folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Kasaba uyushmalari to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqini amalga oshirish, shuningdek kasaba uyushmalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qonunchilikda ushbu Qonunni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, ichki ishlar organlarida, Davlat xavfsizlik xizmatida, Milliy gvardiyasida va boshqa harbiy tuzilmalarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanishi mumkin.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
kasaba uyushmasi — fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi;
boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti — bir yoki bir nechta ish beruvchida ishlaydigan yoki tegishli ta’lim muassasasida o‘qiydigan kasaba uyushmasi a’zolarining tegishli kasaba uyushmasi ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy birlashmasi;
kasaba uyushmalarining birlashmasi — xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilishda harakatlarning muvofiqlashtirilishiga va birligiga erishish maqsadida tarmoqqa doir, hududiy yoki kasbiy o‘ziga xoslikni hisobga oluvchi boshqa belgi bo‘yicha tuziladigan ixtiyoriy birlashma;
kasaba uyushmasining bo‘linmasi — kasaba uyushmasining ustaviga muvofiq tashkil etiladigan, tegishli hududda uning vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini amalga oshiradigan bo‘linma.
Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ta’lim olayotgan, o‘n besh yoshga to‘lgan shaxslar (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) hech qanday tafovutsiz o‘z tanloviga ko‘ra va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti bilan a’zo bo‘lish huquqiga egadir.
Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
ixtiyoriylik;
kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish;
teng huquqlilik;
oshkoralik va ochiqlik.
Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Fuqarolar o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun o‘z tanloviga ko‘ra ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish, ularga a’zo bo‘lish, kasaba uyushmasi faoliyati bilan shug‘ullanish va kasaba uyushmalariga a’zolikdan chiqish huquqiga ega.
Kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish va a’zolikdan chiqish, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin kasaba uyushmasiga a’zolikni saqlab qolish tartibi va shartlari tegishli kasaba uyushmasining ustavi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga, shuningdek ularni kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lishga yoki a’zolikdan chiqishga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kasaba uyushmalariga mansublik yoki mansub emaslik fuqarolarning qonunchilikda kafolatlanadigan mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini biror-bir tarzda cheklashga sabab bo‘lmaydi. Ishga qabul qilishni, ishda ko‘tarilishni, shuningdek xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni muayyan kasaba uyushmasiga mansublik, unga a’zo bo‘lish yoki a’zolikdan chiqish bilan bog‘liq qilib qo‘yish taqiqlanadi.
Xodimning kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmasligiga yoki a’zolikdan chiqishiga doir yozma yoki og‘zaki majburiyatlari haqiqiy emas.
O‘zini kasaba uyushmasiga mansubligi yoki mansub emasligi belgisiga qarab kamsitilgan deb hisoblovchi shaxs kamsitishni bartaraf etish, yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatida, shu jumladan moliyaviy faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqildir, ular oldida hisobdor emas hamda ular tomonidan nazorat qilinmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda o‘z ustavlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tashkiliy tuzilmasini belgilaydi, kasaba uyushmasi organlarini saylaydi, o‘z faoliyatini tashkil etadi, yig‘ilishlar, shuningdek boshqa tadbirlar o‘tkazadi.
Kasaba uyushmalarining barcha a’zolari ushbu Qonunda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, kasaba uyushmalarining ustavlarida yoki lokal hujjatlarida belgilangan o‘z huquq va majburiyatlari borasida tengdir.
Kasaba uyushmalari tarmoqqa mansubligidan, hududiy joylashuvidan, kasaba uyushmalari birlashmasidagi ishtirokidan yoki boshqa belgisidan qat’i nazar teng huquqlarga ega.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyati oshkora va ochiqdir. Kasaba uyushmalari tomonidan qabul qilinadigan ustavlar va nizomlar ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmog‘ida, shu jumladan kasaba uyushmalarining rasmiy veb-saytlarida albatta e’lon qilinishi lozim.
Davlat kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilar kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining huquqlariga rioya etilishini ta’minlaydi. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyatiga aralashishga, shu jumladan ularning faoliyati to‘g‘risida biror-bir hujjat taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyatini davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilar tashabbusiga ko‘ra tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat kasaba uyushmalari faoliyatini subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shaklida qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Davlat kasaba uyushmalari faoliyatini qonunchilikka muvofiq boshqa tarzda ham qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Kasaba uyushmalarining mulki daxlsizdir va u qonun bilan qo‘riqlanadi. Kasaba uyushmalarining mol-mulki natsionalizatsiya, rekvizitsiya va musodara qilinmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Quyidagilarga intizomiy jazo berilishi mumkin emas:
kasaba uyushmasi organi tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga — shu organning roziligisiz;
tashkilot bo‘linmalaridagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga — tegishli kasaba uyushmasi organining roziligisiz;
tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga — tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligisiz.
Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, ular a’zo bo‘lgan kasaba uyushmasi organining roziligi oldindan olingan holda yo‘l qo‘yiladi, tashkilot kasaba uyushmasi organining raisi bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga esa bundan tashqari tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining shunday roziligi olingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Kasaba uyushmalari organlarining ishlab chiqarishdagi o‘z ishidan ozod etilmagan a’zolariga jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan shartlarga ko‘ra mehnat jamoasining manfaatlarini ko‘zlab jamoatchilik vazifalarini bajarishi, shuningdek kasaba uyushmasining yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘qishi uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda vaqt beriladi.
Kasaba uyushmalari organlarining a’zolari ishlab chiqarishdagi ishidan kasaba uyushmalari tomonidan chaqiriladigan qurultoylarda, konferensiyalarda delegat sifatida, shuningdek kasaba uyushmalarining plenumlari va rayosatlari ishida ishtirok etish vaqtiga ozod qilinib, ularga kasaba uyushmasining mablag‘lari hisobidan o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.
Kasaba uyushmasining ustavida nazarda tutilgan hollarda tashkilotlarda kasaba uyushmasining tashkilotchilari yoki kasaba uyushmasi guruhlarining tashkilotchilari saylanishi mumkin, ularga nisbatan ushbu moddada nazarda tutilgan kafolatlar tatbiq etiladi.
Kasaba uyushmalari organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan xodimlarga ularning saylov vakolatlari tugaganidan so‘ng avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmagan taqdirda esa o‘sha tashkilotda yoki xodimning roziligi bilan boshqa tashkilotda avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlarga tegishli ish (lavozim) berish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ular qonunchilikda, jamoa shartnomalarida, kelishuvlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi.
Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra intizomiy jazo berishga, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga, shuningdek kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylov vakolatlari tugaganidan keyin ikki yil ichida ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmasdan turib yo‘l qo‘yilmaydi.
Ish beruvchi:
kasaba uyushmalarining huquqlariga rioya etishi, ularning faoliyatiga ko‘maklashishi;
xodimlarning manfaatlariga daxldor qarorlar qabul qilinguniga qadar kasaba uyushmalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida va normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda esa ularning roziligini olishi;
kasaba uyushmalarining takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi va ularga qabul qilingan qarorlar haqida yozma shaklda, sabablarini ko‘rsatgan holda xabar qilishi;
kasaba uyushmalari organlari vakillarini ular manfaatlarini ifoda etayotgan xodimlarning ish joylariga moneliksiz kiritishi;
kasaba uyushmalariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha zarur axborotni bepul taqdim etishi;
kasaba uyushmalariga o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash;
kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan shaxslarga kasaba uyushmalariga oid majburiyatlarini ish vaqtida bajarishi uchun vaqt berishi. Bunda kasaba uyushmalariga oid majburiyatlarni bajarish vaqti ish haftasi soatlari sonining 30 foizidan kam bo‘lmasligi kerak;
kasaba uyushmalariga jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilangan maqsadlar uchun va miqdorlarda mablag‘lar o‘tkazishi;
kasaba uyushmasining a’zolari bo‘lgan xodimlarning yozma arizalari mavjud bo‘lganda kasaba uyushmasining tegishli hisobvarag‘iga xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan kasaba uyushmasiga a’zolik badallarini, agar jamoa shartnomasida, kelishuvida shunday qoida nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘z vaqtida o‘tkazishi shart.
Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatini jamoat birlashmasi shaklidagi yuridik shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiradi.
Kasaba uyushmalari bir yoki bir nechta tashkilot xodimlarining tashabbusiga ko‘ra tashkil etiladi.
Kasaba uyushmalarining bo‘linmalari, boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari yuridik shaxs maqomi bilan yoki yuridik shaxs maqomisiz tashkil etilishi mumkin. Kasaba uyushmalari o‘z boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining, shu jumladan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining hisobini yuritadi.
Kasaba uyushmalari adliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilar kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini tashkil etish tashabbuskorlari, shuningdek ularning rahbar organlari a’zolari bo‘lishi mumkin emas.
Kasaba uyushmasini, kasaba uyushmalari birlashmasini tashkil etish tashabbuskorlari qurultoyni (konferensiyani) yoki umumiy yig‘ilishni chaqiradi, unda ustav qabul qilinadi, shuningdek rahbar organlar tuziladi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan bo‘linmalari hamda boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tashkil etilgan hisoblanadi.
Kasaba uyushmasining, kasaba uyushmalari birlashmasining ustavida quyidagilar nazarda tutiladi:
nomi, maqsad va vazifalari;
tashkiliy-huquqiy shakli, faoliyat qaysi hudud doirasida amalga oshirilsa, o‘sha hudud;
birlashayotgan xodimlarning toifalari va kasbiy guruhlari;
kasaba uyushmasi, kasaba uyushmalari birlashmasi a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish (chiqarish) shartlari;
a’zolik badallarini to‘lash tartibi va ularning miqdorlari;
a’zolarning huquq va majburiyatlari;
tuzilmasi va rahbar organlari, zarur bo‘lgan taqdirda nazorat-taftish organlari;
kasaba uyushmalari organlarining vakolati va ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari muddatlari, doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi rahbar organining joylashgan eri;
pul mablag‘larini va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, shuningdek ularni boshqarish tartibi;
a’zolar oldida hisobot berish tartibi va muddatlari;
qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
ustavga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi.
Kasaba uyushmasi, kasaba uyushmalari birlashmasi ustavida ularning ramzlari tavsifi bo‘lishi mumkin.
Ustavda kasaba uyushmasi, kasaba uyushmalari birlashmasi faoliyatiga taalluqli bo‘lgan, qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Kasaba uyushmalari birlashmasi ustavining talablari kasaba uyushmalari birlashmasi a’zolari bo‘lgan kasaba uyushmalari uchun majburiydir.
Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan bo‘linmalarini va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari bayroqqa, timsolga, ramziy bayroqqa va boshqa ramzlarga ega bo‘lishi mumkin. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining ramzlari davlat ramzlari bilan bir xil bo‘lmasligi kerak.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining ramzlari ularning rahbar organi tomonidan ustavga muvofiq tasdiqlanadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, bo‘linmalarini va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini qayta tashkil etish ustavda belgilanadigan ular rahbar organining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining faoliyatini tugatish ular rahbar organining qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining faoliyati ma’muriy tartibda tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi mumkin emas.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘z mulkida binolarga, inshootlarga, turar joylarga va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga, asbob-uskunalarga, inventarlarga, pul mablag‘lariga, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga, qimmatli qog‘ozlarga va boshqa mol-mulkka ega bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmasining bo‘linmasi, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti tegishli kasaba uyushmasi yoki uning bo‘linmasi yoxud ularning arizasiga ko‘ra ish beruvchi tomonidan o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochiladigan maxsus bank hisobvarag‘iga ega bo‘lishga, mazkur hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini erkin tasarruf etishga haqli. Kasaba uyushmasi tashkilotining maxsus hisobvarag‘idan ish beruvchining majburiyatlari bo‘yicha undiruvga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining ish beruvchilar birlashmalariga (ittifoqlariga, uyushmalariga) va siyosiy partiyalarga biror-bir moliyaviy yordam ko‘rsatishi taqiqlanadi.
Quyidagilar kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining mol-mulkini shakllantirish manbalari bo‘lishi mumkin:
a’zolik badallari;
ixtiyoriy mulkiy badallar va xayriyalar;
tadbirkorlik faoliyatidan tushgan tushumlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari mol-mulkining manbalari, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi ularning ta’sis hujjatlarida belgilanadi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining mol-mulkini shakllantirish manbalaridan olingan mablag‘lardan ularning ta’sis hujjatlarida belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘z ta’sis hujjatlarida belgilangan tegishli maqsad hamda vazifalari doirasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘z ta’sis hujjatlarida belgilangan maqsad hamda vazifalariga muvofiq belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, tijorat tashkilotlarini tashkil etish, noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish, turli jamg‘armalar shakllantirish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari aholi bandligini ta’minlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga da’vo arizasi, shuningdek sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari majburiy tartibda tegishli kasaba uyushmasi yoki kasaba uyushmalari birlashmasi bilan kelishib olinishi shart.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari manfaatlari ular tomonidan ifoda etilayotgan xodimlar nomidan jamoa muzokaralarini olib borishga, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishga bo‘lgan ustuvor huquqqa egadir.
Ish beruvchining vakili bo‘lgan shaxslarning xodimlar nomidan jamoa muzokaralarini olib borishi hamda jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishi taqiqlanadi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari davlat bandlik dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, bandlikni ta’minlash, shu jumladan yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish va mavjudlarini saqlab qolish, tashkilotlarning faoliyatini yaxshilash, xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod etilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni taklif etish huquqiga ega.
Ish beruvchi xodimlarning manfaatlarini ifoda etuvchi tegishli kasaba uyushmasiga yoki kasaba uyushmalari birlashmasiga xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod etilishi ehtimoli to‘g‘risida o‘z vaqtida, kamida ikki oy oldin axborot taqdim etadi va ishdan ozod etish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish haqidagi takliflarni mahalliy davlat hokimiyati organlari ko‘rib chiqishi uchun kiritish huquqiga ega.
Jamoa shartnomasida yoki kelishuvida nazarda tutilgan hollarda, tegishli kasaba uyushmasining yoki boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining oldindan roziligini olmasdan turib mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari insonning munosib hayot kechirishini va erkin rivojlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni shakllantirishda, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini va tirikchilik uchun zarur bo‘lgan narsalarning eng kam miqdorini belgilashda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tashkilotlarni qayta tashkil etish yoki tugatish chog‘ida tugatish komissiyalarining ishida ishtirok etishga haqli.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘z ustav faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlaridan, ularning mansabdor shaxslaridan, ish beruvchilardan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlari masalalari yuzasidan bepul axborot olish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari mehnatni muhofaza qilish sohasida:
tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari haqida axborot olish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etish;
xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib turish to‘g‘risida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilishlarini bartaraf etish haqida ish beruvchiga takliflar kiritish;
mehnatni muhofaza qilishning holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilishga doir majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish;
loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va foydalanilayotgan ishlab chiqarish obyektlarida mehnat sharoitlarining xavfsizligi ekspertizasida, shuningdek loyihalashtirilayotgan va foydalanilayotgan ishlab chiqarish vositalarining xavfsizligi ekspertizasida ishtirok etish;
ishlab chiqarish obyektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinovlardan o‘tkazish hamda foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalarning ishida mustaqil ekspertlar sifatida ishtirok etish;
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat etish;
xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda xodimlarning sog‘lig‘i va mehnatini muhofaza qilishga bo‘lgan huquqlari kamsitilgan boshqa hollarda xodimning huquqini himoya qilib sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari ish beruvchilar tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ish o‘rinlarida amalga oshirish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari qonunchilikda tashkil etilishi hamda faoliyat ko‘rsatishi tartibi belgilanadigan mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalarning ishida ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yuridik hamda boshqa xizmatlarni tashkil etishi, shuningdek shartnoma asosida tegishli mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tashkilotlarning rahbarlariga hamda boshqa mansabdor shaxslariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritishga, shuningdek tashkilotlarning rahbarlariga mazkur qoidabuzarliklarda aybdor bo‘lgan shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnomalar kiritishga haqli.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi talablar bo‘yicha da’volar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish chog‘ida sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari O‘zbekiston Respublikasining xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan xalqaro shartnomalarini tuzishda hamda ularning ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari tegishli davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining, ish beruvchilarning xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ijro etilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishga haqli.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga, tashkilotlariga a’zo bo‘lish huquqiga ega.
Davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining, ish beruvchilarning:
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ijrosini ta’minlashga;
jamoa shartnomalari va kelishuvlarini bajarishga, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan loyihalar hamda dasturlarni ro‘yobga chiqarishga doir faoliyati jamoatchilik nazorati obyektidir.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga, ish beruvchilarga, ularning birlashmalariga (ittifoqlariga, uyushmalariga) arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, ularga so‘rovlar yuborishga haqli.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari olingan axborotni davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining), tashkilotlar kollegial boshqaruv organlarining vakillari ishtirokida muhokama qilishga haqli.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnomalarni hamda boshqa hujjatlarni davlat organlaridan so‘rab olishga, shuningdek so‘ralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini berishi shart bo‘lgan tashkilotlardan so‘rab olishga haqli.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, bo‘linmalarining, boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining axborotga bo‘lgan huquqi, agar mazkur axborot qonunda belgilangan tartibda shaxsga doir ma’lumotlar yoxud davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, cheklanishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining) ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lib, mazkur organlar o‘z ochiq hay’at majlislarida ularning ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqilayotganda kasaba uyushmalarining eng ommaviy birlashmasi vakili taklif etiladi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, davlat organlari, ish beruvchilar, ularning birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari) qarorlari loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarish bo‘yicha davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining, ish beruvchilarning faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalarni muhokama qilish maqsadida jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazishi mumkin.
Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarish bo‘yicha ish beruvchilarning faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalarni muhokama qilish maqsadida jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazishi mumkin.
Jamoatchilik eshituvlari davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining), fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari va kasaba uyushmalarining a’zolari ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlari ijrosining jamoatchilik monitoringini o‘tkazishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining) qarorlari loyihalarini, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazishi mumkin.
Kasaba uyushmasi, kasaba uyushmalarining birlashmasi normativ-huquqiy hujjat, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasining mazmunidan umuman yoki uning biror-bir qismidan norozi bo‘lgan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni qabul qiluvchi organga tegishli xulosa kiritishga haqli.
Kasaba uyushmasining, kasaba uyushmalari birlashmasining xodimlar huquq va qonuniy manfaatlariga to‘sqinlik qiluvchi yoki ularni cheklovchi normativ-huquqiy hujjatlarga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek bunday hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarurligi to‘g‘risidagi tavsiyalari va yozma so‘rovlari ko‘rib chiqilishi shart bo‘lib, ularni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi asosli xulosalar keyinchalik kasaba uyushmasiga, kasaba uyushmalarining birlashmasiga yuboriladi.
Ish beruvchilarning qarorlari, jamoa shartnomalari va kelishuvlari loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi kasaba uyushmalarining bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining va bo‘linmalarining tuzilmasida kasaba uyushmalarining tegishli inspektorlari faoliyat ko‘rsatadigan inspeksiyalar (bundan buyon matnda kasaba uyushmalarining inspeksiyalari deb yuritiladi) tuzilishi mumkin.
Kasaba uyushmalarining inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tegishli kasaba uyushmasi yoki kasaba uyushmalari birlashmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Kasaba uyushmalarining inspektorlari o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida:
davlat organlaridan, tashkilotlardan, ularning mansabdor shaxslaridan, ish beruvchilardan, ularning birlashmalaridan (ittifoqlaridan, uyushmalaridan) o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnomalarni va boshqa hujjatlarni, statistik ma’lumotlarni hamda boshqa axborotni so‘rash va bepul olish;
sudlarda va mehnat nizolarini ko‘rib chiqadigan boshqa organlarda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun o‘z tashabbusiga ko‘ra yohud xodimlarning iltimosiga binoan vakillar sifatida ishtirok etish;
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida, shuningdek kasaba uyushmasi a’zolarining murojaatlari asosida tashkilotlarga, ish joylariga borish;
xodimlarning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va ularning sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetganligini hamda kasb kasalliklarini tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalarining inspektorlari:
qonunchilik talablariga rioya etishi;
tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasligi;
o‘z vazifalarini amalga oshirish chog‘ida tanishishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish yoki tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmasligi, shu jumladan lavozimidan ketganidan keyin ham oshkor etmasligi;
tegishli kasaba uyushmasi organiga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilishlarini aniqlaganda, shuningdek mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har chorakda axborotni taqdim etishi shart.
Kasaba uyushmalarining inspektorlari tomonidan taqdim etiladigan axborot tegishli kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari tomonidan umumlashtiriladi va ularning rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, zarur bo‘lgan hollarda, boshqa manbalarda har yili, kelgusi yilning 1-mayidan kechiktirmay e’lon qilinishi lozim.
Kasaba uyushmalarining inspektorlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi hamda ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Jamoatchilik nazoratining natijalari bo‘yicha bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma, ko‘rsatma, taqdimnoma shaklidagi yohud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakldagi yakuniy hujjat tayyorlanadi.
Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiyalar va takliflar davlat organlari hamda ish beruvchilar tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilinadi. Davlat organlari va ish beruvchilar ko‘rib chiqish natijalari haqida tegishli kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini xabardor qiladi.
Ish beruvchilar, ularning birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan jamoa shartnomasining, kelishuvining shartlari buzilgan taqdirda, kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ularga bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma yuborishga haqli bo‘lib, taqdimnoma bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi. Bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish rad qilingan yoki belgilangan muddatda kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining buzilishi faktlari aniqlangan taqdirda, kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari materiallarni Davlat mehnat inspeksiyasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishga haqli.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari jamoatchilik nazorati natijalarini e’lon qilishga haqli.
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik — kasaba uyushmalari (kasaba uyushmalarining birlashmalari) timsolida xodimlar, ish beruvchilar (ish beruvchilarning birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), davlat organlari o‘rtasida xodimlarning, ish beruvchilarning va davlatning ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalari bo‘yicha manfaatlarini kelishib olishni ta’minlashga qaratilgan o‘zaro hamkorlikdir.
Kasaba uyushmalari va ish beruvchilar, ularning birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), davlat organlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik teng huquqlilik, vakillarning vakolatliligi, taraflarning manfaatlarini hurmat qilish va hisobga olish, majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi prinsiplari asosida quriladi.
Quyidagilar mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik taraflaridir:
kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari timsolida xodimlar;
ish beruvchilar, ularning birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari);
davlat organlari.
Mehnat munosabatlari tartibga solinishini ta’minlash, jamoa muzokaralarini, maslahatlashuvlarini olib borish, jamoa shartnomalarining va kelishuvlarining loyihalarini tayyorlash, ularni tuzish, shuningdek ularning bajarilishi ustidan teng huquqlilik asosida nazoratni tashkil etish uchun taraflarning qaroriga binoan zarur vakolatlar berilgan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar tuziladi.
Respublika darajasida doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiya tuziladi. Kasaba uyushmalari respublika birlashmalarining, ish beruvchilar respublika birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, manfaatdor vazirliklarning, davlat qo‘mitalari va idoralarning vakillari komissiya a’zolari hisoblanadi.
Tarmoq darajasida doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar tuziladi. Kasaba uyushmalari tarmoq birlashmalarining, ish beruvchilar tarmoq birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining) vakillari, taraflarning taklifi bo‘yicha esa — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hamda boshqa manfaatdor vazirliklarning, davlat qo‘mitalari va idoralarning vakillari ham komissiyalar a’zolari hisoblanadi.
Hududiy darajada doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiyalar tuziladi. Kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining, ish beruvchilar hududiy birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining) vakillari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa manfaatdor davlat organlarining vakillari komissiyalar a’zolari hisoblanadi.
Tashkilotlar darajasida jamoa muzokaralarini olib borish uchun boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotining vakillaridan va ish beruvchining vakillaridan iborat ikki tomonlama komissiyalar tuziladi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ijtimoiy sheriklikni quyidagi shaklda amalga oshirishi mumkin:
jamoa shartnomalari, kelishuvlari loyihalarini tayyorlash va ularni tuzish, shuningdek jamoa shartnomalariga, kelishuvlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha jamoa muzokaralari o‘tkazish;
jamoa shartnomalari va kelishuvlarining bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
tashkilotlarning lokal hujjatlari loyihalarini kelishib olish;
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan taraflarning o‘zaro maslahatlashuvlari;
tashkilotlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat organlari huzuridagi tegishli jamoatchilik kengashlarida ishtirok etish.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ijtimoiy sheriklikda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllarda ham ishtirok etishga haqli.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari ijtimoiy sheriklik doirasida hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishi, ularni tashkil etishi, shuningdek ularda ishtirok etishi mumkin.
Kasaba uyushmalarining faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi 638-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 344-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 639-XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 345-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 320-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 20-modda) I bo‘limi;
4) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-413-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 11, 354-modda);
5) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-522-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 47-modda) 6-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. | 30 | 44,449 |
Qonunchilik | Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi o‘zgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida | Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalari (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi o‘zgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilinsin. | 200 | 189 |
Qonunchilik | XORIJIY SARMOYALARI BO‘LGAN KORXONALAR IShLAB ChIQARADIGAN MAHSULOT EKSPORTINI RAG‘BATLANTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish, xorijiy sarmoyalari bo‘lgan korxonalarning valyuta bilan o‘zini o‘zi qoplash imkoniyatini oshirish, ular tomonidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni hamda eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. 1997-yilning 1-sentabridan boshlab o‘zi ishlab chiqaradigan mahsulotni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qiluvchi xorijiy sarmoyalari bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar va afzalliklar belgilansin:
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj to‘lovlari bekor qilinsin;
xaridorlarga xizmat qiluvchi tijorat banklarining kafolatlari mavjud bo‘lgan hamda amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan valyuta daromadi tushumi muddatlariga rioya etilgan taqdirda o‘z mahsulotini oldindan haq to‘lamasdan va akkreditiv ochmasdan eksport qilish huquqi berilsin;
chet ellarda tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlari hamda ishlab chiqarayotgan mahsulotni reklama qilish maqsadida savdo uylari hamda vakolatxonalari ochib, ularga konsignatsiya shartlari asosida tovarlar yetkazib berishga ijozat berilsin;
korxonalar o‘zi ishlab chiqaradigan eksport mahsulotining kontrakt narxlarini shartnoma asosida mustaqil shakllantirishlari belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning noqonuniy olib chiqib ketilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin, amaldagi qonunlarni buzuvchilarga nisbatan ma’muriy, shu jumladan jinoiy javobgarlik kabi qat’iy choralarni qo‘llasin. | 140 | 1,582 |
Qonunchilik | Kasb-hunar kollejlarida imtihonlar tartibi oʻzgaradi | Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 6 mayda 2011-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Aniqlashtirilishicha, kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlari “Oʻzbekiston tariхi” fani, kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar, malakaviy ish himoyasi (yoki uning oʻrniga kasbiy fanlar majmuasi) boʻyicha imtihonlardan iborat. Endilikda kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy fanlar majmuasi boʻyicha davlat imtihonini topshirishni tanlash huquqiga ega. Ilgari nazarda tutilishicha, kollejlarda davlat imtihonlari gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, kasblar boʻyicha amaliy imtihonlardan iborat edi. Sogʻliqni saqlash sohasiga oid mutaхassisliklarda malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy nazariy va kasbiy amaliy fanlar majmuasi boʻyicha davlat imtihoni oʻtkazilardi.
Shuningdek aniqlashtirilishicha, test topshiriqlari 72 ta savolni oʻz ichiga oladi. Topshiriqlarni bajarish uchun, ilgarigidek, 2 astronomik soat, ya’ni 120 daqiqa beriladi. Javoblar varaqasini toʻldirish uchun esa qoʻshimcha 10 daqiqa beriladi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Qaror 2016 yil 2 sentyabrdan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 52 | 1,712 |
Qonunchilik | Oʻqiganlik, ish staji va ish haqi haqidagi arхiv ma’lumotnomalari – onlayn | 2020 yil 1 iyunga qadar arхiv ishi sohasidagi qator davlat хizmatlarini Davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali koʻrsatishni boshlaydilar (20.09.2019 yildagi PF-5834-son Farmonga qarang).
Bular oʻqiganlikni, ish stajini va ish haqini tasdiqlash haqidagi arхiv ma’lumotnomalarini berish; arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi aхborotlar boʻyicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish, shuningdek arхiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusхa olish).
Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvardan boshlab mazkur sohada ayrim davlat хizmatlarini koʻrsatish muddatlari qisqartiriladi. Chunonchi, хizmat soʻrov yoki rasmiy хat davlat arхiviga kelib tushgan kundan e’tiboran 5 kun ichida:
Kelasi yilning boshidan boshlab davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korхonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatida shakllanadigan boshqaruv (ish yuritish)ga oid, ilmiy-teхnikaviy va boshqa hujjatlarning arхiv saqloviga topshirilishida hamda oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinishida ularning elektron va Milliy arхiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlarining sugʻurta nusхalari talab etiladi.
2021 yil 1 yanvargacha davlat arхivlarida saqlanayotgan fondlarni хatlovdan oʻtkazib, mazkur fondlar haqida tegishli ma’lumotlarni qamrab olgan ma’lumotlar bazasini yaratadilar. Ushbu holda arхiv ma’lumotnomalarini berish yigʻim undirilmagan holda amalga oshiriladi.
Davlat arхivlarida saqlanayotgan 1917 yilgacha arхiv hujjatlari 2020 yil 1 iyungacha maхfiylikdan chiqariladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 74 | 1,737 |
Qonunchilik | “Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2015-yil 31-dekabrdagi 2015-36, 113-son “Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2760, 2016-yil 5-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 5-son, 50-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 213 | 1,881 |
Qonunchilik | Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarorini ijro etish, shuningdek, monopol mahsulotlar ro‘yxati va turlarini tubdan qisqartirish, monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro prinsiplariga o‘tishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsin, narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) o‘rnatish, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasi va narxni tartibga solishning boshqa usullari) faqat:
ushbu qarorga 2-ilovada keltirilgan tovarlarga (xizmatlarga);
tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini (tariflarini) tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar (keyingi o‘rinlarda subyekt deb ataladi) tomonidan sotiladigan, ular bo‘yicha ushbu subyektning ustun mavqeyi e’tirof etilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlar aniqlanishi tartibini nazarda tutadi.
2. Ushbu Nizom talablari narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi) (keyingi o‘rinlarda tovar deb ataladi) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Tovarning monopol yuqori narxi, agar ushbu narx:
bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori bo‘lsa;
asossiz xarajatlarning o‘rnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qo‘shimcha foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilanadigan tovarning narxi hisoblanadi.
Agar tovar narxi birja savdolari yakunlari bo‘yicha shakllangan bo‘lsa, bunday narx monopol yuqori narx deb e’tirof etilmaydi. Bunda, ushbu Nizom normalari birja savdolarida narxlar boshlang‘ich narx sifatida qo‘llanilishiga tatbiq etiladi.
4. Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.
5. Subyektlarning ular bo‘yicha mavqeyi ustun deb e’tirof etilgan tovarlariga monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar har chorakda chorak birinchi oyining 10-kuniga qadar monopoliyaga qarshi organga Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan tovarlariga qo‘llaniladigan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) subyektlar tovarlariga narxlarning o‘zgarishi dinamikasini kuzatib borish maqsadida muntazam ravishda:
har chorakda subyektlar tomonidan taqdim etilgan Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan tovarlarga qo‘llaniladigan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
statistika organlari ma’lumotlarini (ma’lumotnomalar, byulletenlar va boshqalarni);
ommaviy axborot vositalari ma’lumotlarini;
belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat funksiyalari materiallarini (o‘rganishlar natijasida tekshirish bo‘yicha dalolatnomalar va ma’lumotnomalar, berilgan ko‘rsatmalar va boshqalarni);
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar ma’lumotlarini tahlil qiladi.
8. Subyektlar tovarlariga narxlar o‘zgarishi holati aniqlanganda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan monopol yuqori va monopol past narxlar qo‘llanilganligi holati to‘g‘risida murojaatlar tushgan taqdirda monopoliyaga qarshi organ uch kun muddatda davlat organlariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga:
tovarlarning ishlab chiqarilishi, sotilishi, importi va eksporti hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
ushbu Nizomning 12 va 13-bandlariga muvofiq narx o‘zgarishi belgilarini aniqlash, shuningdek, tovarni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bog‘liq zarur xarajatlar va foydani aniqlash uchun zarur bo‘lgan hisob-kitob va tasdiqlovchi hujjatlarni;
tovar bozorining o‘ziga xosligidan kelib chiqib boshqa hujjatlarni olish uchun yozma so‘rovlar yuboradi.
9. Davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organ talabiga ko‘ra zarur hujjatlar va ma’lumotlarni belgilangan tartibda unga bepul taqdim etishlari shart. Ma’lumotlar so‘rov olingandan keyin 15 kun mobaynida monopoliyaga qarshi organga taqdim etiladi.
10. Monopoliyaga qarshi organ ma’lumot olingandan keyin bir oy mobaynida olingan ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi va ular natijasi bo‘yicha tovarga monopol yuqori narxlar belgilanganligi belgilari aniqlanadi, bu:
xuddi shu turdagi boshqa tovar narxidan, shu jumladan, bozorning boshqa subyektlarining uning o‘rnini bosuvchi tovarlardan ancha yuqori bo‘lgan miqdorda narx belgilanganligi aniqlanishida;
tovarga belgilangan narx iqtisodiy va texnologik omillar bilan tushuntirib bo‘lmaydigan 10 foizdan ziyodga oshirilishida;
tovar bozorida qiyoslanadigan narxlarning tegishli o‘sish sur’atlari bilan taqqoslash bo‘yicha tovar narxining 10 foizga asossiz oshirilishida;
tovarning fizik tavsiflarini (tovarning og‘irligi yoki birligi soni, sifatini o‘zgartirish) sezilarli pasaytirish yo‘li bilan tovarga narxlarni oshirish yoki saqlab qolishda;
tovar narxi asossiz o‘zgartirilishidan dalolat beruvchi boshqa xatti-harakatlarda ifodalanadi.
11. Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar qiymatini qoplamaydigan va foyda olishni nazarda tutmaydigan tovarga narx qo‘llash, agar u:
raqobatning cheklanishiga;
raqobatchilarning bozordan siqib chiqarilishiga;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan boshqa oqibatlarga olib kelsa, monopol past narxni o‘rnatish belgisi hisoblanadi.
12. Subyekt tovariga narx o‘zgarishi belgilarini va ushbu o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash uchun:
subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati;
tovar tannarxi, ishlab chiqarish xarajatlari va davr sarflari o‘zgarishi;
subyektning tovarni sotishdan olgan daromadi yoki ko‘rgan zarari;
subyekt va bozorning boshqa ishtirokchilari tovariga narxlarning o‘zgarishi dinamikasi;
subyekt va bozorning boshqa ishtirokchilari ishlab chiqarish, tovar realizatsiyasi va bozordagi ulushi hajmlari;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlil qilinadi.
13. Ular bo‘yicha subyektning ustun mavqeyi e’tirof etilgan tovarni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bog‘liq zarur xarajatlar va foydani aniqlashda:
tovar birligini ishlab chiqarishga xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, moddiy resurslar sarfining qo‘llaniladigan normalaridan va ularning yillik normalaridan kelib chiqib tasdiqlovchi hujjatlarda (shartnomalar, schyot-fakturalarda) va moddiy resurslarning fizik hajmida nazarda tutilgan narxlardan kelib chiqib aniqlanadigan tannarxga kiradigan moddiy sarf-xarajatlar;
xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, shu jumladan, mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mehnat sharoiti uchun to‘lanadigan qo‘shimcha haq va ustamalar;
subyektning hisob siyosatida nazarda tutilgan usulni qo‘llagan holda aniqlanadigan amortizatsiya xarajatlari;
jalb etilgan mablag‘larga xizmat ko‘rsatish xarajatlari;
subyektning tovarini ishlab chiqarish va sotishga bevosita tegishli bo‘lgan boshqa xarajatlar;
korxonaning samarali faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta’minlovchi foyda darajasi hisobga olinadi.
14. Foyda ular bo‘yicha subyektning ustun mavqeyi e’tirof etilgan tovarni ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromad bilan tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan asoslangan sarf-xarajatlar, shuningdek, amalda to‘langan soliqlar o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
15. Subyektni rivojlantirish uchun talab etiladigan zarur foyda miqdori ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarning xususiyatlarini, tovar bozorining o‘ziga xosligini va subyektning faoliyat ko‘rsatishi shart-sharoitlarini aks ettirishi, shuningdek:
yangi aktivlarni yaratishga, mavjud aktivlarni kengaytirish, yangilash, rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga investitsiyalarni;
tavakkalchiliklar darajasini (ishlab chiqarish yoki iste’molning mavsumiy xususiyati, iqlim omillariga yuqori bog‘liqlik);
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni hisobga olishi kerak.
16. Tovar birligiga subyektning zarur xarajatlari va foydasini baholashda zarurat bo‘lganda o‘xshash xarajatlar va bozorning boshqa qatnashchilari foydasining qiyosiy tahlili usuli qo‘llaniladi.
17. Tahlil qilishda tovar bozorida davlat tomonidan tartibga solishning mavjudligi, shuningdek, tegishli bozorda biror-bir tovarni ishlab chiqarish, sotish yoki xarid qilishga davlatning mutlaq huquqi mavjudligi e’tiborga olinadi.
18. Tovarga monopol yuqori narxni aniqlashda:
a) tovarga oldin belgilangan narxni oshirish yo‘li bilan, agar bunda jamlangan holda:
tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar o‘zgarishsiz qolishi yoki ularning o‘zgarishi tovarning narxi o‘zgarishiga muvofiq emasligi;
tovarni sotuvchilar yoki xaridorlar tarkibi o‘zgarishsiz qolishi yoxud tovarlarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi o‘zgarishi sezilarli emasligi;
tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari o‘zgarishsiz qolishi yoki ularning o‘zgarishi tovarning narxi darajasi o‘zgarishiga muvofiq emasligi;
tovarga talab va (yoki) taklif o‘zgarishsiz qolishi yoki ularning o‘zgarishi tovarning narxi o‘zgarishiga mutanosib emasligi shartlari bajarilsa;
b) tovarning oldin belgilangan narxini saqlab qolish yoki pasaytirmaslik yo‘li bilan, agar bunda jamlangan holda:
tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar jiddiy ravishda pasayishi;
tovarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi tovarning narxini kamaytirish tomonga o‘zgartirish imkoniyatini aniqlashi;
tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari tovarning narxi kamayish tomonga o‘zgarishi imkoniyatini ta’minlashi;
tovar bo‘yicha talab va (yoki) taklifning o‘zgarishi tovar narxining kamayish tomonga o‘zgarishini belgilaydigan shartlar bajarilsa, subyekt tomonidan bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar va foydaning tovar bozorida raqobat sharoitlarida shakllangan narxdan oshadigan summasi belgilanishi holati hisobga olinadi.
19. Tovarga monopol past narxni aniqlashda:
a) tovarga oldin belgilangan narxni pasaytirish yo‘li bilan, agar bunda jamlangan holda:
tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar o‘zgarishsiz qolishi yoki ularning o‘zgarishi tovarning narxi o‘zgarishiga muvofiq emasligi;
tovarni sotuvchilar yoki xaridorlar tarkibi o‘zgarishsiz qolishi yoxud tovarlarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi o‘zgarishi sezilarli emasligi;
tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari o‘zgarishsiz qolishi yoki ularning o‘zgarishi tovarning narxi o‘zgarishiga mutanosib emasligi;
tovarga talab va (yoki) taklif o‘zgarishsiz qolishi yoki ularning o‘zgarishi tovarning narxi o‘zgarishiga mutanosib emasligi shartlari bajarilsa;
b) tovarning oldin belgilangan narxini saqlab turish yoki pasaytirmaslik yo‘li bilan, agar bunda jamlangan holda:
tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar jiddiy ravishda o‘sganligi;
tovarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi tovarning narxini ko‘paytirish tomonga o‘zgartirish imkoniyatini aniqlashi;
tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari tovarning narxi ko‘payish tomonga o‘zgarishi imkoniyatini ta’minlashi;
tovar bo‘yicha talab va (yoki) taklifning o‘zgarishi tovar narxining ko‘payishi tomonga o‘zgarishini belgilaydigan shartlar bajarilsa, subyekt tomonidan bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar va foydani qoplamaydigan qiyoslanadigan tovar bozorida raqobat sharoitlarida shakllanadigan narxdan past belgilanishi holati hisobga olinadi.
20. Agar:
narx qiyoslanadigan tovar bozorida raqobat sharoitlarida shakllangan narxdan past bo‘lmasa;
narxning tovarni sotuvchi tomonidan belgilanishi tegishli tovar bozorida tovarning sotuvchilari yoki xaridorlari bilan shaxslarning bir guruhiga kirmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar sonining qisqarishi munosabati bilan raqobatning cheklanishiga olib kelmasa yoki olib kelishi mumkin bo‘lmagan taqdirda tovarning monopol past narxi e’tirof etilmaydi.
21. Amalga oshirilgan tahlil yakunlari bo‘yicha monopol yuqori yoki monopol past narx qo‘llanilishi belgilari aniqlanganda monopoliyaga qarshi organ o‘rganish yakunlangandan keyin uch kun mobaynida Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq chora-tadbirlar ko‘radi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Nizomga muvofiq raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan subyektga nisbatan qo‘zg‘atiladigan ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ko‘rsatma berish yoki huquqni buzish mavjud emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
22. Monopol yuqori yoki monopol past narx aniqlanganda bunday narx qo‘llanilishi bilan yetkazilgan ziyon (boy berilgan foyda) xo‘jalik yurituvchi subyektlar — raqobatchilar yoki iste’molchilar (kontragentlar) tomonidan sud tartibida undirilishi mumkin.
23. Monopoliyaga qarshi organga ma’lumotlar taqdim etilmasligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmasligi, ishonchsiz yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilishi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
4. Ijtimoiy muhim dori vositalari va tibbiy buyumlar (maxsus tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha).
5. Turmushda iste’mol qilinadigan suyultirilgan gaz, “UzGasTrade” AJ xamda “Hududgazta’minot” AJ va (yoki) uning hududiy bo‘linmalari orqali sotiladigan tabiiy gaz.
8. Paxta mahsuloti (paxta xomashyosi, paxta tolasi, texnik urug‘lik).
10. Etil spirti.
11. Don (xarid narxlari).
12. Mineral o‘g‘itlar.
13. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha aholiga, budjet tashkilotlariga va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalariga, shu jumladan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temiryo‘lyonilg‘ita’min” boshqarmalari orqali sotiladigan ko‘mir.
14. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida maxsus himoya darajasiga ega bo‘lgan qog‘ozdan tayyorlanadigan mahsulotlar (qimmatli qog‘ozlar, pasport, harakatlanish hujjati va shu kabilar).
15. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni tashish xizmatlari.
16. Shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari (yo‘nalishli va liniyali taksilardan tashqari).
17. Televizion, radio eshittirish dasturlarini uzatish, yo‘ldosh aloqa orqali tele va radio dasturlarni qayta uzatish xizmatlari, radioaloqa xizmatlari.
18. Griflangan paketlarni (jo‘natmalar, posilkalarni) jo‘natish.
19. Ma’lumotlarni xalqaro yetkazish xizmatlari va xalqaro kanallarning ijarasi.
20. Xo‘jalik subyektlarining pul mablag‘lari inkassatsiyasi va pul mablag‘lari va boshqa qimmatliklarni banklararo tashish xizmatlari.
22. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tegishli umumta’lim fanlari bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik majmualarni nashr etish xizmatlari (Xalq ta’limi vazirligining maxsus tasdiqlanadigan ro‘yxati bo‘yicha).
23. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Ta’minot va logistika xizmati” davlat unitar korxonasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar.
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda):
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Belgilansinki:
Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan;
ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan, narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan;
narxlarni tartibga solish organi tomonidan ularni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) (keyingi o‘rinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadi”;
b) 1-ilovada:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlar, monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) (keyingi o‘rinlarda tovarlar deb ataladi) narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) hamda ularning qo‘llanilishi ustidan davlat nazorati tartibini belgilaydi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Ushbu Nizom:
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan;
narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan;
narxlarni tartibga solish organi tomonidan ularni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan tovarlarga narxlarni (tariflarni) shakllantirishda va deklaratsiya qilishda (belgilash, tasdiqlashda) qo‘llaniladi”;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish:
narxlarni tartibga solish organi va o‘z vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) belgilash;
ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan, ularga narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadigan, monopolist korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlarni (tariflarni) yoki ularning cheklangan darajalarini, tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustama yoki cheklangan rentabellikni deklaratsiya qilish (keyingi o‘rinlarda tovarlarga narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish deb ataladi);
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlarni tartibga solish organi tomonidan narxlarni (tariflarni) yoki ularning cheklangan darajalarini tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustama yoki cheklangan rentabellikni tasdiqlash (keyingi o‘rinlarda narxlarni (tariflarni) tasdiqlash deb ataladi);
narxlarni tartibga solish organi bilan kelishish yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq alohida tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan tartibga solishning boshqa usullari ham qo‘llanilishi mumkin.
Qolgan tovarlarga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qo‘llaniladi”;
51-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“51. Xo‘jalik yurituvchi subyekt (shu jumladan, monopolist korxona, tabiiy monopoliya subyekti) deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan, belgilangan) narxlarni (tariflarni) mustaqil pasaytirish huquqiga egadir. Bunda:
monopol past narxlar belgilash maqsadida narxlarni (tariflarni) pasayitirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
narxlarni (tariflarni) pasaytirish bir vaqtning o‘zida barcha iste’molchilar uchun amalga oshiriladi, keynichalik narxlarni tartibga solish organi xabardor qilinadi”;
II-bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) narxlarni tartibga solish organida:
ishlab chiqarish tabiiy monopoliya sharoitlarida amalga oshiriladigan tovarga tabiiy monopoliya subyekti tomonidan, shuningdek, narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarga monopolist korxona tomonidan uning tegishli Davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida bildirishnoma olingan kundan boshlab bir oy muddatda;
narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan u sotilgunga qadar;
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarga narxlar (tariflar), ustamalar, cheklangan rentabellik oshganda va tegishli koeffitsiyent o‘zgarganda ta’minlanadi”;
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. tovarlarni eksport qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar (shu jumladan, monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlari) ular bo‘yicha hisob-kitoblarni shartnomaviy (erkin) narxlar bo‘yicha amalga oshiradilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
IV-bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
25-banddagi “tabiiy monopoliyalar subyektlari bundan mustasno” so‘zlari chiqarib tashlansin;
V-bo‘limning nomi quyidagi tahrirda qilinsin:
32-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“32. Narxlarni tartibga solish organi va o‘z vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni shakllantirish va belgilash tartibi ushbu Nizomning III va IV bo‘limlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Narxlari (tariflari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar narxlar (tariflar)ni:
normativ hujjat chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda (agar unda boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa);
narxlar (tariflar), ustama narx, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent o‘zgarganda narxlarni tartibga soluvchi organda tasdiqlashi (kelishib olishi) shart”;
36-bandda:
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
o‘ninchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar sakkizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
38-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
41-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“41. Tabiiy monopoliya subyekti, monopolist korxona tomonidan deklaratsiya qilinmasdan (tasdiqlanmasdan) narxlar (tariflar) qo‘llanilishi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablag‘lar (daromadlar) korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan sanada amal qilgan narx (tarif) bilan korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan sanadan boshlab davr uchun tovarni sotish hajmiga ko‘paytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar (tariflar) narxlarni tartibga solish organida tasdiqlanmasdan qo‘llanilishi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablag‘lar (daromadlar) narxlarni tartibga solish organida tasdiqlangan sanada amal qilgan narx (tarif) bilan ko‘rsatib o‘tilgan sanadan boshlab butun davrda tovarni sotish hajmiga ko‘paytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan narxlarni tartibga solish organi tomonidan tasdiqlanmasdan (kelishilmasdan) narxlarni (tariflarni) qo‘llash holatlari aniqlanganda, agar ularni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, asossiz olingan mablag‘lar (daromadlar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida nazarda tutilgan narxlarni tartibga solish organida tasdiqlash (kelishish) sanasida amal qilgan narx (tarif) bilan ko‘rsatib o‘tilgan sanadan boshlab butun davrda tovarni sotish hajmiga ko‘paytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Tovar va moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini e’tirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 33-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 43-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“43. Xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki ularga narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha Reyestrga kiritilgan shaxslar guruhi ushbu narxlar (tariflar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narxlarni tartibga solish organida tasdiqlanishini amalga oshiradilar”.
Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | 109 | 27,706 |
Qonunchilik | O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARINING MALAKASINI OShIRISh VA ULARNI QAYTA TAYYORLASh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 28-maydagi PQ–1761-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 28-maydagi PQ–1761-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining (keyingi o‘rinlarda O‘MKHT muassasalari deb ataladi) rahbar kadrlari (direktorlari, direktorlarining o‘rinbosarlari) va pedagog kadrlari (umumta’lim va maxsus fanlar o‘qituvchilari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va boshqalar)ning malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishning asosiy maqsadlari, vazifalari, shakllari, uslublari va tartiblarini belgilaydi.
2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (keyingi o‘rinlarda O‘MKHT deb ataladi) tizimida ular bo‘yicha malaka oshiriladigan va pedagogik qayta tayyorlanadigan lavozimlar va mutaxassisliklar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda O‘MKHT markazi deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadi, kasbiy qayta tayyorlashga qo‘yiladigan mutaxassisliklar ro‘yxati esa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
3. O‘MKHT muassasalarining boshqa davlatlarda ta’lim muassasalarini tamomlagan rahbar va pedagog kadrlari malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida o‘qishga bazaviy oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi hujjati nostrifikatsiyalash tartibotidan o‘tgandan keyin qo‘yiladi.
4. O‘MKHT muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tuzilmasi va uni boshqarish quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
O‘MKHT muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sifati, yangi texnologiyalarni (pedagogik, maxsus, axborot-kommunikatsiya va boshqa texnologiyalarni) o‘quv jarayoniga joriy etish darajasi monitoringi;
O‘MKHT muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarining hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarning kadrlar salohiyatidan va moddiy-texnika bazasidan foydalanish yo‘li bilan kasbiy va layoqatini oshirish uchun O‘MKHT muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish.
5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim muassasalariga umumiy rahbarlik qiladi, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘radi, O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish mexanizmlari va uslublarini belgilaydi.
6. O‘MKHT markazi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda O‘MKHT hududiy boshqarmasi deb ataladi), tasarrufida O‘MKHT muassasalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, nodavlat ta’lim muassasalari va jismoniy shaxslar O‘MKHT muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini o‘qitishning buyurtmachisi hisoblanadilar.
7. O‘MKHT hududiy boshqarmasi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning buyurtmanomalari asosida har yili noyabr oyining birinchi o‘n kunligida O‘MKHT muassasalarining kelgusi yilda malaka oshirish va qayta tayyorlashga yuboriladigan rahbar va pedagog kadrlari kontingentining prognozlanayotgan ehtiyojini aniqlaydi va shakllantiradi hamda O‘MKHT markaziga taqdim etadi.
O‘MKHT hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkaziladigan ularning kasbiy darajasi monitoringi natijalari, shuningdek malaka oshirish kurslari nomzodlarining oxirgi malaka oshirishdan o‘tgan sanasi oliy ta’lim muassasalariga hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutiga (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) malaka oshirish kurslariga yuborish uchun O‘MKHT hududiy boshqarmasi tomonidan tinglovchilarni tanlab olishdagi asosiy mezonlar hisoblanadi.
O‘MKHT hududiy boshqarmasi tegishli mintaqaning O‘MKHT muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tish bilan to‘liq qamrab olinishi va o‘z vaqtida o‘tishi (belgilangan davriylikni hisobga olgan holda) uchun mas’uldir.
Nodavlat ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari hamda jismoniy shaxslar malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan oliy ta’lim muassasasi hamda Institut bilan bevosita tuzilgan shartnoma bo‘yicha o‘tadilar.
8. O‘MKHT markazi O‘MKHT hududiy boshqarmasidan olingan ma’lumotlar, shuningdek O‘MKHT muassasalari xodimlarining o‘tkazilgan kasbiy darajasi monitoringi natijalari asosida har yili dekabr oyining birinchi o‘n kunligida kelgusi yil uchun O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning prognoz reja-dasturini tuzadi.
O‘MKHT markazi tuzilgan prognoz reja-dasturiga muvofiq dekabr oyining uchinchi o‘n kunligida muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslaridan o‘tishning har yilgi jadvalini (keyingi o‘rinlarda jadval deb ataladi) ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, jadvalda toifalar bo‘yicha tinglovchilar kontingentining taqsimlanishi, viloyatlar, oliy ta’lim muassasalari va Institut bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazishning joyi va vaqti, turlari va shakllari ko‘rsatiladi.
Jadvalga O‘MKHT muassasasi aynan shu rahbar yoki o‘qituvchisining malaka oshirish kurslaridan o‘tishining belgilangan davrlarida nazarda tutilganidan ko‘p marta kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Joriy yilda jadvalga kiritilmagan O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish ularning ishdan bo‘sh vaqtida, pulli asosda amalga oshiriladi.
9. Institut O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning yagona me’yoriy-uslubiy bazasini ishlab chiqish va o‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha bosh muassasa hisoblanadi.
10. Quyidagilar O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘MKHT tizimi rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni pedagogik qayta tayyorlash;
O‘MKHT muassasalarining rahbari va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim jarayonining ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish;
ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasidagi ilmiy yutuqlar natijalarini oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim jarayoniga o‘z vaqtida joriy etish mexanizmini ro‘yobga chiqarish;
innovatsiya ilmiy yutuqlarini, texnika, texnologiyalarni, uyg‘unlashtirilgan uslublarni, masofadan o‘qitish uslublarini, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda va mustaqil ta’lim olishdan foydalanib O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Internetning global tarmog‘idan foydalangan holda, kurslar tinglovchilarining tahliliy va ijodiy fikrlashini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
ta’limning ishlab chiqarish bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash, ko‘chma mashg‘ulotlarni hamda zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan tashkilotlarga borishni O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga joriy etish;
tashkilotlarning ishlab chiqarish bazasidan foydalangan holda, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy o‘sishiga yo‘naltirilgan amaliy o‘qitishning interaktiv uslublarini joriy etish;
malaka oshirish va qayta tayyorlashning samarali shakllarini (uyg‘unlashtirilgan, masofadan o‘qitish, o‘qitishning yakka tartibdagi shaklini, “ustoz-shogird” uslubini va shu kabilarni) joriy etishning tashkiliy-uslubiy asoslarini, baholashni ishlab chiqish va tizimli ravishda takomillashtirish;
O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ularda ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari negizida interfaol ta’lim uslublaridan keng foydalanishni hisobga olish;
oliy ta’lim muassasalarini O‘MKHT kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv-uslubiy hujjatlar va adabiyotlar bilan pulli asosda ta’minlash, tarqatiladigan materiallarni ishlab chiqish va ko‘paytirishni tashkil etish;
O‘MKHT kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy qo‘shib olib borish va muvofiqlashtirish;
O‘MKHT tizimi uchun ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.
11. Institut tegishli manfaatdor vazirliklar, idoralar va oliy ta’lim muassasalari bilan kelishgan holda O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning barcha yo‘nalishlari va shakllari bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va namunaviy dasturlarini ishlab chiqadi. Namunaviy o‘quv rejalari va namunaviy dasturlar O‘MKHT markazi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Oliy ta’lim muassasalari O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali jarayonini tashkil etish maqsadida:
Institut bilan birgalikda namunaviy o‘quv rejalari va namunaviy dasturlar asosida malaka oshirish va qayta tayyorlashning barcha shakllari bo‘yicha tabaqalashtirilgan ishchi o‘quv rejalari va ishchi dasturlarni, shuningdek tahliliy va ijodiy fikrlashga hamda mustaqil ta’lim olishni rag‘batlantirishga ko‘maklashuvchi ilg‘or o‘qitish uslublari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda soha mutaxassisliklari bo‘yicha tarqatiladigan materialni ishlab chiqadi;
zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalar sohasidagi xorijiy tajribani umumlashtiradi va o‘qitish jarayoniga joriy etadi;
fan va amaliyotning aloqasini ta’minlaydi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijalarini malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining ta’lim jarayoniga o‘z vaqtida joriy etish mexanizmini amalga oshiradi;
Internetning global tarmog‘idan foydalangan holda interfaol ta’lim uslublarining zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi yuzasidan javob beradi;
O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayonining zarur darajada tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun javob beradi.
13. O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning ishchi o‘quv rejalari va dasturlari Institut bilan kelishiladi va O‘MKHT markazi tomonidan tasdiqlanadi.
14. Oliy ta’lim muassasalari va Institut tomonidan amalga oshiriladigan O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayoni sifatini nazorat qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida oliy ta’lim muassasalari va Institut amalga oshiradigan ichki nazorat;
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari va Institut tomonidan Davlat attestatsiya komissiyasi oldida yakuniy test savollari va bitirish bo‘yicha malakaviy ishlarni himoya qilishdan iborat bo‘lgan qatnashish shakli bo‘yicha attestatsiyani o‘z ichiga oladigan yakuniy nazorat;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan tashqi nazorat;
oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi, jamoat tashkilotlari va kadrlarning buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat-jamoat nazorati.
15. O‘MKHTning ta’lim muassasalarida faoliyatni samarali amalga oshiruvchi pedagog kadrlarning yuqori salohiyatini ta’minlash O‘MKHT muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning maqsadi hisoblanadi.
16. Quyidagilar Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablaridan kelib chiqqan holda malaka oshirish va qayta tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘qitishda (dars berishda) kasbiy layoqat va mahoratni, eruditsiyani oshirish;
psixologik-pedagogik tayyorlash hamda ritorika va notiqlik san’ati asoslarini bilish;
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini singdirish va qobiliyatini rivojlantirish hamda yangi bilimlar olish;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, Internet global tarmog‘i bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash;
ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarni singdirish;
o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlarni amalga oshirish, nazorat qilish va tinglovchilar bilimlarini xolisona baholash ko‘nikmalarini mustahkamlash;
ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, tinglovchilarning tashabbuskorligini, ilmiy tadqiqotlarga intilishini va ijodiy mahoratlarini rag‘batlantirish;
O‘MKHT muassasalari kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-uslubiy ishlarni olib borish ko‘nikmalari va mahoratlarini singdirish;
Bola huquqlari Konvensiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlar qoidalari va normalari haqidagi bilimlarni egallash, uzluksiz ta’lim tizimidagi, shuningdek Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarida qo‘llanadigan asosiy atamalar va ta’riflarni o‘zlashtirish.
17. Pedagogika yo‘nalishidan boshqa oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan va oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar lavozimlarida ishlayotgan mutaxassislar ularning kasbiy bazaviy ma’lumotini pedagogik tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablarga muvofiqlashtirish, ular tomonidan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarida belgilangan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli ko‘nikmalar hamda bilimlarga ega bo‘lishni ta’minlash maqsadida pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tadilar.
18. Quyidagilar pedagogik qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
ta’lim dasturlari mazmunining kasblar va lavozimlarga nisbatan kasbiy malakaviy talablarga muvofiqligi;
pedagogik qayta tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlarining izchilligi hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari bilan o‘zaro bog‘liqligi;
o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va vositalarini qo‘llash;
qayta tayyorlashning belgilangan turlari va shakllariga muvofiqlik.
19. O‘quv yuklamasining umumiy hajmi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablaridan kelib chiqqan holda fanlar bloklari bo‘yicha taqsimlanadi.
20. O‘MKHT muassasalari o‘qituvchilarini oliy o‘quv muassasalari va Institutda pedagogik qayta tayyorlash o‘qitishning quyidagi shakllarida amalga oshiriladi:
asosiy ishdan bo‘shagan holda o‘qish;
asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda o‘qish (uyg‘unlashtirilgan uslub);
asosiy ishdan bo‘shamasdan masofaviy shaklda o‘qish.
21. O‘MKHT muassasalarining jadvalga kiritilgan pedagog kadrlari asosiy ishdan bo‘shagan holda va asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan uslubda) qayta tayyorlashdan o‘tadilar.
22. O‘MKHT muassasalarining o‘qituvchilarini asosiy ishdan bo‘shagan holda va asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan uslubda) pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tkazish oliy ta’lim muassasalari va Institut bazasida o‘tkaziladi.
23. Asosiy ishdan bo‘shagan holda pedagogik qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalari va Institut bazasida o‘qitishning (auditoriyadagi, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil tayyorlanishning) to‘liq kursini o‘tkazishni nazarda tutadi.
24. Asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan uslubda) pedagogik qayta tayyorlashda kursning umumiy davomiyligining kamida 50 foizi auditoriya mashg‘ulotlariga ajratiladi. Kursning qolgan qismi O‘MKHT muassasalari bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajargan holda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini nazarda tutadi. Amaliy mashg‘ulotlarni asosiy ish joyida o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Amaliy mashg‘ulotlarning har bir o‘zlashtirilgan moduli bo‘yicha test sinovlari, referat topshirish, amaliyot bo‘yicha hisobot va shu kabilar shaklida oraliq nazorat nazarda tutiladi.
25. Asosiy ishdan bo‘shagan holda va asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan uslubda) pedagogik qayta tayyorlashning davomiyligi kamida 16 hafta (576 soat) etib belgilanadi. O‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi har haftada 36 (54 akademik) soatni, auditoriya mashg‘ulotlarining eng ko‘p hajmi har haftada 24 (36 akademik) soatni tashkil qiladi.
26. Asosiy ishdan bo‘shagan holda va asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan uslubda) pedagogik qayta tayyorlash kurslarining 30 akademik soatdan ko‘p mashg‘ulotlarida uzrsiz sabablar bilan qatnashmagan, shuningdek belgilangan yuklamani bajarmagan va pedagogik qayta tayyorlash kursi dasturini o‘zlashtirmagan tinglovchilari belgilangan tartibda tinglovchilar safidan chiqariladi. Kurs dasturini o‘zlashtirish reyting tizimi asosida, tinglovchilar tomonidan kurs dasturini o‘zlashtirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan aniqlanadi.
27. Asosiy ishdan bo‘shagan holda va asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan uslubda) pedagogik qayta tayyorlashda o‘quv guruhlari, qoidaga ko‘ra, 25 kishidan iborat etib shakllantiriladi.
28. Asosiy ishdan bo‘shamagan holda, o‘qitishning masofali shakli vositasida (keyingi o‘rinlarda pedagogik qayta tayyorlashning masofali shakli deb ataladi) pedagogik qayta tayyorlash Internet-texnologiyalarni qo‘llagan holda – qayta aloqa uslubi bilan psixologiya va pedagogika bo‘yicha bilimlar, mahoratlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazarda tutadi.
Pedagogik qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo‘yicha kurslar O‘MKHT markazi bilan kelishgan holda, maxsus virtual kurslar faoliyat ko‘rsatadigan, axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish uchun zarur baza bilan jihozlangan hamda tegishli moddiy-texnikaviy, o‘quv-uslubiy bazaga va kadrlar salohiyatiga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarida va Institutda tashkil etiladi.
29. Pedagogik qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo‘yicha ta’lim dasturlari Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari asosida oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi, Institut bilan kelishiladi va O‘MKHT markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Institut tomonidan o‘tkaziladigan Pedagogik qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo‘yicha ta’lim dasturlarini Institutning o‘zi ishlab chiqadi va O‘MKHT markazi tasdiqlaydi.
30. Pedagogik qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo‘yicha kurslarga O‘MKHT muassasalarining, qoidaga ko‘ra, ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zarur darajada qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan pedagog kadrlari qabul qilinadi.
Pedagogik qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo‘yicha kurslar tasdiqlangan jadvaldan tashqari, pulli asosda o‘tkaziladi.
31. Pedagogik qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo‘yicha o‘qitish jarayonida tinglovchilar faoliyati, ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish va boshqarish professor-o‘qituvchilar tarkibidan oliy ta’lim muassasalari va Institut rahbari buyrug‘i bilan birkitiladigan tyutor (o‘qituvchi-konsultant) tomonidan amalga oshiriladi.
Tinglovchilar bilan doimiy aloqa bog‘lash, tinglovchilarga zarur uslubiy yordam ko‘rsatish, yakka tartibdagi mashg‘ulotni bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish va tinglovchilar bilimlarini baholash tyutorning vazifalariga kiradi. Tyutor yakka tartibdagi topshiriqning tinglovchi tomonidan bajarilishi xolisona baholanishi uchun to‘liq javob beradi.
Tyutor bilan aloqa elektron pochta, telefon, chat va boshqa elektron shakllar bo‘yicha amalga oshiriladi. Shuningdek tyutor bilan aloqa har haftada kamida bir marta oliy ta’lim muassasasi va Institut tomonidan, qatnashish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Har bir tyutorga ko‘pi bilan 25 nafar tinglovchi birkitiladi.
32. Pedagogik qayta tayyorlashning masofaviy shakli dasturlari quyidagi shartlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi:
qayta tayyorlash kursining davomiyligi 16 haftadan (576 soatdan) kam bo‘lmasligi kerak;
asosiy o‘quv yuklamasini O‘MKHT muassasalari pedagogik kadrlarining mustaqil ravishda ishlashiga (tinglovchining ish joyida bajarishi uchun oliy ta’lim muassasasi va Institut tomonidan berilgan yakka tartibdagi amaliy topshiriqqa) ajratish;
o‘quv yuklamasi umumiy hajmining ko‘pi bilan 25 foizini qoidaviy leksiyalar va auditoriya mashg‘ulotlari, yakka tartibdagi konsultatsiyalar o‘tkazishga hamda tinglovchilarning bitirish ishlarini himoya qilishiga ajratish.
33. Tyutor va tinglovchi o‘rtasida barqaror qayta aloqani ta’minlash uchun ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash jarayoni qo‘shimcha ravishda quyidagi mexanizmlarni o‘z ichiga oladi:
har bir tinglovchi uchun kursni o‘tashning yakka tartibdagi rejasini o‘quv rejasi va o‘quv dasturi asosida tuzish, u oliy ta’lim muassasasi va Institutning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
rahbarning buyrug‘i bilan tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasasi va Institutning maxsus komissiyasi tomonidan, yakka tartibdagi rejani bajarish davomida, har oyda kamida bir marta, qatnashish shaklida davriy attestatsiya o‘tkazish;
tinglovchi tomonidan yakka tartibdagi topshiriqni bajarish bahosini oliy ta’lim muassasasi va Institutning Ilmiy kengashi tomonidan ma’qullash, bu tinglovchining yakuniy reyting bahosi komponentlaridan biri hisoblanadi.
34. O‘qitilayotgan dastur oliy ta’lim muassasasi va Institut tomonidan tasdiqlangan jadval bo‘yicha yakka tartibdagi shaklda joriy etiladi. Yakka tartibdagi topshiriqni olish va tinglovchi tomonidan ma’lumotlar bazasidan foydalanish oliy ta’lim muassasasi va Institutning veb-saytida elektron ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
35. Pedagogik qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo‘yicha kurslar tarmoqli texnologiyalardan foydalangan holda masofadan o‘qitishning “keys-texnologiya”sini o‘z ichiga oladi.
36. Pedagogik qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo‘yicha o‘qitish kurslariga qabul qilingan tinglovchiga oliy ta’lim muassasasi va Institut tomonidan o‘quv-uslubiy ashyolar (kurs bo‘yicha yo‘riqnoma, o‘quv qo‘llanmalari, yakka tartibdagi topshiriqlar, malakaviy ishlarni bajarish bo‘yicha tavsiyalar, elektron multimediy darsliklar va qo‘llanmalar, shuningdek boshqa zarur o‘quv-uslubiy materiallar papkasi) joylangan kurs keysi beriladi.
37. Pedagogik qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo‘yicha kurs tinglovchilari o‘quv rejalariga muvofiq oliy ta’lim muassasasi va Institutning veb-sahifalari modullarining o‘quv-uslubiy materiallarini mustaqil ravishda o‘zlashtiradilar. Jadval bo‘yicha yakka tartibdagi topshiriqlar (test, referat, ishlanma, yozma ish, kurs ishi, amaliyot bo‘yicha hisobotlar va shu kabilar) topshirilgandan keyin modullarni o‘zlashtirish natijalari Tyutorga, oraliq test-nazorat esa — oliy ta’lim muassasasi va Institutning maxsus komissiyasiga topshiriladi.
38. Pedagogik qayta tayyorlash kursi to‘liq o‘zlashtirilgandan keyin oraliq nazoratni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladi.
Oliy ta’lim muassasasi va Institut rahbari buyrug‘i bilan Yakuniy attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha davlat attestatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Yakuniy attestatsiya qatnashish shaklida o‘tkaziladi hamda yakuniy test savollaridan va bitirish bo‘yicha malakaviy ishlarni himoya qilishdan iborat bo‘ladi.
39. Oraliq nazorat topshirig‘ini bajarmagan tinglovchilar oliy ta’lim muassasasi va Institutning yakuniy attestatsiyasiga qo‘yilmaydi, tegishli ravishda ularga pedagogik qayta tayyorlash kurslarini tugatganlik to‘g‘risida belgilangan namunadagi hujjat berilmaydi.
40. Kasbiy qayta tayyorlash O‘MKHT muassasalarining bazaviy oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan pedagog kadrlari uchun har yili tasdiqlanadigan jadvallar doirasida o‘tkaziladi.
Kasbiy qayta tayyorlashdan o‘tganlik, o‘qituvchining oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomida ko‘rsatilganlardan tashqari, o‘quv fanlari (mutaxassisliklar) yoki kurslar bo‘yicha o‘qitish huquqini beradi.
41. Kasbiy qayta tayyorlashni tashkil etish O‘MKHT muassasalarining pedagoglari tomonidan, oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomida ko‘rsatilganlardan tashqari, o‘quv fanlari yoki kurslar bo‘yicha o‘qitish huquqini olish zarur bo‘lgan taqdirda ular uchun O‘MKHT muassasalarining va O‘MKHT hududiy boshqarmalarining ma’muriyati iltimosnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
42. O‘MKHT muassasalarining pedagog kadrlarini kasbiy qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va o‘tkazish faqat asosiy ish joyidan bo‘shagan holda, tegishli zamonaviy moddiy-texnikaviy baza hamda ilmiy-pedagog kadrlar mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi va Institutda bevosita amalga oshiriladi.
43. Kasbiy qayta tayyorlash kursi dasturini o‘zlashtirish muddati kamida 16 haftani (576 soatni) tashkil qiladi. Bunda eng ko‘p haftalik o‘quv yuklamasi 54 akademik soatni tashkil qiladi, ulardan shu jumladan tashkilotlar bazasidagi auditoriya mashg‘ulotlari 36 akademik soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
44. Quyidagilar kasbiy qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
kasblar va lavozimlarga qo‘yiladigan kasbiy malaka talablariga muvofiqlik;
kasbiy qayta tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlarining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari bilan uzviy bo‘lishi;
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanishi.
45. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarining uzrli sabablarsiz 30 akademik soatdan ko‘p mashg‘ulotlarda qatnashmagan, shuningdek belgilangan yuklamani bajarishmagan va pedagogik qayta tayyorlash kursi dasturini o‘zlashtirmagan tinglovchilari belgilangan tartibda tinglovchilar safidan chiqariladi.
46. Kasbiy qayta tayyorlashda o‘quv guruhlari, qoidaga ko‘ra, 25 kishidan iborat etib shakllantiriladi.
47. Ular bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan soha bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari va turdosh mutaxassisliklar ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan aniqlanadi.
48. Kasbiy qayta tayyorlashdan o‘tganlik ikkinchi oliy ta’lim olganlik hisoblanmaydi.
49. Kasbiy qayta tayyorlash kursini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin, oraliq test-nazorat topshirig‘ini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladi.
Oliy ta’lim muassasasi va Institut rahbarining buyrug‘i bilan Yakuniy attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha davlat attestatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Yakuniy attestatsiya qatnashish shaklida o‘tkaziladi hamda yakuniy test savollaridan va tamomlash bo‘yicha malakaviy ishlarni himoya qilishdan iborat bo‘ladi.
50. Oraliq test-nazorat topshirig‘ini bajarmagan tinglovchilar oliy ta’lim muassasasi va Institutning yakuniy attestatsiyasiga qo‘yilmaydi va tegishli ravishda ularga kasbiy qayta tayyorlash kurslarini bitirganlik to‘g‘risida belgilangan namunadagi hujjat berilmaydi.
51. O‘MKHT muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirishning quyidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllari qo‘llanadi:
asosiy ishdan bo‘shagan holda oliy ta’lim muassasasi va Institutda malaka oshirish;
asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda oliy ta’lim muassasasi va Institutda 2+2 sxemasi bo‘yicha (2 hafta bevosita bazaviy muassasada, 2 hafta ish joyida mustaqil tayyorlanish yo‘li bilan) yoki 3+1 sxemasi bo‘yicha (3 hafta bevosita bazaviy muassasada, 1 hafta ish joyida mustaqil tayyorlanish yo‘li bilan) malaka oshirish;
asosiy ishdan bo‘shamagan holda oliy ta’lim muassasasida “Ustoz-shogird” uslubi bo‘yicha malaka oshirish;
asosiy ishdan bo‘shagan holda oliy ta’lim muassasasida va tashkilotda ishlab chiqarish stajirovkasini o‘tash shaklida malaka oshirish;
yakka tartibdagi reja bo‘yicha o‘qitish shaklida mustaqil ta’lim olish yo‘li bilan malaka oshirish.
52. Rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllarining umumiy davomiyligi kamida 4 hafta (144 soat) etib belgilanadi.
Bunda o‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi har haftada 36 soatni (54 akademik soatni), auditoriya mashg‘ulotlarining eng ko‘p hajmi har haftada 24 soatni (36 akademik soatni) tashkil qiladi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
53. Jadvalga kiritilgan O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish asosiy ishdan bo‘shagan holdagi, asosiy ishdan qisman bo‘shagan holdagi shakllar bo‘yicha 2+2 yoki 3+1 sxemasi bo‘yicha, asosiy ishdan bo‘shagan holda oliy ta’lim muassasasida, Institutda va tashkilotda ishlab chiqarish stajirovkasini o‘tash shaklida amalga oshiriladi.
54. Oliy ta’lim muassasasi va Institutda o‘qitish Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq, namunaviy rejalar va dasturlar asosida ishlab chiqilgan maqsadli ishchi o‘quv rejalari va ishchi dasturlari asosida amalga oshiriladi.
55. Malaka oshirishning ta’lim dasturlari mazmunini shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi:
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining uzluksizligi;
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish va ularni ta’lim tizimiga joriy etish uslublarining ilg‘or xorijiy tajribasi;
predmetlar va mutaxassisliklar bo‘yicha yangi bilimlar;
pedagogik va ta’lim uslublari;
fan, ishlab chiqarish innovatsiyalari va zamonaviy texnologiyalar;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ularni kasb-hunar bo‘yicha o‘qitish jarayoniga joriy etishning tashkiliy-uslubiy jihatlari;
ta’lim jarayonini rejalashtirish, takomillashtirish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
ta’lim tizimining me’yoriy hujjatlari;
ta’limda iqtisodiyot asoslari, marketing va menejment;
dasturlar mazmunining belgilangan malaka oshirish turlari va shakllariga muvofiqligi.
56. Malaka oshirish kurslaridan o‘tishning davriyligi O‘MKHT muassasalarining rahbar kadrlari uchun 3 yilda kamida bir martani, O‘MKHT muassasalarining pedagog kadrlari uchun esa 4 yilda kamida bir martani tashkil qiladi.
57. O‘qitishning ko‘rsatib o‘tilgan shakllari bo‘yicha malaka oshirish kurslariga nodavlat ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari orasidan shaxslar pulli asosda qabul qilinishi mumkin.
58. Asosiy ishdan bo‘shagan holda malaka oshirish oliy ta’lim muassasasi va Institut bazasida o‘qitishning to‘liq kursini o‘tashni (auditoriya mashg‘ulotlarini, amaliy mashg‘ulotlarni, mustaqil ravishda tayyorlanishni) nazarda tutadi.
59. Asosiy ishdan bo‘shagan holda o‘qitishda o‘quv guruhlari, qoidaga ko‘ra, 25 kishidan iborat etib shakllantiriladi.
60. Asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda oliy ta’lim muassasasi va Institutda 2+2 yoki 3+1 sxemasi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv yuklamasini tegishli ravishda 50 yoki 75 foiz hajmida — asosiy ish joyi bo‘yicha mustaqil ta’lim olishga, 50 yoki 25 foiz hajmida — bevosita oliy ta’lim muassasasi va Institutda o‘qitishga taqsimlashni nazarda tutadi. O‘qitishning bunday shakllari O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha axborotlar uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari hamda maxsus virtual kurslar mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llanadi.
61. Asosiy ishdan bo‘shamagan holda oliy ta’lim muassasasida “Ustoz-shogird” uslubi bo‘yicha malaka oshirish fanlar bo‘yicha oliy o‘quv muassasasida, qoidaga ko‘ra, yosh pedagog kadrlar uchun tashkil qilinadi.
Malaka oshirishning ushbu shakliga yosh o‘qituvchilar oliy ta’lim muassasasining yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibidagi pedagog-murabbiylar tomonidan tanlov asosida tanlab olinadi.
62. “Ustoz-shogird” uslubi bo‘yicha malaka oshirish dasturining mazmuni va o‘qitish metodologiyasi oliy ta’lim muassasasida ishlab chiqiladi, Institut bilan kelishiladi, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari asosida, O‘MKHT muassasasida o‘qituvchining kasbiy faoliyati monitoringi va ichki attestatsiyasi natijalarini hamda o‘qituvchining o‘z xohishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
“Ustoz-shogird” uslubi bo‘yicha malaka oshirish dasturlari o‘qitishga yakka tartibda yondashishni, shuningdek ta’lim jarayonining moslashuvchanligini va amaliy jihatdan aniq maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlaydi.
63. “Ustoz-shogird” uslubi bo‘yicha malaka oshirishni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan aniqlanadi.
64. Asosiy ishdan bo‘shagan holda oliy ta’lim muassasasi va tashkilotda ishlab chiqarish stajirovkasidan o‘tish shaklida malaka oshirish kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun, ularni iqtisodiyot va ilm-fanning tegishli tarmoqlarida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalariga o‘rgatish, shuningdek ta’limni ilm-fan va ishlab chiqarish bilan izchil integratsiyalash maqsadida o‘tkaziladi.
65. Asosiy ishdan bo‘shagan holda oliy ta’lim muassasasi va tashkilotda ishlab chiqarish stajirovkasidan o‘tish shaklida malaka oshirishning davomiyligi kamida 4 hafta (144 soat) etib belgilanadi. Ishlab chiqarish stajirovkasi jadvali oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi, tashkilot va Institut bilan kelishiladi va O‘MKHT markazi tomonidan tasdiqlanadi.
66. Yakka tartibdagi reja bo‘yicha o‘qitish shaklida mustaqil ta’lim olish yo‘li bilan malaka oshirish O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari tomonidan, ta’lim darajasi va sifatiga Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq yakka tartibdagi reja bo‘yicha o‘qitiladigan fanga doir yangi bilimlar, mahorat va ko‘nikmalarni mustaqil ravishda egallashdan iborat bo‘ladi. Mustaqil ravishda ta’lim olish shaklida malaka oshirishdan o‘tishda tinglovchining yakka tartibdagi rejasi mazmuni oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi, Institut bilan kelishiladi va O‘MKHT markazi tomonidan tasdiqlanadi.
67. Yakka tartibdagi reja bo‘yicha o‘qitish shaklida mustaqil ta’lim olish yo‘li bilan malaka oshirish faqat ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi Nizom asosida aniqlanadigan barqaror yuqori reyting ko‘rsatkichlariga, shuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan rahbarlar va o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.
68. Asosiy ish joyi bo‘yicha mustaqil ravishda ta’lim olish yo‘li bilan malaka oshirish kurslarining tinglovchilari yakka tartibdagi reja materiallarini o‘zlashtiradilar, topshiriqlarni bajaradilar va malakaviy ishlarni rasmiylashtiradilar. Yakka tartibdagi rejani bajarish jarayonida tinglovchilar oliy ta’lim muassasasi va Institutning professor-o‘qituvchilar tarkibidan qatnashish shaklida, elektron pochta, telefon, chat va forumlar bo‘yicha konsultatsiya oladilar. Tinglovchilar har haftada kamida bir marta yakka tartibdagi topshiriqni bajarish yuzasidan oliy ta’lim muassasasi va Institut rahbarining buyrug‘i bilan tashkil etilgan maxsus komissiya oldida, qatnashish shakli bo‘yicha attestatsiyadan o‘tishlari kerak. O‘qitish kursi tugagach tinglovchilar maxsus komissiya oldida malakaviy ishni himoya qiladilar.
69. Malaka oshirish kursi to‘liq o‘zlashtirilgandan keyin oraliq test-nazorat topshirig‘ini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladi.
Oliy ta’lim muassasasi va Institut rahbarining buyrug‘i bilan Yakuniy attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha Davlat attestatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Yakuniy attestatsiya qatnashish shaklida o‘tkaziladi hamda yakuniy test savollaridan va bitirish ishini himoya qilishdan iborat bo‘ladi.
70. Oraliq test-nazorat topshirig‘ini bajarmagan tinglovchilar oliy ta’lim muassasasi va Institutning yakuniy attestatsiyasiga qo‘yilmaydi, tegishli ravishda ularga malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risida belgilangan namunadagi hujjat berilmaydi.
71. O‘MKHT muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirishning vositali (ta’lim dasturlarisiz o‘qitish) shakllari:
O‘MKHT muassasasining Pedagogik kengashi qaroriga binoan ijodiy ta’til berish;
ochiq o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish;
ilmiy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy seminarlarda, konferensiyalarda, avgust o‘qishlarida va shu kabilarda ma’ruzalar bilan qatnashish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
72. O‘qituvchi kadrlar tomonidan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida egallash bo‘yicha doimiy ravishda o‘tkaziladigan seminarlar birlashgan (bazaviy) kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladi.
73. Pedagog kadrlarga ijodiy ta’til yangi o‘quv adabiyoti (darslik yoki o‘quv qo‘llanmasi) yaratish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish, pedagoglarning kasbiy faoliyati yo‘nalishi bilan bog‘liq ilmiy ishni (monografiya, dissertatsiya va boshqalarni) tugallash uchun O‘MKHT ta’lim muassasasining Pedagogik kengashi qarori bilan beriladi.
74. Ochiq o‘quv mashg‘ulotlari — akademik guruhlarda jadval bo‘yicha, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, o‘qitishning interfaol uslublarini qo‘llagan holda o‘tkaziladigan, oldindan e’lon qilingan muammoli yoki innovatsion mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlardir. Ochiq o‘quv mashg‘ulotlariga bilimlarning ushbu sohasidagi tajribali pedagoglar, olimlar va mutaxassislar majburiy tartibda taklif etiladi.Ushbu mashg‘ulotlar sifati O‘MKHT ta’lim muassasasining Pedagogik kengashida muhokama qilinadi.
75. Ochiq o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, o‘qitishning interfaol uslublarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga joriy etish uchun tajriba maydonchasi, yosh pedagoglar uchun pedagogik mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
76. Ilmiy va ilmiy-uslubiy seminarlarda, konferensiyalarda, avgust o‘qishlarida qatnashish pedagog kadrlarning ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni hal etishga hamda o‘quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogika fani va amaliyoti, o‘qitish metodologiyasi va texnologiyasining muhim masalalari bo‘yicha ilmiy yoki ilmiy-uslubiy ma’ruzalari (axborotlari)dan iborat bo‘ladi.
Oldindan ma’lum bo‘lgan mavzu bo‘yicha ma’ruza (axborot)ni tayyorlash joylarda tegishli tadqiqotlar o‘tkazishni va belgilangan tartibda chop etish uchun ma’ruza tezislari tayyorlashni nazarda tutadi.
77. Malaka oshirishning vositali shakllari (ta’lim dasturlarisiz o‘qitish)dan o‘tilganda O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlariga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi.
78. O‘MKHT muassasalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan rahbar va pedagog kadrlarga tegishli ravishda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar beriladi:
malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat — kamida 4 hafta (144 soat) hajmida ta’lim dasturlaridan o‘tgan shaxslar uchun;
qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom — kamida 16 hafta (576 soat) hajmida ta’lim dasturlaridan o‘tgan shaxslar uchun.
79. Yakuniy attestatsiya natijasida o‘qitish dasturini o‘zlashtirish yuzasidan qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga o‘quv kursini tamomlaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi.
80. Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv dasturini o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi diplom va sertifikat qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
81. Malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tganlik to‘g‘risidagi diplom (sertifikat)ning mavjud bo‘lishi O‘MKHT muassasalari rahbar va pedagog kadrlari tomonidan egallab turgan lavozimiga muvofiqligi bo‘yicha attestatsiyadan va malakaviy toifa bo‘yicha attestatsiyadan o‘tish uchun majburiy shart hisoblanadi.
82. Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish yuzasidan qoniqarsiz baho olgan shaxslarga oliy ta’lim muassasasi va Institutning Davlat attestatsiya komissiyasi xulosalari natijalari bo‘yicha yakuniy malakaviy ishni qayta himoya qilish imkoniyati beriladi.
83. Oliy ta’lim muassasasida va Institutda O‘MKHT tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha o‘qituvchilik faoliyati uchun davlat muassasalari, oliy ta’lim muassasasi va Institutning professor-o‘qituvchilar tarkibi xodimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari, shuningdek xorijiy davlatlar olimlari shtatli asosda, o‘rindoshlik bo‘yicha va mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida jalb etiladilar.
84. Oliy ta’lim muassasasi va Institutning professor-o‘qituvchilar tarkibiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari asosida tinglovchilar bilan o‘quv-tarbiya ishlarini olib borish, nazorat va tinglovchilar bilimlarini xolisona baholash ko‘nikmalarining mavjudligi;
yuksak individual sifatlarning (talabchanlik, xolisonalik, batartiblik, haqqoniylik, xushmuomalalikning) mavjudligi;
ta’lim berishda (o‘qitishda) kasbiy mahorat va eruditsiyaning mavjudligi;
rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning ilmiy-pedagogik asoslarini, pedagogika fanining asosiy yo‘nalishlarini, fanlararo aloqalarni, ritorika va notiqlik mahorati asoslarini, uzluksiz ta’lim atamalari va tushunchalarini, shuningdek Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarini bilish;
ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, tinglovchilarning tashabbuskorligini, ijodiy mahoratini, ularning ilmiy tadqiqotlarga intilishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘nikmalarining mavjudligi;
O‘MKHT muassasalari kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoni mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy ishlarni olib borish ko‘nikmalari va mahoratlarining mavjudligi.
85. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish uchun jalb etiladigan oliy o‘quv muassasasi va Institut professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
86. O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tadbirlarini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
tasdiqlangan jadvallarga muvofiq ushbu maqsadlar uchun har yili nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini o‘qitish uchun buyurtmachilarning mablag‘lari;
o‘qitish uchun to‘lovdan, ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun maqsadli badallari;
O‘MKHT muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun jalb etiladigan grantlar va xorijiy kreditlar mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
87. O‘MKHT muassasalarining pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun budjet mablag‘lari O‘MKHTning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari parametrlarida maqsadli tartibda, tasdiqlangan jadval doirasida nazarda tutiladi.
O‘MKHT hududiy boshqarmalari ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan kalkulatsiyalar asosida oliy ta’lim muassasasi va Institut bilan O‘MKHT muassasalarining pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish yuzasidan shartnomalar tuzadilar.
88. O‘MKHT muassasalarining pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tadbirlarini moliyalashtirish ushbu Nizom talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
881. Oliy ta’lim muassasasi va Institutdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslarining tasdiqlangan jadvaliga kiritilgan va yuborilgan tinglovchilarining ularni asosiy ishdan ajralgan holda o‘qitishning butun davrida asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi.
Asosiy ishidan ajralgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga tasdiqlangan jadvalga muvofiq boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarning o‘qish joyiga kelish va u erdan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda ularni yuborgan tomon hisobiga qoplanadi.
89. Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida malaka oshirish va qayta tayyorlashga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek xo‘jalik va moliya intizomiga rioya etilishi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
90. O‘MKHT muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va davlat tomonidan akkreditatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. | 192 | 47,065 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida”gi axbo | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida”gi axborotini eshitdi.
Qonunchilik palatasi shuni ta’kidlaydiki, 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini (bundan buyon matnda Kompleks dastur deb yuritiladi) amalga oshirish mobaynida O‘zbekistonda milliy telekommunikatsiyalar tarmog‘ini rivojlantirishga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatiga joriy etishga, “Elektron hukumat” infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan tizimli va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizning telekommunikatsiya texnologiyalari, aloqa tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha umumiy miqdori 2,1 trln so‘m bo‘lgan 17 ta loyihani hamda axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari komplekslarini yaratishga doir 28 ta tadbir va loyihani o‘z ichiga olgan Kompleks dasturning amalga oshirilishi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirishning infratuzilmaviy asosini shakllantirish imkonini berdi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar hisobiga magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish, aholining, shu jumladan qishloq joylarda va borish qiyin bo‘lgan mintaqalarda yashovchi aholining axborot texnologiyalari va xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi infratuzilmani rivojlantirish ta’minlandi.
Foydalanuvchilarning 2 000 dan ziyod davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy saytlaridan foydalanishini ta’minlaydigan, ishga tushirilgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali joriy etilayotgan elektron hukumat axborot tizimining muhim elementidir. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 700 mingdan ziyod interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatildi, interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari sonining foiz hisobidagi ko‘rsatkichi 57 % ga yetkazildi.
Soliq va bojxona sohasida elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini avtomatlashtirishning yuqori darajasi soliq va statistika hisobotini elektron shaklda topshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining ulushini 100 % ga yetkazish va yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi chog‘ida tovarlarni elektron tarzda deklaratsiya qilishga to‘liq o‘tish imkonini berdi.
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi Kompleks dasturni amalga oshirishning muhim bosqichi bo‘lib, uning kuchga kirishi jamiyat va davlat qurilishining turli sohalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish jarayonlarini faollashtirish uchun huquqiy asos yaratdi. Deputatlar amalga oshirgan monitoring yakunlari ushbu Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan talab etiladigan bir qator qonunosti normativ hujjatlar ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘z vaqtida qabul qilinganligi to‘g‘risida guvohlik bermoqda.
Elektron hukumat tizimi doirasida idoralararo hamkorlik va o‘zaro ma’lumotlar almashishga doir davlat standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash amalga oshirilmoqda, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan elektron shakldagi hamkorlikka o‘tishni ta’minlash borasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilmoqda.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, Kompleks dastur loyihalarining amalga oshirilishi jarayonida ayrim kamchiliklar ko‘zga tashlanadi. Xususan, elektron hukumat tizimi loyihalarini amalga oshirishning tarmoqqa oid jadvallarini o‘z vaqtida bajarmaganlik hollari mavjud.
Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish mexanizmlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari rivojlanmaganligi, ushbu maxfiy axborot turidan g‘ayriqonuniy ravishda foydalanish faktlariga yo‘l qo‘ymaslikning huquqiy kafolatlarini kompleks va tizimli tarzda ta’minlovchi yaxlit qonun mavjud emasligi Kompleks dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mexanizmlari to‘g‘risida fuqarolarning xabardorlik darajasi past bo‘lib qolmoqda, bu esa elektron hukumat tizimining amalga oshirilayotgan loyihalari samaradorligiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida”gi axborotini eshitib hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kompleks dastur tarkibiga kiritilgan, amalga oshirish bosqichlarida oqsashlar mavjud bo‘lgan ayrim loyihalar, xususan — “Kommunal” kompleks axborot tizimi (O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi), “Ta’lim” kompleks axborot tizimi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi), Milliy geoaxborot tizimi (O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi) o‘z vaqtida bajarilishiga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilsin.
3. 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qo‘shma tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi va ijro etish uchun qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlashga doir qo‘shma tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida:
amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va yangitdan qabul qilingan “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida elektron hukumat tizimini va elektron davlat xizmatlarini joriy etish jarayonlarini tartibga soluvchi zarur qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida va to‘liq qabul qilinishini ta’minlasin;
aholining kompyuterga oid bilimlari, fuqarolarning, tadbirkorlik subyektlarining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish to‘g‘risida xabardorligi darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan axborot-tushuntirish chora-tadbirlarining ta’sirchanligini kuchaytirsin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 7,755 |
Qonunchilik | XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING MONOPOLISTIK FAOLIYATINI ChEKLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Transport xizmatlari ko‘rsatish, ulgurji savdo sohasida raqobatli muhit yaratish va korxonalarning monopolistik faoliyatini cheklash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda xo‘jalik birlashmalarining transport xizmatlari ko‘rsatish, ulgurji savdo sohasidagi faoliyatini tahlil qilsinlar hamda ayrim monopolistlarning tovar va xizmatlarning muayyan bozoridagi ustunlik mavqei zaminlarini bartaraf etish bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Xo‘jalik birlashmalari ularning tarkibiga kiruvchi korxonalarga, tashkilotlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga (ishlarga, xizmatlarga), o‘z faoliyati samaradorligini hisobga olgan holda, bozor konyunkturasi asosida erkin narxlarni shakllantirishda yordam ko‘rsatsinlar.
2. “O‘zbeksavdo”, “O‘zbekbirlashuv” uyushmalari, “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi tizimidagi tovarlar va xizmatlar bozorida ustunlik mavqeini egallab turgan ombor xo‘jaliklari korxonalari, birlashmalari, ulgurji savdo va avtotransport korxonalari 1-ilovaga* muvofiq monopoliyadan chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar ma’qullansin.
3. Monopoliyadan chiqarish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Komissiyaga quyidagilar yuklatilsin:
tovar va xizmatlar bozorida monopol mavqeni egallab turgan korxonalar faoliyatini ekspertiza qilish materiallarini ko‘rib chiqish;
ekspertiza materiallari bo‘yicha monopol korxonalarni maydalashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar qabul qilish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda, o‘zlarining ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishayotgan xo‘jalik yurituvchi monopolist subyektlarni aniqlash maqsadida, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi raqobatli muhitni muntazam ravishda tadqiq qilib borishni amalga oshirsinlar.
Tadqiqotlar natijalari bo‘yicha Idoralararo komissiyaga, yangi tadbirkorlarning bozorga kirishlari uchun zamin yaratish, raqobatni rivojlantirish uchun, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning monopolistik faoliyatini to‘xtatish va bartaraf qilishga doir takliflar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin. | 97 | 2,522 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK AYRIMLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-son Qonuniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1995-yil 5-yanvardagi PF-1030-son Farmonining 13-bandi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 7-sentabrdagi PF-1270-son Farmoni.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank oborotiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-son qarorining 3-bandidagi “investitsiya aktivlarini boshqaruvchi”, “mazkur faoliyat turlarini” so‘zlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi”, “qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyatini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 21-maydagi PQ-872-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “mazkur faoliyat turlarini” so‘zlari “qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyatini” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 167 | 1,559 |
Qonunchilik | Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son, “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son hamda “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Startap” loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni (keyingi o‘rinlarda davlat buyurtmasi deb ataladi) shakllantirish, bajarish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akademik harakatchanlik — ilmiy xodimlarning o‘z ish joyidan ajralmagan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, tajriba almashishi;
amaliy tadqiqotlar — amaliy maqsadlarga erishish va aniq vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlarni va fundamental tadqiqotlar natijalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar;
benefitsiar (loyihadan foyda oluvchi) — ilmiy-tadqiqot loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxs;
davlat buyurtmasi — ilmiy-tadqiqot loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirish topshirig‘i;
ilmiy ekspertiza — ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha asoslantirilgan qaror qabul qilish maqsadida uni o‘rganish, tahlil qilish, baholash va xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyat;
ilmiy-tadqiqot loyihasi — fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shaklida maqsad va vazifalari, ijrochilari va bajarish muddatlari, manbalari, vositalari (ularning shakllantirish manbalaridan qat’i nazar) ilmiy va (yoki) ilmiy-texnik natijalarni, nou-xau va yangi texnologiyalarni olishga qaratilgan tashkiliy-texnik va boshqa zarur chora-tadbirlar majmui;
ilmiy-texnik kengash — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilmiy loyihalarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish maqsadida tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha sohaga oid olimlar, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan shakllantirilgan hamda jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan ilmiy-texnik jamoa;
innovatsion loyihalar — amalga oshirish muddati, infratuzilmasi, ijrochilari, moliyalashtirish manbai va hajmiga ega innovatsiyani yaratish va ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar;
kollegial organ — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hay’ati;
loyihaning ijrochi tashkiloti — ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshiruvchi ilmiy faoliyat subyektlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan boshqa tashkilotlar;
maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan davlat siyosati vazifalarining ilmiy yechimini ta’minlashga yo‘naltirilgan, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari oldida turgan o‘ziga xos muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan kompleks yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan, tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni chegaralangan ilmiy-tadqiqot loyihalari;
sanoat hamkori — ilmiy-tadqiqot loyihasi natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishdan manfaatdor bo‘lgan va shunga muvofiq loyihani hamkorlikda moliyalashtirish taklifiga ega sanoat yoki tarmoq korxonasi;
tajriba-konstruktorlik loyihasi — tajriba, konstruktorlik namunalari, asboblar, materiallar, buyumlar va boshqa ilmiy ishlanmalarni loyihalash, tayyorlash va sinovdan o‘tkazish, rivojlantirish bilan bog‘liq loyiha;
tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari — fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ilmiy faoliyat subyektlarining tashabbuslari asosida qabul qilinadigan, alternativ loyiha takliflari talab qilinmaydigan ilmiy-tadqiqot loyihalari;
tematik ilmiy-tadqiqot loyihalari — ilmiy faoliyatning ilg‘or yo‘nalishlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ehtiyojlari va muammolaridan kelib chiqqan holda davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari asosida ishlab chiqiladigan, moliyaviy hajmi ko‘rsatilgan, mavzu doirasida olinadigan yakuniy mahsuloti aniq aks ettirilgan muntazam ravishda e’lon qilinadigan, tanlov asosida moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari;
fundamental tadqiqotlar — tabiat, jamiyat va insonning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishiga oid asosiy qonuniyatlar haqidagi yangi bilimlarni olishga, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, shuningdek, muayyan faoliyat natijasida yaratilgan obyektlarni o‘rganishga qaratilgan nazariy va (yoki) tajriba o‘tkazishga qaratilgan tadqiqotlar.
3. Davlat buyurtmasi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalari, maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari hamda ilmiy faoliyat subyektlarining tashabbuslari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida shakllantiriladi.
4. Davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Buyurtmachi deb ataladi) yuklanadi.
5. Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajarish uchun davlat buyurtmasi Buyurtmachi bilan ilmiy-tadqiqot loyihalarining ijrochi tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
6. Davlat buyurtmasi mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlantirish vazifalari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun shakllantiriladi.
7. Davlat buyurtmasi bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar yo‘nalishlari, tematikalari va moliyalashtirish hajmlari Buyurtmachi tomonidan shakllantiriladi va ilmiy-tadqiqot loyihalarini belgilangan tartibda tanlovdan tashqari (alternativ loyiha takliflari mavjud bo‘lmaganda) yoki tanlov asosida (alternativ loyiha takliflari ichidan) saralab olish uchun asos bo‘ladi.
8. Buyurtmachi davlat buyurtmasini bajarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan talablar asosida e’lon qiladi.
E’lonlar Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga arizalarni shakllantirish, ro‘yxatdan o‘tkazish va topshirish tartibi, muddati va talablari ko‘rsatilgan holda joylashtiriladi.
9. Fundamental ilmiy-tadqiqot loyihalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
tabiat, jamiyat, inson, ong va sun’iy ravishda yaratilgan obyektlarning tuzilishi, faoliyati va rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochishga qaratilgan yangi bilimlarni egallash;
ilm-fanning muayyan sohasidagi tadqiqotlar natijalarini nazariyalar, tushunchalar, metodologiyalar, usullar, tavsiyalar shaklida qo‘llash maqsadida tadqiq etish;
ilm-fan nazariyasi va metodologiyasini boyitishga, kelgusida bajariladigan amaliy tadqiqotlar hamda ularni amaliy qo‘llashga qaratilgan innovatsiya ishlari uchun asos sifatida xizmat qilish.
Fundamental loyihalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati besh yilgacha bo‘lishi mumkin.
Fundamental loyihalar tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega bo‘lishi shart.
10. Amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
ishlab chiqarish va/yoki ijtimoiy, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yangi konstruksiyalar, materiallar, usullar, xizmatlarni yaratishga yoki mavjudlarini takomillashtirishga xizmat qilishi;
iqtisodiyotning real sektorini shakllantirishga ko‘maklashish, ishlab chiqarish sohasida energiya va resurslarni tejashni ta’minlash, milliy iqtisodiyot subyektlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning innovatsion tarkibini va qo‘shimcha qiymatini oshirish;
yuqori texnologiyali mahsulotlar namunalarini tayyorlash va/yoki ishlanmalarning texnik va texnologik sinovlarining natijalari va/yoki olingan ilmiy-texnik natijani iqtisodiyotning real sektoriga joriy qilish;
ilmiy-texnik mahsulotlar va unga ilmiy-texnik hujjatlar to‘plamini, shu jumladan loyihalash hujjatlarini va/yoki texnologik hujjatlarni tasdiqlash, laboratoriya qoidalari va/yoki texnik shartlar va pasportlar, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar to‘plamini ishlab chiqish.
Amaliy loyihalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati uch yilgacha bo‘lishi mumkin.
Amaliy loyihalar tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega bo‘lishi shart.
11. Innovatsion loyihalari quyidagi talablarga javob berishi zarur:
avval bajarilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar asosida mahalliy xomashyolardan foydalangan holda import o‘rnini bosuvchi, eksportga mo‘ljallangan yangi mahsulot va texnologiyalarni yaratish, mavjudlarini sifat jihatidan takomillashtirish, tannarxini pasaytirish, mehnat bozorida yangi ish o‘rinlarini yaratishni ta’minlash;
keyinchalik ulardan amaliyotda foydalanish maqsadida amalga oshiriladigan konstruktorlik, tajriba namunalari, asboblar, materiallar, buyumlar va boshqa ilmiy ishlanmalarni loyihalash, tayyorlash va sinovdan o‘tkazish, rivojlantirish bilan bog‘liq tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish;
yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulotlar namunalari yoki prototiplarini yaratish va/yoki tajriba-laboratoriya texnologiyasini tatbiq etish, ilmiy hajmdor mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada qo‘llash uchun yangi turdagi xizmatlarning tajriba-sinovini o‘tkazish (sog‘liqni saqlash, bank-moliya sektori va boshqalar).
Innovatsion loyihalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati ikki yilgacha bo‘lishi mumkin.
Innovatsion loyihalar tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega bo‘lishi shart.
12. Ilmiy-tadqiqot loyihalariga tashkilotlardan taqdim etiladigan arizalar Buyurtmachi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, identifikatsiya raqami olingandan so‘ng qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish tartibi va ijrochi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar Buyurtmachi tomonidan belgilanadi va Buyurtmachining rasmiy veb-saytida va/yoki zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
13. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalariga buyurtma davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy faoliyat subyektlarining asoslangan takliflari, shuningdek, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, tijoratlashtirish imkoniyati mavjud yakuniy tayyor mahsulot/texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojlari tahlilining natijalari asosida Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarini va real ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish va hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar (keyingi o‘rinlarda takliflar deb ataladi) tayyorlaydi. Takliflar Buyurtmachining rasmiy so‘roviga asosan yoki ixtiyoriy ravishda ko‘rib chiqish uchun muntazam ravishda taqdim etilishi mumkin.
Bunda davlat buyurtmasiga kiritish uchun ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning ilmiy-texnik yoki ilmiy kengashlarida ko‘rib chiqilib, ma’qullangan tematik loyiha e’loni uchun taklif ushbu muassasalarning yuqori turuvchi vazirlik va idoralariga taqdim etiladi.
Yuqori turuvchi vazirlik va idoralar ilmiy-tadqiqot hamda oliy ta’lim muassasalaridan olingan takliflarni umumlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun Buyurtmachiga taqdim etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlarining ilmiy yechimni ta’minlash talab etiladigan ehtiyojlari bo‘yicha takliflar to‘g‘ridan to‘g‘ri Buyurtmachiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan takliflar hudud iqtisodiyotining muammolarini va ilmiy-texnik ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish, shuningdek, hududdagi yuqori turuvchi tashkiloti mavjud bo‘lmagan boshqa tashkilotlarning takliflari asosida shakllantiriladi.
15. Davlat buyurtmasiga kiritish uchun tematik loyiha e’loni uchun takliflarni shakllantirishda quyidagi prinsiplarga rioya etiladi:
ilmiy-tadqiqot mavzusining dolzarbligi va tematik loyiha mavzusida aniq yakuniy mahsulotga buyurtmani aks etganligi;
fan va texnologiyalar rivoji uchun ustuvorligi;
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlarining aniq muammolarini hal etishga qaratilganligi;
loyiha natijasida yakuniy mahsulotni yaratilishi asoslanganligi;
ishlanmaning raqobatbardoshliligi;
tayyor mahsulotni ishlab chiqishga yo‘naltirilganligi;
loyiha natijalarining tijoratlashtirish imkoniyatining mavjudligi;
loyihaning natijadorligi (mahsulot yoki takomillashtirilgan texnologiya);
loyihaning moliyalashtirish prognoz hajmlari belgilanganligi.
16. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflarni shakllantirish uchun, zarur hollarda, Buyurtmachi tomonidan mavzu va loyiha natijasida yaratiladigan mahsulotni iqtisodiyotga kerakligi to‘g‘risida manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga so‘rov yuboriladi.
Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflar Buyurtmachi tomonidan muntazam ravishda qabul qilinadi.
17. Takliflarni shakllantirishda ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi uchun tematik ilmiy-tadqiqot bo‘yicha taklif bergan (benefitsiar) tomon javobgar bo‘ladi.
18. Buyurtmachi taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kun davomida kelib tushgan takliflar yig‘ma ro‘yxatini shakllantiradi, ularning takrorlanishining oldini olish maqsadida, shuningdek, amalga oshirilayotgan va avval amalga oshirilgan loyihalarni hisobga olgan holda o‘rganib chiqadi.
19. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflarni o‘rganish jarayoniga zarur hollarda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin.
20. Buyurtmachi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflar ro‘yxatini shakllantirishda mavzu doirasida amalga oshiriladigan loyihaning turi, kutilayotgan yakuniy natijasi va amalga oshirish muddatlaridan kelib chiqib, moliyalashtirishning prognoz hajmini belgilashi mumkin.
21. Buyurtmachi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar dolzarbligi hamda ahamiyatini, kutilayotgan yakuniy natijasini hisobga olgan holda, loyihalarni amalga oshirish muddatlarini belgilaydi.
22. Buyurtmachining tarkibiy bo‘linmalari taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kun muddat ichida loyiha tasnifi va unga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi va e’lon uchun tayyorlaydi.
23. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarga davlat buyurtmasi Buyurtmachining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va loyihani topshirishning aniq muddati va tartibi belgilangan holda uning rasmiy veb-saytida va zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qilinadi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ayrim takliflar e’longa berilmasligi va qayta ko‘rib chiqish uchun taklif etuvchiga qaytarilishi yoki asoslantirilgan holda rad etilishi mumkin.
24. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarda bayon etilgan vazifa va topshiriqlar asosida (agar bu topshiriqlarni ijrosi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar tanlovlari doirasida bajarilishi mumkin bo‘lmasa) hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari oldida turgan o‘ziga xos muammolarni hal etish ehtiyojidan kelib chiqib murojaatga muvofiq qabul qilinadi. Bunda tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni chegaralanganligi uchun loyihalar tegishli ilmiy-texnik kengashda o‘tkazilgan ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovdan tashqari moliyalashtiriladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
25. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari ikki yoki undan ortiq ilmiy faoliyat subyektlari, xalqaro va xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
26. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari qabul qilinganidan keyin o‘ttiz kun ichida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha takliflarni Buyurtmachiga taqdim etadi. Bunda taklif qilinayotgan ilmiy loyihaning maqsadliligi, o‘ziga xosligi va tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni yo‘qligi yoki chegaralanganligi asoslab berilishi shart.
Buyurtmachining o‘rganishlari va xulosasi asosida tanlov o‘tkazish imkoni bo‘lgan topshiriqlarga tematik ilmiy loyihalar shakllantirilib, tanlovga qo‘yilishi mumkin.
27. Buyurtmachi maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini tegishli ilmiy kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovdan tashqari moliyalashtirishga yo‘naltiradi.
28. Ariza beruvchi (benefitsiar) maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirishda va amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar uchun javobgardir.
29. Buyurtmachi taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kun davomida kelib tushgan takliflarning yig‘ma ro‘yxatini shakllantiradi, takrorlanishlarining oldini olish maqsadida, shuningdek, amalga oshirilayotgan va avval amalga oshirilgan loyihalarni hisobga olgan holda tegishli ilmiy kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya beradi.
30. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayoniga zarur hollarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin.
31. Buyurtmachi loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyat mavjud bo‘lganda, mablag‘lar limitini oshirish yoki mablag‘larni tadqiqot yo‘nalishlari o‘rtasida qayta taqsimlash huquqiga ega.
Qabul qilingan barcha turdagi loyiha hujjatlarining moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza loyiha fan yo‘nalishi bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengash tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etish to‘g‘risidagi bayonnoma Buyurtmachiga taqdim etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida amalga oshiriladi.
Moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan o‘tmagan loyihalar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi va moliyalashtirilmaydi.
32. Tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa manfaatdor tashkilotlarning asoslangan takliflari asosida ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq shakllantiriladi, tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovlarsiz moliyalashtiriladi.
Buyurtmachi ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga e’lon beradi.
E’lon bo‘yicha tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga talab etiladigan hujjatlar Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va unda loyiha talabnomalarini qabul qilish muddatlari, amalga oshirish muddatlari va loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
33. Tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha loyiha talabnomalari Buyurtmachi tomonidan belgilangan talablar va shakllarga muvofiq taqdim etiladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
34. Tashabbuskor loyihalarni amalga oshirish muddatlari tadqiqot turlari bo‘yicha ishlarni bajarish muddatiga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda, asoslantirilgan kalendar ish rejalariga muvofiq belgilanadi.
35. Tashabbuskor loyihalarni moliyalashtirish hajmi loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar va moliyaviy rejalar asosida belgilanadi.
36. Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan tashabbuskor loyihalarni amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish hajmi loyiha talabnomalarining o‘tkazilayotgan ekspertizasi natijasi bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar va buyurtmachining qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin.
37. Amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarining talabnomalari ilmiy faoliyat subyektlari va sanoat hamkorlari bilan birgalikda taqdim etilishi mumkin.
Bunday arizada sanoat hamkori tomonidan qo‘shma (ulushli) moliyalashtirish hajmi, shu jumladan qo‘shma moliyalashtirish xarajatlari turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
38. Buyurtmachi berilgan e’longa ko‘ra, tadqiqot yo‘nalishlariga ko‘ra tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha kelib tushgan loyihalarni qabul qiladi, ularning texnik ekspertizasini o‘tkazadi va huzuridagi ilmiy-texnik kengashlarda loyihaning ilmiy ekspertizani va ochiq muhokamasi tashkil etadi.
39. Buyurtmachi:
tematik ilmiy-tadqiqot loyihalariga muntazam ravishda tanlov e’lon qiladi va tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra eng maqbul loyihalardan birini tanlab, moliyalashtirishga tavsiya etadi;
maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalariga taklif qabul qiladi, tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovsiz moliyalashtirishga tavsiya etadi;
ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tashabbuskor loyihalarga e’lon beradi va tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovsiz moliyalashtirishga tavsiya etadi.
40. Tashabbuskor loyihalarga e’lon va tematik loyihalari tanlov talablari Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda loyiha talabnomalarini qabul qilish muddatlari, loyiha mavzularining nomi, amalga oshirish muddatlari va loyihalarni moliyalashtirishning prognoz miqdori, loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chiqarilgan topshiriqlarning asoslanganligiga qarab, tanlovlar o‘tkazilishi yoki tanlovlarsiz moliyalashtirish uchun kollegial organga xulosa berilishi mumkin.
41. Tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, Buyurtmachining talablari va tanlov hujjatlariga muvofiq ilmiy faoliyat subyektlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi boshqa tashkilotlar ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari to‘plami bilan loyihalar tanlovida qatnashish, hujjatlar to‘plamini e’londa belgilangan muddatlarga muvofiq taqdim etish huquqiga ega.
42. Loyiha talabnomasi tarkibidagi hujjatlarning asosiy ro‘yxati va ularni rasmiylashtirish (to‘ldirish) va taqdim etish tartibi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi hamda Buyurtmachining rasmiy veb-saytida va zarur hollarda, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.
43. Loyiha talabnomalari Buyurtmachi tomonidan e’lon qilingan hujjatlar e’lon yoki tanlov shartlarida belgilangan sanaga qadar qabul qilinadi.
44. Buyurtmachi ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha kelib tushgan barcha loyihani ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularga ro‘yxatga olish raqamlarini beradi hamda texnik ekspertizadan o‘tkazadi. Texnik talablarga mos loyihalar ilmiy ekspertiza va ochiq muhokama o‘tkazish uchun buyurtmachi huzuridagi tegishli ilmiy-texnik kengashlarga yo‘naltiriladi.
45. Yopiq mavzudagi (maxsus yo‘nalishdagi) ilmiy-tadqiqot loyihalariga e’lon va tanlovlar davlat buyurtmasiga qo‘yilgan talablar doirasida maxfiy ish yuritish talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Yopiq ilmiy-tadqiqot loyihalariga e’lon va tanlovlar ochiqlanmaydi. Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar loyiha talabnomalari, oldindan belgilangan ijrochi tashkilot bo‘lmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan maxsus aloqa kanallari orqali qabul qilishning tegishli darajasiga ega tashkilotlarga yuboriladi.
46. Xalqaro bitimlar doirasida amalga oshiriladigan tematik yoki tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga e’lon va tanlovlar ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
47. Loyiha talabnomasida loyihani amalga oshiradigan ilmiy jamoa tarkibiga kiritilgan ijrochilar soni, shuningdek, loyihaning asosiy ijrochilari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
48. Loyihani amalga oshirish boshlangan vaqtda tuzilgan ilmiy jamoaning o‘rtacha yoshi, qoida tariqasida, 45 yoshdan oshmasligi kerak. Tadqiqot guruhining o‘rtacha yoshi ijrochilar yoshining arifmetik o‘rtacha darajasi sifatida hisoblanadi.
49. Akademik va ilmiy almashinuvni rag‘batlantirish, akademik harakatchanlik va hamkorlikni rivojlantirish uchun 45 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarning milliy (respublika) ilmiy va xorijiy ta’lim muassasalariga qisqa va uzoq muddatli xizmat safarlari (jumladan ilmiy anjumanlarda ishtirok etish) loyiha talabnomalarga kiritilishi mumkin.
Xizmat safarining maqsadi ilmiy-tadqiqot loyihasi kalendar rejasiga mos kelishi va loyiha ko‘rsatkichlarining bajarilishiga xizmat qilishi lozim.
50. Fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun loyiha talabnomasiga qo‘yiladigan asosiy talab ilmiy jamoa va loyihani amalga oshiruvchi tashkilotning falsafa doktori yoki fan doktori ilmiy unvoni bo‘yicha ilmiy guruh a’zolaridan kamida bittasi tomonidan ilmiy dissertatsiya tayyorlash va himoya qilinishini ta’minlashdan iborat bo‘lishi lozim.
51. Amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda sanoat yoki tarmoq tomonidan hamkorlikda moliyalashtirishga qiziqish bo‘lgan taqdirda, loyiha talabnomalariga sanoat yoki tarmoq hamkori to‘g‘risidagi ma’lumot va uning moliyaviy ishtiroki (hamkorlikda moliyalashtirish) hajmi va turlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
52. Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, shuningdek, ilmiy izlanuvchilar institutini rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot guruhiga ilmiy stajor lavozimi kiritilishi lozim.
53. Ijrochi tashkilotlar loyihani to‘liq yoki qisman amalga oshirish uchun xorijiy olimlarni va xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydigan mutaxassislarni, ta’lim muassasalarini, tashkilotlarni va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishi mumkin.
54. Har bir loyiha talabnomasi Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzilgan quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi zarur:
ilmiy-tadqiqot guruhining tarkibi har bir lavozimga talablar tavsifi bilan;
loyiha mablag‘larining ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurs bazasini (binolar, jihozlar, inventarlar, dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazalari, ma’lumot manbalari va boshqalar) shakllantirishga yo‘naltirilganligi (kamida 40 foiz miqdorida), ilmiy jamoa uchun yaratib beriladigan shart-sharoitlar mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar;
ushbu ishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan tadqiqot guruhi a’zolari bilan ishlashning ketma-ketligini tavsiflovchi kalendar reja;
xarajatlar yo‘nalishlari ko‘rsatilgan, zarur moliyalashtirish hajmi va muddatlarini aks ettiruvchi moliyaviy reja va hisob-kitoblar;
tadqiqotning kutilayotgan natijalarini qo‘llash sohasi ko‘rsatilgan holda uning asosiy natijalari tavsifi.
55. Loyiha va tadqiqot turiga qarab, loyiha talabnomalari tarkibiga qo‘yiladigan talablarning to‘liq ro‘yxati Buyurtmachi tomonidan belgilanadi, tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida va zarur hollarda, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.
56. Tematik loyihalar tanloviga hujjatlar topshirish muddatining oxirgi sanasigacha tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga javob beradigan kamida ikkita loyiha talabnomasi kelib tushgan bo‘lsa, tanlov haqiqiy deb hisoblanadi. Bu holda loyiha talabnomalari ekspertiza va keyingi tanlov uchun yuboriladi.
57. Agar tanlovda bitta ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa yoki hech kim qatnashmagan bo‘lsa, u holda tanlov bo‘lmagan deb hisoblanadi. Bu holda Buyurtmachi ushbu loyiha bo‘yicha bir xil shartlar va talablar asosida qayta tanlov o‘tkazishi shart.
58. Agar loyihalarning texnik ekspertizasi natijalariga ko‘ra, Buyurtmachi barcha loyihalarni rad etsa yoki bitta hujjat talabnomasi tanlov hujjatlari talablariga javob bersa, tanlov bo‘lmagan deb topiladi va qayta tanlov e’lon qilinadi.
59. Tanlov hujjatlari shartlarini o‘zgartirmasdan, qayta tanlovda yangi takliflarni qabul qilish muddati kamida o‘n ish kuni deb belgilanadi. Agar qayta tanlovga muqobil loyiha talabnomasi kelib tushmasa, dastlabki bosqichda tanlovga kelib tushgan bitta loyiha Buyurtmachi tomonidan suhbat asosida arizachi bilan muzokara o‘tkazilib, ijobiy xulosa natijasiga ko‘ra belgilangan tartibda keyingi bosqichga yo‘naltiriladi.
60. Olingan loyiha talabnomalarining ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan tashkil qilinadi. Bunda dastlab texnik va keyinchalik ilmiy ekspertizani o‘tkazish yo‘li bilan yakuniy xulosa shakllantiriladi.
61. Qabul qilingan barcha turdagi loyiha hujjatlarining texnik ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Texnik ekspertizani o‘tkazish muddati loyiha talabnomalari uchun hujjatlarni qabul qilish tugagan kundan boshlab o‘n besh kundan oshmasligi kerak.
62. Texnik ekspertiza taqdim etilgan hujjatlarning Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiqligini, shuningdek, loyiha hujjatlariga ko‘ra taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil qilishda xatolarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
63. Texnik ekspertiza quyidagi tartiblarni o‘z ichiga oladi:
talabnomaga ilova qilingan shakllarning to‘liqligi va to‘g‘riligini, zarur imzo, muhr va shtamplarning mavjudligini tekshirish;
ilgari topshirilgan loyiha talabnomasiga o‘xshash yoki shu mavzuda bajarilgan loyihalarning mavjudligi va loyiha talabnomalarining takrorlanishini aniqlash;
taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar mavjudligini o‘rganish;
loyiha talabnomasiga ko‘ra, har taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tekshirish, texnik xatolar va noaniqliklar yo‘qligini tekshirish.
64. Loyiha hujjatlari bo‘yicha texnik ekspertizaning ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda, hujjatlar to‘plami Buyurtmachi tomonidan ilmiy ekspertizani o‘tkazish uchun Buyurtmachi huzuridagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengashlarga yuboriladi.
65. Loyiha hujjatlari bo‘yicha texnik ekspertizaning salbiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, Buyurtmachi loyihani taqdim etgan muassasaga (tashkilotga) bu haqda yozma ravishda ma’lum qiladi. Buyurtmachi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddat belgilanadi.
Buyurtmachi loyiha talabnomada ko‘rsatilgan tartibda asoslantirilgan xulosani tegishli tashkilotga (muassasaga) yetkazadi.
Agar loyiha taqdim etgan tashkilot (muassasa) Buyurtmachi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni belgilangan muddatda taqdim etmasa, loyiha ko‘rib chiqish jarayonidan olib tashlanadi va ilmiy ekspertizadan o‘tkazilmaydi. Mazkur holatda loyiha hujjatlari uni taqdim etgan tashkilotga (muassasa) qaytarib yuborilmaydi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachida saqlanadi. Loyihani taqdim etgan tashkilot (muassasa)ning yozma murojaatiga asosan loyiha hujjatlari Buyurtmachi tomonidan qaytarilishi mumkin.
66. Tanlovga bitta loyiha taqdim etilgan hollarda loyihalarni alohida tartibda ko‘rib chiqish uchun Buyurtmachining buyrug‘iga binoan Buyurtmachining tarkibiy bo‘linmalarining mas’ul xodimlaridan kamida besh kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi.
Ishchi guruh besh ish kuni ichida yagona ishtirokchining loyihasini ko‘rib chiqadi va uning tanlov takliflarini taqqoslaydi.
Individual tartibda ko‘rib chiqilayotgan loyiha ushbu mavzu bo‘yicha ilmiy izlanishlarning hozirgi bosqichida talabga ega bo‘lishi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning, shu jumladan tijoratlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yakuniy tayyor mahsulot texnologiyalariga yo‘naltirilgan loyihalarning ehtiyojlariga javob berishi kerak.
Tekshirish natijalariga ko‘ra, ishchi guruh loyihani ilmiy-texnik kengashda ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lgan tegishli bayonni tasdiqlaydi.
67. Davlat buyurtmasi asosida bajariladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalar davlat ilmiy ekspertizasidan o‘tkazilishi shart.
68. Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi ikki bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqichda har bir loyiha talabnomasi Buyurtmachi tomonidan mustaqil ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ekspertiza qilinadi;
ikkinchi bosqichda har bir loyiha talabnomasi fan yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar (ITK) tomonidan ochiq muhokamadan o‘tkaziladi.
69. Ilmiy ekspertiza loyihaning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini, uni texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini, shu jumladan moddiy-texnik bazaning yetarli ekanligi, ilmiy salohiyatning va ilmiy jamoaning ilmiy natijalari mavjudligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
70. Ilmiy ekspertiza quyidagi tamoyillarga asoslangan holda amalga oshiriladi:
ekspertlarning mustaqilligi;
ilmiy loyihani ilmiy yondashuv asosida, xolis, to‘liq va har tomonlama o‘rganish;
ekspertiza natijalarining asoslantirilganligi;
ekspertlarning chuqur bilimga egaligi, yuqori darajada professional va kasbiy mahoratga egaligi;
davlat, xizmat va tijorat sirlariga rioya qilgan holda ekspertiza natijalarining ochiqligi;
jamoat, texnika va ekologik xavfsizlikka, milliy va xalqaro standartlarga rioya qilish.
71. Ilmiy ekspertizani amalga oshirish jarayonida uning natijalaridan shaxsan manfaatdor bo‘lgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
72. Ilmiy ekspertiza muddati Buyurtmachi tomonidan ITKga loyiha kelib tushgan sanadan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.
73. Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi ikki bosqichda o‘tkaziladi.
74. Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichida loyiha talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ikkita ekspert bo‘yicha taklif Buyurtmachiga kiritiladi. Buyurtmachi tomonidan ekspertlar ro‘yxatga olingandan so‘ng, ekspertlarga loyihalar ko‘rib chiqish va baholash uchun taqdim qilinadi.
Ekspertlarga qo‘yiladigan talablar, ularni tanlash va ekspertizaga tayinlash tartibi Buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
75. Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichida ekspertlar loyiha talabnomasini bir oy muddatda ko‘rib chiqadi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, har bir ekspert loyiha bo‘yicha o‘zining ekspert xulosasini beradi va uni 100 ballik shkala bo‘yicha baholaydi, bunda 0 ball — eng past ko‘rsatkich, 100 ball — eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bunda agar bir loyiha bo‘yicha ikki ekspert baholaridagi farq 25 balldan yuqori bo‘lsa, ekspertiza natijalarini aniqlashtirish maqsadida uchinchi ekspert qo‘shimcha ekspertiza uchun tayinlanadi.
Loyiha talabnomasining yakuniy ekspert bahosi barcha ekspert baholarining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichi natijalari Buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ekspert xulosalari ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichini o‘tkazish uchun ITKga yuboriladi.
Ilmiy ekspertizadan o‘tmagan loyihalar ITK tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bayonnoma va ekspert xulosalari bilan birga Buyurtmachiga qaytariladi. Buyurtmachi asoslantirilgan rad etish xulosasini loyiha rahbarlariga interfaol xizmat orqali bildirish uchun elektron platformaga joylashtiradi.
76. Ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichida loyihalar ITK yig‘ilishida ochiq muhokama (taqdimot) shaklida ko‘rib chiqiladi. Ilmiy loyihaning rahbari ilmiy loyiha taqdimoti bilan ITK yig‘ilishlarida qatnashadi. ITK a’zolari tadqiqot loyihasi va loyihani qo‘llash mavzusi bo‘yicha savollar berish huquqiga ega.
77. Taqdimot va ochiq muhokamaning natijalariga ko‘ra, ovoz berish huquqiga ega ITK a’zolari loyiha talabnomasini 100 ball tizimidan foydalangan holda baholaydi, bunda 0 ball eng past baho va 100 ball eng yuqori baho hisoblanadi. ITK a’zolarining baholari yig‘ilish bayonnomasida qayd etiladi. ITK tomonidan loyiha taklifining yakuniy bahosi ITK a’zolari baholarining o‘rtacha arifmetik qiymati bilan belgilanadi.
Loyiha talabnomasini baholash jarayonida loyihani amalga oshirishni rejalashtirilayotgan tadqiqotchilar guruhi rahbari va a’zolarining qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
78. ITK yig‘ilishining qoidalari va qarorlarini qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashlar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
79. ITK tomonidan yakuniy bahosi 60 va undan yuqori ball bo‘lgan taqdirda, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichidan o‘tgan deb hisoblanadi.
80. Har bir loyiha talabnoma bo‘yicha ilmiy ekspertiza yakunlangach, ITK xulosa va tavsiyalar beradi. ITK qarorlari va xulosalari yig‘ilish bayoni shaklida tuzilib, rais tomonidan tasdiqlanadi.
81. ITK a’zosi baholash jarayonida ko‘pchilikning fikriga qo‘shilmasa, o‘zining alohida fikrini bildirishga haqli. ITK a’zosining alohida fikri yig‘ilish bayonnomasiga kiritiladi.
82. ITK o‘xshash mavzular va yo‘nalishlar bo‘yicha birlashtirgan, ularni bajarish jarayonini maqbullashtirish maqsadida ish hajmi va xarajatlarni aniqlaydigan rejalashtirilgan ishlarni to‘g‘rilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishi mumkin.
83. ITK ekspertizasi natijalari tahlil qilinib, umumlashtirilganidan so‘ng o‘n kun ichida kollegial organga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Kollegial organ loyiha buyurtmalarini to‘g‘ri va xolis baholaganligini tekshirish maqsadida qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazish tartibi kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.
Kollegial organ ITK raislarini qabul qilingan qarorlarga tushuntirish berishni so‘rab muhokamaga taklif qilishga haqli.
Zarur hollarda, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertiza jarayonida ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalar asosida, shuningdek kollegial organning ko‘rsatmasiga muvofiq ITK tomonidan qayta ishlanib, uning mavzusi va tarkibiga qisman o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan tavsiyalar bilan Buyurtmachiga taqdim etilishi mumkin.
Bunda ITK tomonidan bir marotaba loyiha rahbariga uch ish kuni ichida tegishli o‘zgartirishlar qilishga ruxsat beriladi, o‘zgartirilgan loyiha qayta ekspertiza va muhokamadan o‘tkaziladi. ITK bayonida va uning qaror qismida loyiha talabnomasini qayta ishlash bilan bog‘liq barcha jarayonlar to‘liq asoslantirilishi lozim.
84. Ijobiy baholangan va moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarining yakuniy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror kollegial organ tomonidan hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
85. Ijobiy baholangan loyihalarni tasdiqlash bo‘yicha kollegial organ yig‘ilishida nizo yuzaga kelgan taqdirda, kollegial organ qarori bilan loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashida ko‘rib chiqish uchun yo‘naltirilishi va bunda ITK raisi tomonidan taqdimot o‘tkazilishi mumkin. Jamoatchilik kengashi bir oy muddatda loyiha bo‘yicha, shu jumladan loyihalarni moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini kollegial organga taqdim etadi.
86. Buyurtmachi kollegial organ qarori qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n besh kun muddatda ilmiy-tadqiqot loyihasining ijrochi tashkiloti bilan belgilangan tartibda shartnoma imzolashi zarur.
Shartnomada moliyalashtirish shartlari va tomonlarning majburiyatlari nazarda tutilishi lozim.
Shartnomalarning namunaviy shakllari, shu jumladan ilova qilingan shakllar, jadvallar va boshqa materiallar buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
87. Davlat buyurtmasini amalga oshirish doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalari tanloviga taqdim etilgan loyiha talabnomasining ilmiy-texnik darajasini baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) fundamental tadqiqotlar uchun:
tashabbuskor loyihalarning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligi;
loyihaning maqsadli tanlov mavzusi va shartlariga muvofiqligi;
mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning yangiligi va ushbu yo‘nalishda ilmiy natijalarning mavjudligi va darajasi hamda yangi bilimlarni olish, yangi nazariyalar, usullar, tushunchalarni yaratishga qaratilganligi;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha zarur ilmiy salohiyat va ilmiy ma’lumotlarning mavjudligi (yuqori malakali olimlar jamoasi, so‘nggi besh yil ichida nashr etilgan ilmiy nashrlarning soni va sifati, patentlarning mavjudligi, yetakchi milliy va xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikning mavjudligi va boshqalar);
loyiha ijrochilari tarkibida 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarning mavjudligi, ularning soni va sifat xususiyatlari;
zarur moddiy-texnik bazadan (binolar, jihozlar, inventarlar, dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi, axborot resurslari va boshqalar) foydalanish imkoniyati;
b) amaliy loyihalar uchun:
tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy muammolarni hal qilish uchun yangi usullarni o‘rganishning kutilayotgan samarasi;
tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish imkoniyati, shu jumladan sanoat hamkori va loyihani amalga oshirishdagi tomonlar hissasini baholash;
loyihani amalga oshirish natijasida kutilayotgan natijalar: ilmiy-texnik hujjatlar to‘plamini (texnologik yoki laboratoriya reglamentlari, texnik pasport, texnik shartlar, loyihalash hujjatlari va boshqalar), eksperimental (laboratoriya, ishlab chiqarish, klinik) sinovlarni o‘tkazish uchun yangi yondashuvlar va usullarni ishlab chiqish;
zarur salohiyat — ilmiy (ushbu masala bo‘yicha yuqori malakali olimlar jamoasi) va moddiy-texnik resurslar (asboblar, uskunalar, materiallar va boshqa vositalar)ning mavjudligi;
loyiha ijrochilari tarkibida 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarning mavjudligi (doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, bakalavrlar);
loyiha ijrochilarining ilmiy salohiyati: ilmiy nashrlarning mavjudligi (xorijiy nashrlarda maqolalar, patentlar yoki boshqa ilmiy hujjatlar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturiy mahsulotlar), shuningdek, so‘nggi besh yil ichida nashr etilgan xalqaro va milliy konferensiyalarda ilmiy maqola va tezislar;
v) innovatsion loyihalar uchun:
loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar: import o‘rnini bosuvchi yoki eksportga yo‘naltirilgan yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishni tashkil etish (tayyorlash) uchun ilmiy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni (tasdiqlash) rejalashtirish;
loyihani tijoratlashtirish istiqbollari va sanoat hamkori darajasini va loyihani amalga oshirishga qo‘shgan hissasini baholash (mahsulot ma’lum bir iste’molchi uchun mos bo‘lgan bozorga kirish va aniq istiqbolga ega bo‘lishi kerak);
innovatsiya obyektiga talab darajasi: mahsulotga (texnologiya, ishlanma) talab — sanoat hamkori va (yoki) boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan loyihani amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratishda kafolatlar mavjudligi (loyihani amalga oshirishga qiziqish, zarur materiallar yoki boshqa manbalarni taqdim etishda ishtirok etish);
muhofaza qilinadigan hujjatlarning mavjudligi: patent (dasturiy mahsulot uchun guvohnoma) va taklif qilinayotgan mahsulot (texnologiya) uchun ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq to‘plami yoki texnik reglament, sinov sertifikati, texnik shartlar, e’lon qilingan ilmiy maqolalar, patentga (dasturiy mahsulotga) topshirilgan talabnoma (sertifikat) va ishlab chiqarilgan laboratoriya reglamentlari, laboratoriya sinovlari;
loyiha ijrochilarining tegishli ilmiy-texnik yoki innovatsion faoliyat va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha amaliy tajribasining mavjudligi: mahsulot tajriba namunasining mavjudligi, ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning ilmiy-texnik yoki ishchi tajriba-texnologik hujjatlari va/yoki mahsulotning laboratoriya, tajriba namunasining mavjudligi;
ishlab chiqarish bazasining texnologik jihatdan ta’minlanganlik darajasi: ishlab chiqarish bazasi, asboblar, uskunalar va boshqa zarur infratuzilma mavjudligi yoki rejalashtirilayotganligi (loyihani amalga oshirish paytida), shuningdek, mahalliy resurslar (xomashyo va butlovchi qismlar) bilan ta’minlanganligi (mavjudligi).
88. Davlat buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan hamda ushbu maqsadlar uchun jalb qilingan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda tarmoq va sanoat korxonalari muammolarini hal etishga qaratilgan davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari tarmoq va sanoat korxonalari bilan kelishuvlar asosida sheriklikda moliyalashtirilishi mumkin.
Davlat buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarni moliyalashtirish tegishli moliya yilidan boshlab quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ilmiy-tadqiqot loyihalari Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’atining tegishli qarorlari asosida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) orqali moliyalashtiriladi;
Har bir ilmiy-tadqiqot loyihasini moliyalashtirish uchun alohida shaxsiy hisobvaraq ochiladi;
Ijrochi tashkilot tomonidan har bir ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha belgilangan tartibda xarajatlar smetasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
89. Har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi hamda hisobotlarni (oraliq va yakuniy) mustaqil ekspertlar tomonidan ilmiy ekspertizadan o‘tkazilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga teng hajmda gonorar to‘lanadi.
90. Loyiha doirasida ajratilgan mablag‘lar ilmiy izlanishlar olib borishga, shuningdek, ish haqidan tashqari, umumiy mablag‘ning kamida 40 foizi ilmiy asbob-uskunalar, xomashyolar hamda boshqa zarur materiallarni xarid qilish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarga yo‘naltirilishi lozim, bunda fundamental, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi loyihalarda mazkur miqdor 20 foizgacha kamaytirilishi mumkin.
901. Loyiha ilmiy rahbari boshqa joyga ishga o‘tgan hollarda loyihaning amalga oshirilish joyi (ijrochi tashkilot) o‘zgartirilmaydi.
902. Xarajatlar kalkulatsiyasini tuzishda xarajatlarning umumiy moliyaviy hajmi loyiha bajarilishining butun davri uchun shu jumladan, har bir moliyaviy yil kesimida alohida jadvallarda ko‘rsatiladi.
903. Loyihalarni amalga oshirish uchun xarajatlar kalkulatsiyasi quyidagicha rejalashtiriladi:
ish haqi to‘lovlari;
ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar;
yagona ijtimoiy to‘lov;
boshqa xarajatlar shu jumladan, ilmiy xizmat safarlari xarajatlari hamda asosiy vositalarni sotib olish xarajatlari.
904. Mehnatga haq to‘lash fondini shakllantirishda:
loyihani bajarishda ishtirok etuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari rahbar, ilmiy va ishlab chiqarish xodimlariga belgilangan tegishli bazaviy lavozim maoshlari asosida, yordamchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash tegishli normativlar hamda vaqtinchalik pudrat shartnomalari asosida hisoblangan ish haqi to‘lovlari;
ish haqini mintaqaviy tartibga solish hisobiga, shu jumladan, cho‘l, suvsiz va baland tog‘li hududlarda ishlash uchun mintaqaviy koeffitsiyentlar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘lovlar;
homiladorlik va tug‘ish davriga kasallik varaqasi bo‘yicha to‘lovlar (loyihani bajarishda qatnashuvchi tashqi o‘rindoshlarga tatbiq etilmaydi);
ilmiy xodimlar, ilmiy yordamchi va boshqa xodimlar uchun ish haqi fondiga kiritilgan va qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa to‘lov turlari loyihani bajarish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida hisobga olinadi.
905. Yagona ijtimoiy to‘lovlar ish haqi fondiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan miqdorda rejalashtiriladi.
906. Safar xarajatlarida, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy va ilmiy yordamchi xodimlarning safar xarajatlari belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq aks ettiriladi.
Loyihalarni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijrochi tashkilotlar ilmiy xodimlarining respublika doirasida hamda xorijiy xizmat safarlari tadbirlarda ishtirok etish uchun taqdim etilgan asoslovchi hujjatlar va loyihaning kalendar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini to‘lash uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga aylantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
907. Boshqa xarajatlarning har bir turi sarflanadigan mablag‘lar va ularning taqsimoti xarajatlar kalkulatsiyasida alohida jadvallarda asoslab ko‘rsatiladi. Xarajat turlari har bir loyihaning mazmuni va xususiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi.
908. Davlat budjeti hisobidan loyihalarni bajarish uchun ajratilgan mablag‘larning quyidagi xarajatlarga sarflanishi man etiladi:
bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash;
obyektlarni qo‘riqlash xizmati to‘lovlari;
transport vositalarini (maxsus transport vositalari bundan mustasno), hashamatli yumshoq mebellar va aksessuarlarni, uyali telefonlarni sotib olish xarajatlari, loyiha ijrochisi bo‘lmagan xodimlarning xizmat safarlari;
jamoat transporti, maxsus yo‘nalishli transport vositalari, idoraviy transport vositalarida ish joyiga qatnash uchun yo‘l haqini to‘lash;
davolanish va dam olish, ekskursiyalar va sayohatlar, sport seksiyalari, to‘garaklar, klublardagi tadbirlar, madaniy-ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga tashriflar hamda shaxsiy iste’mol mollarini sotib olish xarajatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtiriladigan, shuningdek xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarini saqlash hamda joriy xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ijrochi tashkilotlarda ustama xarajatlar.
909. Loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘lar Kollegial organ qaroriga muvofiq Buyurtmachi buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
9010. Buyurtmachining Kollegial organ qaroriga muvofiq qabul qilingan buyrug‘i asosida davlat ilmiy dasturlarini bajarishga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasi doirasida ijrochi tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida har bir ijrochi tashkilot uchun (uning barcha loyihalari bo‘yicha) ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i orqali moliyalashtiriladi.
9011. Loyihalar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar orqali moliyalashtiriladi.
9012. Davlat ilmiy dasturlarini bajarish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasi ijrochi tashkilotlar bo‘yicha barcha ilmiy loyihalarning umumiy summasi Budjet tizimi budjetlari iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida — 42 99 990 (Tovar va xizmatlar sotib olish bo‘yicha boshqa xarajatlar) moddasi orqali aks ettirilgan holda tuziladi va moliyalashtiriladi.
9013. Loyihalarni Davlat budjetidan moliyalashtirishni muddatidan oldin to‘xtatish Ilmiy-texnik kengashning ushbu loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi xulosalariga asosan Buyurtmachining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Buyurtmachining qaroriga asosan loyihalarni bajarish muddati uzaytirilishi hamda moliyalashtirish hajmiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda uzaytirilgan muddatda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining kalendar rejasi qo‘shimcha shartnoma bilan tasdiqlanadi.
9014. Loyihalarni moliyalashtirish muddatidan oldin to‘xtatilganda, loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning foydalanilmagan qoldiq summasi ijrochi tashkilotlarning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan belgilangan tartibda chegiriladi.
To‘xtatilgan loyihalar shuningdek, tegishli moliya yilida loyihalar bo‘yicha sarf etilmagan mablag‘lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
9015. Loyihalarga ajratilgan mablag‘lar hisobidan xarid qilingan barcha asosiy vositalar ijrochi tashkilotlarning balansida qayd etiladi va ularning mulki hisoblanadi.
9016. Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablag‘laridan o‘z vaqtida va maqsadli foydalanish bo‘yicha javobgarlik ijrochi tashkilotlar rahbarlari va bosh hisobchilari, shuningdek, loyiha rahbarlari zimmalariga yuklatiladi.
9017. Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
91. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari monitoringi ularning tasdiqlangan rejasiga ko‘ra bajarilishini, moliyaviy mablag‘larning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholashni o‘z ichiga oladi.
Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarning natijalari monitoringi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
92. Ijrochi tashkilotlar Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilgan loyihalarning hisobotlarini (oraliq va yakuniy) Buyurtmachiga shartnomalarda belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Sanoat hamkorlari ishtirokida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha tayyorlangan hisobotlar sanoat hamkorlari tomonidan ham tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
93. Buyurtmachi hisobotlarni qabul qiladi, shuningdek, davlat buyurtmasini bajarish bo‘yicha axborot va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlaydi hamda tegishli ITKga taqdim etadi.
Hisobotlar va moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha tahlil qilish, ko‘rib chiqish va fikr berish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
94. Buyurtmachi fan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar bilan birgalikda zarur hollarda mustaqil ekspert va mutaxassislarni jalb etgan holda, loyihalarning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi.
Monitoring quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
taqdim etilgan hisobotlarni ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqish;
ITK yig‘ilishlarida ilmiy-tadqiqot loyihasi rahbari tomonidan hisobotlarni himoya qilish;
zarur hollarda loyihani bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, bunda quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratish:
ilmiy-tadqiqot ishlarining loyiha bo‘yicha imzolangan shartnoma va uning kalendar rejasiga asosan bajarilish holati;
ijrochi tashkilot tomonidan ilmiy-texnik loyihaning amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi;
ajratilgan moliyaviy mablag‘ning maqsadli sarflanayotganligi;
ilmiy loyihalar natijalari bo‘yicha yetakchi xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish borasida erishilgan natijalar va ularning mavjud salohiyatga nisbatan qiyosiy tahlili;
har bir loyiha doirasida qo‘lga kiritiladigan yakuniy natijalar va ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari.
95. Buyurtmachi tomonidan ijrochi tashkilot bilan kelishilgan holda oraliq hisobotlarni monitoring qilish hamda qabul qilish jarayonida, agar sanoat hamkori mavjud bo‘lsa, tadqiqot dasturiga va kelishuv shartlariga aniqliklar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
96. Belgilangan ishlarning alohida bosqichlarining rejalashtirilgan hajmlarini o‘z muddatida bajarmaslik, shuningdek, hisobotlarni topshirish muddatlarini va moliyaviy intizomni buzish Buyurtmachining tashabbusi bilan moliyalashtirishni to‘xtatilishiga va shartnomani bekor qilinishiga asos bo‘lishi va ijrochi tashkilotga nisbatan tegishli choralar ko‘rishga olib kelishi mumkin.
97. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari monitoringi natijalari bo‘yicha ITK xulosalari Buyurtmachi tomonidan ilmiy yo‘nalishlarning istiqbolini belgilash, ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishni davom ettirish yoki to‘xtatish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
98. Ilmiy-tadqiqot loyihasini moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror kollegial organ tomonidan ITK xulosasi asosida yoki loyihani amalga oshiruvchi tashkilot talabiga binoan qabul qilinadi.
99. Agar kelishmovchilik yoki farqli natija ijrochi tashkilotga ma’lum bo‘lsa, bu haqda besh kun ichida buyurtmachiga ma’lum qilinishi kerak.
Buyurtmachi taqdim etilgan hujjatlar asosida (bildirishnoma, tadqiqot loyihalari to‘g‘risidagi hisobot), aniqlangan o‘zgarishlar yoki olingan natijalar kutilganidan o‘zgacha bo‘lsa, loyihalarni kelgusida moliyalashtirish yoki loyihaning maqsadli parametrlarini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Buyurtmachi taqdim etilgan hujjatlar (ariza-xabarnoma, hisobot ilmiy-tadqiqot loyihalari) asosida kutilgan natijalardan farqli o‘laroq, natijalar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lmaganligi aniqlangan bo‘lsa, ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Moliyalashtirilishi to‘xtatilgan loyihalardan bo‘shagan mablag‘lar mazkur loyihalar amalga oshirilgan ijrochi tashkilotda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan boshqa ilmiy loyiha(lar)ga (bunda loyihaning kalendar rejasiga qo‘shimcha mablag‘ hisobidan amalga oshiriladigan ishlarni nazarda tutgan holda o‘zgartirish kiritilishi lozim) yoki yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni, shu jumladan ijrochi tashkilot tomonidan tayyorlangan loyiha(lar)ni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Bunda yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni amalga oshirish muddati moliyalashtirilishi to‘xtatilgan loyiha(lar)ning yakunlanish muddati bilan mos bo‘lishi lozim.
Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan loyihalarning hisobotlari buyurtmachi tomonidan majburiy elektron ro‘yxatga olinishi lozim.
100. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari natijalari hujjatlashtiriladi va Buyurtmachiga shartnomaga muvofiq GOST 7.32-2001 davlatlararo standarti talablariga muvofiq tuzilgan tadqiqot hisoboti yoki ilmiy-texnik mahsulotlar shaklida taqdim etiladi.
101. Ilmiy-tadqiqot loyihalarining ijrochi tashkiloti tomonidan Buyurtmachiga quyidagilar taqdim etiladi:
ilmiy-tadqiqot loyihalari ijrochi tashkilotining rasmiy blankidagi yo‘llanma xati;
tadqiqot loyihalari haqida hisobot;
davlatlararo standart talablariga muvofiq tuzilgan GOST 7.9-95 “Xulosa va annotatsiya. Umumiy talablar” referat.
102. Ilmiy-tadqiqot loyihalari natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot ilmiy-tadqiqot loyihalari ijrochi tashkiloti tomonidan tuzilgan referat shaklida davlatlararo standart GOST 7.9-95 talablariga muvofiq Buyurtmachining elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
103. Davlat buyurtmasi asosida to‘liq amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyihasini qabul qilish tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
104. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ilmiy faoliyat subyektlari tomonidan olingan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquq davlatning ilmiy va oliy ta’lim, shuningdek, boshqa davlat muassasalari nomidan, agar intellektual mulk obyektlari muallif (mualliflari) bilan tuzilgan shartnomalarda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlatga tegishli bo‘ladi.
105. Davlat ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan va intellektual mulk obyektlariga mutlaq egalik huquqidan olingan daromad ularning tasarrufiga mustaqil ishlatish huquqi bilan o‘tkazib beriladi.
Davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yoki davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni qamrab oluvchi intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
106. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarining (yosh olimlar loyihalari bundan mustasno) ilmiy rahbarlari ilmiy darajaga ega bo‘lishi shart.
Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning har bir ijrochisi faqat bir loyihada to‘liq stavkada va ikki loyihada o‘rindosh sifatida ishtirok etishi mumkin, bunda ularning umumiy ulushi ikki to‘liq stavkadan oshmasligi lozim.
107. Loyiha rahbarlari ijrochi tashkilotlarning rahbarlari bilan bir qatorda loyiha doirasida bajariladigan tadqiqotlarning ilmiy-texnik saviyasi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishi, shuningdek, moliyaviy mablag‘larning samarali va maqsadli sarf qilinishi hamda tanlovga loyihalarni taqdim etishda unda keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va g‘oyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasini ilova qilinishiga shaxsan javobgar bo‘ladi.
108. Ijrochi tashkilot loyihalarni amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi, hisobotlarni ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashda muhokama qiladi, loyiha rahbarining taklifiga ko‘ra, tadqiqotlarning sifatli bajarilishini ta’minlash uchun “vaqtinchalik ilmiy jamoa” tashkil etadi. Jamoaga boshqa tashkilotlarning xodimlari ham a’zo bo‘lishi mumkin. Tashkilot rahbari loyiha rahbarini jamoa rahbari etib tasdiqlaydi.
109. Ijrochi tashkilot loyiha ilmiy rahbari uzoq muddatga betobligi sababli ish qobiliyatini yo‘qotgan, doimiy istiqomat qilish uchun respublikadan chetga chiqib ketgan, o‘z arizasiga ko‘ra ilmiy rahbarlikdan voz kechgan yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda, Buyurtmachiga loyiha ilmiy rahbarini almashtirish bo‘yicha taklif (tashkilot rahbarining yo‘llanma xati, tashkilot ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashi qaroridan ko‘chirma va tavsiya etilayotgan yangi loyiha rahbari to‘g‘risida ma’lumot) kiritadi.
110. Loyiha ilmiy rahbari boshqa joyga ishga o‘tgan hollarda ushbu loyihaning amalga oshirilish joyi (ijrochi tashkilot) o‘zgartirilmaydi.
111. Ijrochi tashkilotning qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan faoliyati to‘xtatilganda, faoliyati to‘xtatilgan tashkilotdagi loyihalar ilmiy yo‘nalishi mos boshqa tashkilotga o‘tkaziladi.
112. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doir | 139 | 64,078 |
Qonunchilik | Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3105, 2018-yil 21-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 51-son, 986-modda) bilan tasdiqlangan Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 8-bandda:
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjat yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatni tan olish guvohnomasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);”;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) mehnat daftarchasi (mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi tizimidan ko‘chirma) (nusxasi olinib, asli qaytariladi), (o‘rindoshlik bo‘yicha mehnat staji mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv kiritilgan bo‘lishi lozim);”;
“j” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.”.
2. 13-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat beriladi.
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uch kun mobaynida amalga oshiriladi. Talabgorning arizasi qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Agar malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan kamchiliklar 15 kun mobaynida bartaraf etilmasa, bunda talabgorning arizasi yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi.”.
3. 14-bandning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Pri prinyatii resheniya o dopuske pretendenta k sdache kvalifikatsionnogo ekzamena on vklyuchayetsya v spisok lits, dopuщennix k sdache kvalifikatsionnogo ekzamena, i etot spisok peredayetsya v ekzamenatsionnuyu komissiyu pered nachalom kvalifikatsionnogo ekzamena. Pri etom kvalifikatsionniy ekzamen provoditsya po mere formirovaniya gruppi, no ne reje odnogo raza v kvartal.”.
4. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.”.
5. 19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Talabgor pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim qilmaganda yoxud malaka imtihoniga kechikkan taqdirda malaka imtihoniga qo‘yilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan hisoblanadi.”.
6. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Agarda talabgor, uni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinganidan so‘ng, ikki marotaba malaka imtihonini topshirishga kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarib berilmaydi.”.
7. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Test sinovi quyidagi bo‘limlar bo‘yicha 80 ta savoldan iborat bo‘ladi:
moliyaviy hisob;
boshqaruv hisobi va moliyaviy tahlil;
audit;
soliq solish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish.
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun to‘rt soat vaqt taqdim etiladi.
Talabgorning to‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy natijasi 75 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.”.
8. 25-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. 26-bandda:
birinchi xatboshisi “uyali telefondan” degan so‘zlardan keyin “yoki boshqa axborot texnologiya vositalaridan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshisi “uyali telefon” degan so‘zlardan keyin “yoki boshqa axborot texnologiya vositalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
10. 28-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor, malaka imtihonini topshirgan sanadan kamida bir oy o‘tgandan so‘ng malaka imtihonini qayta topshirish uchun mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim qilishi mumkin.”.
11. 32-banddagi “mutaxassisning” degan so‘z “auditorning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
12. 35-banddagi “talabgor” degan so‘z “auditor” degan so‘z bilan almashtirilsin.
13. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Malaka sertifikati dastlab besh yillik muddatga, talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda, yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga malaka imtihonini topshirmasdan beriladi.
Dastlabki besh yillik muddat tugagandan so‘ng uning amal qilish muddatini navbatdagi o‘n yilga uzaytirish, auditor malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatini keyingi muddatsiz davrga uzaytirish auditor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda yoki o‘n yildan kam bo‘lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun hujjatlar mazkur Nizomning 37-bandiga muvofiq taqdim etilganda, malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilgan sanadan boshlab malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashi sanasigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i auditor sifatida uzluksiz ish stajini hisoblashda inobatga olinadi.
Auditor lavozimiga tayinlashlar oralig‘idagi vaqt bir oydan oshmagan bo‘lsa, ushbu davr auditor sifatidagi uzluksiz ish stajini aniqlashda uzilish deb hisoblanmaydi.”.
14. 37-bandda:
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi;”;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) mehnat daftarchasi (mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma) (nusxasi olinib, asli qaytariladi).”.
15. 39-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agarda auditor, uni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinganidan so‘ng, malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonini topshirishga kelmasa, malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagandan keyin, taqdim etilgan hujjatlar (malaka sertifikatining asl nusxasidan tashqari) qaytariladi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarib berilmaydi.”.
16. 41-bandning uchinchi xatboshisidagi va 45-banddagi “eng kam ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston auditorlar palatasi bilan kelishilgan. | 111 | 7,159 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga nomzod to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga nomzod to‘g‘risida. | 94 | 618 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi o‘rtasida 1997 yil 15 yanvarda tuzilgan Shartnomaga o‘zgartishlar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi o‘rtasida 2009 yil 24 avgust kuni Toshkent shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 954 |
Qonunchilik | Meva-sabzavot mahsulotlari qanday eksport qilinadi | Vazirlar Mahkamasining 15.06.2016 yildagi 207-son qarori bilan Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni:
- TIF TN 07-08 kodlari boʻyicha – barcha transport vositalaridan foydalangan holda eksport qilishga;
- TIF TN 1202 kodi boʻyicha - naqd хorijiy valyutaga, mablagʻlarni banklarning kassalari orqali belgilangan tartibda eksport qiluvchilarning hisobraqamlariga oʻtkazgan holda, shuningdek toʻlovni norezidentlarning хalqaro toʻlov kartalaridan qabul qilish yoʻli bilan eksport qilishga;
- 2016 yil 1 iyulgacha – kreditorlik qarzlari summasiga hamda ilgari tuzilgan eksport kontraktlari boʻyicha 2016 yil 1 maydagi holatiga koʻra ochilgan akkreditivlar boʻyicha eksport qilishga ruхsat etiladi.
Mahsulotlarni eksport qilish faqat «Oʻzagroeksport» iхtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda eksport kontrakti toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga kiritilishi lozim.
Ekspert kontraktini tuzish uchun «Oʻzagroeksport» AJga murojaat qilish lozim, u tushgan murojaatlarni 3 kun muddatda koʻrib chiqadi va muzokaralar olib boradi, har ikkala tomon rozilik bildirgan taqdirda, eksport kontraktlari va vositachilik shartnomalarini tuzadi.
«Oʻzagroeksport» AJning vositachilik haqi miqdori 1%dan ortiq boʻlmasligi kerak. Eksportning amaldagi hajmi 1 mln dollardan ortiq boʻlganda vositachilik haqi miqdori 0,8%ni, 5 mln dollardan ortiq boʻlganda — 0,6%ni, 10 mln dollardan ortiq boʻlganda — 0,5%ni, 20 mln dollardan ortiq boʻlganda — 0,4%ni va 50 mln dollardan ortiq boʻlganda — 0,1%ni tashkil etadi.
Yetkazib berish quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:
- qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda — 100% oldindan haq toʻlash yoki ochiq tasdiqlangan akkreditiv summasiga yoхud birinchi darajali хorijiy bankning kafolati summasiga;
- yangi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda — yuklab joʻnatilgan mahsulot qiymatining kamida 30%ini oldindan toʻlash, qolgan qismiga tasdiqlovchi akkreditiv ochiladi yoхud birinchi darajali хorijiy bankning kafolati rasmiylashtiriladi.
Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishdan olingan хorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish «Oʻzagroeksport» AJ tomonidan tushgan mablagʻlar summasining 50%i miqdorida amalga oshiriladi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.
Mavzuga doir material:
Avtotransportda meva-sabzavot vositalarini tashishga ruхsat berilishi muddati uzaytirildi | 50 | 2,854 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT NOTARIAL IDORALARIDA STAJIROVKA O‘TASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish, stajirovka o‘tashning yagona uslubini joriy etish, stajyor faoliyatini tashkil etish va malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida hamda “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, Adliya vazirligi hay’ati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tganidan keyin kuchga kiritilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari:
barcha davlat notarial idoralarida stajirovka o‘talishini to‘g‘ri tashkil etilishi hamda mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etilishini nazorat qilishni;
joriy yilning noyabr-dekabr oyida mazkur Nizomni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan barcha davlat notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar va stajyorlar ishtirokida seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazishni ta’minlasinlar.
3. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (I.I. Yusubjonov):
joriy yilning noyabr-dekabr oylarida ushbu Nizom qoidalarini qo‘llash bo‘yicha seminar o‘tkazishni tashkillashtirsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, davlat notariuslari tomonidan mazkur Nizom talablarini bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib borishni ta’minlasin.
4. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (S.U. Sattarov) ushbu hay’at qarori bilan tasdiqlangan nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin va O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U.T. Ayubov) ushbu hay’at qarorini “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’atining 2000-yil 28-aprel 33-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarda stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E.S. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Mazkur Nizom “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, davlat notarial idoralarida stajirovka o‘tash tartibini belgilaydi.
1. Davlat notarial idorasida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi stajirovka o‘tashga tayinlanishi mumkin.
2. Davlat notarial idoralarida stajyorlar soni o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Bunga ish hajmi, kelgusida qo‘shimcha notariuslarga bo‘lgan talab va ishdan bo‘shab yoki boshqa ishga o‘tib ketayotgan notariuslar soni asos qilib olinadi.
Davlat notarial idoralarida stajyorlar zaxirasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda matnda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tuzadi.
3. Stajirovka o‘taganlar tegishli adliya boshqarmasi tomonidan alohida kitobda ro‘yxatga olib boriladi.
4. Stajyorga rahbar etib notariuslik lavozimida kamida uch yil ishlagan va notarial faoliyat bo‘yicha yetarli tajribaga ega bo‘lgan notarius tayinlanadi.
5. Stajyor rahbari stajyorning stajirovka davrida notarial faoliyatga doir masalalarni o‘zlashtirib borishida mas’ul hisoblanadi.
6. Stajyorga rahbar etib yaqin qarindoshlar (ota-ona va bolalar, er-xotinlar) tayinlanishi mumkin emas.
7. Stajirovkaga rahbarlik qilayotgan davlat notarial idorasi notariusining oylik maoshiga adliya boshqarmasi tomonidan qo‘shimcha to‘lovlar belgilanishi mumkin.
8. Stajirovka o‘talishini adliya boshqarmasi o‘z vakolati doirasida o‘rganadi, umumlashtiradi va nazorat qiladi.
9. Davlat notarial idorasida stajyorni ishga qabul qilish adliya boshqarmasi tomonidan mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
11. Mehnat shartnomasi taraflar kelishuvi bo‘yicha mehnat to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuziladi.
12. Stajyorni ishga qabul qilish vaqtida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
a) ariza;
b) belgilangan shaklda to‘ldirilgan shaxsiy varaqa;
v) pasport nusxasi;
g) oliy yuridik ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi;
d) mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);
e) oxirgi ish joyidan mehnat faoliyati haqida tavsifnoma (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno).
13. Davlat notarial idoralarida stajyorni ishga qabul qilish adliya boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun stajyor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.
14. Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga to‘la muvofiq ravishda chiqarilishi va stajyorga ma’lum qilinishi lozim.
15. Stajirovka o‘tash muddati, ishdan ajralgan holda kamida bir yil bo‘lishi lozim. Stajirovkani o‘rindoshlik asosida o‘talishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar uchun stajirovka muddati tegishincha adliya boshqarmasining buyrug‘i bilan kamaytirilishi mumkin. Bunday hollarda stajirovka muddati olti oydan kam bo‘lmasligi kerak.
17. Notarius yordamchisi, shuningdek Adliya vazirligida yoki adliya boshqarmasida bevosita notariatga rahbarlik qilish vazifalarini amalga oshirish bilan bog‘liq lavozimlarda (rahbarlar, mutaxassislar) ishlagan shaxslarning uzluksiz ish staji bir yildan kam bo‘lmagan taqdirda ular stajirovka o‘tagan hisoblanib, imtihon topshirishlariga yo‘l qo‘yiladi.
18. Stajyorning yoxud stajirovkaga rahbar notariusning uzoq muddat kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga (bola tug‘ish, tarbiyalash, ta’tilda bo‘lishi, ishdan ajralgan holda malaka oshirish kabilar) ko‘ra stajirovkaning ma’lum muddati o‘ta olmay qolgan taqdirda, tegishli adliya boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra ana shu davrga uzaytirilishi yoki boshqa notarius huzurida stajirovka o‘tash uchun biriktirilishi mumkin.
19. Davlat notarial idoralarida stajyorlar mehnatiga belgilangan tartibda adliya boshqarmasi tomonidan haq to‘lanadi.
20. Stajyor mehnat sharoiti, ish staji, ish vaqti, mehnat ta’tili, ijtimoiy sug‘urta va boshqa mehnat qonunchiligiga oid masalalarda notariuslar uchun belgilangan barcha huquqlardan foydalanadi. Stajyorlarga nisbatan ichki mehnat intizomi qoidalari tatbiq qilinadi.
21. Adliya boshqarmasi boshlig‘i yoki o‘rinbosari tomonidan stajirovka davrida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan va notarial faoliyatga taalluqli boshqa masalalarni o‘zida mujassamlashtirgan stajirovka o‘tash rejasi tasdiqlanadi. Ushbu reja asosida stajyorlar o‘z vazifalarini davlat notarial idoralarida amalga oshiradilar.
22. Stajyorning notarial faoliyatni mukammal o‘rganishini ta’minlash maqsadida adliya boshqarmasi tomonidan, ishi namunali bo‘lgan va ayrim murakkab notarial harakatlarni rasmiylashtiradigan boshqa davlat notarial idoralarida bir oydan ortiq bo‘lmagan muddat mobaynida stajirovka o‘tashi tashkil qilinadi. Boshqa davlat notarial idorasida stajirovka o‘talganligi to‘g‘risida notarius tomonidan tegishli ma’lumotnoma tuzilib stajyorning rahbariga yuboriladi.
23. Stajyorning vazifasiga quyidagilar kiradi:
notarial idorada ish yuritish;
notarial hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
statistik hisobotlarni tuzish va tahlil qilishda qatnashish;
notarial amaliyotni umumlashtirishda ishtirok etish;
arxiv ishlarini yuritishni o‘rganish.
24. Stajirovka davrida stajyor quyidagilarni o‘zlashtirishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasining notariatga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarini;
notarial amaliyot va notarial harakatlarni amalga oshirish qoidalarini;
mehnat jamoasi va fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarda mavjud bo‘lgan axloqiy normalarni.
25. Stajyor xizmat vazifasini bajarish vaqtida notarial idorada amalga oshirilgan notarial harakatlardan unga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilmasligi lozim. Bu haqda stajyordan tegishli tilxat olinadi.
26. Stajyor stajirovka yakuni bo‘yicha stajirovka rejasining ijrosi hamda o‘zlashtirilishi va kasbiy malakasini oshirish borasida amalga oshirgan boshqa ishlari haqida yozma hisobot tuzadi.
27. Stajyor rahbari ushbu yozma hisobot asosida stajyorga tavsifnoma tayyorlaydi va stajirovka yakuni bo‘yicha xulosa tuzadi. Ushbu hujjatlarga notariusning imzosi hamda muhri qo‘yiladi.
28. Stajyor rahbarining xulosasida quyidagilar bayon etilishi lozim:
stajirovka o‘talgan davr;
stajirovka rejasi bajarilganligi haqidagi ma’lumot;
stajyorning stajirovka o‘tash davrida olgan amaliy ko‘nikmalari va kasbiy bilim darajasi;
stajyorning unga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi mahorati;
stajyorning keyinchalik mustaqil ravishda notarius bo‘lib ishlashga umumiy tayyorgarlik darajasi;
stajyorning stajirovka o‘talgan davriga umumiy hisoboti.
29. Xulosa uch nusxada tuzilib adliya boshqarmasiga va stajirovka o‘tagan shaxsga beriladi. Uchinchi nusxasi stajirovka o‘talgan notarial idorada saqlash uchun qoldiriladi.
30. Stajirovka natijalari bo‘yicha stajyor adliya boshqarmasi qoshidagi notariat bo‘yicha malaka komissiyasiga hisobot beradi va komissiya qaroriga asosan malaka imtihoniga qo‘yiladi.
31. Stajirovka o‘tash natijasi to‘g‘risidagi xulosa va tavsifnoma stajyorning malaka imtihonini topshirish haqidagi arizasiga qo‘shib qo‘yiladi.
32. Adliya boshqarmasi har yil stajyorlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirib boradi va bu haqdagi ma’lumotni keyingi yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi. | 118 | 9,842 |
Qonunchilik | “O‘ZMETKOMBINAT” AKSIONERLIK IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASINI REKONSTRUKSIYA QILIShNI TUGALLASh VA UNING IShINI BARQARORLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirish va uning ishini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi 1995 — 1997-yillarda rekonstruksiya qilishni, texnika bilan qayta jihozlashni hamda quvvatlarni ishga tushirishni ilovaga muvofiq tugallasin.
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi respublikaning 1995 — 1997-yillardagi investitsiya dasturlarida ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar qurilishini nazarda tutsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasiga ilovada ko‘rsatilgan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlar uchun texnologik asbob-uskunalar sotib olishga 3,0 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratsin.
3. “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasiga:
Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog‘iston va Belarus iste’molchilari bilan kontraktlar tuzishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi 195-son qaroriga muvofiq mahsulotning qiymatini erkin almashtiriladigan valyutada ko‘rsatgan holda barter asosida kontraktlar tuzishga;
hisob-kitoblarni yuklab jo‘natish paytida amalda bo‘lgan kurs bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlarning milliy valyutasida amalga oshirishga ruxsat berilsin.
4. Metall prokati ishlab chiqarishni mahalliy moddiy resurslar bilan ta’minlash uchun:
“O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi “Maxsusqotishma” respublika birlashmasi bilan birgalikda 1995-yilda Qo‘ytosh volfram koni negizida ohaktosh va kvarsit qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berishni tashkil etsin;
“Qizilqumnodirmetalloltin” Davlat konserni ferromarganets ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 1995-yilning IV choragida geologiya-razvedka ishlari tugallanishini, texnik-iqtisodiy asoslari tuzilishini ta’minlasin hamda uni ko‘rib chiqish uchun “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga kiritsin. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi, “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1996-yilning birinchi choragida taqdim etilgan texnik-iqtisodiy asoslashlarni ko‘rib chiqsin hamda ferromarganets ishlab chiqarishni tashkil etishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni, “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi manfaatdor tashkilotlarni jalb etgan holda 1995-yil 1-iyulgacha o‘tga chidamli materiallar ishlab chiqarishni tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqsinlar hamda zaruriyat bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
5. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “O‘zmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika hududida temir parchalari hosil bo‘lishi balansini va balansning xarajatlar moddalari pasayishi hamda kirim moddalari o‘sishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin. Balansni ishlab chiqishda respublika tashqarisidan keltiriladigan yoki ana shu maqsadda MDH mamlakatlari korxonalari bilan birgalikda maxsus tashkil etilgan korxonalar ishlab chiqaradigan metallashgan xomashyoni kirim qismiga jalb etish imkoniyati ko‘rib chiqilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-iyundagi 326-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari Y. F. Paygin zimmasiga yuklansin. | 157 | 3,556 |
Qonunchilik | Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi 736-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 156-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning ikkinchi qismidagi “haqli bo‘ladi, qonunda belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar “qonunda nazarda tutilgan tartibda haqli bo‘ladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garov to‘g‘risidagi shartnomada taraflarning nomi, joylashgan eri (yashash joyi), garovning turi, garov narsasi va uning bahosi, garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati, garovga qo‘yilgan mol-mulkning tavsifi, shuningdek taraflarning kelishuviga erishilgan boshqa ma’lumotlar yoxud garov narsasini va garov bilan ta’minlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Unda garovga qo‘yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham ko‘rsatilishi kerak.
Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin.
Garov bilan ta’minlanadigan majburiyat garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin bo‘lgan majburiyatning eng ko‘p summasini ko‘rsatish yo‘li bilan identifikatsiya qilinishi mumkin.
Garov narsasini baholash garovga qo‘yuvchi bilan garovga oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi”;
3) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garovda turgan mol-mulkni garovga qo‘yuvchi tomonidan o‘zga shaxsga (garovga oluvchiga) boshqa talablarni ta’minlash uchun berish navbatdagi garov hisoblanadi.
Navbatdagi garovga, agar u garov to‘g‘risidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan bo‘lsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan garov reyestriga tegishli yozuv kiritilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish mumkin bo‘lgan shartlar nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday garov shartnomasi oldingi shartnomada ko‘rsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Ko‘rsatilgan shartlar buzilgan taqdirda oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashni garovga qo‘yuvchidan talab qilishga haqlidir.
Navbatdagi garovga oluvchining talabi oldingi garovga oluvchilarning talablaridan keyin, qonunda belgilangan tartibda ushbu mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.
Garovga beruvchi garovga oluvchilarning har biriga mazkur mol-mulkning barcha mavjud garovlari to‘g‘risida, shuningdek ushbu garovlar bilan ta’minlangan majburiyatlarning miqdori haqida xabar berishi shart hamda bu majburiyatlar bajarilmaganligi tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zararlar uchun javobgar bo‘ladi”;
4) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garovga qo‘yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovga qo‘yuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda garov huquqi o‘z kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi (xo‘jalik asosida yuritish huquqi) garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga o‘tishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno”;
5) 19-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“uchinchi shaxslarni garov narsasiga bo‘lgan o‘z huquqlari to‘g‘risida garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali xabardor qilish”;
ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘qqizinchi xatboshisi “qonun hujjatlarida” degan so‘zlardan keyin “yoki shartnomada” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 25-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarzdor tomonidan kreditor oldidagi majburiyat bajarilmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatini ta’minlash uchun garovni taqdim etgan uchinchi shaxs (mulkiy kafil) undiruvni garov narsasiga qaratishdan saqlanish maqsadida bu majburiyatni garov narsasining qiymati doirasida bajarishga haqlidir”;
7) 27-modda:
uchinchi qismidagi “sud qaroriga muvofiq” degan so‘zlar “sud hujjatiga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) qonunda boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoki ruxsati haqidagi talab belgilangan bo‘lsa”;
8) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qo‘yilgan mol-mulkni majburiy ravishda realizatsiya qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida, elektron onlayn-auksion shaklidagi ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi.
Garovga qo‘yuvchining iltimosiga ko‘ra, sud undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish to‘g‘risidagi qarorda uni ochiq kimoshdi savdosida sotishni bir yil muddatgacha kechiktirishga haqli. Kechiktirish ushbu mol-mulkning garovi bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi hamda kreditorning kechiktirish vaqti mobaynida ko‘paygan zararlarining o‘rnini qoplashdan va neustoykani to‘lashdan qarzdorni ozod etmaydi.
Agar mol-mulk bir nechta kreditor oldidagi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlasa, garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘lari mazkur majburiyatlarni qonunda belgilangan navbat bo‘yicha bajarishga yo‘naltiriladi.
Garovga qo‘yilgan, suddan tashqari tartibda undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish, bevosita sotish, kreditga, lizingga, ijaraga berish, bo‘lib-bo‘lib sotish yo‘li bilan yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi mumkin.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chog‘ida tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan taqdirda, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda, qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chog‘ida tushgan summa garovga oluvchilarning garov bilan ta’minlangan talablari miqdoridan oshib ketsa, farq garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.
Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini bajarish chog‘ida realizatsiya qilish bo‘yicha kimoshdi savdolari elektron onlayn-auksion shaklida amalga oshiriladi”;
9) 29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganda garovga oluvchi garovga qo‘yuvchi bilan kelishuvga ko‘ra, garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan ta’minlangan o‘z talablari hisobiga o‘tkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganda garovga oluvchi garov narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini takroriy kimoshdi savdosidagi boshlang‘ich sotish narxidan ko‘pi bilan o‘n foiz kamroq summada baholab, o‘zida olib qolishga haqli. Bunda garovga oluvchi o‘zida olib qolinayotgan mol-mulkning qabul qilinayotgan qiymati bilan majburiyatning qoplangan miqdori o‘rtasidagi ijobiy farqni (mavjud bo‘lgan taqdirda) to‘lashi shart.
Agar garovga oluvchi garov narsasini o‘ziga olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy davomida foydalanmasa, garov shartnomasi bekor qilinadi”;
10) 32-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “kimoshdi savdosida sotilgan” degan so‘zlar “realizatsiya qilingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 36-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Garovga oluvchi tomonidan uchinchi shaxsga saqlash uchun berilgan garov narsasi garovga oluvchida qoldirilgan deb hisoblanadi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 290-modda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Mol-mulkni xatlash to‘g‘risida qaror chiqarilgandan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan garov reyestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritiladi, mol-mulkni xatlash haqida sud ajrimi chiqarilgandan keyin esa, qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli bo‘lgan organlar tomonidan uch sutka ichida shunday yozuv kiritiladi”;
sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari tegishincha to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlar deb hisoblansin;
2) 295-moddaning matni quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda garov reyestridan mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi yozuv chiqarib tashlanadi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 2591-modda bilan to‘ldirilsin:
Qarzdor tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, kreditorning mol-mulk bilan ta’minlangan majburiyatlar bo‘yicha talablari ushbu mol-mulkning qiymatidan mazkur mol-mulk o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli ravishda qanoatlantiriladi. Kreditorning imtiyozli huquqi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkidan foydalanishdan yoki uni realizatsiya qilishdan olingan hosilga, mahsulotga va boshqa daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan, garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga bo‘lgan o‘z huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritgan kreditorlar garov reyestriga tegishli yozuvni kiritmagan kreditorlar oldidagi o‘z talablarini qanoatlantirishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
Ayni bir mol-mulkka bo‘lgan o‘z huquqlari to‘g‘risida garov reyestriga yozuv kiritgan kreditorlarning talablari quyidagi navbatga muvofiq qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda mazkur mol-mulkni ushlab qolish orqali ta’minlanadigan majburiyatlar bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi;
ikkinchi navbatda majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni olish yoki kreditor tomonidan ushbu mol-mulkni qarzdorga berishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi;
uchinchi navbatda, agar mol-mulk kreditor tomonidan taqdim etilgan mablag‘lar yoki mol-mulk hisobidan olingan (ishlab chiqarilgan) bo‘lsa, mol-mulk bilan ta’minlanadigan majburiyatlar bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi;
to‘rtinchi navbatda mazkur mol-mulk bilan ta’minlangan boshqa barcha majburiyatlar bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi.
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbati ular tomonidan garov reyestriga tegishli mol-mulkka bo‘lgan huquqlari to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritishning xronologik tartibiga (vaqti va sanasiga) muvofiq aniqlanadi. Bunda kreditorlarning har bir keyingi navbatdagi talablari kreditorlarning oldingi navbatdagi talablari to‘liq qanoatlantirilganidan so‘ng qanoatlantiriladi.
Mol-mulkka bo‘lgan o‘z huquqlari to‘g‘risidagi yozuvni garov reyestriga kiritmagan kreditorlarning talablari mazkur mol-mulkka bo‘lgan huquqlari to‘g‘risidagi yozuvni garov reyestriga kiritgan kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan keyin ushbu mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda, bunday huquqlar yuzaga kelishining kalendar navbatiga muvofiq qanoatlantiriladi.
Kreditor o‘z talabini qanoatlantirish navbatidan o‘zganing foydasiga voz kechishga, agar bu voz kechish boshqa kreditorlarning huquqlarini cheklab qo‘ymasa, haqli”;
2) 264-moddaning ikkinchi qismidagi “qonunda belgilab qo‘yilgan chegirishlardan keyin” degan so‘zlar “qonunda nazarda tutilgan tartibda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 271-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garov to‘g‘risidagi shartnomada garov narsasi va uning bahosi, garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati yoxud garov narsasini hamda garov bilan ta’minlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Unda garovga qo‘yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham ko‘psatilishi kerak.
Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin.
Garov bilan ta’minlanadigan majburiyat garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin bo‘lgan majburiyatning eng ko‘p summasini ko‘rsatish yo‘li bilan identifikatsiya qilinishi mumkin.
Garov to‘g‘pisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kepak bo‘lgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko‘char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma tegishli mol-mulkka doir bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Ushbu moddaning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi qoidalarga rioya qilmaslik garov to‘g‘risidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi”;
4) 273-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garovda turgan mol-mulk garovga qo‘yuvchi tomonidan boshqa talablarni ta’minlash uchun garovga (navbatdagi garovga) berilishi mumkin.
Navbatdagi garovga, agar u garov to‘g‘risidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan bo‘lsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan garov reyestriga tegishli yozuv kiritilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Garovga qo‘yuvchi har bir navbatdagi garovga oluvchiga ushbu mol-mulkning mavjud bo‘lgan barcha garovlari haqida ma’lum qilishi shart va u ushbu majburiyatni bajarmaslik tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish mumkin bo‘lgan shartlar nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday garov shartnomasi oldingi shartnomada ko‘rsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Ko‘rsatilgan shartlar buzilgan taqdirda oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashni garovga qo‘yuvchidan talab qilishga haqlidir.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulk boshqa talablarni ta’minlash uchun yana bir garovning (navbatdagi garovning) narsasiga aylansa, navbatdagi garovga oluvchining talablari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda mazkur mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi”;
5) 280-modda:
uchinchi qismidagi “sud qaroriga” degan so‘zlar “sud hujjatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“1) qonunda boshqa shaxsning yoki organning garov to‘g‘risida shartnoma tuzish uchun roziligi yoxud ruxsati haqidagi talab belgilangan bo‘lsa”;
6) 281-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeksning 280-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qo‘yilgan mol-mulkni majburiy ravishda realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion shaklidagi ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi.
Garovga qo‘yuvchining iltimosiga ko‘ra, sud undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish to‘g‘risidagi qarorda uni ochiq kimoshdi savdosida sotishni bir yil muddatgacha kechiktirishga haqli. Kechiktirish ushbu mol-mulkning garovi bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi hamda kreditorning kechiktirish vaqti mobaynida ko‘paygan zararlarining o‘rnini qoplashdan va neustoykani undirishdan qarzdorni ozod qilmaydi.
Garovga qo‘yilgan, suddan tashqari tartibda undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish, bevosita sotish, kreditga, lizingga, ijaraga berish, bo‘lib-bo‘lib sotish yo‘li bilan yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi mumkin.
Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganda (undiruv garovga qo‘yilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilgan taqdirda) garovga oluvchi garovga qo‘yuvchi bilan kelishuvga ko‘ra, garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan ta’minlangan o‘z talablari hisobiga o‘tkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganda garovga oluvchi garov narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini takroriy kimoshdi savdosidagi boshlang‘ich sotish narxidan ko‘pi bilan o‘n foiz kamroq summada baholab, o‘zida olib qolishga haqli.
Agar garovga oluvchi garov narsasini o‘zida olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida foydalanmasa, garov to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinadi.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chog‘ida tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan taqdirda, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda, qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chog‘ida tushgan summa garovga oluvchilarning garov bilan ta’minlangan talablari miqdoridan oshib ketsa, farq garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.
Qarzdor yoki uchinchi shaxs bo‘lgan garovga qo‘yuvchi garov narsasi realizatsiya qilinguniga qadar istalgan vaqtda garov bilan ta’minlangan majburiyatni yoki uning muddati o‘tkazib yuborilgan qismini bajarib, undiruvni garov narsasiga qaratishni va uni realizatsiya qilishni tugatishga haqli. Bu huquqni cheklaydigan kelishuv o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir”;
7) 282-modda ikkinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) boshqa kreditorlar tomonidan undiruv garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratilganda, shu jumladan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilganda”;
8) 283-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) garovga qo‘yilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek uni realizatsiya qilish mumkin bo‘lmagan taqdirda (ushbu Kodeksning 281-moddasi). Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan reyestrda ipoteka tugatilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan bo‘lishi kerak”;
9) 284-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garovga qo‘yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovga qo‘yuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda garov huquqi o‘z kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi yoki xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga o‘tishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno”;
10) 285-moddaning ikkinchi qismidagi “yoki jinoyat yoxud boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun (ushbu Kodeksning 204-moddasi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
11) 289-moddaning yettinchi qismidagi “(ushbu Kodeks 281-moddasining uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari)” degan so‘zlar “(ushbu Kodeksning 281-moddasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 422-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar sotib oluvchi haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan va o‘ziga topshirilgan tovar uchun navbatdagi to‘lovni shartnomada belgilangan muddatda amalga oshirmasa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni tovarga qaratishga haqli”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tovarni kreditga sotish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan taqdirda, sotib oluvchi olingan tovar ulushining haqi to‘langan qismini majburiyatlarni bajarish ta’minoti sifatida berishga haqli”;
13) 595-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Lizing shartnomasida nazarda tutilgan taqdirda, lizing oluvchi boshqa majburiyatlarning bajarilishi ta’minoti sifatida lizing obyektini mazkur obyekt qiymatining lizing beruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan lizing to‘lovlarining qolgan summasidan ortiq bo‘lgan qismi bo‘yicha berishi mumkin”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
14) 597-moddaning to‘rtinchi qismidagi “yoki lizing obyektini qaytarib olgan” degan so‘zlar “yoki garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Lizing to‘g‘risida”gi 756-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 108-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2016-yil, № 12, 384-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 11-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “lizing obyektini qaytib olgan” degan so‘zlar “garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 21-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing shartnomasida nazarda tutilgan taqdirda, lizing oluvchi boshqa majburiyatlarning bajarilishi ta’minoti sifatida lizing obyektini mazkur obyekt qiymatining lizing beruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan lizing to‘lovlarining qolgan summasidan ortiq bo‘lgan qismi bo‘yicha berishi mumkin”;
3) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Pul summalarini undirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi, undiruvni lizing obyektiga qaratish esa undiruvni garov narsasiga qaratish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-258-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 51-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Qarzdorning boshqa mol-mulki ushbu mol-mulk bilan ta’minlanmagan, qarzdorga qo‘yilgan barcha talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, talablari mazkur mol-mulk bilan ta’minlangan kreditorning belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulk xatlab qo‘yilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilganidan keyin uch kunlik muddatda bu haqda talablari ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan kreditorlarga bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi, uni realizatsiya qilish va kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan, undirish uchun bildirilgan talablarini qanoatlantirish munosabati bilan qilingan xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan keyin ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan talablarini to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmay qolsa, u holda ko‘rsatilgan talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi.
Agar undiruv qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan talablarni qanoatlantirish uchun qaratilgan bo‘lsa, u holda undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, birinchi navbatda qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan tegishli mol-mulki predmetiga qaratiladi”;
2) 53-modda quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Mol-mulk xatlovini amalga oshirgan davlat ijrochisi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
Xatlov bekor qilingan taqdirda garov reyestriga ilgari kiritilgan yozuv davlat ijrochisi tomonidan o‘chiriladi”;
3) 54-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish hisobiga undiruv qaratilayotgan garovga qo‘yilgan mol-mulk qo‘shimcha baholanmaydi hamda tijorat bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan garov (ipoteka) to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha realizatsiya qilinadi”;
4) 56-modda:
oltinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha realizatsiya qilish chog‘ida mol-mulkni arzonlashtirish amalga oshirilmaydi va ushbu mol-mulk birinchi marta baholangan narx bo‘yicha savdo tashkiloti tomonidan qayta realizatsiya qilish uchun topshiriladi”;
yettinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga takroriy auksion savdosidagi yoki savdo tashkilotlari tomonidan qayta realizatsiya qilish chog‘idagi boshlang‘ich sotish narxidan 10 foiz kamroq summadagi mol-mulkni o‘zida qoldirishni taklif qiladi”;
to‘qqizinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir navbatdagi talablar bo‘yicha bir nechta undiruvchi mavjud bo‘lgan taqdirda, takliflar ijro hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushish navbatiga muvofiq, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkka nisbatan esa qonunda belgilangan navbatga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan undiruvchilarga yuboriladi”;
o‘ninchi qismining ikkinchi jumlasidagi “garovga oluvchi realizatsiya qilinmagan garovga qo‘yilgan mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechganda” degan so‘zlar “talabi realizatsiya qilinmagan mol-mulk bilan ta’minlangan kreditor realizatsiya qilinmagan mazkur mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 80-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlaridagi “garov” degan so‘z “mol-mulk” degan so‘z bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ-58-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda) 50-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud qarorlarining ijrosini amalga oshiruvchi organ yoki, agar undiruv garovga qo‘yilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilgan bo‘lsa, auksion tashkilotchisi garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan tushumni qonunda nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlaydi. Bunda kimoshdi savdosini yoki auksionni o‘tkazish uchun qilingan chiqimlar va xarajatlarning o‘rnini qoplash boshqa barcha qolgan talablarni qoplashdan oldin navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda) 348-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“To‘lovchi tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzi ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida to‘lanmagan taqdirda, bojxona organi undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratiladigan miqdordagi bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzning summasini ko‘rsatgan holda garov reyestriga yozuv kiritadi. Yozuv bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarz to‘liq qoplanganidan yoki hisobdan chiqarilganidan keyin garov reyestridan o‘chiriladi”;
beshinchi qism oltinchi qism deb hisoblansin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 171-modda quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldirilsin:
“9) yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lgan ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa”;
2) 172-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin:
“51) to‘lanmagan to‘lovlar summasining hisob-kitobi va undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan ko‘char mol-mulkning tavsifi”;
3) 178-modda birinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) undirilishi lozim bo‘lgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan ko‘char mol-mulk, uning tavsifi va bahosi”.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 135-moddaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lgan mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa”;
2) 136-modda ikkinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) undiriladigan summaning hisob-kitobi, undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan ko‘char mol-mulkka qaratilgan taqdirda esa, undirilayotgan ko‘char mol-mulkning tavsifi va to‘lanmagan to‘lovlar summasining hisob-kitobi”;
3) 145-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) undirilishi lozim bo‘lgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan ko‘char mol-mulk, uning tavsifi va bahosi”.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
14-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan mazkur Qonun u kuchga kirganidan keyin yuzaga keladigan huquqlar va majburiyatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin olti oy ichida tergov va surishtiruv organlari, davlat soliq xizmati organlari, davlat bojxona xizmati organlari hamda boshqa davlat organlari, shuningdek o‘z talablarining garov reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan mulkiy ta’minotiga ega bo‘lgan kreditorlar qarzdorlarning mol-mulkiga bo‘lgan o‘z huquqlari to‘g‘risidagi yozuvlarni garov reyestriga yozuvni ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi sifatida oldingi davrda tegishli mulkiy ta’minotni tashkil etish sanasini ko‘rsatish yo‘li bilan kiritishga haqli.
Kreditorlarning qarzdorlar mol-mulkiga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risidagi, ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin garov reyestriga kiritilgan talablari belgilangan tartibda navbatga ega bo‘ladi. | 250 | 36,413 |
Qonunchilik | Bankda hisobvaraq ochish uchun ta’sis hujjatlari zarur emas | Hujjatdan ulgurji savdo korхonalari – yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari milliy valyutadagi asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarini ular davlat roʻyхatidan oʻtgan joydagi banklarda (ularning filiallarida) ochishi kerakligi toʻgʻrisidagi talab chiqarib tashlandi.
Endilikda tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari boʻlgan rezident yuridik shaхslar (shu jumladan хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar va хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalar), yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon хoʻjaliklari hisobvaraqlar ochish uchun bankka davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusхasini, shuningdek ta’sis hujjatlarining nusхalarini (notarial tasdiqlangan nusхalarini) taqdim etishi shart emas. Banklar ushbu ma’lumotlarni «Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi»dan oladi.
Shuningdek belgilanishicha, hisobvaraq ochish toʻgʻrisidagi arizaga muhr u mavjud boʻlgan taqdirda qoʻyiladi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 1 apreldan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 59 | 1,335 |
Qonunchilik | Pensiya uchun 2005 yildan keyingi staj avtomatik tarzda tasdiqlanadi | Pensiyani rasmiylashtirish uchun 2005 yildan keyin amalga oshirilgan mehnat faoliyati boʻyicha stajni tasdiqlashning yangi tartibi Prezidentning 2020 yil 2 martdagi Farmoni bilan belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, shu yildan boshlab “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (YaMMT) joriy qilingan. Unda shakllantiriladigan mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar fuqarolarning 2020 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun mehnat stajlarini tasdiqlaydi.
Endi 2005 yildan 2020 yilgacha boʻlgan davr uchun stajni tasdiqlashning yangi tartibi belgilandi. Arхiv ma’lumotlarini taqdim etmagan holda pensiya tayinlash uchun:
Ushbu davrlar uchun arхiv ma’lumotlari faqat tizimlarda zarur ma’lumotlar mavjud boʻlmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida talab qilinishi mumkin. Fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish hamda qoʻshimcha arхiv ma’lumotlarini talab qilib olish zarurati boʻlganda, fuqaroga pensiya minimal miqdor boʻyicha sirtdan rasmiylashtiriladi va keyinchalik qayta hisob-kitob qilinadi.
2005 yildan oldin amalga oshirilgan mehnat faoliyati boʻyicha stajni tasdiqlash tartibi, chamasi, ilgarigidek qoladi: qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasi asosida. Agar mehnat daftarchasi boʻlmasa, unda zarur yozuvlar mavjud boʻlmasa yoki mehnat davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar boʻlsa, boshqa tasdiqlovchi hujjatlar: ma’lumotnomalar, buyruqlardan koʻchirmalar, shaхsiy hisobvaraqlar va ish haqi berishga qaydnomalar, mehnat shartnomalari (kontraktlari), arхiv ma’lumotnomalari va hokazo qabul qilinadi.
Uch oy muddatda:
Bundan tashqari, hujjat oʻzini oʻzi band qilayotgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat turlari (хizmatlar, ishlar) roʻyхatini qayta koʻrib chiqish yuzasidan topshiriqni oʻz ichiga olgan. Shuningdek, frilansing (masofadan turib ishlash) imkoniyatlarini ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Lenara Xikmatova. | 68 | 1,930 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-690-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-690-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 338 |
Qonunchilik | “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-902-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (“Giyohvandlik vositalari va | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-902-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 249 | 561 |
Qonunchilik | Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot shaklini tasdiqlash va muddatlarini belgilash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 166-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Davlat maqsadli jamg‘armasi budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg‘armasi budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ilovaga muvofiq:
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
davlat maqsadli jamg‘armasi budjeti ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda;
davlat maqsadli jamg‘armasi budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda taqdim etadilar.
3. Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotga tushuntirish xati ilova qilinadi. Tushuntirish xatida davlat maqsadli jamg‘armalari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosining borishiga ta’sir etgan asosiy omillar, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilmaganligi sabablari keltiriladi.
4. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 131 | 1,555 |
Qonunchilik | QL-493, QL-513, QL-547, QL-558, QL-562 va QL-574-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-493-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi QL-513-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-547-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-558-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-562-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2111-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-574-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 128 | 1,587 |
Qonunchilik | Toʻlanmagan qarz miqdoriga qarab sanksiya qoʻllaniladi | 22.10.2018 yildagi OʻRQ–503-son Qonun bilan MJTKning 1981-moddasiga (qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi) tuzatishlar kiritildi.
Shu kunga qadar barcha qarzdorlar uchun jarima, ijro hujjati boʻyicha qarz miqdoridan qat’i nazar, yagona edi. Ushbu modda boʻyicha sanksiya ancha keng diapazonda (fuqarolarga jarima – 5 EKIHdan 10 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga – 10 EKIHdan 15 EKIHgacha) belgilanganiga qaramay, uning eng kam chegarasi – 5 EKIH qoʻllanilishi ham ayrim hollarda qarz summasidan ortiq jarima undirilishini anglatar edi. Bu adolat prinsipiga zid boʻlib, qonun chiqaruvchilarni tegishli tuzatishlar kiritishga undadi.
Endi ma’muriy jarima miqdori undirilishi ijro hujjatining predmeti hisoblanadigan qarz summasiga bogʻliq. Agar qarz 10 EKIHga teng yoki ushbu summadan kam boʻlsa – sanksiya kamroq boʻladi (fuqarolarga – 1 EKIHdan 5 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga – 5 EKIHdan 10 EKIHgacha). Toʻlanmagan qarz miqdori 10 EKIHdan ortiq boʻlsa – kattaroq jarima solinadi (fuqarolarga – 5 EKIHdan 10 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga – 10 EKIHdan 15 EKIHgacha). Shu tariqa, endi jarima miqdori ijro hujjati boʻyicha qarz miqdoridan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Bugun «chiziq tortilgan» qarz summasi 1 843 000 soʻmni tashkil etadi, biroq 1 noyabrdan boshlab u 2 027 300 soʻmgacha koʻtariladi (bu yerga qarang) va, tegishincha, eng kam ish haqi har gal indeksatsiya qilinganda oʻzgaradi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu qaror bir necha oy ilgari loyiha bosqichida muhokama qilingan edi. Oʻshanda taqdim etilgan qonun loyihasi hech bir oʻzgartirishsiz tasdiqlandi. MJTKning yangi tahrirdagi 1981-moddasi koʻrgazmali jadvali va qoʻshimcha aхborot – sharhda.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan, tuzatishlar 23.10.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 54 | 1,761 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-486-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2019-yil 13-aprelda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-486-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 174 | 723 |
Qonunchilik | Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishi sifatida belgilangan.
Bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik huquqiy davlat barpo etish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokchi va hamkor sifatida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini mustahkamlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Belgilansinki, 2021-yil 1-martdan boshlab:
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilgan (ma’lumot uchun) holda xorijiy manbalardan olinadigan pul mablag‘lari va mol-mulkning bir kalendar yilidagi jami summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha oshiriladi;
nodavlat notijorat tashkilotini qayta ro‘yxatdan hamda uning ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati bir oydan o‘n besh kungacha qisqartiriladi;
nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi;
nodavlat notijorat tashkilotining alohida bo‘linmasi yuridik shaxs hisoblanadi, bunda alohida bo‘linmalarni hisobga qo‘yish tartibi bekor qilinadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (keyingi o‘rinlarda — Jamoat fondi) mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining (keyingi o‘rinlarda — Assotsiatsiya) quyidagi takliflari ma’qullansin:
mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga davlat subsidiyasini ajratib borish;
Assotsiatsiya va uning hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan sonini 44 nafar etib belgilash hamda ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini ikki baravarga oshirish;
Assotsiatsiya markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarini zarur texnika, avtotransport vositasi, ofis anjomlari, mebel jihozlari bilan ta’minlash hamda boshqa moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Assotsiatsiyaga ikki hafta muddatda Assotsiatsiyaning yangilangan tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun Jamoat fondiga “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunida zarur mablag‘lar ko‘zda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Moliya vazirligi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni ta’minlasin.
3. Assotsiatsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlarida, sudlarda, xalqaro, xorijiy, shuningdek, boshqa tashkilotlarda ifoda etish hamda himoya qilish;
nodavlat notijorat tashkilotlarini Assotsiatsiyaga birlashtirish, ularning faoliyatini yo‘naltirish, rivojlantirish, shuningdek, samaradorligi va sifatini oshirishga ko‘maklashish;
nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, xalqaro va xorijiy tuzilmalar hamda davlat organlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish;
nodavlat notijorat tashkilotlari tashabbuslarini amalga oshirish uchun ularga qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
mamlakatda demokratik jarayonlarni barqaror rivojlantirish va ilgari surishda a’zolar hamda hamkorlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish;
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va xodimlarining tashkilotni samarali boshqarish, moliyaviy barqarorlikka erishish, ijtimoiy muhim loyihalarni ishlab chiqish, ijtimoiy sheriklik va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, volontyorlarni, xayriya va boshqa resurslarni jalb qilish, ijtimoiy menejment, ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishlarida salohiyatini oshirish;
nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun qo‘llanmalar, o‘quv dasturlari, kitoblar, mamlakatimizga mos nazariy yondashuvlarni ishlab chiqish.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Assotsiatsiya rahbari bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi raisining, Assotsiatsiya hududiy bo‘linmalari rahbarlari esa — hududiy jamoatchilik palatalari raislarining nodavlat notijorat tashkilotlari masalalari bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan maslahatchilari hisoblanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ga ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini joylashtirish Assotsiatsiyaning tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.
Assotsiatsiyaga bir oy muddatda keng jamoatchilik takliflari asosida nodavlat notijorat tashkilotlarini “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ga joylashtirish uchun tavsiyanoma berish tartibini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
5. “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Assotsiatsiyaning xalqaro grant mablag‘lari hisobidan ilovaga muvofiq 2021-2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida fuqarolik jamiyati institutlari faollari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi fuqarolik tashabbuslarini amalga oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, mavjud muammolarning yechimi yuzasidan takliflar tayyorlash hamda shaxsiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiluvchi kovorking-markazlarini tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kovorking-markazlarini tashkil etish, shuningdek, ushbu tashabbusning samarali va to‘liq amalga oshirilishida har tomonlama ko‘maklashsin.
6. Belgilansinki:
faoliyatini ustav maqsadlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida olib boradigan hamda ikki yoki undan ortiq ma’muriy-hududiy birlikda alohida bo‘linmalariga ega bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari respublika nodavlat notijorat tashkilotlari etib e’tirof etiladi;
faoliyatini ustav maqsadlariga muvofiq viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari hududiy nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanadi;
hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish sohalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Vazirlik va idoralar belgilangan ijtimoiy sheriklik sohalaridan kelib chiqib, bir oy muddatda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmalarining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan rejalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Adliya vazirligi (M. Ikramov) vazirlik va idoralarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish yuzasidan uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatib borsin.
8. Adliya vazirligi (R. Davletov) Oliy sud (K. Kamilov) va Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) bilan birgalikda ikki hafta muddatda davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkilotlarining qonuniy faoliyatiga aralashganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Assotsiatsiyaga “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda davlat ijtimoiy buyurtmalari ro‘yxati, uning ijrochilari, ijro holati va erishilgan natijalarni nazarda tutuvchi ijtimoiy sheriklik loyihalarining yagona bazasini yaratish, yuritish hamda rasmiy veb-saytlariga joylashtirish tavsiya etilsin.
10. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Assotsiatsiyaning buyurtmanomalariga ko‘ra respublikadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotidan o‘tishi uchun Assotsiatsiyaga muntazam yuborilishini ta’minlasin.
11. Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) Assotsiatsiyaga turdosh xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, soha bo‘yicha tajriba almashish uchun ularning malakali mutaxassislarini jalb etishda ko‘maklashsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda tegishli moliya, bandlik va mehnat munosabatlari organlari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarining tuzilmalari va ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlasin;
2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlaridan mazkur jamoat fondlarini saqlash xarajatlariga hamda ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirishi uchun 1,1 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘larni yo‘naltirsin;
Assotsiatsiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga tekin foydalanish huquqi asosida zarur shart-sharoitlar yaratilgan alohida xizmat xonalarini ajratsin.
13. Assotsiatsiya markaziy apparati va Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 1A-uy manzilida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
14. Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari B.A. Musayev, adliya vaziri R.Q. Davletov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin. | 209 | 11,609 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lov hujjatlaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish tartibini belgilaydi, bundan budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar mustasno.
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
1-son kartoteka — to‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
2-son kartoteka — muddatida to‘lanmagan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
akkreditiv — to‘lovchi tomonidan to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ shartnoma shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilingan taqdirda, mablag‘larni oluvchining hisobiga o‘tkazilishiga doir bankning shartli majburiyati;
aksept — to‘lovchining, to‘lov uning hisobidan amalga oshirilishiga roziligi yoki qarzdorlikni tan olganligi;
operatsiya kuni — farmoyishlarni qabul qilish va ularga ishlov berish amalga oshiriladigan vaqtning davri;
valyutalash sanasi — to‘lov hujjati asosida pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish sanasi;
masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) — elektron xizmatlardan foydalanish uchun to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot va uskunalar majmui;
mablag‘larni oluvchi — pul mablag‘larini oluvchi shaxs;
mablag‘larni oluvchining banki — mablag‘larni oluvchining pul mablag‘lari kirim qilinadigan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank;
mablag‘larni to‘lovchi — to‘lov kimning hisobidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs;
mablag‘larni to‘lovchining banki — mablag‘larni to‘lovchining pul mablag‘lari hisobdan chiqariladigan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank;
mablag‘larni to‘lovchining identifikatsiya raqami — yuridik shaxslar to‘lovchi sifatida ishtirok etadigan to‘lov hujjatlarida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va jismoniy shaxslar to‘lovchi sifatida ishtirok etadigan to‘lov hujjatlarida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatiladigan to‘lov hujjatining rekviziti;
shaxsiy varaqcha — tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun imzolar namunalari qo‘yilgan, boshqa yuridik shaxslar uchun imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha;
elektron to‘lov vositalari — axborotni o‘z ichiga olgan va to‘lovchiga to‘lovni amalga oshirish, shuningdek to‘lovchi bilan elektron to‘lov vositalarining emitenti o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan bank kartasi yoki boshqa elektron jism.
2. Banklar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi to‘lov hujjatlaridan foydalaniladi:
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi memorial order;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov topshiriqnomasi;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov talabnomasi;
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi inkasso topshiriqnomasi;
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi akkreditivga ariza.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin, bunda ushbu hisob-kitoblar qonunchilik hujjatlari va tegishli to‘lov tizimi qoidalari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan to‘lov hujjatlarining turi mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanishi mumkin, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
4. Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, tegishli to‘lov hujjati bankka kelib tushgan operatsiya kunida mazkur Nizomda belgilangan tartibda bajariladi, bundan mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
To‘lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin kelib tushsa, u mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan keyingi operatsiya kuni boshlanganda olingan deb hisoblanadi hamda keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Xalqaro to‘lovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda, to‘lov hujjatlari olingan paytdan e’tiboran ikki operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi.
5. Banklar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, soliq hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiq hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
7. Mablag‘lar mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgandan so‘ng, mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, bundan elektron to‘lov vositalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish mustasno.
8. Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida unga qo‘yilgan talablarni bajarish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari summasi mavjud bo‘lmaganda yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda, mablag‘larni hisobdan chiqarish Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) muvofiq amalga oshiriladi.
9. Mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga doir majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun to‘lanishi zarur bo‘lgan penyani hisoblash va undirish bo‘yicha banklar javobgar bo‘lmaydi.
10. Mijoz hisob-kitob operatsiyalariga doir barcha masalalar bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o‘rtasidagi nizolar ular o‘rtasida tuzilgan bank hisobvarag‘i shartnomasiga muvofiq hal qilinadi. O‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar sud orqali hal etiladi.
11. Banklar o‘rtasida milliy valyutadagi o‘zaro hisob-kitoblar banklarning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ochilgan vakillik hisobvaraqlaridan Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi.
12. Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlar Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1545, 2006-yil 14-fevral) muvofiq amalga oshiriladi.
13. To‘lov hujjatlarida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart:
to‘lov hujjatining nomi;
tartib raqami;
hujjatning sanasi;
mablag‘larni to‘lovchining nomi;
mablag‘larni to‘lovchi hisobvarag‘ining raqami;
mablag‘larni to‘lovchining identifikatsiya raqami;
mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;
mablag‘larni to‘lovchining banki kodi;
mablag‘larni oluvchining nomi;
mablag‘larni oluvchi hisobvarag‘ining raqami;
mablag‘larni oluvchining banki nomi;
mablag‘larni oluvchining banki kodi;
to‘lov summasi;
to‘lov maqsadi;
shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan shaxs(lar)ning familiyasi to‘liqligicha, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda ularning imzolari (to‘lov hujjati elektron shaklda taqdim etilgan bo‘lsa, bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan berilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi).
14. Xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankka taqdim qilinadigan chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari quyidagi rekvizitlardan iborat bo‘ladi:
to‘lovning turi;
hujjatning sanasi;
mablag‘larni to‘lovchining to‘liq nomi va pochta manzili;
mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i;
to‘lov summasi;
valyuta kodi;
to‘lov maqsadi;
to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq bank komission xarajatlari;
mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;
mablag‘larni to‘lovchining banki pochta manzili (mamlakat, shahar);
mablag‘larni to‘lovchining banki maxsus kodi;
mablag‘larni oluvchining banki nomi;
mablag‘larni oluvchining banki pochta manzili (mamlakat, shahar);
mablag‘larni oluvchining banki maxsus kodi;
mablag‘larni oluvchi bankining mablag‘larni to‘lovchining bankidagi hisobvarag‘i;
mablag‘larni oluvchining to‘liq nomi va pochta manzili;
mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i;
mablag‘larni to‘lovchining oluvchiga xabari.
15. To‘lov hujjatidagi to‘lov summasi raqam va so‘z bilan yoziladi, bunda to‘lov summasini so‘z bilan yozilganda birinchi so‘z katta harf bilan va tiyin raqam bilan yoziladi.
16. Akkreditivga arizada qo‘shimcha ravishda quyidagi rekvizitlar bo‘lishi kerak:
akkreditivning amal qilish muddati;
akkreditiv ochilayotgan shartnomaning tartib raqami va sanasi;
buyurtmaning tartib raqami;
buyurtma berilgan sana;
tovarning (ish, xizmat) nomi;
to‘lovlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan hujjatning turi;
qo‘shimcha shartlar.
17. Agar ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, to‘lov hujjatlarini to‘ldirishda mablag‘larni to‘lovchi va oluvchining qisqartirilgan firma nomidan foydalanish mumkin.
18. To‘lov hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldiriladi. To‘lov hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
19. To‘lov topshiriqnomasida uning bankka taqdim etilgan va valyutalash sanasi ko‘rsatiladi.
To‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan valyutalash sanasi to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan oshmasligi kerak.
20. Mijozlar tomonidan taqdim etilgan to‘lov hujjatlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik mijozning ushbu to‘lov hujjatini imzolagan shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
Tizim orqali yuborilgan to‘lov hujjatlarining qog‘oz shakldagi asl nusxalari bankka taqdim etilmaydi. Bunda Tizim orqali yuborilgan to‘lov hujjatlaridagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga mijoz javobgar hisoblanadi.
21. Bankda 2-son kartotekaga kirim qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha yakuniy to‘lov avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda to‘lov hujjatining “To‘lov maqsadi” grafasida yakuniy to‘lov amalga oshirilganligini bildiruvchi “Ya/t” belgisi, to‘lov hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi ko‘rsatiladi.
22. Bank tomonidan qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul qilinadi:
to‘lov hujjatlaridagi imzolar (rahbarlik vazifalarini hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiradigan shaxsning) va muhr izi shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq bo‘lganda, bundan mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan talab mustasno;
yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklaridan to‘lov hujjatlaridagi imzo shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.
To‘lov hujjatlari shaxsiy varaqchaga imzo qo‘ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. To‘lov hujjatlarini faksimile usulida nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash taqiqlanadi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan to‘lov hujjatlariga muhr qo‘yish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
To‘lov hujjatlariga mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni ilova qilinishiga talablar belgilanishi mumkin emas.
Bank tomonidan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan identifikatsiya vositalari orqali tasdiqlangan holda qabul qilinadi.
23. Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlari bank operatsiya kuni davomida bankning mijozlar bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Elektron shakldagi to‘lov hujjatlari bankning mijozlar bilan ishlash vaqtidan qat’i nazar to‘lov hujjatining sanasi bilan u taqdim etilgan sana mos kelgan hollarda ijroga qabul qilinadi.
24. Bank hisobvarag‘idagi mablag‘lar quyidagilar asosida hisobdan chiqariladi:
qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlarining asl nusxalari;
to‘lov tizimlari orqali olingan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari;
Tizimdan foydalanuvchilarning umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali yuborgan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari va to‘lovni amalga oshirishga roziliklari;
elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan tranzaksiyalar bo‘yicha tuzilgan elektron shakldagi hujjatlar.
25. Mijozning hisobvarag‘iga mablag‘lar quyidagilar asosida kirim qilinadi:
to‘lov hujjatlarining qog‘oz shakldagi asl nusxasi yoki Tizim orqali yuborilgan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari;
to‘lov tizimlari orqali kelib tushadigan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari;
elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan tranzaksiyalar bo‘yicha tuzilgan elektron shakldagi hujjatlar.
26. To‘lov hujjatlarining nusxalari, shuningdek mablag‘larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim tomonidan imzolanadi.
Mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim to‘lov hujjatini to‘lovga qabul qilish va mablag‘larni to‘lash sanalarini ko‘rsatadi hamda o‘ziga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlaydi.
27. Mablag‘larni oluvchining banki tomonidan Tizim orqali taqdim etilgan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. Elektron shakldagi to‘lov hujjatlarini mablag‘larni oluvchiga taqdim qilish tartibi bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada belgilanadi.
28. Memorial order banklar tomonidan foydalaniladigan naqd pulsiz to‘lov hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda;
bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;
banklarning ichki operatsiyalarida;
to‘lov hujjatlari bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshirilganda;
ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilganda;
mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar ushbu talab bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;
buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;
jismoniy shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) yozma murojaati bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda, bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur murojaat memorial order bilan birga bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
mijozlar bilan tuziladigan shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
29. Bankda 2-son kartotekaga kirim qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha qisman to‘lov avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda memorial orderlarning “To‘lov maqsadi” grafasida qisman to‘lov amalga oshirilganligini bildiruvchi “Q/t” belgisi, to‘lov hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi ko‘rsatiladi.
30. Bank to‘lovchi sifatida qatnashganda va buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda foydalanadigan memorial orderlar bank rahbarining va bosh buxgalterning imzolari (shu jumladan elektron raqamli imzolari) bilan tasdiqlanishi lozim. Boshqa hollarda memorial orderlar mazkur operatsiyani amalga oshirgan mas’ul xodimlarning (bek-ofis boshlig‘i, yetakchi buxgalter) imzolari (shu jumladan, elektron raqamli imzolari) bilan tasdiqlanadi.
31. Memorial orderlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligi bo‘yicha javobgarlik mazkur to‘lov hujjatlarini imzolagan shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
32. To‘lov topshiriqnomasi mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjatidir.
33. To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va yig‘imlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.
Soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomalari soliq to‘lovchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etilishi mumkin.
34. Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi, bundan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari mustasno.
35. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, mijozning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha taqdim etgan to‘lov topshiriqnomalari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinadi.
Mijozning hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, bank tomonidan mijozning soliqlar va yig‘imlar bilan bog‘liq to‘lov topshiriqnomalari 2-son kartotekada hisobga olinadi va mablag‘larning yetarli bo‘lgan qismi doirasida qisman to‘lov amalga oshiriladi, bunda to‘lov topshiriqnomasining orqa tomonida qisman to‘lov amalga oshirilgan sana, to‘langan summa va qoldiq ko‘rsatiladi hamda imzo qo‘yiladi. To‘lov topshiriqnomasidagi summaning qolgan qismi mablag‘larning kelib tushishiga qarab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Tizim orqali taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshirilgan qisman to‘lovlar hisobi dasturiy ravishda yuritilishi mumkin.
Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari 2-son kartotekaga kirim qilinadi hamda mablag‘larning kelib tushishiga qarab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Mijoz tomonidan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari tegishli soliq organining yozma yoki elektron shakldagi murojaati, sud qarori hamda mablag‘larni to‘lovchining tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida 2-son kartotekadan chaqirib olinishi mumkin.
36. To‘lov topshiriqnomasining “Hujjat sanasi” grafasidagi sana u bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, ular mos kelmagan taqdirda, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi.
Agar valyutalash sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, benefitsiarning banki valyutalash sanasi deb belgilangan kundan keyingi birinchi ish kunida pul mablag‘larini benefitsiarning bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
37. Mijoz pensiyalar, alimentlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha mablag‘larni o‘tkazishga asos bo‘lgan to‘lov topshiriqnomalarini barcha zarur hujjatlar (ma’lumotnomalar, o‘tkazmalar ro‘yxati va boshqalar) bilan birga, ushbu to‘lovlarni amalga oshiruvchi tashkilot yoki bankka taqdim etadi.
Ushbu hujjatlar bankka mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shakllarda taqdim qilinishi mumkin.
38. Xo‘jalik yurituvchi subyektning kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlari uchun o‘z hisobvarag‘idagi mablag‘lardan foydalanishi Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) muvofiq to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda to‘lov topshiriqnomasining “To‘lov maqsadi” grafasiga “Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobidan” deb yozib qo‘yiladi.
39. Qog‘oz shakldagi to‘lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, to‘lov topshiriqnomasining:
birinchi nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
ikkinchi nusxasi mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilinadi.
40. Tizimdan foydalanuvchilardan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olingan elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o‘tkaziladi va qayta ishlash uchun uzatiladi. Elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomasi to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan ijro etilgan to‘lov topshiriqnomasining nusxasini mablag‘larni to‘lovchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomalari ro‘yxat ko‘rinishda chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov topshiriqnomasi kelib tushganligi haqida mablag‘larni oluvchiga xabar berish hamda to‘lov topshiriqnomasining nusxasini mablag‘larni oluvchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
41. To‘lov talabnomasi mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan unda ko‘rsatilgan summani to‘lash to‘g‘risidagi mablag‘larni oluvchining talabi nazarda tutilgan to‘lov hujjati hisoblanadi.
To‘lov talabnomasi faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga taqdim etilishi mumkin, bundan chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga taqdim etiladigan to‘lov talabnomalari mustasno.
42. To‘lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek mablag‘larni oluvchi hamda to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin.
43. To‘lov talabnomalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
akseptli to‘lov talabnomasi, unga muvofiq to‘lov talabnomasida nazarda tutilgan to‘lovlar mablag‘larni to‘lovchi tomonidan akseptlanganidan keyin amalga oshiriladi;
akseptsiz to‘lov talabnomasi, unga muvofiq to‘lov talabnomasida nazarda tutilgan to‘lovlar mablag‘larni to‘lovchining roziligi bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
To‘lov talabnomalari qog‘oz shaklda yoki Tizim orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
44. Tovar yetkazib beruvchi to‘lov talabnomasining “To‘lov maqsadi” grafasida:
shartnoma turi, sanasi va tartib raqami;
tovarni jo‘natish (topshirish) sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish-topshirish hujjatlari raqami hamda transport turi, tovarlar pochta aloqasi orqali jo‘natilganda — pochta kvitansiyalarining raqami;
tovarlar sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilganda “__-son ishonch xati asosida sotib oluvchining transport vositasi bilan olib chiqib ketilgan” degan yozuv ko‘rsatiladi.
45. Qog‘oz shakldagi to‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ikki nusxada tuzilgan reyestr bilan birga unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki to‘lovchining bankiga taqdim qilinadi.
Reyestrning birinchi nusxasi tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan hamda tashkilot muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak, bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan reyestrda muhr izining mavjudligi talab etilmaydi. Reyestrning birinchi nusxasi qabul qilish sanasi ko‘rsatilib, bank mas’ul xodimining imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qo‘yilgan bank shtampi bilan tasdiqlangan holda bankda qoladi.
Reyestrning ikkinchi nusxasi bank tomonidan qabul qilingan sanasi ko‘rsatilib, mas’ul xodimning imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qo‘yilgan bank shtampi bilan tasdiqlangan holda mablag‘larni oluvchiga qaytariladi.
46. Qog‘oz shaklidagi akseptli to‘lov talabnomalari:
a) mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bankning bitta filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi.
Bunda to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi bankda qoldiriladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi nusxasi keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay (bundan mablag‘larni to‘lovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar mustasno), bank tomonidan qabul qilish sanasi ko‘rsatilib akseptlash uchun mablag‘larni to‘lovchi yoki uning vakiliga topshiriladi;
b) mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bir bankning turli filiallari yoki turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. To‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchining bankiga taqdim qilingan bo‘lsa, to‘lov talabnomasining barcha nusxalari mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi. Bunda mablag‘larni to‘lovchining bankida to‘lov talabnomasining:
birinchi nusxasi bankda qoldiriladi;
ikkinchi nusxasi keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay (bundan to‘lovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar mustasno), bank tomonidan qabul qilish sanasi ko‘rsatiladi va akseptlash uchun to‘lovchi yoki uning vakiliga topshiriladi.
To‘lov talabnomasi kelib tushganligi haqida mablag‘larni to‘lovchiga xabar berish hamda Tizimdan foydalanuvchi mablag‘larni to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomasi bilan tanishganligini tasdiqlash tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
47. Akseptli to‘lov talabnomasining nusxasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga kelib tushgan kundan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmasdan, mablag‘larni to‘lovchi yoki uning vakiliga “To‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari” jurnalida va ushbu to‘lov talabnomasi birinchi nusxasining yuqori o‘ng burchagiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi. Bunda topshirilgan akseptli to‘lov talabnomasi 1-son kartotekada hisobga olinadi.
Tizim orqali topshirilgan akseptli to‘lov talabnomalarining olinganligi mablag‘larni to‘lovchi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Bunda ushbu to‘lov talabnomalarining hisobi elektron shakldagi “To‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari” jurnalida yuritiladi hamda 1-son kartotekada hisobga olinadi.
48. Akseptli to‘lov talabnomalarini akseptlash muddati ular mablag‘larni to‘lovchiga topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab besh operatsiya kunini tashkil qiladi.
Bunda mablag‘larni to‘lovchining arizasiga asosan akseptli to‘lov talabnomalari ular topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab o‘n operatsiya kuni ichida akseptlanishi mumkin.
Mablag‘larni to‘lovchi mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar va muddatlarda yozma yoki elektron ravishda to‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la yoki qisman rad etishi mumkin.
49. Akseptli to‘lov talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab o‘n operatsiya kuni ichida bank tomonidan mablag‘larni to‘lovchiga topshirish imkoni bo‘lmagan, shu jumladan ushbu muddatda mablag‘larni to‘lovchi Tizimga kirmagan hollarda to‘lov talabnomasiga bank tomonidan “Mijozning kelmaganligi sababli ijro etilmadi” degan yozuv kiritiladi va ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.
Bunda, mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan o‘n operatsiya kuni ichida mablag‘larni to‘lovchining topshirig‘iga asosan uning hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish, shu jumladan naqd pul berish operatsiyalari amalga oshirilgan bo‘lmasligi kerak, bundan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali yuborilgan to‘lov topshiriqnomalari asosida to‘lovlarni amalga oshirish holatlari mustasno.
50. Mablag‘larni to‘lovchining to‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la yoki qisman rad etish to‘g‘risidagi arizasida rad etish sabablari ko‘rsatiladi hamda uning shaxsiy varaqchasida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan imzolanadi (Tizim orqali yuborgan hollarda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi).
51. Akseptli to‘lov talabnomasi to‘lovchining ruxsati bilan ijro qilinadi. Debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi, yetkazib berilgan tovarlar (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar) bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomaning to‘lov talabnomasiga ilova qilinishi mablag‘larni akseptsiz ravishda hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lmaydi.
52. Akseptli to‘lov talabnomasi qisman rad etilganda, to‘lov akseptlangan summa doirasida amalga oshiriladi. Mablag‘larni to‘lovchining banki akseptlash qisman rad etilganligi haqida mablag‘larni oluvchining bankini uch operatsiya kuni ichida xabardor qiladi.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, to‘lov talabnomasi akseptlangan summa doirasida 2-son kartotekada hisobga olinadi.
53. Mablag‘larni to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomasini akseptlash to‘la rad etilganda, to‘lov talabnomasi shu kunning o‘zida 1-son kartotekadan hisobdan chiqariladi hamda to‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la rad etish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi bilan birga mablag‘larni oluvchining bankiga ijro etilmasdan keyingi operatsiya kunidan kechikmagan holda qaytarib yuboriladi.
54. To‘lov talabnomasi mazkur Nizomning 48-bandida belgilangan muddatlarda to‘lov talabnomasini akseptlash yoki rad etish (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risida uning yuqoridagi o‘ng burchagiga mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy varaqchasida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan belgi va imzo qo‘yilgan holda mablag‘larni to‘lovchining bankiga qaytarilishi kerak, bundan to‘lov talabnomalari akseptlash uchun Tizim orqali taqdim qilingan hollar mustasno.
Mablag‘larni to‘lovchi belgilangan muddatda to‘lov talabnomasini akseptlashi yoki rad etishi (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risida ma’lum qilmagan taqdirda, to‘lov talabnomasi bank tomonidan umumiy tartibda akseptlangan hisoblanadi hamda to‘lov amalga oshiriladi.
55. To‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la yoki qisman rad etish sabablari banklar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
56. Mablag‘lar quyidagi hollarda akseptsiz hisobdan chiqariladi:
to‘lov talabnomasiga mablag‘larni to‘lovchining summani tan olganligi to‘g‘risidagi yozma xatining asl nusxasi ilova qilinganda;
banklar tomonidan mablag‘larni to‘lovchining bankiga uning kreditlari va ularga hisoblangan foizlari bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlarni undirish uchun;
bankdan olingan kreditlar va ularga hisoblangan foizlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzdorlikni kafil bo‘lgan shaxsdan undirish uchun, bundan kafilning subsidiar javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan hollar mustasno;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
57. Qog‘oz shakldagi akseptsiz to‘lov talabnomalari bankka:
mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bankning bitta filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi;
mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bir bankning turli filiallari yoki turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda to‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchining bankiga taqdim qilingan bo‘lsa, uning barcha nusxalari mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi.
58. Mablag‘larni to‘lovchining banki akseptsiz to‘lov talabnomalari asosida mablag‘larni hisobdan chiqarganda, to‘lov talabnomasi old qismining yuqori o‘ng burchagiga “Akseptsiz” degan yozuv kiritadi va to‘lovni amalga oshiradi.
59. Akseptlangan, qisman akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomasi asosida to‘lov amalga oshirilgandan keyin, mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan to‘lov talabnomasining:
birinchi nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikiladi;
ikkinchi nusxasi mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda to‘lovchiga beriladi. Bunda, to‘lov talabnomasining nusxasini mablag‘larni to‘lovchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
60. Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar yetarli bo‘lgan va to‘lov talabnomalari mazkur Nizom talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, to‘lov mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomalari bank tomonidan 2-son kartotekada hisobga olinadi va mablag‘larning yetarli bo‘lgan qismi doirasida to‘lov amalga oshiriladi, bunda to‘lov talabnomasining orqa tomonida qisman to‘lov amalga oshirilgan sana, qisman to‘langan summa va qoldiq ko‘rsatilib, imzo qo‘yiladi. To‘lov talabnomasi bo‘yicha summaning qolgan qismi mablag‘larning kelib tushishiga qarab to‘lab boriladi.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomalari 2-son kartotekada hisobga olinadi hamda bu haqda uch operatsiya kunidan kechikmay mablag‘larni oluvchining bankiga xabar beriladi va mablag‘larning kelib tushishiga qarab to‘lab boriladi.
Tizim orqali taqdim qilingan to‘lov talabnomalari asosida amalga oshirilgan qisman to‘lovlar hisobi dasturiy ravishda yuritiladi.
61. Akseptli va akseptsiz to‘lov talabnomalarining 2-son kartotekadan hisobdan chiqarilishi sud qaroriga, mablag‘larni oluvchining arizasiga va mablag‘larni oluvchining faoliyati tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomaga asosan amalga oshiriladi hamda ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.
62. Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan elektron shakldagi to‘lov talabnomalari ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Elektron shakldagi to‘lov talabnomasining nusxasini mablag‘larni oluvchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
63. To‘lov talabnomasi bitta operatsiya bo‘yicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, bundan dastlabki to‘lov talabnomasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga kelib tushmagan hollar mustasno.
64. Inkasso topshiriqnomasi unda ko‘rsatilgan mablag‘larni to‘lovchining banki hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha mablag‘larni oluvchining topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjati.
Inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni to‘lovchining faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga taqdim etilishi mumkin, bundan chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga taqdim etiladigan inkasso topshiriqnomasi mustasno.
65. Quyidagilar inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega:
a) davlat soliq xizmati organlari — o‘z muddatida to‘lanmagan budjet tizimiga o‘tkaziladigan soliqlar va yig‘imlarni undirish to‘g‘risida;
b) bojxona organlari — o‘z muddatida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirish to‘g‘risida;
v) davlat ijrochilari va undiruvchilar ijro hujjatlari bo‘yicha pul mablag‘larini undirish to‘g‘risida;
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — O‘zbekiston Respublikasining berilgan davlat kafolatlari bilan amalga oshirilgan to‘lovlar va ular bilan bog‘liq xarajatlar summasini qarz oluvchidan undirish hamda budjet ssudasi yoki kredit liniyasi, shu jumladan foizlarni qaytarish to‘g‘risida;
d) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) — Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat agentlariga (“O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AJ, “O‘zagrolizing” AJ, “O‘zmashlizing” MChJ) ajratilgan maqsadli mablag‘larni qaytarish bo‘yicha majburiyatlar tijorat agentlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ularning bank hisobvaraqlariga.
66. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ijro hujjatlari hisoblanadi.
67. Inkasso topshiriqnomasi ijro hujjatlari asosida taqdim etilganda, unga ijro hujjatining asl nusxasi, agar asl nusxasi yo‘qolgan bo‘lsa — dublikati ilova qilinadi, bundan elektron shaklda taqdim etilgan holatlar mustasno.
Mablag‘larni ijro hujjatlarining nusxalari asosida hisobdan chiqarish taqiqlanadi.
Ijro hujjatlari asosida taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasining “To‘lov maqsadi” grafasida ijro hujjatining nomi, tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
68. Inkasso topshiriqnomalarining to‘g‘ri taqdim etilishi bo‘yicha javobgarlik inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organlar zimmasiga yuklatiladi. Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha to‘lovlarni mablag‘larni to‘lovchilarning hisobvaraqlaridan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarishga oid e’tirozlar bank tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
69. Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha mablag‘larni undirib olishni to‘xtatib qo‘yish yoki chaqirib olish inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organ tomonidan yoki undiruvchining arizasiga ko‘ra yoxud sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Inkasso topshiriqnomasi sud qaroriga asosan yoki to‘lovchi tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumot mavjud hollarda bekor qilinishi mumkin.
70. Inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni to‘lovchi yoki oluvchining bankiga qog‘oz va elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Qog‘oz shakldagi inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga taqdim etilganda, undagi rekvizitlar mablag‘larni oluvchining banki tomonidan tekshiriladi hamda tekshirgan mas’ul xodimga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga mablag‘larni undirishni nazarda tutuvchi inkasso topshiriqnomalari mablag‘larni oluvchining banki tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.
71. Inkasso topshiriqnomasi bitta operatsiya bo‘yicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, bundan dastlabki inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga kelib tushmagan hollar mustasno.
72. Qog‘oz shakldagi inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni oluvchi yoki to‘lovchining bankiga uch nusxada taqdim qilinadi. Bunda inkasso topshiriqnomasining:
birinchi va ikkinchi nusxalari ijro uchun bankda qoldiriladi;
uchinchi nusxasi qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda inkasso topshiriqnomasini qabul qilib olgan mas’ul xodim tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanib, inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan shaxsga qaytarib beriladi.
Mablag‘larni oluvchining bankiga taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasining birinchi va ikkinchi nusxalari “To‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish” jurnalida qayd etilgan holda pochta xizmati orqali mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi.
Elektron shakldagi inkasso topshiriqnomasi to‘lov hujjatlarini taqdim etish tizimi orqali mablag‘larni to‘lovchining bankiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda ijro uchun yuboriladi.
73. Mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan to‘liq bajarilgan qog‘oz shakldagi inkasso topshiriqnomasining:
birinchi nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
ikkinchi nusxasi shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni to‘lovchiga taqdim etiladi.
Elektron shaklda taqdim etilgan inkasso topshiriqnomalarning hisobi bankda dasturiy ravishda yuritiladi.
Mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan to‘liq bajarilgan elektron shakldagi inkasso topshiriqnomasining nusxasini shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni to‘lovchiga taqdim etish tartibi bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
74. Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan elektron shakldagi inkasso topshiriqnomalari ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Elektron shakldagi inkasso topshiriqnomasining nusxasini mablag‘larni oluvchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
75. Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan 2-son kartotekada hisobga olinadi va mablag‘larning yetarli bo‘lgan qismi doirasida to‘lov amalga oshiriladi, bunda inkasso topshiriqnomasining orqa tomonida qisman to‘lov amalga oshirilgan sana, qisman to‘langan summa va qoldiq ko‘rsatilib, imzo qo‘yiladi.
Inkasso topshiriqnomasi bo‘yicha summaning qolgan qismi mablag‘larning kelib tushishiga qarab to‘lab boriladi.
To‘lov hujjatlarini taqdim etish tizimi orqali yuborilgan inkasso topshiriqnomasi asosida amalga oshirilgan qisman to‘lovlar hisobi dasturiy ravishda yuritiladi.
76. Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, inkasso topshiriqnomasi 2-son kartotekada hisobga olinadi hamda mablag‘larning kelib tushishiga qarab to‘lab boriladi.
77. Inkasso topshiriqnomasi 2-son kartotekada hisobga olinganligi va to‘lov summasi haqida u kelib tushgan kundan keyingi operatsiya kunidan kechikmay mablag‘larni oluvchining bankiga yoki mablag‘larni oluvchiga xabar beriladi.
78. Mablag‘larni to‘lovchining banki inkasso topshiriqnomasining o‘z aybi bilan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
79. Akkreditivga ariza mablag‘larni to‘lovchi tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan summani oluvchining akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar uchun ochilgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazishida qo‘llaniladigan to‘lov hujjati.
Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida to‘lovchining topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent), mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Akkreditiv bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblarda chet el banklari ishtirok etganda, ushbu operatsiyalar Xalqaro savdo palatasining standartlari asosida amalga oshiriladi.
80. Akkreditivning amal qilish muddati va u bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Bunda shartnoma quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;
akkreditivning turi va uni bajarish usuli;
akkreditiv ochilganligi haqida mablag‘larni oluvchini xabardor qilish usuli;
akkreditiv bo‘yicha mablag‘lar olish uchun mablag‘larni oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi;
tovarlar jo‘natilganidan (xizmatlar ko‘rsatilganidan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar.
Mazkur bandda nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmaganda akkreditiv bo‘yicha shartnoma tuzilmaydi va akkreditiv ochilmaydi.
81. Akkreditiv qoplangan (deponentlangan) va qoplanmagan bo‘lishi mumkin.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda mablag‘larni to‘lovchining banki uni ochish vaqtida mijozning mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni to‘lovchining banki majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablag‘larni oluvchining banki ixtiyoriga o‘tkazadi.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda mablag‘larni to‘lovchining banki mablag‘larni oluvchining bankiga akkreditivning butun summasini to‘lovchining bankiga mablag‘larni oluvchining bankida yuritilayotgan hisobvarag‘idan o‘chirish huquqini beradi.
82. Akkreditivlar banklar tomonidan 1-son kartotekada va “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” 22602 balans hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Mablag‘larni oluvchi uchun unga xizmat ko‘rsatuvchi bankda akkreditivlar bo‘yicha alohida depozit hisobvaraqlari ochiladi.
83. Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar o‘zgartirish kiritish tartibiga ko‘ra chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan turlarga bo‘linadi. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan mablag‘larni oluvchi bilan oldindan kelishilmasdan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivning chaqirib olinishi to‘lovchining banki uchun hech qanday majburiyatni vujudga keltirmaydi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv shartlarini o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha mablag‘larni to‘lovchining topshiriqlari mablag‘larni to‘lovchining banki orqali beriladi va mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan mablag‘larni oluvchining bankiga, oluvchining banki tomonidan esa mablag‘larni oluvchiga xabar beriladi.
84. Mablag‘larni oluvchining banki akkreditivni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha xabarnoma olmagan taqdirda, chaqirib olinadigan akkreditiv bo‘yicha barcha operatsiyalarni amalga oshirishga majbur.
85. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablag‘larni oluvchining roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
86. Mablag‘larni oluvchining banki chaqirib olinmaydigan akkreditivni mablag‘larni to‘lovchining banki bilan tuzilgan shartnoma asosida tasdiqlashi mumkin. Bunda chaqirib olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv hisoblanadi.
Tasdiqlangan akkreditivlarda mablag‘larni oluvchining banki to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar oladi. Tasdiqlangan akkreditiv mablag‘larni oluvchining banki roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
87. Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Akkreditivni boshqa shaxslar nomiga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi.
88. Mablag‘larni to‘lovchi akkreditiv ochish uchun unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka shartnomani ilova qilgan holda ikki nusxada akkreditivga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaning (to‘lov hujjatining):
birinchi nusxasi to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
ikkinchi nusxasi mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilinadi.
Akkreditiv summasi bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar balansdan tashqari hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
89. Qoplangan akkreditivda nazarda tutilgan summa mablag‘larni oluvchining bankida ochilgan hisobvaraqqa mablag‘larni to‘lovchining arizasiga (to‘lov hujjati bilan) asosan o‘tkaziladi. Bunda mablag‘larni oluvchining banki akkreditivda nazarda tutilgan summa mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga kelib tushganligi haqida uni xabardor qiladi.
90. Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan akkreditivga arizalar bank tomonidan ikki nusxada chop etilib, uning bir nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi, ikkinchi nusxasi — 1-son kartotekada hisobga olinadi.
91. Akkreditivning muddati tugaguniga qadar mablag‘larni oluvchi va to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan va mablag‘larni oluvchi tomonidan akkreditiv shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ikki nusxada taqdim qilingan taqdirda, tegishli summa uning hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. Bunda bank tomonidan mablag‘larni oluvchining akkreditiv shartlariga rioya qilganligi hamda ularning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirganligi tekshirilishi shart.
92. Mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuzilgan akkreditiv bo‘yicha shartnomada belgilangan shartlarning bittasi bajarilmagan taqdirda ham akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi.
93. Mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazishda bank tomonidan to‘rt nusxada memorial order rasmiylashtirilib, uning “To‘lov maqsadi” grafasida to‘lov qaysi shartnoma asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shu shartnomaning tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi. Bunda memorial orderning:
birinchi nusxasi tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi bilan birga bankning buxgalteriya kunlik hujjatlari yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
ikkinchi va uchinchi nusxalari ularga tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi;
to‘rtinchi nusxasi shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni oluvchiga beriladi hamda akkreditiv bo‘yicha to‘langan summa 1-son kartotekadan hisobdan chiqariladi.
94. Mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan akkreditivning ijro etilganligi to‘g‘risidagi hujjat mablag‘larni oluvchining bankidan olinganidan so‘ng, akkreditiv summasi 1-son kartotekadan hisobdan chiqariladi va mablag‘larni oluvchining banki tomonidan taqdim qilingan memorial orderning bir nusxasi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga beriladi.
95. Akkreditiv mablag‘larni oluvchining bankida:
akkreditiv muddati tugagan bo‘lsa;
mablag‘larni oluvchining akkreditiv amal qilish muddati tugagunga qadar undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi arizasiga ko‘ra, agar bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;
mablag‘larni to‘lovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilsa, yopiladi.
Akkreditiv yopilganligi haqida mablag‘larni oluvchining banki mablag‘larni to‘lovchining bankini xabardor qilishi kerak.
96. Akkreditiv mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan xabarnoma olingan kunda “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” 22602 balans hisobvarag‘i tegishli summadan kam bo‘lmagan summaga kamaytiriladi yoki yopiladi.
97. Qoplangan (deponentlangan) akkreditivning foydalanilmagan summasi akkreditiv yopilishi bilan bir vaqtda mablag‘larni to‘lovchining bankiga qaytarib berilishi kerak. Mablag‘larni to‘lovchining banki qaytarib berilgan summalarni mablag‘larni to‘lovchining mablag‘lari deponentlangan hisobvarag‘iga kiritib qo‘yishi shart.
98. Akkreditivdan to‘liq foydalanilmaganligi sababli, mablag‘lar to‘lovchining bankiga qaytarilgan taqdirda, bank tomonidan ochilgan 1-son kartoteka qaytarilgan summaga teng miqdorda kamaytiriladi.
99. Akkreditiv bo‘yicha qisman to‘lovlar amalga oshirilgan taqdirda, mablag‘larni to‘lovchining banki va mablag‘larni oluvchining banki amalga oshirilgan qisman to‘lovlarni 1-son kartotekadan hisobdan chiqarib boradi.
100. Qayta tashkil etilayotgan (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) yuridik shaxsning to‘lov hujjatlari bo‘yicha to‘lovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning asosiy hisobvarag‘idan amalga oshiradi.
101. Kreditorlar va huquqiy voris o‘rtasida nizo yuzaga kelgan taqdirda, mablag‘lar sud qaroriga asosan huquqiy vorisning hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi.
102. Tugatilayotgan yuridik shaxsning hisobvarag‘idan mablag‘lar faqatgina tugatish komissiyasi tomonidan taqdim etiladigan to‘lov topshiriqnomalari asosida hisobdan chiqariladi hamda tugatilayotgan yuridik shaxsning barcha hisobvaraqlari tugatish komissiyasining ixtiyoriga o‘tadi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning shaxsiy varaqchasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilib, uning o‘rniga tugatish komissiyasi a’zolarining imzo namunalari tushirilgan shaxsiy varaqcha rasmiylashtiriladi. Bunda imzo namunalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan shaxslarning topshiriqlariga asosan tugatilayotgan yuridik shaxsning hisobvaraqlaridan mablag‘larning hisobdan chiqarilganligi uchun banklar javobgar bo‘lmaydi.
103. To‘lov intizomiga rioya qilmagan banklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
104. Banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali o‘tkaziladigan operatsiyalar, agar overdraft (qisqa muddatli kredit berish) nazarda tutilmagan bo‘lsa, banklarning vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. | 93 | 51,855 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga (2007-yil 15-aprel, ro‘yxat raqami 1122) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng 10 kundan keyin kuchga kiradi. | 104 | 509 |
Qonunchilik | Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | So‘nggi yillarda respublikamizda norma ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yaxshilash, amalga oshirilayotgan islohotlarning institutsional-huquqiy bazasini yangilash, eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normalarni bekor qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, qonunchilikdagi tizimli o‘zgarishlar bilan bog‘liq jadal rivojlanish tartibga solish yukini kamaytirish, tarqoq holda tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarni tizimlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Milliy qonunchilik bazasini ortiqcha normativ-huquqiy hujjatlardan xoli etish, uning tizimliligini ta’minlash, huquqni qo‘llash amaliyotida yuridik ta’sir kuchiga ega bo‘lmagan hujjatlarni bekor qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son va “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-martdagi PF-89-son farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son hamda “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-martdagi PF-89-son farmonlariga asosan Hukumat qarorlarini xatlovdan o‘tkazish, eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish choralari ko‘rilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari quyidagi asoslarga ko‘ra o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
qarorlarda keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan bir xil normalarning mavjudligi;
qarorlarda belgilangan normalarning keyinroq qabul qilingan qonunchilik hujjatlari normalariga zid kelib qolganligi;
qarorlarning qabul qilinishiga asos bo‘lgan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjatlarining bekor qilinganligi natijasida o‘z dolzarbligini yo‘qotganligi;
qarorlar bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan boshqa qarorlarning o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligi;
qarorlarda belgilangan bir martalik, vaqtinchalik bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlarning ijrosi ta’minlanganligi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazib, javobgarlik, qo‘shimcha to‘lov va yig‘imlarni belgilash, ortiqcha ma’muriy cheklashlarni nazarda tutish, asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keluvchi holatlarni bartaraf etish;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va ulardan foydalanishni to‘liq ta’minlash hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy hujjatlar qo‘llanish holatlarining oldini olish choralarini muntazam ravishda ko‘rib borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda raqobatni rivojlantirish, qurilishga ruxsatnomalar berish, elektr tarmoqlariga ulanish va boshqa yo‘nalishlarda inson omilini cheklashga qaratilgan huquqiy mexanizmlar joriy etilganligi yuzasidan tanqidiy o‘rganish o‘tkazib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ Agrosanoat kompleksi boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarori.
2. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Personal pensiya belgilash bo‘yicha komissiya tarkibi to‘g‘risida” 1991-yil 22-yanvardagi 16-son qarori.
3. O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “SSSR Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 22-yanvardagi “SSSR davlat bankining 1961-yil namunasidagi 50 va 100 rubllik pullarni to‘lovga qabul qilishni to‘xtatish, ularni almashtirish tartibi va fuqarolarning omonatlaridan naqd pullarni berishni cheklash to‘g‘risida”gi qarori” 1991-yil 23-yanvardagi 19-son qarori.
4. O‘zbekiston SSJ Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Tamerlan” badiy filmi ssenariysini o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” 1991-yil 25-yanvardagi 22-son qarori.
5. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ bank tizimi, aloqa, notarial idoralar muassasalariga 1991-yil 26 va 27-yanvarni ish kunlari deb e’lon qilish to‘g‘risida” 1991-yil 25-yanvardagi 23-son qarori.
6. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1991-yil 1-fevraldagi 26-son qarori.
7. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ energetika va elektrlashtirish vazir o‘rinbosarlari to‘g‘risida” 1991-yil 2-fevraldagi 27-son qarori.
8. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning davlat rejasi va 1990-yilgi O‘zbekiston SSJ davlat budjetini, 1991-yilgi O‘zbekiston SSJni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjetining asosiy parametrlari va bozor iqtisodiyotiga kirish sharoitida respublika xalq xo‘jaligining vazifalarini bajarish natijalari to‘g‘risida” 1991-yil 13-fevraldagi 37-son qarori.
9. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSRda mulk to‘g‘risida”gi O‘zbekiston SSR qonuni munosabati bilan O‘zbekiston SSR hukumatining qarorlarini o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risida” 1991-yil 16-fevraldagi 38-son qarori.
10. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ agrosanoat majmuasi kengashining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida“ 1991-yil 28-fevraldagi 43-son qarori.
11. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Tojikiston SSJda O‘zbekiston madaniyat kunlarini va O‘zbekiston SSJda Tojikiston madaniyat kunlarini o‘tkazish to‘g‘risida” 1991-yil 28-martdagi 70-son qarori.
12. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash, ularning ro‘yxatga olinganlik uchun to‘lovlarini yig‘ish tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 1991-yil 2-apreldagi 83-son qarori.
13. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutiga Akmal Ikromov nomini qaytadan berish to‘g‘risida” 1991-yil 19-apreldagi 105-son qarori.
14. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Monokristallar va zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 6-maydagi 120-son qarori.
15. O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlari ishining yakunlari, O‘zbekiston SSR Davlat budjetining 1991-yil I choragidagi ijrosi va xalq xo‘jaligi barqarorligining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari to‘g‘risida” 1991-yil 8-maydagi 123-son qarori.
16. O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga “Xon-atlas” gazlamalarini imtiyozli narxlarda ajratish me’yorlari va tartibi to‘g‘risida” 1991-yil 22-maydagi 140-son qarori.
17. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 1990-yildagi 5 foizli ssudasini berish muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1991-yil 27-maydagi 141-son qarori.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi kollegiya a’zolari to‘g‘risida” 1991-yil 25-oktabrdagi 268-son qarori.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Do‘lga qarshi komplekslarni muhofaza qilishni kuchaytirish va ularni ichki ishlar organlarining ruxsat beriluvchi tizimiga kiruvchi sohalar va obyektlar jumlasiga kiritish to‘g‘risida” 1991-yil 1-noyabrdagi 275-son qarori.
20. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “1991-yil IV choragi uchun favqulodda budjet ijrosini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1991-yil 26-noyabrdagi 301-son qarori.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “1992-yilda respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1992-yil 21-yanvardagi 23-son qarori.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash injenerlari institutida injener kadrlar tayyorlashni takomillashtirish haqida” 1992-yil 5-fevraldagi 47-son qarori.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 15-fevraldagi 65-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 1992-yil 24-fevraldagi 78-son qarori.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-noyabrdagi 279-son qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1992-yil 27-fevraldagi 89-son qarori.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi kadrlar tayyorlash sohasidagi bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 7-apreldagi 178-son qarori.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanishni tartibga solish, ularni ifloslanishdan hamda kamayib ketishdan muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 8-apreldagi 179-son qarori.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarori.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1992-yil 26-maydagi 247-son qarori.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Turkiya Respublikasi tomonidan ajratilgan kreditlardan foydalanish va xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 8-iyuldagi 315-son qarori.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Pensiyalar, stipendiyalar va budjetdagi muassasalar xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish choralari to‘g‘risida” 1992-yil 10-iyuldagi 319-son qarori.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Doktorantlar va aspirantlarni ijtimoiy himoya qilish choralari to‘g‘risida” 1992-yil 20-iyuldagi 332-son qarori.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada kassa amallarini tartibga solishning kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 24-iyuldagi 346-son qarori.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tovar-moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasi bosh boshqarmasining maxsus jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” 1992-yil 27-iyuldagi 351-son qarori.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Turkiya Respublikasi firmalari bilan muzokaralar olib borishga O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vakillarini tayinlash to‘g‘risida” 1992-yil 28-iyuldagi 343-son qarori.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va chet elliklar uchun chet el pasportlari va boshqa kelish-ketish hujjatlarini rasmiylashtirishga doir Konsullik xizmatlariga haq to‘lash to‘g‘risida” 1992-yil 21-avgustdagi 390-son qarori.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Tojikiston Respublikasi bilan chegarani qo‘riqlash vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga vaqtincha yuklash to‘g‘risida” 1992-yil 5-sentabrdagi 412-son qarori.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Afg‘oniston Respublikasi bilan davlat chegarasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha komissiya to‘g‘risida” 1992-yil 5-sentabrdagi 413-son qarori.
38. Vazirlar Mahkamasining “Tojikiston Respublikasiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish to‘g‘risida” 1992-yil 13-oktabrdagi 470-son qarori.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“O‘zbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 28-noyabrdagi 558-son qarori.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qarori.
41. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-oktabrdagi 497-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 1993-yil 8-fevraldagi 64-son qarori.
42. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlarini sotib olish uchun kredit resurslari ajratish to‘g‘risida” 1993-yil 3-martdagi 123-son qarori.
43. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarga (tashkilotlarga) faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘zgartirish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida” 1993-yil 19-martdagi 147-son qarori.
44. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish bo‘yicha vazifalarni yuklash to‘g‘risida” 1993-yil 6-fevraldagi 63-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1993-yil 30-martdagi 160-son qarori.
45. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ularning ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1993-yil 8-iyundagi 278-son qarori.
46. Vazirlar Mahkamasining “Ajratilgan kredit resurslaridan foydalanish muddatlarini uzaytirish to‘g‘risida” 1993-yil 1-iyuldagi 330-son qarori.
47. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini va aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1993-yil 8-iyuldagi 337-son qarori.
48. Vazirlar Mahkamasining “1993-yilning 20-iyulidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari ayrim turlarining shartnomaviy (erkin) xarid va chakana narxlariga o‘tish to‘g‘risida” 1993-yil 16-iyuldagi 360-son qarori.
49. Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ularning ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1993-yil 30-avgustdagi 436-son qarori.
50. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSR ministrlar sovetining mahalliy soliqlar va yig‘imlar masalalari bo‘yicha qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1993-yil 15-dekabrdagi 604-son qarori.
51. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1993-yil 16-dekabrdagi 605-son qarori.
52. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1993-yil 27-dekabrdagi 611-son qarori.
53. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘zgartirish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1994-yil 20-yanvardagi 21-son qarori.
54. Vazirlar Mahkamasining “Yer solig‘i to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1994-yil 24-yanvardagi 28-son qarori.
55. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa xizmatlari tariflari to‘g‘risida” 1994-yil 25-yanvardagi 30-son qarori.
56. Vazirlar Mahkamasining “Davlat zaxirasidan aviatsiya yoqilg‘isini chiqarish to‘g‘risida” 1994-yil 25-yanvardagi 31-son qarori.
57. Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernining Navoiy kon-metallurgiya kombinatini kadrlar bilan ta’minlash hamda mehnatkashlarning ijtimoiy shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 25-yanvardagi 33-son qarori.
58. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi boshqaruvi a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 5-fevraldagi 66-son qarori.
59. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish (“O‘zbekyengilsanoat”) davlat uyushmasi korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 4-apreldagi 179-son qarori.
60. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida” 1994-yil 6-apreldagi 188-son qarori.
61. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan shaxslarni Qurolli Kuchlar, chegara va ichki qo‘shinlar saflaridan zaxiraga bo‘shatish va fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish to‘g‘risida” 1994-yil 20-apreldagi 220-son qarori.
62. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari qo‘shimcha lavozimi kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 29-apreldagi 225-son qarori.
63. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bank tizimi boshqaruvi tuzilmasini va uning amaliy faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 3-maydagi 234-son qarori.
64. Vazirlar Mahkamasining “Boshoqli don ekinlarining xarid narxlarini oshirish to‘g‘risida” 1994-yil 3-iyundagi 282-son qarori.
65. Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 16-iyundagi 304-son qarori.
66. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1994-yil 23-iyundagi 316-son qarori.
67. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-iyundagi 278-son qarorining 3-bandini bekor qilish to‘g‘risida” 1994-yil 24-iyundagi 320-son qarori.
68. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol bozorini to‘ldirish va respublika aholisiga savdo xizmatlarini yaxshilash dasturini amalga oshirish bo‘yicha hukumat komissiyasini tuzish to‘g‘risida” 1994-yil 28-iyundagi 324-son qarori.
69. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasi Boshqaruvi raisining o‘rinbosarlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 29-iyundagi 328-son qarori.
70. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 13-iyuldagi 362-son qarori.
71. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1994-yil 18-iyuldagi 367-son qarori.
72. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1994-yil 5-avgustdagi 403-son qarori.
73. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-avgustdagi 407-son qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1994-yil 15-avgustdagi 416-son qarori.
74. Vazirlar Mahkamasining “Pravda Vostoka” gazetasini O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy gazetasiga aylantirish to‘g‘risida” 1994-yil 22-sentabrdagi 474-son qarori.
75. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida don mahsulotlarini sotishni tartibga solishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 2-noyabrdagi 532-son qarori.
76. Vazirlar Mahkamasining “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 29-noyabrdagi 575-son qarori.
77. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida havo transportini boshqarish tizimi to‘g‘risida” 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 14-fevraldagi 53-son qarori.
78. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq xo‘jaligini gidrometeorologik ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 27-fevraldagi 70-son qarori.
79. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha respublika kengashlarini o‘tkazish to‘g‘risida” 1995-yil 2-martdagi 77-son qarori.
80. Vazirlar Mahkamasining “Indoneziya Respublikasi Prezidenti Suxartoning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida” 1995-yil 10-martdagi 105-son qarori.
81. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1995-yil 20-martdagi 90-son qarori.
82. Vazirlar Mahkamasining “1995-yil 6-may shanba dam olish kunini, 8-may dushanbaga ko‘chirish to‘g‘risida” 1995-yil 19-apreldagi 137-son qarori.
83. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxuttoning rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 1995-yil 11-maydagi 165-son qarori.
84. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholiga avtomobil benzinini naqd pulga sotuvchi ayrim avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” 1995-yil 10-iyundagi 215-son qarori.
85. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi ustaviga o‘zgartirishlar va uning xodimlari intizomi to‘g‘risidagi ustavga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 21-iyundagi 232-son qarori.
86. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklar to‘g‘risida” 1995-yil 4-iyuldagi 252-son qarori.
87. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi apparati tuzilmasini takomillashtirishning ba’zi masalalari to‘g‘risida” 1995-yil 10-iyuldagi 263-son qarori.
88. Vazirlar Mahkamasining “Orolbo‘yi aholisini suv ta’minoti bo‘yicha ta’minlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 21-iyuldagi 282-son qarori.
89. Vazirlar Mahkamasining “1995-yilda paxta yig‘im-terim mavsumini o‘tkazishning tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 25-iyuldagi 286-son qarori.
90. Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlari tashkil etilganligining 60 yilligi bayram qilishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 1995-yil 21-avgustdagi 332-son qarori.
91. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-iyundagi 316-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 29-avgustdagi 346-son qarori.
92. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari qo‘shimcha lavozimini joriy etish haqida” 1995-yil 6-sentabrdagi 349-son qarori.
93. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining prorektori qo‘shimcha lavozimini kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 2-noyabrdagi 422-son qarori.
94. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi Boshqaruvi a’zolari to‘g‘risida” 1995-yil 16-noyabrdagi 437-son qarori.
95. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1962-yil 15-maydagi 347-son qarorining 1-bandini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1995-yil 11-dekabrdagi 455-son qarori.
96. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasi boshqaruvining raisi qo‘shimcha lavozimi kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 21-dekabrdagi 468-son qarori.
97. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larni to‘lash, taqsimlash va ulardan foydalanish masalalariga oid ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1995-yil 26-dekabrdagi 475-son qaroriga ilovaning 2 va 12-bandlari.
98. Vazirlar Mahkamasining “Boshoqli don ekinlarining ahvolini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 15-martdagi 102-son qarori.
99. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan davlat dasturini tasdiqlash haqida” 1994-yil 16-iyundagi 304-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1996-yil 19-martdagi 104-son qarori.
100. Vazirlar Mahkamasining “Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ularning ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1996-yil 20-martdagi 111-son qarori.
101. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot xizmatlari ko‘rsatish agentligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 25-apreldagi 161-son qarori.
102. Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatidagi “Xo‘jaobod” konida yer osti gaz ombori qurilishi to‘g‘risida” 1996-yil 30-apreldagi 169-son qarori.
103. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1996-yil 17-maydagi 179-son qarori.
104. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qarorining 4 va 5-bandlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1996-yil 17-maydagi 181-son qarori.
105. Vazirlar Mahkamasining “Pravoslav cherkovining Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasiga beriladigan soliq imtiyozlari to‘g‘risida” 1996-yil 21-maydagi 183-son qarori.
106. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya fondlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 18-iyundagi 220-son qarori.
107. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yig‘im undirishni joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 13-avgustdagi 279-son qarori.
108. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 14-martdagi 97-son qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1996-yil 23-avgustdagi 297-son qarori.
109. Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasida avtomobillar ishlab chiqarish, sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 3-sentabrdagi 304-son qarori.
110. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yig‘im undirishni joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 13-avgustdagi 279-son qarorini qisman o‘zgartirish haqida” 1996-yil 21-oktabrdagi 362-son qarori.
111. Vazirlar Mahkamasining “SamKochavto” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 5-noyabrdagi 381-son qarori.
112. Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini rekonstruksiya qilish to‘g‘risida” 1996-yil 12-noyabrdagi 397-son qarori.
113. Vazirlar Mahkamasining qarori “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘zgartirish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1997-yil 30-yanvardagi 56-son qarori.
114. Vazirlar Mahkamasining “Soliq va to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-fevraldagi 66-son qarori.
115. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘zgartirish va ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1997-yil 8-apreldagi 177-son qarori.
116. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi va dehqon ho‘jaliklarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini bajarishni tashkil etish masalalari haqida” 1997-yil 28-apreldagi 215-son qarori.
117. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash “Umid” jamg‘armasi homiylarini soliqlardan ozod qilish to‘g‘risida” 1997-yil 27-iyundagi 328-son qarori.
118. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 6-avgustdagi 390-son qarori.
119. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 20-maydagi 248-son qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1997-yil 30-sentabrdagi 457-son qarori.
120. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 482-son qarori.
121. Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo GREsini rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 3-noyabrdagi 501-son qarori.
122. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1997-yil 28-noyabrdagi 524-son qarori.
123. Vazirlar Mahkamasining “Dam olish kunini 1998-yil 4-yanvar yakshanbadan 2-yanvar jumaga ko‘chirish to‘g‘risida” 1997-yil 23-dekabrdagi 560-son qarori.
124. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarori.
125. Vazirlar Mahkamasining “Shveysariya konfederatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha idoralararo kengash to‘g‘risida” 1998-yil 17-fevraldagi 70-son qarori.
126. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida” 1998-yil 24-fevraldagi 77-son qarori.
127. Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarori.
128. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 5-martdagi 97-son qarori.
129. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-sentabrdagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan moliya-sanoat guruhlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 10-martdagi 105-son qarori.
130. Vazirlar Mahkamasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” va “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 27-martdagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarning 8-bandi.
131. Vazirlar Mahkamasining “Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hamda homilador ayollarda tug‘ma va boshqa patologiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha “Ona va bola skriningi” davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 1-apreldagi 140-son qarori.
132. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
133. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 203-son qarori.
134. Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhim obyektlarni muhofaza qilishni tashkil etish ustidan nazorat qiluvchi respublika idoralararo komissiyasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 11-iyundagi 245-son qarori.
135. Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 8-iyuldagi 287-son qarori.
136. Vazirlar Mahkamasining “Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbek-Xitoy hukumatlararo komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 9-iyuldagi 288-son qarori.
137. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish muddatlari va chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 15-iyuldagi 300-son qarori.
138. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 15-iyuldagi 302-son qarori.
139. Vazirlar Mahkamasining “Har tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma komissiyasining O‘zbekistonga oid qismini tuzish to‘g‘risida” 1998-yil 20-iyuldagi 306-son qarori.
140. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori.
141. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qarori.
142. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarori.
143. Vazirlar Mahkamasining “Teri, mo‘yna xomashyosi va qorako‘l tayyorlashni va ularni Respublikadan tashqariga olib chiqib ketishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 25-avgustdagi 366-son qarori.
144. Vazirlar Mahkamasining “O‘simlik yog‘iga aksiz solig‘i stavkalari to‘g‘risida” 1998-yil 4-sentabrdagi 379-son qarori.
145. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1998-yil 10-noyabrdagi 471-son qarori.
146. Vazirlar Mahkamasining “Dam olish kunini 1998-yil 5-dekabr shanbadan 7-dekabr dushanbaga ko‘chirish to‘g‘risida” 1998-yil 24-noyabrdagi 486-son qarori.
147. Vazirlar Mahkamasining “Quvayt Hukumati tomonidan Imom al-Buxoriy jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida” 1998-yil 26-noyabrdagi 493-son qarori.
148. Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 27-noyabrdagi 496-son qarori.
149. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishni boshqarish tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qarori.
150. Vazirlar Mahkamasining “Bolalar san’ati-2000” Xalqaro festivalida O‘zbekiston Respublikasining qatnashishiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida” 1998-yil 9-dekabrdagi 514-son qarori.
151. Vazirlar Mahkamasining “Hukumatning ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1998-yil 19-dekabrdagi 526-son qarori.
152. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun Jeroy-Sardara koni xomashyosidan fosforit kukuni ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-iyuldagi 278-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1999-yil 5-fevraldagi 51-son qarori.
153. Vazirlar Mahkamasining “Jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 26-fevraldagi 88-son qarori.
154. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 11-martdagi 108-son qarori.
155. Vazirlar Mahkamasining “Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 30-martdagi 146-son qarori.
156. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan shaxslarni qurolli kuchlar, chegara, ichki va qorovul qo‘shinlari saflaridan zaxiraga bo‘shatish va fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish to‘g‘risida” 1999-yil 31-martdagi 147-son qarori.
157. Vazirlar Mahkamasining “G‘alla kombaynlari va haydov agregatlarini sotib olish to‘g‘risida” 1999-yil 2-apreldagi 152-son qarori.
158. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi “Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va 1999-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti prognozlari to‘g‘risida”gi 541-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1999-yil 5-apreldagi 156-son qarori.
159. Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda eksport prognozi bajarilishini ta’minlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 7-apreldagi 161-son qarori.
160. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent-O‘sh-Saritosh-Irkeshtom avtomobil yo‘lining O‘sh-Saritosh-Irkeshtom uchastkasida loyihalash, rekonstruksiya qilish, kapital tuzatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 9-apreldagi 167-son qarori.
161. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatini o‘tkazish to‘g‘risida” 1999-yil 10-apreldagi 168-son qarori.
162. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasi materiallarini ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 20-apreldagi 184-son qarori.
163. Vazirlar Mahkamasining “Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni muhofaza qilish bo‘yicha nazoratni amalga oshiruvchi idoralararo respublika komissiyasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 21-apreldagi 187-son qarori.
164. Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyatining ichki bozorda sotiladigan avtomobillariga aksiz solig‘i stavkalarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1999-yil 4-maydagi 213-son qarori.
165. Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot va mevalardan bolalar taomlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini mablag‘ bilan ta’minlash sxemasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 1999-yil 18-maydagi 251-son qarori.
166. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 27-maydagi 271-son qarori.
167. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent-Andijon-O‘sh-Irkeshtom” avtomobil yo‘lida yo‘l ishlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 14-iyundagi 300-son qarori.
168. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qarori.
169. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining “Toshkent” xalqaro aeroportining erdan boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 16-iyuldagi 346-son qarori.
170. Vazirlar Mahkamasining “Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1999-yil 21-iyuldagi 356-son qarori.
171. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida” 1999-yil 26-noyabrdagi 513-son qarori.
172. Vazirlar Mahkamasining “Ekinlarni payhon qilinishiga qarshi kurash samaradorligini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 12-yanvardagi 10-son qarori.
173. Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhim obyektlarni muhofaza qilishni tashkillashtirish ustidan nazorat bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 15-fevraldagi 49-son qarori.
174. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm-shakar” davlat korxonasini xomashyo bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 14-martdagi 93-son qarori.
175. Vazirlar Mahkamasining “Tarixiy shaxslar nomidagi va boshqa mukofotlarni ta’sis etishni tartibga solish to‘g‘risida” 2000-yil 14-martdagi 94-son qarori.
176. Vazirlar Mahkamasining “Qaymog‘i olinmagan sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 11-apreldagi 139-son qarori.
177. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularning ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori.
178. Vazirlar Mahkamasining “Kredit va investitsiyalarni sug‘urtalash xalqaro ittifoqi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2000-yil 13-apreldagi 148-son qarori.
179. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2000-yil 14-apreldagi 149-son qaroriga ilovaning 8, 9 va 14-bandlari.
180. Vazirlar Mahkamasining “G‘alla kombaynlari va ehtiyot qismlari sotib olish to‘g‘risida” 2000-yil 12-maydagi 186-son qarori.
181. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 193-son qarori.
182. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish muddatlari va chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 15-iyuldagi 300-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2000-yil 19-iyundagi 235-son qarori.
183. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 2-avgustdagi 299-son qarori.
184. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 30-avgustdagi 339-son qarori.
185. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida kliring asosida o‘zaro mahsulotlar yetkazib berishni tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 8-sentabrdagi 345-son qarori.
186. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalarini tugatish to‘g‘risida” 2000-yil 19-sentabrdagi 358-son qarori.
187. Vazirlar Mahkamasining “Hukumat komissiyalarini tuzish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 32-bandi.
188. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 2-oktabrdagi 375-son qarori.
189. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Mirxodjayev Zaynutdin Sayfutdinovichga qattiq hayfsan e’lon qilish to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 427-son qarori.
190. Vazirlar Mahkamasining “Sho‘rtan gaz-kondensat konida qo‘shimcha siquvchi kompressor stansiyasi qurish to‘g‘risida” 2000-yil 9-noyabrdagi 439-son qarori.
191. Vazirlar Mahkamasining “2001-yil hosili uchun g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish hamda navlarni yangilashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 23-dekabrdagi 497-son qarori.
192. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 16-martdagi 130-son qarori.
193. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm-shakar” davlat korxonasini xomashyo bilan ta’minlash masalalari to‘g‘risida” 2001-yil 27-martdagi 148-son qarori.
194. Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat miqyosida o‘tadigan bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi direksiyani tugatish to‘g‘risida” 2001-yil 24-apreldagi 183-son qarori.
195. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir tarmog‘ini texnika bilan qayta jihozlashning birinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 2-maydagi 203-son qarori.
196. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2001-yil 16-maydagi 217-son qarori.
197. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga ilovaning 14-bandi.
198. Vazirlar Mahkamasining “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazini jihozlash hamda O‘zbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiyada ta’lim olishlarini tashkil etish uchun Yaponiya hukumatining beg‘araz yordamidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 13-avgustdagi 334-son qarori.
199. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 24-avgustdagi 350-son qarori.
200. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida kliring asosida o‘zaro mahsulotlar yetkazib berishni tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 8-sentabrdagi 345-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida” 2001-yil 16-oktabrdagi 412-son qarori.
201. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 5-yanvardagi 7-son qarori.
202. Vazirlar Mahkamasining “Tezkor tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 63-son qarori.
203. Vazirlar Mahkamasining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2002-yil 3-maydagi 152-son qarori.
204. Vazirlar Mahkamasining “2002-yilda davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari xaridi to‘g‘risida” 2002-yil 14-iyundagi 213-son qarori.
205. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini tashish uchun “Mersedes-bens 1838SL” rusumli egarli shatakchalar sotib olish to‘g‘risida” 2002-yil 20-iyundagi 220-son qarori.
206. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi vakillarini o‘qitishni tashkil etish uchun Yaponiya Hukumatining beg‘araz yordamidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 24-iyuldagi 264-son qarori.
207. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 26-iyuldagi 267-son qarori.
208. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi IIV transport ichki ishlar boshqarmasiga qo‘shimcha shtat birligi ajratish to‘g‘risida” 2002-yil 1-avgustdagi 272-son qarori.
209. Vazirlar Mahkamasining “Temir-tersak va mis chiqindilarini aylanishini tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 2-avgustdagi 278-son qarori.
210. Vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari operatorlari va provayderlariga maqsadli imtiyozlar va preferensiyalar berish to‘g‘risida” 2002-yil 22-avgustdagi 296-son qarori.
211. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2002-yil 10-oktabrdagi 354-son qarori.
212. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari to‘g‘risidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2002-yil 14-oktabrdagi 357-son qarori.
213. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 8-yanvardagi 7-son qarori.
214. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
215. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qarori.
216. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 16-yanvardagi 27-son qarori.
217. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 31-yanvardagi 53-son qarori.
218. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori.
219. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 1-apreldagi 169-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
220. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori.
221. Vazirlar Mahkamasining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2003-yil 1-maydagi 200-son qarori.
222. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini yo‘lovchilar tashish avtobuslari bilan ta’minlash to‘g‘risida” 2002-yil 24-sentabrdagi 331-son qaroriga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 2-maydagi 207-son qarori.
223. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 24-iyundagi 282-son qarori.
224. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qaroriga 9-ilovaning 3 va 5-bandlari.
225. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qaroriga qisman o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2003-yil 25-avgustdagi 367-son qarori.
226. Vazirlar Mahkamasining “Parrandachilikda monopoliyadan chiqarish va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 4-sentabrdagi 382-son qarori.
227. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 7-oktabrdagi 434-son qarori.
228. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 31-oktabrdagi 477-son qarori.
229. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 5-noyabrdagi 486-son qarorining 8-bandi va 5-ilovasi.
230. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 26-dekabrdagi 572-son qarori.
231. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 13-apreldagi 174-son qarori.
232. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 6-iyuldagi 317-son qarori.
233. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 20-iyuldagi 342-son qarori.
234. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 11-sentabrdagi 426-son qarori.
235. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ba’zilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
236. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Banklarini xususiylashtirish byurosining faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida” 2004-yil 21-sentabrdagi 433-son qarori.
237. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 13-oktabrdagi 481-son qarori.
238. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga 1-ilovaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 26-oktabrdagi 501-son qarori.
239. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tarkibidagi o‘zgarish to‘g‘risida” 2004-yil 4-noyabrdagi 521-son qarori.
240. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekkino” Milliy agentligi tarkibidagi o‘zgarish to‘g‘risida” 2004-yil 5-noyabrdagi 524-son qarori.
241. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida” 2004-yil 10-noyabrdagi 534-son qarori.
242. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 18-noyabrdagi 546-son qarori.
243. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-sentabrdagi 407-son qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 22-dekabrdagi 599-son qarori.
244. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tarkibidagi o‘zgarish to‘g‘risida” 2005-yil 27-yanvardagi 36-son qarori.
245. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
246. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga 1-ilovaning 4, 24 va 33-bandlari.
247. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2005-yil 26-maydagi 134-son qarori.
248. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
249. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 157-son qarori.
250. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2005-yil 9-iyuldagi 158-son qarori.
251. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 18-iyuldagi 161-son qarori.
252. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatidagi “Kattaqo‘rg‘on firmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati besh nafar xodimining halok bo‘lishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish yuzasidan Maxsus komissiya tuzish to‘g‘risida” 2005-yil 9-avgustdagi 190-son qarori.
253. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 6-oktabrdagi 222-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
254. Vazirlar Mahkamasining “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi doirasida qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi ustuvor loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 7-oktabrdagi 223-son qarori.
255. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 19-sentabrdagi PQ-183-son qarori)” 2005-yil 10-noyabrdagi 246-son qarori.
256. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish kiritish haqida” 2005-yil 23-dekabrdagi 279-son qarori.
257. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat telestudiyalari faoliyatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 13-yanvardagi 5-son qarori.
258. Vazirlar Mahkamasining “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qarorining 9-bandi va 6-ilovasi.
259. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida” 2006-yil 7-fevraldagi 18-son qarori.
260. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” 2000-yil 25-avgustdagi 334-son va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-martdagi 44-son qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 16-maydagi 86-son qarori.
261. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 6-iyuldagi 131-son qarori.
262. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” 2000-yil 25-avgustdagi 334-son va “O‘zbekiston Respublikasi prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-martdagi 44-son qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 9-avgustdagi 169-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
263. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metall parchalari, chiqindilarini yig‘ish, tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 18-iyuldagi PQ-419-son qarori)” 2006-yil 15-sentabrdagi 197-son qarori.
264. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 20-sentabrdagi 202-son qarori.
265. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘RQ-50-sonli Qonuni)” 2006-yil 31-oktabrdagi 225-son qarori.
266. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27 Sentyabrdagi PQ-475-son qarori)” 2006-yil 9-noyabrdagi 234-son qarori.
267. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim q | 72 | 61,446 |
Qonunchilik | Ayollar uchun nikoh yoshi bir yilga oshirildi | 1 sentyabrdan erkaklar va ayollar uchun yagona nikoh yoshi 18 yosh etib belgilandi (28.08.2019 yildagi OʻRQ-558-son Qonunga qarang).
Nikoh yoshi tabaqalashtirilib, erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun esa 17 yosh etib belgilangan edi. Bunda tuman (shahar) hokimi istisno hollarda (homiladorlikda, bola tugʻilganda, emansipatsiyada) hamda nikohdan oʻtayotganlarning iltimosiga koʻra umumbelgilangan yoshni kamida 1 yilga kamaytirishga haqli boʻlgan. Bu esa qizlar 16 yoshdan turmushga chiqishi mumkinligini anglatar edi.
Voyaga yetmagan shaхsning muomalaga layoqatliligi cheklanganligini unutmaslik kerak. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaхs ish haqini (stipendiyasini) va boshqa daromadlarini oʻzi tasarruf etishi, intellektual faoliyat bilan shugʻullanishi, omonat ochishi va kichik maishiy bitimlarni tuzishi mumkin. Yirik bitimlarni tuzishda ota-onaning (vasiylar, homiylarning) yozma roziligi talab etiladi. Biroq mahalliy an’analarni hisobga olgan holda, kelinning ota-onasi turmushga chiqqan qizlarini turmush oʻrtogʻiga ishonib topshirib, uning hayotiga iloji boricha aralashmaslikka harakat qiladilar. Bu amalda voyaga yetmagan qizning tobelik holatiga tushishiga sabab boʻlishi mumkin.
Barcha omillarni (yuridik va nohuquqiy) hamda BMTning bolalar huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini hisobga olgan holda, ombudsman, Inson huquqlari milliy markazi va Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi ayollar uchun nikoh yoshini oshirish taklifini kiritdilar. Davlatimiz rahbari tashabbusni qoʻllab-quvvatladi, faqat e’lon qilingan qonun bilan Oila kodeksiga kiritilgan tegishli oʻzgartirishlarni rasmiylashtirish ishlari qoldi, хolos.
Bunda hokimlarning istisno hollarda – homiladorlik, bola tugʻilganda va emansipatsiyada nikoh yoshini (koʻpi bilan 1 yilga) kamaytirishga doir vakolati saqlanib qolindi.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan, tuzatishlar 1.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 45 | 1,920 |
Qonunchilik | FUQARO AVIATSIYASINING “UZBEKISTAN AIRWAYS TECHNICS” AVIAKORXONASI BAZASIDA G‘ARBDA IShLAB ChIQARILGAN SAMOLYoTLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarning kengayib borayotgan parkiga texnik xizmat ko‘rsatuvchi o‘z bazasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha loyiha buyurtmachisi etib “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi belgilanganligi;
loyihaning umumiy summasi 18,80 mln AQSh dollari bo‘lgan hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlarni uch bosqichda, shu jumladan:
1-bosqich — 2000—2002-yillar — 5,00 mln AQSh dollari;
2-bosqich — 2003-2004-yillar — 6,50 mln AQSh dollari;
3-bosqich — 2004-2005-yillar — 7,30 mln AQSh dollari miqdorida jalb qilgan holda amalga oshirilishi;
loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun buyurtmachi tomonidan “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi bazasida tashkil etilayotgan G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazini jihozlash va texnik qo‘llab-quvvatlash uchun “Lyuftganza Texnik” va “Gidro-Geratebau” kompaniyalari (Germaniya) bilan umumiy summasi 5,00 mln AQSh dollari bo‘lgan kontraktlar tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, tuzilgan kontraktlarni birinchi bosqichda mablag‘ bilan ta’minlash quyidagicha amalga oshiriladi:
kontraktlar qiymatining 0,75 mln AQSh dollarini tashkil etadigan 15 foizi “KFW” (Germaniya) banki mablag‘larini qayta moliyalashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, shu jumladan:
“Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha — 0,56 mln AQSh dollari;
“Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha — 0,19 mln AQSh dollari;
kontraktlar qiymatining 4,25 mln AQSh dollarini tashkil etadigan 85 foizi “Germes” (Germaniya) jamiyati sug‘urta qoplamasi ostida “KFW” banki mablag‘larini qayta moliyalashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, shu jumladan:
“Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha — 3,17 mln AQSh dollari;
“Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha — 1,08 mln AQSh dollari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
“Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi bilan birgalikda loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichlarini mablag‘ bilan ta’minlash sxemasini loyihadagi quvvatlarni ishga tushirishga muvofiq muddatlarda ishlab chiqsin;
bir oy muddatda kredit bitimlarini tuzsin va birinchi bosqich bo‘yicha “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasiga “KFW” banki mablag‘larini qayta moliyalashtirishni ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyiha uchun jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha: xorijiy bankka — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatlar berishga vakil qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan xorijiy bank uchun maqbul bo‘lgan shakl bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
6. Belgilansinki, asosiy qarz, foizlar, vositachilik haqlari va kreditga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa xarajatlarni to‘lash kredit bitimlari shartlariga muvofiq “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi xo‘jalik faoliyati hisobiga 1 va 2-ilovalarga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari L.A. Axmetov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 177 | 3,823 |
Qonunchilik | LOYIHA TAShKILOTLARI TOMONIDAN QURILISh USTIDAN MUALLIFLIK NAZORATINI AMALGA OShIRISh UChUN XARaJaTLAR MIQDORINI BELGILASh | 1. Loyiha tashkilotlari tomonidan qurilish ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish uchun xarjlar miqdorlari obyekt qurilishining umumiy mo‘ljaliy (smeta) qiymati tarkibiga kiritiladi va umumiy mo‘ljaliy hisoblarning 1—9 boblariga muvofiq qurilishning mo‘ljaliy qiymatiga foizlarda belgilab quyidagi ko‘rsatkichlarda aks ettiriladi:
2. Ayrim, asoslangan zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishqo‘mi ijozati bilan, mualliflik nazorati uchun xarjlar miqdorlari umumiy mo‘ljaliy hisoblarning 1—9 boblariga muvofiq qurilishning mo‘ljaliy qiymatining 036 foizigacha bo‘lgan hajmidan oshirilishi mumkin.
3. Loyiha tashkilotlari tomonlaridan qurilish ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar loyiha (ish loyihasi) ishlab chiqilayotgan paytda belgilanadi.
Bosh loyihalashtiruvchi ixtisoslashgan loyiha tashkilotlari ishtirokida qurilishning taqvimiy rejasini yoki har tomonlama yiriklashtirilgan katakli jadvalini tuzayotganda buyurtmachi bilan birga qurilishning barcha davri va qurilib bitkazilgan korxona, bino, inshootlarni foydalanishga qabul qilish paytlari uchun mualliflik nazorati o‘tkazilishining rejalik jadvalini tuzadilar va shu asosda “Qurilish uchun loyiha va qidiruv ishlari mo‘ljallarining (smetalarning) tuzish tartibiga oid Yo‘riqnoma”ga binoan 3-sonli shakli bo‘yicha mualliflik nazoratini amalga oshirish uchun xarjlar mo‘ljali (smetasi) belgilanadi. Ta’kidlangan xarjlar korxona, bino, inshoot qiymatining umumiy mo‘ljaliy (smeta) hisobining 10-bobiga alohida satr tarzida kiritiladi va 1—2 boblar bilan belgilangan hajmlardan oshmasligi shart, faqat bundan ushbu Tartib bilan ko‘zda tutilgan hollar mustasnodir.
Xarjlar mo‘ljallarida (smetalarda) asosiy ijrochilarning ish haqlari inobatga olinadi va unga loyiha tashkilotlarining xarajatlari, loyiha tashkilotlarining ta’kidlangan yildagi loyiha va qidiruv ishlari olib borish bo‘yicha xarjlar mo‘ljaldagi ushbu yuqoridagi xarjlarning solishtirma salmog‘iga mos tarzda foizlarda hamda 3 foiz miqdoridagi rejalik jamg‘aruvlari qo‘shiladi.
Mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi loyiha tashkilotlari xodimlarining qurilish joyigacha va orqaga qaytish bo‘yicha xarajatlari ushbu mo‘ljallarda (smetalarda) alohida satrda keltirib, buyurtmachi tomonidan ushbu Tartibning 1 va 2 boblarida ko‘zda tutilgan miqdorlardan tashqari qoplanishi lozim.
Zarur hollarda mo‘ljalnomalarga (smetalarga) alohida nomlangan holda quyidagi ishlar ham kiritiladi:
binolarni tayyorlash va qurilishga chiqish oldidan loyiha-mo‘ljal hujjatlarini o‘rganib chiqish hamda 1.06.05-85 raqamli QQvaM (SNiP) loyiha tashkilotlarining korxonalar, binolar va inshootlar qurilish ustidan mualliflik nazorati to‘g‘risidagi nizom 1, 5 bobi bilan ko‘zda tutilgan tartibda mualliflik nazorati natijasida qabul qilingan qarori bilan loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-mo‘ljal hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ishlari.
Bu ishlarga xarjlar loyiha tashkiloti mutaxassislarining qurilishga chiqqan har gali uchun 2—4 kishi ish kuni hisobidan belgilanadi:
mualliflik nazorati natijalariga ko‘ra qabul qilingan qarorlarni bosh va ixtisoslashgan loyiha tashkilotlari bilan, shu jumladan bordi-keldilar uchun zarur tegishli ammo, 5 kishi ish kunidan ortiq bo‘lmagan vaqtini ham inobatga olgan holdagi, o‘zaro kelishiga oid ishlari.
Mualliflik nazoratini amalga oshirishning taqvimiy muddatlari har bir loyiha tashkiloti bo‘yicha xarjlar miqdorlari, buyurtmachilar bilan hisob-kitob tartiblari har yil uchun rasmiylashtirilgan shartnomalar bilan belgilanadi. Mualliflik nazoratini amalga oshirish uchun xarjlarni belgilashning ta’kidlangan (yuqorida zikr etilgan) tartibi 1995-yilning 1-mayidan boshlab tasdiqlangan loyihalar uchun amalga kiritiladi.
1995-yilning 1-mayigacha bo‘lgan davrda tasdiqlangan umumiy mo‘ljallanmalarga (umumiy mo‘ljaliy-moliyaviy hisoblarga) kiritilgan mualliflik nazorati uchun xarjlar qayta hisoblab chiqilmaydi. | 122 | 3,941 |
Qonunchilik | Nogironligi bo‘lgan shaxslarni statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida | Hozirgi vaqtda mas’ul vazirliklar va idoralar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni hisobga olishning tizimi yetarli darajada ishlab chiqilmagan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy ahvolini monitoring qilish imkonini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada joriy etishda va ularga o‘z vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishda kamchiliklar qayd etilmoqda.
Shu bilan birga, mavjud statistik ko‘rsatkichlar asosida shakllantirilgan axborotlar ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning turli guruhlari holatini to‘laqonli tahlil qilish, dolzarb muammolarni aniqlash, baholash imkonini bermaydi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar hayot faoliyatining barcha sohalarini qamrab olishga imkon beruvchi statistik hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni bilan tasdiqlangan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturining 9-bandini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davlat statistika hisoboti asosida nogironligi bo‘lgan shaxslar soni, imkoniyati cheklangan (nogironligi bo‘lgan) o‘quvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari, reabilitatsiya markazlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2018-yil hisobot davridan boshlab tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan jamlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot faoliyatini aks ettiruvchi qo‘shimcha statistik ko‘rsatkichlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning turli guruhlari holatini baholashga imkon beruvchi to‘liq statistik ma’lumotlarni shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etiladigan ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi va haqqoniyligi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin. | 93 | 2,521 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va san’at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida” 1996-yil 31-dekabrdagi PF-1692-sonli Farmoni 1-bandining uchinchi xatboshi, 2-bandining birinchi xatboshi va 3-bandining birinchi xatboshidagi “Madaniyat ishlari” degan so‘zlar “Madaniyat va sport ishlari” deb o‘zgartirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 12-yanvardagi PF-1913-sonli Farmoni 5-bandidagi “Madaniyat ishlari” degan so‘zlar “Madaniyat va sport ishlari” deb o‘zgartirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida” 1998-yil 26-martdagi PF-1980-sonli Farmoni 6-bandidagi “Madaniyat ishlari” degan so‘zlar “Madaniyat va sport ishlari” deb o‘zgartirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatida:
a) I bo‘limning 8-bandidagi “Madaniyat ishlari” degan so‘zlar “Madaniyat va sport ishlari” deb o‘zgartirilsin;
b) II bo‘limning 9-bandi chiqarib tashlansin; 10-band 9-band deb hisoblansin. | 107 | 1,658 |
Qonunchilik | “Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 291-son “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 26-maydagi 5 va 15/kk-son “Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2813, 2016-yil 20-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 29-son, 355-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 182 | 791 |
Qonunchilik | NOTARIAT SOHASIDAGI AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2005-yil 12-noyabrdagi 35-son “Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1521, 2005-yil 12-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 46-son, 351-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-son “Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1521-1, 2010-yil 8-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 23-son, 189-modda);
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-son “Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1521-2, 2010-yil 18-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 38-son, 332-modda);
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 15-noyabrdagi 264-mh-son “Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1521-3, 2010-yil 15-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 46-son, 424-modda).
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq 2011-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. | 97 | 3,108 |
Qonunchilik | Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomning 8-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 329-V va 98-son qarori (ro‘yxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 47-son, 622-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandining yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 185 | 1,083 |
Qonunchilik | 2006—2010 YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATROF TABIIY MUHIT MONITORINGI DASTURINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasining 2003—2005-yillarda atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi yuzasidan 2003-yil 13-yanvardagi 16-son qaroriga muvofiq atrof tabiiy muhit monitoringining yagona tizimini yaratishga, uni kompleks baholashni o‘tkazishga, monitoringning yagona metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlashga, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, yerlarning ifloslanishi, respublika mintaqalari bo‘yicha xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ustidan muntazam kuzatuvlar o‘tkazishni ta’minlashga ko‘maklashgan tadbirlar kompleksi amalga oshirildi. Bular salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etish, atrof tabiiy muhit sohasida davlat nazoratini, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish imkonini berdi.
Shu bilan bir qatorda mavjud monitoring tizimida bir qator kamchiliklar mavjud, bular o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar sonining haddan tashqari ko‘pligi, monitoring olib borish jarayonidagi ijro etuvchi organlar o‘zaro hamkorligining yetarli emasligi hamda ishlarning sust muvofiqlashtirilganligi, axborotlar bilan zarur darajada almashilmaslik kabilardir.
Atrof muhitning ifloslanishi darajasini baholash va prognozlash maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 3-apreldagi 111-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2006—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini olib boruvchi vazirliklar va idoralar ko‘rsatib o‘tilgan Dasturni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishni kalendar yil uchun ajratiladigan umumiy budjet mablag‘lari doirasida amalga oshirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. | 109 | 2,031 |
Qonunchilik | Prezidentni internetda haqoratlaganlik hamda ommaviy tartibsizliklarga da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi | 30.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-679-son Qonun qabul qilindi.
JKning 158-«Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish» moddasiga kiritilgan normaga muvofiq telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon aхborot tarmogʻidan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini haqoratlash va unga tuhmat qilish:
JKning 244-«Ommaviy tartibsizliklar» moddasiga kiritilgan normaga muvofiq ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga omma oldida da’vat qilganlik uchun quyidagi jazo choralari qoʻllaniladi:
Ushbu harakatlar bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib, OAVdan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internet jahon aхborot tarmogʻidan, shuningdek matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa:
MJTK 2011-«Qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida da’vat qilish» deb nomlangan modda bilan toʻldirildi. Respublikaning qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat хavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAVdan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internet jahon aхborot tarmogʻidan, shuningdek matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da’vat qilish 60 BHMdan 80 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek 11.12.2003 yildagi «Aхborotlashtirish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-560-II-son Qonunning 121-moddasiga (Hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan aхborotni Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatish) oʻzgartirishlar kiritildi. Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoхud boshqa aхborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan aхborot joylashtiriladigan Internet jahon aхborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoхud boshqa aхborot resursidan quyidagi maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi lozim:
Hujjat 31.03.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.
Elmira Siraziyeva. | 123 | 2,099 |
Qonunchilik | “Aholiga qonun hujjatlariga muvofiq bepul tibbiy yordam ko‘rsatayotgan statsionar davolash muassasalari uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-son “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2005-yil 21-iyundagi 56 va 4-son “Aholiga qonun hujjatlariga muvofiq bepul tibbiy yordam ko‘rsatayotgan statsionar davolash muassasalari uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1487, 2005-yil 6-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 194-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 868 |
Qonunchilik | Elektroteхnika sanoati qoʻllab-quvvatlanadi | Vazirlar Mahkamasining 8.10.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 631-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning "Elektroteхnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 2 martdagi PQ-5011-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 2019 yil 6 maydagi 373-son qarorida, endi belgilanishicha:
elektroteхnika tarmogʻi tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, tijorat banklaridan kafolatlar olishda quyidagilar uchun garov ta’minoti sifatida kafolat summasining 50%igacha, biroq $3 mln dan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi:
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi elektroteхnika tarmogʻi korхonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 2022 yildan boshlab har yil uchun Davlat byudjeti hisobidan $10 mln miqdoridagi mablagʻ ajratilishi yuzasidan takliflar beradi.
"Oʻzelteхsanoat" uyushmasining Elektroteхnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (16.10.2019 yildagi 877-son VMQ bilan tasdiqlangan) Jamgʻarmani shakllantirish manbalari boʻyicha qoʻshimcha kiritildi.
Xususan, respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2021 yilning I, II va III choraklarida teng ulushlarda 75 mlrd soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi, keyingi yillarda esa byudjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun mablagʻlar nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, Jamgʻarma mablagʻlari elektroteхnika sanoati tarmogʻi tashkilotlarining хalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq хarajatlarining 50%ini, biroq bitta holat boʻyicha ekvivalenti $10 ming dan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplashga yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorlarga sotish bilan bogʻliq хarajatlar mahsulot turlaridan kelib chiqib, eksport qiluvchi tarmoq tashkilotlari (eksport qiymatining 6%igacha) qoplanadigan yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlari roʻyхati tasdiqlandi.
Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.10.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 43 | 2,544 |
Qonunchilik | Li Kvan Kini “Shuhrat” medali bilan mukofotlash to‘g‘risida | Koreya va O‘zbekiston Respublikalari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdagi katta xizmatlari, Asakadagi “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasi qurilishidagi ulkan yutuqlari uchun DEU prezidenti va “O‘zDEUavto” kompaniyasining raisi Li Kvan Ki “Shuhrat” medali bilan mukofotlansin. | 59 | 283 |
Qonunchilik | Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni t | “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hokimliklari:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar, bunda mahallalarni tuzish va bo‘lishga faqat har yili fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ta’minotiga tegishli mahalliy budjetlar parametrlarida ko‘zda tutiladigan mablag‘lar doirasida ruxsat etilishini nazarda tutsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy organlari bilan birgalikda 2014-2015-yillarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullar mahallalari chegaralarini belgilash ishlarining tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga bajarilishini ta’minlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.I. Ikramov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini (keyingi o‘rinlarda mahallalar deb ataladi) tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibini belgilaydi.
2. Mahallalar shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullar hududida tashkil etiladi.
3. Mahallalar ma’muriy-hududiy birliklar hisoblanmaydi.
4. Mahallalardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari o‘zlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarni tegishli mahalla hududining ushbu Nizomda belgilangan tartibda belgilangan chegaralari doirasida amalga oshiradilar.
5. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallasining fuqarolar yig‘inlari kengashlari tomonidan tayyorlanadi.
6. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Posyolkalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar mahallalarini birlashtirish, bo‘lish va tugatish posyolkalar, ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yig‘inlari iltimosnomasi bo‘yicha xalq deputatlari tumanlar, qishloqlar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatga (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — respublikaga) bo‘ysunuvchi shaharlarda va Toshkent shahrida mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish shaharlar mahallalarining fuqarolar yig‘inlari iltimosnomasi bo‘yicha xalq deputatlari shaharlar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Mahallalar hududlarning tarixiy xususiyatlarini, qoidaga ko‘ra, kamida 500 oila yashaydigan aholi punktlarining geografik joylashishini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Mahallalar, istisno hollarda, 500 nafardan kam aholi, lekin kamida 100 oila yashaydigan borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda hamda harbiy shaharchalarda tashkil etilishi mumkin.
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarga muvofiq mahallalar tuzish mumkin bo‘lmagan taqdirda, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning hududlari, mahallalar tuzmasdan, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning tegishli fuqarolar yig‘inlari tomonidan boshqariladi.
9. Agar posyolka, qishloq va ovulning fuqarolar yig‘ini hududida ko‘pi bilan 1500 oila istiqomat qilsa, ushbu posyolkalar, qishloqlar va ovullarda mahallalar tuzilmaydi.
10. Mahallalarni tuzish, birlashtirish va bo‘lish bo‘yicha takliflar posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalarining fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalarining fuqarolar yig‘iniga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
11. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish bo‘yicha takliflarda:
aholi fikrini o‘rganish to‘g‘risidagi;
muayyan hudud, uning tarixiy va geografik xususiyatlari to‘g‘risidagi;
yaqin atrofdagi aholi punktlari va mahallalarning joylashishi to‘g‘risidagi;
ushbu hududda yashaydigan aholi va oilalar soni to‘g‘risidagi;
ushbu hududda joylashgan eng yirik sanoat, transport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari to‘g‘risidagi;
tuziladigan, birlashtiriladigan va bo‘linadigan mahallalarning chegaralarini belgilash bo‘yicha takliflar to‘g‘risidagi;
mahallalarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar to‘g‘risidagi axborotlar aks ettiriladi.
12. Posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalarining fuqarolar yig‘ini mahallani tuzish, birlashtirish va bo‘lish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib o‘zining qarori bilan ularni ma’qullaydi yoki asoslangan holda rad etadi, zarurat bo‘lganda, ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni tavsiya etadi.
13. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda mahallalarni tuzish, birlashtirish va bo‘lish bo‘yicha takliflar uch kun mobaynida posyolkalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yig‘inlari tomonidan tegishli iltimosnoma bilan tuman, shahar hokimiga yuboriladi.
14. Tegishli tuman (shahar) hokimiga yuborilayotgan iltimosnomaga, ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan axborot bilan birga, quyidagilar ilova qilinadi:
tegishli posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolar yig‘inining mahallalarni tuzish, birlashtirish va bo‘lish bo‘yicha takliflarni ma’qullash to‘g‘risidagi qarori;
tuzilayotgan, birlashtirilayotgan mahallaga nom berish va faoliyat ko‘rsatayotgan mahallalarning nomini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar;
mahalla hududining tuman, shahar hokimi bilan oldindan kelishilgan rejasi (mahallalar chegaralarini belgilash va o‘zgartirish) bo‘yicha takliflar.
15. Tuman, shahar hokimi mahallani tuzish, birlashtirish, bo‘lish to‘g‘risida posyolka, qishloq, ovul yoki shahar mahallalarining fuqarolar yig‘ini tomonidan kiritilgan takliflarni besh kun muddatda ko‘rib chiqadi hamda ushbu Nizomning III va IV bo‘limlariga muvofiq mahallaning chegaralari rejasini va tavsifini tayyorlashni, shuningdek unga nom berish, uning nomini o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni kelishishni ta’minlaydi.
16. Tuman, shahar hokimi mahallaning nomi kelishilgandan hamda uning chegaralari rejasi va tavsifi tayyorlangandan keyin o‘n kun muddatda, mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish bo‘yicha takliflarni, ularga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, xalq deputatlari tegishli tuman, shahar Kengashiga kiritadi.
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi navbatdagi sessiyada tuman, shaharlar hokimining taklifini ko‘rib chiqadi va mahallani tuzish, mahallalarni birlashtirish, mahallani bo‘lish (ularning chegaralarini belgilagan va ularga nom bergan yoki ularning nomini o‘zgartirgan holda) to‘g‘risida yoxud ushbu taklifni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
17. Mahallani tugatish ushbu hududda yashayotgan fuqarolar boshqa joyga ko‘chirilganda, shuningdek mahalla joylashgan posyolka, qishloq, ovul yoki shahar tugatilganda amalga oshiriladi.
18. Mahallani tugatish posyolkalar, qishloqlar, ovullar va shahar mahallalarining fuqarolar yig‘ini iltimosnomasi asosida, tuman, shahar hokimining tegishli tuman (shahar) hokimiga mahallani tugatish sabablari ko‘rsatilgan holda kiritilgan taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi qarori bilan amalga oshiriladi.
19. Posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolar yig‘inining mahallani tugatish to‘g‘risidagi iltimosnomasi tuman, shahar hokimi tomonidan o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi va xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Hokimning mahallani tugatish to‘g‘risidagi taqdimnomasi xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.
20. Mahallalar chegaralari ularni tuzishda, birlashtirishda va bo‘lishda belgilanadi.
21. Mahallalarning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish posyolkalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yig‘inlari iltimosnomalari asosida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
22. Mahallalarning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish to‘g‘risida iltimosnomalar kiritilgunga qadar posyolkalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalari fuqarolar yig‘inlari mahallalarning chegaralarini (mahalla hududini) belgilash va o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni oldindan tuman, shahar hokimi bilan kelishadilar.
23. Mahalla hududiga tegishli shahar, posyolka, qishloq va ovul chegaralari doirasidagi yerlar kiritiladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
24. Shahar mahallalari chegaralari, qoidaga ko‘ra, shaharning turar joy zonalari chegaralari doirasida belgilanadi, bunda shaharlar mahallalari fuqarolar yig‘inlari mahallalar hududiga shaharning boshqa zonalarini, shuningdek yer fondining boshqa toifalari yerlarini kiritish to‘g‘risida ham iltimos qilishlari mumkin.
25. Mahallaning chegaralari yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida bo‘lgan, ular ijaraga olgan va ularning mulki bo‘lgan yer uchastkalari chegaralari, yirik kanallar, kollektorlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, shuningdek joyning boshqa tabiiy va sun’iy obyektlari bo‘yicha belgilanadi.
26. Mahallalarning chegaralari shaharlar, posyolkalar chizmalarida 1:2000 masshtabda, qishloqlar va ovullar chizmalarida esa — 1:10000 masshtabda aks ettiriladi.
27. Mahallalar chegaralarini belgilash jarayonida har bir mahalla bo‘yicha chegaralar tavsiflanadi. Chegaralar tavsifida ular bo‘yicha chegara belgilanadigan ko‘chalar, tabiiy va sun’iy obyektlar nomlari, chegaralar yo‘nalishi keltiriladi.
28. Mahallalar chegaralari chizmalari va tavsifini tayyorlash tuman, shahar hokimligining topshirig‘i bo‘yicha, posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolar yig‘inlarining iltimosnomalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari tomonidan o‘n besh kun mobaynida mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
29. Mahallalarning chegaralari chizmasi qo‘shni mahallalarning fuqarolar yig‘inlari bilan kelishiladi.
30. Tuziladigan, birlashtiriladigan yoki bo‘linadigan mahallalarning chegaralar chizilgan va chegaralar tavsiflangan chizmalari ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan tartibda mahallalarni tuzish, birlashtirish va bo‘lish to‘g‘risidagi qarorlar bilan birgalikda xalq deputatlari, tuman, shahar Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
31. Mahallalar chegaralarini o‘zgartirish ushbu bo‘lim talablari hisobga olingan holda tuman, shahar hokimining taklifi asosida, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining alohida qarori bilan posyolkalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalari fuqarolar yig‘inlari iltimosnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
32. Mahallalarga beriladigan nom:
mahallaning eng xarakterli belgilarini aks ettirishi;
mahallaning nomi ushbu mahalla joylashgan joyning mavjud tizimiga mos bo‘lishi;
mahalliy aholining fikrini e’tiborga olishi;
qoidaga ko‘ra, uchtadan ortiq bo‘lmagan so‘zdan iborat bo‘lishi;
mahalliy aholining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tili bilan bog‘liq xususiyatlarini va mahalliy aholi hayotining boshqa xususiyatlarini hisobga olishi;
mahallalar nomlarining o‘xshashligi adashishga olib kelishini, kalondimog‘lik ma’nosiga ega bo‘lishini, ushbu nomlarning O‘zbekiston xalqining tarixi, an’analari va madaniyati bilan nomuvofiqligini istisno etishi kerak.
33. Mahallalarga ayrim odamlarning, ijtimoiy-siyosiy arboblarning nomlarini berishga, qoidaga ko‘ra, yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar bundan mustasno.
34. Bir tuman, shahar doirasida bir necha mahallaga ayni bir nomni berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
35. Mahallalar nomlarini o‘zgartirishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
ayrim mahallalarning tarixiy nomlarini tiklash zarur bo‘lganda;
agar mahalla geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan abbreviatura, raqam yoki so‘z birikmasi bilan belgilangan bo‘lsa;
mahallalarga O‘zbekistonning tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning nomlarini berish zarur bo‘lganda;
tuman, shahar doirasida mahallalarning nomlari bir xil bo‘lganda.
Mahalla ikki va undan ortiq mahallaga bo‘linganda ulardan birida qonunchilikka zid bo‘lmagan holda bo‘lingan mahallaning nomi saqlanib qolishi mumkin.
36. Mahallalarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolar yig‘inlarining iltimosnomasi va tumanlar, shaharlar hokimlarining taklifi bo‘yicha xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
37. Tuman, shahar hokimi besh kun mobaynida posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolar yig‘inlarining mahallalarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi iltimosnomasini takliflar tayyorlash uchun ko‘rib chiqadi va tegishli hujjatlar bilan birgalikda ularni geografik obyektlariga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tegishli tuman, shahar komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda tuman, shahar komissiyasi deb ataladi) kiritadi.
38. Tuman, shahar komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqadi va o‘z taklifini tuman, shahar hokimiga yuboradi.
39. Mahallalarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlashda tuman, shahar komissiyasi:
mahallalarning O‘zbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bog‘liq nomlari muhofaza qilinishini, ular asossiz ravishda qayta nomlanishining oldi olinishini;
mahallalar nomining o‘zgartirilishiga va ularga O‘zbekiston xalqining milliy an’analari va mentalitetiga yot bo‘lgan nomlar berilishiga yo‘l qo‘yilmasligini;
mahallalarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirishda mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik, xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish istisno etilishini ta’minlashi kerak.
40. Tuman, shahar hokimi tuman, shahar komissiyasi tomonidan tayyorlangan mahallalarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni geografik obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasi deb ataladi) kiritadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasi tayyorlangan materiallar ularning geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan har tomonlama o‘rganib chiqilishini tashkil etadi va tegishli xulosa beradi.
41. Tuman, shahar hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasining xulosasiga muvofiq mahallalarning nomlari va ular nomining o‘zgartirilishi bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va ularni ko‘rib chiqish uchun xalq deputatlari tegishli tuman, shahar Kengashiga kiritadi.
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi navbatdagi sessiyada tuman, shahar hokimining taklifini ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
42. Tuman, shahar hokimi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestriga kiritish uchun mahallalarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni yuboradi.
43. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi. | 250 | 16,428 |
Qonunchilik | Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi bojxona yig‘imlari stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qat’iy belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalarini belgilash;
ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bog‘liq ayrim turdagi bojxona yig‘imlarini bekor qilish va ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig‘imi stavkalarini pasaytirish;
bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rniga moliyaviy chora sifatida bojxona yig‘imini joriy etish.
2. Belgilansinki, kelib tushgan bojxona yig‘imlari summasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan miqdordagi ajratmalar Davlat bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari fondiga va Jahon bojxona tashkilotiga har yilgi a’zolik badali summasi chiqarib tashlangan holda, belgilangan tartibda respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
uch oy muddatda Davlat bojxona qo‘mitasining tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlarini undirish tartibini belgilovchi qarorini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
5. Ushbu qaror 2021-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 31-maydagi 189-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 28-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 97-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga 2-ilovaning 10-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 359-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 74-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 16-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ishi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 27-noyabrdagi 330-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 82-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni)”gi 2016-yil 26-dekabrdagi 414-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 12-son, 110-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 22-bandi. | 54 | 6,418 |
Qonunchilik | “Fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb top | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-noyabrdagi 117 va 242-B-1-son “Fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1295-1, 2004-yil 16-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y.,45-46-son, 477-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 984 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-547-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-547-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 338 |
Qonunchilik | “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishni ta’minlash, Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv va yer resurslaridan samarali foydalanishni oshirish, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) o‘rtasida 2014-yil 29-oktabrda 156,9 mln MQOH (242,5 mln AQSh dollari ekvivalentida) miqdorida kredit berishni nazarda tutuvchi Moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim hamda O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) o‘rtasida 25 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 18,29 mln AQSh dollari miqdorida qarz berish bo‘yicha Qarz bitimi imzolanganligi;
Loyihaning umumiy qiymati 376,71 mln AQSh dollarini tashkil etishi, shu jumladan loyihani amalga oshirishdagi O‘zbekiston Respublikasining hissasi 115,92 mln AQSh dollari ekvivalentida tashkil etishi, shundan 50,05 mln AQSh dollari — soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etilishi ko‘rinishida ekanligi;
loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2015 — 2021-yillar) etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
loyihani amalga oshirish, kredit va qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, loyihaning barcha maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ etib O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hisoblanadi;
loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yuklatiladi;
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasining “Qoraqalpoqpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi loyiha doirasida paxtani qayta ishlash korxonalari uchun xarid qilinadigan va unga topshiriladigan texnika hamda uskunalardan maqsadli foydalanish yuzasidan javobgar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Ellikqal’a tumanining Bo‘ston shahridan Markazga foydalanish uchun beg‘araz topshiriladigan joy ajratilishini ta’minlasin.
mazkur loyiha mablag‘lari bilan bank operatsiyalari ushbu loyiha uchun O‘zbekiston Respublikasi banklaridan birida ochiladigan so‘rab olgunga qadar alohida depozit hisobvaraqlari (ikkilamchi) orqali amalga oshiriladi, bunda mazkur hisobvaraq orqali ish haqi, soliq to‘lovlari, shuningdek, loyiha doirasidagi boshqa xarajatlar to‘lanadi hamda ushbu hisobvaraqlardan Markazning boshqa loyihalari bo‘yicha majburiyatlarni so‘ndirish uchun mablag‘larni yechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi zimmasiga loyiha chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan sharoitlarni ta’minlash, shuningdek, Jahon banki tartib-taomillari va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur hisobot va hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlash va taqdim etishni tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining “Qoraqalpoqpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi bilan paxtani qayta ishlash korxonalari uchun texnika va uskunalarni topshirish to‘g‘risidagi, shuningdek, XTU krediti va XTTB qarzi bir qismi mablag‘larini qaytarish to‘g‘risidagi tegishli bitimlar imzolash vakolati berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
5. Quyidagilar:
“Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar bilan birgalikdagi texnik-iqtisodiy asosi 1-ilovaga muvofiq;
“Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida XTU kreditini so‘ndirish va u bo‘yicha foizlar hamda vositachilik haqlarini to‘lash prognoz grafigi 2-ilovaga muvofiq;
“Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida XTTB qarzini so‘ndirish va u bo‘yicha foizlar hamda vositachilik haqlarini to‘lash prognoz grafigi 3-ilovaga muvofiq;
“Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi bo‘yicha XTU krediti va XTTB qarziga xizmat ko‘rsatish sxemasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2015-yildan boshlab har yili, O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi hissasini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlarini nazarda tutsin.
7. “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish davrida va kafolat muddatida quyidagilardan:
XTU krediti va XTTB qarzi mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), uskunalar va transport vositalari — bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari), qo‘shilgan qiymat solig‘idan, davlatning maqsadli jamg‘armalariga undiriladigan yig‘imlardan;
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari — yuridik shaxslarning daromad solig‘i to‘lovlaridan;
loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy jismoniy shaxslar — jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lovlaridan ozod etilsin.
Belgilansinki, ko‘rsatilgan imtiyozlarni taqdim etish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasining ushbu loyihaga qo‘shgan hissasi hisoblanadi.
Mazkur band bilan ko‘zda tutilgan imtiyozlar ushbu loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarga tatbiq etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda ushbu loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalariga ko‘ra mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalariga ko‘ra mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda ko‘p martalik vizalarni berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik propiskaga qo‘yish va vaqtinchalik propiskaning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
11. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalariga ko‘ra belgilangan tartibda mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish ruxsatnomalarini berish (muddatini uzaytirish), shuningdek, xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqiga tasdiqnomalar berilishini ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 149 | 7,974 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar | “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida nizomda:
8-bandning o‘n uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” so‘zi “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandning uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” so‘zi “tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomning 14-bandidagiga “qayd etish” so‘zlaridan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar,” so‘zlari qo‘shilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
8-bandning birinchi xatboshisidagi “Soliq, bojxona organlari hamda” so‘zlari “Tergovga qadar tekshiruv” so‘zlari bilan almashtirilsin;
25-bandning oltinchi xatboshisidagi “Surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida olib qo‘yilgan va” so‘zlari “Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida olib qo‘yilgan va tergovga kadar tekshiruv,” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 13-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 5-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni to‘plash hamda o‘zaro almashish tartibi haqida nizomning 14-bandi uchinchi xatboshisidagi “tekshiruv (surishtiruv) harakatini olib borayotgan mansabdor shaxslarga” so‘zlari “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son,7-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida namunaviy nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ekspertiza muassasasida ekspertizalar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning qarori asosida, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari (shu jumladan tergovga qadar tekshiruv materiallari), ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarga doir sud ajrimi bo‘yicha o‘tkaziladi”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT 2013-y., 10-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” so‘zi “tergovga qadar tekshiruv” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 74-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi beshinchi xatboshisidagi “aniqlangan taqdirda” so‘zlaridan keyin “tergovga qadar tekshiruv hamda” so‘zlari qo‘shilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 36-son, 951-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 10-bandidagi “surishtiruv” so‘zi “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 250 | 4,273 |
Qonunchilik | “Avtomobil yo‘llari orqali tashiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 800-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashishni soddalashtirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2003-yil 4-sentabrdagi 01-02/12-35 va 5-son “Avtomobil yo‘llari orqali tashiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1278, 2003-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son).
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2004-yil 6-iyuldagi 01-02/20-28 va 24/5-2000-son “Avtomobil yo‘llari orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1278-1, 2004-yil 21-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 339-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 31-iyuldagi 01-02/12-14 va 26-son “Avtomobil yo‘llari orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1278-2, 2012-yil 1-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 31-son, 371-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 6-avgustdagi 01-02/12-10 va 30-son “Avtomobil yo‘llari orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1278-3, 2014-yil 22-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 34-son, 443-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2016-yil 27-apreldagi 01-02/12-30 va 16-son “Avtomobil yo‘llari orqali tashiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1278-4, 2016-yil 18-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 20-son, 228-modda). | 220 | 2,650 |
Qonunchilik | “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 15-iyul kuni qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 165 | 644 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 24-oktabrdagi 307-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3.7-bandida:
a) uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taqdimnomasiga ko‘ra Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi qarori bilan” so‘zlari “davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat soliq inspeksiyalari hisobdan chiqarilgan umidsiz soliq qarzi summalarining hisobini yuritadi”. | 92 | 1,357 |
Qonunchilik | “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 160-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, o‘zaro nisbatini aniqlashdan, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga va ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilashdan, shuningdek ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va o‘zaro nisbati, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar va ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so‘zsiz tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi mumkin.
Kodekslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolati doirasida buyruqlar hamda qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Qarorlar davlat qo‘mitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qo‘shma qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.
Vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga o‘z vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari ham o‘tadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tugatilgan yoxud u tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi yoki boshqa vakolatli organga o‘tadi.
Vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning nomi o‘zgartirilgan taqdirda, uning ilgarigi nomi ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zgartirilgan nomga oid qismiga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritilishi lozim. Bunday o‘zgartirishlar yoxud qo‘shimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi nom ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi nomi o‘zgartirilgan vazirlikka, davlat qo‘mitasiga yoki idoraga to‘liq hajmda tatbiq etiladi.
Vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora maqomining o‘zgartirilishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib kelmaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi bo‘lgan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatiga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi shart.
Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi.
Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi (ishlab chiquvchi) organlar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish yoki qonun hujjatlari normalarini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning joriy (bir yilgacha bo‘lgan muddatga) va istiqbolga (bir yildan ortiq muddatga) mo‘ljallangan rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish tartibi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi (ishlab chiquvchi) organlar tomonidan belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash:
loyihani tayyorlash to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish va uni tayyorlash haqida qaror qabul qilishni;
loyiha tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta’minlashni;
zarur materiallar va axborot to‘plashni;
loyihaning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xatini ishlab chiqishni;
loyihani tuzishni;
huquqiy va boshqa zarur ekspertiza o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritishning xususiyatlari “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun loyihani ishlab chiqayotgan tashkilot (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) tomonidan ishchi guruh (komissiya) tuzilishi mumkin.
Ishchi guruh (komissiya) tarkibiga ishlab chiquvchining tegishli bo‘linmalarining, tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining yoki idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar o‘z roziligi bilan ishchi guruh (komissiya) tarkibiga kiritiladi.
Ishchi guruh (komissiya) a’zolari normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lishi kerak.
Ishlab chiquvchi ishchi guruhning (komissiyaning) faoliyatini ta’minlash uchun davlat organlaridan va o‘zga tashkilotlardan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallarni, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni olishga, loyiha yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalarini, shuningdek ekspertlar xulosalarini olishga haqlidir.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni davlat organlariga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga haqlidir.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatlarning muqobil loyihalarini tayyorlashni bir nechta davlat organiga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga o‘z vakolatlari doirasida topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek eng yaxshi normativ-huquqiy hujjat loyihasi uchun tanlovlar o‘tkazishga haqlidir.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishlab chiquvchi:
qonun hujjatlarining holatini, loyihani tartibga solish predmeti bo‘yicha qo‘llanilish amaliyotini o‘rganadi;
ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta’sir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma’lumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini o‘rganadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qo‘yiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi manfaatdor davlat organlari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, o‘zga tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida o‘tkaziladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar muhokamasi tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarining, tarmoqlarning vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasi ishtirokchilari ishlab chiquvchi tomonidan uning matni bilan oldindan tanishtirilishi lozim.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasi jarayonida bayon etilgan takliflar va mulohazalar tavsiya xususiyatiga ega hamda ishlab chiquvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Inobatga olinmagan takliflar va mulohazalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar bergan holda ma’lumotnoma tayyorlanadi. Muhokama materiallari normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga ko‘rib chiqish uchun normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish bilan bir vaqtda kiritiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalardan o‘tkazilishi mumkin.
Ekspertlar sifatida normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar jalb qilinadi. Ekspertiza o‘tkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildirlar va ular ekspertiza o‘tkazishni topshirgan organning nuqtai nazari bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha xulosalari tavsiya xususiyatiga ega va ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Xulosaning inobatga olinmagan bandlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar bergan holda ma’lumotnoma tayyorlanadi.
Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjat loyihasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning yuridik xizmati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazilganidan keyin amalga oshiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi tegishli adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi davomida mazkur loyihalarning ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy cheklovlarni hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yo‘qligini aniqlash nuqtai nazaridan tahlilini ham amalga oshiradi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari bo‘yicha xulosasi va tushuntirish xati bilan kiritilib, unda hujjatni qabul qilishning zarurligi asoslanadi, ishlab chiquvchilar ko‘rsatiladi, normativ-huquqiy hujjat mazmunining qisqacha tavsifi beriladi, loyiha kelishilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati keltiriladi, normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklarning mazmuni hamda ular haqidagi asoslantirilgan fikr qisqacha bayon etiladi. Zarurat bo‘lganda, normativ-huquqiy hujjat loyihasiga uni asoslash uchun moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar ilova qilinadi.
Ishlab chiquvchi qonun loyihasini kiritayotganda xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llash maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida ko‘rsatgan holda tahliliy qiyosiy jadvallarni tayyorlashi shart.
Xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining prinsiplari, qoidalari hamda ta’riflarining tayyorlangan batafsil tahlilini o‘z ichiga olgan qiyosiy jadvalsiz kiritilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertiza yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi
Normativ-huquqiy hujjatning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llaniladi. Eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjatda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan moliyalashtirish manbalari, rag‘batlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari ko‘rsatilishi mumkin.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatda ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari, agar bunday choralar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan bo‘lsa yoki alohida normativ-huquqiy hujjatda belgilanmasligi kerak bo‘lsa, nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat uning qabul qilinishi sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan muqaddimaga ega bo‘lishi mumkin. Huquqiy normalar muqaddimaga kiritilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida huquqiy normalar tartib raqamiga ega bo‘lgan moddalar ko‘rinishida bayon etiladi. Moddalar qismlarga ajratilishi mumkin. Moddalarning qismlari bandlar, kichik bandlar va xatboshilarni qamrab olishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda huquqiy normalar tartib raqamiga ega bo‘lgan bandlar tarzida bayon etiladi. Bandlar kichik bandlar va xatboshilarga ajratilishi mumkin.
Hajm jihatidan yirik normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunan yaqin bo‘lgan moddalari (bandlari) paragraflar va boblarga birlashtiriladi. Zarur hollarda boblar bo‘limlarga va kichik bo‘limlarga birlashtirilishi mumkin. Bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar va paragraflar sarlavhalarga ega bo‘ladi hamda raqamlanadi.
Zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatda yuridik, texnik va boshqa maxsus atamalar hamda tushunchalarning qisqacha ta’rifi beriladi, umum qabul qilingan qisqartmalar qo‘llaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi.
Zarur holda normativ-huquqiy hujjatda yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatning ayrim qoidalari mazkur hujjatga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.
Normativ-huquqiy hujjatda, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy normalari qayta aynan takrorlanmaydi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda havolalar huquqiy normalarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish yoki takrorlashlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurati bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Havolalar aniq bo‘lishi va normativ-huquqiy hujjatni yoxud uning alohida qoidalarini ko‘rsatishi kerak.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda normativ-huquqiy hujjatda uning (yoki uning qismlarining) kuchga kirish muddati ko‘rsatilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari matnlarida tegishli qonunlar qabul qilinganidan keyin ularning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan aniq davlat organlari ko‘rsatiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi:
hujjatning turi va nomi;
hujjat qabul qilingan joy, sana (O‘zbekiston Respublikasining qonunlari uchun ma’qullangan va imzolangan sana ham), raqami (vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari uchun ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana va ro‘yxatga olish raqami ham);
tegishli normativ-huquqiy hujjat matnini tasdiqlashga rasman vakolati bo‘lgan shaxsning lavozimi, imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi.
Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matni unga imzo qo‘yish yo‘li bilan, ya’ni:
O‘zbekiston Respublikasining qonuni — O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarori — O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari — normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ rahbari;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari — tegishli hokim tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mansabdor shaxslari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga kiritganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hech kim hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Normativ-huquqiy hujjat bayon tarzida rasmiy e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilinganda uning barcha rekvizitlari ko‘rsatiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlariga normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilinganidan keyin bir kun ichida joylashtirilishi shart. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllarini e’lon qilish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda e’lon qilishga, shuningdek ularni qonun hujjatlarining elektron ma’lumot tizimlari orqali tarqatishga normativ-huquqiy hujjat rasmiy manbalarda e’lon qilinganidan so‘ng, ularning barcha rekvizitlarini, ular e’lon qilingan rasmiy nashrlarni va ularning kuchga kirish sanasini ko‘rsatish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. Bunda rasmiy nashrlarda e’lon qilingan normativ-huquqiy hujjat matnining aniq takrorlanishi ta’minlanishi lozim.
Normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rasmiy nashrlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlari mazkur organlarning qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining qonuni u amalga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Agar O‘zbekiston Respublikasining qonuni sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab bo‘lmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab bo‘lgan xatti-harakatlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini joriy etishni yoxud kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar yetkazsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berish mumkin emas.
Normativ-huquqiy hujjatning hudud bo‘yicha amal qilishi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ uning hudud bo‘yicha amal qilishi doirasini cheklab qo‘yishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqacha izoh berilmagan bo‘lsa, muddatsiz amal qiladi.
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda normativ-huquqiy hujjat yoxud uning qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar o‘z kuchini saqlab qolishi ko‘rsatilishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga qadar yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning yoki uning qismining amal qilishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish to‘g‘risida yoxud normativ-huquqiy hujjat qonun hujjatlariga, o‘tkazilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga, jamiyatdagi barqaror huquqiy munosabatlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda hujjatga (uning qismiga) muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirganda chet el yuridik shaxslariga, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tatbiq etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning qismining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi quyidagi hollarda o‘zining amal qilishini tugatadi:
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi mo‘ljallangan muddat tugaganda yoki hodisa yuz berganda;
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi qonunda belgilangan tartibda Konstitutsiyaga xilof yoxud haqiqiy emas deb topilganda;
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganda;
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi bekor qilinganda.
Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga zarur o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritiladi va ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid bo‘lsa yoxud yangi hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi kerak.
Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ular qismlari ro‘yxati normativ-huquqiy hujjatning o‘zida ko‘rsatilishi lozim.
Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritilishi yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari soni ancha ko‘p bo‘lgan taqdirda, mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati alohida hujjat sifatida rasmiylashtiriladi. Bunday hujjat loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadi va normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini tarqatish normativ-huquqiy hujjat matni bilan moneliksiz tanishish imkoniyatini ta’minlaydigan har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini tarqatish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, ularning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tegishli hududda tashkil etadi va ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ishini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi, ularning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish borasidagi vakolatlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish uchun zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda mansabdor shaxslarni belgilaydi;
normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida:
normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijro etilishiga qaratilgan zarur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlaydi, normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash uchun o‘z xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tegishli tarmoqda qonun hujjatlarining qo‘llanilishi amaliyotini o‘rganadi va, zarurat bo‘lganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda:
normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlaydi, normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
tegishli davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi;
normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, qonun hujjatlarining qo‘llanilishi amaliyotini o‘rganadi va, zarurat bo‘lganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llanilgan taqdirda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharhni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi beradi.
Qonun osti hujjatlari normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan organlar beradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash jarayonida ularga normalarni aniqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar, o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish ushbu hujjatlarni markazlashtirilgan tarzda yig‘ish, qayd etishni, ularning fondlarini yaratish va nazorat holatida saqlab turishni hamda bunday hujjatlar haqidagi markazlashtirilgan axborotlarni o‘z ichiga oladi. Qonun hujjatlarida normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olishga doir qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olishni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. | 120 | 37,867 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, avtomobilda xalqaro yuk tashish bozorini yanada rivojlantirish, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, bo‘lishi, yuk olib o‘tishi va undan chiqib ketishi ustidan nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash va foydalanish holatini ta’minlash, yirik gabaritli va og‘ir yukli transport vositalari o‘tishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduvaliyev zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
a) 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “og‘ir yukli va” so‘zlari “ruxsat berilgan yuk hajmlari besh foizdan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, shuningdek” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Ruxsat berilgan yuk hajmlari besh foizdan ortiq bo‘lganda bunday avtotransport vositalarining o‘tkazilishi davlat avtomobil yo‘llari boshqarmasining vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomasiz to‘lov undirish yo‘li bilan amalga oshiriladi”;
b) Xorijiy davlatlar og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi Nizomda:
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun to‘lanadigan to‘lov 1-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq belgilanadi.
Og‘ir yukli transport vositalarining avtomobil yo‘llaridan o‘tishida o‘qqa tushadigan haqiqiy og‘irlikning (Of) ruxsat berilganga (Od) nisbatan oshganligi uchun to‘lov har bir ortiqcha yuklangan o‘q uchun 2-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq undiriladi.
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Og‘ir yukli va yirik gabaritli transport vositalari o‘tishi uchun arizalarni ko‘rib chiqish, yo‘nalishni kelishish va ruxsatnoma berish uchun to‘lanadigan to‘lovning miqdori yo‘l organlari tomonidan quyidagi tarzda belgilanadi:
100 km ga qadar — 25 AQSh dollari;
har bir keyingi kilometr uchun — 0,11 AQSh dollari”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-noyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari tasnifida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 81-modda):
a) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “yo‘naltiruvchi ustunchalar” so‘zlaridan keyin “tashqi yoritish” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 30-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“avtomobil yo‘llari, sun’iy inshootlar (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, aylanma transport yechimlari)ni panno, stellalar va ularni yoritish tizimlarini qurish bilan birga me’moriy-landshaftli konstruksiyalash)”.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarorida:
a) 2-ilovada:
2-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
“maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositasi — metrologik tekshirishdan o‘tgan, foto va video suratga oluvchi, avtomatik rejimda ishlovchi, avtotransport vositalarining turi, rusumi, ro‘yxatdan o‘tgan davlat raqami belgisini, vazn va (yoki) gabarit parametrlarini qayd etuvchi sertifikatsiyalangan maxsus nazorat-o‘lchash texnik uskunasi”;
yettinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
II bo‘limning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“II. Maxsus ruxsatnomalarni berish va harakatlanish yo‘nalishini kelishish tartibi”;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Ushbu qoidalarga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan o‘lchamlarning birortasidan yuqori o‘lchami bilan farq qiladigan transport vositasi (yuk bilan yoki yuksiz) katta hajmli hisoblanadi.
Avtotransport vositasining gabarit o‘lchamlari haqiqiy ko‘rsatkichlari chiziqli-o‘lchash asbobi yordamida, to‘liq massa va o‘qqa tushadigan og‘irligi esa turg‘un yoki ko‘chma turdagi avtomobil tarozilari yordamida yoxud maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari orqali harakatlanishi paytida aniqlanadi.
Chiziqli-o‘lchash asbobi, shu jumladan, maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari va avtomobil tarozilari soz holatda bo‘lishi va sertifikatlarga va (yoki) metrologik tekshirish o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi davlat tamg‘asiga ega bo‘lishi kerak.
Avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlarini aniqlashda o‘lchash asbobining ikki foizli farq bilan ishlashiga yo‘l qo‘yiladi va u yuk tashuvchi foydasiga talqin qilinadi.
Agar tashiladigan yukning gabarit o‘lchamlari va (yoki) uning vazni belgilangan ko‘rsatkichlardan o‘ta yuqori bo‘lganligi yoxud avtomobil tarozilari, maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalarining yo‘qligi (nosozligi) sababli O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida avtotransport vositasining umumiy massasini va o‘qlarga tushadigan og‘irligini aniqlashning imkoni bo‘lmaganda, zarur bo‘lgan parametrlar tovar-transport hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida aniqlanishi mumkin”;
6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga yoki Davlat chegarasi tashqarisidan mamlakat hududiga yuklarni tashishda, shuningdek, mamlakat hududidan yuklarni tranzit tashishda vakolatli organlardan olingan va kelishilgan ruxsatnoma hamda yo‘nalish chizmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning berilishi bilan bir vaqtda katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish uchun yo‘lga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga real vaqt rejimida elektron shaklda kiritiladi va ularga asosan belgilangan tartibda harakatlanishni boshlashga ruxsat beriladi.
Bojxona organlari tomonidan avtotransport vositasining maxsus ruxsatnomada ko‘rsatilgan og‘irlik gabarit parametrlaridan ortiq ekanligi aniqlangan taqdirda bunday avtotransport vositasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi va uning kelgusidagi harakatlanishi yangi maxsus ruxsatnomaga muvofiq amalga oshiriladi”;
1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | 250 | 7,213 |
Qonunchilik | O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda mustaqillik yillarida madaniyat sohasini izchil rivojlantirish, jahon miqyosidagi ijobiy tajriba va tendensiyalar, yutuq va natijalarni har tomonlama chuqur o‘rganish asosida madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ularning tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.
Ayni shu maqsadda 2002-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Toshkent davlat konservatoriyasi uchun yangi bino qurilib, u zamonaviy talablar asosida jihozlandi. Ushbu oliy o‘quv yurtining nufuzi va maqomini oshirish uchun unga “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi” nomi berildi, konservatoriya qoshida iqtidorli yoshlar uchun akademik musiqa litseyi ham tashkil etildi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatining tanqidiy tahlili o‘tgan davr mobaynida ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan akademik va milliy musiqa san’ati yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv-pedagogik va ilmiy-ijodiy ishlarni tashkil etish borasida muayyan yutuqlarga erishilganini, shu bilan birga, bir qator jiddiy kamchilik va nuqsonlarga ham yo‘l qo‘yilganini ko‘rsatmoqda.
Mutasaddi tashkilotlar, birinchi navbatda Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yetarli darajada amaliy yordam va ko‘mak berilmagani, tegishli nazorat olib borilmagani, mas’uliyat va talabchanlik bo‘shashtirib yuborilgani oqibatida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi mamlakatimiz madaniy hayotidagi o‘zining yetakchi o‘rni, obro‘-e’tibori va ta’sirini yo‘qotib borayotgani, uning faoliyati bugungi zamon talablaridan orqada qolayotgani, bu borada kechiktirmasdan hal qilish zarur bo‘lgan bir qancha jiddiy muammolar mavjudligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Jumladan, ta’lim-tarbiya ishlarining zamonaviy standartlar va sohaning o‘ziga xos xususiyatlari asosida to‘g‘ri tashkil etilmagani, o‘quv dasturlari va metodikasining mukammal emasligi, darslik va qo‘llanmalarning yetishmasligi, professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ijodiy xodimlarning salohiyati aksariyat hollarda talabga javob bermasligi, konservatoriyaning moddiy-texnik bazasi nochor ahvolga kelib qolgani tashvish uyg‘otmasdan qolmaydi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qishga qabul qilish kvotalarida nomutanosiblik vujudga kelgani, xususan, 700 nafar o‘quv o‘rni mavjud bo‘lgani holda, amalda 1346 nafar talaba tahsil olayotganini albatta normal holat sifatida baholab bo‘lmaydi.
Mana shunday kamchilik va muammolar o‘z navbatida ushbu oliy ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘laqonli va samarali amalga oshirishga, madaniyat sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Xalqimiz, xususan, yoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy saviyasi va estetik tarbiyasini yuksaltirishda g‘oyat muhim o‘rin va ahamiyatga ega bo‘lgan musiqa san’atini har tomonlama rivojlantirish, boy musiqiy merosimizni chuqur o‘rganish, yosh avlodni milliy va jahon musiqa san’atining mumtoz namunalariga muhabbat ruhida tarbiyalash, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur deb ataladi) 1-ilovaga;
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
o‘zbek xalqining milliy musiqiy merosi va jahon musiqa madaniyati durdonalari negizida musiqa san’atini rivojlantirish, musiqiy ta’lim tizimini sifat jihatidan yanada ko‘tarish;
aholimiz, birinchi navbatda yoshlarni milliy va umumbashariy musiqa san’atining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ularning madaniy saviyasini yuksaltirish, ma’naviy yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalash;
mulkiy yoki idoraviy mansubligidan qat’i nazar, musiqa san’ati, musiqa ta’limi yo‘nalishi uchun kadrlar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni joriy etish bo‘yicha kelishuvlarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi metodik va ijodiy jihatdan tayanch oliy ta’lim muassasasi ekanini e’tirof etish;
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, konsert zallari, auditoriyalar va maxsus xonalarni ta’mirlash va zamon talablari darajasida jihozlash;
konservatoriyada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik mahoratini oshirish, o‘quv jarayoni sifati va saviyasini tubdan yaxshilash, musiqa san’ati sohasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ijodiy markazlar, taniqli kompozitor, musiqachi va ijrochilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, xorijiy mutaxassislarni mamlakatimizga taklif etish bilan bir qatorda respublikamizda yuqori natijalarga erishgan musiqachi va pedagoglarning mahorat darslarini chet davlatlarda tizimli tashkil etish;
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yosh pedagog kadrlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida zarur maishiy sharoitlar yaratish, ipoteka kreditlari asosida uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Konservatoriya va uning tarkibidagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi professor-o‘qituvchilari hamda talabalarining ijodiy faolligini yanada oshirish, yozgi ta’til davomida yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli o‘tishi uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan sanatoriyni “Musiqa oromgohi” degan nom bilan konservatoriya tasarrufiga o‘tkazish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘quv binolari yetishmaganligi sababli hamda talabalar kontingenti sezilarli darajada ortganini inobatga olib, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi, Mustaqillik prospekti, 31-uyda joylashgan V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga tegishli bo‘lgan binoni O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘rnatilgan tartibda berilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan binoni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tasarrufiga o‘tkazish va ushbu binoda jahon andozalariga to‘liq mos bo‘lgan, akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga mo‘ljallangan zamonaviy konsert zalini barpo etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mazkur loyihalarni amalga oshirishda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda konservatoriyaning loyihalashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlarida mas’ul etib belgilansin.
Uch oy muddatda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi binosida “Noyob cholg‘ular davlat kolleksiyasi”ni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
to‘rt oy muddatda O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari tartibiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
2018-yilning 1-martiga qadar O‘zbekiston davlat konservatoriyasi muassisligida musiqa san’ati ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyatini tashkil etsin;
respublikadagi eng yaxshi bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat va san’at kollejlarida konservatoriyaning tayanch ijodiy markazlarini tashkil etsin hamda ularga konservatoriyaning yetakchi professor-o‘qituvchilarini yuborib, “Mahorat maktabi” mashg‘ulotlarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘ysin;
noyob va murakkab cholg‘u sozlarini yanada puxta o‘zlashtirishlari uchun har yili yosh ijrochilar va texnogen san’at turlari mutaxassislarini xorijdagi nufuzli musiqa akademiyalari va konservatoriyalariga kelishuv shartnomalari asosida Madaniyat vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qisqa muddatli (2-3 oygacha) o‘qishga yuborsin;
iqtidorli o‘quvchi va talabalarning mamlakatimizda, xorijiy davlatlarda o‘tkazib kelinayotgan nufuzli tanlov, festival va ilmiy-ijodiy konferensiyalarda Madaniyat vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan muntazam ishtirok etishlarini ta’minlasin.
5. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning moliyaviy manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari — 2018-2019-yillarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshida musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va 400 o‘rinli yotoqxona binolarini qurish va jihozlash qismida;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tashabbusi bilan xayriya asosida ajratiladigan mablag‘lar — Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bino va inshootlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish qismida;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari — “Noyob cholg‘ular davlat kolleksiyasi”ni, “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyatini tashkil etish, yosh ijrochilar va texnogen san’at turlari mutaxassislarini xorijdagi nufuzli musiqa akademiyalari va konservatoriyalariga o‘qishga yuborish, iqtidorli o‘quvchi va talabalarning mamlakatimizda, xorijiy davlatlarda o‘tkazib kelinayotgan nufuzli tanlov, festival va ilmiy-ijodiy konferensiyalarda ishtirok etishlarini ta’minlash qismida;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar — boshqa tadbirlarni bajarish qismida.
6. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston davlat konservatoriyasida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali xodimlar, jumladan, iqtidorli yosh mutaxassislar uchun munosib turarjoy sharoitlarini yaratish maqsadida ipoteka kreditlari asosida Toshkent shahrida quriladigan ko‘p qavatli uylardan uy-joylar ajratilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha Hukumatning tegishli qarorini qabul qilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X. Sultonov va A. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin. | 119 | 11,181 |
Qonunchilik | Hakamlik sudi qaroriga ijro varaqasi davlat bojisiz beriladi | 18.04.2017 yildagi OʻRQ-429-son Qonun bilan Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda - SK) tuzatishlar kiritildi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi.
SK 329, 330-moddalariga kiritilgan qoʻshimchalar bilan tadbirkorlik sub’yektlari umumiy yurisdiksiya sudlari yoki хoʻjalik (iqtisodiy) sudlariga hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda davlat bojidan ozod etildi.
Eslatib oʻtamiz, hakamlik sudining hal qiluv qarorida belgilangan muddatda iхtiyoriy ijro etilmagan hakamlik sudining hal qiluv qarori (qarorning хulosa qismida koʻrsatiladi) majburiy ijro etilishi kerak. Buning uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha taraf tomonidan vakolatli sudga beriladi.
Keyinchalik hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq, vakolatli sud bergan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi (“Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 50, 51-moddalari).
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz. | 60 | 1,366 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 151 | 379 |
Qonunchilik | Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar aylanmasi soddalashtirildi | Prezident tomonidan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan tuzatishlar imzolandi (29.09.2020 yildagi OʻRQ-639-son Qonunga qarang).
Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi – huquqni muhofaza qiluvchi organ
MJTKda davlat oʻrmon хoʻjaligi organlari vakolatlari qayd etildi. Ularga MJTKning 77-m. 1 va 2-q., 78-m., 79*-m., 80, 83-m., 84*-m., 90*-m. 1-q.da nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Bunda ularning mansabdor shaхslari quyidagilarga haqli:
a) Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi nomidan ishlarni koʻrib chiqishga va jarimalar tayinlashga:
b) MJTKning 77-m. 1 va 2-q., 78-m., 79*-m., 83-m., 84*-m., 90*-m. 1-q. boʻyicha huquqbuzarliklar sodir etilganda – ma’muriy yoʻl bilan ushlab turishga;
v) buyumlarni koʻzdan kechirishga;
g) MJTKning 78-m., 79*-m.., 84*-m, 90*-m. 1-q. boʻyicha huquqbuzarliklar sodir etilganda – transport vositalarini koʻzdan kechirish va ma’muriy jazo qoʻllashga.
Yerga oid munosabatlarning yangi formatlari
Kiritilgan tuzatishlar bilan yer uchastkalarini quyidagi maqsadlarda taqdim etishga ruхsat berildi:
1) investitsiya shartnomasi yoki davlat-хususiy sheriklik (DXSh) shartnomasi asosida – uch yildan kam boʻlmagan va 49 yildan oshmaydigan muddatga quyidagi sub’yektlarga ijaraga beriladi:
2) qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaхslarga (ularni uchinchi shaхslarga berish huquqisiz) quyidagi muddatlarga ikkilamchi ijaraga beriladi:
Yerlarni ikkilamchi ijaraga berish tartibi keyinroq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, bunda eng asosiy jihatlar quyidagilardan iborat:
3) dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalari egalari oʻziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalarini yoki ushbu yer uchastkalarining bir qismini qishloq хoʻjaligi mahsulotini yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaхslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalari egalarining ushbu yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi saqlanib qoladi.
Sugʻoriladigan yerlar – faqat qishloq хoʻjaligi uchun
Sugʻoriladigan yerlarni qishloq хoʻjaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik ob’yektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilgʻor teхnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qoʻllaniladigan issiqхonalar qurilishi uchun ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bundan Prezidentning qaroriga muvofiq yerlarni ajratish mustasno.
Korхonalar, binolar va inshootlar qurilishi uchun alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan qishloq хoʻjaligi yerlari** alohida hollarda Prezidentning qaroriga binoan beriladi. Ilgari bunday huquq Vazirlar Mahkamasiga berilgan edi.
Dam olish zonalari qanday tashkil etiladi
Rekreatsiya zonalari – geografik va iqlimiy sharoitlarga ega muhofaza etiladigan, turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkillashtirish uchun yaroqli boʻlgan tabiiy hududlarni tashkil etish tartibiga tuzatishlar kiritildi:
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 30.09.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.
*Oʻrmon fondi yerlarining bir qismiga.
**Oʻrtacha tuman ball bonitetining 20%idan oshadigan kadastr bahosiga ega boʻlgan. | 67 | 3,452 |
Qonunchilik | 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumida respublika aholisi va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Respublika aholisining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini kafolatli ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarga yil davomida mahsulot yetkazib berish yuzasidan tizimli monitoring olib borish va nazoratni yo‘lga qo‘yish hamda narx-navolar asossiz o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumida ichki iste’mol bozorini kafolatli ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan:
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning umumiy prognoz hajmlari 1-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning tayyorlov tashkilotlari bo‘yicha prognoz hajmlari 2-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hududiy tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan hududiy tayyorlov tashkilotlarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari 3-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari 4-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari 5-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari 6-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning reja-jadvali 7, 7a — 7g-ilovalarga muvofiq;
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga jamg‘arilgan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ichki iste’mol bozoriga savdoga chiqarilishi va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyoji uchun ishlatilishi bo‘yicha tarmoq jadvallari 8, 8a — 8d-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar:
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun ichki iste’mol maqsadlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va maqsadli ishlatilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi 9-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va maqsadli ishlatishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi 10-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun ichki iste’mol va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga bank kreditlarini ajratish va budjet, budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi 11-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun ichki iste’mol va ijtimoiy sohalar ehtiyojlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va savdoga chiqarish yuzasidan monitoring olib borish bo‘yicha respublika ishchi guruhi 12-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun ichki iste’mol maqsadlari va ijtimoiy sohalar ehtiyojlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish, ichki bozorga savdoga chiqarish va ijtimoiy soha muassasalari tomonidan ishlatilishini nazorat qilish bo‘yicha respublika ishchi guruhi 13-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga — ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga zaxiraga jamg‘arish uchun zarur hajmlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shu jumladan, takroriy ekin maydonlarda yetishtirishni ta’minlash yuzasidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi zimmasiga — ushbu qarorga tegishlicha 2 va 3-ilovalarga muvofiq 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumida ichki iste’mol bozorini ta’minlash uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilishga o‘z vaqtida shartnomalar tuzish va zaxiraga jamg‘arish hamda ichki iste’mol bozorida talab va ehtiyojni hisobga olgan holda ularning sotilishi yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov, maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin, xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga — ushbu qarorga tegishlicha 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilishga o‘z vaqtida shartnomalar tuzish va zaxiraga g‘amlash hamda ulardan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan;
Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari T.A. Ishmetov zimmasiga — ushbu qarorga tegishlicha 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga zaxiraga g‘amlash uchun ijtimoiy soha muassasalarini va ular tomonidan jalb etiladigan tayyorlov tashkilotlarini o‘z vaqtida moliyalashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi bilan birgalikda:
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga g‘amlash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari o‘rtasida istisno tariqasida to‘g‘ridan to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini ta’minlasinlar;
tuzilgan shartnomalarning natijalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot taqdim etsinlar.
5. Mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan respublika ishchi guruhlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
a) 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun ichki iste’mol maqsadlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va maqsadli ishlatilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha 9-ilovaga muvofiq respublika ishchi guruhi (A.D. Vaxabov):
qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hududlar bo‘yicha zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishi yuzasidan monitoring natijalarini tanqidiy muhokama qilib borish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aholi ehtiyojiga nisbatan kam yetishtiriladigan hududlar zaxirasi uchun yetishmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi ehtiyojdan ortiqcha bo‘lgan hududlar hisobiga qoplash choralarini ko‘rish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar hamda “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tomonidan zaxira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mahsulot yetkazib berish yuzasidan, istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuzish ishlarini samarali tashkil etilishini nazorat qilish;
zaxira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan zaxira maqsadlari uchun talab etiladigan mablag‘lar bo‘yicha tijorat banklariga buyurtmalarni taqdim etilishini va mablag‘lar ajratilishini nazorat qilish;
zaxira maqsadlari uchun omborxonalar va sovutgichli sig‘imlar yetishmayotgan hududlarga boshqa hududlardagi ortiqcha sig‘imlarni biriktirish hisobiga mavjud sig‘imlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish;
qish-bahor oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ichki iste’mol bozorida narxlar konyunkturasini doimiy monitoringini olib borish va o‘zgarishini prognoz qilish asosida narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida tegishlicha 7, 7a, 7b, 7v va 7g-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosini nazoratga olish va zarur hollarda unga tegishli tuzatishlar kiritish;
mahsulotlarni zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlari va sotishga chiqarish tarmoq jadvallari bajarilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalari asosida zaxira maqsadlari uchun mahsulotlarni xarid qilish, tayyorlash, saqlash va sotish bilan bog‘liq aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rish;
b) 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va maqsadli ishlatilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha 10-ilovaga muvofiq respublika ishchi guruhi (A.A. Abduhakimov):
qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ijtimoiy soha muassasalari bo‘yicha zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishi yuzasidan monitoring natijalarini tanqidiy muhokama qilib borish;
ijtimoiy soha muassasalari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mahsulot yetkazib berish yuzasidan istisno tariqasida to‘g‘ridan to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuzish ishlari samarali tashkil etilishini nazorat qilish;
zaxira tadbirlariga jalb etilgan ijtimoiy soha muassasalari tomonidan zaxira maqsadlari uchun talab etiladigan budjet mablag‘lari bo‘yicha buyurtmanoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ijtimoiy soha muassasalari tomonidan zaxiraga jamg‘ariladigan mahsulotlarni sifatli saqlash uchun omborxonalar va sovutgichli sig‘imlar masalasini hal qilish;
ijtimoiy soha muassasalarida zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotlar maqsadli ishlatilishini nazorat qilish;
v) 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun ichki iste’mol va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga xarid qilishga bank kreditlarini ajratish va budjet, budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha 11-ilovaga muvofiq respublika ishchi guruhi (T.A. Ishmetov):
qish va bahor oylarida ichki bozorni kafolatli ta’minlash va narxlarni barqaror saqlanishini ta’minlash maqsadida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish tadbirlariga jalb etilgan tayyorlovchi korxonalarning kreditlari bo‘yicha buyurtmanomalari tijorat banklarida ko‘rib chiqilishini nazorat qilish;
ijtimoiy soha muassasalari ehtiyoji uchun zaxiraga jamg‘ariladigan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan mablag‘larni hisob-kitob qilish va muassasalarning ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan zaxira maqsadlari uchun rejalashtirilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
tayyorlov korxonalari tomonidan kredit mablag‘lari uchun bank muassasalariga taqdim etilgan buyurtmanomalar bo‘yicha kreditlar ajratilishini nazoratga olish;
g) 2019-2020-yillar qish va bahor mavsumida ichki iste’mol va ijtimoiy sohalar ehtiyojlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va savdoga chiqarish bo‘yicha monitoring olib borish bo‘yicha 12-ilovaga muvofiq respublika ishchi guruhi (B.A. Xo‘jayev):
qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hududlar, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi va ijtimoiy sohalar bo‘yicha zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kunlik tahlil ma’lumotlarni kiritib borish;
qish va bahor mavsumi uchun zaxiraga jamg‘arilgan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hududlar va “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi bo‘yicha ichki iste’molga savdoga chiqarish va ijtimoiy sohalar bo‘yicha maqsadli ishlatilishi bo‘yicha tarmoq jadvallari ijrosi yuzasidan kunlik monitoring olib borish va Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish;
d) 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun ichki iste’mol maqsadlari va ijtimoiy sohalar ehtiyojlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish, ichki bozorga savdoga chiqarish va ijtimoiy soha muassasalari tomonidan ishlatilishini nazorat qilish bo‘yicha 13-ilovaga muvofiq respublika ishchi guruhi (M.M. Mirzayev):
2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun ichki iste’mol maqsadlari va ijtimoiy sohalar ehtiyojlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishga jalb etilgan tayyorlovchi korxonalar tomonidan taqdim etilgan hisobotlarning haqqoniyligini o‘rganish;
8-ilovaga muvofiq zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotlar omborxonalar va sovutgichli sig‘imlarda daxlsiz saqlanishini nazorat qilish, mahsulotlar tarmoq jadvallari asosida savdo chiqarilishini va ijtimoiy soha muassasalari tomonidan maqsadli ishlatilishini o‘rganish;
zaxira omborlaridan ichki iste’mol bozoriga savdoga chiqariladigan mahsulotlarning narxlari shakllanishini nazorat qilish.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash hajmlariga mos omborxonalar va sovutish sig‘imlarini xatlovdan o‘tkazsinlar, xatlov natijalariga ko‘ra ijtimoiy soha muassasalari uchun belgilangan hajmlarni saqlashga, yetkazib berishga ixtisoslashgan tashkilotlar ro‘yxatini alohida ko‘rsatgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot taqdim etsinlar hamda mahsulotlarning nes-nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar;
ushbu qarorga tegishlicha 2 va 3-ilovalardagi prognoz hajmlarga muvofiq 2019-2020-yillar qish-bahor mavsumida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda g‘amlab qo‘yilishini ta’minlasinlar;
2020-yil 1-yanvarga qadar, tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida zaxiraga qo‘yilgan mahsulotni ichki iste’mol bozoriga yetkazib berish va savdo shoxobchalarini belgilangan tartibda joylashtirish jadvallarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Bunda mahsulotlar respublikaning barcha mintaqalari, shu jumladan, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlari bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi hisobga olinsin;
2020-yil 1-yanvardan — 1-iyungacha bo‘lgan davrda zaxira qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini savdo shoxobchalariga yetkazib berish va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlari uchun ishlatish tarmoq jadvallari bajarilishi ustidan har hafta monitoring olib borilsin, uning natijalari bo‘yicha respublika ishchi guruhlari (A.D. Vaxabov, A.A. Abduhakimov) tegishli axborot har o‘n kunda taqdim etib borilishini ta’minlasinlar;
mavjud muammoli masalalar bo‘yicha ularni hal etish yuzasidan aniq takliflar bilan respublika ishchi guruhlariga axborot taqdim etgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash, savdoga chiqarish va maqsadli ishlatish bo‘yicha tasdiqlangan tarmoq jadvallari qanday bajarilayotganligining har o‘n kunda monitoringini olib borsinlar.
7. 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga g‘amlash bo‘yicha belgilangan hajmlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
3-ilovada ko‘rsatilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda “O‘zbekozikovqatzaxira” uyushmasi tomonidan jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari uchun — tayyorlov tashkilotlarining o‘z aylanma mablag‘lari va tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;
4, 5 va 6-ilovalarda ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi muassasalari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mafaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda budjet tashkilotlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini xarid qilish bo‘yicha bozor konyunkturasidan kelib chiqib, cheklangan narxlarni o‘rnatsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanuvchi ijtimoiy soha muassasalariga 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jamg‘arish uchun zarur mablag‘lar budjet va budjet muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga to‘liq ajratilishini ta’minlasin.
Bunda, ijtimoiy soha muassasalari tomonidan 4 ta asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi va guruch) xarid qilishda dehqon bozorlarida shakllanadigan o‘rtacha narxlardan kelib chiqqan holda zaxira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida, istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilishiga, tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishiga hamda kamida 40 foiz miqdorida avans to‘lovlari birinchi darajali to‘lovlarga tenglashtirilgan holda amalga oshirilishiga ruxsat etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari rahbarlariga — zaxira tadbirlariga jalb etilgan xo‘jalik subyektlari buyurtmalari asosida ularga 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish maqsadlariga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
11. 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga g‘amlash va ichki bozorga savdoga chiqarilishi monitoringini olib borishda shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi — tadbirlarga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan 2019-yilning noyabr-dekabr oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini zaxiraga g‘amlash va 2019-2020-yilning qish-bahor oylarida mahsulotlarni zaxira omborlaridan ichki iste’mol bozoriga sotuvga chiqarish hajmlari to‘g‘risida;
tijorat banklari — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun tadbirlarga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlariga ajratilgan kreditlar to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’limi vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi — ijtimoiy soha muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini xarid qilish maqsadlari uchun mo‘ljallangan budjet mablag‘lari ajratilishi va o‘zlashtirilishi holati, mahsulotlarni zaxira omborlariga g‘amlashning borishi va qish-bahor oylarida maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga har 10 kunda axborot taqdim etadilar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-2020-yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish ko‘rsatkichlari bajarilishi va ularni moliyalashtirish masalalari hal etilishi hamda tasdiqlangan tarmoq jadvallariga muvofiq samarali ishlatilishi yuzasidan monitoring olib borish tizimini joriy etsin va natijalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni har 10 kunda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qish-bahor mavsumi zaxirasi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga va chetdan iste’mol kartoshkasi keltirish maqsadida 200 mlrd. so‘mni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘ida jamlangan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar hisobidan, istisno tariqasida, tijorat banklariga ularning so‘rovnomalari asosida yillik 12 foiz stavkada 2020-yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda qaytarish sharti bilan depozitga joylashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin. | 189 | 21,294 |
Qonunchilik | Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kvotalar belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 iyundagi 172-son qarori bilan:
Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 2015/2016 oʻquv yili uchun qabul kvotalari;
“Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaхassisligi boʻyicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektori ayrim tarmoqlari va korхonalari kesimida taqsimlanishi tasdiqlandi.
Oldingi oʻquv yiliga nisbatan “Investitsiyalarni boshqarish (bank sektori uchun)” mutaхassisligi boʻyicha kontrakt boʻyicha 4 ta qoʻshimcha joy ajratildi, “Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaхassisligi boʻyicha esa kontrakt boʻyicha 4 ta joy kamaytirilgan.
Endi qabul komissiyasiga Akademiyaga kirish jarayonida magistratura mutaхassisliklari boʻyicha abituriyentlar toʻplagan ballarning reyting baholanishini hisobga olgan holda Akademiyaning qabul koʻrsatkichlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 6 iyuldagi 26-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ushbu hujjatning toʻliq matni, ularga sharhlar hamda u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi” sharhini ekspert-yuristimiz
Sardor DJUMAShOV tayyorladi. | 60 | 1,340 |
Qonunchilik | Hashar qanday oʻtkaziladi | Vazirlar Mahkamasining 10.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 349-son qarori e’lon qilindi.
Majburiy mehnat – aniqlansin va bartaraf etilsin
Xodimlarni, хususan, ta’lim va sogʻliqni saqlash sohasi, boshqa byudjet va oʻzga tashkilotlar хodimlarini, talabalar va oʻquvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishning barcha holatlariga chek qoʻyiladi. Bu tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, metall chiqindilari va makulatura yigʻish, mavsumiy qishloq хoʻjaligi ishlari, boshqa turdagi ishlarga ham taalluqli.
Fuqarolarni majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaхslarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar qoʻllaniladi. Har bir holat boʻyicha javobgarlik choralarini qoʻllash maqsadida tegishli aхborot huquqni muhofaza qilish organlariga zudlik bilan ma’lum qilinadi.
Hashar qanday oʻtkaziladi
Hashar faqat iхtiyoriy asosda oʻtkaziladi. Uning tashkilotchisi kimligiga qarab qoʻshimcha talablar belgilanadi.
a) davlat organlari va boshqa tashkilotlar:
b) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari aholini faqat tegishli mahalla hududidagi ishlarga jalb etishlari mumkin. Bunda quyidagi turdagi ishlarni bajarishga yoʻl qoʻyiladi:
Bu – muhim! Avtomobil yoʻllari, harakatlanish tigʻiz boʻlgan koʻchalar, suv ob’yektlari, qirgʻoqboʻyi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, хavfli ishlab chiqarish ob’yektlari, shuningdek, insonlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga хavf tugʻilishi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda iхtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni oʻtkazish taqiqlandi.
Hujjat bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Bosh prokuratura, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va boshqa vakolatli idoralar zimmasiga bir qator topshiriqlar yuklatilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 25 | 2,198 |
Qonunchilik | Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Davlat moliyaviy resurslarini samarali boshqarish hamda budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qo‘shimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi:
buxgalteriya (budjet) hisobi yuritilishini, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligini hamda daromadlarning to‘liqligini, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini baholashni nazarda tutuvchi moliyaviy audit;
konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan budjet mablag‘laridan foydalanishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, shuningdek, daromadlarning to‘liqligini ta’minlash va biznes jarayonlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashni nazarda tutuvchi muvofiqlik auditi;
nazorat obyektida xarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligi va natijadorligini, ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning tejamkorligini, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishini, konsolidatsiyalashgan budjet va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi va natijadorligini, shuningdek, davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligini baholash va tahlil qilishni nazarda tutuvchi samaradorlik auditi.
2. Hisob palatasining mazkur Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini dastlabki bosqichda 2022-yilning I choragida 1-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklarda tashqi audit standartlari hamda qo‘llanmalari asosida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. Hisob palatasi:
2022-yil 1-yanvarga qadar Oliy audit organlarining xalqaro standartlari (ISSAI) asosida tashqi audit tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazishni tashkil etish, ular doirasida moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini o‘tkazish, shuningdek, davlat moliyaviy nazoratida xavf-tahlilni amalga oshirish standartlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2022-yil 1-oktabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oliy audit organlarining xalqaro standartlarini (ISSAI) joriy etish, xodimlar malakasini oshirish, tajriba almashish va ilg‘or tajribalarni amaliyotda qo‘llash uchun Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI)ga a’zo bo‘lishni ta’minlasin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) Hisob palatasi va ichki audit xizmatlari:
har bir nazorat tadbirini tashkiliy, asosiy va yakuniy bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi uch bosqichli tizim asosida hamda audit tadbirining turlarini aniq belgilagan holda amalga oshiradi;
audit tadbirlari natijalari to‘g‘risidagi xulosada, shu jumladan qonunbuzarliklarga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoit va omillarni, shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarni va tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha takliflarni aks ettiradi;
b) 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Hisob palatasi, Moliya vazirligi va ichki audit xizmatlari har chorakda kamida bir marotaba ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘z faoliyatiga oid hisobotlarni jamoatchilikka e’lon qilib boradi;
v) 2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy nazorat tadbirlari faqatgina nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan subyektlarda amalga oshiriladi, kameral nazorat va qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlar bundan mustasno.
5. Hisob palatasi Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar “Davlat auditi” dasturiy kompleksining (keyingi o‘rinlarda — “Davlat auditi” dasturi) ishga tushirilishini ta’minlasin.
Belgilansinki:
budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarda o‘tkazilgan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinadi;
har bir nazorat tadbiri uchun o‘rganiladigan savollar, tadbirning predmeti, ma’lumotlarni jamlash va tahlil o‘tkazish tartibini o‘z ichiga olgan nazorat tadbirini o‘tkazish rejasi tuziladi;
“Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinmagan nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi;
barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari natijalariga doir barcha turdagi hujjatlar (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) “Davlat auditi” dasturida jamlanadi;
davlat moliyaviy nazorati tadbirlarida aniqlangan holatlar bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazilgan tashkilotning yozma fikri nazorat tadbiri tamomlangandan keyin besh kun muddatda “Davlat auditi” dasturiga joylashtiriladi.
Bunda, “Davlat auditi” dasturini ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini muntazam takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
6. Moliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda:
2022-yildan boshlab Moliya vazirligi va har bir ichki audit xizmati tomonidan har chorakda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali aniqlangan kamida 2 tadan obyektda nazorat tadbirini o‘tkazishni nazarda tutuvchi fuqarolar ishtirokidagi audit tizimini joriy etsin;
ikki oy muddatda fuqarolar ishtirokidagi audit o‘tkaziladigan obyektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibini ishlab chiqsin.
7. Belgilansinki:
Hisob palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalari va ularning ijrosini tashqi auditdan o‘tkazadi;
Hisob palatasining mas’ul xodimlari Hisob palatasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi;
Hisob palatasi boshqaruv, yordamchi va texnik xodimlari maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy xizmat va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi;
Hisob palatasi yordamchi va texnik xodimlarining umumiy cheklangan soni Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari soni nisbatining normativlarini aniqlash metodikasi asosida Hisob palatasining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Hisob palatasi boshqaruv xodimlari cheklangan soni 110 ta shtat birligi etib belgilansin hamda Hisob palatasining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hisob palatasi raisiga, zarur hollarda Hisob palatasining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
9. Hisob palatasi Hay’ati (keyingi o‘rinlarda — Hay’at) tashkil etilsin hamda uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Belgilansinki, Hay’at yig‘ilishlariga boshqa vazirlik, idora, korxona va mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari hamda jamoatchilik vakillari ham taklif etilishi mumkin.
11. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
davlat moliyaviy nazorati tadbirlari natijalari bo‘yicha budjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va ularning profilaktikasi yuzasidan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish;
davlat moliyaviy nazorati va ichki audit faoliyatini tashkillashtirish hamda amalga oshirishning xalqaro tan olingan uslublari va vositalarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlarni bartaraf etish, ularni takomillashtirish, eskirgan hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vazirlik va idoralarga takliflar berish;
moliyaviy huquqbuzarliklarning profilaktikasi va ularning oldini olishni nazarda tutadigan istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash;
ichki audit xizmatlari faoliyati natijalarini muhokama qilish hamda ichki auditorlar mas’uliyati va javobgarligini oshirish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish.
12. Hisob palatasi (B. Turabov) 2021-yil yakuniga qadar:
davlat moliyaviy nazorati tizimi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hamda kameral nazoratni amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minot yaratilishini ta’minlasin;
Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda budjet nazorati va auditga ixtisoslashgan ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga oliy ta’lim muassasalarini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
13. Hisob palatasiga yuridik shaxs maqomi berilsin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti:
Hisob palatasining Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43-uy manzilida joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini;
Hisob palatasiga biriktirilgan ofis jihozlari (kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqa kerakli inventar va uskunalar) uning balansiga beg‘araz o‘tkazib berilishini ta’minlansin.
14. Hisob palatasi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
15. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hisob palatasining buyurtmanomasi bo‘yicha belgilangan tartibda:
Hisob palatasi aloqaning zarur turlari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan jihozlanishini, shuningdek, keng polosali Internet tarmog‘idan foydalanishini;
Hisob palatasining faoliyatida foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar uzluksiz ishlashining qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlasin.
Moliya vazirligi Hisob palatasini saqlash, axborot tizimlarini joriy etish, xodimlarning malakasini oshirish hamda zarur kompyuter texnikalari, mebel, aloqa vositalari bilan jihozlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
16. 2021-2022-yillarda davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
18. Hisob palatasi Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari B.T. Turabov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-yanvarga qadar axborot berilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5147-son Farmonida:
3 va 4-bandlar hamda Farmonga 1 va 1a-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 52-band bilan to‘ldirilsin:
“52. Belgilansinki, Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan Hisob palatasi xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 2 baravar oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi. Bunda, mazkur Farmonda hamda ilgari qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlarining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini bir vaqtda qo‘llashga ruxsat etilmaydi hamda ularning eng yuqorisi qo‘llaniladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5831-son Farmoniga 1-ilovaning 2, 3, 7 va 8-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6098-son Farmoniga 9-ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3231-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridan “va moliyaviy nazorat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshidan “va moliyaviy nazorat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “taqdimnomalar” so‘zi “ko‘rsatmalar” so‘ziga almashtirilsin;
v) 3-bandda:
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardan “va moliyaviy nazorat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “va moliyaviy nazorat” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 9-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
e) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibining 35-bandidan “va moliyaviy nazorat” so‘zlari chiqarib tashlansin. | 88 | 14,056 |
Qonunchilik | QL-689 va QL-701 O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-689-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-701-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyhasi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 90 | 979 |
Qonunchilik | Davlat xaridlari to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
rivojlantirish davlat dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni, shuningdek davlat buyurtmachilarining xo‘jalik faoliyatini ro‘yobga chiqarishda amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari va boshqa davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, hukumatga qarashli bo‘lgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari hamda O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq davlat xaridlari strategik subyektlari amalga oshiradigan davlat xaridlariga, rivojlantirish davlat dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni ro‘yobga chiqarishda amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno;
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga, shuningdek davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridlariga;
favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlariga;
agar donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, hukumatga qarashli bo‘lgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el tashkilotlarining tartib-taomillarida yoki O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el kreditlarini va chet el grantlarini taqdim etish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bog‘liq davlat xaridlariga;
narxlari qonunchilikka muvofiq qat’iy belgilangan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
davlat xaridi — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat buyurtmachilari tomonidan pulli asosda olish;
davlat xaridlarining subyektlari — davlat buyurtmachisi, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, xarid komissiyasi, maxsus axborot portali operatori va ekspert;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnoma — davlat xaridlari bo‘yicha huquqlar va majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida davlat buyurtmachisi va davlat xaridlarining ijrochisi o‘rtasida tuziladigan bitim;
maxsus axborot portali — operatorning davlat xaridlari o‘tkazilishini, davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar, davlat xaridlari yakunlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi axborotning va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotning elektron shaklda joylashtirilishini va ko‘rilishini, shuningdek elektron davlat xaridlari o‘tkazilishini ta’minlovchi veb-sayti va maxsus elektron platformasi;
maxsus axborot portali operatori — davlat xaridlarining subyektlariga xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish, maxsus axborot portaliga e’lonlarni, buyurtmanomalarni hamda davlat xaridlari va ularning yakunlari to‘g‘risidagi boshqa axborotni joylashtirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi maxsus vakolatli yuridik shaxs;
xarid qilish tartib-taomili — davlat xaridi bo‘yicha xatti-harakatlar majmui;
ekspert — xulosa berish uchun maxsus bilimlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
elektron davlat xaridlari — elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion kabi maxsus axborot portalining dasturiy-texnik kompleksi orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat xaridlarini amalga oshirish usullari;
e’lon — davlat xaridlarini amalga oshirish usuli, ushbu xaridlarning talablari va shartlari, takliflarni taqdim etish muddatlari hamda tartibi ko‘rsatilgan, davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga joylashtiriladigan bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot.
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati;
asoslanganlik;
moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tortishuv va xolislik;
mutanosiblik;
davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi;
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llanilishi kerak.
Davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati tegishli bo‘linmalar xodimlariga nisbatan soha bo‘yicha ma’lumoti bo‘lishi, malakasini muntazam ravishda oshirishi hamda bosqichma-bosqich amaliy tajribaga ega bo‘lib borishi to‘g‘risida talablar belgilash yo‘li bilan ta’minlanadi.
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun javobgar bo‘lgan shaxsni belgilashi shart.
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun javobgar bo‘lgan shaxs bajariladigan vazifalardan chetlashtirilishi lozim.
Davlat xaridlari davlat buyurtmachisining o‘z oldida turgan vazifalarni hal etishni ta’minlaydigan haqiqiy talablari va ehtiyojlarini samarali qanoatlantirish uchun davlat xaridlarini o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi, tovarni (ishni, xizmatni) tanlashning, uning iste’mol xususiyatlarining (tavsifining), sifat ko‘rsatkichlari va qiymatining asoslanganligi hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Davlat xaridlari:
davlat buyurtmachisining davlat xaridlarini o‘tkazish xarajatlarini va tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymatini hisobga olish;
davlat xaridlari uchun ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olishdan ko‘rilgan naf, ularning sifati va qiymati o‘rtasidagi maqbul nisbatni (foydalanish davri xarajatlarini hisobga olgan holda) ta’minlash;
davlat xaridlarini maqbul muddatlarda o‘tkazish imkonini beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshirilishi kerak.
Davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligi:
tegishli davlat organlariga, davlat xaridlari subyektlariga va jamoatchilikka davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq, o‘z vaqtida, erkin va bepul foydalanish imkoniyatini ta’minlagan holda uni maxsus axborot portaliga joylashtirish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
xarid qilish tartib-taomillariga doir hujjatlarni va hisobotlarni tuzish hamda but saqlashni ta’minlash orqali amalga oshiriladi.
Davlat xaridlaridagi tortishuv xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari o‘rtasida tortishuv, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqishda hamda xolis va asosli mezonlar asosida eng maqbul variant foydasiga yakuniy qaror qabul qilishda beg‘arazlik va shaffoflik mexanizmlaridan foydalanish hisobidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Davlat xaridlarining xolisligi xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqishdagi va eng maqbul variant foydasiga yakuniy qaror qabul qilishdagi beg‘arazlikni nazarda tutadi.
Davlat xaridlarining xolisligi:
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilariga teng imkoniyatlarni ta’minlashga;
davlat xaridlari subyektlari o‘rtasida raqobatni va ularga nisbatan beg‘arazlikni ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishga;
davlat xaridlari jarayonida shikoyatlar, nizolar va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishning hamda tegishli chora-tadbirlar ko‘rishning ochiq, oshkora va tortishuv mexanizmlariga asoslanadi.
Davlat xaridlarida mutanosiblik:
davlat xaridlarini amalga oshirish usulining tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavf-xatariga, qiymatiga, xususiyatiga va murakkabligiga;
talablarning xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari malakasiga oid ma’lumotlarga, takliflarni baholash mezonlari va usullarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga);
davlat xaridlari subyektlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi ularning o‘z vazifalariga mosligi bilan ta’minlanadi.
Davlat xaridlari maqsadlar, prinsiplar va yondashuvlarning yagonaligiga, davlat xaridlari jarayoni barcha bosqichlarining yaxlitligi va o‘zaro aloqadorligiga hamda davlat xaridlari barcha subyektlarining hamkorligiga asoslanadi.
Davlat xaridlarining yagonaligi va yaxlitligi:
davlat xaridlarini tartibga soluvchi yagona va yaxlit normativ-huquqiy baza hamda uni bir xilda qo‘llash;
davlat xaridlarining davlat xaridlari to‘g‘risidagi barcha axborotni to‘plash, unga ishlov berish va uni tahlil qilishni hamda barcha manfaatdor shaxslarga undan foydalanishni ta’minlaydigan yagona, yaxlit va kompleks axborot tizimi mavjudligi;
davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlari, tartib-taomillari va usullarini birxillashtirish;
davlat xaridlariga oid hujjatlarni birxillashtirish;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikatorini joriy etish;
davlat xaridlarini rejalashtirish va amalga oshirishni, davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarni (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish va ijro etishni, monitoringni va nazoratni amalga oshirishni, nizolar hamda kelishmovchiliklar ustidan shikoyat qilish va ularni ko‘rib chiqishni, davlat xaridlari subyektlarining kasbiy mahorati darajasini va mas’uliyatini oshirishni tashkil etish imkonini beradigan yagona infratuzilmaning mavjudligi bilan ta’minlanadi.
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazishga doir talablar davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bunda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvor bo‘ladi.
Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari:
davlatning strategik maqsadlari va vazifalariga erishish;
rivojlantirish davlat dasturlarini ijro etish;
davlatning ijtimoiy vazifalarini bajarish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish;
budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun davlat xaridlari subyektlariga qulay muhitni shakllantirishdan, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaga va qonunchilikning boshqacha buzilishlariga qarshi kurashishdan iborat.
Davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ustuvorliklari, shu jumladan yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarning yaratilishi, qulay ekologik vaziyatning saqlanishi hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organdir.
Vakolatli organ davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi.
Vakolatli organ:
davlat xaridlari sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ro‘yobga chiqarishning samaradorligi va shaffofligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
maxsus axborot portalining operatorini va uning davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati qoidalarini belgilaydi;
taklifni baholash va taqqoslash usullarini hamda mezonlarini, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirish usulini tanlash tartibini va ularning tartib-taomilini belgilaydi;
iqtisodiy jihatdan eng foydali taklifni baholash usulini qo‘llash tartibini (baholashning narxga asoslanmagan mezonlarini) belgilaydi;
davlat xaridlari bo‘yicha axborotni joylashtirish, oshkor qilish va undan foydalanish tartibini hamda hajmlarini, shuningdek tovarga (ishga, xizmatga) hamda davlat xaridlarini amalga oshirish usuliga qarab e’lon qilishga doir qo‘shimcha talablarni belgilaydi;
xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlarning, xabarning, xarid qilish hujjatlarining, xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisi taklifining, xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasining namunaviy nusxalarini tasdiqlaydi;
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibini belgilaydi;
davlat xaridlaridagi shartnoma majburiyatlarini bajarish masalalariga doir nizolar va kelishmovchiliklarni, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga kelib tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
Vakolatli organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat xaridlari sohasida budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xarid qilish tartib-taomillari turlarini takomillashtirish va ularning qo‘llanilishini kengaytirish bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini nazarda tutuvchi takliflar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi;
vakolatli organ bilan birgalikda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining davlat xaridlari sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi hamda ularga yo‘nalish beradi, ularning faoliyati ustidan nazoratni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ushbu Qonun maqsadlari uchun davlat buyurtmachilari deganda quyidagilar tushuniladi:
1) budjet buyurtmachilari:
davlat organlari;
budjet tashkilotlari;
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilar;
davlat maqsadli jamg‘armalari;
2) korporativ buyurtmachilar:
davlat korxonalari;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar;
ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar.
Davlat buyurtmachisi:
mustaqil ravishda yoki ixtisoslashgan tashkilotni jalb etgan holda tovarning (ishning, xizmatning) boshlang‘ich narxini belgilash, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
davlat xaridlarini amalga oshirishda o‘z rasmiy veb-saytiga yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga e’lon joylashtirish;
xarid qilish tartib-taomillarining barcha ishtirokchilariga tatbiq etiladigan takliflarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari takliflarining amal qilish muddatini muayyan davrga uzaytirish to‘g‘risidagi taklif bilan ularga murojaat qilish;
ikkinchi bosqich yakunlari bo‘yicha tender tarzida xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazishda g‘olib bilan narxni pasaytirish to‘g‘risida muzokaralarga kirishish huquqiga ega.
Davlat buyurtmachisi qonunchilikka va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Davlat buyurtmachisi:
ushbu Qonunga muvofiq xarid qilish tartib-taomili turini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat xaridlarini amalga oshirishi;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda maxsus axborot portaliga joylashtirishi;
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) va davlat xaridlarining tartib-taomillari bilan bog‘liq so‘rovlari bo‘yicha ularga qonunchilikka muvofiq tushuntirishlar berishi;
xarid qilish tartib-taomillarining g‘olib deb topilgan ishtirokchilari bilan shartnomalar tuzishi, shuningdek ularning ijro etilishini ta’minlashi;
bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlarni faqat moliyalashtirish manbalari va miqdorlari mavjudligi tasdiqlangan taqdirdagina maxsus axborot portaliga va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtirishi shart.
Davlat buyurtmachisining zimmasida qonunchilikka va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini ijro etish uchun talabgorlar sifatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) bo‘lishi mumkin.
Ishtirokchi:
davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan qonunchilikda nazarda tutilgan hajmda foydalanish;
muayyan davlat xaridlari tartib-taomillari, ularni o‘tkazish talablari va shartlari bo‘yicha so‘rovlar berish va tushuntirishlar olish;
xarid komissiyasi tomonidan takliflar ochilayotganda belgilangan tartibda ishtirok etish;
xarid qilish tartib-taomillari buzilgan taqdirda davlat xaridlari natijalari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
davlat xaridlari tartib-taomillarida ko‘rsatilgan hollarda qonunchilikka muvofiq takliflarga o‘zgartishlar kiritish yoki ularni qaytarib olish huquqiga ega.
Ishtirokchi:
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan takliflar va hujjatlarni taqdim etishi hamda taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javobgar bo‘lishi;
g‘olib deb topilgan taqdirda davlat buyurtmachisi bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shartnoma tuzishi shart.
Ishtirokchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan va u bilan shartnoma tuzilgan ishtirokchi davlat xaridlari ijrochisidir (bundan buyon matnda ijrochi deb yuritiladi).
Ijrochi:
davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomani ijro etish jarayonida tushuntirishlar olish uchun unga murojaat qilish;
yetkazib berilgan tovar (ish, xizmat) uchun haq olish;
shartnoma shartlariga muvofiq va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
Ijrochi:
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
shartnomani uning shartlariga muvofiq ijro etishi;
shartnomani ijro etish jarayonida davlat buyurtmachisiga yoki vakolatli davlat organiga uning so‘rovi bo‘yicha tushuntirishlar va axborot berishi shart.
Ijrochi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Xarid komissiyasi xarid qilish tartib-taomillari g‘olibini tanlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan kollegial organdir.
Xarid komissiyasi ishining asosiy maqsadi ishtirokchilarning takliflarini buyurtmaga muvofiqlik darajasi bo‘yicha xolis baholashdan va tartibga solishdan hamda davlat xaridlari raqobatlashuv usullari orqali amalga oshirilganda g‘olibni (g‘oliblarni) tanlashdan iborat.
Xarid komissiyasi davlat buyurtmachisi huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan, davlat buyurtmachisining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladigan va tarqatib yuboriladigan organdir.
Xarid komissiyasi toq sonli a’zolardan iborat bo‘ladi, uning a’zolari tarkibi va soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bog‘liq bo‘ladi hamda olinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari inobatga olingan holda o‘zgartirilishi mumkin.
Xarid komissiyasi a’zolari xolis bo‘lishi va xarid qilish tartib-taomili g‘olibini tanlashdan shaxsan manfaatdor bo‘lmasligi kerak.
Xarid komissiyasining ishiga rais rahbarlik qiladi, u xarid komissiyasi majlislarini chaqiradi va olib boradi, ovozga qo‘yishni va xarid komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni e’lon qiladi, shuningdek xarid komissiyasi majlislarining bayonnomalarini imzolaydi. Xarid komissiyasi raisi yo‘qligida uning vazifalarini o‘rinbosari bajaradi.
Xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning mas’ul kotibi tashkil etadi.
Xarid komissiyasining har bir a’zosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasining raisi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega emas.
Xarid komissiyasining majlislari yuzma-yuz yoki sirtdan (so‘rov orqali, barchaning ishtirokisiz) o‘tkazilishi mumkin. Yuzma-yuz majlislar konferensiyalar (videokonferensiyalar va hokazo) shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Majlis o‘tkazilgan sanada bir davlat xaridi bo‘yicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan kam miqdordagi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi bo‘yicha xarid komissiyasining qarorlari xarid komissiyasining sirtdan o‘tkaziladigan majlisida, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi davlat xaridi bo‘yicha xarid komissiyasining qarorlari esa xarid komissiyasining faqat yuzma-yuz majlisida qabul qilinishi mumkin.
Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi davlat xaridlari o‘tkazilganda xarid komissiyasi tarkibiga davlat buyurtmachisining vakillaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zinjiniring” respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritiladi.
Vakolatli organ xarid komissiyasining majlisiga o‘z vakilini kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun yuborishga haqlidir.
Xarid komissiyasining yuzma-yuz majlisi o‘tkazilishi uchun xarid komissiyasi a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi ishtirok etishi zarur.
Qaror xarid komissiyasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Xarid komissiyalari a’zolarida ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid komissiyasining bunday a’zosi bu masala ko‘tarilgan majlisda o‘zini o‘zi rad etishi va mazkur masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.
Agar xarid komissiyasiga mazkur komissiya a’zosining affillanganligi mavjudligi tegishli masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, uning o‘zi esa o‘zini o‘zi rad etmagan bo‘lsa, bunday a’zoning mazkur masala bo‘yicha ovoz berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar xarid komissiyasiga tegishli masala bo‘yicha ovoz bergan mazkur komissiya a’zosining affillanganligi mavjudligi qaror qabul qilinganidan keyin ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, bunday a’zoning ovozi mazkur masala bo‘yicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Xarid komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
tanlov (tender) hujjatlarini kelishadi;
takliflar qabul qilinadigan muddatlarni belgilaydi;
takliflarni ochish tartib-taomillarini belgilaydi;
takliflarni baholash mezonlarini belgilaydi;
taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi;
xarid qilish tartib-taomili ishtirokchilarining takliflarini ochishni amalga oshiradi;
malaka tanlovini o‘tkazadi, agar tanlov (tender) hujjatlari shartlarida bu nazarda tutilgan bo‘lsa;
xarid qilish tartib-taomillarini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi;
xarid qilish tartib-taomillarining raqobatlashuv turlari ijrochisini va zaxira ijrochisini belgilaydi yoki savdoni amalga oshmagan deb topadi.
Xarid komissiyasi ijrochini aniqlash tartib-taomillari davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, o‘zi qabul qilayotgan qarorlarning asosliligi va beg‘arazligi uchun javobgar bo‘ladi.
Xarid komissiyasi davlat xaridlarining boshqa subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Xarid komissiyasi tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha ishtirokchilar uchun majburiydir.
Xarid qilish tartib-taomillari:
xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi davlat buyurtmachisining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi;
loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi vazifalarini belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Maxsus axborot portali operatori:
maxsus axborot portalining uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan axborotning but saqlanishini va bir butunligini, mazkur portalning tegishli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot tizimlari bilan belgilangan tartibda uyg‘un ishlashini ta’minlaydi;
qonunchilikka muvofiq axborotning elektron shaklda saqlanishini, shu jumladan elektron hujjatlar va elektron xabarlar saqlanishini ta’minlaydi;
maxsus axborot portalida davlat boshqaruvi organlari o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etadi;
maxsus axborot portalini O‘zbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalariga joylashtiradi;
vakolatli organ, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zinjiniring” respublika loyihalashtirish instituti bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Maxsus axborot portali operatori qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Maxsus axborot portali operatori:
ishtirokchi, ijrochi sifatida davlat xaridlarida ishtirok etishga, ularning affillangan shaxsi bo‘lishga;
davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari subyektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek davlat xaridlari subyektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
o‘tkazib beriladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron xabarlarning ishonchliligini, shuningdek agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning qonunchilikka muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga;
davlat xaridlari subyektlari tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning mazmunini o‘zgartirishga haqli emas.
Maxsus axborot portali operatori davlat xaridlari subyektlarining ushbu operatorga beriladigan elektron hujjatlari va elektron xabarlarining, shu jumladan bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risida maxsus axborot portalida joylashtiriladigan axborotning mazmuni bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Davlat xaridlari jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
davlat xaridlarini rejalashtirish;
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;
shartnomani tuzish va bajarish;
davlat xaridlari monitoringi.
Davlat xaridlarini rejalashtirish davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi va xaridlarni tizimlashtirishdan, davlat xaridlarini rejalashtirish hamda budjet va investitsiya jarayonlaridagi rejalashtirish o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat:
elektron do‘kon;
boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion;
tanlov;
tender;
yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari.
Davlat xaridlari elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi:
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik;
davlat xaridlarining reja-jadvallari;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar;
hujjatlarning shakllari;
xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan namunaviy shartnomalar;
davlat xaridlarining yakunlari to‘g‘risidagi axborot;
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri;
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning qarorlari;
davlat xaridlari bo‘yicha statistik axborot.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot maxsus axborot portalida e’lon qilinadi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq, xolis va ishonchli bo‘lishi kerak.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlariga taalluqli baholash mezonlari:
narx;
yetkazib berish bazisi;
yetkazib berish muddatlari;
tavsifnomalar va sifat ko‘rsatkichlari;
to‘lov va kafolatlar shartlari;
muayyan davrda foydalanish, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash xarajatlarini nazarda tutadi.
Davlat buyurtmachisi tomonidan belgilanadigan davlat xaridi shartlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan barcha baholash mezonlari;
barcha baholash mezonlarining nisbiy qimmati;
baholash tartib-taomillari doirasida baholash mezonlarini qo‘llash tartibi.
G‘olib bo‘lgan taklifni baholash va aniqlashda davlat buyurtmachisi faqat xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan baholash mezonlari va tartib-taomillaridan foydalanadi hamda bu mezonlar va tartib-taomillarni ushbu hujjatlarda bayon etilgan tartibda qo‘llaydi.
Davlat xaridlari qiymatining bozor narxlariga muvofiqligini baholash uchun davlat buyurtmachisi ochiq axborot manbalaridagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifi xolis, funksional va umumiy xususiyatga ega bo‘ladi. Tavsifda tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridining tegishli texnik, sifat va ekspluatatsiya qilinish xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifi tasniflarni, rejalarni, chizmalarni, eskizlarni, talablarni hamda sinovlar va sinov usullari, qadoqlash, tamg‘alash haqidagi yoki muvofiqlik sertifikati, shuningdek shartli belgilar va atamalar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi mumkin.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifiga aniq tovar belgisiga yoki nomiga, patentga, konstruksiyaga yoki modelga, u mansub bo‘lgan muayyan manbaga yoki ishlab chiqaruvchiga doir talablar yoki havolalar kiritilmasligi kerak, bundan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi xususiyatlarini ta’riflashning boshqa yetarlicha aniq usuli mavjud bo‘lmagan hollar mustasno va bunda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) boshqa bir ishlab chiqaruvchining ekvivalent tovarlari (ishlari, xizmatlari) bilan almashtirish imkoniyati to‘g‘risidagi eslatma kiritilishi kerak.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifida quyidagilar bo‘lishi kerak:
tovarlarning soni;
bajarilishi (ko‘rsatilishi) kerak bo‘lgan ishlar (xizmatlar);
tovarlar yetkazib berilishi lozim bo‘lgan yoxud ishlar bajarilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan joy;
tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishning maqbul yoki talab etilgan muddatlari, agar ular mavjud bo‘lsa.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga doir hujjatlarda xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash imkonini beradigan ko‘rsatkichlar bo‘lishi kerak. Bunda shunday ko‘rsatkichlarning eng ko‘p va (yoki) eng kam qiymatlari, shuningdek o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan ko‘rsatkichlarning qiymatlari ko‘rsatiladi.
Zarur bo‘lgan hollarda davlat buyurtmachisi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) kafolat muddatiga va (yoki) ularning sifatiga beriladigan kafolat hajmiga, tovarga kafolat xizmati ko‘rsatishga, tovardan foydalanish xarajatlariga, tovarni montaj qilish va sozlashning majburiyligiga, tovardan foydalanuvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarni o‘qitishga doir talablarni belgilaydi.
Mashinalar va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi ijrochi aniqlangan taqdirda davlat buyurtmachisi davlat xaridiga doir hujjatlarda tovarning kafolat muddatiga va (yoki) uning sifatiga beriladigan kafolat hajmiga, tovarga kafolat xizmati ko‘rsatishga, tovarga kafolat muddati mobaynida xizmat ko‘rsatish xarajatlariga, shuningdek tovarni montaj qilish va sozlashga, agar bu tovarning texnik hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, talablar belgilaydi. Yangi mashinalar va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi ijrochi aniqlangan taqdirda davlat buyurtmachisi davlat xaridi to‘g‘risidagi hujjatlarda ushbu tovarni ishlab chiqaruvchining va (yoki) yetkazib beruvchining kafolatini taqdim etishga hamda bunday kafolatning amal qilish muddatiga nisbatan qo‘shimcha ravishda talablar belgilaydi. Bunday kafolatni berish ushbu tovar bilan birga amalga oshiriladi.
Agar tovarlarning davlat xaridi tavsifida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yetkazib berilayotgan tovar yangi bo‘lishi kerak.
Tovarni ishlab chiqaruvchiga, ishtirokchiga doir talablarni, shu jumladan ishtirokchining malakasiga qo‘yilgan talabni tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi to‘g‘risidagi hujjatlarga (shu jumladan tovarning, ishning yoki xizmatning sifatiga, texnik xususiyatlariga doir talablar, tovarning funksional xususiyatlariga (iste’mol qilish xususiyatlariga) doir talablar shaklida) kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot davlat tilida, shuningdek davlat buyurtmachisining ixtiyoriga ko‘ra boshqa tillarda e’lon qilinadi va tarqatiladi.
Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
shartnomani bajarish uchun zarur texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi;
o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
Davlat buyurtmachisi zarur bo‘lganda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) o‘ziga xos xossalaridan yoki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishtirokchilarga qo‘shimcha talablar belgilashga haqli.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar ushbu Qonunda belgilangan prinsiplarga zid bo‘lmasligi kerak.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar davlat xaridi to‘g‘risidagi axborotda u e’lon qilingan paytda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ishtirokchilarga qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan davlat xaridida ishtirok etish uchun ishtirokchilar akkreditatsiya tartib-taomilidan o‘tadi.
Ishtirokchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) birgalikdagi davlat xaridlarini shakllantirish ikki va undan ortiq davlat buyurtmachisining davlat xaridlari bo‘yicha rejalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) birgalikdagi davlat xaridlarini shakllantirish bir davlat dasturida yoki loyihalar portfelida ishtirok etayotgan davlat buyurtmachilarida amalga oshirilishi kerak.
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan takliflarning garov, kafolat, zakalat tarzida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi zarurligi to‘g‘risida talab belgilashga haqli.
Xarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan takliflarning ta’minlanishi zarurligi tarzidagi talab barcha ishtirokchilarga taalluqli bo‘ladi va davlat xaridlarining shartlarida ko‘rsatiladi.
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan takliflarning ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, takliflar yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. Davlat buyurtmachisi bunday so‘rovga darhol javob beradi.
Davlat buyurtmachisi taklifni ta’minlash summasi to‘lanishini talab qilmaydi va ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatni darhol qaytaradi yoki quyidagi voqealardan biri yuz berganidan keyin uning qaytarilishini ta’minlaydi:
taklifni ta’minlashning amal qilish muddati tugashi;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi va ushbu shartnomaning bajarilishi ta’minlanishi, agar bunday ta’minlash davlat xaridi shartlarida talab etilsa;
davlat xaridlarining bekor qilinishi;
takliflarni yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar taklifning chaqirib olinishi, agar davlat xaridi shartlarida bunday qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi aytib o‘tilmagan bo‘lsa.
Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisining maxsus axborot portali operatori bilan va maxsus axborot portali operatorining ishtirokchi bilan muzokaralar olib borishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat buyurtmachisi yoki maxsus axborot portali operatori quyidagi hollarda ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatadi, agar:
ishtirokchi davlat xaridlari jarayonida davlat buyurtmachisi tomonidan biror-bir xatti-harakatning bajarilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qo‘llanilishiga ta’sir o‘tkazish maqsadida davlat buyurtmachisining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash to‘g‘risidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
ishtirokchi raqobatlashuvda adolatsiz ustunlikka ega bo‘lsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarsa.
Davlat buyurtmachisining yoki maxsus axborot portali operatorining ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish to‘g‘risidagi qarori va buning sabablari xarid qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi hisobotga kiritiladi hamda ular haqida tegishli ishtirokchiga darhol xabar beriladi.
Davlat buyurtmachisi o‘tkazilgan xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan taklifning aksepti to‘g‘risida bir ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
G‘olib bo‘lgan taklifning aksepti quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:
davlat xaridlari bekor qilinmagan bo‘lsa;
g‘olib bo‘lgan taklifni yuborgan ishtirokchi chetlatilmagan bo‘lsa;
xarid qilish tartib-taomili buzilmagan bo‘lsa.
Davlat buyurtmachisi g‘olib bo‘lgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda davlat xaridini bekor qilish huquqiga ega. Davlat xaridi bekor qilingan taqdirda davlat buyurtmachisi maxsus axborot portalida mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini e’lon qiladi.
Davlat buyurtmachisi davlat xaridi bekor qilinganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, bundan davlat xaridi davlat buyurtmachisining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida bekor qilingan hollar mustasno.
Davlat buyurtmachisining yoki maxsus axborot portali operatorining xodimi o‘zining ijrochilar yoki istalgan shaxs bilan munosabatlarida, agar axborotni oshkor etmaslik davlat xavfsizligi manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa yoki bunday axborotning oshkor etilishi qonunga zid bo‘lsa, qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashga to‘sqinlik qilsa, ijrochilarning qonuniy tijorat manfaatlariga zarar yetkazsa yoxud insofli raqobatga to‘sqinlik qilsa, vakolatli organ bu axborotni oshkor etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, hech bir axborotni fosh etmaydi. Vakolatli organ bunday axborotni oshkor etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda ushbu qaror shartlariga rioya etiladi.
Ishtirokchi xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etib, taklifda o‘zi ko‘rsatgan barcha ma’lumotlarning, takliflarini qabul qilish muddati tugaganidan keyin e’lon qilinishiga rozilik bildiradi.
Davlat buyurtmachilari va maxsus axborot portali operatori davlat xaridlarini o‘tkazish uchun Odob-axloq qoidalarini qabul qilishi kerak, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish chora-tadbirlari;
kasbiy tayyorgarlikni tekshirish tartib-taomillari va unga doir talablar.
Davlat buyurtmachilari, maxsus axborot portali operatori xodimlarining, xarid komissiyasi a’zolarining odob-axloqi qoidalarida kasbga doir va xizmatdan tashqari faoliyatda odob-axloqning yagona prinsiplari va qoidalari, kasbiy tayyorgarlikka doir yagona talablar belgilanadi.
Davlat buyurtmachisining va maxsus axborot portali operatorining mas’ul shaxslari, xarid komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
Odob-axloq qoidalari davlat buyurtmachilarining yoki ularning yuqori turuvchi organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.
Davlat buyurtmachisining, maxsus axborot portali operatorining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek xarid komissiyasining a’zolari xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar:
shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek o‘z oila a’zolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin;
manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud to‘qnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak.
Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar topgan, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning o‘zida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
Davlat xaridlari jarayonida quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
ishtirokchilarni kamsitishga, boshqa ishtirokchilarga zarar yetkazgan holda bir ishtirokchiga imtiyozlar yoki preferensiyalar berishga;
manfaatlar to‘qnashuviga;
davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslanmagan usullarini qonunga xilof ravishda tanlashga, davlat xaridlari subyektlariga ta’sir o‘tkazishga, davlat xaridlarida ishtirokchilarning ishtirok etishi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga, ularning sonini asossiz ravishda cheklashga yoki ularning malakasiga qo‘yilgan talablarni oshirishga, raqobatga yo‘l qo‘ymaslikning, uni cheklashning yoki bartaraf etishning boshqa shakllariga, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib ko‘rsatish maqsadida ishtirokchilarning oldindan til biriktirishiga;
ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan axborotni taqdim etish yoki tarqatishga, shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishni asossiz ravishda cheklashga;
davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslangan usullarini chetlab o‘tish maqsadida davlat xaridlari hajmini qismlarga bo‘lib tashlashga;
ishtirokchilarning sun’iy tarzda pasaytirilgan narxlar bo‘yicha takliflar berishiga, keyinchalik shartnomani imzolashni yoki uni tegishli tarzda ijro etishni rad etishiga;
davlat xaridi tarkibiga texnologik va funksional jihatdan o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritishga;
firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga;
moliyalashtirish manbalari va hajmlari mavjudligi to‘g‘risida tasdiqlarga ega bo‘lmagan yoki ajratilgan mablag‘lar hajmidan ortiq miqdordagi davlat xaridlarini amalga oshirishga.
Maxsus axborot portali operatori maxsus axborot portalidan foydalanish vositasida davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar reyestrini (bundan buyon matnda shartnomalar reyestri deb yuritiladi) yuritadi.
Shartnomalar reyestriga quyidagi hujjatlar va axborot kiritiladi:
davlat buyurtmachisining nomi;
moliyalashtirish manbasi;
ijrochini aniqlash usuli;
xarid qilish tartib-taomilining natijalari sarhisob qilinadigan sana va shartnoma tuzish asoslarini tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari;
shartnoma tuzilgan sana;
tovar (ish, xizmat), shartnoma bahosi va uni ijro etish muddati, tovar (ish, xizmat) birligining narxi, u kelib chiqqan mamlakatning nomi hamda ijro etilgan shartnomaga doir tovarni ishlab chiqaruvchi to‘g‘risidagi axborot;
ijrochi soliq to‘lovchining nomi, firma nomi (agar mavjud bo‘lsa), joylashgan yeri (yuridik shaxs uchun — pochta manzili), familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa), yashash joyi (jismoniy shaxs uchun), identifikatsiya raqami yoki chet ellik shaxs uchun tegishli chet davlatning qonunchiligiga muvofiq ijrochi soliq to‘lovchining o‘xshash identifikatsiya raqami, bundan tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan va davlatning muzey, axborot-kutubxona, arxiv fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga o‘xshash fondlarni to‘ldirish uchun mo‘ljallangan madaniy qimmatliklarni, shu jumladan muzey ashyolarini va muzey kolleksiyalarini, shuningdek noyob va qimmatbaho nashrlarni, qo‘lyozmalarni, arxiv hujjatlarini (shu jumladan ularning ko‘chirma nusxalarini) yetkazib beradigan jismoniy shaxs to‘g‘risidagi axborot mustasno;
shartnomani o‘zgartirish to‘g‘risidagi axborot, shartnomaning o‘zgartirilgan shartlari ko‘rsatilgan holda;
shartnomani ijro etish to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan shartnoma uchun haq to‘lash, shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni tegishli tarzda bajarmaganlik munosabati bilan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar, penyalar) hisoblanishi to‘g‘risidagi axborot;
shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi axborot, bekor qilish sabablari va asoslari ko‘rsatilgan holda.
Shartnomalar reyestridagi axborot to‘lov undirilmagan holda tanishib chiqish uchun ochiq bo‘lishi kerak.
Shartnomalar reyestrini yuritish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Qaysi shartnomalar to‘g‘risidagi axborot shartnomalar reyestriga kiritilmagan bo‘lsa, o‘sha shartnomalar uchun haq to‘lanmaydi.
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri vakolatli organ tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxatdan iborat bo‘lib, unga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha belgilangan shartlarda davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda bo‘yin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari g‘oliblari to‘g‘risidagi;
majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;
sudning qaroriga ko‘ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar to‘g‘risidagi.
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan ijrochi uch yil davomida davlat xaridlarida ishtirok eta olmaydi, bu muddat tamom bo‘lgach ijrochi Insofsiz ijrochilarning yagona reyestridan chiqarib yuborilgan hisoblanadi.
Ijrochilar Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish to‘g‘risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Elektron do‘kon maxsus talablar tatbiq etilmaydigan iste’mol tovarlarining va boshqa tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot portalidagi maxsus maydonchadir.
Elektron do‘konda quyidagi davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkin:
bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan) oshmaydigan, biroq bir yilda bir davlat buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravari miqdordagi summadan ko‘p bo‘lmagan tovarlar;
bir davlat buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oshmaydigan miqdordagi ishlar, xizmatlar.
Elektron do‘kon ishtirokchilarning takliflaridan shakllantiriladi. Ishtirokchining elektron do‘konga qo‘yilgan taklifi davlat buyurtmachilariga yuborilgan ommaviy ofertadir.
Ishtirokchi elektron do‘konga joylashtirilgan o‘z taklifida quyidagilarni ko‘rsatadi:
taklif etilayotgan tovarning nomi;
sotish narxi;
tovarning eng ko‘p va eng kam to‘pi;
tovarning rusumi va texnik parametrlari (texnik pasport yoki boshqa hujjat asosida);
tovarning fotosurati;
tovar yetkazib beriladigan (ish bajariladigan, xizmat ko‘rsatiladigan) hudud;
tovarni ishlab chiqaruvchi va tovar kelib chiqqan mamlakat to‘g‘risidagi axborot;
kafolat shartlari va muddati to‘g‘risidagi axborot;
tovar ishlab chiqarilgan yil;
tovarning yaroqlilik muddati;
ishni bajarish, xizmatni ko‘rsatish muddati;
zarur bo‘lganda, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoki sertifikat mavjudligi to‘g‘risidagi axborot.
Davlat buyurtmachisi elektron do‘konda ishtirokchilarning ofertalarini o‘rganish yo‘li bilan o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va tovar (ish, xizmat) tanlangach, narxlar so‘rovi mexanizmidan foydalanadi.
Maxsus axborot portali avtomatik rejimda, narxlar so‘rovi mexanizmini amalga oshirgan holda elektron do‘konda o‘xshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish to‘g‘risida takliflar yuborilishini ta’minlaydi.
Ishtirokchilar narxlar so‘rovida ishtirok etish to‘g‘risidagi taklif maxsus axborot portali tomonidan yuborilgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida o‘z takliflarini berishga haqli.
Ishtirokchilarning manziliga yuborilayotgan narxlar so‘rovida ishtirok etish to‘g‘risidagi taklif davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasiga havolani o‘z ichiga oladi.
Xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish taklifini olgan ishtirokchi davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan oferta narxidan pastroq narx bo‘yicha taklif kiritishga haqli.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‘yicha takliflarni taqqoslash maxsus axborot portali tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Maxsus axborot portali davlat buyurtmachisi va eng past narxni taklif qilgan ijrochi o‘rtasida tuzilgan bitimni ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan davlat buyurtmachisi yoki ishtirokchilar yakunlar sarhisob qilinguniga qadar foydalana olmaydi. Ijrochining nomi g‘olib aniqlangan paytda maxsus axborot portalida aks ettiriladi.
Maxsus axborot portali shartnomani davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiradi.
Agar maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishtirokchilarning hech biri dastlabki taklifdan pastroq narxni taklif qilmasa, maxsus axborot portali davlat buyurtmachisi va ijrochi o‘rtasidagi bitimni ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Agar xarid qilish tartib-taomili yakuniga ko‘ra elektron do‘konda tovar (ish, xizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi mustaqil ravishda tanlangan yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzish orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri xaridni amalga oshirishga haqli. Bunda ushbu Qonunning 43-moddasida belgilangan davlat xaridlarining summalarga oid mezonlari amal qiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid natijasida tuzilgan shartnoma u tuzilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay maxsus axborot portaliga joylashtirilishi lozim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid uchun javobgarlik davlat buyurtmachisining zimmasida bo‘ladi.
Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion (bundan buyon matnda auksion deb yuritiladi) davlat xaridlarining raqobatli usuli bo‘lib, uni tashkil etishda narx ishtirokchini tanlashning yagona mezoni bo‘ladi va bunda mazkur norma tovarlarni belgilangan sifat standartlariga muvofiq holda yetkazib berish talabini bekor qilmaydi.
Tovarni e’londa bayon etilgan shartlar asosida eng past narx bo‘yicha yetkazib berishni taklif qilgan ishtirokchi auksionning g‘olibi bo‘ladi.
Auksion vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
tovarning standart xususiyatlarga ega bo‘lishi;
tovarning texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zaruratining mavjud emasligi;
xizmatlarning, ishlarning davlat xaridi obyekti bo‘lmasligi;
tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan kam bo‘lishi. Budjet buyurtmachilari uchun auksiondagi davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Auksion faqat elektron shaklda o‘tkaziladi.
Auksionda ishtirok etish uchun davlat buyurtmachisi maxsus axborot portaliga e’lon joylashtiradi.
Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon auksion amalga oshirilishidan kamida o‘n kun avval joylashtirilishi kerak.
Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
davlat buyurtmachisining nomi va manzili;
auksionning birinchi va oxirgi kuni (auksion o‘tkaziladigan davr);
auksion predmetining boshlang‘ich narxi;
auksion predmetining xususiyatlari (auksion predmetining tasnifi);
auksion predmetini lotlar bo‘yicha bo‘lib chiqish va har bir lotning hajmi;
tovarlarni yetkazib berish muddatlari va shartlari;
tovarlar yetkazib beriladigan joy (manzil);
litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi haqida talab (zarur bo‘lganda);
tovarning o‘ziga xos xususiy parametrlarini ifodalovchi alohida shartlar.
Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonning va davlat buyurtmachisi buyurtmanomasining matniga auksion predmetiga taalluqli bo‘lmagan va ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklaydigan talablarni kiritish taqiqlanadi.
Maxsus axborot portaliga joylashtirilgan auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon avtomatik ravishda buyurtmachining buyurtmanomasi etib o‘zgartiriladi.
Auksion maxsus axborot portalida boshlang‘ich narxni qadam-baqadam pasaytirish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Auksionni o‘tkazish, kiritilgan ta’minot summasiga muvofiq har bir lot bo‘yicha auksiondan foydalanish, auksion g‘oliblarini aniqlash, bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish va shartnomani shakllantirish maxsus axborot portali tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon chop etilgan kundan e’tiboran va u tamom bo‘ladigan paytga qadar butun muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.
Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bog‘lanishga doir ma’lumotlar auksion g‘olibi aniqlanmaguniga qadar maxsus axborot portalida aks ettirilmaydi.
Auksion chog‘ida maxsus axborot portali ishtirokchilar tomonidan berilgan takliflar orasidan eng past narx ko‘rsatilgan taklifni avtomatik ravishda tanlab oladi, bu narx maxsus axborot portalida aks ettiriladi va auksionning barcha ishtirokchilari — davlat buyurtmachilari va ijrochilar uchun ochiq bo‘ladi.
Auksion tugaydigan vaqt kelganda maxsus axborot portali auksion o‘tkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past narx ko‘rsatilgan taklifni bergan ishtirokchi auksion g‘olibi sifatida maxsus axborot portali tomonidan saralab olinadi. Ijrochining nomi maxsus axborot portalida aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va davlat buyurtmachisining buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga muvofiq shartnomani shakllantiradi.
Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‘lsa yoki hech kim ishtirok etmagan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va g‘olib aniqlanmaydi, davlat buyurtmachisi auksionni besh kunga uzaytiradi. Auksionni uzaytirish avvalgi auksion tamom bo‘lgan paytdan e’tiboran uch kun ichida davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holda, agar xarid qilish tartib-taomili yakunlariga ko‘ra auksion o‘tkazilmagan deb topilgan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi auksionni uzaytirmay, ushbu Qonunning 52 — 57-moddalarida nazarda tutilgan tartib-taomil bo‘yicha tanlovni quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘tkazishga haqli:
ushbu Qonunning 46-moddasida belgilangan davlat xaridlarining summalariga oid mezonlar amal qiladi;
tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon ishtirokchilarning takliflari qabul qilinadigan muddatning tamom bo‘lish sanasidan kamida o‘n kun oldin davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga joylashtiriladi;
davlat xaridini amalga oshirish uchun kamida besh kishidan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi.
Tanlov deganda shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi g‘olib deb topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi tushuniladi.
Davlat xaridi to‘g‘risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni va tanlov hujjatlarini joylashtirish orqali cheklanmagan doiradagi shaxslarga ma’lum qilinadi.
Tanlov vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil va aniq ta’rifini ta’riflash imkoniyati mavjud;
g‘olibni aniqlash mezonlari tovar (ish, xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega bo‘ladi;
tovar qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan yigirma besh ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi;
xizmatlarning, ishlarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yigirma besh ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.
Budjet buyurtmachilari uchun tanlovdagi davlat xaridlari:
tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etishi kerak;
ishlarning, xizmatlarning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etishi kerak.
Agar investitsiya loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bilan davlat buyurtmachilariga tenderni o‘tkazmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish huquqi berilgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomili davlat xaridining summasidan qat’i nazar tanlov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Davlat xaridini tanlov o‘tkazish orqali amalga oshirish uchun kamida besh nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi.
Shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlar tanlov ishtirokchilarining takliflarini baholash bo‘yicha e’lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida o‘ttiz kun avval davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga joylashtiriladi.
Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
tanlov o‘tkaziladigan joy manzili;
tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
davlat buyurtmachisining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining nomi, lavozimi va manzili;
tanlov hujjatlari qoidalarini izohlash uchun so‘rov berish shakli;
takliflarni berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.
Tanlov hujjatlari davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon bilan bir vaqtda joylashtiriladi.
Tanlov hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot;
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot;
tanlovda ishtirok etish uchun taklif qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi bo‘yicha talab;
tanlov ishtirokchilariga tanlov hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
agar tovarning (ishning, xizmatning) muqobil variantlariga yo‘l qo‘yilsa, lotni almashtirish bo‘yicha muqobil takliflarni baholash tartibining tavsifi;
texnik topshiriq;
ushbu Qonunga muvofiq ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi.
Tanlov hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir tovar (ish, xizmat) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida ko‘rib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bunday holda davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilining turli obyektlari tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) yetkazib berish uchun tanlovning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir obyekt uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin. Har bir tovar (ish, xizmat) uchun g‘olib xarid qilish tartib-taomili shartlariga ko‘ra alohida-alohida aniqlanadi.
Tanlov hujjatlariga ularning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
Davlat buyurtmachisi tanlov hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida tanlovda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qaror qabul qilishga haqli. Tovarni (ishni, xizmatni) o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda ushbu tanlovda takliflar berish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgan sanadan e’tiboran kamida o‘n kunga uzaytirilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartishlar kiritiladi.
Tanlov ishtirokchisi tanlov hujjatlari qoidalarini tanlov o‘tkazish uchun e’londa belgilangan shaklda tushuntirish talabi bilan davlat buyurtmachisiga so‘rov yuborishga haqli. So‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida davlat buyurtmachisi, agar mazkur so‘rov davlat buyurtmachisiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin kelib tushgan bo‘lsa, ushbu so‘rovga belgilangan shaklda javob yuborishi shart. Tanlov hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartirmasligi kerak.
Tanlov hujjatlarida davlat buyurtmachisi tanlov ishtirokchilarining takliflarida barcha tovarlar (ishlar, xizmatlar) (lotlar) bo‘yicha taklif bo‘lishi kerakligini belgilab qo‘yishi mumkin. Bunday holda faqat bitta ijrochi tanlov g‘olibi bo‘lishi mumkin, agar taklifda tanlovning barcha lotlari bo‘yicha axborot bo‘lmasa, taklif tegishli emas deb topiladi.
Tovarning (ishning, xizmatning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan oshgan hollarda tanlov bo‘yicha texnik topshiriq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi bilan kelishib olinishi lozim.
Maxsus axborot portalida e’lon qilingan tanlov ishtirokchilarining takliflari e’londa belgilangan tartibda tanlov o‘tkazish to‘g‘ | 28 | 63,684 |
Qonunchilik | Sholichilik ITI Xorazm filiali tashkil etilmoqda | U Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi negizida tashkil etilmoqda, bu Hukumatning 17.04.2019 yildagi 327-son qarori bilan belgilangan.
Filialning asosiy vazifasi – hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, guruchining yuqori sifat koʻrsatkichlari boʻyicha ajralib turuvchi sholi navlari va duragaylarini yaratish boʻyicha tadqiqotlarni kengaytirish.
Hujjat bilan 2019–2021 yillarda Filialni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi, uning doirasida jahon andozalari asosida sholichilik sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishi koʻzlangan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.04.2019 yildan kuchga kirdi. | 48 | 707 |
Qonunchilik | Ichki ishlar idoralari yangi huquqiy maqomga ega boʻladi | Barchamizga ayonki, jamoat tartibini saqlash - bu ichki ishlar idoralarining asosiy vazifasidir. Biroq, Ichki ishlar vazirligi serqirra faoliyatga ega. Shu bois vazirlikning tarkibida huquqbuzarliklarning oldini olish (profilaktika), jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash, yongʻin, yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmalari, хorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, “Qoʻriqlash” birlashmasi, transport boshqarmasi va boshqa хizmatlar mavjud.
Ichki ishlar organlari fuqarolik jamiyati bilan hamnafas ishlamoqda. Ular aholi tinchligini saqlashga doir zarur choralarni koʻrish bilan birga jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyat sodir etishga moyil shaхslarni aniqlash va ularga “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi vakillaridan iborat guruhlar bilan hamkorlikda profilaktik ta’sir koʻrsatishga oid vazifalarni samarali ado etmoqda. Osoyishtalikni ta’minlash borasida keng jamoatchilik bilan hamkorlikni, ya’ni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida profilaktika хizmati 3 ming 788 militsiya tayanch punktlari orqali faoliyat koʻrsatmoqda.
Mahalla faollari, profilaktika inspektorlari, mahalla posbonlari bir binoda, oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borayotgani jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda, yongʻin хavfsizligini ta’minlashda ijobiy samara bermoqda.
Misol uchun: Yongʻin хavfsizligi qismlari tomonidan 25 mingga yaqin aholi turar joyi, mingga yaqin koʻp qavatli uyning yongʻinga qarshi holati tekshirildi. Olib borilayotgan profilaktik ishlar natijasida yongʻin хavfsizligi talablarini buzgan 1,5 ming nafardan ziyod fuqaro va mas’ul shaхs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Soʻnggi besh yil mobaynida sodir boʻlgan yongʻinlarning deyarli 80%i boshlangʻich davrida bartaraf etilishiga va buning natijasida 890 nafar inson hayoti va 373 mlrd soʻmlikdan ziyod mol-mulkni yongʻindan qutqarib qolishga erishildi.
Davlat rahbarining ichki ishlar idoralari faoliyatini tubdan isloh qilishga qaratilgan farmonlari sohaning bugungi kun talablariga javob beradigan darajada shakllanishiga puхta zamin yaratdi.
Sohani nafaqat zamonaviy moddiy-teхnik vositalar, balki har tomonlama chiniqqan, fidoyi kadrlar bilan toʻldirishga alohida e’tibor qaratilgani muvaffaqiyatlar asosi boʻldi, deyish mumkin. Tizimdagi islohotlar va katta hajmdagi amaliy ishlar natijasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar yil sayin kamaymoqda. Ichki ishlar organlari sohaviy хizmatlari хodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning birinchi yarmida jinoyatlarning uncha ogʻir boʻlmagan turlari 4,2%, oʻta ogʻir jinoyatlar 13,5%, jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar 1,3%ga kamayishiga erishildi.
Ichki ishlar idoralari хizmatchilarining ogʻir va sermashaqqat mehnatlari davlat tomonidan yangi qonunlar orqali kafolatlansa hamda shu asosda idoraviy normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsa, bunday samarali faoliyat va yutuqlarning koʻpayishiga zamin yaratiladi.
Ma’ruf USMANOV suhbatlashdi va yozib oldi.
Mavzu boʻyicha materiallar:
Telekommunikatsiyasiz rivojlanish boʻlmaydi!
Yuqori ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun belgilangan imtiyozlar
Yoʻllardagi videokameralar qanday qonuniylashtiriladi
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:
Tergovchi guvoh, gumonlanuvchi yoki ayblanuvchidan pasportni olib qoʻyishi mumkinmi? Umuman olganda, pasportni qanday hollarda va kimga taqdim etish va berish mumkin?
Fuqarolar hamda korхona, tashqilot va muassasalarning mansabdor shaхslari tomonidan pasport-viza rejimi qoidalariga rioya etilishi qanday tekshiriladi?
Biz korхonamizda ishlashga хorijdan mutaхassislarni taklif qilmoqchimiz. Ularni ichki ishlar organlarida roʻyхatdan oʻtkazish uchun qanday hujjatlarni taqdim etish kerak? | 58 | 3,857 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Aripov va E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari va bu yerda bo‘lishlari va ularning tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorida:
1) 1-ilovada (Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi):
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari, shu jumladan tranzit kirish vizalari:
a) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama bitimi mavjud bo‘lgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
Bosh konsulliklar, konsulliklar, vitse-konsulliklar, konsullik agentliklari va elchixonalarning konsullik bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hisoblanadi;
b) xalqaro aeroport maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston aeroportlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan beriladi.
Aeroportlarda Tashqi ishlar vazirligining konsullik muassasalari va bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari xorijiy fuqarolarning barcha toifalariga beriladi.
Kirish vizalari, qoidaga ko‘ra, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi”;
3-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bo‘linmalari vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari uchun amalga oshiradi”;
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“g) ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha kelganlarga, biroq ko‘pi bilan 2-marta kelganlarga.
Vizaning uzaytirilishi respublika hududida rasmiy bo‘lishga ruxsatnomaning uzaytirilishini anglatadi. Amaliy jihatdan vizani uzaytirish amal qilish muddati yangilangan yangi viza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, xorijiy fuqaro akkreditatsiya qilingan taqdirda esa vizaning turi ham o‘zgartiriladi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar ushbu Tartibning 3-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarga ular akkreditatsiya qilingan muddatga, ushbu Tartibning 3-bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan fuqarolarga bir yilgacha muddatga beriladi”;
10, 11 va 13-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “ikki nusxada” so‘zlari chiqarib tashlansin;
12-bandning birinchi xatboshidagi “ikki nusxada” so‘zlari chiqarib tashlansin, “vaucher” so‘zi esa “taklifnoma” so‘zi bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, chet elga bormoqchi bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yashash uchun hujjatni, belgilangan namunadagi anketa-arizani, davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyani va 35 x 45 mm o‘lchamli 4 ta fotosuratni taqdim etgan holda, doimiy ro‘yxatda turgan joydagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qiladi.
Chet elga vaqtincha chiqishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga chet elga chiqish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri (keyingi o‘rinlarda stiker deb ataladi) rasmiylashtiriladi. Ko‘rsatilgan muddat mobaynida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bir necha marta chet elga chiqishi mumkin. Stikerning amal qilish muddati fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi yoki harakatlanish hujjatining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
Doimiy yashash uchun chet elga chiqishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga amal qilish muddatisiz stiker rasmiylashtiriladi”;
16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning murojaatini 15 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va chet elga chiqish huquqiga cheklovlar uchun asos bo‘lmagan taqdirda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasini rasmiylashtiradi hamda guvohnomaga yoki harakatlanish hujjatiga stikerni yopishtiradi.
Hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chet eldan qaytganidan keyin uch ish kuni mobaynida guvohnoma yoki harakatlanish hujjatini topshirish va o‘rniga O‘zbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnoma olish uchun kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qilishlari kerak.
Amal qiladigan stiker fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning haqiqiy bo‘lmagan guvohnomasidan yoki harakatlanish hujjatidan yangi guvohnoma yoki harakatlanish hujjatiga ko‘chirilgan hollarda, ushbu stikerni rasmiylashtirish muddati 7 ish kunidan oshmasligi kerak.
Chet elga xizmat safariga borayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, ular ishlaydigan tashkilotlarning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, chet elga chiqish huquqini cheklashlar uchun asos bo‘lmagan taqdirda, stikerni rasmiylashtirish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishni talab qiladigan shoshilinch davolanish zaruriyatini, og‘ir kasallik holatlarini yoki yaqin qarindoshi vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga va unga hamrohlik qiluvchi shaxslarga stikerni rasmiylashtirish muddati, chet elga chiqish huquqini cheklash uchun asos bo‘lmagan taqdirda, 5 ish kunidan oshmasligi kerak.
Doimiy yashash uchun chet elga chiqishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o‘z ota-onasining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek agar birgalikdagi nikohdan bolalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligini, shuningdek ular vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan hollarda, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasini kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga taqdim etadi”;
17-banddagi “xorijiy fuqarolar” so‘zlari “fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash uchun guvohnomasi va doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi:
xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar ular uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz O‘zbekistondagi doimiy yashash joyiga qaytmasa;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha tashqariga chiqqan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom bo‘lgach, agar ular harakatlanish hujjatini almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;
bekor qilish to‘g‘risida shaxsan murojaat qilsa yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxs murojaat qilsa yoki chet eldagi tegishli organlarning so‘rovi bo‘yicha bekor qilinadi”.
2) 2-ilovada (Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari):
15-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xorijiy fuqarolar o‘zi turgan joydagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
belgilangan shakldagi iltimosnoma;
qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan shakldagi iltimosnomasi;
milliy pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun hujjat;
uy-joy egasining vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishga yozma roziligi va uy-joyga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
Xorijiy fuqarolar vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirish uchun ichki ishlar organlariga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati tamom bo‘lishigacha uch ish kunidan kechikmay murojaat qilishlari kerak”;
32-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“32. Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab faqat xorijiy fuqarolar borishiga ruxsat berilgan joylarda harakat qilishlari shart.
Xorijiy fuqarolar vaqtincha bo‘lish joyiga kelishgach O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari yoki mehmonxonalarda hisobga turishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muayyan yashash joyida bo‘lgan davr uchun amalga oshiriladi. Uch kundan olti oygacha bo‘lgan davrda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish shaxsni doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarmasdan amalga oshiriladi. 6 oydan ortiq muddatga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish, xizmat safariga, ta’tilga, dam olish yoki davolanishga borayotgan shaxslardan tashqari, shaxsni doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqargan holda amalga oshiriladi”. | 209 | 9,705 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha komissiyaning tavsiyasi to‘g‘risida | Bugungi kunda parlamentda sidqidildan mehnat qilib, uning faoliyatiga salmoqli hissa qo‘shayotgan, saylovchilar bilan doimiy muloqot o‘rnatish va xalq manfaatlarini himoya qilishda, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ijodkorligi va samarali parlament nazoratini amalga oshirishda faollik ko‘rsatib, alohida natijalarga erishgan deputatlarni rag‘batlantirib borish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ishining samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish hamda qonun ijodkorligi, qonun hujjatlarini takomillashtirish, saylovchilar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda davlat va jamiyatni rivojlantirishning strategik yo‘llarini belgilashda parlamentning rolini oshirishga salmoqli hissa qo‘shayotgan, quyi palatadagi ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan deputatlarni rag‘batlantirish muhim omil hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha komissiyaning tavsiyasini ko‘rib chiqib, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha komissiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining quyidagi deputatlariga:
Shuxrat Tagaymuratovich Polvanovga — “Adolatli deputat” maqomini;
Rasul Xidiraliyevich Kusherbayevga — “Xalqparvar deputat” maqomini;
Maksuda Azizovna Varisovaga — “Mehnatkash deputat” maqomini berish to‘g‘risidagi tavsiyasi ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha komissiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sobiq deputati Polyante Gramitonovich Sveshnikovga “Faxriy deputat” maqomini berish to‘g‘risidagi tavsiyasi ma’qullansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga “Adolatli deputat”, “Xalqparvar deputat”, “Mehnatkash deputat”, shuningdek sobiq deputatiga “Faxriy deputat” maqomlarini berish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining muhokamasiga kiritilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 2,554 |
Qonunchilik | Xususiy bolalar bogʻchasi ochish: imkoniyatlar qanday | Prezident tomonidan 5.04.2018 yildagi PQ–3651-son maktabgacha ta’lim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qaror qabul qilindi.
Hujjatda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikning (DXSh) quyidagi shakllarini joriy etish nazarda tutiladi:
Sheriklikning boshqa shakllari ham boʻlishi mumkin.
DXSh Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijasiga asosan tuziladigan bitim asosida amalga oshiriladi.
Bunda хususiy sheriklarga investitsiya majburiyatlarining quyidagi turlari yuklanadi:
Xususiy sheriklarni moliyalashtirish
Davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi – davlat MTMning bitta tarbiyalanuvchisi uchun хarajatlar summasining 50%igacha. Moliyalashtirish mablagʻlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining alohida ochiladigan hisobvaragʻida jamgʻariladi. Jumladan Jahon banki va Osiyo taraqqiyot bankining kreditlari maхsus hisobvaraqni shakllantirish manbalariga aylanadi.
Maхsus hisobvaraq mablagʻlari tijorat banklariga foizsiz asosda nodavlat MTMni tashkil etish maqsadida koʻchmas mulk sotib olishni imtiyozli kreditlash uchun, aynan:
Shuningdek, kreditlar DXSh toʻgʻrisidagi bitim ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ham uchun ajratiladi.
Maхsus hisobvaraq mablagʻlari hisobidan imtiyozli kreditlar tijorat banklari tomonidan maktabgacha ta’lim faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik sub’yektlariga yillik 1% stavka boʻyicha 15 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi.
DXSh shartlarida tashkil etilgan muassasalar uchun soliq imtiyozlari haqida bu yerda oʻqing.
DXSh boʻyicha loyihalarda qanday tashabbus koʻrsatiladi va tanlov qanday oʻtkaziladi
Nodavlat maktabgacha ta’lim хizmatlari koʻrsatish istagida boʻlgan sub’yekt Maktabgacha ta’lim vazirligiga tegishli arizani beradi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Kelib tushgan ariza Vazirlik tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda 10 kun ichida koʻrib chiqiladi. Ulardan ijobiy хulosalar olinganidan keyin tanlov e’lon qilinadi. Tanlov, shuningdek, vazirlik tashabbusi bilan ham oʻtkazilishi mumkin.
U boshlanishidan 30 kun oldin vazirlikning sayti va boshqa OAVlarda, ijtimoiy tarmoqlarda tanlov savdolari oʻtkazilishi haqidagi e’lon joylashtiriladi. Tanlovda ishtirok etish uchun хususiy sherik quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Vazirlikka buyurtma topshiradi:
Ariza maхsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi, tanlov taklifi loyihani amalga oshirish uchun eng maqbul deb topilgan ishtirokchi tanlov gʻolibiga aylanadi. 10 kun ichida u bilan DXSh toʻgʻrisidagi bitim tuziladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 5.04.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 53 | 3,055 |
Qonunchilik | Toshkent shahridagi aholiga avtomobil yonilg‘isini naqd pulga sotuvchi ayrim avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini eksperiment tariqasida xususiylashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahridagi aholiga naqd pulga avtomobil yonilg‘isi sotadigan ishlab turgan 5 ta, loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan 4 ta avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini 1994-yil mobaynida eksperiment tariqasida xususiylashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda sotiladigan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ro‘yxatini va ularni sotish shartlarini belgilasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini jismoniy yuridik shaxslarga, shu jumladan, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga pul mablag‘lari manbalari to‘g‘risida deklaratsiya talab qilmasdan kimoshdi savdolari va tanlov asosida xususiy mulk qilib sotishni amalga oshirsinlar. Xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining yer maydonlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uzoq muddatli ijaraga berilsin.
4. Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini sotishdan tushgan mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-apreldagi 228-son qarori bilan tasdiqlangan kimoshdi savdosi va tanlovlar orqali sotilgan davlat mulki qiymatini to‘lash, bunday savdodan tushgan mablag‘larini taqsimlash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga muvofiq, sotilgan narxning butun summasini to‘lash uchun bir oy muddat belgilangan holda, taqsimlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari daromadlariga soliq solish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Xususiylashtirilgan xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishlash tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bilan birgalikda bir oy muddatda neft mahsulotlarini tovar-xomashyo birjasiga savdoga qo‘yish va sotish tartibini ishlab chiqsin.
12. Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalari tomonidan neft mahsulotlarini sotib olish, qabul qilish, saqlash, sotish va hisobga olish, texnika va yong‘in xavfsizligi, atrof muhit muhofazasi, sotiladigan neft mahsulotlari sifati qoidalariga hamda xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari to‘g‘risidagi nizomga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari Q.J. Haqqulov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
1. Xususiylashtirilgan xususiy avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari (keyingi o‘rinlarda AYQSh deb ataladi) avtomobillarni va boshqa xususiy mashina egalarining transport vositalarini yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash korxonasi hisoblanadi. Bu yerda avtomobil yonilg‘isi va moylash materiallari faqat naqd pulga sotiladi.
AYQShda moy, quyuq va suyuq, (konsistent) moylar, avtomobillar va boshqa transport vositalari uchun ehtiyot qismlar va jihozlar sotish, xususiy transport egalaridan ishlatilgan moylar va neft mahsulotlaridan bo‘shagan kichik hajmdagi idishlarni qabul qilish, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish va avtomobillarni yuvish ishlari tashkil etilishi mumkin.
2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri olingan neft mahsulotlarini qabul qilib olish va saqlash uchun AYQSh egalari tomonidan “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining maxsus ajratilgan neft bazasi ijaraga olinadi.
3. Neft mahsulotlarini AYQShga keltirish AYQSh egalarining o‘z mashinalari yoki boshqa idoralarning xavfsizlik shartlariga muvofiq keladigan transport vositalari bilan shartnoma shartlarida amalga oshiriladi.
4. AYQShni o‘lchov vositalari bilan jihozlash, texnik xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalanish tartibi, ularni saqlash va ehtiyotlash, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyati amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
AYQSh tegishli vitrinalar, reklamalar, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. AYQShning betonlangan va asfaltlangan hududi hamda avtomagistrallardan kirish yo‘llarida hech qanday kamchiliklar bo‘lmasligi kerak. AYoQSh maydonchalari tekis bo‘lishi va kolonnalarga va quyish qurilmalariga avtomashinalarning erkin kirib kelishini ta’minlashi kerak. AYoQSh binolari, inshootlari, maydonlari, shuningdek, ularga yondosh joylar sanitariya-maishiy, estetik, yong‘inga qarshi va ekologiya talablariga javob berishi kerak.
AYQShda foydalaniladigan asbob-uskunalar, avtoyonilg‘i quyish texnikasi tegishli normalarga javob berishi, atrof-muhitni ifloslantirmasligi kerak.
5. AYQSh atrofi kunning qorong‘i vaqtlarida amaldagi normalarga muvofiq yoritilgan bo‘lishi kerak. Yonilg‘i va neft mahsulotlari quyish joylarining yoritilishiga alohida e’tibor berilishi kerak.
6. AYQSh telefon va radio aloqasi hamda qo‘riqlash signalizatsiyalari bilan jihozlanishi shartdir.
7. AYQSh orqali sotiladigan neft mahsulotlarining sifati belgilangan texnik reglamentlarga yoki standartlarga javob berishi kerak.
8. Har bir AYQShda neft mahsulotlarini hisobga olish va o‘lchovlarning ishonchliligini hamda bir xilligini ta’minlash, shuningdek, ularning sifatini nazorat qilish uchun zarur asbob-uskunalar va o‘lchov vositalari bo‘lishi kerak. Ular “O‘zdavstandart” markazi tomonidan qo‘llashga ruxsat etilgan va Davlat metrologiya xizmatining tamg‘asiga yoki tekshirilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari kerak.
9. AYQShda majburiy tartibda belgilangan namunadagi kassa apparatlari o‘rnatiladi.
10. Har bir AYQShda tegishli hujjatlar bo‘lishi kerak.
11. AYoQSh xodimlari “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasining korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq tayyorgarlikdan, qayta tayyorgarlikdan o‘tishlari, malakalarini oshirishlari, texnika va yong‘in xavfsizligiga oid bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari kerak. "O‘zbekneftgaz" korporatsiyasining tegishli guvohnomasi bo‘lganda ularga ishlash uchun ruxsat etiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan talablarni bajarmaganlik uchun AYQSh egalari va xodimlari mazkur faoliyat bilan shug‘ullanishlarini taqiqlashgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladilar.
12. Loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan AYQShlarni xususiylashtirishda ularning egalari barcha ishlarning “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tomonidan Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ishlab chiqqan loyihalarga muvofiq to‘la hajmda bajarilishini ta’minlashlari kerak.
13. AYQSh egalari Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq solish va narx belgilash masalalariga oid qoidalar talablariga qat’iy rioya qilishlari kerak. | 173 | 7,198 |
Qonunchilik | “Hayotiy muhim infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qaroriga muvofiq hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida issiqlik elektr stansiyalari aylanma mablag‘lari va operatsion likvidlik ehtiyojlarini moliyalashtirish orqali elektr energetika sohasi salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2020-yil 9-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida Hayotiy muhim infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarz kelishuvi imzolanganligi;
“Hayotiy muhim infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — YETTB) tomonidan 81,6 mln yevro miqdorida 7 yil muddatga, shu jumladan 30 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 1 foiz plyus 6 oylik Euribor stavkasida va majburiyat uchun komissiya 0,5 foiz stavkasida qarz ajratilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-son qaroriga muvofiq xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida soliq va bojxona imtiyozlari taqdim qilinishi va institutsional rivojlanish loyihalari uchun loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarining ishlab chiqilishi talab etilmasligi;
loyihani amalga oshirish muddati 2 yil (2021-2022-yillar) etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha mas’ul;
“Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — issiqlik elektr stansiyalari) aylanma mablag‘lari va operatsion likvidlik ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun YETTB tomonidan ajratilgan qarzdan maqsadli hamda samarali foydalanish bo‘yicha tashabbuskor mas’ul ijrochilar — qarz oluvchilar hisoblanadi;
ETTB tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, shu jumladan foizlar, bir martalik komissiya va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq to‘lovlar tegishliligi bo‘yicha issiqlik elektr stansiyalarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
issiqlik elektr stansiyalari tomonidan YETTB qarzidan foydalanish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va uning filiallarida majburiy undiruvga (taqiqqa) tegishli bo‘lmagan va bo‘linmaydigan maxsus valyuta hisobvarag‘i ochiladi va yuritiladi.
3. “Hayotiy muhim infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ tomonidan qaytarishning prognoz jadvallari 2 — 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga loyiha doirasida YETTB qarzlarini O‘zbekiston Respublikasi va issiqlik elektr stansiyalari o‘rtasida tuziladigan qayta kreditlash to‘g‘risida bitimlarni imzolash vakolati berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va YETTB o‘rtasida imzolangan qarz kelishuvi, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalari o‘rtasida imzolangan qayta kreditlash to‘g‘risida bitimlarga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning belgilangan shtatlar soniga qo‘shimcha ravishda 4 ta shtat birligidan iborat loyihani o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni ta’minlash hamda monitoring yuritish bo‘yicha guruh tashkil etishni inobatga olib “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlasin.
7. Issiqlik elektr stansiyalariga auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish sertifikatiga ega bo‘lgan va YETTBning talablariga javob beradigan auditorlik kompaniyasi bilan o‘rnatilgan tartibda maxsus valyuta hisobvaraqlarni auditdan o‘tkazish uchun shartnomalarni imzolash tavsiya etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning talabnoma (buyurtma)lariga muvofiq:
Tashqi ishlar vazirligi — loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislar uchun belgilangan tartibda kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini;
Ichki ishlar vazirligi — loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga o‘rnatilgan tartibda ko‘p martalik vizalarning muddatini uzaytirishni, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash joyidan ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning muddatini uzaytirishni ta’minlasin.
9. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ tomonidan loyiha doirasida import tartibida olib kiriladigan ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan tegishli sinov laboratoriyalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashdan ozod etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin. | 160 | 6,195 |
Qonunchilik | “UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni e’lon qilingan daqiqadan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi “a” bandi O‘zbekiston Respublikasida ushbu Qonun qabul qilingunga qadar muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarga ham taalluqli bo‘ladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi shu yilning 15-sentabriga qadar “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy muddat ichida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rik to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. | 114 | 901 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘larini samarali boshqarish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘larini samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining chet el valyutasidagi operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan g‘azna ijrosi yo‘li bilan amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamg‘armalari uchun chet el valyutasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi;
budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan tijorat banklarida chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlari ochilishi taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan, shuningdek, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlar bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno.
2. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari chet el valyutasidagi mablag‘larining g‘azna ijrosi tartibi to‘g‘risidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi operatsiyalarini g‘azna ijrosi orqali amalga oshirish tartibini belgilash;
budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘larini samarali boshqarish;
davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi orqali budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi operatsiyalari bo‘yicha axborotlarni jamlash, hisobi va hisobotini yuritish;
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari (keyingi o‘rinlarda — budjet tizimi budjetlari) chet el valyutasidagi mablag‘larining g‘azna ijrosi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda kuyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
buyurtmachi — budjet tashkiloti va davlat maqsadli jamg‘armalari;
axborot tizimi — budjet tizimi budjetlarining budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan, budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi axborot tizimi;
“UzASBO” DM — budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy majmua.
chet el valyutasidagi Yagona g‘azna hisobvarag‘i (keyingi o‘rinlarda — YaVG‘H) — budjet tizimi budjetlarining valyuta operatsiyalarini g‘azna ijrosi yo‘li bilan amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi (keyingi o‘rinlarda — G‘aznachilik) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan maxsus bank hisobvarag‘i;
chet el valyutasidagi operatsiyalar tizimi — budjet tizimi budjetlari YaVG‘Xdan foydalangan holda axborot tizimi orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar tizimi;
Moliya vazirligining chet el valyutasidagi operatsiyalari-tashqi karzni qaytarish hamda davlat kafolatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash, chet el valyutasini sotish va sotib olish, chet el valyutasidagi mablag‘larni boshqarish va depozitlarga joylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq budjet ssudalarini va subsidiyalarini ajratish hamda kredit liniyalarini ochish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘larini ajratish bilan bog‘lik operatsiyalar.
3. Ushbu Nizomning amal qilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjetning g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan budjet tizimi budjetlariga tatbiq etiladi.
4. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan, shuningdek, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlar bilan bog‘liq alohida operatsiyalarga tatbiq etilmaydi va ushbu operatsiyalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
5. Har bir chet el valyutasi bo‘yicha alohida YaVG‘H ochiladi.
6. Budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘lariga G‘aznachilik tomonidan YaVG‘Hdan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish chet el valyutasidagi mablag‘larni kirim qilish, to‘lovlarni amalga oshirish, hisobini yuritish (keyingi o‘rinlarda — valyuta operatsiyalari) orqali amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank) axborot tizimlari o‘rtasida elektron raqamli imzo qo‘llanilgan holda axborot almashiladi.
8. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet tizimi budjetlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chet el valyutasida to‘lanadigan to‘lovlarni qabul qilish uchun belgilangan tartibda tushumlar bo‘yicha chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini (keyingi o‘rinlarda — ShG‘H) ochish va yopish G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
9. Buyurtmachilarning chet el valyutasidagi tushumlari (mablag‘lari) YaVG‘Hga kirim qilinadi hamda ularning ShG‘Hda aks ettiriladi.
10. Buyurtmachilarning chet el valyutasidagi xarajatlari (to‘lovlari) ShG‘H qoldiqlari doirasida YaVG‘Hdan G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan axborot tizimida amalga oshiriladi.
Buyurtmachilar ShG‘Hdagi mablag‘lar ular tomonidan tovarlar va xizmatlar importi uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq sarflanadi.
11. Moliya vazirligining chet el valyutasidagi operatsiyalarining hisobi valyuta turlari bo‘yicha G‘aznachilik tomonidan ochiladigan alohida ShG‘Hda yuritiladi.
12. Moliya vazirligining chet el valyutasidagi operatsiyalari G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
13. Moliya vazirligining chet el valyutasi yoki milliy valyutadagi mablag‘larini milliy valyutaga yoki aksincha chet el valyutasiga konvertatsiya qilish hamda to‘lovlarni amalga oshirish G‘aznachilik tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan buyurtmalar va to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida xalqaro moliya institutlari hamda chet el hukumatlari moliya tashkilotlarining qarz va kreditlarini jalb qilgan tashkilotlar jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish jadvali asosida G‘aznachilikning tegishli YaVG‘Hga o‘tkazib beradi.
15. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan berilgan Hukumat kafolatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida xalqaro moliya institutlari hamda chet el hukumatlari moliya tashkilotlaridan jalb qilingan qarz va kreditlarning qaytarilishi bo‘yicha to‘lovlar G‘aznachilik tomonidan YaVG‘Hdagi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
16. Moliya vazirligining ShG‘Hdagi bo‘sh turgan mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida chet el valyuta mablag‘lari G‘aznachilik tomonidan Markaziy bank depozitiga joylashtirilishi mumkin.
17. Markaziy bank tomonidan depozitga qabul qilingan Moliya vazirligining chet el valyutasidagi mablag‘lari va ularning qoldiqlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot Moliya vazirligining yozma murojaatiga asosan taqdim etiladi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro moliya institutlari hamda chet el hukumatlari moliya tashkilotlaridan jalb qilingan chet el valyutadagi qarzlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq G‘aznachilik tomonidan:
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini moliyalashtirishga;
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini moliyalashtirishga;
tarmoqlarni, iqtisodiyot sohalarini va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun kreditlarni (qarzlarni) qaytadan kreditlashga yo‘naltiriladi.
19. Budjet tizimi budjetlarining YaVG‘Hni yuritish uchun tegishli valyuta turlari bo‘yicha axborot tizimida G‘aznachilik tomonidan:
chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i (lari)ni ochish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi arizaga;
chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i (lari)ni yopish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizaga asosan amalga oshiriladi.
Buyurtmachilar ShG‘Hni ochish yoki yopish uchun taqdim qilingan arizalar, taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida ijro etiladi.
Buyurtmachilar tomonidan ShG‘Hni ochish yoki yopish uchun taqdim qilingan arizalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan yoki to‘liq to‘ldirilmagan hollarda, taqdim etilgan arizalar, ulardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta kiritish uchun bir ish kuni mobaynida qaytariladi va bu haqda buyurtmachi xabardor qilinadi.
20. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi buyurtmachilar tomonidan, dastlab ularga ShG‘H ochilganida hamda keyinchalik doimiy ravishda moliya yili boshlanishidan kamida besh ish kuni oldin har moliya yili uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ikkita asl nusxada tuziladi. Kartochkaning bitta asl nusxasi G‘aznachilik yoki uning hududiy boshqarmalariga taqdim qilinadi va ikkinchisi buyurtmachining o‘zida qoladi.
Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi buyurtmachilarning yuqori turuvchi tashkilotlari tomonidan tasdiqlanadi.
Agar buyurtmachilarning yuqori turuvchi tashkiloti bo‘lmasa, unda imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi ushbu buyurtmachilarning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
21. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasining orqa tomonida buyurtmachilarning ShG‘H raqamlari va nomlari ko‘rsatiladi.
22. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasiga buyurtmachilarning rahbari, bosh buxgalteri va uning o‘rinbosari, shuningdek, yuriskonsult yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslarning imzolari namunalari kiritiladi va buyurtmachilarning muhr izi bilan tasdiqlanadi. Agar buyurtmachilarda yuriskonsult shtati mavjud bo‘lmasa, uning imzosi bo‘lishi talab qilinmaydi.
23. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidagi imzolar namunalari tegishli xodimlarning o‘z qo‘llari bilan qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Imzolar namunalari faksimile orqali qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
24. Birinchi imzo huquqi bosh buxgalterga yoki ikkinchi imzo huquqiga ega boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.
Buyurtmachilarda buxgalter lavozimi bo‘lmaganda imzolar namunalari va muhr izi kartochkasining ikkinchi imzo qatorida “nazarda tutilmagan” yozuvi ko‘rsatiladi.
25. Shaxslarga vaqtinchalik birinchi yoki ikkinchi imzo huquqi berilganda, shuningdek, rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslardan biri vaqtinchalik almashtirilganda vaqtincha vakolatga ega bo‘lgan shaxsning imzo namunasi bo‘lgan kartochka, amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ikkita asl nusxada tuziladi va G‘aznachilik yoki uning hududiy boshqarmalariga bitta asl nusxasi taqdim qilinadi, ikkinchi asl nusxasi buyurtmachining o‘zida qoladi.
26. Buyurtmachining imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida aks ettirilgan muhr o‘zgarganda, imzolardan biri almashganda yoki to‘ldirilganda, ushbu buyurtmachi tasdiqlangan yangi imzolar namunalari va muhr izi kartochkasini taqdim etadi. Amal qilish muddati tugagan imzolar namunalari va muhr izi kartochkalari G‘aznachilik yoki uning hududiy boshqarmalarida saqlanadi.
27. G‘aznachilik yoki uning hududiy boshqarmalari imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidan buyurtmachilarning moliyaviy majburiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda va hisobga olishda, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirishda ulardagi imzolar va muhr izini imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko‘rsatilgan imzolar va muhr izi namunalariga solishtirishda foydalanadi.
Bunda buyurtmachilarning G‘aznachilik yoki uning hududiy boshqarmalariga taqdim qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlarini tasdiqlovchi hujjatlardagi imzolar va muhr izining haqiqiyligiga buyurtmachilar rahbarlari va bosh buxgalterlari javobgardir.
28. Buyurtmachi chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun ushbu Nizomga 4 va 5-ilovalarga muvofiq shakllarda G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalariga buyurtmanomalar taqdim etadi.
29. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar G‘aznachilik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan bir ish kuni mobaynida buyurtmanomalarda ko‘rsatilgan chet el valyutasini xarid qilish xarajatlarini qoplashga buyurtmachi ShG‘Xda yetarli mablag‘lar mavjudligi, shuningdek, chet el valyutasini xarid qilish uchun asoslovchi hujjatlar (xorijiy hamkor bilan tuzilgan shartnoma, bitim va boshqalar) hamda buyurtmachi vakolatli shaxslarining imzolari va muhr izini buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan imzo namunalari va muhr izi kartochkasiga muvofiqligi tekshiriladi hamda xatoliklar aniqlanmaganda, elektron shakldagi buyurtmanoma G‘aznachilik tomonidan shakllantiriladi.
Bunda G‘aznachilik chet el valyutasini xarid qilish uchun buyurtmanomani elektron raqamli imzodan foydalangan holda bir ish kunida Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha Markaziy bankka yuboradi.
30. G‘aznachilik tomonidan yuborilgan buyurtmanoma Markaziy bank uchun banklararo savdo sessiyasida chet el valyutasini xarid qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
31. Buyurtmanoma ijro qilinganidan so‘ng G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari uning bir nusxasini ShG‘Hdan ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘chirma bilan birga buyurtmachiga taqdim etadi.
32. G‘aznachilik Markaziy bank tomonidan qaytarilgan buyurtmanomalarda xatoliklar aniqlagan hollarda, xatoliklar aniqlangan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan, elektron shaklda yuborilgan hollarda esa shu kunning o‘zida kamchiliklarni asoslangan holda to‘g‘rilash uchun buyurtmanomalarni unga ilova qilingan ko‘chirma nusxasi bilan birga buyurtmachiga qaytaradi.
33. G‘aznachilik tomonidan Moliya vazirligining chet el valyutasidagi operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun elektron shakldagi buyurtmanoma shakllantiriladi va elektron raqamli imzodan foydalangan holda Markaziy bankka yuboriladi,
34. Chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan to‘lovlarni amalga oshirish uchun buyurtmachi G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalariga ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda ikkita nusxada to‘lov topshiriqnomasini taqdim etadi.
35. To‘lov topshiriqnomasi qabul qilinganidan so‘ng G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan bir ish kuni mobaynida:
to‘lov topshiriqnomasidagi imzolar va muhrning imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidagi imzolar va muhrlarga mosligi;
to‘lov topshiriqnomasining to‘g‘ri to‘ldirilganligi va ko‘rsatilgan ShKXDU yetarli mablag‘lar mavjudligi tekshiriladi.
Buyurtmachilarning tashqi savdo amaliyotlari monitoringini amalga oshirish maqsadida g‘aznachilik bo‘linmalari to‘lovlarni amalga oshirishda yoki akkreditiv ochishda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — TSOYEAT)dagi ma’lumotlarni shartnoma shartlari bilan solishtirishni amalga oshiradi.
Buyurtmachilar tomonidan TSOYEATga kiritilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan takdirda, g‘aznachilik bo‘linmalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu shartnoma bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi.
36. To‘lov topshiriqnomasi G‘aznachilik tomonidan tekshiriladi hamda kamchiliklar bo‘lmaganida to‘lovni amalga oshirish uchun elektron raqamli imzodan foydalangan holda Markaziy bankka yuboriladi.
37. To‘lov topshiriqnomasi ushbu Nizomning 35-bandi talablariga muvofiq bo‘lmaganda G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan to‘lov topshiriqnomasining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda bir ish kunidan kechiktirmasdan buyurtmachi mas’ul xodimiga qaytariladi.
38. G‘aznachilik tomonidan to‘lov topshiriqnomasining asl nusxasi Markaziy bankka taqdim etilmaydi.
G‘aznachilik tomonidan taqdim etilgan elektron to‘lov topshiriqnomalari to‘lovni amalga oshirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Bunda to‘lov topshiriqnomasining asl nusxasi G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalarida saqlanadi.
39. Bir ShG‘Hdan boshqa ShG‘Hga mablag‘ o‘tkazish buyurtmachi tomonidan G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalariga g‘aznachilik memorial orderini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
40. G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan buyurtmachining to‘lov topshiriqnomalari va g‘aznachilik memorial orderlarini ijro qilish ular taqdim etilgan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
41. Buyurtmachilar elektron to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalariga dasturiy ta’minot orqali shakllantirgan holda, elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda yuborishi mumkin.
42. G‘aznachilik tomonidan Moliya vazirligining chet el valyutasidagi operatsiyalarini amalga oshirishda to‘lovlarni amalga oshirish uchun elektron shakldagi to‘lov topshiriqnomasi shakllantiriladi va elektron raqamli imzodan foydalangan holda Markaziy bankka yuboriladi.
43. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnomada akkreditiv to‘lov shakli nazarda tutilgan bo‘lsa, buyurtmachi g‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalariga tegishli shartnomaning nusxasini ilova qilgan holda ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada akkreditivni ochish uchun ariza taqdim etadi.
44. G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan buyurtmachi taqdim qilgan akkreditiv ochish uchun ariza va unga tegishli shartnomadagi ma’lumotlarning bir-biriga muvofiqligi bir bank ish kunida tekshiriladi.
Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lganida, bir ish kuni ichida axborot tizimida akkreditiv ochish bo‘yicha elektron hujjat shakllantiriladi.
Elektron hujjat shakllantirilganidan so‘ng elektron raqamli imzodan foydalanilgan holda G‘aznachilik tomonidan bir ish kuni ichida Markaziy bankka yuboriladi.
45. G‘aznachilik tomonidan akkreditivni ochish uchun taqdim etilgan ariza (elektron hujjat) asosida Markaziy bank butunjaxon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati (keyingi o‘rinlarda — SWIFT) tizimi orqali akkreditiv ochish uchun tegishli tijorat bankiga belgilangan tartibda ijro etish uchun arizani yuboradi.
G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan akkreditivni ochish uchun taqdim etilgan elektron hujjat Markaziy bank uchun akkreditiv ochish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
46. Axborot tizimi orqali akkreditiv ochish uchun taqdim etilgan elektron hujjatlarning asl nusxalari G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalarida saqlanadi.
47. Akkreditiv ochilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot axborot tizimiga tushganidan so‘ng arizada ko‘rsatilgan mablag‘lar g‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan bir ish kuni buyurtmachining ShG‘Hdan akkreditiv hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda arizaning ko‘chirma nusxasi va unga ilova qilingan shartnoma nusxasi G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan buyurtmachilarga qaytariladi, asl nusxasi G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ShG‘H bo‘yicha yuritiladigan yig‘ma jildga tikiladi.
48. G‘aznachilik Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan akkreditivni ochish uchun arizani rasmiylashtirishda xatoliklar aniqlangan hollarda, xatoliklar aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, elektron shaklda yuborilgan hollarda esa shu kunning o‘zida xatoliklarni asoslangan holda to‘g‘rilash uchun arizani unga ilova qilingan shartnoma nusxasi bilan birga buyurtmachiga qaytaradi (yuboradi).
49. Buyurtmachilarning tuzilgan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarini amalga oshirish va monitoringini olib borish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Buyurtmachilarning tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi tegishli ma’lumot Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan kiritiladi.
50. Buyurtmachilarning tashqi savdo amaliyotlari monitoringini amalga oshirish maqsadida G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari to‘lovlarni amalga oshirishda yoki akkreditiv ochishda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidagi ma’lumotlarni shartnoma shartlari bilan solishtirishni amalga oshiradi.
51. Buyurtmachilar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu shartnoma bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi.
Buyurtmachilarning tashqi savdo shartnomalari hamda boshqa har qanday chet el valyutasidagi to‘lovlarini amalga oshirishda tijorat banklari va chet el banklari tomonidan undiriladigan vositachilik haqlariga to‘lovlar shartnoma asosida G‘aznachilik tomonidan buyurtmachilarning ShG‘Hdan amalga oshiriladi.
52. Naqd pul mablag‘larini olish uchun G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tijorat banklarida tegishli chet el valyuta turlari bo‘yicha mos ravishda 23212 — “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 — “Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlari ochiladi,
53. Buyurtmachining ShG‘Hdan naqd pul mablag‘lari olish va ularni qaytarish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
54. ShG‘Hdan naqd pul mablag‘larini olish uchun buyurtmachi G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalariga moddiy javobgar shaxsga berilgan ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi ishonchnomani hamda ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakldagi naqd chet el valyuta mablag‘larini olish uchun buyurtmanoma bilan birga taqdim etadi.
55. G‘aznachilik tomonidan to‘lovni amalga oshirish uchun Markaziy bankka yuborilgan elektron to‘lov topshiriqnomasini Markaziy bank SWIFT tizimi orqali bir ish kuni mobaynida tegishli tijorat bankiga ijro uchun yuboradi.
56. G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan axborot tizimida qabul qilingan to‘lov topshiriqnomasi asosida ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq shakldagi pul buyurtmanomasi shakllantiriladi va u qog‘ozga chiqarilgan holda to‘ldiriladi.
57. Markaziy bankdagi YaVG‘Hdan naqd chet el valyuta mablag‘larini olish uchun buyurtmanoma G‘aznachilik tomonidan muhr bilan tasdiqlanadi hamda buyurtmachiga taqdim etiladi.
G‘aznachilik hududiy boshqarmalarining tijorat bankidagi tranzit hisobvarag‘idan naqd chet el valyuta pul mablag‘larini olish uchun buyurtmanoma G‘aznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan muhr bilan tasdiqlanadi hamda buyurtmachiga taqdim etiladi.
58. G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan buyurtmachilarning naqd chet el valyutasidagi mablag‘larini olish uchun buyurtmanomalar taqdim etilgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
59. Buyurtmachiga naqd chet el valyutasi berish buyurtmanoma asosida Markaziy bank tomonidan G‘aznachilikning YaVG‘Hdan, tijorat banki tomonidan G‘aznachilikning hududiy boshqarmalarining tranzit hisobvarag‘idan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan buyurtmanomalar taqdim qilingan kunidan keyin bir ish kunidan kechiktirmasdan qaytariladi. Qaytarilgan buyurtmanomalar bir ish kuni mobaynida kamchiliklar bartaraf qilinib, qayta rasmiylashtiriladi va bankka taqdim qilinadi.
60. G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalariga taqdim etilgan tegishli hujjatlar va ushbu Nizomga muvofiq rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlardagi ma’lumotlarning asosliligiga, haqqoniyligiga va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligiga shaxsan buyurtmachi javob beradi.
61. G‘aznachilik tomonidan Markaziy bankka yuborilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning asosliligiga va haqqoniyligiga G‘aznachilik javobgar hisoblanadi.
62. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 121 | 24,479 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 304-sonli qarorini bajarish hamda O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini yuritish tartibini takomillashtirish maqsadida, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatiga olinsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev):
ushbu normativ-huquqiy hujjatni 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini yuritishga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni va nazorat qilishni, shuningdek ularga tegishli metodik yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2000-yil 30-dekabrdagi 178-mh-sonli “O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1000, 2000-yil 30-dekabr — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 24-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
5. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
6. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 304-sonli “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 8-son, 47-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi o‘z ichiga ushbu hujjatlarni markazlashtirilgan tartibda yig‘ish, hisobga olish, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatori (ro‘yxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) asosida normativ-huquqiy hujjatlarga kod berish, tizimlashtirilgan kartoteka yuritish, ular fondlarining nazorat holati hamda bunday hujjatlar to‘g‘risidagi markazlashtirilgan axborotni barpo etish va saqlab turishni qamrab oladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi) amalga oshiradi.
3. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobi yuritilishi kerak:
a) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;
g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
d) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari;
e) Qoraqalpog‘iston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari;
j) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
4. Normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtinchalik) va ularda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar xususiyatidan qat’i nazar, davlat hisobiga olinishi kerak, mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno.
5. Quyidagilar davlat hisobiga olinmaydi:
a) “Maxfiy” va “O‘ta maxfiy” belgisi qo‘yilgan hujjatlar;
b) yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar:
shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish yoki lavozimdan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, orden va medallar bilan mukofotlash, faxriy va harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga imtiyozlar berish to‘g‘risidagi va boshqa shu kabilar);
muayyan korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarga yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi hujjatlar;
tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);
v) loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish to‘g‘risidagi hujjatlar;
g) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan hamda yangi huquqiy normalarni o‘z ichiga olmagan, shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari to‘g‘risida xabardor qilishdan iborat bo‘lgan hujjatlar;
d) texnik hujjatlar, agar ular o‘z ichiga huquqiy normalarni olmasa;
e) tavsiya tusidagi hujjatlar;
j) sessiya, yig‘ilish, konferensiyalarni chaqirish to‘g‘risidagi hujjatlar;
z) normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hujjatlar;
i) umumiy majburiy tusga ega bo‘lmagan boshqa hujjatlar.
6. Mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar belgilariga faqat qisman muvofiq keladigan hujjatlar o‘zining qolgan qismida davlat hisobiga olinishi kerak.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 13-bandiga muvofiq, mazkur Nizomning 3-bandi “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari ularni qabul qilgan organlar tomonidan Adliya vazirligiga qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida qog‘oz va elektron shakllarda yuboriladi. Bunda normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakli Adliya vazirligiga elektron pochta tizimi orqali yuboriladi.
Mazkur Nizomning 3-bandi “d” kichik bandida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari qog‘oz va elektron shakllarda Adliya vazirligining Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi tomonidan taqdim etiladi.
Mazkur Nizomning 3-bandi “e” va “j” kichik bandlarida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida qog‘oz va elektron shakllarda yuboriladi.
8. Normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligiga va adliya boshqarmalariga muhrlangan holda davlat tilida oq-qora ko‘rinishda yuboriladi, shuningdek bir vaqtning o‘zida rus tilida ham taqdim etilishi mumkin.
9. Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi reyestrlarini (keyingi o‘rinlarda matnda reyestrlar deb yuritiladi) ilovaga muvofiq yuritadi.
Adliya vazirligiga va adliya boshqarmalariga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar, mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq ushbu normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni reyestrlarga kiritish bilan davlat hisobiga olinadi.
Adliya boshqarmalari har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 3-kunigacha, davlat hisobiga olingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida reyestrdan ko‘chirma shaklida olingan qog‘oz va elektron shakllardagi ma’lumotlarni Adliya vazirligiga jo‘natadi.
10. Ilgari davlat hisobiga olingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar, mazkur Nizomning 9-bandiga muvofiq reyestrga kiritiladi.
11. Reyestrga kiritilgan tuzatishlar, o‘zgartishlar va qo‘shimchalar bunga vakolatli shaxslar imzosi bilan tasdiqlanadi.
12. Reyestrga normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
normativ-huquqiy hujjatning reyestrdagi tartib raqami;
normativ-huquqiy hujjatni reyestrga kiritish sanasi;
normativ-huquqiy hujjatning turi;
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ(lar);
normativ-huquqiy hujjatning nomi;
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish sanasi va uning raqami (vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari uchun ularning Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan raqami va sanasi);
normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirish sanasi va amal qilish muddati;
normativ-huquqiy hujjatning rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
normativ-huquqiy hujjatning O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori bo‘yicha kodi;
boshqa ma’lumotlar (izoh).
13. Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari xronologik tartibda tizimlashtiriladi va maxsus yig‘majildlar hamda ma’lumotlarning elektron bazalarida saqlanadi.
14. Reyestrlar O‘zbekiston Respublikasi axborot resursining tarkibiy qismi bo‘lib, undagi davlat hisobiga olish uchun kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari esa rasmiy hisoblanadi.
15. Reyestrlar qog‘oz, elektron shakllarda yuritiladi va Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining rasmiy saytlarida e’lon qilinadi.
16. Davlat hisobiga qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida Adliya vazirligida va adliya boshqarmalarida normativ-huquqiy hujjatlarning fondlari tashkil etiladi.
17. Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari normativ-huquqiy hujjatlarni fondlarga o‘z vaqtida kiritilishini va tegishli o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan ularni nazorat holatida ushlab turishni ta’minlaydi.
18. Barcha yuridik va jismoniy shaxslar reyestrlarda joylashtirilgan ma’lumotlardan yozma murojaatlar asosida yoki Adliya vazirligining rasmiy saytidan axborot olishlari va undan foydalanishlari mumkin.
19. Reyestrlardan ma’lumot taqdim etish arizachining yozma murojaati asosida tegishlicha Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
20. Reyestrlarda ma’lumot olish uchun yozma murojaatda normativ-huquqiy hujjatni qidirish uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.
21. Reyestrlar va fondlarning saqlanishi, ishonchliligi uchun javobgarlik Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanadi. | 110 | 10,662 |
Qonunchilik | Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimlari va unga aloqador xodimlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi 1994-yilgi Konvensiyaga qo‘shilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimlari va unga aloqador xodimlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi 1994-yilgi Konvensiyaga qo‘shilinsin. | 139 | 261 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash h | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2015-yil 1-iyundan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi 2015-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda:
O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini amalga oshirish uchun alohida savdo maydonchasining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali, tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi bo‘yicha O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdolarda qatnashish qoidalarini tadbirkorlik subyektlari, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar e’tiboriga yetkazsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2015-yil 1-iyundan boshlab o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining (keyingi o‘rinlarda birja deb ataladi) maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
elektron katalog — birjaning maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini ta’minlovchi dasturiy-texnik majmua;
buyurtmachilar — budjet tizimi budjetlarining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qiluvchi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar — elektron katalogda o‘zining ofertasini joylashtirgan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan birja tomonidan belgilangan tartibda Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilishini kafolatlovchi yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari;
tovarlar — xarid qilinishi buyurtmachilarda shoshilinch va/yoki oldindan ko‘rilmagan zaruriyat tufayli yuzaga kelgan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar).
3. Elektron katalogda bitta shartnoma bo‘yicha 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lmaganga teng bo‘lgan, ularga shoshilinch va/yoki oldindan ko‘rilmagan zaruriyat yuzaga kelgan tovarlar xarid qilinadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Elektron katalogda xarid qilinadigan tovarlar ro‘yxati Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
4. Ushbu Nizomning amal qilishi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq tovarlarni xarid qilishga;
agar donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarning tartibotlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy investitsiyalar va kreditlar, qarzlar va xorijiy grantlar berish shartlarida tovarlarni xarid qilishning o‘zgacha tartibi belgilangan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan maxfiy tusdagi tovarlarni xarid qilishga tatbiq etilmaydi.
5. Elektron katalogda tovarlarning davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida birja tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan buyurtmachilar va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar qatnashadi.
6. Elektron katalog tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarning takliflaridan shakllantiriladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining elektron katalogga qo‘yilgan taklifi buyurtmachilarga yo‘naltirilgan ommaviy oferta hisoblanadi.
7. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar birjaning maxsus axborot portalida quyidagi ma’lumotlarni:
taklif etilayotgan tovarning nomini;
sotish narxini;
tovarning eng ko‘p va eng kam partiyasini;
tovarning markasi va texnik parametrlarini (texnik pasport yoki boshqa hujjat asosida);
tovarning rasmini;
tovarni yetkazib berish hududini;
tovarning ishlab chiqaruvchisi va tovar ishlab chiqarilgan mamlakat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
kafolat shartlari va muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
tovar ishlab chiqarilgan yilni;
tovarning yaroqlilik muddatini;
litsenziya, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat yoki sertifikat (agar faoliyat davlat xaridlari predmeti hisoblangan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lsa va qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanishi kerak bo‘lsa yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatni va muvofiqlik sertifikatini olishni talab etsa) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy tartibda joylashtiradilar.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi elektron katalogda joylashtirilgan axborotning ishonchliligi uchun to‘liq javob beradi.
8. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar (tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilishini kafolatlovchi yetkazib beruvchilar bundan mustasno) elektron katalogda xaridlarni amalga oshirish jarayonida ishtirok etishdan oldin birjaning hisob-kitob-kliring palatasida o‘zining shaxsiy hisob raqamida Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan miqdorda zakalatni joylashtiradi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining zakalati u tomonidan kontrakt imzolanguniga va u birjaning filiali yoki savdo maydonchasida ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar blokirovka qilinadi.
Buyurtmachilar va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar birjaning vositachilik yig‘imi summasi miqdorida avans to‘lovlarini kiritadilar.
9. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining ofertasi u elektron katalogga qo‘yilgan paytdan boshlab o‘n besh kun mobaynida amal qiladi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi ofertani u buyurtmachi tomonidan qabul qilinguniga qadar xohlagan muddatda olib tashlashga haqlidir.
10. Buyurtmachi elektron katalogda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarning ofertalarini o‘rganish yo‘li bilan o‘ziga zarur bo‘lgan tovarni tanlab oladi va tovarni tanlaganidan so‘ng narxlarni so‘rash mexanizmidan foydalanadi.
11. Narxlarni so‘rash mexanizmi o‘zida buyurtmachiga tovarni ofertadagiga qaraganda pastroq, o‘xshash tovarlarni yetkazib beruvchilarning narxlari bo‘yicha so‘rash imkonini beradigan dasturiy majmua funksiyasini ifodalaydi.
12. Birja elektron katalogda o‘xshash tovarlarni taklif qiluvchi barcha yetkazib beruvchilarga narxlarni so‘rashda ishtirok etish to‘g‘risidagi taklif jo‘natilishini ta’minlashi shart.
13. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar birja tomonidan narxlarni so‘rashda ishtirok etish to‘g‘risidagi taklif yuborilgan paytdan boshlab 48 soat mobaynida o‘z takliflarini berishga haqlidirlar.
14. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar manziliga yuboriladigan narxlarni so‘rashda ishtirok etish to‘g‘risidagi taklif buyurtmachi tomonidan tanlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining ofertasiga havolani o‘z ichiga oladi.
15. Narxlarni so‘rashda ishtirok etish to‘g‘risida taklif olingan paytdan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar buyurtmachi tomonidan tanlangan tovarning taklifida bayon qilingan shartlarda tovarni yetkazib berish to‘g‘risida o‘zining narxga doir takliflarini taqdim etishga haqlidir.
Narxlarni so‘rashda ishtirok etish to‘g‘risida taklif olgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi oferta narxidan past narx bo‘yicha taklif kiritishga haqlidir.
16. Agar narxlarni so‘rashda ishtirok etish davomida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi tomonidan taklif qilingan narx buyurtmachi tomonidan tanlangan narxdan 15 % va undan ortiq foiz past bo‘lgan taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi savdo predmetining har bir birligi uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi tomonidan taklif qilingan narx bilan buyurtmachi tomonidan tanlangan oferta narxi o‘rtasidagi tafovut miqdoridagi qo‘shimcha zakalatni oldindan kiritishi shart. Qo‘shimcha zakalat mavjud bo‘lmagan taqdirda, bunday takliflar elektron tizim tomonidan o‘z-o‘zidan rad etiladi.
17. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining qo‘shimcha zakalati u tomonidan kontrakt imzolanishi va u birjaning filiali yoki savdo maydonchasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi paytigacha birjaning hisob-kitob-kliring palatasida uning shaxsiy hisob raqamida blokirovka qilinadi.
18. Narxlarni so‘rash ishtirokchilari tomonidan berilgan narxga doir takliflarni taqqoslash elektron tizimning dasturiy majmuasi tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
19. Elektron tizim buyurtmachi bilan eng past narxni taklif qilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan bitimni ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda buyurtmachilar va elektron tizim tomonidan g‘oliblar sifatida aniqlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarning shaxsiy hisob raqamlaridan bitim summasining 0,05 foizi miqdorida birjaning vositachilik yig‘imini echib oladi.
20. Narxlarni so‘rash jarayonida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarning ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar yakunlar chiqarish paytigacha buyurtmachi yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarga ma’lum bo‘lmaydi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining nomi g‘olibni aniqlash paytida elektron tizimda aks ettiriladi.
21. Elektron tizim buyurtmachi tomonidan tanlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining ofertasida bayon qilingan shartlarga va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar tomonidan taklif qilingan eng past narxlarga muvofiq kontraktni shakllantiradi. Kontraktning elektron shakli buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi — g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Namunaviy kontrakt birja va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan tasdiqlanadi.
22. Buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi — g‘olib g‘olib aniqlangan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida kontraktni ikki nusxada imzolashi va uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘zlarining hududiy joylashish joyi bo‘yicha birjaning filiali yoki savdo maydonchasiga taqdim etishi shart.
23. Kontraktni ro‘yxatdan o‘tkazish birja tomonidan uni tuzilgan kontraktlarning elektron reyestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
24. Kontrakt birjaning filiali yoki savdo maydonchasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin bir ish kuni mobaynida tomonlar pochta, telegraf, teletayp yoki boshqa aloqa vositasi orqali kontrakt bo‘yicha tegishli hujjatlarni ayirboshlashlari kerak.
25. Tuzilgan kontraktlar reyestri birja tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi va birjaning ma’lumotlar bazalari elektron o‘zaro hamkorligi yo‘li bilan avtomatik rejimda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga yuboriladi.
26. Buyurtmachi tegishli hujjatlar bilan birgalikda kontrakt ayirboshlangandan keyin ikki ish kuni mobaynida uni ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga qabul qilish) uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi bo‘linmasiga taqdim etishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining bo‘linmasi buyurtmachilardan olingan kontraktlar asosida narxlar monitoringini o‘tkazmasdan kontraktlarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadi (hisobga qabul qiladi). Ro‘yxatdan o‘tkazilgan (hisobga qabul qilingan) kontraktlar reyestri O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan ma’lumotlar bazalarining elektron o‘zaro hamkorligi yo‘li bilan avtomatik rejimda birjaga yuboriladi.
27. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi — savdolar g‘olibi kontraktni imzolashni rad etgan taqdirda, birjaning hisob-kitob-kliring palatasidagi uning zakalati g‘olib aniqlangan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tegishli g‘aznachilik hisob raqami ko‘rsatilgan holda yagona g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi — savdolar g‘olibi kontraktni imzolashni rad etgan yoki boshqacha tarzda bosh tortgan taqdirda buyurtmachi kontraktni imzolashdan bosh tortish tufayli yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Kontraktni imzolashni rad etgan yoki boshqacha tarzda imzolashdan bosh tortgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi — savdolar g‘olibi birja tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni nohalol yetkazib beruvchilar reyestriga kiritiladi, yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari yuzaga kelishi munosabati bilan rad etish holatlari bundan mustasno.
28. Buyurmachi kontraktni imzolashni rad etgan yoki undan boshqacha tarzda bosh tortgan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi sudga murojaat qilishga haqlidir.
29. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi — savdolar g‘olibi shartnomani imzolashni rad etsa yoki undan boshqacha tarzda bosh tortgan taqdirda, birja bir ish kuni mobaynida buyurtmachi bilan narxlarni so‘rash boshlanguniga qadar buyurtmachi tomonidan ofertasi tanlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi kontraktni tuzadi.
30. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi tomonidan kontrakt majburiyatlari bajarilmagan taqdirda buyurtmachi tovarni ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda elektron katalogda xarid qiladi.
31. Buyurtmachi:
buyurtmachi tomonidan tovarlarning davlat xaridi amalga oshirilishida ushbu Nizomning ijrosi monitoringi uchun Hukumat komissiyasining ishchi organiga ishonchli axborot taqdim etilishi;
tuzilgan kontrakt shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bajarilmasligi;
kontraktni tuzish muddatiga rioya etilishi, kontraktni imzolash rad etilishi yoki uni imzolashdan bosh tortish va hujjatlarni o‘z vaqtida ayirboshlash uchun javob beradi.
32. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi:
tovarlarning davlat xaridida ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi;
tegishli litsenziya, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat yoki sertifikatda ma’lumotlarning mavjudligi va ularning ishonchliligi uchun javob beradi (agar faoliyat davlat xaridlari predmeti hisoblangan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lsa va qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanishi kerak bo‘lsa yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatni, sertifikatni olishni talab etsa);
tuzilgan kontrakt shartlari bajarilmasligi;
kontraktni tuzish muddatiga rioya etilishi, kontraktni imzolash rad etilishi yoki uni imzolashdan bosh tortish va hujjatlarni o‘z vaqtida ayirboshlash uchun javob beradi.
33. Birja:
buyurtmachilar va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish asossiz rad etilishi;
davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish hamda g‘olibni aniqlash tartibotlariga rioya qilinishi;
elektron katalog va maxsus axborot portali uzluksiz ishlashi;
savdo natijalari bo‘yicha tomonlar tomonidan tuzilgan kontrakt ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun javob beradi.
34. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
35. Kontrakt majburiyatlarini zarur tarzda ijro etish masalalari bo‘yicha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “54-bandida” so‘zi “54 va 55-bandlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 51-bandning “3” kichik bandiga “ro‘yxati Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan, davlat xaridlari O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan amalga oshiriladigan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno” so‘zlari qo‘shilsin;
v) 54-banddagi “ushbu Nizomning 51 bandi 1, 3 — 10-kichik bandlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek tovarlarni birja savdolarida xarid qilish va Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan boshqa hollar” so‘zlari “ushbu Nizomning 51 va 55-bandlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek tovarlarni Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan boshqa hollarda xarid qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) quyidagi mazmundagi 55-band qo‘shilsin:
“55. Bitta kontrakt bo‘yicha qiymati ekvivalentda 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan ro‘yxati Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) tadbirkorlik subyektlaridan O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan xarid qilinadi, ushbu Nizomning 51-bandi 1-2, 4 — 10-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan boshqa hollarda tovarlar xarid qilish bundan mustasno”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandida:
a) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“bitta kontrakt bo‘yicha qiymati ekvivalentda 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlaridan xarid qilinadigan, eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash”;
b) to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin. | 250 | 19,520 |
Qonunchilik | Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq hamda sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-metodistlariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
birinchi — jismoniy shaxslarga davlat xizmatlari markazlari orqali sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibini belgilash;
ikkinchi — sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish ishlarini amalga oshirish;
uchinchi — sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalari berish bo‘yicha mezonlarni tasdiqlash;
to‘rtinchi — sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalarini belgilash;
beshinchi — sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha malaka komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini belgilash.
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qo‘llashning samaradorligi va amalda qo‘llanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda:
Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati YIDXP orqali amalga oshirilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati bo‘yicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) davlat xizmatlari markazlari orqali sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
trener-o‘qituvchi — sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida muayyan sport turi bo‘yicha ta’lim dasturi asosida bevosita ta’lim beruvchi va sportchilarni tayyorlovchi mutaxassis;
yo‘riqchi-uslubchi — sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida tashkiliy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis.
3. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ko‘rsatiladi.
Ushbu Reglament “Xalqaro toifali trener” malaka toifasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4. Trener-o‘qituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
ikkinchi toifali trener;
birinchi toifali trener;
oliy toifali trener.
5. Yo‘riqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
ikkinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi;
birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi;
oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi.
6. Ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan beriladi.
“Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi” malaka toifalari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan beriladi.
Trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan tarzda haq to‘lash uchun asos bo‘ladi.
7. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
8. Davlat xizmati ko‘rsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
9. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
10. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tegishli so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) trener-o‘qituvchilar malaka toifalarini olish uchun:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
tayyorlagan sportchisining musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (musobaqa bayonnomasi va diplom nusxalari);
sportchi trener-o‘qituvchiga biriktirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
b) yo‘riqchi-uslubchilar malaka toifalarini olish uchun:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
yo‘riqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qo‘llanma(lar) nusxasi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
11. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
12. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun quyidagi miqdorda to‘lovlar undiriladi:
ariza ko‘rib chiqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida;
malaka komissiyasini o‘tkazish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida.
Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat qilinganda ushbu bandda ko‘rsatilgan to‘lovlar summasining 90 foizi undiriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilarida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” yoki “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvoniga, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar haq to‘lashdan ozod etiladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
13. To‘lovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
ariza ko‘rib chiqish uchun to‘lov summasining:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qilganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar:
ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — to‘liq ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
oliy toifali trener va oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — to‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar:
ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — to‘liq ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
oliy toifali trener va oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari uchun — to‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
malaka komissiyasini o‘tkazish uchun to‘lov to‘liq miqdorda vakolatli organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
14. Ariza beruvchi tomonidan arizada haqiqiy bo‘lmagan, soxta va noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘lib hisoblanadi, bundan murojaat qilingan vaqtda ma’lumotlar qayta to‘g‘rilangan holatlar mustasno.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Ariza beruvchi malaka toifalarini berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, malaka toifalarini beruvchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
15. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Bunda ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi.
Ariza beruvchining nomzodini komissiyadan o‘tkazish uchun to‘langan to‘lov summasi ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan to‘lig‘icha vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga qaytariladi.
Bundan ariza beruvchi malaka komissiyasidan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan holatlar mustasno.
16. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda, uning so‘rovnomasi Markaz xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
17. Malaka toifalari 5 yil muddatga beriladi. Ushbu muddat o‘tgandan so‘ng trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilar o‘z malaka toifalarini belgilangan tartibda qaytadan tasdiqlatishi shart.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.
Malaka toifalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijodiy ta’til olinganda ijodiy ta’til muddatiga, shuningdek, yoshga doir pensiyaga chiqish muddatiga bir yil qolganda bir yil muddatga uzaytiriladi.
Malaka toifalari qaytadan tasdiqlangunga qadar trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga ish haqi mutaxassis lavozimi bo‘yicha to‘lanadi.
18. Malaka toifalarining amal qilish muddati tugashidan qoidaga ko‘ra ikki oy oldin ariza beruvchilar ushbu Reglamentga muvofiq qayta murojaat qiladilar.
19. Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalari Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo, Paraosiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli xalqaro sport musobaqalari, O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi bo‘yicha beriladi.
Malaka toifalarini berishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalari ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
20. Sportchilarni keyingi sport mahoratini oshirish guruhlariga bergan trener-o‘qituvchilar ushbu sportchilarning natijalari bo‘yicha tegishli malaka toifalarini olishga haqli. Bunda ushbu trener-o‘qituvchi da’vogarlik qilayotgan malaka toifasidan oldingi malaka toifasi mezonlariga to‘g‘ri keladigan natijalarga erishgan sportchilarga ega bo‘lishi shart. Bu sportchilar erishgan natijalar bo‘yicha trener-o‘qituvchi faqat bir marta malaka toifasi olishi mumkin.
21. Vakolatli organning mas’ul xodimi so‘rovnoma va zarur hujjatlar tushgan kuni kerakli hujjatlarni tegishli malaka toifasini berish yoki tegishli malaka toifasini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun vakolatli organning malaka toifalarini berish bo‘yicha komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Malaka komissiyasi deb ataladi) kiritadi.
22. So‘rovnoma va hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, malaka komissiyasini o‘tkazish uchun to‘lovni to‘lamaslik malaka toifasini berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Malaka toifasi berilishini boshqa asoslarga binoan rad etish qat’iyan taqiqlanadi. Malaka toifalari ushbu Reglamentga 4, 5 va 6-ilovalarda nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq beriladi.
23. Vakolatli organ 3 ish kun ichida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan malaka toifasini berish yoki malaka toifasini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi va malaka komissiyasining qarorini tayyorlaydi. Malaka toifasini berish to‘g‘risidagi qaror yoki asoslangan rad javobi rasmiylashtirilgan kuni mas’ul shaxsning ERIsi bilan tasdiqlangan holda davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
24. Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda malaka toifasini berish to‘g‘risidagi qaror yoki asoslantirilgan rad javobi tushgandan so‘ng davlat xizmatlari markazi 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud bo‘lsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi (telefon raqami) orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga asosan unga elektron shaklda qaror yoki asoslangan rad javobini yoki qog‘oz shaklida muhr bosib berishi mumkin.
25. Trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga malaka toifalarini berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida a’zolari bir yil muddatga tayinlanadigan malaka komissiyasi tashkil etiladi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari malaka komissiyasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, viloyatlar hamda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosari — malaka komissiyasining raisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, sport federatsiyalari (uyushmalari), sport maktablarining rahbarlari hamda vakillari malaka komissiyasiga a’zo sifatida kiritiladi.
27. Malaka komissiyasi uning a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Malaka komissiyasi a’zolariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bazasi bilan yaxshi tanish bo‘lish.
28. Malaka komissiyasi raisi va a’zolari quyidagi hollarda komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin:
o‘z arizasiga ko‘ra;
u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda;
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda aniqlangan qoida buzishlari bo‘lganda;
vafot etgan taqdirda.
29. Malaka komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolarning ko‘pchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Malaka komissiyasi a’zosi bo‘lgan mutaxassisning hujjatlari komissiyada ko‘rilganda komissiya a’zosi bo‘lgan mutaxassisning ovozi hisobga olinmaydi.
30. Malaka komissiyasining yig‘ilishlari har oyning uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari yig‘ilishlari quyidagi hollarda rais tomonidan chaqiriladi:
yangi o‘quv yili boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda;
taqdim etilgan hujjatlar yig‘ilib qolganda.
31. Malaka komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolar tomonidan imzolanadi.
“Xalqaro toifali trener” malaka toifasini olgan trener-o‘qituvchilarning hisobi vakolatli organ tomonidan yuritiladi hamda malaka toifasini berish bo‘yicha barcha hujjatlar ikki yil mobaynida saqlanib, tegishli arxiv muassasalariga topshiriladi.
32. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
33. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy nazorat qiladilar va monitoring olib boradilar.
34. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
35. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Nufuzli sport musobaqalariga Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo, Paraosiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli xalqaro sport musobaqalari, O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi kiradi. Bunda:
1. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlarining nufuzi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
2. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha Jahon yoki Osiyo chempionati va kubogining nufuzi tegishli xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan belgilanadi.
3. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari bo‘yicha Jahon chempionati va kubogining nufuzi ushbu sport musobaqalarida kamida 20 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi, Osiyo chempionati va kubogining nufuzi esa, ushbu sport musobaqalarida kamida 10 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi.
4. Xalqaro sport musobaqalarining nufuzi sport turlari bo‘yicha tegishli xalqaro sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan ro‘yxatga olingan xalqaro sport musobaqalari bo‘yicha tan olinadi. Bunda ushbu sport musobaqalarida kamida 6 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan bo‘lishi kerak.
5. O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi nufuzi ushbu sport musobaqalarining xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilishi bilan belgilanadi. | 192 | 21,535 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublikada ishlab chiqariladigan va import qilinadigan mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) nomenklaturasi va turlari to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga axborot berish uchun muntazam yangilanib boriladigan elektron-axborot portalini yaratish;
ichki ishlab chiqarish quvvatlari, tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning hajmlari, shuningdek ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulotga ichki bozorda narxlarning o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
tovar bozorlaridagi narxlar, talab va takliflarning o‘zgarishi dinamikasini tahlil va monitoring qilish haqida shu asosda tegishli takliflar tayyorlash;
tarmoq bozorlari konyunkturasini respublika va hududlar kesimida kompleks o‘rganish, ularning muvozanatli rivojlanishi to‘g‘risida takliflar tayyorlash.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziriga zarur bo‘lganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida Markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot pa sanoat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Markaz direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmatlari sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining departamenti boshligiga tenglashtiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining budjetdan tashqari Markazni axborot bilan ta’minlash va moddiy rag‘batlantirishni tashkil etish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda budjetdan tashqari Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Vazirlik va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari bo‘yicha shartnoma asosida tovarlar va xizmatlar bozorini tadqiq etish borasida bajarilgan ishlar uchun olingan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar budjetdan tashqari Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda budjetdan tashqari Markazni axborot bilan ta’minlash va moddiy rag‘batlantirishni tashkil etish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Kuyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari;
budjetdan tashqari Jamg‘armaning to‘lov asosida bajarilgan ishlar uchun olingan mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi tugatilayotgan Tovar bozorlari konyunkturasinn o‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertiza qilish respublika markazining asosiy vositalari, mulki va boshqa aktivlari, arxiv hamda boshqa hujjatlari Markazga berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Markazning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq uni joriy ta’minlash, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lash, tashkiliy texnika, aloqa vositalari bilan jihozlash, ikkita yengil avtomobil xarid qilish va ularni saqlash uchun mablag‘ ajratsin;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertiza qilish respublika markazining tugatilishi munosabati bilan ayni vaqtgacha hisoblangan ish haqi bo‘yicha xarajatlarni qoplasin.
9. Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda, ikki oy muddatda Markazni tovar bozorlarini tahlil qilish, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali va tajribali mutaxassislar bilan ta’minlasin.
10. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Toshkent shahri. Islom Karimov ko‘chasi, 45 “a” uy manzilida joylashgan binosiga beg‘araz foydalanish hamda kommunal va ekspluatatsiya xarajatlarini qoplamaslik huquqi bilan joylashtirilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Ko‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni va uning nazoratini amalga oshiradi, Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi hamda xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi.
3. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining alohida mulkiga, mustaqil balansiga, banklarda hisob-kitob va valyuta hisobraqamlariga, o‘zining nomi yozilgan dumaloq muhrga, firma blankalariga hamda shtampga ega bo‘ladi.
4. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Ustavga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi qarorlariga amal qiladi.
5. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining topshiriqlari va buyurtmalari, vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari asosida amalga oshiradi.
6. Markazning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi, qisqartirilgan nomi — TBEYIChTM;
b) ingliz tilida:
to‘liq — The centre for studies of industrial markets and export-oriented production under the Ministry of Economy and Industry of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — CSIMEP;
v) rus tilida:
to‘liq — Sentr issledovaniy otraslevix rinkov i eksportooriyentirovannogo proizvodstva pri Ministerstve ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — SIOREP;
7. Markaz (pochta manzili) Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 45a uy manzilida joylashgan.
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublikada ishlab chiqariladigan va import qilinadigan mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) nomenklaturasi va turlari to‘g‘risida xo‘jalik yuriluvchi subyektlarga axborot berish uchun muntazam yangilanib boriladigan elektron-axborot portalini yaratish;
ichki ishlab chiqarish quvvatlari, tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning hajmlari, shuningdek, ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulotga ichki bozorda narxlarning o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
tovar bozorlaridagi narxlar, talab va takliflarning o‘zgarishi dinamikasini tahlil va monitoring qilish hamda shu asosda tegishli takliflar tayyorlash;
tarmoq bozorlari konyunkturasini respublika va hududlar kesimida kompleks o‘rganish, ularning muvozanatli rivojlanishi to‘g‘risida takliflar tayyorlash.
9. Markaz unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) respublikada ishlab chiqariladigan va import qilinadigan mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) nomenklaturasi va turlari to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga axborot berish uchun muntazam yangilanib boriladigan elektron-axborot portalini yaratish sohasida:
bozorlarni o‘rganish natijalari sharhlari va axborot-uslubiy ma’lumotlar bazasining yuritilishini ta’minlaydi;
bozordagi tendensiyalarning o‘zgarishi yuzasidan monitoring o‘tkazadi va bozorlarni rivojlantirish borasidagi muammolar va xavflarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;
respublika va hududlar bo‘yicha tovarlarning strategik muhim turlari bo‘yicha bozor konyunkturasi sharhini tayyorlaydi;
iste’mol bozorini talab yuqori bo‘lgan tovarlar bilan to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;
b) ichki ishlab chiqarish quvvatlari, tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning hajmlari, shuningdek, ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulotga ichki bozorda narxlarning o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish sohasida:
asosiy tovarlar guruhlari bo‘yicha tovar bozorlari, shu jumladan iste’mol bozorlarining holati to‘g‘risida har oylik tahliliy ma’lumotnomalar va har choraklik konyunktura sharhlarini tayyorlaydi;
respublikada ishlab chiqariladigan va xorijdan import qilinadigan mahsulotlarning (tovarlar va xizmatlar) nomenklaturasi va turlari to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni xabardor qilish maqsadida Markazning elektron-axborot portalini yangilab boradi;
ichki ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi, tovarlarga bo‘lgan talab va taklif hajmlari haqida ma’lumotlar bazasi yuritilishini ta’minlaydi;
tovar bozorlaridagi narxlar dinamikasi, talab va taklifning o‘zgarishlarini tahlil va monitoring qiladi;
tarmoq bozorlarini tartibga solishda yangi innovatsiya mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
v) tovar bozorlaridagi narxlar, talab va takliflarning o‘zgarishi dinamikasini tahlil va monitoring qilish hamda shu asosida tegishli takliflar tayyorlash sohasida:
respublika va hududlar bo‘yicha tarmoq bozorlari konyunkturasini kompleks o‘rganadi hamda shu asosda ularni muvozanatli rivojlantirish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
ayrim bozorlarning rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil va prognoz qiladi;
bozorlarda import tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganadi, import o‘rnini bosish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
respublika hududida o‘zlashtirilishi taklif etilayotgan ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqish bo‘yicha investitsiya loyihalarini asoslarini tayyorlaydi va ishlab chiqadi;
g) tarmoq bozorlari konyunkturasini respublika va hududlar kesimida kompleks o‘rganish, ularning muvozanatli rivojlanishi to‘g‘risida takliflar tayyorlash sohasida:
omillarning tovar bozorlari o‘zgaruvchanligiga ta’sirini baholaydi, ularning raqobat ustunliklarini aniqlaydi;
tovar bozorlarini rivojlantirishda narx o‘zgaruvchanligi omillarini, tavakkalchiliklarni o‘rganadi va aniqlaydi;
bozordagi vaziyatni belgilab beradigan sababli-oqibatli bog‘liqliklar va omillarni aniqlaydi;
bozor holati hisobga olingan holda, import qilinadigan tovarlar uchun asoslangan soliq stavkalari va bojxona to‘lovlarini (bojlar, aksizlar va QQS) belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
d) sanoat tarmoqlarining, shu jumladan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarning ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish va o‘rganish sohasida;
sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish salohiyatini, shu jumladan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni tahlil qiladi va o‘rganadi;
sanoat tarmoqlari, shu jumladan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlar salohiyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorga chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan tarmoq bozorlarining asosiy miqdoriy ko‘rsatkichlarini baholaydi.
10. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tovar bozorlari ko‘rsatkichlari, respublikada ishlab chiqarilayotgan va import qilinadigan mahsulot (tovarlar va xizmatlar) nomenklaturasi va turlari to‘g‘risidagi zarur axborotni to‘plash va unga qayta ishlash, shuningdek, Markaz veb-saytida joylashtirish;
tarmoq bozorlari ko‘rsatkichlarini tadqiq etish va monitoring qilish bo‘yicha uslubiy materiallar ishlab chiqish;
ayrim tovar bozorlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
ayrim tovar bozorlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish hamda zarur ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish;
tashkilotlar va aholi o‘rtasida intervyu oluvchilar hamda javob beruvchilarni shartnoma asosida jalb qilgan holda, so‘rovnoma va boshqa ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
ayrim tarmoq bozorlarini muvozanatli rivojlantirish, shuningdek, sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish bo‘yicha prognoz-tahliliy materiallar, konyunktura sharhlari va takliflar tayyorlash;
belgilangan muddatlarda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tayyorlaydigan iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini rivojlantirish bo‘yicha prognoz-tahliliy materiallar, kompleks va maqsadli dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etish;
Markaz faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha respublika va xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
grantlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
to‘lov asosida tuzilgan shartnomalarga muvofiq vazirliklar va xo‘jalik subyektlarining buyurtmalari bo‘yicha markaz faoliyatidan kelib chiqadigan marketing va konyunktura tadqiqotlari xizmatlarini ko‘rsatish;
Markazga yuklangan vazifalardan kelib chiqadigan maslahat, axborot va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida markaz faoliyatini yaxshilashga yordam beradigan filiallar tashkil etish;
Markazga yuklangan vazifalarini bajarish doirasida uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar, uskunalar, nou-xau va boshqa mahsulotlarni sotib olish;
mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan marketing va konyunktura tadqiqotlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar tuzish;
Markaz mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda oshirish;
tovar bozorlarini o‘rganish va investitsiya loyihalarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha konferensiyalar, o‘quv seminarlari, simpoziumlar va davra suhbatlarini o‘tkazish;
Markaz faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida tovarlar bozorlarining konyunktura sharhlari haqida tahliliy materiallarni tarqatish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Markaz:
tarmoq bozorlari bo‘yicha konyunktura sharhlari va tahliliy materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi uchun va boshqa tashkilotlarning buyurtmasiga ko‘ra bajariladigan tahliliy ishlanmalarning yuqori sifat darajasini va ilmiy asoslanganligini ta’minlashi shart.
12. Markazga O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Markaz direktori barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, shuningdek xorijiy mamlakatlarda Markazni ifoda etadi.
13. Direktor:
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri bilan kelishgan holda, Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bitta o‘rinbosarga ega bo‘ladi;
maqomi, mehnatga haq to‘lash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi departamentining boshlig‘iga tenglashtiriladi;
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziriga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.
14. Markaz xodimlari maqomi, mehnatga haq to‘lash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi xodimlariga tenglashtiriladi.
15. Markaz direktori:
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Markaz bo‘limlari boshliqlarining hisobotini eshitadi;
qonun hujjatlariga muvofiq Markaz xodimlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida qo‘shimcha pul, mukofot va boshqa pullarni to‘lash tartibi va shartlarini belgilaydi;
Markazga yuklangan vazifalar uchun shaxsan javob beradi;
Markaz faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha tezkor majlislar o‘tkazadi;
Markaz xodimlarini intizomiy jazoga tortish va rag‘batlantirish masalalarini hal qiladi;
o‘z o‘rinbosari va Markazning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, Markazning alohida uchastkalariga rahbarlik qilishi borasidagi o‘z o‘rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;
Markaz tomonidan ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshirishning tegishli darajasini ta’minlaydi;
mahalliy va xorijiy tashkilotlarda Markazni ifoda etadi;
belgilangan tartibda Markaz mulkini va mablag‘larini tasarruf etadi;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Markaz faoliyatining vazifalari va yo‘nalishlariga mos keladigan tadqiqotlarning mavzuli rejalarini ishlab chiqadi;
Markaz faoliyatini ta’minlash uchun boshqa masalalarni belgilangan tartibda hal etadi;
qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
16. Markaz budjetdan tashqari Markazni axborot bilan ta’minlash va moddiy rag‘batlantirishni tashkil etish jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda budjetdan tashqari Jamg‘arma deb ataladi) ega bo‘ladi va uning mablag‘laridan:
Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish (sanatoriy-kurort va tibbiy xizmat ko‘rsatish, mukofotlar to‘lash. ustama pullar belgilash, moddiy yordam va boshqalar);
Markaz faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash;
Markaz xodimlarini o‘qitish, ularning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga tashriflarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
Markaz faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
17.Direktor Markaz faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziriga muntazam hisobot beradi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Markaz faoliyatini unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qilib boradi.
19. Markaz mulkini quyidagilar tashkil etadi: asosiy fondlar (uskunalar, transport vositalari va boshqalar), aylanma vositalar, shuningdek, moliyaviy resurslar va barcha moliyalashtirish manbalari hisobiga sotib olinadigan boshqa moddiy boyliklar. Markaz mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
20. Markaz o‘ziga biriktirilgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
21. Barcha tadqiqot materiallari, shuningdek, tuzilgan shartnomalarga muvofiq Markaz buyurtmasiga binoan boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilgan tadqiqotlar Markaz faoliyatining intellektual mulki obyektlari hisoblanadi.
22. Xo‘jalik, ilmiy-texnik faoliyatdan tushgan daromadlar, shuningdek, xayriya, homiylik mablag‘lari va beg‘araz tushumlar hisobiga sotib olingan mulk va vositalar Markaz mulki hisoblanadi.
23. Markazning budjetdan tashqari Jamg‘armasiga pul mablag‘larini kiritish hajmi va tartibi budjetdan tashqari Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.
24. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi. | 188 | 20,743 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2012-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2012-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. | 123 | 225 |
Qonunchilik | “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-549-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-549-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 238 | 410 |
Qonunchilik | O‘zbekiston SSR aholisiga oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari sotishni barqarorlashtirishga doir muvaqqat choralar haqida | O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti respublika iste’mol bozorini barqaror qilish maqsadida qaror qiladi:
1. 1990-yil 30-maydan boshlab respublika territoriyasida yashovchi aholiga oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollarini pasport, xizmat guvohnomasi, student bileti, pensiya guvohnomasi hamda shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga qarab sotishning muvaqqat tartibi joriy etilsin.
Respublikaga vaqtincha (komandirovka, harbiy xizmat, turistik safar, mehnat shartnomasi bo‘yicha ish va boshqa sabablar bilan) kelgan fuqarolarga kundalik ehtiyoj mollari xalq deputatlari mahalliy Soveti tegishli ijroiya komiteti tomonidan belgilab qo‘yilgan alohida ro‘yxat va normaga muvofiq sotiladi.
Xalq an’analari va udumlari (to‘ylar, dafn marosimlari, marhumlar hurmati uchun o‘tkaziladigan marosimlar va boshqalar) bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida aholiga oziq-ovqat mahsulotlari va mollar sotish normasi ko‘zda tutilsin.
Xaridorgir nooziq-ovqat mollarni sotish xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya komitetlarining qaroriga muvofiq amalga oshirilsin.
3. Mollarni sotishning muvaqqat tartibi joriy etilishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti, viloyat ijroiya komitetlari va Toshkent shahar ijroiya komiteti vujudga keladigan barcha masalalarni ko‘rib chiqsinlar va hal etsinlar, shuningdek, mollarning belgilangan normaga muvofiq sotilishini nazorat qilib turishni ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston SSR Savdo ministrligi, O‘zbekbirlashuv, O‘zbekiston SSR Davlat moddiy-texnika ta’minoti komiteti, O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi davlat-kooperativ komiteti, O‘zbekiston SSR Don mahsulotlari ministrligi, O‘zbekiston SSR Binokorlik materiallari sanoati ministrligi, O‘zbekiston SSR Qurilish ministrligi, O‘zbekiston SSR Davlat neft mahsulotlari bilan ta’minlash komiteti, Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti, viloyat ijroiya komitetlari, Toshkent shahar ijroiya komiteti savdoning uzluksiz bo‘lishini ta’minlash uchun planga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish hisobidan, shuningdek tovar ayirboshlash yo‘li bilan olingan resurslardan mollarning zapaslarini vujudga keltirish uchun zarur choralarni ko‘rsinlar.
Savdo tashkilotlariga ana shu maqsadda normativ tovar zapaslarini ko‘paytirishga ruxsat etilsin. SSSR davlat banki, O‘zbekiston respublika banki, ixtisoslashtirilgan banklar yiliga 2 foiz foyda olib, normadan ortiqcha mollar zapaslariga kredit berishni ta’minlasinlar.
5. O‘zbekbirlashuvga “Sentrosoyuz” yo‘li bilan tovar ayirboshlash operatsiyalari orqali olingan radioteleapparatlar va boshqa chet el mollarini O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining roziligi bilan oziq-ovqat mahsulotlariga va binokorlik materiallariga almashtirish uchun mamlakatning boshqa regionlariga yuborish tavsiya etilsin. Respublika uchun ajratilgan chet el radiotexnikasini 1991-yildan boshlab tegishli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari, tikuv va to‘quv mashinalari, bolalar uchun chiqarilgan tovarlarga almashtirish imkoniyatlari “Sentrosoyuz” bilan birgalikda ko‘rib chiqilsin.
7. O‘zbekiston SSR Davlat televideniye va radioeshittirish komiteti, O‘zTAG, respublika gazetalari redaksiyalari mazkur qarorni matbuotda e’lon qilsinlar, uni keng yoritish bo‘yicha ko‘rsatuv va eshittirishlar turkumi tayyorlashni nazarda tutsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari o‘rtoq D. D. Berkovga, Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Sovetining, viloyat ijroiya komitetlarining, Toshkent shahar ijroiya komitetining raislariga yuklatilsin. | 120 | 3,523 |
Qonunchilik | “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasining faoliyat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘r | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son “Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2007-yil 28-noyabrdagi 297-son “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasining faoliyat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1753, 2007-yil 26-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 544-modda);
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-son “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasining faoliyat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1753-1, 2014-yil 2-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 36-son, 457-modda).
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,088 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-543-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 16-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-543-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 155 | 409 |
Qonunchilik | Tibbiyot muassasalarida koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Tibbiyot muassasalarida koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom talablari davlat sog‘liqni saqlash tizimiga kirmaydigan, tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Koxlear implantatsiya operatsiyalari ikki tomonlama sensonevral eshitish pastligining III-IV darajalari qayd etilgan yoki kar bo‘lgan shaxslarning (bundan buyon matnda bemorlar deb yuritiladi) eshitish qobiliyatini ko‘p kanalli elektrod yordamida ichki quloqqa stimul berish orqali tiklash maqsadida o‘tkaziladi.
3. Koxlear implantatsiya operatsiyalari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) o‘tkaziladi.
4. Bemor bolalar uchun koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazish va koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari bepul amalga oshiriladi.
Koxlear implantatsiya operatsiyasi bemor bola 5 yoshga to‘lganga qadar o‘tkazilganda ijobiy natija berishini hisobga olib, budjet mablag‘lari hisobiga xarid qilingan implantatlardan samarali foydalanish uchun ular 5 yoshga to‘lmagan bolalarga bepul taqdim etiladi.
5 yoshga to‘lmagan bemor bolalarning ota-onalari, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki homiylari budjet mablag‘lari hisobiga xarid qilingan implantat hisobiga amalga oshiriladigan koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha navbatni kutishni istamagan taqdirda, implantatni o‘zlari sotib olishlari mumkin.
5 yoshga to‘lgan va undan oshgan bemor bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyasi ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki homiylarning istagiga ko‘ra va ular tomonidan implantant sotib olingan taqdirda o‘tkaziladi.
Yoshidan qat’i nazar, meningit kasalligi natijasida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bemor bolalarda olti oy ichida koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkaziladi va ularga implantat bepul asosda taqdim etiladi. Bemor bola meningit kasalligi natijasida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan vaqt uning kasallik tarixidan ko‘chirmaga asosan aniqlanadi.
5. Implantat faqat bitta quloq uchun bepul taqdim etiladi.
Oilada ikki yoki undan ortiq 5 yoshga to‘lmagan bemor bola bo‘lganda, koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari samaradorligini ta’minlash maqsadida, implantat bir kalendar yilda ulardan faqat bittasiga bepul taqdim etiladi.
6. Mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilmagan fuqarolar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga muvofiq, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarda koxlear implantatsiya operatsiyasi va undan keyingi reabilitatsiya tadbirlari Markaz tomonidan pulli asosda o‘tkaziladi.
7. Bemor bolalarning yoshi ular mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq ko‘rikdan o‘tkazilgan sana bo‘yicha belgilanadi.
8. Mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan bemor bolalarni koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish uchun Markazga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan bemorlarni koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish uchun Markazga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish uchun Markazga qabul qilingan barcha bemorlar Markazda audiologik, nur diagnostikasi, surdopedogogik, logopedik, psixonevrologik, umumiy va maxsus klinik tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
11. Quyidagi holatlar koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazishga ko‘rsatmalar hisoblanadi:
bola ilk yoshidan eshitish apparatidan doimiy ravishda foydalangan va samarasi past bo‘lganligiga qaramasdan og‘zaki ko‘nikmalar shakllanganligi;
eshitish apparati qo‘llanilganda ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni 40 foizdan, bir bo‘g‘inli so‘zlarni 20 foizdan kam bo‘lmagan darajada anglash;
faqat past, o‘rta chastotali tovushlarni, 1-2 metr masofadan shartli reflektor reaksiyalari yordamida yuqori chastotali tovushlarni qabul qila olish;
past, o‘rta va yuqori chastotali nonutqiy tovushlarga 3 metrdan kam bo‘lmagan masofadan beixtiyor va ixtiyoriy reaksiyalar mavjudligi;
baland tovush va ovozlarni eshitish reaksiyalarining rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlar mavjudligi;
imo-ishoradan foydalanmagan holda so‘zlovchining yuzidan uning so‘zlayotganligini tushunish;
ovoz faolligining oshishi, undosh harflarga artikulatsiya tovushlarining mavjudligi;
eshitish apparatidan uch oy mobaynida muntazam foydalanish ijobiy natija bermagan va nutqli audiometriya ma’lumotlariga ko‘ra, ochiq tanlangan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni anglash darajasi 30 foizdan kam bo‘lgan holda faqat so‘zsiz tovushlarga reaksiyaning ijobiy tomonga rivojlanganligi;
akustik refleksometriyada akustik reflekslarning qayd etilmaganligi;
ushlanilgan chaqiriluvchi otoakustik emissiyasida eshitish potensiallarining qayd etilmaganligi;
eshitishning chaqiriluvchi qisqa chastotali potensiallari tekshiruvida V darajali cho‘qqi 30 — 80 detsibelda eshitish potensiallari yo‘qligining qayd etganligi;
modullangan ohangda statsionar chaqiriluvchi eshitish potensiallari qayd etilganligi;
promontorial test ma’lumotlariga ko‘ra, berilgan elektr ta’siri natijasida eshitish hissiyotining paydo bo‘lganligi;
erkin tovushlar maydonida tovush qabul qilish darajasi 2000 va 4000 Gts chastotalarda 55 detsibeldan yuqoriligi;
nur diagnostikasi ma’lumotlariga ko‘ra, koxleovestibulyar patologiyasi, chig‘anoq ichki yuzasining sezilarli obliteratsiyasi hamda retrokoxlear patologiyalarning yo‘qligi.
12. Quyidagi holatlar koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazishga qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi:
kompyuter tomografiyasi va magnit rezonans tomografiyasi natijalariga ko‘ra, chig‘anoqning elektrod zanjirini kiritishga imkon bermaydigan darajada qisman yoki to‘liq ossifikatsiyasi;
rejali jarrohlik muolajalariga mutloq qarshi ko‘rsatma bo‘luvchi somatik kasalliklarning (yurak-qon tomirlari, buyrak va jigarning og‘ir kasalliklari, qon kasalliklari, qandli diabet, sil, zaxm, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi va boshqalar) mavjudligi;
nutqning imo-ishora va daktil nutq asosida to‘liq shakllanganligi;
bemorlar, bemor bolalarning ular bilan birgalikda yashovchi ota-onalarida koxlear implantatsiya opersiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish va koxlear implantatdan foydalanishni qiyinlashtiruvchi ruhiy va chuqur nevrologik buzilishlar (autizm, shizofreniya, psixopatiya, autoagressiya, epilepsiya, tutqanoq sindromi, elektroensefalogrammada aniqlangan tutqanoqqa moyillik) mavjudligi;
retrokoxlear kasalliklar mavjudligi, auditor neyropatiyadan (chig‘anoq yoki eshituv nervi yo‘qligi, eshituv tizimining yuqori sathlaridagi shikastlanishlar) tashqari;
bemorlarda, bemor bolalarning ota-onalari, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki homiylarida, koxlear implantatsiya opersiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish imkoniyati va istagi yo‘qligi.
13. Mazkur Nizomning 12-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazishga mutloq qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi va ushbu ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan bemorlar qayta tekshiruvdan o‘tkazilmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Elektroensefalogrammada tutqanoqqa moyillik aniqlangan bolalar kamida olti oy davomida o‘z yashash joyida nevropatolog mutaxassisida davolanganidan keyin qayta elektroensefalogramma tekshiruvidan o‘tishlari mumkin.
14. Koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazish uchun tekshiruvdan o‘tkazilgan bemor bolalar koxlear implantatsiya bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi.
15. Komissiya rais, rais o‘rinbosari hamda besh nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya tarkibi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
16. Komissiya majlisi zaruratga ko‘ra o‘tkaziladi.
17. Bemor bolalar Markazga qabul qilingan sana bo‘yicha, mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan tekshiruvlar xulosalari hamda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida Komissiya tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilgan bemor bola oilasining mulkiy ahvoli haqida ma’lumotnoma;
bemor bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va nusxasi;
bemor bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport) va nusxalari;
bemor bolaning oxirgi bir oy ichida olingan 3x4 sm hajmdagi fotosurati.
18. Meningit kasalligi natijasida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bemor bolalar Komissiya ko‘rigidan o‘tkazish uchun navbatdan tashqari qabul qilinadi.
19. Ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida Komissiya tomonidan bemor bolada mavjud bo‘lgan koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazishga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarning har biri tahlil qilinadi. Ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, Komissiya tomonidan koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazish yoki uni o‘tkazishni rad etish haqida asoslantirilgan xulosa qabul qilinadi.
20. Komissiya yig‘ilishiga Komissiya raisi, Komissiya raisi bo‘lmaganda uning o‘rinbosari raislik qiladi. Komissiya xulosasi unda ishtirok etgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi bo‘ladi.
21. Koxlear implantatsiya operatsiyasi Komissiyaning koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazish haqidagi ijobiy xulosasiga asosan navbatma-navbat o‘tkaziladi. Bunda implantatlar budjet mablag‘lari hisobiga xarid qilingan yoki ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar va homiylar tomonidan sotib olinganligiga ko‘ra alohida navbat shakllantiriladi.
22. Bemor bolalar Komissiya ko‘rigidan o‘tkazilgan sana bo‘yicha, Komissiyaning bir majlisi davomida ko‘rikdan o‘tkazilgan bemor bolalar Markazga qabul qilingan sana bo‘yicha navbatga qo‘yiladi.
23. Ushbu bob talablari mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan bemorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu bemorlarda koxlear implantatsiya operatsiyasi ular Markazga murojaat qilgan sana bo‘yicha navbatma-navbat amalga oshiriladi.
24. Koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilgan uch yoshgacha bemor bolalarda uch yil, uch va undan katta yoshdagi bemorlarda kamida besh yil davomida Markaz tomonidan koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari o‘tkazilishi zarur.
25. Bemor, bemor bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari haqida Komissiya ko‘rigidan o‘tish vaqtida xabardor qilinishlari lozim.
26. Bemorlarning koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarida ishtirok etishlarini monitoring qilish maqsadida bemorda koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilganligi haqida ikki hafta ichida Markaz tomonidan bemorning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga xabar beriladi.
27. Bemorlar koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilgan kundan boshlab to‘rt hafta ichida nutq protsessorini ishga tushirish uchun Markazga kelishlari lozim.
28. Nutq protsessori Markazning audiolog mutaxassislari tomonidan ishga tushiriladi. Nutq protsessorining kafolati va ehtiyot qismlari bemor, bemor bolaning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga yozma ravishda topshiriladi hamda ularga nutq protsessoridan foydalanish shartlari tushuntiriladi.
29. Nutq protsessori Markazning audiolog mutaxassislari tomonidan quyidagi muddatlarda sozlab turiladi:
birinchi sozlash — nutq protsessori ishga tushirilgan paytda, ya’ni koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilgan kundan boshlab to‘rt haftadan keyin;
ikkinchi sozlash — birinchi sozlash o‘tkazilgan kundan o‘n sakkiz — yigirma kundan keyin;
uchinchi sozlash — ikkinchi sozlash o‘tkazilgan kundan to‘rt haftadan keyin;
uchinchi sozlashdan keyingi sozlashlar — koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilgan kundan bir yil davomida har oyda, ikkinchi yil davomida har chorakda, uchinchi yil davomida har olti oyda.
30. Koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilgan kundan uch yil o‘tgach, nutq protsessori Markazning audiolog mutaxassislari tomonidan har yili bir marta profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
31. Koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilishiga muhtoj bo‘lgan bemorlarni aniqlash, ularni Markazga yuborilishini ta’minlash hamda bemorlarning koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarida ishtirok etishini monitoring qilish bo‘yicha mas’uliyat tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
32. Bemor bolalarni Markazga qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash tartibiga muvofiq yuborilishini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
33. Bemorlar, bemor bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar nutq protsessori va uning ehtiyot qismlaridan ehtiyotkorona foydalanilishi uchun mas’uldirlar.
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. | 150 | 15,045 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tashkillashtirish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni hamda tartibotlarni yanada takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari:
nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga, shuningdek fuqarolarning huquqlarini, manfaatlarini himoya qilish va farovonligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, ayniqsa davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy ko‘magiga zaruriyat bo‘lgan sohalardagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda samarali ishtirok etishiga yo‘naltirilgan faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashishga va qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarning holatini har yilgi majlislarda muntazam ravishda muhokama qilinishini ta’minlasinlar;
mamlakatni ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, eng avvalo, ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, bandlikni ta’minlash, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi sohalarda tarmoq, mintaqaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ularni amalda ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamalarini va eshituvlarini muntazam ravishda o‘tkazish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb etish amaliyotini keng qo‘llasinlar;
nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat dasturlarini amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish, ularni bajarish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish, ko‘rsatib o‘tilgan davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalar amalga oshirilishining borishi yuzasidan jamoatchilik nazorati natijalari to‘g‘risida xulosalar va axborotlar taqdim etish imkoniyatini bergan holda, ularni katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan davlat dasturlarining bajarilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan komissiyalar va ishchi guruhlar ishiga jalb etsinlar;
nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida jamoatchilik muhokamalarini, eshituvlarini hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish yo‘li bilan norma ijodkorligi jarayonida jamoatchilik manfaatlarini har tomonlama hisobga olish mexanizmlaridan keng foydalansinlar;
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Ekologik harakati, O‘zbekiston mustaqil ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda turli nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini birlashtiruvchi boshqa jamoat tashkilotlarining ustavlaridagi vazifalarni amalga oshirishda, ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish dasturlarini hal etishda ular bilan o‘zaro mustahkam hamkorlikni ta’minlasinlar;
nodavlat notijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yo‘ldoshev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom:
nodavlat notijorat tashkilotlarini (keyingi o‘rinlarda NNT deb ataladi), shu jumladan ularning yuridik shaxslar hisoblanadigan alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini) (keyingi o‘rinlarda alohida bo‘linmalar deb ataladi), shuningdek xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonalari va filiallarini, ayni bir vaqtda ularni davlat soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qo‘ygan holda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
yuridik shaxslar bo‘lmagan alohida bo‘linmalarni hisobga qo‘yish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilmagan notijorat tashkilotlarini adliya organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ham tatbiq etiladi.
Ushbu Nizom talablari diniy tashkilotlarga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xalqaro NNT — faoliyatini uning ustaviga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va bitta yoki undan ko‘p xorijiy davlatlar hududida tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan NNT;
viloyatlararo NNT — faoliyati uning ustaviga muvofiq ko‘pi bilan ikkita hududiy subyektlar (viloyatlar), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri (keyingi o‘rinlarda hududiy subyektlar deb ataladi) hududida olib boradigan NNT;
alohida bo‘linmani hisobga qo‘yish — yuridik shaxs bo‘lmagan alohida bo‘linmaning tegishli hududdagi vakolatlarini adliya organlari tomonidan alohida bo‘linma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmalar reyestriga kiritish hamda ularni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomani berish yo‘li bilan rasmiy ravishda tasdiqlash;
xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonasi — bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro va xorijiy NNTning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan tashkilot;
respublika NNT — faoliyatini uning ustaviga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida olib boradigan hamda uchtadan kam bo‘lmagan hududiy subyektlarda alohida bo‘linmalariga ega bo‘lgan NNT;
xalqaro va xorijiy NNTning filiali — bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro va xorijiy NNTning barcha funksiyalarini (yoki ularning bir qismini) amalga oshiradigan, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan tashkilot.
4. Quyidagilarni:
xalqaro, respublika, viloyatlararo NNTni, xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonalari va filiallarini, shuningdek qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan hollarda, alohida NNTlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan;
faoliyatini viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan NNTni, shuningdek ularning ustavlarida belgilangan muayyan hududlarda faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hisoblanadigan NNTning alohida bo‘linmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Alohida bo‘linmalarni, shu jumladan xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining alohida bo‘linmalarini hisobga qo‘yish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Ularning turidan qat’i nazar, aynan bir nomdagi NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nomi bir xil bo‘lgan ikki yoki undan ortiq NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza tushgan hollarda boshqalardan oldinroq ariza bergan NNT ro‘yxatdan o‘tkazishda ustunlik huquqiga ega bo‘ladi.
9. NNTning alohida bo‘linmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun davlat boji undirilmaydi.
10. NNTning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma dublikatini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
11. Ushbu Nizomga muvofiq undiriladigan davlat boji va to‘lov qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Respublika budjetiga hamda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
12. NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ta’sis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida, jamoat birlashmasi uchun — bir oy mobaynida beriladi.
Jamoat birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza rahbar organning kamida uch nafar a’zosi tomonidan imzolanadi.
13. NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) davlat tilidagi ustav yoxud yuridik shaxs hisoblanadigan alohida bo‘linma to‘g‘risidagi nizom, ikki nusxada Ustav (nizom) tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan va ta’sischi(lar) vakil qilgan shaxs imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
b) ta’sis shartnomasi — NNT assotsiatsiyalari (uyushmalari) uchun;
v) NNTni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis syezdi (konferensiyasi)ning yoki umumiy yig‘ilishning bayonnoma yoxud ta’sischining qarori (respublika va viloyatlararo NNT uchun tegishli alohida bo‘linmalar tashkil etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi);
g) NNTning pochta manzili sifatida foydalanish uchun mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkka yoki undan foydalanishga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat;
d) siyosiy partiyalardan tashqari, NNTni tuzish tashabbuskorlari yoxud ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularda jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash joyi hamda yuridik shaxslar uchun — nomi, pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi ko‘rsatiladi;
e) tashabbuskor fuqarolar ro‘yxati:
kamida uch ming kishining ro‘yxati — kasaba uyushmalari uchun;
kamida o‘n kishining ro‘yxati — boshqa jamoat birlashmalari uchun, siyosiy partiyalardan tashqari;
j) “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar — siyosiy partiyalar uchun, shu jumladan:
siyosiy partiyaning dasturi;
mazkur partiyaga birlashish xohishini bildirgan, kamida sakkizta hududiy subyektlarda (viloyatlarda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan kamida yigirma ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘zlari imzo qo‘ygan ro‘yxati, saylab qo‘yiladigan organlarning a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, turar joyi va ish joyi, telefon raqami), rahbar organ a’zolariga vakolatlar, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida yoxud munozaralar kelib chiqqan taqdirda sudda partiya nomidan ishtirok etish huquqi berilganligi to‘g‘risidagi partiya oliy organining qarori;
z) bosh NNT davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi — alohida bo‘linmalar uchun;
i) dastlabki mablag‘larning shakllanganligini tasdiqlovchi hujjat (vaqtincha jamg‘arib boriladigan hisob raqamlariga pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi) — jamoat fondlari uchun;
k) notarial tasdiqlangan vasiyatnomaning nusxasi — vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilayotgan jamoat fondlari uchun;
14. Ushbu Nizomning 13-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan ro‘yxatlarda, imzolardan tashqari, imzolagan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash joyi ko‘rsatiladi. Imzolar va ma’lumotlar imzolagan shaxsning yashash, ish, o‘qish yoki harbiy xizmat joyida tasdiqlanadi.
15. Birlashtirish, bo‘linish, ajralib chiqish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan NNTlar qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
qayta tashkil etilayotgan tashkilotga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berilganligining tasdiqnomasi;
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan tomonlar da’volashayotgan majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatilgan topshirish dalolatnomasi (birlashtirishda va o‘zgartirishda) yoki taqsimlash balansi (bo‘linishda va ajralib chiqishda);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining tashkilotning muhri va shtampi yo‘q qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (birlashtirishda, ajralib chiqishda va o‘zgartirishda).
Yuridik shaxslar hisoblanadigan alohida bo‘linmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, NNTlar bosh tashkilot ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan alohida bo‘linma to‘g‘risidagi nizomni yoxud bosh tashkilotning alohida bo‘linmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibini, huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi ustavi nusxasini taqdim etadilar.
16. O‘z faoliyatini turli hududlarda:
bir yoki undan ortiq chet el davlati hududida — xalqaro NNTlar uchun;
kamida uchta hududiy subyektlarda — respublika NNTlari uchun;
ko‘pi bilan ikkita hududiy subyektlarda — viloyatlararo NNTlar uchun amalga oshiruvchi NNTlar ustavlarida alohida bo‘linmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari mavjud bo‘lishi kerak.
17. Alohida bo‘linmani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar NNTning markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
18. Xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxonalari va filiallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza beriladi, arizaga bosh tashkilotning markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ikki nusxada ilova qilinadi:
a) bosh tashkilotni tuzish maqsadlari va vazifalari ko‘rsatilgan holda ustavning hamda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan nusxalari;
b) O‘zbekiston Respublikasida vakolatxona yoki filial ochish (tashkil etish) to‘g‘risida bosh tashkilotning qarori (bayonnomasi), unda vakolatxona ochishga (filialni tashkil etishga), uning nizomini (ustavini) tasdiqlashga, rahbarini (rahbarlarini) tayinlashga belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan ma’lumotlar bo‘lishi kerak;
v) vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan, uni ochishdan (tashkil etishdan) ko‘zlangan maqsadlar va vazifalar ham ko‘rsatilgan, o‘zbek va rus tillaridagi nizom (ustav);
g) bosh tashkilot tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan, belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan ishonchnoma;
d) bosh tashkilotning faoliyati to‘g‘risidagi belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan axborot;
e) ijaraga beruvchining tegishli binolarni vakolatxona yoki filialga berish to‘g‘risidagi rozilik xati;
z) vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi hamda telefon raqami ko‘rsatilgan holda;
i) vakolatxona va filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha deklaratsiya.
19. NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ular taqdim etilgan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarning ishonchliligini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan tekshirishga haqlidir.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, zarurat bo‘lganda, tegishli tashkilotlarga NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborishga haqlidir.
Hujjatlarni olgan tashkilot yigirma kun mobaynida o‘z xulosasini taqdim etishi shart.
Agar xulosada NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi fikr mavjud bo‘lsa, u holda tashkilot ushbu Nizom 24-bandining ikkinchi — o‘ninchi xatboshilarda nazarda tutilgan holatlar doirasida o‘z xulosasini asoslashi kerak.
20. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi, u tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbarining buyrug‘i shaklida rasmiylashtiriladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida.
21. NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ariza beruvchiga:
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan namunada davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma;
“ro‘yxatdan o‘tkazilgan” yozuvi qayd etilgan, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan NNT ustavi beriladi.
22. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ NNTga Davlat soliq qo‘mitasining va Davlat statistika qo‘mitasining aniq vaqt rejimida Internet tarmog‘idagi tegishli idoraviy saytlardan foydalangan holda olingan STIR va KTUT kodlarini beradi.
23. Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari (statistika kodlarini, STIRni berish) tugallangandan keyin davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan NNT to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli ravishda ushbu Nizomga 5, 6 va 7-ilovalarga muvofiq Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reyestriga, Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida bo‘linmalarning davlat reyestriga yoki Xalqaro va xorijiy NNTlarining vakolatxonalari va filiallari davlat reyestriga kiritiladi.
24. “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:
NNTning ta’sis hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish, mustaqilligi, yaxlitligi va xavfsizligini buzish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etish, fuqarolarning sog‘lig‘i va axloqiga qasd qilish maqsadiga ega bo‘lganda;
hujjatlarning to‘liq ro‘yxati taqdim etilmaganda yoki ular zarur tartibda rasmiylashtirilmaganda;
hujjatlar ustav qabul qilingan vaqtdan boshlab ikki oy muddat (jamoat birlashmasi uchun — bir oy muddat) o‘tgandan keyin taqdim etilganda;
NNT aynan shu nom bilan ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilganda;
NNTni tashkil etishning qonunda belgilangan tartibi buzilganda yoki uning ta’sis hujjatlari qonunga nomuvofiq bo‘lganda;
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida atayin noto‘g‘ri ma’lumot keltirilganligi aniqlangan bo‘lsa;
NNTning nomi yoki ramzi fuqarolarning axloqiga, milliy va diniy tuyg‘ulariga daxl qilsa;
NNTning ta’sis hujjatlari harbiylashtirilgan birlashmalar tuzishni nazarda tutganda rad etilishi mumkin.
NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ta’sis hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid bo‘lgan qoidalar mavjud bo‘lgan boshqa holatlarda ham rad etilishi mumkin.
25. NNTni tuzishning maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
26. NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilishi rad etishning asoslari bartaraf etilgan taqdirda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga hujjatlarni takroran berish uchun to‘siq bo‘lmaydi.
27. NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilarga qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda xabar qilinadi. Ariza beruvchiga davlat bojini qaytarish masalasi bo‘yicha murojaat qilish yoxud uch oy, siyosiy partiyalar uchun esa — bir oy muddatda rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin, davlat boji to‘lamasdan NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Ariza ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan taqdirda, takroriy murojaat qilishda davlat boji umumiy asoslarda undiriladi, siyosiy partiyalar bundan mustasno.
28. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
29. NNTlar ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda NNTning rahbar organi tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir oy mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ta’sis hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
NNT vakolatli rahbar organining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori (bosh tashkilotning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan qarori (bayonnomasi) – xalqaro va xorijiy NNTlarning filiallari va vakolatxonalari uchun);
ta’sischi(lar) tomonidan vakil qilingan shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan ikki nusxada — ta’sis hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning matni yoki ta’sis hujjatlarining yangi tahriri;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi — nomi o‘zgargan taqdirda.
30. NNT ajralib chiqish va qo‘shilish shaklida qayta tashkil etilgan taqdirda qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ma’lum bo‘lgan barcha qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning kreditorlari yozma shaklda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berilganligining tasdiqnomasi;
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar bo‘yicha ham, huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan taqsimlash balansi (ajralib chiqishda) yoki topshirish hujjati (qo‘shilishda);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining tashkilotning muhrini va shtampini yo‘q qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (qo‘shilishda).
31. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ o‘zgarishi munosabati bilan NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun NNT ushbu Nizomning 29 va 30-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qiladi, u NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan adliya organidan ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlari paketini so‘rab oladi.
32. NNTning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida reyestrga tegishli yozuvni kiritadi hamda ariza beruvchilarga “ro‘yxatdan o‘tkazilgan” yozuvi qayd etilgan, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning matnini yoki ta’sis hujjatlarining yangi tahririni beradi.
NNTning nomi yoxud NNTni ro‘yxatdan o‘tkazgan organ o‘zgargan taqdirda ham ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan namunada davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi yangi guvohnoma beriladi. Bunda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi yangi guvohnomada qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida NNT to‘g‘risidagi oldingi ma’lumotlar, shu jumladan nomi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi ko‘rsatiladi.
33. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning o‘zgarishi bilan bog‘liq holda NNT qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda yangidan ro‘yxatdan o‘tkazgan adliya organi bu to‘g‘rida oldingi ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi adliya organini, tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda xabardor qiladi. Olingan ma’lumotlar asosida oldingi ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi adliya organi bu to‘g‘rida davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi hamda bu o‘zgarishlar axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi”ga kiritilishini ta’minlaydi.
34. Pochta manzili, bank rekvizitlari o‘zgargan taqdirda NNT bir oy muddatda bu to‘g‘rida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga xabar qilishi shart.
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ pochta manzili o‘zgarganligi bo‘yicha bildirishnomani olgan kuni bu o‘zgarishning axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi”ga kiritilishini ta’minlaydi.
35. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud ta’sis hujjatlari yo‘qolganda yoki ular yaroqsiz holga kelganda NNTning arizasiga binoan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ularning dublikatlari beriladi.
Dublikat olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
davlat xizmatlari markazidan ma’lumotnoma (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud ta’sis hujjatlari yo‘qolganda);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning yoxud ta’sis hujjatlarining asl nusxasi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ta’sis hujjatlari yaroqsiz holga kelganda);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida davriy matbuot nashrida berilgan e’lon (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma yo‘qolganda).
36. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yoxud ta’sis hujjatlarining dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza o‘n ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
37. Alohida bo‘linmani hisobga qo‘yish uchun NNTning markaziy rahbar organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda alohida bo‘linmaga rahbarlik qilish zimmasiga yuklangan shaxs tegishli adliya organiga ariza bilan murojaat qiladi.
38. Alohida bo‘linmani hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizada NNTning markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
alohida bo‘linmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibi, uning huquqlari va majburiyatlari nazarda tutilgan bosh tashkilot ustavining nusxasi yoki bosh tashkilot ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan davlat tilida, ikki nusxadagi alohida bo‘linma to‘g‘risidagi nizom. Alohida bo‘linma to‘g‘risidagi nizom taqdim etilganda bosh tashkilot ustavining nusxasi ilova qilinadi;
NNT markaziy rahbar organining alohida bo‘linmani ochish to‘g‘risidagi bayonnomasi (qarori);
NNT markaziy rahbar organining alohida bo‘linma rahbarini tayinlash to‘g‘risidagi qarorining nusxasi;
NNT markaziy rahbar organi tomonidan alohida bo‘linma rahbariga berilgan ishonchnomaning nusxasi;
NNTning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.
39. Alohida bo‘linmani hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
alohida bo‘linmani hisobga qo‘yish to‘g‘risida;
alohida bo‘linmani hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida.
40. Alohida bo‘linmani hisobga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ariza beruvchiga quyidagi hujjatlar beriladi:
ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq belgilangan namunada alohida bo‘linmaning hisobga qo‘yilgani to‘g‘risidagi guvohnoma;
“hisobga qo‘yilgan” yozuvi qayd etilgan, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan alohida bo‘linma to‘g‘risidagi nizom.
41. Hisobga qo‘yilgan alohida bo‘linma to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq, Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmalar reyestriga kiritiladi.
42. Alohida bo‘linmani hisobga qo‘yish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
ariza tegishli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga berilganda;
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganda;
taqdim etilgan hujjatlar qonunchilik va NNT ustavi talablariga muvofiq bo‘lmaganda;
ariza ushbu Nizomning 38-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarsiz yoki zarur darajada bo‘lmagan hujjatlar taqdim etilganda.
Alohida bo‘linmani hisobga qo‘yish rad etilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bu to‘g‘rida asoslantirilgan qaror chiqaradi va uch kun mobaynida bu haqda ariza beruvchiga yozma shaklda xabar qiladi. Ariza beruvchiga, shuningdek kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin alohida bo‘linmani hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
43. Alohida bo‘linmaga tegishli bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritilgan NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda NNT bevosita yoki alohida bo‘linma orqali alohida bo‘linmani hisobga qo‘ygan adliya organiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida quyidagi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart:
alohida bo‘linma to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning matni yoki yangi tahrirdagi nizomning davlat tilidagi ikki nusxasi, shuningdek bosh tashkilotning yangi tahrirdagi ustavining yoki ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar matnining nusxasi (bosh tashkilotning yangi tahrirdagi ustavining yoki ustavga alohida bo‘linmalarni tuzish, tashkil etish, faoliyatini to‘xtatish tartibini, ularning huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning matni taqdim etilganda alohida bo‘linma to‘g‘risidagi nizomga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning matnini yoxud nizomning yangi tahririni taqdim etish talab qilinmaydi);
NNT markaziy rahbar organining alohida bo‘linma rahbarini tayinlash to‘g‘risidagi qarorining nusxasi — rahbar o‘zgargan taqdirda;
NNT markaziy rahbar organi tomonidan alohida bo‘linma rahbariga berilgan ishonchnomaning nusxasi — rahbar o‘zgargan taqdirda;
NNTning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi — nomi o‘zgargan taqdirda.
44. Alohida bo‘linmani hisobga qo‘ygan adliya organi taqdim etilgan hujjatlar asosida Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmalar reyestriga tegishli yozuvni kiritadi hamda ariza beruvchiga “hisobga qo‘yilgan” yozuvi qayd etilgan, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan alohida bo‘linma to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar matnini yoki nizomning yangi tahririni, shuningdek zarurat bo‘lganda, ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq belgilangan namunada alohida bo‘linmaning hisobga qo‘yilgani to‘g‘risidagi yangi guvohnomani beradi.
Alohida bo‘linmaning hisobga qo‘yilgani to‘g‘risidagi yangi guvohnoma, shuningdek ushbu Nizomning 43-bandi ikkinchi xatboshi asosida adliya organiga alohida bo‘linma to‘g‘risidagi nizom yoki nizomning yangi tahriri taqdim etilmagan taqdirda ham beriladi.
45. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reyestri, Nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida bo‘linmalarining davlat reyestri, Xalqaro va xorijiy NNTlar vakolatxonalari va filiallarining davlat reyestri hamda Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmalarning reyestri umumiy foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.
46. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida davlat reyestridan NNT to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi”ga kiritilishini ta’minlaydi.
Bunda NNT bir vaqtning o‘zida joylashgan joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlarida hisobga qo‘yiladi.
47. NNT, shuningdek alohida bo‘linmalar tegishli adliya organiga:
har yili 1-fevralgacha — o‘tgan yildagi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, shu jumladan faoliyatni moliyalashtirish manbalari va mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risidagi deklaratsiyani, mavjud a’zolar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha;
rejalashtirilgan tadbirlar to‘g‘risidagi axborotni yoki rejalashtirilgan tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yig‘ilishlar, aksiyalar va shu kabilarning) ro‘yxatini o‘z vaqtida kelishish uchun taqdim etishlari shart. NNT tadbirlarini kelishish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
rahbar organning yangi tarkibi saylanganda yoki rahbar organ tarkibida o‘zgarishlar bo‘lganda rahbar organlar qarorlarining nusxasi bir oy mobaynida taqdim etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ NNT va alohida bo‘linmalar faoliyatining ustavdagi vazifalarga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligini nazorat qiladi, shu jumladan ularga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini tekshiradi. Nazoratni amalga oshirishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ NNTdan qo‘shimcha axborotlarni hamda NNT, alohida bo‘linmalar rahbarlaridan va mas’ul shaxslaridan tushuntirishlar olishga, rahbar organlar qarorlarini so‘rab olishga haqlidir.
48. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ NNT faoliyatida qonuniylikni ta’minlash maqsadida, shu jumladan ularga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi masalalari bo‘yicha NNT va alohida bo‘linmalarning faoliyatini, zarurat bo‘lganda, mutaxassislarni jalb etgan holda tekshirishi mumkin.
49. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
1. Ushbu Nizom nodavlat notijorat tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda NNT deb ataladi), shu jumladan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom diniy tashkilotlarga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilmagan notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan hollarda bunday notijorat tashkilotlari ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ham tatbiq etiladi.
3. NNT bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramzlarga ega bo‘lishi mumkin.
NNT ramzi ta’sis hujjatlariga muvofiq uning rahbar organi tomonidan tasdiqlanadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
4. Bayroqlar va vimpellarni ko‘tarish, emblemalarni va boshqa ramzlarni o‘rnatish, shuningdek ulardan foydalanish tartibi tegishli NNT tomonidan NNT ramzi to‘g‘risidagi nizomlarda belgilanadi.
NNTning alohida bo‘linmalari o‘z faoliyatida bosh NNT ramzidan foydalanadilar.
5. Quyidagilarni:
xalqaro, respublika va viloyatlararo NNT, shuningdek xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan;
viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida faoliyat olib boradigan NNT ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Aynan bir xil yoki adashtirib yuboradigan darajada o‘xshash ramzga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq NNT ramzni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza bilan murojaat qilgan taqdirda hammadan oldin ariza bergan NNT ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ustunlik huquqiga ega bo‘ladi.
7. NNT ramzlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yig‘im undiriladi:
xalqaro NNT, xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;
respublika, viloyatlararo NNT uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul NNT uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.
8. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalarning jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yig‘im ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan summaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
9. NNT ramzlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
10. NNT ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
11. Ushbu Nizomga muvofiq undiriladigan yig‘im va to‘lov qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
12. NNT ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza ramz NNT rahbar organi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab ikki oy mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga beriladi.
Ariza NNTning rahbar organi tomonidan bunga vakolat berilgan shaxs(lar) tomonidan imzolanadi.
13. NNT ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
NNT rahbar organi tomonidan tasdiqlangan ramzning nizomi;
NNT davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
ikki nusxada ramzning namunasi va tavsifi;
NNT rahbar organining NNT ramzlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori;
bosh NNTning xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi va filiali ramzini hamda uning tavsifini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori — xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallari uchun.
14. NNT ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ular taqdim etilgan kundan boshlab bir oy mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ NNT ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarning ishonchliligini ularning qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishga haqlidir.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, zaruriyat bo‘lganda, NNT ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tegishli tashkilotlarga yuborishga haqlidir.
Hujjatlarni olgan tashkilot o‘z xulosasini yigirma kun mobaynida taqdim etishi shart.
Agar xulosada NNTning ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi fikr ifodalansa, u holda tashkilot o‘z xulosasini ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan holatlar doirasida asoslashi kerak.
15. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi, ushbu qaror tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbarining buyrug‘i shaklida rasmiylashtiriladi:
NNT ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida;
NNT ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida.
16. NNT ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ariza beruvchiga:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha NNT ramzining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
“ro‘yxatdan o‘tkazildi” belgisi qayd etilgan va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan bir nusxadan ramz namunasi va uning tavsifi beriladi.
17. NNT ramzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq NNT ramzlarining davlat reyestriga kiritiladi.
18. Quyidagi hollarda:
NNT ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda ilova qilingan bo‘lsa;
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasida aynan shunday yoki adashtirib yuboradigan darajada o‘xshash tasvirlangan ramz ilgari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa;
ramz O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i yoki gerbi bilan o‘xshash bo‘lsa;
ramz xorijiy davlatning ramzi bilan bir xil bo‘lsa, agar NNTning maqomidan yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan o‘zga hol kelib chiqmasa;
ramz jamiyatning axloqiy negizlarini, umuminsoniy gumanistik qadriyatlarni yemirishni, konstitutsiyaviy tuzumni qonunga zid ravishda o‘zgartirishni yoki O‘zbekiston Respublikasi hududining yaxlitligini buzishni, urush holatini, zo‘ravonlik va yovuzlikni, ijtimoiy, sinfiy, irqiy, milliy va diniy dushmanlikni avj oldirishni, qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa qilmishlarni sodir etishni targ‘ib qilsa;
ramz sifatida faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan tashkilotlarning emblemasidan yoki ramzlarining boshqa turlaridan foydalanilgan bo‘lsa;
ramz intellektual mulkka bo‘lgan huquqni buzsa;
ramz qonun hujjatlariga zid bo‘lsa;
ramz diniy xususiyatga ega bo‘lsa.
19. Ramzning maqsadga muvofiq emasligi sababli uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ NNT ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida, rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda asoslangan qaror qabul qiladi.
NNT ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilarga qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma ravishda ma’lum qilinadi. Ariza beruvchilarga ularning uch oy muddatda yig‘imni qaytarish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilish yoxud rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin NNT ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida takroran ariza berish huquqi tushuntiriladi.
Ariza ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan taqdirda, takroriy murojaat qilinganda umumiy asoslarda davlat boji undiriladi.
21. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning NNT ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
22. NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, shuningdek NNT nomi o‘zgarishi bilan bog‘liq holda NNT qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda NNT ramzi qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
23. NNT rahbar organi tomonidan NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin, shuningdek NNT nomi o‘zgarishi bilan bog‘liq holda NNT qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda NNT ramzini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bir oy mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
NNT ramzini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror;
ikki nusxada NNT ramzining yangi namunasi va uning tavsifi;
NNT ramzi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi;
NNT nomi o‘zgarishi bilan bog‘liq holda NNT qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda NNT ramzini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
24. NNT ramzini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish NNT ramzini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi kabi tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
25. NNT ramzini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida NNT ramzlarining davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va ariza beruvchiga bir nusxadan “ro‘yxatdan o‘tkazilgan” belgisi qo‘yilgan va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan ramzning yangi namunasi va uning tavsifi beriladi.
Agar ramz tavsifiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar NNT ramzining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada nazarda tutilgan qisqacha tavsifning o‘zgarishiga olib kelsa, ariza beruvchiga NNT ramzining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida yangi guvohnoma beriladi. NNT nomi o‘zgarishi bilan bog‘liq holda NNT qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi munosabati bilan NNT ramzi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda ham NNT ramzining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida yangi guvohnoma beriladi. Boshqa hollarda ariza beruvchiga NNT ramzining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi qaytariladi.
26. NNT ramzining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda NNTning arizasi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ularning dublikatlari beriladi.
Dublikat olish uchun berilgan arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
davlat xizmatlari markazidan ma’lumotnoma (NNT ramzining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi yo‘qolganda);
NNT ramzining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi (ular yaroqsiz holga kelganda);
yo‘qolgan NNT ramzining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning haqiqiy emasligi haqida davriy matbuot nashrida berilgan e’lon.
27. NNT ramzining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, NNT ramzlarining namunasi va ularning tavsifi dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza o‘n ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
28. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan NNT ramzlaridan foydalanish taqiqlanadi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
1. Ushbu Nizom “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda NNT deb ataladi), shu jumladan diniy tashkilotlar, xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
NNT chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarining ota-onasi, eri/xotini, ular bilan birga yashaydigan bolalari ularning qaramog‘idagi oila a’zolari hisoblanadilar.
2. Chet el fuqarolarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini (keyingi o‘rinlarda chet el fuqarolari deb ataladi) akkreditatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish rad etilgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
4. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi o‘rniga yangi akkreditatsiya kartochkasini olish uchun ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan yig‘im stavkasining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
5. Ushbu Nizomga muvofiq undiriladigan yig‘im qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga hamda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
6. Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga ushbu fuqarolarni qabul qilayotgan NNT rahbari yoki bunga vakolatli bo‘lgan shaxs tomonidan imzolangan ariza beriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
chet el fuqarosining ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilangan shakl bo‘yicha shaxsiy varaqasi;
chet el fuqarosining (3 sm x 4 sm o‘lchamdagi) to‘rtta rangli fotosurati;
xorijiy xodimni NNTga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi vakolatli shaxs imzolagan tasdiqnoma-xat. Xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxonalari va filiallariga taalluqli tasdiqnoma-xat belgilangan tartibda legallashtiriladi yoki unga apostil qo‘yiladi;
tibbiyot muassasasining OIV-infeksiyasi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
chet el fuqarosi pasportining nusxasi;
18 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ushbu bandning uchinchi, to‘rtinchi va yettinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etiladi. Pasport mavjud bo‘lmagan taqdirda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi taqdim etiladi.
7. Ariza Adliya vazirligi tomonidan, ariza berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Adliya vazirligi, zarurat bo‘lganda, arizani qo‘shimcha o‘rganish uchun tegishli tashkilotlarga yuborishga haqlidir, shu munosabat bilan arizani ko‘rib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin, lekin bu muddat o‘n besh kundan oshmasligi kerak.
Hujjatlarni olgan tashkilot o‘z xulosasini yigirma kun mobaynida taqdim etishi shart.
8. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida;
akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida.
9. Akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda chet el fuqarosiga akkreditatsiya kartochkasi beriladi, u chet el fuqarosining shaxsiy akkreditatsiyasini tasdiqlaydi va unga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish huquqini beradi. Akkreditatsiya kartochkasining shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
18 yoshga to‘lmagan bolalarni akkreditatsiyadan o‘tkazish pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ota-onalardan bittasining akkreditatsiya tartib raqami ostiga shtamp qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya kartochkasi NNTning chet el xodimiga mehnat faoliyatini faqat qabul qilgan NNTda amalga oshirish huquqini beradi.
10. Akkreditatsiya kartochkasi olgan chet el fuqarosiga tegishli akkreditatsiya raqami beriladi. Chet el fuqarosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar NNTning akkreditatsiyadan o‘tkazilgan xorijiy fuqarolari, shuningdek ular oilalarining a’zolari reyestriga (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq kiritiladi.
Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘pi bilan o‘n ikki oy muddatga amalga oshiriladi.
11. Akkreditatsiyadan o‘tkazish rad etilganda Adliya vazirligi qaror qabul qiladi va bu to‘g‘rida NNTni uch ish kunidan kechikmay yozma shaklda xabardor qiladi. Bu holda Adliya vazirligi qabul qilingan qarorni izohlamaslik huquqiga ega.
12. Chet el fuqarosining akkreditatsiyasi muddatini uzaytirish uchun NNT akkreditatsiya muddati o‘tgungacha qirq besh kundan kechikmay Adliya vazirligiga ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga ariza taqdim etadi.
13. Akkreditatsiya kartochkasi yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda akkreditatsiya kartochkasining egasi uch ish kunidan kechikmay bu to‘g‘rida NNTni va Adliya vazirligini yozma shaklda xabardor qiladi.
Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi o‘rniga yangi akkreditatsiya kartochkasini olish uchun Adliya vazirligiga NNT tomonidan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beriladi:
davlat xizmatlari markazidan ma’lumotnoma (akkreditatsiya kartochkasi yo‘qolganda);
yo‘qolgan akkreditatsiya kartochkasini haqiqiy emas deb hisoblash to‘g‘risida davriy matbuot nashridagi e’lon;
akkreditatsiya kartochkasining asl nusxasi (akkreditatsiya kartochkasi yaroqsiz holga kelganda);
chet el fuqarosining (3 sm x 4 sm o‘lchamdagi) to‘rtta rangli fotosurati.
14. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi o‘rniga yangi akkreditatsiya kartochkasini berish to‘g‘risidagi ariza o‘n ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi o‘rniga yangi akkreditatsiya kartochkasini olgan chet el fuqarosiga tegishli akkreditatsiya raqami beriladi va ushbu ma’lumotlar Reyestrga kiritiladi.
15. Akkreditatsiya kartochkasini olgan chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari ularning akkreditatsiyasi amal qiladigan muddatga beriladi.
Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan chet el fuqarolarini vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Akkreditatsiya kartochkasi egasi, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishining maqomidan qat’i nazar, quyidagilarga majbur:
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etish;
O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlariga aralashmaslik;
NNTning xonasi va boshqa mulkidan faqat ustavdagi maqsadlar va vazifalarni bajarish maqsadlarida foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, an’analari va turmushini hurmat qilish.
Chet el fuqarolarini qabul qilgan NNT ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishning qonun hujjatlarida belgilangan qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydilar.
17. Akkreditatsiyaning amal qilish muddati tugaganda, shuningdek mehnat faoliyati to‘xtaganda va chet el fuqarolari uzil-kesil jo‘nab ketayotganda akkreditatsiya kartochkalari Adliya vazirligiga qaytarib berilishi kerak.
Akkreditatsiya kartochkasi qaytarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Reyestrga kiritiladi.
18. NNT faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek chet el fuqarosi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzish akkreditatsiyaning amal qilishini to‘xtatishga olib keladi, bu chet el fuqarolarining bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi mumkin emasligini bildiradi.
Bu holda chet el fuqarolari Adliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga jo‘nab ketishi shart.
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
4. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari 12-bandi “Shakllantirish manbai” ustunining beshinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hay’atlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti, ramzi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik, yuridik kadrlarni malaka attestatsiyasidan o‘tkazganlik uchun undiriladigan mablag‘lar, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasi”.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ Adliya vazirligi masalalari” to‘g‘risida 1991-yil 18-fevraldagi 40-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida” 1993-yil 12-martdagi 132-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 9-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ramzlarini ro‘yxatga olish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash va ularni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘imlarni undirish tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 1993-yil 12-martdagi 133-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 10-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-dekabrdagi 543-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 43-modda) ilovaning 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ–1062-son qarori) 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda). | 240 | 56,757 |
Qonunchilik | “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”giO‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 89 | 321 |
Qonunchilik | Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-son hamda “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3652-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi berish tizimining aniq mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2018-yildan boshlab har yili:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kelgusi yil uchun jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish rejalashtirilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ularning adadi bo‘yicha takliflarni 2018-yilda 15-iyungacha, 2019-yildan boshlab har yili 1-aprelgacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga taqdim etadi;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshida tuzilgan maxsus komissiya har yili 1-iyungacha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda kelgusi yilda tarjima qilinishi va nashr etilishi rejalashtirilayotgan jahon adabiyotining eng sara namunalari hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarining mazmuni va g‘oyasini o‘rganib chiqib, ularni nashr etishga tavsiya etadi;
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Yozuvchilar uyushmasining tavsiyasi asosida jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish yuzasidan davlat buyurtmasini shakllantiradi hamda har yili 1-iyulgacha tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
2. Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi berish sxemasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan davlat buyurtmasi quyidagi mezonlarga asosan shakllantiriladi:
aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual saviyasini o‘stirishga xizmat qiladigan, yuksak insoniy fazilatlarni ulug‘laydigan, odob-axloqqa chaqiradigan jahon adabiyotining badiiy jihatdan yetuk eng sara namunalariga bo‘lgan talabni o‘rganish;
xalqimizning, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviyati yuksalishi, milliy tafakkuri rivojlanishi uchun ma’naviy muhit yaratish;
xorijiy davlatlar nashriyotlari, tahririyatlari, taniqli chet el adabiyoti namoyandalari bilan ijodiy aloqalar o‘rnatish, o‘quvchilarni xorij adabiyotining yorqin namunalari bilan yaqindan tanishtirib borish;
jahon adabiyotidagi jarayonlarni xolis va haqqoniy tahlil qilish orqali o‘zbek adabiyotini yangi ijodiy tajribalar bilan boyitib borish;
o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalarining hamkorligini kuchaytirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish.
4. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda tarjima ishlariga malakali tarjimon-yozuvchilar hamda mutaxassislar belgilangan tartibda jalb etilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda o‘zbek tiliga tarjima qilingan jahon adabiyotining eng sara namunalari hamda chet tillariga tarjima qilingan o‘zbek adabiyoti durdonalarini xatlovdan o‘tkazsin va kelgusi besh yilda tarjima qilinadigan asarlar ro‘yxatini shakllantirsin.
5. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat buyurtmalari belgilangan tartibda yuqori sifatda nashr etilishini;
nashr etilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan taqsimot bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga tarqatilishini ta’minlasin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
a) tarjima qilinishi va nashr etilishi rejalashtirilayotgan asarlar ushbu asarlar mualliflari yoki muallif huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning roziligini olgan holda tarjima qilinadi va nashr etiladi;
b) quyidagilar:
jahon adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish bilan bog‘liq xarajatlar manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning ushbu maqsadlar uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lari doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga;
ochiq savdo uchun chiqariladigan adabiyotlarni nashr etish xarajatlari kitob savdosi tashkilotlari hamda nashriyotlarning o‘z mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga o‘zbek tilida yangi nashr etilgan jahon adabiyotining eng sara namunalari hamda chet tillariga tarjima qilingan o‘zbek adabiyoti durdonalari haqida ommaviy axborot vositalarida turkum maqolalar e’lon qilish, eshittirishlar va ko‘rsatuvlar tayyorlash tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.X. Tangriyev zimmasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari hamda Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentlariga yuklansin. | 193 | 5,784 |
Qonunchilik | 2003 YILNING 1 APRELIDAN BOShLAB UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TO‘LASh BO‘YIChA BERILADIGAN IMTIYOZLAR O‘RNIGA KOMPENSATSIYA PUL TO‘LOVLARINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA | Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlarning aniq yo‘naltirilishini kuchaytirish maqsadida:
1. 2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori hisobidan tabaqalashtirilgan miqdorlarda oylik kompensatsiya pul to‘lovlari joriy etilsin (ilovaga muvofiq).
2. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining summasi jismoniy shaxslarning jami daromadiga qo‘shilishi hamda pensiya va nafaqalar to‘lanadigan tartib va muddatlarda to‘lanishi belgilab qo‘yilsin.
Pensiya yoki nafaqa olmaydigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya puli 2022-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali pensiya va nafaqa to‘lanadigan muddatlarda to‘lanadi.
3. Respublika Davlat budjeti mablag‘lari ushbu Farmonga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni moliyalash manbai etib belgilansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari mexanizmi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. 2003-yilning 1-aprelidan boshlab quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to‘g‘risida” 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmonining 6-bandi va 3-ilovasi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmoni 1-bandining uchinchi xatboshi va 4-bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari mazkur Farmonga muvofiq holga keltirilishini ta’minlasin.
7. Ushbu Farmon matbuotda e’lon qilinsin. | 168 | 2,682 |
Qonunchilik | BALANDLIKDA IShLAGANDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINING 17-BANDIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 17-dekabrdagi 75-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1890, 2009-yil 24-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim”.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 101 | 1,566 |
Qonunchilik | “Chorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oshirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Chorvoq GESini yanada ishonchli va samarali ekspluatatsiya qilishni ta’minlash, obyektda favqulodda holatlar yuzaga kelishi xavfining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2018-yil 9-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida imzolangan Hamkorlik kelishuviga muvofiq “Chorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oshirish” investitsiya loyihasi (keyingi o‘rinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) 2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasidagi Hamkorlik dasturiga kiritilganligi;
Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun zayom ajratilishi dastlab ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar investitsiya loyihasining moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Fransiya taraqqiyot agentligining 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrga beriladigan 9,32 mln yevro miqdoridagi zayom mablag‘lari;
“O‘zbekgidroenergo” AJning 3,39 mln yevro ekvivalentidagi o‘z mablag‘lari.
3. Quyidagilar:
“Chorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oshirish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi, asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga 1-ilovaga* muvofiq;
“Chorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oshirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Fransiya taraqqiyot agentligi beradigan zayomni, zayom bo‘yicha foizlarni va komissiya to‘lovlarini so‘ndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan Fransiya taraqqiyot agentligi bilan zayom bitimini va “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan qayta kreditlash bitimini imzolash vakolati berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida imzolangan zayom bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Belgilansinki:
“O‘zbekgidroenergo” AJ investitsiya loyihasining tashabbuskori va zayom mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun mas’ul zayom oluvchi hisoblanadi;
zayomni so‘ndirish va zayom xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlar “O‘zbekgidroenergo” AJning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
“O‘zbekgidroenergo” AJning 4-qurilish direksiyasi investitsiya loyihasi doirasida loyiha yechimlarining obyektlardan foydalanish bo‘yicha ishonchlilik va obyektlardan foydalanish xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash, shuningdek, kuzatib borish va texnik nazorat qilish, tovarlar, ishlar va xizmatlarni qabul qilish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi A.A. Sanginov zimmasiga yuklansin. | 120 | 3,070 |
Qonunchilik | Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarining 22-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori (ro‘yxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini 22-bandi “b”-kichik bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “100” raqami “500” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 204 | 1,052 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | Qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shuningdek, sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha kuyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2013-yil 31-maydagi 8-sonli qarori:
nomi, preambula va matnidagi “boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “yig‘imlar” degan so‘z bilan, “eng kam oylik ish haqi”, “eng kam oylik ish haqi miqdori” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “bazaviy hisoblash miqdori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-bandining to‘rtinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan boshqa tarzda qasddan bo‘yin tovlash soliq to‘lovchining davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti hujjatlarini yoki soliq qonunchiligiga muvofiq taqdim etilishi shart bo‘lgan boshqa hujjatlarni qasddan taqdim etmaslik yoki soliq hisoboti taqdim etilganidan so‘ng sodir etilgan, soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida to‘lov qobiliyatsizligi holatini sun’iy ravishda vujudga keltirishga qaratilgan qilmishlarda ifodalanadi”;
3-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilari kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“SK 17-moddasining birinchi qismiga muvofiq, kuyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida budjet tizimiga majburiy to‘lanadigan yig‘imlar ham belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi SK hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi SK bilan tartibga solinadi.
Bundan tashqari alkogolli mahsulotlarni, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish uchun yig‘im, zargarlik buyumlarini chakana savdosi uchun yig‘im kabi boshqa yig‘imlar qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan (masalan, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-589-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5721-sonli Farmoni)”;
8-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Qonunga ko‘ra (SK 213-moddasi), shaxs quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi faktining mavjud emasligi (masalan, agar bir turdagi soliqlar uchun to‘langan pul summasi boshqa turdagi soliqlar uchun to‘lanmagan summalar o‘rnini to‘liq qoplasa (SK 103 — 105-moddalari);
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi mavjud emasligi (masalan, qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar oqibatida, shaxs tomonidan o‘z harakatlarini o‘zi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan kasallik holatida sodir etilgan bo‘lsa va SK 215-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda);
soliq organining yoki boshqa vakolatli organning soliqni hisoblab chiqarish, to‘lash tartibi to‘g‘risida yoki soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishining boshqa masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida soliq to‘lovchiga bergan yozma tushuntirishlari soliq to‘lovchi tomonidan bajarilganligi;
soliq monitoringini o‘tkazish davrida soliq organining soliq to‘lovchiga yuborilgan asoslantirilgan fikri soliq to‘lovchi tomonidan bajarilganligi.
Qonunga ko‘ra (SK 103 — 105-moddalari), agar bir turdagi soliqlar uchun to‘langan pul summasi boshqa turdagi to‘lovlar uchun qasddan to‘lanmagan summalar o‘rnini to‘liq qoplasa, shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Agar bir turdagi soliqlar uchun ortiqcha to‘langan summaning miqdori boshqa turdagi to‘lovlar uchun qasddan to‘lanmagan summaning miqdorini qisman qoplasa, shaxsning aybdorlik masalasi to‘langan va to‘lanmagan summalar orasidagi farq miqdoridan kelib chiqqan xolda hal etiladi.
O‘zi ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga (o‘zgarishiga) olib kelgan noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni va (yoki) xatolarni aniqlagan soliq to‘lovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart. Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliqni to‘lash muddati o‘tgandan keyin taqdim etilgan bo‘lsa va bunda ushbu hisobot soliq to‘lovchi tomonidan soliq summasi kamayishiga (o‘zgarishiga) olib kelgan holatlar soliq organi tomonidan aniqlanganligini yoki soliq auditi tayinlanganligini bilgan paytga qadar taqdim etilgan bo‘lsa va ushbu hisobot taqdim etilgunga kadar u yetishmayotgan soliq summasini va unga tegishli penyalarni to‘lagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi javobgarlikdan ozod qilinadi (SK 83-moddasi)”;
9-bandi:
birinchi xatboshisidagi “SK 56-moddasi” degan so‘zlar “SK 103 — 105-moddalari” degan so‘zlar bilan, “SK 109, 110-moddalari” degan so‘zlar “SK 213-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Soliq kodeksi 162-moddasiga” degan so‘zlar “SK 73-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13-bandi:
matnidagi “SK 3-moddasi” degan so‘zlar “SK 4-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
kuyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin etiladi (SK 13-moddasi)”;
131-bandi:
birinchi xatboshisidagi “davlat soliq xizmati organining qarorini” degan so‘zlardan keyin “yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining sodir etilgan jinoyat haqidagi xabarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “SK 36-moddasi” degan so‘zlar “SK 86-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘lik ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli qarori:
matnidagi “boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “yig‘imlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4-bandining birinchi xatboshisi kuyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi kichik xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“yuridik shaxs bo‘lgan boshqa tadbirkorlik subyektlarining muassislari (ishtirokchilari) bo‘lishga;
tashki iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga”;
13-bandining birinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar tadbirkorlik faoliyatini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan amalga oshirayotgan shaxs, ayni paytda ro‘yxatdan o‘tishdan ham bo‘yin tovlasa, uning harakatlari JK 188-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim bo‘lib, JK 190-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli qarori 31-bandining uchinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2004-yil 21-maydagi 4-sonli qarori matnidagi “eng kam oylik ish haqi”, “eng kam oylik ish haqi miqdori” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “bazaviy hisoblash miqdori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida” 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qarori 16-bandining birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi 28-sonli qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli qarori matnidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining iqtisodiy ishlar bo‘yicha quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida ko‘llashning ayrim masalalari haqida” 2002-yil 4-martdagi 103-sonli qarori:
4-bandidagi “XPKning 141-moddasiga” degan so‘zlar “IPKning 183-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa hollarda, masalan, shartnomalarni tuzishda, qonunchilikda belgilangan hollardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 12-maydagi PF-1154-sonli Farmonining ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz yoki undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iste’molchilar va buyurtmachilarga, agar ular yetkazib beriladigan (bajariladigan ishlar, xizmatlar) qiymatining kamida 15 foizini oldindan to‘lamasdan mahsulot jo‘natishi, ishlarni bajarishi va xizmatlar ko‘rsatishi taqiqlangan 1-bandi yoki tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlaridan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 9-avgustdagi PF-1504-sonli Farmonining 4, 5-bandlarida belgilangan barter shartnomalari tuzilishini taqiqlash, mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan undirishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi talablar inobatga olinmagan bo‘lsa, sud nizoni mazmunan ko‘rib chiqib, bunday shartnomalarni tuzishda aybdor mansabdor shaxslarning ma’muriy yoki intizomiy javobgarligi masalasini hal etadi, agar shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlansa, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal etish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi”;
15-bandining birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Qishloq xo‘jaligida qonuniylikni ta’minlash va yerdan foydalanishdagi suiiste’molchiliklarning oldini olishda iqtisodiy sudlarning rolini oshirish to‘g‘risida” 2004-yil 12-martdagi 115-sonli qarori:
2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4478-sonli” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 25-moddasiga” degan so‘zlar “Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 26-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Iqtisodiy sudlar shuni e’tiborga olsinlarki, “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 18-bandiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-sonli qarorining 3-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilganlar.
Bunda da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati ko‘zlab da’vo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli qarori:
13.2-bandidagi “xo‘jalik sudiga” degan so‘zlar “iqtisodiy sudga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13.3-bandining to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoidalarning 21-bandiga muvofiq, bankrotlikni yashirish alomatlari bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishdan oldingi davr mobaynida, shuningdek, bankrotlik taomillari jarayonida sud boshqaruvchisi tomonidan aniqlanadi”;
20-bandining uchinchi xatboshisidagi “xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “iqtisodiy sud” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudning xususiy ajrimi to‘g‘risida” 2007-yil 28-dekabrdagi 172-sonli qarori:
2-bandi ikkinchi xatboshisining o‘zbek tilidagi matnida “xo‘jalik nizosidan” degan so‘zlar “nizodan” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4-bandi chiqarib tashlansin;
6.3-bandidagi “xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “iqtisodiy sud” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8.4-bandining uchinchi xatboshisidagi “Xo‘jalik ishini” degan so‘zlar “Ishni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
8.5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “xo‘jalik ishi” degan so‘zlar “iqtisodiy ish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9-bandining birinchi xatboshisidagn “xo‘jalik nizosini” degan so‘zlar “iqtisodiy nizoni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida” 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli qarorining 20-bandi kuyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agar kelishuv bitimida qarzdorlikni muayyan muddatlarda to‘lash nazarda tutilgan, biroq bitim shartlari lozim darajada bajarilmagan taqdirda, sud manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga asosan kelishuv bitimida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarish muddatlarini ko‘rsatgan holda bitta ijro varaqasini beradi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qo‘llanilishining ayrim masalalari to‘g‘risida” 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli qarori:
11-bandining uchinchi xatboshisidagi “to‘rtinchi va beshinchi qismlaridagi” degan so‘zlar “to‘rtinchi qismidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12.2-bandi chiqarib tashlansin;
12.3-bandidagi “beshinchi qismiga” degan so‘zlar “to‘rtinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12.4-bandi birinchi xatboshisining o‘zbek tilidagi matnida “oltinchi qismining” degan so‘zlar “beshinchi qismining” degan so‘zlar bilan, “to‘rtinchi va beshinchi qismlariga” degan so‘zlar “to‘rtinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, rus tili matnidagi “chasti shestoy” degan so‘zlar “chasti pyatoy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, “i pyatoy” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son qarori:
5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qo‘mitasi” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14-bandining ikkinchi xatboshisi “notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak” degan so‘zlardan keyin “bundan FK 565-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
17-bandi:
birinchi xatboshisidagi “uchinchi qismini” degan so‘zlar “to‘rtinchi qismini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 8-bandiga muvofiq, mulkdor yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs ijara shartnomasi tuzilgan vaqtdan boshlab bir oy muddatda, binolar va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarga huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma berishlari shart”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodin sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘lik ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli qarori:
9-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga” degan so‘zlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ilovasida keltirilgan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15.1-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “xo‘jalik nizolarini” degan so‘zlar “iqtisodiy nizolarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli qarori:
1-bandidagi ““Lizing to‘g‘risida”gi Qonun” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2.1-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari, 2.4 va 7.4-bandlari chiqarib tashlansin;
7.1-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “Soliq kodeksining 59 va 60-moddalari” degan so‘zlar “Soliq kodeksining 115 va 116-moddalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Soliq kodeksining 330-moddasiga” degan so‘zlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10.2-bandidagi “Soliq kodeksi 337-moddasi yigirma beshinchi qismining” degan so‘zlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasi yigirma oltinchi qismining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10.4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Soliq kodeksining 342-moddasida “ degan so‘zlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20-bandi quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati IPK 281 va 305-moddalari tartibida ko‘rib chiqiladi. Ajrim apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, birinchi instansiya sudi tomonidan berilgan sud buyrug‘i ham bekor qilinishi lozim”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarori:
kirish qismi, 1-bandi, 3-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari, 4-bandining o‘zbek tilidagi matnida “xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari”, “xo‘jalik shirkati va jamiyati” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “xo‘jalik shirkati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, rus tilidagi matnida “i obщestvami”, “i obщestv”, “i obщestva”, “i obщestve” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
9-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Sudlarning e’tibori xo‘jalik shirkati zimmasiga uning boshqaruv organlari vakolatiga kiradigan majburiyat (masalan, ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish yoki kamaytirish, jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish)ni yuklash haqidagi da’vo talabi, ushbu majburiyat qonun hujjatlari bilan shirkat boshqaruv organining vakolatiga kiritilganligi sababli, rad etilishi lozimligiga qaratilsin”;
22.4-bandining birinchi xatboshisidagi ““Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 18-moddasining to‘rtinchi qismiga” degan so‘zlar ““Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 56-moddasining to‘rtinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli qarori:
5-bandining uchinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda tarjimon bilan ta’minlash videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashuvchi yoki ish ish yurituvida bo‘lgan iqtisodiy sud tomonidan amalga oshiriladi. Tarjimon bilan ta’minlash videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashuvchi iqtisodiy sud tomonidan amalga oshirilganda, ushbu sud tarjimonga IPK 59-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni tushuntirganligi haqida tilxat oladi va ishni ko‘rayotgan sudga yuboradi”;
6.1-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.1. Sudlarga tushuntirilsinki, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning barchasi bitta ma’muriy-hududiy birlik (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri, tuman, shahar), ya’ni ishni ko‘rayotgan iqtisodiy sud joylashgan hududda joylashgan bo‘lsa-da, boshqa sud binosidan turib videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish uchun sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli”.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida” 2015-yil 27-noyabrdagi 289-sonli qarori:
6-bandining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “lizing obyektini qaytarib olgan” degan so‘zlar “garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7-bandi chiqarib tashlansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni (qarorlarni) haqiqiy emas deb topishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2015-yil 27-noyabrdagi 290-sonli qarori:
4.1-bandi:
sakkizinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida yigirma bir kundan kechiktirmay, lekin uzog‘i bilan o‘ttiz kun oldin Korporativ axborotning yagona portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi (62-moddaning birinchi qismi);”;
o‘ninchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi. Jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi (99-moddaning birinchi qismi)”;
7.2-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida yigirma bir kundan kechiktirmay, lekin uzog‘i bilan o‘ttiz kun oldin Korporativ axborotning yagona portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmaganligi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuborilmaganligi;”.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2016-yil 23-dekabrdagi 306-sonli qarori:
4-bandining birinchi xatboshisidagi “tanlov (tender) savdolari” degan so‘zlar “elektron do‘kon, tanlov, tender, yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20-bandi:
birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 330-moddasining 27-bandiga” degan so‘zlar ““Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining 17-bandiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 330-moddasining 27-bandida” degan so‘zlar ““Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining 17-bandida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2017-yil 29-noyabrdagi 45-sonli qarorining 20-bandi chiqarib tashlansin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2019-yil 24-maydagi 13-sonli qarori:
13-bandining uchinchi xatboshisidagi “ko‘rib chiqilmasligi va mazkur talab mustaqil ravishda bildirilishi mumkinligi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ko‘rsatiladi” degan so‘zlar “ko‘rib chiqilmaydi va sud bunday arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash, ijro varaqasi dublikatini berish, sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish, ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi arizalar bilan murojaat qilinganda ham ariza yuridik shaxs rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanishi lozim (ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish, ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi arizalar davlat ijrochisi tomonidan ham imzolanishi mumkin). Bunday turdagi arizalar vakolatli shaxslar tomonidan imzolanmaganda ular IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos xolda qaytariladi”;
28-bandi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“IPK 155-moddasi birinchi qismining 5-bandida javobgarga va uchinchi shaxslarga da’vo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini, soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilayotgan ishlar bo‘yicha esa — javobgarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari topshirilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa, da’vo arizasi qaytarilishi belgilangan. Sudlarga tushuntirilsinki, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vo arizasi (ariza) bo‘yicha da’vo arizasining (arizaning) xamda unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari manfaati ko‘zlangan shaxsga yuborilganligini (topshirilganligini) tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa ham da’vo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 5-bandiga mos holda qaytariladi”.
III. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining kuyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli qarori:
quyidagi mazmundagi 101-band bilan to‘ldirilsin:
“101.Sudlar e’tiborga shuni olishlari lozimki, agar qarz shartnomasiga ko‘ra qarz beruvchi qarz oluvchidan foizlar olish huquqiga ega bo‘lsa, lekin shartnomada foizlar miqdori belgilanmagan bo‘lsa, foizlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarz summasi berilgan kundan qaytarilgan kungacha bo‘lgan davrda belgilangan qayta moliyalash stavkasi miqdorlari bo‘yicha undirilishi kerak”;
17-bandidagi “uchinchi qismiga” degan so‘zlar “beshinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “to‘rtinchi qismiga” degan so‘zlar “oltinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23-bandi:
matnidagi “, garov shartnomasida ko‘rsatilgan miqdordagi boshlang‘ich sotuv bahosi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
kuyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, garovga qo‘yilgan mol-mulkning kim oshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlang‘ich sotish bahosi sud qarori bilan belgilanmaydi.
Shunga ko‘ra, agar da’vo arizasida garovga qo‘yilgan mol-mulkning kim oshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlang‘ich sotish bahosini belgilash haqida talab mavjud bo‘lsa, sud hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ushbu mol-mulk garov (ipoteka) to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha realizatsiya qilinishi to‘g‘risida tushuntirish berishi lozim”;
25-bandining ikkinchi xatboshisidagi “sakkizinchi qismiga” degan so‘zlar “yettinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26-bandi:
birinchi xatboshisi “garov huquqi o‘z kuchida qoladi” degan so‘zlardan keyin “, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi yoki xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga o‘tishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, kreditor qarzdordan pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun qarzni qaytarish kuniga kadar hisoblangan foizlarni undirish va uning undiruvini garov narsasiga qaratish to‘g‘risida sudga murojaat etishga haqli.
Bunday holda, agar boshqa sud qarori bilan kredit qarzdorligini undirish garov obyektiga qaratilgan va u belgilangan tartibda realizatsiya qilinmagan bo‘lsa, sud da’voning foiz undiruvini garov narsasiga qaratish talabini qanoatlantirishi mumkin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” 2009-yil 10-apreldagi 6/196-sonli qarori 21-bandining birinchi xatboshisi “garov huquqi o‘z kuchida qoladi” degan so‘zlardan keyin “, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi yoki xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga o‘tishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini ko‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli qarori:
9-bandining ikkinchi xatboshisidagi “o‘z vaqtida va to‘la hajmda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin, “inkassatsiya qilish” degan so‘zlardan keyin “(banklarga topshirish)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
13-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 329-moddasining 13-bandiga va 330-moddasining 3-bandiga” degan so‘zlar ““Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 9-bandiga va 10-moddasi birinchi qismining 1-bandiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14-bandi:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisi tegishincha ikkinchi xatboshi deb hisoblansin. | 170 | 32,841 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-655-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 12-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-655-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 202 | 746 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-325-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 6-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-325-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 424 |
Qonunchilik | Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash, mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish, har bir hududda sabzavot, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarni yaxlit maydonlarga joylashtirish hamda plantatsiya usulida intensiv va mevali bog‘ hamda tokzorlar barpo etish orqali mahsulot yetishtirish, qayta ishlash hamda eksport hajmini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida 2021-2022-yillar hosilidan qisqartiriladigan g‘alla maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarini 2021-2022-yillarda bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishlariga hamda sabzavot, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarga ixtisoslashtirish ko‘rsatkichlari 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida 2021-2022-yillarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida 2021-2022-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qayta ishlash tashkilotlari, muzlatkichli omborxona va issiqxona loyihalarining manzilli ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2021-2022-yillarda fermer xo‘jaliklarining qisqartiriladigan g‘alla maydonlarini belgilangan tartibda maqbullashtirish;
mavjud yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish uchun ekinlarni yaxlit maydonlarga plantatsiya usulida joylashtirish hamda belgilangan eksportbop ekinlarning ekilishini ta’minlash;
qayta ishlash va eksport hajmlarini uch baravarga oshirish uchun qayta ishlash tashkilotlari, muzlatkichli omborxonalar va logistika markazlarini 2021-2022-yillar davomida to‘liq ishga tushirish hamda ishlashini ta’minlash;
har bir tumanda urug‘lik va ko‘chatlar bilan ta’minlash imkoniyatidan kelib chiqib, sabzavot ekinlari va kartoshka urug‘chiligiga hamda mevali daraxt va tok ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini tashkil etish;
yaroqsiz deb topilgan, iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlar o‘rnida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo qilish yoki eksportbop va serdaromad qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish choralarini ko‘rsin.
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini yanada rivojlantirish, ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tumanlardagi qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining vazifalarini qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish choralarini ko‘rsin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida sertifikatlangan sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar urug‘larini hamda mevali daraxt va tok ko‘chatlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan to‘lanadigan yer solig‘i uch yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi;
sertifikatlangan sabzavot, poliz, dukkakli va moyli ekinlar urug‘larini hamda mevali daraxt va tok ko‘chatlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari, shuningdek, klasterlar va kooperatsiyalarning urug‘lik va ko‘chat xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi.
5. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) quyidagi choralarni ko‘rsin:
a) Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) hamda Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda:
ixtisoslashtirilayotgan hududlarda yaxlitlikka jiddiy e’tibor qaratgan holda 2-3 turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini bosqichma-bosqich plantatsiya usulida joylashtirish;
har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligini hisobga olib hamda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq ekish;
b) Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) va Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev) bilan birgalikda Yangiqo‘rg‘on tumanida organik mahsulotlar yetishtirish uchun xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, malakali mutaxassislarni jalb etgan holda fermer xo‘jaliklari va kooperatsiyalar rahbarlarini o‘qitish ishlarini tashkil etish.
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda aholi ishsizligini kamaytirish uchun Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlari hokimliklari tasarrufida zaxiradagi yaxlit 300 — 500 gektar maydonlarda plantatsiya usulida zamonaviy texnologiyalar asosida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etib, lizing asosida yetti yil muddatga aholiga berish tadbirlarini amalga oshirsin.
7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) tijorat banklari bilan birgalikda Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishda tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rsin.
8. Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) bilan birgalikda Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida zamonaviy texnologiyalar asosida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha yirik klaster korxonalarini tashkil etish uchun xorijiy investorlarni keng jalb qilish choralarini ko‘rsin.
9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Adliya vazirligi mazkur qarorning ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. Ganiyev belgilansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyun va 2021-yil 15-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin. | 148 | 7,318 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 4-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2009-yil 6-iyuldagi 180-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1992, 2009-yil 5-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 32-33-son, 365-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 4-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 242 | 887 |
Qonunchilik | KINO, RADIO VA TELEVIDENIYE XODIMLARI UChUN MAXSUS KIYIM, MAXSUS POYABZAL VA BOShQA YaKKA TARTIBDA HIMOYaLANISh VOSITALARINI BEPUL BERIShNING NAMUNAVIY ME’YoRLARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 267-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Kino, radio va televideniye xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy me’yorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
“Kino, radio va televideniye xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy me’yorlari” O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan kelishilgan. | 182 | 893 |
Qonunchilik | 2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Keyingi yillarda respublikada turar joylar va ijtimoiy-maishiy obyektlar qurilishini rivojlantirish hamda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini yangilash hisobga olingan holda aholi punktlarini shaharlar va qishloq aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantiruvchi shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar tizimli asosda amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida respublikaning 96 ta shahri va 87 ta shahar posyolkasi bosh rejalar bilan ta’minlandi, 550 ta qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarni arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalariga ega.
Loyiha-qidiruv tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish hamda respublika mintaqalarida istiqbolli va iqtisodiy samarali investitsiya yechimlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etishda ularning faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadida 26 ta yetakchi loyiha-qidiruv tashkiloti hamda “O‘zshaharsozlik LITI” DUKning 12 ta filiali tashkil etilgan.
Biroq, shaharlar va qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari bilan yetarli ta’minlanmaganligi ularni rejali rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy va ishlab chiqarish yo‘nalishidagi obyektlarni oqilona joylashtirish, rivojlantirishning qisqa muddatli, o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda. Jumladan, 23 ta shahar va 994 ta shahar posyolkalarini, shu jumladan, qisqa muddatli davrda respublikaning 138 ta shaharlari va shahar posyolkalarini bosh rejalar bilan ta’minlash talab etiladi.
Loyiha-qidiruv tashkilotlarining ilg‘or innovatsion dasturiy yechimlar va zamonaviy axborot bazasi bilan jihozlanishi hamon yetarli emas, ilg‘or xorijiy tajriba sust joriy etilmoqda, tarmoq uchun zarur malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash yetarli darajada amalga oshirilmayapti, bu, shubhasiz, loyiha mahsulotlari sifatiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Birinchi navbatda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ular bilan aholi punktlarini o‘z vaqtida qamrab olishni ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilash va oliy ta’lim muassasalari tomonidan shaharsozlik sohasi mutaxassislari tayyorlash sifatini oshirish borasida shaharsozlik sohasidagi ishlarning holatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2018 — 2022-yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishning yig‘ma parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2018 — 2022-yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturlari 2a va 2b-ilovalarga muvofiq;
2018-2019-yillarda aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish dasturi 3-ilovaga muvofiq;
ishlab chiqilayotgan shaharsozlik hujjatlari sifatini yaxshilash, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturiga muvofiq ma’muriy-hududiy birliklarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining belgilangan chegaralari va tuzilgan xaritalari asosida 2019-yil 1-fevralgacha bo‘lgan muddatda 2020 — 2022-yillarda aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda hududlari fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish dasturi tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
3. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga yuklansin.
4. Quyidagilar:
“O‘zshaharsozlikLITI” DUK — shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi;
“ToshkentboshplanLITI” DUK — Toshkent va Samarqand shaharlari, Toshkent viloyati shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi etib;
“Qishloqqurilishloyiha” MChJ — qishloq joylarda qishloqlar, ovullar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini va ular tarkibida batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda ushbu batafsil rejalashtirish loyihalari uchun topogeodeziya xaritalarini ishlab chiquvchi etib;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-maydagi PQ-2946-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari — loyihaga ko‘ra aholi soni 20 ming kishidan kam bo‘lgan shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiquvchilar etib;
“O‘zGAShKLITI” DUK — topografiya-geodeziya ishlarini va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologiya qidiruvlarini ijro etuvchi etib belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Qurilish vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturi loyihalarini shakllantirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga belgilangan tartibda zarur mablag‘larni nazarda tutsinlar.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
loyihaga ko‘ra aholi soni 20 ming kishidan kam bo‘lgan shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari, qoidaga ko‘ra, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlanadigan ushbu qarorning 4-bandida ko‘rsatilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilishi kerak;
mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan aholi punktlarining bosh rejalari faqat tegishli ravishda “O‘zshaharsozlikLITI” DUK va “ToshkentboshplanLITI” DUKning bosh loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan kelishilgandan keyin tasdiqlanishi kerak;
Toshkent shahri, Toshkent viloyati shaharlari va shahar posyolkalarining hamda boshqa shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan tuzilgan litsenziya bitimlari asosida arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish huquqiga litsenziya olinmasdan xorijiy loyiha-qidiruv tashkilotlari tanlov asosida jalb etilishi mumkin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi “Arxitektura-rejalashtirish byurosi” davlat unitar korxonalari tasdiqlangan bosh rejalarga ega bo‘lgan aholi punktlarining maydoni o‘n gektardan ortiq bo‘lmagan hududlarida ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini va qurish loyihalarini ishlab chiqishga haqlidir.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi 2a-ilovaga muvofiq 2018 — 2022-yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish dasturi va 2b-ilovaga muvofiq 2018 — 2022-yillarda respublika shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturi doirasida shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha potensial loyiha-qidiruv tashkilotlari 2018-yil fevral oyi mobaynida belgilanishini, shuningdek, kelgusi yillarda ko‘rsatib o‘tilgan dasturlarning parametrlarini tayyorlash doirasida har yili:
1-dekabrgacha — eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha-qidiruv tashkilotlari belgilanishini;
1-yanvargacha — shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarining tasdiqlangan manzilli va titul ro‘yxatlari tasdiqlanishini, keyinchalik loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilishini;
“O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK, “Qishloqqurilishloyiha” MChJ, “O‘zGAShKLITI” DUK va mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarda nazarda tutilgan muddatlarda shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari hamda qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
“O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MChJ bilan birgalikda shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini qurishda ularga rioya etilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining muntazam ravishda monitoringini olib borsin, keyinchalik monitoring natijalarini har bir yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oliy ta’lim muassasalari bazasida mutaxassis arxitektorlar, loyihalashtiruvchilar va quruvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirish tashkil etilishini nazarda tutgan holda “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK, “Qishloqqurilishloyiha” MChJ va mintaqaviy loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlari sifati oshirilishini ta’minlasin.
uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va infratuzilmaning namunaviy loyihalari asosida shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlari qurilishi tegishli aholi punktlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga va zarurat bo‘lganda ularga belgilangan tartibda kiritiladigan tuzatishlarga qat’iy muvofiq ravishda qurilishini;
mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirishda va hududlarni qurishda shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida belgilangan tartibda:
ikki oy muddatda “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MChJning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari tuzilmasiga hududlarni rejalashtirish va qurish bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida ular faoliyatining samaradorligini oshirishni, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda hajm-rejalashtirish jihatidan loyihalashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilishini;
loyiha-tashkilotlari va shaharsozlik faoliyatining boshqa ishtirokchilari orasida ixtisosli dolzarb axborotni tezlikda va keng ko‘lamli tarqatish imkonini beruvchi zamonaviy texnik darajadagi axborot-tahliliy baza tashkil etilishini taminlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihalashtirish, qurilish jarayonini tashkil etish va boshqarishning yangi usullarini, shuningdek, ilg‘or qurilish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida arxitektura sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga har tomonlama ko‘maklashsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
ta’limning yangi talab etilgan yo‘nalishlari (qurilishda marketing, qurilishda menejment va boshqalar) bo‘yicha qurilish tarmog‘ida yuzaga kelayotgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, har yili 1-dekabrgacha ta’limning ushbu yo‘nalishlarini ochish va bo‘lajak o‘quv yilida ular bo‘yicha qabul kvotalarini belgilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga yagona shakllarga muvofiq aniqlangan ehtiyojlar bo‘yicha asoslangan takliflarni kiritsinlar;
tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirish uchun tizimli asosda tajriba almashishni va maqsadli tajriba orttirishlarni tashkil etish uchun har yili 1-dekabrgacha yetakchi ixtisosli xorijiy oliy ta’lim va tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, shahar posyolkalari bosh rejalarini, qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 4-dekabrdagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 49-son, 455-modda);
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishliklararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda). | 220 | 14,252 |
Qonunchilik | Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qarorini bajarish yuzasidan va davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2017 — 2021-yillarda davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlar Dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 2-modda) 5-bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshlaridagi “10” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) 2-bandida:
a) birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi va ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning 8-pozitsiyasidagi “Ajratmalar miqdori” ustunidagi “10” va “10***” raqamlari tegishli ravishda “25” va “25***” raqamlari bilan almashtirilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tarkibidagi Maxsus nazorat boshqarmasi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 28-dekabrdagi 595-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tarkibida valyuta tushumlarini nazorat qilish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 26-apreldagi 191-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 5-maydagi 180-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 23-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-2-son, 10-modda) 2-ilovaning 44-pozitsiyasi va 3-ilovaning 81-pozitsiyasi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 25-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2007-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 44-modda) 1-ilovaning 2-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 21-maydagi 98-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 24-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2012-yil 13-dekabrdagi 353-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 85-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 2-martdagi 40-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 13-modda) ilovaning 5-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 29 va 99-bandlari.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida” 2016-yil 25-maydagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 44-modda).
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi. | 105 | 5,534 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.