs xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini bank filiali bilan tuzilgan shartnoma asosida ularning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazishi mumkin. 156. Yuridik shaxs xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini ularning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun bank filialiga xodimlarning familiyasi, ismi va otasining ismi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari hamda yashash manzillari qayd etilgan omonatchilar ro‘yxatini taqdim qiladi. 157. Yuridik shaxs tomonidan xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar summasi to‘lov topshiriqnomasi asosida o‘tkaziladi va ushbu to‘lov topshiriqnomasi nusxasi omonatchilar ro‘yxati bilan birga omonat bo‘linmasiga taqdim qilinadi. To‘lov topshiriqnomasining “to‘lovlar maqsadi” satrida bank filiali bilan yuridik shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnoma raqami va sanasi ko‘rsatilishi shart. 158. Omonatchilar ro‘yxatining har bir varag‘ida jami summa va oxirgi varaqda jami o‘tkazilgan summa ko‘rsatilishi hamda yuridik shaxsning bankdagi hisobvarag‘ini tasarruf etish huquqiga ega shaxslar tomonidan imzolanishi va pul-hisob-kitob hujjatlariga qo‘yiladigan muhr bilan tasdiqlanishi lozim. 159. Omonat bo‘linmasi tomonidan naqd pulsiz shaklda kelib tushgan summalarni omonatchilarning tegishli shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinishi uchun umumiy summaga memorial order tuzilib, bank filiali rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. 160. Memorial orderning orqa tomonida yuridik shaxsning nomi va o‘tkazilgan pul summasi, omonatchilar ro‘yxatida esa, memorial orderning sanasi va raqami ko‘rsatilishi va memorial orderni tuzuvchi shaxs tomonidan imzolanishi shart. 161. Omonatchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz shaklda kelib tushgan summalarni kirim qilish omonatchilar ro‘yxati va to‘lov topshiriqnomasi olingan kundan keyingi ish kunidan kechikmasdan amalga oshiriladi. 162. Omonatchilar ro‘yxati bilan memorial order omonat kassasiga kelib tushganda, nazoratchi quyidagilarni amalga oshiradi: memorial orderda bank filiali rahbari va bosh buxgalterining imzosi mavjudligini tekshiradi; shaxsiy hisobvaraq ma’lumotlari bilan omonatchilar ro‘yxatida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mos kelishini tekshiradi; omonatchilarning shaxsiy hisobvarag‘iga pul summasini kirim qilish uchun har bir shaxsiy hisobvaraq bo‘yicha alohida Naqd pulsiz kirim orderini tuzadi, orderda omonat turi va operatsiya vaqtini ko‘rsatadi; Naqd pulsiz kirim orderlar bo‘yicha umumiy summani memorial order hamda omonatchilar ro‘yxatidagi summa bilan solishtiradi; omonat bo‘yicha Shaxsiy hisobvaraq varaqchasining birinchi (bo‘sh) ustunida memorial order raqamini ko‘rsatib, Shaxsiy hisobvaraq varaqchasiga kelib tushgan pul summasini yozadi; omonatchilar ro‘yxatida “Omonatchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga mazkur ro‘yxat bo‘yicha pul summalari kirim qilindi” degan yozuvni kiritadi, sanani qo‘yadi va imzolaydi. 163. Shaxsiy hisobvaraq varaqchasidagi ma’lumotlar bilan omonatchilar ro‘yxatidagi ma’lumotlari nomuvofiq bo‘lganda, nomuvofiqlik sabablari aniqlangunga qadar, operatsiya bajarilishi to‘xtatiladi. 164. Omonatchining shaxsiy hisobvarag‘iga naqd pulsiz shaklda kirim qilingan omonat, omonatchining yozma roziligisiz uni o‘tkazgan yuridik shaxsga qaytarilishi mumkin emas. 165. Jismoniy shaxslarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz shaklda kelib tushgan omonatlar bo‘yicha omonat daftarchasi, Tasdiqnoma va So‘nggi nazoratga xabarnoma omonatchilar omonat kassasiga kelganda rasmiylashtiriladi. 166. Omonatni bankning shu filialida omonatchilarga ochilgan boshqa shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkazish omonat daftarchasi va omonatchi tomonidan to‘ldirilgan va imzolangan Naqd pulsiz chiqim orderi va So‘nggi nazoratga xabarnoma asosida amalga oshiriladi. 167. Nazoratchi Naqd pulsiz chiqim orderdagi ma’lumotlarni Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi va omonat daftarchasidagi ma’lumotlar bilan solishtirib, omonat daftarchasiga va Shaxsiy hisobvaraq varaqchasining birinchi (bo‘sh) ustuniga “________________ga (familiyasi, ismi va otasining ismi) №____ hisobvarag‘iga o‘tkazildi” degan yozuvni kiritib, chiqim operatsiyasini yozadi. 168. Omonatchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi omonatlarini boshqa hisobvaraqlarga (bankning shu filialida omonatchilarga ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar bundan mustasno) o‘tkazish, ularning yozma topshirig‘i asosida to‘ldirilgan memorial orderlar orqali amalga oshiriladi. 169. Pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lovlarini jismoniy shaxslarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish mazkur Yo‘riqnomaning 152 — 165-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 170. O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son,169-modda) 5-moddasiga muvofiq ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari asosida omonatchining shaxsiy hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish bank filiali rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan va bank filiali muhri tushirilgan memorial order asosida amalga oshiriladi. Memorial orderga ijro hujjatlari ilova qilinishi va uning “to‘lov maqsadi” satrida ijro hujjatlarining sana va raqamlari ko‘rsatilishi shart. 171. Memorial orderning asl nusxasi kunlik buxgalteriya hujjatlariga, uning nusxasi va ijro hujjatlari nusxalari omonatlar bo‘yicha kunlik hisobotga tikiladi va bu ma’lumotlar omonatchining shaxsiy hisobvarag‘i varaqchasining “Belgilar uchun” satrida qayd qilinadi. 172. Yuridik shaxs foydasiga vasiyat qilingan omonat mablag‘ yuridik shaxsning hisobvarag‘iga naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkazib beriladi. Bunda, yuridik shaxsning vakili omonat daftarchasi (omonat daftarchasi berilmagan yoki omonat daftarchasi yo‘qolgan hollar bundan mustasno), merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasini va yuridik shaxs rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan va muhri bilan tasdiqlangan vasiyat qilingan omonatni o‘tkazish to‘g‘risida va tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilgan (yuridik shaxsning hisobvarag‘i, bank filiali nomi va kodi, omonat ochilgan bank filiali) xatni taqdim qilishi shart. 173. Omonat daftarchasi varaqlari yozuvlar bilan to‘lganda yoki yaroqsiz holga kelganda yoki yo‘qolganda omonatchiga yangi Omonat daftarchasi rasmiylashtiriladi. 174. Omonatchi to‘lgan omonat daftarchasining birinchi betiga “qoldig‘i _____ so‘m ___ tiyin bo‘lgan to‘lgan omonat daftarchasi o‘rniga yangi ____ seriya va ______ raqamli omonat daftarchasini oldim” degan yozuvni kiritib, sana va imzosini qo‘yadi. To‘lgan omonat daftarchasi oxirgi
129
63,196
Qonunchilik
Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazadigan auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haq
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2007-yil 12-fevraldagi 01/12-18/03, 20-son qarori (ro‘yxat raqami 1668, 2007-yil 28-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 13-son, 128-modda) bilan tasdiqlangan Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazadigan auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 165-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq auditorlik tashkilotlarini ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazadigan auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish tartibini belgilaydi.”. 2. 3-bandning birinchi xatboshisidagi, 4-banddagi, 131-bandning uchinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
250
2,359
Qonunchilik
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilib, qog‘ozbozlikka barham berildi. 207 ta tuman va shaharlardagi 2 mingdan ortiq davlat organlarida huquqni bir xil qo‘llash amaliyoti shakllandi hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi bo‘g‘ini yaratildi. Shu bilan birga, yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori bilan respublikaning barcha tuman va shaharlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-son Farmoniga muvofiq Markazlar tuman (shahar) adliya bo‘limlari tuzilmasi va bo‘ysunuviga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Adliya vazirligining 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin: mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi; qishloq xo‘jaligi bo‘limi; turizm va madaniy meros bo‘limi; sportni rivojlantirish bo‘limi; oila va xotin-qizlar bo‘limi; davlat soliq inspeksiyasi; aholi bandligiga ko‘maklashish markazi; davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar. 3. Quyidagilar: Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘linmalari, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari qamrab olinishi reja-grafigi 1-ilovaga muvofiq; Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda: 2022-yil 1-mayga qadar “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish; 2022-yil 1-avgustga qadar mazkur qarorning 2-bandi ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalarini “E-huquqshunos” elektron tizimiga shartnoma asosida ulash va ularga xizmat ko‘rsatish; bosqichma-bosqich davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni “E-huquqshunos” elektron tizimiga bepul asosda ulash va ularga xizmat ko‘rsatish choralarini ko‘rsin. 5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi “UNICON-SOFT” MChJ takliflariga asosan “E-huquqshunos” elektron tizimini Markazlar va ular yuridik xizmat ko‘rsatadigan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘linmalari faoliyatiga joriy qilishda “E-huquqshunos” elektron tizimidagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash maqsadida “UNICON-SOFT” MChJni tegishli server va boshqa zarur qurilmalar bilan ta’minlab borsin. Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 6. Adliya vazirligi 2022-yil 1-dekabrga qadar viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. Belgilansinki, 3-ilova 2022-yil 1-avgustdan e’tiboran kuchga kiradi. 8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri R.Q. Davletov hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida 2022-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin. 1. 2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish”. 2. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari va davlat tashkilotlarining ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”. 3. 5-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 4. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ma’muriy javobgarlik va ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilikka muvofiq qabul qilinadigan hujjatlar mustasno. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi”. 5. 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: 6. 4-ilovada: a) 1-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 3-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy adliya organlari) huzurida” so‘zlari “tuman (shahar) adliya bo‘limlari tuzilmasi va bo‘ysunuvida” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 4-banddagi “hududiy adliya organlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy adliya organlari)” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda qabul qilingan yuridik tusdagi hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi, bundan ma’muriy javobgarlik va ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilikka muvofiq qabul qilinadigan hujjatlar mustasno”; d) 13-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish”; e) 14-bandning 5-kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish sohasida”.
116
8,832
Qonunchilik
“Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 25, 26-moddalariga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” gi 523-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng o‘n kun muddat o‘tgach kuchga kiritilsin. 3. Ushbu qaror kuchga kirishi bilan “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. (1999-yil 27-iyul, ro‘yxat raqami 780-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 9-son). 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish rais o‘rinbosari S. Nasirov zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 22-son, 224-modda) muvofiq, tovarlarni bojxona ombori rejimiga joylashtirishda, bojxona omborida saqlashda va chiqarishda bojxona operatsiyalarini amalga oshirish hamda bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibini belgilaydi. 1. Bojxona ombori shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar saqlash davrida import boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan bojxona nazorati ostida saqlanadi, eksport rejimida olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlar esa bojxona nazorati ostida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 26-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar berilgan holda saqlanadi. 2. Tovarlar va transport vositalari bojxona omboriga yoki bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga saqlash uchun topshirilguniga qadar ushbu tovarlar va transport vositalari hamda bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun javobgar tashuvchi hisoblanadi. 3. Bojxona omboridan bojxona ombori va vaqtincha saqlash rejimlariga joylashtirilgan tovarlarni saqlash uchun foydalaniladi. Bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborida bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan tovarlarni saqlashga yo‘l qo‘yiladi. Bojxona omborlariga quyidagi tovarlar joylashtirilishi mumkin emas: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar; bojxona ombori rejimiga bayon etilgan kuni belgilangan, yaroqlilik, foydalanish va saqlash muddati o‘tgan hamda tez buziluvchan tovarlar. 4. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida shart-sharoitlarda saqlanishi talab etiladigan tovarlar, shunday tovarlarni saqlash sharoitlariga mos ravishda jihozlangan ixtisoslashtirilgan bojxona omborlariga joylashtirilishi lozim. 5. Tovarlar bojxona omboriga bojxona organi mansabdor shaxslari ishtirokida yoki ularning xabardorligida joylashtiriladi. 6. Bojxona ombori rejimiga joylashtiriladigan tovarlar, mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) muvofiq elektron yoki bojxona yuk deklaratsiyasining (bundan buyon matnda BYuD deb yuritiladi) belgilangan qog‘oz blankasida yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim. 7. BYuD bilan bojxona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: tovarlarning yuk va tovar kuzatish hujjatlari (yuk xatlari, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisob-fakturalar, invoyslar); bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar (bojxona ko‘rigi va qayta ortish dalolatnomalari, ekspertiza xulosalari). Sertifikatlanadigan tovarlarni bojxona omboriga yoki bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtirishda saqlash muddati uchun sertifikat taqdim etilishi talab etilmaydi. 8. O‘simlik va hayvonlardan olingan mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda tegishli davlat organlari tomonidan fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazilmagan bo‘lsa, bunday nazoratdan bojxona omboriga joylashtirishda o‘tkaziladi. 9. Bojxona omboriga joylashtirilgan va unda saqlanayotgan tovarlarni belgilangan tartibda begonalashtirish va ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazish mumkin. Tovarlarni bojxona omboriga joylashtirgan shaxs ushbu tovarlarni begonalashtirish, ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berish to‘g‘risida oldindan bojxona postiga xabarnoma berib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar (nomi, miqdori, bojxona qiymati, bojxona ombori rejimiga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi raqami); tovarlarni begonalashtirish, ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga asos bo‘layotgan hujjatlar; tovarlarga nisbatan mulkiy huquqni egallayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot (tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holda tashkilotning nomi). 10. Quyidagi hujjatlar BYuD rasmiylashtiriladigan bojxona postiga taqdim etilgan taqdirda, o‘z tashqi o‘lchamlari (gabaritlari) va xususiyatlaridan kelib chiqib, bojxona omboriga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan tovarlar bojxona ombori rejimida bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtiriladi: tovarlarning nomi va miqdori, ularni saqlash uchun mo‘ljallangan joy (aniq manzili) va saqlash uchun javobgar shaxslar (mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan xat; tovarlarning yuk va tovar kuzatuv hujjatlari (yuk xati, konosament, spetsifikatsiya, hisob-faktura, invoys va hokazo); BYuD; O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 111-moddasiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat (harbiy yuklar, insonparvarlik yordami, texnikaviy ko‘mak sifatida va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro, chet el hukumati moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablag‘lari, shuningdek grantlar hisobiga olib kelinayotgan tovarlar va O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi, xorijiy valyuta, qimmatbaho qog‘ozlar bundan mustasno); tovarlar saqlanadigan joyning chizmasi va fotosuratlari. Tovarlar saqlanishi mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, tovarlar va transport vositalari saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilgan bo‘lishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim: tovarlar saqlanayotgan hududga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari bo‘lmagan, tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning) yaqinlashishi; tovarlarning bojxona nazoratidan tashqariga tushirilishi va olib qo‘yilishi. Bojxona rejimidagi tovarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga, ushbu Nizom bilan bojxona omborlariga qo‘yilgan talab va qoidalar tatbiq etiladi, mazkur Nizomning V va VIII boblari talab va qoidalari bundan mustasno. 11. Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ularning holatini o‘zgartirmaslik, o‘rovini buzmaslik va bosilgan qiyoslash vositalarini o‘zgartirmaslik shartlari bajarilgan taqdirda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi: tozalash, shamollatish, quritish (shu jumladan, issiqlik oqimini hosil qilish bilan); saqlashning maqbul temperatura rejimini hosil qilish (sovutish, muzlatish, isitish); himoya o‘roviga joylashtirish, himoya moyi va konservantlar surtish; zanglashdan himoya qilish uchun bo‘yash, saqlash qoplamalarini kiritish; tashishdan oldin chirishga qarshi bo‘yoq bilan qoplash; o‘lchash, tekshirish, tortish; bojxona ombori hududida joyini o‘zgartirish. 12. Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar bilan 11-bandda ko‘rsatilgan operatsiyalardan tashqari sotishga va tashishga tayyorlash bo‘yicha quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish mumkin: turkumlarga bo‘lish va jo‘natmalarni shakllantirish; saralash, o‘rash, qayta o‘rash, markalash; ortish, tushirish, qayta ortish; komplektlash yoki ish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan oddiy operatsiyalar; tovarlarni namoyish qilish stendlariga joylashtirish va testdan o‘tkazish. 13. 12-bandda ko‘rsatilgan operatsiyalar bojxona organini xabardor qilgan holda bojxona ombori egasi ishtirokida o‘tkaziladi. 14. 11 va 12-bandlarda ko‘rsatilgan operatsiyalar tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxslar va ularning vakillari tomonidan bojxona ombori hududida, tovarlarni bojxona ombori rejimida bojxona omboriga amalda joylashtirmasdan rasmiylashtirilgan holda esa bojxona nazorati zonasi hududida amalga oshiriladi. 15. Tovarlar bilan o‘tkaziladigan barcha operatsiyalar bunday tovarlarning TIF TN bo‘yicha raqam kodini o‘ninchi belgisi darajasida klassifikatsiyalanishining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarini (sifatini) o‘zgartirmasligi lozim. 16. Tovarlarni bojxona ombori rejimiga joylashtirishda qonunchilikka muvofiq bojxona yig‘imlari undiriladi. 17. Agar tovarlarni amalda chetga olib chiqish vaqtida to‘lovlardan ozod qilish yoki to‘langan summani qaytarish nazarda tutilgan bo‘lsa, bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan va eksport rejimiga ko‘ra olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlar bojdan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud to‘langan summalar qaytariladi. Bu tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oydan kechikmay olib chiqilishi lozim. Tovarlar belgilangan muddatlarda amalda olib chiqilmagan taqdirda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi. 18. Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar tegishli bojxona rejimiga rasmiylashtirilmasdan boshqa shaxsga berib yuborilgan yoki yo‘qotilgan hollarda, hamda agarda tovarlar faqat halokat yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yo‘q bo‘lgan, qaytarib bo‘lmaydigan holda qo‘ldan ketgan yoxud kamomad, tabiiy eskirish yoki normal saqlash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan bo‘lmasa, ombor egasi tovarlar erkin muomalaga chiqarilgan holda to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini to‘lashi lozim. Bunday tovarlarga nisbatan bojxona ombori rejimiga muvofiq bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda bo‘lgan bojlar, soliqlar stavkalari qo‘llaniladi. 19. Bojxona ombori egasining bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun javobgarligi tovarlarni bojxona omboriga rasmiylashtirilgan ombor hujjatlari (hisobga olish kitobi, bojxona hisob hujjati) bo‘yicha saqlash uchun qabul qilingan vaqtdan boshlanadi. 20. Omborga joylashtirilayotgan tovarlarni ombor egasi quyidagi ombor hujjatlarida ro‘yxatga olishi lozim: 1) hisobga olish kitobida (2-ilova); 2) Bojxona hisob hujjatida (bojxona hisob hujjati sifatida bojxona deklaratsiyasidan foydalanish mumkin). Ombor egasi tovarlarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishi lozim. Bojxona organi muayyan hisob programma kompleksidan foydalanish talablarini belgilashga haqli. 21. Bojxona omboridagi tovarlarning hisob hujjatlari besh yil saqlanishi lozim. 22. Ombor egasi har chorakda bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar va saqlash muddatlari to‘g‘risida bojxona organiga 3-ilovada keltirilgan shaklda hisobot taqdim etishi shart. Bojxona organi yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda ombor egasidan omborda saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risida ma’lumot talab qilishga haqli. Bunday ma’lumot bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarining yozma talabnomasi yetkazilgandan keyin uch kun muddat ichida taqdim etilishi lozim. 23. Bojxona organi yopiq turdagi bojxona ombori egasi uchun omborda saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risida soddalashtirilgan hisobot taqdim etish tartibini belgilashi mumkin. 24. Bojxona organi omborda va bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarda saqlanayotgan tovarlarni inventarizatsiyalashga haqli. 25. Tovarlar bojxona ombori rejimida uch yil mobaynida turishi mumkin. Ushbu muddat ayrim shaxslar uchun bojxona organi tomonidan cheklanishi mumkin. Tovarlarni saqlashning cheklangan muddati bir yildan kam bo‘lmasligi kerak (saqlash, iste’mol qilish va sotishga yaroqlilik muddatlari cheklangan tovarlar bundan mustasno). Saqlashning aniq muddatlari belgilangan me’yorlarda tovarlarni saqlashga joylashtiruvchi shaxs tomonidan ombor egasi bilan birgalikda aniqlanadi. Saqlash, iste’mol qilish va sotishga yaroqlilik muddatlari cheklangan tovarlar belgilangan muddat o‘tishidan oltmish kun oldin boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi va bojxona omboridan olib chiqib ketilishi lozim. 26. Tovarlarni bojxona ombori rejimida saqlash muddatlari qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlar doirasida bojxona omboriga tovar joylashtirgan shaxsning yozma so‘rovnomasi bo‘yicha bojxona posti tomonidan uzaytiriladi. So‘rovnoma belgilangan muddat o‘tishidan o‘n kun oldin berilishi lozim. 261. “Bojxona ombori” bojxona rejimi quyidagi hollarda yakunlangan hisoblanadi: tovar va transport vositalari boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda; tovar va transport vositalari halokat oqibatida yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sirida yo‘q bo‘lganida; tovar va transport vositalari tergov va/yoki surishtiruv organlarining qaroriga asosan olib qo‘yilgan taqdirda; tovar va transport vositalari sud qaroriga asosan yo‘q qilinganda yoki davlat daromadiga o‘tkazilganda. 27. Bojxona ombori rejimida turishning belgilangan muddati tugagunga qadar tovarni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish so‘ralishi kerak. Bunday tovarning tanlangan rejimga bojxona rasmiylashtiruvi to‘liq yoki qismlar bilan amalga oshirilishi mumkin. 28. Boshqa rejimga so‘ralgan tovarlar tanlangan rejimga muvofiq rasmiylashtirilgandan 3 kun muddatda ombordan amalda olib chiqib ketilishi lozim. 30. Bojxona ombori rejimiga muvofiq tovarlarni saqlash muddati tugagunga qadar, biroq belgilangan kundan 15 kun oldin bojxona posti boshlig‘i yoxud uning vazifasini bajaruvchi tovarning qonuniy egasiga erkin shakldagi bildirish xatini beradi. Bildirish xati ko‘rsatilgan shaxsga shaxsan imzo orqali topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. 31. Belgilangan muddat tugagunga qadar bojxona ombori rejimida saqlanayotgan tovarlarni boshqa rejimga joylashtirish so‘ralmasa, muddat o‘tgandan so‘ng ikkinchi kuni bojxona postining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan shakldagi bojxona qonunchiligi buzilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. 32. Belgilangan muddat tugagandan so‘ng boshqa rejimga so‘ralmagan tovarlar vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi. 33. Tovarlarning bojxona rejimini o‘zgartirmagan holda bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday tovarlarni amalda olib o‘tish bojxona nazorati ostida tovarlarni yetkazib berish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda tovarlarni saqlash muddati bojxona omboriga eng avvalgi joylashtirilgan sanadan hisoblanadi va bojxona omborida turish muddati to‘xtatilmaydi. 34. Tovarlarni bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga olib o‘tish yuklarni bojxona nazorati ostida tashishga oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 35. Bojxona ombori rejimida saqlanayotgan va bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda yukni yetkazib berish nazorat kitobchasidan foydalaniladi. Tovarlarning bojxona ko‘rigi amalga oshirilgandan so‘ng va keyinchalik saqlanadigan bojxona omboriga amalda joylashtirilgandan so‘ng, ushbu ombor joylashgan hududda faoliyat ko‘rsatuvchi bojxona posti xodimi BYuDning 49-katagiga qo‘shimcha ravishda tovarlar joylashtirilgan bojxona omborining litsenziya raqami va sanasini ko‘rsatadi. 36. Ombor egasi ombor, unda saqlanayotgan tovarlar turidan va omborning faoliyat ko‘rsatishi bilan bevosita aloqador boshqa omillardan kelib chiqqan holda bojxona omboridan foydalanish tartib-qoidasini tasdiqlaydi. 37. Tartib-qoidalarda quyidagilar belgilanadi: bojxona ombori, shu jumladan bojxona organi xodimlari uchun binolar jihozlanishiga bojxona organining talablari; omborning ish rejimi; tovarlar hisob shakllari; ombor egasi tomonidan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risida hisobot taqdim etish shakllari va muddatlari; bojxona ombori ishini ta’minlovchi, unda saqlanayotgan tovarlar bilan yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning bojxona omboriga kirish-chiqish tartiblari; bojxona ombori faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa talablar va shartlar. 38. Ko‘rsatib o‘tilgan tartib-qoidalar mazkur Nizomga va bojxonaga oid qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim. 39. Tovarlarni bojxona ombori rejimiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazuvchi bojxona organi bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar va bunda bajariladigan bojxona operatsiyalari to‘g‘risida bojxona statistikasini yuritish maqsadlarida yuqori bojxona organiga O‘zbekiston Respublikasi DBQsi belgilagan tartibda hisobot taqdim etadi. 40. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan foydalanish va tasarruf etish tartibini buzgan yoxud ushbu rejimni qo‘llash shartlarini bajarmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi. Bojxona ombori bojxona rejimiga tovarlarni joylashtirishda deklarant bojxona yuk deklaratsiyasining quyidagi ustunlarini to‘ldiradi: 1, 2, 3, 5, 6, 8, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 21, 22, 23, 25, 26, 28, 29, 31, 32, 33, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 53, 54, V va S. Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan 7, 44 (boshqa hujjatlar va ma’lumotlar ko‘rsatiladigan qismiga bojxona ko‘rigi dalolatnomasi raqami va sanasi kiritiladi), D ustuni va bojxona yuk deklaratsiyasi qo‘shimcha varag‘ining A ustuni to‘ldiriladi. Eksport bojxona rejimiga muvofiq olib chiqib ketish uchun mo‘ljallangan tovarlarni bojxona omboriga joylashtirishda ko‘rsatib o‘tilgan ustunlardan 15 va 15a to‘ldirilmasdan, 17 va 17a ustunlar to‘ldiriladi. 1, 44, 49 va S — ustunlarni to‘ldirish quyidagi xususiyatlarga ega: Ustunning birinchi bo‘linmasida bojxona omboriga O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelinadigan tovarlarni joylashtirishda “IM” ko‘rsatiladi, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketish uchun mo‘ljallangan tovarlarni joylashtirishda esa “EK” ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib o‘tish jarayoni klassifikatoriga binoan ustunning ikkinchi bo‘linmasida bojxona ombori rejimining belgisi — “74” ko‘rsatiladi. Ustunning uchinchi bo‘linmasi to‘ldirilmaydi. Ustunda rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldida tartib raqami ko‘rsatiladi: 2-tovar-transport hujjatlari, schyot-faktura, invoys, Xalqaro yo‘llarda tashish (XYT) kitobchasining raqami; 4-tovarlarni bojxona omboriga joylashtirayotgan shaxs bilan bojxona ombor egasi o‘rtasidagi shartnomaning raqami va sanasi. 8 — bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjat va ma’lumotlar (bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash, garov shartnomasi, bojxona qonunchiligini buzish bayonnomasi, bojxona ko‘rigi dalolatnomasi, tovar bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtirilganda — bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat nomi, raqami, sanasi hamda summasi va boshqalar). Ustunda bojxona omborini ta’sis etish uchun litsenziyaning raqami va berilgan sanasi ko‘rsatiladi. Agar tovar bojxona ombori litsenziyasiga ega bo‘lmagan joyga joylashtirilsa, mazkur ustun to‘ldirilmaydi. Ustunning 2-tartib raqamida tovarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana ko‘rsatiladi. Olib kirish sanasi O‘zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o‘tishdagi chegara bojxona posti tomonidan tovar kuzatuv hujjatlariga qo‘yilgan shtampda ko‘rsatilgan sana orqali yoki Yukni yetkazib berish kitobchasi yoxud Xalqaro yo‘llarda tashish (XYT) kitobchasi rasmiylashtirilgan sana orqali aniqlanadi.
71
20,369
Qonunchilik
Oʻrmon fondi yerlarida chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzganlik uchun – EKIHning 20 baravarigacha jarima
9.01.2018 yildagi OʻRQ-459-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning (MJtK) 77-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Endi chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzish oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik koʻrinishida ma’muriy huquqbuzarlikning ancha ogʻir turi hisoblanadi. Ma’lumot uchun: oʻrmon fondida chorva mollarini oʻtlatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish qoidalari (22.11.1999 yildagi 506-son VMQga 3-ilova) bilan tartibga solinadi. Ushbu huquqbuzarlik birinchi sodir etilganda fuqarolar EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha (ilgari EKIHning 1/3 dan 1 baravarigacha), mansabdor shaхslar esa — EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari EKIHning 1 dan 3 baravarigacha) miqdorda jarima toʻlaydi. Ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa,  bunday harakatlar uchun jarimalar oshadi: fuqarolarga EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari EKIHning 1 dan 3 baravarigacha), mansabdor shaхslarga esa — EKIHning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda (ilgari EKIHning 3 dan 7 baravarigacha). Bu – muhim!  Fermer хoʻjaligi – yuridik shaхsga boshchilik qilgan holda fermer mansabdor shaхs hisoblanadi (MJtKning 15-moddasi 2-qismiga qarang). Agar dehqon хoʻjaligi yuridik shaхs tashkil etgan holda tashkil etilgan boʻlsa, uning rahbari fermer хoʻjaligi rahbari singari mansabdor shaхs hisoblanadi. Agar yuridik shaхs tashkil etmagan holda boʻlsa – yoʻq. Oʻrmon хoʻjaligi yerlarida chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo faqat ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar tomonidan qoʻllaniladi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida 10.01.2018 yilda e’lon qilingan va shu sanadan kuchga kiradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Samir Latipov.
112
1,981
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2004-yildagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2004-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
124
308
Qonunchilik
Bemorlarga asossiz ravishda rad javobi berganlik uchun yarim yildan keyin jarima solinadi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etganlik uchun jazo belgilangan modda kiritildi (22.10.2018 yildagi OʻRQ–503-son Qonun). U 6 oy oʻtgach amalga kiritiladi. Eslatib oʻtamiz, sanksiyalar davlatimiz rahbarining topshirigʻiga koʻra joriy etilmoqda (25.01.2018 yildagi PQ–3494-son qarorga qarang). MJTKga kiritiladigan tegishli tuzatishlar loyihasi fevral oyida muhokama qilish uchun joylashtirilgan edi. Biroq tasdiqlangan tahrir loyihadan birmuncha farq qiladi. Birinchidan, dispozitsiya (javobgarlikka olib keladigan хatti-harakat alomatlari tavsifi, tahr.) aniqlashtirilgan: a) tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish joyi aniqlashtirilgan – tibbiyot tashkilotlarida.   Bu – muhim! Tibbiyot tashkilotining mulkchilik shakli – хususiy yoki davlat – sanksiyalar qoʻllanilishiga yoki ularning miqdoriga ta’sir koʻrsatmaydi. Bundan tibbiyot tashkilotidan tashqarida tibbiy yordam koʻrsatishning rad etilishi mazkur modda bilan qamrab olinmagan, degan хulosa kelib chiqadi. Masalan, tibbiyot хodimlari yetib kelgunga qadar voqea sodir boʻlgan joyda birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatilishi shart («Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonunning 30-moddasi 5-qismi). Biroq bunday хatti-harakatlar muayyan oqibatlarga olib kelsa, kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik uchun jinoiy javobgarlikka olib kelishini ham unutmaslik lozim (JKning 116-moddasi); b) qonunga yoki maхsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishi kerak boʻlgan shaхs tomonidan shunday yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etganlik uchun jazo belgilanishi koʻrsatilgan. «Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonunning 30-moddasi 2-qismiga muvofiq, tibbiyot va farmatsevtika хodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishlari shart. Shu tariqa, tibbiyot yoki farmatsevtika sohasi хodimi boʻlmagan (masalan, yordamchi, хizmat koʻrsatuvchi хodimlar toifasiga mansub) shaхsning rad javobini asossiz va, binobarin, jazo belgilanadigan хatti-harakat deb hisoblab boʻlmaydi. Ikkinchidan, sanksiya tabaqalashtirilgan: a) huquqbuzarlar toifasiga koʻra. Mansabdor shaхslarga (5 EKIHdan 10 EKIHgacha) fuqarolarga (3 EKIHdan 5 EKIHgacha), ya’ni mansabdor shaхs alomatlariga ega boʻlmagan tibbiyot yoki farmatsevtika sohasi хodimlariga (masalan, hamshiralar, feldsherlar, akusherlar va h.k.) nisbatan koʻproq jarima solinadi. Ma’lumot uchun: doimiy, vaqtincha yoki maхsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoхud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korхonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-хoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaхs, хuddi shuningdek хalqaro tashkilotda yoхud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaхs mansabdor shaхs deb e’tirof etiladi (MJTKning 15-moddasi 2-qismi). b) takrorlanish alomatiga koʻra. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, mansabdor shaхslarga – 10 EKIHdan 15 EKIHgacha, qolgan хodimlarga 5 EKIHdan 10 EKIHgacha miqdorda jarima solinadi.          Ushbu toifadagi huquqbuzarliklar yuzasidan ishlarni ma’muriy sudlar koʻradi. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan, tuzatishlar 24.03.2019 yildan kuchga kiradi. Oleg Zamanov.
89
3,617
Qonunchilik
Xorazm viloyati Urganch tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish va paxta yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida” yil 3-fevraldagi PQ-2756-son qaroriga asosan 2017-yilda Xorazm viloyati Urganch tumanida 358 ta paxtachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining 1247 ta konturidagi 9300 gektar maydoniga chigit ekilib, davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasi 25800 tonna miqdorida belgilangan. Biroq, tumandagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan nazorat o‘rnatilmaganligi, mutasaddi idoralar rahbarlarining o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi natijasida shartnoma rejasi 94,4 foizga bajarilgan yoki 1451 tonna paxta xomashyosi kam topshirilishi sababli 1,9 mlrd.so‘m daromad olinmay qolgan. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablari o‘rganilganda ma’lum bo‘ldiki, aksariyat hollarda nazorat va tashkilotchilikning talab doirasida yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida: birinchidan, g‘o‘zani ball boniteti past (38 — 44), suv bilan yetarli ta’minlanmagan va kam hosilli (19 — 22 ts/ga) erga joylashtirilishi oqibatida 648 gektar maydonlarning har gektaridan o‘rtacha atigi 20 sentnerdan hosil olingan va har gektar hisobida 1,75 mln.so‘mdan daromad olinmay qolgan; ikkinchidan, joriy yilda g‘o‘za zararkunandalari va hasharotlariga qarshi maxsus kimyoviy vositalar zahirasi to‘liq yaratilishiga qaramasdan 56 ta fermer xo‘jaliklarining 270 gektar maydonida o‘rgimchakkana va 150 gektar maydonida ko‘sak qurti tarqalib, ularga qarshi kurash choralarini qo‘llashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi sababli 120,7 tonna paxta hosili yo‘qotilgan; uchinchidan, fermer xo‘jaliklari balansidagi 163 ta nasoslardan sug‘oriladigan 352 ta fermer xo‘jaliklarining 91 tasiga mavsumda yetarli darajada suv bilan ta’minlab berilmaganligi sababli 603 tonna, ichki ariqlarda 26,1 km. uzunliqdagi lotoklarning buzilishi natijasida 33 ta fermer xo‘jaliklarida 400 tonna — jami 1003 tonna rejadagi hosil yetishtirilmagan; to‘rtinchidan, tumanda mavjud qishloq xo‘jalik texnikalarining 37 tasi ta’mirtalab, haydov traktorlarining 20 foizi eskirganligi sababli 1780 gektar maydonni shudgorlash sifatsiz va sayoz o‘tkazilgan, 5 ta fermer xo‘jaliklarida kultivatorlarning yetishmasligi agrotexnika tadbirlarining kechikishiga olib kelgan. Yuqoridagi kabi qo‘pol agrotexnik xatoliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarish va 2018-yilda erdan unumli foydalanishda sektor rahbarlari, mutasaddilar, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlarining mas’uliyati va javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xorazm viloyati Urganch tumanida: paxta yetishtirish va uni yig‘ib-terib olishdagi jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, g‘o‘za parvarishida agrotexnika tadbirlarini belgilangan muddatda sifatli o‘tkazilmaganligi uchun Xorazm viloyati Urganch tumani hokimi O. Bekchanovga “hayfsan” e’lon qilinsin; paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida debitor va kreditor qarzdorliklarning o‘sishiga yo‘l qo‘yganligi uchun tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B. Atajanov ogohlantirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli ravishda bo‘yicha bir oy muddatda tuman prokurori, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga nisbatan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish tavsiya etilsin. 3. Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan debitor va kreditor qarzdorliklarni undirilishi bo‘yicha 4 ta sektor rahbarlari o‘rnatilgan tartibda zarur choralarni ko‘rsinlar. 4. Quyidagilar: Xorazm viloyati Urganch tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq; Xorazm viloyati Urganch tumanidagi fermer xo‘jaliklariga yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari va mexanizmlarini yetkazib berishning 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan prognoz rejasi 2-ilovaga muvofiq; Xorazm viloyati Urganch tumanida barcha toifadagi fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini undirish jadvali 3-ilovaga muvofiq; Xorazm viloyati Urganch tumanida 2018-yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqaridagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam harajatli dala shiyponlari, issiqxonalar qurish, parranda, sog‘in sigirlar hamda asalari boqishni tashkil etish prognoz rejasi 4-ilovaga muvofiq; Xorazm viloyati Urganch tumanida 2018-yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta va g‘alla ekinlari ekiladigan yer maydonlari konturlarining dala chetlari hisob-kitobi 5-ilovaga muvofiq; Xorazm viloyati Urganch tumanida 2018-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan va chigit ekiladigan maydonlar chetlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot yetishtirishning prognoz rejasi 6 va 6a-ilovalarga muvofiq; Xorazm viloyati Urganch tumanida 2018-yilda boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning prognoz rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasiga fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini belgilangan tartibda undirish tavsiya etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 15 kun muddatda Urganch tumanida tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda 2018-yil uchun ekiladigan ekinlarning samarali joylashtirilishini ta’minlasinlar. 7. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun yilda fermer xo‘jaliklarida rejalashtirilgan ekinlarni parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish va agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan joriy yilning mart oyida seminarlar o‘tkazilishini va mavsum davomida amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin. 8. Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlari tinglanishi hamda Xorazm viloyati hokimligi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayevga axborot berib borishi belgilab qo‘yilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev hamda Xorazm viloyati hokimi I.M. Sobirov zimmasiga yuklansin.
161
6,912
Qonunchilik
Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 3-martdagi 10, 2016-06-son qarori (ro‘yxat raqami 2775, 2016-yil 7-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 14-son, 135-modda) bilan tasdiqlangan Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddimadan “yozma” degan so‘z chiqarib tashlansin. 2. 4-bandda: birinchi xatboshidan “yozma” degan so‘z chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidagi “yozma ariza” degan so‘zlar “ariza” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3. 5-banddagi “yigirma kun” degan so‘zlar “o‘n besh ish kuni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi QQSning ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga qaytarish to‘g‘risidagi yozma shaklda yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida yuborilgan arizani (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) soliq to‘lovchi tomonidan hududiy davlat soliq boshqarmasiga (bundan buyon matnda DSB deb yuritiladi) quyidagi hujjatlar uch nusxada ilova qilingan holda taqdim etiladi:”. 5. 7-bandda: birinchi xatboshidagi “to‘rt” degan so‘z “uch” degan so‘z bilan almashtirilsin; “g” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “erkin muomaladagi” degan so‘zlar “milliy” degan so‘z bilan almashtirilsin. 6. 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DSIga to‘rt nusxada” degan so‘zlar “DSBga uch nusxada” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 9-bandda: birinchi xatboshi chiqarib tashlansin; ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha birinchi va ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin; birinchi xatboshidagi “hujjatlar to‘plamiga DSI” degan so‘zlar “ariza va ilova qilinadigan hujjatlarga (bundan buyon matnda hujjatlar to‘plami deb yuritiladi) DSB” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 10-banddagi “DSI” qisqartmasi “DSB” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 9. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga (bundan buyon matnda Davlat soliq qo‘mitasi deb yuritiladi) berishga qaror qabul qilinganda DSB soliq to‘lovchining arizasi olingan kundan boshlab 3 ish kunidan kechiktirmay: soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi hisob-kitobining barcha nusxalarini tasdiqlaydi; ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda QQSning ortiqcha summasini qaytarish to‘g‘risidagi xulosani (bundan buyon matnda Xulosa deb yuritiladi) rasmiylashtiradi va uni keyinchalik ko‘rib chiqish uchun Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadi. Davlat soliq qo‘mitasiga yuborilayotgan Xulosaga soliq to‘lovchi taqdim etgan hujjatlarning ikki nusxasi tegishli ro‘yxat bilan birgalikda ilova qilinadi. Hujjatlarning bir nusxasi DSBda saqlash uchun qoldiriladi. Bunda soliq to‘lovchidan hujjatlar to‘plamini qabul qilgan DSB Xulosaga ilova qilinayotgan hujjatlarning barcha nusxalarining aynan bir xilligi, shuningdek ularning butligi uchun javobgar hisoblanadi.”. 10. 12-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. 13-bandda: birinchi xatboshidagi “davlat soliq boshqarmasi tomonidan kelishilgan Xulosa olingan kundan boshlab 4 ish” degan so‘zlar “DSB tomonidan kelishilgan Xulosa olingan kundan boshlab 6 ish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “davlat soliq boshqarmasi” degan so‘zlar “DSB” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 12. 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “6” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin. 13. 16-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DSI” qisqartmasi “DSB” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 14. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “18. Agar rad etish to‘g‘risidagi qaror DSB tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma soliq to‘lovchiga rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida yuboriladi. Agar rad etish to‘g‘risidagi qaror Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida DSBga yuboriladi, DSB o‘z navbatida rad etish to‘g‘risidagi xabarnomaning ko‘chirma nusxasini olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning ko‘chirma nusxasini soliq to‘lovchiga yuboradi. Agar rad etish to‘g‘risidagi qaror Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, Moliya vazirligi rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida Davlat soliq qo‘mitasiga yuboradi. Davlat soliq qo‘mitasi rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning ko‘chirma nusxasini DSBga yuboradi, DSB o‘z navbatida rad etish to‘g‘risidagi xabarnomaning ko‘chirma nusxasini olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning ko‘chirma nusxasini soliq to‘lovchiga yuboradi.”. 15. 20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tegishli davlat soliq boshqarmasi va DSIni” degan so‘zlar “tegishli DSBni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 16. 1-ilovaning 4-bandidagi “OKONX” qisqartmasi “IFUT” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 17. 4, 4a, 4b va 5-ilovalardagi “DSI” qisqartmasi “DSB” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 18. 6 va 7-ilovalar mazkur o‘zgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
241
6,376
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI SUD EKSPERTIZASI MUAMMOLARI BO‘YIChA KENGASh FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga muvofiq hamda sud ekspertizasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning darajasini va asoslanganligini oshirish, shuningdek idoralararo tusdagi sud ekspertizasini rivojlantirishning muhim masalalarini ko‘rib chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengash 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin: sud ekspertizasi sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan aniq, ilmiy asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqish; “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar monitoringini olib borish va sud ekspertizasi sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish; sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish; sud-ekspert tadqiqotlarini amalga oshirishda ilg‘or axborot texnologiyalari va boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishiga ko‘maklashish; sudlarga va huquqni muhofaza qilish organlariga, ta’lim muassasalariga va ilmiy tashkilotlarga metodik yordam ko‘rsatish shakllarini takomillashtirish; sud ekspertizasi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish; sud ekspertlari tayyorlash va ularning malakasini oshirishda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengash to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengash (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi. Kengash sud ekspertizasini rivojlantirishning idoralararo tusdagi eng muhim masalalarini ko‘rib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi davlat sud-ekspert muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilishni takomillashtirish, dastlabki tergov organlariga va sudlarga jinoyatlarni tergov qilish, ochish va ularning oldini olishda, jinoiy, ma’muriy, fuqarolik va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda sud ekspertizasi imkoniyatlaridan yanada to‘liq foydalanish maqsadida tashkil etilgan kollegial organ hisoblanadi. 2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 3. Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 4. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi: sud ekspertizasi sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan aniq, ilmiy asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqish; “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar monitoringini olib borish va sud ekspertizasi sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish; sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish; sud-ekspert tadqiqotlarini amalga oshirishda ilg‘or axborot texnologiyalari va boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishiga ko‘maklashish; sudlarga va huquqni muhofaza qilish organlariga, ta’lim muassasalariga va ilmiy tashkilotlarga metodik yordam ko‘rsatish shakllarini takomillashtirish; sud ekspertizasi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish; sud ekspertlari tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish. 5. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagilarni o‘rganadi, ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi: sud-ekspertiza faoliyatini tashkil etish; davlat sud-ekspert muassasalarida sud ekspertizalarining yangi turlarini va yangi tadqiqotlarini tashkil etishga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash; davlat sud-ekspert muassasalari tuzilmasini, shu jumladan respublika mintaqalarida rivojlantirish; mavjud mutaxassislar va moddiy-texnikaviy bazani, shuningdek ekspert amaliyoti ehtiyojlarini hisobga olgan holda davlat sud-ekspert muassasalarini ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish; davlat sud-ekspert muassasalari va ularning bo‘linmalarini texnik jihatdan jihozlash uchun standartlar; ishlarni tekshirish va sudda ko‘rib chiqishda sud ekspertizalaridan samarali foydalanish; sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun sud ekspertizalarini tayinlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha axborotnomalar, metodik tavsiyalar va boshqa adabiyotlar nashr qilish; sud ekspertizasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar loyihalari; sud ekspertizasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini litsenziyalash, sinab ko‘rish va amaliyotga joriy qilish; sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan sud ekspertizasi masalalari bo‘yicha o‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish; sud ekspertlarining tajriba orttirish rejalarini tuzish va davlat sud-ekspert muassasalari o‘rtasida tajriba almashish; davlat sud-ekspert muassasalari tomonidan profilaktika ishlarini o‘tkazish hamda sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan sud ekspertlarining profilaktika tavsiyalaridan foydalanish; sud ekspertizasi masalalari bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish. Kengash sud ekspertizalarini tayinlash, o‘tkazish va ulardan foydalanish amaliyotining boshqa muhim masalalarini ko‘rib chiqishi mumkin. 6. Kengash quyidagi huquqlarga ega: Kengash a’zolaridan komissiyalar tuzish hamda ularning ishiga alohida masalalarni o‘rganish va ular bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini, davlat sud-ekspert, ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalar mutaxassislarini jalb etish; Kengash qarorlarining ijrosini nazorat qilish, Kengash a’zolarining Kengash ish rejasi va Kengash qarorlari bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarini eshitish; tergov, sud va ekspert amaliyotini o‘rganish; sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat sud-ekspert muassasalari va boshqa tashkilotlardan tegishli takliflar tayyorlash uchun zarur ma’lumotlarni olish. 7. Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari raislik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi: Kengash majlislari kun tartibini belgilash va majlislarni chaqirish; Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish; Kengash a’zolarining Kengashga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish; ishchi organ faoliyatini nazorat qilish; Kengashning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish. 8. Kengash a’zolari sud-ekspert, tergov va sud amaliyotini o‘rganish va umumlashtirishda qatnashadilar; sud ekspertizalari imkoniyatlaridan foydalanish hamda tergov harakatlarini olib borishda va sudda ishlarni ko‘rib chiqishda mutaxassislar sifatida davlat sud-ekspert muassasalarining ishtiroki bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadilar; sud ekspertizasining alohida dolzarb masalalari bo‘yicha Kengashga takliflar kiritadilar; Kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar; Kengash muhokama qiladigan masalalar bo‘yicha yozma xulosalar beradilar. 9. Kengash o‘z faoliyatini doimiy asosda, tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradi va o‘z majlislarini zaruriyatga ko‘ra, lekin yiliga kamida ikki marta o‘tkazadi. Kengash a’zosining tashabbusiga ko‘ra navbatdan tashqari majlis o‘tkazilishi mumkin. Kengashning navbatdan tashqari majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi asoslangan talab yozma tarzda ishchi organga yuboriladi. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash raisi bo‘lmagan taqdirda majlisni uning o‘rinbosari boshqaradi. Kengash majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. 10. Kengash raisi bilan kelishuv bo‘yicha majlisda uning asosli sabablarga ko‘ra qatnashmayotgan a’zolari o‘rniga ularning ovoz berish huquqisiz ishtirok etadigan vakolatli vakillari qatnashishi mumkin. 11. Kengash majlisiga unda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning mohiyatiga ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi, boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Respublika sud ekspertizasi markazi Kengashning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi. 13. Kengashning ishchi organi: Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi; navbatdagi davr uchun Kengashning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, uning bajarilishini nazorat qiladi, tasdiqlangan rejaga muvofiq Kengashning joriy ishlarini tashkil etadi; Kengashning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallar va ekspert xulosalarini olish huquqiga ega; kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishini va Kengash majlislari o‘tkazilishini tashkil qiladi; axborot va tahliliy materiallarni Kengashga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi; Kengash qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni Kengashga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi; sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Kengashning qabul qilingan qarorlari ijrosini nazorat qiladi; tushayotgan xat-xabarlarni ko‘rib chiqadi va Kengash vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar tayyorlaydi. 14. Kengashning mas’ul kotibi: Kengashning navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi; kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Kengash majlislari o‘tkazilishini tashkil qiladi; Kengash raisi bilan majlislar o‘tkaziladigan muddatlarni va joyni, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini kelishib oladi; Kengash a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning o‘tkaziladigan sanasi, vaqti, joyi to‘g‘risida xabardor qiladi; Kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning natijasini ko‘rib chiqish uchun Kengash majlisiga taqdim etadi; Kengash majlislari protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Kengash a’zolariga, manfaatdor shaxslarga yuboradi. 15. Ishchi organ Kengash a’zolari tomonidan taqdim etilgan materiallarni Kengash majlisida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtiradi, majlis kun tartibini tayyorlaydi va hujjatlar paketini Kengashning mas’ul kotibiga taqdim etadi. 16. Kengash majlisi kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha hujjatlar paketida Kengash qarorini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar (tahliliy ma’lumotnomalar, jadvallar va shu kabilar) hamda qaror loyihasi mavjud bo‘lishi kerak. 17. Kengashning mas’ul kotibi taqdim etilgan materiallar to‘g‘risida Kengash raisiga axborot beradi, Kengash raisi kun tartibi va taqdim etilgan materiallar ma’qullangan taqdirda majlis o‘tkaziladigan vaqt va sanani, shuningdek taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi. 18. Kengashning mas’ul kotibi ishchi organ bilan birgalikda majlis o‘tkazilgungacha besh kundan kechikmay majlis materiallarining Kengash a’zolariga, zarurat bo‘lganda, shuningdek majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga protokol loyihasi bilan birga yuborilishini ta’minlaydi. Kun tartibi o‘zgargan taqdirda Kengashning mas’ul kotibi ishchi organ bilan birgalikda Kengash a’zolarini va majlisga taklif etilgan shaxslarni majlis o‘tkazilgungacha uch kundan kechikmay bu haqda xabardor qiladi. 19. Kengash qarorlari majlisda qatnashayotgan Kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazasini yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega. 20. Kengash raisi qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish maqsadida alohida masalalar bo‘yicha Kengash a’zolari bilan kelishilgan Kengash qarorini so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashi mumkin. 21. Kengash qarorlari Kengash majlisi protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi protokoliga uning barcha a’zolari tomonidan rozilik belgisi qo‘yiladi, uni mas’ul kotib imzolaydi, Kengash raisi tasdiqlaydi va u bir hafta muddatda Kengash a’zolariga hamda manfaatdor shaxslarga yuboriladi. Kengash majlisi protokolining asl nusxasi va unga doir materiallar ishchi organda saqlanadi. 22. Kengashning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari tavsiyanoma tusda bo‘ladi va amalga oshirish uchun sudlarga, huquqni muhofaza qilish organlariga, davlat sud-ekspert muassasalariga va boshqa tashkilotlarga yuboriladi. 23. Ishchi organ Kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda o‘rganadi va ko‘rib chiqadi hamda, zarurat bo‘lganda, Kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi. 24. Ishchi organ Kengash qarorlari bajarilishi natijalari to‘g‘risida har oyda Kengashga, zarur materiallarni ilova qilgan holda, tegishli tahliliy ma’lumotnomani taqdim etadi. 25. Kengash qabul qilingan qarorlarning bajarilishini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.
135
14,176
Qonunchilik
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Mehnat kodeksi hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi va “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman: 1. Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2001-yil 17-noyabrdagi 298-son “Axloq tuzatish ishlari, muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish va shartli hukm qilinganlarni nazorat qilish tartibiga oid yo‘riqnoma”ni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1087, 2001-yil 24-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 22-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, Mehnat kodeksi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi hamda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosining ijrosi qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq amalga oshiriladi. 2. Muayyan huquqdan mahrum qilish sud hukmi bilan tayinlagan muddat davomida mahkumni korxona, muassasa yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iborat. 3. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qo‘shimcha ravishda tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Jazoni ijro etuvchi organ asosiy jazo muddatining tugashiga 20 kun qolganda yoki mahkum jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilganda yoxud jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilganda ozod etish kuni mahkumning yashash joydagi ichki ishlar organiga qo‘shimcha jazosini ijro etish uchun hukm nusxasini yuboradi. Mahkumning ozod etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomada uning qo‘shimcha jazosi mavjudligi ko‘rsatilishi shart. 4. Muayyan huquqdan mahrum qilish to‘g‘risidagi sud hukmi ijrosini nazorat qilishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda IIV deb yuritiladi) Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda HPBB deb yuritiladi) Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etilishini nazorat qilish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda IIBB deb yuritiladi), viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari (bundan buyon matnda IIB deb yuritiladi) Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari (bundan buyon matnda HPB deb yuritiladi) Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning ijrosini nazorat qilish bo‘lim va bo‘linmalari zimmalariga yuklatiladi. 5. Sud hukmining ijrosini mahkumlarning yashash joyidagi ichki ishlar organlari Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari)ning Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning ijrosini nazorat qilish bo‘linmalari (guruhlari) (bundan buyon matnda jazolarni ijro etish inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 6. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi: muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni ro‘yxatga oladi; mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga yoki muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma bergan vakolatli organga hukm talablarini ijro etish to‘g‘risida mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda darhol xabarnoma yuboradi; mahkumning hukmda ko‘rsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi; mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini kamida har chorakda kamida bir marotaba tekshirib turadi va bu haqda ma’lumotnoma tuzadi hamda boshqa hujjatlar bilan birga shaxsiy yig‘ma jildga qo‘shib boradi; mahkumlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilganligini aniqlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, IIBB va IIB Tezkor-ma’lumotlar boshqarma (bo‘lim)larining ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bazasidan har chorakda bir marotaba tekshiradi; mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda inspeksiya hukmning nusxasini mudofaa ishlari bo‘limiga yoki mahkum xizmatni o‘tayotgan joyga yuboradi; hukm talablari korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati yoki muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar yoxud mahkum tomonidan bajarilmayotganligi aniqlanganida, bu haqda tegishli bayonnoma rasmiylashtirib, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli choralar ko‘radi. 7. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi mahkumni hisobga olishga asos hisoblanadi. 8. Suddan, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan kelib tushgan hukm nusxalari ichki ishlar organida ro‘yxatga olinib, ichki ishlar organi rahbarining ko‘rsatmasi bilan jazolarni ijro etish inspeksiyasiga topshiriladi. 9. Hukm nusxasini jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan olingan kunining o‘zida mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda hisobga olish jurnalida qayd qilinadi va mahkumga mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda shaxsiy yig‘ma jild ochiladi. Shaxsiy yig‘ma jildning tartib raqami hisobga olish jurnalida qayd qilib o‘tilgan mahkumning tartib raqamiga mos bo‘lishi kerak. 10. Hukm chiqargan sudga jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan mahkumni hisobga olinganligi to‘g‘risida zudlik bilan mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi. 11. Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxslarning hisobga olinganligi to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma, mahkumning turar joyidan ro‘yxatdan chiqib ketishidan o‘z vaqtida xabardor qilish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq qo‘riqchi varaqasi to‘ldirib tuman (shahar) ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga yuboriladi. 12. Tuman (shahar) ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi mahkum yashash joyidan ro‘yxatdan chiqmoqchi bo‘lganida bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga darhol xabar qiladi hamda qo‘riqchi varaqasiga tegishli yozuv kiritadi. Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan kelgan mahkumlarni ro‘yxatga olish davrida ularning ma’lumotnomasida muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo to‘g‘risidagi belgi bo‘lganda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga darhol xabar berilishi kerak. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimi tuman, shahar ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan berilgan xabarni olishi bilan, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan kelgan mahkumlarning hukmini olish uchun tegishli ozodlikdan mahrum qilish joyiga so‘rov yuboradi. 13. Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab 3 kun ichida quyidagilarni amalga oshiradi: mahkum egallash va shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qiladi; jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hukm talablari ijro etilganligi to‘g‘risida tegishli hujjatlarni ilova etgan holda xabar yo‘llaydi; mahkum boshqa ishga o‘tkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar qiladi. 14. Muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma bergan vakolatli organ jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab 3 kun ichida mahkum shug‘ullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qo‘yishga va bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar yo‘llashga majbur. 15. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslar quyidagi asoslarda jazoni o‘tashdan ozod qilinadi va hisobdan chiqariladi: sud hukmi bilan belgilangan jazo muddati o‘tab bo‘linganda; amnistiya akti qo‘llanishi yoki afv etilishi munosabati bilan; jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda; sud hukmi bekor bo‘lganda; qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarda. 16. Mazkur Yo‘riqnomaning 15-bandida belgilangan asoslardan tashqari quyidagi hollarda ham mahkumlar hisobdan chiqariladi: yashash joyini o‘zgartirganligi sababli jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan tashqariga chiqib ketgan mahkumlar; yangi jinoyat sodir etib, ozodlikdan mahrum etilganlar; vafot etgan mahkumlar. 17. Quyidagi hujjatlar mahkumni hisobdan chiqarishga asos bo‘ladi: amnistiya akti qo‘llanilganligi haqidagi sud ajrimi; afv etilganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish to‘g‘risidagi farmonini ijro etish haqida Ichki ishlar vazirligining yozma topshirig‘i; hukmning bekor qilinishi yoki jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi yuzasidan sudning ajrimi va qarori nusxasi; yashash joyini o‘zgartirib, jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan tashqariga chiqib ketganligi sababli tegishli jazolarni ijro etish inspeksiyasidan shaxsiy yig‘ma jildni olinganligi haqidagi tasdiq xati; yangi jinoyat sodir etgan mahkumlarga nisbatan, sudning hukmi nusxasi va hukm qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risidagi farmoyishi; vafot etganlarga nisbatan, vafot etganligi haqidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining ma’lumotnomasi. 18. Mahkum hisobdan chiqarilgan kuni va hisobdan chiqarishga asosi haqida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarni hisobga olish jurnaliga hamda mahkumning shaxsiy yig‘ma jildiga belgi qo‘yiladi. Mahkumning jazoni o‘tashdan ozod etilganligi haqida shu kunning o‘zida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limiga ma’lum qilinadi hamda aloqa xati yuborilib, xatining nusxasi mahkumning shaxsiy yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan tuman (shahar) mudofaa bo‘limlariga mahkumning jazoni o‘tab bo‘lganligi haqida mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi. 19. Hisobdan chiqarilgan mahkumlarning shaxsiy yig‘ma jildi va hisob hujjatlari quyidagi muddatlar mobaynida saqlanadi: shaxsiy yig‘ma jildlar hisobdan chiqarilgan kundan boshlab 3 yil; muayyan huquqdan mahrum qilingan shaxslarni hisob jurnallari 10 yil; muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanganlarning hukmlarini ijro qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yozishmalari 3 yil. 20. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoning ijrosi qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga (ajrimiga) muvofiq mahkumning o‘z ish joyida yoki jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilab bergan boshqa joylarda o‘taladi. 21. Axloq tuzatish ishlari korxona, muassasa va tashkilotlarda o‘taladi. 22. Jazoni o‘z ish joyida o‘tash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan mahkumlar sudlangunga qadar o‘zlari ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilotlarda o‘taydi. Bunday shaxslarni boshqa ishga yoki lavozimga o‘tkazish mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 23. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilaydigan joylarda jazoni o‘tash muddati mobaynida jazolarni ijro etish inspeksiyasining yozma ruxsatisiz mehnat shartnomasini mahkumning tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi ruxsatnoma berishni rad etgan taqdirda yuqori turuvchi mansabdor shaxsga yoki sudga shikoyat qilish mumkin. Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish joyida, mahkum hech qayerda ishlamasa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o‘taladi. 24. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mazkur jazoni o‘tash bilan bog‘liq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi o‘zgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida xabardor qilishga, chaqiruvga binoan jazolarni ijro etish inspeksiyada hozir bo‘lishga majbur. Mahkum chaqiruvga binoan hozir bo‘lmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin. 25. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi zimmasiga yuklatiladi. Mazkur jazo ijrosini nazorat qilish HPBB Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etilishini nazorat qilish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, IIBB, IIB HPB Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etilishini nazorat qilish bo‘lim va bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 26. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi: axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ro‘yxatga oladi; mahkumga jazoni o‘tashning tartibi va shartlarini tushuntiradi; boshqa joylarda o‘taladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ishga jo‘natadi; mahkumlar tomonidan jazoni o‘tash shartlariga rioya etilishini tekshiradi; mahkum ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot ma’muriyati tomonidan hukm talablari ijro etilishini tekshiradi. Bunda hukm talablari ijro etilishi yiliga kamida ikki marotaba bevosita korxona, muassasa va tashkilotning o‘zida amalga oshiriladi. Tekshiruv yakuni to‘g‘risida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va dalolatnomaning bir nusxasi korxona, muassasa va tashkilotda, ikkinchi nusxasi esa jazolarni ijro etish inspeksiyasidagi mahkumning yig‘ma jildida saqlanadi; mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni o‘tkazadi, zarur materiallarni tayyorlaydi va tegishli xizmatga oshiradi; axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda o‘tayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini ko‘rib chiqadi; axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni o‘tash vaqtida mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolsalar yoxud pensiya yoshiga yetgan bo‘lsalar, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni o‘tayotgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqsalar, jazoni o‘tashdan ozod qilish haqida sudga taqdimnoma kiritadi; mahkum axloq tuzatish ishlari muddatining O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73, 74, 89 va 90-moddalarida belgilangan qismini o‘tab bo‘lganidan so‘ng bir oylik muddat ichida uni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan bo‘lsa ko‘rib chiqishi hamda taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqaradi; mahkum sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, o‘talmagan muddatni xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish haqida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46 va 83-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga taqdimnoma kiritadi; mahkumlar chaqiruvga binoan hozir bo‘lmagan taqdirda mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shaklda majburiy keltirish to‘g‘risida qaror chiqaradi; yilning har choragida ichki ishlar organiga ijro uchun yuborilgan hukmlarni (ajrimlarni) sud organlarining shu masalaga oid ma’lumotlari bilan solishtiradi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiradi hamda kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. 27. Axloq tuzatish ishlariga jalb qilish haqidagi sud hukmlari (ajrimlari) ijroga kelgan kundan boshlab 10 kunlik muddatdan kechikmasdan ijro qilinadi. 28. Sud hukmi (ajrimi)ning nusxasi va hukmni (ajrimni) ijro etish haqidagi sudning farmoyishi mahkumni axloq tuzatish ishlariga jalb qilish uchun asos hisoblanadi. 29. Ijro uchun kelgan sud hukmi (ajrimi)ning nusxasi va hukmni (ajrimini) ijro etish haqidagi sudning farmoyishi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga kelgan kunning o‘zida mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan shaxslarni hisobga olish jurnalida qayd etiladi. 30. Sud hukmida (ajrimda) uning ijrosi uchun to‘sqinlik qiluvchi tushunmovchiliklar bo‘lsa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi 3 kunlik muddat ichida hukm (ajrim) chiqargan sudga ularni bartaraf etishni so‘rab murojaat qiladi. 31. Axloq tuzatish ishi jazosini o‘tayotgan mahkum tomonidan sodir etilgan yangi jinoyat uchun axloq tuzatish ishlariga jalb etilganlik haqidagi hukmning nusxasi kelsa va ushbu hukmda birinchi sodir etilgan jinoyatning oqibatlari haqida ko‘rsatma bo‘lmasa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi 3 kunlik muddatda sudga hukmlarni jamlab, avvalgi jazo chorasi haqidagi masalani hal qilishni so‘rab tegishli sudga murojaat qiladi. Bunda sud tomonidan mazkur masala hal etilgunga qadar birinchi hukmning ijrosi to‘xtatilmaydi. 32. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan hukm chiqargan sudga hukmni ijro qilish uchun qabul qilinganligi haqida, shuningdek agar ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlariga o‘zgartirilgan bo‘lsa, mahkum bo‘shatilgan jazoni ijro etish muassasasiga mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi. 33. Hukm (ajrim) nusxasi ro‘yxatga olingandan so‘ng, shu kunning o‘zida mahkumga nisbatan mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shaklda hisobvaraqasi to‘ldirilib, mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda mahkumning shaxsiy yig‘ma jildi yuritiladi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilgan hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasidagi mahkumning shaxsiy yig‘ma jildi davom ettiriladi. Shaxsiy yig‘ma jildda mahkumning jazosini o‘tashga taalluqli bo‘lgan barcha hujjatlari hamda hukmning (ajrimning) nusxalari saqlanadi. 34. Mahkumning shaxsiy yig‘ma jildining hamda hisobvaraqasining tartib raqamlari axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan shaxslarni hisobga olish jurnalida qayd etilgan raqamiga mos bo‘lishi shart. Shaxsiy yig‘ma jildlar temir shkaflarda saqlanadi hamda ish kuni tugaganidan so‘ng shkaflar qulflanib, muhrlanadi. 35. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimlari mahkumning hisobga olinganligi haqida ichki ishlar organi rahbariga kerakli profilaktika tadbirlarini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasiga muvofiq shaklda bildirgi orqali xabar qiladi. Ichki ishlar organi rahbari ushbu bildirgini mahkumning turar joyi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan profilaktika inspektoriga kerakli ko‘rsatmalar berib topshiradi. Profilaktika inspektori mahkum bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar haqida jazolarni ijro etish inspeksiyasini har oyda kamida bir marotaba yozma ravishda xabardor qilib boradi. 36. Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxslarning hisobga olinganligi to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma, turar joyidan ro‘yxatdan chiqib ketishidan o‘z vaqtida xabardor qilish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda ichki ishlar organining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga qo‘riqchi varaqasi yuboriladi. 37. Har bir mahkum hisobga olingandan so‘ng, suhbat o‘tkazish uchun jazolarni ijro etish inspeksiyasiga chaqirilib, ularga axloq tuzatish ishini o‘tash tartibi va shartlari tushuntiriladi. 38. Mahkumlarga nisbatan hukm ijrosini tashkil etish, mahkumlarni jazo o‘tashga jalb qilish, ularning ish haqidan ajratmalarni to‘g‘ri ushlab qolish va o‘z vaqtida davlat foydasiga o‘tkazilishini nazorat qilish, shuningdek mahkumlarni o‘z vaqtida jazo o‘tashdan ozod qilish maqsadida axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarning shaxsiy hisobi yuritiladi. 39. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarning shaxsiy hisobi yuritiladigan hujjatlariga quyidagilar kiradi: axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan shaxslarni hisobga olish jurnali; axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan mahkumning shaxsiy yig‘ma jildi; axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan mahkumning hisobvaraqasi. 40. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan mahkumlar quyidagi hisoblardan birida turadi: tezkor; dastlabki; nazorat; qidiruvdagilar. 41. Tezkor hisobda hukmlari (ajrimlari) ijro etilayotgan mahkumlar turadi. 42. Dastlabki hisobda: axloq tuzatish ishiga hukm qilinib, jazolarni ijro etish inspeksiyasida hisobga olingan kundan 15 kun o‘tgandan so‘ng ham ishga joylashmagan mahkumlar; jazo muddatini o‘tayotgan vaqtda oldingi ish joyida mehnat shartnomasini bekor qilgan kundan 15 kun o‘tgandan so‘ng ham ishga joylashmagan mahkumlar; dastlabki qidiruv harakatlari amalga oshirilayotgan mahkumlar; sababsiz ishlamay yurgan mahkumlar; axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazosini ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirish uchun sudga taqdimnoma kiritilgan mahkumlar turadi. 43. Nazorat hisobida: axloq tuzatish ishiga hukm qilinib, hisobga olinganidan so‘ng 15 kungacha ishga joylashmagan mahkumlar; jazo o‘tash vaqtida ishlab turgan joyidan bo‘shagan kunidan boshlab 15 kungacha boshqa ish joyiga joylashmagan mahkumlar; kasalligi sababli ishlamayotgan mahkumlar, agar amaldagi qonunga binoan kasallik davri axloq tuzatish ishlarini o‘tash muddatiga qo‘shilmaydi, deb hisoblanmasa; jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan chiqib ketgan va shaxsiy yig‘ma jildi olinganligi haqidagi tasdiqnomasi kelmagan mahkumlar; boshqa jinoyat sodir etilganligi uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanib turgan mahkumlar; axloq tuzatish ishi jazosini o‘tash jarayonida ma’muriy jazo sifatida qamoqda saqlanib turgan mahkumlar; mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolganligi uchun yoxud nafaqa yoshiga yetganligi, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni o‘tayotgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqanligi munosabati bilan jazoni o‘tashdan ozod qilish haqida sudga taqdimnoma kiritilgan mahkumlar; mehnatga yaroqsizligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuborilgan mahkumlar; hukm ijrosining boshlanishidan oldin berilgan navbatdagi (har yilgi) mehnat ta’tili hamda oylik ish haqi bermaslik sharti bilan berilgan ta’tillardagi mahkumlar; ichkilikbozlik va giyohvandlik kasalligi tufayli tibbiyot muassasalarida davolanayotgan mahkumlar turadi. 44. Sud ajrimi asosida qidiruv e’lon qilingan mahkumlar qidiruvdagilar hisobida turadi. 45. Jazo muddatini o‘tab bo‘lmasdan, doimiy yashash joyining o‘zgarishi sababli tegishli jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan chiqib ketgan mahkumlar haqida ularning yangi doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga xabar qilinadi. Mahkumni yangi doimiy yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasining so‘rov xatiga asosan shaxsiy yig‘ma jildi va muhr bilan tasdiqlangan hisobvarag‘idan nusxa ichki ishlar organi boshlig‘ining imzosi bilan tasdiqlangan holda yuboriladi. Tegishli hududdagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi mahkumning shaxsiy yig‘ma jildi va hisobvarag‘idan nusxani olganligi haqida darhol ularni yuborgan jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar yuboradi. 46. Ish haqi belgilanadigan hududdan boshqa hududda jazo o‘tayotgan mahkumlar amalda ishlayotgan hududidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi hisobida turadi, boshqa hududda ishlash muddati to‘rt oydan oshadigan hollar bundan mustasno. Bunda mahkumning ish haqidan to‘g‘ri ushlab qolinayotganligini nazorat qilish ish haqi belgilanadigan hududdagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga topshiriladi. 47. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilab bergan joylarda axloq tuzatish ishiga hukm qilingan mahkumlar doimiy yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan hisobga olinadi. Bunda mahkumlar doimiy yashash joyidan boshqa hududda ishga joylashgan hollarda, mahkumning doimiy yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan hukmning (ajrimning) ijrosini ta’minlash uchun mahkumning ish joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hisobga olish uchun yuboriladi. 48. Hukmda (ajrimda) axloq tuzatish ishlari jazosini mahkumning o‘z ish joyida o‘tashi belgilangan hollarda jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan mahkum hisobga olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan uning ish joyiga hukm (ajrim) nusxasi va mazkur Yo‘riqnomaning 14-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi xabarnomasini olgan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati xabarnomani olganligi haqida mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasiga muvofiq shaklda javob xati yuboradi. Mahkum ish joyidan bo‘shaganligi aniqlangan hollarda jazolarni ijro etish inspeksiyasi mahkumga boshqa ishga joylashishi lozimligini tushuntiradi hamda zarur hollarda ishga joylashishida amaliy yordam beradi. 49. Hukmda (ajrimda) axloq tuzatish ishlarini oldingi ish joyidan boshqa joyda o‘tash belgilangan hollarda mahkum oldingi ish joyidan darhol bo‘shattirilib, boshqa joyga ishga yuboriladi. 50. Axloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga to‘g‘ri keladigan ish kunlari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab bermagan bo‘lsa va ishlanmagan kunlarni jazo muddatiga qo‘shib hisoblash uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilab qo‘yilgan asoslar bo‘lmasa, axloq tuzatish ishlarini o‘tash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini to‘liq ishlab berguniga qadar davom etadi. 51. Jazoni o‘tash muddati korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan, boshqa joylarda o‘taladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar uchun esa, ular jazoni o‘tash uchun yuborilgan korxona, muassasa yoki tashkilotda ish boshlagan kundan boshlanadi. 52. Ish vaqti jamlab hisobga olinadigan korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan mahkumlarning jazoni o‘tash muddati ish soatlarining normal miqdoriga amal qilingan holda, hisobga olinadigan davrdagi ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. 53. Mahkum ishlamagan, ammo qonunga muvofiq uning ish haqi saqlanib turgan vaqt, shuningdek mahkum ishsiz deb topilgan vaqt axloq tuzatish ishlarini o‘tash muddatiga qo‘shib hisoblanadi. 54. Jazoni o‘tash muddatiga quyidagilar qo‘shib hisoblanmaydi: qonunchilik hujjatlariga muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanmaydigan kasallik vaqti; qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni o‘tash vaqti, boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan qamoqda saqlangan vaqt. 55. Axloq tuzatish ishiga hukm qilingan mahkumlarning oylik ish haqidan davlat daromadi hisobiga ushlab qolish mahkumning jazo muddatini o‘tashni boshlagan kunidan amalga oshiriladi. 56. Mahkumlarning oylik ish haqidan davlat daromadi hisobiga ushlab qolish, ish haqining barcha turidan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni istisno qilmagan holda, shuningdek mahkumlarga ijro hujjatlari bo‘yicha da’volar mavjudligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi va har oyning ikkinchi yarmi uchun to‘langan ish haqidan, ishdan bo‘shaganda esa oyning ishlagan qismidan ushlab qolinadi. 57. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta tartibida olinayotgan nafaqa va boshqa to‘lovlar, ish haqiga kirmaydigan qo‘shimcha to‘lovlardan va bir marta to‘lanadigan pul mukofotlaridan (foydalanilmagan ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lovlari), ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasidagi ishlagan kunlar uchun kompensatsiya va haq to‘lash turlaridan, ishdan bo‘shaganda qonunga muvofiq beriladigan to‘lovlardan, yangidan ishga tushganda, boshqa ishga o‘tganda, xizmat safariga yuborilganda beriladigan to‘lovlardan, ishchining shaxsiy asbob-uskunalaridan foydalanganligi uchun va berilmagan maxsus kiyim va poyabzallar uchun to‘lanadigan to‘lovlardan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa badal to‘lovlaridan ushlab qolinmaydi. 58. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan mahkumlarning mehnatiga haq, qoida tariqasida, pul shaklida to‘lanadi. Mehnat haqini natura shaklida to‘lash taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno. 59. Harbiy yig‘ilishlarga chaqirilgan mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish ish joyida amalga oshiriladi. 60. Korxona, muassasa va tashkilotlarda mahkumga yil yakuni bo‘yicha to‘lanadigan mukofot pullaridan jazo o‘talgan davr uchungina ushlab qolinadi. 61. Mahkumlarning ish haqidan davlat foydasiga ushlab qolinayotgan pullarni korxona, muassasa va tashkilot ma’muriyati har oyda oylik ish haqi beriladigan kuni Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan ushlab qolingan daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda to‘lov hujjatlari bilan birgalikda mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasiga muvofiq shaklda ushlab qolingan ajratmalar haqida hisob-kitob ma’lumotnomasini jazolarni ijro etish inspeksiyasiga yuboradi. 62. Ish haqidan ushlab qolingan pul miqdorini naqd pul shaklida to‘lash taqiqlanadi. 63. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimlari mahkumlarning hisobvaraqalari bo‘yicha oyma-oy ish haqidan ushlab qolingan chegirmalarning tushganligini “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali Yagona g‘azna hisobvarag‘iga kirim qilingan mablag‘lar bilan solishtirib boradi hamda mahkumlarning ish haqidan ushlab qolingan chegirmalar o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi aniqlangan hollarda darhol undirish choralarini ko‘radi. 64. Mahkumlarni ish haqidan to‘g‘ri va o‘z vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan ajratmalarni davlat foydasiga o‘tkazilishini ta’minlamagan, shu bilan birga ularning ishlagan davri, oyligi va chegirib qolingan ajratmalar to‘g‘risidagi hisob-kitob ma’lumotnomasini doimiy ravishda noto‘g‘ri yoki o‘z vaqtida bermagan hollarda jazolarni ijro etish inspeksiyasi tegishli aybdor mansabdor shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi. 65. Mahkumlarning ishlagan kunlari va oyligidan ushlab qolingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mahkumlarning hisobvaraqlariga 3 kun mobaynida kiritilishi kerak. To‘lov hujjatlari maxsus jildlarga tikiladi. 66. Sud hukmi (ajrimi) bekor qilingan barcha holatlarda oylik ish haqidan ushlab qolingan mablag‘lar mahkumga qaytarib beriladi. Hukmning o‘zgartirilishi yoki bekor qilish haqidagi sudning ajrimi (qarori) ushlab qolingan mablag‘larning qaytarib berilishiga asos hisoblanadi. 67. Axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan shaxslar quyidagi holatlarda jazodan ozod qilinib, hisobdan chiqariladi: sud hukmi bilan belgilangan jazo muddati o‘tab bo‘linganda; amnistiya akti qo‘llanishi yoki afv etilishi munosabati bilan; boshqa jazo turiga o‘zgartirilganda; jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda; jazoning o‘talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilganda; sud hukmi bekor bo‘lganda; qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslarda. 68. Mazkur Yo‘riqnomaning 67-bandida belgilangan hollardan tashqari quyidagi hollarda ham mahkumlar hisobdan chiqariladi: yashash joyini o‘zgartirganligi sababli jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan tashqariga chiqib ketgan shaxslar; axloq tuzatish ishini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi uchun ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslar; yangi jinoyat sodir etganligi uchun boshqa jazoga hukm qilingan mahkumlar; vafot etgan mahkumlar. 69. Quyidagi hujjatlar mahkumlarni hisobdan chiqarishga asos bo‘ladi: jazo muddatini o‘tab bo‘lganlar uchun axloq tuzatish ishi jazosini o‘tagan vaqtdagi oylik ish haqidan ushlab qolingan pul miqdorlari to‘g‘risidagi hisob-kitob ma’lumotlari; amnistiya qarori qo‘llanilganligi haqidagi sud ajrimi; afv etilganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish to‘g‘risidagi farmonini ijro etish haqida Ichki ishlar vazirligining topshirig‘i; hukmning bekor qilinishi, boshqa jazo turiga o‘zgartirilishi, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi yoki jazoning o‘talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi to‘g‘risidagi sudning ajrimi yoki qarori nusxasi; yashash joyini o‘zgartirib, jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan tashqariga chiqib ketganligi sababli tegishli jazolarni ijro etish inspeksiyasidan hisobvaraq va shaxsiy yig‘ma jildni olinganligi haqidagi tasdiqnoma. yangi jinoyat sodir etgan mahkumlarga nisbatan hukm nusxasi va hukm qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risidagi sud farmoyishi; vafot etganlarga nisbatan, vafot etganligi haqidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qiluvchi organlarning ma’lumotnomasi. 70. Mahkumning ish haqidan ushlab qolinib, korxona, muassasa va tashkilot tomonidan ushlab qolingan mablag‘larning o‘tkazib berilishi kechiktirilganligi mahkumning hisobdan chiqarishga to‘sqinlik qilishi mumkin emas. Bunday mahkumlarni shaxsiy yig‘ma jildlari va hisobvaraqlari korxona, muassasa va tashkilot tomonidan ushlab qolingan mablag‘larning o‘tkazib berilishi to‘liq amalga oshirilmaguncha nazoratga olinadi. 71. Mahkumning hisobdan chiqarilgan kuni va asosi haqida uning hisobvaraqasiga, axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxslarning hisob hujjatlariga tegishli ma’lumot kiritiladi. Mahkumning jazoni o‘tashdan ozod etilganligi haqida shu kunning o‘zida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limiga ma’lum qilinib yozma ma’lumot beriladi hamda ushbu ma’lumot nusxasi mahkumning shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi. 72. Axloq tuzatish ishlarini o‘tashdan ozod qilingan shaxslarga jazo muddatini o‘tagani haqida mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasiga muvofiq shaklda ma’lumotnoma beriladi. 73. Harbiy xizmatga chaqiriluvchilar jazo muddatini o‘tab bo‘lganlaridan so‘ng bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi. 74. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi hisobidan chiqqan mahkumlarning ish joyi ma’muriyatiga mazkur Yo‘riqnomaning 18-ilovasiga muvofiq shaklda ma’lumotnoma yuboriladi, belgilangan jazosi boshqa turdagi jazoga o‘zgartirilgan, yashash joyini o‘zgartirganligi munosabati bilan jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan chiqib ketganlar va vafot etganlar bundan mustasno. 75. Hisobdan chiqqan mahkumlarning shaxsiy yig‘ma jildi va hisob hujjatlari quyidagi muddatlar mobaynida saqlanadi: shaxsiy yig‘ma jildlar hisobdan chiqarilgan kundan boshlab 3 yil; hisobvaraqlari 5 yil; axloq tuzatish ishini o‘tayotgan shaxslarning hisob jurnallari 10 yil; axloq tuzatish ishi bilan jazolanganlarning hukmlarini ijro qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yozishmalar 3 yil. 76. Ozodlikni cheklash jazosi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi (ajrimi)ga muvofiq amalga oshiriladi. Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan yoki sud belgilaydigan, mahkumlarning sud belgilagan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan boshqa organ tomonidan amalga oshiriladi. 77. Ozodlikni cheklash jazosi mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyasining hisobiga olingan kundan boshlab hisoblanadi. Mahkum uzrli sabablarsiz o‘zboshimchalik bilan yashash joyida bo‘lmagan vaqti ozodlikni cheklash vaqtiga qo‘shib hisoblanmaydi. 78. Ozodlikni cheklash to‘g‘risidagi sud hukmining ijrosi mahkumning yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 79. Mahkumlarning turar joylari bo‘yicha sud tomonidan belgilangan taqiqlar (cheklovlar) va yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi hamda ularning xulq-atvori ustidan nazoratni profilaktika inspektorlari, tezkor vakillar, patrul-post xizmati, yo‘l-patrul xizmati, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari, patrul-post naryadlari va ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 80. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi: ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslar bilan suhbat o‘tkazib, jazo o‘tash tartibi va shartlarini tushuntiradi; mahkumning ish va o‘qish joyi ma’muriyatidan mahkumlar haqida tavsifnomalar oladi va zarur hollarda, mahkumning ish va o‘qish joyi ma’muriyati bilan uchrashuv o‘tkazadi; ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs tomonidan jamoat tartibi buzilganligini aniqlash maqsadida har oyda ichki ishlar organining ma’lumot kartotekasi bilan, shuningdek har chorak yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, IIBB va IIB Tezkor-ma’lumotlar boshqarma (bo‘lim)larining ma’muriy huquqbuzarliklar bazasidan tekshirib boradi; ozodlikni cheklashning o‘talmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi; sud tomonidan mahkum zimmasiga yuklatilgan taqiqlar (cheklashlar) va majburiyatlarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirib boradi, ularni bajarmay yurgan mahkumlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 444-moddasiga asosan mazkur Yo‘riqnomaning 19-ilovasiga muvofiq shaklda ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qo‘llaydi va bu haqda dalolatnoma tuzilib, mahkumning shaxsiy yig‘ma jildiga qo‘shib boradi. 81. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan voyaga yetmaganlar ustidan doimiy nazorat profilaktika inspektorlari tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari bilan hamkorlikda hokimlik, ta’lim sohasidagi hududiy davlat boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari hamda boshqa mas’ul organlar ishtirokida amalga oshiriladi. 82. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi sud hukmida belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) bajarilishini ta’minlash yuzasidan hukm ijroga olingan kunning o‘zida, mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga yoki muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi. 83. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkum muayyan vaqtda yashash joyidan ketish, tegishli ma’muriy hudud doirasida joylashgan ma’lum joylarga borish yoxud tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqish uchun hamda yashash joyini o‘zgartirishni so‘rab murojaat etganda, taqiqlarning (cheklashlarning) xususiyatlaridan, mahkumning shaxsidan, uning xulq-atvoridan, tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligidan kelib chiqqan holda mazkur Yo‘riqnomaning 20-ilovasiga muvofiq shaklda ruxsatnoma beradi. 84. Uy-joyidan chiqib ketishiga butunlay taqiq belgilangan mahkumning doimiy yashash joyidan ketishi uchun, mahkumning tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqishi uchun, shuningdek mahkumning yashash joyini o‘zgartirishi uchun prokurordan ruxsatnoma olish haqidagi murojaati jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan hududidagi prokurorga yuboriladi. 85. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi ilgari mahkumga yuklatilgan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritadi. 86. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi, shuningdek o‘zining jazoni o‘tashi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar berish uchun chaqiruv bo‘yicha jazolarni ijro etish inspeksiyasiga kelishi shart. Uzrli sababsiz hozir bo‘lmagan mahkumlar majburiy keltirilishi mumkin. 87. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyasi ruxsatisiz muayyan vaqtda yashash joyidan ketishi, tegishli ma’muriy hudud doirasida joylashgan ma’lum joylarga borishi yoxud tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqishi, shuningdek yashash joyini o‘zgartirishi taqiqlanadi. 88. Suddan kelib tushgan hukm (ajrim) nusxasi va hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirganligi haqidagi sud farmoyishi ichki ishlar organida ro‘yxatiga olinib, ichki ishlar organi boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan jazolarni ijro etish inspeksiyasiga, nusxasi hududiy profilaktika inspektoriga tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida beriladi. Shu kunning o‘zida mahkum mazkur Yo‘riqnomaning 21-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobga olish jurnalida qayd qilinadi va unga nisbatan mazkur Yo‘riqnomaning 22-ilovasiga muvofiq shaklda shaxsiy yig‘ma jild ochiladi. Mahkum shaxsiy yig‘ma jildining tartib raqami hisobga olish jurnalida qayd qilingan mahkumning tartib raqamiga mos bo‘lishi kerak. 89. Mahkumning shaxsiy yig‘ma jildida mahkumni hisobga olish uchun asos bo‘lgan hujjatlar, uning axloqi ustidan nazorat hamda sud orqali qo‘yilgan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etilishi va majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar jamlanadi. 90. Mahkumga shaxsiy yig‘ma jild ochilganidan keyin mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda qo‘riqchi varaqasi to‘ldiriladi. Qo‘riqchi varaqasining nusxasi mahkumning shaxsiy yig‘ma jildiga tikiladi. 91. Qo‘riqchi varaqasi ichki ishlar organining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga mahkumni doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqib ketishini oldini olishni nazorat qilish uchun topshiriladi. 92. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo turiga hukm qilingan mahkumga jazoni o‘tash tartibi tushuntirilib, uning zimmasiga yuklatilgan taqiqlar (cheklashlar) va majburiyatlarni bajarmagan taqdirda o‘talmay qolgan jazo muddatini jazoning boshqa turiga almashtirilishi haqida sudga taqdimnoma kiritilishi to‘g‘risida ogohlantiriladi va undan ogohlantirilganligi haqida tilxat olinadi. 93. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkumning hisobga olinganligi to‘g‘risida mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq, vakolatli organga mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilish haqidagi sud hukmi talablarini ijro etish to‘g‘risida, harbiy xizmatga majbur bo‘lgan mahkumlar to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq xabarnomalar jo‘natadi. 94. Harbiy xizmatga majbur bo‘lgan mahkum tayinlangan jazo muddatini o‘tab bo‘lganda yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa sabablarga ko‘ra jazodan ozod etilganda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga xabarnoma yuboriladi. 95. Ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan ichki ishlar organlarining maxsus dasturiy majmua tizimiga ulangan elektron kuzatuv vositalari faqat sudning ajrimi bilan qo‘llanilishi mumkin. 96. Elektron kuzatuv vositalari kecha-kunduz kuzatib borish uchun barcha texnika vositalari ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga o‘rnatiladi. Agarda mahkumga yuklatilgan majburiyatlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, navbatchi zudlik bilan bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar beradi, jazolarni ijro etish inspeksiyasi mazkur holatga aniqlik kiritish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi. 97. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashda o‘ziga o‘rnatilgan elektron kuzatuv vositalaridan foydalanish qoidalarini buzganda jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning o‘talmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi. Agar mahkum elektron kuzatuv vositalaridan foydalanish qoidalarini buzishi natijasida elektron kuzatuv vositalari nosoz holatga kelgan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi mahkumdan yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini ko‘rish uchun nazorat qiluvchi prokurorga to‘plangan hujjatlarni ilova qilgan holda sudga da’vo ariza kiritishi uchun yuboradi. 98. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan, shuningdek sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning o‘talmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi. Quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlovchilar deb e’tirof etiladi: o‘ziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzishga yo‘l qo‘ygan mahkum; o‘ziga nisbatan texnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum; yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum; yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum. 99. Sud tomonidan yashash joyi u yoki bu sabab bilan tark etishi butunlay taqiqlangan mahkumlar jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimlari va profilaktika inspektori tomonidan har oyda kamida 3 marotaba mazkur taqiqning bajarilayotganligini doimiy ravishda nazorat qilib boriladi va tekshiruv natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, mahkumning shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi. 100. Sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishi cheklangan mahkumlar jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimlari va profilaktika inspektori tomonidan har oyda kamida 3 marotaba yashash joyidan chiqishi cheklangan muayyan vaqtida mazkur cheklashga amal qilayotganligini tekshirish uchun doimiy ravishda nazorat qilib boriladi va tekshiruv natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, mahkumning shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi. 101. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo muddati tugaganda uni ustidan nazoratni to‘xtatilganligi to‘g‘risida ichki ishlar organi boshlig‘iga axborot beriladi. 102. Quyidagi hollarda ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat to‘xtatilib, hisobdan chiqariladi: sud hukmi bilan belgilangan jazo muddati o‘tab bo‘linganda; amnistiya akti qo‘llanishi yoki afv etilishi munosabati bilan; boshqa jazo turiga o‘zgartirilganda; jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda; jazoning o‘talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilganda; sud hukmi bekor bo‘lganda; mahkum vafot etganda; qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa asoslarda. 103. Mazkur Yo‘riqnomaning 102-bandida ko‘rsatilgan asoslardan tashqari turar joyini o‘zgartirgan mahkumlar ham hisobdan chiqariladi. Bunda mahkumlarni yangi turar joyi bo‘yicha ichki ishlar organiga so‘rov xati yuboriladi va mahkum hisobga olinganligi to‘g‘risida axborot bergan ichki ishlar organiga darhol yozma ravishda xabar qilinadi va xabarnomaning nusxasi mahkumning shaxsiy yig‘ma jildiga tikiladi. 104. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsni hisobdan chiqarish vaqti hamda asosi to‘g‘risida mahkumlarni hisobga olish jurnalida va ularning shaxsiy yig‘ma jildiga tegishli belgi qo‘yiladi. Jazodan ozod etilgan shaxslar haqida ichki ishlar organi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limiga ma’lumot beriladi va uning nusxasi mahkumning shaxsiy yig‘ma jildiga tikiladi. 105. Mahkumlarni hisobga olish jurnali hamda shaxsiy yig‘ma jildlari mazkur Yo‘riqnomaning 19-bandida belgilangan muddatlar davomida saqlanadi. 106. Shartli hukm qilish to‘g‘risidagi jinoyat-huquqiy ta’sir chorasini ijro etish uchun sudning hukmi (ajrimi) asos bo‘ladi. 107. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi shartli hukm qilingan shaxslarni ro‘yxatga oladi va sud belgilagan sinov muddati mobaynida ularning zimmasiga yuklangan majburiyatlar bajarilishini tekshirib boradi. 108. Shartli hukm qilingan shaxslar xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan, harbiy xizmatchilar xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish esa, harbiy qism yoki muassasaning qo‘mondonligiga yuklatiladi. 109. Shartli hukm qilingan shaxslarni xulq-atvori ustidan nazorat ularning doimiy yashash joyidagi hududiy profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 110. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi: mahkumlarning hisobini olib boradi; zarur hollarda shartli hukm qilingan shaxslarni ishga joylashishda yordam beradi; shartli hukm qilingan shaxslarni xulq-atvori ustidan nazorat olib borishni tashkil etadi; sinov muddati davomida mahkumlar tomonidan sud hukmi bo‘yicha yuklatilgan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘radi, mahkum chaqiruviga asosan kelmagan taqdirda mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shaklda mahkumni majburiy keltirish haqida qaror chiqaradi; sinov muddati davomida mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlagan yoki ma’muriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda jinoyat-huquqiy ta’sir chorasini bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritadi. 111. Sudning hukmi (ajrimi) mahkumni hisobga olishga asos bo‘lib hisoblanadi va mahkumlarning hisobini olib borish jurnalida qayd etiladi. 112. Suddan kelib tushgan hukm (ajrimi) nusxasi ichki ishlar organida ro‘yxatiga olinib, ichki ishlar organi rahbarining ko‘rsatmasi bilan jazolarni ijro etish inspeksiyasiga topshiriladi. Shu kunning o‘zida jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan sud hukmi (ajrimi) mazkur Yo‘riqnomaning 23-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobga olish jurnalida qayd qilinib, shartli hukm qilingan shaxsga nisbatan mazkur Yo‘riqnomaning 24-ilovasiga muvofiq shaklda nazorat yig‘ma jildi ochiladi. Nazorat yig‘ma jildining tartib raqami hisobga olish jurnalida qayd qilingan mahkumning tartib raqamiga mos bo‘lishi kerak. 113. Mahkumga nazorat yig‘ma jildi ochilganidan so‘ng mazkur Yo‘riqnomaning 6 va 25-ilovalariga muvofiq shaklda qo‘riqchi va ma’lumot varaqalari to‘ldiriladi. Ma’lumot varaqasi ichki ishlar organining huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni hisobga oladigan ma’lumot kartotekasiga kiritiladi. Qo‘riqchi varaqasi ichki ishlar organining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga mahkumning turar joyidan ro‘yxatdan chiqib ketishidan o‘z vaqtida xabardor qilish uchun topshiriladi. 114. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi mahkumlarning hisobga olinganligi to‘g‘risida sudga mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq, mahkumning ish yoki o‘qish joyi ma’muriyatiga mazkur Yo‘riqnomaning 26-ilovasiga muvofiq, harbiy xizmatga majbur bo‘lgan mahkumlar to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma jo‘natadi. 115. Nazorat yig‘ma jildi jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimi tomonidan olib boriladi, nazorat yig‘ma jildida mahkumni hisobga olish uchun asos bo‘lgan hujjatlar, uning xulq-atvori ustidan nazorat hamda sud orqali qo‘yilgan majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar yuritiladi. 116. Mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyasida hisobga olinganidan keyin unga sud tomonidan yuklatilgan majburiyat va bu majburiyatlar bajarilmagan taqdirda unga qanday qonuniy choralar qo‘llanilishi mumkinligi tushuntiriladi. 117. Sud hukmida vaqti-vaqti bilan yashash joyidagi ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuklatilgan mahkumlarga nisbatan ularning ro‘yxatdan o‘tish kunlari jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan belgilanadi va mahkumga bu haqda xabar beriladi. Bunda mahkumdan tilxat olingan holda dalolatnoma rasmiylashtirilib, nazorat yig‘ma jildida saqlanadi. 118. Mahkumni huquqbuzarlik sodir etganligini aniqlash maqsadida jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan har chorakda kamida bir marotaba Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, IIBB va IIB Tezkor-ma’lumotlar boshqarma (bo‘lim)larining ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bazasidan tekshirib boriladi. 119. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan: mahkumlar bilan suhbat o‘tkazilib, hukmda (ajrimda) belgilangan jazoni o‘tash shartlari tushuntiriladi; mahkumning ish va o‘qish joylari ma’muriyatlaridan mahkumlar haqida tavsiyanomalar so‘raladi va zarur hollarda ish va o‘qish joylari ma’muriyati bilan uchrashuv o‘tkaziladi; sud tomonidan belgilangan majburiyatlarning bajarilishi har chorakda kamida bir marotaba tekshiriladi, ularni bajarmay yurgan mahkumlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. Natijasi haqida dalolatnoma tuzilib, nazorat yig‘ma jildiga qo‘shib boriladi; sud tomonidan ro‘yxatdan o‘tib turish majburiyati yuklatilgan mahkumlarni ro‘yxatdan o‘tkazilishi amalga oshiriladi; sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, sinov muddati tugashi bilan uning xulqi ustidan nazoratni to‘xtatish to‘g‘risida ichki ishlar organi boshlig‘iga ma’lum qilinadi; mahkumlarning hisobi olib boriladi, xulq-atvori ustidan nazorat qilinadi, ularga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi tahlil qilinadi. 120. Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan jazolarni ijro etish inspeksiyasi sinov muddati mobaynida belgilangan cheklashlarni to‘liq yoki qisman bekor qilish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritishga haqli. 121. Mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlagan yoki ma’muriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan jinoyat-huquqiy ta’sir chorasini bekor qilish hamda hukmda (ajrimida) tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritadi. 122. Sud hukmida (ajrimida) mahkumga belgilangan muddatda yetkazilgan zararni bartaraf qilish majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, shartli hukmni bekor qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma yetkazilgan zararni bartaraf qilish uchun sud tomonidan belgilangan muddat tugashi bilan kiritiladi. 123. Quyidagi hollarda mahkum ustidan nazorat to‘xtatilib, hisobdan chiqariladi: shartli hukm bilan belgilangan sinov muddatining tugallanganligi; shartli hukm bekor qilinib, hukm bo‘yicha jazo o‘tash uchun yuborilganda; amnistiya akti qo‘llanishi yoki afv etilishi munosabati bilan; yangi jinoyat sodir qilgani uchun hukm qilinganda; mahkum vafot etganda. 124. Mazkur Yo‘riqnomaning 123-bandida ko‘rsatilgan asoslardan tashqari turar joyini o‘zgartirgan mahkumlar ham hisobdan chiqariladi. Bu holda mahkumlarni yangi turar joyi bo‘yicha ichki ishlar organiga so‘rov yuboriladi. Nazorat yig‘ma jildi hamda mahkum hisobga olinganligi to‘g‘risida nazorat yig‘ma jildini yuborgan ichki ishlar organiga darhol yozma ravishda xabar qilinishi lozim. 125. Mahkumni hisobdan chiqarish vaqti hamda asosi to‘g‘risida mahkumlarni hisobga olish jurnaliga va nazorat yig‘ma jildiga tegishli belgi qo‘yiladi. Jazodan ozod etilgan shaxslarning ro‘yxati kuzatuv xati orqali huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasiga topshiriladi. Xatning nusxasi nazorat jildiga tikiladi. 126. Mahkum hisobdan chiqarilgandan so‘ng 3 kun ichida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda xabar qilinadi. 127. Mahkumlarni hisobga olish jurnali hamda nazorat yig‘ma jildi mazkur Yo‘riqnomaning 19-bandida belgilangan muddatlar bo‘yicha saqlanadi. 128. Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarga hukm qilingan mahkumlar hamda shartli hukm qilingan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 73, 75 va 76-moddalariga asosan jazodan ozod etilishi haqida sudga taqdimnoma kiritilganda, sudga taqdimnoma bilan birga mahkumlarni jazo o‘taganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar nusxalari yuborilib, ularning yig‘ma jildlari jazolarni ijro etish inspeksiyasida saqlanadi. 129. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan.
248
56,536
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari va Kotibiyati xodimlarining moddiy va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. Markaziy saylov komissiyasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 4. Moliya vazirligi mazkur qarorga asosan joriy yilda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2020-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘lar ajratilishini, 2021-yildan boshlab esa kelgusi yillarda amalga oshirishi belgilangan vazifalar uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘larning nazarda tutilishini ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4004-son qarorida: a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Belgilansinki, maqomi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish, moddiy-maishiy ta’minot shart-sharoitlariga ko‘ra: Markaziy saylov komissiyasi raisi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosariga; Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisiga; Markaziy saylov komissiyasi kotibi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisining o‘rinbosariga; Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita a’zolariga; Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati xodimlari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devonining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi. Bunda, uzoq muddat xizmati uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq hisoblanadi. Markaziy saylov komissiyasining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodim shtat birliklari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi”; b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi nizomning 30-bandi: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “sudya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan davr”; to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 366-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga biriktirilgan kontingentga kafolatlangan tibbiy va sanatoriy-sog‘lomlashtirish yordami ko‘rsatish tartibi va hajmi to‘g‘risidagi nizomga ilovada: a) “1. Turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va bolalari bilan birgalikda tibbiy xizmat ko‘rsatiladigan kontingent” bo‘limi quyidagi mazmundagi 16-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: b) “2. Turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatiladigan kontingent” bo‘limining 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: v) “3. Turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda xizmat ko‘rsatiladigan kontingent” bo‘limining 6-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: g) “4. Oila a’zolarisiz xizmat ko‘rsatiladigan kontingent” bo‘limining 6-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
124
3,930
Qonunchilik
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYa QILISh TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI QO‘LLAShNING AYRIM MASALALARI HAQIDA
Sudlar tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlar aksiyadorlik jamiyatlari ishtirokidagi ishlarni ko‘rishda inobatga olishlari lozimki, bunday jamiyatlarning tuzilishi, faoliyati va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi); “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi); “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi; “Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyati mexanizmi to‘g‘risida”gi; “Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida”gi; “Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari reyestri to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan 1996-yil 15-avgustda tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 16-avgustda 274-raqam bilan ro‘yxatga olingan); Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli qaroriga 1-ilova); Aksiyadorlik jamiyatining ijroiya organi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli qaroriga 3-ilova); Aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar haqida, ularning hisobini yuritish va axborotini yoritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 29-yanvarda 1212-raqam bilan ro‘yxatga olingan); Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga 1-ilova); Aksiyadorlik jamiyatida davlatning ishonchli vakili to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga 2-ilova) bilan tartibga solinadi. 2. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, arz qilingan talabning fuqarolik ishlari bo‘yicha sud yoki xo‘jalik sudi sudloviga taalluqliligi masalasi ushbu sudlarning O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslarida belgilangan vakolatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda jamiyat faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar xo‘jalik sudlari sudloviga taalluqlidir, bir taraf yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lmagan fuqaro bo‘lgan ishlar bundan mustasno. 3. FK 58-moddasi to‘rtinchi qismi va Qonunning 12-moddasi birinchi qismiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatlarining muassislari bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda ishtirok etmagan shaxslar uning muassisi deb atalishi mumkin emas. Ochiq aksiyadorlik jamiyati muassislarining minimal tarkibi cheklanmaydi, yopiq jamiyat muassislarining soni esa uch shaxsdan kam bo‘lishi mumkin emas. Aksiyadorlik jamiyatining har bir muassisi uning aksiyadori bo‘lishi shart (Qonunning 5-moddasi). 4. FK 58-moddasining beshinchi qismi va Qonunning 12-moddasi ikkinchi qismiga binoan agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, aksiyadorlik jamiyatlari muassislari bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirishda davlat boshqaruvi organlari nomidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari muassis bo‘lishlari mumkinligini sudlar inobatga olishlari lozim. Mulkdorlar tomonidan moliyalashtiriladigan muassasalar faqat mulkdorning roziligi bilan aksiyadorlik jamiyati muassisi bo‘lishlari mumkin (FK 58-moddasi oltinchi qismi). Davlat korxonasi xo‘jalik yuritish huquqi asosida o‘ziga biriktirib qo‘yilgan ko‘chmas mulkni faqat mulkdorning roziligi bilan aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga hissa sifatida topshirishga yoki bu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli. 5. Sudlar shuni e’tiborda tutishlari lozimki, muassislar tomonidan aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida tuziladigan shartnoma, jamiyatni ta’sis etish borasida birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma bo‘lib, ta’sis hujjati hisoblanmaydi (Qonunning 11-moddasi). Aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjati uning ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) tomonidan tasdiqlangan ustav hisoblanadi. 6. Aksiyadorlik jamiyati muassislarining o‘z aksiyalari haqini to‘lagan aksiyadorlardan farqi shundaki, ular jamiyatni tuzish bilan bog‘liq majburiyatlar bo‘yicha, agar bu majburiyatlar jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tgunga qadar yuzaga kelgan bo‘lsa, solidar javobgar bo‘ladilar. Solidar javobgarlik muassislar o‘rtasida jamiyatni tuzish to‘g‘risida yozma shartnoma tuzilgandan keyin yuzaga keladi (FK 64-moddasi ikkinchi qismi, Qonunning 4-moddasi uchinchi qismi va 9-moddasi). 7. FK 67 va 68-moddalariga, Qonunning 9-moddasiga muvofiq aksiyadorlik jamiyati yuridik shaxs huquqini olgan sho’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lishi mumkin. Bunda ushbu jamiyatlar aksiyadorlik jamiyati shaklida ham, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida ham, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida esa, u joylashgan mamlakat qonunchiligiga muvofiq boshqa turda ham bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlarini sho’ba jamiyat majburiyatlari (qarzlari) bo‘yicha javobgarlikka tortish bilan bog‘liq nizolarni hal etishda, sudlar, FK 48 va 67-moddalari, shuningdek, Qonunning 4 va 9-moddalariga rioya etishlari lozim. Ushbu normalarga ko‘ra, sho’ba jamiyat uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga haqli asosiy aksiyadorlik jamiyati bu ko‘rsatmalar ijrosi yuzasidan sho’ba jamiyat tuzgan bitimlar bo‘yicha u bilan birgalikda solidar javobgar bo‘ladi. Asosiy aksiyadorlik jamiyati, agar uning aybi bilan sho’ba jamiyatning nochorligi (bankrotligi) yuzaga kelsa, sho’ba jamiyat majburiyatlari (qarzlari) bo‘yicha subsidiar javobgarlikka tortilishi mumkin (FK 329-moddasi). 8. Sudlar aksiyadorlik jamiyatini tuzish paytida ustav fondini dastlabki shakllantirish va aksiyalarni joylashtirish bilan bog‘liq nizolarni hal etishda, jumladan, quyidagilarni e’tiborga olishlari lozim: muassis-aksiyador ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) tomonidan belgilangan muddatda, ammo aksiyadorlik jamiyati ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng ko‘pi bilan bir yil ichida aksiyalarni to‘liq sotib olishi shart. Aksiya uning haqi to‘liq to‘langunga va uning yangi egasi aksiyadorlar reyestrida ro‘yxatga olingunga qadar ovoz huquqini bermaydi, jamiyatni tuzish vaqtida muassislar tomonidan sotib olingan aksiyalar bundan mustasno. 9. Aksiyadorlik jamiyati haqi to‘lanmagan aksiyalarga nisbatan mulk huquqini Qonunda belgilangan doirada amalga oshirishga haqli. Aksiyalar jamiyat tasarrufiga o‘tgan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan bir yil ichida realizatsiya qilinishi lozim, aks holda, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi mazkur aksiyalarni muomaladan chiqarish orqali jamiyatning ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim (Qonunning 33-moddasi o‘ninchi qismi). Aksiyadorlik jamiyati mulkdorligida bo‘lgan aksiyalarni garovga qo‘yishga, bepul yoki aksiyaning nominal qiymatidan kam bahoda tasarruf etishga haqli emas, Qonunning 37-moddasi uchinchi qismida qayd etilgan hollar bundan mustasno. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan ushbu cheklovlar buzilgan holda tuzilgan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi. 10. Agar mulkdorligida bo‘lgan aksiyalarni belgilangan muddatda realizatsiya qilmagan aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish va kun tartibiga ustav fondini kamaytirish haqidagi masalani kiritish uchun zarur va yetarli choralarni ko‘rmasa, u sud tartibida tugatilishi mumkin. 11. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, Qonunning 20-moddasida ustav fondining eng kam miqdori belgilangan bo‘lib, u ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadagi kursi bo‘yicha ellik ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summadan va yopiq aksiyadorlik jamiyati uchun — qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. 12. Aksiyadorlik jamiyati ustav fondini ko‘paytirish aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ustav fondini bunday tarzda ko‘paytirish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoki, agar jamiyat ustavi yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan bunday huquq kuzatuv kengashiga berilgan bo‘lsa, kuzatuv kengashining qarori bilan amalga oshiriladi (Qonunning 21-moddasi). 13. Aksiyadorlik jamiyati ustav fondini kamaytirish aksiyalarning nominal qiymatini yoki umumiy sonini qisqartirish, shu jumladan, aksiyalarning bir qismini jamiyat tomonidan sotib olish va keyinchalik muomaladan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu tarzda ustav fondini kamaytirishga faqat aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi (Qonunning 22-moddasi). Aksiyalarning bir qismini sotib olish va muomaladan chiqarish yo‘li bilan jamiyat ustav fondini kamaytirishga, bunday imkoniyat aksiyadorlik jamiyati ustavida nazarda tutilgan holdagina yo‘l qo‘yiladi. Agar ustav fondini kamaytirish natijasida uning miqdori jamiyat ustaviga kiritilgan tegishli o‘zgartishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kuni belgilanadigan ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan bo‘lsa, aksiyadorlik jamiyati ustav fondini kamaytirishga haqli emas. 14. Ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab kechi bilan 30 kun ichida aksiyadorlik jamiyati bu haqda o‘z kreditorlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav fondi kamaytirilganligi to‘g‘risida o‘zlariga xabar yuborilgan kundan boshlab kechi bilan 30 kun ichida jamiyatdan majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan bog‘liq zararni to‘lashni talab qilishga haqli. 15. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qonunning ustav fondini kamaytirish yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risidagi 34-moddasi beshinchi va oltinchi qismlari talablari bajarilmagan taqdirda u aksiyadorlar, kreditorlar, shuningdek, davlat tomonidan vakolat berilgan organlar da’vosiga ko‘ra sud qarori asosida tugatilishi mumkin (Qonunning 34-moddasi yettinchi qismi). 16. Sudlarga tushuntirilsinki, ovoz beruvchi aksiya egalari bo‘lgan aksiyadorlar Qonunning 44-moddasiga asosan, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatni qayta tashkil etish, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq tuzilishi mumkin bo‘lgan yirik bitimni amalga oshirish, jamiyat ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki uni yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan hollarda, basharti ular bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsalar yoki ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsalar, o‘zlariga qarashli aksiyalarning hammasi yoki muayyan qismi jamiyat tomonidan bozor qiymati bo‘yicha qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan u qayta tashkil etilgan holda qaytarib sotib olingan aksiyalar qaytarib sotib olish paytida muomaladan chiqariladi. Qonunning 44 va 45-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, tartibda va muddatlarda aksiyalarni qaytarib sotib olish rad etilganda yoki undan bosh tortilganda, aksiyador aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatini jamiyatga yuklash haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli. Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, aksiyadorga unga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqini beruvchi asoslar Qonunning 44-moddasida qat’iy belgilab qo‘yilgan. Aksiyadorlik jamiyatiga aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatini yuklash haqidagi sud qarorida sotib olinishi lozim bo‘lgan aksiyalar soni va turi (toifasi) ko‘rsatilishi zarur. 17. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, Qonunning 47-moddasiga muvofiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlar reyestri yuritilishini ta’minlashi shart. Reyestr saqlovchi sifatida jamiyatning o‘zi yoki reyestr yuritish haqida jamiyat shartnoma tuzadigan va nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish faoliyatini amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi (ro‘yxatchi) bo‘lishi mumkin. 500 va undan ko‘proq aksiyadori (oddiy aksiya egalari) bo‘lgan jamiyat reyestr yuritishni bu haqda tegishli shartnoma tuzgan holda ixtisoslashgan reyestr saqlovchiga topshirishi shart. 18. Qonunning 49-moddasiga muvofiq reyestrga yozuv kiritish aksiyadorning yoki aksiyalarni nominal saqlovchining talabiga binoan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgan paytdan e’tiboran uch kundan kechikmay reyestr saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi. Reyestr saqlovchining jamiyat aksiyadorlari reyestriga yozuv kiritishni rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Agar reyestr yuritishni ixtisoslashgan ro‘yxatchi amalga oshirayotgan bo‘lsa, ish bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati va ixtisoslashgan ro‘yxatchi javobgar sifatida jalb qilinishlari lozim. Agar belgilangan muddatda yozuv kiritilmagan va reyestr saqlovchi Qonunning 49-moddasida nazarda tutilgan muddatda yozuv kiritish rad etilganligi to‘g‘risida asoslantirilgan bildirish yubormagan holda ham aksiyalar egasi reyestr saqlovchiga reyestrga tegishli yozuv kiritish majburiyatini yuklash haqidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Reyestr saqlovchi reyestrga tegishli yozuv kiritishni asossiz rad etgan yoki bosh tortgan holda sud reyestr saqlovchiga zarur yozuvni kiritish majburiyatini yuklaydi. 19. Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, Qonun aksiyadorni u tomonidan jamiyat oldidagi majburiyatlar buzilganligi, uning aksiyadorlar yig‘ilishiga kelmasligi yoki unda qatnashishni rad etganligi, aksiyadorlik jamiyati bilan uzoq vaqt aloqada bo‘lmaganligi kabi asoslar bo‘yicha aksiyadorlar reyestridan chiqarish imkoniyatini nazarda tutmaydi. Ushbu asoslar bo‘yicha berilgan da’volarni sudlar rad etishlari lozim. 20. Sudlarga tushuntirilsinki, dividend to‘lash (e’lon qilish), shu jumladan dividendning miqdori va uni to‘lash shakli haqidagi qaror har bir toifadagi (turdagi), shu jumladan, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasiga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarni e’lon qilish haqidagi qaror mavjud bo‘lmasa, jamiyat dividendlarni to‘lashga, aksiyadorlar esa ularni to‘lashni talab qilishga haqli emas. To‘lanishi (e’lon qilinishi) to‘g‘risida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilingan dividendlar jamiyat ustavi yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatda, lekin qaror qabul qilingandan keyin 60 kundan kechiktirmasdan to‘lanishi lozim (Qonunning 56-moddasi ikkinchi qismi). 21. E’lon qilingan dividendlar belgilangan muddatda to‘lanmagan holda aksiyador, Qonunning 58-moddasiga muvofiq, jamiyatdan unga tegishli dividend summasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan takroriy moliyalash stavkalari bo‘yicha penya undirish haqida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli. Penya dividend to‘lovi kechiktirilgan davr uchun dividend to‘lash muddati tugagan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi. 22. Qonunning 60-moddasida cheklovlar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyati dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas (agar ustav fondi to‘liq shakllantirilmagan bo‘lsa, uning qo‘shimcha emissiya paytida shakllantirilishi bundan mustasno; dividendlar to‘lanadigan paytda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud bo‘lsa yoki bunday belgilar dividendlar to‘lash natijasida yuzaga kelsa; agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam bo‘lsa). 23. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan tegishli davr uchun (yillik, yarim yillik, choraklik) dividendlar e’lon qilinmagan (ularning to‘lanishi haqida qaror qabul qilinmagan) hollarda oddiy aksiya egalari hamda dividend miqdori ustavda belgilab qo‘yilmagan hollarda imtiyozli aksiya egalari jamiyatdan dividend undirishni talab qilishga haqli emas, chunki muayyan davr uchun dividend hisoblash yoki uni to‘lamaslik haqida qaror qabul qilish jamiyatning huquqi hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi Qonunning 55-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, dividend miqdori ustavda belgilab qo‘yilgan imtiyozli aksiya egalariga to‘liq bo‘lmagan miqdorda dividendlar to‘lash haqida qaror qabul qilgan taqdirda ham, aksiyadorlarning dividendni to‘liq miqdorda undirish haqidagi da’vo talablari qanoatlantirilmaydi. 24. Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining (yakkaboshchilik yoki kollegial) qarori ustidan, qonunda ko‘rsatilgan hollarda hamda nizolashilayotgan qaror aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talabiga mos bo‘lmasa va aksiyadorlarning huquq va manfaatlariga zid bo‘lgan taqdirda, uni haqiqiy emas deb topish haqida sudga da’vo qilish mumkin. Bunday ish bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati javobgar hisoblanadi. 25. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’volarni ko‘rib chiqishda da’voni qanoatlantirish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishlariga, jumladan, quyidagilar kirishini hisobga olish lozim: umumiy yig‘ilishni o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida aksiyadorni tegishli tarzda xabardor etmaslik yoki unga xabar bermaslik (Qonunning 69-moddasi to‘rtinchi qismi); aksiyadorga yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalarga oid zarur axborot (materiallar) bilan tanishishga imkoniyat bermaslik (Qonunning 69-moddasi to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari); aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishda ishtirok etishi tartibini buzish (Qonunning 74-moddasi); ovoz berish uchun byulletenlar berilmasligi (Qonunning 77 va 78-moddalari) va boshqalar. Bu o‘rinda shuni inobatga olish lozimki, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorini qabul qilish tartibi Qonunning 66-moddasi va jamiyat ustavi bilan belgilanadi. Agar ustav Qonunga muvofiqlashtirilmagan bo‘lsa, u holda uning qonunga zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi. 26. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rib chiqishda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, agar yo‘l qo‘yilgan Qonun, boshqa qonun hujjatlari yoki jamiyat ustavi talablarining buzilishi bu qarorni qabul qilishda qarshi ovoz bergan yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan aksiyadorning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa, bu holat da’voni qanoatlantirish uchun asos bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan nizolarni hal etishda sud, ishning barcha holatlarini inobatga olib, agar da’vogar-aksiyadorning ovozi ovoz berish natijalariga ta’sir etmasa, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar jiddiy bo‘lmasa va qaror aksiyadorga zarar etishiga olib kelmagan bo‘lsa, shikoyat qilingan qarorni kuchida qoldirishga haqli. 27. Agar nizolarni ko‘rib chiqishda sud taraflar o‘z talab va e’tirozlarini aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga asos qilib keltirayotganliklarini, chunonchi, bu qaror umumiy yig‘ilish vakolati buzilib, umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun kvorum bo‘lmasdan yoki yig‘ilish kun tartibiga kiritilmagan masalalar bo‘yicha qabul qilinganligini aniqlasa, ushbu qarorning u yoki bu aksiyador tomonidan nizolashilayotganligidan qat’i nazar, uni yuridik kuchga ega emas deb baholashi va nizoni Qonun normalariga muvofiq hal qilishi lozim. Bunda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, qonunga muvofiq uning vakolatiga berilmagan yoxud yig‘ilish kun tartibiga kiritilmagan masalalarni ko‘rib chiqishga va qaror qabul qilishga yoki kun tartibini o‘zgartirishga haqli emasligi inobatga olinishi lozim. 28. Yirik bitimlar bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, bitim tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada aksiyadorlik jamiyati aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega bo‘lgan mulkni aksiyadorlik jamiyatining olishi, tasarrufidan chiqarishi bilan yoki jamiyat bevosita yoki bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarish ehtimoli bilan bog‘liq bitim yoki o‘zaro bog‘langan bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi, oddiy xo‘jalik faoliyati yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar bundan mustasno. Yirik bitim predmeti bo‘lgan mulkning qiymati (miqdori) jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan olinayotgan yoki tasarrufdan chiqarilayotgan (garovga berilayotgan, ustav fondiga mablag‘ sifatida kiritilayotgan va shu kabi) mulkning bahosidan kelib chiqib aniqlanadi, bunda majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi sababli tegishli tarafdan to‘lanishi talab etilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha hisoblashlar (neustoyka, jarima va penyalar) inobatga olinmaydi. Mulk tasarrufdan chiqarilgan yoki tasarrufdan chiqarish imkoniyati yuzaga kelgan hollarda jamiyat aktivining balans qiymati bilan bunday mulkning buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida aniqlangan bahosi, mulk olingan hollarda esa, uning olinish narxi taqqoslanadi. Yirik bitimlarga qarz, kredit, garov, kafillik, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash singari bitimlar kiritilishi mumkin. Bunday bitimlarga (bitimning tegishli summasida) talabdan o‘zga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni o‘tkazish, boshqa xo‘jalik jamiyati ustav fondiga aksiyalarni to‘lash hisobiga mablag‘ kiritish va boshqa shartnomalarni ham, agar ularni tuzish natijasida jamiyat mulkini tasarrufdan chiqarish imkoniyati yuzaga kelsa, kiritish mumkin. 29. Yirik bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rib chiqishda FK 116 va 126-moddalariga rioya etish lozim bo‘lib, Qonunning 90-moddasi birinchi qismi mazmuniga ko‘ra, qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgan sanada aksiyadorlik jamiyati aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida bo‘lgan bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashi barcha a’zolarining yakdil ovozi bilan qabul qilinishi lozim, bunda jamiyat kuzatuv kengashi tarkibidan chiqib ketgan a’zolar ovozi hisobga olinmaydi. Jumladan, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan vakolati muddatidan ilgari tugatilgan kuzatuv kengashi a’zosi tarkibdan chiqib ketgan deb hisoblanadi. Kuzatuv kengashi tomonidan yirik bitimni tuzishda yakdillikka erishilmasa, bu masala kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq, ko‘pchilik ovoz bilan bunday bitimni amalga oshirish haqida qaror qabul qilish uchun ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hukmiga havola etilishi mumkin. 30. Bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan yig‘ilishda qatnashayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning to‘rtdan uch qismdan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 31. Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimning aksiyadorlik jamiyati tomonidan tuzilishi bilan bog‘liq nizolarni hal etishda, jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar ro‘yxati va ularni bunday shaxslar deb topish shartlari Qonunning 91-moddasida qayd etilganligini inobatga olish lozim. Bunda bitimni Qonunning 91-moddasida qayd etilgan shaxslar tomonidan tuzilgan deb topish uchun tegishli shaxsning manfaatdorligi ushbu bitim tuzilayotgan vaqtda mavjud bo‘lganligini aniqlash lozim. 32. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 93-moddasi birinchi qismiga binoan, tuzilishidan manfaatdor bo‘lgan bitim kuzatuv kengashi tomonidan uning tuzilishidan manfaatdor bo‘lmagan kuzatuv kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat tomonidan tuzilishidan manfaatdor bo‘lgan bitimni tuzish haqidagi qarorni ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lmish aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bitimni tuzishdan manfaatdor bo‘lmagan aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan quyidagi hollarda qabul qiladi: agar bitim bo‘yicha to‘lanadigan haq summasi va bitimga sabab bo‘lgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq bo‘lsa; agar bitta bitim va (yoki) o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha bitim jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan boshqa qimmatli qog‘ozlarini ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq miqdorda joylashtirishdan iborat bo‘lsa. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, jamiyat tomonidan tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimni tuzish haqidagi qaror, agar u kuzatuv kengashi tomonidan kvorum mavjud bo‘lmaganligi tufayli qabul qilinmagan hollarda ham umumiy yig‘ilish qarori bilan qabul qilinadi. 33. Kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyat tuzilishidan manfaatdor bo‘lgan bitimni tuzish to‘g‘risida qabul qilinayotgan qarorda: bitimning tarafi (taraflari), foyda oluvchi (foyda oluvchilari) hisoblangan shaxs (shaxslar), bitimning bahosi, predmeti va boshqa muhim shartlar ko‘rsatilishi kerak. 34. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, yirik bitimlar va tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talablar aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyador tomonidan, Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek, boshqa vakolatli organlar tomonidan kiritilishi mumkin. 35. Aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda, sudlar shunga e’tibor berishlari kerakki, FKning 49-moddasi va Qonunning 95-moddasiga ko‘ra, jamiyatni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish va qayta tuzish) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan amalga oshiriladi. 36. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 98 va 99-moddalariga muvofiq, aksiyadorlik jamiyati tomonidan jamiyatni bo‘lish va ajratib chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinishida bunday qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda qatnashmagan har bir aksiyador bo‘lish (ajratib chiqarish) natijasida tashkil etilgan har bir jamiyatning, qayta tashkil etilgan jamiyatda unga tegishli bo‘lgan aksiyalar soni bergan huquqqa mutanosib huquq beradigan aksiyalarini olishi lozim. Ushbu talablar buzilgan holda aksiyador qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilishi mumkin. 37. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, agar aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etishda tasdiqlangan taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangi vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyat majburiyatlari bo‘yicha uning kreditorlari oldida solidar javobgar bo‘ladilar (FK 52-moddasi). Agar taqsimlash balansidan uni tasdiqlash paytida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aktivlari va majburiyatlari uning huquqiy merosxo‘rlari o‘rtasida adolat tamoyillari buzilgan holda taqsimlanganligi va bu ushbu jamiyat kreditorlari manfaatlarining yaqqol buzilishiga olib kelganligi ko‘rinib turgan bo‘lsa, qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlar (shu jumladan, yangi jamiyat ajralib chiqqani) ham solidar javobgarlikka tortilishlari kerak. 38. Bir turdagi aksiyadorlik jamiyatining boshqa turdagi jamiyatga aylantirilishi bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda, sudlar jamiyat turining o‘zgartirilishi uni qayta tashkil etish deb hisoblanmasligini, chunki uning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarishiga olib kelmasligini e’tiborga olishlari lozim. Bir turdagi jamiyatni boshqa turdagi jamiyatga aylantirish aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish (ustavni yangi tahrirda tasdiqlash) va ularni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bir turdagi jamiyatni boshqa turdagi jamiyatga aylantirish uchun qonun hujjatlarida, jumladan, quyidagi cheklovlar belgilangan: ochiq turdagi jamiyatni yopiq turdagisiga aylantirish natijasida tuzilgan jamiyat aksiyadorlarining soni ellik nafardan oshmasligi lozim (Qonunning 7-moddasi); ishtirokchilari ochiq turdagi jamiyatga aylantirishni ko‘zlagan yopiq jamiyat ustav fondining miqdori Qonunning 20-moddasida ochiq jamiyat uchun belgilangan eng kam darajadan kam bo‘lmasligi lozim. Bunday o‘zgartirishlarni ro‘yxatga olish rad etilganda, u sud tomonidan g‘ayriqonuniy deb topilishi va davlat organiga ularni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyati yuklatilishi mumkin. 39. Sudlar yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati aksiyadorlarining ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari tasarrufidan chiqarayotgan aksiyalarni olishda imtiyozli huquqdan foydalanishlari bilan bog‘liq nizolarni hal etishda quyidagilarni inobatga olishlari lozim: yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlariga bunday huquqni beruvchi Qonunning 7-moddasi 3-qismida belgilangan norma imperativ xarakterga ega bo‘lganligi sababli bu huquq uning ustavi bilan cheklanishi mumkin emas; yopiq jamiyatning o‘z aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquqi jamiyat ustavida nazarda tutilgan hollarda amal qiladi. Jamiyat bunday huquqdan faqat ushbu jamiyat aksiyadori aksiyalarni sotib olish bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan imtiyozli huquqdan foydalanmagan holdagina foydalanishi mumkin; yopiq jamiyat aksiyadori, tegishli hollarda esa jamiyatning o‘zi, ushbu jamiyat aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquqini, faqat, agar ular bu aksiyalarni boshqa shaxsga taklif etilgan bahoda sotib olishga rozi bo‘lsagina, amalga oshirishi mumkin. Aks holda, aksiyador uni boshqa shaxsga sotishga haqli; aksiyador yoki jamiyatning yopiq jamiyat aksiyadoriga tegishli bo‘lgan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquqi buzilgan taqdirda, ular ushbu aksiyalarni sotib oluvchi huquq va majburiyatlarining o‘zlariga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishlari mumkin; yopiq jamiyat aksiyadorlarini sotib olish bo‘yicha Qonunda nazarda tutilgan imtiyozli huquq ular aksiyador tomonidan bepul tasarrufdan chiqarilganda (hadya shartnomasi bo‘yicha) yoxud aksiyalar universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxs mulkdorligiga o‘tkazilganda qo‘llanilmaydi. 40. Sudlar protsessual qonun talablariga muvofiq (Xo‘jalik protsessual kodeksining 56-moddasi va Fuqarolik protsessual kodeksining 57-moddasi) mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida taraflarga nizoni hal etish uchun ahamiyatli bo‘lgan quyidagi dalillarni sudga taqdim etishni taklif etishlari yoki ularni o‘z tashabbuslari bilan chaqirib olishlari lozim, xususan: emissiya risolasi, umumiy yig‘ilishda qatnashgan aksiyadorlarning ro‘yxati, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida aksiyadorlar xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; aksiyadorlar reyestri, depo hisobidan ko‘chirma, umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati, sanoq komissiyasi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomalari, jamiyatning yil yakunlari bo‘yicha tegishli davlat organlariga taqdim etgan moliyaviy hisoboti va boshqa hujjatlarni. 41. Sudlarga aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqish amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirish va sud xatolarini, shuningdek, bunday nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rib borish tavsiya etilsin.
140
32,114