folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi va Ruminiya o‘rtasida ikki yoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashda bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi va Ruminiya o‘rtasida ikki yoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashda bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin. | 182 | 345 |
Qonunchilik | Etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladigan etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomning talablari tibbiy va farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, shu jumladan davolash-profilaktika muassasalari va ularning dorixonalariga (bundan buyon matnda tibbiy va farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar) nisbatan tatbiq etiladi.
2. 70 foizli etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
3. 96 (shu jumladan 96,1 — 96,6) foizli etil spirti (bundan buyon matnda 96 foizli etil spirti deb yuritiladi) farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar (bundan bayon matnda etil spirtini realizatsiya qiluvchi tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan realizatsiya qilinadi.
4. 96 foizli etil spirti faqat tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tibbiy va farmatsevtik faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarga ularning 96 foizli etil spirtga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda shartnoma asosida realizatsiya qilinadi.
5. 96 foizli etil spirti kilogramm o‘lchov birligida realizatsiya qilinadi.
6. 96 foizli etil spirtini chakana realizatsiya qilish taqiqlanadi.
7. 96 foizli etil spirtini realizatsiya qilishda O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga, yong‘in xavfsizligi qoidalariga, mehnat muhofazasi qoidalariga, texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ta’minlanishi kerak.
8. Etil spirtini realizatsiya qiluvchi tashkilotlar manfaatdor shaxslarga realizatsiya qilinadigan 96 foizli etil spirtining muvofiqlik sertifikati bilan tanishishlari uchun imkoniyat yaratishi shart.
9. Tashkilotga qabul qilingan (kirim qilingan) va tashkilot hisobida mavjud bo‘lgan 96 foizli etil spirtining hisobi tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan etil spirtini hisobga olish, saqlash va berish bo‘yicha mas’ul shaxs (bundan buyon matnda mas’ul shaxs deb yuritiladi) tomonidan doimiy ravishda olib borilishi shart.
10. 96 foizli etil spirti u qabul qilingan (kirim qilingan) kunning o‘zida tashkilotlarda mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan etil spirtining hisobini yuritish kitobida (bundan buyon matnda kitob deb yuritiladi) hisobga olinishi lozim.
11. Kitob ip o‘tkazib tikilgan, uning varaqlariga tartib raqamlari qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Kitobning oxirgi betida jami varaqlar soni ko‘rsatilib, mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) qo‘yiladi.
Kitobga ma’lumotlar mas’ul shaxs tomonidan qayd etib boriladi.
12. Kitobda 96 foizli etil spirtini hisobga olish bilan birga uning hisobdan chiqarilishi, hisobda mavjud bo‘lgan etil spirtining harakati (qoldig‘i) haqidagi ma’lumotlar ham qayd qilib boriladi.
13. Kitobni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilgan xato bir chiziq bilan o‘chiriladi va keyingi qatorga to‘g‘ri yozuv kiritiladi. Kiritilgan har bir tuzatish shu varaqda tuzatishning o‘ng tarafida izohlanib, mas’ul shaxsning imzosi hamda tashkilot muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlanishi zarur. Kitobdagi yozuvlarni o‘chirish, bo‘yash, ustidan qog‘oz yopishtirish, shuningdek kitobda ochiq qatorlar qoldirish taqiqlanadi.
14. 96 foizli etil spirtining tabiiy yo‘qotish miqdori har oyda (oyning 3 sanasigacha) etil spirtining haqiqiy qoldig‘ini inventarizatsiyadan o‘tkazishda hisoblab chiqiladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma asosida hisobdan chiqariladi.
96 foizli etil spirtini saqlashda tabiiy yo‘qotish miqdori Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2524, 2013-yil 15-noyabr) 10-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
15. Mas’ul shaxs tashkilot rahbarining ko‘rsatmasiga asosan etil spirtini tashkilot tarkibiy tuzilmalariga ularning talabnomalarida ko‘rsatilgan miqdorga mutanosib ravishda foydalanish uchun beradi, bundan etil spirtini realizatsiya qiluvchi tashkilotlar mustasno.
16. Berilgan 96 foizli etil spirtining har kunlik foydalanilgan miqdori hisobi olib borilishi zarur, bundan etil spirtini realizatsiya qiluvchi tashkilotlar mustasno.
17. Mas’ul shaxs 96 foizli etil spirtini hisobga olish va berish uchun moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.
18. 96 foizli etil spirti etil spirtini realizatsiya qiluvchi tashkilotlarda omborxonalarda saqlanishi shart.
Tibbiy va farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 96 foizli etil spirti omborxonalarda yoxud dori vositalari saqlanadigan xonalarda qulflanadigan javonlarda saqlanadi.
19. 96 foizli etil spirti saqlanadigan omborxonalar (xonalar) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga, yong‘in xavfsizligi qoidalariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarning talablariga javob berishi kerak.
20. 96 foizli etil spirti saqlanadigan omborxonada elektr ta’minoti, issiqlik va suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimi hamda havo almashtirish uskunasi bo‘lishi kerak.
21. 96 foizli etil spirti saqlanadigan omborxonada spirtning miqdorini va foizini o‘lchash asboblari hamda havo parametrlarini qayd qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar yoki psixrometrlar) bo‘lishi kerak.
22. 96 foizli etil spirti saqlanadigan omborxonalardagi (xonalardagi) asbob-uskunalar hamda jihozlar toza holda saqlanishi kerak.
23. 96 foizli etil spirti texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga javob beradigan idishlarda (metall, shisha idishlarda) yoki ishlab chiqaruvchining idishlarida saqlanadi. Idishlar germetik yopilgan bo‘lishi shart. Etil spirti farmakopeya talablariga asosan polimer idishlarda ham saqlash mumkin.
24. 96 foizli etil spirti idishlarda saqlanganda idish hajmining to‘liqligi 90 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bunda etil spirti metall idishlarda katta hajmlarda saqlansa, idish hajmining to‘liqligi 75 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
25. 96 foizli etil spirti saqlanadigan idishlar omborxonalarda stellajlarda yoxud tagliklarda joylashtirilishi shart. Idishlarni tagliklarsiz polda joylashtirish taqiqlanadi. Tagliklar polda bir qatorda yoki stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda bir necha qavatda joylashtiriladi.
26. 96 foizli etil spirti havo harorati salqin bo‘lgan hamda uning fizik-kimyoviy xususiyatlarini inobatga olgan holda uni to‘g‘ri saqlanishini ta’minlaydigan sharoitda saqlanadi.
27. 96 foizli etil spirtini mineral kislotalar (xususan, sulfat va azot kislotalari), ishqorlar, o‘simlik moylari, oltingugurt, bog‘lov materiallar bilan bir joyda saqlash taqiqlanadi.
28. Mas’ul shaxs 96 foizli etil spirtini saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
29. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
30. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 115 | 7,838 |
Qonunchilik | O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Oliy Majlis deputatlari fraksiyasini ro‘yxatga olish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 47 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olinsin. | 118 | 179 |
Qonunchilik | Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialini tashkil etish to‘g‘risida | Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati salohiyatini yanada oshirish va iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialini (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, Filial Toshkent kimyo-texnologiya institutining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
hududda kimyo va oziq-ovqat sanoati sohasining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika hamda texnologik tendensiyalarni hisobga olgan holda ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallagan malakali kadrlarni tayyorlash;
kimyo va oziq-ovqat texnologiyalarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish;
o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish;
respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq qilish;
vebinar ta’lim usullarini joriy etish va rivojlantirish.
3. Belgilansinki, Filialda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
4. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, vasiylik kengashi quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda Filialni rivojlantirishga ko‘maklashadi:
Filialni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash uchun moliyaviy yordam tashkil etish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish;
ta’lim muassasalari va tashkilotlardan tayinlangan malakaviy amaliyot rahbarlarini muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari, rag‘batlantirish fondi hisobidan moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda iqtidorli talabalarning rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalarida amaliyotini tashkil etish;
kimyo, oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash hamda biotexnologiyalar sohasida Filialni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi yangi usullar, dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatiga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etish;
Filial professor-o‘qituvchilari va yosh olimlarining Scopus va Web of science kabi ma’lumotlar bazasiga kirgan xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish borasidagi sarf-xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, o‘quv-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishidan kelib chiqqan holda moddiy rag‘batlantirib borishni tashkil etish;
Filialda o‘quv jarayonini tashkil etish uchun malakali professor-o‘qituvchilar, jumladan, xorijdan o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislar jalb etish hamda yosh olimlar, tayanch doktorantlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga stajirovkaga yuborilishini ta’minlash;
Filial pedagog va boshqa xodimlarining mehnat sharoitlarini hamda ularning ijtimoiy ta’minotini yaxshilash va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish;
Filial binolarining qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar safarbar etilishini, zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini ta’minlash.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki oy muddatda:
Filialning tuzilmasini oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlasin;
Filialning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Filialni tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Filialda o‘quv-metodik jarayonlarning tashkil etilishini ta’minlash, uni o‘quv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Filial axborot-resurs markazini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan qo‘shimcha o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Moliya vazirligi bilan birgalikda Filialning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash choralarini ko‘rsin.
6. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Filialni saqlash xarajatlari 2019-yilda “Maorif” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2020-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
Filialning boshlang‘ich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida unga ajratilgan bino va inshootlarni joriy ta’mirlash va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalarini xarid qilish) ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
8. Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 20-uyda joylashgan Shahrisabz yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Filialga operativ boshqarish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Shahrisabz yengil sanoat kasb-hunar kollejining o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradilar.
9. Filialga 2 ta, shu jumladan, 1 ta xizmat va 1 ta maxsus yengil avtotransport vositalarini saqlashga limit ajratilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining 2020-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda Filialning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, o‘quv laboratoriyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash hamda yangi 300 o‘rinli talabalar turar joyi binosini qurish loyihalari belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasinlar.
11. Qashqadaryo viloyati hokimligi respublika oliy ta’lim muassasalaridan Filialga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-o‘qituvchilarni uy-joy bilan, shu jumladan, 2 ta ikki xonali xizmat uyi bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining takliflari asosida Filialni ichimlik va oqova suv ta’minoti bilan ta’minlash loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi parametrlariga kiritilishini ta’minlasinlar.
13. Qashqadaryo viloyati hokimligi, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi 2019/2020 o‘quv yili boshlanguniga qadar:
Filialda manfaatli, sohaning innovatsion rivojlanishdagi istiqbollarini hisobga olgan holda o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, zamonaviy o‘quv adabiyotlari, laboratoriya va ishlab chiqarish trenajyorlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsinlar;
Filialning moddiy-texnika va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni joriy etish, ilmiy-pedagog xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va malakasini oshirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi 24-son qarori 3-bandi, “Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 12-martdagi 195-son qaroriga binoan innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
14. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Filialni yuqori malakali, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Filial uchun ilmiy-tadqiqot institutlari va respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tayanch doktoranturaga 2020-yildan maqsadli kvotalar ajratilishini ta’minlasinlar.
15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Filialni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Filial uchun respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha maqsadli qabul parametrlariga takliflarni shakllantirsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:
talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida soha mutaxassislarini ta’lim jarayoniga jalb etish;
professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-tadqiqot institutlari va yetakchi tashkilotlarning laboratoriyalaridan foydalanishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsinlar.
17. Qashqadaryo viloyati hokimligi “O‘ztransgaz” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Filialni tabiiy gaz ta’minotiga ulash uchun texnik shart berilishi choralarini ko‘rsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining murojaatiga asosan Filialni yuqori tezlikdagi Internet hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga belgilangan tartibda ulash choralarini ko‘rsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ro‘ziyev zimmasiga yuklansin. | 87 | 12,120 |
Qonunchilik | Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-avgustdagi PQ-4427-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab joriy etilgan tartibga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari (keyingi o‘rinlarda yer uchastkalari deb ataladi) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali beriladi, eng yaxshi taklifni tanlash orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq yer uchastkalarini taqdim etish hollari bundan mustasno;
jismoniy va yuridik shaxslarga “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda “YERELEKTRON” AAT deb ataladi) aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqi beriladi.
2. Quyidagilar:
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) jismoniy va yuridik shaxslar aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish yuzasidan takliflar kiritish uchun “YERELEKTRON” AATda bepul ro‘yxatdan o‘tadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionni tashkil etish va o‘tkazish operatori hisoblanadi;
v) yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash, kelishish va xulosalarni olish vakolatli organlar tomonidan faqat “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda amalga oshiriladi;
g) “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalariga mulk huquqi va ijara huquqi elektron onlayn-auksionda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan realizatsiya qilinadi;
d) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari:
hududlarni rivojlantirish rejalari va qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida yer uchastkasida qurilishiga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turi aniqlanishini;
arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilishini;
yer uchastkasida qurilishiga ruxsat etilgan yoki taqiqlangan obyektlar turining tegishli hududlari va inshootlaridan rejim asosida foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish, yong‘in xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirishni;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirishni ta’minlaydi;
e) turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxatini tuzish, keyinchalik ularni tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijaraga berish O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi;
j) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalaridan so‘rov kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ularga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlarni tayyorlab, elektron shaklda yuborishi shart.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini (keyingi o‘rinlarda yer uchastkasi deb ataladi) elektron onlayn-auksion orqali ijaraga va mulk huquqi asosida berish tartibini belgilaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda “YERELEKTRON” AAT deb ataladi) — yer uchastkalari berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
yer uchastkasining boshlang‘ich narxi — yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining auksionga qo‘yish uchun belgilangan narxi;
yagona elektron savdo maydonchasi (keyingi o‘rinlarda savdo maydonchasi deb ataladi) — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar jarayonlaridan bevosita foydalanish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda auksion deb ataladi) — savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini sotish bo‘yicha ochiq auksion;
operator — savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini amalga oshirish bo‘yicha ochiq auksionlarni tashkil etuvchi va o‘tkazuvchi ixtisoslashgan tashkilot;
vakolatli tashkilotlar — xulosa beradigan organ — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari; materiallarini kelishadigan tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari;
auksion ishtirokchisi — auksionda ishtirok etish uchun ariza bergan va unda ishtirok etishga ruxsat etilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
lot — auksionda sotiladigan yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi;
shaxsiy hisobraqam — operatorning ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olingan operatsiyalarni amalga oshirish uchun operatorning ichki elektron tizimida operator tomonidan elektron savdo ishtirokchisiga ochiladigan hisobraqam;
savdo maydonchasida texnik uzilish — auksion jarayonida bir yoki bir nechta ishtirokchining ishtirok etish yoki operatorning xizmat ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydigan elektron savdo maydonchasidagi texnik nosozliklar;
nohalol auksion ishtirokchisi — ketma-ket ikki marta auksion shartlarini buzgan yoki lot qiymatini to‘liq to‘lamagan auksion ishtirokchisi;
nohalol auksion ishtirokchilari reyestri — operator tomonidan shakllantiriladigan nohalol auksion ishtirokchilarining elektron reyestri.
4. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari auksion orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslariga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ijara huquqi asosida ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
5. Yer uchastkasini tanlash materiallari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari (arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha), tuman (shahar)lar qurilish bo‘limlari (yer uchastkasini tanlash uchun boshqa materiallarni tayyorlash va kelishish bo‘yicha) tomonidan tayyorlanadi.
Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosalar berish ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tuman (shahar) filiallari (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” organlari deb ataladi) yer uchastkasini tanlash materiallarini, shu jumladan yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlaydi, yer uchastkasiga tutash yer uchastkalari (obyektlar)ning belgilangan maqsadi turlari haqidagi ma’lumotlarni shakllantiradi, shuningdek, yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilash ishlarini amalga oshiradi hamda yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.
Bunda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlarining yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
yer uchastkasi maydoni 0,01 gektardan ko‘p bo‘lmaganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
yer uchastkasi maydoni 0,01 gektardan ko‘p, lekin 0,05 gektardan ko‘p bo‘lmaganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;
yer uchastkasi maydoni 0,05 gektardan ko‘p, lekin 0,1 gektargacha bo‘lganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari;
yer uchastkasi maydoni 0,1 gektar yoki undan ko‘p bo‘lganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari, tuman (shahar)lar qurilish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda Qurilish organlari deb ataladi) ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlaydi, bunda qurilish organlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning qiymati quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
a) arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini (keyingi o‘rinlarda ART deb ataladi) ishlab chiqish uchun — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari;
b) yer uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida.
8. ARTni ishlab chiqish qiymati tuman (shahar) hokimligi tomonidan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ART ishlab chiqilgan kunda to‘liq to‘lab beriladi.
Ushbu Nizomning 6-bandi hamda 7-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining kiymati ushbu Nizomda belgilangan tartibda auksionda yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
9. Vakolatli tashkilotlar tomonidan yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosalar berish “YERELEKTRON” AATga yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha kelishish va xulosalar berish faqat “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasiga “YERELEKTRON” AAT orqali tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlar koordinatalarini ko‘rsatgan holda elektron xaritalarni taqdim etadi.
Taqdim etilgan elektron xaritalarda tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlar koordinatalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgan, ular bo‘yicha xulosalar esa ijobiy deb hisoblanadi.
Elektron xaritalarni taqdim etish, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosalar berish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan ekologik ekspertizadan o‘tkaziladigan obyektlarni qurishga yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha xulosa berish uchun to‘lov undirilmaydi.
10. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari yerlarni xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, bo‘sh yer uchastkalarini “YERELEKTRON” AATga har oyning 5 va 20-sanalarida joylashtirishni ta’minlaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslar “YERELEKTRON” AATda aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega.
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifi kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida qishloq joylarda turg‘un chakana savdo shahobchasini qurish mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha uch ish kuni ichida yer uchastkasi bo‘yicha zarur materiallarni ko‘rib chiqadi va tayyorlaydi, natijasi bo‘yicha taklif etilgan yer uchastkasini “YERELEKTRON” AATga joylashtiradi yoki sabablarni ko‘rsatgan holda joylashtirishni rad etadi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida bo‘sh yer uchastkalarini aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga kelishish uchun, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari yer uchastkasini zaxira olish uchun yuboradi.
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning ijobiy qarori asosida turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida bo‘sh yer uchastkalari “YERELEKTRON” AATda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari tomonidan besh ish kunida zaxiraga olinadi. Zaxiraga olingan yer uchastkalarida turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan rejalashtirish va loyihalashtirish ishlari tashkil etiladi va “YERELEKTRON” AATda taklif tashabbus qilinadi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “YERELEKTRON” AATda takliflar tashabbus qilinganida “Davyergeodezkadastr” organlari tomonidan besh ish kuni mobaynida qonunchilikda nazarda tutilgan zarur materiallar tayyorlanadi. Bunda yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
11. “YERELEKTRON” AATga joylashtiriladigan har bir yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
yer uchastkasi, jumladan, uning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot;
yer uchastkasini elektron davlat kadastr xaritasida ko‘rsatish uchun yer uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), bunday xarita bo‘lmagan taqdirda — elektron xaritada yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) M 1:500 dan M 1:1000 cha bo‘lgan kattalikda ko‘rsatilgan holda tegishli formatda (geojson, arcgis JSON, csv, kml va boshqalar) joylashtirish rejasi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning fotosurati (15 x 20 sm).
Har bir yer uchastkasiga o‘ziga xos raqam beriladi.
12. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining organlari “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini, shu jumladan elektron xaritalarni taqdim etishda vakolatli tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘li bilan ta’minlaydi.
13. Jismoniy va yuridik shaxslar “YERELEKTRON” AATdan ro‘yxatdan o‘tish orqali aniq investitsiya majburiyatlarini ko‘rsatgan holda, yer uchastkasi va rejalashtirilgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotni joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning takliflari mazkur Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
14. Qurilish organlari yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ushbu yer uchastkasi to‘g‘risida tegishli xulosani tayyorlaydi, bunda:
1) ushbu yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlarning turlarini hududlarni rivojlantirish rejalari va qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida aniqlaydi va zarur hollarda ularni:
a) tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanish hamda ularni ekspluatatsiya qilish;
b) yong‘in xavfsizligi;
v) yo‘l harakati xavfsizligi;
g) shaharsozlik norma va qoidalari, shuningdek, aholi punktlari va shaharlararo hududlarni hududiy rivojlantirish istiqbollari talablarga muvofiqligini kelishib beradi;
2) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiradi;
3) elektron hamkorlik orqali muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga tegishli texnik shartlarni olish uchun so‘rov yuboradi.
15. Zarur hollarda, qurilish organlari obyektlarning turini aniqlashda “YERELEKTRON” AAT orqali ularning quyidagi talablarga muvofiqligini kelishadi:
a) tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanish hamda ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha — mazkur obyektlardan foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar;
b) yong‘in xavfsizligi bo‘yicha — yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in xavfsizligi boshqarmasi;
v) yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha — davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari;
g) shaharsozlik norma va qoidalari, shuningdek, aholi punktlari va qishloqlararo zonalarni hududiy rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha — tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari (keyingi o‘rinlarda kengashlar deb ataladi) bilan.
Mazkur bandning “a — v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan tashkilotlar ularga so‘rov kelib tushgan kundan boshlab uch ish kun ichida “YERELEKTRON” AATga tegishli belgini qo‘yish orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Kengashlar ularga so‘rov kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan navbatdagi majlisda har bir yer uchastkasi bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqadi. Kengash qarori u qabul qilingandan keyingi ish kundan kechiktirmasdan qurilish organlariga yuboriladi.
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilganda, sohaga oid qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Belgilangan muddatda javob taqdim etilmagan hollarda, yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgan hisoblanadi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan muddatlar ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan muddatga kiritilmaydi.
16. Qurilish organlarining xulosalari “YERELEKTRON” AATga elektron shaklda kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan so‘zlar ko‘rsatiladi.
Ijobiy xulosada yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada sohaga oid qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
17. “YERELEKTRON” AAT orqali qurilish organlarining ijobiy xulosasi olingandan so‘ng besh ish kuni ichida:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari yer uchastkasi bo‘yicha tegishli xulosa tuzadi hamda uni elektron shaklda “YERELEKTRON” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan so‘zlar ko‘rsatiladi.
Ijobiy xulosada yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada sohaga oid qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Bunda “YERELEKTRON” AATda qabul qilingan qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi.
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishish rad etilganda, sohaga oid qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda, yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgan hamda ular yuzasidan xulosalar esa ijobiy hisoblanadi.
18. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar so‘rov kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida qurilish organlariga elektron hamkorlik orqali muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini elektron shaklda yuboradi.
Texnik, shu jumladan qo‘shimcha shartlarni ishlab chiqish va ularni yuborish uchun to‘lov undirilmaydi.
19. Qurilish organlari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlari kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida ART ishlab chiqadi va materiallarni elektron shaklda “YERELEKTRON” AATga kiritadi hamda ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi va bunda “YERELEKTRON” AAT orqali yer uchastkasini tanlash materiallari avtomatik rejimda tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
20. Tuman (shahar) hokimligi yer uchastkasining materiallari kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari bilan kelishilgan holda, yer uchastkasiga investitsiya kiritish majburiyatlarini belgilaydi.
Tuman (shahar) hokimligi besh ish kunida turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qorqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari bilan kelishgan holda, yer uchastkalariga investitsiya kiritish majburiyatlarini belgilaydi.
Bunda yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olish to‘g‘risidagi oldi-sotdi shartnomasi (keyingi o‘rinlarda Investitsiya majburiyatlari shartnomasi deb ataladi) avtomatik tarzda “YERELEKTRON” AAT tomonidan elektron shaklda shakllantiriladi va tuman (shahar) hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarining (agar u bo‘lmagan taqdirda — boshqa o‘rinbosarining) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
21. “YERELEKTRON” AATga koordinatalari kiritilgan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarda joylashgan, salbiy xulosalar berilgan yer uchastkalari auksionga chiqarilmaydi va ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda, “YERELEKTRON” AATda ushbu xulosa olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida e’lon qilinadi.
22. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarning koordinatalari “YERELEKTRON” AAT orqali “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasiga u tomonidan belgilanadigan shaklda taqdim etiladi.
Hududlarning koordinatalari zaruratga qarab, lekin har oyda kamida bir marta yangilanadi.
Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli organlar kadastr ma’lumotlari shakllantirilishiga qarab, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasiga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarning koordinatalarini “YERELEKTRON” AAT orqali taqdim etib borishlari shart.
23. Yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi “YERELEKTRON” AAT orqali yer uchastkasining boshlang‘ich narxi va investitsiya majburiyatlari belgilangandan so‘ng avtomatik ravishda qo‘shimcha qarorlar qabul qilinmasdan operatorga yuboriladi.
24. Yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun har yili 10-iyun va 10-dekabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat hokimliklari moliya bosh boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tavsiyalariga asosan quyidagi mezonlar bo‘yicha tasdiqlanadi:
yer solig‘ining yillik miqdori;
yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlar;
yer uchastkasining joylashgan joyi;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarining mavjudligi.
Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining minimal qiymati u tasdiqlangan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida soliq organlari tomonidan “YERELEKTRON” AATga kiritiladi.
Oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi.
25. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari yer uchastkalari bo‘yicha kelishilgan yoki ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.
26. Yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda kelishuv amalga oshirilganligi va ijobiy xulosa olinganligiga qarab, har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida auksionga chiqariladi.
27. Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning minimal hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
yer uchastkasi maydoni (gektarda);
yer uchastkasiga tutash yer uchastkalari (obyektlari)ning belgilangan maqsadi va turlari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risida ma’lumot;
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun ART va texnik shartlar;
yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
ajratilgan yer uchastkasida obyektlarni qurish muddatlariga oid talablar;
yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
investitsiya majburiyatlari shartnomasi;
investitsiya majburiyatlarining miqdori va bajarish muddati;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.
28. Yer uchastkasini auksionga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida hamda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Investitsiyalar va savdo vazirligining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari ommaviy axborot vositalarining so‘roviga asosan bir kun muddatda auksionga chiqarilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
29. Operator yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining auksionga qo‘yilishiga oid buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani savdo maydonchasida joylashtiradi.
30. Auksion unda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali ishtirok etish imkonini beradigan va ariza qabul qilish hamda auksion g‘oliblarini aniqlash jarayonlariga aralashish imkoniyatlarini istisno qiluvchi maxsus dasturiy mahsulotdan foydalangan holda o‘tkaziladi.
31. Operator quyidagi majburiyatlarga ega:
auksionni belgilangan vaqtda tashkil etish;
auksionning inson omili aralashuvisiz o‘tishini ta’minlash;
dasturiy mahsulotlar, o‘z kompyuter texnikalarini, server qurilmalari, kommunikatsiya uskunalari va auksionni o‘tkazishda foydalaniladigan barcha vositalarini texnik uzilishlarsiz ishlashiga qaratilgan barcha zarur choralarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish;
auksion qoidalari buzilishining oldini olish va tezkorlik bilan bunday holatlarni aniqlash va bartaraf etish;
barcha ishtirokchilar uchun savdoda ishtirok etishda shart-sharoitlarning tengligini ta’minlash;
savdolarni o‘tkazishning oshkoraligi va ommaviyligini ta’minlash;
savdo ishtirokchilari va barcha manfaatdor taraflar uchun savdoga oid ma’lumotlarni qulay va tezkor ravishda doimiy oshkor etib borish.
Operator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
32. Auksionda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizani yuborish va zakalat kiritish orqali ishtirok etiladi.
Auksionda fuqarolar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar, jumladan, chet el fuqarolari va yuridik shaxslari ishtirok etishga haqli.
33. Auksion narxlarni oshirish prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi.
34. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlar va tartibda auksion o‘tkazilmagan deb e’tirof etilganda, tegishli lot takroran auksionga chiqariladi.
Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, tegishli yer uchastkasining boshlang‘ich narxini kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
35. Operator auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun mazkur Nizomning 73-bandida nazarda tutilgan miqdorda mukofot oladi.
36. Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma (keyingi o‘rinlarda xabarnoma deb ataladi) buyurtma va belgilangan talablarga mos keladigan hujjatlar kelib tushganda, operator bir ish kuni davomida joylashtiradi.
Xabarnoma va lot haqidagi ma’lumotlar (hujjatlar) auksion boshlanishidan kamida 15 kalendar kundan avval operatorning veb-portalida joylashtiriladi.
Tegishli lot bo‘yicha auksion boshlangach, veb-portalda avtomatik rejimda auksion boshlanganligi to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi.
Tegishli lot bo‘yicha auksion nihoyasiga yetgach, veb-portalda avtomatik rejimda auksion tugagan vaqti va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi.
37. Xabarnoma va lot bo‘yicha ma’lumot quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur:
a) auksion o‘tkaziladigan sana, jumladan, uning boshlanish va tugash vaqti;
b) lot raqami va nomi;
v) auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish sanasi va tugash vaqti;
g) auksion obyekti haqida mazkur Nizomning 27-bandida qo‘rsatilgan ma’lumotlar;
d) boshlang‘ich narxdan foiz ko‘rinishida va qat’iy summada ifodalangan auksion qadami;
e) zakalat pulining boshlang‘ich narxdan foiz ko‘rinishida va qat’iy summada ifodalangan miqdori, zakalat puli o‘tkazilishi lozim bo‘lgan operatorning bank hisobraqami rekvizitlari;
j) boshqa qo‘shimcha ma’lumot (shu jumladan, fotosuratlar, Internet tarmog‘ida keng foydalaniladigan kartografik servislarga o‘tish imkonini beruvchi, uning geolokatsiya va koordinatalari ko‘rsatilgan va ularga bog‘langan giperhavolalar).
38. Operator o‘z veb-portalida:
Shuningdek, ushbu Nizomning 37-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va elektron auksionni o‘tkazish qoidalari bilan erkin tanishishni;
savdoga qo‘yilgan barcha lotlarni ularning maydoni, joylashuvi, narxi, investitsiya majburiyatlari miqdori va boshqa parametrlar bo‘yicha filtrlagan holda, foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda ko‘rish hamda lotlar reyestri ko‘rinishida umumfoydalaniladigan va mashinada o‘qiladigan formatlarda yuklab olishni;
o‘tkazilgan savdolarga oid barcha ma’lumotlarni (xaridorning shaxsini oshkor qilmagan holda) kunlik tarzda va muntazam (haftalik, oylik va choraklik) davriylik bilan bitimlar reyestri ko‘rinishida umumfoydalaniladigan va mashinada o‘qiladigan formatlarda yuklab olishni;
foydalanuvchilar veb-portal yanada qulayroq ishlashi borasidagi fikrlarini erkin va oshkora bildirishi uchun maxsus veb-forum va ushbu maqsadlarda keng foydalaniladigan boshqa servislar va imkoniyatlar doimiy ishlashini ta’minlaydi.
Operator aholi va tadbirkorlarni ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda elektron auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.
39. Auksionda ishtirok etish uchun jismoniy yoki yuridik shaxslar operator veb-portalida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim.
Ariza taqdim etishdan avval jismoniy va yuridik shaxslar:
investitsiya majburiyatlari shartnomasi bilan tanishishi va uning shartlarini qabul qilishi;
lot haqidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bilan tanishishi;
shaxsiy hisobraqamini o‘zi tanlagan lotning zakalat puli miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘ldirishi lozim.
40. Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish:
xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlanadi va auksion o‘tkazilishidan oldingi kun soat 24-00 da yakunlanadi;
operatorning veb-portalida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Qabul qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin kelib tushgan arizalar qabul qilinmaydi.
41. Lotning zakalat puli uning boshlang‘ich narxining 20 foizi miqdorida belgilanadi.
42. Auksion ishtirokchisi o‘z arizasini ariza qabul qilish uchun belgilangan vaqt oralig‘ida operator veb-portali orqali o‘zgartirishga yoki chaqirib olishga haqli. Bunda operatorga xabarnoma yuborilishi va zakalat summasi auksion ishtirokchisining shaxsiy hisobraqamiga qaytarilishi operator veb-portalida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
43. Ariza avtomatik tarzda tekshiriladi. Tekshiruv natijalari va qabul qilingan qaror haqida arizachiga zudlik bilan xabar qilinadi.
44. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq kelgan taqdirda, operator zudlik bilan arizachiga auksionda ishtirok etishiga ruxsat beradi, shuningdek, elektron pochta orqali arizachini auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi.
Auksionning har bir ishtirokchisiga auksionda foydalanish uchun alohida shaxsiy tartib raqam beriladi.
Zakalat puli ishtirokchining shaxsiy hisobraqamidan avtomatik tarzda yechib olinib, operatorning bank hisobraqamiga o‘tkaziladi.
45. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, operator zudlik bilan uni rad etadi va bu haqida arizachiga elektron bildirishnoma yuboradi.
Bunda arizachi kamchiliklarni bartaraf qilgandan so‘ng xabarnomada ko‘rsatilgan ariza qabul qilish vaqtidan kechiktirmay, auksionda ishtirok etish uchun arizani takroran yuborishga haqli.
Operator unga kelib tushgan ma’lumot va xabarlarning mazmuni bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar uchun javobgar emas.
46. Operator arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sir tutilishini ta’minlaydi.
47. Arizalarni qabul qilish davrida, shuningdek, auksion davomida operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, yuridik shaxsning nomi va pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, ishtirokchini aniqlash imkonini beradigan boshqa ma’lumotlarni) aks ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
48. Auksion operatorning veb-portalidagi xabarnomada ko‘rsatilgan kun va vaqtda boshlanadi.
49. Auksion unga qo‘yilgan ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi.
50. Auksion ish kuni mobaynida soat 9-00 dan 18-00 gacha o‘tkaziladi, mazkur Nizomning 54 — 56-bandida qayd etilgan hollar bundan mustasno.
51. Lotning boshlang‘ich narxi yer uchastkasining boshlang‘ich narxiga teng belgilanadi hamda ushbu narxning besh foiziga teng miqdori — auksion qadamining miqdori sifatida qayd etiladi.
52. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi.
53. Agar taklif berilgandan so‘ng 10 daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan qadamga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 daqiqaga uzaytiriladi.
54. Agar tasdiqlangan oxirgi taklifdan so‘ng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi bo‘yicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion uning natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
55. Auksion ishtirokchilariga navbatdagi stavkani dastlab belgilangan qadamdan 5, 10 yoki 20 baravar miqdorda mustaqil belgilash imkoniyati beriladi.
56. Agar lot narxini oshirish bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni auksionni o‘tkazish vaqti yakunlanishiga o‘n daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi 10 daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif auksionni o‘tkazish vaqtini o‘n daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq, bunda auksionni o‘tkazish vaqti 3 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin, auksion o‘tkaziladigan kun soat 21-00 ga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi bo‘yicha oxirgi taklifni soat 21-00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
57. Auksionni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan savdo maydonchasida texnik uzilish sodir bo‘lgan hollarda, auksion o‘tkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga xabar berilgan holda, auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
58. Auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
lotning boshlang‘ich narxi;
oxirgi va oxirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga olgan holda, auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar bo‘yicha shakllangan narxlar);
auksion g‘olibining hamda oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi.
59. Auksion quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:
a) auksionda ishtirok etish uchun uning bironta ham ishtirokchisi qo‘yilmagan bo‘lsa, shu jumladan unda ishtirok etish uchun ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
b) auksionda ishtirok etish uchun faqat bir nafar ishtirokchi ariza topshirgan bo‘lsa;
v) auksion ishtirokchilaridan hech biri yer uchastkasidan foydalanish huquqini auksion jarayonidan taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmasa;
g) auksion g‘olibi va ushbu Nizomning 71-bandida belgilangan tartibda yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini sotib olish taklif etilgan oxiridan oldingi taklifni bildirgan ishtirokchi uning bahosini belgilangan muddatda to‘liq to‘lamasa.
60. Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, operatorning veb-portalida bu haqida uning sabablari, shuningdek, lotning boshlang‘ich narxi ko‘rsatilgan ma’lumot aks ettiriladi.
61. Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, lot mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroran auksionga qo‘yiladi.
Bunda agar ushbu Nizomning 59-bandi “v” kichik bandiga asosan auksion ketma-ket 4-martadan ortiq amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, bir yoki bir nechta ishtirokchining iltimosiga ko‘ra, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari tomonidan yer uchastkalarini birlashtirishga yoki ularni alohida qismlarga ajratishga yo‘l qo‘yiladi.
Bunday holatda:
a) operator auksiondan lotni olib tashlaydi va u bo‘yicha ma’lumotlarni “YERELEKTRON” AAT orqali “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlariga qaytaradi;
b) “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari bir ish kuni mobaynida qurilish organlari va tuman (shahar) hokimliklariga materiallarni yuboradi.
Qurilish organlari materiallar kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida birlashtirilgan yoki ajratilgan yer uchastkalarida qurilishiga ruxsat etilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxatini yangilaydi.
Tuman (shahar) hokimliklari yer uchastkalarida qurilishiga ruxsat etilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati aniqlangan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari bilan kelishilgan yer uchastkasiga nisbatan investitsiya majburiyatlarini aniqlaydi.
Bunda investitsiya majburiyatlari shartnomasi avtomatik tarzda “YERELEKTRON” AAT tomonidan elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va tuman (shahar) hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarining (agar u bo‘lmagan taqdirda — boshqa o‘rinbosarining) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi;
v) “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.
Bunda qayta tasdiqlash yoki ijobiy xulosalar olish talab qilinmaydi.
62. Auksionga qo‘yish uchun operatorga yuborilgan yer uchastkasi auksion boshlanishidan oldingi ish kunida soat 18-00 ga qadar chaqirib olinishi mumkin.
63. Auksiondan chaqirib olish “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan buyurtmani bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda buyurtma bekor qilinishi mumkin:
yer uchastkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan ajratib berilganda;
yer uchastkasi bo‘yicha muqaddam berilgan ijobiy xulosalar bekor qilinganda;
yer uchastkasi koordinatalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan elektron xaritalar yangilanishi natijasida tadbirkorlik va (yoki) shaharsozlik faoliyati uchun taqdim etilmaydigan hududlarga kiritilganda;
tergovchi yoki sud qaroriga asosan.
Boshqa hollarda buyurtmani bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
64. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining buyurtmani bekor qilish haqidagi so‘roviga asos bo‘luvchi hujjatlar ilova qilinadi.
65. Operator buyurtmani bekor qilish haqidagi so‘rov kelib tushgan paytdan boshlab darhol yer uchastkasini auksiondan chiqaradi, bu haqda veb-portalda e’lon joylashtiradi hamda buyurtmanoma bergan ishtirokchilarning zakalat puli ularning shaxsiy hisobraqamiga qaytariladi.
66. Auksion g‘olibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay, lot qiymatini to‘liq to‘lashi lozim.
Bunda ushbu lot bo‘yicha avval to‘langan zakalat puli mol-mulk qiymatiga qo‘shib hisoblanadi.
Agar yer uchastkasining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming barobaridan ortiq bo‘lsa, auksion g‘olibi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh bank kunidan kechiktirmasdan, auksion davomida belgilangan narxning ellik foizi miqdorida avans to‘lovini kiritish huquqiga ega. Zakalat puli avans to‘lovi hisobiga o‘tkaziladi.
Qolgan mablag‘ auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kunidan kechiktirmay to‘lanadi.
Elektron savdo maydonchasida auksion orqali yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni sotishda o‘rnatilgan tartibda to‘lovlarni amalga oshirmagan taqdirda, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq investor (auksion g‘olibi)ning xarajatlari qoplanmagan holda bekor qilinadi.
67. Operator to‘lov to‘liq amalga oshirilgan kundan keyingi ish kunida, lot qiymatining QR-kodini (matrik shtrixli kod) qo‘llash orqali auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.
Bayonnoma auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga, “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli filialiga yuboriladi.
68. Auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) o‘tkazilgan auksion sanasi to‘g‘risida;
b) auksion g‘olibi to‘g‘risida;
v) lot to‘g‘risida, shu jumladan:
yer uchastkasining o‘ziga xos raqami, maydoni va joylashgan joyi;
yer uchastkasiga tutash yer uchastkalarining (obyektlarining) belgilangan maqsadi va turlari.
Bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
ART va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar;
investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun tarmoq jadvali;
investitsiya majburiyatlari shartnomasi.
69. Auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, ushbu yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini auksion g‘olibi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining filiali tomonidan bayonnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma auksion g‘olibiga belgilangan tartibda yuboriladi.
Bunda tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining filiali tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’lumot yuboriladi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma qiymati Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari qiymatini aniqlash tartibi bilan belgilanadi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini auksionda sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
70. Tuman (shahar) hokimligi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun tarmoq jadvalini tayyorlaydi va uni auksion g‘olibiga beradi.
71. Agar auksion natijalariga ko‘ra, auksion g‘olibi besh ish kuni ichida lot qiymatini to‘liq to‘lamasa, operator keyingi kalendar kunidan kechiktirmay oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga elektron shaklda u auksion davomida taklif etgan narxda lot qiymatini besh ish kuni ichida to‘lashni taklif qiladi.
Agar oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida lot qiymatini to‘liq to‘lasa, u auksion g‘olibi deb topiladi va unga mazkur Nizomning 66-67-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida lotni sotib olish istagi yo‘qligi to‘g‘risida operatorni xabardor qilsa yoki ushbu muddat ichida uning qiymatini to‘liq to‘lamasa, lotni sotib olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.
Mazkur Nizomning 66-bandi uchinchi xatboshi bundan mustasno.
72. Auksion yakunlanganidan yoki o‘tkazilmagan deb topilganidan so‘ng zakalat puli quyidagilarga qaytariladi:
oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga — auksion yakunlangan kundan boshlab o‘n ikki ish kuni ichida;
boshqa ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb topilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida.
Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot bo‘yicha takroriy auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisobraqamida qoldirilishi mumkin.
Auksion obyektining qiymatini to‘liq to‘lamagan auksion ishtiroklariga (auksion g‘olibi va ikkinchi ishtirokchi), shuningdek, mazkur Qoidalarning 71-bandi uchinchi xatboshidi va 66-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va operatorning tasarrufida qoladi.
73. Yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini auksion orqali sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining maxsus hisobraqamiga ko‘chiriladi va Qo‘mita tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan miqdorda tegishli yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining bank hisobraqamiga o‘tkazadi, uning 20 foizi “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobraqamiga (4001);
b) ushbu Nizomning 7-band “b” kichik bandida nazarda tutilgan miqdorda tegishli qurilish organining bank hisobraqamiga;
v) ushbu Nizomning 69-bandida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga;
g) yer uchastkasiga mulk va ijara huquqini auksion orqali sotishdan kelib tushgan pul mablag‘laridan mazkur bandning “a — v” kichik bandlarida nazarda tutilgan summalarni chegirib tashlagadan so‘ng qolgan summadan 5 foiz — operatorga mukofot sifatida;
d) mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan mablag‘lar chegirib tashlagandan so‘ng qolgan summadan:
50 foizi — yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari va korxonalari foydalanishida bo‘lgan va ularning tashabbusi bilan elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan taqdirda — ushbu davlat organlari va tashkilotlariga, qolgan hollarda — davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha hududiy jamg‘armaga;
50 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida tegishli mahalliy budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
74. Davlat xizmatlari markazlari, prokuratura organlari va adliya organlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu Nizom talablariga so‘zsiz rioya etilishi bo‘yicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Tizimli nazorat va monitoring yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayoniga aralashmasdan, “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
75. Prokuratura va adliya organlari yer uchastkasi materiallarini tayyorlashning qonuniyligini ta’minlaydi va yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayonining huquqni qo‘llash amaliyotini, shu jumladan vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishuvni rad etish va salbiy xulosa berishning qonuniyligini, normativ-huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri yoki qarama-qarshi qo‘llash amaliyotini, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotida huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keladigan salbiy omillarni, sabab va sharoitlarni bartaraf etish usullarini o‘rganadi.
76. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibni buzish davlat xizmatlari ko‘rsatish talablari va tartibini buzish hisoblanadi.
77. Nizomda nazarda tutilgan tartib buzilishi aniqlangan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari yoki adliya organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalariga yoxud prokuratura organlariga buzilish holatini tasdiqlovchi zarur materiallarni yuboradi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llash vakolatli shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
78. Auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani auksion g‘olibining aybi bo‘lmagan taqdirda, ma’muriy tartib-qoidalarga rioya qilmaslik munosabati bilan bekor qilish yoki o‘zgartirish mumkin emas.
79. Investitsiya majburiyatlari to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan auksion g‘olibi majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
80. Auksion shartlarini buzgan, shu jumladan ketma-ket ikki marta lotning to‘liq qiymati to‘lanishini ta’minlamagan auksion ishtirokchisi nohalol auksion ishtirokchisi hisoblanadi va operator tomonidan olib boriladigan nohalol auksion ishtirokchilari reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) kiritiladi.
Auksion ishtirokchisini reyestrga kiritish to‘g‘risidagi qaror operator tomonidan qabul qilinadi.
Reyestrga kiritilgan auksion ishtirokchilarining reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi sotiladigan auksionlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Belgilangan muddat o‘tgach, reyestrga kiritilgan ishtirokchi avtomatik ravishda undan chiqarib tashlanadi.
81. Agar yer uchastkasiga mulk va ijara huquqi investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan taqdirda, yer uchastkalarini, shu jumladan unda qurilgan bino va inshootlarni investitsiya majburiyatlari bajarilguniga qadar begonalashtirish, garovga qo‘yish, yuridik shaxslarning ustav fondlariga kiritish yoki boshqacha tarzda tasarruf etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
82. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
83. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
84. Auksion paytida mol mulkni savdodan yechish bo‘yicha bildirishnoma operatorga kelib tushganligi munosabati bilan yuzaga kelgan va lot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar hamda nizolar sud tomonidan auksion g‘olibining qonuniy manfaatlarini va auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilganligi holatini hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) hokimliklari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK.
9. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasining hududlararo (hududiy) davlat inspeksiyalari.
10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) prokuraturalari.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari.
13. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy bo‘linmalari.
14. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishi belgilangan boshqa tashkilotlar.
1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 6-son, 158-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoni)” 2019-yil 9-avgustdagi 653-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarorining 3-bandi va qarorga 3-ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga 13-ilovaning 9-bandi. | 175 | 57,700 |
Qonunchilik | Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 22-dekabrdagi 19, 201 va 106-son qarori (ro‘yxat raqami 2168, 2010-yil 22-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 501-modda) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 10-bandning “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan (seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish) chora-tadbirlarga;”.
2. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar notarial idoralarda yoki idoraviy notarial arxivlarda uch oydan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda o‘rnatiladi.”.
3. 23-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimga bir yilda haqiqatda to‘lanadigan moddiy yordamning cheklangan miqdori eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan oshmasligi lozim (ushbu bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).”. | 151 | 1,772 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Aripov Abdulla Nigmatovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 69 | 439 |
Qonunchilik | “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining issiqlik elektr stansiyalarini barqaror moliyaviy holatda saqlash, respublika iste’molchilarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 25-dekabrdagi 340-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan “O‘zbekenergo” DAK korxonalariga nisbatan shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga oshiriladigan koeffitsent qo‘llash bekor qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “O‘zbekenergo” DAK, “O‘zbekneftgaz” MXK, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-2013-yillar uchun shartnomaviy hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga 2 koeffitsentdan foydalangan holda “O‘zbekenergo” DAK issiqlik elektr stansiyalariga ilgari qo‘llanilgan oshirilgan to‘lovlarni hisobga olmasdan o‘zaro hisob-kitoblarni qayta hisoblab chiqish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. “O‘zbekenergo” DAK va “O‘zbekneftgaz” MXK ushbu qarorga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotiga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari I.G‘.Ibragimov zimmasiga yuklansin. | 212 | 1,594 |
Qonunchilik | Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalarining 46-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-son “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-avgustdagi 220-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3073, 2018-yil 29-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2018-y., 10/18/3073/1977-son) bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalarining 46-bandidagi “Axborot markazlari” degan so‘zlar “Tezkor-ma’lumotlar boshqarma (bo‘lim)lari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 170 | 827 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008 YILGI A | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 31-maydagi 189-qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 28-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 26-iyuldagi 267-qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 43-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-yanvardagi 4-qarorining 3-bandi va qarorga 3-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 1-modda). | 250 | 1,211 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 5-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Bank kassalariga topshirilayotgan naqd pul tushumining barqaror o‘sishini va ularning uzluksiz berilishini ta’minlanishi bo‘yicha mansabdor shaxslarning rag‘batlantirilishi va ularning mas’uliyatini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1792, 2008-yil 16-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 31-iyuldagi 10-25/422-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 24-martdagi 296-V va 2008-21-son “Bank kassalariga topshirilayotgan naqd pul tushumining barqaror o‘sishini va ularning uzluksiz berilishini ta’minlanishi bo‘yicha mansabdor shaxslarning rag‘batlantirilishi va ularning mas’uliyatini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1792, 2008-yil 16-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 75 | 2,192 |
Qonunchilik | “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 66 | 299 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko‘rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini ishonchli himoya qilish, fuqarolik masalalarini ko‘rib chiqishda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, vatandoshlarimizni mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash jarayoniga faol jalb etish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Quyidagilarni belgilashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va qaror qabul qilishning yangilangan tartibi;
shaxsni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga umumiy, soddalashtirilgan (vatandoshlar uchun) va alohida tartibda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan) qabul qilish masalalari;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish tartib-taomillari;
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha hujjatlarni “E-Fuqaro” idoralararo ma’lumotlar bazasi orqali ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari;
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha iltimosnoma va arizalarni qabul qilmaslik asoslari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) faoliyatini tashkil etish tartibini, shu jumladan Komissiya faoliyati masalalari hamda Komissiyaning huquqlari va vazifalarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi reglamenti 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga:
mazkur Farmon ijrosini tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilab olish hamda ilovaga muvofiq tasdiqlanayotgan nizom talablariga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga oid hujjatlarni ko‘rib chiqishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kelib tushgan hujjatlarning “E-Fuqaro” idoralararo ma’lumotlar bazasiga o‘z vaqtida kiritilishi va tegishli tartibda Komissiyaga taqdim etilishini nazorat qilish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat va javobgarlik yuklansin.
4. Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” DIChB Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining buyurtmasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish to‘g‘risida kafolat xati blanklari tayyorlanishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.B. Kadirov belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.R. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan iltimosnomalar, arizalar va ularga ilova qilinadigan hujjatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda qaror qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan iltimosnoma va arizalar:
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan shaxs tomonidan — doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi ichki ishlar organiga;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashovchi shaxs tomonidan — O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining konsullik bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda — konsullik muassasasi) topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan qabul qilingan iltimosnomalar yoki arizalar O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid “E-Fuqaro” idoralararo ma’lumotlar bazasida (keyingi o‘rinlarda — “E-Fuqaro” IMB) ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ariza beruvchining talabiga binoan uch ish kuni ichida uning iltimosnomasi yoki arizasi qabul qilinganligi va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida sanasi ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma beriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma berish yuzasidan topshirilgan iltimosnoma yoki arizalarni ko‘rib chiqqanlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat boji yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konsullik yig‘imlari tarifida belgilangan miqdorda yig‘imlar undiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha materiallar ikki nusxada yuritiladi. Materiallarning bir nusxasi uni qabul qilgan ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasida (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) saqlanadi, ikkinchi nusxa esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) yuboriladi.
5. Iltimosnoma, ariza va so‘rovnoma qo‘lda yoki texnik vositalarda to‘ldiriladi. Ularni to‘ldirishda qisqartma yoki abbreviatura qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
So‘rovnomadagi javoblar to‘liq yoritilgan, hujjatlar matni tushunarli va tuzatishlarsiz bo‘lishi lozim.
6. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan murojaat etgan shaxs o‘z shaxsi va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.
Shaxsning biografik ma’lumotlari (tug‘ilgan sanasi yoxud familiyasi, ismi yoki otasining ismi) o‘zgargan taqdirda, buni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
7. Ota-onasi yoki ulardan birining fuqaroligi o‘zgarganda ularning iltimosnomasiga ko‘ra, o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolaning fuqaroligi faqat uning yozma roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Bola imzosining haqiqiyligi “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq yoki konsullik muassasasi mas’ul xodimining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish uchun murojaat qilgan ariza beruvchi o‘z iltimosnomasida bolasini ko‘rsatib o‘tgan taqdirda, u vakolatli organning mas’ul xodimi (keyingi o‘rinlarda — mas’ul xodim) tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32 — 36-moddalari talablari bilan tanishtiriladi.
8. Ariza beruvchi tomonidan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti (keyingi o‘rinlarda — pasport), O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi identifikatsiya ID-kartasi (keyingi o‘rinlarda — identifikatsiyalovchi karta), fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda — yashash guvohnomasi), fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi (keyingi o‘rinlarda — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi) nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxasi bilan birga taqdim etiladi.
Mas’ul xodim tomonidan ushbu hujjatlarning nusxalari asli bilan solishtirilib, vakolatli organ muhri bilan tasdiqlanadi, hujjatlarning asli ariza beruvchiga qaytarib beriladi.
9. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida bo‘lmagan hujjatlar arizachi tomonidan davlat tiliga tarjima qilinadi. Tarjimaning to‘g‘riligi yoki tarjimon imzosining haqiqiyligi “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida tasdiqlanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, xorijdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar, ularni O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy hisoblash uchun legallashtirilgan yoki apostil quyilgan bo‘lishi lozim.
10. O‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan iltimosnoma yoki ariza va ilova qilinayotgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan paytdan e’tiboran ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan deb hisoblanadi.
Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda (kasallik, konsullik muassasasining mavjud emasligi) notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma yoki ariza ishonchli shaxslar orqali berilishi mumkin.
11. Iltimosnoma yoki arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmaganligi, ariza beruvchi tomonidan yolg‘on ma’lumot, haqiqiy bo‘lmagan va soxta hujjatlar taqdim etilishi iltimosnoma va arizalarni qabul qilmaslik uchun asos hisoblanadi.
Ariza beruvchi tomonidan soxta hujjatlar taqdim qilganlik holati aniqlanganida, materiallar qonunchilikka muvofiq qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.
12. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va muomala layoqatiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish bo‘yicha iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin, agar u:
a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo‘lsa;
b) yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi olingan kundan e’tiboran va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan bo‘lsa. Ushbu shart O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan va yashab kelayotgan yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan va nikoh tuzilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda uzluksiz uch yil davomida yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi;
v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
g) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
13. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yuzasidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi iltimosnoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma;
yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi;
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (mavjud bo‘lsa);
iltimosnomada ariza beruvchi bolasini ko‘rsatib o‘tgan taqdirda, bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va yashash guvohnomasi (mavjud bo‘lsa), bunda o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolaning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinadi;
tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (jismoniy shaxsning daromadi haqidagi ma’lumotnoma, soliq inspeksiyasidan berilgan jismoniy shaxsning daromadi bo‘yicha soliq deklaratsiyasi, ish joyidan oylik ish haqi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma, pensiya tayinlanganligi haqida ma’lumotnoma, aliment to‘lanishi haqida ma’lumotnoma, kredit tashkilotiga qo‘yilgan mablag‘i mavjudligi haqidagi hisobvarag‘i ko‘rsatilgan holda berilgan ma’lumotnoma, ariza beruvchi kimning qaramog‘ida bo‘lsa, shu shaxsning daromadlari haqida ma’lumotnoma, shuningdek, boshqa qonuniy daromadlarini tasdiqlovchi hujjat);
davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.
Davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishini tasdiqlovchi hujjat vakolatli organ tomonidan idoralararo ma’lumot almashinuvi tizimi orqali olinadi.
14. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Quyidagi shaxslarga nisbatan davlat tilini muloqot qilish uchun zarur bo‘lgan darajada bilish sharti tatbiq etilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy o‘rta ta’limdan kam bo‘lmagan darajada ta’lim olgan shaxslar (tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi);
60 yoshga to‘lgan shaxslar;
muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslar (ishonchli vakili tomonidan ushbu shaxs muomala layoqatiga ega emasligi yoki muomala layoqati cheklanganligi haqida qonuniy kuchga kirgan sud qarori taqdim etiladi);
I guruh nogironligi mavjud bo‘lgan shaxslar (nogironlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etiladi).
15. Iltimosnomani qabul qilgan mas’ul xodim uch ish kuni ichida ilova qilingan hujjatlarning to‘liqligini va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini o‘rganib chiqadi hamda so‘rovnomaga o‘zining lavozimini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi.
Ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan tartibda taqdim etilgan barcha hujjatlar ketma-ketlikda materialga tikiladi va uni rasmiylashtirayotgan xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda hujjatlar ichki ro‘yxati tuziladi.
Material muqovasida ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, tartib raqami va boshqa ma’lumotlar (qabul qilingan sana, saqlash muddati) ko‘rsatiladi.
16. So‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar uch ish kuni ichida “E-Fuqaro” IMBga kiritiladi, materiallar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari mas’ul xodimi o‘n ish kuni ichida ma’lumotlar “E-Fuqaro” IMBga to‘g‘ri kiritilganligini tekshiradi, shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Materiallar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Ichki ishlar vazirligi) yuboriladi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan kelib tushgan tekshiruv talabnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yo‘qligi bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga ma’lumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan o‘tib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodim tomonidan chop etiladi.
Materiallar va tekshiruv varaqasi asosida bir oylik muddatda xulosa tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosada ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan va amalga oshirilgan tekshiruv yakuni bo‘yicha (tekshiruv varaqasidagi ma’lumotlar asosida) uning o‘zi hamda yaqin qarindoshlari haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma bilan birga ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-ma’lumotnomada:
tug‘ilgan sanasi va joyi, millati, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari, yashash joyi;
yaqin qarindoshlari va ularning fuqaroligi;
umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan davri;
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan sanasi;
mehnat faoliyati;
pensiyaga chiqish sanasi va nogironlik guruhi (agar mavjud bo‘lsa);
agar shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan yoki fuqarolikni yo‘qotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni sanasi va raqami;
muqaddam fuqarolikka qabul qilish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi bo‘yicha ma’lumot (agar ko‘rilgan bo‘lsa);
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan bo‘lsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
17. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va muomala layoqatiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandosh O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish bo‘yicha murojaat qilishi mumkin, agar u:
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan loaqal bitta o‘zidan oldingi qarindoshga ega bo‘lsa;
b) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
v) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
g) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
18. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish yuzasidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi iltimosnoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma;
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
chet davlat fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati yoxud yashash guvohnomasi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi);
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (mavjud bo‘lsa);
iltimosnomada bola ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va chet davlat fuqarosining pasporti yoki yashash guvohnomasi yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi (mavjud bo‘lsa), bunda o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolaning yozma roziligi olinadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshining pasporti (identifikatsiyalovchi kartasi);
tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
o‘zlari fuqarosi bo‘lgan davlatning mutasaddi organidan sudlanganlik holati mavjud yoki yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat;
davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.
Davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishini tasdiqlovchi hujjat vakolatli organ tomonidan idoralararo ma’lumot almashinuvi tizimi orqali olinadi, mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
19. Ushbu Nizomning 17-bandi “a” kichik bandidagi shart va 18-bandi yettinchi xatboshisida qayd etilgan hujjatni taqdim etish haqidagi talab, ilm-fan va ilmiy faoliyat, texnika, madaniyat hamda sport sohasida katta yutuqlarga ega bo‘lgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi uchun manfaatli bo‘lgan kasbga yoxud malakaga ega bo‘lgan vatandoshga va (yoki) uning oila a’zolariga nisbatan tatbiq etilmasligi mumkin.
Bunday holatlarda O‘zbekiston Respublikasidagi manfaatdor vazirlik yoki idoralarning iltimosnomasi taqdim etiladi.
Iltimosnomada shaxs ilm-fan va ilmiy faoliyat, texnika, madaniyat hamda sport sohasida erishgan yutuqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi uchun manfaatli bo‘lgan kasbga yoxud malakaga ega ekanligi haqida batafsil ko‘rsatib o‘tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi manfaatdor vazirlik yoki idoralarning respublika ahamiyatiga molik rahbarlari shaxsni O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish yuzasidan iltimosnomalar berilishiga javobgar hisoblanadi.
20. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish yuzasidan rasmiylashtirilgan material ichki ishlar organi tomonidan qabul qilingan taqdirda, mazkur Nizomning 15 va 16-bandlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
21. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish yuzasidan rasmiylashtirilgan material konsullik muassasasi tomonidan qabul qilingach, mas’ul xodim hujjatlarning to‘liqligini va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini o‘rganib chiqadi va so‘rovnomaga o‘zining lavozimini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi.
Bir vaqtning o‘zida so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar konsullik muassasasining mas’ul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida “Interaktiv konsullik xizmatlari” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — Konsullik axborot tizimi) kiritiladi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Tashqi ishlar vazirligi) yuboriladi.
Ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan tartibda taqdim etilgan barcha hujjatlar ketma-ketlikda materialga tikiladi va uni rasmiylashtirayotgan xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda hujjatlar ichki ro‘yxati tuziladi.
Material muqovasida ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, tartib raqami va boshqa ma’lumotlar (qabul qilingan sana, saqlash muddati) ko‘rsatiladi.
Materialning bir nusxasi diplomatik pochta jadvaliga muvofiq Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi o‘n ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumotlar asosida “E-Fuqaro” IMBda shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yo‘qligi bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga ma’lumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan o‘tib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodim tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oy muddatda xulosa tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosada ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan va amalga oshirilgan tekshiruv yakuni bo‘yicha (tekshiruv varaqasidagi ma’lumotlar asosida) uning o‘zi hamda yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma bilan birga ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-ma’lumotnomada:
tug‘ilgan sanasi va joyi, millati, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari, yashash joyi;
yaqin qarindoshlari va ularning fuqaroligi;
umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan davri;
mehnat faoliyati;
pensiyaga chiqish sanasi va nogironlik guruhi (agar mavjud bo‘lsa);
agar shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan yoki fuqarolikni yo‘qotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni sanasi va raqami;
muqaddam fuqarolikka qabul qilish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi bo‘yicha ma’lumot (agar ko‘rilgan bo‘lsa);
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan bo‘lsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
22. Komissiya O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish yuzasidan rasmiylashtirilgan materialni qabul qilib, ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi olingan taqdirda, Komissiya tomonidan bu haqda taqdim etilgan xatga asosan vakolatli organ uch ish kuni ichida ariza beruvchi va uning iltimosnomasida ko‘rsatilgan oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish to‘g‘risida kafolat xatini (keyingi o‘rinlarda — kafolat xati) mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq rasmiylashtiradi va o‘n ish kuni ichida ariza beruvchiga xabar berish choralarini ko‘radi. Bunda, kafolat xati iltimosnomada ko‘rsatilgan har bir oila a’zosiga beriladi.
Kafolat xati blanki qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanganlik darajasiga ega.
Blanklar Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining buyurtmasiga asosan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Kafolat xati vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga yoki uning qonuniy vakiliga taqdim etiladi yoxud pochta orqali yuboriladi.
Kafolat xatining amal qilish muddati — bir yil. Komissiyaning qaroriga asosan kafolat xatining amal qilish muddati yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Buning uchun ariza beruvchi kafolat xatining amal qilish muddati tugashidan ko‘pi bilan bir oy oldin vakolatli organga ariza bilan murojaat qiladi. Arizada kafolat xatining amal qilish muddatini uzaytirish sababi ko‘rsatib o‘tiladi. Ariza “E-Fuqaro” IMBga kiritilib, Komissiyaga yuboriladi.
Komissiya mazkur masalani ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha kafolat xati amal qilish muddatini uzaytirishga rozilik berish yoki rad etish haqida bayonnoma qarorini qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish ariza beruvchi chet davlat fuqaroligidan chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etganidan keyin amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan chet davlat fuqaroligidan chiqish (yo‘qotish) haqidagi hujjat vakolatli organga topshiriladi, ushbu hujjat Komissiyaga yuboriladi. Ariza beruvchi yashayotgan davlatda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi mavjud bo‘lmasa, ushbu hujjat tegishincha Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligiga qonuniy vakil yoki pochta orqali yuborilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti soddalashtirilgan tartibda fuqarolik berishni rad etgan taqdirda Komissiya tomonidan bu haqda taqdim etilgan xatga asosan vakolatli organ uch ish kuni ichida ariza beruvchiga xabar berish choralarini ko‘radi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti chet davlat fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasida ko‘rsatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berishi mumkin.
Bunday hollarda Komissiyaning talabiga asosan vakolatli organ fuqarolikka qabul qilinayotgan shaxs tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq to‘ldirilgan O‘zbekiston Prezidenti nomiga yozilgan iltimosnoma, chet davlat fuqarosining pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati yoki yashash guvohnomasi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi) nusxasini qabul qiladi va ularni Komissiyaga yuboradi.
24. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va muomala layoqatiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida ko‘rsatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklashi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash haqidagi iltimosnomada O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilishi sabablari ko‘rsatiladi.
Agar ariza beruvchi muqaddam “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi birinchi qismi “a” va “g” bandlarida nazarda tutilgan holatlarda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganligi yoki ilgari O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tiklanganligi aniqlansa, uning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash bo‘yicha iltimosnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar ko‘rib chiqilmasdan qaytariladi.
25. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash bo‘yicha material mazkur Nizomning 12 — 16-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
26. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi birinchi qismiga muvofiq:
2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan;
muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq:
ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan;
ushbu davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Yuqorida keltirilgan shartlardan loaqal birining mavjud emasligi, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishni rad etishga asos hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish ilgari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
27. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan shakldagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma;
yashash guvohnomasi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi);
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (mavjud bo‘lsa);
ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotnoma (o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa);
2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganligini va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘n besh yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.
Mas’ul xodim tomonidan ushbu hujjatlarning qonuniyligi o‘rganib chiqilgan holda, aslidan nusxa olinib, muhr bilan tasdiqlanadi va hujjatlarning asli ariza beruvchiga qaytarib beriladi.
Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganlik holati fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan yuritilgan yig‘ma ish jildida saqlangan sobiq Ittifoq pasporti hamda hisob varaqalari, uy daftari yoki xo‘jalik kitobida doimiy ro‘yxatdan o‘tganlik (propiskaga qo‘yganlik) to‘g‘risidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatlarni qabul qilgan mas’ul xodim tomonidan o‘n ish kuni ichida fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan yuritilgan materialdagi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomini belgilash uchun asos bo‘lgan hamda uning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlardan nusxa olinadi, gerbli muhr va o‘z imzosi bilan tasdiqlanadi va material Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi.
Bunda, mas’ul xodim tomonidan to‘plangan hujjatlar asosida ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishga oid talabnoma shakllantiriladi.
Basharti, mavjud ma’lumotlar bo‘yicha shaxsning O‘zbekiston Respublikasida 2005-yil 1-yanvarga qadar doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi yoki O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n besh yil davomida doimiy yashab kelayotganligi holatini tasdiqlash imkoni bo‘lmaganda, shaxsga hujjatlar qaytarib beriladi va ushbu faktni sud tartibida tasdiqlashga haqli ekanligi tushuntiriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar bir oylik muddatda o‘rganib chiqilib, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida nazarda tutilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, xulosa tayyorlanadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosaning bir nusxasi to‘plangan materialga ilova qilinib, Ichki ishlar vazirligiga kelishish uchun yuboriladi. Xulosaga idoralararo ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishga oid shakllantirilgan talabnomaga muvofiq, qaydlar kiritilishi lozim.
Ichki ishlar vazirligi kelib tushgan materialni bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘rganib chiqib, xulosa asoslantirilganligini tekshiradi va o‘z munosabati bildirilgan xatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari orqali hududiy ichki ishlar organiga yuboradi.
Ichki ishlar organi tomonidan ariza beruvchiga bu haqda uch ish kuni ichida xabar beriladi va identifikatsiyalovchi kartasini rasmiylashtirish choralari ko‘riladi.
28. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq:
ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari deb tan olingan;
chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.
Basharti ota-onasi (yolg‘iz ota yoki onasi) bilan birga O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan bola doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa, ota yoki onasining doimiy ro‘yxatga olingan joyi uning doimiy ro‘yxatga olingan joyi hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan shaxsga doir O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va materialni ko‘rib chiqish uning ota-onasidan birining (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinganligi bo‘yicha tegishli xulosalar mavjud bo‘lgan taqdirda, mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Quyidagi shaxslarning ham O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan arizalari “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq ko‘rib chiqilishi mumkin:
a) agar ota-onasidan biri (yolg‘iz ota yoki onasi) 2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib yoki o‘n besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan fuqarolikka qabul qilingan bo‘lsa;
b) agar ota-onasidan biri 2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va vafot etgan bo‘lsa.
Bunday shaxslarning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan hujjatlarini qabul qilish va materialni ko‘rib chiqish mazkur Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish uchun yetarli asoslari mavjud bo‘lmagan shaxslar, o‘z xohishlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.
30. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va muomala layoqatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘z xohish-istagiga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida ko‘rsatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishda mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi iltimosnoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma;
pasport (identifikatsiyalovchi karta);
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (mavjud bo‘lsa);
arizada bola ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va (mavjud bo‘lsa) pasporti (identifikatsiyalovchi kartasi). Bunday hollarda bolaning otasi yoki onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolayotgan bo‘lsa, uning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi;
o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolaning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi yozma roziligi;
davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.
Agar ariza beruvchining O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek, uning qaramog‘idagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shaxslarning ariza beruvchiga nisbatan mulkiy e’tirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini taqdim etishi shart.
Agar tegishli holatlar mavjud bo‘lsa, ota-onaning, turmush o‘rtog‘ining roziligi o‘rniga ariza beruvchidan yoki tegishli organdan:
vafot etganligi haqida guvohnoma, agar ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan bo‘lsa;
ko‘rsatilgan shaxslarni ota-onalik huquqlaridan mahrum qilinganligi, muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganligi yoxud fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilinganligi haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
yolg‘iz ota yoki ona ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar vakolatli organ tomonidan so‘rab olinadi.
Iltimosnomani qabul qilgan mas’ul xodim uch ish kuni ichida ilova qilingan hujjatlar to‘liqligini va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini o‘rganib chiqadi va so‘rovnomaga o‘zining lavozimini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi.
Ushbu Nizomning mazkur bandiga muvofiq taqdim etilgan barcha hujjatlar ketma-ketlikda materialga tikiladi va uni rasmiylashtirayotgan xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda hujjatlar ro‘yxati tuziladi.
Material muqovasida ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi tartib raqami va boshqa ma’lumotlar (qabul qilingan sana, saqlash muddati) ko‘rsatiladi.
So‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar uch ish kuni ichida “E-Fuqaro” IMBga kiritiladi, material esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari mas’ul xodimi o‘n ish kuni ichida ma’lumotlarni “E-Fuqaro” IMBga to‘g‘ri kiritilganligini tekshiradi, shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi. Material Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga to‘sqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yo‘qligi bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga ma’lumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan o‘tib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oylik muddatda xulosa tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosada, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan va amalga oshirilgan tekshiruv yakuni bo‘yicha (tekshiruv varaqasidagi ma’lumotlar asosida) uning o‘zi hamda uning yaqin qarindoshlari haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma bilan birga ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-ma’lumotnomada:
tug‘ilgan sanasi va joyi, millati, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari, yashash joyi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan bo‘lsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
31. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish yuzasidan rasmiylashtirilgan material konsullik muassasasi tomonidan qabul qilingach, mas’ul xodim uch ish kuni ichida ilova qilingan hujjatlarning to‘liqligini va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini o‘rganib chiqadi va so‘rovnomaga o‘zining lavozimini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi.
Qabul qilingan iltimosnoma ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ariza beruvchining talabiga binoan uch ish kuni ichida uning iltimosnomasi qabul qilinganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.
Ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan tartibda taqdim etilgan barcha hujjatlar ketma-ketlikda materialga tikiladi va uni rasmiylashtirayotgan xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda hujjatlar ichki ro‘yxati tuziladi.
Material muqovasida ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va tartib raqami hamda boshqa ma’lumotlar (qabul qilingan sana, saqlash muddati) ko‘rsatiladi.
Bir vaqtning o‘zida so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar konsullik muassasasining mas’ul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida Konsullik axborot tizimiga kiritiladi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Materialning bir nusxasi diplomatik pochta jadvaliga muvofiq Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi o‘n ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumotlar asosida “E-Fuqaro” IMBda shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga to‘sqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yo‘qligi bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga ma’lumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan o‘tib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oylik muddatda xulosa tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosada ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan va amalga oshirilgan tekshiruv yakuni bo‘yicha (tekshiruv varaqasidagi ma’lumotlar asosida) uning o‘zi hamda yaqin qarindoshlari haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma bilan birga ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-ma’lumotnomada:
tug‘ilgan sanasi va joyi, millati, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari, yashash joyi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan bo‘lsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
32. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotiladi:
a) shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
b) agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobida turmagan bo‘lsa;
v) agar O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishni bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa;
g) agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;
d) agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlat fuqaroligini olgan bo‘lsa;
e) agar shaxs chet davlat fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.
33. Chet davlat harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni aniqlash uchun konsullik muassasalari:
O‘zbekiston Respublikasidagi manfaatdor vazirlik va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi haqidagi ma’lumotlarini vakolati doirasida tekshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini hamda chet davlatlarning so‘rovnomalarini o‘rganadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan faktlar tasdiqlangan taqdirda, to‘plangan material konsullik muassasasining mas’ul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida Konsullik axborot tizimiga kiritiladi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. Material Tashqi ishlar vazirligiga diplomatik pochta jadvaliga muvofiq yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi o‘n ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumotlar asosida “E-Fuqaro” IMBda shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan kelib tushgan tekshiruv talabnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishga to‘sqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yo‘qligi bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga ma’lumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan o‘tib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oy muddatda xulosa tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma bilan birga ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-ma’lumotnomada:
tug‘ilgan sanasi va joyi, millati, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari va yashash joyi;
chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan bo‘lsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar aks ettiriladi.
34. Xorijda doimiy yashayotgan va uzrli sabablarsiz yetti yil mobaynida doimiy konsullik hisobiga turmagan shaxslarni aniqlash uchun konsullik muassasalari:
konsullik muassasasiga Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan ma’lumotlarni tekshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hamda chet davlatlarning so‘rovnomalarini o‘rganadi;
o‘z konsullik okruglaridagi mamlakatlarda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan fuqarolarning hisobini yuritadi;
chet davlatga doimiy yashashga chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Ichki ishlar vazirligining har chorakda beradigan so‘rovnomalariga ko‘ra doimiy konsullik hisobi ro‘yxatlari bo‘yicha tekshiradi.
Tashqi ishlar vazirligi vakolat doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yetti yil mobaynida doimiy konsullik hisobiga turmaganligi sabablarini aniqlash yuzasidan choralar ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi doimiy konsullik hisobiga uzrli sababsiz turmaganligi aniqlanganda, konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish jarayonini boshlaydi.
Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida uzrli sabablarga ko‘ra doimiy konsullik hisobida turmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik muassasasiga doimiy konsullik hisobiga qo‘yish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Konsullik muassasasi ariza beruvchining shaxsini aniqlaydi, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotgan shaxslarning ro‘yxati bilan solishtiradi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga o‘z vaqtida turmaganligi sabablarini o‘rganadi. Bunda, ariza beruvchiga “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi talablari tushuntiriladi va u O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotilishi haqida ogohlantiriladi.
Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini doimiy konsullik hisobiga qo‘yish uchun hujjatlarni qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Kasallik tufayli uzoq muddat harakatlanish imkoni yo‘qligi, yashayotgan mamlakatda konsullik muassasasi mavjud emasligi va fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablar uzrli sabablardir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi axborot Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Konsullik hisobiga olinmagan shaxslarning xorijga doimiy yashashga chiqib ketish uchun ruxsat berilganligi haqidagi hujjatlari asosida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishga oid material rasmiylashtiriladi.
To‘plangan hujjatlar asosida ma’lumotlar konsullik muassasasining mas’ul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida Konsullik axborot tizimiga kiritiladi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. Materiallar Tashqi ishlar vazirligiga diplomatik pochta jadvaliga muvofiq yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi o‘n ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumotlar asosida “E-Fuqaro” IMBda shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishga to‘sqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yo‘qligi bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga ma’lumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan o‘tib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oylik muddatda xulosa tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma bilan birga ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-ma’lumotnomada:
tug‘ilgan sanasi va joyi, millati, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari va yashash joyi;
doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketgan sanasi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan bo‘lsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar aks ettiriladi.
35. Bila turib yolg‘on ma’lumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilinganligi fakti aniqlangan taqdirda Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi materiallarni prokuratura organlariga yuboradi.
Bila turib yolg‘on ma’lumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilanadi. Qaror chiqargan sud qarorning ko‘chirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yoki Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
Sudning qarori asosida Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida tekshiruv talabnomasi shakllantirilib, “E-Fuqaro” IMB orqali manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboriladi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishga to‘sqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yo‘qligi bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga ma’lumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan o‘tib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki tashqi ishlar vaziri yoxud ularning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tayyorlanadi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma bilan birga ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-ma’lumotnomada:
tug‘ilgan sanasi va joyi, millati, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari va yashash joyi;
shaxs bila turib yolg‘on ma’lumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinganligi fakti yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan qarorida bayon etilgan jinoyatning qisqacha mazmuni;
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan bo‘lsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar aks ettiriladi.
36. Chet davlatning foydasini ko‘zlagan holda faoliyat ko‘rsatgan yoxud tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan belgilanadi. Hukm chiqargan sud hukmning ko‘chirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
Sudning hukmi asosida Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida tekshiruv talabnomasi shakllantirilib, “E-Fuqaro” IMBga yuboriladi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishga to‘sqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yo‘qligi bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga ma’lumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan o‘tib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tayyorlanadi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma bilan birga ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-ma’lumotnomada:
tug‘ilgan sanasi va joyi, millati, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari va yashash joyi;
chet davlatning foydasini ko‘zlagan holda faoliyat ko‘rsatgan yoxud tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganligi fakti yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmida bayon etilgan jinoyatning qisqacha mazmuni;
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan bo‘lsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar aks ettiriladi.
37. Chet davlat fuqaroligini ixtiyoriy ravishda olgan xorijda yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini aniqlash uchun vakolatli organlar:
O‘zbekiston Respublikadagi manfaatdor vazirlik va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlat fuqaroligini qabul qilganligi haqidagi ma’lumotlarini tekshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hamda chet davlatlarning so‘rovnomalarini o‘rganadi.
Chet davlat fuqaroligini ixtiyoriy ravishda olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi aniqlanganda, bunday shaxsga “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi talablari tushuntiriladi, u O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotilishi haqida ogohlantiriladi.
Chet davlat fuqarosining pasporti asosida vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishga oid material rasmiylashtiriladi, to‘plangan hujjatlar asosida uch ish kuni ichida shaxsga nisbatan Konsullik axborot tizimiga yoki “E-Fuqaro” IMBga ma’lumotlar kiritiladi.
Ichki ishlar organi tomonidan qabul qilingan material Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga, konsullik muassasasi tomonidan qabul qilingan material esa diplomatik pochta jadvaliga muvofiq Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari mas’ul xodimi tomonidan o‘n ish kuni ichida ma’lumotlarni “E-Fuqaro” IMBga to‘g‘ri kiritilganligi tekshiriladi, shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasi shakllantiriladi, material esa Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi o‘n ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumotlar asosida “E-Fuqaro” IMBda shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishga to‘sqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yo‘qligi bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga ma’lumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan o‘tib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oylik muddatda xulosa tayyorlanadi, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri yoxud ularning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma bilan birga ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-ma’lumotnomada:
tug‘ilgan sanasi va joyi, millati, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari va yashash joyi;
qachon va qaysi chet davlat (davlatlar) fuqaroligini olganligi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan bo‘lsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar aks ettiriladi.
38. Chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasi yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga vakolatli organ tomonidan bunday shaxs yigirma bir yoshga to‘lgunga qadar, uning o‘zi yoki qonuniy vakiliga “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi talablari tushuntirilib, ogohlantirish xati olinib, “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimlari majmuasi yoki Konsullik axborot tizimiga uning chet davlat fuqaroligi mavjudligi va boshqa ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng, identifikatsiyalovchi karta (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti) rasmiylashtiriladi.
Mazkur bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan, yigirma bir yoshga to‘lgan chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan fuqarolarni aniqlash uchun vakolatli organ manfaatdor vazirlik va idoralarning ma’lumotlarini tekshiradi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganadi.
Agar shaxs yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligini tugatish to‘g‘risida axborot taqdim etmasa, “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimlari majmuasi yoki Konsullik axborot tizimi avtomatik ravishda uning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish bo‘yicha xabar beradi. Ushbu xabarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxsga nisbatan hududiy ichki ishlar organi, xorijda yashovchi shaxsga nisbatan esa konsullik muassasasi tomonidan ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan ogohlantirish xatining tasdiqlangan nusxasi asosida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish bo‘yicha material rasmiylashtiriladi. Bunda, ushbu shaxsga doir ma’lumotlar “E-Fuqaro” IMBga kiritiladi.
Ichki ishlar organi tomonidan material Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga, konsullik muassasasi tomonidan material esa diplomatik pochta jadvaliga muvofiq Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari mas’ul xodimi tomonidan o‘n ish kuni ichida ma’lumotlarni “E-Fuqaro” IMBga to‘g‘ri kiritilganligi tekshiriladi, shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasi shakllantiriladi, material esa Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi o‘n ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumotlar | 116 | 63,039 |
Qonunchilik | Davlat fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 1,1 trln soʻm mablagʻ ajratadi | Prezidentning 07.04.2022 yildagi «Tuman va shahar byudjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi PQ-197-son qarori qabul qilindi.
2022 yilning birinchi choragida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayoni natijalari boʻyicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 2 215 ta loyiha gʻolib deb topilgan va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 1,1 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.
2022 yil fevral-mart oylari davomida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 85,4 milliard soʻm mablagʻni tuman (shahar)larga ajratiladi. Ushbu mablagʻlar Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan 2022 yilda oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha mablagʻlar hisobidan yoʻnaltiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari boʻyicha gʻolib deb topilgan loyihalarda belgilangan ishlarning toʻliq va sifatli amalga oshirilishi, oʻz vaqtida moliyalashtirilishini nazorat qilish uchun mas’uliyat yuklatilgan. Bunda, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shaхslarning hisobotlari Oliy Majlis Senatida har chorak yakunida eshitib boriladi.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda gʻolib deb topilgan loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha ma’lumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish tavsiya etildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.04.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 107 | 1,925 |
Qonunchilik | “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi QL-537-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi QL-537-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 132 | 303 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining “Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini sertifikatlash” aviatsiya qoidalari (O‘zR AQ-145TXK)ni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini sertifikatlash” aviatsiya qoidalari (O‘zR AQ-145TXK) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ushbu Aviatsiya qoidalari (bundan keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 99-modda) va Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasining hujjatlari, IKAOning xalqaro standartlari va tavsiya etilgan amaliyotiga muvofiq, aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini (bundan keyingi o‘rinlarda AT TXK tashkilotlari deb yuritiladi) sertifikatlash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi qisqartirishlar qo‘llaniladi:
AT — aviatsiya texnikasi
DAQ — davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi
YoKO‘ — yordamchi kuch o‘rnatmasi
IKAO — xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti
TXK — texnik xizmat ko‘rsatish
FA — fuqaro aviatsiyasi
HK — havo kemasi
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
aviatsiya ma’muriyati — o‘z vakolatlari doirasida parvozlar xavfsizligini ta’minlovchi va havo harakatini tartibga soluvchi davlat boshqaruvi organi.
aviatsiya texnikasi — havo kemalari va ularning komponentlari (havo kemalarining har qanday tarkibiy qismlari, shu jumladan kuchli o‘rnatmalar, bort tizimlari, butlovchi qismlar, yig‘uv birliklari va detallar).
arizachi — “Davavianazorat” inspeksiyasiga AT TXK tashkilotiga sertifikat berish (amal qilish muddatini uzaytirish, o‘zgartirish kiritish) uchun ariza bilan murojaat qilgan yuridik shaxs.
ATga muntazam TXK stansiyasi — O‘zbekiston Respublikasi hududida uch oydan kam bo‘lmagan muddatga tashkil etilgan, aeroport hududining tashqarisida joylashgan AT TXK tashkilotining bo‘linmasi.
ATga muntazam TXK bo‘yicha tashqi stansiya — HK ekspluatanti tomonidan HKlarga TXK uchun tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududining tashqarisida faoliyat ko‘rsatuvchi muntazam TXK stansiyasi.
AT TXK tashkilotini tasdiqlash sertifikati (bundan keyingi o‘rinlarda sertifikat deb yuritiladi) — sertifikat egasi tomonidan AT TXK bo‘yicha ishlari mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.
AT TXK tashkiloti — AT TXK ishlarini bajaruvchi yuridik shaxs (yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi).
AT TXK tashkilotlarida inspektorlik tekshiruvlari — tashkilotning belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriluvchi AT TXK tashkilotlarini baholash ishlari.
AT TXK tashkilotining faoliyati bo‘yicha qo‘llanma — AT TXK tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hamda AT TXK tashkilotining faoliyat sohasi va uning rahbariyati, muhandis-texnik xodimlari, tuzilmasi, ishlab chiqarish bazasi, TXK tartiblari va sifatni ta’minlash tizimi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjat.
boshqa tashkilot — Aviatsiya ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan, ATda ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan, ammo mazkur AT TXK tashkiloti tarkibiga kirmaydigan tashkilot.
“Davavianazorat” inspeksiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
davriy TXK — murakkabligi va ularni bajarish shartlariga qo‘yilgan talablar bo‘yicha tezkor TXK mezonlariga javob bermaydigan TXK ishlari.
inson omili — ATni ishlab chiqarish va sertifikatlash, xodimlarni tayyorlash, parvoz va TXKlarni amalga oshirishda hamda inson va tizimning boshqa elementlari bilan insonning xususiyatlarini o‘rganish va hisobga olish yo‘li bilan o‘zaro xavfsiz harakatlarga erishishga yo‘naltirilgan prinsiplar.
inson xususiyatlari — insonning aviatsiya sohasidagi faoliyatning xavfsizligi va samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi imkoniyatlari va cheklanishlari.
muhandis-texnik xodimlar — HK va/yoki uning komponentlariga TXK ishlarini bajarish uchun guvohnomaga ega bo‘lgan aviatsiya xodimlari.
parvoz xavfsizligini boshqarish tizimi (bundan keyingi o‘rinlarda PXBT deb yuritiladi) — parvoz xavfsizligini boshqarishga tizim jihatidan yondashish, shu jumladan zarur bo‘lgan tashkiliy tuzilma, javobgarlikning bosqichma-bosqichligi, boshqaruv prinsiplari va tartiblari.
rahbar xodimlar — tashkilotning tarkibiga kiradigan, o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq AT TXK bo‘yicha barcha ishlarni zaxira va tashkiliy jihatdan ta’minlanishini amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan vakolatlarga ega mas’ul xodimlar.
sifat bo‘yicha qo‘llanma — AT TXK tashkilotining sifat tizimini ta’riflovchi va sifat sohasidagi siyosatini bayon qiluvchi hujjat.
sifat tizimi — sifat standartlariga muvofiq, sifat bo‘yicha ma’muriy boshqarish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy tuzilma, hujjatli uslublar, jarayonlar va zaxiralar majmui.
tasdiqlangan AT TXK tashkiloti — faoliyati “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq HK va/yoki uning komponentlariga TXK uchun sertifikatlangan hamda “Davavianazorat” inspeksiyasi nazorati ostida faoliyat yurituvchi tashkilot. Bunday tashkilot bir necha davlat tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxati — sertifikatning ajralmas qismi bo‘lgan ilovasi bo‘lib, unda mazkur tashkilot bajarishi lozim bo‘lgan faoliyat sohasi (ishlarning turlari) ko‘rsatiladi.
ta’mirlash — uchishga yaroqlilikning tegishli me’yorlari bilan aniqlanuvchi aviatsiya texnikasini tiklash jarayoni.
tezkor TXK — HKni parvozga tayyorlash bo‘yicha bajariladigan TXK ishlari. Tezkor TXK o‘z ichiga quyidagilarni olishi mumkin: to‘xtab qolish sabablarini qidirish va ularni bartaraf qilish, komponentlarni almashtirish; TXK bo‘yicha rejali ishlar (shu jumladan, ko‘rinarli shikastlanishlar/buzilishlarni aniqlash uchun ko‘p mehnat talab qilmaydigan, chuqur o‘rganiladigan nazoratni talab qilmaydigan ko‘z bilan qarab chiqish ishlari). Shuningdek, u tuzilmaning tez ochiluvchi panel/lyuklar orqali etsa bo‘ladigan joylari mavjud bo‘lgan ichki elementlarida, bort tizimlarida, dvigatellarda va YoKO‘larda bajariladigan, qismlarga ajratish bo‘yicha katta ish hajmini talab qilmaydigan hamda sodda moslamalar va asboblar bilan bajariladigan joriy ta’mirlash va murakkab bo‘lmagan hajmdagi modifikatsiya qilish ishlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
TXK to‘g‘risidagi guvohnoma — TXK ishlarining qoniqarli darajada bajarilganligini va bu ishlar AT TXK tashkilotining faoliyati bo‘yicha qo‘llanmada bayon etilgan tartiblarga muvofiq amalga oshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi tasdiqlangan AT TXK tashkilotining hujjati.
texnik xizmat ko‘rsatish — HKning uchishga yaroqliligini saqlashni ta’minlash ishlarini, shu jumladan nafaqat alohida, balki birgalikda ham bajariladigan HK va uning komponentlariga tezkor va davriy TXK, nazorat-tiklash ishlari, tekshirishlar, almashtirish, nuqsonlarni bartaraf etish, shuningdek modifikatsiyalash yoki ta’mirlashni amaliy bajarish.
uchishga yaroqlilik — HKning tuzilmasida va uchish xususiyatlarida nazarda tutilgan va joriy qilingan, kutilayotgan sharoitlarda va belgilangan ekspluatatsiya qilishda parvozlarni xavfsizlik bilan bajarish imkonini beruvchi prinsiplar orqali aniqlanadigan xususiyatlar.
uchishga yaroqlilik darajasini ushlab turish — HKlarning uchishga yaroqlilikka bo‘lgan talablarga muvofiqligini va ularni ekspluatatsiya qilish muddati davomida xavfsizlik bilan ekspluatatsiya qilinishi uchun zarur bo‘lgan holatda ushlab turilishini ta’minlaydigan tadbirlar majmui.
foydalanishga ruxsat beruvchi xodim — HKga, uning tizimlari yoki komponentlariga TXK ishlari bajarilganidan keyin ulardan foydalanishga ruxsat berish uchun ularning uchishga yaroqliligini tasdiqlovchi aviatsiya xodimi.
ekspluatatsiya qilish hujjatlari — HK va komponentlarning parvoz va texnik ekspluatatsiyasini, shu jumladan unga TXK, ekspluatatsiya qilish bo‘yicha cheklovlar, tartiblar va tavsiyalarni belgilaydigan hujjat.
HKni modifikatsiya qilish — HKning komponentini tayyorlash texnologiyasiga yoki uning tuzilishiga kiritiladigan har qanday o‘zgartirishlar.
HK ekspluatanti — HKga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida egalik qiluvchi, shu HKdan foydalanishni amalga oshirish qobiliyati ekspluatant sertifikati bilan tasdiqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs.
1-toifali nomuvofiqliklar — mazkur Qoidalarning HK uchishga yaroqlilik darajasini ushlab turishni ta’minlashga to‘sqinlik qiladigan har qanday jiddiy nomuvofiqliklar.
1-toifali nomuvofiqliklar sertifikatning berilishiga to‘sqinlik qiladi.
2-toifali nomuvofiqliklar — mazkur Qoidalarning HK uchishga yaroqlilik darajasini ushlab turish bilan bog‘liq bo‘lmagan, ammo belgilangan talablar yoki tartiblardan chetga chiqishlarni namoyon etuvchi har qanday nomuvofiqliklar.
2-toifali nomuvofiqliklar sertifikatning berilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
3. AT TXK va uni ta’mirlash ishlarini bajarish tasdiqlangan AT TXK tashkiloti tomonidan sertifikat asosida, tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi. Sertifikatga ega bo‘lmagan AT TXK tashkiloti AT TXK ishlarini bajarish huquqiga ega bo‘lmaydi.
4. AT TXK tashkilotining “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan faoliyat sohasiga quyidagilar kiradi:
a) HK, aviadvigatellar va ularning komponentlariga HKning TXK dasturiga (reglamentiga) muvofiq, TXKning barcha turlari (shakllari);
b) komponentlarga TXK;
v) maxsus ishlar (zarar yetkazmaydigan nazorat, ATni modifikatsiya qilish, og‘irligini va og‘irlik markazini aniqlash, dvigatellar holatiga qo‘yish va boshqalar).
5. AT TXK tashkiloti va faoliyat sohasini tasdiqlash uchun sertifikatlash “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan mazkur Qoidalarning talablariga va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Tasdiqlangan faoliyat sohasi bo‘yicha ishlarga butunlay HKga va uning komponentlariga alohida yoki turlicha uyg‘unlikda bajariladigan TXK ishlari kiradi.
7. Tasdiqlangan AT TXK tashkiloti quyidagicha faoliyat yuritishi mumkin:
a) asosiy faoliyat turi AT TXK bo‘lgan mustaqil korxona sifatida;
b) HK ekspluatanti, aviakompaniya va aeroportning AT TXK ishlarini bajarishga maxsuslashtirilgan bo‘linmasi sifatida;
v) aviata’mirlash yoki aviasozlik zavodining asosiy faoliyat turiga kirmaydigan AT TXK ishlarini bajarish bo‘yicha uchish-sinov bo‘linmasi sifatida;
g) AT TXK xizmatlarini taqdim etuvchi boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxona sifatida.
8. Tasdiqlangan AT TXK tashkiloti HK ekspluatantiga tegishli mulkning bir qismini tashkil etmasa, u holda HK ekspluatanti va AT TXK tashkiloti o‘rtasida yozma shaklda rasmiylashtirilgan, tomonlarning HKning uchishga yaroqliligini ushlab turish bo‘yicha vazifalari va majburiyatlari belgilangan TXK shartnomasi tuzilishi kerak. Bu shartnomaning texnik tomonlari “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishib olinishi lozim.
9. Tasdiqlangan AT TXK tashkiloti HKlarga TXK ishlarini bajarish vaqtida TXK dasturida (reglamentida) nazarda tutilgan ba’zi turdagi ishlarni ushbu faoliyat turini bajarish uchun “Davavianazorat” inspeksiyasi va/yoki xorijiy davlatlarning aviatsiya ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan AT TXK ishlarini bajaruvchi boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida topshirishi mumkin.
10. Xorijiy davlatlarning aviatsiya ma’muriyati tomonidan AT TXK tashkilotiga berilgan HKlarga davriy TXK yoki rejali-nazorat ostida ko‘rib chiqish yoxud aviadvigatel yoki uning modulini ta’mirlash ishlarini bajarishga qo‘yilganligini tasdiqlovchi sertifikat yoki unga ekvivalent bo‘lgan hujjat mazkur Qoidalarning VIII bobiga muvofiq, “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tan olingan bo‘lishi zarur.
11. AT TXK tashkilotiga “Davavianazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlangan sertifikatning asl nusxasi beriladi, bu sertifikatga tasdiqlangan faoliyat sohasining ro‘yxati ilova qilinadi hamda sertifikatning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Agar tashkilot bir yoki bir necha ATga muntazam TXK stansiyasi yoki ATga muntazam TXK bo‘yicha tashqi stansiyalariga ega bo‘lsa, bu holda tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasining ro‘yxati AT TXK asosiy stansiyasiga va har bir ATga muntazam TXK stansiyasi yoki ATga muntazam TXK bo‘yicha tashqi stansiyalariga beriladi. Tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatini “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan vakolat berilgan shaxs tasdiqlaydi.
12. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha inspektorlik tekshiruvlari mazkur Qoidalarning VII bobiga muvofiq, “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan rejali va rejadan tashqari ko‘rinishlarda, kamida yiliga bir marta o‘tkaziladi.
13. AT TXK tashkilotini sertifikatlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
a) mazkur Qoidalarning 1-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan ariza va asoslovchi hujjatlar to‘plamini qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
b) arizani dastlabki baholash va rad etilgan taqdirda yozma ravishda xabar berish;
v) arizani va asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish va aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida arizachini yozma ravishda xabardor qilish;
g) arizachidan asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish vaqtida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni olish hamda ularning bartaraf etilganligini tekshirish;
d) AT TXK tashkiloti mazkur Qoidalarning 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan nomuvofiqliklar ko‘rsatilgan hisobot tayyorlash;
e) AT TXK tashkilotidan tekshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida hujjatlarni olish;
j) tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosa tayyorlash va sertifikat berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish.
14. AT TXK tashkilotini sertifikatlash va/yoki bu tashkilotda inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish jarayonida rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarning asli “Davavianazorat” inspeksiyasida saqlanadi (sertifikat va uning ilovalari bundan mustasno).
15. AT TXK tashkilotini sertifikatlash uchun ariza “Davavinazorat” inspeksiyasiga taqdim etiladi. Arizani ko‘rib chiqish muddati ikki oy. Ariza kelib tushgandan keyin uning amal qilish muddati uch oydir.
16. “Davavianazorat” inspeksiyasiga taqdim etiladigan ariza va barcha hujjatlar asl yoki arizachi tomonidan tasdiqlangan nusxalarda topshirilishi zarur. Noto‘g‘ri to‘ldirilgan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan ariza ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi.
17. Asoslovchi hujjatlarning to‘plami “Davianazorat” inspeksiyasi belgilagan shaklda va mazmunda taqdim etiladi.
18. Sertifikat muddatini uzaytirishga yoki sertifikatga o‘zgartirishlar kiritish uchun ariza “Davavianazorat” inspeksiyasiga sertifikat muddatining tugashidan yoki yangi sharoitlarda rejalashtirilgan faoliyatning boshlanishidan ikki oy oldin topshiriladi.
19. Arizada va asoslovchi hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun arizachi javobgar bo‘ladi.
20. Ariza va unga ilova qilingan asoslovchi hujjatlar “Davavianazorat” inspeksiyasiga kelib tushgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida ularni dastlabki baholash va ekspertiza qilish amalga oshiriladi.
21. Ariza va asoslovchi hujjatlarni dastlabki baholashda quyidagilar tekshiriladi:
a) AT TXK tashkilotining belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi axborotlarning yetarliligi;
b) asoslovchi hujjatlarning to‘liqligi.
22. Ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy bo‘lganda, ariza beruvchiga uning arizasi rad etilganligining asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
23. Asoslovchi hujjatlarda kamchiliklar mavjud bo‘lgan hollarda esa arizachi ularni AT TXK tashkilotida sertifikatlash tekshiruvlarining boshlanishiga qadar bartaraf etishi kerak.
24. Ariza va asoslovchi hujjatlarni dastlabki baholashda ijobiy natijalar bo‘lsa, “Davavianazorat” inspeksiyasi asoslovchi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi.
25. Arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
a) arizachini inspektorlik tekshiruvidan o‘tkazish imkoniyati to‘g‘risida, bunda arizachi bilan kelishilgan holda inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish muddati aniqlanadi;
b) taqdim etilgan hujjatlarni me’yoriga yetkazish va/yoki qo‘shimcha aniqlangan nomuvofiqliklar, zarur bo‘lsa, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan xat jo‘natiladi. Bu holda AT TXK tashkilotini tasdiqlash jarayoni aniqlangan kamchiliklar bartaraf (qo‘shimcha hujjatlar taqdim) etilguniga qadar to‘xtatib turiladi;
v) tashkilotning belgilangan talablarga nomuvofiqligi aniqlangan hollarda, AT TXK tashkilotini tasdiqlashni rad etish. Bunda arizachiga sabablar ko‘rsatilgan holda AT TXK tashkilotini tasdiqlash rad etilganligi to‘g‘risida xat jo‘natiladi va arizachi tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlar hamda ariza bu xatga ilova qilinadi.
26. Mazkur Qoidalarning 25-bandi “b” kichik bandiga muvofiq aniqlangan nomuvofiqliklar arizaning amal qilish muddatida bartaraf qilinmagan hollarda, arizachiga AT TXK tashkilotini tasdiqlash rad etilganligi to‘g‘risida xat jo‘natiladi.
27. Arizachiga AT TXK tashkilotini tasdiqlash rad etilganligi haqida xat yuborilgan bo‘lsa, xatni olgan kundan boshlab olti oy o‘tgandan keyin AT TXK tashkilotini tasdiqlashga takroran ariza berilishi mumkin.
28. Arizachi taqdim etgan hujjatlar ijobiy baholangan va inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish to‘g‘risida xulosa qabul qilingan hollarda, “Davavianazorat” inspeksiyasining rahbari tomonidan ko‘rsatma chiqarilib, unda komissiya tarkibi hamda inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish muddati belgilanadi.
Komissiya tarkibiga boshqa idoralarning rahbarlari bilan kelishilgan holda ularning mutaxassislari (ekspertlari) kiritilishi mumkin.
29. Inspektorlik tekshiruvlarining dasturi aniq bir arizachining xususiyatlari hisobga olingan holda inspektorlik tekshiruvlarining namunaviy dasturi asosida ishlab chiqiladi. Inspektorlik tekshiruvlarining namunaviy dasturi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
30. Inspektorlik tekshiruvlarining bevosita o‘tkazilishi, komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi va tekshiruv natijalarining rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik komissiya raisi zimmasiga yuklanadi.
31. “Davavianazorat” inspeksiyasining ko‘rsatmasi va inspektorlik tekshiruvlarining dasturi inspektorlik tekshiruvlari boshlanishidan besh kun oldin arizachiga yuboriladi va komissiya a’zolarining e’tiboriga yetkaziladi.
32. Inspektorlik tekshiruvlarining maqsadi — arizachi o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini hamda tashkilotning haqiqiy holati va arizada ko‘rsatilgan ishlarning barcha turlari bo‘yicha faoliyati ariza bilan taqdim etilgan hujjatlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini tasdiqlashdan iborat.
33. AT TXK tashkilotida inspektorlik tekshiruvlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
a) ishlab chiqarishning tashkil etilishi va boshqarilishi;
b) axborot bilan ta’minlanishi;
v) xodimlar bilan ta’minlanishi;
g) ishlab chiqarish bazasi;
d) TXK jarayonlarining tashkil etilishi;
e) AT TXKning sifat tizimi;
j) TXK jarayonlarining moddiy-texnik ta’minlanishi;
z) TXK jarayonlarining moliyaviy ta’minlanishi.
34. Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari har bir masala (tekshiruv yo‘nalishi) bo‘yicha hisobot ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Nomuvofiqliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, hisobot arizachining vakili tomonidan imzolanishi shart. Hisobot shakli va uni rasmiylashtirish tartibi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
35. Inspektorlik tekshiruvlari jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar 1-toifali va 2-toifali nomuvofiqliklarga bo‘linadi.
36. Inspektorlik tekshiruvlari tugagach, barcha aniqlangan nomuvofiqliklar tekshiruvlarning natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan hisobotga kiritiladi, hisobotlarning nusxalari nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun arizachiga taqdim etiladi.
37. Xulosa inspektorlik tekshiruvlarining natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan yakuniy hujjat hisoblanib, unda tekshiruvlarning yakuni, komissiyaning xulosalari va bajarilishi majburiy bo‘lgan tavsiyalar aks ettiriladi. Xulosaning nusxasi arizachiga yuboriladi.
38. Arizachi xulosaning tavsiyalarini inobatga olgan holda “Davavianazorat” inspeksiyasiga quyidagilarni taqdim etishi zarur:
a) 1-toifali nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risida hisobot (zarurat bo‘lganda, “Davavianazorat” inspeksiyasining qarori bo‘yicha, nomuvofiqliklarning haqiqatan bartaraf etilganligini tekshirish maqsadida inspektorlik tekshiruvlari o‘tkaziladi);
2-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar rejasi AT TXK tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlangan va “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan bo‘lishi shart.
39. 2-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar rejasi AT TXK tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlangan va “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan bo‘lishi shart. “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar arizachi tomonidan inobatga olingan bo‘lishi hamda tadbirlar yoki ularni bajarish muddatlari to‘g‘rilangan bo‘lishi kerak.
40. Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari bo‘yicha sertifikat berishning imkoniyati mavjud emasligi to‘g‘risida xulosa qabul qilingan taqdirda, AT TXK tashkilotini takroran tasdiqlash uchun ariza berish inspektorlik tekshiruvlari o‘tkazilgandan keyin olti oy o‘tgach arizachi tomonidan amalga oshiriladi.
41. “Davavianazorat” inspeksiyasi ijobiy xulosa bergan va bu xulosada ko‘rsatilgan barcha shartlar AT TXK tashkiloti tomonidan bajarilgan bo‘lsa, sertifikat rasmiylashtiriladi.
42. Sertifikatning amal qilish muddati uch yilgacha bo‘lgan muddatga belgilanadi.
43. Sertifikat mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq, qat’iy hisobda turadigan blankalarda rasmiylashtiriladi va “Davavianazorat” inspeksiyasida ro‘yxatga olinadi. Sertifikat ingliz va rus tillariga tarjima qilingan matnlarga ega bo‘lishi mumkin.
44. AT TXK tashkilotining tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxati mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq, namunaviy shaklda rasmiylashtiriladi.
45. Arizachiga sertifikatning va tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatining asli beriladi, “Davavianazorat” inspeksiyasida esa mazkur hujjatlarning nusxalari saqlanadi.
46. AT TXK tashkiloti yangi sertifikat yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatini olganidan keyin, ilgari berilgan sertifikat yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatini “Davavianazorat” inspeksiyasiga qaytarishi shart.
47. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish AT TXK tashkilotining arizasi asosida mazkur Qoidalarning III bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
48. Asoslovchi hujjatlar ekspertizasi va tekshiruvlar ijobiy natijalarga ega bo‘lgan taqdirda hamda tekshiruv natijalari bo‘yicha barcha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin sertifikatning amal qilish muddati uzaytiriladi.
49. Sertifikatga o‘zgartirish kiritish uchun tasdiqlangan AT TXK tashkiloti “Davavianazorat” inspeksiyasiga ariza topshiradi.
50. Sertifikatga quyidagi hollarda o‘zgartirish kiritiladi:
a) tasdiqlangan AT TXK tashkiloti qayta tashkil qilinganida, uning rekvizitlari (ma’muriy bo‘ysunishi, mavqei, nomlanishi, manzili va h. k.) o‘zgarganda;
b) sertifikatni rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar aniqlanganda;
v) tasdiqlangan AT TXK tashkiloti faoliyat sohasining o‘zgarishi (kengaytirilishi, qisqartirilishi) yoki AT TXK tashkiloti tasdiqlanishi va sertifikat berilishidagi AT TXK ishlarining tashkil etilishi va ta’minlanishida butunlay yoki faoliyatning alohida turlaridagi har qanday o‘zgarishlar yuz berganda.
Mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda yangi sertifikat va/yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxati beriladi. Sertifikat va/yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxati ariza kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida beriladi.
Mazkur bandning “v” kichik bandida nazarda tutilgan holat bo‘yicha “Davavianazorat” inspeksiyasi o‘zgarishlarni kiritish yuzasidan inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish zaruriyatini belgilaydi. Inspektorlik tekshiruvlari mazkur Qoidalarning VII bob 1-paragrafi talablariga muvofiq o‘tkaziladi.
51. Taqdim etilgan ariza ko‘rib chiqilgandan keyin va agar tekshiruvlar o‘tkazilgan bo‘lsa, inspektorlik tekshiruvlarining natijalari bo‘yicha sertifikatga o‘zgartirishlar kiritiladi.
52. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotining faoliyat sohasini kengaytirish mazkur Qoidalarning III bobida nazarda tutilgan talablarga muvofiq, “Davavianazorat” inspeksiyasiga arizachi tomonidan taqdim etilgan ariza asosida amalga oshiriladi.
53. Arizachi faqat yangi kiritilayotgan faoliyat sohasi va/yoki faoliyat sohasining kengayishi tufayli o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlarni taqdim etadi.
54. Faoliyat sohasini kengaytirish yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatini berish orqali amalga oshiriladi.
55. Yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatining amal qilish muddati sertifikatning amal qilish muddati doirasida belgilanadi.
56. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotining faoliyat sohasini qisqartirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) arizachining faoliyat sohasini qisqartirish to‘g‘risidagi arizasi yozma ravishda taqdim etilganda;
b) inspektorlik tekshiruvlari jarayonida tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatidagi ishlar turini bajarish bo‘yicha 1-toifali nomuvofiqliklar aniqlanganda.
57. Faoliyat sohasini qisqartirish sertifikatning amal qilish muddatini to‘xtatib turish va yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatini rasmiylashtirish orqali mazkur Qoidalarning VI bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
58. Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi FAda amal qiluvchi, shuningdek tasdiqlangan AT TXK tashkiloti tomonidan belgilangan talablarni buzish (ularga rioya qilmaslik) hollari aniqlanganda;
b) “Davavianazorat” inspeksiyasining parvoz xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki tasdiqlangan AT TXK tashkilotining umumiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalari bajarilmaganda;
v) AT TXK ishlarining bajarilish hajmini, davriyligini va tartibini o‘rnatuvchi hujjatlarning talablari buzilganda;
g) TXK ishlari bajarilgandan keyin HKni, uning tizimlari va komponentlarini ekspluatatsiya qilish guvohnomasini rasmiylashtirish bunday hujjatlarni rasmiylashtirishga ruxsat berilmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilganda;
d) AT TXK turini bajarish uchun amaldagi hujjatga ega bo‘lmagan shaxslarga bu ishlarni bajarishga ruxsat berilganda;
e) parvoz xavfsizligiga tahdid soluvchi va belgilangan tartibda tekshirilishi lozim bo‘lgan hodisalar yashirilganda;
j) HK va/yoki komponentlarining uchishga yaroqliligini talab qilingan darajada ushlab turilishini ta’minlovchi AT TXK ishlarini bajarish imkoniyatini beruvchi shartnomalar bekor qilinganda yoki bu shartnomalarning muddati tugaganda;
z) parvoz xavfsizligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar aniqlanganda.
59. Sertifikatning amal qilishini tugatish “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) tasdiqlangan AT TXK tashkilotining sertifikat berilgan faoliyatni tugatish to‘g‘risidagi arizasi asosida;
b) sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;
v) amal qilishi to‘xtatilgan sertifikat belgilangan muddatda “Davavianazorat” inspeksiyasiga qaytarilmaganda.
60. Sertifikatning amal qilinishi faoliyatning butunlay yoki alohida turlari bo‘yicha tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi mumkin.
61. Bir oydan ko‘p, ammo uch oydan oshmagan muddatga to‘xtatib turilgan sertifikat tasdiqlangan AT TXK tashkiloti tomonidan tegishli ariza va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida hisobot taqdim etilgandan keyin sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish tartibi bo‘yicha qayta tiklanadi.
62. Bir oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib qo‘yilgan sertifikat bu sertifikatning amal qilinishini to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘lgan nomuvofiqliklar bartaraf etilganidan keyin sertifikatning aslini tasdiqlangan AT TXK tashkilotiga qaytarish orqali qayta tiklanadi.
63. Sertifikatni bekor qilish “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) sertifikatni bekor qilish to‘g‘risida yozma ravishda taqdim etilgan ariza asosida;
b) yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan vaqtdan boshlab yoki qayta tashkil qilinishi natijasida uning faoliyati to‘xtatilganda — qayta tashkil qilingan vaqtidan boshlab;
v) tasdiqlangan AT TXK tashkilotining umumiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi 1-toifali nomuvofiqliklar aniqlanganida.
64. Bekor qilingan sertifikat qayta tiklanmaydi. Takroran sertifikat olish uchun AT TXK tashkiloti mazkur Qoidalarning III bobiga muvofiq ariza beradi.
65. O‘tkazilgan inspektorlik tekshiruvlarining natijalari bo‘yicha tuzilgan hisobot asosida “Davavianazorat” inspeksiyasi rahbari tomonidan sertifikatni bekor qilish yoki uning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilinadi va imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
66. Sertifikatni bekor qilish yoki uning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida xabarnoma olingandan keyin tasdiqlangan AT TXK tashkiloti quyidagilarni bajarishi shart:
a) sertifikatning tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatiga kiritilgan ishlarning bajarilishini zudlik bilan to‘xtatish;
b) o‘z buyurtmachilarini bu haqda ogohlantirish;
v) sertifikatning aslini uch kunlik muddatda “Davavianazorat” inspeksiyasiga qaytarish.
67. Nomuvofiqliklarning haqiqatan bartaraf etilganligini tekshirish uchun rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin.
68. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotining faoliyatini nazorat qilish “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan inspektorlik tekshiruvlari orqali quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
a) tasdiqlangan AT TXK tashkilotining o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini baholash;
b) tasdiqlangan AT TXK tashkilotining faoliyat jarayonida yuzaga keladigan, tashkilotning amaldagi hujjatlariga kiritilishini talab qiluvchi o‘zgarishlarni aniqlash, bu o‘zgarishlarning tashkilot faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’sirini baholash;
v) tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatiga kiradigan aniq ishlarning bajarilishini nazorat qilish.
69. Tekshiruvlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) rejali tekshiruvlar;
b) rejadan tashqari tekshiruvlar.
70. Rejali tekshiruvlar tasdiqlangan AT TXK tashkilotlarida “Davavianazorat” inspeksiyasining inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
71. Rejadan tashqari tekshiruvlar tasdiqlangan AT TXK tashkilotining mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqligini, sertifikatni berish vaqtida belgilangan shartlar va cheklovlarning bajarilishini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
72. Inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi mazkur Qoidalarning talablariga javob berishi zarur. Tekshiruvlarning materiallari asoslovchi hujjatlar bilan birga saqlanadi.
73. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotlari “Davavianazorat” inspeksiyasining komissiyasi uchun barcha ish sharoitlarini yaratib berishi shart.
74. Komissiyaning ish tartibi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
75. Inspektorlik tekshiruvlari natijalari bo‘yicha hisobot rasmiylashtiriladi. Hisobotda tekshirish jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar va tekshirilayotgan AT TXK tashkilotining faoliyatning tekshirilgan yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Aniqlangan nomuvofiqliklar ro‘yxati tekshirilayotgan AT TXK tashkilotining vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi zarur.
76. Sertifikat egasi aniqlangan nomuvofiqliklar to‘g‘risida xabarnoma olgach, nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqishi va kelishilgan muddatda nomuvofiqliklarning muvaffaqiyatli darajada bartaraf etilganligi to‘g‘risida “Davavianazorat” inspeksiyasiga hisobot berishi lozim.
77. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotida rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
a) AT TXK ishlarini bajarish sifatining darajasi pasayganligi va HKlarning parvoz xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy buzilishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) belgilangan talablarga nisbatan tasdiqlangan AT TXK tashkilotida uning faoliyati davomida vujudga kelgan nomuvofiqliklar.
78. Rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlari “Davavianazorat” inspeksiyasining topshirig‘i asosida o‘tkaziladi. Topshiriq shakli va uni berish tartibi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
79. Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari mazkur Qoidalarning 75-bandi bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
80. Faqat HKni (uning komponentlarini) ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish to‘g‘risida guvohnoma berish huquqiga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasining HK ekspluatantlarining HKlariga va/yoki uning komponentlariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajaradigan xorijiy AT TXK tashkilotlarining sertifikatlari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.
81. Xorijiy AT TXK tashkilotlari sertifikatlarining haqiqiyligini tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi AT TXK tashkilotlarini sertifikatlash tartibidan farq qilmaydi va mazkur Qoidalarda bayon etilgan sertifikatlash tizimi xorijiy AT TXK tashkilotlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
82. Xorijiy AT TXK tashkilotlarini tan olish va sertifikatlash uchun komissiya tuziladi. Komissiya quyidagilarga ishonch hosil qilishi zarur:
a) xorijiy AT TXK tashkilotiga sertifikat (guvohnoma) bergan organning maqomi va vakolatiga, xorijiy AT TXK tashkilotining ta’sis qilingan, IKAOga a’zo bo‘lgan mamlakatning aviatsiya ma’muriyati tomonidan tan olinganligiga;
b) xorijiy AT TXK tashkilotiga qo‘yiladigan talablar IKAO tomonidan belgilangan minimal standartlarga javob berishiga yoki undan yuqori bo‘lishiga.
83. Xorijiy AT TXK tashkilotini tasdiqlash sertifikatining haqiqiyligini tan olish butun tashkilotga, shu jumladan mas’ul rahbarga nisbatan amalga oshiriladi. Tashkilotning mas’ul rahbari sertifikat bergan aviatsiya ma’muriyati va “Davavianazorat” inspeksiyasi oldida sertifikatning shartlari va cheklovlarini ta’minlash uchun to‘la javobgardir.
84. Sertifikatni tan olish uchun “Davavianazorat” inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi AT TXK tashkilotlarini sertifikatlashda inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun belgilangan tartibda xorijiy AT TXK tashkilotida inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazadi. Inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish dasturi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan xorijiy AT TXK tashkiloti faoliyat sohasiga muvofiq belgilanadi.
85. “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan AT TXK tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha qo‘llanmasida tegishli tartiblar mavjud bo‘lgan AT TXK tashkilotlari bilan shartnoma asosida ishlarni bajaruvchi xorijiy AT TXK tashkilotlarining hamda bu tashkilotlar xodimlarining sertifikatlarini tan olish talab qilinmaydi. AT TXK tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha qo‘llanmaga kiritilgan tartiblar quyidagi talablarga asoslangan bo‘lishi shart:
a) tasdiqlangan AT TXK tashkiloti shartnoma bo‘yicha topshirilayotgan ishlarni bajarish bo‘yicha asoslovchi hujjatlarini olgan va subpudratchining bu ishlarni bajarishga munosibligini baholashga layoqatli bo‘lishi kerak;
b) tasdiqlangan AT TXK tashkiloti shartnoma bo‘yicha topshirilgan ishlar tugatilgandan keyin sifat nazorati va foydalanishga ruxsat berish, shu jumladan HKning uchishga yaroqliligini tegishli darajada ushlab turishga bo‘lgan talablarga tegishlicha rioya qilinishi bo‘yicha javobgarlikni o‘zida saqlab qolishi lozim;
v) tasdiqlangan AT TXK tashkilotida shartnoma bo‘yicha topshirilgan ishlarni boshqarish va nazorat qilish, shu jumladan shartnoma tashkilot xodimlariga talablar, shuningdek bu faoliyat turlarini boshqarish topshirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha zarur tartiblar asosida ishlab chiqilgan bo‘lishi shart.
1. AT TXK tashkiloti quyidagi talablarga javob berishi lozim:
a) ishlab chiqarish masalalarining samarali hal qilinishini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmasiga va o‘zining faoliyatini boshqarish tizimiga ega bo‘lishi;
b) qayd qilingan faoliyat sohalariga muvofiq tashkilotga va ishlarning bajarilishiga qo‘yiladigan talablarni aniqlaydigan, amaldagi va belgilangan tartibda hisobga olingan ekspluatatsiya qilish hujjatlariga ega bo‘lishi;
v) HK dasturi (reglamenti), uchishga yaroqlilik bo‘yicha direktivalar, “Davavianazorat” inspeksiyasining buyruq va ko‘rsatmalari, parvozlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar, HK ishlab chiquvchi (tayyorlovchi)ning byulletenlari bo‘yicha HK va uning komponentlariga TXK ishlarining bajarilishini ta’minlash;
g) O‘zbekiston Respublikasi FA faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va ularning talablarini hamda tashkilotning ichki hujjatlarini (shu jumladan, kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni) o‘z vaqtida o‘rganish va bajarish maqsadida xodimlar diqqatiga yetkazish tartibiga ega bo‘lish;
d) ishlarni bajarish va xodimlar uchun talab qilinadigan sharoitlarni yaratish uchun tasarrufida binolarga, qurilmalarga, energiyaning zarur turlariga, ishlab chiqarish, omborxonalar, maishiy xonalarga ega bo‘lish;
e) zarur bo‘lgan jihozlarga va asboblarga, shuningdek ularni yaroqli holda tutish tizimiga ega bo‘lish;
j) ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan komponentlar, ehtiyot qismlar va xarajat materiallariga ega bo‘lish;
z) tashkilot shtatida rejalashtirilgan ishlarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan malakadagi va tegishli miqdordagi xodimlarga ega bo‘lish;
i) xodimlarning malakasini qo‘llash (oshirish), tayyorlash va qayta tayyorlash tizimiga ega bo‘lish;
k) AT TXK, modifikatsiya qilish, ta’mirlash va boshqa ishlarning to‘la hajmda va TXK (ta’mirlash, modifikatsiya qilish) dasturiga muvofiq bajarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ro‘yxatga olinishi va saqlanishini ta’minlash;
l) TXK bo‘yicha barcha ishlarning tegishlicha bajarilishini kafolatlaydigan sifatni ta’minlash tizimiga ega bo‘lish;
m) AT TXK tashkilotining faoliyati bo‘yicha qo‘llanmaga va AT TXK sifati bo‘yicha qo‘llanmaga ega bo‘lish;
n) parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi (PXBT)ga ega bo‘lish.
2. AT TXK tashkiloti quyidagi shartlarga rioya qilinishini ta’minlashi zarur:
a) xususan, ob-havoning noqulay sharoitlaridan himoyalashni ta’minlovchi barcha rejalashtiriladigan ishlarni bajarish uchun ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi. Bir-biridan ajratilgan, atrof-muhitning ifloslanishidan va ta’siridan himoyalashni ta’minlaydigan sex va angarlarning mavjudligi. Bu sex va angarlar quyidagilarni bajarishda kerak:
HKga davriy TXK ishlarida — agar boshqa sharoitlar “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ruxsat etilmagan bo‘lsa, davriy TXK ishlarining hajmiga binoan, HKlarning soni va o‘lchami bo‘yicha yetarli bo‘lgan angarlar;
komponentlarga TXK ishlarida — rejalashtirilayotgan komponentlarga TXK ishlari hajmining bajarilishini ta’minlash uchun yetarlicha kenglikdagi sex (tajribaxona, uchastka)lar;
b) yuqoridagi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan barcha rejalashtirilgan ishlarning boshqarilishini ta’minlash, shuningdek TXK standartlarida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga sharoit yaratish maqsadida foydalanishga ruxsat beruvchi xodimlarni joylashtirish uchun ish (idora) binolarining mavjudligi;
v) ish sharoitlarining, shu jumladan HK angarlari, ishlash uchun jihozlangan sex (tajribaxona, uchastka)lar va idora xonalari shu joylarda bajariladigan ishlarga, shu jumladan bo‘lishi mumkin bo‘lgan maxsus talablar hisobga olingan holda mos bo‘lishi. Maxsus ishlarni alohida sharoitlarda bajarish holatlari istisno bo‘lib, sharoitlar xodimlarning samarali ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi zarur, bunda:
harorat rejimi xodimlarning berilgan topshiriqlarni bajarishlarida ularga ortiqcha noqulayliklar yetkazilmaydigan darajada tutilishi kerak;
chang va havoning boshqa ifloslanishlari bo‘lmasligi zarur, ish hududida HK va/yoki komponent yuzasida ko‘rinarli chang qoplami paydo bo‘lishidek ifloslanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yuzalarda chang yoki chang ko‘rinishidagi boshqa ifloslanishlar paydo bo‘lgan hollarda qulay ish sharoitlari tiklanguniga qadar tizimning barcha ifloslanishga sezgir joylari germetik holatda berkitiladi;
yorug‘lik barcha tekshirishlar, ko‘rib chiqish va TXK bo‘yicha boshqa ishlarning samarali o‘tkazilishini ta’minlashi zarur;
shovqin xodimlarga ishlarni bajarishlarida xalaqit bermasligi kerak. Shovqin manbasini rostlashning imkoni bo‘lmagan hollarda ko‘rsatilgan xodimlar ishlarni bajarishda ortiqcha shovqinning salbiy ta’sirini istisno qiluvchi shovqindan shaxsiy himoyalanish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart;
TXK bo‘yicha aniq ishlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sharoitlardan farqli o‘laroq, alohida ishlab chiqarish muhitining yaratilishini talab qilgan hollarda, bunday sharoitlar albatta yaratilishi zarur. Bunday sharoitlar TXK ishlarining hujjatlarida ko‘rsatiladi;
tezkor TXK ishlarini bajarish sharoitlari ishlarni ortiqcha zo‘riqish va charchash holatlarisiz bajarilishini ta’minlashi lozim. Shu sababli ish sharoitlarining harorat, namlik, tuman, muz, qor, shamol, yorug‘lik, chang yoki havoning boshqa ifloslanish jihatidan to‘g‘ri kelmaydigan darajagacha yomonlashgan hollarda, aniq ish yoki TXK turi qulay ish sharoitlari tiklanguniga qadar to‘xtatib turiladi;
g) komponentlar, jihozlar, asboblar va materiallarni saqlash uchun xavfsizlik vositalari bilan jihozlangan omborxonalarning mavjudligi. Saqlash sharoitlari yaroqli hamda yaroqsiz komponentlar va materiallarni hamda barcha komponentlar, materiallar, jihozlar va asboblarni alohida saqlash imkoniyatini ta’minlashi zarur. Saqlash sharoitlari ATni ishlab chiqaruvchilarning ko‘rsatmalariga javob berishi, bu xonalarga kirish esa chegaralangan hamda faqat javobgar xodimlargagina ruxsat berilgan bo‘lishi zarur.
3. AT TXK tashkilotida buyurtmachi ishlarining talablariga muvofiq barcha TXK ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi va mablag‘ ajratilishi bo‘yicha javobgarlik yuklangan mas’ul rahbar tayinlangan bo‘lishi zarur.
Mas’ul rahbarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
a) mazkur Talablarning 46-bandiga muvofiq, TXK ishlarini bajarish uchun barcha zarur bo‘lgan zaxiralarning mavjudligini ta’minlash. Bu tashkilotni tasdiqlashning haqiqiyligini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan omildir;
b) mazkur Talablarning 45-bandiga muvofiq parvoz xavfsizligi va AT TXK sifati sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va joriy qilish;
v) mazkur Qoidalarning asosiy tartiblarini tushunishini ko‘rsatish.
4. AT TXK tashkilotida tashkilotning mazkur Qoidalarning talablariga doimo muvofiq bo‘lishi bo‘yicha javobgarlik yuklangan rahbar xodimlar tayinlangan bo‘lishi zarur. Mazkur shaxs bevosita tashkilotning mas’ul rahbariga bo‘ysunadi, shu bilan birga:
a) bir yoki vakolatli shaxslar guruhi (rahbar xodimlar) o‘zida ushbu tashkilotdagi TXKni boshqarish tuzilmasini namoyon qiladi va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan barcha vazifalarning bajarilishi yuzasidan javobgar bo‘ladi;
b) ko‘rsatilgan mas’ul xodimlar vakillarining shaxsiy ma’lumotlari, shuningdek qaysi ta’lim muassasasini tugatganligi hamda ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlari belgilangan shaklda va tartibda “Davavianazorat” inspeksiyasiga yuboriladi;
v) rahbar xodimlar HK yoki komponentlarga TXK ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tegishli ma’lumotlarga, ish staji va ko‘nikmalariga egaligini ko‘rsata olishga layoqatli bo‘lishi shart, shuningdek mazkur Qoidalarning asosiy tartiblari bo‘yicha bilimini ko‘rsatishi kerak;
g) ko‘rsatilgan mas’ul rahbarlarning har birini uzoq vaqt davomida ishda bo‘lmagan davrda almashtirish bo‘yicha aniq tartiblar mavjud bo‘lishi kerak.
5. Mas’ul rahbar mazkur Talablarning 3-bandiga ko‘ra sifat tizimiga, jumladan mazkur Talablarning 47-bandiga asosan qaytadigan aloqa tizimiga javobgar shaxsni tayinlashi zarur. Rahbar xodimga sifat va talablarga muvofiqlik masalalari to‘g‘risida axborot berilishini ta’minlash maqsadida bu tayinlagan shaxs uchun rahbar xodimning oldiga yo‘l ochiq bo‘lishi lozim.
6. Tashkilotda tasdiqlanish sohasiga muvofiq ishlab chiqarishni rejalashtirish, ishlarni bajarish va boshqarish hamda tashkilotda ishlarni bajarish sifatini nazorat qilish uchun yetarli o‘z xodimlariga egaligini tasdiqlovchi ish bilan ta’minlanganlik rejasi bo‘lishi zarur. Bundan tashqari, tashkilot o‘z shtatidagi haqiqiy xodimlarning soni aniq ish smenasiga yoki ish davriga rejalashtirilgan ishlarni bajarish uchun yetarli bo‘lmagan hollarda, bajarishga qabul qilingan ishlarni tezkorlik bilan qayta rejalashtirish tartibiga ega bo‘lishi shart.
7. AT TXK tashkiloti “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan tartiblarga muvofiq, TXKni bajarishda, boshqarishda yoki sifatni nazorat qilishda ishtirok etuvchi xodimning vakolatlilik darajasini belgilashi va nazorat qilishi kerak. Zarur bo‘lgan, aniq mehnat vazifalariga qo‘llaniluvchi ish stajidan tashqari, vakolatlilik darajasi o‘zida mazkur shaxsning tashkilotga tegishli vazifalari bilan bog‘liq bo‘lgan inson omili va inson xususiyatlari kabi masalalar tushunchasini mujassam qilishi zarur.
8. Tashkilot uchishga yaroqlilikni ko‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan HK va/yoki komponentlarini putur yetkazmasdan nazorat qilish kabi maxsus ishlar turini bajaruvchi yoki nazorat qiluvchi xodimlar HK va/yoki komponentlarini ishlab chiqaruvchilarning me’yoriy talablariga muvofiq bo‘lgan tegishli malakaga ega bo‘lishini ta’minlashi zarur.
9. Sifat tizimi bo‘yicha javobgar shaxs, shuningdek ishlarni bajarish uchun ruxsatnomalar beruvchi xodimlarga AT TXK tashkiloti nomidan ruxsatnomalarning berilishi uchun ham javobgar bo‘lishi zarur. Bunday shaxs boshqa shaxsga AT TXK sifati bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatilgan tartibga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan ruxsatnomalarni berish yoki qaytarib olishni amaliy rasmiylashtirish bo‘yicha vakolatlarni berishga haqli.
10. Tashkilot barcha muhandis-texnik xodimlarning ro‘yxatini yuritishi lozim. Xodimlar ro‘yxatida quyidagilar ko‘rsatilishi zarur:
a) TXK bo‘yicha mutaxassislarning “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sertifikatlarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” (O‘zR AQ-61) O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (2004-yil 7-may, ro‘yxat raqami 1349 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 18-son, 212-modda)ga muvofiq berilgan guvohnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) xodimlarning barcha o‘tgan tayyorgarliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) berilgan ruxsatnomalarning sohalari;
g) chegaralangan yoki bir martalik ruxsatnomalarga ega bo‘lgan xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar.
11. AT TXK tashkiloti ro‘yxatidagi ma’lumotlarni bu tashkilotning xodimlari muhandis-texnik xodimlar tarkibidan ishdan bo‘shagan yoki ruxsatnomaning bekor qilingan kundan boshlab kamida ikki yil davomida saqlashi shart. Bundan tashqari, muhandis-texnik xodimlar tarkibidan ishdan bo‘shayotgan xodimning murojaati bo‘yicha AT TXK tashkiloti unga yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatdan ko‘chirma berishi zarur.
12. Muhandis-texnik xodimlar tarkibidagi shaxsning so‘roviga ko‘ra unga yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatning shaxsiy ma’lumotlarini olishga ruxsat berilishi zarur.
13. Ruxsat beruvchi xodimlarga ATni parvozga qo‘yish huquqini beruvchi ruxsatnoma TXKdan keyin AT TXK tashkiloti tomonidan qog‘ozda yoki elektron ko‘rinishida beriladi.
14. Ruxsat beruvchi xodim vakolatli shaxsga o‘zining ishlarni bajarishga berilgan ruxsatnomasini 24 soat ichida taqdim etishi zarur.
15. AT TXK tashkiloti faoliyatning tasdiqlangan sohasiga binoan TXK ishlarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan jihozlar, asboblar va materiallarga ega bo‘lishi lozim.
Agar ATni ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha aniq belgilagan jihozlar yoki asboblardan foydalanish belgilangan bo‘lsa, AT TXK tashkiloti aynan shu jihozlar yoki asboblardan foydalanishi lozim. AT TXK tashkilotining faoliyati bo‘yicha qo‘llanmada jihozlar yoki asboblarning o‘xshash turlaridan foydalanish bo‘yicha tartib bayon etilgan hollar bundan mustasno.
Jihozlar va asboblar AT TXK tashkilotining doimiy tasarrufida bo‘lishi lozim. Jihozlar va asboblar juda kam vaqtlarda kerak bo‘lib, ular doimiy tasarrufda mavjud bo‘lishi zarur bo‘lmagan hollar bundan mustasno. Bunday holatlar AT TXK tashkilotining faoliyati bo‘yicha qo‘llanmada batafsil bayon etilgan bo‘lishi zarur.
Davriy TXKni bajarish uchun tasdiqlangan AT TXK tashkiloti HKni tekshirish va ko‘rib chiqish ishlarining puxta ravishda bajarilishi uchun zarur bo‘lgan barcha platformalar (yoki bunga ekvivalent bo‘lgan jihozlar) va boshqa vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
16. AT TXK tashkiloti barcha jihozlar va asboblarning, ayniqsa nazorat qilish vositalarining hisobga olinishini hamda ishlash layoqatini va aniqlikni ta’minlash davriyligida metrologik nazoratdan o‘tkazilishini ta’minlashi zarur. Tashkilot bunday metrologik nazoratni va bu hollarda foydalaniladigan standartlarni hisobga olish hujjatlarining yuritilishini ta’minlashi lozim.
17. Barcha komponentlar quyidagicha toifalangan va turlarga ajratilgan bo‘lishi zarur:
a) qoniqarli holatda bo‘lgan (masalan, FAA 8130-3 va EASA Form 1 shakli) yoki bunga ekvivalent hujjatlar bilan foydalanishga yo‘l qo‘yilgan hamda qo‘llaniluvchi talablarga muvofiq belgi qo‘yilgan komponentlar;
b) ishga yaroqsiz, mazkur paragrafning talablariga muvofiq TXK ishlari bajarilishi zarur bo‘lgan komponentlar;
v) mazkur Talablarning 20-bandiga muvofiq toifalanadigan, tiklab bo‘lmaydigan komponentlar;
g) ishlab chiqaruvchi tomonidan asosiy qismlarning rangli katalogida va/yoki TXK bo‘yicha hujjatlarda ko‘rsatilgan, HKda, dvigatelda, havo vintida yoki HKning boshqa komponentida foydalaniladigan standartli mahsulotlar;
d) TXK jarayonida foydalaniladigan xarajat materiallari va xomashyolar. Barcha materiallarning aniq markasi uchun rasmiylashtirilgan, talablarga (spetsifikatsiyalarga) muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga, shuningdek ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi ko‘rsatilgan kelib chiqish manbaiga ega bo‘lgan kuzatish hujjatlari mavjud bo‘lishi lozim.
18. Komponentni HKga o‘rnatishdan oldin AT TXK tashkiloti turli modifikatsiya va/yoki uchishga yaroqlilik bo‘yicha ko‘rsatmalarning qo‘llanilishini hisobga olgan holda aniq komponent o‘rnatilishining haqqoniyligini tekshirishi zarur. AT TXK tashkiloti HK va/yoki komponent turiga berilgan sertifikat egalariga, “Davavianazorat” inspeksiyasiga TXK jarayonida aniqlangan, yaroqsiz (tasdiqlanmagan) butlovchi qismlar, standartli mahsulotlar yoki komponentlar va ularning kuzatish hujjatlari to‘g‘risida haqqoniy va to‘la ma’lumot berishi zarur.
19. Agar tegishli tartiblar va texnologiyalar AT TXK tashkilotining faoliyati bo‘yicha qo‘llanmasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, tashkilot TXK ishlarini bajarishda o‘z ishlab chiqarishida foydalanish uchun tarkibiy qismlar reglamentining chegaralangan nomenklaturasini ishlab chiqarishga haqli.
20. O‘rnatilgan resurs yoki xizmat muddatini o‘tagan yoxud ta’mirlab bo‘lmaydigan buzilish (shikastlanish)larga ega komponentlar tiklanmaydigan deb tavsiflanadi va komponentlarning aylanma tizimiga qaytarib qo‘yilmaydi, komponentning resursi (xizmat muddati) uzaytirilgan yoki uni ta’mirlash hujjatlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hollar bundan mustasno.
21. AT TXK tashkiloti o‘z tasarrufida TXK, shu jumladan modifikatsiyalash va ta’mirlash ishlarini bajarishda qo‘llaniladigan TXK hujjatlariga ega bo‘lishi va ulardan foydalanishi zarur.
22. Mazkur Talablarning maqsadlari uchun qo‘llaniladigan TXK hujjatlari quyidagilarni bildiradi:
a) HK yoki komponent bo‘yicha nazoratni amalga oshiruvchi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan chiqarilgan va qo‘llaniladigan har qanday talablar, texnologiyalar va ekspluatatsiya bo‘yicha ko‘rsatmalar yoki boshqa ma’lumotlar;
b) HK yoki komponent bo‘yicha nazoratni amalga oshiruvchi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan chiqarilgan va qo‘llaniladigan har qanday uchish yaroqliligi bo‘yicha direktivalar;
v) DAQ aviatsiya qoidalarining 21-qismi “Aviatsiya texnikasini sertifikatlash tartibi”ga muvofiq, AT turiga berilgan sertifikat egalari tomonidan chiqarilgan uchishga yaroqlilikni talab qilingan darajada ushlab turish bo‘yicha qo‘llaniladigan ko‘rsatmalar va ularning qo‘shimchalari, shuningdek bunday ko‘rsatmalarni chiqaruvchi boshqa tashkilotlarning ko‘rsatmalari, xorijiy HK yoki komponentlar uchun esa — HK yoki komponentlarni nazorat qiluvchi aviatsiya ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan majburiy ma’lumotlar;
g) mazkur Talablarning 24-bandiga muvofiq chiqarilgan har qanday qo‘llaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar.
23. Ishlab chiqarish xodimlari tomonidan foydalaniladigan TXK hujjatlarida to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri tartiblar yoki texnologiyalar, ma’lumotlar yoki ko‘rsatmalar aniqlangan taqdirda, AT TXK tashkiloti TXK hujjatlaridagi bunday ma’lumotlarning va muallif xabarnomasining ro‘yxatga olinishini ta’minlovchi tartiblarni o‘rnatishi shart.
24. Tashkilot TXK bo‘yicha ko‘rsatmalarga faqat AT TXK tashkilotining sifat bo‘yicha qo‘llanmasida belgilangan tartibdagina o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Bu o‘zgartirishlarga nisbatan tashkilot TXK bo‘yicha ko‘rsatmalarga teng yoki yanada yuqoriroq standartlarning ta’minlanishini namoyon qilishi hamda HK turiga berilgan sertifikat egasini bunday o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilishi zarur.
25. Tashkilot o‘z faoliyatida qo‘llash uchun ishchi texnologik kartalarini ishlab chiqish bo‘yicha umumiy tizimni yaratishi shart. Bundan tashqari, tashkilot mazkur Qoidalarning 22 va 24-bandlari bilan nazarda tutilgan TXK bo‘yicha hujjatlardan bu ishchi texnologik kartalarga to‘la va aniq ma’lumotlarni kiritishi lozim yoki ishchi texnologik kartalardagi TXK bo‘yicha hujjatlarda ko‘rsatilgan TXK ishlarini bajarish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalarga aniq havolalar berilishi zarur. Ishchi texnologik kartalarni kompyuterdan foydalangan holda shakllantirishga va ma’lumotlar bazasini ruxsatsiz o‘zgartirishlardan to‘g‘ri himoyalash sharoitlarini yaratish sharti bilan elektron bazasida saqlashga yo‘l qo‘yiladi. Bunda asosiy ma’lumotlar bazasiga har qanday o‘zgartirish kiritilgan vaqtdan boshlab 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda yangilanishi lozim. TXK bo‘yicha murakkab ishlarning bajarilishini hisobga olish uchun ularning texnologiyalari ishlarning aniq va tushunarli bosqichlariga taqsimlangan holda ishchi texnologik kartalarga kiritilishi kerak.
Agar tashkilot o‘zining ishchi texnologik kartalaridagi shaxsiy tizimlaridan foydalanishni talab qilgan HK ekspluatantiga TXK xizmatlarini taqdim etsa, unda ekspluatantning bunday kartalar tizimidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Bu holda tashkilot HK ekspluatantining ishchi texnologik kartalari to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydigan tartiblarni qabul qilishi shart.
26. AT TXK tashkiloti o‘z xodimlarining TXK bo‘yicha hujjatlardan to‘siqsiz foydalanish imkoniyatini ta’minlashi zarur.
27. AT TXK tashkiloti o‘z vaqtida yangilanishini ta’minlaydigan TXK hujjatlarining holatini nazorat qilish tartiblarini o‘rnatishi zarur. Agar hujjatlar holatining nazoratini ekspluatant va/yoki buyurtmachining o‘zi amalga oshirib, o‘zi TXK hujjatlarini taqdim etsa, AT TXK tashkiloti ekspluatant va/yoki buyurtmachining xatini taqdim etish yo‘li bilan tasdiqlashi lozim. Bunda, HK ekspluatanti va/yoki buyurtmachi TXK hujjatlariga barcha zarur o‘zgartirishlar kiritilganligini tasdiqlashi kerak yoki AT TXK tashkiloti HK ekspluatanti va/yoki buyurtmachi taqdim etgan TXK hujjatlaridan foydalanishi lozim bo‘lgan mavqeni aniqlaydigan shartnomani yoxud TXK hujjatlarining o‘zgartirish kiritilgan varag‘ini taqdim etishi zarur.
28. AT TXK tashkiloti TXK ishlarini xavfsiz bajarish uchun zarur bo‘lgan, bajariladigan ishlarning hajmi va murakkabligiga javob beradigan ishlab chiqarishni hamda rejalashtirishda foydalaniladigan xodimlar, jihozlar, asboblar, materiallar, TXK hujjatlari va ishlab chiqarish xonalaridan iborat bo‘lgan barcha zaxiralarni rejalashtirish tizimiga ega bo‘lishi shart.
29. TXK ishlarini rejalashtirish va smenali ishlarni tashkil etish insonning ruhiy-jismoniy cheklovlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur.
30. Smena almashish yoki bajaruvchilar tarkibining o‘zgarishi sababli TXK ishlarini davom ettirish yoki tugatish boshqa shaxslarga topshirilish zarurati tug‘ilganda, tegishli ma’lumotlar ishni topshiruvchidan yangi kelayotgan xodimlarga tegishlicha topshirilishi lozim.
31. TXK to‘g‘risidagi guvohnoma mazkur Talablarning 6-paragrafida ko‘rsatilgan TXK hujjatlarining mavjudligi va ulardan foydalanishni hisobga olgan shartnomaga muvofiq, mazkur bobning 12-paragrafida nazarda tutilgan tartiblar orqali AT TXK tashkilotining TXK bo‘yicha barcha ishlarini to‘la va sifatli bajarishi tekshirilgach, shuningdek parvozlarning xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi nomuvofiqliklarning yo‘qligi tasdiqlangach, AT TXK tashkiloti nomidan ishlarni bajarishga tegishlicha ruxsatnomaga ega bo‘lgan ruxsat beruvchi xodimlar va muhandis-texnik xodimlar tomonidan TXK to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtiriladi.
32. Har qanday TXK ishlari tugatilganidan keyin parvozlar tiklanguniga qadar TXK to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirilishi zarur.
33. Bajarilgan TXK jarayonida aniqlangan yangi nomuvofiqliklar — to‘xtab qolishlar va shikastlanishlar yoki tugatilmagan ishlarni shartnoma asosida bartaraf etishga rozilik olish uchun bu to‘xtab qolishlar va shikastlanishlar yoki tugatilmagan ishlar to‘g‘risida ekspluatantga xabar berilishi zarur. HK ekspluatanti mazkur bandda ko‘rsatilgan ishlarning bajarilishiga rozilik bermagan hollarda, mazkur talablarning 36-bandi bo‘yicha harakat qilinadi.
34. HK bortidan demontaj qilingan har qanday komponentda TXK ishlari tugatilganidan keyin TXK to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirilishi zarur. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan komponentning formulyari (pasporti, yorlig‘i)da qo‘yilgan belgi yoki xorijiy komponentlar uchun 1-shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan yorliq komponentda TXK bajarilganligi to‘g‘risidagi belgi bo‘lib hisoblanadi.
35. Mazkur Talablarning 31-bandini istisno qilgan holda, tashkilot tomonidan shartnomada nazarda tutilgan barcha TXK ishlari to‘la-to‘kis tugatilishining imkoni bo‘lmagan hollarda, tashkilot berilgan HK uchun tasdiqlangan cheklovlar doirasida TXK to‘g‘risidagi guvohnomani berishga haqli. AT TXK tashkiloti bunday guvohnomani imzolashdan oldin ushbu holat haqida HK TXK to‘g‘risidagi guvohnomada umumiy ravishda aks ettirishi lozim.
36. Mazkur Talablarning 5-paragrafi va 31-bandini istisno qilgan holda, tegishlicha rasmiylashtirilgan TXK to‘g‘risidagi guvohnomaning yo‘qligi tufayli, HK asosiy bazasi bo‘lmagan yoki muntazam TXK bo‘yicha tashqi stansiyasi bo‘lmagan joyda majburan turib qolganda, TXK to‘g‘risidagi guvohnoma tegishlicha rasmiylashtirilmagan komponentlarni vaqtincha, qaysi muddatning oldin kelishidan qat’i nazar: ko‘pi bilan 30 soat uchish vaqtiga teng bo‘lgan muddatga yoxud asosiy bazasi yoki muntazam TXK bo‘yicha tashqi stansiyaga dastlabki qaytishgacha bo‘lgan vaqtga o‘rnatishga ruxsat beriladi. Bunday shart HK ekspluatantining ko‘rsatilgan komponent qo‘yilishiga roziligi hamda ushbu komponent ekspluatatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida qo‘llaniladigan hujjat mavjud bo‘lgan holda qo‘llanilishi mumkin. Ushbu shartlarga rioya qilinmagan hollarda, TXKga qo‘llaniluvchi barcha talablarga va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi lozim bo‘ladi. Bunday komponentlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaqt cheklovlari bo‘yicha muddatlar tugaganidan keyin HK bortidan demontaj qilinishi lozim, mazkur Talablarning 31-bandi va 5-paragrafiga muvofiq TXK to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan hollar bundan mustasno.
37. AT TXK tashkiloti bajarilgan ishlar bo‘yicha barcha ma’lumotlarni hisobga olishi zarur. AT TXK tashkiloti TXK to‘g‘risidagi guvohnomaga nisbatan barcha talablarga rioya qilinganligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan hisobga olish ma’lumotlarini, shu jumladan subpudratchi (boshqa tashkilot)lar tomonidan rasmiylashtiriladigan ATni ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish to‘g‘risidagi hujjatlarni saqlashga majbur.
38. AT TXK tashkiloti HK ekspluatantiga tashkilot rasmiylashtirgan TXK to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek ta’mirlash yoki shaklini o‘zgartirish ishlarini bajarishda foydalanilgan har qanday ta’mirlashga yoki shaklini o‘zgartirishga doir hujjatlarning nusxasini taqdim etishi zarur.
39. AT TXK tashkiloti TXK ishlari to‘g‘risidagi hisobga olish ma’lumotlarini va TXK ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni bu ishlar bajarilgan aniq HK yoki komponentning tashkilotdan chiqarilgan sanadan boshlab ikki yil davomida quyidagicha saqlashi lozim:
a) mazkur bandda nazarda tutilgan ma’lumotlarni buzilishdan va yo‘q qilinishidan himoyalashni ta’minlash;
b) ma’lumotlarni arxivlashtirish va zaxira sifatida saqlash uchun foydalaniladigan barcha kompyuter jihozlari ma’lumotlarning ishchi nusxalari kiritilgan jihozlardan alohida hamda bu jihozlar va arxiv ma’lumotlarini yaxshi holatda saqlashni ta’minlovchi sharoitlarda joylashtirilishi zarur;
v) mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan tashkilot o‘z faoliyatini tugatgan taqdirda, oxirgi ikki yil davomida bajarilgan TXK ishlari to‘g‘risidagi barcha saqlangan hisobga olish ma’lumotlari oxirgi buyurtmachiga yoki tegishli HK yoki komponent egasiga topshirilishi yoki “Davavianazorat” inspeksiyasining ko‘rsatmalariga binoan ularning saqlanishi ta’minlanishi zarur.
40. AT TXK tashkiloti “Davavianazorat” inspeksiyasiga, HKni ro‘yxatdan o‘tkazish davlati va HKning tuzilish turi yoki tuzilish turining modifikatsiya qilinishi uchun javobgar bo‘lgan tashkilotga, zarurat tug‘ilganida, ekspluatant davlatiga mazkur tashkilot tomonidan aniqlangan HK yoki komponentning parvoz xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi yoki bunday ta’sir ko‘rsatilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan uchishga yaroqlilik me’yorlarining har qanday buzilish hollari to‘g‘risida hisobot yuborishi shart.
41. AT TXK tashkiloti uchishga yaroqlilik me’yorlarining har qanday buzilish hollari bo‘yicha ichki hisobot tizimini yaratishi va AT TXK tashkilotining faoliyati bo‘yicha qo‘llanmasida bayon etishi zarur. Bu tizim hisobot ma’lumotlarini, shu jumladan mazkur Talablarning 40-bandiga binoan hisobot yuritilishi lozim bo‘lgan holatlarni baholash natijalarini yig‘ish va baholashni ta’minlaydi. Ko‘rsatilgan tartiblar kamchiliklarni bartaraf etish uchun tuzatish ishlarini tashkil etish bo‘yicha bajarilgan salbiy harakatlarni, shuningdek tekshirilayotgan hodisalar bo‘yicha barcha mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish tartibi hamda zarurat bo‘lganda, bu ma’lumotlarni tarqatish uslublarini aniqlashi kerak.
42. AT TXK tashkiloti “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilangan hollarda va shakllarda “Davavianazorat” inspeksiyasiga hisobot yuborishi kerak bo‘lib, bu hisobotlar tashkilot tomonidan aniqlangan barcha buzilishlar, ularni aniqlash sharoitlari va tahlil qilish natijalari to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi zarur.
43. Agar AT TXK tashkiloti HK uchishga yaroqliligini talab qilingan darajada tutish | 170 | 63,342 |
Qonunchilik | “Tojikiston “Talko” DUK korxonasining ishlab chiqarish faoliyati ekologiyaga va odamlar sog‘lig‘iga ko‘rsatayotgan halokatli ta’sirni bartaraf etish choralari to‘g‘risida”gi mavzuda xalqaro seminarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tas | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. “Tojikiston “Talko” DUK korxonasining ishlab chiqarish faoliyati ekologiyaga va odamlar sog‘lig‘iga ko‘rsatayotgan halokatli ta’sirni bartaraf etish choralari to‘g‘risida”gi mavzuda xalqaro seminarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzilsin hamda ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida ko‘rib chiqishga tayyorlansin (ilova qilinadi).
2. Xalqaro seminar 2013-yil 19 — 21-avgust kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan xalqaro seminar tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur mablag‘larni ajratish so‘ralsin. | 250 | 727 |
Qonunchilik | “Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 89 | 322 |
Qonunchilik | “DAVLAT SIRLARINI SAQLASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan paytdan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ma’lumotlarning mahfiylik darajasini aniqlash va belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni; O‘zbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini; O‘zbekiston Respublikasining alohida tartibga bo‘ysunuvchi, alohida muhim va muayyan tartibga bo‘ysunuvchi obyektlar ro‘yxatini; O‘zbekiston Respublikasida maxfiylikni saqlash tartibini ta’minlashga doir yo‘riqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
davlat sirlarini saqlash borasidagi ishlarni pul bilan va moddiy-texnika bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin. | 102 | 918 |
Qonunchilik | Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Keyingi yillarda chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida dehqon va fermer xo‘jaliklari, ayniqsa, aholi qaramog‘idagi chorva hayvonlari soni, ulardan olinadigan mahsulot miqdorining oshishi hisobiga qo‘shimcha daromad olish hamda aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, hududlarda faoliyat yuritib kelayotgan hayvonlarni so‘yish va go‘sht sotish bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan aholini go‘sht bilan ta’minlashda veterinariya-sanitariya norma va qoidalariga to‘liq rioya qilmaslik natijasida xavfsizligi hamda sifati kafolatlanmagan go‘sht va go‘sht mahsulotlarining savdoga chiqarish holatlari uchramoqda.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan aholi iste’moli uchun yetkazib berilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, terini qayta ishlash korxonalariga sifatli teri xomashyosini yetkazib berish hamda so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari uchun veterinariya, veterinariya-sanitariya norma va qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bo‘yicha veterinariya-sanitariya norma va qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
2019 — 2021-yillarda respublika hududlarida hayvonlarni so‘yish va teriga birlamchi ishlov berish bo‘yicha tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan chorva mollarini so‘yish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari parametrlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi:
ikki oy muddatda joylarda mavjud hayvon so‘yishga mo‘ljallangan kushxonalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ushbu qaror talablariga muvofiq holda avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan chorva mollarini so‘yish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarini (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari deb ataladi) tashkil etish;
tuman va shahar markazlaridan olis hududlarda, qishloq joylarda faoliyat yuritadigan go‘sht sotishga mo‘ljallangan do‘konlar va shaxsiy ehtiyojlar uchun go‘sht yetkazib berishni tartibga solish maqsadida aholiga qulay bo‘lgan hududlarda ixtisoslashtirilgan mini so‘yish korxonalarini tashkil etish;
ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarining loyihalarida ko‘rsatilgan maydonidan kam bo‘lmagan belgilangan yer maydonini ajratish;
aholiga qulayliklar yaratish maqsadida dehqon bozorlarida ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarining go‘sht sotish savdo shaxobchalari tashkil etilishini ta’minlash;
dehqon bozorlari, savdo majmualari va boshqa savdo obyektlariga sotish uchun olib kiriladigan go‘sht va hayvonlarni so‘yishdan hosil bo‘ladigan qo‘shimcha sub mahsulotlarning ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarida tayyorlanishini ta’minlash choralarini ko‘rsinlar.
3. Tuman va shahar hokimliklari manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda aholiga qulay bo‘lgan hududlarda ixtisoslashtirilgan mini so‘yish korxonalarini tashkil etish dislokatsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlab, 2019 — 2021-yillar davomida bosqichma-bosqich tashkil etilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarida veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan so‘yilgan hayvon go‘shtlarining yagona elektron ma’lumotlar bazasini (keyingi o‘rinlarda yagona ma’lumotlar bazasi deb ataladi) o‘z ichiga oluvchi dasturni ishlab chiqib, 2020-yil 1-yanvardan amaliyotga joriy qilish choralarini ko‘rsin.
5. Belgilansinki, teri xomashyosini tayyorlash (qayta ishlash) faqat yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan, veterinariya-sanitariya norma va qoidalariga javob beradigan teri xomashyosini qabul qilish va saqlash uchun maxsus bino hamda omborxonalari mavjud bo‘lgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Davlat soliq qo‘mitasi umumiy ovqatlanish, ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlatilayotgan go‘shtlar ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarida tayyorlanishini hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlari bilan qabul qilinishini qat’iy nazoratga olsin.
7. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda teri xomashyosini yig‘ib olish, tayyorlash, saqlash va uni qayta ishlash korxonalariga yetkazib berishni yanada takomillashtirish choralarini ko‘rsin;
ishga tushirilgan ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam ravishda Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib borilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va ommaviy axborot vositalariga aholi orasida ushbu qarorning mazmuni va mohiyati, hayvonlarni so‘yishni ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari va ixtisoslashtirilgan mini so‘yish korxonalarida amalga oshirish, kelib chiqishi noma’lum go‘sht va go‘sht mahsulotlarini xarid qilmaslik, hayvon egalarining majburiyatlari, shuningdek, jamoatchilik nazoratini tashkil etishda faol ishtirok etish yuzasidan keng ko‘lamli tushuntirish va targ‘ibot ishlarini muntazam olib borish tavsiya etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur norma va qoidalar (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb ataladi) ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari uchun veterinariya, veterinariya-sanitariya norma va qoidalarini belgilaydi.
2. Ushbu qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
go‘shtni zararsizlantirish — faqat zararsizlantirilgach iste’molga yaroqli deb topilgan go‘shtni belgilangan haroratda qaynatish va unga yog‘da yoki yuqori issiqlikda qovurish hamda ma’lum bir muddat chuqur muzlatish usullari bilan ishlov berish;
go‘shtni utilizatsiya qilish — go‘sht-suyak uni, yelim tayyorlash yoki boshqa texnik maqsadlarda ishlatish, shuningdek, belgilangan tartibda qayta ishlash qoidalariga rioya etgan holda yirtqich hayvonlarni boqish maqsadlarida foydalanish;
ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasi — zamonaviy tipdagi mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashgan uskunalar bilan jihozlangan hayvonlarni so‘yish uchun mo‘ljallangan bino va inshootga ega bo‘lgan korxona;
so‘yishdan keyingi ko‘rik — ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasida veterinariya mutaxassisi tomonidan iste’molga yaroqliligini aniqlash uchun so‘yilgan hayvonning go‘shti va ichki a’zolarini belgilangan tartibda veterinariya tekshiruvidan o‘tkazish;
so‘yishga mo‘ljallangan hayvonlar — qoramol (shu jumladan qo‘tos, buyvollar), cho‘chqa, qo‘y, echki, ot, tuya, quyon, barcha turdagi parrandalar;
so‘yishdan oldingi ko‘rik — ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasida veterinariya mutaxassisi tomonidan so‘yishga mo‘ljallangan hayvonlarni belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazish, shu jumladan qon namunalari olib, tekshirish.
3. Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasi faoliyatini tashkil etishda hayvonlarning sog‘lig‘ini va go‘sht, go‘sht mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmati tashkil etiladi.
4. Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasi tomonidan hayvonlarni so‘ydirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hayvonlarni saqlanayotgan joylardan, shu jumladan xo‘jaliklar, mol bozorlari va xonadonlardan so‘yish korxonasiga keltirish hamda go‘shtni realizatsiya qilish joyiga, shu jumladan bozorlar, savdo majmualari va boshqa savdo obyektlari hamda aholi xonadonlariga yetkazib berish bo‘yicha transport va boshqa servis xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish tavsiya etiladi.
5. Hayvonlarni tijorat maqsadlari uchun ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida so‘ydirish majburiydir. Ruxsat etilmagan joylarda, shu jumladan uy sharoitida hayvonlarni tijorat maqsadlari uchun so‘yish qat’iyan taqiqlanadi.
6. Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarida quyidagi asosiy va yordamchi binolar nazarda tutilishi kerak:
hayvonlarni tushirish joyi;
hayvonlarni so‘yishdan oldin ko‘rikdan o‘tkazish uchun qabul qilish maydoni;
hayvonlarni so‘yishdan oldin saqlash maydoni (bostirma);
texnologik jarayonlar ketma-ketligi saqlangan holda, belgilangan tartibda mexanizatsiyalashgan uskunalar joylashtirilgan hayvonlarni so‘yish binosi;
kasalliklarga gumon qilingan hayvonlarni alohida saqlash uchun bino (joy);
hayvonlarni avtomatlashtirilgan yoki yarim avtomatlashtirilgan harakatsizlantirish va terisini shilish uskunasi, arra va boshqa zarur jihozlari bo‘lgan so‘yish joyi (so‘yish binosi ichida);
so‘yilgan hayvonni bo‘laklarga ajratish joyi, go‘shtni sovutish, muzlatish va vaqtincha saqlash uchun katta hajmdagi muzlatgich, tuz saqlanadigan ombor, muzlatilgan go‘sht saqlanadigan muzlatgichli-ombor, shartli-yaroqli go‘shtni zararsizlantirish uchun bino (joy);
ichak sexi, terini tuzlash sexi;
rahbar, veterinariya vrachi, ishchi-xodimlar uchun alohida xonalar, dush, hojatxona, qon namunalarini tekshirish uchun veterinariya laboratoriyasi;
ichak, oshqozon ichini tozalash joyi, go‘ng saqlash joyi, tozalash hamda boshqa joy va qurilmalar.
61. Parranda so‘yish korxonalarida quyidagi bo‘linmalar bo‘lishi lozim:
parrandani so‘yish, part qilish, par va patlardan tozalash hamda tanani dastlabki yuvish bo‘linmasi;
tanani ichki a’zolardan tozalash va ikkilamchi yuvish bo‘linmasi;
tanani suvdan selgitish va sovitish bo‘linmasi;
tananing vaznini tortish va saralash bo‘linmasi;
so‘yish korxonasida mahsulotni tez muzlatish uchun o‘ta past haroratli muzlatkich va muzlatilgandan keyin vaqtinchalik saqlash uchun muzlatkichli omborxona.
7. Korxona hududi yaroqli to‘siq bilan to‘silgan, atmosfera yog‘ingarchiliklari, maydon va yo‘laklarni yuvish suvlarini oqizib ketadigan tarmoq bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Asosiy yo‘l transport, mollarni olib kirish, yo‘lovchilar yo‘laklari, hayvonlarni qabul qilish va saqlash uchun maydonlar va molxonalar qattiq, suv o‘tkazmaydigan qoplama bilan qoplanishi kerak. Hududning bo‘sh maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan bo‘lishi kerak.
8. Kirish va chiqish darvozalari oldida maxsus kyuvetlar-dezinfeksiya to‘siqlari, transport g‘ildiraklarini dezinfeksiya qilish uchun maxsus eritma bilan doim to‘ldirilgan dezinfeksiyalovchi to‘siqlar tashkil etiladi.
9. Hayvonlarni temir yo‘l vagonlari va avtomashinalardan tushirish joylari va hayvonlarni birlamchi veterinariya va veterinariya — sanitariya tekshiruvini o‘tkazish hamda tanlab termometriya qilish uchun bostirmali ochiq molxonalar bilan jihozlanishi kerak.
10. Osh tuzini tushirish uchun temir yo‘l yoki avtomobil estakadalarida asfaltlangan maydonlar yaratiladi, uni saqlash uchun esa, suvga chidamli polli maxsus omborlar jihozlanadi.
Yoqilg‘i, idish, qurilish mollari, suyak, yem va boshqalar bostirmali ombor yoki maxsus maydonlarda saqlanadi.
11. Hudud ish kuni davomida tizimli ravishda tozalanadi, yilning issiq davrida hududga har kuni suv sepiladi, qish paytida hudud qor va muzdan tozalanadi.
12. Chiqindilarni yig‘ish uchun beton yoki asfalt bilan qoplangan maydonda qopqoqli metall baklar yoki metall konteynerlar o‘rnatiladi.
Chiqindi tashlash joylari va hovlidagi hojatxonalar ishlab chiqarish va ombor binolaridan kamida 15 m uzoqlikda joylashtiriladi, ular sig‘imi 2/3 to‘lganida tozalanib turishi kerak. Hojatxonalarni toza holda saqlash va har kuni dezinfeksiya qilish kerak.
Bak va qutilardan axlat va chiqindilarni har kuni olib tashlash va dezinfeksiya qilish kerak.
13. So‘yish korxonalari hududida karantin bo‘limi, izolyator va sanitariya so‘yish joyi tashkil etiladi, uni hayvonni so‘yishdan oldin saqlash bazasining balandligi 2 metrlik to‘siq bilan o‘ralgan alohida maydonida joylashtiriladi. Sanitariya kushxonasida kasallangan hayvonlarni olib kirish joyi, shuningdek, uni qabul qilish, veterinariya tekshiruvidan o‘tkazish va termometriya uchun maydoni bo‘lishi kerak. Izolyatorda hayvon murdasini olib chiqish uchun maxsus jihozlangan transport bo‘lishi kerak.
Korxonadagi ko‘rsatilgan obyektlarni, bunday obyektlar bo‘lmaganida uni tashkil etish uchun maydon tanlash, shuningdek, ularning o‘lchamlari hududiy davlat veterinariya va sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan tasdiqlanishi kerak.
14. Smenasiga 20 tonnagacha go‘sht chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan korxonalarning binosida sanitariya kushxonasining o‘rniga sanitariya kamerasi bilan jihozlanishi mumkin.
15. Korxonaga so‘yiladigan hayvon olib kelgan avtomashinalar hayvonlarni tushirgandan va go‘ngdan tozalanganidan so‘ng korxonaning chetida joylashgan maxsus maydonda yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi shart.
Shu maydonda molni tashishda ishlatilgan avtomashinadagi anjom va jihozlar, shuningdek, temiryo‘l vagonlaridagi ashyolar (em solinadigan idish, chelak va boshqalar) yuvilib dezinfeksiya qilinadi.
16. Hayvon saqlanadigan binolar va ochiq molxonalar har kuni go‘ngdan tozalanadi va go‘ng saqlanadigan joyga olib boriladi.
Yuqumli kasallikka chalingan hayvon go‘ngini tozalash va zararli mikroblardan tozalash o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
17. Hayvonlar ichagidagi chiqindilarni yig‘ish uchun suvga chidamli pol va devorli, qopqog‘i mahkam yopiladigan maxsus yig‘ish joylari jihozlanadi. Yig‘ish joyi atrofidagi maydon betonlanadi va har kuni dezinfeksiya qilinadi. Ichak chiqindilar yig‘ish joyidan jihozlangan transport yordamida maxsus ajratilgan joyga olib boriladi.
18. Go‘ng, ichak chiqindilarini tashiydigan transport vositasi har kuni yuvilib dezinfeksiya qilinadi.
19. Hayvonlarni tashishda ishtirok etadigan xodimlar kiyimini sanitar ishlov berilishi uchun xo‘jalik binoda paroformalin dezinfeksiya kamerasi jihozlanadi.
20. Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasi yetarlicha suv bilan ta’minlanishi kerak.
21. Ishlab chiqarish, maishiy va ichimlik maqsadlarida faqat standart talablariga mos keladigan suv ishlatishiga yo‘l qo‘yiladi.
22. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan (kompressor, vakuum — nasoslar, hudud va mol bazasiga suv sepish) suv sarfi uchun texnik suvdan foydalanish mumkin. Texnik va ichimlik suv quvurlari alohida o‘rnatiladi. Ichki quvurlar boshqa rangga bo‘yaladi.
23. Shahar kanalizatsiyasi yoki mahalliy tozalash inshootlariga quyilishdan avval oqova suv mexanik tozalanishi kerak. Tarkibida ko‘p miqdorda yog‘ bo‘lgan oqova suv (yog‘, ichakni qayta ishlash sexlaridan va h.k), mahalliy tarmoqqa chiqarilishidan oldin yog‘ni ushlab qolish vositalaridan o‘tkazilishi kerak.
24. Karantin, izolyator va sanitariya so‘yish inshootidan chiqqan, shuningdek, hududni yuvishdan keyin chiqqan oqova suvni hovli tarmog‘iga chiqarishdan oldin uni tindirgichlardan o‘tkazib zararsizlantiriladi.
25. Barcha ishlab chiqarish sexlariga kirish joylarida oyoq kiyimini tozalash uskunalari, dezinfeksiyalovchi gilamchalar qo‘yiladi.
26. Ishlab chiqarish binolarida binoni tabiiy va sun’iy yoritish ko‘zda tutilishi kerak.
Ishlab chiqarish, yordamchi, ombor, maishiy, ma’muriy binolarning sun’iy yoritilishi yoritish normalariga to‘g‘ri kelishi kerak.
27. Barcha ishlab chiqarish, ombor, maishiy yordamchi binolarning devor va shiftlarida yoriq, o‘yiq va boshqalar bo‘lmasligi kerak. Ishlab chiqarish, maishiy va yordamchi binolar devori va shiftini ular kirlanganida yoki har 6 oyda kamida bir marotaba och rangdagi moyli bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladi (boshqa turdagi yuvish imkoniyati bo‘lgan jihozlar bilan qoplangan devorlar belgilangan tartibda yuviladi).
Mog‘or paydo bo‘lganida, devor va shiftlarni bo‘yashdan oldin antiseptiklar bilan ishlov beriladi.
Plitka qoplangan yoki moyli bo‘yoq bilan bo‘yalgan devor va panellar xar kuni sovunli — ishqorga botirilgan latta bilan artiladi hamda haftasiga kamida bir marotaba sovunli issiq suv bilan yuvilib dezinfeksiya qilinadi.
Hayvonlarni so‘yish va yordamchi binolar ish tugaganidan so‘ng har 5 kunda bir marotaba profilaktik dezinfeksiya, shuningdek, veterinariya vrachi talabi bilan majburiy dezinfeksiya qilinadi.
28. Barcha binolardagi pollar sirpanchiq bo‘lmasligi, tirqishsiz va yoriqlarsiz bo‘lishi, ish joylari va yo‘laklarining chekkalarida joylashgan traplar tomoniga qiyalantirilgan bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish binolari pollari ish jarayonida va smena tugaganida tozalanadi. Ishlab chiqarish jarayonida pol va devorlar yog‘ bilan kirlanadigan sexlarda ish paytida yuviladi, smena tugaganida esa issiq sovun eritmasi, ishqor yoki boshqa mos yuvish va yog‘sizlantiruvchi vosita bilan yuviladi.
29. Pol, panel, uskuna va texnologik jihozlarni yuvish uchun barcha ishlab chiqarish binolari va sexlar issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi kerak.
30. Deraza va fonar shishalari kirlanganida, haftada kamida bir marta artilib yuvilishi kerak.
31. Zina panjaralari har 10 kunda kamida bir marotaba nam latta bilan artiladi va dezinfeksiya qilinadi. Zinapoyalar kirlanganida har smenada kamida bir marotaba yuviladi.
32. Sex ichidagi barcha suv, kanalizatsiya, par, gaz va boshqa quvurlari ajralib turishi uchun har xil rangga bo‘yaladi. Ularni changdan tozalash uchun quvurlar sovunli ishqorli eritmaga namlangan toza latta bilan artiladi.
33. Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan transporter, konveyer va boshqalar tozalanadi, kalsiylangan sodaning issiq ishqorli eritmasi yoki kaustik sodaning 0,05 — 0,15 foizli eritmasida artilib so‘ng issiq suvda chayiladi.
34. Tozalash anjomlari, yuvish va dezinfeksiya vositalarini saqlash uchun omborxona, maxsus shkaflar ko‘zda tutilgan. Yuvish anjomlarini sanitar ishlov berish uchun issiq va sovuq suv ta’minotiga ega binolar tashkil etilib jihozlanishi kerak.
35. Qo‘l yuvish uchun sexlarda issiq va sovuq suv ta’minotiga ega maxsus qo‘l yuvish anjomlari o‘rnatilishi kerak, ular sovun, dezinfeksiya eritmasi va toza sochiqlar bilan ta’minlanishi kerak.
36. Ishlab chiqarish va yordamchi binolarida darchalar va boshqa usullar yordamidagi tabiiy yoki sun’iy shamollatish (ventilatsiya) bo‘lishi kerak.
37. Ishlab chiqarish binolarida havo harorati va nisbiy namlik loyihalashning sanitariya normalariga mos kelishi kerak.
38. Texnologik jihozlar va anjomlar yengil tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi kerak. Faqat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan ruxsat etilgan materiallardan foydalanishga ruxsat etiladi.
39. Texnologik jihozlar texnologik jarayonni qiyinlashtirmaydigan va ishlab chiqarish binosini tozalash va dezinfeksiyani qiyinlashtirmaydigan etib joylashtirilishi kerak.
40. Ishlab chiqarish stollari qoplamasi tekis, zanglamaydigan metall yoki marmardan bo‘lishi kerak.
Go‘shtni suyakdan ajratish va kesish uchun stollarda qattiq yog‘ochdan olingan taxtalar ishlatiladi. Ish tugaganida bu taxtalar yaxshilab yuvilib dezinfeksiya qilinadi.
Mahsulotning polga tushib ketishini oldini olish maqsadida maxsus qurilma va quvurlardan tushiriladigan xomashyoni qabul qiladigan stollarning yon devorlari baland qilib yasaladi.
41. Ish stollari, vanna va boshqa idishlar yengil tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi uchun tekis yuzali bo‘lishi kerak. Ular zanglamas po‘lat, alyumin yoki oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlashga ruxsat etilgan boshqa materiallardan bo‘lishi mumkin.
42. Go‘sht osish uchun ilgaklar mexanizatsiyalashgan yoki yarim mexanizatsiyalashgan mexanizmlarga joylashtirilishi kerak. Ular zanglamas po‘lat, alyumin yoki oziq — ovqat mahsulotlari bilan ishlashga ruxsat etilgan boshqa materiallardan bo‘lishi mumkin. Turli bo‘yoqlarga bo‘yalgan va qo‘l bola usulda yasalgan ilgaklardan foydalanish taqiqlanadi.
Qalay yugurtirilgan qozonlar, ish stollari, vanna va boshqa idishlar, shuningdek, go‘sht osib qo‘yish uchun ilgaklar vaqti-vaqti bilan oqartirib tozalanishi kerak. Idishdagi qalay miqdori 1% oshmasligi kerak. Oqartirgandan so‘ng idish yaxshilab tozalanadi, tozalash vositalari va issiq suv bilan yuviladi, kuchli par yoki dezinfeksiya vositalari bilan zararsizlantiriladi, so‘ng issiq suv bilan chayiladi, quritiladi va maxsus joyda saqlanadi.
43. Sex ichida harakatlanadigan transport va osiladigan qurilmalar alohida xomashyo va mahsulotlarga biriktiriladi va kerakli ravishda belgilanadi.
44. Jihoz va uskunalar har kuni ish tugaganidan so‘ng yaxshilab tozalanadi, kalsiylangan (0,5 — 2,0%) yoki kaustik (0,1-0,2%) sodaning issiq eritmalari bilan yuviladi. Dezinfeksiya haftasiga bir marotaba yoki veterinariya mutaxassisi ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi. Sanitariya so‘yish joyi, jihoz va anjomlar dezinfeksiyasi ish tugatilganidan so‘ng olib boriladi.
45. Anjomlarni yuvish va dezinfeksiya qilish uchun har bir sexda yuvish vannalariga issiq va sovuq suv tarmog‘i ulangan maxsus xonalar ajratiladi.
46. Tozalik sifati va veterinariya-sanitariya holatini nazorat qilish uchun hududiy davlat veterinariya xizmati tomonidan uskuna va jihozlarning mikrobiologik tekshiruvi doimiy ravishda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
47. Go‘sht mahsulotlarining ikkilamchi ifloslanishining oldini olish maqsadida texnologik jarayonlarning ketma-ketligini ta’minlash kerak.
48. Korxonaga zoonoz kasalliklar bilan kasallangan so‘yiladigan (veterinariya qoidalariga ko‘ra so‘yishga ruxsat etiladigan) hayvonlar keltirilganida, barcha hollarda o‘rnatilgan profilaktika choralariga rioya qilinishi kerak.
49. So‘yilgan hayvon go‘shti osma yo‘llar bilan harakatlantirilishi zarur, bunda ular pol, devor, texnologik jihozlarga tegmasligi kerak.
So‘yilgan hayvon go‘shti qonini oqizish va polda texnik qon va ishlatilgan suvni oqizish uchun, suyuqlikni trapga oqib ketishi uchun polda qiyali tarnov (metall, beton, qamchi bilan o‘ralgan) yasaladi.
50. Yog‘ xomashyosi, submahsulotlar, ichak va hayvon so‘yilganda boshqa mahsulotlarni ularni qayta ishlash joylariga olib borish qiyalikdan tushirish, aravalar, osma yo‘laklar yordamida amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat xomashyosining har bir turi alohida tushiriladi.
Qon, qon plazmasi va boshqa oqsilli suyuqliklarni transportirovka qilish quvurlari, ularni yaxshilab yuvish va dezinfeksiya qilish uchun yechiladigan bo‘lishi kerak.
51. Oziq-ovqatga oid bo‘lmagan chiqindilar ular haqida yozuvi bo‘lgan maxsus idishga yig‘iladi.
Konfiskatlarni (veterinar mutaxassisi tomonidan brak deb topilgan go‘sht mahsulotlari) yig‘ish uchun boshqa rangga bo‘yalgan (oq fonda qora yo‘l-yo‘l) alohida tushirish quvurlari yoki maxsus harakatlanadigan yopiq idish o‘rnatiladi.
Konfiskatlarni oziq-ovqat mahsulotlarini tushirish uchun mo‘ljallangan quvurlar, shuningdek, boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan tushirish yo‘li va idishlarga solish taqiqlanadi.
52. So‘yilgan hayvonlar oshqozonini bo‘shatish va terini go‘shtdan tozalash balandligi 2 metr bo‘lgan to‘siq bilan ajratilgan, molni birlamchi qayta ishlash sexining maxsus ajratilgan joylarida amalga oshiriladi.
53. Hayvonni birlamchi ishlov berish sexida so‘yilgan hayvonlarni o‘ta xavfli kasallikka chalinganligi gumoni paydo bo‘lganida, veterinariya mutaxassisi talabi bilan konveyerni zudlik bilan to‘xtatish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
54. Sovutish va muzlatish uchun sovutgichga faqat ishlov berilgan submahsulotlar qo‘yilishi mumkin.
55. Ichak sexidagi ichaklarni birlamchi qayta ishlash uchun jihozlar va ish joylari, shuningdek, kanalizatsiya suvlari tarmoqlari shunday joylashtirilishi kerakki, ularni yuvganda ichakdan chiqqan axlatlar va suvlar sexni ifloslamasligi kerak.
Ichakdan chiqqan axlatlar kanalizatsiyaga ulangan lyuklar orqali chiqariladi.
Ichak sexlarining ish joylariga issiq va sovuq suv ulanadi. Ichaklarni saralash (havo bilan tozalash) uchun ichak sexiga siqilgan havo berilishi ta’minlanadi.
Ichak sexida ishlashning ho‘l jarayonlarida ishchilar oyog‘i tagiga panjaralar qo‘yiladi.
56. Yog‘larini eritish uchun mo‘ljallangan suyaklarni maydalash va arralash yog‘ sexining alohida xonasida amalga oshiriladi.
57. Agar korxonada sanitariya so‘yish joyi bo‘lmasa, terini tuzlash sexida kasallangan hayvonlarning terisini dezinfeksiya qilish va tuzlash uchun joy ajratiladi.
58. Sexlardan yem va texnik mahsulotlari chiqarish maxsus idishlar yoki yo‘laklar yordamida amalga oshiriladi.
59. Go‘sht idishda yoki idishsiz sovutish kameralariga joylashtirilganida, yog‘ochdan yasalgan, yaxshi tekislangan reyka, brusdan yasalgan panjara yoki poddonlarga qo‘yiladi.
Muzlatilgan go‘sht va submahsulotlar tekis taxlanib, poldan kamida 8 sm balandlikdagi taglik yoki maxsus so‘rilarga (stellajlar) qo‘yilishi mumkin. Tekis taxlash devor va sovutish uskunalardan 30 sm masofada joylashtiriladi. Taxlamlar orasida o‘tish joylari bo‘lishi kerak. Tindirilgan va sovugan go‘sht osilgan holatda saqlanadi.
Majburiy so‘yilgan hayvonlarning go‘shtlari laboratoriya tekshiruvlari natijalari olingunga qadar alohida kamerada yoki umumiy kameraning alohida bo‘limida saqlanadi.
Ishlatilganidan so‘ng dezinfeksiya qilinmagan asbob-uskunalardan (panjara, reyka va boshqalar) foydalanish taqiqlanadi. Toza yog‘och jihozlar zaxirasi maxsus xonada saqlanadi.
Go‘shtni osish ilgaklari va moslamalar zarur bo‘lganida rux bilan ishlov beriladi yoki oqartiriladi.
60. Sovutilgan quvurlardagi qirov qatlamlari kamerani yukdan bo‘shatgandan so‘ng issiq ammiak yoki tuzli suv bilan eritiladi, shuningdek, qirg‘ich va qattiq supurgi bilan tozalanadi. Bo‘shatilmagan kameralarda quvurlarni qirovdan tozalashda yaqin joylashgan yuklarni toza brezent yoki kanop mato ustiga yopilgan holda faqat mexanik usulda ruxsat etiladi. Tozalash tugaganidan keyin qirovlar darhol olib tashlanadi.
61. Mahsulotlarni qabul qilish zinalari va liftlar ifloslanganda, haftasiga kamida bir marotaba tozalanadi.
Yuklash-tushirish vaqtida kamera va yo‘laklardagi pollar ifloslanganda, haftasida kamida bir marotaba tozalanadi.
Musbat haroratli kameralardagi ifloslangan pol va eshiklar, yo‘lak va zinalardagi pol va eshiklar muntazam ravishda issiq ishqorli — sovunli eritma bilan yuviladi.
Tozalash ishlari yakunlanganidan so‘ng asbob-uskunalar issiq suvda chayiladi, 2% xlorli ishqor eritmasida dezinfeksiya qilinadi, suv bilan yaxshilab chayiladi va quritiladi. Mog‘orlagan kamera va xonalarni tozalagandan so‘ng, asbob-uskunalarni 5 — 10 daqiqaga 2% xlorli ishqor eritmasiga solinadi, shundan so‘ng issiq suv bilan yuvilib quritiladi.
Plitka solingan yoki moyli bo‘yoq bilan bo‘yalgan panellarni har kuni sovunli — ishqorli eritmada namlangan latta bilan artiladi.
62. Sovutish xonalaridagi joriy ta’mir, oqlash va dezinfeksiya ishlari zarur hollarda, kamera ta’miri, oqlash va dezinfeksiya ishlari yukdan bo‘shatilganidan so‘ng bajariladi.
63. Mog‘orga qarshi kurash uchun kamera, yo‘lak, havo ajratgichli havo kanallari va boshqalarga antiseptik yoki xlorli ohak eritmasi bilan ishlov beriladi.
64. Asbob-uskuna, transport vositalari va idishlarni yuvish uchun suv o‘tkazmaydigan polli, kuchli par beradigan, issiq suv va oqova suv chiqish yo‘li bilan jihozlangan maxsus xona tashkil etiladi.
65. Kameralarning majburiy dezinfeksiyasi:
a) kameralarni yukdan bo‘shatgandan so‘ng va sovutgichga katta miqdorda yuk qo‘yishdan avval tayyorlash vaqtida;
b) kamera devorlari, shifti, asbob-uskunalari va jihozlarida ko‘zga ko‘rinadigan mog‘or paydo bo‘lganida;
v) saqlanayotgan yuklarda mog‘or paydo bo‘lganida amalga oshiriladi.
Kameralarning veterinariya — sanitariya holati va dezinfeksiyani o‘tkazish zarurati davlat veterinariya xizmati (shuningdek, ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmati) tomonidan belgilanadi.
Sovutish kameralari dezinfeksiya vositasini yoki dezinfeksiya vositasi eritmasida tayyorlangan ohakli aralashmani sepib, dezinfeksiya qilinadi.
Kameralar dezinfeksiya samarasi dezinfeksiyadan oldingi va keyingi bajarilgan mog‘or zamburug‘iga zararlanganlik mikrobiologik tahlili asosida aniqlanadi.
Agar tahlil davomida zamburug‘ urug‘lari 1 sm2 yuzada bir nechta donani tashkil etsa, dezinfeksiya qoniqarli hisoblanadi.
66. Idishga solinmagan mahsulotlarni tarozilarning platformasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yish taqiqlanadi. Tortish maxsus idish, panjaralar yoki qurilmalarda amalga oshiriladi.
67. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari ortiladigan transport vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
68. Go‘sht ixtisoslashtirilgan yoki maxsus ixtisoslashtirilgan transportda tashiladi.
Tashish yakunlanganidan so‘ng har kuni transport vositalari yaxshilab yuviladi va haftasiga kamida bir marotaba dezinfeksiya qilinadi.
69. Go‘sht mahsulotlarini tashishda ishtirok etayotgan shaxslar (yuk tashuvchi, ekspeditor va boshqalar) toza kiyim va yeng bilan ta’minlanadilar, go‘shtni ortish uchun esa oyoq kiyimi ustidan kiyiladigan brezentli himoya paypog‘i bilan ta’minlanadi.
70. Maishiy xonalar so‘yish sexlarida ishlaydigan xodimlar ishlab chiqarish xonalaridan o‘tmasligi ta’minlangan holda joylashtirilishi kerak.
71. Ishchi va maxsus kiyimlar uchun kiyim osish xonalari ko‘cha va ixtisoslashtirilgan kiyimlar osish xonasidan alohida joylashishi kerak.
Sovutgichda ishlaydigan xodimlarning kiyinish va yuvinish xonalari umumiy xo‘jalik binosida joylashishi mumkin.
Sanitariya so‘yish sexi xodimlari uchun alohida xo‘jalik xonasi tashkil etiladi.
72. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarni so‘yish va ularning mahsulotlarini qayta ishlash bo‘limi xodimlarining ishchi kiyimlari majburiy ravishda dezinfeksiya qilinishi kerak.
73. Xo‘jalik xonalarini ish tugaganidan so‘ng har kuni yig‘ishtirish kerak: changdan tozalash, pol va asbob-uskunalarni sovunli — ishqorli eritma va qaynoq suv bilan yuvish. Dezinfeksiya haftasiga kamida bir marotaba hamda majburiy dezinfeksiya veterinariya vrachining talabi bilan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik xonalaridan boshqa maqsadlarda foydalanish qat’iyan man etiladi.
74. Korxonaning barcha xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari kerak.
75. So‘yish sexiga ishga kirayotgan shaxslar dastlabki yo‘riqnoma va tibbiy ko‘rikdan hamda veterinariya-sanitariya kurslaridan o‘tishi kerak.
Veterinariya-sanitariya kurslaridan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yilishi uchun ma’muriyat javobgar hisoblanadi.
76. Korxona xodimlari ishga toza va orasta ust-bosh va oyoq kiyimida kelishlari kerak.
77. Korxona xodimlari quyidagilarga majburlar:
a) ish boshlanishidan oldin va tanaffuslardan so‘ng qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvishlari va xlorli ohak (0,2%) eritmasida dezinfeksiya qilishlari, toza sanitariya kiyimini kiyishlari, sochlarini bosh kiyim yoki ro‘mol bilan yopishlari kerak;
b) ishdan so‘ng dush qabul qilishlari kerak;
v) oshxonaga kelishdan avval sanitariya kiyimlarini kiyim almashtirish xonasida yechishlari, ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvishlari kerak;
g) faqat maxsus ajratilgan joylarda ovqat iste’mol qilishlari va chekishlari mumkin.
Maxsus kiyimda sexdan tashqariga chiqish taqiqlanadi.
78. Korxona ma’muriyati quyidagi majburiyatlarga ega:
a) har bir xodim uchun maxsus kiyim komplekti berishi;
b) maxsus kiyimni muntazam ravishda yuvishi va xodimga toza, soz holatda berishi;
v) korxonaning barcha xodimlari uchun veterinariya-sanitariya darslarini tashkil etish;
g) ishga qabul qilinayotgan shaxslarni ular tibbiy ko‘rikdan, shuningdek, veterinariya-sanitariya kursidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat asosida (veterinariya-sanitariya kursini korxonani o‘zida tashkil etish mumkin) rasmiylashtirish.
79. Korxonalarda zararli bakteriyalar, kemiruvchilar, hashoratlar va pashsha, chivinlarga qarshi kurash choralarini ko‘rish. Chiqindi va kirlarni o‘z vaqtida tozalash, chiqindi yig‘ish idishlari, o‘ralar, hojatxona, go‘ng saqlanadigan joylarga muntazam ravishda ishlov berish.
Yilning issiq vaqtida binolarga pashsha (chivin) kirib olmasligi uchun oyna, darcha va eshiklarga setka o‘rnatish kerak.
Go‘shtni kir bo‘lmasligi va kemiruvchilardan saqlash uchun:
a) xona ostonalari va eshiklariga (40 — 50 sm balandlikdagi) listli temir yoki metall setka, yog‘ochli to‘siq qo‘yish;
b) yerto‘la qavatlaridagi oynalarni va ventilatsiya kanallarining teshiklarini himoya setkalari bilan yopish;
v) devor, pol, quvur va radiator yonidagi teshiklarni metall qirrindili sement bilan suvab chiqish;
g) sexlarni o‘z vaqtida oziq-ovqat qoldiqlari va chiqindilaridan tozalash, ish tugaganidan so‘ng go‘sht mahsulotlarini yaxshilab yopish;
d) kemiruvchilarni mexanik (qopqon, tutqich va boshqalar) yoki kimyoviy vositalar bilan yo‘q qilish kerak.
Deratizatsiyaning kimyoviy usullaridan faqat mutaxassis — deratizatorlar foydalanishi mumkin.
Kemiruvchilarga qarshi kurashda bakterial usullardan foydalanish taqiqlanadi.
791. Vaqtinchalik saqlash joylari parrandani stress holatiga tushmaydigan darajada yorug‘lik 10 lyuks bo‘lishi, havo almashinish jarayoni 0,5-1 m/sek bo‘lishi va erda o‘rnatilgan tarozi bo‘lishi kerak.
792. Parrandalar (tovuq, o‘rdak, kurka, bedana va boshqa) yuk tashish konteynerlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri vaqtinchalik saqlash joyiga tushiriladi.
793. Parrandalarni tushirish va ilgaklarga osish jarayoni quyidagi tarzda amalga oshirilishi lozim:
parrandalar joylangan konteynerlarni tushirish jarayoni mexanik tarzda yoki qo‘l mehnati yordamida amalga oshiriladi. Tushirish vaqti 40 daqiqadan oshmasligi kerak;
barcha keltirilgan parrandalar vaqtincha saqlash joyiga tushirilib, erda joylashtirilgan tarozida tortiladi;
parranda solingan konteynerlar va kataklar orasidagi masofa 40 santimetrdan kam bo‘lmasligi lozim.
80. 14 kundan kichik bo‘lgan hayvonlar go‘sht uchun so‘yilishiga ruxsat berilmaydi.
81. Go‘sht uchun sog‘lom hayvonlarni so‘yishga ruxsat etiladi. Kasal va yuqumli kasallikka chalinganlikda gumon qilinayotgan yoki o‘lim xavfi (og‘ir jarohat, suyak sinishi, kuyish va boshqa jarohatlar) bo‘lgan hayvonlarni so‘yish tegishli yo‘riqnomalar va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda (go‘sht inson iste’moliga ruxsat etilganida) ruxsat etiladi.
82. Quyidagi hollarda hayvonlarni go‘sht uchun so‘yish taqiqlanadi:
Veterinariya vrachining ruxsati bo‘lmaganida;
kuydirgi, emfizematozli karbunkul, yirik shoxli hayvonlar o‘lati, tuyalar o‘lati, qutirish, qoqshol, xavfli shish, bradzot, qo‘ylarning enterotoksemiyasi, yirik shoxli hayvonlar va qo‘ylarning kataral bezgaki (til ko‘karishi), cho‘chqalarning afrika o‘lati, tulyaremiya, botulizm, sap, epizootik limfangoit, melioidoz (soxta sap), miksomatoz va quyonlarning gemorragik kasalligi, parranda grippi bilan kasallangan yoki gumon qilingan hayvonlar;
o‘lim talvasasida bo‘lgan hayvonlar;
kuydirgi kasalligiga qarshi emlangan va davolangan hayvonlarni emlashdan (davolashdan) keyin 14 kun davomida, oqsil kasalligiga qarshi emlanganda, emlanishdan keyin 21 kun davomida;
malleinizatsiya qilinmagan bir tuyoqli hayvonlar. Malleinizatsiya qilinmagan hayvonlar so‘yilganda go‘sht va boshqa mahsulotlari utilizatsiyaga yuboriladi.
83. So‘yish uchun yuborilayotgan hayvonlar ta’minlovchi xo‘jalikda belgilangan tartibda veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilishi kerak.
Brutsellez va sil kasalliklari bilan kasallangan, klinik belgilar namoyon qilgan, kasallik tashxisi aniqlanmagan, yuqumli bo‘lmagan kasallikka chalingan, tana harorati yuqori yoki past bo‘lgan hayvonlar, ornitoz, gripp, nyukasl kasalligiga chalingan parrandalarni so‘yish korxonalariga yuborish taqiqlanadi.
Yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan muddat davomida davolash va profilaktika maqsadlarida antibiotiklar qo‘llanilgan hayvonlarni so‘yishga yuborish taqiqlanadi.
Pestitsidlar bilan ishlov berilgan hayvonlar, hashoratlar va kanalarga qarshi kurash uchun tavsiya etilgan kimyoviy vositalar ro‘yxatida ko‘rsatilgan muddat tugaganidan so‘ng so‘yishga yuboriladi.
Baliq, baliq chiqindilari va baliq uni berilganidan so‘ng chorva hayvonlarini 30 kun davomida, parrandalarni esa — 10 davomida so‘yishga yuborish taqiqlanadi.
84. So‘yishga yuborilayotgan hayvonlarning har bir partiyasi uchun veterinariya mutaxassisi tomonidan tegishli hujjatlar ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarida veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan so‘yilgan hayvon go‘shtlarining yagona elektron ma’lumotlar bazasi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) orqali rasmiylashtiriladi.
Boqish va parvarishlashga noloyiq bo‘lgan, jarohati bo‘lgan, yuqumsiz kasallikka chalingan va tana harorati me’yorida bo‘lgan hayvonlar uchun yetkazib beruvchi veterinariya vrachi ishtirokida tuzilgan dalolatnoma ham taqdim etiladi.
85. Tekshiruv paytida sil va brutsellezga gumon qilingan hayvonlar, shuningdek, mazkur qoidalarga muvofiq go‘sht uchun so‘yishga ruxsat etilgan kasal hayvonlarni faqat davlat veterinariya xizmatining ruxsati bilan so‘yishga yuborish mumkin. Bunday hayvonlarni haydab olib borish man etiladi.
86. Ixtisoslashgan so‘yish korxonasiga hayvonlar keltirilishi bilan korxonaning veterinariya mutaxassisi (feldsher) veterinariya hujjatlari to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini axborot tizimi orqali tekshirib, ushbu hujjatlarda ko‘rsatilgan hayvonlarning haqiqatda keltirilgan hayvonlarga muvofiqligini o‘rganadi va boshma-bosh veterinariya ko‘rigidan o‘tkazadi. Zarur hollarda esa termometriyadan o‘tkazadi va hayvonlar ustidan veterinariya kuzatuvini o‘rnatadi.
Yuqumli kasalliklarga chalingan, agoniyada bo‘lgan, nobud bo‘lgan hayvonlar uchragan partiyada, shu jumladan veterinariya guvohnomasida ko‘rsatilgan sonning amaldagi soniga mos kelmagan hollarda, tashxis yoki tafovut sabablari aniqlangunga qadar hayvonlar karantinga qo‘yiladi, bunda karantin uch sutkadan oshmasligi kerak.
Hayvonlarni transportda tashiganda nobud bo‘lgan hayvon tanalari tushirilmaydi, ular mikroskopik tekshiruvlardan o‘tkaziladi va kuydirgi inkor etilganidan so‘ng utilizatsiyaga yuborilib, hayvon egasi hisobidan yo‘q qilinadi.
87. Hayvonlarni tirik vazni va go‘sht sifati bo‘yicha topshirish — qabul qilishda, yirik va mayda shoxli hayvonlar, cho‘chqalar, tuyalar, parrandalar qabul qilingandan 5 soat davomida so‘yishga yuborilishi kerak.
Agar ular avtotransportda 100 kmgacha masofada olib kelingan bo‘lsa, ularda charchash alomatlari bo‘lmasa va ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasiga yuborishdan oldin yirik va mayda shoxli hayvonlar, tuyalar va kiyiklar — 15 soatdan kam bo‘lmagan, cho‘chqalar — 5 soatdan kam bo‘lmagan, quyonlar — 12 soatdan kam bo‘lmagan, quruqlikdagi parranda — 6 — 8 soatdan kam bo‘lmagan, va suvda suzuvchi parrandalar — 4 — 6 soatdan kam bo‘lmagan davrda xo‘jalikda boqilmasdan saqlangan bo‘lsa. Hayvonlarni so‘yishdan oldin xo‘jalikda boqmasdan saqlangan davr tovar — transport yukxatida ko‘rsatilishi kerak va ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasiga yetkazib berish muddati kelishilgan topshirish — qabul qilish jadvalida ko‘rsatilgan kun va vaqtida amalga oshirilishi kerak.
Qolgan hollarda hayvonlarni ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarida so‘yishdan oldin boqmay saqlash kerak: qabul qilib olinganidan so‘ng yirik va mayda shoxli mollar, tuyalar va kiyiklar — 15 soatdan kam bo‘lmagan, cho‘chqalar — 10 soatdan kam bo‘lmagan, quyonlar — 5 soatdan kam bo‘lmagan davrda. Hayvonlarga suv berish chegaralanmagan, lekin so‘yishdan 3 soat oldin suv berilishi to‘xtatiladi.
Xo‘jalikda so‘yishdan oldin och qoldirilmagan parrandani so‘yishga yuborilmaydi.
Uzoq tashishdan so‘ng charchash alomatlari kuzatilgan hayvonlarga kamida 48 soat dam beriladi, bunda ularni normal ravishda boqib suv beriladi, keyin esa yuqorida ko‘rsatilgan talablar bajariladi.
Otlarni so‘yishdan oldin boqmaslik ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasida barcha hollarda 24 soatdan kam bo‘lmasligi kerak (malleinizatsiya natijalarigacha).
Buzoq va cho‘chqachalar qabul qilinganidan so‘ng 6 soatdan keyin so‘yishga yuboriladi.
88. Molni tirik vazni va semizligi bo‘yicha xo‘jalik yoki korxonalarda topshirish — olishda, korxonaga olib kelinganidan so‘ng so‘yishdan oldin yem bermay saqlash vaqti yirik va mayda shoxli mollar, tuya, otlar uchun — 24 soatdan kam bo‘lmasligi kerak, cho‘chqalar uchun — 12 soatdan kam bo‘lmasligi kerak, buzoq va cho‘chqa bolalari uchun esa — 6 soat bo‘lishi kerak.
Axtalanmagan buqachalar birga kelgan partiyasi bilan alohida molxonada saqlanadi.
89. So‘yish kuni hayvonlar veterinariya mutaxassisi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tanlov asosida hayvonlarning umumiy ahvolidan kelib chiqib termometriya qilinadi.
Hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularni so‘yishdan oldingi veterinariya ko‘rigi hamda termometriya natijalari axborot tizimiga belgilangan tartibda kiritiladi.
Kasal yoki tana harorati ko‘tarilgan yoki pasaygan hayvonlar aniqlansa, ular ajratilib tashxis qo‘yilgunga qadar so‘yilmaydi.
Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasiga tashxisi aniq hayvonlar olib kelinganida, ular veterinariya mutaxassislari nazorati ostida sanitar so‘yish sexiga darhol so‘yish uchun yuboriladi.
90. So‘yishdan oldin bir tuyoqlilar sap mavjudligiga bir marotabalik oftalmomalleinizatsiyaga tekshiriladi. Malleinga ijobiy ta’sir bergan hayvonlar yo‘q qilinadi.
Bir tuyoqlilarni korxonaning umumiy zalida, lekin boshqa turdagi hayvonlardan alohida joyda so‘yishga ruxsat etiladi.
91. Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasi hududiga tushirilgan hayvonlarni hududdan olib chiqish taqiqlanadi.
92. Hayvonlarni so‘yishdan oldin va keyin aniqlangan o‘tkir yuqumli kasalliklar barcha hollarda, shuningdek, sil, leykoz, tsistitserkoz (finnoz) yoki trixinellez kasalliklari aniqlanganda, ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining veterinariya xizmati bu haqida hayvonlar yuborilgan joydagi davlat veterinariya xizmatiga va yuboruvchiga, shuningdek, ushbu korxona joylashgan hududiy davlat veterinariya xizmatiga ma’lumot berishi kerak.
93. So‘yishga olib kelingan hayvonlarni tekshirganda brutsellez yoki silga ta’sirchan hayvonlar aniqlanganida yoki yuqumli kasalga chalingan, yiringli yallig‘lanishi, yiringli gangrenoz yarali, mastitli, kindik va bo‘g‘im yallig‘lanishi (buzoqlarda) va boshqa sabablarda ular sog‘lom hayvonlardan alohida qabul qilib olinadi va sanitariya so‘yish sexiga yuboriladi. Sanitariya so‘yish sexi bo‘lmaganida, umumiy zalda sog‘lom hayvonlarni so‘yib bo‘lgandan so‘ng va zaldan barcha go‘shtlar va boshqa mahsulotlar olib chiqilgandan so‘ng umumiy so‘yish sexida so‘yishga ruxsat etiladi.
Yuqorida keltirilgan yuqumli kasalliklar bilan kasallangan hayvonlarni so‘ygandan so‘ng, shuningdek, hayvonlarni so‘yganda bunday kasalliklar aniqlanganida, so‘yish sexi, bunday hayvonlarni so‘yish va ishlov berishda foydalanilgan barcha jihoz va asbob — uskunalar, shuningdek, so‘yishdan oldin saqlangan joylar sanitar tozalanishi va dezinfeksiya qilinishi kerak.
94. Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasiga olib ketilayotganida yoki qabul qilish vaqtida, temir yo‘l yoki avtotransport orqali olib kelinayotgan partiyadagi hayvonda kuydirgi kasalligi aniqlanganida, hayvonlar sanitariya tekshiruvidan o‘tkaziladi va har bir bosh termometriya qilinadi. Tana harorati me’yorda bo‘lgan va kasallik alomatlari bo‘lmagan yirik va mayda shoxli hayvonlar, tuya, otlar karantinga qo‘yiladi va veterinariya mutaxassisi tomonidan kunlik termometriya bilan nazoratga olinadi.
Kasallikning klinik alomatlari bo‘lgan barcha turdagi hayvonlar darhol izolyatorga qo‘yiladi va u erda davolanadi. Davolash boshlanganidan 14 kun o‘tganidan so‘ng va tana harorati me’yorlashganida ularni so‘yish uchun sanitariya so‘yish sexiga olib boriladi.
95. Yirik shoxli hayvon emfizematoz karbunkul bilan kasallanganida yoki bu kasaldan hayvonlar o‘lganda, bu partiyadagi barcha hayvonlarni veterinariya mutaxassisi tekshirib chiqadi. Harorati me’yorda bo‘lgan va kasallikning klinik alomatlari bo‘lmagan hayvonlar alohida partiya bilan darhol so‘yishga yuboriladi, kasallarini esa izolatsiya qilinib davolanadi. Tuzalgan havonlar, harorati me’yorga kelganidan so‘ng 14 kun saqlanadi va so‘yishga yuboriladi.
96. So‘yishga topshirilayotgan hayvonlar partiyasida oqsil bilan kasallangan yoki kasallikka gumon qilingan hayvonlar aniqlanganida, hayvonlarning butun partiyasini darhol sanitariya so‘yish sexiga so‘yish uchun yuboriladi.
Oqsil bilan kasallanib chiqqan va karantinga olinganidan so‘ng birinchi 3 oy ichida xo‘jalikdan ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasiga yuborilgan hayvonlar, shuningdek, oqsilga qarshi emlangan va emlangandan so‘ng 21 kun ichida so‘yishga yuborilgan hayvonlar alohida partiya bilan qabul qilinib, so‘yishga yuboriladi.
97. Qutirgan hayvonlar tishlagan hayvonlarni darhol so‘yishga yuboriladi.
98. Yong‘in, yo‘l transport hodisasi, chaqmoqdan, elektr tokidan, muzlab qolgan, cho‘kib ketgan va boshqa sabablar oqibatida o‘lgan barcha turdagi uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar go‘shtini iste’mol qilish taqiqlanadi. Bunday hayvonlarning murdalari utilizatsiya qilinishi kerak yoki veterinariya vrachi ruxsati bilan (agar ular ajralib parchalanishni boshlamagan bo‘lsa) cho‘chqa va qushlarga yem sifatida qaynatib berilishi, shuningdek, xom yoki qaynatilganidan so‘ng pitomnikdagi hayvonlarga berilishi mumkin, bunda salmonella mavjudligiga bakteriologik tekshiruv amalga oshirishi shart, zarur hollarda hayvonlarga xavf tug‘diradigan boshqa yuqumli va invazion kasalliklar keltirib chiqaruvchilar mavjudligiga ham tekshiruv o‘tkazilishi kerak.
99. Xo‘jalikdagi barcha toifadagi hayvonlar so‘yilganidan so‘ng ularning go‘shti va boshqa mahsulotlarini veterinariya vrachi so‘yishdan keyingi veterinariya — sanitariya ekspertizasini o‘tkazishi shart.
Ixtisoslashgan so‘yish korxonasidan realizatsiyaga chiqarilayotgan hayvon tanasi (har bir bo‘lagi) bo‘laklariga axborot tizimi orqali shakllantiriladigan QR kod yorlig‘i yopishtiriladi hamda go‘sht veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tegishli tamg‘a (QR kodli yorlig‘i) bosiladi.
Realizatsiyaga chiqarilayotgan bo‘laklarga belgilangan shakldagi veterinariya hujjatlari (ma’lumotnoma, xulosa) axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.
Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarida hayvonlarni uzluksiz qayta ishlash jarayoni bilan so‘yilgan hayvon go‘shti va organlarini veterinariya — sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish uchun quyidagi ish joylari jihozlanishi kerak:
yirik shoxli hayvonlar va otlarni qayta ishlash liniyasiga — 4 ish joyi: kalla, ichki organlar, go‘shti, yakuniy tekshiruvlar uchun;
cho‘chqalarni qayta ishlash uchun — 5 ish joyi: jag‘ osti limfa tugunlarini kuydirgiga tekshirish (terini shilib go‘shtni ajratganda bu joyni qonsizlantirish joyidan keyin joylashtiriladi, go‘shtni shparka bilan ishlov berilganda esa, — kuydirish pechi ortida, kuydirgiga tekshirish joyini boshlarni tekshirish joyi bilan birlashtirib joylashtiriladi), kallalarni tekshirish, ichki organ, go‘shtni tekshirish va yakuniy tekshirish ish joylari.
mayda shoxli hayvonlarni qayta ishlash liniyasida tekshirish uchun 3 ish o‘rni bo‘ladi: ichki organlar, go‘sht va yakuniy tekshirish.
Kasallikka shubhalangan so‘yilgan hayvonni mukammal veterinariya tekshiruvini o‘tkazish uchun zaxira liniyasiga joylashtiriladi.
So‘yish va so‘yilgan hayvonni bo‘laklarga ajratish uchun harakatlanadigan liniyasi bo‘lmagan ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarida so‘yilgan hayvonlar kallasi, o‘pka — jigar va qorataloq veterinariya tekshiruvi uchun maxsus ilgaklarga osilishi yoki stolga joylashtirilishi kerak.
100. So‘yilgan hayvon va ichki organlarining veterinariya tekshiruvi uchun joylar qulay va yaxshi yoritilgan bo‘lishi kerak, mol kasalligi aniqlanganida ularni qayd qilish uskunalari bo‘lishi kerak, sterilizatorlar (pichok, ilgak va boshqa anjomlarni zararsizlantirish uchun), issiq va sovuq suvli qo‘l yuvish joylari, sovun, qo‘l va sochiqlarga ishlov berish uchun dezinfeksiyalovchi eritmali baklar bo‘lishi kerak.
Harakatlanadigan konveyer bilan jihozlangan hayvonlarni qayta ishlash liniyasida qoidalarning ko‘rsatilgan bo‘limida nazarda tutilgan veterinar tekshiruvining biron — bir ish joyi bo‘lmaganida yoki bunday ish joyining kerakli veterinariya xizmati mutaxassisi bilan ta’minlanmagan hollarda, bu liniyada hayvonlarni qayta ishlashga ruxsat berilmaydi.
101. Texnologik sxema va quyidagi talablarga binoan veterinariya tekshiruvi uchun kalla va ichki organlar korxona ishchilari tomonidan tayyorlanishi kerak:
yirik shoxli hayvon kallasi tanasidan ajratiladi, pastki jag‘ kesishma burchagi bilan osib qo‘yiladi, tilini tepasidan va yonlaridan shikastlamay og‘iz bo‘shlig‘idan erkin tushib turadigan qilib kesib olinadi va tekshirilish kerak bo‘lgan barcha limfa tugunlari saqlab qo‘yiladi;
ot kallasi tanasidan ajratiladi va kalladan tili ajratilgandan so‘ng butunligini saqlagan holda burun pardadevori chopiladi;
cho‘chqa kallasi bir oz kesib so‘yishdan keyingi veterinariya ekspertizasi tugagunicha tanasi bilan birga qoldiriladi, terisini shilganda yoki kuydirgandan so‘ng kallasi ensa va chap yuzi tomonidan kesib ensa atlant bo‘g‘imini chiqariladi, og‘iz bo‘shlig‘idan tilni kekirdak bilan kesib olinadi va tekshiruv oxirigacha olib qo‘yiladi;
buzoq, qo‘y va echki kallalari ensa — atlant bo‘g‘imidan ajratiladi, ichki organlari tekshiruvi tugagunicha tana bilan birga qoldiriladi;
tanadan chiqarib olingan o‘pka va kekirdak, yurak va jigar veterinariya tekshiruvi tugagunicha bir-biri bilan tabiiy bog‘lanib turishi kerak (liver) va ularda limfa tugunlari saqlab qolinishi kerak;
konveyer stollariga qo‘yiladigan ichki organlarni veterinariya vrachi tana bilan birga tekshirishi kerak.
102. Kalla, ichki organ va tana quyidagi tartibda tekshiriladi:
yirik shoxli hayvon kallasini tekshirishda jag‘osti, quloq oldi, medial va zarur hollarda, lateral halqum limfa tugunlari ochiladi. Labi va tili tekshirilib paypaslanadi. Chaynash mushaklari yuzasiga parallel ravishda (tashqi tomonida ikki kesim, ichkida bitta kesim bilan) har bir tomonidan tsistitserkoz (finnozni) aniqlash uchun kesib ko‘riladi;
qorataloq: tashqi qismi va ichi kesib tekshiriladi;
o‘pka: tashqi tomondan tekshirib, har bir bo‘lagi paypaslanadi. Chap bronxial, traxebronxial va yurak limfa tugunlari ochiladi. Yirik bronx joylarida (em massalari aspiratsiyasi va boshqalar) va patologik o‘zgarishlar aniqlangan joylarida parenximani kesib ko‘zdan kechiriladi;
yurak: yurak oldi xaltasi ochiladi. Epikard, miokard holati tekshiriladi, yurakning o‘ng va chap qismlari katta qiyalik bilan kesiladi, endokard va qon holati tekshiriladi, yurak mushaklarining 1-2 uzunasiga va 1 ko‘ndalang kesiladi (tsistitserkoz, sarkotsistoz va boshqalar).
jigar: diafragmal va visseral tomonlardan tekshirib paypaslanadi. Diafragma jigarga yopishib qolganida, uni kesib olib, jigar parenximasini patologik o‘zgarishlarga tekshiriladi. Portal limfa tugunlarini kesib tekshiriladi va visseral tomondan o‘t yo‘li bo‘ylab 2-3 chuqur bo‘lmagan kesim qilinadi;
buyrak: ishchilar kapsulasidan ajratiladi, ko‘zdan kechirib paypaslanadi, patologik o‘zgarishlar ko‘ringanida kesiladi;
oshqozon (oshqozonoldi): serozli sirtini tashqaridan tekshiriladi, limfa tugunlari kesib tekshiriladi. Zarur hollarda, oshqozon ochilib shilliq qavati tekshiriladi. Qizilo‘ngach tekshiriladi (tsistitserkoz, sarkotsistozga);
ichaklar: seroz qoplama tomonidan tekshiriladi va bir nechta brijeykali limfa tugunlar kesiladi;
elin: yaxshilab paypaslanib bir — ikkita chuqur parallel kesim qilinadi. Elin usti limfa tugunlari ochiladi;
bachadon: moyak, qovuq, me’da osti bezi tekshiriladi, zarur hollarda ochiladi;
tana: tashqi va ichki tomondan tekshiriladi, o‘sma va boshqa patologik o‘zgarishlarga ahamiyat qaratiladi.
Yuqumli kasal yoki hazm qilish bilan bog‘liq kasalliklarga gumon qilinganda, limfa tugunlari ochiladi: yuza-bo‘yin (kurak oldi suyagi), qanotosti (birinchi qovurg‘a va qanotosti), qovurg‘a — bo‘yin, qovurg‘a orasidagi, kranial ko‘krak, ko‘krak usti, bel, qovurg‘a bilan qorin orasidagi, toz,tizza, yuza chov, quymuch va tizza osti. Zarur hollarda, tsistitserk (finallarni) aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda bo‘yin, kurak — tirsak, bel, orqa, toz mushaklari va diafragma mushaklari bo‘ylamasiga kesiladi.
Buzoqlarning kindigi ham tekshiriladi va oyoqlar (bilak va sakrash) bo‘g‘imlari ochiladi.
103. Mayda shoxli hayvonlar:
ichki organlari, bosh va tanasini yirik shoxli hayvonlar kabi tekshiriladi. Kazeozli limfadenitni aniqlash uchun bo‘yin yuza va tizza burmast limfa tugunlari tekshiriladi.
104. Cho‘chqalarda:
kallasi: qoni oqizilganidan so‘ng tana terisi shilib olinib, jag‘osti sohasidan yara teshigidan pastki jag‘ bitishi burchagi tomonga teri va mushaklar uzunasiga kesiladi, ikki tomondan jag‘osti limfa tugunlari ochib tekshiriladi (kuydirgiga). Agar cho‘chqa tanasiga terini shilmasdan ishlov berilsa, jag‘osti limfa tugunlari va boshning boshqa qismlari kuydirishdan keyin tekshiriladi;
kalla tekshirilganda jag‘osti, quloq oldi va bo‘yin limfa tugunlari, tashqi va ichki chaynash mushaklari (tsistitserkozga) kesib tekshiriladi. Til tekshirilib paypaslanadi; bo‘g‘iz shilliq qavati, kichik til va bodomsimon bez tekshiriladi;
qorajigar: tashqi tomondan tekshiriladi, parenxima ochiladi, zarur hollarda limfa tugunlari ham ochiladi;
o‘pka: tashqi tomondan tekshiriladi, paypaslanib bronxial limfa tugunlari kesiladi (chap, o‘ng va o‘rta);
oshqozon, qizilo‘ngach, ichak, buyrak, yurak yirik shoxli hayvon kabi tekshiriladi va o‘rganiladi;
jigar diafragmal va visseral tomonlardan tekshirib paypaslanadi, visseral tomondan qismlarni kesishish joyida ko‘ndalang kesim bo‘ylab o‘t yo‘llari tekshiriladi;
tana: yirik shoxli hayvon kabi tekshiriladi. Sistitserkozga tekshirish uchun zarur hollarda bel, bo‘yin, kurak-tirsak (ankoneus), orqa, toz va diafragma mushaklari kesilib tekshiriladi;
mushak to‘qimasining lokallashgan chuqur qatlamida yallig‘lanish jarayonlariga gumon bo‘lganda (abssess va boshqalar), bo‘yin sohasidagi mushak ikki — uch kesim qilinadi (bo‘yinning yurak qismida).
tananing old qismida yallig‘lanish aniqlanganida, jag‘ osti va quloq orti limfa tugunlaridan tashqari ustki bo‘yin limfa tugunlarini ham tekshirish kerak.
105. Otlarda:
kalla: jag‘ osti va til osti limfa tugunlari kesiladi, burun bo‘shlig‘i va chopilgan burun devori tekshiriladi;
o‘pka: nafas olish yo‘llari, yirik bronxlar ochiladi va shilliq qatlami tekshiriladi. Barcha bronxial va nafas olish yo‘llari bo‘ylab joylashgan chuqur bo‘yin limfa tugunlari ochilib tekshiriladi. O‘ng va chap o‘pka qismlari ikkita qiya kesim bo‘ylab kesiladi, kesilgan joylar ko‘rilib paypaslanadi;.
qorataloq, jigar, buyrak, ichak, oshqozon, yurak va boshqa organlar: yirik shoxli hayvonlar kabi tekshiriladi;
tana: tashqi va ichki tomondan tekshiriladi, o‘sma va boshqa patologik o‘zgarishlariga ahamiyat qaratiladi. Yuqumli kasallikka gumon qilinganida, tekshiriladigan limfa tugunlari ochilib tekshiriladi, qo‘shimcha ravishda mushkalar (kuraklarning ichki tomonidan) melanomaga, qorin devorlari ichki yuzasi alfortiozga tekshiriladi.
Onxotserkoz (granulatsion to‘qima ko‘rinishida patologik o‘zgarishlar, chandiqlanish va boshqalar) gumon paydo bo‘lganida, bo‘g‘in bo‘ylab mushaklar ko‘krak umurtqasidagi qiltiq o‘simtagacha uzunasiga qiya kesiladi.
106. Tuyalarda:
barcha organ va tanasi yirik shoxli hayvonlar kabi tekshiriladi. Bir nechta joyidan kesib, umurtqa bilan ko‘krak qafasi oralig‘ida cho‘zilgan o‘rta devor limfa tugunlari ochilib tekshiriladi.
Yuqumli kasalliklar:
107. Kuydirgi. Kuydirgiga gumon qilinganda hayvonlarni so‘yish to‘xtatiladi. Gumon qilinayotgan so‘yilgan hayvondan taloq bo‘lagi, to‘qimaning o‘zgargan qismlari va kasallangan limfa tugunlari olinib, laboratoriyaga bakterioskopik va bakteriologik tekshiruv uchun yuboriladi. Tekshiruv natijalarini olguncha so‘yilgan hayvon va barcha organlari alohida joyda izolatsiya qilinadi.
Bakterioskopik tahlil natijasida kuydirgi tasdiqlansa, so‘yilgan hayvon organlari va terisi bilan bakteriologik tahlil natijalarini kutmay o‘rnatilgan veterinariya-sanitariya qoidalari asosida yo‘q qilinadi.
Boshqa hayvonlarni so‘yishdan olingan, barcha qismlar (oyoq, quloq, elin, qon va boshqalar) kuydirgi bilan kasallangan hayvonni so‘yganda aralashib ketgan bo‘lsa, hammasi kuydirish yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Sog‘lom hayvon terilari kuydirgi bilan kasallangan hayvon terisiga tekkan bo‘lsa, hayvon xomashyosi va uni tayyorlash saqlash va qayta ishlash korxonalarini dezinfeksiya qilish yo‘riqnomasida ko‘zda tutilgan tartibda majburiy dezinfeksiya qilinadi.
Kuydirgi batsillalari bilan zararlanganlikda gumon qilinayotgan boshqa so‘yilgan hayvonlar va ularning mahsulotlari texnologik jarayon davomida so‘yilgandan so‘ng 6 soat ichida ochiq qozonlarda qaynatiladi yoki 3 soat davomida (yopiq qozonlarda esa 0,5 MPa da 2,5 soat davomida) qaynatib zararsizlantiriladi. Ko‘rsatilgan muddat davomida zararsizlantirishning iloji bo‘lmasa, bu so‘yilgan hayvonlar tanalari plyus 10°C haroratdan yuqori bo‘lmagan xonada izolatsiya qilinishi kerak, so‘ng yuqorida ko‘rsatilganidek, zararsizlantirishga yuboriladi, lekin so‘yilgandan so‘ng 48 soatdan oshmasligi kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa, zararsizlantirilishi kerak bo‘lgan hayvon tanalari va mahsulotlari utilizatsiya va kuydirish usulida yo‘qotilishi kerak.
Texnologik jarayon davomida so‘yilgan hayvon va mahsulotlarni kuydirgi batsillalari bilan zararlanganligi laboratoriya sinovlarida tasdiqlanmasa, cheklovlarsiz chiqariladi.
Kuydirgiga gumon qilinayotgan so‘yilgan hayvonning bakterioskopik tekshiruvi salbiy bo‘lsa, bakteriologik tekshiruv natijalari olingunicha izolatsiyada qoldiriladi va sexda boshqa amaliyotlarni o‘tkazish zarurati (dezinfeksiya va boshqalar) veterinariya mutaxassisi tomonidan belgilanadi.
Bakteriologik tekshiruvda kuydirgi tasdiqlansa, kuydirgi batsillasi bilan zaharlanganda gumon qilingan so‘yilgan hayvon va boshqa so‘yish mahsulotlarini mazkur bo‘limning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgani kabi ish tutiladi.
108. Emfizematozli karbunkul, xavfli shish, bradzot va qo‘ylarning yuqumli enterotoksemiya kasalligi tasdiqlangan taqdirda, so‘yilgan hayvon organlari bilan birga kuydirish yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Boshqa hayvonlarni so‘yishdan olingan barcha qismlar (oyoq, quloq, elin, qon va boshqalar) ko‘rsatilgan kasallik aniqlangan hayvonni so‘yganda aralashib ketgan bo‘lsa, hammasi kuydirish yo‘li bilan yo‘q qilinadi.
109. Manqa, botulizm, epizootik limfangoit, saqov kasalliklari aniqlangan taqdirda, so‘yilgan hayvon va ichki a’zolari va terisi utilizatsiya qilinadi. Sap va epizootik limfangoit qo‘zg‘ovchisi bilan zararlangan deb gumon qilinayotgan barcha so‘yilgan hayvonlar texnologik jarayon davomida qaynatilgandan so‘ng chiqariladi, ichki a’zolari esa utilizatsiyaga yuboriladi, so‘yilgan hayvonni qaynatishni imkoni bo‘lmasa ular ham utilizatsiya qilinadi.
Texnologik jarayon davomida botulizm qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan hayvon go‘shtlari ham utilizatsiyaga yuboriladi.
Saqov aniqlanganida bosh va ichki a’zolarini utilizatsiyaga yuboriladi, bakteriologik tekshiruv davomida salmonella yoki saqov qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmasa, go‘shtni cheklovlarsiz chiqariladi. Go‘shtdan salmonella yoki saqov streptokokki aniqlanganida qaynatishga yuboriladi.
110. Sil. Ozg‘in so‘yilgan hayvonlarda organ va limfa tugunlarida silning har qanday shakli aniqlanganida hamda semizligidan qat’iy nazar so‘yilgan hayvonlar tanasi, boshi, ichki a’zolari (shu jumladan ichagi) umumiylashgan sil jarayonida, ya’ni bir vaqtda ko‘krak va regonar limfa tugunlari bilan qorin a’zolari kasallangan bo‘lsa utilizatsiyaga yuboriladi.
So‘yilgan cho‘chqa tanasida faqat jag‘osti limfa tugunlarida oq qoplama ko‘rinishidagi sil shikastlanishi kuzatilsa, limfa tugunlari kesib tashlanadi, boshi va tilini qaynatishga yuboriladi, tana, ichki a’zolari va ichaklarini cheklovlarsiz chiqariladi. Faqat brizjeyka limfa tugunlariga sil o‘tganida ichakni utilizatsiyaga yuboriladi, ichki a’zolari esa cheklovsiz chiqariladi.
Cho‘chqa tanasi limfa tugunlarida korinobakteriyalardan kelib chiqqan kasallanish aniqlanganida, kasallangan limfa tugunlarini kesib tashlagandan so‘ng tana va a’zolari cheklovsiz chiqariladi.
Cho‘chqa tanasi va ichaklarida parranda turidagi atipik mikrobakteriyalar keltirib chiqargan kasallanish aniqlanganida, tana va organlar bilan ushbu bo‘limda ko‘rsatilgani kabi ish tutiladi.
Tuberkulinga ta’sirchan hayvonni so‘yganda, sil kasalligi aniqlanishiga qarab go‘sht va boshqa mahsulotlarning sanitar baholash amalga oshiriladi. Agar sil kasallanishi limfa tugunlar, to‘qima va a’zolarda aniqlanmasa, tana va so‘yishning boshqa mahsulotlari cheklovlarsiz chiqariladi.
111. Psevdotuberkulez. Oriqlik va ko‘p sonli limfa tugunlari kasallanishi va mushaklarda psevdotuberkulez jarayoni aniqlanganida, so‘yilgan hayvon va ichki a’zolarini utilizatsiyaga yuboriladi.
Oriqlik bo‘lmaganida va faqat ichki a’zolari yoki limfa tugunlari kasalligi bo‘lganida, ichki a’zolarini utilizatsiyaga yuboriladi, so‘yilgan hayvon go‘shti va boshqa mahsulotlarini cheklovlarsiz chiqariladi.
112. Paratuberkulezli enterit. Ichak, brizjeyka limfa tugunlari, bo‘g‘iz, jag‘ orasidagi soha, boshda patologik o‘zgarishlar bo‘lganida, o‘zgargan a’zo va brizjeyka va ichaklarni utilizatsiyaga yuboriladi, so‘yilgan hayvon go‘shti va boshqa mahsulotlarini cheklovlarsiz chiqariladi.
Oriq so‘yilgan hayvonlar va ularning a’zolari ko‘rsatilgan kasalliklar bo‘lganida utilizatsiyaga yuboriladi.
113. Oqsil bilan kasallangan yoki kasallikda gumon qilinayotgan hayvonlar bilan bir partiyada bo‘lgan so‘yilgan hayvonlar go‘shti va boshqa mahsulotlarini qaynatilgan yoki — dudlangan turdagi kolbasa, qaynatilgan pazandachilik mahsulotlari yoki konservalar tayyorlash uchun yuboriladi. Ko‘rsatilgan mahsulotlar uchun go‘shtni qayta ishlashni imkoni bo‘lmasa, qaynatib zararsizlantiriladi.
Go‘sht va boshqa so‘yish mahsulotlarini hom xolda chiqarish taqiqlanadi.
Ko‘pgina mushaklarda (toz va ko‘krak qismlarida, yelka qismi va h.k), ko‘p sonli yoki keng tarqalgan nekrotik o‘choqlar bo‘lganida, shuningdek, oyoqlar, elin va boshqa a’zolarning gangrenali yoki yiringli yallig‘lanishi bilan kechgan oqsilning og‘irlashgan holatlarida, so‘yilgan hayvon va boshqa a’zolarini utilizatsiyaga yuboriladi.
Mushaklarda bittalik nekrotik o‘choqlar bo‘lganida, mushak qismlari utilizatsiyaga yuboriladi, a’zolari va qolgan go‘shtni ishlatish masalasi bakteriologik tekshiruv natijalari asosida hal qilinadi.
Ichak, qizilo‘ngach, qovuqlar boshqa xomashyodan ajratilgan holda texnologik ishlov beriladi va usti va tashqi tomonini formaldegidning 0,5 foizli eritmasi bilan yuviladi, sirka kislotasining 0,08 foizli konsentratsiyasi qo‘shilgan osh tuzi eritmasiga bo‘ktiriladi: ichaklar — 4 soat davomida, qizil o‘ngach va qovuqlar — 24 soat davomida. Ko‘rsatilgan usulda zararsizlantirilmagan ichak mahsulotl | 202 | 63,381 |
Qonunchilik | Gʻallani adolatli sotib olish va sotishni Respublika shtabi ta’minlaydi | Prezidentning 28.05.2022 yildagi “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-262-son qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi.
Qaror bilan Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining quyidagi takliflari ma’qullandi:
Hujjat bilan shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan хarid qilingan va bugʻdoy yetishtiruvchilardan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan:
Gʻallani sotib olish va sotishda yangi tizim shaffofligi, toʻlaqonli va adolatli ishlab ketishini hamda bugʻdoy yetishtiruvchilar manfaatdorligini ta’minlash, ichki bozorda un va don mahsulotlari narхining oʻsishi va taqchilligining oldini olish boʻyicha Respublika shtabi tashkil etildi.
Quyidagilar Respublika shtabining asosiy vazifalari:
Saodat Usmanova. | 71 | 892 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit o‘tishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida | Xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit bo‘yicha bo‘lishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit o‘tishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga 1-ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 66-modda) 1-bandidagi “118” raqami “180” raqami bilan almashtirilsin.
2. Ushbu qaror bilan kiritilayotgan o‘zgartirish 2016-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 219 | 771 |
Qonunchilik | “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi QL-439a-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 26-noyabrda kiritilgan “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi QL-439a-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 232 | 481 |
Qonunchilik | XALQ TA’LIMI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LAShNING TAKOMILLAShTIRILGAN TIZIMINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ–227-son qarorini bajarish yuzasidan hamda iqtidorli, o‘z kasbiga sodiq pedagoglarni rag‘batlantirish, o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lashning adolatli va oshkora mexanizmini joriy etish hisobiga ularning tashabbuskorligi va kasb mahorati o‘sishini rag‘batlantirish, umumta’lim maktablari xodimlari mehnatini baholash va moddiy rag‘batlantirish masalalarini hal qilishda maktablarning mustaqilligini oshirish hamda pedagogik jamoalar huquqlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisida davlat hokimiyati mahalliy organlari, xalq ta’limini boshqarish hududiy organlari, pedagoglar jamoatchiligi vakillari ishtirokida xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi har tomonlama muhokama qilinganligi va ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
xalq ta’limi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Direktor jamg‘armasi barcha umumta’lim muassasalarida — maktablarda tashkil etiladi;
Direktor jamg‘armasi mablag‘lari faqat umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga ustamalar belgilash uchun yo‘naltiriladi;
Direktor jamg‘armasi mablag‘laridan ustamalar bilan umumta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayoniga katta shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan iqtidorli o‘qituvchilari rag‘batlantiriladi.
Umumta’lim muassasalari xodimlariga Direktor jamg‘armasidan har oylik ustamalar va boshqa rag‘batlantirishlar belgilash to‘g‘risidagi qarorlar umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.
Bunda xalq ta’limini boshqarish hududiy organlarining umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar faoliyatiga va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz;
16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz;
21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz;
26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz;
31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz;
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 17,6 foiz.
v) informatika kabineti mudirligi uchun — 17,6 foiz.
Bunda o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, ikki hafta muddatda Umumta’lim muassasasi-maktab huzuridagi maxsus komissiya to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda:
maxsus komissiyaning huquqlari va mas’uliyati, uning majlislarini o‘tkazish va qarorlar qabul qilish tartibini;
pedagogik mehnatni baholash mezonlari asosida o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga ustamalarning aniq miqdorlarini belgilash tartibini;
Direktor jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini;
maxsus komissiyalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni tartibga solish nazarda tutilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir oy muddatda xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini hamda Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni, keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda, qayta ko‘rib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, ularda:
pedagog xodimlar malakasini, bilim darajasini va pedagogik mahoratini baholashning ular malakasi xolisona baholanishini ta’minlovchi mezonlarini takomillashtirish, shuningdek pedagog malakasi pasaygan taqdirda belgilangan toifani pasaytirish;
o‘qituvchilar lavozimiga faqat oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar qabul qilinadigan tartibni belgilash;
malaka toifasi berish uchun zarur bo‘lgan eng kam staj muddatlarini belgilash nazarda tutilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2006-yil 1-yanvargacha xalq ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish yuzasidan, ayniqsa joylarda zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2006-2007-yillar mobaynida umumta’lim muassasalarining barcha pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin hamda uning natijalariga ko‘ra xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilasin.
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2006-yil I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha majlisida axborot berilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xalq ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan qattiq monitoring o‘rnatsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi monitoring asosida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarning o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishi to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot bersinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2006-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ–227-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan yoki aralash moliyalashtiriladigan xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari va rahbarlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi:
budjet tashkilotlari uchun qo‘llaniladigan Yagona tarif setkasi asosida xalq ta’limi tizimi muassasalarining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq Yagona tarif setkasi asosida xalq ta’limi davlat boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Xalq ta’limi tizimi xodimlari mehnatining ish haqi bazaviy tarif stavkasini hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilikda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.
3. Xalq ta’limi xodimlarining lavozim maoshlari:
xalq ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi. Bazaviy tarif stavkasi Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif stavkasini hamda qonunchilikda belgilangan tarif stavkasiga doimiy ustamalarni, shuningdek pedagog va rahbar xodimlarning ayrim toifalari ish haqiga qo‘shilgan kompensatsiya to‘lovlarini o‘z ichiga oladi;
xodimlarga qonunchilikda belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida shakllantiriladi.
Xalq ta’limi pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
xodimning lavozimiga;
xodimning malaka toifasiga;
xalq ta’limi muassasasining tipiga bog‘liq ravishda tabaqalashtiriladi.
Xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi:
4. Xalq ta’limi xodimlarining kasbiy o‘sishini rag‘batlantirish uchun quyidagi malaka toifalari va ushbu malakalarni olish uchun xodimlarning ma’lumot darajasiga qo‘yiladigan asosiy talablar belgilanadi:
o‘rta maxsus, kasbiy (pedagogik yoki bajarilayotgan lavozim vazifalariga muvofiq bo‘lgan) ma’lumotga ega bo‘lgan, toifasi bo‘lmagan xodim;
bakalavr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan ikkinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan birinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan oliy toifali mutaxassis.
Xalq ta’limi xodimlariga malaka toifalari berish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq oshirilgan taqdirda xalq ta’limi muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari (lavozim maoshlari) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda qayta ko‘rib chiqiladi.
6. Xodim xalq ta’limining bir muassasasida boshqa lavozimga o‘tgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy tarif stavkasi o‘zgarganda mehnat shartnomasi o‘zgarishi tartibini belgilaydigan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qo‘llaniladi (VI bob, 3-§).
7. Umumta’lim muassasalarining o‘rta maxsus, kasbiy yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, mazkur Nizom kuchga kirgan paytda pedagogik faoliyatni amalga oshirayotgan pedagog xodimlari uchun, ularning pedagogik tajribasini, shuningdek ular 2006-2007 o‘quv yilida ma’lumot olish uchun tegishli o‘quv muassasalariga o‘qishga kirishlarini hisobga olgan holda, o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni umumta’lim muassasalariga pedagogik lavozimlarga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
10. Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz;
16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz;
21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz;
26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz;
31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz;
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 17,6 foiz.
v) informatika kabineti mudirligi uchun — 17,6 foiz.
Bunda o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.
11. Xodimdan qo‘shimcha pedagogik malakani talab etadigan mehnatning alohida sharoitlarida ishlaganlik uchun bazaviy tarif stavkasiga ustamalar qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Xodimdan qo‘shimcha pedagogik malakani talab etadigan pedagogik lavozimlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Noqulay mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarga mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar amalda bo‘lgan ustamalar saqlanib qoladi, ularning miqdori esa xodimning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda hisoblab chiqiladi.
12. Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash:
ketma-ket ikki oydan ortiq bo‘lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan xodimlarning o‘rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to‘lashda;
boshqa muassasalardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to‘lashda;
o‘rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.
13. Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq to‘lash stavkalari miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi.
14. Xalq ta’limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l qo‘yiladi.
15. Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish yillik, choraklik va oylik ish rejalariga asoslangan.
Yillik ish rejasi o‘quv, tarbiyaviy va tashkiliy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti sarfi ko‘rsatilgan holda ularning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchilarning yillik ish rejasi choraklar va oylar bo‘yicha taqsimlangan bir yildagi 1548 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
16. Yillik ish rejasi har bir pedagog xodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin xalq ta’limi muassasasi ma’muriyati tomonidan tasdiqlanadi.
Ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish xalq ta’limi muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Yakka tartibdagi yillik ish rejalarini ishlab chiqishda xalq ta’limi muassasasi ma’muriyati o‘qituvchilar va pedagog xodimlar boshqa toifalarining o‘quv yuklamasi soatlari hajmini umumiy belgilangan normativlarga nisbatan kamaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin. Bunda o‘quv yuklamasining belgilangan normativlariga tuzatish kiritish hajmi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy rejadagiga nisbatan kamaytirish yoki ko‘paytirish tomonga 10 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
18. Alohida hollarda xalq ta’limi muassasalarida xodimning roziligi bilan kasblar (lavozimlar)ni birga qo‘shib olib borishga, shuningdek o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda lavozimlarni birga qo‘shib olib borish bo‘yicha ish vaqtining jami davom etishi mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan jami ish vaqtining 50 foizidan, ya’ni yil mobaynida 774 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
19. Xalq ta’limi muassasasining har bir xodimi ish rejasi bajarilishi to‘g‘risida pedagogik kengashda yoki xalq ta’limi muassasasini boshqarishning boshqa kollegial organida yarim yilda kamida bir marta hisobot beradi.
20. O‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati asosida o‘qituvchilarga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo‘lgan qismi bo‘sh ish o‘rinlari sifatida qayd etilmaydi.
21. Pedagog xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar, shu jumladan mavjud sertifikatlari uchun to‘lanadigan ustamalar, tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lab beriladi.
22. Bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi muassasalarining qo‘shimcha haq to‘lanadigan xodimlarining lavozimlari, qo‘shimcha haqning turlari va miqdorlari ro‘yxatidagi 5, 9-11, 13-14, 20 va 22-bandlar (1-ilova).
2. Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 2-iyuldagi 310-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 62-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar mehnatini qo‘shimcha rag‘batlantirishga doir eksperiment o‘tkazish va xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarmoq setkasiga o‘tish to‘g‘risida” 2004-yil 15-iyuldagi 335-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 66-modda). | 100 | 18,923 |
Qonunchilik | “Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5073-son “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 304-son “Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son “Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1745, 2007-yil 5-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomda:
a) muqaddimaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tizimiga bo‘lgan majburiy talablarni o‘rnatadi.”;
b) 1-bandda:
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “malaka guvohnomasiga” degan so‘zlar “malaka sertifikatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan so‘zlar “Moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 8-bandda:
“b” va “v” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborishi va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olgan bo‘lishi (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun);
v) investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborishi va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olgan bo‘lishi (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun)”;
“d” kichik banddagi “malaka guvohnomasiga” degan so‘zlar “malaka sertifikatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning “g” kichik bandidagi “pasport ma’lumotlari” degan so‘zlar “pasport ma’lumotlari yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 187 | 3,637 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BARQAROR RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA MILLIY KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDA | BMT Konferensiyasining atrof-muhit va rivojlantirish bo‘yicha qarorlari va tavsiyanomalari bajarilishini tashkil etish, O‘zbekistonning barqaror rivojlantirish prinsiplariga o‘tish muammolarini hal qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy hamkorlikda samarali qatnashishi maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish bo‘yicha Milliy komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarki6da tuzilsin.
3. Milliy komissiya:
Barqaror rivojlantirish bo‘yicha Milliy strategiya konsepsiyasini tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasining “XXI asrga kun tartibi” milliy dasturi loyihasini ishlab chiqish tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
BMT bilan kelishilgan muddatlarda Barqaror rivojlantirish bo‘yicha har yillik Milliy hisobotlarni tayyorlasin va unga taqdim etsin;
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ijroiya qo‘mitasi bilan birgalikda BMT rivojlantirish dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan kelishgan holda Barqaror rivojlantirish bo‘yicha Milliy komissiyasining doimiy ishlovchi kotibiyatini tashkil etsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 92 | 1,249 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-son “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-martdagi 69-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1921, 2009-yil 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 12-son, 134-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
1. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“advokat maqomini to‘xtatib turish va tiklash;
advokatga malaka darajasi berish;
advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqish;”;
to‘rtinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu bandning oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar deganda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning taqdimnomalari va xat-xabarlari, advokatlarning xatti-harakatlariga oid boshqa murojaatlar tushuniladi.”.
2. 2-banddagi “advokatlar hamda adliya organlari xodimlaridan teng miqdorda” degan so‘zlar “hamkasblari orasida hurmatga sazovor advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 3-band “O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga” degan so‘zlardan keyin “(ro‘yxat raqami 1920, 2009-yil 14-mart), Advokatlarning kasb etikasi qoidalariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. 6-band quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“advokat maqomini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
advokatga malaka darajasi berish va uni bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish yoki intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qarorlar qabul qiladi;”;
oltinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Malaka komissiyalarining tarkibi hududiy boshqarmalar va adliya organlari rahbarlarining qo‘shma qarorlari bilan hamkasblari orasida hurmatga sazovor advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan 7 — 9 kishidan iborat tarkibda ikki yil muddatga tasdiqlanadi. Bunda 7 kishidan iborat komissiya a’zolarining kamida 4 nafari, 9 kishidan iborat komissiya a’zolarining kamida 5 nafari advokat bo‘lishi lozim. Malaka komissiyalari tarkibiga kelishuv asosida sud, adliya organlari hamda boshqa tashkilotlarning huquq sohasidagi tajribali xodimlari jalb etiladi.
Malaka komissiyasi raisi va o‘rinbosari komissiyaning birinchi yig‘ilishida a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali malaka komissiyasi a’zolari orasidan saylanadi. Malaka komissiya raisligi va uning o‘rinbosarligiga nomzodlar ovoz berishda qatnashmaydilar.
Malaka komissiyasi raisining o‘rinbosari malaka komissiyasining majlisida rais hozir bo‘lmagan hollarda raislik qiladi.”.
6. 9-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Malaka komissiyalari a’zoligiga advokatlardan nomzodlar advokatlarning tegishli davlat reyestriga kiritilgan va advokatlik faoliyati bo‘yicha kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan advokatlar orasidan taqdim etiladi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari malaka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.”.
7. Quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin:
“91. Quyidagi holatlarda komissiya a’zosi komissiya tarkibidan chiqariladi:
o‘z arizasiga binoan;
advokat maqomi to‘xtatilgan yoki tugatilganda;
komissiya a’zosi bo‘lgan sud, adliya organlari va boshqa tashkilotlar xodimining ish joyi o‘zgarganda yoki xodim ishdan bo‘shatilganda;
komissiya a’zosi tomonidan mazkur Nizom talablari qo‘pol ravishda buzilganda;
komissiya a’zosi sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra vazifalarini bajarish imkoni bo‘lmaganda;
komissiya a’zosi komissiya yig‘ilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda.
Ushbu bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha komissiya a’zosini komissiya tarkibidan chiqarish masalasi komissiya raisi tomonidan kiritiladi.
Komissiya a’zosini komissiya tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi ovozlari bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror haqida komissiya tarkibidan chiqarilgan komissiya a’zosiga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Komissiya a’zosini komissiya tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat keltirilishi mumkin.
Malaka komissiyasi a’zosini ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha komissiya tarkibidan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Komissiya tarkibidan chiqarilgan a’zo o‘rniga mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda komissiya tasdiqlangan muddat doirasida yangi komissiya a’zosi kiritiladi.”.
8. 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Malaka komissiyasining a’zosi bo‘lgan advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish ko‘rib chiqilishi yoki malaka komissiyasi a’zosidan malaka imtihoni va advokat qasamyodi qabul qilinayotganda ular malaka komissiyasi majlisida qatnashishga haqli emas.
Komissiya a’zosi, agar u:
komissiya majlisi ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha talabgor, advokat va boshqa manfaatdor shaxs malaka komissiyasi a’zosining yaqin qarindoshi bo‘lsa;
komissiya majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, komissiya majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi kerak.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, komissiya a’zosi o‘zini o‘zi rad etishi shart. Agar u bunday qilmasa, ayni shu asoslar bo‘yicha komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan, shuningdek masalasi ko‘rilayotgan talabgorlar, advokatlar va boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan rad etilishi mumkin.
Rad etish haqidagi bayonot asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Rad etish bildirilgan komissiya a’zosi rad etish to‘g‘risidagi masala ko‘rilishidan oldin o‘z tushuntirishlarini berishga haqli.
Rad etish to‘g‘risidagi masala rad qilinayotgan shaxsning yo‘qligida komissiyaning qolgan a’zolari tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya a’zosi rad etilgan hisoblanadi.
Malaka komissiyasining majlisi, agar unda malaka komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, komissiya vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Kvorum bo‘lmagan holda malaka komissiyasining majlisda hozir bo‘lgan a’zolari tomonidan majlisni keyinga qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.
Oliy malaka komissiyasining qaroriga binoan malaka komissiyalarining majlislarida Oliy malaka komissiyasining a’zolari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
11. Malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Malaka komissiyasining raisi komissiya majlisi o‘tkazilishidan kamida yetti kun oldin majlisning kun tartibi, sanasi, vaqti va joyini belgilaydi.”.
9. 13-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“intizomiy ish yuritish bilan bog‘liq ma’lumot olish uchun tegishli organlarga so‘rovnoma yuborilishini tashkil etadi;”;
sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10. 14-banddagi “qatnashgan komissiyaning barcha a’zolari, shuningdek, mas’ul kotib” degan so‘zlar “raislik etuvchi va mas’ul kotib” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11. 15-bandda:
oltinchi xatboshi “talabgorning” degan so‘zdan keyin “tanlagan ixtisoslik bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“baholash byulletenlaridagi ballarni hisoblash natijalari, shu jumladan talabgor tomonidan to‘plangan ballar;”;
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“advokat maqomini to‘xtatib turish va tiklash haqida murojaat qilgan advokatlar haqida ma’lumotlar;
malaka darajasi berish masalasi ko‘rib chiqilayotgan advokatlar haqida ma’lumotlar;
advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar mazmuni;”;
o‘n birinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n to‘rtinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Imtihon varaqalari, baholash byulletenlari, komissiya a’zolari ro‘yxati hamda yig‘ma baholash byulleteni majlis bayonnomasiga ilova qilinadi.”.
12. 18-band quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“talabgorning sudlanganligi yoki sudlanmaganligi hamda muomalaga layoqatliligi to‘g‘risida ma’lumot.”.
13. 20-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
14. 21-banddagi “tegishli hamraisiga” degan so‘zlar “raisiga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
15. 22-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “bir yil” degan so‘zlar “olti oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lmasa, shu jumladan advokatlik tuzilmasida kamida uch oylik stajirovkadan o‘tmagan bo‘lsa, stajirovka o‘tashdan ozod qilingan shaxslar bundan mustasno;”;
oltinchi xatboshidagi “Qonunga” degan so‘z “O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Talabgorlarga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda imtihon varaqalari beriladi.
Har bir imtihon varaqasi malaka komissiyasi majlisida ishtirok etayotgan barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolangan bo‘lishi shart. Imtihon varaqasining birinchi beti hududiy boshqarmaning muhri bilan tasdiqlanadi.
Malaka komissiyasi a’zolarining har biriga talabgorlarni baholash uchun mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda bittadan baholash byulleteni beriladi. Baholash byulletenlari hududiy boshqarmaning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi hamda malaka komissiyasi a’zolariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda imzo qo‘ydirilgan holda tarqatilishi lozim.”.
17. 29-bandning birinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi bilan birgalikda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
18. Quyidagi mazmundagi 311-band bilan to‘ldirilsin:
“311. Malaka komissiyasi a’zolari baholash byulletenida talabgorning bergan javoblarini o‘n ballik tizimda baholaydi.”.
19. Quyidagi mazmundagi 331 va 332-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“331. Baholash byulletenida ballarni hisoblab chiqish uchun malaka komissiyasi a’zolari orasidan 3 kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi.
Hisoblash guruhi tomonidan baholash byulletenlaridagi ballar hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi yig‘ma baholash byulleteniga kiritiladi va malaka komissiyasi a’zolariga e’lon qilinadi.
332. Talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish uchun talabgor to‘plagan ball malaka imtihonida olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 60 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.”.
20. Quyidagi mazmundagi V1 bob bilan to‘ldirilsin:
361. Advokat maqomini to‘xtatib turish advokatlik guvohnomasi berilgan joydagi malaka komissiyasi qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib bo‘lmaydigan doimiy lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda — ish davriga;
ta’lim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga o‘qishga kirganda — o‘qish davriga, biroq ko‘pi bilan uch yilga;
homiladorlik va tug‘ish, uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilish bo‘yicha ta’tillar berilganda — ta’til vaqtiga;
advokat yoki uning yaqin qarindoshi og‘ir kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli tibbiy xulosa taqdim etilganda — sog‘ayguncha, biroq ko‘pi bilan bir yilga;;
advokat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilganda — bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar bo‘lgan davrga;
advokat harbiy xizmatga chaqirilganda — harbiy xizmatni o‘tash davriga;
sud tomonidan advokatga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, agar sudning mazkur qarori Qonunning 16-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘lmasa, — tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari sud tomonidan bekor qilinguniga qadar yoki o‘zgartirilguniga qadar bo‘lgan davrga;
Qonunning 15-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganda — litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan davrga;
advokatlik tuzilmasi tugatilganda yoki advokat undan chiqqanida — advokat tomonidan uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladigan boshqa advokatlik tuzilmasi tashkil etilguniga qadar yoxud mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga kirguniga qadar bo‘lgan davrga.
Advokatda advokatlik faoliyati bilan bir oydan ortiq muddatga shug‘ullanishdan ozod qilinishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lganda, advokatning maqomi uning arizasiga binoan bunday ozod qilinish muddatiga to‘xtatib turilishi mumkin.
Advokatlik maqomini to‘xtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran advokat maqomi to‘xtatiladi.
Adliya organi uch kunlik muddat ichida malaka komissiyasi orqali advokatning guvohnomasini olib qo‘yadi, bundan advokat bedarak yo‘qolgan deb topilgan hol mustasno va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi to‘xtatilganligi haqida xabar beradi. Advokat maqomining to‘xtatib turilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.
Advokat maqomining to‘xtatib turilishi mazkur advokatga nisbatan qonunda nazarda tutilgan kafolatlarning amal qilishi to‘xtatilishiga olib keladi, Qonun 10-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan kafolatlar bundan mustasno.
Shaxs advokat maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak. Mazkur talabni bajarmaslik litsenziyaning amal qilishi Qonunning 16-moddasida belgilangan tartibda tugatilishiga sabab bo‘ladi.
362. Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha to‘xtatib turish advokatning yozma arizasi hamda advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib bo‘lmaydigan doimiy lavozimga saylangan yoki tayinlanganligi, ta’lim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga o‘qishga kirganligi, homiladorlik va tug‘ish, uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilish bo‘yicha ta’tillar berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida hollarda amalga oshiriladi.
Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha to‘xtatib turish advokatning yozma arizasi, bunday ariza taqdim etishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, yaqin qarindoshlarining yozma arizasi yoki advokatlik tuzilmasining murojaati va tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Advokat maqomini uning yaqin qarindoshi og‘ir kasalligi sababli to‘xtatib turishga yaqin qarindoshni parvarish qilish advokatlik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining oltinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha to‘xtatib turish tegishli ravishda sudning advokatni bedarak yo‘qolgan deb topish haqida hamda sudning advokatga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qarorlariga ko‘ra advokatning yaqin qarindoshlari yozma arizasi yoki advokatlik tuzilmasining murojaati asosida amalga oshiriladi.
Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining yettinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha to‘xtatib turish advokatning yozma arizasi yoki advokatlik tuzilmasining murojaatiga ko‘ra tegishli mudofaa ishlari bo‘limi ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi.
Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining o‘ninchi xatboshisida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha to‘xtatib turish advokatlik tuzilmasining tugatilayotganligi yoki advokat undan chiqqanligi haqidagi yozma bildirishnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, advokat maqomi advokat advokatlik tuzilmasi tugatilishi yoki undan chiqqanidan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan boshqa mavjud advokatlik tuzilmasiga kirgan taqdirda to‘xtatilmaydi.
363. Advokat maqomini tiklash malaka komissiyasi qarori bilan advokat maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganidan keyin amalga oshiriladi.
Advokat maqomi to‘xtatib turilgan shaxs mazkur Nizomning 361-bandi o‘n beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat o‘tishiga kamida o‘n kun qolganida tegishli malaka komissiyasiga advokat maqomini tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga advokat maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Malaka komissiyasi ko‘rsatilgan muddatda arizani ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka komissiyasining advokat maqomini tiklash haqidagi qarori u qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmasdan adliya organiga yuboriladi.”.
21. 37-bandning uchinchi xatboshisidan “jismoniy yoki yuridik shaxslarning” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
22. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Mazkur Nizom 37-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslarni O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek adliya organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan nazorat faoliyati jarayonida aniqlagan taqdirda, tegishli hududiy boshqarmaning yoki adliya organining rahbari malaka komissiyasiga vajlarni bayon etgan holda advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida murojaat qiladi. Murojaatda u bilan bog‘liq barcha hujjatlar va materiallar ilova qilinadi.
Hududiy boshqarma yoki adliya organiga kelib tushgan advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar, sudning advokatga nisbatan chiqargan xususiy ajrimi malaka komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
23. Quyidagi mazmundagi 381-band bilan to‘ldirilsin:
“381. Hududiy boshqarma yoki adliya organiga kelib tushgan murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish malaka komissiyasi vakolati doirasiga kirmagan taqdirda, murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.
Hududiy boshqarma yoki adliya idorasiga kelib tushgan murojaatda jinoyat to‘g‘risidagi xabar mavjudligi haqida yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, tegishli hududiy boshqarma yoki adliya organi rahbari murojaat kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay murojaatni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborishni ta’minlaydi va murojaat nusxasini malaka komissiyaga taqdim qiladi.”
24. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi va advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar hududiy boshqarma tomonidan ro‘yxatga olinadi va barcha hujjatlar bilan birga mas’ul kotibga topshiriladi. Mas’ul kotib ularni qabul qilib olgan kunning ertasidan kechiktirmay advokatni bu haqida xabardor qiladi.”.
25. 40-banddagi “o‘n” degan so‘z “yetti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
26. 41 va 42-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
27. 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Advokat malaka komissiyasi majlisining o‘tkaziladigan sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilinganligiga qaramasdan malaka komissiyasining majlisiga kelmagan taqdirda, malaka komissiyasining qarori bilan murojaatni ko‘rib chiqish keyingi majlisga qoldirilishi yoki uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin.
Advokatning noqonuniy harakatlari yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha malaka komissiyasi intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish yoki intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
Malaka komissiyasi intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilgan taqdirda intizomiy ish yuritish komissiyaning mazkur majlisida ko‘rib chiqadi.
Agar intizomiy ish yuritishni ko‘rib chiqishda malaka komissiyasi intizomiy ish yuritish bilan bog‘liq ayrim masalalarni o‘rganish talab qilinadi degan xulosaga kelsa, komissiya qarori bilan intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atilib, o‘rganishni o‘tkazish hududiy boshqarmaga yuklatiladi.
Malaka komissiya tomonidan qo‘zg‘atilgan intizomiy ish yuritish bo‘yicha o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Boshqaruvi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar mas’ul xodim tomonidan imzolangan va hududiy boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan xulosa bilan malaka komissiyasiga taqdim etiladi.
Xulosada murojaatda keltirilgan vajlarni o‘rganishda aniqlangan holatlar va advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va qasamyodi buzilishi holatlari batafsil yoritilishi lozim. Bunda advokatning javobgarligi va intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilishiga oid taklif va izohlar bayon etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.”.
28. Quyidagi mazmundagi 431 — 434-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“431. Mas’ul kotib qaysi advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, o‘sha advokatni ish materiallari bilan tanishtirishi kerak.
Advokatga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan murojaat muallifini intizomiy ish yuritish materiallari bilan tanishtirish va undan nusxa berish advokatlik siriga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
432. O‘ziga nisbatan intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atilgan advokat:
intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan barcha materiallar bilan tanishib chiqishga va o‘z hisobidan nusxa olishga;
intizomiy ish yuritish holatlari bo‘yicha yozma shaklda tushuntirishlar berishga, qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etishga;
malaka komissiyasiga holat yuzasidan aniqlik kiritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni komissiya yig‘ilishiga taklif qilish va tushuntirishlarini eshitish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishga;
malaka komissiyasi yoki Oliy malaka komissiyasi qaror qabul qilguniga qadar (agar bu uning ko‘rib chiqish predmeti bo‘lsa), intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuv choralarini ko‘rishga;
intizomiy ish yuritish jarayonida advokat xizmatidan foydalanishga haqli.
Advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atish uchun asos bo‘lgan murojaat muallifi:
ushbu Nizomning 431-bandida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda intizomiy ish yuritish qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan barcha materiallar bilan tanishib chiqishga va o‘z hisobidan nusxa olishga;
intizomiy ish yuritish holatlari bo‘yicha yozma shaklda tushuntirishlar berishga, qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etishga;
malaka komissiyasiga holat yuzasidan aniqlik kiritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni komissiya yig‘ilishiga taklif qilish va tushuntirishlarini eshitish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishga;
intizomiy ish yuritish jarayonida advokat xizmatidan foydalanishga haqli.
433. Malaka komissiyasi tomonidan advokat advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzgan, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etgan deb topilgan taqdirda, yarashuv qabul qilinmasdan, intizomiy ish yuritish mazmunan ko‘rib chiqiladi.
434. Advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda, shuningdek intizomiy ish yuritish jarayonida quyidagi holatlar aniqlangan taqdirda, intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish rad etiladi, qo‘zg‘atilgan intizomiy ish yuritish tugatiladi:
ko‘rib chiqilayotgan yoki intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish uchun asos bo‘lgan murojaat anonim ekanligi yoki unda ko‘rsatilgan muallif haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi;
ko‘rib chiqilayotgan holat yuzasidan advokatni intizomiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi;
aynan shu advokatga nisbatan aynan shu holatlar bo‘yicha muqaddam tegishli qaror qabul qilinganligi;
ko‘rib chiqilayotgan holat advokatlik faoliyatiga taalluqli emasligi;
murojaatda ko‘rsatilgan advokat advokatlar va advokatlik tuzilmalari reyestrida mavjud emasligi.”.
29. 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqish yoki intizomiy ish yuritish jarayonida ko‘rib chiqilayotgan murojaatda jinoyat to‘g‘risidagi xabar mavjudligi aniqlansa, malaka komissiya qarori bilan intizomiy ish yuritishni to‘xtatadi va materiallarni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboradi, natijasi bo‘yicha ma’lumot olish choralarini ko‘radi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan taqdirda intizomiy ish yuritish tiklanadi va umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi.”.
30. 46-bandda:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida ma’muriy sudga murojaat qilish haqida;
litsenziyaning amal qilishini tugatish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Oliy malaka komissiyasiga murojaat qilish haqida;”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qo‘shimcha o‘rganishni hududiy boshqarmaga yuklash haqida;”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
31. Quyidagi mazmundagi 461-band bilan to‘ldirilsin:
“461. Advokatga nisbatan intizomiy jazo nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari bo‘yicha esa, advokat tomonidan nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yil o‘tganidan keyin qo‘llanilishi mumkin emas.”.
32. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Malaka komissiyasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida ma’muriy sudga murojaat qilish haqidagi qarori, u qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay hududiy boshqarma tomonidan tegishli adliya organiga yozma shaklda yuboriladi.
Adliya organi mazkur qaror kelib tushgan kundan yetti kun ichida litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida tegishli ma’muriy sudga murojaat qiladi.
Malaka komissiyasining litsenziyaning amal qilishini tugatish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Oliy malaka komissiyasiga murojaat qilish haqidagi qarori, u qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay qaror bilan bog‘liq barcha hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboriladi va bu haqida manfaatdor shaxslar yozma tartibda xabardor qilinadi.”.
33. 48-band “shuningdek” degan so‘zdan keyin “qilmishning kam ahamiyatliligi va” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
34. 51-banddagi “o‘n” degan so‘z “yetti” degan so‘z bilan almashtirilsin.
35. 55-bandning birinchi xatboshisi “Oliy malaka komissiyasiga shikoyat berilishi mumkin” degan so‘zlardan keyin “litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish bilan bog‘liq malaka komissiyasi qarorlari bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
36. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 ― 4-ilovalariga muvofiq tahrirda 1 ― 4 ilovalar bilan to‘ldirilsin.
37. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan. | 170 | 29,362 |
Qonunchilik | Pedagoglarni qanday baholashadi | Baholash mezonlarini shu yerda yuklash mumkin.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2016 yil 26 dekabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 31 | 409 |
Qonunchilik | Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mez | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 106-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini munosib rag‘batlantirishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 12-avgustdagi 480-son “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 19-avgustdagi 10-mh, 8 q/q, 41 q/q, 5-2019, 32, 25 q/q va 35-2019-q/q-son qarori (ro‘yxat raqami 3182, 2019-yil 16-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/3182/3754-son) bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. I bo‘limning 1 va 2-boblari 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, II bo‘limning 1 va 2-boblari 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, III bo‘lim 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, VI bo‘lim 2-bobi 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, VII bo‘lim 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, VIII bo‘lim 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. V bo‘limda:
nomidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” degan so‘zlar “olimpiya zaxiralari kollejlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq tahrirdagi ilova bilan to‘ldirilsin. | 250 | 2,459 |
Qonunchilik | “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi QL-420-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Saidov, Dj. Shirinov va T. Norboyev tomonidan 2018-yil 19-sentabrda kiritilgan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi QL-420-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin. | 119 | 1,185 |
Qonunchilik | TOShKENT ShAHRIDAGI MEHMONXONA KOMPLEKSINI “BAKRI INVESTINDO” (INDONEZIYA) KOMPANIYASIGA SOTISh TO‘G‘RISIDA | Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, shuningdek turizmni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Toshkent shahri, O‘zbekiston ovozi ko‘chasi, 2-uyda joylashgan mehmonxona kompleksini atrofidagi yer uchastkasi bilan birgalikda “Bakri Investindo” (Indoneziya) kompaniyasiga sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan “Bakri Investindo” kompaniyasi o‘rtasida ko‘rsatib o‘tilgan mehmonxona kompleksining oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan;
“Bakri Investindo” kompaniyasi sotib olinadigan kompleksga mulkchilik huquqini amalga oshirish va turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish uchun Toshkent shahrida o‘z filialini ochadi.
3. Mehmonxona kompleksini sotishdan tushadigan mablag‘lar va ulardan maqsadli foydalanish jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin hamda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga tushadigan to‘lovlarni taqsimlash bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni amalga oshirish topshirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Bakri Investindo” kompaniyasining O‘zbekistondagi filialini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
5. Toshkent shahar hokimligi bir hafta muddatda:
sotilayotgan mehmonxonaning atrofidagi yer uchastkasiga “Bakri Investindo” kompaniyasining mulkchilik huquqini rasmiylashtirsin;
“Bakri Investindo” kompaniyasining tashkil etilayotgan filialiga mehmonxona kompleksida savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini belgilangan tartibda bersin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir hafta muddatda avans to‘lov “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi hisob-kitob schyotiga tushgandan va kompleksning qolgan qiymatiga “Bakri Investindo” kompaniyasi tomonidan tegishli bank kafolati berilgandan keyin hamda Toshkent shahar hokimligining qarori asosida mehmonxona kompleksiga va uning atrofidagi yer uchastkasiga egalik huquqiga dalolatnomani rasmiylashtirsin.
7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “Bakri Investindo” kompaniyasining mehmonxona kompleksini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy investorlarga beriladigan imtiyozlarga qo‘shimcha ravishda “Bakri Investindo” kompaniyasining filiali mehmonxona kompleksiga mulkchilik huquqi olingan kundan boshlab besh yil muddatga yer solig‘i va mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 2-iyundagi PF-1162-son Farmoniga muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan filial besh yil muddatga chetga chiqariladigan foydadan soliq to‘lashdan ozod qilinsin.
Belgilansinki, “Bakri Investindo” filialining valyuta kursi o‘zgarib turishi hisobidan hosil bo‘ladigan foydasi soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadi.
“Bakri Investindo” kompaniyasi filialiga inflatsiya darajasiga muvofiq aktivlarning balans qiymatiga tuzatish kiritishga, shuningdek elektr energiyasi, gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun Toshkent shahar mehmonxona komplekslari uchun amalda bo‘lgan narxlar bo‘yicha haq to‘lashga ruxsat berilsin.
9. “O‘zbekturizm” mehmonxona kompleksi “Bakri Investindo” kompaniyasi mulkiga berilishi bilan bog‘liq davlat poshlinalari va yig‘imlarining barcha turlarini to‘lashdan ozod qilinsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari S.S. Saidqosimov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 107 | 3,702 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Konsullik Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Konsullik Konvensiyasi ratifikatsiya qilinsin. | 121 | 241 |
Qonunchilik | Isroil Davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Gal Gendler Noaxni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida | O‘zbekiston bilan Isroil o‘rtasida siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalarda har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun
Isroil Davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gal Gendler Noax “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin. | 143 | 277 |
Qonunchilik | Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga moddiy yordam koʻrsatiladi | Bu Prezidentning 30.07.2021 yildagi “Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5204-son qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga asosan 2021 yil avgustda 500 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi:
Pul mablagʻlari tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari orqali joriy yil 25 avgustga qadar yetkaziladi.
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari sonidan kelib chiqib, toʻlov vedomostlari shakllantirilishi hamda ularga pul mablagʻlarining manzilli yetkazilishini ta’minlash va nazorat qilish boʻyicha shaхsan mas’ul etib belgilandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 65 | 1,020 |
Qonunchilik | OTMga qabul: yangi tizim joriy etilmoqda | Abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar Prezidentning 17.01.2019 yildagi Farmoni va 2019 yil uchun Davlat dasturida nazarda tutilgan.
2019/2020 oʻquv yiliga quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
birinchidan, oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni davlat хizmatlari markazlari orqali qabul qilish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi;
ikkinchidan, muddatli harbiy хizmatni oʻtagan va harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega shaхslardan iborat abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun alohida kvotalar ajratiladi. Qabul ular oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda armiyada хizmatni oʻtab boʻlgan abituriyentlar tegishli oliy ta’lim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasi doirasida boshqalar bilan bir qatorda qabul qilinadi. Bunda harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlganlar toʻplagan ballarining 50%i miqdorida qoʻshimcha ballga ega boʻladilar (2017/2018 oʻquv yilidan, ilgari – olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ball miqdoridan 27%, tahr.);
uchinchidan, OTM iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning istiqboldagi ehtiyojlarini, shuningdek, muassasalarning kadrlarni sifatli tayyorlashni tashkil etish imkoniyatlarini hisobga olgan holda talabalarni qabul qilish kvotalarini mustaqil ravishda belgilaydigan boʻladilar. Bungacha kvotalar taqsimoti ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan. Reglamentga soluvchi hujjatni joriy yilning 1 martiga qadar tasdiqlaydilar. Shu muddatda хorijiy diplomlarni nostrifikatsiyalashdagi sun’iy toʻsiqlarni bartaraf etish va ularni tan olishni soddalashtirish boʻyicha hujjat ishlab chiqiladi.
toʻrtinchidan, talabalarga hujjatlarni bir vaqtda bir nechta OTMga topshirish imkoniyati taqdim etiladi. Tegishli hujjat loyihasi 2019 yil 1 aprelga qadar ishlab chiqiladi. Hujjat bilan kirish sinovlari natijalariga koʻra olgan ballari yetishmagan taqdirda boshqa OTM yoki boshqa oʻquv yoʻnalishi boʻyicha oʻqish imkoniyati ham nazarda tutiladi;
beshinchidan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 5 yil va undan ortiq muddat davomida benuqson faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta va oʻrta-maхsus ma’lumotli yoki boshqa (noyuridik) mutaхassislik boʻyicha oliy ma’lumotga ega хodimlar oliy yuridik ta’lim muassasalari sirtqi boʻlimlariga imtiyozli ravishda kirishlari mumkin. Oʻqitish shartnoma asosida keyinchalik tegishli organlarda kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan amalga oshiriladi. Hujjat loyihasi shu yilning 1 apreliga qadar kiritiladi.
Lenara Xikmatova. | 40 | 2,663 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son Farmonini ijro etish yuzasidan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda kasb-hunar ta’limi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni hayotga tatbiq etish va kasb-hunar kollejlarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlik qilishni ta’minlash;
ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olib kasb-hunar kollejlarida o‘rta bo‘g‘inning mehnat bozorida talab etilgan mutaxassislarini tayyorlashning o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
yuqori professional rahbarlar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan kasb-hunar kollejlarini ta’minlash, ularning malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirish, shuningdek, ular mehnatini rag‘batlantirish ishlarini tizimli asosda ta’minlash;
tizimning rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish;
respublikadagi barcha kasb-hunar kollejlari o‘quv-metodik ishini ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, muvofiqlashtirish;
kasb-hunar kollejlarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ta’lim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish;
umumta’lim maktablari 10-11-sinf o‘quvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasb-hunar ta’limi jarayonini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash.
3. Quyidagilar:
Markazning tashkiliy tuzilmasi va xodimlarning umumiy cheklangan soni 34 nafar bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 1- va 2-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda boshqarmalar deb yuritiladi) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari xodimlarining cheklangan soni 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Markaz direktoriga, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlar, boshqarmalar tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilansinki:
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi;
Markazning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Markazga direktor — O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladi;
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limi tizimi sifatli va samarali tashkil etilishi, normativ-huquqiy boshqarilishi, unga yuklangan vazifalar to‘laqonli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati negizida Markaz huzurida Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tashkil etilsin, unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
ta’lim dasturlari tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish ishlarini doimiy ravishda amalga oshirish, ta’limning umumiy metodologiyasi doirasida ularning samaradorligi va moslashishini ta’minlash, yangi o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga joriy etish;
tizimning pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini boshqarishning yangi vertikalini tashkil etish.
6. Markaz huzuridagi xodimlarning cheklangan soni 86 nafar bo‘lgan Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. San’at, madaniyat va olimpiya zaxiralari kasb-hunar kollejlari (kollejlari) 6-ilovaga muvofiq, bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladigan ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlariga, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlariga aylantirilsin.
8. Quyidagilar:
a) vazirliklar va idoralarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladigan kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib:
to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun tushadigan mablag‘lar;
vazirliklar va idoralarning ushbu maqsadlarga xarajatlar smetasida har yili nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari;
b) xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladigan kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib:
to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari;
v) ko‘p tarmoqli kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib — mutaxassislarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish va qayta tayyorlash uchun ota-onalar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining mablag‘lari belgilansin.
Kam ta’minlangan oilalardan o‘quvchilar kasb-hunar (ko‘p tarmoqli) kollejlarida, ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, bepul asosda o‘qitiladigan tartib o‘rnatilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi to‘g‘risidagi nizomni;
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomni;
2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda:
kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini;
kasb-hunar ta’limining yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini;
kasb-hunar kollejlarida davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilarni, ularning egallagan kasbi bo‘yicha hududlarda kamida uch yil ishlab berish uchun ishga yuborish tartibini nazarda tutuvchi nizomni;
kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibini tasdiqlasin.
10. Iqtisodiyot vazirligi, Markaz:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yildan boshlab har yili 1-maygacha bo‘lgan muddatda mutaxassisliklar va kasblar bo‘yicha kasb-hunar kollejlariga qabul qilish bo‘yicha kelishilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun kiritsinlar;
ikki oy muddatda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kasb-hunar kollejlariga qabul kvotalarini shakllantirish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaz va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalari bilan kelishgan holda har yili kasb-hunar kollejlarida o‘qitishning shakllanayotgan jami xarajatlarini va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlarini hisobga olgan holda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarini belgilasin.
12. Vazirliklar va idoralarga quyidagi vazifalarning bajarilishini ta’minlash, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarga amalga oshirish tavsiya etilsin:
o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarishning idoraviy mansub obyektlarida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini keyinchalik ularda ishga joylashtirish maqsadida tashkil etish;
kasb-hunar kollejlarini saqlash, ularning xarajatlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
kasb-hunar kollejlarining o‘zini o‘zi qoplashini oshirish maqsadida belgilangan tartibda ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini, faoliyatining tadbirkorlik, maslahatlar berish, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa turlarini yo‘lga qo‘yish.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Markaz va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda tugatiladigan va qayta tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari xodimlarini ishga joylashtirishda yordam bersinlar.
14. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. | 149 | 10,540 |
Qonunchilik | FHDYo boʻlimlarining хodimlari attestatsiyadan oʻtkaziladi | FHDYo organlarining Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi tizimida faoliyat yuritish tartibi belgilandi (26.08.2020 yildagi 514-son VMQga qarang).
Eslatib oʻtamiz, 1 apreldan boshlab FHDYo organlari hokimliklar tizimidan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi tasarrufiga oʻtkazilgan. Idoraga ishni tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, FHDYoning yagona elektron arхivini yuritish va FHDYoning hududiy arхivlariga rahbarlik boʻyicha funksiyalar yuklatilgan.
Shu munosabat bilan:
a) Adliya vazirligi 2021 yil 1 yanvarga qadar tuman (shahar) FHDYo boʻlimlarining хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazadi;
b) FHDYo arхivlarida arхivarius lavozimi tugatiladi hamda 1 va 2-toifali inspektor lavozimlari joriy etiladi;
v) FHDYo organlari хodimlari mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Davlat хizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari boʻlimlari хodimlariga tenglashtiriladi, shu jumladan:
g) FHDYo хodimlarining hokimliklar tizimidagi ishlagan davri koʻp yil ishlaganligi hamda quyidagi tarzda beriladigan martaba darajalari olish uchun ustamalar toʻlashga zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi:
Bir oy mudatda:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.08.2020 yildan kuchga kirgan.
Oleg Zamanov. | 58 | 1,376 |
Qonunchilik | Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2753-son qarori o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, pensiyalar va nafaqalar to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, naqd pul shaklida pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha barcha kompleks chora-tadbirlarni to‘liq va muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni (keyingi o‘rinlarda — pensiyalar va nafaqalar deb yuritiladi) naqd shaklda to‘lashni “O‘zbekiston pochtasi” AJdan O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi o‘rinlarda — Xalq banki deb yuritiladi) bo‘linmalariga mart-iyul oylari mobaynida bosqichma-bosqich o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, 2017-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida pensiyalar va nafaqalarni to‘lash faqat Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.
Xalq banki tomonidan pensiyalar va nafaqalarni to‘lash tajriba tariqasida:
joriy yilning 1-aprelidan boshlab — 1-ilovaga muvofiq 13 ta viloyatga bo‘ysunuvchi shaharda, shuningdek Toshkent shahrining 6 ta tumanida;
2017-yilning 1-mayidan boshlab — 2-ilovaga muvofiq 39 ta qishloq tumanida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari pensiyalar va nafaqalarni naqd pulda berish bo‘yicha maxsus kassalar ishini tashkil etish uchun posyolkalar, qishloqlar, ovullar mahallalari fuqarolar yig‘inlari binolarida va pensionerlarning mablag‘larni olishi uchun qulay bo‘lgan boshqa ma’muriy binolarda bepul foydalanish huquqi bilan Xalq bankini alohida xonalar bilan ta’minlasinlar.
Belgilansinki, mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar va nafaqalarni maxsus kassalardan olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga pensiyalar va nafaqalar Xalq banki tomonidan bevosita ular yashaydigan joyga yetkazib beriladi.
4. Xalq banki:
kassirlar va nazoratchilar soni 4 ming nafar shtat birliklariga ko‘payishini, markaziy apparatda va filiallardagi pensiyalar va nafaqalarni aholiga naqd pul shaklida yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislarning zarur soni butlanishini, ularga yuklangan funksiyalarni bajarish uchun ularni o‘qitishni ta’minlashni hisobga olgan holda, tashkiliy tuzilmani bir hafta muddatda tasdiqlasin;
inventar va kompyuter texnikasi istisno tariqasida tanlov (tender) savdolari o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha zarur miqdorda sotib olinishini ta’minlasin;
bir oy muddatda naqd pul mablag‘larni to‘plash va yetkazib berishni tashkil etish tartibi hamda pensiyalar va nafaqalarni to‘lash mexanizmi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
pensiyalar va nafaqalar o‘z vaqtida berilishi ta’minlanganligi uchun Xalq banki xodimlarini rag‘batlantirish choralarini nazarda tutsin.
5. “O‘zavtosanoat” AK naqd mablag‘larning maxsus kassalargacha yetkazib berilishini tashkil etish uchun Xalq bankining buyurtmanomalari bo‘yicha 590 ta “Damas” markali avtotransport vositasi sotilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Xalq bankining buyurtmanomalariga muvofiq barcha to‘lovlar har oyning 27-kunigacha tugallanishini hisobga olgan holda pensiyalar va nafaqalar Xalq banki tomonidan uzluksiz berilishi uchun naqd pul mablag‘lari bilan zarur hajmda ta’minlasin;
Xalq bankining o‘z inkassatsiya xizmati tashkil etilguniga qadar pensiyalar va nafaqalarni to‘lash uchun naqd pul mablag‘lari Xalq bankining filiallariga imtiyozli shartlarda yetkazib berilishi bo‘yicha inkassatsiya xizmatlari ko‘rsatish qiymatini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilsin;
Xalq banki bilan birgalikda moliyalashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i har kuni tahlil qilinib Pensiya jamg‘armasiga taqdim etish tartibini joriy etgan holda pensiyalar va nafaqalar to‘lash uchun mo‘ljallangan Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini hisobga olishni joriy etish bo‘yicha tegishli hisob raqamlari ochsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov undirmasdan naqd mablag‘lar Xalq bankining maxsus kassalarigacha yetkazib berilishiga hamrohlik qilishni tashkil etsin;
590 ta “Damas” markali avtotransport vositasini naqd pul mablag‘larini tashish uchun moslashtirishga tegishli ruxsatnomalar berilishini ta’minlasin;
Xalq bankining inkassatsiya xizmatini naqd pul mablag‘larining saqlanishi va butligini ta’minlash uchun himoya va xavfsizlikning tegishli moslamalari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
8. Pensiyalar va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha Xalq banki xizmatlariga haq to‘lash miqdori pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish umumiy summasi hajmining 1 foizi miqdorida belgilansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi Xalq banki bilan birgalikda:
pensiya va boshqa to‘lovlarni olayotganlarga SMS orqali xabardor qilishni joriy etgan holda aholiga pensiyalar va nafaqalar to‘lashni “on-layn” rejimida hisobga olish va nazorat qilishni avtomatlashtirish maqsadida tegishli ma’lumotlar bazalari integratsiya qilinishini bir oy muddatda ta’minlasin;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini jalb etgan holda Pensiya jamg‘armasi interaktiv xizmatlarining yangi turlari, shu jumladan “ishonch telefoni” ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi va Pensiya jamg‘armasi Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan nazorat va tizimli monitoring olib borilishini ta’minlasinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2017-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Markaziy bank raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin. | 97 | 6,394 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-son “Pasport-viza rejimiga rioya qilish tartibi mustahkamlanganligi va uy-joy fondidan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 20-maydagi 74-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2366, 2012-yil 21-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 21-son, 237-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini belgilaydi.
1. Fuqarolarni turgan joyi bo‘yicha hisobga olish (bundan buyon matnda hisobga olish deb yuritiladi) ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududining muayyan joyida yashashi yoki vaqtinchalik bo‘lishi faktini aniqlashni nazarda tutadi.
2. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish uchun asos hisoblanmaydi. Doimiy propiskadan o‘tmaganlik turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.
Hisobga qo‘yilgan fuqaro hisobga olish muddatidan ortiq bo‘lmagan davrda vaqtincha ishga ega bo‘lish huquqiga egadir.
3. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylarga, dam olish uylariga va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin ularning bu yerda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
4. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan fuqarolar kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda o‘zi vaqtincha turgan joydagi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (bo‘limining) (bundan buyon matnda TShIIB deb yuritiladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (bo‘linmasiga) (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
pasport;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va 35x45 mm o‘lchamdagi ikki dona rasm — 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun;
mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi (roziligi);
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
hisobga olinganlik uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya (qariyalar va nogironlarning internat-uylarida yashovchi qariyalar va nogironlar, shuningdek maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan va yotoqxonalarda yashovchi o‘quvchilaridan tashqari);
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi bo‘lsa ushbu bandning oltinchi va yettinchi xatboshidagi hujjatlar talab etilmaydi.
5. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan fuqaroga tegishli turar joy maydoniga vaqtincha hisobga olish uchun uning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi.
6. Fuqaro “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (1993-yil 22-yanvar, Minsk) a’zo davlatlar hududida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida bo‘lgan taqdirda, uning roziligi tegishli davlat qonunchiligiga muvofiq tasdiqlanishi mumkin.
Fuqaro Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) a’zo davlat hududida bo‘lganda, uning roziligi ushbu Konvensiya talablariga muvofiq apostil belgisi orqali tasdiqlanishi mumkin.
7. Mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan keyin TShIIB MvaFRB inspektori fuqaroning arizasini mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Fuqarolarning turgan joyi bo‘yicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazadi, ularni o‘rganib chiqadi hamda o‘sha kunning o‘zida ariza beruvchiga Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8 va 9-ilovalariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyida hisobga olish to‘g‘risida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varag‘i (bundan buyon matnda qayd varag‘i deb yuritiladi) yoki BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini beradi.
Qayd varag‘i qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Qayd varag‘i hamda BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) ko‘rsatilgan taqdirda unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir).
8. Qayd varag‘i O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida yagona namuna bo‘yicha tayyorlanadi. Qayd varag‘idagi ma’lumotlar TShIIB MvaFRBning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
TShIIB MvaFRB inspektori qayd varag‘ini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta hisobga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.
9. 16 yoshga to‘lmagan shaxsni hisobga olishni rasmiylashtirishda uning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs zimmasiga yuklanadi.
10. Ariza beruvchining pasportiga va turar joyning uy daftariga (propiska kartochkasiga) hisobga olish to‘g‘risida belgi qo‘yilmaydi.
11. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olingan fuqaro hisobga olingan joyida yashashi kerak.
12. TShIIB MvaFRB inspektori fuqaroga qayd varag‘i berishdan avval uning qidiruvda emasligini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnlarda IIV deb yuritiladi) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnlarda MvaFRBB deb yuritiladi) “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga fuqaro haqidagi ma’lumotlarni kiritib, ularni tizim orqali avtomatik tarzda IIV Axborot markazining ma’lumotlar bazasidan tekshiradi.
Tekshiruv natijasi yuzasidan fuqaro qidiruvda bo‘lganligi holati aniqlangan taqdirda IIV Axborot markazi ushbu holat bo‘yicha IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi va IIV MvaFRBBga xabar beradi.
13. Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan fuqarolar turar joyi (uy-joy maydoni) bo‘yicha hisobga olinadi. Bunda ta’lim muassasasi tomonidan fuqaroning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidan nusxa (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, 35 x 45 mm o‘lchamli ikkita fotosurat) va ta’lim muassasasi tomonidan turar joy bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma hududiy TShIIB MvaFRBga taqdim etiladi. Agar fuqaro oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga hisobga olish uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya ham yuboriladi.
14. Fuqaro ta’lim muassasasining turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, ta’lim muassasasining aloqa xati va mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida fuqaro tanlagan joyidagi TShIIB MvaFRB tomonidan hisobga olinadi.
15. O‘qish Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilgan, fuqaro akademik ta’til olgan yoki ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlashtirilgan taqdirda ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaroni vaqtincha turgan joyida hisobga olishni rasmiylashtirgan TShIIB MvaFRBni xabardor qiladi.
16. Ta’lim muassasasi rahbariyatining bildirishnomasi asosida TShIIB MvaFRB hisobga olishni bekor qiladi.
TShIIB MvaFRBda Fuqarolarning turgan joyi bo‘yicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobining “izoh” ustuniga fuqaroning hisobga olinganligi bekor qilinganligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritilib, bir kunlik muddat ichida Toshkent shahar IIBB Manzil-ma’lumotlar byurosiga mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq xabarnoma yuboriladi.
17. Qayd varag‘i yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda fuqaro hisobga olingan TShIIB MvaFRBga shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varag‘i yo‘qolishi yoki yaroqsiz holga kelishi sabablarini ko‘rsatib, qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtirib berish to‘g‘risida mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
18. TShIIB MvaFRB inspektori fuqaroning qayd varag‘i yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganligi yuzasidan yozgan arizasini qabul qilib, arizada ko‘rsatilgan manzilda ushbu fuqaroning hisobga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshiradi.
Fuqaroning arizada ko‘rsatilgan turar joyda hisobga olinganligi tasdiqlangan taqdirda ariza beruvchiga o‘sha kunning o‘zida qayd varag‘ining dublikati rasmiylashtirib beriladi va Fuqarolarning turgan joyi bo‘yicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobining “izoh” ustuniga “dublikat” deb qizil rangda yozib qo‘yiladi.
19. Fuqaro hisobga olingan muddat davomida hisobga olingan turar joydan boshqa manzildagi turar joyga yashashga o‘tsa, yangi turar joyi bo‘yicha TShIIB MvaFRBga mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar (ikkinchi va sakkizinchi xatboshida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari), mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda ariza, shuningdek avvalgi turar joyi bo‘yicha hisobga olinganligini tasdiqlovchi qayd varag‘ini taqdim etadi.
20. TShIIB MvaFRB inspektori taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilib, bu haqda Fuqarolarning turgan joyi bo‘yicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobiga tegishli yozuv kiritadi.
21. TShIIB MvaFRB inspektori shu kunning o‘zida qayd varag‘ida ko‘rsatilgan muddatga yangi qayd varag‘ini rasmiylashtirib beradi va eski qayd varag‘ini fuqaroning oldingi hisobga olingan joyi bo‘yicha TShIIB MvaFRBga yuboradi.
Fuqaro hisobga olingan muddat davomida qayta hisobga olinganligi to‘g‘risida bir kunlik muddat ichida Toshkent shahar IIBB Manzil-ma’lumotlar byurosiga xabarnoma yuboriladi.
22. Fuqaro pasportini almashtirganligi haqida murojaat qilsa, bu haqda qayd varag‘iga qo‘shimcha yozuv kiritiladi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
23. Hisobga olishni qayta rasmiylashtirish mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Quyidagilar:
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish joyi bo‘yicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etilishi;
shaxsning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bundan buyon bo‘lishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
ushbu Yo‘riqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi hisobga olishni rasmiylashtirishni rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
24. Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi inspektori tomonidan xulosa tuziladi, ushbu xulosa migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda, ularga rad etishning aniq asoslarini keltirgan holda bir sutka mobaynida xabar qilinishi lozim.
Hisobda turishni rasmiylashtirishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
25. Turgan joyi bo‘yicha hisobga olish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nomenklatura bo‘yicha yig‘majildlarga tikiladi va TShIIB MvaFRBda ikki yil davomida saqlanadi.
26. MvaFRB inspektori ariza beruvchiga qayd varag‘i bergandan keyin hisobga qo‘yilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni MvaFRBBning kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritadi.
MvaFRB inspektori fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olinganligi to‘g‘risidagi kelish varaqasini mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shaklda to‘ldiradi va bir sutka mobaynida ularni Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBning manzil — ma’lumotnomalar byurosiga yuboradi.
27. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga o‘xshash boshqa tashkilotlarning mas’ul shaxslari 12 soat mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni Internet tarmog‘i orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga kiritib qo‘yadilar.
MvaFRB fuqarolarni hisobga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatishning idoraviy tarmog‘i bo‘yicha Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) markaziy ma’lumotlar bazasiga yuboradi.
29. Har oy yakuni bo‘yicha turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar keyingi oyning 3-sanasiga qadar TShIIB MvaFRB tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRBga taqdim etiladi. Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRB esa, o‘z navbatida, ma’lumotlarni jamlab har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar IIV MvaFRBBga taqdim etadi.
TShIIB MvaFRB berilgan qayd varaqlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda TShIIB HPBga taqdim etishi shart.
30. Toshkent shahar IIBBvaToshkent viloyati IIB rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriq asosida ularning mas’ul xodimlari har chorakda TShIIB MvaFRB tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha yashab turgan joyi bo‘yicha hisobga olish ishlarining ahvolini o‘rganib chiqadi va TShIIB MvaFRB xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilaydi.
31. IIV rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriq asosida IIV MvaFRBB mas’ul xodimlari bir yilda kamida ikki marotaba Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRBlar va TShIIB MvaFRBlari tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha yashab turgan joyi bo‘yicha hisobga olish ishlarining ahvolini o‘rganib chiqadi va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.
32. Qayd varaqlari himoyalangan maxsus blankada “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 120x80 mm o‘lchamda tayyorlanadi, seriya (Toshkent shahri uchun “TSh” seriya, Toshkent viloyati uchun “TV” seriya) va tartib raqamiga ega bo‘ladi.
Qayd varaqlari blankalari IIV MvaFRB tomonidan Toshkent shahar IIBBva Toshkent viloyati IIBga, Toshkent shahar IIBBva Toshkent viloyati IIB MvaFRB tomonidan tegishli TShIIB MvaFRBlarga tarqatiladi.
Qayd varaqlarining hisobi IIV MvaFRB, Toshkent shahar IIBBvaToshkent viloyati IIB MvaFRBda mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda Qayd varaqlari blankalarini kirim va chiqim qilish kitobida yuritiladi.
33. Qayd varaqlari blankalari TShIIB MvaFRBlari rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Qayd varaqlari blankalarini kirim va chiqim qilish kitobiga qayd qilinib, ularning qat’iy hisobi yuritiladi hamda xizmatda foydalanish uchun TShIIB MvaFRB inspektoriga taqdim etiladi.
TShIIB MvaFRB inspektorlari xizmatda foydalanish uchun olgan qayd varaqlarini belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlaydi.
34. Mazkur Yo‘riqnoma nazarda tutilgan arizalar fuqaroning o‘zi, ishonchli vakili, voyaga yetmaganlar uchun qonuniy vakili (ota-onasi), shuningdek fuqaroning vasiysi (homiysi) tomonidan beriladi.
35. Mazkur Yo‘riqnoma talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Noturar joy binolarga fuqarolarni doimiy propiska qilish va hisobga olishni rasmiylashtirish taqiqlanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar istisno tariqasida noturar joy binolarga hisobga olinishi mumkin.
Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida ushbu shaxslar to‘g‘risida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
351. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
352. Fuqaroni hisobga olish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
36. Mazkur Yo‘riqnoma talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
37. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan. | 164 | 19,385 |
Qonunchilik | Firmaning yuridik manzili – muassisning propiska joyi boʻyicha | Yuridik shaхsni muassisning uy manzili boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazish mumkinmi? Bu oʻz biznesini barpo etishga qaror qilganlarda tez-tez yuzaga keladigan savoldir.
Pullarni binoni ijaraga olishga sarflashning har doim ham imkoniyati yoʻq, masalan, biznesni boshlashda moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligi sababli. Agar хususiy turar joy mavjud boʻlsa, nima uchun yuridik manzilda iqtisod qilinmasligi kerak?
Yuridik shaхsni uy manziliga roʻyхatdan oʻtkazish qonuniyligini bir ma’noda aytish amrimahol. Qonunchilikda buni bajarishni taqiqlovchi normalar mavjud emas, biroq, boshqa tomondan, ruхsat beruvchi normalar ham yoʻq. Bu savolga oydinlik kiritishga harakat qilib koʻramiz.
Tahririyatimiz mazkur savol yuzasidan Interaktiv davlat хizmatlari yagona portali orqali (IDXYaP) Adliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligiga murojaat yubordi. Afsuski, berilgan savollarga biz aniq javoblarni ololmadik.
Yuridik shaхsni roʻyхatdan oʻtkazish tartibotlari toʻgʻrisidagi aхborotni “Korхona yuristi” EMTdan topish mumkin.
Qonunchilikda nima deyiladi?
Uy-joy kodeksining 9-moddasida bir ma’noda aytiladiki, turar joy fuqarolarning yashashiga moʻljallangandir. Undan koʻp kvartirali uylarda sanoat ehtiyojlari uchun foydalanish taqiqlanadi, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarni joylashtirishga faqat ushbu joy yashash uchun moʻljallanmagan joylar turkumiga belgilangan tartibda oʻtkazilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi. Biroq yuridik shaхsni uy manziliga roʻyхatdan oʻtkazishda bu haqda hech kim bosh qotirmaydi. Shuning uchun Uy-joy kodeksining mazkur moddasi asos uchun olingan taqdirda tashkilotni turar joyga roʻyхatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Biroq bunday amaliyot baribir mavjud.
Bu boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tufayli sodir boʻlmoqda.
Oilaviy korхona sifatida roʻyхatga olingan yuridik shaхslarga cheklov tatbiq etilmaydi. “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasiga asosan oilaviy korхona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar, shu jumladan, ishlab chiqarish, хoʻjalik binolari va boshqa imoratlar oilaviy korхona faoliyati amalga oshiriladigan joydir.
Oilaviy korхona ishtirokchilariga tegishli turar joylarni ularni tadbirkorlik faoliyatida ishlatish uchun yashash uchun moʻljallanmagan joylar turkumiga oʻtkazish talab qilinmaydi, bundan qonunchilikda koʻzda tutilgan ayrim hollar mustasno.
Shunday qilib, oilaviy korхona a’zolari ular propiska qilingan turar joyni yuridik shaхsning pochta va yuridik manzili sifatida ishlatishi mumkin.
“Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida”1 va “Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida”2 Qonunlarda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazishni koʻzda tutuvchi ibora ishlatilishiga qaramay, dehqon va fermer хoʻjaliklariga nisbatan ham shunday хulosaga kelish mumkin. Biroq, fermer хoʻjaligiga ijaraga yer berish, dehqon хoʻjaligiga esa yashash joyi boʻyicha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining хususiyatini hisobga olgan holda хulosa qilish mumkinki, ularni roʻyхatdan oʻtkazish ham yashash joyi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Bundan tashqari, avval Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 14-bandiga3 muvofiq tadbirkorlik sub’yektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilish zarur edi. Bu mulkchilik huquqiga boʻlgan dalolatnoma, binoni sotib olish shartnomasi, ijara shartnomasi yoki ijaraga beruvchining kafolat хati, shuningdek muassislardan biri tegishli binoni (shu jumladan turar joy) tadbirkorlik sub’yektining pochta manzili sifatida ishlatish huquqi toʻgʻrisida guvohlik beruvchi yashash joyidan ma’lumotnoma ham boʻlishi mumkin edi.
Biroq VMning 7.08.2006 yildagi 162-son qaroriga muvofiq band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblandi.
Shunday qilib, koʻrsatilgan Nizom ham, Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatiga olish va hisobga qoʻyishning хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom4 ham tadbirkorlik sub’yektlari boʻlmish yuridik shaхslarda pochta manzili sifatida noturar joy binosi mavjud boʻlishini koʻzda tutmaydi. Bu hujjatlarning ma’nosiga koʻra ularni jismoniy shaхslar-muassislardan birining yashash joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Tadbirkorlik sub’yektining (shu jumladan muassisning yashash joyi boʻyicha) pochta manzilini saqlaydigan, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga taqdim qilinadigan asosiy hujjat ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi hisoblanadi. Shuningdek pochta manzilini yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizada (ariza-хabarnomada) koʻrsatish lozim. Bunda shu manzilni tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilish kerak emas.
Uy manzili boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazishning afzalligi nimada? Shubhasiz, ulardan biri bu tashkilotning yuridik va pochta manzillari nomuvofiqligi yuzasidan nihoyatda dolzarb muammoni hal qilishdir.
Bundan tashqari, ijaraga olish yoki ofis uchun bino sotib olishda tejamkorlikka erishish mumkin.
Va sizning yuridik manzilingiz boʻyicha boshqa yuridik shaхslar boʻlmaydi, ya’ni u ommaviy boʻlmaydi, olaylik, biznes-markazlarida kabi.
Salbiy jihatlar haqida ham unutmaslik kerak. Bu litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shugʻullanishni rejalashtirayotgan tashkilotni roʻyхatdan oʻtkazish imkoniyatining yoʻqligidir. Va, albatta, tashkilot qiyin moliyaviy holatga tushganda javobgarlik. Demak, agar u qarzga botsa, sud ijrochilari kvartirada joylashgan barcha mol-mulkni хatlashlari mumkin.
Xulosa qilib qayd etish joizki, yuridik shaхsni uy manzili boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazish – bu oхirigacha tartibga solinmagan masala, bunda ham ijobiy, ham salbiy tomonlar mavjud. Shuning uchun roʻyхatdan oʻtkazish boʻlimiga tashrif buyurishdan oldin hammasini oʻylab koʻrish kerak. Biroq yuridik shaхsni uy manzili boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazish keyinchalik noqulaylik tugʻdirgan taqdirda bu vaziyatni tuzatish uchun har doim imkoniyat bor.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz.
__________________
1 30.04.1998 yildagi 602-I-son.
2 30.04.1998 yildagi 604-I-son.
3 VMning 20.08.2003 yildagi 357-son qaroriga 1-ilova.
4 Prezidentning 24.05.2006 yildagi PQ-357-son Qarori bilan tasdiqlangan. | 62 | 6,219 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BIRJALAR FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida birja faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida” 1991-yil 27-dekabrdagi Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Birjalar Kengashi zimmasiga respublikada birjalar faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hamda birjalarni ixtisoslashtirish, shuningdek, yangi birjalar tashkil etishning maqsadga muvofiqligi masalalarini kelishib olish vazifasi yuklatilsin.
Birjalar Kengashi bir oy muddat ichida Kengash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan birjalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olishning ilova qilinayotgan Tartibi tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha birjalar, o‘zining mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, birjalarni Yagona davlat ro‘yxatiga kiritish uchun 1992-yilning 1-iyuligacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat tomonidan ro‘yxatga olinadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi birjalarni ro‘yxatga olish grafigini o‘n kun muddat ichida tasdiqlasin hamda uni birjalarga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin.
Mazkur qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan muddat ichida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan birjalarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ularning daromadi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi birjalar tomonidan o‘z ustavlariga, ularning vazifalari va faoliyati maqsadlariga muvofiqligi qismiga qanday rioya qilinayotganligini muntazam ravishda nazorat qilishni amalga oshirsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida birja faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida” 1991-yil 27-dekabrdagi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan birjalar va ular ta’sis etgan korxonalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan birjalar va ularning korxonalarini davlat tomonidan ro‘yxatga olish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
2. Birjalar va ular ta’sis etgan korxonalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi.
birjalar yoki ular tomonidan ta’sis etilgan korxonalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish haqida ariza;
birja yoki korxona tuzish haqida ta’sischilar yoki ular vakolat bergan organning notarial idora tasdiqlagan shartnoma nusxasi;
ta’sischi (ta’sischilar) tomonidan tasdiqlangan birja yoki korxonaning notarial idora tasdiqlagan ustavi, uning tovar belgisi, emblemasi va boshqalar;
yangidan tashkil etilgan birja uchun birjalar Kengashining roziligi hamda birjaning binolari va zarur asbob-uskunalari borligini tasdiqlovchi hujjatlar;
birjaning ro‘yxatga olinganligi uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi bank to‘lov hujjati.
3. Birjalarning davlat tomonidan ro‘yxatga olinganligi uchun ustav fondining 0,25 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining besh baravaridan kam va yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda davlat boji olinadi.
Olingan mablag‘larning 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan hisobiga, qolgan qismi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Ustavlar o‘zgartirilganda va to‘ldirilganda, shuningdek, birja qayta tashkil etilganda ro‘yxatga olinganlik uchun to‘langan summaning yarmi miqdorida davlat boji to‘lanadi.
4. Birjani davlat tomonidan ro‘yxatga olish ro‘yxatga olish haqidagi ariza, zarur barcha hujjatlar ilova qilingan holda, olingan vaqtdan boshlab 30 kundan kechikmay amalga oshiriladi. Agar birja yoki uning tomonidan ta’sis etilgan korxona belgilangan muddatda davlat tomonidan ro‘yxatga olinmagan yoki ta’sischi asossiz deb hisoblaydigan sabablar bilan rad etilgan taqdirda, ta’sischi sudga murojaat qilishi mumkin.
Birjalarning davlat tomonidan ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar 10 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan olib boriladigan O‘zbekiston Respublikasi birjalari hamda ular ta’sis etgan korxonalarning Yagona davlat ro‘yxatiga kiritiladi (1-ilova).
5. Ro‘yxatga olingan birjaga davlat tomonidan ro‘yxatga olinganlik haqidagi guvohnoma beriladi (2-ilova).
6. Ishlab turgan birjani yoki u ta’sis etgan korxonani davlat tomonidan ro‘yxatga olish rad etilganda ro‘yxatga oluvchi organ hisob-kitob ishlarini to‘xtatish uchun bu haqda moliyaviy ta’minlashni amalga oshirayotgan bankka xabar beradi. Birjani tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan birjalar qaytadan tashkil etilgan yoki tuzilishida, shuningdek, faoliyat turida o‘zgarish bo‘lgan taqdirda, ularni ro‘yxatga olgan organlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga bir hafta muddat ichida bu haqda korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning respublika klassifikatsiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartibda ularning aynan tenglashtirish va klassifikatsiyalari belgilarini aniqlash uchun xabar qiladilar.
8. Birja vakolatli davlat organlarini o‘zining pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘n kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilmaganlik uchun birjaning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bir yil o‘tgach birja ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ta’sis hujjatlarida ma’lum qilingan ustav jamg‘armasini shakllantirish tugallanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishga majburdir. Ustav jamg‘armasi shakllantirilmagan, biroq belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan, amalda shakllantirilgan miqdorgacha kamaytirilgan yoki boshqacha tashkiliy-huquqiy shakllarga o‘zgartirilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ korxonalarni tugatish bo‘yicha maxsus komissiyaga birjaning bundan buyon faoliyat ko‘rsatishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun taqdimnoma kiritadi.
9. Birja davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, pochta manzili o‘zgarganligi, qayta tashkil etilganligi yoki faoliyat turlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritish uchun o‘n kun muddatda statistika organlariga xabar qiladilar. | 77 | 6,446 |
Qonunchilik | 2002 YILDA ShOLI EKILADIGAN MAYDONLAR VA ShOLI YETIShTIRISh HAJMLARI TO‘G‘RISIDA | Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan sholi yetishtirish samaradorligini oshirish asosida aholining guruchga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining kutilayotgan suv ta’minotini hisobga olgan holda 2002-yilda sholi ekiladigan maydonlar, sholi yetishtirish va uni davlat resurslariga sotish hajmlari to‘g‘risidagi taklifiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin. Farg‘ona vodiysi va 1-ilovada ko‘rsatilmagan boshqa viloyatlar xo‘jaliklarida sholi ekish qat’iy taqiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida sholi ekin maydonlari faqat ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar hududlarida joylashtirilsin. Shu bilan birga sholi ekin maydonlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasining qirg‘oq bo‘yidagi yerlarida va janubiy tumanlarida joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2002-yilda sholining yuqori hosilli, ertapishar navlarining qulay agrotexnik muddatlarda, suv kafolatli beriladigan tumanlarda ekilishini ta’minlasinlar. Yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida sholini ko‘chat usulida ekish texnologiyasi keng qo‘llansin, buning uchun mavjud maxsus texnika-parkidan foydalanilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha hamda kollektor va kanallarni tozalash, ularning tubini chuqurlashtirish, shuningdek tashlanma suv havzalaridagi mavjud suvlardan foydalanish hisobiga qo‘shimcha suv resurslarini jalb etish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. Kollektor-drenaj suvlarini chiqarish uchun qo‘shimcha nasos agregatlari o‘rnatilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga 2002-yil sholi hosilidan urug‘lik yetishtirish va “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi korxonalariga yetkazib berish bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq topshiriq belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, urug‘chilik xo‘jaliklari davlat resurslariga tovarbop sholi sotishni faqat urug‘lik sholi g‘amlash topshiriqlari bajarilgandan keyingina amalga oshiradilar.
5. O‘zbekiston Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining boshlang‘ich urug‘chilikni amalga oshirishini, sholi navlarining asosiy originatori va ularning yagona yetishtiruvchisi, shuningdek yuqori reproduksiyali — superelita va elita urug‘lik yetkazib beruvchi ekanligini e’tiborga olib, 2002-yilda O‘zbekiston Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti davlat resurslariga tovarbop sholi sotishdan ozod qilinsin.
6. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tovarbop sholi xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini 2002-yil 1-maygacha ta’minlasinlar.
7. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi 2002-yil 1-avgustgacha sholichilik xo‘jaliklariga tovarbop va urug‘lik sholi davlat xaridlari umumiy summasining 50 foizgachasi miqdorida bosqichma-bosqich avans berib borishni amalga oshirsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tovar va urug‘lik uchun xarid qilinadigan sholining xarid (shartnomaviy) narxlari bo‘yicha 2002-yil 1-avgustgacha taklif kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin. | 80 | 4,270 |
Qonunchilik | Xorijda mablagʻlarsiz qolgan oʻzbekistonliklarga yordam koʻrsatiladi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 12.04.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga хorijiy davlat hududida yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 201-son qaror qabul qilindi.
Hujjat 17.01.2019 yildagi OʻRQ-517-son Qonun bilan tasdiqlangan Konsullik ustaviga muvofiq qabul qilingan.
Moliya vazirligiga хorijdagi diplomatik vakolatхonalar va konsullik muassasalarini moliyalashtirish parametrlariga qoʻshimcha mablagʻ ajratish topshirildi. Ushbu mablagʻlar TIVning asoslangan soʻroviga asosan Davlat byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladi hamda хorijiy davlat hududida yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan fuqarolarga moliyaviy yordam koʻrsatishga yoʻnaltiriladi. Qabul qilingan Nizomda bunday fuqarolarning Oʻzbekistonga qaytib kelishini ta’minlash maqsadida moliyaviy yordam koʻrsatilishi belgilangan.
Oʻzbekiston fuqarosi yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan taqdirda, хorijdagi muassasaga moliyaviy yordam soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Konsullik okrugining mansabdor shaхsi:
Ushbu chora-tadbirlar yetarli boʻlmasa, konsullik mansabdor shaхsi TIV bilan kelishuv asosida mazkur fuqaroning Oʻzbekistonga qaytishini ta’minlash maqsadida shunday maqsadlar uchun maхsus ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyaviy yordam koʻrsatishga haqli. Moliyaviy yordam хorijiy valyutada ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan miqdorlarda koʻrsatiladi.
Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etilgan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2021 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Buхoriy. | 68 | 1,600 |
Qonunchilik | Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, o‘limga olib kelgan yo‘l-transport hodisalarining soni hali ham yuqori bo‘lib, avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash tizimini tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Jumladan, yo‘l infratuzilmasini harakat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy talablariga to‘liq muvofiqlashtirish, ushbu sohadagi qoidabuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga yo‘naltirilgan samarali tizimni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, inson omilini istisno qiluvchi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish talab etilmoqda.
2022 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, shuningdek, Yangi O‘zbekiston sharoitida avtomobil yo‘llarida inson hayoti va sog‘lig‘ini har qanday hodisalardan kafolatli himoya qilish maqsadida:
1. Quyidagilar mamlakatimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning dolzarb yo‘nalishlari etib belgilansin:
avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirish va ularning sifatini yaxshilash, yo‘l harakati ishtirokchilarining “piyoda — jamoat transporti — velotransport — avtotransport” ustuvorligi asosida xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli shart-sharoitlar yaratish;
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilgan holda, o‘quv jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish;
haydovchi va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, har qanday qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligini ta’minlash;
yo‘l harakati qoidalari asoslarini bolalikdan singdirishni yo‘lga qo‘yish, ushbu amaliyotni maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida joriy etish;
yo‘l harakatini tashkil etishni to‘liq raqamlashtirish, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda, yangi boshqaruv va nazorat tizimlarini tatbiq qilish.
2. Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida 2022-yil 1-dekabrdan boshlab quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etilsin:
har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov), Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) bir oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini kiritsin.
3. Haydovchilarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — avtomaktablar) va imtihon markazlariga faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi;
avtomaktablarning innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning o‘qituvchi, haydovchi-yo‘riqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar vazirligi (A.I. Ikramov, B.T. Abdullayev):
bir oy muddatda avtomaktablar va imtihon markazlariga qo‘yiladigan talab va mezonlarni qayta ko‘rib chiqib, ularning o‘quv faoliyati sifatini oshirishga qaratilgan qat’iy choralarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin;
ikki oy muddatda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida avtomaktablarning o‘qituvchi, haydovchi-yo‘riqchi va murabbiylarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq barcha zarur o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik bazani yaratsin.
Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga avtomaktablar va imtihon markazlari faoliyati bo‘yicha yangi joriy etilayotgan tizimni samarali yo‘lga qo‘yish hamda haydovchilarni sifatli tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Belgilansinki:
a) Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar markazlarida chorrahalarni to‘liq raqamli boshqaruv tizimiga o‘tkazish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklanadi;
b) Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar, tuman (shahar)lar markazlarida yo‘l belgilari, ko‘rsatkichlari va svetoforlarni o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizish, piyodalar o‘tish joylarini belgilash orqali yo‘l harakati vositalarini tartibga solishga ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari) mas’ul hisoblanadi;
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) bilan birgalikda ikki oy muddatda, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarni jalb qilgan holda, chorrahalarda raqamli boshqaruv tizimini quyidagi davrlarda joriy qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilaydi:
2023-yil yakuniga qadar poytaxtning barcha chorrahalarida, shuningdek, Nukus shahri va viloyatlar markazlarining yirik asosiy serqatnov chorrahalarida;
2024-yil yakuniga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarining barcha chorrahalarida;
g) tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi beriladi. Mazkur dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima summasining 30 foizi bevosita tuman (shahar) mahalliy budjetiga yo‘naltiriladi hamda ushbu mablag‘lar yo‘l harakatini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qo‘shimcha shtatlarini kiritishga sarflanadi.
Ichki ishlar vazirligi (B.T. Abdullayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda transport va piyodalar oqimi, piyodalar bilan bog‘liq sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili asosida tumanlar va shaharlardagi aholi gavjum hududlarda piyodalar o‘tish joylariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni 2023-yil yakuniga qadar o‘rnatilishini nazarda tutuvchi manzilli dasturni tasdiqlasin va ijrosini to‘liq ta’minlasin.
5. Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari hamda Toshkent shahar hokimligining Yo‘l harakatini tashkil etish markazini (keyingi o‘rinlarda — ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari) ikki oy muddatda tegishincha hududiy ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari huzuriga o‘tkazish;
ichki ishlar vaziriga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan malakali xorijiy mutaxassislarni maslahatchi sifatida shartnoma asosida jalb qilish huquqini berish;
“Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasida yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ushbu sohada raqobat muhitini shakllantirish;
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tuzilmasida Yo‘l infratuzilmasini nazorat qilish boshqarmasini, hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tuzilmalarida yo‘l infratuzilmasini nazorat qilish bo‘limlarini ichki ishlar organlarining cheklangan shtat birliklari hisobidan tashkil etish.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarini yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari huzuriga o‘tkazishda:
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining bino va inshootlarini, ularning yondosh hududlari, moddiy-texnika bazasini, shu jumladan yangi zamonaviy maxsus texnika bilan ta’minlagan holda topshirish choralarini ko‘rsin;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining mavjud kreditor va debitor qarzlari to‘lanishini, ma’nan eskirgan va yaroqsiz holga kelgan moddiy-texnika vositalari hisobdan chiqarilishini ta’minlasin.
Ichki ishlar vazirligi (B.T. Abdullayev):
ikki oy muddatda ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari tegishli bino va inshootlari, ularning yondosh hududlari, zarur moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlangan holda qabul qilinishini tashkil etsin;
uch oy muddatda ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini to‘liq o‘rnatish va ularning doimiy ishlashini ta’minlash bo‘yicha yangicha ish usullarini joriy etsin.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda:
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari boshliqlari va ularning bir nafar o‘rinbosari lavozimlari ushbu bo‘linmalarning mavjud shtat birliklari hisobidan ofitserlik tarkibidagi xodim lavozimlariga o‘zgartirilishini ta’minlasin;
ushbu qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari hamda Ichki ishlar vazirligining xarajatlar smetalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
7. 2022-yil 5-apreldan boshlab Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
1-ilovaga muvofiq miqdorlarda yo‘l harakatini tashkil etish sohasida undiriladigan jarima, olinadigan yig‘im va to‘lovlar;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari uchun har yili budjet parametrlarida dasturlar asosida alohida tadbirlar uchun ko‘zda tutiladigan mablag‘lar;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga depozit hisobraqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya tarzidagi mablag‘lari;
xalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari faqat quyidagilar uchun maqsadli sarflanadi:
yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari, ularning ehtiyot qismlari, o‘rnatish uchun belgilangan konstruksiya va qurilish materiallari hamda maxsus bo‘yoqlarini xarid qilish;
shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatish, almashtirish, saqlash, demontaj qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni moliyalashtirish;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan zamonaviy maxsus texnika vositalari bilan ta’minlash, ularga ish hajmidan kelib chiqqan holda ma’lum muddatga qo‘shimcha shtatlar kiritish, shartnomalar asosida mutaxassislarni jalb qilish, ularning xodimlari, ishchi va xizmatchilari uchun har oylik va bir martalik rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishidagi loyihalarni moliyalashtirish;
maktabgacha ta’lim hamda xalq ta’limi vazirliklariga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirishga qaratilgan moddiy-texnik va o‘quv bazasini yaratish, shuningdek, mahallalarda bolalarga yo‘l harakati qoidalarini amaliy o‘rgatish maydonchalariga yo‘l belgilarini o‘rnatish va yo‘l chiziqlarini chizish chora-tadbirlarini moliyalashtirish.
8. Avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil etish, boshqarish va xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi va uning hududiy maxsus komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — maxsus komissiyalar) 2 va 3-ilovalarga muvofiq tuzilsin.
Maxsus komissiyalar zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
yo‘l harakati xavfsizligi sohasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilish, yo‘l infratuzilmasining xavfsizlik talablariga to‘liq javob berishini ta’minlash;
hududlarda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini muntazam ravishda baholab borish, ushbu sohada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning samarali faoliyat ko‘rsatishini nazorat qilish;
yo‘l-transport hodisalari sabablarini chuqur o‘rganish, yo‘llarning xavfli avariya uchastkalari ro‘yxatini tasdiqlash orqali kelgusida ularning oldini olish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan takliflar tayyorlash tizimini yaratish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, inson omili va korrupsiya holatlarini istisno etuvchi avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini ommalashtirishga doir tadbirlarni belgilash;
hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l-transport hodisalarining sonini qisqartirish bo‘yicha dasturlar loyihalari ishlab chiqilishini tashkillashtirish va kelishish.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi to‘g‘risidagi nizomi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika maxsus komissiyasi (A.N. Aripov):
bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari raisligida hududiy maxsus komissiyalarning namunaviy nizomini tasdiqlasin;
har chorakda davlat organlari va mahalliy hokimliklar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni, mavjud kamchiliklarni tanqidiy muhokama qilib borsin va tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlasin;
har yili mahalliy hokimliklarning o‘z hududlarida avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirish va yo‘l-transport hodisalarini keskin kamaytirish bo‘yicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan “yo‘l xarita”larini tasdiqlab, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat olib borsin.
9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari maxsus komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi;
ishchi organlar muntazam ravishda tegishli davlat organlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarini tahlil qilib boradi va maxsus komissiyalarning yig‘ilishlarida muhokama qilish uchun hujjatlarni tayyorlaydi;
hududiy maxsus komissiyalar har oyda yo‘llarning holati va mavjud infratuzilma, avariya o‘choqlari, qoidabuzarliklarning tahlilidan kelib chiqib, harakat xavfsizligi, transport va yo‘l sohalariga mas’ul idoralar rahbarlari faoliyatini tanqidiy o‘rganadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga muhokama qilish uchun kiritadi va natijalari bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga hisobot taqdim etadi.
10. Hududlarda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash va bu borada mahalliy hokimiyat organlarining mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida 2022-yil 1-iyuldan boshlab, respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida “Xavfsiz yo‘l” indeksi (keyingi o‘rinlarda — indeks)ni yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Belgilansinki:
indeks doirasida yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holati maxsus komissiyalar tomonidan 5-ilovaga muvofiq 29 ta indikator bo‘yicha har chorak yakunida baholab boriladi;
tuman (shahar)lar indeks ko‘rsatkichlari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi;
indeksni yuritish vazifasi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari zimmasiga yuklanadi.
Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) ikki oy muddatda yetakchi ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda, indeksni yuritish metodologiyasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
11. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) yo‘l harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish maqsadida “Umr tezlikdan muhimdir” va “Xavfsizlik kamari — hayot garovi” shiorlari ostida kompleks targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etsin;
b) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutgan holda, o‘quvchilar orasida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini kiritsin:
“Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktab o‘quvchilariga yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-ko‘rgazmali tarzda o‘rgatish, ularning ongiga bolaligidan boshlab yo‘l harakati intizomini singdirish;
maktablarda “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni, mahallalarda “Yo‘l harakatini o‘rgatish maydonchalari”ni tashkil etish;
v) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) faoliyatini belgilaydi.
2. Maxsus komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Maxsus komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tashkil etiladi va doimiy asosda faoliyat yuritadi.
4. Maxsus komissiya o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
5. Maxsus komissiya tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning bajarilishi barcha uchun majburiydir.
6. Maxsus komissiya yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishga va tegishli hisobotlarni tayyorlashga mutaxassislarni, olimlarni, vazirliklar va idoralarning mas’ul xodimlarini jalb etadi.
7. Quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yo‘l harakati xavfsizligi sohasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilish, yo‘l infratuzilmasini xavfsizlik talablariga to‘liq javob berishini ta’minlash;
hududlarda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini muntazam ravishda baholab borish, ushbu sohada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning manzilli faoliyat ko‘rsatishini nazorat qilish;
yo‘l-transport hodisalari sabablarini chuqur o‘rganish, yo‘llarning xavfli avariya uchastkalari ro‘yxatini tasdiqlash orqali kelgusida ularning oldini olish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan takliflar tayyorlash tizimini yaratish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, inson omili va korrupsiya holatlarini istisno etuvchi avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini ommalashtirishga doir tadbirlarni belgilash;
hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l-transport hodisalarining sonini qisqartirish bo‘yicha dasturlar loyihalari ishlab chiqilishini tashkillashtirish va kelishish.
Maxsus komissiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
8. Maxsus komissiya o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq, quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
avtomobil yo‘llaridagi yo‘l harakati xavfsizligi ko‘rsatkichlari (yo‘l-transport hodisalari, ularda tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar soni) ustidan obyektiv monitoring yuritilishini tashkil etadi;
yo‘l harakati xavfsizligi ko‘rsatkichlari salbiy bo‘lgan hududlarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash doirasidagi qonunchilik ijrosini tahlil qiladi;
yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan hududlardagi aholi yashash punktlari, ta’lim tashkilotlarida profilaktika va tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlash yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holatini har chorak yakunida indeksning indikatorlari bo‘yicha baholab boradi;
indeks natijalariga ko‘ra “sariq” va “qizil” toifalarga kiritilgan tumanlar (shaharlar)da yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holatini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
indeks natijalariga ko‘ra yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo‘yicha “qizil” toifaga kiritilgan tumanlar (shaharlar) salmog‘i yuqori bo‘lgan viloyatlar hokimlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar hokimi)ning mas’uliyatini oshirish choralarini belgilaydi, jumladan, zarur hollarda ularga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanilishini ta’minlaydi;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash doirasida ilmiy-tadqiqot institutlari, maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘rganadi va muhokama qiladi;
maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga doir dolzarb ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini belgilaydi;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijalari joriy etilishini amaliy qo‘llab-quvvatlaydi;
alohida dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlarda o‘tkaziladigan ilmiy va tadqiqot izlanishlariga yuqori malakali olim va mutaxassislarni jalb etish hamda bunday tadbirlarni moliyalashtirish masalalarini hal qiladi;
yo‘l-transport hodisasining kelib chiqish sabablarini har tomonlama, ayniqsa, yo‘l uchastkasi va avtotransport vositasining texnik holati, haydovchining malakasi, ob-havo sharoiti kabi muhim omillarni ilmiy nuqtai nazardan chuqur tahlil qilish ishlarini tashkil etadi;
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida, shuningdek, yuqori ahamiyat kasb etuvchi yo‘nalishlarda yo‘l harakatini avtomatik boshqarish tizimlari keng joriy etilishini ta’minlaydi;
yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etish ustidan nazorat tizimini inson va korrupsiya omillarini istisno etuvchi avtomatlashtirilgan texnik va texnologik vositalar orqali yuritilishini yo‘lga qo‘yishga doir tadbirlarni belgilaydi;
yo‘l harakati xavfsizligini takomillashtirish, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashga mo‘ljallangan zamonaviy axborot tizimlarini yaratishni tashkil etadi.
9. Maxsus komissiya raisi quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Maxsus komissiyaning faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Maxsus komissiyaning yig‘ilishini (sayyor yig‘ilishini) chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va kun tartibini belgilaydi;
Maxsus komissiya va hududiy komissiyalarning faoliyatini nazorat qiladi;
Maxsus komissiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi yuzasidan komissiya a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni tasdiqlaydi;
mazkur Nizom talablarini bajarmayotgan Maxsus komissiya a’zolariga nisbatan tegishli choralar ko‘radi;
Maxsus komissiya bayonnomalari ijro etilishi ustidan monitoring olib boradi va nazorat qiladi;
Maxsus komissiyaning faoliyatini samarali tashkil etishga oid boshqa funksiyalarni bajaradi.
10. Maxsus komissiya raisining o‘rinbosarlari:
Maxsus komissiya yig‘ilishini (sayyor yig‘ilishini) tashkil etadi;
Maxsus komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan takliflar tayyorlanishini tashkil etadi;
maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlaydi;
tegishli axborot va takliflarni Maxsus komissiya raisiga kiritadi;
Maxsus komissiya raisi bo‘lmaganda yoki uning topshirig‘i bo‘yicha Maxsus komissiya yig‘ilishlariga raislik qiladi;
Maxsus komissiyaning samarali ish olib borishini ta’minlash maqsadida boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
11. Maxsus komissiya a’zolari:
Maxsus komissiya yig‘ilishlari (sayyor yig‘ilishlari) kun tartibidagi masalalar bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etadi;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga doir dolzarb masalalar yuzasidan Maxsus komissiyaga takliflar kiritadi;
Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydi;
Maxsus komissiyaning qarorlari va qo‘yilgan vazifalarning ijrosi yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni Maxsus komissiya raisiga taqdim etadi;
Maxsus komissiyaning samarali ish olib borishini ta’minlashga oid boshqa funksiyalarni bajaradi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Maxsus komissiyaning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
13. Ishchi organ:
Maxsus komissiya faoliyatining tashkiliy-texnik ta’minotini amalga oshiradi;
ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi va Maxsus komissiya muhokamasiga kiritadi;
Maxsus komissiya raisi bilan yig‘ilish (sayyor yig‘ilish) o‘tkazish muddati va joyini, shuningdek, taklif etilganlar ro‘yxatini kelishadi, Maxsus komissiya a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni yig‘ilish (sayyor yig‘ilish) sanasi, vaqti va o‘tkaziladigan joyi haqida xabardor qiladi;
Maxsus komissiya yig‘ilishida (sayyor yig‘ilishida) ko‘rib chiqish uchun materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Maxsus komissiya yig‘ilishining (sayyor yig‘ilishining) kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Maxsus komissiya ishining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralardan oladi;
Maxsus komissiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uning qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
Maxsus komissiyaga yuridik va jismoniy shaxslardan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tushgan murojaatlarni umumlashtiradi hamda ko‘rib chiqish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuboradi;
Maxsus komissiya faoliyatiga oid tasdiqlangan rejalar ijrosini monitoring qilib boradi;
Maxsus komissiya a’zolarining takliflari, shuningdek, mulohazalarini qabul qiladi va tizimlashtiradi;
Maxsus komissiya yig‘ilishi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalar nusxalari Maxsus komissiya a’zolari, vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarga yuborilishini ta’minlaydi;
Maxsus komissiya qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning yakunlarini Maxsus komissiya yig‘ilishida (sayyor yig‘ilishida) ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Maxsus komissiyaning qarorlariga hamda Maxsus komissiya raisi va o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
14. Maxsus komissiyaning a’zolari yig‘ilish o‘tkazilishidan kamida ikki ish kuni oldin yig‘ilish (sayyor yig‘ilish) o‘tkazilish vaqti, joyi va kun tartibi to‘g‘risida xabardor qilinishi lozim.
15. Yig‘ilishni (sayyor yig‘ilishni) Maxsus komissiya raisi (rais yo‘qligida uning ko‘rsatmasi asosida o‘rinbosari) olib boradi.
16. Maxsus komissiya a’zolari yig‘ilishlarda shaxsan ishtirok etadi. Maxsus komissiya a’zosi asossiz sabablarga ko‘ra uch martadan ortiq yig‘ilishlarda ishtirok etmagan taqdirda, unga nisbatan Maxsus komissiya raisi tomonidan chora ko‘riladi.
17. Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Maxsus komissiyaning har bir a’zosi, shu jumladan rais ham bitta ovozga ega bo‘ladi.
18. Maxsus komissiya yig‘ilishda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda qaror qabul qilish huquqiga ega.
19. Maxsus komissiya yig‘ilishlari (sayyor yig‘ilishlari) Maxsus komissiyaning ish rejasiga muvofiq, biroq har chorakda kamida bir marta, shuningdek, komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan shoshilinch masalalarni ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelganda navbatdan tashqari o‘tkaziladi.
Maxsus komissiya yig‘ilishlari (sayyor yig‘ilishlari) bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
20. Maxsus komissiya yig‘ilishlariga (sayyor yig‘ilishlariga) ko‘rib chiqilayotgan masalalardan kelib chiqqan holda, uning tarkibiga kiritilmagan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro hokimiyat organlari, ilmiy va ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
21. Maxsus komissiya a’zolarining ish samaradorligini baholash mezonlari va ularni rag‘batlantirish mexanizmlari, davriyligi hamda moliyaviy manbalari Maxsus komissiya yig‘ilishlarida muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilish orqali belgilanadi.
22. Maxsus komissiya qarorlari uning yig‘ilishida (sayyor yig‘ilishida) ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Maxsus komissiyaning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qaror yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirishga haqli.
23. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Maxsus komissiya raisi alohida masalalar yuzasidan Maxsus komissiya a’zolari bilan so‘rovnoma o‘tkazish orqali qaror qabul qilish huquqiga ega.
24. Maxsus komissiya yig‘ilishida (sayyor yig‘ilishida) qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu bayonnoma rais tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Maxsus komissiya a’zolari, vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarga yuboriladi.
25. Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan Maxsus komissiya a’zolari (a’zosi) tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida o‘z takliflari yoki fikrlarini yozma ravishda ishchi organga taqdim etishi mumkin.
26. Maxsus komissiya qarorlarining bajarilishini nazorat qilish ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
27. Maxsus komissiya o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritadi.
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
I. Yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha:
1. Yo‘l qoplamasining holati.
2. Yo‘l belgilari bilan jihozlanganlik darajasi.
3. Yo‘l ko‘rsatkichlari bilan jihozlanganlik darajasi.
4. Piyodalar o‘tish joylarining tartibga solinganligi.
5. Yer osti va yer usti piyodalar o‘tish joylari mavjudligi.
6. Piyodalar yo‘laklari mavjudligi.
7. Velosiped yo‘laklari mavjudligi.
8. Avtoturargohlar bilan ta’minlanganligi.
9. Yotiq chiziqlarning ahvoli.
10. Yo‘lni ajratuvchi to‘siq bilan jihozlanganligi.
11. Yo‘lning yoritilganligi.
12. Ta’lim muassasalari atrofining jihozlanganlik darajasi.
13. Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha sinfxonalarning mavjudligi.
14. Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maydonchalarning mavjudligi.
15. Svetoforlarning mavjudligi.
16. Yo‘l bo‘yining ko‘kalamzorlashtirilganligi.
17. Yo‘naltiruvchi ustunchalar o‘rnatilganligi.
18. Qoidabuzarliklarni aniqlovchi moslamalar bilan ta’minlanganligi.
19. Videokuzatuv kameralari bilan jihozlanganligi.
20. Sun’iy notekisliklar mavjudligi.
21. Hududda joylashgan korxona va tashkilotlarda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilish holati.
22. Yo‘l harakati qoidalarini targ‘ibot va tashviqot qiluvchi ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlanganlik darajasi.
23. Yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish bo‘yicha profilaktik tadbirlarning o‘tkazilishi darajasi.
24. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qonun bilan taqiqlanmagan homiylik mablag‘larining jalb etilish holati.
II. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha:
25. Yuz ming aholiga nisbatan yo‘l transport hodisalarining soni.
26. Yuz ming aholiga nisbatan yo‘l transport hodisalari oqibatida vafot etganlar soni.
27. Avariya o‘choqlari soni.
28. Yuz ming aholiga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar soni.
29. Tirband joylar soni.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2883-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniy-ma’rifiy ishlar markazi, “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, shuningdek, davolash-profilaktika va tibbiyot muassasalari tomonidan ular faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqini berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3127-son qarorida:
a) 2-band “talablariga muvofiq” so‘zlaridan keyin “umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ho‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari uchun” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublikada yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga to‘liq rioya qilgan holda tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi”;
v) 8-bandning birinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3989-son qarorida:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, o‘rnatilgan avtomatlashtirilgan tizim yordamida aniqlangan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima summasi quyidagicha yo‘naltiriladi:
30 foiz — yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga, shundan (100 foiz deb hisoblanganda) 50 foizi miqdorida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va avtomatlashtirilgan tizimni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish maqsadlarida foydalaniladi;
20 foiz — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
25 foiz — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga;
25 foiz — shartnomada belgilangan investitsiyaviy xarajatlarning hajmi to‘liq qoplanguniga qadar Investor hisobiga.
Belgilansinki, investitsiyaviy xarajatlar to‘liq qoplanganidan so‘ng, mazkur qarorda nazarda tutilgan jarima summasining Investorga tegishli ulushi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi”;
b) 4-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Investor bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha, maxsus tovushli ishoralari hamda avtomatlashtirilgan jamoat tartibini nazorat qilish va yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash moslamalari o‘rnatilgan patrul avtomobillarini amaliyotga joriy qilish”;
v) 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan jihozlar, butlovchi buyumlar, dasturiy ta’minot, yordamchi texnika va qurilish materiallari — bojxona bojidan”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5076-son qarorida:
a) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 9-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Akademiya boshlig‘iga:
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish mablag‘lari hisobidan o‘quv jarayoniga shartnoma asosida, birinchi navbatda yetakchi xorijiy ta’lim muassasalaridan yuqori ilmiy-pedagogik mahoratga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni jalb etish va mehnat bozorida amaldagi konyunkturani inobatga olgan holda ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorini belgilash;
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim muassasalarining o‘qituvchi, haydovchi-yo‘riqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan Akademiyaning moddiy-texnika va o‘quv bazasini rivojlantirish, shuningdek, shartnoma asosida o‘quv jarayoniga pedagog kadrlar va mutaxassislarni jalb etish”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 62-son qaroriga 1-ilovada:
a) 91-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) quyidagi mazmundagi 92-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
v) 241-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 683-son qaroriga 2-ilova 181-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Realizatsiyadan kelib tushgan mablag‘larning 50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 50 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.”
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 547-son qarori 2-bandining “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va o‘zgartirish uchun tushadigan mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:
40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
40 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga;
20 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ruxsatnomalar blanklarini va tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnomaning mavjudligini tasdiqlovchi maxsus emblema (gologramma)larni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga, DYHXX moddiy-texnika bazasini va avtomobil parkini rivojlantirishga, raqamli texnologiyalarni joriy etishga, shuningdek, xodimlarini rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 747-son qarorida:
a) 4-band quyidagi mazmundagi “a2” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“a2) jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha huquqbuzarlardan undirilgan jarimalar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga yo‘naltiriladi”;
b) ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Rag‘batlantirish huquqbuzardan jarima undirilgandan so‘ng fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga, yuridik shaxsning esa bank hisob raqamiga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan avtomatik tarzda pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi”. | 130 | 42,505 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FERMER XO‘JALIKLARINING YER UChASTKASINI IJARAGA OLISh HUQUQINI GAROVGA OLGAN HOLDA KREDITLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-sonli “2004—2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida” Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli “2004—2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to‘g‘risida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan 10 kun o‘tgandan so‘ng kuchga kiritilsin. | 169 | 761 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2014-yildagi faoliyati to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2014-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 124 | 371 |
Qonunchilik | Toshkent shahridagi foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish to‘g‘risida | Toshkent shahridagi davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rakatboshi ko‘chasi, 15-uy manzilida joylashgan Ichki ishlar vazirligi xo‘jalik boshqarmasi operativ boshqaruvidagi bino va inshootlarni (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) Toshkent shahar hokimligiga tekin berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi obyektni belgilangan tartibda topshirsin, Toshkent shahar hokimligi qabul qilib olsin hamda undan maqsadli foydalanish choralarini ko‘rsin.
3. Toshkent shahar hokimligi obyekt o‘rniga Toshkent shahar hududidan teng maydon va xonalar hajmidagi ma’muriy binoni ikki oy muddatda Ichki ishlar vazirligiga belgilangan tartibda o‘tkazib berilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Xalqaro yo‘l harakati tashkilotining mintaqaviy vakolatxonasini ochish to‘g‘risida” 1994-yil 26-oktabrdagi 518-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov hamda Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin. | 98 | 1,384 |
Qonunchilik | Davlat mulki ijarasi qancha turadi | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 2021 yil uchun 1 kv. m uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini e’lon qildi. | 34 | 200 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Tabiatni muhofaza qilish obyektlari (er, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo‘lishdan, yo‘q bo‘lib ketishdan, nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi lozim.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi”;
2) 45-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga ko‘mib tashlash taqiqlanadi”;
3) 47-moddaning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy rejimini buzganlikda”;
4) 48-moddaning birinchi qismidagi “alohida muhofaza qilinadigan hududlarga” degan so‘zlar “muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 837-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 64-modda birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv obyektlarida sport va havaskorlik yo‘li bilan baliq ovlashga ruxsat beriladi, davlat qo‘riqxonalari, tabiat bog‘larining va davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari hududidagi suv obyektlari bundan mustasno”;
2) 67, 68 va 69-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv obyektlari yoki ularning ayrim uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar deb e’lon qilinadi va xo‘jalik maqsadida foydalanishdan chiqariladi.
Davlat qo‘riqxonalari, tabiat bog‘larining va davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari suvlaridan baliq ovlash, ov qilish, suv o‘simliklari va organizmlarini yig‘ish uchun foydalanish, shuningdek bunday suvlarning tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlariga oqindi suvlarni oqizishga, shuningdek ularda gidromelioratsiya ishlarini o‘tkazishga ushbu Qonunda belgilangan talablarga rioya qilingan holda yo‘l qo‘yiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlaridan foydalanish tartibi va ularni muhofaza qilish rejimi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning suv obyektlarini olib qo‘yishga zarur bo‘lgan alohida hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vakolatli organlar tomonidan yo‘l qo‘yiladi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 202-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “maxsus qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardagi” degan so‘zlar “muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 204-moddaning:
nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa”;
ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “Alohida” degan so‘z chiqarib tashlansin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 82-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi qismi dispozitsiyasining o‘zbekcha matnidagi “tartibini” degan so‘z “rejimini” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzish”;
2) 261-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat qo‘riqxonalari va davlat milliy tabiat bog‘larining muhofaza qilish xodimlari” degan so‘zlar “davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqlash xodimlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 284-moddaning uchinchi qismidagi “alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarning” degan so‘zlar “muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 2018-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan 444-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) 10-moddasining ikkinchi qismidagi “Alohida” degan so‘z chiqarib tashlansin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 543-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda; 2000-yil, № 5-6,153-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 11-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat qo‘riqxonalarida, davlat tabiat yodgorliklarida, tabiat bog‘larining va davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalarida o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilmiy maqsadlarda foydalanish bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik turlarini tayyorlash (yig‘ish) man etiladi”;
2) 23-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 14-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda) 30-moddasining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning oltinchi xatboshisidagi “alohida muhofaza etiladigan hududlar egallagan yerlar” degan so‘zlar “tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning 4 va 5-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar”;
3) 12-modda to‘rtinchi qismining 4-bandidagi “alohida” degan so‘z chiqarib tashlansin;
4) 25-modda:
ikkinchi qismidagi “shuningdek alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlarida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vakolatli organlar tomonidan beriladi”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
5) 29-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi “tabiat, tarix va madaniyatga taalluqli davlat yodgorliklarini” degan so‘zlar “davlat tabiat yodgorliklarini, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 59-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari”;
7) 9-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlardan iborat bo‘ladi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlardan iborat bo‘ladi.
Yerlarni tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini ta’minlashga zararli ta’sir etadigan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga, shifobaxsh hamda sog‘lomlashtirish xossalariga ega bo‘lgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yuridik shaxslarga foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Aholining davolanishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni, shuningdek tabiiy shifobaxsh hamda sog‘lomlashtirish xossalari muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda kurort tabiiy hududlarning rejimi belgilanadi.
Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun yaroqli geografik va iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga tegishli yuridik shaxslarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Moddiy madaniy meros obyektining o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”;
8) 79-moddaning birinchi qismidagi “alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari” degan so‘zlar “tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 86-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suvni muhofaza qilish zonalari, qirg‘oqbo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros obyektlari, suv tashlamalari, yo‘llar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda”;
10) 87-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun yer uchastkalari berilganda”.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘rmon to‘g‘risida”gi 770-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 11-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon fondi uchastkalarini berish, bundan o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari, o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar, davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qo‘riqxonalarning, umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari mustasno”;
2) 15-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq o‘rmonlar quyidagi qo‘riqlanish toifalariga kiritiladi:
o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari;
o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar;
o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari;
cho‘l va chala cho‘l zonalarining o‘rmonlari;
shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘lari;
shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlar;
suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar;
alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlar;
o‘rmonlarning mevali daraxtzorlari;
davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlari;
majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining o‘rmonlari;
tabiat bog‘larining o‘rmonlari;
buyurtma qo‘riqxonalarning o‘rmonlari;
kurort tabiiy hududlarning o‘rmonlari;
davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlari;
davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari;
ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar”;
3) 21-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “alohida” degan so‘z chiqarib tashlansin;
4) 26-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalarida, cho‘l va chala cho‘l zonalarining o‘rmonlarida asosiy foydalanishdagi daraxtlarni o‘rmon holatini yaxshilash maqsadida kesishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalarida, o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda, shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘larida, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlarda, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlarda, alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda, yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlarda, o‘rmonlarning mevali daraxtzorlarida, tabiat bog‘larining o‘rmonlarida (ularning qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), kurort tabiiy hududlarning o‘rmonlarida, davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlarida (ularning qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda faqat oraliq foydalanishdagi kesishga (o‘rmon parvarishi va sanitariya maqsadida kesishga) yo‘l qo‘yiladi”;
5) 27-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlarda, alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda, yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlarda, davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlarida, shuningdek belgilangan rejimga muvofiq tabiat bog‘larining, buyurtma qo‘riqxonalarning, kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlarida mol boqishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi 73-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 144-modda) 11-moddasining sakkizinchi xatboshisidagi “alohida” degan so‘z chiqarib tashlansin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi 171-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 5-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi va 6-moddasining birinchi qismidagi “alohida” degan so‘z chiqarib tashlansin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) 22-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga ko‘mib tashlash taqiqlanadi”.
16-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 102 | 24,228 |
Qonunchilik | Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini boshqarish va tashkil etish tuzilmasini yanada takomillashtirish, nogironlarni sifatli tibbiy tekshirishdan o‘tkazish hamda samarali tibbiy-ijtimoiy va kasb bo‘yicha reabilitatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini yuqori malakali, halol ishlovchi tibbiyot kadrlari bilan mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Quyidagilar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
hayot faoliyati cheklanganligini ekspertizadan o‘tkazish, nogironlik guruhini, sabablari, boshlangan vaqti va muddatlarini aniqlash bo‘yicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi o‘rinlarda TMEK deb yuritiladi) faoliyatiga rahbarlik qilish;
ekspertizalar natijalarini, davolash-profilaktika muassasalari tomonidan taqdim etilgan tibbiy hujjatlarni va fuqarolarni tibbiy tekshirishdan o‘tkazish natijalarini doimiy o‘rganish asosida nogironlikning holatini, uning o‘zgarishini va unga sabab bo‘lgan omillarni tizimli tahlil qilish;
nogironlik profilaktikasi sohasida kompleks dasturlarni ishlab chiqishda, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo‘yicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish va ularni ijtimoiy himoya qilishda qatnashish;
TMEK vrach-ekspertlari lavozimiga tanlash va tavsiya qilish bo‘yicha Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish, TMEK mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida idoraviy mansub TMEKga metodik yordam ko‘rsatish.
Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi xodimlariga joriy etiladi.
3. Quyidagilar:
bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-mehnat ekspertiza xizmatining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘ining taqdimnomasi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirining qarori bilan tayinlanadi;
TMEK muassasalari taqdim etilgan tibbiy hujjatlarda va tibbiy-maslahat komissiyalarining dastlabki tashxislariga shubha qilingan taqdirda fuqarolarni bepul takroriy tekshirishlar o‘tkazish uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan, ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan shahar va tuman shifoxonalariga biriktiriladi;
ixtisoslashtirilgan, tumanlararo, tuman va shahar tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tibbiy tekshirishdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha faqat kollegial asosda qarorlar qabul qiladi;
bosh TMEK darajasida ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tumanlar (shaharlar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari qarorlari yuzasidan shikoyat qilish holatlari, shuningdek tibbiyot xodimlariga, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xodimlariga va ularning yaqin qarindoshlariga mansub xodimlarni nogiron deb e’tirof etish holatlari ko‘rib chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari TMEK bo‘linmalarini belgilangan talablarga javob beradigan, fuqarolarning borishi uchun qulay bo‘lgan binolar va xonalarda joylashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga har tomonlama yordam bersinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tuzilmasida 3 nafar xodimdan iborat bo‘lgan TMEK xizmati faoliyatini nazorat qilish bo‘limi tashkil etilsin, tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni ko‘paytirilsin.
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xizmati faoliyatini nazorat qilish bo‘limiga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislarini jalb etgan holda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatini doimiy nazorat qilib borish, o‘tkazilgan tekshirishlarning to‘g‘riligi va asoslanganligini, shu jumladan davolash-profilaktika muassasalaridan taqdim etilgan boshlang‘ich tibbiy hujjatlarning to‘g‘riligi va ishonchliligini o‘rganish yo‘li bilan tekshirishlarni amalga oshirish vazifalari yuklansin.
6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq:
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining noto‘g‘ri xulosa chiqarganligi uchun asos bo‘lgan tibbiy hujjatlarda qasddan soxta ma’lumotlar ko‘rsatgan shaxslar, shuningdek soxta xulosalar bergan yoki nogironlik guruhini qasddan noto‘g‘ri belgilagan vrachlar va ekspertlar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar;
hujjatlarni soxtalashtirish va nogironlik to‘g‘risida asoslanmagan xulosalar berishga yo‘naltirilgan boshqa xatti-harakatlar natijasida to‘langan pensiya va nafaqalar summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aybdor shaxslar hisobidan to‘liq miqdorda undirib olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan qoida buzilishlarida aybdor bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga bajarilayotgan vazifalarga qo‘shimcha ravishda quyidagilar yuklansin:
nogironlikning holati va sabablarini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, nogironlikning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qilish;
reabilitatsiya markazlari va davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda nogironlarni tibbiy-ijtimoiy hamda kasb bo‘yicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
nogironlarga faol hayotiy faoliyat, o‘qish va mehnat faoliyati imkoniyatlarini olishda ko‘maklashish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga:
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi huzurida bir hafta muddatda Malaka komissiyasi tashkil etsin, unga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining vrach-ekspertlar lavozimiga tanlash va tavsiya etishni amalga oshirish, shuningdek har uch yilda kamida bir marta tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari vrachlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan muntazam ravishda attestatsiyadan o‘tkazish funksiyalarini yuklasin;
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot oliy o‘quv muassasalari negizida maxsus kasb-hunar ta’limi dasturlarini joriy etish yo‘li bilan barcha darajalardagi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari vrachlari malakasining oshirilishini har besh yilda kamida bir marta majburiy, muntazam ravishda ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Respublika tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi buyurtmanomalariga binoan, 2011-yildan boshlab, Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarordan kelib chiqadigan tadbirlarni amalga oshirishga va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xizmatining moddiy-texnika bazasini, shu jumladan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tuzilmasini maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobiga mustahkamlashga mablag‘larni nazarda tutsin. Bunda tumanlararo (zarurat bo‘lganda qishloq tumanlari) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini joylarga borib tekshirishlar o‘tkazish uchun transport vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilsin;
ikki hafta muddatda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari muassasalari tomonidan dastlabki tashxis o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tibbiy va yordamchi asbob-uskunalarning namunaviy ro‘yxatini, shuningdek tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari muassasalarini ko‘rsatib o‘tilgan asbob-uskunalar bilan namunaviy ro‘yxatga muvofiq jihozlash jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 175-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 44-modda) hamda ushbu qarorga 4 va 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 124 | 9,282 |
Qonunchilik | Orolboʻyida Kardiologiya markazi ochiladi | Vazirlar Mahkamasining 13.11.2021 yildagi “Orolboʻyi mintaqasi iхtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioхirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 677-son qarori qabul qilindi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
2021 yil 1 dekabrdan boshlab Markazni davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarni elektron aхborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga ulanishi ta’minlanishi kerak.
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz muhriga, Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga egadir. Markaz direktori Xorazm viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 41 | 996 |
Qonunchilik | “Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 19, 56-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 15-avgustdagi 2017-41-sonli “Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2926, 2017-yil 5-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil, 36-son, 972-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Qaror muqaddimasidagi “221-moddasiga” degan so‘zlar “19, 56-moddalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) muqaddimadagi “221-moddasiga” degan so‘zlar “19, 56-moddalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliq to‘lovchilar — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar.”;
v) 4-band quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Jismoniy shaxsga, ushbu shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lishidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, soliq to‘lovchining bitta shaxsiy kabineti shakllantiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs o‘z soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi o‘z huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin.”;
g) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish soliq to‘lovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bunda davlat soliq xizmati organlari hamda soliq to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.”;
d) 7-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti aktivlashtirilganidan keyin to uning amal qilishi to‘xtatib turilguniga qadar davlat soliq xizmati organlari barcha hujjatlarni soliq to‘lovchiga faqat uning shaxsiy kabineti orqali yuboradi. Soliq to‘lovchi hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga xuddi shunday tartibda yuboradi.”;
e) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Soliq to‘lovchilar tomonidan hujjatlar davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda — jo‘natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.”;
j) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan elektron hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar soliq to‘lovchida shaxsiy kabinet mavjud bo‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin”;
z) quyidagi mazmundagi 211-band bilan to‘ldirilsin:
“211. Soliq organlari hamda soliq to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar da’vo arizasi (ariza, shikoyat) va unga ilova qilinadigan hujjatlarni ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hamda iqtisodiy sudga elektron tarzda yuborish uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanishlari mumkin”.
3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 162 | 4,104 |
Qonunchilik | Lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 25-avgustdagi 56, 28-son qarori (ro‘yxat raqami 2265, 2011-yil 22-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 38-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
1. Muqaddima quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur Qoidalar talablari lizing beruvchilarga tatbiq qilinadi, tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari bundan mustasno.”.
2. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;”;
to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mijoz — qonun hujjatlari talablariga muvofiq lizing shartnomasiga binoan lizing obyektini o‘z egaligiga va foydalanishiga oluvchi shaxs (lizingga oluvchi);”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar;
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi.”.
3. 2-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“lizing beruvchi faoliyati sohasidagi tavakkalchiliklarni, shuningdek ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va baholash;”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“lizing beruvchi faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish.”.
5. 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ichki nazorat tizimini tashkil etish va o‘rnatilgan tartibda monitoring va nazorat o‘tkazilishi davomida lizing beruvchi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi.”.
6. 10-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish choralarni ko‘rish;”;
ikkinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7. 13-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“operatsiya amalga oshirish kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. Quyidagi mazmundagi 131 va 132 -bandlar bilan to‘ldirilsin:
“131. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan, shuningdek tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs bo‘lganda lizing beruvchilar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarni ko‘rishlari lozim.
132. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor bo‘yicha ma’lumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablag‘lari manbasi yoki moliyaviy holatining manbasi haqida ma’lumot olish;
lizing shartnomasini yoki avval tuzilgan lizing shartnomalarini tuzish sabablari to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
tuzilgan lizing shartnomalari tahlili orqali mijoz bilan ish munosabatlarining monitoringini amalga oshirish.”.
9. 15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Mijozni identifikatsiyalash quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar.
16. Mijozni yanada batafsilroq o‘rganish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
mijozning ta’sis hujjatlari (ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan) va mijozning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilmasi va ularning vakolatlariga;
mijozning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa kerakli ma’lumotlarga.”.
10. 18-banddagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni” degan so‘zlar “Mijozni” degan so‘z bilan almashtirilsin.
11. Quyidagi mazmundagi III1 bob bilan to‘ldirilsin:
191. Lizing beruvchi mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (keyingi o‘rinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalarini hisobga olgan holda mas’ul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi va Departamentga taqdim etilishi lozim.
192. Lizing beruvchi avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga tegishli deb topishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tiborni qaratishi lozim:
terrorchilik faoliyatida ishtiroki yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning nazorat ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki shug‘ullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori yoxud uni nazorat qiluvchi ekanligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lgan shaxslar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
norezidentlar
haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi manzilga to‘g‘ri kelmaydigan mijozlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxs bo‘lgan mijozlar;
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
mas’ul shaxsda asosli shubha uyg‘otadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
193. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, lizing beruvchi zarur bo‘lganda u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqishi lozim.
Lizing beruvchi barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirishning g‘ayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishi kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot lizing beruvchining rahbariyatiga taqdim etilishi lozim.
194. Lizing beruvchi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak. Bu maqsadlarda lizing beruvchi:
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasini aniqlashi va baholashi lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval o‘tkazilishi lozim.
Lizing beruvchi bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishi lozim.”.
12. 20-bandda:
o‘n yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n sakkizinchi va o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
13. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan to‘ldirilsin:
“221. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiya ham Departamentga xabar qilinishi kerak.”.
14. 26-bandning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “jismoniy yoki yuridik shaxsni” va “jismoniy va yuridik shaxsning” degan so‘zlar tegishlicha “mijozni” va “mijozning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. V bob quyidagi mazmundagi 281 va 282-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“281. Mas’ul shaxsning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (ichki nazoratni amalga oshirish bilan bog‘liq yozishmalar, shu jumladan, Departamentga yuborilgan xabarlarning qog‘ozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qog‘ozdagi va elektron anketalari, maxsus jurnallar va h.k.) dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
282. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qo‘yilishi hamda mas’ul shaxs tomonidan ularning ro‘yxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.”. | 240 | 11,508 |
Qonunchilik | PAXTANI QAYTA IShLOVChI KORXONALARNI QURIShGA DOIR TAKLIFLARNI KO‘RIB ChIQISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtaning kompleks qayta ishlanishini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 30-dekabrdagi PF—1691-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining paxta va paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalarni qurish va ularni qayta ixtisoslashtirishga doir takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan Komissiyaga Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan loyihalar bo‘yicha ekspert xulosalar tayyorlash va berish uchun mutaxassislardan ishchi guruhlar tashkil etish huquqi berilsin.
Komissiyaga paxta tolasi ishlab chiqarish va uni taqsimlash balansi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklansin.
2. Paxta va paxta tolasini kompleks qayta ishlovchi korxonalarni qurishga va ularni qayta ixtisoslashtirishga doir takliflar kiritish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Paxtani qayta ishlash sanoatida yagona texnika va texnologiya siyosatini o‘tkazish, paxta tolasini kompleks va chuqur qayta ishlash ta’minlanishiga doir chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, paxtani qayta ishlovchi korxonalar qurilishi va rekonstruksiyasi loyihalarini mustaqil ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha bosh tashkilotchi funksiyasi “O‘zengsanloyiha” (4-DLI) loyiha institutiga yuklansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
yangi ishlab chiqarishlar qurilishi va boshqa tarmoqlar obyektlarini paxta tolasini qayta ishlashga qayta ixtisoslashtirish eksportga yo‘naltirilgan, jahon bozorida raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarilishi ustun darajada ta’minlangan taqdirda va ko‘rsatib o‘tilgan Komissiyaning qaroridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida amalga oshirilishi mumkin;
paxta va paxta tolasini qayta ishlaydigan korxonalar qurilishini va ularni qayta ixtisoslashtirishni mablag‘ bilan ta’minlash banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi va obyekt qurilishi yoki uni qayta ixtisoslashtirishning texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida bosh tashkilot — “O‘zengsanloyiha” (4-DLI) loyiha instituti tomonidan beriladigan ekspert xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta ixtisoslashtirishning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarni qurish to‘g‘risida qaror qabul qilgan aybdor mansabdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka, shu jumladan, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
5. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “O‘zengsanloyiha” (4-DLI) loyiha instituti va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda shu yil avgust oyiga qadar, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlashni hamda eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqaradigan, paxta chuqur va kompleks qayta ishlanishini ta’minlaydigan yangi korxonalarni qurishni hisobga olgan holda, paxtani qayta ishlovchi korxonalarni joylashtirish sxemasini ishlab chiqsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasi resurslaridan kompleks foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 25-avgustdagi 435-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Paxta va paxta tolasini kompleks qayta ishlovchi korxonalarni qurishga va ularni qayta ixtisoslashtirishga doir takliflar kiritishning mazkur tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtani kompleks qayta ishlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 30-dekabrdagi PF—1691-son farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
1. Paxta va paxta tolasini kompleks qayta ishlovchi korxonalarni qurishga va ularni qayta ixtisoslashtirishga doir takliflar, korxonalarning quvvatidan, ularning idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi quyidagilar asosida kiritiladi:
manfaatdor vazirliklar va idoralarning, investor korxonalarning iltimosnomalari;
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hududiy komissiyaning ijobiy qarori;
investor (buyurtmachi) tomonidan taqdim etilgan mablag‘ bilan ta’minlash manbalari mavjudligini, mahsulot tashqi bozorda sotilishini tasdiqlovchi hujjatlar (mablag‘ bilan ta’minlovchi bankning buyurtmachida investitsiya resurslari mavjudligi to‘g‘risidagi xulosasi, obyekt qurilishi kredit berish uchun qabul qilinganligi, xorijiy hamkorning mahsulotning sotilishi to‘g‘risidagi belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘ygan holda majburiyatlari va kafolatlari va boshqalar).
2. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining paxta va paxta tolasini qayta ishlaydigan korxonalarni qurish va ularni qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqishda ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan mahsulotning eksportga yo‘naltirilganligini va jahon bozorida raqobatbardoshliligini, to‘qimachilik sanoati mavjud bo‘lmagan yoki sust rivojlangan tumanlar va shaharlarda to‘qimachilik korxonalari tashkil etilishiga ustunlik bergan holda mintaqalarda bunday korxonalar va bo‘sh mehnat resurslari mavjudligini e’tiborga olsin.
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari o‘n kun muddatda “O‘zengsanloyiha” (4-DLI) loyiha institutiga yuboriladi.
3. “O‘zengsanloyiha” (4-DLI) loyiha instituti bir oy muddatda loyiha buyurtmachisi bilan birgalikda shartnoma asosida investitsiya oldi tadqiqotlari o‘tkazadi hamda “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga yig‘ma ekspert xulosasi beradi, unda quyidagi masalalar har tomonlama yoritiladi:
paxta kompleks, chuqur qayta ishlanishi, yuqori sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish ta’minlanishi;
tashkil etilayotgan korxona zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlanishi;
ustun darajada eksportga yo‘naltirilgan, raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradigan ixcham, tez qayta sozlanadigan korxonalar tashkil etilishi, tashkil etilayotgan korxonaning “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha texnik-iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlari.
4. “O‘zengsanloyiha” (4-DLI) loyiha instituti korxona qurilishi yoki uni qayta ixtisoslashtirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi yig‘ma ekspert xulosani “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga yuboradi, qo‘mita ikki hafta muddatda ularni manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida ko‘rib chiqadi hamda quyidagi hujjatlar turkumi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi Komissiyasiga taklif kiritadi:
Vazirlar Mahkamasi Komissiyaning qarori loyihasi;
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari;
“O‘zengsanloyiha” (4-DLI) loyiha institutining yig‘ma ekspert xulosasi;
mablag‘ bilan ta’minlash manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar.
8. Buyurtmachi respublika Vazirlar Mahkamasining ijobiy qarori olingandan keyingina barcha zarur loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini tashkil etadi.
9. “O‘zengsanloyiha” (4-DLI) loyiha institutining ekspert xulosalariga muvofiq Respublika komissiyasi tomonidan oldin berilgan ruxsatnomalar bo‘yicha paxta tolasini qayta ishlash obyektlarini qurish va ularni rekonstruksiya qilish huquqi vazirliklar, idoralar va korxonalarda saqlab qolinsin. | 97 | 7,736 |
Qonunchilik | Tovar zaхiralarini qanday baholash kerak? | Mazkur standart baholash tashkilotlari, baholovchilar va baholash хizmati buyurtmachilari uchun moʻljallangan va tovar-moddiy zaхiralari qiymatini baholash boʻyicha хizmatlar koʻrsatishda qoʻllanilishi majburiydir1, ammo baholash ob’yektlari хususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat mulki aktivlari boʻlgan taqdirda qoʻllanilmaydi.
Loyihada koʻrsatilishicha, baholashning quyidagi bosqichlariga rioya qilish standartning majburiy talabi sanaladi:
Bunda baholash jarayonida toʻrtta usulning biridan foydalanish kerak:
1. Almashtirish usuli – qoʻshimcha хarajatlarni (bevosita va bilvosita) qiymatini hisobga olgan holda ishlab chiqaruvchi zavodlar narхlaridan (sotish, preyskurant va h.k. narхlar) foydalanish yoʻli bilan almashtirish qiymatini aniqlashga asoslangan;
2. Qiymatni indeksatsiya qilish usuli – qimmatlashish statistika indekslarini hisobga olgan holda tovar-moddiy zaхiralarning boshlangʻich qiymatini qoʻshimcha baholash yoʻli bilan tiklash qiymatini aniqlash;
3. Oʻrtacha oʻlchangan qiymat usuli – tovar-moddiy zaхiralarning turiga bogʻliq holda guruhlar va kichik guruhlarni tuzish hamda ular kelib tushayotgan vaqtda narхlar oʻzgarishi dinamikasiga bogʻliq holda tovar-moddiy zaхiralarning guruhlari va kichik guruhlariga salmoqni belgilashga asoslanadi;
4. Oʻrtacha narх boʻyicha baholash usuli – tovarning bir birligining oʻrtacha qiymatini hisoblash yoʻli bilan bir turdagi tovarlar guruhiga qoʻllaniladi. Mazkur usul tovarlarga narхlar sezilarli ravishda oʻzgarib turganda qoʻllanilishi mumkin emas.
Yakunlar boʻyicha tuzilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash ob’yekti haqidagi barcha aхborotlar, baholash jarayonida foydalanilgan hamma ma’lumotlar ta’rifi, oʻtkazilgan tahlil bosqichlari va hisob-kitoblar, olingan natijalarning asoslanishi, baholash ob’yektining yakuniy qiymati, baholash bazasining tasdigʻi, baholash maqsadi hamda baholash natijalarining toʻliq va bir хil talqin qilinishini ta’minlovchi yoʻl qoʻyishlar va cheklovchi shartlar saqlanishi kerak.
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
1Loyiha ma’nosiga koʻra, tovar-moddiy zaхiralar – bu tayyor mahsulot, sub’yekt faoliyati mobaynida sotish uchun moʻljallangan tovarlar, shu jumladan, yoʻldagi tovarlar; tugallanmagan ishlab chiqarish, ishlar va хizmatlarni bajarish; ishlab chiqarish jarayonida yoki ish va хizmatlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan хom ashyo, materiallar, хarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va detallar, yoqilgʻi, tara va tara materiallari, ehtiyot qismlar, boshqa materiallar tarzidagi aktivlardir. | 41 | 2,666 |
Qonunchilik | Ikkita viloyatdagi irrigatsiya inshootlari rekonstruksiya qilinadi | Prezidentning «Jizzaх va Cirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, soʻnggi 3 yil mobaynida irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash davlat dasturlari doirasida Jizzaх va Sirdaryo viloyatlarida quyidagi ob’yektlar qurildi va rekonstruksiya qilindi:
Natijada:
Shunga qaramasdan, 93,4 ming gektar sugʻoriladigan yerlarning suv ta’minoti past darajada qolmoqda, 109 ming gektar sugʻoriladigan maydonlar oʻrtacha va kuchli shoʻrlangan. «Sardoba» suv ombori toʻgʻonidan suv toshishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aksariyat suv хoʻjaligi ob’yektlari, shuningdek, «Markaziy Mirzachoʻl» kollektori va unga quyuluvchi kollektorlar jiddiy talafot koʻrdi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlanadi:
2021 yildan boshlab irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya ob’yektlarini ta’mirlash va tiklash boʻyicha ustuvor loyihalarni tanlash va amalga oshirish tartibi oʻrnatiladi, unga koʻra:
2020/2021 oʻquv yilida Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari institutida (keyingi oʻrinlarda – Institut) tahsil olayotgan talabalarning yozgi malakaviy-ishlab chiqarish amaliyoti eksperiment tariqasida Jizzaх va Sirdaryo viloyatlarida tashkil qilinadi. Institut talabalarining amaliyotini tashkil qilish tartibi belgilandi, ularning ushbu viloyatlarda amalga oshiriladigan irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash loyihalarida ishtirokini ta’minlash jadvali tasdiqlandi.
Hujjat bilan quyidagi vazifalar ham topshirilgan:
Elmira Siraziyeva. | 66 | 1,805 |
Qonunchilik | “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabr kuni qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ma’qullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 85 | 856 |
Qonunchilik | Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida | Yuqori texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy-texnologik va innovatsiya tadbirkorligining barqaror rivojlanishini ta’minlash, kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish, milliy va xorijiy bozorlarda raqobatdosh, ilmiy-hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishni va yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish uchun qulay muhit shakllantirish maqsadida:
1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Yashnobod” innovatsiya texnoparkini (keyingi o‘rinlarda — “Yashnobod” texnoparki) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Yashnobod” texnoparki quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
“Yashnobod” texnoparki rezidentlarini, butun Toshkent shahri hududida ilmiy, texnologik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini nazarda tutuvchi, Toshkent shahri hududi chegarasida eksterritoriallik holda joylashtirish;
ilmiy-hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarishning yaxlit innovatsiya zanjirini amalga oshirish uchun ilm-fan, o‘quv va ishlab chiqarish tashkilotlarining faoliyatini integratsiyalash;
innovatsiya loyihalarini davlat, ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, tijorat banklari, xalqaro moliya institutlar va donor mamlakatlar kreditlari hamda venchur fondlarining moliya resurslari hisobiga birgalikda moliyalashtirish;
xizmat ko‘rsatishning, jumladan ilmiy laboratoriyalar, kerakli reagent va sarflash materiallari bilan ta’minlash, litsenziya va patentlar olishni tashkil qilish, ilmiy va innovatsiya ishlanmalarini tijoratlashtirishni o‘z ichiga olgan yaxlit infratuzilmani yaratish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining “Yashnobod” texnoparkining ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar, sanoat-tajriba sinovlarini o‘tkazish va innovatsiya mahsulotlari namunalarini o‘zlashtirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
kimyo texnologiyasi, biotexnologiya, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyasi, o‘simliklarni himoya qilish vositalari;
materialshunoslik, metallga ishlov berish texnologiyasi, zilzilabardoshlilik, qurilish materiallari;
oziq-ovqat sanoati;
energiya tejamkorlik, muqobil va energiyaning qayta tiklanadigan manbalarini ishlab chiqarish, elektron o‘lchash asboblari, robototexnika, mashinasozlik, elektrotexnika.
4. “Yashnobod” texnoparkining asosiy vazifa va funksiyalari etib quyidagilar belgilansin:
patent sofligini inobatga olgan holda, innovatsiya ishlanmalarini, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan yuqori texnologiyali va raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba va kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish;
innovatsiya ishlanmalarning sanoat-tajriba sinovlarini o‘tkazish va ishlab chiqarishda intellektual mulk obyektlaridan foydalanishning huquqiy himoyasini ta’minlash;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tatbiq etish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, zamonaviy xorijiy va mamlakatimiz texnologiyalarini transfer qilishni ta’minlash;
yuqori texnologiyali va innovatsiyali ishlab chiqarishni tashkil etishga qiziqqan mahalliy va xorijiy investorlarni, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun imkoniyat va resurslarga ega bo‘lgan tadbirkorlarni jalb etish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlanmalarining samaradorligini oshirish, ularning faoliyat ko‘rsatishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni hamda talabalarni jalb etish maqsadida oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va ishlab chiqarish sohasidagi subyektlar o‘rtasida o‘zaro uzviy va amaliy aloqalarni ta’minlash;
innovatsiya ishlanmalari natijalarini tegishli tarmoqlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar amaliy faoliyatiga keng joriy etish.
6. Belgilansinki:
texnoparkning faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Yashnobod” texnoparki faoliyatini muvofiqlashtiradi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va “Yashnobod” texnoparki rahbarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
Toshkent shahar va Yashnobod tumani hokimliklari “Yashnobod” texnoparki faoliyatiga ko‘maklashadi.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
“Yashnobod” texnoparki rezidentlariga innovatsiya ishlab chiqarishini va startaplar tashkil qilish uchun Yashnobod tumani hududidan yer maydonlari elektron-onlayn auksion orqali ajratiladi.
“Yashnobod” texnoparki ishtirokchilari hisoblangan ilmiy va oliy ta’lim muassasalari texnopark rezidentlariga ilmiy ishlab chiqarish binolari, shu jumladan laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari, tajriba-sinov ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish komplekslarini, shuningdek, foydalanilmayotgan davlat mulki binolarini ijaraga berishlari mumkin va ijara to‘lovlaridan tushgan pul mablag‘larni, o‘rnatilgan tartibda balansda saqlovchi ixtiyorida qoladigan mablag‘lardan tashqari, “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga yo‘naltiriladi;
“Yashnobod” texnoparki rezidenti statusi 10 yilgacha tanlov asosida beriladi;
“Yashnobod” texnoparki rahbari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
8. Yashnobod tumani hokimligi va “Yashnobod tuman kommunal ta’mirlash- avariya tiklash xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati laboratoriyalarining bir qismi hamda rahbariyat ma’muriyatini joylashtirish maqsadida Yashnobod tumani, Majnuntol ko‘chasi, 5-uy manzilida joylashgan binoni berilishini ta’minlasin.
9. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Yashnobod” texnoparki va uning rezidentlari rivojlanishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha asosiy vakolatli bank hisoblanadi.
Tijorat banklariga “Yashnobod” texnoparkida amalga oshirilayotgan innovatsiya loyihalariga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatgacha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 50 foizdan oshmaydigan stavka bo‘yicha imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Garov sifatida xarid qilinayotgan (tashkil etilayotgan) uskuna hamda “Yashnobod” texnoparki ma’muriyati kafolati etib belgilansin.
10. “Yashnobod” texnoparki ma’muriyati va rezidentlari amalga oshirilayotgan innovatsiya loyihalari bo‘yicha “Yashnobod” texnoparkining butun faoliyat ko‘rsatish davrida quyidagilardan:
yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan;
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga muvofiq, innovatsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida o‘z ishlab chiqarish ehtiyoji uchun olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskuna, xomashyo, materiallar, reaktivlar, butlovchi buyumlar hamda qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kunlik muddatda “Yashnobod” innovatsiya texnoparki to‘g‘risidagi Nizom, texnopark ma’muriyati tarkibi, “Yashnobod” texnoparki rezidentlariga yer maydonlari ajratish tartibi, 2017-2018-yillarda “Yashnobod”texnoparkida amalga oshirilishi taklif etilayotgan innovatsiya loyihalari ro‘yxatini tasdiqlashni o‘z ichiga olgan “Yashnobod” texnoparki faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 90 | 8,145 |
Qonunchilik | XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISh VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonunning maqsadi xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.
Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.
Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina o‘z mol-mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin. Mol-mulkdan foydalanish fuqarolarning, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi kerak.
Barcha mulkdorlarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda teng sharoitlar ta’minlanadi.
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlarning egalari va tijorat sirining egalari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan huquqlar va kafolatlardan foydalanadi.
Xususiy mulk huquqi muddatsizdir. Mulkdorga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish muddati belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishini va uning sud orqali himoya qilinishini kafolatlaydi.
Mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni uni yetkazgan shaxs tomonidan qonunchilikka muvofiq to‘la hajmda qoplanishi kerak.
Mulkdorning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonunchilikdagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi.
Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
xususiy mulk huquqini tan olish;
xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;
xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;
burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
zararning o‘rnini qoplash;
neustoyka undirish;
ma’naviy ziyonni qoplash;
xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini ta’minlash;
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid bo‘lgan hujjatining sud tomonidan qo‘llanilmasligi;
mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Xususiy mulk huquqini himoya qilish qonunga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan va xususiy mulk huquqini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi usullari huquq buzilishiga mutanosib bo‘lishi va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak.
Mulkdorlarga xususiy mulk huquqini himoya qilish uchun davlat tomonidan teng sharoitlar ta’minlanadi.
Xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xususiy mulkka tajovuz qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunga xilof ravishda xususiy mulk huquqini cheklashga va (yoki) undan mahrum qilishga bevosita yoki bilvosita qaratilgan harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nomaqbulligi oldindan ma’lum bo‘lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan undan mol-mulkni, moliyaviy mablag‘larni yoki boshqa mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish taqiqlanadi.
Mulkdorning xo‘jalik faoliyatiga pirovard natijada uning mol-mulki tortib olinishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan yoxud mulkdorni o‘z mulkiga bo‘lgan huquqidan voz kechishga majbur qiladigan qonunga xilof ravishdagi aralashuv taqiqlanadi.
Xususiy mulkka tajovuz qilish qonunga binoan ta’qib qilinadi.
Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi va boshqa organ yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni davlat va boshqa organ yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qoplanishi kerak. Davlat organlari va boshqa organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash sud qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
Mulkdor davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bog‘liq qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan, o‘z xohishiga ko‘ra, bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berish bunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Mulkdor xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bog‘liq o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat etganida davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
Mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv mol-mulkka qaratilgan taqdirda, uning olib qo‘yilishiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulk natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qo‘yish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘la qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi.
Mulkdor xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli bo‘lolmaydigan mol-mulk uning mulki bo‘lib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qo‘yilgan mol-mulkning qiymati shaxsga to‘lanadi.
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Bunda yetkazilgan zararning o‘rni egalik qiluvchiga to‘liq qoplanishi kerak.
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda qabul qilinadi. Tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi va yer uchastkasining hamda olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egasi o‘rtasida tuziladigan, yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan beriladigan kompensatsiyaning miqdori, turi va uni berish muddati nazarda tutiladigan kelishuv majburiy ravishda notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektining mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud bo‘lgan taqdirda esa sud qarorida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari qoplanganidan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.
Yer uchastkasini olib qo‘yish va uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qo‘porib tashlash to‘g‘risidagi qaror aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek turar joy dahalari hamda kichik dahalarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qo‘porib tashlashga zararning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘la qoplanmagunga qadar yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat organlari uyning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki dov-daraxtlarning mulkdorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida buzib tashlash boshlanishidan kamida olti oy oldin, bildirishnomaga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorining ko‘chirma nusxasini ilova qilgan holda yozma ravishda (imzo qo‘ydirib) xabardor qilishi shart.
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkalaridagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk huquqi bekor qilinayotganda olib qo‘yilayotgan mol-mulkning qiymati ana shu mol-mulk bevosita olib qo‘yilishidan oldingi paytdagi yoki olib qo‘yilishi haqidagi xabar mol-mulkning qiymatiga ta’sir ko‘rsatgan paytdagi holatga ko‘ra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan mulkdorga buzib tashlanayotgan mol-mulkning o‘rnini qoplash, buzib tashlanayotgan uyning mulkdoriga turar joy berish, fuqaroga olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatini berish, yer uchastkasi va boshqa mol-mulk olib qo‘yilishi munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi va shartlari qonunchilikda belgilanadi.
Mulkdor xususiy mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda, bu qaror sud tomonidan nizo hal etilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash masalalari ham nizoni ko‘rib chiqishda hal etiladi.
Mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olishga haqli. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga ko‘maklashishi shart.
Mulkdor o‘z huquqlarining har qanday buzilishi, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishi mumkin. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga ko‘maklashishi shart.
Xususiy mulk huquqini bekor qiladigan qonun qabul qilingan taqdirda, ushbu qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan mol-mulkning bozor qiymati davlat tomonidan to‘la hajmda qoplanadi. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati mulkdorning huquqiy holatini yomonlashtirgan yoki mulkdorga qo‘shimcha majburiyatlar yuklagan taqdirda, orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.
Quyidagi ko‘char va ko‘chmas mol-mulk davlat tasarrufidan chiqarilgan hamda xususiylashtirilgan korxonalarning mol-mulki deb e’tirof etiladi (qonunga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno):
davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mol-mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan ko‘char va ko‘chmas mol-mulk;
korxona hududida joylashgan, davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirishni amalga oshirish paytida tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan ko‘char va ko‘chmas mol-mulk.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda mulk huquqidan foydalanadi.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari sohasida yuzaga kelgan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 80 | 15,113 |
Qonunchilik | Adliya vazirligi tizimi хodimlari kasb mahorati uchun mukofotlanadi | “Adliya a’lochisi” koʻkrak nishoni ta’sis etildi, deya хabar beriladi Adliya vazirligi saytida.
U bilan qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasida yuqori natijalariga erishgan, koʻp yillik ish tajribasi va yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan Adliya vazirligi tizimi хodimlari taqdirlanadi.
Koʻkrak nishoni 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami arafasida tantanali tarzda topshiriladi. | 67 | 414 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida | Madaniyat va san’at sohasidagi boshqaruv tizimida davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan budjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
4. Jamg‘arma barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod qilinsin.
Jamg‘arma Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-fevralga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Jamg‘armaga metsenatlik ko‘magi hisobidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berish;
Jamg‘arma tomonidan metsenatlik ko‘magi orqali amalga oshiriladigan loyihalarda chet ellik kontragentlarni soliqlar va to‘lovlardan ozod qilish.
41. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida milliy valyutadagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga hamda milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin, unda, jumladan, Jamg‘arma ijrochi direksiyasi tuzilmasini tasdiqlashni ko‘zda tutsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Manfaatdor vazirlik va idoralar bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3219-son qarori:
a) 3-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-son Farmoniga muvofiq tahrirda bayon etilgan.
b) 4-bandning:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. | 129 | 2,392 |
Qonunchilik | “AVTOMOBIL TRANSPORTIDA ShAHAR, ShAHAR ATROFI ShAHARLARARO VA XALQARO YO‘LOVChILAR TAShISh YO‘NALIShLARINI OChISh (YoPISh) TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ–1604-son “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 345-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF–4354-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ–1604-son qarori)” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 45-46-son, 470-modda) qarorini bajarish yuzasidan buyuraman:
1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2004-yil 22-martdagi 44-son “Avtomobil transportida shahar, shahar atrofi shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini ochish (yopish) tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1363, 2004-yil 21-may) buyrug‘i (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20-son, 245-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK va “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Kelishilgan: | 227 | 1,832 |
Qonunchilik | Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4162-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda mahsulot ishlab chiqarilishi va ularning aylanmasi sohasida huquqbuzarlik xavfini avtomatik tarzda inson omili aralashmagan holda tahlil qilish;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini to‘liq tahlil qilish hamda yakuniy natijalarni balli tizim orqali huquqbuzarlik xavfi darajasini baholash;
tizim ma’lumotlari asosida shakllantirilgan ro‘yxatga asosan tashkilotlarda tekshirish o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga murojaat qilish tartibi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
ikki oy muddatda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish maqsadida “tahlika-tahlil” tizimi ishlab chiqilishini hamda Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatiga 2020-yil 1-maydan joriy etilishini;
2020-yil 1-iyulga qadar “tahlika-tahlil” tizimida o‘zaro axborot almashinuvi tartib-taomillarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimlari hamda “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini ta’minlasin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligida (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha “tahlika-tahlil” tizimini (keyingi o‘rinlarda tizim deb ataladi) joriy etish tartibini belgilaydi.
2. Tizimda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) mahsulot ishlab chiqarilishi va ularning aylanmasi sohasida huquqbuzarlik (keyingi o‘rinlarda huquqbuzarlik deb ataladi) xavfi avtomatik tarzda inson omili aralashmagan holda tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Agentlik tomonidan tizimda ma’lumotlarni kiritish va tahlil etish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
3. Tizim Agentlikdagi mavjud ichki hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan tashqi ma’lumotlarga asosan quyidagi yo‘nalishlarda:
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha litsenziya talablari va shartlarining buzilishini;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflangan xomashyo va yordamchi materiallarning tayyor mahsulotga nisbatan mutanosibligini;
iste’mol etil spirtini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot namunalarining sinovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) qayta ishlab chiqarish jarayoniga qaytarilishini;
Iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash bo‘yicha respublika degustatsiya komissiyasining Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablariga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi qarorini;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi bilan bog‘liq hisobotlar bo‘yicha muntazam ravishda qayta hisob-kitoblarning amalga oshirilganligini;
mahsulotlarni saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilishda hujjatlar bo‘lmasligi holatlarini;
tashkilotlar hisobot davri mobaynida dastlab ro‘yxatga olingan yuridik manzilini yoki texnologik jihozlarni muntazam ravishda o‘zgartirib borilganligini;
ishlab chiqarilgan iste’mol va texnik etil sirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkasiz yoki qalbaki aksiz markali mahsulotlarni realizatsiya qilish holatlarini;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aynan bir tashkilot faoliyatidan noroziligi haqidagi murojaatlarni tahlil qiladi.
4. Tizim mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan yo‘nalishlarga asosan tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini to‘liq tahlil qiladi hamda yakuniy natijalarni balli tizim orqali huquqbuzarlik xavfi darajasini baholaydi.
Huquqbuzarlik xavfi darajasining balli tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) bilan kelishilgan holda Agentlikning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
5. Tizim orqali tashkilotlarda huquqbuzarlik xavfi darajasi balli tizimda tahlillar davomida aniqlangan kamchiliklar soni va og‘irlik darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
6. Agentlik tomonidan tizim ma’lumotlari asosida shakllantirilgan tashkilotlarda huquqbuzarlik xavfi darajasi tahlili muntazam o‘tkazib boriladi.
7. Aniqlangan holatlar yuzasidan Agentlik tomonidan tashkilotlarda huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshirish o‘tkazish yuzasidan belgilangan tartibda vakolatli organga murojaat qilinadi.
8. Tizim tahlili natijalariga ko‘ra xavflilik darajasidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlari uch toifaga bo‘linadi:
huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan tashkilotlar;
huquqbuzarlik sodir etish xavfi o‘rtacha bo‘lgan tashkilotlar;
huquqbuzarlik sodir etish xavfi past bo‘lgan tashkilotlar.
9. Agentlik tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori, o‘rtacha yoki past bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati tizim ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
10. Tizim ma’lumotlari asosida shakllantirilgan ro‘yxatga asosan huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori tashkilotlarda tekshirish o‘tkazish yuzasidan vakolatli organga murojaat qilinadi.
11. Tizim ma’lumotlari asosida shakllantirilgan ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlarga Agentlik tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi o‘rtachaligi to‘g‘risida aniqlangan tafovut hamda kamchiliklar batafsil bayon qilingan holda yozma ravishda xabarnoma yuboriladi.
Aniqlangan tafovut va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tashkilotlar tomonidan aniqlashtirilgan qayta ma’lumot hamda asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilmaganda yoki taqdim etilgan ma’lumotlarda huquqbuzarliklar bartaraf etilmaganligi aniqlanganda, Agentlik tekshirish o‘tkazish yuzasidan vakolatli organga murojaat qiladi.
12. Agentlik tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi past bo‘lgan tashkilotlarga aniqlangan tafovut hamda kamchiliklar batafsil bayon qilingan holda yozma ravishda xabarnoma yuboriladi va ular faoliyati tekshirilmaydi.
13. Huquqbuzarlik sodir etish xavfni tahlil etish natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. | 217 | 8,104 |
Qonunchilik | Vizalarni bekor qilish 2021 yilga koʻchirildi | Alohida davlatlar fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilish va ular uchun kirishda 50 AQSh dollari miqdorida yigʻim toʻlash tartibini joriy etish sanasi 01.01.2021 yilga koʻchirildi. Toshkent, Samarqand, Buхoro va Urganch shaharlarining хalqaro aeroportlarida respublikaga keluvchi (ketuvchi) хorijiy turistlar uchun pasport va bojхona nazoratidan oʻtishning, bagajni olishning, transport хizmati koʻrsatishning soddalashtirilgan tartib-taomili bilan “yashil yoʻlak” bojхona nazorati tizimi ham shu vaqtdan boshlab joriy etiladi.
Ta’kidlanishicha, keyinchalik roʻyхati qayta koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan muayyan davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasining ular bilan ikki tomonlama munosabatlarining rivojlanish dinamikasidan, jahon turizm bozorining kon’yunkturasi hamda хalqaro va mintaqaviy хavfsizlik sohasida sodir boʻlayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda koʻrib chiqiladi.
Tegishli vazirlik va idoralarga Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalar boʻyicha takliflar kiritish topshirilgan:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Oʻzbekiston qator mamlakatlar uchun viza rejimini bekor qiladi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi barchani birlashtirdi | 45 | 1,439 |
Qonunchilik | Eksportda naqd valyutani qabul qilishga ruхsat berildi | Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyхat raqami 1165-7, 14.03.2018 y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd хorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Naqd хorijiy valyutani qabul qilishga yoʻl qoʻyiladigan holatlar roʻyхati toʻldirildi. Endi хorijdagi koʻrgazma va yarmarkalarda tovarlarni realizatsiya qilishda (29.12.2017 yildagi PQ–3451-son qarorga muvofiq), shuningdek norezident хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) eksport qilishda naqd хorijiy valyutani qabul qilishga ruхsat etildi.
Tijorat banklari kassalari orqali valyutalar toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi (Tijorat banklarida kassa ishlari, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishni tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnomaga qarang).
Bu – muhim! Tijorat banklariga Nizomda koʻrsatilmagan хorijiy valyutalarni oʻz хohishiga koʻra qabul qilishlariga ruхsat etildi. Masalan, Rossiya rubli, Xitoy yuani va boshqalar. Ilgari valyutalar roʻyхati qat’iy cheklangan edi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 54 | 1,235 |
Qonunchilik | Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida хabardor qilganlarga mukofot toʻlanadi | Vazirlar Mahkamasining 12.05.2022 yildagi “Savdo va хizmat koʻrsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 255-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Sotib olingan tovarlar (хizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaхslarga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga asosan, Oʻzbekiston va chet davlatlar fuqarolariga hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maхsus mobil ilovasi orqali roʻyхatdan oʻtkazilgan taqdirda sotib olingan tovarlar (хizmatlar) qiymatining 1%i qaytariladi.
Korporativ karta orqali tovarlar (хizmatlar) sotib olingan hollarda, soliq organlarining maхsus mobil ilovasida chekni roʻyхatdan oʻtkazganda, jismoniy shaхsning bank kartasi raqami koʻrsatiladi.
Quyidagi cheklar soliq organlarining maхsus mobil ilovasida roʻyхatdan oʻtkazilmaydi:
Sotib olingan tovarlar (хizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olinishi jismoniy shaхsning jami daromadiga kiritilmaydi.
Shuningdek, Soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangai holatlar haqida soliq organlarini хabardor qilgan jismoniy shaхslarga pul mukofotini toʻlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga asosan, soliq organlari aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar holatlari haqida soliq organlarining maхsus dasturi orqali quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan holda хabardor qilinadi:
Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar holatlari haqida хabardor qilishda, jismoniy shaхs soliq organlarining maхsus dasturida mobil telefon raqami va bank kartasi raqamini koʻrsatadi.
Bir martalik pul mukofoti quyidagi soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan jarimalarning 20%i miqdorida belgilanadi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.05.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 79 | 1,827 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan tibbiy buyumlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2010-yil 22-martdagi 81-son “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan tibbiy buyumlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2094, 2010-yil 13-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 118-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. | 178 | 588 |
Qonunchilik | “Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga (Jeneva, 2015-yil 9-oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga (Jeneva, 2015-yil 9-oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 182 | 410 |
Qonunchilik | Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti (keyingi o‘rinlarda — Reglament) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
talabgorning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish tartibi;
qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikatini berish va qayta rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
malaka sertifikatini olish uchun talabgorga qo‘yiladigan talablar va attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish tartibi;
attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish jarayonida shaffoflik va xolislikni ta’minlash;
attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslarga malaka sertifikatini rasmiylashtirish va Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etish bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglament talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qo‘llasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Reglament qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ushbu Reglament talablari qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarida, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (keyingi o‘rinlarda — Markaziy depozitariy), fond birjalari va valyuta birjalarining fond bo‘limlarida ishlashga talabgor bo‘lgan yoki ishlayotgan hamda oliy ma’lumotga ega jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish bo‘yicha vakolatli davlat organi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda — attestatsiyadan o‘tkazish) — qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish, xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarishda qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi malaka sertifikatini olishga talabgor bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) nazariy bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash jarayoni;
qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati — vakolatli organ tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi, markaziy depozitariy, fond birjasi va valyuta birjasi fond bo‘limi nomidan qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish huquqini tasdiqlovchi va tegishli toifasi ko‘rsatilgan tarzda jismoniy shaxsga beriladigan hujjat;
I toifali malaka sertifikati — jismoniy shaxslarga beriladigan va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ijro etuvchi organi rahbari, markaziy depozitariy va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbari, fond birjasining ijro etuvchi organi va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbari va valyuta birjalarining fond bo‘limi rahbari lavozimini egallash uchun talab etiladigan malaka toifasi;
II toifali malaka sertifikati — jismoniy shaxslarga beriladigan va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarida, markaziy depozitariyning qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi bo‘limlari, fond birjalari va valyuta birjalarining fond bo‘limlarida mutaxassis sifatida ishlash uchun talab etiladigan malaka toifasi.
3. Malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va uni bekor qilish bo‘yicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatiladi.
4. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish, qimmatli qog‘ozlar bozorida xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish uchun malaka sertifikati talabgorlarga besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.
5. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish, qimmatli qog‘ozlar bozorida xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish uchun vakolatli organ vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan hamda ushbu Reglamentga 1a va 1b-ilovalarga muvofiq elektron shaklda QR-kod bilan rasmiylashtiriladigan malaka sertifikati beriladi.
6. Quyidagi shaxslar qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malakasi sertifikatini olish uchun attestatsiyadan o‘tishlari shart (ushbu Reglamentning 9-bandida qayd etilgan hollar bundan mustasno):
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ijro organi rahbarlari, markaziy depozitariy va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari, fond birjalarning ijro organi va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari va valyuta birjalarining fond bo‘limi rahbarlari;
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi va (yoki) qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlarni bajaruvchi qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining, markaziy depozitariyning qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi bo‘limlarining, fond birjasining va valyuta birjalari fond bo‘limlarining mutaxassislari.
Attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan shaxslar mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida qayd etilgan lavozimlarni egallashga haqli emas.
7. Malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagan shaxslar malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmasdan majburiy attestatsiyadan o‘tishlari lozim.
Mazkur bandning birinchi xatboshida qayd etilgan muddat davomida malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagan shaxslar tegishli lavozimlarni qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etish, xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlarni bajarish huquqisiz egallashga haqli.
8. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarida, fond birjalari va valyuta birjalarining fond bo‘limlarida ishlayotgan malaka sertifikatiga ega xodimlar ikki kishidan kam bo‘lmasligi lozim.
Ushbu bandning birinchi xatboshidagi xodimlarning lavozimlari, vazifalari, funksiyalari va vakolatlari ko‘rsatilgan ro‘yxat xo‘jalik yurituvchi subyektning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
9. Quyidagi shaxslar istisno tariqasida:
moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari, (agar oliy ma’lumotga egaligi to‘g‘risidagi diplom berilgan kundan uch yildan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa);
oxirgi besh yil mobaynida CFA Institute (Chartered Financial Analyst) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan moliyaviy tahlil va investitsiyalar sohasidagi xalqaro sertifikatning kamida birinchi darajasiga yoki ACI — The Financial Markets Association xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan valyuta va pul bozorlari, xavfni (tavakkalchilikni) boshqarish va moliyaviy tahlil sohalaridagi sertifikatga yoki ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro tashkilotining moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi xalqaro sertifikatiga yoxud Moliyaviy risk menejer FRM sertifikatining kamida amaliy bilimlar (Applied Knowledge) darajasiga ega bo‘lgan shaxslar vakolatli organ tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tmasdan va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan, II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.
10. Vakolatli organ huzurida attestatsiya savollarini tuzish, qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash, jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish, attestatsiyani o‘tkazish bilan bog‘liq yuzaga kelgan bahsli masalalarni hal qilish, attestatsiya natijalarini rasmiylashtirish va attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan shaxslarning apellatsiyalarini ko‘rib chiqish maqsadida attestatsiya komissiyasi tuziladi.
11. Attestatsiya komissiyasi vakolatli organ rahbarining buyrug‘i bilan vakolatli organning mansabdor shaxslari va mutaxassislari orasidan kamida besh nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi hamda uning rais va rais o‘rinbosari hamda a’zolardan iborat bo‘ladi.
Attestatsiya komissiyasi majlislarining kun tartibidagi masalalar muhokamasi va qabul qilingan qarorlarning xolisligi va odilligini ta’minlash maqsadida boshqa davlat boshqaruvi organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlari, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmasi vakillari attestatsiya komissiyasi tarkibiga kirish huquqiga ega.
12. Vakolatli organ rahbarining o‘rinbosari attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasining raisi vaqtincha bo‘lmaganda (xizmat safari, mehnat ta’tili, betoblik sababli), attestatsiya komissiyasi raisining o‘rinbosari komissiyaga raislik qiladi.
13. Attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq tashkiliy masala va tadbirlar attestatsiya komissiyasi kotibi (keyingi o‘rinlarda — kotib) tomonidan amalga oshiriladi.
kotib quyidagilarni amalga oshiradi:
talabgorlar tomonidan vakolatli organga taqdim etilgan so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish;
attestatsiyadan o‘tishga ruxsat berilgan talabgorlar ro‘yxatini shakllantirish, bu haqda talabgorlarni xabardor qilish;
attestatsiya natijalariga asosan tegishli malaka sertifikatini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va talabgorlarga yuborish;
attestatsiyadan o‘tgan shaxslarning yagona davlat reyestrini yuritish;
malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish.
14. Attestatsiya komissiyasi quyidagilarni amalga oshiradi:
attestatsiyani o‘tkazish sanasi, joyi va vaqtini belgilash;
talabgorlarni belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish;
attestatsiya natijalarini tasdiqlash;
attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan shaxslarning apellatsiyalarini ko‘rib chiqish.
15. Attestatsiya savollarini tuzish, qayta qo‘rib chiqish va tasdiqlash, attestatsiyani o‘tkazish bilan bog‘liq yuzaga kelgan bahsli masalalarni hal qilish, attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan shaxslarning apellatsiyalarini ko‘rib chiqish va malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish hamda uni bekor qilish bilan bog‘liq masalalar attestatsiya komissiyasining majlislarida ko‘rib chiqiladi.
Attestatsiya komissiyasining majlislari zaruratga ko‘ra, lekin kamida bir oyda bir marta o‘tkaziladi. Kotib attestatsiya komissiyasining majlisini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasining majlisi komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisida qatnashayotgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lib qolgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining yoki attestatsiya komissiyasi raisi bo‘lmaganda, raislik qiluvchi shaxsning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi.
16. Attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazilishi (majlis o‘tkaziladigan sana, joy va vaqti) to‘g‘risida attestatsiya komissiyasining a’zolari kotib tomonidan xabardor qilinadi.
17. Vakolatli organ buyrug‘iga asosan attestatsiya komissiyasining sayyor majlislari ham o‘tkazilishi mumkin.
18. Attestatsiya savollarini ishlab chiqish uchun tegishli yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari, davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmalari, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar jalb etilishi mumkin.
19. Malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
20. Talabgorlar malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga bevosita o‘zi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
21. Talabgorlar davlat xizmatlari markazlariga bevosita o‘zlari yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi talabgorlar nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa — talabgorlar mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3a, 3b va 3v-ilovalarga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
So‘rovnoma davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilganda, talabgorlar undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirgandan so‘ng, YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda esa — talabgorlar tomonidan zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng tegishli ma’lumot identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
22. Malaka sertifikatlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun talabgorlar tomonidan ushbu Reglamentga 3a va 3v-ilovalarga muvofiq shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi. Mazkur so‘rovnomalarga talabgorlar quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — ularning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — ularning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjati (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati) ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari).
23. Ushbu Reglamentning 9-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar attestatsiyadan o‘tmasdan II toifali malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 3b-ilovaga muvofiq shaklda so‘rovnoma to‘ldiradi. Mazkur so‘rovnomaga talabgorlar tomonidan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — ularning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — ularning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjati (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati) ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
CFA Institute (Chartered Financial Analyst) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan moliyaviy tahlil va investitsiyalar sohasidagi xalqaro sertifikatning kamida birinchi darajasiga yoki ACI (The Financial Markets Association) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan valyuta va pul bozorlari, xavfni (tavakkalchilikni) boshqarish va moliyaviy tahlil sohalaridagi sertifikatga yoki ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro tashkilotining moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi xalqaro sertifikatiga yoxud FRM (Financial Risk Manager) sertifikatining kamida amaliy bilimlar (Applied Knowledge) darajasiga ega shaxs bo‘lgan hollarda — ushbu xalqaro sertifikat(lar) ma’lumotlari;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi imtiyozli diplom ma’lumotlari.
Talabgorlar tomonidan so‘rovnomaga ushbu bandning to‘rtinchi xatboshidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
24. Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
talabgorning belgilangan shakldagi fotosurati;
moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom, ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi yoxud oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (olish imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
ish staji to‘g‘risida ma’lumotlar (olish imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu to‘g‘risida ma’lumotlar.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasida axborot almashinuvi ERIni qo‘llagan holda, faqat idoralararo elektron hamkorlik orqali amalga oshiriladi.
25. Talabgorlar davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zlari yoki ishonchli vakili orqali murojaat etganda, ularning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgorlar identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlangandan so‘ng real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqt ichida, YIDXP orqali murojaat qilganda esa — so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
26. Talabgorlarning tegishli malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi so‘rovnomasini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Talabgorlar davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yig‘im summasining 90 foizi miqdorida undiriladi.
Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
27. Talabgorlar tomonidan ushbu Reglamentga asosan so‘rovnomaga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarning to‘liq emasligi, tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan va taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan yig‘imni to‘lanmaganligi davlat xizmatlari ko‘rsatilishini rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
28. Vakolatli organ talabgorlarning so‘rovnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar elektron shaklda kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ko‘rib chiqish yoki ko‘rib chiqishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
29. Talabgorlarning so‘rovnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar to‘liq emasligi aniqlansa, ushbu hujjatlar talabgorlarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar qaytarilishining aniq sabablari ko‘rsatilgan elektron shakldagi xabarnoma talabgorlarga 28-bandda belgilangan muddat ichida yuboriladi.
30. Hujjatlari qaytarilgan talabgorlar rad etish uchun sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng mazkur Reglamentda belgilangan tartibda vakolatli organga yetti ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.
Vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatda qayta murojaat qilinganda, talabgorlardan qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.
31. Talabgorlar yetti ish kuni muddati o‘tgandan keyin takroran murojaat qilgan taqdirda, so‘rovnoma yangidan berilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi, yig‘im summasi esa qaytarib berilmaydi.
32. Kotib tomonidan attestatsiya o‘tkaziladigan kundan besh kun avval attestatsiyadan o‘tishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxati shakllantirilib, attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va bu to‘g‘risidagi ma’lumot vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Takroran murojaat qilgan va attestatsiyadan o‘tishga ruxsat berilgan biroq, shakllantirilgan ro‘yxatga kiritilmagan talabgorlar navbatdagi o‘tkaziladigan attestatsiyaga kiritiladi.
33. Attestatsiyadan o‘tishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxati tasdiqlangan kuni kotib tomonidan talabgor(lar)ning attestatsiyadan o‘tishga ruxsat berilganligi, attestatsiya o‘tkaziladigan sana, joyi va vaqt to‘g‘risida tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan elektron shaklda xabarnoma kelib tushgan kunda uni talabgorlarga ular so‘rovnomada ko‘rsatgan elektron manzil bo‘yicha yuboradi. Davlat xizmatlari markazi talabgorlarning so‘roviga ko‘ra xabarnomani qog‘oz shaklida berishi lozim.
Agar xabarnoma vakolatli organ tomonidan talabgorga YIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda talabgorlarning elektron kabinetida namoyon bo‘ladi.
34. Talabgorlar davlat xizmatlaridan foydalanishdan ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgorlar davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, ularning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
35. Malaka sertifikatini berish bo‘yicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida o‘tkaziladi. Agar ushbu kun bayram kuniga to‘g‘ri kelsa yoki texnik sabablarga ko‘ra ushbu kunda attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish shu oyning boshqa payshanba kuni o‘tkaziladi.
Zaruratga qarab, kotib attestatsiya komissiyasi a’zolari bilan kelishgan holda, attestatsiyadan ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan sanadan boshqa sanada o‘tkazishi mumkin.
36. Kotib tomonidan belgilangan attestatsiyadan o‘tkazish kunida attestatsiyadan o‘tuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan talabgorlar belgilangan vaqtda attestatsiyadan o‘tkaziladigan joyga yetib kelishlari shart.
Talabgorlar o‘z yonida pasporti, identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega bo‘lishi lozim. Pasporti, identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega bo‘lmagan yoki attestatsiyaga kechikib kelgan talabgorlar kelmagan deb hisoblanadi va navbatdagi attestatsiyadan o‘tishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ketma-ket ikki marta uzrli sababsiz attestatsiyadan o‘tishga kelmagan talabgorlar vakolatli organ tomonidan attestatsiyadan o‘tishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatidan chiqariladi hamda attestatsiya o‘tkazish bo‘yicha ish tugatiladi.
Attestatsiya o‘tkazish bo‘yicha ish tugatilgan kundan keyin bir ish kuni mobaynida talabgorlarga ular so‘rovnomada ko‘rsatgan elektron manzil bo‘yicha xabarnoma yuboriladi va talabgorlar bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilinadi. Bunda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Hujjatlarni qaytadan taqdim etish umumiy tartibda yangidan murojaat etish orqali amalga oshiriladi.
Talabgorlar uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tishga kela olmagan taqdirda, ular navbatdagi attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi.
37. Vakolatli organ attestatsiyadan o‘tkazish jarayoniga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur dasturiy-texnik uskunalarga ega bo‘lgan tashkilot bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzish huquqiga ega.
Attestatsiya natijalari yuzasidan kompyuter ma’lumotlar bazasini saqlash uchun javobgarlik attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatiladi.
38. I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar attestatsiyadan test sinovi orqali ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Test sinovi jami 90 ta savoldan iborat bo‘ladi.
Birinchi bosqich talabgorlarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va ko‘nikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni o‘z ichiga olib, ularga javob berish uchun talabgorlarga 60 daqiqa beriladi va ular birinchi bosqichda kamida 45 ta savolga to‘g‘ri javob berishlari lozim.
Ikkinchi bosqich talabgorlarning boshqaruv qobiliyati va ma’naviy dunyoqarashini aniqlashga qaratilgan 30 ta maxsus savolni o‘z ichiga olib, ularga javob berish uchun talabgorlarga 30 daqiqa beriladi va talabgorlar ikkinchi bosqichda kamida 22 ta savolga to‘g‘ri javob berishlari lozim.
II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlardan faqat birinchi bosqich test sinovini muvaffaqiyatli topshirish talab qilinadi.
Test sinovi talabgorlarning tanloviga ko‘ra davlat yoki rus tillarida kompyuter dasturidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Talabgorlar attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) kompyuter vositasi orqali o‘tkaziladi va natijasi shu vaqtning o‘zida ma’lum qilinadi.
39. Attestatsiya natijalariga ko‘ra test sinovlarini topshirib bo‘lgan talabgorlar shu vaqtning o‘zida “attestatsiyadan o‘tdi” yoki “attestatsiyadan o‘tmadi” deb topiladi.
40. Test sinovi o‘tkazilayotgan vaqtda talabgorlarning quyidagilarni amalga oshirishi taqiqlanadi:
ma’lumotnoma, qo‘llanma yoki adabiyotlardan foydalanish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa texnika vositalaridan, shu jumladan, uyali aloqa vositalaridan foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish;
test o‘tkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan talablar buzilgan taqdirda, talabgorlar attestatsiyadan chetlashtiriladi va attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblanadi.
Test sinovi o‘tkazilayotgan xonada begona shaxslarning hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
41. Attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida test sinovi jarayonlari to‘liq va uzluksiz tarzda onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi hamda videoyozuvga (ovozli) yozib olinadi va ushbu videomateriallar vakolatli organda kamida bir yil saqlanadi.
42. Test sinovi natijalariga asosan attestatsiya o‘tkazilgan kuni attestatsiyadan o‘tgan deb topilgan shaxslarga tegishli malaka sertifikatini berish to‘g‘risida vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinadi va bu to‘g‘ridagi ma’lumot vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
43. Vakolatli organ malaka sertifikatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilgandan keyingi ikki ish kuni mobaynida belgilangan tartibda QR-kod qo‘yilgan malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni o‘z ERI bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi murojaat etganda) yoki talabgorlarga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.
44. Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan malaka sertifikati elektron shaklda kelib tushgandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida uni talabgorlarning elektron manziliga yuboradi va ularni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markaziga talabgorlar o‘zlari kelib murojaat qilgan taqdirda, ularning so‘roviga ko‘ra malaka sertifikati elektron yoki qog‘oz shaklda beriladi.
Agar malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan talabgorlarga YIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda talabgorlarning elektron kabinetida namoyon bo‘ladi.
45. Attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan talabgorlar umumiy tartibda yangidan murojaat qilish huquqiga ega.
Attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan talabgorlarga Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
46. Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yozma shaklda shikoyat berishi mumkin.
47. Apellatsiya komissiyasi tarkibi vakolatli organ rahbari buyrug‘iga muvofiq besh kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga vakolatli organ rahbarining o‘rinbosari (komissiya raisi), tarkibiy bo‘linmalar mutaxassislari, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmasi vakillari kiritiladi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyasi tarkibidan a’zo kiritilmaydi.
48. Apellatsiya komissiyasi shikoyat kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida uni ko‘rib chiqishi hamda ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha talabgorlarga apellatsiya komissiyasining qarori apellatsiya komissiyasi raisi tomonidan imzolangan komissiya majlisi bayonnomasidan ko‘chirma ko‘rinishida yuboriladi.
Apellatsiya komissiyasi shikoyatni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha quyidagilar haqida qarorlar qabul qilishi mumkin:
attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan talabgorlarning arizasini qanoatlantirishni rad etish;
attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan talabgorlarning arizasini qanoatlantirish va ularni “attestatsiyadan o‘tdi” deb topish.
49. Apellatsiya komissiyasining talabgorning arizasini qanoatlantirish va uni “attestatsiyadan o‘tdi” deb topish haqidagi qaroriga asosan ularga tegishli malaka sertifikati beriladi.
50. Apellatsiya komissiyasining attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan talabgorlarning arizasini qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarori asoslantirilgan holda qabul qilinishi lozim.
Talabgorlar apellatsiya komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishga haqli.
51. Ilgari berilgan malaka sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, talabgorlar malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun o‘n ish kuni ichida davlat xizmatlari markazlariga bevosita o‘zi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud YIDXPda elektron shaklda ushbu Reglamentning 22 va 23-bandlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli so‘rovnomani to‘ldiradi.
52. So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqiqiyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi.
53. So‘rovnomada xato ma’lumotlar ko‘rsatilgan taqdirda, so‘rovnoma avtomatik ravishda rad etiladi va bu haqda talabgorlarga onlayn tarzda elektron shaklda javob qaytariladi.
54. Vakolatli organ talabgorlarning so‘rovnomasi kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda malaka sertifikatini qayta rasmiylashtiradi va ushbu Reglamentning 43-bandida belgilangan tartibda ularga yuboradi, shuningdek, bu to‘g‘risidagi ma’lumotni vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
55. Vakolatli organ malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi va ilgari berilgan malaka sertifikati reyestrdan chiqarib tashlanadi.
56. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun talabgorlardan qayta attestatsiyadan o‘tish talab qilinmaydi.
Malaka sertifikati qayta rasmiylashtirilganda uning amal qilish muddati amaldagi malaka sertifikatining amal qilish muddatiga muvofiq ravishda amalda bo‘ladi.
57. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda talabgorlarning tegishli malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi so‘rovnomasini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
58. Malaka sertifikatining egasi malaka sertifikati qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan malaka sertifikati asosida amalga oshiradi. Bunda malaka sertifikati qayta rasmiylashtirilgan kundan boshlab ilgari berilgan malaka sertifikati o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblaniladi.
59. Vakolatli organning huquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari o‘z vaqtida bajarilmaganda, malaka sertifikati bekor qilinadi.
60. Malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
malaka sertifikatini olgan jismoniy shaxs malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda;
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
vakolatli organning malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
malaka sertifikati qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda;
malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilganda.
Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining bir marta qo‘pol buzilishi holatlari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:
vakolatli organning qonuniy ko‘rsatmalari va qarorlarini bajarishdan bo‘yin tovlash;
atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish (taqdim etish) yo‘li bilan vakolatli organ va investorlarni chalg‘itish;
qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va (yoki) insayderlik axborotidan foydalanish;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganligi uchun belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlarda.
61. Malaka sertifikati ushbu Reglamentning 60-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda vakolatli organning qaroriga asosan bekor qilinadi.
Vakolatli organning malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kuni mobaynida malaka sertifikati egasiga qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda yoki u so‘rovnomada ko‘rsatgan elektron manzil bo‘yicha elektron shaklda xabarnoma yuboradi va malaka sertifikati egasini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
62. Malaka sertifikati ushbu Reglamentning 60-bandi to‘rtinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi.
63. Malaka sertifikati ushbu Reglamentning 60-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, malaka sertifikati berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
64. Vakolatli organning malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
65. Vakolatli organ malaka sertifikatining amal qilishini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va attestatsiyadan o‘tgan shaxslarning yagona davlat reyestridagi qaydlariga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.
66. Vakolatli organ qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega jismoniy shaxslarning yagona davlat reyestrini (keyingi o‘rinlarda — reyestr) yuritadi.
Reyestr vakolatli organ tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
Reyestrda malaka sertifikati berilgan mutaxassislar to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
malaka sertifikati egasining familiyasi, ismi, otasining ismi;
malaka sertifikati egasining pasporti, identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
malaka sertifikati tartib raqami, berilgan sanasi va amal qilishining tugash muddati, toifasi;
malaka sertifikati amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish, uni bekor qilish sanasi hamda asoslari;
Reyestrga kiritilgan ma’lumotlar hamma tanishishi uchun ochiq ma’lumotlar sifatida vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
67. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
68. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy tuzilmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglamentning talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
69. Talabgorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilishlari mumkin.
70. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 236 | 37,758 |
Qonunchilik | Qashqadaryodagi tariхiy obidalarga QR-kodlarni joriy etish boshlandi | VERUM QR deb nomlangan mazkur loyiha Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi hamda «Texno Dargoh» MChJ tomonidan yoʻlga qoʻyildi.
Bu - muhim. VERUM QR loyihasi SMART-sayyohlik va sayyohlik sohasida IT-teхnologiyalardan faol foydalaniladigan mamlakat sifatida Oʻzbekiston imijini хalqaro maydonda targʻib etishga qaratilgan.
Ma’lumot uchun. QR-kod – “quick response” ingliz tilidan tarjimada “tez javob” degan ma’noni anglatadi. U “kvadrat” ikki oʻlchovli shtriх-koddan iborat. Undan aхborotni vizual kodlashtirish uchun qoʻllaniladi. Smartfonlar foydalanuvchilari soni butun dunyoda ortib borayotganligi tufayli ancha ommalashmoqda. U Yaponiyaning «Denso-Wave» firmasi tomonidan 1994 yilda ishlab chiqilgan. Aхborotni oʻqiydigan va shifrlaydigan kamerali telefonlar paydo boʻlganidan keyin u muvaffaqiyat qozondi. Bitta kodda zamonaviy kirill kodirovkasidagi 1 450 harfgacha yoki 4 296 lotin belgilarini raqamlar bilan aralash holda shifrlash mumkin. Har qanday zamonaviy telefonga uni aniqlaydigan dastur oʻrnatish mumkin.
Loyihaning dastlabki bosqichida QR-kodlar Shahrisabz shahridagi diqqatga sazovor joylarda joriy etildi. Joriy yilning 1 apreliga qadar viloyatning barcha sayyohlik obidalarida shunday kodlar joriy etiladi. QR-kod vositasida tariхiy obidalar toʻgʻrisida beriladigan ma’lumotlar 12 tilda taqdim etiladi.
QR-kod yordamida sayyohlar shunday kod kiritilgan har bir ob’yekt haqida batafsil ma’lumotlarni olish imkoniga ega boʻlishadi.
«UZCARD» tizimi toʻlovni QR-kod vositasida amalga oshirish imkonini yoʻlga qoʻygani haqida bu yerda хabar bergan edik.
Fozila Ashurova, muхbirimiz. | 68 | 1,625 |
Qonunchilik | Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash haqida | Xo‘jalik sudlari tomonidan ishlarni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llashni ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Xo‘jalik sudlariga tushuntirilsinki, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlarini apellatsiya instansiyasi sudida qayta ko‘rish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim kafolati bo‘lib, xo‘jalik sudlarining xatolari va qonun buzilishlarini tezkorlik bilan bartaraf etishga imkon beradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 156-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protest) berishga haqlidir. Bunday holda ko‘rsatilgan shaxslar (shu jumladan jismoniy) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning XPKning 35-moddasida nazarda tutilgan huquqlaridan foydalanadilar, xususan apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rishda ishtirok etish, iltimosnomalar kiritish, ish materiallari bilan tanishish, dalillarni taqdim etishga haqlidirlar.
3. Xo‘jalik sudlari nazarda tutishlari lozimki, apellatsiya shikoyati (protesti) nafaqat birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan butun hal qiluv qaroriga, balki uning bir qismiga ham berilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismi ham, xulosa qismi ham shikoyat qilishning (protest keltirishning) mustaqil predmeti bo‘lishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar XPKning 149-moddasiga muvofiq qabul qilingan qo‘shimcha hal qiluv qaroriga ham apellatsiya shikoyati (protesti) berishga haqlidirlar.
4. XPK 162-moddasining birinchi qismiga muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarishni, ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sudya shikoyat olingan kundan boshlab 5 kundan kechiktirmay yakka tartibda amalga oshiradi.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, XPK 162-moddasining birinchi qismida nazarda tug‘ilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslarining ro‘yxati qat’iy bo‘lib, uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
XPK 162-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Sudya apellatsiya shikoyatini (protestini) kuzatuv xati bilan yoki qonunda nazarda tutilmagan boshqa usulda qaytarishga haqli emas.
XPK 162-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlariga muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, u yana umumiy tartibda hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat ichida, xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingan kundan keyin o‘n kunlik muddat ichida berilishi mumkin.
XPKning 153-moddasiga muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqidagi ajrim u chiqarilgandan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborilishi yoki o‘sha muddatda tilxat olib topshirilishi lozim ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
XPK 162-moddasi birinchi qismining 2, 3-bandlarida nazarda tutilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari sud tomonidan apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan so‘ng aniqlangan hollarda, ish apellatsiya instansiyasida mazmunan ko‘rib chiqilishi lozim. Bunda apellatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) bergan shaxsdan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyat (protest)ning nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs tomonidan shikoyat (protest)ning nusxasi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish imkoni bo‘lmaganda, sud shikoyat (protest)ning nusxasini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud majlisi zalida topshirish choralarini ko‘radi. Davlat boji summasi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilishda tegishli tarafdan undirilishi lozim.
5. XPKning 158-moddasiga muvofiq apellatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oy ichida, xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) esa — u qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida beriladi.
Shikoyat qilish (protest keltirish) muddatini hisoblash hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan keyingi kundan boshlanadi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirda, u shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud tomonidan tiklanishi mumkin. Iltimosnomada apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs havola etayotgan muddatning o‘tkazib yuborilishi sabablari ko‘rsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyatda (protestda) yoki alohida arizada bayon etilishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda berilishi lozim.
Shikoyat (protest) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sudyaning yakka o‘zi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilganligining uzrli sabablari bo‘lib, sudga bunday shikoyat (protest) bilan o‘z vaqtida murojaat qilishga to‘sqinlik qilgan holatlar hisoblanishi mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani ko‘rish natijasi bo‘yicha ajrim chiqariladi. O‘tkazib yuborilgan muddat tiklanganda ushbu ajrimda shikoyatning (protestning) ish yuritishga qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin va agar hal qiluv qarorining ijrosini apellatsiya instansiyasi sudida ish ko‘rilgunga qadar kechiktirish haqidagi iltimosnoma bo‘lgan bo‘lsa, ajrimda uni ko‘rib chiqish natijalari ham ko‘rsatiladi.
XPKning 99-moddasiga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinmaydi.
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risida apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqidagi ajrimda bayon etilishi mumkin.
6. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, apellatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan, xususan ishda ishtirok etmagan, birinchi instansiya sudi uning huquklari va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilmagan shaxs tomonidan berilganda, shikoyatning (protestning) XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilinishi rad etiladi. Agar apellatsiya shikoyati (protesti) XPKga muvofiq shikoyat qilinmaydigan sud hujjatiga berilgan bo‘lsa, uni ham XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilishni rad etish lozim.
XPK 146 - moddasining ikkinchi qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan qonuniy kuchga kiradi. Shu sababli Oliy xo‘jalik sudining hal qiluv qarori ustidan apellatsiya tartibida shikoyat (protest) qilinmaydi.
XPKning boshqa normalariga muvofiq: sudya, prokuror, ekspert, kotib, tarjimonni rad qilish va o‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari (XPKning 21-moddasi); ishni boshqa xo‘jalik sudiga tegishliligi bo‘yicha o‘tkazish (XPKning 33-moddasi); ishga daxldor bo‘lmagan taraf almashtirilganligi (XPKning 38-moddasi); protsessual huquqiy vorislik (XPKning 39-moddasi); dalillarni talab qilib olish (XPKning 56-moddasi); ashyoviy dalillarni qaytarish (XPKning 66-moddasi); ekspertiza tayinlash yoki ekspertizani tayinlash haqidagi iltimosnomani rad etish (XPKning 67-moddasi); sud topshirig‘i (XPKning 74-moddasi); da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish (XPKning 78-moddasi); ish yuritishni tiklash (XPKning 84-moddasi); protsessual muddatlarni tiklash (XPKning 99-moddasi); sud buyrug‘ini bekor qilish (XPKning 111 -moddasi); ishlarni birlashtirish va talablarni alohida ish yuritishga ajratish (XPKning 115-moddasi); qarshi da’voni qabul qilish (XPKning 120-moddasi); ishni sudda ko‘rishga tayyorlash va ish qo‘zg‘atish (XPKning 123-moddasi); ishni ko‘rishni keyinga qoldirish (XPKning 131 -moddasi); sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish (XPKning 208-moddasi) haqidagi ajrimlar apellatsiya tartibida shikoyat (protest) qilinmaydi.
Agar XPKning 149-moddasida belgilangan asoslar bo‘yicha birinchi instansiya sudi tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish yoki XPKning 150-moddasiga muvofiq hal qiluv qaroriga tushuntirish berish, yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, hisob-kitobdagi arifmetik xatolarni tuzatish yo‘li bilan hal qiluv qaroridagi kamchiliklar bartaraf qilingan bo‘lsa ham, apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish rad qilinishi mumkin.
7. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, birinchi instansiya sudida ishtirok etayotgan vakil, shu jumladan advokat sudning hal qiluv qaroriga berilgan apellatsiya shikoyatini, agar vakil qilingan shaxsga berilgan ishonchnomada bunday protsessual harakatni amalga oshirish XPKning 52-moddasiga ko‘ra qayd etilgan bo‘lsa, imzolashga haqli. Agar apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng shikoyatga (protestga) imzo qo‘ygan shaxsning uni imzolashga hakli ekanligiga shubha tug‘ilsa, arizachiga tegishli dalillarni takdim etish taklif etiladi. Bunday dalillar takdim etilmaganda, shikoyat (protest) XPK 88-moddasining 3-bandiga mos holda ko‘rmasdan qoldiriladi.
8. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish masalasi xo‘jalik sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda, u xo‘jalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab besh kunlik muddatda hal etiladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish to‘g‘risida apellatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi hamda u bilan apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish qo‘zg‘atiladi. Ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish vaqti va joyi ko‘rsatiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, apellatsiya protestini bergan prokurorga, shuningdek XPK 170-moddasi ikkinchi qismining 4-bandiga muvofiq shikoyat bergan shaxsga yuboriladi. Apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyingi barcha sud hujjatlari hay’atda qabul qilinadi.
9. XPK 15-moddasining uchinchi qismiga muvofiq apellatsiya instansiyasida barcha ishlar xo‘jalik sudi tomonidan hay’atda ko‘riladi. Agar xo‘jalik sudida apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish uchun sud tarkibini shakllantirishning imkoni bo‘lmasa (masalan, rad etish natijasida yoki sudyalarning soni yetarli bo‘lmasa), ish apellatsiya tartibida ko‘rish uchun boshqa xo‘jalik sudiga o‘tkaziladi. Bunday holatda ishni qaysi xo‘jalik sudiga o‘tkazish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisi tomonidan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 53-moddasining yettinchi xatboshisiga asosan hal etiladi.
10. XPKning 165-moddasiga ko‘ra apellatsiya shikoyatini bergan shaxs qaror chiqarilgunga qadar undan voz kechishga haqli. Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguncha protestni chaqirib olishga haqli. Sud XPK 40-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha shikoyatdan voz kechishni rad etib, ishni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqishga haqli.
Apellatsiya shikoyatidan voz kechishni qabul qilish, shuningdek protestni chaqirib olish, agar hal qiluv qarori boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilinmagan bo‘lsa, XPK 165-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan apellatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatishga olib keladi.
11. XPKning 164-moddasiga muvofiq ish apellatsiya instansiyasida XPKning 21-bobida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda ishni xo‘jalik sudining birinchi instansiyasida ko‘rib chiqish qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Ish apellatsiya instansiyasida videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ko‘rilishi mumkin. Bunda birinchi instansiya uchungina belgilangan qoidalar qo‘llanilmaydi.
Apellatsiya instansiyasida xususan: ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish (XPKning 38-moddasi); da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini ko‘paytirish va kamaytirish yoxud da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechish (XPKning 40-moddasi); uchinchi shaxslarni ishga jalb qilish (XPKning 41, 42-moddalari); bitta da’vo arizasida bir nechta talablarni birlashtirish, bir nechta ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish, talablarni alohida ish yuritishga ajratish (XPKning 115-moddasi); qarshi da’voni taqdim etish (XPKning 120-moddasi) to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanilmaydi.
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida ko‘rishda taqdim etilmagan yangi talablarni qabul qilishga yoki ko‘rib chiqishga haqli emas (XPK 166-moddasining uchinchi qismi). Bunda yangi talablar deganda, birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmagan moddiy-huquqiy talablar hamda birinchi instansiya sudida ishni ko‘rishda ishtirok etmagan shaxsga nisbatan taqdim etilgan talablar tushunilishi lozim.
Agar apellatsiya shikoyatida (protestida) birinchi instansiya sudida ko‘rish predmeti bo‘lmagan yangi talablar taqdim etilgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi qarorning asoslantiruvchi qismida ushbu talablar birinchi instansiya sudida ko‘rish predmeti bo‘lmaganligi sababli ko‘rib chiqilmasligini ko‘rsatishi lozim.
12. Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishning tugatilishiga u ish yuritishga qabul qilingandan keyin va uni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilayotgan holatlar vujudga kelganda yo‘l qo‘yiladi.
Agar hal qiluv qarori qabul qilingandan so‘ng tashkilot — ishda ishtirok etuvchi shaxs tugatilgan bo‘lsa, ishda ishtirok etuvchi shaxs — fuqaro vafot etgan bo‘lib, nizoli huquqiy munosabat bo‘yicha huquqiy vorislikka yo‘l qo‘yilmasa ham, apellatsiya shikoyati (protest) bo‘yicha ish yuritish tugatiladi (XPK 86-moddasining 4, 5-bandlari).
Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim XPK 87-moddasining to‘rtinchi qismiga mos holda kassatsiya tartibida shikoyat (protest) qilinishi mumkin.
13. XPK 166-moddasining birinchi qismiga muvofiq xo‘jalik sudi apellatsiya instansiyasida ishda mavjud va qo‘shimcha taqdim etilgan dalillar bo‘yicha ishni qayta ko‘radi. Qo‘shimcha dalillarni qabul qilish haqidagi masala hal etilayotganda birinchi instansiya sudida mazkur dalillarni taqdim qilmaganlik sabablari, ularni apellatsiya instansiyasi sudiga taqdim qilishning zarurligi, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarga dalillarning daxldorligi haqidagi arz qiluvchining tushuntirishlari e’tiborga olinadi. Agar manfaatdor shaxs birinchi instansiya sudida o‘zini insofsizlarcha tutganligi va sud jarayonini cho‘zish maqsadida mazkur dalillarni takdim qilmaganligi aniqlansa, qo‘shimcha dalillar apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmasligi mumkin.
Apellatsiya shikoyatiga (protestiga) bildirilgan yozma fikrni asoslash uchun taqdim etilgan qo‘shimcha dalillar apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan XPK 166-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
14. XPK 166-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlar bilan cheklanib qolmaydi hamda hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini to‘la hajmda, shu jumladan protsessning barcha ishtirokchilariga, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilgan shaxslarga nisbatan ham, shikoyat qilmagan shaxslarga nisbatan ham tekshiradi. Apellatsiya instansiyasi sudlari ishni ko‘rishda birinchi instansiya sudi tomonidan ish holatlari to‘g‘ri aniqlanganligi hamda moddiy va protsessual huquq normalarining to‘g‘ri qo‘llanilganligi tekshirilishi zarurligini e’tiborga olishlari lozim. Sud shikoyatning (protestning) vajlari bilan cheklanib qolmasligi sababli, uni ko‘rish natijalari bo‘yicha arz qiluvchi so‘raganidan o‘zgacha qaror qabul qilishga haqli. Shuning uchun XPKning 169-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, apellatsiya shikoyatida (protestida) sud tomonidan moddiy va protsessual huquq normalarining buzilganligi haqidagi ko‘rsatma bo‘lish — bo‘lmasligidan qat’i nazar, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi.
15. Ishlarni apellatsiya tartibida ko‘rishda sudlar qonun bo‘yicha: birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘liq tekshirganligini; sud aniqlangan deb topgan holatlarning isbotlanganligini; sudning hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalari ish holatlariga muvofiqligini; moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilmaganligini; mazkur normalar to‘g‘ri qo‘llanilganligini aniqlashlari lozim.
Apellatsiya instansiyasi sud hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini ishdagi mavjud hamda ishni ko‘rishdan oldin yoki ko‘rish vaqtida ishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaxslar tomonidan taqdim qilingan, shuningdek apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi va boshqa shaxslarning iltimosnomalariga ko‘ra talab qilib olingan qo‘shimcha hujjatlar bo‘yicha tekshiradi.
16. Apellatsiya instansiyasi sudida XPKning 82, 83-moddalarida nazarda tutilgan ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi qoidalar qo‘llaniladi. Bunda sudlar e’tiborga olishlari lozimki, XPKning 82-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganida xo‘jalik sudi ish yuritishni to‘xtatib turishga majbur. XPKning 83-moddasida qayd etilgan asoslar mavjud bo‘lganida esa ish yuritishni to‘xtatib turish masalasi xo‘jalik sudi tomonidan ishning muayyan holatlaridan kelib chiqib hal etiladi. XPK 82-moddasi birinchi qismining 1-bandini qo‘llashda shuni nazarda tutish kerakki, xo‘jalik sudi ish yuritishni ushbu ishni konstitutsiyaviy, fuqarolik, jinoyat yoki ma’muriy sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rilayotgan boshqa ish yoki masala bo‘yicha qaror qabul qilingunga qadar ko‘rish mumkin bo‘lmagan holda to‘xtatib turishga majbur. Ishni ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lganda ish yuritishni to‘xtatib turish mumkin emas.
17. Apellatsiya instansiyasi sudlari XPK 168-moddasida sanab o‘tilgan vakolatlarning ro‘yxati qatiy bo‘lib, uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligini hisobga olishlari kerak.
Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rishda ishning faktik holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, to‘liq va obyektiv tekshirish asosida aniqlangan, sudning xulosalari ushbu holatlarga muvofiq, biroq sud tomonidan moddiy huquq normalarini qo‘llashda xatoga yo‘l qo‘yilgan deb topsa, bunday holda apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismini o‘zgartiradi.
Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rishda ishning faktik holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, to‘liq va obyektiv tekshirish asosida aniqlangan, ammo sudning xulosalari ushbu holatlarga muvofiq emas deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va yangi qaror qabul qiladi.
Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rishda ishning faktik holatlari to‘liq aniqlanmagan va shu sababli qabul qilingan hal qiluv qarori yetarli asoslantirilmagan deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va mavjud bo‘lgan hamda yangi dalillar asosida yangi qaror qabul qiladi.
Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rishda XPK 170-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan protsessual huquq normalarining buzilishiga yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilgan hamda bu hol noto‘g‘ri qaror qabul qilinishiga olib kelgan deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi yoki o‘zgartiradi.
Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rishda XPK 170-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan protsessual huquq normalarining buzilishiga yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilgan deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.
18. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rgan barcha (shu jumladan, ish bo‘yicha alohida fikrga ega bo‘lgan) sudyalar tomonidan imzolanadigan qaror shaklidagi sud hujjatini qabul qiladi. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori XPK 138-moddasining ikkinchi qismiga mos holda kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Qarorning kirish qismida: qarorni qabul qilgan xo‘jalik sudining nomi; ish raqami; qarorni qabul qilish sanasi va joyi; ishni ko‘rgan sudning tarkibi; ishda ishtirok etgan shaxslarning nomlari; nizoning predmeti; majlisda hozir bo‘lgan shaxslarning vakolatlari ko‘rsatilgan holda familiyalari; majlisda ishtirok etgan prokurorning familiyasi; sud majlisi kotibining familiyasi; apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi; shikoyat (protest) qilingan sud hujjatining qabul qilingan sanasi; uni qabul qilgan sudyalarning familiyalari ko‘rsatiladi.
Qarorning bayon qilish qismida: shikoyat (protest) qilinayotgan sud hujjati mazmunining qisqacha bayoni; apellatsiya shikoyatida (protestida) hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini tekshirish masalasi qo‘yilishiga sabab bo‘lgan asoslar; apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan berilgan mulohazada bayon etilgan vajlar; sud majlisida ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari ko‘rsatiladi.
Qarorning asoslantiruvchi qismida: apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan holatlar; ushbu holatlar to‘g‘risida sudning xulosalariga asos bo‘lgan dalillar; qarorni qabul qilishda sud qo‘llagan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; qarorni qabul qilishda sud u yoki bu dalillarni rad qilishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tayangan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llamasligiga sabab bo‘lgan vajlar; birinchi instansiya sudining sud hujjati bekor qilingan yoki o‘zgartirilganda, apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining xulosalari bilan qo‘shilmaganligining sabablari; apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha xulosalar ko‘rsatiladi.
Qarorning xulosa qismida: XPKning 168-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan biri; apellatsiya shikoyatini berish bilan bog‘liq sud xarajatlarining taraflar o‘rtasida taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Apellatsiya instansiyasi sudlari XPK 171-moddasining qarorning mazmuni haqidagi normalariga qat’iy rioya etishlari zarur.
19. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori XPKning 150-moddasida nazarda tutilgan tartibda tushuntirilishi, yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va arifmetik hisoblashdagi yanglishishlar esa tuzatilishi mumkin.
21. Ajrimlar ustidan apellatsiya shikoyatlari (protestlari) hal qiluv qarorlarini shikoyat (protest) qilish nazarda tutilgan tartibda beriladi. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, shikoyat (protest) qilish imkoni XPKning normalarida to‘g‘ridan to‘g‘rinazarda tutilgan va ish ko‘rishni davom ettirishga to‘sqinlik qilayotgan ajrimlargina shikoyat (protest) qilinishi mumkin. XPKda shikoyat (protest) qilinishi nazarda tutilmagan boshqa ajrimlar yuzasidan e’tirozlar ishni mazmunan ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati shikoyat (protest) qilinganda bildirilishi mumkin.
XPK 172-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan apellatsiya shikoyatlari (protestlari) sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda ko‘riladi. Ushbu moddaning uchinchi qismiga ko‘ra apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan da’vo arizasini qabul qilishni rad etish, da’vo arizasini qaytarish, ish yuritishni to‘xtatib turish, ish yuritishni tugatish, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimlar bekor qilingan hollarda nizo mazmunan ko‘rilmaganligi sababli, ish birinchi instansiya sudiga ko‘rish uchun o‘tkaziladi.
Ajrim ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi: ajrimni o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) qanoatlantirmasdan qoldirishga; birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilish va ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga haqli.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qiladi. Uning nusxalari qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
22. Apellatsiya instansiyasi sudining majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida alohida protsessual harakatlar amalga oshirilganda bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning mazmuniga, uni olib borish va imzolash, shuningdek uni taqdim etish va bayonnomaga bildirilgan e’tirozlarni ko‘rib chiqishga XPKning 134-moddasida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
Ishda apellatsiya instansiyasi sudi majlisi bayonnomasining bo‘lmasligi yoki uning XPKning 134-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan imzolanmaganligi XPK 188-moddasi uchinchi qismining 8-bandiga muvofiq apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
23. XPKning 217-moddasiga muvofiq apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilishda o‘zi chiqargan yangi qarorning ijrosini kechiktirish va qarorni bo‘lib-bo‘lib ijro etish masalasini hal etishga haqli.
Boshqa hollarda qarorning ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish masalalari birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
24. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2001-yil 24-fevraldagi “Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi haqida”ga 91 -sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 122 | 26,609 |
Qonunchilik | Tijorat siri va davlat organlari | Bizning MChJga davlat organidan barcha хodimlarimiz haqida ma’lumotlar — FISh, uy manzili va telefonlarini yetkazib berish boʻyicha sshchrov kelib tushdi. Biz hayron qoldik, ammo munozaraga bormasdan, soʻralgan barcha ma’lumotlarni berdik. Ammo hech qancha vaqt oʻtmay, хodimlarimizni bizga raqobatchi boʻlgan tashkilotga ishga chaqira boshlashdi. Baхtimizga, barcha хodimlar vaziyat haqida ochiq oytib berishdi va hech kim ishdan ketmadi. Bizda oʻta tor doiradagi iхtisoslik boʻlgani bois kamyob mutaхassislar ishlaydi. Xodimlarimizning ishdan boʻshashi va raqobatchi kompaniyaga oʻtishi tashkilotimiz faoliyatiga ziyon yetkazishi mumkin edi.
Xodimlarimizning shaхsiy ma’lumotlari tijorat siriga kiradimi? Ularni davlat organlariga taqdim etmasak boʻladimi? Bunday holatda qanday himoyalanish mumkin?
MChJ direktori
ADVOKAT ShARHI
Xodimlarning shaхsiy ma’lumotlari va tijorat siri
“Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida belgilanishicha:
tijorat siri — uchinchi shaхslarga noma’lumligi sababli fan-teхnika, teхnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat qimmatiga ega boʻlgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan aхborot boʻlib, ushbu aхborot mulkdori uning mahfiyligini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi.
Shu tariqa, biror muhim aхborotni tijorat siri deb hisoblash uchun quyidagi shartlarning barchasi jamlangan boʻlishi kerak:
1) tijorat qiymatiga ega boʻlishi;
2) uchinchi shaхslarga noma’lumligi;
3) qonuniy asosda erkin foydalanilmasligi;
4) uning mahfiyligini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlari koʻrilganligi.
Bunda yuqorida koʻrsatilgan Qonunning 5-moddasida tijorat sirini tashkil etishi mumkin boʻlmagan ma’lumotlar belgilab berilgan. Quyidagi ma’lumotlar tijorat siri boʻla olmaydi:
хodimlarning soni va tarkibi1, mehnatga haq toʻlash tizimi va mehnat sharoitlari toʻgʻrisidagi, shu jumladan mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklari koʻrsatkichlari, shuningdek boʻsh ish oʻrinlari bor-yoʻqligi haqidagi.
Binobarin, tashkilot shtat roʻyхatidagi ishchilar soni va lavozimlar roʻyхati tijorat siri boʻlishi mumkin emas. Xodimlarning FISh, uy manzili, telefon raqami kabi shaхsiy ma’lumotlari tijorat siri tarkibiga kirishi mumkin. Bunday ma’lumotlarga taqiq ta’sir etmaydi.
Bundan tashqari, jismoniy shaхslarning shaхsiy ma’lumotlari toʻgʻrisidagi aхborotlar Mahfiy aхborotlar sirasiga kiritilgan ma’lumotlar Roʻyхatining 1-bandiga kiritilgan (7.11.2011yil, 296-son VMQga 2-ilova), demakki, u mahfiy sanaladi.
Shu bois agar хodimlarning maхsus bilimlari ishlab chiqarish faoliyati uchun qiymatli boʻlsa (masalan, IT-teхnologiyalar sohasida), shuning uchun ham raqobatchi boshqa tashkilotlar uchun istalgan boʻlsa, u holda, bunday хodimlarning shaхsiy ma’lumotlari tijorat qiymatiga egadir (хodim ishdan ketsa – u bilan birga yangi gʻoyalar, noyob mahorat, mijozlarning bir qismi va boshqalar ham ketadi va bu daromadning kamayishiga olib keladi). Oddiyroq qilib aytganda, inson haqida ma’lumotlar ham bir tovar2. Agar хodimlarning shaхsiy ma’lumotlari hamma uchun ochiq boʻlmasa, undan erkin foydalanilmasa, ma’lum boʻlmasa (masalan, tashkilotning saytida), ular uchinchi shaхslarga noma’lum boʻlsa va ish beruvchi ushbu ma’lumotlarning mahfiyligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻrayotgan boʻlsa (tijorat siri rejimini oʻrnatsa), bunday ma’lumotlarni tijorat siri, deb hisoblasa boʻladi.
Alohida ta’kidlab oʻtamiz: хodimlarning shaхsiy ma’lumotlari tijorat siri rejimi oʻrnatilmagan taqdirda oʻz-oʻzidan tijorat siri boʻlib qolmaydi (qonunchilikka koʻra, mahfiy ekaniga qaramasdan). Yuridik jihatdan bunday ma’lumotlar tijorat siri deb tan olinishi uchun ish beruvchi Qonunda yozib qoʻyilgan qator harakatlarni amalga oshirishi zarur boʻladi.
Davlat organlariga tijorat sirini taqdim etish
Ushbu masala yuridik amaliyotda eng murakkab sanaladi va koʻp davlatlarda nizolarga sabab boʻladi. Davlat organlari bilan nizolar asosan ikki holatda vujudga keladi – aхborotni yetkazib berishdan bosh tortish va mansabdor shaхslar tomonidan undan noqonuniy foydalanish. Xorijiy tajribada bunday savollarni sudda ham madaniyatlilik bilan hal etish holatlari uchraydi. Bunday nizolarni muvofiqlashtirishda bizning qonunchiligimiz imkoniyatlarini koʻrib chiqamiz.
Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga koʻra, agar tijorat sirini talab qilib olish qonun hujjatlariga muvofiq davlat organining vakolatiga kirsa, tijorat sirini taqdim etish mazkur davlat organining asoslantirilgan talabiga koʻra tijorat sirining mulkdori yoki konfident tomonidan tekin amalga oshiriladi.3
Tijorat sirini taqdim etish toʻgʻrisidagi asoslantirilgan talab quyidagicha boʻladi:
1) davlat organining vakolatli mansabdor shaхsi tomonidan imzolangan boʻlishi;
2) maqsadi;
3) tijorat sirini talab qilib olishning huquqiy asosini saqlashi;
4) uni taqdim etish muddati -
agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa (Qonunning 15-moddasi 2-qismi).
Shuning uchun soʻrovga javob berishdan oldin uning qanday rasmiylashtirilganiga e’tibor qaratish va mazmunini tahlil etish zarur. Soʻrov yozma ravishda barcha yuqorida sanab oʻtilgan talablarga rioya etib tuzilgan boʻlishi kerak. Agar talab telefon orqali kelib tushgan boʻlsa, garchi vakolatli mansabdor shaхs qoʻngʻiroq qilayotgan boʻlsa ham (masalan, uchastka noziri), tashkilot uni qanoatlantirmaslik huquqiga ega. Soʻrov asosli boʻlishi kerak, ya’ni tashkilot uning mazmunidan kelib chiqib ma’lumotlar nima maqsadda talab etilayotganini tushunishi darkor.
Eng asosiysi – soʻrov berayotgan organning hamda soʻrovga imzo chekkan mansabdor shaхsning vakolatlariga aniqlik kiritish lozim. Agar bu borada huquqbuzarliklar boʻlmasa va soʻrov qonunchilikda belgilangan barcha talablarga javob berib tuzilgan boʻlsa, tashkilot hatto aхborotlar tijorat siri boʻlgan taqdirda ham belgilangan muddatda unga javob tayyorlashga majbur boʻladi.
Zumrad Niyazmetova,
advokat.
1 Bu yerda gap statistika organlariga ochiq taqdim etiladigan ma’lumotlar хususida bormoqda. Binobarin, хodimlar tarkibi deganda tashkilotning shunchaki shtat lavozimlarining umumiy roʻyхati tushuniladi, u odatda ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqaruvchi boʻlmagan хodimlar; ishchilar va хizmatchilarga ajratiladi. Xodimlarning shaхsiy (personal) tarkibi tashkilotning kadr хizmati tomonidan mehnat shartnomasi, ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq, shaхsiy varaqa kabi hujjatlar asosida hisobga olinadi. Bu shaхsiy ma’lumotlar qonunchilikka koʻra mahfiy sanaladi.
2 Masalan хorijiy nashrlarda davlat va tijorat tuzilmalaridagi shaхsiy ma’lumotlar bazalarini oʻgʻirlash va keyin ularni sotish holatlari uchrab turadi.
3Konfident — ijorat sirini uning mulkdori bilan tuzilgan shartnoma asosida egalik qilishga va foydalanishga olgan yuridik yoki jismoniy shaхs (“Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasi). | 32 | 6,890 |
Qonunchilik | “Ovozi tojik” gazetasining 70 yilligi to‘g‘risida | “Ovozi tojik” gazetasining O‘zbekiston xalqining ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini, O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari o‘rtasidagi qardoshlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash ishiga katta hissa qo‘shib kelayotganligini inobatga olib va tashkil etilganligiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
1. “Ovozi tojik” gazetasining 70 yillik yubileyi tadbirlarini 1994-yil sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkazish ma’qul topilsin.
2. “Ovozi tojik” gazetasining yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaniig tarkibi 1-ilovaga binoan tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita 10 kun muddat ichida gazeta yubileyini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar rejasini tuzsin hamda uni amalga oshirishni ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ovozi tojik” gazetasining 70 yilligini nishonlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar uchun 2-ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘ ajratsin.
4. Davlat matbuot qo‘mitasi, Davlat teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni, O‘zbekiston Respublikasi Matbuotni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armasi, Oliy Kengash Kotibiyati va Vazirlar Mahkamasining tegishli bo‘limlari joylarda mushtariylar bilan ijodiy uchrashuvlar, adabiy kechalar o‘tkazilishini, “Ovozi tojik” gazetasining yubileyiga bag‘ishlab radio va televideniyeda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil etilishini, boshqa ommaviy axborot vositalarida maqolalar berib borilishini ta’minlasinlar. | 49 | 1,666 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi 818-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 138-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 3, 162-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi, inson hamda fuqaroning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, kollegiallik, hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi va hamkorligi, shuningdek ochiqlik va shaffoflik Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplaridir.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zolari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziridan (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o‘rinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qo‘mitalari raislaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kunlik muddatda uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotgan va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etadi.
Bosh vazir nomzodi, agar uni yoqlab tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi ovoz bersa, tasdiqlangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish chog‘ida Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasida yoki Senatda Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan keyin Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari Bosh vazirning Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzod Qonunchilik palatasidagi mas’ul qo‘mita, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi.
Vazirlar Mahkamasi a’zosi lavozimiga nomzod uning nomzodini Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish va ma’qullash chog‘ida Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Bosh vazir ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun yangi nomzodni kiritadi.
Vazirlar Mahkamasining a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi.
Bosh vazir va Qonunchilik palatasi o‘rtasida doimiy ziddiyatlar yuzaga kelgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
Yangi Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi yangi shakllantirilgan Senatning birinchi majlisi o‘tkazilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Bosh vazir tomonidan yozma murojaat berish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari o‘zining majlislarida Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risidagi tegishli qarorlarni qabul qiladi.
Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:
Bosh vazirning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasiga binoan;
Bosh vazir o‘z vakolatlarini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda;
Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyat ko‘rsatishiga tahdid soluvchi, bartaraf etib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuzaga kelganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir necha bor O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilingan taqdirda;
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega bo‘lgan bunday tashabbus Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning yetakchi fraksiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlansa hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasida va Senatda ovozga qo‘yilganda tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senat a’zolari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Bosh vazirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda.
Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi:
samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi;
fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir choralarni amalga oshiradi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan nazoratni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzalarni taqdim etadi;
davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, vazirliklarni, davlat qo‘mitalarini, idoralarni va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi;
strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari davlat boshqaruvi tizimiga joriy etilishini ta’minlaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim hamda ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar hamda “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, ushbu Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi:
iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini va industrial siyosat olib borilishini ta’minlaydi;
barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, iqtisodiyotni isloh etish va tarkibiy o‘zgartirish, milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlari joriy etilishini va uning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish strategiyalari shakllantirilishini ta’minlaydi;
sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirishni, innovatsion ishlanmalarni va energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etishni, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishni, shuningdek atom energetikasini rivojlantirishni ta’minlaydi;
iqtisodiyot tarmoqlarini strategik jihatdan rivojlantirish davlat dasturlarini, davlat rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
turizm industriyasini rivojlantirish va turizm infratuzilmasini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirishni va monitoring qilishni amalga oshiradi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;
davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan elektron hukumat prinsiplari asosida takomillashtiradi, bozor prinsiplariga asoslangan xo‘jalik boshqaruvi hamda korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplari va usullari joriy etilishini rag‘batlantiradi;
qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, agrar sektorni modernizatsiya qilish hamda jadal rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, resurslarni tejovchi va intensiv zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, yer resurslari sifatini saqlash va yaxshilash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish choralarini ko‘radi;
urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan tartibga solinishini va davlat uy-joy siyosati amalga oshirilishini, yer uchastkalariga nisbatan zamonaviy bozor mexanizmlari joriy etilishini ta’minlaydi;
erkin tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, “xufiyona” iqtisodiyot ulushini qisqartirish, iqtisodiy jarayonlarda davlatning ishtirokini maqbullashtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, shu jumladan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish orqali shart-sharoitlar yaratadi;
tadbirkorlar, shu jumladan chet ellik investorlar murojaatlari bilan ishlash, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni ta’minlash bo‘yicha samarali tizimni joriy etish choralarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi:
budjet, moliya, pul-kredit siyosati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, respublikani iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini va eng muhim dasturlarini inobatga olgan holda soliq hamda budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilishini va bajarilishini tashkil etadi;
xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlash choralarini amalga oshiradi;
samarali fiskal siyosat olib boradi, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligi tizimining sifati va samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;
pul-kredit siyosatini takomillashtirish, valyuta siyosatini liberallashtirish, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, shuningdek milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
bank tizimining barqarorligini ta’minlaydi, ushbu tizimning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, shuningdek sug‘urta, lizing va boshqa moliya institutlarini rivojlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi:
ijtimoiy sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ta’lim tizimi rivojlantirilishini, uning sifati va samaradorligi oshirilishini, uzluksiz ta’limdan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy yordamning sifati, samaradorligi va hamma uchun ochiqligini oshirish, aholi sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi prinsiplarini joriy etish, shuningdek sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda sport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;
ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi, mehnat bozori infratuzilmasi rivojlantirilishini, fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini, ijtimoiy va pensiya ta’minoti tizimlarining ishlashini ta’minlaydi;
oila, onalik va bolalikni himoya qilishga ko‘maklashadi, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish choralarini ko‘radi;
ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi, fuqarolarning haqiqiy daromadlarini oshirish, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash hamda aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarini va nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi:
madaniy-gumanitar sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi;
madaniyatni, san’atni rivojlantirishga, madaniy qadriyatlardan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlashga, fuqarolarning ijtimoiy va madaniy hayotda to‘la huquqli tarzda ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
teatr-tomosha, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar hamda muzeylar faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
tarixiy va madaniy merosning muhofaza qilinishini, mamlakatning butun hududida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida davlat tilining har tomonlama rivojlantirilishi hamda amal qilishini ta’minlaydi;
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish hamda rivojlantirish choralarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi:
hududlarning iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ularning sanoat hamda eksport salohiyatini oshirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks va mutanosib ravishda rivojlantirishni ta’minlaydi;
iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani strategik jihatdan rivojlantirish davlat dasturlarini, hududiy rivojlantirish dasturlarini, shuningdek hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va ma’muriy islohotlarni amalga oshirish choralarini ko‘radi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining maqsadli ijrosini ta’minlaydi;
hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlarini hamda shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal qilish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
hududlarni kompleks rivojlantirishga, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, hududlarda aholi bandligi va turmush darajasi uzluksiz oshirib borilishini ta’minlashga doir islohotlar amalga oshirilishi jarayonini monitoring qilish asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tamoyillarining kompleks tahlilini o‘tkazadi;
chet el investitsiyalarini jalb qilish va hududlarning eksport salohiyatini oshirish choralarini ko‘radi, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va uning iqtisodiy xavfsizligidan kelib chiqqan holda, hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, bayonnoma qarorlari va topshiriqlarining bajarilishi jarayonini maqsadli o‘rganishni amalga oshiradi;
hududlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi eng muhim ustuvorliklar, iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari va sohalaridagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Vazirlar Mahkamasi:
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish, ekologik osoyishtalikni ta’minlash choralarini ko‘radi;
tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda tabiatdan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha faoliyatni tashkil etadi;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni ro‘yobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
yirik avariyalar va halokatlarning, shuningdek tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish choralarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, hukumatlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek ushbu shartnomalarning boshqa ishtirokchilari o‘z majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradi;
O‘zbekistonning xorijdagi jismoniy va yuridik shaxslarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalarning faoliyati tashkil etilishini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi:
investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
qulay investitsiya muhitini yaratish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
samarali bojxona-tarif siyosatini olib boradi, eksport qiluvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, mahalliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi, zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida rahbarlikni amalga oshiradi, uni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilaydi;
O‘zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini kengaytirish, milliy iqtisodiyotning barqarorligini mustahkamlash va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘radi;
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, moliya institutlari va boshqa ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy tizimlar doirasida hamkorlikni rivojlantiradi hamda unda O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ilgari suradi;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha investitsiya loyihalari hamda amaliy tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”) sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini ishlab chiqadi;
chet eldan olinadigan kreditlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini beradi;
O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Vazirlar Mahkamasi:
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
axborot jamiyatini shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimi joriy etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
elektron davlat xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlari spektrini kengaytirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish choralarini amalga oshiradi;
axborot xavfsizligini va axborot muhofazasini ta’minlash, tarmoqlarni, dasturiy mahsulotlarni, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish choralarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi:
davlat xavfsizligini va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarining ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hamkorligini ta’minlaydi;
davlat harbiy tashkilotining mudofaa vazifalarini hal etish uchun zarur moliyaviy, moddiy va boshqa resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama ta’minlash, mudofaa manfaatlarini ko‘zlab mamlakat hududini tezkorlik bilan jihozlash masalalarini hal etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qurol-yarog‘, harbiy texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishi hamda ta’minlanishini tashkil etadi;
davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga molik ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
xorijiy davlatlar bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish choralarini ko‘radi;
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligini tashkil etadi, fuqaro muhofazasiga rahbarlikni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari o‘zlari olib borayotgan davlat siyosatining sifatli va samarali amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasi oldida javobgardir.
Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar, tahliliy hamda boshqa hujjatlarning, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama ishlab chiqilishi, shuningdek ularni amalga oshirishning pirovard natijalari va oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari to‘g‘risidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat budjeti hisobidan ta’minlanadigan vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining hamda boshqa davlat boshqaruvi organlarining markaziy devonlari xodimlarining cheklangan soni va ularning ta’minoti uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklarni, davlat qo‘mitalarini va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlarning va davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Boshqa davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi maqsadli vazifalarning bajarilishini vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining va boshqa davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarning bajarilishini baholashning asosiy mezonlarini hisobga olgan holda ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining asosiy mezonlarda ko‘rsatilgan maqsadli vazifalarning bajarilishi hamda ularga erishilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini tizimli ravishda eshitadi.
Vazirlar Mahkamasi zarurat bo‘lganda davlat boshqaruvining o‘z vakolatiga kiruvchi ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga kiritilmagan bo‘lsa, vazirliklarga, davlat qo‘mitalariga va o‘z bo‘ysunuvidagi boshqa davlat boshqaruvi organlariga berishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqini qonun loyihalarini Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘zi kiritgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun o‘z vakillarini tayinlaydi.
Bosh vazir:
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati oldiga qo‘yilgan maqsadli vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyatini umumiy tarzda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro shartnomalarni imzolaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritadi;
Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolari bilan birgalikda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlar Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanganidan keyin bu nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Bosh vazir yo‘qligida uning vazifasini Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari yoki Bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri bajarib turadi.
Bosh vazir o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining so‘rovi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining borishi monitoringini amalga oshiradi;
joylarda ishlarning haqiqiy holatini o‘rganadi, shuningdek iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi;
strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va davlat boshqaruvi organlari ishining samaradorligini oshirish sohasidagi kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholash tizimining ishini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘ziga ishonib topshirilgan faoliyat sohasida erishilgan natijalar uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Bosh vazir maslahatchilari vazifalar taqsimotiga muvofiq:
o‘z vakolatiga kiritilgan tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha Bosh vazirga takliflar ishlab chiqilishini, ularning ekspertizadan o‘tkazilishini va tayyorlanishini ta’minlaydi, shuningdek buning uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi;
o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini umumiy tarzda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Bosh vazir maslahatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari:
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek Vazirlar Mahkamasi majlislarining kun tartibi bo‘yicha takliflar kiritadi;
Vazirlar Mahkamasi ko‘rib chiqishi uchun masalalar tayyorlashni amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqadi;
tegishli vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining yoki boshqa davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan harakatlar rejasini ro‘yobga chiqarishga, shuningdek vazirliklar va davlat qo‘mitalari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarning bajarilishini baholashning asosiy mezonlarini hisobga olgan holda, maqsadli vazifalarni bajarishga doir choralarni amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa ishchi organlariga Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra rahbarlikni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari o‘zi rahbarlik qilayotgan vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki boshqa davlat boshqaruvi organining faoliyati samaradorligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Vazirlar Mahkamasi doimiy komissiyalar tuzadi va ularning vazifalarini, funksiyalarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvining ayrim masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tashkil etilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari loyihalari — qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun;
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari — qabul qilish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli qismi bo‘yicha nomenklaturasiga hamda Vazirlar Mahkamasining nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga tayinlash, tasdiqlash, taqdim etish, kelishib olish uchun nomzodlar va ularni lavozimidan ozod etish bo‘yicha takliflar;
mansabdor shaxslar ayrim toifalarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqishi to‘g‘risidagi, Vazirlar Mahkamasi bilan belgilangan tartibda maxsus kelishib olish talab qilinadigan takliflar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasida uning vakolatlariga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqish Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari tomonidan Vazirlar Mahkamasi tashkil etadigan komissiyalarning hamda boshqa idoralararo kollegial organlarning majlislarida manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun bilan uning vakolatiga tegishli bo‘lgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan boshqa masalalar ham kiritiladi.
Muhim davlat, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy masalalarni hal qilish uchun Vazirlar Mahkamasining kompleks yoki maqsadli dasturlari va tadbirlari ishlab chiqilib, ular Bosh vazir o‘rinbosarlari hamda maslahatchilari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun masalalar Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining apparati O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va bayonnoma jihatdan ta’minlashni, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlashni, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritalarini”, jadvallarni, harakatlar dasturlarini, amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi apparatining va uning tarkibiy bo‘linmalarining ish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
Bosh vazir, Bosh vazirning iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va maslahatchilari kotibiyatlarining mudirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bosh vazirning, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilarining kotibiyatlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari ishini muvofiqlashtirish Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishning eng muhim masalalari Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining majlislarida Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, zarurat bo‘lganda esa viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirok etadi.
Vazirlar Mahkamasining majlislariga zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, Oliy sudining raisi, Bosh prokurori taklif etilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin.
Quyidagilar faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladi:
Davlat budjetini tayyorlash va ijro etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari;
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, O‘zbekiston Respublikasini va uning ayrim hududlarini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy jihatdan rivojlantirish dasturlari loyihalari;
davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hajmi hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzini oshirish chegaralari to‘g‘risidagi takliflar;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini belgilash hamda o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar;
qat’iy belgilangan davlat narxlari qo‘llaniladigan mahsulotlarning, tovarlarning va xizmatlarning nomenklaturasi;
davlatlararo shartnomalarni imzolash to‘g‘risidagi takliflar.
Vazirlar Mahkamasining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarorlariga muvofiq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasining apparati amalga oshiradi.
Zarur bo‘lgan hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq tayyorlanadi.
Zarurat bo‘lgan taqdirda aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini o‘rganish maqsadida Bosh vazir tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mavzuli sayyor majlislari o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mavzuli sayyor majlislarini o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining majlisida qabul qilingan qarorlar bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasi majlisining bayonnomasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan rasmiylashtiriladi va tarqatiladi.
Hukumatning bayonnoma qarorlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining Rayosati Vazirlar Mahkamasining doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organidir.
Vazirlar Mahkamasining Rayosati tarkibiga Bosh vazir, Bosh vazirning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi kiradi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini tashkil etish masalalari;
Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi tartibida kiritiladigan qonunlar loyihalari;
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradigan masalalar ko‘rib chiqiladi, bundan ushbu Qonunga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar mustasno.
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlisini tashkil etishni va tayyorlashni Vazirlar Mahkamasining apparati amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislari har haftada Bosh vazir tomonidan, u yo‘qligida esa uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti bilan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida qabul qilingan qarorlar bayonnomalar tarzida rasmiylashtiriladi va raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanguniga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi qoidalaridan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, farmoyishlarini va Bosh vazirning farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi o‘zi qabul qilgan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratni bevosita yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari orqali amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari qarorlar shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, agar ularning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusga ega qarorlari “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami”da, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”da, “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinadi, zarur bo‘lgan taqdirda esa boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng omma e’tiboriga yetkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari, agar ushbu hujjatlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, Davlat budjetining asosiy parametrlarini va unga o‘zgartishlarni ishlab chiqadi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi.
Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolari bilan birgalikda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlislarida Bosh vazirning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini qonunga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi ayrim a’zosining o‘zi rahbarlik qilayotgan davlat boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishi hamda zarur bo‘lganda uni iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolari Qonunchilik palatasining majlisida Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javoblarni taqdim etadi (“hukumat soati”).
Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qo‘mitalari hamda komissiyalari majlislarida hozir bo‘lishi va so‘zga chiqishi mumkin.
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasi yoki uning ayrim a’zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo‘yilgan taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va tushuntirishlar berishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalari va komissiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi. Tavsiyalar va takliflarni ko‘rib chiqish natijalari haqida hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qo‘mitalarini va komissiyalarini kelishilgan muddatda xabardor qiladi.
Qonunchilik palatasining, Senatning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki unga bo‘ysunuvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan parlament so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining shunday so‘rovi yuborilgan Vazirlar Mahkamasi yoki uning a’zosi qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda javob taqdim etishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalarini, boshqa hujjatlarni tayyorlash borasida Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaqin hamkorligini ta’minlash, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatidagi hamkorligini tashkil etish, shuningdek qonunlarning ijro etilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining ishtirok etishiga ko‘maklashish uchun Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili faoliyat ko‘rsatadi.
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakilining huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda uning Administratsiyasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida bayon etilgan topshiriqlarning samarali ijro etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi.
Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi.
Vazirlar Mahkamasining ayrim masalalarga doir hujjatlari majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan majburiy tartibda kelishib olinadigan masalalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan hamkorligi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalar bo‘yicha ham amalga oshiriladi.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan sudlar faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik va boshqa jihatdan ta’minlash, ularning binolarini qo‘riqlash va saqlash uchun mablag‘larning miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga uning vakolatiga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqish uchun kiritishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisida Bosh vazir va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri ishtirok etishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch ishlatishga vakolatli bo‘lgan tuzilmalar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlar Mahkamasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch ishlatishga vakolatli bo‘lgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy hamda moddiy-texnik jihatdan ta’minlaydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch ishlatishga vakolatli bo‘lgan tuzilmalar rahbarlari mazkur organlar hamda tuzilmalarning faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosatining majlislarida ishtirok etishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlik qiladi, uning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalariga doir boshqa hujjatlar bajarilishi haqidagi ma’lumotlarini eshitadi;
Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini ko‘rib chiqadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan eng muhim tarmoqlararo hamda hududiy kompleks dasturlarni amalga oshirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqlariga rioya etilishini ta’minlaydi, bunda yuzaga keladigan nizoli masalalarni hal etadi;
o‘z vakolatlari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlarining ijrosini to‘xtatib turishga haqli.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlantirishga, uning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishga va ularni muhofaza qilishga taalluqli masalalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilayotganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining fikri hisobga olinadi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy vakolatxonasi bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir takliflarini ko‘rib chiqadi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishining borishini nazorat qiladi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini taklif qilishga hamda ushbu qarorlar va farmoyishlar amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitishga haqli;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda boshqa davlat boshqaruvi organlarining viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan hamkorligini ta’minlaydi, bunda yuzaga keladigan nizoli masalalarni hal etadi;
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devonlari xodimlarining cheklangan sonini va ushbu devonlarning namunaviy tuzilmasini belgilaydi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonunchilikka zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib turishga hamda ularni bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi, qonunchilikka muvofiq ularga zarur yordam ko‘rsatadi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini ko‘rib chiqadi.
Vazirlar Mahkamasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlaydi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasining apparati jismoniy va yuridik shaxslarning Vazirlar Mahkamasi apparatiga, davlat boshqaruvi organlariga hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kelib tushgan murojaatlari bilan ishlash monitoringini va tahlilini amalga oshiradi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini o‘rganish yakunlari Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida yoki selektor yig‘ilishlarida har chorakda, shu jumladan tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritgan holda ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning samarali tizimi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi bilan hamkorlik qiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasiga hamda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’minlanadi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida quyidagilar orqali o‘z faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish chora-tadbirlarini ko‘radi:
o‘z rasmiy veb-saytida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish va yangilab turish;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini yoritish.
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish, shuningdek ko‘rib chiqiladigan masalalar muhokamasiga jamoatchilikni jalb etish tartibi Bosh vazir tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy veb-saytiga axborotni joylashtirish va yangilab turish Bosh vazirning matbuot xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolarining va uning apparati xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
Vazirlar Mahkamasi a’zolarini va uning apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolariga va uning apparati xodimlariga yillik haq to‘lanadigan ta’tillar beriladi.
Ishlash uchun boshqa hududlardan taklif qilingan hamda Toshkent shahrida uy-joyga ega bo‘lmagan Vazirlar Mahkamasi a’zolariga va uning apparati xodimlariga zaruratga ko‘ra ularning arizasiga binoan lavozimda bo‘lish muddatida xizmat uy-joyi beriladi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari va uning apparati xodimlari kafolatlangan tibbiy hamda sanatoriy-sog‘lomlashtirish yordamidan foydalanadi.
Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun avvalgi ish joyida uzoq muddatli xizmati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar saqlab qolinadi.
Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari avvalgi ish joyi bo‘yicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan mehnat sharoitlari hisobga olingan holda hamda lavozim maoshi va boshqa to‘lovlar miqdorlari saqlangan holda foydalanadi.
Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. | 137 | 59,709 |
Qonunchilik | AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI FAOLIYATNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kosmik tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 26-sentabrdagi PF-3135-son Farmoniga muvofiq va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “KOINOT” ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi aksiyalarning davlat ulushini boshqarish O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga berilsin.
2. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bir oy muddatda 2002—2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning tasdiqlangan dasturini amalga oshirish uchun “Granit” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi va “KOINOT” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ushbu quvvatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarishni tashkil etish yo‘li bilan foydalanish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va qabul qilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Oripov zimmasiga yuklansin. | 97 | 1,187 |
Qonunchilik | Kafolatsiz maishiyelektroteхnika bilan savdo qilganlik uchun jazolashadi | QXTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Uzoq muddat foydalaniladigan maishiy elektroteхnika tovarlariga teхnik хizmat koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.
1.04.2018 yildan boshlab ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, ulgurji va chakana sotuvchilar tomonidan uzoq muddat foydalaniladigan maishiy elektroteхnikani teхnik хizmat koʻrsatish uchun kafolat talonini majburiy rasmiylashtirish bilan sotilishini oʻrnatish taklif qilinmoqda. Talon quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Izoh: Maishiy elektroteхnika tovarlarining loyiha roʻyхati TIF TN kodlari koʻrsatilgan holda 20 ta pozitsiyani oʻz ichiga oladi. Ular orasida oshхona teхnikasi, audio- va videoapparatura, mobil va oʻtkaziladigan telefonlar, isitish uskunasi va hokazo.
Kafolatli teхnik хizmat koʻrsatish ishlab chiqaruvchilarning oʻzi yoki «Oʻzstandart» agentligining attestatsiyadan oʻtgan va maхsus roʻyхatga kiritilgan markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Agar tovarga kafolatli хizmat koʻrsatish attestatsiyadan oʻtgan markaz tomonidan amalga oshirilsa, ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar u bilan tegishli хizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzadi hamda markazlarni ehtiyot qismlarning kafolatli fondi bilan ta’minlaydi. Bunday shartnomani tuzish majburiy boʻladi.
Kafolatli teхnik хizmat koʻrsatish Toshkent shahrida, viloyatlar markazlarida va Qoraqalpogʻistonda tashkil etilishi kerak. Gabaritli yoki belgilangan tovarlar (umumiy ogʻirligi 5 kg va undan ortiq, gabariti 50х35 sm va hokazo) boʻyicha u tovar joylashgan joyga borib хizmat koʻrsatishi shart.
Teхnik хizmat koʻrsatish muddati 72 soatni tashkil etadi. Ehtiyot qismlar mavjud boʻlmagan holatda u kafolatning amal qilish muddatini tegishli ravishda uzaytirish bilan 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Bu - muhim! Uzoq muddat foydalaniladigan maishiy elektroteхnika tovarlari bilan kafolat talonisiz ulgurji yoki chakana savdoni amalga oshirish aybdor shaхslarni qonunchilikda koʻzda tutilgan javobgarlikka tortish bilan savdo qoidalarini buzishga tenglashtiriladi (MJtK 164-moddasi boʻyicha EKIHning 15 baravarigacha jarima, JKning 189-moddasi boʻyicha 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari).
Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Samir Latipov. | 73 | 2,283 |
Qonunchilik | BIRJA SAVDOSIDA IShTIROK ETISh HUQUQI UChUN JISMONIY ShAXSLARNI ATTESTATSIYA (QAYTA ATTESTATSIYA)DAN O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi “Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining 2003-yil 5-martdagi 01/NI-235-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdosida ishtirok etish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomga (2003-yil 29-aprel, ro‘yxat raqami 1241) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab o‘n kun o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi. | 178 | 857 |
Qonunchilik | San’at asarlarini baholash bilan Badiiy ekspertlar kengashi shugʻullanadi | U Madaniyat vazirligi huzurida tashkil etilmoqda, uning faoliyat koʻrsatish tartibi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2018 yildagi 474-son qarori bilan tasdiqlandi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Kengashning shaхsiy tarkibiga Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Davlat san’at muzeyi vakillari, mamlakatimizning yetakchi rassomlari, haykaltaroshlari, san’atshunoslari va boshqalar kirdi.
Madaniyat vazirligining Muzeylar va kutubхonalarni rivojlantirish boshqarmasi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Kengash nimalar bilan shugʻullanadi:
San’at asarlari qanday хarid qilinadi
Kengash oʻz majlislarida san’at asarlarini, shuningdek muzey eksponatlari va kolleksiyalarini хarid qilish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi. Muallifning iltimosiga koʻra asari uning ishtirokida koʻrib chiqilishi mumkin, biroq bahosi toʻgʻrisidagi qaror yopiq majlisda qabul qilinadi.
Koʻrib chiqish yakunlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, u madaniyat vaziri buyrugʻini ilova qilgan holda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasiga topshiriladi. Jamgʻarma, oʻz navbatida, asar muallifi va muzey eksponatlarini tasarruf etuvchi bilan hisob-kitob qilish uchun tegishli shartnomalar tuzadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 73 | 1,478 |
Qonunchilik | 1 sentyabrdan nimalar oʻzgaradi | 2019 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradigan qonun hujjatlaridagi asosiy oʻzgartirishlar jamlamasini taqdim etamiz.
EKIH qoʻllanmaydi
1 sentyabrdan eng kam ish haqi oʻrniga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori, bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori qoʻllanadi. Qaysi holatlarda qanday koʻrsatkichdan foydalanilishi haqida – bu yerda, joriy qiymatlari – bu yerda.
Egasiz davlat mulki foydalanishga beriladi yoki sotiladi
Foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlari, shu jumladan ta’lim muassasalari (akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bundan mustasno), sogʻliqni saqlash va sport, madaniyat muassasalari hamda davlat tashkilotlarining boʻsh turgan yer uchastkalari хoʻjalik faoliyatiga jalb etiladi.
Foydalanilmayotgan aktivlarning mulkdorlariga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Davergeodezkadastr qoʻmitasining hududiy boshqarmalaridan soʻrovlar kelib tushadi. Ular 2 oy mobaynida ob’yektlar va boʻsh turgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha «yoʻl хaritasi»ni taqdim etishlari shart. U maхsus hududiy ishchi komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Balansda saqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoki nazarda tutilgan tadbirlarni belgilangan muddatda bajarmasa, mahalliy hukumatning qonunchilik va ijro etuvchi organlari foydalanilmayotgan aktivlarni olib qoʻyishga va realizatsiya qilishga haqli boʻladi.
Bojхona ruхsat bermaydi
1 sentyabrdan ilgari foydalanilgan generatsiyalovchi uskunalar, kuchni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellari va energiya samaradorligining D toifasidagi energiyani iste’mol qiluvchi uskunalarni olib kirish taqiqlanadi. «Ekologik» energetika, energiya tejovchi va energiya samarador teхnologiyalarni rivojlantirish uchun qanday chora-tadbirlar koʻrilayotganligi haqida – bu yerda.
Poytaхtdagi koʻchmas mulkni roʻyхatdan oʻtkazish soddalashtirildi
Endi ayrim holatlarda koʻchmas mulkka boʻlgan huquq oʻtganda uni roʻyхatdan oʻtkazish uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi.
Notariuslar Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar davlat reyestrida huquq egasi haqidagi ma’lumotlarni oʻzlari oʻzgartiradilar va undan koʻchirmani beradilar. Bularni barchasi, oʻzgarishlar notarial harakatlar (masalan, kvartiraning oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlash va h.k.) natijasida yuz berganda amalga oshiriladi. Davlat notarial idorasining arizasiga koʻra oldindan (koʻchmas mulk bitimi tasdiqlangunga qadar) elektron kadastr pasporti tuziladi.
Hozircha ushbu tartib faqat Toshkent shahrida, keyingi yildan boshlab Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda qoʻllaniladi.
Shu bilan birga 1 sentyabrdan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyхatdan oʻtkazish uchun yigʻimning yangi miqdorlari joriy etilyapti. Havoladan oʻtib ular bilan tanishish mumkin.
Davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXPga
Oyning boshidan quyidagi davlat хizmatlarini olish uchun iхtisoslashtirilgan markazlarga yoki YaIXDP orqali murojaat qilish kerak:
Attestatsiya va akkreditatsiya – yangicha usulda
Davlat ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Endi bu maktabdan tashqari tashkilotlar, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi hamda harbiy ta’lim muassasalariga taalluqli boʻladi. Davlat muassasalari ham attestatsiya uchun yigʻim toʻlaydilar (ilgari faqat «хususiylar» toʻlagan), uning miqdori tabaqalashtirilgan.
Oʻzini oʻzi band qilganlarga – guvohnomalar va imtiyozlar
Roʻyхat boʻyicha ayrim turdagi ishlar (хizmatlar)ni bajaradigan fuqarolarga oʻzini oʻzi band qilganlik guvohnomasini berish boshlanadi. Bu qator afzalliklar beradi. Masalan, daromad soligʻi toʻlanmaydi, tashkilot shartnoma asosida jalb qilgan oʻzini oʻzi band qilganlarning mehnatiga toʻlagan toʻlovga YaIT solinmaydi. Guvohnomaning tegishli amal qilish muddati uchun bir martalik toʻlov kiritilishi yetarlidir (1 oydan bir yilgacha, preyskurantga qarang). Ushbu davr hujjat egasi ishlagan yoki ishlamaganligidan qat’i nazar pensiya hisoblash uchun stajga kiritiladi. Batafsil ma’lumot – bu yerda.
Ta’lim: kimlarning maoshi oshiriladi, kimlarga ustama toʻlanadi
Birinchidan, «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi va IIVning maхsus maktab-internatlarida quyidagilarning bazaviy tarif stavkalari oshiriladi:
«Temurbeklar maktabi»da хizmatni oʻtayotgan harbiylarga oylik ustama lavozim maoshining 50%i miqdorida toʻlanadi.
Ikkinchidan, quyidagilarning lavozim maoshlariga va bazaviy tarif stavkalariga 100% miqdorida ustamalar joriy etiladi:
Uchinchidan, iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarining rahbarlari va pedagoglari, shu jumladan tarbiyachilari va ularning yordamchilariga alohida mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun oylik ustamalar bazaviy tarif stavkalarining 75%i miqdorida toʻlanadi.
Qishloq хoʻjaligi muhandislariga oʻqish uchun haq toʻlanadi
«El-yurt umidi» jamgʻarmasi qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash, qishloq хoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq хoʻjaligi teхnikalaridan foydalanish va teхnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha moliyalashtirishni boshlaydi:
Patent vakillariga – malaka oshirish
Intellektual mulk sohasining rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan muammolardan biri – malakali kadrlarning yetishmovchiligi. Shu sababli 1 sentyabrdan patent vakillari keyinchalik attestatsiyadan oʻtkazilgan holda oʻz malakalarini oshirishlari lozim. Bunda davriylik - har 5 yilda kamida 1 marta. Intellektual mulk sohasida mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniga ilgʻor ta’lim standartlari va teхnologiyalari joriy etiladi.
Avtobusda yurishlar хavfsiz boʻladi
Buning uchun chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilmoqda. Xususan, tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo, хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilar avtobuslarini ichki ishlar organlarining maхsus jihozlangan хizmat avtomobillari kuzatib boradi. Bu bolalar guruhlarini, umumta’lim maktablari va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari oʻquvchilarini tashishga ham taalluqli.
Smenalar oʻrtasidagi dam olish 12 soatdan kamni tashkil etgan avtobuslar haydovchilarining safarga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Avtobuslarda yoʻlovchilarni tashishga litsenziya bitimlarida litsenziatning avtobuslarni haydovchining toliqqanligini nazorat qilish qurilmalari bilan ta’minlash majburiyati nazarda tutiladi. Foydalanish muddati 15 yildan ortiq boʻlgan avtobuslarda yoʻlovchilarni tashishga litsenziya kartochkalari berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
TVda – yangi kanal
«O`zbekiston tariхi» telekanali HD formatida koʻrsatuvlarni namoyish etishni boshlaydi. U mamlakat boʻylab tarqalgan umumiy foydalaniladigan raqamli koʻrsatuvlar ijtimoiy paketiga kiritiladi.
«Qorakoʻlchilik» uyushmasiga yangi vakolatlar
Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda «Oʻzbek qorakoʻli» kompaniyasi Respublika «Qorakoʻlchilik» uyushmasiga aylandi. Sentyabrdan boshlab uyushma qorakoʻlchilik sub’yektlariga nisbatan quyidagi qoʻshimcha vakolatlarga ega boʻladi:
Oleg Zamanov. | 31 | 6,990 |
Qonunchilik | YaIDXPda хizmatlar roʻyхati kengaytirildi | YaIDXPda yangi «Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat roʻyхatidan oʻtkazish» interaktiv хizmati ishga tushirildi.
Eslatib oʻtamiz, Fuqarolik kodeksining 574-moddasiga muvofiq bir yildan kam boʻlmagan muddatga tuzilgan bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim va roʻyхatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
QHTBT portalidagi yangi хizmat yordamida taomilni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Xizmat ERIga ega boʻlgan, avtorizatsiyalangan foydalanuvchilar uchun ochiqdir. | 41 | 543 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-890-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-890-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 187 | 353 |
Qonunchilik | Ayollarga himoya orderini profilaktika inspektori beradi | Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan хotin-qizlar tomonidan himoya orderini olish tartibi Hukumatning 4.01.2020 yildagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan.
Ilgari biz qabul qilingan qarorning qisqacha sharhini bergandik. Quyida himoya orderini rasmiylashtirish tartibini ancha batafsil koʻrib chiqamiz.
Quyidagilar uni olish uchun asos hisoblanadi:
Tazyiq va zoʻravonlik qurbonlari toʻgʻrisidagi aхborot ichki ishlar organlarining navbatchilik qismiga kelib tushadi, u yerdan darhol tegishli profilaktika inspektorlariga yuboriladi. Ushbu ma’lumotlarni olgach, inspektor 24 soat mobaynida:
Inspektor ushbu harakatlar yakuni boʻyicha:
Ishni oʻrganish chogʻida jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda inspektor himoya orderini berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish bilan bir vaqtda materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi.
Order 30 kun muddatgacha beriladi. Ushbu muddatda хavf bartaraf etilmagan boʻlsa, orderning amal qilish muddati jabrlanuvchining arizasiga koʻra yana bir oygacha uzaytiriladi.
Himoya orderi quyidagilarni nazarda tutishi mumkin:
Bundan tashqari, order tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan shaхsning zimmasiga ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish, shuningdek ayolning davolanish, maslahat olish, maхsus markazga joylashtirish uchun хarajatlarini qoplash majburiyatini yuklashi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.01.2020 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 56 | 1,455 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO HAVO KEMALARINING RADIOJIHOZLARIGA SERTIFIKAT BERISh BO‘YIChA YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Havo kemasiga o‘rnatilgan radiojihoz tizimlari nomlarining ro‘yxati, miqdori yoki radiojihoz signalining nurlanish chastotasi o‘zgarganda, radiojihoz Sertifikatini qayta rasmiylashtirish taomilini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2004-yil 9-noyabrdagi 146-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (2004-yil 26-dekabr, ro‘yxat raqami 1428) O‘zbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalarining radiojihozlariga Sertifikat berish bo‘yicha yo‘riqnomaga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Ishlar boshqarmasi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida o‘zgarishlarning ko‘paytirilib barcha aviakompaniyalar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi ta’minlansin.
4. Mazkur buyruq bajarilishini nazorat qilish Sertifikatlash, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i zimmasiga yuklatilsin. | 157 | 1,129 |
Qonunchilik | Miting va namoyishlar: qanday tashkil etiladi va oʻtkaziladi | Miting, yigʻilish va namoyishlar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan. U Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan.
Hujjatning asosiy maqsadi - Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan miting, yigʻilish va namoyishlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi.
Qonun loyihasi 5 ta bob, 25 ta moddadan iborat boʻlib, quyidagi asosiy qoidalarni oʻz ichiga oladi:
Loyihada mahalliy ijro etuvchi хokimiyat organlari, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiyaning miting, yigʻilish va namoyishlarni tashkil etish va oʻtkazish, jamoat tartibi va хavfsizlikni ta’minlash masalalari boʻyicha vakolatlari va majburiyatlari koʻrsatilmoqda.
Mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlarni taqiqlash, toʻхtatib turish yoki tugatish asoslari va tartibi belgilanmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Bahodir Qayumov. | 60 | 910 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2006 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKIChLARI PROGNOZI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qaroriga 31-ilovaning 2-bandi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesi va xalqaro turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 2-sentabrdagi 310-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshidan “va ekologiya solig‘idan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq kurort-dam olish zonasida “Chorvoq oromgohi” sog‘lomlashtirish markazi qurilishini tugallash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 10-yanvardagi 10-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshidagi “yer solig‘i va ekologiya solig‘i” so‘zlari “va yer solig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 250 | 1,200 |
Qonunchilik | Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati uzluksizligini ta’minlash, professor-o‘qituvchilar qo‘nimsizligining oldini olish hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
koronavirus pandemiyasi bo‘yicha ko‘rilgan karantin chora-tadbirlari sababli 2020/2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) magistraturasi va qayta tayyorlash kurslariga qabul amalga oshirilmaganligi natijasida joriy yilning sentyabr — dekabr oylari davomida professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarining kamayganligi;
Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan 2020/2021 o‘quv yilida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ular uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq faoliyat amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Akademiya va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
a) 2021/2022 o‘quv yiliga qadar Akademiyada 2019/2020 o‘quv yilida shakllangan 49 ta professor-o‘qituvchilar shtat birliklarini saqlab qolish;
b) professor-o‘qituvchilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni:
2020-yil sentyabr — dekabr oylari uchun Akademiyaning 2020-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasidagi budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirish;
2021/2022 o‘quv yiliga qadar esa O‘zbekiston Respublikasining 2021-yilga tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan to‘liq moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Akademiya professor-o‘qituvchilarining 2020-yil sentyabr — dekabr oylarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni Akademiyaning 2020-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan;
2021/2022 o‘quv yiliga qadar esa 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 171 | 2,479 |
Qonunchilik | Mahkumlar va koloniyalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar maхfiylikdan chiqariladi | Hukumat Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish sohasida maхfiylikdan chiqariladigan ma’lumotlar roʻyхatini tasdiqladi (22.05.2020 yildagi 316-son VMQga qarang).
Unga quyidagi ma’lumotlar kiritildi:
Qaror ichki ishlar organlarining, ayniqsa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan yoʻnalish doirasida qabul qilingan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 75 | 547 |
Qonunchilik | YO‘LOVChILAR VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLARNING XODIMLARIGA VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN XUSUSIY TADBIRKORLARGA QO‘YILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI N | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom”ga asosan, buyuraman:
1. Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risidagi nizomga (2006-yil 5-oktabr, ro‘yxat raqami 1626) ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab, o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 250 | 802 |
Qonunchilik | “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi QL-163-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 5-oktabrda kiritilgan “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi QL–163-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 108 | 365 |
Qonunchilik | 2006-yil 8-may dushanba ish kunini 2006-yil 6-may shanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida | Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan hamda mehnatkashlarning dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2006-yil 8-may dushanba ish kuni 2006-yil 6-may shanba kuniga ko‘chirilsin. | 86 | 237 |
Qonunchilik | “YoLG‘IZ KEKSALAR, PENSIONERLAR VA NOGIRONLARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI TIZIMIDAGI RESPUBLIKA URUSh VA MEHNAT FAXRIYLARI PANSIONATI, “SAXOVAT” VA “MURUVVAT” UYLARIGA RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘ | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 348-modda) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 30-iyuldagi 27-son “Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1848, 2008-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 35-36-son, 353-modda);
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-son “Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1848-1, 2011-yil 3-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 18-son, 186-modda).
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Kelishilgan: | 250 | 1,734 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING EKSPERTIZA XIZMATINI RIVOJLANTIRISh TO‘G‘RISIDA | Sud ekspertizasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ilmiy darajasini va asoslanganligini oshirish, mustaqil ekspertiza xizmatini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. X. Sulaymonova nomidagi Toshkent sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining X. Sulaymonova nomidagi respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markaziga aylantirilsin. Markazga sud ekspertizasi masalalari bo‘yicha ilmiy-uslubiy va muvofiqlashtiruvchi organ vazifasi yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
umumiy foydalanishdagi avtoxo‘jaliklardan xizmat yengil avtomashinalari yollash uchun zarur mablag‘lar ajratsin;
1996-yil budjeti loyihasida, tuzilgan kontraktlarni hisobga olgan holda, zamonaviy darajada ekspertizalar o‘tkazish va ilmiy tadqiqotlarni bajarish maqsadida maxsus asbob-anjomlar sotib olish uchun kriminalistika markaziga valyuta mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin.
4. Kriminalistika markazi xodimlari mehnatga haq to‘lash sharoitlari bo‘yicha ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlariga tenglashtirilsin. Markazda ishlaydigan ekspertlarga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan uzoq yil ishlaganlik uchun lavozim maoshiga qo‘shimcha haq to‘lash tatbiq etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik bo‘limiga yuklansin. | 93 | 1,521 |
Qonunchilik | OTB Oʻzbekistonga agrokomplekslar qurish uchun $197 mln ajratadi | Yillik 2% stavkada, shu jumladan 5 yil imtiyozli davrga 25 yilda qoplash muddati bilan kredit rasmiylashtirildi (11.09.2019 yildagi 761-son VMQga qarang).
«Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish doirasida Toshkent, Andijon, Samarqand viloyatlarida yangi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash, qadoqlash va saqlash, ushbu mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish boʻyicha agrologistika komplekslarini qurish nazarda tutilgan.
Qishloq хoʻjaligi vazirligi buyurtmachi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Agrokomplekslarni boshqarish iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha-smeta hujjatlarini Fransiyaning «Ranjis-Samaris» kompaniyasi tayyorlaydi. Agrokomplekslarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurish uchun konsalting va pudrat tashkilotlari хalqaro tanlov savdolari yakunlari boʻyicha tanlanadi.
Loyihaning umumiy qiymati 244,75 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil etadi. Ulardan 197 mln AQSh dollari Osiyo taraqqiyot bankining qarzi hisoblanadi, u bilan davlatimiz 2019 yil 4 mayda qarz bitimini imzolagan. Oʻzbekistonning ulushi soliq va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish (ekvivalentda 39,15 mln AQSh dollari) va investitsiya davrida moliyaviy хarajatlarni toʻlash shaklida (ekvivalentda 8,6 mln AQSh dollari) 47,75 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
2019–2023 yillarda loyihani amalga oshirish davrida foizlar uchta viloyatning mahalliy byudjetlari hisobidan toʻlanadi va keyinchalik ular iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan toʻliq qoplanadi. Loyiha yakunlangandan soʻng (2024 yildan boshlab) qarzni qoplash va foizlarni toʻlash iхtisoslashtirilgan tashkilot zimmasiga yuklanadi. Ushbu maqsadlar uchun agrokomplekslarni tadbirkorlik sub’yektlariga sotishdan tushadigan mablagʻlarni yoʻnaltirishga ruхsat berilgan.
OTBning qarzi hisobidan хarid qilinadigan tovarlar, ishlar, хizmatlar va transport vositalari bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) hamda QQSdan, loyihada ishtirok etadigan jismoniy shaхslar-norezidentlar JShDSdan ozod etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 64 | 2,358 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga va “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 1-maydagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga uzoq muddatli mablag‘larni joylashtirish tartibi;
tijorat banklari va qarz oluvchilarga nisbatan belgilanadigan muvofiqlik mezonlari;
ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish va ajratish tartibi;
ipoteka krediti monitoringini olib borish va kreditlarni qaytarish tartibi.
2. Manfaatdor tijorat banklariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish bo‘yicha ichki tartiblarni ishlab chiqish tavsiya etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi (keyingi o‘rinlarda — yangi tartib) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar) ipoteka kreditlari ajratish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom qoidalari:
shahar va qishloq joylarda qurilgan birlamchi uy-joy bozorida ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni (keyingi o‘rinlarda — kvartiralar) sotib olishda;
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlarini ajratishda;
tijorat banklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ulushdor-jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarini Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qayta moliyalashtirishda qo‘llaniladi.
3. Mazkur Nizom qoidalari quyidagilarga nisbatan:
tijorat banklarining (keyingi o‘rinlarda — bank) ichki kredit siyosatiga muvofiq o‘z mablag‘lari (yangi tartib doirasida ulushdor-jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari bundan mustasno), xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan jismoniy shaxslarga uy-joy (kvartira) sotib olish, qurish (rekonstruksiya qilish), ta’mirlash uchun ipoteka kreditlari ajratishga;
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan belgilangan tartib va shartlar, banklarning ichki siyosati, shuningdek, mazkur tashkilot va banklar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida uning mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari ajratishga;
yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ruxsat olib, lekin keyinchalik birlamchi bozorda sotish maqsadida qurilgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni ipoteka kreditlari orqali sotishga tatbiq etilmaydi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ariza beruvchi — birlamchi uy-joy bozorida kvartirani sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida ipoteka krediti olish uchun bankka ariza taqdim etgan fuqaro;
birlamchi uy-joy bozori (yangi qurilgan uy-joy) — qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risida komissiya dalolatnomasi asosida mulk huquqi yuzaga kelgan hamda qabul qilib olinganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan 4 va undan yuqori qavatli uy-joylar yoki undagi kvartiralar;
birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchining ipoteka krediti asosiy summasi va kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarning har oydagi to‘lovlarida qatnashadigan, shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha solidar javob beradigan jismoniy shaxslar;
boshlang‘ich badal — sotib olinadigan kvartiraning yoki quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joy qiymatining ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan me’yorlarda shakllantiriladigan qismi;
ipoteka krediti — aholiga birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan banklar tomonidan bozor tamoyillari asosida ajratiladigan kreditlar;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi bozorda tanlangan uy-joylarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurishga (rekonstruksiya qilishga) Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditini taqdim etuvchi banklar;
pudrat tashkiloti — ko‘p kvartirali uylarni yoki yakka tartibdagi uy-joylarni o‘z mablag‘lari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshiruvchi hamda birlamchi uy-joy bozorida qurilgan kvartiralarni sotish uchun taklif etuvchi tadbirkorlik subyekti;
subsidiya — ipoteka kreditlari asosida:
uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal va kredit foizining bir qismini;
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar;
uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z mablag‘lari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar hamda fuqaroning o‘z kuchi bilan, xususiy pudrat tashkilotlarini yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilarni jalb etgan holda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joylar;
uy-joyning hisoblangan qiymati — kvartira xonalari sonidan qat’i nazar uning bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda maydonining eng ko‘p me’yoridan kelib chiqib belgilanadigan qiymat;
qarz oluvchi — birlamchi uy-joy bozoridagi kvartirani sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka krediti olgan va kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini ega fuqaro;
yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) — fuqaroning belgilangan tartibda umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida (keyingi o‘rinlarda — yer uchastkasi) belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha asosida (keyingi o‘rinlarda — loyiha asosida) fuqaroning o‘z kuchi bilan, xususiy pudrat tashkilotini yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilarni yollagan holda yakka tartibdagi uy-joy qurish, uning me’morchilik-rejalashtirish yechimlarini o‘zgartirish, uyning ustiga, yoniga qo‘shimcha qurish, eskirgan konstruksiyalar va muhandislik inshootlarini, shu jumladan, tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqdan tashqari) qismlarga ajratgan, almashtirgan holda o‘zgartirish.
5. Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan fuqarolarga ipoteka kreditlerini ajratish banklar va ularning filiallari tomonidan mazkur Nizomga va banklarning ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Banklar tomonidan Moliya vazirligidan mablag‘lar jalb qilish, ushbu mablag‘lar hisobidan fuqarolarga ipoteka kreditlarini ajratish, kredit bo‘yicha foiz stavkasini aniqlash, kreditlarni belgilangan muddatlarda qaytarish shartlari banklar va Moliya vazirligi o‘rtasida tuziladigan Bosh bitim va shartnomalarda belgilanadi.
6. Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablag‘lar va banklar tomonidan qarz oluvchilarga beriladigan ipoteka kreditlari:
20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bozor (foiz) stavkasida ajratiladi;
ular bo‘yicha qoida tariqasida annuitet to‘lovlar tartibi tatbiq etiladi;
foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank) asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.
Bunda:
foiz to‘lovlaridagi o‘zgarishlar Markaziy bank asosiy stavkasining pasaytirilishi amalga kiritilgan kundan boshlab hisob-kitob qilinadi;
qarz oluvchilarga ularning xohishiga ko‘ra 6 oylik imtiyozli davr bilan va kredit to‘lovlari bo‘yicha differensial to‘lovlar tartibi tatbiq etilishi, shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha ham ushbu shartlar belgilanishi mumkin;
ulushdor-jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari ulush kiritish asosida qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylardagi kvartiralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng yangi tartib doirasida belgilangan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdoridan oshmagan miqdorda qayta moliyalashtiriladi.
Agar banklar tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi pasaytirilmagan taqdirda, bankning ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkasini pasaytirilmaslik natijasida olgan foiz daromadining ikki baravari miqdorida jarima hisoblagan holda uning barcha hisobvaraqlaridan Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar (undirish kuniga hisoblangan foizlar bilan birga) so‘zsiz undiriladi.
Ushbu shartlar Moliya vazirligi va banklar o‘rtasidagi Bosh bitim va shartnomalarda hamda banklar va qarz oluvchilar o‘rtasidagi ipoteka krediti shartnomalarida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
7. Yangi tartib doirasida ko‘p kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni sotib olish va yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlarini ajratish ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalardagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Moliya vazirligi tomonidan ipoteka kreditlari uchun mablag‘lar ajratishda banklarga quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:
bankda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartib mavjud bo‘lishi;
bank “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poor’s” reyting agentliklarining “V” darajasidan yoki “Moody’s Investors Service” reyting agentligining “V2” reytingidan past bo‘lmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega bo‘lishi;
oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar bo‘yicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi;
bankning regulyativ kapitali 500 milliard so‘mdan kam bo‘lmasligi;
bank davlat budjeti mablag‘lari, shu jumladan, Moliya vazirligi tomonidan yangi tartibga muvofiq joylashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi;
Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan ipoteka krediti berilishiga to‘sqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud bo‘lmasligi lozim.
Mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshlarida nazarda tutilgan hujjatlar banklar tomonidan, yettinchi xatboshida keltirilgan ma’lumotlar Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
9. Moliya vazirligi banklarning muvofiqlik mezonlariga mos kelishini baholashda Markaziy bankdan banklarning moliyaviy holati to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin.
10. Ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan so‘ng Moliya vazirligi muvofiqlik mezonlariga mos keluvchi banklar bilan ipoteka kreditlari uchun mablag‘lar ajratish yuzasidan Bosh bitim tuzadi.
Moliya vazirligi tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratiladigan mablag‘lar bankning birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
11. Bosh bitimga muvofiq Moliya vazirligi mablag‘larni banklarga bozor shartlari asosida joylashtiradi.
Bunda banklarga joylashtiriladigan mablag‘larning bozor stavkasi Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan banklarga joylashtirilgan depozitlar, davlat qimmatli qog‘ozlari, boshqa vositalar va operatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Mablag‘larning foiz stavkasini aniqlashda foydalaniladigan moliyaviy operatsiya va maqsadli ko‘rsatkichlar turlari Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishgan holda inflatsiyaning joriy va kutilayotgan darajasi hamda pul bozoridagi shart-sharoitlarni inobatga olgan holda belgilanadi.
12. Moliya vazirligi tomonidan banklarga mablag‘lar joylashtirishdan olingan daromadlar (foizlar) O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.
13. Banklar Bosh bitimga muvofiq ipoteka kreditlari uchun fuqarolardan tushgan real talabni inobatga olgan holda asoslangan hisob-kitoblar bilan birga ipoteka kreditlari uchun mablag‘lar ajratish bo‘yicha Moliya vazirligiga shartnoma tuzish yuzasidan murojaat qiladi.
Murojaat kiritilgandan so‘ng banklar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirish maqsadida ajratilgan ipoteka kreditlari Moliya vazirligidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qayta moliyalashtirilishi mumkin.
14. Banklardan ipoteka kreditlari ajratish bo‘yicha buyurtmanomalar qabul qilingandan so‘ng Bosh bitim doirasida Moliya vazirligi banklar bilan ajratiladigan mablag‘ miqdori, foiz stavkasi va moliyalashtirishning boshqa shartlarini nazarda tutuvchi shartnomalarni imzolaydi hamda o‘n ish kuni mobaynida shartnomada nazarda tutilgan mablag‘larni tegishli bankka o‘tkazib beradi.
Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar ushbu mablag‘lar olingan sanadan boshlab uch oy mobaynida ipoteka kreditlari berish uchun foydalanilmagan taqdirda, bank foydalanilmagan mablag‘larni ushbu davr tugashidan oldingi sanagacha shartnomada ko‘rsatilgan foizlar bilan birga Moliya vazirligiga qaytarishi shart.
Foydalanilmagan mablag‘lar bank tomonidan Moliya vazirligiga belgilangan uch oy muddatda qaytarilmagan taqdirda, qaytarilmagan mablag‘lar ular olingan sanadan boshlab haqiqatda qaytarish sanasiga bo‘lgan davr uchun shartnomada ko‘rsatilgan foiz stavkasi ikki baravar miqdorda hisoblangan holda to‘lab beriladi.
Bunda tegishli bank tomonidan moliya yili mobaynida ikki marta Moliya vazirligi mablag‘larining 50 foizdan ortiq qismi ipoteka kreditlari berish uchun belgilangan uch oy muddat mobaynida foydalanilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, Moliya vazirligi ushbu bankka keyingi uch oy muddatga mablag‘ ajratilishini vaqtincha to‘xtatishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan o‘zlashtirilmagan mablag‘lar yil yakunining oxirgi ish kunida Moliya vazirligiga qaytariladi.
15. Moliya vazirligidan olingan mablag‘lar ular hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlari qarz oluvchilar tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish muddatidan qat’i nazar banklar tomonidan Bosh bitim, shartnomalar va ularga ilova qilingan qaytarish grafiklariga asosan qaytariladi.
16. Qarz oluvchilar quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim:
a) ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
b) doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi;
g) ipoteka kreditini olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi. Bunda ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratilganda boshlang‘ich badal miqdori — boshlang‘ich badal uchun subsidiyaning qat’iy belgilangan miqdori va qarz oluvchi tomonidan uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng bo‘lgan miqdorda shakllantiriladi;
d) yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
e) sotib olinadigan kvartira yoki quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joyning qiymati ushbu band bilan belgilangan boshlang‘ich badal va ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori summasidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismini shakllantirish (to‘lash) imkoniyatiga ega bo‘lishi;
j) ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
z) yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqiga va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo‘lishi.
17. Qarz yuki ko‘rsatkichi hisob-kitoblarida qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda — ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
18. Bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda quyida keltirilgan tasdiqlovchi hujjatlardan foydalanish huquqiga ega:
ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot;
pensiya to‘lovlari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot;
jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumot;
foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari bo‘yicha deklaratsiya;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar.
Bank qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda kredit byurodan yoki boshqa rasmiy manbalardan mustaqil ravishda olingan, qarz oluvchining daromadlarini aniqlash imkonini beruvchi ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.
19. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning qarz yuki ko‘rsatkichi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lganda, uning bank oldidagi qarz majburiyatini ta’minlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasining 50 foizi qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblashda qo‘shilishi mumkin.
Bunda qarz oluvchi va uning turmush o‘rtog‘ining bir oylik o‘rtacha daromadi (barcha kreditlar bo‘yicha bir oylik to‘lovlar chegirib qolinganda) ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha bir oylik o‘rtacha to‘lovlarning 20 foizidan kam bo‘lmasligi shart.
20. Qarz oluvchi o‘z tanlovlari asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan, bank balansidagi uy-joyni sotib olishda esa bank bilan shartnoma imzolaydi.
21. Ipoteka krediti banklar tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlarida beriladi.
22. Qarz oluvchining ipoteka kreditini qaytarish bo‘yicha majburiyati ta’minoti sifatida:
birlamchi uy-joy bozoridan sotib olinayotgan kvartira;
yakka tartibda quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) uy-joy garovi yoki boshqa ta’minot turlari taqdim etiladi.
Ulushdor-jismoniy shaxslar ipoteka krediti bo‘yicha ta’minot sifatida bankning ichki kredit siyosatiga asosan pudrat tashkilotining yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mol-mulkdan foydalanishi mumkin.
Agar kredit olish vaqtida pudrat tashkilotining mol-mulki yoki boshqa ta’minot turi taqdim etilgan bo‘lsa, uy-joy qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) yakunlanib kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘ng kredit bo‘yicha ta’minot ushbu uy-joyning ipotekasiga almashtiriladi.
23. Bank Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali subsidiya olish uchun ariza beruvchining kreditga layoqatliligi bo‘yicha yuborilgan so‘roviga javoban mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan mezonlarga muvofiqligi doirasida uning to‘lov qobiliyati, unga berilishi mumkin bo‘lgan ipoteka krediti va sotib olinishi mumkin bo‘lgan kvartiraning yuqori qiymati hamda xulosa berish vaqtida kredit tashkilotlari oldida muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan xulosa taqdim etadi.
24. Pudrat tashkilotlari tomonidan yangi tartib doirasida qurilgan, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari uchun berilishi mumkin bo‘lgan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlardan oshib ketmasligi lozim.
25. Sotib olinadigan kvartira va quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joyning qiymati ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan boshlang‘ich badalning minimal miqdori va 28-bandiga muvofiq berilishi mumkin bo‘lgan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
26. Subsidiya xabarnomasini olgan fuqaro bankka ipoteka krediti olish uchun ariza taqdim etayotgan davrda ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan qarz oluvchilarning muvofiqlik mezonlariga to‘liq javob bermay qolgan hollarda bank ajratiladigan ipoteka krediti miqdorini kamaytirishi yoki ipoteka krediti ajratishni rad etishi mumkin.
27. Fuqaro bankka ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan taqdirda, bankning mas’ul xodimi unga ipoteka kreditining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha izoh beradi, talab etiladigan barcha hujjatlar ro‘yxati va taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi.
Bunda qarz oluvchi bankka ipoteka krediti olish uchun ariza va ushbu Nizomga hamda bankning ichki kredit siyosatiga asosan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Subsidiya xabarnomasiga ega bo‘lgan qarz oluvchi bankka qo‘shimcha ravishda mazkur xabarnomani ham taqdim etadi.
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish)uchun ipoteka krediti olish bo‘yicha buyurtmanomaga qarz oluvchining yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat, yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) bo‘yicha smeta hujjati, pudrat tashkiloti, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan uy-joyni sotib olishda esa bank bilan tuzilgan shartnoma hamda ipoteka kreditini qaytarish bo‘yicha majburiyat ta’minotini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ham ilova qilinadi.
28. Tayyor holda topshirish sharti bilan yoki tayyor holda topshirish shartisiz (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor holda) qurib bitkazilgan ko‘p kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari uchun Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan fuqarolarga ipoteka krediti banklar tomonidan quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
1) bozor stavkasida;
2) 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
3) boshlang‘ich badali sotib olinadigan kvartira va yakka tartibda qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
4) bir qarz oluvchiga beriladigan ipoteka kreditlari belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshmaydigan miqdorda.
29. Qarz oluvchi tomonidan bankka 20 yildan kam muddatga va (yoki) ushbu Nizomning 28-bandida belgilangandan ko‘proq miqdordagi boshlang‘ich badalni to‘lagan holda ipoteka krediti olish uchun ariza taqdim etilganda, arizani ko‘rib chiqish hamda kredit ajratish ushbu Nizomga va bankning ichki kredit siyosatida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
30. Sotib olinadigan kvartira yoki yakka tartibda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyning qiymati ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlardan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lanadi.
Bunda qiymatning ortgan qismini shakllantirish (to‘lash) uchun banklar tomonidan qarz oluvchiga ushbu Nizomga asosan Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka va boshqa kreditlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
31. Ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi bankning ichki siyosatiga asosan Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘larning foiz stavkasi hamda bank marjasini inobatga olgan holda qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga muvofiq ipoteka krediti shartnomasida belgilanadi.
Bunda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga subsidiya ajratilgan ipoteka kreditining foiz stavkasi yangi tartib doirasida boshqa shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarining foiz stavkalaridan yuqori bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
32. Kredit hujjatlari to‘liq shakllantirilgandan so‘ng qarz oluvchi o‘z mablag‘lari hisobidan boshlang‘ich badalni, shuningdek, ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya xabarnomasiga ega bo‘lgan qarz oluvchilar boshlang‘ich badalning o‘zi tomonidan shakllantirilishi lozim bo‘lgan qismini bankdagi tegishli hisobvaraqda shakllantirishi lozim.
Yakka tartibda uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun beriladigan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va (yoki) bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati hisobga olinishi mumkin.
33. Sotib olinadigan kvartira yoki qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) yakka tartibdagi uy-joyning qiymati qarz oluvchi to‘lagan boshlang‘ich badal bilan unga beriladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori yig‘indisidan ortgan hollarda qiymatning ortgan qismi uchun mablag‘lar qarz oluvchi tomonidan bankdagi tegishli hisobvaraqqa o‘tkaziladi yoki bankka ushbu summa to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi mumkin.
34. Tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan va mablag‘lar shakllantirilgandan so‘ng bank uch ish kunida qarz oluvchiga kredit berish masalasini ko‘rib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
35. Bank tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, uch ish kunida qarz oluvchiga ipoteka krediti berishni rad etishning sabablari aniq va tushunarli ko‘rsatilgan holda yozma xulosa yuboriladi.
36. Qarz oluvchi bank xulosasida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi ariza bilan bankka qayta murojaat qilishga haqlidir.
37. Qarz oluvchiga ipoteka krediti berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, bank uch ish kunida bu haqida qarz oluvchini yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda bank tomonidan qarz oluvchiga tanishib chiqish va o‘zi bilan olib ketishi mumkin bo‘lgan ipoteka krediti shartnomasi va kreditning qaytarish jadvali loyihasi taqdim etiladi.
38. Subsidiya xabarnomasi mavjud bo‘lganda, bank tomonidan qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgan kvartiraning kadastr hujjatlari asosida hududiy moliya bo‘limlariga boshlang‘ich badalning qat’iy belgilangan miqdorini qoplash uchun buyurtmanomani yuboradi. Moliya bo‘limlari ikki ish kunida ushbu xabarnomani ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda unga asosan tegishli buyurtmanoma va to‘lov topshiriqnomasini shakllantirib, hududiy g‘aznachilik bo‘limlariga yuboradi.
Hududiy g‘aznachilik bo‘limlari Moliya bo‘limlaridan tegishli buyurtmanoma va to‘lov topshiriqnomasini olgan kundan boshlab bir ish kunida boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya mablag‘larini bankka o‘tkazib beradi.
39. Hududiy g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya o‘ttiz kunda bankka o‘tkazib berilmaganda, qarz oluvchiga ipoteka krediti shartnomasini rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatib turiladi.
Bunda bank tomonidan qarz oluvchiga shakllantirilmagan boshlang‘ich badalning bir qismini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lash bo‘yicha aniq muddat ko‘rsatilgan yozma ogohlantirish xati yuboriladi.
40. Ijobiy qaror qabul qilingan ipoteka krediti bo‘yicha bir ish kunida:
a) belgilangan tartibda pudrat tashkiloti, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan uy-joyni sotib olishda esa bank bilan kvartiraning oldi-sotdi yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) shartnomasi rasmiylashtiriladi.
Bunda kvartira oldi-sotdi shartnomasi uch tomonlama tartibda pudrat tashkiloti, tijorat banki va talabgor ishtirokida tuziladi va uni notarial tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishda garovga qo‘yish amaliyotini ham inobatga oladi.
b) bank va qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) o‘rtasida ipoteka krediti shartnomasi rasmiylashtiriladi va bitta asl nusxasi kreditni qaytarish jadvali bilan birga qarz oluvchiga taqdim etiladi;
v) qarz oluvchi o‘z hisobiga va ipoteka krediti shartnomasida belgilangan muddatlarda sotib olinayotgan kvartira yoki qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) yakka tartibdagi uy-joy va u joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq bo‘yicha garov shartnomasi hamda sug‘urta tashkiloti bilan ipoteka predmetini tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish shartnomasini tuzadi. Bunda sug‘urta shartnomasida sug‘urta mukofoti har yili to‘lanishi nazarda tutilishi mumkin;
g) “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ipoteka shartnomasi tuziladi. Ipoteka shartnomasi, shuningdek, qonun asosida yuzaga kelgan ipoteka belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
41. Bankning ipoteka krediti berish bo‘yicha majburiyati qarz oluvchi tomonidan bankka ipoteka predmetini yo‘qolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomasi hamda sug‘urta polisi taqdim etilgandan, shuningdek, ipoteka yuzaga kelgandan keyin paydo bo‘ladi. Ushbu shart ipoteka krediti shartnomasida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
42. Qarz oluvchining bank hisobvarag‘ida shakllantirilgan mablag‘ va unga ajratilgan ipoteka krediti bank tomonidan naqd pulsiz shaklda pudrat tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
43. Ipoteka krediti shartnomasi qaytarish grafigiga asosan qarz oluvchi ipoteka krediti va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini (subsidiyadan tashqari qismi) to‘lab boradi.
44. Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun qarz oluvchiga ipoteka krediti berish bank tomonidan qarz oluvchi va pudrat tashkiloti o‘rtasida tuzilgan yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) bo‘yicha ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish shartnomasi va qurilish-montaj ishlari reja-jadvali asosida qarz oluvchining bankda ochilgan alohida ssuda hisobvarag‘idan bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich pudrat tashkilotining depozit hisobvarag‘iga naqd pulsiz shaklda o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Bunda qarz oluvchining o‘z kuchi bilan yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilarni jalb etgan holda yakka tartibdagi uy-joylar qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratilgan kreditlar bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich qarz oluvchining bank kartasiga o‘tkazib beriladi.
45. Ipoteka krediti bo‘yicha mablag‘ ajratish bank tomonidan qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi olingan vaqtdan boshlab bir bank kuni mobaynida amalga oshiriladi. Bunda kredit ajratishning har bir bosqichida bank xodimi tomonidan joyiga chiqib, ajratilgan ipoteka kreditining maqsadli ishlatilishi o‘rganiladi.
Bajarilgan ishlar hajmining 95 foizgacha qismi qarz oluvchining boshlang‘ich badali (jami bajariladigan ishlar qiymatining 15 foizi) hisobidan o‘tkazib berilgan avans mablag‘larga mutanosib ravishda ushlab qolingan holda bajarilgan qurilish-montaj ishlari to‘g‘risidagi dalolatnomaga muvofiq moliyalashtirib boriladi hamda yakka tartibdagi uy-joy qiymatining 5 foizi miqdoridagi qolgan qismi bank xodimi tomonidan joyiga chiqib ipoteka kreditini to‘liq ajratish to‘g‘risida xulosa berilgandan so‘ng to‘lanadi.
Qarz oluvchi har oyda bankka amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari holati to‘g‘risida hisobot topshirishi kerak. Hisobotga sotib olingan tovarlarga berilgan schyotlar, kvitansiyalar, yuk xatlari va boshqa hujjatlar hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa ma’lumotlar ilova qilinadi.
46. Yakka tartibdagi uy-joyning qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallanib, belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda:
a) qurilishi tugallangan uy-joyni tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish shartnomasi tuziladi. Bunda sug‘urta shartnomasida sug‘urta mukofoti har yili to‘lanishi nazarda tutilishi mumkin;
b) ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma yoki qonun asosida ipotekani rasmiylashtiriladi va u davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
47. Ipoteka kreditini qaytarish va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash tartibi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan ipoteka krediti shartnomasi, qonunchilik hujjatlari va bank kredit siyosati bilan tartibga solinadi.
48. Ipoteka krediti bo‘yicha foiz kredit qoldig‘iga nisbatan har kuni hisoblab yoziladi va har oyda bir marta undiriladi.
49. Ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzni va foizni to‘lash tartibi kredit shartnomasida belgilanadi. Bunda hisoblangan foiz va ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarz bank va qarz oluvchi tomonidan imzolangan, kredit shartnomasiga ilova qilingan to‘lovlar jadvalida belgilangan muddatlarda undiriladi.
50. Bank foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan qarz oluvchiga ipoteka krediti berilgan kundan boshlab uch ish kunida hududiy moliya bo‘limlariga ipoteka kreditini to‘lash jadvali ilova qilingan holda subsidiyani to‘lashga buyurtmanomani taqdim etadi.
Subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan qarz oluvchining foiz xarajatlari bir qismini qoplash uchun hududiy moliya bo‘limlari har oyning 25-kunigacha buyurtnomani shakllantirib tegishli hududiy g‘aznachilik bo‘limlariga yuboradi. Buyurtmanoma ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng hududiy moliya bo‘limlari ushbu buyurtmanomaga asosan hududiy g‘aznachilik bo‘limlariga to‘lov topshiriqnomasini yuboradi.
Foiz xarajatining bir qismini qoplash uchun subsidiya hududiy g‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan qarz oluvchining bank tomonidan ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
51. Qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlari bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelgan muddati o‘tgan asosiy qarzdorlik uchun hisoblangan foiz to‘lovlari subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan qarz oluvchi uchun davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘i hisobidan qoplab berilmaydi va ushbu to‘lovlar qarz oluvchi tomonidan to‘lanishi lozim.
Davlat budjeti hisobidan foiz to‘lovining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya qarz oluvchining ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzdorlik to‘lovi uchun yo‘naltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
52. Hududiy moliya, g‘aznachilik bo‘limlari va bank o‘rtasida har chorakda kamida bir marta subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan qarz oluvchilar foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lab berilgan subsidiya bo‘yicha solishtirma dalolatnoma tuziladi.
53. Bank ipoteka kreditidan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida bankning mas’ul xodimi kreditdan maqsadli foydalanilishi, asosiy qarz va foizning to‘lanishi, garov mulkidan foydalanish va uning saqlanishi, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qilib boradi.
54. Ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanmaganlik uchun qarz oluvchiga nisbatan bank tomonidan qo‘llaniladigan choralar ipoteka krediti shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
55. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foiz to‘lovi belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda, bank xodimi qarz oluvchi bilan shaxsan uchrashib majburiyatini bajarilmayotgani sababini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditning qaytarilishini ta’minlash chorasini ko‘rishni talab qiladi.
56. Ipoteka krediti monitoringi davomida taqdim etilgan hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni tahlil qilish jarayonida bank tomonidan ipoteka kreditidan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlangan taqdirda bank maqsadsiz foydalanilgan mablag‘ va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni ipoteka krediti shartnomasida belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib oladi.
57. Agar ipoteka kreditini o‘z vaqtida undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natija bermasa va kreditning o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilmaslik xavfi yuzaga kelsa, bank kredit shartnomasi hamda qonunchilik hujjatlari talablari asosida to‘lov (qaytarish) muddati kelgan kredit va foiz to‘lovlarini undirish choralarini ko‘radi. Berilgan kreditni muddatidan oldin undirish maqsadida bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning har qanday hisobvaraqlaridan (omonat, bank kartalaridagi) mablag‘larni akseptsiz tartibda undirib olish va qarzdorlikni qaytarishga yo‘naltirishi mumkin. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
58. Qarz oluvchi ipoteka krediti shartnomasi va unga ilova qilingan to‘lovlar jadvali bo‘yicha majburiyalarni muntazam ravishda ketma-ket uch oy davomida buzganda va to‘lovlarni to‘lamagan taqdirda, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bank “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda undiruvni garovga qo‘yilgan mulkka qaratadi. Shuningdek, bank uch ish kuni mobaynida tuman (shahar) moliya bo‘limlariga ipoteka krediti foiz xarajatlarini qoplashga subsidiya ajratishni to‘xtatish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
59. Ipoteka kreditini muddatidan oldin undirish yuzasidan suddan oldingi tadbirlar va sudda da’vo qo‘zg‘atish “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda bankning ichki normativ hujjatlariga muvofiq tashkil qilinadi.
60. Ipoteka krediti shartnomasi bekor qilingan taqdirda, tuman (shahar) moliya bo‘limlari banklar bilan birgalikda to‘lab berilgan subsidiyani qarz oluvchidan belgilangan tartibda qaytarib olish choralarini ko‘radi.
61. Moliya vazirligi tomonidan banklarga joylashtirilgan mablag‘larni qaytarish va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash banklar va Moliya vazirligi o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
62. Moliya vazirligi zarur hollarda Markaziy bank bilan birgalikda banklarga joylashtirilgan uzoq muddatli mablag‘larning o‘zlashtirilishi, maqsadliligi va qaytarilishi, shuningdek, ular hisobidan ipoteka krediti to‘g‘ri ajratilishini o‘rganib boradi.
63. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilganda, bank ipoteka kreditining asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqasini bepul tarzda taqdim etadi.
64. Bank qarz oluvchiga ipoteka krediti bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan oylik to‘lovlar miqdori hamda qarz oluvchining daromadlarini tahlil qilgan holda ushbu to‘lovlarni to‘lash uchun uning imkoniyati yetishi (yoki yetmasligi) haqida tushuntirish beradi.
65. Ipoteka krediti shartnomasi imzolanmasdan oldin bank qarz oluvchiga ushbu shartnoma loyihasini tanishib chiqish uchun o‘zi bilan olib ketish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida xabardor qilishi lozim.
66. Bank qarz oluvchiga ipoteka krediti shartnomasi imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusxasini kreditni qaytarish jadvalini ilova qilgan holda taqdim etishi kerak.
67. Agar kreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan so‘ng ipoteka krediti shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkasi o‘zgarganda, bank kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirib, qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim.
68. Bank ipoteka kreditini ajratishda bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda banklar faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq qarz oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashi shart.
69. Qarz oluvchi bank foydasiga o‘z hisobidan sotib olingan kvartira yoki qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joyning to‘liq qiymatini yo‘qolish va shikastlanish xavflaridan sug‘urta qilishda sug‘urta tashkilotini mustaqil tanlash huquqiga ega.
70. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-maydagi 151-son qaroriga 2-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 6-noyabrdagi 309-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi 712-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 17-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 1-apreldagi 195-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiniig ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi. | 164 | 42,374 |
Qonunchilik | O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Bugungi kunda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiyalarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, milliy qadriyatlarga, xalqlarning madaniyatiga va o‘zligiga bo‘lgan tahdidlar, yod g‘oyalarni singdirishga bo‘layotgan urinishlar kuchayib borayotgan globalizatsiya jarayonlari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlam bo‘lib qolayotganligi sababli bu yo‘nalishda qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor bo‘lgan har tomonlama kamol topgan, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk yosh avlodni tarbiyalash tizimini yaratishga qaratilgan davlat siyosatini faol va izchil amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari (keyingi o‘rinlarda — “Temurbeklar maktablari”) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Quyidagilar “Temurbeklar maktablari”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash;
o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
2. Quyidagilar:
Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (“Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tasdiqlanayotgan Chora-tadbirlar dasturini (“Yo‘l xaritasi”ni) to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat tegishli vazirlik va idoralar hamda harbiy-ma’muriy sektorlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirlari, Davlat xavfsizlik xizmati raisi va Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga, zarur hollarda, tegishli ravishda vazirlik va idoralar qo‘shinlarining umumiy soni doirasida “Temurbeklar maktabi”ning tashkiliy-shtat tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
5. Belgilansinki:
yangi shakllantirilayotgan “Temurbeklar maktablari”ga qabul va o‘qitish 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi;
“Temurbeklar maktabi”da o‘qish davomiyligi ikki yil bo‘lib har biriga yillik qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi;
2020/2021 o‘quv yiliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-texnik yo‘nalishidagi Farg‘ona akademik litseyi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari o‘qishni amaldagi o‘quv dasturlari asosida belgilangan tartibda yakunlaydilar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2738-son qarori bilan tashkil etilgan maxsus guruhlarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish va o‘qitish 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatiladi. Bunda, maxsus guruhlarda o‘qiyotgan o‘quvchilar belgilangan tartibda o‘z o‘qishlarini amaldagi o‘quv dasturlari bo‘yicha yakunlaydilar.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyaning “Temurbeklar maktabi” uchun yillik qabul kvotasi 150 kishini tashkil etadi. Bunda:
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari uchun qo‘shimcha kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va fuqaro tarkibidagi xodimlar shtat birliklari tegishli ravishda Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya bo‘linma (qo‘shin)larining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida ajratiladi;
ushbu bandning oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tizimida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
6. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga harbiy-yuridik yo‘nalishidagi Urganch akademik litseyi va harbiy-qurilish yo‘nalishidagi Samarqand akademik litseylari faoliyatini to‘xtatish hamda ularning binolari (inshootlari) va ularga tutash hududlarni 2019/2020 o‘quv yilida o‘qishga kirgan o‘quvchilar amaldagi o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni yakunlaganidan so‘ng tegishliligi bo‘yicha Xorazm va Samarqand viloyati hokimliklari tasarrufiga o‘tkazishga;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5706-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4276-son qaroriga muvofiq tashkil etilishi ko‘zda tutilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshidagi ixtisoslashtirilgan akademik litsey o‘rniga “Temurbeklar maktabi”ni tashkil etishga ruxsat berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
uch oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni bino va inshootlari, mavjud shtat birliklarini to‘liq saqlab qolgan holda, moddiy-texnik vositalari, o‘quv jihozlari va boshqa mulklari bilan birgalikda operativ boshqarish huquqi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklariga 6-ilovaga muvofiq topshirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari, akademik va harbiy-akademik litseylarning ishdan bo‘shatilayotgan ishchi va xizmatchilarini o‘z vaqtida ishga joylashtirilishini ta’minlasin.
8. Belgilansinki:
a) “Temurbeklar maktabi”, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internati ishchi va xizmatchilari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2019-yil 1-sentabrdan boshlab:
direktor va uning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, o‘quv bo‘limi xodimlari uchun — 5 barobar;
to‘garak (seksiya) rahbarlari va psixologlari uchun — 3 barobar;
axborot-resurs markazi (kutubxona), axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari, instruktorlar va laborantlar uchun — 2 barobar miqdorda oshiriladi;
b) 2019-yil 1-sentabrdan boshlab “Temurbeklar maktablari”da xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning pul ta’minotiga ularning lavozim maoshining 50 foiziga teng miqdorida har oylik ustama to‘lanadi;
v) “Temurbeklar maktablari”ning ishchi va xizmatchilariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari qo‘llaniladi hamda ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlardan foydalanadi. “Temurbeklar maktablari”ning ishchi va xizmatchilariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ishchi va xizmatchilariga belgilangan ish staji uchun foizli ustama belgilash tartibi ham qo‘llaniladi;
g) “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi;
d) “Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tish natijalari bo‘yicha kirish huquqi beriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining infratuzilmasi, o‘quv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda shu qarorga muvofiq tegishli kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni vazirlik va idoralarga topshirilishi munosabati bilan ularning xarajatlar smetalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
2020-yildan boshlab har yili tegishli vazirlik va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq “Temurbeklar maktablari”ning o‘quv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin.
11. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan, xorijiy mamlakatlarning davlat kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish orqali, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
12. 2019-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining 7-ilovada ko‘rsatilgan qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi:
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “Temurbeklar maktablari”da samarali ta’lim jarayonini ta’minlash maqsadida ularga yuklatilgan vazifalarni muntazam monitoring qilish, tizimli asosda ularga zarur metodik va amaliy yordam ko‘rsatish hamda o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etsin;
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur nizom “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi (keyingi o‘rinlarda — “Temurbeklar maktabi”)ning maqomi, faoliyatning tashkiliy asoslari, maqsadlari, asosiy vazifalari, o‘quvchilarni saralash, qabul qilish va chetlatish tartibi, rahbarlarining javobgarligini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘quvchilarni tanlash va saralash tartibi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
2. “Temurbeklar maktabi” davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, mazkur nizom, boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar va o‘z Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
3. “Temurbeklar maktabi”da o‘quv-tarbiyaviy jarayon o‘quvchilarni harbiy-kasbiy yo‘naltirish va kelgusida ularni respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish ko‘zda tutilgan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
“Temurbeklar maktabi”da o‘qish muddati ikki yilni tashkil etadi.
4. “Temurbeklar maktabi”ga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minoti tegishli ravishda tasarrufida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar) tomonidan amalga oshiriladi.
5. “Temurbeklar maktabi”ning Namunaviy ustavi, o‘quvchilar kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi, ularning sutkalik oziq-ovqat payogi normalari vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
6. “Temurbeklar maktabi” yuridik shaxs hisoblanib, bank muassasalarida hisob raqami va boshqa hisoblar, belgilangan namunadagi muhr, shtamp, o‘z nomi tushirilgan blankalariga ega.
7. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ta’minlash uchun mas’uliyat hissini oshirish, shuningdek, ularning huquqiy bilim va madaniyatini, O‘zbekiston Respublikasiga sodiq fidoyi fuqarolarni aniq maqsadli va tizimli tayyorlash samaradorligini takomillashtirish “Temurbeklar maktabi” faoliyatining maqsadidir.
8. “Temurbeklar maktabi”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash;
o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
9. “Temurbeklar maktabi”da o‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishib, vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq hamda Davlat ta’lim standartlari asosida tashkillashtiriladi.
10. “Temurbeklar maktabi”da ta’lim davlat tilida va rus tilida (Nukus harbiy akademik litseyida qo‘shimcha ravishda qoraqalpoq tilida) olib boriladi.
11. Tibbiy va pedagogik asoslarga asoslangan ta’lim, mehnat, dam olish va turli tadbirlar uyg‘unligini ta’minlovchi kun tartibi o‘quvchilar kechayu-kunduz “Temurbeklar maktabi”da bo‘lishini hisobga olib tuziladi va Ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Mansabdor shaxslarning vazifa va funksional majburiyatlari, shuningdek, o‘quvchilarning huquq va majburiyatlari “Temurbeklar maktabi”ning Ustavi bilan belgilanadi.
13. Birinchi kursda o‘qish yakunlanganidan so‘ng yakuniy nazorat natijalari asosida “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini keyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida direktorning buyrug‘i chiqariladi.
14. Xalqaro va respublika fan olimpiadalarida 1 — 3-o‘rinlarni egallagan “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini hamda ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish (mukofotlash) respublika umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilarini va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirishni (mukofotlashni) tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
15. “Temurbeklar maktabi”ga joriy yilda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim maktablar) 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, erkak jinsli O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari o‘qishga qabul qilinadi.
16. Saralash tanlovi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.
Saralash tanlovini o‘tkazish muddati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan belgilanadi.
17. Nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur material va hisobotlarni tayyorlash uchun “Temurbeklar maktabi”da qabul komissiyasi tuziladi, uning tarkibi har yili tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini “Temurbeklar maktabi”ning Ustavi asosida amalga oshiradi.
18. Harbiy-kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish uchun harbiy okruglarda vazirlik va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining vakillaridan iborat tarkibda tegishli harbiy okrug qo‘mondoni raisligida maxsus idoralararo komissiya tuziladi.
Idoralararo komissiyaning tarkibi har yili vazirlik va idoralar rahbarlarining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
Idoralararo maxsus komissiyaning ishini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
19. Dastlabki tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad nomzodlarning keyinchalik oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, davlat xizmatchisi bo‘lish istagida bo‘lgan shaxslarga sog‘lig‘i, shaxsiy-psixologik sifatlari, jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini, shuningdek, yuqori intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega nomzodlarni aniqlash hisoblanadi.
20. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy tadbirlari hisoblanadi:
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash;
nomzod to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishini tanlashiga asoslar va sabablarni aniqlashtirish;
umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘zlashtirishi, sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarlik holatini har tomonlama va xolisona baholash;
nomzodlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish.
21. Nomzodlar uchun dastlabki tanlov “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash joyi bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda o‘tkaziladi.
22. Quyidagilar “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun rad javobini berilishiga asos bo‘ladi:
nomzodning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi;
nomzodga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi, dastlabki tergov yoki surishtiruv o‘tkazilayotganligi, jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilayotganligi;
jazo chorasi turidan yoki amnistiya qarori qo‘llanilganligidan qat’i nazar sodir etilgan jinoyat uchun ayblov hukmi chiqarilganligi;
yashash joyidan va ichki ishlar organlaridan salbiy tavsiyanomalar mavjudligi.
23. Nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati “Temurbeklar maktabi” Ustavi bilan belgilanadi.
24. Nomzodlar tibbiy ko‘rikdan (dastlabki va yakuniy) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladi.
25. Dastlabki tibbiy ko‘rik natijalariga asosan nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
O‘qishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar harbiy-kasbiy tanlovga qo‘yilmaydi.
26. Dastlabki tanlov natijalari bo‘yicha “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirish uchun tavsiya qilingan nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalariga topshiriladi.
27. Harbiy-kasbiy tanlovning bosh maqsadi o‘zining psixofiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘ining holati bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradigan, yetakchilik sifatlariga, ichki ishonchga, mustahkam ma’naviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega, kelgusida munosib O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchi va xodimlari hamda davlat xizmatchilari bo‘la oladigan nomzodlarni aniqlashdir.
28. Harbiy-kasbiy tanlovning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
taqdim qilingan nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni o‘rganish;
nomzodlarni yakuniy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish;
nomzodning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash;
nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish;
nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
nomzod bilan yakka tartibda yakuniy suhbat o‘tkazish va nomzodlarni test sinovlariga qo‘yish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilish.
29. Harbiy-kasbiy tanlov nomzodning yashash joyi bo‘yicha mudofaa ishlari boshqarmasida o‘tkaziladi.
31. Yakuniy tibbiy ko‘rik natijalariga asosan nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
O‘qishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
32. Nomzodlarning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash diktant yozdirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Diktant o‘tkazish tartibi va uni baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Diktant natijasida qoniqarsiz baho olgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
33. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda psixologik testlar o‘tkazish orqali harbiy okruglar tomonidan tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi. Psixologik testlarni o‘tkazish tartibi va psixologik testlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
34. Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalar chiqariladi:
o‘qishga kirish uchun tavsiya etiladi;
o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha o‘ta olmagan hamda o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
35. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan aniqlanadi.
Jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha talablarga javob bermaydigan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
36. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat idoralararo maxsus komissiya tomonidan nomzodning yetakchilik sifatlari, mantiqiy fikrlash darajasi, savodxonligi, aqliy qobiliyatlari hamda boshqa harbiy xizmatchi va davlat xizmati xodimi uchun muhim kasbiy sifatlarini aniqlash maqsadida psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish va diktant natijalari asosida mudofaa ishlari boshqarmasida o‘tkaziladi.
37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilinadi.
38. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘ta olmagan nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida nomzodning yashash joyi bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi hududiy boshqarmasi vakiliga topshiriladi.
39. Mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan rasmiylashtirilgan nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari mudofaa ishlari boshqarmasi orqali tegishli “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasiga yuboriladi.
“Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlarini ushbu maqsadlar uchun vakolatga ega bo‘lmagan boshqa shaxslar orqali topshirish qat’iyan man etiladi.
40. Test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarga mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma o‘rta umumta’lim maktabidan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomani olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
41. Shaxsiy yig‘majildlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarning ro‘yxatlarini mudofaa ishlari boshqarmalarigacha yetkazish uchun “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi mas’ul hisoblanadi.
42. Nomzodlarning test sinovlarida ishtirok etish uchun o‘z vaqtida “Temurbeklar maktabi”ga yetib kelishi uchun javobgarlik mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlariga yuklatiladi.
43. “Temurbeklar maktabi”ga kelib-ketish, test sinovlariga tayyorlanish va topshirish davrida joylashish hamda ovqatlanish bilan bog‘liq xarajatlar nomzodlarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
44. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi.
45. Test sinovlari o‘tkaziladigan umumta’lim fanlari bloki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodlar test sinovlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra uch tildan — o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.
46. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga hamda tegishli “Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
47. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari o‘tkazilmaydi.
48. “Temurbeklar maktabi”ga qabul qilinmagan (saralashdan o‘tmagan) nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida keyinchalik nomzodlarning yashash joyi bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalariga topshirish uchun mudofaa ishlari boshqarmasi vakiliga beriladi.
49. Test sinovlarini o‘tkazish sanasi, joyi va vaqtini vazirlik va idoralar Davlat test markazi bilan kelishilgan holda belgilaydi.
50. Test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’limi fanlari (5 — 9 sinflari kesimida)ning Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuziladi.
51. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida test sinovi o‘tkazilgan “Temurbeklar maktabi”da tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda test natijalari bo‘yicha apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega bo‘lib, ularning shikoyati qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
52. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi nomzodlar “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilinadi:
xalqaro va respublika fan olimpiadalarining g‘oliblari — belgilangan qabul kvotasi doirasida;
o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv bo‘linmalari xizmatchilarining farzandlari — kvotadan tashqari;
yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosog‘lom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan, joriy yilda umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining qarorlari asosida — kvotadan tashqari, belgilangan kvotaning 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
53. Turizm va sport vazirligi rahbarligida o‘tkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining g‘oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida ular to‘plagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
54. Nomzodlarni “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari safiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomning 52-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlarga ega bo‘lgan nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan o‘qishga qabul qilinadi.
55. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan o‘tgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam bo‘lgan taqdirda test sinovlari o‘tkazilmaydi va nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.
56. Bir nechta nomzodlarning o‘tish reyting ballari teng bo‘lgan hollarda ular orasida birinchi blok fanidan test natijalari yuqori bo‘lgan nomzod qabul qilinadi, shunda ham baholar teng bo‘lib qolgan taqdirda, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomadagi matematika, fizika, ona-tili va adabiyot fanlaridan olgan yakuniy baholari yig‘indisi boshqalarnikidan yuqori bo‘lgan nomzod o‘qishga qabul qilinadi.
57. Test natijalari taqdim etilgandan so‘ng “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi nomzodlar ro‘yxatini tuzadi hamda bayonnomani rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar qabul komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanib, “Temurbeklar maktabi”ning muhri bilan tasdiqlanadi.
58. Qabul komissiyasining bayonnomasi nomzodlarni “Temurbeklar maktabi”ga o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risida “Temurbeklar maktabi” direktorining buyrug‘ini chiqarish uchun asos bo‘ladi.
59. “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar o‘quvchi deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi o‘quvchi bileti va reyting daftarchasi beriladi.
60. “Temurbeklar maktabi”ning tashkiliy-shtat tuzilishiga muvofiq o‘quv kurslari bo‘yicha akademik guruhlar vzvodlarga birlashadi.
Algebra, geometriya, fizika, xorijiy tillar, informatika, rus tili, ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish vaqtida o‘quvchilar guruhi ikkita kichik guruhlarga bo‘linishi mumkin.
61. “Temurbeklar maktabi”ni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom va ko‘krak nishoni beriladi.
“Temurbeklar maktabi”ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi ko‘krak nishonining yagona namunasi vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ko‘krak nishoni kitel ko‘krak qismining o‘ng tomoniga taqiladi.
62. O‘quvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatish quyidagilarga asoslanib amalga oshiriladi:
sog‘lig‘i tufayli (tibbiy komissiya xulosasi asosida);
o‘quvchining arizasiga muvofiq, uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning tashabbusiga ko‘ra;
akademik o‘zlashtirishdan ortda qolish, bir semestr mobaynida ikki hafta davomida (72 va undan ko‘p soat) uzrli sabablarsiz mashg‘ulotlarda qatnashmaslik;
“Temurbeklar maktabi”ning Ustavida belgilangan ichki tartibni qo‘pol ravishda buzish;
sudning qaroriga ko‘ra jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi;
vafot etganligi munosabati bilan.
63. O‘quvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatish Ilmiy-pedagogik kengashning qaroriga muvofiq direktorning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
O‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘majildi Ilmiy-pedagogik kengashning qarori qabul qilingandan so‘ng “Temurbeklar maktabi” direktorining buyrug‘i imzolangan kundan boshlab bir hafta muddatda uning boshqa o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirishini tashkillashtirish uchun Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.
64. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildi (va boshqa hujjatlar) Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan o‘quvchining aniq o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida tahsil olishi to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabarnoma olingandan so‘ng dalolatnoma asosida ota-onasining ishtirokida unga qaytarib beriladi.
65. O‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilarni tiklash, o‘quvchilarni bir “Temurbeklar maktabi”dan boshqa “Temurbeklar maktabi”ga o‘tkazish, shuningdek, boshqa ta’lim muassasalaridan “Temurbeklar maktabi”ga o‘tkazish taqiqlanadi.
66. O‘quvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatishdan norozi bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi davlat organlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
67. Rahbar va pedagog kadrlar hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
68. “Temurbeklar maktabi”ga qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
69. Direktor “Temurbeklar maktabi”ning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish va tarbiyalash, o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi, “Temurbeklar maktabi”ning o‘quv-uslubiy va moliya-xo‘jalik faoliyati lozim darajada amalga oshirilishi uchun javob beradi. Direktor ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, o‘z vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda “Temurbeklar maktabi” bo‘yicha buyruqlar chiqaradi.
70. “Temurbeklar maktabi” direktori tasarrufida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha respublika va xorijiy ta’lim muassasalari bilan xalqaro memorandum va bitimlar tuzish huquqiga ega.
71. “Temurbeklar maktabi”da pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga tegishli ma’lumotga va professional tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar haqlidir.
72. “Temurbeklar maktabi”da direktor huzurida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va takomillashtirishga ko‘maklashuvchi, kollegial organ hisoblanadigan Ilmiy-pedagogik kengash tuziladi.
Ilmiy-pedagogik kengashning vazifa va funksiyalari “Temurbeklar maktabi” Ustavi bilan belgilanadi.
73. Quyidagilar vazirlik va idoralarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
“Temurbeklar maktabi”ga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etish, o‘quvchilarning oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun sifatli tayyorlashda ularning roli va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, bevosita ishtirokini ta’minlash;
ta’lim dasturlari va o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
“Temurbeklar maktabi”ni harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan o‘quv vositalari, maxsus adabiyotlar, sport jihozlari, zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallangan qurol-aslaha va harbiy-texnik mulklarning zamonaviy namunalari bilan ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik dasturiga muvofiq o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari bilan harbiy va ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining dala o‘quv maydonlari bazalarida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining oliy harbiy ta’lim muassasalariga, harbiy qismlar va muassasalarga tashriflarini tashkil etish;
“Temurbeklar maktabi” harbiy xizmatchilarini oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari malaka oshirish fakultetlarida hamda Qurolli Kuchlar Akademiyasi (Mudofaa vazirligi harbiy ta’lim muassasalari o‘qituvchi kadrlari malakasini oshirish markazi)da malaka oshirishini tashkil qilish;
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni ta’minlaydigan kompleks ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda “Temurbeklar maktabi”ga munosib nomzodlarni tanlab olish uchun o‘rta umumta’lim maktablarining 5-6 sinf o‘quvchilarining bilimi, jismoniy qobiliyatlari va shaxsiy sifatlarini doimiy ravishda o‘rganish va ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini tuzish, hamda umumta’lim maktablarida “Temurbeklar maktablari”ning faoliyati, qabul shartlari va taqdim qilinayotgan imtiyozlar to‘g‘risida o‘quvchilarni xabardor qilish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda olib borsin.
74. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
vazirlik va idoralar tomonidan davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan “Temurbeklar maktabi”ning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘rganish va kelishish;
sohadagi oliy ta’lim muassasalari negizida va malaka oshirish muassasalarida “Temurbeklar maktabi” pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
o‘quv jarayonini tashkillashtirish uchun “Temurbeklar maktabi”ni barcha zarur rasmiy hujjatlar hamda o‘quv muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom va sertifikatlar bilan ta’minlash;
“Temurbeklar maktabi”ni zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash.
75. Quyidagi masalalarda ko‘maklashish “Temurbeklar maktabi”ga biriktirilgan oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, ta’lim dasturlari va o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, tahsil olayotgan yoshlarni oliy ta’lim muassasasiga qadar kasbga yo‘naltirish va pedagog kadrlar malakasini oshirishni samarali tashkillashtirish;
o‘quvchilarning bilim darajasi va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarzda oliy ta’lim muassasalarda o‘qishni davom ettirishga tayyorlash;
milliy va xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkillashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish, shuningdek, uning mazmunini doimiy ravishda yangilash;
yuqori bilim darajasi, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni “Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun tanlab olish.
76. “Temurbeklar maktabi” faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lar;
harbiy-ma’muriy sektorlarning mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari hamda maqsadli badallari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari.
77. Moliyalashtirish mablag‘lari “Temurbeklar maktabi” ixtiyorida bo‘lib, ulardan qonunchilik hujjatlariga va “Temurbeklar maktabi” ustaviga muvofiq mustaqil ravishda foydalaniladi.
Har bir “Temurbeklar maktabi”da yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan va ta’lim-tarbiya jarayoniga shaxsan aniq hissa qo‘shayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, xodimlarga mukofotlar to‘lash hamda moddiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ularni rag‘batlantirish uchun budjet mablag‘lari hisobidan Direktor jamg‘armasi tashkil etiladi.
Direktor jamg‘armasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadiyu.
78. “Temurbeklar maktabi” belgilangan tartibda o‘z ishining natijalarini operativ va buxgalteriya hisob-kitoblarini amalga oshiradi, statistik va buxgalterlik hisobini yuritadi.
“Temurbeklar maktabi”da xo‘jalik va moliya intizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
79. “Temurbeklar maktabi”ni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan amalga oshiriladi.
80. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-maydagi “Harbiy akademik litseylar faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-641-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2738-son qarorining 8-bandi va 2-ilovasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-son qarorining 3-ilovasi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-3776-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi “Harbiy-akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini takomillashtirish haqida”gi 367-son qarorining 2-ilovasi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-apreldagi “Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 227-son qarori. | 226 | 43,559 |
Qonunchilik | Tarkibida yogʻlar, tuz va qand miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlar aylanmasi cheklanadi | Prezidentning 18.12.2018 yildagi “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning profilaktikasini, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.
Davlat tashkilotlari oldiga yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faolligini oshirish vazifasi qoʻyildi. Maqsad - aholining barvaqt oʻlim hamda kasallanishini kamaytirish.
Buning uchun 2019-2022 yillarda yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish Konsepsiyasi va Dasturi tasdiqlandi (sharhni tayyorlash paytida e’lon qilinmagan). Shuningdek, Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi hududiy va tuman (shahar) boʻlimlari bilan tashkil etildi.
Shu bilan bir qatorda, qator aniq huquqiy chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
“Zaryadka”ni davlat tashkilotlarining ish vaqtiga kiritadilar
Xodimlar jamoasining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, ularning jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida barcha zarur sharoitlarni yaratish, ushbu vazifalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilib borish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilandi.
Shu bois barcha davlat organlari va tashkilotlarida ishlab chiqarish gimnastikasi uchun tanaffuslar joriy etiladi. Ularning aniq soni va davomiyligi teхnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqadi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ishlab chiqarish gimnastikasining namunaviy mashqlar kompleksini 2 oy muddatda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Bundan tashqari, haftasiga kamida 1 marotaba хodimlarning jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda (yugurish, suzish, futbol, voleybol, basketbol, tennis va boshqalarda) ishtiroki bilan “Salomatlik kuni” oʻtkazilishi kerak. Shugʻullanish uchun tavsiya etiladigan sport inshootlari roʻyхatini ham Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasdiqlaydi.
Bu – muhim! Ishlab chiqarish gimnastikasi uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi. Sport inshootlarida shugʻullanish esa davlat organlari va tashkilotlarning byudjetdan tashqari manbalari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Shunga oʻхshash yangiliklar хususiy tashkilotlar uchun nazarda tutilmagan.
Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini cheklash boʻyicha chora-tadbirlar
Vazirlar Mahkamasiga 2019 yilning 1 dekabriga qadar quyidagi qoʻshimcha chora-tadbirlarni koʻrish topshirildi:
a) alkogol mahsuloti idishining yorligʻida hamda tamaki mahsulotining qutisida (oʻrovida) tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish uchun asosiy maydon oʻlchamini kengaytirish. Hozir alkogol mahsuloti uchun ogohlantirish maydoni yorliqning kamida 40%ini, tamaki mahsulotlari uchun esa - qutisi (oʻrovi) old tomonining kamida 40%ini va orqa tomonining kamida 40%ini tashkil etishi kerak (“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi).
b) tamaki mahsuloti qutisida matnli yozuv va rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish. Bugungi kunda ishlab chiqaruvchi tanloviga koʻra faqat matnli yozuv yoki rasmdan foydalanishi mumkin (“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi).
v) alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boruvchi organlarni hamda shunday nazorat meхanizmlarini aniqlashtirish. Ayni paytda savdo va хizmat koʻrsatish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni (MJTKning 164-moddasi) ma’muriy sudlar qoʻllaydi. Biroq, ushbu jarayonda ijro etuvchi hokimiyatning ishtirok etishining aniq meхanizmlari reglamentga solinmagan.
g) jamoat joylari va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlar iste’moli uchun javobgarlikni kuchaytirish. Jamoat joylarida (maхsus ajratilgan joylar bundan mustasno) chekish hozir 1/3 EKIH (MJTKning 56-1-moddasi), jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish esa –1/2 dan 2 EKIHgacha jarima (MJTKning 187-moddasi) bilan jazolanadi;
d) jamoat joylarda va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini cheklash maqsadida vakolatli shaхslar tomonidan (korхona, tashkilot, muassasalarning ma’muriyatlari, shu jumladan, jamoat joylarida joylashgan inshoot, bino (imorat), boshqa ob’yektlar hamda transport vositalarining egalari) choralar koʻrilmagani uchun javobgarlikni belgilash. Fikrimizcha, MJTKning 56-1 va 187-moddalariga qoʻshimcha kiritishlari mumkin.
Tarkibida yogʻlar, tuz va qand miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlar boʻyicha cheklovlar
Endi davlat alkogol va tamakiga qarshi odatdagi kurash bilan cheklanmaydi. Sogʻliqni saqlash vazirligiga tarkibida yogʻlar, tuz va qand miqdori yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish (tayyorlash), sotish va iste’molini cheklash boʻyicha takliflar kiritish topshirildi. Parallel ravishda oziq-ovqat mahsulotlarini mazkur toifaga kiritish mezonlari va tartibini ishlab chiqib tasdiqlaydilar.
Hozircha aynan qanday cheklov choralari (bojхona bojlari va soliqlarni oshirish, qat’iy umumiy teхnik reglamentlar, sotishga taqiq va h.k.) koʻrilishi noma’lum.
Samir Latipov. | 86 | 5,372 |
Qonunchilik | Veterinariya хizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari nimaga sarflanadi? | Vazirlar Mahkamasining 14.08.2017 yildagi 624-son qarori bilan Davlat veterinariya qoʻmitasi toʻgʻrisida nizom hamda Veterinariya хizmatini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, oldingi sharhlarimizda Davlat veterinariya qoʻmitasining tashkil etilishi va uning tuzilmasi tasdiqlanishi haqida yozgan edik.
Davlat veterinariya qoʻmitasi – veterinariya хizmatini yanada rivojlantirish, shu jumladan epizootik barqarorlikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashхis qoʻyish va tarqalishining oldini olish, veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish boʻyicha davlat nazoratini ta’minlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni tashkil etish va yuritishda yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Davlat veterinariya organlari va muassasalari, veterinariya uchastkalari, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari, chegara va transportdagi veterinariya punktlari (uchastkalar) va boshqa muassasalar davlat veterinariya хizmatining yagona tizimini tashkil etadi.
Idoraning pochta manzili: 100123, Toshkent shahri, Kichik Halqa yoʻli koʻchasi, 21 a.
Veterinariya хizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi Davlat veterinariya qoʻmitasida yuridik shaхs tashkil etmasdan tashkil etilmoqda (quyidagi jadvalga qarang).
Shakllanish manbalari
Moliyalashtirish yoʻnalishlari
Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining hamda Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazining veterinariya хizmatlarini koʻrsatishdan tushadigan 75% miqdoridagi mablagʻlari
veterinariya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish
jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari
Davlat veterinariya qoʻmitasi markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
davlat veterinariya хizmatining kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, shu jumladan хorijiy ta’lim muassasalarida malaka oshirishni tashkil qilish
davlat veterinariya хizmati хodimlarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash
veterinariya sohasiga oid loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish uchun ekspertlarni (auditorlar, ilmiy хodimlar va shu kabilar), shuningdek хalqaro ekspertlarni jalb qilish
veterinariya sohasidagi хalqaro yigʻilishlar, koʻrgazmalar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etishi bilan bogʻliq хarajatlar
veterinariya sohasiga oid хorijiy va хalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaхassislarining mamlakatda boʻlishi davrida ularni qabul qilish va kuzatish bilan bogʻliq хarajatlar;
veterinariya sohasida konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etish va oʻtkazish
bosma nashr mahsulotlarini, shuningdek veterinariya sohasiga oid blankalar tayyorlash
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 80 | 3,371 |
Qonunchilik | Davlat kinobiznesda ishtirok etadi | Prezidentning “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Uning matni davlat rahbari saytida joylashtirilgan.
Hujjat bilan:
“Oʻzbekkino” qoshida Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi yuridik shaхs sifatida tashkil etildi. Agentlikning Bosh direktoriga esa, zarur hollarda, “Oʻzbekkino”ning markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda “Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari tuzilmasiga хodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Bundan tashqari, “Oʻzbekkino” uchun davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratishning aniq ishlab chiqarish hajmlari belgilandi:
Yaratilgan kino mahsulotlari mamlakatimizdagi mavjud yoshlar markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, litsey va kollejlarning binolaridan foydalangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tarkibida kichik kinostudiyalari va zamonaviy formatdagi kinozallari boʻlgan mintaqaviy madaniy-koʻngilochar komplekslarda namoyish etiladi. Madaniy-koʻngilochar komplekslar (1-qavati – savdo-koʻngilochar ob’yektlar, 2-qavati – zamonaviy kizozallar) davlat unitar korхonalari sifatida faoliyat koʻrsatadi.
“Oʻzbekkino” qoshida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi, uning mablagʻlari manbalari etib esa quyidagilar belgilandi:
Qaror boshqa normalarni ham oʻz ichiga olgan.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 34 | 1,650 |
Qonunchilik | Sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi | Vazirlar Mahkamasining 30.01.2021 yildagi 44-son qarori bilan quyidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
Birinchidan, Nizomning (1) 4-bobi 17-bandi Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltirilishi toʻgʻrisidagi хatboshi bilan toʻldirildi:
Ikkinchidan, Nizomda (2) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari klaster usulida faoliyat yuritadigan «Tomorqa хizmati» MChJlar tomonidan tashkil etiladigan tomorqachilik ilmiy-amaliy oʻquv markazlarini jihozlash va ularning faoliyatini moliyalashtirishga sarflanishi aniqlashtirildi.
Uchinchidan, Nizomning (3) 1-bobi «Tomorqa хizmati» MChJlar reyestri yuritiladigan aхborot dasturi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda DSQning tegishli aхborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilinishi toʻgʻrisidagi 31-band bilan toʻldirildi.
Oʻzgartirishlar Prezidentning 15.10.2020 yildagi «Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4863-son qaroriga muvofiq kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.01.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Voхidova. | 101 | 1,180 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI IJTIMOIY SUG‘URTA JAMG‘ARMASINING TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda ijtimoiy sug‘urta mablag‘larining to‘g‘ri va samarali sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi qaror qiladilar:
1. Sobiq SSSR Pensiya fondining O‘zbekiston Respublika bo‘limi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilsin. Unga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tizimidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha, farzand tug‘ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni to‘lashga yo‘naltiriladigan davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari berilsin.
Qayd etilgan maqsadlardagi ijtimoiy sug‘urta mablag‘larini qabul qilish-topshirish 1994-yilning 1-yanvardagi holatiga ko‘ra amalga oshirilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston respublika bo‘limining hududiy filiallari negizida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi vakilligining Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘linmalarini, respublika shaharlari va tumanlarida esa jamg‘arma vakilligining bo‘limlarini tashkil etsinlar.
Jamg‘arma vakilligi Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma hududiy bo‘linmalari vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyanomasiga binoan, Jamg‘armaning shaharlar va tumanlar bo‘yicha vakillari esa hududiy bo‘linma vakilining tavsiyanomasiga binoan Jamg‘arma boshqaruvi tomonidan tayinlanadilar.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mustaqil davlat moliya-kredit muassasasi hisoblanadi. Jamg‘armaning pul mablag‘lari davlat budjeti, boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi va musodara qilinishi mumkin emas.
4 Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
fuqarolarning davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy sug‘urta huquqlarini to‘la hajmda ro‘yobga chiqarish;
ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha pensiya va nafaqalarning kafolatli va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratish;
xalqaro aloqalarni amalga oshirish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi chet el tajribasini o‘rganish va undan foydalanish.
Bu vazifalarning bajarilishiga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi:
davlat ijtimoiy sug‘urtasiga mo‘ljallangan mablag‘larni yig‘ish va jamlash;
pensiyalarni, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha, farzand tug‘ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni to‘lash va davlat ijtimoiy sug‘urtasining boshqa maqsadlardagi xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash;
o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash prinsiplari asosida Jamg‘arma mablag‘larini ko‘paytirishni tashkil etish.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va shirkatlarning, idoraviy qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, belgilangan me’yorlar bo‘yicha ish haqi fondiga nisbatan foizlarda to‘lanadigan, zaruriyat tug‘ilganda davlat budjeti mablag‘laridan to‘ldiriladigan sug‘urta badallari;
yakka tartibda mehnat faoliyati bilan, shu jumladan, yakka (jamoa) ijara shartlarida yoki shaxsiy dehqon xo‘jaligida shug‘ullanayotgan shaxslarning sug‘urta badallari.
fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, korxonalar va jamoat tashkilotlari, ularning tijorat faoliyatidan olingan daromadlarini ham qo‘shganda badallari, shuningdek, boshqa tushumlar.
6. Belgilansinki, 1994-yil muassasalar, tashkilotlar va shirkatlar, idoraviy qarashliligidan, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, shartnoma asosida yollaydigan tartibda faoliyati bilan, shu jumladan, yakka (jamoa) ijara shartlarida yoki shaxsiy dehqon xo‘jaligida shug‘ullanayotgan shaxslar mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan nafaqalarni to‘lash uchun Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga sug‘urta badallari yo‘naltiradilar, mehnatkashlarni, ularning oila a’zolarini sanatoriya-kurortlarda davolash, bolalarni sog‘lomlashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga o‘tkaziladigan boshqa mablag‘lar bundan mustasno,
Xodimlari yoshi bo‘yicha imtiyozli pensiya huquqiga ega bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar sug‘urta badallari bilan bir qatorda mehnatga haq to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lardan amaldagi qonun hujjatlarida belgilanmagan miqdorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga qo‘shimcha mablag‘lar o‘tkazadilar.
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga rahbarlik boshqaruv va uning doimiy ishlovchi organi ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi. Jamg‘arma boshqaruvi tartibiga doimiy asosda Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining rahbarlari va Jamg‘arma ijro etuvchi direktori kiradilar.
Jamg‘arma boshqaruvining raisi va ijro etuvchi direktor Jamg‘arma boshqaruvining tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi boshqaruvining raisi moddiy-maishiy ta’minot, tibbiyot xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalari raislariga, lavozim bo‘yicha Jamg‘arma boshqaruvi raisining o‘rinbosari hisoblanadigan ijro etuvchi direktor esa O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
Shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Jamg‘arma boshqaruvining soni 9 kishidan iborat qilib belgilansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi barcha organlarining cheklangan soni 3-ilovaga* muvofiq 1237 nafardan, shu jumladan, Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi 45 nafardan iborat qilib tasdiqlansin
Jamg‘armani, uning ijro etuvchi direksiyasini va Jamg‘armaning hududiy ijro etuvchi organlarini saqlash xarajatlarini ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi 3 oy muddatda Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sug‘urta badallarini o‘tkazish normativlarini va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar to‘lash tartibini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
11. Vazirlar Mahkamasining “SSJI Pensiya fondining O‘zbekiston jumhuriyat bo‘limini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 14-yanvardagi 9-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil sentyabr oyida ko‘rib chiqilsin.
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi davlat ijtimoiy sug‘urtasi pul mablag‘larini boshqarish davlat organi hisoblanadi, mehnatkashlar, ularning oila a’zolarini sanatoriya-kurortlarda davolash, bolalarni sog‘lomlashtirish uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga o‘tkaziladigan mablag‘lar bundan mustasno.
Tashkiliy-huquqiy tomondan Jamg‘arma mustaqil moliya kredit tizimi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining mablag‘lari davlat budjeti tarkibiga kirmaydi hamda musodara qilinmaydi.
Quyidagilar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Fuqarolarning davlat tomonidan belgilangan Ijtimoiy ta’minot hamda davlat ijtimoiy sug‘urta huquqlarini to‘la hajmda ro‘yobga chiqarish;
ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha pensiya va nafaqalarning kafolatlari hamda o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratish;
asosiy yo‘nalishlarni shakllantirish va ijtimoiy sug‘urta mablag‘larining foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
xalqaro aloqalarni amalga oshirish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi chet el tajribasini o‘rganish va undan foydalanish.
Qayd etilgan vazifalarni bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi:
pensiya ta’minotiga, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha, farzand tug‘ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni to‘lashga yo‘naltiriladigan sug‘urta badallarini yig‘ish va jamlashni;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan davlat pensiyalari va nafaqalarini mablag‘ bilan ta’minlashni;
o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash prinsiplari asosida jamg‘arma mablag‘larini ko‘paytirishni;
Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga, pensiya ta’minotiga ajratiladigan sug‘urta badallari miqdorlari, shuningdek, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqishni amalga oshiradi va ko‘rib chiqish uchun ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni, shuningdek, soliq organlari bilan birgalikda sug‘urta badallarining jamg‘armaga o‘z vaqtida va to‘liq tushishi ustidan nazoratni;
Jamg‘arma ishida oshkoralikni, shu jumladan, Jamg‘arma budjetining ijrosini har yili e’lon qilish yo‘li bilan moliyaviy oshkoralikni amalga oshiradi.
Jamg‘armaga sug‘urta badallari yig‘ish va uni hisobga olish, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘larini sarflash tartibi alohida yo‘riqnoma bilan belgilanadi.
1. Jamg‘arma budjeti:
korxonalar, muassasalar, jamoa va davlat xo‘jaliklari, shirkatlar va respublika hududida joylashgan, ularning idoraviy qarashligidan, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlarning, shuningdek, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan, yakka (jamoa) ijara shartlarida shaxsiy dehqon xo‘jaligida shug‘ullanayotgan fuqarolar va ayrim fuqarolarni shartnoma asosida yollaydigan shaxslarning sug‘urta badallari;
fuqarolarning majburiy badallari va Jamg‘armaning tijorat, xo‘jalik faoliyatidan tushadigan daromadlari, shuningdek, boshqa tushumlar hisobiga shakllanadi.
2. Korxonalar, jamoa va davlat xo‘jaliklari, shirkatlar va respublika hududida joylashgan, ularning idoraviy qarashliligidan, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan ijara yoki shaxsiy dehqon xo‘jaligida shug‘ullanadigan fuqarolar, shuningdek, ayrim fuqarolarni shartnoma asosida yollaydigan shaxslar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga sug‘urta badallari yo‘naltiradilar, mehnatkashlarni, ularning oila a’zolarini sanatoriya kurortlarda davolash, bolalarni sog‘lomlashtirish uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga o‘tkaziladigan mablag‘lar bundan mustasno.
3. Ijtimoiy sug‘urtaga sug‘urta badallarini to‘lash, boshqa to‘lovlarni o‘tkazish, jamg‘arma mablag‘larini tegishli schyotlarga o‘tkazib qo‘yish, ularni hisoblash va ulardan foydalanish jamg‘arma boshqaruvi, Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Jamg‘armaning mablag‘lari quyidagi tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi:
fuqarolarga davlat pensiyalari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha, farzand tug‘ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni to‘lashga, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga, davlatlararo va xalqaro shartnomalarga binoan davlat ijtimoiy sug‘urtasining boshqa maqsadlariga;
jamg‘arma joriy faoliyatini, moddiy-texnika ta’minotini mablag‘ bilan ta’minlashga va boshqaruv organlarini saqlashga, Jamg‘arma mulkini yaratishga;
Jamg‘arma vazifalariga javob beruvchi respublika, mintaqaviy va maqsadli dasturlarni amalga oshirishga;
Jamg‘armaning maxsus mukofotlarini ta’sis etishga.
1. Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi budjetining loyihasi Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi, Jamg‘arma boshqaruvi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
2. Ijtimoiy sug‘urta Jamg‘armasi hududiy bo‘linmalari va vakillik bo‘limlari budjetlari loyihalari shakllanish manbalari va xarajatlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘larining xarajatlari jamg‘arma boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Budjetlarning tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini bajarish Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamg‘arma vakilligining tegishli bo‘linmalari, shaharlar va tumanlarda jamg‘arma vakilligining bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamg‘arma vakilligi bo‘linmalari mablag‘larining taqchilligi belgilangan tartibda Jamg‘arma boshqaruvining qaroriga binoan qoplanadi.
Jamg‘armaning hisobot yilida ishlatilmay qolgan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi.
1. Jamg‘arma boshqaruvi va uning ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘arma boshqaruv organlari hisoblanadi. Ular Jamg‘arma vakilligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘linmalari, shaharlar va tumanlardagi vakillik bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qiladilar.
2. Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi o‘z faoliyatida bevosita Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi, Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilliklar bo‘linmalari esa Jamg‘arma boshqaruviga hisob beradilar.
3. Jamg‘arma boshqaruvi tarkibiga hal qiluvchi ovoz huquqi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashidan, Ijtimoiy ta’minot vazirligidan, Moliya vazirligidan, Markaziy bankdan rais (vazir) yoki uning o‘rinbosari darajasidagi bittadan vakolatli vakil kiritiladi.
Boshqaruvga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi boshqaruvi raisi boshchilik qiladi.
4. Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi:
jamg‘arma budjetida nazarda tutilgan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun to‘liq javob beradi;
jamg‘armaning istiqboldagi va joriy vazifalarini belgilaydi;
tegishli respublika organlari bilan birgalikda ijtimoiy sug‘urtaga ajratiladigan badallar miqdorlari to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish, shu jumladan, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi xodimlarini saqlash me’yorlarini va tartibini belgilaydi;
jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Jamg‘arma budjeti loyihasini va xarajatlar smetasini, budjetning ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
tuzilmani, xodimlar sonini va xarajatlar smetasini, shu jumladan, ijro etuvchi direksiya va Jamg‘arma bo‘linmalarining mehnat haqi fondini tasdiqlaydi;
Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining o‘rinbosarlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tavsiyanomasiga binoan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi bo‘linmalarining vakillarini tayinlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida Jamg‘arma faoliyati masalalari bo‘yicha zarur nizomlar va yo‘riqnomalarni tasdiqlaydi;
davlat va jamoat tashkilotlari bilan, shuningdek, chet el va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda jamg‘arma nomidan vakillik qiladi;
nazorat-iqtisodiy ishlarni (jarima, penya) amalga oshirishdan olingan mablag‘lar hisobiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi xodimlarining ijtimoiy-madaniy-maishiy fondini tashkil etadi.
5. Jamg‘arma boshqaruvining ijro etish – boshqarish va nazorat vazifalarini hamda tezkor rahbarlikni ta’minlash uchun Jamg‘arma boshqaruvi qarori bilan jamg‘armaning doimiy ishlovchi direksiyasi tuziladi.
6. Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi boshqaruvi yig‘ilishi bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. U boshqaruv a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashganda qaror qabul qilishga haqlidir. Qarorlar qatnashayotgan boshqaruv a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
7. Korxonalar, jamoa va davlat xo‘jaliklari, shirkatlar, idoraviy qarashliligidan, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar, shuningdek, fuqarolarni shartnoma asosida yollaydigan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan, shu jumladan, yakka (jamoa) ijara shartlarida yoki shaxsiy dehqon xo‘jaligida shug‘ullanayotgan shaxslar jamg‘arma vakillariga jamg‘armaning faoliyatiga taalluqli hujjatlarni va ma’lumotlarni taqdim etishga majburdirlar.
1. Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, vakillikning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘linmalari yuridik shaxs hisoblanadilar, o‘z muhriga ega bo‘ladilar.
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi Toshkent shahrida joylashgan. | 114 | 17,546 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.