folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 12-martdagi 3-A/1-son “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1470, 2005-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-son, 121-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/6-son “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1470-1, 2015-yil 11-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 6-son, 75-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 23-martdagi 10/3-son “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1470-2, 2018-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 10/18/1470-2/0993-son).
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/22-son “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1470-3, 2019-yil 10-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 10/19/1470-3/2457-son). | 222 | 2,034 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari hamda sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari faoliyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari hamda sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarini yanda qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini rag‘batlantirish, respublikaning akademik ilm-fani nufuzini oshirish maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
2018-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari (keyingi o‘rinlarda akademiklar deb ataladi) uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 4,22 barobari miqdorida, sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining muxbir a’zolari (keyingi o‘rinlarda muxbir a’zolar deb ataladi) uchun esa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2,81 barobari miqdorida oylik gonorar to‘lanadi;
akademiklarga va muxbir a’zolarga to‘lanadigan oylik gonorarlar jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad solig‘isiz amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yil 1-yanvardan boshlab ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni ajratishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5146-son Farmonining 1-bandida ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yo‘ldoshev zimmasiga yuklansin. | 231 | 2,538 |
Qonunchilik | Ish haqi uchun pul mablagʻlari berishni kechiktirish uchun banklar jiddiy javobgar boʻladi | 20.08.2015 yildagi OʻRQ-391-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar siklini davom ettiramiz.
JKning 1927–moddasi bilan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni toʻlash uchun pul mablagʻlari berishni bankning mansabdor shaхsi yoki хizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish uchun jinoiy javobgarlik kiritildi.
Jinoyat sub’yektlari: Moddada javobgarlikka mulkchilik shaklidan qat’i nazar faqat banklarning vijdonsiz mansabdor shaхslari va хizmatchilari tortilishi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatiladi.
Jinoiy qilmish хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni toʻlash uchun pul mablagʻlari berishni asossiz ravishda kechiktirishda namoyon boʻladi. Bizning fikrimizcha, asossiz ravishda kechiktirish ostida shunday imkoniyat boʻlganda, ya’ni mazkur хoʻjalik yurituvchi sub’yekt olishga huquqi boʻlgan pul mablagʻlari bank kassasida mavjud boʻlganda pullarni qonunchilikka binoan belgilangan muddatlarda bermaslikni tushunish lozim. Bank iqtisodiy yoki boshqa (misol uchun, pul mablagʻlarini inkassa qilish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar bajarilmaganligi) sabablarga koʻra mazkur majburiyatni bajarishga qodir boʻlmagan taqdirda uning mansabdor shaхslari va хizmatchilarining javobgarligi yuz bermaydi, chunki ushbu holatda jinoiy javobgarlik yuz berishining asosiy sharti, ya’ni ayb mavjud emas.
Bunday jinoyat uchun jazoning eng koʻp miqdori – 1 yil ozodlikdan mahrum qilish. Aybdorni faqat u oldin1 shunday harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan taqdirdagina jinoiy javobgarlikka tortish mumkin.
Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 35-bandiga (26.10.2005 yildagi 1518-son) asosan yuridik shaхslarga mehnatga haq toʻlash uchun pul mablagʻlarini berishning aniq muddatlari jamoa shartnomasida yoki boshqa lokal me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash muddatlarini va taqdim etiladigan kassa buyurtmanomalarida koʻrsatilgan muddatlarni hisobga olgan holda bank va u tomondan хizmat koʻrsatilayotgan tashkilot oʻrtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi. Xuddi shu Yoʻriqnomaning 37-bandiga asosan byudjet tashkilotlariga mehnatga haq toʻlash uchun pul berish, agar byudjet tashkilotining jamoa shartnomalari yoki boshqa lokal me’yoriy hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa oyda ikki marta: oyning birinchi yarmi uchun - shu oyning 16-20 kunlarida va oyning ikkinchi yarmi uchun - keyingi oyning 1-5 kunlarida amalga oshiriladi. Bunda har bir byudjet tashkiloti uchun yuqorida koʻrsatilgan pul berish davri doirasida ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda mehnat haqi toʻlanadigan aniq muddat belgilab qoʻyilishi kerak.
Modomiki bank mijozi bank haqiqatda nima sababdan ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlarini bermayotganligini aniqlashi qiyin kechar ekan, ba’zan esa buning umuman imkoniyati yoʻq ekan, Markaziy bank tomonidan ishonch telefonlari tashkil qilingan (respublika mintaqalaridan: 8800-200-0044, Toshkent shahridan 200-0044,), ular orqali mijozlarning shikoyatlari qabul qilinadi, bu esa tegishli tekshirishlarni oʻtkazish va koʻrib chiqilayotgan huquqbuzarliklarni aniqlash uchun asos boʻlishi mumkin.
Samir LATIPOV,
ekspertimiz.
Mavzuga doir materiallar:
Biznesni notoʻgʻri tekshirdingmi – Jinoyat kodeksi boʻyicha javob berasan
Biznes yoʻliga gʻov boʻlish qimmatga tushishi mumkin
Homiylik majburiy tarzda boʻlmaydi
Litsenziyalash qoidalarini buzish jinoiy jazolanadi
_________________
1 MJtKning 2455-moddasida shunga oʻхshash huquqbuzarlik uchun koʻzda tutilgan ma’muriy jarima miqdori 10–20 EKIHni tashkil qiladi. | 90 | 3,836 |
Qonunchilik | RESPUBLIKANING AHOLIGA AVTOMOBIL BENZININI NAQD PULGA SOTUVChI AYRIM AVTOMOBIL YoNILFISI QUYISh ShOXOBChALARINI XUSUSIYLAShTIRISh TO‘FRISIDA | Xususiy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish, ichki bozorni neft mahsulotlari bilan to‘ldirish, bozor munosabatlarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 1995-yil mobaynida respublikaning aholiga avtomobil yonilg‘isini naqd pulga sotuvchi ishlab turgan 158 ta avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablag‘lar manbai to‘g‘risida deklaratsiya talab qilmasdan, kimoshdi savdolarida va tanlov asosida sotsinlar.
3. Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini sotishdan tushgan mablag‘, sotish narxining butun summasini to‘lash uchun bir oy muddat belgilangan holda, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-apreldagi 228-son qarori bilan tasdiqlangan kimoshdi savdosida va tanlovlarda sotiladigan davlat mulkiga haq to‘lash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik vaqtinchalik nizomga muvofiq taqsimlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarida ularning egalari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidan keltiriladigan yoki tovar-xomashyo birjalarida xarid qilingan neft mahsulotlari sotiladi.
7. Xususiylashtirilgan xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan xususiy avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarining ishlash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq amalga oshirilsin.
8. Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining neft mahsulotlari sotib olish, qabul qilish, saqlash, sotish va hisobga olish, texnika va yong‘in xavfsizligi, atrof muhitni muhofaza qilish, sotiladigan neft mahsulotlari sifatiga, shuningdek Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan qoidalarga rioya etishlari ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari V.A. Chjen va Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin. | 140 | 2,901 |
Qonunchilik | Korхonaga buхgalter nega kerak? | Afsuski, bugungi kunda tadbirkorlarning koʻpi хuddi shunday fikrda. Agar hukumat buхgalteriya hisobini bekor qilsa, ular yengil nafas ola boshlar edim, deb oʻylashadi. Ularning fikricha, bu “dahmaza” ularning ishiga halal beradi, buхgalteriya boʻlimini saqlab turishning oʻzi qimmatga tushadi, qonunchilikning, хususan, «Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunning (keyingi oʻrinlarda - Qonun) buхgalteriya talablarini bajarish, Soliq kodeksining qoidalariga amal qilishni-ku gapirmasa ham boʻladi.
Ammo buхgalteriya tariхiga nazar soladigan boʻlsak, u aslida hisob-kitob qilish, istalgan vaqtda iqtisodiy ahvolni bilish, mol-mulkning holatini aniqlash va undagi oʻzgarishlarni oʻrganish imkonini beruvchi savdo kitoblarini yuritish zarurati sifatida yuzaga kelganini anglash mumkin. Ya’ni, avvaliga u mutlaqo iхtiyoriy boʻlgan. Oʻtgan asrlarda hukumat tomonidan hech qanday majburlovlarsiz bankirlar, savdogarlar va korхonalar rahbarlari undan faqatgina foydali boʻlgani, ishni osonlashtirgani sabab foydalanganlar.
Buхgalteriya hisobining asosiy maqsadi korхona faoliyatini toʻliq ochib berishdir. U tadbirkorlarga korхona ahvolini oʻrganish imkonini beradi: qancha tovar хarid qilindi, qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarildi, qanchasi sotildi, daromad qanchani tashkil etdi va eng asosiysi — yanada koʻproq daromad koʻrish uchun nima qilish kerak — shu kabi savollarga aniq javob berishga yordam beradi.
Xuddi shu savollarga javobni buхgalteriya hisobi bugungi kunda ham bermoqda. Qonunning 4-moddasida: “Buхgalteriya hisobi barcha хoʻjalik operatsiyalarini yaхlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yoʻli bilan buхgalteriya aхborotini yigʻish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir”, deyilgan.
Toʻgʻri tuzilgan hisobotlar rahbar yoki biznes egasiga toʻgʻri qarorlar qabul qilishda qoʻl keladigan juda koʻp kerakli ma’lumotlar, aхborotlarni berishi mumkin. Ushbu qarorlar esa oʻz navbatida tashkilotni yanada yangi marralar, choʻqqilar, daromadlar sari yetaklaydi.
Masalaning boshqa tomoni bor. Buхgalterlar tashkilot faoliyatini ta’riflashni alohida “tilda” olib borishadi. Uni alohida sinchkovlik bilan oʻrganish talab etiladi. Masalan, NORMA professional rivojlanish markazi tomonidan taqdim etiladigan oʻquv kurslarida.
Poytaхtimizdagi buхgalteriya kurslari haqida batafsil — bu yerda.
Yurtimizda buхgalteriya hisobi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan buхgalteriya hisobi milliy standartlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Kichik korхonalar uchun «Kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan buхgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi» Buхgalteriya hisobining milliy standarti ham amal qiladi.
Byudjet tashkilotlarining buхgalteriya hisobi Byudjet kodeksi, byudjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Banklarning buхgalteriya hisobi esa Markaziy bank tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan Yoʻriqnomaga asosan yuritiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, buхgalteriya korхona egasi yoki rahbar oʻz bizneslari qaysi yoʻldan, qanday qilib “ketayotgani” haqida tasavvur qilishlari uchun yuzaga kelgan. Aynan mulk egasi yoki rahbar foydasi koʻzlangan! Tashqi tekshiruvchi organlarning emas.
Buхgalteriya hisobining asosan ikkita vazifasi bor:
Ushbu funksiyalarning qay biri korхonada asosiy va qay biri ikkinchi darajali deb belgilash har bir biznes egasi yoki rahbarning oʻziga havola.
Buхgalter sizga nega kerakligi, buхgalteriya boʻlimining asosiy vazifasi nimalardan iborat ekanini toʻliq tasavvur qilganingizdan keyingina: “Buхgalteriya boʻlimini kimga topshirish kerak?”, “Qay biri foydaliroq — shtatdagi oʻz buхgalteringizmi yoki buхgalteriya хizmatini koʻrsatuvchi yollangan shaхsmi?”, “Qanday firmalar buхgaltersiz ishlasa boʻladi?” singari savollarga javob izlashga oʻtishingiz mumkin. Bu savollarga ega navbatdagi materiallarimizda javob izlashga urinamiz.
Fozila Ashurova, muхbirimiz. | 31 | 4,005 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 145 | 378 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1997-YIL 28 AVGUSTDAGI 420-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN O‘ZBEKISTON POChTA VA TELEKOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyat ko‘rsatishining tashkiliy-huquqiy negizini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
6-bandning o‘n oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“pochta va telekommunikatsiya sohasi tabiiy monopoliyasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarining tariflari davlat tomonidan tartibga solinishi kerak bo‘lgan umumiy foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi xizmatlari ro‘yxatini respublika va mintaqaviy (mahalliy) darajalarda tabiiy monopoliyalar subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish organlari bilan kelishgan holda belgilaydi;
pochta va telekommunikatsiya sohasi tabiiy monopoliya xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat tomonidan tartibga solinishi kerak bo‘lgan umumiy foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi xizmatlariga respublika darajasidagi tariflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilaydi”;
ushbu bandning o‘n yettinchi—o‘ttiz ikkinchi xatboshlari tegishlicha o‘n sakkizinchi—o‘ttiz uchinchi xatboshilar deb hisoblansin. | 212 | 1,283 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandiga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2011-yil 6-iyuldagi 01-222/1-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2242, 2011-yil 8-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 28-son, 293-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 15-banddagi “ularni xatosiz to‘ldiradi” degan so‘zlar “abituriyentlarga taalluqli ma’lumotlarni printerda xatosiz chop etadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Qabul komissiyalari harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni ta’lim yo‘nalishi, o‘quv shakli va tili, javoblar varaqasi raqami ko‘rsatilgan holda 1-avgust kuni mazkur Nizomning 5-ilovasi 4-shakli bo‘yicha Davlat test markazi orqali O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga kunduzgi va maxsus sirtqi bo‘limlar uchun taqdim etadilar.”.
3. 49-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditoriyalar taqsimotiga muvofiq test sinovi yakuni bo‘yicha qaytarib keltirilgan javoblar varaqalari bo‘yicha test sinovi natijalarini hisoblaydi;”.
4. 71-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“abituriyentning javoblar varaqasi raqamini titul varaqasiga ko‘chirib yozganligini tasdiqlash maqsadida titul varaqasining maxsus joyiga imzo qo‘yadi.”.
5. 86-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Matematika (informatika bilan)” fanidan test savollari “Matematika” fani bo‘yicha birinchi 30 ta savol, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha oxirgi 6 ta savoldan iborat bo‘ladi.”.
6. 88-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo‘lsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, savollar kitobi varag‘ini yirtsa abituriyent test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan mazkur Nizomning 20-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilib, abituriyent test jarayonidan chetlashtiriladi.”.
7. III bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
92. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent test sinovlari natijasi e’lon qilingan kundan boshlab o‘n besh kun davomida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellatsiya komissiyasiga mazkur Nizomning 22-ilovasiga muvofiq shaklda yozma tartibda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga mazkur Nizomning 22-ilovasiga muvofiq xabarnoma beriladi.
Apellatsiya shikoyatiga abituriyent ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinadi.
93. Apellatsiya komissiyasi tarkibidagi ekspertlardan fanlar bo‘yicha ekspertlar guruhi shakllantiriladi.
Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish jarayonida qabul komissiyasi a’zolarini, Davlat test markazi vakillarini hamda auditoriya rahbari va kuzatuvchilarini ularga tegishli masalalar bo‘yicha jalb qilishga haqli.
94. Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
95. Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test sinovida yo‘l qo‘ygan noto‘g‘ri javoblari ro‘yxati hamda testda tushgan savollar kitobi beriladi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri chiqqan savoliga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
96. Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
97. Abituriyent tomonidan javoblar varaqasi, savollar kitobi yoki titul varaqasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda to‘ldirilmagan, shuningdek test sinovidan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
98. Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan auditoriyaga abituriyent uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar (lug‘at, jadvallar bundan mustasno) olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirsa, apellatsiya jarayonida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa, abituriyentlarga yordam bersa yoki yordam olsa, auditoriyaga xalaqit bersa, savollar kitobi varag‘ini yirtsa, abituriyent apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish tartibini buzgan hisoblanadi va apellatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan dalolatnoma tuzilib, apellatsiya jarayonidan chetlashtiriladi va uning e’tirozi qayta ko‘rib chiqilmaydi.
99. Apellatsiya komissiyasi qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga apellatsiya jarayoni to‘liq tugagandan so‘ng 5 ish kuni ichida taqdim etadi.
100. Apellatsiya komissiyasining apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.”.
8. 18-ilovada:
sakkizinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Matematika (informatika bilan)” fanidan test savollari “Matematika” fani bo‘yicha birinchi 30 ta savol, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha oxirgi 6 ta savoldan iborat bo‘ladi.”;
o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirgan bo‘lsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, savollar kitobi varag‘ini yirtsa abituriyent test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan dalolatnoma tuzilib, abituriyent test jarayonidan chetlashtiriladi.”.
9. 17-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
10. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK, Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bilan kelishilgan. | 198 | 7,858 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 12-iyuldagi 204-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi to‘g‘risidagi yangilangan nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 20-iyuldagi 342-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 70-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 48-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasidagi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hamda Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. Markaz tizimiga hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, Idoraviy metrologiya nazorati xizmati, shuningdek Markazga qarashli akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari kiradi.
Hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari ikki tomonlama bo‘ysunishda bo‘ladi va Markazga hamda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisob beradilar.
Hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Markaz o‘z faoliyatini davlat boshqa organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Markazning va hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalarining moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek Markaz tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash Markazga ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. Markaz, hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamda Markaz tasarrufidagi boshqa tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida keng ko‘lamli chuqur bilimlarga ega bo‘lgan, hozirgi bozor sharoitlarida muayyan kasb-hunarni, keng ixtisoslashuvni va ish ko‘nikmalarini egallagan yoshlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida uzluksiz ta’limning maqsadli vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab katta bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga, ta’lim va ixtisosliklar yo‘nalishlarini yanada birxillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga, respublika mintaqalarida kadrlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;
xalq ta’limi organlari bilan birgalikda umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish hamda kelgusida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘qitish bilan to‘liq qamrab olish, yangi o‘quv yili uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish rejasini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
mutaxassislarning bilim darajasini va kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi va nashr qilinishini tashkil etish;
kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun yuqori malakali rahbar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan ta’minlash, ularning malakasini, kasb darajasini uzluksiz oshirish va ularning mehnatini rag‘batlantirish ishlarini tizimli asosda ta’minlash;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quv jarayoniga ilg‘or o‘qitish shakllarini, shuningdek o‘quvchilarni milliy mustaqillik g‘oyalari, boy intellektual meros hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini joriy etish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari va axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining aniq ish joylarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashining va ularni ishga joylashtirishning tashkil etilishini ta’minlash, bitiruvchilarning ish bilan band etilishi monitoringini amalga oshirish.
8. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning ilmiy asoslangan prognozlarini ishlab chiqadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida mutaxassislarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda har bir kasb-hunar kolleji bo‘yicha ularni tayyorlash, kasblar va ixtisosliklar yo‘nalishlari ro‘yxatini xatlovdan o‘tkazadi va tanqidiy o‘rganadi;
ta’lim va mutaxassisliklar yo‘nalishlarini yanada birxillashtirish, mutaxassislar tayyorlashning tor ixtisosliligini bartaraf etish, kadrlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va kiritadi;
o‘quvchilarni iqtisodiyot tarmoqlarida talab katta bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi va son ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
xalq ta’limi organlari bilan birgalikda kasblarni tanlash va 9-sinflar bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olish, iqtidorli yoshlarni akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga tanlab olish bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishga doir tizimli ishlarni ta’minlaydi;
davlat ta’lim standartini joriy etish va takomillashtirishni, mutaxassislar tayyorlashni, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv rejalari va dasturlari yo‘nalishlari bo‘yicha akademik litseylar ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqishni tashkil etishni ta’minlaydi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish va nashr etish chora-tadbirlarini ko‘radi;
ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining pedagoglar jamoalarini o‘quv-metodik materiallar va darsliklarni, o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlarini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga istiqbolli yondashuvlarni ishlab chiqishga keng jalb etishni ta’minlaydi;
Markaz tasarrufidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarini tanlov bo‘yicha tanlashni tashkil qiladi, kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining barcha pedagog xodimlarini, ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazadi hamda uning natijalari bo‘yicha xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilaydi;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va pedagog-muhandis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi hamda ularni kadrlar bilan ta’minlaydi;
kamol topayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning milliy mustaqillik g‘oyalariga, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga, xalq urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy hamda pedagogik shakl va vositalarini joriy etadi, har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalashning ustuvorligini ta’minlaydi;
kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonini ishlab chiqarish va tadbirkorlar bilan integratsiyalashni chuqurlashtirish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqadi va joriy etadi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini takomillashtirish muammolari bo‘yicha kengashlar, simpoziumlar, seminarlar, o‘quv-metodik konferensiyalar, tanlovlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi;
manfaatdor davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan kasaba uyushmalari bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi o‘quvchilari va xodimlarining sog‘lig‘ini hamda o‘qish va mehnat qilishi uchun xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
pedagog xodimlarni rag‘batlantirish va mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining pedagog xodimlarini davlat mukofotlariga taqdim etadi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoshlarning ilmiy-texnika ijodkorligini rivojlantiradi va uning samaradorligini oshiradi;
etim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalardan iborat bo‘lgan o‘quvchilarning markazlashtirilgan hisobini yuritishda vasiylik va homiylik organlariga metodik yordam ko‘rsatadi va ko‘maklashadi;
manfaatdor davlat organlari ishtirokida deviant xulq-atvorli, jismoniy va aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan o‘smirlar bilan ularning ta’lim olishi, rivojlanishidagi nuqsonini tuzatish va ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil qiladi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ta’minlaydi;
mamlakatimiz va xorijiy moliya tashkilotlarining kreditlari, qarzlari va grantlari mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini jihozlashga bo‘lgan normativ talablarni ishlab chiqadi, Markaz tizimidagi muassasalar va tashkilotlarda moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining turlari va yo‘nalishlarini belgilaydi, ularni mintaqalarning geografik, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olgan holda oqilona joylashtirishni ta’minlaydi;
akademik litseylarni loyihalash va qurishda bosh buyurtmachi bo‘ladi, kasb-hunar kollejlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishga metodik rahbarlikni va texnikaviy ko‘maklashishni amalga oshiradi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini olib boradi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitiruvchilarni tayyorlash darajasi, ularning ishga joylashtirilishi yoki oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi bo‘yicha har yil yakunlariga ko‘ra, ochiqlik va oshkoralik sharoitlarida reyting baholashning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
o‘quvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
kasb-hunar kollejlari va tashkilotlarda (ish beruvchilarda) o‘quvchilarning sifatli ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishi, shuningdek bitiruvchilarni tanlangan kasblar bo‘yicha kelgusida samarali ishga joylashtirish uchun ular o‘rtasida shartnomalar tuzishga doimiy yordam beradi, bitiruvchilarning ishga joylashtirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
9. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamda Markazga qarashli boshqa tashkilotlar orqali hal qiladi.
10. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tegishli vazirliklar va idoralardan, Markazning hududiy bo‘linmalaridan statistika ma’lumotlarini va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish prognoz ko‘rsatkichlarini olish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ayrim masalalarini hal etish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ishini takomillashtirish, ularning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar tayyorlash, davlat ta’lim muassasalari xodimlari va o‘quvchilarning belgilangan ijtimoiy muhofazasini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
bo‘ysunishidan qat’i nazar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi masalalari bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bajarilishini belgilangan tartibda tekshirish;
kadrlar tayyorlashni ta’lim standartlari, o‘quv rejalari dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari mazmunini takomillashtirish bo‘yicha pedagogika fani yutuqlari va ilg‘or tajriba asosida tavsiyalar ishlab chiqish uchun Ilmiy-metodik kengash tashkil etish, Ilmiy-metodik kengash tarkibini va uning to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish yuzasidan xulosalar berish;
xorijiy investitsiyalar hisobiga sotib olinadigan o‘quv-laboratoriya jihozlari qabul qilinishi va yetkazib berilishini ta’minlash;
bazaviy oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun malakali pedagoglar va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishda va unga metodik rahbarlik qilishda qatnashish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Markaz o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarish majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir.
Markaz, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birga qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
12. Markaz o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishi uchun javob beradi.
13. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari — direktor boshchilik qiladi.
Direktorning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
14. Direktor:
Markaz faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Markaz tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Markaz faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarligi hamda tasarrufidagi organlar va muassasalar ishlari uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;
Markaz tizimi xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
zarurat bo‘lganda, Markazning markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida shtatlar jadvalini va Markazning markaziy apparati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamda Markaz tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Markazning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Markaz tizimiga kiruvchi, uning tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Markazning markaziy apparati xodimlarini, hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, Markaz tizimiga kiruvchi, uning tasarrufidagi boshqa tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Markazda direktor (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Markaz direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Markaz faoliyatining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida keng ko‘lamli chuqur bilimlarga ega bo‘lgan, hozirgi bozor sharoitlarida muayyan kasb-hunarni va ish ko‘nikmalarini egallagan yoshlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida uzluksiz ta’limning maqsadli vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Markaz rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Markaz vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Direktor va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda direktor paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
16. Markazning hududiy boshqarmalari va tasarrufidagi boshqa tashkilotlar o‘z faoliyatini Markaz tomonidan tasdiqlangan nizomlarga (ustavlarga) muvofiq amalga oshiradi.
17. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 147 | 21,188 |
Qonunchilik | Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish qoidalari oʻzgardi | Prezidentning 2015 yil 15 maydagi PF-4725-son Farmoniga asosan mikrofirmalar, kichik korхonalar va fermer хoʻjaliklarida tekshiruv oʻtkazish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi.
2015 yil 1 iyuldan e’tiboran:
- mikrofirmalar, kichik korхonalar va fermer хoʻjaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan 4 yilda bir martadan, boshqa хoʻjalik sub’yektlarida esa faqat Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan 3 yilda bir martadan koʻp boʻlmagan tartibda amalga oshiriladi;
- moliya-хoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlar oʻtkazish muddati 10 kalendar kunigacha qisqartirildi;
Avval bu muddat “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasiga muvofiq 30 kalendar kunini tashkil qilgan.
-tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat soʻnggi tekshiruvdan keyingi davrni qamrab olishi kerak;
- qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlar munosabati bilan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshirish jalb etilgan advokatlar ishtirokida amalga oshiriladi. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning oʻzi bu huquqdan bosh tortish hollari bundan mustasno.
- Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) birinchi marta sodir etgan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni toʻliq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy sanksiyalarni toʻlagan shaхsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilmaydi va u javobgarlikdan ozod qilinadi;
- хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mansabdor shaхslariga nisbatan ular tomonidan soхta bankrotlik va bankrotlikni yashirish orqali yetkazilgan moddiy zarar toʻliq qoplanganda ozodlikdan mahrum etish shaklidagi jazo qoʻllanilmaydi;
- savdo-sotiq qoidalari, savdo va vositachilik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik qoʻllanmaydi. Mazkur huquqbuzarliklar uchun aybdor shaхslar faqat ma’muriy javobgarlikka tortiladilar;
Tadbirkorlik sub’yektlariga yoʻl qoʻyilgan хatolarni tekshiruv davom etayotgan davrning oʻzida toʻgʻrilash imkoniyati yaratilmoqda.
Mas’ul vazirlik va idoralarga tekshiruv natijalari boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining tugatilishiga olib keladigan holatlarni bartaraf etish topshirildi.
Kichik tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini soliq tekshiruvidan oʻtkazishga qoʻllanilgan moratoriy uchun mezonlar uchtadan ikkitaga qisqartirildi. Endi bular:
-ular tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlanishi;
-ishlab chiqarish hajmlarini (ishlar, хizmatlar) oʻsishini ta’minlash.
Eslatamizki, kichik tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini soliq tekshiruvidan oʻtkazishga qoʻllanilgan moratoriy 2017 yilning 1 yanvarigacha boʻlgan muddatgacha belgilangan (yuridik shaхslarni tugatishdagi, qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlar doirasidagi, shuningdek byudjet va markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslaridan foydalanish bilan bogʻliq rejadan tashqari tekshiruvlar bundan mustasno).
Bosh prokuraturaga quyidagilar topshirildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
-tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning qat’iy ijro etilishida qabul qilingan normalarni amaliyotga joriy etish ustidan nazoratni kuchaytirsin, tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun vakolatli nazorat, huquqni muhofaza qilish va vakolatli davlat organlari mansabdor shaхslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni ta’minlash;
-2015 yilning 1 iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda "Oʻzbektelekom" AK Qoʻngʻiroqlarga хizmat koʻrsatish yagona markazi va Bosh prokuratura "ishonch telefoni" bazasida davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga asossiz aralashishi, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish va mulkdorlar huquqlarining buzilishiga doir masalalar boʻyicha murojaatlarni tunu kun qabul qilish hamda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishda aybdor boʻlgan shaхslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrish tizimini tashkil etish.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхsdan tovlamachilik yoʻli bilan haq berishni talab qilish davlat хizmatchisini tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlikka tortishda javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi belgi boʻlib hisoblanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi” sharhini bizning ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA tayyorladi. | 73 | 4,799 |
Qonunchilik | AYRIM BINOLARDAGI MAYDONLARNING BIR QISMINI TOShKENT ShAHAR HOKIMLIGI IXTIYORIGA BERISh TO‘G‘RISIDA | Qabul qilingan hukumat qarorlarini bajarish uchun turar joy bo‘lmagan bino fondlariga bo‘lgan ehtiyojlarning keskin darajada ortganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar:
bir oy muddatda ayrim binolardagi maydonlarning bir qismini ilovaga muvofiq Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga bersinlar.
Beriladigan maydonlarda ijarachilar bo‘lgan taqdirda ularga, ijara muddati tugagunga qadar, o‘zlariga qarashli tuzilmalarni zichlashtirish hisobiga boshqa maydonlarni bersinlar.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mutasaddi majmuilariga yuklansin. | 99 | 677 |
Qonunchilik | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2151, 2010-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
1. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Malaka komissiyasi majlislarining xolisligi va odilligini ta’minlash maqsadida, zaruratga qarab, ularda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi xodimlari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.”.
2. 9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Malaka komissiyasining raisi majlis o‘tkazilishidan kamida o‘n besh kun oldin majlisning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi va bu haqda talabgorlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasini xabardor qiladi.”.
3. 12-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“majlisda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi xodimi qatnashganda, uning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;”;
to‘rtinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 32-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Malaka imtihoni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan imtihon biletlari asosida o‘tkaziladi. Bunda imtihon biletlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan adliya boshqarmasiga malaka komissiyasi majlisi o‘tkaziladigan kuni yetkaziladi.”. | 198 | 2,798 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standartini tasdiqlash to‘g‘risida “Bozor qiymati baholash bazasi sifatida” | O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ–335-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-sonli “Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti “Bozor qiymati baholash bazasi sifatida” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Mulkni baholash milliy standarti “Bozor qiymati baholash bazasi sifatida” (keyingi o‘rinlarda 2-son MBMS deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatining normativ tartibga solinishi elementi hisoblanadi.
2-son MBMSga 1-son MBMSda ko‘rsatilgan qo‘llash bo‘yicha umumiy qoidalar va ko‘rsatmalar bilan birgalikda qarash lozim.
2-son MBMSning maqsadi — bozor qiymatining umume’tirof etilgan ta’rifini berish. Standart shuningdek, baholashning maqsadi va funksiyalari bozor qiymatini hisoblashdan iborat bo‘lganda ushbu ta’rifga va mulkni baholashda uni qo‘llashga bog‘liq umumiy mezonlarni ham izohlaydi.
Bozor qiymati uning ta’rifida ko‘rsatilgan shartlarga mos bo‘lgan sharoitda, mulkni baholash sanasida ochiq bozorda sotuvga qo‘yilgan mulk keltirishi mumkin bo‘lgan ayirboshlash qiymati yoki pul summasini o‘zida namoyon etadi. Baholovchi bozor qiymatini belgilash uchun avval undan eng samarali foydalanish yoki eng ehtimol qilinadigan foydalanishni aniqlashi kerak. Bunday foydalanish mavjud foydalanilishning davomi yoki unga qandaydir muqobil bo‘lishi mumkin. Bu masala bozor ma’lumotlari asosida hal etiladi.
Bozor qiymati mulkning xarakterini va uni ochiq bozorda sotishning eng yuqori ehtimolini ko‘rsatuvchi usullar va baholash tartibotlarini qo‘llash yo‘li bilan aniqlanadi. Bozor qiymatini belgilashning eng keng tarqalgan usullariga sotuvlarni taqqoslash usuli, daromadni kapitallashtirish usuli yoki pul oqimlarini diskontlash usuli, shuningdek xarajat usuli kiradi.
Xarajat usulini qo‘llashning ikkita varianti bo‘lib, ularning biridan bozor qiymatini aniqlash uchun foydalanish mumkin, boshqasidan esa — yo‘q. Xarajat usulidan bozor qiymatini aniqlash uchun foydalanilganda, usulning hamma elementlari ochiq bozor ma’lumotlariga asoslanadi. Basharti xarajat usuli bozordan tashqari qiymat turlariga tatbiqan qo‘llanilganda, bozordan tashqari elementlar olinadi. Eskirishni hisobga olib almashtirishga xarajatlar usuli (EHAH) alohida o‘rin tutadi, unda bozor va bozordan tashqari elementlar uyg‘unlashtiriladi va u bozor qiymatini baholash usuli sifatida qarala olmaydi. Xarajat yondashuvlarining ushbu turli vaziyatlarini aralashtirib bo‘lmaydi, bozor qiymati miqdorlarini ta’riflash, taqdim etish yoki qo‘llashda ularning noto‘g‘ri talqin etilishi xavfi mavjud.
Bozor qiymatini o‘lchashning barcha usullari, uslublari va tartibotlari, agar ularning qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, qat’iy qo‘llanilgan va bozordan kelib chiqqan mezonlarga asoslangan bo‘lsa, bozor qiymatining umumiy tarzda ifodalanishiga olib keladi. Sotuvlarni taqqoslash usuli yoki bozorga bog‘liq boshqa qiyosiy usullar bozorni o‘rganishdan kelib chiqishi kerak. Qurilishga xarajatlar hamda eskirish summasi xarajatlari eskirish summasi va xarajatlar bo‘yicha bozor ma’lumotlariga asoslanib aniqlanishi kerak. Daromadni kapitallashtirish usuli yoki pul oqimlarini diskontlash usuli bozor pozitsiyasidan aniqlangan pul oqimlariga hamda bozor ma’lumotlari bo‘yicha belgilangan daromad stavkalariga asoslangan bo‘lishi kerak. Axborotni olish imkoniyatlari, shuningdek bozordagi va mulk obyektining atrofidagi vaziyat baholash usullaridan qaysi biri ko‘proq mos va munosib ekanligini belgilab bersa-da, yuqorida ko‘rsatilgan tartibotlardan har qaysisidan foydalanish, usullarning har biri bozor ma’lumotlariga asoslangan bo‘lsa, bozor qiymatining belgilanishiga olib kelishi lozim.
Bozor qiymatini aniqlashning u yoki bu usullari va tartibotlaridan qanchalik foydalanish mumkinligi bu mulk odatda ochiq bozorda qanday usulda sotilishidan kelib chiqib belgilanadi. Har bir usul bozor axborotiga asoslangan bo‘lib, qiyosiy usul hisoblanadi. Har bir baholash vaziyatida bir yoki bir nechta usullar ochiq bozor faoliyati haqida eng to‘liq tasavvur beradi. Bozor qiymatini aniqlash bo‘yicha har bir topshiriqda Baholovchi hamma usullarni ko‘rib chiqishi va ulardan eng maqbulini aniqlashi lozim.
2-son MBMS mulkning bozor qiymatiga tatbiqan qo‘llaniladi. U baholanayotgan mulk obyekti, u ishlayotgan korxonaning bir qismi sifatida yoki qandaydir boshqa maqsad uchun emas, balki ochiq bozorda sotuvga qo‘yilganda qanday qaraladigan bo‘lsa, shunday qaralishini talab qiladi.
2-son MBMS maqsadlari uchun bozor qiymati quyidagicha aniqlanadi:
bozor qiymati — bu munosib tarzda marketing o‘tkazilgandan keyin tuzilgan tijorat bitimi natijasida manfaatdor sotuvchi va manfaatdor xaridor o‘rtasida aktivning baholash sanasida ayirboshlanishi mumkin bo‘lgan pul miqdori bo‘lib, bunda har bir taraf yetarlicha axborotga ega bo‘lgan holda, oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qilgan deb tushuniladi.
“Aktiv” atamasidan foydalanilishi shu bilan izohlanadiki, 2-son MBMS diqqat markazida aynan aktivlar turishi bilan bog‘liq. Biroq ushbu tushunchadan umumiy holda foydalanish uchun uni “mulk” atamasiga almashtirish mumkin. Ushbu ta’rifning har bir elementi o‘zining tushunchalar doirasiga ega:
“hisoblab chiqiladigan pul summasi...” pulda (qoida tariqasida, milliy valyuta — so‘mda) ifodalangan, bozorda tijorat bitimi tuzilganda aktiv uchun to‘lanishi mumkin bo‘lgan narxga tegishli. Bozor qiymati o‘lchovi bozor qiymati ta’rifida ko‘rsatilgan shartlarga rioya etilganda baholash sanasida oqilona o‘ylab olinishi ehtimoli eng yuqori bo‘lgan narxdir. Bu narx — oqilona o‘ylaganda sotuvchi uchun erishishsa bo‘ladigan eng yaxshi, xaridor uchun esa oqilona o‘ylaganda erishishsa bo‘ladigan eng xam’yonbopdir. Bu narxni aniqlashda, xususan, bitimning alohida shartlari yoki holatlariga, masalan, moliyalashtirishning noodatiy shakli, mulkni sotib, keyin ijaraga qayta olish, bitimga jalb etilgan taraflardan biri tomonidan taqdim qilingan maxsus kompensatsiyalar yoki chekinishlar, yoxud “Maxsus qiymat”ning (ta’rifi 3-son MBMSda berilgan) har qanday elementi kabilarga bog‘liq holda oshirib yoki tushirib yuborilgan narxlar hisobga olinmaydi.
“...aktiv ayirboshlanishi mumkin bo‘lgan…” shundan dalolat beradiki, aktiv qiymati oldindan belgilab qo‘yilgan yoki haqiqiy sotuv narxi emas, balki taxmin qilinadigan miqdor. Bu narx bozor qiymati ta’rifida ko‘rsatilgan barcha boshqa shartlarga rioya etilganda baholash sanasida bozor bitim sodir etilishidan kutadigan narxdir.
“...baholash sanasiga...” taxmin etilayotgan bozor qiymati miqdori aniq sanaga tegishli bo‘lishi haqidagi talabni ifodalaydi. Bozor va bozor sharoitlari o‘zgarishi mumkinligi bois boshqa vaqtda taxmin qilingan qiymat xato bo‘lib chiqishi yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Baholash natijasi o‘tgan yoki kelgusi sanadagi emas, balki aniq baholash sanasidagi bozorning joriy holati va shartlarini aks ettiradi. Bu tushuncha, shuningdek, aktivning qo‘ldan qo‘lga o‘tishi va bitim tuzilishi bir vaqtda, bozor qiymati bo‘yicha bitimda boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan boshqa hech qanday narx variatsiyalarisiz sodir bo‘lishini nazarda tutadi.
“...manfaatdor xaridor...”sotib olish uchun asosi bo‘lgan, ammo uni bunga hech kim majburlamaydigan kishiga tegishli. Bunday xaridorda aktivni sotib olish kuchli zarurati yo‘q, shuningdek, u har qanday narxni berishga ham moyil emas. Bundan tashqari, u aniq ifodalab ham, ko‘rib ham bo‘lmaydigan gipotetik bozordagi emas, balki joriy bozordagi voqelik va imkoniyatlarga qarab xaridni amalga oshirmoqda. Faraz qilinadigan xaridor bozor talab qilganidan yuqori narxni to‘lamaydi. Aktivning hozirgi egasi ham bu bozorni tashkil etuvchilar sirasiga kiradi. Baholovchi bozor sharoitlari xususida haqiqatga mos kelmaydigan farazlar qilmasligi yoki oqilona o‘ylanadigandan yuqori bozor qiymatini ehtimol etmasligi kerak.
“...manfaatdor sotuvchi...” deganda sotishga majbur bo‘lmagan, har qanday narxga sotib yuborishga yoki ayni paytda bozorda oqilona hisoblanmaydigan narxni talab qilishga tayyor bo‘lmagan sotuvchi nazarda tutiladi. Manfaatdor sotuvchining asosi munosib tarzda marketing o‘tkazilgandan keyin aktivni bozor sharoitida ochiq bozordagi eng yuqori ehtimol qilinadigan narxda, bu narx qanday bo‘lmasin, sotib yuborishdir. Aktiv real mulkdorining haqiqiy ahvoli e’tiborga olinmaydi, chunki “manfaatdor sotuvchi” — bu gipotetik mulkdor.
“...tijorat bitimi natijasida...” taraflar o‘rtasida narxni bozor uchun xos bo‘lmagan darajaga olib keladigan yoki maxsus qiymat elementi mavjudligi tufayli uni oshirib yuboradigan hech qanday alohida yoki maxsus o‘zaro munosabatlar (masalan, bosh va sho‘ba kompaniyalari o‘rtasidagi yoki uy egasi bilan ijarachilar o‘rtasidagi munosabatlar kabi) yo‘qligini anglatadi. Bozor qiymatidagi bitim qandaydir munosabatlar bilan o‘zaro bog‘lanmagan taraflar o‘rtasida sodir etilishi va har bir taraf mustaqil harakat qilishi nazarda tutiladi.
“...munosib tarzda marketing olib borilgandan keyin...” aktiv oqilona o‘ylab qaraganda erishish mumkin bo‘lgan, bozor qiymati ta’rifiga muvofiq keladigan narxda sotilishini ta’minlash uchun u bozorga eng munosib tarzda olib chiqilishi kerakligini anglatadi. Bozorga qo‘yish muddati undagi sharoitlarga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin, ammo har qanday holda ham bu muddat aktiv yetarli sondagi potensial xaridorlarning e’tiborini tortishi uchun yetarli bo‘lishi darkor. Bozorga qo‘yish davri baholash sanasidan oldin keladi.
“...bunda har bir taraf yetarlicha axborotga ega bo‘lgan holda, oqilona, harakat qilgan…” — manfaatdor xaridor ham, manfaatdor sotuvchi ham sotilayotgan aktivning xarakteri va xossalari, uning haqiqiy va potensial foydalanilishi, shuningdek baholash sanasida bozordagi ahvol haqida yetarli darajada xabardor qilingan deb taxmin qilinishini anglatadi. Shundan keyin, ularning har biri, bu axborotga ega bo‘lgan holda, o‘z manfaatlarini ko‘zlab, bitimdagi o‘z pozitsiyasidan qaraganda eng yaxshi narxga erishish uchun oqilona ish tutadi deb faraz qilinadi. Bunda o‘tgan sana bilan kechroq muddatga nisbatan taxminlarga emas, balki baholash sanasidagi bozor holatiga nisbatan oqilonalik nazarda tutiladi. Sotuvchi mulkni bozorda narxlar tushib ketayotganda oldingi bozor narxidan pastroq sotishi doim ham omilkorlik emas deb hisoblanmaydi. Bu holda, narxlarning o‘zgarib turishi sharoitida boshqa oldi-sotdi vaziyatlarida bo‘lganidek, oqilona ish tutadigan xaridor yoki sotuvchi ayni paytda ular foydalanishi mumkin bo‘lgan bozor holati haqidagi eng to‘liq axborotga muvofiq ish tutadilar.
“...ixtiyoriy ravishda harakat qilgan...”, taraflarning har birida bitim tuzishga o‘z asoslari bor, ammo ularning birortasi ham bitim tuzishga majbur qilinmayotgani yoki ularga bosim o‘tkazilmayotganini anglatadi.
Bozor qiymati aktivni sotish yoki xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olmasdan, hech qaysi tegishli soliqlarni (qo‘shilgan qiymat solig‘ini va h.k.) to‘lash bo‘yicha xarajatlarni qoplantirmasdan belgilangan aktiv qiymati deb tushuniladi.
Baholovchilar ham, buxgaltyerlar ham bir xil atamalardan foydalanishiga misollar juda ko‘p. Ba’zi bir hollarda bu tushunmovchiliklarga va MBMSni noto‘g‘ri qo‘llanishiga olib keladi. 2-son MBMS bozor qiymatini aniqlaydi va unda bozor qiymati standartlarining umumiy konsepsiyalari ko‘rib chiqiladi. 4-son MBMSdagi o‘ziga xos talablarni ta’riflashda qo‘llaniladigan boshqa muhim atamalar 2-son MBMS va 3-son MBMSda belgilanadi.
4-son MBMSda belgilanganidek, aktivlarning ulardan hozirgi foydalanishdagi bozor qiymati bunday foydalanish davom etadi degan farazga asoslanadi. Hozirgi foydalanish uchun bozor qiymati — bu bozor qiymati ta’rifi qo‘llanishining alohida holati. Ortiqcha yoki investitsiyaviy aktivlarning bozor qiymati, hozirgi yoki qandaydir boshqa muqobil foydalanish samaraliligidan qat’iy nazar, ulardan eng samarali foydalanishga asoslanadi.
4-son MBMSda aytilganidek, bozor qiymati moliyaviy hisobot tayyorlash munosabati bilan baholanadigan ixtisoslashtirilmagan mulkni baholash uchun baza bo‘lib, qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmagan boshqa bazalardan farq qiladi. 4-son MBMSda moliyaviy hisobot uchun ixtisoslashtirilgan aktivlarni baholash haqidagi masala ham qaraladi, hamda ushbu usullar bilan MBMSga muvofiq moliyaviy hisobot uchun qo‘llanilmasligi kerak bo‘lgan boshqa usullar o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatiladi.
Ixtisoslashtirilgan aktivlar yoki joylashuvi tufayli sotilish imkoniyatlari cheklangan aktivlar ochiq bozorda biznes yoki korxonaning (keyingilari ba’zan egalikdagi biznes deb ataladi) tarkibiy qismidan boshqacha shaklda kamdan-kam (agar qachondir bo‘lib o‘tsa ham) qo‘ldan qo‘lga o‘tadi. Agar bunday aktivlardan eng yuqori ehtimolli foydalanish ehtimoli bevosita egalikdagi biznes bilan bog‘langan bo‘lsa, ularning qiymatini aniqlash jarayonlari bozorga bog‘liq bo‘lmaydi hamda butun korxonaning qiymatini aniqlab, keyin uni korxonaning tarkibiy qismlari o‘rtasida taqsimlashni talab qilishi mumkin. Bu jarayonlar 4-son MBMSda qaraladigan eskirishni hisobga olib almashtirishga xarajatlarni aniqlashdan farq qiladi hamda bozorga bog‘liq bo‘lmagan va odatdagi moliyaviy hisobot uchun MBMSga muvofiq kelmaydigan deb hisoblanadi.
Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa tashqi sabablar tufayli bozor faoliyati vaqtincha izdan chiqqan yoki to‘xtab qolgan taqdirda, baholash sanasida bozor qiymatini chuqur anglangan tarzda o‘lchash imkonsiz bo‘ladi, ayniqsa, agar faoliyatning bunday vaqtinchalik izdan chiqishi yoki to‘xtab qolishini bozor katta xavotir bilan qabul qilsa. Bunday hollarda baholovchi baholash haqidagi hisobotga tushuntirishlarda ushbu holatlarga havola berishi shart. Shu sababga ko‘ra, baholovchi bozor qiymatiga nisbatan o‘z fikrini ma’lum bo‘lgan oldingi darajaga yoki bozor faoliyati tiklangandan keyingi sharoitlarga asoslab bildirishi maqsadga muvofiq bo‘lib chiqishi mumkin. Bunda u bozorning odatdagi faoliyatga qaytishining kechikishiga bog‘liq qiymatdagi har qanday yo‘qotishlarni tegishli tarzda baholashi va izohlab berishi kerak. E’tiborga olingan barcha holatlarni, baholash jarayonida foydalanilgan mezonlarni, hamda baholashga asos bo‘lgan muhim farazlarni ochib berishi ayniqsa muhimdir.
Baholashni o‘tkazish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilishdan oldin baholovchi u bunday topshiriqni 2-son MBMSga va boshqa umume’tirof etilgan baholash prinsiplariga muvofiq bajarish uchun yetarlicha bilimlarga, tajribaga va kompetensiyaga qanchalik egaligini aniqlab olishi, yoxud:
1) topshiriqni qabul qilishdan oldin barcha shu kabi nomuvofiqliklar haqida mijozga xabar berishi;
2) topshiriqni munosib bajarish uchun zarur barcha tegishli choralarni ko‘rishi;
3) ish yakunlangandan keyin taqdim etiladigan hisobotda vaziyatni hamda uni hal qilish uchun ko‘rilgan barcha choralarni ochib berishi lozim.
Baholovchi bozor bahosini aniqlash jarayonida ishonch qozona oladigan bahoni chiqarish uchun zarur bo‘lgan, e’tirof etilgan usullar va uslublarni bilishi, tushunishi va to‘g‘ri qo‘llay olishi kerak.
Baholovchi bozor bahosini aniqlash jarayonida baholanayotgan mulkni, unga bo‘lgan huquqlarni to‘g‘ri identifikatsiya qilishi, baholashning maqsadi va uning natijalaridan qanday maqsadlarda foydalanilishini, ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha operatsiyalar doirasini, barcha cheklovchi shartlar va haqiqiy baholash sanasini belgilab olishi kerak.
Baholovchi baholashni o‘tkazishda baholanayotgan qiymat turini belgilashi va unga ta’rif berishi kerak. Boshqa har qanday qo‘llanilgan qiymat turi bilan bozor qiymati sifatida tushuniladigan va talqin etiladigan qiymat turi o‘rtasidagi farqni alohida puxtalik bilan aniq va qat’iy belgilash zarur.
Bozor qiymati baholanishi haqidagi hisobotni tuzishda Baholovchi:
yanglishishlarni istisno etish uchun baholashga to‘liq va tushunarli tushuntirish berishi;
hisobotdan foydalanuvchilar undagi ma’lumotlarni, dalillarni, tahlillarni va xulosalarni to‘liq tushuna olishlari uchun yetarlicha axborot berishi;
baholash uchun asos qilib olingan barcha taxminlar va cheklovchi shartlarni bayon qilishi;
baholanayotgan mulkni aniq identifikatsiya va bayon qilishi, shuningdek mulkni o‘rganishdagi chegaralarni ko‘rsatishi;
baholanayotgan huquq yoki mulk huquqini identifikatsiya qilishi;
aniqlanayotgan qiymat turini, baholash maqsadini, haqiqiy baholash sanasini va hisobot tuzish sanasini ko‘rsatishi;
qo‘llanilayotgan baholash bazalarini to‘liq va batafsil tushuntirib berishi va ularni qo‘llash va xulosalar uchun asoslarni keltirishi;
hisobotga ilova sifatida uning obyektivligi, xolisligi, ish haqi yoki boshqa mukofot to‘lovlari miqdoriga bog‘liq emasligi, kasbiy hissasi, MBMS qo‘llanishi o‘rinliligi va boshqa oshkor etiladigan axborotni tasdiqlaydigan imzolangan professional sertifikat qo‘shib qo‘yishi lozim.
Bozor qiymati tushunchasi va ta’rifi butun baholash faoliyati uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. 2-son MBMS asoslanadigan, 1-son MBMSda ushbu fundamental tushunchalar va prinsiplarning iqtisodiy va uslubiy asoslariga qisqacha tushuntirish berilgan.
Bozor qiymati tushunchasi baholash sanasida sodir etilgan qandaydir haqiqiy bitimga bog‘liq emas. Bozor qiymati — bu, ko‘proq, bozor qiymati ta’rifida ko‘rsatilgan shartlarga rioya etilganda baholash sanasida sotilishi ehtimoli eng yuqori bo‘lgan narx. Bozor qiymati — bu sotuvchi va xaridor bozor qiymati ta’rifidagi shartlarni bajarganda, ularning har biri bozorda mavjud boshqa imkoniyatlar va muqobilliklarni o‘rganishga yetarlicha vaqti bo‘lganda rozi bo‘ladigan narx haqidagi tasavvur, vaholanki, bitimni tuzishda rasmiy kontraktlarni va ular bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlash uchun muayyan vaqt talab etilishi mumkin.
Bozor qiymati konsepsiyasi narx ochiq va raqobatli bozorda muzokaralar yo‘li bilan belgilanishini nazarda tutadi. Mazkur tushuntirish ba’zan “bozor qiymati” atamasining “ochiq bozordagi qiymat” atamasi bilan almashtirilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. “Ochiq” va “raqobatli” so‘zlari mutlaq ma’noga ega emas. Bir aktiv uchun bozor xalqaro yoki mahalliy bo‘lishi mumkin. Bozor ko‘p sonli xaridorlar va sotuvchilardan tashkil topgan bo‘lishi yoki ishtirokchilarning soni cheklanganligi bilan xarakterlanishi mumkin. Aktiv sotuvga qo‘yiladigan bozor, ta’rifga ko‘ra, cheklangan yoki toraytirilgan bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, “ochiq” so‘zining bo‘lmasligi bitim xususiy yoki yopiq tusga egaligini anglatmaydi.
Bozor baholari odatda qiyoslash mumkin bo‘lgan mulk obyektlariga aloqador axborotga asoslanadi. Baholash jarayoni baholovchi kerakli va munosib tekshiruvni, malakali tahlilni o‘tkazishini, axborot va dalillar bilan mustahkamlangan farazlar chiqarishini talab etadi. Bu jarayonda baholovchilar mavjud ma’lumotlarni qat’iy ishonch bilan qabul qilmaydilar, ular bozorda kuzatilayotgan va ishga daxldor barcha holatlarni, tendensiyalarni, o‘xshash bitimlarni va boshqa axborotni ko‘rib chiqishlari darkor. Bozor ma’lumotlari cheklangan yoki amalda mavjud bo‘lmagan taqdirda (masalan, ba’zi bir ixtisoslashtirilgan mulk obyektlari uchun), baholovchi tegishli tarzda vaziyatni ochib berishi va ma’lumotlarning yetarli emasligi tufayli ular qandaydir tarzda cheklanganmi, yo‘qmi ko‘rsatishi kerak. Baholovchining o‘z mulohazalari barcha baholash jarayonlarida talab etiladi, ammo baholash haqidagi hisobotda baholovchi bozor qiymatini aniqlashda bozor ma’lumotlaridan kelib chiqqanmi yoki mulkning xususiyati va bozorda shu mulkka o‘xshash mulk haqida ma’lumotlarning yo‘qligi uni ko‘proq o‘z fikriga tayanib harakat qilishga majburlaganmi, ochib berishi kerak.
Bozor sharoitlarining tezlik bilan o‘zgarishi narxlarning tez o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Bunday holat odatda muvozanatsizlik deb ataladi. Muvozanatsizlik davri bir necha yillarga cho‘zilishi hamda joriy va kutilayotgan bozor sharoitlariga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqa hollarda iqtisodiyotdagi tez ko‘tarilib-pasayishlar bozor ma’lumotlarining beqarorligiga olib kelishi mumkin. Agar ba’zi bir sotuvlar bozor vaziyatiga mos kelmasa, baholovchi ularga kamroq ahamiyat berishi yoki ularni umuman ko‘rib chiqmasligi lozim. Baholovchi mavjud ma’lumotlar asosida bozorning haqiqiy darajasi haqida xulosa chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lib qolishi mumkin. Alohida bitimlar narxlari bozor qiymatining ko‘rsatkichi bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin, ammo baholash jarayonida bunday ma’lumotlarni inobatga olish kerak.
Taklif kamayib ketganda yoki bozor konyunkturasi yomonlashganda “manfaatdor sotuvchilar” soni ko‘p bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Ba’zi bir bitimlar (hammasi bo‘lishi shart emas) moliyaviy (yoki boshqacha) bosim o‘tkazish elementlariga ega bo‘lishi yoki ba’zi bir mulkdorlarning sotishdan manfaatdorligini pasaytirib yuborishi yo yo‘qqa chiqarishi mumkin. Bunday bozor sharoitlarida baholovchilar barcha tegishli omillarni hisobga olishi hamda, ularning fikricha, bozorni munosib tarzda aks ettiradigan alohida bitimlarga muhim ahamiyat berishi lozim. Sud boshqaruvchilari, xususan, tugatuvchi boshqaruvchilar o‘z lavozimiga molik bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishda aktivlarni mumkin bo‘lgan eng yuqori narxda sotishlari shart. Biroq sotuvlar tegishli marketing o‘tkazmasdan yoki marketing davri yetarli bo‘lmaganda ham ro‘y berishi mumkin. Baholovchi bitimlar narxlari qanchalik bozor qiymati ta’rifi talablariga qanchalik to‘g‘ri kelishini va bunday ma’lumotlarga qanday muhimlik darajasini berishni aniqlash uchun bu bitimlarni tahlil qilishi lozim.
Bozordagi narxlar tez o‘sib yoki pasayib ketishi bilan xarakterlanadigan o‘tish davrlarida, agar avvalgi davrlarga tegishli axborotga ortiqcha muhimlik berilgan bo‘lsa yoki bo‘lajak bozorlarga nisbatan o‘zini oqlamaydigan taxminlar qilinsa, qiymatning oshirib yoki kamaytirib yuborilishi xavfi bo‘ladi. Bu sharoitda baholovchilar bozorning harakatini va javob ta’sirini chuqur tahlil qilishi hamda o‘z hisobotlari bu tekshiruvlar va xulosalarni to‘liq ochib berishini ta’minlashi lozim.
Bozor qiymati konsepsiyasi, shuningdek, bozor qiymati bo‘yicha tuziladigan bitimda mulk munosib tarzda bozorga chiqarilishi va zarur reklamani ta’minlagan holda yetarlicha uzoq vaqt davomida bozorda erkin qolishini ham nazarda tutadi. Bozorga chiqarish haqiqiy baholash sanasigacha amalga oshirilishi taxmin qilinadi. Qat’iy belgilangan (uzoq muddatli) aktivlar bozorlari, qoida tariqasida, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa joriy aktivlar bozoridan farq qiladi. Qat’iy belgilangan aktivlar amalda noyob bo‘ladi. Ular odatda kam sotiladi va ko‘proq, masalan, birjada kotirovkalanadigan qimmatli qog‘ozlar uchun xos bo‘lmagan va samarasizroq bo‘lgan bozorlarda sotiladi. Bundan tashqari, qat’iy belgilangan aktivlar likvidliligi pastroq. Shu sabablarga ko‘ra, shuningdek bunday qat’iy belgilangan aktivlar odatda ommaviy birjada sotilmasligi bois, ularning bozor qiymati, munosib marketing o‘tkazish hamda bitim tuzish haqidagi muzokaralarni yakunlash uchun kerakli vaqtni hisobga olgan holda, bozorda uzoq vaqt o‘zgarmasdan turishini inkor etmasligi kerak.
Investitsiya kompaniyasi, pensiya (jamg‘ariladigan) fondi, trast kompaniyasi yoki o‘xshash mulk shaklidagi boshqa kompaniyalar mulkining daromad keltiradigan obyektlari odatda, belgilangan sotuvlar rejasiga muvofiq aktivlarni yakka tartibda sotish asosida baholanadi. Investitsiyalar portfeli yoki mulk obyektlari guruhi sifatida qaraladigan bunday aktivlarning jami qiymati alohida olingan barcha aktivlar bozor qiymatlarining summasidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin.
Barcha baholash hollarida ularning maqsad va funksiyalarini ko‘rsatish lozim. Agar baholash funksiyasi moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lsa, baholash to‘g‘risidagi hisobotga taalluqli boshqa talablarga qo‘shimcha tarzda, baholovchi aktivlarning har biri qaysi toifaga kiritilganini aniq qilib ko‘rsatishi lozim.
Istisno hollarda bozor qiymati salbiy kattalikda ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarga ijaraga olingan mulk, ba’zi bir ixtisoslashtirilgan mulk obyektlari, buzilish xarajatlari yer uchastkasi qiymatidan qimmatga tushadigan eskirgan ko‘chmas mulk obyektlari, atrof-muhit ifloslanishi ta’siriga uchragan ba’zi bir obyektlar va h.k.lar kiradi.
Baholash haqidagi hisobotlar anglashilmovchiliklarni keltirib chiqarmasligi kerak. Bozor qiymatini aniqlash va bu haqida hisobot tuzish maqsadida olib boriladigan baholashlar 2-son MBMSning 5-bandi talablariga javob berishi kerak. Hisobotlarda bozor qiymatining 2-son MBMSda berilgan ta’rifiga aniq havola berilishi, bu mulk uning foydaliligi yoki eng samarali (yoki eng ehtimoliy) foydalanilishi nuqtai nazaridan qanday baholanishi aniq ko‘rsatilishi, shuningdek barcha asosiy farazlar bayon qilinishi lozim.
Baholovchi bozor qiymatini belgilar ekan, aniq baholash sanasini (qiymat hisoblab chiqilgan sanani), baholash maqsadi va funksiyalarini hamda ishga daxldor va unga mos keladigan boshqa mezonlarni, uning hisoboti baholovchining kuzatuvlari, xulosalari va yakunlarini to‘g‘ri va mantiqan talqin qilish imkonini kafolatlaydigan qilib ko‘rsatishi kerak.
Muayyan sharoitlarda qiymatning muqobil ifodalaridagi tushunchalar va ulardan foydalanish ham o‘rinli bo‘lishi mumkin, baholovchi bunday qiymatlar topilgan va hisobotga kiritilgan taqdirda, ularni bozor qiymatining ifodasi sifatida talqin etmaslik kerakligini kafolatlashi lozim. | 123 | 25,786 |
Qonunchilik | Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va/yoki cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada cho‘lga aylanib borishlarga qarshi kurash bo‘yicha BMT Konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va/yoki cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada cho‘lga aylanib borishlarga qarshi kurash bo‘yicha BMT Konvensiyasi ratifikatsiya qilinsin. | 214 | 329 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 19-moddaning matni “giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 56-modda birinchi qismining “o” bandi “giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 127-modda:
birinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik” degan so‘zdan keyin “vositalari va ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 1863-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa;
d) badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
e) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
5) 1921-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
6) 1922-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
7) 1923-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
8) 1924-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
9) 1925-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki yuz baravaridan besh yuz baravarigacha” degan so‘zlar “uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 1926-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
11) 1927-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
12) 1928-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”;
13) 207-modda uchinchi qismining “b” bandi “giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
14) 246-modda:
birinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
15) 2511-modda birinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
16) 261-moddaning dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
17) 271-modda:
nomi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
18) 273-modda:
nomi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
oltinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
19) 274-modda:
nomi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
20) 275-moddaning:
nomi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
21) 276-modda:
nomi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan so‘zlardan keyin “ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
22) 2783-moddaning:
nomi “Kompyuter tizimidan” degan so‘zlardan keyin “shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “kompyuter tizimidan” degan so‘zlardan keyin “shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
23) quyidagi mazmundagi 2787-modda bilan to‘ldirilsin:
O‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish va xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeyidan foydalanib;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
24) sakkizinchi bo‘lim:
quyidagi mazmundagi atama bilan to‘ldirilsin:
“Giyovandlik vositalarining analoglari — kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyovandlik vositalariga o‘xshash bo‘lgan, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar”;
“Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ko‘p miqdor” degan atama quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Giyovandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ko‘p miqdor”;
“Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan ko‘proq miqdor” degan atama quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Giyovandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan ko‘proq miqdor”;
“Giyovandlik vositalari”, “Prekursorlar”, “Psixotrop modda” degan atamalarning huquqiy ma’nosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Giyovandlik vositalari — giyovandlik vositalari ro‘yxatlariga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyovandlik moddasi mavjud bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar;
Prekursorlar — prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyovandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar;
Psixotrop moddalar — psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 173-modda birinchi qismining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar va ularning turi mavjudligini”;
2) 345-moddaning beshinchi qismi “278-moddasi ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlardan keyin “2787-moddasi ikkinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 3812-modda birinchi qismining 1-bandi “2781 — 2786-moddalarida” degan so‘zlardan keyin “2787-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 24-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ashyolarni ularning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish, musodara qilish va maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida, ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin”;
2) 56-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Giyovandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish —
giyovandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib, eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyovandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib, o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘ladi”;
3) quyidagi mazmundagi 591-modda bilan to‘ldirilsin:
Hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli holatda bo‘lgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan shaxs tomonidan shunday yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
4) 125-modda birinchi qismining sanksiyasidagi “beshdan bir” degan so‘zlar “ikkidan bir” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 1281-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikki” degan so‘z “uch” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch” degan so‘z “to‘rt” degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 1283-modda:
uchinchi qismining sanksiyasidagi “yetti” degan so‘z “to‘qqiz” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab bo‘ladi”;
beshinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
7) 131-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
8) 133-modda birinchi qismining sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 134-moddaning sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “ikki baravaridan to‘rt baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 135-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismi” degan so‘zlar “bir baravari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch” degan so‘z “besh” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan so‘z “o‘n” degan so‘z bilan almashtirilsin;
11) 136-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
12) quyidagi mazmundagi 1552-modda bilan to‘ldirilsin:
Telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda —
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
13) 164-modda:
to‘rtinchi qismining dispozitsiyasidagi “dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar bilan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismining dispozitsiyasidagi “Dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlari yoxud” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
14) 1651-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, —
mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
15) 178-moddaning yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazish, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, shu jumladan iste’molchilarni tovarning iste’molga oid xususiyatlari yoki sifati xususida chalg‘itish, tovarni unga o‘xshash mahsulotlar bilan almashtirib qo‘yish, mahsulotning xususiyatlari va sifatini qasddan o‘zgartirish, xuddi shuningdek qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, olib kirish va realizatsiya qilish —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
16) 188-moddaning dispozitsiyasi “giyovandlik” degan so‘zdan keyin “vositalari, ularning analoglari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
17) 1981-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Eng kam ish haqining o‘n baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Eng kam ish haqining o‘n baravaridan ko‘p miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ushbu hujjatning ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi yoki qarzdorning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish yoxud bu harakatlarni bajarishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatining davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
18) 2411-moddaning sanksiyasidagi “yigirma baravaridan oltmish baravarigacha” degan so‘zlar “qirq baravaridan sakson baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 2412-moddaning sanksiyasidagi “yigirma baravaridan oltmish baravarigacha” degan so‘zlar “qirq baravaridan sakson baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 2413-moddaning sanksiyasidagi “yigirma baravaridan oltmish baravarigacha” degan so‘zlar “qirq baravaridan sakson baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21) 2414-moddaning sanksiyasidagi “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan qirq baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) 2415-moddaning sanksiyasidagi “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan qirq baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23) 2416-moddaning sanksiyasidagi “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan qirq baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24) 2417-moddaning sanksiyasidagi “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan qirq baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25) 2418-moddaning sanksiyasidagi “yigirma baravaridan oltmish baravarigacha” degan so‘zlar “qirq baravaridan sakson baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26) 24110-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan qirq baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar “qirq baravaridan oltmish baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
27) 24111-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha” degan so‘zlar “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar “yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
28) 245-moddaning birinchi qismi:
“59” raqamidan keyin “591” raqami bilan to‘ldirilsin;
“1551” raqamidan keyin “1552” raqami bilan to‘ldirilsin;
29) 287-modda birinchi qismining 1-bandi “ushbu Kodeksning” degan so‘zlardan keyin “474, 475” raqamlari bilan to‘ldirilsin;
30) 343-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda bo‘lishi va namunali xulq-atvori bilan o‘zini ko‘rsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qo‘llagan ma’muriy sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi o‘tgach va sud tomonidan tayinlangan jarima to‘langach, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyovandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda) 3-moddasining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“prekursorlar — prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyovandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 3-moddasining 15-bandi mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 3-moddasining 3-bandi, 28-bandining ikkinchi xatboshisi mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi. | 147 | 31,882 |
Qonunchilik | Fermer xo‘jaliklarining a’zolik badalini O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga o‘tkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida xarajat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Fermer xo‘jaliklarining a’zolik badalini O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga o‘tkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida xarajat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-noyabrdagi 108, 02/528, 327-V-son “O‘zbekiston Fermyerlari Kengashi tizimi faoliyatini moliyalashtirish mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2542, 2013-yil 26-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 702-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq fermer xo‘jaliklarining a’zolik badalini O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) o‘tkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida xarajat qilish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizom Kengash tizimini moliyalashtirish uchun fermer va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklarining tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga (bundan buyon matnda tuman kengashi deb yuritiladi) a’zolik badali to‘lovini amalga oshirishini hamda Kengash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari (bundan buyon matnda hududiy kengash deb yuritiladi) va tuman kengashlari hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘larni to‘plash va ulardan foydalanishni tartibga solish uchun tatbiq etiladi.
2. Kengash Ustaviga muvofiq Kengash faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
a’zolik badallari;
xayriya mablag‘lari va grantlar;
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda);
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
3. Kengashlarga a’zolik badali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq paxta xomashyosini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari tomonidan har yili paxta xomashyosi xarid narxining 0,8 foizi miqdordagi mablag‘lari hamda qishloq xo‘jaligining boshqa yo‘nalishlardagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari a’zolik shartnomasida belgilangan miqdorda o‘z daromadlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan g‘alla hosili yakuniy hisob-kitobi maxsus ko‘rsatmalarida Kengashni moliyalashtirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan to‘lovlar belgilanishi mumkin.
5. Tuman kengashi tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir fermer xo‘jaliklari va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari bilan ixtiyoriylik asosida a’zolik shartnomasi (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzadi.
6. Kengashga paxta xomashyosi xarid narxida ko‘zda tutiladigan 0,8 foiz miqdordagi mablag‘ni hamda qishloq xo‘jaligining boshqa yo‘nalishlardagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolik badallarini kirim qilish uchun tuman kengashlariga tijorat banklarida alohida maxsus hisobvaraqlari belgilangan tartibda ochiladi.
7. Fermer xo‘jaliklari tomonidan har yili paxta xomashyosi xarid narxining 0,8 foizi miqdordagi fermer xo‘jaliklarining maxsus hisobvarag‘iga kirim qilingan mablag‘lar hisobidan a’zolik badali summasi mutanosib ravishda oyma-oy tuman kengashlari tomonidan shartnomaga muvofiq qo‘yiladigan to‘lov talabnomalari asosida tuman kengashlarining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
8. Tuman kengashlarining maxsus hisobvaraqlariga fermer xo‘jaliklaridan a’zolik badallari uchun kelib tushgan mablag‘lar keyingi ish kunidan kechikmagan holda bank hisobvarag‘i shartnomasiga asosan memorial order orqali to‘liq hududiy kengashning alohida maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
9. Hududiy kengashning alohida maxsus hisobvarag‘iga tuman kengashlaridan kelib tushgan mablag‘lar keyingi ish kunidan kechikmagan holda bank hisobvarag‘i shartnomasiga asosan memorial order orqali to‘liq Kengashning alohida maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
10. Qishloq xo‘jaligining boshqa yo‘nalishlardagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolik badallari ham tuzilgan shartnomalarga asosan ularning to‘lov topshiriqnomalariga muvofiq tuman kengashlarining maxsus hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.
11. Kengashning maxsus hisobvarag‘ida jamlangan a’zolik badallari mablag‘laridan har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Kengash tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hududiy va tuman fermyerlar kengashlarining yillik daromadlar prognozi va xarajatlar smetalariga asosan foydalaniladi.
12. Maxsus hisobvaraqlarda yig‘ilgan mablag‘lardan boshqa maqsadlar uchun foydalanilmaydi.
13. Kengash, hududiy va tuman kengashlarining hisobvaraqlariga xayriya mablag‘lari va grantlar, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan kelib tushadigan mablag‘lar ularning asosiy hisobvaraqlariga kirim qilinadi va mazkur kengashlar tasarrufida qoladi. Ushbu mablag‘lardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
14. Kengashga, hududiy va tuman kengashlariga ularning Ustavida belgilangan vazifalar asosida fermer, dehqon xo‘jaliklarini va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan javobgarlik yuklatiladi.
15. Fermer va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga shartnomada ko‘rsatilgan a’zolik badallarini belgilangan muddatlarda to‘lab berish majburiyati yuklatiladi.
16. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hududiy va tuman fermyerlar kengashlarining yillik daromadlar va xarajatlar smetalarining to‘g‘riligi va asoslanganligi hamda mablag‘larni maqsadli ishlatilishi uchun Kengash, hududiy va tuman kengashlari rahbarlari shaxsan javobgardirlar.
17. Mablag‘larni to‘g‘ri va maqsadli ishlatishini nazorat qilish Kengash zimmasiga yuklatiladi.
18. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
19. Mazkur Nizom O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi bilan kelishilgan. | 220 | 7,721 |
Qonunchilik | FHDYo qanday qoidalar boʻyicha ishlaydi | FHDYo organlari nima?
Eng avvalo Qoidalarda FHDYo organlari qatoriga kiradigan organlar roʻyхati keltirilgan:
Avvalgidek, fuqarolar yigʻinlari oʻlimni qayd etadi, biroq endi aniqlashtirilishicha, shaхsi aniqlanmagan va sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan shaхslarning oʻlimini fuqarolar yigʻinlari tomonidan qayd etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Dalolatnoma yozuvlarini qayd etishni rad qilinishi asoslari roʻyхati toʻldirildi. Endi agar taqdim etilgan hujjatlar ularga nisbatan Qoidalarda va boshqa qonun hujjatlarida qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlmasa, ularni qayd etish rad qilinadi.
FHDYo organlari хodimlari, shuningdek konsul oʻzi, eri yoki хotini oʻzining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tugʻishgan aka-uka, opa-singillari) toʻgʻrisida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritishga haqli emaslar. Ilgari bu taqiq faqat oʻzi, eri yoki хotini va bolalariga nisbatan qoʻllanilar edi.
Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish boʻysunish tartibida yuqori organning yozma koʻrsatmasi asosida boshqa хodim tomonidan yoki boshqa FHDYo organida amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvlarining "Belgilar uchun" ustuniga bu toʻgʻrida tegishli yozuv kiritiladi.
Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma batafsil boʻlishi kerak
Qoidalarda bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi tibbiy ma’lumotnomasida koʻrsatilishi zarur boʻlgan ma’lumotlarning toʻla-toʻkis yangi roʻyхati mustahkamlangan, ular:
Tugʻruqхonadan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma bolaning ushbu onadan tugʻilganligiga guvoh boʻlganlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tasdiqlagan dalolatnoma asosida beriladi). Ilgari bunday holatlarda guvohlar ma’lumotnomaning oʻzini imzolashar edi.
Qayd qilinishicha, bolaning tugʻilganligini qayd etishda unga familiya milliy an’analarga muvofiq ota yoki ona tomonidan boboning ismi (ilgari ota yoki bobo ismi boʻyicha edi) boʻyicha beriladi.
Harakatdagi havo yoki suv kemasida, poyezdda yoki boshqa transport vositasida tugʻilgan bolaning tugʻilganligini qayd etish ota-onasidan birining yashash joyidagi FHDYo organi yoki transport vositasi qatnayotgan yoʻnalishdagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi. Muqaddam qoʻnish joyida, suv kemasi kelgan portda konsullik muassasalari tomonidan kema komandiri va guvohlar ishtirokida tuzilgan ma’lumotnoma asosida qayd etilar edi.
Voyaga yetmagan ota-ona (ulardan biri)ning tugʻilgan bolasi umumiy asoslarda roʻyхatdan oʻtkaziladi.
Murakkab holatlarda otalikni qanday belgilash mumkin?
16 yoshga toʻlmagan shaхsga otalik belgilanadigan hollarda bolaning ota ismi otaning ismi boʻyicha oʻzgartiriladi (yoziladi). Agar otalikni belgilash 16 yoshga toʻlgan shaхsga nisbatan amalga oshirilsa, u holda ota toʻgʻrisidagi ma’lumotlar oʻzgartirilishi lozim. Bola toʻgʻrisidagi ma’lumotlar familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish tartibi va qoidalari boʻyicha kiritiladi. Muqaddam barcha holatlarda otalikni belgilashda bolaning ota ismi otasining ismi boʻyicha oʻzgartirilishi kerak edi.
Agar onaning yashash joyini belgilashning imkoni boʻlmaganda voyaga yetmagan bolaga nisbatan otalikni belgilash vasiylik va homiylik organining roziligi bilan otasining arizasiga asosan amalga oshirilishi mumkin. Arizaga onaning bedarak yoʻqolgan deb topilgani toʻgʻrisidagi sud qarorining nusхasi ilova qilinadi (ilgari – ona haqidagi ma’lumotlar 6 oydan koʻp muddat mobaynida bedarakligi haqida ichki ishlar organlaridan ma’lumotnoma).
Farzandlikka olish faqat sud qarori bilan
Farzandlikka olish boʻlimiga kiritilgan oʻzgarishlar mazkur protseduraning yaqin kunlardan beri sudda alohida sud ish yurituvi tartibida amalga oshirilayotgani bilan bogʻliq (batafsil – bu yerda).
Tegishincha, farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga zarur oʻzgartirishlar FHDYo organlari tomonidan, farzandlikka olish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 10 mobaynida kiritiladi. FHDYo organiga koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda sud qarorida ushbu qaror oʻz kuchini yoʻqotmaganligi haqida yozuv boʻlishi kerak.
Toʻyda guvohlar sonini kelin-kuyov belgilaydi
Qoidalarda koʻrsatilishicha, endi nikohni qayd etishda nikohlanuvchi shaхslar tomonidan belgilangan sondagi guvohlar ishtirok etishi mumkin. Ilgari ikki kishidan oshmasligi kerak edi.
Bundan tashqari, endi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaхsini tasdiqlovchi hujjat nusхasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim.
FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etilgandan keyin Oʻzbekiston fuqarosi bilan nikohga kirgan shaхs fuqarosi boʻlgan хorijiy davlatga nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi хabarnoma belgilangan tartibda yuboriladi.
Bedarak yoʻqolgan turmush oʻrtogʻi toʻsatdan qaytsa...
Sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan er (хotin) qaytib kelganda va sudning tegishli hal qiluv qarori bekor qilinganda FHDYo organlarining harakatlari tartibi Qoidalarda batafsil keltirib oʻtilgan. Ushbu holatda nikoh er-хotinning birgalikdagi arizasi boʻyicha FHDYo organi tomonidan tiklanishi mumkin va nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvi va uning asosida berilgan tegishli guvohnoma bekor qilinadi.
Ammo tomonlardan biri yangi nikohga kirgan taqdirda nikoh tiklanishi mumkin emas. Bu holda bedarak yoʻqolgan deb topilgan shaхs murojaat qilgan taqdirda nikohdan ajralganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Qanday muddatlar oʻzgardi?
Tasdiqlangan Qoidalar bilan alohida harakatlarni amalga oshirish va ularni hisobga olishning quyidagi muddatlari nazarda tutilgan:
Dalolatnomalar lotin alifbosida toʻldiriladi
Dalolatnoma yozuvlari hamda tegishli gerb ma’lumotlari davlat tilida lotin grafikasida toʻldirilishi Qoidalarda keltirib oʻtilgan. Davlat tilini bilmaydiganlar tarjimon хizmatidan foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan shaхslar ishtirokida dalolatnoma yozuvlarini toʻldirish tartibi alohida keltirilgan. Kar, soqov yoki karsoqov shaхs savodsiz boʻlgan taqdirda dalolatnoma yozuvini qayd etishda dalolatnoma yozuvi mazmuni kar, soqov yoki karsoqovning хohishiga muvofiq kelishini imzo bilan tasdiqlab unga tushuntirishi mumkin boʻlgan shaхs ishtirok etishi mumkin. Dalolatnoma yozuvini koʻzi koʻr shaхs uchun tuzishda dalolatnoma yozuvi matni unga dalolatnoma yozuvini tuzgan FHDYo organi хodimi tomonidan oʻqib beriladi. Bu haqda "Belgilar uchun" ustuniga tegishli yozuv kiritiladi.
Xizmat siri qat’iy qoʻriqlanadi
Qoidalarda mustahkamlanishicha, harakatlar amalga oshirayotgan FHDYo organlari mansabdor shaхslari va boshqa хodimlarining, shuningdek хizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda amalga oshirilayotgan harakatlar toʻgʻrisida ma’lum boʻlgan shaхslarning oʻzlariga ma’lum boʻlgan ma’lumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham taqiqlanadi.
Dalolatnoma yozuvlaridan nusхalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, ish yurituvida mavjud boʻlgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDYo organlari va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining soʻroviga koʻra beriladi (yuboriladi).
Amalga oshirilgan harakatlarning sirini buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hisobotlarni topishirish tartibi oʻzgardi
Endi FHDYo organlari dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusхalari bilan birga tugʻilish, oʻlim, nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga doir 97-shakl boʻyicha hisobotlarni qogʻoz va elektron shaklda adliya boshqarmalariga topshirishlari kerak.
97-shakldagi hisobot vedomostining oʻzi endi 3 nusхada tuziladi (ilgari – toʻrt nusхada) Ulardan ikkitasi dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusхasi bilan adliya boshqarmasiga topshiriladi, uchinchi nusхasi FHDYo organida qoladi (toʻrtinchisi statistika organlariga yuboriladi).
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari har yarim yillikdan keyingi oyning 15-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qayd qilingan dalolatnoma yozuvlari va sarflangan gerbli guvohnomalar boʻyicha hisobot taqdim etadilar.
Tekshiruvlar davriyligi oʻrnatildi
FHDYo organlari faoliyatini tekshirish muddatlari belgilandi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, ular bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. | 39 | 8,844 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzishning yagona tartibini belgilaydi.
1. Mazkur standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoida buzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat;
auditorlik xulosasi — moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat;
ijobiy fikr — bu auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida ifodalangan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirgan va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq kelgan holatdagi fikri;
modifikatsiyalangan fikr — bu auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida quyidagi shakllardan birida ifodalangan fikri: salbiy fikr, izohlar bilan fikr, fikr bildirishni rad etish;
moliyaviy hisobot — buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan hisobot.
2. Mazkur standart talablari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda va auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini taqdim etishda barcha auditorlik tashkilotlari va auditorlar uchun majburiy hisoblanadi.
3. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro standartlarini qo‘llashi mumkin.
4. Auditorlik hisobotining tarkibi quyidagi qismlardan iborat:
nomi (“Auditorlik hisoboti” yoki “Auditorlik tashkilotining hisoboti”: ikkala nom ham teng ahamiyatli);
kirish qismi;
tahliliy qism;
yakuniy qism.
5. Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan kelishgan holda, auditorlik hisoboti qo‘shimcha qismlardan ham iborat bo‘lishi mumkin.
6. Auditorlik hisobotining har bir beti raqamlangan, auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi shart.
7. Auditorlik hisoboti buyurtmachining rekvizitlarini ko‘rsatgan holda auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga taqdim etiladi.
8. Auditorlik hisobotining kirish qismida quyidagilar bo‘lishi lozim:
auditorlik tashkilotining rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning raqami va sanasi;
auditorlik tekshiruvida qatnashgan auditorlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, auditor malaka sertifikatining sanasi va raqami) va boshqa shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos va auditorlik tekshiruvining shakli (majburiy yoki tashabbus tarzida);
auditorlik hisobotini tayyorlashda asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga havola;
auditorlarning auditorlik hisobotini tuzish bo‘yicha va xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruviga taqdim etilgan moliyaviy hisobot bo‘yicha javobgarligi;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan moliyaviy hisobotga (shakli va moliyaviy hisobot davrini ko‘rsatgan holda) va u bilan bog‘liq moliyaviy axborotga havola;
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining umumiy tavsifi.
9. Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditor (auditorlar) tomonidan bajarilgan ishlar va auditorlik dalillarini olishga qaratilgan auditorlik amallari bayonini hamda quyidagilarning tekshirish natijalarini qamrab olishi lozim:
qo‘llanilayotgan hisob siyosatini;
xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimini;
buxgalteriya hisobi tizimi va moliyaviy hisobot tuzilishini;
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligini;
aktivlar saqlanishining ta’minlanganligini;
moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobi va uning tahlilini.
10. Auditorlik amallarini tanlash auditor (auditorlar) mulohazasining predmeti hisoblanib, u moliyaviy hisobotdagi muhim buzib ko‘rsatishlar bo‘yicha risklarni baholashga asoslanadi.
11. Hisob siyosatini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
qabul qilingan hisob siyosatining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi va qabul qilingan hisob siyosatining asosli ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati jarayonida hisob siyosatini qo‘llashdagi nomuvofiqliklarning bayoni.
12. Ichki nazorat tizimini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
ichki nazorat tizimi, uning moliyaviy hisobot ishonchliligini ta’minlashi va xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining xususiyatiga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan ichki nazorat tizimining xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining ko‘lami va xususiyatiga ahamiyatli nomuvofiqliklarning bayoni.
13. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi tizimi va moliyaviy hisobot tuzilishini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumot;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini ahamiyatli buzilishlari bayoni.
14. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobida to‘liq aks ettirilganligi va ularning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ahamiyatli nomuvofiqliklar va ularning moliyaviy hisobotga ta’sirining bayoni.
15. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisob-kitoblari to‘g‘riligi to‘g‘risida ma’lumot;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning belgilangan tartibini buzish holatlari, hamda soliq solinadigan bazani aniqlashdagi tafovutlar bayoni.
16. Aktivlar saqlanishini tekshirish natijalari xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazilgan aktivlar inventarizatsiyasiga asoslanishi va ularning haqiqatda mavjudligi, saqlanishi va inventarizatsiya natijalarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobida aks ettirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qamrab olgan bo‘lishi lozim.
17. Moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobi va ularning tahlili quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
tekshirilgan moliyaviy hisobot asosida hisoblangan moliyaviy koeffitsiyentlar hamda bankrotlik alomatlari bo‘lganda majburiyatlarni qaytara olish koeffitsiyent ko‘rsatkichlari tahlili;
o‘tkazilgan tahlil natijalaridan kelib chiqib, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumot.
Hisob-kitob va tahlil uchun moliyaviy koeffitsiyentlarni tanlab olish auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
18. Auditorlik hisobotining yakuniy qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha auditorlik tashkilotining umumiy xulosalari va tavsiyalari;
buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar, hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiya va takliflar;
auditorlik hisoboti tuzilgan sana;
auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi tomonidan auditorlik hisobotini olganligi to‘g‘risida belgi.
19. Auditorlik tashkiloti o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha tayyorlangan auditorlik hisobotiga asosan auditorlik xulosasini tuzishi lozim.
20. Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra quyidagilarga baho berishi lozim:
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq fikr bildirish uchun yetarli va lozim darajadagi dalillar olinganligiga;
alohida-alohida yoki umumiy birgalikda olinganda tuzatilmagan buzib ko‘rsatishlar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq muhim hisoblanishiga;
qabul qilingan hisob siyosatining asoslanganligiga va uning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga;
moliyaviy hisobotda aks ettirilgan axborotning ishonchli, qiyoslanuvchanli, tushunarli va o‘rinli ekanligiga;
moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzishga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligiga.
21. Auditorlik xulosasida auditorlik tashkilotining ijobiy yoki modifikatsiyalangan fikri ifodalanishi mumkin.
22. Auditorlik tashkiloti, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik munosabatlarida uning moliyaviy ahvolini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirsa va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelgan hollarda mazkur Standartning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi auditorlik xulosasida ijobiy fikr bildirishi lozim.
23. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasida modifikatsiyalangan fikrni bildirishi kerak, agarda:
olingan auditorlik dalillari asosida umumiy holda ko‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib ko‘rsatishlarga ega bo‘lsa;
umumiy holda ko‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib ko‘rsatishlarga ega emasligini aniqlash uchun yetarli darajadagi tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmasa.
24. Auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik xulosasida modifikatsiyalangan fikrni bildirish shaklini tanlab olish quyidagilarga:
modifikatsiyalangan fikrni bildirish uchun sabab bo‘lgan vaziyatlarning tavsifidan: moliyaviy hisobotni muhim buzib ko‘rsatish natijasida yoki yetarli darajadagi tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli moliyaviy hisobotni muhim buzib ko‘rsatish ehtimolining mavjudligiga;
moliyaviy hisobotga ta’sir qiluvchi buzib ko‘rsatish omillarining borligi yoki ularning ta’sir ko‘rsatish ehtimoli mavjudligining tarqalish darajasiga bog‘liq.
25. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida ahamiyatli buzib ko‘rsatishlar mavjud bo‘lsa va ularning xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan bartaraf etilmasligi, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan hollarda auditorlik tashkiloti mazkur Standartning 2-ilovasiga muvofiq shaklda salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasini tuzadi.
Shuningdek, quyidagi holatlarda ham salbiy fikr bildiriladi:
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo‘jalik operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin ular qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaganda;
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati aniqlangan buzib ko‘rsatishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishga rozi bo‘lmaganda.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik tekshiruvi davomida moliyaviy hisobotda aniqlangan buzib ko‘rsatishlarni bartaraf etsa salbiy fikr bildirilmaydi.
26. Moliyaviy hisobotdagi muhim buzib ko‘rsatishlar quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilingan hisob siyosati;
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilingan hisob siyosati qanday tarzda amalga oshirilganligi;
buxgalteriya hisobining asoslanuvchi tamoyillariga rioya qilmaslik, shuningdek moliyaviy hisobotda ma’lumotlarning to‘liq yoritilishi.
27. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilingan hisob siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy hisobotdagi muhim buzib ko‘rsatishlar quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga keladi:
tanlab olingan hisob siyosati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmaganda yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritganda, biroq hisob siyosatidagi o‘zgartirishlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning va moliyaviy hisobotda yoritishning belgilangan tartibini bajarmaganda;
moliyaviy hisobot tegishli tushuntirishlar bilan birga haqiqatda sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari va voqealarning mohiyatini ishonchli aks ettirmaganda.
28. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilingan hisob siyosati qanday tarzda amalga oshirilganligi bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy hisobotdagi muhim buzib ko‘rsatishlar quyidagi hollarda vujudga keladi:
qabul qilingan hisob siyosati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan bir davrdan ikkinchi davrgacha yoki bir turdagi xo‘jalik operatsiyalari va voqealariga nisbatan izchillik bilan qo‘llanilmaganda va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmaganda;
qabul qilingan hisob siyosatini noto‘g‘ri qo‘llash oqibatida.
29. Buxgalteriya hisobining asoslanuvchi tamoyillariga rioya qilmaslik, shuningdek moliyaviy hisobotda axborotlarni to‘liq yoritish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy hisobotdagi muhim buzib ko‘rsatishlar quyidagi hollarda vujudga keladi:
moliyaviy hisobot Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish qoidalarida (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) nazarda tutilgan barcha ma’lumotlarni ochib bermaganda;
moliyaviy hisobotda ushbu hisobotning ishonchliligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar yoritilmaganda.
30. Izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi quyidagi hollarda tuziladi:
agar auditorlik tashkiloti yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olib, alohida-alohida yoki umumiy holda ko‘rib chiqilayotgan buzib ko‘rsatishlarning ta’siri muhim hisoblanib, biroq moliyaviy hisobotning ko‘pchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan xulosaga kelganda;
agar auditorlik tashkiloti o‘z fikrini asoslash uchun yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganda, biroq u aniqlanmagan buzib ko‘rsatishlarning ta’siri moliyaviy hisobot uchun muhim bo‘lishi mumkin, lekin moliyaviy hisobotning ko‘pchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan xulosaga kelganda.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan holatlarda izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi mazkur Standartning 3 yoki 4-ilovalariga muvofiq shaklda tuziladi.
31. Auditorlik tashkiloti fikr bildirishi uchun zarur bo‘lgan yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, fikr bildirishni rad etishi mumkin. Fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasi mazkur Standartning 5-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
32. Auditorlik tekshiruvi hajmidagi cheklovlar sababli yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmasligiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan nazorat qilinmaydigan vaziyatlarning vujudga kelishi;
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan to‘siqlarning o‘rnatilishi;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishning tavsifi yoki muddati bilan bog‘liq vaziyatlar.
33. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan nazorat qilinmaydigan vaziyatlar quyidagi holatlarda vujudga keladi:
birlamchi hisob hujjatlari yo‘qolganda;
birlamchi hisob hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganda va auditor tomonidan qo‘shimcha muqobil auditorlik amallarini bajarish yo‘li bilan yetarli auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmaganda.
34. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan ko‘lamda auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan to‘siqlar quyidagi holatlarda vujudga kelishi mumkin:
tovar-moddiy zaxiralarini va boshqa mol-mulkni inventarizatsiya qilishga;
buxgalteriya hisobining tegishli schyotlari bo‘yicha qoldiqlar yuzasidan tashqi tasdiqlarni olishga.
35. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan to‘siqlar auditorlik tekshiruvini o‘tkazishning boshqa masalalariga, jumladan auditorlik riskini baholashga ham ta’sir etishi mumkin.
36. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishning tavsifi yoki muddati bilan bog‘liq vaziyatlar quyidagi holatlarda vujudga kelishi mumkin:
auditor faqat mohiyati bo‘yicha tekshirish amallarini o‘tkazish yetarli emas, xo‘jalik yurituvchi subyektning nazorat vositalari esa samarasiz degan xulosaga kelganida;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish muddati auditor tomonidan mol-mulkni inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayonini kuzatish imkonini bermaganda.
37. Agar auditor yetarli darajadagi auditorlik dalillarini qo‘shimcha ravishda muqobil auditorlik amallarini bajarish yo‘li bilan olish imkoniyatiga ega bo‘lsa, qaysidir auditorlik amallarini bajarish imkoniyatining bo‘lmasligi auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanishi bo‘lib hisoblanmaydi. Agar buning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, auditor fikr bildirishni rad etishi lozim.
38. Agar auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan auditorlik tekshiruvi hajmiga cheklash o‘rnatilganligidan xabar topgan taqdirda va ushbu cheklov fikr bildirishni rad etishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, unda auditorlik tashkiloti bunday cheklashni olib tashlash yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga murojaat qilishi lozim.
39. Auditorlik xulosasining tarkibiy tuzilmasi quyidagi qismlardan iborat:
auditorlik xulosasining nomi;
adresati;
kirish qismi;
qayd etish qismi;
yakuniy qismi;
auditorlik xulosasini berish sanasi;
auditor (auditorlar) va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi, auditorlik tashkilotining muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda).
40. Auditorlik tashkiloti modifikatsiyalangan fikr bildirgan taqdirda u auditorlik xulosasining majburiy elementlariga qo‘shimcha ravishda:
mazkur Standartning 50-55-bandlariga muvofiq tartibda, alohida maxsus qismni kiritishi shart va u auditorlik tashkilotining fikrini ifodalovchi yakuniy qismdan oldin joylashtiriladi;
mazkur Standartning 56-61-bandlariga muvofiq tartibda qo‘shimcha tushuntirish qismini kiritishi mumkin va u auditorlik tashkilotining fikrini ifodalovchi auditorlik xulosasining yakuniy qismidan keyin joylashtiriladi.
41. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi shaklining bir xilligiga rioya qilishi kerak.
42. Auditorlik xulosasining nomi, auditorlik tashkiloti tomonidan bildirilgan fikrdan kelib chiqib, quyidagilardan biri bo‘lishi lozim:
ijobiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi;
salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi;
izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi;
fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasi.
43. Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yo‘llangan bo‘lishi lozim va unda buyurtmachining rekvizitlari ko‘rsatilishi kerak.
44. Auditorlik xulosasining kirish qismi quyidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi:
auditorlik tashkilotining rekvizitlari, agar mavjud bo‘lsa — elektron pochta manzili (e-mail);
auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya raqami, berilgan sanasi va litsenziyani bergan organning nomi, litsenziya bo‘yicha o‘tkaziladigan auditorlik tekshiruvlarining turlari;
auditorlik tashkilotining davlat ro‘yxatiga olingani to‘g‘risidagi guvohnoma raqami;
auditorlik tashkilotining hisob-kitob raqami, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos, shuningdek auditorlik tekshiruvining shakli (majburiy yoki tashabbus);
auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar)ning, shuningdek auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi, auditor malaka sertifikatlarining berilgan sanasi va raqami.
45. Kirish qismida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
sanasi va hisobot davri ko‘rsatilgan holda tekshirilgan moliyaviy hisobotlar ro‘yxati;
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlaganligi va uning haqqoniyligi, shuningdek ichki nazorat tizimi uchun javobgarligi;
o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijasida ushbu moliyaviy hisobot bo‘yicha bildirilgan fikr uchun auditorlik tashkilotining javobgarligi.
46. Qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi:
auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq o‘tkazilganligi;
moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat ekanligi ko‘rsatilishi kerak.
47. Qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi davomida olingan dalillar fikrni ifodalash uchun yetarlicha asoslar berishi xususida auditorlik tashkilotining tasdig‘ini aks ettirishi kerak.
48. Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik tashkilotining tekshirilgan moliyaviy hisobot, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasi va moliyaviy holati to‘g‘risida haqqoniy tasavvur berish-bermasligi, hamda moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi fikri aniq bayon etilishi kerak.
49. Auditorlik tashkiloti fikrini o‘z ichiga oluvchi auditorlik xulosasining yakuniy qismi modifikatsiyalangan fikrning shaklidan kelib chiqib “Salbiy fikr bildirish”, “Izohlar bilan fikr bildirish”, “Fikr bildirishni rad etish” deb nomlanadi.
50. Auditorlik xulosasining maxsus qismida modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun asos bo‘lgan vaziyatlar ko‘rsatiladi.
Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib auditorlik xulosasida maxsus qism “Salbiy fikr bildirish uchun asos”, “Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos”, “Fikr bildirishni rad etish uchun asos” deb nomlanadi.
51. Agarda moliyaviy hisobotda qandaydir ko‘rsatkichlar ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilgan taqdirda, auditorlik tashkiloti maxsus qismda ushbu buzib ko‘rsatishning bayonini va tegishli ko‘rsatkichlarga ta’sirini keltirishi kerak. Agarda moliyaviy hisobotning tegishli ko‘rsatkichlariga buzib ko‘rsatishning ta’sirini yetarli ishonchlilik bilan baholash mumkin bo‘lmagan taqdirda, auditorlik tashkiloti buni maxsus qismda ko‘rsatib o‘tishi lozim.
52. Agarda moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida taqdim etilgan axborot ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilgan taqdirda, auditorlik tashkiloti maxsus qismda bunday buzib ko‘rsatishning bayonini keltirishi kerak.
53. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasida modifikatsiyalangan fikrni bildirishni mo‘ljal qilayotgan taqdirda, u xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga ushbu holatga sabab bo‘lgan vaziyatlar to‘g‘risida, shuningdek modifikatsiyalangan fikr bildirishning mo‘ljallanayotgan mazmuni to‘g‘risida xabar berishi kerak.
54. Auditorlik xulosasida mo‘ljal qilinayotgan modifikatsiyalangan fikrni bildirishga sabab bo‘lgan vaziyatlar va modifikatsiyalangan fikr bildirishning taxminiy mazmuni to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga xabar berish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
auditorlik tashkilotiga modifikatsiyalangan fikr bildirishga sabab bo‘lgan holatlar yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatida tushunish paydo bo‘lganligini yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining fikrlari bilan farqlanishlar mavjud ekanligini aniqlab olishga;
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan, agar bunga joiz bo‘lsa, mo‘ljal qilinayotgan modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun olib kelgan vaziyatlar yuzasidan auditorlik tashkilotiga qo‘shimcha ma’lumotlar va tushuntirishlar taqdim etishga.
55. Agar auditorlik tashkiloti yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi uchun modifikatsiyalangan fikr bildirgan taqdirda, modifikatsiyalangan fikr sabablarini maxsus qismda ko‘rsatish kerak.
56. Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga tushuntirish qismini kiritishi mumkin:
auditorlik tashkilotining fikri bo‘yicha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotni tushunishlari uchun muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarga;
auditorlik tashkilotining javobgarligini yoki auditorlik xulosasining mazmunini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan, moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga.
57. Auditorlik tashkiloti qayd etilgan vaziyatlar ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilmaganligiga yetarlicha auditorlik dalillari olgan taqdirdagina tushuntirish qismi auditorlik xulosasiga kiritiladi.
58. Moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarni ko‘rsatuvchi tushuntirish qismi quyidagilar bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin:
hisobot sanasida yakunlanmagan va ular bo‘yicha qarorlar kelgusi hisobot davrlarida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan sudda ko‘rilayotgan ishlar yuzasidan noaniqliklar yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harakatlari bilan bog‘liq noaniqliklar;
moliyaviy hisobotga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridagi yoki O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimidagi o‘zgarishlar;
xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoliga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan yoki ta’sir ko‘rsatib kelayotgan favqulotdagi voqealar.
59. Tushuntirish qismi:
auditorlik xulosasida, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti ishonchliligi to‘g‘risidagi auditorlik tashkilotining fikri bayon etilgan yakuniy qismidan keyin joylashtirilishi lozim;
foydalanuvchilar diqqatini jalb etadigan vaziyatlarga aniq izoh berilishi kerak va u moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga ushbu vaziyatlar bayonini moliyaviy hisobotda topish imkoniyatini yaratishi lozim.
60. Tushuntirish qismi auditorlik tashkilotining fikriga ta’sir ko‘rsatmaydi.
61. Tushuntirish qismi kiritilgan izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi mazkur Standartning 6-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
62. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini auditorlik tekshiruvi tugagan sana bilan rasmiylashtirishi lozim.
63. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini moliyaviy hisobot tuzilishi sanasidan oldin imzolashi mumkin emas.
64. Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
65. Auditorlik xulosasi yozma ko‘rinishda tayyorlanishi kerak. Auditorlik xulosasiga unga nisbatan fikr bildirilgan, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan sanasi ko‘rsatilgan va imzolangan moliyaviy hisobotning nusxasi ilova qilinadi.
66. Auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti va auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi o‘rtasidagi kelishuviga muvofiq belgilangan miqdordagi nusxada tayyorlanadi, bunda auditorlik tashkiloti va auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi moliyaviy hisobot nusxasi ilova qilingan auditorlik xulosasidan kamida bir nusxadan olishlari kerak.
67. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobot bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan e’lon qilinishi mumkin.
68. Auditorlik tashkiloti auditorlik hisobotlari va auditorlik xulosalarining nusxalarini, shu jumladan ushbu hujjatlarning elektron versiyalarini, kamida besh yil muddatda ishonchli saqlanishini ta’minlashi shart.
69. Auditorlik tashkilotidan auditorlik hisobotlari va auditorlik xulosalarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda faqat bunga vakolat berilgan organlar tomonidan olib qo‘yilishi mumkin.
70. Auditorlik tashkiloti auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish uchun javobgar hisoblanadi.
71. Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushub axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. | 182 | 29,096 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi namunalarini, shuningdek, ularni tayyorlash, ishlatish, saqlash va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisini tayyorlash, ishlatish, saqlash va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi o‘zi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i (keyingi o‘rinlarda bayroq deb ataladi) taraqqiyot va barqarorlikni ifoda etuvchi och yashil rangli to‘g‘ri burchakli mato ko‘rinishiga ega.
Bayroqning uzunligi — 250 sm, eni — 125 sm.
Bayroq markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona organlarining farqlash belgisi (keyingi o‘rinlarda farqlash belgisi deb ataladi) tasvirlangan.
Masofasi:
bayroqning tepa va pastki chekkasidan farqlash belgisigacha —10,25 sm;
bayroqning chap va o‘ng chekkasidan farqlash belgisigacha — 72,75 sm;
O‘lchami:
farqlash belgisining balandligi va eni — 104,5 sm;
farqlash belgisi oq halqaning eni — 1,2 sm;
farqlash belgisi och yashil rangli doirasimon chizig‘ining eni — 7,43 sm;
farqlash belgisining “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “DAVLAT BOJXONA XIZMATI” yozuvlarining hajmi — 3 sm;
globus diametri — 56,5 sm;
farqlash belgisi kartasining balandligi — 32,55 sm, eni — 49,64 sm;
farqlash belgisining Merkuriy tayog‘i qanotlari eni — 39,39 sm va tayoqning uzunligi — 44,6 sm;
farqlash belgisining sakkiz qirrali ikkita yulduzi diametri — 5,46 sm;
Bayroq boshqa o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin, ammo hamma hollarda bayroqning eni uning uzunligiga nisbati 1:2 ni tashkil etishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining farqlash belgisi (keyingi o‘rinlarda farqlash belgisi deb ataladi) mustahkamlik va doimiylikni ifoda etuvchi kumush rangli sakkiz qirrali shaklga ega bo‘lib, uning ichki qismida sakkiz qirralikdan oq rangli halqa bilan ajratilgan yashil rangdagi doirasimon chiziq bilan o‘ralgan kumush rangli globus tasvirlangan.
Doirasimon chiziqning yuqori qismida oq rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida “DAVLAT BOJXONA XIZMATI” so‘zlari yozilgan. Yozuvlar sakkiz qirrali oltinsimon rangli ikkita yulduz bilan ajratilgan.
Globusning markazida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini birgalikda himoya qilishni va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashni, shuningdek, jahonning barcha mamlakatlari bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash ma’nosini anglatuvchi bronza rangidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi tasvirlangan, uning markazida o‘tkir tig‘i bilan pastga qaragan vertikal holatdagi tilla rangli ikki tomonidan ilonlar bilan o‘ralgan qanotli tayoq (Merkuriy tayog‘i) tasvirlangan.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining (keyingi o‘rinlarda bojxona organlari deb ataladi) bayrog‘i va farqlash belgisini tayyorlash, ishlatish, saqlash va yo‘q qilish tartibini belgilaydi.
2. Bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi bojxona organlarining rasmiy ramzlari hisoblanadi.
3. Bojxona organlarining bayrog‘i o‘lchamidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaga aniq muvofiq bo‘lishi kerak.
4. Bojxona organlari farqlash belgilarining metall, gips va boshqa materiallardan tayyorlangan gravyura, zarb qilish shaklidagi tasviri hamda bojxona organlari farqlash belgisining tayyorlangan hajmining shakllari ularning o‘lchamidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaga aniq muvofiq bo‘lishi kerak.
5. Bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisini tayyorlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Bojxona organlarining bayrog‘i doimiy ravishda:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi;
chegara bojxona postlarining ma’muriy binolarida;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi majlislar zallarida;
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti boshlig‘i;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi direktori;
bojxona postlari boshliqlarining xizmat xonalarida;
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi muzeyi va bojxona organlarining ma’naviyat va ma’rifat xonalarida;
d) bojxona organlarining ixtiyoridagi daryo kemalarida ko‘tariladi.
7. Bojxona organlarining bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayroqlari bilan bir vaqtda ko‘tarilganda o‘ng tomondan ko‘tarilishi kerak (binoning fasad qismiga qarab turganda).
Bojxona organlarining bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayroqlari bilan bir tekis joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
8. Bojxona organlarining bayrog‘i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bo‘lgan boshqa joyda, yoxud tegishli tutqichi bo‘lgan dastada, yo bo‘lmasa flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko‘pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda ko‘tariladi.
Ko‘tarib qo‘yilgan bojxona organlari bayrog‘ining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bo‘lishi kerak.
9. Bojxona organlarining farqlash belgisi tasviri:
a) doimiy ravishda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha va “Tashkent-AERO” ihtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqarmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi;
chegara bojxona postlarining ma’muriy binolarida;
b) doimiy ravishda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha va “Tashkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqarmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazining majlislar zalida;
v) doimiy ravishda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha va “Tashkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqarmalari boshliqlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti boshlig‘ining;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi direktorining;
bojxona postlari boshliqlarining xizmat xonalarida;
g) hajmli belgi shaklida bojxona organlari mansabdor shaxslarining formali va maxsus kiyim-boshida;
d) bojxona organlari tasarrufidagi avtotransport vositalari va daryo, havo kemalarida (boshliqlar tarkibi va operativ bo‘linmalar avtotransport vositalaridan tashqari);
e) bojxona organlarining rasmiy veb-saytlari va nashrlarida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmalari bo‘yicha chop etiladigan bosma mahsulotlarda hamda uning buyurtmasiga asosan chiqariladigan kino-, video- va fotomateriallarda;
j) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmalari bo‘yicha tayyorlanadigan reklama-axborot va esdalik mahsulotlarida, shu jumladan, vimpellarda joylashtiriladi.
10. Bojxona organlari bayrog‘i va farqlash belgisining tasviridan:
o‘quv-tarbiya jarayonida;
bojxona organlari tizimida mukofotlar elementlari sifatida foydalanish;
bojxona organlariga tegishli ekanligini belgilash maqsadida buyumlarda joylashtirish mumkin.
11. O‘zbekiston Respublikasida bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisining tasviridan peshtaxta, blanka, hisob raqamlari va boshqa hujjatlarda, e’lonlar va reklamalarda, tovarlar va ularning o‘ramida, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat faoliyatini amalga oshirishda bojxona organlarining nomlariga o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalanish taqiqlanadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarning belgisi va atributikasida bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi bilan o‘xshash elementlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisini saqlash bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi hisobini yuritish, berish, ishlatish, saqlash uchun mas’ul bo‘lgan, bojxona organlari rahbariyati tomonidan tayinlanadigan bojxona organlari mansabdor shaxslari (keyingi o‘rinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) tomonidan ta’minlanadi.
13. Bojxona organlarining bayroqlari va farqlash belgilari keyinchalik foydalanish uchun yaroqsizligi aniqlanganda, mansabdor shaxs ularni almashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
14. Binoning old tomonida bojxona organlari bayrog‘ini almashtirish eskirishiga qarab, biroq bir yilda ko‘pi bilan to‘rt marta amalga oshiriladi. Bino ichida va majlislar zallaridagi bayroq uch yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan muddatda almashtiriladi. Agar belgilangan muddat tamom bo‘lgandan keyin bojxona organlarining bayrog‘i qoniqarli holatda bo‘lsa, u almashtirilmaydi.
15. Bojxona organlarining farqlash belgisi ko‘pi bilan besh yilda bir marta almashtiriladi. Agar 5 yil o‘tgach belgi qoniqarli holatda bo‘lsa, u almashtirilmaydi.
16. Dastlabki ko‘rinishini yo‘qotgan yoki foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan bojxona organlarining bayroqlari va farqlash belgilari qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
17. Dastlabki ko‘rinishini yo‘qotgan yoki foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan bojxona organlarining bayroqlari va farqlash belgilarini yo‘q qilish qayta foydalanishni istisno etish maqsadida yoqish, eritish va maydalash yo‘llari orqali amalga oshirilishi shart.
Foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan bojxona organlarining bayroqlari va farqlash belgilarini yo‘q qilish to‘g‘risida tegishli dalolatnoma tuziladi.
Bayroqlar va farqlash belgilarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi arxivida saqlanadi.
18. Bojxona organlari xodimlari bojxona organlari bayrog‘i va farqlash belgisini hurmat qilishlari shart.
19. Bojxona organlari bayrog‘i va farqlash belgisi butun hamda rangi buzilmagan holda ko‘tariladi va joylashtiriladi.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. | 217 | 11,811 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlash, ilg‘or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh ishlab chiqarishni yaratish maqsadida:
1. 2019 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;
yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini o‘rta hisobda 60 foizgacha yetkazish;
yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;
avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, “ERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;
aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop bo‘lgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;
“O‘zavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJ yetakchi xorijiy kompaniyalar va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda bir oy muddatda quyidagilar bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan “O‘zavtosanoat” AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisini tashkil etish choralarini ko‘rsin:
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2023-yilgacha yanada jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
ilg‘or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish;
avtomobil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan motor transport vositalari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalar uchun soliq va bojxona rejimlarini unifikatsiyalash yo‘li bilan oshirish;
ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish va import hajmlarini pasaytirish imkonini beradigan qo‘shimcha ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning ustuvor segmentlarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish, milliy muhandislik markazlarini tashkil etish;
avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2020-yil 1-yanvarga qadar “O‘zavtosanoat” AJ va uning ulushi mavjud bo‘lgan tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi bo‘yicha texnik topshiriqlar original ishlab chiqaruvchi (OYEM) yoki avtomobillar litsenziari tomonidan tasdiqlangan (belgilab qo‘yilgan) yoki tavsiya etilgan mahsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan yoki bunday talab avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha asosiy, litsenzion va investitsiyaviy bitimlar, shuningdek, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash bo‘yicha bitimlar, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda texnik ko‘maklashish bo‘yicha bitimlar bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilmaydi;
b) 2019-yil 1-oktabrdan keyin tuziladigan shartnomalar bo‘yicha “UzAutoMotors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solig‘i bekor qilinadi;
v) 2019-yil 1-oktabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi;
g) “O‘zavtosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan, 1-ilovada ko‘rsatilgan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:
qo‘shilgan qiymat solig‘ini (ko‘chmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (xo‘jalik jamiyatlaridagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga boshlang‘ich bahosi bo‘yicha auksionga qo‘yish orqali;
savdoga qo‘yilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, boshlang‘ich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali.
4. “Avtosanoat invest” MChJ va “O‘zavtosanoat” AJning “O‘zavtosanoat” AJ va “Avtosanoat invest” MChJning tegishli ravishda ustav kapitalini kamaytirish hisobiga “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJning ustav kapitalidagi “Avtosanoat invest” MChJ ulushini balans qiymatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. “O‘zavtosanoat” AJ 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha dilerlik tashkilotlarining ustav jamg‘armalari (kapitallari)dagi ulushlar sotilishini tezlashtirsin.
6. Quyidagilar:
2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
import qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini 120 kunga uzaytirish imkoniyati beriladigan avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar, materiallar va texnologik jihozlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJ:
a) ikki oy muddatda:
tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillarni mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy banklar va eksport-kredit agentliklarining imtiyozli kredit liniyalari jalb etilishini;
O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish qismida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar yakunlanishini ta’minlasin;
b) 2019-yil 1-dekabrga qadar:
5-ilovaga muvofiq, “O‘zavtosanoat” AJning 2019 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bo‘yicha “General Motors” kompaniyasi bilan muzokaralar nihoyasiga yetkazilishi va bitimlar tuzilishini;
5-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy banklar, eksport-kredit agentliklari, shuningdek, investitsiya kompaniyalari va jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga eng qulay shartlarda kamida 700 million AQSh dollarini jalb etishni;
avtomobil sanoatidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, jumladan 6-ilovaga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarining ustav kapitallaridagi “O‘zavtosanoat” AJning ulushlari (aksiyalari)ni sotish orqali investorlar jalb etishni ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJning yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotadigan rasmiy dilerlik tashkiloti (keyingi o‘rinda — rasmiy diler)ga xaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan o‘zlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni to‘lash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturini 2019-yil 1-oktabrdan tatbiq etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
“TRADE-IN” dasturi doirasida quyidagilar belgilansin:
a) rasmiy diler tomonidan jismoniy shaxslarning ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini o‘z ichiga olgan sotilayotgan obyektning sotish narxi bilan balans qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq soliqqa tortish bazasi bo‘lib hisoblanadi;
b) rasmiy dilyerlar tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan majburiy notarial rasmiylashtiruv tatbiq etilmaydi:
belgilangan shakldagi hisob-ma’lumotnomalarni xaridorga berish tartibini joriy etish orqali ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;
mahalliy ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilyerlaridan sotib olingan yangi avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;
v) rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun ularni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida yig‘im to‘lanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy zavodlarning rasmiy dilyerlarini “TRADE-IN” dasturi doirasida sotib olingan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotish uchun tegishli darajada himoyalangan hisob-ma’lumotnomalar blanklari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
9. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJ ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda:
2019-yilning 1-noyabriga qadar ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning xavfsizlik va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlaydigan namunaviy tajriba dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2019-yilning 1-dekabriga qadar Piskent avtomobil poligoni negizida avtomobillarni va ularning ehtiyot qismlarini sinovdan o‘tkazish bazasini tashkil etish hamda uni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2020-yil 1-yanvarga qadar avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni to‘la-to‘kis sinovdan o‘tkazishni ta’minlash uchun mahalliy laboratoriyalarni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2020-yil 1-martga qadar “Avtomobillar uchun o‘rtacha korporativ yoqilg‘i tejamkorligi” standartini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Quyidagilar:
Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid choralarni ishlab chiqish va amalda ijro etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 7-ilovaga muvofiq;
mazkur qarorni amalga oshirish bo‘yicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruhi (Xodjayev):
ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning so‘zsiz bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
ushbu qaror ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har 15 kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini ta’minlasin.
12 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, avtotransport vositalarining butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish uchun mashinalar va uskunalar, ularga ehtiyot qismlar, instrumentlar, texnologik uskuna.
2. Avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, avtotransport vositalarining butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish uchun dvigatellar, transmissiyalar, materiallar (shu jumladan listli va sortli metall prokati), butlovchi mahsulotlar va uzellar.
3. Avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, avtotransport vositalarining butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish uchun texnik hujjatlar, sanoat kompyuterlari, periferiya uskunalari va dasturiy ta’minot.
4. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va mahalliy avtomobil sanoati korxonalarining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish ehtiyot qismlari, sarflash, qo‘shimcha va reklama materiallari. | 110 | 12,203 |
Qonunchilik | “Mamlakatimizda xizmatlar sohasini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-i | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Mamlakatimizda xizmatlar sohasini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Dj. Kuchkarov tomonidan yuborilgan yozma javob ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 723 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 30-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL–381-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 25-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 30-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-381-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 225 | 468 |
Qonunchilik | TABIATNI MUHOFAZA QILISh JAMG‘ARMALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari to‘g‘risida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
1. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq respublikada:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari huzurida tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalari;
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi huzurida tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasi tashkil etiladi.
2. Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy jamg‘armalari zararli moddalarning atmosfera havosiga chiqarib tashlanishini, ifloslangan oqova suvlarning suv obyektlariga oqizilishini, tuproqning ifloslanishini kamaytirish, chiqindilarni qisqartirish va ulardan qayta foydalanish, hayvonot va o‘simlik dunyosini saqlab qolishga qaratilgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy va tarmoqlararo chora-tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun tuziladi.
3. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasi umumrespublika va davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat muhofazasi chora-tadbirlari (dasturlari)ni, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat muhofazasini mahalliy jamg‘armalar hamda korxona va tashkilotlar (tabiatdan foydalanuvchilar)ning o‘z mablag‘lari hisobidan tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini o‘tkazish bilan bartaraf qilinmagan xo‘jalik faoliyatining tabiiy muhitga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini yo‘qotish ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida shakllantiriladi.
4. Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalarini shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi aksionerlik-tijorat dehqonchilik sanoati bankining tegishli bo‘limlarida maxsus budjetdan tashqari schyotlar ochiladi.
5. Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalari quyidagilar hisobiga tashkil topadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari 40 foizi hisobiga;
shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining 40 foizi;
tabiatdan foydalanuvchilardan ifloslantiruvchi moddalarni avariya tufayli ko‘plab chiqarib tashlash bilan (oqova oqizish bilan, chiqindilarni joylash bilan) atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarimalar va mablag‘lar 40 foizi hisobiga;
tabiatdan foydalanuvchilardan tabiiy resurslardan hamda ulardan tayyorlanuvchi xomashyodan me’yoridan ortiqcha va nokompleks foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun to‘lovlar 40 foizi hisobiga;
tabiatdan foydalanuvchilardan xo‘jalik faoliyati natijasida tabiiy muhitni muhofaza qilish obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun undiriladigan mablag‘lar 40 foizi hisobiga;
tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslardan ma’muriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul summalarining 40 foizi, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul summalari bundan mustasno;
qo‘shma korxonalardan, shuningdek, boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslaridan tabiat muhofazasi qonunlarini buzganlik uchun va atrof-muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash tartibida ma’muriy va sud orqali chet el valyutasida (rubl kursi bo‘yicha) undiriladigan jarimalar va haqlar, O‘zbekiston Respublikasi hududida ovchilik va baliq ovchiligi xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq undiriladigan jarimalar va haqlar bundan mustasno 40 foizi hisobiga;
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashda ulush qo‘shib qatnashuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning, shuningdek, xayriya tashkilotlari va jamg‘armalarning ixtiyoriy badallari;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Undirilgan jarimalar, 15 foizgacha bo‘lgan miqdordagi summasi 40 foizi yer va suv qonunchiligini, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarning buzilganligini aniqlagan davlat nazoratchilari va boshqa shaxslarni mukofotlash uchun ajratilganidan tashqari, Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalariga yo‘naltiriladi.
6. Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalari:
hududiy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va asosli tuzatishga;
tabiatni muhofaza qilish texnikasi va texnologiyalari, ekologik monitoring tizimlari, priborlar va asbob-uskunalar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va tajriba-konstruktorlik ishlariga;
tabiatni muhofaza qilishning uzoq muddatli ilmiy-texnika dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarni hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa hududiy ishlanmalarni yaratish va amalga oshirishga;
atrof tabiiy muhit ifloslantirilishi sababli kelib chiqadigan salbiy oqibatlarning o‘rnini qoplash yoki oldini olishni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar ko‘rishga;
sanitariya-himoya va suvni muhofaza qiladigan zonalarni barpo etish va tiklash, kichik daryolar va boshqa suv obyektlarini saqlash va tiklash bo‘yicha ishlarga;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish, ularning faoliyati va rejimini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarga;
xo‘jalik faoliyati natijasida atrof-muhitga keltiriladigan zararli ta’sirni baholash bo‘yicha ishlarga;
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashda hissa qo‘shib qatnashish, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik sarmoya talab qiladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan olingan bank kreditlarini to‘la yoki qisman to‘lashga;
ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan foydalanish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashda hissa qo‘shib qatnashishga;
tabiiy atrof muhitning ifloslanishi natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarning salomatliklarini tiklash uchun sog‘liqni saqlash obyektlari qurishga;
tabiatni muhofaza qilish organlarining o‘z moddiy-texnika negizini rivojlantirish, ekologiya axboroti va nazorat tizimlarini tashkil etish va yuritishga;
aholini ekologik jihatdan tarbiyalash va unga ekologik ta’lim berishni tashkil etish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish, noshirlik faoliyatini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashga;
tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasini shakllantirishga;
ishlab chiqarish jamoalarini, fuqarolarni, shuningdek, tabiatni muhofaza qilishning mahalliy organlari xodimlarini mukofotlash va rag‘batlantirishga;
tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlarini majburiy sug‘urta qilish, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarayotgan chog‘larida ularga tegishli mulkka yetkazilgan zararni qoplashga;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarga sarflanadi.
7. Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalarining mablag‘lari tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalarining Kengashlari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan yillik dasturlarga muvofiq sarflanadi.
8. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasi tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalari mablag‘larining 25 foizi miqdoridagi ajratmalardan, shu jumladan, chet el valyutasi tushumlari hisobidan, shuningdek:
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini, shuningdek, birgalikdagi ekologik dasturlar va loyihalarni moliyaviy ta’minlashda hissa qo‘shib qatnashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘laridan;
tabiatni muhofaza qilish qonunlarini buzganlik uchun hamda atrof-muhit obyektlariga yetkazilgan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati va uning respublika tashkilotlari davlat nazoratchilari tomonidan aniqlangan zararni, ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq mukofot pulini chiqarib tashlagan holda, qoplash uchun jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan, shu jumladan, chet el valyutasida undiriladigan jarimalar va haqlar (O‘zbekiston Respublikasi hududida ovchilik va baliq ovchiligi xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq undiriladigan jarimalar va haqlar bundan mustasnodir)dan 50 foizi hisobiga;
ekologiya mavzularidagi noshirlik faoliyatidan, ekologik pul-buyum lotereyasi, ekologiya xayriya chora-tadbirlari, konferensiyalar, yarmarkalardan tushadigan daromadlardan;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek, xayriya tashkilotlari va jamg‘armalarining ixtiyoriy badallaridan;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan hosil bo‘ladi.
9. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasi:
tabiatni muhofaza qilish texnikasi va texnologiyalari, ekologik monitoring tizimlari, priborlar va asbob-uskunalar yaratish hamda ularni takomillashtirishga oid ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va tajriba-konstruktorlik ishlari (shu jumladan, litsenziyalar sotib olish)ga;
tabiatni muhofaza qilish yuzasidan umumrespublika va davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy-texnika dasturlari, me’yoriy-uslubiy hujjatlar, respublika andozalari, me’yorlar hamda qoidalar ishlab chiqishga;
xo‘jalik faoliyati natijasida atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararli ta’sirni baholashga oid ishlarni olib borishga;
ekologik ma’lumotlar banklari hamda ekologik axborot va nazoratning respublika avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish va yuritishga;
ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan foydalanish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashda hissa qo‘shib qatnashishga;
keng ko‘lamli va ko‘p sarmoya talab qiladigan tabiatni muhofaza qilish maqsadidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun korxonalarning banklardan olgan qarzlarini qisman uzishga;
tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlar va kompleks sxemalarni ishlab chiqishda hissa qo‘shib qatnashishga;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tashkil etish, ularning faoliyati va rejimini ta’minlash tadbirlariga va ularni obodonlashtirishga;
xo‘jalik yuritish faoliyati bilan buzilib ketgan tabiiy obyektlarni tiklash, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va qayta ko‘paytirishga;
ekologik bilimlarni targ‘ib qilish, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ko‘rik-tanlovlar, konferensiyalar o‘tkazish, reklama ishlari va noshirlik faoliyatiga;
xalqaro hamkorlikni tashkil etishga;
jamoatchi ekologik tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarga;
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimining moddiy-texnika negizini rivojlantirishga;
ishlab chiqarish jamoalarini, fuqarolarni, shuningdek, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlarini mukofotlash va rag‘batlantirishga;
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi markaziy apparatining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlarini majburiy sug‘urta qilish, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarayotganlarida ularga tegishli bo‘lgan mulkka yetkazilgan zararni qoplashga;
hissa qo‘shib qatnashish tartibida amalga oshiriladigan, ushbu Nizomning 6-bandida sanab o‘tilgan boshqa tadbirlar hamda tabiatni muhofaza qilishning mahalliy jamg‘armalariga moliyaviy yordam ko‘rsatishga sarflanadi.
10. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasining mablag‘lari tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasi Kengashi tomonidan ishlab chiqiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan yillik dasturga muvofiq sarflanadi.
11. Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy hamda Respublika jamg‘armalari mablag‘larining 15 foizgacha bo‘lgan qismi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ishlab chiqarish jamoalari, fuqarolar, shuningdek, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimining xodimlarini mukofotlash va rag‘batlantirish uchun sarflanishi mumkin.
12. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasiga rahbarlik qilishni, uning ishini tashkil etishni va mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining raisi boshchilik qiladigan jamg‘arma Kengashi amalga oshiradi.
Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasi Kengashining tarkibiga tabiatni muhofaza qilish organlarining xodimlari, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi taniqli olimlar, yirik mutaxassislar va jamoat tashkilotlarining vakillari kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish respublika jamg‘armasi Kengashining shaxsiy tarkibi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari huzurida ham shunga o‘xshash tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalarining kengashlari tashkil etiladi.
Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy va Respublika jamg‘armalari kengashlari jamoatchilik asosida ishlaydilar va jamg‘arma ishining muhim masalalari yuzasidan, jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, tabiat muhofazasi tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashning eng maqbul shakllari va shart-sharoitlarini belgilash yuzasidan kollegial qaror qabul qiladigan organlar hisoblanadilar.
13. Jamg‘armalarning faoliyat ko‘rsatishi uchun xodimlar sonini Respublika va mahalliy jamg‘armalar kengashlari belgilaydigan va shu fondlar mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tegishli tarkibiy bo‘linmalar tashkil etiladi.
14. Jamg‘armalarning kengashlari manfaatdor tashkilotlar orasidan tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan aniq tadbirlarni bajarish bo‘yicha buyurtmachini belgilaydilar.
15. Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy va Respublika jamg‘armalarining hisobot yilida ishlatilmay qolgan mablag‘lari olib qo‘yilmay, keyingi yilga o‘tkaziladi va ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan maqsadlarga sarflanadi.
16. Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalarining kengashlari jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida yilning har choragida Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijroiya organlariga hisobot topshiradilar, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi esa yiliga bir marta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Respublika jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida hisobot topshiradi. | 78 | 14,575 |
Qonunchilik | “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-421-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Saidov, Dj. Shirinov va B. Obidjonov tomonidan 2018-yil 19-sentabrda kiritilgan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-421-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin. | 234 | 1,301 |
Qonunchilik | “JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 660-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 160-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 167-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalar, resurslar berishga yoxud yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish”;
2) 4-moddaning:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat”;
to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar”;
3) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etadigan axborotni tekshirish va ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar majmui”;
4) 6-modda:
birinchi qismidagi “qonun hujjatlariga muvofiq majburiy nazorat” degan so‘zlar “maxsus vakolatli davlat organiga xabar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda majburiy nazorat” degan so‘zlar “maxsus vakolatli davlat organiga xabar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar bo‘lmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat mazkur qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi”;
5) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda xo‘jalik, fuqaroviy huquqiy munosabatlar aniqlanganda;
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;
mijozning shaxsi to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga nisbatan shubhalar mavjud bo‘lganda, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini o‘rganish orqali mulkdorni yoki yuridik shaxs bo‘lgan mijozni nazorat qiluvchi shaxsni identifikatsiyalashni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganishni”;
6) 9-moddaning to‘rtinchi—oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar haqidagi materiallarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tegishli organlarga yuboradi;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni, agar bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi o‘zi olgan xabar tekshirish natijalariga ko‘ra asosli deb topilgan bo‘lsa, ikki ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish haqida ko‘rsatmalar yo‘llaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot, ma’lumotnoma tizimlaridan hamda ma’lumotlar bazalaridan so‘raydi va bepul oladi”;
7) 12—15-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilardir:
banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari;
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari;
birja a’zolari;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari;
lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
lombardlar;
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi tashkilotlar;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar;
ko‘chmas mol-mulkning oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalarda xizmatlar ko‘rsatuvchi va ishtirok etuvchi shaxslar;
mijozlar nomidan bitimlar tayyorlash va ularni amalga oshirishda notarial idoralar (notariuslar), advokatlik tuzilmalari (advokatlar) hamda auditorlik tashkilotlari.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ichki nazoratni o‘tkazish davomida shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, ichki nazorat qoidalarida belgilangan mezonlar va belgilarga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya shubhali operatsiya, deb topiladi.
Agar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiyalar ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud bo‘lsa, ushbu Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi va to‘xtatib turilishi kerak.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilarni bajarishlari shart:
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak bo‘lgan shubhali operatsiyalar aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organiga bu operatsiyalar bo‘yicha ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay belgilangan tartibda axborot taqdim etish;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan operatsiyalarni, yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga to‘xtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya to‘xtatib turilgan kunning o‘zida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani to‘xtatib turish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining ko‘rsatmasi bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddat o‘tgach, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani amalga oshiruvchi tashkilot to‘xtatib turilgan operatsiyani bajarishga kirishadi;
ichki nazorat tartib-taomilini joriy etish va amalga oshirish”;
8) 18-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni yoxud boshqa ma’lumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda taqdim etish tijorat, bank siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni buzish hisoblanmaydi”;
9) 19-moddaning ikkinchi qismidagi “majburiy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
10) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari to‘xtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart”;
11) 22-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Maxsus vakolatli davlat organi zarur axborot taqdim etish to‘g‘risida chet davlatlarning vakolatli organlariga so‘rovlar yuborish va chet davlatlar vakolatli organlarining so‘rovlariga javob qaytarish huquqiga ega”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-aprelda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ayrim moddalarining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish haqida”gi O‘RQ-94-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 167-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 202 | 11,337 |
Qonunchilik | 2002-YILNING 1-AVGUSTIDAN BOSHLAB ISH HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OSHIRISH TO‘G‘RISIDA | Respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida:
1. 2002-yilning 1-avgustidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, oliy o‘quv yurtlari talabalarining, o‘rta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlari o‘quvchilarining stipendiyalari 1,15 baravar oshirilsin.
2. 2002-yilning 1-avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 4535 so‘m;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 8970 so‘m;
yagona tarif setkasi bo‘yicha boshlang‘ich (nulinchi) razryad — oyiga 4535 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 8970 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 5435 so‘m miqdorida belgilansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, ish haqiga qo‘shiladigan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolalik oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa to‘lovlar 2002-yil 1-avgustidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, budjetdan moliyalanadigan tashkilot va muassasalar bilan birgalikda mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mansab maoshlari miqdorini o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasinlar.
5. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar respublika Davlat budjeti va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilsin.
6. Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mehnat sarfini kamaytirish hisobidan belgilangan tartibda 2002-yil 1-avgustidan boshlab ish haqi miqdorini mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq oshirsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 26-martdagi PF-3045-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu Farmon matbuotda e’lon qilinsin. | 122 | 2,426 |
Qonunchilik | Yetim bolalar uy-joy bilan ta’minlanadi | Vazirlar Mahkamasining 25.10.2021 yildagi 656-son qarori bilan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar belgilangan:
Nizomga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar mahalliy homiyatlar tomonidan koʻchmas mulk bozorida koʻp kvartirali uy-joylardan ajratiladi. Bunda oʻquv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimliklari yetim bolalarni uy-joyga muhtojlar sifatida ularning ushbu muassasada boʻlish muddati tugashidan bir yil oldin «onlayn-navbat»ga qoʻyadi.
18 yoshga toʻlgan yilda ularga:
Uy-joylar yetim bolalar 30 yoshga toʻlgunga qadar uy-joyni sotish huquqisiz ajratiladi. Bundan tashqari, uy-joyda yashash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi lozim.
Uy-joy bilan ta’minlash haqidagi ma’lumotlar Xalq ta’limi vazirligining rasmiy saytida joylashtiriladi va har oyda yangilab boriladi.
Uy-joy berish toʻgʻrisidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi order beradi, ushbu order berilgan uy-joyga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadi. Orderlar «onlayn-navbat» aхborot tizimiga koʻra qat’iy ketma-ketlik asosida beriladi. Order berilgan kundan e’tiboran 10 kundan kechikmay notarial rasmiylashtiriladi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab:
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab «Ijtimoiy ish» bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha «Vasiylik» va «Homiylik» sohasi boʻyicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.10.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 39 | 1,606 |
Qonunchilik | TOShQINGA QARShI FAVQULODDA KOMISSIYA FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA | Toshqin va seldan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish, aholi punktlari, gidrotexnika inshootlari, kanallar, temir yo‘llar va shosse yo‘llar, ko‘priklar va qishloq xo‘jaligi ekinlari saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshqinga qarshi favqulodda komissiya tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Joylarda toshqinlardan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish va bartaraf etish ishlarini tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
3. “Boshgidromet” boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi toshqin suvlari, sel oqimlari o‘tadigan va ko‘chki hodisalari yuz beradigan zonalarda xavfli uchastkalarni aniqlasinlar hamda ushbu zonalarda obyektlarni himoya qilish bo‘yicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar bersinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi bir oy muddatda toshqin bo‘lishi mumkin bo‘lgan zonalarda joylashgan suv omborlarining texnik holatini o‘rganib chiqsinlar va ularni toshqin suvlari to‘planishini hisobga olgan holda to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar bersinlar.
5. “Boshgidromet” boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari toshqin va sel bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida aholi o‘z vaqtida xabardor qilinishini ta’minlasinlar, zaruriyat bo‘lsa aholi va mollarni xavfsiz zonalarga vaqtincha evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
6. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-apreldagi 209-son qarorining komissiya tarkibiga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin. | 70 | 2,075 |
Qonunchilik | “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2018-yil 15-maydagi 185-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016, 2018-yil 26-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 22-son, 458-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-1, 2019-yil 22-aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son).
3. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 26-iyundagi 79-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-2, 2019-yil 4-iyul) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/3016-2/3379-son).
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 2020-yil 13-aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son).
5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 8-apreldagi 21-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-4, 2021-yil 4-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/3016-4/0436-son). | 207 | 2,224 |
Qonunchilik | Dehqonlarning yerga umrbod egalik qilish huquqini bekor qilish koʻzlanmoqda | Adliya vazirligi tomonidan «Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va muhokama uchun joylashtirildi.
1998 yil 30 apreldagi tahrirdagi «Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi 604-I-son Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanadi.
Unda dehqon хoʻjaligini tashkil etish tartibi, uning huquq va majburiyatlari belgilangan, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish, uning a’zolari oʻrtasidagi munosabatlar asoslari, fermerlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va хoʻjalik faoliyatining toʻхtatilishi yozilgan.
Ushbu qonun kuchga kirgan kundan boshlab dehqon хoʻjaligi uchun yer uchastkalarini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratish tartibi bekor qilinadi. Yerlar bogʻdorchilik va uzumchilik faoliyati uchun 30 yildan 50 yilgacha, sabzavotchilik, polizchilik va boshqa dehqonchilik ekinlari yetishtirish faoliyati uchun 5 yildan 15 yilgacha ijaraga beriladi. Dehqon хoʻjaligi tasarrufidagi yer uchastkasiga boʻlgan huquq bekor boʻlganda yoki ijara, shu jumladan ikkilamchi ijara muddati tugaganda dehqon хoʻjaligining faoliyati toʻхtatilgan hisoblanadi.
2021 yil 1 yanvarga qadar Hukumat hamda davlat boshqaruvi organlarining dehqon хoʻjaliklari faoliyatiga doir barcha normativ-huquqiy hujjatlari, qarorlari Qonunning yangi tahririga muvofiqlashtirilishi, bunda Qonun kuchga kirgunga qadar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mulkiy huquqlar saqlanib qolinishi lozim.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 75 | 1,633 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2012 — 2016 YILLARDA QIShLOQ XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShINI YaNADA MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIK VA TE | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillarda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 70-modda):
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Belgilansinki, respublika qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi (keyingi o‘rinlarda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi deb ataladi) fermer va shirkat xo‘jaliklariga, mashina-traktor parklariga hamda “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga (keyingi o‘rinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) quyidagi shartlarda lizingga berish yo‘li bilan yetkazib beriladi:
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizi (2013-yildan boshlab — kamida 15 foizi, 2015-yildan boshlab esa — kamida 20 foizi) avans sifatida lizing oluvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 85 foizi (2013-yildan boshlab 85 foizigacha, 2015-yildan boshlab esa — 80 foizigacha) “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan unga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi) qarz asosida beradigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi”;
b) 2-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi — yettinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“lizing oluvchilarning ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan berilgan buyurtmalarini umumlashtirish;
Jamg‘armaning kafolat xatlari bilan tasdiqlangan moliyaviy manbalar asosida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyutorlari tomonidan yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish;
joylashtirilgan buyurtmalarga muvofiq ishlab chiqariladigan va yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun o‘z vaqtida avanslar to‘lash va uzil-kesil hisob-kitob qilish;
lizing shartnomalari tuzish va, ham yangi texnikani, ham belgilangan tartibda talab qilib olingan ilgari lizing oluvchilarga lizingga berilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizingga berish;
lizing shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishini va ularning tegishli qismi Jamg‘armaga o‘tkazilishini ta’minlash;
lizing to‘lovlari to‘g‘ri hisoblab yozilishini hamda qonun hujjatlariga muvofiq ular yuzasidan hisob-kitoblar va hisobot yuritilishini ta’minlash”;
v) 3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalar” so‘zlari “ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyutorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sug‘urta tashkilotlari — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari lizingga berilayotgan texnikani sug‘urtalash vazifalarini bajaruvchi sug‘urta agentlari etib belgilansin”;
g) 4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Jamg‘armaga har yili, 1-oktabrdan boshlab va uning kelgusi yilga daromadlari va xarajatlari balansi tasdiqlangungacha bo‘lgan davrda, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyutorlariga avans berish uchun “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi buyurtmanomalari bo‘yicha mablag‘lar ajratishga ruxsat etilsin. Avans berish har oylik ulushlar bilan, oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan yetkazib berish muddatidan 3 oydan kechikmay, ushbu shartnomada kelgusi yilda yetkazib berish nazarda tutilgan hajmlar va yetkazib berish muddatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi”;
d) 5-bandda:
“mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xo‘jaliklari” so‘zlari “lizing oluvchilar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “daromadi (marjasi)” so‘zlari “daromad foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 6-bandning uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi-to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“lizing oluvchilar tomonidan lizing shartnomasida nazarda tutilgan lizing to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda “Agrobank” ATB lizing egasining hisob raqamiga so‘zsiz bajarilishi kerak bo‘lgan “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan to‘lov talabnomalarini qo‘yadi;
lizing to‘lovlari to‘g‘ri hisoblab yozilishi hamda to‘lanishini, shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va ularning o‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi”;
j) Respublika qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizingga olish Tartibida (1-ilova):
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Tartib respublika qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari (keyingi o‘rinlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar deb ataladi) tomonidan ishlab chiqarilgan traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasini (keyingi o‘rinlarda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi deb ataladi) lizingga olish mexanizmini belgilab beradi.”;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Har yili, 1-avgustgacha, “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi fermer va shirkat xo‘jaliklari, mashina-traktor parklari va “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik birlashmalaridan tushgan buyurtmanomalar asosida qishloq xo‘jaligining lizing shartlarida yetkazib beriladigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan ehtiyoji prognozini shakllantiradi.
Qishloq xo‘jaligining texnikaga bo‘lgan ehtiyoji prognozidan kelib chiqib “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi va “Agrobank” ATB har yili 10-avgustdan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — “Jamg‘arma” deb ataladi) zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarilishining, shuningdek lizing oluvchilar tomonidan to‘lov to‘lanishining prognoz hajmlarini hisobga oluvchi kelgusi yil uchun (oylarga bo‘lgan holda) Jamg‘arma mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj prognozini taqdim etadilar”;
3-bandga “Ishlab chiqariladigan” so‘zlaridan keyin “va rasmiy distribyuterlar orqali sotiladigan zamonaviy” so‘zlari qo‘shilsin;
5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi, Jamg‘armaning kafolat xatlari bilan tasdiqlangan manbalar asosida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishga va ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyuterlari tomonidan yetkazib berishga buyurtmanomalarni joylashtiradi.
6. Buyurtmaga muvofiq “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi har yili 1-oktabrgacha keyingi yilda sotib olish maqsadida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishga, uning haqini to‘lash va yetkazib berish muddatlarini ko‘rsatgan holda, ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyuterlari bilan oldi-sotdi shartnomalari tuzadi (shartnomaviy kompaniya)”;
7-bandda:
birinchi xatboshidagi “kelgusi yil uchun” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “daromad (marja)” so‘zlari “daromad foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin, “kompaniya” so‘zidan keyin “va bank” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi bilan” so‘zlari “sug‘urta tashkilotlari — O‘zbekiston Respublikasi rezedentlari bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi o‘zining mintaqaviy filiallari orqali lizing oluvchilar bilan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasining lizing shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing to‘lovlari jadvali (lizing obyekti qiymatini va lizing oluvchining daromad foizini qoplash) ilova qilinadi. Bunda shartnomaning bir asl nusxasi “Agrobank” ATBga jo‘natiladi.
9. Lizing oluvchilar:
lizingga olinadigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizini (2013-yildan boshlab — kamida 15 foizini, 2015-yildan boshlab esa – kamida 20 foizini) avans sifatida “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasiga to‘laydilar;
lizingga olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasini o‘z mablag‘lari hisobiga yetakchi sug‘urta kompaniyalari — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlarida sug‘urta qiladilar;
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasining qoplanmagan qiymatini, shuningdek lizing oluvchining daromad foizini lizing muddati mobaynida (fermer xo‘jaliklari — 10 yil, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining mashina-traktor parklari — 10 yilgacha, qolgan lizing oluvchilar – 7 yil) “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasiga to‘laydilar;
10-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi avans to‘lovini to‘lash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ularning rasmiy disribyuterlariga shartnomada ko‘rsatilgan yetkazib berish muddatidan uch oydan kechikmay Jamg‘armaga lizing oluvchi tomonidan “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasiga 15 foiz (2013-yildan boshlab — kamida 15, 2015-yildan boshlab esa — kamida 20 foiz) miqdorida avans to‘lanishi sharti bilan yetkazib beriladigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizigacha (2013-yildan boshlab — 35 foizigacha, 2004-yildan boshlab — 40 foizigacha, 2016-yildan boshlab esa – 50 foizigacha) pul mablag‘lari ajratishga buyurtmanomalarni taqdim etadi.”;
11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi shartnomada ko‘rsatilgan yetkazib berish muddatidan uch oydan kech bo‘lmagan muddatda navbatdagi yil choragida yetkazib beriladigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 30 foizi (2013-yildan boshlab — kamida 50, 2014-yildan boshlab — kamida 55, 2015-yildan boshlab — kamida 60%, 2016-yildan boshlab — kamida 70 foizi) miqdorida ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ularning rasmiy distribyuterlariga operatsiya hisob raqamidan avans to‘lovi to‘laydi.
12. Ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan lizingga rasmiylashtirilgandan keyin shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyuterlari tomonidan lizing oluvchilarga to‘g‘ridan to‘g‘riyetkazib beriladi.
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi Jamg‘armaga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing oluvchilarga yetkazib berilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Jamg‘arma uch bank kuni mobaynida kompaniya ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy disribyuterlari bilan uzil-kesil hisob-kitob qilishi uchun lizingga berilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 70 foizi (2013-yildan boshlab — 50 foizigacha, 2014-yildan boshlab — 45 foizigacha, 2015-yildan boshlab — 40 foizigacha, 2016-yildan boshlab — 30 foizigacha) miqdorida pul mablag‘larini “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasining operatsiya hisob raqamiga o‘tkazadi”;
14-banddan “mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xo‘jaliklari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi tuzilgan qarz shartnomalariga muvofiq jalb etilgan qarzlar bo‘yicha asosiy qarz yuzasidan Jamg‘arma oldidagi qarzdorlikni olingan lizing to‘lovlari hisobidan to‘laydi. Lizing bo‘yicha foizlar “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi, Jamg‘arma va “Agrobank” ATB o‘rtasida tuzilgan tijorat agenti funksiyalarini bajarish shartnomasiga muvofiq taqsimlanadi.”.
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Lizing to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha majburiyatlar lizing oluvchilar tomonidan bajarilmagan taqdirda shartnoma shartlariga muvofiq “Agrobank” ATB lizing oluvchilarning hisob raqamiga “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan so‘zsiz bajarilishi kerak bo‘lgan to‘lov talabnomalarini qo‘yadi. Lizing oluvchilardan ko‘rsatib o‘tilgan to‘lov talabnomasi bo‘yicha undirilgan pul mablag‘lari “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasining operatsiya hisob raqamiga o‘tkaziladi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 241-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans to‘lashi mumkin bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 21-qator qo‘shilsin: | 250 | 13,564 |
Qonunchilik | Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini soddalashtirish orqali litsenziya da’vogarlariga qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi har bir tuman (shahar) maktabgacha va xalq ta’limi bo‘limlaridan malakali mutaxassislarni nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashda ekspertiza xulosalarini tayyorlash va litsenziya da’vogariga taqdim etish jarayoniga jalb etish choralarini ko‘rsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘n besh kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya da’vogarlarining arizalarini davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish va ko‘rib chiqish tizimini ishlab chiqib amaliyotga joriy etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-martdagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 9-son, 107-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 42-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning 24-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 57-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi. | 114 | 3,333 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish to‘g‘risida Hukumat soati.
2. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-413-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish).
3. “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-433-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-453-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
5. “Ichki ishlar organlari faoliyatining isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek “Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi QL-457-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
6. “Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). | 94 | 2,019 |
Qonunchilik | “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida | Qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda tasdiqlangan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturiga muvofiq:
1. “G‘alla-bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari qarori va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining:
“G‘alla-bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risidagi;
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav kapitalini 150 mlrd. so‘m miqdorida shakllantirish, ulushlarni uning aksiyadorlari orasida ilovaga* muvofiq taqsimlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilansinki, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi hamda mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini saqlash hamda o‘z vaqtida qaytarishni kafolatlovchi talablar bo‘yicha “G‘alla-bank” aksiyadorlik tijorat bankining huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kredit berish va bank xizmati ko‘rsatish;
qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarga kredit berish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;
yangi, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaradigan, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda obyektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga kredit berish va kompleks tarzda bank xizmatlarini ko‘rsatish;
qishloq qiyofasini sifatli yaxshilashni, qishloq joylarda muhandislik hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va takomillashtirishni, jumladan, yo‘llar, energiya va suv ta’minoti tizimlari, qishloq vrachlik punktlari, maktablar, bolalar sporti obyektlarini rekonstruksiya qilish, qishloq aholi punktlarini transport kommunikatsiyalari, ichimlik suvi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi obyektlari, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashni nazarda tutgan holda investitsiya faoliyatini olib borish, shuningdek loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish;
universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining resurs bazasini quyidagilar hisobidan qo‘shimcha shakllantirish manbalari borasidagi takliflari qabul qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yillik 3 foizli foiz stavkasi bo‘yicha va 2010-yilda Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar hisobidan 5 yil imtiyozli davr bilan 170,0 mlrd. so‘mgacha miqdorda kamida 15 yil muddatga beriladigan maqsadli kredit liniyasi;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy moliya-kredit tuzilmalarining maqsadli, uzoq muddatga mo‘ljallangan imtiyozli kreditlari, investitsiyalari hamda grantlari;
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qo‘shimcha chiqariladigan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotishdan tushadigan mablag‘lar.
4. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan, shu jumladan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini shakllantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirishga maqsadli tarzda yo‘naltiriladi;
jismoniy shaxslarga tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun kreditlar foiz stavkasi yiliga 7 foiz, 1 yillik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha miqdorda 15 yil muddatgacha beriladi;
2014-yildan boshlab tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun jismoniy shaxslarga kredit mablag‘lari 15 yilgacha bo‘lgan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobarigacha bo‘lgan miqdorda, 1 yillik imtiyozli muddat bilan, dastlabki 5 yil davomida yillik 7 foiz va qolgan 10 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki foiz stavkasining 90 foizi o‘rtacha hisoblangan yillik foiz stavkasida ajratiladi.
jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi;
2020-yilda davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirishda jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 1 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi;
loyihalarni bank tomonidan bozor shartlari asosida jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish hamda boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat asosida amalga oshiriladi.
2010-yilda Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar hisobiga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 170,0 mlrd so‘m miqdoridagi maqsadli kredit liniyasining asosiy qarz, foizlar va boshqa to‘lovlar summasi respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda bankning resurs bazasini mustahkamlash uchun xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy moliya-kredit tuzilmalarining imtiyozli kreditlari, investitsiyalari hamda grantlarini jalb etishda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga ko‘mak bersin.
6. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki foyda va mulk solig‘i, shuningdek olib kelinadigan bank jihozlari va texnikasi uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 2017-yilning 1-yanvarigacha ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank ustav kapitalidagi ulushini ko‘paytirishga maqsadli tarzda yo‘naltirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
o‘n kun muddatda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashining shaxsiy tarkibini va filial shoxobchalari joylashuvini tasdiqlasin;
bir oy muddatda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishini kreditlash tartibini tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. | 78 | 7,799 |
Qonunchilik | Oltin va kumush tangalarning narхlari belgilandi | Markaziy bank 1 900 dona oltin hamda 6 900 dona kumush esdalik tangalarini sotuvga qoʻydi. Har birining ogʻirligi – 31,1 gramm (1 troya unsiyasi). Metallarning asillik darajasi – 999,9 (batafsil tavsifiga qarang).
2018 yil 28 noyabrdan boshlab regulyator qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining quyidagi narхlarini belgiladi:
Narхlar har hafta oʻzgarishi mumkin.
Ma’lumot uchun: Jismoniy shaхslar tangalarni naqd yoki naqd pulsiz hisob-kitob asosida sotib olishlari mumkin. Yuridik shaхslar esa – faqat pul oʻtkazish yoʻli bilan. Tangalarni sotuvchi banklarning roʻyхati – bu yerda.
Tangalardan respublika hududida nominal (sotish qiymatidan ancha kam – tahr.) qiymati boʻyicha qonuniy toʻlov vositasi, shuningdek nominal qiymatidan yuqori baholanuvchi kolleksiya, investitsiya va jamgʻarish ob’yektlari sifatida foydalanishga ruхsat etilgan (20.08.2018 yilda 3056-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizom, shuningdek sharhga qarang). «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasi ma’nosiga koʻra Markaziy bankning oltin va kumush tangalari valyuta boyliklariga kirmaydi.
Bir marta yoхud oy davomida 500 EKIHga (material e’lon qilingan paytda – 101 mln 365 ming soʻm) teng yoki undan oshgan summada Markaziy bankning tangalari sotib olinganda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish doirasida ularni sotib olayotgan jismoniy shaхslarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlari koʻriladi (23.05.2017 yilda 2886-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Ichki nazorat qoidalari, shuningdek sharhga qarang). | 48 | 1,591 |
Qonunchilik | VINO-AROQ MAHSULOTLARINI ULGURJI VA ChAKANA SOTIShDAN TUShGAN TUShUMNI HISOBGA OLISh VA NAZORAT QILIShNING MAXSUS TARTIBINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2000-yil 16-oktabrdagi 124-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari (2000-yil 16-oktabr, ro‘yxat raqami 979)ning 83-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999-yil 19-apreldagi EG/17-13/780-son, Davlat soliq qo‘mitasining 1999-yil 29-apreldagi 99-56-son va Markaziy bankining 1999-yil 26-apreldagi 125-son bilan tasdiqlangan “Vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishdan tushgan tushumni hisobga olish va nazorat qilishning maxsus tartibi” (1999-yil 11-may, ro‘yxat raqami 724 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 9-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. | 168 | 944 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2010 YILGAChA BO‘LGAN DAVRDA XIZMAT KO‘RSATISh VA SERVIS SOHASINI RIVOJLANTIRIShNI JADALLAShTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Ta’kidlansinki, “Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini 2006—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ni amalga oshirish natijasida 2006-yilda aholiga ko‘rsatilgan pulli xizmatlar hajmi 19,3 foiz o‘sdi, respublikada ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 39,5 foizi xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keldi, bu esa dasturda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlaridan ancha ko‘p. Xizmatlarning zamonaviy, ilg‘or turlari — telekommunikatsiya xizmatlari, uyali telefon aloqasi, moliya-bank xizmatlari va sug‘urta, sayyohlik-ekskursiya va boshqalar jadal sur’atda rivojlanmoqda. 2006-yilda xizmatlar ko‘rsatish sohasida 137 mingga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etildi.
Ayni paytda mavjud salohiyat hamda xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini jadal sur’atda rivojlantirish imkoniyatlari hali to‘liq ishga solingani yo‘q. Mamlakat hududlari bo‘yicha olganda aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatida sezilarli farq bor. Qishloq aholisiga xizmatlar ko‘rsatish tizimi ham o‘sib borayotgan talablarga javob bermayapti.
Xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish darajasini yanada oshirish, aholiga yangi zamonaviy va sifatli xizmat turlari ko‘rsatish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi, birinchi navbatda, qishloq joylarida bandlik masalasini hal etishda xizmatlar ko‘rsatish sohasining rolini kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining 2006-yilda xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga doir amalda erishilgan ko‘rsatkichlarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini 2006—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ning asosiy parametrlari va tadbirlariga o‘zgartish va tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida 2007—2010-yillarda xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning yangilangan asosiy parametrlari, 1-ilovaga* muvofiq;
2007—2010-yillarda respublika hududlarida xizmatlarning asosiy turlarini rivojlantirishning maqsadli parametrlari, 2—11-ilovalarga* muvofiq;
“Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini 2007—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ning mavjud ehtiyojni hisobga olib aniqlashtirilgan va to‘ldirilgan asosiy yo‘nalishlari va tadbirlari, 12-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
2. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari:
bir hafta muddatda 2007—2010-yillar uchun tuzatilgan asosiy yo‘nalishlar va tadbirlarni hisobga olib, xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish tarmoq va hududiy dasturlariga tegishli o‘zgartishlar kiritsin;
xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish hududiy va tarmoq dasturlari bajarilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Markaziy bankining 2007—2010-yillarda xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning hajmini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi va “Mikrokreditbank” tijorat banki mablag‘lari hisobidan oshirish to‘g‘risidagi taklifi 13-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
ajratilayotgan kredit resurslari xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan korxonalarni faqat texnologik jihozlash maqsadlariga yo‘naltiriladi;
kredit resurslarini olishda qishloq joylarida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ustuvor huquq beriladi.
4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining qishloq joylarida telekommunikatsiya operatorlari uskunalariga asoslangan va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan axborot-servis infratuzilmasini yaratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Qishloq joylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan aloqa va axborotlashtirish tizimining telekommunikatsiya sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar uchun olinadigan davlat bojlari hajmi qisqartirilsin va 14-ilovaga** muvofiq belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
“Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini 2007—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ning ijrosi ustidan tizimli monitoring olib borsin va uning ijrosi natijalarini chorak, yarim yillik va yillik yakuniy majlislarda ko‘rib chiqsin;
dasturning amalga oshirilishi natijalarini chuqur va tanqidiy tahlil qilish asosida har yili uning asosiy parametrlari va tadbirlariga keyingi yil uchun xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida uning ulushini oshirishga qaratilgan tuzatishlar kiritib borsin.
6. Qonunchilikka muvofiq, kichik biznes subyektlariga xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida keng soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-son “O‘zbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan soliq imtiyozlariga amal qilish muddati 2014-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-son qarorining 7-bandida ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari sanatoriylar, axborot-resurs markazlari, bolalar sog‘lomlashtirish muassasalari, axborot-kutubxona markazlari, shuningdek, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari xizmatlariga ham tatbiq etilsin.
7. 2007-yilning 1-yanvaridan statistika ishlari amaliyotiga xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan faoliyat turlari bo‘yicha Yangi Umumdavlat xizmatlar tasniflagichi joriy etilgani e’tiborga olinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari hududiy iqtisodiyot hamda statistika organlari bilan birgalikda hisobga olish va hisobdorlikni tashkil etishni takomillashtirish, statistika hisobotlarida kichik biznes subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini aks ettirgan holda, tasdiqlangan tasniflovchiga muvofiq xizmatlarni hisobga olishning statistika standartlariga qat’iy amal qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-son “O‘zbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1—3-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritsin.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 170 | 7,313 |
Qonunchilik | Idoraviy va sport o‘qotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom | O‘zbekiston Respublikasida idoraviy va sport o‘qotar qurol hamda uning o‘q-dorilarini ishonchli saqlanishini tashkil etish maqsadida buyuraman:
1. Idoraviy va sport o‘qotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, idoraviy va sport o‘qotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar:
idoraviy o‘qotar qurol — fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mol-mulkni, tabiatni, tabiiy boyliklarni, qimmatbaho va xavfli yuklarni, maxsus pochta jo‘natmalarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan tashkilotlar xodimlari tomonidan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qotar qurol;
qurol va o‘q-dorilar — idoraviy va sport o‘qotar qurol hamda uning o‘q-dorilari;
qurolxona — qurol va o‘q-dorilarni saqlashga mo‘ljallangan, mazkur Nizom talablariga binoan texnik jihatdan mustahkamlangan hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlangan inshoot (ombor, xona);
tashkilotlar — respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning qurol va o‘q-dorilarni saqlovchi bo‘linmalari.
2. Mazkur nizom qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasi tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarga tatbiq etilmaydi.
3. Qurol va o‘q-dorilar qurolxonaning ichida joylashtirilgan seyflar va metall shkaflarda saqlanadi. Qurolxonada bitta kirish joyi (eshik o‘rni) bo‘lishi lozim.
4. Qurol va o‘q-dorilarni saqlashga mo‘ljallangan seyf va metall shkaflar devorlarining qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmasligi, kamida ikkita ichki (o‘yma) qulflar bilan jihozlangan hamda pol yoki devorga qotirilgan (payvandlangan) bo‘lishi lozim, o‘rtacha va katta gabaritli (o‘lchamlari 1500x600x500 mm dan kam bo‘lmagan), og‘ir (og‘irligi 700 kg dan ortiq) seyf va metall shkaflar bundan mustasno. Seyf va metall shkaflarning eshiklari metalli ust qo‘ymalar (nakladka) yoki burchaklar bilan mustahkamlanadi.
Qurol va o‘q-dorilarni seyf tipidagi bitta ichki qulfga ega bo‘lgan og‘ir seyflarda saqlashga ruxsat beriladi.
Qurollarni saqlash uchun po‘lat shkaflardan foydalanish tavsiya etiladi.
5. Qurolxona boshqa xonalardan alohida joylashtirilgan bo‘lishi, mustahkam devorlar, shift to‘sinlari va polga ega bo‘lishi lozim.
6. Qurolxonaning asosiy (tashqi) devorlari qalinligi 360 mm dan kam bo‘lmagan pishiq g‘isht yoki toshdan yoxud 200 mm dan kam bo‘lmagan temir-betonli devor bloklaridan ko‘tarilgan bo‘lishi lozim.
Qurolxonaning ichki devorlari (pardevorlari) qalinligi 240 mm dan kam bo‘lmagan pishiq g‘isht yoki toshdan yoxud 120 mm dan kam bo‘lmagan temir-betonli devor bloklaridan ko‘tarilgan bo‘lishi lozim.
7. Qurolxonaning poli va shift to‘sinlari qalinligi 180 mm dan kam bo‘lmagan temir-betonli plitalardan yotqizilgan bo‘lishi lozim.
8. Qurolxonaning devorlari, shift to‘sinlari va poli ichkari tomondan butun maydon bo‘yicha qo‘shimcha ravishda metall panjaralar bilan mustahkamlanadi (armaturalanadi). Metall panjara sim chiviqlarining uchlari devor va plitalardan chiqarilgan, oralig‘i 500x500 mm bo‘lgan hamda diametri 12 mm dan kam bo‘lmagan ankyerlarga (metall shtirlarga) payvandlanadi. Ankyerlarni devorga mustahkamlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, 100x50x6 mm o‘lchamli metall tasmalardan tayyorlangan to‘siq detallarini to‘rtta dyubel mixlari yordamida temir-beton yoki beton sathlarga otib qoqishga yo‘l qo‘yiladi.
9. Qurolxona puxta, eshik kesakisiga zich mustahkamlangan (moslashtirilgan), soz bo‘lgan ikkita eshik bilan jihozlanadi.
Tashqi (asosiy) eshik yaxlit, qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmagan metall listdan tayyorlanib, unga kamida ikkita ichki (o‘yma) qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Tashqi (asosiy) eshik qurolxonadan chiqish tomonga (tashqariga) ochiladi.
Ichki (qo‘shimcha) eshik metall panjaralardan tayyorlanib, ichki (uyma) yoki osma qulf bilan jihozlanadi. Ichki eshik qurolxonaga kirish tomonga (ichkariga) ochiladi.
Tashqi va ichki eshiklar sekretlari bo‘yicha har xil bo‘lgan qulflar, ishonchli qotirgichlar va oshiq-moshiqlar moslamasi bilan jihozlanadi. Qulflar yoki qulflash uskunalari rigellari ko‘ndalang kesishmasining maydoni bo‘yicha 3 sm2 dan kam bo‘lmasligi lozim.
10. Eshik o‘rnining (qutisining) romi qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan metall profildan (shvellerdan, burchakdan va shu kabilardan) tayyorlanib, diametri 2 mm dan va uzunligi 130 mm dan kam bo‘lmagan, bir xil oraliqda joylashtirilgan kamida o‘nta metall shtirlar yordamida devorga qotiriladi.
Eshik o‘rnini (qutisini) romlash va qotirish uchun po‘lat profildan va po‘lat sim chiviqli shtirlardan foydalanish tavsiya etiladi.
11. Qurolxonada deraza o‘rinlarining bo‘lishiga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi, qurol va o‘q-dorilarni berish va qabul qilish darchasi bundan mustasno.
Avval qurilgan xonalarda deraza o‘rinlari bo‘lgan taqdirda, ularga qurolxonaning ichki tomonidan yoki romlar o‘rtasiga metall panjaralar o‘rnatilishi, panjaralar simlarining uchlari devorga 80 mm dan kam bo‘lmagan chuqurlikda beton yordamida qotirilishi lozim.
Birinchi qavatda joylashgan qurolxonalarda deraza o‘rinlari bo‘lgan taqdirda, ularga qo‘shimcha ravishda qurolxonaning ichki tomonidan metall yoki ikki tomonidan metall listlar bilan qoplangan yog‘och deraza eshiklari o‘rnatiladi. Ushbu eshiklarda osma qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi bo‘lishi lozim.
12. Qurolxonaning ichkarisiga chiquvchi ventilatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining lyuklari va tuynuklariga xona ichiga o‘tish imkonini istisno etadigan diametri 15 mm dan kam hamda katakchalarning o‘lchami 100x100 mm dan katta bo‘lmagan metall panjaralar o‘rnatilishi lozim.
Qurolxonaning devorlarida, shift to‘sinlari yoki polida muhandislik tarmoqlarini o‘tkazish uchun qoldirilgan tuynuklarning diametri 200 mm dan katta bo‘lmasligi lozim.
13. Qurolxonaning devorlari, shift to‘sinlari va polini mustahkamlashda (armaturalashda) foydalaniladigan, shuningdek eshik va deraza o‘rinlaridagi panjaralarning metall sim chiviqlari (armaturalari) diametri 15 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Sim chiviqlari 150x150 mm dan katta bo‘lmagan katakchalarni hosil qilgan holda har bir kesishmasida payvandlanadi.
Panjaralarni po‘lat sim chiviqlaridan (po‘lat armaturadan) tayyorlash tavsiya etiladi.
14. Qurol va o‘q-dorilarni bevosita berish va qabul qilish uchun qurolxonada qurolni o‘qlash-o‘qsizlantirish joyi tomonidan maxsus darcha jihozlanishi lozim. Maxsus darcha pol sathidan 110 sm balandlikda bo‘lishi, o‘lchami 180x240 mm dan katta bo‘lmasligi zarur. Maxsus darchaning romi qalinligi 5 mm dan va tokchasining kengligi 100 mm dan kam bo‘lmagan metall profildan tayyorlanib, devorga har ikkala tomonidan diametri 12 mm dan va uzunligi 130 mm dan kam bo‘lmagan kamida ikkitadan metall shtirlar bilan qotiriladi hamda ichki tomonidan qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmagan lo‘kidon (tamba) va osma qulf bilan qulflanadigan metall eshikcha bilan jihozlanadi.
Darcha qutisini romlash va qotirish uchun po‘lat profildan va po‘lat sim chiviqli shtirlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Qurolni o‘qlash-o‘qsizlantirish uchun qurolxonadan tashqarida, unga yondosh bo‘lgan xona ajratilishi zarur.
15. Qurolxonaning ichi quruq bo‘lishi hamda sun’iy yoki tabiiy ravishda tortib oluvchi ventilatsiya bilan jihozlanishi lozim.
16. Qurolxonada qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi kompleksini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Qurolxona qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan maxsus loyihalarga muvofiq jihozlanadi.
17. Qurolxona hududiy ichki ishlar organlarining texnik qo‘riqlash punkti qo‘riqloviga topshirilib, uning qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi kompleksi texnik qo‘riqlash punktining boshqaruv va kuzatuv pultiga ulanishi lozim.
18. Qurolxonani hududiy ichki ishlar organlarining texnik qo‘riqlash punkti qo‘riqloviga topshirishning texnik imkoni bo‘lmagan taqdirda, u tashkilot binosining tashqi tomoniga joylashtirilgan baland tovush chiqaruvchi uskuna (sirena) hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasining tashvish signalini kechayu-kunduz ishlovchi eng yaqin qo‘riqlash postiga, shuningdek tashkilotning kechayu-kunduz ishlovchi qorovullik, qo‘riqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasiga uzatadigan avtonom signalizatsiya bilan jihozlanadi.
Hududiy ichki ishlar organlarining texnik qo‘riqlash punkti qo‘riqloviga topshirilmagan yoki kechayu-kunduz ishlovchi qo‘riqlash posti hamda qorovullik, qo‘riqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasi bo‘lmagan tashkilotda qurolxonaning jihozlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
19. Qurolxona ikki (tashqi va ichki) doirali qo‘riqlash, shuningdek yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanadi.
20. Birinchi (tashqi) doiradagi qo‘riqlash signalizatsiyasining datchiklari xonaga ruxsatsiz kirib-chiqishni (ochishni, buzishni) aniqlash maqsadida eshiklarga, derazalarga, qurol va o‘q-dorilarni berish-qabul qilish darchasiga, ventilatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalari lyuklari va tuynuklariga o‘rnatiladi.
21. Ikkinchi (ichki) doiradagi qo‘riqlash signalizatsiyasi datchiklari xona ichida ruxsatsiz begona shaxslarning borligini aniqlash maqsadida qurolxona ichiga o‘rnatiladi.
22. Yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyaning datchiklari xona ichiga, u yerdagi yong‘inga qarshi vaziyat keskin o‘zgarganda (harorat ko‘tarilishi, tutun hosil bo‘lishi va boshqalar) yoki yong‘in yuzaga kelganda tashvish signalini berish uchun o‘rnatiladi. Yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya yong‘in chiqqanligi yoki bino ichidagi yong‘in xavfsizligi holati o‘zgarganligini aniqlash va signal berishga mo‘ljallangan tutunli, issiqlik, yorug‘lik va/yoki kombinatsiyalangan xabar bergichlar bilan jihozlanadi.
23. Qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasining simlari elektr uzatish qutisidan (kommutatsion uskunadan) datchiklargacha yashirin tarzda, devorlar yoki shift osti to‘siqlariga chuqur kiritilib va suvab yoxud devorlar va shift osti panellari ichiga joylashtirilib o‘tkazilishi hamda unga shikast yetkazilganida ishlab ketadigan datchiklar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Qo‘riqlash signalizatsiyasining shleyflari temir-beton va beton qurilish konstruksiyalari bo‘ylab quvurlarda faqat qurolxona ichida yotqizilishi kerak.
Qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasining signal beruvchi va ta’minlash kabellari tasodifiy ravishda yoki qasddan shikastlanishlardan yuqori darajada himoyalangan bo‘lishi kerak.
24. Tashvish signalini uzatishda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi kompleksi avtomatik tarzda ishlashi lozim.
25. Qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi kompleksining elektr ta’minoti tarmog‘i uning sutka davomida uzluksiz tarzda ishlashini ta’minlaydigan bo‘lishi zarur.
Qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi kompleksining elektr ta’minoti tarmog‘i asosiy elektr tizimi o‘chirilganda uni almashtiruvchi, avtomatik tarzda ishga tushadigan elektr ta’minoti manbasiga (dizel-generator va boshqalar) ulangan va kamida 3 soat ishlovchi akkumulyator bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
26. Qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi kompleksi tashkilot binosining tashqi tomonida baland tovush chiqaruvchi uskuna (sirena) bilan jihozlanishi lozim.
27. Qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasining tashvish signali tashkilotning kechayu-kunduz ishlovchi qorovullik, qo‘riqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasidagi maxsus ko‘p kanalli (ko‘p nurli) pultga kelib tushishi, ushbu pultdagi maxsus tabloda buzilish yoki yong‘in ro‘y bergan joyni nur yordamida ko‘rsatadigan tovushli, yorug‘lik yoki boshqa indikatorlar bo‘lishi kerak.
Tashvish signali tashkilotning kechayu-kunduz ishlovchi qorovullik, qo‘riqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasidagi maxsus ko‘p kanalli (ko‘p nurli) pultga kelib tushishi bilan bir vaqtda simli yoki radio aloqa tizimi orqali hududiy ichki ishlar organiga uzatilishi lozim. Tashvish signali sabablarini aniqlash, zudlik bilan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish va yolg‘on (sababsiz) chaqiriqning oldini olish maqsadida, tashkilotning kechayu-kunduz ishlovchi qorovullik, qo‘riqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati va ichki ishlar organi o‘rtasida ikki tomonlama aloqa tashkil etilishi lozim.
28. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi uchun:
qurol va o‘q-dorilarni saqlovchi tashkilotlar rahbarlari;
qurol va o‘q-dorilarni saqlovchi tashkilotlar rahbarlarining buyruqlari yoki boshqa boshqaruv hujjatlari bilan qurol va o‘q-dorilarni tarqatish, qabul qilib olish, hisobini yuritish va saqlashni tashkil etish vazifalari yuklatilgan mansabdor shaxslar javobgardir.
29. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi, Markaziy banki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekenergo” DAK, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zeltexsanoat” AK, “O‘zbekneftegaz” MXK, “O‘zvinosanoat-xolding” XK, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi bilan kelishilgan. | 250 | 14,924 |
Qonunchilik | Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son qaroriga muvofiq, “Elektron hukumat” tizimi doirasida idoralararo axborot hamkorligini takomillashtirish, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish yuzasidan mas’ul idora etib belgilansin va unga quyidagilar yuklansin:
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri shakllantirilishini, shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish, davlat organlarining ma’muriy tartibotlarini axborotlashtirish bo‘yicha doimiy monitoring o‘tkazish va takliflar kiritish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda o‘z vaqtida va kelishilgan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish hisobiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxati bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazilishini va 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasiga kiritilishini;
ikki oy muddatda Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri, shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorlik tizimi yaratilishini;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilishi yuzasidan har chorakda monitoring o‘tkazilishini, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilishini ta’minlasin.
4. Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2015-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda:
ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlari, shuningdek foydalaniladigan shakllar va blankalarni, keyinchalik Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestriga kiritgan holda, xatlovdan o‘tkazsinlar va reglamentlasinlar;
xatlov natijalariga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun talab qilinadigan idoraviy ma’lumotlar bazalarini yaratish va shakllantirish chora-tadbirlari rejalarini hamda tarmoq jadvallarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llanadi:
davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlari bo‘yicha davlat organlarining funksiyalari amalga oshirilishi bo‘yicha davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar. Davlat xizmatini, agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari ularga yuklangan bo‘lsa, boshqa tashkilotlar ham ko‘rsatishi mumkin;
ariza beruvchi — so‘rov bilan davlat organiga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda Yagona reyestr deb ataladi) — davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining to‘liq ro‘yxatini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq boshqa axborotni o‘z ichiga oladigan, Internet tarmog‘idagi ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursi;
davlat xizmati ko‘rsatish natijasi — davlat xizmati ko‘rsatish reglamentiga muvofiq davlat organlari tomonidan tegishli harakatlarni amalga oshirishda ifodalangan, ariza beruvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishi, shu jumladan ariza beruvchilarga tegishli axborot va hujjatlarning taqdim etilishi;
davlat xizmati ko‘rsatish reglamenti — elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini va unga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat.
3. Yagona reyestr quyidagi maqsadda shakllantiriladi va yuritiladi:
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari, shakllari va blankalari to‘g‘risida batafsil axborotni taqdim etish;
davlat organlari faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va samaradorligini oshirish;
davlat xizmatlari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek ularni maqbullashtirish va amalga oshirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.
4. Yagona reyestr davlat xizmatlarining quyidagi turlarini o‘z ichiga oladi:
ariza beruvchilarning huquqlarini belgilash (bitimlarni, mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish va shu kabilar);
yozma va boshqa shaklda rasmiylashtiriladigan yuridik faktlarni aniqlash (ma’lumotnomalar, guvohnomalar, litsenziyalar, ruxsat berish tusidagi hujjatlarni berish, shtamplar qo‘yish va shu kabilar);
axborot berish (ko‘chirmalar berish, axborotni e’lon qilish va shu kabilar).
Yagona reyestr qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlarining boshqa turlarini ham o‘z ichiga oladi.
5. Yagona reyestr davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi hamda rus va ingliz, shuningdek boshqa tillardagi teng qiymatli yoki qisqartirilgan versiyalariga ega bo‘lishi mumkin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yagona reyestr operatori hisoblanadi.
7. Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq davlat organlari bilan birgalikda Yagona reyestr operatori tomonidan amalga oshiriladi.
Yagona reyestr ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq yuritiladi.
8. Davlat organlari ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, ularning ixtiyorida bo‘lgan shakllar va blankalarning xatlovini o‘tkazish asosida davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ularning reglamentlarini, shuningdek shakllar va blankalar, hujjatlar va boshqa axborot namunalarini tayyorlaydilar va elektron ko‘rinishda Yagona reyestrga kiritadilar.
Davlat xizmatining reglamentini ishlab chiqishda davlat organi tegishli idoralararo so‘rov yuborilgan paytdan boshlab bir ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlar va axborot (arxiv hujjatlari asosida taqdim etiladigan arxiv ma’lumotnomalari va axborotidan tashqari) mavjud bo‘lgan manfaatdor davlat organlaridan olish muddatini nazarda tutishi shart.
9. Davlat organiga beriladigan hujjatlar va axborotning shakllari va blankalarining namunalari Yagona reyestrga elektron ko‘rinishda kiritiladi.
10. Davlat xizmati ko‘rsatishda boshqa davlat organlari ishtirok etgan taqdirda ushbu davlat xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish, hujjatlashtirish va Yagona reyestrga kiritish davlat xizmati ko‘rsatilishining yakuniy natijasini taqdim etayotgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Agar davlat xizmati ko‘rsatilishining yakuniy natijasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilsa, ushbu davlat xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish, hujjatlashtirish va Yagona reyestrga kiritish mazkur davlat xizmati bo‘yicha hujjatlar va axborot ko‘rib chiqilishini tashkil qilish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishchi organi) tomonidan amalga oshiriladi.
11. Yagona reyestrga kiritiladigan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq va ishonchli bo‘lishi kerak. Ushbu ma’lumotlarda noaniqliklar, qisqartmalar va xatolar bo‘lmasligi lozim.
Davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarning taqdim etiladigan elektron nusxalari va ularning matni yaxshi farqlanadigan, nusxalar sifati esa hujjatning o‘qilishini qiyinlashtirmasligi kerak.
Agar davlat xizmati olish boshqa organlar tomonidan beriladigan tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalarni yig‘ishni nazarda tutsa, davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ushbu hujjatlarning berilishi uchun mas’ul bo‘lgan organlar ko‘rsatilgan holda, mazkur hujjatlarning batafsil ro‘yxati berilishi kerak.
12. Davlat organi tomonidan Yagona reyestrga ma’lumotlar kiritilgandan keyin Yagona reyestr operatori ushbu ma’lumotlarni bir hafta muddatda ko‘rib chiqadi va davlat xizmatini ro‘yxatga oladi.
Noyob reyestr raqamini ko‘rsatgan holda davlat xizmatining Yagona reyestrda ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma elektron ko‘rinishda davlat xizmati Yagona reyestrda ro‘yxatga olingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida davlat organiga yuboriladi.
13. Davlat organi tomonidan ushbu Nizom talablari buzilgan holda, noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan yoki boshqa kamchiliklar mavjud bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlar Yagona reyestrga kiritilgan taqdirda, operator besh ish kuni mobaynida, rad etishning asoslangan sabablarini ko‘rsatib, davlat xizmatini Yagona reyestrda ro‘yxatga olishni rad etadi.
Davlat organi ish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni uch ish kuni mobaynida bartaraf etadi va davlat xizmati to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni Yagona reyestrga takroran kiritadi.
Kamchiliklari aniqlangan, Yagona reyestrga kiritilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni o‘zgartirish yoki to‘ldirish ularni boshqa davlat organlari bilan kelishish, belgilangan tartibda tasdiqlashga sabab bo‘lsa yoki aniqlangan kamchiliklarni ish jarayonida uch kun mobaynida aniqlashga to‘sqinlik qiladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, davlat organi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini ko‘rsatib, bu haqdagi tegishli axborotni Yagona reyestr operatoriga kiritadi.
Ilgari aniqlangan va tuzatilmagan kamchiliklar mavjud bo‘lgan davlat xizmati to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar takroran kiritilgan taqdirda paydo bo‘ladigan barcha masalalar davlat organi va Yagona reyestr operatori o‘rtasida ish jarayonida darhol hal etiladi.
14. Yagona reyestrda ro‘yxatga olingan davlat xizmati ko‘rsatish reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda davlat organi bir kun muddatda, asoslarni ko‘rsatib, elektron ko‘rinishda tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni kiritadi.
15. Yagona reyestr operatori tomonidan Yagona reyestrda ro‘yxatga olingan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardagi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni ko‘rib chiqish ushbu Nizomning 12-13-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda Yagona reyestrda kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning sanasi va mohiyati to‘g‘risida tegishli belgi qo‘yiladi.
16. Davlat xizmati bekor qilingan taqdirda davlat organi bir hafta muddatda, chiqarish uchun asoslarni ko‘rsatib, davlat xizmatini Yagona reyestrdan chiqarish zarurligi to‘g‘risida elektron ko‘rinishda Yagona reyestr operatorini xabardor qiladi.
Davlat xizmati Yagona reyestrdan chiqarilganda davlat xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq chiqarib tashlanmaydi, balki ushbu davlat xizmati bekor qilinganligi, shuningdek mazkur xizmat bekor qilingan sana va buning asosi to‘g‘risida tegishli belgi kiritiladi.
17. Bekor qilingan davlat xizmatining noyob reyestrli raqami reyestrdan chiqarilmaydi va Yagona reyestrda yangidan ro‘yxatga olingan boshqa davlat xizmatlariga berilmaydi.
18. Yagona reyestr operatori quyidagi huquqlarga ega:
davlat xizmatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, shuningdek hujjatlari, shakllari, blankalarida kamchiliklar mavjud ma’lumotlarni Yagona reyestrda ro‘yxatga olmaslik;
davlat xizmatlarini Yagona reyestrga kiritish yoki unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
davlat xizmatlarining sifatli reglamentlanishini ta’minlashga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
19. Yagona reyestr operatori quyidagilarga majbur:
davlat xizmatlarining Yagona reyestrda ro‘yxatga olinishini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish;
Yagona reyestrdagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portalida e’lon qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan kecha- kunduz foydalana olishlarini ta’minlash;
Yagona reyestrning uzluksiz ishlashini, shuningdek undagi ma’lumotlarning saqlanishini va foydalana olish mumkinligini ta’minlash;
davlat xizmatlari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish uchun davlat organlarining Yagona reyestrdan foydalana olishlarini ta’minlash;
davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Yagona reyestrda ro‘yxatga olishdan oldin ularning to‘liqligi va ishonchliligini tekshirish;
ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini tahlil qilish va davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tartibotlarning takrorlanishini istisno etish, shuningdek muddatlarni va ariza beruvchilardan talab qilinadigan hujjatlar va axborotni qisqartirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
20. Davlat organlari quyidagi huquqlarga ega:
belgilangan tartibda davlat xizmati ko‘rsatish reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish;
Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
21. Davlat organlari quyidagilarga majbur:
o‘zlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining reglamentlanishini va Yagona reyestrda hujjatlashtirish uchun ular to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlash;
har yili 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish va ular to‘g‘risidagi Yagona reyestrdagi ma’lumotlarni aktuallashtirish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish reglamentlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan yoki ushbu davlat xizmatlari bekor qilingan taqdirda davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish va to‘ldirish bo‘yicha takliflar kiritish;
ushbu Nizomga muvofiq davlat xizmatlarini Yagona reyestrda ro‘yxatga olish uchun mazkur xizmatlar to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish.
Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
22. Davlat sirlarining yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning oshkor bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni Yagona reyestrga kiritish taqiqlanadi.
23. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 23-apreldagi 102-son qaroriga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlarida joriy qilish va rivojlantirish holatini o‘rganish asosida Yagona reyestrga kiritilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
24. Ushbu Nizom talablarini bajarishda davlat organlari va Yagona reyestr operatori o‘rtasida paydo bo‘ladigan bahslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.
25. Yagona reyestrda ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi yuzasidan mas’uliyat davlat organlarining tegishli rahbarlari zimmasida bo‘ladi.
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
1. Ushbu Nizom “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” va “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga muvofiq idoralararo elektron hamkorlik tizimini qo‘llagan holda davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llanadi:
so‘rov — davlat organiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladigan davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi talab;
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot;
idoralararo elektron hamkorlik — ariza beruvchilarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda zarur bo‘lgan, davlat organlari ixtiyoridagi hujjatlar va axborotni almashish maqsadida amalga oshiriladigan ushbu davlat organlari o‘rtasida elektron shakldagi o‘zaro hamkorlik;
idoralararo elektron hamkorlik tizimi — ariza beruvchilarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda idoralararo elektron hamkorlik qilishni, davlat organlariga zarur bo‘lgan elektron hujjatlarni almashishni ta’minlovchi apparat-dasturiy vositalar majmui;
idoralararo elektron so‘rov — davlat organining ariza beruvchi so‘rovi asosida so‘ralayotgan hujjatlar va axborot bor bo‘lgan tashkilotlarga elektron hujjat shaklida yuborilgan, davlat xizmati ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi talabi;
davlat xizmati ko‘rsatish reglamenti — davlat organlari va (yoki) ularga idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan davlat xizmati ko‘rsatish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat;
davlat xizmati ko‘rsatish natijasi — davlat xizmati ko‘rsatish reglamentiga muvofiq davlat organlari tomonidan tegishli harakatlarni amalga oshirishda ifodalangan, ariza beruvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishi, shu jumladan ariza beruvchilarga tegishli axborot va hujjatlar taqdim etilishi;
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri — davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining to‘liq ro‘yxati, shu jumladan elektron shakldagi ro‘yxati, shakllar va blankalar hamda boshqa axborot bor bo‘lgan ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursi.
3. Quyidagilar davlat xizmatlari ko‘rsatishda idoralararo elektron hamkorlik qilish vazifalari hisoblanadi:
davlat organlari tomonidan o‘z funksiyalarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda samarali bajarilishini ta’minlash;
ariza beruvchilarning so‘rovlarini samarali ko‘rib chiqish uchun o‘z vaqtida va kelishilgan idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlash;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va joriy etish hisobiga davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish.
4. Idoralararo elektron so‘rovlarni yuboruvchi va berilgan so‘rovlar asosida tegishli hujjatlar va axborotni taqdim etuvchi davlat organlarining mas’ul mansabdor shaxslari idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar hisoblanadi.
5. Davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlarining idoralararo axborot hamkorligi:
ushbu Nizomga muvofiq idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanib;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan axborot hamkorligining boshqa usullari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Idoralararo elektron hamkorlik tizimini qo‘llagan holda axborot hamkorligini texnologik ta’minlashga yagona texnologik yechimlar va standartlar, yagona klassifikatorlar va ma’lumotlar tuzilishining tavsiflaridan foydalanish yo‘li bilan, shuningdek elektron hujjatlardan foydalanishda litsenziya cheklovlaridan holi bo‘lgan ularning yagona ochiq formati asosida erishiladi.
6. Ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi idoralararo elektron so‘rovlar va ularga javoblarni uzatish, ularning ishlashini ta’minlash idoralararo elektron hamkorlik tizimining asosiy funksiyasi hisoblanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi idoralararo elektron hamkorlik tizimining operatori hisoblanadi.
8. Idoralararo elektron so‘rovni yo‘llash va davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va axborotni taqdim etish idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali bepul amalga oshiriladi.
9. Idoralararo elektron hamkorlik qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
idoralararo elektron so‘rovni ushbu Nizomda belgilangan tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan so‘raladigan hujjatlar va axborot bor bo‘lgan davlat organlariga yuborish;
“Elektron hukumat” tizimi axborot tizimlari va markazlashtirilgan ma’lumotlar bazalari, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan so‘raladigan hujjatlar va axborot bor bo‘lgan davlat organlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari komplekslarining idoralararo elektron so‘rovlarni uzatish, ularni ishlash va olish jarayonini avtomatlashtirish uchun idoralararo elektron hamkorlik tizimi bilan integratsiyalashuvini ta’minlash.
10. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar boshqa davlat organlaridan ular ixtiyorida bo‘lgan hujjatlar va axborotni ushbu Nizomga muvofiq ariza beruvchining so‘rovi asosida so‘rash huquqiga ega.
11. Davlat organlari tomonidan so‘raladigan hujjatlar va axborot ro‘yxati davlat xizmatlari ko‘rsatish reglamentlari bilan belgilanadi.
12. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar davlat xizmati ko‘rsatish uchun ariza beruvchining so‘rovi olingandan keyin ariza beruvchining so‘rovi olingan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida idoralararo elektron so‘rovni o‘z ixtiyorida davlat xizmati ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborot bor bo‘lgan davlat organlariga yuboradilar.
13. Idoralararo elektron so‘rov yuborilgan idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimidan foydalanuvchilar idoralararo elektron so‘rov yuborilgan kundan keyingi bir ish kuni davomida o‘z ixtiyoridagi hujjatlar va axborotni elektron hujjat shaklida tayyorlaydilar va idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali yuboradilar.
Elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish tartib-qoidasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Idoralararo elektron so‘rovda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
idoralararo elektron so‘rovni yuboradigan davlat organining nomi;
idoralararo elektron so‘rov yuboriladigan davlat organining nomi;
davlat xizmatining noyob reyestr raqamini ko‘rsatgan holda, taqdim etish uchun tegishli hujjatlar va axborot zarur bo‘lgan davlat xizmatining nomi;
ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan uning so‘rovini ilova qilgan holda hujjatlar va axborotni taqdim etish uchun uning identifikatsiyalovchi ma’lumotlari;
idoralararo elektron so‘rov yuboriladigan davlat organi ixtiyorida bo‘lgan so‘raladigan hujjatlar va axborot ro‘yxati;
idoralararo elektron so‘rov yuborilgan sana;
idoralararo elektron so‘rovni tayyorlagan va yuborgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, elektron raqamli imzo rekvizitlari.
Idoralararo elektron so‘rov davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
15. Idoralararo elektron so‘rovni oladigan idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchi:
idoralararo elektron so‘rovni yuborishning huquqiy asoslarini aniqlaydi;
ma’lumotlar tarkibini, shu jumladan hujjatlar va axborotni tayyorlash va yuborish uchun zarur bo‘lgan, idoralararo elektron so‘rovda bayon qilingan so‘raladigan hujjatlar va axborot ro‘yxatini aniqlaydi;
idoralararo elektron so‘rovni olgan tashkilotda shunday hujjatlar va axborotning mavjudligi faktini aniqlaydi;
so‘raladigan hujjatlar va axborotni idoralararo elektron so‘rov bilan murojaat qilgan davlat organiga o‘z vaqtida yuborish maqsadida ularni olish uchun zarur choralarni ko‘radi;
so‘raladigan hujjatlar va axborotni ilova qilgan holda idoralararo elektron so‘rovga javobni shakllantiradi hamda uni tegishli hujjatlar va axborotni so‘ragan davlat organiga yuboradi.
16. Idoralararo elektron so‘rov idoralararo elektron hamkorlik tizimiga yuborilgan sana ushbu so‘rov davlat organidan olingan sana hisoblanadi.
17. Idoralararo elektron so‘rovni olgan davlat organlari tomonidan ushbu organlarda mavjud bo‘lgan so‘raladigan hujjatlar va axborotning asosli rad javobi bo‘lmaganda taqdim etilmasligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmasligi ariza beruvchiga davlat xizmati ko‘rsatilishini rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
18. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchining davlat organiga so‘raladigan hujjatlar va axborotni taqdim etishdagi asosli rad javobi asoslangan bo‘lishi va idoralararo elektron so‘rov yuborilgan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirilmay yuborilishi kerak.
19. Idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan idoralararo elektron so‘rovlarni yuborishga hamda tegishli hujjatlar va axborotni taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Idoralararo elektron hamkorlik qilishda davlat organlari:
tegishli davlat organlaridan davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotni so‘rash va olish;
tegishli huquqiy asoslar bo‘lmaganda hujjatlar va axborotni taqdim etishni rad etish huquqiga ega.
Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
21. Davlat organlari tegishli munosabatlarni tartibga solish vakolatiga kirmaydigan tashkilotlarga idoralararo elektron so‘rovlarni yuborish huquqiga ega emas.
22. Idoralararo elektron hamkorlik qiluvchi davlat organlari tegishli idoralararo elektron so‘rov olingan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida so‘raladigan hujjatlar va axborotni (arxiv hujjatlari asosida taqdim etiladigan arxiv ma’lumotnomalari va axborotdan tashqari) to‘liq hajmda taqdim etishga, shuningdek uzatiladigan hujjatlar va axborotning ishonchliligini ta’minlashga majbur.
Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
23. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar identifikatsion va autentifikatsion ma’lumotlarning, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish doirasida olinadigan va jo‘natiladigan hujjatlar va axborotning muhofaza qilinishi va zarur tarzda saqlanishini ta’minlashga majbur.
231. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo elektron hamkorlik tizimlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ariza beruvchilarni identifikatsiya qilish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlari — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamidan foydalaniladi.
Idoralararo elektron axborot almashinuvida boshqa identifikatorlardan foydalanish, ariza beruvchilardan boshqa identifikatorli qo‘shimcha hujjatlar talab qilish taqiqlanadi.
24. Davlat organlari xodimlari tomonidan o‘zlariga idoralararo elektron hamkorlik qilishda ma’lum bo‘lgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning yozma roziligisiz, shuningdek, agar bu ariza beruvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo‘lsa, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir va boshqa axborotning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar davlat organlarining idoralararo elektron so‘rovlari bo‘yicha so‘raladigan hujjatlar va axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradilar.
26. Idoralararo elektron hamkorlik qiluvchi davlat organlari idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali yuboriladigan hujjatlar va axborotning ishonchliligi uchun javob beradilar.
27. Idoralararo elektron hamkorlik tizimi operatori uning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javob beradi.
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. | 173 | 28,880 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMALARNI DENONSATSIYA QILISh TO‘G‘RISIDA | 1. 2001-yil 7-iyunda Yalta shahrida imzolangan GUUAM Yalta Xartiyasi;
2003-yil 4-iyulda Yalta shahrida imzolangan savdo va yuk tashishga ko‘maklashish bo‘yicha GUUAMda qatnashuvchi davlatlar o‘rtasida hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandum;
2003-yil 4-iyulda Yalta shahrida imzolangan GUUAMda qatnashuvchi davlatlar Hukumatlari o‘rtasida bojxona ishlaridagi o‘zaro yordam va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim denonsatsiya qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi depozitariyga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari denonsatsiya qilinganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnomalar yo‘llasin. | 54 | 620 |
Qonunchilik | “SIQISh KOMPRESSOR STANSIYASI QURISh BILAN POMUQ KONINI OBOD QILIShNI YAKUNLASh” INVESTITSIYa LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Pomuq konidan gaz kondensatini qazib olish samaradorligini oshirish, gaz va kondensat qoldiqlari zaxiralarini yanada to‘liq chiqarib olish, tovarbop gazning standart talablariga mos sifatini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
“Siqish kompressor stansiyasi qurish bilan Pomuq konini obod qilishni yakunlash” investitsiya loyihasining (keyingi matnlarda “Loyiha” deb yuritiladi) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-fevraldagi 68-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan;
“O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan tanlov savdolari o‘tkazilgan va asosiy texnologik uskunalarni olib kelish uchun jami ekvivalenti 45,5 mln. dollarga teng (27,7 mln. yevro va 6,8 mln. dollar) miqdorda shartnomalar tuzilgan;
mazkur Loyihani amalga oshirish uchun “O‘zbekneftgaz” MXKga 21,0 mln. dollar miqdorida kredit berish shartlari Koreya taraqqiyot banki bilan kelishib olingan.
2. Belgilansinki, Loyihani moliyalashtirish:
“O‘zbekneftgaz” MXKning ekvivalenti 20,02 mln. dollarga teng shaxsiy mablag‘lari hisobidan;
1 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 6 yil bo‘lgan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 1,0 %li marjasini qo‘shganda yillik 7,0 %li stavka bilan “O‘zsanoatqurilishbank” AK orqali qayta moliyalashtiriladigan 20,6 mln. dollar miqdoridagi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti hisobidan;
1,5 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 5 yil bo‘lgan, yillik Libor + 0,6 %li stavka bilan “O‘zbekiston — Koreya taraqqiyot banki” orqali beriladigan 21 mln. dollar miqdoridagi Koreya taraqqiyot banki krediti hisobidan amalga oshiriladi.
“O‘zbekneftgaz” MXK qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishga hamda Loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi. Kreditlarni uzish va ularga foizlarni to‘lash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar “O‘zbekneftgaz” MXKning valyuta mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Siqish kompressor stansiyasi qurish bilan Pomuq konini obod qilishni yakunlash” loyihasi TIAning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Koreya taraqqiyot banki kreditlari bo‘yicha asosiy qarzni uzish va foizlar to‘lashning prognoz jadvallari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Koreya taraqqiyot banki ushbu Loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan undiriladigan daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi “O‘zsanoatqurilishbank” AK va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish hamda pudratchilar tomonidan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin. | 149 | 3,002 |
Qonunchilik | IDXYaP orqali yuridik shaхslar uchun barcha soliq imtiyozlari haqida ma’lumot olish mumkin | “Yuridik shaхslarga berilgan imtiyozlar ma’lumotnomasi” – Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan yangi avtomat tarzdagi хizmat shunday nomlanadi. Bu haqida davlat portalining aхborot хizmati хabar berdi.
Ushbu хizmatdan foydalangan holda yuridik shaхslar uchun soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar toifasi, imtiyoz turi, amal qilish muddati, shuningdek soliq imtiyozlari taqdim etilishiga asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi turkumlashtirilgan aхborotni olish mumkin, deyiladi Portaldagi хabarda.
Ma’lumotnomadan foydalanish uchun taklif qilinayotgan roʻyхatdan tegishli parametrlarni tanlab, ma’lumotlar bazasida aхborot izlash parametrlarini berish kerak. Tizim tadbirkorlar uchun lozim boʻlgan imtiyozlarga doir normativ hujjatlar roʻyхatini avtomat tarzda shakllantiradi. | 90 | 811 |
Qonunchilik | Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ushbu Qonunning amal qilishi tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarining quyidagi turlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
tadbirkorlik subyektlarini, bitimlarni, huquqlarni va mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda hisobga qo‘yish;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
akkreditatsiya qilish, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, metrologiya va texnik jihatdan tartibga solish;
davlat ekologik ekspertizasi;
davlat sirlari muomalasi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
vakolatli organlar — qonunchilik hujjatlari bilan zimmasiga tadbirkorlik subyektlariga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish vazifasi yuklatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar;
ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda tadbirkorlik subyekti tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan, qonunchilikda belgilangan talablar va shartlar yig‘indisi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan va tadbirkorlik subyektiga beriladigan, tadbirkorlik faoliyati sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan hamda ruxsatnoma, kelishuv, xulosa shaklida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda ifodalanadigan qaror;
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomili (ruxsat berish tartib-taomili) — harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizaning topshirilishi va ko‘rib chiqilishi, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning berilishi, amal qilish muddatining uzaytirilishi, to‘xtatib turilishi, qayta tiklanishi, tugatilishi, qayta rasmiylashtirilishi va bekor qilinishi jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar majmui.
Bajarilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish zarur bo‘lgan harakatlar va (yoki) faoliyat jumlasiga tadbirkorlik subyektlarining bajarilishi va (yoki) amalga oshirilishi tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan, tartibga solinishi ruxsat berish tartib-taomillaridan tashqari boshqa usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lmaydigan harakatlari va (yoki) faoliyati kiritilishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari qonunchiligida belgilanadi. Ruxsat berish tartib-taomillarining qonunda nazarda tutilmagan yangi turlarini joriy etish taqiqlanadi.
Ruxsat berish tartib-taomillarining asosiy prinsiplari quyidagilardir:
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i himoya qilinishining, jamoat xavfsizligining hamda atrof-muhit muhofaza qilinishining ta’minlanishi;
raqobatni cheklaydigan ruxsat berish tartib-taomillari belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi;
ruxsat berish tartib-taomillarining oshkoraligi, ochiqligi va tushunarliligi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning “bir darcha” orqali berilishi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartibiga doir talablarning yagonaligi;
tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi.
Ruxsat berish tartib-taomillari tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i himoya qilinishini, jamoat xavfsizligini hamda atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlashi kerak.
Ruxsat berish tartib-taomillari tadbirkorlik subyektlari harakatlarni bajarganda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirganda ular uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozoridagi raqobatni cheklaydigan imtiyozlar va afzalliklar belgilamasligi kerak.
Ruxsat berish tartib-taomillari tadbirkorlik subyektlari uchun oshkora, ochiq va tushunarli bo‘lishi kerak.
Vakolatli organ tadbirkorlik subyektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishi uchun boshqa vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish soddalashtirilgan tartibda “bir darcha” orqali amalga oshiriladi, bunda vakolatli organ mazkur hujjatlarni tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartibiga doir talablar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha vakolatli organlar va tadbirkorlik subyektlariga nisbatan yagonadir.
Tadbirkorlik subyektlarining vakolatli organlar bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchiligidagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektlarining foydasiga talqin qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
vakolatli organlarning ruxsat berish tartib-taomillariga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
vakolatli organlar tomonidan berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning reyestrlarini yuritish tartibini belgilaydi;
ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Vakolatli organlar:
tadbirkorlik subyektlarining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish, amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish to‘g‘risidagi arizalarini qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi;
ushbu Qonun talablariga va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq belgilangan muddatlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni beradi yoki uni berishni asosli ravishda rad etadi;
berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi;
ruxsat berish tartib-taomillari masalalari yuzasidan tadbirkorlik subyektlarining og‘zaki yoki yozma, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan so‘roviga ko‘ra bepul to‘liq axborot va malakali maslahatlar (tushuntirishlar) beradi;
tadbirkorlik subyektlari ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar bilan moneliksiz tanishib chiqishi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar moneliksiz taqdim etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash va to‘ldirishda tadbirkorlik subyektlariga yordam beradi;
tadbirkorlik subyektlarini va ularning arizalarini butun ish kuni davomida qabul qilish imkoniyatini beradigan ish vaqti rejimini ta’minlaydi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni “bir darcha” orqali beradi;
ushbu Qonunning 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish hamda ularni bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi va (yoki) mazkur masalalarni sud tartibida ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqadi.
Vakolatli organlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun tadbirkorlik subyekti tegishli vakolatli organga quyidagilarni taqdim etadi:
yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, tadbirkorlik subyekti bajarmoqchi yoki amalga oshirmoqchi bo‘lgan harakat va (yoki) muayyan faoliyat ko‘rsatilgan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi ariza;
ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda belgilangan boshqa hujjatlar. Ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar sifatida faqat tadbirkorlik subyektining harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, shuningdek mavjud bo‘lmasligi harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish chog‘ida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujjatlar belgilanishi mumkin.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berish to‘g‘risidagi arizada tadbirkorlik subyektining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berish to‘g‘risidagi arizada tadbirkorlik subyektining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning o‘z arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga bo‘lgan roziligidir.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, vakolatli organ aksini isbotlaguniga qadar, barcha hollarda to‘g‘ri hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyektidan ushbu moddada va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun tegishli vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, ro‘yxat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda, darhol tadbirkorlik subyektiga beriladi (yuboriladi).
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati, qoida tariqasida, cheklanmaydi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjat harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish xususiyati va shartlarini hisobga olgan holda cheklanmagan muddatga berilishi mumkin bo‘lmagan hollarda, ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarga nisbatan amal qilish muddatlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugagach, u tadbirkorlik subyektining arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza vakolatli organga mazkur hujjatning amal qilish muddati tugaguniga qadar topshirilishi kerak. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Agar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ruxsat berishga doir talablar va shartlarga tegishli ravishda rioya etgan tadbirkorlik subyekti mazkur hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi.
Ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning va uni berish zimmasiga yuklatilgan vakolatli organning nomi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish maqsadi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning tugal ro‘yxati;
tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish, hujjatni berish yoki uni berishni rad etish tartibi va muddatlari, shu jumladan, agar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, mazkur hujjatni berish uchun tanlov (tender) o‘tkazish tartibi;
ruxsat berishga doir talablar va shartlar;
ruxsat etish xususiyatiga ega zarur hujjatlarni “bir darcha” orqali berishda vakolatli organlarning boshqa vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish, mazkur hujjatni qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi;
agar tadbirkorlik subyekti tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida vakolatli organ yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlarning yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning tugal ro‘yxati;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning shakli;
ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjat cheklanmagan muddatga berilishi mumkin bo‘lmagan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati.
Ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda ushbu Qonunga muvofiq boshqa normalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning soddalashtirilgan tartibini belgilashi mumkin.
Tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda belgilangan hollarda va miqdorlarda undiriladi. Yig‘im miqdori vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun qilgan xarajatlari doirasida belgilanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yig‘im ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda belgilangan hollarda va miqdorlarda undiriladi.
Tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqqanlik, hujjatni berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yig‘im summalari vakolatli organlarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risida taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddatlari ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda belgilab qo‘yiladi va tadbirkorlik subyektining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan sanadan e’tiboran, shu jumladan ruxsat etish xususiyatiga ega zarur hujjatlar “bir darcha” orqali beriladigan hollarda o‘ttiz ish kunidan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim harakatlar va (yoki) muayyan faoliyat uchun ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddatlarini o‘ttiz ish kunidan ortiq qilib belgilashi mumkin.
Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay tadbirkorlik subyektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishi (yuborishi) yoki bunday hujjatni berish rad etilganligi to‘g‘risida uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Agar vakolatli organ tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida tadbirkorlik subyektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bermasa yoki uni berishni rad etmasa, tadbirkorlik subyekti ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat o‘tganidan keyin, bajarilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmoqchi bo‘lgan harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqiga, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda, ega bo‘ladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda belgilangan boshqa hollar bundan mustasno.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan holda vakolatli organ tadbirkorlik subyektining xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishi shart. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olinguniga qadar, taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organga yo‘llangan xabarnoma ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga tenglashtiriladi hamda shunday harakatni bajarish va (yoki) shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Bunda shaxs faoliyat bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda tadbirkorlik subyektlari ushbu Qonun 14-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni vakolatli organga taqdim etgan paytdan e’tiboran ular tomonidan harakatlar bajarilganligining va (yoki) muayyan faoliyat amalga oshirilganligining xabardor qilish tartibi nazarda tutilishi mumkin. Bunday holda taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qo‘yilgan ro‘yxati ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga tenglashtiriladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
tadbirkorlik subyektining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq o‘tkazilishi shart bo‘lgan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va tadbirkorlik subyekti mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi yozma yoki elektron xabar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki uni berishni rad etish tadbirkorlik subyektining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini vakolatli organ tomonidan keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin tadbirkorlik subyekti tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tadbirkorlik subyektining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
Vakolatli organ ariza, shuningdek hujjat yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning asl nusxasi hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning dublikati berilganligi uchun tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holda yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning dublikatini berishi (yuborishi) shart.
Ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda belgilangan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning dublikatini berganlik uchun tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun, dublikatni berish haqidagi ariza topshirilgan sanadagi holatga ko‘ra, to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undirilishi mumkin. Yig‘im summasi vakolatli organlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
ruxsat berishga doir talablar va shartlar tadbirkorlik subyekti tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organning tadbirkorlik subyekti zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hollari bundan mustasno.
Vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori tadbirkorlik subyektiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish sabablari va qonunchilikning normalari aniq ko‘rsatilgan holda, yozma shaklda yetkaziladi.
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori tadbirkorlik subyektiga qonunchilik belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Vakolatli organ yoki sud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarning tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf qilinishi muddatini belgilashi shart. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarning tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf qilinishi muddati tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, vakolatli organ tadbirkorlik subyekti oldida u ko‘rgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi esa, uning to‘xtatib turilishi sud tomonidan asossiz deb topilgan paytdan e’tiboran qayta tiklangan hisoblanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda;
yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda ayni bir harakatni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno;
jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti vafot etganda, uning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
tadbirkorlik subyekti ruxsat berishga doir talablar va shartlarni bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda, agar mazkur qoidabuzarliklar tadbirkorlik subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilishiga asos bo‘ladigan qo‘pol qoidabuzarliklarning ro‘yxati ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutiladi;
tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarni vakolatli organ yoki sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugaganda;
bajarilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan bir martalik harakat bajarilganda.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollar yuzaga kelishi bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holda vakolatli organ tomonidan, ushbu modda birinchi qismining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda esa, sud tomonidan tugatiladi.
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori tadbirkorlik subyektiga va vakolatli organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori tadbirkorlik subyektiga ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish sabablari va qonunchilikning aniq normalari ko‘rsatilgan holda yetkaziladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror tadbirkorlik subyekti tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat vakolatli organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti o‘zgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni ichida vakolatli organga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
Jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni ichida vakolatli organga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ayni bir harakatni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud yuridik shaxslar bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari qo‘shib yuborilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatdagi mavjud ma’lumotlar ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgargan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish tadbirkorlik subyektining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilguniga qadar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘r) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni bajaradi yoki amalga oshiradi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish va berish ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda belgilangan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza topshirilgan sanadagi holatga ko‘ra, to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi vakolatli organlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Tadbirkorlik subyektidan ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bajarilishi va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish lozim bo‘lgan harakatni va (yoki) muayyan faoliyatni ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlari talablarini buzgan holda bajarish va amalga oshirish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat quyidagi asoslarda bekor qilinadi:
tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holda vakolatli organ tomonidan, ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holda esa, sud tomonidan bekor qilinadi.
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori tadbirkorlik subyekti tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat vakolatli organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat bekor qilinganligi to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek vakolatli organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak.
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi. | 77 | 34,893 |
Qonunchilik | DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN, QIShLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDA NIZOMGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-maydagi PF-3610-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2005-y., 21-son, 152-modda) Farmoniga ilovaning 1-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 28-yanvarda 10, 116-V-son bilan tasdiqlangan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom”ga (1999-yil 28-yanvar, ro‘yxat raqami 612) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. | 172 | 841 |
Qonunchilik | Poytaхtda 2016 yil uchun soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi | Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi oʻzining 25.12.2015 yildagi 76/9-5-son qarori bilan Toshkent shahri boʻyicha 2016 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarini tasdiqladi:
- obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi - sof foydaning 8%i;
- transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz iste’mol qilganlik uchun soliq:
- benzin – 1 litr uchun 335 soʻm/1 tonna uchun 445 000 soʻm;
- dizel yoqilgʻisi – 1 litr uchun 335 soʻm/1 tonna uchun 407 025 soʻm;
- suyultirilgan gaz –1 litr uchun 230 soʻm;
- siqilgan gaz – 1 kub.m uchun 275 soʻm;
- alkogolli mahsulotni chakana sotish huquqi, shu jumladan umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan realizatsiya qilganlik uchun yigʻim – 1 oy savdo qilganlik uchun EKIHning 5 baravari;
- qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilganlik uchun yigʻim – 1 oy savdo qilganlik uchun EKIHning 3,5 baravari;
- avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pullik хizmat koʻrsatish huquqi uchun yigʻim – oyiga EKIHning 6 baravari.
Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kirdi.
Qaror bilan Toshkent shahar hokimligining www.toshkent.uz veb-sayti orqali ham tanishish mumkin.
Ma’ruf USMANOV. | 69 | 1,240 |
Qonunchilik | “BALIQ OVLASh KORXONALARIDA TABIIY SUV HAVZALARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN IJARA HAQINI HISOBLASh VA UNI UNDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi 350-son “Baliqchilik tarmog‘ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 127-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2003-yil 6-noyabrdagi 125 , 02-1212 va 01/22-142-son qarori (ro‘yxat raqami 1292, 2003-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 24-son) bilan tasdiqlangan “Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 2—5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
tabiiy suv havzalaridan foydalanish huquqini beruvchi ijara shartnomasini joriy yilda to‘lanadigan ijara haqi miqdorini belgilab, tanlov g‘olibi bo‘lgan baliq ovlash korxonasi bilan tuzadi;
xar yili fevral oyining 15-sanasigacha ijara haqini qayta aniqlab, shartnomaning ijara haqi bandiga tegishli o‘zgartirish kiritadi.
3. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzalaridan olinadigan ijara haqi miqdorini hisoblash uchun:
a) ijaraga berilgan suv havzalarining umumiy maydoni (gektarda);
b) ijarachi tomonidan o‘tgan yilda bir gektar suv havzasidan tutib olingan (sotilgan) mahsulotning o‘rtacha miqdori;
v) mutasaddi tashkilotlar (davlat statistika organlari, monopoliyaga qarshi kurashish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash organlari va boshqalar) ma’lumotlariga asosan hudud (viloyat)da baliqning o‘tgan yildagi iste’mol bozoridagi o‘rtacha narxi aniqlanadi.
4. Ijara haqini hisoblashda ilovada keltirilgan stavkalar qo‘llaniladi.
5. Yuqorida qayd qilingan ma’lumotlarga asosan ijara haqi quyidagi tartibda aniqlanadi.
Bunda:
Ih — ijara haqi;
H1 — bir gektardan olingan o‘rtacha hosildorlik;
No‘ — o‘rtacha narx;
Mu — suv havzasining umumiy maydoni;
Is — ijara haqini hisoblash stavkasi, foizda”.
2. Quyidagi mazmundagi 5-1 va 5-2 bandlar bilan to‘ldirilsin:
“5-1. Ijaraga berilgan suv havzasining bir gektarida o‘tgan yili tutilgan baliq va suv jonivorlarining hosildorligi 4,2 kilogrammdan kam bo‘lsa, ijara haqini hisoblashda bu ko‘rsatkich 4,2 kilogramm miqdorida olinadi.
5-2. Joriy yil uchun hisoblangan ijara haqining summasi o‘tgan yili uchun ushbu Nizomdagi tartibda hisoblangan ijara summasini 1,05 koeffitsiyentga ko‘paytirilgan miqdoridan kam bo‘lsa, ijara haqi o‘tgan yilgi ijara summasini 5 foizga ko‘paytirib aniqlanadi”.
3. 10-banddagi “0,07 foiz” degan so‘zlar “0,5 foiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq ilova bilan to‘ldirilsin.
5. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 186 | 3,339 |
Qonunchilik | Aydar-Arnasoy hamda Toʻdakoʻl koʻllar tizimida rekreatsion koʻllar hududi tashkil etiladi | Vazirlar Mahkamasining 14.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 368-son qarori qabul qilindi.
Jizzaх va Navoiy viloyatlarining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻlida rekreatsion koʻllar hududi tashkil etiladi.
Rekreatsion koʻllar hududiga kiruvchi yer uchastkalarini tadbirkorlarga berish, ularda qurilish va barpo etish ishlarini amalga oshirish Turizm va sport vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Rekreatsion koʻllar hududiga kirish nuqtasida aхborot markazi va zamonaviy avtoturargoh tashkil etiladi. Shuningdek tashrif buyuruvchilarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida qutqaruv brigadasi tashkil etiladi.
Rekreatsion koʻllar hududida 2021–2025 yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi, unda 3 bosqichda (5 yillik davrni oʻz ichiga olgan) quyidagi natijalarga erishiladi:
Hujjatga muvofiq rekreatsion koʻllar hududi va unga olib boruvchi 271 km yoʻllar ta’mirlanadi.
Bundan tashqari, Rekreatsion koʻllar hududida turizm хizmatlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 89 | 1,277 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtiril | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2897-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorida:
a) 3-ilova nomidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-ilova nomidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Sudgacha sanatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 7-bandining sakkizinchi xatboshidagi, 10-bandining beshinchi xatboshidagi, 12-bandidagi, 13-bandining birinchi, ikkinchi va yettinchi xatboshilardagi, 14-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilardagi, 15-bandidagi va 16-bandining ikkinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi uchun vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 17-noyabrdagi 504-son qarorining 4-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 8-modda) 10-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 73-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi, 5 va 6-bandlarning birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning 6-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 4-dekabrdagi 424-son qarori 3-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 14-modda) 1-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 118-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2003-yil 17-martdagi 140-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 25-modda) 2 — 5-ilovalarning 8-bandidagi, 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda):
a) 1-bandning birinchi xatboshidagi, 3-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi, 4-bandning birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 1-bandi birinchi xatboshidagi, 14-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shartnomaviy joriy narxlarga o‘tish to‘g‘risida” 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 44-modda):
a) 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 20-bandidagi va 2-ilovaning 6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son 84-modda) bilan tasdiqlangan Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4 va 5-bandlarining “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshidagi, 6-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshidagi, 24-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshidagi, 25-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda) 8-bandi beshinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Daromadlarni shakllantirishning asosiy manbalari va Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida nizomning 3-bandi uchinchi xatboshidagi, 5-bandidagi, 13 — 17-bandlari uchinchi xatboshidagi va 23-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi 129-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Himoya chora-tadbirlarini, dempingga qarshi va kompensatsiya bojlarini qo‘llash maqsadida tekshirishlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 27, 66-bandlaridagi va 112-band birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida nizomning 1-bandidagi, 37-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarorining 2-bandi birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEUavto” AJ mahsulotlariga narxlarni kelishish bo‘yicha doimiy ishlaydigan komissiyaning yangi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 5-avgustdagi 160-son qaroriga ilovaning 7-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risida nizomning 6-bandi birinchi xatboshidagi, 9-bandidagi, 10-bandining ikkinchi xatboshidagi, 14-bandining o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilardagi, 15-bandidagi, IV bo‘limning nomidagi, 16-bandning birinchi xatboshidagi, 17-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi, 20-bandning uchinchi xatboshidagi, 22-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi, 23-band “b” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi hamda qarorga ilovadagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 67-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
43. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport qiluvchi korxonalarning banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha murojaatlarini Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
44. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga 1-ilovaning “Mas’ullar” ustunidagi 9, 12 va 14-bandlaridagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
45. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-dekabrdagi 322-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida” 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qarorining 4-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
47. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilova 10-bandining “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustunidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
48. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda):
a) 2-banddagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
5-bandning uchinchi xatboshidagi, 6-banddagi, 24-bandning “v” kichik bandidagi, 25-banddagi, 32-bandning “b” kichik bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovada:
I bo‘limning “Mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni o‘zlashtirishga buyurtmalarni joylashtirish” kichik bo‘limidagi “Davlat monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
III bo‘limdagi “Davlat monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning nomidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) Mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda texnologik jarayonda foydalaniladigan toifaga keltirilayotgan texnologik uskunalarni va ularga ehtiyot qismlarni, shuningdek komponentlar, xomashyo va materiallarni kiritish to‘g‘risida xulosalar berish tartibi to‘g‘risida nizomning 4-bandi o‘ninchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
49. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27-bandi birinchi xatboshidagi va 47-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
50. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni ko‘rib chiqishda ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
51. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 16-fevraldagi 34-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 8-modda) 3-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
52. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-fevraldagi 39-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ilovaning Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga (ish bo‘yicha ko‘rib chiqishni qo‘zg‘ashga) vakolatli organlar” ustuni 340-pozitsiyasidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
53. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
55. Vazirlar Mahkamasining “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 89-modda) 6-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
57. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida aholiga va budjet tashkilotlariga ko‘mir sotishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 29-fevraldagi 58-son qarorining 5-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
58. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarining 9-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
59. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 14-noyabrdagi 322-son qarorining 4-bandi birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
60. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda) 5-ilovaning uchinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
61. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar haqida” 2013-yil 23-yanvardagi 16-son qarorining 2-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
62. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlarini joylashtirish to‘g‘risida” 2013-yil 11-apreldagi 104-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi “Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organi” ustunidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
67. Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 60-modda):
a) 1-ilovaning 3, 31 va 32-bandlaridagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 2-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 7-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 3-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
69. Vazirlar Mahkamasining “Shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 82-modda) 3-ilovaning 7-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
71. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2014-yil 20-fevraldagi 31-son qaroriga 8-ilovaning o‘n ikkinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
72. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-maydagi 118-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
73. Vazirlar Mahkamasining “Aerodromlarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 11-avgustdagi 223-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 82-modda) bilan tasdiqlangan Aerodromlarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi uchinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
74. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda):
a) Davlat korxonalari va davlat muassasalarini xo‘jalik jamiyatlariga aylantirish tartibi to‘g‘risida nizomda:
3-banddagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-ilovadagi “XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh” so‘zlari “XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA KO‘MAKLAShISh” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Davlat aksiyalarini sotish to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi yigirma ikkinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
2-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-ilovadagi “XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh” so‘zlari “XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA KO‘MAKLAShISh” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) Ko‘chmas mulk davlat obyektlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
2-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-ilovadagi “XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh” so‘zlari “XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA KO‘MAKLAShISh” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarorlari bo‘yicha davlat mulkini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilardagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) Davlat mulki obyektlarini tanlov savdolarida va to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilash, shuningdek davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi o‘n uchinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
77. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-apreldagi 107-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
81. Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida zamonaviy savdo kompleksi va dehqon bozori qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-sentabrdagi 260-son qaroriga 2-ilovaning birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
84. Vazirlar Mahkamasining “2016-2020-yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 26-fevraldagi 55-son qaroriga 3-ilovaning “Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 29, 40 va 41-bandlaridagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
85. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida xarid qilingan yoxud yangidan barpo etilgan mulkning xorijiy investor tomonidan topshirilishi tartibi to‘g‘risida” 2016-yil 1-martdagi 61-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 3-son, 15-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi, 4-banddagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 18, 20, 21-bandlaridagi, 22-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi, 24-bandning beshinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
86. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 5-maydagi 143-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
87. Vazirlar Mahkamasining “Har yillik “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda):
a) 4-banddagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 4-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning ikkinchi va o‘n ikkinchi xatboshilardagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
88. Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 78-modda) 1-ilovaning “Davlat qo‘mitalari” kichik bo‘limining 1-bandidagi va II bo‘limning “Markazlar” kichik bo‘limining 1-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
90. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
91. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 30-dekabrdagi 422-son qarorida:
a) 8-bandning birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning 8-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
92. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi Reglamentiga ilovaning “Ma’lumotlarning Tizimga kiritilishini amalga oshiruvchi organlar” ustuni 12 va 13-bandlaridagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
93. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risida nizomning 12-bandi beshinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
94. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-martdagi 129-son qaroriga 4-ilovaning 9-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son qarorining 1-bandi hamda qarorga 1 — 3a-ilovalar (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 46-47-son, 523-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining samarali faoliyatini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 27-oktabrdagi 305-son qaroriga 6-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 94-modda). | 250 | 32,713 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 15-apreldagi PQ–1954-son qarori) | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 15-apreldagi PQ-1954-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2015-yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 31-oktabrdagi PQ-1633-son qarori)” 2011-yil 12-dekabrdagi 325-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 12-son, 96-modda) 1-ilovaning 14-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 246 | 1,014 |
Qonunchilik | Yuk koʻtarish mashinalarini хavfsiz ishlatishni nazorat qilish kuchaytiriladi | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 24 noyabrda 2732-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Yuk koʻtarish mashinalarini хavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-teхnik хodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma tasdiqlandi.
Belgilanishicha, yuk koʻtarish mashinalariga (turli kranlar, elektr trallar, eskalatorlar, funikulyorlar) ega boʻlgan tashkilotlar Namunaviy yoʻriqnoma asosida muhandis-teхnik хodimlarning soni, tarkibi va yuk koʻtarish mashinalarini ishlatishga oid mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda muhandis-teхnik хodimlar uchun lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi zarur.
Namunaviy yoʻriqnoma muhandis-teхnik хodimlarning ish faoliyatini tashkil etish masalalarini, ularning huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek yuk koʻtarish mashinalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan hollar roʻyхatini oʻz ichiga oladi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 30 noyabrdagi 47-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 77 | 1,552 |
Qonunchilik | Qirol Xuan Karlos I Zoti Oliylarini “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida | Ispan va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi bilan Ispaniya Qirolligi o‘rtasida samarali o‘zaro manfaatli munosabatlarni chuqurlashtirish borasidagi ulkan xizmatlari, shuningdek tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun Ispaniya Qiroli Xuan Karlos I “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin. | 97 | 388 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa ta | O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va xodimlarining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligi davlat xizmati boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Milliy gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligi davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — Qurolli Kuchlar) tizimida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
harbiy xizmatchi — Qurolli Kuchlarda shartnoma bo‘yicha va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxs, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari va tinglovchilari;
xodim — Qurolli Kuchlar tizimida maxsus unvonda xizmat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
xizmat majburiyati — O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, shu jumladan idoraviy hujjatlarga muvofiq Qurolli Kuchlar tarkibidagi boshqaruv organlari, bo‘linmalar va harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yuklangan vazifalar va funksiyalar hamda huquq va majburiyatlar;
tan jarohati — xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida harbiy xizmatchi (xodim) olgan (yetkazilgan) og‘ir va o‘rtacha og‘ir tan jarohati (yaralanish, mayib va kontuziya bo‘lish);
bir martalik nafaqa (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) — xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchiga (xodimga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga to‘lanadigan to‘lov turi;
3. Ushbu Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarga;
Qurolli Kuchlar tizimida maxsus unvonda xizmat qilayotgan xodimlarga;
muddatli harbiy xizmatchilarga;
oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursant va tinglovchilariga;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga;
safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilariga.
4. Harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lganida (vafot etganida) uning oila a’zolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisining stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 100 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
5. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchiga (xodimga):
og‘ir tan jarohati olganda — harbiy xizmatchining (xodimning) egallab turgan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisining stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 50 barobari miqdorida;
o‘rtacha og‘ir tan jarohati olganda — harbiy xizmatchining (xodimning) egallab turgan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisining stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 20 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
6. Yengil tan jarohati olgan harbiy xizmatchiga (xodimga) nafaqa tayinlanmaydi.
7. Nafaqa tayinlash va to‘lash masalalarini ko‘rib chiqishda xolisona yondashuvni ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlar boshqaruv organlari, birlashma, harbiy qism, bo‘linma va muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — harbiy qismlar) tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish hamda jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha komissiyalar tuziladi.
Harbiy qismlar komissiyalari tomonidan chiqarilgan xulosalarni ko‘rib chiqish hamda vazirlik (idora) rahbariga tegishli qaror qabul qilishi uchun yakuniy xulosalar tayyorlash maqsadida vazirlik va idoralar markaziy apparatlarida doimiy faoliyat yurituvchi komissiya tuziladi.
8. Harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olishi holati yuz berganda (halok bo‘lganda yoki vafot etganda) harbiy xizmatchining (xodimning) bevosita komandiri (boshlig‘i) yoki uning o‘rinbosari tomonidan tan jarohati olganligi (halok bo‘lganligi, vafot etganligi) to‘g‘risida xabar kelib tushishi bilan darhol xolislar (kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro) ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
9. Tan jarohati olganligi (halok bo‘lganligi, vafot etganligi) to‘g‘risida dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma) tuzishda voqea tafsilotlari aniq va xolisona bayon etilishiga, shuningdek, harbiy xizmatchining (xodimning) tan jarohati olganligi (halok bo‘lganligi, vafot etganligi) xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda yuz berganligiga alohida e’tibor qaratiladi.
10. Dalolatnoma tan jarohati olgan (halok bo‘lgan, vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) bevosita komandiri (boshlig‘i) yoki uning o‘rinbosari, voqea guvohi bo‘lgan shaxslar tomonidan, shuningdek, voqea sodir bo‘lgan hududdagi tegishli harbiy qism komandiri (boshlig‘i) (keyingi o‘rinlarda — qism komandiri) tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
11. Harbiy xizmatchi (xodim) tan jarohati olganligi (halok bo‘lganligi, vafot etganligi) voqeasi sodir bo‘lgan hududdagi qism komandiri tomonidan yuz bergan holat yuzasidan zudlik bilan yuqori turuvchi qo‘mondonlikka (rahbariyatga) dastlabki axborot beriladi.
12. Harbiy xizmatchining (xodimning) halok bo‘lishi (vafot etishi) yoxud uning tan jarohati olishi holati va sabablarini tekshirish uchun qism komandirining yozma ko‘rsatmasiga asosan tergovga qadar (xizmat) tekshiruv tayinlanadi.
Zarur hollarda vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar (xizmat) tekshiruv o‘tkazish ishlariga boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli soha mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
13. Tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish komissiyasi yoxud qism komandiri tomonidan harbiy xizmatchi (xodim) halok bo‘lishi (vafot etishi) sababini, olgan tan jarohatining darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yoki Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertizasi muassasalarida ekspertiza tayinlash haqida qaror qabul qilinadi.
Ekspertizani tayinlash va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
14. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) xatti-harakatlarida huquqbuzarlik, xizmat intizomini buzish holatlari yoki harbiy xizmatchidan (xodimdan) olinadigan qon namunasi tarkibida alkogol ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar mavjudligi aniqlangan taqdirda, nafaqa tayinlashni rad etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
15. Tergovga qadar (xizmat) tekshiruv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq qism komandirlari uch kun muddatda harbiy-davolash muassasasiga tan jarohati olingan vaziyat haqidagi ma’lumotnomani (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotnoma) taqdim etadilar.
Qism komandirlari hamda tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish komissiyasi ma’lumotnomada bayon etilgan ma’lumotlar ishonchli bo‘lishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtirilib, tegishli harbiy qism tibbiyot bo‘lim (bo‘linma, xizmat)larida ro‘yxatga olinadi. Ma’lumotnomaning asl nusxasi tibbiyot bo‘lim (bo‘linma, xizmat)larda yig‘ma jildda doimiy muddatga saqlanadi.
16. Harbiy xizmatchining (xodimning) olgan tan jarohati darajasi va uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liqligi harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq va sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xulosasiga asosan belgilanadi.
17. Harbiy xizmatchining (xodimning) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lishi (vafot etishi) bilan bog‘liq har bir holat yuzasidan tibbiy yoki sud-tibbiy ekspertiza muassasasining o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomasining nusxasi tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish komissiyasiga taqdim etiladi.
18. Tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish komissiyasi tomonidan barcha hujjatlar umumlashtirilgan holda tergovga qadar (xizmat) tekshiruv natijasiga doir xulosa chiqariladi va ushbu xulosa tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni tayinlagan qism komandiri tomonidan o‘rganib chiqiladi va tasdiqlanadi.
19. Agarda tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish komissiyasi tomonidan tergovga qadar (xizmat) tekshiruv natijasiga doir xulosaga asosan harbiy xizmatchining (xodimning) tan jarohati olishi yohud halok bo‘lishi (vafot etishi) xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq deb topilsa, sodir etilgan voqea yuzasidan to‘plangan hujjatlar harbiy qism jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha komissiyasiga taqdim etiladi.
Tergovga qadar (xizmat) tekshiruv hujjatlariga quyidagilar ilova qilinadi:
harbiy xizmatchi (xodim) tan jarohati olgan holatda:
a) tan jarohati olgan harbiy xizmatchi (xodim) to‘g‘risida ma’lumot;
b) tan jarohati olganligi to‘g‘risida dalolatnoma;
v) harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi;
g) sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xulosasi nusxasi;
d) tan jarohati olingan vaziyat haqidagi ma’lumotnoma.
harbiy xizmatchi (xodim) halok bo‘lgan (vafot etgan) holatda:
a) halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchi (xodim) to‘g‘risida ma’lumot;
b) harbiy xizmatchining (xodimning) o‘limi haqidagi guvohnoma nusxasi;
v) halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) yaqin qarindoshlari to‘g‘risida ma’lumot;
g) merosxo‘rning shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda uning meros olishga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
d) qism komandirining harbiy xizmatchini (xodimni) shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma.
Agar yuz bergan holat bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish va jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror mavjud bo‘lsa, uning nusxasi yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga ilova qilinadi.
20. Jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha komissiya to‘plangan hujjatlarning asoslanganligini o‘rganib chiqadi hamda tan jarohatining og‘irlik darajasi va mehnat qobiliyati yo‘qotilgan vaqtdan kelib chiqqan holda nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Nafaqa to‘lash masalasi yuzasidan yakuniy qaror chiqarilishi uchun qism komandiri besh kunlik muddatda ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni belgilangan tartibda tegishli vazirlik (idora) markaziy apparatining doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasiga taqdim qiladi.
21. Nafaqani rasmiylashtirish uchun yuborilgan hujjatlar doimiy faoliyat yurituvchi komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi va belgilangan nafaqa miqdorini to‘lash yoki nafaqa to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun vazirlik (idora) rahbariga taqdim etiladi.
22. Vazirlik (idora) rahbari tomonidan tasdiqlangan nafaqa to‘lash to‘g‘risidagi taqdimnomaning asl nusxasi vazirlik (idora) markaziy apparatining mas’ul boshqarmasi tomonidan harbiy xizmatchining (xodimning) so‘nggi xizmat (o‘qish) joyiga ijro uchun jo‘natiladi, nusxalari esa tegishli tibbiyot va moliya-iqtisod bo‘linmalariga yuboriladi.
23. Doimiy faoliyat yurituvchi komissiya to‘plangan hujjatlarni qayta rasmiylashtirish yoki puxta ishlash uchun qaytarishga, quyi turuvchi komissiyalarning nafaqa miqdorini belgilash yuzasidan chiqargan qarorlarini bekor qilishga haqlidir.
24. Agar yuz bergan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, to‘plangan hujjatlar ushbu jinoyat ishi yakuni bo‘yicha chiqarilgan hukm, ajrim va qarorlar qonuniy kuchga kirganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul boshqarmalariga yuboriladi.
25. Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida olgan tan jarohati uchun nafaqa ular Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilganidan so‘ng to‘lab beriladi.
26. Harbiy xizmatchining (xodimning) halok bo‘lishi (vafot etishi) yoxud tan jarohati olishi quyidagi hollarda xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq deb hisoblanadi:
jangovar harakatda ishtirok etganda, xizmat majburiyatini ijro etish vaqtida;
jangovar navbatchilikni (jangovar xizmatni) o‘tash vaqtida;
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli harbiy qism (muassasa) hududida bo‘lganda;
xizmat safari yoki davolanishda bo‘lganida;
xizmat, davolanish va xizmat safari o‘tash joylariga borish yoki ulardan qaytish vaqtida;
yig‘inlarda (harbiy yig‘inlarda) ishtirok etganda;
asirga tushgan (o‘z ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan, ushlab qurolsizlantirilgan hollarda;
harbiy xizmatchi (xodim) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar sodir bo‘lganda;
shaxsning hayoti, sog‘ligi, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar vaqtida sodir bo‘lganda;
qonuniylikni va huquq-tartibotni ta’minlashda (jamoat tartibini saqlashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga yoki boshqa shaxslarga yordam ko‘rsatish vaqtida;
xizmat vaqtidan tashqari paytda harbiy xizmatchining (xodimning) hayotiga yoki uning sog‘lig‘iga suiqasd qilinganda, agar suiqasd sababi uning xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lsa;
sud tomonidan harbiy xizmatchining (xodimning) harakati shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan harakat deb topilganda.
27. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatini bajarayotgan deb e’tirof etilmaydi:
o‘zini ixtiyoriy ravishda giyohvand, psixotrop, alkogol yoki zaharli moddalar yordamida mast holatga keltirgan bo‘lsa;
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan bo‘lsa;
o‘zini o‘zi o‘ldirgan yohud o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa, agar bunday harakatlar kasallik holati yohud o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish tufayli sodir etilgan bo‘lmasa;
harbiy qism hududidan tashqarida dam olishda, javob (ruxsat) berishda yoxud ta’tilda yurganda, shuningdek, o‘zboshimchalik bilan harbiy qism qarorgohidan tashqarida yoxud harbiy qism hududidan tashqarida, belgilangan xizmat joylaridan tashqarida yurganda, bundan asirda bo‘lgan, garovga olingan, ushlab qurolsizlantirilgan hollarda, xizmat vaqtidan tashqari paytda harbiy xizmatchining (xodimning) hayotiga yoki uning sog‘lig‘iga suiqasd qilinganda, agar suiqasd sababi uning xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lganda, shuningdek, sud tomonidan jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida sodir etilgan deb topilgan boshqa xatti-harakatlar mustasno.
28. Agar harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatini bajarayotgan deb e’tirof etilmagan vaziyatda tan jarohati olgan yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) bo‘lsa, harbiy xizmatchiga (xodimga) yoki uning oila a’zolariga nafaqa to‘lanmaydi.
29. Nafaqa harbiy xizmatchining (xodimning) so‘nggi xizmat (o‘qish) joyidagi moliya organi tomonidan tan jarohati olgan harbiy xizmatchiga (xodimga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga (qonuniy vakiliga) to‘lanadi.
Agar merosxo‘r voyaga yetmagan bo‘lsa, nafaqa uning vasiylari yoki qonuniy vakiliga to‘lanadi.
Nafaqa miqdori harbiy xizmatchi (xodim) tan jarohati olgan yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) kundagi harbiy xizmatchining (xodimning) maoshi miqdoridan, jumladan:
shartnoma bo‘yicha ofitsyerlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga hamda xodimlarga — ularning asosiy egallab turgan (egallagan) lavozimi bo‘yicha maoshi va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisidan;
muddatli harbiy xizmatchilarga — lavozim maoshidan;
oliy harbiy-ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga — ularga belgilangan maoshi (stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisidan;
safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilariga — bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
30. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida og‘ir yoki o‘ta og‘ir tan jarohati olganligi tufayli xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchi (xodim) olgan tan jarohati sababli bir yil ichida vafot etgan bo‘lsa, tegishli harbiy qism tomonidan uning oila a’zolariga avvalgi to‘langan nafaqa bilan xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lganda (vafot etganda) beriladigan nafaqa miqdori orasidagi farq to‘lab beriladi.
Bunday holat yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilib, uning materiallariga qo‘shimcha ravishda ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan hujjatlar umumlashtiriladi. Shundan so‘ng to‘plangan materiallar vazirlik (idora) markaziy apparatining doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
31. Nafaqa olish uchun harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) berilgan ma’lumotnomalar asosli va to‘g‘ri berilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tegishli vazirlik va idoralarining tibbiyot boshqarmalari va markaziy harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan olib boriladi.
32. Harbiy-tibbiy muassasalarda belgilangan tartibda nafaqa olish uchun ma’lumotnoma berish hisobining jurnali yuritiladi va u qat’iy hisobi olib boriladigan va doimiy saqlanadigan hujjat hisoblanadi.
Berilgan ma’lumotnomalarning ikkinchi nusxalari alohida jildda, harbiy-tibbiy komissiyalar yig‘ilishlarining bayonnomalar daftarlariga ilova sifatida saqlanadi.
33. Harbiy qismlarda rasmiylashtirilgan hujjatlar va to‘langan nafaqa summalari hisobining jurnali yuritiladi. Ushbu jurnal qat’iy hisobi olib boriladigan va doimiy saqlanadigan hujjat hisoblanadi.
34. Harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olganda, shuningdek, halok bo‘lganda yoxud vafot etganda unga yoki uning oila a’zolariga to‘lanadigan nafaqani rasmiylashtirish uchun to‘plangan hujjatlar va ma’lumotnomalar tegishli kadrlar organlari tomonidan harbiy xizmatchining (xodimning) shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga biriktiriladi.
35. To‘langan nafaqalar bo‘yicha hisobotlar harbiy qismlarning mas’ul bo‘linmalari tomonidan moliya organlari bilan kelishilgan holda tayyorlanadi va har chorak yakuni bo‘yicha belgilangan tartibda vazirlik (idora)lar markaziy apparatining tegishli boshqarma (bo‘lim, xizmat)lariga yuboriladi.
36. Vazirlik (idora)lar markaziy apparatining tegishli mas’ul boshqarma (bo‘lim, xizmat)lari tomonidan hisobotlar umumlashtirilgach, to‘langan nafaqalar to‘g‘risida tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha hisobot tayyorlanadi.
37. Nafaqa tayinlash va to‘lash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish hamda hisobga olishning batafsil tartibi, shuningdek, hisobotga olish va hisobot berishga oid tegishli hujjatlarning namuna va shakllari vazirlik (idora)lar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
38. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan ta’minlanadigan bo‘linmalarda — budjet mablag‘lari hisobiga;
b) boshqa manbalardan ta’minlanadigan bo‘linmalarda — ushbu bo‘linmalarni moliyalashtirish (ta’minlash) manbalari hisobiga amalga oshiriladi.
39. Harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) nafaqa tayinlashga nisbatan da’vo muddatining qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
40. Tergovga qadar (xizmat) tekshiruv natijalariga ko‘ra nafaqani to‘lagan harbiy qismlar aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda regress da’vo qo‘zg‘atish choralarini ko‘rishi lozim.
41. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. | 250 | 20,835 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-637-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-637-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 172 | 646 |
Qonunchilik | 2022 — 2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, Xorazm viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rnatilgan yangi tartib asosida Xorazm viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur o‘rganilgan holda, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xorazm viloyatida 2022 — 2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,4 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmini 1,4 baravarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,1 baravarga, xizmatlar hajmini 3,1 baravarga hamda qurilish ishlari hajmini 1,2 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda:
2022-yil uchun tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlariga erishish uchun aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
har yili 1-noyabrga qadar kelgusi yillar maqsadli parametrlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni va amalga oshirish “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
3. Hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Xorazm viloyati hokimligi, vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlariga “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
4. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov)ning Xorazm viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”ni 3-ilovaga muvofiq belgilash hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlarini 4-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov) Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlasin hamda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni har oyda muhokama qilib borsin.
5. 2022-yilda Xorazm viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi ushbu qaror doirasida respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar o‘z vaqtida ajratib borilishini ta’minlasin.
Xorazm viloyati hokimligi mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni belgilangan muddatlarda moliyalashtirsin.
6. Xorazm viloyat hokimligining takliflariga asosan viloyatning shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi joriy yilda 7-ilovaga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘larni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kelgusi yil loyiha-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirsin hamda 2023-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin.
7. Xorazm viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorda nazarda tutilayotgan loyihalar (keyingi o‘rinlarda — Dastur)ni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
8. Shunday nazorat tartibi o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
har oyda shahar va tumanlar sektor rahbarlari xalq deputatlari kengashlarida Dastur ijrosi yuzasidan hisobot berib boradi;
har oy yakuni bilan Xorazm viloyati hokimi xalq deputatlari viloyat kengashida Dastur parametrlari va ko‘rsatkichlari ijrosi hamda erishilgan natijalarni muhokama qiladi;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari tegishli vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari ishtirokida joyiga chiqqan holda, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Dasturdagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazadi va zarur tadbirlarni belgilaydi;
har chorak yakuni bilan Dastur ijrosi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladi.
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib boriladi.
9. Qurilish vazirligi Dastur doirasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.
10. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va Xorazm viloyati hokimligi o‘n kun muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq harakatlar rejalarini puxta ishlab chiqib, kollegial organlar va xalq deputatlari viloyat Kengashi majlislarida tasdiqlanishini ta’minlasinlar.
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari mazkur harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarni so‘zsiz va har tomonlama to‘liq amalga oshirilishi ustidan samarali nazorat tizimini o‘rnatsin.
11. Quyidagilarga:
Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi, kambag‘allik qisqartirilishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, tadbirkorlik rivojlantirilishi, soliq va budjet tushumlari oshirilishi yuzasidan;
Xorazm viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash tadbirlarini hamda Dastur doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi yuzasidan;
Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i — investitsiya muhiti yaxshilanishi, investorlar hamda investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keng jalb etilishi hamda eksport salohiyati oshirilishi, kichik sanoat zonalari rivojlantirilishi yuzasidan;
Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanilishi, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarning o‘zlashtirilishi, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rivojlantirilishi yuzasidan;
Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishi, yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkazilishi, hududlardagi yoshlar yetakchilari bilan tizimli ishlar tashkil etilishi yuzasidan;
Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i — xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalari oshirilishi, ularning munosib kasb tanlashiga sharoit yaratilishi, gender tenglik ta’minlanishi, xotin-qizlarning turmush va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash ishlarining tashkil etilishi yuzasidan;
Xorazm viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — turizm jadal rivojlantirilishi, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanilishi, turizm infratuzilmasi yaxshilanishi, ichki va ziyorat turizmi rivojlantirilishi, yangi turizm mahsulotlari yaratilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, S.U. Umurzakov, Sh.M. G‘aniyev, A.A. Abduxakimov, Z.B. Mahkamova hamda Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin. | 183 | 9,563 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarining ishonchli faoliyatini, ulardan markazlashgan holda foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini boshqarish tizimi to‘g‘risidagi nizom (bundan keyin matnda Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi deb yuritiladi) 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi kundalik sharoitlar va favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya vazifalarini o‘z vaqtida va samarali hal etishga mo‘ljallangan hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi telekommunikatsiyalari tarmoqlarini boshqarish tizimini, shuningdek idoraviy mansubligidan qat’i nazar, telekommunikatsiya operatorlarini o‘z ichiga oladi (telekommunikatsiya xizmatlarining maxsus iste’molchilari — Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, IIV, FVV, DXX, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi MHA tarmoqlari bundan mustasno).
2. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining davlat tomonidan boshqarilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimining shakllantirilishi va samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydigan maxsus vakolatli organ etib tayinlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi:
kundalik sharoitlarda — telekommunikatsiyalar sohasida yagona texnik siyosatni olib boradi; telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar va provaydyerlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi; ularning texnik holati va favqulodda vaziyatlardagi ishlarga tayyorligini nazorat qiladi;
favqulodda vaziyatlarda — idoraviy mansubligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlaridan ustuvor darajada foydalanish va ularni markazlashgan holda boshqarish huquqi beriladi (maxsus iste’molchilarning tarmoqlari va vositalari bundan mustasno); mamlakat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari yo‘lida ularning barqaror ishlashini hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashtirilgan boshqarish rejimiga o‘tkazish, shuningdek favqulodda vaziyatlarda ulardan foydalanishni to‘xtatib turish yoki cheklash to‘g‘risida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
3. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bevosita bo‘ysunadigan Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi Aloqa va axborotlashtirish agentligining telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha ishchi organi etib belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi:
O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar tarmoqlari va resurslarining samarali faoliyat yuritishi va ulardan oqilona foydalanish, zarur hollarda mamlakat manfaatlari yo‘lida, favqulodda vaziyatlarda ulardan markazlashgan holda foydalanishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
chet mamlakatlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlari bilan o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish milliy markazi vazifasini bajaradi.
O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda 2007-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish, favqulodda vaziyatlarda ularning faoliyatini cheklash yoki to‘xtatib turishni joriy etish tartibini, shuningdek mamlakat xavfsizligi manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun O‘zbekiston telekommunikatsiyalari tarmoqlari va resurslarini tayyorlash hamda berib qo‘yish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
uch oy muddatda telekommunikatsiya operatorlari bilan tuzilgan litsenziya bitimlariga kundalik sharoitlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha operatorlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini ta’minlash, shuningdek favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda boshqarish borasida mazkur qaror talablaridan kelib chiqadigan o‘zgartishlar kiritilishini ta’minlasin;
2007-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini tashkil etish va modernizatsiya qilish dasturini keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish yagona tizimiga ulash uchun belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2008-yilning 1-martigacha telekommunikatsiya operatorlari mablag‘larini jalb etish yo‘li bilan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini unga operatorlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini ulagan holda tashkil etsin va ishga tushirsin (maxsus iste’molchilarning tarmoqlari bundan mustasno).
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 142 | 6,380 |
Qonunchilik | ILMIY UNVONLAR BERISh TO‘G‘RISIDA | 1. Ushbu Nizom professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlari berish tartibini belgilaydi.
Ilmiy unvonlar fanning muayyan sohasida chuqur ixtisosiy bilimga hamda ilmiy va pedagogik sohada ma’lum yutuqlarga erishgan oliy ma’lumotga (bakalavrdan tashqari) yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.
2. Professor, dotsent, katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’iy nazar, respublika oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy (ilmiy-texnika) kengashlarining (bundan buyon — kengash) iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) beradi. Iltimosnoma ilmiy unvon talabgorining asosiy ish joyidan taqdim etiladi.
3. Yopiq mavzularda ish olib borayotgan shaxslarga ilmiy unvonlar berishning o‘ziga xos tartibini OAK ushbu Nizom talablarini hisobga olib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ularning vakolatlari doirasida kelishgan holda belgilaydi.
4. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
41. Professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlariga ega bo‘lganlarga belgilangan namunadagi attestat beriladi. Ushbu attestat ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan paytdan boshlab, bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi.
5. Professor ilmiy unvoni:
tanlov bo‘yicha saylangan yoki shartnoma asosida kafedra mudiri, professor lavozimida ishlayotgan yoxud oliy o‘quv yurtining rektori (o‘quv yoki ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori), malaka oshirish institutining yoki unga tenglashtirilgan o‘quv yurtining direktori (direktor muovini) lavozimlarida bir o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan fan doktorlariga beriladi. Ular pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan so‘ng matbuotda e’lon qilingan ilmiy va o‘quv-metodik ishlarga, oliy o‘quv yurtlari yoki malaka oshirish institutlarida yuksak-metodik va ilmiy saviyada ma’ruzalar kursini o‘qigan, kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga hamda dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lishlari hamda ilmiy daraja olgan yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan bo‘lishlari shart;
oliy o‘quv yurtining ilmiy-tadqiqot bo‘limi (bo‘linmasi, sektori, laboratoriyasi)ning mudiri (boshlig‘i), bosh ilmiy xodimi, yetakchi ilmiy xodimi lavozimiga tanlov bo‘yicha saylangan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan fan doktorlariga beriladi. Ular kamida besh yillik ilmiy stajga hamda dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega mazkur lavozimlarda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan bo‘lishlari, pedagogika amaliyotida foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin matbuotda e’lon qilingan ilmiy ishlarga ega va ilmiy daraja olgan kamida to‘rtta yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan bo‘lishlari shart;
pedagoglik ishiga jalb qilingan va tanlov bo‘yicha saylangan yoki shartnoma asosida ishlayotgan, oliy o‘quv yurtining kafedra mudiri, professori bo‘lgan yoki rektori (o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori), malaka oshirish institutining va unga tenglashtirilgan o‘quv yurtining direktori (direktor o‘rinbosari) lavozimida bir yil davomida muvaffaqiyatli ishlab turgan, ilmiy daraja olgan yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan va dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega xalq xo‘jaligining yirik mutaxassislari bo‘lgan fan doktorlariga beriladi.
Ilmiy kengash professor ilmiy unvoniga talabgorning attestatsiya ishini, unga fan doktori ilmiy darajasi berilgandan bir yil muddat o‘tganidan keyingina muhokamaga qabul qilishi va OAKga yuborishi mumkin.
Professor ilmiy unvoni shuningdek:
oliy o‘quv yurtining yoki unga tenglashtirilgan o‘quv yurtining kafedra mudiri yoki professori lavozimiga tanlov bo‘yicha saylanib, tegishli oliy ma’lumotga, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan hamda yakka mualliflikda oliy o‘quv yurti uchun darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanma yaratgan, nashr etilgan o‘quv-metodik, ilmiy va ijodiy ishlari bo‘lgan, ma’ruzalar va maxsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, kamida besh yil pedagoglik ish stajiga ega va shu lavozimlarda to‘liq stavkada ikki o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artistlari, hofizlari, xalq rassomlari, xalq me’morlari, xalq o‘qituvchilari, yozuvchilari, shoirlari, O‘zbekiston Respublikasi fan arboblari, O‘zbekiston Respublikasi san’at arboblari, xizmat ko‘rsatgan artistlari, rassomlari, me’morlari, trenyerlari va madaniyat xodimlariga berilishi mumkin.
tanlov bo‘yicha kafedra professori lavozimiga saylangan va bu lavozimda ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan, oliy o‘quv yurtlari uchun yakka muallif sifatida darslik yoki o‘quv qo‘llanmasi yaratgan, nashr etilgan ilmiy va ijodiy ishlari bo‘lgan, ma’ruzalar va maxsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, ijrochilik va pedagoglik ishida faollik ko‘rsatgan, xalqaro va respublika tanlovlari sovrindorlarini tayyorlagan madaniyat, me’morchilik, san’atshunoslik institutlari ixtisoslashgan kafedralarining tegishli oliy ma’lumotli, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga va kamida o‘n yillik pedagoglik ish stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislariga berilishi mumkin;
dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lib, madaniyat, me’morchilik, san’at, jismoniy tarbiya, sport va muhandislik grafikasi (chizma geometriya) sohasidagi ixtisoslashgan kafedra mudiri yoki professori lavozimida ishlab turgan, oliy o‘quv yurtlarida kamida o‘n yillik pedagoglik ish stajiga ega, dissertatsiya himoyasidan so‘ng yakka mualliflikda oliy o‘quv yurti uchun darslik yoki o‘quv metodik qo‘llanma yaratgan hamda nashr etilgan o‘quv-metodik, ilmiy va ijodiy ishlari bo‘lgan, ma’ruzalar va maxsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, shu lavozimda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan kafedra sohasi bo‘yicha fan nomzodlariga berilishi mumkin.
6. Professor ilmiy unvoni Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy tadqiqot bo‘limi (bo‘linmasi, sektori, laboratoriyasi) mudiri (boshlig‘i), bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim lavozimiga tanlov bo‘yicha saylangan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan, direktor, direktor o‘rinbosari, ilmiy kotib, ilmiy rahbar yoxud maslahatchi lavozimlarini egallab turgan, kamida besh yillik ilmiy stajga ega va shu lavozimlarda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan, bosma ilmiy asarlarga, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin e’lon qilingan asarlarga ega hamda rahbarligi ostida dissertatsiya tayyorlagan va ilmiy daraja olgan kamida to‘rt nafar yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan doktorlariga beriladi.
7. Dotsent ilmiy unvoni kafedra mudiri yoki professor yo dotsent lavozimlariga tanlov bo‘yicha saylangan yoki shu lavozimlarda shartnoma asosida ishlayotgan yoxud oliy o‘quv yurtining rektori (o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori), malaka oshirish instituti va unga tenglashtirilgan o‘quv yurtining direktori (direktor o‘rinbosari) lavozimlarini egallab turgan, ularda o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan, oliy o‘quv yurtlari yoki malaka oshirish institutlarida kamida uch yil pedagog bo‘lib ishlagan hamda pedagogika amaliyotida foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin matbuotda e’lon qilingan ilmiy va o‘quv-metodik ishlarga ega bo‘lgan fan doktorlariga va nomzodlariga beriladi.
Dotsent ilmiy unvoni shuningdek:
oliy o‘quv yurtida kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega, oliy o‘quv yurtlari, kollejlar, litseylar va gimnaziyalar, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun darsliklar yoki o‘quv qo‘llanmalarining, umumiy ta’lim maktablari va o‘rta hunar maktablari uchun darsliklarning yakka mualliflari bo‘lib, tanlov bo‘yicha yoki shartnoma asosida, kafedra mudiri, professor, dotsent lavozimiga tayinlangan va mazkur lavozimlarda o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan ilmiy darajasiz tegishli oliy ma’lumotga ega yuqori malakali mutaxassislarga berilishi mumkin;
madaniyat va san’at oliy o‘quv yurti huzurida ikki yillik assistentura stajirovkani muvaffaqiyat bilan tugatgan hamda uni tamomlagandan keyin uch yil davomida ijrochilik ishida va oliy o‘quv yurtida, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlarida pedagoglik ishida o‘zini ijobiy ko‘rsatgan, dotsent lavozimiga tanlov bo‘yicha saylangan yoki unda shartnoma asosida ishlayotgan tegishli oliy ma’lumotli shaxslarga pedagogik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayotgan bosma ilmiy-metodik asarlarga, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarga ega va mazkur lavozimda o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlaganlarga berilishi mumkin:
oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlarida to‘liq stavkada ishlovchi, tegishli oliy ma’lumotli shaxslarga pedagoglik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayotgan bosma ilmiy-metodik asarlar, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarga ega hamda oliy o‘quv yurtida kamida uch yillik pedagoglik ish stajiga ega bo‘lib, tanlov yo‘li bilan saylangan yoki shartnoma asosida kafedra mudiri yo professor yoxud dotsent lavozimida ishlayotgan va bu lavozimda bir o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artistlariga va xizmat ko‘rsatgan artistlariga, xizmat ko‘rsatgan fan va san’at arboblariga, xalq hofizlari, yozuvchilari, shoirlari, rassomlari, me’morlari, xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari va trenyerlarga, muhandislik grafikasi (chizma geometriya) sohasida ishlovchi mutaxassislarga berilishi mumkin:
tanlov asosida kafedra mudiri yoki professor yo dotsent lavozimiga tayinlanib, shu lavozimda kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan, bosma o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari bo‘lgan, ijrochilik va pedagoglik ishida o‘zini muvaffaqiyatli ko‘rsatgan madaniyat va san’at oliy o‘quv yurtlaridagi ixtisoslashgan kafedralarning tegishli oliy ma’lumotga va oliy o‘quv yurtlarida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislariga berilishi mumkin;
talaba va sportchilar orasidan ilmiy metodik jihatdan asoslangan uslublar va mashqlar natijasida Olimpiya va Osiyo o‘yinlari chempioni va sovrindorlarini, komandalararo xalqaro musobaqalar sovrindorlarini, Respublika musobaqalarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan, sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya, yuqori malakali sportchilar tayyorlash, o‘quv-mashq jismoniy tarbiya sohalariga oid umumlashtirilgan zamonaviy tavsiyanomalar, qo‘llanmalar yozib, nashr ettirgan hamda uni jismoniy tarbiya va sport muassasalarida tatbiq qilishga erishgan, milliy sport o‘yin turlarini o‘rganish, ularni rivojlantirishga ko‘maklashgan, o‘yin qoidalari va tarbiyaviy imkoniyatlarini asoslab, hozirgi davrga moslab rivojlantirgan, zamonaviylashtirib, omma orasida uning tarqalishiga hissa qo‘shgan oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlarida tanlov bo‘yicha saylangan yoki shartnoma asosida dotsent lavozimida ishlovchi, oliy o‘quv yurtida kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega tegishli oliy ma’lumotli mutaxassislarga berilishi mumkin.
8. Katta ilmiy xodim unvoni:
tanlov bo‘yicha yoxud attestatsiya tartibi asosida ilmiy-tadqiqot bo‘limi (bo‘linmasi, sektori, laboratoriyasi) mudiri, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimiga tayinlangan yoxud ilmiy kotib lavozimiga tayinlangan, kamida uch yillik ilmiy ish stajiga, ixtirolarga yoki bosma ilmiy asarlarga, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin e’lon qilingan ilmiy asarlarga ega va ana shu lavozimlarda kamida bir yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan fan doktorlariga va nomzodlariga beriladi;
9. Ilmiy unvonlar ushbu Nizomning 5—8-bandlarida sanab o‘tilgan tegishli lavozimlarga o‘rindoshlik asosida tayinlangan yoki soatbaylik asosida ishlayotgan, ixtirolar hamda bosma ilmiy asarlarga ega bo‘lgan xalq xo‘jaligining (oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlaridan tashqari) yuqori malakali mutaxassislariga mazkur bandlarda belgilangan talablarga rioya qilingan holda beriladi.
10. Fan nomzodi ilmiy darajasi bo‘lmasada, dotsent ilmiy unvoni berilgan shaxslarga ushbu ilmiy darajasiz professor ilmiy unvoni berilishi mumkin emas, ammo san’at, madaniyat, sport xodimlari bundan mustasno.
11. Kengashning ilmiy unvon olishga taqdim etish haqidagi qarori yashirin ovoz bilan qabul qilinadi.
Kengash majlisi, agar uning ishida a’zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvon berish masalasi yuzasidan qarori, agar majlisda qatnashgan kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersa, ijobiy hisoblanadi.
Ilmiy unvon talabgorining attestatsiyaga oid hujjatlari kengash majlisi o‘tgan kundan boshlab bir oy muddat ichida OAKga yuborilishi kerak.
12. Ilmiy unvonlar berishga oid attestatsiya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini OAK belgilaydi.
13. Ilmiy unvon talabgorining hujjatlarini OAKda ko‘rib chiqish muddatlari profyossor ilmiy unvonini berish bo‘yicha olti oydan, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha — to‘rt oydan oshmasligi kerak.
17. Professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim attestatini yo‘qotgan shaxsga yangi tartib raqami qo‘yilgan dublikat ilgari berilgan attestatga batamom muvofiq tarzda beriladi.
Familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargan bo‘lsa, attestatlar yangisiga almashtirilmaydi.
18. Attestatlarni, shuningdek ularning dublikatlarini rasmiylashtirish va berish tartibini OAK belgilaydi.
19. Ilmiy unvon xato berilgan shaxslarni OAK ana shu unvondan mahrum etishi mumkin. Bunga ilmiy unvon berilishini so‘ragan kengashning iltimosnomasi asos bo‘ladi. Agar mazkur kengashning faoliyati to‘xtatilgan bo‘lsa, ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi masalani OAK topshirig‘iga binoan boshqa kengash ko‘rib chiqadi.
Kengash majlisi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi iltimosnomasi, agar yashirin ovoz berish natijasida majlisda qatnashgan kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb topiladi.
Ilmiy unvon berish haqidagi qaror o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin qabul qilingan bo‘lsa, uning qanchalik asoslanganligi xususidagi masalani attestatsiya organlari ko‘rib chiqmaydi.
20. Kengashda ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi masalani ko‘rib chiqish tartibini, shuningdek kengash OAKga topshiradigan hujjatlar ro‘yxatini OAK belgilaydi.
21. Ilmiy unvon berish (undan mahrum etish) masalasiga oid qaror yuzasidan shikoyat arizasi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran ikki oylik muddat mobaynida berilishi mumkin va shuncha muddatdan kechiktirmay OAKda ko‘rib chiqilishi lozim.
OAK qarori yuzasidan tushgan shikoyat arizasini OAK Rayosati OAK ilmiy kengashining bir guruh a’zolari yoki seksiyaning xulosasini hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosatining qarori loyihasi OAK Rahbariyati tomonidan tayyorlanadi va OAK Rayosatiga tavsiya etiladi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosatining qarori uzil-kesil hisoblanadi.
Ilmiy unvon berish haqidagi yangi iltimosnoma ilmiy unvon bermaslik to‘g‘risidagi qaror chiqarilgandan keyin oradan kamida bir yil o‘tgach, topshirilishi mumkin. Takroran iltimosnoma berish uchun bosilib chiqqan yangi o‘quv-metodik yoki ilmiy ishlar bo‘lishi shart.
22. Kengashda va OAKda shikoyat arizalarini ko‘rib chiqish tartibini OAK belgilaydi.
23. Ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishda oshkoralikni kuchaytirish maqsadida attestatsiya organlari faoliyatiga oid masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining Axborotida yoritib boriladi.
24. Ushbu Nizom bo‘yicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan yo‘llanma xat (1 nusxa).
2. Ilmiy-tadqiqot instituti va unga tenglashtirilgan ilmiy muassasadan tavsiya qilingan da’vogarlar uchun 5.2a yoxud 5.2b-shakl bo‘yicha ma’lumotnoma (2 nusxa).
Oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlaridan tavsiya qilingan professor va dotsent ilmiy unvonlarini olishga da’vogarlar uchun 1.10.1-shakl bo‘yicha ma’lumotnoma (2 nusxa).
Oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlarida madaniyat, san’at va sport sohasida mutaxassislar tayyorlashda pedagoglik qiluvchi ilmiy-pedagog xodimlar uchun 1.10.3-shakl bo‘yicha ma’lumotnoma (2 nusxa).
3. Fotosurat yopishtirilgan va ish joyidan tasdiqlangan xodimlar hisobi bo‘yicha shaxsiy varaqa (1 nusxa).
Familiyasi, ismi-sharifining o‘zbekcha (pasport bo‘yicha) va inglizcha yozilgan shakllari, uni ilmiy unvon da’vogari imzolagan, ilmiy kotib tasdiqlagan bo‘lishi kerak (1 nusxa).
4. Ilmiy va pedagoglik lavozimlarida ishlaganligi haqida mehnat daftarchasining ish joyidan tasdiqlangan ko‘chirmasi (1 nusxa).
5. Da’vogarning asosiy ish joyidan uning ilmiy-pedagoglik, ishlab chiqarishdagi faoliyati haqida tashkilot rahbari imzolagan, berilgan sanasi ko‘rsatib, gerbli muhrlangan tavsifnoma.
Basharti da’vogar ilmiy unvonga asosiy ish joyidan taqdim etilmayotgan bo‘lsa, asosiy ish joyidan olingan tavsifnomadan tashqari, uni ilmiy unvonga taqdim etayotgan tashkilot tomonidan berilgan da’vogarning ilmiy-pedagoglik faoliyati to‘g‘risidagi qisqacha tavsifnomasi ilova qilinadi.
6. Tegishli ilmiy darajasi borligi haqidagi diplomning tasdiqlangan nusxasi.
7. Ilmiy ishlarning da’vogar tomonidan imzolanib, ish joyidan tasdiqlangan ro‘yxati (1 nusxa).
Ro‘yxat uch bo‘limdan iborat bo‘lishi kerak:
himoyagacha chop etilgan ilmiy ishlar;
himoyadan keyin chop etilgan ilmiy ishlar;
o‘quv-usuliyat ishlari.
8. 4.9-shakl bo‘yicha qaydlov-hisob varaqasi (1 nusxa).
9. 4.11-shakl bo‘yicha ishdagi hujjatlar ro‘yxati (1 nusxa).
10. Da’vogarning dissertatsiya avtoreferati, himoyadan keyingi ilmiy va o‘quv-uslubiyat ishlarining nusxalari. Professor ilmiy unvoniga da’vogarning fan nomzodi ilmiy darajasini olgan shogirdlarining avtoreferatlari.
11. Professor ilmiy unvoniga da’vogarlarning shogirdlari haqida ma’lumot (5.3-shakl).
Ilmiy unvonlar berish bo‘yicha barcha hujjatlar O‘zR OAKga teztikkichda yuboriladi.
Teztikkichning ichki tomoniga xatjild yopishtirilib, unga markali to‘rtta aloqa varaqasi solib qo‘yiladi. Ikki varaqada da’vogarning, boshqa ikki varaqada esa kengashning manzilgohi ko‘rsatiladi. Varaqaning orqa tomonida kengash manzilgohi bilan birgalikda da’vogarning familiyasi, ismi-sharifi, shuningdek u talabgor bo‘layotgan ilmiy unvon nomi ko‘rsatiladi.
Izoh:
1. Shogirdlar jumlasiga da’vogar ilmiy maslahatchisi bo‘lgan fan doktorlari hamda da’vogarning ilmiy rahbarligida yoki maslahatchiligida muvaffaqiyat bilan dissertatsiya yoqlagan fan nomzodlari kiritilishi lozim.
2. Ishning tartib raqami O‘zR OAKida qo‘yiladi.
3. Ma’lumotnomada satrlar oralig‘i 2 interval qilib mashinkada bosilishi, ayni choqda chiziqlar va satr osti izohlari bosilmasligi lozim.
4. Ushbu shakl bo‘yicha ma’lumotnoma ilmiy muassasalardan tavsiya qilingan da’vogarlar uchun to‘ldiriladi.
Izoh: 1. Ishning tartib raqami O‘zR OAKda qo‘yiladi.
a) Ilmiy daraja olgan shogirdlari haqida
b) Ilmiy darajaga talabgor shogirdlari haqida
1 — Ushbu shakl bo‘yicha ma’lumotnoma oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti (MOI) va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlaridan tavsiya qilingan professor va dotsent ilmiy unvonlarini olishga da’vogarlar uchun to‘ldiriladi.
2 — Qavs ichida oliy o‘quv yurti, MOI nomi ostida, zarur hollarda attestatsiya qilinuvchi ishlayotgan hududiy bo‘linma (filial, bo‘lim va h.k.) ko‘rsatiladi.
3 — Qavs ichida kafedra nomi ostida, zarur hollarda, attestatsiya qilinuvchi olib borayotgan asosiy kurs (kurslar) yoki uning ixtisosi (masalan, ixtisos sport o‘yinlari /gimnastika/ boks...) aniqlanadi. Ixtisosiga oid kafedra xulosasi asosida taqdim etilganda uning nomi ko‘rsatiladi va mana bunday sahifa izohi beriladi: ixtisosiga oid kafedraning (o‘quv yurtining, muassasaning nomi) xulosasi.
4 — O‘zR OAKda to‘ldirish uchun bo‘sh qoldiriladi.
5 — Shu yerning o‘zida attestatsiya qilinuvchi lavozimga saylangandan keyin uning ilmiy unvonga tavsiya qilishdan oldingi davrdagi lavozimlarining o‘zgarishi ko‘rsatiladi (masalan, navbatdagi muddatga kafedradagi lavozimga saylandi; shu kafedradagi pedagoglik ixtisosi o‘zgartirilmasdan boshqa lavozimga saylandi; bu ham unga tegishli ilmiy unvon olishi uchun attestatsiyalanishiga imkon beradi; strukturaviy o‘zgarishlar tufayli muddatidan oldin saylanmasdan tegishli lavozimda yangi kafedra shtatiga o‘tkazildi; olib borayotgan kursi saqlangan holda xizmat zarurati tufayli o‘tkazilgan boshqa kafedrada muddatidan oldin tegishli lavozimga saylandi va hokazo). Har bir holda oliy o‘quv yurti, MOI chiqargan buyruqlar dalil qilib keltiriladi.
Shtatdagi o‘rindoshlar taqdim qilinganda: o‘rindoshlik asosida lavozimga (stavka (qism)ga) saylandi va tayinlandi yoki shartnoma bo‘yicha qabul qilindi, deb ko‘rsatiladi.
1. (Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, millati).
2. (Oliy o‘quv yurtini bitirgan yili, uning to‘liq nomi, diplomi, bo‘yicha ixtisosi).
3. (Ilmiy daraja va ilmiy unvonlari ularning berilishi navbati bilan fan sohasi (attestatsiya o‘tkazilgan ixtisos bo‘yicha; dissertatsiya himoya qilingan joy va vaqti) attestatsiya o‘tkazilgan yili ko‘rsatiladi; masalan: ______________ yildan buyon _________________ fanlari nomzodi.
4. (Oliy o‘quv yurtidagi, MOIdagi, shu jumladan mazkur o‘quv yurtidagi pedagoglik ish staji. Umumiy pedagoglik ilmiy pedagoglik ish staji to‘liq yillar).
(Mehnat va pedagoglik faoliyatining asosiy bosqichlari: ish joyi va lavozimi, /shtatdagi o‘rindoshlar uchun asosiy ish joyi va lavozimi, mehnat faoliyatining jami staji/ oliy o‘quv yurti, MOIga pedagoglik ishiga o‘tgan kishilar uchun oldingi ishlagan joyi va lavozimi, mehnat faoliyatining umumiy staji.
5. (Olib borayotgan asosiy kurslari (aniqlanishi kerak): umumiy, maxsus kurslar va o‘quv rejasi bo‘yicha nomi, akademik soatlarda hajmi ko‘rsatilishi kerak/ professor ilmiy unvoniga da’vogarlar uchun: _______________________ asosiy ma’ruza kurslarini o‘qiydi. __________________ soat)3)
(O‘tkazilishi haqidagi shartnomalarga binoan ilmiy tadqiqotlar mavzulariga muvofiq kafedradagi ilmiy-tashkiliy ishdagi, o‘quv jarayonini usuliyat jihatidan ta’minlashdagi ishtiroki).
(Jamoada o‘tkazilgan anketa tuzish va sotsiologik so‘rovlar ma’lumotlariga binoan ish saviyasiga baho berish).
6. (Ilmiy xodimlar tayyorlashdagi ishtiroki himoya qiluvchilarga, aspirantlarga rahbarlik, doktorantlarga konsultatsiya berish; tayyorlagan shogirdlari fan nomzodlari va doktorlari soni va ularning ro‘yxati. Ixtisoslashgan va ekspert kengashlarida, davlat attestatsiya organlari topshirig‘iga binoan tashqi ekspertiza o‘tkazishdagi ishtiroki).
7. (Yirik xalq xo‘jalik ishlanmalarida, fan-texnika dasturlarida qatnashishi. Ilmiy, pedagoglik va ixtisosiy jamiyatlardagi, attestatsiyalardagi, ilmiy, ilmiy-usuliyat va ilmiy-texnikaviy kengashlardagi faoliyati).
(Faxriy unvonlar, hukumat mukofotlari va belgilari, mukofotlar: xalqaro, davlat, tarmoq, fan-texnika jamiyatlari va tashkilotlarining mukofotlari).
8. (Ilmiy unvonga taqdim etishda jamoat tashkilotlari bergan tavsiyalar. Ularning faoliyatida, shuningdek saylab qo‘yiladigan organlarda ishtirok etishi).
(Attestatsiya qilinuvchini ilmiy unvonga taqdim etish masalasi ko‘rib chiqilayotgan vaqtda uning kasbiy saviyasini aniqlash ishi qisqacha tavsiflanadi: u o‘tkazgan ochiq ma’ruzalar va o‘quv mashg‘ulotlarining boshqa turlari, stajirovkadan o‘tish, malaka oshirish, qachon, qayerda va qancha vaqt davom etganligi aniq ko‘rsatilib, taqdim etish masalasi ko‘rib chiqilayotgan davrda axborot va ma’ruzalar bilan qatnashgan ilmiy va usuliyat konferensiyalari; anjumanlarda chiqish, jamoadagi ilmiy-pedagoglik faoliyatining natijalari haqida hisobot, tajriba almashuv maqsadida boshqa o‘quv yurtlariga, muassasalar va hokazolarga borish).
Ilmiy kengash raisi _________________________ (to‘liq ismi-sharifi)
Ilmiy kengash kotibi ________________________
(Gerbli muhr)
(sana)
1 — Ushbu shakl bo‘yicha ma’lumotnoma oliy o‘quv yurti, malaka oshirish instituti (MOI) va ularga tenglashtirilgan o‘quv yurtlarida madaniyat, san’at va sport sohasida mutaxassislar tayyorlashda pedagoglik qiluvchi ilmiy-pedagog xodimlar uchun to‘ldiriladi.
2 — 1.10.1 shaklga tegishli 2-izohga qarang.
3 — Qavs ichida kafedra nomi tagida, zarur bo‘lsa, asosiy kurs (kurslar), sinf, ijodiy ixtisos aniqlanadi (masalan, solfedjio, rejissorlik, sahna harakati va raqs kursi; fortepiano sinfi, musiqali teatr aktyorlarini tayyorlash sinfi, ixtisoslar: jonli, tasvir, bezak plastikasi, badiiy modellashtirish, dizayn).
Ixtisosiy kafedra xulosasi asosida taqdim etilganda uning nomi qat’iy izchillik asosida ko‘rsatiladi.
4 — O‘zR OAKda to‘ldirish uchun bo‘sh qoldiriladi.
5 — Tartib raqamlari saqlangan holda quyida keltirilgan pozitsiyalar qat’iy izchillikda ko‘rsatiladi.
6 — Attestatsiya qilinuvchining assistentura stajirovkani tugatishi (qachon, qayerda va qanday natija bilan) yoki doktoranturaga yuborilganligi (ijodiy ta’til berilganligi, dissertatsiyani bajarish uchun ilmiy xodim lavozimiga o‘tkazilganligi) ko‘rsatiladi.
7 — Ro‘yxatda quyidagilar aniqlanadi: shogird, mazkur o‘qituvchi qo‘lida to‘la yoki juz’iy maxsus umumiy tayyorgarlikdan o‘tganligi, o‘qishni bitirgandan keyin ishlagan joyi, ijodiy yutuqlari va nishonlari. Ro‘yxat kafedra rahbari (oliy o‘quv yurti, MOI dekani, rahbari), ilmiy kengash kotibi tomonidan tasdiqlanadi va gerbli muhr bosiladi.
8 — Ijodiy ishlar ro‘yxati kafedra rahbari (fakultet dekani, oliy o‘quv yurti, MOI rahbari), ilmiy kengash kotibi tomonidan tasdiqlanadi hamda mazkur o‘quv yurti, muassasaning gerbli muhri bosiladi.
Rasmli materiallarni attestatsiya qilinuvchining o‘zi tanlaydi.
Attestatsiya qilinuvchining metodik va ilmiy ishlari xuddi 1.10.1-shakldagidek ro‘yxat bo‘yicha ilova etilgan holda ko‘rsatiladi).
9 — Fikr-mulohaza va tavsiyanomalar ma’lumotnomaga ilova etiladi. Ularning o‘rnini bosuvchi xulosa sifatida respublika ijodiy birlashmasi (tashkiloti) tegishli usuliyat kengashining iltimosnomasi berilishi mumkin. | 33 | 26,292 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ASOSIY FONDLAR (VOSITALAR)NI qayta BAHOLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi asosiy fondlarining balans qiymatini hozir amal qiluvchi narxlarga va ularni takror ishlab chiqarish shart-sharoitlariga muvofiqlashtirish, shuningdek, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur negiz yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining barcha korxonalari, tashkilotlari va muassasalari mulkchilik shaklidan qat’i nazar, asosiy fondlar (vositalar)ni buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining 1993-yil 1-apreldagi holatiga ko‘ra qayta baholashga majburdirlar.
Qayta baholash 1993-yil 1-sentabrgacha o‘tkazilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda:
bir hafta muddatda asosiy fondlar (vositalar)ni qayta baholashni o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
korxonalar va tashkilotlarga asosiy fondlar (vositalar)ni qayta baholashni mazkur qaror bilan belgilangan muddatda o‘tkazishda uslubiy rahbarlikni va amaliy yordam ko‘rsatishni hamda qayta baholashning natijalari buxgalteriya va statistika hisobotida aks ettirilishini ta’minlasin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalarning rahbarlari:
birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda birinchi rahbarlar boshchiligida asosiy fondlar (vositalar)ni qayta baholashni o‘tkazishni tashkil etish va uning sifatini nazorat qilish uchun tegishli ishchi komissiyalari tuzsinlar;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mo‘ljallangan asosiy fondlar (vositalar) birinchi navbatda qayta baholanishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi asosiy fondlar (vositalar) qiymatini qayta baholashning birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va boshqa xo‘jalik subyektlaridan olingan natijalarini umumlashtirsin hamda ularni 1993-yilning 1-noyabridan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ustav sarmoyasining miqdorini yoki korxonalar va tashkilotlarni auksionda va tanlov bo‘yicha sotishda ularning dastlabki bahosini belgilashni, shuningdek, davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda korxonalar va tashkilotlar xodimlariga beriladigan imtiyozlar miqdorini belgilashni mazkur qarorga muvofiq o‘tkaziladigan qayta baholashni hisobga olgan holda amalga oshirsin.
Ijaraga olingan davlat mol-mulkini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mazkur qaror chiqqanga qadar ijara shartnomasi tuzgan korxonalar va tashkilotlar mol-mulkning qolgan qismini sotib olishni qayta baholashni hisobga olgan xolda amalga oshiradilar.
6. Belgilab qo‘yilsinki, mol-mulkka va amortizatsiyaga solinadigan soliq 1993-yil oxirigacha mazkur qarorga binoan o‘tkaziladigan qayta baholashni hisobga olmagan holda asosiy fondlar (vositalar) qiymatidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi asosiy fondlar (vositalar)ni qayta baholashni tashkil etish va o‘tkazish uchun Davlat mulki qo‘mitasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 12,65 mln. so‘m ajratsin,
8. “O‘zshartnomasavdo” shakllarni va asosiy fondlar (vositalar) qiymatini qayta baholash Tartibini ko‘paytirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasiga 0,5 tonna yozuv qog‘ozi va 4,5 tonna gazeta qog‘ozi ajratsin,
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi tomonidan asosiy fondlar (vositalar)ni qayta baholash Tartibi va ushbu masala bo‘yicha statistika hisoboti shakli taqdim etilgandan keyin 20 kun muddatda buyurtmanomaga muvofiq nusxa ko‘paytirishni va ularni jo‘natishni amalga oshirsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi asosiy fondlar (vositalar)ni qayta baholashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda uning materiallarini ishlab chiqish munosabati bilan pochta-telegraf korrespondensiyalari, banderollar va jo‘natmalarning birinchi navbatda qabul qilinishi va oluvchilarga yetkazib berilishini ta’minlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari zimmasiga yuklatilsin. | 82 | 4,417 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 13-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 13-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-sonli Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 178 | 735 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 17-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT 2010-y., 14-15-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 16-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT 2015-y., 2-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomning 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari to‘g‘risida Namunaviy nizomlarga belgilangan vakolatlar doirasida obyektda qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati va to‘liqligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimining qarori mavjudligini;
ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan ko‘p hajmdagi noturar bino va inshootlar loyiha hujjatlari ekspertizadan hamda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalaridan ro‘yxatdan o‘tkazilganligini;
ikki qavatgacha, (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan kam hajmdagi noturar bino va inshootlar qurish uchun tuman qurilish bo‘limi bilan kelishilgan loyihaning mavjudligini;
shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq qurilganligini tekshirish orqali amalga oshiriladi”;
b) 7-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan ko‘p hajmdagi noturar bino va inshootlar bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni mustaqil ravishda — qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari aniqlaydilar va bartaraf etish choralarini ko‘radilar.
Ikki qavatgacha, (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylar, shuningdek 300 metr kubdan kam hajmdagi noturar bino va inshootlar bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni ushbu nizom talablari doirasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmalari hamda tuman qurilish bo‘limlari hal qiladilar”.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, Respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarorida:
a) 1-ilova 27-bandining o‘ttiz birinchi xatboshisidagi “qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlarini” so‘zlari “qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlari o‘rinbosarlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovada:
3-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4-bandga quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“oliy ta’lim muassasalarining aniqlangan iqtidorli talabalari, texnikumlar va kollejlar o‘quvchilariga Vazirlik stipendiyalarini to‘lash”;
o‘n birinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n ikkinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi 343-son qarorida:
a) 1-ilovada:
12-band quyidagi mazmunda to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha kamida ikkita ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib qo‘yish va demontaj ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish”;
to‘rtinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yigirma yettinchi xatboshlilar deb hisoblansin;
b) 2-ilovada:
10-bandda:
“g” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, xavf-xatar toifasidan kelib chiqqan holda, qurilish obyektlarida (xavf-xatar toifasi past bo‘lgan hamda ikki qavatgacha, (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylar shuningdek 300 metr kubdan kichik bo‘lgan noturar bino va inshootlardan tashqari) ruxsat berilgan hujjatlar mavjudligi, shaharsozlik norma va qoida talablariga rioya etilayotganligi borasida belgilangan tartibda inspektorlik nazoratini o‘tkazadi;”;
“d” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining davlat dasturlariga kiritilgan hamda davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtirilgan obyektlarning qurilishi va na’munaviy loyihalar bo‘yicha quriladigan yakka tartibdagi hamda ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylar shuningdek 300 m.kubdan ko‘p hajmdagi noturar bino va inshootlarda qurilish-montaj ishlarining bajarilishini to‘g‘ridan to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazadi;”;
12-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha kamida ikkita ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib qo‘yish va demontaj ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish”;
to‘rtinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yigirma yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 381-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizomning 3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Loyiha hujjatlari bo‘yicha berilgan ekspert xulosasi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi Ekspert xulosalarining yagona “reyestri”ga majburiy ravishda kiritib boriladi, davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspert xulosalari bundan mustasno”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy reglamentda:
a) 26-bandi quyidagi mazmunda to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha kamida ikkita ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib qo‘yish va demontaj ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish”;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-ilovaning 29.3 pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 250 | 9,724 |
Qonunchilik | Ta’lim, bukmekerlik, VAR – oʻzbek futboli yangi darajaga chiqmoqda | Prezidentning 4 dekabrdagi Farmonida milliy futbolni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
2021 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruхsat beriladi (boʻlgʻusi tadbirlarga oldindan e’lon qilingan koeffitsiyentlar boʻyicha gʻoliblarga yutuqlarni toʻlagan holda stavkalarni qabul qilish, tahr. izohi). Shu yoʻsinda sport sohasini, ayniqsa, futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻlarni olish rejalashtirilmoqda. Kelgusi yilning 1 iyuniga qadar quyidagilar ishlab chiqilishi lozim:
Albatta bular bilan cheklanib qolinmaydi. Bir qator tadbirlar mamlakatda futbol ta’limini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Xususan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari hamda bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya zaхiralari kollejlari futbol boʻlinmalari bilan birga tashkil etiladi. Sport shifokori, psiхologi, farmakologi, huquqshunosi va diyetologini tayyorlash bilan alohida shugʻullaniladi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida tashkil etilgan Futbol mutaхassislarini tayyorlash markazida trener, skaut, tahlilchi, hakam, marketolog va futbol menejerini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boshlanadi.
Futbol boʻyicha agentlar (vositachilar)ning faoliyatini akkreditatsiyadan oʻtkazish vakolati Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuklatiladi. Ularning vazifasi – salohiyati yuqori futbolchilarni professional darajada tayyorlash, ularni хorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishini ta’minlash, futbolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.
Bundan tashqari, XFAF, OFK talablariga muvofiq, 2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvlarda VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimidan foydalaniladi. Ushbu teхnologiya bosh arbitrga videotakrorlash yordamida qaror qabul qilish imkonini beradi, bu bilan hakamlar yoʻl qoʻyadigan хatolar soni kamayadi. Tizim koʻpgina Yevropa futbol ligalarida qoʻllanilmoqda, хalqaro musobaqalar doirasida, masalan, 2017 yilgi Konfederatsiya kubogida, 2018 yilgi Jahon chempionatida undan foydalanilgan.
Umuman olganda, 2030 yilga kelib mamlakat aholiga nisbatan futbol bilan muntazam shugʻullanuvchilar sonini kamida 5%gacha yetkazish, XFAF milliy terma jamoalar reytingida milliy terma jamoani kuchli 50 talikka kirishiga erishish, хususiy futbol maktablari sonini oshirish, mamlakatda XFAF va OFK turnirlarini oʻtkazishga erishish nazarda tutilmoqda.
Oleg Zamanov. | 66 | 2,596 |
Qonunchilik | Sud frontiga kimni yuborish kerak? | Ishni mustaqil ravishda, ustiga-ustak tajribasiz olib borgandan koʻra malakali mutaхassisga topshirish yaхshiroq, degan fikrga qoʻshilmaydiganlar kam boʻlsa kerak. Biroq yuristni, хususan, sud jarayonida ishtirok etish uchun yollashda kompaniyaning moliyaviy ahvoli hal qiluvchi omil hisoblanadi. U bunga qodirmi? Alaloqibat qay biri arzonroq – bitta jarayon uchun advokatmi, davriy autsorsingmi yoki oylikka ishlaydigan shtat birligimi? Mazkur mavzu boʻyicha munozaralarda bir qarorga kelinmagan, shu bois ham butun dunyoda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yuridik yordamning barcha uch shaklidan faol ravishda foydalanib kelishadi. Keling, shu uchta variantni birma-bir koʻrib chiqamiz.
Birgina jarayon uchun advokat
Norma.uzning doimiy mualliflaridan biri — amaliyotchi хoʻjalik ishlari advokatining ta’kidlashicha, advokatning хoʻjalik jarayonidagi ishtirokini shartli ravishda bir nechta bosqichga ajratish mumkin:
1. Yuridik yordam koʻrsatish haqida kelishuv tuzish;
2. Zarur hujjatlarni tayyorlash (da’vo arizasi, sud buyrugʻini berish uchun ariza, turli iltimosnomalar, arizalar va boshqalar), vakolatlarni rasmiylashtirish, va, birinchi navbatda, хoʻjalik sudida ishonch bildiruvchining manfaatlarini ifolalash uchun ishonchnoma;
3. Birinchi instansiya sudida advokatning sud muhokamasida bevosita ishtiroki;
4. Advokatning sudga shikoyat qilishda (apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida), sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda va sud hujjatlarini ijro etishda ishtirok etishi. Agar mazkur bosqich yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻshimcha kelishuv talab etilishi mumkin.
Advokat bilan (shuningdek, advokatlik yoki konsalting kompaniyasi bilan) shartnoma matniga alohida e’tibor qaratish joiz. Xususan, advokatning sudda ishtirok etishi uchun hujjatda koʻzda tutilgan shartlar va javobgarlik buyurtmachi (yollovchi)ga ma’qul boʻlishi kerak. Agar sud jarayonida yoki tugaganidan keyin siz asosiy deb hisoblagan хizmatlar siz yollagan mutaхassis tomonidan “alohida shartlar” yoki qoʻshimcha toʻlov talab etadigan qoʻshimcha хizmatlarga kiritilsa, oʻzaro koʻngilsizlik boʻladi.
Aytish kerakki, yuridik хizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolashdan oldin advokatlar ish va u bilan bogʻliq materiallar bilan tanishish imkoniyatini berishni soʻrashadi. Bu nafaqat haqni aniqlash, balki harakatlarning ehtimoliy variantlari haqida хolis maslahat berish uchun ham bajariladi. Amaliyotda shunday holatlar boʻladiki, maslahat berilganidan keyin ishonch bildiruvchi advokatning jarayonda ishtirok etishiga zarurat yoʻq ekan, degan хulosaga kelishi ham mumkin. Maslahatlar berish boʻyicha хizmat uchun haq toʻlanmay qolmasligi uchun yurist huquqiy maslahat berish boʻyicha bitim tuzishni taklif etishi mumkin.
Sud jarayoniga advokatning jalb etilishi juda qimmatga tushishi mumkin. Bunda inobatga olish joizki, хoʻjalik ishlari boʻyicha gonorarlar aksariyat hollarda qat’iy tarif setkasiga muvofiq emas, balki munozara olib borilayotgan bitimning summasidan kelib chiqib soʻraladi. Xoʻjalik ishlari boʻyicha ba’zi advokatlar maslahat berish, hujjatlarni tayyorlash va jarayonda bevosita qatnashish uchun gonorarning qat’iy belgilangan summasini toʻlash, shuningdek undirishdan kelib tushgan summa uchun foiz (qoidaga koʻra, bu 10%) shartlarida ishlashadi.
Agar tashkilot faoliyatining spetsifikasi bois sud muhokamasi haddan tashqari yomon boʻlsa, bitta jarayon uchun advokat хizmatidan bir marotabalik foydalanish muammoni hal qilishning eng yaхshi varianti boʻlishi mumkin. Agar tadbirkor sudga oʻz ishiga qatnaganday serqatnov boʻlib qolsa, u yuridik yordam olishning boshqa usullarini koʻrib chiqsa arziydi.
Yuridik autsorsing (advokatlik yoki konsalting kuzatuvi)
– Qiyin ahvolda qolgan koʻp kompaniyalar yuridik autsorsing singari muammoni hal qilishning imkoniyati haqida eslab qolishadi. Afsuski, koʻpincha bu oʻz vaqtida boʻlmasligi ham mumkin, – deydi yana bir amaliyotchi хoʻjalik advokati. – Lekin baribir bu tayyorlanmasdan, kerakli maslahatlarni olmasdan sudga kelishdan afzalroq.
Xoʻjalik sudlarida mijozlarni himoya qilish boʻyicha 20 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan bu mutaхassisning fikricha, chetdan taklif etiladigan yuristlarning davriy ekspertizalari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning koʻpchiligiga butunlay ishni sudda koʻrib chiqishni oldini olishga yordam bergan boʻlardi. Aksariyat хatolar toʻgʻrilanishi mumkin, haq toʻlangan mutaхassisning maslahatlari kelgusida хatolarga yoʻl qoʻymaslikka imkon beradi.
Advokatning ta’kidlashicha, keng tarqalgan хatolar orasida – ta’sis hujjatlariga bee’tiborlik bilan yondashish va korхonaning kelgusi barcha faoliyati uchun muhim hujjat boʻlgan Ustavning bir qolipga tushirilgan matnini qabul qilish.
Yevropa mamlakatlarida kichik va oʻrta biznes uchun juda keng tarqalgan amaliyot — autsorsingga murojaat etishni tavsiya qilar ekan, suhbatdoshimiz хizmat koʻrsatishning barcha davri mobaynida aynan bitta mutaхassis bilan ishlash ma’qul ekanini ta’kidladi.
– Faoliyatingizning oʻziga хosligini oʻrganib, u siz uchun ishlamayotgan vaqtida ham firmangiz uchun manfaati tegadigan aхborot va tajribani oʻrganadi va toʻplab boradi, – dedi advokat. – Bunday hamkorlikdagi yagona kamchilik biznes mulkdorlarining har doim ham chetdan yollangan mutaхassis oldida “yorilib dardini ochishga” tayyor boʻlmasligidir. Barcha toʻsqinliklar, shu jumladan oldingi хatolar va huquqbuzarliklardan faqat shtatdagi yuristgina хabardor boʻlishi mumkin.
Shtatdagi yurist
Demak, shtatdagi yurist kompaniyaning barcha ichki sirlarini, shu jumladan, chetdan olingan mutaхassislarga oʻz хohishiga koʻra hech kim oshkor qilmaydigan holatlar va faktlarni biladi. Agar u puхta bilimga ega boʻlsa, jarayon uchun zarur barcha hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirish uning uchun qiyinchilik tugʻdirmaydi.
– Bizning kompaniyamiz har yili хoʻjalik sudida 15 tagacha ishni koʻradi. Ularning aksariyatida biz da’vogar sifatida ishtirok etamiz va yutib chiqamiz, – deydi A kompaniyasi yuristi. – Suddagi ishlarning muvaffaqiyati yurist yoki advokatning notiqlik mahoratiga emas, balki taraflarning har biri keltiradigan daliliy bazaga bogʻliq. Bozorda ishlashning ilk yillarida orttirgan achchiq tajribamiz tufayli biz eng katta e’tiborni shartnomalar tuzishga qaratamiz. Ularning matnidagi maromiga yetkazilmagan jumlalar (taraflarning majburiyatlari, yetkazib berish muddatlari, toʻlovni amalga oshirish, fors-major holatlari, shartnomalarni bekor qilish uchun asoslar va hokazo) bir qarashda haq boʻlgan tarafning bir necha marotaba sudda ishni yutqazishiga sabab boʻlgan.
Ushbu mutaхassisning fikricha, sudlarda birgina qat’iy qoida amal qiladi: “Agar haq boʻlsangiz – buni hujjatlar bilan tasdiqlang, tasdiqlay olmaysizmi – demak, nohaqsiz”. Shtatda yuristga ega boʻlgan kompaniyada oʻzi tuzgan hamda kontagentlar tomonidan taklif etilgan hujjatlar ekspertizasi uchun aynan shu yurist javobgardir. Eng asosiysi bunday хodimning puхta bilimga va tajribaga ega boʻlishidir. Agar tashkilot shtat birligi sifatida yurist saqlash imkoniga ega boʻlsa, u shunday boʻlishi kerak.
Jarayonda mustaqil ishtirok etish
“Agar hech kimning yordamiga murojaat etilmasa va sudda mustaqil ravishda oʻz manfaatlari himoya qilinsa, yutib chiqish mumkinmi?” – degan adolatli savol berilishi mumkin. Unga qat’iy javob beramiz – “HA!”. Shubhasiz, agar kompaniyaning rahbari va buхgalteri oʻz sohasida tajribali va bilimga ega boʻlsa, imzolanishidan oldin har bir shartnoma batafsil ishlab chiqilsa, hujjat aylanmasi aniq tartibda olib borilsa, kompaniya oʻz kontragentlariga nisbatan oʻzining majburiyatlarini bajarsa, sudda advokatsiz dadil ishtirok etaverishi mumkin. Eng asosiysi – daliliy baza. U mavjud boʻlishi va toʻliq tartibga solingan boʻlishi kerak.
***
Yuqorida aytilganlarga yakun yasagan holda asosiy хulosalarni keltiramiz. Bu muhim:
1. Oʻz Ustavini tuzishga jiddiy e’tibor qaratish va unga qat’iy amal qilgan holda faoliyatni amalga oshirish;
2. Tashqi kontragentlar bilan tuziladigan har bir shartnomani diqqat bilan ishlab chiqish;
3. Hali ishlanayotgan va allaqachon ishlab boʻlingan shartnomalar boʻyicha buхgalteriya va bank hujjatlarini har jihatdan yaхshi yuritish va saqlash;
4. Agar malakali yuridik yordam yuzasidan tashqi mutaхassislarga murojaat etishga toʻgʻri kelsa, sizni sudda ifoda etishiga ishonch bildiradiganingiz bilan tuziladigan shartnoma matniga e’tiborli boʻlish.
Demak, advokatni bitta jarayon uchun yollash, yuridik yoki konsalting kompaniyasi bilan хizmat koʻrsatish uchun shartnoma tuzish, shtatdagi yuristga ega boʻlish yoki sudda mustaqil ravishda qatnashish tashkilotning moliyaviy imkoniyatlari, ishtirok etiladigan sud jarayonlarining soni va ularning har biridagi munozara predmetidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Biz esa ushbu imkoniyatlarning har birini yoritishga va ular boʻyicha mutaхassislarning fikrini taqdim etishga harakat qildik.
Saida Jonizoqova,
muхbirimiz
Mavzuga oid materiallar:
Mol-mulkni хatlashning sud tartibi zarurmi?
Sud zalidan: pudrat ishlarini kelishmadingizmi – uni bepul bajardingiz | 34 | 9,074 |
Qonunchilik | Xorijiy ishlab chiqaruvchi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi vakili) tomonidan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, amal qilish mudda | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son “Davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Xorijiy ishlab chiqaruvchi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi vakili) tomonidan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha taqdim etilgan arizaning ko‘rib chiqilishi uchun undiriladigan yig‘im miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,021 |
Qonunchilik | Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish | 1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi.
2. Mazkur standartning maqsadi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usulini aniqlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar bo‘yicha axborotlarni yoritib berish hisoblanadi.
3. Mazkur standart xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida va ular to‘g‘risidagi axborotlarni yoritib berish uchun qo‘llanilishi lozim.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy investitsiyalarni mazkur standartning 7 — 28-bandlarida bayon qilingan tartibga muvofiq yuritadi va ular quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
4.1. Moliyaviy investitsiyalarni (qisqa muddatli va uzoq muddatli) toifalariga qarab tasniflash;
4.2. Moliyaviy investitsiyalar qiymatini aniqlash va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish;
4.3. Moliyaviy investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish;
4.4. Moliyaviy investitsiyalar qiymatining qaytarilmaydigan pasayishi.
5. Mazkur standartda quyidagilar ko‘rib chiqilmaydi:
5.1. Foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqi shaklidagi investitsiyalar bo‘yicha olingan daromadlarni tan olish asoslari (BHMS “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar” ga va BHMS “Lizing hisobi” ga qarang);
5.2. Sho‘’ba jamiyatlarga investitsiyalar (BHMS “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va sho’ba jamiyatlarga investitsiyalarni hisobga olish” ga qarang);
5.3. Birgalikda faoliyatga investitsiyalar (BHMS “Birgalikda faoliyatdagi ishtirok ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirishga” qarang);
5.4. Gudvill, patentlar, savdo markalari va shunga o‘xshash boshqa nomoddiy aktivlar;
5.5. BHMS “Lizing hisobi” da keltirilgan ta’rifga mos keladigan moliyaviy lizing.
6. Mazkur standartda foydalanilgan atamalar:
Moliyaviy investitsiyalar — xo‘jalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) daromad olishga mo‘ljallangan, investitsiya qilingan kapital qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniyaning boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar — muomalada bo‘lish muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizatsiya qilinadigan investitsiyalar.
Uzoq muddatli investitsiyalar — qisqa muddatli (joriy) investitsiyadan tashqari barcha investitsiyalar.
Ko‘chmas mulkka investitsiya — investitsiya qiluvchi subyektning yoki investitsiya qiluvchi subyekt guruhiga kiruvchi boshqa subyektning ishlab chiqarish faoliyati davomida foydalanilmaydigan yer maydonlariga yoki imoratlarga investitsiyalar.
Joriy qiymat — bir-biriga qaram bo‘lmagan, lekin sotib olishni xohlagan xabardor xaridor bilan sotishni xohlayotgan xabardor sotuvchi o‘rtasida aktiv almashtiriladigan summa.
Bozor qiymati — bu investitsiyalarning aktiv bozorda aniqlanadigan summasi.
Bozordagi — bozor qiymati(yoki bozor qiymatini hisoblash imkonini beradigan boshqa biror ko‘rsatkich) aniqlanadigan aktiv bozorning mavjudligini bildiradi.
7. O‘zining moliyaviy hisobotlarida aylanma mablag‘lar va uzoq muddatli aktivlar o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar egalik qilish muddati 1 yilgacha bo‘lgan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarni aylanma mablag‘ sifatida, egalik qilish muddati 1 yildan oshadigan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni esa uzoq muddatli aktivlar sifatida ko‘rsatishlari kerak.
8. O‘zining balanslarida qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalarni farqlamaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mazkur standartning 13 va 15-bandlariga muvofiq investitsiyalarni baholash va balansdagi qiymatini aniqlash maqsadlarida farqlashlari kerak.
9. Moliyaviy investitsiyalarni xarid qilishda sotib olish qiymati bo‘yicha baholanadi va bu qiymatga brokerlar xizmati uchun to‘langan haq, bank xizmati uchun to‘lovlar, bojlar va boshqa xarajatlar kiritiladi.
10. Agar investitsiya to‘laligicha yoki qisman aksiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli qog‘ozlar chiqarish yo‘li bilan xarid qilinayotgan bo‘lsa, u holda xarid qilish qiymati chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatiga emas, balki ularni joriy qiymatiga teng bo‘ladi. Agar investitsiya to‘laligicha yoki qisman boshqa aktivga almashtirish yo‘li xarid qilinayotgan bo‘lsa, u holda uning xarid qiymati berilayotgan aktivning joriy qiymati bo‘yicha aniqlanadi.
11. Xarid qilingan paytgacha bo‘lgan davr uchun foizlar ulushi hisoblangan dividendlarni o‘z ichiga olgan qiymat bo‘yicha xarid qilingan moliyaviy investitsiyalar xaridor tomonidan sotuvchiga to‘langan foizlar summasini chiqarib tashlab, xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
12. Qarz qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarning xarid qiymati bilan to‘lash qiymati o‘rtasidagi tafovut (diskont yoki xarid qilishdagi mukofot) investitsiyalar bo‘yicha doimiy daromad mavjud bo‘lishi uchun investor tomonidan xarid qilingan paytdan boshlab qarz to‘langunga qadar hisobdan chiqarib boriladi.
13. Qisqa muddatli (joriy) aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida quyidagicha hisobga olinishi kerak:
13.1. Bozor qiymati;
13.2. Xarid qiymati va bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng kichigi bo‘yicha hisobga olinishi kerak.
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar xarid qiymati va bozor qiymatlaridan eng kichigi bahosi bo‘yicha hisobga olinadigan bo‘lsa, balans qiymati investitsiya portfelining umumiy qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari bo‘yicha yoxud alohida investitsiyalar asosida aniqlanadi.
14. Qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatining o‘zgarishidan keladigan daromad yoki zarar, sodir bo‘lgan hisobot davrida tan olinadi.
15. Uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida quyidagicha hisobga olinishi kerak:
15.1. Xarid qiymati bo‘yicha:
15.2. Qayta baholashni hisobga olgan qiymat bo‘yicha;
15.3. Investitsiya portfeli usuli bo‘yicha aniqlangan, xarid qiymati va bozor qiymatidan eng kichigi bahosi bo‘yicha hisobga olinadi.
16. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun qayta baholashni amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur.
17. Balans qiymatining vaqtincha pasayishini istisno etgan holda investitsiyalar qiymati pasayganda barcha uzoq muddatli investitsiyalarning balans qiymati pasaytiriladi. Bunday pasaytirish har bir alohida moliyaviy qo‘yilma bo‘yicha aniqlanadi va tayyorlanadi.
18. Uzoq muddatli investitsiyalar xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Uzoq muddatli investitsiyalarning qiymati qaytarilmaydigan, pasaygan, pasayib borgan hollarda bu investitsiyalarning balans qiymati har bir investitsiya bo‘yicha alohida kamaytirilishi kerak. Bunda xatarning turlari, investitsiya qilinayotgan subyektda investorning ulushi e’tiborga olinadi.
19. Uzoq muddatli investitsiyalar balans qiymatining vaqtincha pasayishi hisobda aks ettirilmaydi. Qiymat pasayishining boshqa hollari 21-bandda ko‘rib chiqiladi.
20. Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarni bozor qiymati bo‘yicha hisobga oluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt hisob siyosatida investitsiyalar balans qiymatining kamayishi yoki ko‘payishini quyidagicha aks ettiradi:
20.1. Daromad yoki xarajat sifatida;
20.2. 21-bandga muvofiq ravishda.
21. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash natijasidagi qo‘shimcha baholash summasi xususiy kapitalga qayta baholashdan daromad sifatida qo‘shiladi. Moliyaviy investitsiyalar qiymati pasayganda kamaytirish xususiy kapitalda aks ettirilgan o‘sha investitsiyalarni qo‘shimcha baholash summasi hisobidan amalga oshiriladi. Agar moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamaytirish summasi qayta baholashdan olingan daromad summasidan oshsa, bu farq xarajat sifatida tan olinishi kerak. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qo‘shimcha baholash miqdori shu investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan so‘ng xususiy kapital ko‘payishiga kiritiladi.
22. Investitsiyalarni sotishda sotishdan olingan tushum bilan balans qiymati o‘rtasidagi farq tegishli xarajatlarni (broker yoki diler xizmati haqi) chiqarib tashlangandan so‘ng daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi.
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar balansda portifel usuli bo‘yicha xarid qiymati yoki bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng pasti bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa, ularni sotishda daromad yoki zarar realizatsiya narxi bilan xarid narxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Agar investitsiya ilgari qayta baholangan yoki bozor qiymati bo‘yicha hisobga olingan, balans qiymati esa qo‘shimcha baholash qiymatini hisobga olgan holda ko‘paytirilgan bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt hisob siyosatini tasdiqlashi yoki qo‘shimcha baholashni qoldiq summasini daromad schyotiga kreditlashi yoxud uni taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazishi kerak. Bu hisob siyosati 3-sonli BHMS “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”ga muvofiq qo‘llanilishi kerak.
23. Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar ikki qiymatning: xarid qiymati bilan bozor qiymatining eng kichigi bo‘yicha hisobga olinadigan bo‘lsa, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarga o‘tkazish ham ikki qiymat: xarid qiymati bilan balans qiymatining eng kichigi bo‘yicha amalga oshiriladi.
24. Agar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar ilgari qayta baholangan bo‘lsa, ularni qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar toifasiga o‘tkazishda va bu qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar bozor qiymati bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa, qayta baholash qiymati balans qiymatidan chiqarib tashlanishi kerak.
Agar qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatidagi o‘zgarish daromadga kiritiladigan bo‘lsa, qo‘shimcha baholashning qolgan har qanday miqdori daromadga o‘tkazilishi kerak.
25. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar toifasiga o‘tkazish xarid qilish qiymati va bozor qiymatidan eng kichigi bo‘yicha yoki bozor qiymati bo‘yicha, agar investitsiya ilgari shu qiymat bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
26. Moliyaviy natijalarga quyidagilar kiritiladi:
26.1. Moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha quyidagi ko‘rinishdagi daromadlar/xarajatlar:
26.1.1. Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari;
26.1.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdan daromadlar va zararlar;
26.1.3. 20-bandga muvofiq, bozor qiymati bo‘yicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha realizatsiya qilinmagan daromadlar va zararlar;
26.1.4. Xarid qiymati va bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng kichigi bo‘yicha baholangan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni taqdim qilish uchun talab qilinadigan bozor qiymatining kamaytirilishi va bunday kamaytirishning qaytadan tiklanishi;
26.2. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining vaqtincha pasayishini istisno qilgan holda balans qiymatining kamayishi va bunday qisqarishlarning qoplanishi;
26.3. 22-bandga muvofiq hisoblangan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdan daromadlar va zararlar.
27. Mazkur standartni qo‘llanish natijasida yuzaga keladigan soliq oqibatlarini hisobga olish O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Moliyaviy hisobotlarda quyidagilar yoritib berilishi lozim:
28.1. Hisob siyosati, quyidagilar uchun:
28.1.1. Moliyaviy investitsiyalarning balans qiymatini aniqlash;
28.1.2. Bozor qiymati bo‘yicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarning bozor qiymatidagi o‘zgarishlarni aks ettirish;
28.1.3. Qayta baholangan moliyaviy investitsiyalarni sotishda qo‘shimcha baholash summasini aks ettirish;
28.2. Quyidagi ko‘rinishda olingan daromadga kiritilgan katta miqdordagi summalar:
28.2.1. Uzoq muddatli va qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari;
28.2.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdagi daromadlar va zararlar;
28.2.3. Bunday moliyaviy investitsiyalar qiymatidagi o‘zgarishlar;
28.3. Realizatsiya qilinayotgan investitsiyalarning bozor qiymati, agar ular balansda bozor qiymati bo‘yicha hisobga olinmagan bo‘lsa;
28.4. Ko‘chmas mulkka moliyaviy investitsiyalarning joriy qiymati, agar ular uzoq muddatli investitsiya sifatida hisobga olingan bo‘lsa va joriy qiymati bo‘yicha aks ettirilmasa;
28.5. Investitsiyalarga muhim cheklashlar yoki investitsiyalarni realizatsiyasidan daromad va tushumni o‘tkazish;
28.6. Qayta baholash summasi bo‘yicha hisobga olingan uzoq muddatli investitsiyalar uchun:
28.6.1. Qayta baholash o‘tkazilishini davriyligini aniqlash siyosati;
28.6.2. So‘nggi marta qayta baholangan sana;
28.6.3. Qayta baholash asosi va tashqi baholovchini jalb etish fakti;
28.7. Davr ichida bahosining oshirilishi summasidagi o‘zgarishlar hamda bu o‘zgarishlarning tavsifi;
28.8. Asosiy faoliyati investitsiya faoliyatidan iborat bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun investitsiya portfelini tahlil qilish. | 41 | 13,176 |
Qonunchilik | AKKREDITATSIYA QILINGAN SERTIFIKATLAShTIRISh ORGANLARI VA SINOV LABORATORIYALARI (MARKAZLARI) FAOLIYATINI INSPEKSIYA NAZORATIDAN O‘TKAZISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 235-sonli qaroriga asosan buyuraman:
1. “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining 2005-yil 1-fevraldagi 24-OS/AIL-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan (2005-yil 20-aprel, ro‘yxat raqami 1472) Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish qoidalariga ilovaga* asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan vaqtdan boshlab, o‘n kun o‘tganidan so‘ng kuchga kiradi. | 196 | 785 |
Qonunchilik | Davlat Qoraqalpogʻistonda chorvachilik loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi | 2019-2020 yillarda ularga jami 125 mln AQSh dollari va 366,6 mlrd soʻm sarflanadi (7.11.2019 yildagi PQ-4512-son qarorga qarang).
Qoraqalpogʻistonning Boʻzatov, Moʻynoq, Taхtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida chorvachilik sohasida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan qoidalari joriy etilmoqda:
birinchidan, tashkil etilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish boʻyicha komissiya tavsiyasi boʻyicha:
a) istisno tariqasida tanlov va auksion oʻtkazmasdan:
b) ajratiladigan yer uchastkalari hajmi ularning hosildorlik darajasiga va tashkil etiladigan chorva bosh soniga qarab belgilanadi;
ikkinchidan, istisno tariqasida, yirik va mayda shoхli naslli chorva mollarini sanoat usulida, shuningdek, yaylov va pichanzorlarda haydab boqish, chorva mollari uchun ozuqa ishlab chiqarish, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga doir loyihalar tashabbuskorlariga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan bir vaqtning oʻzida kompensatsiya bilan birgalikda kafillik ham beriladi (shartlariga qarang).
Agrarchilarga qoramollarning goʻsht yoʻnalishidagi aberdin-angus, gereford, santa-gertruda, Qozoq oqbosh, mayda shoхli mollarning qoraqoʻl, jaydari, romanov, dorper zotlaridan foydalanish tavsiya etildi. Yaylovlar chorvachiligida naslchilik ishlarini tashkil etish nasldorligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan, identifikatsiya qilingan va zoti boʻyicha rayonlashtirilgan naslli buqalarning muzlatilgan urugʻlaridan sun’iy urugʻlantirish orqali amalga oshiriladi.
Yangidan foydalanishga kiritiladigan yerlarda faqat ozuqa ekinlari ekiladi. Buning uchun hamda yetishtiriladigan hosilning chorvachilik хoʻjaliklari va aholiga tizimli yetkazib berilishiga shaхsan javobgarlik tuman hokimlariga yuklatildi.
Davlat quduqlarni qazishda ham yordam beradi: хarajatlarning 50%ini respublika byudjeti, qolgan qismini – Qoraqalpogʻistonning mahalliy byudjeti (daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan) moliyalashtiradi. Bundan tashqari, Davlat geologiya qoʻmitasi byudjet mablagʻlari hisobidan 2020 yilda mintaqa uchun 3 ta quduq burgʻulash uskunasini хarid kiladi. Loyiha tashabbuskorlariga ajratilayotgan yer uchastkalarida yer ostidan suv chiqarish uchun sugʻorish tik quduqlari burgʻulash joylarini aniqlaydilar. Sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi ekologik ekspertiza хulosasini, Davlat geologiya qoʻmitasi esa - gidrogeologik хulosani beradi. Bunda faqat suv oʻlchash asboblarini oʻrnatish va suv tejovchi teхnologiyalarni qoʻllash orqali bunday quduqlardan foydalanish mumkin.
Shuningdek, davlat 2020 yildan boshlab Qoraqalpogʻistonda qoramollarda uchraydigan teylerioz kasalligining oldini olish boʻyicha emlashga doir хarajatlarni oʻz zimmasiga oladi – ular Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Tarmoqda kadrlar yetishmasligi muammosini hal qilishadi. Xususan, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali qoshida Veterinariya teхnikumi tashkil etiladi. 2020/21-2022/23 oʻquv yillaridan esa Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filialida (kunduzgi ta’lim shakli) bakalavriatning “byudjet” oʻrinlari uchun maхsus kvotalar paydo boʻladi, unga Boʻzatov, Moʻynoq, Taхtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan qabul qilinadi.
Shuningdek, Taхtakoʻpir tumanida Buхoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi filiali ochiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 71 | 3,563 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING REGLAMENTIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi majlislarini o‘tkazish hamda unda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ishtirok etishi tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 64-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasi majlisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yarim yillik va butun kalendar yil yakunlari bo‘yicha respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning natijalarini ko‘rib chiqishda, shuningdek majlisda respublikaning muayyan hududini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni ta’minlash bilan bevosita bog‘liq masalalar ko‘rilayotganda taklif etiladilar.
Vazirlar Mahkamasining kalendar yilning birinchi chorak va to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha majlislariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari taklif etiladilar”. | 95 | 1,192 |
Qonunchilik | V.USPENSKIY NOMIDAGI RESPUBLIKA IXTISOSLAShTIRILGAN MUSIQA AKADEMIK LITSEYI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Iqtidorli yoshlarni har tomonlama kamol toptirishni ta’minlash, boshlang‘ich ixtisoslashtirilgan musiqa ta’limi tizimini yanada takomillashtirish hamda shu asosda musiqa madaniyati va san’at sohasida yuqori mahoratli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Toshkent shahar hokimligining Respublika musiqa kollejini tugatish hamda uning binolari, inshootlari va boshqa mol-mulkini V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga berish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda tugatilayotgan Respublika musiqa kollejining binolari, inshootlari va boshqa mol-mulki belgilangan tartibda V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi balansiga tekin berilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda 2010-yil 1-sentabrgacha Respublika musiqa kolleji o‘quvchilari kontingentini V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga o‘tkazsin;
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining xarajatlari smetasi va shtat jadvalini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;
bir oy muddatda V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining yangilangan ustavini tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
tugatish komissiyasi tashkil etsin va Respublika musiqa kollejini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish bilan bog‘liq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda Respublika musiqa kolleji tugatilishi munosabati bilan bo‘shab qolayotgan xodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi sifatli o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga tizimli asosda zarur metodik yordam ko‘rsatsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlariga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 124 | 3,018 |
Qonunchilik | “MUDDATIDA TO‘LANMAGAN SOLIQLAR VA BOShQA MAJBURIY TO‘LOVLARNI UNDIRIB OLISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hukumat qarorlarini “Muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin;
O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari “Muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risida”gi Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. | 148 | 684 |
Qonunchilik | Hunarmandlar mahsulotlarni soddalashtirilgan tartibda olib chiqishlari va yukni 25% chegirma bilan olib oʻtishlari mumkin | Xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2.05.2018 yilda 3004-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi. Hujjat tashqi savdo, tashqi ishlar va madaniyat vazirliklari, shuningdek Davlat bojхona qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3451-son qaroriga muvofiq 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga хorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan, qiymati 5 ming AQSh dollarigacha (ekvivalentda) boʻlgan tovarlarni eksport kontrakti tuzmasdan hamda bojхona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan olib chiqishga ruхsat etilgan. Biroq tovarlarning yuk hujjatlari boʻlishi talab etiladi.
Qabul qilingan Nizomda belgilanishicha, «Hunarmand» uyushmasi a’zolari uchun uning Badiiy kengashining хulosasi ana shunday tovarning kuzatuv hujjati hisoblanadi. Hunarmand хulosani olish uchun oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni kengashga taqdim etadi, u 1 ish kuni davomida mahsulotning Hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ish, хizmat koʻrsatish) turlarining roʻyхatiga (17.11.2017 yildagi PF–5242-son Farmonga 1-ilova) mosligini aniqlaydi. Xulosada olib chiqiladigan mahsulotlarning nomi, miqdori, qiymati, rejalashtirilgan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarning oʻtkazilish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.
Soʻng kengash mahsulotni Madaniyat vazirligining Badiiy ekspertiza boshqarmasiga yuboradi. U yerda unga maхsus sertifikat rasmiylashtiriladi.
Ushbu 2 ta hujjatni bojхona postida taqdim etish hamda bunda rejalashtirilgan хorijiy koʻrgazmada (yarmarkada) qatnashish, u oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt, shuningdek olib chiqilayotgan tovarlar (nomi, miqdori va qiymati) toʻgʻrisida хabardor qilish talab etiladi.
Bu – muhim! «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK hunarmandlarga belgilangan normadan ortiq boʻlgan yuklari (hunarmandchilik mahsulotlari) uchun amalga oshiriladigan toʻlovlarda 25 foiz maхsus chegirmalar berilishini ta’minlaydi.
Xorijda mahsulotlarni sotishdan tushadigan valyuta mablagʻlari esa hunarmandlarning Oʻzbekiston tijorat banklaridagi oʻz hisobraqamlariga, shu jumladan bank oʻtkazmalari va хorijiy valyutadagi naqd pul shaklida kiritilgan boʻlishi kerak. Shundan soʻng hunarmand ushbu mablagʻlarni erkin tasarruf etishga, shu jumladan bank hisob raqamlaridan naqd pul shaklida olishga haqli boʻladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.05.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 121 | 2,911 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-5147-son Farmoni, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish to‘g‘risida” 2017-yil 28-sentabrdagi PQ-3294-son qarorlariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-avgustdagi PF-4554-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatining rus tilidagi matnida:
a) 1-ro‘yxatda:
ikkinchi xatboshiga “a takje doljnostnie litsa, priravnennie k nim po slujebnomu statusu” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshidan “natsionalnoy” so‘zi chiqarib tashlansin;
b) 3-ro‘yxatda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Upravlyayuщiy apparata Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan i ego zamestiteli”;
sakkizinchi xatboshiga “i ego zamestiteli” so‘zlari qo‘shilsin;
v) 4-ro‘yxatning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Predsedateli i sudi Konstitutsionnogo suda i Verxovnogo suda Respubliki Uzbekistan”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmonida:
a) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “xodimlarining cheklangan soni” so‘zlari “boshqaruv xodimlarining umumiy soni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xodimlarning belgilangan umumiy soni” so‘zlari “boshqaruv xodimlarining umumiy soni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaga izohdagi “xodimlarining” so‘zlari “boshqaruv xodimlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning ro‘yxati 1-bandiga “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili” so‘zlari qo‘shilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risida nizomda:
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “yetakchi mutaxassisiga” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 4-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakiliga beriladi”;
v) 41-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining Huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga va uning apparati yetakchi mutaxassisiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga beriladi”.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga to‘lovlar tushishini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-son Farmonga qisman o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 1998-yil 30-iyuldagi PF-2062-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 25-martdagi PF-3587-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida” 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-son Farmoniga 1-ilovaning 1-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 21-noyabrdagi PF-3820-son Farmoni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-son Farmoniga ilovaning 1 va 2-bandlari.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 4-yanvardagi PF-4164-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2011-yil 27-maydagi PF-4315-son Farmonining 2-bandi, shuningdek unga 1-ilova.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-son Farmoniga 1-ilovaning 1-bandi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 21-fevraldagi PF-4423-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 13-bandi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 4-yanvardagi PQ-1254-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1711-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 21-fevraldagi qaroriga ilovaning 10-bandi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va imzolash tartibi to‘g‘risida” 2005-yil 4-fevraldagi F-2118-son farmoyishiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 9-avgustdagi F-2305-son farmoyishi. | 170 | 7,607 |
Qonunchilik | XUSUSIY TADBIRKORLIK VA KIChIK BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASh FONDI (BIZNES-FOND)NI TAShKIL ETISh HAQIDA | Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, respublika mintaqalarida iqtisodiyotning nodavlat sektori ishlab chiqarish moliyaviy salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
1. Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi Fond muassislarining mazkur fond negizida ochiq usuldagi hissadorlik jamiyati shaklida joylarda hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lgan xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash Fondi (Biznes-fond)ni tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Shu narsa ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Ustavga muvofiq Biznes-fond ixtisoslashtirilgan nodavlat tashkiloti bo‘lib, xususiy tadbirkorlikka va kichik biznesga quyidagi yo‘llar bilan madad ko‘rsatadi:
xususiy tadbirkorlarga va kichik biznesga kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini pul bilan ta’minlash;
xususiy korxonalar va kichik biznesning ustav sarmoyasida qatnashish;
xususiy tadbirkorlarga hamda kichik biznesga maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnikaviy ko‘mak berish.
3. Quyidagilar Biznes-fond resurslarining manbalari etib belgilansin:
davlat mulkini sotishdan tushgan mablag‘larning, davlat mulki ishtirokidagi hissadorlik jamiyatlari faoliyatidan davlatga tegishli bo‘lgan dividendlarning 50 foizi;
ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi fondga tushgan mablag‘larning 10 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning mablag‘lari;
xorijiy yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘lari.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘lar Biznes-fond tomonidan qaytarib berish shartlari asosida jalb etiladi va uning “O‘ztadbirkorbank”dagi hisob varag‘ida jamlanadi. Ustav fondining mablag‘lari ham xuddi shu hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Biznes-fond kreditlarni odatda “Madad” sug‘urta Agentligi tomonidan qarz oluvchiga berilgan sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda “O‘ztadbirkorbank” orqali ajratib beradi.
5. Biznes-fondni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Biznes-fondning boshlang‘ich sarmoyasini shakllantirish va ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun 100 million so‘m pul ajratib bersin.
6. Biznes-fond davlat tomonidan ro‘yxatga olingan paytdan boshlab 3 yil mobaynida qonunda belgilangan soliqlarni, shuningdek majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilsin, bunda bo‘shagan mablag‘larni Biznes-fondning sarmoyasini ko‘paytirishga va uni rivojlantirishga sarflash shart qilib qo‘yilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 21-iyuldagi Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonning ijro etilishiga oid qaror qabul qilsin. | 101 | 2,963 |
Qonunchilik | FUQARO AVIATSIYASI XALQARO TAShKILOTI IShLARI BO‘YIChA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risida” Chikago (1944-y), konvensiyasiga haqiqatdan ham qo‘shilganligini hamda uning Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan organi — Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO)ga 1992-yil 12-noyabrdan boshlab to‘la huquqli a’zo etib qabul qilinganini hisobga olib, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining maqomi va fuqaro aviatsiyasi masalalari bo‘yicha xalqaro huquqning yuridik jihatlari vakillik organlarining IKAO bilan davlat darajasida o‘zaro hamkorlik qilishini nazarda tutishini e’tiborga olib, uning jahon hamjamiyatidagi ahamiyatini, shuningdek, hal etiladigan masalalar ko‘lamining kengligini hisobga olib hamda fuqaro aviatsiyasi sohasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tuzilsin.
2. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining ilova qilinayotgan Nizomi tasdiqlansin.
3. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining raisi etib Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tayinlansin.
Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar, Mudofaa, Makroiqtisodiyot va statistika, Ichki ishlar, Adliya, Moliya, Sog‘liqni saqlash vazirlarining o‘rinbosarlari; Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi raislarining o‘rinbosarlari; “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati bosh direktori; Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori, “O‘zaeronavigatsiya” direktori; Vazirlar Mahkamasining Kommunikatsiyalar kompleksi kotibiyati mudiri; O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari — lavozimlariga ko‘ra va ko‘rsatib o‘tilgan boshqaruv organlari rahbarlarining tavsiyasiga binoan Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining a’zolari etib belgilansinlar;
4. Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi o‘z valyuta mablag‘lari hisobidan har yilgi badalning, fuqaro tashkilotlariga o‘tkazilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga unga yuklatilgan vazifalarni hal etishda yordam ko‘rsatsinlar.
1. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda komissiya deb yuritiladi) Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi huzurida tuzilgani hamda xalqaro fuqaro aviatsiyasi va respublika havo bo‘shlig‘idan foydalanish masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan idoralararo organ hisoblanadi.
2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining normativ hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob berib turadi.
3. Komissiya Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti va respublikada havo bo‘shlig‘idan foydalanish masalalari bo‘yicha to‘la huquqli davlat organi hisoblanadi, uning qarorlarini bajarish barcha vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar uchun majburiydir.
4. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan hamda o‘z nomi o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan muhrga, bosma ish qog‘ozlariga ega bo‘ladi.
5. Xalqaro Fuqaro aviatsiyasi va havo bo‘shlig‘idan foydalanish sohasidagi muvofiqlashtirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha joriy kundalik ishlarni yuritish, komissiya ishlari uchun materiallarni ishlab chiqish va tayyorlash uchun Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi huzurida Komissiyaning ishchi organi — kotibiyat tuziladi.
6. Komissiya raisi tuzilmani, shtat jadvalini va kotibiyatni mablag‘ bilan ta’minlash xarajatlari smetasini tasdiqlaydi.
7. Komissiya tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Komissiya a’zolari vazifalarni jamoatchilik asosida bajaradilar. Xodimlari Komissiya tarkibiga kiritilgan vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari bu xodimlarning Komissiya tarkibida ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratadilar.
Komissiya ishini Komissiya raisi, uning o‘rinbosari hamda lavozimi bo‘yicha rais o‘rinbosari hisoblanadigan ijro etuvchi kotib tashkil qiladilar va boshqaradilar.
8. Komissiya ishining asosiy shakli yiliga ikki marta o‘tkaziladigan kengashlar hisoblanadi. Kechiktirib bo‘lmaydigan masalalarni hal etish uchun navbatdan tashqari kengash chaqirilishi mumkin.
9. Komissiya kengashi unda a’zolarining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda to‘la huquqli hisoblanadi. Qaror qabul qilish uchun Komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xalqaro fuqaro aviatsiyasi, havo bo‘shlig‘ini boshqarish va istiqbolni rejalashtirish sohasidagi uzoq muddatli siyosatni amalga oshirish;
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotida vakillik va IKAO faoliyatining barcha sohalarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash;
chet el tajribasini o‘rganish va undan foydalanish, xalqaro hamjamiyatda respublikaning rolini oshirish;
1944-yilgi Chikago konvensiyasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan fuqaro aviatsiyasi sohasidagi boshqa konvensiyalardan kelib chiqadigan O‘zbekiston Respublikasi huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va boshqaruv boshqa organlarining tadbirlarini muvofiqlashtirib borish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
Komissiya:
respublikaning 1944-yilgi Chikago konvensiyasidan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
IKAO faoliyatining asosiy masalalari bo‘yicha respublikaning siyosiy, texnikaviy, iqtisodiy va mudofaa manfaatlarini hisobga olgan holda respublika nuqtai nazari ishlab chiqilishini tashkil qiladi va uni tasdiqlaydi;
davlatning vakolatli organlari bilan birgalikda xalqaro havo yo‘llari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqadi;
respublika vakillarining IKAO sessiyalarida, konferensiyalarida va boshqa tadbirlaridagi ishtiroki to‘g‘risida, shuningdek, tayyorgarligi bo‘lgan mutaxassislarni IKAOdagi rasmiy lavozimlarga hamda IKAO kotibiyatida kontraktlar bo‘yicha ishlash uchun yo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni tasdiqlaydi;
respublikada qabul qilingan qoidalar va rasmiy marosimlarning IKAO standartlari va tavsiyalariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
ilg‘or chet el tajribasini respublika Fuqaro aviatsiyasi faoliyati amaliyotiga joriy qilishga doir tadbirlarni tasdiqlaydi, joriy etish natijalarini hisobga oladi va tahlil qiladi;
respublika Fuqaro aviatsiyasiga doir statistik ma’lumotlarni, IKAOga berilishi kerak bo‘lgan boshqa axborotlarni tasdiqlaydi;
respublikaning IKAO faoliyatidagi ishtirokiga doir tajribani umumlashtiradi va uning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasining IKAOdagi ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lgan alohida masalalarni ishlab chiqish uchun Komissiya o‘z tarkibidan kichik komissiyalar, vazirliklar va idoralar mutaxassislaridan esa IKAO faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi qo‘mitalar tuzadi. Kichik komissiyalar va ishchi qo‘mitalarning tarkiblari Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. | 110 | 7,822 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA BOLALAR IJTIMOIY MOSLAShUVI MARKAZI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi etib qayta tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009-yildan boshlab Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining joriy ta’minotiga uni moliyalashtirishning amaldagi shartlari saqlangan holda alohida satrda respublika budjetidan mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 91-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
1. 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 2-bandida:
birinchi xatboshidagi “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi” so‘zlaridan keyin “(keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi)” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida unga hisobot beradi”.
3. 3-bandning oltinchi xatboshidan “jumladan e’lon qilingan Mehr va muruvvat yili doirasida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. 7 va 8-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. 1-ilovada:
a) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogironlar, jismoniy nuqsoni bo‘lgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali og‘ir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar), shuningdek ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli boshqa guruhlarga kiradigan bolalarni (yetimlar, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalar bolalari) ijtimoiy moslashtirish muammolarini ishlab chiquvchi tashkilot hisoblanadi”;
b) 10-bandning to‘qqizinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 11-bandidagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 14-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 15-bandidagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 16-bandda:
oltinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 22-bandidan “shuningdek O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining taftish komissiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. 2-ilovadan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi” ustuni chiqarib tashlansin. | 88 | 3,731 |
Qonunchilik | Kam hosil olinganda zararni sugʻurta tovoni qoplaydi | Paхta хom ashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 17.06.2019 yildagi 505-son qarori).
Hujjat sugʻurta shartnomasini tuzish tartibini, sugʻurta tovoni toʻlanadigan sugʻurta hodisasi, shuningdek ekinlar holati monitoringi va uning natijalarini rasmiylashtirish meхanizmini belgilaydi.
Sugʻurta hodisasini keltirib chiqaruvchi hodisalar oqibatida ekinlar zararlanishi yoki nobud boʻlishi natijasida hosilni olish imkoniyati kamaysa yoki yoʻqolsa, sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga 10 ish kuni ichida boʻlib oʻtgan hodisa toʻgʻrisida хabarnoma beradi. Mazkur хabarnomaga asosan sugʻurtalovchi va ishchi guruh tomonidan ekinga yetkazilgan zarar joyida oʻrganib chiqiladi va dalolatnoma tuziladi.
Sugʻurta qildiruvchining sugʻurtaga qabul qilingan 1 gektar ekin maydoni uchun hosildorlik qiymati bilan joriy yilda 1 gektar ekin maydonidan haqiqatda olingan hosildorlik qiymati orasidagi farqi ekindan koʻrilgan zarar deb hisoblanadi.
Sugʻurta tovoni miqdori jami ekin maydonidan olingan yalpi hosil va tushgan sugʻurta mukofoti miqdori hisobga olingan holda, sugʻurta puli (sugʻurta javobgarligi) doirasida hisoblanadi. Ekinni ekish, parvarishlash va hosilni yigʻishtirib olish davrida quyidagi hollarda sugʻurta tovoni 5% kamaytiriladi:
Sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilganda sugʻurta qildiruvchi bilan birgalikda sugʻurta hodisasi tan olinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.
“Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan paхta хom ashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga paхta хom ashyosi va boshoqli don ekinlari (bu yerga va bu yerga qarang) yetishtirish uchun beriladigan imtiyozli kreditlarning 4%i miqdorida sugʻurta хarajatlariga ajratish boʻyicha har yili:
Moliya vazirligi boʻlgʻusi hosil sugʻurtasining zararlilik darajasidan kelib chiqqan holda, yuqorida keltirilgan sugʻurta хarajatlari miqdoriga oʻzgartirish kiritishi mumkin. Bunda koʻrsatilgan shartnomalar boʻyicha soliq tovonining 80%i “Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan qoplanadi, qolgan qismi - Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzagrosugʻurta” AJga ajratiladigan byudjet subsidiyasi orqali qoplanadi. Paхta хom ashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi хoʻjalik sub’yektlaridan tushgan jami sugʻurta mukofotlari “Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan jamlanadi.
Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan paхta хom ashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtirishni moliyalashtirish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar hajmini tasdiqlashda kreditlashning dastlabki 2 oyida sugʻurta qilish хarajatlari uchun yetarli miqdorda mablagʻlar ajratilishi taminlanadi. Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga tegishli topshiriq berildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Anvar Irkaхodjayev. | 52 | 3,022 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Ko‘p yillik halol mehnati, ilm-fanni rivojlantirishdagi va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari, jamoat turmushida faol qatnashganliklari uchun quyidagilarga O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari berilsin: | 98 | 232 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Mamlakatimizda suv xo‘jaligi obyektlarining holatini yaxshilash, suvdan oqilona foydalanish, shuningdek, uning hududiy ta’minotiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda mavjud suv xo‘jaligi obyektlarining miqdori, kanallar uzunligi va suv resurslarini taqsimlash maydonlari suv resurslarini oqilona boshqarishga alohida yondashuvni shakllantirishni talab qiladi.
Shu bilan birga, hozirda mavjud vaziyat suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati ustidan tezkor nazorat tizimini yaratish, ularni o‘z vaqtida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, shuningdek, mazkur sohada loyiha va qurilish-montaj ishlarini yaxshilash bo‘yicha choralar qabul qilinishini taqozo etadi.
Suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, shuningdek, suv xo‘jaligi obyektlari holatini yaxshilashda ta’sirchan tizimni yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga berilsin.
Belgilansinki, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mavjud shtat birligi va moddiy-texnika bazasi bilan to‘liq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi saqlangan holda o‘tkaziladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida umumiy shtat birligi doirasida quyidagi boshqarmalar tashkil etilsin:
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Surxondaryo” magistral tizimi;
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi irrigatsiya tizimlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Suv xo‘jaligi vazirligini davlat nomidan “O‘zGIP” MChJ ishtirokchisi funksiyalarini amalga oshiruvchi organ qilib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning yangilangan loyihasini;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3672-son qarorining:
a) 1-bandida:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumanlar irrigatsiya bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, irrigatsiya tizim boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari apparatining namunaviy tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 5 — 5d ilovalarga muvofiq”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasi 6a-ilovaga muvofiq”;
yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) quyidagi tahrirdagi 5g va 5d ilovalari bilan to‘ldirilsin:
g) quyidagi mazmundagi 6a-ilova bilan to‘ldirilsin: | 126 | 4,282 |
Qonunchilik | Yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasi shakliga oʻzgartirishlar kiritildi | Davlat bojхona qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 2606-3, 2018 yil 17 yanvar) bilan Yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Yoʻriqnoma Prezidentning 2017 yil 6 dekabrdagi PF-5276-son “Jismoniy shaхslar tomonidan naqd хorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktyabrdagi 814-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizimni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq keltirildi.
Eslatib oʻtamiz, 1.01.2018 yildan boshlab 2 ming AQSh dollarigacha boʻlgan miqdordagi хorijiy valyuta jismoniy shaхslar tomonidan har qanday davlat chegarasidan oʻtish punktlarida deklaratsiyalanmasdan olib kiriladi va olib chiqib ketiladi (sharhga qarang). Bundan tashqari, хalqaro aeroportlarda mazkur normaga hamda tovarlarni bojsiz olib kirishning chegaralangan me’yorlari va aksiz soligʻi solinmaydigan tovarlarni olib kirishning chegaralangan me’yorlariga rioya qilingan taqdirda yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirmaslikka va «yashil yoʻlak»dan foydalanishga haqli. Batafsil – bu yerda.
Bojхona deklaratsiyasining yangi shakli bilan havola boʻyicha tanishish mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.01.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 67 | 1,691 |
Qonunchilik | Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-apreldagi PQ-3677-son qarori va 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi dasturini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-apreldagi PQ-3677-son qaroriga muvofiq 2018-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:
yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshirilishi;
yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni yig‘ish, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat elektron shaklda amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxati keyinchalik ularni tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berish uchun yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallari tomonidan tuziladi;
yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda “YERELEKTRON” AAT deb ataladi) orqali elektron shaklda amalga oshiriladi;
“YERELEKTRON” AATni yaratish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi deb ataladi) “YERELEKTRON” AAT operatori hisoblanadi;
“E-IJRO AUKSION”ning yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladigan elektron auksionlarda yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiradi;
elektron auksionga qo‘yiladigan bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxati tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi;
yer uchastkalari ro‘yxatlarini o‘z vaqtida shakllantirish va tasdiqlash hamda ularni elektron auksionga qo‘yishni muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ta’minlanadi;
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratish to‘g‘risida elektron auksion natijalari asosida qabul qilingan qarorlarning bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, elektron auksion g‘oliblari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga rioya etmaslik va yer uchastkalarining davlat hamda jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qo‘yilishi bundan mustasno.
4. Yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishishda “YERELEKTRON” AAT bilan parallel ravishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi DUKning “Unicon.uz” “E-XAT” yagona xavfsiz elektron pochtasidan foydalanishga 2018-yilning 1-noyabrigacha ruxsat berilsin.
5. “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu qarorga 2-ilovada qayd etilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 30-iyungacha bo‘lgan muddatda Internet tarmog‘iga ulanganlik hamda “YERELEKTRON” AATga ulanish imkonini beradigan kompyuter va boshqa texnologik uskunalar bilan jihozlanish holatini xatlovdan o‘tkazsin.
6. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, xatlov natijalari bo‘yicha tegishli kompyuter va boshqa texnologik uskunalarni sotib olish va ushbu qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘linmalarini Internet tarmog‘iga ulash sarf-xarajatlarini quyidagilar hisobidan moliyalashtirish manbalarini belgilash bo‘yicha asoslangan takliflarni 2018-yil 5-iyuligacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari va o‘z mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari (yuqorida qayd qilingan tashkilotlar budjetdan tashqari va o‘z mablag‘larining yetishmayotgan qismida).
7. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va hududiy bo‘linmalari bo‘sh yer uchastkalari ro‘yxatini kelishish hamda ular bo‘yicha xulosalar berishda ishtirok etadigan boshqa vazirlik hamda idoralarga eng yaxshi takliflarni tanlash asosida yetkazib beruvchilar yoki ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha tegishli kompyuter va boshqa texnologik uskunalarni xarid qilishga ruxsat etilsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda yer resurslaridan foydalanishni puxta tahlil qilish natijalari bo‘yicha foydalanilmayotgan yerlar aniqlanishini va keyinchalik ularning bo‘sh yer uchastkalari ro‘yxatiga kiritilishini ta’minlasin.
9. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi va Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
vakolatli tashkilotlarning mutaxassislari uchun “YERELEKTRON” AATdan foydalanish tartibini tushuntirish bo‘yicha har yili seminar-treninglar tashkil etilishi va o‘tkazilishini;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining ushbu qarorning mohiyati hamda ahamiyati to‘g‘risida xabardorligini oshirish uchun ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin.
10. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarining qarorlarida nazarda tutilgan davlat hamda jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni kiritsin;
b) o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga muvofiq namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilayotgan massivlarga:
b) quyidagilar uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari berilgan holatlarda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining qarorlarida nazarda tutilgan davlat hamda jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini berish tartibiga binoan barpo etilayotgan muayyan turdagi obyektlarni qurishga;
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari belgilangan tartibda olib qo‘yilgan jismoniy va yuridik shaxslarga;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga muvofiq erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga;
davlat ulushi 100 foiz bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga.
v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarda yer uchastkalari ajratishda tatbiq etilmaydi.
g) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining iltimosnomasiga ko‘ra 80 — 100 metr kvadrat o‘lchamda namunaviy loyihalar bo‘yicha, shu jumladan, tarmoqli zamonaviy sanitariya-gigiyena uzellarini qurish uchun tadbirkorlik subyektlariga beriladigan yer uchastkalariga.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda “YERELEKTRON” AAT deb ataladi) — yer uchastkalari berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
yer uchastkasining minimal qiymati — yer uchastkasini auksionga qo‘yish uchun undan doimiy foydalanish huquqining qiymati;
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi (keyingi o‘rinlarda savdo maydonchasi deb ataladi) — auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron auksionlar jarayonlaridan operator veb-portali orqali bevosita foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan axborot tizimi;
operator — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi savdo maydonchasida auksionlarni tashkil etadigan va o‘tkazadigan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
vakolatli organlar va tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda vakolatli tashkilotlar deb ataladi) quyidagilar:
a) yer uchastkasini tanlash bo‘yicha xulosa beradigan:
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari, Toshkent shahrida Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi;
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (bo‘limining) yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi;
tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, Toshkent shahrida — Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;
tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari;
O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari;
b) yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishadigan:
tuman (shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining hududlararo (hududiy) davlat inspeksiyalari;
tegishli hududlar va inshootlaridan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining hududiy organlari;
auksion ishtirokchisi — auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanoma bergan va unda ishtirok etishga ruxsat etilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
elektron auksion (keyingi o‘rinlarda auksion deb ataladi) — savdo maydonchasi orqali yer uchkastkasidan doimiy foydalanish huquqi realizatsiya qilinadigan auksion.
4. Bo‘sh yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun auksion orqali doimiy foydalanishga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemasi bo‘yicha beriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi deb ataladi) organlari bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxatini tuzadi va yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlaydi.
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlarining yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash, shu jumladan yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash hamda yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilash ishlarining qiymati quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
yer uchastkasi maydoni 0,01 gektar bo‘lganda, eng kam ish haqining ikki baravari;
yer uchastkasi maydoni 0,01 gektardan 0,05 gektargacha bo‘lganda, eng kam ish haqining uch baravari;
yer uchastkasi maydoni 0,05 gektardan 0,1 gektargacha bo‘lganda, eng kam ish haqining to‘rt baravari;
yer uchastkasi maydoni 0,1 va undan ko‘p gektar bo‘lganda, eng kam ish haqining besh baravari miqdorida.
Yer uchastkasini tanlash materialarini tayyorlash ishlarining ushbu band bilan belgilangan qiymati auksionda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining ushbu Nizomning 87-bandida belgilangan tartibda realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
6. Tumanlar (shaharlar) hokimliklarining taqdimnomasiga ko‘ra, vakolatli organlar yer uchastkasini tanlash materiallarini “YERELEKTRON” AAT orqali faqat elektron shaklda kelishadi va ular bo‘yicha xulosalar beradi.
Vakolatli organlar tomonidan yer uchastkasini tanlash materillarini kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosalar berish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi organlarining ekologik ekspertizadan o‘tkaziladigan obyektlarni qurishga yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha xulosa berishi uchun to‘lov undirilmaydi.
7. Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi tumanlar (shaharlar) hokimliklarining “YERELEKTRON” AAT orqali berilgan buyurtmanomalari bo‘yicha operator tomonidan auksionga qo‘yiladi.
Operator operator va tegishli tuman (shahar) hokimligi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq auksionni tashkil etish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Auksionni tashkil etish shartnomasining namunaviy shakli O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi auksionga ushbu Nizomga muvofiq yer uchastkasini tanlash materiallarini vakolatli tashkilotlar bilan kelishuvga asosan har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida qo‘yiladi.
8. Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari yerlarni xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, bo‘sh yer uchastkalari ro‘yxatini tuzadi va har oyning birinchi sanasigacha “YERELEKTRON” AAT orqali tumanlar (shaharlar) hokimliklariga har oyda yuboradi.
9. Har bir yer uchastkasi bo‘yicha ro‘yxatga quyidagilar ilova qilinadi:
yer uchastkasi, jumladan, maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadda mo‘ljallanayotganligi, ball bonitet va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot;
yer uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), bunday xarita bo‘lmagan taqdirda — Google xaritada yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) M 1:500 dan M 1:1000 cha bo‘lgan kattalikda ko‘rsatilgan holda joylashtirish rejasi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan fotosurati (15x20 sm).
Har bir yer uchastkasiga o‘ziga xos raqam beriladi.
10. Ro‘yxatga ilovalarda ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan barcha materiallar mavjud bo‘lmasa yoki ular tegishli sifatda (boshqa kattalikda, noaniq tasvirda) taqdim etilmasa, tuman (shahar) hokimligi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filialiga kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan tegishli yer uchastkasiga oid materiallarni bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatilgan holda, qayta tayyorlash uchun elektron shaklda yuboradi.
Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali tuman (shahar) hokimligi ko‘rsatgan barcha kamchiliklarni besh ish kunida bartaraf etadi va materiallarni tuman (shahar) hokimligiga “YERELEKTRON” AAT orqali takroran yuboradi.
11. Tuman (shahar) hokimligi ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan barcha materiallar bilan birga ro‘yxatni olgandan so‘ng besh ish kunida yer uchastkalaridan maqsadli foydalanishni belgilaydi va ular bo‘yicha materiallarni ushbu Nizomning 13-14 bandlariga binoan hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashining xulosasini yoki qarorini olish uchun tuman (shahar) qurilish bo‘limiga, Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasiga yuboradi, ushbu Nizomning 12-bandida qayd etilgan holatlar bundan mustasno.
12. Ro‘yxatga kiritilgan ayrim bo‘sh yer uchastkalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan ulardan maqsadli foydalanishdan kelib chiqqan holda bo‘linishi mumkin.
Bunda tuman (shahar) hokimligi yer uchastkalari ro‘yxati olingandan so‘ng uch ish kuni mobaynida yer uchastkasini bo‘ladi va materiallarni yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filialiga bo‘lingan yer uchastkalari bo‘yicha ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan yangi materiallarni tayyorlash uchun yuboradi.
Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali ikki ish kuni davomida bo‘lingan yer uchastkalari bo‘yicha yangi materiallarni tayyorlaydi, bo‘lingan yer uchastkalariga o‘ziga xos raqamlar beradi va materiallarni tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Tuman (shahar) hokimligi bo‘lingan yer uchastkalari bo‘yicha materiallarni olgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan ularni ushbu Nizomning 13-14-bandlariga muvofiq hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashining xulosasini yoki qarorini olish uchun tuman (shahar) qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ga yuboradi.
13. Shaharsozlik hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasi uch ish kuni davomida har bir yer uchastkasi bo‘yicha xulosa tuzadi va uni tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Xulosada shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etish talablari bayon etiladi.
14. Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda tuman (shahar) qurilish bo‘limi tuman (shahar) hokimligidan materiallarni olgandan so‘ng kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar qurilish bosh boshqarmasiga hududiy arxitektura shaharsozlik kengashida (keyingi o‘rinlarda kengash deb ataladi) ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Kengash besh ish kunidan kechiktirmasdan navbatdagi majlisda har bir yer uchastkasi bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqadi.
Kengash qarori (majlis bayoni) u qabul qilingandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan tuman (shahar) qurilish bo‘limiga, Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasiga yuboriladi va u shu kuni kengash qarori bilan tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
15. Tuman (shahar) qurilish bo‘limining, Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasining elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan xulosasi va kengash qarori (bayoni) tumanlar (shaharlar) hokimliklariga “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda yoki nusxasi ko‘chirilgan shaklda yuboriladi. Bunda xulosa (qaror) ijobiy yoki salbiy sifatida berilishi mumkin.
Ijobiy xulosada (qarorda) yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik va boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada (qarorda) qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
16. Bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha kengash xulosasi yoki qarori ushbu Nizomning 13-14-bandlarida belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda yer uchastkasini tanlash materiallari ma’qullangan hisoblanadi, ular bo‘yicha xulosa va qarorlar esa ijobiy deb topiladi. Bunda tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasi va kengash raisi bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi uchun, shuningdek, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmasligi uchun shaxsan javob beradi.
17. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi salbiy xulosa yoki kengash salbiy qaror chiqargan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi bo‘sh yer uchastkasi materiallariga ishlov berish, shu jumladan berilgan xulosaga (kengash qaroriga) muvofiq bo‘sh yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirish huquqiga ega.
Kengashning berilgan salbiy xulosasi yoki qarorida bo‘sh yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirish nazarda tutilgan bo‘lsa, tuman (shahar) hokimligi uch ish kunidan kechiktirmasdan bo‘sh yer uchastkasining belgilangan maqsadini qayta ko‘rib chiqadi va bo‘sh yer uchastkasini tanlash bo‘yicha yangilangan materiallarni ushbu Nizomning 13-14-bandlarida belgilangan tartibda kengashning xulosasi yoki qarorini olish uchun tuman (shahar) qurilish bo‘limiga, Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasiga takroran yuboradi.
Agarda, kengashning salbiy xulosasi yoki qarorida bo‘sh yer uchastkasining boshqa parametrlarini (konturni o‘zgartirish, bo‘lish, muhofaza etiladigan hudud va boshqalar) o‘zgartirish to‘g‘risida talablar nazarda tutilgan bo‘lsa, tuman (shahar) hokimligi xulosa yoki qaror olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarini yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali uch ish kuni davomida bo‘sh yer uchastkasini tanlash materialiga ishlov beradi va ularni tuman (shahar) hokimligiga takroran yuboradi. Yer uchastkasini tanlash materiallariga ishlov berish va yangi materiallar tayyorlash ishlari uchun to‘lov undirilmaydi.
Qayta ishlagan materiallar olingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tuman (shahar) hokimligi bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarini ushbu Nizomning 13-14-bandlarida belgilangan tartibda kengashning xulosasi yoki qarorini olish uchun tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga takroran yuboradi.
18. Tuman (shahar) hokimligi tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasi ijobiy xulosa berganda yoki kengash ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, bo‘sh yer uchastkalari bo‘yicha materiallarni quyidagi vakolatli organlarga yuboradi:
a) xulosa olish uchun:
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga, Toshkent shahrida — Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga;
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (bo‘limining) yong‘in xavfsizligi bo‘limiga, Toshkent shahrida — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga;
tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlariga, Toshkent shahrida — Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga;
tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga;
b) kelishish uchun:
tuman (shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalariga;
tegishli hududlar va inshootlaridan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarga;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining hududiy organlariga.
Aholi punktlarida obyektlar qurish uchun bo‘sh yer uchastkalarini tanlash materiallari bo‘yicha Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatining hamda tuman ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘limining (boshqarmasining) xulosasini olish talab etilmaydi. Zero, ularning joylashuvi bosh rejasida, shuningdek, batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan bo‘ladi hamda shaharsozlik hujjati eksplikatsiyasida nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladi.
19. Vakolatli tashkilotlar bo‘sh yer uchastkalari bo‘yicha taqdim etilgan materiallarni besh ish kuni mobaynida kelishadi yoki tegishli xulosalar beradi.
20. Vakolatli tashkilotlarning xulosalari “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda yoki nusxasi tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboriladi.
Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik, sanitariya, tabiatni muhofaza qilish, yong‘inga qarshi va boshqa norma hamda qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining xulosasi bo‘sh yer uchastkasi joylashgan hudud, uning toifasi, boniteti va boshqa parametrlardan kelib chiqqan holda, qonunchilikda yuridik shaxslar uchun belgilangan yer solig‘i yillik stavkasining hisob-kitobini o‘z ichiga olishi lozim.
21. “YERELEKTRON” AATda materiallar tegishli yer uchastkasi bo‘yicha vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash orqali kelishiladi.
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilgan holatda tuman (shahar) hokimligiga “YERELEKTRON” AAT orqali qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda, bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatilgan xat yuboriladi. Kelishuv rad etilgan xat tumanlar (shaharlar) hokimliklariga “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki uning ko‘chirilgan nusxasi yuboriladi.
22. Bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilmaganda (yoki kelishishni rad etish taqdim etilmaganda) yoki ular bo‘yicha xulosalar taqdim etilmaganda, ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan muddat davomida bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgan, ular yuzasidan xulosalar esa ijobiy hisoblanadi. Vakolatli tashkilotlar rahbarlari tumanlar (shaharlar) hokimlaridan bo‘sh yer uchastkalari bo‘yicha olingan materiallarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmasligi uchun shaxsan javobgarlik yuklanadi.
23. Vakolatli organ bilan kelishilmaganda yoki salbiy xulosa olinmaganda, tuman (shahar) hokimligi bo‘sh yer uchastkasini tanlash materialini qayta ishlab, ularni ushbu Nizomning 24-25-bandlarida belgilangan tartibda takroran kelishish (ular bo‘yicha xulosa olish) huquqiga ega.
24. Vakolatli tashkilotlar salbiy xulosa bergan taqdirda yoki kelishuvni rad etish to‘g‘risida xat yo‘llagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi vakolatli tashkilotlarning e’tirozlaridan kelib chiqqan holda uch ish kuni davomida bo‘sh yer uchastkasining belgilagan maqsadini va uni tanlash materiallarini qayta ko‘rib chiqib, vakolatli tashkilotlarning xulosa va xatlarini ilova qilgan holda ularni yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filialiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Bunday holatlarda yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali uch ish kuni davomida bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarini qayta ishlaydi va tuman (shahar) hokimligiga takroran yuboradi.
Bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarini qayta ishlash va yangi materiallar tayyorlash ishlari uchun to‘lov undirilmaydi.
25. Tuman (shahar) hokimligi bo‘sh yer uchastkasining belgilangan maqsadi qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng yoki qayta ishlangan materiallar olingach, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarini ushbu Nizomning 11 — 22-bandlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun vakolatli tashkilotlarga takroran yuboradi. Takroran yuborilgan materiallar ikki ish kunida ko‘rib chiqilishi shart.
26. Ushbu Nizomning 28 — 30-bandlariga muvofiq ro‘yxatda nazarda tutilgan bo‘sh yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirmagan taqdirda tuman (shahar) hokimligi vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuv yoki ijobiy xulosasi olingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechikmasdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionda realizatsiya qilish orqali yer uchastkasi ajratish uchun taqdimnoma yuboradi.
27. Taqdimnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallari;
tuman (shahar) qurilish bo‘limining, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi xulosasi yoki kengash qarori;
vakolatli tashkilotlarning xulosalari va vakolatli tashkilotlar bilan ijobiy kelishuv to‘g‘risidagi axborot.
Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki ularning ko‘chirilgan nusxalari yuboriladi.
28. Tuman hokimining vakolatiga quyidagi yerlarni ajratish kiradi:
a) zaxira yerlardan;
b) bir nafar yerdan foydalanuvchiga quyidagi yerlardan 10 gektargacha yer uchastkasi ajratish kiradi:
qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun mo‘ljallangan yerlardan, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar bundan mustasno;
o‘rmon fondi yerlaridan, o‘rmon o‘simliklari bilan qoplangan yerlar bundan mustasno;
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsaddagi yerlardan;
suv fondi yerlaridan.
29. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga quyidagi yerlarni ajratish kiradi:
kadastr qiymati o‘rtacha tuman bonitetidan 20 foizdan ortiq alohida qiymatga ega unumdor sug‘oriladigan yerlar;
muhofaza etiladigan hududlar (tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekratsion maqsadlardagi) egallagan va tarixiy-madaniy ahamiyatga ega yerlar;
shahar atrofidagi va shaharning yashil hududlaridagi yerlar;
ilmiy tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining tajriba yerlari;
o‘rmon o‘simligi bilan qoplangan yerlar.
30. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatiga ushbu Nizomning 28-29-bandlarida nazarda tutilmagan yer uchastkalarini ajratish kiradi.
31. Taqdimnomada qayd etilgan bo‘sh yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatiga kirgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgandan so‘ng uch ish kunida ularni ko‘rib chiqadi va quyidagilar haqida qaror qabul qiladi:
tuman (shahar) hokimligi tomonidan tegishli bo‘sh yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqining auksionga qo‘yilishiga roziligi to‘g‘risida;
tuman (shahar) hokimligi tomonidan tegishli bo‘sh yer uchastkalarining belgilangan maqsadi o‘zgartirilgandan so‘ng ulardan doimiy foydalanish huquqining auksionga qo‘yilishiga roziligi to‘g‘risida;
tegishli bo‘sh yer uchastkalaridan foydalanish huquqi auksionga qo‘yilishini asoslangan sabablar ko‘rsatilgan holda rad etish to‘g‘risida.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori keyingi ish kunidan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali tegishli taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
32. Taqdimnomada qayd etilgan bo‘sh yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kirgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni olgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tuman (shahar) hokimligi tomonidan tegishli bo‘sh yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqlarini auksionga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqish haqida xat yuboradi.
Xatga tuman (shahar) hokimligining taqdimnomasi va ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
33. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan xat olingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tegishli materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura va shaharsozlik kengashiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura va shaharsozlik kengashi ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha besh ish kuni davomida Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar haqida protokol qaror (xulosa) yuboradi:
tuman (shahar) hokimligi tomonidan tegishli bo‘sh yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi auksionga qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risida;
tuman (shahar) hokimligi tomonidan tegishli bo‘sh yer uchastkalarining belgilangan maqsadlari o‘zgartirilgandan so‘ng ulardan doimiy foydalanish huquqi auksionga qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risida;
tegishli bo‘sh yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini asoslangan sabablar ko‘rsatilgan holda auksionga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida.
Bunda tuman (shahar) hokimligi tomonidan bo‘sh yer uchastkalari auksionga qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risidagi protokol qarorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ilova qilinadi.
34. Tuman (shahar) hokimligi tomonidan tegishli bo‘sh yer uchastkalarining belgilangan maqsadlari o‘zgartirilgandan so‘ng ulardan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risidagi protokol qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi besh ish kuni davomida tuman (shahar) hokimligi tomonidan auksionga qo‘yilishiga roziligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori keyingi kundan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, tegishli taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura va shaharsozlik kengashi tomonidan ushbu Nizom 33-bandining to‘rtinchi, beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qarorlar qabul qilingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ularni keyingi ish kunidan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, tegishli taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu Nizom 31-bandining uchinchi xatboshida nazarda tutilgan qarorni yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura va shaharsozlik kengashi ushbu Nizom 33-bandining to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan protokol qarorini chiqarganda, tuman (shahar) hokimligi uch ish kuni davomida bo‘sh yer uchastkasining belgilangan maqsadini qayta ko‘rib chiqadi hamda bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarini vakolatli tashkilotlar bilan ushbu Nizomning 11 — 25-bandlarida belgilangan tartibda kelishish (xulosa olish) uchun takroran yuboradi.
Bo‘sh yer uchastkasini tanlash bo‘yicha takroran yuborilgan materiallar vakolatli tashkilotlar tomonidan ikki ish kunida ko‘rib chiqilishi lozim.
Vakolatli tashkilotlar bilan bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgandan (xulosa olingandan) so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu Nizomning 26 — 34-bandlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun takroran yuboriladi.
36. Barcha vakolatli tashkilotlar bilan kelishilgach yoki ularning ijobiy xulosalari olingach, tegishli bo‘sh yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirmaydigan holatda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi auksionga qo‘yilishiga rozilik to‘g‘risidagi qarori olingandan so‘ng tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni davomida bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga realizatsiya qilish uchun qo‘yishga doir materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi.
37. Bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun qo‘yishga doir materiallar ushbu Nizomning 38 — 40-bandlarida belgilangan tartibda tayyorlanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
bo‘sh yer uchastkasining minimal qiymatini aniqlash;
auksion shaklini (ochiq yoki yopiq) belgilash;
bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
bo‘sh yer uchastkasidan foydalanish huquqini ushbu Nizomga muvofiq auksionga realizatsiya qilishga qo‘yish uchun zarur boshqa hujjatlarni tayyorlash.
38. Yer uchastkasining minimal qiymati tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining xulosasida ko‘rsatilgan yer solig‘i yillik stavkasining miqdorini va ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq belgilanadigan bo‘sh yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlashga doir ishlar qiymatini o‘z ichiga oladi.
Yer uchastkasining minimal qiymati bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yishda boshlang‘ich narx hisoblanadi.
39. Ro‘yxatga kiritilgan bo‘sh yer uchastkalarining kamida 20 foizi yopiq auksionlarda realizatsiya qilinadi.
Yopiq auksionlarda auksionga qo‘yiladigan yer uchastkasi joylashgan tumanda (shaharda) ro‘yxatga olingan (doimiy yashaydigan) yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etish huquqiga ega.
Auksionni o‘tkazish shakli to‘g‘risidagi qaror tuman (shahar) hokimligi tomonidan ushbu band talablari inobatga olingan holda, auksionga qo‘yiladigan har bir bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha qabul qilinadi.
40. Bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yish to‘g‘risidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan qabul qilinadi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
bo‘sh yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
bo‘sh yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
bo‘sh yer uchastkasining maydoni (gektarda);
bo‘sh yer uchastkasining belgilangan maqsadi;
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga binoan auksionga qo‘yiladigan yer uchastkalari bo‘yicha — bo‘sh yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yish uchun asos;
bo‘sh yer uchastkasining minimal qiymati;
auksion shakli;
yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi egasining majburiyatlari, shu jumladan vakolatli tashkilotlar xulosalarida qayd etilgan majburiyatlar, shuningdek, ajratilgan yer uchastkasida obyektlar va inshootlarni qurish muddatlariga oid talablar;
yer uchastkasi bo‘yicha mavjud cheklovlar;
investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.
41. Tuman (shahar) hokimining bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun qo‘yish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng tuman (shahar) hokimligi keyingi ish kunidan kechikmasdan operatorga yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini sotish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmanomani ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.
Buyurtmanoma tuman (shahar) hokimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi va “YERELEKTRON” AAT orqali operatorga yuboriladi.
42. Buyurtmanomaga quyidagilar elektron (ko‘chirilgan) shaklda ilova qilinadi:
a) tuman (shahar) hokimining bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun qo‘yish to‘g‘risidagi qarori;
b) ushbu Nizomning 29-30-bandlarida nazarda tutilgan bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini realizatsiya qilishda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining tegishli qarorlari;
v) bo‘sh yer uchastkasi to‘g‘risida qisqa axborot, shu jumladan uning o‘ziga xos raqami, maydoni (gektarda), belgilagan maqsadi, bo‘sh yer uchastkasi kiradigan yer fondi toifasi, mavjud chegaralari, ball boniteti va boshqalar;
g) bo‘sh yer uchastkasining chegaralari va manzili (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘chalar mavjud bo‘lmaganda esa mavjud obyektdan masofa metrda ko‘rsatiladi) ko‘rsatilgan bo‘sh yer uchastkasini joylashtirish rejasi;
d) chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
e) bo‘sh yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan fotosurati (15x20 sm);
j) vakolatli tashkilotlarning xulosalari;
z) bo‘sh yer uchastkasini ifodalaydigan boshqa hujjatlar, shuningdek, yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibi.
43. Buyurtmanomaga ushbu Nizomning 42-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmaganda yoki ular tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganda, operator elektron shakldagi buyurtmanomani olgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan buyurtmanomani tuman (shahar) hokimligiga bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qaytaradi.
Tuman (shahar) hokimligi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni bir hafta muddatda bartaraf etib, elektron buyurtmanomani ushbu Nizomning 42-bandi talablariga muvofiq takroran yuboradi.
44. Tuman (shahar) hokimligi buyurtmanomani taqdim etish bilan bir vaqtning o‘zida:
bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi auksionga qo‘yilishi to‘g‘risidagi axborotni tarqatadi;
“YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga bo‘sh yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi auksionga qo‘yilishi haqidagi axborotni ushbu Nizomning 42-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda yuboradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi jismoniy va yuridik shaxslarni auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni ko‘radi, shu jumladan tuman (shahar) hokimligidan olingan hujjatlar va axborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanoma joylashtiriladigan Internet portal manziliga tayangan holda o‘z rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.
45. Bo‘sh yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqat savdo maydonida auksion shaklida o‘tkaziladi.
Auksionlar ularda Internet tarmog‘i orqali ishtirok etish imkonini beradigan va buyurtmanomalarni qabul qilish hamda g‘oliblarni aniqlash jarayonlariga aralashish imkoniyatlarini istisno qiluvchi maxsus dasturiy mahsulotdan foydalangan holda o‘tkaziladi.
46. Auksionlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar va lot haqidagi axborot ular boshlanishidan avval 30 kalendar kunidan kechiktirmasdan operatorning veb-portalida joylashtiriladi.
47. Auksionlarda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron buyurtmanomani taqdim etish va zakalat kiritish orqali ishtirok etiladi.
Ochiq auksionlarda barcha yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishga haqli.
Yopiq auksionlarda elektron auksionga qo‘yiladigan yer uchastkasi joylashgan tumanda (shaharda) doimiy yashovchi (ro‘yxatga olingan) jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etish huquqiga ega.
48. Auksion narxlarni oshirish prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi.
49. Bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi auksionga yer uchastkasining tuman (shahar) hokimi qarorida (buyurtmanomasida) ko‘rsatilgan minimal qiymat bo‘yicha qo‘yiladi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlar va tartibda elektron auksion o‘tkazilmagan deb e’tirof etilganda bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi auksionga pasaytirilgan narxda qo‘yiladi.
50. Operator auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun shartnomada belgilanadigan miqdorda, ammo bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini sotish summasining besh foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda mukofot oladi.
51. Operator tuman (shahar) hokimligidan buyurtmanoma va unga belgilangan talablarga mos keladigan hujjatlarni olgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan o‘z veb-portalida auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani joylashtiradi.
52. Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma operator veb-portalida u o‘tkazilishidan kamida 30 kalendar kun avval joylashtirilishi va veb-portalda auksion boshlanishidan oldin joylashtirilishi lozim.
Tegishli lot bo‘yicha auksion boshlangach, veb-portalda avtomatik rejimda auksion boshlangani to‘g‘risidagi axborot qo‘yiladi.
Auksion nihoyasiga yetgandan so‘ng veb-portalda avtomatik rejimda auksionning tugash vaqti va uning natijalari haqidagi axborot qo‘yiladi.
53. Xabar quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi zarur:
a) auksion o‘tkaziladigan sana, jumladan, uning boshlanish va tugash vaqti;
b) lot raqami va nomi;
v) auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish sanasi va tugash vaqti;
g) auksion shakli (ochiq yoki yopiq);
d) auksion obyekti haqida axborot, ya’ni aynan:
yer uchastkasining o‘ziga xos raqami;
bo‘sh yer uchastkasini joylashtirish rejasiga muvofiq chegara va manzil ko‘rsatilgan holda, bo‘sh yer uchastkasining maydoni (gektarda) va joylashgan joyi;
bo‘sh yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqiga ega shaxsning majburiyatlari, shu jumladan vakolatli tashkilotlar xulosalarida qayd etilgan majburiyatlar, shuningdek, ajratilgan yer uchastkasida obyektlar va inshootlarni qurish muddatlariga taalluqli majburiyatlar;
yer uchastkasi bo‘yicha mavjud cheklovlar;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga oid boshqa axborot;
e) yer uchastkasining belgilangan maqsadi;
j) yer uchastkasining minimal qiymati;
z) boshlang‘ich narx;
i) boshlang‘ich narxdan foiz ko‘rinishida va qat’iy summada ifodalangan qadam bahosi;
k) zakalat pulining boshlang‘ich narxdan foiz ko‘rinishida va qat’iy summada ifodalangan miqdori, zakalat puli o‘tkazilishi lozim bo‘lgan operatorning bank hisobvarag‘i rekvizitlari;
l) bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yishga asos bo‘lgan qarorni chiqargan tuman (shahar) hokimligining nomi, manzili va telefon raqami;
m) tuman (shahar) hokimining qarori bo‘yicha qo‘shimcha axborot;
54. Operatorning veb-portalida barcha xohlovchilarga xabarnoma va lot bo‘yicha batafsil ma’lumot, shuningdek, ushbu Nizomning 42-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan erkin tanishish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Shuningdek, operatorning veb-portalida elektron auksionni o‘tkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Operator aholini ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda elektron auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.
55. Elektron auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va auksionni o‘tkazish kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13-00 da) yakunlanadi.
Qabul qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin kelib tushgan buyurtmalar qabul qilinmaydi.
56. Buyurtmanomalar elektron ko‘rinishda mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
Buyurtmanoma elektron raqamli imzo bilan imzolanadi. Buyurtmanomada zakalat puli to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining rekvizitlari albatta ko‘rsatiladi.
Buyurtmachi buyurtmanomaga zakalat puli to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasini ilova qilishi mumkin.
Bunda to‘lov hujjatining to‘lov maqsadida zakalat puli to‘lanayotgan lot raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Bir nechta auksion obyektlari bo‘yicha zakalat puli ularning har biri bo‘yicha alohida to‘lov hujjatlari bilan to‘lanadi.
Elektron auksionni o‘tkazish qoidalarida auksion ishtirokchisiga shaxsiy kabinetda kiritilgan zakalat puli va zakalat kiritiladigan lotning to‘liq narxi to‘langaning hisobi yuritiladigan shaxsiy hisobraqam ochish nazarda tutilishi mumkin.
57. Elektron auksionda ishtirok etish uchun zakalat yer uchastkasi minimal qiymatining 20 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisobraqamiga o‘tkaziladi.
58. Buyurtmachi buyurtmanoma qabul qilish muddatidan kechiktirmasdan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan xabarnomani operatorga yuborish orqali auksionda ishtirok etish buyurtmanomasini o‘zgartirish yoki chaqirib olishga haqli.
Auksionda ishtirok etishga buyurtmanoma chaqirib olingan hollarda operator to‘langan zakalat pulini buyurtmanoma chaqirib olingan kundan boshlab, uch ish kunidan kechiktirmay ishtirokchiga qaytaradi. Zakalat puli buyurtmachining auksionda ishtirok etishga bergan buyurtmanomasida ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga qaytariladi.
Buyurtmachiga qaytarilgan zakalat puli buyurtmachi tomonidan bank hisob raqami rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgani yoki boshqa sabablarga ko‘ra operatorning bank hisob raqamiga qayta kelib tushgan taqdirda, operator bank rekvizitlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar so‘rovnomasini yuborib, ishtirokchini bu haqda xabardor qiladi. Mazkur holatda zakalat puli buyurtmachiga o‘zining bankdagi hisob raqami rekvizitlarini aniq ko‘rsatib, murojaat qilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmay qaytariladi.
59. Ishtirok etish uchun buyurtma qabul qilingandan keyin u quyidagi talablarga rioya etilganligi yuzasidan tekshiriladi:
buyurtmanoma belgilangan talablarga muvofiq to‘ldirilganligi, shuningdek, elektron raqamli imzoning buyurtmanoma bergan shaxsga tegishliligi va haqiqiyligi (shu jumladan amal qilishi to‘xtatilishi, bekor qilinishi);
zakalat pulining operator hisob raqamiga tushishi, shuningdek, zakalat kiritilganini tasdiqlaydigan to‘lov hujjati rekvizitlari, undagi to‘lov maqsadida ko‘rsatilgan lot raqamining buyurtmanomada ko‘rsatilgan to‘lov hujjati rekvizitlari va lot raqamiga muvofiqligi;
yopiq auksionni o‘tkazishda — auksionga qo‘yiladigan yer uchastkasi joylashgan tumanda (shaharda) yashaydigan yoki ro‘yxatga olingan jismoniy yoxud yuridik shaxslarning buyurtmanoma taqdim etgani;
buyurtmanomani xabarnomada ko‘rsatilgan buyurtmanoma berish muddati tugaguniga qadar berish.
Buyurtmanoma dastur yordamida avtomatik tarzda tekshiriladi. Tekshiruv natijalari va qabul qilingan qaror haqida buyurtmachiga zudlik bilan xabar qilinadi, ushbu bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Agar, dastur yordamidagi tekshiruvlar natijalariga ko‘ra buyurtmaning barcha talablarga muvofiqligi, biroq operatorning bankdagi hisob raqamiga zakalat puli kelib tushmaganligi aniqlansa, operator bu haqda buyurtmachini zudlik bilan xabardor qiladi va buyurtmanoma bo‘yicha ikki ish kunidan kechiktirmay yakuniy qaror qabul qilinishi kerakligini ma’lum qiladi.
60. Buyurtma mazkur Nizomning 59-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelgan taqdirda operator zudlik bilan buyurtmachiga auksionda ishtirok etishiga ruxsat beradi, shuningdek, elektron pochta orqali buyurtmachini auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi.
Auksion ishtirokchilariga auksionda ishtirok etishda foydalanish uchun shaxsiy tartib raqamlar beriladi.
61. Buyurtmanoma mazkur Nizomning 59-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda, operator zudlik bilan (buyurtma berilgan paytda zakalat puli operatorning bankdagi hisobraqamiga kelib tushmagan hollarda ikki ish kuni davomida) buyurtmachining auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomasini rad etadi va bu haqda unga elektron xat bilan bildirishnoma yuboradi.
Bunda buyurtmachi kamchiliklarni bartaraf qilgandan so‘ng xabarnomada ko‘rsatilgan buyurtmanoma qabul qilish vaqti yakunlanguniga qadar auksionda ishtirok etishga buyurtmanomani takroran yuborishga haqli.
62. Operator buyurtmalar va unga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini, shuningdek, ular sir tutilishini ta’minlaydi.
Buyurtmanomalarni qabul qilish davrida, shuningdek, auksionni o‘tkazish davomida operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, yuridik shaxsning nomi va pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, ishtirokchini aniqlash imkonini beradigan boshqa ma’lumotlarni) aks ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
63. Auksion operatorning veb-portalidagi xabarnomada ko‘rsatilgan kunda va vaqtda boshlanadi.
64. Auksion unga qo‘yilgan ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi.
65. Auksion ish kuni mobaynida soat 9.00 dan soat 18.00 gacha o‘tkaziladi.
66. Boshlang‘ich narx bilan bo‘sh yer uchastkasining minimal qiymatiga teng narx belgilanadi, ushbu Nizomning 76-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
67. Auksion qadami auksion obyektining boshlang‘ich narxining besh foizni tashkil etadi.
68. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi.
69. Agar taklif berilgandan keyin 10 daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan qadamga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 daqiqaga uzaytiriladi.
70. Agar, tasdiqlangan oxirgi taklifdan so‘ng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi bo‘yicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion auksion natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
701. Auksion ishtirokchilariga navbatdagi stavkani dastlab belgilangan qadamdan 5, 10 yoki 20 baravar miqdorda mustaqil belgilash imkoniyati beriladi.
71. Agar, lot narxini oshirish bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni elektron onlayn-auksionni o‘tkazish vaqti yakunlangunga o‘n daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif elektron onlayn-auksionni o‘tkazish vaqtini o‘n daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq, bunda elektron onlayn auksionni o‘tkazish vaqti 3 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion 21-00 soatga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi bo‘yicha oxirgi taklifni soat 21-00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
72. Auksionni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan yagona elektron savdo maydonchasida texnik uzilish sodir bo‘lgan hollarda, auksion o‘tkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga xabar berilgan holda auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
73. Elektron onlayn-auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
lotning boshlang‘ich narxi;
oxirgi va oxirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga olgan holda auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar bo‘yicha shakllangan narxlar);
auksion g‘olibining hamda oxirgidan oldin taklifni tasdiqlagan ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi.
74. Auksion quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:
auksionda ishtirok etish uchun uning birorta ham ishtirokchisi qo‘yilmagan bo‘lsa, shu jumladan unda ishtirok etish uchun bironta ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
auksionda ishtirok etishga faqat bir nafar ishtirokchi qo‘yilgan bo‘lib, u auksion obyektini mazkur Nizomning 77-bandida belgilangan tartibda sotib olishdan bosh tortgan bo‘lsa;
auksion ishtirokchilaridan hech qaysi biri yer uchastksidan foydalanish huquqini auksion jarayonidan taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmasa;
yopiq auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilgunga qadar operatorga auksion g‘olibi auksionga qo‘yilgan yer uchastkasi joylashgan tumanda (shaharda) doimiy yashamasligi (ro‘yxatga olinmagani) ma’lum bo‘lsa;
auksion g‘olibi va mazkur Nizomning 53-bandida belgilangan tartibda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini sotib olish taklif etilgan oxiridan oldingi taklifni bildirgan ishtirokchi uning bahosini belgilangan muddatda to‘liq to‘lamasa.
75. Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, operatorning veb-portalida bu haqida uning sabablari, shuningdek, lotning boshlang‘ich narxi ko‘rsatilgan ma’lumot aks ettiriladi.
76. Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, bo‘sh yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi mazkur Nizomning 51 — 77-bandlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan auksionga takroran qo‘yiladi.
Bunda:
yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi ochiq auksion ushbu Nizom 74-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘tkazilmagan deb topilishi sababli realizatsiya qilinmasa, takroriy auksionlarda auksion obyektining boshlang‘ich narxi 10 foizga, ammo yer uchastkasi minimal qiymatining 50 foizidan kamaytirilmaydi;
yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi ochiq auksion ushbu Nizom 74-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘tkazilmagan deb topilishi sababli realizatsiya qilinmasa, shuningdek, yopiq auksion ham o‘tkazilmagan deb topilganda, auksion obyekti takroriy auksionga bo‘sh yer uchastkasining minimal qiymatiga teng boshlang‘ich narxda qo‘yiladi;
yopiq auksion ushbu Nizom 74-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ikki marta o‘tkazilmagan deb topilgan hollarda, keyingi takroriy auksion ochiq auksion shaklida o‘tkaziladi.
77. Agar, buyurtma berish muddati tamom bo‘lishi paytiga kelib buyurtmanoma faqat bitta ishtirokchi tomonidan berilgan bo‘lsa, operator auksion o‘tkaziladigan kunda ushbu ishtirokchiga elektron shaklda auksion obyektini baholash qiymati bo‘yicha sotib olish va besh ish kuni mobaynida uning haqini to‘lash to‘g‘risida taklifni yuboradi.
Agarda, ishtirokchi besh ish kuni mobaynida auksion obyekti qiymatini to‘liq to‘lasa, u auksion g‘olibi deb topiladi va unga ushbu Nizomning 79-80-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Auksion ishtirokchisi taklif yuborilgan paytdan boshlab, besh ish kuni mobaynida operatorni auksion obyektini sotib olish istagi yo‘qligi to‘g‘risida xabardor qilsa yoki shu muddat mobaynida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining qiymatini to‘liq to‘lamasa, auksion obyektini sotib olishni rad etgan deb topiladi.
78. Auksion g‘olibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay, auksion obyektining qiymatini to‘liq to‘lashi va operatorga pul mablag‘lari o‘tkazilganini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasini jo‘natishi lozim.
Bunda ushbu lot bo‘yicha avval to‘langan zakalat puli mol-mulk qiymatiga qo‘shib hisoblanadi.
79. G‘olib auksion obyekti qiymatini to‘liq to‘lagandan so‘ng operator keyingi ish kunidan kechiktirmasdan:
maxsus blankada auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi, uni muhr bilan tasdiqlaydi va bir nusxasini auksion g‘olibiga topshiradi (yoki auksion g‘olibining roziligiga ko‘ra pochta jo‘natmasi bilan yuboradi). Bir vaqtning o‘zida bayonnomaning elektron nusxasi g‘olibning shaxsiy kabinetiga va tuman (shahar) hokimligiga “YER ELEKTRON” AAT yoki yagona himoyalangan “E-XAT” elektron pochtasi orqali yuboriladi;
maxsus blankada auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi, uni muhr bilan tasdiqlaydi va bir nusxasini auksion g‘olibiga topshiradi (yoki auksion g‘olibining roziligiga ko‘ra pochta jo‘natmasi bilan yuboradi). Bayonnomaning yana bir nusxasi auksion natijalari haqida xabardor qilgan holda, tuman (shahar) hokimligiga belgilangan tartibda yuboriladi, ikkinchi nusxasi operatorda qoladi.
80. Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) o‘tkazilgan auksion sanasi to‘g‘risida;
b) tuman (shahar) hokimligining mol-mulk auksionga qo‘yishga asos bo‘lgan qarori to‘g‘risida;
v) auksion g‘olibi to‘g‘risida;
g) auksion obyekti to‘g‘risida, shu jumladan:
yer uchastkasining o‘ziga xos raqami, maydoni va joylashgan joyi;
yer uchastkasining belgilangan maqsadi;
yer uchastkasida bino va inshootlarni qurish muddati;
investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar;
yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan yuklamalar va boshqa shartlar to‘g‘risida.
81. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish va ushbu yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini g‘olib nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
82. Agar, auksion natijalariga ko‘ra, auksion g‘olibi besh ish kuni ichida auksion obyekti qiymatini to‘liq to‘lamasa va to‘lov to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasini taqdim etmasa, operator keyingi kalendar kundan kechiktirmay oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga elektron shaklda u auksion davomida taklif etgan narxda auksion obyektini qiymatini besh ish kuni ichida to‘lashni taklif qiladi.
Yopiq auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilguniga qadar operato | 190 | 63,548 |
Qonunchilik | Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan axborot-kutubxona xizmati sifatini yaxshilash, ularning axborotga bo‘lgan talabini qondirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlash borasida asosiy vazifalar etib belgilansin:
nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning muntazam va mustaqil ravishda bilimini oshirishga ko‘maklashish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatadigan axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning axborot-kutubxona fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli ravishda boyitib borish;
axborot-kutubxona muassasalariga kelishga imkoniyati yo‘q foydalanuvchilar uchun Internet jahon axborot tarmog‘i orqali audio kitoblardan foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ko‘chma kutubxonalar tashkil etish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatadigan axborot-kutubxona muassasalari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning aniq tizim hamda mexanizmlarini yaratish va amalga oshirish.
2. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda ko‘zi ojizlar kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida yangi quriladigan ko‘zi ojizlar kutubxonalari loyihalarining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqsin;
2018-yil 1-oktabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida yangi quriladigan ko‘zi ojizlar kutubxonalari loyihalarining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ekspertizadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:
2018-yil 1-noyabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida yangi quriladigan ko‘zi ojizlar kutubxonalari loyihalari belgilangan tartibda 2019-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish dasturi loyihasi rejasiga kiritilishini ta’minlasin;
2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining sohaviy rivojlanish konsepsiyasini va loyihalar portfelini ishlab chiqsin, bunda respublikadagi ko‘zi ojizlar kutubxonalarini rivojlantirishni nazarda tutsin va 2019-yil 1-aprelgacha tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
loyiha portfelini ishlab chiqishda Respublika Markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida yangi quriladigan ko‘zi ojizlar kutubxonalarini qurish hamda Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari ko‘zi ojizlar kutubxonalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlashni nazarda tutsin.
5. Quyidagilar Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda ko‘zi ojizlar kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ko‘zi ojizlar kutubxonalari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari bo‘yicha kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari doirasida ajratiladigan markazlashtirilgan kapital qo‘yilma mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)laridagi ko‘zi ojizlar kutubxonalari filiallari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)laridagi ko‘zi ojizlar kutubxonalari filiallari binolarini jihozlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari;
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xorijiy kreditlar va grantlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ko‘zi ojizlar kutubxonalarini joriy saqlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi obyektlarda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. | 106 | 5,846 |
Qonunchilik | VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZMETALL TEXNOLODJI” O‘ZBEKISTON - ISROIL QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA” 2000 YIL 18 YaNVARDAGI 15-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | “O‘zmetall Texnolodji” qo‘shma korxonasi o‘z faoliyati davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-yanvardagi 15-son qarorida va ta’sis hujjatlarida belgilangan O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli metallar kombinati bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i yuqori bo‘lgan molibden mahsulotlari (maxsus shtabiklar, plastinalar va sim) ishlab chiqarishga oid bir qator vazifalarni bajarmaganligini e’tiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zmetall Texnolodji” O‘zbekiston—Isroil qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 18-yanvardagi 15-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
2-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Metek Metall Texnolodji” kompaniyasi bilan” so‘zlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R.Shoismatov zimmasiga yuklansin. | 184 | 1,067 |
Qonunchilik | AYRIM XIZMATLARNI KO‘RSATAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLAR UChUN DAROMAD (FOYDA) SOLIG‘I VA YaGONA SOLIQ TUShUMI BO‘YIChA SOLIQ IMTIYOZLARINI QO‘LLASh TARTIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-325-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil 16-son, 133-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Ayrim xizmatlarni ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) solig‘i va yagona soliq tushumi bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 174 | 868 |
Qonunchilik | Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida | Hozirgi kunda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida, shu jumladan hayot va sog‘lik uchun xavfsiz bo‘lgan maqbul sifatli tovarlarni sotib olishda, shuningdek tovarlar va ularning ishlab chiqaruvchilari to‘g‘risida to‘g‘ri ma’lumot olishda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, noqonuniy aylanayotgan, past sifatli, kontrafakt va qalbakilashtirilgan mahsulotlar hajmining oshishi sur’atlari kuzatilmoqda, bu esa fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda, nosog‘lom raqobatga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti yo‘qotishlariga olib kelmoqda, shuningdek, korrupsiya va boshqa qonunbuzilishlari yuzaga kelishi uchun sharoit yaratmoqda.
Alohida turdagi tovarlarning respublikaga noqonuniy olib kirilishi, ishlab chiqarilishi va sotilishining oldini olish, ularning samarali hisobini ta’minlash, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yilning 1-avgustidan boshlab, tovarlar toifasidan kelib chiqib, import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarni himoyalangan belgi va (yoki) nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalashni (keyingi o‘rinlarda — markirovkalash) bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar guruhlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda Markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar guruhlari ro‘yxatini to‘ldirib borishga ruxsat berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
majburiy markirovkalash joriy etilgan sanadan boshlab, mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan tovarlarni markirovkasiz O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish taqiqlanadi;
Markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar guruhlari ro‘yxatiga yangidan qo‘shilgan tovarlarni, ushbu tovarlar ro‘yxatga kiritilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida markirovkasiz sotilishiga ruxsat etiladi;
mazkur qarorga ilovada ko‘rsatilgan, shu jumladan aksizli tovarlarni markirovkalashga doir xizmatlarni bevosita markirovkalash bo‘yicha xizmatlar yagona yetkazib beruvchisidan sotib olish xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-yanvariga qadar quyidagilarni nazarda tutgan holda, tovarlarni himoyalangan belgi va nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalash tartibini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin:
markirovkalash bo‘yicha xizmatlar yetkazib beruvchisi, tadbirkorlik subyektlari va tovarlarni majburiy markirovkalashga doir talablar bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi organlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini;
markirovkalash tartibi va tartibotlarini, markirovkalash, shu jumladan aksizli markirovkalash xizmatlarining bahosi va sotib olish tartibini;
markirovkalash bo‘yicha xizmatlar yetkazib beruvchisi ma’lumotlar bazasidan foydalanadigan davlat organlari ro‘yxatini;
markalar, shu jumladan aksiz markalari sotilishi va markirovkalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi ustidan monitoring qilish tartibini.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2019-yilning 1-fevraliga qadar eng yaxshi takliflarini saralab olish asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ishonchliligi va sifatini, yuqori himoyalangan darajasini ta’minlay oladigan, amaliy tajribaga ega bo‘lgan markirovkalash bo‘yicha xizmatlar yetkazib beruvchisini tanlab olishni, markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar qiymatining sezilarli oshirilmasligini hisobga olgan holda tanlab olingan yetkazib beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazilishini, shuningdek, u bilan tuzilayotgan shartnoma butun muddati davomida ko‘rsatiladigan xizmatlar bahosini qat’iy belgilagan holda 5 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga shartnoma tuzilishini ta’minlasin.
6. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga jarima sanksiyalari miqdorlarining oshirilishini kiritgan holda tovarlarni markirovkasiz sotganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritsin.
7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zsharobsanoat” AJ, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. | 113 | 5,348 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining savdo reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF–4494-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 1-son, 2-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2000-yil 11-sentabrda EG-01/20-4533, 01/8-7, 02/15-57, 2000-17-son bilan tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining savdo reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 976, 2000-yil 7-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 19-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Kelishilgan: | 169 | 1,222 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSULLIK USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi tasdiqlansin (ilova qilinadi). | 70 | 130 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATINING QARORLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining:
1993-yil 30-iyuldagi “Oktyabr tumanining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi;
1993-yil 31-avgustdagi “Ko‘krakka taqiladigan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan chorvador” nishonining chizma tasviri va tavsifi to‘g‘risida”gi qarorlari tasdiqlansin. | 86 | 352 |
Qonunchilik | “Iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-379-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 26-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-382-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 27-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-398-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-402-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 223 | 1,376 |
Qonunchilik | MEIning Toshkent filialida – 2 ta fakultet | Toshkent shahridagi «MEI» Rossiya milliy tadqiqot universiteti filialining tuzilmasi tasdiqlandi (4.03.2020 yildagi 121-son VMQga qarang).
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2019 yil 4 iyundagi PQ-4350-son qarorida poytaхtda Moskva energetika institutining filialini tashkil etish nazarda tutilgan edi (sharhga qarang).
Filialda oʻqitish quyidagi ikkita fakultetda amalga oshiriladi: elektr energetikasi va issiqlik energetikasi. Ikki oy muddatda ta’lim muassasasida pedagogik va ilmiy salohiyatga ega, yuqori malakali, rus va ingliz tillarini oʻzlashtirgan, aхborot teхnologiyalarini hamda fan va teхnikaning eng soʻnggi yutuqlarini oʻquv jarayoniga joriy eta oladigan professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish ishlari yakuniga yetkazilishi lozim.
! Oʻqitish qiymati Moskvadagi bosh oliy ta’lim muassasasi, OOʻMTV hamda Oʻzbekiston Energetika vazirligi bilan kelishilgan holda filial tomonidan tasdiqlanadi.
Joriy yil 1 avgustga qadar filial joylashgan bino va inshootlarning (Toshkent sh., Olmazor tumani, Qoraqamish koʻch., 3) rekonstruksiya ishlari tugallanishi, 2021 yil 1 avgustga qadar esa talabalar va oʻqituvchilar uchun yotoqхona binosi qurilishi lozim.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.03.2020 yildan kuchga kirdi. | 42 | 1,269 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISh VA BUXGALTERIYA IShLARINI TAShKIL QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bank buxgalteriya apparati — pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini bajarish va ularni ichki nazoratdan o‘tkazish hamda hisob registrlarida qayd etish va buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar guruhi;”.
2. 17-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Minibanklar dastlabki nazoratni o‘tkazish uchun mas’ul ijrochi buxgalter va joriy nazoratni o‘tkazish uchun nazoratchi buxgalter shtatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.”.
3. 26-banddagi “hamda “Bank mijoz” tizimidan foydalanuvchilardan” degan so‘zlar “hamda Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari mijozlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 30-banddagi “(“Bank mijoz” dasturi” degan so‘zlar “(Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 36-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 1009, 2001-yil 19-fevral, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 3-4-son)ga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalarining (ro‘yxat raqami 1111, 2002-yil 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 5-son) 196-bandiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 40, 88, 89 va 91— 96-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
7. 46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Muddatida to‘lanmagan pul hisob-kitob hujjatlari (2-kartotekaga kirim qilingan to‘lov talabnomalari, to‘lov topshiriqnomalari va inkasso topshiriqnomalari)ni qisman to‘lash maqsadida tuzilgan memorial orderlarda operatsiya mazmunini bildiradigan matn o‘rniga uning qisman to‘langanlik tartib raqamlari — “1”, “2” va h.k. hamda pul hisob-kitob hujjatlarining tegishli raqami va sanasi ko‘rsatilishi shart. Qisman to‘langan pul hisob-kitob hujjatlarining orqa tomoniga to‘langan summa va sana ko‘rsatilib, imzo qo‘yiladi.”.
8. 47-bandning birinchi xatboshisi ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
9. 48-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Kirim va chiqim kassa jurnallari blankalari kompyuter texnikasi yordamida shakllantirilib, uning rekvizitlari qo‘lda to‘ldiriladi.”.
10. 55-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“55. To‘lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo‘yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi ish kunida “kechki” muhri bilan qabul qilingan to‘lov hujjatlari bundan mustasno). Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar uchun qabul qilingan to‘lov topshiriqnomalari to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan hollarda 2-sonli kartotekaga qabul qilinadi.”.
11. 57-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to‘ldirilgan kundan boshlab, (to‘ldirilgan kunni hisobga olgan va hujjatda ko‘rsatilgan sana to‘g‘rilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi.
Naqd pul cheklarini qabul qilishda mas’ul ijrochi buxgalter naqd pul cheki bilan ish haqidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy badallarni, Kasaba uyushmalariga ixtiyoriy badallarni, jismoniy shaxslarni daromad solig‘i hamda jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarini o‘tkazish bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan reyestr ilova qilingan to‘lov topshiriqnomalari taqdim etilmagan hollarda naqd pul cheklari banklar tomonidan ijroga qabul qilinmaydi.”.
12. Quyidagi mazmundagi 571 va 572-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“571. Mijozning bankdan naqd pul olish uchun ishonchnoma berilgan vakili naqd pul chekini mas’ul ijrochi buxgalterga (Front-ofis va Bek-ofisga bo‘linmagan banklarda) yoki Front-ofisning ushbu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi xodimiga taqdim etadi. Mas’ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi naqd pul chekini quyidagi rekvizitlari bilan uning to‘g‘riligini tekshiradi:
naqd pul cheki sanasi muddatining o‘tmaganligi;
naqd pul chekining raqamini imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchadagi raqam bilan mosligi;
mijozning nomi, uning hisobvarag‘i raqami, naqd pul cheki bilan olinadigan mablag‘ning raqam va so‘z bilan yozilgan summalari, naqd pul chekida qo‘yilgan imzo va muhrni bankdagi imzolar va muhr namunalariga mos kelishi, shuningdek vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi ma’lumotlarning naqd pul chekida qayd etilgan ma’lumotlarga to‘g‘ri kelishi;
mijozning depozit hisobvarag‘idagi mablag‘larining naqd pul chek bilan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘dan kam emasligi.
572. Front-ofisning ushbu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter (Front-ofis va Bek-ofisga bo‘linmagan banklarda), mazkur Yo‘riqnomaning 571-bandida ko‘rsatib o‘tilgan tekshirish amallarini bajarib, e’tiroz bo‘lmaganidan so‘ng, naqd pul chekining orqa tomoniga tegishli kassa ramzi raqami va sanani ko‘rsatgan holda imzolab, naqd pul chekini Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalterga (Front-ofis va Bek-ofisga bo‘linmagan banklarda) beradi. Naqd pul chekining nazorat markasini mijozga qaytaradi.”.
13. 73-bandda:
uchinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiq alohida tartib bilan boshqa depozit hisobvaraqlardan amalga oshiriladigan to‘lovlar bundan mustasno.”;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mijozning asosiy hisobvarag‘ida unga qo‘yilgan talablarni bajarish uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmagan hollarda to‘lovlar Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 127-modda) talablari asosida amalga oshiriladi.”.
14. 87-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“87. Tijorat banklari o‘z operatsion xarajatlarini bank Kengashi bilan kelishilgan va bank Boshqaruvi tomonidan har yil uchun tasdiqlangan “Biznes reja” va “Hisob siyosati” asosida amalga oshiradilar.”.
15. 90-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“90. Bankning operatsion xarajatlari hisobi bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasidagi (ro‘yxat raqami 773-17-son, 2004-yil 13-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 32-son, 369-modda) tegishli hisobvaraqlar ta’rifida belgilangan tartibda yuritiladi.”.
16. 157-bandning uchinchi xatboshisidagi “Bank-mijoz dasturiy majmuasi” degan so‘zlar “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17. 2-ilovadagi “birga “Bank-mijoz” dasturi” degan so‘zlar “birga Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18. 6-ilovadagi “Bank-mijoz dasturiy majmuasi” degan so‘zlar “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 188 | 8,134 |
Qonunchilik | Buхgalteriya autsorsingi: tadbirkor tanlaydi | Buхgalteriya хizmatlari autsorsingi – hozirgi urf emas, biznes uchun amaliy yechim. «Venkon Group» MChJning buхgalteriya хizmati koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Nesibeli Aytmuratova ushbu bozorni rivojlantirish, hisob yuritishni iхtisoslashtirilgan tashkilotga topshirishda nimalarni bilish kerakligi haqida gapirib berdi.
– Buхgalteriya хizmatlari autsorsingi – jadal rivojlanayotgan soha. U tez ommalashishiga nimalar sababchi boʻlayapti?
– Avvalo bu – kichik korхonalar va startaplar uchun maqbul tanlov. AQSh va koʻpgina Yevropa mamlakatlarida kichik biznes uchun buхgalteriya hisobini tashkil etishning ushbu shakli asosiy oʻrinni egallaydi. Oʻzbekistonda esa u endi ommalashib bormoqda.
Buхgalteriya хizmatlari koʻrsatishga iхtisoslashgan kompaniyalarda biznes-jarayonlarning barchasi yoʻlga qoʻyilgan. Shu sababli hamma ish tez bajariladi, хatoga yoʻl qoʻyish ehtimoli ham oz. Autsorser oʻz mijoziga bir vaqtning oʻzida bir nechta mutaхassisning koʻmagini taklif etadi, bu juda qisqa muddat ichida murakkab masalalarni hal qilish imkonini beradi. Hisob yurituvchi mutaхassisning ish sifatini oshirish uchun boʻlim boshligʻi va ichki nazorat auditori nazorat va tekshiruv olib boradi. Qonunchilikdagi oʻzgarishlarga tezkor munosabat bildirilishi, huquqiy va buхgalteriya dasturlarining zamonaviy paketlari mavjudligi ham koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini oshiradi, hisobot toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi va yuritilishini kafolatlaydi.
Buхgalteriya hisobini oʻzi yuritmaydigan kompaniya shtatdagi buхgalterga sarflanadigan хarajatlarni tejaydi – unga ish haqi toʻlash, ish oʻrni va jihozlar bilan ta’minlash, ta’tilga chiqishi va kasalligi munosabati bilan haq toʻlash, uni oʻqitish, malakasini oshirish, professional dasturlar, kadrlarga doir hujjatlarni yuritishiga sarf-хarajat qilishga hojat qolmaydi. Bosh buхgalter toʻsatdan ishdan boʻshashi oqibatida ortiqcha ovora boʻlishiga ham toʻgʻri kelmaydi…
Umuman olganda, buхgalterlar shtatini saqlagandan koʻra, autsorsing kompaniyasi yordamida buхgalteriya hisobini yuritish ancha arzonga tushadi. Shtatdagi buхgalter 1,5–2 mln soʻmga bajaradigan ish hajmini autsorsing kompaniyasi 800–900 ming soʻmga bajaradi. Ancha mablagʻ tejaladi. Mijoz biznesini endi yoʻlga qoʻyayotgan – har bir soʻmi hisobda boʻlgan paytda bu juda muhim.
– Buхgalteriya autsorsingi хatolardan хoli demoqchimisiz?
– Shtatdagi buхgalter ishida uchraydigan bironta vaziyat istisno qilinmaydi. Biroq ular yuzaga kelishi хavfi ancha kam boʻlib, tadbirkor bundan koʻproq yutadi. Shartnomaga koʻra buхgalteriya hisobini yuritish хizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilot хizmatlarni koʻrsatish chogʻida хato, kamchiliklarga yoʻl qoʻyganlik, hujjatlarni yoʻqotganlik yoki ularga shikast yetkazganlik, qonunchilikni bilmay turib buzganlik natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Buyurtmachi хatoga yoʻl qoʻyilganda e’tiroz bildirib, yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilishi ehtimoli juda katta. Shtatida buхgalter boʻlgandagidan koʻra ancha katta. Shu sababli autsorser vazifani bajarishga yanada jiddiy yondashadi va yuz marta oʻlchab, bir kesadi. Buning ustiga, autsorsing kompaniyasi nufuzi haqida qaygʻuradi, aks holda mijozlarini yoʻqotib qoʻyishi mumkin.
Tadbirkorlarga maslahatim. Noхushliklarga kamroq toʻqnash kelishni istasangiz, autsorsing kompaniyasi bilan shartnoma tuzish chogʻida ishni puхta qiling. Shartnomada shubhali va sizni tahlikaga solayotgan barcha jihatlarni albatta qayd eting.
– Jahonda buхgalteriya autsorsingi rivojlanishi tahlil qilinganda, u koʻp turdagi хizmatlarni oʻz ichiga olishini koʻrsatdi. Oʻzbekistonda qaysilari koʻproq ommalashgan?
– Iхtisoslashtirilgan kompaniya kompaniyaning butun buхgalteriya hisobini yuritishi, biroq hujjatlarni imzolash huquqi buyurtmachi, ya’ni tadbirkorda qolishi nazarda tutiladigan хizmatlarga talab katta.
«Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunning 7-moddasi buхgalteriya autsorsingi rivojlanishi uchun huquqiy zamin yaratadi. Barcha qarorlar va buхgalteriya hisobini tashkil etish uchun javobgarlik tadbirkor zimmasida boʻladi.
Bizda hozircha maslahat berish imkoniyatidan toʻlaqonli foydalanilmaydi. Tadbirkorda shtatdagi buхgalterlarni nazorat qilish zarurati yuzaga kelganda u autsorsing kompaniyasi mutaхassislariga murojaat qilishi mumkin, ular mustaqil ekspertlar sifatida qonunga koʻra barchasi qanday yuritilishi kerakligini aytib va koʻrsatib beradilar.
Xorijda tanlab olinadigan autsors ommaviy tus olgan. Unda autsorsing kompaniyasiga buхgalteriyaning ayrim funksiyalari, masalan, ish haqini hisoblash, statistika hisobotlarini tayyorlash, soliq idorasiga hisobotlarni topshirish va h.k. topshiriladi. Shtatdagi buхgalterni kundalik ishlardan ozod qilib, biznesni rivojlantirish bilan bogʻliq nostandart vazifalarni hal etishi uchun shart-sharoit yaratish kerak boʻlganda bunday imkoniyat ayniqsa qoʻl keladi.
– Autsorsing kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan kompaniyada buхgalteriya qanday yuritiladi?
– Odatda, buхgalteriya autsorsingi boʻyicha shartnoma tuzgan tashkilotlarda direktor va bosh buхgalter bitta shaхs hisoblanadi. U iхtisoslashtirilgan kompaniya tayyorlagan barcha qogʻozlarni imzolaydi.
Hujjatlarni imzolashdan oldin mijozning vakili ularni keyinchalik qaytarib berish sharti bilan koʻrib chiqish va imzolash uchun olib ketadi yoхud muhr bilan kelib, ularni autsorsing kompaniyasi ofisida koʻrib chiqadi va joyning oʻzida imzolaydi.
Butun yil davomida autsorsing kompaniyasi kassa daftarini yuritadi. Autsorsing kompaniyasi dasturida mavjud boʻlgan kirim va chiqim kassa orderlari ochiladi. Ular qogʻozga chiqarilib, saqlanadi. Mijoz hujjatlarni shaхsan olib, tegishli tarzda rasmiylashtiradi.
Ish haqi qaydnomalari mijozga elektron koʻrinishda yuboriladi, zarurat tugʻilganda ularni oʻzi bankka olib boradi. Biroq hozir koʻpgina banklarda «elektron ish haqi loyihasi» funksionali mavjud boʻlib, u barcha hujjatlarni elektron shaklda bankka topshirish imkonini beradi.
– Tijorat siri boʻlgan aхborot oshkor qilinmasligiga kafolat bormi?
– Autsorsing kompaniyasi nufuzi haqida qaygʻuradi, shu sababli mijozlarining sirlarini oshkor qilish unga foyda keltirmaydi. Shartnoma tuzish chogʻida mijoz sugʻurtalanish niyatida yoʻqotishlar va oʻz manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish uchun shartnomani bajarish chogʻida olingan har qanday aхborotni sir saqlash haqida kelishuv tuzishi mumkin.
Sir saqlashni ta’minlash uchun aхborot oshkor etilishini istisno qiluvchi oʻzaro hamkorlikning turli variantlari qoʻllanilishi mumkin. Shartnoma tuzish chogʻida aхborotdan foydalanish usullari qayd etiladi.
Shu oʻrinda korхonada buхgalteriya hisobini qanday tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni doim tadbirkor qabul qilishini qayd etib oʻtmoqchiman. Uning korхonasida ishlar qanday yuritilishini oʻzi belgilaydi… Buхgalteriya hisobini yuritishni autsorsingga topshirish – eng maqbul va samarali usulga aylanishi mumkin boʻlgan variantlardan biri хolos. Bu holda autsorsing kompaniyasi bilan taraflarning manfaatlarini koʻzlaydigan shartnoma tuzish muhim oʻrin tutadi. | 44 | 7,025 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2018-yil 9-martdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018-yil 1-martdagi 32-12/554-son va Moliya vazirligining 2018-yil 14-fevraldagi AX/03-02-32-28/38-son “Budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (ro‘yxat raqami 1442, 2005-yil 14-yanvar), shuningdek unga o‘zgartirishlarni (ro‘yxat raqami 1442-1, 2016-yil 20-iyun), (ro‘yxat raqami 1442-2, 2017-yil 4-dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan xatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2004-yil 10-dekabrdagi 60-son “Budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1442, 2005-yil 14-yanvar);
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2016-yil 10-iyundagi 37-son “Budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1442-1, 2016-yil 20-iyun);
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2017-yil 24-noyabrdagi 415, 162-son “Budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1442-2, 2017-yil 4-dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin. | 75 | 3,727 |
Qonunchilik | Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish, amaliy tusdagi loyihalar bajarilishini yo‘lga qo‘yish orqali nanotexnologiyalar sohasida innovatsiyalarni yaratish hamda ilmiy tadqiqotlarning ta’lim bilan integratsiyasini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahqamasi qaror kiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining O‘zbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi negizida yuridik shaxs maqomiga ega bulgan davlat muassasasi shaklidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
nanotexnologiyalar rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish;
nanotexnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning shakllantirilgan ustuvor yo‘nalishlarida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti fakultetlari, laboratoriyalari va boshqa bo‘linmalarining ilmiy hamda pedagogik xodimlaridan vaqtincha ijodiy jamoalar tashkil qilish orqali fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot hamda innovatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish;
xorijiy oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni bajarishda hamkorlikni tashkil qilish hamda Markazda bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarga xorijiy olimlarini jalb qilish;
Markaz mutaxassislarining xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida stajirovkasini, halkaro ilmiy konferensiyalar va simpoziumlarni tashkil qilish hamda o‘tkazish orqali nanotexnologiyalar rivojlanishini jadallashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
fundamental va amaliy ilm-fanning ta’lim jarayoni bilan integratsiyasi buyicha loyihalarni ishlab chiqish va bajarish, shu jumladan, nanotexnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlarga va ishlanmalarni yaratishga talabalarni jalb etish hamda Markaz laboratoriyalarining ilmiy asbob-uskunalarida o‘quv-tadqiqot, laboratoriya va kurs ishlarini bajarish, bakalavriat va magistratura talabalarining ishlab chiqarish, diplomoldi amaliyotlarini utkazish, doktorantlarning ilmiy tadqiqotlarni bajarishini ta’minlash.
3. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansii.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektoriga, zarur xollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Markaz direktori Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Markazning ilmiy va rahbar xodimlarining lavozim maoshlari budjet mablag‘lari hisobiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy muassasalarning ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshiga, boshqa xodimlarning lavozim maoshlari esa — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan lavozim maoshlariga tenglashtiriladi;
mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2022-yildan boshlab esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
5. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, xo‘jalik faoliyati va shartnomalar asosida xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun tanlovlar asosida ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
bir oy muddatda Markazning yangilangan ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
uch oy muddatda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazining ilmiy-innovatsion faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Markaz faoliyatini tashkil qilish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
7. Markaz Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy manzilidagi Fizika fakulteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtincha joylashtirilsin.
Belgilab quyilsinki, Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududida amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetining 2 500 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi qurib bitkazilganidan sung, Markaz ushbu binoda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
8. Markazga bitta yengil xizmat avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
9. Vazirlar Mahqamasining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 27-apreldagi 311-son karori o‘z kuchini yuqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin. | 162 | 6,741 |
Qonunchilik | Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 887-son “Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari T. Abdusattarov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomga (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiriladi) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Agentlik — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi;
patent vakilligiga nomzod (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) — patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxs;
patent vakili — ushbu Qoidalar talablariga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan Agentlik hamda boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari bo‘yicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs;
reyestr — O‘zbekiston Respublikasi patent vakillari davlat reyestri.
2. Nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Nomzodlarni attestatsiyadan o‘tkazish taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish va professional faoliyatni bajarishga tayyorlik darajasini aniqlash uchun ular arizada ko‘rsatgan ixtisoslikni inobatga olgan holda malaka imtihoni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
3. Nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun Agentlik tomonidan malaka va apellatsiya komissiyalari tuziladi, ularning faoliyati mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Patent vakili attestatsiyasi patent vakillarining kasbiy malaka darajasini xolisona baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Patent vakillari attestatsiyasi har besh yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
5. Malaka komissiyasi:
a) malaka imtihoni savollarini tasdiqlaydi;
b) malaka imtihonini o‘tkazadi;
v) nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan o‘tkazish yoxud attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
6. Malaka komissiyasi Agentlik direktori buyrug‘i bilan Agentlikning eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish sohasida faoliyat yurituvchi mustaqil olimlar va mutaxassislar ishtirokida shakllantiriladi.
7. Malaka komissiyasi ishini Agentlik direktori buyrug‘i bilan tayinlangan malaka komissiyasi raisi boshqaradi.
8. Malaka komissiyasi raisi bo‘lmaganda, uning vazifalari vaqtinchalik malaka komissiyasi raisi o‘rinbosari zimmasiga yuklatiladi.
9. Malaka imtihoni jarayoni audio va videoyozuvda yoziladi, shuningdek Agentlikning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translatsiya qilinadi.
10. Malaka komissiyasi qarorlari majlisda qatnashayotgan barcha a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar nisbati teng bo‘lganda raisning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
11. Malaka komissiyasi qarorlari yozma ravishda tuziladi va malaka komissiyasi raisi hamda a’zolari tomonidan imzolanadi.
12. Malaka komissiyasi qaroriga qo‘shilmagan komissiya a’zosi o‘z nuqtai nazarini bayon qilishga haqlidir.
13. Malaka komissiyasi qarorlari yuzasidan apellatsiya komissiyasiga shikoyat kiritilishi mumkin.
14. Apellatsiya komissiyasi nomzodlar yoki patent vakillarining malaka komissiyasi qarori yuzasidan shikoyatlarini, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakillarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki Patent vakillari to‘g‘risidagi nizom talablarini buzadigan xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi.
15. Apellatsiya komissiyasi ham malaka komissiyasi shakllantirilgan tartibda shakllantiriladi.
16. Apellatsiya komissiyasi qarorlari yig‘ilishda qatnashayotgan barcha a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar nisbati teng bo‘lganda raisning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
17. Apellatsiya komissiyasi qarorlari yozma ravishda tuziladi va apellatsiya komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
18. Apellatsiya komissiyasi qaroriga qo‘shilmagan komissiya a’zosi o‘z nuqtai nazarini bayon qilishga haqlidir.
19. Apellatsiya komissiyasi qarorlari yuzasidan shikoyatlar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
20. Nomzod mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi o‘zini patent vakili sifatida attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani malaka komissiyasiga elektron shaklda topshiradi.
21. Ariza davlat tilida yoki rus tilida taqdim etiladi.
22. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi belgi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi nusxasi;
v) attestatsiyadan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lov to‘langanligi haqidagi hujjat;
g) nomzodning istagiga ko‘ra uning malakasini tavsiflovchi boshqa hujjatlar.
23. Patent vakili mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani malaka komissiyasiga elektron shaklda topshiradi.
Arizaga O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi belgi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi nusxasi, malaka oshirish kurslarida o‘qiganlik to‘g‘risida sertifikat nusxasi va attestatsiyadan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lov to‘langanligi haqidagi hujjat ilova qilinadi.
231. Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan holda jo‘natiladi.
Hujjatlar qabul qilinganligi to‘g‘risida nomzod yoki patent vakiliga uning arizasida ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali ma’lum qilinadi.
24. Nomzod yoki patent vakili Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimi bo‘lganda, shuningdek, mazkur Qoidalar 22-bandining “a” — “v” kichik bandlari va 23-bandida belgilangan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda malaka imtihoniga qo‘yish rad etiladi. Boshqa asoslar bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Nomzod yoki patent vakilini malaka imtihoniga qo‘yish yoki malaka imtihoniga qo‘yishni rad etish haqida qaror malaka komissiyasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab, o‘n ish kuni mobaynida nomzod yoki patent vakiliga malaka imtihoniga qo‘yilgani yoki malaka imtihoniga qo‘yish rad etilgani haqida uning arizasida ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha bildirishnoma yo‘llanadi.
26. Malaka imtihoni nomzod yoki patent vakilini imtihonga qo‘yilgani haqidagi bildirishnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran 2 oydan oshmagan muddatda o‘tkaziladi.
27. Nomzod yoki patent vakiliga malaka imtihoni o‘tish joyi, sanasi va vaqti haqida imtihon o‘tadigan sanadan 10 kalendar kunidan kam bo‘lmagan muddat avval uning arizasida ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha xabar beriladi.
28. Nomzodlar yoki patent vakillari imtihon topshirishda pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.
29. Nomzod yoki patent vakili malaka imtihoni davomida intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya va muhofaza qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan tasdiqlangan dasturga mos ravishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari sohasida zarur bilimlarga ega ekanini ko‘rsatishi lozim.
Malaka imtihoni suhbat shaklida o‘tkaziladi.
291. Malaka imtihoni savollari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuziladi:
intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;
sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;
sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.
Malaka komissiyasi tomonidan tasdiqlangan savollar Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni inobatga olgan holda davriy ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.
292. Malaka imtihoni savollari mazkur Qoidalarning 291-bandida belgilangan yo‘nalishlardan shakllantiriladi. Bunda sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yo‘nalishlaridagi savollar nomzod arizasida kelgusidagi faoliyati uchun ko‘rsatilgan ixtisoslikka yoki patent vakilining ixtisosligiga mos bo‘lishi lozim.
Agar ayrim ixtisosliklarga bevosita taalluqli O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari mavjud bo‘lmasa, tegishli savollar Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga (1883 y.) mos bo‘lishi kerak.
Ixtisoslik quyidagi intellektual mulk (sanoat mulki) obyektlari bo‘yicha belgilanadi:
ixtiro va foydali modellar;
sanoat namunalari;
tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari;
seleksiya yutuqlari;
integral mikrosxemalar topologiyalari.
293. Nomzod yoki patent vakiliga savollarga javob berishga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi.
Nomzod yoki patent vakiliga ikki va undan ortiq ixtisoslik bo‘yicha savollarga javob berishga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun har bir qo‘shimcha ixtisoslik uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi.
294. Malaka imtihonini o‘tkazish jarayonida nomzod yoki patent vakiliga quyidagilar taqiqlanadi:
aloqa va telekommunikatsiya vositalari (telefon, kompyuter, planshet va boshqalar), kitob hamda shpargalkalarni olib kirish;
boshqa nomzod yoki patent vakillari bilan suhbatlashish;
imtihon tugamasdan xonadan tashqariga chiqish.
Nomzod yoki patent vakilining mazkur qoidalarga amal qilmasligi uni imtihonda qatnashishdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi. Ushbu holatda tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va malaka komissiyasi a’zolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.
Malaka imtihonida qatnashishdan chetlashtirilgan nomzod yoki patent vakili attestatsiyadan o‘tmagan deb topiladi.
295. Tayyorgarlik ko‘rish uchun berilgan vaqt tugagandan so‘ng nomzod yoki patent vakili o‘ziga berilgan savollar bo‘yicha komissiya a’zolariga javob beradi.
Komissiya a’zolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida qo‘shimcha savollar berishi mumkin.
Nomzod yoki patent vakili savollarga javob berib bo‘lganidan so‘ng, unga xonadan chiqishiga ruxsat beriladi.
30. Malaka komissiyasi suhbat natijasiga ko‘ra nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan o‘tkazish yoki attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Nomzod yoki patent vakili ikki va undan ortiq ixtisoslik bo‘yicha imtihon topshirgan taqdirda barcha ixtisosliklar bo‘yicha umumiy suhbat natijasi aniqlanadi va yagona qaror qabul qilinadi.
Malaka imtihoniga qo‘yish rad etilgan taqdirda malaka komissiyasi tomonidan nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
31. Malaka komissiyasi qarori ikki nusxada tuziladi. Qarorning bir nusxasi malaka imtihoni o‘tkazish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuvlar yozilgan saqlash qurilmalari bilan birga attestatsiyadan o‘tkazishga oid hujjatlar yig‘ma jildiga tikiladi, ikkinchi nusxasi esa, nomzod yoki patent vakiliga uning arizasida ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha jo‘natiladi.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
raqami va qabul qilingan sanasi;
ishtirok etgan komissiya a’zolari ro‘yxati;
attestatsiyadan o‘tkazilgan yoki attestatsiyadan o‘tkazish rad etilgan nomzod yoki patent vakilining ro‘yxati;
komissiya qarori ustidan shikoyat qilish huquqining mavjudligi.
Qaror malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida imtihonda ishtirok etgan nomzod yoki patent vakillariga o‘qib eshittiriladi.
32. Nomzod yoki patent vakili attestatsiyadan o‘tkazishning, shu jumladan malaka imtihoniga qo‘yishning rad etilgani yuzasidan u attestatsiyadan o‘tkazish rad etilgani to‘g‘risidagi qarorni olgan sanadan boshlab 3 oy muddatda apellatsiya komissiyasiga shikoyat qilishi mumkin.
Apellatsiya komissiyasi shikoyat bo‘yicha u olingan sanadan boshlab 1 oy muddatda qaror qabul qiladi va bunda:
malaka komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad qilish;
malaka komissiyasining qarorini o‘zgartirish va yangi qaror qabul qilishga haqli.
33. Patent vakilini ro‘yxatdan o‘tkazish va uni reyestrga kiritish quyidagi hujjatlar mazkur Qoidalarning 231-bandi talablariga muvofiq elektron shaklda taqdim etilganda amalga oshiriladi:
a) mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish haqida ariza;
v) ro‘yxatdan o‘tkazilganlik uchun, ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganligi va patent vakili guvohnomasi berilganligi uchun belgilangan to‘lov to‘langani to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.
34. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berilgan sanadan boshlab, 3 ish kuni mobaynida patent vakili Agentlik tomonidan reyestrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab 10 kun mobaynida mazkur Qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan shaklda patent vakiliga guvohnoma beriladi va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar Agentlikning rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kunda Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Agentlik attestatsiyadan o‘tmagan shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berilgan, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lov to‘lanmagan, shuningdek, Nizomning 3 — 5-bandlariga muvofiq patent vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar paydo bo‘lgan hollarda ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.
35. Reyestrdagi qayd quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
a) ro‘yxat raqami, ushbu raqam guvohnomaga ham qo‘yiladi;
b) patent vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi;
v) patent vakilining doimiy turar joyi;
g) malaka komissiyasi qarori raqami va sanasi;
d) patent vakili tomonidan ko‘rsatilgan faoliyat ixtisosligi;
e) patent vakilining yollanish bo‘yicha ishi to‘g‘risida ma’lumotlar;
j) yozishma uchun manzil (O‘zbekiston Respublikasi hududida), shuningdek, telefon raqami hamda elektron pochta manzili;
z) patent vakili ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana;
i) guvohnoma berilgan yoki jo‘natilgani to‘g‘risida ma’lumotlar. Reyestrga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
36. Patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan yoxud reyestrdan o‘chirilgan shaxsning o‘z faoliyatida “patent vakili” maqomidan foydalanishi mumkin emas.
37. Guvohnoma patent vakiliga shaxsan topshiriladi yoki buyurtma pochta yo‘llanmasi tarzida jo‘natiladi.
38. Patent vakilining ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar u reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirdagina e’lon qilinishi mumkin.
39. Agentlikning rasmiy axborotnomasi va veb-saytida patent vakili to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi:
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
b) guvohnoma ro‘yxat raqami;
g) yozishma uchun manzili;
d) ko‘rsatilgan faoliyat ixtisosligi;
e) ish joyi va lavozimi yoki boshqa yollanish bo‘yicha ishi to‘g‘risida ma’lumotlar.
40. Agentlik rasmiy axborotnomada va veb-saytida, shuningdek, patent vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shu jumladan, patent vakillari faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan chora-tadbirlar, patent vakili reyestrdan o‘chirilgani haqidagi va boshqa ma’lumotlarni e’lon qiladi.
41. Reyestr ma’lumotlari bilan har qanday shaxs tanishishi mumkin.
411. Nomzod va patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish, patent vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish, guvohnomalar berish, qo‘shimcha attestatsiya o‘tkazish, reyestrga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun to‘lovlar miqdori mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
42. Mazkur Qoidalarni buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2003-yil 11-noyabrdagi 66-son “Patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1294, 2003-yil 24-dekabr).
2. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 31-son “Patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1294-1, 2011-yil 30-sentabr). | 151 | 18,130 |
Qonunchilik | Investitsiya loyihalari 4 ta roʻyхatga boʻlinadi | Prezident raisligida 8 aprel kuni joriy yilning birinchi choragida toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar va хalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini tahlil qilish, birinchi yarim yillikka doir vazifalarni belgilash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Prezidentning rasmiy saytida shu haqda хabar berildi.
Davlatimiz rahbari investitsiyalarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini ta’minlash uchun yangi nazorat tizimini joriy etishni taklif qildi. Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha loyihalar toʻrtta roʻyхatga boʻlinib, alohida va izchil nazorat qilib boriladi:
Oʻzbekistonda yangi korхonalar va doimiy ish oʻrinlari tashkil etishni ta’minlaydigan investitsiya loyihalari ishlab chiqish hamda amalga oshirish boʻyicha yangi tizim yaratildi. Investitsiya muhitini yaхshilash boʻyicha koʻplab imtiyoz va yengilliklar joriy etildi. Natijada oʻtgan yili asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 18%dan ziyod oʻsgan. Bu sanoat ishlab chiqarishining 14,4%ga koʻpayishini ta’minlagan.
2019 yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq jami 3,2 mingdan ziyod loyiha doirasida qariyb 14 mlrd dollar miqdoridagi kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish rejalashtirilgan. Shundan 320 ta loyiha boʻyicha – 4 mlrd dollardan ortiq toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni. Xorijiy davlatlar va хalqaro moliya institutlari, yetakchi biznes vakillari bilan muzokaralar oʻtkazilgan, ular doirasida mamlakatimizga bir necha oʻn milliard dollarni jalb etish boʻyicha 700 ga yaqin investitsiya bitimi imzolangan.
Neft-gaz, kimyo, energetika, qurilish materiallari, mashinasozlik, elektr teхnikasi sohalarida, shuningdek, hududlardagi mavjud salohiyat va resurslaridan kelib chiqib, har bir tuman va shahar boʻyicha qoʻshimcha investitsiya loyihalari ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Yigʻilishda loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish, yuzaga kelgan muammolarni tezkor aniqlab, hal etish boʻyicha elektron aхborot tizimini qisqa muddatda ishga tushirish zarurligi qayd etildi. | 48 | 2,050 |
Qonunchilik | Davlat хaridlarida takliflar qanday tanlab olinadi | QHTBT portalida Xarid komissiyalarining faoliyatini tashkil etish va eng yaхshi takliflarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirilgan.
Komissiyalarni tashkil etish va takliflarni tanlash tartibi «Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonun, Prezidentning 10.01.2019 yildagi PF–5624-son Farmoni va Prezidentning 27.09.2018 yildagi PQ–3953-son qarori qoidalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Prezidentning 22.01.2018 yildagi PQ–3487-son qarorida roʻyхati belgilangan strategik хaridorlar uchun hujjat tavsiya tusiga ega boʻladi.
Eng yaхshi takliflarni tanlash – хarid qilish tartib-taomillarining raqobatli turi boʻlib, quyidagi davlat хaridlarida qoʻllaniladi:
Tanlash bilan bir qatorda, qonunchilikka muvofiq boshlangʻich narхni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan elektron auksion yoki elektron doʻkon orqali tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) sotib olish mumkin.
25 EKIHdan oshmaydigan miqdorda, shuningdek qonunchilikka muvofiq yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchidan хarid qilish toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. 25 EKIHdan ortiq miqdorda хarid qilishda хarid qilish tartibi tanlash yoʻli bilan amalga oshiriladi, u ochiq yoki yopiq shaklda boʻlishi mumkin. Hukumat tomonidan belgilangan hollarda, agar хaridlar toʻgʻrisidagi shartnoma davlat sirini tashkil etuvchi ob’yektga, shuningdek, davlatning mudofaa qobiliyati va хavfsizligini ta’minlash uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektga nisbatan tuzilgan boʻlsa, tanlash yopiq shaklda amalga oshiriladi.
Loyihada хarid komissiyasi (kamida 5 kishidan iborat) faoliyatini tashkil etish, tanlashda qatnashish uchun ishtirokchilarga ruхsat berishning asosiy jihatlari (Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilmagan talabgorlarga tanlashda ishtirok etishlariga yoʻl qoʻyiladi) aks ettirilgan.
Tanlashni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chogʻida buyurtmachi buyurtmalarni, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) joylashtirish hajmi va muddatlari qayd etilgan reja-jadvalni majburiy tartibda portalda joylashtiradi, tanlashning yopiq shakli bundan mustasno. Tanlashni oʻtkazish toʻgʻrisidagi e’lon qanday ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerakligi koʻrsatilgan. Qayd etilishicha, tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) tavsifiga aniq tovar belgisiga yoki nomiga, patentga, konstruksiyaga yoki modelga, u mansub boʻlgan muayyan manbaga yoki ishlab chiqaruvchiga doir talablar yoki havolalar kiritilmasligi kerak, хarid хususiyatlarini ta’riflashning boshqa yetarlicha aniq usuli mavjud boʻlmagan hollar bundan mustasno.
Tanlashni oʻtkazish tartibi, shuningdek takliflarni baholash usullari va mezonlari belgilangan. Chunonchi, quyidagi usullar qoʻllanilishi mumkin:
Tanlash mezonlariga esa quyidagilar kiradi: narх, yetkazib berish shartlari, yetkazib berish muddati, tavsifnomalar va sifat koʻrsatkichlari, toʻlov va kafolatlar shartlari, muayyan davrda foydalanish, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash хarajatlari.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Konstantin Mosin. | 50 | 3,073 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA IQTISODIYOTI TARMOQLARINI 2003/2004 YIL KUZ-QISh DAVRIDA IShLAShGA TAYYORLASh TO‘G‘RISIDA | Respublika tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarlik qiladigan shunday hududiy komissiyalar tashkil etsinlar.
3. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Respublika komissiyasi (K.N. To‘laganov) respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha zarur kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin. | 100 | 1,189 |
Qonunchilik | “DAVLAT STATISTIKASI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oylik muddat ichida:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari chiqargan, ushbu Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlar qayta ko‘rib chiqilishi va bekor qilinishini ta’minlasin. | 100 | 587 |
Qonunchilik | “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchan | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 8-apreldagi 9/7-son “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1568, 2006-yil 2-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 157-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 28-apreldagi 13/1-son “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1568-1, 2012-yil 21-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 21-son, 236-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,194 |
Qonunchilik | O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2007-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2007-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. | 135 | 237 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot haqida | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi zimmasiga yuklatilsin. | 95 | 660 |
Qonunchilik | BINOLAR VA INShOOTLAR MAJMUINI TOShKENT ShAHAR HOKIMLIGI BALANSIGA O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA | Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma vakolatxonasining Toshkent shahrida va Nemis iqtisodiyoti uyi vakolatxonasining O‘zbekiston Respublikasida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik H.Abdullayev, 47-uyga joylashgan binolar va inshootlar majmuini yon-atrofidagi joylar bilan Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazsin.
2. Toshkent shahar hokimligi Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma vakolatxonasi va Nemis iqtisodiyoti uyi vakolatxonasini ko‘rsatib o‘tilgan binolar va inshootlar majmuiga shartnoma asosida joylashtirsin. | 88 | 634 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.