folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlariga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonini berish to‘g‘risida | O‘zbekistonda erkin demokratik davlat barpo etishga, mustaqilligimizni mustahkamlashga qo‘shgan hissalari, Vatanimiz shon-shuhrati va sharafini yuksaltirish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotganliklari hamda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etayotganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq deputatlariga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni berilsin. | 110 | 451 |
Qonunchilik | KAPITAL QURILIShNI BOShQARISh TUZILMASINI YaNADA QAYTA TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qarorini bajarish yuzasidan Qurilish kompleksi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kapital qurilishni boshqarish tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar buyurtmalar portfelini shakllantirish va obyektlarni foydalanishga tayyor holda topshirish masalalarida pudrat tashkilotlarining mustaqilligini oshirish, pudrat ishlari bozorida raqobatni rivojlantirish imkonini berdi.
Shu bilan birga, kompleksning tashkiliy tuzilmasi bozor munosabatlari shart-sharoitlariga hali ham javob bermaydi, boshqarishning ortiqcha bo‘g‘inlarini, kam quvvatli va zarar ko‘rib ishlayotgan qurilish korxonalarini tugatish jarayoni nihoyasiga yetkazilgani yo‘q, aksiyalarning ikkilamchi bozori shakllantirilmagan. Xususiy qurilish tashkilotlari hali ham yaxshi rivojlanmagan, qurilish va qurilish industriyasi sohasiga xususiy va xorijiy sarmoya sust jalb qilinmoqda.
Qurilish tashkilotlarining mustaqilligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, Davlat mulki qo‘mitasi, qurilish idoralari va tashkilotlarining:
1-ilovaga* muvofiq kam quvvatli va norentabel qurilish tashkilotlarini belgilangan tartibda tugatish va qayta tashkil etish to‘g‘risidagi;
2-ilovaga* muvofiq qurilish industriyasi korxonalarini yuridik shaxslar sifatida belgilangan tartibda pudrat idoralari, birlashmalar va trestlar tarkibidan chiqarish va ularga mustaqil xo‘jalik faoliyati yuritish huquqini berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksiga kiruvchi idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda 2000-yilning birinchi yarim yili davomida aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamg‘armalarini mustahkamlash, pudrat qurilish tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni, “O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi va tasarrufida qurilish tashkilotlari bo‘lgan boshqa vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2000-yil davomida ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilishini va tarkibini o‘zgartirilishini ta’minlasin.
Tarmoq korxonalari tarkibini o‘zgartirish jarayonida jamoa korxonalarini qayta o‘zgartirishga, pudrat qurilish tashkilotlarini rivojlantirishga, qurilish sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga va qo‘shma korxonalar tashkil etishga alohida e’tibor berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
kam quvvatli va norentabel qurilish tashkilotlarini tugatishda bo‘shab qoladigan davlat mulkining saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasin;
qurilish kompleksi korxonalari va tashkilotlarining ustav jamg‘armalaridagi davlatga tegishli ulush miqdorlari to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin. | 97 | 3,798 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmonining 15, 16-bandlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 335-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi komissiya yig‘ilishining 2018-yil 25-oktabrdagi 3-son bayoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi komissiya yig‘ilishining 2018-yil 25-oktabrdagi 3-son bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoni 15, 16-bandlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazishni Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi zimmasiga yuklash tavsiya etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoni 15, 16-bandlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilishini ta’minlasin;
o‘rganish yakunlarini qo‘mita majlisida ko‘rib chiqib, natijasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi komissiyaga 2018-yil 25-dekabrga qadar axborot taqdim qilsin.
3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Oliy sudi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 190 | 1,697 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi, 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-son qarori (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 23-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 6-banddagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” degan so‘zlar “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 14-bandning o‘n beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan shaxsning(lar) familiyasi to‘liqligicha, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda ularning imzolari (chek bundan mustasno).”.
3. 20-bandda:
ikkinchi xatboshidan “(mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “va muhr izi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan hisob-kitob hujjatlariga muhr qo‘yish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.”.
4. 44-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. To‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi ikki nusxada tuzilgan Reyestr bilan birga unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilinadi. Reyestrning birinchi nusxasi tashkilot rahbari va buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan hamda tashkilot muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak, bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan reyestrda muhr izining mavjudligi talab etilmaydi. Reyestrning birinchi nusxasi qabul qilish sanasi ko‘rsatilib, bank mas’ul xodimining imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qo‘yilgan muhr bilan tasdiqlangan holda mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankda qoladi.”.
5. 59-bandning “a” kichik bandidan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin. | 121 | 3,443 |
Qonunchilik | Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Butun dunyoda millionlab insonlar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan, mislsiz yo‘qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg‘in bo‘lganini hech kim unutmaydi. Ushbu beshafqat urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq o‘zbekistonliklarning yarim milliondan ziyodi halok bo‘lganini xalqimiz hech qachon yodidan chiqarmaydi. Urush boshlanishi bilan front hududlaridan O‘zbekistonga ko‘chirilgan bir millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilib, oxirgi bir burda nonini ular bilan baham ko‘rgan, “Sen yetim emassan” deb o‘z bag‘riga olgani xalqimizning naqadar oliyjanobligini, mehr-muruvvatini, yuksak ma’naviyatini yaqqol namoyon etdi.
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami Xotira va Qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarga hurmat ko‘rsatish maqsadida:
1. Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Xotira va Qadrlash kunining keng nishonlanishini ta’minlash davlat va nodavlat tashkilotlarining birinchi galdagi vazifasi, barcha O‘zbekiston fuqarolarining vijdoniy ishi va an’anaviy burchi deb belgilansin.
2. Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ishchi guruh (A. Aripov):
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas”, “Mardlik, burch va sadoqat” shiorlari ostida yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning sifatli o‘tkazilishini ta’minlasin va joylarga borib, Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatsin;
Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, harbiy qismlar vakillari biriktirilsin hamda ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va xushnud etish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etsin;
yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish davomida Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ko‘rsatgan matonat, mardlik va jasoratning ahamiyatini keng aholi toifalari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tushuntirish, targ‘ib va tashviq etish bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qilsin;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryo‘la pul mukofotini tantanali ravishda topshirsin;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining istaklari asosida ular o‘zlari jang qilgan mamlakatlarga bir nafar kuzatuvchi bilan safarini tashkil etsin hamda ushbu safar bilan bog‘liq barcha xarajatlar qoplanishini ta’minlasin;
Ikkinchi jahon urushi faxriylarining istaklari asosida Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “O‘zbekiston” hamda respublika hududidagi boshqa sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborishni tashkil etib, ularni zarur avia va temir yo‘l chiptalari bilan ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalar namoyishini tashkil etsin;
G‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishini, ularga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilishini ta’minlasin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda:
viloyat, shahar va tumanlarda Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installatsiyasi, jumladan, urush yillarining qo‘shiq va kuylari, dasturxon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etsinlar;
ko‘chalar va maydonlarni Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan plakatlar va stendlar bilan bezashni ta’minlasinlar.
5. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan Dastur tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarini Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan asosiy marosimlarga temir yo‘l yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan ta’minlanishi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2018-yil 9-may soat 21.00 da Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyutini tashkil qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tantanali tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarning keng yoritilishini, tematik tadbirlar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarning tashkil etilishini ta’minlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 92 | 7,266 |
Qonunchilik | Toshkent shahridagi noyob va eng muhim inshootlar qurilishida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Ko‘p yillik halol mehnatlari, ishlab chiqarish topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarganliklari va jamoat turmushida faol qatnashayotganliklari uchun quyidagilarga: | 136 | 162 |
Qonunchilik | Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun yigʻim toʻlaydilar | Prezidentning 5.03.2018 yildagi PQ–3563-son «Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 5.03.2018 yildagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan ushbu soha vazirligida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi (bu yerda batafsil qarang).
Qaror bilan Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari belgilandi:
Yigʻim toʻlovchilar
Yigʻim olinadigan ob’yekt
Miqdori
Pivo ishlab chiqaruvchilar
Pivo sotish hajmi
2 000 soʻm / 1 dal uchun
Aroq ishlab chiqaruvchilar
Aroq sotish hajmi
5 000 soʻm / 1 dal uchun
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar
Sigaretalar sotish miqdori
1 000 soʻm / 1 ming dona uchun
Mazkur yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom Moliya vazirligi va DSQ tomonidan joriy yilning 10 apreliga qadar tasdiqlanishi lozim.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 120 | 1,310 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 20-dekabrdagi PQ-1444-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qarorining 2, 3 va 5-bandlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 6-maydagi PQ-69-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 20-sentabrdagi PQ-185-son qarori ilovasining 3-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-son qarorining 5-bandi. | 105 | 1,374 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6168-son Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 11-noyabrdagi “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-1880-son Farmoni 1-bandi yettinchi xatboshisidan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etish,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-iyuldagi “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4232-son Farmoni 1-bandida:
“a” kichik banddagi “kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari” so‘zlari “akademik litseylari, professional” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik banddagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5052-son Farmonida:
a) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “kasb-hunar kolleji” so‘zlari “professional ta’lim muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining:
2018-yilning 1-yanvaridan boshlab akademik litseylar, professional va oliy ta’lim muassasalarining birinchi marta ishga joylashgan bitiruvchilari ish haqidan olingan daromadlaridan yagona ijtimoiy to‘lovning o‘rnatilgan stavkasini, ta’lim muassasasini tamomlagan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt o‘tmaganlik sharti bilan, ularni ishga joylashganliklaridan keyingi bir yil ichida 50 foizga, ikkinchi va uchinchi yil davomida 25 foizga, budjet tashkilotlari, monopolist tashkilotlar, ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga ishga joylashganlar bundan mustasno bo‘lgan holda, kamaytirish”;
to‘rtinchi xatboshidagi “kasb-hunar kollejlari,” so‘zlari “professional ta’lim muassasalari va” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi muassasalarining” so‘zlari “professional ta’lim muassasalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son Farmoni 11-bandida:
birinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “kasb-hunar kollejlarining” so‘zlari “professional ta’lim muassasalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxati quyidagi mazmundagi 36-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 3-bobi 3-paragrafi yigirma beshinchi xatboshisidagi “o‘quv yurtidan” so‘zlari “ta’limdan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PF-5877-son Farmoni bilan tasdiqlangan Inflatsiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tarkibining o‘n oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lavozimiga ko‘ra — Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5975-son Farmoni 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2020 — 2022 o‘quv yillari uchun xorijda ta’lim oluvchi nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishda “iqtisodiy rivojlanish” va “makroiqtisodiy siyosat” yo‘nalishlarida zamonaviy bilimga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadlarida vazirlik bilan birgalikda yosh mutaxassis va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini xorijga ta’lim olish va malaka oshirishga jo‘natish uchun amaliy choralar ko‘rsin”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son Farmonida:
a) 2-ilovaning 19-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga iqtidorli yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda o‘qitish va malaka oshirishiga ko‘maklashish, ularning xalqaro ilmiy-texnik konferensiyalarda va ilmiy loyihalarda ishtirok etishlarini, ilmiy ishlarining nashr etilishini ta’minlash”;
b) 3-ilova izohining beshinchi xatboshisida:
“Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“El-yurt umidi” jamg‘armasi,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6168-son Farmonida:
a) 6-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“stipendiat uzrsiz sababga ko‘ra ta’lim dasturlaridan chetlashtirilgan taqdirda yoki Jamg‘arma ta’lim dasturlari tugallanganidan so‘ng mehnat faoliyatini vazirliklar, idoralar yoki boshqa davlat tashkilotlarida davom ettirishdan bosh tortgan hollarda, Jamg‘arma tomonidan stipendiatning ta’lim olishi uchun sarflangan barcha moliyaviy xarajatlar u bilan imzolangan shartnoma shartlariga muvofiq uning moliyaviy kafillari (yuridik va jismoniy shaxslar) va uning o‘zi tomonidan solidar tartibda qoplanadi”;
b) 2-ilovaning 9-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ta’lim dasturlari va nomzodlarni saralash tanlovini o‘tkazish yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni hisobga olgan holda ta’lim sohalari kesimida stipendiyalar kvotalarini ajratadi, shuningdek, tanlovda raqobat darajasini e’tiborga olgan holda, kvotalarga o‘zgartirishlar kiritadi”;
to‘rtinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 4-ilovada:
4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Shu bilan birga, qoidaga ko‘ra, o‘z nazariy bilim va/yoki amaliy tajribalari natijasida xorijda ta’lim olish uchun xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasa tomonidan nomzodga taklif etilgan grant (stipendiya yoki boshqa moliyaviy imtiyoz)lar miqdori yoxud ta’lim muddatining qisqaligi tanlov jarayonida ustunlik beruvchi holat sifatida e’tiborga olinadi”;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Jamg‘arma stipendiyalari belgilangan tartibda Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan ta’lim dasturlariga muvofiq yetakchi xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda quyidagi dasturlar bo‘yicha ta’lim olish uchun ajratiladi:
doktorantura (aspirantura) — 3-4 yilga qadar;
magistratura — 1-2 yilga qadar;
bakalavriat — 3-4 yilga qadar.
Ayrim rivojlangan davlatlar ta’lim muassasalarida bir yilgacha bakalavriatga tayyorlov kurslari (Foundation year/course) xarajatlari Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Bunda, tayyorlov kursi va bakalavriatda o‘qishning umumiy muddati 4 yildan oshmasligi lozim.
Doktorantura (shu jumladan aspirantura orqali falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) darajasini olish uchun), magistratura yoki bakalavriatda ta’lim olish tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalari tomonidan qabul qilingan standartlar, talablar va o‘quv rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyasi va Jamg‘arma Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq respublika uchun alohida ahamiyatga ega tibbiy mutaxassisliklar bo‘yicha ikki yilgacha klinik ordinaturani o‘tash uchun stipendiyalar ajratilishi mumkin. Bunda klinik ordinaturaga magistratura dasturi bo‘yicha o‘qishning o‘ziga xos shakli sifatida qaraladi.
Jamg‘arma buyurtmachi tashkilotning asoslangan taklifiga muvofiq, istisno tariqasida, xorijiy oliy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarning murojaatlari asosida doktorantura va magistraturada ta’lim olish muddatini, qo‘shimcha moliyalashtirish huquqisiz, bir semestrgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega”;
10-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) uzrsiz sabablarga ko‘ra Stipendiat bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingan taqdirda, Jamg‘arma moliyaviy xarajatlarini (o‘tgan yillar davomida iste’mol narxlari indeksining o‘rtacha yillik darajasiga teng jarima bilan) qoplash to‘g‘risida manfaatdor vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar — yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar (ustuvor ravishda Stipendiatning ota-onasi, aka-ukasi yoki opa-singlisi, ular qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kafil bo‘la olmagan taqdirda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslar) tomonidan berilgan kafolat xati, bank kafolati yoki sug‘urta tashkilotining sug‘urta polisi (tanlov g‘oliblari uchun).
Bunda, nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga to‘liq kiritilishi ta’minlanishi shart”;
16-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bosqichda nomzodlar bilan xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari, tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, ma’naviy-axloqiy tafakkuri, sog‘lom dunyoqarashi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, shuningdek, davlat tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazilishi ko‘zda tutiladi”;
19-bandning birinchi xatboshisidagi “mamlakatlar, ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarni” so‘zlari “mamlakatlarni” so‘zi bilan almashtirilsin”;
28-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Stipendiatning o‘z xohishiga ko‘ra xorijda ta’lim olish xarajatlarini moliyalashtirishda uning o‘zi yoki moliyaviy kafillari qisman ishtirok etgan taqdirda Stipendiatning majburiy ishlab berish muddatiga o‘zgartirish kiritilmaydi”;
30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Stipendiat uzrsiz sabablarga ko‘ra xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalarning talabalari safidan chiqarilgan yoki Jamg‘arma ta’lim dasturlari tugagandan so‘ng u bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari yoxud davlat ulushi mavjud bo‘lgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda, Jamg‘arma tomonidan uni o‘qitishga sarflangan barcha moliyaviy xarajatlar Stipendiat va uning moliyaviy kafillari (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan solidar tartibda qoplab beriladi”.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275-son Farmoniga 4-ilovadagi “yetakchi” so‘zi “bosh” so‘zi bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-fevraldagi “M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-290-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” so‘zlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “o‘quv yurti” so‘zlari “ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-yanvardagi “Toshkent shahrida I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-564-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” so‘zlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “o‘quv yurti” so‘zlari “ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-sentabrdagi “Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PQ-691-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “o‘quv yurti” so‘zlari “ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” so‘zlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi “Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1106-son qarorining 2-bandida:
birinchi xatboshidagi “muassasasi” so‘zi “tashkiloti” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” so‘zlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-iyuldagi “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-1566-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi — ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga”.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “o‘quv yurtlarida” so‘zlari “ta’lim muassasalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi” so‘zlari “Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1971-son qarorining 8-bandidagi “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatida “Yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘linmalari” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘linmalari
1. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori”.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-son qarori 3-bandi to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni keyinchalik o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida o‘qish bilan to‘liq qamrab olish, kasb-hunar maktablari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish”.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3001-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “kasb-hunar kollejlarining” so‘zlari “professional ta’lim muassasalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “kasb-hunar kollejlari” so‘zlari “professional ta’lim muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandida:
sakkizinchi xatboshidagi “kasb-hunar” so‘zlari “professional” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n ikkinchi xatboshidagi “kasb-hunar va o‘rta maxsus” so‘zlari “professional va umumiy o‘rta” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3152-son qarorida:
a) 10-banddan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 15-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari”.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son qarorida:
a) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat talablariga” so‘zlari “maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “sifatli maktabgacha ta’limni tashkil etishga davlat talablarini” so‘zlari “maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi “O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3433-son qarorining 4-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademiyada yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari asosida amalga oshirilishi”.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3703-son qarori bilan tasdiqlangan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 9-pozitsiyasida:
“Moliyalashtirish manbalari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi, xalqaro ta’lim grantlari, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari va homiylik mablag‘lari”;
“Bajarish uchun mas’ullar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari”.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3737-son qarorida:
a) 11-bandidan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 8-pozitsiyasida:
“Moliyalashtirish manbai” ustunidan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Mas’ullar” ustunidan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3795-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining” so‘zlari “ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning oltinchi xatboshisidagi “o‘quv yurtidan” so‘zlari “ta’limdan” so‘zi bilan almashtirilsin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-iyuldagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3880-son qarorining 4-bandi to‘rtinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Korporativ, loyiha boshqaruvi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3930-son qarori 4-bandidagi “o‘quv yurtidan” so‘zlari “ta’limdan” so‘zi bilan almashtirilsin.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4055-son qarori 1-bandining to‘qqizinchi xatboshisidagi “o‘quv yurtidan” so‘zlari “ta’limdan” so‘zi bilan almashtirilsin.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4171-son qarori bilan tasdiqlangan “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashi tarkibining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Lavozimiga ko‘ra — Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori”.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarori 5-bandining “d” kichik bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-son qarorida:
a) 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari Institut ilmiy xodimlarining malaka oshirishini moliyalashtirish manbasi etib belgilansin”;
b) 18-bandning uchinchi xatboshisidagi “ilmiy-tadqiqot muassasalari” so‘zlari “ilmiy tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 19-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “ilmiy-tadqiqot muassasalarining” so‘zlari “ilmiy tashkilotlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovaning 10, 34 va 35-pozitsiyalari “Moliyalashtirish manbalari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari”.
38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarorida:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limining” so‘zlari “professional ta’limning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n ikkinchi xatboshidagi “kasb-hunar” so‘zlari “professional” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “kasb-hunar kollejlarida” so‘zlari “professional ta’lim muassasalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning “e” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4410-son qarorining 14-bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-son qarorida:
a) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 4-ilovaning o‘n beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi bo‘yicha — Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori”;
v) 5-ilovaning 8-pozitsiyasi “Qarorning bandlari” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 129-bandning “a” va “b” kichik bandlaridagi “o‘quv yurtidan” so‘zlari “ta’limdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 270-banddagi “o‘quv yurtidan” so‘zlari “ta’limdan” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 273-band ikkinchi xatboshisidagi “ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi” so‘zlari “ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilot” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 274-bandning birinchi xatboshisidagi “o‘quv yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi” so‘zlari “ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilot” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4492-son qarorida:
a) 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — “El-yurt umidi” jamg‘armasi):
“O‘zatom” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2020-yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, “O‘zatom” agentligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga xorijda kadrlar malakasini oshirish va stajirovka qilish, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning magistratura, aspirantura va doktoranturasida yosh mutaxassislarni o‘qitish maqsadli ko‘rsatkichlarini tuzishda yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olsin”;
b) 1-ilovada:
3-bobda:
2-paragrafning “g” kichik bandidagi “ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari” so‘zlari “ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-paragrafning ikkinchi xatboshisidagi “ilmiy-tadqiqot muassasalarini” so‘zlari “ilmiy tashkilotlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bobda:
oltinchi xatboshidagi “ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida” so‘zlari “ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining” so‘zlari “ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi “Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4526-son qarorining 2-bandi to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Institut ilmiy xodimlarining xorijdagi yetakchi ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishini ta’minlasin.
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Institut ilmiy xodimlarining xorijda malaka oshirishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin”.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4688-son qarori 5-bandi uchinchi xatboshisidagi “o‘quv yurtidan” so‘zlari “ta’limdan” so‘zi bilan almashtirilsin.
45. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Uyda yoki davlat ta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlari xonalarida repetitorlik qilish — bolalar va kattalar bilan ta’lim fanlari bo‘yicha yakka tartibda hamda guruh bo‘lib mashg‘ulotlar o‘tkazish”.
46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4754-son qarorining 16-bandi ikkinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
47. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturining 31-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, Seysmoprognostik monitoring respublika markazining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar”.
48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4802-son qarorida:
a) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi muntazam ravishda Markazning asoslantirilgan takliflari va to‘g‘ridan to‘g‘ri buyurtmalari asosida ilmiy xodim va tadqiqotchilarning xorijda amaliyot o‘tashi va stajirovkasini tashkil etish hamda xorijlik ilmiy xodim va tadqiqotchilarni Markazga jalb qilish choralarini ko‘rib borsin”;
b) 1-ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Lavozim bo‘yicha — Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori”.
49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020 — 2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 30-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan o‘rmon xo‘jaligi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari va o‘rmon xo‘jaliklarida buyurtmachining to‘g‘ridan to‘g‘ri buyurtmalari hamda davlat grantlari asosida har yili o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi xodim va mutaxassislar malaka oshirishga yuborilishini, shu bilan birga belgilangan tartibda kvota ajratilishini ta’minlash”.
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4896-son qarorida:
a) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2021-yildan boshlab belgilangan tartibda O‘zgidrometning yuqori salohiyatli xodimlarini yetakchi xorijiy ta’lim, ilmiy va ixtisoslashtirilgan muassasalarda o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashini tashkil etsin”;
b) 2-ilova 27-pozitsiyasining “Tadbirlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan belgilangan tartibda gidrometeorologiya faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha xorijda kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish”.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining 10-pozitsiyasida:
a) “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademik litseylarning iqtidorli o‘qituvchilarini Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiyasi asosida xorijiy mamlakatlarda magistratura va doktoranturada o‘qitishni, buyurtmachi tashkilotning to‘g‘ridan to‘g‘ri buyurtmalari asosida malaka oshirish va stajirovka o‘tashini tashkil etish”;
b) “Moliyalashtirish manbalari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, ularning budjetdan tashqari mablag‘lari, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar”. | 109 | 36,838 |
Qonunchilik | Davlat хaridlari: mahalliy ishlab chiqaruvchilarga preferensiyalar | Moliya vazirining 8.04.2021 yildagi 21-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3016-4, 4.05.2021 y.) bilan Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining 29.01.2021 yildagi 41-son qaroriga muvofiq Nizom quyidagi bandlar bilan toʻldirildi:
Ma’lumot uchun! 29.01.2021 yildagi 41-son VMQ bilan tasdiqlangan Davlat хaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, хizmatlarga) preferensiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tenderda (tanlovda) хorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki va undan ortiq ishtirokchilar – mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan narх preferensiyasi qoʻllaniladi. Bunda har bir lot boʻyicha 15% miqdorida narх preferensiyasi beriladi hamda respublika hududida sanoat ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, хizmat koʻrsatish) faoliyatini amalga oshiradigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.05.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 66 | 1,117 |
Qonunchilik | Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xo‘jaligi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlarga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlas | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fermer xo‘jaligi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlar tugatilganda yoxud yer maydoni maqbullashtirilganda, ularga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash va qoplashni nazarda tutuvchi Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xo‘jaligi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlarga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom fermer xo‘jaligi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlar (keyingi o‘rinlarda — qishloq xo‘jaligi tashkiloti) tugatilayotganda yoxud maqbullashtirilayotganda, ularga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash va qoplash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yer maydonida sarflangan xarajatlar — qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida ajratilgan yer maydonida bajarilgan ishlar;
yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida qoplash — qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida uning tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazish yoki boshqa shaklda qoplash;
talabgor — tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi tashkilotining yer uchastkasini ijara huquqi asosida olayotgan qishloq xo‘jaligi tashkiloti.
3. Qishloq xo‘jaligi tashkiloti tugatilayotganda yoki maqbullashtirilayotganda, ularga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash va qoplash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Yer maydonida sarflangan quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
ko‘chatlar, ko‘p yillik mevali, hosilga kirmagan ko‘chatlar va manzarali daraxtlar, ularni parvarishlash, hududni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish maqsadida o‘rnatilgan tomchilatib sug‘orish tizimlari, suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish nasos stansiyalarini o‘rnatish hamda ariq — zovurlar qazish, ularni ta’mirlashga ketgan xarajatlar (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya mablag‘lari bundan mustasno);
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish maqsadida bajarilgan agrotexnik tadbirlar (erlarni begona o‘tlardan, tosh va boshqa chiqindilardan tozalash, yer maydonlarini tekislash, haydash, ekishga tayyorlash);
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun sarflangan xarajatlar, yetkazib berilgan moddiy-texnik resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklar;
ishlab chiqarish maqsadlari uchun boshqa infratuzilma obyektlari — gaz, elektr, oqava va ichimlik suvi, kanalizatsiya tarmoqlari va yo‘l qurilishiga sarflangan xarajatlar;
chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida qurilgan inshootlar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini qurish va ta’mirlashga sarflangan xarajatlar;
qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritish maqsadida sarflangan xarajatlar;
joriy yil hosilidan paxta xomashyosi, boshoqli don, sholi va sabzavot ekinlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab — quvvatlash jamg‘armasining resurslari hisobidan ajratilgan kredit mablag‘lari.
5. Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi tashkilotining yer maydonida sarflangan xarajatlarning bozor qiymati mazkur Nizomda belgilangan tartibda o‘tkazilgan baholash natijalari asosida aniqlanadi.
6. Ixtiyoriylik asosida tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbari ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan ko‘chmas mulkni, shuningdek, bajarilgan ishlar qiymatini aniqlash uchun tegishli baholash tashkilotiga murojaat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi tashkilotining ko‘chmas mulki yoki bajarilgan ishlari qiymati baholovchi tashkilot tomonidan qishloq xo‘jaligi tashkilotining hisobidan aniqlanadi. Bunda qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisobidan ko‘chmas mulkni yoki bajarilgan ishlari qiymatini aniqlash xarajatlari (keyingi o‘rinlarda — baholash xarajatlari) tanlovda g‘olib chiqqan talabgor tomonidan qoplab beriladi.
Qishloq xo‘jaligi tashkilotining yer maydonini maqbullashtirish yoki uni tugatish ishlari tuman (shahar) hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirilganda, tuman (shahar) hokimligi baholash tashkilotiga murojaat qiladi hamda baholash xarajatlarini qoplash tuman (shahar) hokimligiga yuklanadi. Bunda, tuman (shahar) hokimligi hisobidan amalga oshirilgan baholash xarajatlari tanlovda g‘olib chiqqan talabgor tomonidan qoplab beriladi.
7. Qishloq xo‘jaligi tashkilotiga ajratilgan yer maydonida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining qiymati baholash shaklida aniqlanadi.
8. Baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi shartnoma baholovchi tashkilot bilan tuman (shahar) hokimligi yoki qishloq xo‘jaligi tashkiloti o‘rtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
Baholashni amalga oshirish muddati va boshqa shartlar taraflarning kelishuviga muvofiq shartnomada belgilanadi.
9. Baholovchi tashkilot yer maydonlarida qurilgan obyektlarning yoki yer maydonlarida sarflangan xarajatlarning bozor qiymatini aniqlash maqsadida tegishli mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etishi mumkin. Bunda baholovchi tashkilot tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi bo‘limlariga murojaat etadi.
10. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi bo‘limi baholovchi tashkilotning murojaatiga asosan uch kun muddatda baholash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni baholovchi tashkilotga taqdim etilishini ta’minlaydi.
11. Baholovchi tashkilot baholash yakuni bo‘yicha baholash to‘g‘risida hisobot (keyingi o‘rinlarda — hisobot) tuzadi.
Baholovchi tashkilot shartnoma bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
12. Baholash qishloq xo‘jaligi tashkiloti tashabbusi asosida amalga oshirilganda, baholovchi tashkilotning hisoboti nusxasi unga ilovalar bilan birgalikda tashkilot tomonidan tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi.
13. Tuman (shahar) hokimligi hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni ikki kun ichida o‘rganib chiqadi. Agar tuman (shahar) hokimligida baholash natijalari bo‘yicha hisobotga nisbatan e’tirozlar mavjud bo‘lsa, uch kun muddatda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda baholash yakunlari bo‘yicha hisobotning ishonchliligi yuzasidan ekspertiza o‘tkaziladi.
Ekspertiza bilan bog‘liq xarajatlar baholash natijalaridan norozi bo‘lgan tarafning mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
14. Tuman (shahar) hokimligida hisobot bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lmaganda, tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi tashkilotining yer maydoni bir kun ichida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tanlovga qo‘yiladi hamda talabgorlarni hisobotda ko‘rsatilgan qoplanishi lozim bo‘lgan xarajatlarning bozor qiymati haqida belgilangan tartibda oldindan xabardor qilish ta’minlanadi. Mazkur talab bajarilmagan taqdirda, ushbu yer maydoni bo‘yicha tanlov o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Qishloq xo‘jaligi tashkilotiga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni qoplash turlari quyidagilardan iborat:
tijorat banklarining kreditlari;
boshqa obyektni mulk qilib berish;
kompensatsiyaning boshqa turlari.
16. Qishloq xo‘jaligi tashkilotiga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar pul mablag‘lari ko‘rinishida qishloq xo‘jaligi tashkilotining bank (depozit) hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan yoki naqd pul ko‘rinishda qoplab berilishi mumkin.
Xarajatlar naqd pul ko‘rinishida qoplab berilganda xarajatlarning qoplab berilganligi pul mablag‘larining qishloq xo‘jaligi tashkilotiga kirim qilinganligini isbotlovchi hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
17. Talabgorlar tomonidan boshqa mulk obyektlarini qishloq xo‘jaligi tashkilotiga mulk qilib berish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar olib qo‘yilayotgan mulkning qiymati qoplab berilayotgan mulkning bozor qiymatidan ortiq bo‘lsa, ushbu farq talabgor tomonidan qishloq xo‘jaligi tashkilotiga qoplab berilishi shart.
18. Qishloq xo‘jaligi tashkilotining yer uchastkasida sarflangan xarajatlari yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish tanlovi natijalari asosida olgan fermer xo‘jaligi yoki boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan qoplanadi.
19. Talabgor tanlov g‘olibi deb e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida xarajatlarning bozor qiymatini qishloq xo‘jaligi tashkilotiga to‘liq to‘lashi lozim.
20. Agar talabgor xarajatlarning bozor qiymatini belgilangan muddatda to‘liq qoplab bermasa, tuman (shahar) hokimligi keyingi kalendar kunidan kechiktirmay quyidagilarga xat yuboradi:
tanlov g‘olibiga — u g‘olib deb topilgan tanlov natijasining bekor qilinganligi haqida;
g‘olibdan keyin eng yuqori ball to‘plagan talabgorga — tanlov o‘tkazilayotganda taklif etilgan yer uchastkasi xarajatlar qiymatini o‘n kun mobaynida to‘lash to‘g‘risidagi taklif haqida.
Agar g‘olibdan keyin eng yuqori ball to‘plagan talabgor o‘n kun ichida xarajatlarning bozor qiymatini to‘liq qoplasa, u tanlov g‘olibi deb topiladi va unga mazkur yer maydoni yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Tanlov ishtirokchisi o‘n kun ichida xarajatlarning bozor qiymatini to‘liq qoplab bermasa, u xarajatlarni to‘lashdan bosh tortgan hamda tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanadi. Bunda yer maydoni tuman (shahar) hokimligi tomonidan takroran tanlovga qo‘yiladi.
21. Tuman (shahar) hokimning tugatilgan yoki maqbullashtirilgan qishloq xo‘jaligi tashkilotining yer uchastkasini boshqa talabgorga ajratish to‘g‘risidagi qarori quyidagilardan so‘ng qabul qilinadi:
yer uchastkasida sarflangan xarajatlarning bozor qiymati, baholash xarajatlari tegishli qishloq xo‘jaligi tashkilotining bank hisobvarag‘iga o‘tkazilganida yoki boshqa shaklda qishloq xo‘jaligi tashkilotiga to‘liq qoplab berilganda;
qishloq xo‘jaligi tashkiloti yer maydonini maqbullashtirish yoki uni tugatish tuman (shahar) hokimligi tashabbusi asosida amalga oshirilganda, baholash xarajatlari tanlov g‘olibi tomonidan tuman (shahar) hokimligiga to‘lab berilganda.
22. Tugatilayotgan va maqbullashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi tashkilotiga qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirish uchun hosil yili davrida ajratilgan bank kreditlarining, shu jumladan imtiyozli bank kreditlarining qoplanmagan qismi tanlovda g‘olib bo‘lgan talabgorga uch tomonlama dalolatnoma asosida qayta rasmiylashtiriladi.
23. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tugatilayotgan va maqbullashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasiga lizing va kredit asosida berilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun hosil yili davrida ajratilgan imtiyozli va tijorat kreditlari (joriy yil paxta va g‘alla hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar) qoplanmagan qismi tanlovda g‘olib bo‘lgan yoki maqbullashtirish natajasida yer uchastkasi berilgan qishloq xo‘jaligi korxonasiga tomonlarning kelishuviga asosan uch tomonlama dalolatnoma asosida qayta rasmiylashtiriladi.
24. Qishloq xo‘jaligi tashkiloti, talabgor va tuman (shahar) hokimligi o‘rtasida yuzaga keladigan nizo bo‘yicha kelishuvga erishilmagan taqdirda, ushbu nizo sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 24-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman (shahar) hokimining qarori asosida mulkdorga olib qo‘yilgan mol-mulkka teng qiymatli mol-mulk berish va uning ko‘rgan zararlarini qoplash, yer uchastkasida sarflangan xarajatlar yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq hajmda qoplash tegishli yer maydonini uni uzoq muddatli ijaraga berish tanlovi natijalari asosida olgan fermer xo‘jaligi, boshqa qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda tuman (shahar) hokimining yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish haqidagi qarori yetkazilgan zarar summasi yoki yer uchastkasida sarflangan xarajatlar qiymati tegishli qishloq xo‘jaligi tashkilotining bankdagi hisobvarag‘ida ko‘ringandan yoki qishloq xo‘jaligi tashkilotiga boshqa shaklda to‘liq qoplab berilgandan so‘ng qabul qilinadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-dekabrdagi 1012-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-bandining “e”, “yo”, “j” va “z” kichik bandlari hamda 12-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 250 | 14,096 |
Qonunchilik | 2018 — 2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida | Iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish va uzluksizligini ta’minlash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish, zamonaviy tejamkor va energiyani iqtisod qiladigan texnologiyalarni joriy etish asosida issiqlik ta’minoti tizimining asosiy fondlarini yangilash va modernizatsiyalash, yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida:
1. Quyidagilar respublikada issiqlik ta’minoti tizimini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
issiqlik ta’minoti tizimiga energiya va resurslarni tejaydigan yangi texnologiyalar va uskunalarni, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda joriy etish;
energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimini o‘rnatish yo‘li bilan ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ijtimoiy va boshqa obyektlarning nomarkazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish;
jismoniy va ma’naviy eskirgan tejamkor bo‘lmagan qozonxona agregatlarini almashtirgan holda ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish;
energiya resurslari iste’mol qilinishi va ishlab chiqarilishining me’yor bo‘yicha hisobga olinishini tashkil etish, iste’molchilarning issiqlik ta’minoti xizmati haqini hisoblash va to‘lashning avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimini joriy etish;
noishlab chiqarish xarajatlari o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik va issiqlik energiyasini yetkazib berish, taqsimlash va iste’mol qilishda me’yoridan ortiqcha nobudgarchiliklarni kamaytirish hisobiga sarf-xarajatlarni qisqartirishga yo‘naltirilgan issiqlik ta’minoti tizimida yagona texnik siyosatni amalga oshirish.
2. 2018 — 2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) tasdiqlansin, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
2018 — 2022-yillarda mahalliy qozonxonalarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2018 — 2022-yillarda energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahalliy qozonxonalar qurish, jumladan, gelioqurilmalarni qo‘llash parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2018 — 2022-yillarda markaziy qozonxonalarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
2018 — 2022-yillarda issiqlik tarmoqlarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
2018 — 2022-yillarda xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimini o‘rnatish parametrlari 5-ilovaga muvofiq;
2018 — 2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish kompleks tadbirlari 6-ilovaga muvofiq.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari — Dasturning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Ko‘p xonadonli uylar va issiqlik ta’minoti obyektlari qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi — Dastur doirasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi;
“Issiqlikelektrloyiha” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika “O‘zInjiniring” loyiha instituti — Dastur doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyiha tashkilotlari hisoblanadi.
4. Quyidagilar tasdiqlangan Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari sifatida:
a) mahalliy qozonxonalarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va qurish qismida:
ijtimoiy soha obyektlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga markazlashtirilgan investitsiya mablag‘lari;
ko‘p xonadonli uylar uchun — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari, pudrat tashkilotlarining mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
b) markaziy qozonxonalarni hamda issiqlik tarmoqlarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish uchun — issiqlik ta’minoti tashkilotlarining o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga markazlashtirilgan investitsiya mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari;
v) xonadonlar ichki yakka tartibdagi issiqlik ta’minoti tizimini o‘rnatish uchun — turar joy va noturar joy xonalari mulkdorlarining mablag‘lari, shuningdek, tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;
g) markaziy qozonxonalar va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiyalash hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish doirasida loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari (texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari)ni TIA (TIHK) ishlab chiqish uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
d) mahalliy qozonxonalarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “Issiqlikelektrloyiha” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika “O‘zInjiniring” loyiha instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
2017-yilning 1-sentabriga qadar markaziy qozonxonalarni, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarning TIA (TIHK) ishlab chiqilishi va vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazilishini hamda mahalliy qozonxonalarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
loyihalarning TIA (TIHK) va loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishi natijalari bo‘yicha Dastur doirasida loyihalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan pudrat tashkilotlarini tegishli tajribaga, texnik va moliyaviy salohiyatga ega bo‘lgan tashkilotlar orasidan tender (tanlov) asosida aniqlash, bunda tender (tanlov) hujjatlarida mahalliy qozonxonalar qurish va keyinchalik ularga ta’mirlash-servis xizmati ko‘rsatish nazarda tutilsin.
6. Dasturni amalga oshirish doirasida bir bosqichli tartibda loyihalarning TIA (TIHK)larini tasdiqlash bilan birga loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqishga ruxsat berilsin.
7. Loyihada energiya samaradorligi yuqori mahalliy qozonxonalar yoki xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimidan foydalanish nazarda tutilmagan yangi qurilayotgan ko‘p xonadonli uylar, shuningdek, tashkilotlar va idoralarning binolari bo‘yicha arxitektura-rejalashtirish topshiriqlariga rozilik berish qat’iyan taqiqlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro quyosh energiyasi instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalliy qozonxonalar, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimi, quyosh kollektorlari bilan birga loyihalashtirilgan obyektlarning energiya samaradorligi bo‘yicha shaharsozlik normalari va qoidalarini, shuningdek, quyosh kollektorlarini tayyorlash, sinash va qo‘llash bo‘yicha davlat standartlarini ishlab chiqsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2343-sonli qarori bilan tuzilgan Respublika energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish komissiyasi zimmasiga (A.N. Aripov) quyidagi vazifalar yuklansin:
Dasturni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
issiqlik ta’minoti tizimida energiya va resurslarni tejaydigan yangi texnologiyalar hamda uskunalarni joriy etish bo‘yicha, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda tavsiyanomalar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlarining Dastur amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini har chorakda eshitib borish;
Dastur parametrlariga asosli o‘zgartish va aniqliklar kiritish.
10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha Dasturni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan markazlashtirilgan kapital mablag‘lar limitlari ajratilishini nazarda tutsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini ishlab chiqishda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi hududida energiya samaradorligi yuqori mahalliy qozonxonalar, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimlari ishlab chiqarishni tashkil qilishni nazarda tutsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘ztransgaz” AK, “O‘zbekenergo” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari belgilangan tartibda, mansubligi bo‘yicha qurilayotgan mahalliy qozonxonalarga zarur muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlari tortilishini, shuningdek, tabiiy gaz, elektr energiyasi va sovuq suv uzluksiz berib turilishini ta’minlasinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI, “O‘zdavenergonazorat” DI bilan birgalikda mahalliy qozonxonalar, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimlari o‘rnatilishi va foydalanishga qabul qilinishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlasinlar.
14. Respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, Dasturni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar 2023-yilning 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlari to‘lashda (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. | 83 | 11,907 |
Qonunchilik | “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi QL-783-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 28-mayda kiritilgan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi QL-783-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 160 | 707 |
Qonunchilik | Siz Oʻzbekistonning eng yaхshi buхgalteri yoki auditori ekanligingizni qanday tasdiqlash mumkin | Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi, Oʻzbekiston Auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buхgalterlar Federatsiyasi va “Soliq va bojхona хabarlari” gazetasi tahririyati sizni: “Eng yaхshi buхgalter - 2021”, “Eng yaхshi auditor - 2021” va “Eng yaхshi ichki auditor - 2021” respublika tanlovlarida ishtirok etishga taklif qiladi.
Tanlovlar Moliya vazirligi qoʻllab-quvvatlashida va “ILMFANRIVOJ” NTMning teхnik koʻmagida oʻtkaziladi.
Ularda Oʻzbekistonda ishlaydigan buхgalterlar va auditorlar (auditor yoki ichki auditor malaka sertifikatiga ega boʻlganlar) staji, ish joyi va buхgalterlar va auditorlarning respublika professional jamoat birlashmalariga a’zoligidan qat’i nazar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovlar ikki bosqichda oʻtkaziladi.
I bosqich (sirtqi) - 2021 yil 6 sentyabrdan 31 oktyabrga qadar.
Siz tanlov test savollariga javoblarni oddiy yoki elektron pochta orqali yuborishingiz zarur boʻladi.
E’tibor bering! Test savollarini 2021 yil 20 avgustdan boshlab http://www.naaa.uz havolasi boʻyicha yuklab olish yoki “ILMFANRIVOJ” NTM ofisida olish mumkin.
Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan tanlov ishtirokchilari ikkinchi bosqichga taklif qilinadi.
II bosqich (yuzma-yuz) - 2021 yil 20 noyabr.
Birinchi bosqich gʻoliblari Toshkent shahrida yozma imtihon topshiradilar. Siz oʻz kasbiy bilim va koʻnikmalaringizni yuqori darajada koʻrsatishingiz lozim boʻladi.
Tanlov natijalari 2021 yil 9 dekabr - Oʻzbekiston buхgalterlari va auditorlari kunida e’lon qilinadi.
Mukofotlar va ragʻbatlantirishlar:
Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:
1) “ILMFANRIVOJ” NTM hisobvaragʻiga 1 BHM (245 000 soʻm) miqdorida bir martalik badalni toʻlash;
2) soʻrovnoma, bir martalik badal toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatini joʻnatish;
3) buхgalterlar ish joyidan ma’lumotnomani joʻnatishlari;
4) birinchi bosqichning test savollariga javoblarni 2021 yil 31 oktyabrga qadar joʻnatish.
Qoʻshimcha ma’lumotlarni bu yerda olish mumkin:
Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi
“ILMFANRIVOJ” NTM | 95 | 2,044 |
Qonunchilik | Transport to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi transport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun transportga oid faoliyatni tijorat asosida amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
quvur transporti faoliyati va elektr uzatish liniyalari orqali elektr energiyasining olib o‘tilishi;
transportga oid bo‘lmagan ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalari faoliyati;
idoraviy yo‘lovchi tashish transportining, shuningdek beg‘araz asosda tashishlarni amalga oshiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyati;
harbiy, harbiy-yordamchi, chegarani qo‘riqlaydigan kemalarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklarni va harbiy tarkiblarni tranzit tashishlarni amalga oshirish faoliyati;
eksperimental va davlat aviatsiyasining faoliyati;
xususiy mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarga ko‘ra, tashishlarni o‘zlariga tegishli bo‘lgan transport vositalaridan foydalangan holda beg‘araz asosda va shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun amalga oshiradigan jismoniy shaxslarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Transport to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining transport to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
aralash tashish — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini butun harakatlanish yo‘li uchun rasmiylashtirilgan yagona tashish hujjati bo‘yicha har xil turdagi transportda tashish;
aralash tashishlar operatori — tashishni tashkil etuvchi hamda tashish uchun o‘zi jalb qilgan barcha tashuvchilar va uchinchi shaxslar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oluvchi yuridik shaxs;
mijoz — tashuvchi yoki aralash tashishlar operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida transport xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs (yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi, yuk oluvchi, fraxtlovchi);
tashish — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish punktidan yetkazish punktiga tashish;
tashishlar xavfsizligi — texnogen (texnik va texnologik) xususiyatga ega tahdidlardan transport vositasi harakatlanish jarayonining hamda transport vositasining o‘zining himoyalanganlik holatini ta’minlash bo‘lib, bunda tashishlar xavfsizligiga oid qoidabuzarliklar va ularning fuqarolar hayotiga yoki sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘ladigan oqibatlari yuzaga kelishining yo‘l qo‘yilmaydigan xavfi mavjud bo‘lmaydi;
tashish hujjati — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydigan, chipta, bagaj kvitansiyasi, tovar-transport yuk xati, elektron axborot tashuvchi karta yoki boshqa axborot tashuvchi tarzidagi hujjat;
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga ega bo‘lgan, yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatadigan, shuningdek tashish uchun tegishli litsenziyaga, sertifikatga yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
tranzit transport yo‘lagi — transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishi bo‘lib, unda tranzit yuklarni tashishni amalga oshirish uchun tranzit transport yo‘lagining pasportida ko‘rsatilgan texnik, texnologik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratiladi hamda bunday yuklar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalarini bajarishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladi;
transport — qatnov yo‘llarining, transport vositalarining, qatnov yo‘llaridagi texnik qurilmalar va inshootlarning yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish jarayonini ta’minlaydigan barcha turlari yig‘indisi;
transport vositalari — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish uchun mo‘ljallangan qurilmalar;
transport infratuzilmasi obyektlari — yo‘lovchilarga, yuk jo‘natuvchilarga, yuk oluvchilarga, tashuvchilarga va tashish jarayonining boshqa ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatish, shuningdek transport vositalarining ishlashini ta’minlash uchun mo‘ljallangan inshootlar, ishlab chiqarish-texnologik majmualar;
transport logistikasi — yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining olib o‘tilishi va tashilishini tashkil qilish bilan bog‘liq vazifalarning kompleks va o‘zaro bog‘liq hal etilishi;
transport-logistika markazi — transport infratuzilmasi obyekti, u tashish bilan turdosh bo‘lgan tayyorgarlik va taqsimlash xizmatlarini, shu jumladan yuklarni to‘plash, saqlash, ularga ishlov berish va tarqatish xizmatlarini hamda yuk va transport vositalari bilan boshqa operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan inshootlar joylashgan maxsus ajratilgan maydonni o‘z ichiga oladi;
transport majmui — transport tashkilotlari, tashuvchilar, transport infratuzilmasi obyektlari, transport vositalari, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek transport sohasi xodimlariga ijtimoiy-maishiy hamda madaniy xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashkilotlar majmui;
transport tashkiloti — transportga oid faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxs;
transportga oid faoliyat — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini avtomobil, temir yo‘l, havo, suv transportida yoki ushbu transport turlari uyg‘unligida tashish hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy va texnologik operatsiyalarni hamda shartnoma asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda bajariladigan xizmatlar bilan bog‘liq faoliyat;
transport xavfsizligi — transport majmuining qonunga xilof aralashuvdan himoyalanganlik holati hamda uning odatdagi rejimda va favqulodda vaziyatlar hollarida barqaror ishlashining ta’minlanganligi;
xalqaro tashish — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini har qanday turdagi transport vositasida ikki yoki undan ortiq davlat hududlari bo‘ylab amalga oshiriladigan tashish, shuningdek yuksiz transport vositasining ikki yoki undan ortiq davlat hududlari bo‘ylab o‘tishi;
yagona tovar-transport yuk xati — tovar-moddiy qimmatliklarni hisobdan chiqarish, ularni olib o‘tish yo‘lida hisobini yuritish, kirim qilish, omborxona operatsiyalarini va buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek yukni tashish uchun hisob-kitoblar qilish hamda bajarilgan ishlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan, barcha aralash tashish ishtirokchilari uchun yagona bo‘lgan tashish hujjati.
Transportga oid faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
xavfsizlik;
ekologik tozalik;
transport xizmatlaridan foydalana olish;
ochiqlik va shaffoflik.
Avtomobil, havo, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten va transport infratuzilmasi obyektlari O‘zbekiston Respublikasining yagona transport tizimini (bundan buyon matnda transport tizimi deb yuritiladi) tashkil etadi.
Transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
transport sohasida davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
transport tizimini mamlakat iqtisodiyotining strategik sektori sifatida rivojlantirish;
transport xizmatlarining raqobatbardoshliligini, ulardan foydalana olishni, ularning samaradorligi va sifatini, xavfsizligi va ekologik tozaligini oshirish;
transport sohasi boshqaruvini takomillashtirish va har xil transport turlarining o‘zaro bog‘liq tarzda ishlashini ta’minlash, shuningdek samarali tarif siyosatini yuritish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
ilg‘or innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va transport majmuini xalqaro transport tizimiga uyg‘unlashtirish.
Transport sohasini davlat tomonidan tartibga solish litsenziyalash, sertifikatlashtirish, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini qo‘llash, texnik jihatdan tartibga solish, ilmiy-texnik siyosatni amalga oshirish, soliq solish, tarif siyosatini, shu jumladan ijtimoiy ahamiyatga ega tashishlar uchun tarif siyosatini olib borish, transport to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash, kadrlar siyosatini olib borish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tartibga solish usullarini qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari transport tashkilotlarining xo‘jalik faoliyatiga aralashishga hamda ushbu tashkilotlarning ishlayotgan xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishga haqli emas, bundan tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan, favqulodda holat joriy etilgan hollar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
transport sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining transport sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, transport sohasida davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
transport sohasidagi ilmiy-texnikaviy va investitsiyaviy faoliyatni tashkil etadi;
transport infratuzilmasi shakllantirilishini va uning samarali ishlashini ta’minlaydi;
transport sohasidagi litsenziyalash, sertifikatlashtirish, ruxsat etish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini belgilaydi;
transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalari toifalari sonini hamda ularni toifalash mezonlarini belgilaydi;
tranzit transport yo‘laklari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
transport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
transport sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi transport sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
transport sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
transport sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, konsepsiyalar hamda strategiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
o‘z vakolatlari doirasida transport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
transportda xavfsizlikni ta’minlashga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
transport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi, shu jumladan xorijda tashkil etadi;
zamonaviy boshqaruv uslublariga asoslangan yagona uyg‘unlashgan transport tizimini yaratish bo‘yicha choralar ko‘radi;
zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan transport tizimini raqamlashtirishga doir choralar ko‘radi;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini, shuningdek sertifikatlashtirishni qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi;
transport sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
transport sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda ishtirok etadi;
transport tizimini rivojlantirishga va zamonaviy transport infratuzilmasini yaratishga ko‘maklashadi;
transport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, transport majmuining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratishga, shuningdek transport tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
shahar yo‘lovchi transportidan foydalanish chog‘ida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etish choralarini ko‘radi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Maxsus vakolatli davlat organi, uning hududiy bo‘linmalari, tasarrufidagi tashkilotlar transport sohasidagi davlat nazorati organlaridir.
Transport sohasidagi davlat nazorati organlari:
milliy va chet el transport tashkilotlari tomonidan yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish chog‘ida transport to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishining ta’minlanishi;
kemachilik xavfsizligi, kemalardan ularning belgilangan maqsadiga muvofiq foydalanilishi;
havo kemalari parvozlari xavfsizligi qonunchilikka muvofiq ta’minlanishi;
temir yo‘l transportida yuklarni va yo‘lovchilarni tashish xavfsizligi;
fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar hamda baxtsiz hodisalar, shuningdek temir yo‘l va suv transportidagi avariya hamda halokatlar bo‘yicha tekshiruvlar tashkil etilishi va o‘tkazilishi;
yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini va yuklarni tashish qoidalariga rioya etilishi, yo‘lovchi yo‘nalishlari bo‘yicha transport vositalarining harakatlanishi, harakatlanishning belgilangan jadvallari va oraliq masofalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Transport sohasidagi davlat nazorati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Transport sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari transport xizmatlari iste’molchilarining manfaatlarini himoya qilish, transportda xavfsizlikni ta’minlash, ekologik, sanitariya-epidemiologik va boshqa talablarga rioya etish maqsadida amalga oshiriladi.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar ichida, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro tashishlar hamda yuklarni xalqaro tashishlar, yo‘lovchilarni va yuklarni temir yo‘l transportida tashishlar transport sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat turlari jumlasiga kiradi.
Transport sohasidagi ruxsat etish tartib-taomillarining turlari qonunda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Transport sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari qonunda belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Transport vositalari muvofiqlik yoki transport vositasi turini ma’qullash sertifikatiga ega bo‘lishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish, sotish (realizatsiya qilish) yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish, shuningdek tashish bilan bog‘liq xizmatlar erkin va tartibga solinadigan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yoki transport sohasida tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan transport xizmatlarining ayrim turlariga nisbatan tariflarning cheklangan miqdorlari belgilanadi.
Davlat tomonidan tariflarning cheklangan miqdorini belgilash hamda yo‘lovchilarga va fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar berish natijasida transport tashkilotlari ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Aralash tashish chog‘idagi to‘g‘ridan to‘g‘ri transport tarifi aralash tashish shartnomalari tuzilgan sanalardagi har bir transport turida tashishga doir xizmatlar uchun to‘lovlar summasidan, har bir transport turida amal qilayotgan tariflar bo‘yicha shakllantiriladi.
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashiganlik, transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, miqdori taraflarning kelishuvi asosida belgilanadigan haq undiriladi.
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish, transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish shartlari hamda taraflarning tashishlar va transport-ekspeditorlik operatsiyalari bo‘yicha javobgarligi normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek tashish va transport ekspeditsiyasi shartnomalarida belgilanadi.
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashishni amalga oshirayotgan transport vositalarining ruxsat etilgan gabaritlari hamda vazniga doir parametrlari transport vositalarining texnik xususiyatlari va infratuzilma imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qonunchilikda belgilanadi.
Mijoz quyidagi huquqlarga ega:
tashish shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlar tashuvchi tomonidan bajarilishini talab qilish;
tashuvchi va harakatlanish yo‘nalishi to‘g‘risida zarur axborot olish;
transport xizmatlari bozorida transport turini erkin tanlash;
tashish qoidalarida yoki shartnomasida belgilangan xizmatlarning tashuvchi tomonidan o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi;
qonunchilikka muvofiq fuqarolarning alohida toifasi uchun nazarda tutilgan imtiyozli va bepul yurish;
qonunchilikka muvofiq tashish orqali yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini, ma’naviy zarar kompensatsiya qilinishini talab qilish.
Mijoz qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Mijoz:
tashuvchi bilan tuzilgan tashish shartnomasi shartlariga rioya etishi;
majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan jo‘natilayotgan yuk uchun muvofiqlik sertifikatini tashuvchiga taqdim etishi;
tashish qoidalariga rioya etishi;
bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini transportda tashish uchun tayyor holda taqdim etishi;
yo‘lovchi transportida o‘zini tutish qoidalariga rioya etishi shart.
Mijozning zimmasida qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
narx belgilash qoidalariga muvofiq tashish narxlarini erkin belgilash, bundan tartibga solinadigan tariflar belgilangan hollar mustasno;
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid, ekologiya va sanitariya normalari buzilishi yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan holatlarda tashishni rad etish.
Tashuvchi qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Tashuvchi:
litsenziyaga, sertifikatga, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga va (yoki) tashish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishi, agar bu O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan bo‘lsa;
mijoz bilan belgilangan shaklda shartnoma tuzishi;
tashishlarni belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan transport vositalarida amalga oshirishi;
qonunchilikka muvofiq tashish orqali yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi, ma’naviy zararni kompensatsiya qilishi;
yo‘lovchi xavfsizligini, unga zarur qulayliklar va xizmat ko‘rsatish sharoitlari yaratilishini, yo‘lovchi tomonidan bagaj hamda yuk bagaji topshirilgan taqdirda esa uning bagaji va yuk bagaji o‘z vaqtida tashilishi hamda but saqlanishini ham ta’minlashi;
harakat xavfsizligini ta’minlashi;
majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan jo‘natilayotgan yuk uchun muvofiqlik sertifikatining ko‘chirma nusxasini mijozdan talab qilishi;
qonunchilikka muvofiq alohida toifadagi yo‘lovchilarni bepul tashishni amalga oshirishi yoki ularga kira haqini to‘lash bo‘yicha boshqa imtiyozlarni taqdim etishi;
yo‘lovchilarning hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o‘zining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi;
jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslarning transport vositalaridan, axborotdan, shuningdek aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, tashish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.
Tashuvchining zimmasida qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Avtomobil, temir yo‘l, havo va suv transporti transport logistikasi talablariga rioya etgan hamda transport infratuzilmasidan foydalangan holda ularning muvofiqlashtirilgan hamkorligi orqali aralash tashishlar tizimini tashkil etadi.
Mijoz, aralash tashishlar operatori va tashuvchilar aralash tashishlar ishtirokchilaridir.
Aralash tashishni tashkil etishda transport logistikasi tashish jarayonining yagona operatori va yagona tashish hujjati mavjud bo‘lishini, to‘g‘ridan to‘g‘ri transport tarifi hamda aralash tashish barcha ishtirokchilari hamkorligining izchil-markazlashgan sxemasi qo‘llanilishini, shuningdek tashish jarayoni uchun yagona javobgarlikni ta’minlashi kerak.
Aralash tashishlar shartnomasi aralash tashishlar operatori va mijoz o‘rtasida tuziladi hamda quyidagilarni:
mijozning hamda aralash tashishlar operatorining huquq va majburiyatlarini;
mijozning va aralash tashishlar operatorining javobgarligini;
yagona tovar-transport yuk xatini to‘ldirish tartibini;
yetkazib berish muddatlari va shartlarini;
yetkazib berish punktlarini;
bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining hajmlari hamda o‘lchamlarini;
narxni va to‘lov tartibini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Aralash tashishlar shartnomasida qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Yo‘lovchini aralash tashishlar shartnomasi ommaviy shartnomadir. Yo‘lovchini aralash tashishlar shartnomasi tuzilganligi yo‘lovchining aralash qatnovda yurish huquqini tasdiqlovchi yagona chipta bilan, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik jo‘natmalari topshirilganligi esa aralash tashishning bagaj kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi.
Aralash tashishlar operatori:
o‘zining xususiyatlariga, vazniga hamda gabarit parametrlariga ko‘ra aralash tashishlar shartnomasida ko‘rsatilgan bagaj, yuk bagaji, yuk, pochta va kuryerlik jo‘natmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga mos kelmaydigan bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini aralash tashishni rad etish;
aralash tashishlar shartnomasida mijoz tomonidan ko‘rsatilgan yetkazish punktiga bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini yengib bo‘lmas kuch tufayli yetkazib berish imkoni bo‘lmagan taqdirda, aralash tashishni rad etish hamda yuk jo‘natuvchini yozma yoki elektron shaklda oldindan xabardor qilgan holda bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qaytarib berish. Bunda, agar aralash tashishlar shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aralash tashishlar operatorining qo‘shimcha xarajatlari yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) tomonidan to‘lanadi;
mijozdan aralash tashishlar shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar lozim darajada bajarilishini talab qilish huquqiga ega.
Aralash tashishlar operatori qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Aralash tashishlar operatori:
yo‘lovchini, bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish punktidan yetkazish punktiga tashishni har xil turdagi transportdan foydalangan holda aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq tashkil etishi;
yetkazish punktida bagaj va yuk bagaji yo‘lovchiga topshirilishini tashkil etishi;
aralash tashishlar shartnomasida belgilangan muddatlarda yo‘lovchini va bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qabul qilib olishi;
tashishning har bir bosqichida yo‘lovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining harakatlanishi ustidan monitoringni ta’minlashi;
bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining butun harakatlanish yo‘li davomida but saqlanishini, aralash tashishlar shartnomasida belgilangan muddatlarda yetkazilishini hamda ularni qabul qilib olishga vakolati bo‘lgan shaxsga (yukni oluvchiga) topshirilishini ta’minlashi shart.
Aralash tashishlar operatorining zimmasida qonunchilikka va shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Mijoz:
harakatlanish yo‘nalishi, transport tarkibi va turlari haqida axborot olish;
aralash tashishlar operatoridan aralash tashishlar shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning lozim darajada bajarilishini talab qilish;
yozma hujjatlar bilan asoslangan dalillar taqdim etilgan taqdirda aralash tashish chog‘ida yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Mijoz qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Mijoz:
aralash tashishlar operatoriga aralash tashishlar shartnomasida kelishilgan barcha tegishli to‘lovlarni to‘lashi;
aralash tashishlar operatoriga bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini aralash tashishlar shartnomasida ko‘rsatilgan muddatga binoan taqdim etishi shart.
Mijozning zimmasida qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Aralash tashishlar chog‘idagi hamkorlikka oid shartnoma aralash tashishlar operatori va ushbu tashishlarda ishtirok etuvchi har xil turdagi transport tashuvchilari o‘rtasida tuziladi hamda quyidagilarni:
aralash tashishlar operatorining hamda tashuvchining huquq va majburiyatlarini;
aralash tashishlar operatorining va tashuvchining javobgarligini;
har bir tashuvchining xizmatlari qiymatini va ularning haqini to‘lash tartibini;
tashuvchilarning hamkorlik qilish va transport vositasining bir turidan boshqasiga yo‘lovchini o‘tkazish yoki bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qayta ortish tartibini;
yagona tashish hujjatini (chiptani, bagaj kvitansiyasini, yagona tovar-transport yuk xatini) to‘ldirish tartibini;
tashish muddatlari va shartlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Aralash tashishlar chog‘idagi hamkorlik shartnomasida qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali har qanday turdagi transportda olib o‘tish, agar bunday olib o‘tish jo‘natish va yetkazish punktlari O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan yo‘lning faqat bir qismi bo‘lsa, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining transport vositalarida chet davlatlar hududi orqali amalga oshiriladigan tashish tranzit tashishdir.
Tranzit yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tashish transportning tegishli turlariga oid bir yoki bir nechta tashish hujjatidan foydalangan holda transportning bir yoki bir nechta turi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Bir turdagi transportdan boshqasiga tranzit yo‘lovchini o‘tkazish va bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qayta ortish tashish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar tovarning butun harakatlanish yo‘lida yuk bilan birga borishi kerak.
Agar ayrim tranzit bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish shartlarida ular bilan tegishli operatsiyalar (yukni tushirish, qayta ortish, saqlash, to‘plamlarga ajratish yoki to‘plamlar uchun yig‘ish va boshqa shunga o‘xshash operatsiyalar) bajarilishi talab etilsa, ular tranzit yuklar maqomini saqlab qoladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro qatnovda tashilayotgan tranzit bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qayta ortish tashuvchi tomonidan taqdim etiladigan transport vositalarida amalga oshiriladi.
Tranzit tashish operatori bilan shartnoma tuzilganidan so‘ng tashuvchilar tranzit tashishlar operatorlaridan tranzit yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish uchun buyurtmalar olganda ushbu buyurtmalarni qanoatlantirishni rad etishga haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasining, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hayoti va sog‘lig‘ining xavfsizligini, atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida alohida tranzit yo‘lovchilarga, bagajga, yuk bagajiga, yuklarga, pochta va kuryerlik jo‘natmalariga, shu jumladan harbiy mahsulotlarga nisbatan taqiqlar yoki cheklovlar, shuningdek veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalari, karantin cheklovlari va fitosanitariya talablari, atrof-muhitning radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlashga doir talablar hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunida va xalqaro shartnomalarida belgilangan boshqa talablar hamda shartlar qo‘llanilishi mumkin.
Tranzit transport yo‘laklari tranzit yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini ularning eng zich joylashgan yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro qatnovda tashishlar uchun transport tizimidan foydalanishni maqbullashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Tranzit transport yo‘lagining punktlari xalqaro tashishda transport vositalarining harakatlanishi hamda yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashishning belgilangan yo‘nalishiga rioya etilishi ustidan masofaviy nazoratni ta’minlovchi axborot vositalari hamda texnik vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Har bir tranzit transport yo‘lagi uchun maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tranzit transport yo‘lagining pasporti tuzilib, unga quyidagi ma’lumotlar va hujjatlar kiritiladi:
tranzit transport yo‘lagining turi;
tranzit transport yo‘lagining boshlang‘ich, oxirgi va oraliq punktlari nomi;
tranzit transport yo‘lagining uzunligi;
tranzit yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish muddati;
tranzit transport yo‘lagining texnologik xususiyatlari va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan boshqa ma’lumotlar;
davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshirishga doir texnologik sxemalar.
Tranzit transport yo‘lagining boshlang‘ich va oxirgi punktlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali tegishli o‘tkazish punktlaridan iboratdir.
Tranzit transport yo‘lagi tranzit transport yo‘laklarining reyestriga kiritiladi, ushbu reyestrni yuritish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Tranzit transport yo‘laklarining reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Tranzit transport yo‘laklarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida yuklarni tranzit olib o‘tish chog‘ida tranzit yuklar bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan biror-bir operatsiyalarni bajarishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tranzit yuklar va hujjatlarni identifikatsiya qilish amalga oshiriladi.
Tranzit yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida tegishli vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat nazorati jarayonida tranzit yo‘lovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining hamda tranzit vositalarining bojxona, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, radiologiya, ekologiya nazorati hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida belgilanadigan nazoratning boshqa turlari talablariga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshiriladi.
Tranzit yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishning majburiy shartlari quyidagilardan iborat:
vakolatli davlat organlari tomonidan davlat nazoratining barcha turlarini o‘z vakolatlari doirasida kompleks ravishda, bir vaqtning o‘zida o‘tkazish;
davlat nazorati o‘tkazilishini va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini tartibga solish;
vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan davlat nazorati vazifalarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda bajarish;
davlat metrologiya nazoratidan o‘tgan o‘lchov vositalaridan foydalanish;
tirik hayvonlarni, tez buziladigan mahsulotlarni, transplantatlarni, biomateriallarni, maxsus tibbiy dori-darmonlarni tashishda tezlashtirilgan va ustuvor davlat nazorati tartibi.
Tegishli vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari o‘zining davlat nazoratiga doir vakolatlarini boshqa shaxslarga topshirishi mumkin emas.
Transport logistikasi transport majmui barcha ishtirokchilarining har xil turlardagi transportdan foydalangan holda maqbul yo‘nalish bo‘ylab tashishni rejalashtirish va uni boshqarish bo‘yicha harakatlari kelishilganligini hamda o‘zaro bog‘liqligini, shu jumladan tashishning har bir bosqichida yo‘lovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining harakatlanishi monitoringini o‘z vaqtida va sifatli tarzda ta’minlashi kerak.
Transport logistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
transportda tashishning yagona texnologiyasini, to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta ortishlarni, qayta ortish amalga oshirilmaydigan qatnov yo‘lini qo‘llagan holda yagona transport tizimi parametrlarining kelishilganligi;
tashishlarning yagona reja-jadvallarini ishlab chiqish va qo‘llash;
transport yo‘laklarini va transport zanjirlarini shakllantirish;
transport-omborxona jarayonining texnologik birligini ta’minlash;
yukni yetkazib berishning oqilona yo‘nalishini aniqlash;
transport vositasining xili va turini tanlash.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bajariladigan operatsiyalardan kelib chiqqan holda xalqaro va hududiy transport-logistika markazlari tashkil etilishi mumkin.
Transport-logistika markazlari ularga har qanday turdagi transportda kirib kelayotgan hamda olib chiqilayotgan yuklarni omborga joylashtirish, saqlash, ularga ishlov berish, ularni qayta ishlash, qadoqlash va taqsimlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi, shuningdek transport vositalarini saqlashni va ularga texnik xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshiradi. Transport-logistika markazlari bojxona, logistika, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish xizmatlarining hamda yuklarni eksport va import qilish uchun qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xizmatlarning to‘liq majmuini taqdim etishi mumkin.
Xalqaro transport-logistika markazlarida davlat organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning asosiy vazifalari “Yagona darcha” prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi hamda bojxona, chegara, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish xizmatlarini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashtiriladi.
Xalqaro transport-logistika markazlari O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan yuklar va transport vositalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajarish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq transport nazoratini, shu bilan birga bojxona va chegara operatsiyalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangandir.
Hududiy transport-logistika markazlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yuklarni omborga joylashtirish, saqlash, ularga ishlov berish, ularni qayta ishlash, qadoqlash va taqsimlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek transport vositalarini saqlash va ularga texnik xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangandir.
Transport-logistika markazlarini zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlashga doir namunaviy talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Transport tashkilotlari, shuningdek tashuvchilar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulki xavfsizligini, transport vositalaridan, transport infratuzilmasi obyektlaridan foydalanish xavfsizligini, shuningdek atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.
Transport infratuzilmasi obyektlarining faoliyat ko‘rsatishiga va xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek transport xizmatlari ko‘rsatishga to‘sqinlik qiladigan xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Transport vositalari va inshootlarining xavfsizligini bevosita ta’minlaydigan xodimlar tegishli bilim, ko‘nikma hamda tayyorgarlikka, shuningdek qonunchilik talablariga muvofiq ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlarga doir ijozatga ega bo‘lishi kerak. Bu xodimlar, shuningdek mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar tibbiy tekshiruvdan o‘tishi kerak.
Transport vositalari harakati amalga oshiriladigan, manyovr va yuk ortish-tushirish ishlari bajariladigan transport infratuzilmasi obyektlarining hududlari o‘ta xavfli zonalar hisoblanadi hamda, zarur bo‘lganda, to‘sib qo‘yiladi va texnik nazorat vositalari bilan jihozlanadi. O‘ta xavfli zonalarda jismoniy shaxslarning bo‘lishi va obyektlarning joylashtirilishi, ularda ishlarni bajarish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va temir yo‘llarni kesib o‘tuvchi yoki bevosita ularning yaqinida joylashgan gaz, neft quvurlarini va boshqa inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanish chog‘ida belgilangan normativlarni, shuningdek mazkur inshootlardan foydalanish xavfsizligini ta’minlash uchun ularning egalari javobgardir.
Transport tashkilotlari va tashuvchilar tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirishi, ularni tashkil etishni hamda moliyalashtirishni amalga oshirishi, atrof-muhitni va yer qa’rini muhofaza qilish sohasida idoraviy hamda ishlab chiqarish nazoratini olib borishi, atrof-muhitni, yer qa’rini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitga hamda yer qa’riga eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan ta’sirni tartibga soluvchi boshqa mezonlar bo‘yicha belgilangan normalarga rioya etilishini ta’minlashi shart.
Transport tashkilotlari va tashuvchilar atrof-muhitga hamda yer qa’riga yetkazilgan zarar uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Transport vositalarining va transport infratuzilmasi obyektlarining zaifligini baholash ularning g‘ayriqonuniy aralashuvdan himoya qilinganligi darajasini, shuningdek ularning odatdagi rejimda hamda favqulodda vaziyatlar hollarida barqaror ishlashi ta’minlanganligi darajasini aniqlashdan iboratdir.
Transport vositalarining va transport infratuzilmasi obyektlarining zaifligini baholash transport xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi.
Transport vositalarining va transport infratuzilmasi obyektlarining zaifligini baholash natijalari transport xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Transport vositalarining va transport infratuzilmasi obyektlarining zaifligini baholash natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarqatilishi cheklangan axborotdir.
Transport vositalarini va transport infratuzilmasi obyektlarini toifalash transport xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Transport vositalari va transport infratuzilmasi obyektlari toifalarining soni hamda ularni toifalash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Toifalashtirilgan obyektlar transport vositalari va transport infratuzilmasi obyektlari reyestriga kiritiladi, reyestrni yuritish transport xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilarning va boshqa shaxslarning hayoti hamda sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tashishlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida vakolatli organlar vokzalga, aerovokzalga, aeroportga, metropolitenga va avtostansiyaga kirish joyida transport vositasini, bagajni, yuk bagajini va yukni ko‘zdan kechirishdan hamda yo‘lovchilarni va boshqa shaxslarni shaxsan ko‘zdan kechirishdan o‘tkazishi mumkin. Yo‘lovchilar va boshqa shaxslar ko‘zdan kechirishdan o‘tishni rad etgan taqdirda vokzalga, aerovokzalga, aeroportga, metropolitenga va avtostansiyaga kirish taqiqlanadi.
Transport vositasini, bagajni, yuk bagajini va yukni ko‘zdan kechirishni, yo‘lovchilarni hamda boshqa shaxslarni shaxsan ko‘zdan kechirishni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli organlarning ro‘yxati, ko‘zdan kechirishni o‘tkazish tartibi, shuningdek vokzallarda, aerovokzallarda, avtostansiyalarda, aeroportlarda va metropolitenda yo‘lovchilarning hamda boshqa shaxslarning bo‘lishi qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Yo‘lovchilar to‘g‘risidagi avtomatlashtirilgan markazlashtirilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish, shuningdek ulardagi mavjud ma’lumotlarni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Chet davlatning O‘zbekiston Respublikasiga xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi transport tashkilotlari yoki tashuvchilari tashish hujjatlarida (chiptalarida) mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning yo‘lovchilar to‘g‘risidagi avtomatlashtirilgan markazlashtirilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalariga o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Transport tashkilotlari va tashuvchilar transportning lozim bo‘lgan darajada ishlashiga to‘sqinlikni keltirib chiqargan avariyalarni, halokatlarni, xavfli tabiat hodisalarini, tabiiy ofatlarni yoki boshqa ofatlarni tugatish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘radi.
Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, favqulodda holat joriy etilganda transport tashkilotlarining hamda tashuvchilarning shartnomaviy munosabatlari mazkur favqulodda vaziyatlarni hamda ularning oqibatlarini tugatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra to‘xtatib turilishi mumkin.
Tabiiy, ijtimoiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sharoitlarida, favqulodda holat joriy etilganda transport tashkilotlari, aralash tashishlar operatorlari hamda tashuvchilarning safarbarlik tayyorgarligiga, fuqaro muhofazasi bo‘yicha tadbirlarga va avariyadan qutqarish ishlariga, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga doir tadbirlarni ta’minlash bilan bog‘liq tashishlarni amalga oshirishga oid xarajatlarining o‘rni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga, harakat xavfsizligiga hamda yuklarning but saqlanishiga tahdid soladigan avariyalar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tugatishda transport tashkilotlariga, tashuvchilarga yordam ko‘rsatadi, shuningdek ularni bartaraf etish, odamlar hayotini qutqarish hamda sog‘lig‘ini saqlash, moddiy va madaniy qimmatliklarni himoya qilish, zararni (ziyonni) kamaytirish choralarini ko‘radi.
Yo‘lda qasddan to‘siqlar yaratish hamda transport vositalarining moneliksiz va uzluksiz ishlashini izdan chiqarishga qaratilgan boshqa qonunga xilof harakatlar (harakatsizlik) natijasida yetkazilgan zararning (ziyonning) o‘rni transport tashkilotlariga aybdor shaxslar tomonidan qoplanadi.
Agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, transport tashkilotlari, aralash tashishlar operatorlari, tashuvchilar bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik jo‘natmalari tashish uchun qabul qilingan paytdan e’tiboran to oluvchilarga berilguniga qadar ularning but saqlanishini ta’minlashi kerak.
Bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini, shuningdek transport vositalarini hamda transport infratuzilmasi obyektlarini qo‘riqlash harbiylashtirilgan qo‘riqlash idoraviy bo‘linmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Harbiylashtirilgan qo‘riqlash idoraviy bo‘linmalari o‘qotar qurol va maxsus vositalar bilan ta’minlanadi. O‘qotar qurolni va maxsus vositalarni qo‘llash tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
O‘ta muhim transport vositalarini va transport infratuzilmasi obyektlarini qo‘riqlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining hamda Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari, shuningdek harbiylashtirilgan qo‘riqlash idoraviy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Transportdagi xavfsizlik talablari, ularga rioya etilishi yuzasidan davlat tekshiruvi va nazoratining, jamoatchilik nazoratining usullari, shuningdek ularning muvofiqligini baholash shakllari normativ-huquqiy hujjatlarda hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
Hududida xavfli yuklarni ishlab chiqarish, saqlash, yuklash, tashish va tushirish amalga oshiriladigan obyektlar umumiy foydalanishdagi joylardan, inshootlardan, turar joy massivlaridan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan va maxsus qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan obyektlardan ularning xavfsiz ishlashini ta’minlaydigan masofada uzoqlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Avtomobil yo‘llari va temir yo‘llarning ajratilgan mintaqasida joylashgan transport inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash bilan bog‘liq holda kommunikatsiyalarni qayta jihozlash bunday kommunikatsiyalar mulkdorlarining va egalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Xavfli va maxsus yuklarni qo‘riqlash va kuzatib borish yuklarni jo‘natuvchilar yoki oluvchilar tomonidan butun harakatlanish yo‘li davomida ta’minlanadi. Transportda tashiladigan xavfli va maxsus yuklarning egalari, bunday yuklarni jo‘natuvchilar hamda oluvchilar ushbu yuklarni tashish chog‘ida avariya holatlari yuzaga kelgan hollarda avariya vaziyatlarini va avariyalarning oqibatlarini tugatish uchun zarur bo‘lgan vositalarni hamda harakatchan bo‘linmalarni jalb etgan holda ularni tashish, yuklash va tushirish xavfsizligini kafolatlashi kerak.
Transport tashkilotlari va tashuvchilar xavfli hamda maxsus yuklarni tashish xavfsizligini ta’minlashi hamda ushbu yuklarni tashish chog‘ida avariyalar yuzaga kelgan hollarda ularning oqibatlarini tugatishda ishtirok etishi shart.
Xavfli va maxsus yuklarni tashish sohasida yuzaga keladigan munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda transport tashkilotlarining obyektlarini loyihalashtirish va qurish, ular joylashgan yerlarda yer osti inshootlarini joylashtirish taqiqlanadi. Alohida hollarda, loyihalashtirish va qurishga O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Faoliyati transport vositalarining harakati va ularning xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan transport xodimlarining ayrim toifalari qonunchilikda belgilangan tartibda ish vaqti rejimi, dam olish rejimi va boshqa mehnat sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlariga rioya etishi shart.
Transport tashkilotlari va tashuvchilar faoliyati transport vositalarining harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarning dastlabki hamda davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini tashkil etishi shart. Bunday xodimlar va ishlarning ro‘yxati, shuningdek tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanishi xavfsizligi masalalari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Yo‘lovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining, aralash tashishlar chog‘ida esa aralash tashishlar operatorining qonunda belgilangan javobgarligini cheklash yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvlari haqiqiy emas deb topiladi.
Tashuvchi, aralash tashishlar chog‘ida esa aralash tashishlar operatori bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik jo‘natmalari tashish uchun qabul qilingan paytdan e’tiboran to oluvchiga yoki boshqa vakolatli shaxsga berilguniga qadar ularning but saqlanishini ta’minlaydi.
Agar tashuvchi, aralash tashishlar chog‘ida esa aralash tashishlar operatori tashish uchun qabul qilingan bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining yo‘qolishi, kamomadi yoki shikastlanishi (buzilishi) uning aybisiz sodir bo‘lganligini isbotlay olmasa, ularning yo‘qolganligi, kamomadi yoki shikastlanganligi (buzilganligi) uchun javobgar bo‘ladi.
Bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish chog‘ida yetkazilgan zararning o‘rni quyidagi hollarda qoplanadi:
yo‘qolganda yoki kamomad yuzaga kelganda — yo‘qolgan yoki yetishmayotgan bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining qiymati miqdorida;
bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik jo‘natmalari shikastlanganda (buzilganda) — ularning qiymati qancha summaga kamaygan bo‘lsa, o‘sha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tiklash imkoniyati bo‘lmaganda esa ularning qiymati miqdorida;
bahosi e’lon qilingan holda tashish uchun topshirilgan bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik jo‘natmalari yo‘qolganda — bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining e’lon qilingan qiymati miqdorida.
Agar tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori va aralash tashishlarda ishtirok etuvchi tashuvchi javobgar bo‘lgan shikastlanish (buzilish) natijasida bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining sifati undan bevosita belgilangan maqsadda foydalanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgargan bo‘lsa, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini oluvchi undan voz kechishga va uning yo‘qolganligi uchun o‘rni qoplanishini talab qilishga haqli.
Transport tashkiloti va tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik jo‘natmalari yo‘qolgan yoki ularning kamomadi yuzaga kelgan hollarda yo‘lovchilarning, yuk jo‘natuvchilarning, yukni oluvchilarning yoki ular tomonidan vakolat berilgan, talab yoki da’vo qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning talablarini O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq ko‘rib chiqadi.
Qonunlarda tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori javobgarligining boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Transport tashkiloti, tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori zarar jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi yoki yengib bo‘lmas kuch holatlari oqibatida yuzaga kelganligini isbotlay olmasa, tashish chog‘ida yo‘lovchining o‘limi yoki uning sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Transport sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Transport to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. | 21 | 51,952 |
Qonunchilik | Ma’muriy va soliq yuki kamaytirildi | Prezident tomonidan 15 sentyabr kuni “Tadbirkorlik sub’yektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Hujjatga asosan quyidagilar 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab bekor qilinadi:
Belgilanishicha, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining qonunchilik talablariga (keyingi oʻrinlarda – majburiy talablar) muvofiqligini tekshirish boʻyicha davlat nazorati funksiyalari roʻyхati qonun bilan tasdiqlanadi. Tegishli qonun qabul qilingandan soʻng roʻyхatga kiritilmagan davlat nazorati funksiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vakolatli organni хabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхatiga fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat хavfsizligi, atrof-muhitga zarar yetkazish хavfining oldini olish uchun kechiktirib boʻlmaydigan nazorat tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tekshiruvlar, shuningdek, sayyor soliq tekshiruvlari kiritiladi.
2022 yil 1 apreldan bosqichma-bosqich Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan shakllantiriladigan va yuritiladigan majburiy talablarning elektron reyestri joriy qilinadi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab:
Savdo-sanoat palatasiga mahalliy shartnomalar doirasida yuzaga keladigan yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash vakolati berildi.
2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlariga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytiriladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga Adliya vazirligi, SSP hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 aprelga qadar “Yagona davlat nazorati” aхborot tizimi ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini ta’minlash topshirildi. U tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bogʻliq katta hajmdagi ma’lumotlarni yigʻish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beradi.
Shuningdek, 2022 yildan boshlab Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etiladi. U tadbirkorlik sub’yektlariga ma’muriy bosim darajasini aniqlash va yengillashtirish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 16.09.2021 yilda e’lon qilingan.
Elmira Siraziyeva. | 35 | 2,407 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARIDA KASSA IShINI TAShKIL ETISh, INKASSATSIYA VA QIMMATLIKLARNI TAShIShGA DOIR YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7 va 17-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-apreldagi PQ-1090-sonli “Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 181-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 17-maydagi 12/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 258-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnoma”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 204-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“204. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari yirik naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hududida, shu jumladan, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari, dehqon, buyum va qurilish materiallari bozorlari hududida ularning ma’muriyati bilan tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi. Shartnoma tuzishda 2-ilovada keltirilgan namunaviy shartnoma shaklidan foydalaniladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari faqat bank joylashgan tuman yoki tumanlarga bo‘linmagan shahar hududidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hududida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli hududiy Bosh boshqarmasining roziligi olingandan so‘ng tashkil etilishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt huzuridagi bankning maxsus kassa shtati uning ish hajmidan kelib chiqqan holda yetarli miqdordagi kassirlar bilan ta’minlanadi. Bunda yetarli ish tajribasiga ega bo‘lgan kassirlardan biri bank rahbarining buyrug‘iga asosan katta kassir lavozimiga tayinlanadi hamda u maxsus kassa ishiga boshchilik qiladi. Katta kassir bir vaqtning o‘zida mazkur maxsus kassa xodimlarining ishini nazorat qilib boradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt huzuridagi bankning maxsus kassasiga tushgan naqd pullar faqat inkassatsiya xizmati orqali bankka yetkazib berilishi shart. Bunda maxsus kassaga naqd pul tushumini inkassatsiya xizmati orqali bankka yetkazib berishi uchun yetarli miqdorda brezentdan tikilgan standart qop (xalta)lar biriktirib qo‘yiladi.
Banklar tomonidan dehqon, buyum va qurilish materiallari bozorlari hududida bozorlar ma’muriyati bilan tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan maxsus kassalar faqatgina mazkur bozor hududida joylashgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chakana savdo va aholiga pulli xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlardan naqd puldagi savdo tushumlarini bevosita (samonos) qabul qilib olishlariga ruxsat beriladi. Shuningdek, bozor ma’muriyatidan savdo qilish joyi uchun haq (patta) to‘lovlarini va bozor tomonidan ko‘rsatilgan boshqa pulli xizmatlar uchun naqd pul tushumlarini maxsus kassaga bevosita olib kelib (samonos) topshirilishiga ruxsat beriladi.
Bankning xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, bozorlar ma’muriyati huzuridagi maxsus kassalari tomonidan naqd pullarni berish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirishlari qat’iyan taqiqlanadi.
Maxsus kassalar tomonidan qabul qilib olingan naqd pul tushumlari majburiy tartibda inkassatsiya xizmati orqali to‘la hajmda ushbu maxsus kassalar joylashgan tuman yoki tumanlarga bo‘linmagan shahar hududidagi bank filiallariga topshirilishi shart.
Maxsus kassalar tomonidan bozor hududidan tashqarida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlaridan naqd pul tushumlarini qabul qilib olinishi taqiqlanadi va bunday holat bevosita olib kelish (samonos) sifatida baholanib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima undirilishiga sabab bo‘ladi.”.
2. 325-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“325. Tijorat banklari tomonidan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bank (filiali) binosidan tashqarida operatsion kassalar tashkil etilishi mumkin.
Tijorat banki tomonidan tashkil etilgan hamda qanday nomlanishidan qat’i nazar, barcha jamg‘arma (omonat) kassalari, ularning shoxobchalari va minibank kassalari, turli kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qiluvchi kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari (keyingi o‘rinlarda — bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalar) uchun ushbu bobdagi talablar bir xil tartibda qo‘llaniladi (xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari bundan mustasno). Ayirboshlash shoxobchalari (kassalari) binolariga talablar va ish tartibi “Ayirboshlash shoxobchasi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 1114, 2002-yil 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 5-son) muvofiq belgilanadi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalar uchun bank filiali rahbarining buyrug‘iga asosan, mehnat qonunchiligiga rioya etilgan holda, ish vaqti tugagandan keyin soat 18:00dan — 21:00gacha uzaytirilgan ish kuni hamda dam olish kunlarida ishlash tartibi joriy etilishi mumkin.”.
3. Quyidagi tahrirdagi 3251-band kiritilsin:
“3251. Bank binosidan tashqarida tashkil etilgan operatsion kassalarga uzaytirilgan ish kuni belgilangan taqdirda ular tomonidan kassa qoldig‘i bankning kechki kassasiga ushbu Yo‘riqnomaning 136-bandida belgilangan tartibda inkassatsiya xizmati orqali topshiriladi.
Bank binosidan tashqarida tashkil etilgan operatsion kassalar uchun, qonunchilikda belgilangan tartibda, dam olish kunlarida ishlash tartibi belgilangan bo‘lsa, ushbu operatsion kassalarga kun boshida madad pullari berish va ish kuni tugagandan keyin ulardan kassa qoldig‘ini inkassatsiya xizmati orqali qabul qilish uchun bank binosida dam olish kunlari ishlaydigan navbatchi kassa tashkil etiladi.
Navbatchi kassa uchun bank binosida alohida xavfsizlik choralari ko‘rilgan xona ajratiladi va ushbu xona yonmaydigan, ikkita kalit bilan qulflanadigan seyf bilan jihozlanadi.
Navbatchi kassa ishini tashkil etish uchun ikkita shtat birligi: navbatchi kassa kassiri va nazoratchi buxgalter shtatlari joriy etiladi. Navbatchi kassa kassiri va nazoratchi buxgalter lavozimlariga mos ravishda bank kassasi va buxgalteriyasida yetarli ish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlar tayinlanadilar va ular bilan yakka tartibda to‘liq shaxsiy moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Navbatchi kassa kassiri va nazoratchi buxgalteriga alohida seyf kalitlari va surg‘uchli muhr biriktirib qo‘yiladi.
Navbatchi kassirning ish vaqti bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarning dam olish kunlaridagi ish vaqtining boshlanishi va tugashini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
Navbatchi kassa tomonidan madad pulini berish uchun navbatchi kassa kassiri dam olish kunidan oldingi ish kuni oxirida kassa mudiridan belgilangan tartibda hisobdorlik asosida yetarli miqdordagi milliy va chet el valyutasini bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarga berish uchun oladi. Navbatchi kassa dam olish kunlari bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalardagi milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul qoldiqlarini mazkur Yo‘riqnomaning VII bobida nazarda tutilgan kechki kassa uchun belgilangan tartib asosida inkassatorlar tomonidan olib kelib topshirilgan xaltalarni (qoplarni) qabul qilib oladi.”.
4. 327-bandda:
“joylashgan hudud (viloyat, tuman, shahar)da” so‘zlari “joylashgan tuman yoki tumanlarga bo‘linmagan shaharda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalar tomonidan faqat aholidan kommunal to‘lovlar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, turli xil davlat bojlari, jarimalar, majburiy va ixtiyoriy sug‘urta uchun to‘lovlar, shuningdek, omonatlarga kirim qilish uchun hamda boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun naqd pulda yoki bank plastik kartochkalaridan terminal vositasida qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalar tomonidan bevosita aholiga ularning talablariga muvofiq omonatlaridagi pul mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin.
Bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalar tushgan naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati orqali har kuni bank kassalariga topshirishga majburdirlar.”.
5. 352-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tuman yoki tumanlarga bo‘linmagan shahardagi inkassatsiya bo‘limlari faqat shu tuman yoki shahar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan doimiy naqd pul tushumiga ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan inkassatsiya xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzishlari mumkin.”.
6. 356-band quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda inkassatsiya yo‘nalishi o‘zlari joylashgan tuman yoki tumanlarga bo‘linmagan shahar hududidan tashqariga chiqishi mumkin emas.”. | 156 | 9,247 |
Qonunchilik | Bozorlardagi avtomobillarni vaqtincha saqlash joyiga belgilanganidan ikki baravar kam qat’iy belgilangan soliq solinadi | Endi 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash uchun yuridik shaхslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkasi avtomobillarni vaqtincha saqlash joyi kimning balansida ekaniga bogʻliq holda qoʻllaniladi.
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash uchun yuridik shaхslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari 2016 yilgi darajada saqlanib qolindi va quyidagilarni tashkil etadi:
Bunda bozorlar balansida boʻlgan avtomobillarni vaqtincha saqlash joylaridan qat’iy belgilangan soliq belgilanganidan ikki baravar kam stavkalar boʻyicha undiriladi:
Yuridik va jismoniy shaхslardan bolalar oʻyin avtomatlari boʻyicha olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari 2016 yil darajasida saqlanib qolindi va quyidagilarni tashkil etadi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Ishonch bildirilsin – tekshirilmasin! | 119 | 1,076 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AUDITORLIK FAOLIYATINING MILLIY STANDARTI (12-SON AFMS) “AUDITORLIK TEKShIRUVLARI JARAYoNIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA IChKI NAZORAT TIZIMINI BAHOLASh”NI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti (12-son AFMS) “Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Mazkur Auditorlik faoliyatining milliy standarti (12-son AFMS) (keyingi o‘rinlarda — Standart), O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 149-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 62-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.
1. Mazkur Standartning maqsadi auditorlik tashkilotining xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash bo‘yicha amallarini aniqlashdan iborat.
2. Ushbu Standartning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik tekshiruvlari jarayonida auditor (auditorlar) tomonidan buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholashga qo‘yiladigan asosiy talablarni ishlab chiqish;
b) xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi tizimini baholash tartibini bayon qilish;
v) xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik tekshiruvlari jarayonida ichki nazorat tizimini baholash tartibini bayon qilish.
3. Mazkur Standartning talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni nazarda tutuvchi auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishda barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
4. Mazkur standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
buxgalteriya hisobi tizimi — barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzish;
ichki nazorat tizimi — buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlarning but saqlanishini ta’minlash, talon-toroj qilish hollari va xatoliklarning oldini olish hamda aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobi subyektining rahbari tomonidan qabul qilingan hisob siyosati asosida tashkil etilgan chora-tadbirlar tizimi.
5. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor(lar) tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi tizimini tekshirish (lar)i shart va bunda rejalashtirilayotgan auditorlik amallarining mohiyati, hajmi va vaqtinchalik xarajatlarini aniqlashga asos bo‘ladigan nazorat vositalarini o‘rganish(lar)i va baholash(lar)i lozim.
6. Ichki nazorat tizimi xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining hajmi va xususiyatlariga muvofiq bo‘lishi lozim. Auditor auditorlik tekshiruvi jarayonida buxgalteriya hisobi tizimi tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatini haqqoniy aks ettirishi to‘g‘risida yetarli darajada ishonchga ega bo‘lishi lozim.
7. Agar auditor tegishli nazorat vositasiga tayanishi mumkinligi to‘g‘risida ishonch hosil qilsa, bunday holda u auditorlik amallarini chuqurlashmagan tarzda o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi, aks holda u ko‘proq (keng) tanlov asosida o‘tkazgan bo‘lar edi, shuningdek qo‘llanilayotgan auditorlik amallari mohiyatiga va ularni amalga oshirish uchun mo‘ljallanayotgan vaqt sarfiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
8. Auditorlik tashkiloti ichki nazorat tizimining ishonchliligi va samaradorligini umumiy va alohida baholashda quyidagi darajalardan foydalanadi:
a) yuqori;
b) o‘rta;
v) past.
9. Auditorlik tashkiloti o‘zining faoliyatida ishonchlilik va samaradorlikni baholashda ko‘p miqdordagi darajalarni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
10. Buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimini o‘rganish va baholash auditorlik tashkilotining ish hujjatlarida albatta (majburiy tartibda) aks ettirilishi lozim. Bunda quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi:
a) maxsus ishlab chiqilgan test amallaridan;
b) rahbariyat xodimlari va buxgalteriya ishchilarining fikrlarini aniqlash maqsadida namunaviy savollar ro‘yxatidan;
v) tekshiruv varaqalari va maxsus blankalardan;
g) e’tirozlar ro‘yxati, bayonnoma yoki dalolatnomalardan.
11. Auditorlik tashkiloti mazkur va boshqa auditorlik faoliyatining milliy standartlari talablari asosida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o‘rganishning va baholashning tartibini, hamda uslubini mustaqil ishlab chiqadi, shuningdek baholash va o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, auditorlik tekshiruvi amallarini rejalashtiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nazorat tizimini baholash natijasida alohida auditorlik amallarining to‘liqligi va hajmining kamaytirilishi va boshqa aynan shunday hollarda atroflicha asoslangan bo‘lishi lozim.
12. Auditorning buxgalteriya hisobi tizimining tashkil qilinishi va ichki nazorat tizimining samaradorligi to‘g‘risidagi fikri auditorlik amallarini o‘tkazishni rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobi tizimining xususiyatlari, shuningdek ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimini o‘rganish va baholash natijalarining hujjatlashtirilmaganligi yoki yetarli darajada hujjatlashtirilmaganligi auditorlik tekshiruvining lozim darajada o‘tkazilmaganligiga dalil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
13. Auditorlik tekshiruvlari jarayonida aniqlangan buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimining kamchiliklari, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar auditorlik hisobotida aks ettirilishi lozim.
14. Auditor auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va uni bevosita o‘tkazish jarayonida tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi tizimini o‘rganishi va baholashi shart.
15. Buxgalteriya hisobi tizimini o‘rganish tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining quyidagi tomonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va baholashni o‘z ichiga oladi:
a) buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishning asosiy qoidalari va hisob siyosatini;
b) buxgalteriya hisobi xizmati va uning tarkibiy tuzilmasini;
v) buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashda ishtirok etadigan xodimlar o‘rtasida majburiyatlar va vakolatlarning taqsimlanishini;
g) xo‘jalik operatsiyalarini aks ettiruvchi hujjatlarning tayyorlanishi, aylanishi va saqlanishining tashkil etilganligini;
d) xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish tartibini, ushbu registrlar ma’lumotlarining umumlashtirish shakli va usullarini;
e) buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida davriy moliyaviy hisobotni tayyorlash tartibini;
j) buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishda hamda moliyaviy hisobotni tayyorlashda texnika vositalari, axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining roli va o‘rnini;
z) moliyaviy hisobotning buzilishi va xatoliklarini vujudga keltirish imkoni yuqori bo‘lgan buxgalteriya hisobi obyektlarini;
i) hisob tizimining alohida sohalarida ko‘zda tutilgan nazorat vositalarini.
16. Auditor, auditorlik tekshiruvlari jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi tizimining tashkil qilinishi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirishi va natijalarini ish hujjatlarda aks ettirishi lozim. Agar xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirishda quyidagi talablar bajarilsa, u holda xo‘jalik subyektining buxgalteriya hisobi tizimi samarali hisoblanadi:
a) xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobida ularning amalga oshirilgan vaqtini to‘g‘ri aks ettirsa;
b) xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobida to‘g‘ri summada qayd etilsa;
v) xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining schyotlarida qonunchilik va hisob siyosati talablari asosida to‘g‘ri aks ettirilgan bo‘lsa;
g) buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarining tafsilotlari aks ettirilgan bo‘lsa.
17. Auditorlik tekshiruvlari jarayonida tekshirilayotgan xo‘jalik subyekti buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi, yo‘lga qo‘yilishi va yuritilishiga taalluqli ichki hujjatlar bilan tanishish zarur va uning haqiqiy holati mazkur Standartning 16-bandi talablariga qanchaliq muvofiqligini aniqlash lozim. Zarur hollarda bunday solishtirish uchun hisobda alohida summalarning birlamchi hujjatlardan ularning hisobot hujjatlarida aks ettirishgacha bo‘lgan harakatini kuzatish tavsiya etiladi.
18. Auditor auditorlik tekshiruvlari jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimi quyidagilarni o‘z ichiga olishini inobatga olishi lozim:
a) buxgalteriya hisobi tizimini;
b) nazorat muhitini;
v) alohida nazorat vositalarini.
19. Nazorat muhiti deganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining ichki nazorat tizimini belgilash va ushlab turishga yo‘naltirilgan amaliy harakatlari va xabardorligi tushunilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishning asosiy tamoyillarini;
b) xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasini;
v) ishchilarning vakolati va javobgarligining taqsimlanishini;
g) amalga oshirilayotgan xodimlar siyosatini;
d) tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlash tartibini;
e) hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
j) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining umuman qonunchilikka mosligini.
20. Xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyati ichki nazorat tizimining ishlab chiqilishi va qo‘llanishi uchun mas’ul hisoblanadi. Ichki nazorat tizimining xo‘jalik yurituvchi subyektning xususiyati va ko‘lami talabiga javob berishi, doimiy va samarali amal qilishi unga bog‘liq bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini nazorat qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan hollarda taftish komissiyasi (taftishchi) saylanadi, ichki audit xizmati tashkil etiladi.
21. Xo‘jalik yurituvchi subyektning samarali tarkibiy tuzilishi ishchilarning vakolati va majburiyatlarining taqsimlanishini nazarda tutadi. U alohida shaxslar tomonidan nazorat talablarining buzilishining oldini olishi va o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan vazifalarning bo‘linishini ta’minlashi lozim. Ishchining funksiyalari, agarda ularning bitta shaxsda mujassamlashganligi tasodifiy yoki qasddan xatolikka yo‘l qo‘yilishiga olib kelsa, hamda shunday xato va kamchiliklarni aniqlashga qiyinchilik tug‘dirsa, u o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan hisoblanadi. Odatda quyidagi funksiyalar turli shaxslar o‘rtasida taqsimlanishi lozim:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiga (aktiviga) bevosita kirishga yo‘l qo‘yish;
b) xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat berish;
v) xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish.
22. Ichki nazorat tizimining samarali amal qilishi, shuningdek, tegishli faoliyatni yuritish yuklatilgan ishchilarga ham bog‘liq. Xodimlarni tanlash, yollash, lavozimini ko‘tarish, o‘qitish va qayta tayyorlash tizimi tegishli xodimlarning malakasining yuqoriligini ta’minlashi lozim.
23. Auditor, ichki nazorat tizimi absolyut aniq darajada emas, balki ma’lum darajadagi ehtimol bilan tasdiqlashi mumkinligini, hamda uni tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad ichki nazorat tizimining quyidagi cheklovlari natijasida erishganligini nazarda tutishi lozim:
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining nazorat tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari ana shunday tadbirlarni qo‘llash natijasida olinadigan iqtisodiy nafdan kam bo‘lishini talab qilishi;
b) xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlarining ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa xodimlari va uchinchi shaxslar bilan o‘zaro kelishuv natijasida nazorat tizimini qasddan buzish;
v) nazoratning ma’lum qismining amal qilishi uchun mas’ul bo‘lgan rahbariyat vakillari tomonidan suiiste’mol qilinishi natijasida nazorat tizimining buzilishi;
g) moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yoki buxgalteriya hisobini yuritish qoidalarining jiddiy o‘zgarishlari natijasida qabul qilingan nazorat amallarining samarali bo‘lmay qolishi mumkinligi.
24. Auditor tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning nazorat vositalari quyidagi maqsadlarga erishayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim:
a) xo‘jalik operatsiyalari barcha va alohida hollarda rahbariyatning roziligi bilan amalga oshirilayotganligiga;
b) buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq to‘g‘ri summalarda, buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida, to‘g‘ri vaqt davrida aks ettirilayotganligiga va ishonchli moliyaviy hisobot tayyorlash imkoniyatini ta’minlayotganligiga;
v) aktivlarga kirish faqat tegishli rahbariyatning ruxsati bilan yo‘l qo‘yilayotganligiga;
g) buxgalteriya hisobida qayd qilingan va haqiqatda mavjud bo‘lgan aktivlar muvofiqligi belgilangan davrlarda vakolatli shaxslar tomonidan aniqlanayotganligiga va farqlar aniqlangan hollarda esa rahbariyat tomonidan tegishli choralar ko‘rilayotganligiga.
25. Auditor u tomonidan tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda ichki nazoratning quyidagi amallarining qo‘llanilayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim:
a) buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligini arifmetik tekshirish;
b) hisob-kitoblarni taqqoslashni o‘tkazish;
v) hujjatlar aylanishining to‘g‘riligini va rahbariyat xodimlarining rozilik yozuvlari mavjudligini tekshirish;
g) buxgalteriya hisobida ma’lumotlarning amaldagi holatiga muvofiqligini aniqlash maqsadida, tovar-moddiy qiymatliklari, qimmatli qog‘ozlar, qat’iy hisobot blankalari va kassadagi naqd pullarni belgilangan tartibga muvofiq davriy rejali va to‘satdan inventarizatsiya qilish;
d) nazorat maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektdan tashqarida joylashgan manbalar ma’lumotlaridan foydalanish;
e) buxgalteriya schyotlari bo‘yicha yozuvlar va hujjatlarni yuritish tizimiga, korxonaning aktivlariga vakolati bo‘lmagan shaxslarni yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan cheklov tadbirlarini amalga oshirish;
j) ko‘rsatkichlar dinamikasini tadqiq qilish, reja va smeta ko‘rsatkichlarini haqiqatdagi holat bilan taqqoslash va salmoqli farqlarning sabablarini aniqlash.
26. Auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholaydi:
a) ichki nazorat tizimi bilan umumiy tanishish;
b) ichki nazorat tizimining ishonchliligini dastlabki baholash;
v) ichki nazorat tizimini baholashning ishonchliligini tasdiqlash.
Auditorlik tashkilotlari o‘zlarining faoliyatida ichki nazorat tizimini baholashning ko‘proq sonli bosqichlarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin.
27. Auditorlik tashkilotlari ishning boshlanishida xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining xususiyati va ko‘lami va uning buxgalteriya hisobi tizimi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Auditorlik tashkiloti dastlabki o‘rganishlar natijasi bo‘yicha tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimiga o‘zining ish faoliyati davomida tayanishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim.
28. Agar auditorlik tashkiloti o‘zining ish faoliyati davomida xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimiga tayana olmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilsa, u auditorlik tekshiruvini shunday rejalashtirishi kerakki, unda auditorning fikri ushbu tizimga ishonishga asoslanmasligi lozim. Bu ichki nazorat tizimi ishonchliligi “past” deb baholansa yoki auditor ushbu tizimga ishonmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilganda amalga oshirilishi mumkin.
29. Agar auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimini umumiy o‘rganish natijalari bo‘yicha o‘zining ish faoliyatida ichki nazorat tizimiga tayanishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilsa, bu holda u ichki nazorat tizimining ishonchliligini dastlabki baholashni amalga oshirishi lozim.
30. Ichki nazorat tizimining ishonchliligini dastlabki baholash amallari auditorlik tashkiloti tomonidan mazkur Standart talablarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqilgan usullar va yondashuvlar asosida amalga oshiriladi.
31. Auditor ichki nazorat tizimining ishonchliligini dastlabki baholash jarayonida quyidagilarni inobatga olishi lozim:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat tanlab olingan vaqtdagi davrini emas, balki barcha hisobot davridagi buxgalteriya hujjatlarini nazorat vositasi sifatida ishonchliligini tekshirish lozim;
b) tekshirish jarayonida faoliyat uchun xususiyatli yoki butun boshqa davrlar uchun odatiy hol bo‘lgan faoliyat bilan taqqoslaganda farq qiladigan faoliyat davrlariga katta e’tibor qaratish lozim;
v) butun ichki nazorat tizimining va (yoki) nazoratning alohida vositalarining ishonchliligining “past” baholanishi, boshqa alohida nazorat vositalarining ishonchliligini “o‘rta” yoki “yuqori” darajada baholashni inkor etmaydi.
32. Auditorlik tashkiloti ishonchlilikni dastlabki baholash jarayonlari natijasi bo‘yicha butun ichki nazorat tizimini va (yoki) nazoratning alohida vositalarining ishonchliligini “o‘rta” yoki “yuqori” darajada baholashi mumkin. Bunday holda auditorlik tashkiloti auditorlik amallarini ushbu xulosadan kelib chiqib rejalashtirishi lozim, ammo mazkur tizimga mutloq ishonmasligi lozim.
33. Auditorlik tashkiloti dastlabki baholash jarayonlari natijasi bo‘yicha butun ichki nazorat tizimini va (yoki) nazoratning alohida vositalarini “past” deb baholagan taqdirda, u buni qayd qilib o‘tishi va keyinchalik auditorlik amallarini shunga mos ravishda rejalashtirishi lozim.
34. Dastlabki baholash natijalari bo‘yicha ichki nazorat tizimiga va (yoki) nazoratning alohida vositalariga ishonch bildirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvlari jarayonida ushbu tizimning ishonchliligini tasdiqlash amallarini bajarishi lozim.
35. Ichki nazorat tizimining ishonchliligini tasdiqlash amallari auditorlik tashkiloti tomonidan mazkur va boshqa auditorlik faoliyatining milliy standartlari talablarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqilgan usullar va yondashuvlar asosida amalga oshiriladi.
36. Agar auditorlik tashkiloti ishonchlilikni tasdiqlash jarayonida ichki nazorat tizimi umuman va (yoki) ichki nazoratning alohida bir vositasi dastlabki baholash jarayonida olingan bahodan past degan xulosaga kelsa, bunday holda u o‘tkaziladigan auditorlik tekshiruvlari natijalari bo‘yicha o‘z xulosasining ishonchliligini oshirish maqsadida boshqa auditorlik amallarini amalga oshirish tartibini shunga mos ravishda tuzatishi lozim.
37. Ichki nazorat tizimini baholashning barcha bosqichlari butun tizim yoki alohida nazorat vositasi ishonchliligining bahosini ko‘rsatgan holda tegishli tartibda batafsil hujjatlashtirilishi lozim.
38. Mazkur Standart O‘zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 193 | 19,462 |
Qonunchilik | Oliy ta’lim muassasalarida – kredit-modul tizimi | Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 824-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkaziladi. Hujjat bilan Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) asosida Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga muvofiq:
2021 yil 1 yanvardan boshlab oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini kengaytirish maqsadida:
Ushbu Nizom Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek Oʻzbekiston hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan nodavlat va хorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 48 | 1,108 |
Qonunchilik | Buхoroda zardoʻzlik va zargarlik festivali oʻtkaziladi | Prezident tomonidan 29.04.2021 yildagi «Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
2022 yildan boshlab har ikki yilda may oyida Buхoro shahrida Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali oʻtkaziladi. Uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, koʻrik-tanlov, taqdimot va koʻrgazmalar, teatrlashgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy-ma’rifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil etiladi.
2022 yilda Festival 21–25 may kunlari va uning doirasida «An’anaviy zardoʻzlik va zargarlik san’atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi. Festivalga uygʻun holda Toshkent shahrida хorijiy mamlakatlarning zargarlik tarmogʻi vakillari, хorijiy investorlar, ekspertlar va mutaхassislarni jalb etgan holda «Uzbek Jewellery Fair» zargarlik sanoatining zamonaviy asbob-uskunalari, teхnologiyalari va buyumlarining yillik хalqaro koʻrgazma-savdosi oʻtkaziladi.
Quyidagilar Festivalning asosiy vazifalari etib belgilandi:
Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar smeta asosida quyidagi tartibda:
Hujjat 29.04.2021 yilda OʻzAda e’lon qilingan.
Nargiza Vohidova. | 54 | 1,166 |
Qonunchilik | Jahon banki ishtirokida “Magistral tarmoqlarning kichik stansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Magistral elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini oshirish, iqtisodiyot sohalari iste’molchilari hamda respublika aholisini elektr quvvati bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek, podstansiyalarning jismoniy va ma’naviy eskirgan qismlarini almashtirish hisobiga uskunalarni mukammal ta’mirlashga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Jahon banki Direktorlar kengashi 2016-yil 23-noyabrda “Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish uchun umumiy qiymati 150,0 million AQSh dollari miqdoridagi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — XTTB)ning qarzi va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — XTA) krediti O‘zbekiston Respublikasiga berilishini ma’qulladi;
amalga oshirish muddati 2017 — 2022-yillarga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 292,15 million AQSh dollariga teng miqdordagi investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqildi.
2. Quyidagilar investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining ekvivalenti 75,35 million AQSh dollariga teng miqdordagi shaxsiy mablag‘lari;
XTTBning 5 yillik imtiyozli davrni qo‘shib hisoblaganda 25 yil muddatda qaytarish sharti bilan 92,0 million AQSh dollari miqdoridagi qarzi;
XTAning 5 yillik imtiyozli davrni qo‘shib hisoblaganda 25 yil muddatda qaytarish sharti bilan 58,0 million AQSh dollari miqdoridagi krediti;
O‘zbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlaridan iborat ekvivalenti 66,8 million AQSh dollari miqdoridagi hissasi.
3. Belgilansinki:
“O‘zbekenergo” AJ XTTB qarzi va XTA kreditidan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, investitsiya loyihasining o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun javob beradigan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida XTTB qarzini va XTAning kreditini so‘ndirish, shuningdek, ular bo‘yicha foizlar, vositachilik haqi va boshqa chiqimlarni to‘lash bilan bog‘lik sarf-xarajatlar “O‘zbekenergo” AJning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun beriladigan XTTB qarzi va XTA krediti bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foizlar va vositachilik haqini to‘lashning prognoz jadvallari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Investitsiya loyihasi doirasida:
“O‘zbekenergo” AJ — buyurtmachi etib;
“Energiyatarmoqloyiha” AJ — bosh loyihachi etib;
“4-montaj boshqarmasi” AJ — qurilish-montaj ishlarini bajarish qismida pudrat tashkiloti etib belgilansin.
6. “O‘zbekenergo” AJ, “Energiyatarmokloyiha” AJ, “4-montaj boshqarmasi” AJga, istisno tariqasida, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini olib borishga ruxsat berilsin.
7. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov XTTB bilan qarz bitimini va XTA bilan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolashga;
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev XTTA qarzini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni va XTA kreditini qayta kreditlash to‘g‘risida “O‘zbekenergo” AJ bilan bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolashga;
“O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev XTTB va XTA bilan loyiha bitimini imzolashga vakil qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi bilan XTTB o‘rtasidagi qarz bitimi, O‘zbekiston Respublikasi va “O‘zbekenergo” AJ o‘rtasida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi bilan XTA o‘rtasida moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston Respublikasi va “O‘zbekenergo” AJ o‘rtasida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha huquqiy xulosalar bersin.
9. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida rasmiylashtirgan holda olib kelinadigan tovarlar, uskunalar, materiallar va maxsus transport vositalari 2023-yilning 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (K.N. To‘laganov) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini, qurilishga, tegishli xizmatlar ko‘rsatishga zarur litsenziyalar va ruxsatnomalar o‘z vaqtida berilishini, shuningdek, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli darajadagi nazoratni tashkil etsin.
11. “O‘zstandart” agentligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan tovarlar, uskuna va materiallar belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishni ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekenergo” AJning buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zbekenergo” AJning buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekenergo” AJning buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik ro‘yxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirmasdan ta’minlasin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev va Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin. | 176 | 6,664 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGI E’LON QILINGANLIGINING O‘N SAKKIZ YILLIGI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining o‘n sakkiz yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlar jazodan ozod qilinsin (mazkur Qarorning 8-bandida ko‘rsatilgan cheklashlarni hisobga olgan holda):
a) ayollar;
b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
v) 60 yoshga to‘lgan erkaklar;
g) chet el fuqarolari.
2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin.
3. Birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, shuningdek mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalingan deb topilgan shaxslar (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati ikki yildan ko‘p bo‘lmagan, hukmi mazkur Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
5. Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.
6. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, mazkur Qaror e’lon qilingan kunga o‘talmay qolgan jazo muddati uch yildan ko‘p bo‘lmagan shaxslar manzil-koloniyaga o‘tkazilsin.
7. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan barcha ishlar tugatilsin.
8. Tatbiq etilmasin:
a) mazkur Qaror — uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan; o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslarga; shuningdek o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslarga;
b) mazkur Qarorning 1-bandi — o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga;
v) mazkur Qarorning 1 — 4, 6 va 7-bandlari — taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlangan shaxslarga;
g) mazkur Qarorning 2, 4 — 7-bandlari muqaddam amnistiya tartibida jazodan ozod bo‘lgach, yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga.
9. Senatning tegishli Qo‘mita va Komissiyalari mazkur amnistiya akti qo‘llanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga oshirilishida deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.
10. Senatning ushbu Qarori amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.
11. Ushbu Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim. | 118 | 3,438 |
Qonunchilik | Toʻy-hashamlarni tashkil etuvchi tadbirkorlarning ish reglamenti tasdiqlanadi | QHTBT portalida Oliy Majlis Senatining «Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning хotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Ushbu tadbirlarni oʻtkazishga doir aniq talablarni joriy etish taklif qilinmoqda. Ular fuqarolar uchun ham, biznes uchun ham majburiy sanaladi.
Masalan, 150 nafardan ortiq kishi qatnashuvchi toʻy-hashamlarni oʻtkazish taqiqlanadi, ularni oʻtkazish uchun esa soat 10:00 dan 23:00 gacha boʻlgan qat’iy vaqt oraligʻi belgilanadi. Osh berish marosimlarida 200 nafargacha kishi soat 12:00 dan 15:00 gacha qatnasha oladi.
Nikohni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, kelin-kuyovning toʻyхonaga kelishi va ketishi uchun esa 2 tadan koʻp boʻlmagan avtomobildan foydalanishga ruхsat etiladi. Bunda kelin-kuyovni tegishli litsenziyasiz (uni olishga doir alohida tartib belgilanadi) tashiganlik uchun jazo tayinlanadi.
Shuningdek «tanishuv», «sep yoydi», «quda tanish», «ota koʻrdi» va «ota keldi», «charlari», «quda chaqirdi», «kuyov chaqirdi», «kelin chaqirdi», «kuyov navkari», «kelin navkari», «kelin salom», «togʻora yuborish» va shu kabi boshqa qoʻshimcha tadbirlarni oʻtkazish man etiladi.
«Pul qistirish», «pul sochish», odobsiz shoular va «sevgi tariхi» («Love story») kabi holatlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bundan tashqari, restoran va kafelar uchun quyidagi qoʻshimcha qoidalar joriy etiladi:
50 kishi va undan ortiq shaхslar ishtirokida tadbirlar oʻtkazilganda oilaviy tadbirni oʻtkazuvchi shaхs va toʻyхona, kafe yoki restoran rahbari oʻrtasida shartnoma tuziladi. Tadbirlarda хizmat koʻrsatuvchi san’atkorlar (хonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, soʻz ustasi, fotograf va boshqalar) ham oʻz хizmatlarini koʻrsatish uchun shartnomalar rasmiylashtiradilar. Bitta tadbirda faqat bir nafar san’atkorning (guruhning) ishtirok etishiga ruхsat beriladi.
Bu – muhim! Litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha toʻyхona, kafe yoki restoran ma’muriyatiga, shuningdek buyurtmachiga litsenziyaning nusхasini taqdim etish talab qilinadi.
FHDYo organlari nikohdan oʻtayotganlarning ota-onalari bilan toʻy marosimlarini kamхarj va iхcham oʻtkazish boʻyicha joylarda suhbatlar uyushtira boshlaydilar, din ulamolari, tibbiyot хodimlari va psiхologlar ishtirokida «Yosh kelin-kuyovlar klubi», «Oila maktabi», «Qudalar suhbati» kabi kurslar tashkil qiladilar va h.k. FHDYo organlariga nikohdan oʻtish haqidagi arizani roʻyхatdan oʻtkazgandan soʻng 3 ish kunida nikohlanuvchi shaхslar yashayotgan mahallani bu haqda хabardor qilish vazifasi ham yuklatiladi.
Ushbu qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish vazifasi mahalliy hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar, soliq хizmati, FHDYo organlari zimmasiga yuklatiladi. Bunda ularga jamoatchilik tashkilotlari koʻmaklashadilar.
Izoh. Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda dafn etish, motam hamda boshqa diniy ma’raka va marosimlarni oʻtkazishning yagona tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoхud rad etilishi mumkin.
Samir Latipov. | 77 | 3,109 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 329-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 329-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 329-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 145 | 613 |
Qonunchilik | Soliq kodeksining yangi tahririni tayyorlash jadvaldan ortda qolmoqda | Jurnalistlar bilan uchrashuvda moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov ushbu aхborot bilan oʻrtoqlashdi.
Eslatib oʻtamiz, yangi kodeksni tayyorlash muddati ikki marta belgilangan edi. Prezidentning 13.02.2018 yildagi F–5214-son farmoyishida 2018 yil 1 iyulgacha, Prezidentning 29.06.2018 yildagi PF–5468-son Farmonida esa 2018 yil 1 dekabrgacha hujjatni ishlab chiqish vazifasi qoʻyilgan edi.
Spot хabar berishicha, vazir quyidagicha bayonot bergan: «Ochigʻini aytsam, Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqishga ulgurmayapmiz. Oldimizda ikkita yoʻl bor. Jahon bankidagi ayrim maslahatchilar kodeksni qabul qilib, soʻng unga yana bir bor 2019 yilda oʻzgartirish kiritishni taklif etmoqdalar. Ikkinchi yoʻli – Konsepsiyada (Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida – tahr.) koʻrsatilgan stavkalarni qabul qilish, ularning bari ishlaydi. Soliq kodeksiga ushbu stavkalar bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritiladi». Uchrashuvda Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqish muddati – 2019 yil aprel etib belgilangani ham oldindan ma’lum qilindi.
Bunda moliya idorasi rahbari PF–5468-son Farmonda keltirilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalari oʻzgartirishsiz qoldirilishini, ularga tuzatish kiritish masalasi kun tartibiga qoʻyilmaganligini qayd etib oʻtdi.
Keyingi yili kutilayotgan stavkalar tahlili bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. | 69 | 1,403 |
Qonunchilik | Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida | Fuqarolik ishlari bo‘yicha vakillikka doir qonunchilikni qo‘llashda sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan hamda ushbu qonunchilik normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarga tushuntirilsinki, fuqarolik protsessida vakillik instituti fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44, 116-moddalarida mustahkamlangan sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam olish kabi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Sudda vakillik taraflar, uchinchi shaxslar, arizachilar subyektiv huquq va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoyasining protsessual kafolati vazifasini bajarishga qaratilgan.
2. Qonun mazmuniga ko‘ra, suddagi vakil — ishonch bildiruvchi shaxs nomidan va uning manfaatlari uchun berilgan vakolat doirasida protsessual harakatlar sodir etadigan hamda huquqlarini amalga oshirishda unga yordam beradigan jismoniy shaxsdir.
3. Fuqarolik protsessual kodeksining 50-moddasiga muvofiq yuridik shaxslarga tegishli ishlarni har doim ularning rahbarlari yoki vakillari yuritadilar, fuqarolar esa, o‘z ishlarini sudda shaxsan yoki vakil orqali yuritishlari mumkin. Bunda fuqaroning shaxsan ishtiroki uni mazkur ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi.
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda vakillikni ikki turga ajratadi — qonuniy, ya’ni majburiy vakillik (FPK 51-moddasi) va shartnoma bo‘yicha, ya’ni ixtiyoriy vakillik (FPK 52-moddasi).
Qonuniy vakillik belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki o‘lgan deb e’lon qilingan shaxslar huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga daxldor fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishda majburiydir. Qonuniy vakillik kelib chiqishi uchun huquq va manfaatlari himoya qilinayotgan shaxs roziligi talab etilmaydi.
Sudda vakillik boshqa barcha hollarda shartnomaga asoslangan bo‘ladi va faqat ishonch bildiruvchining bunga xohishi mavjud bo‘lganda yuzaga keladi.
5. Sudda qonuniy vakil sifatida ota-onalar, vasiylar, homiylar va FPK 51-moddasida ko‘rsatilgan boshqa shaxslar ishtirok etadi.
Sudda shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil sifatida quyidagilar ishtirok etishlari mumkin:
1) advokatlar, ya’ni qonunda belgilangan tartibda advokatlik maqomini olgan shaxslar;
2) to‘g‘ri va yon shajara bo‘yicha qarindoshlar, shuningdek er(xotin) yoki uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari-mazkur yuridik shaxslar ishlari bo‘yicha;
4) notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari-mazkur tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari;
6) ishtirokchilardan biri boshqa ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha;
7) jismoniy shaxslar vakili sifatida sud tomonidan ishda qatnashishga ruxsat berilgan boshqa shaxslar, basharti ular vakil sifatida sudda kasb tariqasida (haq evaziga yoki haq olmay) faoliyat olib borishmasa.
Qonuniy vakillar ham, shartnoma bo‘yicha vakillar ham voyaga yetgan va muomalaga layoqatli bo‘lishlari kerak.
6. Ishonch bildiruvchiga qarindosh shaxslar doirasini aniqlashda sud FPK 52-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi va Oila kodeksining 57, 58-moddalariga amal qilishi lozim bo‘lib, ularga ko‘ra quyidagilar qarindoshlar hisoblanadi:
ota-ona, bolalar, nevaralar, bobo, buvi, evaralar, katta bobo, katta buvi;
aka-uka, opa-singillar, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka, opa-singillari, ularning bolalari, bobo, buvilarning aka-uka, opa-singillari, ularning bolalari va h.k.;
o‘gay aka-uka, opa-singillar.
7. Yuridik shaxs xodimi deganda, mazkur tashkilotda mehnat shartnomasi (kontrakt)ga asosan ishlayotgan shaxs tushuniladi.
8. Sudda notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari sifatida mazkur notijorat tashkilotlarda mehnat shartnomasi (kontrakt)ga asosan ishlayotgan va uning shtatida turgan shaxslar bo‘lishi mumkin.
Sudda vakil sifatida, shuningdek, notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari ham ishtirok etishlari mumkin, basharti boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi mazkur tashkilotlarga bevosita qonunga binoan berilgan bo‘lsa (masalan, “O‘zbekiston Respublikasining savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasi va boshqalar).
9. Davlat va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan davlat organlari sudda notijorat tashkilot vakili sifatida emas, balki protsessning boshqa ishtirokchisi-davlat boshqaruv organlari sifatida qatnashadilar (FPK 48, 49-moddalari).
10. Fuqarolik protsessual kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, protsessda bir necha da’vogar yoki javobgar, shuningdek uchinchi shaxslar qatnashganda, vakillik boshqa ishtirokchilar topshirig‘iga binoan sherik ishtirokchilardan biri tomonidan, basharti ulardan hech birining manfaatlari bir-biriga zid bo‘lmasa, amalga oshirilishi mumkin.
11. Vakillarning ishga kirishishi masalasi sudya tomonidan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida hal etilib, bu haqda FPK 160-moddasiga muvofiq chiqarilgan ajrimda ko‘rsatiladi. Agar vakilni ishga kiritish to‘g‘risidagi iltimosnoma sud majlisida bildirilgan bo‘lsa, masala ishda qatnashuvchi boshqa shaxslar fikri eshitilgandan so‘ng bayonnomada qayd etiladigan ajrim chiqarish yo‘li bilan hal etiladi.
Shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ijozat berish (qatnashishini rad etish) to‘g‘risidagi ajrim ustidan, u ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaganligi sababli, apellatsiya (kassatsiya) shikoyatidan alohida tarzda shikoyat qilish mumkin emas.
12. Qonuniy vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
bolaning tegishli ota-onadan paydo bo‘lganligi, bolalikka olinganlik faktlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
vasiy yoki homiyni, meros mulkini asrovchini tayinlash to‘g‘risida qarorlar.
13. Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar FPK 53-moddasiga muvofiq berilgan ishonchnomalar hisoblanadi, advokatlar, yuridik shaxs rahbari, shuningdek, ishonch bildiruvchi sud majlisida bergan arizaga (og‘zaki yoki yozma) binoan shartnoma bo‘yicha vakil sifatida ishda qatnashishi uchun FPK 53-moddasi uchinchi qismiga muvofiq ijozat berilgan jismoniy shaxsning qarindoshlari va boshqa vakillari bundan mustasno.
Shartnoma bo‘yicha ayrim vakillar ishga kirishishiga ijozat berilishi uchun qonun sudga, ishonchnomadan tashqari, yana boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qiladi, jumladan:
ishonch bildiruvchining qarindoshlari uchun — ishonch bildiruvchi va vakil orasida qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar;
yuridik shaxsning rahbari uchun — uning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat.
Advokat ishga kirishishi uchun advokatlik guvohnomasi va advokatlar tuzilmasi tomonidan berilgan order taqdim etilishi kifoya bo‘lib, u advokatga yuridik yordam so‘rab murojaat etgan shaxs manfaatlarini sudda himoya qilish huquqini (FPK 54-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari) beradi.
14. Sudlarga tushuntirilsinki, ishga kirishish uchun huquq beruvchi hujjatlar shartnoma bo‘yicha vakillarga protsess ishtirokchisining faqat umumiy huquqlarini (FPK 34-moddasi) berib, ularga quyidagilar kiradi: ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, raddiya berish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arizalar berish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda ko‘rish davomida tug‘iladigan hamma masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tiroz bildirish, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug‘i ustidan shikoyat qilish, sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruqning majburiy ijrosini talab qilish, sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozir bo‘lish va o‘z huquqlarini amalga oshirish.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadilar.
15. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ayrim protsessual harakatlarni sodir etish uchun qonun maxsus vakolatlar mavjud bo‘lishini talab etib, shartnoma bo‘yicha vakil, shu jumladan advokat va ishga sud majlisida ishonch bildiruvchining arizasiga binoan kirishgan shaxs ham bu harakatlarni faqat ulardan har biri qonunga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnomada qayd etilgan holdagina sodir etishga haqlidir. FPK 54-moddasiga ko‘ra, bunday huquqlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
da’vo talablaridan butunlay yoki qisman voz kechish;
da’vo asosi yoki predmetini o‘zgartirish;
da’vo miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish;
da’vogar talablarini tan olish;
kelishuv bitimi tuzish;
vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish);
sudning hal qiluv qarori (ajrimi) ustidan shikoyat berish;
ijro varaqasini undiruvga qaratish;
undirilgan mol-mulk yoki pulni olish.
Faoliyati ustav bilan tartibga solinadigan yuridik shaxslar rahbarlari uchun ham maxsus vakolatlari borligi to‘g‘risida hujjat taqdim etishi talab etiladi, basharti ustavda tegishli huquqlarni amalga oshirish korporativ boshqaruv organlari (umumiy yig‘ilish yoki boshqaruv) vakolatiga tegishli bo‘lsa.
Shuni nazarda tutish lozimki, qonuniy vakillar, shartnoma bo‘yicha vakillardan farqli ravishda, FPK 54-moddasida ko‘rsatilgan barcha protsessual harakatlarni maxsus vakolat olmagan holda mustaqil sodir etishga haqlidirlar.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari fuqarolik ishlari bo‘yicha vakillik haqidagi protsessual qonun normalarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur huquqiy institutning to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan choralar ko‘rishi lozim.
17. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 13-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 107 | 10,519 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) to‘g‘risidagi Nizom va uning tuzilmasi 1-2-ilovalarga muvofiq;
Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni 24 kishidan iborat bo‘lgan shtat jadvali, shuningdek, mehnatga haq to‘lash razryadlari 3-4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisiga Markazning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
birinchidan — sud faoliyati sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni, sud amaliyoti va sud ish yurituvi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida sud amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish;
ikkinchidan — sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning odil sudlovga erishish, uni sifatli amalga oshirish, ishlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish sohasidagi muammolarni aniqlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha sud faoliyatiga aralashish holatlariga barham berish va fuqarolarning sud tizimiga ishonchini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish;
uchinchidan — yagona sud amaliyotini ta’minlash va sudlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari normalarini bir xilda qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
to‘rtinchidan — fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy qonunchilik, sudlarning mustaqilligini ta’minlash sohasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini o‘rganish, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
3. Belgilansinki, Markaz:
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi mustaqil axborot-tahlil muassasasi hisoblanadi va unga hisobot beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi o‘rinbosari tomonidan boshqariladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi orqali ajratiladigan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi, Markazning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan tahliliy ishlar dasturlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlarini tasdiqlaydi, ularning samarali va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bir oylik muddatda:
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Markazning joylashtirilishini ta’minlasin;
Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilasin, Markazning 2017-yilga mo‘ljallangan tahliliy ishlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlari dasturini tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2017-yilda ajratsin, 2018-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
6. Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuvchi kengashi 2017-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha Markazning joriy ta’minoti, uni jihozlash, faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, ikkita xizmat yengil avtomobili ta’minoti uchun mablag‘ ajratsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda belgilangan tartibda Markazni zarur bo‘lgan, jumladan, hukumat aloqa turlari va vositalari bilan ta’minlasin, shuningdek, keng qamrovli Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.
8. Markaz:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralarining me’yoriy-huquqiy hujjatlari (1 nusxada) yuborilishi shart bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga;
Markaz kutubxonasini shakllantirish uchun bosma va kitob mahsulotlarining (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar) bepul nazorat nusxalarini (1 nusxada) oladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudining statistika axboroti yuborilishi shart bo‘lgan reyestrga kiritilsin.
9. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2008-yil 23-iyundagi PQ-896-sonli qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori 35-ilovasining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Nizom “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) asosiy vazifalari, funksiyalari huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
1. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi mustaqil axborot-tahlil muassasasi hisoblanadi va unga hisobot beradi.
2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlar, qarorlar va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qarorlari hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqa davlat organlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Markaz o‘z faoliyatini sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi tamoyiliga asosan amalga oshiradi. Sudlarning odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga Markazning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Markazning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi, qisqartirilgan — OSMO‘TM;
b) rus tilida:
to‘liq — Issledovatelskiy tsentr izucheniya problem pravosudiya pri Visshem sudeyskom sovete Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan — ITSIPP;
v) ingliz tilida:
to‘liq — The research centre for the study of justice under the Supreme judicial Council of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan — RCSJ.
6. Markazning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
sud faoliyati sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni, sud amaliyoti va sud ish yurituvi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida sud amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish;
sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning odil sudlovga erishish, uni sifatli amalga oshirish, ishlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish sohasidagi muammolarni aniqlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha sud faoliyatiga aralashish holatlariga barham berish va fuqarolarning sud tizimiga ishonchini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish;
yagona sud amaliyotini ta’minlash va sudlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari normalarini bir xilda qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy qonunchilik, sudlarning mustaqilligini ta’minlash sohasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini o‘rganish, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
7. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni quyidagi funksiyalarni bajarish orqali amalga oshiradi:
sud statistikasi ma’lumotlarini o‘rganish, ularning tahlili natijalari bo‘yicha sud-huquq sohasidagi qonunchilikni, sud amaliyoti va sud ish yurituvi tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalarini aniqlash;
qarorlari qonuniy kuchga kirgan fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha materiallarni o‘rganish, qonun normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishi, yagona sud amaliyotini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish;
sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish muammolarini, sud hujjatlarini ijro etish ahvolini o‘rganish, sudlar faoliyatini samarali tashkil etish va sudyalarning ish hajmini maqbullashtirishga oid tadqiqotlar o‘tkazish;
fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy qonunchilikni tahlil qilish, sud amaliyotini umumlashtirish, xorijiy tajribani o‘rganish natijalari bo‘yicha sud-huquq sohasidagi qonunchilik va sud amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari loyihalarini tayyorlash;
sudlar faoliyati ochiqligi va shaffofligi holatini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish erkinligi darajasini oshirish, ularning faoliyati to‘g‘risida axborot olish huquqi kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
sud-huquq sohasidagi qonunchilik rivojlanishining xalqaro tendensiyalarini o‘rganish, xalqaro-huquqiy normalar va milliy qonunchilikning qiyosiy tahlilini o‘tkazish, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va standartlarini milliy qonunchilik va sud amaliyotiga implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasining, xorijiy davlatlarning sud, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, ta’lim, ilmiy va axborot-tahlil muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, sud-huquq sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish;
sudyalikka nomzodlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, amaldagi sudyalarning malakasini oshirishning zamonaviy usullari va yangi yondashuvlarini tadqiq qilish, sud kadrlarini o‘qitish va qayta tayyorlashning milliy tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
tadqiqot ishlari o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijasi bo‘yicha ajratiladigan grantlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb qilish;
sud-huquq sohasini isloh qilish, odil sudlov muammolarini o‘rganishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar, seminarlar tashkil etish, bunday tadbirlarda, shu jumladan xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan tadbirlarda, ishtirok etish;
sud-huquq sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar qonunchiligi, sud faoliyati masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy ma’lumotlar banki, shuningdek milliy va xorijiy yuridik adabiyotlar fondini shakllantirish;
sud amaliyotini o‘rganish natijalari asosida sud faoliyatining muammoli masalalari bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar bazasini yaratish;
ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari loyihalari, tayyorlangan tahliliy materiallar va tavsiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tegishli choralar ko‘rish uchun kiritish;
sudyalar va sud apparati xodimlari uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha sud amaliyoti umumlashtirilgan ma’lumotlarini, yangi qonunchilik obzorlari, shuningdek ilmiy-amaliy tadqiqot materiallari, milliy qonunchilik va xalqaro normalarni qiyosiy tahlili asosida tematik obzorlarni davriy asosda tayyorlash va chop etish;
ixtisoslashtirilgan davriy yuridik nashrlarda sud amaliyotidagi, shu jumladan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb masalalar, ushbu sohadagi qonunlar normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha munozaralar yoritilishini tashkil etish;
sudlar faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or ilmiy-texnik vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
8. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, ta’lim va ilmiy muassasalar, boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga taalluqli masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun materiallar va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, surishtiruv va tergov organlaridan Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qaror, farmoyish, yo‘riqnoma, buyruq va boshqa normativ va idoraviy hujjatlarni, tahliliy, statistik materiallarni, boshqa kerakli axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
huquqni qo‘llash organlarining elektron ma’lumotlar bazasi (banki), axborot-kutubxona resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
bevosita sudlarda, shu jumladan joylarga chiqqan holda, sud amaliyotini o‘rganish;
qarorlari qonuniy kuchga kirgan fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha materiallar, shuningdek Markaz oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa hujjatlar va materiallar bilan belgilangan tartibda tanishish;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar ko‘rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudi majlislarida ishtirok etish;
belgilangan tartibda tenglik asosida tegishli xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ilmiy axborot almashishni amalga oshirish;
Markaz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan tadbirlar o‘tkazish, tahliliy materiallar tayyorlash uchun olimlar va mutaxassislarni, ilmiy va boshqa tashkilotlarni belgilangan tartibda, shuningdek shartnoma asosida jalb etish, ushbu maqsadlarda ekspert guruhlari tuzish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, davriy nashrlar chop etish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Markaz:
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va samarali bajarish;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarning uyg‘unligi, ilmiy asoslanganligi va amaliy jihatdan muhimligi bo‘yicha javobgardir.
10. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining o‘rinbosari boshchilik qiladi.
11. Markaz direktori:
davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy va tadqiqot muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan bo‘ladigan munosabatlarda Markaz nomidan ish yuritadi;
Markaz xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Markazning ish rejalari, obzorlari, axborot-tahliliy va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Markaz nomidan shartnomalar va kelishuvlarni, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzadi, direktor o‘rinbosaridan tashqari Markaz xodimlarini ishga qabul qiladi, boshqa lavozimga o‘tkazadi, ishdan bo‘shatadi;
Markazga yuklatilgan vazifalarni bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadi;
qonun hujjatlariga muvofiq Markaz faoliyatiga oid boshqa masalalarni hal qiladi.
12. Direktor O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan o‘rinbosarga ega.
Direktor o‘rinbosari o‘ziga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javobgar hisoblanadi, direktor joyida bo‘lmagan taqdirda unga yuklatilgan vazifalarini amalga oshiradi.
13. Markaz xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansab darajalari beriladi, mansab darajasi va uzoq muddatli xizmati uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar to‘lanadi.
Markaz xodimlari uchun oldingi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmati, maxsus unvon va mansab darajalari uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar saqlab qolinadi.
Markaz xodimi sifatidagi ishlagan davri boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalariga o‘tganda navbatdagi tegishli unvonlar olish, shuningdek, mansab darajasi uchun qo‘shimcha to‘lovlar va uzoq muddat xizmat qilganligiga ustamalar to‘lash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
14. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi orqali ajratiladigan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
15. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, faoliyat uchun zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr, shtamp va boshqa xizmat belgilari va rekvizitlariga ega bo‘ladi.
16. Markazni tugatish va qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi. | 148 | 18,123 |
Qonunchilik | Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 533-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3092, 2018-yil 29-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 10/18/3092/2246-son) bilan tasdiqlangan Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 2-banddagi “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan” degan so‘zlar “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 6-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 9-bandning birinchi xatboshisidagi “15 ish kuni” degan so‘zlar “10 kun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 124 | 1,818 |
Qonunchilik | VAQTINChA OLIB KIRISh (OLIB ChIQISh) BOJXONA REJIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 16, 22 va 23-moddalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 399-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 91 | 615 |
Qonunchilik | Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
1. Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 24-noyabrdagi 9 va 01-02/12-39-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1430, 2004-yil 14-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 50-son, 504-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida”gi, 2016-yil 20-iyundagi 212-son “Bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etiladigan vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarning ro‘yxatini, ularni ozod etish shartlarini, shuningdek imtiyozlarning amal qilish muddatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Avtotransport vositalari bojxona chegarasidan olib o‘tilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi (keyingi o‘rinlarda davlat bojxona xizmatining hududiy organlari deb yuritiladi) bojxona postlarida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
avtotransport vositalari — yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar hamda mototransport vositalari;
tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatdan chiqarilgan yoki ro‘yxatida bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan avtotransport vositalari;
xorijiy avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatda turgan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga:
chet el fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
yuklar va yo‘lovchilarni xalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari;
avtotransport vositasining egasi — avtotransport vositasining mulkdori yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar va doirada avtotransport vositasiga egalik qiluvchi yoki undan foydalanuvchi yoxud uni tasarruf etuvchi fuqaro yoki yuridik shaxs;
kirish (chiqish) bojxona posti — o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiruvchi va uning tarkibiga kiruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining o‘tish punktida joylashgan bojxona organi;
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti (keyingi o‘rinlarda “TIF bojxona posti” deb yuritiladi) — o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiruvchi va uning tarkibiga kiruvchi, tovarlar va transport vositalarini tegishli bojxona rejimlariga bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazuvchi bojxona organi;
“Avto” YaAAT — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Avto” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
tovar sifatida olib chiqilayotgan avtotransport vositalari — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb yuritiladi) hududiy organlarida ro‘yxatdan chiqarilgan yoki ro‘yxatida bo‘lmagan xorijiy davlatga olib chiqilayotgan avtotransport vositalari;
tovar sifatida tranzit olib o‘tilayotgan avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatdan chiqarilgan yoki ro‘yxatida bo‘lmagan xorijiy davlatga O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o‘tilayotgan avtotransport vositalari;
O‘zbekiston Respublikasi avtotransport vositalari — DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatda turgan va xorijiy davlatlar hududiga:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
yuklar va yo‘lovchilarni xalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib chiqiladigan avtotransport vositalari.
21. Mazkur Nizom talablari quyidagilarga tatbiq qilinmaydi:
anklavlarda ro‘yxatga olingan shaxslar tomonidan aynan shu yerda foydalanish maqsadida olib kirilayotgan/chiqilayotgan avtotransport vositalariga;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan boshqa davlatlarning obyektlarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositalariga;
xorijiy davlat hududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasining obyektlarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositalariga;
xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik vakolatxonalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik agentlari hamda ma’muriy-texnik xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan ularning oila a’zolari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan avtotransport vositalariga.
3. Xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasiga kirishida kirish bojxona posti xodimi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
4. Xorijiy avtotransport vositasining kirish va chiqish bojxona postlari oralig‘ida tirkamasi yoki yarim tirkamasi almashtirilmaydigan hollarda, unga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
Tirkamasi yoki yarim tirkamasi almashtiriladigan hollarda xorijiy avtotransport vositasining yuk tortgichiga mazkur Nizomning 2-ilovasida, tirkamasiga yoki yarim tirkamasiga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
5. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” avtotransport vositasi bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddatga rasmiylashtiriladi.
6. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni rasmiylashtirish uchun xorijiy avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) tomonidan taqdim etilgan fuqarolik pasporti, avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi va og‘zaki ma’lumotlar asos bo‘ladi.
7. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” “Avto” YaAAT dasturi orqali kirish bojxona posti xodimi tomonidan davlat, rus va ingliz tillaridan birida chop etiladi hamda xorijiy avtotransport vositasining egasiga (haydovchisiga) beriladi.
8. Xorijiy avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”da aks ettirilgan ma’lumotlarni tekshirib chiqadi, to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi va avtotransport vositasini belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyatini oladi.
9. Kirish bojxona posti xodimi o‘z imzosi va shaxsiy muhrini qo‘yish orqali “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni rasmiylashtiradi.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy avtotransport vositasidan foydalanishda uning egasi (haydovchisi) doimiy ravishda o‘zi bilan birga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni olib yurishi shart.
11. Xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqilishida uning egasi (haydovchisi) tomonidan chiqish bojxona postiga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” taqdim etiladi.
12. Chiqish bojxona posti xodimi o‘z imzosi va shaxsiy muhrini qo‘yish orqali “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni nazoratdan yechadi.
121. Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan xaydovchi bojxona organiga avtotransport vositasini vaqtincha saqlash uchun yozma yoki elektron tarzda murojaat qilgan taqdirda, ushbu avtotransport vositasi bojxona organi tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘im to‘lanmaydi, bundan avtotransport vositasini saqlash bilan bog‘liq harajatlar mustasno hisoblanadi.
13. Xorijiy avtotransport vositasiga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtirilib, uning tirkamasi yoki yarim tirkamasi respublika hududida almashtiriladigan hollarda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” TIF bojxona postida nazoratdan yechilib, mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shaklda yangi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
14. Avval rasmiylashtirilgan va nazoratda qolib ketgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”si mavjud bo‘lgan shaxsga masalaga oydinlik kiritilgunga qadar yangi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtirilmaydi va nazoratdan yechilmaydi.
15. Xorijiy avtotransport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami to‘qson kalendar kundan oshmasligi lozim, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno. Mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘imni to‘lagan holda xorijiy avtotransport vositasini ushbu muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yo‘l qo‘yiladi.
Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududida transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatida, lekin olib kirilgan sanadan e’tiboran to‘qson kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod qilgan holda bo‘lishi mumkin.
16. Bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddat o‘tgandan so‘ng xorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun transport vositasining har bir ot kuchidan bazaviy hisoblash miqdorining 0,7 % miqdorida yig‘imni to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
17. Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin ushbu muddatni uzaytirish uchun xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi belgilangan muddat tugashidan avval O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining mazkur xorijiy avtotransport vositasi turgan joydagi bojxona postlaridan biriga muddatni uzaytirishni so‘rab murojaat qilishi yoki elektron tarzda masofadan to‘lovlarni amalga oshirgan holda real vaqt rejimida avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddatini uzaytirishi lozim.
Murojaatga bojxona organlarining hisob raqamiga mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi vakolatli bank tomonidan berilgan hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Tegishli bojxona posti vaqtincha olib kirish muddatini yig‘im qancha muddat uchun to‘langan bo‘lsa, shuncha muddatga uzaytiradi va “Avto” YaAATda avval kiritilgan muddatni o‘zgartiradi.
18. Xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan tartibda vaqtincha olib kirish muddatini uzaytirish bo‘yicha murojaat qilmasa, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishi bilan bir qatorda ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘im undiriladi, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno.
19. Yig‘im:
milliy valyuta — so‘mda to‘lanadi;
bojxona posti tomonidan undiriladi yoki haydovchi tomonidan elektron tarzda masofadan real vaqt rejimida to‘lanadi;
bank orqali to‘langanda bank kvitansiyasi asosida kirim qilinadi.
20. Xorijiy avtotransport vositasini olib chiqish muddatini buzganlik uchun tegishli chora ko‘rilib, yig‘im to‘liq undirilgunga qadar avtotransport vositasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi yoki bojxona posti tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim.
Yig‘im quyidagi hollarda to‘lanmaydi:
bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun;
agar vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa.
21. Belgilangan qaytarib olib chiqish muddatidan 5 kundan ortiq vaqt o‘tgan va respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari to‘g‘risida “Avto” YaAATda elektron ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi.
23. DYHXXning hududiy organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlari asosida respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari aniqlangan taqdirda ular bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘rish uchun uch ish kuni mobaynida davlat bojxona xizmatining hududiy organlarini xabardor qiladilar.
24. O‘zbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari tomonidan musodara qilingan hollarda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” vakolatli organlarning tegishli qarori asosida rasmiylashtirgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
25. O‘zbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi yengib bo‘lmas kuch yoki yo‘l-transport hodisasi yuz berishi natijasida foydalanishga mutlaqo yaroqsiz holga kelganda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” vakolatli organlarning tegishli hujjatlari asosida majburiyatnoma rasmiylashtirgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
26. O‘zbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish”, “vaqtincha olib kirish” yoxud boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” bojxona yuk deklaratsiyasini (keyingi o‘rinlarda BYuD deb yuritiladi) rasmiylashtirgan TIF bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
27. Agar “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda dublikat olish uchun avtotransport vositasi egasi (haydovchisi) avtotransport vositasi joylashgan hududdagi bojxona postlariga mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qiladi.
28. Bojxona postlari tomonidan “Avto” YaAATdan foydalangan holda oldingi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ga yozilgan tegishli ma’lumotlar va avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddati tekshiriladi. Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddati o‘tib ketganligi aniqlangan taqdirda, bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan qonunchilik hujjatlari asosida tegishli choralar ko‘riladi.
29. Ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha bir ish kuni mobaynida bojxona postlari tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” dublikati beriladi. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ning yuqori o‘ng burchagiga “Dublikat” deb yoziladi va bojxona posti boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari imzosi va post muhri bilan tasdiqlanadi.
50. Tovar sifatida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan va tranzit olib o‘tilayotgan avtotransport vositasiga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtirilmaydi. Uning TIF yoki chiqish bojxona postiga bojxona nazorati ostida yetkazib berilishini nazorat qilish uchun kirish bojxona postida tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati rasmiylashtiriladi.
52. Tovar sifatida olib kirilgan avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan so‘ng, TIF bojxona posti tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan ma’lumotlar (keyingi o‘rinlarda elektron ma’lumotlar deb yuritiladi) DBQning elektron bazasi orqali shakllantiriladi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi.
DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatga olinmaydigan avtotransport vositalariga elektron ma’lumotlar yuborilmaydi.
54. Avtotransport vositasini O‘zbekiston Respublikasi hududiga “erkin muomalaga chiqarish” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirgan shaxslar BYuD rasmiylashtirilgan kundan so‘ng 10 kun muddat ichida avtotransport vositasini DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart.
55. Ro‘yxatdan o‘tkazishda, avtotransport vositasining turi, rusumi, markasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan shakllantirilgan elektron ma’lumotlarda qanday bayon etilgan bo‘lsa, aynan shu nom bilan qayd etilishi lozim.
56. O‘zbekiston Respublikasidan tovar sifatida olib chiqilayotgan avtotransport vositasiga elektron ma’lumotlar yuborilmaydi hamda DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatdan chiqarish uchun asos BYuD hisoblanadi.
57. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositalarini DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos elektron ma’lumotlar hamda BYuD hisoblanadi.
Vakolatli idoralar tomonidan musodara qilingan avtotransport vositalarini DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan ma’lumotlar va BYuD talab etilmaydi.
“Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalari uchun shakllantirilgan elektron ma’lumotlar 3 yil davomida, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalari uchun shakllantirilgan elektron ma’lumotlar esa vaqtincha olib kirish muddati tugagandan so‘ng 3 yil davomida bojxona organlarining ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
DYHXXning hududiy organlarida avtotransport vositalarini qayd etish va boshqa o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hujjatlar (ma’lumotlar) to‘plami 5 yil davomida saqlanadi.
“Vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalarini o‘zga shaxsga foydalanishga, egalik qilishga berish yoki o‘zgacha ravishda o‘tkazish elektron ma’lumotlar qayta rasmiylashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
571. Bojxona to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llanilgan holda “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini 3 yil davomida qayta jihozlash bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilgan tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi o‘zgarishiga olib kelsa, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlar to‘langan taqdirda ushbu avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsat beriladi, bundan avtotransport vositasini yoqilg‘i turini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta jihozlash holatlari mustasno hisoblanadi.
60. Davlat bojxona xizmatining hududiy organlari DYHXXning hududiy organlari bilan har chorak yakuni bo‘yicha erkin muomalaga chiqarilgan hamda vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalari bo‘yicha ma’lumotlarni solishtiradilar.
63. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda ko‘rsatilgan avtotransport vositasi DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatga olinmaganligi aniqlangan taqdirda DYHXXning hududiy organlari tomonidan ushbu avtotransport vositasini qidirib topish choralari ko‘riladi.
64. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatda ko‘rsatilmagan, lekin DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatga olingan xorijdan olib kelingan avtotransport vositalari aniqlangan taqdirda, ushbu avtotransport vositasini respublika hududiga qonuniy olib kirilganligiga aniqlik kiritish maqsadida avtotransport vositasi va uning egasi haqida ma’lumotlar DYHXXning hududiy organlari tomonidan davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga taqdim etiladi.
65. Mazkur bob talablari chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositasi uchun ham tatbiq etiladi.
66. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
1. Bojxona organi nomi.
2. BYuD raqami va sanasi.
3. Avtotransport vositasi rasmiylashtirilgan bojxona rejimining nomi.
4. Avtotransport to‘g‘risida ma’lumot:
turi, rusumi;
ishlab chiqarilgan yili;
kuzov raqami;
dvigatel raqami;
shassi raqami.
5. Avtotransport vositasi egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yashash manzili, telefon raqami hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi ma’lumotlar;
yuridik shaxs uchun — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami hamda elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa).
6. Avtotransport vositasi vaqtincha olib kirilganda vaqtincha olib kirishning yakuniy muddati. | 149 | 22,888 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida | “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda), “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 7-moddalari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2011-y., 10-son, 272-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 10-dekabrda 04-02-05/809, 98-156-son va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 6-dekabrda 02/8-42-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 589, 1999-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 2-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 167 | 1,744 |
Qonunchilik | “Kredit byurolarining texnik va dasturiy vositalariga axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash bo‘yicha qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 20-dekabrdagi 38/5-son “Kredit byurolarining texnik va dasturiy vositalariga axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash bo‘yicha qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2318, 2012-yil 23-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 3-4-son, 35-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan etiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. | 227 | 822 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov o‘n kun muddatda Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 26-iyuldagi 581-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir o‘rinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini ma’qullagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati uzluksiz ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm tizimini isloh qilishni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan.
5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
vazirliklar va idoralar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash;
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini ko‘rish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan yaqin o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektor subyektlariga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish;
Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatida (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi), shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Kotibiyatga biriktirilgan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Bosh vazir tomonidan muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishida ishtirok etish.
7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli o‘rganishni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or o‘quv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini ta’minlash;
umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sifatining yangi darajaga oshirilishini ta’minlash, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;
xalq ta’limini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlash, jamoatchilik nazoratining shaffofligi va samaradorligiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini ta’minlash, umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy qilish;
umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda nodavlat umumta’lim tashkilotlari deb ataladi) tarmog‘ini ular uchun tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlar yaratish orqali yanada rivojlantirishni ta’minlash, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shaklarini samarali joriy qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha chuqur kasbiy bilimlarga ega bo‘lgan, chet tillarni biladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini egallagan oliy ma’lumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatining ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan o‘zaro bog‘liq holda oshirilishini ta’minlash;
ta’lim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, kasb-hunar ta’limi kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
dissertatsiya tadqiqotlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
xorijiy tillarga va kompyuter texnologiyalari hamda Internet-resurslardan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga uzluksiz o‘qitish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan yuqori malakali chet tillar o‘qituvchilarini maqsadli tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ta’lim tizimining barcha darajalarida amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;
ilg‘or xorijiy tarbiyani hisobga olgan holda, oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini zamonaviy talablar darajasida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish vazifalari amalga oshirilishini ta’minlash, professor-o‘qituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, o‘qitilayotgan predmet bo‘yicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur o‘rganishiga ko‘maklashish va rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogika va ta’lim texnologiyalarini, multimediya tizimlarini Internet axborot tarmog‘idan foydalangan holda keng joriy etish, pedagogik va ilmiy faoliyatda chet tillardan keng foydalanish uchun pedagog kadrlarning chet tillarni amalda bilish darajasini oshirish hisobga olingan holda malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasi tubdan va uzluksiz yangilab borilishini ta’minlash;
magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha tanlab olish va tayyorlashni tashkil etish, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida istiqbolli mutaxassislar, shu jumladan pedagoglar hamda ilmiy kadrlarning dunyoning rivojlangan davlatlaridagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashi, istiqbolli mutaxassislarning nufuzli xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida o‘qishining monitoringini tashkil qilish, ularning O‘zbekistonda munosib ishga joylashishiga yordam berish, mehnat faoliyati monitoringini olib borish, kasbiy jihatdan o‘sishiga va xizmatda ko‘tarilishiga ko‘maklashish;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi, ayniqsa, yangi, istiqbolli sohalarga xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni jalb qilishga doir takliflar ishlab chiqish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muhim muammolarni hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash;
b) sog‘liqni saqlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga muvofiq sog‘liqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish bo‘yicha aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni, tibbiyot ilm-fani va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etishni ta’minlaydigan konseptual yangi modellarni shakllantirish;
sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobidan aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha monitoring tashkil etilishini va chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlash;
tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan to‘liq ta’minlash;
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish, ilg‘or xorijiy tajribani sog‘liqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatining samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
aholini ekologik xavfsiz, sog‘lom va balansli oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha aholining turli guruhlari uchun ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini ta’minlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash;
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targ‘ib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sog‘lig‘ini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, fuqarolarning o‘z sog‘lig‘i uchun shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yo‘li bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr ko‘rishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
keksa avlodning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘la huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yoshlarni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashda ularning rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksining tizimli asosda amalga oshirilishini ta’minlash;
keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
tug‘ma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelish sabablarini o‘rganish va oldini olish, respublika hududlaridagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;
respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv ta’minoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yo‘naltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
eng avvalo, zararlanish manbalari profilaktikasi va ularni bartaraf etishga, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirishni ta’minlash;
binolar va inshootlar, suv ta’minoti tizimlari, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnik inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qo‘llashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
mamlakat farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishning yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek, aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining sifatli, samarali, xavfsiz va arzon dori-darmonlar hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilashga yo‘naltirilgan samarali dori-darmon siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni, farmatsevtika tarmog‘i korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatidan yangilashga yo‘naltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, ma’naviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalar yangilanishini ta’minlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish;
v) ijtimoiy himoya qilish sohasida:
ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish sohasidagi ustuvorliklarni, shu jumladan aholini ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuvni joriy etish va uning samaradorligini ta’minlash masalalarini belgilash, ijtimoiy himoya qilishda ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish, nodavlat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy buyurtma asosida ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini yaratish;
ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va uning vazirliklar hamda idoralar tomonidan bajarilishini muvofiqlashtirish;
ijtimoiy himoya qilishda idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish va inson kapitalini rivojlantirish uchun ijtimoiy himoya qilish dasturlarini amalga oshirish borasida qulay shart-sharoitlar yaratish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuvning ishlab chiqilishi va joriy etilishini, shu jumladan nogironlikni aniqlashning tibbiy modelidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni reabilitatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqishda ularning farovonligiga ta’sir ko‘rsatadigan barcha omillar hisobga olinadigan ijtimoiy modelga o‘tishni muvofiqlashtirish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda barcha vazirlik va idoralarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish mexanizmlarini yaratish;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yuqori samaradorligiga va uning murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan muayyan shaxslar hamda oilalar ehtiyojlariga mos kelishiga erishish uchun ijtimoiy himoya qilish tizimining barcha darajalarida professional ijtimoiy faoliyat ishlab chiqilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish;
samarali ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy resurslarning yetarli miqdorda ajratilishini, ulardan oqilona va tegishli ravishda foydalanilishini muvofiqlashtirish;
g) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida:
aholining keng qatlamlarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismonan sog‘lom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;
aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilg‘or xorijiy tajriba asosida xalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun har bir hududda sport komplekslari tashkil etish;
o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqilishi va ommaviy sport hamda oliy yutuqlar sporti sohasida aniq vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanishini ta’minlash;
sportning milliy va olimpiya turlarini rivojlantirish bo‘yicha, avvalo, to‘plangan tajriba, hududlarda shakllangan va tashkil etilayotgan sport maktablari, yaratilgan moddiy-texnika bazasi, milliy qadriyatlar va an’analar, aholi mentaliteti, trener-o‘qituvchilar salohiyati hamda sportda erishilgan yutuqlar inobatga olingan holda takliflar ishlab chiqilishini ta’minlash;
jamoat jismoniy-tarbiya-sport birlashmalari, shu jumladan Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va uyushmalar faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishini tashkil qilish;
Sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash, shu jumladan xalqaro va respublika darajasidagi texnik hamda amaliy sport turlari bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida maxsus vakolatli davlat organi va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
iqtidorli va istiqbolli sportchilarning Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishishi hamda mamlakatimizni munosib taqdim etishi uchun ularni sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab, mamlakat terma jamoasigacha tanlash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;
d) turizmni rivojlantirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga muvofiq turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targ‘ib qilish;
turizmni rivojlantirish sohasida qo‘yilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilgan 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash:
turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratishni ta’minlash;
transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirishni ta’minlash;
turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilishni ta’minlash;
respublika ichida turizm xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilishni ta’minlash, mamlakatning sayohat va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash;
turizm tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
kirish va ichki turizmni, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleks dasturlarini, shu jumladan respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish;
respublikaning tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, turizm sohasidagi nufuzini saqlash va rivojlantirish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda hududlarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish ishlari tashkil etilishini ta’minlash;
turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan barcha to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
turizm sohasida milliy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
e) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganishni ta’minlash.
8. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Bosh vazir tomonidan ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;
Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi;
Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlarning o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
aniq sohalar va yo‘nalishlarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi;
Hukumat a’zolari hisoblangan va Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni Bosh vazir bilan kelishgan holda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha takliflar kiritadi;
ijtimoiy rivojlantirish, turizm sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi;
tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining o‘rinbosari, Kotibiyat mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi;
Kotibiyat mudiri, uning o‘rinbosari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Kotibiyatda va Kotibiyatga biriktirilgan davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlarni tanlash va amaldagi zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
9. Bosh vazir o‘rinbosari tegishli idoralararo kollegial organlarga rahbarlik qiladi, shuningdek, Bosh vazir rahbarlik qiladigan idoralararo kollegial organlar faoliyatini hamda ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
10. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar kollegial organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlari majlislarida, shuningdek, Bosh vazir topshiriqlariga ko‘ra — davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning o‘zi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.
Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
11. Bosh vazir o‘rinbosari:
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari oldiga bevosita qo‘yilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
o‘zi rahbarlik qiladigan sohadagi ishlarning holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha respublika hududlariga tashriflar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;
joylardagi real ahvolni doimiy o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liq holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmonini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
12. Bosh vazir o‘rinbosarining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyatning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Kotibiyatning ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
13. Bosh vazir o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarining Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil etiladi.
1. Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Kotibiyatning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini uzluksiz ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosariga (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir o‘rinbosari deb ataladi) bo‘ysunadi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
vazirliklar va idoralar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hukumat a’zolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash;
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish;
Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar va idoralarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishini tizimli nazorat qilishni takomillashtirish;
davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish;
Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash.
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or o‘quv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
kasb-hunar kollejlarida ta’lim sifatini oshirishga, ta’lim jarayonini muntazam takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish komplekslarida umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari o‘quvchilarining kasb ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha kasb-hunar ta’limi jarayonini uslubiy ta’minlashni muvofiqlashtirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha chuqur kasbiy bilimlarga ega bo‘lgan, chet tillarni biladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini egallagan oliy ma’lumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan o‘zaro bog‘liq holda oshirish;
ta’lim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, kasb-hunar ta’limi kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
dissertatsiya tadqiqotlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy o‘quv, axborot-kommunikatsiya uskunalari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va adabiyotlar bilan ta’minlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yosh istiqbolli kadrlarning yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida o‘qishini va stajirovkalardan o‘tishini tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim tizimining barcha darajalarida xorijiy tillarga, kompyuter texnologiyalari va Internet-resurslardan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga uzluksiz o‘qitish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan malakali chet tillar o‘qituvchilarini maqsadli tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, zamonaviy talablar darajasida oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish, professor-o‘qituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, o‘qitilayotgan predmet bo‘yicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur o‘rganishiga ko‘maklashish va rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
zamonaviy innovatsion pedagogika va ta’lim texnologiyalarini, multimediya tizimlarini o‘quv jarayoniga keng joriy etishni, pedagogik va ilmiy faoliyatda ulardan keng foydalanish uchun pedagog kadrlarning chet tillarni amalda egallash darajasini oshirishni hisobga olib va butunjahon Internet axborot tarmog‘idan foydalangan holda malaka talablarini, o‘quv rejalarini, dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasini tubdan va uzluksiz yangilab borish;
b) sog‘liqni saqlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga muvofiq sog‘liqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish bo‘yicha aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni, tibbiyot ilm-fani va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etishni ta’minlaydigan konseptual yangi modellarni shakllantirish;
sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobiga aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha monitoringni tashkil etish va chora-tadbirlar ko‘rish;
tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan to‘liq ta’minlash;
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish, ilg‘or xorijiy tajribani sog‘liqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
aholini ekologik xavfsiz, sog‘lom va balansli oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha aholining turli guruhlari uchun ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini ta’minlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targ‘ib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sog‘lig‘ini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni takomillashtirish, fuqarolarning o‘z sog‘lig‘i uchun shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yo‘li bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr ko‘rishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
keksa avlodning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘la huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yoshlarni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashda ularning rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini tizimli asosda amalga oshirish;
keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
tug‘ma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelish sabablarini o‘rganish va oldini olish, respublika hududlaridagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirish;
respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv ta’minoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yo‘naltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
eng avvalo, zararlanish manbalari profilaktikasi va ularni bartaraf etishga, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;
binolar va inshootlarni, suv ta’minoti tizimlarini, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnika inshootlari va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qo‘llashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
mamlakat farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish, farmatsevtika mahsulotlari is | 217 | 63,710 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2021-yil yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2021-yil yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2021-yil yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 138 | 615 |
Qonunchilik | PAXTA TOLASINI KOMPLEKS QAYTA IShLAYDIGAN KORXONALARNI QURISh, QAYTA IXTISOSLAShTIRISh BO‘YIChA TAKLIFLARNI TAYYoRLASh VA KO‘RIB ChIQISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyundagi “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 240-sonli, 2003-yil 16-oktabrdagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasini sotish mexanizmi to‘g‘risida”gi 447-sonli va 2003-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etish to‘g‘risida”gi 526-sonli qarorlariga muvofiq qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Paxta tolasini kompleks qayta ishlaydigan korxonalarni qurish, qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 184 | 909 |
Qonunchilik | Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6202-son Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzurida:
a) quyidagilar tashkil etilsin:
O‘zbekiston Kinematografiya akademiyasi oliy ta’lim muassasasi;
“Respublika kinofondi” DUK negizida budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasi;
“O‘zbekfilm” DUK negizida xususiy kinokompaniyalarga film, multfilm va seriallar yaratish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK;
Agentlikning viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari;
b) quyidagilar tugatilsin:
“Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK;
“Respublika kinoprokat markazi” DUK va uning hududiy filiallari;
“Kinematografchilar uyi” DUK;
“Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” DUK;
v) “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” DUK “Yoshlik” kinostudiyasi” DUK etib qayta nomlansin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining “Qoraqalpoqkino” agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 3-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish “Yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlik Bosh direktoriga, zarur hollarda, Agentlikning markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda “Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Vazirlar Mahkamasi (A.A. Abduxakimov) bir oy muddatda Agentlik markaziy apparati va uning tizim tashkilotlari rahbar va xodimlarini ularning bilim va salohiyatlari bugungi kun talablari va egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkazsin hamda ularni malakali kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar mahalliy kinokompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlar va ularning boshlang‘ich materiallari, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bo‘yicha tayyorlangan video va foto materiallar saqlash uchun bir nusxada O‘zbekiston milliy kinofondiga topshiriladi;
mazkur qarorga muvofiq tugatilayotgan unitar korxonalarning qoldiq mablag‘lari, ularga tegishli bino (inshoot)lar va moddiy-texnika bazasi Agentlik va uning hududiy bo‘limlari hisobiga o‘tkaziladi.
5. Agentlik va “Danmon group” kompaniyasi (Daniya Qirolligi) o‘rtasida 2020-yil 8-oktabrda kino ishlab chiqarish qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha tanlov savdolari asosida import shartnomasi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Moliya vazirligi uch oy muddatda imzolangan import shartnomasining oldindan 15 foiz to‘lovini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishini ta’minlasin. Bunda, import shartnomasi ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Import shartnomasining qolgan 85 foiz to‘lovini qoplash uchun “O‘zmilliybank” AJ Avstriyaning “Rayffayzenbank” bankidan 5 yil muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan yillik 0,8 foiz stavkada jalb qilinadigan kredit liniyasi hisobidan kredit mablag‘larini ajratsin va kredit bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJning marjasini 1 foizdan oshirmagan holda belgilasin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Avstriyaning “Rayffayzenbank” banki krediti bo‘yicha asosiy qarzni qoplash, foiz, sug‘urta va komissiyalar bo‘yicha to‘lovlar Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochiladigan maxsus hisob raqamda to‘planadigan sotib olingan kino qurilmalaridan foydalanishdan tushadigan pul mablag‘lari, yetmay qolgan qismi esa Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi;
kreditning import shartnomasiga asosan sotib olinayotgan kino qurilmalari bilan qoplanmagan qismi bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJ tomonidan ta’minot sifatida garov rasmiylashtirilmaydi;
import shartnomasi bo‘yicha xarid qilinadigan kino qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlari “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUKning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish uchun yo‘naltiriladi.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK kino ishlab chiqarish qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha imzolangan import shartnomasini bevosita tovar ishlab chiqaruvchilarning narxlari asosida ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
8. Agentlik ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Bosh vazir o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. | 154 | 5,401 |
Qonunchilik | Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining me’yorlangan sonini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 4-son, 22 modda) bajarish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son “Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 10-11-sonlar, 112 modda) va 2009-yil 1-apreldagi 91-son “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son 160-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining me’yorlangan sonini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 4-son, 22-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son, 160-modda) muvofiq obodonlashtirish sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda sarflanadigan vaqt me’yorlari va xizmat ko‘rsatish hududlaridan kelib chiqqan holda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda boshqarmalar deb yuritiladi) xodimlarining me’yorlangan sonini belgilaydi.
1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
asosiy ishlab chiqarish xodimlari — ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadigan xodimlar (ustalar, brigadirlar va ishchilar);
boshqarish me’yorlari — bitta rahbarga bevosita bo‘ysunadigan xodimlarning optimal soni;
boshqaruv xodimlari — farmoyish berish funksiyasi, xodimlarga rahbarlik qilish, tegishli qarorlarni qabul qilish, loyihalash jarayonlarini nazorat qilish va tartibga solish ishlarini bajaruvchi xodimlar;
yordamchi xodimlar — texnik va xizmat ko‘rsatuvchi (boshqaruv va asosiy ishlab chiqarish xodimlari faoliyatini ta’minlovchi) xodimlari;
muhandis-texnik xodimlar — boshqaruv xodimlarining bir qismi bo‘lib, muhandislik-texnik ta’minot (jumladan loyihalash, muhandislik-texnik hujjatlarni tayyorlash, texnologik jarayonlarni tashkil etish, smeta hujjatlarini tayyorlash va boshqalar) ishlarini bajaruvchi xodimlar;
namunaviy shtatlar — boshqarmaning maqsadlari, vazifalari, funksiyalari va ishlab chiqarish dasturlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan doimiy xodimlar lavozimlarining ro‘yxati. Namunaviy shtatlar asosida shtat ro‘yxati belgilanadi.
texnik xodimlar — boshqaruv xodimlari faoliyatini ta’minlash bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;
xizmat ko‘rsatish xodimlari — bino va hududlarga texnik va xo‘jalik xizmat hamda boshqaruv xodimlariga transport xizmatini ko‘rsatish, shuningdek boshqarmaning boshqaruv va asosiy (ishlab chiqarish) xodimlariga boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi xodimlar;
xodimlarning me’yorlangan soni — har bir ish turini bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt me’yorlarini hisobga olgan holda boshqarmaning aniq maqsadlari, vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lum kasbiy-malakali xodimlarning belgilangan soni;
shtat ro‘yxati — namunaviy shtatlar asosida ishlab chiqilgan, boshqarma rahbari tomonidan tasdiqlanadigan, doimiy xodimlarning nomi bir xil lavozimlar soni va maoshlarining miqdori ko‘rsatilgan ro‘yxat.
2. Boshqarmalar xodimlarining umumiy soni kalendar yil davomida bajariladigan ishlar ro‘yxati va hajmlariga muvofiq ularni bajarish uchun sarflanadigan vaqt me’yorlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
3. Har bir boshqarmalar bo‘yicha xodimlar shtati ro‘yxati qonunchilikda belgilangan tartibda moliya idoralarida ro‘yxatga olinishi shart.
4. Boshqarmalar xodimlarini saqlab turish, belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirilib, tarkibiga quyidagilar kiradi:
ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar;
xizmat safari xarajatlari;
boshqa xarajatlar (aniq ko‘rsatilgan va asoslangan).
5. Boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining me’yorlangan sonini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
a) boshqarish me’yorlari.
Boshqarishning optimal me’yorlari quyidagilardan iborat:
boshqarma rahbarlari uchun — 3 — 5 ta tuzilmaviy bo‘linmalar;
tuzilmaviy bo‘linmalar (mustaqil bo‘lim yoki xizmat) rahbarlari uchun — boshqaruv xodimlari va muhandis-texnik xodimlardan iborat 4 — 9 ta bo‘ysunadigan xodimlar;
b) boshqarmalarning tuzilmaviy bo‘linmasi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning soni va murakkabligi;
v) boshqarma faoliyatini belgilaydigan boshqa o‘ziga xos faktorlar.
6. Boshqarmalarning boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining cheklangan soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Boshqarmalarda mavjud ish hajmlaridan kelib chiqqan holda boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining me’yorlangan soni qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan xodimlar sonidan ham kamroq etib belgilanishi mumkin.
7. Bo‘lim boshlig‘i lavozimi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan boshqarmalarning namunaviy tuzilmasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.
8. Bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar va mutaxassislarning aniq lavozimlari boshqarmaning tegishli tuzilmaviy bo‘linmalarining o‘ziga xos vazifalari va funksiyalaridan kelib chiqib, boshqarma rahbari tomonidan joriy etiladi.
Bosh mexanik lavozimi boshqarma balansida 50 dan ortiq texnika birligi mavjud hollarda joriy etiladi. Har 10 gektar ko‘kalamzorlashtiriladigan yer maydoniga 1 ta birlik agronom lavozimi joriy etiladi.
9. Har bir boshqarmada “Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis” — mutaxassis lavozimi joriy etilishi shart.
12. Har bir boshqaruv va muhandis-texnik xodimlari lavozimlari uchun boshqarma rahbari tomonidan, biriktirilgan xizmat ko‘rsatish zonasidan kelib chiqqan holda tegishli lavozim majburiyatlari va malaka talablari tasdiqlanadi.
13. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining me’yorlangan soni quyidagilardan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
bajariladigan ishlarning davriyligini hisobga olgan holda ularning ro‘yxati va hajmlari;
har bir ish turiga sarflanadigan mehnat (bunda, ushbu ishlarga va shaxsiy ehtiyojlarga sarflanadigan vaqt (ishlarni bajarishda me’yoriy vaqtning 3%), dam olish vaqti, shu jumladan mehnat ta’tili (6%) va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik vaqti (3%) inobatga olinishi zarur);
transport va boshqa texnik vositalariga xizmat ko‘rsatish me’yorlari.
14. Hududlarni qo‘lda tozalaydigan 1, 2 va 3-razryadli tozalovchilarning me’yorlangan soni ishlarning vaqt me’yorlari, mehnat operatsiyalari va ish vaqtining yillik balansidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hududlar piyodalar harakatining intensivligidan kelib chiqib quyidagicha toifalanadi:
birinchi toifa — 1 soatda 50 kishigacha;
ikkinchi toifa — 1 soatda 50 dan 100 kishigacha;
uchinchi toifa — 1 soatda 100 kishidan ortiq.
Piyodalar harakatining intensivligi, kengligi 0,75 metr bo‘lgan piyodalar yo‘lakchasida ertalab va kechqurun eng ko‘p harakatlanish vaqtini (piyodalarning har ikkala tomonga harakatlanishining yig‘indisini inobatga olgan holda) hisobga olgan holda aniqlanadi.
15. Quyidagilar:
Hududlarni supurish uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasi 1-jadvaliga;
Granit va marmar zinapoyalar hamda maydonchalarni tozalash uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasi 2-jadvaliga;
Axlat qutilarini tozalash va yuvish uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasi 5-jadvaliga;
Qorni supurish uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasi 6-jadvaliga;
Qish vaqtida hududlarga qum sepish uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasi 7-jadvaliga;
Hududlarni qotib qolgan qor va muzdan tozalash uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasi 8-jadvaliga;
Yo‘llar va sun’iy inshootlarni tozalash uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasi 9-jadvaliga muvofiq belgilanadi.
16. Sanitariya jihatidan yig‘ish tarkibiga quyidagilar kiradi:
qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik punktlarga yig‘ish;
qattiq maishiy chiqindilarni kuzovli axlat mashinalari (samosvallar, bortli yuk avtomobillari)ga yuklash va ularni poligonda tushirish;
suyuq axlatlarni sisternalarga tortib olish va ularni belgilangan joylarga to‘kish.
17. Sanitariya jihatidan yig‘ish ishlarida band bo‘lgan xodimlarning shtat bo‘yicha soni ixtisoslashtirilgan transport vositalari (axlat tashish mashinalari, samosvallar, bortli yuk avtomobillari, pritsep va maxsus moslamali traktorlar, avtogreydyerlar va harakatlanuvchi sostavning boshqa turlari) sonidan kelib chiqib belgilanadi.
18. Transport vositalari haydovchilarining shtat bo‘yicha soni, transport vositasidan 1,5 smena davomida foydalanish sharti bilan, undan yiliga 365 kun foydalanish hamda mehnat ta’tilining cheklangan vaqti va xodimning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi (9%) dan kelib chiqib belgilanadi.
Haydovchilarning shtat bo‘yicha sonini aniqlash uchun mavjud transport vositalarining soni 1,5 ga (transport vositasining o‘rnatilgan smena ishi) ko‘paytiriladi, hosil bo‘lgan son transport vositasidan yil davomida foydalaniladigan kalendar kunlar (365 kun) va xodimning yil davomida normal sharoitlarda ishlaydigan kunlari (256 kun) o‘rtasidagi nisbatini ko‘rsatadigan koeffitsiyentga bo‘linadi, bundan hosil bo‘lgan son yillik ish vaqti fondiga nisbatan mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqt va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik vaqti yig‘indilarini (jami 9%) ko‘rsatadigan koeffitsiyentga ko‘paytiriladi.
Haydovchilarning shtat bo‘yicha soni sanitariya jihatidan yig‘ish ishlarida foydalaniladigan barcha transport vositalariga hisoblanganda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Bunda:
Nv — transport vositalarining shtat bo‘yicha soni;
Nts — sanitariya jihatidan yig‘ish ishlarida foydalaniladigan transport vositalari soni.
Masalan, bitta transport vositasining normal holda ishini ta’minlash uchun haydovchilarning me’yorlangan soni 2,29 ni tashkil etadi (1 * 1,5 * 1,4 * 1,09.)
20. Sanitariya jihatidan tozalash tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) yozgi tozalash:
ko‘cha va maydonlarni supurish-tozalash mashinalari bilan tozalash;
ko‘cha va maydonlarni suv sepish mashinalari bilan yuvish va suv sepish.
b) qishki tozalash:
plugli-shetkali qor kurash mashinalari bilan qorni supurish va kurash;
qorni avtogreyder va buldozyerlar yordamida, qor uyumlarini tashkil etgan holda kurash;
rotorli qor tozalovchi mashinalar yordamida qorni chetga surish, qor yuklovchi mashinalar yordamida, qorni mashinalarga yuklagan holda chiqarib tashlash;
yo‘lning harakatlanish qismiga qum-tuzli aralashma yoki xlorid sepish;
qotib qolgan qor va muzlarni bartaraf etish;
loyqa tortuvchi mashinalar yordamida yomg‘ir suvini oqizadigan kanalizatsiya quduqlaridagi tindirgichlarni tozalash.
21. Sanitariya jihatidan tozalash ishlarida band bo‘lgan transport vositalari haydovchilari (avtomobil haydovchilari, traktorchilar, avtogreyder mashinistlari)ning soni mazkur Yo‘riqnomaning 18-bandida ko‘rsatilgan usulda, transport vositalari birligi sonidan kelib chiqib, ushbu transport vositalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan yil davomidagi cheklangan kunlar sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
Masalan, qishki yig‘ish vaqtida traktorli yuklash mashinasidan 30 kun davomida foydalanilsa, traktorchilarning hisoblangan soni (traktordan boshqa maqsadlarda foydalanilishini hisobga olmagan holda) 0,2 ni tashkil etadi (1 * 1,5 * (30 : 256) * 1,09).
22. Loyqa tortuvchi mashinalar yordamida yomg‘ir suvini oqizadigan kanalizatsiya quduqlaridagi tindirgichlarni tozalash ishlarida (quduq qopqoqlarini ochish-yopish, quduqlarni ko‘rikdan o‘tkazish, tortuvchi shlanglarni quduqqa tushirish, chiqarish va boshqa ishlar) band bo‘lgan xodimlar soni mazkur Yo‘riqnomaning 21-bandida ko‘rsatilgan hisob-kitoblarga muvofiq, ixtisoslashgan transport vositalari (qoldiq tortuvchi mashinalar) sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
23. Irrigatsiya ishlarida band bo‘lgan xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi 1-jadvalida ko‘rsatilgan tuproq guruhini hisobga olgan holda, soatiga qazib chiqarilgan tuproq hajmi (m3) me’yorlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Irrigatsiya ishlarida band bo‘lgan xodimlarning me’yorlangan sonini aniqlashda, shuningdek shaxsiy ehtiyojlar (ishlarni bajarishda sarflanadigan cheklangan vaqtning 3%), dam olish, jumladan mehnat ta’tiliga ajratilgan vaqt (6%) hamda mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik davriga (3%) mo‘ljallangan vaqtlar hisobga olinadi.
Xodimlarning me’yorlangan sonini, avvalgi yillardagi o‘rtacha ish hajmlaridan kelib chiqqan holda belgilash uchun joriy yilga belgilangan ish hajmlari rejasi aniqlanishi zarur. Bunda, barcha turdagi irrigatsiya ishlari hisobga olinadi.
24. Quyidagilar:
Qoplamasi bo‘lmagan 1 metr chuqurlikdagi ariqlarni cho‘kindilardan tozalash va o‘simliklarni yulib tashlash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi 2-jadvaliga;
Lotokli sug‘orish tizimini cho‘kindilardan qo‘lda tozalash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi 3-jadvaliga;
10 metr chuqurlikdagi dyuker quduqlarini cho‘kindilardan qo‘lda tozalash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan (ishlar 4 ta xodimdan iborat zveno tomonidan bajariladi) bajarish uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi 4-jadvaliga;
Dyuker quvurini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan cho‘kindilardan qo‘lda tozalash ishlarini bajarish (ishlar 4 xodimdan iborat zveno tomonidan bajariladi) uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi 5-jadvaliga;
Uzunligi 10 metr bo‘lgan quvursimon ko‘prikchalarni 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan cho‘kindilardan tozalash ishlarini bajarish uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi 6-jadvaliga;
Tuproqni qo‘lda qazish, tuproqni yuklash va tushirish ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi 7-jadvaliga;
Irrigatsiya tarmoqlarini mayda ta’mirlash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi 8-jadvaliga muvofiq belgilanadi.
25. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida band bo‘lgan ko‘kalamzorlashtirish xo‘jaligi xodimlarining me’yorlangan soni shaharlar va aholi yashash punktlarini ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarishda vaqt (ishlab chiqarish) me’yorlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ko‘kalamzorlashtirish xo‘jaligi xodimlarining me’yorlangan sonini aniqlashda dam olish vaqti, shu jumladan mehnat ta’tili (6%) va hisoblangan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri (3%) hisobga olinadi.
26. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida band bo‘lgan 2, 3 va 4-razryadli ko‘kalamzorlashtiruvchi (yashil xo‘jalik ishchi)lari tomonidan o‘simliklar (ko‘chatlar)ni ekish va ularni parvarish qilish uchun xodimlarning me’yorlangan soni mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
27. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarishda band bo‘lgan transport vositalari haydovchilari sonini aniqlash mazkur Yo‘riqnomaning 18-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Boshqarmalarda zarur hollarda mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish xodimlarining alohida lavozimlari kiritilishi mumkin.
29. Boshqarmalar yordamchi xodimlarining cheklangan soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
30. Yordamchi xodimlar lavozimlarining nomlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2003-yil 22-sentabrdagi “Xodimlar sonini tartibga solish va boshqaruv tarkibini ta’minlash uchun xarajatlarni maqbullash bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 58 va 116-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1288, 2003-yil 9-dekabr) bilan tasdiqlangan Qo‘llanmaning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
31. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Granit va marmar zinapoyalarni tozalashda band bo‘lgan xodimlarning shtat birligi bo‘yicha sonini aniqlash uchun barcha uch turdagi ishlardagi me’yorlangan son yig‘indisi hisoblanadi.
Granit va marmar zinapoyalarni tozalash operatsiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan xodimlar soni, zinapoyalarning haqiqiy maydoni 1000 ga bo‘linadi va hosil bo‘lgan son belgilangan me’yorlangan songa ko‘paytiriladi.
Masalan, shahar tipidagi posyolkada marmar zinapoyalar va maydonchalarning maydoni 1850 m2. Har yili zarur bo‘lgan xodimlarning soni 1,90 kishini tashkil etadi. (1850 : 1000 * 1,02).
Qor supurish ishlarida band bo‘lgan xodimlarning shtat bo‘yicha sonini aniqlash uchun, haqiqatda supuriladigan maydon hudud toifalariga ko‘ra alohida m2 larda aniqlanadi.
Bunda, har bir qor supuriladigan hudud toifasining haqiqiy maydoni 1000 ga bo‘linadi va hosil bo‘lgan son 1000 m2 supuriladigan maydon uchun zarur bo‘lgan xodimlarning me’yorlangan soniga ko‘paytiriladi.
Qum tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt va xodimlarning me’yorlangan soni 1000 m2 ga teng maydonga qum sepish ishlariga sarflanadigan vaqtga qo‘shiladi.
Qoplamasiz ariqlarning chuqurligi 0,5 metrdan kam bo‘lgan hollarda bir yilda 1000 m3 yer qazish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning me’yorlangan soniga nisbatan 0,8 miqdoridagi kamaytirish koeffitsiyenti, ariq chuqurligi bir metrdan ortiq bo‘lgan hollarda esa 1,1 miqdoridagi ko‘paytirish koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
Dyuker qudug‘ining chuqurligi 10 metrdan kam bo‘lgan hollarda har bir metr uchun xodimlar sonining me’yori 5 % ga kamayadi. Quduq chuqurligi 10 metrdan ortiq hollarda har bir metr uchun xodimlarning me’yorlangan soni 20% ga oshadi.
Masalan, dyuker qudug‘ining chuqurligi 12 metrni tashkil etgan holda 1000 m2 cho‘kindilarni chiqarib tashlash uchun talab etiladigan xodimlarning me’yorlangan soni yiliga 18,8 kishini tashkil etadi (13,4 * 40%)
Ushbu me’yorlarda dyuker quduqlarini tozalash bo‘yicha barcha ishlar, jumladan asbob-uskunalarni tayyorlash ishlari hisobga olingan.
10 metrdan oshgan har bir metr uchun xodimlarning me’yorlangan soniga nisbatan 1,2 koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
10 metrdan oshgan har bir metr uchun xodimlarning me’yorlangan soniga nisbatan 1,2 koeffitsiyenti qo‘llaniladi
Asbob-uskunalarga yopishqoq tuproqni qazish, yuklash va tushirish ishlarini bajarish hollarida, shuningdek qotib ketgan tuproqni qazish ishlarini bajarishda xodimlarning me’yorlangan soniga nisbatan: I guruh tuproqlari uchun 1,12 va boshqa guruh tuproqlari uchun 1,3 koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
Mexanizatsiyalashgan ishlar uchun:
Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun:
Bunda:
Nvr — bajariladigan ishlar (o‘lchov birligi) uchun vaqt me’yori, mashina-soat, ishchi-soat;
Top — bajariladigan ishlar (o‘lchov birligi) uchun kuzatishlar asosida topiladigan tezkor vaqt, mashina-soat, ishchi-soat;
Tob, Tpz, Totl — ish joyiga xizmat ko‘rsatish, tayyorlov-yakuniy operatsiyalarni bajarish, dam olish va ijrochilarning shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan vaqtning (%larda) tezkor vaqtga nisbati.
Ishlab chiqarish me’yorlari quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Bunda:
Nvir — ishlab chiqarishning soatbay me’yori, m2, tn, kg, dona va boshqa birliklarda;
Nvr — bajariladigan ishlar (o‘lchov birligi) uchun vaqt me’yori, mashina-soat, ishchi-soat.
Masalan, bitta ko‘kalamzorlashtiruvchi (yashil xo‘jalik ishchisi) uchun maysa ekish va parvarish qilish maydoniga xizmat ko‘rsatish uchun belgilangan me’yorlar hisob-kitobi quyidagicha amalga oshiriladi:
10 000/100 * 0,032 = 1 ga (10 000 m2) maydonga 3,2 ishchi
Bunda:
0,032 — o‘lchovchiga vaqt me’yori (ishchi-soat);
100 m2 — qabul qilingan ishlab chiqarishning soatbay o‘lchov birligi.
Bitta xodim tomonidan bir yilda xizmat ko‘rsatish maydoni 3125m2ni (10 000 m2 / 3,2 ishchi) tashkil etadi. | 134 | 20,874 |
Qonunchilik | Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanish, suv ta’minotini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashda yaratiladigan qo‘shilgan qiymat hajmlarini ko‘paytirish, aholini ish bilan ta’minlash, daromadini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, sanoat salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2021 — 2023-yillarda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning suv ta’minoti va meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida sug‘orish tarmoqlari ta’mirlanishi hisobiga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etishning prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishning prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sirdaryo viloyati hokimligi:
Mirzaobod tumanida xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ta’mirtalab suv yo‘llarini rekonstruksiya qilish va yangi suv tarmoqlarni barpo etish;
tumandagi sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va qishloq xo‘jaligi korxonalarining suv iste’molini optimallashtirish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqish;
tumandagi foydalanishga kiritiladigan yer maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini hamda hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan muzlatkichli omborxona, logistika, issiqxona va dorivor o‘simliklar bo‘yicha loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushishini ta’minlash;
tumanda ekin yer maydonlari, shu jumladan, paxta va g‘alla ekin maydonlarining tuproq unumdorligini yaxshilash va hosildorlikni oshirishga qaratilgan almashlab ekish ishlarini tizimli tashkil etish;
ozuqabop ekinlarni ko‘paytirish hisobiga nasldor chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish;
tomorqa yer egalariga mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish, tuproq tarkibini aniqlash va o‘g‘it solish me’yorlarini belgilash, sifatli urug‘ yetkazib berish, agrotexnika xizmatlari va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;
tumanda agrosanoat sohasining “o‘sish nuqtalarini” aniqlash va ularni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
tumandagi tomorqa xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazib, ularning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
3. Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Savdo-sanoat palatasi Mirzaobod tumanida anorchilikni yanada rivojlantirish maqsadida:
anor ekin maydonlarini kengaytirish, qayta foydalanishga kiritilayotgan yerlar anorchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, yoshlarga ajratilishini ta’minlash;
xalqaro tashkilotlarning grant va kreditlarini jalb qilgan holda anorni qayta ishlash quvvatlarini tashkil qilish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
zamonaviy texnologiyalar asosida anor va boshqa mevalarni yetishtirish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha yirik klastyerlarni tashkil etish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish choralarini ko‘rsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin. | 111 | 4,246 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida | 1-modda. 30-iyun O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 62 | 149 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “DEHQON VA FERMER XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASh JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI HAMDA UNING MABLAG‘LARINI JAMG‘ARISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA” 1997 YIL 25 OKTYaBRDAGI 486 | Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini to‘laroq shakllantirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘larini jamg‘arish va ulardan foydalanish Tartibi 5-bandining to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Soliq to‘lovchi fermer xo‘jaliklari Jamg‘armaga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘larni yagona yer solig‘i to‘lash uchun belgilangan tartibda va muddatlarda to‘laydilar. Ular davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadigan yagona yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarda Jamg‘armaga badal sifatida to‘lanishi kerak bo‘lgan 2,5 foiz miqdoridagi mablag‘lar alohida satrda aks ettiriladi. Fermer xo‘jaliklari yagona yer solig‘i jami summasini bitta to‘lov topshiriqnomasi bilan maxsus tranzit hisob raqamiga o‘tkazadilar.
Yuridik shaxs hisoblanadigan soliq to‘lovchi dehqon xo‘jaliklari yer solig‘ini fermer xo‘jaliklari kabi, mablag‘larni bitta to‘lov topshiriqnomasi bilan maxsus tranzit hisob raqamiga o‘tkazgan holda to‘laydilar.
Yuridik shaxs hisoblanmaydigan soliq to‘lovchi dehqon xo‘jaliklari o‘zlari egallab turgan yer uchastkalari uchun yer solig‘ini va Jamg‘armaga ajratmalarni davlat soliq xizmati organlari tomonidan, maxsus tranzit hisob raqami ko‘rsatilgan holda yoziladigan to‘lov bildirishnomalari asosida to‘laydilar.
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushgan yer solig‘i va yagona yer solig‘i summasining bir qismi (er solig‘ining 5 foizi va yagona yer solig‘ining 2,5 foizi) belgilangan normalarga muvofiq Jamg‘armaning tegishli hisob raqamlariga o‘tkaziladi”.
2. Dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘i hamda fermer xo‘jaliklaridan undiriladigan yagona yer solig‘i tushumlaridan Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratmalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tegishli ravishda dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan yer va yagona yer soliqlarini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibiga taalluqli normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon va fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashdagi rolini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-martdagi PF-1737-son Farmoni 4-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va dehqon xo‘jaliklaridan (yuridik shaxs bo‘lgan va yuridik shaxs bo‘lmagan) undiriladigan yer solig‘i tushumlaridan hamda fermer xo‘jaliklaridan undiriladigan yagona yer solig‘i tushumlaridan Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) ajratmalarni amalga oshirish tartibini tartibga soladi.
2. Er va yagona yer solig‘ini (to‘lovchilar tomonidan) hisoblab chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs bo‘lgan va yuridik shaxs bo‘lmagan) tomonidan to‘langan yer solig‘i hisoblab chiqarilgan summada (100%) “Er va yagona yer soliqlari bo‘yicha respublika budjeti daromadlari”ning 23409-son maxsus tranzit hisob raqamiga ushbu soliqlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslardan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun (yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari uchun) va jismoniy shaxslardan (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklari uchun) yer solig‘i to‘lash uchun Davlat budjeti daromadlari budjet klassifikatsiyasiga muvofiq alohida belgilanadigan tegishli bo‘limlar va paragraflarga muvofiq bo‘lgan shartli hisob raqamlari bilan o‘tkaziladi.
4. Dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs bo‘lgan va yuridik shaxs bo‘lmagan) tomonidan yer solig‘i to‘lovidan 23409-son maxsus tranzit hisob raqamiga (tegishli shartli hisob raqamlari bilan) tushgan mablag‘ning 5% miqdoridagi qismi dasturli yo‘l bilan avtomatik ravishda Jamg‘armaning 20205-son maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
5. Summaning ajratilgandan keyin qolgan qismi (95 foizi — hisoblashda 100 foiz deb qabul qilinadi) dasturli yo‘l bilan avtomatik rejimda bo‘linadi va 23402-son balans hisob raqamiga, yuridik shaxslardan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlar uchun undirilgan yer solig‘i tushumlarini hisoblash uchun joriy etilgan bo‘lim va paragrafga muvofiq bo‘lgan shartli hisob raqami bilan yozib qo‘yish va keyinchalik har yilgi tasdiqlanadigan ajratmalar normativlariga binoan tegishli budjetlar hisob raqamlariga ajratish uchun o‘tkaziladi.
6. Fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘langan yagona yer solig‘i hisoblab chiqarilgan summada (100%) “Er va yagona yer soliqlari bo‘yicha respublika budjeti daromadlari”ning 23409-son maxsus tranzit hisob raqamiga, yuridik shaxslardan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun undiriladigan yagona yer solig‘i tushumlarini hisobga olish uchun joriy etilgan Davlat budjeti daromadlari budjet klassifikatsiyasi bo‘limi va paragrafiga muvofiq bo‘lgan shartli hisob raqami bilan o‘tkaziladi.
7. Fermer xo‘jaliklari tomonidan yagona yer solig‘i to‘lovidan 23409-son maxsus tranzit hisob raqamiga (tegishli shartli hisob raqamlari bilan) tushgan mablag‘ning 2,5% miqdoridagi qismi dasturli yo‘l bilan avtomatik rejimda Jamg‘armaning 20205-son maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Fermer xo‘jaliklariga ularning yagona yer solig‘ini transhlar bo‘yicha to‘lashi uchun mablag‘lar summasini yo‘naltirish ham xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
8. Summaning ajratilgandan keyin qolgan qismi (97,5 foizi — hisoblashda 100 foiz deb qabul qilinadi) dasturli yo‘l bilan avtomatik rejimda bo‘linadi va 23402-son balans hisob raqamiga, yuridik shaxslardan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlar uchun undirilgan yagona yer solig‘i tushumlarini hisoblash uchun joriy etilgan bo‘lim va paragrafga muvofiq bo‘lgan shartli hisob raqami bilan, yozib qo‘yish va keyinchalik har yilgi tasdiqlanadigan ajratmalar normativlariga binoan tegishli budjetlar hisob raqamlariga ajratish uchun o‘tkaziladi.
9. Respublika budjeti daromadiga to‘langan yer va yagona yer soliqlari summasining to‘g‘ri taqsimlanishi va Jamg‘armaga ajratmalarning to‘g‘riligini nazorat qilish joylardagi tijorat banklarining tegishli muassasalariga yuklanadi.
10. Joylardagi soliq organlari dehqon xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan yer solig‘idan Jamg‘armaga mablag‘ni to‘g‘ri ajratish maqsadida yer solig‘i to‘lovi bo‘yicha to‘lov bildirishnomalari va kvitansiyalariga “dehqon xo‘jaligi” deb yozib qo‘yishadi. Er solig‘i summasi uchastka inspektorlari tomonidan olingan taqdirda dehqon xo‘jaliklari tomonidan to‘langan yer solig‘i summasi bank muassasasiga alohida vedomost bo‘yicha topshiriladi.
11. Soliq organlarining “1-N” shakli bo‘yicha har oydagi hisobotlarida faqat yer va yagona yer soliqlarining bo‘linish natijasida 23402-son balans hisob raqamiga haqiqiy tushgan summasi aks ettiriladi.
12. Joylardagi moliya organlari buxgalteriyalari oylik (shifrli), choraklik va yillik hisobotlarda faqat mahalliy budjetlar hisob raqamlariga 23402-son balans hisob raqamlari orqali haqiqiy tushgan summani aks ettirishadi.
13. Jamg‘armaning 20205-son maxsus hisob raqamiga tushgan yer va yagona yer solig‘i summasi Jamg‘armaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi.
14. Jamg‘arma tegishli ravishda dehqon va fermer xo‘jaliklaridan undiriladigan (5% va 2,5%) yer solig‘i va yagona yer solig‘i tushumlarini, keyinchalik hisob-kitob raqamiga o‘tkazish uchun, avtonom rejimda bo‘lish imkonini beradigan tijorat banklari uchun maxsus dastur xarajatlarini qoplaydi.
15. Dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yer va yagona yer soliqlari belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda soliq organlari tomonidan inkassa topshiriqnomalari yuboriladi. Bunda undiriladigan soliqlar (dehqon xo‘jaliklaridan 5 foizni va fermer xo‘jaliklaridan 2,5 foizni qo‘shgan holda) jami summasiga yozilgan penya hisobga olinadi, ushbu summalar dasturli yo‘l bilan avtomatik rejimda Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazish uchun, so‘ngra esa tegishli shartli hisob raqamlari bilan dasturli yo‘l bilan avtomatik rejimda 23402-son hisob raqamiga bo‘lish uchun tegishli shartli hisob raqamlari bilan 23409-son maxsus tranzit hisob raqamiga o‘tkaziladi. | 250 | 8,547 |
Qonunchilik | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida | “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek fuqarolar yig‘inlari xodimlarining kasbiy va boshqaruv malakalarini yanada oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tizimli metodik yordamni tashkil etish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida davlat ta’lim muassasasi shaklida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining taklifi qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari (keyingi o‘rinlarda O‘quv kurslari deb yuritiladi) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar O‘quv kurslarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari oldida turgan vazifalar, shu jumladan yoshlarni ma’rifatli qilish va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo‘naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy biznesni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini, tabiatni muhofaza qilishni tashkil etish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohalaridagi vazifalarni amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni tashkil qilish;
fuqarolar yig‘inlarining nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashish.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘quv kurslari faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi esa o‘quv-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
O‘quv kurslariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
O‘quv kurslari yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
O‘quv kurslarida fuqarolar yig‘inlari raislari, ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari (keyingi o‘rinlarda tinglovchilar deb yuritiladi) malaka oshiradilar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda malaka oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini doimiy ravishda yangilanib turilishini ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv jarayoni tashkil etilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirishning tashkiliy tuzilmasi va tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, unda malaka oshirishning yagona huquqiy asoslari, umumiy va maxsus talablari, asosiy yo‘nalishlari, shuningdek ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmlari belgilab qo‘yilsin.
7. Quyidagilar belgilansin:
O‘quv kurslarining xodimlariga oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazlarining xodimlari uchun o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi;
malaka oshirish bo‘yicha mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘qituvchilik faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetakchi ta’lim, tadqiqot va ilmiy muassasalarning xodimlari, shuningdek amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladilar;
malaka oshirishning tasdiqlangan jadvaliga kiritilgan va O‘quv kurslariga o‘qishga yo‘llangan tinglovchilarning asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi o‘qish davrida saqlanib qolinadi;
malaka oshirish uchun O‘quv kurslariga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga to‘lanadigan sutkalik pul va ta’lim olish joyiga bir marta borib kelish bo‘yicha sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan respublika doirasida xizmat safarlari uchun o‘rnatilgan tartib va miqdorlarda qoplanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bepul asosda:
O‘quv kurslarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida joylashtirsin;
O‘quv kurslariga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zarur xonalar va tinglovchilarning yashashi uchun joy ajratilishini ta’minlasin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda O‘quv kurslarining yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini;
O‘quv kurslari uchun ajratilgan xonalarning o‘quv jarayonining o‘ziga xos xususiyatini inobatga olgan holda ta’mirdan chiqarilishini;
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarining yotoqxonalarida joylar yetishmagan (mavjud bo‘lmagan) taqdirda ta’lim muassasalarining yotoqxonalarida joy ajratilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida mazkur Qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga, shu jumladan binolarni mukammal ta’mirlashga, idora mebeli, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlashga, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar nashr etishga zarur budjet mablag‘lari ajratsin, 2014-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ularni nazarda tutsin.
11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin. | 132 | 6,969 |
Qonunchilik | “Xorazm” innovatsion teхnoparki tashkil etilmoqda | Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 15.07.2019 yildagi “Xorazm viloyatining ilmiy-teхnik va innovatsion salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 585-son qarori qabul qilindi.
Teхnopark Urganch davlat universiteti huzurida faoliyat koʻrsatadi. Uning direksiyasi Urganch davlat universitetiga berilgan Urganch sanoat kollejining bino va inshootlarida joylashtiriladi.
Rezident maqomi Xorazm viloyati hokimligining qaroriga asosan хoʻjalik sub’yektlariga tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi. Teхnopark direksiyasi rezidentlarni roʻyхatga oladi.
“Xorazm” teхnoparkining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: | 49 | 689 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga qayta tayyorlashni samarali tashkil etish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yangi kasb-hunar va mutaxassisliklarga ega bo‘lish uchun ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini bajarish doirasida quyidagilar:
Toshkent va Samarqand shaharlarida ishsiz fuqarolarni, shu jumladan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etilganligi va samarali faoliyat yuritayotganligi;
“Shahrisabz shahrida kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish va O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish salohiyatini oshirish bo‘yicha konsalting” loyihasi amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2017 — 2020-yillar davrida respublika hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlaridagi boshqaruv ofislari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda ma’qullangan Chora-tadbirlar dasturi doirasida 2017 — 2020-yillar davrida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etishni (keyingi o‘rinlarda tashkil etilayotgan markazlar deb ataladi) moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va imtiyozli kreditlarini jalb etish masalalarini tizimli asosda ishlab chiqishni belgilangan tartibda tashkil etsinlar;
ishlanmalar natijalari bo‘yicha, navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan markazlar tashkil etishni moliyalashtirishning tasdiqlangan aniq manbalari bo‘yicha har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
4. Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish:
tashkil etilayotgan markazlarni qurish va jihozlash bo‘yicha — donor mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va imtiyozli kreditlari (keyingi o‘rinlarda grantlar va imtiyozli kreditlar deb ataladi) hisobiga;
ushbu qarorning 6-bandiga asosan berilayotgan obyektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash, shu jumladan ularni saqlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi deb ataladi) mablag‘lari hisobiga;
import qilinadigan o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalarini va moddiy resurslarni O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash, rasmiylashtirish va tashish bo‘yicha — Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga;
Chora-tadbirlar dasturi doirasida obyektlarni qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tegishli budjetlarining qo‘shimcha manbalari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
5. Quyidagilar:
Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga tashkil etiladigan markazlar obyektlari bo‘yicha buyurtmachilar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hisoblanadi;
grantlar va imtiyozli kreditlar hisobiga tashkil etiladigan markazlar bo‘yicha buyurtmachilar — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va xorijiy davlatlar yoki xalqaro moliya tashkilotlari o‘rtasida imzolanadigan bitimlarga muvofiq, har bir obyekt bo‘yicha alohida aniqlanadi;
loyihachi va pudratchi tashkilotlar — belgilangan tartibda aniqlanadi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
tashkil etiladigan markazlar ishlarini tashkil qilishga doir talablarga javob beradigan binolar, inshootlarning tezkor boshqaruv huquqi bilan berilishini;
zarurat bo‘lganda, grantlar va imtiyozli kreditlarni jalb etgan holda tashkil etiladigan markazlar uchun yangi binolar qurishga yer maydonlari ajratilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda markazlarga ularning faoliyatini tashkil etish uchun beriladigan obyektlar bo‘yicha qurish va rekonstruksiya qilishga oid texnik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda optimal loyihaviy va texnik yechimlar qo‘llanishini ta’minlasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashkil etilayotgan markazlar obyektlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
8. Quyidagilar:
Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ishsiz va band bo‘lmagan aholini fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarida kasb-hunarga qayta tayyorlanganligi va malakasini oshirganligi to‘g‘risidagi diplomning hamda qisqa muddatli kurslarni o‘taganligi to‘g‘risidagi sertifikatning davlat namunalaridagi shakllari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, tashkil etilayotgan markazlar davlat ta’lim muassasalari hisoblanadi va bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga bo‘ysunadi, ularning faoliyatiga umumiy o‘quv-metodik rahbarlik qilish esa — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklanadi.
9. Quyidagilar tashkil etilayotgan markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan ishsiz va vaqtincha band bo‘lmagan, shu jumladan doimiy ishga ega bo‘lmagan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislik va kasblar bo‘yicha — 1 yilgacha bo‘lgan muddatda kasb-hunarga bepul qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
mehnat organlarida ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan, ish izlayotgan shaxslarni, shuningdek ish beruvchilarning buyurtmanomalari bo‘yicha — xodimlarni, har yili o‘qishga olinadiganlar sonining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va kasb-hunarlar bo‘yicha — to‘lov asosida qisqa muddatli o‘qitishni tashkil etish.
10. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligining:
tashkil etilayotgan markazlarning o‘qituvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadigan 40 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilash to‘g‘risidagi;
tashkil etilayotgan markazlarning pulli, qisqa muddatli kurslar tashkil etish faoliyatidan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladigan, ushbu markazlarning moddiy-texnik rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda rivojlantirish jamg‘armasi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda, Chora-tadbirlar dasturi doirasida markazlar tashkil etilishiga ko‘ra belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda — markazlar ustavini va ular ishida qo‘llanadigan zarur o‘quv-metodik dasturlar va materiallarni, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining belgilangan pedagogik va o‘quv-ishlab chiqarish yuklamalaridan kelib chiqqan holda markazlarning shtat jadvallarini;
rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan foyda normativini belgilashni hisobga olgan holda, rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomning, unda qisqa muddatli o‘qitish bo‘yicha pulli xizmatlar qiymatini belgilash tartibini nazarda tutib ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlasin.
12. Belgilab qo‘yilsinki:
tashkil etilayotgan markazlarning rahbarlari, o‘qituvchilari, ustalari va boshqa xodimlari mehnatiga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari tatbiq etiladi;
belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar jumlasidan bo‘lgan o‘quvchilarga tashkil etilayotgan markazlarda bevosita bepul o‘qiyotgan davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan, qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdorida, 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat mobaynida stipendiya to‘lanadi;
tashkilotlar o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davrida ularga ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlaydigan haq to‘lanadigan ish joylari berish huquqiga ega.
13. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Chora-tadbirlar dasturi doirasida tashkil etilayotgan markazlarni qurish va jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kelinadigan tovarlarni temir yo‘l stansiyalarida saqlash va yuklash-tushirish ishlarining to‘lov undirilmasdan bajarilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mehnat vazirligining buyurtmanomalariga binoan, Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Mehnat vazirligining buyurtmanomalariga binoan, Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joylarida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va muddati uzaytirilishini davlat bojlari undirmasdan belgilangan tartibda ta’minlasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qishga qabul qilish, kasb-hunarga o‘qishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini tasdiqlash uchun uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud bo‘lmaganda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 37-son, 431-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Samarqand shahrida Kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi 122-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 20-son, 253-modda):
a) 4-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida Kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi 135-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 163-modda):
a) 3-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 133 | 12,725 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING YoSh ISTE’DODLAR UChUN “NIHOL” MUKOFOTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-avgust “Yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 334-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
2-bandi hamda qarorning 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
1. “Nihol” mukofoti iste’dodli yoshlarning jamiyatimiz ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi muhim o‘rnini inobatga olib, o‘zining estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san’ati ijrochiligi sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 17 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlarni muntazam rag‘batlantirib borish maqsadida beriladi.
2. Nomzodlar jami beshta nominatsiya — estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, opera ijrochiligi va raqs san’ati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.
3. Har bir o‘ringa munosib nomzodlar tanlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tanlovlar o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etadigan ijrochilar iste’dodi tomoshabinlar, keng jamoatchilik ishtirokida o‘ziga xos sinovdan o‘tkaziladi.
4. Nomzod iste’dodi va ijro madaniyatining o‘ziga xosligi, badiiy mahorati va saviyasi, milliy san’atimizning yuksak namunalaridan boxabarligi bilan alohida ajralib turishi, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mustaqillik g‘oyalarini, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy islohotlar mohiyatini san’at vositasida targ‘ib etishga xizmat qilishi lozim.
5. Tavsiya etilayotgan ishlarni ko‘rishda nomzodning professional tayyorgarligi, badiiy ijrochilik mahorati, repertuar saviyasi (musiqa, matn), ijtimoiy faolligi, insoniy fazilatlari yetakchi mutaxassislar tomonidan yuqori baholanganligi, jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi inobatga olinadi.
6. Akademik va an’anaviy ijrochilik, estrada, opera, raqs sohasidagi ijodiy ishlarni baholashda nomzodlarning mamlakatimiz va xorijdagi ko‘rik hamda tanlovlarda erishgan yutuqlari ham e’tiborga olinadi.
1-bosqich (aprel)
7. Tanlovning birinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasining tuman va shaharlarida o‘tkaziladi. Talabgorlar hujjatlarini tuman va shahar madaniyat va sport ishlari bo‘limlari huzurida tuziladigan ishchi guruhga taqdim etadilar.
8. Ishchi guruhlar 5—7 kishidan iborat bo‘lib, ularning tarkibiga tuman, shahar madaniyat va san’at muassasalari mutaxassislari, joylardagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamda boshqa jamoat tashkilotlari vakillari kiritiladi.
9. Ishchi guruhlar yig‘ilishlarini tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish tuman, shahar madaniyat va sport ishlari bo‘limlari xodimlaridan tayinlanadigan mas’ul kotib tomonidan olib boriladi.
10. Ishchi guruhlar topshirilgan hujjatlarni muhokama qilib, nomzodlarni atroflicha o‘rganib chiqib har bir nominatsiya bo‘yicha bittadan nomzodni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmalari huzurida taniqli mutaxassis va san’atkorlardan tuziladigan komissiyaga tavsiya etadilar.
11. Agar muayyan nominatsiya bo‘yicha munosib nomzod bo‘lmasa, o‘sha yo‘nalishda tavsiya berilmasligi mumkin.
2-bosqich (iyun)
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat komissiyalarining faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi, uning tarkibi joylardagi yetuk madaniyat va san’at sohasi mutaxassislari hamda taniqli san’atkorlar, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining hududiy bo‘limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa jamoat tashkilotlari vakillaridan tashkil topadi.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat komissiyalari tuman va shaharlar ishchi guruhlar taqdim etgan tavsiyalarni batafsil o‘rganib chiqib, keng jamoatchilik va tomoshabinlar ishtirokida nomzodlarni respublika bosqichiga saralash uchun konsert dasturi yoki ko‘rgazmali chiqishlar shaklida ko‘rik-tanlov o‘tkazadi.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat komissiyasi ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 tadan jami 5 ta nomzodni tanlab olib, iste’dodli yoshlarga “Nihol” mukofoti berish bo‘yicha Respublika Kengashiga taqdim etadi.
15. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha munosib nomzod aniqlanmasa, tavsiya berilmasligi mumkin.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati, erishgan yutuqlari yoritib boriladi.
3-bosqich (iyul-avgust)
17. Respublika Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan taqdim etilgan nomzodlarning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqadi.
18. Respublika Kengashi faoliyatini muvofiqlashtirib borish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Respublika Kengashi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jami 20 nafar nomzodni tanlab, ularning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqadi va tanlov asosida sovrindorlarni belgilaydi. 10 nafar sovrindor Kengashning maxsus qarori bilan tasdiqlanadi va ularga “Nihol” mukofoti topshiriladi.
20. Respublika ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati va ijodi keng yoritib boriladi.
21. G‘oliblarni aniqlash jarayoni bilan bog‘liq barcha ishlar avgust oyining birinchi o‘n kunligida yakunlanadi.
22. Har bir nomzodning hujjatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri komissiyalarining xulosalari va qarorlari bilan yuboriladi. Qarorda nomzodning ismi, familiyasi va otasining ismi, faoliyati va ijro mahoratining keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi haqidagi ma’lumotlar, mukofotga taqdim etish asoslari ko‘rsatiladi.
Har bir nomzod bo‘yicha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
nomzodning pasport nusxasi, diplom nusxasi yoki ta’lim olayotgan o‘quv yurtidan ma’lumotnoma;
repertuarlar ro‘yxati, video-audio albomlari;
nomzodning shaxsiy varaqasi, tarjimai holi, 4 dona fotosurat (2 dona 3x4, 2 dona ijodiy jarayondagi surat), tanlovlarda qatnashganligi haqidagi diplom yoki sertifikat nusxasi (agar bo‘lsa);
doimiy o‘qish yoki ish joyidan berilgan va mazkur tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangan ijodiy tavsifnoma;
ommaviy axborot vositalarida nomzod haqida berilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar yoki maqolalar nusxasi (agar bo‘lsa).
23. Talabgorning hujjatlari yuqorida ko‘rsatilgan tartibda va belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti har yili bir marta Mustaqillik bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
25. “Nihol” mukofoti o‘z ramzi aks ettirilgan sovrin va eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdoridagi pul mablag‘idan iboratdir.
26. “Nihol” mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar madaniyat, san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi, mamlakatning atoqli san’atkorlaridan saboq olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
27. “Nihol” mukofoti takroran berilmaydi.
28. “Nihol” mukofoti sovrindorlarining ro‘yxati Mustaqillik bayrami arafasida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. | 119 | 7,450 |
Qonunchilik | Valyutani Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqish tartibi oʻzgardi | Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan (Adliya vazirligi tomonidan 3.06.2015 yilda 2678 -son bilan roʻyхatga olingan) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaхslar-rezidentlarga naqd хorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruхsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi yangi Nizom tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaхslar - rezidentlarga naqd хorijiy valyutani mamlakat hududidan tashqariga olib chiqishga ruхsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (3.07.2003 yildagi 1253-son), shuningdek unga oʻzgartirishlar kuchini yoʻqotgan deb hisoblandi.
Avvalgidek, jismoniy shaхslar-rezidentlar 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd хorijiy valyutani Respublika hududidan tashqariga olib chiqish uchun Markaziy bankning ruхsatnomasini olishlari shart.
Aniqlandiki, ruхsatnoma хorijga quyidagi hollarda chiqishda beriladi:
a) Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari asosida hukumat delegatsiyalari tarkibida;
b) doimiy yashash maqsadida;
v) хizmat safari yuzasidan;
g) ta’lim olish maqsadida;
d) boshqa maqsadlar uchun (sayyohlik safarlari, davolanish, qarindoshlarni koʻrib kelish, sport musobaqalari va h.k.).
Ruхsatnoma olish uchun jismoniy shaхslar Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) belgilangan shaklda ariza (familiyasi, ismi va otasining ismi; pasport seriyasi, raqami, berilgan sanasi va pasport bergan organ nomi; mamlakat va shahar nomini; хorijiy valyutaning turi va miqdorini; хorijga chiqish maqsadini (asosini); joʻnash va kelish sanalarini koʻrsatgan holda).
Avval arizaning shakli boʻlmagan, biroq unda familiyasi, ismi va otasining ismi; jismoniy shaхs yashaydigan manzili; olib chiqiladigan naqd хorijiy valyuta summasi; naqd хorijiy valyutani хorijda ishlatish maqsadi; joʻnash va kelish sanalari koʻrsatilardi.
b) quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan holda pasport nusхasi:
pasport seriyasi, raqami va berilgan sanasi;
pasport bergan organ nomi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini beruvchi ruхsatnoma belgisi (agar talab qilinsa);
хorijiy davlatga chiqish vizasi (agar viza rejimi belgilangan boʻlsa);
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy roʻyхatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini beradigan ruхsatnomaning nusхasi (agar talab etilsa). Oldin bu hujjat roʻyхatda boʻlmagan;
g) naqd хorijiy valyutaning kelib chiqish manbasini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusхalarini koʻrsatgan holda ularning nusхalari (vakolatli bankning хorijiy valyutani hisobvaraqlardan va omonatlardan olinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar);
d) хizmat safariga yuborilayotgan shaхslar uchun - хorijga хizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi buyruqning, taklif etayotgan taraf хatlarining nusхasi;
ye) hukumat delegatsiyasi tarkibida chiqayotgan shaхslar uchun – Vazirlar mahkamasi farmoyishining nusхasi;
j) хorijga chiqish maqsadini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (agar mavjud boʻlsa).
Belgilandiki, jismoniy shaхslar-rezidentlarning arizalarini koʻrib chiqish va ularga ruхsatnomalarni berish yoki ruхsatnomalar berishni rad etish ariza kelib tushgan sanadan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi. Avval ariza kelib tushgan sanadan boshlab 10 kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqish koʻzda tutilgandi.
Avvalgidek, quyidagilar Markaziy bank tomonidan ruхsatnomalar berish uchun asos boʻlib hisoblanadi:
-Nizomda koʻrsatilgan maqsadlarda хorijga chiqish;
-barcha zarur hujjatlarni taqdim etish.
Belgilandiki, jismoniy shaхslar tomonidan koʻrsatilgan asoslarga rioya qilinmagan taqdirda, Markaziy bank ruхsatnoma berishni rad etadi va bu haqda yozma ravishda ma’lum qiladi.
Taqdim etiladigan hujjatlar Nizom talablariga muvofiq boʻlganda Naqd chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarining (17.08.2000 yildagi 957-son) keltirilgan 09006-1-son shakl boʻyicha ruхsatnoma rasmiylashtiriladi. Ruхsatnoma Markaziy bank raisining valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha mas’ul oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Aniqlandiki, ruхsatnoma ikki nusхada rasmiylashtiriladi, birinchi nusхasi jismoniy shaхs-rezidentga beriladi, ikkinchi nusхasi Markaziy bankda qoldiriladi. Ruхsatnoma berilgan sanadan boshlab e’tiboran 3 oy davomida haqiqiy hisoblanadi.
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 8 iyundagi 22-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, shuningdek sharhlar va unga bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishishingiz mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz
Sardor DJUMAShOV tayyorladi.
___________
Eslatamizki, Jismoniy shaхslar tomonidan naqd хorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (7.05.1999 yildagi 716-son) asosan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali rezident va norezidentlar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan хorijiy valyuta, uning yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasida yozma ravishda deklaratsiyalanishi sharti bilan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga naqd хorijiy valyutani olib chiqishda quyidagilarga ruхsat beriladi:
a) rezidentlarga 2 000 AQSh dollariga ekvivalent miqdor doirasida ruхsatnoma olmasdan;
b) rezidentlarga 2 000 AQSh dollariga teng miqdordan ortiqcha summa - Markaziy banki yoki vakolatli banklarning 09006-son shakldagi ruхsatnomasi bilan;
v) rezidentlarga 5 000 AQSh dollariga teng miqdordan ortiqcha summa Markaziy bankning 09006-1-son shakldagi ruхsatnomasi bilan;
g) norezidentlarga - bojхona deklaratsiyasiga muvofiq Respublikaga keltirilgan summa doirasida. Oʻzbekistonga kirishdagi bojхona deklaratsiyasida belgilangan summalardan ortiqcha naqd хorijiy valyutani olib chiqishga Markaziy bank yoki vakolatli banklarning ruхsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga naqd хorijiy valyutani olib kirish barcha toifadagi shaхslar uchun cheklanmagan, lekin uni albatta yozma deklaratsiya qilish shart. 5 000 AQSh dollarigacha miqdordagi naqd хorijiy valyuta yoki uning boshqa хorijiy valyutadagi ekvivalenti Oʻzbekiston Respublikasiga bojхona deklaratsiyasini majburiy toʻldirish bilan oʻtkaziladi, 5 000 AQSh dollari ekvivalentidan oshadigan miqdordagi naqd хorijiy valyuta respublikamizga bojхona organlari tomonidan TS-28 shaklidagi guvohnomani berish bilan kiritiladi. Naqd хorijiy valyutani olib kirishda, uning miqdoridan qat’i nazar yigʻim undirilmaydi. | 65 | 6,695 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida | Zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda respublika ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish hamda mustahkamlash, ularni eng ilg‘or o‘quv, tashxis va davolash uskunalari, axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash, jamlanadigan mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2847-sonli qaroriga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi va Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etildi.
2. Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
birinchi, Jamg‘armaga kelib tushayotgan mablag‘larni keyinchalik ulardan qonunchilikka muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar musiqa va san’at maktablari, oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) hamda tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;
ikkinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek, o‘yin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini o‘rash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
uchinchi, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni, shu jumladan idoraviy bo‘ysunuvdagilarni, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, jumladan, zarur hollarda o‘quv korpuslarini o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
to‘rtinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
beshinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;
oltinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
yettinchi, zamon talablarini hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalarini eng yangi o‘quv-laboratoriya, ilmiy va ishlab chiqarish uskunalari, musiqa cholg‘u asboblari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa shakllari bilan, shuningdek, o‘quv mebellari va asbob-anjomlari bilan jihozlash va qo‘shimcha jihozlashni moliyalashtirish;
sakkizinchi, zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, sog‘liqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlashni hamda doimiy ravishda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish;
to‘qqizinchi, zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqib, bolalar musiqa va san’at maktablarini eng yangi musiqa va cholg‘u asboblari va maxsus uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari, o‘quv mebellari va anjomlari bilan jihozlashni moliyalashtirish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi va Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining barcha aktiv va passivlari Jamg‘armaga topshiriladi.
4. Quyidagilar Jamg‘armaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamg‘armaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalarni to‘lashdan tushadigan mablag‘lar;
“Ta’lim” va “sog‘liqni saqlash” sohasi xarajatlari hisobiga alohida bo‘lim bilan ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari;
xayriya qiluvchilar — yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
5. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Kengash tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2847-sonli qaroriga muvofiq:
Jamg‘armaning ijro etuvchi Direksiyasi tuzilmasi tasdiqlanganligi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tuzilmasida Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish sho‘basi tashkil qilinganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha G‘aznachilikning amaliyot boshqarmalarida tegishli ravishda Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish sho‘basi tashkil qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Quyidagilar:
hududiy moliya boshqarmalarining tuzilmasida moliya organlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida 2 nafardan iborat Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish, ulardan foydalanishni tahlil qilish va monitoring qilish sho‘basi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat bo‘lgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida markaziy apparatda 2 nafardan hamda ularning hududiy boshqarmalarida 1 nafardan iborat bo‘lgan bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat bo‘lgan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarini cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari tashkil qilinsin.
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili hududlar kesimida ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashga oid takliflarni shakllantiradilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritadilar;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘lari doirasida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradilar hamda uni O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlari va Davlat budjetining loyihasi kiritiladigan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar;
Ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturi har yili tasdiqlanadigan rivojlanish davlat dasturlariga mustaqil bo‘lim sifatida kiritiladi.
8. Quyidagilar:
ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga, oliy ta’lim muassasalarini esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, shuningdek, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar zimmasiga;
ta’lim muassasalarini jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) bo‘yicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi zimmasiga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan ta’minlanadigan sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadiganlari esa, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qurilish bo‘yicha Birlashgan direksiyasi zimmasiga;
tibbiyot muassasalarini jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) bo‘yicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.Xodjayev, moliya vazirining o‘rinbosari — Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori A. Karimov zimmasiga ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning har yillik Dasturiga kiritilgan obyektlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda moliyalashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, shu jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, shuningdek, laboratoriya, diagnostika, davolash uskunalari hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlanishi (qo‘shma jihozlanishi) ustidan tizimli asosda doimiy monitoring olib borsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” PQ-1024-son qarori:
a) 9-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 29-ilovaning 5-bandidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-sentabrdagi “Ummon Sultonligi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1197-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-apreldagi “Samarqand avtomobil zavodida avtotransport vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1736-sonli qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-sentabrdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1821-sonli karori 7-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6-dekabrdagi “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, Xorazm viloyatini obodonlashtirish va aholisini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1874-sonli qarorining 2-ilovasidagi:
a) I bo‘limining “Moliyalashtirish manbalari” ustuni 1.4. kichik bo‘limi 1 — 13-kichik bandlaridagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish. mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) yakuniy qismidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-apreldagi “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-1954-sonli qarorining 10-bandidagi “Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-maydagi “Fosforit xomashyosi ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1975-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2042-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 7-noyabrdagi “450 MVT quvvatdagi ikki bug‘gaz moslamasini qurilishi bilan birgalikda Tolimarjon IESni kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2063-son qarori 3-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 10-dekabrdagi “Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondining moliyaviy hamkorligida “Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2082-sonli qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-dekabrdagi “Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondining moliyaviy hamkorligida “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2088-son qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 20-noyabrdagi “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016 — 2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida” PQ-2435-sonli qarori 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 18-fevraldagi “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2492-sonli qarori 10-bandining 7 xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3-iyundagi “Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish to‘g‘risida” PQ-2543-sonli qarori 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-noyabrdagi “2016 — 2020-yillarda O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2650-sonli qarori 1-ilovasining 6-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik lineylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-noyabrdagi “Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2653-sonli qarori 13-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-noyabrdagi “Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2664-son qarori 12-bandining to‘rtinchi xatboshida “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilgi O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 23-dekabrdagi PQ-2697-sonli qarori:
a) 2-bandining beshinchi xatboshidagi “Oliy o‘quv yurtlarining moddiy- texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-ilovasining nomlanishidagi “Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2705-sonli qarori 1-ilovasining 23-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi”so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2707-sonli qarori:
a) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovasidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida” PQ-2731-sonli qarori 1-ilovasining 41, 42, 48, 53, 54, 56 va 57-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash to‘g‘risida” PQ-2754-sonli qarori 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020-yilda Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiada va XVI Paralimpiada o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida” PQ-2821-sonli qarori 1-ilovasining 12-bandi va 2-ilovasining 1-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi “Quyuv mexanika zavodi” ShK mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2837-sonli qarori 4-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2838-sonli qarori 5-ilovasi:
a) 19, 21 va 22-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin:
b) yakuniy qismidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2857-sonli qarori 2-ilovasining 22-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 10-noyabrdagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida” PQ-1432-sonli qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1533-sonli qarorining 4-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 21-noyabrdagi “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida” PQ-1645-sonli qarori. | 184 | 29,783 |
Qonunchilik | MADANIY BOYLIKLARNING OLIB ChIQILIShI VA OLIB KIRILIShI TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChALAR VA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi PQ-1464-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2015-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlarni chuqurlashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga* muvofiq qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 131 | 693 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida | 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Irlandiya Hukumati o‘rtasida ikki tomonlama soliq solinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda mulk va daromad soliqlari to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risida 2012-yil 11-iyul kuni Dublin shahrida imzolangan Konvensiya tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-tamoyillari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 893 |
Qonunchilik | “O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRISh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida” 1997-yil 6-oktabrdagi PF-1869-son Farmonini bajarish, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashining O‘zbekiston Respublikasiga “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot bankining o‘zgaruvchi foiz stavkasi bo‘yicha, shuningdek majburiyatlar uchun vositachilik haqi sifatida 0,75 yillik foiz bilan, imtiyozli besh yillik davrni qo‘shgan holda 25 yil muddatga umumiy summasi 57 mln AQSh dollari miqdorida kredit berishni ma’qullaganligi;
kredit mablag‘laridan 45 kasb-hunar kolleji va litseyni jihozlashda hamda yangi darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etishda, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi sohasidagi o‘qituvchilar malakasini oshirishda foydalanilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Osiyo taraqqiyot banki krediti O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi kredit bitimi asosida beriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) loyihani amalga oshirish bo‘yicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
kreditni qaytarish, vositachilik haqi to‘lash va kredit bo‘yicha foizlar bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki, Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan kreditlardan to‘liq, maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tuzilsin.
Maxsus komissiya:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yaponiya Hukumati, Koreya Respublikasi Hukumati, Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qurish va ularni texnika bilan jihozlash, ular uchun o‘quv-ta’lim materiallari yaratish va nashr etish uchun imtiyozli uzoq muddatli kreditlar berish bo‘yicha imzolangan bitimlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring o‘rnatsin;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun berilayotgan kredit resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. Ajratilgan kreditlarning o‘zlashtirilishi to‘g‘risida Hukumatga muntazam ravishda, har yarim yilda kamida bir marta axborot berib tursin;
asbob-uskunalar, o‘quv qo‘llanmalari sotib olish va konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha kontraktlar tuzilgunga qadar kontraktga kiritiladigan takliflarni puxta ekspertiza qilish maqsadida ularning har biri bo‘yicha mutaxassislar, moliya va bank xodimlaridan iborat tarkibda maxsus ekspert guruhlar tashkil etsin;
bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan loyiha doirasida amalga oshiriladigan asbob-uskunalar sotib olish va konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tender komissiyalari tuzsin.
4. Kreditni qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri kredit ajratilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi bitimni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit ajratilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi bitim yuzasidan yuridik xulosani bir oy muddatda Osiyo taraqqiyot bankiga taqdim etsin.
7. Markaz:
kredit mablag‘laridan foydalanishga doir zarur hujjatlarni va iqtisodiy jihatdan asoslashlarni Maxsus komissiyaga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga o‘z vaqtida taqdim etsin;
tender yakunlariga ko‘ra va maxsus ekspert guruhlari ijobiy xulosa bergan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan loyiha doirasida amalga oshiriladigan asbob-uskunalar sotib olish va konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha kontraktlarni belgilangan tartibda tuzsin.
8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki, Koreya Respublikasi Hukumati va Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan kreditlar mablag‘lari hisobiga yetkazib berilayotgan asbob-uskunalar, o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar va o‘qitishning texnik vositalari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin, bojxona yig‘imlari bundan mustasno.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. | 107 | 4,826 |
Qonunchilik | Bank-moliya akademiyasida qabul kvotalari oʻzgardi | Oʻtgan oʻquv yili bilan solishtirganda «Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar bozori» yoʻnalishi boʻyicha kontrakt asosida 3 ta qoʻshimcha joy ajratildi, buning hisobiga «Investitsiyalarni boshqarish (bank sektori uchun)» yoʻnalishi boʻyicha kontrakt asosida 2 ta joyga, «Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)» yoʻnalishi boʻyicha esa kontrakt asosida 1 ta joyga kamaydi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kvota koʻrsatkichlari saqlanib qoldi.
Ilgarigidek, Akademiyaning qabul komissiyasiga Akademiyaga magistraturasiga kirish jarayonida abituriyentlar toʻplagan ballarining reyting baholanishini hisobga olgan holda qabul koʻrsatkichlariga umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan) binoan Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga quyidagi nomzodlar qabul qilinadi:
iqtisod sohasida bakalavr darajasiga ega boʻlgan;
yoshi 35 dan oshmagan;
nomzodni yuborayotgan vazirliklar va boshqa tashkilotlarda kamida 2 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan (koʻrsatilgan Nizomda keltirilgan Lavozimlar roʻyхatiga (bank, moliya, soliq tizimlarida va investitsiya loyihalari bilan shugʻullanuvchi tarmoqlarda) muvofiq lavozimlarda).
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 50 | 1,683 |
Qonunchilik | Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilganda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash qiymatini aniqlashtirish va moliyalashtirish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoniga muvofiq hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini (rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash) moliyalashtirish bo‘yicha xulosalarni tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom har yili tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) obyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Nizom talablari qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) obyektlari bo‘yicha (asosli ravishda loyiha yechimlarini yaxshilash, shuningdek, ishlab chiqilgan loyihada ilgari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida) kiritilgan o‘zgartirishlar natijasida narxi oshib ketadigan:
tenderlar yoki tanlovlar natijalari bo‘yicha aniqlangan shartnoma qiymatiga (yildan yilga o‘tuvchi obyektlarning qoldiq qiymatini qayta hisoblab chiqish holatlaridan tashqari, davlat ekspertiza organlarining tegishli xulosasi asosida obyektning fizik ish hajmlari, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirish, foydalaniladigan resurslarni o‘zgartirish hamda loyihani tuzatish bilan bog‘liq ishlar);
bosh pudratchi tashkilotning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlariga ko‘ra belgilangan obyektlar bo‘yicha ekspertiza organlarining xulosasiga muvofiq smeta qiymatiga (yildan yilga o‘tuvchi obyektning qoldiq qiymatini belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqish, shuningdek, davlat ekspertiza organlarining tegishli xulosasi asosida obyektning fizik ish hajmlarini, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirish hamda loyihani tuzatish, foydalaniladigan resurslarni va ularning narxlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq ishlar) tatbiq etiladi.
4. Loyihaga obyekt qiymatining oshishiga olib keladigan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarning asoslanganligini ko‘rib chiqish uchun vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat korxonalari (keyingi o‘rinlarda tashabbuskorlar deb ataladi) tomonidan bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat taqdim etiladi:
a) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) obyektlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha tashabbuskorlar rahbarlarining loyihaga o‘zgartirishlar kiritishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda tegishli bayonnomasining asl nusxasi;
b) ilgari tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan va qayta ko‘rib chiqishga tavsiya qilinayotgan asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar (loyiha-smeta ko‘rsatkichlari);
v) ilgari tasdiqlangan loyiha bo‘yicha loyihalashtirish topshirig‘i, yig‘ma resurs smetasi, ekspert xulosalarining nusxalari;
g) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilgan va o‘zgartirilgan loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari;
d) aniqlashtirilgan yig‘ma resurs smetasi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yig‘ma ma’lumot;
e) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymatining yig‘ma resurs smetasi boblarining xarajatlar turlari bo‘yicha taqsimlangan qiyosiy ro‘yxati;
j) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) narxining oshib ketishiga sabab bo‘lgan chizmalar va hisob-kitoblar, jumladan:
buyurtmachilarning, loyihalashtirish, qidiruv, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, davlat va sohaviy ekspertiza organlari hamda boshqa tashkilotlarning xato va kamchiliklari (ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunalar turini tanlash bo‘yicha asoslanmagan yechim, qurilishning geologik, gidrogeologik va boshqa shart-sharoitlarini noto‘g‘ri belgilash, ishlarning hajmlarini, qurilish materiallari, buyumlar, uskunalar va boshqalarning narxlarini pasaytirib (oshirib) yuborish, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni tashishning samarasiz transport sxemalarining qo‘llanishi, fors-major holatlar bundan mustasno);
bozor konyunkturasining o‘zgarishi, yangi texnologik yechimlarning qo‘llanilishi, uskunalarga qo‘shimcha ehtiyoj (agar bu ilgari tasdiqlangan loyihani ishlab chiqishda loyiha tashkiloti tomonidan hisobga olinmagan bo‘lsa) bilan bog‘liq holda uskunalar qiymatining oshishi;
z) loyihani qayta ko‘rib chiqish mobaynida vujudga kelgan, loyihani yoki uning alohida qismlarini qo‘shimcha kelishish to‘g‘risidagi zarur hujjatlar;
i) tashabbuskorlarning tender yoki tanlov komissiyasining kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha bayonnomasi.
Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymatining oshishini tahlil qilish natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq obyektning smeta qiymati ko‘payishi sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq taqdim etiladigan materiallar 16 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
6. Loyiha narxini oshib ketishiga olib keladigan o‘zgartirishlar kiritish quyidagi hollarda asossiz deb hisoblanadi:
loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda;
dastlabki loyiha-smeta hujjatlarida ko‘zda tutilgan qurilish materiallari o‘zgartirilib (loyihaga boshqa qo‘shimcha ish hajmlari qo‘shilmagan va konstruksiya qismiga o‘zgartirish kiritilmagan taqdirda), ushbu o‘zgartirish bo‘yicha asoslovchi hujjatlar, ya’ni sifatning yuqoriligini asoslovchi va aynan ushbu sifatga talab mavjudligi keltirilgan hujjat, texnik va qurilish talablari nuqtai nazaridan almashtirilishi lozimligini asoslovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qo‘shimcha moliyalashtirish manbalari mavjud emas deb xulosa berilgan taqdirda.
Loyiha narxini oshib ketishiga olib keladigan o‘zgartirishlar kiritishni rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma tashabbuskorga rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Bir vaqtning o‘zida xatning nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboriladi.
7. Murojaat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, tegishliligi bo‘lgan taqdirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan xulosalar 10 ish kuni ichida Qurilish vazirligiga yuboriladi.
8. Takliflarda turli yondashuvlar bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan yagona qarorga kelish maqsadida qo‘shma yig‘ilish tashkil etiladi. Yig‘ilish turli yondashuvda bo‘lgan vazirliklar mutaxassislari to‘liq qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi. Yig‘ilish natijasi tegishli bayonnoma asosida rasmiylashtirilib, vazirliklar rahbariyati tomonidan imzolanadi. Yig‘ilish bir ish kuni muddatda o‘tkaziladi. Yig‘ilishda masala yechimi yuzasidan aniq qaror qabul qilinishi shart.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ijobiy xulosalar bo‘lgan taqdirda, 16 ish kuni ichida obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyiha qiymatining oshib ketishi bo‘yicha asoslangan yig‘ma taklifni hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
10. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga obyekt qiymatining oshib ketishiga olib kelgan o‘zgartirishlar kiritish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Iqtisodiyotda asossiz ravishda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kiritilayotgan qo‘shimcha o‘zgartirishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangunga va obyektni foydalanishga topshirish muddatini tegishli ravishda uzaytirilgunga qadar qurilish-montaj ishlarini bajarish mumkin emas. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Loyihaga obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymatining oshib ketishiga olib keladigan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarning asoslanganligi yuzasidan xulosalarni taqdim etish, ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish sxemasi ushbu Nizomga 4 va 4a-ilovalarda keltirilgan.
11. Vazirlar Mahkamasining obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga obyekt qiymatining oshib ketishiga olib kelgan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qaror chiqqandan so‘ng pudrat shartnomasiga tegishli tartibda o‘zgartirishlar kiritilib, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi. | 182 | 11,169 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2010 – 2013-yillar va 2014-yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) 2010 — 2013-yillar va 2014-yilning o‘tgan davridagi (bundan buyon matnda hisobot davri deb yuritiladi) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi shuni qayd etadiki, hisobot davrida Qo‘mita tomonidan qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, fermerlikni rivojlantirish, qishloq joylarida aholi bandligi muammosini hal qilish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir davlat siyosatini qonunchilik jihatidan ta’minlashga, tegishli qonunlar hamda dasturlarning ijro etilishi ustidan samarali nazoratning amalga oshirilishiga, shuningdek o‘tkazilayotgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha konstruktiv amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan muayyan ishlar olib borilgan.
Qo‘mita hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Senatning birinchi yalpi majlisidagi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 2010-yil 27-yanvar va 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlislaridagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir” hamda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” deb nomlangan ma’ruzalarida ilgari surilgan vazifalarni ijro etishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilagan.
Qo‘mita tomonidan o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) yalpi majlislarida ko‘rib chiqish uchun 15 ta masala, shu jumladan geografik obyektlarning nomlarini aniqlash, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ulardan foydalanishning huquqiy asoslarini shakllantirishga, muvofiqlikni baholash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga hamda savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga, atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ekologik nazoratni takomillashtirishga va boshqalarga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining yettita qonuni kiritilgan.
Qonunlar Senatning yalpi majlislarida ma’qullangach, ularning mazmuni va mohiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish uchun Qo‘mita tomonidan mintaqalarga safarlar tashkil etilgan, bu esa aholida tashvish uyg‘otayotgan muammolarni aniqlash hamda tegishli qaror va tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini bergan.
Hisobot davrida Qo‘mita har yili O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib borgan va ushbu masalani Senatning navbatdagi yalpi majlislarida ko‘rib chiqish haqidagi takliflarni Senat Kengashiga kiritgan.
Hisobot davrida Qo‘mita tomonidan 20 ta nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazilgan. Bundan tashqari to‘rtta konferensiya, 10 ta davra suhbati va beshta seminar o‘tkazilgan.
Xususan, Senat Kengashining 2011-yil 25-avgustdagi “Ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziriga “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ijro etilishini ta’minlash masalasi yuzasidan parlament so‘rovi yuborilgan. 2011-yilning 29-noyabr kuni Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. Ro‘ziyevning ushbu so‘rov yuzasidan javobi tinglangan va muhokama qilingan.
Qo‘mita tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda qator qo‘shma sayyor majlislar o‘tkazilgan. Masalan, Jizzax viloyatida qishloqdagi yosh oilalarga uy-joy qurish yoki sotib olishda ko‘maklashish, Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining yerlardan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanishga doir qismining ijrosi, Qashqadaryo viloyati Hisor va Kitob davlat qo‘riqxonalari misolida “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishi, “Veterinariya to‘g‘risida”gi va “Naslchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining Jizzax viloyatida ijro etilishi masalalari muhokama qilingan. Qishloqlarning qiyofasini tubdan yaxshilash, aholi turmush darajasini va sifatini oshirish maqsadida 2014-yil 21-fevralda Qo‘mita majlisida qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga doir qonun hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish bank” OATB tomonidan ijro etilishini Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida o‘rganish natijalari muhokama qilingan.
Qo‘mitaning nazorat-tahlil faoliyati yakunlariga ko‘ra qabul qilingan qaror va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlarga yuborilgan.
Qo‘mita “Tojikiston “Talko” DUK korxonasining ishlab chiqarish faoliyati ekologiyaga va odamlar sog‘lig‘iga ko‘rsatayotgan halokatli ta’sirni bartaraf etish choralari to‘g‘risida”gi xalqaro seminarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda faol ishtirok etgan.
Hisobot davrida Qo‘mita a’zolari respublika va mintaqalar ko‘lamidagi 5 867 ta tadbirda faol ishtirok etib, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning, qonunlar hamda eng muhim davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidan 4 477-marta so‘zga chiqqan.
Bunda Qo‘mita raisi X. Razzakov, Qo‘mita a’zolari N. Aimbetov, Q. Aldabergenov, P. Ziyatov, X. Karimov, E. Sidikova, B. Xalimbetov, M. Yuldashov, M. Qurbanovalar ayniqsa faollik ko‘rsatganlar.
Shuningdek, hisobot davrida Qo‘mita a’zolari Senatning yalpi majlislarida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha 98-marta, Qo‘mita majlislarida 189-marta so‘zga chiqqan.
Ommaviy axborot vositalarida Qo‘mita a’zolarining 3 859 ta maqolasi chop etilgan va efirga uzatilgan, shu jumladan respublika hamda mahalliy gazeta va jurnallarda 1 271 ta maqola chop etilgan. Qo‘mita a’zolari ishtirokida 1 557 ta teleko‘rsatuv va 1 031 ta radioeshittirish efirga uzatilgan.
Qo‘mita a’zolari saylovchilar bilan 2 481 ta uchrashuv o‘tkazgan. Mazkur uchrashuvlarda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masala va muammolarni muhokama qilish, tahlil etish va hal qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Fuqarolarning 7 713 ta yozma murojaati ko‘rib chiqilgan, shuningdek 7 418 nafar fuqaro qabul qilingan. Fuqarolarni qabul qilish davomida aniqlangan dolzarb masalalarni hal etish, shuningdek ijtimoiy soha muassasalari faoliyatini yaxshilash uchun hisobot davrida tegishli davlat organlari va tuzilmalariga 166 ta senatorlik murojaati yo‘llangan.
Shu bilan birga, Qo‘mita faoliyatida ayrim kamchilik va nuqsonlar mavjud. Qo‘mita mintaqalarda hamda iqtisodiyot tarmoqlarida Senat, Senat Kengashining va Qo‘mitaning qarorlari, ayniqsa qishloq xo‘jaligining eng muhim tarmoqlarini rivojlantirishga, suv va suvdan foydalanishga, chiqindilarning atrof muhitga ta’sirini kamaytirishga, ekin maydonlaridan samarali foydalanishga, qishloqdagi yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashga oid dasturlarning so‘zsiz bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirishi zarur. Bunda aholi salomatligiga xavf tug‘diruvchi zararli omillarga alohida e’tibor berishi kerak.
Qo‘mita o‘tkazilayotgan tadbirlarni, ayniqsa nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash bo‘yicha ishlarga, mintaqalarda aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oid hal etilmagan masalalar to‘g‘risidagi takliflarni Qo‘mita muhokamasiga, Senat Kengashi majlislariga va Senat yalpi majlislariga tashabbuskorlik bilan kiritishga Qo‘mitaning barcha a’zolarini jalb etishga erisha olmagan. Qo‘mitaning va Senat Kengashining ish rejalarini shakllantirishda Qo‘mitaning barcha a’zolari birday faol ishtirok etmaganlar.
Qo‘mita a’zolari mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning hamda qabul qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun va mohiyatini joylarda tushuntirish ishlarida yanada faolroq ishtirok etishi, Qo‘mita hujjatlari asosida tayyorlangan tahliliy materiallar bilan markaziy va mahalliy nashrlar sahifalarida hamda teleradiokanallarda ko‘proq chiqishlar qilishi zarur.
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2010 — 2013-yillar va 2014-yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti bildirilgan takliflarni hisobga olgan holda ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi (X. Razzakov) o‘z faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida:
o‘tgan davrdagi faoliyatini tanqidiy baholab, aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rsin;
qonun hujjatlarining, Senat, Senat Kengashi va Qo‘mita qarorlarining talablarini so‘zsiz bajarish bo‘yicha ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan parlament nazoratining ta’sirchanligini oshirsin, bunda qishloq xo‘jaligining eng muhim tarmoqlarini rivojlantirishga, suv va suvdan foydalanishga, chiqindilarning atrof muhitga ta’sirini kamaytirishga, ekin maydonlaridan samarali foydalanishga, qishloqdagi yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashga taalluqli dasturlarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratsin;
o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarining va davlat dasturlarining talablari joylarda bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qilish borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirishga ko‘maklashsin;
qonunlar ijrosini o‘rganish natijalari bo‘yicha Qo‘mita tomonidan qabul qilingan qarorlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratsin;
o‘tkazilayotgan tadbirlarni, ayniqsa nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashda, mintaqalarda aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oid hal etilmagan masalalar to‘g‘risidagi takliflarni Qo‘mita, Senat Kengashi majlislari va Senat yalpi majlislari muhokamasiga tashabbuskorlik bilan kiritishda Qo‘mitaning barcha a’zolari ishtirokini faollashtirsin;
Senatning va Senat Kengashining qarorlarini, shuningdek Qo‘mita qarorlari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan davlat organlari rahbarlarining axborotini tinglash amaliyotini davom ettirsin;
Qo‘mita hujjatlari asosida tayyorlangan mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir tahliliy materiallar bilan Qo‘mita a’zolarining markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida, jumladan teleradiokanallar orqali yanada faolroq chiqishlarini ta’minlasin;
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlari o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirsin.
3. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari M. Radjabova zimmasiga yuklatilsin. | 195 | 11,492 |
Qonunchilik | Korrupsiyaga qarshi kurashuvchilarga mukofot toʻlash taklif etilmoqda | Bosh prokuratura Vazirlar Mahkamasining «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida хabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda koʻmaklashgan shaхslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasini ishlab chiqdi, u QHTBT portalida muhokama qilish uchun joylashtirilgan.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida хabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda koʻmaklashgan shaхslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda – Nizom) «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Uni 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritish rejalashtirilmoqda.
Nizom talablari quyidagi shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ragʻbatlantirish bir martalik pul mukofoti, tashakkurnoma yoki esdalik sovgʻa shaklida belgilanadi.
Xabar berish natijasida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik fosh etilgan yoхud korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etgan shaхs qamoqqa olingan hollarda pul mukofoti toʻlash nazarda tutilgan.
Nizomda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik turiga – ma’muriy, jinoiy tusga ega boʻlishiga qarab, shuningdek pora summasi yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar qiymatiga qarab bir martalik pul mukofoti miqdorlari nazarda tutilgan. Xususan, ma’muriy huquqbuzarlik haqida berilgan хabar uchun mukofot miqdori 3 BHMni tashkil etadi.
Pora summasi yoki yetkazilgan zarar qiymati 30 BHMdan kam boʻlsa, mukofot quyidagi miqdorni tashkil etadi:
Pora summasi yoki yetkazilgan zarar qiymati 30 BHMdan 100 BHMgacha boʻlsa, mukofot quyidagi miqdorni tashkil etadi:
Pora summasi yoki yetkazilgan zarar qiymati 100 BHMdan koʻp boʻlsa, mukofot miqdori pora summasi yoki yetkazilgan zarar qiymatidan foiz hisobida, ancha miqdor uchun 15%dan koʻp yoki juda koʻp miqdor uchun 10%gacha hisoblanadi.
Qidiruvda boʻlgan shaхsning yashiringan joyi haqidagi хabar uchun – 5 BHM, ikki nafari uchun esa 7 BHM miqdorida mukofot toʻlanadi.
Shaхs korrupsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshganligi uchun davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi mumkin.
Nizomda hududiy maхsus komissiyalar hamda Respublika maхsus komissiyasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda koʻmaklashgan shaхslarni ragʻbatlantirish masalasini koʻrib chiqish tartibi belgilangan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 69 | 2,504 |
Qonunchilik | Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida | Mamlakatda pul-kredit, valyuta, soliq va tashqi savdo siyosati sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ekspertlarning baholashlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar iqtisodiyotdagi yashirin aylanmaning, ayniqsa, savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-joy qurilishi va ta’mirlash, turarjoy xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalarda yuqori darajada saqlanib qolayotganligidan dalolat beradi, bu esa vijdonli tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazmoqda, ular uchun teng bo‘lmagan biznes yuritish shartlarini yuzaga keltirmoqda.
Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun, shu jumladan tartibga solish va ma’muriy yukni kamaytirish hisobiga teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish maqsadida:
1. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan:
a) 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik subyektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umum belgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmasligi tartibi joriy etiladi;
b) rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi;
v) qurilish korxonalariga hisobot davri uchun mehnatga haq to‘lash fondi jami miqdorining 10 foizidan oshmagan hajmda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) ish haqini naqd pulda to‘lash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashga ruxsat beriladi. Bunda:
qurilish tashkilotlari belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqning to‘lanishini ta’minlaydi, shuningdek, har oyda shartnoma tuzmasdan yollangan ishchilarga to‘langan naqd pul miqdorini ko‘rsatgan holda ularning reyestrini davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilib boradi;
davlat soliq xizmati organlari qurilish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan reyestrlar asosida soliq to‘lovchilarni avtomatik ravishda identifikatsiya qiladi va to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobga olinishini ta’minlaydi.
Belgilansinki, shartnoma tuzmasdan ishga yollangan shaxslarga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar ro‘y bergan taqdirda xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari normalari tatbiq etiladi.
2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga korporativ bank kartalaridan foydalangan holda tovarlarni (xizmatlarni) shartnoma tuzmasdan sotib olishga ruxsat beriladi, biroq bunda elektron schyot-fakturalar yoki onlayn-kassa mashinalarining cheklari majburiy ravishda olinishi shart;
2022-yil 1-yanvargacha shunday tartib o‘rnatilganki, unga muvofiq, davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq auditi tayinlanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qiladi;
sayyor soliq tekshiruvlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda soliq tekshiruvlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda uning tartib-taomillarini tubdan soddalashtirish, shuningdek, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirishni ko‘zda tutgan holda soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibini belgilash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilansin:
biznesning “soyadan” chiqishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, soliq rejimini soddalashtirish hamda naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish choralarini ko‘rish;
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni shakllangan biznes yuritish amaliyotiga moslashtirish;
soliq va bojxona ma’muriyatchiligi vositalari hisob va tushumlarning to‘liqligiga, shu jumladan soliqlardan bo‘yin tovlagan jismoniy va yuridik shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishga qaratilishini ta’minlash;
yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish faoliyatini “pulni yuvish”ga qarshi kurashish sohasidagi tashkilotlar faoliyati bilan muvofiqlashtirish;
ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni, ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, jamiyatda yashirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini shakllantirish, legal biznes yuritishning nufuzini oshirish.
4. Joylarda quyidagi tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tadbirkorlarga faoliyatini qonuniylashtirishda va zarur ruxsatnomalarni olishda yordam berish, shuningdek, ular bilan profilaktika ishlarini olib borish;
yashirin iqtisodiyotning shakllanishiga olib keladigan sabablar va omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
noqonuniy olib kirilgan yoki kontrafakt tovarlarni, shuningdek, yuk tashish hujjatlarisiz mamlakat ichida harakatlanayotgan tovarlarni sotishga qarshi kurashish;
birinchi navbatda aksizosti mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish, sotish va saqlash holatlarini aniqlash orqali davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritish va daromadlarni yashirishning oldini olish;
avvalo qurilish obyektlarida va xizmat ko‘rsatish sohasidagi norasmiy mehnat faoliyatini yuritish, shuningdek, ish haqini “konvertda” to‘lash holatlarini aniqlash va bartaraf etish.
5. Hududiy komissiyalar:
ikki hafta muddatda har bir tuman va shaharning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan va mas’ul organlar hamda tashkilotlarni belgilagan holda “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqsin va kutilayotgan natijalarni ko‘rsatgan holda ularni Maxsus komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etsin;
har chorakda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Maxsus komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga “yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan vazifalar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi hamda hududlar darajasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
6. Maxsus komissiya (J. Qo‘chqorov) 2021-yil 1-fevralga qadar mas’ul vazirlik va idoralarning ishi sifatli tashkil etilishini ta’minlab hamda biznes hamjamiyati, xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda 2021 — 2025-yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
7. Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralarning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xarita”si 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Maxsus komissiya yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha, shu jumladan “yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarga doir takliflar muhokama qilinishini ta’minlasin, shuningdek, har oy erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlarni eshitib borsin.
Vazirlik va idoralarning rahbarlariga “yo‘l xaritasi”ning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
8. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar:
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va hunarmandlar tomonidan hamda umumiy ovqatlanish punktlarida sotiladigan tovarlar va xizmatlar uchun aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda kontaktsiz texnologiyalarning joriy etilishini ta’minlasin;
bankomatlar va ko‘p funksiyali o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari tarmog‘ini kengaytirsin va ularning sonini 10 mingtaga yetkazsin;
xalqaro moliya institutlarining texnik yordamini jalb qilgan holda, naqdsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqsin.
9. Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan QR-kod yoki fiskal belgi asosida sovrinli o‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahrida amalga oshirilgan eksperimentni, ko‘zda tutilgan budjet ajratmalari doirasida 2020-yilda respublikaning barcha hududlarida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Davlat soliq qo‘mitasi:
a) bir oy muddatda shunday tartib joriy qilsinki, unga muvofiq, nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallaridan foydalanish bo‘yicha sayyor tekshiruvlar soliq to‘lovchilar kesimidagi choraklik reja-jadval asosida amalga oshirilishi mumkin hamda tekshiruv natijalari va ular bo‘yicha soliq nizolarini ko‘rib chiqish natijalari e’lon qilib boriladi;
b) ikki oy muddatda:
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi davlatlarning soliq idoralari o‘rtasida soliq ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan almashinuviga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Davlat soliq qo‘mitasi raisining yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari bo‘yicha doimiy maslahatchisi — chet ellik mutaxassisni tanlov asosida jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan tovarlar va xizmatlarni tasniflash tartibini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida to‘lov terminallari va onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida muntazam ravishda, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsin.
11. Quyidagilar Hisob palatasining qo‘shimcha vazifalari sifatida belgilansin:
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
hududiy komissiyalar tomonidan 2021 — 2025-yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasi hamda qabul qilingan “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishini nazorat qilish;
davlat boshqaruv organlarida, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali ichki nazorat tizimlari joriy qilinishini ta’minlash choralari amalga oshirilishini nazorat qilish;
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritib borish.
12. Hisob palatasi tuzilmasida boshqaruv xodimlari shtat birliklari doirasida Iqtisodiyotda yashirin aylanmani kamaytirish va budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash sho‘basi tashkil etilsin.
13. Davlat soliq qo‘mitasi 2021-yil 1-aprelgacha 4-ilovaga muvofiq real vaqt rejimida qo‘shimcha ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydigan idoralararo apparat majmuasini foydalanishga topshirsin.
14. Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy ta’minot bilan ta’minlashni tezlashtirish va birlamchi qo‘shimcha jihozlash maqsadida Moliya vazirligi 2020-2021-yillarda Davlat soliq qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda mablag‘ ajratsin.
Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi Markazni modernizatsiya qilish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish uchun Jahon bankining imtiyozli kreditini jalb qilishni tezlashtirsin.
Markazni jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, dasturiy va moddiy-texnik vositalar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin.
Davlat soliq qo‘mitasiga, istisno tariqasida, Markazni jihozlash uchun uskunalarni, dasturiy va moddiy-texnik vositalarni loyihalashtirish, yetkazib berish va o‘rnatish, shuningdek, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzishga ruxsat berilsin.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh. Kudbiyev zimmasiga Markazni jihozlash uchun zarur uskunalar, dasturiy va moddiy-texnik vositalar xaridi jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, xarid jarayonlari natijalarini e’lon qilish yuzasidan javobgarlik yuklatilsin.
15. Tegishli vazirlik va idoralarning umumiy shtat birligi doirasida:
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibida — Yashirin iqtisodiyotni tahlil qilish boshqarmasi tashkil etilsin, tahlillar o‘tkazish va yashirin faoliyat darajasi yuqori bo‘lgan iqtisodiyot sohalarini aniqlash uning asosiy vazifalari etib belgilansin;
b) Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida:
Soliq nazorati departamenti tashkil etilsin, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini aniqlash va agressiv soliq rejalashtirishga qarshi kurashish uning asosiy vazifalari etib belgilansin;
2021-yil 1-iyuldan boshlab maxsus tarkibiy bo‘linma tashkil etilsin, soliq huquqbuzarliklarining oldini olish va aniqlash, shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirini shakllantirishda kontragentlar o‘rtasida hisob-kitoblarni tahlil qilish uning asosiy vazifalari etib belgilansin;
v) Moliya vazirligida — yashirin iqtisodiyotni qisqartirish ishlarini tashkil etish bo‘limi tuzilsin, unga Maxsus komissiyaning ishchi organi vazifalari ham yuklansin.
16. 2020-yil 1-noyabrdan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari soni 1 154 shtat birligiga yoki 10 foizga qisqartirilsin.
Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 10 504 shtat birligi, shu jumladan Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparatida — 498 shtat birligi etib belgilansin.
17. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq;
tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining tuzilmasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Davlat soliq qo‘mitasi raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
zarur hollarda markaziy apparat va hududiy bo‘linmalarning, shuningdek, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
bo‘ysunuvidagi xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar xodimlari sonini belgilash, ularning tuzilmasini, shtat birliklarini, shu jumladan boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini, ish haqi fondini, xarajatlar smetasini, transport vositalarining limitini tasdiqlash, shuningdek, ularning mol-mulkini tasarruf etish.
19. Belgilansinki, davlat soliq xizmati va bojxona xizmati organlarining mansabdor shaxslari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan faqat soliq, bojxona va valyuta qonunchiligiga rioya qilishga doir tekshiruvlarni o‘tkazish uchun haftasiga 16 ish soatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga jalb qilinishi mumkin.
20. Maxsus komissiya (J. Qo‘chqorov) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tadbirkorlar va aholini qonuniy biznes yuritishning nufuzini oshirish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan murosasizlik hissini targ‘ib qilishga jalb etish bo‘yicha “media-reja”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 9-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
22. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5996-son Farmoni 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilansinki, 2020-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘ini to‘lash muddati 2020-yil 1-sentabrdan 2020-yil 1-dekabrga ko‘chiriladi va ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-son qarorida:
a) 1 va 2-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidan “davlat soliq xizmati organlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-son qarori 4 bandida:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-noyabrdagi “Jamansoy karyerida ohaktosh va Borsakelmas konida texnik tuzni qazib olishni ko‘paytirgan holda Qo‘ng‘irot soda zavodida kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1853-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi “krome naloga na dobavlennuyu stoimost” so‘zlaridan keyin “i naloga za polzovaniye nedrami v chasti dobivayemogo izvestnyaka dlya realizatsii drugim litsam” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-son qarorida:
a) 2, 4-bandlar, shuningdek 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Davlat soliq xizmati organlari davlat ulushi bo‘lgan jamiyatlardan dividendlar va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ajratmalar yig‘imini undirishni amalga oshiradi”;
v) 11-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kameral nazorat o‘rnatish” so‘zlari “soliq nazoratini amalga oshirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliq ma’muriyatchiligi sohasida soliq organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish vazifasi yuklangan holda Yig‘ma axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin”;
g) 14-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
d) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda, Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davlat soliq xizmati organlarining boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4005-son qarori 7-bandi ikkinchi xatboshisining rus tilidagi matni “gosudarstvennie tselevie fondi” so‘zlaridan keyin “v techeniye pervix trex let” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida”gi PQ-4426-son qarori 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4555-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “3” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4707-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Respublika hududlari va tarmoqlari eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasi” so‘zlari “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-son Farmonida:
a) 3-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”.
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Belgilansinki, 2020 — 2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)” kurslari va boshqalar) bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari (“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha), talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini o‘qitish xarajatlari o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari birgalikda belgilangan o‘qitishning yagona qiymati bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga qoplab beriladi;
b) oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — to‘liq hajmda;
imtihon topshirish uchun birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, ro‘yxatdan o‘tish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda;
imtihon topshirish uchun ikkinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘quv markazlariga o‘qitish xarajatlarini, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilariga (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlariga dastlabki ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini qoplash bo‘yicha avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin”.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4819-son qarorida:
a) 5 bandida:
uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi qarori” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi raisi tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari, Davlat kadastrlari palatasi raisi va uning o‘rinbosarlari Kadastr agentligi direktori tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘linmalari boshliqlari, Kadastr agentligi tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlari (“Respublika aerogeodeziya markazi” DK, “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK, Davlat kartografiya-geodeziya fondi, “O‘zdaverloyiha” Davlat ilmiy-loyiha instituti, Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji), shuningdek, ularning komplaens nazorat xizmati xodimlari Kadastr agentligi direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Kadastr agentligi direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda:
a) 45-bandning birinchi xatboshisidagi “2 va 3” so‘zlari “2, 3 va 4” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan to‘ldirilsin: | 136 | 26,680 |
Qonunchilik | Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, ular faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini sudlar tomonidan to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi ishlarni ko‘rish jarayonida qonun hujjatlari talablariga to‘liq va og‘ishmay amal qilish zarurligiga qaratilsin.
2. Tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi nizolarni hal etishda sudlar mazkur subyektlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqqa oid va boshqa imtiyozlar, preferensiyalarni qo‘llamaslik, ular faoliyatini cheklash sabablarini sinchkovlik bilan o‘rganishlari lozim.
3. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi matnlarda — Qonun) 13-moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi bo‘yicha va qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga haqli emas.
Sudlarga tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik ustidan berilgan shikoyat ma’muriy sudlarga taalluqlidir.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini buzganlik sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud aybdor mansabdor shaxsning harakati (harakatsizligi)ga huquqiy baho berishi lozim.
4. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 67-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishning qonuniyligini isbotlash majburiyati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 31-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 23-moddasi mazmunidan kelib chiqib sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lmagan fuqaro ishtirokidagi nizolar, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga taalluqli. Qonun bo‘yicha bunday nizolarni hal etish ma’muriy sudlar vakolatiga o‘tkazilgan hollar bundan mustasno.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati da’vo taqdim etilgunga qadar tugatilgan va tegishli talablar uning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, shuningdek uning maqomi da’vo taqdim etilgandan so‘ng yo‘qotilgan taqdirda ham, ular ishtirokidagi nizolar iqtisodiy sudga taalluqlidir.
Tadbirkorlik faoliyatining to‘xtatilishi iqtisodiy sudda ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish uchun asos bo‘lmaydi.
Agar fuqaro qonunda belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan bo‘lib, ammo nizo uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan emas, balki uy-joy, oila-nikoh va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan bo‘lsa, bunday nizo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rib chiqiladi. Qonun bo‘yicha bunday nizolarni hal etish ma’muriy sudlar vakolatiga o‘tkazilgan hollar bundan mustasno.
7. Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni o‘tkazish tartibi qonun hujjatlari bilan qat’iy belgilangan. Xususan, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida boshqa masalalar bilan bir qatorda tekshirishlarni o‘tkazish asoslari, davriyligi va muddatlari tartibga solingan.
Tekshirish qonunda belgilangan asoslar mavjud bo‘lmasdan o‘tkazilgan holda, u noqonuniy hisoblanadi va FPK 71-moddasining ikkinchi qismi, IPK 66-moddasining ikkinchi qismi va MSIYutK 65-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar dalil sifatida qabul qilinmaydi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmonining 3-bandiga ko‘ra, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo‘yicha bergan murojaatlari asosida o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlardan tashqari tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilingan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-sonli qarorining 2-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalarini, hisob-kitob terminallarini ishlatish, shuningdek o‘rnatilgan tartibda talon va cheklar berish, naqd tushumni inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) masalalari yuzasidan, belgilangan tartibga muvofiq, birinchi navbatda savdo komplekslarida, chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish tashkilotlarida doimiy asosda tekshiruvlarni o‘tkazib turish yuklatilgan.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, davlat soliq xizmati organlari bunday tekshirish natijasi bo‘yicha aniqlangan qonun buzilishlar yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
10. Qonun 39-moddasining o‘n birinchi qismiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari so‘roviga ko‘ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyekti tomonidan tekshirishda birlashma vakilining ishtirok etishi istagi bildirilgan taqdirda, unga birlashma vakilini taklif etish uchun imkoniyat berilishi shart. Sudlarga tushuntirilsinki, bunday imkoniyatning berilmaganligi tekshirishni noqonuniy deb topish uchun asos bo‘lmaydi. Shu bilan birga, sudlar bunday holatga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarning harakatlariga tegishli huquqiy baho berishlari zarur.
11. Sudlar inobatga olishlari lozimki, Qonunning 11-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi.
12. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq nizolarni hal etishda, agar qonunda moliyaviy sanksiya miqdori belgilanmagan bo‘lsa, sudlar sanksiyaning miqdorini javobgarning mulkiy ahvoli, aybini og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olgan holda belgilashlari lozim.
13. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 9-bandiga va 10-moddasi birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. Ushbu qoida mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinganda ham tatbiq etiladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, bunday toifadagi ishlar bo‘yicha arizalar berilganda arizachidan davlat bojidan ozod qilish haqidagi iltimosnoma yoki moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab qilinmaydi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda 1948-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 3-bandiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, shuningdek jamg‘arma, muddatli, ssuda va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish huquqiga egalar.
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, bankning hisobvaraqni boshqa bankda yoki bank filiallarida ochish haqidagi taklifi ham bankning hisobvaraqni ochishdan bosh tortishi deb baholanishi lozim.
15. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, tadbirkorlik subyektlariga qonuniy faoliyatni amalga oshirishda, jumladan, soliq, moliya va statistika organlariga hisobotlar topshirishda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga oid qonuniy imtiyozlar, preferensiyalar qo‘llashda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (energiya, gaz, suv, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va boshqa)ga ulanishga ruxsat olinishida, pul mablag‘lari yoki moddiy boyliklardan erkin foydalanishida davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy aralashuvlar, cheklovlar, sansalorliklar va boshqa shu kabi to‘sqinliklarga yo‘l qo‘yilganligi holatlari aniqlansa, sud ularga nisbatan tegishli choralar qo‘llash haqida xususiy ajrim chiqarishi yoki shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishi lozim.
16. Sudlarning e’tibori tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda o‘rganib va umumlashtirib, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari, mazkur sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar berib borishlari lozimligiga qaratilsin. | 138 | 10,578 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq iste’mol tovarlari ko‘rgazmalari va yarmarkalarini o‘tkazish sohasida “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi faoliyatini faollashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 29-dekabrdagi 270-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tomonidan xalq iste’mol tovarlari ko‘rgazmalari va yarmarkalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yarmarka savdosi respublika markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1999-yil 4-martdagi 97-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zko‘rgazmasavdo” doimiy ishlovchi respublika yarmarka savdosi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 5-sentabrdagi 340-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 56-modda) va qarorga ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga ilovaning 21-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 24-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-9-son, 48-modda). | 103 | 1,920 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2001-yildagi ijrosi yakunlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2001-yildagi ijrosi yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2001-yildagi ijrosi yakunlari to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
2. Davlat budjetining taqchilligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagan ko‘rsatkichlardan oshmaganligi qayd etib o‘tilsin.
3. 2001-yilda Davlat budjetining xarajatlari institutsional o‘zgarishlarni moliyalashtirish, ijtimoiy va insonparvarlik dasturlarini amalga oshirish, tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni yangilash hamda texnika bilan qayta jihozlash, mamlakat xavfsizligini mustahkamlash uchun yo‘naltirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. | 85 | 740 |
Qonunchilik | DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMG‘ARMASI TOMONIDAN AJRATILGAN MABLAG‘LARNI QAYTARISh UChUN PAXTA TOLASINI SOTIShDAN TUShAYOTGAN MABLAG‘LARNI AKKUMULATSIYA QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMGA | Jahon bozorida paxta tolasi narxining pasayishi munosabati bilan “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2002-yil 25-maydagi 66-sonli va 218-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizomga (2002-yil 12-iyun, ro‘yxat raqami 1149 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 11-12-son, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 93-modda, 2004-y., 45-46-son, 483-modda, 2005-y., 27-son, 193-modda, 34-36-son, 273-modda) o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga* muvofiq kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. | 249 | 986 |
Qonunchilik | Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi va “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 11-dekabrdagi 697-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2748, 2015-yil 30-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 52-son, 656-modda) bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oliy ma’lumotli, muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassisligi bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan umumiy mehnat stajiga, shu jumladan so‘ralgan sohada mutaxassisligi bo‘yicha 1 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda laboratoriya mutaxassislari uchun oliy ma’lumot talab etilmaydi.”.
2. 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “oliy ma’lumot” degan so‘zlar “o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma’lumot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 183 | 1,288 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘rtinchi yalpi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘rtinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti loyihasi to‘g‘risida.
2. “Uy-joy-kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
3. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 110, 111, 133 va 135-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.
4. “Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
5. “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.
6. “Tadbirkorlik subyektlariga soliq solish va ularning hisobot berish tizimi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
7. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
8. “Ba’zi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
9. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.
10. “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
11. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
12. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n uch yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
15. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida.
17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida.
18. O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida.
19. O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash to‘g‘risida.
20. O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida.
21. O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash to‘g‘risida.
22. O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida.
23. O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida.
24. O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash to‘g‘risida.
25. O‘zbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash to‘g‘risida.
26. O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida. | 97 | 3,982 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI | Ushbu Kodeks soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga (bundan buyon matnda budjet deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lash bilan bog‘liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ushbu Kodeks bilan belgilanadi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi.
Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ushbu Kodeks qoidalari qo‘llaniladi.
Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjat quyidagi hollarda ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi, agar hujjat:
1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo‘lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo‘lsa yoki normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo‘lsa;
2) soliq munosabatlari subyektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa, soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarining mazmunini, ular harakatlarining asoslari, shartlari, ketma-ketligi yoki tartibini o‘zgartirsa;
3) ushbu Kodeks bilan taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo‘l qo‘ysa;
4) ushbu Kodeksda belgilangan tushunchalar mazmunini o‘zgartirgan yoki bu tushunchalar ushbu Kodeksda qo‘llanilganidan boshqacha ma’noda qo‘llanilgan bo‘lsa.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.
Ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari mazkur hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, bu hujjat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni bekor qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini kamaytirish, soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi mumkin, agar bu soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Yangi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar belgilanishini, imtiyozlar to‘liq yoki qisman bekor qilinishini, soliq solinadigan baza oshirilishini nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ular rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida uch oy o‘tgach, amalga kiritiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari o‘zgartirilishini nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, agar ularda kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular rasmiy e’lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida ko‘rsatilmagan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, agar bu hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalari ushbu Kodeksda belgilangan prinsiplarga zid bo‘lishi mumkin emas.
Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi shart.
Hech kimning zimmasiga ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoki uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar aniq bo‘lishi kerak. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari har bir soliq to‘lovchi qaysi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda to‘lashi kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan bo‘lishi kerak.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilashda, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari aniqlangan bo‘lishi kerak.
Soliq solish umumiydir.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas.
Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan yagonadir.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag‘larning erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart. Barchaning e’tibori uchun rasmiy e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanksiyani qo‘llashga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin qilinadi.
Soliqlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to‘lovlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalaridir.
Soliq agentlari ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir.
Soliq to‘lovchining vakillari qonunga yoki ta’sis hujjatiga muvofiq soliq to‘lovchining vakili bo‘lishga vakolatli shaxslardir.
Ushbu Kodeksda “soliq to‘lovchi” tushunchasining qo‘llanilishi uning “soliq agenti”, “soliq to‘lovchining vakili” ma’nosida ham ishlatilishini nazarda tutadi.
Vakolatli organlar quyidagilardir:
1) davlat soliq xizmati organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari;
2) bojxona organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari;
3) moliya organlari — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining moliya bo‘limlari;
4) boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari.
Soliq to‘lovchilar va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subyektlaridir.
Yuridik shaxs deb quyidagilar e’tirof etiladi:
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot;
chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti;
O‘zbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e’tirof etiladi.
Notijorat tashkilotlari deganda foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar tushuniladi.
Notijorat tashkilotlariga budjet tashkilotlari, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar kiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb quyidagilar e’tirof etiladi:
O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O‘zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs.
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning quyidagilar sifatida turgan davri uning O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda turgan vaqtiga kiritilmaydi:
1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega bo‘lgan shaxs sifatida;
2) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko‘ra tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida;
3) ushbu qismning 1-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning oila a’zosi sifatida, bunday jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda;
4) faqat bir chet davlatdan boshqa chet davlatga O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘tish (tranzit o‘tish) uchun;
5) agar bu jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasida faqat turist sifatida, davolanish yoki dam olish maqsadlari bilan turgan bo‘lsa.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan mezonlarga javob bermaydigan shaxs O‘zbekiston Respublikasining norezidenti deb e’tirof etiladi.
Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deganda norezident O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan faoliyatni vakolatli shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday joy e’tirof etiladi. Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deganda O‘zbekiston Respublikasi hududida har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida bir yuz sakson uch kalendar kunidan ortiq davom etadigan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi ham e’tirof etiladi.
“Doimiy muassasa” tushunchasi faqat soliq sohasidagi maqomni aniqlash uchun qo‘llaniladi va tashkiliy-huquqiy ahamiyatga ega emas.
“Doimiy muassasa” tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) tovarlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, butlash, qadoqlash, o‘rash-joylash, realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni;
2) har qanday boshqaruv joyi, vakolatxona, filial, bo‘lim, byuro, idora, ofis, xona, agentlik, fabrika, ustaxona, sex, laboratoriya, do‘kon, omborni;
3) tabiiy resurslarni qazib olish bilan bog‘liq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni: shaxta, kon, neft va (yoki) gaz qudug‘ini, karyerni;
4) quvur, gaz quvuri, tabiiy resurslarni qidirish va (yoki) ishlatish, asbob-uskunalarni o‘rnatish, montaj qilish, yig‘ish, sozlash, ishga tushirish va (yoki) ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat (shu jumladan nazorat yoki kuzatuv faoliyati) amalga oshiriladigan har qanday joyni;
5) o‘yin avtomatlari (shu jumladan pristavkalar), kompyuter tarmoqlari va aloqa kanallari, attraksionlar, transport yoki boshqa infratuzilmadan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni;
6) qurilish maydonini (qurilish, montaj qilish yoki yig‘ish obyektini), shuningdek ushbu obyektlarda ishlarning bajarilishini kuzatib borish bilan bog‘liq xizmatlarni. Har bir qurilish maydoni ishlar boshlangan kundan e’tiboran alohida doimiy muassasani tashkil etuvchi sifatida qaraladi. Agar yordamchi pudratchilar O‘zbekiston Respublikasining boshqa norezidentlari bo‘lsa, ularning faoliyati ham shu qurilish maydonida ishlar boshlangan kundan e’tiboran yordamchi pudratchilarning alohida doimiy muassasasi sifatida qaraladi;
7) O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bilan shartnoma munosabatlari asosida O‘zbekiston Respublikasida uning manfaatlarini ifoda etuvchi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining ushbu norezidenti nomidan faoliyat ko‘rsatuvchi, O‘zbekiston Respublikasining shu norezidenti nomidan kontraktlar tuzish vakolatiga ega bo‘lgan va undan muntazam foydalanuvchi shaxs orqali faoliyatni amalga oshirishni;
8) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli bo‘lgan, u tomonidan ijaraga olinayotgan yoki boshqacha tarzda foydalanilayotgan omborlardan (shu jumladan bojxona omborlaridan) tovarlarni realizatsiya qilishni;
9) boshqa ishlarni amalga oshirishni, o‘zga xizmatlar ko‘rsatishni, boshqa faoliyatni olib borishni, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan faoliyat bundan mustasno.
Yo‘llar qurilishi yoki foydali qazilmalarni qidirish kabi muayyan hollarda, ya’ni faoliyat olib boriladigan joy muntazam o‘zgarib turadigan hollarda, doimiy joyni belgilashning boshqa mezonlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda butun loyiha uning ko‘chma xususiyatidan qat’i nazar, doimiy muassasa sifatida qaraladi.
“Doimiy muassasa” tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga olmaydi:
1) tayyorgarlik va yordamchi xususiyatga ega bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishni, ular jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli tovarlarni realizatsiya qilish boshlanguniga qadar binolardan faqat mazkur tovarlarni saqlash, namoyish etish va (yoki) yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli tovarlar zaxiralarini tovarlar realizatsiya qilinguniga qadar mazkur zaxiralarni faqat saqlash, namoyish etish va (yoki) yetkazib berish maqsadida saqlab turish;
doimiy faoliyat joyini faqat O‘zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan tovarlarni xarid qilish maqsadlari uchun saqlab turish;
doimiy faoliyat joyini faqat axborot to‘plash, ularga ishlov berish va (yoki) tarqatish (sotish huquqisiz), O‘zbekiston Respublikasi norezidentining tovarlari (ishlari, xizmatlari) marketingini olib borish, ularni reklama qilish yoki ularning bozorini o‘rganish uchun, agar bunday faoliyat norezidentning asosiy faoliyati bo‘lmasa, saqlab turish;
doimiy faoliyat joyini faqat ushbu bandda sanab o‘tilgan faoliyat turlarining har qanday kombinatsiyasini amalga oshirish uchun, bunday kombinatsiya natijasida vujudga kelgan faoliyat majmui tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega bo‘lishi sharti bilan saqlab turish;
2) mustaqil vositachi: broker, vositachi, ishonchli vakil, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi yoki vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki shunga o‘xshash boshqa shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatuvchi va O‘zbekiston Respublikasining norezidenti nomidan kontraktlarga imzo qo‘yish vakolati berilmagan har qanday boshqa shaxs orqali faoliyatni amalga oshirishni. Mustaqil vositachi deganda o‘zining odatiy (asosiy) faoliyati doirasida ish olib boradigan hamda O‘zbekiston Respublikasining norezidentidan yuridik va iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan shaxs tushuniladi;
3) tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish operatsiyalarini, shu jumladan faqat O‘zbekiston Respublikasining norezidenti nomidan tuziladigan va O‘zbekiston Respublikasida tovarlarni xarid qilish, shuningdek tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga eksport qilish bo‘yicha operatsiyalar bilan bog‘liq tashqi savdo kontraktlari doirasida operatsiyalarni amalga oshirishni;
4) O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan qimmatli qog‘ozlarga, yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa mol-mulkka egalik qilishni. Agar O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bunday yuridik shaxs zimmasiga vakillik vazifalarini ham yuklasa, ushbu qismning 1-bandiga muvofiq tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega bo‘lgan vazifalar bundan mustasno, bunday yuridik shaxs mustaqil soliq to‘lovchi bo‘lishi bilan birga bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi sifatida ham qaraladi;
5) ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan doimiy muassasaning belgilari mavjud bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasining rezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining boshqa norezidentiga xodimlar ajratishni, agar bunday xodimlar faqat ular o‘zlari yuborilgan tashkilot nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘rsalar.
Ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish boshlangan kunni qat’iy belgilash mumkin bo‘lsa, doimiy muassasa shu kunda tashkil etilgan deb hisoblanadi. Agar bunday kunni qat’iy belgilash mumkin bo‘lmasa, quyida keltirilayotgan kunlardan biri doimiy muassasa tashkil etilgan kun deb hisoblanadi:
ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish boshlanadigan, kontraktda ko‘rsatilgan kun;
agar litsenziya muayyan kontrakt bo‘yicha biron bir ishni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish maqsadida olingan bo‘lsa, litsenziyaning amal qilishi boshlanadigan kun.
Ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan harakatlardan eng oldingisi sodir etilganda, doimiy muassasa tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Qurilish maydoni (qurilish, montaj qilish yoki yig‘ish obyekti) pudratchiga maydonni topshirish to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangan paytdan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasini tashkil etadi.
Doimiy muassasa shu muassasa orqali olib borilayotgan faoliyat tugatilgan paytdan e’tiboran tugatilgan hisoblanadi. Agar mazkur paytni qat’iy aniqlab bo‘lmasa, quyida keltirilayotgan kunlarning eng keyingisi doimiy muassasaning faoliyati tugatilgan kun deb hisoblanadi:
bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomasi imzolangan kun;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash uchun oxirgi hisobvaraq berilgan kun;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining yakuniy hisob-kitobi O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga amalda taqdim etilgan kun.
Moliyaviy ijara mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) egalik qilish va foydalanishga o‘n ikki oydan ortiq muddatga shartnoma bo‘yicha topshirishda vujudga keladigan ijara munosabatlaridir. Bunda moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijara oluvchining mulkiga o‘tsa;
moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‘lsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 foizidan kam bo‘lsa;
moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijaraga oluvchi moliyaviy ijara obyektini shu huquqni amalga oshirish sanasidagi bozor qiymatidan past narx bo‘yicha sotib olish huquqiga ega bo‘lsa;
moliyaviy ijara shartnomasining amal qilishi davrida ijara to‘lovlarining joriy diskontlangan qiymati moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan oshib ketsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan boshqa tushunchalar:
asosiy ish joyi — ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart bo‘lgan ish joyi;
asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati;
birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot — birgalikdagi faoliyat natijasi bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
budjetdan ajratiladigan subsidiya — davlat tomonidan muayyan maqsadlar uchun budjet hisobidan beriladigan pul mablag‘lari; soliq to‘lovchiga muayyan maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar;
grant — davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk;
dividendlar — aksiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad; yuridik shaxs tomonidan uning muassislari o‘rtasida (ishtirokchilari, a’zolari o‘rtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari bo‘yicha) taqsimlanadigan sof foydaning va (yoki) o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi; yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, a’zo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, a’zo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi, taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirilgan taqdirda, yuridik shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, a’zosining) qo‘shimcha aksiyalar qiymati, ulush (pay, hissa) qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari;
ijara (lizing) to‘lovi — ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to‘laydigan summa;
ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi — buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to‘lovi summasi bilan ijara (lizing) obyektining qiymatini qoplash summasi o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi ijara (lizing) to‘lovining bir qismi;
insonparvarlik yordami — aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq maqsadli beg‘araz ko‘maklashish. Insonparvarlik yordami dori vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq iste’moli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli tashkilotlar orqali taqsimlanadi;
ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish — ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish;
kredit tashkilotlari — tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari;
kurs bo‘yicha farq — milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining o‘zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq;
mikrofirmalar va kichik korxonalar — belgilangan mezonga xodimlarining soni bo‘yicha mos keladigan yuridik shaxslar;
mol-mulk — egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish obyektlari bo‘la oladigan moddiy obyektlar, shu jumladan pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar (paylar, hissalar) hamda nomoddiy obyektlar;
oila a’zolari — er (xotin), ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar va bolalar, shu jumladan farzandlikka olinganlar;
operativ ijara — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘lmagan mulkiy ijara (ijaraga berish) shartnomasi asosida mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berish;
realizatsiya qilish — sotish, ayirboshlash, beg‘araz berish maqsadida tovarlarni jo‘natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek garovga qo‘yilgan tovarlarga bo‘lgan mulk huquqini garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish. Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo‘natilganligini (topshirilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlardir;
royalti — quyidagilar uchun har qanday turdagi to‘lovlar:
fan, adabiyot va san’at asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, audiovizual asarlardan hamda turdosh huquqlar obyektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik uchun;
sanoat mulki obyektiga, tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), savdo markasiga, dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy formula yoki jarayonga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi patentdan (guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborotdan (nou-xaudan) foydalanganlik uchun;
savdo faoliyati — qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir faoliyat;
soliq monitoringi — soliq nazoratining insofli soliq to‘lovchilariga soliq solishning joriy masalalarini hal qilishda har tomonlama ko‘maklashgan holda, davlat soliq xizmati organlari va insofli soliq to‘lovchilar o‘rtasida kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi shakli;
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi — soliq solishning ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi;
soliq qarzi — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi, shu jumladan ushbu Kodeksda belgilangan muddatida to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar;
sof tushum — tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i summalarini kiritmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum;
sof foyda — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda;
tannarx — mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi. Tannarx buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi;
tovar oboroti — muayyan davr ichida savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida tovarlarni sotishdan olingan (olinishi lozim bo‘lgan), pulda ifodalangan mablag‘lar;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum — realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan (olinishi lozim bo‘lgan) mablag‘lar summasi, shu jumladan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘lash yoki qarzni uzish hisobiga tushadigan mol-mulk qiymati;
tovarlarni eksport qilish — O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish;
to‘lov manbai — soliq to‘lovchiga to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
umidsiz qarz — sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud da’vo qilish muddati o‘tishi oqibatida uzish mumkin bo‘lmagan qarz;
favqulodda holatlar — taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chkilar, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini ko‘zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar bo‘lib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila olmaydi;
foizlar — har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek depozit qo‘yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad;
yutuq — lotereyalar, o‘yinlar, tanlovlar, musobaqalar (olimpiadalar), festivallar va shu kabi boshqa tadbirlarda olingan, natura holida yoki pulda ifodalangan to‘lovlar, sovrinlar va boshqa daromadlar;
yaqin qarindoshlar — er, xotin, ota-ona, bolalar, tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillar, bobolar, buvilar, nevaralar;
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestri — soliq to‘lovchilarga oid davlat ma’lumotlar bazasi tizimi;
qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallar — buyurtmachiga tegishli xomashyo va materiallar bo‘lib, buyurtmachi ularni mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa shaxsga sanoat asosida qayta ishlashga beradi hamda tuzilgan shartnomaga muvofiq mahsulot keyinchalik buyurtmachiga qaytariladi;
hujjat bilan tasdiqlangan xarajatlar — operatsiya sanasini, summasini, xususiyatini aniqlash va uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar.
Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni ta’minlaydigan axborot resursidir.
Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar soliq to‘lovchining soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali uning yozma arizasi, shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shakldagi arizasi asosida amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq to‘lovchi va davlat soliq xizmati organi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga elektron hujjat yuborilganda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti amal qilishi to‘xtatib turilganligi to‘g‘risida yoki elektron raqamli imzo kaliti sertifikati bekor qilinganligi haqida ma’lumot olingan bo‘lsa, ushbu hujjat soliq to‘lovchiga mazkur ma’lumotlar olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida qog‘ozda jo‘natiladi.
Yirik soliq to‘lovchilar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda, soliq ma’muriyatchiligiga mansub bo‘ladigan ayrim toifadagi yuridik shaxslardir. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mezonlar soliq to‘lovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki o‘zgartirish huquqini bermaydi.
Yirik soliq to‘lovchilar jumlasiga kiritilgan yuridik shaxslar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida bu haqda hisobga qo‘yilgan joy bo‘yicha yozma ravishda, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
Boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar:
yagona ijtimoiy to‘lov;
avtotransport yig‘imlari.
2) davlat boji;
3) bojxona to‘lovlari;
4) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar umumbelgilangan soliqlardir.
Ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llanilishi mumkin:
yagona soliq to‘lovi;
yagona yer solig‘i;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.
Ushbu modda ikkinchi qismining 1 — 3-bandlarida, uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida, beshinchi qismining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlardir. Ushbu modda ikkinchi qismining 7 va 8-bandlarida, uchinchi qismining 4-bandida, beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga kiradi.
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg‘armalar tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to‘lovlar belgilanadi.
Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliq to‘lovchilar, shuningdek ushbu soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur elementlar belgilab qo‘yilgan taqdirdagina belgilangan deb hisoblanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari quyidagilardir:
soliq solish obyekti;
soliq solinadigan baza;
stavka;
hisoblab chiqarish tartibi;
soliq davri;
soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
to‘lash tartibi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov belgilanayotganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliq imtiyozlari, shuningdek ularning soliq to‘lovchi tomonidan qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.
Soliq to‘lovchilar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari har bir soliq yoki boshqa majburiy to‘lovga tatbiqan belgilanadi.
Soliq solish obyekti soliq to‘lovchida soliq yoki boshqa majburiy to‘lov hisoblab chiqarilishi va (yoki) to‘lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat, harakat natijasidir.
Soliq solinadigan baza soliq solish obyektining soliq yoki boshqa majburiy to‘lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko‘rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi.
Stavka soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish tartibi soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo‘lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va boshqa majburiy to‘lov summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq va boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organi yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim turdagi soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarishda ularning to‘lanishi lozim bo‘lgan eng kam miqdori belgilanadi.
Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi hisoblab chiqariladigan davrdir.
Soliq davri bir necha hisobot davriga bo‘linishi mumkin bo‘lib, ularning yakunlari bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘lanishi lozim bo‘lgan summalarini to‘lash majburiyati yuzaga keladi.
Joriy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyat yuzaga kelgan davr hisobot davri bo‘lmaydi.
Ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy to‘lov to‘lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar deb e’tirof etiladi.
Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Soliq to‘lovchi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan e’tiboran ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqli.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar bo‘shagan mablag‘larni muayyan maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan taqdirda, belgilanmagan maqsadda foydalanilgan summa o‘rnatilgan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirib olinadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar munosabati bilan bo‘shagan hamda ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati ichida foydalanilmagan mablag‘larning summasi imtiyozlar berilayotgan chog‘da belgilangan maqsadlarga mazkur imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan keyin bir yil mobaynida yo‘naltirilishi mumkin. Bunda ko‘rsatilgan muddatda foydalanilmagan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi, bundan yagona ijtimoiy to‘lov mustasno.
Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega:
davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar haqida axborot olish;
o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq xizmati organlari hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud ma’lumotlarni olish;
soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o‘z manfaatlarini shaxsan yoki o‘z vakili orqali ifoda etish;
ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilab qo‘yilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish;
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penya va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish;
ushbu Kodeksda hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash;
soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;
soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish;
soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular mansabdor shaxslarining ushbu Kodeksga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik;
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish.
Soliq to‘lovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to‘lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
Soliq to‘lovchi vakillarining mazkur soliq to‘lovchining soliq munosabatlaridagi ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) soliq to‘lovchining harakati (harakatsizligi) deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchilar:
o‘z soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi;
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi;
davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etishi;
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi shart.
Soliq agentlari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan mablag‘lardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazishi;
soliq to‘lovchilarga to‘langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari ushbu Kodeks hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Soliq to‘lovchining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyati soliq majburiyati deb e’tirof etiladi.
Soliq majburiyatini bajarish uchun soliq to‘lovchi:
ushbu Kodeksda belgilangan hollarda davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi;
soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini yuritishi;
moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda to‘lashi shart.
Soliq majburiyatini bajarish bevosita soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Kodeksga va boshqa qonunlarga muvofiq soliq majburiyatini bajarish boshqa shaxsga yuklatiladigan hollar bundan mustasno.
Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliq majburiyati mazkur alohida bo‘linmalar tomonidan, agar ularga alohida mol-mulk ajratilgan bo‘lsa va ular mustaqil balansga ega bo‘lsa, mustaqil ravishda bajariladi.
Mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilganda boshqaruv muassisi bo‘lgan soliq to‘lovchining soliq majburiyati, agar bu majburiyat unga boshqaruv muassisi tomonidan yuklatilgan bo‘lsa, ishonchli boshqaruvchi tomonidan bajarilishi mumkin.
Soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq to‘lovchiga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda uning bajarilishini ta’minlash choralari qo‘llaniladi.
Soliq majburiyati ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda soliq to‘lovchi tomonidan bajarilishi kerak.
Soliq to‘lovchi soliq majburiyatini muddatidan ilgari bajarishga haqli.
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, yil choragi, oy, o‘n kunlik va kun) o‘tishi bilan belgilanadi.
Muddatning o‘tishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati bu majburiyatni bajarish muddatining so‘nggi kuni soat yigirma to‘rtga qadar bajarilishi kerak.
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
uning vafot etishi bilan;
uni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi bilan.
Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
u tugatilganidan keyin;
u qo‘shib olish (qo‘shib olingan yuridik shaxsga nisbatan), qo‘shib yuborish, bo‘lish va o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilganidan keyin.
Davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Soliq to‘lovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli.
Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatining o‘tishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq to‘xtatib turiladi, uziladi va tiklanadi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha soliq solish obyekti hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadi.
Soliq to‘lovchilarning daromadlari hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun ular bo‘yicha tegishli chegirmalar to‘lov to‘langan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, ular taalluqli bo‘lgan hisobot davrida aks ettiriladi (hisoblab yozish usuli).
Mol-mulkni hisobga olish buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risida, shuningdek shunga o‘xshash boshqa soliq to‘lovchilar to‘g‘risida o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkin.
Agar o‘zaro aloqador yuridik shaxslar o‘z tijorat va moliyaviy munosabatlarida o‘zaro aloqador bo‘lmagan yuridik shaxslar o‘rtasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan narxlardan farq qiladigan narxlarni qo‘llasa, soliq solinadigan baza tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish narxlari asosida hisoblab chiqariladigan soliq solish obyektini aniqlashda davlat soliq xizmati organlari o‘zaro aloqador bo‘lmagan yuridik shaxslar o‘rtasida qo‘llaniladigan narxlardan foydalanadi.
O‘zaro aloqador yuridik shaxslar quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar va ularning chet davlatlar yuridik shaxslari bo‘lgan muassislari (ishtirokchilari, a’zolari);
chet davlatlarning yuridik shaxslari va ularning O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar bo‘lgan muassislari (ishtirokchilari, a’zolari);
muassislari (ishtirokchilari, a’zolari) ayni bir yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar va chet davlatlarning yuridik shaxslari.
Hisob hujjatlari soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir.
Hisob hujjatlari qog‘ozda va (yoki) elektron shaklda tuziladi hamda ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi.
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning hisob hujjatlarini saqlash majburiyatlari uning huquqiy vorisi zimmasiga yuklatiladi.
Yuridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriladi.
Ushbu Kodeksda soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida yuritiladi.
Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo‘ljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida o‘zgartirilishi mumkin emas.
Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo‘yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish usuli qo‘llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo‘lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan hujjati bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi.
Soliq hisoboti qog‘ozda va (yoki) elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat tarzida tuziladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan yuridik shaxs bo‘lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxs — soliq to‘lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to‘lovchiga soliq davri boshlanganidan e’tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo‘lgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Ushbu qismning qoidalari o‘zgartirish, shuningdek boshqa yuridik shaxsni qo‘shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi.
Soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik soliq to‘lovchining zimmasiga yuklatiladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Ayrim turdagi soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti ham ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joy bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladi.
Yirik soliq to‘lovchilar, joylashgan eridan qat’i nazar, soliq hisobotini Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi.
Jismoniy shaxslar soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etadilar.
Soliq to‘lovchilar, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘z xohishlariga ko‘ra quyidagicha taqdim etishga haqli:
shaxsan olib borib berish tartibida;
pochta orqali buyurtma xat bilan;
telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida.
Tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotini telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi.
Soliq hisobotini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish sanasi quyidagilardir:
soliq hisoboti shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etilganda — soliq hisoboti davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana;
soliq hisoboti pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etilganda — aloqa tashkilotining tamg‘asida ko‘rsatilgan, pochta jo‘natmasi jo‘natilgan sana;
soliq hisoboti elektron hujjat tarzida taqdim etilganda — elektron hujjat davlat soliq xizmati organi tomonidan olingan sana.
Davlat soliq xizmati organi shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilib olishni rad etishga haqli emas hamda soliq to‘lovchining talabiga binoan soliq hisobotining nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yishi shart.
Soliq hisoboti telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuborishi shart.
Soliq hisoboti dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi.
Soliq hisoboti quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim etilmagan deb hisoblanadi, agar unda:
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa;
soliq davri va (yoki) soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
ushbu Kodeksning 43 va 44-moddalarida soliq hisobotini tuzishga doir belgilangan talablar buzilgan bo‘lsa.
Belgilanmagan shakldagi soliq hisoboti taqdim etilganda davlat soliq xizmati organi hisobot olingan kundan e’tiboran uch kun ichida bu haqda soliq to‘lovchiga yozma bildirish yuboradi va aniq fikr-mulohazalarni ko‘rsatgan holda uni maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
Kamchiliklari tuzatilgan soliq hisoboti uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaguniga qadar taqdim etilgan taqdirda, soliq to‘lovchiga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.
Davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti taqdim etilgan davrga taalluqli xatolarni o‘zi mustaqil ravishda aniqlagan soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati ichida o‘sha davr yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqiga ega. Mazkur norma davlat soliq xizmati organlari tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) doirasida tekshirish o‘tkazilgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasining kamayishini nazarda tutuvchi aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etiladigan hollarda qo‘llanilmaydi.
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasidan ortiq bo‘lsa, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatlariga penya hisoblangan holda mazkur tafovut qo‘shiladi.
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasidan kam bo‘lsa, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan e’tiboran shaxsiy varaqada soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi tafovut miqdoriga kamaytirilganligi aks ettiriladi. Soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penyalarning ortiqcha to‘langan summasi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi yoki qaytariladi.
Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to‘lovchida ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida saqlanadi.
Soliq to‘lovchining muayyan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan holatlar bo‘lgan taqdirda, mavjud soliq qarzini uzish majburiyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati deb hisoblanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarlicha pul mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash uchun bankka to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan paytdan e’tiboran, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov naqd pul mablag‘lari bilan to‘langanda esa pul summasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning depozit hisobvaraqlariga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatlarining ko‘chirma nusxalari soliq to‘lovchi tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan taqdirda ham bajarilgan deb hisoblanadi.
Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasini o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasi soliq to‘lovchi tomonidan chaqirib olingan yoki bank tomonidan soliq to‘lovchiga qaytarilgan taqdirda, shuningdek agar soliq to‘lovchi bankka to‘lov topshiriqnomasini taqdim etgan paytda bu soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga qo‘yilgan, qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajarilishi lozim bo‘lgan, bajarilmagan talablar mavjud bo‘lsa hamda soliq to‘lovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda yetarlicha pul mablag‘lariga ega bo‘lmasa, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov to‘langan deb hisoblanmaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati ushbu Kodeksning 10-bobida belgilangan tartibda hisobga olish orqali ham bajarilishi mumkin.
Soliq agentining ushlab qolingan summalarni budjetga yoki davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazishga doir majburiyati ushbu moddaning ikkinchi va to‘rtinchi qismlariga muvofiq bajarilgan deb hisoblanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash milliy valyutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi.
Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda to‘lanadi. Ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq to‘lovchiga soliq va (yoki) boshqa majburiy to‘lovni, shuningdek penyani to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishi mumkin.
Soliq majburiyati | 42 | 63,314 |
Qonunchilik | Mahallalar undirilgan kommunal qarzlarning 2 dan 10 foizigacha oladi | Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 1032-4, 2017 yil 4 may) bilan Aholi tomonidan kommunal хizmatlar haqi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini ta’minlagani uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Bugun kommunal хizmatlar ta’minotchilari prognoz tushum 100% bajarilgan taqdirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maхsus hisobvaraqlariga har oyda tushgan mablagʻlarning 10%ini oʻtkazib, ularni mablagʻlar yigʻishning toʻliqligini ta’minlash boʻyicha ishga ragʻbatlantirmoqda.
Biroq, tuzatishlar kuchga kirgandan soʻng ularning moliyaviy oʻzaro munosabatlari quyidagi tarzda tuziladi:
Oʻzgartirishlar Qonun hujjatlari toʻplamining 10.05.2017 yildagi 18 (778)-sonida e’lon qilingan paytdan e’tiboran 3 oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 68 | 1,107 |
Qonunchilik | Bojхona kodeksi muhim oʻzgarishlar arafasida | Deputatlar ikkinchi oʻqishda Oʻzbekiston Bojхona kodeksining yangi tahriri loyihasini muhokama qildilar.
1997 yilda qabul qilingan amaldagi Bojхona kodeksi (BK) va “Bojхona tarifi toʻgʻrisida” Qonun zamonaviy vaziyatga muvofiq kelmaydi hamda oʻtish davri hujjatlari tusiga ega. Ularning qoidalarini amalga oshirish uchun 350 qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, amaldagi Kodeksga uning 50 foiz hajmiga daхl qilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. BK tahlil qilinganda uning qoidalari barcha holatlarda ham хalqaro amaliyotga muvofiq kelavermasligi aniqlandi.
BKning yangi tahriri loyihasi konseptual jihatdan amaldagi Kodeksdan farq qiladi. Yangi normalar quyidagilarga qaratilgan:
- qoʻllaniladigan tushunchalarni birхillashtirish, belgilangan normalar va qoidalarni bir хilda talqin qilish va qoʻllashni ta’minlash;
- bojхona siyosati tamoyillarini ishlab chiqish;
- bojхona jarayonining barcha ishtirokchilarining vakolatlariga va ularning oʻzaro munosabatlariga ularni qoʻllashning shaffofligi hamda sub’yektiv tusdagi omillarning ta’sirini istisno qilishni ta’minlash uchun ta’rif berish;
- bojхona tartibotiga yuklarni rasmiylashtirishda muddatlar va sub’yektiv omillarni qisqartiruvchi interaktiv хizmatlarni taqdim qilgan holda AKTni joriy qilish uchun huquqiy asoslarni shakllantirish;
- Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻtkaziladigan bojхona qonunchiligini buzish uchun javobgarlik normalarini chiqarib tashlash;
- bojхona chegarasidan tovarlarni olib oʻtish va ular muayyan bojхona rejimiga joylanishida tartibotlarni tartibga solish.
Mazkur loyiha Bojхona tartibotlarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisidagi хalqaro konvensiya (Kioto konvensiyasi, 1999 y.), Butunjahon pochta konvensiyasi (Jeneva, 2008 y.), Muvaqqat olib kirish toʻgʻrisidagi хalqaro konvensiya (Istambul konvensiyasi, 1990 y.), Butunjahon savdo tashkilotining 1994 yildagi Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitim kabi хalqaro standartlarining bojхona qoidalari bilan uygʻunlantirilgan.
Kodeksning (yangi tahrirda) qabul qilinishi amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini, bir qator normativ-huquqiy hujjatlar kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etilishini talab qiladi.
Yangi tahrirdagi BKning loyihasi:
- 17 bojхona rejimi (amaldagi Kodeksda – 15) tushunchalariga ta’rif beradi. Yangi “Ichki iste’mol uchun qayta ishlash” rejimi kiritilmoqda, bunda хorijiy tovarlar keyinchalik qayta ishlash mahsulotlarini “Erkin muomalaga chiqishi uchun ruхsat berish” bojхona rejimiga joylashtirish bilan bojхona hududida qayta ishlanadi. Ya’ni qayta ishlash mahsulotlari Oʻzbekiston bojхona hududida qoladi. Amaldagi “Vaqtincha olib kirish va olib chiqish” rejimi ikki mustaqil rejimga ajratilgan, bu tovarlarni joylashtirish shartlarini aniq belgilash imkonini beradi;
- bojхona ishi sohasida ruхsat berish tartibotlaridan oʻtish va ruхsat berish tusidagi hujjatlarni berish uchun mansabdor shaхslar tomonidan qarorlar qabul qilish uchun belgilangan muddatlarni qisqartiradi;
- har qanday manfaatdor shaхs tovarni olib kirishdan oldin bojхona organlariga uning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga asosan tasnifi boʻyicha dastlabki qarori yuzasidan soʻrov bilan murojaat qilish meхanizmini tartibga soladi, bu rasmiylashtiruv tartibotlaridan oʻtishni sezilarli ravishda osonlashtiradi;
- tovarlar bojхona hududiga kelib tushishidan oldin ular toʻgʻrisida dastlabki aхborotni taqdim etish meхanizmini beradi, bu chegaradan oʻtishda bojхona rasmiyatchiligini oʻtkazish vaqtini qisqartiradi;
- jismoniy shaхslar tomonidan tovarlarni oʻtkazish tartibini beradi.
Tovarlarni ogʻzaki deklaratsiyalash imkoniyatlari kengaymoqda. “Yashil va qizil yoʻlaklar” tizimi jismoniy shaхslar uchun qonunchilik yoʻli bilan mustahkamlangan.
Bojхona nazoratining 5 ta yangi shakli joriy qilinmoqda (amaldagi Kodeksda ular 7 ta):
tushuntirishlar olish
bojхona tekshiruvi
tovarlarning maхsus markalar bilan markirovkalanganligini tekshirish
bojхona kuzatuvi
tovarlar chiqishiga ruхsat berilganidan keyingi bojхona nazorati.
Bojхona nazorati shaklini tanlashda eng koʻp uchraydigan bojхona qonunchiligi buzilishi holatlarining oldini olishga qaratilgan bojхona toʻlovlaridan bosh tortish bilan bogʻliq хatarlarni boshqarish tizimidan foydalanishning nazarda tutilishi ham yangilik hisoblanadi. Xatarlarni tahlil qilish uslublari tekshirilishi lozim boʻlgan tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va shaхslarni, shuningdek bunday tekshiruvning darajasini aniqlash uchun qoʻllanadi.
Kodeksning yangi tahriri loyihasida bojхona rasmiylashtiruvida taqdim qilinadigan hujjatlar sonini qisqartirish koʻzda tutilgan:
bojхona boji va soliqlar toʻlashdan ozod qilingan tovarlarni eksport qilishda bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish bekor qilindi;
tovarlarni reeksport bojхona rejimiga joylashtirishga ruхsatnoma olish uchun hujjatlar soni 4 dan 1 tagacha, reimport boʻyicha 5 dan 1 tagacha hamda bojхona toʻlovlarini toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashni taqdim qilishda hujjatlar soni 4 dan 2 tagacha qisqartirildi.
Alohida bob tovarlarni quvurlar va elektr uzatish liniyalari boʻyicha olib oʻtishga bagʻishlangan. Bu energetika va yoqilgʻi resurslarini olib oʻtishning umumiy tartibida qayd qilinmaydigan har bir shaхsning oʻziga bogʻliq sabablar bilan yuzaga kelgan, shuningdek bojхona rasmiylashtiruvi tartibotini hozirgi vaqtda amalda boʻlgan tartibga qiyoslaganda soddalashtirish zarurati bilan ham bogʻliq.
Yangi tahrir loyihasida bojхona toʻlovlari bilan bogʻliq masalalarning tartibga solinganligi ham muhim hisoblanadi. Amaliyotning koʻrsatishicha, mazkur sohada eng keskin masalalar yuzaga keladi. Yangi tahrir bilan bojхona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarning yuzaga kelish va tugash paytlari aniq belgilangan, shuningdek tovarning bojхona qiymatini aniqlash va tasdiqlash masalalari ham tartibga solingan. Maхsus bob bojхona toʻlovlarini toʻlash tartibi va muddatlariga bagʻishlangan, ularning toʻlovchilari aniqlangan, ularni toʻlash muddatlari, tartibi va shakli belgilangan. Bojхona toʻlovlarini boʻnak bilan toʻlash imkoniyati sezilarli kengaytirilgan. Bojхona toʻlovlarini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashni taqdim qilish uchun asoslar aniqlashtirildi, ortiqcha undirilgan toʻlovlarni qaytarish tartibot va tartiblari yozib qoʻyildi.
Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan, ta’minlashning shartlari va miqdorlari belgilandi. Uning ikki turi: “bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyatlarni sugʻurtalash” va “kafillik” kiritildi.
Bojхona nazoratini amalga oshirishda ekspertiza va tadqiqot oʻtkazishning huquqiy asoslari mustahkamlandi. Kodeksning yangi tahriri loyihasida unga mustaqil bob bagʻishlangan, unda:
- ekspertiza zarur boʻlgan holatlar, uni tayinlash tartibi, ekspertlarning huquq va majburiyatlari belgilanadi;
- ekspert sifatida tayinlanadigan shaхsga qoʻyiladigan talablar belgilanadi;
- deklarant tashabbusi bilan ekspertiza tayinlanishi mumkin boʻlgan qoida mustahkamlanadi.
Kodeks loyihasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob’yektlariga, tovar belgilariga, хizmat koʻrsatish belgilariga, tovarning kelib chiqish joyi nomidan foydalanish huquqi egasining intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan mutlaq huquqlarini muhofaza qilish bilan bogʻliq yangi tartib kiritilmoqda. Huquq egasining fikricha kontrafakt hisoblangan tovarlarni bojхona chegarasidan olib oʻtishda yoki bojхona nazorati ostida joylashgan tovarlar bilan boshqa harakatlarni sodir qilganda uning huquqlari buzilgan deb hisoblansa, bojхona organlariga ularni ishlab chiqarishni toʻхtatib turish bilan bogʻliq choralarni koʻrish toʻgʻrisida ariza berishga haqli.
Loyiha AKTni qoʻllashga ham qaratilgan boʻlib, unga bojхona ishida aхborot tizimlari va teхnologiyalari masalalari boʻyicha maхsus bob bagʻishlangan. Hujjat aylanishi tizimida bojхona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlar elektron shaklda taqdim etilishi mumkinligi koʻzda tutilmoqda. Elektron tarzda deklaratsiyalash va elektron raqamli imzodan foydalanish bojхona nazorati tartibotini sezilarli ravishda soddalashtiradi hamda jadallashtiradi, boshqa mamlakatlar bojхona хizmatlari bilan aхborot almashishni yaхshilaydi.
Loyihaga byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek rasmiylashtiruvga ketadigan sarf-хarajat va vaqtni qisqartirish imkonini beradigan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha bojхona tartibotlarining yangi meхanizmi qoʻshildi. Ushbu tamoyilning muhim tarkibiy qismi – bojхona ishi sohasida ruхsat berish tusidagi hujjatni berish uchun vakolatli organlarga taqdim qilinadigan hujjatlar sonini eng kam darajaga keltirilganligi.
Bojхona organlarining tezkor-qidiruv faoliyatida ishtirok etishi munosabati bilan, shuningdek tovarlarning хalqaro noqonuniy aylanishi va ularda qatnashuvchi shaхslarni aniqlash uchun yangi tahrir loyihasida “Nazorat ostida yetkazib berish” bobi koʻzda tutilmoqda. Unda belgilanishicha, bojхona organlari har bir alohida holatda boshqa davlatlarning bojхona yoki oʻzga vakolatli organlari bilan kelishgan holda yoхud Oʻzbekistonning хalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida yetkazib berish uslubidan foydalanadi, ya’ni noqonuniy aylanishiga kiritilgan tovarlarni bojхona chegarasidan olib qirish, olib chiqish yoki tranzitiga oʻz nazorati ostida yoʻl qoʻyishadi.
Taklif qilinayotgan shaklda qabul qilingan yangi Kodeks eksport-import operatsiyalari, samarali bojхona nazorati va Oʻzbekiston hududida tovar aylanishini tartibga solish uchun maqbul sharoitlar yaratadi, shuningdek ichki bozorni sifatsiz va kontrafakt mahsulotlardan himoya qiladi.
Elbek ShUKUROV va
Polyante SVEShNIKOV,
OʻzLiDeP fraksiyasi a’zolari.
Bojхona kodeksi loyihasini shu yerdan yuklab olish mumkin. | 44 | 9,742 |
Qonunchilik | Qaysi OTM diplomlari imtihonsiz tan olinadi | Xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilishning yangi tartibi 2019 yil 1 martdan boshlab joriy qilindi. U Prezidentning 16.01.2019 yildagi PQ-4119-son qarori bilan tasdiqlangan.
Xususan, хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan хorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan fuqarolar uchun ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maхsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi. Sharhda yangi tartib haqidagi aхborot bilan batafsil tanishish mumkin.
Quacquarelli Symonds World University Rankings 2019 yil reytingi bilan bu yerda tanishish mumkin. | 43 | 834 |
Qonunchilik | Respublika komissiyasining vakolati kengaytirildi | Maqsad – aholini barcha zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy teхnika va eng zarur tovarlar bilan ta’minlash (27.03.2020 yildagi PQ-4662-son qarorga qarang).
Eslatib oʻtamiz, koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha kuchaytirilgan choralar davrida Sogʻliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan shakllantirilgan roʻyхat boʻyicha olib kiriladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy teхnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan хom ashyo, materiallar va substansiyalarga nisbatan bojхona bojlari undirilmaydi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, DSQ va DBQga narхlar ustidan kunlik monitoring oʻtkazish, ularning narхlarini sun’iy oshirish, sun’iy tanqislik va yuqori talabni vujudga keltirish ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish topshirildi.
Pandemiyaga tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib davrida, istisno tariqasida, Respublika komissiyasiga quyidagi huquq berildi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.03.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 49 | 1,066 |
Qonunchilik | “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish va axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
3. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birga bir oy muddatda axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibini tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha kadrlarni, tashkilotchilarni tayyorlash, ta’lim jarayoniga tegishli fanlar (mashg‘ulotlar)ni joriy etish, pedagoglar va ota-onalarda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish ko‘nikmalarini hosil qilishga doir kompleks dasturni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholining keng qatlamlari, eng avvalo, yoshlar, ota-onalar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va qo‘llanishi to‘g‘risida xabardor qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining direktori zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlash, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish uchun axborot mahsulotini yoshga oid tasniflashda yoshga oid tasniflash mezonlari va axborot mahsuloti ekspertizasini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi ilmiy, ilmiy-texnikaviy, statistik axborotni o‘z ichiga olgan yoki jamiyat uchun tarixiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan axborot mahsulotining aylanishi sohasidagi munosabatlarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, o‘quv jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan o‘quv nashrlari, tarkibida normativ-huquqiy hujjatlar bo‘lgan nashrlar, atrof-muhit holati yoki davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot, uyali aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalardan keladigan sms-xabarlar ham ushbu Nizomning qo‘llanish sohasiga kirmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
axborot mahsuloti — O‘zbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun mo‘ljallangan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot, dasturiy ta’minotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtiriladigan axborot, kompyuter o‘yinlari, shuningdek, tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot;
taqiqlangan axborot mahsuloti — O‘zbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun mo‘ljallanmagan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot, dasturiy ta’minotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtiriladigan axborot, kompyuter o‘yinlari, shuningdek, tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot;
axborot mahsulotining aylanishi — axborot mahsulotini taqdim etish va (yoki) tarqatish, shu jumladan uni sotish (shu jumladan obuna bo‘yicha tarqatish), ijaraga, prokatga berish, axborot-kutubxona muassasalari fondlaridan tarqatish, berish, ommaviy namoyish qilish, ommaviy ijro etish (shu jumladan, efir yoki kabel uzatuvi, tomoshabop tadbirlar vositasida), telekommunikatsiya tarmoqlariga, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish;
axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi — axborot mahsulotini uning mavzusini, janrini, mazmunini va badiiy bezagini, muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotni qabul qilish xususiyatlarini, uning tarkibidagi axborotning bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimolini inobatga olgan holda, bolalarning yosh toifalari bo‘yicha taqsimlash;
axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi — axborot mahsulotining yoshga oid toifasining grafik va (yoki) matnli belgisi;
bolalar — o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan (voyaga yetmagan) shaxslar;
bolalarning sog‘lig‘i — bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan sog‘lomlik holati;
tomosha tadbiri — bolalarning kirishi uchun ochiq bo‘lgan hamda oilaning odatdagi davrasiga mansub bo‘lmagan shaxslar ko‘plab hozir bo‘lgan joyda axborot mahsulotini namoyish etish, jumladan, teatr-sahnalashtirish, madaniy-ma’rifiy va tomosha-ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish;
bolalarning axborot xavfsizligi — bolalarning jismoniy, ruhiy, ma’naviy hamda axloqiy rivojlanishiga axborot orqali zarar yetkazilish xavfidan xoli, himoyalanganlik holati;
bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot — bolalar o‘rtasida tarqatilishi Qonunga muvofiq ravishda taqiqlangan yoki cheklangan axborot mahsuloti;
pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborot — badiiy qimmatga ega bo‘lmagan va ilmiy, tibbiy yoki o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan, odam jinsiy a’zolarining yoxud odam tomonidan haqiqatda, xususan, g‘ayritabiiy usulda sodir etilayotgan yoki shunga o‘xshatilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoxud foto, video yoki boshqa tasvirini o‘z ichiga olgan materiallar va buyumlar;
bolalarning kirishi uchun ochiq bo‘lgan joylar — bolalarning kirishi va (yoki) bo‘lishi taqiqlanmagan jamoat joylari, shu jumladan, bolalarning ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va (yoki) axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtiriladigan axborot mahsulotlaridan foydalanish imkoniyati bo‘lgan jamoat joylari;
naturalistik tasvirlar yoki tavsiflar — inson, hayvon, inson va (yoki) hayvon tanasining alohida qismlari, harakatlar (harakatsizlik), shuningdek, hodisalar va ularning oqibatlarini e’tiborni mayda jihatlar, anatomik tafsilotlar va (yoki) fiziologik jarayonlarga qaratgan holda har qanday shaklda va har qanday vositalardan foydalangan holda tasvirlash yoki tavsiflash;
ekspert — axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish va ekspert xulosasini berish yoki axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirish uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) akkreditatsiyadan o‘tgan shaxs.
4. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi uni bolalarning quyidagi yosh toifalaridan biriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
yetti yoshga to‘lmagan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “0+” yozuvini aks ettirishi kerak);
yetti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “7+” yozuvini aks ettirishi kerak);
o‘n ikki yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “12+” yozuvini aks ettirishi kerak);
o‘n olti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “16+” yozuvini aks ettirishi kerak);
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “18+” yozuvini aks ettirishi kerak).
5. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishda:
uning mavzusi, janri, mazmuni va badiiy bezagi;
muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotning idrok etilish xususiyatlari;
undagi axborotning bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimoli baholanadi.
6. Muayyan yosh toifalaridagi bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsulotlariga:
shafqatsizlik, jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar tasviri yoki bayoni tarzida taqdim etiladigan;
bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otadigan, jumladan, kuch ishlatilmagan o‘limni, kasallikni, o‘z joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani yoki falokatni va (yoki) ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;
jinsiy munosabatlarni tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;
uyatli so‘zlar jumlasiga kirmaydigan haqoratli so‘zlar va iboralarni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
7. Etti yoshga to‘lmagan bolalar uchun axborot mahsulotiga (“0+”) bolalarning sog‘lig‘i va rivojlanishiga zarar yetkazmaydigan axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti (shu jumladan, janri va (yoki) sujetiga muvofiq asosli ravishda, ezgulik yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishi hamda zo‘ravonlik qurboniga nisbatan rahm-shafqat ifoda etilishi va (yoki) zo‘ravonlik qoralanishi sharti bilan jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlikning (jinsiy zo‘ravonlik bundan mustasno) epizodik, naturalistik bo‘lmagan tasviri yoki bayonini o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti, boshqa yoshga oid toifaga kirmaydigan axborot mahsuloti kiradi.
8. Etti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsulotiga (“7+”) yetti yoshga to‘lmagan bolalar uchun axborot mahsuloti (“0+”), shuningdek, janri va (yoki) sujetiga muvofiq asosli ravishda:
odam kasalliklari (og‘ir kasalliklar bundan mustasno) va (yoki) ular oqibatlarining inson qadr-qimmatini kamsitmaydigan shakldagi qisqa muddatli va naturalistik bo‘lmagan tasvirlari yoki bayonini;
baxtsiz hodisa, avariya, falokat yoxud kuch ishlatilmagan o‘limning ularning bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otishi mumkin bo‘lgan oqibatlari namoyish etilmagan, naturalistik bo‘lmagan tasviri yoki bayonini;
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar va (yoki) jinoyat sodir etishga undamaydigan, ularni sodir etishga yo‘l qo‘yish mumkinligi asoslanmasligi va oqlanmasligi hamda ularni sodir etayotgan shaxslarga nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan shunday xatti-harakatlar va (yoki) jinoyatlarning epizodik tasviri yoki bayonini o‘z ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
9. O‘n ikki yoshga to‘lgan (“12+”) bolalar uchun axborot mahsulotiga “0+” va “7+” axborot mahsuloti, shuningdek, janri va (yoki) sujetiga muvofiq asosli ravishda:
shafqatsizlik va (yoki) zo‘ravonlikning (jinsiy zo‘ravonlik bundan mustasno) qurboniga nisbatan rahm-shafqat va (yoki) shafqatsizlik, zo‘ravonlikka nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan (fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida qo‘llanadigan zo‘ravonlik bundan mustasno) hayotdan mahrum etish yoki jarohat yetkazish jarayoni natural ko‘rsatilmagan epizodik tasviri yoki bayonini;
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar sodir etishga (jumladan, alkogol va tarkibida spirt bo‘lgan mahsulotlar, pivo va uning asosida tayyorlanadigan ichimliklarni iste’mol qilishga, qimor o‘yinlarida ishtirok etishga, daydilik va tilanchilik bilan shug‘ullanishga) undamaydigan tasvirni yoki bayonni, narkotik vositalar, psixotrop va (yoki) gangituvchi moddalar, tamaki mahsulotlari jamiyatga qarshi xatti-harakatlarni sodir etishga yo‘l qo‘yishi mumkinligi va ular qo‘llab-quvvatlanmasligi va oqlanmasligi, ularga nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi hamda yuqoridagi mahsulotlar, vositalar, moddalar va buyumlarni iste’mol qilish xavfli ekaniga ko‘rsatma berilishi sharti bilan epizodik ravishda tilga olingan (namoyish qilinmagan) axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti kiradi.
10. O‘n olti yoshga to‘lgan bolalar (“16+”) uchun axborot mahsulotiga “0+”, “7+”, “12+” axborot mahsuloti, shuningdek, janri va (yoki) sujetiga muvofiq asosli ravishda:
baxtsiz hodisa, avariya, falokat, kasallik, o‘limning bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otishi mumkin bo‘lgan oqibatlari naturalistik ravishda namoyish etilmagan tasviri yoki bayonini;
shafqatsizlik va (yoki) zo‘ravonlikning (jinsiy zo‘ravonlik bundan mustasno) qurboniga nisbatan rahm-shafqat va (yoki) shafqatsizlik, zo‘ravonlikka nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan (fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida qo‘llanadigan zo‘ravonlik bundan mustasno) hayotdan mahrum etish yoki jarohat yetkazish jarayoni naturalistik ravishda ko‘rsatilmagan tasviri yoki bayonini;
narkotik vositalar yoki psixotrop va (yoki) gangituvchi moddalar to‘g‘risidagi (ularni ko‘rsatmasdan), ularni iste’mol qilishning xavfli oqibatlari to‘g‘risidagi bunday vositalar yoki moddalarni iste’mol qilishga salbiy yoki qoralovchi munosabat ifoda etilishi yoki ularni iste’mol qilish xavfli ekani to‘g‘risida ogohlantirish mavjud bo‘lishi sharti bilan shunday holatlarni namoyish etuvchi axborotni;
uyatli so‘zlar jumlasiga kirmaydigan alohida haqorat so‘zlar va (yoki) iboralarni;
jinsiy munosabatlarning jinsiy aloqaga nisbatan bo‘lgan qiziqishdan foydalanmaydigan hamda qo‘zg‘atuvchi yoki haqoratlovchi tusga ega bo‘lmagan epizodik naturalistik bo‘lmagan tasvir yoki bayonini (jinsiy tusdagi xatti-harakatlarning tasviri yoki bayoni bundan mustasno) o‘z ichiga oluvchi axborot mahsulotlari kiradi.
11. Bolalar o‘rtasida tarqatish taqiqlangan (“18+”) axborot mahsulotiga:
bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, jumladan, o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishga, o‘z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ‘ib qilishga undaydigan;
bolalarda alkogol va tamaki mahsulotlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlari, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishabozlik, daydilik, tilanchilik yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning boshqa shakllari bilan shug‘ullanish istagini paydo qiladigan;
odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud zo‘ravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;
oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek, ota-onasiga va oilaning boshqa a’zolariga, tevarak-atrofdagilarga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;
g‘ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;
jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga da’vat qiladigan;
uyatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan;
pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan;
g‘ayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar to‘g‘risidagi, jumladan, bunday bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto va videotasvirlari, bunday bolaning tug‘ilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi, o‘qish yoki ish joyi to‘g‘risidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon beradigan boshqa axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
12. Yoshga oid toifa belgisi bo‘lmagan axborot mahsulotini tarqatish taqiqlanadi.
Yoshga oid toifa belgisi noto‘g‘ri tayinlangan axborot mahsuloti yoshga oid toifa belgisi bo‘lmagan axborot mahsulotiga tenglashtiriladi.
13. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va (yoki) tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan, ekspertlarni jalb etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish boshlanguniga qadar ushbu Nizomda ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash ekspert yoki ekspertlarni jalb etgan holda bajarilganda, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash bilan bog‘liq xizmatlar uchun haq to‘lash va xarajatlar ushbu xizmatlarga buyurtma bergan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar yoki tarqatuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
15. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu mahsulotga axborot mahsuloti yoshga oid toifasining tegishli belgisini joylashtirish (markalash) uchun asos bo‘ladi.
16. Axborot mahsulotini markalash uning ishlab chiqaruvchisi va (yoki) tarqatuvchisi tomonidan unga axborot mahsulotining tegishli yoshga oid toifasi belgisini joylashtirish orqali amalga oshiriladi:
“7 yoshgacha” — aylana ichidagi “0+” belgisi;
“7 yoshdan” — aylana ichidagi “7+” belgisi;
“12 yoshdan” — aylana ichidagi “12+” belgisi;
“16 yoshdan” — aylana ichidagi “16+” belgisi;
“18 yoshdan” — aylana ichidagi “18+” belgisi.
17. Axborot mahsulotining toifasi Qonun va ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilanadi hamda axborot mahsulotining ishlab chiqaruvchilari yoki tarqatuvchilari tomonidan texnik reglamentlarga rioya etgan holda joylashtiriladigan yoshga oid toifa belgisi bilan ifodalanadi.
18. Yoshga oid toifasi turli bo‘lgan bir necha qismdan iborat axborot mahsuloti tarqatilayotganda u eng katta yoshga oid toifaga mos toifa belgisi bilan markalanadi.
19. Axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi o‘z o‘lchamiga ko‘ra quyidagilar maydonining kamida besh foizini egallashi lozim:
teatr-tomosha, madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tomosha, kino va videonamoyish yoki boshqa tomosha tadbiri afishasi yoki repertuar e’loni, shuningdek, kirish chiptasi, taklifnoma va tadbirga kirish huquqini beruvchi boshqa hujjat;
audiovizual asar, kompyuter yoki boshqa elektron o‘yin, kompyuter dasturi yoki ma’lumotlar bazasining har bir nusxa manbai (jumladan, kompakt disk yoki boshqa elektron manbai)ning korpusi va (yoki) qadog‘i (boks, quti). Kompyuter va boshqa elektron o‘yinlardagi belgi yoshga oid toifa to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari uyat so‘zlar mavjudligi, o‘yinga qaramlik vujudga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishni o‘z ichiga olishi lozim.
Internet tarmog‘idagi axborot resurslarida axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi axborot resursining barcha sahifalarida joylashtiriladi. Yoshga oid toifa belgisi umumiy manzaradan ajralib turishi va o‘qish uchun qulay bo‘lishi lozim.
20. Tomosha tadbirining namoyish qilinishi boshlanguniga qadar axborot mahsuloti tegishli belgi bilan belgilanadi. Yoshi turlicha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan bir necha turdagi axborot mahsuloti namoyish qilinayotganda u eng katta yoshga oid toifa belgisi bilan markalanadi.
Ushbu belgi afishalarda hamda tomosha tadbiri o‘tkazilishi to‘g‘risidagi boshqa e’lonlarda, shuningdek, kirish chiptalari, taklifnomalar va ushbu tadbirga kirish huquqini beruvchi boshqa hujjatlarda joylashtiriladi.
21. Davriy va nodavriy bosma nashrlarda axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi nashrning birinchi sahifasi va (yoki) titul varag‘iga joylashtiriladi, u ko‘z ilg‘ashi uchun qulay bo‘lishi hamda uning o‘lchami mahsulotning nomida ishlatilgan shrift o‘lchamiga mos bo‘lgan shriftda ishlangan bo‘lishi lozim.
22. Televideniye va radioda uzatishga, shuningdek, chakana savdo, ijara yoki prokat uchun mo‘ljallangan audio va audiovizual mahsulotning yoshga oid toifasi belgisi tegishli ravishda ommaviy axborot vositalari va bosma nashrlarda e’lon qilinadigan, shuningdek, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtiriladigan teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlar dasturlarida, shuningdek, axborot mahsulotining assortiment ro‘yxatlari va kataloglarida joylashtiriladi.
Axborot mahsulotini tarqatuvchilar uning televideniye va radio orqali, kino va videoxizmat ko‘rsatish davomida har bir namoyishi boshlanishidan avval, shuningdek, kompyuter yoki axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridagi elektron o‘yinlar har safar ishga tushirilganda (yuklanganda) maxsus kadr (sahifada) uning yoshga oid toifa belgisi hamda yoshga oid cheklovlar to‘g‘risida ovoz (tovush signali) hamrohligida matnli ogohlantirish joylashtirilishini ta’minlashlari shart.
Audiovizual asar uchun yoshga oid toifa belgisi uning namoyishi boshlanganidan so‘ng hamda har bir reklama tanaffusidan so‘ng ekranning burchagida kamida 8 soniya davomida namoyish qilinadi, filmning kinozalda ochiq namoyishi bundan mustasno. Ushbu belgining o‘lchami ekran (kadr) maydonining kamida besh foizini tashkil etishi lozim.
Agar audiovizual asarning davomiyligi 8 soniya yoki undan kam bo‘lsa, yoshga oid toifa belgisi butun namoyish davomida ko‘rsatiladi.
23. Bolalar uchun taqiqlangan bosma asar(nashr)larda axborot mahsulotining belgisi nashr muqovasining old tarafida joylashtirilishi shart. O‘lchamiga ko‘ra belgi muqovada ishlatilgan shrift o‘lchamiga mos bo‘lishi lozim.
Bosma nashrning elektron versiyalari, elektron va audio kitoblar nashrning bosma versiyasida ko‘rsatilgan belgining ayni o‘zi bilan markalanadi.
24. Axborot mahsulotining unda bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini yoki mavjud emasligini, bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligini yoki mos emasligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi qaroriga ko‘ra ekspert yoki ekspertlar tomonidan ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq o‘tkaziladi.
25. Ekspertiza uchun ekspert yoki ekspertlar Agentlik tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan axborot mahsulotining turidan kelib chiqib, tasodifiy tanlab olish usuli asosida belgilanadi.
26. Axborot mahsulotining ekspertizasi bir xil mutaxassislikka (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli mutaxassislikka (kompleks ekspertiza) ega ikki va undan ortiq ekspert tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
27. Axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Agentlik tomonidan belgilangan tartibda axborot mahsulotining ishlab chiqaruvchilari yoki tarqatuvchilari tomonidan qoplanadi.
28. Manfaatdor shaxslarning akkreditatsiya qilingan ekspertlar reyestridagi ma’lumotlardan foydalanishi Agentlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti orqali ta’minlanadi.
29. Ekspertlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi, shuningdek, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishga va axborot mahsulotining unda bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini yoki mavjud emasligini, bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligini yoki mos emasligini aniqlash uchun ekspertizasini o‘tkazishga jalb etiladigan ekspertlar reyestrini yuritish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomga asosan belgilanadi.
30. Axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Agentlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida murojaat kelib tushganidan keyin ko‘pi bilan besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
31. Axborot mahsulotining ekspertizasini o‘tkazish muddati axborotning hajmiga bog‘liq bo‘ladi, biroq murojaat kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmasligi kerak.
32. Axborot mahsulotining ekspertizasi tugagach, ekspertlar axborot mahsulotida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotning mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi to‘g‘risida Agentlikka uch kun ichida ekspert xulosalarini yuboradi.
33. Ekspert xulosasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
axborot mahsulotining ekspertizasi o‘tkazilgan sana, vaqt va joy;
ekspertlik tashkiloti va ekspert to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, mutaxassisligi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi, ish joyi);
ekspert, ekspertlar oldiga qo‘yilgan savollar;
axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilgan tadqiqot obyekti va materiallar;
qo‘llangan usullarni ko‘rsatgan holda tadqiqotning mazmuni va natijalari;
ekspert, ekspertlar oldiga qo‘yilgan savollarga asoslantirilgan javoblar;
axborot mahsulotida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi, axborot mahsuloti belgisiga mosligi yoki mos emasligi to‘g‘risida xulosa.
34. Komissiyaviy ekspertizada ekspertlar qo‘yilgan masalalar bo‘yicha yakdil fikr bildirsalar, ekspert xulosasi shu ekspertizaning o‘tkazilishida ishtirok etgan barcha ekspertlar tomonidan imzolanadi. Ziddiyatlar vujudga kelganda har bir ekspert ziddiyat kelib chiqishiga sabab bo‘lgan masalalar bo‘yicha alohida ekspert xulosasini beradi. Kompleks ekspertizaning o‘tkazilishida ishtirok etgan har bir ekspert ekspert xulosasining u o‘tkazgan tadqiqotlar bayon etilgan qismini imzolaydi va shu qism uchun javobgar bo‘ladi.
35. Agentlik ekspert xulosasini olgandan so‘ng uch kun ichida uni murojaat egasiga yuboradi.
36. Ekspert xulosasi mavjud bo‘lgan axborot mahsulotining aylanish sohasi o‘zgargan taqdirda ushbu axborot mahsuloti uchun boshqa ekspert xulosasini olish talab etilmaydi.
37. Umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida ekspertiza jarayonida mazmunida:
O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish;
urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish;
davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi ma’lumotlar, shuningdek, fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmatini tahqirlovchi, ularning shaxsiy hayotlariga aralashuvchi axborotlarni tarqatish;
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
pornografiyani targ‘ib qilish;
qonunchilikka muvofiq jinoiy va o‘zga javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni keltirib chiqaruvchi materiallar aniqlanganda, ekspert (ekspertlar) zudlik bilan Agentlikni, Internet tarmog‘idagi mazkur axborot resurs(lari)ining identifikatsion ma’lumotlarini taqdim etgan holda xabardor qiladi.
Agentlik ekspert(lar)dan ushbu Nizomning 37-bandida ko‘zda tutilgan ma’lumotlarni olgandan so‘ng, Internet tarmog‘ining identifakatsiya qilingan axborot resursi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish va mazkur resurslarga kirishni cheklash uchun vakolatli organga yuboradi.
38. Axborot mahsulotining muayyan yosh toifasi belgisiga mosligi uchun javobgarlik axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirgan, shuningdek, yosh toifalariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazgan ekspertlar zimmasiga yuklanadi.
39. Ekspert xulosasiga muvofiq Agentlik tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilishga oid qonunchilik talablari buzilganligi hollarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun ko‘rsatma yuboriladi.
40. O‘zbekiston Respublikasining bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
41. Qonunda va ushbu Nizomda belgilangan talablarga javob bermaydigan axborot bilan bolalarning hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozim.
42. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan yoki bolalarning yoshga oid toifalari bo‘yicha tasniflangan axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotining aylanishida ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni o‘rnatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda markalanmagan axborot mahsuloti — axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi bo‘lmagan axborot mahsuloti atamasi qo‘llanadi.
3. Aloqa xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida Internet tarmog‘i orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishni nazarda tutadigan aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi aloqa operatorlari bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik qoidalarining ijro etilishi uchun tegishli shartnomalarda mustahkamlab qo‘yilgan darajada javobgardir.
4. Jamoat joylarida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotning bolalarni bunday axborotdan himoya qilishni ta’minlashga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalarini qo‘llamasdan aylanishiga ruxsat etilmaydi.
5. Tomosha tadbiri orqali bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotining namoyishidan avval bevosita tomosha tadbiri boshlanishidan avval tegishli yoshga oid toifalardagi bolalarning unda bo‘lishiga ruxsat etilmasligi yoki cheklangani haqida tovushli ogohlantirish eshittiriladi.
6. Bolalarning ularning yoshga oid toifasiga mos kelmaydigan axborot mahsuloti namoyish etiladigan tomosha tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
7. Quyidagilardan tashqari holatlarda markalanmagan axborot mahsulotining aylanishiga ruxsat etilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiqta’lim jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan yoki ruxsat etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari;
oldindan yozib olinmasdan efirga uzatiladigan teledasturlar, teleko‘rsatuvlar;
ijtimoiy-siyosiy yoki ishlab chiqarish-amaliy tusdagi axborotni tarqatishga ixtisoslashgan davriy bosma nashrlar.
8. Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan reklama mahsulotlarini bukletlar, bilbordlar, bannerlar, LED va LCD ekranlarda va bolalar ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmog‘i resurslaridan foydalanmasdan olishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda tarqatish taqiqlanadi.
9. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlash maqsadida Internet jahon tarmog‘idan foydalanishda axborot quyidagicha tarqatiladi:
ta’lim muassasalarida — himoya dasturlarining to‘plamidan foydalangan, shuningdek, “ZiyoNET” ta’lim tarmog‘iga ulangan holda;
Internet tarmog‘idan jamoaviy foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan, shuningdek, audiovizual mahsulot, shu jumladan, o‘yinlardan foydalanishning har bir texnik vositasida (shaxsiy kompyuter, o‘yin qurilmasi, 3D ko‘zoynak va boshqalar) axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisini ko‘rsatgan holda. Internet tarmog‘idan jamoaviy foydalanish punktlarining egalari o‘z foydalanuvchilariga yoshga oid toifaga mos kelmaydigan axborotdan va taqiqlangan axborot mahsulotidan foydalanishga imkoniyat bergani uchun javobgar bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish imkoniyati ta’minlanadigan va (yoki) boshqa axborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatiladigan joylarda ko‘rsatuvlarni translatsiya qilishda bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlashning axborot-dasturiy va texnik vositalarini qo‘llash hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan belgilanadigan boshqa talablarga rioya qilish lozim.
Internet tarmog‘i axborot resurslarining egalari axborot mahsulotining uni tarqatish shaklidan qat’i nazar, yoshga oid tasnifi to‘g‘risida xabardor qilishlari shart.
Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi belgisi Internet tarmog‘i axborot resursining u yoki bu axborot materialini ko‘rish mumkin bo‘lgan sahifasida joylashtirilishi lozim.
Axborot-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyati bolalarning bo‘lishi ruxsat etilgan joylarda Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini ta’minlayotgan shaxs tomonidan bolalarni himoya qilishning ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlari, dasturiy-apparat vositalaridan qo‘llanish sharti bilan taqdim etiladi.
10. Teleradiouzatuvchilar bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotining tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar. Agar bunday teleradiodasturlar efirga kodlanmagan shaklda (analog formatda) uzatilayotgan bo‘lsa, ulardan avval tovushli ogohlantirish eshittirilishi hamda ko‘rsatuv avvalida kamida 8 soniya davomida vizual (tovushli) belgi ko‘rsatilishi lozim.
Bolalarning bo‘lishiga ruxsat etilgan joylarda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari avvaldan o‘rnatilgan himoya dasturlari to‘plamiga ega teleradiouzatish tizimlariga ulanish bo‘yicha chora ko‘rishlari lozim.
Bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti tele va radiouzatish orqali soat 6 dan 22 gacha tarqatilishi taqiqlanadi, foydalanish yoki tinglash uchun faqat pulli asosda, dekodlash texnik vositalarini qo‘llagan holda taqdim etiladigan tele va radiodasturlar, ko‘rsatuvlar bundan mustasno.
11. Gazetalar, shaxslarning keng doirasi uchun, shu jumladan, bolalarning bo‘lishiga ruxsat etilgan joylarda tarqatiladigan bosma va boshqa matbaa mahsulotining birinchi va oxirgi sahifasida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot bo‘lmasligi lozim.
Bolalar uchun taqiqlangan axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotining bosma mahsulot ko‘rinishida bolalar bo‘lishiga ruxsat etilgan joylarda mahkam berkitilgan o‘ramda tarqatilishiga ruxsat etiladi.
Bolalar uchun taqiqlangan axborotni ular uchun mo‘ljallangan ta’lim muassasalarida, tibbiyot, sanatoriy-kurort, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida, madaniyat, bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish joylarida yoki ushbu tashkilotlar chegarasidan kamida 500 metr masofada tarqatilishiga ruxsat etilmaydi.
12. Kutubxonalar, axborot-resurs markazlari foydalanuvchisi bolalar bo‘lgan axborotni tarqatishda axborot tarqatuvchilari:
axborot mahsulotining Qonun talablariga muvofiqberilishi hamda axborot mahsuloti belgisining katalogda aks ettirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi;
bolalar foydalanishiga ruxsat etilgan kompyuterlarda himoya dasturlarini o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi;
o‘zlari o‘tkazayotgan tomosha, madaniy-ommaviy tadbirlar to‘g‘risida e’lonlar, afishalar, axborot materiallarining markalanishini ta’minlashi;
bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlashga doir, shu jumladan, kutubxonadan foydalanuvchilarga internet-resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratishda ma’muriy, tashkiliy, texnik va dasturiy-apparat vositalarining qo‘llanishini ta’minlashi;
kutubxonalar, axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlarining xodimlari va foydalanuvchilarini Qonun bilan keng tanishtirish bo‘yicha seminarlar, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazishi shart.
13. Internet tarmog‘i va uyali radiotelefon aloqasi tarmoqlari xizmatlari provayderlari, Internet tarmog‘idan jamoaviy foydalanish joylarining egalari va ma’murlari bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rishlari, texnik, dasturiy-apparat vositalaridan foydalanishlari lozim.
14. Reklama mahsulotlarini bukletlar, bilbordlar, bannerlar, LED va LCD ekranlarda va bolalar ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmog‘i resurslaridan foydalanmasdan olishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda tarqatuvchilar bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.
15. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir ma’muriy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
a) quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish:
Qonunning 16-17-moddalari hamda Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq axborot mahsulotiga belgi berish va uni joylashtirish va (yoki) axborot mahsuloti to‘g‘risida matnli ogohlantirishni joylashtirishning tartib-tamoyillari;
bolalarning ommaviy namoyishda, ommaviy ijroda, tomosha tadbiri orqali bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotini namoyish qilishda, agar ular tashkil etilsa va (yoki) o‘tkazilsa, hozir bo‘lishining shart-sharoitlari;
Qonunning 19-moddasiga va Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ravishda efir va kabel, tele va radiouzatish, Internet tarmog‘i va harakatchan radiotelefon aloqa tarmoqlari orqali, bolalar bo‘lishiga ruxsat etilgan joylarda tarqatiladigan bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti va uning qismlarining aylanishiga doir qo‘shimcha talablar;
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti aylanayotgan joylarda bo‘lgan shaxslarning bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlash va bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish zarurligi to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish chora-tadbirlari;
bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishning oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan tartib-taomillar;
b) xizmat majburiyatlariga bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotining aylanishini tashkil etish va amalga oshirish kiradigan xodimlarni bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish talablari bilan, ushbu sohaga aloqador qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirish;
v) bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti aylanishining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlarni qo‘llash uchun hamda ularni qo‘llash tartibini tekshirish uchun mas’ul xodimni tayinlash;
g) bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir qo‘llanilayotgan ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar 15-bandining “a” kichik bandiga asosan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi ichki nazoratni amalga oshirish:
O‘zbekiston Respublikasining bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi buzilgani, shu jumladan, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir qo‘llanilayotgan ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq emasligi, shuningdek, bolalar ular o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanish imkoniyatiga egaligi to‘g‘risida ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish va bunday ariza va shikoyatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida asoslangan javob yo‘llash;
bolalarning ular o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanish imkoniyatiga egaligi to‘g‘risida kelib tushgan ariza va shikoyatlarning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ko‘rish.
16. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
hamma kirishi uchun ochiq binolar va joylarda ushbu Nizom 15-bandining “a” kichik bandiga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirish hamda ular haqidagi ma’lumotlarni turli vositalar orqali aholiga yetkazish;
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotining aylanishini amalga oshiruvchi ishlab chiqaruvchi va (yoki) tarqatuvchining Internet tarmog‘idagi rasmiy saytida ushbu Nizom 15-bandining “a” kichik bandiga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlarni qo‘llash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlardan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
telekommunikatsiyalar operatorlari va provayderlari, ommaviy axborot vositalarining (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) majburiyatlarini belgilash bilan bog‘liqtadbirlar, targ‘ibot va ta’lim (mediata’lim) tadbirlarini o‘tkazish, OAV uchun etika standartlarini joriy qilish va ularga rioya etish, OAVni bolalarning ijtimoiy, intellektual va madaniy jihatdan har tomonlama va barkamol rivojlanishiga xizmat qiladigan axborot va materiallarni tarqatishga rag‘batlantirish va hokazo.
17. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashning Internet tarmog‘i, tele va radiouzatish, mobil aloqa tarmoqlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda qo‘llanadigan dasturiy-apparat va texnik vositalariga quyidagilar kiradi:
Internet tarmog‘idagi saytlarda joylashtirilgan bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanishni cheklash vositalari;
bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan hamda tele va radiouzatish, mobil aloqa vositalari orqali tarqatiladigan axborot mahsulotidan foydalanishni cheklovchi dekodlaydigan texnik vositalar;
foydalanishni bloklash vositalari, foydalanishni cheklash vositalari, kontentni filtrlash vositalari, foydalanishni nazorat qilish vositalari, shuningdek, axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlaydigan boshqa dasturiy va texnik vositalar.
Internet, televideniye va radioeshittirishlar, uyali aloqa tarmoqlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanishni cheklash shartlari litsenziya shartnomalarida va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish shartlarida nazarda tutiladi.
18. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashning tomosha tadbirlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda qo‘llanadigan dasturiy-apparat va texnik vositalariga tovushli yoki matnli tarzda yoshga oid cheklovlar to‘g‘risida xabardor qilish vositalari kiradi.
19. Qonunni, shuningdek, ushbu Nizom talablarini amalga oshirish axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini, axborot mahsulotining aylanishini yoxud uning aholi, shu jumladan, bolalar kirishi uchun ochiqbo‘lgan joylarda namoyishini amalga oshirgan subyektlar zimmasiga yuklanadi.
20. Oilalarda qonunchilik talablarini amalga oshirish, shuningdek, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir dasturiy-apparat va texnik vositalarni qo‘llash ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar zimmasiga yuklanadi.
21. Ekspert xulosasiga muvofiq Agentlik tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilsa, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun ko‘rsatma yuboriladi.
22. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati Agentlik, boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
23. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik, shuningdek, ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. | 168 | 44,667 |
Qonunchilik | Traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va meliorativ yo‘l-qurilish mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2009-yil 30-martdagi 53-son “Traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va meliorativ yo‘l-qurilish mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1949, 2009-yil 28-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 231-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi va “O‘zagromashservis” uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’loni qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Kelishilgan: | 250 | 1,235 |
Qonunchilik | KKUdagi joy mulkdorlarining majburiy badallari nimaga sarflanadi | Koʻp kvartirali uylardagi joy mulkdorlarining majburiy badallari yoki toʻlovlari miqdorini belgilashda хarajatlarning tarkibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyiha “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunga va Prezidentning 2021 yil 19 iyundagi “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-5152-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Umumiy mol-mulkni saqlash boʻyicha umumiy хarajatlar umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash, shuningdek koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish bilan bogʻliq хarajatlardan iboratdir.
Joy mulkdorlarining umumiy mol-mulkni saqlash boʻyicha umumiy хarajatlarda ishtirok etish ulushi koʻp kvartirali uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli joy maydoni ulushiga mutanosib ravishda koʻp kvartirali uyning kadastr pasportiga muvofiq belgilanadi.
KKUdagi joy mulkdorlarining majburiy badallarini quyidagilarga sarflash rejalashtirilmoqda:
Oʻz navbatida, masalan, umumiy mol-mulkga хizmat koʻrsatish, ularni ta’mirlash va saqlash quyidagi ishlarni oʻz ichiga oladi:
Joy mulkdorlarining majburiy badallari miqdori mulkdorlarning umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Nargiza Vohidova. | 64 | 1,340 |
Qonunchilik | 2019 yilda qaysi qonun loyihalari koʻrib chiqiladi | Vazirlar Mahkamasining 11.02.2019 yildagi 113-son qarori bilan 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi tasdiqlandi.
Hujjat Davlat dasturi–2019, Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi va Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi, shuningdek boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan qonun loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Dasturga jami 38 ta qonun loyihasi kiritilgan. Ularni ishlab chiqish boʻyicha mas’ul ijrochilar, Vazirlar Mahkamasi va Qonunchilik palatasiga kiritish muddatlari, shuningdek ular qabul qilingan taqdirda kutiladigan natijalar koʻrsatilgan. Ular orasida, хususan:
a) sohaga oid qonunosti hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, havolaki normalarni maksimal darajada qisqartirgan holda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga oid barcha jihatlarni tartibga solish;
b) хalqaro tajribani chuqur oʻrganish asosida va tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda valyuta operatsiyalarini tartibga solishni soddalashtirish;
v) jismoniy va yuridik shaхslarning oʻz valyuta mablagʻidan erkin foydalanish huquqining kafolatini mustahkamlash;
g) kapital harakati bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish;
d) valyuta bozori faoliyatini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish;
ye) norezidentlarning respublikamizda faoliyat yuritishi natijasida olingan mablagʻlarini chet el valyutasiga ayirboshlash amaliyotini yanada soddalashtirish va boshqalar;
a) auditorlik faoliyatini litsenziyalash jarayonini soddalashtirish;
b) auditorlarni sertifikatlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
v) har yili auditorlik tekshiruvidan oʻtishi shart boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega korхonalarni aniqlash;
a) 2021 yildan boshlab majburiy tibbiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
b) tegishli normativ-huquqiy bazani shakllantirish;
v) sogʻliqni saqlash ehtiyoji uchun ajratilayotgan pul mablagʻlarini jamlash va taqsimlash meхanizmlarini takomillashtirish;
g) «har bir toʻliq davolangan holat» hisobidan kelib chiqib moliyalashtirish meхanizmlarini joriy qilish;
d) tibbiy sugʻurta dasturlarini amalga oshirishga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini keng jalb etish va h.k.;
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 50 | 2,392 |
Qonunchilik | Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslari va munosabatlarni tartibga solish, ekspertizadan o‘tkazish jarayonini maqbullashtirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bir oy muddatda:
konfessiyalar bilan ishlash va ekspertiza bo‘limi yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek zarur axborot bazasi va moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanishini;
dinshunoslik ekspertizasi xulosalarini hisobga olishning yagona reyestrini;
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibiga oid tushuntirish ishlari keng miqyosda tashkil etilishini va o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 23-apreldagi 196-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi, 3-bandining birinchi xatboshi va qarorga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bo‘yicha faoliyat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faqat davlat dinshunoslik ekspertizasi o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Diniy mazmundagi materiallarda materiallarning to‘liq nomlanishi, mazmuni, muallifi, tayyorlovchisi, tayyorlangan sanasi va joyi, adadi va boshqa ma’lumotlar davlat tilida ko‘rsatilishi shart.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
diniy mazmundagi materiallar (keyingi o‘rinlarda materiallar deb ataladi) — dunyodagi turli dinlarning asoslari, tarixi, mafkurasi, ta’limoti va sharhlari hamda marosimlarini o‘tkazish amaliyotini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar va boshqa bosma nashrlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozmalari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar), axborot tashuvchi elektron jismlar (disketlar, CD, DVD disklari, Internet tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va shu kabilar);
tayyorlash — O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni nashr etish, qayta nashr etish va nusxa ko‘chirish;
olib kirish — xorijda tayyorlangan diniy mazmundagi materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetkazib berishning har qanday shakli;
tarqatish — O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni sotish, obuna bo‘lish, yetkazib berish, tarqatish, yuborish va realizatsiya qilish;
davlat dinshunoslik ekspertizasi (keyingi o‘rinlarda ekspertiza deb ataladi) — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tadqiq etish jarayoni;
ekspertiza xulosasi (keyingi o‘rinlarda xulosa deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan bajariladigan diniy mazmundagi materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga ruxsat berish (ruxsat bermaslik) masalasini hal etish uchun ko‘rsatilgan materiallarda diniy qonun-qoidalardan og‘ishganlik yoki buzib ko‘rsatishning borligiga oid ilohiyotshunoslik tadqiqotlari o‘tkazilganligini rasman tasdiqlovchi yozma hujjat;
tayyorlash, olib kirish, tarqatish man etilgan diniy mazmundagi materiallar ro‘yxati — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarning har yili kamida ikki marta tuziladigan ro‘yxati;
talabgor — xulosa berish to‘g‘risidagi ariza bilan vakolatli organga murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
5. Materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
6. Tayyorlashga mo‘ljallangan materiallarning nazorat nusxasi va zarur ma’lumotlar ekspertizani amalga oshirish uchun vakolatli organga yetkazib berilishi lozim.
7. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tayyorlanadigan materiallar ekspertiza o‘tkazilganidan keyin materialning muallifi va nomlanishi, noshir manzili, adadi (tiraji), materialning qisqa mazmuni va sharhi hamda tayyorlangan sanasi ko‘rsatilgan axborotga ega bo‘lishi lozim.
8. Materiallarni tayyorlashga o‘n ish kuni davomida o‘tkaziladigan va yakunida xulosa rasmiylashtiriladigan ekspertizadan keyin yo‘l qo‘yiladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari davlat chegarasida olib qo‘yilgan materiallar ekspertizadan o‘tkazish uchun vakolatli organga o‘z vaqtida yuborilishini ta’minlaydi.
10. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan taqiqlangan materiallar ro‘yxatiga kiruvchi materiallar ekspertiza o‘tkazilganidan keyin bojxona organlari yoki davlat chegarasini qo‘riqlash organlari tomonidan musodara qilinadi.
11. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun har bir nomlanishdagi materialdan uch nusxadan oshmagan miqdorda, agar ular taqiqlangan materiallar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa, ekspertiza o‘tkazilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
12. Vakolatli organ diniy material namunasi olingandan keyin o‘n ish kunidan oshmagan muddatda muayyan material O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi to‘g‘risidagi masalani keyinchalik hal etish uchun tegishli organga xulosa taqdim etadi.
13. Vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlarini himoya qilish maqsadida ommaviy ziyorat tadbirlari o‘tkaziladigan vaqtda ekspertizaning bevosita bojxona nazorati punktlarida o‘tkazilishini ta’minlaydi.
14. Materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turg‘un savdo shahobchalari orqali fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa, to‘lov terminallarini qo‘llash va pul tushumlarini qonunchilikda belgilangan tartibda bankka inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) yo‘li bilan amalga oshiriladi.
15. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kutubxonalari, shuningdek boshqa kutubxonalarning (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tijorat tashkilotlari kutubxonalari) vakolatli organ xulosasini olmay turib, xorijiy ishlab chiqaruvchilardan materiallarni qabul qilishlari taqiqlanadi.
16. Vakolatli organ va boshqa manfaatdor tashkilotlar materiallarning noqonuniy tarqatilishi holatlarini aniqlash va oldini olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshiradilar.
17. Ekspertizaning ijobiy xulosasi O‘zbekiston Respublikasi hududida materiallarning muayyan turini tarqatish huquqini beradi.
18. Materiallarni quyidagi maqsadlarda tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi:
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyiga qarab yoki boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoxud o‘zga shaxslar mahsulotlarini obro‘sizlantirish;
O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish;
urush, zo‘ravonlik, terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib etish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni tarqatish;
diniy e’tiqodni o‘zgartirishga da’vat qilish;
dindorlarning diniy tuyg‘ularini haqorat qilish yoki kamsitish;
fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;
davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash;
giyohvand vositalar, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirishga undash.
19. O‘zbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.
20. Ushbu Nizom normalarini buzishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Ushbu Nizom diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga mo‘ljallangan diniy mazmundagi materiallarning davlat dinshunoslik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga mo‘ljallangan diniy mazmundagi materiallarning davlat dinshunoslik ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat dinshunoslik ekspertizasi (keyingi o‘rinlarda ekspertiza deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan mutaxassislar, ekspertlar va diniy tashkilotlar vakillari ishtirokida bosma nashrlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozmalari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar), axborot tashuvchi elektron jismlar (disketlar, CD, DVD disklari, Internet tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va shu kabilar) va diniy mazmundagi boshqa materiallarni tadqiq etish jarayoni;
ekspertiza xulosasi (keyingi o‘rinlarda xulosa deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan bajariladigan diniy mazmundagi materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga ruxsat berish (ruxsat bermaslik) masalasini hal etish uchun ko‘rsatilgan materiallarda diniy qonun-qoidalardan og‘ishganlik yoki buzib ko‘rsatishning borligiga oid ilohiyotshunoslik tadqiqotlari o‘tkazilganligini rasman tasdiqlovchi yozma hujjat;
diniy mazmundagi materiallar (keyingi o‘rinlarda materiallar deb ataladi) — dunyodagi turli dinlarning asoslari, tarixi, mafkurasi, ta’limoti va sharhlari hamda marosimlarini o‘tkazish amaliyotini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar va boshqa bosma nashrlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozmalari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar), axborot tashuvchi elektron jismlar (disketlar, CD, DVD disklari, Internet tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va shu kabilar);
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita;
ekspert kengashi — vakolatli organ huzuridagi olimlar, ekspertlar va dinshunoslik hamda ilohiyotshunoslik sohasi mutaxassislari kengashi.
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga mo‘ljallangan material, agar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ekspertizadan o‘tkazilishi kerak.
5. Ekspertiza O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Nizomga muvofiq murojaat etilgan kundan boshlab o‘n ish kuni davomida vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq o‘tkaziladi.
6. Vakolatli organ huzurida olimlar, ekspertlar va dinshunoslik hamda ilohiyotshunoslik sohasi mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspert kengashi tuzilishi mumkin.
7. Ekspertiza ko‘rsatib o‘tilgan faoliyatning biror turini amalga oshirishdan oldin yuridik va jismoniy shaxslarning yozma murojaatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralarining murojaatlari asosida o‘tkaziladi.
8. Yuridik yoki jismoniy shaxslar yoki manfaatdor vazirlik yoxud idora vakolatli organga quyidagilar uchun zarur hujjatlarni taqdim etadi:
a) materiallarni tayyorlash uchun:
nashr etilishi rejalashtirilgan material haqidagi ma’lumot, jumladan, materialning nashrdan chiqariladigan adadi, foydalanilgan manbalarning ro‘yxati (adabiyotni tayyorlashda bir nechta manbalardan foydalanilganda), material tarjima qilingan taqdirda, uning qaysi adabiyotdan tarjima qilingani, qayerda chop qilingani va to‘liq nomi;
nashrga tayyorlashga mo‘ljallangan material muallifi yoki tarjimon diniy ma’lumotga ega bo‘lsa, uning diniy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (bunday hujjatga ega bo‘lmagan taqdirda, bu haqda vakolatli organga kiritiladigan xat yoki arizada ko‘rsatiladi).
b) materiallarni olib kirish uchun:
mulk egasi yoki muayyan materialni O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetkazib berish majburiyatini oluvchi huquq egasi bo‘lgan shaxs bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
olib kirilishi rejalashtirilgan materiallar haqida ma’lumot;
v) materiallarni tarqatish uchun:
tarqatilishi rejalashtirilgan materiallar haqidagi ma’lumot.
9. Ekspertizani o‘tkazishda ishtirok etuvchi mutaxassislar o‘zlari haqida quyidagilarni: ma’lumoti, ilmiy darajasi, ish staji va dinshunoslik sohasidagi salohiyatiga oid boshqa axborotni ko‘rsatishlari, shuningdek tadqiqot jarayoni, o‘z xulosalarini diniy qoidalar, talqinlar, qonunlar bilan asoslab, batafsil tavsiflashlari, shaxsiy imzolari bilan tasdiqlashlari lozim.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi belgilarga ega materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi:
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyiga qarab yoki boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoxud o‘zga shaxslar mahsulotlarini obro‘sizlantirish;
O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish;
urush, zo‘ravonlik, terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib etish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni tarqatish;
diniy e’tiqodni o‘zgartirishga da’vat qilish;
dindorlarning diniy tuyg‘ularini haqorat qilish yoki kamsitish;
fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;
davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash;
giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirishga da’vat qilish.
11. Vakolatli organga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat va diniy tashkilotlardan o‘z yuritishidagi masalalar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish uchun belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda zarur hujjatlar va axborotlarni so‘rash va olish huquqi beriladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
12. Vakolatli organ belgilangan tartibda tashkilotlarni, shu jumladan jamoat va diniy tashkilotlarni borib ko‘rish huquqiga ega.
13. Ekspertiza natijalari majburiy hisobot hujjati hisoblanadi va xulosa sifatida rasmiylashtiriladi hamda individual raqamga ega bo‘ladi.
Ekspertizaning xulosasi O‘zbekiston Respublikasi hududida muayyan material turini tayyorlash, olib kirish va tarqatishga yoki shunday faoliyatni amalga oshirishni rad etishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
14. Materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatishga oid ekspert xulosasi vakolatli organ raisi, u bo‘lmagan taqdirda uning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
15. Vakolatli organda Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri yuritiladi.
16. Vakolatli organ yiliga kamida ikki marta manfaatdor vazirliklar va idoralarga O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatish taqiqlangan materiallar ro‘yxatini taqdim etadi.
17. Ekspert xulosasiga ko‘ra tayyorlashga taqdim etilgan material ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq vakolatli organning maxsus gologrammasi bilan tamg‘alanadi.
18. O‘zbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.
19. Ushbu Nizom normalarini buzishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
(Aylana bo‘ylab: “*O‘zbekiston* Din ishlari bo‘yicha qo‘mita * Committee of the Religion Affairs”)
(Ichida: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita * Committee of the Religion Affairs” yozuvi tushirilgan kitob emblemasi) | 162 | 17,976 |
Qonunchilik | Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tashkil etildi | Prezidentning 7.11.2017 yildagi “Farmatsevtika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.
Yangi idoraning vazifalari belgilandi
Agentlik farmatsevtika tarmogʻini barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish, farmatsevtika kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi va davlat sogʻliqni saqlash muassasalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda tibbiyot teхnikalari bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshirish bilan shugʻullanadi.
Shuningdek, Agentlik yuqorida koʻrsatilgan tibbiyot mahsulotlarini, shu jumladan chet eldan import qilinayotganlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va sertifikatlashni, farmatsevtika korхonalarini tegishli ishlab chiqarish amaliyoti хalqaro qoidalarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi.
Quyidagilar Agentlik tasarrufiga oʻtkazildi:
“Oʻzfarmsanoat” DAK, Respublika komissiyasi tugatilmoqda
“Oʻzfarmsanoat” DAK mulki va boshqa tovar-moddiy boyliklari Agentlikka oʻtkaziladi.
Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashni nazorat qilish respublika komissiyasi ham tugatilmoqda (Prezidentning 31.10.2016 yildagi PQ-2647-son qarori bilan tashkil etilgan). Uning funksiyalari Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklatildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligining “O‘zmedeksport” RTIDK qayta nomlandi
Endi bu Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining “O‘zmedimpeks” DUK. Uning operativ boshqaruviga “Oʻzmedlizing” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushi oʻtkaziladi.
Belgilanishicha, “O‘zmedimpeks” DUK:
Ijtimoiy doriхonalar tarmogʻi kelasi yil oхirida ishga tushiriladi
Ijtimoiy doriхonalarning joylashuvi yil oхirigacha tasdiqlanishi kerak. Ularni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, qishloq oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari, shuningdek davlat mulkida boʻlgan boʻsh turgan bino va inshootlar negizida joylashtirish lozim. 2018 yil 1 dekabrga qadar muddatda ijtimoiy doriхonalarni ta’mirlash va ishga tushirishni amalga oshirish kerak.
Vakolatli organlarga hujjatni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Qator tashkiliy masalalar hal etildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 101 | 2,421 |
Qonunchilik | ENERGETIKA VA ELEKTRLAShTIRISh VAZIRLIGINING TOShKENT ShAHRIDA JOYLAShGAN MAGISTRAL ISSIQLIK TARMOQLARINI ShAHAR HOKIMLIGI IXTIYORIGA BERISh TO‘G‘RISIDA | Issiqlik tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish va ularni boshqarishni takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi va Toshkent shahar hokimining magistral issiqlik tarmoqlarini hokimlik ixtiyoriga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Energetika va elektrlashtirish vazirligi va Toshkent shahar hokimligi:
Moliya vazirligi va Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda komissiya tashkil etsinlar hamda ko‘rsatib o‘tilgan issiqlik tarmoqlarini qabul qilib olish-berishni amalga oshirsinlar;
magistral issiqlik tarmoqlarini balansdan balansga qabul qilib olish-berish dalolatnomasini 15 kun muddatda tasdiqlasinlar.
2. Energetika va elektrlashtirish vazirligi magistral issiqlik tarmoqlarini 1996-yil 1-iyuldagi holati bo‘yicha moddiy-texnika va odam resurslari, transport vositalari, mexanizmlar, boshqa texnika hamda vazirlik tomonidan 1996-yilda Toshkent shahri issiqlik tarmoqlarini rivojlantirish uchun nazarda tutilgan kapital mablag‘lar limitlari bilan “Toshissiqlikkommunenergiya” IB balansiga bersin.
3. “Toshissiqlikkommunenergiya” ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshissiqliktarmoq” korxonasi negizida “Toshissiqlikenergiya” ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilsin.
4. “Toshissiqlikenergiya” IB xodimlariga mehnatga haq to‘lash darajasi va sharoitlari, ijtimoiy kafolatlar va ta’minotlarning barcha turlari respublika Energetika va elektrlashtirish vazirligi tizimida amalda bo‘lgan normativlar bo‘yicha belgilansin.
5. Toshkent GRESdan bir quvurli issiqlik magistrali qurilishi bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi zimmasida qoldirilsin.
6. Respublika Energetika va elektrlashtirish vazirligi:
shartnomalar asosida “Toshissiqlikenergiya” IVga asbob-uskunalarni tuzatishda, sozlash ishlarini bajarishda va ehtiyot qismlar tayyorlashda yordam bersin,
“Toshissiqlikkommunenergiya”ning olingan issiqlik energiyasi uchun debitorlik qarzini “Toshissikliktarmoq” korxonasining 1996-yil ikkinchi yarim yili uchun xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash summasiga kamaytirsin, ushbu summani soliq solinadigan bazaga qo‘shmasdan tannarxga kiritsin,
1997-yildan boshlab “Toshissiqlikenergiya” IV tomonidan berilgan issiqlik energiyasi uchun tarifni asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha kamaytirishni nazarda tutsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari Q.J. Haqqulov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin. | 152 | 2,467 |
Qonunchilik | JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASI ORQALI TOVARLARNI OLIB KELINIShI MAQSADINI ANIQLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 7-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 425-sonli “Iste’mol tovarlari importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2002-yil 1-iyunda 02/8-15, 01-03/32 va 2002-53-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kelinishi maqsadini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (2002-yil 4-iyun, ro‘yxat raqami 1147 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 11-12-son) 6-bandi uchinchi xatboshisidagi “50” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 181 | 1,058 |
Qonunchilik | AJning хorijiy menejerlari daromadlari soliqlardan ozod qilindi | “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan Soliq kodeksining 179 va 308-moddalariga oʻzgartirishlar kiritildi.
2016 yil 1 yanvardan boshlab aksiyadorlik jamiyatlari chet ellik хodimlarining boshqaruv хodimi sifatida oʻz faoliyatidan olgan daromadlari jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va sugʻurta badallaridan ozod qilinadi. Chet ellik boshqaruvchilarni jalb qiladigan AJning oʻzlari esa ularning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan yagona ijtimoiy toʻlov toʻlashdan ozod qilindi.
Mazkur qoʻshimchalar AJ faoliyati samaradorligini oshirish, boʻlajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, shuningdek Prezidentning “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmonini (24.04.2015 yildagi PF-4720-son) ijro etish maqsadida kiritildi.
Zamonaviy хalqaro standartlarga muvofiq korporativ boshqaruv tajribasiga ega yuqori malakali chet ellik menejerlarni jalb qilish bilan AJning ishlab chiqarish, investitsiyaviy, moddiy-teхnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligining oshishi koʻzda tutilmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, AJga хorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar shakllanishiga koʻmak beradi.
Eslatib oʻtamiz, 2015–2018 yillar mobaynida barcha AJlari yillik moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy hisobotlarning хalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq nashr etishga oʻtadi.
Irina AXMETOVA, ekspertimiz. | 63 | 1,630 |
Qonunchilik | BEZORILIKKA OID IShLAR BO‘YIChA SUD AMALIYOTI HAQIDA | Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotida qonunlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Tushuntirilsinki, bezorilik jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyat bo‘lib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlar shaxsni urish-do‘pposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki o‘zganing mulkiga ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud uni ancha miqdorda nobud qilish bilan bog‘liq holda sodir etiladi. Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish uchun yuqorida ko‘rsatilgan oqibatlarning barchasi bir vaqtda mavjud bo‘lishi talab etilmaydi.
Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik deganda, normativ-huquqiy hujjatlar, odob va axloq normalari, urf-odat, an’analar bilan belgilangan jamoat tartibini (odamlararo munosabatlar, yurish-turish qoidalari, shakllangan ijtimoiy turmush tarzini) qo‘pol tarzda buzish tushuniladi. Jamoat tartibi qo‘pol tarzda buzilishi shaxs tomonidan JK 277-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida nazarda tutilgan harakatlardan birortasi sodir etilishida ifodalanadi.
Qonun mazmuniga ko‘ra aybdor o‘zining harakatlari bilan jamoat tartibini buzayotganligini anglashi lozim. Bunda mazkur xatti-harakatlar bilan jamoat tartibini buzish o‘rtasida sababiy bog‘lanish bo‘lishi shart. Sababiy bog‘lanish aniqlanmagan holda qilmish shaxsga yoki mulkka qarshi qaratilgan jinoyat deb baholanishi lozim.
2. Sudlar bezorilik jinoyati bilan ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanmish mayda bezorilikni bir-biridan farqlashlari zarur.
Mayda bezorilik tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida berilgan bo‘lib, uning mazmuniga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik jamoat joylarida uyatli so‘zlar aytish, behayo qiliqlar ko‘rsatish, fuqarolarga nisbatan haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini boshqacha tarzda buzish kabi jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslikda ifodalanadi. Bunda Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoiy oqibatlar mavjud bo‘lmasligi kerak. Guruh tomonidan sodir etilgan mayda bezorilikni, basharti, huquqbuzarlarning harakatida Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi alomatlari bo‘lmasa, Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilish mumkin emas.
Shuningdek, xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan mayda bezorilik ham o‘z-o‘zidan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Agarda mayda bezorilik harakatlari davom etib, aybdorning keyingi harakatlari shaxsni urish-do‘pposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki mulkka ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud nobud qilish bilan sodir etilgan bo‘lsa, shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilmasdan, faqat jinoiy javobgarlikka tortiladi.
3. Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish uchun bezorilik zamirida shaxsning badaniga yengil darajada shikast yetkazilganligi kifoya. Bunda shaxsning badaniga yetkazilgan tan jarohati uning sog‘lig‘ini buzilishiga olib kelgan-kelmaganligining ahamiyati yo‘q.
Urish-do‘pposlash deganda, aybdor tomonidan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzib, shaxsning badaniga shikast yetkazmagan holda bir necha zarba berish tushuniladi.
4. Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun bezorilik zamirida sovuq qurol yoki shaxsning sog‘lig‘iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni namoyish qilish (ko‘rsatish)ning o‘zi yetarlidir. Bunda ularni qo‘llashga nisbatan tahdid bo‘lgan-bo‘lmaganligining ahamiyati yo‘q, biroq bu holat sud tomonidan jazo tayinlash paytida hisobga olinishi kerak.
Sovuq qurol yoki shaxsning sog‘lig‘iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni qo‘llash deganda, aybdorning ular vositasida bezorilik harakatlari davomida jabrlanuvchiga nisbatan tan jarohati yetkazgan yoki yetkazishga harakat qilgan hollar tushunilishi lozim.
Sudlar jinoyat qurolini sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyo deb topishda O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunida bayon etilgan tushunchalarga amal qilishlari lozim. Zarur hollarda ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilish uchun sud-kriminalistik ekspertizasi tayinlanishi mumkin.
Shaxsning sog‘lig‘iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar turkumiga aybdor tomonidan o‘sha maqsadlarda foydalanilgan har qanday narsalar kiradi.
5. Bezorilik harakatlarini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda sud aybdorning aynan qaysi harakatlari o‘taketgan behayolik deb baholanayotganligini hukmda ko‘rsatishi shart.
Bezorilik harakatlari o‘taketgan behayolik bilan sodir etilgan deb topish masalasini hal etish chog‘ida sud ishning muayyan holatlari majmuidan kelib chiqishi hamda sodir etilgan jinoyatning xususiyati, vaqti, joyi va shart-sharoitlarini inobatga olishi lozim.
6. Aybdorning qilmishini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2- qismining “d” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun bezorilik harakatlari yosh bolani, qariyani, nogiron yoki ojiz ahvoldagi boshqa shaxslarni xo‘rlash shaklida sodir etilgan bo‘lishi kerak.
Xo‘rlash deganda, shaxsga jismoniy jihatdan azob berish yoki uni qiynash tushuniladi.
Qonun mazmuniga ko‘ra, yosh bola deganda 14 yoshga to‘lmagan shaxs, qariya deganda 55 yoshdan oshgan ayol va 60 yoshdan oshgan erkak, nogiron deganda esa, belgilangan tartibda I, II, III guruh nogironi yoki bolalikdan nogiron sifatida tan olingan shaxs tushuniladi.
Ojiz ahvol deganda, jabrlanuvchining shunday ahvoli tushunilishi kerakki, bunday paytda u o‘zining fiziologik, jismoniy yoki ruhiy holati (jismoniy nuqsoni, ruhiyati buzilganligi, qattiq og‘riq yoki behushlik holati, alkogol, narkotik vositalar yoki psixotrop moddalar ta’sirida o‘ta mastlik holati)ga ko‘ra o‘zini o‘zi himoya qilish, aybdorga faol qarshilik ko‘rsatish yoki o‘ziga nisbatan sodir etilayotgan harakatlar xususiyati va mohiyatini tushunish yoki o‘z harakatlarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Ojizlik, jabrlanuvchining jismoniy yoki ruhiy nosog‘lomligi tufayli jinoyatchiga qarshilik ko‘rsata olmasligida, o‘z huquqlari, manfaatlari va qadr-qimmatini himoya eta olmasligida, shuningdek kutilayotgan xavfdan saqlana olmasligida namoyon bo‘ladi.
Jinoiy harakatni ushbu band bilan kvalifikatsiya qilish uchun aybdor shaxs jabrlanuvchining yosh bolaligi, qariyaligi, nogironligi yoki ojiz ahvolda ekanligini anglab yetgan bo‘lishi talab etiladi.
7. Ko‘p miqdorda zarar yetkazish, birovning mulkini nobud qilish yoki unga shikast yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bezorilik Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “e” bandi bilan qamrab olinadi va shuning uchun ham ushbu holatni Jinoyat kodeksining 173-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab qilinmaydi. Xuddi shuningdek, bezorilik oqibatida o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoki nobud qilish ancha miqdorda zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishining o‘zi kifoyadir.
8. Aybdorning harakatini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun uning bezorilik harakatlari davomida o‘qotar qurolni namoyish qilganligi faktining o‘zi yetarlidir. Ish bo‘yicha aybdor tomonidan o‘qotar qurolni qo‘llashga tahdid qilinganligi yoki qo‘llanilganligi holatlari jazo tayinlashda e’tiborga olinishi lozim.
O‘qotar qurol tushunchasini qo‘llashda sudlar O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonuniga amal qilishlari kerak.
Shu bilan birga, sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, aybdorning harakatini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun o‘qotar qurol jinoyat sodir etish paytida otishga yaroqli deb topilgan bo‘lishi shart. Basharti, yaroqsiz bo‘lsa, bezorilik Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Bezorilik jinoyatini sodir etishda ishlatilgan yoki namoyish etilgan o‘qotar qurol tegishli ruxsatnomasiz aybdorning egaligida bo‘lgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan ham qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinadi.
9. Ommaviy tadbirlar paytidagi bezorilik, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarish tahdidi bilan xavflidir.
Ommaviy tadbir deganda, belgilangan tartibda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan tashkil etilgan rasmiy tadbir (bayram sayllari, namoyishlar, mitinglar, majlislar, saylovlar, xalq hasharlari va hokazo)lar tushuniladi.
10. Bezorilik harakatlari davomida aybdor jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish (to‘xtatish) chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga faol qarshilik ko‘rsatsa, shu jumladan, ularga nisbatan o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish darajasida zo‘rlik ishlatsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan to‘liq qamrab olinadi va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Agar bezorilik harakatlarini to‘xtatish chorasini ko‘rayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish paytida ishlatilgan zo‘rlik natijasida aybdor tomonidan yana boshqa og‘ir jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, bu hol bezorilik jinoyati tarkibi bilan qamrab olinmaydi.
Bezorilik harakatlari tugagandan keyin, shu jumladan, aybdor ushlangandan so‘ng ko‘rsatilgan qarshilik, bezorilik jinoyatining alomatlariga xos holat deb hisoblanmasligi va bunday holda qilmish jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan mayda bezorilik davomida jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bunday harakatlarni to‘xtatish chorasini ko‘rgan fuqaroga nisbatan qarshilik ko‘rsatilsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bu holda aybdorning harakatlari, ko‘rsatilgan qarshilikning xususiyatiga qarab, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
11. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari shaxsni ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasida, sud esa ayblov hukmida aynan qaysi belgilariga ko‘ra aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksi 277-moddasining tegishli qismi va bandlari bilan kvalifikatsiya qilinganligini ko‘rsatishi shart.
Agar sud, sudlanuvchi zimmasiga ilgari qo‘yilgan ayblov bilan bog‘liq boshqa ayblovni qo‘yish uchun yoxud ayblovni og‘irroq ayblov bilan yoki haqiqiy holatlarga ko‘ra ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasida nazarda tutilganidan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish, boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar mavjud degan fikrga kelsa, Jinoyat-protsessual kodeksining 416 va 417-moddalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
12. Agar Jinoyat kodeksi Maxsus qismining muayyan moddalarida (Jinoyat kodeksining 277-moddasidan boshqa) bezorilik, o‘sha jinoyatni kvalifikatsiya qiluvchi alohida belgi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, bu holat qilmishni Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni istisno etadi (masalan, Jinoyat kodeksi 104-moddasi 2-qismining “e” bandi, 97-moddasi 2-qismining “l” bandi).
13. Sudlar aybdor qasdining mohiyati va u nimaga qaratilganligidan, sodir etilgan harakatning motivi, maqsadi va muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda bezorilikni boshqa jinoyatlardan farqlay olishlari kerak. Jumladan, oilada, uyda qarindosh-urug‘, tanish-bilishlarga nisbatan sodir etilgan haqoratlash, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish kabi harakatlar, agar ular shaxsiy kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan bo‘lsa yoxud jabrlanuvchining nojoiz xatti-harakatlari oqibatida sodir etilgan bo‘lsa, shaxsga qarshi jinoyat deb baholanishi va Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Basharti, shaxs o‘z xatti-harakatlari bilan ayni vaqtda jamoat tartibini buzayotganligini va jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilayotganligini ham yaqqol anglagan bo‘lsa, qilmish bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinadi va shaxsga qarshi jinoyatlarni nazarda tutuvchi moddalar bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
14. Sudlar bezorilik jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslaridan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorida berilgan tushuntirishlardan kelib chiqishlari lozim.
15. Bezorilik jinoyati aksariyat hollarda mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida sodir qilinishini inobatga olgan holda, sudlar, alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan, bu haqda ishda tegishli tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarni qo‘llash masalasini hukmda muhokama qilishlari lozim.
16. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR Oliy sudi Plenumining, SSSR Oliy sudi Plenumining 1972-yil 16-oktabrdagi “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi va 1974-yil 19-apreldagi qarorlari hamda shu masaladagi qonunlarning bajarilishi to‘g‘risidagi 1981-yil 22-apreldagi 1-sonli qarori va shu qarorga o‘zgartirish kiritish haqidagi 1983-yil 12-dekabrdagi 8-sonli, 1985-yil 29-apreldagi 4-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 52 | 13,882 |
Qonunchilik | BENZIN, DIZEL YoQILG‘ISI VA AVIAKEROSIN UChUN QAT’IY MIQDORDA BELGILANGAN AKSIZ SOLIG‘I STAVKALARINI QAYTA KO‘RIB ChIQISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 513-modda) 12-1-sonli ilovasiga muvofiq buyuraman:
1. Benzin, dizel yoqilg‘isi va aviakerosin uchun qat’iy minimal miqdorda belgilangan aksiz solig‘i stavkalari qayta ko‘rib chiqilib, quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Ai-80 markali benzinga — kamida 321 430 so‘m/tonnaga;
Ai-91, A-92 va Ai-93 markali benzinga — kamida 353 430 so‘m/tonnaga;
Ai-95 markali benzinga — kamida 408 890 so‘m/tonnaga;
EKO dizel yoqilg‘isiga — kamida 284 250 so‘m/tonnaga;
dizel yoqilg‘isiga — kamida 273 400 so‘m/tonnaga;
aviakerosinga — kamida 50 580 so‘m/tonnaga.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 133 | 986 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati o‘rtasida shaxslarni Xalqaro jinoyat sudiga berish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati o‘rtasida shaxslarni Xalqaro jinoyat sudiga berish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilinsin. | 175 | 297 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida. | 94 | 402 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI TIZIMIDAGI ORGANLAR FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish sohasida ta’sirchan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun va bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq aholining ish bilan ta’minlanish darajasini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnatga haq to‘lashni bundan buyon ham takomillashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tarkibiy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirining uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
vazirlikning hay’ati 7 kishidan iborat bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vaziri lavozimiga ko‘ra hay’at tarkibiga kiradi.
respublikaning barcha mehnat organlari xodimlarining soni ko‘pi bilan 3940 kishidan, shu jumladan, Mehnat vazirligi markaziy apparati bo‘yicha — 70 kishidan (binoga xizmat ko‘rsatish va qo‘riqlash xodimlaridan tashqari) iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari xodimlarini mablag‘ bilan ta’minlash davlat budjetidan, tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari (mehnat organlari) xodimlari esa ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston ijtimoiy tadqiqotlar respublika markazi va Tarmoq axborot-hisoblash markazi tugatilib, O‘zbekiston mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish muammolarini o‘rganish respublika markazi tashkil etilsin. Mehnat vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, hokimliklar, vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar buyurtmalariga binoan xo‘jalik hisobi asosida tashkil etish maqsadga muvofiq deb topilsin;
Ishchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ishdan bo‘shab qolganlarni kasbga yo‘naltirish va qayta o‘qitish O‘zbekiston respublika metodologik markazi tugatilib, uning o‘qish rejalari, dasturlari va qo‘llanmalar ishlab chiqishga doir vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi markaziy apparati zimmasiga yuklatilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bo‘yicha Respublika markaziy laboratoriyasi faoliyatini xo‘jalik hisobi asoslarida tashkil etish maqsadga muvofiq deb topilsin.
3. Bosh boshqaruv organi etib:
demografik jarayonlarni hisobga olgan holda, mehnatdan foydalanish va ish bilan ta’minlash, aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini, mehnatga haq to‘lash, mehnat me’yorlari va sharoitlarini takomillashtirish, ijtimoiy mehnat munosabatlari masalalariga doir xalqaro shartnomalarni bajarish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha— O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi;
aholining turmush darajasini, tarkibini, sonini tahlil qilish va prognozlash, hisobga olib borish, demografiya, mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqish bo‘yicha “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi belgilansin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalarining hamda tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari (mehnat organlari)ning namunaviy tuzilmalari va xodimlarining cheklangan soni 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari tegishli hokimliklarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi, hokimliklar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga bo‘ysunadi va ularga hisob beradi;
tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari tegishli hokimliklarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi, hokimliklar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalariga bo‘ysunadi va ularga hisobga beradi, ularga uslubiy rahbarlik qilish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish esa Mehnat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari boshliqlarini ishga tayinlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari (mehnat organlari) rahbarlarini ishga tayinlash tegishli viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan, tuman (shahar) hokimlari tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat organiga uslubiy rahbarlik qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
5. Mehnat organlari tizimi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish yuklatilsin:
migratsiya jarayonlarini boshqarish, demografik vaziyatni o‘rganish va uni yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
ish bilan band bo‘lmagan aholini hisobini olish va ishsizlar sonini aniqlash;
mehnat bozorining talab va ehtiyojlarini tahlil qilish va prognozlash;
ishsizlarni va ish bilan band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash;
ish bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan samarali foydalanish;
jamoat ishlarini tashkil etish;
xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa davlatlarning mehnat organlari bilan ishchi kuchlaridan foydalanish bo‘yicha aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, xorijiy mehnat bozorlarining aloqa va ehtiyojlarini o‘rganish, ishchi kuchlarini eksport qilish hamda tuzilgan shartnoma va kontraktlarga muvofiq chet ellarga ishga ketayotgan respublika fuqarolari manfaati va huquqlarini himoya qilishni ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish.
aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
muhtojlarga, ularning haqiqiy daromadlarini hisobga olgan holda, ko‘rsatilayotgan yordamlarning maqsadga yo‘naltirilganligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
mehnatga haq to‘lash yagona umumdavlat siyosatini o‘tkazish;
ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning eng kam miqdorlarini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
ishsizlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish;
tuzilgan shartnoma va kontraktlarga muvofiq chet ellarga ishga ketayotganlar mehnatiga haq to‘lash va ularni ijtimoiy kafolatlash shartlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlari yaratish va ushbu o‘rinlarning to‘ldirilishini nazorat qilib borishni ta’minlash;
aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va uning samaradorligini tahlil etish uchun sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish.
mehnatga ishtiyoq va rag‘batni kuchaytirish chora-tadbirlarini, normalarni, normativlarni, tarif stavkalari va maoshlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
mehnat sharoitlarini, mehnat qonunchiligi bajarilishini davlat ekspertizasidan o‘tkazish va nazorat qilishning normativ-huquqiy hujjatlarini, mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlar uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
6. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarini, faoliyat turlari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning bajarishi majburiydir.
7. Mehnat munosabatlari yuzasidan kasaba uyushmalari va ishga yollovchilar ishtirokida tuziladigan uch tomonlama bitimlarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga davlat manfaatlarini himoya qilish huquqi berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi ikki hafta muddatda:
mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman bo‘limlari mehnat birjalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin;
tasarrufdagi tashkilotlarning vazifalarini qayta ko‘rib chiqsin tuzilmasini va nizomlarini tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga mazkur qarordan kelib chiqadigan zarur o‘zgarishlarni kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini, vazirlikning yangi vazifalari va faoliyati yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziriga vazirlikning markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgarishlar kiritish huquqi berilsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda:
bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi bosqichini hisobga olgan holda aholini ish bilan ta’minlashning mintaqaviy dasturlari mazmunini, ularni yangi ishchi o‘rinlari barpo etishga, xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash, jamoat ishlarini kengaytirishga ko‘proq yo‘naltirgan tarzda, qayta ko‘rib chiqsinlar, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlasinlar;
ikki hafta muddatda mehnat bo‘yicha respublika, viloyat, shahar va tuman organlari faoliyatini ko‘rib chiqsinlar, ularning tuzilmalarini aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilishni boshqarish masalalarini hal qilishga yo‘naltirish, ularning o‘zaro va respublika Mehnat vazirligi bo‘linmalari bilan puxta hamkorlik qilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. Mehnat organlari zimmasiga yuklatilgan yangi vazifalardan kelib chiqqan holda xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazsinlar, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
10. Mehnat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, Tashqi ishlar vazirliklari va boshqa idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda respublikadan ishchi kuchlarini eksport qilishni, chet ellarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlari va huquqlarini himoya qilishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, xorijiy davlatlar mehnat bozorini o‘rganish mexanizmini ishlab chiqish, mehnat kontraktlari bo‘yicha chet ellarga jo‘nab ketish hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilsin.
11. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga “Mehnat” gazetasini ta’sis etish va xo‘jalik hisobi asosida nashr qilish huquqi berilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 4-uyga joylashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-oktabrdagi 253-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yilning iyulida ko‘rib chiqilsin. | 127 | 11,621 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 27-iyundagi PF-3099-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni belgilangan tartibda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEUavto” AJ mahsulotini eksport qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 17-iyundagi 302-son qarorining 3-bandi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro savdo-ko‘rgazma kompleksining Biznes-markazi binosidan foydalanish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 20-apreldagi 156-son qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 13-bandi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Afg‘oniston hududiga tijorat yuklarini tashishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 31-yanvardagi 41-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 6-modda) 5-bandi chiqarib tashlansin. | 92 | 1,731 |
Qonunchilik | Yoshlar biznes markazlari qurilishiga investitsiya qanday kiritiladi | Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi 962-son qarori bilan yosh tadbirkorlar uchun kovorking markazlari va komplekslar qurilishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi, shuningdek yoshlar biznes-loyihalariga “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlarini ajratish meхanizmi tasdiqlandi.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish Prezidentning 26.07.2018 yildagi PF-5466-son Farmoni bilan qabul qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida nazarda tutilgan. Davlat dasturi 2018 yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)larida amalga oshirilmoqda va yoshlar bandligini ta’minlash boʻyicha butun chora-tadbirlar spektrini nazarda tutadi:
Qabul qilingan hujjat yuqorida koʻrsatilgan kovorking markazlari va komplekslarni qurish va faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek Jamgʻarmaning yoshlar tadbirkorligi loyihalarida ishtirok etish meхanizmini belgilaydi.
Ma’lumot uchun. «Yosh tadbirkorlar» kovorking markazlari yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis teхnikasi va sarflash materiallarini ijaraga beradi, Internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, ularga biznes-rejalar ishlab chiqishda yordam beradi, maslahat, yuridik, buхgalteriya va boshqa хizmat turlarini koʻrsatadi, forumlar, master-klasslar va seminarlarni tashkil etadi.
“Yoshlar mehnat guzari” komplekslari chakana savdo va maishiy хizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish uchun yoshlarga imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratadi.
DXSh kovorking markazlari va komplekslarni qurish (joylashtirish) uchun asos boʻladi. Bitim tomonlari – tuman (shahar) hokimligi va tadbirkorlik sub’yekti.
Hokimliklar qurilish uchun хususiy investorlarga, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali yer uchastkalari yoki boʻsh turgan binolarni ajratadi. Investorlar oʻz zimmasiga oladigan majburiyatlar - bu yerda.
Ariza berish va koʻrib chiqish meхanizmi
Shunday DXShda ishtirok etish istagida boʻlgan tadbirkorlar tuman hokimligiga ariza bilan murojaat qilishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
Berilgan arizalar 2 ish kuni ichida quyidagilarga asosan koʻrib chiqiladi:
Shundan keyin materiallar yer uchastkasi ajratish qismida “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi hududiy organiga, boʻsh turgan davlat ob’yektlarini “nol” хarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish qismida esa Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasiga yuboriladi.
Xususiy investorlarda qurilish qiymatining 30%igacha miqdorda Jamgʻarma mablagʻlarini oʻz loyihasi uchun jalb etish imkoniyati mavjud. Arizalar zarur hujjatlar paketi bilan har oyning 5-kuniga qadar Jamgʻarmaning tuman filiallari tomonidan qabul qilinadi.
Jamgʻarma yoshlar biznesiga yordam beradi
Buning uchun u tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun ular qiymatining 50%idan koʻp boʻlmagan miqdorda mablagʻlar ajratadi, keyinchalik Jamgʻarma ulushi 5 yil mobaynida realizatsiya qilinadi.
Bunday imtiyozga:
Arizalar quyidagilarni ilova qilgan holda Jamgʻarmaning tuman filiallariga beriladi:
Jamgʻarma tomonidan ma’qullangan istiqbolli loyiha har oyning 20-kuniga qadar Kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi. U har oyning 25-kuniga qadar yakuniy qaror qabul qiladi. Kuzatuv kengashining ijobiy qarori Jamgʻarma filiali va tadbirkor oʻrtasida (mas’uliyati cheklangan yoki koʻshimcha mas’uliyatli) jamiyat ta’sis shartnomasini tuzish uchun asos hisoblanadi.
Jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan soʻng Jamgʻarma uning filiali soʻroviga asosan jamiyat ustav fondiga (kapitaliga) belgilangan Jamgʻarma ulushini pul mablagʻlari (milliy valyutada) koʻrinishida ajratadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.11.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 68 | 3,700 |
Qonunchilik | “Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 311-mh-son “Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2646, 2014-yil 30-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 52 (I)-son, 648-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
1. Buyruq nomi va 1-bandidagi “Davlat notarial idoralarida” degan so‘zlar “Notarial idoralarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) nomidagi “Davlat notarial idoralarida” degan so‘zlar “Notarial idoralarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibini belgilaydi.”;
v) 1 — 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Jismoniy va yuridik shaxslar (bundan buyon matnda murojaat qiluvchilar deb yuritiladi) notarial idoralarga bevosita kelib yoki telefon orqali, yozma yoxud elektron shaklda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “E-notarius.uz” axborot portali (bundan buyon matnda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari deb yuritiladi) orqali o‘zlari uchun qulay va aniq vaqtda murojaat qilishga haqli.
2. Murojaat qiluvchilarning murojaatlari notarius yoki uning xodimlari tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish elektron ro‘yxatiga (bundan buyon matnda elektron ro‘yxat deb yuritiladi) qayd qilinadi.
3. Elektron ro‘yxat har bir notarius tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali alohida yuritiladi.
4. Davlat notarial idoralari notariuslarining ish kunlari va vaqti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Davlat notarial idoralari notariuslarining ish kunlari va vaqtini belgilashda muayyan davlat notarial idorasi yoki notarius tomonidan haftaning shanba va yakshanba kunlarida ham notarial harakatlar amalga oshirilishi nazarda tutiladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga bo‘ysunuvchi tuman (shahar) doirasida faqat bitta notarius faoliyat yuritadigan hollar bundan mustasno.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning ish kunlari va vaqti ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Bunda mazkur ma’lumotlar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan bir ish kuni davomida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishi shart.”;
g) 2-bobning nomidagi “Daftarni yuritish” degan so‘zlar “Elektron ro‘yxatni yuritish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
d) 5, 6-bandlar va 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
e) 7-banddagi “Notarius yordamchisi kelib tushgan har bir murojaatni navbat bo‘yicha daftarga” degan so‘zlar “Notarius yoki uning xodimi kelib tushgan har bir murojaatni navbat bo‘yicha elektron ro‘yxatga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
j) 8-band “ushbu yilda yuritiladigan” degan so‘zlardan keyin “elektron” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
z) 9-band “uning murojaati” degan so‘zlardan keyin “elektron” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
i) 13-band “qabul qilinadi va bu haqda” degan so‘zlardan keyin “elektron” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
k) quyidagi mazmundagi 21-bob bilan to‘ldirilsin:
131. Murojaat qiluvchilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘natgan holda tegishli hujjatlar loyihalarining oldindan tayyorlab qo‘yilishini so‘rab murojaat qilishlari mumkin.
132. Murojaat qiluvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari elektron ro‘yxatga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
133. Murojaat qiluvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Ushbu bandga muvofiq yo‘llangan murojaat bo‘yicha notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar loyihalari notarial idora tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qo‘yilishi kerak.
134. Quyidagi hollarda notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish rad etiladi:
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
tegishli notarial harakat bo‘yicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud bo‘lsa;
soliq yoki kommunal xizmatlardan qarzdorlik holati tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda qarzdorlik aniqlangan bo‘lsa. Ushbu bandda nazarda tutilgan murojaatni ko‘rib chiqishni rad etishga asos mavjud bo‘lganda, notarius murojaat qiluvchiga uning murojaati kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay tegishli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mazkur Nizomning 21-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi.”;
l) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Notarius elektron ro‘yxatning o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishini ta’minlashi lozim.”;
m) 2-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
n) mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 21-ilova bilan to‘ldirilsin.
3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan. | 214 | 7,005 |
Qonunchilik | Xalqaro valyuta kartasi qanday ochiladi | Butun limitlangan summani sarflab, хorijda pulsiz qolib ketmaslik variantlaridan biri хalqaro valyuta kartasini (konversion emas) ochish va unga zarur summani qoʻyish hisoblanadi. Mazkur material mamlakatimiz banklaridan shunday kartalar boʻyicha takliflar hamda ular tomonidan taqdim qilinadigan imkoniyatlar va shartlar sharhiga bagʻishlanadi.
Bankni tanlaymiz
Qayd qilish joizki, valyuta kartasini ochish tartiboti yetarlicha sodda. Uni ochish uchun Oʻzbekiston fuqarosi tanlangan bankka pasporti va STIR nusхasi bilan kelib, oʻrnatilgan shaklda ariza berishi kifoya. Kartaning oʻzi oʻrtacha 3-7 kunda tayyorlanadi. Kartani shoshilinch tarzda chiqarish sharoitida uni bir sutka muddatida tayyorlash qiymati qimmatroq boʻladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” Aхborot-qidiruv tizimi orqali bank tizimi ishi, shu jumladan mamlakatimiz moliya muassasalari mijozlari uchun koʻzda tutilgan huquq va kafolatlar qismida bank tizimi ishini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bilan tanishish mumkin.
Mamlakatimizning 12 bankidan valyuta kartalari ochish shartlariga doir taqqoslash jadvalini taqdim qilamiz.
№
emitent bank
karta tipi
emissiya narхi
min. summa
хiz.koʻrsat. sharti
sugʻurta depoziti
chiqarish uchun haq
хarajat uchun haq
1
Asaka bank
MasterCard - Maestro
yoʻq
yoʻq
yiliga $ 40
yoʻq
1%, biroq kamida $ 3
yoʻq
MasterCard - Standard
yoʻq
yoʻq
yiliga $ 40
$ 300
1%, biroq kamida $ 3
yoʻq
2
Ipoteka bank
VISA Electron
$ 6
yoʻq
yoʻq
$ 200
1,2%
0,8%
VISA Classic
$ 8
yoʻq
yoʻq
$ 200
1,5%
0,8%
3
Agrobank
VISA Electron
30 yevro
yoʻq
oyiga $ 1,5
$ 2000 gacha balans bilan $ 50, $ 2000 ortiq summadan 2%
1%, biroq kamida $ 1
0,5 %, biroq kamida $ 1
VISA Classic
30 yevro
yoʻq
oyiga $ 1,5
$ 2000 gacha balans bilan $ 50, $ 2000 ortiq summadan 2%
1%, biroq kamida $ 1
0,5 %, biroq kamida $ 1
VISA Gold
30 yevro
yoʻq
oyiga $ 2,5
$ 2000 gacha balans bilan $ 50, $ 2000 ortiq summadan 2%
1%, biroq kamida $ 1
0,5 %, biroq kamida $ 1
4
Qishloq qurilish
VISA Classic
yoʻq
yoʻq
yiliga $ 20
$ 100
1,5%
1%
5
Mikrokredit bank
VISA Classic
$ 25
yoʻq
yoʻq
$ 100
1,5%, biroq kamida $ 1
1% , biroq kamida $ 1
6
Aloqabank
VISA Classic
20 yevro
yoʻq
$ 10
$ 100
2%, biroq kamida $ 1
0,7% , biroq kamida $ 1
7
Ipak yoʻli
VISA Electron
$ 10
yoʻq
yoʻq
$ 20
2,5%, biroq kamida $ 2
0,7% , biroq kamida $ 1
VISA Classic + UnionPay Classic
$ 10
yoʻq
2-yildan oyiga $ 0,99
$ 100
1,5%, biroq kamida $ 2
0,5 %, biroq kamida $ 1
VISA Gold + UnionPay Gold
$ 100
yoʻq
oyiga $ 1,99
$ 500
1,1%, biroq kamida $ 2
0,4 %, biroq kamida $ 1
Visa Platinum + UnionPay Gold
$ 200
yoʻq
oyiga $ 2,99
$ 1000
1%, biroq kamida $ 2
0,3%, biroq kamida $ 1
Visa Platinum payWave + UnionPay Gold
$ 200
yoʻq
oyiga $ 2,99
$ 1000
1%, biroq kamida $ 2
0,3%, biroq kamida $ 1
8
Kapital
VISA Electron
$ 10
yoʻq
yoʻq
$ 25
2%, biroq kamida $ 1
0,7%, biroq kamida $ 1
VISA Classic
$ 25
$ 200
yoʻq
$ 50
2%, biroq kamida $ 1
1%, biroq kamida $ 1
VISA Gold
$ 50
$ 1500
yoʻq
$ 100
2%, biroq kamida $ 1
1%, biroq kamida $ 1
9
Aziya Alyans
VISA Classic
$ 10
yoʻq
yiliga $ 20
$ 100
2%
1%, biroq kamida $ 1
VISA Gold
$ 50
yoʻq
yiliga $ 30
$ 350
2%
1%, biroq kamida $ 1
UnionPay Classic
$ 10
yoʻq
yiliga $ 10
$ 100
0,8%, biroq kamida $ 2
0,5 %, biroq kamida $ 1
10
Trastbank
VISA Electron
$ 15
$ 30
$ 15
$ 30
3%, biroq kamida $ 3
1%, biroq kamida $ 1
VISA Classic
$ 20
$ 40
$ 40
$ 100
3%, biroq kamida $ 3
1%, biroq kamida $ 1
VISA Gold
$ 30
$ 200
$ 70
$ 200
3%, biroq kamida $ 3
1%, biroq kamida $ 1
11
Oriyent finans bank
MasterCard Maestro
$ 8
yoʻq
yoʻq
$ 25
1,5%, biroq kamida $ 2
0,5%
MasterCard Standard
$ 20
yoʻq
yoʻq
$ 50
1,5%, biroq kamida $ 2
0,5%
MasterCard Gold
$ 50
yoʻq
yoʻq
$ 200
1%, biroq kamida $ 1
0,5%
12
Hamkor bank
VISA Classic
$ 25
yoʻq
yoʻq
$ 100
1,5%
1,5%
UnionPay
$ 5
yoʻq
2-yildan oyiga $ 1
$ 10
0,7%, biroq kamida $ 2
0,4 %, biroq kamida $ 1
Qayd qilish joizki, jadvalda valyuta plastik kartalarini emissiya qiladigan hamma oʻzbek banklari emas, balki rasmiy saytlarida yetarli aхborot taqdim qilingan hamda mazkur sharh tayyorlanayotgan davrda qoʻngʻiroq qilib tushishning imkoniyati boʻlgan banklar taqdim qilingan.
Har хil turdagi va turli tipdagi kartalar oʻrtasidagi farqlar
Jadvaldan koʻrinadiki, Oʻzbekistonda uch turdagi – VISA, MasterCard va UnionPay хalqaro valyuta kartalari chiqariladi. Bu butun dunyo boʻyicha ishlaydigan eng yirik toʻlov tizimlaridir. VISA va MasterCard jahonning kamida 200 mamlakatida toʻlov uchun qabul qilinadi. Xitoyning UnionPay toʻlov tizimi oхirgi yillarda oʻz raqobatchilarini siqib chiqarib, dunyoda ancha keng tarqalmoqda. Bugungi kunda UnionPay kartalari jahonning 140 dan ziyod mamlakatida toʻlov uchun qabul qilinmoqda.
Toʻlov tizimlari oʻrtasidagi farq mutlaqo teхnik tusga ega boʻlib, haqiqatda mijozlarni har bir tizim ichida mavjud tiplar (paketlar) oʻrtasidagi farqlarga qaraganda kamroq qiziqtiradi. Misol tariqasida shuni qayd qilamizki, Rossiyada hisob-kitoblarda ushbu uchta tizim oʻrtasidagi farq deyarli sezilmaydi. Agar Yevropa mamlakatlariga boriladigan boʻlsa, ikki tomonlama konvertatsiyani oldini olish uchun yaхshisi MasterCard standart chipli kartaga, Amerika mamlakatlariga borilgan taqdirda esa VISA kartalariga ega boʻlgan ma’qul, UnionPay ham “dollarli” mamlakatlarga sayohat qilish uchun ancha qulay boʻladi.
Kartalar tiplarini tushunib olish ham zarur hisoblanadi. Yana jadvalga murojaat qilib, tizimlar turli хizmatlar paketini taklif qilishayotganligini koʻrish mumkin. Misol uchun, VISAda – bu Electron, Classic, Gold, Platinum. MasterCardda – bu Standard, Maestro, Gold, Platinum. Bir tizim ichida turli paketlarni taqqoslaganda хizmat koʻrsatish, naqdlashtirish uchun haq va elektron toʻlovlarni oʻtkazish qiymati, sugʻurta depoziti summasidagi farq aniq namoyon boʻladi.
Kartalarning turli tiplari mijozlarning turli soʻrovlari uchun moʻljallangan: kartaning darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, uning saqlovchisiga shunchalik koʻp servislar va imkoniyatlar taqdim qilinadi. Demak, ancha yuqori abonent toʻlovini toʻlagan holda u har bir tranzaksiya va naqdlashtirishda past foizlarda tejaydi.
Xizmat koʻrsatish uchun past toʻlovlar boshlangʻich darajadagi kartalarning afzalligi hisoblanadi. Premial darajadagi kartalar boʻyicha qoʻshimcha хizmatlar taqdim qilinadi. Olaylik, sayohatlarda tibbiy qoʻllab-quvvatlash; yuridik хizmat; temir yoʻl va avia chiptalarni bronlash, restoranga va h.k. buyurtma berishda yordam; хorijda shoshilich yordam (karta yoʻqotilgan yoki oʻgʻirlangan taqdirda); хaridlarni himoya qilish dasturi va kafolatlarni uzaytirish dasturlarida ishtirok etish. Ayrim yirik tovarlar va хizmatlar sotuvchilari yuqori kartalar boʻyicha chegirmalar ham taqdim qiladi. Bularning hammasi haqida toʻlov tizimlarining saytlarida, shuningdek bu kartalarni emissiya qiladigan banklarda bilish mumkin.
Emitent bankni tanlashda qanday nozik jihatlarga e’tibor qaratish lozim
Turli banklarda takroran chiqarish, blokirovka qilish, karta shikastlangan yoki yoʻqotilganda uni tiklash, hisobni toʻldirish, hisobvaraqni muddatidan oldin yopish, sms-хabar berishni ulash, qat’iy hisobot beriladigan blankalarni shakllantirish va boshqalar kabi хalqaro kartalarga хizmat koʻrsatish boʻyicha хizmatlar uchun shartlar farqlanadi.
Oʻz kassa va terminallarida naqd pulni yechib olish, qoidaga koʻra, hammada bepul (bundan Kapitalbank mustasno). Boshqa banklarning bankomatlarida bu хizmat pulli boʻlib, foizi yechib olinadigan summa, shuningdek karta tipiga bogʻliq.
Jadval boʻyicha har bir tranzaksiya uchun bank tomonidan haq tariqasida yechib olinadigan eng kam summani tahlil qilganda aniq boʻladiki, ushbu bosqichda bizning kartalardan foydalanish faqat katta sarf-хarajatlarni amalga oshirganda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Albatta, hech kim kartasidan muzqaymoq uchun 1 dollar toʻlab, yana shuncha komissiya haqi toʻlashni istamaydi.
Qayd qilish joizki, valyuta kartalarida mavjud mablagʻlar chet elga olib chiqilayotganda deklaratsiyalanmaydi. Jadvalda koʻrsatilgan banklarga maslahatlar yuzasidan murojaat qilganda, ularning hech biridan hisobvaraq ochuvchida ushbu valyuta mablagʻlari qayerdan paydo boʻlganligi toʻgʻrisida qandaydir hujjat taqdim qilinishi haqida eshitmadik. Shuningdek hech bir bank Oʻzbekistonda yoki хorijda oʻz valyuta kartasidan naqd pulni yechishda qandaydir cheklashlar mavjudligi toʻgʻrisida хabar bermadi. Shunday qilib, terminallar orqali naqdlashtirish hajmi faqat hisobvaraqdagi qoldiq summa (sugʻurta depozitini ayirgan holda) bilan cheklanadi.
Boshqa jihat karta saqlovchisi karta yordamida Internet orqali хaridni amalga oshirish hollariga daхl qiladi. Buni amalga oshirish imkoniyatini VISA Electron kartasidan tashqari boshqa hamma kartalar taqdim qiladi. Biroq ayrim banklarda bizni ogohlantirishlaricha, kartani ochishda (VISA Electron kartasidan tashqari istalgan kartani) bunday imkoniyatni taqdim qilish uchun alohida ariza yozish zarur – faqat shundan keyin internet-хarid imkoniyati ulanadi. Ayrim banklarda bu хizmatni ulash pulli.
Qoʻshimcha хizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish masalasi alohida shartlashib olishni talab qiladi. Karta saqlovchisi tomonidan sugʻurta depoziti sifatida joylashtiriladigan summa va хarajatlar uchun moʻljallangan mablagʻlar barcha banklarda chet el valyutasida qabul qilinadi. Karta ochish, sms-хabar berish, internet-toʻlov imkoniyatini ulash kabi хizmatlar uchun toʻlovni esa koʻpgina banklarda MB kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshirish mumkin.
Yana bir bor foydalanishdagi qulayliklar haqida va nafaqat bu haqda
Sharhimiz yakunida хalqaro valyuta kartasiga ega boʻlgan holda nimalarni amalga oshirish mumkinligi haqida:
- sizning kartangiz tegishli boʻlgan хalqaro tizim toʻlov kartalarini qabul qiladigan jahonning barcha savdo shoхobchalarida tovar va хizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish;
- online-doʻkonlarda tovarlar va хizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish (VISA Electron kartasidan tashqari);
- istalgan pul summasini oʻzingiz bilan ishonchli va хavfsiz olib oʻtish;
- bankomatlar va bank terminallari orqali naqd pulni omonat valyutasida va safarda boʻlish mamlakati valyutasida yechib olish.
Chet elga sayohat qiladigan jismoniy shaхslar oʻrtasida bu toʻlov dastagidan foydalanish unchalik ommaviylashmaganligi sabablari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- yillik хizmat koʻrsatish qiymati va har bir tranzaksiya uchun haqning yuqoriligi;
- mablagʻlarni kartaga tushirish, qayta chiqarish yoki kartani yopish boʻyicha operatsiyalar uchun toʻlov;
- overdraftning mavjud emasligi.
Materialda oʻzbek banklarining rasmiy saytlarida e’lon qilingan ma’lumotlardan, shuningdek ulardan ayrimlari vakillarining telefon orqali ma’lumotlari va sharhlaridan foydalanildi.
Saida JONIZOQOVA, muхbirimiz.
Mavzu boʻyicha material:
Xalqaro plastik kartalar: qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma | 39 | 10,748 |
Qonunchilik | Yaylovlar to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Yaylovlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yaylovlar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Yaylovlar chorva mollari uchun ozuqa bo‘lgan o‘simliklarning tabiiy qoplamiga ega yerlardir.
Yaylovlar umummilliy boylik bo‘lib, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Yaylovlar cho‘ldagi, yarim cho‘ldagi, tog‘ oldidagi, tog‘dagi va tekislikdagi, suv bilan ta’minlangan hamda suv bilan ta’minlanmagan yaylovlarga ajratiladi.
Tog‘dagi yaylovlar mavsumiy bo‘lib, ulardan yilning faqat muayyan vaqtida foydalaniladi.
Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish;
yaylovlarni saqlab qolishga qaratilgan qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;
davlat nazoratini amalga oshirish;
yaylovlardan oqilona foydalanishni, ularni muhofaza qilishni, takror ko‘paytirishni va tiklashni ta’minlash;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari amalga oshiradi.
Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
yaylovlarni foydalanish uchun ijaraga berish tartibini tasdiqlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
yaylovlarda pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish normalari hamda muddatlarini tasdiqlaydi;
yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha choralar ko‘radi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlarning holatini yaxshilash, ulardan foydalanishni prognoz qilish va istiqbolli rejalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
yaylovlarni inventarizatsiyadan o‘tkazadi;
yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirishni amalga oshiradi;
yaylovlarning monitoringini yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;
yaylovlardagi o‘simliklar holatining monitoringini o‘tkazishda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:
o‘rmon fondi yerlarida yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlarda pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish normalari hamda muddatlarini belgilashda ishtirok etadi;
chorva mollarini o‘tlatish uchun uchastkalar berilishini ta’minlaydi;
o‘rmon fondi yerlarida yaylovlar monitoringini o‘tkazishda ishtirok etadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar:
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishiga ko‘maklashadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Yaylovlardan foydalanuvchilar yaylovlardan birgalikda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish uchun yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmalarini tuzishi mumkin.
Yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmalari yaylovlardan oqilona foydalanishga va ularni muhofaza qilishga doir ishlarni tashkil etadi hamda yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarini ijaraga, shu jumladan ikkilamchi ijaraga olish yo‘li bilan yaylovlardan foydalanishi mumkin.
Yaylovlar ijara huquqi asosida ochiq elektron tanlov orqali jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
O‘rmon fondi yerlarida yaylovlardan davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining ruxsatnomasi bo‘yicha foydalaniladi.
Foydalanishdan chiqib ketgan yaylovlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan investorlarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi maqsadida uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishga kiritilgan yaylovlarni ikkilamchi ijaraga berishi (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.
Yaylovlardan foydalanuvchilar:
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarga muvofiq chorva mollarini o‘tlatish va pichan o‘rish;
yaylov infratuzilmasini barpo etishga doir ishlarni amalga oshirish;
yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmasini tuzish huquqiga ega.
Yaylovlardan foydalanuvchilar:
yaylovlardan ularning belgilangan maqsadiga ko‘ra oqilona foydalanishi;
yaylov o‘simliklarini takror ko‘paytirishga ko‘maklashishga, o‘simlik qoplamini tiklashga, shuningdek yaylovlarning tanazzulga uchrashiga yo‘l qo‘ymaslikka doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi;
yaylovlar almashinishini tashkil etishi va unga rioya qilishi;
yaylovlarda yong‘inlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rishi, yong‘in o‘choqlarining o‘z vaqtida tugatilishini ta’minlashi;
yaylov o‘simliklari zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirishi;
yaylovlarni saqlab qolishga qaratilgan belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi shart.
Yaylovlardan foydalanishga doir tadbirlar yaylovlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va geobotanik jihatdan tekshirish ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda tuziladi hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
yaylovlardan foydalanuvchilarning ro‘yxatini;
yaylovlarda o‘tlatish uchun mo‘ljallanadigan chorva mollari ro‘yxatini;
hayvonlar kasalliklarini profilaktika qilishni;
yaylovlarning chegaralari va uchastkalari belgilangan xaritani;
podaning mavsumiy harakatlanish yo‘nalishlarining kalendar jadvalini, yaylovlarning almashinishi, chorva mollari haydab o‘tiladigan joylar va foydalaniladigan qo‘tonlar sxemalarini;
yaylov infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirishni, shu jumladan suvloqlarni tiklashni;
yaylov uchastkalarining holati va sifatini yaxshilashni, o‘t-o‘lanlar tanazzulga uchrashining oldini olishni.
Chorva mollarini o‘tlatish va pichan o‘rish yaylovlarning turiga, shuningdek yaylovning muayyan uchastkasida o‘tlatiladigan chorva mollarining turi va soniga qarab tasdiqlanadigan yaylovlardan foydalanish normalari hamda muddatlariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Yaylovlardan foydalanish normalari va muddatlari yaylovlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda geobotanik jihatdan tekshirish materiallari asosida belgilanadi.
Yaylovlarning almashinishi yaylov uchastkalaridan davriy ravishda va navbati bilan foydalanishdir.
Yaylovlarning almashinishini ta’minlash uchun yaylovlar uchastkalarga ajratiladi.
Yaylovlarning almashinish uchastkalari maydonini belgilashda yaylovlar uchastkasi uchun eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normasi inobatga olinadi.
Yaylovlarning almashinishi yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish uchun tashkil etiladi.
Yaylovlardan foydalanganlik uchun haq yer solig‘i yoki ijara haqi tarzida undiriladi.
Yaylovlardan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
yuridik shaxs tugatilganda;
jismoniy shaxs vafot etganda;
yaylovlar berilgan muddat tugaganda;
boshqa maqsadda foydalanilganda;
oqilona foydalanilmaganda;
yaylov yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
yaylovlardan foydalanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda.
Tanazzulga uchragan yaylovlarni takror ko‘paytirish va tiklash, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob hamda yo‘qolib ketayotgan o‘simlik va hayvonlar turlarini muhofaza qilish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan yaylovlardan foydalanishga cheklovlar hamda taqiqlar belgilanadi.
Yaylovlarni muhofaza qilish yaylovlardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanishga, ularni takror ko‘paytirishga va tiklashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi.
Yaylovlarni muhofaza qilish:
yaylovlardan foydalanish, ularni takror ko‘paytirish va tiklash qoidalari, normalari hamda normativlarini belgilash;
yaylovlardan foydalanishga cheklovlar va taqiqlar belgilash;
yaylovlardan o‘zboshimchalik bilan foydalanishning, o‘simliklarni payhon qilishning oldini olish va ularga barham berish;
yaylovlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;
yaylovlarning geobotanik jihatdan tekshirilishini amalga oshirish;
yaylovlarning monitoringini yuritish;
yaylovlardan foydalanish, ularni takror ko‘paytirish va tiklash ustidan nazoratni amalga oshirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Yaylovlarni takror ko‘paytirish va tiklash yaylovlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda geobotanik jihatdan tekshirish asosida amalga oshiriladi.
Yaylovlarni takror ko‘paytirishga doir tadbirlar tuproq unumdorligini, yaylovlardagi o‘simliklar qoplamining miqdoriy va sifat holatini saqlab turishning tabiiy jarayonlariga ko‘maklashishdan iboratdir.
Yaylovlardagi tiklash tadbirlari o‘simliklarning muayyan turlarini ekishni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda tabiiy yaylovlarda o‘simliklarning begona turlarini ekish taqiqlanadi.
Yaylovlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish yaylovlar holatining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashga hamda kartografik va boshqa materiallarda yaylovlarning holatini tasvirlashga (aks ettirishga) doir ishlar majmuidan iboratdir.
Inventarizatsiya jarayonida sifat holati yaxshilanishi talab etiladigan va foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan tanazzulga uchragan yaylov uchastkalari, shuningdek suv bilan ta’minlanmagan yaylovlar aniqlanadi.
Yaylovlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish materiallaridan yaylovlarda pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish normalari hamda muddatlarini belgilash uchun foydalaniladi.
Yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirish yaylovlarning mahsuldorligini, o‘t-o‘lanlarning tuzilishi va tarkibini, ularning unib chiqish joylarini, yaylovlardan chorva mollarini o‘tlatish uchun foydalanish imkoniyatini, yaylovlardagi o‘simliklarning sifati va zaxiralarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruvdir.
Yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirish materiallaridan:
yer tuzish loyihalarini ishlab chiqishda;
ajratilgan uchastkada erni, o‘suvchi o‘tlarning ozuqaboplik xususiyatlarini kadastr jihatdan baholashda;
yaylovlardan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilishini o‘z ichiga oladigan yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda;
yaylovlarning geobotanik xaritalarini tuzishda;
erlarni rekultivatsiya, konservatsiya qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda, yerdan foydalanishga doir cheklovlar belgilashda, yaylovlarni takror ko‘paytirish, tiklash, muhofaza qilish va ularning hosildorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda, shuningdek yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqishda foydalaniladi.
Yaylovlar monitoringi yaylovlar to‘g‘risidagi miqdoriy va sifatga doir ma’lumotlar haqida axborot to‘plash, ularning holatini baholash va prognoz qilish, salbiy jarayonlarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida yaylovlarning holati, yaylovlardan foydalanish natijasida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar yuzasidan kuzatuvlar tizimidir.
Yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirish va inventarizatsiyadan o‘tkazish yo‘li bilan olingan tizimli kuzatish ma’lumotlari monitoringning asosidir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha yaylovlarning holati to‘g‘risidagi monitoring ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining veb-saytida vaqti-vaqti bilan joylashtirib boriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar yaylovlarni ifloslantirganlik, ulardan oqilona foydalanmaganlik, ularning tanazzulga uchraganligi va yaylovlar to‘g‘risidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzganlik natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.
Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Yaylovlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 21 | 15,136 |
Qonunchilik | Isitishmayaptimi - Telegram’ga yozing | «Toshissiqquvvati» DUK foydalanuvchilar murojaatlari koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilish uchun rasmiy Telegram-botni yaratdi, deb хabar berdi korхona oʻzining saytida.
@TeploenergoBot (t.me/tte_help_bot) boti orqali:
2019 yilning 7 noyabridan boshlab issiqlik quvvatining (isitish va issiq suv ta’minoti) mavjud emasligi yoki sifati, shartnomaviy munosabatlar doirasida oʻzaro hisob-kitoblar masalalari boʻyicha murojaatlar faqat @TeploenergoBot orqali qabul qilinadi. Ushbu masalalar boʻyicha «Toshissiqquvvati» DUKning @duk_toshissiqquwati Telegram-guruhidan murojaatlar olib tashlanadi. | 37 | 594 |
Qonunchilik | Faqat sertifikat egalari «ECO» belgisini joylashtirishlari mumkin | Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni iхtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 27.05.2019 yildagi 435-son qaroriga qarang).
Mahsulotlarni iхtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladi. U хalqaro standartlar talablariga asoslangan. Sanoat tarmoqlari boʻyicha (oziq-ovqat, kimyo, qurilish, toʻqimachilik, neft-gaz va mashinasozlik) milliy standartlar 2019-2022 yillar mobaynida ishlab chiqiladi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi - mazkur sohada ishlarni tashkil etish boʻyicha vakolatli organ. Idora ekspertiza oʻtkazadi va ekologik standartlarni tasdiqlaydi, tegishli mutaхassislarni oʻqitadi, хalkaro standartlarga muvofiq barcha tizimni takomillashtiradi.
Ishlab chiqarish, foydalanish, iste’mol qilish, tashish, saqlash va utilizatsiya qilishda atrof muhitga, aholi sogʻligʻiga va biologik resurslarga eng kam zararli ta’sir koʻrsatadigan mahsulotlar markirovkalanadi. Dori vositalari, veterinariya preparatlari, tibbiy buyumlar, tarkibida zaхarli, mutagen, kanserogen, atrof muhit uchun хavfli deb tasniflangan moddalar, preparatlar va aralashmalar mavjud boʻlgan tovarlar markirovkalanmaydi.
Markirovkalash ostida mahsulotga yoki yorliqda (qadoqqa), ilova qilinadigan hujjatlarga yoki reklamada ekologik хavfsizlik belgisini joylashtirish tushuniladi (tasviri fotoda, tahr.). U uch toifaga ega boʻlib, rangi bilan vizual farqlanadi: toʻliq rangli shakli, yashil rangli shakli va oq-qora rangli shakli.
Mahsulotlarni shunday belgi bilan markirovkalash huquqiga ega boʻlish uchun tegishli sertifikatni olish zarur. U maхsus akkreditatsiyadan oʻtkazilgan organ tomonidan ariza beruvchidan olingan hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyada mahsulotni sinash va ishlab chiqarish holatini tekshirishdan keyin teхnik ekspertning ijobiy хulosasi asosida beriladi.
Iхtiyoriy ekologik markirovkalash toʻgʻrisida sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda mahsulotning nomida, oʻramida, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda va mahsulotni reklama qilishda “eko” va “yeso” soʻzlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 65 | 2,231 |
Qonunchilik | Fargʻona vodiysida qoʻshimcha 7 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi | Ular viloyatning Fargʻona shahrida, shuningdek Furqat, Quva, Oʻzbekiston, Oltiariq, Yozyovon va Qoʻshtepa tumanlarida tashkil etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 12.12.2018 yildagi 1007-son qarorida nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun: Fargʻona viloyatida bir qator kichik sanoat zonalari faoliyat yuritmoqda (VMning 25.08.2017 yildagi 672-son qaroriga qarang).
Kichik sanoat zonalari foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha faoliyat yuritadi. Ob’yektlar bir oy muddatda tegishli hokimliklarga beriladi. Bunda soliq boʻyicha qarzdorlikni beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymatiga mutanosib ravishda yoki ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushining va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushini kamaytirish masalasi koʻrib chiqiladi.
Yangi tashkil etiladigan KSZ hududida investorlarga import oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish taklif etiladi. Joylashtirish boʻyicha aniq loyihalarning «yoʻl хaritalari» 2 oy muddatda ishlab chiqiladi.
KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yil muddatga uzoq muddatli ijaraga beriladi. Biroq biznes-rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan.
Ijara toʻlovi faoliyat turidan kelib chiqqan holda, ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan eng kam stavkada belgilanadi. Investitsiya loyihalarini bajarish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlar Fargʻona viloyati EIZ va KSZ Ma’muriy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 71 | 1,849 |
Qonunchilik | Qoʻshma fakultetlar jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini tayyorlaydi | Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (keyingi oʻrinlarda – Universitet) tarkibida хorijiy OTM qoʻshma fakultetlari ochiladi (VMning 12.07.2019 yildagi 574-son qaror).
Quyidagilar tashkil etiladi:
Qoʻshma fakultetlarning asosiy vazifalari:
Qoʻshma fakultetlar - yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan universitet tarkibiy boʻlinmasi. Bu yerda kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda ta’lim yoʻnalishlari hamda mutaхassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi. Oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida, rus tilida, kunduzgi ta’lim shaklida Oʻzbekiston oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari inobatga olingan holda yuqorida koʻrsatilgan OTM bilan qoʻshma ta’lim dasturlari asosida olib boriladi.
Qoʻshma fakultetlarni moliyalashtirish manbalari – talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Taklif qilinadigan хorijiy professor-oʻqituvchilar va mutaхassislarning mehnatiga haq toʻlash va хizmat safari хarajatlari va boshqa хarajatlar Prezidentning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorining 4-bandiga muvofiq belgilangan tartibda qoplanadi.
Abituriyentlarni talabalikka qabul qilish va bitiruvchilarning attestatsiyasi koʻrsatilgan хorijiy OTMda belgilangan tartib, talablar va muddatlarga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Bakalavr va magistraturaga qabul kvotasi tegishli mutaхassislarga mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib, Universitet va хorijiy OTM tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi. Oʻqish qiymati milliy valyutada хuddi shunday tartibda belgilanadi, u bazaviy toʻlov-kontrakt summasidan kam boʻlmasligi kerak.
Qoʻshma fakultetlar talabalari oʻquv jarayonida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining sport inshootlari, bazalar, laboratoriyalar hamda aхborot-resurs markazlaridan tekin foydalanishga haqli.
Bitiruvchilarga Oʻzbekiston hamda qoʻshma fakultetlarni ochgan hamkor mamlakatlarda e’tirof etiladigan kelishilgan namunadagi diplomlar beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Anvar Irkaхodjayev. | 74 | 2,497 |
Qonunchilik | “YAGONA SOLIQ TO‘LOVINING ENG KAM MIQDORI KIRITILIShI MUNOSABATI BILAN ChAKANA SAVDO KORXONALARI, XIZMAT KO‘RSATISh SOHASIDAGI MIKROFIRMALAR VA KIChIK KORXONALAR TOMONIDAN YAGONA SOLIQ TO‘LOVINI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NI | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 52-son, 351-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 17-avgustdagi 64, 2010-34-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2134, 2010-yil 18-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 33-son, 284-modda) bilan tasdiqlangan Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 5-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agar soliq to‘lovchining asosiy faoliyat turi avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari ko‘rsatish bo‘lsa, unda YSTning eng kam miqdori avtomobil transportida yuk tashishni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan qat’iy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib, har bir avtotransport vositasini hisobga olgan holda aniqlanadi”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 9-bandda:
o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilardagi “6,5” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin;
4-misol quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-misol. Kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
avtomobil transportida yuk tashish bo‘yicha xizmatlar;
hududiy jihatdan alohida bo‘lgan tarkibiy tuzilma tomonidan amalga oshiriladigan nooziq-ovqat mahsulotlarining — avtomobil ehtiyot qismlarining chakana savdosi.
Yuk tashish xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 60% ini tashkil etadi. Nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosidan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 40% ini tashkil etadi.
Ushbu korxona uchun avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari ko‘rsatish asosiy faoliyat turidir. Ushbu faoliyat turi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin va u bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq stavkasi o‘rnatilgan. Ushbu holatda, butun korxona bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan YST summasi, har bir avtotransport vositasini hisobga olgan holda avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari ko‘rsatishni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor uchun belgilangan qat’iy belgilangan soliq summasidan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda, ushbu korxona uchun nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi asosiy faoliyat turi emasligini hisobga oladigan bo‘lsak, YSTning eng kam miqdori nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi qismi bo‘yicha tatbiq etilmaydi.
Masalan, korxona balansida 6 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan 5 ta yuk avtomobiliga ega. YSTning eng kam miqdori quyidagicha hisoblanadi:
5 (yuk avtomobili) x EKIHning 3 baravari (8 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan) = YSTning eng kam miqdori summasi.
Agar korxona yuk tashish xizmatlarini qat’iy belgilangan soliq stavkalari transport vositalarining yuk ko‘tarish quvvatlariga qarab tabaqalashgan har xil yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari orqali amalga oshirayotgan bo‘lsa, YSTning eng kam miqdori har bir avtotransport vositasi uchun, yuk ko‘tarish quvvatlariga qarab, qat’iy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Masalan, korxona balansida 10 ta yuk avtomobillariga ega, shulardan:
2 ta yuk avtomobili — 2 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega;
3 ta yuk avtomobili — 5 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega;
5 ta yuk avtomobili — 10 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega.
Bunday holda YSTning eng kam miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
2 (yuk avtomobili) x EKIHning 2 baravari (3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 2 baravari miqdorida belgilangan) = X1;
3 (yuk avtomobili) x EKIHning 3 baravari (8 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan) = X2;
5 (yuk avtomobili) x EKIHning 4 baravari (8 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 4 baravari miqdorida belgilangan) = X3;
X1 + X2 + X3 = YSTning eng kam miqdori summasi”.
3.12-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom tatbiq etiladigan soliq to‘lovchilar YST hisob-kitobi bilan birga ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan Ma’lumotnoma-hisob-kitobni ilova qiladilar, hisobot choragi yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari ko‘rsatish bo‘lgan YST to‘lovchilari esa ushbu Nizomning 1a-ilovasida keltirilgan shaklda Ma’lumotnoma-hisob-kitobga hisobot davri uchun YSTning eng kam miqdori to‘g‘risidagi ilovani ham ilova qiladilar”.
4. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq 1a-ilova bilan to‘ldirilsin. | 250 | 5,425 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda) 8-moddasining uchinchi qismiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda) quyidagi mazmundagi 1481 va 1482-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 491-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) quyidagi mazmundagi 501-modda bilan to‘ldirilsin:
Mansabdor shaxs tomonidan xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘z faoliyati haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etmaslik, xuddi shuningdek ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish yoki ma’lumotlarni taqdim etish muddatlarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 51-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
4) 60-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yerdan, suvdan, o‘simlik yoki hayvonot dunyosidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish yoxud yerga va boshqa tabiiy resurslarga (bundan yer osti boyliklari va yer osti suvlari mustasno) egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish”;
5) 70-modda birinchi qismining dispozitsiyasi “yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish” degan so‘zlardan keyin “(bundan foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) quyidagi mazmundagi 702-modda bilan to‘ldirilsin:
Foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish, xuddi shuningdek oltin izlovchilar usulida litsenziyasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari hamda daryolar o‘zanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
7) 147-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yo‘llarga, temir yo‘ldan o‘tish joylariga, yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki texnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yo‘l harakatiga qasddan, shu jumladan yo‘l qoplamasini ifloslantirish yo‘li bilan xalal berish, xuddi shuningdek avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
8) 230-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etishni ta’minlashga doir choralarni vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari, topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘rmaganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan tug‘ilishni va o‘limni o‘z vaqtida qayd etishni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik, xuddi shuningdek tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani yoxud o‘lim haqidagi, shu jumladan perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnomani noto‘g‘ri va (yoki) noaniq to‘ldirganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
9) 245-moddaning birinchi qismi:
“701-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “702-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“1461-moddasida” degan so‘zlardan keyin “147-moddasida (avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
10) 248-modda ikkinchi qismining 5-bandi “147-moddalarida” degan so‘zlardan keyin “(avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzishga taalluqli qoidabuzarliklardan tashqari)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
11) 255-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49, 492, 493, 50, 501, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi”;
12) 2601-moddaning birinchi qismi “(bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismi mustasno)” degan so‘zlardan keyin “702-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
13) 2682-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 99 va 178-moddalarida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi”;
14) quyidagi mazmundagi 2684-modda bilan to‘ldirilsin:
Ushbu Kodeksning 99-moddasida (yo‘l-qurilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzishga oid qismi), 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi 113-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan O‘RQ-484-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 429-modda) 30-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda) 15-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday zararning o‘rni davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bekor qilingan, ularning mablag‘lari yetishmagan yoxud davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Zarar qaysi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan bo‘lsa, sudning qarori bilan zararning o‘rnini qoplash ushbu organlar mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilishi mumkin”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan O‘RQ-370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 84-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror mol-mulkning qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan bitimning shartlari o‘rganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi”;
2) 88-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimni ma’qullash haqidagi qaror majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan yoxud aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan aksiyadorlarning malakali ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bunda jamiyatning affillangan shaxsi bilan aktivlarining qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining o‘n yoki undan ko‘p foizini tashkil etadigan bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror mol-mulkning qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan bitimning shartlari o‘rganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 3, 166-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 7-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida murosasiz ziddiyatlar sababli qaror qabul qilish uchun yetarli ovozlar soni mavjud bo‘lmaganligi tufayli jamiyatni boshqarish masalalari yuzasidan kelishuvga erishish mumkin bo‘lmagan taqdirda, nizoli vaziyat sud tartibida hal etiladi”;
2) 46-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ko‘p bo‘lgan jamiyatlar mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan har yilgi auditorlik tekshiruvidan o‘tishi shart”.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 1, 3-moddalari, 4-moddasining 1, 2, 3, 7-bandlari, 9-bandining uchinchi xatboshisi, 10, 11, 13, 14-bandlari, 8-moddasi, 9-moddasining 2-bandi mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi. | 102 | 20,445 |
Qonunchilik | 2014-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan 2014-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hududlar va bandlik yo‘nalishlari (tarmoqlari) bo‘yicha 2014-yilda 983,6 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etish borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rsin;
2011 — 2015-yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi dasturni, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini, Investitsiya dasturini, Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini hamda industrial rivojlanish hududiy dasturlarini amalga oshirishni davom ettirish hisobiga demografik rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan yoshlarni ishga joylashtirish, mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi hamda iqtisodiyotning boshqa sohalari, xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasi, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik korxonalarining rivojlanishi munosabati bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda 2014-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining amalga oshirilishini ta’minlasin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
tegishli hududda 2014-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining asosiy yo‘nalishlari va parametrlari bajarilishini ta’minlasin;
tarmoqlarni va respublika hududlarini rivojlantirish, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan barcha qonun hujjatlari ijrosini ta’minlagan holda, mehnat bozorida faol chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan ishsizlarni, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslarni, iqtisodiyotda yuz bergan tuzilmaviy o‘zgarishlar oqibatida ishidan mahrum bo‘lgan fuqarolarni, nogironlarni, ko‘p bolali va yolg‘iz shaxslarni, odam savdosidan jabrlanganlarni kasbga qayta tayyorlash hamda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish orqali ishsizlikning oldini olishga alohida e’tibor qaratsin;
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda mustaqil ravishda ishga joylashish uchun ish joyini tanlash bo‘yicha bepul maslahatlar berilishini ta’minlasin;
barcha viloyat markazlarida, yirik shaharlar va tumanlarda potensial ish beruvchilar ishtirokida ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etsin hamda o‘tkazsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, ish qidirishning modifikatsiyalangan dasturlaridan, vazirlik hamda uning hududiy organlari rasmiy veb-saytlaridan foydalanish orqali faol ish izlayotgan fuqarolarni ishga joylashtirishda ko‘maklashsin;
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarni, davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini, shuningdek odam savdosidan jabrlanganlarni ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlasin;
Dastur respublika tumanlari va shaharlari, tarmoqlar va aniq korxonalar kesimida amalga oshirilishini haqiqiy vaqt rejimida vazirlikning elektron axborot tizimidan foydalangan holda tizimli va muntazam monitoring qilinishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga har chorakda 2014-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborot hamda zarur materiallarni taqdim etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qo‘mitalari nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazish chog‘ida 2014-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining asosiy yo‘nalishlari va parametrlarini bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratsin, ularning yakunlari bo‘yicha Dasturning samarali amalga oshirilishini ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqsin va tavsiya etsin.
6. Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi mazkur qarorning ijrosi nazorat qilinishini ta’minlasin.
7. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 89 | 4,544 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON TARIXI MUZEYINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Respublikada muzey ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining V.I.Lenin markaziy muzeyining Toshkent filialini va Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlar tarixi muzeyini tugatib, ularning negizida 1992-yildan boshlab O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekiston tarixi muzeyini tashkil etish haqidagi takliflar qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston tarixi muzeyi ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. O‘zbekiston tarixi muzeyi rahbar va ilmiy xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha 1 toifaga kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi yangidan tashkil etilayotgan O‘zbekiston tarixi muzeyi V.I.Lenin Markaziy muzeyi sobiq Toshkent filialining va Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyining binolari va mol-mulkini tekinga balansga qabul qilib olsin.
4. O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi 1993-yildan boshlab va keyingi yillarda O‘zbekiston tarixi muzeyi tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash, sobiq O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi binosini qayta qurish hamda texnikaviy jihozlash va badiiy bezash vositalaridan foydalangan holda ekspozitsiyalar tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga zarur moliyaviy va moddiy resurslar ajratishni nazarda tutsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi rahbariyati xodimlarning ishdan bo‘shashi bilan bog‘liq masalalarni amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yilda Vazirlar Mahkamasining rezerv fondidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga O‘zbekiston tarixi muzeyini saqlash uchun 2593,4 ming so‘m, shu jumladan, V.I. Lenin Markaziy muzeyi sobiq Toshkent filialining qarzini qoplash uchun 349,7 ming so‘m ajratsin. | 53 | 1,998 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Birinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015-yil 25-noyabrda kiritilgan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-116-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015-yil 27-noyabrda kiritilgan “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-118-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015-yil 23-dekabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-120-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015-yil 30-dekabrda kiritilgan “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-121-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 5-yanvarda kiritilgan “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-122-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 7-yanvarda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-123-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 14-yanvarda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-125-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 10-fevralda kiritilgan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-126-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikas� Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 10-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi QL-127-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 12-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-128-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Yunusova, O. Abdug‘aniyev va I. Xodjiyev tomonidan 2016-yil 24-fevralda kiritilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-129-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 4-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-131-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 28-martda kiritilgan “Terrorizmga qarshi kurash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-134-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 154 | 4,109 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2015-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2015-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. | 123 | 225 |
Qonunchilik | “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 28-iyunda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 62 | 445 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QIMMATLI QOG‘OZLARNI ChIQARISh, DAVLAT RO‘YXATIGA OLISh VA SO‘NDIRISh (BEKOR QILISh) TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-sonli “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va ularning iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga doir investitsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, davlat ro‘yxatiga olish va so‘ndirish (bekor qilish) tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (2003-yil 12-fevral, ro‘yxat raqami 1216 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 3-son) ilovaga* muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin. | 168 | 882 |
Qonunchilik | Buхgalterning kasbiy koʻnikmalarini qay yoʻnalishda rivojlantirish kerak? | Malakali va yuqori maosh oladigan buхgalter boʻlish, jadal rivojlanayotgan, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritayotgan tashkilotda muvaffaqiyat bilan ishlash uchun qanday bilimlar zarur? Zarur bilim va koʻnikmalarni qayerda olish mumkin? Bunga oydinlik kiritishga urinib koʻramiz.
Buхgalteriya hisobini yaхshi yuritib, barcha hisob-kitoblarni, shu jumladan soliqlarni toʻgʻri amalga oshirib, hisobotlarni oʻz vaqtida topshirasiz. Ish beruvchida ham, nazorat qiluvchi organlarda ham ishingiz yuzasidan e’tirozlar yoʻq. Demak, kasbiy jihatdan yanada oʻsish haqida oʻylab koʻrish payti keldi. Birinchi navbatda nimalarga e’tibor berish lozim?
Tadbirkor doim biznesini kengaytirish, yangi sotish bozorlariga chiqish va ularda munosib oʻrin egallash haqida oʻylaydi. Ushbu maqsadlarga erishishi yoʻlida ish beruvchingizning ishonchli koʻmakchisiga aylanishingiz mumkin. Buning uchun nima qilish kerak?
Birinchidan, tannarхni kalkulyatsiyalashning zamonaviy usullarini qoʻllash orqali korхona yanada samarali ishlashiga zamin yaratuvchi bilim va koʻnikmalarni egallash. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot va koʻrsatilayotgan хizmatlar tannarхi toʻgʻrisidagi aniq aхborot narх belgilash va ishlab chiqarish boʻyicha asosli qarorlar qabul qilish, zaхiralarni baholash, foydani aniqlash, хarajatlarni rejalashtirish va nazorat qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan, korхonalarda XMHSga (хalqaro moliyaviy hisobot standartlariga) muvofiq tashqi moliyaviy hisobot tuzish va hisob yuritish prinsiplari va qoidalarini oʻzlashtiring. Ushbu standartlarga amal qilgan holda moliyaviy hisobotlarni tuzib, buхgalteriyaga oid vazifalarni yecha olish zarur. Bu korхonaning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ish yurituvchi sifatida nom chiqarishiga zamin yaratadi.
Zarur bilim va koʻnikmalarni qayerda olish mumkin? Bunda sizga Norma professional rivojlanish markazi yordam beradi. Bu yerda 13 oktyabrda ikkita kurs boshlanadi. «Boshqaruv hisobi» oʻquv kursi – birinchi maqsadga, «Moliyaviy hisob» kursi esa ikkinchisiga erishishda koʻmak beradi. Boshlanishiga ushbu kurslardan bittasini tanlash, uni tugatgach esa navbatdagi tanlov e’lon qilinishini kutib, keyingisidan oʻtish mumkin. Biroq oʻqishga koʻp vaqt sarflashni istamasangiz, bir vaqtning oʻzida ikkala kursga yozilishingiz mumkin. Ularning jadvali juda qulay. Mashgʻulotlar shanba kuni oʻtkaziladi, bu ishdan ajralmay oʻqish imkonini beradi. Boshqaruv hisobi boʻyicha auditoriya soatlari 9.30 da, moliyaviy hisob boʻyicha esa soat 14.00 da boshlanadi. Ikkala kurs masofadan turib oʻqitish elementlari bilan oʻtkaziladi. Ya’ni oʻquv jarayoni Markazdagi mashgʻulotlar bilan cheklanmaydi, oʻtgan materialni mustahkamlab, oʻzingiz uchun qulay vaqt va joyda masofadan turib oʻqish tizimi yordamida shugʻullanishingiz mumkin.
Kurslarni SAR/CIPA хalqaro sertifikatlari va DipIFR diplomi sohibi, soliq va buхgalteriya qonunchiligi masalalari boʻyicha maslahatchi, buхgalteriya va auditorlik sohasida katta tajribaga ega boʻlgan Igor Aipkin olib boradi.
Mashgʻulotlarda shu jumladan Vir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimi yordamida ham malakani tasdiqlovchi hujjatlarni olish uchun imtihonlardan oʻtishingizda yordam beradigan bilimga ega boʻlasiz.
Hoziroq havola orqali oʻtib, tanlagan kursingizga yoziling!
«Boshqaruv hisobi» kursi
«Moliyaviy hisob» kursi
Kasb va хizmat pogʻonasida oʻsish yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz! | 73 | 3,376 |
Qonunchilik | Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabiga o‘quvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3137, 2019-yil 18-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2019-y., 10/19/3137/2632-son) bilan tasdiqlangan Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabiga o‘quvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 5-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 6-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 234 | 1,271 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (24-sonli BHMS) “Qarzlar bo‘yicha xarajatlar hisobi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 5-avgustdagi 79-son “O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (24-sonli BHMS) “Qarzlar bo‘yicha xarajatlar hisobi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1996, 2009-yil 18-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 388-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ–2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:”.
2. Milliy standartda:
a) muqaddimadan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Qarzlar bo‘yicha xarajatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) jalb qilingan qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar bo‘yicha foizlar;
b) qarzlar bilan bog‘liq bo‘lgan diskontlar (chegirmalar), shu jumladan, obligatsiyaga tegishli diskontlarning (chegirmalarning) hisobdan chiqarilishi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ga (ro‘yxat raqami 1946, 2009-yil 24-aprel) muvofiq buxgalteriya hisobida aks ettirilgan moliyaviy ijara va/yoki lizingga taalluqli bo‘lgan foiz xarajatlari.”. | 188 | 1,645 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.