folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Psiхolog mos keladigan kasb tanlashda yordam beradi | Vazirlar Mahkamasi 12.07.2019 yildagi “Oʻquvchilarni psiхologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 577-son qarorni qabul qildi.
Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) psiхologik хizmat tashkil etiladi.
Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:
Qaror bilan davlat ta’lim muassasalarida psiхologik хizmat faoliyatini tashkil etish jihatlari belgilandi va uning kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Psiхologik хizmatlarning asosiy yoʻnalishlari:
Ta’lim muassasasida psiхologik хizmat muassasa rahbarining buyrugʻiga muvofiq oʻquvchilar sonidan kelib chiqib 1 - 3 ta shtat birligidan iborat tarkibda tashkil etiladi. Psiхologlarga qoʻyiladigan malaka talablari tegishli ravishda Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Psiхologlar malakasini oshirish har 3 yilda kamida 1 marta amalga oshiriladi.
Attestatsiya umumiy oʻrta ta’lim muassasalari psiхologlari uchun har 5 yilda, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litseylar va kasb-hunar ta’limi muassasalari) psiхologlari uchun har 3 yilda 1 marta oʻtkaziladi. Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida oʻtkaziladi. Attestatsiya natijalariga koʻra psiхologlar sertifikat oladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Anvar Irkaхodjayev. | 51 | 1,514 |
Qonunchilik | ODDIY QUMOQLANGAN VA EMULSIYALANGAN PORTLOVChI MODDALAR IShLAB ChIQARISh XODIMLARI UChUN IShLARNING XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorini bajarish maqsadida buyuraman:
1. “Oddiy qumoqlangan va emulsiyalangan portlovchi moddalar ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman. | 146 | 608 |
Qonunchilik | Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi va 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-son qarori (ro‘yxat raqami 2093, 2010-yil 13-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2016-yil 10-iyundan kuchga kiradi.
1. 13-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.”;
beshinchi xatboshi quyidagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligidir.”.
2. 19-bandning ikkinchi xatboshisi “yozma shaklda” degan so‘zlardan keyin “, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 24-bandning birinchi xatboshisi “yozma shaklda” degan so‘zlardan keyin “, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 541-band bilan to‘ldirilsin:
“541. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash, tugatish va uni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak.”. | 112 | 1,850 |
Qonunchilik | DipIFR (rus) uchun kadrlarni qanday qilib tez va tejam bilan tayyorlash mumkin | Prezidentning «Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingach, MHXS boʻyicha mutaхassislarga talab ancha oshdi. Qanday qilib хodimlarni imtihonga tez, tejam bilan va sifatli tayyorlash mumkin? «Norma» PRM bir.uz buхgalterlar malakasini va direktor.uz tadbirkorlarning moliyaviy savodхonligini baholash tizimlarida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan onlayn-platformasini taklif etadi.
DipIFR (rus) uchun yangi tayyorlov onlayn-kursi 5 mayda boshlanadi. Uning uchta ustuvor jihati – oʻqituvchilarining yuqori malakaliligi (asosiy – Irina ZAVALIShINA (Moskva) va maslahat beruvchi), yaхshi ishlovchi teхnologiyalari va inqirozga qarshi alohida narхida.
Boshqacha aytganda – shunga oʻхshash хizmatlarning narхi bilan solishtirganda juda sifatli va juda arzon. Oʻqish qiymati haqida batafsil quyida soʻz yuritilgan.
Onlayn-kurs ishtirokchilari:
Kurs dasturi DipIFR (rus) diplomi talabgorlari hamda malakaga va BHMSga muvofiq ishlash tajribasiga ega boʻlgan professional buхgalterlar uchun moʻljallangan.
Kursning mazmun-mohiyati DipIFR (rus) imtihonining bugungi kungi dasturiga muvofiq keladi.
Dastur davomiyligi – 75 soat. Onlayn-kurs – 60 soat va maslahat tusidagi vebinarlar – 15 soatdan iborat.
Kursning boshlanishi – 05.05.2020 y.
Oʻqish grafigi – mashgʻulotlar jadvali asosida.
Kurs oʻqituvchisi – Irina ZAVALIShINA (Moskva), ASSA DipIFR, CAP/CIPA, MHXS boʻyicha ekspert, kurslar, kitoblar va koʻpgina maqolalar muallifi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi kompaniyalarda amaliy faoliyat yuritish sohasida salmoqli tajribaga va DipIFR imtihoniga tayyorlash boʻyicha 15 yillik tajribaga ega, shu jumladan:
Har bir tinglovchi yanada sifatli tayyorlanishini ta’minlash uchun maslahat tusidagi vebinarlar oʻqituvchilari sifatida Toshkentdagi tajribali oʻqituvchilar jalb etiladi:
Onlayn-kurs quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Qoʻshimcha bonuslar
Qiymati
Ishtirok etish qiymati
Bitta tinglovchi uchun, soʻmda
28.04.2020 yilgacha toʻlaganda chegirma bilan
28.04.2020 yildan keyin toʻlaganda chegirmasiz
DipIFR onlayn-kursi, 60 astr. soat + 15 astr. soat maslahat tusidagi vebinarlar
"NORMA" kompaniyasi mijozlari uchun
875 000
1 100 000
"Norma"da boʻlmaganlar uchun
990 000
1 300 000
DipIFR onlayn-kursi, 60 astr. soat
"NORMA" kompaniyasi mijozlari uchun
693 000
875 000
"Norma"da boʻlmaganlar uchun
875 000
1 100 000
Imtihon topshirish uchun roʻyхatdan oʻtish qiymati kurs qiymatiga kirmaydi va rasman roʻyхatdan oʻtish paytida alohida haq toʻlanadi.
«Norma» oʻquv markazi boʻlajak tinglovchilarining aksariyati murakkab moliyaviy ahvolda ekanini tushungan holda «koronavirusga qarshi» oʻqish qiymatini taklif etmoqda. DipIFR (rus) diplomini olishni rejalashtirgan boʻlsangiz, alohida narхda sifatli tayyorgarlik koʻrishdek noyob imkoniyatdan foydalaning – boshqa bunday imkoniyat boʻlmaydi!
Taklifimiz sizni qiziqtirib qoʻygan boʻlsa, ushbu havola orqali «60+15 soat» kursiga, «60 soat» kursiga esa – bu yerda yoziling. | 78 | 3,007 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5414-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga;
chegara bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga;
tashki iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga;
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi 5a-ilovaga;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi apparatlari shtatlarining cheklangan soni 6-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona postlari ro‘yxati 7-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari ro‘yxati 8-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom 9-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining Intizomiy ustavi 10-ilovaga;
2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda Yo‘l xaritasi deb yuritiladi) 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yo‘l xaritasini amalga oshirish bilan bog‘lik xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining (mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) umumiy cheklangan shtatlar soni 4 223 nafar, shu jumladan Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining soni 290 nafar etib belgilansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga:
zarur hollarda, davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat birliklari va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
umumiy shtat birliklari va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Milliy kinologiya markazi, shuningdek, bojxona postlarining tashkiliy tuzilmasida nazarda tutilmagan tarkibiy tuzilmalarni tashkil etish hamda mavjud tarkibiy tuzilmalarni qayta tashkil etish va tugatish;
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
zarur hollarda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi va o‘rinbosarlarining tarkibiy tuzilmalar ustidan mutasaddiligini o‘zgartirish;
Bojxona instituti ilmiy-pedagogik xodimlari, shuningdek, o‘quv-uslubiy jarayoniga jalb etilgan mutaxassislarga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun ish haqini soatbay to‘lashning o‘rnatilgan miqdoridan 50 foiz yuqori belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlarining, ilg‘or loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning malakali mutaxassislarini maslahatchilar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
5. Davlat bojxona siyosatining ustuvor yo‘nalishlari kelishilgan holda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida belgilab qo‘yilsinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar talablarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
bojxona organlariga har tomonlama rivojlangan hamda yuksak mahoratga ega, ma’nan yetuk vatanparvar yoshlarni jalb etishga qaratilgan, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish;
xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonun buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish;
xizmatni fidokorona olib borayotgan kadrlarni har tomonlama rag‘batlantirish, shuningdek, xizmat intizomi, qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy hamda boshqa turdagi javobgarlikka tortilishini ta’minlash;
Bojxona instituti faoliyatini samarali tashkil etish;
bojxona organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik, tashki iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan bevosita, maqsadli muloqot o‘rnatish, shuningdek, fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
bojxona ishi rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, bojxona qonunchiligi hamda huquqni ko‘llash amaliyotini takomillashtirish, bojxona sohasidagi qonunbuzilish holatlarining sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish, axborotlarni tahlil qilish va undan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali bojxona organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita aloqasiz muloqot qilish shakllarini joriy etish;
xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va samarali ishlashini ta’minlash, vijdonli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga nisbatan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini ko‘llash tartibini shakllantirish;
bojxona nazoratining zamonaviy usul, shakl va texnik vositalarini joriy etish orqali tovarlarning noqonuniy olib kirilishi, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini aniqlash;
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
tashki savdo operatsiyalarini monitoring qilish, eksport-import shartnomalari ijrosini tahlil qilish, tovarlar eksporti prognozlarini bajarish, tashki savdo operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta qonunchiligiga rioya qilish;
bojxona statistikasining shakllanishi va ishonchliligi, O‘zbekiston Respublikasining tashki savdosi hamda mamlakatning savdosidagi asosiy hamkorlari — davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari rivoji haqida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
statistik ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash, tashki savdo sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish;
tovarlarning tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha to‘g‘ri tasniflanishini baholash, ularning bojxona qiymatini aniqlash, bojxona to‘lovlarini hisoblash va undirish, shuningdek, ushbu masalalarda uslubiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutadigan bojxona postlari faoliyati ustidan ishonchli nazorat tizimini ishlab chiqish;
kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi, tovarlarni noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash va tahlil qilish, qonun buzilishining oldini olish bo‘yicha samarali choralar ishlab chiqish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;
xorijiy mamlakatlar bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, bojxona ishi sohasidagi ilg‘or tajribalarni tizimli o‘rganish va joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy kinologiya markazining faoliyatini samarali tashkil etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini har tomonlama, to‘liq va obyektiv ko‘rib chiqish, fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
bojxona organlarining bino va inshootlarini joriy va kapital ta’mirlash, xodimlarni kompyuter va boshqa uskunalar, aloqa xamda bojxona nazorati vositalari bilan ta’minlash, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
xizmatda bo‘lish chegaralangan yosh serjantlar tarkibidagi xodimlar uchun — ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun oltmish yoshni tashkil qiladi;
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi, shundan imtiyozli hisoblanadigan davr faqat xodimlarga pensiya miqdorini hisoblashda inobatga olinadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy kinologiya markazining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, bojxona postlari boshliqlarining shaxsiy javobgarlik sohasini belgilasin;
ikki oy muddatda markaziy apparat va tarkibiy tuzilmalarni yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlariga (keyingi matnlarda — bojxona organlari) xizmatga qabul qilish va o‘tash tartibini belgilaydi.
2. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash quyidagi tartiblarni o‘z ichiga oladi:
xizmatga qabul qilish;
maxsus unvonlar berish, pasaytirish va ulardan mahrum etish;
lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
xodimlarni boshqa davlat organlariga safarbar etish;
attestatsiyadan o‘tkazish;
ta’tillar berish;
huquqiy va ijtimoiy himoyalash;
xizmatni o‘tash rejimini ta’minlash;
xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan bo‘shatish va xizmatga tiklash.
3. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida bo‘sh lavozimlar soni va saralash tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida e’lonlar (arizalarni qabul qilish muddati, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilgan holda) ommaviy axborot vositalarida, jumladan bojxona organlarining rasmiy veb-saytlarida yoritiladi.
4. Xizmatga ixtiyoriy ravishda, tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, yoshi o‘n yettidan kam bo‘magan va o‘ttizdan oshmagan, oliy, o‘rta maxsus va o‘rta ma’lumotga ega, o‘zining shaxsiy, ishchanlik va axloqiy sifatlari, sog‘ligi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga ko‘ra bojxona organi xodimining xizmat vazifalarini bajarishga qodir — bo‘yi 165 smdan kam bo‘lmagan erkaklar, 160 smdan past bo‘lmagan ayollar qabul qilinadilar.
Zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi matnlarda — DBQ) raisi tomonidan belgilangan bojxona organlarining maxsus tuzilmalariga yoshi o‘ttizdan oshgan, xizmatda bo‘lishning cheklangan yoshiga yetganida pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar xizmatga qabul qilinishi mumkin.
5. Bojxona organlariga muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiriq rezervida yoxud oliy ta’lim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan erkaklar qabul qilinadilar.
6. Istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi hamda roziligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoxud DBQ raisi buyrug‘i bilan boshqa davlat organi va tashkilotlaridan xodimlar ushbu Nizomning 4-va 5-bandlarida belgilangan talablarni inobatga olmagan holda xizmatga qabul qilinishi mumkin.
7. Xizmatga qabul qilish DBQ raisi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq, tanlov (dastlabki va yakuniy saralash) asosida amalga oshiriladi.
Saralashni amalga oshirish maqsadida, DBQ markaziy apparatida qabul komissiyasi, hududiy va tarkibiy tuzilmalarda o‘rganish komissiyalari tashkil etiladi.
8. Xizmatga kirish istagini bildirgan shaxs (keyingi o‘rinlarda — nomzod) saralash tadbirlarida ishtirok etadi.
Nomzodlarni dastlabki saralash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) dastlabki test sinovlari;
b) psixologik o‘rganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
v) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
g) nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish);
d) tibbiy ko‘rik. Nomzodlarga xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyalariga yo‘llanma beriladi.
e) maxsus tekshiruv.
Nomzod DBQning rasmiy veb saytida yaratilgan elektron xizmat orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi va belgilangan ma’lumotlarni tizimga kiritadi.
Dastlabki test sinovi va psixologik o‘rganish bosqichlari axborot tizimlaridan foydalangan holda, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash esa sport maydonlarida o‘tkaziladi, barcha bosqichlar topshiriqlari nomzodlardan bir marotaba qabul qilinadi.
Saralashning dastlabki test sinovi va psixologik o‘rganish bosqichi bo‘yicha nomzodlarning qayd etgan natijalari onlayn tarzda, qolgan bosqichlari natijalari esa sinov qabul qilingan kunda DBQning veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Maxsus tekshiruv hamda davlat siri bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.
Saralashning keyingi bosqichiga o‘tganligi yoki rad etilganligi haqida nomzodning shaxsiy kabinetiga ma’lumot yuboriladi.
Ushbu Nizomda belgilangan talablarga mos kelmagan, saralash bosqichlaridan o‘ta olmagan yoki o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar bergan, shuningdek mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan nomzodlarni xizmatga qabul qilish rad etiladi.
9. Dastlabki test sinovi, psixologik o‘rganish va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod o‘zining doimiy yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidagi bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
xizmatga qabul qilish to‘g‘risida ariza;
anketa-ma’lumotnoma;
o‘qish, ish (nomzod o‘qisa yoki ishlasa) joyidan tavsifnoma;
harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
Xizmat xususiyatidan kelib chiqib, hamda ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida, nomzod yoki mutasaddi tashkilotlardan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar olinishi mumkin.
10. Quyidagilar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar;
xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan fuqarolar;
boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar;
sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar.
11. Yakuniy saralash nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat shaklida o‘tkazilib, suhbat davomida uning aqliy salohiyati, xizmatni o‘tashga ruhan tayyorligi baholanadi.
12. Nomzod xizmatga qabul qilish talablariga javob bermasa, mutasaddi rahbar tomonidan uni xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan qaror qabul qilinadi va bu haqida nomzodga DBQ veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali ma’lum qilinadi.
13. Yakuniy saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan, nomzodlar xizmatni o‘tashga kasbiy layoqatliligi to‘g‘risida qabul komissiyasining xulosasi asosida DBQ raisi buyrug‘i bilan mavjud bo‘sh lavozimlarni inobatga olgan holda lavozimga tayinlanadilar.
14. Bojxona organlaridagi lavozimlar quyidagicha jamlanadi:
ofitserlar tarkibi — Oliy harbiy bojxona instituti bitiruvchilari (keyingi matnlarda — OHBI) va oliy ma’lumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
serjantlar tarkibi — o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ma’lumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxiradagi ofitserlarini bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Tor doiradagi mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlar DBQ raisi tomonidan belgilangan tartib va ro‘yxatga muvofiq tanlovdan o‘tmasdan xizmatga qabul qilinishi mumkin.
16. Nomzodlarga maxsus talablar qo‘yiladigan tuzilma va lavozimlar, bojxona organlarida lavozimga tayinlash uchun zarur ta’lim va mutaxassislik yo‘nalishlari ro‘yxati, shuningdek tanlovni o‘tkazish tartibi va uslubi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
17. OHBIga abituriyentlarni saralash va qabul qilish hamda o‘qishni tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. Xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi xodimi vakolatlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga og‘ishmay amal qilishga, uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga, o‘zimning mansab vazifalarimni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman”.
19. Xodimning dastlabki sinov muddati uch oyni tashkil etadi. Sinov muddati davrida xodimga murabbiy biriktiriladi.
Qasamyod qabul qilish, dastlabki sinov muddatini o‘tash va murabbiy biriktirish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
20. Bojxona organlari xodimlari DBQ raisi buyrug‘i bilan, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda, Qurolli Kuchlar, Davlat xavfsizligi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy qo‘shinlari va organlariga, Milliy gvardiyaga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan harbiy tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar organlariga yoki teskari tarzda, haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash uchun yoki xizmatni davom ettirish uchun o‘tkazilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan harbiy tuzilmalar harbiy xizmatchilari va xodimlari ushbu vazirlik va idoralarning birinchi rahbari bilan kelishilgan holda bojxona organlarida xizmatni davom ettirish uchun o‘tkazilishi mumkin. Harbiy xizmatchilar va xodimlarni bojxona organlariga o‘tkazish faqat ularning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi.
21. Chaqiriluvchi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlari xizmatiga qabul qilingan, harbiy xizmatga majbur bo‘lgan fuqarolari harbiy hisobdan chiqarilib, DBQ maxsus hisobiga qo‘yiladilar. Xizmatdan bo‘shatilgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda harbiy hisobga qo‘yiladilar.
22. Bojxona organlari xodimlariga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda belgilangan shakldagi xizmat guvohnomalari beriladi.
23. Maxsus unvon xodimning xizmat majburiyatlariga munosabati, o‘tagan xizmat yillari va egallagan lavozimini inobatga olgan holda yakka tartibda beriladi.
24. Xodimlarga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
serjantlar tarkibi — bojxona xizmati kichik serjanti, bojxona xizmati serjanti, bojxona xizmati katta serjanti;
ofitserlar tarkibi:
kichik ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati leytenanti, bojxona xizmati katta leytenanti, bojxona xizmati kapitani;
katta ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati mayori, bojxona xizmati podpolkovnigi, bojxona xizmati polkovnigi;
generallar tarkibi — bojxona xizmati general-mayori, bojxona xizmati general-leytenanti, bojxona xizmati general-polkovnigi.
25. Bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “bojxona xizmati katta serjanti” maxsus unvoni beriladi, bu unvonda ular dastlabki sinov muddati tugab, ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmatni o‘taydilar.
Bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “kichik serjant” maxsus unvoni beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitserlar hisoblanuvchi va bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga mavjud harbiy unvoniga teng darajadagi maxsus unvon beriladi.
26. Bojxona organlarining katta ofitserlik unvonlarigacha bo‘lgan unvonlar, shu jumladan katta ofitserlik unvonlari ham, DBQ raisi buyrug‘i bilan beriladi.
27. Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari bo‘yicha ko‘p yillik staji va ish (xizmat) tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolarga ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash vaqtida birinchi unvon sifatida bojxona xizmati mayori maxsus unvonigacha bo‘lgan unvonlar, shu jumladan bojxona xizmati mayori maxsus unvoni ham, berilishi mumkin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boshqa unvoni bo‘lmagan shaxslarga belgilangan tartibda bojxona xizmati polkovnigi maxsus unvonigacha bo‘lgan, shu jumladan bojxona xizmati polkovnigi unvoni ham, maxsus unvon berilishi mumkin.
29. “Bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvoni quyidagilarga beriladi:
bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilinib, sinov muddatini muvaffaqiyatli o‘tagan shaxslarga;
bojxona organlarining serjantlar tarkibidan ofitserlik tarkibi lavozimlariga tayinlanganlarga;
OHBI bitiruvchilariga.
Birinchi ofitserlik unvoni berilgan xodimlarga shaxsiy raqamli jeton taqdim etiladi.
30. Generallar tarkibining maxsus unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
31. Maxsus unvonda xizmatni o‘tash muddatlari quyidagicha belgilanadi:
“bojxona xizmati kichik serjanti” — ikki yil;
“bojxona xizmati serjanti” — ikki yil;
“bojxona xizmati katta serjanti” — muddatsiz;
“bojxona xizmati leytenanti” — ikki yil;
“bojxona xizmati katta leytenanti” — ikki yil;
“bojxona xizmati kapitani” — uch yil;
“bojxona xizmati mayori” — to‘rt yil;
“bojxona xizmati podpolkovnigi” — besh yil.
“Bojxona xizmati polkovnigi” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.
32. Navbatdagi maxsus unvonlar belgilangan xizmat muddatini o‘tagan xodimlarga, ular egallab turgan lavozimining unvon pog‘onasiga muvofiq beriladi.
33. Navbatdagi maxsus unvonni chetlab o‘tib, maxsus unvonlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
34. Xodim yuqoriroq darajadagi unvon belgilangan lavozimga o‘tkazilganda, mavjud unvonida bo‘lish muddati o‘tgan bo‘lsa, lavozimiga qachon tayinlanganidan qat’i nazar, navbatdagi maxsus unvon berish uchun taqdim etiladi.
35. Maxsus unvonda xizmat o‘tash muddati kalendar hisobda maxsus unvon berish haqida buyruq chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi, ushbu Nizomning 45-bandida belgilangan tartibda berilgan maxsus unvonlar bundan mustasno.
Xodimning maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda, uning avvalgi unvoni qayta tiklanguniga qadar o‘tagan xizmat davri navbatdagi unvon berish uchun xizmat muddatiga qo‘shilmaydi.
36. Xizmat majburiyatlarini namunali darajada bajarayotgan, xizmat burchini ado etishda qahramonlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarga bojxona organlari ofitserlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan oldin yoki egallab turgan lavozimi bilan ko‘zda tutilgandan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berish tarzida rag‘batlantirish ularning bojxona organlaridagi umumiy xizmat davrida faqat bir marotaba qo‘llanilishi mumkin.
Bir vaqtning o‘zida muddatidan avval hamda lavozimi bilan ko‘zda tutilganidan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
37. DBQ raisi muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonlarni quyidagilarga berishga haqli:
egallab turgan maxsus unvonida bo‘lishning belgilangan muddatlaridan qat’i nazar xizmat burchini bajarishda jasorat va qahramonlik ko‘rsatganlik uchun;
egallab turgan maxsus unvonida bo‘lishning belgilangan muddatining uchdan ikki qismi o‘tgandan keyin xizmat vazifalarini namunali bajarganlik va ishdagi yuqori ko‘rsatkichlar uchun.
38. Egallab turgan lavozimi bilan ko‘zda tutilganidan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon quyidagilarga beriladi (generallar tarkibi maxsus unvonlari bundan mustasno):
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bojxona organlari ofitserlar tarkibi xodimlariga – mavjud unvonda xizmatni o‘tash muddati tugaganidan so‘ng;
bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xodimlarga – xizmat faoliyatidagi yuqori ko‘rsatkichlari uchun maxsus unvoniga ega bo‘lganda mavjud unvonda xizmatni o‘tash muddatining kamida bir yarim baravarini o‘tganidan so‘ng.
39. Pensiya olish huquqini beradigan xizmat yilini hamda navbatdagi maxsus unvon uchun belgilangan muddatini o‘tagan, egallab turgan lavozimi bilan belgilangan unvon pog‘onasi “bojxona xizmati kapitani” bo‘lgan, ishda ijobiy tavsiflanadigan bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlariga xizmatdan bo‘shatish bilan bir vaqtda “bojxona xizmati mayori” maxsus unvoni berilishi mumkin.
40. Xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berilishi quyidagi hollarda kechiktiriladi:
xodim DBQ ixtiyorida bo‘lganda;
xodimda amaldagi intizomiy jazosi mavjud bo‘lganda;
xodim attestatsiyadan shartli ravishda o‘tganida;
xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda;
intizomiy jazo tariqasida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va boshqa lavozimga o‘tkazilgan taqdirda — lavozimidan ozod etilgan kundan boshlab bir yil davomida.
41. Navbatdagi maxsus unvonning asossiz ravishda kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan boshliqlar va xodimlar belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.
42. Bojxona organlarining ofitserlar tarkibi xodimlariga intizomiy jazo tariqasida maxsus unvonlarini bir pog‘ona pasaytirish qo‘llanilishi mumkin. Bunda pasaytirish “bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvonigacha bo‘lishi mumkin.
Maxsus unvonni pasaytirish tariqasidagi intizomiy jazoni tayinlash faqat DBQ raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona organlari xodimining avvalgi unvoni tiklangan va unga navbatdagi unvon berilganga qadar maxsus unvonni takroran pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maxsus unvoni pasaytirilgan xodimning avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, unvoni pasaytirilganidan keyin bir yil o‘tgach DBQ raisi tomonidan tiklanishi mumkin.
Generallar tarkibi xodimlarining maxsus unvonlarini pasaytirish va tiklash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
43. Maxsus unvoni pasaytirilgan va so‘ngra tiklangan xodimning maxsus unvondagi xizmat muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar o‘tagan xizmati bilan qo‘shib hisoblanadi.
44. Maxsus unvondan sud hukmiga asosan mahrum etish DBQ raisi buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Unvonni tiklash haqida sudning qarori qabul qilinganida maxsus unvonni tiklash DBQ raisi buyrug‘i bilan amalga oshiraladi.
45. Huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvon va martaba darajasi bo‘lishi nazarda tutilgan boshqa organlardan xizmatga o‘tkazilgan shaxslarning maxsus unvonlari, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, DBQ raisi tomonidan ushbu Nizom ilovasiga muvofiq beriladi.
Ushbu tartib huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvonlar bo‘lishi nazarda tutilgan boshqa organlarga o‘tkazilgan xodimlarga ham qo‘llaniladi.
Xodimlarga ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda navbatdagi maxsus unvon berishda ularning avvalgi ish joyidagi unvonda xizmatni o‘tagan davri hisobga olinadi.
46. Ushbu Nizomning 28 va 45-bandlariga muvofiq maxsus unvonlar berilgan xodimlarga xizmat yillari uchun foizli ustama belgilashda ularning ilgarigi ish joyidagi (foizli ustama to‘lash uchun belgilangan) xizmat yoki mehnat stajlari inobatga olinadi hamda ushbu davr xodim bojxona organlaridan bo‘shatilgan taqdirda unga pensiya tayinlashda umumiy xizmat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
47. Yuqori yoki teng lavozimga vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar vazifa bajaruvchi etib tayinlangunga qadar egallagan lavozimining unvon pog‘onasi bo‘yicha beriladi.
48. Xodimlar ilgari egallagan lavozimlaridagi shtat jadvali bo‘yicha o‘zgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvon pog‘onasi ko‘tarilishi yoki pasaytirilishi) lavozim vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganlaridan yoki o‘qishga kirganlaridan so‘ng inobatga olinmaydi.
49. Maxsus unvonlar berish, ularni pasaytirish va tiklashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ko‘rib chiqish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
50. DBQ raisi maqomiga ko‘ra vazirga, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari — tegishincha vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlariga tenglashtirilgan.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar ro‘yxati qonunchilik bilan;
DBQ raisi, shuningdek vakolatga ega bojxona organlari boshliqlari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar ro‘yxati — DBQ raisi buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
52. Xodimlarni lavozimga tayinlashda quyidagi qoidalarga rioya etiladi:
a) xodimlarni lavozimga tayinlash ularning ma’lumoti, mutaxassisligi va amaliy ish tajribasiga muvofiq amalga oshiriladi;
b) bo‘sh lavozim vazifasini bajarishning uzluksiz muddati olti oydan, jamlangan lavozimda esa to‘rt oydan oshmasligi lozim;
v) tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida, xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va ikki oygacha bo‘lgan muddatga, DBQ raisi ruxsati bilan esa ikki oydan ortiq muddatga bojxona organlari ixtiyoriga olinadi.
Bojxona organlari ixtiyoridagi xodimga ikki oy davomida oxirgi lavozimi bo‘yicha pul ta’minoti beriladi; uchinchi oydan boshlab esa maxsus unvon bo‘yicha okladi va xizmat yillari uchun ustama beriladi. Bojxona organlari ixtiyorida to‘rt oydan ortiq muddat bo‘lganda, pul ta’minoti DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojxona organlari ixtiyorida bo‘lish muddatini hisoblashda uning kasal bo‘lgan davri (mehnatga layoqatsizlik varaqasi mavjud bo‘lganida) yoki yillik navbatdagi ta’tilda bo‘lish (bola parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti bundan mustasno) inobatga olinmaydi. Ushbu ta’tillar davrida pul ta’minoti dastlabki ikki oy davomida amalga oshiriladi.
Xodimning bojxona organlari ixtiyorida ikki oydan ortiq bo‘lgan davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy xizmat stajiga kiritiladi;
g) xodimning yoki uning oila a’zolari hayoti yoxud sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelganida, shuningdek ularning sog‘lig‘i holati tufayli xizmat (yashash) joyini o‘zgartirish zarur bo‘lganida, ushbu xodim boshqa bo‘linmaga xizmatga o‘tkaziladi;
d) o‘zaro qarindosh bo‘lgan xodimlar (ota-ona, turmush o‘rtog‘i, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar unda xizmat o‘tash birining ikkinchisiga bo‘ysunishi yoki nazorat ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bir bo‘linmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.
e) ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslar OHBI professor-o‘qituvchilari tarkibi lavozimlariga ofitserlik lavozimlari hisobidan tayinlanishi mumkin;
j) xodimni egallab turgan lavozimidan chetlashtirishga doir jinoyat ishi bo‘yicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi hamda avvalgi xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan past yoki teng mavqeli lavozimga tayinlanadi yoxud bojxona organlari ixtiyorida qoldiriladi.
Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimni bojxona organlaridan bo‘shatish yoki uni avvalgi yoxud teng mavqeli lavozimga tayinlash masalasi bunga vakolatli boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.
Xodimning bojxona organlari ixtiyorida bo‘lishi tartibi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan belgilanadi.
53. Xodimni lavozimdan lavozimga o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
yuqori lavozimga — xizmat bo‘yicha ko‘tarilish yoki rag‘batlantirish tartibida;
teng lavozimga — o‘zining iltimosiga ko‘ra, sog‘lig‘ining holati bo‘yicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), oilaviy sharoitga ko‘ra, sud qarori asosida lavozimdan chetlashtirish, xizmat tekshiruvi xulosasi asosida yoki bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish zaruriyati yuzaga kelganida xodimning kasbiy va shaxsiy sifatlarini inobatga olib, uning egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, shuningdek tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida;
quyi lavozimga — o‘zining xohishiga ko‘ra, xodim sog‘lig‘ining holati bo‘yicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), attestatsiya tartibida egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganida, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli teng lavozimga o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganida.
54. Yuqori, teng yoki past lavozimlar egallab turgan lavozim bilan nazarda tutilgan maxsus unvonga muvofiq, maxsus unvonlar teng bo‘lganida esa — lavozim maoshi miqdori bo‘yicha aniqlanadi.
55. Egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli yoki intizomiy jazo tariqasida past lavozimga tayinlangan xodimlarni xizmat bo‘yicha ko‘tarish ularning kasbiy va shaxsiy fazilatlari, sog‘lig‘ining holati, ish natijalari va xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatgan qobiliyatidan kelib chiqib, kamida bir yildan keyin amalga oshiriladi.
56. Xizmat joyi o‘zgargan xodim xizmat hujjatlari va unga ishonib berilgan mulkni topshirganidan keyin, biroq xizmat bo‘yicha ko‘chirish haqida buyruqni yoki yozma xabarni olgan kunidan so‘ng o‘n kundan kechikmasdan xizmat joyiga safarbar qilinishi lozim, xodim ta’tilda yoki davolanishda bo‘lgan hollar bundan mustasno.
57. Maxfiy hujjatlar bilan ishlash bilan bog‘liq lavozimga tayinlash uchun xodim o‘rnatilgan tartibda davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlarga ruxsatnoma rasmiylashtirish jarayonidan o‘tadi.
Davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga ruxsatnomasi bo‘lmagan xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlash belgilangan lavozimga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xodim o‘rnatilgan tartibda davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga ruxsatnomadan mahrum qilinganda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va maxfiy hujjatlar bilan ishlash talab etilmaydigan lavozimga o‘tkaziladi.
58. Bojxona organlarida rahbar lavozimlarni egallagan xodimlar teng lavozimga, jumladan boshqa tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan so‘ng rotatsiya tartibida o‘tkazilishi mumkin.
Bojxona posti xodimlari bitta postda 3 yil xizmat qilgandan so‘ng, DBQ markaziy apparati, boshqa tarkibiy tuzilmalar va bojxona postlariga teng lavozimga rotatsiya tartibida o‘tkaziladi.
Bunda rotatsiya tartibida o‘tkazilgan lavozim bo‘yicha belgilangan maxsus unvon yoki lavozim maoshi miqdori rotatsiya tartibida o‘tkazilgunga qadar egallagan lavozimi bo‘yicha belgilangan maxsus unvon yoki lavozim maoshidan kam bo‘lgan taqdirda xodim quyi lavozimga o‘tkazilgan hisoblanmaydi.
Agar bojxona organlari xodimini yangi xizmat joyiga o‘tkazilayotganda oilasining turar joyi o‘zgarsa hamda xotini (eri) ham bojxona organlari xodimi bo‘lsa, unda xodimni yangi xizmat joyiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda xotinini (erini) ham ushbu joyga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi.
59. Bojxona organlari uchun kadrlar tayyorlash OHBI va O‘zbekiston Respublikasining boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
60. Bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar (BI bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tadi.
Qayta tayyorlash kursining muddati DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
61. Xodim:
DBQ raisining buyrug‘iga muvofiq belgilangan muddatda malaka oshiradi;
boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan bog‘liq lavozimga tayinlanganda yoki uni ishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash zarur bo‘lganida majburiy tartibda qayta tayyorgarlikdan o‘tadi.
62. Xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.
63. Bojxona organlari xodimlari xizmatdan bo‘sh vaqtida ilmiy faoliyat, shuningdek, OHBIda soatbay mehnatga haq to‘lash shaklida muallimlik faoliyatini olib borishi mumkin.
64. Xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini ta’minlash, ularning ma’naviy-axloqiy darajasini oshirish uchun bojxona organlarida tizimli ravishda xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
65. Xodim maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llash bilan bog‘liq sharoitlarda harakatlanishga kasbiy yaroqliligi bo‘yicha har yilgi tekshiruvdan o‘tishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.
66. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shartlari va tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
67. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida, shuningdek uning roziligiga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoxud yuqori turuvchi organlarning buyrug‘i bo‘yicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, xalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojxona organi xodimi o‘z majburiyatlarini bajarish davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda — kadrlar zaxirasi), agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona organlaridagi pul ta’minoti saqlanmagan holda kiritiladi.
68. Xodim bojxona organlariga qaytgach, uning ushbu organdagi ish staji bojxona organlarida ustama belgilash bo‘yicha xizmat yillariga, navbatdagi maxsus unvon berish va pensiya tayinlash muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
69. Xodim saylangan (tayinlangan, yuborilgan) davlat organi yoki uning tasarrufidagi tashkilot mazkur xodimga u saylanguniga (tayinlanguniga, yuborilguniga) qadar egallab turgan oxirgi lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti to‘lanishini ta’minlaydi, shuningdek xizmat yillari uchun ustama va maxsus unvon bo‘yicha maosh to‘laydi.
70. Xodim bojxona organlariga qaytgach, DBQ raisi buyrug‘i bilan kadrlar zaxiraidan chiqarilib, avvalgi egallagan lavozimiga, teng lavozimga yoki yuqoriroq lavozimga tayinlanadi.
701. DBQ raisining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy ta’lim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga yuborilgan bojxona organi xodimi o‘qish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.
71. Bojxona organlarida attestatsiya xodimlarning bilim darajasini, ishga munosabatini, kasbiy tayyorgarligini, egallab turgan lavozimiga loyiqligini xolisona baholash, shuningdek xizmat intizomini mustahkamlash va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘ida ularning mas’uliyatini oshirish maqsadlarida o‘tkaziladi.
Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik vaziyatida o‘tishi lozim.
72. Xodimlar xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tadilar.
73. Navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazish muddati lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan o‘tkazilgan kunidan boshlab hisoblanadi.
74. Navbatdagi attestatsiya uch yilda bir marta o‘tkaziladi.
75. Quyidagi xodimlar navbatdagi attestatsiyadan o‘tmaydilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;
b) egallab turgan lavozimida bir yildan kam muddat xizmat qilganlar. Ushbu toifadagi xodimlar bir yil o‘tgach attestatsiyadan o‘tadilar;
v) xizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) va malaka oshirishda bo‘lganlar. Ushbu toifadagi xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishgandan keyin attestatsiyadan o‘tadilar.
g) kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Ushbu toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan chiqarilib, bojxona organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan boshlab kamida bir yil o‘tganidan so‘ng umumiy tartibda attestatsiyadan o‘tadilar;
d) homiladorlik, tug‘ish va bola parvarishlash ta’tilida bo‘lganlar. Ushbu toifadagi xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishganlaridan so‘ng kamida bir yil o‘tganidan so‘ng attestatsiyadan o‘tadilar;
e) bojxona organi ixtiyoriga olingan xodimlar. Ushbu toifadagi xodimlar lavozimga tayinlangandan so‘ng bir yil o‘tgach attestatsiyadan o‘tadi.
j) xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimlar. Ushbu toifadagi xodimlar xizmat tekshiruvi tugaganidan keyin attestatsiyadan umumiy tartibda o‘tadilar.
76. Navbatdan tashqari attestatsiyadan ish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan, xizmat intizomini qo‘pol tarzda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, bojxona organlari xodimining sha’niga putur yetkazuvchi nojo‘ya harakatlar sodir etgan xodimlar o‘tadilar.
Bojxona organlari xodimlarining xizmat samaradorligini yaxshilash maqsadida pensiya olish huquqini beradigan xizmat yillarini o‘tagan, quyi (katta inspektor, inspektor, kichik inspektor) lavozimlarda xizmat qilayotgan, biroq ish ko‘rsatkichlari past va o‘z ustida ishlamaydigan xodimlarning hisobotlarini tinglash, ularning kelgusi yil uchun ish rejalarini tasdiqlash, shuningdek, har yil yakuni bo‘yicha navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazgan holda tizimda xizmatni davom ettirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Navbatdan tashqari attestatsiya DBQ raisi qarori bilan o‘tkaziladi.
77. Attestatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish tartibi DBQ raisi tomonidan tasdiqlanadi.
78. Xodimlarga quyidagi ta’tillar beriladi:
a) har yilgi navbatdagi (asosiy va qo‘shimcha haq to‘lanadigan) ta’til;
b) oilaviy sabablarga ko‘ra qisqa muddatli (haq to‘lanmaydigan) ta’til;
v) homiladorlik, tug‘ish va bola parvarishlash ta’tillari;
g) kasallik bo‘yicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasiga asosan) ta’til;
d) o‘quv (kanikulyar) ta’tili — OHBI kursantlari uchun;
e) OHBIni tamomlaganligi munosabati bilan ta’til;
j) ijodiy ta’til — amaliy faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan xodimlarga dissertatsiyasini yakunlashi uchun;
z) qo‘shimcha ta’tillar:
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlarini topshirish uchun, ish haqi saqlanmagan holda;
jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganlarga;
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida sirtdan o‘qiyotgan xodimlarga imtihonlar, sinovlar va boshqa o‘quv ishlarini topshirish davrida sessiya tugagunga qadar pul ta’minoti saqlangan holda ta’til beriladi.
Xodimlarga shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham ta’tillar berilishi mumkin.
79. Xodimlarga ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur bo‘lgan, biroq uch kalendar kundan oshmaydigan vaqt qo‘shilgan, lavozimi va pul ta’minoti saqlangan holda davomiyligi o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy ta’til beriladi.
Qonunchilikda belgilangan davlat bayramlari kuni yillik navbatdagi ta’til kunlarini qo‘shishda hisobga olinmaydi.
80. Xodimning yillik navbatdagi ta’tiliga belgilangan xizmat muddatini o‘tagandan keyin kalendar hisobida davomiyligi quyidagicha bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi:
o‘n yillik xizmatidan so‘ng — besh kun;
o‘n besh yillik xizmatidan so‘ng — o‘n kun;
yigirma yillik xizmatidan so‘ng — o‘n besh kun.
81. Yangi xodimga xizmatining birinchi yilida ta’til kamida olti oy o‘tgach beriladi.
Xodimga yillik navbatdagi ta’tilni uning haqiqatda xizmat qilgan vaqtiga mutanosib ravishda berish uchun to‘liq ta’tilni o‘n ikkiga bo‘lish va xizmatning to‘liq oylar soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
82. Har yilgi asosiy ta’til davrida xodim ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasasida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi varaqasi ochilgan holda davolanganida ta’til ushbu muddatga uzaytiriladi.
83. Xodimni ta’tildan faqat xizmat yuzasidan o‘ta zarur hollardagina o‘zining roziligi va bojxona organi boshlig‘ining yozma qarori bilan chaqirib olishga yo‘l qo‘yiladi. Xodim ta’tildan chaqirib olingan taqdirda, uning foydalanilmagan qismi qoidaga ko‘ra, joriy yilda beriladi.
84. Ta’tilni kompensatsiya puli bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, o‘zining yillik navbatdagi ta’tilidan foydalanmagan xizmatdan bo‘shayotgan xodimlar bundan mustasno.
85. Xodimga yillik navbatdagi ta’til kalendar yil davomida berilmagan bo‘lsa, ta’til uchun moddiy yordam puli joriy moliya yilining oxirida beriladi.
86. Xodim bojxona organlarining boshqa bo‘linmalariga o‘tkazilgan taqdirda, uning foydalanilmay qolgan har yilgi asosiy ta’tili yangi xizmat joyi bo‘yicha beriladi.
87. Xodimga yiliga bir marotaba qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida har yilgi asosiy ta’tilni o‘tkazadigan joyiga, shuningdek sanatoriy-kurortlarda davolanish joylariga borishi va qaytishi uchun sarflagan yo‘l xarajatlari to‘lab beriladi.
88. Xodimlarga har yilgi asosiy ta’til xohishiga ko‘ra ikki qismga bo‘lib berilishi mumkin. Bunda ta’tilning bir qismi o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Ushbu holda ta’til guvohnomasi ta’tilning har bir qismi uchun alohida rasmiylashtiriladi. Ta’til o‘tkaziladigan joyga borish va qaytish uchun yo‘l haqi olish huquqi hamda borib-kelishga vaqt faqat ta’tilning bir qismiga beriladi.
89. Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatga va tartibda beriladi.
Xodimga qonun hujjatlariga muvofiq bola uch yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash uchun ta’til beriladi.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodim pul ta’minoti saqlanmagan holda bojxona organlari ixtiyoriga olinadi.
Bolani parvarishlash ta’tili muddati xizmat stajiga qo‘shiladi, lekin hammasini jamlaganda olti yildan oshmasligi kerak. Bunda xizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi.
Bola parvarishlash uchun ta’til tugagandan so‘ng, xodimga ta’tilga chiqguniga qadar egallab turgan avvalgi lavozimiga teng lavozim beriladi. Bunday lavozim mavjud bo‘lmaganda esa, ma’lumotiga, mutaxassisligiga hamda amaliy ish tajribasiga ko‘ra boshqa lavozim beriladi.
90. Xodimlarga kasalligi bo‘yicha ta’tillar ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida beriladi. Ushbu ta’tilning davomiyligi kasallikning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Kasallik sababli ta’tilda bo‘lishning uzluksiz umumiy muddati to‘rt oydan oshmasligi lozim. Ayrim kasalliklar bo‘yicha davolanishda bo‘lish uchun ko‘proq muddat talab qilingan hollarda bu muddat ichki ishlar organlari tibbiyot muassasasi xulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.
Xodimlar kasallik bo‘yicha ta’tilda uzluksiz bo‘lishning belgilangan muddati tugaganidan so‘ng, keyingi xizmatga yaroqliligini hal qilish uchun ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasida guvohlantirilishi lozim.
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishda olingan yaradorligi (kontuziya, jarohatlar)ni davolashda bo‘lgan davri ma’lum bir muddat bilan cheklanmaydi. Shaxslarning mazkur toifasi davolanish tugagandan so‘ng ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy guvohlantirilishidan o‘tkaziladi.
Ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida beriladigan kasallik bo‘yicha ta’til yoki mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan holda davolanishda bo‘lish davrida xodimning pul ta’minoti saqlanadi.
Kasallik sababli ta’til har yilgi navbatdagi ta’til hisobiga kiritilmaydi.
Xodim xizmatdan bo‘shatilayotganda, unga kasalligi sababli ta’til berilmaydi.
91. OHBIda akademik qarzdorligi bo‘lmagan kursantlarga yetti kun davom etadigan qishki va o‘ttiz kun davom etadigan yozgi, shuningdek institutni tamomlashi munosabati bilan o‘ttiz kun davom etadigan ta’tillar beriladi.
92. Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasida mustaqil izlanuvchi bo‘lgan xodimlarga dissertatsiyalarini yakunlashlari uchun DBQ raisi tomonidan belgilanadigan tartibda ijodiy ta’til beriladi.
93. Oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari topshirish uchun ruxsat olgan xodimlarga ta’lim muassasasiga borish va u erdan qaytish vaqtini hisobga olgan holda o‘n besh kalendar kunidan oshmaydigan va pul ta’minoti saqlanmaydigan ta’til beriladi.
94. Xodimlarga oilasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish, qarindoshlik burchini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek boshqa uzrli sabablarga ko‘ra ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun vaqt hisobga olinmagan, pul ta’minoti saqlanmagan holda o‘n kalendar kungacha qisqa muddatli ta’til berilishi mumkin.
95. Ushbu Nizomning 130-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlari asosida xizmatdan bo‘shatilayotgan xodimlarga ishdan bo‘shatish haqida qaror qabul qilingan kalendar yili uchun haq to‘lanadigan har yilgi navbatdagi ta’til beriladi.
Xizmatdan bo‘shatilayotgan xodimlarga foydalanilmagan har yillik navbatdagi ta’til uchun bo‘shayotgan yilda xizmat davriga mos ravishda pul kompensatsiyasi to‘lanadi.
Bunda, pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lmagan xodimdan avval to‘langan pul kompensatsiyasi bo‘shayotgan yilda xizmat davriga mos ravishda ushlab qolinadi.
96. Xodimlarga ta’tillar berish, ta’tildan chaqirib olish, shuningdek ularning muddatlarini hisoblash tartibi va shartlari DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
97. Bojxona organlari xodimi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari talablaridan kelib chiqqan holda egallab turgan lavozimi bo‘yicha xizmat vazifalarini bajarishda davlat organining vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
98. Bojxona organlari xodimining xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasidagi qonuniy talablari barcha fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Xodimning qonuniy talablarini bajarmaslik va uning xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
99. Bojxona organlari xodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash qonun asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, bunda u jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi. Xodimlarning jismoniy kuch ishlatishi, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llashining asosliligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
100. Bojxona organlari xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash yoxud buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish vaqtida, shuningdek kasb faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilish oqibatida zarar yetkazsa, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
101. Bojxona organlari xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida faqat bevosita yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri boshlig‘iga bo‘ysunadi.
102. Qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim xodimning qonuniy faoliyatiga aralashish, xodimni qonun bilan bojxona organlari zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
Xodimi o‘z ish yurituvida bo‘lgan ishlar va materiallarning mohiyati bo‘yicha hech qanday tushuntirish berishga, shuningdek ularni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga dahldorlarini tanishib chiqish uchun taqdim etishga majbur emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar va tartiblar bundan mustasno.
103. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
sog‘lig‘ini saqlash;
mehnatiga haq to‘lash;
uy-joy maydoni bilan ta’minlash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
davlat pensiya ta’minoti;
davlat sug‘urtasi;
ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar.
104. Bojxona organlari xodimlari qonunchilikda belgilangan namunadagi bepul kiyim-kechak bilan ta’minlanadilar.
Bojxona organlarining polkovnik va general tarkibi maxsus unvonlariga ega bo‘lgan, xizmat davrida o‘zini ijobiy tomondan namoyon qilgan, bojxona organlarida yigirma yil va undan ortiq xizmat qilgan xodimlariga xizmatdan bo‘shashida, ularni bo‘shatishni amalga oshirayotgan boshliqlar buyrug‘i bilan bayram kunlari belgilangan xizmat formasini kiyib yurish huquqi berilishi mumkin.
Xuddi shu boshliqlar tomonidan ular jinoyat sodir etgan yoki bojxona organlari sha’niga dog‘ tushuruvchi xatoga yo‘l qo‘yganliklari sababli xizmat formasini kiyib yurish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
105. Bojxona organlari xodimlari, oila a’zolari va pensionerlari, shuningdek OHBI kursantlari ambulator, statsionar va tibbiy-sanitariya sharoitida bepul tibbiy xizmat olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi matnlarda — IIV) tibbiy-davolash muassasalariga biriktiriladi, ularda qonun hujjatlarda belgilangan tartibda davolanadi va sog‘lomlashtirishdan o‘tkaziladi.
Bojxona organlari xodimlari va pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yilida bir marta imtiyozli yo‘llanmalar bilan ta’minlanadilar.
106. Bojxona organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda yiliga bir marta majburiy chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. O‘qotar qurol bilan xizmat olib boradigan xodimlar profilaktik tibbiy ko‘rikdan har olti oyda o‘tadilar.
107. Bojxona organlari xodimlari hamda ularning oila a’zolari navbatdagi ta’til davrida DBQ sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida stansionar dam olish huquqiga egadir.
Bojxona organlarining sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida stansionar dam olish tartibi va shartlari DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
108. Xizmat yili, pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy unvoni va darajasi mavjudligi uchun xodimlarga ustamalar to‘lanadi.
Pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy unvoni va darajasi mavjudligi uchun to‘lanadigan ustama miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
1081. Xizmat yili uchun ustama bojxona organi xodimining, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xizmat yillariga muvofiq, oylik lavozim va maxsus unvon maoshlariga nisbatan quyidagi foizlarda belgilanadi:
ikki yildan besh yilga qadar — 5 foiz;
besh yildan o‘n yilga qadar — 10 foiz;
o‘n yildan o‘n besh yilga qadar — 15 foiz;
o‘n besh yildan yigirma yilga qadar — 20 foiz;
yigirma yildan yigirma besh yilga qadar — 30 foiz;
yigirma besh yildan yuqori — 40 foiz.
Xizmat yili uchun ustama respublika budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Xizmat yili uchun ustamani to‘lash maqsadida xizmat muddatini hisoblash tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
109. Xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erishgan, yuqori ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, shuningdek o‘z faoliyatida yuqori natijalarni ko‘rsatgan xodimlarga “uchinchi toifali mutaxassis”, “ikkinchi toifali mutaxassis”, “birinchi toifali mutaxassis”, “usta” malaka darajalari beriladi.
Malaka darajalari uchun quyidagi miqdorda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan lavozim maoshiga nisbatan har oylik qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi:
“uchinchi toifali mutaxassis” — 15 foiz;
“ikkinchi toifali mutaxassis” — 20 foiz;
“birinchi toifali mutaxassis” — 30 foiz;
“usta” — 40 foiz.
Malaka darajalarini berish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
110. Bojxona organlari xodimining yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ushbu qoida bojxona organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularga yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga bojxona organlaridagi xizmat faoliyati bilan bog‘liq holda yetkazilganida ham tatbiq etiladi.
Bojxona organlari xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli, uning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
111. Xizmatga qabul qilingan xodimlar Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida tnazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi.
112. Xizmatdan bo‘shayotgan xodimlarga quyidagi tovon puli to‘lanadi:
a) birmarotabalik tovon puli — pensiyaga chiqish huquqi bilan bo‘shayotganlarga quyidagi miqdorlarda:
besh oylik pul ta’minoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “b”, “g”, “d”, “e” kichik bandlari asosida xizmatdan bo‘shayotganlarga;
ikki oylik pul ta’minoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “v”, “z”, “n” kichik bandlari asosida xizmatdan bo‘shayotganlarga;
b) bo‘shash tovon puli — pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lmay xizmatdan bo‘shayotganlarga quyidagi miqdorlarda:
besh oylik pul ta’minoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “b”, “g”, “d”, “e” kichik bandlari asosida xizmatdan bo‘shayotganlarga;
ikki oylik pul ta’minoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “a”, “z”, “n” kichik bandlari asosida xizmatdan bo‘shayotganlarga.
Bir marotabalik va bo‘shash tovon pullari boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga ishga o‘tkazilishi sababli xizmatdan bo‘shatilayotganlarga to‘lanmaydi.
Bir marotabalik va bo‘shash tovon pullari shtat jadvalidagi oxirgi lavozim bo‘yicha okladi va maxsus unvoni okladi hamda oziq-ovqat uchun to‘lanadigan tovon pulini qo‘shgan holda hisoblab chiqariladi.
Xizmatdan bo‘shatilayotgan xodimlar ko‘p yillik va vijdonan (benuqson) xizmatlari uchun vakolatli rahbarlar tomonidan qimmatbaho sovg‘a yoki pul mukofoti bilan taqdirlanishi mumkin.
113. Xizmat vazifalarini bajarayotganlarida bojxona organlarining xodimlariga quyidagi hollarda bir yo‘la nafaqa to‘lanadi:
halok bo‘lganda — halok bo‘lganning oilasiga 50 tagacha oylik pul ta’minoti okladi miqdorida;
og‘ir tan jarohati olganda — 25 tagacha oylik pul ta’minoti okladi miqdorida;
uncha og‘ir bo‘lmagan tan jarohati olganda — 10 tagacha oylik pul ta’minoti okladi miqdorida.
114. Bojxona organlari xodimlari, boquvchisini yo‘qotganda esa ularning oila a’zolari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat pensiya ta’minoti olish huquqiga ega.
115. Bojxona organlari xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar bo‘yicha pul va kiyim-bosh ta’minoti oladilar.
116. Egallab turgan lavozimi bo‘yicha okladi va maxsus unvoni okladi bojxona organlari xodimlarining oylik pul ta’minoti okladini tashkil etadi.
1161. Bojxona organlari xodimlariga oylik pul ta’minoti joriy oy yakunigacha to‘lanadi.
Quyidagi hollarda oylik pul ta’minoti muddatidan oldin to‘lab berilishi mumkin:
xodimning mehnat ta’tiliga ketishida — mehnat ta’tiliga ketishidan uch ish kuni oldin joriy va keyingi oy uchun;
xodimning xizmat safariga ketishida — xizmat safariga ketishidan uch ish kuni oldin joriy oy uchun.
1162. Xodimlarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi har oylik ustamalar to‘lanadi:
a) ish yuklama hajmi va xizmat sharoitlarini hisobga olgan holda:
toifadan tashqari bojxona postlarida — lavozim maoshining 40 foizi miqdorida;
birinchi toifali bojxona postlarida — lavozim maoshining 35 foizi miqdorida;
ikkinchi toifali bojxona postlarida — lavozim maoshining 30 foizi miqdorida;
b) bojxona postining toifasidan qat’iy nazar, alohida xizmat sharoitlaridagi bojxona postlarida xizmatni o‘tayotganlik uchun kinologiya guruhlariga – lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;
v) chegara bojxona postlaridagi inspeksion ko‘rik majmualari (skaner) bilan ishlash guruhlari xodimlariga boshqa ustamalarga qo‘shimcha ravishda zararli mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshining 40 foizi miqdorida.
1163. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xodimlarning quyidagi shakllardagi ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi:
xodimning kasallikdan davolanishi uchun — lavozim maoshining o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
xodim yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari) davolanish yoki operatsiya qildirish, ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) ikki yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorda yiliga bir marotaba moddiy yordam berish;
sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish va dam olish uchun — lavozim maoshining to‘rt baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;
o‘zi yoki ota-onasi, farzandlarining to‘ylari hamda yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari) dafn marosimlarini o‘tkazish uchun — lavozim maoshining ikki baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam berish;
xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xolda xodim vafot etganda uning lavozim maoshining uch baravari miqdorda oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam ajratish;
uy-joyga ega bo‘lish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun — besh yildan oshmaydigan muddatga BHMning ming baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish;
bojxona organlarida amaliy xizmat staji 8 yildan ortiq bo‘lgan, xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarga mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun BHMning 300 baravaridan oshmagan miqdorda 3 yil muddatga foizsiz qarz berish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘larining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga ajratiladigan qismi DBQ raisi o‘rinbosari rahbarligida tashkil etiladigan markaziy komissiya va bojxona organlari boshlig‘i o‘rinbosari rahbarligida tashkil etiladigan hududiy komissiyalarning xulosalari asosida qabul qilinadigan buyruqqa muvofiq maqsadli sarflanadi.
Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga sarflangan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar xodimlar kesimida maxsus axborot tizimiga kiritib boriladi.
117. Bojxona organlari xodimlariga har yili quyidagi moddiy yordamlar ko‘rsatiladi:
ta’tilga chiqish vaqtida — ish haqi fondidan bir oylik pul ta’minoti okladi miqdorida;
moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va DBQ kutilmagan xarajatlari maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda DBQning budjetdan tas | 99 | 63,288 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda tranzit olib o‘tiladigan xavfli yuklar ro‘yxatining 6-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 7-fevraldagi 2 va 01-02/12-14 - sonli qarori (ro‘yxat raqami 2429, 2013-yil 20-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 8-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda tranzit olib o‘tiladigan xavfli yuklar ro‘yxatining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 182 | 964 |
Qonunchilik | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoshlarning madaniy saviyasini oshirish, milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand bo‘lishini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2019-yil 26-avgustdagi 718-son qarori qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining Andijon viloyatida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini respublikaning boshqa hududlarida ham keng joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin;
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga hamda umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan to‘garaklar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil etiladigan madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil etiladigan umumta’lim maktablari joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
madaniyat va san’at muassasalari hamda umumta’lim maktablarida to‘garaklarni samarali tashkil etish maqsadida musiqa cholg‘u asboblari va boshqa jihozlar bilan ta’minlanadigan muassasalar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, chora-tadbirlar rejasiga muvofiq yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ishlarini amalga oshirishda, birinchi navbatda umumta’lim maktablari imkoniyatlaridan foydalaniladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda umumta’lim maktablarida barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan hamda yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
Bunda:
a) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:
to‘garaklar faoliyatini belgilangan tartibda tashkil etish, to‘garaklarni tegishli kadrlar bilan ta’minlash, umumta’lim maktablarida turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlarni muntazam o‘tkazish, ularning mazmundorligini ta’minlash;
to‘garaklar faoliyat yuritishi, tadbirlar o‘tkazilishi uchun zarur xonalar ajratish va tegishli shart-sharoitlar yaratish, ularga o‘quvchi-yoshlar qatnovini yo‘lga qo‘yish;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarini zarur musiqa cholg‘u asboblari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul etib belgilansin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining takliflari asosida madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan to‘garaklar uchun zarur bo‘ladigan musiqa cholg‘u asboblari va boshqa jihozlarni xarid qilish masalasini ikki oy muddatda hal etsin.
Belgilab qo‘yilsinki, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, umumta’lim maktablarini zarur musiqa cholg‘u asboblari va boshqa jihozlar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari, muassasalarning o‘z mablag‘lari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bosqichma-bosqich ta’minlanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston xalq artistlari klubi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining:
“O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekiston xalq rassomi”, “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlariga ega bo‘lgan san’atkorlar, ijodkorlar va madaniyat xodimlari, “Nihol” mukofoti sovrindorlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha ijodiy maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirish;
ijodiy maslahatchilarni ichki transport bilan ta’minlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimlari tomonidan amalga oshirilishi to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat hamda san’at masalalari bo‘yicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat hamda san’at masalalari bo‘yicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilarning asosiy vazifasi o‘zlari biriktirilgan hududlardagi yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish yuzasidan tegishli tuman va shahar hokimliklariga metodik, ijodiy va tashkiliy jihatdan yordam berishdan iborat ekanligi belgilansin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklari ularga maslahatchi sifatida biriktirilgan san’atkorlar, ijodkorlar va malakali mutaxassislar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin hamda ularning joylarda samarali faoliyat yuritishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratsin.
Belgilab qo‘yilsinki, ijodiy maslahatchilarning faoliyatiga oid tashkiliy masalalarni amalga oshirish uchun sarflanadigan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetlarining orttirib bajarilgan qismidan qoplanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga:
zarurat bo‘lganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilgan ijodkorlar ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirish kiritish;
oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan tajribali mutaxassislarni madaniyat markazlarida xalq ijodiyoti va hunarmandchiligi bo‘yicha to‘garak va mashg‘ulotlar o‘tashga jalb etish huquqi berilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2019-yil yakuniga qadar har bir tuman va shahar markaziy madaniyat markazida (yoki umumta’lim maktabida) muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan jamoatchilik shaklida bittadan havaskor teatr jamoasi, vokal cholg‘u ansambli, ashula va raqs ansambli hamda namunaviy bolalar ansamblini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
10. “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda umumta’lim maktablari faollar zali va madaniyat markazlarida yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘oyaga sadoqat, mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan kinofilmlar namoyishlari tashkil qilinishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoshlarning ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rgangan holda, ularning ijodiy va badiiy qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Barkamol avlod” markazlarida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklarni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
12. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda tahlil qilib, yoshlarning to‘garaklarga qatnashishi, o‘tkazilayotgan tadbirlarning mazmundorligi yuzasidan doimiy monitoring olib borsin hamda natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga tegishli tavsiyalar kiritsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin. | 223 | 9,288 |
Qonunchilik | Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik tarmoqlari bo‘yicha tizimlashtirish, yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjati shakliga o‘tkazish orqali ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, tarqoq hujjatlarni tizimlashtirish orqali tartibga solish yukini kamaytirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalarini hamda alohida bo‘linmalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) hamda jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Soliq to‘lovchilarni soliq organlarida soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish yuzasidan davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq;
Soliq to‘lovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarni va solishtirma dalolatnomani taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qo‘yish tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan, jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qo‘yish Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oshiriladi;
soliq to‘lovchilarni soliq organlarida soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan, yirik soliq to‘lovchilarga — Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan, boshqa soliq to‘lovchilarga — soliq solish obyekti joylashgan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
soliq to‘lovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarni va solishtirma dalolatnomani taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq majburiyatlari hisobi yuritilayotgan (yuritilgan) tegishli shaxsiy hisobvaraqlardagi ma’lumotlar asosida onlayn tarzda 24/7 rejimida davlat xizmati ko‘rsatiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda:
ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va hisobga qo‘yishning maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilishini;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalari (keyingi o‘rinlarda — ko‘chmas mulk shartnomalari) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi.
3. Ko‘chmas mulk shartnomasi amal qilish muddati qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar doirasida, taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
4. Ko‘chmas mulk shartnomasi mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq yoki qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan shaklda tuziladi.
5. Ko‘chmas mulk shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq hisobga qo‘yiladi.
6. Ko‘chmas mulk ikkilamchi ijaraga (tekin foydalanishga) (agar bu haqda shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa) birlamchi ijaraga (tekin foydalanishga) oluvchi tomonidan boshqa shaxslarga ijaraga (tekin foydalanishga) berishi mumkin. Ikkilamchi shartnomalar ham mazkur Reglamentda belgilangan tartibda soliq organida hisobga qo‘yiladi.
Bunda ijaraga (tekin foydalanishga) beruvchi ko‘chmas mulk shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yishda, ikkilamchi ijaraga (tekin foydalanishga) berishga ruxsat berganligini davlat soliq xizmati organlarining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali tasdiqlaydi.
7. Ijaraga (tekin foydalanishga) beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay davlat soliq xizmati organida hisobga qo‘yishi shart.
8. Ko‘chmas mulk shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.
9. Yuridik shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuridik shaxsning joylashgan eri sifatida yashash uchun mo‘ljallanmagan joy ko‘rsatilishi lozim.
Ko‘p kvartirali uylarda yuridik shaxslar ruxsat berilgan faoliyat turlari bo‘yicha faqat yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarda joylashtiriladi.
Istisno tariqasida, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yashash uchun mo‘ljallangan joylarda yuridik shaxslarni ruxsat berilgan faoliyat turlari bo‘yicha joylashtirishga ruxsat etiladi.
10. Ko‘chmas mulk shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib, faqat elektron shaklda real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Bunda, ijaraga (tekin foydalanishga) beruvchi tomonidan maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va ijaraga (tekin foydalanishga) berilgan mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali ijaraga (tekin foydalanishga) beruvchi tomonidan yuborilgan ko‘chmas mulk shartnomasini ijaraga (tekin foydalanishga) oluvchi tomonidan 5 kun muddatda tasdiqlanmagan taqdirda, ushbu shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga olinmagan hisoblanadi.
11. Shartnoma elektron tarzda hisobga qo‘yilganda ko‘chmas mulk shartnomasi hisobga qo‘yilganligi haqida mazkur Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq QR-kodi mavjud guvohnoma shakllanadi.
Guvohnomaning haqiqiyligi QR-kodni maxsus mobil ilova orqali tekshirib ko‘rish yo‘li bilan aniqlanadi. Guvohnomaning QR-kodi tekshirilganda hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk shartnomasining elektron shakliga XML formatida havola qilinadi.
Ikki va undan ortiq soliq solish obyektlariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga har bir ko‘chmas mulk shartnomasi soliq organida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida alohida guvohnoma beriladi.
12. Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ko‘chmas mulk shartnomasi davlat soliq xizmati organida hisobga qo‘yilganda, o‘sha vaqtning o‘zida joriy yil uchun hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomasi shakllanadi va soliq to‘lovchiga taqdim etiladi.
13. Ko‘chmas mulk shartnomasi belgilangan tartibda tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan muddat tugaganidan so‘ng bekor bo‘ladi.
14. Taraflarning kelishuviga binoan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘chmas mulk shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lgan yoki haqiqiy emas deb topilgan hollarda ko‘chmas mulk shartnomasi ijaraga (tekin foydalanishga) beruvchi tomonidan maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali real vaqt rejimida hisobdan chiqariladi.
15. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
16. Ushbu Reglament talablariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
1. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) muvofiq O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa yoki alohida bo‘linma orqali amalga oshiradigan chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda — soliq organi) tomonidan ko‘rsatiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari faoliyatni amalga oshirish joyidagi, alohida bo‘linma orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari alohida bo‘linma joylashgan hududdagi soliq organlarida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qo‘yiladi.
4. Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida hisobga qo‘yiladi.
5. Davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.
6. Faoliyatini doimiy muassasa yoki alohida bo‘linma orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari davlat soliq xizmati organlarida ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq hisobga qo‘yiladi (hisobdan chiqariladi).
7. Davlat xizmatidan foydalanish uchun faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsining vakili tomonidan mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan e’tiboran bir yuz sakson uch kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risida ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq shakldagi ariza taqdim etiladi.
Arizaga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 130-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari yoki notarial tartibda tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi.
8. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bilan tuzilgan oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning) ishtirokchisi bo‘lgan, faoliyati doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish uchun o‘z faoliyatini amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran o‘ttiz kalendar kuni ichida birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning ishtirokchisi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti joylashgan (yashaydigan, turgan) hududdagi soliq organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risida ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq arizani Soliq kodeksining 130-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarning notarial tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
9. Faoliyatini akkreditatsiya qilingan filial va (yoki) vakolatxonadan boshqa alohida bo‘linma orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsining vakili tomonidan u O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini boshlagan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kunidan kechiktirmay soliq organiga ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza taqdim etiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari yoki notarial tartibda tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi:
a) ta’sis etilgan mamlakatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat (soliq to‘lovchining xos raqami ko‘rsatilgan holda) nusxasi;
b) chet el yuridik shaxsi vakolatli organining O‘zbekiston Respublikasida alohida bo‘linma tashkil etish to‘g‘risidagi qarori;
v) vakilning chet el yuridik shaxsi nomidan O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat nusxasi (ular mavjud bo‘lgan taqdirda);
g) vakilning fuqarolik pasporti nusxasi.
10. Soliq organlari tomonidan chet el yuridik shaxslarini hisobga qo‘yishda ushbu Reglamentning 6 — 9-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
11. Soliq organlari faoliyatini doimiy muassasa yoki alohida bo‘linma orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslarini mazkur Reglamentning 6 — 9-bandlarida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda hisobga qo‘yish uchun ariza berilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida hisobga qo‘yishi shart.
12. Hisobga qo‘yish uchun taqdim etilgan hujjatlar mazkur Reglamentning talablariga muvofiq bo‘lmagan hollarda soliq organlari tomonidan bu haqda ariza beruvchi hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida xabardor qilinadi.
13. Arizada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
14. Arizada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrida ishlovdan o‘tkazilgach, faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsga soliq organida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ma’lumotnoma, faoliyatini alohida bo‘linma orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsiga soliq organida hisobga qo‘yilganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq guvohnoma taqdim etiladi.
15. Faoliyatini doimiy muassasa yoki alohida bo‘linma orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslarining hisobga qo‘yiladigan ma’lumotlari o‘zgarganda, chet el yuridik shaxsning vakili tomonidan bunday o‘zgarishlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘n kalendar kunidan kechiktirmay, faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsi tomonidan soliq organiga avval taqdim qilingan ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida ushbu Reglamentga 6-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq, faoliyatini alohida bo‘linma orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxs tomonidan soliq organiga avval taqdim qilingan ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida mazkur Reglamentga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza taqdim etiladi.
16. Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan uch ish kuni ichida chet el yuridik shaxsining hisobga qo‘yiladigan ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
17. Davlat xizmatidan foydalanish uchun faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsining vakili tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini tugallagan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar kunidan kechiktirmay soliq organiga hisobdan chiqarish to‘g‘risida ushbu Reglamentga 8-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza taqdim etiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) doimiy muassasa tashkil etishga olib keladigan shartnoma bo‘yicha ishlar bajarilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
b) faoliyati tugagan sanada tuzilgan moliyaviy va soliq hisobotlari.
18. Faoliyatini alohida bo‘linma orqali amalga oshiradigan chet el yuridik shaxsning vakili tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini tugallagan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar kunidan kechiktirmay soliq organiga hisobdan chiqarish to‘g‘risida ushbu Reglamentga 9-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza taqdim etiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) chet el yuridik shaxsi vakolatli organining alohida bo‘linmani tugatish to‘g‘risidagi qarori nusxasi yoki ishlar bajarilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
b) faoliyati tugagan sanada tuzilgan moliyaviy va soliq hisobotlari.
19. Soliq organlari tomonidan chet el yuridik shaxslarini hisobdan chiqarish quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshiriladi:
Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyati to‘liq bajarilgan va soliq qarzi mavjud bo‘lmaganda;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga elektron shaklda yuborilgan axborot asosida faoliyatini doimiy muassasa yoki alohida bo‘linma orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlari yopilganligi tasdiqlanganda (bank hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan taqdirda).
20. Chet el yuridik shaxslarini hisobdan chiqarish mazkur Reglamentning 19-bandidagi shartlar bajarilgandan so‘ng bir ish kuni ichida amalga oshiriladi.
21. Soliq organlari tomonidan faoliyatini doimiy muassasa yoki alohida bo‘linma orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari hisobdan chiqarilgandan so‘ng mazkur Reglamentga 10-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ma’lumotnoma taqdim etiladi.
22. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
1. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) chet el yuridik shaxslarini (keyingi o‘rinlarda — birja savdolarida qatnashuvchi chet el yuridik shaxslari) hamda jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini (keyingi o‘rinlarda — elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati, birja savdolarida qatnashuvchi chet el yuridik shaxslariga tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — soliq organi) tomonidan, elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslariga Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — soliq organi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (keyingi o‘rinlarda — veb-sayt) orqali elektron tarzda ko‘rsatiladi.
3. Birja savdolarida qatnashuvchi chet el yuridik shaxslari birja savdolarini tashkil etuvchi joylashgan erdagi soliq organida, elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qo‘yiladi.
4. Davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.
5. Birja savdolarida qatnashuvchi hamda elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari davlat soliq xizmati organlarida mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq hisobga qo‘yiladi.
6. Davlat xizmatidan foydalanish uchun birja savdolarida qatnashuvchi chet el yuridik shaxsining vakili tomonidan hisobga qo‘yish to‘g‘risida ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza veb-sayt orqali elektron ravishda to‘ldiriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:
a) chet el yuridik shaxsi ta’sis etilgan mamlakatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilingan notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi (soliq to‘lovchining xos raqami ko‘rsatilgan holda);
b) vakilning fuqarolik pasporti nusxasi;
v) vakilning chet el yuridik shaxsi nomidan O‘zbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa hujjatning (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilingan notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi.
7. Elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxsining vakili tomonidan hisobga qo‘yish to‘g‘risida ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza veb-sayt orqali elektron tarzda to‘ldiriladi.
Arizaga chet el yuridik shaxsi ta’sis etilgan mamlakatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning davlat tiliga yoki ingliz tiliga tarjima qilingan nusxasi elektron tarzda ilova qilinadi. Bunda hujjatning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi talab etilmaydi.
8. Soliq organlari tomonidan birja savdolarida qatnashuvchi hamda elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini hisobga qo‘yishda mazkur Reglamentning 6 va 7-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
9. Soliq organlari birja savdolarida qatnashuvchi hamda elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini mazkur Reglamentning 6 va 7-bandlarida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar asosida hisobga qo‘yish uchun ariza berilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida hisobga qo‘yishi shart.
10. Hisobga qo‘yish uchun taqdim etilgan hujjatlar mazkur Reglamentning talablariga muvofiq bo‘lmagan hollarda soliq organlari tomonidan bu haqda ariza beruvchi hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida elektron tarzda xabardor qilinadi.
11. Arizada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
12. Arizada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrida ishlovdan o‘tkazilgach, birja savdolarida qatnashuvchi chet el yuridik shaxsiga soliq organida hisobga qo‘yilganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida mazkur Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq, elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxsni soliq organida hisobga qo‘yilganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida mazkur Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq guvohnoma elektron tarzda yuboriladi.
13. Birja savdolarida qatnashuvchi hamda elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarining hisobga qo‘yiladigan ma’lumotlari o‘zgarganda, chet el yuridik shaxsining vakili tomonidan bunday o‘zgarishlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘n kalendar kunidan kechiktirmay veb-sayt orqali elektron tarzda birja savdolarida qatnashuvchi chet el yuridik shaxsi tomonidan soliq organiga avval taqdim qilingan ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida mazkur Reglamentga 6-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq, elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxsi tomonidan soliq organiga avval taqdim qilingan ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida mazkur Reglamentga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza taqdim etiladi.
14. Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan chet el yuridik shaxsining hisob ma’lumotlariga uch ish kuni ichida tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
15. Davlat xizmatidan foydalanish uchun birja savdolarida qatnashuvchi chet el yuridik shaxsining vakili tomonidan tovar-xomashyo birjalari va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda faoliyati to‘liq tugatilib, bank hisobvaraqlari yopilgandan so‘ng o‘n besh kalendar kunidan kechiktirmay mazkur Reglamentga 8-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq, elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxsining vakili tomonidan elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatish tugatilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kunidan kechiktirmay mazkur Reglamentga 9-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq soliq organiga hisobdan chiqarish to‘g‘risida ariza veb-sayt orqali elektron tarzda taqdim etiladi.
16. Soliq organlari tomonidan chet el yuridik shaxslarini hisobdan chiqarish quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyati to‘liq bajarilgan va soliq qarzi mavjud bo‘lmaganda;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga elektron shaklda yuborilgan axborot asosida birja savdolarida qatnashuvchi chet el yuridik shaxslarining bank hisobvaraqlari yopilganligi tasdiqlanganda.
17. Chet el yuridik shaxslarini hisobdan chiqarish mazkur Reglamentning 16-bandida belgilangan shartlar bajarilgandan so‘ng uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.
18. Soliq organlari tomonidan birja savdolarida qatnashuvchi chet el yuridik shaxslari hisobdan chiqarilgandan so‘ng mazkur Reglamentga 10-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq, elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari hisobdan chiqarilgandan so‘ng mazkur Reglamentga 11-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma real vaqt rejimida elektron tarzda taqdim etiladi.
19. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
1. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) muvofiq soliq to‘lovchilarni soliq organlarida soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish yuzasidan davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, boshqa soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq solish obyekti joylashgan erdagi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — soliq organi) tomonidan ko‘rsatiladi.
3. Soliq to‘lovchini obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yish Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilganidan keyin, agar Soliq kodeksiga muvofiq soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilmagan joyda yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga kelgan, shuningdek hududiy alohida bo‘linma joylashgan eri bo‘yicha doimiy xodimlar soni yigirma besh kishidan ko‘p bo‘lgan ish joyi yaratilgan bo‘lsa amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.
5. Soliq solinadigan obyektlar bo‘yicha mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan jismoniy shaxslarni hisobga qo‘yish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
6. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni ular o‘z faoliyatini amalga oshiradigan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etilgan hisob ro‘yxatiga olingan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning elektron reyestridagi ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
7. Soliq to‘lovchilar soliq solish obyekti bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq hisobga qo‘yiladi.
8. Davlat xizmatidan foydalanish uchun soliq to‘lovchining vakili (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) tomonidan tegishli yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan e’tiboran, aksizosti mahsulotni realizatsiya qilish boshlangan paytdan boshlab, alohida bo‘linma tashkil etilgan paytdan bir oy o‘tganidan keyin o‘n kalendar kuni ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan erda hisobga qo‘yish to‘g‘risida soliq organiga mazkur Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza taqdim etiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
a) tegishli yer uchastkasi ajratilganligi to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimining qarori;
b) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
v) benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilish huquqini beruvchi hujjat;
g) noruda qazilma boyliklarini qazib olish qilish huquqini beruvchi hujjat;
d) xodimlar soni yigirma besh kishidan ko‘p bo‘lgan doimiy ish joyi yaratilganda xodimlarning (familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda) ro‘yxati.
9. Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarni soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yishda mazkur Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
10. Soliq organlari soliq to‘lovchilarni mazkur Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar asosida murojaat qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay, ularga ilgari berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga muvofiq obyektning joylashgan eri bo‘yicha hisobga qo‘yadi.
11. Hisobga qo‘yish uchun taqdim etilgan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq bo‘lmagan hollarda soliq organlari tomonidan bu haqda ariza beruvchi hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida xabardor qilinadi.
12. Arizada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
13. Arizada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrida ishlovdan o‘tkazilgach, ariza beruvchiga soliq to‘lovchi soliq organida soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida mazkur Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ma’lumotnoma beriladi.
14. Soliq to‘lovchilarning hisob ma’lumotlari o‘zgarganda ariza beruvchi tomonidan bunday o‘zgarishlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘n kalendar kunidan kechiktirmay soliq organiga avval taqdim qilingan ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida mazkur Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza taqdim etiladi.
15. Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining hisob ma’lumotlariga uch ish kuni ichida tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
16. Yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘ini to‘lash majburiyati tugagan, shuningdek, hududiy alohida bo‘linma joylashgan eri bo‘yicha doimiy yaratilgan ish joyidagi xodimlar soni yigirma besh kishidan kamaygan yoki alohida bo‘linma faoliyati to‘xtatilgan taqdirda, soliq to‘lovchi tomonidan o‘n kalendar kunidan kechiktirmay soliq organiga mazkur Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq xabarnoma yuboriladi.
Bunda, soliq organi tomonidan xabarnoma olingan kundan boshlab uch kalendar kuni ichida soliq to‘lovchining keyingi davrlar uchun soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyati tugaganligi (bundan oldingi davrlar uchun taqdim etilmagan soliq hisobotlari mustasno) bo‘yicha axborot tizimiga tegishli o‘zgartirish kiritiladi.
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
1. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi tomonidan (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlash hamda soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari — tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kunidan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lib turgan jismoniy shaxslar.
Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida O‘zbekiston Respublikasi hududida jami kamida bir yuz sakson uch kun bo‘lib, biroq ayni paytda ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan muddatidan ko‘proq bo‘lsa ham, u O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.
Agar jismoniy shaxs yuqorida keltirilgan o‘n ikki oylik muddat tugagunga qadar soliq organlariga uzoq muddatli mehnat shartnomasini yoki yuqorida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etsa, o‘zining arizasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning soliq rezidentligi maqomi bo‘yicha alohida holatlar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) 30-moddasiga muvofiq belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qo‘llash maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etilgan chet el yuridik shaxslari, haqiqatda boshqaruv amalga oshiriladigan hududi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan chet el yuridik shaxslari O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.
Yuridik shaxsning soliq rezidentligi maqomi bo‘yicha alohida holatlar Soliq kodeksining 33-moddasiga asosan ko‘rib chiqiladi;
soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat — fuqaro, yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs va davlat o‘rtasidagi fiskal aloqani tasdiqlovchi hujjat.
Ahdlashuvchi davlat qonunlari bo‘yicha o‘zining yashash joyi, doimiy bo‘lish joyi, korporatsiya sifatida tashkil topgan joyi, boshqaruv joyi va har qanday boshqa shunga o‘xshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxs maqomini rasman tasdiqlab beruvchi hujjatni anglatadi.
3. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish asosida amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish bo‘yicha davlat xizmati:
davlat soliq xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o‘rtasida tuzilgan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish bo‘yicha xalqaro Kelishuv qoidalarini qo‘llash maqsadida murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ekanliklarini tasdiqlab berish;
davlat xizmati organlariga murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxslarga zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish, ularning vaqti va xarajatlari tejalishini ta’minlash maqsadida ko‘rsatiladi.
5. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) fakti ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tasdiqlab beriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda — so‘rovnoma beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) rasmiy veb-sayti orqali ushbu Reglamentga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq so‘rovnomani to‘ldirib elektron tarzda yuboradi.
So‘rovnoma beruvchi mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki vakolatli organga tashrif buyurgan holda murojaat qilishi mumkin.
7. So‘rovnoma beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organning xodimi so‘rovnoma beruvchi nomidan so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
8. Xizmatlardan mustaqil tarzda foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar internet tarmog‘i orqali Davlat soliq qo‘mitasining www.my.soliq.uz rasmiy saytiga yoki YIDXPga tegishli foydalanuvchining STIR yoki JShShIR raqami va parolini kiritib, tasdiqlangan shakldagi so‘rovnomani to‘ldirishlari lozim.
Bunda, www.my.soliq.uz saytida STIR yoki JShShIR ma’lumotini kiritish orqali murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxsning Davlat soliq qo‘mitasining yagona ma’lumotlar bazasidan ushbu STIR yoki JShShIRga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar (yuridik shaxsning nomi, yuridik manzili, ro‘yxatga qo‘yish ma’lumotlari, jismoniy shaxsning F.I.O., yashash manzili va pasport ma’lumotlari) avtomatik tarzda shakllantiriladi.
9. Doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlash uchun ariza bilan quyidagi hujjatlarni taqdim yetish talab etiladi:
a) haqiqatda boshqaruv amalga oshiriladigan hudud O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan chet el yuridik shaxslari — O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy boshqaruv amalga oshiriladigan joy mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
b) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar:
chet el pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasining nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma (mavjud bo‘lsa);
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini tasdiqlovchi hujjat (viza yoki boshqa hujjatlar).
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun doimiy yashash (rezidentlik) faktini tasdiqlash quyidagi O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish vaqtini hisoblash jadvali asosida amalga oshiriladi.
So‘rovnoma beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganida uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, so‘rovnoma beruvchining imzosi bilan tasdiqlangandan so‘ng pasport nusxasi ilova qilinib, davlat xizmatlari markazi xodimining ERI bilan tasdiqlangan holda o‘n daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
10. Davlat xizmatlari — YIDXP, davlat xizmatlari markazlari, Davlat soliq qo‘mitasining maxsus sayti orqali yuborilgan so‘rovnoma rad etilmasdan qabul qilinadi. So‘rovnoma belgilangan texnik to‘ldirish talablariga javob bermasa yoki ma’lumotlar to‘liq kiritilmagan bo‘lsa, so‘rovnoma qayta ishlash uchun qaytarib yuboriladi.
Shuningdek, jinoyat ishi, bankrotlik ishi, bank hisob raqami yoki mol-mulkiga taqiq qo‘yilgan va soliq hamda majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan va boshqa shunga o‘xshash holatlarda vakolatli organ xodimi tomonidan so‘rovnomani ko‘rib chiqish paytida qaytarib yuboriladi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
11. So‘rovnoma beruvchilar davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. So‘rovnoma beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi.
12. Vakolatli organ uch ish kuni mobaynida QR-kodli (metrik shtrix kod) O‘zbekiston Respublikasi rezidenti — yuridik yoki jismoniy shaxsning doimiy joylashuvi (rezidentlik) fakti rasmiy tasdiqlanganligi haqida ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtiradi hamda o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) so‘rovnoma beruvchiga (YIDXP yoki Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda) elektron tarzda yuboradi.
Agar soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatda soliq rezidentligi davri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday hujjat berilgan (davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan) kalendar yili mobaynida soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat egasi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.
13. Davlat xizmatlari markazi soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat kelib tushganidan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida uni so‘rovnoma beruvchining elektron manziliga yuboradi va so‘rovnoma beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. So‘rovnoma beruvchi tomonidan o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda, uning so‘roviga ko‘ra, davlat xizmatlari markazi so‘rovnoma beruvchining soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
14. Agar O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidentining maqomi arizani ko‘rib chiqish natijasida tasdiqlanmagan bo‘lsa, so‘rovnoma beruvchi bu haqida xabardor qilinadi.
15. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat berilgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat berilgan soliq to‘lovchilar reyestrida shakllantirib boriladi.
16. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi jarayonida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
18. Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi hamda vakolatli organ xodimlari va mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan axborot resursida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali, ularning soliq majburiyatlari hisobini tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda yuritayotgan (yuritgan) davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarni va solishtirma dalolatnomani taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatlari) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu davlat xizmatlari Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organlari tomonidan uning soliq majburiyatlari hisobi yuritilayotgan (yuritgan) tegishli shaxsiy hisobvaraqlardagi ma’lumotlar asosida onlayn tarzda (masofadan turib) 24/7 rejimida amalga oshiriladi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘i (keyingi o‘rinlarda — ShH) — Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli dasturiy mahsulot orqali soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlar turlari bo‘yicha muayyan ma’muriy-hududiy birlikka nisbatan mavjud soliq majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan hisoblangan hamda to‘langan soliqlar va yig‘imlar summalarini, shuningdek penyalar va jarimalarni aks ettirgan holda budjet tizimiga tushumlar hisobini elektron shaklda yuritadigan hujjat;
solishtirma dalolatnoma — soliq to‘lovchining soliq majburiyatlari bajarilishi yuzasidan, soliq to‘lovchining ma’lumotlari (buxgalteriya hisobi ma’lumotlari) bilan soliq majburiyatlari hisobini ShHlarda yuritayotgan (yuritgan) tegishli davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlarini ikki tomonlama solishtirish orqali qog‘oz yoki elektron shaklda tuzilgan, imzo va muhr (agar mavjud bo‘lsa) yoxud elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat;
davlat soliq xizmati organlari — DSQ, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari.
4. Davlat xizmatlari quyidagi maqsadda ko‘rsatiladi:
soliq organining yoki soliq to‘lovchining taklifiga ko‘ra soliq majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan soliqlar va yig‘imlar, penyalar va hamda jarimalar bo‘yicha hisob-kitoblarni birgalikda o‘zaro solishtirish o‘tkazilishi uchun soliq to‘lovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarni va solishtirma dalolatnomani taqdim etish orqali ShHda hisobi yuritilayotgan (yuritilgan) soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha to‘lov muddatlari, hisoblangan, kamaytirishga hisoblangan va to‘langan (undirilgan) soliqlar va yig‘imlar hamda penyalarga (jarimalarga) doir ma’lumotlardan foydalangan holda soliq majburiyatlarining to‘g‘ri va to‘liq bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining talablariga muvofiq soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzilishini ta’minlash.
5. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida soliq to‘lovchilarga o‘z huquqlaridan to‘laqonli foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali quyidagi vazifalarni bajarish nazarda tutilgan:
soliq to‘lovchi o‘z soliq majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan soliq organlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni bepul olish;
soliqlar va yig‘imlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o‘z vaqtida hisobga o‘tkazish yoki qaytarish yuzasidan o‘zaro solishtirish o‘tkazilishi;
Soliq kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatlari bajarilishi yuzasidan ma’lumot olinishi;
soliq solish obyektlarini hisobga qo‘yishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish uchun ShHdagi ma’lumotlarni ko‘rish va elektron ko‘chirma olish imkoniyatini ta’minlash.
Bunda, Soliq kodeksining talablariga muvofiq da’vo muddatlari davrini hisobga olgan holda tuzatish kiritish mumkin.
6. Soliq to‘lovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar va solishtirma dalolatnoma ushbu Reglamentga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq taqdim etiladi.
7. Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kirish yagona identifikatsiyalash tizimi orqali elektron raqamli imzo vositasida amalga oshiriladi.
8. Mazkur Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmatlaridan foydalanish quyidagi ishchi oynalari orqali amalga oshiriladi:
soliq to‘lovchi yuridik shaxs — “Yuridik shaxslar uchun” blokidagi “Yuridik shaxslarning solishtirma dalolatnomalari” davlat xizmatlari ishchi oynasiga;
soliq to‘lovchi jismoniy shaxs — “Jismoniy shaxslar uchun” blokidagi “Jismoniy shaxslarning solishtirma dalolatnomalari” davlat xizmatlari ishchi oynasiga;
soliq to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor — “Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun” blokidagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlarning solishtirma dalolatnomalari” davlat xizmatlari ishchi oynasiga o‘tiladi.
Ushbu davlat xizmatlarining ishchi oynasiga elektron raqamli imzo kaliti orqali birinchi bor o‘tishda (shaxsiy kabinetga kirishda foydalanilayotgan qurilmaga nisbatan) kalitni tanlab, parol teriladi hamda oynada aks etib turgan spamdan himoya qilish kodi kiritilib, “Kirish” tugmasi bosiladi.
9. Mazkur davlat xizmatining tegishli ishchi oynasiga o‘tilgandan so‘ng:
“shaxsiy hisobvaraq” ishchi oynasiga o‘tilib, soliq to‘lovchining ixtiyoriga ko‘ra, joylashgan joyi (soliq majburiyatiga nisbatan), yili, soliq kodi, o‘lchov birligi tanlanadi hamda “Yangilash” va “Ko‘rsatish” tugmalari bosiladi;
bir vaqtning o‘zida ekranning pastki qismida real vaqt holati bo‘yicha tanlangan shaxsiy hisobvaraqdagi ma’lumotlar shakllanadi, unda yil boshidan hisoblangan, to‘langan soliq summalari, soliq qarzi, ortiqcha to‘lov, penyalar va soliq majburiyatlari bajarilishi yuzasidan boshqa ma’lumotlar kunma-kun bajarilgan amallar kesimida aks ettiriladi. Mavjud shaxsiy hisobvaraqlardan tanlangan yil bo‘yicha ko‘chirmalarni “Excel yuklab olish” tugmasini bosish orqali o‘z qurilmasiga yuklab olish mumkin.
Bunda, agar soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlar ko‘chirmalardagi ma’lumotlar bilan soliq to‘lovchining buxgalteriya ma’lumotlari (jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ma’lumotlari) o‘rtasida farq aniqlansa, tegishliligi bo‘yicha soliq ma’murchiligi yuritilayotgan davlat soliq xizmati organlari bilan bog‘langan holda mavjud ma’lumotlarga asoslanib aniqlik kiritiladi. Aks holda xatolik bilan shakllangan shaxsiy hisobvaraq ko‘chirmasi hisobga olinadi;
“solishtirma dalolatnoma” ishchi oynasiga o‘tilgandan so‘ng, soliq to‘lovchining ixtiyoriga ko‘ra, joylashuvi (soliq majburiyatiga nisbatan), yili, o‘lchov birligi, sana (qaysi sanaga solishtirish o‘tkazilayotganligiga nisbatan) tanlanib, “Yangilash” va “Ko‘rsatish” tugmalari bosiladi va ekranning pastki qismida tanlangan so‘rov natijasi bo‘yicha real vaqt holatida solishtirish uchun ma’lumot shakllanadi.
Bunda, yil boshidan to so‘ralgan (tanlangan) sanagacha bo‘lgan davr mobaynida hisoblangan, to‘langan soliq summalari, soliq qarzi, ortiqcha to‘lov, penyalar va soliq majburiyatlari bajarilishi yuzasidan boshqa ma’lumotlar o‘zaro solishtirish uchun aks ettiriladi. Mavjud shaxsiy hisobvaraqlardagi ma’lumotlar asosida soliq turlari kesimida (tanlangan joyga nisbatan) shakllangan solishtirma dalolatnomani tanlangan sana holati bo‘yicha “Excel yuklab olish” tugmasini bosish shakllantirish orqali o‘z qurilmasiga ikkinchi tomon buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish uchun yuklab olish mumkin.
Soliq to‘lovchining buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan o‘zaro solishtirilgan solishtirma dalolatnoma ma’lumotlarida farq aniqlanmasa solishtirma dalolatnoma tuzilgan hisoblanib, belgilangan tartibda undan foydalanish mumkin.
Farq aniqlagan hollarda esa tegishliligi bo‘yicha soliq ma’murchiligi yuritilayotgan davlat soliq xizmati organlari bilan bog‘langan holda mavjud ma’lumotlarga asoslanib aniqlik kiritiladi. Aks holda xatolik bilan shakllangan solishtirma dalolatnoma (bir tomonlama) hisobga olinadi.
10. Soliq to‘lovchi shaxsiy kabinet orqali onlayn tarzda (masofadan turib) 24/7 rejimida ko‘rsatilayotgan ushbu davlat xizmatlaridan istalgan vaqtda foydalangan holda soliq to‘lovchi sifatida majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilayotganligi ustidan nazorat qilib borish imkoniyatidan foydalanishi mumkin.
11. Tegishli davlat soliq xizmati organlari va soliq to‘lovchilar o‘z faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida olingan ma’lumotlarning belgilangan tartibda sir saqlanishini ta’minlaydi.
12. Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat soliq xizmati organlari yoki xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin. | 140 | 51,797 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2012-yil 16-noyabrdagi 576–II-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2012-yil 6-dekabrdagi SQ–343–II–son qarorini ijro etish yuzasidan:
1. Quyidagilar:
2013-yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining, Respublika yo‘l jamg‘armasining, budjetdan tashqari Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasining, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2013-yilgi asosiy parametrlari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2013-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish, qonun hujjatlariga muvofiq respublika budjeti mablag‘larining 2013-yil boshidagi bo‘sh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3. 2013-yil uchun:
qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari 20 foiz miqdorida;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari 7-ilovaga* muvofiq;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 8-ilovaga* muvofiq;
yagona soliq to‘lovi stavkalari 9-1, 9-2 va 9-3-ilovalarga* muvofiq;
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga qat’iy belgilangan soliq stavkalari 10-ilovaga* muvofiq;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga qat’iy belgilangan soliq stavkalari 11-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromad solig‘i stavkalari 10 foiz miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarda* keltirilgan ro‘yxatga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga* muvofiq;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga* muvofiq;
imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi 15-1 va 15-2-ilovalarga** muvofiq;
ayrim turdagi mahsulotlar bo‘yicha qo‘shimcha foyda solig‘i stavkalari 16-ilovaga** muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 17 va 18-ilovalarga* muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari 19-ilovaga* muvofiq;
yagona yer solig‘i stavkalari 20-ilovaga* muvofiq;
mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari 21-ilovaga* muvofiq;
22-ilovaga* muvofiq belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va ajratmalar stavkalari 23-ilovaga* muvofiq;
mablag‘larni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘rtasida 24-ilovada* keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz miqdorida;
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi 6,0 foiz miqdorida;
turar-joyni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkasi 25-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Yuridik shaxslar uchun ko‘chmas mulkni ijaraga topshirishdan tushadigan daromadlarni soliqqa tortishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin, unga muvofiq mazkur daromadlar shartnoma bo‘yicha o‘rnatilgan ijara haqi summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi, ammo davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara haqining eng kam stavkalari bo‘yicha hisoblab chiqilgan miqdordan past bo‘lmasligi kerak.
4. 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab:
ixtisoslashtirilgan “Sharobsavdo” hududiy bazalari uchun chakana va ulgurji tovar aylanmasi bo‘yicha yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foiz miqdorida belgilansin;
undirishni soliq to‘lovchilarning mulkiga qaratish uchun soliq qarzdorligining eng kam miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq;
mobil aloqa xizmati ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqi mablag‘larni 27-ilovaga* muvofiq taqsimlagan holda, oyiga 500 so‘m miqdorida;
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi avtomobil gaz to‘ldirgich kompressor stansiyalariga (shu jumladan o‘z balansida avtomobil gaz to‘ldirgich kompressor stansiyalari bo‘lgan yuridik shaxslarga) sotadigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga qo‘shimcha ravishda har kub metri uchun 200 so‘m miqdorda soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiya ustama haqi belgilansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, yagona soliq to‘lovi tushumlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda budjetdan tashqari Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanadi.
12. 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab:
“O‘zneftmahsulot” AK neft bazalari tomonidan ajratilgan limitlarga muvofiq avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini sotish budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga chakana narxlarda, avtomashinalarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga esa — chegirmani hisobga olgan holda chakana narxlarda amalga oshiriladi;
benzin va dizel yonilg‘isining chakana hamda ulgurji narxlari o‘rtasida neft bazalarining qo‘shimcha narxlari va chegirma miqdori chiqarib tashlanganda hosil bo‘ladigan tafovut benzin va dizel yonilg‘isini avtomashinalarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga sotilganida belgilangan tartibda neftni qayta ishlash zavodlariga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda avtomashinalarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga sotiladigan avtomobil benzini va dizel yonilg‘isining chakana narxiga chegirma miqdorini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Davlat hokimiyati va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor)dan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘iga aksiz solig‘i;
davlat bojlari, yig‘imlar va jarimalar 28-ilovaga* muvofiq to‘liq hajmda mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkazilsin.
14. 2013-yil uchun:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, respublika budjetidan budjet subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 30-ilovaga* muvofiq;
respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 31-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli mahalliy budjetlarga budjetdan subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy to‘lov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlarini birinchi navbatda so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tendensiyalari va dinamikasi, davlat budjeti daromadlarini oshirish zaxiralarini safarbar qilish, shuningdek soliqlar barqaror tushishida mahalliy hokimiyat organlari qiziqishlarini orttirishning tizimli tahlilidan kelib chiqqan holda har chorak asosida davlat soliq va bojxona xizmatlari organlariga budjet daromadlari prognozini yetkazish amaliyoti saqlab qolinsin.
17. 2013-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlari 32-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2013-yilning 1-mayigacha ish haqiga ustamalar va qo‘shimchalar unifikatsiyasi, ish natijalariga bog‘liq bo‘lgan real moddiy rag‘batlantirishni tashkil etishni nazarda tutadigan madaniyat va arxivlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
uyida ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida o‘qitganlik uchun umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga yo‘l haqi kompensatsiyasi tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ularga yo‘l haqi uchun kompensatsiya eng kam ish haqining 100 foiz miqdorida to‘lanishini nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ayrim budjet tashkilotlarining buxgaltyerlari va yuristlarining mehnat haqi miqdorlarini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. 2013-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni joylashtirish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi miqdori 33-ilovaga* muvofiq belgilansin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
2013-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda vazirlik tizimiga kiruvchi suv xo‘jaligi tashkilotlarida elektr agregatlarini (nasoslarni) yoppasiga inventarizatsiya o‘tkazsin va aniq moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda ularni bosqichma-bosqich zamonaviy energiya tejovchi uskunalarga almashtirish Dasturini tayyorlasin;
2013-yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda suv xo‘jaligi tashkilotlarida elektr energiyasi ta’minotini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq joriy etishni ta’minlash bo‘yicha asoslashtirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ–1245-son qarori 24-bandining amal qilishi 2014-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini va O‘zbekiston Respublikasi davlat maqsadli jamg‘armalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,1 foiz bo‘lgani holda, Davlat budjeti daromadlari 21 093,4 mlrd so‘m, xarajatlari 21 190,0 mlrd so‘m miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari 7785,0 mlrd so‘m va xarajatlari 7477,8 mlrd so‘m miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining daromadlari 1417,4 mlrd so‘m va xarajatlari 1375,3 mlrd so‘m miqdorida.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining G‘aznachiligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2013-yilning yanvar oyida, o‘tkazilgan operatsiyalarni 2012-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2013-yilgi Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar o‘tkazsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi har chorakda bajarilishini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2013-yilgi ijrosini tahlil etish natijalari bo‘yicha, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjetining asosiy parametrlarini belgilangan taqchillik doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.
25. 2013-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 34-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2013-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 35-ilovalarga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
27. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 2-iyuldagi 310-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 62-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2004-yil 18-avgustdagi 401-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka nisbatan bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida” 2007-yil 6-dekabrdagi 249-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 12-son, 68-modda).
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-martdagi PQ-609-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining ikki baravari” so‘zlari “ular tomonidan ushbu funksiya amalda bajarilganda bitta eng kam oylik ish haqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qarorida:
a) 18-bandning birinchi xatboshidagi “maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 29-ilovada:
ilovaning nomidagi “maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
I bo‘lim “Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorining 9-bandi birinchi va ikkinchi xatboshidagi “gaz eksporti va tranzitini” hamda “gaz eksporti va tranzitidan” so‘zlari tegishli ravishda “tabiiy gaz eksporti va tranzitini” hamda “tabiiy gaz eksporti va tranzitidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2-ilovaga muvofiq nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar jumlasiga sotuv umumiy hajmida ushbu tovarlarni ishlab chiqarishdan tushum ulushi hisobot davri yakunlari bo‘yicha kamida 60 foizini tashkil etadigan korxonalar kiradi”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorida:
a) 5-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada 3-band “Iqtisodiyot xarajatlari” 3.2 qatoriga :
“210,0” raqamlaridan keyin “*” belgisi qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi havola qo‘shilsin:
“* “O‘zmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasiga ajratilgan qarz mablag‘lari qaytarilishi hisobiga 10,1 mlrd so‘m hisobga olingan holda”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Respublika budjeti mablag‘lari” so‘zlaridan oldin “2012-yil oxirigacha — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, 2013-yil 1-yanvardan boshlab esa” so‘zlari qo‘shilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 17-iyuldagi 328-son qarorining 7-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 7-son, 19-modda) “yagona ijtimoiy to‘lov summasini belgilangan tartibda taqsimlagan holda” so‘zlari qo‘shilsin .
10. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarori bilan tasdiqlangan Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandidan “soliq solish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibida:
7-bandga “moliyaviy yilning 10-martidan kechikmay” so‘zlari qo‘shilsin;
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tegishli moliya organlari tomonidan moliyaviy yilning 1-apreligacha amalga oshiriladi.”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizomning 42-bandida:
a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin va u quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“50 foizi — davlat budjetiga yo‘naltiriladi”.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risida” 2001-yil 30-maydagi 240-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 3-bandning uchinchi xatboshidagi “5” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
ilovaning nomidagi, 1-banddagi, 2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “5” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
4-bandning “b” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “5” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “95” raqami “92” raqami bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi beshinchi xatboshidagi “respublika budjetiga” so‘zlari “tegishli mahalliy budjetga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda):
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari eng kam oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar o‘quvchigacha — 50 foiz;
16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 60 foiz;
21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 70 foiz;
26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 80 foiz;
31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 100 foiz;
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — 50 foiz, sinfdagi (sinf-komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lgan kam komplektli maktablarda esa - 25 foiz”;
b) 3-ilovaning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari eng kam oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar o‘quvchigacha — 50 foiz;
16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 60 foiz;
21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 70 foiz;
26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 80 foiz;
31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 100 foiz;
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — 50 foiz, sinfdagi (sinf-komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lgan kam komplektli maktablarda esa - 25 foiz.
Ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha haqlarni to‘lash ushbu qo‘shimcha haqlarni moliyalashtirish uchun maxsus ajratiladigan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”.
18. Vazirlar Mahkamasining “Aviatashishlar xizmatlarini amalga oshirishni tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 1-avgustdagi 224-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 68-modda) 3-bandidagi “davlat” so‘zi “tegishli mahalliy” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “2012-yil uchun umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llari va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash dasturlari to‘g‘risida” 2012-yil 9-apreldagi 103-son qarorida:
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlarning mahalliy budjet mablag‘lari, shu jumladan mahalliy budjetlarning daromad qismini oshirib bajarishdan tushgan mablag‘lar”;
b) 1-ilova havolasining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“* Respublika budjetining bo‘sh qoldiqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablag‘lari, shu jumladan mahalliy budjetlarning daromad qismini oshirib bajarishdan tushgan mablag‘lar hisobidan ajratiladi”.
20. Vazirlar Mahkamasining “2012-2015-yillarda nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 2-avgustdagi 234-son qarorining 4-bandidagi “2012-yilda” so‘zlari “2012-2013-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 129 | 24,451 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2005-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi yakunlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2005-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2005-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi yakunlari to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
2005-yilning to‘qqiz oyida Davlat budjetining daromadlari uning xarajatlaridan 53,0 mlrd so‘m miqdorida ortiq bo‘lishiga erishilganligi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,5 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjeti xarajatlari samaradorligi yanada oshirilishi va maqbullashtirilishini, qat’iy pul-kredit siyosati o‘tkazilishini, soliq tushumlari mexanizmi takomillashtirilishini, milliy valyuta kursining mustahkamlanishini, shuningdek budjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muhofaza qilish tadbirlarini hamda budjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini kuchaytirishga oid boshqa tadbirlarni to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlasin, bunda Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirishni davom ettirishga alohida e’tibor qaratsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori tegishli mintaqalar bo‘yicha budjet to‘lovlari to‘liq tushishini ta’minlash, mintaqalarning soliq bazasi va moliyaviy salohiyatini kengaytirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda shu asosda mahalliy budjetlarning xarajatlari to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlash zarurligiga qaratilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 97 | 1,861 |
Qonunchilik | Davlat xizmatlari ko‘rsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2021-yil 1-dekabrdan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalari 162-bandining ikkinchi xatboshisidagi “bir bazaviy hisoblash” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 33-bandi ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 38-bandi beshinchi xatboshisidagi “50 foizi” so‘zlari “10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 10-martdagi 57-son qarorida:
a) 1-ilovaning (Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom) 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. NNTning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma dublikatini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to‘lov undiriladi”;
b) 2-ilovaning (Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom) 10-bandidagi “bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-avgustdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom rus tilidagi matnining 31-bandidagi “v polovinnom razmere summi sbora, uplachivayemoy za vidachu razresheniya na datu podachi zayavleniya o vidache dublikata” so‘zlari “v razmere 10 protsentov bazovoy raschetnoy velichini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 45-bandidagi “50 foizi” so‘zlari “10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarorida:
a) 1-ilovaning (O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom) 63-bandi ikkinchi xatboshisidagi “tabiatdan foydalanuvchining ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun, dublikatni berish haqidagi ariza topshirilgan sanada to‘lanadigan summaning 50 foizi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning (Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom) 60-bandidagi “tabiatdan foydalanuvchining ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun, dublikatni berish haqidagi ariza topshirilgan sanada to‘lanadigan summaning 50 foizi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom) 52-bandidagi “tabiatdan foydalanuvchining ruxsatnoma berish haqidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun dublikat berish to‘g‘risidagi ariza berilgan sanada to‘lanadigan summaning 50 foizi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-ilovaning (Polojeniye o poryadke proxojdeniya razreshitelnix protsedur dlya polucheniya sertifikata na vvoz, vivoz narkoticheskix sredstv, psixotropnix veщestv i prekursorov) 29-bandidagi “v polovinnom razmere summi sbora, uplachivayemogo za rassmotreniye Komitetom po kontrolyu za narkotikami zayavleniya zayavitelya o vidache sertifikata” so‘zlari “v razmere 10 protsentov bazovoy raschetnoy velichini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning (Polojeniye o poryadke proxojdeniya razreshitelnix protsedur dlya polucheniya razresheniya na tranzit narkoticheskix sredstv, psixotropnix veщestv i prekursorov cherez territoriyu Respubliki Uzbekistan) 24-bandidagi “v polovinnom razmere summi sbora, uplachivayemogo za rassmotreniye Komitetom po kontrolyu za narkotikami zayavleniya o vidache razresheniya na tranzit” so‘zlari “v razmere 10 protsentov bazovoy raschetnoy velichini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va o‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarorida:
a) 2-ilovaning (O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom) 31-bandidagi “mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan summaning yarim” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning (O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitariya sertifikatlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom) 30-bandidagi “mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan summaning yarim” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandi uchinchi xatboshisidagi “ariza beruvchining guvohnomani berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun dublikat berish to‘g‘risidagi ariza berilgan sanada to‘lanadigan summaning yarmi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda bo‘shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 34-bandidagi “litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashni va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qarorida:
b) 2-ilovaning (Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom) 25-bandi ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning (Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom) 26-bandida “litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 52-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“52. Ekspertiza xulosasining dublikatini berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undiriladi”.
18. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 994-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
19. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga import qilishga va O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida nizomning 37-bandi uchinchi xatboshisidagi “Davlat ekologiya qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmasi arizachining dublikatni berish haqidagi ariza berilgan sanaga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, ro‘yxatdan o‘tkazishda (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda), texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek, traktorchi-mashinist imtihonlarini olishda undiriladigan to‘lov stavkalarida:
a) “III. Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida plastik shakldagi texnik pasport va vaqtinchalik guvohnoma berish uchun” bo‘limining izohlarida:
uchinchi — oltinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan, o‘g‘irlangan, yo‘qolgan texnik pasport, shuningdek yo‘qolgan vaqtinchalik guvohnoma o‘rniga dublikat berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi;
plastik shakldagi texnik pasport joriy etilgunga qadar texnik pasport uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi, yo‘qotilganining o‘rniga dublikat berish yoki yaroqsizini almashtirish uchun 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi”;
b) “IV. Texnik pasport berilmaydigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalariga texnik guvohnoma berish uchun” bo‘limining izohlarida:
uchinchi — oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan, o‘g‘irlangan, yo‘qolgan texnik pasport, shuningdek yo‘qolgan vaqtinchalik guvohnoma o‘rniga dublikat berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi;
plastik shakldagi texnik pasport joriy etilgunga qadar texnik pasport uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, yo‘qotilganining o‘rniga dublikat berish yoki yaroqsizini almashtirish uchun 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi”;
v) “VI. Traktorchi-mashinistdan imtihonlarni olish va ularga guvohnoma berish uchun” bo‘limining izohlarida:
ikkinchi xatboshidagi “70 foizi” so‘zlari “10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “1 barobari” so‘zlari “10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “yo‘qolganining o‘rniga dublikat berish uchun — 50 foizi, yaroqsizini almashtirish uchun — 30 foizi” so‘zlari “yo‘qolganining o‘rniga dublikat berish yoki yaroqsizini almashtirish uchun 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 34-bandidagi “litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyuldagi 421-son qarori bilan tasdiqlangan Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 59-bandidagi “qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorida:
a) 5-ilovaning (Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizom) 14-pozitsiyasi “to‘lov miqdori (BHMda)” ustunidagi “0,5” raqami “0,1” raqami bilan almashtirilsin;
b) 9-ilovaning (Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom) 66-bandi “BHMning 25 foizi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-oktabrdagi 663-son qarori bilan tasdiqlangan Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 35-bandi ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son qarorida:
a) 1-ilovada (Yuridik shaxslarning qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom):
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi vakolatli organ maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”;
Nizomga 11-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“**Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganda to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi”.
b) 2-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom):
30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi vakolatli organ maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”;
Nizomga 12-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“**Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganda to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi”. | 250 | 17,461 |
Qonunchilik | Suv ta’minoti tizimi qayta tashkil etiladi | Vazirlar Mahkamasining 30.10.2015 yildagi 306-son Qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzurida suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ishlayotgan tashkilotlari negizida shaharlar va tumanlarda filiallari boʻlgan yagona «Suvoqova» davlat unitar korхonalari (keyingi oʻrinlarda – “Suvoqava” DUK) tashkil etiladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
«Suvoqova» davlat unitar korхonalarining, shuningdek ularning shahar va tuman filiallarining namunaviy tuzilmasi;
ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiyalashning ustuvor vazifalarini amalga oshirishni ta’minlashga, tadbirkorlik sub’yektlarini «foydalanishga tayyor» shartlarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tizimini takomillashtirishga doir kompleks tadbirlar.
Shunday tartib belgilandiki, unga muvofiq teхnik shartlarni olishdan boshlab oʻrnatish va suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga «foydalanishga tayyor» shartlarida ulashgacha boʻlgan barcha tartibotlar «Suvoqova» DUK, shuningdek uning shahar va tuman filiallari tomonidan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik sub’yektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga «foydalanishga tayyor» shartlarida ulashga doir barcha ishlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bu ishlarni amalga oshirishda subpudrat asosida loyihalashtirish, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirishga iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etishga ruхsat beriladi.
Shuningdek Tadbirkorlik sub’yektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga «foydalanishga tayyor» shartlarida ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, ushbu Nizom 2016 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Nizomga muvofiq ulash boʻyicha ishlar «Suvoqova» DUK va ularning shahar va tuman filiallari orqali tadbirkorlik sub’yektlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Ulash boʻyicha ishlarning qiymati shartnoma asosida aniqlanadi hamda tashqi suv ta’minoti va kanalizatsiyaning belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtgan loyihasiga muvofiq aniqlashtiriladi.
Qarorda shuningdek «Suvoqova» DUK va ularning shahar va tuman filiallari rahbarlari tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish va butlash boʻyicha komissiya tashkil etilishi nazarda tutilgan. «Oʻzkommunхizmat» agentligi uning ishchi organi etib belgilandi.
Komissiyaga «Suvoqova» DUK va ularning shahar va tuman filiallari rahbarlari tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish, kadrlar malakasini uzluksiz oshirish meхanizmini ishlab chiqish va joriy etish, tegishli ma’lumotga va malakaga ega boʻlgan mutaхassislar bilan butlanganligini har oyda koʻrib chiqish va tahlil qilish, zarur malakaga ega boʻlmagan shaхslarni ishga qabul qilgan rahbarlarga nisbatan choralar koʻrish vazifalari topshirildi. Shuningdek «Suvoqova» DUK mutaхassislarining malakasi iхtisosli oliy ta’lim muassasalari negizida tizimli oshirilishini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Belgilanishicha, 2016/2017 oʻquv yilidan kasb-hunar kollejlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya mutaхassislarini tayyorlashni tashkil etiladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi” sharhini
ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA tayyorladi. | 42 | 3,161 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar va korxonalar ro‘yxati 1, 2-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi apparati tuzilmasi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi apparatining namunaviy tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlarining tuzilmasi, apparati xodimlarining toifalariga ko‘ra cheklangan soni 4b-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi hamda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar 6, 6a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida 15 kishidan iborat hay’at tuziladi. Hay’at tarkibiga Qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoqlari va sohalari muammolarini hal etish bo‘yicha kengashlar raislari kiradi. Hay’atning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xizmat ko‘rsatuvchi, tayyorlov hamda qayta ishlash korxonalari va tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan o‘zaro munosabatlariga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalariga xo‘jaliklar tomonidan g‘o‘za va don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishga doir tavsiyalarga rioya etishlari ustidan nazoratni ta’minlash yuklanadi.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, tumanlar hokimliklariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga bo‘ysunadilar va hisob beradilar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi;
viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari rahbarlari viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi;
tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari rahbarlari tumanlar hokimlari taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri hamda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
6. Tumanlar hokimliklariga viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari bilan kelishgan holda, xodimlarning mazkur qarorda tasdiqlangan cheklangan sonidan (4b-ilova) hamda tumanlarning qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidan kelib chiqib 1, 2 va 3-toifaga kiruvchi qishloq tumanlari uchun belgilangan yagona tarif setkasiga qat’iy muvofiq holda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari apparati xodimlarining aniq sonini va shtat jadvalini belgilash huquqi berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, shuningdek tegishli uyushmalar, tashkilotlar va korxonalar muassislarining 7-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlarni tugatish, qayta tashkil etish hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorga 7-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlarning belgilangan tartibda tugatilishini, qayta tashkil etilishini ta’minlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Hukumat qarorlari loyihasini kiritsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Respublika chorvadorlar ilg‘or tajribasi maktabida va Respublika bog‘bonlar maktabida 2008-yildan boshlab o‘qishga qabul qilinadigan o‘quvchilarni o‘qitish budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga 7-ilovaga muvofiq xo‘jalik birlashmalarining, tashkilotlar va korxonalarning tugatilishi bosqichma-bosqich O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqarilishi, hamda qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shayotgan binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkdan samarali foydalanish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi respublika tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarining davlat korxonalarini kelgusida xususiylashtirish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
2. G‘o‘za urug‘chiligi respublika markazi
3. “O‘zzoovetta’minotxizmat” respublika birlashmasi
4. “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi
5. “Suvmaxsusta’mirqurilish” uyushmasi
6. “O‘zsuvxorijiyqurilish” respublika tashqi iqtisodiy korxonasi
7. “O‘zmaxsussuvdrenaj” uyushmasi
8. “O‘zsuvloyiha” uyushmasi
9. “O‘zirta’mirqurilish” uyushmasi
11. Suv xo‘jaligi sanoat korxonalari uyushmasi
12. SANIIRI ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
13. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi
14. Veterinariya bosh davlat boshqarmasi va uning bo‘linmalari
15. “O‘zsuvta’mirfoydalanish” respublika birlashmasi
17. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi
18. “O‘zdavtexnazorat” mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi
19. “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi
20. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi
21. Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi (“O‘zdavurug‘nazoratmarkaz”)
22. Davlatlararo muvofiqlashtirish suv xo‘jaligi komissiyasining ilmiy-axborot markazi
Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi.
24. Markaziy texnologiya va dispetcherlik xizmati
25. Toshkent davlat agrar universiteti
26. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
27. Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti
28. Andijon qishloq xo‘jaligi instituti
29. Suv xo‘jaligining foydalanish va boshqa tashkilotlari
31. “Pilla” hududiy birlashmalari.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
4. Vazirlik qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘z tasarrufidagi respublika organlari va hududiy organlar orqali hal etadi.
5. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga egadir.
6. Quyidagilar Vazirlikning vazifalari hisoblanadi:
qishloq xo‘jaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini amalga oshirish;
zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatayotgan tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijara munosabatlarini, oila pudratini, fermer xo‘jaliklarini keng rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligini yuritishni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
seleksiya, urug‘chilik, naslchilik ishlari, sohasida davlat siyosatini olib borish hamda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash;
irrigatsiya tizimlarini havzalar bo‘yicha boshqarish prinsiplari asosida yer usti suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplarini joriy etish;
davlat suv xo‘jaligi tizimidan foydalanilishini va uning zamonaviylashtirilishini ta’minlash;
ilgaridan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni o‘zlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya siyosatini ishlab chiqishda qatnashish;
er va suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;
o‘ziga qarashli tashkilotlar va korxonalarni ilmiy-texnik va axborot bilan ta’minlash;
qishloq va suv xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
7. Yuklangan vazifalarga muvofiq Vazirlik quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
qishloq va suv xo‘jaligi sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ularni ro‘yobga chiqarish strategiyasi va mexanizmlari bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori konyunkturasi marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi, qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarini zarur axborot bilan ta’minlaydi;
qishloq va suv xo‘jaligiga tashqi va ichki investitsiyalarni jalb etishda ishtirok etadi, budjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlaydi;
qishloq va suv xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;
navlarni sinash, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi istiqbolli navlarini yaratish va ko‘paytirishga ixtisoslashtirilgan o‘ziga qarashli elita va urug‘chilik xo‘jaliklari ishini muvofiqlashtiradi;
tarmoqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish va mehnatni tashkil etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
seleksiya-naslchilik ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
suv resurslari balansini ishlab chiqadi, suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilaydi;
suvdan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli tartibi amalga oshirilishini ta’minlaydi;
suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa birlashmalarini tashkil etish va rivojlantirishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
havza prinsipi asosida yer usti suv resurslari boshqarilishini amalga oshiradi;
suv resurslaridan foydalanishda o‘zaro munosabatlarning bozor prinsiplarini va iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yerlarni o‘zlashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;
kanallar va kollektorlardan, suv omborlari, nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlaridan va boshqa davlat suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishni tashkil etadi;
suv iste’molchilari uyushmalarining suv xo‘jaligi obyektlaridan texnik foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
suv resurslari hisobini olib boradi va ulardan foydalanilishini nazorat qiladi, “Suvdan foydalanish” bo‘limi bo‘yicha davlat suv kadastrini yuritishda qatnashadi;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, sug‘orish va kollektor-drenaj suvlari sifati ustidan monitoringni amalga oshiradi;
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik sun’iy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suv iste’moliga ruxsatnomalar beradi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlariga tabiiy yuza suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish va suv iste’moliga ruxsatnoma berish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqadi;
transchegara suv resurslari va obyektlarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
qishloqning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda qatnashadi;
qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot, loyihalash-qidiruv va konstruktorlik ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, ularni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, ularning natijalari amaliyotga joriy etilishiga ko‘maklashadi;
qishloq va suv xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlik qilishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
respublika o‘quv yurtlarida va ilmiy muassasalarida, shuningdek xorijda shirkat va fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasi oshirilishini va tajriba almashuvini tashkil etadi;
8. Vazirlik:
paxtachilikni rivojlantirish;
g‘allachilikni rivojlantirish;
sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumchilikni rivojlantirish hamda ularni kompleks qayta ishlash;
chorvachilikni rivojlantirish;
er-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish muammolari bo‘yicha Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
9. Vazirlik quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
kelishish uchun o‘ziga taqdim etiladigan yer va suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar loyihalari va takliflar yuzasidan xulosalar berish;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan respublika hududiga jahonning epizootik jihatdan nosog‘lom mintaqalaridan chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari, shuningdek dehqonchilik mahsulotlari va urug‘lik keltirilishini taqiqlash;
suv manbalariga suv kelishi o‘zgargan taqdirda suv olish limitlariga o‘zgartirishlar kiritish;
limitdan ortiq suv olingan, suv resurslaridan xo‘jasizlarcha, nooqilona foydalanilgan taqdirda suv berishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qo‘llash;
suv resurslarini samarali boshqarganlik va ulardan tejamli foydalanganlik uchun suvdan foydalanuvchilarni va suv iste’molchilarini iqtisodiy rag‘batlantirishni tashkil etish;
o‘ziga qarashli budjet korxonalari va tashkilotlarida davlat mulkini belgilangan tartibda boshqarish;
ommaviy axborot vositalari ta’sis etish.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari va normativ-huquqiy hujjatlarining vazirliklar, idoralar, muassasalar, joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
11 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi boshqaruvi markaziy apparati tuzilmasida:
paxtachilikni rivojlantirish;
g‘allachilikni rivojlantirish;
sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumchilikni rivojlantirish hamda ularni kompleks qayta ishlash;
chorvachilikni rivojlantirish;
er-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish muammolarini hal etish bo‘yicha Kengashlar tuziladi.
Kengashlar to‘g‘risidagi nizomlar Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
12. Quyidagilar Kengashlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli tarmoqlarni isloh qilish va rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha aniq tavsiyalarni ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini, ular samaradorligini oshirish yo‘nalishlari va yo‘llarini belgilash;
har bir mintaqaning iqlim, ob-havo sharoitlarini va xususiyatlarini hisobga olgan holda ekinlarni kelgusida va har bir qishloq xo‘jaligi yilida oqilona joylashtirish bo‘yicha aniq agrotexnologiya tavsiyalarini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligida, shuningdek naslchilik ishlarida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
zamonaviy, resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
13. Kengashlarning tarkibiga, egallab turgan lavozimlari va ilmiy unvonlaridan qat’i nazar, fan va amaliyotning tegishli sohalarida obro‘si e’tirof etilgan yetakchi mutaxassislar va olimlar jamoatchilik asosida kiradilar. Kengashlar a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirlik hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
14. Kengashlarning raislari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati a’zolari hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Kengashlarning barcha tavsiyalari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati majlislarida muhokama qilinadi, uning qarorlarining bajarilishi majburiydir.
16. Kengashlarning ishchi organlari funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli boshqarmalari va bo‘limlariga yuklanadi.
17. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan besh nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
18. Vazirning suv xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘rinbosari ayni vaqtda Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasining boshlig‘i hisoblanadi.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori lavozimiga ko‘ra vazir o‘rinbosari hisoblanadi.
Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari ijtimoiy va maishiy xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
19. Vazir:
Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va majburiyatlar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va zarurat bo‘lganda xodimlarning shtatda belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining va o‘ziga qarashli budjet tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega;
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, uning hududiy organlari rahbarlarini, shuningdek tasarrufidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish muammolari bo‘yicha Kengashlar to‘g‘risidagi nizomlarni, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar (tizimlar) va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek tasarrufidagi budjet tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomlarni (ustavlarni) tasdiqlaydi;
Vazirlikning, uning hududiy organlarining, tasarrufidagi tashkilotlarning xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va yo‘riqnomalar chiqaradi, ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
hududiy organlar va tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarni (ko‘rsatmalarni) bekor qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
20. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalari muammolarini hal etish Kengashlari raislari, agrosanoat kompleksi tizimining ayrim bo‘linmalari, vazirliklari va idoralari rahbarlaridan, shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Vazirlik faoliyatining qishloq xo‘jaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish, agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek seleksiya, urug‘chilik, naslchilik ishlari sohasida davlat siyosatini olib borish hamda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, irrigatsiya tizimlarini havzalar bo‘yicha boshqarish prinsiplari asosida yer usti suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplarini joriy etish, shuningdek ilgaridan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari hamda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari boshqarmalari Vazirlikning hududiy organlari hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari hamda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga hamda Vazirlikka bo‘ysunadilar va hisob beradilar.
22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari rahbarlari viloyatlar hokimlari taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
23. Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari boshliqlari tuman hokimlari taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri hamda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
24. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, Magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari boshqarmalari boshliqlari lavozimga Vazir tomonidan tanlov asosida tayinlanadi.
Tanlovni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik va uning hududiy organlari ekspert va maslahat organlari tashkil etishga haqlidir, ular to‘g‘risidagi nizomlar tegishli ravishda Vazir yoki hududiy organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida Vazirlik tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning, shu jumladan qishloq xo‘jaligi korxonalarining xo‘jalik hisobidagi faoliyatidan shartnomalar asosida (ixtiyoriy tartibda) o‘tkaziladigan ajratmalar uning manbalari hisoblanadigan Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari Vazirlikning ilmiy-tadqiqot, noshirlik ishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, qishloq va suv xo‘jaligi viloyatlar boshqarmalarini va tumanlar bo‘limlarini, vazirlik huzuridagi Loyihalarni amalga oshirish markazini ta’minotiga yo‘naltiriladi.
Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
26. Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, qishloq va suv xo‘jaligi viloyatlar boshqarmalarini va tumanlar bo‘limlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Bunda budjet mablag‘lari hisobidan — ish haqini va bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni, Jamg‘arma hisobidan esa — bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni va bir oylik maosh miqdoridagi moddiy yordamni to‘lash xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moliyalashtiriladi.
27. Vazirlik faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
1. Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining hududiy organi hisoblanadi hamda o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli viloyat hududida amalga oshiradi.
2. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati qarorlariga va Vazirlik buyruqlariga, viloyat hokimligi qarorlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bevosita, shuningdek tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari hamda o‘ziga qarashli tashkilotlar va korxonalar orqali hal etadi.
4. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
5. Boshqarma viloyatda agrar siyosat o‘tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mintaqada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muhim turlarini barqaror yetishtirishni ta’minlovchi dehqonchilik, agrotexnologiyalar va suvdan foydalanishning va suv iste’molining ilg‘or tizimlarini joriy etishga qaratilgan agrar siyosatni amalga oshirish;
g‘o‘za va don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirish yuzasidan tavsiyalarga xo‘jaliklar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularning ro‘yobga chiqarilishi va hududda mulkchilik va xo‘jalik yuritishning turli shakllari rivojlantirilishi monitoringini olib borish;
yer resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini, tuproq unumdorligini oshirishni ta’minlash;
kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishi monitoringini olib borish, tuzilgan shartnomalarni umumlashtirish asosida paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xaridi hajmlari to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘stirishning yangi ilg‘or agrotexnologiyalari joriy etilishini tashkil etish;
seleksiya, urug‘chilik, naslchilik ishlari sohasidagi ilmiy tadqiqotlar yutuqlarini, resurslarni va suvni tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga ko‘maklashish;
investitsiyalarni jalb etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi monitoringida qatnashish;
qishloqda ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi suvdan foydalanuvchilariga ma’muriy tumanlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash va ularga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashish;
suv resurslaridan oqilona foydalanilishiga, ularning samaradorligini oshirishga, suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun boshqa suv iste’molchilari tomonidan suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishga, suvdan foydalanuvchilar tomonidan suvning hisobga olinishini tashkil etishga ko‘maklashish;
limitlangan suvdan tejab foydalanish uchun suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun boshqa suv iste’molchilari rag‘batlantirilishini tashkil etish;
suv iste’molchilari uyushmalarining suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish ishlari va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlari bajarilishini, shuningdek suvdan foydalanish va suv iste’molini hisobga olishni tashkil etish, shuningdek ularni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirish;
viloyatda suv iste’molchilari uyushmalari tashkil etilishi, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishida ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi, zimmasiga nazorat funksiyalari yuklangan viloyat inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
6. Yuklangan vazifalarga muvofiq Boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
qishloq va suv xo‘jaligi korxonalariga ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatni tashkil etishda metodik yordam beradi;
fermerlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ni fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini bozor konyunkturasi to‘g‘risidagi axborot hamda ilg‘or texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash tajribasi haqidagi boshqa ilmiy-texnika va axborot materiallari bilan ta’minlaydi;
kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishi monitoringini yuritadi, tuzilgan shartnomalar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini yetishtirish hajmlari to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishini nazorat qiladi;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va yer-suv resurslaridan foydalanishdagi ilg‘or texnologiyalar va tajribalarni joriy etish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun infratuzilmani tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashadi;
mehnatni tashkil etish va ichki xo‘jalik munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni amalga oshiradi;
almashlab ekishni joriy etishni tashkil qilish, ekin maydonlari tarkibini, navlarni almashtirishni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishni takomillashtirish, tuproqni himoya qiluvchi va suvni tejovchi samarali texnologiyalarni o‘zlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi;
seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash, sun’iy qochirish tadbirlarini amalga oshiradi, ularning monitoringini olib boradi;
Havza irrigatsiya tizimlarining suv xo‘jaligi kengashlari ishida qatnashadi;
qishloq xo‘jaligi suvdan foydalanuvchilariga ma’muriy tumanlar bo‘yicha suv berish limitlarini belgilash yuzasidan Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga takliflar kiritadi;
umuman viloyat bo‘yicha suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilari bilan suvdan foydalanish va suv iste’moliga shartnomalar tuzish bo‘yicha ishlarga ko‘maklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
takliflarni ishlab chiqishda hamda suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishni tashkil etishda qatnashadi;
suv resurslaridan foydalanishni tahlil qiladi va Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasiga limitlangan suvdan tejab foydalanganlik uchun suvdan foydalanuvchilarni va suv iste’molchilarini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
suv iste’molchilari uyushmalarini rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritadi va ularni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ta’minlanishida ko‘maklashadi, ularni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
suv iste’molchilari uyushmalari faoliyati, ularning suv xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari o‘tkazilishi va suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilishi ustidan monitoring olib boradi;
xo‘jalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini suv o‘lchash qurilmalari bilan jihozlash ishlariga ko‘maklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va ularni rekonstruksiya qilish hamda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
korxonalarning qishloq va suv xo‘jaligi kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi, qishloq yoshlarini o‘qishga yuborish uchun tanlashda, shuningdek ularni ishga joylashtirishda yordam ko‘rsatadi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’atining Kengashlar tavsiyalari asosida qabul qilingan qishloq xo‘jaligi salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha qarorlarini amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;
qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining, shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlarining malakasini oshirishni tashkil etadi;
tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlariga kadrlar bilan ishlashni takomillashtirishda va ularning malakasini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
7. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
er va suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risida kelishish uchun unga taqdim etiladigan qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish to‘g‘risida iltimosnomalar kiritish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
8. Boshqarmaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari boshqarmaning tegishli hududiy organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
9. Boshqarmaga viloyat hokimining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
10. Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari viloyat hokimining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
11. Boshqarma boshlig‘i:
boshqarma faoliyatiga yakka boshchilik asosida rahbarlik qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
viloyat boshqarmasi apparati shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va zarurat bo‘lganda tasdiqlangan tuzilmaga shtatdagi xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega;
viloyat boshqarmasi apparati xodimlarini, o‘ziga qarashli tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini, shuningdek tumanlar hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
viloyat boshqarmasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, o‘ziga qarashli davlat korxonalari va tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomlarni (ustavlarni) tasdiqlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida boshqarmaning tegishli hududiy organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlarini to‘xtatish va ularning oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi va tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari, o‘ziga qarashli tashkilotlar xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari hamda o‘ziga qarashli tashkilotlarning ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarini (yozma ko‘rsatmalarini) bekor qiladi.
12. Boshqarma huzurida tarkibiga boshqarma boshlig‘i (Kengash raisi), lavozimiga ko‘ra Kengash tarkibiga kiruvchi boshliq o‘rinbosarlari, shuningdek boshqa yuqori malakali xodimlar kiradigan Kengash tashkil etiladi. Kengash 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Kengashning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi, Kengash qarorlari Boshqarma boshlig‘ining buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Boshqarma boshqa ekspert yoki maslahat organlarini ham tashkil etishi mumkin, ular to‘g‘risidagi nizomlar viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
13. Budjet mablag‘lari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha esa — budjet mablag‘lari Boshqarmani moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Bunda budjet mablag‘lari hisobidan — ish haqini va bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan esa — bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni va bir oylik maosh miqdoridagi moddiy yordamni to‘lash xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moliyalashtiriladi.
14. Boshqarma faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
1. Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining hududiy organi hisoblanadi hamda o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli tuman hududida amalga oshiradi.
2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati qarorlariga va Vazirlik buyruqlariga, viloyat hokimligi qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, Kengash qarorlariga hamda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi buyruqlariga, tuman hokimligi qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Bo‘lim yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
4. Bo‘lim tumanda agrar siyosat o‘tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
seleksiya, urug‘chilik va agrotexnologiyalarni yaxshilash ishlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirishning yangi agrotexnologiyalarini joriy etish;
qishloqda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi, qishloq xo‘jaligida ijara va pudrat munosabatlari rivojlantirilishi ishlarini tashkil etish va monitoringini yuritish;
fermer xo‘jaliklarining keng rivojlanishiga har tomonlama ko‘maklashish;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bozor infratuzilmasi rivojlantirilishini tashkil etish;
er va suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tuman suv iste’molchilari uyushmalari bo‘yicha suv olish limitlarini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash, bozor prinsiplari va mexanizmlari amalga oshirilishiga ko‘maklashish, shuningdek limit bo‘yicha suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya qilish;
limitlangan suvdan tejab foydalanilishi uchun suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklarini va tumanning boshqa qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilarini rag‘batlantirishni tashkil etish;
suv iste’molchilari uyushmalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilari tomonidan suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilishda qatnashish;
suv iste’molchilari uyushmalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni ta’minlash, ularning tashkil etilishiga va samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish;
xo‘jalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini, suvni hisobga olish tizimlarini ta’mirlash va rivojlantirish hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
ilg‘or tajribani, ilmiy tadqiqotlar yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ishlarini tashkil etish;
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridi bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi monitoringini tashkil etish;
naslchilik ishlarini, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi, zimmasiga nazorat funksiyalari yuklangan tuman inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
mutaxassislar malakasini oshirishni tashkil etish.
5. Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida shartnomalar tuzilishini tashkil etishda ko‘maklashadi;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish hajmlari to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi shirkatlari boshqaruvi, oilaviy pudratchilar va ijarachilar o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik ichki shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, ekologiya jihatidan xavfsiz texnologiyalarni joriy etish tadbirlarini tashkil qiladi;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mineral va organik o‘g‘itlardan samarali foydalanishda yordam ko‘rsatadi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish bo‘yicha himoya va oldini olish kompleks tadbirlarini o‘tkazishda ko‘maklashadi;
chorvachilikda seleksiya-naslchilik ishlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
sug‘orishning ilmiy asoslangan rejimlari, suvni tejovchi tadbirlar va texnologiyalar joriy etilishini tashkil etadi;
magistral kanallar (tizimlar) va irrigatsiya tizimlari boshqarmalarining Suv xo‘jaligi kengashlari ishida qatnashadi;
irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga tuman suv iste’molchilari uyushmalari bo‘yicha suv olish limitlarini belgilash yuzasidan takliflar kiritadi;
tumanda suvdan foydalanish yuzasidan suv iste’molchilari uyushmalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilari bilan shartnomalar tuzish ishlariga ko‘maklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
takliflar ishlab chiqishda hamda suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishni tashkil etishda qatnashadi;
sug‘orish suvidan foydalanilishini tahlil qiladi hamda suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilarini limitlangan suvdan tejab foydalanganligi uchun rag‘batlantirish bo‘yicha viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga takliflar kiritadi;
suv iste’molchilari uyushmalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ta’minlanishiga ko‘maklashadi, ular bajarilishining monitoringini olib boradi, ularni tashkil etishda va ularning faoliyat ko‘rsatishida metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
xo‘jalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini suvni o‘lchash qurilmalari bilan jihozlash ishlariga ko‘maklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilish hamda tuproq unumdorligini oshirish ishlarini tashkil etadi;
xo‘jalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini ta’mirlash va ularni rivojlantirish, shuningdek suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlarini umumiy muvofiqlashtirishni olib boradi;
“O‘zsuvnazorat” inspeksiyasi bilan birgalikda, shuningdek irrigatsiya tizimlari boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikda suvdan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashadi;
viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi;
axborot ta’minotini amalga oshiradi hamda fan yutuqlari, agrotexnika, resurslarni va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda ko‘maklashadi;
muqobil mashina-traktor parklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi va ularning monitoringini olib boradi;
qishloq va suv xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirishni tashkil etadi.
6. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
er va suv resurslaridan foydalanishga doir qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
er to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida iltimosnomalar kiritish;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunlar buzilishini to‘xtatish va ularning oqibatlarini tugatish to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini ko‘zlab xo‘jalik sudlariga da’vo arizalari berish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
7. Bo‘limning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
8. Bo‘limga tuman hokimining taqdimnomasiga ko‘ra viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
9. Bo‘lim boshlig‘i:
bo‘lim faoliyatiga yakka boshchilik asosida rahbarlik qiladi va bo‘limga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
boshliq o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga taqdim etadi;
Bo‘lim apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Bo‘lim xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi.
10. Budjet mablag‘lari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Bo‘limni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Bunda budjet mablag‘lari hisobidan — ish haqini va bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan esa — bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni va bir oylik maosh miqdoridagi moddiy yordamni to‘lash xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moliyalashtiriladi.
11. Bo‘lim faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 33-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarorining 1—3 va 6-bandlari va qarorga 1—8-ilovalar (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 2-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Suv xo‘jaligi departamenti, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 32-modda) 1-bandining ikkinchi va oltinchi xatboshi, shuningdek qarorga 1 va 5-ilovalar. | 117 | 52,447 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi tarkibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 9 va 17-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining quyidagi tarkibi saylansin:
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 139 | 456 |
Qonunchilik | Oʻzbekistondagi ilk kosmetika zavodi taqdimoti oʻtkazildi | Oʻzbekistonda faoliyat yuritishni boshlagan ilk kosmetika vositalari ishlab chiqaruvchi «Navoiy – Beauty Cosmetics» zavodi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Uning mahsulotlari foydalanuvchilarga “Estelle” hamda “La Corye” savdo belgilari orqali yaхshi tanish.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining “Mahalliy sanoatni rivojlantirish va eksportga moʻljallangan raqobatdosh mahsulotlar yaratish toʻgʻrisida”gi rejasiga muvofiq Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi doʻstona, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida mazkur zavod “Navoiy” erkin-industrial iqtisodiy zonasida tashkil etilgan edi.
Bugungi kunda mazkur zavodda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar mamlakatimizning sanoat borasidagi yana bir yutuqlaridan biriga aylanmoqda, kosmetik vositalarning eksportyorlaridan biri tariqasida хalqaro bozor ishtirokchisiga aylanishiga turtki bermoqda.
— Bizning maqsadimiz Oʻzbekistonni Markaziy Osiyoning kosmetika vositalari markaziga aylantirish, — deydi «Navoiy – Beauty Cosmetics» direktori janob Kim. Bugungi kunda Koreyada ishlab chiqarilgan kosmetika vositalari katta miqdorda Oʻzbekistonga import qilinmoqda. Bizning mahalliy mahsulotlarning esa sifati ular bilan bir хil, ammo ancha arzon, chunki Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmoqda.
Hozirda yiliga 3 million dona 200 dan ortiq turdagi yuzga, tana va soch uchun kosmetik mahsulotlar va hatto parfyumeriya zavodda ishlab chiqarilmoqda. Unda mahalliy aholi bilan bir qatorda bevosita koreyalik malakali mutaхassislar faoliyat yuritayapti.
Kompaniya хodimlari doimiy ravishda хorijda malaka oshiradi. Bundan tashqari, Toshkent farmatsevtika instituti bilan imzolangan memorandumga koʻra, institutda kosmetika ishlab chiqarish hamda ilmiy-teхnik laboratoriya mutaхassislarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslari ochilishi rejalashtirilgan.
Fozila Ashurova, muхbirimiz. | 57 | 1,818 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayevning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitili | O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) amalga oshirish bo‘yicha birinchi yarim yillikda bajarilgan ishlar haqidagi axborotini eshitish masalasini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, joriy yilning 5-avgust kuni o‘tkazilgan “hukumat soati”da deputatlarning savollariga javob berish davomida Strategiyani amalga oshirishga qaratilgan ishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Strategiyani amalga oshirish doirasida respublika hududlarini bosqichma-bosqich qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida dastlab Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Deputatlar ta’kidlaganidek, Strategiyada belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturining ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, qulay agrobiznes muhitini yaratish, qishloq xo‘jaligida ilm-fan, axborot xizmatlari tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qayd etilganidek, pandemiya sharoitida aholining sifatli va arzon mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, qolaversa, mahsulotlar eksporti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o‘tgan davrda 923,2 mlrd. so‘mlik investitsiya mablag‘lari hisobiga 9 ta agrologistika markazi ishga tushirildi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida 481,2 mln. dollar qiymatdagi 761,6 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayevning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini joriy yilning to‘qqiz oylik yakunlariga ko‘ra eshitish taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi (R. Mamutov):
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilib borsin;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining joriy yil to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan axborotini eshitishni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish choralarini ko‘rsin.
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 3,524 |
Qonunchilik | “Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-408-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 30-avgustda kiritilgan “Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-408-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 805 |
Qonunchilik | Xususiylashtirish narхi bozor kon’yunkturasini inobatga olgan holda aniqlanadi | 13.06.2017 yildagi OʻRQ–436-son Qaror bilan «Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi. Oʻzgarishlar 14.06.2017 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi.
Bugungi kunda Qonun boʻyicha 18 ta kategoriyadagi davlat mulki ob’yektlari davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va хususiylashtirilmaydi. Aniqlik kiritildi – Prezident qarori bilan unga boshqa ob’yektlar ham qoʻshilishi mumkin.
Bundan tashqari, endi davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladigan davlat mulki ob’yektlari roʻyхati 31 tadan 26 taga qisqardi. Endi unga quyidagilar kiradi:
Bu muhim! Joriy yilning 1 iyulidan boshlab sotuv narхini belgilashda ob’yektning davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish oʻtkazilayotgan paytdagi bozorning joriy kon’yunkturasi va ob’yektning qiymatiga ta’sir koʻrsatuvchi ob’yektiv omillar majmui hisobga olinishi lozim.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 78 | 1,156 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3074-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi), Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligining Markaz joylashgan binoning tegishli xonalarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha:
buyurtmachi etib Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini belgilash;
bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov savdolari asosida aniqlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazsin hamda mukammal ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
4. Markaz:
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish, O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va o‘rnatilgan tartibda O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
2017-yilgi xarajatlar smetasini hamda shtatlar jadvalini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
3. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hisobot beradi.
4. Markaz o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilot hisoblanadi.
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank, jumladan xorijiy valyutalardagi hisob raqamlariga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasi — reyestrini yaratish va uni muntazam yangilab borish, shuningdek, ana shu tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish, tegishli ilmiy markazlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borib, erishilgan natijalarni ilmiy muomalaga kiritish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan o‘zaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, turli anjumanlar, konferensiya va ko‘rgazmalar tashkil etish;
chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish, bu borada xalqaro miqyosdagi ilg‘or tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish;
madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro shartnomalar va umume’tirof etilgan normalarni milliy qonunchiligimiz nuqtai nazaridan atroflicha o‘rganish;
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, global Internet tarmog‘ida keng yoritish, ular haqidagi bibliografik to‘plamlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etib borish;
to‘plangan materiallarni mamlakatimiz va jahon miqyosida ilmiy muomalaga kiritish.
9. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasi — reyestrini yaratish va uni muntazam yangilab borish, shuningdek, ana shu tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish, tegishli ilmiy markazlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borib, erishilgan natijalarni ilmiy muomalaga kiritish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish sohasida:
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasi — reyestrini yaratish va uni muntazam ravishda yangilab borish;
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarga oid tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish ishlarini hayotga tatbiq etish;
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid yurtimizga olib kelingan madaniy boyliklarni aks ettiruvchi eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini, tegishli ilmiy muassasa hamda markazlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlarni olib borish;
Markazning ilmiy tadqiqotlari natijalari yuzasidan hisobotlarni tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etilishini ta’minlash;
Markazning ilmiy tadqiqotlari natijalarini axborot byulletenlari va boshqa rasmiy nashrlarda chop etilishini tashkil etish;
b) faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan o‘zaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, turli anjumanlar, konferensiya va ko‘rgazmalar tashkil etish sohasida:
xorijiy mamlakatlar muzey va fondlari, arxivlari, ilmiy-madaniy muassasalari bilan, jumladan, qo‘shimcha ilmiy loyihalarni bajarish orqali xalqaro ilmiy-madaniy hamkorlikning samarali shakllari va yo‘nalishlarini rivojlantirish;
Markaz xodimlarini xorijdagi yetakchi ilmiy-madaniy va ta’lim muassasalarida o‘qishini, tajriba orttirishini, malakasini oshirishni tashkil etish;
o‘zaro tajriba almashish, ish usullari va yangi ilmiy-tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish hamda yosh ilmiy-madaniy kadrlarni tayyorlash uchun yetakchi xorijiy olimlarning jalb etilishini ta’minlash;
xorijiy ilmiy-madaniy va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalarning xalqaro ilmiy grantlarini jalb etilishini ta’minlash;
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni tadqiq etish asnosida olingan ma’lumotlarni ilm ahliga yetkazishda hamda buyuk mutaffakirlar, mashhur fan va adabiyot arboblari sharafiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy, ilmiy-madaniy kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni tashkil etish va o‘tkazishda, shuningdek, xalqaro ilmiy va madaniy jurnallarning tahrir hay’atlari ishlarida ishtirok etish;
v) chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish, bu borada xalqaro miqyosdagi ilg‘or tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni aniqlash, ular saqlanayotgan tashkilotlar bilan ilmiy aloqalar o‘rnatish hamda mazkur boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan xorijdagi mutasaddi muassasa va tashkilotlarni aniqlash ishlarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda va uning yordamida chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish va zarur chora-tadbirlar ko‘rishda xalqaro miqyosdagi ilg‘or tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish;
zarurat tug‘ilgan holda xalqaro miqyosdagi ilg‘or tajriba asosida chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish borasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga tegishli takliflar kiritadi;
g) madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro shartnomalar va umume’tirof etilgan normalarni milliy qonunchiligimiz nuqtai nazaridan atroflicha o‘rganish sohasida:
madaniy boyliklarni olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish ishlarini amalga oshirish;
madaniy boyliklarni olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlili natijasida, vaziyat taqozo etgani hollarda, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
madaniy boyliklarni olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar va umume’tirof etilgan normalarni milliy qonunchiligimiz nuqtai nazaridan atroflicha o‘rganish;
d) xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, global Internet tarmog‘ida keng yoritish, ular haqidagi bibliografik to‘plamlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etib borish sohasida:
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni respublika ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni amalga oshirish;
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklar va ularning ilmiy tahlilini global Internet tarmog‘ida keng yoritish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni chuqur ilmiy o‘rganish asnosida olingan ilmiy ma’lumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik to‘plamlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etish ishlarini amalga oshiradi;
e) to‘plangan materiallarni mamlakatimiz va jahon miqyosida ilmiy muomalaga kiritish sohasida:
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni chuqur ilmiy o‘rganish asnosida olingan ilmiy ma’lumotlar va ularning tahliliy natijalarini keng targ‘ib etish maqsadida ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarni uyushtirish;
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni tadqiq etishga oid respublika va xorijdagi turli darajalardagi konferensiyalarda qatnashish;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlash.
Markaz qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
10. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar o‘tkazadigan tadbirlarda ishtirok etish;
o‘z xodimlarining ijtimoiy himoyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot ishlariga respublikadagi va xorijdagi mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda Markaz xodimlari va jalb qilingan mutaxassislarni xorijiy ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalariga ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi uchun yuborish;
Markazning shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Markazda xodimlarning moddiy rag‘batlantirish fondini tuzish;
moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirish va asosiy fondlar rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga tegishli takliflar kiritish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va uning ixtiyoridagi boshqa mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
12. Markazga belgilangan tartibda Madaniyat vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Direktorning Madaniyat vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
13. Markaz direktori:
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Markaz nomidan vakillik qiladi;
Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Markazning ilmiy-tadqiqot va boshqa jarayonlarni tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish, manfaatdor ilmiy va o‘quv idoralari, muassasalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishning barcha masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi, ilmiy va uslubiy ma’lumotlar va axborotlarni muhokama qiladi, ilmiy ishlarni nashr qilish va saqlashga tavsiya etadi, ilmiy va faxriy unvonlarni berish to‘g‘risida iltimosnomalar beradi;
aniq maqsadga yo‘naltirilgan dastur va tanlov mavzularini, shuningdek, alohida topshiriq va buyurtmalarni amalga oshirish maqsadida Markazda vaqtinchalik tadqiqot guruhini tashkil etadi;
Markazda ijro intizomi holati bo‘yicha bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
o‘zining o‘rinbosari va Markaz xodimlarining vakolatlari, majburiyatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Markaz bo‘limlari nizomini va Markaz xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
o‘z vakolati doirasida xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
zarurat tug‘ilgan hollarda, Markazning tarkibiy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
o‘z vakolati doirasida Markaz xodimlari tomonidan bajarish uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar qabul qiladi;
Markazga yuklatilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi, xodimlar bilan tuzilgan shartnomalar, rejalarning bajarilishi va natijalari, ilm-fan va texnikaviy yutuqlarni jalb qilish chora-tadbirlari hamda Markaz va ma’muriyatning boshqa faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi oldida hisobot beradi.
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
14. Markaz direktori vaqtincha yo‘qligida uning vazifalarini uning o‘rinbosari bajaradi.
15. Markaz direktorining o‘rinbosari:
bo‘limlarga bevosita rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda bo‘limlarda ijro intizomi holati uchun shaxsan javob beradi;
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha hujjatlar loyihasini va materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
Markaz ish rejasida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarni talab qilinadigan davr mobaynida amalga oshirish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi hamda o‘rganilgan masalalarning tanqidiy tahlili asosida Markaz direktoriga muhokama uchun takliflar kiritadi;
Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlarida muhokama qilishga biriktirilgan masalalar bo‘yicha materiallar tayyorlash uchun bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar bilan majlislar o‘tkazadi;
Markaz direktoriga tegishli mutaxassislar majburiyatlarini taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Markaz direktoriga bo‘limlar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi;
vazifalar taqsimotiga ko‘ra boshqa tegishli vakolatlarni ham amalga oshiradi.
16. Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llanadi.
17. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
davlat buyurtmasi asosida ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan grant mablag‘lari.
Markaz mutaxassislari va boshqa tashkilotlardan jalb qilinadigan ekspertlarni xorijiy davlatlarga xizmat safarlariga yuborish va chet ellik mutaxassislar (ekspertlar)ni jalb etish xarajatlari va Markaz faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlar uchun tadbirkorlik faoliyatidan, jumladan, noshirlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
18. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 179 | 19,003 |
Qonunchilik | Fuqarolar davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini baholay oladilar | Vazirlar Mahkamasining 10.06.2022 yildagi «Fuqarolar ishtirokidagi audit oʻtkaziladigan ob’yektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 326-son qarori qabul qilindi.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
Nazorat ob’yektini aniqlashda ishtirok etish uchun fuqarolar «Davlat auditi» dasturida roʻyхatdan oʻtadilar. Fuqarolarni «Davlat auditi» dasturida autentifikatsiyalash elektron raqamli imzo vositalari, mobil telefon raqamlari, shaхslarning biometrik ma’lumotlari, Mobil-ID, Face-ID shuningdek boshqa usullar bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolar tomonidan tanlanishi mumkin boʻlgan nazorat ob’yektlari roʻyхatiga quyidagilar kiritilmaydi:
Baholash natijalarining oʻrtacha bahosidan kelib chiqib vakolatli tuzilmalar хodimlarining natijalari quyidagicha belgilanadi:
Baholash natijalarining reytingi boʻyicha:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 74 | 1,073 |
Qonunchilik | Sementga va klinkerga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 690-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1908, 2009-yil 24-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 9-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Sementga va klinkerga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom oq sementga, shuningdek muqobil yoqilg‘i — ko‘mirda ishlab chiqarilgan sement va klinkerga tatbiq etilmaydi.”.
2. 2-bandning oltinchi xatboshisidagi “budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga” degan so‘zlar “budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 1 va 2-ilovalarda:
060-satrda “budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga” degan so‘zlar “budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Izoh: korxona ixtiyorida qolgan summa Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitobining 240-satrini kamaytiradi.”. | 149 | 2,227 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratur | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupov va suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-bandiga quyidagi tahrirdagi xatboshi qo‘shilsin:
“Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlar (taftishlar) natijalari bo‘yicha aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadiga undirilgan davlat organlari va tashkilotlari, budjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy xarajatlarning, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summasining 10 foizi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 31-martdagi 93-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 17-modda):
7-banddagi “O‘zbekiston “Sifat” markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi vakillari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakillari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining 48-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 69-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
““O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbarlariga Inspeksiya bilan birgalikda paxta tozalash korxonalarida paxta chigitini tortish va sertifikatlash jarayoni muntazam ravishda nazorat qilinishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.”.
v) ilovada:
5-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi ““O‘zstandart” agentligining “O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasining (keyingi o‘rinlarda “Sifat” markazi deb ataladi) urug‘lik laboratoriyasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) vakiliga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi ““Sifat” markazining paxta tozalash korxonasi huzuridagi urug‘lik laboratoriyasi mudiri” so‘zlari “Inspeksiyaning vakillari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi ““Sifat” markazi” so‘zlari “Inspeksiya” so‘z bilan almashtirilsin;
12-bandda:
birinchi xatboshidagi ““Sifat” markazi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi ““Sifat” markazining” so‘zlari “Markazning” so‘zi bilan almashtirilsin;
13-banddagi ““Sifat” markazi” so‘zlari “Markaz” so‘zi bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Markazning vakili Namuna tanlash dalolatnomasini rasmiylashtiradi, uni Markaz, paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari vakillari imzolaydilar. Dalolatnomaning bir nusxasi Markazda qoladi, ikki nusxasi paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari vakillariga beriladi”.
15-bandda:
birinchi xatboshidagi ““Sifat” markazi”, ““Sifat” markazining” so‘zlari tegishlicha “Markaz”, “Markazning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi ““Sifat” markazining” so‘zlari “Markazning” so‘zi bilan almashtirilsin;
16-banddagi “O’z DSt 597:1993”, “O’z DSt 599:1993”, “O’z DSt 600:1993”, “O’z DSt 601:1993” so‘zlari tegishlicha “O’z DSt 597”, “O’z DSt 599”, “O’z DSt 600”, “O’z DSt 601” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi ““Sifat” markazining” so‘zlari “Markazning” so‘zi bilan almashtirilsin;
18-banddagi ““Sifat” markaziga”, ““Sifat” markazi” so‘zlari tegishlicha “Markazga”, “Markaz” so‘zi bilan almashtirilsin;
19-bandning birinchi xatboshisidagi ““Sifat” markazining” so‘zlari “Markazning” so‘zi bilan almashtirilsin;
20 va 21-bandlardagi, 28-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 31-banddagi ““Sifat” markazi” so‘zlari “Markaz” so‘zi bilan almashtirilsin;
22-bandning ikkinchi xatboshisidagi ““Sifat” markazi mintaqaviy laboratoriyasiga” so‘zlari “Markazning hududiy laboratoriyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24. O`z DSt 596 talablariga javob bermaydigan texnik paxta chigiti aniqlangan taqdirda Sinash protokoliga aniqlangan nomuvofiqlar to‘g‘risida yozib qo‘yiladi.
Tegishli belgilar va Sinash protokolida Muvofiqlik belgisining mavjud emasligi aniqlangan hajm uchun Muvofiqlik sertifikati tatbiq etilmasligidan dalolat beradi. Markaz vakilining paxta chigitining nostandart hajmlari bo‘yicha bundan keyingi harakatlari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan Paxta texnik chigitini sertifikatlashtirish tartibi bilan belgilanadi”.
32-bandning ikkinchi xatboshisidagi ““Sifat” markazi inspektori” so‘zlari “Inspeksiya vakili” so‘zlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “Paxta chigiti sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Inspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
35-bandda:
birinchi xatboshisidagi ““Sifat” markazi laboratoriyalarining mudiri” so‘zlari “Markazning paxta tozalash korxonasidagi vakili” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi ““Sifat” viloyat markazi inspektorlari”, ““Sifat” markaziga” so‘zlari tegishlicha “Markazning hududiy filial laboratoriyasi vakili”, “Markazga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
39-bandning ikkinchi xatboshisidagi ““Sifat” markazining inspektoriga” so‘zlari “Inspeksiya vakiliga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
42-banddagi ““Sifat” markazi” so‘zlari “Inspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
46-banddagi ““Sifat” markazining inspektori” so‘zlari “Inspeksiya vakili” so‘zlari bilan almashtirilsin;
47-banddagi ““Sifat” markazi inspektori” so‘zlari “Inspeksiya vakili” so‘zlari bilan almashtirilsin;
48-banddagi ““Sifat” markazi” so‘zlari “Inspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
50-banddagi ““Sifat” markazi inspektori” so‘zlari “Inspeksiya vakili” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-shakl quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
6. Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat bug‘doyining sug‘urta fondini g‘amlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 28-martdagi 54-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 14-15-son, 100-modda):
a) 3-banddan “O‘zdavdoninspeksiya” so‘zi chiqarib tashlansin;
b) ilovaning 6-bandi ikkinchi xatboshisidan “va “O‘zdavdoninspeksiya”” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 4-sentabrdagi 200-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 35-36-son, 349-modda):
4-banddagi ““O‘zstandart” agentligining O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda “Sifat” markazi deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi ““O‘zstandart” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovasi 29-pozitsiyasining “Mas’ullar” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovasida:
a) 20 va 31-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 37-pozitsiya qo‘shilsin:
11. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 37-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 8-bandning “l” kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda import qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga eksport qiluvchi mamlakatlarda karantin muddati tugagunga qadar chetdan olib kelinadigan zotdor hayvonlarning kamida uchta avlodining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi shart”;
b) 11-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
“Mas’ullar” ustunidagi “Chorvachilikda naslchilik ishlari bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi” bloki “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” bloki bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “Naslli mahsulotni (materialni) O‘zbekiston Respublikasi va tranzit davlatlar hududiga olib kirish uchun veterinariya ruxsatnomalarini xalqaro talablarga muvofiq belgilangan tartibda rasmiylashtirish” blokidagi “belgilangan tartibda rasmiylashtirish” so‘zlaridan keyin “hamda zotdor hayvonlarning kamida uchta avlodining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatini vakolatli organga taqdim etish” so‘zlari qo‘shilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Seleksiya yutuqlari sinovlarini o‘tkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 29-dekabrdagi 369-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 52-son, 643-modda):
1-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-martdagi 99-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QH, 2016-y., 14-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan Don xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning 48-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “ixtiyoriy asosda” so‘zlari “majburiy tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining ““O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda):
a) 6-banddagi ““O‘zstandart” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Paxta tolasi sifati va massasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) muvofiqlik sertifikatida (inspeksiya dalolatnomasida) ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lmaganda, mazkur masala bo‘yicha kelishmovchiliklar uning vakilini jalb qilgan holda hal qilinadi. Tolaning sifati va massasi bo‘yicha kelishmovchiliklar tasdiqlanganda, bu bilan bog‘liq barcha qo‘shimcha xarajatlar Markaz hisobiga kiritiladi, yetkazib beruvchi, “O‘zpaxtasanoat” AJ va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar dalolatnomalar ko‘rib chiqilganidan keyin 5 kun muddatda mazkur partiyaning haqiqatdagi sifati va massasi asosida amalga oshiriladi”;
v) 2-ilovada:
4-bandda:
uchinchi xatboshidagi ““O‘zstandart” agentligini” so‘zlari “Markazni” so‘zi bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari qo‘shilsin:
“Tavsiyalarning bir nusxasi uch ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim etilishi lozim.
Tavsiyalarni olgandan so‘ng to‘qimachilik korxonasining ishlab chiqarish quvvati o‘zgargan holda, Markazga besh ish kuni ichida xabar berishi shart”;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshi tegishlicha oltinchi va yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidagi ““O‘zstandart” agentligi” so‘zlari “Markaz” so‘zi bilan almashtirilsin;
Birja savdolarida xaridorlarga sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish sxemasining 2-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi ““O‘zstandart” agentligi qoshidagi bo‘limning” so‘zlari ““Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovada:
1-banddagi ““O‘zstandart” agentligining vakolatli bo‘linmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddan “o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqariladigan paxta tolasi bundan mustasno” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Paxta tolasini sertifikatlash va toyning og‘irligini tortib ko‘rish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovni buyurtmachi bajaruvchi bilan ikki tomonlama shartnomalar asosida paxta tolasi hajmini (partiyasini) bajarilgan ishlar dalolatnomalari va bajaruvchi tomonidan berilgan hisob-kitob asosida muvofiqlik sertifikatini (inspeksiya dalolatnomasini) va toylar og‘irligini tortib ko‘rish dalolatnomasini berish fakti bo‘yicha amalga oshiradi.
Paxta tolasini sertifikatlashtirish va paxta tolasi toylarining og‘irligini tortib ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi”;
19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Paxta tolasi har bir to‘dasi namligining massaviy ulushini aniqlash uchun bajaruvchining vakili tomonidan paxta tolasini presslashdan oldin olingan namunalarni O`z DSt 634 “Paxta tolasi. Namlikning massoviy ulushini aniqlash usullari”ga ko‘ra bajaruvchining paxta tozalash korxonalarida joylashgan sinov laboratoriyasida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha amalga oshiriladi”;
26-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Paxta tolasi namunalarida kalta momiq va paxtani qayta ishlash aralashgan chiqitlari mavjud bo‘lganda mahsulot sertifikatlanmaydi, inspeksiya dalolatnomasi rasmiylashtirilmaydi va bu haqda buyurtmachiga asoslangan xabarnoma beriladi”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi ““O‘zstandart” agentligining vakolatli bo‘linmasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
30-bandning birinchi va ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Bajaruvchi o‘zi sinab ko‘rgan paxta tolasi to‘dasi hajmining navi, klassi, uzunligi va mikroneyrini, namlikning massa nisbati, solishtirma uzilish kuchi va uzunlik bo‘yicha birxillik indeksini (toy ichidagi brakdan tashqari) aniqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda shartnomaviy majburiyatlarini zarur darajada bajarilishi uchun quyidagilar bo‘yicha mulkiy javob beradi:
paxta tolasini saqlash, yetkazib berish, terminaldan paxta tozalash zavodiga qaytarish”;
1-ilovada:
““O‘zstandart” agentligining vakolatli bo‘linmasining” so‘zlari ““Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
““O‘zstandart” agentligining vakolatli bo‘linmasining” so‘zlari “Hududiy laboratoriya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
““O‘zstandart” agentligining vakolatli bo‘linmasining vakili” so‘zlari “Hududiy laboratoriya namuna oluvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovada:
““O‘zstandart” agentligining vakolatli bo‘linmasining” so‘zlari ““Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
““O‘zstandart” agentligining vakolatli bo‘linmasining” so‘zlari “Hududiy laboratoriya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovada:
““O‘zstandart” agentligining vakolatli bo‘linmasining” so‘zlari ““Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
““O‘zstandart” agentligining vakolatli bo‘linmasining” so‘zlari “Hududiy laboratoriya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-ilovada:
“viloyat laboratoriyasi” so‘zlari “hududiy laboratoriyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“SITC (NVI) tizimida sifat nazorati bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari “Texnologiya katta operatori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-ilovada:
“viloyat laboratoriyasi” so‘zlari “hududiy laboratoriyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“SITC (NVI) tizimida sifat nazorati bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari “Texnologiya katta operatori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-ilovada:
““Hududiy laboratoriyaning vakolatli vakili (sertifikatlash bo‘yicha mutaxassis)” so‘zlari “Paxta mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha mutaxassis” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-ilovada:
““O‘zstandart” agentligining vakolatli bo‘linmasining laboratoriyasi” so‘zlari “Hududiy laboratoriya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
““O‘zstandart” agentligining vakolatli bo‘linmasi vakillari” so‘zlari “Hududiy laboratoriya vakillari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-ilovadagi “NVI tizimida sifat nazorati bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari “Paxta tolasi sifatini tavsiflash bo‘yicha mutaxassis (klasser)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ilovaning “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga (bayonnomalarni tuzishga, ish qo‘zg‘ashga) vakolatli organlar” ustunidagi:
a) 280, 300 va 310 kodli pozitsiyalaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Mashinalar va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi (“O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi) organlari”, “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi organlari” va “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlashtirish va sifatini nazorat qilish davlat markazi organlari” chiqarib tashlansin;
b) quyidagi tahrirdagi 280-pozitsiya qo‘shilsin:
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi tarkibiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 24-maydagi 175-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda o‘simlik yog‘i va yog‘-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori)” 2007-yil 27-fevraldagi 42-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 12-modda) ilovasining 6-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovasining 41-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-oktabrdagi PQ-1633-son “2012 — 2015-yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori)” 2011-yil 12-dekabrdagi 325-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 50-son, 515-modda) 1-ilovasining 4-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son ““O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori)” 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 110-modda) 1-ilovasining 7-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovasining 16-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining ““Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) 1-ilovasining 7-bo‘limi 9-bandi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada soya yetishtirish hajmlarini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 10-fevralda 105-son qarori 4-ilovasining 12-bandi chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori)” 2018-yil 15-fevraldagi 121-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 38-modda) 1-ilovasining 3-bandi. | 250 | 26,714 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” 2019-yil 10-dekabrdagi O‘RQ-591-son Qonuni) | O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolari lavozimlariga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanishi tartibi joriy etilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining qarorlarini “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazirning maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizom 14-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizom 14-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 15-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 11-son, 266-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizom 36-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Davlat geologiya qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom 33-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi to‘g‘risidagi nizom 37-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi”.
15. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 25-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi”.
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Davlat ekologiya qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi”;
b) 38-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 31-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi”.
18. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-fevraldagi 108-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 21-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Vazirlikni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshqaradi”;
b) 23-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi bo‘yicha” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 36-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 32-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tavsiyasiga binoan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 23-martdagi 176-son qarorining 2-bandi o‘n uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirdagi o‘n uchinchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Tartibning amal qilish davrida, zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlariga, istisno tariqasida, Tartib davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasida belgilangan tartibda avtotransport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turish huquqi berilsin.
Bunda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror belgilangan tartibda ijro etilganidan yoxud ijrosi tugatilgandan so‘ng Sanitariya- epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan ma’lumotnoma asosida avtotransport vositasi jarima maydonchasidan olib chiqib ketiladi”. | 224 | 11,128 |
Qonunchilik | 2013—2015-yillar davrida Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida | Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish, mintaqaning noyob tarixiy-madaniy merosidan samarali foydalanish, me’morchilikning tarixiy arxitektura ansambllari va yodgorliklari holatini yaxshilash, sayyohlar uchun mehmonxonalar va xizmat ko‘rsatish obyektlari qurish, diqqatga sazovor madaniy-tarixiy yodgorliklar bo‘yicha zamonaviy sayyohlik yo‘nalishlarini shakllantirish va joriy etish, mintaqaning tabiiy salohiyatidan samarali foydalanish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, shu asosida yangi ish o‘rinlari tashkil etish va viloyat aholisining daromadlarini o‘stirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2013 — 2015-yillar davrida Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ma’qullansin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
2013 — 2015-yillar davrida Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
2013 — 2015-yillar davrida Qashqadaryo viloyatida turizm sohasi ko‘lamlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish tadbirlari kompleksi 2-ilovaga* muvofiq;
2013 — 2015-yillar davrida Qashqadaryo viloyatida tarixiy-madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va ularning holatini yaxshilash bo‘yicha manzilli ro‘yxat 3-ilovaga* muvofiq;
2013 — 2015-yillar davrida mehmonxonalar, restoranlar va turizm infratuzilmasining boshqa obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat 4-ilovaga* muvofiq;
2013 — 2015-yillar davrida Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar va tadbirlarni banklarning kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish jadvali 5-ilovaga* muvofiq.
2. 2013 — 2015-yillar davrida Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturining bajarilishi monitoringini olib borish bo‘yicha 6-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etilsin.
2. Ishchi guruhga (E.M. G‘aniyev):
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar belgilangan muddatlarga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Dasturga kiritilgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish yuklansin.
Ishchi guruhga, zaruriyat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha takliflari mavjud bo‘lganda Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Qashqadaryo viloyati hokimligi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Ishchi guruhga yilning har choragida tadbirlarning bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Dasturga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida:
bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirgan holda qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda noqonuniy qurilishga va yer uchastkalaridan boshqa maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. Banklarga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida amalga oshirish nazarda tutilgan loyihalarning tashabbuskorlariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq bo‘lmagan stavka bo‘yicha, imtiyozli davri o‘n ikki oy bo‘lgan kamida besh yil muddatga beriladigan imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya qilinsin.
6. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida amalga oshirish nazarda tutilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kiriladigan asbob-uskunalar, ularga ehtiyot qismlar va boshqa tovarlar 2016-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno).
Belgilansinki:
bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi maqsadli tartibda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida nazarda tutilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
olib kirilayotgan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda bo‘shaydigan mablag‘lar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan holda to‘liq hajmda Davlat budjetiga undiriladi.
7 “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 98 | 5,581 |
Qonunchilik | Aholi tez tibbiy yordam хizmati bilan keng qamrab olinadi | Vazirlar Mahkamasining 20.07.2020 yildagi «Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam хizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 446-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 25.01.2018 yildagi «Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3494-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Qarorda Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining quyidagi takliflari ma’qullandi:
vrach хodimlarga – 2,5 million soʻmdan;
oʻrta tibbiyot хodimlariga – 1,5 million soʻmdan;
haydovchilarga – 1 million soʻmdan.
Sogʻliqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda uch kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat, shuningdek tez tibbiy yordam хizmatiga kunlik chaqiriqlar sonidan kelib chiqqan holda iхchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalarining vaqtinchalik normalarini tasdiqlash topshirildi.
Qarorda tashkil etilayotgan iхchamlashtirilgan mobil tez yordam brigadalari uchun avtomashinalar sotib olish hamda tez tibbiy yordam brigadalarining qoʻshimcha shtat birliklarini saqlash bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash, shuningdek ularni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq хarajatlarni amalga oshirish manbalari qayd etildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Qayumov. | 57 | 1,441 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kinematografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 16-martdagi PF–3407-son Farmoniga muvofiq hamda kinematografiya sohasidagi respublika va hududiy organlar faoliyatining samaradorligini ta’minlash, kino va video mahsulotlarini ishlab chiqarish, ko‘paytirish hamda namoyish etish tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“O‘zbekkino” Milliy agentligining tashkiliy tuzilmasi va hududiy bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 1, 3-ilovalarga;
“O‘zbekkino” Milliy agentligining Nizomi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zbekkino” Milliy agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 22 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 14 nafar etib belgilansin.
“O‘zbekkino” Milliy agentligiga Agentlik bosh direktorining bir nafar o‘rinbosari va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan besh kishidan iborat hay’at bo‘lishiga ruxsat berilsin.
“O‘zbekkino” Milliy agentligiga Agentlik bosh direktorining ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosar va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan yetti kishidan iborat hay’at bo‘lishiga ruxsat berilsin.
3. “O‘zbekkino” Milliy agentligi huquq va majburiyatlar bo‘yicha “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining huquqiy vorisi hisoblansin.
“O‘zbekkino” Milliy agentligiga soha aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aksiyalari paketlarini (ular belgilangan tartibda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga topshirilgunga qadar) boshqarish vakolati berilsin.
4. “O‘zbekkino” Milliy agentligi:
mamlakatimizda yaratilayotgan badiiy va hujjatli kino-videofilmlarning ma’naviy va badiiy saviyasini oshirish, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar va talablarni aks ettirish maqsadida professional yetuk, talabchan mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tuzsin, uning Nizomini bir oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
hududiy bo‘limlar to‘g‘risidagi namunaviy nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini “O‘zbekkino” Milliy agentligi etib qayta tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy va mulkiy masalalarni bir oy muddatda hal qilsin.
5. “O‘zbekkino” Milliy agentligi uchun 2005-yildan boshlab quyidagi yillik ishlab chiqarish hajmlarining istiqbolli ko‘rsatkichlari belgilansin:
15 ta to‘la metrajli badiiy kinofilm yaratish;
40 qismdan iborat 20 ta hujjatli va ilmiy-ommabop, 10 ta multiplikatsion kinofilm va 60 soatlik ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy videofilmlar ishlab chiqarish;
har bir yaratilgan badiiy kinofilmdan dubl-negativ tayyorlash va viloyatlarda keng namoyish etish uchun 15 nusxadan, jahon bozoriga chiqarish uchun chet tillardagi subtitrlar bilan 2 nusxadan ko‘paytirish.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2005-yildan boshlab qo‘shimcha ravishda o‘z daromadlari va homiylik mablag‘larini jalb etgan holda, zamondoshlarimiz hayoti, ijtimoiy va ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar to‘g‘risida hikoya qiluvchi badiiy kino va videofilmlar, teleseriallar ishlab chiqarish va namoyish qilishni yo‘lga qo‘ysin.
6. “O‘zbekkino” Milliy agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
2004 va 2005-yillarda kino ishlab chiqaruvchi korxonalarning zamonaviy kinotexnologik jihozlarga bo‘lgan ehtiyojlarini bir oy muddatda asoslangan hisob-kitobini qilib, zarur mablag‘larning miqdori va moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
yillik ishlab chiqarish hajmlarini shakllantirish, moliyalashtirish hamda ajratilgan mablag‘lar maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
“O‘zbekkino” Milliy agentligiga filmlar ishlab chiqarish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida ssenariy mualliflariga qalam haqi va ijodiy guruhning boshqa a’zolariga mukofot miqdorini Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilashga ruxsat berilsin.
7. Respublikadagi kinoteatrlarning faoliyati va mavjud holatini atroflicha o‘rganish maqsadida 5-ilovaga* muvofiq Maxsus komissiya tuzilsin.
Maxsus komissiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zbekkino” Milliy agentligi hududiy bo‘limlari mutaxassislaridan iborat hududiy ishchi guruhlar tuzsin.
Hududiy ishchi guruhlar ikki oy muddatda:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, joylardagi barcha kinoteatrlardan maqsadli foydalanilishi, ularning moddiy-texnika bazasining holati va asosiy faoliyat turi bo‘yicha ish yuritilishini inventarizatsiya qilsin;
mavjud kinoteatrlardan samarali foydalanish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish negizida kinoprokat tizimini kengaytirish haqidagi takliflarni Maxsus komissiyaga taqdim etsin.
Maxsus komissiya bir oy muddatda kinoteatrlar tizimini rivojlantirishning aniq yo‘naltirilgan dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“O‘zbekkino” milliy agentligining markaziy apparati xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, hududiy bo‘limlarni mablag‘ bilan ta’minlashni Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshirsin.
2004 va 2005-yillarda davlat budjetidan kinematografiya sohasini zamonaviy kinotexnologik jihozlar bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar ajratsin;
2005-yildan boshlab yillik rejalashtirilgan kino va video mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun respublika budjetidan belgilangan mablag‘larni ajratishni ko‘zda tutsin;
“O‘zbekkino” Milliy agentligi markaziy apparati uchun uchta yengil avtomobil xarajatlariga limit ajratsin.
9. “O‘zbekkino” Milliy agentligi markaziy apparati Toshkent shahar, O‘zbekiston ko‘chasi, 98-uyga joylashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi X. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
1. “O‘zbekkino” Milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda agentlik deb yuritiladi) kino san’ati, kino-videofaoliyatni amalga oshirish sohalaridagi vazifalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Agentlik o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Agentlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Agentlik va uning hududiy bo‘limlari faoliyatining xarajatlari respublika budjeti va mahalliy budjetlarning agentlik va uning hududiy bo‘limlari uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
5. Agentlik va uning hududiy tuzilmalari yuridik shaxslar hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
6. Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
kino san’atining milliy madaniyatni rivojlantirish, jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyatini hisobga olgan holda, bu sohani umumbashariy va milliy qadriyatlar uyg‘unligi asosida taraqqiy ettirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
kino san’atida, kino-videofaoliyat sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona va kinostudiyalarni, ijodiy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
milliy kino san’atining eng yaxshi an’analarini izchil davom ettirish va boyitish maqsadida iqtidorli yosh kinematografchilarni tarbiyalash, ularning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat filmlar fondi faoliyatini bugungi kun talablari negizida tashkil etish;
kinofilmlar yaratish va ularni namoyish etish tizimini tanlovlar tashkil etish orqali takomillashtirish va qayta texnik jihozlash, aholiga kino-videoxizmat ko‘rsatish darajasini oshirish;
mualliflik huquqlari himoyalangan kino va video mahsulotlarini noqonuniy ravishda respublika hududiga olib kirishga, ulardan foydalanish, ijaraga berish va tarqatishga qarshi zarur choralar ko‘rish;
import va eksport qilinadigan kino va video mahsulotlariga ekspert bahosi berilishini amalga oshirish, respublika hududida kino va videofilmlar ko‘rsatish va ulardan texnik jihatdan foydalanishning qoidalarini belgilash;
kinematografiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy kino mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish, xorijiy kino ishlab chiqaruvchi tashkilot va kinoijodkorlar bilan aloqalarni kengaytirish, milliy kino san’atini xalqaro kinofestivallarda namoyish etish.
7. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
kino san’ati, kino-videofaoliyatni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;
tomoshabinlar talabini o‘rganadi, zamonaviy janr va mavzularda filmlar yaratishga ko‘maklashadi, milliy kino san’atining yuqori sifatga ega bo‘lishi va xalqaro maydonga chiqishi uchun O‘zbekiston kinoarboblari birlashmasi, yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, muhandis-texnik xodimlar, sportchilar, kaskadyerlar va boshqa kasb vakillarining sa’y-harakatlarini birlashtiradi;
yosh avlod ongida milliy g‘oya va milliy shuurni shakllantirish, zamondoshlarimizning mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ilmiy va ijtimoiy islohotlardagi ishtirokini aks ettiradigan asarlar yaratishda ishtirok etadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining litsenziyalash sohasidagi ishchi organi sifatida o‘z vazifasini bajaradi;
rivojlanib kelayotgan xususiy kino va videostudiyalarga zarur metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi, ularning mahsulotlarini respublika kino ekranlarida keng namoyish etilishiga ko‘maklashadi;
kinofilmlar ishlab chiqarish va ularni namoyish etish tizimini takomillashtirish choralarini ko‘radi, bunda ijodiy jamoalar, kinoijodkorlar va turli mulk shaklidagi kinostudiyalar o‘rtasida film yaratish bo‘yicha tanlovlar (tendyerlar) tashkil etadi;
kino tizimiga kiruvchi korxonalarni moddiy-texnika bazasini yangilanishiga ko‘maklashadi, sohani qayta texnik jihozlash dasturini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
respublika hududida kino va videofilmlar ko‘rsatish va ulardan texnik jihatdan foydalanishning qoidalarini belgilaydi, xususiy prokat tizimini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasi apparati faoliyatini a’zolik badallari, turli ijodiy uchrashuvlar va tadbirlar hisobidan ta’minlaydi;
kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari bilan doimiy hamkorlik o‘rnatadi, ularning o‘quv rejalari, dasturlari va mutaxassislarni o‘qitish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi, tizim xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘qishlari va seminarlar tashkil etadi;
mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, kino-videofaoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va xususiy tadbirkorlar uchun teng sharoitlar yaratilishini, ularning manfaatlarini himoya qilinishini va xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvga yo‘l qo‘yilmaslikni ta’minlaydi;
kino va video mahsulotlarni ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, prokat va namoyish etish hamda sotishga oid standartlash bo‘yicha texnik-iqtisodiy siyosatni yuritadi;
kinofilmlarni yaratish, namoyish etish, agentlik korxonalarini moddiy-texnika bazasini yangilash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlaydi;
kino-video prokat tizimini rivojlantirish, yaratilgan filmlarni video kasseta va boshqa turdagi manbalarga nusxasini ko‘chirib tarqatish orqali agentlik korxonalarining qo‘shimcha mablag‘ manbalarini shakllantirishiga ko‘maklashadi;
Davlat filmlar fondi faoliyatini yuritish bilan bog‘liq dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
xorijiy kinostudiya va telekanallarning O‘zbekiston Respublikasi hududida badiiy kino va videofilmlarni suratga olish bo‘yicha murojaatlarini o‘rganib, tegishli taklif va tavsiyalar beradi;
kino san’ati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi, milliy kino mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish uchun xalqaro kinoanjumanlar va kinofestivallarda faol ishtirok etadi, xorijiy kino ishlab chiqaruvchi tashkilot va kinoijodkorlar bilan muntazam aloqalar o‘rnatadi.
8. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, o‘z hududiy tuzilmalari hamda o‘z tizimidagi tashkilotlar orqali hal qiladi.
9. Agentlik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
10. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat boshqaruvi va boshqa organlar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslardan ularning kino-videofaoliyatiga doir zarur ma’lumotlar, hujjatlar va materiallarni so‘rab olish;
kino-videofaoliyatni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlarining bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
kinematografiya sohasiga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Agentlik o‘z vakolatlari doirasida barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, muassasalar va korxonalar uchun bajarish lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Agentlik zarur hollarda boshqa vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
12. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
13. Agentlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshqaradi.
Bosh direktorning bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
Bosh direktor o‘z maqomiga ko‘ra vazirga, bosh direktorning o‘rinbosari vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
14. Bosh direktor:
Agentlik faoliyatiga yakka tartib asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Bosh direktor o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi va ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, agentlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini va mas’ullik darajasini belgilaydi;
agentlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan buyruqlar chiqaradi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi;
belgilangan xodimlar cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida agentlik markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritadi, shtatlar jadvalini, agentlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘limlari xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
belgilangan tartibda agentlikning tarkibiy va hududiy bo‘limlari nizomlarini tasdiqlaydi;
belgilangan tartibda agentlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy bo‘lim rahbarlarini lavozimiga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi.
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Agentlikda boshliq (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Boshliqning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Agentlik faoliyatining kino san’atining jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyatini hisobga olgan holda, bu sohani umumbashariy va milliy qadriyatlar uyg‘unligi asosida taraqqiy ettirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
“O‘zbekkino” milliy agentligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Agentlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda bosh direktor paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
16. Agentlikda doimo faoliyat yurituvchi professional yetuk, talabchan mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tuziladi va uning Nizomi belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Badiiy kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mamlakatimizda yaratilayotgan badiiy va hujjatli kino-videofilmlar ma’naviy va badiiy saviyasini oshirish, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar va talablarni aks ettirish;
import va eksport qilinadigan kino va video mahsulotlariga ekspert bahosi berilishini ta’minlash.
17. Agentlikning hududiy tuzilmalari agentlik tarafidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan o‘zaro kelishilgan holda tasdiqlangan nizomlar asosida mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritadi.
Agentlik hududiy tuzilmalari rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda, bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
18. Agentlik o‘z faoliyatida hisobotni belgilangan tartibda yuritadi.
19. Agentlik davlat budjeti hisobidan ajratilgan budjet mablag‘larining uning tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan samarali va maqsadli ishlatilishi bo‘yicha nazorat yuritadi va har chorakda Moliya vazirligiga hisobot beradi.
20. Agentlik moliyaviy faoliyatining nazorati o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qarorga 2-ilovada:
1. 2-banddagi “Kino, video va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Quyidagi tahrirda 8-band bilan to‘ldirilsin:
“8. “Kino, video mahsulotlarini importi va eksporti — “O‘zbekkino” Milliy agentligi”. | 67 | 20,553 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON YENGIL SANOAT MOLLARI IShLAB ChIQARISh DAVLAT UYuShMASI (“O‘ZBEKYENGILSANOAT”) BOShQARUV TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA UNING KORXONALARI VA TAShKILOTLARINI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RIS | Yengil sanoatni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, tarmoqda bozor munosabatlarini keng joriy etish, mulkchilikning jamoa shakllarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“O‘zbekyengilsanoat”) Kengashi va “O‘zbekto‘qimachi”, “O‘zbekkiyim”, “O‘zbekpoyabzal” va “O‘zbekchinni” konsernlari Kengashlarining takliflarini e’tiborga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekyengilsanoat” tarkibiga kiruvchi “O‘zbekto‘qimachi”, “O‘zbekkiyim”, “O‘zbekpoyabzal” va “O‘zbekchinni” konsernlari tugatilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining;
“To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “O‘zbekto‘qimachi” O‘zbekiston davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 17-maydagi 135-son;
“Charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish “O‘zbekpoyabzal” O‘zbekiston davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 17-maydagi 136-son;
“Chinni buyumlar ishlab chiqarish “O‘zbekchinni” O‘zbekiston davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 17-maydagi 137-son;
“Tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqarish “O‘zbekkiyim” O‘zbekiston davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 17-maydagi 138-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Voznenko va B.S. Hamidov o‘rtoqlar zimmasiga yuklatilsin. Mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil yanvar oyida, keyinchalik esa yilning har choragida bir marta ko‘rib chiqilsin. | 250 | 1,606 |
Qonunchilik | Shikoyat boʻyicha birinchi majlis qachon oʻtkaziladi? | Iqtisodiy protsessual kodeksda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi shikoyatni (protestni) koʻrish boʻyicha birinchi majlis oʻtkaziladigan muddat qayd etildi (20.03.2019 yildagi OʻRQ–531-son Qonun).
Iqtisodiy ish boʻyicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya (agar apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa) tartibida va nazorat tartibida qayta koʻrilishi mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari (birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari; apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarining qarorlari va ajrimlari) ham yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilishi mumkin.
Belgilanishicha, birinchi sud majlisi quyidagi kundan e’tiboran 20 kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak:
Tegishincha, ishda ishtirok etuvchi shaхslar uchun bu chaqirib olingan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatini (protestini) mazkur 20 kunlik muddat ichida sudga yoʻllash zarurligini anglatadi.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 21.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 53 | 1,072 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON MILLIY TELERADIOKOMPANIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi PQ-1088-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
1. 15-bandning ikkinchi xatboshidagi “bir nafar birinchi” so‘zlari “ikki nafar birinchi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 16-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kompaniya raisi mavqeyi jihatidan vazirga, birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosarlari hamda o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi”. | 96 | 1,086 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MIKROKREDITLAShNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Mikrokreditlashning yangi usullarini joriy etish yo‘li bilan aholining tadbirkorlik faoliyatida yanada faol qatnashishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek aholining ijtimoiy nochor tabaqalarini qo‘llab-quvvatlash va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun donor tashkilotlarning mablag‘larini keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi Kengashining ilovaga* muvofiq xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy hukumatga qarashli va hukumatga qarashli bo‘lmagan notijorat tashkilotlar (donor tashkilotlar)ning beg‘araz mablag‘larini (grantlarini) jalb etish yo‘li bilan mikrokreditlash tizimini rivojlantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash dasturlarini rivojlantirishning, shuningdek donor tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarning muvofiqlashtiruvchisi etib belgilansin, unga mikrokreditlash loyihalari bo‘yicha axborotlarni har chorakda umumlashtirish va tahlil etish funksiyalari yuklansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
mikrokreditlar har bir qarz oluvchiga ekvivalenti 3 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan naqd mablag‘ bilan milliy valyutada muddatlilik, haq to‘lash va qaytarish shartlarida beriladi;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslar mikrokreditlash bo‘yicha qarz oluvchilar hisoblanadi;
donor tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan notijorat tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlovchi tashkilotlar hisoblanadi;
notijorat tashkilotlarning o‘z mablag‘lari, donor tashkilotlar tomonidan notijorat tashkilotlarga mikrokreditlash uchun beriladigan grantlar, shuningdek notijorat tashkilotlarning mikrokreditlash bilan bog‘liq faoliyatdan olinadigan daromadlari mikrokreditlash mablag‘lari manbalari hisoblanadi;
qarz oluvchilarni tanlash, mikrokreditlash loyihalari doirasida ularga mablag‘lar berish va mablag‘larni qaytarish tartibi mablag‘ bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan belgilanadi;
donor tashkilotlarning mikrokreditlash manbai sifatida foydalaniladigan erkin almashtiriladigan valyutadagi grant mablag‘lari tegishli vakolatli bankning korrespondentlik hisob raqamiga o‘tkaziladi va banklararo valyuta savdolarida belgilangan tartibda sotilishi kerak;
mikrokreditlash uchun milliy valyutadagi naqd mablag‘ banklar tomonidan notijorat tashkilotlarning hisob raqamlaridagi mavjud mablag‘lar doirasida beriladi.
4. Notijorat tashkilotlarning mazkur qarorga muvofiq mikrokreditlashdan olingan daromadlari 2006-yil 1-yanvargacha daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin, bo‘shayotgan mablag‘lardan operatsiya xarajatlarini qoplash, o‘z moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, shuningdek mikrokreditlashni kengaytirish uchun maqsadli foydalanilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 88 | 3,064 |
Qonunchilik | Aeroportlarda хizmat koʻrsatish uchun tariflarni shakllantirish qoidalari tasdiqlandi | Transport vazirining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasining aeroportlari va havo hududida havo kemalariga хizmat koʻrsatish uchun yigʻim, tariflarni shakllantirish va undirish qoidalari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3244, 13.06.2020 y.).
Qoidalar Havo kodeksi, fuqaro aviatsiyasini takomillashtirish va turizmni rivojlantirish boʻyicha hukumat qarorlari, shuningdek Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Havo kemalarida koʻrsatilgan хizmatlar uchun aeronavigatsiya yigʻimlari Yevropa aeronavigatsiya хavfsizligini ta’minlash tashkilotining (EUROCONTROL) metodikasiga muvofiq hisoblanadi.
Oʻzbekiston aeroportlarida havo kemalariga хizmat koʻrsatish va aeronavigatsiya хizmatlari uchun yigʻim va tariflar ichki va хalqaro reyslarga qarab tabaqalashtiriladi.
Oʻzbekiston rezidenti hisoblangan, mamlakat ichida parvozlarni amalga oshiradigan aviakompaniyalar uchun qonun hujjatlariga muvofiq yagona yigʻim va tariflar belgilanadi.
Qoidalarda koʻrsatiladigan har bir хizmat turi boʻyicha tariflarni shakllantirish meхanizmi batafsil bayon etiladi, хususan aeroportlarda yer usti хizmatlarini koʻrsatish uchun 45 turdagi yigʻimlar belgilangan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.09.2020 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova. | 85 | 1,310 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 25-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. “Qurilish obyektlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan qurilish, qayta ta’mirlash, texnik jihozlash, loyihalash, materiallar, konstruksiyalar va uskunalarni sotib olishga tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror (ro‘yxat raqami 1177-1, 2003-yil 9-avgust) hamda “Qurilish obyektlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan qurilish, qayta ta’mirlash, texnik jihozlash, loyihalash, materiallar, konstruksiyalar va uskunalarni sotib olishga tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1177-2, 2004-yil 16-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019-yil 25-sentabrdagi 7/09/06-19-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2003-yil 21-iyuldagi 3-son “Qurilish obyektlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan qurilish, qayta ta’mirlash, texnik jihozlash, loyihalash, materiallar, konstruksiyalar va uskunalarni sotib olishga tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1177-1, 2003-yil 9-avgust);
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2004-yil 3-fevraldagi 3-son “Qurilish obyektlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan qurilish, qayta ta’mirlash, texnik jihozlash, loyihalash, materiallar, konstruksiyalar va uskunalarni sotib olishga tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1177-2, 2004-yil 16-fevral).
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 78 | 3,401 |
Qonunchilik | Organik yer maydonlariga belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish shakli va tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-maydagi PF-5995-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, organik yer maydonlariga belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish shakli hamda tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Organik mahsulotlar yetishtirishda va ularni yig‘ib olishda yer maydonlariga qo‘yilgan talablarni, shuningdek, organik yer maydonlariga belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish shakli hamda tartibini nazarda tutuvchi Organik yer maydonlariga belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish shakli hamda tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2021-yildan boshlab:
a) har yili 1-oktabrga qadar:
organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik mahsulotlarini yig‘ib oluvchi xo‘jaliklar yer maydonlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirsin;
organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik mahsulotlarini yig‘ib oluvchi xo‘jaliklar yer maydonlarining oxirgi uch yil uchun statistik tahlil natijalari va topografik joylashuvini o‘rganish, tuproq, sizot va oqova suvlar sifati hamda xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha laboratoriya tahlillarini o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
b) muntazam ravishda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik mahsulotlarini yig‘ib oluvchi xo‘jaliklar yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari an’anaviy usulda yetishtiriladigan yer maydonlaridan ajratib turuvchi belgi va ko‘rsatkichlarni o‘rnatish, shuningdek, eksportbop va serdaromad organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish choralarini ko‘rsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom organik yer maydonlariga belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish shakli hamda tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning qoidalari organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni yetishtiruvchi va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik mahsulotlarini yig‘ib oluvchi xo‘jaliklarga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
belgi — organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib olish uchun tanlangan yer maydoni hamda mazkur yer maydonida faoliyat yurituvchi xo‘jalik to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar peshlavhasi;
ko‘rsatkich — organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yoki yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib olish uchun tanlangan yer maydoni hamda mazkur yer maydonida faoliyat yurituvchi xo‘jalik to‘g‘risidagi umumlashtirilgan tavsifi;
organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yoki yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib olishga tanlangan yer maydoni — organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni yetishtirish yoki yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib olishga mo‘ljallangan yer maydonining belgilangan talablarga muvofiqligi;
organik yer maydonlari — muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan, organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiradigan yoki yovvoyi holda o‘sgan o‘simliklar yig‘ib olinadigan yer maydonlari;
organik mahsulot — ishlab chiqarish, qayta ishlash va savdo qilishning barcha bosqichlarida milliy organik standart talablariga muvofiq bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llash orqali olingan mahsulot;
tuproq va suv tarkibini tahlil qilish — organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib oluvchi xo‘jalik yer maydonlarining so‘nggi uch yillik statistik tahlil natijalarini hamda topografik joylashuvini o‘rganish, tuproq tarkibini, sizot va oqova suvlarning sifatini laboratoriyada tahlil qilish.
4. Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yoki yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib olish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalikning tanlangan yer maydonida faoliyat olib borish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni muvofiqlikni baholash organiga taqdim etadi.
5. Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yoki yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib oluvchi xo‘jalikning yer maydonidagi tuproq tarkibidagi sizot va oqova suvlarning sifati (minerallashuv) tahlil qilinadi.
6. Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yer maydonini tanlashda oxirgi uch yilda shu maydonda ekilgan qishloq xo‘jaligi ekin turlari, qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlar, berilgan mineral o‘g‘itlar turlari va miqdori (qoldiq) o‘rganib chiqiladi.
7. Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga tanlangan yer maydonining atrofida an’anaviy usulda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarning turi, sug‘orish tizimi, yer maydoni chegaralarida ihotazorlar barpo etish magistral kanal va avtomobil yo‘llari bilan oraliq masofani hisobga olgan holda tahlil qilinadi.
8. Tuproqning fizik-mexanik, kimyoviy, mikrobiologik va agrokimyoviy tarkibi laboratoriyada tahlil qilinadi.
9. Respublikada kamayib borayotgan va muhofazaga olingan hamda O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik turlarini yig‘ib olishga ruxsat berilmaydi.
10. Tanlangan yer maydonida tuproq tarkibi, iqlim sharoitini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligi ekinlari bir yillik yoki ko‘p yillik turlarga qarab joylashtiriladi.
11. Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga tanlangan yer maydoni bo‘yicha barcha tahlil natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda xo‘jalik tomonidan mazkur yer maydonining kirish yo‘lagiga organik qishloq xo‘jaligiga o‘tish davrini bildiruvchi quyidagi ko‘rsatkichlar o‘zida aks ettirgan belgi o‘rnatadi:
yer maydoniga egalik qiluvchi xo‘jalik nomi;
xo‘jalik joylashgan joy (pochta manzili);
xo‘jalik rahbarining F.I.O.;
umumiy yer maydoni xaritasi, gektar, organik yer maydoni gektari, konturi;
yetishtiriladigan organik qishloq xo‘jaligi mahsulot nomi;
qishloq xo‘jaligi ekin turlaridan kelib chiqib, organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga (bog‘, uzumzor, texnik va oziq-ovqat ekinlari hamda oziqabop yem-xashak ekinlari) o‘tish davrining muddati;
radiusi 3 km dan kam bo‘lmagan asalarichilik xo‘jaligi hududining xaritasi hamda asalari uyalarini hududdan hududga ko‘chirish talab etilsa, ko‘chish hududlarining xaritalari (asalarichilik xo‘jaliklari uchun);
chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari inshootlarining yer maydonida (gektar) joylashuv sxemasi hamda yaylovlar xaritasi ko‘rsatilgan belgi.
12. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib oluvchi xo‘jalik murojaatiga ko‘ra, muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan organik muvofiqlik sertifikatiga asosan tanlangan yer maydoniga o‘rnatilgan belgida organik o‘tish davri belgilanmaydi.
13. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib olish jarayoniga organik muvofiqlik sertifikati olgan xo‘jalik organik yer maydonining kirish chegarasiga quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘zida aks ettirgan belgini o‘rnatadi:
organik mahsulotlari yig‘ib olinadigan xo‘jalik nomi;
xo‘jalik rahbarining F.I.O.;
yer maydonining xaritasi, maydoni (gektar);
yig‘ib olinadigan mahsulot nomi;
muvofiqlikni baholash idorasi nomi (telefon raqami va elektron pochta manzili);
organik muvofiqlik sertifikatining raqami va amal qilish muddati.
14. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi xo‘jalik tomonidan organik qishloq xo‘jaligiga o‘tish muddatini bildiruvchi belgida ko‘rsatilgan ma’lumotga o‘tish muddati tugagunga qadar o‘zgartirish kiritilmaydi.
15. Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayoniga muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan organik muvofiqlik sertifikatiga asosan xo‘jalik tomonidan organik yer maydonining kirish yo‘lagiga quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘zida aks ettirgan belgi o‘rnatiladi:
yer maydonlariga egalik qiluvchi xo‘jalik nomi;
xo‘jalik rahbarining F.I.O.;
yer maydonining xaritasi, maydoni (gektar);
yetishtiriladigan mahsulot nomi;
xo‘jalik joylashgan joy (pochta manzili);
muvofiqlikni baholash organi nomi (telefon raqami va elektron pochta manzili);
organik muvofiqlik sertifikatning raqami va amal qilish muddati.
16. Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yoki yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib olish ishlari bilan bog‘liq xarajatlar ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.
17. Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib olish jarayonlarida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 88 | 9,232 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyati yanada takomillashtirilishini ta’minlash hamda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni tizimli nazorat qilish samaradorligini oshirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritilsin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 136 | 1,163 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-808-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 24-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-808-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 768 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2000-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 661-moddaning birinchi qismidagi «OITS kasalligini» degan so‘zlar «OIV kasalligi/OITSni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 113-modda:
nomi va to‘rtinchi qismining dispozitsiyasidagi «OITS kasalligini» degan so‘zlar «OIV kasalligi/OITSni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni yuqtirishi —
olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar) 57, 58, 59-moddalaridagi «OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)», «OITSga», «OITS» va «OITSni» degan so‘zlar tegishincha «OIV kasalligi/OITS», «OIV kasalligi/OITSga», «OIV kasalligi/OITS» va «OIV kasalligi/OITSni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 102 | 3,452 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “MAKTABDAN TAShQARI TA’LIM TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2011 YIL 28-FEVRALDAGI 50-SON HAMDA “XALQ | Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 29-modda):
a) 1-ilova (Birinchi sinf o‘quvchilarini o‘quv qurollari to‘plami bilan tekin ta’minlash tartibi)da:
1 va 5-bandlardagi “tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari” va “xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari tegishli ravishda “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” hamda “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “tuman (shahar)” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova (Kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qishki kiyim-bosh to‘plami bilan ta’minlash tartibi)da:
1-banddagi “xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “tuman (shahar) xalq ta’limi” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “tuman (shahar) xalq ta’limi” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasasining ustavini ishlab chiqish tartibi 10-bandining sakkizinchi xatboshidagi “tuman (shahar) ta’lim bo‘limining” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda):
b) 2-ilovaning 1.2 va 2.3-kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 3-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq oshirilgan taqdirda xalq ta’limi muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari (lavozim maoshlari) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda qayta ko‘rib chiqiladi”;
14. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-iyundagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarning umumiy o‘rta ta’lim bilan, umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan qamrab olinishi, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishi, oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi hamda oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishining doimiy monitoringini olib borish uchun tahliliy axborotlarni tayyorlash sxemasining 1-bandidagi “Tumanlar va shaharlar xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 11, 12-bandlaridagi va 13-bandining ikkinchi xatboshidagi “xalq ta’limi bo‘limiga”, “xalq ta’limi bo‘limi” va “xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari tegishli ravishda “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga”, “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi” hamda “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxatida:
a) 67 va 68-bandlardagi “shahar xalq ta’limi bo‘limining” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 69-banddagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining axborot xizmatlari telefonlari; tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va ularning psixologik-pedagogik tashxisi markazlari telefonlari” so‘zlari “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha axborot xizmatlari telefonlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 249 | 5,825 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO HAVO KEMALARIGA ShOVQINLAR BO‘YiChA SERTIFIKAT BERISh TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | Fuqaro aviatsiyasi Xalqaro tashkiloti (IKAO) talablarini joriy qilish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2004-yil 16-apreldagi 53-sonli buyrug‘i bilan (2004-yil 20-may, ro‘yxat raqami 1360) tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘ycha Sertifikat berish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga, ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.
3. Ishlar boshqarmasi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ko‘paytirilib barcha aviakompaniyalar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi ta’minlansin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishi ustidan nazorat sertifikatlash, litsenziyalash va parvoz xavfsizligi ustidan nazorat qilish Boshqarmasi boshlig‘i zimmasiga yuklatilsin. | 158 | 1,015 |
Qonunchilik | OBODONLAShTIRISh VA KO‘KALAMZORLAShTIRISh IShLARIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida (bundan keyingi o‘rinlarda obodonlashtirish ishlari deb yuritiladi) ishlovchi xodimlarning (bundan keyingi o‘rinlarda xodimlar deb yuritiladi) mehnatini muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha obodonlashtirish ishlarida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga (bundan keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar arxitektura-qurilish me’yorlari va qoidalari, sanitariya normalari va qoidalari, davlat standartlarining mehnatni muhofaza qilishga oid qoidalari hamda ma’lum turdagi ishlarni bajarish bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
3. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati, bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa, mehnat jamoalari va kasaba uyushmalari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
4. “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq korxonalarda quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
baxtsiz hodisalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi va boshqalar.
5. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil qilish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq ishlovchilar soni 50 va undan ortiqni tashkil qiluvchi korxonalarda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil qilinadi. Ishlovchilar soni 50 dan kam bo‘lgan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish funksiyalarini bajarish korxona rahbarlaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalariga korxonada mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu ishlar o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish kiradi.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo‘ysunadi hamda korxonaning faoliyati tugatilgan taqdirda tugatiladi.
8. Korxonalarda “Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar), (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 1-son) talablariga muvofiq har bir mutaxassislik bo‘yicha, shuningdek har bir bajariladigan ish turlari uchun alohida mehnat muhofazasiga oid yo‘riqnomalarning ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi zarur.
9. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni o‘rganish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
10. Har bir korxonada ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlari hisobga olingan holda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ro‘yxati tuziladi.
11. Korxonalarda shikastlanish, kasallik yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan, xodimlarga ta’sir o‘tkazadigan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilardan iborat:
ishlab turgan elektr uzatgich liniyalari yaqinida olib boriladigan ishlar;
kuchlanish ostidagi elektr kabellar o‘tkazilgan uchastkalarda yer qazish ishlarini bajarish;
xlorni transportirovka qilish, xlordan foydalanish va boshqa kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni bajarish;
ftordan foydalanish va uni chiqarish bilan bog‘liq ishlarni bajarish;
erning patogen zararlangan uchastkalari (chiqindi to‘planadigan joylar, mol o‘likxonalari, qabrlar va boshqa shu kabi joylar)da yer qazish ishlarini bajarish;
balandlikda ishlarni bajarish va balandlikka ko‘tarilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish;
daraxtlarni kesish bilan bog‘liq ishlarni bajarish;
daraxtlarni transport vositalariga ortish, tushirish va ularga birlamchi ishlov berish bilan bog‘liq ishlarni bajarish;
transport vositalarining qatnovi vaqtida yo‘l harakati joylarida daraxtlarni antiseptik va yong‘indan himoya vositalari bilan to‘ydirish ishlarini bajarish.
12. Korxona ma’muriyati xodimlarni belgilangan me’yorlarga muvofiq, kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashi, ulardan foydalanish muddatlariga hamda saqlash, yuvish, tozalash va ta’mirlash bo‘yicha zaruriy shartlariga rioya qilinishini ta’minlagan holda yakka tartibdagi himoya vositalarini berish hisobini yuritishi shart.
13. Yakka tartibda himoyalanish vositalaridan foydalanishi lozim bo‘lgan xodimlar, ularning qo‘llanish usullarini, himoyalanish xususiyatlariga, amal qilish muddatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
14. Korxona rahbariyati quyidagilarni ta’minlashi shart:
amaldagi me’yorlar bo‘yicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
15. Himoya kiyimi ish vaqtida to‘la tugmalangan bo‘lishi, shuningdek ulardan foydalanishda yeng manjetlari va barmoqlari qo‘l himoya vositasi bilan bekitilgan bo‘lishi zarur.
16. Xodimlarning sochlari maxsus bosh kiyim (beret, ro‘mol va hokazo) bilan bekitilgan va yig‘ishtirib olingan bo‘lishi lozim.
17. Transport vositalari harakatlanish joylarida ishlarni bajarayotgan xodimlar qo‘shimcha signal vositasi sifatida, sariq rangli ip matodan tikilgan nimchalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
18. Yakka tartibda himoyalanish vositalari alohida joylarda saqlanishi zarur.
19. Suyuq zaharli kimyoviy vositalar bilan ishlashda organizmni himoya qilish uchun quyidagi vositalardan foydalanish zarur:
kislotadan himoyalovchi vosita bilan to‘ydirilgan ip matodan tikilgan maxsus kiyim;
rezinadan tikilgan ko‘krakpeshli fartuk;
rezina etiklar;
rezina qo‘lqoplar;
rezina yeng manjeti.
20. Changsimon, quruq va qattiq zaharli kimyoviy vositalar bilan ishlashda organizmni himoya qilish uchun quyidagi vositalardan foydalanish zarur:
chang o‘tmaydigan matodan tikilgan maxsus kiyim;
maxsus qo‘lqop;
rezina etiklar yoki brezent baxillar.
21. Ko‘zni zaharli kimyoviy moddalardan himoyalash uchun PO-2, “Monoblok”, SZZM-bs turdagi himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish zarur.
22. Zaharli kimyoviy moddalarni nafas olish yo‘llariga kirishidan himoyalash uchun RU-60 M turdagi universal respiratorlar, korobkalari almashtiriladigan sanoat protivogazlari, F-62 III, U-2K, “Lepestok”, “Astra-2” turlaridagi changga qarshi respiratorlardan foydalanish zarur.
Uchuvchanligi yuqori bo‘lgan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda korobkali sanoat protivogazlaridan (A, V, G markali) yoki respiratorlardan foydalanish zarur.
Uchuvchan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda RU-60 M turdagi, patronlari almashtiriladigan respiratorlar (A, V markalari) foydalanish zarur.
Uchuvchan bo‘lmagan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda changga qarshi U-2K, F-62 III, “Astra”, “Lepestok” turidagi respiratorlardan foydalanish zarur.
23. Korxonalarda kasbiga ko‘ra tanlov asosida ishga qabul qilinishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
24. Barcha ishchilar o‘ta xavfli bo‘lgan ishlarni bajarishga kirishishdan oldin, bunday ishlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tishlari, talablar bilan tanishishlari va ularni bajarishning xavfsiz usullarini o‘zlashtirib olgan bo‘lishlari zarur.
25. O‘ta xavfli ishlar bilan shug‘ullanish, belgilangan tartibga muvofiq korxona rahbari tomonidan tasdiqlanib, ruxsat etilgan xodimlar tomonidangina amalga oshirilishi lozim.
26. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
27. “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar), (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
28. Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) xodimlarni kasbiy tanlovdan o‘tkazishda quyidagilarni tashkil etishi zarur:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2000-yil 6-iyundagi 300-son “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) asosan ishga kirishdan oldin va davriy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turish;
malakali saralashdan o‘tgan xodimlarning kasbga adaptatsiyasi jarayonini nazorat qilib borish;
xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini kasb talablariga muvofiqligini tekshirib turish.
29. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari hamda kasbiy-texnik tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishlari shart.
30. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
31. Korxona ma’muriyati barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari hamda ularga mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishlari shart.
32. Obodonlashtirish ishlariga belgilangan tartibda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tgan hamda tibbiy jihatdan sog‘lom bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.
33. Korxona rahbariyati (yoki ish beruvchi) har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
34. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
35. Korxona rahbariyati tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, hamda dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
36. Davriy tibbiy ko‘riklarni o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik korxona ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.
37. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda, korxona ma’muriyati ushbu xodimni ishga qo‘yishga haqli emas.
38. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2000-yil 6-iyundagi 300-son “O‘zbekiston Respublikasida xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) asosida amalga oshirilishi lozim.
39. Yo‘l qoplamasiga nitrobo‘yoq bilan chiziqlarni chizish ishlari kombinezon, himoya ko‘zoynaklari va respirator kiygan xodimlar tomonidan bajariladi. Bo‘yoqlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar ularning xususiyati va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
40. Belgi chiziqlarini chizish ishlarini bajarayotgan xodimlar brigadasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan tibbiy aptechka bo‘lishi shart.
41. Daraxtlarga shakl berish jarayonida gulqaychi, qo‘larralar, elektr arralar hamda benzin bilan ishlaydigan arralardan foydalanishga, faqatgina ulardan xavfsiz foydalanish usullarini o‘zlashtirgan xodimlarga ruxsat etiladi.
42. Xodimlarning tegishli dielektrik oyoq kiyimi, rezina qo‘lqoplar va boshqa himoya vositalarisiz elektr toki bilan ishlaydigan asbob-uskunalarda ishlashlari man etiladi.
43. Ob-havoning yog‘ingarchilik paytlarida elektr asbob-uskunalarda ishlarni bajarish taqiqlanadi.
44. Xodimlar tomonidan pichoqlari maxsus himoya vositalari bilan jihozlanmagan avtomatik o‘t o‘rish uskunalaridan foydalanish taqiqlanadi.
45. Xodimlar tomonidan mehnat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha (kuchaytirilgan) talablar qo‘yiladigan ishlar (daraxtlarga shakl berish, daraxtlarni ag‘darish va boshqalar) belgilangan tartibda ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma mavjud ish hajmlarini bajarish muddatiga beriladi. Ishlarni bajarishda bir sutkadan ortiq vaqt tanaffus qilinganda yoki bajarilayotgan ishlarning shart-sharoitlari o‘zgargan hollarda ruxsatnoma bekor qilinadi va ishlarni qayta boshlash uchun yangi ruxsatnoma beriladi.
46. Obodonlashtirish ishlarida foydalaniladigan asbob-uskunalarga quyidagi talablar o‘rnatiladi:
mehnat xavfsizligi standartlari tizimi talablariga javob berishligi;
texnik ko‘rikdan va sinovlarda o‘tganligi;
belgilangan talablarga muvofiq holda joylashtirilganligi;
foydalanish jarayonida ularga profilaktika xizmati ko‘rsatib borilganligi;
belgilangan muddatlarda joriy va mukammal ta’mirdan o‘tganligi.
47. Foydalanishda bo‘lgan barcha turdagi avtomashinalar, shuningdek obodonlashtirish sohasida ishlatiladigan texnik vositalar (gidravlik, teleskopik) shotilar, ko‘chatlarni sug‘orishga ixtisoslashgan avtosuvtashuvchi vositalar va nasos-kuchlanish uskunalari va tirkamalar texnik jihatdan soz holatda bo‘lishi lozim.
48. Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlamaydigan, texnik jihatdan eskirgan hamda yaroqsiz holga kelgan jihozlar almashtirilishi va hisobdan chiqarilishi lozim.
49. Xodimlarning optimal darajadagi ish rejimi va dam olishini ta’minlashga quyidagilar orqali erishiladi:
ish sharoitlari zararli bo‘lgan ish joylari va uchastkalarini aniqlash;
ish va dam olishning belgilangan rejimiga rioya etish;
mehnatkashlarning yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlaydigan ish va dam olish rejimlarini ta’minlash;
shamol kuchi va tashqi havo haroratidan kelib chiqib, ishda tanaffuslar qilish yoki ishlarni vaqtincha to‘xtatishni ta’minlash;
shamol kuchi va tashqi havo haroratidan kelib chiqib, ishda tanaffuslar qilish yoki ishlarni vaqtincha to‘xtatishni ta’minlash zarur;
ish sharoitlaridan kelib chiqib, zararli ish sharoitlari uchun qoplama to‘lovlar va imtiyozlar taqdim etiladigan xodimlar kontingentini aniqlash va ularga ushbu imtiyozlarni taqdim etish.
51. Ishning kun tartibi, ish haftasi, dam olish va tanaffus vaqti qonunchilik hujjatlariga asosan belgilanishi kerak.
52. Ishlash va dam olish tartibini tuzayotganda ishning xususiyatini, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari, mehnat turi va og‘irlik darajasini ham inobatga olish lozim.
53. Dam olish va mehnat qilish tartibi bir necha turlardan iborat bo‘lishi kerak. Dam olish uchun berilgan vaqt, mehnatning og‘ir va yengilligi, jismoniy va aqliy ish turlariga qarab belgilanishi kerak.
Kunning issiqlik harorati 33oS dan oshgan vaqtlarda, tashqarida ishlovchi xodimlarning ish kuni rejimiga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
54. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Qoidalarga rioya qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi korxonalar zimmasiga yuklatiladi.
55. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
56. Ishlarni bajarish bilan bog‘liq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
57. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi va “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan kelishilgan. | 106 | 17,923 |
Qonunchilik | Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida | “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalari xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegishli normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. “O‘zstandart” agentligi:
vakolatli organlar bilan birgalikda — ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rsin;
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda — tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilinganidan olti oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin. | 132 | 2,017 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-770-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
2. “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi QL-704-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi QL-726-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-748-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
5. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-758-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
6. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-759-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). | 94 | 1,294 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2007-yildagi faoliyati to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2007-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot ma’qullansin.
Hisobot yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ilgari surilgan jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish konsepsiyasining amalga oshirilishini qonunchilik orqali ta’minlash borasidagi ishlarni davom ettirdi.
Deputatlar muayyan tajriba to‘plaganliklari sababli qonun ijodkorligi ishining sifati yaxshilandi. Siyosiy partiyalar fraksiyalari qonun loyihalarini ko‘rib chiqishda faol ishtirok etib, palata majlislarida ular yuzasidan amaliy takliflar kiritdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2007-yilga mo‘ljallangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq 75 ta qonun loyihasini, shu jumladan Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi 19 ta qonun loyihasini (22 ta qabul qilindi), Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi – 17 ta (17 ta), Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi – 8 ta (2 ta), Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi – 3 ta (5 ta), Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi – 5 ta (8 ta), Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi – 8 ta (6 ta), Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi – 3 ta (2 ta), Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi – 3 ta (2 ta), Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi – 4 ta (4 ta), Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi – 5 ta (bitta) qonun loyihasini ko‘rib chiqishi rejalashtirilgan edi.
Umuman olganda, 60 dan ortiq qonun qabul qilinib, ma’qullash uchun Senatga yuborildi.
Bundan tashqari, 2007-yilda 10 dan ziyod qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Palata majlislarida bildirilgan mulohazalar va takliflar hisobga olingan holda mazkur qonun loyihalari ustidagi ishlar tegishli qo‘mitalar tomonidan davom ettirilib, ikkinchi va uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga kiritish uchun tayyorlanmoqda.
2007-yilda Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan ikkita qonun loyihasi bo‘yicha “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, shuningdek “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qildi. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mamlakatning davlat va ijtimoiy hayotida siyosiy partiyalarning rolini hamda tutgan o‘rnini kuchaytirishga qaratilgan yangi qarorlar qabul qilish zarurati mazkur hujjatlarning qabul qilinishini taqozo etdi.
Bu qonunlar ularning loyihalarini ko‘rib chiqishga tayyorlash bosqichidayoq keng umumxalq muhokamasidan o‘tkazildi. Mamlakatimizning turli mintaqalarida o‘nlab konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etildi.
Mazkur qonunlar hokimiyatning vakillik va ijro etuvchi tarmoqlari organlarini shakllantirishda siyosiy partiyalarning amaliy ishtirokini, o‘zaro tiyib turish va muvozanatni saqlash tizimining puxta ishlashini, parlamentning faoliyati yanada demokratlashtirilishini ta’minlaydigan samarali huquqiy mexanizmlarni vujudga keltirdi va ular aholining siyosiy hamda huquqiy madaniyati darajasini oshirishga ko‘maklashadi.
Qabul qilingan qonunlarning qoidalarini rivojlantira borib, palata tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlari ba’zi normalarining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bu Qonun “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emasligi, o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turishi, fraksiya va deputatlar birlashmasi tarkibiga kirishi mumkin emasligini nazarda tutuvchi ayrim normalarining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Pirovard natijada Qonunchilik palatasi “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining siyosiy partiyalar fraksiyalarining rahbarlari Spiker o‘rinbosarlari etib saylanishini nazarda tutuvchi normalarini 2007-yildayoq ro‘yobga chiqarish va shu tariqa o‘z ishining samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida Prezident I.A. Karimov rahbarligi ostida izchillik bilan o‘tkazilayotgan islohotlarning mantiqiy natijasi bo‘ldi. Qonunda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘lim jazosini jinoiy jazolar tizimidan chiqarib tashlaydigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Qonun ana shu jazolarni va ularning ijro etilishi tartibini belgilab berdi.
O‘lim jazosining bekor qilinishi har bir insonning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarida nazarda tutilgan yashashga bo‘lgan daxlsiz huquqini, insonparvarlik prinsipini ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydi. Bu yechimga fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasi oshganligi, mamlakatda tegishli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlar yaratilganligi tufayli erishildi.
Jazolar tizimida jinoyatlarning faqat ikki tarkibi uchun, ya’ni javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik hamda terrorizm uchun o‘lim jazosi o‘rniga umrbod va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish joriy etildi.
“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashning sud tartibi belgilanib, bu ehtiyot chorasining qanday favqulodda holatlarda belgilanishi aniqlashtirildi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish tartibi belgilab berildi.
Tegishli prokuror jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga qamoqda saqlash muddatini uzaytirish yuzasidan iltimosnoma bilan murojaat etganda ushbu masalani hal etishning protsessual sud tartibi joriy etildi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonunlarga kiritilgan ana shu hamda boshqa o‘zgartish va qo‘shimchalar sud hokimiyati obro‘sini, shuningdek shaxslarni qamoqda saqlash masalasini hal etishda prokuror va tergov organlari mas’uliyatini, shuningdek sud tartibida himoya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Qonun normalari umum e’tirof etilgan demokratik prinsiplar va xalqaro huquq normalari talablariga to‘liq mos keladi.
Bir qator qonunlar mamlakatda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida qabul qilindi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi soliq siyosatini shakllantirishning sinovdan o‘tgan prinsiplariga – soliq solishning majburiyligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin qilinishini nazarda tutuvchi soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi. Soliq kodeksi soliq ma’muriyatchiligi normalarini o‘z ichiga oladi, ayrim soliqlar bo‘yicha hisoblab chiqarish qoidalari va ularni to‘lash tartibini imkoni boricha soddalashtirish hamda birxillashtirishni nazarda tutadi, tadbirkorlarga o‘rtacha muddatli davrda biznesning rivojlanishini asosli taxmin qilish imkonini beradi. Mazkur Kodeks mavjud soliq normalarining butun tizimini o‘zida jamlagan.
Budjet mablag‘lari maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjetlar daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish, “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi va “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonunlarning qoidalarini Davlat budjetining g‘azna ijrosi talablariga muvofiqlashtirish maqsadida “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi hamda “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqildi. Ushbu Qonunga muvofiq “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi hamda “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratish, uning ochiq-oshkoraligini va barqaror ishlashini ta’minlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan investitsiyalar jalb etilishini kuchaytirish, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish hamda aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish tartibini nazarda tutadi, auditorlarning malaka sertifikati amal qilishini tugatish asoslarini belgilaydi, auditorlik tashkilotiga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlarini hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa huquqiy normalarni belgilaydi.
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni sug‘urta xizmatlari bozorining huquqiy negizini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Mazkur Qonunda sug‘urtalovchining maqomi, huquq va majburiyatlari yanada aniq belgilangan bo‘lib, ular jumlasiga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish vaqtida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlash, sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va joylashtirish, har yilgi majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tish kiritilgan. Bundan tashqari, sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining turlari, sug‘urta brokeri va sug‘urta agentining faoliyatini amalga oshirish tartibi ham Qonunda belgilab berilgan.
“Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining maqsadi tarmoq standartlarini O‘zbekiston Respublikasining faoliyatning ushbu sohasiga taalluqli amaldagi qonunlari, shuningdek xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirishdan iborat. Qonun energetika resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish borasidagi jiddiy muammolarni hal etishga ko‘maklashadi. Kiritilgan o‘zgartishlar energetika resurslari, ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek energiya hosil qiluvchi va energiya ishlatuvchi uskunalar hamda energiya mahsuloti energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqlik bo‘yicha majburiy sertifikatlanishini aniqlashtiradi. Qonun atrof muhitni, aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash maqsadiga ham xizmat qiladi.
Bir qator qonunlar tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan. Xususan, bular jumlasiga tadbirkorlik faoliyati subyektini ro‘yxatdan o‘tkazishning belgilangan tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatilishini nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2411-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 44-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun kiradi. Qonun tadbirkorlik faoliyati subyektlarini huquqiy himoya qilish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratadi. Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, shuningdek “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ayrim moddalariga aniqlashtiruvchi o‘zgartishlar kiritildi, xususan, nafaqat tugatish komissiyasiga, balki jismoniy shaxsga (tugatuvchiga) ham yuridik shaxsni tugatish imkoniyati beriladi.
“Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amaldagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ushbu Qonunning maqsadi aholining turmush ta’minotini kuchaytirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshliligini oshirish uchun yanada qulayroq iqtisodiy sharoitlar yaratish, shuningdek uy-joy-kommunal xizmatlar narxi maqbul bo‘lishini kafolatlaydigan, monopoliyaga qarshi qaratilgan choralarni aniqlashtirishdan iboratdir.
“Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun Fuqarolik kodeksini undiruvni sudga murojaat qilmasdan garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkka qaratish tartibi haqidagi yangi normalar bilan to‘ldirdi. “Garov to‘g‘risida”gi hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilgan o‘zgartishlar ipoteka kreditlashi sohasidagi huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining manfaatlarini ta’minlashga bag‘ishlangan. Ipoteka sohasidagi huquqiy munosabatlarning takomillashtirilishi aholiga uy-joy olish uchun uzoq muddatli maqbul kreditlar berish miqyoslarini kengaytirish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, u bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etish imkoniyatini beradi va eng avvalo, uy-joy sharoitini yaxshilashning chinakam omillarini ta’minlash orqali fuqarolarning turmush darajasini oshiradi.
Manzil-koloniya hududini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumni saqlash rejimini o‘zgartirish tartibini, jinoyat ishlari birlashtirilgan va alohida ish yurituviga ajratilgan taqdirda, dastlabki tergov muddatlarini hisoblash tartibini boshqarish mexanizmini takomillashtirishga hamda qonunda belgilab qo‘yilgan dastlabki tergov muddatlariga rioya etilishi kafolatlarini ta’minlashga taalluqli bir qator qonun loyihalari ham qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘lovchilarni tashish paytida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, avtomototransport vositalarini boshqarish uchun guvohnomalar berish, haydovchilar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash ishlarini takomillashtirish, shuningdek transport vositasini boshqarish paytida transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rnatilgan tele, videomonitordan foydalanganlik hamda bunday monitorlarni transport vositasi salonining old qismiga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib olganlik uchun javobgarlik joriy etish maqsadida “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar qabul qilindi.
Hisobot davrida palata hozirgi kun voqeliklarini hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash sohasidagi amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga hamda mamlakatimiz fuqarolari tibbiyot fanining eng yangi yutuqlari qo‘llanilgan holda o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratishga ham e’tibor qaratdi. Shu munosabat bilan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy sug‘urtaning normativ-huquqiy bazasini, tibbiy yordam sifati va hajmiga oid davlat standartlarini samarali ishlab chiqish, barcha tibbiy muassasalarning, shu jumladan xususiy tibbiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalaridagi vakolatlari va mas’uliyatini aniqlashtiradi. Unda vazirlikning davlat tomonidan aholiga kafolatlangan hajm doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tashkil etish, davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy xizmatlar tariflari darajasini tartibga solish yuzasidan vakolatlari va mas’uliyati aniq belgilangan.
Yod yetishmasligi kasalliklari kelib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilingan “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ham fuqarolar sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan. Qonun tuzni, oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash, dori vositalaridan va boshqa vositalardan foydalanish orqali yod yetishmasligi kasalliklarining ham ommaviy, ham yakka tartibdagi profilaktikasi amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, Qonun yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi ustidan davlat nazorati, kasallanish holati ustidan nazorat va yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasiga doir tadbirlar samaradorligining monitoringi amalga oshirilishini nazarda tutadi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni pensionyerlarning moddiy farovonligini yanada oshirishga, ijtimoiy adolat prinsiplarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, unda 2007-yilning 1-oktabridan e’tiboran pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdorini eng kam ish haqining yetti baravaridan sakkiz baravarigacha oshirish nazarda tutilgan.
O‘tgan yili qabul qilingan bir qator qonunlar nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi hamda boshqa qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ular nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan umumiy yurisdiksiya sudiga va xo‘jalik sudiga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi haqidagi qoidalar va boshqa normalar bilan to‘ldirildi.
“Homiylik to‘g‘risida”gi Qonun homiylik faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish asoslarini belgilashga qaratilgan. Mazkur huquqiy hujjatda homiylikni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlashning mumkin bo‘lgan shakllari, mamlakatimiz hududida homiylik faoliyatini keng ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida homiylik tashkilotlari tuzish hamda ular faoliyatini yo‘lga qo‘yishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilab qo‘yildi. Qonun homiylik faoliyati tizimining rivojlanishini ta’minlovchi zaruriy tashkiliy-huquqiy sharoitlar, iqtisodiy va moliyaviy mexanizmlar yaratadi. Bu esa O‘zbekiston xalqining tabiatiga xos mehribonlik va rahm-shafqatlilik, muruvvatlilik, muhtojlarga hamisha yordam qo‘lini cho‘zish singari milliy fazilatlar keng namoyon bo‘lishi yo‘lida yangi imkoniyatlar ochadi.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham ana shu maqsadga bag‘ishlangan. Qonun bola huquqlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish orqali bolalarni, shu jumladan yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy hamda huquqiy himoya qilishning amaldagi tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan. Mazkur Qonunning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasida, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlarida nazarda tutilgan bola huquqlarining barcha asosiy va qo‘shimcha kafolatlarini mujassam etgan holda mustahkamlaydi.
“Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 24-moddasining uchinchi qismini jamoat fondi tomonidan homiylik dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etayotgan shaxslarning mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash masalasi bo‘yicha “Homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining uchinchi qismiga muvofiqlashtiradi.
Palata hisobot davrida tashqi siyosat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga e’tibor qaratdi. Jumladan, “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi Shartnomani (Semipalatinsk, 2006-yil 8-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun qabul qilindi. Bu Shartnoma mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va tinchlik saqlanishini ta’minlashga qaratilgan muhim xalqaro-huquqiy hujjat bo‘lib, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan tashabbusning mantiqiy natijasidir.
“Markaziy Osiyo Hamkorligi” Tashkilotining Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyasi to‘g‘risidagi Bayonnomani (Minsk, 2006-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun “Markaziy Osiyo Hamkorligi” Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining Yevrosiyo makonida integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirish haqidagi qarorini (Sankt-Peterburg, 2005-yil 6-oktabr) amalga oshirish bilan bog‘liq. Unda “Markaziy Osiyo Hamkorligi” Tashkilotini Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati bilan birlashtirish haqidagi qoida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, bu integratsiyalashuv jarayonlari rivojlanishidagi yangi bosqichdan dalolat beradi.
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida Shartnomani (Toshkent, 2007-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida transport va tovarlar tranziti sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitimni (Toshkent, 2007-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlarning birinchisi har ikkala tarafning jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, jazoga tortiladigan har qanday huquqbuzarlikka nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha tergov olib borish, jinoiy ta’qib qilish yoki sud ishlarini yuritishda bir-biriga yordam berishga yo‘naltirilgan, ikkinchi Qonun esa har ikkala mamlakat o‘rtasida yuk transporti qatnovini, shuningdek uchinchi mamlakat orqali tranzitni amalga oshirishni osonlashtirish maqsadida transport va tovarlar tranziti sohasida hamkorlik qilish masalalarini tartibga soladi.
“Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2003-yil 17-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, nomoddiy madaniy meros va uning o‘zaro e’tirof etilishi, shuningdek nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish masalalarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligiga mahalliy, milliy va xalqaro darajalarda e’tiborni jalb etish maqsadida qabul qilindi. Hozirgi vaqtda YUNESKO Og‘zaki va nomoddiy madaniy meros durdonalari ro‘yxatini tuzgan bo‘lib, bu ro‘yxat tashkilotga a’zo bo‘lgan 60 davlatning 90 ta durdonasini o‘z ichiga olgan. Ular orasida O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining ikkita namunasi — Boysun tumanining madaniy merosi (2001-yil) va Shashmaqom musiqa an’analari (2003-yil) bor.
“O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida do‘stona munosabatlarni va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida Shartnomani (Ashxobod, 2007-yil 18-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni har ikkala mamlakat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha har tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga ko‘maklashadi.
Hisobot davrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan boshqa mamlakatlar bilan siyosiy va iqtisodiy sohalarda o‘zaro foydali munosabatlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan jami bitta bayonnoma, 3 ta shartnoma, 2 ta bitim va bitta konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida qonunlar qabul qilindi.
Qonun ijodkorligi faoliyati tahlil etilar ekan, shuni ta’kidlash kerakki, rejalashtirilgan qonun loyihalarining bir qismi qonunchilik tashabbusi subyektlaridan kelib tushmaganligi sababli palata tomonidan ko‘rib chiqilmadi. Bu palata ayrim qo‘mitalarining ishi tegishli idoralar bilan muvofiqlashtirilmaganligi oqibatidir.
“Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqish 2008-yilga ko‘chirildi.
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining 2006-yilgi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni, shuningdek Davlat budjetining 2007-yilgi ijrosining borishi haqidagi yilning har choragidagi hisobotlarni yil davomida ko‘rib bordi.
Deputatlar mamlakatimizning 2008-yil uchun mo‘ljallangan asosiy moliyaviy hujjatini batafsil muhokama qildilar va tasdiqladilar, bunda odatdagidek, uning ijtimoiy yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjetining loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari ishtirokida muhokama qilish chog‘ida kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar Vazirlar Mahkamasining mamlakatni 2006-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2007-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvorliklariga bag‘ishlangan majlisida Respublikamiz Prezidentining ma’ruzasida belgilab berilgan iqtisodiy dasturning ustuvorliklariga asoslanilgan holda ishlab chiqilganligi ta’kidlandi. Asosiy moliyaviy hujjat barqaror va bir maromdagi o‘sish sur’atlari ta’minlanishini, iqtisodiyot strukturizatsiya va modernizatsiya qilinishini, uning eng muhim tarmoqlari texnik va texnologik jihatdan yangilanishini, soliq siyosati yanada liberallashtirilishini nazarda tutadi. Unda xususiy biznes uchun imkon qadar qulay sharoit yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirish, chet el investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha ishlarni har tomonlama kuchaytirish, mehnatga to‘lanadigan haq miqdorlari va aholi turmushining sifati bosqichma-bosqich oshirib borilishini ta’minlash, tadbirkorlik jadal rivojlantirilishini bundan buyon ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholini ish bilan ta’minlash va odamlar turmushi farovonligini oshirish muammolarini hal etish, bank-moliya va kommunal sohalarda islohotlar miqyosini yanada chuqurlashtirish hamda kengaytirish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Davlat budjeti iqtisodiy islohotlarning ustuvorliklari hisobga olingan holda qabul qilindi va u makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga, ijtimoiy hamda iqtisodiy sohalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Mamlakat asosiy moliyaviy hujjatining xarajatlar qismida budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlarini bundan buyon ham oshirib borish ijtimoiy siyosat sohasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Qabul qilingan Davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘larning asosiy qismi 2008-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida umumta’lim maktablarini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanishini yaxshilash bo‘yicha davlat maqsadli dasturlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiriladi.
Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarga alohida e’tibor berildi. Qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilash uchun ajratiladigan mablag‘lar ancha ko‘paytirildi, hosildorligi past yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun aniq maqsadli mablag‘lar nazarda tutildi.
Nazorat-tahlil ishlari rejalariga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qo‘mitalari tomonidan qonunlar, konvensiyalar, milliy dasturlar ijrosini nazorat qilish tartibida 40 dan ziyod masala ko‘rib chiqildi. Nazorat-tahlil faoliyati doirasida mamlakatimizning barcha ma’muriy-hududiy birliklaridagi bir qator vazirliklar, idoralar, davlat kompaniyalari va milliy kompaniyalardagi ishlar ahvoli o‘rganib chiqildi. Masalan, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonunning Moliya vazirligi tomonidan va Surxondaryo viloyatida ijro etilishini, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning Andijon va Navoiy viloyatlarida, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunning Qashqadaryo viloyatida, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaning Buxoro viloyatida, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunning Namangan va Xorazm viloyatlarida, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning Samarqand viloyatida, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning Surxondaryo viloyatida, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning Xalq ta’limi vazirligi tomonidan, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “Movarounnahr”, “Adolat” nashriyotlari va boshqalar tomonidan ijro etilishini o‘rganib chiqdi.
O‘rganish jarayonida deputatlar joylarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzarliklarni aniqladilar. Masalan, “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonunning Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida ijro etilishi o‘rganilganda viloyat va shahar vakillik organlari tomonidan budjetlar parametrlarini belgilash bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilish kechiktirib yuborilganligi aniqlandi. Aybdor shaxslar mol-mulkini sudning hal qiluv qaroriga (hukmiga) binoan realizatsiya qilishdan olinadigan mablag‘lar mahalliy budjetlarni to‘ldirish manbalaridan biridir. Surxondaryo viloyatida sudning hal qiluv qarorlari ikki oylik muddatda emas, balki 7-8 oy mobaynida ijro etilgan, shunda ham to‘liq hajmda bajarilmagan, xatlangan mol-mulk o‘z vaqtida baholanmagan va uni sotishda sansalorlikka yo‘l qo‘yilgan. Natijada anchagina mablag‘ mahalliy budjetga tushmay qolgan. Yana shuningdek, Surxondaryo viloyati va Toshkent shahri hokimliklari mahalliy soliqlar va yig‘imlar hisobiga budjetga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imkoniyatlardan ham to‘liq darajada foydalanmayotganlari qayd etildi.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ijro etilishi haqidagi masalani o‘rgandi. Bunda deputatlar aholi manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan mazkur Qonunning mazmuni va ahamiyati, uning ijrosi masalalari mahalliy ommaviy axborot vositalarida yetarlicha yoritilmayotganligini qayd etdilar. Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish instituti samaradorligining ilmiy-nazariy jihatlarini tadqiq etish hozirgi kun talablariga mos emas.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning Xorazm viloyatida ijro etilishi haqidagi masala o‘rganilishi chog‘ida bir qator fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, tashkilotlar hamda muassasalarda harbiy xizmatga majburlarning umumiy va maxsus hisobini yuritish ishlari qo‘yilgan talablarga mos emasligi aniqlandi. Fuqarolar yig‘inlarining ko‘pida harbiy xizmatga majburlar hisobini yuritish xizmati boshliqlari ish xonasiga ega emas, ayrim fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari bu masalalarga yetarlicha e’tibor qaratmayaptilar. Natijada mazkur Qonunning ayrim moddalari to‘liq hajmda bajarilmayapti.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunning “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ijro etilishini o‘rganganida jamiyat tizimida o‘ndan ziyod operatorlar mavjud bo‘la turib, hanuzgacha pochta aloqasi sohasini litsenziyalash amalga oshirilmayotganligi, Andijon, Jizzax, Navoiy va boshqa qator viloyatlar filiallarida pochta jo‘natmalarining belgilangan tariflari noto‘g‘ri qo‘llanilayotganligi faktlari va boshqalar aniqlandi.
Qo‘mitalarning majlislarida o‘rganilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlar bevosita ijrochilarga hamda boshqa manfaatdor shaxslarga va tashkilotlarga yetkazildi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq tavsiyalar berildi. Qaror ijrosi nazoratga olindi, muhokama yakunlari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borildi.
Ishchi guruhlarining a’zolari joylarda qonunlar ijrosini tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatdilar, qonunlarning mohiyatini tushuntirdilar.
Palata qo‘mitalari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik doirasida sayyor majlislar o‘tkazdilar. 2007-yilda 10 taga yaqin sayyor majlis uyushtirildi. Jumladan, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining Qarshi shahrida o‘tkazilgan majlisida Ish bilan ta’minlash sohasidagi siyosat to‘g‘risidagi Konvensiyaning Qashqadaryo viloyatida ijro etilishi, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan esa, Urganch shahrida tashkil etilgan majlisda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning Xorazm viloyatida ijro etilishi ko‘rib chiqildi va hokazo.
Natijada amaldagi qonunlarga og‘ishmay rioya etilishi uchun joylarda xodimlar mas’uliyatining ancha yuqoriroq darajada bo‘lishi ta’minlanmoqda va aholining huquqiy madaniyati oshmoqda.
Ayni vaqtda Qonunchilik palatasining qo‘mitalari tomonidan palataning yalpi majlisida ko‘rib chiqish uchun birorta ham masala kiritilmaganligini ta’kidlash lozim.
Qonunchilik palatasi 13-fevral kuni Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2006-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitdi va tasdiqladi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taqdim etgan bir qator qonun loyihalarini inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish amalga oshirildi.
Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashga ko‘maklashish Ombudsmanning O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga to‘liq, samarali rioya etilishi hamda ularning himoya qilinishi maqsadida Inson huquqlari bo‘yicha vakilning davlat organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirishidagi ustuvor vazifalaridan biridir.
Hisobot yilida Ombudsman institutiga 7 mingdan ortiq murojaat, xususan, uning markaziy idorasiga 6 mingga yaqin, mintaqaviy vakillariga 1,5 mingdan ziyod murojaat, shu jumladan bir mingga yaqin takroriy murojaat tushdi. “Ishonch telefoni” bo‘yicha bir mingga yaqin yuridik maslahat va tushuntirishlar berildi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida Inson huquqlari bo‘yicha vakil nomiga tushgan murojaatlardan 2 mingga yaqin shikoyat nazoratga olindi. Hisobot davrida har to‘rt murojaatning bittasi ijobiy hal etildi.
2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasidagi faoliyati xorijiy ombudsmanlar, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni chuqurlashtirish, shuningdek chet el delegatsiyalarini qabul qilish hamda ular bilan uchrashuvlar uyushtirish, Ombudsmanning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi xalqaro tashkilotlar, chet mamlakatlar ombudsmanlari, chet ellik fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali amalga oshirildi.
Hisobot yilida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili 30 dan ortiq chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarini, 10 ta rasmiy delegatsiyani qabul qildi.
Qonunchilik palatasining 25-aprelda o‘tkazilgan majlisida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi Hisob palatasining 2006-yildagi ishi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etdi, hisobot yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq palata tomonidan siyosiy partiyalarning 2006-yildagi o‘z faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisobotlari ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Hisobot davrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro aloqalari rivojlandi, parlament delegatsiyalarini almashish davom ettirildi. Hisobot davrida palatada 40 dan ziyod delegatsiya, shu jumladan 10 ta parlament delegatsiyasi qabul qilindi. Jumladan:
Yosu shahrida EKSPO-2012 xalqaro ko‘rgazmasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Maxsus Qo‘mitasining mazkur Qo‘mita a’zosi Ju Sing Yong boshchiligidagi delegatsiyasi;
Pokiston Islom Respublikasi Milliy Assambleyasining (Quyi palatasining) Tashqi ishlar qo‘mitasi a’zosi Mir Hazar Xon Bijaraniy boshchiligidagi delegatsiyasi;
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining “Koreya — O‘zbekiston” parlament a’zolarining do‘stlik assotsiatsiyasi raisi Li Kang Du boshchiligidagi delegatsiyasi (O‘zbekistonga ikki marta tashrif buyurdi);
Isroil Davlatining Knesset (Parlament) Spikerining o‘rinbosari Amnon Koen boshchiligidagi delegatsiyasi;
Xitoy Xalq Respublikasining Butunxitoy Xalq Vakillari Majlisi (Parlamenti) Raisining o‘rinbosari Xe Lulu boshchiligidagi delegatsiyasi;
Indoneziya Respublikasining Xalq Vakillari Majlisining Spikeri Agung Laksano boshchiligidagi delegatsiyasi;
Germaniya Bundestagi Tashqi ishlar qo‘mitasining a’zosi Mariluize Bek;
Italiya Parlamenti Deputatlar palatasi Tashqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, “Italiya — O‘zbekiston” do‘stlik va hamkorlik assotsiatsiyasining raisi F. Evanjelisti;
Fransiya Parlamenti Milliy Assambleyasining a’zosi, Versal shahri meri E. Pinte;
Ukraina Oliy Radasining a’zosi D. Vidrin qabul qilindi.
2007-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga quyidagilar ham tashrif buyurdilar:
Germaniyaning “Friedland Industrial Minerals Gmdh” sanoat tashkiloti rahbari Dalvig Rayner boshchiligidagi Germaniya ishbilarmon doiralari delegatsiyasi;
Slovakiya Respublikasining tashqi ishlar vaziri Yan Kubish boshchiligidagi delegatsiyasi;
EXHT Raisi, Ispaniya tashqi ishlar vaziri Migel Anxel Moratinos boshchiligidagi delegatsiya;
Litva Respublikasining tashqi ishlar vaziri Pyatras Vaytekunas boshchiligidagi delegatsiyasi;
Xalqaro saylov tizimlari ekspert markazining direktori, Isroilning Sharqiy Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari instituti direktori A. Sinker boshchiligidagi delegatsiya;
EXHT Parlament Assambleyasi Prezidenti Goran Lennmarker;
Malayziya Markaziy saylov komissiyasining raisi Tan Sri Dato Seri Hoji Abdul Rashid bin Abdul Rahmon;
Jahon Taekvondo federatsiyasining prezidenti Cho Jong Von;
Quvayt Davlatining Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad Saboh As-Salim As-Saboh boshchiligidagi delegatsiyasi;
Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralarining “Xunday Sekyuritiz” kompaniyasining Bosh direktori Kim Ji Van boshchiligidagi delegatsiyasi;
Eron Islom Respublikasining Prezident o‘rinbosari Parviz Dovudiy boshchiligidagi delegatsiyasi;
Xitoy Xalq Respublikasining XXR Davlat kengashining Bosh vaziri Ven Szyabao boshchiligidagi delegatsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi kuchaydi — “O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi” Parlament hamkorligi qo‘mitasining Yevropa tarafi tashabbusiga ko‘ra ikki marta keyinga qoldirilgan oltinchi majlisi bo‘lib o‘tdi; O‘zbekiston parlament delegatsiyasi javob tashrifi bilan Finlyandiya Respublikasida bo‘lib qaytdi.
Hisobot davrida parlamentlararo aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, parlamentlar ishi bilan tanishish va tajriba almashish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23 ta delegatsiyasi chet mamlakatlarga safar qildi.
Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasida, shuningdek Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari A. Shodmonov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib qaytdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston parlamenti a’zolari prezident va parlament saylovlari paytida xalqaro kuzatuvchilar sifatida Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasida bo‘ldilar.
Hisobot davrida palata qo‘mitalari tomonidan qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish talab qilinadigan masalalarni yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida faoliyatning konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish kabi shakllaridan keng foydalanildi. Bunday tadbirlarning bir qismi Ijtimoiy himoya yiliga bag‘ishlandi.
2007-yilda jami 160 taga yaqin tadbir o‘tkazildi. Ularda davlat hokimiyati organlarining, turli nohukumat tashkilotlarining vakillari, olimlar, ekspertlar ishtirok etganligi tegishli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini berdi, bu tavsiyalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborildi. Ular fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyati yanada o‘sishiga ko‘maklashdi.
Masalan, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi huquqshunos olimlar, oliy o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining yangi tahriri — sud-huquq islohotlaridagi muhim bosqich” mavzuida konferensiya o‘tkazdi. Ijtimoiy himoya yili munosabati bilan Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi “Kuchli ijtimoiy himoya — demokratik jamiyatning asosiy tamoyili” mavzuida konferensiya, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi esa “Aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalarida mahallaning rolini oshirish” mavzuida seminar o‘tkazdi. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi “Jamiyatni yangilash va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida mudofaa hamda xavfsizlik tizimidagi islohotlarning mohiyati va ahamiyati” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1979-yil 18-dekabrda qabul qilingan Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyaning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasining milliy qonun hujjatlariga singdirishning dolzarb masalalari” mavzuida xalqaro konferensiya, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi “Shreder nomli ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Botanika” ilmiy-ishlab chiqarish markazining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi roli” mavzuida konferensiya, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi “Davlat va jamiyat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish muammolari” mavzuida konferensiya, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish to‘g‘risida” mavzuida seminar, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi “Eksportni rag‘batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshliligini oshirishning qonunchilik asoslari” mavzuida davra suhbati, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi “Madaniy merosimiz qonun himoyasida” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi va boshqa shu kabi ko‘plab tadbirlar tashkil etildi.
Hisobot yilida BMT Taraqqiyot dasturining “Parlamentning qonunchilik va institutsional salohiyatini takomillashtirish” loyihasi xodimlari tomonidan deputatlar ishiga muayyan yordam va ko‘mak ko‘rsatildi. Chunonchi, deputatlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida chet ellik ekspertlar ishtirokida konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazildi. Masalan, 2007-yilning mart va avgust oylarida loyiha tomonidan Qonunchilik palatasi deputatlari va Devoni xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Fuqarolarning xatlari, arizalari va murojaatlari bilan ishlashga avvalgidek katta e’tibor qaratilib, bu ish “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshirildi. 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 3450 ta yozma murojaat, shu jumladan salkam 500 ta takroriy murojaat tushdi. Yozma murojaatlar soni 2006-yilga nisbatan kamaydi.
Ko‘pgina shikoyatlar va arizalarda fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kommunal xizmatlar ko‘rsatish korxonalari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xodimlarining xatti-harakatlari ustidan (joriy va kapital ta’mirlash o‘tkazilmasligi, kvartiralarda issiq va sovuq suvning yo‘qligi, gaz va elektr energiyasini yetkazib berishda uzilishlar mavjudligi va boshqa shu kabilar haqidagi) noroziligi ifoda etilgan. Turli darajadagi sudlarning hukmlari va hal qiluv qarorlaridan norozilik bayon etilgan xatlar kelishi davom etmoqda. Xatlarning aksariyati Toshkent shahri, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan yo‘llangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatiga taalluqli murojaatlar palata rahbariyati tomonidan va qo‘mitalarda ko‘rib borildi. Deputatlar fuqarolarni Qonunchilik palatasida ham, saylov okruglarida ham qabul qildilar. Fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati tegishli hokimliklar, sudlar, prokuratura organlari, vazirliklar, idoralar, boshqa mutasaddi organlarga ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash Qonunchilik palatasi rahbariyati, deputatlari va Devonining doimiy nazorati ostida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq deputatlar o‘z saylov okruglariga borib, fuqarolar bilan uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazdilar, ularning arzlari va murojaatlarini eshitdilar, ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rdilar. Bildirilgan fikrlarning bir qismi deputatlar tomonidan qonun ijodkorligi faoliyatida foydalanildi.
2007-yilda Qonunchilik palatasida jamiyatimiz turli ijtimoiy qatlamlarini ifodalovchi salkam ikki ming kishi ekskursiyalar, uchrashuvlar va suhbatlarda bo‘ldi. Ular orasida maktablar, kollejlar va litseylar o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari, mahallalar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, akademiyalar tinglovchilari va boshqalar bor edi.
Hisobot yilida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Kengashi 22 ta majlis o‘tkazdi. Majlislarda Qonunchilik palatasining ish rejalari va majlislarining kun tartibi loyihalari muhokama qilindi, palata faoliyatini tashkil etishga doir boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Qonunchilik palatasining hisobot yilidagi faoliyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borildi. Bunda siyosiy partiyalar fraksiyalari, palata qo‘mitalari va Devonining qizg‘in ishi yordam berdi. Qonunchilik palatasining 2007-yildagi ishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida berib borilgan maqolalar, chiqishlar va intervyularning umumiy soni 2150 dan ziyodni tashkil etdi.
“Parlament soati” va “Parlament vaqti” teledasturlarida Qonunchilik palatasining kundalik va ko‘p qirrali faoliyati muntazam yoritib borilganligi qabul qilinayotgan qonunlar mohiyati hamda mazmunining mamlakatimiz aholisiga yetkazilishiga ko‘maklashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari, maqsadli vazifalari hisobga olingan holda 2005-yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan qonunchilik faoliyati dasturini, mamlakatimiz va jamiyatimiz oldida turgan yangi vazifalarni bajarishga doir ishlar 2008-yilda davom ettiriladi. | 97 | 50,607 |
Qonunchilik | “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi QL-606-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”) | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish xaqida”gi QL-606-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Geodeziya va kartografiya faoliyat to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 235 | 425 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-645-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-645-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 324 |
Qonunchilik | Nodavlat ta’lim muassasalari qanday litsenziyalashtiriladi | Vazirlar Mahkamasining 27.03.2018 yildagi 241-son qarori bilan Nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Belgilanishicha, 1.04.2018 yildan boshlab mazkur faoliyat turiga litsenziyalarni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi beradi. Ilgari bu ishni Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi amalga oshirar edi.
Bu – muhim! Chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini litsenziyalash, ilgarigidek, soddalashtirilgan tartibga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi (VMning 14.06.2013 yildagi 169-son qaroriga qarang).
Ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Bunda quyidagi talab va shartlar qoʻyiladi:
Yuridik shaхslarning avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun qoʻyiladigan qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari bu yerda koʻrsatilgan.
Litsenziya olish uchun Davlat хizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda tashkiliy-huquqiy shakli (1.01.2018 yildan boshlab istalganini tanlash mumkin), joylashgan joyi (pochta manzili), ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yoʻnalishlari roʻyхati, shuningdek litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi toʻgʻrisidagi roziligi hamda elektron manzili koʻrsatiladi (agar elektron manzili koʻrsatilgan boʻlsa, barcha хabarlar unga keladi);
2) pedagog kadrlar haqida ma’lumot;
3) oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusхalari;
4) ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya da’vogari tomonidan yigʻim (EKIHning 2 baravari) toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusхasi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi arizani qabul qilgandan soʻng 10 kun ichida (inspeksiyaga ariza Davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali oʻsha kunning oʻzidayoq yuboriladi) hujjatlarni hamda litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini oʻrganadi, shuningdek javob beradi.
Bu – muhim! Litsenziya berish rad etilgan boʻlsa, ariza takroran koʻrib chiqilgani uchun yigʻim undirilmaydi. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida avvalgi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya berganlik uchun EKIHning 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. U toʻlangandan keyin ruхsat beruvchi hujjat 1 kun ichida beriladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 58 | 2,934 |
Qonunchilik | Tijorat banklari tomonidan shirkat va fermer xo‘jaliklariga ularga tegishli paxta yog‘i, shrot va sheluxani yog‘-moy korxonalari va ularning shoxobchalaridan o‘z vaqtida xarid Qilishlari uchun kredit berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqi | O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-oktabrdagi 03-4-124-sonli Majlis bayoniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari tomonidan shirkat va fermer xo‘jaliklariga ularga tegishli paxta yog‘i, shrot va sheluxani yog‘-moy korxonalari va ularning shoxobchalaridan o‘z vaqtida xarid qilishlari uchun kredit berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-oktabrdagi 03-4-124-sonli Majlis bayoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, shirkat va fermer xo‘jaliklariga ularga tegishli paxta yog‘i, shrot va sheluxani yog‘-moy korxonalarining shoxobchalaridan o‘z vaqtida xarid qilishlari uchun kredit berish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu kreditlar tijorat banklari tomonidan shirkat va fermer xo‘jaliklariga ularga tegishli paxta yog‘i, shrot va sheluxani yog‘-moy korxonalarining shoxobchalaridan o‘z vaqtida xarid qilishlari uchun qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
2. Tijorat banklari ushbu kreditlarni qarz oluvchilarga shartnoma asosida 90 kungacha bo‘lgan muddatga beradilar. Kreditlar mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i joylashgan manzil bo‘yicha beriladi. Ushbu kreditlarni ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i ochilgan bank tomonidan berilishiga ruxsat berilmaydi.
3. Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari miqdori qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra kredit shartnomasi asosida belgilanadi.
4. Kredit summasi shirkat va fermer xo‘jaliklariga ular kontraktatsiya shartnomasi asosida tayyorlov korxonasiga sotgan paxta xomashyosidan olingan va ushbu xo‘jaliklarga ajratilgan paxta yog‘i, shrot va sheluxa summasidan oshmagan miqdorni tashkil etadi.
5. Kreditlar tijorat banklarining o‘z kredit resurslari hisobidan beriladi.
6. Shirkat va fermer xo‘jaliklari kredit olish uchun ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etadilar.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari nusxalari;
debitor-kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);
kredit qaytarilishi ta’minoti to‘g‘risidagi hujjat.
7. Olingan kreditni qaytarmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak. qarz oluvchilar bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etishlari mumkin:
mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
uchinchi shaxsning kafilligi;
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;
8. Banklar, o‘zlari bilan doimiy aloqaga ega bo‘lgan, bank hisob raqamida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga, mazkur Tartibning 7-bandida ko‘rsatilgan ta’minotni talab qilmay, ishonchli kredit berish huquqiga egadirlar.
9. Kreditlarni qaytarilish ta’minoti shakllaridan biri sifatida mol-mulk garovi xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk garov predmeti bo‘lishi mumkin.
10. Kredit so‘rab, mazkur Tartibning 6-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda, berilgan ariza bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu ariza bo‘yicha bank tomonidan kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risidagi qarorini berish muddati 5 ish kunidan oshmasligi lozim.
Bank kredit qo‘mitasi tomonidan kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda, u raddiyani yozma shaklda izohlab berishi shart.
11. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng, kredit bo‘limi xodimi, muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, ssuda hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga ko‘rsatma beradi va keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga ssuda hisobvarag‘i ochiladi.
12. Qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan to‘lovlar naqd pulsiz shaklda paxta yog‘i, shrot va sheluxani sotib olish uchun faqat qarz oluvchilarning to‘lov topshiriqnomalariga asosan amalga oshiriladi.
13. Berilgan kreditlar bo‘yicha kredit bo‘limi xodimining farmoyishiga ko‘ra muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular kreditlash muddatlariga qarab, to‘la qaytarilganiga qadar tegishli ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
14. Tijorat banklari tomonidan kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
15. Berilgan kreditdan boshqa maqsadda foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirib olishi mumkin.
16. Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar hisob raqami orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda undiriladi. Bunda foizlar kredit qarzlaridan oldin undiriladi.
17. Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq mustaqil ravishda, sudga murojaat qilmasdan, garov predmetini tasarruf qilib, uni qonunchilikda belgilangan tartibda sotgan holda o‘zining kredit bo‘yicha qarzdorligini qaytaradi.
18. Qarz oluvchining ta’minoti kredit bo‘yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, bank, mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulki, shu jumladan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter hamda korxona va tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tartibi”ga muvofiq amalga oshirishi mumkin. | 250 | 6,797 |
Qonunchilik | “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Res | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 15-iyun kuni qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 24 va 25-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining mazkur Qonun bo‘yicha xulosasida bayon etilgan asoslarga ko‘ra rad etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga mazkur Qonun bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzish taklif etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan kelishuv komissiyasi tarkibiga quyidagilar saylansin:
4. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,553 |
Qonunchilik | IJRO INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Respublika komissiyasi o‘tkazgan tekshirishda ijro intizomi pastligining ko‘plab hollari, respublika boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalarining tashkilotchilik va nazorat faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari o‘z apparati, tasarrufidagi vazirliklar, idoralar va korxonalar ishlarini muntazam va qattiq nazorat qilmayaptilar, boshqaruv va hokimliklar tarmoq organlari faoliyatini sust muvofiqlashtirmoqdalar, Hukumat qarorlarini amalga oshirishga rasmiyatchilik bilan yondashish hollariga qat’iy baho bermayaptilar.
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarini bajarish bo‘yicha amaliy ishlar o‘rniga ba’zan ko‘plab kengashlar va majlislar o‘tkazmoqdalar, turli ma’lumotnomalar, axborotlar va statistika ma’lumotlari to‘plamoqdalar, hay’atlarning yangi qarorlarini va hokimlar farmoyishlarini qabul qilmoqdalar. Ayni paytda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammoli masalalarni ro‘yobga chiqarish hamda pirovard natijada, belgilangan maqsadlarga erishish ta’minlanmayapti.
Ijroni nazorat qilish va tekshirish ko‘pincha qisqa muddatli bo‘lib, ahyon-ahyonda o‘tkazilmokda, joylardagi, ayniqsa quyi tarkibiy bo‘linmalardagi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi ishlarning haqiqiy ahvoli juda kam o‘rganilmoqda.
Boshqaruv apparati barcha bo‘g‘inlarining tashkilotchilik, ijro va nazorat faoliyatini takomillashtirish, rahbarlar va mutaxassislarning ijro intizomini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining hamda Hukumat qarorlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining ijro intizomini mustahkamlash, respublika Hukumati qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish bo‘yicha ishlari qoniqarsiz deb e’tirof etilsin.
Respublika komissiyasining ijro intizomi ahvolini tekshirish bo‘yicha ma’lumotnomasi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir qat’iy chora-tadbirlar ko‘rish uchun Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga yuborilsin.
2. Bosh vazir O‘. T. Sultonovning va shaxsan Vazirlar Mahkamasi Komplekslari rahbarlarining e’tibori nazorat va ijroni tekshirishning apparatlar xodimlarining tarmoq boshqaruv organlari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlarining so‘zsiz, o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishi yuzasidan yuqori darajada shaxsiy javobgarligini ta’minlaydigan ta’sirchan tizimini yaratish zarurligiga qaratilsin. Shu maqsadlarda:
15 kun muddatda — vazirliklar, idoralar, tarmoq va mahalliy boshqaruv organlari rahbarlarining Hukumat ayrim qarorlarini bajarishga rasmiy munosabatda bo‘lishining har bir holati ko‘rib chiqilsin va ularga qat’iy baho berilsin;
bir oy muddatda — Vazirlar Mahkamasining 1998-yilda qabul qilingan qarorlari va farmoyishlarining bajarilishi puxta tahlil qilinsin, erishilgan natijalar tanqidiy baholansin, kamchiliklarni bartaraf etish va yechilmagan muammolarni hal qilish uchun ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rilsin;
har chorakda — Vazirlar Mahkamasi Komplekslari majlislarida ilgari qabul qilingan Hukumat qarorlari bajarilishining ahvoli ijroni nazorat qilish tartibida ko‘rib chiqilsin, ijro intizomining pastligi hollariga va vazirliklar, idoralar, xo‘jaliklar birlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga qat’iy baho berilsin. Zarurat bo‘lganda ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan bo‘shatishgacha bo‘lgan qattiq intizomiy javobgarlik choralari qo‘llansin.
Bosh vazir O‘.T. Sultonov, Bosh vazir o‘rinbosarlari amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 1998-yil va 1999-yil birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi majlislarida axborot bersinlar.
4. Boshqaruv barcha bo‘g‘inlarining ijro intizomini takomillashtirish va mustahkamlash bo‘yicha faoliyatida yagona tizimni va uzluksiz jarayonni ta’minlash maqsadida Hukumat apparatida, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida tarmoq boshqaruv organlarida hamda mahalliy hokimiyat organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining ijrosini tashkil etish va nazorat qilishning Asosiy qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish hamda ularning ijro uchun yuborilishini, ular bajarilishining natijalari yuborilishini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son farmoyishiga muvofiq Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
5. Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari markaziy apparatlarda, hududiy boshqaruv organlarida va mahalliy hokimiyat organlarida ijro intizomini mustahkamlash uchun ularning shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsin. Buning uchun:
10 kun muddatda — rahbarlarning funksional vazifalari taqsimlanishi qayta ko‘rib chiqilsin va tasdiqlansin, bunda ulardan har birining ijroni tashkil etish bilan shaxsan shug‘ullanishi, o‘zlari rahbarlik qilayotgan tarkibiy bo‘linmalarda, tasarruflaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlarning ahvolini tanqidiy tahlil qilishi nazarda tutilsin;
15 kun muddatda — ish yuritishni, hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va saqlash tartibini takomillashtirish, ularni hududiy boshqaruv organlariga, joylardagi aniq ijrochilarga tezkorlik bilan yetkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilsin;
20 kun muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining ijrosini tashkil etish va nazorat qilishning Asosiy qoidalari talablarini hisobga olgan holda vazirliklar, idoralarning markaziy apparatlarida, tasarruflaridagi tarmoq boshqaruv organlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarida Hujjatlarning ijrosini tashkil etish tartibi ishlab chiqilsin va tasdiqlansin;
bir oy muddatda — Respublika Prezidenti farmonlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek vazirliklar, idoralar va hokimliklar o‘z qarorlarining ijrosini nazorat qilishni tashkil etish masalalari zimmasiga yuklangan tarkibiy bo‘linmalar va xodimlar tarkibi qayta ko‘rib chiqilsin, ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlansin, ular kompyuterlar, nusxa ko‘chirish va boshqa zarur texnika vositalari bilan ta’minlansin;
1999-yil birinchi choragida — ijro intizomini takomillashtirish va mustahkamlash masalalari bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazilsin, bunda: vazirlik — hududiy boshqaruv organi — xo‘jalik yurituvchi subyekt; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — tuman, shahar hokimliklari — korxona, muassasa va tashkilot darajalarida nazorat va ijroni tashkil etishga alohida e’tibor berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mansabdor shaxslarning o‘z xizmat vazifalarini bajarish yuzasidan javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar taqdim etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasiga vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining Hukumat qarorlarini bajarish bo‘yicha faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishni ta’minlash tavsiya qilinsin. Ijro intizomining buzilishi hollarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqsin va ular yuzasidan qonunda nazarda tutilgan choralar ko‘rsin, Prezident farmonlarini, respublika Hukumati qarorlari va topshiriqlarini bajarishga rasmiyatchilik bilan yondashishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qattiq shaxsiy javobgarlikka tortsin.
8. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir Hukumat qarorlarining amalga oshirilishini keng yoritsinlar, kamchilik va muammolarni, mansabdor shaxslarning ijro intizomini mustahkamlashdagi roli va mas’uliyatini xolisona ochib bersinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Bosh vazir O‘.T. Sultonov ushbu qarorning bajarilishi to‘g‘risida 1999-yil iyulda Vazirlar Mahkamasi majlisida axborot bersin.
1. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, barcha darajalardagi hokimliklar apparatlari uchun normativ hujjat sifatida ishlab chiqilgan.
2. Uning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijro etilishi va ularning amalga oshirilishini nazorat qilishni tashkil etishning yagona tizimi va uslubiyotini ta’minlash.
3. Asosiy qoidalar ishni tashkil etishning amaliy shakllarini o‘z ichiga oladi, yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlarda qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish muddatlarini va pirovard natijalarga erishish uchun shaxsan javobgar mansabdor shaxslarni belgilab beradi.
4. Quyidagilar Asosiy qoidalarning tarkibiy qismi hisoblanadi: 1-sxema — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijro etilishi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish; 2-sxema — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari tayyorlanishini, ijro etilishi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish (ilova qilinadi).
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari bayonnomalari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari (yozma va og‘zaki).
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kotibiyatining topshiriqlari.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining topshiriqlari.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari bayoni.
11. Ro‘yxati Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomada belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Hujjatlarning ko‘rsatib o‘tilgan turlarining bajarilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari apparatlari va korxonalarning rahbarlari, mansabdor shaxslari, tegishli tarkibiy bo‘linmalari va mas’ul xodimlari tomonidan ta’minlanadi.
1. I bobda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar qat’iy hisobga olinishi va tegishli bo‘linmalarda: umumiy bo‘limda, kanselyariyada ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
2. Ular maxsus daftarlarda va hisobga olish kartochkalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, zaruriyat bo‘lganda va texnik vositalar mavjud bo‘lganda esa hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kompyuter bankiga kiritiladi.
3. Tushgan hujjatlar 30 minut ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
4. Har bir tushgan hujjatga alohida nazorat kartochkasi rasmiylashtiriladi: 1, 1a, 1b tartib raqamli nazorat kartochkalari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari uchun; 2, 2a, 2b tartib raqamli nazorat kartochkalari — Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa hujjatlari uchun. Ko‘rsatib o‘tilgan nazorat kartochkalari shakllari ilova qilinmoqda.
5. Tushgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan va nazorat kartochkalari to‘ldirilgandan keyin 1 va 2-sxemalarda ko‘rsatilgan muddatlarda tegishli rahbarga zudlik bilan axborot berilishi kerak.
1. 1 va 2-sxemalarda ko‘rsatilgan muddatlarda Bosh vazir, vazirlik, idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbari shaxsan puxta o‘rganishadi va tegishli topshiriqlarni belgilashadi. Bunda topshiriqning bajarilishi zimmasiga shaxsan yuklanadigan rahbarlar ko‘rsatiladi.
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, boshqaruvning tarmoq organlari va joylardagi hokimiyat organlari uchun ham topshiriqlarni rasmiylashtirishning ana shunday tartibi belgilanadi.
2. Mazkur topshiriqqa muvofiq tegishli rahbar zarur takliflar: qo‘yilgan vazifalar amalga oshirilishini ta’minlovchi aniq chora-tadbirlar rejasi; farmoyish yoki qaror loyihasi; hay’at yoki hokimning qarori loyihasi puxta va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi.
3. Qabul qilingan qarorlar Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga bir soat ichida, vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarga — bir kecha-kunduzda yetkazilishi kerak.
4. Imzolangan topshiriq yoki qabul qilingan qaror nusxasi Vazirlar Mahkamasining Nazorat bo‘limiga, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining nazorat bo‘linmalariga beriladi, u erda har bir hujjatga 1, 1a, 1b, 2, 2a, 2b tartib raqamli nazorat kartochkalari rasmiylashtiriladi.
1. Yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlarning bajarilishi uchun: Bosh vazir, Bosh vazirning o‘rinbosarlari, vazirlar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shaxsan javob beradilar.
2. Hujjatlarni nazorat qilish yuklangan rahbar ularda qo‘yilgan vazifalar o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
3. Hujjatlarning bajarilishini va nazorat qilinishini tashkil etish:
respublikani, tarmoq va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek uzoq davrga mo‘ljallangan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
tasdiqlangan muddatlarda tegishli tarkibiy bo‘linmalar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
bajarilishini vazirliklar, idoralar, boshqaruvning hududiy tarmoq organlari va joylardagi hokimiyat organlarida, bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda maqsadli o‘rganish;
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlarni bajarish yuzasidan qabul qilingan o‘z qarorlarining bajarilishini ko‘rib chiqish;
respublika tarmoqlari va hududlarida ishlarning ahvolini kompleks o‘rganish, Vazirlar Mahkamasi Komplekslari majlislarida ularning yakunlarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida qo‘yilgan vazifalar o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan shaxsiy javobgarlik choralarini ko‘rish bilan ta’minlanadi.
4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hujjatlarda belgilangan muddatlarda birinchi shaxsning imzosi bilan nazorat topshiriqlari (hujjatlar) bajarilishi to‘g‘risidagi xolis va qisqacha axborotni Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlariga taqdim etishlari shart. Rahbarlar axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va uning ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar.
5. Hujjat (topshiriq) bajarilishini nazorat qilish yuklangan Bosh vazirning o‘rinbosari — tegishli axborot tahlil departamenti, boshqaruvning tarmoq organlari va joylardagi hokimiyat organlarining:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bajarilishini muntazam o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;
kamchiliklarning oldini olish va muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha zarur tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan ishlarni muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi.
6. Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati (Nazorat bo‘limi), vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatining nazorat bo‘linmalari (bo‘lim, sho‘ba, guruh, mas’ul xodimlari) 1, 1a, 1b, 2, 2a, 2b tartib raqamli nazorat kartochkalari asosida:
nazoratga olinadigan hujjatlar va bandlar qat’iy hisobga olinishini ta’minlaydilar;
tarkibiy bo‘linmalarda hujjatlarni bajarishning ahvolini doimiy ravishda tahlil qiladilar;
tegishli rahbarlarni ular tomonidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun ijro intizomining ahvoli to‘g‘risida muntazam xabardor qiladilar. | 58 | 17,788 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDENLARI, MEDALLARINI, PLANKALARDAGI ORDEN LENTALARI, MEDAL LENTALARINI TAQIB YuRISh QOIDALARINI HAMDA ORDEN, VA MEDALLAR LENTALARINING TAVSIFINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallarini, plankalardagi orden lentalari va medal lentalarini taqib yurishni tartibga keltirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallarini, plankalardagi orden lentalari, medal lentalarini taqib yurishning ilova qilinayotgan qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasi orden va medallari lentalarining tavsifi tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi orden va medallarini, odatda, umumdavlat bayramlari hamda boshqa bayramlar va tantanali majlislar vaqtida taqib yuradilar.
Boshqa hollarda esa nishondorlar O‘zbekiston Respublikasining yo orden, medallarini, yoxud ularning plankalardagi lentalarini taqib yurishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlarini, plankalardagi orden lentalari va medallarning lentalarini taqib yurish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining orden va medallarni ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunlariga, shuningdek quyidagi qoidalarga rioya etiladi:
1. “Oltin Yulduz” medali boshqa alohida o‘rnak ko‘rsatganlik uchun olingan nishonlarni taqib yurish chog‘ida orden va medallardan yuqorida, avvalgi “Oltin Yulduz” medalidan hamda “O‘roq va Bolg‘a” oltin medalidan o‘ngroqda qadaladi.
2. O‘zbekiston Respublikasining ordenlari kolodkalarda taqib yuriladigan bo‘lsa, sobiq SSR Ittifoqi ordenlaridan o‘ngroqda joylashadi.
O‘zbekiston Respublikasining ordenlari kolodkasiz taqib yurilganda sobiq SSR Ittifoqi ordenlaridan chaproqda joylashadi.
O‘zbekiston Respublikasining medallari sobiq SSR Ittifoqi medallaridan o‘ngroqda, ordenlardan keyin taqiladi.
O‘zbekiston Respublikasining plankalardagi orden lentalari sobiq SSR Ittifoqining orden lentalaridan o‘ngroqda taqib yuriladi.
O‘zbekiston Respublikasining plankalardagi medal lentalari sobiq SSR Ittifoqi medallarining lentalaridan o‘ngroqda, orden lentalaridan keyin taqiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasining ikki va undan ko‘proq ordenlari kolodkalarda taqib yurilganda ular quyidagi tartibda joylashtiriladi: I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, “Do‘stlik” ordeni, II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni.
O‘zbekiston Respublikasining (sobiq SSR Ittifoqining) ikki va undan ko‘proq medallari taqib yurilganda ular ordenlardan keyin quyidagi tartibda joylashtiriladi “Jasorat” medali, “Shuhrat” medali.
4. “Mustaqillik” ordenini har kuni taqib yurish uchun orden lentasi tayyorlanadi. Shoyi lentaning eni 24 mm va bo‘yi 12 mm. Lentaning o‘rtasidan eni 4 mm bo‘lgan yoqutrang chiziq o‘tadi. Uning har ikki tomoniga eni 1 mm oq chiziqlar, eni 3 mm sariq chiziqlar, eni 1 mm oq chiziqlar, eni 2 mm zangori chiziqlar, eni 1 mm yoqutrang chiziqlar, eni 2 mm yashil chiziqlar ketma-ket joylashgan.
5. “Sog‘lom avlod uchun” ordenini plankalarda har kuni taqib yurish uchun eni 24 mm bo‘lgan, rangi kolodka rangi bilan bir xil va ko‘zda tutilgan qabariq tasvirli lenta tayyorlanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasining orden va medallarisiz lentalarni taqib yurish uchun mo‘ljallangan plankalar biroz bo‘rtgan, orden va medalga mos lenta o‘ralgan to‘g‘ri burchakli metall plastinkalardan iboratdir. Plankaning qalinligi 12 mm. | 193 | 3,159 |
Qonunchilik | «Termiz» хalqaro savdo markazi: tovarlarni oʻtkazish tartibi belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 1.07.2021 yildagi «Termiz хalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi hududidan tovarlar va shaхslarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida»gi 409-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 12.11.2020 yildagi «Surхondaryo viloyati va Toshkent shahrida maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6109-son Farmoniga muvofiq «Termiz» ESZ hududida «Termiz хalqaro savdo markazi» ESZ (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tashkil etiladi.
Hujjatda belgilanishicha:
• Markaz hududidan har qanday tovarlar olib oʻtilishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kirish yoki undan olib chiqish taqiqlangan yoki cheklab qoʻyilgan tovarlar bundan mustasno;
• tovarlar Markaz hududiga bojхona toʻlovlari toʻlanmasdan olib kiriladi;
• yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan Markaz hududiga tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq olib kiriladi yoki olib chiqiladi.
Markaz Direksiyasiga DBQ bilan birgalikda Markazga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan shaхslarni va transport vositalarini tekshirish va roʻyхatga olishni ta’minlash maqsadida ikki oy muddatda chegara, bojхona, veterinariya, sanitariya, karantin, transport nazorati boʻyicha nazorat-oʻtkazish punktlari tashkil etish topshirildi.
Kompleks hududida omborхona va хarid qilish joylari, transport va logistika markazlari, ishlov berish tarmoqlari, koʻrgazma markazlari va «shou-rumlar», boj olinmaydigan savdo doʻkonlari, tranzit markazlari, bank boʻlinmalari, mehmonхonalar, kasalхonalar, avtotransport vositalariga teхnik хizmat koʻrsatish markazlari va boshqa ob’yektlar barpo etiladi.
Qaror bilan quyidagilarni tartibga soluvchi Nizom tasdiqlandi:
• erkin savdo zonasi hududiga shaхslar va transport vositalarining kirishi, hududda boʻlishi hamda hududdan chiqib ketishini;
• tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va realizatsiya qilishni;
• Afgʻoniston Islom Respublikasi fuqarolari va ushbu davlat hududidan kiruvchi boshqa davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishini.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 71 | 2,248 |
Qonunchilik | MUOMALADAGI NAQD PULLARNI KAMAYTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Naqd pul muomalasini tartibga solish va pullarning asossiz ravishda ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilab qo‘yilsinki, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bank muassasalari orqali naqd pulsiz amalga oshiriladi;
davlat (aksionerlik) korxonalari va tashkilotlaridan kooperativlar, fermerlar, xususiy va kichik korxonalarning hisob-kitob schyotlariga tushadigan pul mablag‘lari operatsiyalar va to‘lovlar ularning ustav faoliyati sohasiga muvofiq kelgan taqdirda qo‘shib qo‘yiladi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasida ilgari qabul qilingan qarorlarga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar taqdim etsin. | 71 | 914 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 26 FEVRALDAGI “UY-JOY MULKDORLARI ShIRKATLARINING FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”GI PF–3038-SON FARMONIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-maydagi “Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–69-son qarori qabul qilinishi munosabati bilan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 26-fevraldagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–3038-son Farmonining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilab qo‘yilsinki, 2002—2006-yillar mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari hamda obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan, shuningdek yer uchastkalarini fuqarolarning umrbod meros bo‘lib qoladigan egaligiga sotishdan tushadigan mablag‘lar (yer uchastkalarini sotish tushumining belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga o‘tkaziladigan 3 foiz miqdordagi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy qayta qurish jamg‘armasini shakllantirish uchun 2 foiz miqdordagi, Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladigan 5,5 foiz miqdordagi hamda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini umrbod meros bo‘lib qoladigan egaligiga kimoshdi savdosi orqali sotishdan tushadigan mablag‘ning 50 foizi miqdorida Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladigan mablag‘lardan tashqari) 1991-yilgacha qadar barpo etilgan uy-joylarni rekonstruksiya qilish, ularning ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini kapital ta’mirdan chiqarish, turar-joy binolarining umumfoydalanadigan joylarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga beriladi”. | 232 | 1,916 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
2. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.
3. “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
5. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.
6. “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 245 va 246-moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
7. “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.
8. “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.
9. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.
10. “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
11. “Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotining huquqiy maqomi haqidagi 2002-yil 7-oktabrdagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Protokolni (Dushanbe, 2007-yil 6-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yildagi faoliyati to‘g‘risida.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2010-yildagi faoliyati to‘g‘risida.
14. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2010-yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobot.
15. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2010-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti.
16. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2010-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti.
17. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti haqida.
18. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida.
19. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida.
20. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida. | 96 | 3,576 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston banklari oʻrtasidagi tanlov yakunlari | Respublika Markaziy banki ma’lumotlariga koʻra, 2015 yilda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda respublika banklarining 854 filiali hamda 4 295 mini-banklari va maхsus kassalari ishtirok etdi.
Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasida boʻlib oʻtdi.
Tanlov natijalari boʻyicha sakkizta asosiy nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Demak, quyidagilar tanlov gʻoliblari deb e’tirof etildi:
- «Aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi banki» nominatsiyasida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki;
- «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi filiali» nominatsiyasida ATB «Oʻzsanoatqurilishbank»ning Amaliyot boshqarmasi;
- «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi filiali» nominatsiyasida AT «Aloqabank»ning Navoiy filiali (Karmana tumani);
- «Plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish boʻyicha eng yaхshi bank filiali» nominatsiyasida ATB «Mikrokreditbank»ning Kosonsoy filiali;
- «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi mini-banki» nominatsiyasida ATB «Qishloq qurilish bank»ning Fargʻona filiali «Fargʻona» mini-banki;
- «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi mini-banki» nominatsiyasida ATB «Mikrokreditbank»ning Piskent filiali «Murotali» mini-banki;
- «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi jamgʻarma/maхsus kassasi» nominatsiyasida ATIB «Ipoteka bank»ning Qashqadaryo filialiga qarashli 8-sonli jamgʻarma kassasi;
- «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi jamgʻarma/maхsus kassasi» nominatsiyasida ATB «Invest finans bank»ning Zangiota filialiga qarashli 1-sonli jamgʻarma kassasi.
Shuningdek 11 ta qoʻshimcha nominatsiya boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.
Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaхslarning omonat hisobvaraqlariga qoʻyiladigan mablagʻlari barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan boʻlib, ularning manbalari deklaratsiya qilinmaydi hamda ushbu mablagʻlarni omonatchilar hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etadilar.
Amaldagi tartibga muvofiq jismoniy shaхslarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari davlat tomonidan himoyalangan hamda omonatning miqdoridan qat’i nazar toʻla hajmda qoplab berilishi kafolatlangan.
Mazkur chora-tadbirlar bank tizimini yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatdi. Bugun mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklari milliy hamda chet el valyutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda 250 dan ortiq omonat turini aholiga taklif etmoqda. Depozitga qoʻyilayotgan mablagʻlarning miqdori oхirgi besh yilda 3,6 marotabaga, 2015 yilda esa 28 foizga oshdi. | 49 | 2,748 |
Qonunchilik | “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 162 | 391 |
Qonunchilik | “BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilinishi bilanoq kuchga kiritilsin.
2. Respublikada yagona pul-kredit siyosatini yuritish, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholiga hisob-kitob xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, shuningdek banklar faoliyatini tartibga solishni ta’minlash maqsadida SSSR Davlat bankining O‘zbekiston respublika banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat bankiga aylantirilsin, u respublikaning Markaziy banki deb hisoblansin.
3. “O‘zbekiston” aksionerlik-tijorat banki tugatilsin, uning sho‘balari esa respublika aksionerlik-tijorat banklariga: shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi sanoat-qurilish bankiga, rayonlarda esa O‘zbekiston Respublikasi agrar-sanoat bankiga o‘tkazilsin.
4. Respublika hududida ishlayotgan va yangi tuzilayotgan barcha banklar boshqa ittifoqdosh respublikalarning va SSR Ittifoqining banki tarkibiga kirmasligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bankida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shartligi belgilab qo‘yilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki 1991-yilning 1-iyuniga qadar respublika aksiyali-tijorat banklari va ularning muassasalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni nihoyasiga yetkazsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki 1991-yilning 1-iyuliga qadar auditor tashkilotlarning tuzilishini ta’minlasin. Bu tashkilotlar tuzilgunga qadar ularning vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bankining taftish xizmati bajarishi belgilab qo‘yilsin. Shu munosabat bilan Sanoat-qurilish banki, Agrar-sanoat banki, “O‘zbekiston” tijorat bankidagi taftish xizmatlari tugatiladi va ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki ixtiyoriga o‘tkaziladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti:
1991-yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq holga keltirilsin;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari ushbu Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishini va bekor qilishini ta’minlasin. | 106 | 2,073 |
Qonunchilik | YaGONA IJTIMOIY TO‘LOVNI HAMDA DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASIGA MAJBURIY BADALLAR VA AJRATMALARNI HISOBLASh, TO‘LASh VA TAQSIMLASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-sonli “Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 42-son, 447-modda), 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 52-son, 523-modda), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi 2004-yil 25-fevraldagi 35, 74, 2004-24 va 245-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yagona ijtimoiy to‘lovni hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, to‘lash va taqsimlash to‘g‘risida”gi nizomga (2004-yil 6-aprel, ro‘yxat raqami 1333 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 14, 26-son, 172, 306-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kundan so‘ng amalga kiritilsin. | 194 | 1,351 |
Qonunchilik | “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-489-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-489-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 188 | 355 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN ITALIYA RESPUBLIKASI HUKUMATI O‘RTASIDAGI IKKIYoQLAMA SOLIQQA TORTIShNING OLDINI OLISh HAMDA DAROMAD VA SARMOYa SOLIQLARINI TO‘LAShDAN BOSh TORTIShNI BARTARAF QILISh TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYANI RATIFIKATSIYA QIL | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin. | 250 | 380 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 21-oktabrdagi 460-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qarorida:
a) 9-bandda “O‘zgeoneftgazqazibchiqarish”, “O‘zneftgazqurilish”, “O‘zneftmahsulot”, “O‘zneftniqaytaishlash”, “O‘ztransgaz”, “O‘zburg‘u-neftgaz”, “O‘zneftgazishchita’minot” so‘zlari “O‘zgeoburg‘uneftgazqazib-chiqarish”, “O‘zneftmahsulot”, “O‘ztransgaz” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning ikkinchi xatboshida “O‘zgeoneftgazqazibchiqarish” va “O‘zneftgazqurilish” so‘zlari “O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 11-ilovaning “Sho‘ba aksiyadorlik jamiyatlari” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sho‘ba aksiyadorlik jamiyatlari:
1. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi;
2. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi;
3. “O‘zneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyasi;
4. “O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi.
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr va issiqlik energiyasi iste’molchilari hamda yetkazib beruvchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovada “O‘zgeoneftgazqazibchiqarish” so‘zi “O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish” so‘zi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 30-modda):
a) 2-ilovaning 36 va 37-bandlarida “O‘zgeoneftgazqazibchiqarish” so‘zi “O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning “O‘zbekneftgaz” MXK” bo‘limi 31, 32, 33, 52, 76 va 77-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 5-ilovaning 4-bandida “O‘zburg‘uneftgaz” so‘zi “O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish” so‘zi bilan almashtirilsin. | 106 | 2,364 |
Qonunchilik | Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida | Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq aholi yashash joylari va Rishton shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Rishton tumani va Rishton shahrida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yer osti suvlari sathini pasaytirishga doir chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
1-ilovada ko‘rsatilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi uchun har yili nazarda tutiladigan kapital qo‘yilmalarning umumiy limitlari hisobiga amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi 1-ilovada ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
2. Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda Rishton shahrida yer osti suvlari sathini pasaytirish, uylar va inshootlar tagidan suv chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq tadbirlarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va 2001-yildan boshlab ularni amalga oshirishga kirishsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Burgandi massivi ta’sir ko‘rsatadigan hududdagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashning texnik-iqtisodiy asoslarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin, bunda drenajning samarali turlarini qo‘llashga alohida e’tibor bersin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Yer resurslari davlat qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligining Burgandi massivining sug‘orishlar salbiy ta’sir ko‘rsatadigan hududidagi xo‘jaliklarning 2-ilovaga muvofiq meliorativ holati g‘oyat yomon bo‘lgan ekin maydonlarini irrigatsiya-meliorativ tayyorlash bosqichida bo‘lgan yerlar toifasiga istisno tariqasida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H.Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T.Xoltoyev zimmasiga yuklansin. | 153 | 2,166 |
Qonunchilik | Mobil qurilmalar roʻyхatdan oʻtkaziladi | 2019 yil 1 apreldan ularni hisobga olish tizimi joriy etiladi, deya хabar beradi oʻz saytida Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
«Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» davlat unitar korхonasi hisobga olish tizimining operatori sifatida belgilandi.
GSM-operatorlar tarmogʻida foydalanilayotgan qurilmalarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun ularning egalaridan hech qanday harakatlar talab etilmaydi – bu avtomatik tarzda va bepul amalga oshiriladi.
Hisobga olish quyidagi qurilmalardan foydalanishni cheklashga imkon beradi:
Mobil qurilma sotib olishdan avval uning IMEI-kodi maqomi toʻgʻriligini uzimei.uz tizimining rasmiy saytida tekshirib olish tavsiya etiladi.
Nazorat tizimi quyidagilarga imkon beradi:
Hozirgi paytda GSMA bazasiga 43 mamlakatning 118 ta mobil operatori ulangan, Belgiya, Kipr, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Norvegiya, Portugaliya, JAR, Shvetsiya, Buyuk Britaniya shular jumlasidandir. GSMA assotsiatsiyasi bilan aхborot almashinuvi boshqa mamlakatlar hududida oʻgʻirlangan yoki yoʻqolgan qurilmalarni Oʻzbekistonda ishlatishni cheklash imkonini beradi, va aksincha, GSMAga a’zo kompaniyalar tarmoqlarida mamlakatimizning «qora roʻyхati»ga kiritilgan qurilmalarni ishlatishning imkoni boʻlmaydi. | 39 | 1,328 |
Qonunchilik | Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 48-modda) muvofiq O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaror qiladi:
1. Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, yuridik va jismoniy shaxslarning (bundan buyon matnda iste’molchilar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan gazni hisobga olish priborlari davlat metrologiya tekshiruvidan o‘tkaziladi.
2. Iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan gazni hisobga olish priborlari:
davriy tekshiruvdan — gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugaganda;
navbatdan tashqari tekshiruvdan — gazni hisobga olish priborlarining tekshiruvdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta sozlash ishlarini o‘tkazish zarurati vujudga kelganda;
ekspert tekshiruvidan — gazni hisobga olish priborlarining sozligi yoki ularning qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari bo‘yicha munozarali savollar tug‘ilganda o‘tkaziladi.
3. Gazni hisobga olish priborlari quyidagi oraliqda davriy tekshiruvdan o‘tkaziladi:
jismoniy shaxslar — 4 yilda 1-marta;
yuridik shaxslar — 2 yilda 1-marta.
Foydalanilmagan gazni hisobga olish priborlarining davriy tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari o‘tib ketgan taqdirda, ulardan belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng foydalanish mumkin.
4. Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan o‘ttiz kun oldin iste’molchini gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi rahbari gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida iste’molchilarning o‘z vaqtida ogohlantirilishi uchun mas’uldir.
6. Iste’molchi gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish uchun uni echishni so‘rab tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasiga ariza bilan murojaat qiladi.
7. Gazni hisobga olish priborlari ekspert tekshiruvidan o‘tkazish uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari, yoxud sudning qarori yoki ajrimiga asosan echib olinishi mumkin.
8. Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish uchun echib olish tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
9. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi ariza berilgandan so‘ng, besh ish kuni ichida gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish uchun iste’molchi ishtirokida echib oladi.
10. Gazni hisobga olish priborini echib olish vaqtida tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi iste’molchi ishtirokida gazni hisobga olish priborining o‘rnatilgan plombalari butligini tekshiradi.
11. Gazni hisobga olish priborining o‘rnatilgan plombalari but bo‘lgan taqdirda, gazni hisobga olish pribori echib olinadi va ikki nusxada mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda gazni hisobga olish priborining echib olinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. Mazkur dalolatnomaning bir nusxasi gazni hisobga olish pribori bilan birga iste’molchiga beriladi.
12. Gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan o‘tkazish uchun echib olingandan so‘ng, tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi iste’molchining xohishiga ko‘ra uni gaz tarmog‘iga gazni hisobga olish priborisiz ulaydi yoki vaqtincha tarmoqdan uzib qo‘yadi. Iste’molchining gaz tarmog‘iga ulanganligi yoki ulanmaganligi gazni hisobga olish priborining echib olinganligi to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatiladi.
13. Iste’molchi gazni hisobga olish priborisiz gaz tarmog‘iga ulangan taqdirda, foydalanilgan gaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda to‘lov amalga oshiriladi.
14. Iste’molchi gazni hisobga olish priborini va gazni hisobga olish priborining echib olinganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasini tekshiruvdan o‘tkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshiradi.
Davlat metrologiya xizmati organi mas’ul xodimi gazni hisobga olish pribori topshirilganligini tegishli jurnalga qayd qilishi lozim.
15. Gazni hisobga olish priboridagi tekshiruvdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, tipi, markasi, raqami va gazni hisobga olish priborining ko‘rsatkichi) ko‘rish imkoni bo‘lmagan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish uchun qabul qilishni rad etadi.
16. Gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan o‘tkazish uchun qabul qilinganda, manfaatdor shaxs va davlat metrologiya xizmati organi o‘rtasida shartnoma tuziladi.
17. Gazni hisobga olish pribori davlat metrologiya xizmati organi tomonidan uch kun ichida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
18. Gazni hisobga olish priborini ekspert tekshiruvidan o‘tkazishda manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari ishtirok etishlari mumkin.
19. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, gazni hisobga olish pribori foydalanishga yaroqli deb topiladi va davlat metrologiya xizmati organi tomonidan iste’molchiga gazni hisobga olish priborining tekshiruvdan o‘tkazilganligi haqida sertifikat beriladi.
20. Gazni hisobga olish pribori uning hisoblash mexanizmi va sozlash elementiga o‘zgartirish kiritishning oldini olish maqsadida davlat metrologiya xizmati organi tomonidan plombalanadi.
21. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish natijasi salbiy bo‘lgan taqdirda, gazni hisobga olish pribori foydalanishga yaroqsiz deb topiladi va shu kunning o‘zida bu haqda davlat metrologiya xizmati organi mas’ul xodimi tomonidan iste’molchiga xabar beriladi.
22. Gazni hisobga olish pribori yaroqsiz deb topilgan taqdirda, iste’molchi uni ta’mirlash uchun ta’mirlash tashkilotlariga topshirishi yoki O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va tekshiruvdan o‘tkazilgan boshqa gazni hisobga olish priboridan foydalanishi mumkin.
23. Gazni hisobga olish priborini ta’mirlash tashkiloti tomonidan texnik tekshirishdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi iste’molchiga beriladi.
24. Davlat metrologiya xizmati organining mas’ul xodimi ta’mirlangan gazni hisobga olish priborlarini ta’mirlash tashkilotining o‘zida tekshiruvdan o‘tkazish uskunasidan foydalangan holda tekshiruvdan o‘tkazishi mumkin.
25. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazishning natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, shu kunning o‘zida davlat metrologiya xizmati organining mas’ul xodimi gazni hisobga olish priborining tekshiruvdan o‘tkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtirib, gazni hisobga olish priborini plombalaydi.
26. Iste’molchi tekshiruvdan o‘tkazilgan gazni hisobga olish priborini o‘rnatish uchun tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasiga ariza bilan murojaat qiladi.
27. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi ariza qabul qilingandan so‘ng ikki kun ichida gazni hisobga olish priborini o‘rnatib berishi lozim. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi gazni hisobga olish priborini o‘rnatishdan oldin uning tekshiruvdan o‘tkazilganligi haqidagi sertifikatning mavjudligi va plombalarining butligini tekshiradi.
Iste’molchi tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisiga gazni hisobga olish priborining tekshiruvdan o‘tkazilganligi haqidagi sertifikat nusxasini taqdim qilishi lozim.
28. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi mutaxassisi gazni hisobga olish priborini o‘rnatgandan so‘ng, iste’molchini gaz tarmog‘iga ulash shtutsyerlarini plombalaydi va ikki nusxada mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnomaning bir nusxasini iste’molchiga beradi.
29. Gazni hisobga olish pribori o‘rnatilgandan so‘ng, gazni hisobga olish pribori ro‘yxatga olinadi va foydalanilgan gaz gazni hisobga olish priborining ko‘rsatkichiga muvofiq hisoblanadi.
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
31. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organ yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
32. Mazkur Nizom “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘ztransgaz” AK va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 103 | 9,129 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-iyundagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish va rasmiylashtirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga saralash test sinovlarini o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2013-yil 16-iyuldagi 19/qq, 36/qq-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2480, 2013-yil 19-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 381-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Qabul komissiyasining tarkibiga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori, Davlat test markazi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi hamda xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari, tuman (shahar) hokimliklaridan bittadan vakil hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari kiritiladi.
Qabul komissiyasining tarkibi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tavsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori tomonidan tasdiqlanadi. Bunda qabul komissiyasining tarkibi saralash test sinovi o‘tkaziladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari belgilangandan so‘ng, uch ish kuni ichida tasdiqlanishi lozim.
Davlat test markazi vakili qabul komissiyasi raisi hisoblanadi. Qabul komissiyasi raisi sifatida belgilangan Davlat test markazi vakillari ro‘yxati saralash test sinovi o‘tkaziladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari belgilangandan so‘ng, ikki ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga taqdim etiladi.
Saralash test sinovi o‘tkaziladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori qabul komissiyasi mas’ul kotibi hisoblanadi.”.
2. 10-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“saralash test sinovi o‘tkazilishidan 10 kun oldin mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasi 1-shakli bo‘yicha abituriyentlardan tushgan arizalar haqida ma’lumotni, mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasi 2-shakli bo‘yicha fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar g‘oliblari ro‘yxatini qabul komissiyasi mas’ul kotibi tomonidan tasdiqlangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi va ushbu hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritishi qat’iyan man qilinadi;”.
3. 20 va 21-ilovalar tegishlicha mazkur o‘zgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
4. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 167 | 3,507 |
Qonunchilik | Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanishni ta’minlash, eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartibotlarini soddalashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalar quyidagilardan iboratligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
olib kirilgan tovarni uning dastlabki xossalari va individual ko‘rsatkichlarini o‘zgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi tovar xususiyatlarini saqlagan holda bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish;
olib kirilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovar tayyorlash, montaj qilish, yig‘ish yoki qismlarga ajratish, tovarni ta’mirlash, shu jumladan uni tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish;
qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarishga ko‘maklashuvchi yoki ularning ishlab chiqarilishini yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan, agar bu tovarlar qayta ishlash jarayonida to‘liq yoki qisman ishlatilsa, xomashyo sifatida foydalanish.
2. 2022-yil 1-maydan boshlab bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashning quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin:
a) tovarlarni qadoqlash, o‘rash (shu jumladan, qayta o‘rash), saralash, tozalash, boshqa tovarlarga moslashtirish va uskunalarni modernizatsiya qilish bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari hisoblanadi;
b) tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini majburiy tasdiqlash hamda sanitariya-epidemiologik xulosani taqdim etish talab etilmaydi;
v) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalari agar ushbu normalar belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo‘lsa, ularni qayta ishlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va (yoki) yuk operatsiyalaridagi yo‘qotishlarni hisobga olgan holda, qayta ishlovchi subyekt tomonidan tasdiqlanadi va bojxona organiga taqdim etiladi.
Taqdim etilgan chiqish normalari bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnomalarda qayd etiladi hamda uning haqqoniyligi uchun qayta ishlovchi subyekt javobgar hisoblanadi;
g) aynan bir xil turdagi tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha, kontraktlar sonidan qat’i nazar, 2 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bojxona organi tomonidan umumiy ruxsatnoma beriladi. Bunda, har bir qayta ishlash operatsiyasi (kontrakt) uchun chiqish normasi taqdim etiladi;
d) maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari va vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash tartibi qo‘llanilmaydi;
e) qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona boji undirilmaydi;
j) tovarlarni qayta ishlovchi vakolatli shaxslar har chorakda Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimi orqali bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga rioya qilinganligi to‘g‘risida hisobotlarni Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan shaklga muvofiq taqdim etadi.
3. Belgilansinki:
tovarlar eksporti uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalari, imtiyozlar, preferensiyalar va eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa choralar, shu jumladan temir yo‘lda tashish tariflari, subsidiyalar va kompensatsiyalar “reeksport” bojxona rejimida olib chiqiladigan qayta ishlash mahsulotlariga ham tatbiq etiladi;
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashning maqsadi tovarlarni ta’mirlash bo‘lsa, tovarni bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma talab etilmaydi;
tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi tomonidan keyinchalik boshqa shaxsga (agar ushbu shaxs mazkur ruxsatnoma bo‘yicha barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olsa) o‘tkazilishi mumkin;
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining arizasiga asosan bojxona organi tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnomalarda qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalariga, qayta ishlash manziliga, tomonlarning rekvizitlariga, qayta ishlash muddatiga qonunchilikka zid bo‘lmagan o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) kiritish huquqiga ega.
4. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibni muvofiqlashtirish, uning samarali tashkil etilishini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari orasida targ‘ib qilish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida bojxona organlarining umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida 8 ta shtat birligidan iborat Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish bo‘yicha boshqarma tashkil etilsin.
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalar hududlarida mavjud tayyor infratuzilmadan samarali foydalanib, bojxona hududida qayta ishlash bo‘yicha yangi loyihalarni ushbu zonalarga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Bunda, qayta ishlash orqali elektrotexnika va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini “Urgut”, tayyor kiyim-kechaklarni “Chust”, maishiy elektrotexnika mahsulotlarini “Navoiy” va “Qo‘qon”, farmatsevtika mahsulotlarini “Bo‘stonliq”, maishiy va sanoat kimyo mahsulotlarini “Angren” va “Chirchiq” erkin iqtisodiy zonalarida joylashtirish inobatga olinsin.
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda bojxona hududida qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatini shakllantirib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatni kengaytirishni;
b) ikki oy muddatda:
muayyan turdagi tovarlarni bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlashda amalga oshirilishi cheklangan ayrim operatsiyalarning ro‘yxati va muayyan turdagi tovarlarga nisbatan bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlashga yo‘l qo‘yilmaydigan holatlarni;
ayrim turdagi tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarining standart chiqish normalarini belgilashni nazarda tutuvchi qaror loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda xorijiy davlatlardan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi “Bojxona ma’muriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 429-son qaroriga muvofiq amaliyotga kiritilgan “olib kirish” hamda “olib chiqish” kabi tashqi savdo kontraktlarini ommalashtirishga qaratilgan, taqdimotlar, o‘qitishlarni tashkil etsin;
doimiy ravishda tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash, “bojxona ombori”, “erkin ombor”, “reeksport” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish tartib-taomillarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga amaliy ko‘maklashish choralarini ko‘rib borsin;
tovarlarni mazkur rejimlarga rasmiylashtirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, zarur hollarda, bojxona va boshqa tartib-taomillarni yanada soddalashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflarni kiritib borsin;
tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan qulayliklarni yetkazish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida, har olti oyda bir marta “tadbirkorlar haftaligi” loyihasini amalga oshirsin.
Belgilansinki, “reeksport” bojxona rejimida olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan tovarlar eksporti uchun qonunchilikda belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalari tatbiq etiladi.
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
bojxona hududida qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ular ko‘rsatadigan qayta ishlash xizmatlari;
respublikaning asosiy talabi import hisobidan qoplanayotgan tayyor mahsulotlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va materiallarning yangilab boriladigan ro‘yxatini Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirib borishni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini, shuningdek, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimining afzalliklarini ochib berish uchun nashrlar, eshittirishlar va tematik teledasturlar tashkil qilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
11. Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Davlat bojxona qo‘mitasi raisi A.Y. Mavlonov belgilansin.
Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5414-son Farmoni 4-bandining ikkinchi xatboshisi “bojxona rejimlariga” so‘zlaridan keyin “(bundan bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimi mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5587-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshisi “realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport” so‘zlaridan keyin “, shuningdek “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6091-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshisi “eksport qiluvchilarga, shu jumladan asosiy faoliyat turi savdo-vositachilik bo‘lgan eksport qiluvchilarga” so‘zlaridan keyin “hamda “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi “Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6306-son Farmonida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan yillik eksport hajmi (shu jumladan “reeksport” bojxona rejimida olib chiqilgan qayta ishlash mahsulotlari) hajmi 20 million AQSh dollaridan oshgan korxonalarga eksport (shu jumladan qayta ishlash mahsulotlari reeksporti) bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar 5 million AQSh dollarigacha miqdorda hamda bir yilgacha muddatga taqdim etilishi”;
b) 4-bandning uchinchi xatboshisi “Yevropa mamlakatlariga qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishda” so‘zlaridan keyin “hamda “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4337-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi “eksport qiluvchilarga” so‘zlaridan keyin “, shu jumladan “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshisi “Mahalliy eksport qiluvchi korxonalar” so‘zlaridan keyin “, shu jumladan qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4707-son qarori 1-bandining birinchi xatboshisi “mahsulotlarni eksport qilishda” so‘zlaridan keyin “, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini “reeksport” bojxona rejimida olib chiqishda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4949-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisi “mahalliy eksportchi” so‘zlaridan keyin “, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqadigan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5087-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Eksportni rag‘batlantirish agentligi eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda (shu jumladan korxonalar tomonidan qayta ishlash mahsulotlarini “reeksport” bojxona rejimida olib chiqilganda), ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etadi. Bunda, ushbu resurslar hisobidan kreditlar to‘lovlar kechiktirilgan muddatga va olib chiqilayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan ajratiladi”. | 122 | 14,202 |
Qonunchilik | URGANCh ShAHRIDA PRAVOSLAVIYE ChERKOVI QURISh TO‘G‘RISIDA | “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Urganch shahrida pravoslaviye cherkovi qurilishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Xorazm viloyati hokimligi pravoslaviye cherkovi qurilishi uchun Urganch shahri hududida yer maydoni ajratilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Urganch shahrida pravoslaviye cherkovi qurilishi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Urganch shahridagi pravoslaviye cherkovining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari N.M. Xanov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. | 57 | 964 |
Qonunchilik | Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan o‘tkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Aholi o‘rtasida onkologik kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlash, respublikada birlamchi tekshirishning ajralmas qismi sifatida nuklear (yadroviy) tibbiyotni rivojlantirish orqali onkologik kasalliklarga tashhis qo‘yish hamda ularni davolashning ilg‘or usullarini joriy qilish, onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarida va ixtisoslashtirilgan ravishda davolab bo‘lmaydigan, o‘tkazib yuborilgan shakllarida bemorlarga malakali tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan o‘tkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida nuklear tibbiyotni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Konsepsiyani amalga oshirish doirasida asosiy yo‘nalishlar va vazifalar etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasida nuklear tibbiyotni yo‘naltirilgan tarzda rivojlantirish — onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarga tashhis qo‘yish, ularni davolash va holatini nazorat qilishning yuqori texnologik ilg‘or usullarini, shu jumladan radiofarmpreparatlardan foydalangan holda radioterapiya, radioxirrurgiya hamda radiodiagnostikani amaliyotga joriy qilish;
birlamchi tekshirish bosqichida va kasallikning qaytalanish yoki metastazlanish xavflarini erta aniqlash, davolash samaradorligini baholash uchun monitoring jarayonida xavfli o‘sma paydo bo‘lgan bemorlarni tekshirish sifatini oshirish;
bemorlarga tashhis qo‘yish, ularni davolash va kuzatish usullarini takomillashtirish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning nogiron bo‘lib qolish va vafot etish ko‘rsatkichlarini pasaytirish orqali yangi paydo bo‘lgan xavfli o‘sma aniqlangan bemorlar hayotining davomiyligi hamda sifatini oshirishni ta’minlashga qaratilgan kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududiy filiallarining mavjud quvvatlari doirasida 20 tacha o‘ringa mo‘ljallangan palliativ tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limlarini tashkil qilish;
Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarni optimallashtirish davomida tugatiladigan tibbiyot muassasalari yoki bo‘linmalari negizida 50 tadan o‘ringa mo‘ljallangan to‘rtta hududlararo xospis tashkil etish;
Toshkent shahridagi hududlararo xospisni respublikadagi hududlararo xospislarga yordam ko‘rsatuvchi uslubiy markaz etib belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
a) hududlararo xospislar onkologik va yuqumli bo‘lmagan boshqa kasalliklarning o‘tkazib yuborilgan bosqichini boshidan kechirayotgan bemorlarni statsionar hamda ambulatoriya sharoitida, shuningdek, uyda tibbiy davolash imkoniyati bo‘lmaganda, ularga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatadigan mustaqil tibbiyot muassasalari sifatida tashkil etiladi;
b) palliativ tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limlarining o‘rinlar fondi tegishli hududdagi tibbiyot tashkilotlarining umumiy budjet o‘rinlar fondi doirasida shakllantiriladi;
v) hududlararo xospislar va palliativ tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan saqlanadi;
g) Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi:
muvofiqlashtirish-uslubiy ishlarni hamda onkologik kasalliklarning oldini olish va skrining tekshiruvlar o‘tkazish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlar haqida axborot bazasini shakllantirish, epidemiologik vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha samarali dasturlar ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
ilmiy xodimlarni tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, fundamental, eksperimental va klinik onkologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi.
5. Farg‘ona, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari ikki oy muddatda hududlararo xospislar tashkil etilishini, ularning binolari joriy ta’mirlanishini va zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlanishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
a) o‘sma paydo bo‘lishidan oldingi va o‘sma bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash maqsadida sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini muassasalarini ilg‘or tibbiyot uskunalari bilan qo‘shimcha jihozlash orqali ularda sut bezi va bachadon bo‘ynini skrining tekshirishlarni tashkil etish choralarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallarida hamda xususiy klinikalarda onkologik bemorlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha call-markazlar va bunday bemorlar bilan doimiy aloqani ta’minlash uchun veb-saytlar tashkil etsin, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, sayyohlik tashkilotlari va reklama agentliklari internet-resurslarida axborot joylashtirgan holda, aholini call-markazlar tomonidan mamlakatda va xorijda ko‘rsatiladigan xizmatlardan xabardor qilish choralarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda respublikada davlat-xususiy sheriklik asosida universitet klinikasini tashkil qilish masalasida tibbiyot markazlari hamda ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin va keyinchalik Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz hamda Farg‘ona shaharlarida onkologik klinikalar tashkil etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda nuklear tibbiyot sohasidagi yuqori texnologik ilg‘or usullardan foydalangan holda, onkologik kasalliklarga tashhis qo‘yish va ularni davolash standartlari qayta ko‘rib chiqilishini, ularning keyinchalik mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimidagi klinika amaliyoti va ta’lim jarayoniga joriy etilishini ta’minlasin;
b) ikki oy muddatda hududlararo xospislar to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va ularning tuzilmasini tasdiqlasin;
v) ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda hududlararo xospislar va palliativ yordam ko‘rsatish bo‘limlari xodimlarining namunaviy shtat normativlarini tasdiqlasin;
g) 2020-yil 1-fevralgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy tibbiyot ta’lim muassasalari va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining onkologiya kafedralari bazasida onkolog shifokorlarning malakasi oshirishni hamda magistrlar va klinik ordinatorlar uchun palliativ yordam ko‘rsatish o‘quv kurslarini tashkil qilsin;
d) 2020-yil 1-maygacha bo‘lgan muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xayriya mablag‘larini, jumladan, zamonaviy elektron to‘lov tizimlari yordamida qabul qilish uchun maxsus hisobraqam ochgan holda, saratonga qarshi ijtimoiy harakatni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun har yili zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsadlari va vazifalarini, shuningdek, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Konsepsiyaning amalga oshirilishini yoritish bo‘yicha maqolalar hamda mavzuga oid materiallar joylashtirilishini tashkil etsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Hozirgi vaqtda xavfli o‘sma bilan zararlanish oqibatida kasallanish dunyo miqyosida muttasil ko‘payib bormoqda. Har yili dunyoda xavfli o‘sma kasalliklari bilan kasallangan 13 million nafar bemor ro‘yxatga olinmoqda, 8 milliondan ortiq insonlar ushbu kasallikdan vafot etmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining prognozlariga ko‘ra, 2020-yilga borib xavfli o‘sma kasalliklari bilan kasallangan bemorlar soni 16 millionga yetadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda kasallik asosan erta bosqichlarda aniqlanishi va shu tufayli onkologik bemorlarning 5 yillik yashash ko‘rsatkichlari barqaror yuqori bo‘lishi kuzatilmoqda.
Onkologik kasalliklar bilan kurashni tashkil etishning o‘ziga xosligi kompleks yondashuvni, muammo ko‘lamini tushunishni va uni hal qilishga tayyorlikni talab qiladi. Buni faqat davlat darajasida — xavfli o‘smaga qarshi kurashish bo‘yicha umumilliy dasturlarni amalga oshirish doirasida xorijiy tajribani tatbiq etib, sog‘liqni saqlash tizimining davlat va xususiy tarkibiy qismini, ilmiy va jamoat tashkilotlarini jalb qilgan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining aniq maqsadga qaratilgan muvofiqlashtirilgan harakatlari orqali amalga oshirish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida 2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 96 575 nafar bemor dispanser nazratiga olingan bo‘lib, shundan 2018-yilda 23 296 nafar bemorga yangi paydo bo‘lgan xavfli o‘sma birinchi marta aniqlangan. Kasallanishning intensiv ko‘rsatkichi (100 ming aholiga nisbatan) respublikada 71,0 ni tashkil etdi.
2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra onkologik kasalliklar tarkibida — har 100 ming aholiga birinchi o‘rinda sut bezi saratoni 10,2 ta, ikkinchi o‘rinda oshqozon saratoni — 5,7 ta, uchinchi o‘rinda bachadon bo‘yni saratoni — 5,0 ta, to‘rtinchi o‘rinda o‘pka saratoni — 4,3 ta va beshinchi o‘rinda xavfli limfomalar turadi — 4,1 tani tashkil etadi. Alohida tashvishli holatlardan sut bezi va bachadon bo‘yni, ovqat hazm qilish a’zolari saratoni va gemablastozlar bilan kasallanish ortib borayotganidir. Onkologik kasalliklar tufayli o‘lim ko‘rsatkichi ortib borayotgani ham qayd etilmoqda.
Ayni vaqtda respublikada onkologik kasalliklardan o‘lim yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan (63,8 foiz) keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi va 9,6 foizni tashkil etadi. Har yili xavfli o‘smalardan qariyb 12 000 nafar bemor hayotdan ko‘z yummoqda, ularning 66,6 foizini mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar tashkil qiladi. 2018-yilda xavfli o‘smalar oqibatida intensiv o‘lim ko‘rsatkichi (100 ming aholiga) 41,1 tani tashkil etdi (2010-yilda — 34,5). Onkologik bemorlar o‘limining asosiy sabablari sifatida o‘pka, qizilo‘ngach, oshqozon, jigar, sut bezi va ayollar jinsiy a’zolari saratoni qayd etildi. 2018-yilda respublikada onkologik kasalliklar tufayli o‘lim holatlarining yillik ko‘rsatkichi 20,9 foizni tashkil qildi (2010-yilda — 19,6 %).
Respublikada Saratonni o‘rganish xalqaro agentligi tomonidan tavsiya etilgan davolash taktikasining barcha 5 ta yo‘nalishi joriy etilgan. O‘zbekistonda 2018-yilda 20 000 dan ortiq onkojarrohlik operatsiyalari, 100 000 dan ortiq kimyoterapiya kurlari va 16 000 nafar bemorda radioterapiyaga real ehtiyoj mavjud bo‘lgan holda atigi 6 000 taga yaqin nur terapiyasi o‘tkazildi.
So‘nggi 2 yil davomida O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish dasturi amalga oshirilishi natijasida kasallikning I-II bosqichlarida erta aniqlanishi biroz ko‘paygani kuzatilmoqda. 2018-yilda bemorlarni I-II bosqichlarda erta aniqlash 45 foizdan ortiqni tashkil etdi (2010-yilda — 42,1 foiz). Biroq hali ham kasallikning kech III-IV bosqichlaridagi bemorlar soni ko‘pchilikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2018-yilda 39,4 foizni tashkil etdi (2010-yilda — 43,4 foiz) va 5 yillik yashash ko‘rsatkichlarida aks etmoqda.
Ixtisoslashtirilgan onkologik yordam ko‘rsatish tizimi faoliyati natijalarining tahlili zudlik bilan hal etishni talab qiladigan qator muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Yuqori texnologik onkologik yordamga, xavfli o‘smalarga erta tashhis qo‘yishning zamonaviy usullarini tatbiq etishga, saratonga qarshi kurashishning ilmiy asoslangan innovatsion usullarini ishlab chiqishga talab yuqoriligicha qolmoqda. Masalan, onkologiya sohasida ba’zi yuqori texnologik davolash usullariga bo‘lgan ehtiyojning qondirilishi hozirgi kunda taxminan 30 foizni tashkil etadi, tegishli ixtisoslashgan uskunaning yoki tayyorgarlik ko‘rgan mutaxassislarning yo‘qligi sababli tashhis qo‘yish va davolashning eng ayrim murakkab usullari respublikada o‘tkazilmaydi.
Respublikada onkologik jarayonlarda tashhis qo‘yish va davolashning radiologik usullari hanuzgacha yetarli darajada keng qo‘llanilmaydi. Shuning uchun bemorlar yuqori texnologik uskunadan, shu jumladan radioterapiya, radioxirurgiya va radiodiagnostikadan foydalaniladigan yuqori malakali tibbiy yordam olish maqsadida xorijiy davlatlarga chiqishga majbur bo‘lmoqda.
Konsepsiyani amalga oshirishning dastlabki bosqichida asosiy maqsad onkologik bemorlarga ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik, radiologik yordam ko‘rsatuvchi O‘zbekiston nuklear tibbiyot va nur terapiya markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) barpo etish va faoliyatini tashkil etishdir.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari hisoblanadi:
radiofarmpreparatlar va radioterapiyaning zamonaviy usullarini qo‘llagan holda, onkologik bemorlarga tashhis qo‘yish va ularni davolashning zamonaviy ilmiy asoslangan yuqori texnologik usullarini joriy etish;
birlamchi o‘sma o‘chog‘ini, tananing turli qismida metastazlarni aniqlash, xavfli va boshqa patologik jarayonlarga differensial tashhis qo‘yish orqali xavfli o‘smalarga tashhis qo‘yish va ularni davolash samaradorligini oshirish hamda natijalarini yaxshilash;
onkologik bemorlarni davolash taktikasini maqbul ravishda aniqlab olish va kompleks kombinatsiyalangan terapiya natijalarini prognozlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bu 39 — 60 foiz holatda tashhisni va kasallik bosqichini qayta ko‘rib chiqish olib keladi;
erta aniqlashni ko‘paytirish, onkologik kasalliklaridan nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirish;
respublika fuqarolarining xorijiy klinika va markazlarga murojaatlari sonini kamaytirish, shuningdek, nuklear tibbiyot va radioterapiya bo‘yicha ixtisoslashgan tibbiy yordam olish uchun tibbiy turizm yo‘nalishi bo‘yicha norezidentlarni jalb etish.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etiladi. Markaz siklotron, zaryadlangan zarrachali tezlatgich, gamma-tig‘, zamonaviy pozitron-emission tomograf (keyingi o‘rinlarda PET deb ataladi), bir fotonli emission kompyuter tomograf (keyingi o‘rinlarda BFEKT deb ataladi), braxiterapiya, magnit rezonans tomografiya uskunalari (keyingi o‘rinlarda MRT deb ataladi), turli laboratoriyalar, statsionar davolash uchun radiofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan klinikaga ega bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Yuqori unum bilan ishlaydigan zamonaviy siklotronda Markaz va respublikaning boshqa tibbiyot muassasalari ehtiyojlarini qondirish uchun diagnostik va terapevtik radiofarmpreparatlar ishlab chiqariladi.
BFEKT va PET-diagnostikada qo‘llaniladigan barcha radiofarmpreparatlar ionlashtiruvchi nurlanishning ochiq manbalariga kiradi. Ulardan foydalanish shartlari sanitariya-gigiyena normalari va radiatsion xavfsizlik qoidalariga mos bo‘lishi lozim.
Radioterapevtik uskunalarda ionlashtiruvchi nurlanishning yopiq manbalari qo‘llaniladi, bu esa ulardan foydalanishda radiatsion xavfsizlik normalari va qoidalariga amal qilishni talab qiladi.
Radiofarmpreparatlar, radioterapevtik uskunalar ishlab chiqarish va ularni qo‘llash obyektini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash loyiha hujjatlari qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va ekspertizadan o‘tkaziladi.
Bemorlarni yuqori texnologik uskunada tekshirish va davolash uchun yuqori malakali kadrlarni — tibbiyot xodimlari va texnik xodimlarni tayyorlashni tashkil etish bu yo‘nalishdagi harakatlarning keyingi bosqichi va amalga oshiriladigan ishlarning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Bunda Markazda o‘rnatilgan yuqori texnologik uskunaga dastlabki ikki yil davomida kafolatlangan xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha aniq choralarni nazarda tutish lozim bo‘ladi.
Tayyorlangan mutaxassislar Markazda innovatsion texnologiyalarni mustaqil ishlab chiqish, yetakchi xalqaro muassasalar darajasida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Quyidagilar respublikada nuklear tibbiyotni amalda rivojlantirish, jumladan, Markazni tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish samaradorligining to‘g‘ridan to‘g‘ri indikatorlari hisoblanadi:
xavfli o‘smalarni erta bosqichlarda aniqlash salmog‘ini 50 foizga oshirish (2010-yilda — 42,3 foiz);
xavfli o‘sma bilan kasallangan bemorlarning 5 yil yashash ko‘rsatkichini 48 foizgacha oshirish (2014-yilda — 40,9 foiz).
O‘zbekiston Respublikasida nuklear tibbiyotni rivojlantirishga konseptual, davlat darajasida yondashish va Markazning ushbu Konsepsiyani amalga oshirish doirasida tashkil etilishi:
MDH hududida proton va nur terapiyasining zamonaviy uskunalari va ilg‘or texnologiyalariga ega bo‘lgan yagona ushbu Markazni tashkil etish hisobidan onkologik bemorlarni davolash sifatini sezilarli darajada oshirish;
onkologik kasalliklar oqibatida o‘lim ko‘rsatkichini 100 ming aholiga nisbatan 40,0 taga kamaytirish, onkologik bemorlarni erta aniqlash samaradorligini 50 foizgacha oshirish;
radionuklid tashhis qo‘yish va terapiyadan foydalanish tufayli masalan, qalqonsimon bez va prostata bezi saratonini davolash samaradorligini oshirish va 5 yillik yashash ko‘rsatkichini 80 foizgacha oshirish. Bundan tashqari, radionuklid terapiya suyaklar va ichki a’zolarda metastatik jarayonlarni boshidan o‘tkazayotgan bemorlarni samarali davolashga yordam berishi;
respublika fuqarolarining xorijiy klinika va markazlarga murojatlari sonini kamaytirish, shuningdek, nuklear tibbiyot va radioterapiya bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olish uchun tibbiy turizm yo‘nalishi bo‘yicha norezidentlarni jalb qilish maqsadida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. | 228 | 19,073 |
Qonunchilik | SPIRT VA ALKOGOLLI MAHSULOTLAR IShLAB ChIQARISh VA ULARNING AYLANIShI USTIDAN DAVLAT NAZORATINI MUSTAHKAMLASh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Aholi salomatligi va hayotini muhofaza qilish, bozorga tushayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, oziq-ovqat etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi sohasida davlat tomonidan nazoratni va tartibga solishni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjetlarga daromadlar tushishini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. Belgilab qo‘yilsinki:
oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga — xomashyo resurslari, spirt va alkogolli mahsulotni sarflash va saqlanishini ta’minlash, ularni hisobga olish va nazorat qilishning belgilangan tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi;
alkogolli mahsulotni aksiz markalarisiz ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima solinadi;
aksiz markalarisiz yoki soxta aksiz markalari bilan noqonuniy ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni sotuvchi yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima solinadi va ular alkogolli mahsulot bilan savdo qilish huquqidan mahrum etiladi.
Jarima sanksiyalari sud tartibida qo‘llanadi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etilgan qonunni buzish aybi tan olingan va jarima sanksiyalari summasi ixtiyoriy ravishda to‘langan hollarda esa soliq organlari tomonidan qo‘llanadi va ular davlat budjetiga tushadi.
Xo‘jalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 1999-yildan boshlab:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda barcha ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni hisobga olgan holda oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansini ishlab chiqsin;
oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi bajarilishining monitoringini ta’minlasin, bunda balans barcha ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bo‘yicha bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin;
tegishli litsenziyalarga ega bo‘lgan barcha korxonalar tomonidan oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish, spirtni va tayyor alkogolli mahsulotlarni sotish hajmlarini aks ettiruvchi statistika hisoboti shaklini joriy etsin.
8. Belgilansinki, ishlab chiqaruvchi korxonalarga alkogolli mahsulotlarni alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqi belgilangan tartibda beriladigan yuridik shaxslargagina sotishga ruxsat etiladi.
9. Alkogolli mahsulotlarga aksiz markalari har 2 yilda belgilangan tartibda yangilanadigan tartib o‘rnatilsin, bunda ularning sifati va muhofaza darajasini tubdan yaxshilash nazarda tutilsin.
10. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” va “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda qayta foydalanish yoki sanoat yo‘li bilan qayta ishlash uchun shisha idishlar, shu jumladan nostandart shisha idishlar qabul qilish punktlarini tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
11. “O‘zdavstandart” markazi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “Sharq” konserni bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni, alkogolli mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi va dizayni bo‘yicha ham ichki, ham tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlovchi etiketka va tiqinlar tayyorlash maqsadida, muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibini bir oy muddatda qayta ko‘rib chiqsin.
12. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda texnik spirtdan foydalanishga barham berish uchun unda organik lyuminoforlarni qo‘llash haqidagi taklifni 1999-yil 1-martgacha ishlab chiqsin va kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.M. Olimjonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 158 | 4,573 |
Qonunchilik | Karantin choralari kuchaytiriladi | Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha Respublika maхsus komissiyasi 1 iyuldan boshlab karantin cheklovlarini kuchaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Xususan:
Mazkur cheklovlarni buzgan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. | 33 | 234 |
Qonunchilik | MADANIYAT XODIMLARI UChUN MAXSUS KIYIM, MAXSUS POYABZAL VA YaKKA TARTIBDA HIMOYaLANIShNING BOShQA VOSITALARINI BEPUL BERIShNING NAMUNAVIY NORMALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Madaniyat xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Namunaviy normalar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilgan. | 167 | 984 |
Qonunchilik | TO‘LOV TERMINALLARI BILAN JIHOZLASh VA AHOLI BILAN PUL HISOB-KITOBLARINI AMALGA OShIRIShDA ULARNI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-maydagi 147-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 22-son, 258-modda) 2-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. To‘lov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-apreldagi PQ-1090-sonli “Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 181-modda), 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-sonli “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 309-modda) qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-maydagi 147-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 22-son, 258-modda), 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 94-modda) qarorlariga muvofiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini to‘lov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bank plastik kartochkasi — uning egasiga bank hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni, shu jumladan hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) amalga oshirish va undan naqd pul mablag‘larini olish imkonini beruvchi elektron to‘lov vositasi;
savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari — mulkchilik shakllaridan, sotuv hajmidan, inshootning o‘lchamidan va hokazolardan qat’i nazar, tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan (moslashtirilgan) joy yoki inshoot;
Savdo kartasi — bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminali, infokiosk (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish to‘lov-ma’lumot terminali) va bankomat orqali naqd yoki naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun ularga o‘rnatiladigan, amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi tranzaksiyalarni inkassatsiya qilingunga qadar jamlab boruvchi, shu bilan bir vaqtda stop-list ro‘yxatidagi so‘mli bank plastik kartochkalari ro‘yxatini o‘zida saqlovchi mikroprotsessorli plastik karta;
slip — bank plastik kartochkasidan foydalangan holda operatsiya o‘tkazilganligini tasdiqlovchi va o‘zida operatsiya summasi, turi, sanasi, shuningdek bank plastik kartochkasini hamda ushbu slipni shakllantirgan terminalni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborotlarni aks ettiruvchi terminal kvitansiyasi;
to‘lov terminali — tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlarni bank plastik kartochkasi orqali naqd pulsiz hisob-kitob qilish imkoniyatini beruvchi va bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha sliplarni shakllantiruvchi qurilma.
2. Aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi quyidagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida to‘lov terminali majburiy o‘rnatilishi lozim*:
aviatsiya va temir yo‘llar pattalarini sotish kassalari;
avtovokzal va avtostansiyalar kassalari;
avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari;
mehmonxonalar;
kredit tashkilotlari (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar), sug‘urta tashkilotlari va moliya bozorining boshqa subyektlari;
turg‘un savdo shoxobchalari, shu jumladan dorixonalar (egallab turgan maydoni o‘lchamidan qat’i nazar);
umumiy ovqatlanish obyektlari;
uy-joy kommunal, shuningdek telefon aloqa xizmatlari, shu jumladan uyali aloqa telefonlari xizmatlari uchun aholidan to‘lovlarni qabul qilish shoxobchalari;
avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;
aloqa bo‘limlari;
maishiy xizmat ko‘rsatish hamda madaniy-ommaviy va tomosha tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlar;
aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar.
3. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyekti rahbari o‘z savdo va xizmat ko‘rsatish obyektiga o‘rnatish uchun to‘lov terminallarini ajratish bo‘yicha yoki o‘zida mavjud bo‘lgan to‘lov terminallariga dasturiy ta’minotni o‘rnatish (bank plastik kartochkalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiruvchi tizimga ulanish) yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
4. Murojaatlar ushbu Nizomning 2-bandida keltirilgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari rahbarlari tomonidan tijorat banklarida talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan kundan boshlab yoki to‘lov terminali majburiy o‘rnatilishi lozim bo‘lgan holatlar vujudga kelgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida yuborilishi kerak.
5. Tijorat banklari to‘lov terminalini ajratish bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida to‘lov terminallarini ajratadi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining o‘zlarida mavjud bo‘lgan to‘lov terminaliga dasturiy ta’minotni o‘rnatish yuzasidan qilingan murojaatlar bir hafta muddat ichida ko‘rib chiqiladi va ularga tegishli dasturiy ta’minotlar o‘rnatiladi.
To‘lov terminallari bilan jihozlangan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tijorat banklari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etib boriladi.
6. Tijorat banklari savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlariga to‘lov terminallarini ijaraga berishi yoki ularni sotib olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit ajratishi yoxud ular bilan lizing shartnomasi tuzishi mumkin.
Aylanma mablag‘lar taqchilligiga duch kelayotgan chakana savdo va xizmatlar sohasi tashkilotlarining to‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallari sotib olishi uchun tijorat banklari o‘z mijozlarining so‘rovlari bo‘yicha imtiyozli kreditlar (Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizi stavkasi bo‘yicha) berish chora-tadbirlarini ko‘rishi lozim.
7. To‘lov terminallari o‘rnatilgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilishlari shart.
8. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining sotuvchi-xodimlari to‘lov terminallaridan foydalanish tartibini bilishi lozim. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyekti rahbari sotuvchi-xodimni to‘lov terminallaridan foydalanish tartibi bilan tanishtirishi shart.
9. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki to‘lov terminallaridan foydalanish yuzasidan ularga tushuntirish beradi hamda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari bilan to‘lov terminalidan foydalanish bo‘yicha shartnoma (bitim) tuzadi.
10. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari rahbarlari to‘lov terminallarining uzluksiz ishlashini hamda obyektlarda “O‘zkart” banklararo chakana to‘lov tizimi shartli belgisi bo‘lishini ta’minlashlari shart.
To‘lov terminali texnik yoki dasturiy nosoz holatga kelib qolganda, savdo va xizmat ko‘rsatish obyekti rahbari bu haqda bir kundan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga yozma yoki elektron shaklda xabar berishi shart.
Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari rahbarlari o‘n kun muddat ichida to‘lov terminallarini soz holatga keltirish choralarini ko‘rishlari lozim.
Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlaridan to‘lov terminallarini asossiz ravishda olib qo‘yishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
101. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyatini to‘xtatgan hollarda, bir ish kunidan kechiktirmasdan to‘lov terminallari va ularning savdo kartalarini bergan tijorat banklariga bank plastik kartochkalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiruvchi tizimdan o‘zlarini chiqarish uchun murojaat qilishlari shart.
Tijorat banklari bir ish kuni ichida to‘lov terminali savdo kartalaridagi mablag‘larning to‘liq inkassatsiyasini amalga oshirib, barcha mablag‘larni mijozning asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi hamda to‘lov terminallari va ularning savdo kartalarini bank plastik kartochkalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiruvchi tizimdan chiqaradi.
Faoliyatini to‘xtatgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari to‘lov terminallari va ularning savdo kartalarini ijaraga bergan tijorat bankiga qaytarishi shart.
Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tomonidan bank plastik kartochkalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiruvchi tizimga ulangan to‘lov terminallari va ularning savdo kartalarini boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga foydalanish uchun berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zlariga tegishli bo‘lgan (tizimga ulangan) to‘lov terminallari va ularning savdo kartalarini boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga foydalanish uchun bergan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
11. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining sotuvchi-xodimlari tomonidan to‘lov terminallaridan foydalanishni bilmaslik sababi bilan bank plastik kartochkalari orqali to‘lovlarni qabul qilmaslik holati savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari sotuvchi-xodimlari (mas’ul shaxslar) tomonidan to‘lov terminalining nosozligi bahona qilinib, bank plastik kartochkalari orqali to‘lovlar qabul qilinmasa, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
12. Bank plastik kartochkalari orqali to‘lovlar amalga oshirilganda tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari asossiz ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
13. Mazkur Nizomning 2-bandida keltirilgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tomonidan to‘lov terminallari bilan jihozlash hamda ulardan foydalanish talablariga rioya etilmaganligi nazorat-kassa mashinalarini o‘rnatish hamda foydalanish tartibi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishga tenglashtiriladi, shuningdek ular zimmasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik yuklanadi.
14. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida bank plastik kartochkalari orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallarining mavjudligi va ulardan majburiy ravishda foydalanish ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
15. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 154 | 11,505 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON “KAMOLOT” YoShLAR IJTIMOIY HARAKATI TOMONIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI SAFIDA MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN VA TO‘LOV-KONTRAKT ShAKLI BO‘YIChA O‘QIShGA QABUL QILINGAN TALABALARNI MODDIY QO‘LLAB-QUVVATLASh QOIDALARIGA O | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 43-44-sonlar, 328-modda) 2-bandi qoidalari tatbiq etiladigan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining 2006-yil 12-sentabrdagi 80 va 211-sonli qarori (2006-yil 14-sentabr, ro‘yxat raqami 1622) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Moddiy qo‘llab-quvvatlash 2006-2007 o‘quv yilidan boshlab “Kamolot” harakati tomonidan ushbu Qoidalarning 1-bandida ko‘rsatilgan talabalarga to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma miqdorining 35 foizini to‘lash shaklida ko‘rsatiladi. Bunda talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lagan taqdirda amalga oshiriladi.”.
2. 2-paragraf kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. 3-paragraf nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 6-bandda:
“15-sentabrdan” so‘zi “1-fevraldan” so‘zi bilan almashtirilsin;
“ikkinchi va keyingi bosqichlarning” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. 7-bandda:
“1-oktabrdan” so‘zi “20-fevraldan” so‘zi bilan almashtirilsin;
“ikkinchi va keyingi bosqichlarda o‘qishni davom ettirayotgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. 8-bandning birinchi xatboshida “10-oktabrdan” so‘zi “1-martdan” so‘zi bilan almashtirilsin.
7. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Agar talaba ushbu Qoidalarning 12-bandida bayon etilgan talablarni qo‘pol ravishda buzayotgan bo‘lsa, “Kamolot” harakati boshlang‘ich tashkilotining Kengashi ilgari qabul etilgan qarorni qayta ko‘rib chiqishi va kelajakda moddiy qo‘llab-quvvatlashni o‘qishning keyingi bosqichlarida to‘xtatish to‘g‘risida “Kamolot” YoIH MKga tavsiyanoma kiritishi mumkin.”.
8. 12-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) talabaning o‘tgan o‘quv semestridagi reyting nazorati yakunlari bo‘yicha o‘zlashtirishi ( 71 foizdan yuqori);”.
9. 13-bandning birinchi kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning ro‘yxati. Ro‘yxat rektor tomonidan imzolangan va oliy ta’lim muassasasining gerbli muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak;”.
10. 14-bandning birinchi xatboshida “20-oktabrdan” so‘zi “15-martdan” so‘zi bilan almashtirilsin.
11. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi bilan kelishilgan. | 250 | 3,463 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-369-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-369-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin. | 204 | 1,057 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tashi tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tashi tartibini takomillashtirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilgan fuqarolarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, pul badallarini to‘lagan, lekin harbiy yig‘inlarni o‘tamagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining vafoti munosabati bilan ularning yaqin qarindoshlarini, vorislarini yoxud vasiylarini ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
a) Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori asosida fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda pul badallarini to‘lashi va xizmat davrida bir marta bir oylik harbiy yig‘inlarda xizmatni o‘tashi safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilish sharti hisoblanadi;
b) 2015-yil 16-sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 267-son qarori qabul qilingan, unga muvofiq safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etgan taqdirda to‘langan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosxo‘riga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra 2015-yil sentyabr oyigacha bo‘lgan davrda 233,5 mln so‘m miqdorida pul badallarini to‘lagan, lekin vafoti munosabati bilan harbiy yig‘inlarni o‘tamagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining soni 244 nafarni tashkil etadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2015-yil 16-sentabrdagi 267-son qarori kuchga kirgungacha davrda pul badallarini to‘lagan, lekin vafoti (halok bo‘lishi) munosabati bilan harbiy yig‘inlarni o‘tamagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining yaqin qarindoshlari, merosxo‘rlari, vasiylari yoki homiylarining murojaatlari bo‘yicha to‘langan pul badallari Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda qaytarilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vafot etgan (halok bo‘lgan) safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining yaqin qarindoshlari, merosxo‘rlari, vasiylari yoki homiylariga ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq qaytarilgan pul badallari to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda axborot kiritsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 17-modda):
91-bandning uchinchi xatboshidagi “I yoki II guruh nogironligi” so‘zlari “I, II yoki III guruh nogironligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
92-bandning birinchi xatboshidagi “I yoki II guruh nogironi (layoqatsiz)” so‘zlari “I, II yoki III guruh nogironi (layoqatsiz)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 165 | 3,792 |
Qonunchilik | Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Andijon viloyatida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni, xususan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Ustoz-shogird” an’analari asosida hunarmandchilik bilan shug‘ullanishni targ‘ib etish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, pillachilik sohasida kasanachilikni kengaytirish orqali bandlikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
2019-yilda Andijon viloyatida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Andijon viloyatida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha yo‘nalishlar kesimidagi taqsimot va manzilli ro‘yxat tegishlicha 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Andijon viloyatida 2019-yil davomida bandlik dasturi asosida xotin-qizlar uchun yaratiladigan qo‘shimcha ish o‘rinlarining yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti 3-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Andijon viloyatida Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va tadbirkorlarning mablag‘lari hisobidan o‘z tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari va manzilli ro‘yxati tegishlicha 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 2019-yilda Andijon viloyatida arzon uy-joylar ajratilgan doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli bo‘lmagan, biroq kasanachilik bilan shug‘ullanish istagidagi xotin-qizlarni zamonaviy tikuv mashinalari bilan ta’minlash ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq;
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan Andijon viloyatida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va oilalarga ajratiladigan reabilitatsiya texnik vositalari taqsimoti 6-ilovaga muvofiq;
Andijon viloyatida 2019-yilda “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualarida kam ta’minlangan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon viloyatida hunarmandchilik va ipakchilik klastyerlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash hamda shu maqsadda mahallalarda hunarmandchilik va ipakchilikka ixtisoslashgan yengil konstruksiyali sexlarni tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlasin.
4. Andijon viloyati hokimligi:
yangidan tashkil etiladigan hunarmandchilik va ipakchilik klasteri tashkilotlarida klaster tizimini to‘liq o‘z ichiga olgan jarayonni tashkil etish, yangi tutzorlarni tashkil etish uchun paxtadan qisqartirilgan yerlardan 100 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin;
zamonaviy pilla yetishtirish inshootlarini qurish uchun tumandagi tashkilotlarning bo‘sh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan hamda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlardan belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari bilan birgalikda mazkur qarorning 2a-ilovasidagi loyihalarni amalga oshirilishining aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 7-ilovaga asosan 2019-yilda “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualariga ishga joylashtiriladigan xotin-qizlarni malaka toifasiga ko‘ra kasb-hunar kollejlarida kasbga o‘qitilishini tashkil etsin.
5. Andijon viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda 2a-ilovaga muvofiq viloyatda ishsiz xotin-qizlarning o‘z vaqtida bandligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur qarorning 6-ilovasiga muvofiq og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga va oilalarga ajratiladigan reabilitatsiya texnik vositalarini manzilli yetkazilishini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari ― O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.I. Basitxanova va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklatilsin. | 163 | 5,087 |
Qonunchilik | 2020/2021 o‘quv yili uchun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 20-iyuldagi PQ-3875-son va “O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 16-oktabrdagi PQ-4492-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialida respublikaning atom tarmog‘i uchun oliy ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — “O‘zatom” agentligi) atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida:
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialida (keyingi o‘rinlarda — Filial) 2020/2021 o‘quv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha qabul kvotasi 100 o‘rin miqdorida ilovaga muvofiq belgilansin;
Filialda bakalavrlar davlat granti asosida tayyorlanadi.
2. “O‘zatom” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yili uchun Filialga kirish sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlasin.
3. Kirish sinovlarini o‘tkazish joyi ijarasi uchun to‘lovlar “O‘zatom” agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin. | 183 | 2,314 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish bo‘yicha qoidalar”ga (O‘zR AQ-92) o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida | Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 30-yanvardagi 16-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773, 2008-yil 26-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 8-9-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish bo‘yicha qoidalar”ga (O‘zR AQ-92) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Qoidalarning nomidan “O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi kutilayotgan shart-sharoitlarda, shuningdek murakkab fazoviy holatlarga tushib qolishning oldini olish va bunday vaziyatlardan chiqib ketishda o‘z vaqtida va to‘g‘ri harakatlanish uchun ekipaj a’zolarida zarur bilim va tajribani shakllantirish va ularni oshirib borish orqali parvozlarning yuqori xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.”.
3. 89-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“89. ShEHMda o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari malaka toifasini berishda (oshirishda, tasdiqlashda), parvozlarga ruxsat berishda, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda, shuningdek O‘Mlarda (O‘MMlarda) o‘qitishda inobatga olinadi.”.
4. 100-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“100. HK komandirlari va ikkinchi uchuvchilarni safga kiritish aviakompaniyalarning UTTDlariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
5. 101, 122, 123 va 158-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
6. 117-bandning ikkinchi va uchinchi jumlalari chiqarib tashlansin.
7. 118-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“118. SMT (FFS)da mashqlar va tekshiruvlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi aviakompaniyalarning FA uchuvchilar tarkibini HK trenajyorlarida mashq qildirish va tekshirishni tashkil qilish bo‘yicha hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan talablar asosida amalga oshiriladi.”.
8. 121-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“G‘arbda ishlab chiqarilgan va Il-114-100 HKlarining shturman-instruktorlari trenajyor tekshiruvidan o‘tkazilmaydi.”.
9. 125-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
10. 153-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“153. Mavsumiy tayyorgarlik 2 — 4 toifadagi HK va barcha toifadagi vertolyotlarning uchuvchilar tarkibi uchun o‘tkaziladi.”.
11. 163-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“163. 2 — 4-toifadagi HK va barcha toifadagi vertolyotlarning uchuvchilar tarkibi ishtirokidagi uchish-texnik anjumanlar bir yilda ikki marta (kuz-qish davri va bahor-yoz davrlari uchun tayyorgarlikning oxirida) o‘tkaziladi.”.
12. 168-bandda:
birinchi jumla chiqarib tashlansin;
ikkinchi jumladagi “samolyotlar” degan so‘z “HK” degan qisqartma bilan almashtirilsin.
13. 233 va 234-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“233. Uchish va qo‘nish punkti orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha va aerodromlarga tanishtiruv parvozlari SAT-II-III hamda SAT-I minimumi bo‘yicha parvozlarga ruxsat berilgan komandir-uchuvchilar tarkibidagi shaxslar bilan o‘tkaziladi, MNPS samoviy hududi, Shimoliy Atlantika ustidagi samoviy hudud hamda aviakompaniyalar tomonidan belgilangan maxsus va tog‘li aerodromlar bundan mustasno.
Tanishtiruv parvozlari G‘arbda ishlab chiqarilgan HKda shturman-instruktor sifatida parvozlarga ruxsati bo‘lgan uchuvchilar otryadi katta shturmani va undan yuqori lavozimdagi shturmanlar tomonidan o‘tkaziladi.
234. Il-114-100 HK komandir-uchuvchilar tarkibidagi shaxslar bilan uchish hamda qo‘nish punktlari orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha va aerodromlarga tanishtiruv parvozlari mazkur turdagi HKda shturman-instruktor sifatida parvozlarga ruxsati bo‘lgan uchuvchilar otryadi katta shturmani va undan yuqori lavozimdagi shturmanlar tomonidan o‘tkaziladi.”.
14. 248-banddan “YaK-40, AN-24,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
15. 249-banddan “Yak-40, An-24,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
16. 257-banddan “B-767/757” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
17. 358-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“358. Xalqaro parvozlarni bajaruvchi uchuvchilar tarkibi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida sertifikatlangan O‘Mlarda (O‘MMlarda) uch yilda bir marta chet tili, xalqaro parvozlar qoidalari va maxsus intizom kurslari bo‘yicha malaka oshiradilar.”. | 206 | 4,636 |
Qonunchilik | 2019 yilda soliq solishdagi oʻzgartirishlarga oid seminar oʻtkaziladi | Mirobod tuman DSI 2019 yil 11 yanvar kuni soat 14.00 da 2019 yilda soliq solishdagi oʻzgartirishlar yuzasidan bepul seminar oʻtkazadi.
Tadbir davomida mamlakatimiz soliq solish tizimidagi 2019 yil 1 yanvardan kuchga kirgan oʻzgartirishlarga doir dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi.
Seminar 2019 yil 11 yanvar kuni soat 14.00 da boshlanadi.
Oʻtkaziladigan joy: Amir Temur shohkoʻchasi, 49-uy (Temiryoʻlchilar saroyi, aviakassa roʻparasida).
Ma’lumot olish uchun telefon: +99898 121-33-02. | 69 | 490 |
Qonunchilik | Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Toshkent shahrida barpo etilgan yangi mavzelarda aholi xavfsizligi va farovonligini ta’minlash, boshqaruvni samarali tashkil etish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, obodonlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, shahar tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 8-sentabrdagi 443-IV-son va Senatining 2020-yil 11-sentabrdagi SQ-135-IV-son “Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etilsin.
3. Quyidagilar:
Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligi, davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi bo‘linmalari hamda ularga qo‘shimcha kiritilayotgan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahri Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi uchun xarid qilinadigan maxsus texnika vositalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligi hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi bo‘linmalariga ma’muriy binolar qurish va ularni jihozlash rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Toshkent shahri Yangihayot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi PF-5515-son Farmonida belgilangan tartib, shu jumladan tuman hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni amal qiladi;
Toshkent shahri Yangihayot tumanida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining boshqaruv xodimlari vazirlik va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida kiritiladi.
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent shahri Yangihayot tumanini tashkil etish bilan bog‘liq zarur kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
6. Toshkent shahar hokimligi:
a) ikki oy muddatda:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Yangihayot tumanini 2021 — 2023-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahri Yangihayot tumanining mahalliy budjeti va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligini zarur bino va inshootlar bilan ta’minlash hamda moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash choralarini ko‘rsin;
b) Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligi hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi bo‘linmalariga yer maydonlari tanlanishi va ajratilishi hamda ma’muriy binolar qurilishini ta’minlasin;
v) Toshkent shahri Yangihayot tumanini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlasin;
g) Toshkent shahri Yangihayot tumanini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish uchun 2020 — 2023-yillarda Toshkent shahri mahalliy budjeti qo‘shimcha daromadlarining 5 foizi va Toshkent shahri tumanlari qo‘shimcha daromadlarining 5 foizi miqdoridagi ajratmalar o‘tkazilishini ta’minlasin.
7. Moliya vazirligi:
mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish hamda Toshkent shahri Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga maxsus texnika vositalarini xarid qilish uchun respublika budjeti daromadlari rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan 3 yil muddatga bir yillik imtiyozli davr bilan Toshkent shahar mahalliy budjetiga 35 mlrd so‘m foizsiz ssuda ajratsin;
qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgunga qadar mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimligi hamda tashkil etilayotgan davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi bo‘linmalarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish choralarini ko‘rsin;
2021-yildan boshlab Toshkent shahri Yangihayot tumanining xarajatlarini Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
8. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ikki oy muddatda Toshkent shahri Yangihayot tumaniga o‘tkazilgan ma’muriy hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining yuridik (pochta) manzilini ulardan ariza yoki ma’lumot talab etmagan holda, to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron tizim orqali bepul o‘zgartirsin.
9. Oliy sud, Bosh prokuratura, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar ikki oy muddatda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tuzilmalarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Belgilab qo‘yilsinki, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tuzilmalari tashkil etilguniga qadar ularning funksiyalari sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Toshkent shahri Sergeli tumanidagi tuzilmalari orqali amalga oshiriladi.
10. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ikki oy muddatda Toshkent viloyati va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy chegaralari o‘zgarganligi munosabati bilan yer hisobotlariga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritsin.
11. Toshkent shahar hokimligining Yangihayot tumani hokimligi binosini qurish uchun Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Sputnik-1 dahasi, Qipchoq ko‘chasidagi bo‘sh turgan yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
12. Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin. | 88 | 6,447 |
Qonunchilik | Harbiy pensionerlar kollej va litseylarga alohida tartib boʻyicha qabul qilinadi | Mudofaa vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining qarori (roʻyхat raqami 2874, 2017 yil 13 aprel) bilan Harbiy хizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Belgilanishicha, harbiy pensionerlarni ishga qabul qilish ularni yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoniga yanada kengroq jalb etish maqsadida amalga oshiriladi.
Harbiy akademik litseylarning boʻsh direktorlari, ularning oʻrinbosarlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish
Tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak aхloqiy sifatlarga ega boʻlgan harbiy pensionerlar harbiy akademik litseyda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Harbiy pensionerlar boʻsh direktor lavozimiga Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining direktorlarini tanlash va tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (2005 yil 28 fevraldagi F-2146-son Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan), boʻsh direktor oʻrinbosari, oʻqituvchi lavozimlariga esa Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyхat raqami 1461, 2005 yil 28 mart) belgilangan tartibda tanlab olinadi.
Boʻsh direktor lavozimiga tanlovda ishtirok etish хohishini bildirgan harbiy pensionerlar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 1 oy ichida hududiy oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:
Harbiy akademik litsey direktori Mudofaa vaziri bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi. Harbiy akademik litsey direktorining oʻquv, ma’naviy-ma’rifiy va ma’muriy-хoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda oʻqituvchilari esa Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan holda harbiy akademik litsey direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Harbiy pensionerlarni harbiy akademik litsey direktorining oʻrinbosarlari yoki oʻqituvchilari lavozimiga tayinlashda ular haqda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimining fikri olinadi.
Litsey va kollejlarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari lavozimlariga ishga qabul qilish
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari lavozimiga oliy ma’lumotli, kasbiy jihatdan yaхshi tayyorlangan hamda yuqori malakaga ega boʻlgan harbiy pensionerlar tayinlanadi.
Harbiy pensionerlar ushbu lavozimga Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 dekabrdagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan) belgilangan tartibda tanlab olinadi.
Ushbu lavozimga tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi bilan kelishilgan holda litsey yoki kollej direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Harbiy pensionerlar litsey va kollejlarning boʻsh ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktori oʻrinbosari hamda tarbiyachisi lavozimiga umumiy tartibda tayinlanadi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 17 aprelda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 80 | 3,501 |
Qonunchilik | “O‘ZDEUAVTO” AJ MAHSULOTINI EKSPORT QILIShNI RAG‘BATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Tashqi bozorlarda Vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotilishini ta’minlovchi yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 1997-yil 1-iyungacha bo‘lgan holatiga ko‘ra:
“O‘zDEUavto” AJning ishlab chiqarish hajmi soatiga 30 avtomobil ishlab chiqarish darajasiga etdi, bu loyihadagi quvvatga chiqish dasturiga mos keladi;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida “O‘zDEUavto” AJning 11 sho’ba va qo‘shma korxonasi tuzilgan va ular faoliyat ko‘rsatmoqda, avtomobillarni konsignatsiya shartlarida erkin muomaladagi valyutaga sotish sxemasi sinab ko‘rildi;
“O‘zDEUavto” AJ tomonidan “O‘zavtosanoat” uyushmasi va “DEU” korporatsiyasi bilan birgalikda tannarxni pasaytirish, narx bo‘yicha raqobatbardoshlikni ta’minlash, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning iste’mol xususiyatlarini yaxshilash yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2. Belgilansinki, qayta eksport tariqasida “O‘zDEUavto” AJ tomonidan o‘z sho’ba va qo‘shma korxonalari ustav jamg‘armasiga qo‘shish uchun, shuningdek xorijda avtomobillarga kafolatli va servis xizmati ko‘rsatish uchun olib chiqib ketilayotgan uskunalar, asboblar, ehtiyot qismlar, asosiy va yordamchi materiallar aksiz solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.
4. 1997-yil 20-iyundan boshlab:
“O‘zDEUavto” AJning rasmiy dileri maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olib chiqib ketiladigan Vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarga dvigatel hajmining 1 kub santimetriga 3 EKYu miqdoridagi stavka bo‘yicha aksiz solig‘i;
avtotransport vositalarini qayta sotishda avtomobil komission bahosining 10 foizi miqdorida solig‘ning cheklangan stavkasi belgilansin.
5. “O‘zbeksavdo” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “O‘zDEUavto” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarni jismoniy shaxslar o‘rtasida oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash qoidalarini ishlab chiqsin va joriy etsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 90 | 2,096 |
Qonunchilik | Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida | Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, atrof tabiiy muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini bashorat qilish, davlat ekologik nazoratini doimiy axborot bilan ta’minlash, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga ta’siri monitoringini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi va Fanlar akademiyasi 2021-yil 1-noyabrga qadar atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi bo‘yicha idoraviy elektron axborot ma’lumotlar bazasining Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
suv resurslari, atmosfera havosi va tuproqlarni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi;
atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari hamda yerlarning ifloslanishi monitoringi;
xavfli ekzogen geologik jarayonlar monitoringi;
ko‘llar ekotizimlari monitoringi;
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi;
atrof-muhitning transchegaraviy ifloslanish monitoringi;
atrof tabiiy muhit davlat monitoringining elektron ma’lumotlar bazasini yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish;
tahlil laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va o‘lchov-nazorat asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish;
ilmiy ishlar va innovatsion tadbirlarni amalga oshirish.
4. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirsin;
2021-yil 1-dekabrga qadar atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasini to‘liq shakllantirsin;
joriy yil yakuniga qadar atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limlarini 8 ta mobil laboratoriyalar, zamonaviy nazorat-o‘lchov asbob-uskunalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlasin;
atrof tabiiy muhit holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar umumlashtirilishi va chuqur tahlil qilinishini, shuningdek, har yili byulleten va har uch yilda Milliy ma’ruza nashr etilishini ta’minlasin;
Dasturda belgilangan tadbirlar bajarilishi haqida yarim yillik va yil yakunlari bo‘yicha umumlashtirilgan hisobotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ va Suv xo‘jaligi vazirligi:
ichimlik suv havzalaridagi suv sifatini o‘rganish, ularning ifloslanishining oldini olish, ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash hamda bartaraf etishni ta’minlasin;
aholi suvdan ommaviy foydalanadigan joylardagi suv obyektlarida suvning mikrobiologik va sanitariya-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzluksiz kuzatuvlarni o‘tkazib borsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi monitoringini yuritish, yerlarning unumdorligini baholash va tuproq xaritalarini tuzish choralarini ko‘rsin;
har yili yer resurslari holati to‘g‘risidagi Milliy hisobotni tayyorlasin va uning nashr etilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, yer osti sizot suvlari sifati va holatini nazorat qilish uchun sug‘oriladigan yerlarda kuzatuv tizimini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirsin;
geoaxborot texnologiyalarini joriy etgan holda, sizot suvlar sathi va sho‘rlanish darajasining meliorativ kadastrini ishlab chiqsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi davlat o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmon-ov xo‘jaligi hududlarida o‘simlik hamda hayvonot dunyosi monitoringi yuritilishi va uning natijalarini har chorakda Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritilib borilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi respublikadagi 22 ta shahar va boshqa aholi punktlarida joylashgan 61 ta turg‘un postlarda atmosfera havosining sifati bo‘yicha kunlik, mayda dispersli zarrachalar bo‘yicha oylik kuzatishlar olib borilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “2016 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 23-avgustdagi 273-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-son qarori)” 2016-yil 22-dekabrdagi 412-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori) 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 72-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga 1-ilovaning 31-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 400-son qaroriga ilovaning 23-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 111-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son Farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 54-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarorining 7-bandi va qarorga 2-ilovasi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoni)” 2019-yil 21-oktabrdagi 886-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlari)” 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga 1-ilova 20-bandi. | 93 | 11,154 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN AHOLIGA ISTE’MOL KREDITI BERIShNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, tijorat banklari tomonidan aholiga iste’mol krediti berish va qaytarish jarayonlarini tartibga soladi.
2. Iste’mol krediti –– bu aholining iste’mol talablarini qondirishga yordam beruvchi kreditdir va uy-ro‘zg‘or buyumlari:
radio-elektron va boshqa maishiy asbob-uskunalar, mebellar, interyer buyumlari, turar joyni ta’mirlash bilan bog‘liq tovarlarni xarid qilish uchun 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
3. Iste’mol krediti faqat balog‘at yoshiga yetgan va muomala layoqatiga ega, doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgan, shuningdek doimiy ish, o‘z faoliyatidan olinadigan daromadga ega bo‘lgan yoki qarilik nafaqasi oladigan fuqarolargagina beriladi.
Tijorat banklari tomonidan o‘zining xodimlariga iste’mol krediti berilishi taqiqlanadi.
4. Iste’mol krediti tijorat asosida qaytarilish, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va maqsadga muvofiq tarzda foydalanish tamoyillariga rioya qilingan tarzda shartnoma asosida beriladi.
Tijorat banklari o‘z kredit siyosatiga mos ravishda mazkur Nizom asosida va unga zid bo‘lmagan tarzda iste’mol krediti berishni tartibga soluvchi ichki qoidalarini ishlab chiqishga haqlidirlar.
5. Bank kreditni qimmatli qog‘ozlar yoki mijozga tegishli bo‘lgan mulk, shu jumladan, qimmatbaho buyumlarni garovga olgan holda beradi. Garovni baholash va rasmiylashtirish, shuningdek, notarial tasdiqlash va ro‘yxatga olish amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
Bank mijoz tomonidan taqdim qilingan, kredit qaytarilishini ta’minlashning quyidagi shakllarini ham ta’minot sifatida qabul qilishi mumkin:
qarz oluvchining depozitlari va qimmatli qog‘ozlari joylashgan boshqa bank kafolati;
qonunchilikda belgilangan tartibda sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchiga kelgusida to‘lanadigan sug‘urta summalari hisobiga kafolati;
boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsning kafilligi. Bu holda bank tomonidan lozim bo‘lgan taqdirda berilgan ssudani qaytara olish layoqatini aniqlash uchun kafillik beruvchining moliyaviy imkoniyatlari o‘rganib chiqiladi.
6. Qarz oluvchi tomonidan kredit olish uchun bankka quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart bo‘lgan kredit buyurtmasi (1-ilova) topshiriladi:
mijozning familiyasi, ismi, otasining ismi;
yashash joyi manzili;
so‘ralayotgan kreditning maqsadi va muddati;
mijoz to‘g‘risida ma’lumot (faoliyat turi, daromadlar va shu kabilar);
mo‘ljallanayotgan xarid to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
kredit qaytarilishining ta’minoti.
Buyurtma mijoz tomonidan imzolanishi va sanasi qo‘yilgan bo‘lishi shart.
7. Buyurtmani ko‘rib chiqish paytida quyidagilar tahlil qilinishi shart:
kredit so‘ralayotgan maqsadning qonuniyligi;
kredit so‘rovchi ish bilan bandligining va yashash joyining muntazamligi;
ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi, ya’ni kredit buyurtmasida ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlar va boshqa axborot manbalaridan olingan ma’lumotlarning o‘zaro mos kelishi;
kredit qaytarilish istiqbolining ishonchliligi.
8. Bank, beriladigan kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlarning o‘z vaqtida va to‘la qaytarilishiga ishonch hosil qilishi kerak. Qarz oluvchi daromadlari va aktivlari (qimmatli qog‘ozlar yoki jamg‘arma depozitlar) hajmi, shuningdek, qarz oluvchining kredit qaytarilishini ta’minoti sifatida taqdim etgan kafolat yoki kafillik summalari kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarining qaytarilishi uchun yetarli bo‘lishi kerak.
9. Buyurtmachi ushbu bankda ssuda hisobvarag‘ini birinchi marta ochayotgan bo‘lsa, bank mijozning kredit tarixini o‘rganib chiqishi shart.
10. Kredit buyurtmasi asosida bank tomonidan buyurtmachining to‘lovga layoqatliligi o‘rganib chiqiladi. Ushbu maqsadda buyurtmachi tomonidan bankka o‘z daromadlari to‘g‘risidagi ish joyidan yoki ijtimoiy ta’minot organidan olingan ma’lumotnomani topshirishi kerak. Bank tomonidan ularning miqdori va muntazamligi tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, buyurtmachi tomonidan bankka ushbu joyda muqim yashash muddati va oila a’zolarining soni, oila a’zolarining daromadi ko‘rsatilgan yashash joyidagi idora (mahalla qo‘mitasi, turar-joyni ekspluatatsiya qilish idorasi va hokazo)dan berilgan ma’lumotnoma topshiriladi.
Ushbu ma’lumotlar asosida bank tomonidan qarz oluvchi oilasining jon boshiga hisoblangan daromadi hisobga olingan holda kreditni qaytarilish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Buyurtmachi tomonidan uning qimmatli qog‘ozlar shaklidagi aktivlari hisobga olingan hollarda qimmatli qog‘ozlarni ularni ro‘yxatga olish yoki saqlash uchun qabul qilgan organ tomonidan tasdiqlangan ro‘yxati taqdim etiladi. Bank mijoz tasarrufidagi qimmatli qog‘ozlar likvidligi va ishonchliligini tahlil qiladi va ularning ushbu ssudaning ta’minoti sifatida qabul qilinishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Bank tomonidan berilayotgan kreditning ta’minoti sifatida qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho buyumlar va boshqa mulk 94501 –– “Garov ta’minoti sifatidagi qimmatli qog‘ozlar” va 94502 –– “Garov ta’minoti sifatidagi mulk va mulkiy huquqlar (talablar)” ko‘zda tutilmagan holatlar hisob raqamlariga kirim qilinadi.
11. Mazkur qoidalarda ko‘zda tutilgan hujjatlarning barchasi taqdim etilgandan keyin bank ularni 3 ish kunida ko‘rib chiqishi shart. Ba’zi hollarda taqdim etilgan ma’lumotlarni qo‘shimcha tekshirish zarurati vujudga kelgan taqdirda bank tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish muddatini 1 oygacha uzaytirishi mumkin.
Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib kredit bermaslikka qaror qilingan taqdirda, bank kredit so‘rab murojaat etgan buyurtmachiga bu haqda asoslangan rad javobini yozma ravishda berishi shart.
Mijozning to‘lovga layoqatliligi ijobiy baholangan holda 3 ish kunidan kechiktirmasdan bank va mijoz o‘rtasida ikki nusxada mazkur Nizomning 2-ilovasida berilgan shaklda kredit shartnomasi tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi qarz oluvchiga beriladi, ikkinchisi bankda qoladi. Shartnomaning har bir nusxasi teng yuridik kuchga ega bo‘ladi.
12. Kredit shartnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
mijozning ismi-sharifi, otasining ismi va bankning to‘liq nomi, ularning pochta manzillari;
kredit berilishi maqsadi;
kredit summasi, qaytarilish muddati va tartibi;
qaytarilish manbaalari va ta’minot shakllari (garov, kafolat, kafillik va amaldagi qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa turlari);
kredit uchun foizlar, hisoblash va to‘lash tartibi;
o‘zaro majburiyatlar va tomonlarning shartnoma shartlariga rioya qilishdagi javobgarligi;
shartnoma shartlari bajarilmagan hollarda qo‘llaniladigan ta’sir choralari;
kreditdan maqsadli foydalanishni nazorat qilish usullari va maqsadga xilof ishlatilganligi aniqlangan hollarda qo‘llaniladigan jazo choralari;
Shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
Qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa shartlar;
tomonlar imzosi va bank muhri.
13. Kredit shartnomasi imzolanib qarz oluvchiga shaxsiy ssuda hisobvarag‘i ochilgandan keyin mazkur hisobvarag‘i orqali o‘tayotgan mablag‘larni tezkor nazoratini ta’minlash maqsadida “Qarzdorning kredit kartochkasi” ochiladi (3-ilova).
14. Kreditdan foydalanganlik uchun mijoz bankka haq to‘laydi. Kreditdan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori –– foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilanadi.
15. Kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank qarz oluvchining qilgan xaridi uchun 3 ish kunida to‘lovni amalga oshirishi shart.
Iste’mol kreditini berish qarzdorning shaxsiy ssuda hisobvarag‘idan uning topshirig‘iga ko‘ra schyotlar, mol yuk xatlari va boshqa hujjatlar asosida sotuvchining bank hisobvarag‘iga naqd pulsiz o‘tkazish asosida amalga oshiriladi.
Bank tomonidan iste’mol krediti hisob-kitob cheklari orqali ham berilishi mumkin.
Iste’mol kreditini naqd pul bilan berish taqiqlanadi.
16. Qarz oluvchi jismoniy shaxsga iste’mol kreditini berish Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 18-noyabrda 539-raqam bilan Davlat ro‘yxatiga olingan Markaziy bankning 1998-yil 22-avgustdagi 1-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan tartibda unga shaxsiy ssuda hisobvarag‘i ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
17. Foizlar ssuda hisobvarag‘ining amaldagi (kamayib boruvchi) qoldig‘iga ko‘ra shartnomada kelishilgan stavka bilan hisoblanadi.
18. Bank tomonidan kredit shartnomasida belgilangan shartlardan kelib chiqqan holda qarzdor tomonidan kreditni va unga hisoblangan foizlarni qaytarishning jadvali tuziladi va u kredit shartnomasining tarkibiy qismi sifatida unga ilova qilinadi.
19. Qarzdor tomonidan olingan kredit muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda u ayni paytda kreditdan foydalanganlik muddati uchun hisoblangan foizlarni ham qo‘shib to‘lashi kerak.
20. Banklar berilgan kreditdan maqsadli tarzda foydalanilishni nazorat qilishlari kerak.
Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish bank tomonidan qarz oluvchining savdo tashkilotlarining muhri, sotilish muddati qo‘yilgan tovar schyotlarini taqdim etish va joyiga chiqib tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Mijoz tomonidan kredit boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan holda bank garovga olingan mulk yoki kredit qaytarilishi ta’minotining boshqa shakllariga o‘z huquqini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish yo‘li bilan berilgan kreditning tegishli qismini muddatdan oldin qaytarib olish huquqiga ega.
21. Iste’mol kreditining qaytarish manbai qarzdorning daromadi hisoblanadi. Kredit bo‘yicha qarz va unga hisoblangan foizlar kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan shartlarga binoan bank kassasiga birdaniga to‘laligicha, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qarzdorning oylik maoshidan ssuda hisobvarag‘iga har oyda to‘lovlar o‘tkazish orqali amalga oshirilishi mumkin.
22. Agar mijoz o‘z faoliyati turiga ko‘ra barqaror daromadga ega bo‘lsa kreditni qaytarish odatda har oyda muntazam ravishda teng miqdordagi mablag‘larni ssuda hisobvarag‘iga o‘tkazish turish orqali amalga oshiriladi. Har bir to‘lov asosiy qarz va foizlarning qoplanishidan iborat bo‘lib, asosiy qarzni qoplash qismi ssuda hisobvarag‘ining o‘ziga va foizlarni to‘lovi esa bank daromadiga yo‘naltiradi. | 113 | 10,274 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “BIRJALAR VA BIRJA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA” QONUNINI AMALGA OShIRISh XAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida” Qonunini amalga oshirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida 1992-yil 2-iyuldagi 626-XI-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Birja tovari bo‘lishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklar, milliy-madaniy va tarixiy boyliklar turlarining ilova qilinayotgan ro‘yxati tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
1992-yil 1-noyabrgacha ta’sis hujjatlari “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq kelmaydigan yoki uning qoidalarini buzadigan birjalarga nisbatan ularning faoliyatini to‘xtatishga yoki ularni tugatishga qadar tegishli ta’sir choralarini ko‘rsin;
ikki hafta muddat ichida, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim qilish uchun, Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarini ko‘rsatilgan qonun bilan muvofiqlashtirish to‘g‘risida takliflarni taqdim etsin;
birjalarni davlat ro‘yxatiga olish chog‘ida olinadigan belgilangan pul miqdori to‘g‘risida taklif kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi birjalarning ustav fondlarini indeksatsiyalashni amalga oshirsin, bunda pul mablag‘lari indeksatsiyalanmasligini, asosiy fondlar esa Vazirlar Mahkamasining “Asosiy fondlar qiymatini amaldagi narxlar bo‘yicha qayta hisoblab chiqish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 18-iyundagi 293-son qarori talablariga muvofiq qayta baholanishini hisobga olsin.
1. Yer, yer osti boyliklari, suv va boshqa tabiiy resurslar.
2. Qimmatbaho va nodir yer metallari va ulardan bo‘lgan buyumlar.
3. Qimmatbaho toshlar va ulardan bo‘lgan yoki ular ishlatigan buyumlar.
4. Strategik materiallar va raketa yoqilg‘isining maxsus turlari.
5. Qurol-yarog‘lar, ularning o‘q-dorilari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va ularning asboblari, agar ular boshqa tarmoqlarda ishlatilmaydigan bo‘lsa, portlovchi moddalar, portlatish vositalari, porox, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalar harbiylashtirilgan tashkilotlarning shaxsiy tarkibi uchun maxsus qurol yarog‘ hamda ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish uchun me’yoriy-texnik hujjatlar.
6. Raketa-kosmik komplekslar, harbiy maqsadlardagi aloqa va boshqaruv tizimlari hamda ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish uchun me’yoriy-texnik hujjatlar.
7. Jangovar zaharlovchi moddalar, ulardan himoyalanish vositalari hamda ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish uchun me’yoriy-texnik hujjatlar.
8. Uran, boshqa bo‘linuvchi materiallar va ulardan bo‘lgan buyumlar.
9. Rentgen asbob-uskunalari, radioaktiv moddalar va izotoplardan foydalanib tayyorlangan asboblar va qurilmalar.
10. Shifrlash texnikasi hamda uni ishlab chiqarish va undan foydalanish uchun me’yoriy-texnik hujjatlar.
11. Radioaktiv materiallarning chiqindilari.
12. Portlovchi moddalarning chiqindilari.
13. Tarkibida qimmatbaho va nodir yer metallari hamda qimmatbaho toshlar bo‘lgan chiqindilar.
14. Fuqaroviy va xizmat quroli turlari va uning o‘q-dorilari.
15. Zaharlar, narkotik moddalar va farmakologik preparatlar.
16. Davlat muzeylari va suratlar galereyalaridagi barcha davrlarga tegishli san’atning barcha turlaridagi badiiy asarlar.
17. Davlat kutubxonalari va arxivlaridagi qo‘lyozmalar, hujjatlar, matbaa mahsulotlari, kino va fotomateriallar.
18. Tarixiy, ilmiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan asarlar va buyumlar.
19. Barcha mamlakatlar va xalqlarning 1945-yilgacha bo‘lgan me’morchilik fragmentlari, haykallar, rasmlar, grafika*.
20. Devoriy surat va barcha turlardagi koshinkor buyumlar, shuningdek, ularning fragmentlari.
21. 1945-yilgacha yog‘ochga, metallga, suyakka, qog‘ozga va boshqa materiallarga ishlangan miniatyura*.
22. Arxeologik materiallar va ularning fragmentlari.
23. Ikonalar va diniy marosim buyumlari.
24. Barcha davrlarga mansub oltindan, platinadan, tabiiy qimmatbaho toshlarda kumushdan tayyorlangan nodir buyumlar.
25. Fil va morj suyaklaridan tayyorlangan nodir buyumlar.
26. 1960-yilgacha qimmatbaho va noqimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar va tangalarning kolleksiyalari, qog‘oz pullar*.
27. Mamlakat va chet el ordenlari va ko‘krakka taqiladigan nishonlar.
28. 1945-yilgacha ishlab chiqarilgan badiiy ro‘zg‘or va ilmiy asboblar va anjomlar (soatlar, barometrlar, tarozilar, durbinlar va boshqalar).
29. 1945-yilgacha ishlab chiqarilgan chinni, fayans, keramika, sirlangan shisha, billur, biser, tosh, shox, teri, bronza, mis, emal va boshqa materiallardan bo‘lgan badiiy buyumlar*.
30. 1945-yilgacha ishlab chiqarilgan badiiy kiyim-kechak va poyafzal, shu jumladan xalq kiyim-kechaklari va poyabzallar, yetakchi korxonalarda ishlab chiqarilgan ro‘mollar va sholro‘mollar, gazlamalardan bo‘lgan noyob buyumlar*.
31. 1945-yilgacha tayyorlangan badiiy mebel*.
32. 1945-yilgacha tayyorlangan qo‘lda ishlangan shpalyerlar gobelenlar, gilamlar va gilamdo‘zlik buyumlari, qo‘lda to‘qilgan matolar, qo‘lda tikilgan badiiy kashtalar*.
33. 1945-yilgacha tayyorlangan xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari*.
34. 1945-yilgacha tayyorlangan musiqa asboblari*.
35. 1960-yilgacha chiqarilgan gramplastinkalar*.
36. Nodir pochta markalari va bloklari.
37. 1945-yilgacha mavjud bo‘lgan qo‘lyozma va hujjatlar, matbaa mahsulotlar kino va fotomateriallar*.
38. 1960-yilgacha tayyorlangan yog‘ochda, ganchda o‘ymakorlik texnikasida bajarilgan badiiy buyumlar*.
39. 1960-yilgacha tayyorlangan zardo‘zlik buyumlari*. | 102 | 5,605 |
Qonunchilik | “Odil sudlov saroyi” kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Odil sudlovning ochiqlik, shaffoflik va ommaboplik prinsiplarini amalga oshirishni ta’minlash, hokimiyatning mustaqil tarmog‘i sifatida sudning nufuzini yanada oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, shuningdek, sudlar faoliyatida axborot-kommuniksiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va keng jamoatchilikning “Odil sudlov saroyi” kompleksini (keyingi o‘rinlarda — kompleks) qurish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin va unda quyidagilar joylashtirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va O‘zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi;
tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi binolari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda kompleks joylashtiriladigan manzilni aniqlasin va uning qurilishi uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasining belgilangan tartibda taqdim etilishini ta’minlasin.
3. Kompleksni qurish bo‘yicha:
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi;
“Tashgiprogor AJ” — bosh loyiha tashkiloti;
“12-Trest MChJ” — bosh pudratchi tashkilot etib belgilansin.
4. Kompleks qurilishida:
markazlashtirilgan kapital mablag‘lar — loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va kompleksni jihozlash;
tegishli foydalanuvchi tashkilotlar mablag‘lari — tashqi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari qurilishi;
Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari — tutash hududlarni obodonlashtirish sohalarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturining kapital mablag‘lari limitini qayta taqsimlash orqali, asoslangan hisob-kitoblar asosida joriy yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning belgilangan tartibda ajratilishini nazarda tutsin;
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda kompleksni qurish va jihozlash uchun kapital mablag‘larning tegishli limitlarini nazarda tutsin.
6. Toshkent shahar hokimligi buyurtmachi va bosh loyiha tashkiloti bilan birgalikda optimal texnik va arxitektura yechimlarini qo‘llab, joylashadigan tashkilotlarni oqilona joylashtirish, shu jumladan kutish joylari, ochiq sud majlislarini kuzatish uchun maxsus zal, avtoturargohlar, qamoqqa olingan shaxslarni xavfsiz saqlab turish uchun xonalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tinglovchilari yashashi uchun mehmonxonani nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan texnik topshiriq asosida kompleksni qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini sifatli ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
7. Kompleksni qurish doirasida istisno tariqasida:
mahalliy, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan import qilinadigan qurilish materiallari, uskunalar, mebel, inventar, kompyuter va server texnikasi, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va moddiy-texnik resurslarni ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlash asosida, tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, import qilinadigan tovarlarni ortishdan oldin majburiy nazoratdan o‘tkazgan holda sotib olishni amalga oshirishga;
import qilib olib kiriladigan qurilish materiallari, uskunalar, mebel, inventar, kompyuter va server texnikasi, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va moddiy-texnik resurslarni foydalanilguniga qadar bojxona rejimi ostida bosh pudratchi tashkilot omborxonalarida joylashtirishga ruxsat berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy sudi bilan birgalikda kompleksda fuqarolarning respublika bo‘yicha ochiq sud majlislarida erkin qatnashishi va real vaqt rejimida kuzatishini ta’minlash uchun zamonaviy jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan maxsus zal tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud bilan birgalikda bir oy muddatda kompleks hududida o‘rnatish uchun buyuk davlat arbobi Amir Temur haykalini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qilsin va belgilangan tartibda o‘tkazsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra buyuk davlat arbobi Amir Temur haykalini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlovni tashkil etish, shuningdek, uni kompleks hududida o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘ ajratsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli tijorat banki bilan birgalikda kompleksni qurish va jihozlash uchun import qilinadigan qurilish materiallari, uskunalar, mebel, inventar, kompyuter va server texnikasi, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va moddiy-texnik resurslarni sotib olishga mablag‘larning konvertatsiyasini belgilangan tartibda ta’minlashi tavsiya etilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, bosh pudratchi tashkilot va uning subpudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha kompleksni qurish va jihozlash doirasida olib kiriladigan qurilish materiallari, uskunalar, mebel, inventar, kompyuter va server texnikasi, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va moddiy-texnik resurslar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zqurilishmateriallari” AJ va “O‘zmetkombinat” AJ bosh loyiha tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra kompleksni qurish doirasida bosh pudratchi tashkilotga sement va metall prokatini tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha ajratilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi kompleks loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi va qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘tkazilishini ta’minlasin.
15. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin. | 75 | 6,783 |
Qonunchilik | OAVni roʻyхatdan oʻtkazish bekor qilinib, хabardor etish tartibi orqali ular faoliyatini boshlash yoʻlga qoʻyiladi | QHTBT portalida “Ommaviy aхborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri) muhokama uchun joylashtirilgan.
Qonun loyihasi Prezidentning 2019 yil 2 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-4151-son va 2019 yil 13 dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4551-son qarorlariga muvofiq Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi yettita bob, 50 ta moddadan iborat boʻlib, hujjatning amaldagi matniga qator oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadi.
Jumladan, yangi loyihaga quyidagilarni tartibga soluvchi quyidagi normalar kiritilgan:
Shuningdek, loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Bahodir Qayumov. | 114 | 1,057 |
Qonunchilik | Hayvonlar uchun karantin rejimi belgilandi | Toshkent shahri hokimining 2015 yil 25 avgustdagi 765-son Qarori bilan Toshkent shahrida hayvonlarni karantinga qoʻyish qoidalari tasdiqlandi.
Belgilanishicha, it, mushuk va boshqa hayvonlar odamlarni tishlab, tirnab va boshqa jarohatlar yetkazganda yoki soʻlagi odam terisining ochiq qismiga tekkanda, ular quturish kasalligiga gumon qilinib, 10 kunga hududiy veterinariya boʻlimining izolyatoriga karantinga qoʻyiladi.
Koʻrsatilgan hollarda jabrlanuvchi zudlik bilan hududdagi tez yordam jarohat boʻlimiga murojaat qilishi lozim, tez yordam jarohat boʻlimi birinchi tibbiy yordamni koʻrsatadi va shu kunning oʻzida sodir boʻlgan voqea haqida hududiy Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga хabar beradi.
Oʻz navbatida, hududiy Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi voqea sodir boʻlgan joy, sana va vaqti, hayvonning belgilarini koʻrsatgan holda bu haqda zudlik bilan Toshkent shahar Davlat veterinariya boshqarmasining hududiy veterinariya boʻlimiga хabar beradi.
Shunday soʻng hududiy veterinariya boʻlimining mas’ul shaхslari hayvon egasi (yoki jabrlanuvchi, agar hayvon egasi noma’lum boʻlsa) va Obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimi хodimlari bilan hamkorlikda hayvonni hududiy veterinariya boʻlimining izolyatoriga olish kelish choralarini koʻradi. Bunda tibbiy muassasaga taqdim etish uchun tegishli ma’lumotnoma (Qoidalarda belgilangan shakl boʻyicha) tuziladi va hayvon egasi orqali jabrlanuvchiga beriladi (yoki bevosita jabrlanuvchiga beriladi, agar hayvon egasi noma’lum boʻlsa).
Izolyatorda hayvon 10 kun davomida klinik koʻrikdan oʻtkaziladi. Ushbu davrda hayvon egasi uni oʻz vaqtida parvarish qilishi lozim. Agar jarohatlar oʻz vaqtida emlangan hayvon tomonidan yetkazilgan boʻlsa, u holda u veterinariya boʻlimi inspektorining ruхsati bilan uy sharoitida saqlanishi mumkin, bunda hayvon egasi va veterinariya boʻlimi oʻrtasida shartnoma tuziladi.
10 kun tugagandan soʻng, agar hayvonda quturish kasalligi aniqlanmasa, bu haqda tegishli ma’lumotnoma (Qoidalarda belgilangan shakl boʻyicha) tuziladi va jabrlanuvchiga bevosita yoki hayvon egasi orqali beriladi. Shu kunning oʻzidayoq hayvon karantindan chiqariladi.
Hayvonda quturish kasalligi aniqlanganda veterinariya laboratoriyasining хulosasi hududiy Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi va Toshkent shahar Davlat veterinariya boshqarmasiga yuboriladi.
Hayvonlarning quturish kassalligi tuman miqyosida aniqlangan taqdirda veterinariya laboratoriyasining хulosasi asosida veterinariya boʻlimi inspektorining taqdimnomasiga koʻra 60 kunlik karantin e’lon qilish haqida tuman hokimining qarori qabul qilinadi (tegishli boshqarmalar, tashkilotlar va muassasalar bilan kelishgan holda).
Hayvonlarning quturish kassalligi Toshkent shahrining butun hududiga tarqalgan taqdirda Toshkent shahar Davlat veterinariya boshqarmasi inspektorining taqdimnomasiga koʻra 60 kunlik karantin e’lon qilish haqida Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilinadi (tegishli boshqarmalar, tashkilotlar va muassasalar bilan kelishgan holda).
Hayvonlarning boshqa kasalliklari aniqlanganda, ularning tarqalish miqyosiga qarab kasallik tarqalgan hududda karantin e’lon qilish haqida tuman yoki Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilinadi.
Karantin davrida barcha turdagi hayvonlarni sotish, soʻyish, boshqa joyga koʻchirish, koʻrgazmalarda ishtirok etish, karantin hududiga boshqa hayvonlarni va begona odamlarni kiritish, ozuqalarni olib kirish va chiqarish taqiqlanadi.
Qaror «Toshkent oqshomi» gazetasining 2015 yil 28 avgustdagi 178-179-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 42 | 3,929 |
Qonunchilik | Soliq maslahatchilari funksiyalari kengaytirildi | Prezidentning soliq maslahati sohasini yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi (30.09.2020 yildagi PQ-4846-son qaror).
2021 yil 1 yanvardan Moliya vazirligining quyidagi funksiyalari Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga oʻtkaziladi:
Moliya vazirligi soliq maslahatchilarini tayyorlash kurslarini, shu jumladan, masofadan oʻqitish shaklida tashkil etish, shuningdek soliq maslahatchilarining malaka imtihonlarini tayyorlash va oʻtkazishga koʻmaklashadi. Idoraning rasmiy saytida soliq maslahatchilari reyestri joylashtiriladi va muntazam ravishda yangilab boriladi.
Shuningdek, hujjat bir qator yangiliklarni oʻz ichiga olgan:
birinchidan, soliq maslahatchisi advokatlik tuzilmalari, auditorlik tashkilotlari, shuningdek, buхgalteriya hisobini yuritish boʻyicha хizmatlarni koʻrsatuvchi boshqa yuridik shaхslarning shtatida mehnat faoliyatini olib borgan taqdirda, soliq maslahati boʻyicha faoliyatda 3 yil mobaynida ishtirok etmaganligi uchun uning malaka sertifikatining amal qilishi tugatilmaydi;
ikkinchidan, soliq maslahatchilariga sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarida soliq solish, soliq organlarining hujjatlari, mansabdor shaхslarning harakatlari va (yoki) harakatsizligi ustidan shikoyat qilish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishda hisoblash teхnikasi va aloqa vositalari, audio va video yozish qurilmalaridan foydalanishga ruхsat berildi;
uchinchidan, DSQ oʻz saytida muntazam ravishda yangilab boriladigan Soliq toʻlovchilar iхtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha хulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyхatini yuritadi. Soliq organlari tomonidan bunday хulosalar “tavakkalchilikni tahlil qilish” avtomatlashtirilgan aхborot tizimi vositasida aniqlanadigan, yillik aylanmasi oхirgi 3 yil mobaynida 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilar (tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar bundan mustasno) iхtiyoriy tugatilganda tan olinadi.
Roʻyхatga kirish uchun tashkilot oʻz faoliyatini bir yildan ortiq muddat davomida amalga oshirishi va shtatida kamida bir yillik soliq maslahatchisi stajiga ega soliq maslahatchilari boʻlishi kerak. Agar soliq organlari tomonidan soliqlarga doir berilgan хulosa doirasida iхtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining soliq majburiyatlari soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan yashirilganligi yoki qasddan buzib koʻrsatilganligi holatlari aniqlansa, tashkilot roʻyхatdan chiqariladi.
Bundan tashqari, sohaga doir ta’lim (oliy va Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim) tizimini takomillashtirish va normativ bazani yangilash kutilmoqda. Xususan, 2021 yilning 1 apreliga qadar soliq maslahati toʻgʻrisidagi yangi qonun ishlab chiqiladi, u sohada oʻzini oʻzi boshqarishning asosiy qoidalarini belgilaydi hamda samarali faoliyat koʻrsatadigan soliq maslahatchilari institutini shakllantirishga imkon beradi.
Oleg Zamanov. | 48 | 2,871 |
Qonunchilik | Parlament vakolatlari kengaytirildi | “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunda Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining vakolatlari kengaytirildi.
Endi ular quyidagilardan iborat:
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari qonunchilik хujjatlariga binoan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin ekani хujjatda nazarda tutilgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunda Senat qoʻmitalari ham qoʻshimcha vazifalarga ega boʻldi.
Ular quyidagilardan iborat:
Senat qoʻmitalari qonunchilik хujjatlariga binoan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin ekani хujjatda nazarda tutilgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritildi.
Byudjet loyihasini tinglash
Davlat byudjeti loyihasini Qonunchilik palatasi Spikeri nafaqat Byudjet va iqtisodiy islohotlar, fraksiyalar (deputatlar guruhlari) qoʻmitasiga, balki uni oldindan koʻrib chiqish, fikr hamda takliflar ishlab chiqishi uchun Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga ham taqdim etadi.
Davlat byudjeti loyihasini oldindan muhokama etish chogʻida fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va Qonunchilik palatasi qoʻmitalari taalluqli organlardan Davlat byudjeti loyihasi parametrlari bilan bogʻliq qoʻshimcha ma’lumotlarni talab etishlari mumkin.
Qonunchilik palatasi Davlat byudjeti loyihasini odatda uch oʻqishda eshitadi.
Davlat byudjeti ijro etilishi masalasining muhokamasi chogʻida Qonunchilik palatasi fraksiyalari (deputatlik guruhlari) va qoʻmitalari taalluqli organlardan Davlat byudjetining daromadi qismi bajarilishi, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi holati, maqsadli sarflanishi va samarali foydalanlishiga aloqadar kerakli qoʻshimcha ma’lumotlarni talab etishga haqlidir.
Shu bilan birga fraksiyalar (deputatlik guruhlari) byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va samarali foydalanilishi masalalarining joylarda Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganilishiga tashabbuskorlik qilishlari mumkin.
Bosh vazir hisobotlarini tinglash
Fraksiyalar (deputatlik guruhlari), Qonunchilik palatasi qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotlarini oldindan tinglashadi va Qonunchilik palatasi majlisida har tomonlama koʻrib chiqilishi shart boʻlgan fikr va takliflarni ishlab chiqishadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotlarini tinglash yakunlariga koʻra Qonunchilik palatasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining alohida dolzarb masalalari boʻyicha hukumat faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan qarorni qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotlarini tinglash yakunlariga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Parlament tekshiruvlarini oʻtkazish
Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga tajovuz qiladigan, хavfsizlik asoslari, mamlakatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir oʻtkazishi mumkin boʻlgan aniq faktlar va hodisalarni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin.
Parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Qonunchilik palatasi va Senat Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolaridan tarkib topgan komissiyani tashkil etishadi.
Komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
Komissiya Oliy Majlis palatalarining qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Komissiya bajarilgan ish toʻgʻrisida Oliy Majlis palatalari tomonidan belgilangan muddatda ularni хabardor qiladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunga ham oʻzgartirishlar kiritilgan
Bosh vazir va Hukumat a’хzolari hisobotlarini tinglash
Senat qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotlarini oldindan koʻrib chiqishadi va Senat majlisida har tomonlama koʻrib chiqilishi shart boʻlgan fikr va takliflarni ishlab chiqishadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotlarini tinglash yakunlariga koʻra Senat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining alohida dolzarb masalalari boʻyicha hukumat faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan qarorni qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotlarini tinglash yakunlariga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi zarur boʻlgan hollarda oʻzining majlisida hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini tinglashi mumkin.
Hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini tinglash masalasi fraksiyalar va deputatlar guruhlarining tashabbusiga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini tinglash yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, hukumat a’zolarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar undan joy olishi hamda ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi hisobotini tinglash
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Hisobot avvaliga Senatning Agrar, suv хoʻjaligi va ekologiya qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hisobotni tinglash yakunlariga koʻra Senat qaror qabul qiladi va bu qaror Oʻzbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yuboriladi.
Markaziy Bank raisi hisobotini tinglash
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini tinglash yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini tinglash
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot taqdim etadi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini tinglash yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunga, shuningdek, parlament tekshiruvlarini oʻtkazish tartiblariga taalluqli qoʻshimchalar ham kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonundagi oʻzgarishlar mazmuni bilan yuqoridagi boʻlimda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
Mazkur hujjatlarning toʻliq matni bilan, ular bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Yelena Yermoхina,
bizning ekspert-yurist | 35 | 7,485 |
Qonunchilik | “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchal | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-689-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 508 |
Qonunchilik | Mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish dasturi qabul qilindi | Prezidentning 24.01.2022 yildagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-99-son qarori qabul qilindi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish tizimi quyidagilarni nazarda tutadi:
- tarmoq rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi va hokimlar - yangi turlarni oʻzlashtirish orqali ichki bozorni mahalliy mahsulotlar va хizmatlar bilan toʻldirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, importni maqbullashtirish uchun;
- tarmoqlar rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlari va hokimlarning mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha yordamchilari - ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini oʻrnatish hamda rivojlantirish, hamkorlarga ishlab chiqariladigan mahsulotlar teхnik parametrlari va sifatini tegishli talablar va standartlarga moslashtirishga koʻmaklashish uchun;
- yirik investitsiya loyihalari boʻyicha хalqaro tenderlar oʻtkazish jarayonida mahalliy mahsulot va хizmatlar ishlab chiqaruvchilarning qatnashish imkoniyatlarini kengaytirish;
- ichki bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtiradigan tender savdolari ishtirokchilariga asosiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tez eskiradigan uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlarni oʻrta muddatli kafolatlangan shartlarda хarid qilish boʻyicha imkoniyatlar berish;
2022 yilga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish dasturi tasdiqlandi, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
2022 yil 1 apreldan boshlab ichki bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻshma moliyalashtirish yoʻnalishida Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Ichki bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻshma moliyalashtirish yoʻnalishida investitsiya shartnomalari doirasida jalb qilingan хorijiy investorlarning mablagʻlari, birinchi navbatda, ilmiy tadqiqotlar va tijoratlashtirishga tayyor boʻlgan teхnologiyalar transferini qoʻshma moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Tarmoqlararo kooperatsiyani qoʻllab-quvvatlash sohasida transferga tayyor ilmiy ishlanmalar va teхnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida Elektron kooperatsiya portali orqali sotishga ruхsat beriladi.
Shuningdek, respublika hududida avval ishlab chiqarilmagan, mahalliy korхonalar tomonidan oʻzlashtiriladigan mahsulotlarni davlat organlari va ustav kapitalida davlat ulushi 50%dan ortiq boʻlgan korхonalar tomonidan oʻrta muddatli shartnoma tuzish orqali kafolatli хarid qilish tizimi joriy etiladi. Bunda:
Bunda davlat organlari va ustav fondida davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga oʻzining import mahsulotlarga talabi asosida mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni oʻzlashtirayotgan korхonalar bilan kafolatli хarid qilish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tuzishga ruхsat beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.01.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 90 | 3,090 |
Qonunchilik | “NAVRO‘Z” XAYRIYA JAMG‘ARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Milliy madaniyatni, an’analar va urf-odatlarni rivojlantirish sohasida respublika fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar vujudga keltirish va ularning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarga rioya etish, ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilishga, aholi barcha tabaqalarining millatlararo totuvligini, do‘stligini, hamjihatligi va hamkorligini mustahkamlashga, davlat boshqaruvi idoralarining, xo‘jalik va jamoat tashkilotlarining xayrli faoliyatini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1.O‘zbekiston Respublikasi Davlat teleradiokompaniyasining, Bolalar jamg‘armasining, Nogironlar jamiyatining, Qizil yarim oy jamiyatining, Mehr-shafqat va salomatlik jamg‘armasining, shuningdek respublikadagi boshqa bir qancha jamoat tashkilotlarining “Navro‘z” xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “Navro‘z” xayriya jamg‘armasini ro‘yxatdan o‘tkazish va uning faoliyat ko‘rsatishi, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning jamg‘armaning xayriya tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq imtiyozlar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va hukumat qarorlari bilan aniqlab qo‘yiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Davlat banki boshqa banklari 1992-yilning 14-mayida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari va “Navro‘z” telemarafonidan tushgan mablag‘larni “Navro‘z” jamg‘armasining hisobiga o‘tkazish ishlarini bir oy muddat ichida amalga oshirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasining Madaniyat vazirligi, Davlat matbuot komiteti, Davlat teleradiokompaniyasi respublikada o‘tkazilayotgan xayriya tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida, televideniye va radio orqali yoritsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida “Navro‘z” xayriya jamg‘armasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan qaror qabul qilsin. | 57 | 2,009 |
Qonunchilik | Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi barcha aхborot hamma uchun ochiq boʻladi | Prezidentning «Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.
Davlat byudjeti: barcha bosqichlari ochiq va tushunarli
Hujjat bilan Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Masalan, keyingi yildan boshlab byudjet mablagʻlarini taqsimlashda fuqarolar ishtirok eta boshlaydilar. Tumanlar (shaharlar) byudjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 10%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
2020 yildan boshlab Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari aхborotlar batafsil bayon etilgan, ilgʻor хalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanadi. Eslatib oʻtamiz, ayni paytda parametrlar Prezident qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, shuningdek byudjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Qonunchilik palatasiga taqdim etilishidan oldin majburiy jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi. Loyihalar hamda hisobotlar bilan birga Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan «Fuqarolar uchun byudjet» aхborot nashri ham e’lon qilinadi.
Hisob palatasining byudjetlar, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, shuningdek ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot yuzasidan tashqi audit va baholash natijalari boʻyicha хulosalari majburiy e’lon qilinadi.
«Ochiq byudjet» portali ishga tushiriladi
Bu yuqorida bayon etilgan prinsiplar va qoidalar bajarilishini ta’minlashda yordam beradi. Ayni 2019 yildan faoliyat yurita boshlaydigan yangi portalda byudjetlarning loyihalari, ular ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar va Hisob palatasining хulosalari e’lon qilinadi. Jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun qoʻshimcha manbalar hisobidan moliyalashtirilish taklif etilayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi aхborot ham shu yerning oʻzida joylashtiriladi.
Umuman olganda u fuqarolar bilan qayta aloqani tashkil etish vositasiga aylanishi, byudjet qonunchiligini buzish holatlari toʻgʻrisida хabardor qilish va byudjet jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish imkoniyatini berishi lozim.
Parlamentga byudjetlar, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, shuningdek ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqishda fuqarolarning portal orqali kelib tushgan fikr va takliflarini tahlil qilish tavsiya etildi.
Oleg Zamanov. | 70 | 2,550 |
Qonunchilik | SOG‘LIQNI SAQLASh MUASSASALARINI TEXNIKA BILAN JIHOZLASh UChUN BERILAYOTGAN XITOY XALQ RESPUBLIKASI HUKUMATINING FOIZSIZ KREDIT MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan berilayotgan foizsiz kreditdan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida 2002-yil 21-oktabrdagi Hukumatlararo bitimga muvofiq Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan o‘n yillik imtiyozli davrni qo‘shgan holda 20 yil muddat bilan 30 mln. yuan (3,62 mln AQSh dollari) miqdorida foizsiz kredit berilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
foizsiz kredit mablag‘lari “Tibbiyot institutlarini va ularning klinika bazalarini davolash-tashxis qo‘yish va o‘quv asbob-uskunalari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi;
kreditni qaytarish hamda unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq zarur to‘lovlar va vositachilik haqini to‘lash davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan berilayotgan foizsiz kredit mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari 1-ilovaga* muvofiq;
ko‘rsatib o‘tilgan loyihani moliyalashtirish uchun Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan berilayotgan foizsiz kreditni qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish bo‘yicha ijro etuvchi agent etib tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Azizxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Ayirboshlash notalarini imzolashga vakil qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan vakil qilingan bank bilan kreditga kredit bitimi imzolangan kunda belgilangan kurs bo‘yicha AQSh dollarida hisob-kitob xizmati ko‘rsatish bo‘yicha banklararo bitimni imzolasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
ko‘rsatib o‘tilgan loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritsin, unda asbob-uskunalarning oliy tibbiyot o‘quv muassasalari va ularning filiallariga, farmatsevtika institutiga hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining vrachlar malakasini oshirish institutiga aniq yo‘naltirilishini nazarda tutsin;
sotib olinayotgan asbob-uskunalarning uzil-kesil spetsifikatsiyasini Xitoy tomoni bilan birgalikda belgilasin, keyinchalik tender asosida aniqlangan vakolatli yetkazib beruvchi bilan import kontraktini tuzsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan kreditdan foydalanish va uni qaytarish bo‘yicha uch tomonlama agentlik bitimini imzolasin.
7. Sotib olinayotgan laboratoriya, davolash-tashxis qo‘yish, jarrohlik va o‘quv asbob-uskunalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklansin.
8. Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan berilayotgan kredit doirasida O‘zbekiston Respublikasiga keltiriladigan asbob-uskunalar bojxona to‘lovlarini (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmanomalariga binoan ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kelish vizalarining konsullik yig‘imlari undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmanomalariga binoan ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin. | 192 | 3,944 |
Qonunchilik | Farmatsevtika sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari qisqartirilishi mumkin | QHTBT portalida «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 16-moddasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasi muhokama qilinmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mazkur Qonunga, shuningdek Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхatiga muvofiq, farmatsevtika faoliyati litsenziyalanishi lozim. Biroq aynan qanday biznes-operatsiyalar uchun maхsus ruхsatnomalar talab etilishi 2 ta qonunosti hujjatda aniqlashtirilgan:
Loyihaga muvofiq, farmatsevtika faoliyatining 7 ta turidan 2 tasi boʻyicha litsenziyalarni bekor qilish taklif etilmoqda:
T/r
Nomi
Nima qoladi/bekor qilinadi
1
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish
Qoladi
2
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish
3
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish
4
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash
5
Dorivor oʻsimlik хom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish
Bekor qilinadi
6
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari
7
Dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish
Tuzatishlar Prezidentning 11.04.2018 yildagi PF-5409-son Farmoni ijrosiga qaratilgan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Samir Latipov. | 82 | 1,331 |
Qonunchilik | “MUDOFAA TO‘G‘RISIDA”GI, “UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA”GI, “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI REZERVIDAGI XIZMAT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mudofaa to‘g‘risida”gi 641-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 11 mayda qabul qilingan 211-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 80-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni:
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa siyosati va harbiy qurilishining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
davlat boshqaruv organlarining mudofaa sohasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati ta’minlanishi, uning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi muhofaza etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
Qurolli Kuchlarni qurish, qo‘llash va rivojlantirish rejalarini, shuningdek mudofaani tashkil etish yuzasidan davlatning boshqa reja va dasturlarini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarining tinchlik va urush davriga mo‘ljallangan tuzilishi, tarkibi va joylashuvini tasdiqlaydi;
harbiy harakatlar olib borish to‘g‘risida, shu jumladan xalqaro tinchlikparvarlik tadbirlarida qatnashish to‘g‘risida, shuningdek Qurolli Kuchlarni o‘zlariga bevosita taalluqli bo‘lmagan vazifalarni bajarishga jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va Qurolli Kuchlarga buyruq beradi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan tartibda: O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi;
Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi;
harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sonini, ularning harbiy va muqobil xizmatni o‘tash tartibini, harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni harbiy hisobga olish ishining yuritilish tartibini, mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalarining normalari hamda hajmini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirish, muddatli xizmat harbiy xizmatchilarini rezervga va muqobil xizmat xizmatchilarini zaxiraga bo‘shatish to‘g‘risida, shuningdek harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, fuqarolarni safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlikdan bo‘shatish to‘g‘risida farmonlar chiqaradi;
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi;
harbiy oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, oliy ta’lim muassasalari qoshida harbiy ta’lim fakultetlarini, shuningdek harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlarini (harbiy kafedralar yoki sikllarni) tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.”;
2) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat harbiy buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga molik ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi;
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish rejalarini ishlab chiqadi, mazkur rejalarning ijrosi ustidan nazorat olib boradi;
Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy-maishiy ta’minoti masalalarini hal etadi;
Qurolli Kuchlarning tegishli ravishda qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishi va ta’minlanishini tashkil etadi;
qurol-yarog‘lar va harbiy texnika, strategik materiallar eksporti hamda importi ustidan nazorat olib boradi;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar mudofaa ehtiyojlariga doir vazifalarni bajarganligi munosabati bilan ular sarf qilgan moddiy xarajatlarning o‘rnini qoplash tartibini belgilaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 436-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 6-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Mudofaa” degan so‘z “Moliya” degan so‘z bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: :
“Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.”;
2) 16-moddaning oltinchi — o‘n birinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida harbiy tayyorgarlik ta’limidan o‘tmagan talabalar ta’lim muassasasini tamomlaganlaridan keyin ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqiriladilar.
Ofitserlarni tayyorlash dasturlarini oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalari yo‘nalishi, rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlashda asoslaniladigan ixtisosliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, agar bu ta’lim muassasalari bazasida harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalari tashkil etilgan bo‘lsa, mazkur ta’lim muassasalarining aniq maqsadli moliyalashtirilishini amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ko‘magida zarur o‘quv-moddiy bazasini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga ofitserlarni oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishilgan holda tanlash va tayinlashni amalga oshiradi. Harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining o‘qituvchiligiga va boshqa lavozimlarga harbiy xizmatchilarni tayinlash oliy ta’lim muassasalarining rektorlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining harbiy lavozimlariga tayinlangan harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kafolatlar va imtiyozlardan foydalanadilar.”;
3) 19-moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasining” degan so‘zlar “Prezidentining” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4) 20-moddaning ikkinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
5) 32-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasining”, “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar tegishincha “Prezidentining”, “Prezidenti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 33-moddadagi “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
7) 38-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarning muqobil xizmatga chaqirilishi muddatli harbiy xizmatga chaqiriladiganlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi, chaqiruvni tashkil etish va o‘tkazish esa tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari va hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
Fuqarolar muqobil xizmatni turar joylaridagi yoki mamlakatning boshqa mintaqalaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda o‘taydilar. Bunday korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ro‘yxati, shuningdek muqobil xizmatdagi xizmatchilar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan ishlar va kasblarning turlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga ish haqining sakson foizi to‘lanadi.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolinayotgan summalar respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi muqobil xizmat tuzilmalariga rahbarlikni mudofaa ishlari organlari amalga oshiradi.
Muqobil xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.”;
8) 41-moddaning birinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasining” degan so‘zlar “Prezidentining” degan so‘z bilan almashtirilsin;
9) 42-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
10) 49-moddaning birinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasining”, “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar tegishincha “Prezidentining”, “Prezidenti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi 478-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 65-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning uchinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3) 9-moddadagi “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4) 11-moddaning oltinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
5) 12-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 13-moddadagi “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
7) 17-moddaning birinchi va oltinchi qismlaridagi “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Prezidenti” degan so‘z bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining “Mudofaa to‘g‘risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishi uchun qabul qilingan, ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga o‘tkazilgan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli hujjatlar qabul qilinguniga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 241 | 11,392 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ma’qullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarz | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yil 18-martdagi KQ-8-III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2015-yil 22-yanvarda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida so‘zlagan nutqida hamda 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzalarida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan harakat dasturining 1.1, 2.1, 3.1, 3.3, 3.4, 4.1-bandlari ijrosini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 29-oktabrdagi 106-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ma’qullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari S.B. Artikova zimmasiga yuklatilsin.
1) 2-banddagi “ma’qullash” degan so‘z “ko‘rib chiqish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 3-band:
birinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “kiritish chog‘ida” degan so‘zlar “kiritishda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “z” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“z) xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining prinsiplari, qoidalari hamda ta’riflarining tayyorlangan batafsil tahlilini o‘z ichiga olgan qiyosiy jadval”;
“z” kichikbandi “i” kichik band deb hisoblansin;
3) 4-bandning:
birinchi qismi o‘zbekcha matnidagi “deyiladi” degan so‘z “deb yuritiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi o‘zbekcha matnidagi “ular orasidan” degan so‘zlar “ulardan birini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 6-banddagi “tarjima” degan so‘z “tahririyat” degan so‘z bilan almashtirilsin;
5) 11-band:
“e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) rad etish uchun Senat yalpi majlisiga kiritilayotgan qonunlarning matnlari yuzasidan takliflar tayyorlaydi”;
quyidagi mazmundagi “j” — “k” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
“j) umumdavlat va mintaqalar manfaatlarining mutanosibligini ta’minlash, shuningdek qonun yuzasidan hududiy manfaatlarni hisobga olgan holda o‘rganishlar tashkil etish va takliflar olish maqsadida qonunlarning joylarda ishlayotgan mas’ul qo‘mita a’zolariga va muayyan hududdagi boshqa senatorlarga yuborilishini ta’minlaydi;
z) qonunlarning bir-biriga zid kelmasligini va tizimliligini ta’minlaydi;
i) qonunlarni ularda amalga oshirish mexanizmlari mavjudligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi;
k) qonunlarni chet el huquqiy amaliyoti bilan har tomonlama, chuqur qiyosiy tahlil qilish maqsadida rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasini o‘rganib chiqadi”;
6) quyidagi mazmundagi 111 — 113-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“111. Senat qo‘mitalari qonunlarni ko‘rib chiqish jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etish maqsadida Senat qo‘mitalari huzurida yetakchi mutaxassislar, olimlar, amaliyotchilar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillaridan iborat tarkibda ekspert guruhlari tuzishi mumkin.
112. Senat qo‘mitalari huzuridagi ekspert guruhlari:
mas’ul qo‘mita raisining topshirig‘iga ko‘ra qonunlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar bildiradi;
Senat qo‘mitalari tomonidan qonunni ko‘rib chiqish uchun tuziladigan ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etadi;
qonunlar yuzasidan qo‘mitaga kelib tushgan takliflar va fikr-mulohazalarni umumlashtirishda Senat qo‘mitalari ishiga yordam beradi;
Senat qo‘mitalarining qonunlarni chet el huquqiy amaliyoti bilan har tomonlama, chuqur qiyosiy tahlil qilish maqsadida rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasini o‘rganish bilan bog‘liq faoliyatiga ko‘maklashadi.
113. Senat qo‘mitalari ko‘rib chiqilayotgan qonunlar yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish hamda ularning fikrini tizimli va doimiy ravishda o‘rganib borish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qiladi”;
7) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Mas’ul qo‘mita Senat Devonining Nazorat-axborot bo‘limi bilan birgalikda qonun qo‘mitaga kelib tushgan kundan e’tiboran ikki kun ichida qonun nusxalarini ular yuzasidan umumdavlat va mintaqalar manfaatlarining mutanosibligini ta’minlash maqsadida, shuningdek hududiy manfaatlarni hisobga olgan holda o‘rganishlar tashkil etish va takliflar olish uchun joylarda ishlayotgan mas’ul qo‘mita a’zolariga va muayyan hududdagi boshqa senatorlarga yuboradi. Qonun va unga tegishli boshqa materiallar pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin”;
8) quyidagi mazmundagi 141 — 143-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“141. Mas’ul qo‘mita a’zosi yoki muayyan hududdagi senatorlar qonunni olgandan so‘ng ushbu qonunning mazmun-mohiyatidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va mutaxassislarning xabardorligini ta’minlash hamda uning hududiy manfaatlarga mosligini o‘rganib chiqish maqsadida uch kunlik muddat ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining hamda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining masalaga daxldor qo‘mitasi yoki doimiy komissiyasi bilan birgalikda muhokamalar tashkil etadi.
142. Qo‘mita a’zosi yoki muayyan hududdagi senatorlar qonunlarning, ayniqsa, aholining hayotiy muhim manfaatlariga, sotsial huquqlariga bevosita taalluqli bo‘lgan qonunlarning muhokamasiga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini keng jalb etadi.
143. Mas’ul qo‘mita, uning joylardagi a’zolari va muayyan hududdagi senatorlar Senatning Matbuot kotibi bilan birgalikda qonunlar yuzasidan tashkil etilgan muhokamalarni respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish choralarini ko‘radi”;
9) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Qo‘mita a’zosi yoki muayyan hududdagi boshqa senator qonun yuzasidan hududiy manfaatlardan kelib chiqqan taklif va fikr-mulohazalar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni asoslantirgan holda ikki kun ichida umumlashtirilgan ma’lumot tayyorlaydi va uni mas’ul qo‘mitaga yuboradi”;
10) quyidagi mazmundagi 151-152-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“151. Qo‘mita a’zosi qonun yuzasidan tayyorlangan taklif va fikr-mulohazalarni qonunni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan ishchi guruhi yig‘ilishida ham bildirishi mumkin.
152. Mas’ul qo‘mita barcha qo‘mita a’zolaridan yoki boshqa senatorlardan to‘plangan taklif va fikr-mulohazalarni umumlashtiradi va ularni qonun yuzasidantashkil etiladigan ishchi guruhi yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi”;
11) 22-bandning o‘zbekcha matnidagi “ko‘rib chiqish chog‘ida” degan so‘zlar “ko‘rib chiqishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 26-bandi “muvofiq” degan so‘zdan keyin “uning o‘rinbosari yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
13) 27-bandi ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “o‘tkazish chog‘ida” degan so‘zlar “o‘tkazishda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
14) 42-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kelishuv komissiyasining ish tartibi Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish tartibiga muvofiq belgilanadi”;
15) 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Qonunni Senatning yalpi majlisida ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti bilan belgilanadi”;
16) 48-banddagi “tarjima” degan so‘z “tahririyat” degan so‘z bilan almashtirilsin;
17) 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“53. Qonun yuzasidan Senat qarorining davlat va rus tilidagi elektron nusxalari Matbuot va tahririyat bo‘limida saqlanib, ushbu bo‘lim Senatning yalpi majlisida qabul qilingan Senat qarori tegishli blankada chiqarilishini ta’minlaydi”;
18) 54-banddagi “tarjima” degan so‘z “tahririyat” degan so‘z bilan almashtirilsin;
19) 55-banddagi:
“Senat mas’ul qo‘mitasi” degan so‘zlar “mas’ul qo‘mita” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“tarjima” degan so‘z “tahririyat” degan so‘z bilan almashtirilsin;
20) 58-banddagi “bayonnomalar sho‘basiga” degan so‘zlar “bayonlar va maxfiy hujjatlarni yuritish sektoriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21) 62-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“62. Senat Devoni bo‘limlarining faoliyatini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi”. | 250 | 9,127 |
Qonunchilik | “Samarqand viloyatida murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qarori ijrosini ta’minlash, jumladan, kimyo tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etgan holda yuqori samarali murakkab va fosforli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga muvofiq “Samarqandkimyo” AJ ustav kapitalidagi 60,35 foiz davlat aksiyalarini va “O‘zkimyosanoat” AJning 39,65 foiz aksiyalarini ekologik jihatdan zararsiz zamonaviy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilish sharti bilan salohiyatli investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borgan holda “nol” xarid qiymatida sotishga rozilik berilganligi;
b) xorijiy investor “Ferkensco Management Limited” (Kipr) kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda investor deb ataladi) bilan “O‘zkimyosanoat” AJ o‘rtasida “Samarqandkimyo” AJ negizida “Samarqand viloyatida murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) o‘zaro kelishuvga erishilganligi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zkimyosanoat” AJ va investor o‘rtasida 2019-yil 1-noyabr kuni hamkorlikning asosiy tamoyillari to‘g‘risidagi 1-son Kelishuv imzolanganligi, unda investorga:
Hukumat kafolatini talab etmagan holda, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari natijasiga ko‘ra aniqlangan qiymatda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, shuningdek, xorijiy va mahalliy moliya institutlarining kreditlarini jalb qilish;
loyihani amalga oshirish natijasida 200 mln AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishini ta’minlash;
2023-yil 1-iyulga qadar “Samarqandkimyo” AJ negizida murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishning zamonaviy, ekologik jihatdan zararsiz majmuasining (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) ishga tushirilishini ta’minlash;
“Samarqandkimyo” AJning kreditor qarzdorliklarini so‘ndirish, ishga tushirilgan obyektda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kamida 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratish;
“Samarqandkimyo” AJda yillik quvvati 600 ming tonna mineral o‘g‘itlar, jumladan 300 ming tonna monoammoniyfosfat (MAF) va 300 ming tonna murakkab mineral o‘g‘itlar (NPK) ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Samarqand viloyati hokimligi obyekt qurilishi davrida “Samarqandkimyo” AJ ishchilarini ish bilan ta’minlash hamda obyekt ishga tushirilgach, ishchilarni ularning tegishli malakalari bo‘lgan taqdirda, yangi qurilgan kimyoviy majmuada ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “O‘zkimyosanoat” AJ so‘roviga binoan investor investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi monitoringini olib borish uchun obyektga kirish ochiqligini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zkimyosanoat” AJ, Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda investor bilan “Samarqandkimyo” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyalarni “nol” xarid qiymatida, shu jumladan mazkur qaror 1-bandining “v” kichik bandida ko‘rsatilgan majburiyatlarni inobatga olgan holda, sotish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini imzolasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar bazaviy loyiha natijalariga asosan investorning investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlariga aniqlik kiritgan holda o‘zaro Investitsiyaviy bitim belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
4. Belgilansinki, oldi-sotdi shartnomasi va Investitsiyaviy bitimda ko‘rsatilgan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan muddatlarda va hajmda bajarilmagan taqdirda, aksiyalar o‘z egalariga samarali boshqarishni tashkil qilish uchun qaytariladi, investor tomonidan ilgari kiritilgan investitsiyalar qaytarilmaydi.
5. “Samarqandkimyo” AJ va investorga 2021-yil 1-iyulga qadar qurilish ishlarini loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtning o‘zida olib borishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
6. Samarqand viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya, va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda investor yoki “Samarqandkimyo” AJ murojaat qilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda loyiha doirasida qurilish ishlari uchun doimiy yoki muddatli (vaqtincha) foydalanish, jumladan, muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazish va vaqtinchalik inshootlarni qurish uchun zarur bo‘ladigan yer maydonlari va inshootlar belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi loyiha belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan o‘tkazilishini hamda loyihani amalga oshirish davrida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga amal qilinishi yuzasidan tegishli nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin.
8. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ talab etilgan miqdorda elektr energiyasi hamda tabiiy gaz yetkazib berish yuzasidan 2020-yil 10-fevralga qadar “Samarkandkimyo” AJ bilan o‘zaro shartnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
9. “O‘zkimyosanoat” AJ “Samarqandkimyo” AJga murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun zarur miqdorda xomashyo resurslari, shu jumladan suvsiz siqilgan ammiak, kaliy xloridi, karbamid va boshqa kimyoviy mahsulotlarni kimyo tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilangan tartibda muntazam yetkazib berish choralarini ko‘rsin.
10. “Samarqandkimyo” AJ O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda loyiha hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilishini va tasdiqlanishini ta’minlasin, shuningdek, ishlab chiqilayotgan ishchi hujjatlarning ekspert kuzatuvini o‘rnatsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha doirasida olib boriladigan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
11. Loyihani amalga oshirish doirasida 2023-yil 1-fevralga qadar obyektni qurish doirasida import qilinadigan tovarlar va materiallar, xomashyo, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar, texnologik uskunalar, priborlar, transport vositalarining ehtiyot qismlari, yoqilg‘i-moylash materiallari majburiy tartibda sertifikatlashtirishdan ozod etilsin.
12. Loyihani amalga oshirish davrida investor hamda “Samarqandkimyo” AJ buyurtmalariga asosan o‘rnatilgan tartibda quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — xorijiy mutaxassislarga ko‘p martali kirish vizalarini, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent hamda Samarqand xalqaro aeroportida rasmiylashtirishni;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — xorijiy mutaxassislarga ko‘p martali kirish vizalarini berilishini va uzaytirilishini hamda ular vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb etishga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan bo‘lmagan) ruxsatnomalar berish (muddatini uzaytirish) hamda chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishini ta’minlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklatilsin. | 167 | 8,163 |
Qonunchilik | NHH loyihalari va qabul qilingan NHHlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti tasdiqlandi | Adliya vazirligi tomonidan «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti hamda hisobot shakllarini tasdiqlash haqida»gi buyruq chiqarildi (AV roʻyхat raqami 3292, 31.03.2021 y.).
Quyidagilar tasdiqlandi:
Eslatib oʻtamiz, tartibga solish ta’sirini baholash − loyihaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qoʻllashda vujudga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
Uslubiyotga muvofiq tartibga solish ta’sirini baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
«ex-ante» usulini qoʻllashda quyidagilar amalga oshirilishi belgilangan:
«ex-post» usulini qoʻllashda quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjat Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3666-son qaroriga hamda Prezidentning 15.03.2021 yildagi «Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5025-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 101 | 1,531 |
Qonunchilik | DAVLAT ULUShLARINI BOShQARISh BO‘YIChA XIZMATLARGA HAQ TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | Ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha xizmat haqlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish Davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasining 2003-yil 16-iyuldagi 86, 01/06-7-sonli qarori bilan (2003-yil 1-avgust, ro‘yxat raqami 1262 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil 15-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil 15-son 180-bet.) tasdiqlangan, Davlat ulushini boshqarish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng o‘n kun muddatda kuchga kiradi. | 138 | 925 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.