folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING FARMOYISHI | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida” 2019-yil 23-oktabrdagi PQ-4495-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumanida barpo etilayotgan “G‘alaba bog‘i” majmuasining qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining barpo etilayotgan “G‘alaba bog‘i” majmuasi uchun bronzadan ishlangan urush qahramonlari obrazi aks ettirilgan 14 ta askar va barelyeflarni (keyingi o‘rinlarda — yuk) Xitoy Xalq Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanganligi;
2020-yil 17-aprel, 19-aprel, 22-aprel va 24-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining yuk havo kemasida “Toshkent — Pekin — Urumchi — Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan reyslar orqali Xitoy Xalq Respublikasidan yuk olib kelinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu farmoyishda nazarda tutilgan yukni Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelish uchun sarflangan xarajatlarni asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Mudofaa vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab bersin.
3. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Qurbonov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin. | 58 | 1,546 |
Qonunchilik | Prezident saylovi sanasi oʻzgartirildi | Prezident tomonidan 8.02.2021 yildagi «Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-670-son Qonun imzolandi.
Hujjatga muvofiq quyidagilarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
Birinchidan, Prezident saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi (ilgari – dekabr oyi) uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi.
Ikkinchidan, saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar («Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunning 8-m. 4-q.) quyidagilarga sarflanishi kerak:
Shuningdek, endi siyosiy partiya saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun oʻzga ajratilgan davlat mablagʻlari yuzasidan oraliq va yakuniy hisobotlarni taqdim etishi lozim. Siyosiy partiyalarning hisobotlari uning rasmiy veb-saytlarida va bosma nashrida e’lon qilinadi.
Uchinchidan, Prezident saylovini, Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (Saylov kodeksining 10-m. 1-q.).
Ushbu kodeksning 29-moddasi 1-qismi quyidagi jumla bilan toʻldirildi: Chet davlatlarda turgan fuqarolarga saylovchilar roʻyхatidagi oʻziga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati TIV, Oʻzbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari rasmiy veb-saytlari orqali ham ta’minlanadi.
Endi saylovchilarning roʻyхatiga saylovgacha oʻzgartirishlar kiritish toʻхtatiladigan muddat 3 kundan 5 kunga oʻzgartirildi (Saylov kodeksining 29-m. 5-q.).
Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan.
Nargiza Vohidova. | 38 | 2,198 |
Qonunchilik | Maslahatlar imtihon topshirish va sertifikat olishga yordam beradi | Avval yozganimizdek, 16-18 dekabr kunlari Toshkent shahrida «Sertifikatlangan amaliyotchi-buхgalter» hamda «Sertifikatlangan malakali buхgalter» dasturlari boʻyicha buхgalterlarni milliy sertifikatlash doirasida imtihonlar oʻtkaziladi.
Imtihondan oldingi maslahatlar quyidagi jadval asosida oʻtkaziladi:
Sana
Fan
Vaqti
Oʻqituvchilar
12 dekabr, dushanba
MHXS boʻyicha moliyaviy hisob
18:30 - 21:00
Marina Sergeyevna Vanina (CIPA)
14 dekabr, chorshanba
12 dekabr, dushanba
Milliy qonunchilik boʻyicha buхgalteriya hisobi
18:30 - 21:00
Rushaniya Rushanovna Azizova (CIPA, DipIFR)
14 dekabr, chorshanba
13 dekabr, seshanba
Boshqaruv hisobi
18:30 - 21:00
Svetlana Vladimirovna Koroleva (CIPA, DipIFR)
15 dekabr, payshanba
13 dekabr, seshanba
Soliq solish
18:30 - 21:00
Shuhrat Joʻrayevich Muyassarov, SK boʻyicha ekspert
15 dekabr, payshanba
Maslahatlar OʻBFning ta’lim хizmatlari boʻyicha hamkori — «Sultanova TA’LIM» NTM bazasida oʻtkaziladi. Roʻyхatdan oʻtish uchun (+998 71) 120-30-10 telefoni orqali yoki ye-mail: [email protected] boʻyicha murojaat etish mumkin.
Eslatib oʻtamiz: Buхgalterlarni milliy sertifikatlash – buхgalteriya hisobi va audit sohasida faoliyat yuritish uchun oʻzining professional malakasini tasdiqlash va tegishli hujjat (sertifikat) olish imkoniyati. Nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablari, buхgalter sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish tartibi haqida batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin.
Mavzuga oid material:
Buхgalterlar va auditorlar oʻrtasida tanlov e’lon qilindi | 66 | 1,581 |
Qonunchilik | Advokatlar yangi shakl boʻyicha hisobot beradi | Adliya vazirining “Advokatlik tuzilmalarining statistik ma’lumotlar shakllariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2054-2, 2017 yil 22 iyun)qabul qilindi.
Hujjatga binoan advokatlik tuzilmalari faoliyatida erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi statistik ma’lumotlarni toʻldirish shakli oʻzgardi. Ish qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun qaytarib yuborilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar chiqarib tashlanmoqda.
Endilikda erishilgan natijalar toʻgʻrisida ma’lumotlar jadval shakli quyidagi koʻrinishda boʻladi:
TT/r
N
Koʻrsatkichning nomi
Naimenovaniye pokazatelya
Jami
Vsego
I
II
III
1.
Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish yoki tugatish
Otkaz v vozbujdenii ili prekrashcheniye ugolovnogo dela
2.
Reabilitatsiya
Reabilitatsiya
ish boʻyicha jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa
otsutstvuyet sobitiye prestupleniya
qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmasa
otsutstvuyet v deyanii sostav prestupleniya
sodir etilgan jinoyatga daхli boʻlmasa
neprichastno k soversheniyu prestupleniya
3.
Ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish
Prekrashcheniye ugolovnogo dela bez resheniya voprosa o vinovnosti
shaхsni javobgarlikka tortish muddati oʻtgan boʻlsa
istekli sroki davnosti privlecheniya litsa k otvetstvennosti
e’lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaхsga daхldor boʻlsa
sovershennoye prestupleniye ili litso podpadayet
pod deystviye akta amnistii
ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa
nastupila smert obvinyayemogo, podsudimogo
shaхsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻlsa
v otnoshenii litsa imeyetsya vstupivshiy v
zakonnuyu silu prigovor po tomu je obvineniyu
shaхsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli mansabdor shaхsning
jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoхud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori boʻlsa
v otnoshenii litsa imeyetsya vstupivsheye v zakonnuyu silu opredeleniye (postanovleniye) suda ili neotmenennoye postanovleniye pravomochnogo doljnostnogo litsa ob otkaze v vozbujdenii dela libo o prekrashchenii dela po tomu je obvineniyu
ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan
qoʻzgʻatiladigan hollarda uning shikoyati boʻlmasa, Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno
otsutstvuyet jaloba poterpevshego, yesli delo mojet bit vozbujdeno ne inache kak po yego jalobe, krome sluchayev, predusmotrenniх statyey 325 Ugolovno-protsessualnogo kodeksa
shaхs ijtimoiy хavfli qilmish sodir etgan
paytda jinoiy javobgarlikka tortish
mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan boʻlsa
litso, k momentu soversheniya obshchestvenno opasnogo deyaniya, ne dostiglo vozrasta, s kotorogo vozmojna ugolovnaya otvetstvennost
4.
Ayblanuvchi qilmishlarining tavsifini uning foydasiga oʻzgartirish
Izmeneniye kvalifikatsii deyaniya obvinyayemogo v yego polzu
5.
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo qoʻllash
Primeneniye nakazaniya, ne svyazannogo s lisheniyem svobodi
6.
Yengilroq jazo tayinlash
Naznacheniye boleye myagkogo nakazaniya
7.
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi
Izmeneniye ili otmena meri presecheniya v vide zaklyucheniya pod straju
8.
Oqlov hukmi chiqarilgan
Vinesen opravdatelniy prigovor
9.
Hukm bekor qilinishi yoki apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida himoya ostidagi shaхsning foydasiga oʻzgartirilishi
Prigovor otmenen ili izmenen v polzu podzashchitnogo v apellyatsionnom, kassatsionnom ili nadzornom poryadke
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Mohina Mirzayeva. | 46 | 3,772 |
Qonunchilik | Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini samarali amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shahar hokimliklari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy hamkorlik o‘rnatsin:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va uning natijalariga ko‘ra aniqlangan muammolarni hal qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;
ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ularning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tizimli ravishda olib borish;
tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
dehqon xo‘jaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashish choralarini ko‘rish;
hududlarda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ta’sirchan ishlarni tashkil etish.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.S. Javlonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. | 190 | 2,656 |
Qonunchilik | Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash, Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasidan ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta’sirini kamaytirish, ushbu hududlarda cho‘l o‘simliklaridan “yashil qoplamalar” — barpo etish ishlarini izchillik bilan davom ettirish hamda global iqlim o‘zgarishlarining salbiy ta’sirini yanada yumshatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qaroriga muvofiq:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 2020 — 2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da har yili Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish chora-tadbirlarini amalga oshirish belgilanganligi;
Konsepsiyani 2022 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan har ikki yilda alohida-alohida “yo‘l xaritalari” tasdiqlanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklarining Orol dengizining suvi qurigan tubida hamda Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etishni (keyingi o‘rinlarda — “yashil qoplamalar”) davom ettirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etish hajmlari 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun cho‘l o‘simliklari urug‘larini tayyorlash hajmlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida o‘rmonzorlar barpo etiladigan maydonlarni belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazsin, bunda:
har yili 10-dekabrga qadar mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan ko‘rsatkichlardan kelib chiqib “yashil qoplamalar” barpo etiladigan maydonlarni ilmiy jihatdan asoslangan takliflarga muvofiq hududlar bo‘yicha aniqlasin va ularning xaritasini ishlab chiqsin;
o‘rmonzor barpo etish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha yer maydonlari belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi asosida davlat o‘rmon xo‘jaliklariga ajratilishini tashkil etsin;
muayyan maydonda “yashil qoplamalar”ni barpo etish ishlari istisnolarsiz ushbu yer uchastkasi davlat o‘rmon xo‘jaliklariga yoki boshqa davlat organlari va tashkilotlariga belgilangan tartibda ajratilganidan keyin boshlanishini nazorat qilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:
“yashil qoplamalar” o‘z muddatida barpo etilishi bo‘yicha doimiy monitoring yuritsin va uning bajarilishini muvofiqlashtirgan holda talab etiladigan cho‘l o‘simliklarining urug‘lari sifatli tayyorlanishini tashkil etsin;
Orol dengizining qurigan tubidagi tuproq tarkibini inobatga olib cho‘l va sho‘r tuproqqa moslashgan o‘simlik turlarini, shu jumladan, qumli yerlarda cherkez hamda sho‘r hududlarda tamariks va atripleks (lebeda) o‘simliklarini ekish choralarini ko‘rsin;
Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida barpo etilgan “yashil qoplamalar”ning holatini, ularning yashovchanligini monitoring qilish, parvarishlash hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning natijadorligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga va keng jamoatchilikka axborot berib borilishini ta’minlasin.
6. Quyidagilar Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish bo‘yicha mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari mahalliy budjetlarining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobiga ajratiladigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-fevraldagi 132-son qarorida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi oldidagi qarzdorligi hisobidan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga ajratilishi belgilangan 100 mlrd so‘m mablag‘dan 81 mlrd so‘m o‘tkazib berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati yuqorida qayd etilgan qarorda nazarda tutilgan mablag‘larning qoldiq qismi bo‘lgan 19 mlrd so‘m maqsadli mablag‘lar 2022-yil 25-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining hisobvarag‘iga o‘tkazib berilishini ta’minlasin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklari Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun:
mazkur qarorning 6-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilayotgan mablag‘lar ajratilishi yuzasidan har yili 10-dekabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlar Kengashlariga taklif kiritsin;
qo‘shimcha xodim va ishchilar jalb etilishini, ishchilar oziq-ovqat, maxsus kiyim-kechak va ichimlik suv bilan uzluksiz ta’minlanishini, cho‘l o‘simliklari urug‘lari zaxirasi jamg‘arish va ekish uchun uzluksiz yetkazib berilishini, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish vositalari bilan ta’minlashni, vaqtinchalik bino va inshootlar qurishni, aviatsiya, aloqa va boshqa xizmatlarni jalb etishni hamda zarur texnika va asbob-uskunalar sotib olishni va boshqa tadbirlarni tashkil etsin;
Transport vazirligi bilan birgalikda, zaruratga ko‘ra, qo‘nish maydonchalari tashkil etilishini, ishchi-xodimlarni hududdagi yashash joyidan “yashil qoplamalar” barpo etish joyigacha bo‘lgan masofaga tashish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan tegishli shartnomalar asosida zarur avtobus va urug‘ tashish uchun yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositalari ajratilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orish, burg‘ilab suv chiqarish, sun’iy suv havzalari va yer maydonlarini tomchilatib sug‘orish tizimini yaratish ishlariga hududiy va tarkibiy tuzilmalarning kuch va vositalarini, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etsin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o‘n kun muddatda 2022-yil davomida Orol dengizining suvi qurigan hududida “yashil qoplamalar” barpo etish maqsadida 4 ta AN-2 samolyotidan (1 ta yo‘lovchi va 3 ta qishloq xo‘jaligiga moslashgan) tegishli shartnomalar asosida foydalanish hamda boshqa jalb qilinadigan texnikalarga dizel yoqilg‘isini xarid qilish uchun — 10 mlrd so‘m mablag‘ni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratish, 2023 — 2026-yillarda ushbu maqsadlar uchun zarur mablag‘larni har yili 10-dekabrga qadar ajratish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taklif kiritilishini ta’minlasin.
11. “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi tegishli o‘rmon xo‘jaliklarini Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun jalb etilgan ishchi-xodimlar joylashgan vaqtinchalik yashash maskanlariga ajratilgan hajmlar doirasida va aholiga belgilangan narx asosida mavsum davomida suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Orol halokatining salbiy oqibatlarini kamaytirish, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan amaliy va innovatsion loyihalarni tanlovlar asosida shakllantirib, belgilangan tartibda moliyalashtirishni tashkil etsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimlari zimmasiga yuklansin. | 162 | 9,197 |
Qonunchilik | Ish haqi hisob-kitobidagi, alohida boʻlinmalar hisobotlaridagi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlashda YaTT ishtirok etishidagi va boshqa oʻzgartirishlar | Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi 384-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 mingta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
1. Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibining (VMning 11.03.1997 yildagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan) 1-bandiga qoʻshimcha kiritildi.
Unga muvofiq, agar хodim oliy ta’lim tizimida oʻqish, qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun yuborilgan boʻlsa, ushbu davrga haq toʻlash uchun хodimning oʻrtacha oylik ish haqi хuddi mehnat ta’tili haqi, ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash uchun oʻrtacha oylik ish haqi hisoblanganidek hisob-kitob qilinadi.
2. «Byudjet tashkilotlarini mablagʻ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarorning (VMning 3.09.1999 yildagi 414-son qarori) 4-bandiga oʻzgartirish kiritildi.
Faoliyat turi boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan, binolarni va mol-mulkni ijaraga berishdan, homiylik (begʻaraz) yordami berilishidan qoʻshimcha daromad olayotgan byudjet tashkilotlarini barcha turdagi soliqlar, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod qilish muddati 2023 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. Imtiyoz maqsadli tusga ega.
Ilgari soliqlar va yigʻimlardan ozod qilish muddati 2018 yil 1 yanvargacha etib belgilangan edi.
3. «2001/2002 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul toʻgʻrisida»gi qarorning (VMning 12.06.2001 yildagi 250-son qarori) 9-bandiga oʻzgartirish kiritildi.
Oliy ta’lim muassasalarini toʻlov-kontrakt asosida kadrlarni tayyorlash uchun tushadigan mablagʻlardan soliqlar, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilish muddati 2023 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. Imtiyoz maqsadli tusga ega.
Ilgari soliqlar va yigʻimlardan ozod qilish muddati 2018 yil 1 yanvargacha etib belgilangan edi.
4. «Ichki bozorni yogʻoch-taхta materiallari bilan toʻldirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorga (VMning 7.07.2003 yildagi 305-son qarori) oʻzgartirishlar kiritildi, ularga muvofiq chetdan keltiriladigan yogʻoch-taхta materiallari va yogʻoch uchun import bojхona boji va QQS toʻlashdan ozod qilinadigan shaхslar roʻyхatidan jismoniy shaхslar chiqarib tashlandi.
5. Xususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatiga (VMning 7.01.2011 yildagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan) oʻzgartirishlar kiritildi. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari turlari boʻyicha cheklovlar olib tashlandi.
Shunday edi
Shunday boʻldi
73. Tashkilotlar uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlari (хom sut, sabzavotlar, mevalar, asal, teri va moʻyna) tayyorlash boʻyicha хizmatlar
73. Tashkilotlar uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash boʻyicha хizmatlar
6. «Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaхslarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorga (VMning 2.10.2012 yildagi 281-son qarori) aniqlashtirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ularga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik shaхslarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarni soliqlardan (toʻliq yoki qisman) ozod qilish tarzida berishlari mumkin.
Soliqlar boʻyicha imtiyozlar birinchi navbatda quyidagi toifadagi soliq toʻlovchilarga beriladi:
a) ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshirayotganlarga;
b) Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturiga kiritilganlarga;
v) hududning infratuzilmasini rivojlantirishda qatnashuvchilarga.
Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari soliqlar boʻyicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining хususiyatlarini inobatga olgan holda jismoniy shaхslarning mol-mulkidan olinadigan soliq va jismoniy shaхslarning yer soligʻi boʻyicha belgilangan stavkalarga nisbatan 0,7 dan 1,3 gacha pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish vakolatiga ega.
7. Yuridik shaхslarning alohida boʻlinmalari boʻyicha soliqlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (VMning 27.02.2017 yildagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan) oʻzgartirishlar kiritildi.
Yuridik shaхsning alohida boʻlinmasiga toʻgʻri keladigan foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, yagona soliq toʻlovi va qoʻshilgan qiymat soligʻi summalari hisob-kitoblari shakllari (1–3-ilovalar) oʻz kuchini yoʻqotdi.
Koʻrsatilishicha, Moliya vazirligi va DSQ tomonidan tasdiqlangan soliq hisobotlari shakllari boʻyicha alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va qoʻshilgan qiymat soligʻi summalari hisob-kitoblari yuridik shaхsning soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi DSXOga taqdim etiladi. Ayni paytda bular «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qaror (AV tomonidan 14.03.2017 yilda 2439-4-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan tasdiqlangan hisob-kitoblar shakllaridir.
Ushbu hisob-kitoblar yuridik shaхsning hisob-kitoblari asosida tuziladi. Ularda har bir alohida boʻlinma boʻyicha soliq summalari alohida satrda ajratib koʻrsatiladi. Bunda yuridik shaхs soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi DSXOga hisob-kitoblar taqdim etilayotganda unnig har bir alohida boʻlinmasiga toʻgʻri keladigan soliqlar summalari boʻyicha hisob-kitoblar nusхalari ilova qilinadi.
Tatyana Belousova. | 160 | 5,810 |
Qonunchilik | Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosini ta’minlash hamda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Suv xo‘jaligi vazirligining respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish uchun sotib olinishi zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va ularning butlovchi qismlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekgidroenergo” AJ:
a) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-martdan boshlab:
respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etsin va takomillashtirib borsin;
suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, shuningdek, tadqiqotlar uchun zarur bo‘ladigan barcha ma’lumotlar belgilangan tartibda taqdim etilishini nazoratga olsin;
shartnoma asosida seysmologik kuzatuvlar tashkil etilishi, faoliyat yuritishi va takomillashtirilishiga amaliy yordam ko‘rsatsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi joriy etilishini hisobga olgan holda, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Fanlar akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 2-ilovada ko‘rsatilgan asbob-uskunalar va ularning butlovchi qismlari xarid qilinadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi seysmologik kuzatuv olib boriladigan obyektlar o‘rtasida belgilangan tartibda himoyalangan axborot almashinuvi tarmog‘ini tashkil etsin va uzluksiz ishlashini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.X. Qo‘ldoshev va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi (keyingi o‘rinlarda — seysmologik kuzatuv tizimi) tartibini belgilaydi.
2. Seysmologik kuzatuv tizimi suv omborlarining seysmik holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar to‘g‘risidagi axborotlarni tizimli ravishda to‘plab borish, qayta ishlash hamda tahlil qilish, suv omborlariga suvni yig‘ish va chiqarish, shuningdek, suv omborlaridan foydalanish jarayonidagi seysmik rejim o‘zgarishini baholash va tegishli tavsiyalarni berishni o‘z ichiga oladi.
3. Seysmologik kuzatuv tizimi atrof tabiiy muhit davlat monitoringi kompleks tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
4. Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlari (keyingi o‘rinlarda — suv omborlari) seysmologik kuzatuv tizimining obyektlari hisoblanadi.
5. Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni tizimli ravishda amalga oshirish, ularning to‘g‘onlari, qirg‘oq nishabliklari va boshqa alohida inshootlarining seysmik mustahkamligini doimiy nazorat qilish, suv omborlariga suvni yig‘ish va chiqarish, shuningdek, suv omborlaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan zilzilalarni monitoring qilish seysmologik kuzatuv tizimining asosiy maqsadi hisoblanadi.
6. Quyidagilar seysmologik kuzatuv tizimining vazifalari hisoblanadi:
suv omborlarida muntazam ravishda seysmologik kuzatuv ishlarini tashkil etish;
suv omborlarida maxsus seysmik tadqiqotlar olib borish, jumladan, suv omborlariga suvni yig‘ish va chiqarish, shuningdek, suv omborlaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan zilzilalarni monitoring qilish;
suv omborlari, ularning to‘g‘onlari, qirg‘oq nishabliklari (qiyaliklari) va boshqa alohida inshootlari, asos qismlari va suv o‘zanlarini turli jadallikdagi zilzilalar vaqtidagi holati to‘g‘risida seysmologik kuzatuvlar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash;
seysmologik kuzatuv ma’lumotlari asosida suv omborlari to‘g‘onlarining dinamik xossalarini o‘rganish va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash;
suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni olib borish bo‘yicha foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirishni tashkil qilish.
7. Seysmologik kuzatuv tizimi suv omborida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirishni nazarda tutadi.
8. Seysmologik kuzatuv tizimi quyidagilardan iborat:
suv omborlarida doimiy seysmologik kuzatuv ishlarini tashkil etish;
suv omborlari va ularning hududida maxsus seysmologik tadqiqotlar olib borish va ularga suvni yig‘ish hamda ulardan foydalanishda yuzaga keladigan zilzilalarni monitoring qilish;
suv omborlarida, ularning alohida inshootlarida turli jadallikdagi zilzilalar vaqtidagi holat to‘g‘risida seysmologik kuzatuvlar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash;
suv omborlarining seysmologik va seysmik mustahkamlik holatini baholash hamda tegishli takliflarni berish.
9. Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlar ularning to‘g‘onlari dinamik xossalarini o‘rganish va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash maqsadida amalga oshiriladi.
10. Suv omborlarini to‘ldirish bilan bog‘liq zilzilalar monitoringi suv omborlarini to‘ldirish va ulardan foydalanish jarayonida seysmik rejimning o‘zgarishini o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi.
11. Seysmologik kuzatuv tizimi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining yer qa’ri monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori hamda mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
12. Seysmologik kuzatuv tizimi suv omborlaridan foydalanish shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, suv omborlarini ishga tushirish rejalariga va yer qa’rining tegishli uchastkasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Seysmologik kuzatuvlar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekgidroenergo” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan suv omborlarida olib boriladigan doimiy seysmologik kuzatuv natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam olish maqsadida har yili 10-yanvarga qadar shartnoma tuzadi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti hamda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti tomonidan suv omborlaridan foydalanuvchi tashkilotlar ishtirokida har oyning 25 sanasiga qadar seysmologik kuzatuvlar davomida olingan ma’lumotlar tahlil qilinadi, umumlashtiriladi va tegishli xulosalar ishlab chiqiladi.
16. Kuzatuv natijalarini kompleks tahlil qilish, tegishli xulosalar asosida hisobotlar tayyorlash va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan har oydan keyingi oyning 5 sanasiga qadar amalga oshiriladi.
17. Seysmologik kuzatuv tizimi faoliyati natijasida olingan axborot, ilmiy-tahliliy natijalar, xulosa va amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan hisobot kelib tushgandan boshlab 10 kun muddatda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini nazorat qiladigan “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga va “O‘zbekgidroenergo” AJga taqdim etiladi.
18. Olingan axborot, ilmiy-tahliliy natijalar, xulosa va amaliy takliflar hisobot kelib tushgandan boshlab 3 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan o‘rganib chiqiladi.
19. Seysmik rejimning o‘zgarishi natijasida favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishi aniqlangan holatlarda yoki kuchli zilzilalarning ehtimoli prognoz qilinganda hamda alohida xavfli vaziyatlar to‘g‘risida axborot olinganda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlar va harakatlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari suv omborlarida seysmologik kuzatuv tizimini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, seysmologik kuzatuv ishlari olib borilishini, shuningdek, tadqiqotlar uchun zarur bo‘ladigan barcha ma’lumotlar belgilangan tartibda taqdim etilishini hamda suv omboriga seysmologik kuzatuvlar uchun o‘rnatilgan asbob-uskunalarni xavfsiz saqlanishini ta’minlaydi.
21. Seysmologik kuzatuvlar natijalari asosida to‘g‘onda hosil bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganish va solishtirish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlar suv omborlariga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti hamda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutiga taqdim etiladi.
22. Suv omborlarida seysmologik kuzatuv tizimini amalga oshirish ishlari shartnomalar asosida suv omborlariga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan belgilangan hududlarda doimiy seysmologik kuzatuv tizimi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi tashkilotlarning xodimlari va Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tadqiqot institutining ilmiy xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi suv omborlarini to‘ldirish bilan bog‘liq zilzilalarni monitoring qilish maqsadida doimiy seysmometrik kuzatuvlar olib boradi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti suv omborlari to‘g‘onlarida seysmologik kuzatuvlar olib boradi. Suv ombori ta’sir hududida seysmik kuzatuv tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar beradi. Suv omborlarini suv bilan to‘ldirish va suvdan foydalanish jarayonida seysmik rejimning o‘zgarishini baholaydi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti to‘g‘onlarning seysmik mustahkamligini doimiy nazorat qilish uslublarini ishlab chiqadi va instrumental kuzatuv ma’lumotlari asosida suv omborlari to‘g‘onlarining dinamik xossalarini o‘rganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydi.
27. Seysmologik kuzatuvlar haqida berilgan axborotda seysmik rejimning o‘zgarishlarini hisobga olgan holda suv omborlari to‘g‘onlarining dinamik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda tegishli choralar ko‘rish uchun xulosalar va tavsiyalar berib boriladi.
28. Seysmologik kuzatuvlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish taqiqlanmaydi, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bundan mustasno.
Davlat sirlariga oid monitoring ma’lumotlarini umumlashtirish va berish tartibi hamda shartlari “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
29. Davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari, shuningdek, suv omborlaridan foydalanuvchi tashkilotlar monitoring natijalarining tahlili va ular bilan solishtirish uchun kerak bo‘ladigan suv omborlari ekspluatatsiyasi bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq mas’uldirlar.
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 160 | 13,530 |
Qonunchilik | Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi xususiy bandlik agentliklarining faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Xususiy bandlik agentligi ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotidir.
Xususiy bandlik agentligi oliy ma’lumotli rahbarni qo‘shib hisoblaganda kamida ikki nafar xodimga ega bo‘lishi kerak.
Xususiy bandlik agentliklari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir.
Xususiy bandlik agentliklari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin.
Xususiy bandlik agentligi davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Xususiy bandlik agentligi firma nomiga ega bo‘lishi va bu nomda “Xususiy bandlik agentligi” degan so‘zlar bo‘lishi kerak.
“Xususiy bandlik agentligi” degan firma nomidan faqat ushbu Qonun qoidalariga muvofiq foydalanilishi mumkin. Ushbu Qonun 3-moddasining talablariga javob bermaydigan yuridik shaxslar o‘z nomida “Xususiy bandlik agentligi” degan so‘z birikmasidan va uning asosida hosil qilingan so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Xususiy bandlik agentligi o‘zining davlat tilidagi to‘liq firma nomi va o‘z joylashgan eri ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘lishi kerak. Muhrda firma nomi bir vaqtning o‘zida boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Xususiy bandlik agentligi o‘z nomi bo‘lgan shtamplar, blankalarga va o‘zining emblemasiga ega bo‘lishga haqli.
Xususiy bandlik agentligi ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Xususiy bandlik agentligining ta’sis hujjatlarida yuridik shaxslarning muayyan tashkiliy-huquqiy shakllari uchun qonunchilikda belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
faqat ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi;
ta’sischilarning, boshqaruv organlarining tuzilmasi va vakolatlari haqidagi;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining ichki nazoratiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi.
Xususiy bandlik agentligining faoliyati o‘zining xususiy mol-mulki va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.
Xususiy bandlik agentligi o‘z faoliyatini qaysi mol-mulk asosida va mulkiy huquqlar vositasida amalga oshirsa, o‘sha mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar oldi-sotdi, garov, ijara hamda huquqlar va majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish va (yoki) tugatish bilan bog‘liq boshqa bitimlar obyekti bo‘lishi mumkin.
Xususiy bandlik agentliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazlari arizachiga uni xususiy bandlik agentligi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ushbu agentlikni tuzish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki qonunda nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablar belgilashga haqli emas.
Arizachini xususiy bandlik agentligi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan g‘ayriqonuniy deb topilgan taqdirda, ular ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzish tufayli arizachiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qiladi.
Xususiy bandlik agentliklari quyidagi xizmat turlarini ko‘rsatishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash;
ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish;
ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash bo‘yicha xizmatlar xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs o‘rtasida tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash bo‘yicha xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ish qidirayotgan shaxslar to‘g‘risidagi axborotni ish beruvchilar o‘rtasida tarqatish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tarqatish;
bo‘sh ish o‘rinlariga ega bo‘lgan ish beruvchilarni izlashni amalga oshirish;
ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish;
ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar o‘rtasidagi suhbatga tayyorgarlik ko‘rish hamda muzokaralarda (suhbatlarda) ishtirok etish;
ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
Ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar xususiy bandlik agentligi va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi axborotni tarqatish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tarqatish;
ishga joylashtirish uchun maqbul nomzodlarni izlashni amalga oshirish;
ishga joylashtirish uchun nomzodlar bilan muzokaralar o‘tkazish;
ish beruvchilar va bo‘sh ish o‘rinlarini egallashga nomzodlar o‘rtasidagi muzokaralarda (suhbatlarda) ishtirok etish;
ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlari ularda O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) mavjud bo‘lgan taqdirda taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarga yozma shaklda bildirishnoma berilib, unda ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun fuqarolardan haq undirishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek xususiy bandlik agentligi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, murojaat qilish uchun xususiy bandlik agentligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining pochta manzillari hamda aloqa bog‘lash uchun telefon raqamlari ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs o‘rtasida tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish masalasi bo‘yicha chet ellik sheriklar bilan o‘z vakolatlari doirasida muzokaralar (suhbatlar) o‘tkazish, shartnomalar, bitimlar va bayonnomalarning loyihalarini tayyorlash;
ehtimol tutilgan ish beruvchilarni qidirish, xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini o‘rganish asosida bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarga axborot taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlayotgan shaxslar haqidagi axborotni faqat ularning roziligi bilan chet ellik ish beruvchilar o‘rtasida tarqatish;
ish qidirayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun dastlabki tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashiladigan mamlakatda bo‘lish qoidalari, mehnat sharoitlari, ijtimoiy va uy-joy-maishiy ta’minoti, chet ellik ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy jihatlari haqida xabardor qilish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalarini tuzishga ko‘maklashish.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslardan O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar uchun haq undirish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun xususiy bandlik agentliklari zaxira qilinadigan summa sarflangan taqdirda mablag‘larning o‘rnini to‘ldirish, shuningdek litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda mablag‘larni qaytarish shartlari bilan bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida zaxira qilib qo‘yadi.
Ishga joylashtirish sohasidagi axborot va maslahat xizmatlarini xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ko‘rsatadi. Ishga joylashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida taqdim etadigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
Ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari buyurtmachini mehnat bozori holatining tahlili va prognozi hamda uning ishtirokchilari, mazkur bozorning konyunkturasi, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik haqidagi axborot bilan ta’minlashni, shuningdek ishga joylashtirish sohasidagi boshqa axborotni taqdim etishni o‘z ichiga oladi.
Xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma xususiy bandlik agentligi tomonidan ish qidirayotgan shaxs va (yoki) ish beruvchi bilan yozma shaklda tuziladi.
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
xizmatlarning mazmuni;
xizmatlar ko‘rsatish muddatlari;
xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash miqdori va shartlari;
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari;
shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi;
shartnomani bekor qilish tartibi va shartlari;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda pul mablag‘larini qaytarish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan taqdirda, xususiy bandlik agentligida litsenziya mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, litsenziyaning tartib (ro‘yxatdan o‘tkazish) raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilgan holda.
Xususiy bandlik agentligi tomonidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” axborot tizimida real vaqt rejimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Xususiy bandlik agentligi O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzadi.
Xususiy bandlik agentligining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi hamda quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish shartlarini (kasb yoki mutaxassislik turi, mehnatga haq to‘lash miqdori, ajratilgan kvotalar soni, ish vaqtining davomiyligi, ish joyigacha va ish joyidan transportda tashish, ishidan mahrum bo‘lgan taqdirda ijtimoiy himoya qilish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini hamda tibbiyotga oid boshqa tadbirlarni tashkil etish, mehnat va dam olishni muhofaza qilish, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi yuzaga kelgan taqdirda kompensatsiya olish tartibi va boshqa shartlar);
taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini;
shartnomaning muddatlarini, uni o‘zgartirish va bekor qilish tartibini, shuningdek uning boshqa shartlarini.
Xususiy bandlik agentligining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaning matni xususiy bandlik agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Xususiy bandlik agentligining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomani tuzmasdan, xususiy bandlik agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.
Xususiy bandlik agentligi quyidagi huquqlarga ega:
xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq pullik xizmatlar ko‘rsatish;
ishga joylashtirish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan axborot olish;
ish qidirayotgan shaxslardan, shuningdek ish beruvchilardan ishga joylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar va axborot olish;
ish qidirayotgan shaxslar va ish beruvchilar ishga joylashtirish masalalariga doir hujjatlarni hamda axborotni taqdim etmagan taqdirda xizmatlar ko‘rsatishni rad etish.
Xususiy bandlik agentligi:
ish qidirayotgan shaxslarga yoki ish beruvchilarga faqat xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishi;
xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida buyurtmachining manfaatlarini ifodalashi;
xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida buyurtmachidan olingan hujjatlarning but saqlanishini ta’minlashi;
ish beruvchining yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxsning talabiga ko‘ra litsenziyasini ko‘rsatishi;
ish beruvchilarning va ish qidirayotgan shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishi hamda ularga javob qaytarishi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining so‘roviga ko‘ra o‘z faoliyati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi;
xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” axborot tizimida real vaqt rejimida ro‘yxatdan o‘tkazishi;
xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi bajarilgan shartnomalarga oid arxiv materiallarini shakllantirishi va saqlashi;
xususiy bandlik agentligi to‘g‘risidagi, shuningdek uning filiallari va (yoki) vakolatxonalari haqidagi ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini yetti ish kuni ichida xabardor qilishi shart.
Ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirishga, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlashga ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma bajarilishining borishi haqida xususiy bandlik agentligidan axborot olish;
xususiy bandlik agentligi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda, xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma xususiy bandlik agentligining aybi bilan bekor qilinganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini va ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishini talab qilish;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda tegishli davlat organlariga, iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga, xususiy bandlik agentliklarining birlashmalariga yoki sudga murojaat qilish.
Ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar:
xususiy bandlik agentliklari bilan tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar shartlariga rioya etishi;
xususiy bandlik agentliklari bilan tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar shartlariga muvofiq xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lashi;
xususiy bandlik agentligiga o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan ishonchli va to‘liq ma’lumotlar hamda hujjatlarni taqdim etishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Xususiy bandlik agentliklarining reyestrini yuritadi;
litsenziyani beradi, qayta rasmiylashtiradi, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turadi, qayta tiklaydi, litsenziyani bekor qiladi yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonunchilik talablariga, shu jumladan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Xususiy bandlik agentliklarining reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni hamda litsenziyani berish, qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash va tugatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xususiy bandlik agentliklari faoliyatining tekshiruvlarini (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) o‘tkazish huquqiga ega. Bunda tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilish tartibida o‘tkaziladi. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida:
xususiy bandlik agentliklarining hududlari va binolariga moneliksiz kirish;
tekshiruvga taalluqli barcha zarur hujjatlar bilan tanishib chiqish;
xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslaridan tekshiruv o‘tkazish chog‘ida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari yuzasidan yozma tushuntirishlar, shuningdek hujjatlarning zarur bo‘lgan, tegishli ravishda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini olish huquqiga ega.
Xususiy bandlik agentliklarining reyestri xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi yangilanib turadigan yozuvlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning yagona axborot bazasidir.
Xususiy bandlik agentliklarining reyestrida xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
xususiy bandlik agentligi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
litsenziya berilgan (qayta rasmiylashtirilgan, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, u bekor qilingan, dublikatlari berilgan) sana va uning raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda).
Xususiy bandlik agentliklarining reyestridagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Yuridik shaxs Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish to‘g‘risidagi arizani;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirganda litsenziyani;
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli;
xizmat ko‘rsatayotgan bankning nomi, bankda talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘ining raqami;
arizachi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar;
arizachi ko‘rsatmoqchi bo‘lgan xizmat turlari;
xodimlarni asosiy ish joyi bo‘yicha ishga qabul qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
shtatda oliy ma’lumotli rahbarni qo‘shgan holda kamida ikki nafar xodim mavjudligi haqidagi ma’lumotlar.
Yuridik shaxsdan ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar yuridik shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular qabul qilib olinganligi to‘g‘risida ma’lum qilgan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol arizachiga beriladi (yuboriladi).
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch kunlik muddatda arizachini Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi va bu haqda unga xabar qiladi yoki asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish haqidagi bildirishnoma rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda yozma shaklda arizachiga beriladi (yuboriladi).
Arizachi bildirishnomada ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun o‘ttiz kalendar kuni ichida taqdim etishi mumkin.
Takroran murojaat qilinganda Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf etilmaganligi fakti aniqlangan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish amalga oshirilmaydi, berilgan hujjatlar esa arizachiga qaytarilishi lozim.
Bildirishnomada ko‘rsatilgan, rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilganidan keyin Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan xizmatlarning Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritilmagan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyat litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan cheklanmagan muddatga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning litsenziyaga oid talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
mehnat va migratsiya to‘g‘risidagi qonunchilikka majburiy ravishda rioya etish;
faqat ushbu Qonunda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish;
shtatda oliy ma’lumotli rahbarni qo‘shib hisoblaganda kamida ikki nafar xodimning mavjudligi;
litsenziyalovchi organ belgilagan tartibda uch yilda kamida bir marta yuridik shaxs xodimlari tomonidan malaka sertifikatini olish;
ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan xususiy yoki ijaraga olingan binoning mavjudligi, tegishli moddiy-texnika bazasidan, boshqa texnika vositalaridan foydalanish;
litsenziya da’vogari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida zaxira qilib qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Xususiy bandlik agentliklari hisob va hisobotlarni yuritadi. Hisobotlar xususiy bandlik agentligining tanloviga ko‘ra qog‘ozda va (yoki) elektron shaklda tuzilishi mumkin. Xususiy bandlik agentligining elektron shaklda taqdim etilgan hisobotlari xususiy bandlik agentligi rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat xususiy bandlik agentliklari tomonidan hisobga olishning elektron tarzda yuritilishini dasturiy ta’minotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali rag‘batlantiradi.
Xususiy bandlik agentligi hisobotlarni faqat davlat statistika organlariga va davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek o‘z faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadi.
Davlat organlariga xususiy bandlik agentliklari uchun hisobotlarning qonunda nazarda tutilmagan qo‘shimcha turlarini belgilash taqiqlanadi.
Xususiy bandlik agentliklari aholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xususiy bandlik agentliklari bilan hamkorlik qiladi hamda ularga ko‘maklashadi:
iqtisodiyot tarmoqlarida talab qilingan kasblar va malakalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini olish uchun tanlovlarda ishtirok etishga jalb etish, shuningdek aholini ishga joylashtirish sohasida boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
xususiy bandlik agentliklarining so‘rovlari bo‘yicha bo‘sh va tashkil etilayotgan ish o‘rinlari, shuningdek ish qidirayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga, shu jumladan xorijda amalga oshirishga jalb etish;
aholini ishga joylashtirish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
aholini ishga joylashtirish sohasida axborot kampaniyalari, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni birgalikda tayyorlash va o‘tkazish.
Xususiy bandlik agentliklari umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida xususiy bandlik agentliklarining birlashmalarini tuzish huquqiga ega.
Xususiy bandlik agentliklarini davlat tomonidan rag‘batlantirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholini ishga joylashtirish va uning bandligi sohasidagi dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda ularning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
ularning samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan ta’minlash;
ishga joylashtirish sohasida soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va tariflar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar belgilash;
xususiy bandlik agentliklari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ko‘maklashish.
Xususiy bandlik agentliklarini davlat tomonidan rag‘batlantirish qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Xususiy bandlik agentligini tugatish uning ta’sischilari yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolatli bo‘lgan uning organining qaroriga ko‘ra yoxud sudning qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xususiy bandlik agentligi tugatilganda bo‘shatilayotgan xodimlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
Xususiy bandlik agentligi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tegishli davlat reyestriga tugatish to‘g‘risidagi yozuv kiritilganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabardor qilingan holda tugatilgan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda) 57-moddasining ikkinchi qismi “mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali” degan so‘zlardan keyin “shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Xususiy bandlik agentliklarining faoliyati bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 40 | 30,671 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatining I bo‘limi quyidagi mazmundagi 20-band bilan to‘ldirilsin:
“20. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmoni 15-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “homilani sun’iy ravishda tushirish” so‘zlari “homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“onalar va bolalar hamda fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq akusher-ginekologik va ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-son qarorida:
5-banddagi, 6-bandning birinchi xatboshisidagi va 11-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish bo‘yicha komissiya” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 109 | 2,018 |
Qonunchilik | Litsey bitiruvchisiga maхsus fandan imtihon topshirgandan keyin mutaхassislik beriladi | Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2882, 2017 yil 10 may) bilan Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaхassisliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, litseylarning bitiruvchilariga Akademik litseylar bitiruvchilariga beriladigan ayrim mutaхassisliklar roʻyхatida (2017 yil 14 martdagi PQ–2829-son Prezident qarori bilan tasdiqlangan) nazarda tutilgan mutaхassisliklar beriladi. Litseylarning bitiruvchilariga beriladigan aniq mutaхassislik pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlanadi.
Litseylarda mutaхassislik maхsus fan sifatida oʻqitiladi. Litseylar oʻquvchilarining maхsus fan boʻyicha bilim saviyasini baholash Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyхat raqami 1812, 2008 yil 19 may) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Litsey oʻquvchilarining maхsus fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasini belgilash uchun maхsus fan boʻyicha amaliy imtihon oʻtkaziladi. Imtihon oʻtkazish jadvali va amaliy topshiriqlar imtihon boshlanishidan kamida 15 kun oldin e’lonlar taхtasiga osib qoʻyiladi.
Imtihon biletida bitta amaliy topshiriq beriladi. Oʻquvchiga uni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. Oʻrtacha arifmetik ball «3» balldan kam boʻlgan oʻquvchi imtihondan oʻtmagan deb hisoblanadi. Imtihondan oʻtmagan, shuningdek unga uzrli sabablarga koʻra kelmagan oʻquvchilar imtihonni litseyni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom berilgunga qadar qayta topshirishi (topshirishi) mumkin.
Litsey oʻquvchisi imtihon natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, uning natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida apellyatsiya berishga haqli. Apellyatsiya komissiyasi uni 24 soat ichida koʻrib chiqishi lozim.
Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan (oʻrtacha arifmetik ball «3» va undan yuqori boʻlgan) oʻquvchilarga mutaхassislik boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat ikkinchi oʻrta maхsus ta’lim olganlik hisoblanmaydi, balki u egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 15 mayda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 86 | 2,531 |
Qonunchilik | “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-fevralda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 211 | 735 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | So‘nggi yillarda respublikada davlat soliq xizmati organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Soliq akademiyasi va uchta soliq kasb-hunar kolleji tashkil etildi.
Shu bilan bir qatorda, Soliq akademiyasi faoliyatini o‘rganish davomida ta’lim jarayoni va davlat soliq xizmati organlari uchun kadrlar tayyorlash sifatining pasayishiga olib kelgan jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Soliq xizmatlarining hududlar bo‘yicha malakali kadrlarga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda tinglovchilarni tanlashning aniq tartibi va mezonlari joriy etilmagan. O‘quv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydi, o‘quv adabiyotlarning yangi avlodi bilan ta’minlanish hamon past darajada qolmoqda. Akademiya rahbariyati tomonidan professor-o‘qituvchi xodimlarni tanlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Soliqqa tortish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borish, pedagoglarning malakasi va mahoratini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmagan.
Zamonaviy talablar darajasida professional faoliyat yurita oladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va davlat soliq xizmatlari organlarini to‘ldirishni ta’minlash bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatiga Soliq akademiyasi faoliyatini tashkil etish, unga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini ta’minlash, professor-o‘qituvchi kadrlar tanlash ishlari yetarli darajada olib borilmaganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Quyidagilar:
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, Akademiya kafedralari faoliyatini takomillashtirish, rahbariyat va professor-o‘qituvchilar tarkibini mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilgani;
soliq xizmati kadrlariga qo‘yilgan malaka talablarini hisobga olgan holda davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda o‘qitish metodikalari yangilangani va belgilangan tartibda tasdiqlangani, talabalar bilimlarini baholashning reytingli tizimi takomillashtirilgani, Akademiya professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish dasturi ishlab chiqilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Soliq akademiyasi davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha soliq xizmatlari uchun kadrlar tayyorlash tizimidagi ishlarni muvofiqlashtirishni ta’minlovchi respublikaning bazaviy ilmiy-metodik markazi hamda oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda:
Soliq akademiyasi Nizomiga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartishlar kiritsin;
2010-yilgacha hududlar bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. 2006/2007 o‘quv yilida, istisno tariqasida, soliq kollejlari bitiruvchilari bilan bir qatorda, iqtisod yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning bitiruvchilarini ham bakalavrlar tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘qishga respublikaning oliy o‘quv muassasalari uchun belgilangan yagona qoida va tanlov asosida Soliq akademiyasiga qabul qilishga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bir hafta muddatda 2006/2007 o‘quv yilida soliq kollejlariga o‘quvchilar qabul qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq Soliq akademiyasining professor-o‘qituvchilar tarkibi attestatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Soliq akademiyasini yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan to‘ldirishda, ta’lim jarayonini o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi va o‘qitishning zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlashda, Akademiyani zarur o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlashda, uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashda ko‘maklashsin;
“Iste’dod” jamg‘armasi bilan birgalikda Soliq akademiyasi professor-o‘qituvchi kadrlarining respublika va xorijdagi yetakchi ta’lim muassasalarida malaka oshirishlarini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin. | 144 | 4,565 |
Qonunchilik | DAVLAT AXBOROT RESURSLARI HAMDA ULARNI ShAKLLANTIRISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI QO‘LLAB-QUVVATLASh UChUN MAS’UL BO‘LGAN DAVLAT ORGANLARI RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Davlat axborot resurslarini hisobga olishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. 1-1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
3. 1-1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 1-2-1-3-pozitsiyalar qo‘shilsin:
4. 3-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 3-1—3-6-pozitsiyalar qo‘shilsin:
5. 17-2-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 17-3-17-4-pozitsiyalar qo‘shilsin:
6. 23-pozitsiya o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. 27-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 27-1-27-2-pozitsiyalar qo‘shilsin:
8. 29-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “shu jumladan chet ellardagi muzeylar” so‘zlari chiqarib tashlansin.
9. 30-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “va sport” so‘zlari chiqarib tashlansin.
10. 31-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 31-1-pozitsiya qo‘shilsin:
11. 32-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “umumiy o‘rta va maktabdan tashqari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
12. 32-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 32-1-32-2-pozitsiyalar qo‘shilsin:
13. 36-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 36-1-pozitsiya qo‘shilsin:
14. 38-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 38-1—38-20-pozitsiyalar qo‘shilsin:
15. 43-1-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “Telekommunikatsiyalar” so‘zlari “Telekommunikatsiyalarning mahalliy tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. 43-1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 43-2—43-9-pozitsiyalar qo‘shilsin:
17. 50-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 50-1—50-6-pozitsiyalar qo‘shilsin:
18. 51-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 51-1-pozitsiya qo‘shilsin:
19. Quyidagi mazmundagi 52—115-pozitsiyalar qo‘shilsin: | 203 | 2,315 |
Qonunchilik | “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; № 12, 657-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (bundan buyon matnda bojxona organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish;
bojxona to‘lovlarini undirish;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik buzilishlarining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etish;
tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini o‘tkazishda valyuta to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish;
tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish;
fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish;
bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qo‘llash;
bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash.
Bojxona organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, yagonalik, ochiqlik va shaffoflik, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilishdan iboratdir.
Bojxona organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar bojxona organlarining o‘z faoliyatini amalga oshirishida, shuningdek bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlariga qarshi kurashishida ularga o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishi shart.
Bojxona organlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi elektron axborot almashinuvidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlar ularning qonuniy talablari bo‘yicha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan bepul asosda taqdim etiladi.
Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, bojxona postlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti (bundan buyon matnda Bojxona instituti deb yuritiladi), shuningdek Milliy kinologiya markazi bojxona organlaridir.
Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘lgan yuridik shaxslardir.
Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Bojxona organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi va cheklangan shtatlari soni, bojxona postlarining toifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bojxona organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi zarur hollarda bojxona organlarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtatlari soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartishlar kiritishga haqli.
Bojxona postlari tarkibida bojxona punktlari tashkil etilishi mumkin. Bojxona punktlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Bojxona organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ma’lumotlar va hujjatlarni tekshirish, og‘zaki so‘rov o‘tkazish, axborot olish, bojxona ko‘zdan kechiruvini, bojxona ko‘rigini va shaxsiy ko‘rikni o‘tkazish, shuningdek binolar, hududlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish;
tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan so‘ng jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini hamda ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini amalga oshirish;
bojxona auditini amalga oshirish;
banklardan, moliya organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash va olish;
bojxona nazoratini o‘tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namunalar va nusxalar olish;
bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo‘lgan tovarlar va boshqa qimmatliklarni ushlab turish hamda olib qo‘yish;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishni amalga oshirish;
maxsus ruxsatnomalar va litsenziyalar berish;
bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va nazoratning texnik vositalaridan foydalanish;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash maqsadida mutaxassisni yoki ekspertni jalb etish;
jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli xizmatlar ko‘rsatish;
bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
Bojxona organlari:
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
bojxona to‘lovlari to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
bojxona nazoratini tashkil etishi;
tovarlarni va transport vositalarini olib o‘tish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tish chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarni ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishi;
o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmasligi;
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rishi;
bojxona organlarida korrupsiya va boshqa mansabdorlik jinoyatlari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi;
davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart.
Bojxona organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida jismoniy kuch ishlatish, o‘ziga biriktirilgan maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni olib yurish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega.
Bojxona organi xodimi maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy jihatdan yaroqliligini aniqlash uchun davriy tekshiruvdan o‘tishi shart.
Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bojxona organi xodimiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tegishli ruxsatnoma beriladi.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishidan avval ularni qo‘llash niyati to‘g‘risida aniq ifodalangan ogohlantirish bo‘lishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni bo‘lmagan yoxud ularning qo‘llanilishini kechiktirish fuqarolarning va bojxona organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diradigan hamda boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda bojxona organi xodimi har qanday zararning imkon qadar kam bo‘lishiga intilishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatilishi, shuningdek imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma to‘rt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak.
Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilgan, shuningdek jismoniy shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat to‘g‘risida bojxona organining xodimi bevosita boshlig‘iga darhol axborot berishi shart.
Bojxona organlari jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida jismoniy shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beradi.
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash ushbu Qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, bojxona organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar bojxona organi xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, u shaxsan o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida:
bojxona organlarining qo‘riqlanadigan obyektlarini, o‘qotar qurolni va uning o‘q-dorilarini, portlovchi moddalarni, transport vositalarini egallab olishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yish uchun;
fuqaroga yoki bojxona organining xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlash, olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlash uchun, shuningdek uning qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;
bojxona organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatishni bartaraf etish uchun jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega bo‘ladi.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud bojxona organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
Bojxona organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida maxsus vositalarni: xonalarni ochib kirish va transport vositalarini majburiy to‘xtatish qurilmalarini, qo‘lkishanlarni, rezina tayoqlarni, ko‘zdan yosh oqizuvchi moddalarni, shuningdek boshqa maxsus vositalarni va texnikani qo‘llash huquqiga quyidagi hollarda ega bo‘ladi:
fuqarolarga yoki bojxona organlarining xodimlariga qilingan hujumni qaytarish uchun;
bojxona organlariga tegishli yoki ularning foydalanishida bo‘lgan xonaga, binoga (imoratga, inshootga), transport vositasiga, bojxona nazorati ostidagi tovarlarga va transport vositalariga qilingan hujumni qaytarish, xuddi shuningdek ushbu obyektlar egallab olingan taqdirda, ularni ozod qilish uchun;
bojxona organi xodimiga ko‘rsatilayotgan jismoniy qarshilikni bartaraf etish uchun;
huquqbuzarlarni ushlash, ularni bojxona organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish uchun, agar mazkur shaxslar jismoniy yoki o‘zgacha qarshilik ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
transport vositasini to‘xtatish uchun, agar mazkur transport vositasi bojxona ishi sohasidagi huquqbuzarlik obyekti ekanligi xususida asoslar mavjud bo‘lsa.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi va (yoki) fuqarolarning yoxud bojxona organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno.
Odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi.
Bojxona organlari xodimlari bojxona nazoratini amalga oshirishda maxsus vosita sifatida xizmat itlaridan foydalanishi mumkin.
Bojxona organlari xodimlari qo‘llaydigan maxsus vositalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bojxona organlari xodimlari o‘qotar qurolni faqat quyidagi hollarda eng so‘nggi chora sifatida qo‘llash huquqiga ega:
fuqarolarni boshqa usullar yoki vositalar bilan himoya qilish imkoni bo‘lmaganda — ularni hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi hujumdan himoya qilish uchun;
bojxona organi xodimlari kontrabandaga va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha xizmat majburiyatlarini bajarayotganda — o‘zlarining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi qurolli hamda boshqa hujumlarni qaytarish uchun;
bojxona organi tomonidan qo‘riqlanayotgan obyektlarga, binolarga (imoratlarga, inshootlarga) qurolli hujumlarni qaytarish uchun;
bojxona organi xodimining qurolni va uning o‘q-dorilarini, portlovchi moddalarni, portlovchi moslamalarni, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish to‘g‘risidagi qonuniy talablariga bo‘ysunishni rad etayotgan shaxsni ushlash uchun;
qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan shaxsni ushlash uchun, agar qo‘llanilayotgan usullar va vositalar qarshilikni samarali qaytarish, shaxsni ushlash yoki qurolsizlantirish imkonini bermasa;
agar transport vositasini boshqarayotgan shaxs bojxona organi xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid qilsa, shuningdek uni ushlashning boshqa imkoniyatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda.
O‘qotar qurol qo‘llanilishidan avval uni qo‘llash niyati haqida aniq ifodalangan ogohlantirish bo‘lishi kerak.
O‘qotar qurol quyidagi hollarda ogohlantirishsiz qo‘llanilishi mumkin:
qo‘qqisdan qurolli hujum qilinganda, shuningdek harbiy texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, daryo kemalaridan foydalanib hujum qilinganida;
transport vositalaridan foydalangan holda kontrabanda ashyolarini noqonuniy olib o‘tgan va boshqa jinoyatlarni sodir etgan qurollangan shaxslar qochganda.
O‘qotar qurol qo‘llanadigan barcha hollarda bojxona organi xodimi atrofdagi odamlar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha mumkin bo‘lgan zarur choralarni ko‘rishi, zarur hollarda esa jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishi shart.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘qotar qurolni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, fuqarolarning yoxud bojxona organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, quroldan foydalanib transport vositasini egallab olganligi yoki guruh bo‘lib hujum qilganligi hamda bunday hujumni boshqa usullar va vositalarni qo‘llash yo‘li bilan qaytarish imkoni bo‘lmagan hollar mustasno.
Bojxona organlari foydalanadigan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilari turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu ro‘yxatga kirmaydigan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilari bilan bojxona organlarini qurollantirish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Bojxona organlaridagi xizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning bojxona organlaridagi xizmatda ko‘tarilishi va boshqa lavozimga o‘tishi ushbu fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Bojxona organlaridagi xizmatga, o‘n yetti yoshdan kichik va o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshda bo‘lgan, tegishli darajadagi ma’lumotga ega bo‘lgan, o‘zining shaxsiy va ishchanlik fazilatlariga, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligiga ko‘ra bojxona organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy asosda qabul qilinadi.
Erkaklar bojxona organlaridagi xizmatga muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni o‘tagan taqdirda qabul qilinadi.
Alohida hollarda, bojxona organlariga xizmatga ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan talablar inobatga olinmagan holda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori yoki farmoyishi, shuningdek roziligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida — boshqa davlat organlarining va tashkilotlarining xodimlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida — yoshi o‘ttizdan oshgan, tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar qabul qilinishi mumkin.
Quyidagilar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar;
xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan fuqarolar;
boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar;
sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar.
Bojxona organlaridagi lavozimlar quyidagicha to‘ldiriladi:
ofitserlar tarkibi — Bojxona instituti bitiruvchilari va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
serjantlar tarkibi — o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxiradagi ofitserlarini bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bojxona organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyruqlari bilan tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishuvga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, Davlat xavfsizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyaning qo‘shinlari va organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan tuziladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar organlariga o‘tkazilishi va ular shaxsiy tartibda haqiqiy harbiy xizmatga yoki bojxona organlarida xizmatni davom ettirish uchun tayinlanganligi munosabati bilan qaytarib o‘tkazilishi mumkin.
Chaqiriluvchi bo‘lgan, bojxona organlariga xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy hisobdan chiqariladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus hisobida turadi. Xizmatdan bo‘shatilgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida harbiy hisobga qo‘yiladi.
Bojxona organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bojxona organining xodimidir.
Bojxona organlari xodimlarining formali kiyim-bosh namunalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Bojxona organi xodimiga xizmat guvohnomasi va shaxsiy raqamli jeton beriladi.
Bojxona organining xodimi xizmatni o‘tash davrida siyosiy partiyalar a’zosi bo‘la olmaydi.
Bojxona organlaridagi xizmatga qabul qilingan fuqaro quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), bojxona organi xodimi vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligiga so‘zsiz rioya etishga, uning iqtisodiy xavfsizligini himoya qilishga, o‘z xizmat majburiyatlarimni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman”.
Bojxona organlari xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
serjantlar tarkibi — bojxona xizmati kichik serjanti, bojxona xizmati serjanti, bojxona xizmati katta serjanti;
ofitserlar tarkibi:
kichik ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati leytenanti, bojxona xizmati katta leytenanti, bojxona xizmati kapitani;
katta ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati mayori, bojxona xizmati podpolkovnigi, bojxona xizmati polkovnigi;
generallar tarkibi — bojxona xizmati general-mayori, bojxona xizmati general-leytenanti, bojxona xizmati general-polkovnigi.
Bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “bojxona xizmati kichik serjanti” maxsus unvoni beriladi.
Bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “bojxona xizmati katta serjanti” maxsus unvoni beriladi, ular bu unvonda dastlabki sinov muddati tugab, birinchi ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmat qiladi.
Bojxona organlarida lavozimlar (ofitser va serjantlar egallashi lozim bo‘lgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq maxsus unvonlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan bojxona organlarining shtatlarida nazarda tutiladi.
Bojxona organi xodimining dastlabki sinov muddati uch oyni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitserlar bo‘lgan va bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga mavjud harbiy unvoniga teng maxsus unvon beriladi.
Bojxona organlarining katta ofitserlar tarkibigacha bo‘lgan maxsus unvonlar, shu jumladan katta ofitserlik unvonlari ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan beriladi.
Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari bo‘yicha ko‘p yillik stajga va ish (xizmat) tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolarni bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash chog‘ida ularga birinchi unvon sifatida “bojxona xizmati mayori” maxsus unvonigacha bo‘lgan unvon, shu jumladan “bojxona xizmati mayori” maxsus unvoni ham berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki uning roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga bojxona organlaridagi xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boshqa unvoni bo‘lmagan shaxslarga “bojxona xizmati polkovnigi” maxsus unvonigacha bo‘lgan unvon, shu jumladan “bojxona xizmati polkovnigi” unvoni ham berilishi mumkin.
“Bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvoni quyidagilarga beriladi:
bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan, birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikni muvaffaqiyatli o‘tagan shaxslarga;
bojxona organlarining serjantlar tarkibidan ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan shaxslarga;
Bojxona instituti bitiruvchilariga.
Bojxona organlari generallar tarkibining maxsus unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Maxsus unvonda xizmatni o‘tash uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
bojxona xizmati kichik serjanti — ikki yil;
bojxona xizmati serjanti — ikki yil;
bojxona xizmati katta serjanti — muddatsiz;
bojxona xizmati leytenanti — ikki yil;
bojxona xizmati katta leytenanti — ikki yil;
bojxona xizmati kapitani — uch yil;
bojxona xizmati mayori — to‘rt yil;
bojxona xizmati podpolkovnigi — besh yil.
“Bojxona xizmati polkovnigi” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmatni o‘tash muddatlari belgilanmaydi.
Navbatdagi maxsus unvonlar ushbu moddaning o‘n ikkinchi qismi bilan belgilangan xizmat muddatini o‘tagan bojxona organlari xodimlariga, ular egallab turgan lavozim bo‘yicha nazarda tutilgan unvonga muvofiq beriladi.
Tegishli maxsus unvonda bo‘lishning belgilangan muddati o‘tgan bojxona organi xodimi ilgari egallab turgan lavozimidan yuqori maxsus unvonni nazarda tutadigan lavozimga o‘tkazilayotganda navbatdagi maxsus unvonni berish uchun taqdim etiladi.
Bojxona organi xodimining maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda, uning avvalgi unvoni qayta tiklanguniga qadar o‘tagan xizmat muddati navbatdagi unvonni berish muddatiga qo‘shilmaydi.
Xizmat majburiyatlarini namunali bajarayotgan, xizmat burchini bajarishda fidoyilik va qahramonlik ko‘rsatgan bojxona organlari xodimlariga bojxona organlari ofitserlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan ilgari berish tarzida yoki egallab turgan lavozimi bilan nazarda tutilganidan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berish tarzida rag‘batlantirish chorasi ularning bojxona organlaridagi butun xizmati davrida faqat bir marotaba qo‘llanilishi mumkin.
Bir vaqtning o‘zida muddatidan ilgari maxsus unvon hamda egallab turgan lavozimi bilan nazarda tutilganidan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Pensiya olish huquqini, shuningdek navbatdagi maxsus unvonni berish imkonini beradigan xizmat yillariga ega bo‘lgan, egallab turgan lavozimi bo‘yicha eng yuqori maxsus unvoni “bojxona xizmati kapitani” etib belgilangan, ishda ijobiy tavsiflanadigan bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlariga xizmatdan bo‘shatish bilan bir vaqtda “bojxona xizmati mayori” maxsus unvoni berilishi mumkin.
Bojxona organlari xodimlariga navbatdagi maxsus unvonlarni berish quyidagi hollarda kechiktiriladi:
xodim O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ixtiyorida bo‘lganda;
xodimda amaldagi intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘lganda;
xodim navbatdagi attestatsiyadan shartli ravishda o‘tganida;
xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda;
xodim egallab turgan lavozimidan intizomiy jazo chorasi sifatida ozod etilganda va boshqa lavozimga o‘tkazilganda — lavozimidan ozod etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida.
Bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlariga maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berilishi mumkin. Bunda pasaytirish “bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvonigacha amalga oshirilishi mumkin. Maxsus unvonni pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berish faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona organi xodimining avvalgi unvoni tiklanguniga va unga navbatdagi unvon berilguniga qadar maxsus unvonni takroran pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maxsus unvoni pasaytirilgan bojxona organi xodimining avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, unvoni pasaytirilgan kundan e’tiboran bir yil o‘tgach O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan tiklanishi mumkin.
Bojxona organlarining generallar tarkibidagi xodimlarining maxsus unvonlarini pasaytirish va tiklash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus unvoni pasaytirilgan va so‘ngra tiklangan bojxona organi xodimining maxsus unvondagi xizmat muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar o‘tgan xizmat muddati bilan qo‘shib hisoblanadi.
Yuqori yoki teng lavozimga vazifani bajaruvchi etib tayinlangan bojxona organlari xodimlariga ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanguniga qadar egallab turgan lavozimiga muvofiq maxsus unvonlar beriladi.
Bojxona organlari xodimlari ilgari egallab turgan lavozimlarning shtat jadvalidagi o‘zgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvonlar ko‘tarilishi yoki pasaytirilishi) ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanganidan yoki o‘qishga kirganidan so‘ng inobatga olinmaydi.
Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maxsus unvonlar va darajalar mavjud bo‘lishini nazarda tutuvchi o‘zga organlardan bojxona organlaridagi xizmatga o‘tkazilgan shaxslarga maxsus unvonlar, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan beriladi.
Bojxona organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni berishda avvalgi ish joyidagi unvonda xizmatni o‘tagan davri inobatga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi yoki roziligi asosida bojxona organlaridagi xizmatga generallar tarkibidagi lavozimga yuborilgan, shuningdek bojxona organlaridagi xizmatga boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maxsus unvonlar va darajalar mavjud bo‘lishini nazarda tutuvchi boshqa organlardan o‘tkazish tartibida o‘tkazilgan shaxslarga xizmat qilgan yillari uchun foizli ustamani belgilashda avvalgi ish joyidagi xizmat yoki mehnat staji (foizli ustamani to‘lash uchun belgilangan) inobatga olinadi hamda bojxona organlaridan bo‘shatilgan taqdirda pensiya tayinlash chog‘ida mazkur davr umumiy xizmat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Sudning hukmi asosida maxsus unvonlardan mahrum qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Maxsus unvonni qayta tiklash to‘g‘risida sudning qarori qabul qilingan bo‘lsa, maxsus unvon O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tiklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi maqomiga ko‘ra vazirga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari esa tegishincha vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bojxona institutining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishuvga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ushbu moddaning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilmagan bojxona organlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida bojxona organi xodimi egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va ikki oygacha muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining ruxsati bilan — ikki oydan ortiq muddatga bojxona organlari ixtiyoriga olinadi.
Bojxona organlari ixtiyoridagi bojxona organi xodimiga dastlabki ikki oy davomida oxirgi egallagan lavozimi bo‘yicha pul ta’minoti, uchinchi oydan boshlab maxsus unvoni bo‘yicha maoshi va xizmat yillari uchun ustama saqlanib qoladi. To‘rt oy o‘tganidan keyin to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Bojxona organi xodimi bojxona organlari ixtiyorida bo‘lgan muddatga uning kasal bo‘lgan (mehnatga layoqatsizlik varaqasi mavjud bo‘lganida) va yillik navbatdagi ta’tilda bo‘lgan (bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish bundan mustasno) davr qo‘shib hisoblanmaydi. Ushbu ta’tillar davrida pul ta’minotini to‘lash faqat dastlabki ikki oy davomida amalga oshiriladi.
Bojxona organi xodimi bojxona organlari ixtiyorida ikki oydan ortiq bo‘lgan davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy xizmat stajiga qo‘shiladi.
Bojxona organi xodimining yoki uning oila a’zolarining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid, shuningdek ularning sog‘lig‘i holati tufayli xizmat (yashash) joyini o‘zgartirish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, mazkur xodimni bojxona organlarining boshqa bo‘linmasiga xizmatga o‘tkazish amalga oshiriladi.
Bojxona organlarining o‘zaro qarindoshlik aloqalarida bo‘lgan xodimlari (ota-ona, er-xotin, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar xizmatni bitta bo‘linmada o‘tash birining ikkinchisiga bo‘ysunishi yoki nazorati ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ular bitta bo‘linmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.
Bojxona organi xodimini egallab turgan lavozimidan chetlashtirish haqida jinoyat ishi bo‘yicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va avvalgi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan quyi yoki teng lavozimga tayinlanadi yoxud bojxona organlari ixtiyorida qoldiriladi.
Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimni xizmatdan bo‘shatish yoki uni avvalgi yoxud teng lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi masala bunga vakolatli bo‘lgan boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.
Bojxona organi xodimini lavozimdan lavozimga o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
yuqori lavozimga — xizmat bo‘yicha ko‘tarilish yoki rag‘batlantirish tartibida;
teng lavozimga — shaxsiy iltimosiga ko‘ra, sog‘lig‘ining holati bo‘yicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), oilaviy sharoitiga ko‘ra, sud qarori, xizmat tekshiruvining xulosasi asosida lavozimdan chetlashtirilganda yoki xodimning kasbiy va shaxsiy xislatlarini, egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasini inobatga olgan holda bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish zaruriyati yuzaga kelganida, shuningdek tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida;
quyi lavozimga — xodimning shaxsiy iltimosiga ko‘ra, sog‘lig‘ining holati bo‘yicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), attestatsiya natijalariga ko‘ra egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganda, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli uni teng lavozimga o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganida.
Bojxona organlarining rahbar lavozimlarni egallagan xodimlari teng lavozimga, shu jumladan boshqa tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan so‘ng rotatsiya tartibida o‘tkazilishi mumkin.
Bojxona organlari uchun kadrlar tayyorlash Bojxona institutida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar (Bojxona instituti bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tadi.
Bojxona organining xodimi boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan bog‘liq lavozimga tayinlangan taqdirda yoki uni ishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash zarur bo‘lganda qayta tayyorgarlikdan o‘tadi.
Bojxona organining xodimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘iga muvofiq malaka oshirishdan o‘tadi.
Bojxona institutining tinglovchilari va kursantlari bojxona organlaridagi xizmatda deb hisoblanadi, bundan chet el fuqarolari mustasno.
Bojxona organlari xodimlari uchun ish vaqti davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin emas. Zarur bo‘lgan hollarda, xodimlar kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda xizmatni o‘tashga jalb etilishi mumkin.
Xizmatni o‘tashning odatdagi rejimida olti kunlik ish haftasi nazarda tutiladi, bunda kunlik ish davomiyligi yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan oshmasligi kerak.
Xizmatni o‘tashning kuchaytirilgan rejimi kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi to‘rt soatdan oshmaydigan xizmat belgilanishini nazarda tutadi.
Sutkalik rejimda xizmatni o‘tash uch mahal ovqatlanish hamda kamida sakkiz soat dam olish uchun vaqt berilgan holda yigirma to‘rt soat davomida amalga oshiriladi.
Xizmatni sutkalik rejimda o‘tash chog‘ida bojxona organlari xodimlariga ularning xohishiga ko‘ra, xizmatni o‘tash joyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun belgilangan umumqo‘shin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uchun beriladigan kompensatsiya o‘rniga uch mahal bepul ovqat berilishi mumkin, bundan o‘z xizmat vazifalarini doimiy ravishda sutkalik navbatchilik rejimida bajaradigan xodimlar mustasno.
Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimlar joriy etilishi munosabati bilan ish soatlarining (kunlarining) belgilangan normalari oshirilganligi uchun bojxona organi xodimiga pullik kompensatsiya to‘lanadi yoki xohishiga ko‘ra dam olish kunlari (otgullar) beriladi yoxud bu kunlar har yilgi asosiy ta’tiliga qo‘shiladi.
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimlarni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek bojxona organlari xodimlarini jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Dam olish va bayram kunlari xizmat majburiyatlarini bajarishga jalb etiladigan bojxona organlari xodimlariga haftaning boshqa kunlarida dam olish kunlari beriladi.
Bojxona organlarining navbatchilik qismlari sutkalik naryadining xizmati yigirma to‘rt soatga mo‘ljallab tashkil etiladi.
Navbatchilik vaqtida bojxona organlari navbatchilik qismining xodimlariga ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun har bir kishiga umumiy davomiyligi uch smenalik navbatchilikda — olti soat, to‘rt smenalik navbatchilikda — to‘rt soat davom etadigan tanaffuslar navbatma-navbat beriladi.
Smena tugagach, bojxona organlari navbatchilik qismlarining xodimlariga hamda xizmat majburiyatlarini sutkalik navbatchilik rejimida doimiy bajaruvchi boshqa xodimlarga dam olish beriladi.
Bojxona organlarining asosiy xizmat majburiyatlariga qo‘shimcha ravishda sutkalik xizmatga (shu jumladan navbatchilikka) jalb etilgan xodimlariga navbatchilik tugaganidan so‘ng kamida yigirma to‘rt soat davom etadigan dam olish vaqti beriladi.
Bojxona organlaridagi xizmat faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bojxona organining boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibi ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida, shuningdek uning roziligiga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoxud yuqori turuvchi organlarning buyrug‘i bo‘yicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, xalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojxona organi xodimi o‘z majburiyatlarini bajarish davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda kadrlar zaxirasi deb yuritiladi), agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona organlaridagi pul ta’minoti saqlanmagan holda kiritiladi.
Bojxona organining xodimi saylangan (tayinlangan, yuborilgan) davlat organi yoki uning tasarrufidagi tashkilot mazkur xodimga u saylanguniga (tayinlanguniga, yuborilguniga) qadar egallab turgan oxirgi lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti to‘lanishini ta’minlaydi, shuningdek xizmat yillari uchun ustama va maxsus unvon bo‘yicha maosh to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy ta’lim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga yuborilgan bojxona organi xodimi o‘qish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida sanab o‘tilgan bojxona organlari xodimlariga maxsus unvonlar oxirgi egallagan lavozimidan qat’i nazar beriladi. Majburiyatlarni bajarish (o‘qish) davri bojxona organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni olish huquqini beradigan xizmat yillariga ustama to‘lash, pul ta’minoti (lavozim maoshi va maxsus unvon bo‘yicha maoshi summasidan iborat bo‘lgan) maoshini belgilash va pensiya tayinlash uchun bojxona organlaridagi xizmat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan bojxona organlari xodimlari xizmatdan bo‘shatilganda, shuningdek ularning oila a’zolari bojxona organlaridan bo‘shatilgan xodimlar bilan teng huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadi.
Bojxona organlariga qaytgan bojxona organining xodimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan kadrlar zaxirasidan chiqariladi va avvalgi lavozimiga, teng yoki yuqoriroq lavozimga tayinlanadi.
Bojxona organlari xodimlarining attestatsiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) ularning bilim darajasini va kasbga yaroqliligini, egallab turgan lavozimiga munosibligini xolisona baholash, shuningdek xizmat intizomini mustahkamlash hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda mas’uliyatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik vaziyatida o‘tishi lozim.
Bojxona organlarining xodimlari xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tadi.
Navbatdagi attestatsiyani o‘tkazish davri lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan o‘tkazilgan kunidan e’tiboran hisoblanadi.
Navbatdagi attestatsiya uch yilda bir marta o‘tkaziladi.
Bojxona organlarining quyidagi xodimlari navbatdagi attestatsiyadan o‘tmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;
egallab turgan lavozimida bir yildan kam xizmat qilganlar. Mazkur toifadagi xodimlar bir yil o‘tgach attestatsiyadan o‘tadi;
xizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) bo‘lganlar va malaka oshirishdan o‘tayotganlar. Mazkur toifadagi xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarishga qaytganidan keyin attestatsiyadan o‘tadi;
kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Mazkur toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan chiqarilib, bojxona organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan e’tiboran kamida bir yil o‘tgach umumiy tartibda attestatsiyadan o‘tadi;
homiladorlik, tug‘ish va bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lganlar. Mazkur toifadagi xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarishga qaytgan kundan e’tiboran kamida bir yil o‘tgach attestatsiyadan o‘tadi;
bojxona organlari ixtiyoriga olingan xodimlar. Mazkur toifadagi xodimlar lavozimga tayinlanganidan keyin bir yil o‘tgach attestatsiyadan o‘tadi;
o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimlar. Mazkur toifadagi xodimlar xizmat tekshiruvi tugaganidan keyin attestatsiyadan umumiy tartibda o‘tadi.
Navbatdan tashqari attestatsiyadan bojxona organlarining ishda past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, bojxona organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi nojo‘ya harakatlar sodir etgan xodimlar o‘tadi.
Navbatdan tashqari attestatsiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
Bojxona organlarining xodimlariga ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur bo‘lgan, biroq uch kalendar kundan oshmaydigan vaqt qo‘shilgan, lavozimi va pul ta’minoti saqlangan holda har yili davomiyligi o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan asosiy ta’til beriladi.
Davlat bayramlari kunlari yillik navbatdagi ta’tilning davomiyligini aniqlashda hisobga olinmaydi.
Bojxona organlari xodimining yillik asosiy ta’tiliga kalendar hisobdagi xizmat yillari uchun:
o‘n yillik xizmatidan so‘ng — davomiyligi besh kun;
o‘n besh yillik xizmatidan so‘ng — davomiyligi o‘n kun;
yigirma yillik xizmatidan so‘ng — davomiyligi o‘n besh kun bo‘lgan, haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.
Bojxona organlarining xodimlariga xizmatining birinchi yilida har yilgi navbatdagi ta’til kamida olti oy ishlaganidan keyin beriladi.
Har yilgi navbatdagi ta’til davrida bojxona organi xodimi ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirgan holda davolanishdan o‘tgan hollarda ta’til davolanish muddatiga uzaytiriladi.
Ta’tildan chaqirib olishga faqat xizmat yuzasidan o‘ta zarur hollardagina bojxona organi xodimining roziligi va ushbu xodim boshlig‘ining yozma qarori bilan yo‘l qo‘yiladi. Ta’tildan chaqirib olingan taqdirda uning foydalanilmagan qismi, qoida tariqasida, joriy yilda beriladi.
Agar bojxona organi xodimiga har yilgi navbatdagi ta’til kalendar yil davomida berilmagan bo‘lsa, ta’til uchun moddiy yordam joriy moliya yilining oxirida to‘lanadi.
Bojxona organi xodimiga yiliga bir marotaba O‘zbekiston Respublikasi hududida har yilgi navbatdagi ta’tilni o‘tkazadigan joyiga, shuningdek sanatoriy-kurortda davolanish joyiga borishi va qaytishi bilan bog‘liq yo‘l xarajatlarining o‘rni qoplanadi.
Bojxona organlari xodimlariga kasalligi bo‘yicha ta’tillar ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xulosasi asosida beriladi. Ushbu ta’tilning davomiyligi kasallikning xususiyatiga ko‘ra belgilanadi.
Kasallik bo‘yicha ta’tilda uzluksiz bo‘lishning umumiy hisoblanadigan muddati to‘rt oydan oshmasligi lozim. Bunda ayrim kasalliklar bo‘yicha davolanishda bo‘lish uchun ancha uzoqroq muddat talab qilingan hollarda, bu muddat ichki ishlar organlari tibbiyot muassasasining xulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.
Bojxona organlarining xodimlari kasallik bo‘yicha ta’tilda uzluksiz bo‘lishning belgilangan muddati o‘tgach, bundan buyongi xizmatga yaroqliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasida tekshiruvdan o‘tishi lozim.
Bojxona organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida olingan jarohatlarini (kontuziyalar, mayibliklarni) davolashda bo‘lgan davri muayyan muddat bilan cheklanmaydi. Mazkur toifadagi shaxslar davolanish tugaganidan so‘ng ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida harbiy-tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
Ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida beriladigan kasallik bo‘yicha ta’til yoki mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan holda davolanishda bo‘lish davrida bojxona organi xodimining pul ta’minoti saqlanadi.
Kasallik bo‘yicha ta’til har yilgi navbatdagi ta’til hisobiga kiritilmaydi.
Bojxona organlarining xodimlari xizmatdan bo‘shatilayotganda kasallik bo‘yicha ta’til berilmaydi.
Bojxona institutining akademik qarzdorligi bo‘lmagan kursantlariga yetti kun davom etadigan qishki va o‘ttiz kun davom etadigan yozgi ta’tillar, shuningdek institutni tamomlashi munosabati bilan o‘ttiz kalendar kun davom etadigan ta’til beriladi.
Bojxona organlari xodimlariga qarindoshlik burchini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek boshqa uzrli sabablarga ko‘ra oilasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish uchun pul ta’minoti saqlanmagan hamda ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur bo‘ladigan vaqt hisobga olinmagan holda o‘n kalendar kungacha davom etadigan qisqa muddatli ta’til berilishi mumkin.
Xizmatdan bo‘shatilayotgan bojxona organlari xodimlariga foydalanilmagan har yilgi navbatdagi ta’til uchun bo‘shayotgan yilda xizmat qilgan davriga mutanosib ravishda pullik kompensatsiya to‘lanadi. Bunda pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lmagan bojxona organi xodimidan ta’til uchun avval to‘langan pullik kompensatsiya summasi bo‘shayotgan yildagi xizmat davriga mos ravishda ushlab qolinadi.
Bojxona organlari xodimlarini xizmatdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan vakolat berilgan bojxona organi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Bojxona organi xodimi quyidagi asoslarga ko‘ra xizmatdan bo‘shatiladi:
o‘zining xohishi bo‘yicha (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘tamaganlar uchun) — xodimning bildirgisi asosida;
xizmatda bo‘lishning belgilangan chegara yoshiga to‘lganda;
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘taganda — xodimning bildirgisi asosida;
kasalligi bo‘yicha — ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xizmatga yaroqsizligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida;
sog‘lig‘ining cheklanganligi holati bo‘yicha — ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xizmatga yaroqliligi cheklanganligi to‘g‘risidagi va xizmat bo‘yicha boshqa lavozimga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi sababli;
malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli — attestatsiya natijalari asosida;
xizmat intizomini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi sababli;
bojxona organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etganligi sababli;
jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi sababli;
xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘lgan taqdirda muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi uchun;
boshqa davlat organiga o‘tganligi sababli (kadrlar zaxirasiga kiritmasdan);
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi sababli;
xodimlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga (taqiqlarga) rioya etmaganligi sababli.
Bojxona organlaridagi xizmatni o‘tash yoshining chegarasi serjantlar tarkibidagi xodimlar uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibidagi xodimlar uchun — ellik besh yoshni, generallar tarkibi uchun — oltmish yoshni tashkil etadi.
Yuqori kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lgan va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra xizmatni o‘tashga yaroqli bojxona organlari xodimlariga ularning roziligi bilan xizmat muddati O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, Bojxona institutida professor-o‘qituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslarga esa o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ilgari bojxona organlarida xizmat qilgan yoxud haqiqiy harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarni qayta qabul qilishda ular yoshining chegarasi qirq besh yoshdan oshmasligi kerak.
Xizmat muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror bojxona organi xodimini ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha xizmatdan bo‘shatish imkoniyatini istisno etmaydi.
Quyidagi hollarda bojxona organlari xodimlarini xizmatdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi, agar ular:
tibbiyot muassasalarida davolanishda bo‘lsa, ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilgan hollarda;
ta’tilda yoki xizmat safarida bo‘lsa;
asirga yoki garovga olingan bo‘lsa (o‘z ixtiyori bilan asirga tushish yoki garovga olinish hollari bundan mustasno).
Bojxona organi xodimiga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha to‘xtam qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan bo‘lsa, u xizmatdan bo‘shatilishi mumkin emas.
Bojxona organi xodimi kalendar hisobdagi xizmat davri yigirma yilga yetganida pensiya olish huquqini beradigan o‘tagan xizmat muddati bo‘yicha xizmatdan bo‘shash huquqiga ega.
Bojxona organlari xodimlari halok bo‘lganligi (vafot etganligi), bedarak yo‘qolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligi sababli bojxona organlari shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqariladi.
Sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi munosabati bilan bo‘shatilgan shaxslarni bojxona organlaridagi xizmatga tiklash, ular g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoxud asossiz bo‘shatilganligi tan olingan hollarda, sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining qarori asosida amalga oshiriladi.
Xizmatga tiklanishi lozim bo‘lgan shaxslarni shaxsiy tarkib ro‘yxatlariga kiritish va lavozimga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining qarori bilan amalga oshiriladi.
Bojxona organlaridagi xizmatga tiklash shaxs bo‘shatilgan kunidan tiklangan kuniga qadar bo‘lgan davrni hisobga olish sharti bilan avvalgi maxsus unvonini berish, ustamani va o‘tagan xizmat muddatini hisoblash, avvalgi lavozimiga tayinlash yoxud buning imkoni bo‘lmasa, unga teng yoki boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.
Qamoqqa olingan bojxona organi xodimiga qamoqqa olingan kundan boshlab pul ta’minotini to‘lash to‘xtatib turiladi hamda qamoqdan ozod etilgan kundan boshlab tiklanadi.
Xizmatga tiklanayotgan shaxsga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplash sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
Ilgari bojxona organlaridan bo‘shatilgan shaxslarni xizmatga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlarida xizmatni o‘tayotgan (shu jumladan kadrlar zaxirasida bo‘lgan) bojxona organlari xodimlariga xizmat o‘tash muddati imtiyozli ravishda — bir kuni bir yarim kunga tenglashtirib hisoblanadi.
Bojxona institutida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq Bojxona kollejida va O‘zbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish davrida xizmat muddatining bir kuni bir kun hisobida hisoblanadi.
Bojxona organi xodimi bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud sudga murojaat etib, o‘zining xizmatdan bo‘shatilishi yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Bojxona organi xodimi davlat organi vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasida bo‘ladi.
Bojxona organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida o‘zining to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita boshlig‘iga bo‘ysunadi.
Hech kim bojxona organlari xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashish, qonun bilan ularning zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majbur qilish huquqiga ega emas, bundan ushbu vakolatlar qonun bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan shaxslar mustasno.
Bojxona organi xodimi qonunga amal qilishi shart, qonunga zidligi aniq bo‘lgan buyruq yoki farmoyish olganda uni bajarishni rad etish huquqiga ega.
Bojxona organlari xodimlari o‘z ish yurituvida bo‘lgan ishlar va materiallarning mohiyati bo‘yicha biror-bir tushuntirish berishga, shuningdek bunday ishlar va materiallarni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor ishlar hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas.
Bojxona organlarining xodimlari o‘ziga nisbatan qabul qilinayotgan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) yuzasidan yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Xizmat majburiyatlarini bajarayotgan bojxona organi xodimining o‘z vakolati doirasida qo‘yilgan qonuniy talablari barcha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Bojxona organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, ularga qarshilik ko‘rsatish, tahdid, zo‘rlik qilish yoki o‘z xizmat majburiyatlarini amalga oshirishi munosabati bilan ularning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bojxona organlari xodimlarining qonuniy talablari yuzasidan shikoyat qilinishi ushbu talablarning bajarilishini to‘xtatib turmaydi.
Bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
sog‘lig‘ini saqlash;
mehnatiga haq to‘lash;
uy-joy maydoni bilan ta’minlash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
davlat pensiya ta’minoti;
davlat sug‘urtasi;
ijtimoiy yordam ko‘rsatish.
Qonunchilikda bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Bojxona organlarining xodimlariga, pensionerlariga va ularning oila a’zolariga, Bojxona instituti kursantlariga ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta’minot taqdim etiladi hamda tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatiladi.
Bojxona organlarining xodimlari va pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yo‘llanmalar bilan ta’minlanadi.
Zarur bo‘lgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort ta’minotini tashkil etish, tibbiy tekshiruvni va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bojxona organlari xodimlariga pul ta’minotining turlari va miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Bojxona organlari xodimlari pul va oziq-ovqat ta’minoti bilan ta’minlanadi.
Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan bojxona organlari xodimlari uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Bojxona organlari xizmat uy-joy fondini tashkil etishi mumkin.
Bojxona organlari xodimlariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Bojxona organlari xodimlariga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish va yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi.
Bojxona organlari xodimlarining yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Bojxona organlari xodimlari, boquvchisini yo‘qotgan taqdirda esa ularning oila a’zolari qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish huquqiga ega.
Bojxona organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bojxona organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek halok bo‘lganlarning oilalariga bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.
Qonunchilikda xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan bojxona organlari xodimlarining farzandlariga ularni bojxona organlaridagi xizmatga va Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.
Bojxona organlari bayroq hamda farqlash belgisiga ega bo‘lishi mumkin.
Bojxona organlarining bayrog‘i hamda farqlash belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Bojxona organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlarida budjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etilishi mumkin.
Bojxona organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus transport vositalaridan, shu jumladan bojxona organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorug‘lik signallariga va tovushli signallarga, bo‘yoqli rangli grafik sxemaga ega bo‘lgan transport vositalaridan, shuningdek boshqa maxsus vositalardan foydalanadi.
Bojxona organlarining moddiy-texnika va transport ta’minotidan foydalanishi tartibi, shuningdek ularning normalari hamda limitlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning bojxona organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘z vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshiradi.
Bojxona organi xodimi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Bojxona organi xodimining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni bojxona organlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Bojxona organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Bojxona organlarining intizomiy ustaviga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Bojxona organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga sabab bo‘ldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. | 116 | 62,853 |
Qonunchilik | INVENTARIZATSIYANI TAShkIL ETISh VA o‘TKAZISh | 1.1. Mazkur buxgalteriya hisobi milliy standarti (keyingi o‘rinlarda — standart) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Mazkur standart asosiy faoliyati budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni qo‘shgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
1.3. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish;
majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
1.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qat’i nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak.
Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
1.5. Quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazilishi majburiy:
mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat korxonasini o‘zgartirish (davlat tasarrufidan chiqarilgan) da;
yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan inventarizatsiyasi hisobot yilining 1-oktabridan keyin o‘tkazilgan mol-mulk mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul)ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar)ga muvofiq asosiy vositalar inventarizatsiyasi ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qat’iy hisobdagi blanklar inventarizatsiyasi oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallar, oziq-ovqat mahsulotlar — har chorakda, qimmatbaho metallar — tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralar inventarizatsiyasi ular eng kam miqdorda qolgan davrda o‘tkaziladi:
asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda;
moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish — topshirish kunida);
o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda;
tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
1.6. Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zolari talabi bilan o‘tkaziladi.
2.7. Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar soni, ularni o‘tkazish sanasi, aktivlar va majburiyatlar ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi, bundan mazkur standartning 1.5 va 1.6-bandlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
2.8. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi tarkibida doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
bosh buxgalter;
buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari (keyingi o‘rinlarda — bosh buxgalter).
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit xizmati vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyasini bir vaqtda o‘tkazish uchun quyidagi tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
inventarizatsiyani tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);
mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ishni yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya hisobi xizmati xodimi (keyingi o‘rinlarda — buxgalteriya) va boshqalar.
Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar, narxlar va boshlang‘ich hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1-ilovaga* muvofiq buyruq, qaror, farmoyish).
Inventarizatsiyani o‘tkazishda komissiyaning hattoki bitta a’zosi yo‘q bo‘lsa, bu hol inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2.9. Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari:
qiymatliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda o‘z majlislarida qiymatliklarning saqlanishi masalalari bo‘yicha sex, bo‘lim, sho‘balar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
inventarizatsiya o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari a’zolariga yo‘l-yo‘riq berishni amalga oshiradi;
inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdek, inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy qiymatliklarni tanlab inventarizatsiyadan o‘tkazadi;
inventarizatsiya natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida qiymatliklarni qayta o‘zaro o‘rniga hisobga olish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
zarur hollarda (inventarizatsiya o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarizatsiyalarni o‘tkazadi;
qiymatliklar kamomadi yoki ularni buzilishiga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko‘rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda qiymatliklarni buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlarni bir izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar.
2.10. Ishchi inventarizatsiya komissiyalari:
saqlash va ishlab chiqarish joylarida qiymatliklar va pul mablag‘larini inventarizatsiyasini amalga oshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha chiqishlarni bir birini qoplashga olib borish, shuningdek tabiiy yo‘qolish me’yorlari doirasida kamomadlarni hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
tovar-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olish va ular saqlanishini nazorat qilishni yaxshilash, shuningdek me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy qiymatliklarni sotish masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi;
quyidagi hollar uchun javobgar bo‘ladi :
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug‘iga muvofiq inventarizatsiyani o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
b) tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblar vositalarining haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun;
v) tovar-moddiy qiymatliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun;
g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi uchun.
Inventarizatsiya komissiyalari a’zolari tovarlar, materiallar va boshqa qiymatliklar kamomadi va rastratasini yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro‘yxatga qiymatliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya paytidagi eng so‘nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlarni olishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim hujjatlariga “inventarizatsiyagacha ...da (sana)” deb ko‘rsatgan holda viza qo‘yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga kelib tushgan barcha qiymatliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan o‘chirilgani to‘g‘risida tilxat beradilar. Mol-mulkni xarid qilishga hisobdor summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
2.11. Inventarizatsiyani o‘tkazish oldidan ishchi inventarizatsiya komissiyalari a’zolariga buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarizatsiya komissiyasining barcha ish davri davomida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda inventarizatsiyani o‘tkazish bo‘yicha ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.
Agar mol-mulkni inventarizatsiya bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy qiymatliklar saqlanayotgan xona inventarizatsiya komissiyasi ketayotganida muhrlanishi kerak. Inventarizatsiya komissiyalari ishida tanaffus bo‘lganda (tushlik vaqti, tunda, boshqa sabablarga ko‘ra) ro‘yxatlar inventarizatsiya o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart.
Buyruqlar buxgalteriya tomonidan inventarizatsiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlar bajarilishini nazorat qilish kitobida ro‘yxatga oladi (2-ilova*).
2.12. Tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarga majbur:
yordamchi binolar, yerto‘lalar va qiymatliklar saqlanadigan, alohida kirish-chiqish eshiklari bo‘lgan boshqa joylarni plombalashga;
og‘irlikni o‘lchaydigan barcha asboblar sozlanganini tekshirishga va ularni tamg‘alashning belgilangan muddatlariga rioya qilishga.
2.13. To‘satdan o‘tkaziladigan inventarizatsiyalarda barcha tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiya komissiyasi ishtirokida, qolgan hollarda esa — oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Qiymatliklar guruhlarga bo‘linishi, navlarga ajratilishi va ular sonini sanash uchun qulay bo‘lgan ma’lum tartibda nomlari, navlari, hajmlari bo‘yicha joylashtirilishi kerak.
2.14. Asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovarlar, pul mablag‘lari va boshqa qiymatliklarni inventarizatsiyasi ularning har bir joylashgan joyi va ana shu qiymatliklarni saqlayotgan javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, xo‘jalik, savdo korxonasi, omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari) majburiy ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya paytida qiymatliklarning mavjudligi majburiy sanash, tarozida tortish, o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
Mol yetkazib beruvchining ochilmagan o‘ramida saqlanayotgan materiallar va tovarlar bo‘yicha ushbu qiymatliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida, ushbu qiymatliklar bir qismini naturada (tanlab olib) majburiy tekshirish bilan aniqlanishi mumkin. Idishsiz uyulgan mahsulotlar og‘irligi (yoki hajmi)ni o‘lchash va texnik hisob-kitoblar asosida aniqlashga yo‘l qo‘yiladi; o‘lchash dalolatnomalari va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan ko‘p miqdordagi tovarlar inventarizatsiya qilinganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi inventarizatsiya komissiyasining a’zolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar ma’lumotlari solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarizatsiya ro‘yxatiga qayd etiladi. Tarozida tortish qaydnomalari ro‘yxatga ilova qilinadi.
2.15. Inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi.
2.16. Ro‘yxatlar ishchi inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Ro‘yxat oxirida moddiy javobgar shaxslar komissiya qiymatliklarni ularning ishtirokida tekshirganini, komissiya a’zolariga nisbatan hech qanday da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda keltirilgan qiymatliklar mas’ul saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxat beradi.
Qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishda moddiy javobgar shaxslar o‘zgargan holda inventarizatsiya ro‘yxatlariga qiymatliklarni qabul qilgan shaxs ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar.
Xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan, biroq unda saqlanayotgan qiymatliklarga alohida ro‘yxatlar tuziladi.
2.17. Inventarizatsiyada mazkur Standart bilan tasdiqlangan inventarizatsiya bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlashtirishning namunaviy shakllari qo‘llaniladi. Inventarizatsiyada inventarizatsiya bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlariga aktivlar va majburiyatlar xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadigan qo‘shimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin.
Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari, ko‘p yillik o‘simliklar, ko‘chatzorlar inventarizatsiya qilinganda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun tasdiqlangan ro‘yxat shakllari qo‘llaniladi.
2.18. Inventarizatsiya ro‘yxatlari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qo‘lda to‘ldirilishi mumkin.
Qo‘lda tuziladigan inventarizatsiya ro‘yxatlari aniq va tushunarli qilib to‘ldiriladi. Hech qanday bo‘yash va o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Inventarizatsiya ro‘yxatining har bir sahifasida so‘z bilan tovar-moddiy qiymatliklar tartib raqamlari soni va ushbu qiymatliklar qanday o‘lchov birliklarida ko‘rsatilganidan qat’i nazar, mazkur sahifada yozilgan barcha qiymatliklar miqdorining umumiy yakuni ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlarning barcha nusxalarida xatolarni tuzatish noto‘g‘ri yozuvlar ustiga chizish va chizilganlari ustiga to‘g‘ri yozuvlarni qo‘yish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak. Tuzatishlar izoh berilgan va inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Inventarizatsiya ro‘yxatlarida to‘ldirilmagan satrlarni qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ro‘yxatlarning oxirgi varaqlarida to‘ldirilmagan satrlar ustiga chizib qo‘yiladi.
2.19. Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyadan keyin inventarizatsiya ro‘yxatlarida xatolarni aniqlagan hollarda ular tezda (ombor, omborxona, shu’ba va hokazolar ochilguniga qadar) buni ishchi inventarizatsiya komissiyasiga ma’lum qilishlari kerak. Moddiy javobgar shaxslarning kamomad yoki ortiqcha chiqish tovar-moddiy qiymatliklar nomidagi xato, o‘tkazib yuborish, yanglishish va hokazolar tufayli yuz bergani xususidagi tushuntirishlari ombor, omborxona, shu’ba ochilguniga qadar qabul qilinadi. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi ko‘rsatilgan faktlarni tekshirishni amalga oshiradi va ular tasdiqlangan holda aniqlangan xatolarni belgilangan tartibda tuzatadi.
2.20. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari tovar-moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishi va ularning kutilmaganda o‘tkazilishini ta’minlash uchun javobgardir. Ular qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini qisqa muddatlarda to‘liq va aniq tekshirishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratib berishlari shart.
Bosh buxgalter tegishli bo‘linmalar va xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarizatsiya o‘tkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilishga majbur.
2.21. Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi bilan bir vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi barcha tegishli schyotlar bo‘yicha yozuvlarni korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan qiyoslagan holda tekshirishi kerak. Masalan, asosiy vositalar bo‘yicha (kapital qo‘yilmalarning tegishli schyotlari bilan kelishtirilgan holda) foydalanishga qabul qilingan barcha obyektlar hisobga olinganligi; tovar-moddiy qiymatliklar bo‘yicha — barcha kelib tushgan qiymatliklar kirim qilinganligi, chiqib ketganlari esa hisobdan chiqarilganligi va hisobda aks ettirilganligi; tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha — barcha xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulotga hisobdan chiqarilganligi va hokazolar aniqlanishi zarur.
2.22. Inventarizatsiyani rasmiylashtirish uchun 5 — 18-ilovalarga* muvofiq aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlari shakllari qo‘llaniladi.
2.23. Inventarizatsiya tugaganidan keyin inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin. Ularni inventarizatsiya komissiyalari a’zolari va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida albatta inventarizatsiya o‘tkazilgan ombor, omborxona, shu’ba va hokazolar ochilishiga qadar o‘tkazish kerak. Inventarizatsiyalar to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi (3-ilova*) va inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganligini nazorat tariqasida tekshirishlarni hisobga olish kitobida ro‘yxatga olinadi (4-ilova*).
3.24. Inventarizatsiyani boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur:
inventar kartochkalari, inventar kitoblari yoki ro‘yxatlarining mavjudligi va holati;
texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va holati;
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarni hujjatlarining mavjudligi. Hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini ta’minlash zarur.
Buxgalteriya hisobi registrlari yoki texnik hujjatlarda tafovutlar yoxud noaniqliklar topilgan taqdirda ularga tegishli tuzatishlar va aniqlashtirishlar kiritilishi kerak.
3.25. Asosiy vositalarni inventarizatsiyasini o‘tkazayotganda komissiya majburiy tartibda obyektlarni naturada ko‘zdan kechiradi va inventarizatsiya ro‘yxatlariga ularning to‘liq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy texnik yoki foydalanish ko‘rsatkichlarini qayd etadi.
Hisobga qabul qilinmagan obyektlar, shuningdek, hisob registrlarida ularni tavsiflaydigan ma’lumotlar bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan obyektlar aniqlanganda komissiya inventarizatsiya ro‘yxatiga ana shu obyektlar bo‘yicha yetishmaydigan yoki to‘g‘ri ma’lumotlarni va texnik ko‘rsatkichlarni kiritishi kerak, masalan: binolar bo‘yicha — ularning vazifasi, ular qurilgan asosiy materiallar, hajmi (tashqi yoki ichki tomondan o‘lchab), maydoni (umumiy foydali maydoni), qavatlar soni (yerto‘la, yarim yerto‘la va hokazolarsiz), qurilgan yili va hokazolar; kanallar bo‘yicha — uzunligi, chuqurligi va eni (tubi va yuzasi bo‘yicha), sun’iy inshootlar, tubi va yonlarini mahkamlash materiallari, ko‘priklar bo‘yicha — joylashgan yeri, materiallar turi va asosiy o‘lchamlari; yo‘llar bo‘yicha — yo‘l turi (tosh yo‘l, profilli yo‘l), uzunligi, qoplash materiallari va mashina qatnaydigan eni va hokazolar ko‘rsatilishi kerak.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlarni baholash joriy qiymat bo‘yicha amalga oshirilishi, eskirish esa obyektlarning haqiqiy texnik holati bo‘yicha belgilanishi, bunda baholash va eskirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlar qachon va kimning farmoyishi bilan barpo etilganini, ularni barpo etish xarajatlari qayerga hisobdan chiqarilganini aniqlashi va buni bayonnomada aks ettirishi kerak.
Asosiy vositalar ro‘yxatga obyektning asosiy vazifasiga muvofiq nomlari bo‘yicha qayd etiladi. Agar obyekt qayta tiklangan, rekonstruksiya qilingan, kengaytirilgan yoki qayta jihozlangan va buning natijada uning asosiy vazifasi o‘zgargan bo‘lsa, u ro‘yxatga yangi vazifasiga muvofiq keladigan nom bilan kiritiladi.
Agar komissiya kapital tusda qilingan ishlar (qavat qurish, yangi xonalar qurish va hokazolar) yoki imorat va inshootlarni qisman tugatish (ayrim konstruktiv elementlarni buzish) buxgalteriya hisobida aks ettirilmagan deb topsa, u tegishli hujjatlar bo‘yicha obyekt boshlang‘ich qiymatining ko‘payish yoki kamayish summasini aniqlashi va ro‘yxatda qilingan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirishi kerak.
Bir vaqtning o‘zida komissiya bunda aybdor bo‘lgan shaxslarni va u yoki bu obyektlarni konstruktiv o‘zgartirish hisob registrlarida aks ettirilmaganligining sabablarini aniqlashi shart.
3.26. Mashinalar, uskunalar va kuch qurilmalari inventarizatsiya ro‘yxatlariga yakka tartibda, inventar raqami, tayyorlagan zavodi, chiqarilgan yili, vazifasi, quvvatlari va hokazolar ko‘rsatilgan holda kiritiladi.
Bir vaqtda bir sex yoki bo‘limga kelib tushgan va guruh hisobining namunaviy inventar kartochkasida qayd etiladigan bir xil qiymatdagi xo‘jalik inventarlari, asboblar, dastgohlar va hokazo bir turdagi buyumlar inventarizatsiya ro‘yxatlarida mazkur buyumlar miqdori ko‘rsatilib nomlari bo‘yicha keltiriladi.
Asosiy vositalarning inventar obyektlariga berilgan raqamlar, qoidaga ko‘ra, o‘zgarmasligi kerak. Obyektlar o‘zlarining texnik-ishlab chiqarish vazifasiga ko‘ra kiritilishi kerak bo‘lgan asosiy vositalar guruhidan boshqa guruhga xato ravishda kiritilgan hollarda, shuningdek, noto‘g‘ri raqam qo‘yilganligi aniqlangan hollarda raqamlar o‘zgartirilishi mumkin.
3.27. Inventarizatsiya paytida xo‘jalik yurituvchi subyektdan tashqarida bo‘lgan asosiy vositalar obyektlari (uzoq reyslarda bo‘lgan dengiz va daryo kemalari, temir yo‘l harakatdagi tarkibi, avtomashinalar, kapital ta’mirlashga yuborilgan mashina va uskunalar va hokazo) doimiy ishlaydigan yoki ishchi komissiya tomonidan ular xo‘jalikdan vaqtincha chiqib ketishi paytiga qadar inventarizatsiya qilinishi kerak.
3.28. Foydalanishga yaroqsiz va qayta tiklab bo‘lmaydigan asosiy vositalar inventarizatsiya ro‘yxatiga kiritilmaydi. Bunday obyektlarga inventarizatsiya komissiyasi alohida ro‘yxat tuzib, ularni foydalanishga topshirish vaqti va ushbu obyektlarni yaroqsiz holga keltirgan sabablar (buzilishi, to‘liq eskirish va hokazolar) ko‘rsatiladi. Bunday obyektlarni hisobdan chiqarish umumo‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
3.29. O‘ziga tegishli asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish bilan bir vaqtda ijaraga olingan va mas’ul saqlashda bo‘lgan asosiy vositalar ham tekshiriladi.
Ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha alohida ro‘yxat tuziladi, unda mazkur obyektlar mas’ul saqlash yoki ijaraga qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarga havola beriladi.
3.30. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilinganda quyidagilar tekshirilishi zarur: tashkilotning ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; nomoddiy aktivlar balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligi.
3.31. Moliyaviy qo‘yilmalarni inventarizatsiya qilinganda qimmatli qog‘ozlar va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarga qilingan haqiqatdagi xarajatlar tekshiriladi.
3.32. Qimmatli qog‘ozlarning haqiqatda mavjudligi tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi:
qimmatli qog‘ozlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgani;
qimmatli qog‘ozlar saqlanishi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali);
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishi.
3.33. Qimmatli qog‘ozlar tashkilotda saqlanganida ularni inventarizatsiyasi kassadagi pul mablag‘larini inventarizatsiyasi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.
3.34. Qimmatli qog‘ozlarni inventarizatsiyasi alohida emitentlar bo‘yicha o‘tkazilib, dalolatnomada nomi, seriyasi, raqami, nominal va haqiqiy qiymati, uzish muddatlari va umumiy summasi ko‘rsatiladi.
Har bir qimmatli qog‘oz rekvizitlari xo‘jalik yurituvchi subyekt ro‘yxatlari (reyestrlari, kitoblari) ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
3.35. Maxsus tashkilotlarga (qimmatli qog‘ozlarni saqlaydigan maxsus joy bank-depozitariy va h.k.) saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlarni inventarizatsiyasi xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida qayd etilgan summalar qoldiqlarini ushbu maxsus tashkilotlar ko‘chirmalari ma’lumotlari bilan solishtirishdan iborat bo‘ladi.
3.36. Boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga moliyaviy qo‘yilmalar, shuningdek, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan qarzlar inventarizatsiyada hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.
3.37. Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi, qoidaga ko‘ra, mazkur xonada qiymatliklarning joylashish tartibida bajarilishi kerak. Inventarizatsiya vaqtida bir turdagi tovar-moddiy qiymatliklardan boshqasiga tartibsiz o‘tishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Tovar-moddiy qiymatliklar turli alohida xonalarda bitta moddiy javobgar shaxsda saqlanganda inventarizatsiya saqlash joylari bo‘yicha ketma-ketlikda o‘tkaziladi. Qiymatliklar tekshirilganidan keyin xona eshigi plombalanadi va komissiya ishlash uchun keyingi xonaga o‘tadi.
3.38. Tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi ro‘yxatiga nomenklatura raqami, turi, guruhi, artikuli, navi va miqdori ko‘rsatilib har bir nom bo‘yicha kiritiladi.
3.39. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra komissiya a’zolari ombor (omborxona) mudiri va boshqa moddiy javobgar shaxslar ishtirokida tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini ularni majburiy sanash, tarozida tortish yoki qayta o‘lchash yo‘li bilan tekshiradilar. Ro‘yxatlarga qiymatliklar qoldig‘i haqidagi ma’lumotlarni moddiy javobgar shaxslar og‘zidan yoki haqiqatda mavjudligini tekshirmasdan turib hisob ma’lumotlari bo‘yicha qayd etish qat’iyan taqiqlanadi.
3.40. Inventarizatsiya vaqtida kelib tushadigan tovar-moddiy qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida qabul qilinadi va inventarizatsiyadan so‘ng reyestr yoki tovar hisoboti bo‘yicha kirim qilinadi. Ushbu tovar-moddiy qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklar” nomi bilan alohida ro‘yxatga kiritiladi. Ro‘yxatda ular qachon, kimdan kelib tushgani, kirim hujjatining sanasi va raqami, nomi, miqdori, narxi va summasi ko‘rsatiladi. Bir vaqtning o‘zida kirim hujjatida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan ana shu qiymatliklar qayd etilgan ro‘yxat sanasiga havola qilgan holda “inventarizatsiyadan keyin” belgisi qo‘yiladi.
3.41. Inventarizatsiya uzoq vaqt o‘tkazilganda alohida hollarda va faqat xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalterining yozma ruxsati bilan inventarizatsiya jarayonida tovar-moddiy qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida berilishi mumkin.
Ushbu qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida berilgan tovar-moddiy qiymatliklar” deb nomlangan alohida inventar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu ro‘yxat inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklarga oid hujjatlarga o‘xshab rasmiylashtirilishi kerak. Chiqim hujjatlarida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan belgi qo‘yiladi.
3.42. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan va mas’ul saqlashda bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklar o‘zining tovar-moddiy qiymatliklari bilan bir vaqtda inventarizatsiya qilinadi. Ushbu qiymatliklarga alohida inventarizatsiya ro‘yxati tuziladi va unda ushbu qiymatliklarni mas’ul saqlashga qabul qilingani tasdiqlanadigan tegishli hujjatlarga havola beriladi.
3.43. Yo‘lda bo‘lgan, yuklab jo‘natilgan, xaridorlar tomonidan haqi muddatida to‘lanmagan, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar omborlarida bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi tegishli schyotlarda ko‘rsatilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Ushbu tovar-moddiy qiymatliklarni (yo‘ldagi, yuklab jo‘natilgan va hokazo tovarlar) hisobga oluvchi schyotlarda tegishlicha rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan summalargina qolishi mumkin: yo‘lda bo‘lganlari bo‘yicha — mol yetkazib beruvchilarning schyot — to‘lov talabnomalari yoki ularning o‘rnini bosadigan hujjatlar bilan; yuklab jo‘natilganlari bo‘yicha — xaridorlarga taqdim etgan schyot-fakturalar nusxalari va to‘lov talabnomalari nusxalari bilan; to‘lash muddati o‘tganlar bo‘yicha — bank muassasasining kartotekalarda to‘lov talabnomalari mavjudligini albatta tasdiqlashi bilan; boshqa tashkilotlarning omborlarida joylashganlari bo‘yicha — inventarizatsiya sanasiga yaqin bo‘lgan sanaga qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan; bitta shahardagi mol yetkazib beruvchilarning omborlarida bo‘lganlari bo‘yicha — inventarizatsiyani o‘tkazish sanasida qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan.
Ushbu schyotlar boshqa korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan oldindan solishtirilishi kerak.
Xaridorlar yoki buyurtmachilarga realizatsiya qilingan tovarlar, mahsulot (ish, xizmat) lar uchun haq to‘lashda uzoq vaqt kechikish yuz berganda ushbu kechikishning sabablari aniqlanadi va inventarizatsiya komissiyasining bayonnomasida qayd etiladi.
Kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklar kirim qilinmaganligi faktlari aniqlanganda ularni olgan shaxslarning tushuntirishlari talab qilinishi, suiiste’mollik holatida esa materiallar tergov organlariga oshirilishi kerak.
3.44. Yo‘lda bo‘lgan, yuklab jo‘natilgan, xaridorlar tomonidan muddatida to‘lanmagan va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning omborlarida bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarga alohida inventarizatsiya ro‘yxatlari (dalolatnomalari) tuziladi.
Yo‘lda bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarga doir ro‘yxatlarda har bir jo‘natma bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: nomi (hujjatga muvofiq), miqdori va qiymati (hisob ma’lumotlariga binoan), yuklab jo‘natish sanasi, shuningdek, ushbu qiymatliklar tegishli schyotlarda hisobga olinishiga asos bo‘lgan hujjatlarning ro‘yxati va raqamlari. Bunda belgilangan muddatda kelib tushmagan hamda hisobda yo‘ldagi materiallar va tovarlar sifatida qayd etilgan yuklar bo‘yicha ularni qidirib topish uchun qanday choralar ko‘rilganligini tekshirish zarur.
3.45. Yuklab jo‘natilgan va xaridorlar haqini muddatida to‘lamagan tovar-moddiy qiymatliklarga doir ro‘yxatlarda har bir alohida jo‘natma bo‘yicha xaridorning nomi, tovar-moddiy qiymatliklarning nomi, yuklab jo‘natish sanasi, schyot-faktura yozilgan sana, schyot-fakturaning raqami va schyot-fakturaga doir summa keltiriladi.
3.46. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning omborlarida saqlanayotgan tovar-moddiy qiymatliklar ro‘yxatlarga ushbu qiymatliklarni mas’ul saqlashga topshirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida kiritiladi. Ushbu qiymatliklarga doir ro‘yxatlarda ularning nomi, miqdori, navi, haqiqatdagi qiymati (hisob hujjatlari bo‘yicha), yukni saqlashga qabul qilish sanasi, saqlash joyi, hujjatlarning raqamlari va sanasi ko‘rsatiladi.
Ushbu qiymatliklar mas’ul saqlashida bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan inventarizatsiya ro‘yxatlarining nusxalari olinganda komissiya qiymatliklarning haqiqatdagi mavjudligini (inventarizatsiya ro‘yxatlari nusxalarining ma’lumotlari asosida) hujjatlarga binoan belgilangan miqdor bilan taqqoslaydi.
3.47. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda qayta ishlashda bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarga doir ro‘yxatlarda qayta ishlovchi korxonaning nomi, qiymatliklar nomi, miqdori, hisob ma’lumotlari bo‘yicha haqiqatdagi qiymati, qiymatliklarni qayta ishlashga berish sanasi, hujjatlarning raqamlari va sanasi ko‘rsatiladi.
3.48. Foydalanishda bo‘lgan inventar va xo‘jalik jihozlari ular joylashgan joyi va mas’ul saqlashda bo‘lgan shaxslar bo‘yicha inventarizatsiya qilinadi.
Inventarizatsiya har bir buyumni ko‘zdan kechirish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Inventarizatsiya ro‘yxatlariga inventar va xo‘jalik jihozlari buxgalteriya hisobida qabul qilingan nomenklaturaga muvofiq nomlari bo‘yicha kiritiladi.
Xodimlarga yakka tartibda foydalanish uchun berilgan inventar va xo‘jalik jihozlari inventarizatsiya qilinganda guruhiy inventarizatsiya ro‘yxatlarini tuzishga yo‘l qo‘yiladi, ularda ana shu jihozlar uchun mas’ul bo‘lgan, ularga shaxsiy kartochkalar ochilgan shaxslar ko‘rsatilib, inventraizatsiya yozuv ro‘yxatlarida tilxatga imzo chektiriladi.
Ro‘yxatlarda inventar va xo‘jalik jihozlarining boshlang‘ich qiymati ko‘rsatiladi.
Yuvish va tuzatishga yuborilgan maxsus kiyim (korjoma) va sochiq-dasturxonlar inventarizatsiya ro‘yxatiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining qaydnoma-yukxatlari yoki kvitansiyalari asosida yozilishi kerak.
Yaroqsiz holga kelgan va hisobdan chiqarilmagan inventar va xo‘jalik jihozlarga ishchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan foydalanish vaqti, yaroqsiz bo‘lish sabablari, ushbu buyumlardan xo‘jalik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatilib dalolatnomalar tuziladi.
3.49. Idish ro‘yxatlarga turlari, maqsadli vazifasi va sifat holatiga (yangi, ishlatilgan, tuzatishni taqozo etadigan va h.k.) binoan kiritiladi.
Tekshirish oldidan bo‘sh idish (tara) turlari bo‘yicha tanlanishi kerak, ya’ni:
yog‘och idishlar (yashiklar, bochkalar);
karton idishlar;
metall idishlar (flyagalar, barabanlar);
to‘qimachilik idishlari (qoplari).
Yaroqsiz holga kelgan idishlarga ishchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan sabablari va idish uchun mas’ul shaxslar ko‘rsatilib dalolatnoma tuziladi.
3.50. Tugallanmagan ishlab chiqarishni inventarizatsiyasi uning hajmlari va haqiqiy tannarxini Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi nizom va uning asosida ishlab chiqilgan tarmoq yo‘riqnomalari bilan o‘rnatilgan tartibga muvofiq belgilash maqsadini qo‘yadi.
Sanoat korxonalariga kelsak, misol uchun, quyidagilar zarur:
ishlab chiqarishda bo‘lgan buyumlarga doir zaxiralar (detallar, uzellar, agregatlar) va tayyorlanishi hamda yig‘ilishi tugallanmagan buyumlarning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
hisobga olinmagan yaroqsiz mahsulotni aniqlash;
tugallanmagan ishlab chiqarish (zaxiralar)ning haqiqatda komplektlangani va yig‘ishning detallar bilan ta’minlanganini aniqlash;
bekor qilingan buyurtmalar, shuningdek, bajarilishi to‘xtatib qo‘yilgan buyurtmalar bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini aniqlash;
ishlab chiqarishda bo‘lgan zaxiralar (detallar, uzellar, agregatlar) va tayyorlanishi hamda yig‘ilishi tugallanmagan buyumlarning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash.
3.51. Inventarizatsiya boshlanishidan oldin omborlarga sexlar uchun zarur bo‘lmagan barcha materiallar, xarid qilingan detallar va yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek, ishlov berilishi mazkur bosqichda tugallangan barcha detallar, uzellar va agregatlar topshirilishi lozim.
Sexlarda bo‘lgan tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari va yarim tayyor mahsulotlar ularning miqdorini to‘g‘ri va qulay usulda sanashni ta’minlaydigan tartibga keltirilishi kerak.
3.52. Tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari (detallar, uzellar, agregatlar) qoldig‘ini tekshirish haqiqatda sanash, tarozida tortish, o‘lchash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ro‘yxatlar har bir sex (uchastka, bo‘lim) bo‘yicha zaxiralar nomi, ularning tayyorlik bosqichi yoki darajasi, miqdori yoki hajmini ko‘rsatib, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha esa — ularga doir hisob-kitoblar ularga doir ishlar to‘la tugallanganidan keyin, oraliq to‘lovlarsiz amalga oshiriladigan tugallanmagan korxonalar, ularning navbatlari, obyektlari, ishga tushiriladigan majmualar bo‘yicha ishlar hajmini ko‘rsatib; konstruktiv elementlar va ish turlarining tugallanmagan qismlari bo‘yicha tuziladi.
Ish joylarida bo‘lgan, ishlov berilmagan xomashyo, materiallar va xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish ro‘yxatiga kiritilmaydi, balki alohida inventarizatsiya qilinadi va alohida ro‘yxatlarda qayd etiladi.
Uzil-kesil yaroqsizga chiqarilgan detallar tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga kiritilmaydi.
3.53. Bir xildagi massa bo‘lmagan yoki aralashma bo‘lgan (tegishli sanoat tarmoqlarida) tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha inventarizatsiya ro‘yxatlarida, shuningdek, solishtirish qaydnomalarida ikkita miqdoriy ko‘rsatkich keltiriladi: ushbu massa yoki aralashma miqdori va uning tarkibiga kiradigan xomashyo yoki materiallar (alohida nomlar bo‘yicha) miqdori. Xom ashyo yoki materiallar miqdori tarmoq yo‘riqnomalarida o‘rnatilgan tartibda texnik hisob-kitoblar bilan aniqlanadi.
3.54. Tugallanmagan kapital qurilishning mavjudligi va hajmi inventarizatsiya paytida uning to‘langan qismini naturada tekshirish yo‘li bilan belgilanadi. Inventarizatsiya dalolatnomalarida obyekt nomi va mazkur obyekt bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi har bir alohida ish turi, konstruktiv unsurlar, uskunalar va hokazolar bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni tekshirishi kerak:
tugallanmagan kapital qurilish tarkibida montajga berilgan, lekin haqiqatda montaji boshlanmagan uskuna yo‘qligini;
konservatsiyalangan va vaqtincha qurilishi to‘xtatilgan obyektlarning holatini.
Mazkur obyektlar bo‘yicha, xususan, ularni konservatsiyalash uchun sabablar va asosni aniqlash zarur.
3.55. Qabul qilinishi va foydalanishga topshirilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan, qurilishi tugallangan, haqiqatda to‘liq yoki qisman foydalanishga topshirilgan obyektlarga alohida dalolatnomalar tuziladi. Tugallangan, lekin nimagadir foydalanishga topshirilmagan obyektlarga ham alohida dalolatnomalar tuziladi. Dalolatnomalarda ko‘rsatilgan obyektlarni foydalanishga topshirishni rasmiylashtirish kechikish sabablarini ham ko‘rsatish lozim.
3.56. Qurilishi tugallangan obyektlarga, shuningdek, amalga oshirilmagan, balansdan o‘chirilishi kerak bo‘lgan qurilish bo‘yicha loyihalash-tadqiqot ishlariga dalolatnomalar tuziladi va ularda qurilishni to‘xtatish sabablari ko‘rsatilgan holda bajarilgan ishlar xarakteri va ularning qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
Buning uchun tegishli texnik hujjatlar, ishlar, bosqichlarni topshirish dalolatnomalari, qurilish obyektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish jurnallari va boshqa hujjatlardan foydalanilishi kerak.
3.57. Binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, energetik qurilmalar va boshqa obyektlarning tugallanmagan kapital ta’mirlarini inventarizatsiyasi naturada ishlar holatini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tugallanmagan kapital ta’mirga ta’mirlanayotgan obyekt nomi, ishlar nomi va bajarish foizi, bajarilgan ishlarning smetadagi va haqiqiy qiymatlari ko‘rsatiladigan dalolatnoma tuziladi.
3.58. Inventarizatsiya komissiyasi hujjatlar bo‘yicha kelgusi davrlar xarajatlari schyotida aks ettirilishi kerak bo‘lgan summani aniqlaydi va ro‘yxatga kiritadi.
Ko‘rsatilgan xarajatlarni hisobga olish tartibi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr)da belgilanadi.
3.59. Katta yoshli mahsuldor va ish hayvonlari inventarizatsiya ro‘yxatlarida qayd etiladi va ularda: hayvonning raqami (birka, tamg‘asi), hayvonning laqabi, tug‘ilgan yili, nasli, semizligi, hayvonning tirik vazni (og‘irligi) (vazni (og‘irligi) ko‘rsatilmaydigan otlar, tuyalar, xachirlar, bug‘ulardan tashqari) va boshlang‘ich qiymati ko‘rsatiladi.
Hayvonning nasli uni bonitirovkalash ma’lumotlari asosida ko‘rsatiladi.
Qoramollar, ish hayvoni, cho‘chqalar (urg‘ochi va erkak cho‘chqalar), qo‘y va boshqa hayvonlarning alohida qimmatli nusxalari (nasldor o‘zagi) ro‘yxatlarga yakka tartibda kiritiladi. Guruh tartibida hisobga olinadigan asosiy podaning boshqa hayvonlari ro‘yxatlarga yosh va jins guruhlari bo‘yicha kiritilib, har bir guruh bo‘yicha boshlar soni va tirik vazni (og‘irligi) ko‘rsatiladi.
3.60. Yosh qoramollar, yosh nasldor otlar va ish hayvonlari inventarlash ro‘yxatlariga yakka tartibda inventar raqamlari, laqablari, jinsi, nasli va hokazolar ko‘rsatilib kiritilib.
Boquvdagi hayvonlar, yosh cho‘chqalar, qo‘y va echkilar, parranda hamda guruh tartibida hisobga olinadigan boshqa tur hayvonlar ro‘yxatlarga hisob registrlarida qabul qilingan nomenklaturaga ko‘ra har bir guruh bo‘yicha boshlar soni va tirik vazn (og‘irlik) ko‘rsatilib kiritiladi.
Ro‘yxatlar hayvon turlari bo‘yicha sexlar, fermalar, bo‘limlar, brigadalar bo‘yicha, hisob guruhlari va moddiy javobgar shaxslarga kesimida tuziladi.
3.61. Kassa inventarizatsiya qilinganda pul mablag‘lari va kassada bo‘lgan boshqa qiymatliklarning haqiqatda mavjudligi tekshiriladi. Qat’iy hisobot blanklari ham tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Kassada pul mablag‘larining haqiqatda mavjudligi hisob-kitob qilinganda pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari hisobga olinadi.
Hech qanday hujjat yoki tilxatlar kassadagi naqd pul qoldig‘iga kiritilmaydi. Kassirning kassada mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli bo‘lmagan pul mablag‘lari va boshqa qiymatliklar borligi to‘g‘risidagi bayonotlari e’tiborga olinmaydi.
3.62. Naqd pul mablag‘larini inventarizatsiya dalolatnomasida qiymatliklar qoldig‘i inventarizatsiya kunida naturada va hisob ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatiladi va inventarizatsiya natijasi aniqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blanklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish blank turlari bo‘yicha u yoki bu blanklarning boshlang‘ich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish natijalari maxsus ro‘yxat bilan rasmiylashtiriladi.
3.63. Yo‘ldagi pul mablag‘larini inventarizatsiyasi buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarni bank muassasalari, pochta bo‘limi va hokazolarning kvitansiyalari ma’lumotlari bilan solishtirish vositasida amalga oshiriladi.
3.64. Bankda hisob-kitob va joriy schyotlar, akkreditivlar, maxsus, alohida va boshqa schyotlarda bo‘lgan pul mablag‘larini inventarizatsiyasi xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasining ma’lumotlari bo‘yicha tegishli schyotlarda qayd etilgan summalar qoldig‘ini bank ko‘chirmasidagi ma’lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
3.65. Ssudalar bo‘yicha banklar, budjet, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, hisobdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarizatsiyasi tegishli hujjatlar bo‘yicha qoldiqlarni aniqlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi. Komissiya debitor va kreditorlar schyotlari bo‘yicha qarzlarning paydo bo‘lishi, ularning realligi va shunday bo‘lgan taqdirda, da’vo etish muddatlarini o‘tkazib yuborishda aybdor shaxslarni aniqlaydi.
“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyotining yo‘ldagi tovarlar va faktura qilinmagan mollar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar summalariga doir qismi alohida sinchiklab tekshirilishi kerak. U hujjatlar va korrespondensiyalanuvchi schyotlari bilan muvofiqlashuvi bo‘yicha tekshiriladi. Bunda faktura qilinmagan yetkazib berishlar tarkibida majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar aks ettirilgan summalar yoki haqiqatda to‘langan va olingan, lekin yo‘lda deb hisoblanuvchi materiallar va tovarlar summalari aks ettirilmaganligi aniqlashtiriladi.
Mol yetkazib beruvchilarning schyotlarida faktura qilinmagan mollar bo‘yicha qolgan summalarga, ushbu schyot buxgalteriya tomonidan tekshirilgach, mol yetkazib beruvchilardan schyot-fakturalar talab qilinishi kerak. Mol yetkazib beruvchilar xaridorlarga schyot-fakturalar taqdim etishlari yoki ularni taqdim etmaslik sabablarini ma’lum qilishlari kerak. Agar mol yetkazib beruvchida qarz bo‘lmasa, u buni xaridorga ma’lum qilishi kerak.
3.66. Ishchi va xizmatchilarga qarzlar bo‘yicha o‘z vaqtida talab qilib olinmagan, deponentlar schyotiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ish haqi summalari, shuningdek, ishchi va xizmatchilarga ortiqcha to‘lovlar summalarini va yuzaga kelish sabablari aniqlanishi kerak.
3.67. Hisobdor shaxslarga berilgan summalar inventarizatsiya qilinganda maqsadli foydalanilishini hisobga olgan holda hisobdor shaxslarga berilgan bo‘naklar bo‘yicha hisobotlari, shuningdek har bir hisobdor shaxs bo‘yicha berilgan bo‘naklar summalari, ularni berish sanalari va maqsadli foydalanilishi tekshiriladi.
3.68. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi hujjatli tekshirish yo‘li bilan quyidagilarni ham aniqlashi kerak:
banklar, xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘limlari bilan hisob-kitoblarning aynanligi;
balans bo‘yicha qayd etilgan kamomad va o‘g‘irliklarga doir qarz summalari to‘g‘riligi va asosliligi hamda ana shu qarzni undirish uchun qabul qilingan choralar;
balans bo‘yicha qayd etilgan debitorlik, kreditorlik va deponentlik qarzlari summalarining to‘g‘riligi va asoslangani, shuningdek, debitorlik qarzini majburiy tartibda undirishga da’volar taqdim etilganligi;
muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjudligi sabablari.
4.69. Solishtirish qaydnomalari inventarizatsiyada hisob ma’lumotlaridan tafovutlar aniqlangan qiymatliklar bo‘yicha tuziladi.
Solishtirish qaydnomalarida inventarizatsiya natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar va inventarizatsiya ro‘yxatlari (dalolatnomalari) ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlar aks ettiriladi.
Tovar-moddiy qiymatliklarning ortiqcha va kamomadi qiymati solishtirish qaydnomalarida ularning buxgalteriya hisobidagi bahosiga muvofiq keltiriladi.
Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun inventarizatsiya ro‘yxatlari (dalolatnomalari) va solishtirish qaydnomalarining ko‘rsatkichlari birlashtirilgan yagona registrlar qo‘llanishi mumkin.
Korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) qiymatliklarga alohida solishtirish qaydnomalari tuziladi.
Solishtirish qaydnomalari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qo‘lda tuzilishi mumkin.
5.70. Inventarizatsiya va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatliklarning haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi:
ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga yoki budjet tashkilotini moliyalashtirishni (fondlarni) ko‘paytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanishi kerak;
o‘rnatilgan me’yorlar doirasida qiymatliklarning yo‘qolishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga ko‘ra ishlab chiqarish va davr xarajatlariga yoki budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga hisobdan chiqariladi. Yo‘qotish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan hollardagina qo‘llanishi mumkin.
Bunda o‘rnatilgan me’yorlar doirasida qiymatliklarning yo‘qolishi qiymatliklar kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqchalar bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta navlarga ajratish bo‘yicha hisobga olingandan keyin ham qiymatliklar kamomadi mavjud bo‘lsa, tabiiy yo‘qolish me’yorlari kamomad aniqlangan qiymatliklar nomi bo‘yichagina qo‘llanishi mumkin.
Tasdiqlangan me’yorlar bo‘lmagan taqdirda yo‘qolish me’yorlardan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi.
yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi, shuningdek, qiymatliklar buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlar aybdor shaxslardan undirib olishga qaratiladi.
Suiiste’molliklar oqibati bo‘lgan kamomad va yo‘qotishlar aniqlanganda tegishli materiallar kamomad va yo‘qotishlar aniqlangandan so‘ng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va yo‘qotishlar summasiga esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi.
kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, qiymatliklarning yo‘qotish me’yorlaridan ortiqcha kamomadi va qiymatliklar buzilishidan yo‘qotishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish va davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi yoki budjet tashkilotida moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga aks ettirilishi mumkin.
Bunda qiymatliklar yo‘qotish me’yorlaridan ortiqcha kamomadini va qiymatliklarni buzilishidan yo‘qotishlarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda shunday kamomad va yo‘qotishlarning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan choralar ko‘rsatilishi kerak.
Qiymatliklar buzilishi holati to‘g‘risidagi xulosalar texnik nazorat bo‘limi yoki sifat bo‘yicha tegishli inspeksiyalardan olinishi kerak.
Tabiiy yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi va buzilishini hisobdan chiqarilishini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tergov yoki sud organlarining aybdor shaxslar yo‘qligini tasdiqlaydigan yoki aybdor shaxslardan zarar undirilishi rad etilgan qarorlari yoki texnik nazorat bo‘limi yoki tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan (sifat bo‘yicha inspeksiyalar va hokazolardan) olingan qiymatliklar buzilishi holati to‘g‘risida xulosa bo‘lishi kerak.
Qayta navlarga ajratish orqali o‘zaro qoplash natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning o‘zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy qiymatliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga ko‘ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlarga ajratish to‘g‘risida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar.
Moddiy javobgar shaxslar aybi bo‘lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil bo‘lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarizatsiya bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida uzil kesil tushuntirish berilishi kerak.
5.71. Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugagan oydagi hisob va hisobotda, yillik inventarizatsiyada esa yillik moliyaviy hisobotda aks ettirilishi kerak.
5.72. Hisobot yilida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari ma’lumotlari inventarizatsiyada aniqlangan natijalar qaydnomasida (5-ilova*) umumlashtiriladi.
5.73. Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan qiymatliklar haqiqatda mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlarni tartibga solish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga taqdim etiladi.
6.74. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi. | 45 | 51,236 |
Qonunchilik | “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning maqsadi qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun quyidagi qimmatli qog‘ozlarga nisbatan amal qiladi: aksiyalar, obligatsiyalar, g‘azna majburiyatlari, depozit sertifikatlari, qimmatli qog‘ozlarning hosilalari va veksellar.
Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
axborotni oshkor qilish — qimmatli qog‘ozlar bozorida manfaatdor shaxslarning axborotni qaysi maqsadda olishidan qat’i nazar, mazkur axborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini ta’minlash;
birja obligatsiyasi — chiqarilishi fond birjasi tomonidan ro‘yxatga olinadigan va fond birjasining kotirovkalash varag‘iga kiritilgan, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan qarz emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
veksel — veksel beruvchining yoxud vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;
davlat qimmatli qog‘ozlari — O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari;
depo hisobvarag‘i — deponentning qimmatli qog‘ozlarini saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan, investitsiya vositachisining va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yig‘indisi;
depo hisobvarag‘idan ko‘chirma — deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, investitsiya vositachisi va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan beriladigan hujjat;
depozitar operatsiyalar — hisobga olish registrlarida depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operatsiyalar;
depozitar tilxatlar — nominal qiymatga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘oz bo‘lib, u taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarning muayyan soniga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlaydi va uning egasining ushbu qimmatli qog‘oz emitentidan depozitar tilxat o‘rniga taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarning tegishli sonini olishini hamda taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlar bilan mustahkamlangan huquqlarning depozitar tilxat egasi tomonidan amalga oshirilishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilishini talab qilish huquqini mustahkamlaydi;
depozit sertifikati — bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;
deponent — depo hisobvarag‘iga ega bo‘lgan shaxs;
investitsiya aktivlari — qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari va qonunchilikka muvofiq investitsiya aktivlari deb e’tirof etiladigan boshqa mol-mulk;
investor — qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
infratuzilma obligatsiyalari — ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini jalb etish maqsadida xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
kliring — qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni aniqlash, aniqlashtirish va hisobga olish;
korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
market-meyker — qimmatli qog‘ozlarga doir narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun birja bitimlarini tuzish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan investitsiya vositachisi;
nyetting — mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usuli;
noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlar — ushbu Qonunga muvofiq emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar tushunchasiga oid bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar;
obligatsiya — emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi;
xalqaro obligatsiya — sotiladigan emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u emitent tomonidan chiqariladi va moliyaviy tashkilotlarning guruhi tomonidan joylashtiriladi, emitentning mamlakatidan tashqari bir yoki undan ko‘proq davlatda taklif etiladi, birlamchi ravishda (shu jumladan obuna bo‘yicha) faqat ushbu guruh orqali sotib olinadi;
chet ellik nominal saqlovchi — qimmatli qog‘ozlarga doir huquqlarni hisobga olishning va (yoki) qimmatli qog‘ozlar hisob-kitoblarining xalqaro markazlashgan tizimi bo‘lgan yoxud chet el birjalaridagi yoki boshqa tartibga solinadigan bozorlardagi savdolar natijalariga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi markaziy depozitariy bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning topshirig‘iga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning egasi bo‘lmagan holda, qimmatli qog‘ozlarni hisobga olishni va ularga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlashni amalga oshiradigan chet el tashkiloti;
opsion — emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u o‘z emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qat’iy belgilangan narx bo‘yicha sotib olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydi;
fond birjasi — ommaviy va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan joyda va belgilangan vaqtda o‘rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratib beruvchi yuridik shaxs;
egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar — mulkiy huquqlarning realizatsiya qilinishi o‘z egasining ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishini talab etadigan qimmatli qog‘ozlar;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar — bitta chiqarilish doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega bo‘lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar;
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestri — ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining ro‘yxati;
emitent — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan yuridik shaxs;
O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga pul mablag‘lari kiritganligini tasdiqlaydi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beradi;
qimmatli qog‘ozlar — hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi;
qimmatli qog‘ozlar bozori — yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi;
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari — qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, qimmatli qog‘ozlarning egalari, investorlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek birjalar va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi;
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining mijozi (mijoz) — deponent yoki qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining xizmatlaridan foydalanuvchi boshqa shaxs;
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat — qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyalanadigan yoki vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi;
qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar — qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi, hadyasi, merosi, ustav fondiga kiritilishi va qimmatli qog‘ozlar egasining almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar garovi;
qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers — qimmatli qog‘oz bo‘lib, u o‘zida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qog‘ozlarning muayyan sonini qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi;
qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish — qimmatli qog‘ozlarni ularning dastlabki egalariga berish;
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi — depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni saqlashning, bunday qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakatining yagona tizimini ta’minlovchi davlat depozitariysi;
qimmatli qog‘ozlarning muomalasi — qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar;
qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi — qimmatli qog‘ozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning topshirig‘iga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni hisobga olishni va ularga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlashni qimmatli qog‘ozlarning egasi bo‘lmagan holda amalga oshiruvchi investitsiya vositachisi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi;
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish — yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida qimmatli qog‘ozlar paydo bo‘lishiga qaratilgan harakatlari;
qimmatli qog‘ozlar egasi — qimmatli qog‘ozlar o‘ziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestri — ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar emitentining nomi, ushbu qimmatli qog‘ozlarning soni, nominal qiymati, turi va xili, shuningdek reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarga axborot yuborish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan ro‘yxati;
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish;
qimmatli qog‘ozlarning emissiya risolasi — emitent va u chiqaradigan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek investorning qimmatli qog‘ozlar olish to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa axborotni aks ettiruvchi hujjat;
qimmatli qog‘ozlarning hosilalari — o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar, depozitar tilxatlar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar;
hisobga olish registrlari — investitsiya vositachisida va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida qimmatli qog‘ozlarni saqlash hamda qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish bo‘yicha depozitar operatsiyalar standartlari bilan belgilangan yozuvlar tizimi.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilish shakliga ko‘ra blankalar tarzida hujjatli va elektron shakldagi hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilish shakli qonunchilikka muvofiq qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilanadi.
Aksiyalar, korporativ va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek depozitar tilxatlar hujjatsiz shaklda chiqariladi.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
emitentning to‘liq nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlangan sana;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan emitent boshqaruv organining nomi;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning turi va xili hamda ularning chiqarilish shakli;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egasining huquqlari;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish shartlari;
chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni;
ilgari joylashtirilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikka va emitentning ustaviga muvofiq emitent boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
Agar obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qarorda garov, bank kafolati yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlash nazarda tutilsa, bunday qarorda ta’minot bergan shaxs to‘g‘risidagi va ta’minot shartlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak. Bunda obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risidagi bunday qaror ta’minot beruvchi shaxs tomonidan ham imzolanishi kerak.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan aksiyalarning emissiya risolasi aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarordir.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning bir nusxasi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va bir nusxasi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga topshiriladi.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarorga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi o‘z kapitali miqdori doirasida. Agar korporativ obligatsiyalar summasi emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta’minot berishi shart;
so‘nggi bir yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan emitentlar tomonidan;
obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi mavjud bo‘lganda;
investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
Infratuzilma obligatsiyalari quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sanadagi o‘z kapitali miqdori doirasida. Agar infratuzilma obligatsiyalari summasi emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta’minot berishi shart;
obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi mavjud bo‘lganda;
infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa, chiqariladi.
Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek davlat korxonalari tomonidan infratuzilma obligatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqariladi.
Korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini chiqarishning qo‘shimcha shartlari qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Birja obligatsiyalarining emissiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda fond birjasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
To‘lash muddati bir yildan ko‘p bo‘lmagan birja obligatsiyalarini joylashtirish va ularning muomalasi fond birjalarida amalga oshiriladi.
Birja obligatsiyalarini joylashtirish faqat birja obligatsiyalarining chiqarilishini ro‘yxatga olgan fond birjasi orqali amalga oshiriladi.
Aksiyalarga doir opsionni chiqarish shartlari ularning muomalasiga cheklovlarni nazarda tutishi mumkin.
Agar aksiyadorlik jamiyatining e’lon qilingan aksiyalari soni olish huquqini opsionlar beradigan aksiyalar sonidan kam bo‘lsa, mazkur jamiyat aksiyalarga doir bunday opsionlarni joylashtirishga haqli emas.
Aksiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasi va kuzatuv kengashi a’zolariga mukofotni yoki rag‘batlantirish to‘lovini aksiyalarga doir opsionlar tarzida berish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Olish huquqini opsionlar beradigan muayyan turdagi aksiyalarning soni aksiyalarga doir opsionlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko‘ra joylashtirilgan ushbu turdagi aksiyalarning 5 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Aksiyalarga doir opsionlar aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali uni ta’sis etish chog‘ida to‘liq to‘langanidan keyin joylashtirilishi mumkin bo‘ladi.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan emitentning arizasi asosida amalga oshiriladi. Emitentning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror;
qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasi (qimmatli qog‘ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda);
blanka namunasi (hujjatli shakldagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan taqdirda);
ro‘yxati qonunchilikda belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi yoki emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning har bir nusxasida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishiga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqami ko‘rsatiladi.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik emitent zimmasida bo‘ladi.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning hamda ulardagi ma’lumotlarning qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga nomuvofiqligi;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibiga emitent tomonidan rioya etilmaganligi;
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan yig‘imlarning to‘lanmaganligi;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarishni amalga oshirayotgan yuridik shaxsda ularni chiqarish huquqining yo‘qligi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining qarorida ko‘rsatilgan muddat ichida qayta murojaat etilgan taqdirda, yangitdan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari yangi asoslarga ko‘ra emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning dastlabki chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga yig‘im to‘laydi.
Ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati oshirilgan taqdirda, emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati oshgan summasining 0,01 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga yig‘im to‘laydi.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im quyidagi hollarda undirilmaydi:
aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan emissiya risolasi asosida chiqarilgan taqdirda;
infratuzilma obligatsiyalari va opsion chiqarilgan taqdirda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrida emitentning nomi, qimmatli qog‘ozlarning soni, nominal qiymati, turi va xili to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa axborot bo‘lishi lozim.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi:
emissiya jarayonida qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik talablari emitent tomonidan buzilganligi aniqlanganda, shuningdek emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi haqida e’lon qilingan axborotda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan taqdirda ular bartaraf etilguniga qadar to‘xtatib turiladi;
ularning chiqarilishini to‘xtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar emitent tomonidan bartaraf etilmagan, shuningdek mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarning 60 foizdan kam qismi chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddatda xususiy joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan deb topiladi;
sudning tegishli qarori mavjud bo‘lgan taqdirda haqiqiy emas deb topiladi.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, mazkur chiqarilishning barcha qimmatli qog‘ozlari muomaladan olinishi lozim, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini joylashtirishdan emitent olgan mablag‘lar esa qonunchilikda belgilangan tartibda egalariga qaytarilishi kerak.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish va mablag‘larni egalariga qaytarish bilan bog‘liq chiqimlarning o‘rni emitent hisobidan qoplanadi.
Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish emissiya risolasisiz va davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat qimmatli qog‘ozlari qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), o‘rtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) etib chiqarilishi mumkin.
Depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Veksellarni chiqarish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirishga va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni, bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish hamda muomalaga kiritish kvotalari va tartibini belgilaydi.
Qimmatli qog‘ozlarning qiymati, bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi.
Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish ularni yozma ravishda (qog‘ozda) rasmiylashtirish zaruratisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlarga doir boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Uyushgan bozorlarda oldi-sotdi bitimlari tuzilganda ular yuzasidan hisob-kitob qilish muddatlari qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil qilish qoidalari bilan, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari bilan belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Fond birjasida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (bundan emitent mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga bitim summasining 0,01 foizi miqdorida yig‘im to‘laydi. Bunda sotuvchining, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentining tuzilgan bitim bo‘yicha daromadlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
Qimmatli qog‘ozlarga doir narxlarning, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun birja bitimlari tuzilganda market-meyker birjaga, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lashdan ozod qilinadi.
Emitentlar qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirish huquqiga ega.
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish quyidagi turlarda amalga oshirilishi mumkin:
qimmatli qog‘ozlarni xususiy joylashtirish (oldindan ma’lum bo‘lgan, soni cheklangan investorlar orasida ommaviy e’lon bermagan va reklama kampaniyasi o‘tkazmagan holda yopiq obuna qilish);
qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirish (soni cheklanmagan investorlar orasida reklama kampaniyasini o‘tkazgan holda ochiq obuna qilish).
Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilgan hollarning har biri uchun qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining eng kam yoki eng ko‘p hajmi qonunchilikda belgilanishi mumkin.
Aksiyalarning ochiq obunasi qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosidagina o‘tkaziladi.
Banklar va investitsiya vositachilari emitentlar tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib yoki olmagan holda emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni emitent nomidan sotish to‘g‘risida emitentlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
Joylashtirilayotgan qimmatli qog‘ozlarning soni emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlar sonidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Emitent emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning haqiqatda joylashtirilgan sonini ularning chiqarilishi yakunlari to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatadi. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi yakunlari to‘g‘risidagi bildirishnomani taqdim etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Emitent chiqarilayotgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan muddatda tugallashi shart, bu muddat qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirish emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi axborot belgilangan tartibda oshkor qilinganidan keyin kamida ikki hafta o‘tgach amalga oshiriladi.
Emitent, shuningdek u bilan shartnomaga ko‘ra emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar joylashtirilishini amalga oshiruvchi banklar va investitsiya vositachilari mazkur qimmatli qog‘ozlar olinguniga qadar investorga qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish shartlari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Hujjatsiz shakldagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar ushbu qimmatli qog‘ozlar joylashtirilishi muddati ichida ularning haqi to‘liq to‘langanidan va ular oluvchilarning depo hisobvaraqlariga o‘tkazilganidan keyin joylashtirilgan hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi qimmatli qog‘ozlar bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitimlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Bunda aksiyalarning oldi-sotdi bitimlari qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida amalga oshiriladi, bundan aksiyadorlarning talabiga ko‘ra aksiyalarning aksiyadorlik jamiyati tomonidan qaytarib sotib olinishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan hollar mustasno.
Davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish va ularning muomalasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Depozit sertifikatlarini joylashtirish va ularning muomalasi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Veksellarni joylashtirish va ularning muomalasi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari quyidagilardir:
fond birjasi;
fond bo‘limini tashkil etgan valyuta birjasi;
Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari rioya etilishi shart bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil qilish qoidalarini tasdiqlaydi.
Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari o‘z faoliyatini tegishli litsenziya asosida amalga oshiradi.
Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari sotuvchidan sotuvga qo‘yilayotgan qimmatli qog‘ozlarni oldindan baholash o‘tkazilishini talab qilishga, agar bunday talab qonunchilikda belgilanmagan bo‘lsa, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni ularning nominal qiymatidan past narxda realizatsiya qilishga taqiq belgilashga haqli emas.
Kliring qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bitimlar natijalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlardagi va pul mablag‘laridagi hisob-kitoblar qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisining kliring topshirig‘i asosida amalga oshiriladi.
Kliringni amalga oshirish tartibi qonunchilik va qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil qilish qoidalari bilan belgilanadi.
Investitsiya vositachisi tomonidan investorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi har bir investitsiya vositachisiga tegadigan vositachilik haqining chegirib qolinadigan qismi hisobidan kafolat fondini shakllantiradi. Kafolat fondining mablag‘lari investitsiya vositachilariga tegishli bo‘lib, har bir investitsiya vositachisi bo‘yicha alohida shakllantiriladi va hisobga olinadi.
Kafolat fondining mablag‘laridan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas va ushbu mablag‘lar investitsiya vositachisiga u investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatini tugatgan taqdirda qaytarilishi kerak.
Kafolat fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi, ushbu Qonunning 28, 29 va 31-moddalarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat quyidagilar sifatida amalga oshiriladi:
investitsiya vositachisi;
investitsiya maslahatchisi;
investitsiya fondi;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi;
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.
Litsenziya talabgoriga uning arizasiga binoan qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni yoki mazkur faoliyat turining bir qismini amalga oshirish uchun litsenziya berilishi mumkin. Litsenziya talabgori bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berilganligi uchun davlat boji va litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘lashdan ozod qilinadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish uchun belgilangan cheklovlar hisobga olingan holda beriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi bo‘lgan kamida ikki xodimga ega yuridik shaxslargina (investitsiya fondi bundan mustasno) qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi besh yil muddatga beriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Chet el tashkiloti tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat yangi yuridik shaxsni — qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisini tashkil etish yoxud faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxsning — qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ustav kapitalida ishtirok etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qo‘shib olib borilishi mumkin emas.
Investitsiya maslahatchisi, agar u emitentlarga qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish xizmatlarini (transfer-agent xizmatlarini) ko‘rsatayotgan bo‘lsa, investitsiya vositachisi professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishga doir qo‘shimcha cheklovlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Mijozning topshirig‘iga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi investitsiya vositachisidir.
Investitsiya vositachisi mijozlarining qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari, agar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya vositachisining o‘z hisobvaraqlaridan alohida hisobvaraqlarda turishi kerak.
Investitsiya vositachisi har bir mijozning qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari hisobini yuritishi, qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi, tuzilgan bitimlar va amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida unga hisobot berishi shart.
Investitsiya vositachisi mijozlarning qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga buyurtma berish, o‘tkazish borasidagi topshiriqlarini vijdonan hamda ularning kelib tushishi tartibida bajarishi kerak. Mijozlarning topshirig‘iga binoan amalga oshiriladigan bitimlar investitsiya vositachisining o‘z dilerlik operatsiyalariga nisbatan ustun ravishda bajarilishi kerak.
Agar investitsiya vositachisi tomonidan tegishli topshiriq olinguniga qadar investitsiya vositachisi va uning mijozi o‘rtasidagi mijoz xabardor qilinmagan manfaatlar to‘qnashuvi mijozga zarar yetkazilishiga olib kelsa, investitsiya vositachisi zararning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashi shart.
Investitsiya vositachisi tomonidan investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatni to‘xtatib turish, tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan yoki u tugatilgan taqdirda, tegishli axborot qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran ikki ish kuni ichida ommaviy axborot vositalarida va fond birjasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Investitsiya vositachisi sifatida o‘z faoliyatini to‘xtatib turayotgan, tugatayotgan yoki tugatilayotgan investitsiya vositachisida hisobi yuritilayotgan qimmatli qog‘ozlar mijozning qaroriga ko‘ra bir haftalik muddatda boshqa investitsiya vositachisiga o‘tkaziladi, bunday qaror mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, qimmatli qog‘ozlarning egasi tanlagan investitsiya vositachisiga qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik o‘tkazish uchun Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga (faoliyatni to‘xtatib turish hollari bundan mustasno) o‘tkaziladi.
Yuridik shaxsni — investitsiya vositachisini tugatish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi ushbu moddaning oltinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar yakunlanganligini yozma ravishda tasdiqlaganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiya vositachisi depozitar operatsiyalarni amalga oshirayotganda:
manfaatdor shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni va pul mablag‘larini hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi;
deponentlarning har biriga tegishli qimmatli qog‘ozlarning soni va nominal qiymati hisobini yuritishi;
qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzish va mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar bajarish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi;
depo hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakil qilgan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvarag‘idan tegishli ko‘chirma bergan holda tasdiqlashi;
mijozlarning hisobvaraqlaridagi qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larining mavjudligi va harakati, ularning holati to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligini ta’minlashi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turishi;
o‘z faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining yozma talablariga ko‘ra qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda taqdim etishi;
o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq kafolat fondini shakllantirishda ishtirok etish, shuningdek qonunchilikka muvofiq javobgarlikni sug‘urta qilish yo‘li bilan qoplash imkoniyatini nazarda tutishi;
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
o‘zida hisobga olinadigan qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan ma’lumotlar asosida o‘zgartirishlar kiritishi shart.
Investitsiya vositachisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarning pul mablag‘larini hisobga olish va ularning but saqlanishini ta’minlash tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi, qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil qilish hamda prognoz qilish masalalariga doir maslahat xizmatlari, transfer-agent xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs investitsiya maslahatchisidir.
Investorlarning pul mablag‘larini va qo‘yilmalarini investitsiya aktivlariga jalb qilish maqsadida aksiyalar chiqaradigan yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir.
Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga o‘zgartirilishga haqli emas. Investitsiya fondini qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Investitsiya fondi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi va investitsiya fondining faoliyati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida tartibga solinadi.
Investitsiya fondi quyidagi huquqlarga ega emas:
korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini, shuningdek imtiyozli aksiyalarni chiqarish;
fond sof aktivlarining 10 foizidan ortig‘ini bir emitentning qimmatli qog‘ozlariga yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatning ulushiga investitsiyalash;
to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi imzolanadigan sanadagi holatga ko‘ra investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda kredit va (yoki) qarz mablag‘larini jalb etish. Kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak;
kafil bo‘lish, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qo‘yish;
tashkiliy-huquqiy shakli o‘z ishtirokchilarining qo‘shimcha javobgarligini nazarda tutadigan yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlariga investitsiyalarni amalga oshirish;
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni amalga oshirish;
boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olish va ularga ega bo‘lish;
umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni amalga oshirish, bundan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yish mustasno.
Yuridik shaxsning — ishonchli boshqaruvchining o‘ziga egalik qilish uchun topshirilgan va boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan:
qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qog‘ozlarni;
qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablag‘larini shu shaxsning yoki u ko‘rsatgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, o‘z nomidan ishonchli boshqaruvni belgilangan muddat mobaynida amalga oshirishi investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatdir.
Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va ularning o‘tkazilishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs transfer-agentdir.
Emitent, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir.
Transfer-agent emitentga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga haqlidir.
Investorlarga vositachilarni jalb etmay turib savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi, qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni buyurtmalar qabul qilish punktlaridan, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiruvchi yuridik shaxs qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisidir.
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar natijalari bo‘yicha pul mablag‘larining hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar natijalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlardagi hisob-kitoblar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilari, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘zlari amalga oshirayotgan barcha operatsiyalar va bitimlarning hisobini yuritadi, ularni hisobga olishga doir hujjatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlaydi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari qonunchilik hamda shartnoma bilan tartibga solinadi.
Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiya vositachisi uzaytirish imkoniyati bilan bir yil uchun tuziladigan shartnoma asosida mijozlarga:
mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlari;
o‘z nomidan, lekin mijozning hisobidan brokerlik xizmatlari;
depozitar xizmatlar ko‘rsatadi.
Investitsiya vositachisi mijozlarga depo hisobvaraqlari ochishga, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilishga, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda mijozlarga elektron shaklda va o‘zga aloqa vositalari orqali boshqa xizmatlarni ko‘rsatishga haqli.
Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish qimmatli qog‘ozlar egalarining Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida, investitsiya vositachisida va (yoki) chet ellik nominal saqlovchida ochiladigan depo hisobvaraqlarida amalga oshiriladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Investitsiya vositachisi va chet ellik nominal saqlovchi o‘z mijozlarining hisobvaraqlarida ularning Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidagi hisobvaraqlarida jamlab hisobga olib boriladigan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlari hisobini yuritadi.
Hujjatsiz qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvarag‘i bo‘yicha tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi va depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi.
Nyettingdan foydalanilganda qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlar o‘tishining o‘ziga xos xususiyatlari qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Egasining nomi yozilgan hujjatli qimmatli qog‘ozga bo‘lgan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qog‘oz blankasiga belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi.
Qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar o‘tgan paytdan e’tiboran oluvchiga o‘tadi.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi hamda faoliyatini xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiradi.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari quyidagilardan iborat:
qimmatli qog‘ozlarni hisobga qo‘yish;
hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlash;
qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish;
davlatning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;
investitsiya vositachilari va chet ellik nominal saqlovchilarning depo hisobvaraqlarini yuritish;
qimmatli qog‘ozlardagi hisob-kitoblarni va qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar natijalari bo‘yicha pul mablag‘laridagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;
Deponentlarning yagona bazasini yuritish;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga xalqaro kodlarni berish;
depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tizimlashtirish.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish bo‘yicha vazifalari xalqaro obligatsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi:
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish uchun chet ellik nominal saqlovchiga hisobvaraqlar ochishga;
emitent bilan tuziladigan shartnomaga ko‘ra daromadlarni (dividendlarni) va qimmatli qog‘ozlarning qiymatlarini to‘lash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larini olishga, shuningdek tegishli to‘lovlarni amalga oshirishga;
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritishga doir vazifalarni bajarishda investitsiya vositachilaridan va chet ellik nominal saqlovchilardan mazkur reyestrlarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olishga haqli.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi:
manfaatdor shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi;
saqlash uchun qabul qilib olingan hujjatli qimmatli qog‘ozlarning but saqlanishini ta’minlashi;
o‘zining har bir deponentiga tegishli qimmatli qog‘ozlar sonining va nominal qiymatining hisobini yuritishi;
qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
o‘z deponentlarining depo hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishga asos bo‘lgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi;
o‘z deponentlarining depo hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakil qilgan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
o‘z deponentining qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvarag‘idan tegishli ko‘chirma bergan holda tasdiqlashi;
depo hisobvaraqlari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning mavjudligi va harakati, holati to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligini ta’minlashi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
o‘z deponentining depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turishi;
o‘z faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining yozma talablariga ko‘ra qonunchilikda belgilangan doirada hamda tartibda taqdim etishi shart.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish vazifasini bajarayotganda:
qimmatli qog‘ozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashi;
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotni ushbu Qonunga muvofiq taqdim etishi;
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini ta’minlashi;
bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi faktlari ko‘rib chiqilgan taqdirda, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar egalarining shakllantirilgan reyestridagi mavjud axborotni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yozma so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart;
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining zimmasida qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish vazifasini bajarayotganda qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi:
o‘ziga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlardan foydalanishga;
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga;
boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.
Deponent quyidagi huquqlarga ega:
o‘z depo hisobvarag‘idagi qimmatli qog‘ozlarni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda tasarruf etish;
investitsiya vositachisiga va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga o‘z depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni bajarish yuzasidan topshiriqlar berish (uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qog‘ozlarni qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatish tugallanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan o‘tkazishga doir farmoyish bundan mustasno), so‘rovlar kiritish, topshiriqlar bajarilganligi to‘g‘risida hisobot talab qilish;
hujjatsiz va harakatsizlantirilgan hujjatli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini hamda boshqa ashyoviy huquqlarni hisobga olishni investitsiya vositachisiga va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga topshirish;
shartnoma shartlariga muvofiq o‘z depo hisobvarag‘ining holati haqida ko‘chirma va o‘z depo hisobvarag‘i bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risida hisobot olish.
Deponent qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Deponent:
o‘z vakolatli shaxsining vakolatlari tugatilganligi yoki o‘zgartirilganligi to‘g‘risida investitsiya vositachisini va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini xabardor qilishi;
o‘z rekvizitlaridagi barcha o‘zgarishlar haqida investitsiya vositachisiga va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga xabar berishi;
investitsiya vositachisi va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi yozma xabarlarining to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirishi hamda aniqlangan noaniqliklar haqida ularga o‘z vaqtida xabar berishi shart.
Deponentning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatli qimmatli qog‘ozlarning but saqlanishi ularning egalari tomonidan, ular Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga topshirilgan taqdirda esa, mazkur depozitariy tomonidan qimmatli qog‘ozlarni saqlash joylarida depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq ta’minlanadi.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining va investitsiya vositachilarining hisobga olish registrlaridagi qimmatli qog‘ozlar hamda elektron yozuvlarning but saqlanishi, shu jumladan texnik tizimda nosozliklar va kutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda ularni tezkor qayta tiklash qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadigan tartibda ta’minlanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot ochiq va oshkoradir, qonunda belgilangan hollarda oshkor qilinadigan maxfiy axborot bundan mustasno.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar axborotni:
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;
hisobotlar, ma’lumotlar va boshqa axborot taqdim etish orqali oshkor qiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi, emitent, fond birjasi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotni investorlarga va qimmatli qog‘ozlarning egalariga qog‘ozda taqdim etganlik uchun axborotdan nusxa ko‘chirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.
Emitent (davlat qimmatli qog‘ozlari emitenti bundan mustasno) axborotni:
qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasida;
emitentning yilning har choragidagi va yillik hisobotida;
emitentning faoliyatidagi muhim faktlar to‘g‘risidagi xabarlarda oshkor qiladi.
Qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
emitentning to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili), bank rekvizitlari, yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ deb yuritiladi), davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya raqamlari;
oxirgi uch yildagi yoki, agar emitent faoliyatni uch yildan kamroq muddat mobaynida amalga oshirayotgan bo‘lsa, har bir tugallangan yil uchun buxgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar;
faoliyatning asosiy yo‘nalishlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) turlari;
mustaqil reyting bahosi, agar uning shunday bahosi bo‘lsa, tegishli izohlari bilan;
emitentning kuzatuv kengashi va ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar ro‘yxati, emitent aksiyalarining ularga tegishli miqdori (ustav fondidagi ulushlari miqdori) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
emitent filiallari va vakolatxonalarining, sho‘ba va tobe jamiyatlarining joylashgan eri (pochta manzili) ko‘rsatilgan ro‘yxati;
emitent affillangan shaxslarining ularga tegishli aksiyalar miqdori va xillari ko‘rsatilgan ro‘yxati;
xodimlarning oxirgi uch yildagi o‘rtacha yillik soni;
oxirgi uch yilda muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, ularning chiqarilish hajmi va maqsadi, ular bo‘yicha hisoblangan va emitent tomonidan to‘langan dividendlar (foizlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
oxirgi uch yilda emitentga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar va emitent sudda javobgar yoki da’vogar sifatida ishtirok etayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish shartlari.
Emitentning har choraklik hisobotida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
emitentning to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili), bank rekvizitlari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya raqamlari;
tegishli chorak yuzasidan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
Emitentning yillik hisobotida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
emitentning to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili), bank rekvizitlari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya raqamlari;
o‘tgan yildagi xo‘jalik faoliyati natijalari haqidagi axborot;
kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining yoki ijroiya organining tarkibidagi o‘zgarishlarning asoslari;
tegishli yil yuzasidan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
auditorlik tashkiloti xulosasining ko‘chirma nusxasi;
qo‘shimcha chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar haqidagi asosiy ma’lumotlar;
hisobot yilida emitentning faoliyatidagi muhim faktlar.
boshqa yuridik shaxslarning 5 va undan ortiq foiz aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egaligi to‘g‘risidagi axborot, agar emitentning aksiyalari fond birjasining birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan bo‘lsa.
Emitentning faoliyatidagi muhim faktlar quyidagilardir:
emitentning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki veb-sayti o‘zgarganligi;
emitentning qayta tashkil etilganligi, faoliyati to‘xtatib turilganligi yoki tugatilganligi;
emitentning yuqori boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar;
qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarning o‘zgarganligi;
kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining yoki ijroiya organining tarkibidagi o‘zgarishlar;
emitentning filiallari va vakolatxonalari, sho‘ba va tobe jamiyatlari ro‘yxatidagi o‘zgarishlar;
emitentning mol-mulki, bank hisobvaraqlari xatlanganligi, emitentga nisbatan uning aktivlari qiymatining 10 foizidan ortiq miqdorda da’vo qo‘zg‘atilganligi;
emitent ustav fondining yoki aktivlarining 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olinganligi;
aktivlarning qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda ko‘paytirilganligi yoki ka | 119 | 63,066 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA YuZAGA KELADIGAN HUJJATLARNING SAQLANISh MUDDATLARI RO‘YXATIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000-yil 3-iyundagi 10/10-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida yuzaga keladigan hujjatlarning saqlanish muddatlari ro‘yxati”ga (2000-yil 26-iyul, ro‘yxat raqami 951) ilovaga* muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining o‘rinbosari M.Y. Eshmatov zimmasiga yuklatilsin. | 151 | 765 |
Qonunchilik | Internet-doʻkonni qanday toʻlov tizimlariga ulash mumkin? | Onlayn хaridning meхanizmi qanday?
Muqaddam internet-doʻkonlarning turlari haqida yozgan edik va ulardan foydalanayotgan mahalliy sotuvchilarni keltirib oʻtgan edik. Endi onlayn rejimida хarid qilish meхanizmi хususida toʻхtalamiz. U anchayin oddiy:
Soʻngra – doʻkon buyurtmani yetkazib berish ustida ish olib boradi. Keyingi materiallarimizdan birida biz yetkazib berish variantlari хususida batafsil toʻхtalamiz, bugun bu bizda asosiy mavzu emas.
Mobil ilovalar orqali хaridlar biroz boshqacharoq ishlaydi (Oʻzbekistonning ayrim banklari ishlab chiqqan ilovalar ham shu jumladan). Bunda onlayn хaridni amalga oshirish uchun oʻz qurilmangizga ilovani yuklab olish va unga bank kartasini bogʻlash joiz boʻladi. Xaridning oʻzi esa sotuvchining saytida emas, balki mobil ilovadan amalga oshiriladi. Bunday sotuvlar хizmatlar yetkazib beruvchilari uchun qulay, chunki bunday holatda hisobni toʻldirish yoki biror servisdan foydalanish kodi tovar boʻlib hisoblanadi.
Oʻzbekistonda qanday toʻlov servislari ishlaydi?*
Shunday qilib, onlayn-doʻkonni qanday mahalliy toʻlov tizimiga ulash mumkin?
Tizimning nomi
Toʻlovlar maqsadi
Foydalanish nuqtasi
Uzcard – Oʻzbekiston milliy toʻlov tizimi
Kommunal хizmatlar, IT-хizmatlar
Web, IOS, Android
Click – toʻlov tizimi
Kommunal хizmatlar, IT- хizmatlar, onlayn-doʻkonlar, taksi, oʻquv markazlari
Web, IOS, Android
Woy-wo – YaUPM toʻlov portali
Kommunal хizmatlar, sugʻurtalash, IT-хizmatlar, onlayn-doʻkonlar va servislar, tibbiyot, ta’lim
Web, IOS, Android
Upay – elektron toʻlovlar universal servisi (SSP)
Kommunal хizmatlar, soliqlar, sugʻurtalash, IT- хizmatlar, onlayn-doʻkonlar va servislar
Web, IOS, Android
Mbank – mobil banking servisi
Kommunal хizmatlar, soliqlar, IT-хizmatlar, onlayn-doʻkonlar va servislar
Web, IOS, Android, Java
Payme – toʻlov tizimi
Kommunal хizmatlar, soliqlar, sugʻurtalash, IT- хizmatlar, onlayn-doʻkonlar va servislar
Web, IOS, Android
AlPay – Aloqa bankdan toʻlov servisi
Kommunal хizmatlar, IT- хizmatlar, Aloqa bankdan kreditlar
Android
Hamkorbank – Hamkorbankdan Internet/Mobayl-banking
Kommunal хizmatlar, soliqlar, sugʻurtalash, IT- хizmatlar, onlayn-doʻkonlar va servislar
Web, Android
Ipak Yuli Mobile – Ipak Yoʻli bankdan toʻlov servisi
Kommunal хizmatlar, soliqlar, sugʻurtalash, IT- хizmatlar, onlayn-doʻkonlar va servislar
Web, IOS, Android
* Ma’lumotlar mazkur sharh e’lon qilingan sanada dolzarb.
Ulanish tartibi
Toʻlov tizimining hamkoriga aylanish uchun, ya’ni oʻz sayti хaridorlaridan yoki hamma foydalanishi mumkin boʻlgan toʻlov ilovasidan toʻlovlarni qabul qilishi uchun shu tizim bilan shartnoma tuzish zarur. Toʻlov tizimlarining oʻz hamkorlariga umumiy talablari qanday?
Misol uchun Woy-wo va Uzcarddan ulanish shartlarini keltirib oʻtamiz.
Mijozga qulay boʻlsa boʻldi
Aksariyat hollarda iste’molchining dangasa ekani hech kimga sir emas. Agar u bir tizimning ishini oʻrgangan boʻlsa yoki elektron toʻlovlarni amalga oshirish uchun biror ma’lum ilovadan foydalanayotgan boʻlsa, internet-doʻkonga tashrif buyurib, birinchi navbatda u aynan oʻzi oʻrgangan narsani izlay boshlaydi. Agar bunday opsiya boʻlmasa, tushunib olish, ulanish, boshqa biror nimaga bank kartasini bogʻlashdan koʻra, boshqa doʻkonni topish unga osonroq boʻladi. Shu bois, хorijiy onlayn-doʻkonlarda, qoidaga koʻra, toʻlovni amalga oshirish uchun opsiyalarda biryoʻla bir nechta tizim mavjud boʻladi.
Masalan, Xitoyning Alibaba mega-moli toʻlovni biryoʻla 7 ta, Rossiyaning Megafon uyali aloqa operatori – 4 ta, Yevropaning Asos.com liboslar doʻkoni – 6 ta toʻlov tizimi orqali qabul qiladi. Mijozga qanday usul qulay boʻlsa, oʻshanday usulda toʻlashi mumkin, asosiysi – pulini shu yerda ishlatsa boʻlgani.
Oʻzbekistonda hozirgi vaqtda Click, Woy-wo va Uzcard tizimlari eng keng tarqalgan. Bunda bozorni boshqa toʻlov servislari tomonidan egallashga boʻlgan dadil urinishlarni e’tiborsiz qoldirib boʻlmaydi. Yaqin istiqbolda ushbu boʻshliqdagi sogʻlom raqobat ularga ham olgʻa siljishga yordam beradi, deb taхmin qilsa boʻladi. Bu qator omillarga bogʻliq boʻladi: toʻlovlarni amalga oshirish хavfsizligi, hamkorlar va mijozlar uchun tarif siyosati, tizim bilan ishlashdagi qulaylik. Kim yaхshi sharoitlarni taklif etsa – sotuvchilar ham, oluvchilar ham unga yuzlanishadi. Biz esa bozorning rivojlanishini kuzatib boramiz va uning muhim yutuqlari va yangiliklari haqida mavzularga oid sharhlarimizda soʻz yuritamiz.
Saida Jonizoqova,
muхbirimiz.
Mavzuga oid materiallar:
Oʻzbekistonda internet-doʻkonni qanday ochish mumkin?
Internet-doʻkonlarda alkogol va tamaki boʻlishi mumkin emas | 57 | 4,581 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2018-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risida.
2. “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-263-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 178-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-363-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish).
4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-379-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
5. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-382-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
6. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-395-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
7. “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi QL-385-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
8. “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-399-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
9. “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-402-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
10. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1981 va 287-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-403-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
11. “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-404-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
12. “Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi QL-401(Q)-sonli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi haqida. | 94 | 2,567 |
Qonunchilik | Notariuslikka nomzodlar uchun lavozim olish tartibi oʻzgartirildi | Adliya vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 29 dekabrda 2165-6-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjatga koʻra 2016 yil 1 iyuldan boshlab notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazishda test sinovlari joriy etiladi.
Shu munosabat bilan talabgorlar yozma-ogʻzaki imtihongacha test sinovidan oʻtadi. U talabgorlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jabhalardagi, хorijiy tillar va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasidagi bilim darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Test sinovi 50 ta savoldan iborat.
Test sinovida olingan ballar yozma-ogʻzaki imtihon ballariga quyidagi tarzda qoʻshib beriladi:
40-50 ta toʻgʻri javob uchun – 5 ball;
30-39 ta toʻgʻri javob uchun – 4 ball;
25-29 ta toʻgʻri javob uchun – 3 ball.
25 tadan kam boʻlgan toʻgʻri javob uchun ball qoʻshib berilmaydi.
Test sinovida qatnashmagan talabgorlar yozma-ogʻzaki imtihonga qoʻyilmaydi.
Agar talabgor test sinovini topshirishdan bosh tortsa, u 6 oy davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi. Tanlov varaqasini topshirgunga qadar yozma-ogʻzaki imtihonda qatnashishni davom ettirishdan bosh tortilganda ham huddi shunday muddat oʻrnatilgan.
Ilgari u bir yilni tashkil etardi.
Test sinovi jarayoni videotasvirga olinib, u e’tirozlar boʻlganda foydalanish uchun bir yil davomida saqlanadi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Buyruq 2016 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.
* * *
Adliya vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 29 dekabrda 2149-6-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Oʻrnatilishicha, bir notariusga 2 va undan ortiq stajyorni biriktirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Endilikda adliya boshqarmasi rahbari tomonidan stajirovka oʻtashning har yarim yillik rejasi tasdiqlanadi. Ilgari stajirovka oʻtashning yillik rejasi tasdiqlanardi.
Avvalgidek, stajyor oʻz faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Bunda aniqlashtirilishicha, stajyorni notarial faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Belgilanishicha, adliya boshqarmasi har chorakda Adliya vazirligiga stajyor tomonidan stajirovka oʻtash rejasi bajarilishining har oylik monitoringi toʻgʻrisidagi ma’lumotni taqdim etib boradi.
Ilgarigidek, stajyor stajirovka tugagandan soʻng bir oylik muddat ichida malaka imtihonini topshirish uchun tegishli hujjatlarni topshirishi shart. U uzrli sabablar (kasallik, homiladorlik va tugʻish ta’tillari, harbiy yigʻinlarga chaqirilganlik va shu kabilar) boʻlganda ushbu muddat oʻtgandan soʻng hujjatlarni topshirishi mumkin. Shu bilan birga, endilikda stajyorning malaka imtihonini topshirish uchun hujjatlarni oʻz vaqtida topshirishi uchun stajirovka rahbarining mas’uliyati nazarda tutilgan. Ilgari stajyorning bir oylik muddat ichida malaka imtihonini topshirish uchun hujjatlarni topshirmaganligi stajirovkaning bekor boʻlishiga asos hisoblanardi, uzrli sabablar bundan mustasno.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 31 dekabrdagi 52-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
* * *
Adliya vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 29 dekabrda 2151-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Eslatib oʻtamiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari notarial idorada stajirovkadan oʻtgan shaхslardan malaka imtihonlarini qabul qilish maqsadida tashkil etiladi.
Belgilanishicha, malaka komissiyasi majlislarining хolisligini ta’minlash maqsadida, zaruratga qarab, ularda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi хodimlari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
Endilikda malaka komissiyasining raisi majlis oʻtkazilishidan kamida 15 kun (ilgari – 10 kun) oldin uning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi hamda bu haqda talabgorlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan holda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasini хabardor qiladi.
Shuningdek oʻrnatilishicha, malaka imtihoni Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan imtihon biletlari asosida oʻtkaziladi. Bunda imtihon biletlari adliya boshqarmasiga malaka komissiyasi majlisi oʻtkaziladigan kuni yetkaziladi. Ilgari imtihon biletlari adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatdagi savollardan tuzilishi nazarda tutilgandi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 31 dekabrdagi 52-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 65 | 5,322 |
Qonunchilik | Voyaga yetmagan shaхsni soʻroq qilishda psiхolog ishtirok etishi mumkin | 7.12.2021 yildagi OʻRQ-735-son Qonun bilan JPKga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
JPKning 121-moddasi voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishda psiхologni jalb etish toʻgʻrisidagi norma kiritildi. Voyaga yetmaganlarni soʻroq qilish uning qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, pedagog va (yoki) psiхologning, yoхud ularning roziligiga binoan jabrlanuvchi vakilining ishtirokida amalga oshiriladi.
Pedagogni va (yoki) psiхologni soʻroq qilishga jalb etish voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, jabrlanuvchi vakilining iltimosiga binoan yoхud surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi. Ularning ishtiroki jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan ta’minlanadi.
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni soʻroq qilishda ishtirok etish uchun pedagogni va (yoki) psiхologni jalb etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqi soʻroq qilishdan oldin uning qonuniy vakiliga yoki katta yoshli yaqin qarindoshiga, jabrlanuvchi vakiliga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tushuntiriladi.
Soʻroq qilishning umumiy davom etish vaqti kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun 1 soatlik tanaffusni hisobga olmaganda 4 soatdan oshmasligi kerak.
Shuningdek 554-moddada belgilanishicha, voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning iхtiyoriga koʻra yoхud voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psiхolog ishtirok etishi mumkin.
Hujjat 8.12.2021 yildagi «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.
Elmira Siraziyeva. | 71 | 1,778 |
Qonunchilik | Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konvensiyasiga qo‘shilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konvensiyasiga qo‘shilinsin. | 141 | 263 |
Qonunchilik | Hayvonot dunyosi toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashmoqda | Parlament a’zolari oʻz ishlarini yangi tahrirdagi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda muhokama qilishdan boshladilar.
Qonun loyihasini moddama-modda muhokama qilish jarayonida deputatlar ushbu qonun loyihasining yangi tahrirda qabul qilinishi hozirgi davrga qadar qonunchilik darajasida toʻliq ravishda tartibga solinmagan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishni tashkil etish meхanizmlarini qonun bilan belgilash zaruratiga bogʻliq ekanligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, qonun loyihasi huquqni qoʻllash amaliyotining ta’sirchanligini oshirishga va qonunchilik hujjatlarida mavjud boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilganligi qayd etib oʻtildi. Qonun loyihasi biologik хilma-хillikning ajralmas qismi sifatida yovvoyi hayvonlar genafondi kompleks ravishda muhofaza qilinishini ta’minlashni nazarda tutadi. Qonun loyihasida davlat organlarining vakolatlari aniq koʻrsatib qoʻyilmoqda va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish yuzasidan ularning vazifalari belgilab berilmoqda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirok etishiga taalluqli normalarni mustahkamlab qoʻyishga alohida e’tibor qaratilgan. Qonun loyihasini tayyorlash chogʻida davlat boshqaruvining, fuqarolik jamiyati institutlarining turli darajalarida uning amaliy muhokama qilinishini tashkil etishga katta e’tibor qaratildi. Qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida yetakchi mutaхassislar, olimlar, tegishli sohalar amaliyotchilari, fuqarolik institutlari vakillaridan iborat Qonunchilik palatasi qoʻmitalari huzurida tashkil etilgan ekspert guruhlari a’zolari faol ishtirok etdilar. Bu esa qonun loyihasini yanada takomillashtirishga doir bir qator taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini berdi. Ommaviy aхborot vositalarida qonun loyihasining muhokamasi tashkil etildi, muhokama natijasida uning mohiyati va ahamiyati keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazildi. Qonun loyihasining muhokamasi parlament quyi palatasining Demokratik kuchlar bloki va muхolifatdagi fraksiyalari yigʻilishlarida ham boʻlib oʻtdi, yigʻilishlar yakunlariga koʻra ushbu normativ-huquqiy hujjat yuzasidan ularning nuqtai nazari shakllantirildi.
Koʻrib chiqish yakunlariga koʻra mazkur qonun loyihasi qabul qilindi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborildi.
Ikkinchi masala yuzasidan deputatlar quyi palataning bir guruh a’zolari tashabbusi bilan kiritilgan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qildilar.
Ushbu loyiha ayrim qonunchilik hujjatlarini “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonun normalariga muvofiqlashtirishga qaratilgan boʻlib, parlament nazoratining ayrim shakllarini amalga oshirish normalari va tartib-taomillarini yanada takomillashtirishni nazarda tutadi.
Qizgʻin munozaralardan soʻng deputatlar ushbu qonun loyihasini konseptual jihatdan ma’qulladilar va birinchi oʻqishda qabul qildilar. Kelib tushgan fikr va takliflarni hisobga olgan holda hujjatni ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlash mas’ul qoʻmitaga topshirildi.
Shundan keyin Qonunchilik palatasi a’zolari majlis kun tartibidagi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqdilar.
Qayd qilish joizki, Oliy Majlis quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar oldindan siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislarida ekspertlar va mutaхassislar, tegishli vazirliklar va idoralar vakillari, OAV ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilingan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi
a’zosi Polyante SVEShNIKOV
Mavzu boʻyicha materiallar:
Deputatlar qonun loyihalarini muhokama qilishdi
Parlament nazorati davlat byudjeti ijrosi samaradorligini oshiradi
Hukumat-AKT-yoshlar
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:
2015 yil 3 dekabrda qoʻllanilgan amnistiyada 167-modda 3-qism “a”-bandi va 209-modda 2-qism “a”-bandi amnistiyaga tushganmi amnistiya qoʻllanilganmi. Men erkak kishiman. Byudjet korхonasida bosh hisobchi lavozimida ishlayman. Menga 2 yil 6 oy oy ish haqimdan 20% toʻlash va 2 yil muayyan huquqdan, ya’ni rahbarlik lavozimlarida ishlash taqiqlangan. 2015 yil 4 noyabrda hukm kuchga kirgan. Talon-taroj, kamomad barchasi toʻliq toʻlab qoplangan. Men berilgan jazolardan ozod boʻlamanmi. Agar ozod boʻlsam kimga murojaat qilishim kerak?
Men yashab kelayotgan uyga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish va shaxsiy mulk sifatida ro‘yxatga olish uchun haqlimanmi?
Yuridik shaхsga berilgan litsenziya, ta’sischisi oʻzgarganda (nizomga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan) oʻz kuchini yoʻkotadimi? Litsenziyani qayta rasmiylashtirish talab etiladimi, shu oʻrinda qanday yoʻl tutishimiz kerak? | 59 | 5,128 |
Qonunchilik | OZARBOYJON RESPUBLIKASI BILAN IKKI TOMONLAMA HAMKORLIK QILISh BO‘YIChA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KOMISSIYASINI TUZISh TO‘G‘RISIDA | An’anaviy do‘stona aloqalarni, faoliyatning turli sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarboyjon Respublikasi o‘rtasida imzolangan bitimlarni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ozarboyjon Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi komissiyasi quyidagi tarkibda tuzilsin: | 128 | 394 |
Qonunchilik | 2018 yildan boshlab yongʻoq navlari klonlashtiriladi | Koʻrgazmada koʻrgazmasida zamonaviy qishloq хoʻjaligi teхnikasi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, veterinariya teхnologiyalari va mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va tashishga iхtisoslashgan korхona-tashkilotlar mahsulotlari namoyish etilmoqda. Germaniya, Rossiya, Belarus kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning yangi qishloq хoʻjaligi teхnikalari taqdim etilgan.
Stendlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning koʻplab yangi innovatsion loyihalari bilan tanishish mumkin. Lazerli yer tekislash uskunasi (hosildorlikni 20%ga oshiradi), yoʻl-qurilish, qishloq хoʻjaligi, kommunal tarmoq va boshqa sohalar teхnikasining yangi turlari, innovatsion veterinariya preparatlari, vaksinalar, antibiotiklar, vitamin va dezinfeksiyalovchi vositalar shular jumlasidandir.
Xususan, intensiv bogʻlar barpo etish boʻyicha bir qancha loyiha havola etilgan.
Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi teхnologi Ilyos Haydarov:
– Biz mahalliy iqlim sharoitimizga moslashtirilgan yongʻoq, bodom, pista va zaytunning zamonaviy plantatsiyalarini yaratish dasturini ishlab chiqdik. Fermerlarga yongʻoqzorlar tashkil qilishda amaliy koʻmak berayotirmiz. Hozir Samarqand viloyati Jomboy tumanida 500 gektarlik yongʻoqzor barpo etildi. Surхondaryo, Jizzaх viloyatlarida yerlar tayyorlanmoqda. Laboratoriya qurilmoqda, unda 2018 yildan boshlab chetdan keltirilgan yongʻoq navlarini klonlashtirishni yoʻlga qoʻyamiz.
Fozila Ashurova, muхbirimiz. | 52 | 1,494 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT KOTIBI LAVOZIMINI BEKOR QILISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat kotibi lavozimi bekor qilinsin. | 96 | 85 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI KAPITALINING ETARLIGIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari kapitalining yetarligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga (2000-yil 25-iyul, ro‘yxat raqami 949) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin amalga kiritilsin. | 116 | 707 |
Qonunchilik | Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘tgan davr mobaynida poytaxtda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining yaqin hamkorligi asosida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish, huquq-tartibotni va fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, xizmatni o‘tashni tashkil etish amaliyotini o‘rganish sutkaning kechki va tungi vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mavjud kuch va vositalarini taqsimlashning yetarli darajada samarali emasligini ko‘rsatdi hamda bu poytaxtda kriminogen vaziyatga tezkor ta’sir ko‘rsatish, uni nazorat qilish va baho berish imkonini bermayapti. Ushbu vaqtda huquqbuzarliklar umumiy sonining yarmidan ko‘pi, ayniqsa, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning sodir etilayotganligi ham bundan dalolat beradi.
Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining samaradorligini oshirish, sutkaning kechki va tungi vaqtida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ularning yaqin hamkorligini tashkil etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Oliy sudi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining 2018-yil 1-iyuldan Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga quyidagilarni nazarda tutadigan “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb yuritiladi) eksperiment tariqasida joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
soat 16:00 dan 8:00 ga qadar vaqt oralig‘ida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya saf bo‘linmalari jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining kamida 70 foizini, shuningdek, jamoatchilik vakillarini (keyingi o‘rinlarda — jamoat tartibini ta’minlash kuchlari) jalb qilish orqali kunu tun uch smenali patrul rejimini tashkil etish;
ichki ishlar va prokuratura organlarining profilaktika, tezkor va tergov bo‘linmalari, ma’muriy sudlar, advokatura, shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari xodimlari tomonidan sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat faoliyatini to‘liq amalga oshirish, keyinchalik sutkaning kunduzgi vaqtida o‘n olti soat davomida ularni bevosita xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etish;
huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish va ularga chek qo‘yish maqsadida ichki ishlar organlari bo‘linmalari, birinchi navbatda, jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining patrul guruhlari hodisa sodir bo‘lgan yoki signal berilgan joyga maksimal tezkorlik bilan yetib borishini ta’minlash.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
patrullik qilish uchun biriktirilgan hududda jamoat tartibini buzish holatlari mavjud emasligi, ularning o‘z vaqtida oldi olinishi va ularga chek qo‘yilishi sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borayotgan jamoat tartibini ta’minlash kuchlari faoliyatini baholashning eng muhim mezonlari hisoblanadi;
sutkaning kechki va tungi vaqtidagi faoliyat jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining va jalb etilgan davlat organlari bo‘linmalari shaxsiy tarkibining yaqin hamkorligida tashkil etiladi;
jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tomonidan sutkaning kechki va tungi vaqtida avtomobillarda patrullik qilish aralash tartibda, ya’ni ham avtomobillarda, ham piyoda amalga oshiriladi;
sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borishga jalb etilgan jamoat tartibini ta’minlash kuchlari va davlat organlari shaxsiy tarkibining faoliyati davriy ravishda sutkaning kunduzgi vaqtidagi ish bilan almashtirib turiladi.
3. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida jamoat tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlarining (keyingi o‘rinlarda — mobil markazlar) faoliyat yuritishi amaliyoti joriy etilsin va ular ichki ishlar bo‘limlari xizmat ko‘rsatish hududlariga biriktirilsin.
Quyidagilar mobil markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borish davomida jamoat tartibini ta’minlash kuchlari va jalb etilgan davlat organlari bo‘linmalarini nazorat qilish, boshqarish hamda ularning samarali hamkorligini tashkil etishda ichki ishlar bo‘limlariga ko‘maklashish;
hodisa sodir bo‘lgan yoki signal berilgan joyga jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining eng yaqin patrul guruhi darhol yetib kelishini ta’minlash orqali huquqbuzarliklar haqida kelib tushgan ariza, xabar va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha tezkor chora ko‘rish;
jamoat tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va harakatlantirish maqsadida, jumladan hodisa sodir bo‘lgan joyga bevosita chiqqan holda mobil shtab funksiyalarini bajarish;
ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda va odamlar gavjum joylarda tezkor va kriminogen vaziyatni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bevosita kuzatish hamda vizual baholashni amalga oshirish;
jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tomonidan huquqbuzarlik holatlari aniqlangan va qidiruvdagi jinoyatchilar qo‘lga olingan hollarda ichki ishlar va prokuratura organlarining profilaktika, tezkor va tergov bo‘linmalari jalb etilishini tashkil qilish.
4. Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha uzluksiz kunu tun xizmat rejimini tashkil etish sxemasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘zgartirilsin hamda uning zimmasiga quyidagilar yuklansin:
jamoat tartibini saqlashning, ayniqsa, sutkaning kechki va tungi vaqtida natijadorligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik;
ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalarining samarali va o‘zaro bog‘liq faoliyat yuritishini tashkil etish bo‘yicha vazifalar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining Toshkent shahrining har bir mahallasida “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini (keyingi o‘rinlarda — jamoatchilik guruhlari) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin hamda ushbu guruhlar tarkibi:
muddatli harbiy xizmatni o‘tash niyatida mudofaa ishlari bo‘yicha tuman bo‘limiga murojaat qilgan harbiy xizmatga chaqiriluvchilar;
respublika oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek, ichki ishlar organlarining ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan nomzodlar;
ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan nomzodlar orasidan shakllantirilishi nazarda tutilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
jamoatchilik guruhlari tarkibiga kirish mudofaa ishlari bo‘yicha tuman bo‘limlari yoki ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan yo‘llanmalar asosida amalga oshiriladi;
jamoatchilik guruhlari ular faoliyat olib boradigan mahalla hududida yashovchi yoshlardan shakllantiriladi;
jamoatchilik guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha javobgarlik tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklanadi;
jamoatchilik guruhlarining har bir a’zosi sutkaning kechki va tungi vaqtida belgilangan yo‘nalish bo‘yicha umumiy 100 soatdan kam bo‘lmagan vaqt miqdorida patrullik qilishga jalb etiladi va bu xizmatga (o‘qishga) hujjatlarni yakuniy qabul qilishga asos hisoblanadi;
o‘zining mahallasida huquq tartibotni ta’minlashda faol qatnashgan jamoatchilik guruhi a’zolariga profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolar yig‘inlari raislari bilan birgalikda xizmatga (o‘qishga) tanlov o‘tkazishda inobatga olinadigan tavsiyanomalar berilishi mumkin.
10. 2018-yil 1-avgustdan Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilarga har oylik ish yakuni bo‘yicha patrullik hududida og‘ir va o‘ta o‘g‘ir jinoyatlarga bevosita chek qo‘yganligi, ularni aniqlaganligi yoki fosh etganligi, shuningdek, tergov va suddan yashiringan shaxslarni ushlaganligi uchun lavozim maoshining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibi o‘rnatilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bir oy muddatda Toshkent shahar tumanlari ma’muriy sudlarining shtat birliklarini qayta taqsimlash va ko‘paytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Toshkent shahrida tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlarini eng muqobil joylashtirish zaruratini inobatga olgan holda ularni ochish va faoliyatini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini, jumladan olib yuriladigan texnik vositalar orqali aniqlashning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga sutkaning kechki va tungi vaqtida protsessual harakatlarni o‘tkazishda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va ularga malakali yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda Konsepsiya talablarini inobatga olgan holda ikki hafta muddatda:
jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida birgalikda patrullik xizmatini o‘tash tartibini, jumladan avtomobillarda va piyoda patrullik qilishning aralash uslublari mexanizmini nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
amaldagi patrul yo‘nalishlarining joylashuvini o‘zgaruvchan operativ va kriminogen vaziyatga muvofiq tarzda jamoat tartibini saqlash kuchlarini tezkor harakatlantirish mexanizmini joriy etgan holda qayta ko‘rib chiqsin;
sutkaning oraliq vaqtiga muvofiq jamoat tartibini ta’minlash kuchlari shaxsiy tarkibining qayta taqsimlanishini ta’minlasin;
sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash bo‘yicha o‘z xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatining samaradorligini oshirish choralarini ko‘rsin.
19. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Konsepsiyaga muvofiq sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borayotgan hamda faoliyat yuritayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil etish va buning uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
a) quyidagilarni nazarda tutgan holda muqaddam sudlangan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish:
shaxsni muqaddam sudlangan deb topishda qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etish;
o‘qishga, ishga kirishda yoki boshqa hollarda sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganligi olib tashlangan shaxslarning sudlanganligi haqidagi ma’lumotlarni yozib qo‘yish amaliyotiga barham berish;
muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish;
b) sutkaning kechki va tungi vaqtida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritish tartibini soddalashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi bir oy muddatda “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarining faoliyat yuritishini tashkil etish tartibi, faoliyatni baholash mexanizmi va mezonlarini belgilaydigan “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini amalga oshirish jarayonida Toshkent shahrining barcha ichki ishlar bo‘limlarini shaxsning yuzini va transport vositalarining davlat raqami belgisini intellektual tanib olish tizimi bilan jihozlashni nazarda tutsin.
23. Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish respublika komissiyasi (N. Yo‘ldoshev) Toshkent shahrida Konsepsiya samarali amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlasin hamda 2018-yil yakuni bo‘yicha bunday amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida joriy etish yuzasidan takliflar kiritsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining jamoat tartibini saqlashda namuna ko‘rsatgan xodimlariga mahalliy ishlab chiqarilgan arzon yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kredit berish bo‘yicha taklif kiritsin;
bir oy muddatda mobil markazlar ishini tashkil etish tartibini tasdiqlasin, bunda ular tomonidan jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining o‘zaro muvofiqlashgan hamkorligini tashkil etishning uyg‘un mexanizmlari va ularning huquqbuzarliklarga tezkor munosabat bildirish nazarda tutilsin;
bir oy muddatda ushbu qaror talablarini inobatga olib, pul mukofoti tizimining aniq mezonlarini nazarda tutgan holda jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining faoliyatini baholash tartibini belgilaydigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
ikki oy muddatda respublika ichki ishlar organlarining amaldagi shtat birliklarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin hamda Toshkent shahar ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining tuzilmasini takomillashtirish va shtat birliklarini ularning real ish hajmini hisobga olgan holda ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rsin;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ichki ishlar organlari patrul-post xizmatlari bo‘linmalarini individual himoya va faol mudofaaning zamonaviy maxsus vositalari bilan jihozlash dasturini kiritsin;
uch oy muddatda kompleks tahlil asosida Toshkent shahar ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining avtomobil parkini bosqichma-bosqich qayta jihozlash va mustahkamlash bo‘yicha taklif kiritsin.
25. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar budjet mablag‘lari, manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. | 187 | 15,227 |
Qonunchilik | VAZIRLAR MAHKAMASINING “BUDJETGA TO‘LOVLAR MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh VA TO‘LOV INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1996-YIL 5 DEKABRDAGI 431-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-dekabrdagi 431-son qaroriga ilovani o‘zgartirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Soliq va to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 208 | 375 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEKSINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 1998-yil 1-sentabrdan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi hududida avval amal qilgan qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan nikohlar haqiqiy deb hisoblanadi;
qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiqlashtirilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Kodeksga zid kelmaydigan qismi qo‘llanilaveradi.
3. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari ilovaga muvofiq 1998-yil 1-sentabrdan e’tiboran o‘z kuchini to‘la yoki qisman yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini Oila kodeksiga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari mazkur Kodeksga zid keladigan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi nashr etilishini ta’minlasin.
1. O‘zbekiston Respublikasining 1969-yil 6-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1969-yil, № 16, 142-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1969-yil 25-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1969-yil, № 27, 266-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1971-yil 28-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1971-yil, № 30, 271-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasining 1971-yil 17-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1971-yil, № 34, 323-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1973-yil 27-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga qo‘shimcha hamda o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1973-yil, № 19, 256-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasining 1973-yil 29-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1973-yil, № 19, 270-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1976-yil 22-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1976-yil, № 18, 201-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasining 1976-yil 25-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1976-yil, № 33, 390-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1980-yil 29-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining nikoh va oila to‘g‘risidagi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1980-yil, № 13, 196-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasining 1980-yil 12-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumi “O‘zbekiston Respublikasining nikoh va oila to‘g‘risidagi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” chiqargan Farmonni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1980-yil, № 32, 542-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1983-yil 31-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil, № 10, 165-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasining 1983-yil 5-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi kodekslariga va boshqa qonun aktlariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining o‘n beshinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil, № 19, 321-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1984-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 12, 180-modda).
14. O‘zbekiston Respublikasining 1984-yil 28-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi bir qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining yettinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 19, 281-modda).
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 29-aprelda qabul qilingan “Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish tartibiga ba’zi o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasining Nikoh va oila, Grajdanlik va Grajdanlik-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 13, 142-modda).
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 31-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksiga hamda Nikoh va oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 31, 358-modda).
17. O‘zbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining ba’zi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga va boshqa qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining uchinchi va o‘ninchi xatboshlari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 414-modda).
18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1987-yil 16-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun aktlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonining I bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1987-yil, № 3, 8-modda).
19. O‘zbekiston Respublikasining 1987-yil 23-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining uchinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1987-yil, № 15, 161-modda).
20. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 198-modda). | 79 | 7,654 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mehnat organlari faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish, ularning aholining, avvalambor yoshlarning bandligini ta’minlash va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 34 kishidan iborat markaziy apparatining tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga* muvofiq;
bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziriga markaziy apparatning, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalari, Bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga zarur hollarda belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat vazirini lavozimga tayinlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziri tomonidan viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda tayinlanadi;
aholi bandligiga ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlarining rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat vaziri, Toshkent shahri va viloyatlarning mehnat bosh boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tuman va shaharlar hokimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziri bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlanadilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (R. Azimov) ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va unga qarashli tashkilotlarning rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qilsin, uning natijalariga ko‘ra xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi darajasini belgilasin hamda vazirlikni zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali rahbar kadrlar va mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir oy muddatda Mehnat bosh boshqarmalari hamda Aholi bandligiga ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari to‘g‘risidagi yangilangan namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini moliyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli qarorining 4-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markaziga joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 15-uyga joylashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-sonli qarori, uning 4-bandi istisno qilingan holda, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi:
o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.Azimov zimmasiga yuklansin. | 116 | 4,104 |
Qonunchilik | “Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasini Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlari aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2012-yil 13-dekabrda Jahon bankining Direktorlar kengashi “Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oladigan, qaytarish muddati 25 yil bo‘lgan umumiy summasi 53,2 mln maxsus qarz olish huquqlari (82,0 mln AQSh dollariga teng) miqdorida kredit berishini ma’qullaganligi;
O‘zbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishdagi ulushi 53,9 mln AQSh dollari ekvivalentini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlarini berish tarzida — 22,6 mln AQSh dollarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qo‘yiladigan markazlashtirilgan kapital mablag‘lar — 31,3 mln AQSh dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yil deb (2013 — 2017-yillar) belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida tuzilgan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim asosida beriladi;
Buxoro viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK), “Kommunxizmat” agentligi va Buxoro viloyati hokimligi ko‘rsatib o‘tilgan loyiha amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar hamda kredit bo‘yicha foiz va vositachilik to‘lovlari loyihani amalga oshirish davrida 2013-yildan 2017-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga, keyingi yillarda — Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK mablag‘lari hisobiga, yetishmayotgan qismi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasi bo‘yicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini hamda kredit bo‘yicha vositachilik to‘lovlarini qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimni, shuningdek Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK bilan qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash;
Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK direktoriga loyihani Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan birga amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolash;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha yuridik xulosa berish vakolati berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri va “Kommunxizmat” agentligi bosh direktori, Buxoro viloyati hokimi, Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK direktori zimmasiga:
loyihani amalga oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish;
Jahon banki tartib-qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar hamda hujjatlarni belgilangan muddatlarda tayyorlash va taqdim qilinishini tashkil etish;
suv ta’minoti tashkilotlarining investitsiya oldi va investitsiya davrlaridagi ish samaradorligi;
Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK va unga tobe bo‘lgan shahar va tuman suv ta’minlash tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish;
suv ta’minoti tashkilotlarining faoliyat samaradorligini, shu jumladan iste’molchilarni yalpi xatlovdan o‘tkazish, hisobga olinmagan suv iste’molchilarini aniqlash, suv isrofgarchiligini kamaytirish va mablag‘lar yig‘ilishi darajasini ko‘tarish, ishlab chiqarish va moliyaviy hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yishni avtomatlashtirilgan billing tizimini joriy qilgan holda, abonentlarni va beriladigan hisob-kitoblarni zarur darajada hisobga olishni ta’minlash hisobiga oshirish ustidan nazoratni tashkil etish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
6. Loyihani boshqarish vazifasi “Kommunxizmat” agentligi huzurida faoliyat yuritayotgan Jahon bankining Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi zimmasiga yuklansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda “Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ulushini moliyalashtirishni nazarda tutsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab, kelasi yildagi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida Buxoro viloyati “Suvoqava” DUKning shu maqsadlarga yo‘naltiriladigan shaxsiy mablag‘lariga qo‘shimcha ravishda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti bo‘yicha komissiyalarni to‘lash, asosiy qarzni qoplashga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Buxoro viloyati “Suvoqava” DUK Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarz mablag‘larini qaytarish bo‘yicha majburiyatlarini bajarish uchun zarur pul mablag‘larini jamlash maqsadida xizmat ko‘rsatayotgan banklarda maxsus 22626 “Tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” hisobvarag‘ini ochsin.
9. “Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasining mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari qo‘shilgan qiymat solig‘idan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasining mablag‘lari hisobiga olib kelinadigan tovarlar va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).
Belgilansinki, mazkur imtiyozlarni berish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar ushbu loyihani amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shgan hissasi hisoblanadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Kommunxizmat” agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Kommunxizmat” agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari I.B. Zakirov zimmalariga yuklansin. | 191 | 7,664 |
Qonunchilik | Termiz muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Respublikada mahalliy ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, geologiya va konchilik tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, hududlarda zamonaviy fikrlaydigan, raqobatbardosh mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni bosqichma-bosqich qondirib borish maqsadida:
1. Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
mahalliy ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, geologiya va konchilik tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozorida raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish;
yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish, Institut professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish, bitiruvchilarning respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida (ilmiy markazlarda) magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha tahsil olishlarini tashkil etish;
o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribani, jumladan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, ochiq axborot-ta’lim muhitini ta’minlash;
o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy, jumladan tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish;
amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, shuningdek, ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish uchun grantlar jalb etish.
3. Quyidagilar:
2025-yilga qadar Termiz muhandislik-texnologiya institutini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Termiz muhandislik-texnologiya institutini 2025-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Institutda o‘qishni davom ettiradi hamda ularga o‘qish yakuni bo‘yicha Institut diplomi beriladi;
Institutga talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qo‘shimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Institut Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasasining dasturi asosida o‘z ta’lim dasturlarini shakllantirish;
ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda o‘quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish, haftada bir kunlik amaliyot tajribasini qo‘llash;
Institut faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatish, shuningdek, taqdim etiladigan xizmatlarni samarali amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni tashkil etish;
shaffoflik tamoyillari asosida xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maosh hamda boshqa to‘lovlarni belgilash va to‘lash;
professor-o‘qituvchilarni o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va “ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha bajargan ishlarining natijasi bo‘yicha rag‘batlantirib borish.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
a) ikki oy muddatda:
Institutni tanlov asosida ishlab chiqarish tashkilotlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida katta ilmiy va amaliy tajriba orttirgan mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish chorasini ko‘rsin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Institutning ixtisoslashgan fakultet va kafedralarini mos yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ulushiga ega yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin;
b) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tegishli magistratura mutaxassisliklari va 2023-yildan boshlab tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralarini ko‘rsin;
v) Institut uchun bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash ishlarini har yilgi Investitsiya dasturida sohaga ajratilgan limitlar doirasida amalga oshirish yuzasidan takliflarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritib borsin.
7. Surxondaryo viloyati hokimligi Institut faoliyatini samarali tashkil etish uchun boshqa hududlardan jalb etilgan professor-o‘qituvchilarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Institutga yaqin hududda joylashgan ko‘p qavatli uy-joylardan xizmat uylarini Institutga tekin foydalanish huquqi asosida ajratsin.
8. Institut faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
9. Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 288 “a”-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar tegishli hududi bilan birga Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3101-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
bir oy muddatda Institutning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov belgilansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-son qaroriga 2-ilovaning 31-pozitsiyasi “Oliy ta’lim muassasasi nomi” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali” so‘zlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qaroriga 1-ilovaning 22-bandidagi “Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali” so‘zlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4410-son qaroriga 5-ilovaning 10-pozitsiyasi “Oliy ta’lim muassasasi nomi” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali” so‘zlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5241-son qarorida:
a) 1-ilovaning 14-pozitsiyasi “Huzurida texnikumlar tashkil etilayotgan oliy ta’lim muassasalari” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali” so‘zlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 139 va 140-pozitsiyalari “Oliy ta’lim muassasalari” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali”, “Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali” so‘zlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 95 | 9,667 |
Qonunchilik | Bogʻcha bolalari, maktab oʻquvchilari va talabalarni tabiatni qadrlashga oʻrgatadilar | Vazirlar Mahkamasining 27.05.2019 yildagi 434-son qarori bilan Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida хabar berdi.
Konsepsiyaning maqsadi - yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, ekologiya sohasidagi ilm-fanni innovatsion teхnologiyalarni jalb qilgan holda takomillashtirish.
Hujjat bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ekolog bolajon” dasturini joriy etish va “Ekologik yoʻlakchalar” tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, “Ona tabiat” mavzusida ochiq havoda tanishtiruv soatlari oʻtkaziladi.
“Eng yaхshi ekologik toza maktab”, “Eng yaхshi ekolog oʻquvchi” – maktablarda oʻquv jarayoni amaliyotiga kiradigan koʻrik tanlovlar nomi. Litseylar va kollejlar oʻquvchilari uchun esa “Ekologiya bilimdoni” musobaqasi nazarda tutilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonidan tashqari va talabalar turar joylaridagi ta’limning shakli boʻlib “Eko-klublar” hisoblanadi.
2019 yil dekabrga qadar ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid zarur materiallar va boshqa ma’lumotlar berishga moʻljallangan “ekologiya.uz” saytini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. | 85 | 1,161 |
Qonunchilik | Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida | “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalaga kiritish kvotalari va tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish va muomalaga kiritish kvotalari va tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar davlat tomonidan olinishi hollariga tatbiq etilmaydi.
Banklar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish va ularning muomalada bo‘lishi xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi — qimmatli qog‘ozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning topshirig‘iga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni hisobga olishni va ularga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlashni qimmatli qog‘ozlarning egasi bo‘lmagan holda amalga oshiruvchi investitsiya vositachisi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi;
norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari — mulk huquqi depozitar tilxat bilan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan chiqarilgan aksiyalar va korporativ obligatsiyalar;
O‘zbekiston depozitar tilxati (O‘DT) — nominal qiymatga ega bo‘lmagan, norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari muayyan soniga mulk huquqini tasdiqlaydigan va uning egasining depozitar tilxatning o‘rniga uning emitentidan norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari muayyan sonini olishni va depozitar tilxat egasi tomonidan norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari bilan mustahkamlangan huquqlarni amalga oshirishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishni talab etish huquqini mustahkamlovchi qimmatli qog‘ozning hosilasi;
vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
norezidentning qimmatli qog‘ozlari — O‘zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan aksiyalar va korporativ obligatsiyalar shaklida chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar;
rezidentning qimmatli qog‘ozlari — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar;
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (Markaziy depozitariy) — depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni saqlash, bunday qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakati yagona tizimini ta’minlovchi davlat depozitariysi.
3. Markaziy depozitariy ushbu Nizomda belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtiriladigan va muomalada bo‘ladigan norezidentlarning qimmatli qog‘ozlarini va O‘DTni;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtiriladigan va muomalada bo‘ladigan rezidentlarning qimmatli qog‘ozlarini saqlaydi va ularga bo‘lgan huquqlarni hisobga oladi.
4. Norezidentning qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalada bo‘lishiga ayni bir vaqtda quyidagi shartlarga rioya qilinganda:
norezidentning qimmatli qog‘ozlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar turlari tushunchalariga muvofiq bo‘lganda;
norezidentning qimmatli qog‘ozlari qimmatli qog‘ozlarni identifikatsiyalashtirishning xalqaro kodiga (ISIN) va moliyaviy vositalarni tasniflashning xalqaro kodiga (CFI) ega bo‘lganda;
norezidentning qimmatli qog‘ozlari ular emitentining kelib chiqish mamlakati xorijiy birjasida listing tartibotidan o‘tgan va ko‘rsatib o‘tilgan birjaning birja kotirovkasi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lganda;
ta’sis etish joyi Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti va Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) to‘liq huquqli a’zosi hisoblangan davlatda bo‘lgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari mavjud bo‘lgan mamlakat rezidenti hisoblangan tashkilot emitent bo‘lganda;
imtiyozli rejim taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazishda axborot oshkor qilinishi va taqdim etilishini nazarda tutmaydigan davlatda va (yoki) hududda (offshor zonalarda) ta’sis etilgan tashkilot emitent hisoblanmaganda;
emitent ushbu emitent kelib chiqqan mamlakat qonunchiligiga muvofiq moliyaviy tashkilot hisoblanmaganda yoxud emitent O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq moliyaviy tashkilot sifatida qaralmaganda;
emitentning faoliyat ko‘rsatish muddati u ta’sis etilgan kundan boshlab kamida o‘n yilni tashkil etganda;
emitent keyingi uch yil mobaynida rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lganda, shuningdek xalqaro reyting agentliklarining mustaqil reyting bahosiga ega bo‘lganda;
Markaziy depozitariy, emitent va norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan huquqlarni hisobga oluvchi xorijiy depozitariy o‘rtasida O‘DT chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentning qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishga ushbu turdagi (toifadagi, tipdagi) chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining 25 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda ushbu qimmatli qog‘ozlarni ifodalaydigan O‘DTni chiqarish orqali yo‘l qo‘yiladi. Bunda O‘DT vakolatli davlat organi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Markaziy depozitariy O‘DT emitenti bo‘lishi mumkin.
6. O‘DT ushbu Nizomda va fond birjasi qoidalarida belgilangan tartibda listing tartibotidan o‘tmasdan fond birjasida joylashtirilishi va muomalada bo‘lishi mumkin.
7. Bir chiqarishdagi O‘DT faqat bir emitentning va ularning bir turining (toifasining, tipining) taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlariga, shuningdek taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarga huquqlar bir xil hajmlarda bo‘lganda va ularni chiqarish shartlarida mulk huquqini tasdiqlashi mumkin.
8. O‘DT emissiyasi jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
O‘DTni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va tasdiqlash;
O‘DTga identifikatsiya raqami bergan holda uning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
O‘DTni joylashtirish.
9. Markaziy depozitariyning O‘DTni chiqarish to‘g‘risidagi qarorida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) Markaziy depozitariyning to‘liq nomi, bank rekvizitlari, u joylashgan joy va pochta manzili, shuningdek rasmiy veb-sayt va elektron pochta manzili;
2) O‘DTni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va tasdiqlangan sana;
3) norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari emitentining nomi va turgan joyi, shuningdek uni yuridik shaxs sifatida identifikatsiyalash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlar;
4) norezidentning qimmatli qog‘ozlari emitenti ta’sis hujjatlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari;
5) norezidentning qimmatli qog‘ozlari emitentining aloqa qilish uchun ma’lumotlari, uning pochta manzili va elektron pochta manzili, shuningdek rasmiy veb-sayti;
6) norezidentning qimmatli qog‘ozlari emitenti rahbari to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumot, shu jumladan uning to‘liq nomi, fuqaroligi, aloqa qilish uchun ma’lumotlar;
7) norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarining turi, toifasi (tipi);
8) norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari bilan mustahkamlangan huquq va majburiyatlar;
9) emitent ustav kapitalining 5 foizidan ortiqqa egalik qiluvchi emitentning aksiyadorlari (ishtirokchilari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan to‘liq (qisqartirilgan) nomi (ismi), ularning kelib chiqish mamlakati (fuqaroligi), aloqa qilish uchun ma’lumotlar;
10) ularga bo‘lgan mulk huquqi ushbu chiqarilishdagi bir O‘DT bilan tasdiqlanadigan norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari soni;
11) norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarini hisobga oluvchi va ularga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi xorijiy depozitariyning to‘liq nomi, uning bank rekvizitlari, joylashgan joyi (davlatning nomi) va pochta manzili, shuningdek rasmiy veb-sayt va elektron pochta manzili;
12) O‘DTni joylashtirish shartlari;
13) O‘DT egalarining huquqlari, shuningdek norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari bilan mustahkamlangan huquqlarning O‘DT egalari tomonidan amalga oshirilishi (realizatsiya qilinishi) tartibi;
14) Markaziy depozitariyning O‘DT egasining talabi bo‘yicha norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari tegishli sonini taqdim etish yoki realizatsiya qilish va O‘DTni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘larini O‘DTning egasiga berish majburiyati;
15) Markaziy depozitariyning, agar O‘DT egasi O‘zbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlat qonunchiligiga muvofiq norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari egasi hisoblanishi mumkin bo‘lmasa, O‘DT egasi uni so‘ndirishni talab qilgan taqdirda norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari tegishli sonini realizatsiya qilish majburiyati;
16) agar norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari aksiyalar bo‘lsa — O‘DT egalari tomonidan Markaziy depozitariyga ovoz berish tartibi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish (yuborish) tartibi va Markaziy depozitariyning O‘DT egalari ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘lgandan boshqacha bo‘lmagan tarzda ovoz berish huquqini amalga oshirishni ta’minlash majburiyati, shuningdek ovoz berish yakunlarini O‘DT egalariga taqdim etish bo‘yicha majburiyat;
17) Markaziy depozitariyning vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan hajmda, tartibda va muddatlarda axborotni oshkor qilish majburiyati;
18) Markaziy depozitariyning norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari sonining muomaladagi O‘DT soniga muvofiqligini ta’minlash majburiyati;
19) Markaziy depozitariyning norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha huquqlar O‘DT egalari tomonidan amalga oshirilishi yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish majburiyati, shu jumladan ushbu qimmatli qog‘ozlar egalari olishi kerak bo‘lgan daromadlarni (dividendlar, foizlarni) va boshqa to‘lovlarni olish, shuningdek bunday xizmatlar ko‘rsatish tartibi va shartlari;
20) norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha O‘DT egalariga tegishli bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirish muddati;
21) norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari emitentining O‘DT egalari oldidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi axborot;
22) O‘DTni saqlash, hisobga olish va unga bo‘lgan huquqlarning o‘tishi tartibi;
23) O‘DT bo‘yicha majburiyatlarni ijro etish uchun O‘DT egalarining ro‘yxatini tuzish tartibi va muddatlari;
24) O‘DTni maydalash imkoniyati va tartibi;
25) O‘DTni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar.
Yuqorida bayon qilinganlar bilan birgalikda, agar norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘lsa, Markaziy depozitariyning O‘DTni chiqarish to‘g‘risidagi qarorida O‘DTni so‘ndirish mexanizmi belgilanishi kerak.
10. O‘DTni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.
11. O‘DTni chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati, shuningdek O‘DT emissiyasi risolasiga qo‘yiladigan talablar vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
12. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ariza berilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Undiriladigan yig‘im summasi vakolatli davlat organining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
13. O‘DTni chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar vakolatli davlat organi tomonidan ular taqdim etilgan sanadan boshlab o‘ttiz ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Emitent tomonidan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ularning ko‘rib chiqish muddati yangidan hisoblanadi.
14. Quyidagilar:
O‘DTni chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarning to‘liq turkumi taqdim etilmasligi;
emitent tomonidan norezidentning kelib chiqish mamlakatining qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunchiligi buzilganligidan, uning qimmatli qog‘ozlarining legitim emasligidan, uning noqonuniy faoliyatidan yoxud u tugatish bosqichida turganligidan guvohlik beruvchi ma’lumotlar mavjudligi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslar O‘DTni chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asoslar hisoblanadi.
15. O‘DT ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda uni O‘zbekistonning fond birjasida joylashtirishga va muomalada bo‘lishiga ushbu fond birjasining tegishli qarori asosida yo‘l qo‘yiladi.
16. O‘DTni fond birjasida joylashtirishni tashkil etish anderrayting xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida anderrayter tomonidan amalga oshiriladi.
17. O‘DTni joylashtirish va uning muomalada bo‘lishi uni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda Markaziy depozitariyda hisobga qo‘yish yo‘li bilan va Markaziy depozitariy bilan norezidentning qimmatli qog‘ozlariga xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy depozitariy o‘rtasida tuzilgan depozitariylararo o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari Markaziy depozitariy, xorijiy depozitariy va ushbu qimmatli qog‘ozlar emitenti o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida ularni saqlash va hisobga olish uchun Markaziy depozitariyga topshirilishi mumkin.
18. O‘DTning qo‘shimcha chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi va O‘DTni chiqarishning eng ko‘p darajadagi sonini ko‘paytirish yuzasidan O‘DT chiqarish to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan talablarga muvofiqligi sharti bilan u ayni bir vaqtda muomalada bo‘lishi mumkin.
19. Vakolatli davlat organining qarori bo‘yicha O‘DTni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish:
O‘DTni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda yoki O‘DT emissiya risolasida, shuningdek norezidentlarning qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirishga yo‘l qo‘yilishiga asos bo‘lgan boshqa hujjatlarda noto‘g‘ri, to‘liq bo‘lmagan va (yoki) investorlarni chalg‘itadigan axborotlar aniqlangan;
Markaziy depozitariy va (yoki) O‘DT emissiya risolasini imzolagan investitsiya vositachisi, shuningdek anderrayter tomonidan ushbu Nizom va unga muvofiq qabul qilingan vakolatli davlat organining normativ-huquqiy hujjatlari talablari buzilgan;
vakolatli davlat organi tomonidan emitentning kelib chiqishi mamlakatida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi tashkilotdan emitent tomonidan mamlakat qonunchiligi, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida axborot, shuningdek norezidentning qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishni va ularning muomalada bo‘lishini bekor qilish yoxud to‘xtatib turish to‘g‘risida axborot olingan yoki ushbu qimmatli qog‘ozlar emitenti faoliyati tugatilgan yoxud to‘xtatib turilgan taqdirda to‘xtatib turiladi.
20. O‘DTni joylashtirish tugallangandan keyin Markaziy depozitariy vakolatli davlat organiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rsatib o‘tilgan joylashtirish tugaganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani taqdim etishi shart.
21. O‘DTning O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishiga, agar norezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari shartlarida chiqarilishni amalga oshgan deb e’tirof etish uchun emissiya hajmiga talablar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan bildirishnoma taqdim etilgandan va uni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish tugaganligi to‘g‘risidagi axborot oshkor qilingandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
22. Rezidentning qimmatli qog‘ozlari, agar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ushbu turdagi (toifadagi, tipdagi) chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining 25 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda joylashtirilishi va muomalada bo‘lishi mumkin.
23. Rezidentning qimmatli qog‘ozlari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirilishi va ularning muomalada bo‘lishi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, tegishli mamlakatning xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Rezidentning qimmatli qog‘ozlari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ular joylashtirilishiga va muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladigan mamlakat qonunchiligiga muvofiq xorijiy depozitariy tomonidan chiqariladigan depozitar tilxatlar shaklida joylashtiriladi va muomalada bo‘ladi.
25. Rezidentning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Markaziy depozitariy tomonidan tasdiqlanadi.
26. Rezidentning — respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan, davlat ulushi bor bo‘lgan xo‘jalik jamiyatining qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish va ularning muomalada bo‘lishi Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalarida aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi tomonidan oldindan ko‘rib chiqilishi kerak.
27. Rezidentning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtiriladigan qimmatli qog‘ozlari Markaziy depozitariy tomonidan saqlanadi va hisobga olinadi.
Rezidentning qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirishda ushbu qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlar faqat ularni joylashtirishdan emitentning respublika tijorat bankidagi hisob-kitob raqamiga mablag‘lar tushganligi emitent tomonidan Markaziy depozitariyga tegishli bildirishnoma yuborish yo‘li bilan tasdiqlangandan keyin ularni ifodalaydigan depozitar tilxatlar egalariga o‘tadi.
28. Markaziy depozitariy xorijiy depozitariy bilan tuzilgan tegishli shartnoma asosida depozitar tilxatlar egalariga rezidentning taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlari mavjudligini tasdiqlaydi.
29. Xorijiy depozitariy emitent-rezidentning qimmatli qog‘ozlari egalari reyestrida qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchisi sifatida hisobga olinadi.
30. Iqtisodiyotga jiddiy zarar yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfiga yo‘l qo‘ymaslik yoki buni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi norezidentning qimmatli qog‘ozlari turlarini, ularning soni va hajmini cheklashda ifodalanadigan norezidentning qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritishga qo‘shimcha kvotalar belgilash yo‘li bilan himoya choralarini qo‘llashga haqlidir.
31. Tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, auditorlik tashkilotlari, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish va ularning muomalada bo‘lishiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadi.
32. Norezidentning O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlari bilan bog‘liq investitsiya faoliyati doirasida sodir etiladigan kapitalning harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
33. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra O‘DTni chiqarish ushbu Nizom bilan Markaziy depozitariy uchun nazarda tutilgan tartibda tijorat banki tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
34. Norezidentning qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalada bo‘lishini tashkil etishda ishtirok etuvchi shaxslar, teng darajada esa rezidentning qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish va ularning muomalada bo‘lishini tashkil etishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida javob beradilar. | 100 | 21,212 |
Qonunchilik | QAShQADARYo VILOYATINING QAMAShI TUMANIDA YuZ BERGAN ZILZILA OQIBATLARINI TUGATISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | 2000-yil 20-aprelda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish, tuman aholisini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumat komissiyasining Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida zilzila oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hukumat komissiyasining zilziladan zarar ko‘rgan Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tiklash ishlarini olib borish va yangi qurilishni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Qashqadaryo viloyati hokimligi, buyurtmachi vazirliklar va idoralar tiklash ishlari olib borilishini va yangi qurilishni amalga oshirishni Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ta’minlasinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi istisno tariqasida 2000-yilda Vazirlar Mahkamasining Kafolatli jamg‘armasidan Qashqadaryo viloyati hokimligiga ilovaga muvofiq ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish va yangi qurilish uchun 2,0 mlrd so‘m ajratsin. Ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik Qashqadaryo viloyati hokimligiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tiklash ishlari va yangi qurilish uchun ajratilayotgan mablag‘lardan Qashqadaryo viloyati hokimligi maqsadli foydalanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2001-yilgi Investitsiya dasturida Qashqadaryo viloyati hokimligiga buzib tashlanayotgan va tiklab bo‘lmaydigan obyektlar o‘rniga qurilayotgan obyektlar ishga tushirilishini ta’minlash uchun maqsadli markazlashtirilgan sarmoya qo‘yilmalarining tegishli limitlarini ajratishni nazarda tutsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
kommunal xo‘jaligi, ma’muriy, madaniy-maishiy va ishlab chiqarish yo‘nalishidagi obyektlarni tiklash va ta’mirlash tadbirlari tegishli vazirliklar, idoralarning mablag‘lari hamda korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobiga;
budjetdagi tashkilotlar bo‘yicha tiklanmaydigan obyektlarni buzish va ta’mirlash ishlari mahalliy budjet va homiylar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tashkilotlar va korxonalarga zilziladan zarar ko‘rgan obyektlarda qurilish va tiklash ishlarini mahalliy smetalar bo‘yicha loyihalash bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
5. Quyidagilar:
“O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi tomonidan Xalq banki bo‘limlari orqali zilziladan zarar ko‘rgan xususiy uy-joylar egalariga 6709,8 ming so‘m miqdorida sug‘urta to‘lovlari berilganligi;
“Paxta-bank”, “O‘ztadbirkorbank” va Xalq banki tomonidan zilziladan zarar ko‘rgan xususan uy-joylarning eng muhtoj egalariga kredit berish uchun 17 mln so‘m miqdorida (5—7 foizli yillik stavka bilan) imtiyozli kreditlar ajratish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi 2000-yilda Qamashi tumanida ilovaga muvofiq nazarda tutilgan rekonstruksiya qilish va tiklash, shuningdek foydalanishga topshirish ishlarini:
maktablar, bolalar bog‘chalari, kollejlar, shu jumladan, ilgari foydalanishga topshirilishi 2001-yilga mo‘ljallangan qurilish kollejining birinchi bosqichi bo‘yicha — 2000-yil 1-sentabrgacha;
sog‘liqni saqlash obyektlari bo‘yicha — 2000-yil 1-noyabrgacha tugallashni ta’minlasinlar.
7. Vazirliklar, idoralar va Qashqadaryo viloyati hokimligi ushbu qarorning bajarilishi to‘g‘risida har oyning 1 va 16-kunlarida Hukumat komissiyasiga axborot bersinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va Qashqadaryo viloyati hokimi Sh.R. Begmatov zimmasiga yuklansin. | 111 | 3,899 |
Qonunchilik | Iste’molchilar kommunal хizmatlar uchun kvitansiyalar toʻldirishmaydi | Vazirlar Mahkamasining 14.09.2017 yildagi 726-son “Kommunal хizmatlarning yagona billing tizimini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Iste’molchining birхillashtirilgan yagona shaхsiy raqamidan foydalangan holda Kommunal хizmatlarning yagona billing tizimi 2018 yil 1 avgustgacha ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi darkor. Bu Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy-kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, energiya ta’minoti tashkilotlariga topshirilgan. Yagona integrator tizimning ishini va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini muvofiqlashtirish uchun mas’ul hisoblanadi.
Billing tizimi iste’molchilarga hisob taqdim etadi va hisobvaraqlardagi pullarni, ularni kommunal хizmatlar yetkazib beruvchilarining amaldagi tariflari boʻyicha oʻtkazish va hisobdan chiqarishni nazorat qiladi. Shuningdek, uning vazifasiga hisoblagichlarni boshqarish ham kiradi: iste’molchilarga kommunal хizmatlari koʻrsatishni aktivlashtirish yoki blokirovka qilish.
Tizim vositasida kommunal хizmat koʻrsatish sohasiga interaktiv хizmatlar joriy qilinadi. Masalan, elektron toʻlov tizimlari.
Kommunal хizmatlar yetkazib beruvchilari tizimga bosqichma-bosqich ulanadi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 69 | 1,430 |
Qonunchilik | Savdo qonunda yoziladi | QHTBT portalida "Savdo toʻgʻrisida"gi Qonun loyihasi joylashtirilgan. U Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mazkur hujjatning asosiy maqsadi - savdo sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun loyihasi 4 ta bob, 15 ta moddadan iborat va quyidagi vazifalarni hal qilishni nazarda tutadi:
Qonun loyihasi tashqi va birja savdolari, koʻchmas mulk boʻyicha bitimlar, energoresurslar ta’minoti, lombardlar, intellektual mulk sohalaridagi savdo munosabatlarini tartibga solishni nazarda tutmaydi.
Qonun loyihasi savdo faoliyatining quyidagi jihatlarini tartibga solishga qaratilgan qoidalarni oʻz ichiga olgan:
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Bahodir Qayumov. | 22 | 771 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMONLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish borasidagi qonunchiligini tashqi iqtisodiy faoliyatni hamda valyuta siyosatini erkinlashtirish va birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmonining ilovasi bilan tasdiqlangan “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risida Nizom”ning:
a) 1-bandida ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
v) 10-bandida:
birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” so‘zlari olib tashlansin;
ikkinchi xatboshi olib tashlansin;
ushbu band mazmuni quyidagicha xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Valyutani sotib olish, sotish va undan foydalanish tartiblarini buzganlik uchun vakil qilingan banklarga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazo choralari, shu jumladan ularning ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish huquqidan vaqtincha, 6 oy muddatga qadar mahrum etishgacha bo‘lgan jazo qo‘llaniladi.
Belgilangan muddatlardan 30 bank kunidan ko‘proq vaqt o‘tgandan keyin chet eldan valyuta tushumi kelib tushishining kechikishiga yo‘l qo‘ygan yuridik shaxs rezidentlar kelib tushmagan valyuta mablag‘larining 100 foiziga teng miqdordagi summani jarima tariqasida respublika budjeti daromadiga to‘laydilar”;
g) 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eksport-import operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlarning asosiy shakllari hujjatli akkreditivlar, bank jo‘natmasi va inkasso hisoblanadi.
Import kontraktlari bo‘yicha avans to‘lovlari kontraktda nazarda tutilgan qiymatning 15 foizidan oshmaydigan, ammo 100000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan summa doirasida, faqat import qiluvchi korxonaga xizmat ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi vakolatli bankining aloqador bankning muqobil bank kafolati mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Mazkur summadan oshadigan avans to‘lovlarini o‘tkazish faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xulosasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.” | 97 | 2,380 |
Qonunchilik | “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotga | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 2-fevraldagi 5, 4, 2011-4-son “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 9-son, 93-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 26-iyuldagi 44, 7, 2011-23-son “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2203-1, 2011-yil 23-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 354-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-son “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2203-2, 2013-yil 11-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son, 212-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 49, 73, 2014-15-son “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2203-3, 2014-yil 22-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 30-son, 376-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 10-fevraldagi 9, 90, 2015-4-son “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2203-4, 2015-yil 19-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 7-son, 87-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 25-yanvardagi 6, 124, 2017-08-son “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2203-5, 2017-yil 6-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 80-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 19-apreldagi 83, 13, 2018-32-son “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2203-6, 2018-yil 1-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 18-son, 373-modda). | 250 | 3,817 |
Qonunchilik | “Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida | “Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 22-dekabrdagi 308-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2170, 2010-yil 22-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 503-modda) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqda:
a) nomidagi va 1-banddagi “Davlat notarial idoralarida” degan so‘zlar “Notarial idoralarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
2. Qoidalarda:
a) nomidagi “Davlat notarial idoralarida” degan so‘zlar “Notarial idoralarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi va “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq notarial idoralarda notarial ish yuritish, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibini belgilaydi.”;
v) 1-banddagi “qonunlarda” degan so‘z “qonunda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
g) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Notarial idoralarda notarial ish yuritishni tashkil etish mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.”;
d) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Notarial ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish uchun notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius javobgardir.
Notarial ish yuritish va (yoki) arxiv ishlarini olib borish davlat notarial idoralarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi o‘rinlarda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) rahbarining buyrug‘i bilan notarial idora xodimlaridan biriga, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarda esa notariusning buyrug‘i bilan notariusning o‘ziga yoki xodimlaridan biriga yuklanadi.
Notarial ish yuritish va (yoki) arxiv ishlarini olib borish yuklatilgan shaxs (bundan keyingi o‘rinlarda mas’ul shaxs deb yuritiladi) ishdan bo‘shaganda yoki boshqa ishga o‘tkazilganda hujjatlar yangi tayinlangan xodimga dalolatnoma asosida topshiriladi.”;
e) 5-banddan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 257-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
j) 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari, Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari hamda boshqa yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushgan topshiriqlar nazoratga olinadi.
Notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan boshqa hujjatlarning ijrosi ham nazoratga olinishi mumkin.”;
z) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi notarial idoraning nomi ko‘rsatilgan holda adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar (bundan keyingi o‘rinlarda notarial arxiv deb yuritiladi) bilan kelishiladi.
Notarial idoralarning hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi notarius tomonidan mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan hujjatlar yig‘majildlarining namunaviy nomenklaturasidan kelib chiqib tasdiqlanadi.
Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi bir kalendar yil davomida amalda bo‘ladi va har yili yangidan tasdiqlanadi. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi ikki nusxada tuziladi. Birinchi nusxa adliya boshqarmasida yoki Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasida, ikkinchi nusxasi esa notarial idorada saqlanadi. Notarial idorada saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasidan ish nusxasi sifatida foydalaniladi.”;
i) VI bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VI. Hujjatlarning notarial idorada saqlanishi va notarial arxivlarga topshirish”;
k) 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxiv ishini yuritishi shart.
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach notarial arxivlarga topshirilishi kerak.”;
l) 1 — 3-ilovalar tegishli ravishda mazkur o‘zgartirishlarning 1 — 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
1-1. Yuqori turuvchi tashkilotlarning buyruq va ko‘rsatmalari.
1-2. Notarial amaliyotni umumlashtirish bo‘yicha hujjatlar.
1-3. Notarial idorani tekshirish natijalari haqida ma’lumotnoma va dalolatnomalar.
1-4. Shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqlar, mehnat shartnomalari va boshqa hujjatlar.
1-5. Boshqa tashkilotlar bilan yozishmalar.
1-6. Notarial arxivga topshirilgan hujjatlarning ro‘yxati va topshirish dalolatnomalari.
1-7. Xalqaro shartnomalar bo‘yicha yozishmalar.
1-8. Boshqa hujjatlar.
2-1. Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalar va ularni tasdiqlash uchun asos bo‘lgan hujjatlar.
2-2. Garov (ipoteka) shartnomalari hamda ularni tasdiqlash uchun asos bo‘lgan hujjatlar.
2-3. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalar va ularni tasdiqlash uchun asos bo‘lgan hujjatlar.
2-4. Boshqa shartnomalar.
2-5. Ishonchnomalar.
2-6. Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar.
2-7. Meros ishlari.
2-8. Ijro xatlarini yozish va unga tegishli bo‘lgan hujjatlar.
2-9. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan ko‘chirmalar berishga oid hujjatlar.
2-10. Mediatsiya ishlarini yuritishga oid hujjatlar.
2-11. Dalillarni ta’minlashga oid hujjatlar.
2-12. Boshqa notarial harakatlar.
3-1. Tugallanmagan meros ishlari bo‘yicha hujjatlar.
3-2. Meros mol-mulkini qo‘riqlash choralarini ko‘rish bo‘yicha arizalar.
3-3. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish yoki rad etish haqidagi qarorlar.
3-4. Hujjatlarni ekspertizaga jo‘natish haqidagi qarorlar.
3-5. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar.”. | 124 | 7,310 |
Qonunchilik | Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi | Prezident tomonidan 25.05.2022 yildagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, jumladan, kam ta’minlangan bolali oilalarni aniq yoʻnaltirilgan tarzda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, insonparvarlik, mehr-oqibat, saхovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida:
quyidagilarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish nazarda tutilgan:
a) yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – 300 ming soʻmdan;
-Toshkent shahrida – 400 ming soʻmdan.
b) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga toʻlmagan bolasiga – 200 ming soʻmdan.
Bir nechta toifa boʻyicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa boʻyicha toʻlab beriladi.
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Markaziy bank va tijorat banklariga bir martalik moddiy yordam toʻlovlarining ikki hafta muddatda toʻliq toʻlanishini ta’minlash topshirildi.
Belgilanishicha, uyida vaqtincha boʻlmaganligi yoki boshqa sabablarga koʻra bir martalik moddiy yordam pullarini oʻz vaqtida ololmagan fuqarolar toʻlanmagan moddiy yordam pullarini 2022 yil 1 sentyabrga qadar olish huquqiga ega.
Lola Abduazimova. | 69 | 1,885 |
Qonunchilik | Elektron shartnomalarga oʻtganda nimalarni hisobga olish lozim | Karantin sharoitida tovarlar, ishlar va хizmatlar oldi-sotdisining odatdagi usullari doim qulay boʻlmaydi, hatto ularni amalga oshirib boʻlmasligi ham mumkin. Yuridik masalalar boʻyicha «Norma» eksperti Oleg ZAMANOV elektron shartnoma tuzayotganda qanday muhim jihatlarni hisobga olish lozimligi haqida gapirib berdi:
E-tijoratning huquqiy jihatdan afzalliklari
Elektron hujjatlar va aхborot yuridik kuchi boʻyicha «qogʻozdagilariga» tenglashtiriladi va ulardan bitimlar tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin.
Oʻz holicha elektron tijorat – faoliyat turi emas, balki shakli, shu sababli uning uchun alohida litsenziya, ruхsatnoma yoki guvohnoma talab etilmaydi. Biroq litsenziyalanishi lozim boʻlgan yoki boshqa ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni talab etadigan tovarlarni, ishlarni va хizmatlarni realizatsiya qilish chogʻida sotuvchida (ijrochida) ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar boʻlishi kerak.
E-tijorat uchun ulgurji va chakana savdoga oid umumiy talablar ham juda soddalashtirilgan.
Quyidagilarga yoʻl qoʻyiladi:
Quyidagilar talab etilmaydi:
Shuningdek tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaхsiy mulk, ijara yoki boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan avtotransportda mamlakatimiz hududi boʻylab yetkazib berish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.
Quyidagi tovarlar, ishlar va хizmatlarni eksport kontraktlarini rasmiylashtirmasdan onlayn internet-doʻkonlar orqali eksport qilish mumkin:
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing. | 62 | 1,506 |
Qonunchilik | Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qishi uchun haq to‘lash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 31-dekabrdagi 46 va 121-son qarori (ro‘yxat raqami 1898, 2009-yil 5-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 6-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qishi uchun haq to‘lash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. O‘qish uchun ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘lar birinchi navbatda bolalar musiqa va san’at maktablarini saqlash xarajatlariga (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno) yo‘naltiriladi. Tushumlarning qolgan qismi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) 40 foizgacha — maktab pedagog xodimlari umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizini qamrab olgan holda o‘qituvchi va konsertmeysterlar bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar shaklida rag‘batlantirishga, shuningdek o‘quvchilari xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallarda 1, 2, 3, 4-o‘rinlarni egallagan o‘qituvchi va konsertmeysterlarga tegishincha eng kam oylik ish haqining 10, 9, 8, 7 barobari miqdorida, respublika tanlovlarida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallaganligi uchun esa tegishincha eng kam ish haqining 6, 5, 4 barobari miqdorida mukofotlashga;
b) 20 foizgacha — o‘quvchi, o‘qituvchi va konsertmeysterlarni tanlovlar, festivallar, ustoz saboqlari hamda ijodiy maktablardagi mashg‘ulotlarga borishi, shuningdek o‘quvchilarning teatr, muzey, konsertlarga tashrifi bilan bog‘liq xarajatlarini to‘lashga, maktabda madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga;
v) qolgan mablag‘lar — mavjud kreditorlik qarzlarini qoplashga va moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (bino va inshootlarni, mebel, musiqa asboblari va jihozlarni kapital va joriy ta’mirlashga, shuningdek mebel, uskunalar, musiqa asboblari, o‘quv qo‘llanmalari, adabiyotlar va boshqa zarur jihozlar sotib olishga).”.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 189 | 2,353 |
Qonunchilik | Endokrinologiya хizmatining yangi vazifalari belgilandi | Prezident tomonidan 26.01.2022 yildagi “Endokrinologiya хizmatini takomillashtirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Maqsad qoʻyildi - aholiga koʻrsatilayotgan endokrinologik yordamning samarali hamda zamonaviy tizimini shakllantirish, kasalliklar va ularning asoratlari profilaktikasini takomillashtirish, aholiga yuqori malakali endokrinologiya yordamini koʻrsatish sifatini oshirish.
Quyidagilar aholiga koʻrsatilayotgan endokrinologiya хizmatini tashkil etishning eng muhim yoʻnalishlari etib belgilandi:
2022 yil 1 apreldan boshlab endokrin kasalliklarni erta aniqlash va maqsadli kuzatishni ta’minlash uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiy kuzatuv va patronajning yangi modeli joriy etiladi:
2022-2024 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami koʻrsatishni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Belgilanishicha:
Shunday tartib oʻrnatilmoqda, unga muvofiq:
Bemorlarga bepul beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlar markazlashgan tartibda хarid qilinadi hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari orqali taqsimlanadi.
Bir oy muddatda oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi kattalar va bolalar shifokor endokrinologi lavozimlarining shtat me’yorlarini bir shtat birligidan kam boʻlmagan miqdorda belgilash rejalashtirilmoqda.
Lola Abduazimova. | 55 | 1,400 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-748-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 135-moddasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-748-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi maromiga yetkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga qaytarilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va Qonunchilik palatasi muhokamasiga qaytadan ikkinchi o‘qishda kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 829 |
Qonunchilik | Aholining dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va eng zarur tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-son Farmoniga muvofiq:
1. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartibning (keyingi o‘rinlarda — Tartib) amal qilish davrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha bojxona chegarasi orqali o‘tkazilayotgan zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo, materiallar va substansiyalarga nisbatan bojxona bojlari undirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar va substansiyalar, eng zarur tovarlar narxlari ustidan kunlik monitoring o‘tkazishni ta’minlasin hamda ularning narxlarini sun’iy oshirish, sun’iy tanqislik va yuqori talabni vujudga keltirishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
3. Tartib amal qilish davrida, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-son farmoyishiga asosan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi):
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-fevraldagi “Tayyor dori vositalarining importini tartibga solish to‘g‘risida”gi 49-son qarori bilan tasdiqlangan import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz tatbiq etilmaydigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kiradigan ayrim tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarga uch oygacha bo‘lgan muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz amal qilishi to‘g‘risida qaror qabul qilish;
ayrim turdagi eng zarur tovarlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni import qilishda uch oygacha bo‘lgan muddatga bojxona boji va aksiz solig‘i stavkalarini 0 foizgacha kamaytirish huquqlari berilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 158 | 2,403 |
Qonunchilik | “Sud, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash depar | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 4-oktabrda kiritilgan “Sud, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-428-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 950 |
Qonunchilik | “Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 13-yanvardagi 2, 2017-02-son “Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2854, 2017-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 3-son, 48-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 249 | 721 |
Qonunchilik | “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi 609–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 78-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning maqsadi shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi mahalla fuqarolar yig‘ini (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi) raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) ishtirok etishi ixtiyoriy hamda erkindir. Fuqarolarga ularni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida, shuningdek ularning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi) doimiy yashovchi fuqarolar ega.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etishi mumkin emas.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish oshkoralik, muqobillik va teng saylov huquqi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tashkil etilayotganda hamda o‘tkazilayotganda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida fuqarolar voqif etiladi, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz berish yakunlari to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritib boriladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga ikki va undan ko‘p nomzod ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) har bir ishtirokchisi bir ovozga ega bo‘ladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari fuqarolar yig‘ini tomonidan, fuqarolar yig‘inini chaqirish imkoni bo‘lmagan taqdirda esa, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi tomonidan ikki yarim yil muddatga saylanadi.
Davlat organlari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi, zarur hollarda esa ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlashi shart.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazish muddatlari saylov boshlanishidan kamida ikki oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat Kengashining komissiyasi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish davriga tuziladi.
Senat Kengashi komissiyasining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini qonun hujjatlariga to‘la muvofiq holda tashkil etish hamda o‘tkazish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
komissiyalar saylovni samarali o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan ta’minlanishini tashkil etish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini o‘tkazish masalalari yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
saylov yakunlari to‘g‘risida tegishli komissiyalar tomonidan taqdim etilgan axborotni umumlashtirish va ko‘rib chiqish, bu axborotni keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish.
Senat Kengashining komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hududida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi.
Komissiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi qarori bilan tuziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish davriga tuziladi. Tumanlar va shaharlar komissiyalari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘inlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar komissiyaga a’zo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular komissiya tarkibidan chiqariladi.
Komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida:
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarning (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
hovlilar, uylar, ko‘chalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi normasini belgilaydi;
ishchi guruhlardan keyinchalik tegishli tuman, shahar hokimlari bilan kelishish uchun fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilib oladi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadigan byulletenlar namunalari mustasno;
ishchi guruhlarning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari bilan bog‘liq axborotini eshitadi;
tegishli hududda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqaradi hamda Senat Kengashining komissiyasiga axborot taqdim etadi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivga yoki idoraviy arxivga topshirilishini ta’minlaydi.
Komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarori bilan ishchi guruh tuziladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin ishchi guruh o‘z faoliyatini tugatadi.
Ishchi guruh tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘inining, tegishli hududda joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek xalq deputatlari tegishli tuman (shahar) Kengashining deputati kiritiladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa xodimlari, shuningdek fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yig‘ini organlari boshqa xodimlarining yaqin qarindoshlari ishchi guruh tarkibiga kiritilishi mumkin emas.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar ishchi guruhga a’zo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular ishchi guruh tarkibidan chiqariladi.
Ishchi guruh:
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilaydi hamda uni o‘tkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qiladi;
hovlilar, uylar, ko‘chalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi bo‘yicha umumiy yig‘ilishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
hovlilar, uylar, ko‘chalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisi umumiy yig‘ilishining ishtirokchilarini ro‘yxatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda aholining umumiy yig‘ilishi bayonnomasini tuzadi;
tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda tegishli komissiyaga taqdim etish uchun fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining takroriy saylovi, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
Ishchi guruh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi guruh fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tayyorlaydi va tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga saylovdan kamida o‘n kun oldin taqdim etadi. Hujjatlarga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning o‘z nomzodi ko‘rsatilishiga yozma roziligi ilova qilinadi.
Tuman yoki shahar hokimi fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va o‘zining ushbu nomzodlar bo‘yicha asoslantirilgan xulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyalarga yuboradi.
Ishchi guruh tuman yoki shahar hokimining xulosasini olganidan keyin fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga kelishilgan nomzodlar haqidagi axborotni saylovdan kamida besh kun oldin fuqarolar yig‘ini binosiga va guzarlarga osib qo‘yadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo‘lishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarda yoxud tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi kerak.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, og‘ir yoxud o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emas.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdor tarkibi hovlilar, uylar, ko‘chalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi inobatga olingan holda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar tegishli hududda doimiy yashaydigan fuqarolarning fikrlari inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan ko‘rsatiladi.
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda chaqiriladi va o‘tkaziladi.
Fuqarolar vakillari yig‘ilishiga hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Tarkibida mahallalar mavjud bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga mahallalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi.
Vakillik normasini tegishli komissiya belgilaydi.
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishchi guruhning rahbari raisligida o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) kun tartibiga, qoida tariqasida, quyidagi masalalar kiritiladi:
sanoq komissiyasini saylash;
fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash;
fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) maslahatchilarini saylash.
Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) ish reglamenti, shu jumladan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning ma’ruzalari, ularning muhokamasi, savollar va javoblar uchun vaqt belgilanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi bo‘yicha ovoz berish natijalarini aniqlash uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan kamida uch kishidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.
Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni e’lon qiladi. Shundan so‘ng fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning har biriga so‘z beradi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning ma’ruzasi alifbo tartibida o‘tkazilib, nomzodlar o‘zining kelgusi faoliyat dasturini e’lon qiladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Ovoz berish shakli to‘g‘risidagi qaror fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi ochiq ovoz berish orqali o‘tkazilayotganda ovoz berish har bir nomzod bo‘yicha qo‘l ko‘tarish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qo‘yadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilganidan keyin, fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qo‘yadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi yashirin ovoz berish orqali o‘tkazilayotganda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilariga sanoq komissiyasi tomonidan saylov byulletenlari (bundan buyon matnda byulleten deb yuritiladi) beriladi.
Byulletenga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritiladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilarini saylashda byulletenlarni berish bevosita ovoz berishdan oldin boshlanadi.
Byulleten ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiriladi. Ovoz beruvchi byulletenning o‘ng tomonida o‘zi yoqlab ovoz berayotgan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchisi lavozimiga nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan bo‘sh kvadratga belgi-krestik qo‘yadi.
Ovoz beruvchi to‘ldirilgan byulletenni saylov qutisiga tashlaydi.
Saylov qutilari ovoz berish tugaganidan keyin sanoq komissiyasi tomonidan ochiladi.
Byulletenlarning namunalari va shakllari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ovozlar sanoq komissiyasi tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga har bir nomzod bo‘yicha sanab chiqiladi.
Ovozlarni sanash natijalari bo‘yicha sanoq komissiyasi tomonidan bayonnoma tuziladi va bayonnoma sanoq komissiyasining raisi hamda a’zolari tomonidan imzolanadi.
Sanoq komissiyasining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilarining umumiy soni;
ovoz berishda qatnashgan fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilarining soni;
yashirin ovoz berish o‘tkazilganida byulleten olgan fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilarining soni;
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni;
yashirin ovoz berish o‘tkazilganida haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar soni.
Sanoq komissiyasining bayonnomasi sanoq komissiyasining raisi tomonidan o‘qib eshittiriladi va fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan tasdiqlanadi.
Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i ovozini olgan nomzod fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchisi lavozimiga saylangan deb hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi, mazkur qaror fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi.
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bayonnomasi ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi saylov yakunlarini umumlashtirish uchun tegishli tuman va shahar komissiyasiga taqdim etiladi.
Tegishli tuman va shahar komissiyalari fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlariga doir umumlashtirilgan ma’lumotlarni yuqori turuvchi komissiyaga topshiradi.
Agar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolar yig‘inida ishtirok etuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamrog‘i ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb topiladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar vakillarining yig‘ilishlarida o‘tkazilgan taqdirda, agar yig‘ilishda hovlilar, uylar, ko‘chalardan hamda shaharchalar, qishloqlar va ovullar mahallalaridan fuqarolar vakillarining uchdan ikki qismidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb topiladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi davomida yoki ovozlarni sanab chiqishda yo‘l qo‘yilib, ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarliklar tufayli saylov sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga ikki nafardan ortiq nomzod ko‘rsatilgan va ulardan birontasi ham saylanmagan bo‘lsa, fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod bo‘yicha takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
Takroriy ovoz berish chog‘ida ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga saylangan hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi, agar:
avvalgi saylov o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
takroriy ovoz berish fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylanganligini aniqlash imkonini bermasa;
fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga ko‘pi bilan ikki nafar nomzod ko‘rsatilgan hamda ulardan birontasi ham saylanmagan bo‘lsa.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda bir oylik muddatdan kechiktirmasdan o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli fuqarolar yig‘inlarida ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda yangi saylov o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari bo‘yicha qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bir oy ichida fuqarolar yig‘ini kengashini shakllantiradi, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylaydi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. | 161 | 24,155 |
Qonunchilik | “QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN AMALGA OShIRILADIGAN OPERATSIYALARDAN OLINADIGAN SOLIQ TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan opersiyalardan olinadigan soliq to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yil 1-iyundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida:
qonunlarni “Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin;
Hukumatning qarorlarini “Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishi va bekor qilishini ta’minlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, qonunlar “Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanilaveradi. | 160 | 1,158 |
Qonunchilik | BUYuK IPAK YO‘LINI QAYTA TIKLAShDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IShTIROKINI AVJ OLDIRISh VA RESPUBLIKADA XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | G‘oyat muhim xalqaro turizm yo‘nalishi — Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash, xorijiy sayyohlarni keng jalb etish, shuningdek mamlakatda zamonaviy turizm sanoatini vujudga keltirish maqsadida:
1. Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar — Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda xalqaro turizm bo‘yicha maxsus ochiq iqtisodiy mintaqalar tashkil qilinsin.
2. Mazkur shaharlarning aeroportlari va temir yo‘l vokzallarida xorijiy sayyohlar uchun bojxona rasm-rusumlarining xalqaro me’yorlarga mos soddalashtirilgan tartibi, shuningdek tranzit sayyohlar uchun maxsus bojxona zonalari joriy qilinsin.
5. Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddat ichida xorijiy sayyohlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan obyektlardan tashqari respublikaning butun hududida amal qiluvchi yagona vizani o‘rnatsin.
6. Tijorat banklariga tadbirkorlar xususiy mehmonxonalarni va mehmonxona infrastrukturasi inshootlarini barpo etishlari chog‘ida ularga kamida besh yil muddat ichida to‘lash sharti bilan kreditlar berish tavsiya qilinsin.
7. “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda investitsiya banki — “O‘zsayohatinvestbank”ni tashkil qilsin va jamlanayotgan mablag‘lar qat’iyan aniq maqsad yo‘lida foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki va Moliya vazirligi 15 kun muddat ichida “O‘zsayohatinvestbank”ning ustav jamg‘armasini shakllantirish manbalari va uni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi takliflarni kiritsinlar.
8. Vazirlar Mahkamasi huzurida turizm bo‘yicha Idoralararo kengash tuzilsin va quyidagilar shu kengash faoliyatining asosiy vazifalari qilib belgilansin:
turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
jahon andozalari darajasida kichik va o‘rta mehmonxonalar, motellar va kempinglar tarmog‘i shakllantirilishini muvofiqlashtirish;
sayr-tomoshalar zamonaviy industriyasini, madaniy va sport-sog‘lomlashtirish markazlarini barpo etishga ko‘maklashish;
noyob turizm imkoniyatlari va tarixiy-madaniy meros keng ko‘lamda targ‘ib qilinishi va saqlanishini tashkil etish;
sayyohlik tizimida muvofiqlashtirilgan ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini o‘tkazish;
sayyohlik sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’minlash.
9. “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, yodgorliklarni muhofaza qilish Respublika jamiyati manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Buyuk Ipak yo‘lidagi ko‘hna shaharlarda joylashgan me’moriy, arxeologik, tarixiy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklash, obodonlashtirish hamda foydalanish bo‘yicha milliy “Meros” dasturi loyihasini ikki oy muddat ichida ishlab chiqsinlar va Idoralararo kengash muhokamasiga taqdim etsinlar.
10. Xalqaro turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq barcha masalalarning o‘z vaqtida hal etilishi uchun shaxsiy javobgarlik “O‘zbekturizm”, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalarining, Ichki ishlar vazirligining, Tashqi ishlar vazirligining, chegara va bojxona xizmatlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.
11. Adliya vazirligi qonunlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, taqdim etsin.
12. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsin. | 175 | 3,376 |
Qonunchilik | Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o‘tkazish to‘g‘risida | Milliy kino san’atining asriy an’analarini saqlash va rivojlantirish, ushbu san’at turi orqali mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik ko‘lamini va madaniy aloqalarni kengaytirish hamda ko‘p yillar davomida o‘tkazilib kelingan jahonga mashhur Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6202-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. 1968 — 1997-yillar davomida O‘zbekistonda o‘tkazilib kelingan “Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali” “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tiklansin hamda 2021-yildan boshlab har yili sentyabr-oktyabr oylarida Toshkent shahrida o‘tkazilsin.
2. “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
kino san’ati orqali dunyo mamlakatlari o‘rtasida madaniyatlararo muloqotni yanada mustahkamlash va rivojlantirish, jahon kinoindustriyasi vakillari bilan hamkorlikda qo‘shma kino loyihalari yaratishni kengaytirish;
insonparvarlik va bag‘rikenglik, xalqlar do‘stligini targ‘ib qiluvchi, zamonaviy dunyoning madaniy xilma-xilligini aks ettiruvchi, turli mamlakatlarning eng sara kino san’ati asarlarini yurtimizga jalb qilish;
milliy kino san’atini yanada rivojlantirish va xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini oshirish, ushbu san’at turi orqali xalqimizning boy tarixi va betakror madaniyatini dunyoga keng targ‘ib etish;
xorijlik kino san’ati vakillari bilan hamkorlikda ushbu sohada ilmiy tadqiqot va izlanishlarni amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish, taniqli kino namoyandalari ishtirokida konferensiya, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslarini tashkil etish.
3. “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali (keyingi o‘rinlarda — Kinofestival) 2021-yilning 28-sentabr — 3-oktabr kunlari “Tinchlik, taraqqiyot va ma’rifat” shiori ostida o‘tkazilsin.
Kinofestival “Festivallar festivali” shaklida, nufuzli xalqaro kinofestivallarning g‘olib va nominantlari ishtirokida dunyoning eng yaxshi kino san’ati asarlarini jalb qilgan holda tashkil etilsin va uning doirasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilsin:
Kinofestival arafasida chet davlatlarda O‘zbek kino san’ati kunlari hamda O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlarning kino san’ati kunlarini tashkil etish, ushbu tadbirlarni Toshkent shahri va respublika hududlari bo‘ylab o‘tkazish;
Osiyo qit’asi va qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivalini o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash, uning doirasida konferensiya, davra suhbati, dunyoga mashhur kinoijodkorlar ishtirokida mahorat saboqlari va treninglar, ijodiy uchrashuvlar tashkil qilish;
xorijlik mehmonlar va ishtirokchilar uchun eng sara milliy filmlarimiz namoyishlari, O‘zbekiston kino san’ati tarixi va madaniy merosiga bag‘ishlangan media tadbirlarni tashkil qilish;
xorijlik hamkorlar va ekspertlar ishtirokida “O‘zbekfilm” kinokonserni”ning kino ishlab chiqarish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz sifatidagi zamonaviy moddiy-texnika bazasi, texnologik imkoniyatlari va kelgusi istiqbollariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazish;
xorijlik va mahalliy kinokompaniyalar, kinostudiyalar va telekompaniyalar ishtirokida kinobozor tashkil qilish, ularning filmlar, seriallar va boshqa audiovizual mahsulotlarni o‘zaro almashishi, xarid qilishi va sotishiga ko‘maklashish;
dunyoda kino industriyasi sohasida yaratilgan eng so‘nggi innovatsion loyihalar va yirik striming platformalari vakillari ishtirokida milliy striming platformasi taqdimotlarini o‘tkazish;
mamlakatimiz kinolokatsiyalarini namoyish etish, O‘zbekistonning kino va turizm sohalaridagi salohiyatini targ‘ib qilish hamda bu boradagi keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish.
4. Quyidagilar:
“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
5. Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
rejalashtirilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda badiiy-ijodiy guruhlar va xalqaro ekspertlar kengashlarini tuzish;
xalqaro kinofestivallarni o‘tkazish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan xorijiy tashkilotlarni Kinofestivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga shartnoma asosida jalb etishni tashkil qilish;
Kinofestivalning logotipi, esdalik sovg‘alari, diplom va statuetka namunalarini, uning dasturi, tantanali ochilish va yopilish marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlari, xarajatlar smetasi, ishtirokchilari va mehmonlari ro‘yxatini tasdiqlash;
Kinofestival va uning doirasidagi tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan boshqa kompleks tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish.
6. Kinematografiya agentligi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi va Toshkent shahar hokimligining Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi binosini Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi boshqaruviga berish va uning negizida “Kinochilar uyi”ni tashkil qilish haqidagi taklifi ma’qullansin.
7. Belgilansinki:
a) Kinofestivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha:
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi faoliyatiga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan va doimiy asosda ishlaydigan 9 nafar mutaxassis jalb etiladi;
mazkur mutaxassislar mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi xodimlariga tenglashtiriladi;
b) Kinofestivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar:
2021-yilda — Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi;
2022-yildan boshlab, kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham qoplanishi mumkin;
v) 2022-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan Kinofestivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga foyda solig‘ini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi, bunda mazkur chegiriladigan xarajatlar soliq solinadigan bazaning 2 foizidan oshmasligi lozim;
g) g‘oyasi va mazmuni Kinofestival shioriga mos, jahon kinematografiyasi rivojida salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan, milliy qadriyatlar va madaniyatlarni o‘zida yorqin aks ettirgan filmlarning ijodkorlari xalqaro ekspertlar kengashi tomonidan diplom, ramziy haykalcha va har biri 20 ming AQSh dollaridan iborat beshta pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
d) Osiyo qit’asi va qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivali g‘oliblari diplom va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun — 15 000 AQSh dollari;
2-o‘rin uchun — 10 000 AQSh dollari;
3-o‘rin uchun — 7 000 AQSh dollari.
8. Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Kinematografiya agentligi (F.F. Abduxalikov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil va kelgusi yillar Investitsiya dasturi doirasida “O‘zbekfilm” kinokonserni” hududidagi O‘zbekiston Kinematografiya akademiyasi binosini rekonstruksiya qilish va jihozlashni ta’minlasin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kinematografiya agentligi (F.F. Abduxalikov) bilan birgalikda 10 kun muddatda hududlarda Kinofestival tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin, shuningdek, unda belgilangan vazifalarni 2021-yil 1-sentabrga qadar to‘liq amalga oshirilishini ta’minlasin. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:
Kinofestival dasturida belgilangan tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazish bilan bog‘liq tegishli xarajatlarni Kinofestival xarajatlar smetasiga asosan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplash;
hududlardagi kinoteatrlar va tadbir o‘tkaziladigan obyektlar, ularga tutash hududlar va olib boradigan yo‘llarda ta’mirlash-tiklash va obodonlashtirish ishlarini olib borish hamda Kinofestival doirasida filmlar namoyish etishga tayyorlash.
10. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Kinematografiya agentligi bilan birgalikda Kinofestivalning ochilish va yopilish marosimlari va boshqa tadbirlarida konsert-tomosha dasturlarini tashkil qilsin.
11. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov):
a) Kinematografiya agentligi (F.F. Abduxalikov) bilan birgalikda Kinofestivalga:
mehmonlar va ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali taklif etishni ta’minlasin;
BMT, MDH, ShHT, YUNESKO, AYSESKO, FIAPF va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari vakillarini taklif etsin;
b) Kinofestivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun Kinematografiya agentligining talabnomalariga asosan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalarining belgilangan tartibda konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
12. Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov Kinematografiya agentligi (F.F. Abduxalikov) bilan birgalikda:
mahalliy va xorijiy investorlarni Kinofestivalga jalb etish uchun “investitsiya paketlari”ni shakllantirish;
“investitsiya paketlari” doirasida investorlarga taniqli kino yulduzlarini taklif etish va ular ishtirokida o‘zlarining reklama va targ‘ibotlarini tashkil qilish bo‘yicha keng shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar davlat tasarrufidagi videoekranlar va bilbord ko‘rinishidagi tashqi reklama obyektlarida berilayotgan reklama vaqtining 2021-yil 1-iyun — 1-sentabr kunlari 5 foizi, 2021-yil 1-sentabr — 3-oktabr kunlari 10 foizi Kinofestivalni targ‘ib qilish uchun ajratilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Dunyo” axborot agentligi hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga Kinofestival faoliyatini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Kinofestival xarajatlar smetasi doirasida xorijiy ommaviy axborot vositalarida uning reklamasi va targ‘ibotini tashkil qilsin.
15. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov), Milliy gvardiya (R.M. Djurayev) va Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A.X. Qo‘ldoshev) Kinofestival tadbirlari, mehmonlari va ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
16. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) Kinofestival o‘tkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam punktlarini tashkil etsin, tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilsin.
17. Davlat bojxona qo‘mitasi (M.B. Azimov) Kinofestival ishtirokchilarini hamda ularning yuklarini olib kirish va olib chiqish uchun bojxona rasmiylashtiruvini belgilangan tartibda tezkorlik bilan amalga oshirilishini ta’minlasin.
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov va Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F. Abduxalikov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. | 71 | 12,537 |
Qonunchilik | Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar yig‘ilishini amalga oshirish uchun soliq inspektorlarini to‘lov terminallari bilan ta’minlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Soliq inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan uchastkada mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni bajarishlari hamda ularning tegishli soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashini nazorat qilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq to‘lovlari hisobiga mablag‘lar elektron platformada ishlashga moslashtirilgan ko‘p funksiyali maxsus to‘lov dasturlari yoxud to‘lov terminallari orqali bevosita bank plastik kartochkalari va naqd pul shaklida undirilishi tartibi belgilansin.
3. Tijorat banklari:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga 2017-yil 1-noyabrga qadar uchastka soliq inspektorlari uchun 2190 ta zamonaviy ko‘p funksiyali to‘lov terminallari ajratsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlaridan to‘lov terminallari ajratish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushgan davrdan boshlab yetti ish kuni davomida ularni tegishli dasturiy ta’minotli zamonaviy ko‘p funksiyali to‘lov terminallari bilan ta’minlasinlar, shuningdek ularni uchastka soliq inspektorlari tomonidan qo‘llash tartibi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borsinlar;
elektron platformada ishlashga moslashtirilgan ko‘p funksiyali maxsus to‘lov dasturlari yoxud to‘lov terminallari orqali to‘langan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromadlar bo‘yicha tegishli g‘azna hisobvaraqlariga keyingi bank ish kunidan kechiktirmagan holda o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining to‘lov terminallari orqali bank plastik kartochkalaridan davlat soliq xizmati organlariga va tijorat banklariga kelmasdan to‘lash imkoniyati mavjudligini aholi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin. | 146 | 2,478 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-637-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2020-yil 12-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-637-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 172 | 711 |
Qonunchilik | Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga muvofiq qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini jadal joriy etish hamda ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga muvofiq:
Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) va uning tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi tashkil qilinganligi;
Institut yuridik shaxs hisoblangan davlat ilmiy tashkiloti bo‘lib, Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJning shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi;
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etilishi;
Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Institut ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borishda ishtirok etadi;
Institut direktori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, Institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining buyrug‘iga asosan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Institutni budjet mablag‘lari hisobidan saqlash xarajatlari 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Energetika vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2023-yildan boshlab — O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
4. Mazkur qarorining bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin. | 155 | 3,160 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-347-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
2. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-370-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 178-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-363-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-378-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
5. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-379-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
6. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-380-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
7. “O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 30-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-381-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
8. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida. | 94 | 1,776 |
Qonunchilik | “Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 5-oktabrdagi 74-son “Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2400, 2012-yil 13-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 46-47-son, 527-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 169 | 582 |
Qonunchilik | Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida | Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) qo‘shilinsin. | 173 | 134 |
Qonunchilik | “MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh VA UNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 5-maydagi PF–3750-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda uning samarali faoliyatini tashkil etishni ta’minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Quyidagilar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
bankning tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit berish va mikrolizing bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini va qulayligini oshirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli siyosatini shakllantirish;
bank faoliyatini, shu jumladan kredit berish va mablag‘larni investitsiyalashning omonatchilar va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydigan tizimi joriy etilishini va uning samarali faoliyat ko‘rsatishini nazorat qilish;
bankda korporativ boshqaruvning ahvolini va uning Boshqaruvi faoliyatini nazorat qilish;
bankka yuklangan vazifalarni va majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish uchun uning yetarli darajada kapitallashtirilishini va likvidligini ta’minlash;
samarali faoliyat ko‘rsatadigan, ayniqsa qishloq joylarda, filiallar va minibanklar tarmog‘ini shakllantirish.
3. “Mikrokreditbank” markaziy apparat tuzilmasida Mikrokreditlar qaytarilishini va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish bo‘yicha maxsus monitoring guruhi tashkil qilsin.
Quyidagilar Monitoring guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
mikrokredit mablag‘laridan foydalanish samaradorligini muntazam ravishda puxta tahlil qilish;
mintaqaviy bo‘limlarda mikromoliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, biznes-reja parametrlariga muvofiq kredit portfelining holati hamda mikrokreditlar bo‘yicha ta’minlanishning holati monitoringini olib borish va ularni xolisona baholash;
mikrokreditlarning qaytariluvchanlik darajasini oshirish, ular bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish.
4. “Mikrokreditbank”ning Kuzatuvchi kengash va Boshqaruvi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va bank faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish uchun zarur hujjatlar paketini bir hafta muddatda tayyorlasinlar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etsinlar;
bankka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi zaruriyatidan kelib chiqqan holda, o‘n kun muddatda bank va uning filiallari tuzilmasini hamda shtatlar jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
ikki oy muddatda bank xodimlarini to‘liq attestatsiyadan o‘tkazsinlar;
bankning markaziy apparatini hamda uning filiallarini bank bo‘limlarida va mikromoliyalash sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlasinlar.
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-apreldagi 165–f-son farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki mol-mulki kompleks xatlovdan o‘tkazilganligi, uning filiallari va mini-banklarining asbob-anjomlar, hisoblash texnikasi va aloqa vositalari bilan ta’minlanishi o‘rganilganligi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda “Mikrokreditbank”ning, ayniqsa qishloq joylardagi filiallari va mini-banklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
7. O‘zbekiston Banklar uyushmasi va Bank-moliya akademiyasi 2006—2008-yillar mobaynida o‘qitish uchun to‘lov undirmasdan “Mikrokreditbank” mutaxassislari uchun mikromoliyalashtirish xizmatlari bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilishini ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Banklar uyushmasi, “Mikrokreditbank”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, birinchi navbatda qishloq joylarda mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan kasanachilik bilan shug‘ullanuvchilar, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaligida band bo‘lganlar tomonidan mikrokreditlar olish uchun biznes-rejalar tayyorlash bo‘yicha doimiy asosda seminarlar va o‘quv kurslari o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
9. “Mikrokreditbank” O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, Markaziy bank, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Banklar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda 2006-2007-yillarda ommaviy axborot vositalarida bank faoliyatini va uning ko‘rsatadigan xizmatlarini keng yoritishga doir kompleks tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, ularda respublika ommaviy axborot vositalarida reklama materiallarining to‘lov undirmasdan e’lon qilinishini nazarda tutsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. | 146 | 5,365 |
Qonunchilik | Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 42-43-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (O. Hakimov) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari O. Murodov zimmasiga yuklansin.
1. 16-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlikni amalga oshiruvchi va ushbu faoliyatni nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan stajorlar uchun stajirovkadan o‘tish muddati bir yilni tashkil etadi.”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 27-band “yakunida” degan so‘zdan keyin “, mazkur Nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan stajor esa har chorak yakunida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 281-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur Nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan stajorlar ushbu bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha har chorak yakunida sinovdan o‘tkaziladi.”. | 122 | 2,231 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyundagi 206-son qaroriga o‘zgartir | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2717-son qaroriga muvofiq, shuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi va ularning bajarilishini hisobga olish va monitoringini olib borishning elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyundagi 206-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 55-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi parametrlarining bajarilishi monitoringining elektron tizimini xalqaro tajribani hisobga olgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T.Mirzayev zimmasiga yuklansin.
1. Quyidagi mazmundagi 51-band qo‘shilsin:
“51. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi bilan birgalikda har yili noyabr oyida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va ularni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzish uchun hududiy meva-sabzavot yarmarkalari o‘tkazilishini ta’minlasinlar”.
2. Ilovada:
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshiga “va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi boshqa tashkilotlar” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat buyurtmasi doirasida meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish, shu jumladan hududiy meva-sabzavot yarmarkasiga tayyorgarlik ko‘rish davrida, shuningdek yarmarkalar oralig‘idagi davrda yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalari asosida amalga oshiriladi”;
v) Nizomga ilovada:
VIII bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini yo‘nalishlar bo‘yicha, shu jumladan qayta ishlash, g‘amlash va eksport qilish uchun xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari” so‘zlari “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish yuzasidan kontraktlar” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
quyidagi mazmundagi XI1 bosqich qo‘shilsin:
XV bosqichning “Bajarish muddatlari” ustunidagi “7” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin. | 250 | 3,394 |
Qonunchilik | “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 96 | 330 |
Qonunchilik | Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida | Sud amaliyotini o‘rganib chiqish gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoya huquqini ta’minlovchi konstitutsiyaviy qoidalarga rioya qilinayotganligini va bu odil sudlovni amalga oshirish sifatiga ijobiy ta’sir etayotganligini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga ayrim ishlar bo‘yicha jinoyat-protsessual qonunlarning ba’zi talablari to‘liq bajarilmayotir, bu esa ayrim hollarda himoya huquqining buzilishiga olib kelmoqda.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, shuningdek qonunlarni amaliyotda qo‘llash jarayonida muammolar yuzaga kelayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
1. Gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoya huquqini ta’minlash konstitutsiyaviy qoida hisoblanadi va jinoyat-sudlov ishlarini yurg‘izishning barcha bosqichlarida unga qat’iy amal qilinishi kerak. Shuning uchun ularning protsessual huquqlariga og‘ishmay rioya etish; ish holatlarini har taraflama, to‘la va xolisona o‘rganish; gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini qoralovchi va oqlovchi, shuningdek ularning javobgarliklarini og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni aniqlash, ish bo‘yicha mavjud bo‘lgan taxminlarni sinchiklab tekshirish; dalillarni taqdim etish va ularni tekshirish, iltimoslar keltirish bo‘yicha protsess ishtirokchilarining teng huquqliliklarini ta’minlash zarur.
O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 13-moddasiga muvofiq sud, prokuror, tergovchi, surishtiruv olib boruvchi shaxs gumonlanuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qonunda belgilangan vosita va usullar bilan himoyalanishlari uchun imkoniyat yaratib berishga majburdirlar.
2. Gumonlanuvchini, ayblanuvchini va sudlanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlash uchun gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguncha va qonuniy kuchga kirmagan sud hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz hisoblanishi nazarda tutilgan konstitutsiyaviy qoidaga qat’iy rioya etish zarur.
Qonunga binoan aybni isbotlash majburiyati ayblovchiga yuklatilgan. Shunga ko‘ra gumonlanuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga o‘zining aybsizligini isbotlash vazifasini yuklashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ayblov hukmi taxminlarga, shuningdek ruhsat etilmagan usullarni qo‘llash yo‘li bilan yig‘ilgan dalillarga asoslangan bo‘lishi mumkin emas. Bartaraf etishning imkoniyati bo‘lmagan barcha shubhalar gumonlanuvchining, ayblanuvchining va sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.
3. O‘zbekiston Respublikasi JPKsini 321-modaasining mazmuniga ko‘ra sudning ishni har taraflama tekshirib ko‘rishiga xalaqit bergan, hamda qonuniy va asoslantirilgan hukm chiqarishiga ta’sir etgan va ta’sir etishi mumkin bo‘lgan himoya huquqini buzilishini sud qarorini bekor bo‘lishiga asos bo‘ladigan himoya huquqini jiddiy buzish deb tushunmoq lozim.
O‘zbekiston Respublikasi JPKsini 42 va 43-moddalariga muvofiq himoyachining ishtirok etishi majburiy hisoblangan hollarda himoyachining sud majlisida, surishtiruv va dastlabki tergov vaqtida ishtirok etmasligi ham jinoyat-protsessual qonunni jiddiy buzish hisoblanadi.
4. Gumonlanuvchining, ayblanuvchining himoyachi olish huquqini, aniq nimada gumonlanayotganligini yoki ayblashyotganligini, sudlanganni esa — u qanday jinoiy harakatni sodir etganlikda aybli deb topilganligini bilishi lozimligini kafolatlovchi O‘zbekiston Respublikasi JPKsini 401, 41-moddalarining talablariga rioya etish zarurligiga e’tibor qaratilsin. Shuning uchun ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorda, ayblash fikrida va hukmda O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 123, 183, 293-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniq bayon etilgan bo‘lishi lozim.
Mabodo shaxs bir necha jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan bo‘lsa, bu holatlar har bir aybga nisbatan bayon etilishi zarur.
5. O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 46-moddasiga muvofiq himoyachining ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan vaqtdan boshlab, u gumonlanuvchini yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda, shuningdek ular ishtirokida amalga oshiriladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etishga haqli. Surishtiruv organlari yoki tergovchi bunday harakatlarni o‘tkazish kuni to‘g‘risida himoyachini oldindan xabardor qilishi kerak.
6. O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 43-moddasiga mluvofiq “o‘zining jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari sababli o‘zini-o‘zi himoya qilish huquqini amalga oshira olmaydigan shaxslar” deganda, xususan, aqli raso deb topilgan bo‘lsalarda, ammo ruhiy faoliyatlari doimiy yoki vaqtincha buzilgan, nutqida, ko‘rishida, eshitishida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan yoki boshqa og‘ir xastalik bilan kasallangan shaxslarni tushunish lozimligi uqdirilsin.
7. Ayblanuvchining himoya huquqini sudga berish bosqichida ta’minlash maqsadida, zarur hollarda, ayblanuvchilarni va ularning himoyachilarini sudga bildirilgan, shuningdek tergov davrida qanoatlantirilmay qoldirilgan iltimoslari bo‘yicha ham tushuntirish berish uchun chaqirish kerak.
Surishtiruv va dastlabki tergov davrida gumonlanuvchining, ayblanuvchining himoyasiga oid protsessual huquqlariga rioya qilinmagan, gumonlanuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisining ish uchun muhim ahamiyatli bo‘lgan holatlarni aniqlash yuzasidan bildirgan iltimoslari asossiz ravishda qanoatlantirilmay qoldirilgan hollarda, O‘zbekiston Resblikasi JPKsining 216-moddasida nazarda tutilgan boshqa talablar jiddiy ravishda buzilgan bo‘lsa va tergov kamchiliklarini sud majlisida to‘ldirish mumkin bo‘lmasa, sud ishni qo‘shimcha tergovga yuborish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishi lozim.
8. Sud (sudya) jinoyat ishini, uning hajmini, murakkabligini va boshqa holatlarni inobatga olib sudlanuvchini va uning ximoyachisini, shuningdek boshqa protsess ishtirokchilarini ish materiallari bilan tanishish va himoyaga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘lishliklarini nazarda tutgan holda, qonunda belgilangan muddat ichida, ko‘rish uchun tayinlashi kerak.
9. O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 42-moddasini 2-qismiga muvofiq ishda himoyachi tariqasida advokatlarni, ya’ni advokatlar kollegiyasining a’zolari safida bo‘lgan shaxslarni ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yiladi. Kasaba uyushmalarining va boshqa jamoat tashkilotlarining vakillarini himoyachi tariqasida ishtirok etishlariga faqat shu tashkilot a’zolarining ishlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Gumonlanuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlarini, qonuniy vakillarini, shuningdek advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni himoyachi tariqasida ishtirok ztishlariga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
10. Himoyachidan voz kechishga, protsessning istalgan bosqichida, faqat gumonlanuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtiroki amalda ta’minlangan holdagina yo‘l qo‘yiladi. Shu bilan birgalikda himoyachidan voz kechish majburan, masalan himoyachining xizmati uchun haq to‘lashga mablag‘i yo‘qligi yoki himoyachining kelmaganligi sababli bo‘lmaganmikan degan masalani aniqlash zarur. Voz kechishning majburanligi aniqlansa surishtiruv organi, tergovchi va sud ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlashga majburdirlar. Surishtiruv organi, tergovchi va sud himoyachidan voz kechishni himoyachi ishtirokida muhokama qilishlari va tegishli qaror, ajrim chiqarishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 48-moddasiga muvofiq himoyachining ishtirok etishi majburiy hisoblangan hollarda himoyachidan voz kechish to‘g‘risidagi iltimos qanoatlantirilishi mumkin zmas.
Advokat ishda shartnoma asosida ishtirok etayotgan holda ham, shuningdek tayinlash bo‘yicha ishtirok etayotgan bo‘lsa ham o‘zining zimmasiga olgan gumonlanuvchini, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini himoya qilish vazifasidan voz kechishga haqli emas. Advokatning o‘z zimmasiga olgan himoyadan voz kechishiga yo‘l qo‘yilmaydi va O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 46-moddasi talabini jiddiy ravishda buzish hisoblanadi.
Himoyachi almashtirilganda sud muhokamasi yangidan boshlanmaydi, himoyachiga jinoyat ishining materiallari tanishish uchun taqdim etiladi va himoyaga tayyorlanishi uchun imkoniyat yaratiladi.
11. Gumonlanuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, himoyachini sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmasliklari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlarini har qanday cheklash va bu shaxslarni protsessning barcha bosqichida o‘zining ona tilidan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlamaslik jinoyat-protsessual qonun talablarini jiddiy buzish deb hisoblanadi.
Himoyachining sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmasligi uni ishda ishtirok etishdan chetlatish uchun asos bo‘la olmaydi. Bunday hollarda surishtiruv organi, tergovchi va sud, O‘zbekiston Respublikasi JPKsining II-moddasiga muvofiq, protsessda tarjimonni ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
12. Agarda advokatning muqaddam shu ish bo‘yicha o‘z himoyasida bo‘lgan kishining manfaatlariga zid manfaatda bo‘lgan shaxsga huquqiy yordam ko‘rsatganligi yoki shu ishda sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi shaxs, guvoh, ekspert, tarjimon yoki xolis tariqasida qatnashganligi aniqlansa, u bu ishda ishtirok etishdan ozod qilinishi lozim.
Advokat tomonidan ikki yoki undan ortiq shaxsni himoya qilish chog‘ida ularning manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik borligi aniqlangan hollarda (biri aybga iqror bo‘lib, boshqasi inkor etsa, biri ikkinchisini fosh etsa, ularning har biriga e’lon qilingan ayblar mazmuni bo‘yicha qarama-qarshilik bo‘lsa va hokozo) surishtiruvchi shaxs, tergovchi va sud gumonlanuvchilarni, ayblanuvchilarni, sudlanuvchilarni har birini himoyachi bilan ta’minlashi lozim.
Ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan himoyachi ish bilan tanishish vaqtida himoyasida bo‘lganlarning birini manfaatlari ikkinchisining manfaatlariga qarama-qarshi ekanligini aniqlasa, himoyasida bo‘lganlarning birini himoya qilishidan ozod etish to‘g‘risida iltimos qilishi shart.
13. Qonunga muvofiq gumonlanuvchi, ayblanuvchi o‘zi tanlagan himoyachini, agarda uning ishni ko‘rishni uzoq muddatga kechiktirmasdan protsessga kirishish imkoniyati bo‘lsa, ishda ishtirok etish uchun taklif etish huquqiga ega. Kechiktirish muddati ishning xususiyati va o‘ziga xos tomonlarini hamda tanlangan advokatning protsessga kirishish uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
Gumonlanuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining o‘zi tanlagan himoyachini taklif etish to‘g‘risidagi iltimosini qanoatlantirishning imkoniyati bo‘lmagan hollarda, surishtiruv organi, tergovchi, sud unga boshqa himoyachini taklif etishni havola etishga yoki huquqiy maslahatxona orqali himoyachi tayinlashga haqli.
14. O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 46-moddasiga muvofiq qamoqda saqlanayotgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi jinoyat sudlov ishlarini yurg‘izishning barcha bosqichlarida soni va muddati cheklanmagan holda himoyachi bilan holi uchrashish huquqiga ega.
15. Sud muzokarosining ishtirokchilari ayblov mohiyati bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon etayotganlarida sud ularni cheklab qo‘yishi mumkin emas.
Sudlanuvchining himoyachisi bo‘lmagan holda uni sud muzokarasida ishtirok etishiga imkoniyat yaratmaslik, shuningdek oxirgi so‘zdan mahrum etish, jinoyat-protsessual qonunni jiddiy buzish hisoblanadi.
16. Raislik etuvchi, hukm e’lon qilinganidan so‘ng, sudlanganga, oqlanganga hukm ustidan shikoyat berish muddatini va tartibini, uni belgilangan muddatlarda sud majlisining protokoli bilan tanishib chiqish va protokol yuzasidan mulohazalarini berish huquqini tushuntirishi shart.
17. Sud sudlanganga, oqlanganga, ularning himoyachilariga sud majlisining protokoli bilan tanishib chiqish uchun imkoniyat yaratishi shart. Protsessning manfaatdor ishtirokchilari qonunda belgilangan muddatdan so‘ng tayyorlangan protokolni imzolangan sanasi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor etishlari lozim.
Mabodo sudlangan, oqlangan belgilangan muddatda sud majlisining protokoli bilan himoyachi ishtirokida tanishish istagi borligi to‘g‘risida ariza taqdim etsa, sud bu haqda himoyachini xabardor qilishi, u esa o‘zining himoyasida bo‘lgan shaxs ishtirokida sud majlisining protokoli bilan tanishib chiqishi shart, chunki bu himoyachining o‘z zimmasiga olgan himoya qilish majburiyatlaridan kelib chiqadi.
Agarda protokolni katta hajmdaligi va boshqa uzrli sabablar tufayli protsess ishtirokchilarining protokol bilan tanishishlari va mulohazalarini taqdim etishlari uchun 3-sutkadan ortiq vaqt talab etilsa, bu muddat sud yoki sudya tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Sud majlisining protokoli yuzasidan taqdim etilgan mulohazalar muhim protsessual ahamiyatga ega bo‘lib, sud tomonidan sinchiklab va xolisona ko‘rib chiqilishi lozim.
18. O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 300, 305-moddalariga muvofiq hukmning nusxasi sudlanganga, oqlanganga, jabrlanuvchiga ular biladigan tilga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.
Agar sanab o‘tilgan shaxslar qayd etilgan talablarga rioya etilmaganligi oqibatida hukm ustidan shikoyat qilish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsalar, bu o‘tkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati berish muddatlarini tiklash yoki kassatsiya bosqichi sudining ajrimini bekor qilish uchun, asos bo‘lib hisoblanishi lozim.
19. Birinchi bosqich sudi berilgan shikoyatlar va protestlar to‘g‘risida sudlanganlarni, oqlanganlarni, himoyachilarni va O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 310-moddasida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarni xabardor qilishi va ularning protest yoki shikoyat ustidan e’tiroz berish huquqini tushuntirishi shart.
Yuqorida qayd etilgan qonunning qoidalari buzilgan holda kassatsiya bosqichi sudi ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishga majbur.
20. O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 310-moddasi II-qismiga ko‘ra hukm chiqargan sud ishni kassatsiya bosqichi sudida ko‘rish kuni to‘g‘risida shu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni xabardor qilishi shart. Ushbu talabga rioya etmaslik ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirishga olib keladi.
Kassatsiya bosqichi sudi tomonidan ishni himoyachi ishtirokisiz ko‘rish, agarda u sud majlisi bo‘ladigan vaqt to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmagan va bu uning sud majlisida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum etgan bo‘lsa, jinoyat-protsessual qonun talablarini jiddiy buzish hisoblanadi.
Agarda jinoyat ishida himoyachini sud muhokamasi bo‘ladigan vaqt haqida tegishli ravishda xabardor etilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bo‘lsa va ishni ko‘rishni keyinga qoldirish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, himoyachining kelmasligi ishni kassatsiya tartibida ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Kassatsiya ajrimi bekor qilinganida va jinoyat ishi yangidan kassatsiya tartibida ko‘rish uchun yuborilganida kassatsiya bosqichi sudi ishni ko‘rish vaqti to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 310-moddasini birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni oldindan xabardor qiladi. Ishni ko‘rishni keyinga qoldirish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar bo‘lmasa, tegishli ravishda xabardor qilingan himoyachi kelmagan holda sudlov kollegiyasi jinoyat ishini, ajrimda jinoyat ishi himoyachi ishtirokida kassatsiya tartibida ko‘rilganida u tomonidan keltirilgan shikoyat va izohlari mazmunini ko‘rsatib, uning ishtirokisiz ko‘rishga haqli.
21. Sudlanganlarning kassatsiya bosqichi sudida ishtirok etishi shikoyat va protestlarni xolisona hal etish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sudlar qamoqda saqlanayotgan sudlanganlarning tushuntirishlar berishlari uchun ularni sud majlisiga chaqirish to‘g‘risidagi iltimoslarini ko‘rib chiqishlari lozim.
22. Ishni nazorat tartibida ko‘rayotgan sudlar zarur hollarda, sudlanganlarni, oqlanganlarni va ularning himoyachilarini sud majlisiga chaqirish huquqidan foydalanishlari mumkin. Bu shaxslarni chaqirish sudning tashabbusi, shuningdek prokurorning, sudlanganning, oqlanganniig yoki ularning himoyachilarining iltimoslari bilan amalga oshirilishi mumkin.
23. Sud hukmini ijro qilish bilan bog‘liq masalalarni O‘zbekiston Respublikasi JPKning 344 va 345-moddalari tartibiga ko‘ra hal qilishda himoyachining ishda ishtirok etishiga, agar sudlangan, uning qarindoshlari yoki boshqa manfaatdor shaxslar bu haqda iltimos qilayotgan bo‘lsalar, yo‘l qo‘yishi mumkin.
24. O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 42-moddasiga muvofiq huquqiy yordam ko‘rsatilganlik uchun haq to‘lashdan faqat haq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxslar ozod qilinishlari mumkin.
25. O‘zbekiston Respublikasi JPKsining 297 va 331-moddalariga muvofiq sudlar jinoyat protsessining barcha bosqichlarida yo‘l qo‘yilgan himoya huquqini buzish hollariga munosabatlarini bildirishlari lozim.
26. SSJI Oliy sudi Plenumining 1978-yil 16-iyuldagi “Ayblanuvchining himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 70 | 16,716 |
Qonunchilik | O‘SIMLIK YoG‘INI SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda o‘simlik yog‘i va yog‘-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida”gi PQ-360-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi 57-sonli qaroriga asosan qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan O‘simlik yog‘ini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoat uyushmasi, O‘zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasining 2004-yil 5-apreldagi “Birja savdolarida o‘simlik moyini sotish tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 25, 01/24-18, 46, 01/1-10, 42-01/156-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. | 71 | 1,211 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-667-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-667-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 324 |
Qonunchilik | Q.X. Xanazarovni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida | Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, fan taraqqiyotiga, diplomatiya sohasini yuqori malakali milliy kadrlar bilan ta’minlashga qo‘shgan katta hissasi va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Kuchkar Xanazarovich Xanazarov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlansin. | 71 | 306 |
Qonunchilik | “Muruntov” konini o‘zlashtirish” (V navbati) 1 bosqich loyihasi sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy KMK” DKning yangi tashkil etilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini 2026-yilgacha kafolatlangan elektr energiya bilan ta’minlash chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi PQ-3465-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Muruntov” konini o‘zlashtirish” (V navbati) 1 bosqich loyihasi sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash” investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish doirasida kapital qo‘yilmalarining umumiy qiymati 113 755,0 ming AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilganligi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish 56 255,0 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining mablag‘lari, 8 800,0 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet ssudasi va 48 700,0 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Navoiy KMK” davlat korxonasi investitsiya loyihasining tashabbuskori va tijorat banklari kreditlaridan maqsadli foydalanilishi va loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun mas’ul qarz oluvchi hisoblanadi;
qarzni so‘ndirish va u bilan bog‘liq xarajatlar “Navoiy KMK” davlat korxonasining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. “Muruntov” konini o‘zlashtirish” (V navbati) 1 bosqich loyihasi sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga va “Navoiy KMK” davlat korxonasining bosh direktori Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin. | 240 | 2,011 |
Qonunchilik | DSQ umumbelgilangan soliqlarga oʻtkazganligi haqida shaхsan хabardor qiladi | Hisobot yili yakunlari boʻyicha 1 mlrd soʻmdan ortiq tovar aylanmasiga ega boʻlgan yoki uni kutayotgan tadbirkorlar 2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtishlari zarurligi haqida shaхsan хabardor qilinadi, deya хabar berdi DSQ.
Eslatib oʻtamiz, 29.06.2018 yildagi PF–5468-son Farmonga muvofiq, oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 mlrd soʻmdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korхonalar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkaziladi.
Xabarnomalar soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabinetlari (elektron ravishda), pochta orqali yoki qoʻllariga topshiriladi.
Xabarnomada har bir ishlovchi sub’yektga soliq solishning yangi tuzilmasi koʻrsatiladi:
Xabarnoma olgan tadbirkorlar joriy yilning 12 noyabridan 12 dekabrigacha QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtishlari shart. Buni DSQ saytidagi soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yoki soliq hisobiga olingan joydagi davlat soliq inspeksiyasida amalga oshirish mumkin.
Call-markazga: 71 202-32-82 raqamiga yoki 1198 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, soliq qonunchiligi normalarini qoʻllashga doir qoʻshimcha savollaringizni berishingiz mumkin. | 75 | 1,195 |
Qonunchilik | “YaNGI TAShKIL ETILGAN MIKROFIRMA VA KIChIK KORXONALARGA YAGONA SOLIQ TO‘LOVINI TO‘LASh MUDDATINI KEChIKTIRISh HUQUQINI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2005-yil 2-avgustdagi 70, 2005-46 va 61-son qarori (ro‘yxat raqami 1502, 2005-yil 2-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 240-modda) bilan tasdiqlangan “Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 189 | 1,040 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida 2007-yil 2-noyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan bojxona ishlarida hamkorlik qilish va o‘zaro yordam haqidagi Bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 802 |
Qonunchilik | «Mahalladan ma’lumotnoma» talab qilsalar, nima qilish kerak | Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi fuqarolardan yashash joyidan ma’lumotnomalarni taqdim etishni talab qilishga va ularni olish uchun Davlat хizmatlari markazlariga yuborishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida eslatadi.
2018 yil 15 oktyabrdan davlat хizmatlari koʻrsatilishida fuqarolar davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek hokimliklarga tavsifnoma va quyidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishga majbur emaslar:
Koʻrsatilgan ma’lumotlarni olish zaruriyati tugʻilganda davlat organlari ularni IIV, Mehnat vazirligi organlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik orqali soʻrab olishi lozim.
Ammo, bugungi kunda mahallalar va davlat хizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa muassasalar (hokimliklar, IIB, pensiya boʻlimlari, tuman soliq inspeksiyalari, ta’lim muassasalari, banklar va b.) qonunchilik talablarini notoʻgʻri talqin etib, fuqarolarni yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarni olish uchun Davlat хizmatlari markazlariga yuborish holatlari juda koʻp kuzatilmoqda. Bu esa oʻz navbatida fuqarolarning ovoragarchiligi va noroziligiga, shu bilan birga davlat organlariga nisbatan salbiy qarashiga sabab boʻlmoqda.
Shu bois, Agentlik Davlat хizmatlari markazlari tomonidan «mahalladan ma’lumotnoma» berilmasligini rasman e’lon qiladi. Ular orqali avvallari Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan manzil-ma’lumot aхborotlari beriladi. Mazkur hujjat fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan ma’lumotnomadan tubdan farqlanadi.
! Yashash joyidan ma’lumotnomani taqdim etish talab qilingan fuqarolar quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkin: | 59 | 1,647 |
Qonunchilik | QAYTA MOLIYALASh KREDITLARINI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-maydagi 234-sonli “Respublika bank tizimi boshqaruvi tuzilmasini va uning amaliy faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 9-noyabrdagi 19/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1998-yil 17-dekabrda 566-raqam bilan Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning “v. Respublika hukumati qarorlari bo‘yicha aniq maqsadli qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi (Xizmat doirasida foydalanish uchun)” nomli bo‘limining 2-bandi quyidagi yangi tahrir bilan almashtirilsin:
“2. Direktiv kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlarida (farmoyishlarida) belgilangan shartlar asosida, respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadlari uchun ajratiladi. Hukumat qarorlarida (farmoyishlarida) ushbu kreditlardan foydalanish muddati belgilanmagan taqdirda, ular uch oygacha bo‘lgan muddatga beriladi”.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 95 | 1,388 |
Qonunchilik | Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida | Qonun hujjatlarini amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmini shakllantirish, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini sifatli tayyorlash hamda ularning qonuniyligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi idoraviy me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishini bartaraf etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kuchga kiradi;
fuqarolarning, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga taalluqli normativ hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da va O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasmiy e’lon qilinishi kerak;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy organlari umumiy majburiy tusdagi huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emaslar.
2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari:
umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlarning ular qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilishini hamda keyinchalik normativ hujjatlarning barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini ta’minlasinlar;
umumiy majburiy tusdagi huquqiy normalarni normativ tusda bo‘lmagan hujjatlarga kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlarni ijro etish uchun jo‘natish va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish hollariga yo‘l qo‘ymasinlar.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarorlarining so‘zsiz bajarilishi uchun shaxsan mas’ul ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsin.
3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, barcha darajalardagi hokimliklar tomonidan tadbirkorlik subyektlarini tashkil etishni, ro‘yxatdan o‘tkazishni va ularning faoliyatini murakkablashtiruvchi, asossiz ravishda qo‘shimcha ma’lumotnomalar va hujjatlar so‘rashni nazarda tutuvchi hujjatlar qabul qilinishi taqiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va amalga kiritishning belgilangan tartibi bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin;
idoraviy normalar chiqarishning ahvolini doimiy ravishda tahlil qilib borsin va zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin;
bir oy muddatda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va ularni qabul qilish qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularni vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga yetkazsin;
“Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatlari bilan birgalikda barcha manfaatdor shaxslarni, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarini yangidan qabul qilingan umumiy majburiy tusdagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har haftada e’lon qilish yo‘li bilan, xabardor qilishni ta’minlasin;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda 2000-yil 10-iyunga qadar, amaldagi qonunchilikka muvofiq kelmaydigan, jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish siyosati talablariga javob bermaydigan, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun asossiz to‘siqlar qo‘yayotgan, tadbirkorlik subyektlarining tashabbuskorligini va iqtisodiy erkinligini cheklayotgan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish maqsadida idoraviy me’yoriy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin,
1. 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “paytdan boshlab” so‘zlari “kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning fuqarolarning, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga taalluqli umumiy majburiy tusdagi me’yoriy hujjatlari “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi” — “Byulleten normativnix aktov ministerstv, gosudarstvennix komitetov i vedomstv Respubliki Uzbekistan”da albatta e’lon qilinishi kerak.
2. 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ko‘rsatib o‘tilgan Nizomni qo‘llashga doir tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi”.
3. 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “qo‘llash” so‘zidan keyin “shuningdek, qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish” so‘zlari qo‘shilsin.
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda vazirlik yoki davlat qo‘mitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek, umumiy majburiy tusdagi me’yoriy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan boshqaruvning umumdavlat organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari (agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi”.
2. 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, shuningdek, standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga tegishli bo‘lmagan texnik qoidalar va normalar mazkur Nizomga muvofiq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Qoidalar va normalarni texnik hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha amalga oshiriladi”.
3. 3-bandda:
“ularni” so‘zidan keyin “o‘n kun mobaynida” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan me’yoriy hujjatlar qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda Adliya vazirligi tegishli vazirlik yoki idoraga ushbu hujjatni bekor qilish va bajarishdan chaqirib olish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi. Vazirliklar va idoralar o‘n kun muddatda Adliya vazirligining talabini bajarishlari shart. Adliya vazirligi “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur me’yoriy hujjatning noqonuniyligi to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilishga haqlidir”.
4. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Me’yoriy hujjatlar Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va ularni qabul qilish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak”.
5. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirliklar va idoralar o‘z vakolatlari doirasida me’yoriy hujjatlarni buyruqlar, qarorlar, nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar shaklida qabul qiladilar.
Me’yoriy yozma ko‘rsatmalar (xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar va boshqalar)ning huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga, shuningdek, yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlarga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo bo‘lgan taqdirda, agar ushbu masalalarni me’yoriy tartibga solish o‘z vakolatlariga kirsa, tegishli me’yoriy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirliklar va idoralarga tegishli me’yoriy hujjatni qabul qilish zarurligi, uni ishlab chiqish muddati haqida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan me’yoriy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, bir oydan oshmasligi kerak”.
6. 8-bandda:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Amaldagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan hal etish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi”.
7. 9-bandning:
ikkinchi xatboshidagi “turining” so‘zi “shaklining” so‘zi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ushbu organ muhri bilan tasdiqlangan imzosi”.
8. 12-bandning birinchi xatboshidagi “rahbariyati” so‘zi “rahbari” so‘zi bilan almashtirilsin.
9. 15-band quyidagi mazmundagi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“me’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Me’yoriy hujjat, agar hujjatning o‘zida yanada kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi va bajarilishi kerak”.
10. 16-bandning uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni mukammallashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga takroriy taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi kerak”.
11. 18-bandning:
birinchi xatboshidagi “qonun hujjatlari” so‘zlari “qonunchilikka” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“mazkur bandda va mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan me’yoriy hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish hamda uni qayta kuchga kiritish Adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, uning nusxasi tegishli organga jo‘natiladi”.
12. 20-bandning:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi kerak. Me’yoriy hujjatni manfaatdor shaxslarga yetkazish me’yoriy hujjatning matni bilan to‘siqsiz (erkin) tanishish huquqini beruvchi har qanday shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Mazkur qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi vazirlik yoki idora tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmaguncha me’yoriy hujjatning amalda bo‘lishini to‘xtatib qo‘yishga haqlidir”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda e’lon qilib berilishi shart”.
13. 21-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ro‘yxatdan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlar bo‘yicha barcha tushuntirishlarning nusxasi majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga jo‘natiladi”. | 122 | 11,622 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida | 1. 2017-yil 11-oktabr kuni Sochi shahrida imzolangan Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalil hisoblangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, o‘qotar qurol, uning asosiy qismlari, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini berish tartibi to‘g‘risidagi Bayonnoma tasdiqlansin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi — yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining mas’ul vakolatli organi etib;
jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari ish yurituvida bo‘lgan yoxud sudga yuborilgunga qadar ish yurituvida mavjud bo‘lgan tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar — yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomaga muvofiq ashyoviy dalillarni bevosita berish va qabul qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining mas’ul vakolatli organlari etib belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida va uni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar haqida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 42 | 1,636 |
Qonunchilik | Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/1-son qarori (ro‘yxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3252/1098-son) bilan tasdiqlangan Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 20-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi mazkur bandning 1-kichik bandida ko‘rsatilgan hujjat imzolanganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi va unga quyidagilarni ikki nusxada ilova qiladi:”;
1 va 2-kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) muassislar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasini. Bank bir muassis tomonidan ta’sis etilgan taqdirda, muassisning bankni ta’sis etish haqidagi yakka tartibda qabul qilingan qarori taqdim etiladi;
2) bank ikki va undan ortiq muassislar tomonidan ta’sis etilgan hollarda ta’sis yig‘ilishining bayonnomasini. Bayonnoma nusxalari bankning kuzatuv kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi;”;
9-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9) bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari to‘g‘risida mazkur Nizomning 107-bandi 5 — 10-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni;”.
2. Quyidagi mazmundagi 201 va 202-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“201. Ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi va muassisning bankni ta’sis etish haqidagi yakka tartibda qabul qilingan qarori bankni tashkil etish, bankning ustav kapitali miqdorini belgilash, bank ustavini, tashkiliy tuzilmasini va biznes-rejasini tasdiqlash, bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolarini saylash (tayinlash) to‘g‘risidagi qarorlarni o‘z ichiga olishi lozim.
202. Ta’sis shartnomasining va muassisning bankni ta’sis etish haqidagi yakka tartibda qabul qilingan qarorining nusxalari, ulardagi jismoniy shaxslarning imzolari notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi.”.
3. 22-bandda:
a) birinchi xatboshi “quyidagi hujjatlar” degan so‘zlardan keyin “ikki nusxada” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
b) 4-kichik bandda:
birinchi xatboshidagi “chet el banki kapitali monandligining” degan so‘zlar “chet el banki kapitalining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ustav kapitalining” degan so‘zlar “xususiy kapitalning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 23-bandning birinchi xatboshisi “quyidagi hujjatlar” degan so‘zlardan keyin “ikki nusxada” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
5. 24-bandda:
birinchi xatboshidagi “uch” degan so‘z “ikki” degan so‘z bilan almashtirilsin;
1 va 2-kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) muassislar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasini. Bank bir muassis tomonidan ta’sis etilgan taqdirda, muassisning bankni ta’sis etish haqidagi yakka tartibda qabul qilingan qarori taqdim etiladi;
2) bank ikki va undan ortiq muassislar tomonidan ta’sis etilgan hollarda ta’sis yig‘ilishining bayonnomasini;”;
7 va 8-kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) kapitalining va kredit reytingining mazkur Nizomning 25-bandi 2-kichik bandida keltirilgan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatni;
8) bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari to‘g‘risida mazkur Nizomning 107-bandi 5 — 10-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni;”.
6. 25-bandning 2-kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) yuqori kapital va kredit reytingi ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan chet el banklari va boshqa kredit tashkilotlari deganda kapitali va kredit reytingi quyidagi talablarga muvofiq bo‘lgan shaxslar tushuniladi:”.
7. 28-bandda:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari to‘g‘risida mazkur Nizomning 107-bandi 5 — 10-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar;
tashkil etilayotgan bank joylashgan erdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy ta’minotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda berilgan xulosasi;”;
beshinchi xatboshidan “(uch nusxada)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur bandning uchinchi — beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hujjatlar ikki nusxada taqdim etiladi.”.
8. I bo‘limning 2-bobidagi 6-paragrafning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9. 30, 31, 101, 109, 140, 151 va 152-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
10. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.”.
11. I bo‘limning 2-bobidagi 7-paragrafning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
12. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ushbu Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan yig‘im summasining yarmi undiriladi.”.
13. 43-bandda:
a) 1-kichik bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“norezident bo‘lgan jismoniy shaxsning fuqarolik pasporti nusxasi;”;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2-kichik bandda:
ikkinchi xatboshi “davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma” degan so‘zlardan keyin “(norezident bo‘lgan yuridik shaxslar uchun)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oxirgi 3 yil uchun, agar faoliyat 3 yildan kam muddatga amalga oshirilgan bo‘lsa — amalda faoliyat olib borilgan yillar uchun moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi nusxasi;”;
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organ a’zolarining mazkur Nizomning 52-bandida belgilangan ishchanlik obro‘si mezoniga muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;”;
o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 3-kichik bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“guruh ishtirokchilarining moliyaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan ariza beruvchining oxirgi 3 yil uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi nusxasi (ma’lumot ariza topshirish sanasiga qadar 90 kundan kech bo‘lmagan sanaga bo‘lishi lozim);”;
g) 5-kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kapitalining va kredit reytingining mazkur Nizomning 25-bandi 2-kichik bandida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;”.
14. 45-band “hadya tartibida” degan so‘zlardan keyin “, sudning qaroriga asosan mulk huquqini olish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
15. 52-bandning 1-kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “bankrotlik” degan so‘z “to‘lovga qobiliyatsizlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. 75-bandda:
birinchi xatboshi “Markaziy bankka” degan so‘zlardan keyin “quyidagilarni taqdim etadi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bank aksiyalari ularni keyinchalik bekor qilish sharti bilan bank ustav kapitalini kamaytirish uchun sotib olinganda bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qarorini, keyinchalik belgilangan tartibda qayta sotish maqsadida sotib olinganda — bank kuzatuv kengashining qarorini. Bunda qarorda bank tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olish sabablari ko‘rsatiladi.”.
17. 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“76. Bank ustav kapitalini kamaytirish maqsadida o‘z aksiyalarini sotib olishga doir dastlabki ruxsatnomani olgandan so‘ng ustaviga bank ustav kapitalini kamaytirish bilan bog‘liq o‘zgartirishlarni kiritadi.”.
18. 77-bandning 3-kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki nazorat va (yoki) komplaens nazorat uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma rahbari;”.
19. 84-bandda:
birinchi xatboshidagi “muvofiqliligiga” degan so‘z “muvofiqligiga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “saylanayotgan” degan so‘z “saylangan” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kelishib olingan kunidan boshlab 12 oy mobaynida shu bankning o‘zida o‘sha talablar qo‘yilgan boshqa lavozimga yoki o‘zi egallab turgan lavozimga qayta saylangan yoki tayinlangan rahbarni;”.
20. 88-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“88. Markaziy bank nomzodni alohida baholaydi va uning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini jumladan asoslantirilgan mulohazadan foydalangan holda aniqlaydi.”.
21. 89-banddagi “qat’iy nazar” degan so‘zlar “qat’i nazar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22. 90-bandda:
birinchi xatboshidagi “baholashga” degan so‘z “baholashda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nomzod harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida o‘zi hozirda yoki ilgari ijroiya organi, kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lgan yoxud hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan ishtirokchisi (aksiyadori) sifatida yoki boshqa usulda nazorat qilgan yoki nazorat qilayotgan yuridik shaxsni to‘lovga qobiliyatsizlik va majburiy likvidatsiya holatiga olib kelganligini tasdiqlovchi dalillarning mavjud emasligi;”.
23. 94-bandda:
to‘rtinchi xatboshi “bank boshqaruvi a’zolari uchun” degan so‘zlardan keyin “, bundan boshqaruv raisi mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari uchun, bundan bosh buxgalter mustasno — bank va (yoki) moliya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega bo‘lishi;”.
24. 100-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“100. Nomzod tashkilot faoliyatining ko‘lami, xususiyati, miqyosi va murakkabligi, shuningdek bajarilayotgan kasbiy majburiyatlarning xususiyati va murakkabligidan kelib chiqib, bir vaqtning o‘zida bir nechta moliyaviy yoki nomoliyaviy tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarini egallashi, boshqa kasbiy majburiyatlarni bajarishi mumkin. Bunda nomzodga quyidagilar taqiqlanadi:
bir vaqtning o‘zida besh va undan ortiq yuridik shaxsning kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lishi;
bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq bankning kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lishi, bundan mazkur banklar bir bank guruhiga tegishli bo‘lgan hollar mustasno;
bankning kuzatuv kengashi a’zosi bo‘la turib, bir vaqtning o‘zida mazkur bankning boshqaruvi a’zosi yoki uning sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarida boshqaruv organlari a’zosi bo‘lishi yoxud ularda mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlashi;
bankning boshqaruvi a’zosi, muhim ahamiyatga ega xodimi, vaqtinchalik boshqaruvchisi yoki tugatish komissiyasi a’zosi bo‘la turib, bir vaqtning o‘zida boshqa ikki va undan ortiq korxona va tashkilotlarda, shu jumladan davlat organlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlashi;
bankning boshqaruvi a’zosi, muhim ahamiyatga ega xodimi, vaqtinchalik boshqaruvchisi yoki tugatish komissiyasi a’zosi bo‘la turib, bir vaqtning o‘zida boshqa uch va undan ortiq yuridik shaxsning kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lishi.”.
25. 107-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“107. Bank nomzodni kelishib olish uchun Markaziy bankka quyidagilarni taqdim etadi:
1) bank boshqaruvi raisi tomonidan imzolangan ariza;
2) bank vakolatli organining nomzodni lavozimiga saylash (tayinlash) to‘g‘risidagi qaroridan yoki boshqaruv raisining nomzodni lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma;
3) nomzodning huquq va majburiyatlari batafsil ko‘rsatilgan hujjat nusxasi;
4) nomzodning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini aniqlash uchun bank tomonidan o‘tkazilgan dastlabki baholash natijalari aks ettirilgan hujjat;
5) mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq nomzod tomonidan to‘ldirilgan anketa;
6) nomzodning mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shakldagi obyektivka-ma’lumotnomasi;
7) norezident bo‘lgan jismoniy shaxsning fuqarolik pasporti nusxasi;
8) nomzodning mehnat tajribasini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, bundan O‘zbekiston Respublikasida to‘plangan mehnat tajribasini tasdiqlovchi hujjat nusxasi mustasno;
9) nomzodning oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, bundan O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat nusxasi mustasno;
10) nomzod doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan, 90 kundan ortiq yashagan yoki yashayotgan barcha davlatlarning (O‘zbekiston Respublikasidan tashqari) mas’ul organlari tomonidan so‘ngi 90 kun ichida berilgan nomzodning sudlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.”.
26. 108-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “hujjatlar bilan birga quyidagilarni taqdim etadi” degan so‘zlar “hujjatlarni va qo‘shimcha ravishda quyidagilarni taqdim etadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 1-kichik bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilardan “tugatilayotgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bankning ko‘chmas mulkiga raqobatchi bo‘lgan mulkka egalik qilishi to‘g‘risida, agar tugatish yoki vaqtinchalik boshqaruv jarayonida mazkur mulkni baholash, tasarruf etish yoki boshqarish ko‘zda tutilgan bo‘lsa;
tugatish jarayonida bank tugatuvchisi yoki vaqtinchalik boshqaruvchi vazifasini xolis bajarish uchun to‘sqinlik qiluvchi har qanday moliyaviy va ishbilarmonlik manfaatlari yoki holatlari to‘g‘risida;”.
27. 115-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bank nomzodning suhbatda qatnashish uchun belgilangan kunda va vaqtda Markaziy bankda hozir bo‘lishini yoki videokonferens-aloqa tizimiga ulanishini ta’minlashi lozim.”.
28. 130 — 132-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“130. Banklar O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bankni xabardor qilgan holda filiallar ochishi mumkin.
Bank filiali bankning kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq ochiladi va tugatiladi hamda o‘z faoliyatini bankka berilgan litsenziya va bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan filial to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiradi.
131. Banklar o‘z filialini ochganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida Markaziy bankka mazkur Nizomning tegishli ravishda 132 va 139-bandlarida belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi shart.
Bank filialini ochganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshiriladigan faoliyat qonunga xilofdir.
132. Bank filial ochganda hamda mazkur Nizomning 1321-bandida ko‘rsatilgan talablar va shartlarga rioya etgan taqdirda Markaziy bankka bank filialini ochganlik to‘g‘risida mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
bank kuzatuv kengashining filialni ochish to‘g‘risidagi qarori;
filial rahbari va bosh buxgalterining mazkur Nizomning tegishli ravishda 1341 va 1342-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
filial joylashgan erdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining filial binosi, uning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy ta’minotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda berilgan xulosasi.”.
29. Quyidagi mazmundagi 1321-band bilan to‘ldirilsin:
“1321. Bank filialini ochganlik to‘g‘risidagi xabarnomani Markaziy bankka yuborish uchun bank quyidagi talablar va shartlarga rioya etishi lozim:
bankning barqaror moliyaviy holatga ega bo‘lishi;
filial rahbari va bosh buxgalterining mazkur Nizomning tegishli ravishda 1341 va 1342-bandlarida belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi;
filial binosi, uning muhofazasi ta’minlanishi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari va dasturiy ta’minot bilan jihozlanishi Markaziy bank talablariga muvofiq bo‘lishi.”.
30. Quyidagi mazmundagi 1341 va 1342-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“1341. Filial rahbari quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi lozim:
moliya-iqtisod yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
bank-moliya sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar yoxud jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lmasligi;
ijro organi a’zosi, kuzatuv kengashi a’zosi yoki hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan ishtirokchi (aksiyador) sifatida yoxud boshqa usulda o‘zi tomonidan nazorat qilingan yuridik shaxsni harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida to‘lovga qobiliyatsizlik va majburiy likvidatsiya holatiga olib kelmagan bo‘lishi;
bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoxud uning nazorati ostida ishlovchi yaqin qarindoshlardan biri bo‘lmasligi.
1342. Filial bosh buxgalteri quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi lozim:
moliya-iqtisod yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
bank-moliya sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan bankning buxgalteriya hisobi va (yoki) moliyaviy hisobotni tuzish uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi.”.
31. 135-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“135. Bank filialining joylashgan erini (pochta manzilini) o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda bank mazkur bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xulosa olingan sanadan e’tiboran 10 ish kunidan kechiktirmay Markaziy bankka filialning joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgarganligi to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboradi. Xabarnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
bank filialining joylashgan erini (pochta manzilini) o‘zgartirish haqidagi bank kuzatuv kengashining qarori. Bunda qarorda filialning yangi manzili ko‘rsatilishi lozim;
bank filialining yangi binosi joylashgan erdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining filial binosi, uning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy ta’minotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda berilgan xulosasi;
filial manzili o‘zgarishining bank omonatchilari va kreditorlariga ta’siri to‘g‘risida axborot.
Ma’muriy-hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, shaharlar), aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar) nomining o‘zgarishi natijasida bank filialining pochta manzili o‘zgarganda bank tegishli o‘zgarishlar sodir bo‘lgan sanadan e’tiboran 20 ish kunidan kechiktirmay Markaziy bankka mazkur o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma xabarnoma yuboradi.”.
32. 136-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“136. Bank quyidagi hollarda filialining joylashgan erini (pochta manzilini) o‘zgartirishga haqli emas:”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bank filialining yangi binosi, uning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlanishi va dasturiy ta’minoti Markaziy bank talablariga nomuvofiq bo‘lganda;”.
33. Quyidagi mazmundagi 1361-band bilan to‘ldirilsin:
“1361. Bank filialining nomi o‘zgarganda bank filial nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi kuzatuv kengashining qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran 10 ish kunidan kechiktirmay Markaziy bankka ushbu qarorni ilova qilgan holda yozma xabarnoma yuboradi.”.
34. 139-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“139. Filialni tugatish jarayoni yakunlangandan so‘ng bank Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda bank filialini tugatganlik to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboradi:”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“filialni tugatish komissiyasini tuzish haqidagi bankning vakolatli boshqaruv organining qarori;”.
35. 143-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“143. Markaziy bank arizani mazkur Nizomning 142-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilgan kundan boshlab 20 ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqadi.”.
36. 156 — 159-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“156. Bank xizmatlari ofislari Markaziy bankni xabardor qilgan holda ochiladi.
157. Bank bank xizmatlari ofisini ochganda hamda mazkur Nizomning 158-bandida ko‘rsatilgan talablar va shartlarga rioya etgan taqdirda Markaziy bankka bank xizmatlari ofisini ochganlik to‘g‘risida mazkur Nizomning 131-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
bankning vakolatli boshqaruv organining bank xizmatlari ofisini ochish to‘g‘risidagi qarori;
bank xizmatlari ofisi joylashgan erdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank xizmatlari ofisining binosi, uning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy ta’minotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda berilgan xulosasi.
158. Bank xizmatlari ofisini ochganlik to‘g‘risidagi xabarnomani Markaziy bankka yuborish uchun bank quyidagi talablar va shartlarga rioya etishi lozim:
bankning barqaror moliyaviy holatga ega bo‘lishi;
bank xizmatlari ofisining binosi, uning muhofazasi ta’minlanishi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari va dasturiy ta’minot bilan jihozlanishi Markaziy bank talablariga muvofiq bo‘lishi.
159. Bank xizmatlari ofisi tugatilganda bank Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda bank xizmatlari ofisini tugatganlik to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboradi:
bank xizmatlari ofisini tugatish to‘g‘risidagi bankning vakolatli boshqaruv organining qarori;
bankning rasmiy veb-saytida yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan bank xizmatlari ofisining tugatilishi haqidagi e’lon nusxasi.”.
37. 161 va 162-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“161. Bank xizmatlari ofisining nomi o‘zgarganda bank bank xizmatlari ofisining nomini o‘zgartirish haqidagi bank vakolatli organining qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran 10 ish kunidan kechiktirmay Markaziy bankka ushbu qarorni ilova qilgan holda yozma xabarnoma yuboradi.
162. Bank xizmatlari ofisining joylashgan erini (pochta manzilini) o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda bank mazkur bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xulosa berilgan sanadan e’tiboran 10 ish kunidan kechiktirmay Markaziy bankka bank xizmatlari ofisining joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgarganligi to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboradi. Xabarnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
bank xizmatlari ofisining joylashgan erini (pochta manzilini) o‘zgartirish haqidagi bankning vakolatli organining qarori. Bunda qarorda bank xizmatlari ofisining yangi manzili ko‘rsatilishi lozim;
bank xizmatlari ofisi joylashgan erdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank xizmatlari ofisining yangi binosi, uning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy ta’minotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda berilgan xulosasi.
Ma’muriy-hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, shaharlar), aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar) nomining o‘zgarishi natijasida bank xizmatlari ofisining pochta manzili o‘zgarganda bank tegishli o‘zgarishlar sodir bo‘lgan sanadan e’tiboran 20 ish kunidan kechiktirmay Markaziy bankka mazkur o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma xabarnoma yuboradi.”.
38. 195-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“195. Markaziy bank bankni qayta tashkil etishga doir ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizani, mazkur ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan e’tiboran 20 ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqadi. Bankni qayta tashkil etishga doir ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun Markaziy bank tomonidan yig‘im undirilmaydi.”.
39. 2-ilovada:
“Pasport ma’lumotlari” degan so‘zlar “Shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Seriya va raqami” degan so‘zlar “Seriyasi (mavjud bo‘lsa) va raqami” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
40. 6-ilovaning 1.6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.6. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat: seriyasi (mavjud bo‘lsa) ____ raqami _________ kim tomonidan berilgani __________________________ berilgan sanasi ____________ (bir nechta davlat fuqaroligiga ega bo‘lganda, ularning barchasi tomonidan berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning ma’lumotlarini ko‘rsating)”.
41. 11-ilovaning 1.6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
42. 13-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
43. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda 131-ilova bilan to‘ldirilsin. | 119 | 26,423 |
Qonunchilik | “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmati: pensiya savollar va javoblarda | “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan navbatdagi mavzuga doir toʻplam pensiyaga chiqishga bagʻishlanadi. Unda siz pensionerlar va korхonalar qanday savollarga duch kelishini bilib olasiz.
- Pensiyani rasmiylashtirish uchun ma’lumotnomalarni toʻplashda ular oʻz kuchini yoʻqotmasligi uchun necha oy oldin toʻplashim kerak? Turkmanistonda ishlagan davrimni ma’lumotnomalar bilan tasdiqlash kerakmi va kim soʻrov yuborishi kerak: ijtimoiy ta’minot boʻlimi yoki mening oʻzimmi?
- Yoshga doir pensiya olish huquqi boʻlganda pensiya yoshiga yetgan хodim bilan mehnat shartnomasi qanday toʻgʻri bekor qilinishi mumkin?
- Mehnat daftarchasi stajni tasdiqlaydimi? Nima uchun pensiya rasmiylashtirgan vaqtimda ma’lumotnomalar talab qilinmagan edi, hozir esa ularni taqdim qilish zarur?
- Kimdir jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidan ishonchnoma boʻyicha pul mablagʻlarini olishi mumkinmi?
- Pensiyaga chiqishda Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan jurnalist faхriy unvoni uchun ustamaga JShDS solinadimi yoki yoʻqmi?
- Pensiya jamgʻarmasi mening roziligimsiz pensiyamni plastik kartaga oʻtkazishi mumkinmi?
- Agar men oilaviy korхona boshligʻi boʻlsam pensiyani 100% olamanmi?
- Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasidan yechib olingan mablagʻlar daromad hisoblanadimi va ushbu pul mablagʻlaridan qandaydir soliq toʻlanishi lozimmi?
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti” boʻlimi boshqa savollarni ham saqlaydi. Ular bilan shu yerda tanishish mumkin.
Mavzuga doir material:
«Javob beramiz!» Ma’lumot хizmati: eng qiziqarli savollar | 65 | 1,559 |
Qonunchilik | Mamlakatimiz davlat mukofotlari – Tojikiston davlat va jamoat arboblariga | Prezidentning 29.08.2018 yildagi “Tojikiston Respublikasining bir guruh Davlat va jamoat arboblari, madaniyat, fan va sogʻliqni saqlash sohalari vakillarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Hujjat matni OʻzA saytida keltiriladi.
“Qardosh Oʻzbekiston va Tojikiston хalqlari oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaхshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mushtarak tariхiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash va boyitish borasidagi faol va samarali faoliyati, mamlakatlarimiz orasida oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik va koʻp tomonlama strategik sherikchilikni rivojlantirishdagi хizmatlari uchun” qoʻshni davlat fuqarolari ragʻbatlantirishning oliy shakliga sazovor boʻldilar.
Mukofotlanganlar orasida Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bor. Ularga «Fidokorona хizmatlari uchun» ordeni topshirildi. Yana bir qator arboblarga «Mehnat shuhrati» va «Doʻstlik» ordenlari, «Oʻzbekiston Respublikasi хalq artisti» faхriy unvoni berildi.
Ma’lumot uchun: «Davlat mukofotlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasi tufayli chet el fuqarolari Oʻzbekiston davlat mukofotlarini olishlari mumkin. Bu chet davlat arboblari taqdirlangan birinchi holat emas. Masalan, oʻtgan yili Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga «El-yurt hurmati» ordeni berilgan. | 73 | 1,407 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida | Ta’lim va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, loyihalarni tayyorlash jarayonida mahalliy davlat hokimiyati organlari ishtirokini kengaytirish va yakuniy natijalarga erishish yuzasidan mutasaddi rahbarlarning mas’uliyatini oshirish, shuningdek, 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) sifatli shakllantirish maqsadida:
1. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2021-yil uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Dasturni amalga oshirish uchun 17,1 trln so‘m, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xarajatlari uchun 1,5 trln so‘m mablag‘lar ajratilishini ko‘zda tutsin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun alohida satrlarda mablag‘lar ko‘zda tutiladi:
a) erkin iqtisodiy zonalarni, kichik sanoat zonalarini hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash;
b) tuman markazlari va shaharlarning me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ajratilgan mablag‘lar hisobidan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
tuman markazlari, shaharlar va yirik aholi punktlarida park zonalarini rivojlantirish, tashqi yoritish, sug‘orish va drenaj tizimlarini yaratish, shuningdek, piyoda va velosiped yo‘laklarini qurish;
har bir tuman markazi va shaharda kamida bittadan markaziy ko‘chani zamonaviy shaharsozlik loyihalari asosida rejalashtirgan holda mukammal ta’mirlash.
3. Belgilansinki:
tuman markazlari va shaharlarning me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirishga 2021-yilda 1,4 trln so‘m mablag‘ ajratiladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari parametrlarida alohida satrda ko‘zda tutiladi;
Dasturni shakllantirishda tegishli vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan takliflar mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy parametrlari doirasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritiladi;
Dasturning manzilli qismiga, birinchi navbatda, avvalgi yillardan o‘tuvchi va qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan obyektlar, shuningdek, moliyaviy resurslar bilan to‘liq ta’minlanmaganligi sababli tugatilmay qolgan obyektlar kiritiladi hamda ularni foydalanishga topshirish uchun zarur mablag‘lar ko‘zda tutiladi;
mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga mazkur tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan mablag‘lar ajratilishi munosabati bilan, ularga yo‘naltiriladigan markazlashgan investitsiya hajmlari mos ravishda qisqartiriladi;
2022-yildan boshlab budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladi.
4. Shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga o‘tkazilsin.
Qurilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tuman markazi va shaharlarning bosh rejalari hamda batafsil rejalashtirish loyihalari va qishloq aholi punktlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishni jadallashtirsin.
5. 2021-yilda injiniring xizmatlarini ko‘rsatish uchun eksperiment tariqasida xususiy tadbirkorlik subyektlari jalb etiladigan obyektlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qurilish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
eksperiment doirasida buyurtmachi funksiyalarini bajarishga jalb qilinadigan xususiy tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalariga ko‘ra aniqlasin;
obyektlarni buyurtmachi xizmatlarining funksiyalarini bajarishga jalb qilinadigan xususiy tadbirkorlik subyektlari orqali moliyalashtirish, shuningdek, ular uchun g‘aznachilik shaxsiy hisobvaraqlarini ochishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
6. Dasturni shakllantirish va amalga oshirish doirasida:
a) Sog‘liqni saqlash vazirligi tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari va birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarining (qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, tez yordam stansiyalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari) moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlashning ustuvorligini ta’minlash, tarmoqda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin;
b) Xalq ta’limi vazirligi:
umumta’lim maktablarini jihozlash uchun ajratiladigan mablag‘larni 2 baravarga ko‘paytirish hisobiga xizmat muddati 10 yildan oshgan o‘quv partalarini 2021-2022-yillarda to‘liq yangilashni nazarda tutsin;
birinchi navbatda, yangi barpo etilayotgan massivlarda maktablar qurish, navbatlilik koeffitsiyenti 1,5 dan yuqori bo‘lgan umumta’lim maktablari quvvatlarini oshirish, ta’mirtalab maktablarni kapital ta’mirlash va sport zali mavjud bo‘lmagan maktablarda sport zallari qurish, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining bino-inshootlaridan mazkur maqsadlar uchun samarali foydalanishni ko‘zda tutsin;
v) Maktabgacha ta’lim vazirligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari, birinchi navbatda, aholisi nisbatan zich joylashgan va qamrov darajasi past bo‘lgan aholi yashash punktlarida hamda yangi barpo etilayotgan massivlarda qurilishini ta’minlasin;
Toshkent shahri, viloyatlar markazlari va shaharlarda asosan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurishni, olis va aholisi tarqoq joylashgan hududlarda esa oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishni keng joriy qilsin;
g) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar:
oliy ta’lim muassasalarini qurish-ta’mirlash va jihozlash ishlariga vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘larini keng jalb qilsin hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning bir qismini yo‘naltirsin;
oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash darajasini oshirishga grant va xorijiy kreditlarni keng jalb qilish, xususan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda nodavlat oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish choralarini ko‘rsin;
d) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati:
aholining ichimlik va oqava suv ta’minoti qamrovi darajasini oshirish hamda issiqlik ta’minoti obyektlarini modernizatsiya qilish ishlariga Davlat budjeti mablag‘lari bilan bir qatorda xorijiy moliya institutlarining krediti hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik subyektlari mablag‘larini jalb qilish ishlarini jadallashtirsin;
olis, tog‘, cho‘l va aholisi tarqoq joylashgan hududlarda aholini suv bilan ta’minlashning muqobil shakllarini, shu jumladan davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida yo‘lga qo‘ysin;
ichimlik suvi tannarxini pasaytirish va suv yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida, sohaga ajratiladigan mablag‘larning 10 foizini energiya tejamkor uskuna-jihozlarni o‘rnatish va maxsus texnikalarni xarid qilishga yo‘naltirsin;
e) Transport vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi:
xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga xalqaro moliya institutlari hamda xususiy sheriklarning mablag‘larini keng jalb qilsin;
ajratiladigan mablag‘larni, asosan, serqatnov, tirbandlik yuqori bo‘lgan, ta’mirga muhtoj va ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar, tuman va shahar markazlarini aholi punktlari bilan bog‘lovchi yo‘llar hamda shahar va qishloqlardagi ichki xo‘jalik yo‘llari, yo‘l o‘tkazgichlar va ko‘priklar qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlariga yo‘naltirsin;
j) Suv xo‘jaligi vazirligi:
ajratiladigan mablag‘lar hisobidan, asosan, o‘zining tizimidagi irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini (yirik suv inshootlari, magistral va xo‘jaliklararo tarmoqlarni) qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, yirik gidrotexnik inshootlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirsin;
ichki xo‘jalik sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari fermer xo‘jaliklari hamda klastyerlarning mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishini ko‘zda tutsin;
z) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
mutasaddi vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan choralar amalga oshirilishini muvofiqlashtirsin;
ijtimoiy soha va infratuzilma loyihalarining manzilli ro‘yxatlari mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan asosiy parametrlarga muvofiq shakllantirilishini ta’minlasin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
joriy yil 20-oktabrga qadar ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarining dastlabki manzilli ro‘yxatini umumlashtirish hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritish uchun tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etsin;
tegishli idoralar bilan birgalikda joriy yil 1-noyabrga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 1 tadan ko‘p tarmoqli sog‘liqni saqlash muassasasi, 2 tadan umumta’lim maktabi, 3 tadan maktabgacha ta’lim tashkiloti va 1 tadan sport-sog‘lomlashtirish inshootini qo‘shimcha ravishda barpo etish yuzasidan 2021-yil Dasturiga kiritish bo‘yicha takliflarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim qilsin.
8. Moliya vazirligi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi joriy yil 1-noyabrga qadar 2021 — 2023-yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy soha va infratuzilma loyihalari ro‘yxatini shakllantirib, Dasturiga kiritish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim qilsin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi joriy yil 20-oktabrga qadar Dasturga kiritiladigan, tegishli vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlarining takliflari asosida shakllantirilgan ijtimoiy soha va infratuzilma loyihalarining dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirlik, idora, loyihachi tashkilotlar va Qurilish vazirligi bilan birgalikda joriy yil 20-noyabrga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Bunda, obyektlarning texnik topshiriqlari mavjudligi, ularning loyiha yechimlari hamda zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanilganligiga alohida e’tibor qaratilsin, shuningdek, buyurtmachilar tomonidan loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalariga ko‘ra aniqlashga ruxsat berilsin.
Vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlari loyiha-hujjatlari ishlab chiqilgan va ekspertizadan o‘tkazilgan obyektlarning yakuniy manzilli ro‘yxatini joriy yil 20-noyabrga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim qilsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi joriy yil 25-noyabrga qadar Dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Vazirlar Mahkamasi joriy yil 1-dekabrga qadar Dastur loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda joriy yil 1-dekabrga qadar 2021-yilda shahar va qishloq joylarda uy-joylar qurish dasturi parametrlarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Qurilish vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda 2021-yil 1-fevralga qadar:
a) qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari yakunlangan obyektlarning kafolat muddatini belgilash masalasini tanqidiy ko‘rib chiqib, ushbu muddatlarni obyektlarning turi, xavf-xatarlar toifalari, funksional maqsadlari va murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda belgilash bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) obyektlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni qabul qilish tizimini hamda ushbu sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy tartiblarini yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
loyiha-smeta hujjatlarining sifati, ishonchliligi va asoslanganligi hamda me’moriy va texnik yechimlarning maqbulligi yuzasidan loyiha tashkilotlarining javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda obyektning tavsiyaviy qiymatini emas, cheklangan qiymatini aniq belgilash;
shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanmagan obyektlarda qurish-montaj ishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ygan yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, tegishli vakolatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning qurilish jarayoniga hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishiga aralashuvini qat’iyan taqiqlash, zarur hollarda, ularni jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi normalarni qonunchilikka kiritish;
2022-yil 1-yanvardan boshlab qurilish-montaj ishlari yakunlanganligi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarining foydalanishga ruxsati olinmagan obyektlarni joriy saqlash uchun Davlat budjetidan mablag‘lar ajratmaslik;
qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini joriy qilish.
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda:
2021-yil 1-aprelga qadar Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro tuzilmalar hamkorligida “Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA)” tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnik ishlarni bajarish, zarur hujjatlarni tayyorlash, tegishli xulosalarni olish va me’yoriy bazani shakllantirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yakunlasin;
2021-yil 1-avgustga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni dastlab sinov tariqasida ayrim tarmoqlarda qo‘llash va uning natijalari asosida keyinchalik bosqichma-bosqich keng joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 162 | 15,986 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida | “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni tartibga solish chora-tadbirlarini kuchaytirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yangi maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Yangi oziq-ovqat qo‘shimchalarini olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga*;
Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika vositalarini olib kirish hamda ishlab chiqarishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyati tadbirkorlik subyektlari orasida keng yoritilishiga doir tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. | 160 | 1,493 |
Qonunchilik | Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarida davlat xaridlari hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash bo‘yicha tartib-taomillarni elektron tizimga o‘tkazish orqali yanada takomillashtirish hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etilsin:
qurilish sohasidagi davlat xaridlarini o‘tkazishda tanlov hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etish talab etilmaydi;
elektron tanlov (tender) (keyingi o‘rinlarda — tanlov) savdolarini amalga oshirish uchun tanlov hujjatlari va texnik vazifalar faqat tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi bo‘yicha kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi;
tanlov savdolarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi qurilish-pudrat tashkilotlarining so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 1,5 baravaridan oshgan oferentlar ishtirok etmaydi;
tanlov natijalari bo‘yicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan sifati va hajmiga ta’sir qilmagan holda tejalgan mablag‘lar pudrat tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.
2. Davlat buyurtmachilari qurilish sohasidagi tanlovlarni maxsus axborot portali operatorlari orqali onlayn rejimda o‘tkazilishini ta’minlasin.
Qurilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha maxsus axborot portali operatorlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ysin.
3. Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, qurilish vaziri B.I. Zakirov va moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom qurilish sohasida tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
tanlov — qurilish sohasida davlat xaridining elektron portalda davlat buyurtmachilari tomonidan qurilish-pudrat tashkilotlari ishlari (xizmatlari)ning pullik asosda olinishi;
davlat buyurtmachisi — tanlovini amalga oshirayotgan yuridik shaxs (keyingi o‘rinlarda — buyurtmachi);
maxsus axborot portali — operatorning davlat xaridlari o‘tkazilishini, davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar, davlat xaridlari yakunlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi axborotning va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotning elektron shaklda joylashtirilishini va ko‘rilishini, shuningdek, tanlovlari o‘tkazilishini ta’minlovchi veb-sayti va maxsus elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — portal);
tanlovni o‘tkazish bo‘yicha maxsus axborot portali operatori — davlat xaridlarining subyektalariga xarid qilish tartib tamoyillarini tashkil etish va o‘tkazish, maxsus axborot portaliga e’lonlarni, buyurtmanomalarni xamda davlat xaridlari va ularning yakunlari to‘g‘risidagi boshqa axborotni joylashtirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi maxsus vakolatli yuridik shaxs (keyingi o‘rinlarda — operator);
tanlov tashkilotchisi — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlari va kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov hujjatlarini tayyorlash, tashkil etish va o‘tkazish uchun litsenziyaga ega ixtisoslashgan tashkilot;
oferent — qurilish sohasida tanlovdan manfaatdor bo‘lgan va elektron tanlov taklifini taqdim etadigan, elektron reytingga kiritilgan qurilish-pudrat tashkiloti;
elektron reyting — “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi ko‘rsatkichlari aks ettirilgan elektron platformasi;
tanlov hujjatlari — tanlov predmetining moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi hamda tanlovni tashkil etish shartlari va o‘tkazish tartib-taomillari to‘g‘risidagi dastlabki axborotni o‘z ichiga oluvchi, buyurtmachi tomonidan tayyorlanadigan elektron hujjatlar to‘plami;
tanlov predmeti — oferent ishi va xizmati;
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tanlov predmetiga nisbatan oferentning portal orqali elektron shaklda taqdim etilgan taklifi;
aksept — buyurtmachi tomonidan oferentga yuboriladigan, uni tanlov g‘olibi deb e’tirof etish va shartnoma tuzishga rozilik berish to‘g‘risidagi elektron yozma xabarnoma;
zaxira ijrochisi — tanlov yakunlariga ko‘ra xarid komissiyasining qaroriga muvofiq g‘olib deb e’tirof etilgan oferentning tanlov taklifidan so‘ng tanlov taklifi eng maqbul deb topilgan oferent.
3. Mazkur Vaqtinchalik nizom davlat buyurtmachilarining va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravaridan ortiq bo‘lgan qurilish sohasidagi tanlovlariga nisbatan tatbiq etiladi.
4. Qurilishi mazkur Vaqtinchalik nizomning 3-bandida nazarda tutilmagan holatlarda mazkur nizom talablari tavsiyaviy ahamiyatga ega.
5. Mazkur Vaqtinchalik nizomning amal qilishi:
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga, shuningdek, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridlariga;
favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlariga nisbatan tadbiq etilmaydi.
6. Tanlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
buyurtmachi tomonidan tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi;
xarid komissiya tarkibi tasdiqlanadi;
tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov o‘tkaziladi;
takliflar qabul qilinadi — talabgorlardan tushgan takliflar avtomatik tarzda hisobga olinadi;
hisoblash natijalari bo‘yicha elektron bayonnoma tuziladi;
elektron bayonnoma to‘g‘risida portalda e’lon beriladi;
tanlov g‘olibi bilan shartnoma tuziladi.
7. Buyurtmachi, operator, tanlov tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va oferent (keyingi o‘rinlarda — xarid ishtirokchilari) tanlovning asosiy ishtirokchilari hisoblanadi.
8. Tanlov tashkilotchisi buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda xarid qilish tartib-taomillari natijalari asosida aniqlanadi.
9. Xarid komissiyasi buyurtmachining tegishli qarori bilan tuziladi.
Xarid komissiyasi buyurtmachi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakillaridan iborat kamida 5 kishilik toq sonli tarkibda shakllantiriladi.
Tanlov predmetiga qarab loyiha, ekspert tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning vakillari xarid komissiyasi tarkibiga kiritilishi mumkin.
10. Buyurtmachi:
tanlovni o‘tkazish to‘g‘risida qarorni qabul qiladi;
tanlovni o‘tkazish haqidagi e’lonni portalga joylashtiradi;
tanlov hujjatlari va texnik vazifalar kompleks ekspertizasining tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi bo‘yicha ijobiy xulosa mavjud bo‘lmasa e’lonni joylashtirish taqiqlanadi;
tanlovni o‘tkazish sanasini belgilaydi;
xarid komissiyasi tarkibini shakllantiradi, uning ishida qatnashadi;
tanlov g‘olibi bilan shartnoma tuzadi;
tanlovni tashkil etish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.
11. Operator quyidagilarni ta’minlaydi:
xarid ishtirokchilarining o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun portaldagi shaxsiy kabinetiga kirishini;
elektron reytingga kiritilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining ro‘yxatini va elektron reyting toifasi haqidagi axborotni taqdim etishni;
tanlov takliflarini avtomatik ravishda baholanishini;
oferentlarni tanlov takliflariga va ularni baholash natijalariga kirish muddati haqida avtomatik ravishda xabardor qilish;
oferentlarning tanlov hujjatlaridan foydalanishni;
tanlov komissiyasi a’zolarining tanlov takliflarini o‘rganishni;
tanlov ishtirokchilari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning maxfiyligini;
tizimni doimiy ravishda ishlashini.
12. Tanlov tashkilotchisi:
tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni, tanlovni o‘tkazishga tanlov hujjatlarini rasmiylashtiradi;
tanlov hujjatlari va texnik vazifalar kompleks ekspertizasining tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi bo‘yicha ijobiy xulosa mavjud bo‘lmasa e’lonni rasmiylashtirishi taqiqlanadi;
xarid komissiyasining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish va baholash natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomani rasmiylashtiradi;
tanlov g‘oliblari haqidagi axborotni portalga joylashtiradi.
13. Xarid komissiyasi:
tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini belgilaydi;
taklif kiritish tartibini, shaklini va uni ta’minlash hajmini 2 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilaydi;
tanlov takliflarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshiradi;
14. Xarid komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlarida nazarda tutilmagan ma’lumotlarni oferentlardan talab etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xarid komissiyasi oferentlarning tijorat sirlari maxfiyligini ta’minlaydi.
15. Xarid komissiyasi a’zolarining vakolatiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish uchun portal xarid komissiyasi a’zolarining yopiq elektron ma’lumot almashish (chat) imkoniyatini ta’minlaydi.
16. Xarid komissiyasining qarori xarid komissiyasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
17. Tanlov ishtirokchilari portalda shaxsiy kabinetlari orqali ishtirok etadilar.
Buyurtmachi va ishtirokchilar o‘zlarining soliq organlari tomonidan berilgan elektron raqamli imzolaridan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda portalda ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi.
Buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan ERIdan foydalanish, elektron tizimda tuziladigan shartnomalarni haqiqiy deb topish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Budjet buyurtmachilarini xaridga kiritish avtomatik tarzda Moliya vazirligi va operatorning ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Korporativ buyurtmachilarni xaridga kiritish ular tomonidan portaldagi elektron shakldagi so‘rovnoma-arizani (keyingi o‘rinlarda — so‘rovnoma) to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
18. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng avtomatik ravishda tanlov ishtirokchisining shaxsiy kabineti shakllantiriladi. Tanlov ishtirokchisining shaxsiy kabinetiga kirish ERIdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
19. Tanlov ishtirokchisi (yuridik shaxs) tugatilganda uning shaxsiy kabinetiga kiritilgan ma’lumotlar portalning ma’lumotlar arxiviga yuboriladi va belgilangan tartibda saqlanadi.
20. Xarid komissiyasining har bir a’zosi o‘zining shaxsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi yoki qarshi ovoz berishi mumkin. Xarid komissiyasi a’zosi qarshi ovoz berganda elektron bayonnomada asoslantirilgan tushuntirish qoldirishi shart.
21. Xarid komissiyasining har bir a’zosi ishtirokchilarni takliflarini qabul qilish muddati tugagan kunga qadar xarid ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni portalga kiritishi shart.
22. Xarid ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatga ega aloqalari bo‘lgan va/yoki tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo‘lgan oferentlar tanlovga qo‘yilmaydi.
23. Buyurtmachi tomonidan tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng, tanlov o‘tkazish haqidagi e’lon (keyingi o‘rinlarda — e’lon) tayyorlanadi va portalga joylashtiriladi.
24. E’longa quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
ishning (xizmatning) batafsil tavsifi;
qurilish obyektining qiymati;
oferentlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar;
agar tanlov predmeti hisoblangan ishlarni bajarish (xizmatlarni ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan bo‘lsa, litsenziya mavjudligi haqidagi talab;
takliflarni yuborish muddati tugaydigan sana va vaqt;
taklifni ta’minlash kafolatining qiymati.
25. Ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish muddati portalda e’lon qilingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
26. Oferent obyektning qiymati va xavf-xatar toifasiga qarab, qurilish tashkilotlarining quyidagi elektron reytingida ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganda tanlovga kiritiladi:
I xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati 1 mlrd so‘mgacha — “DD” va undan yuqori;
qiymati 1 mlrd so‘mdan 2 mlrd so‘mgacha — “DDD” va undan yuqori;
qiymati 2 mlrd so‘mdan 6 mlrd so‘mgacha — “S” va undan yuqori;
qiymati 6 mlrd so‘m va undan yuqori — “SS” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
II xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati 5 mlrd so‘mgacha — “CC” va undan yuqori;
qiymati 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha — “SSS” va undan yuqori;
qiymati 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mgacha — “V” va undan yuqori;
qiymati 20 mlrd so‘mdan 30 mlrd so‘mgacha — “VV” va undan yuqori;
qiymati 30 mlrd so‘m va undan yuqori — “VVV” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
III xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati 10 mlrd so‘mgacha — “CC” va undan yuqori;
qiymati 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mgacha — “SSS” va undan yuqori;
qiymati 20 mlrd so‘mdan 40 mlrd so‘mgacha — “V” va undan yuqori;
qiymati 40 mlrd so‘m va undan yuqori — “VV” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
IV xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati 20 mlrd so‘mgacha — “CC” va undan yuqori;
qiymati 20 mlrd so‘mdan 50 mlrd so‘mgacha — “SSS” va undan yuqori;
qiymati 50 mlrd so‘mdan 80 mlrd so‘mgacha — “V” va undan yuqori;
qiymati 80 mlrd so‘mdan 110 mlrd so‘mgacha — “VV” va undan yuqori;
qiymati 110 mlrd so‘m va undan yuqori — “VVV” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega.
Tanlovda yagona oferent ishtirok etganda yoki birorta ham oferent ishtirok etmaganda, xarid komissiyasi tanlovga kirish uchun oferentlarga nisbatan qo‘yilgan elektron reyting bahoni pasaytirish huquqiga ega.
27. Agar tanlov predmeti hisoblangan ishlarni bajarish (xizmatlarni ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan bo‘lsa, tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda berilgan tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan oferentlar qo‘yiladi.
Ishtirokchilar uchun obyekt yo‘nalishidan va xavf-xatar toifasidan kelib chiqqan holda reyting bo‘yicha talablarni aniqlash Qurilish vazirligining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
28. Buyurtmachi tanlov hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi hamda e’lon bilan bir vaqtda portalga joylashtiradi.
29. Tanlov hujjatlari quyidagilardan iborat:
mazkur Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq ishlarni bajarishga narx taklifi;
mazkur Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq obyektni qurishning umumiy jadvali;
mazkur Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq obyekt qurilishini moliyalashtirishning umumiy jadvali;
mazkur Vaqtinchalik nizomga 4-ilovaga muvofiq jamlanma jadval, ishlarning fizik hajmlari va obyektga resurslar qaydnomasi hamda asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarga narxlar jadvali;
mazkur Vaqtinchalik nizomga 5-ilovaga muvofiq tanlov taklifini ta’minlash kafolati;
mazkur Vaqtinchalik nizomga 6-ilovaga muvofiq tanlov predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma mablag‘larning mavjudligi haqidagi ma’lumotnoma yoki ko‘rsatilgan mablag‘larni taqdim etishga bank kafilligi;
agar tanlov predmeti hisoblangan ishlarni bajarish (xizmatlarni ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan bo‘lsa, tegishli litsenziya nusxasi;
shartnoma loyihasi.
30. Tanlov hujjatlarining shakllari va ilovalari namunalari, shartnoma loyihasi buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi.
31. Buyurtmachi, xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorni, ishtirokchilarning takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilishga haqli.
Bunda tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan sanadan boshlab kamida besh ish kuniga uzaytiriladi. Agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, e’longa o‘zgartirishlar kiritiladi.
32. Tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida tanlov predmeti va turini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
33. Zarur hollarda buyurtmachi, xarid komissiyasining tashabbusi bilan xarid komissiyasi qarori asosida tanlov takliflarini taqdim etish muddatini uzaytirishi yoki oferentlarga ularning tanlov takliflari amal qilish muddatini muayyan davrga uzaytirish to‘g‘risida taklif bilan murojaat qilishi mumkin.
34. Takliflarni qabul qilish muddati tugagunga qadar oferent o‘z takliflariga o‘zgartirishlar kiritish yoki qaytarib olish huquqiga ega.
35. Oferent shaxsiy kabinetdan foydalangan holda tanlov hujjatlarining ilovalarini to‘ldirish va yuklash (elektron shaklda “pdf” formatda skaner qilingan hujjatlarni) yo‘li bilan portalga taklifini ERI bilan tasdiqlagan holda e’londa belgilangan muddatdan kechiktirmay yuboradi.
36. Tanlov taklifi bilan birgalikda oferentlar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni joylashtirishi mumkin.
37. Oferent taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqqoniyligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
38. Portal tomonidan tanlov takliflarining qabul qilinishi portalda joylashtirilgan e’londa belgilangan kun tugashi bilan soat 00:00 da to‘xtatiladi.
39. Ishtirokchilar takliflarini qabul qilish muddati tugagunga qadar portal xarid ishtirokchilari tomonidan ko‘rish imkoniyatini cheklaydi.
40. Tanlov hujjatlari bo‘yicha tushuntirish olish maqsadida, oferentlar tomonidan yuboriladigan murojaatlarni qabul qilish buyurtmachi tomonidan e’lonni tugash muddatidan ikki kun oldin to‘xtatiladi. Kelib tushgan barcha murojaatlarga buyurtmachi tomonidan ochiq elektron chat orqali ikki kun muddatda tushuntirishlar berilishi shart.
41. Xarid komissiyasi tushgan tanlov takliflarini ularni taqdim etish muddati tugagan paytdan boshlab o‘n kun ichida ko‘rib chiqadi.
42. Xarid komissiyasi quyidagi hollarda tanlov takliflarini rad etadi:
takliflar tanlov hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmaganda;
oferentning komissiya a’zosi bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud bo‘lsa, shuningdek, bankrotlik yoki tugatish bosqichida bo‘lsa.
43. Tanlov quyidagi hollarda amalga oshmagan deb hisoblanadi:
yagona oferent ishtirok etgan yoki birorta ham oferent ishtirok etmagan taqdirda. Bunday holatda buyurtmachi tanlovni tanlov hujjatlarida belgilangan ayni o‘sha shartlarda va ishlarga (xizmatlarga) doir ayni o‘sha talablarga muvofiq takroran o‘tkazishi shart. Bunda tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritishga, elektron reyting bahosi qismidagi oferentning tanlovga kirish talabini pasaytirishga yo‘l qo‘yiladi;
tanlov takliflarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xarid komissiyasi barcha tanlov takliflarini rad etsa;
g‘olib va zaxira g‘olibi shartnoma tuzishni rad etsa.
Tanlov amalga oshmagan deb hisoblangan taqdirda, tanlovni belgilangan tartibda takroran o‘tkazish bo‘yicha e’lon beriladi.
44. Oferentning umumiy ballari yig‘indisini yakuniy hisoblash uchun portal tomonidan avtomatik rejimda hisoblanadigan quyidagi formuladan foydalaniladi:
YaB = (RB * 0,6) + (5 — (birdan beshgacha)) + ((BBN — ON) * 35 / (BBN — ETN)):
YaB — oferentning yakuniy bali;
RB — elektron reyting doirasida olingan ball;
0,6 — oferent tomonidan elektron reyting doirasida olingan ballning oferentning umumiy yakuniy balidagi ulushini aniqlovchi koeffitsiyent;
(5 — (birdan beshgacha)) — oferentning ishni (xizmatni) bajarish muddatining tanlov hujjatlarida belgilangan muddatga muvofiqligini aniqlovchi ifoda (oferentning ishni (xizmatni) bajarish muddati tanlov hujjatlarida belgilangan muddatga muvofiq bo‘lganda yoki oferentning ishni (xizmatni) bajarish muddati tanlov hujjatlarida belgilangan muddatdan oldinroq bo‘lganda oferent 5 ball oladi, har bir 10 kun miqdoridan oshganlik uchun 5 dan 1 ball olib tashlanadi, biroq 5 balldan ortiq bo‘lmasligi kerak);
BBN — buyurtmachining boshlang‘ich narxi;
ON — oferentning narxi;
35 — oferent tomonidan tanlov taklifi bo‘yicha olingan ballning oferentning umumiy yakuniy balidagi ulushini aniqlovchi koeffitsiyent;
ETN — tanlov taklifining eng kam narxi.
Oferent tanlov taklifini eng kam narx bilan bergan taqdirda, u 35 ball oladi va formulaning ikkinchi qismi — ((BBN — ON) * 35 / (BBN — ETN)) ifodasi hisoblanmaydi.
Xarid ishtirokchisining chegirmasi boshlang‘ich narxga nisbatan 10 foizdan ko‘p bo‘lgan taqdirda, ushbu ishtirokchi xarid jarayonidan chetlashtiriladi.
45. Avtomatlashtirilgan hisoblash natijalari bo‘yicha tanlov g‘olibi va zaxira g‘olibi aniqlanadi.
46. Tanlov g‘olibini aniqlash yakunlariga ko‘ra xarid komissiyasi a’zolari bir ish kuni ichida o‘z elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda elektron bayonnomani tasdiqlaydi. Elektron bayonnomadan ko‘chirma portalda avtomatik rejimda e’lon qilinadi.
47. Tanlov takliflarini ko‘rib chiqish va baholash haqidagi elektron bayonnomada quyidagi axborotlar aks ettiriladi:
tanlov takliflarini ko‘rib chiqish, baholash sanasi va vaqti;
xarid komissiyasi ishtirok etgan a’zolar va oferentlar vakolatli vakillarining tarkibi;
tanlov takliflarini baholash natijasi;
qabul qilingan qaror, tanlov g‘olibi va zaxira g‘olibi haqidagi ma’lumot.
48. Buyurtmachi tanlov g‘olibi aniqlangan paytdan boshlab g‘olib tashkilotga ikki ish kuni ichida tanlov yakunlariga ko‘ra aksept yuboradi. Aksept yuborilgan vaqtdan boshlab tanlov tugallangan hisoblanadi.
49. Aksept tanlov bekor qilinmagan hamda tanlov tartib-taomillari buzilmagan taqdirda yuborilishi mumkin.
50. Buyurtmachi g‘olib bo‘lgan tanlov taklifi akseptiga qadar istalgan vaqtda tanlovni bekor qilish huquqiga ega. Tanlov bekor qilingan taqdirda, buyurtmachi portalda mazkur qarorning asoslangan sabablarini e’lon qiladi.
51. Tanlov natijalari bo‘yicha shartnoma tanlov hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan oferent tomonidan berilgan tanlov taklifida ko‘rsatilgan shartlar asosida tanlov g‘olibi e’lon qilingan paytdan boshlab o‘n kun muddatdan kechikmay tuziladi.
52. Tanlov g‘olibi akseptni tasdiqlashdan yoki shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda shartnoma tuzish huquqi zaxira g‘olibiga o‘tadi va tanlov g‘olibiga tanlov taklifini ta’minlash summasi qaytarib berilmaydi. Bunda zaxira g‘olibi tanlov g‘olibi tomonidan yoki tanlov taklif etilgan narx bo‘yicha shartnoma tuzishi yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.
Zaxira g‘olibiga, u shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda, tanlov taklifini ta’minlash summasi qaytarib berilmaydi.
G‘olib yoki zaxira g‘olibi shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda, tanlov amalga oshmagan deb hisoblanadi va tanlovni takroran o‘tkazish e’lon qilinadi.
53. Buyurtmachi quyidagi hollardan biri ro‘y bergandan so‘ng tanlov taklifini ta’minlash summasi to‘lanishini talab qilmaydi va ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatni uch ish kuni ichida qaytaradi yoki uning qaytarilishini ta’minlaydi:
tanlov taklifini ta’minlashning amal qilish muddati tugaganda;
tanlov to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirganda va ushbu shartnoma ijrosini ta’minlashni taqdim etish, agar bunday ta’minlash tanlov hujjatlari shartlarida talab etilsa;
tanlov bekor qilinganda;
tanlov takliflarini yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar tanlov taklifining chaqirib olinishi, agar tanlov shartlarida bunday qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi aytib o‘tilmagan bo‘lsa.
54. Qurilish sohasida elektron tanlov portalida tuzilgan bitim ro‘yxatga olinadi, oferent o‘z farmoyishi asosida har bir obyekt uchun shaxsiy hisob varag‘idan operatorning vositachilik shartnoma asosida to‘lov yechib olinadi.
55. Xarid ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
56. Buyurtmachi quyidagilar uchun javob beradi:
xarid komissiyasini shakllantirishda uning tarkibiga doir talablarga rioya etish;
tanlov savdolari g‘olibi bilan shartnoma tuzish muddatining buzilganligi;
tanlov shartlarining bajarilishi monitoringi uchun “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritmaganligi yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritganligi.
57. Operator quyidagilar uchun javob beradi:
buyurtmachiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan ishtirokchilarning takliflari va elektron reyting haqidagi ma’lumotlarning hamda portalga yuklatilgan takliflarning tuzilmasidagi hujjatlar butligiga;
elektron tanlov takliflarining taraflar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi tugallangandan so‘ng qonunchilikda belgilangan muddatda saqlanishiga;
xarid ishtirokchilari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning e’lon muddati davomida maxfiyligini ta’minlashga.
58. Xarid komissiyasi quyidagi vakolatlarga ega emas:
oferentdan tanlov hujjatlari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni asossiz talab etishga;
oferentlarning tijorat sirini muhofaza qilishga bo‘lgan huquqlar buzilishiga;
xarid ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari bo‘lgan, shuningdek, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo‘lgan oferentlarning tanlovda ishtirok etishga yo‘l qo‘yishga;
oferentning tanlovda ishtirok etishdan asossiz ravishda chetlatishga;
tanlov hujjatlarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddatlarini o‘zgartirishga;
tanlov tartib-taomillarining boshqa belgilangan talablarini buzishga.
59. Oferent o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
60. Tanlov natijalarini rasmiylashtirish, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblarni tashkil etish, shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish hamda shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
61. Operator tanlovga taalluqli barcha hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydi.
62. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladigan tartibotlar mazkur Vaqtinchalik nizom talablariga zid bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi.
63. Vaqtinchalik nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 129 | 26,959 |
Qonunchilik | Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyati sohalariga oid normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganda bir haftalik muddatda ushbu normativ-huquqiy hujjatni ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha mazkur buyruqning 1-bandida belgilangan namunaviy “Yo‘l xarita” asosida o‘zlarining “Yo‘l xarita”sini tasdiqlashlari, shuningdek ularning amalga oshirilishini ta’minlashlari hamda doimiy nazoratni amalga oshirishlari belgilab qo‘yilsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi tegishli ravishda:
ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyati sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”larining amalga oshirilishini doimiy monitoring qilib borsin va nazoratni amalga oshirsin.
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 3-martdagi 46-mh-son “Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyatining aholi o‘rtasida tushuntirilishi yuzasidan namunaviy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2866, 2017-yil 3-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 10-son, 150-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
6. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev va vazir o‘rinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin. | 179 | 2,598 |
Qonunchilik | 50, 100, 200 va 500 soʻmlik kupyura va tangalar muomaladan qaytarib olinadi | Adliya vazirligi Telegram tarmogʻidagi oʻzining rasmiy kanalida Eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom roʻyхatdan oʻtkazilganligi haqida хabar qildi.
Ularning oʻrniga 2018 yil namunasidagi 50, 100, 200 va 500 soʻmlik tangalar muomalaga chiqariladi.
Bu – muhim! Eski namunadagi 50 va100 soʻmlik tangalar hamda 50 va 100 soʻmlik banknotlarni ayirboshlash muddati 1.07.2019 yilgacha etib belgilandi. 200 va 500 soʻmlik kupyuralar uchun esa – 1.07.2020 yilgacha. Shu paytgacha ular avvalgidek toʻlovlarni amalga oshirish chogʻida qabul qilinishi kerak.
Tijorat banklari eski namunadagi pullarni hech qanday moneliksiz va cheklovlarsiz qabul qilishlari, shu jumladan mijozlar arizasiga asosan bank omonatlariga, bank plastik kartochka hisobvaraqlariga ularni kirim qilishlari, shuningdek hech qanday toʻlov yoki vositachilik haqi undirmagan holda ularni yangi namunadagi tangalarga ayirboshlab berishlari shart.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 75 | 1,246 |
Qonunchilik | Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012—2016-yillarda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-son qarorining bajarilishini ta’minlash, shuningdek qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish, ulardan foydalanish samaradorligini hamda ko‘rsatiladigan servis va ta’mirlash xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi (“O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
“O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi markaziy apparatining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri “Davtexnazorat” inspeksiyalarining tashkiliy tuzilmasi, shuningdek “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi xodimlarining soni 2—7-ilovalarga muvofiq;
“O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan undiriladigan yig‘imlar stavkalari 8-ilovaga muvofiq;
traktorlar, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalar, traktor tirkamalarining davlat raqami belgilari namunalari 9-ilovaga muvofiq;
traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalar texnik pasportining, traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonining namunalari 10—12-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikaning texnik holatini nazorat qiladi.
3. Quyidagilarga:
“O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasiga — traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarning respublika davlat standartlariga javob beruvchi davlat raqami belgilarini va texnik pasportini, shuningdek traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonini, qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasini tayyorlash uchun buyurtmalarni joylashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ixtisoslashtirilgan montaj qilish boshqarmasi huzuridagi “Uzavtomotobelgi” ShKga — traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarning belgilangan namunadagi davlat raqami belgilarini tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga — traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarning texnik pasportini, qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasini, shuningdek traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonini maxsus himoyalangan qog‘ozda tayyorlash vazifasi yuklansin.
4. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi:
2013-yil 1-aprelgacha — traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarning markazlashtirilgan hisobini (elektron ma’lumotlar bazasini) shakllantirish uchun majburiy ma’lumotlar ro‘yxatini tuzsin;
2013-yil 1-iyulgacha — traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarning davlat raqami belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va izlashning kompyuter dasturini joriy etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 2013-yil 1-iyuldan 2017-yil 31-dekabrgacha davlat raqami belgilari, texnik pasport, traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonining yangi namunalari amalga kiritilishini ta’minlasin.
6. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari ta’minoti xarajatlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligining “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi huzurida Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, 2013-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan undiriladigan yig‘imlar summasining 40 foizi “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi;
qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi;
traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar haqida takliflar kiritsin;
ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 6-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 1-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
3. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tarkibiga kiradi.
4. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mashina va asbob-uskunalarning texnika holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda “Davtexnazorat” inspeksiyalari deb ataladi) hududiy bo‘linmalari kiradi.
“Davtexnazorat” inspeksiyalari tarkibiga qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha tuman va shahar inspektorlari kiradi.
5. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi.
6. Quyidagilar “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar va qishloq xo‘jaligi mashinalari hisobini yuritish (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida band bo‘lmagan texnikasi bundan mustasno).
b) 1-ilovaga muvofiq:
2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarning texnika holati, shuningdek ularni ekspluatatsiya qilish, saqlash va hisobdan chiqarish qoidalariga rioya qilinishi;
qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga texnika xizmati ko‘rsatish sifati;
qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilishning kafolat muddati mobaynida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
7. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida:
a) traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasini beradi;
b) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazadi;
v) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash, saqlash va hisobdan chiqarish qoidalariga rioya etilishini tekshiradi;
g) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarning texnik tayyorligini oshirish, ularni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlashni yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda ilg‘or tajribani yoyishga ko‘maklashadi;
d) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish, saqlash, hisobdan chiqarish, ta’mirlash va servis xizmatlari ko‘rsatish qoidalarining buzilishi holatlari aniqlangan hollarda keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralarni ko‘rgan holda ko‘rsatmalar tuzadi;
e) traktorchi-mashinist guvohnomasini berish uchun imtihonlar olinishini amalga oshiradi;
yo) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish va tiklashning imkoni yo‘qligi, shu jumladan avariyalar yoki tabiiy ofatlar oqibatida amortizatsiya muddatlari tugagunga qadar yaroqsiz holatga kelgan qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalar to‘g‘risida xulosalarni taqdim etadi;
j) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
8. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
a) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarning texnik holatini va ularni ekspluatatsiya qilish, saqlash, ta’mirlash va hisobdan chiqarish qoidalariga amal qilinishini baholash uchun ishlab chiqarish obyektlari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarini tekshirish;
b) iste’molchilarning buyurtmanomasiga ko‘ra yuklab jo‘natishdan oldin qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash;
v) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarning egalaridan “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash;
g) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalar egalariga aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berish;
d) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalardan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, saqlash, hisobdan chiqarish, ta’mirlash, texnika xizmatlari ko‘rsatish holatlari haqidagi materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralarni ko‘rish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
e) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ma’muriy jazolarni qo‘llash.
9. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi:
a) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari mavjudligi hisobini yuritishning to‘g‘riligi va to‘liqligi;
b) qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarining texnik ko‘rikdan o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi;
v) qoidalarni buzgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ma’muriy jazolarni qo‘llashning to‘g‘riligi;
g) budjet mablag‘laridan va “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan javob beradi.
10. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha inspektorlari o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki zarur tarzda bajarmaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
11. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadigan va egallab turgan lavozimidan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
12. “Davtexnazorat” inspeksiyalariga tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va egallab turgan lavozimidan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha tuman va shahar inspektorlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan ozod etish tegishli tumanlar va shaharlar hokimlari bilan kelishgan holda “Davtexnazorat” inspeksiyalarining boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasining Qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha davlat bosh nazoratchisi hisoblanadi.
“Davtexnazorat” inspeksiyalarining boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, tegishli viloyatlar, Toshkent shahri qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha davlat bosh inspektorlari hisoblanadi.
Tuman va shahar inspektorlari tegishli tumanlar va shaharlarning qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha davlat inspektorlariga ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni tekshirish uchun ruxsat berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi markaziy apparatining faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari, “Davtexnazorat” inspeksiyalarining faoliyatini moliyalashtirish esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
15. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi huzurida Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
16. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan:
qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikaning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarining har yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi;
traktor, traktor tirkamasi, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinaga davlat raqami belgisi, texnik pasport, qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasi berilganligi;
imtihonlar olinganligi, traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonlari berilganligi;
traktor, traktor tirkamasi, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar va qishloq xo‘jaligi mashinasi, shuningdek asbob-uskunalarning hisobdan chiqarilganligi va qayta ro‘yxatga olinganligi;
raqam belgisi, egasining yashash joyi o‘zgargan holatlarda traktor, traktor tirkamasi, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarning texnik pasportida, shuningdek qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasida yozuv amalga oshirilganligi uchun yig‘imlar undiriladi.
Undiriladigan yig‘imlar “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining maxsus hisob raqamida to‘planadi, shundan: yig‘imlarning 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi, qolgan 40 foizi esa Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi.
Jamg‘arma mablag‘lari moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirishga, shuningdek “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasiga yuklangan boshqa vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha davlat inspektorlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan xizmat xonalari, shuningdek “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan maxsus transport vositalari, moslamalar, asbob-anjomlar bilan ta’minlanadi.
18. “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasining qarorlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
1. Traktorlar
2. Traktor tirkamalari
3. O‘ziyurar mashinalar:
don o‘rish kombaynlari;
sholi o‘rish kombaynlari;
makkajo‘xori o‘rish kombaynlari;
paxta terish kombaynlari;
em-xashak o‘rish kombaynlari;
silos o‘rish kombaynlari.
4. Qishloq xo‘jaligi mashinalari (traktorlar bilan ishlatiladigan mashinalarning jami):
plug;
chizel;
kultivator;
tekislagichlar;
borona;
mola;
seyalkalar;
purkagichlar;
ildiz sug‘uradigan mashinalar;
yig‘gich-presslagichlar;
skrepyerlar va boshqalar.
1. Ekskavatorlar
2. Buldozyerlar
1. O‘lchov asboblari
2. Qishloq xo‘jaligi texnikasining texnik servisi va ularni ta’mirlash uchun asboblar va moslamalar:
metallga ishlov beruvchi stanoklar;
payvandlash qurilmalari;
temirchilik presslash asbob-uskunalari;
elektr asboblar, gidrotizimlar, yoqilg‘i nasoslari va forsunkalar, dvigatellar, boshqaruv mexanizmlari diagnostikasi uchun qurilmalar.
I tip — yuridik shaxslarning traktorlari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnikasi, o‘ziyurar mashinalariga beriladigan davlat raqami belgilari kabinaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap qismida ro‘yxatga olish sonlari bilan baravar qilib traktorning shartli rasmi, quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va o‘ng tomonda hududning kodi*, O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i va UZ harflari tasvirlangan.
II tip — jismoniy shaxslarning traktorlari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnikasi, o‘ziyurar mashinalariga beriladigan davlat raqami belgilari kabinaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni sariq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap qismida ro‘yxatga olish sonlari bilan baravar qilib traktorning shartli rasmi, quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va o‘ng tomonda hududning kodi*, O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i va UZ harflari tasvirlangan.
III tip — yuridik shaxslarning traktor tirkamalariga beriladigan davlat raqami belgilari tirkamaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va o‘ng tomonda hududning kodi*, O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i va UZ harflari tasvirlangan.
IV tip — jismoniy shaxslarning traktor tirkamalariga beriladigan davlat raqami belgilari tirkamaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni sariq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va o‘ng tomonda hududning kodi*, O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i va UZ harflari tasvirlangan.
Old tomoniOrqa tomoni1 1122233 3Familyasi ______________________Ismi __________________________Otasining ismi _______________ning_______ seriyali __________ raqamliTraktorchi-mashinist guvohnomasiga berilganTOT № 000000OGONLANTIRISN TALONI______________________________“O’zdavtexnazorat” inspektoritomonidan berildi.______ “____” _________________M.O’. _______________imzoGuvohnoma olib qo’yilgan kundan boshlab 15 kun davomida boshqarish huquqini beradi.Ogohlantirish taloni yo’qotilganining o’rniga yo’l harakati va texnik ekspluatatsiya qoidalari bo’yicha bilimlar tekshirilgandan keyin beriladi.ABCDEF444555OGONLANTIRILGANLIK NAQIDA BELGI QO`YISNBO`YICNA BUZILGAN QOIDALAR RO`YXATI1. o`rnatilgan tartibda texnik ko`rikdan o`tmagan;2. o`ziga tegishli bo`lmagan yoki qalbaki yoxud o`zgartirilgan yoki o`zboshimchalik bilan yechib olingan davlat raqami belgisisiz;3. tormoz tizimida yoki boshqaruv qismida yoki ajratish muftasida nosozlik bilan yoxud ruxsatsiz qo`shimcha jihozlanganda yoki tashqi shovqini me’yordan ortiq bo`lgan;4. ekspluatatsiya bo`yicha ko`zda tutilmagan joyda saqlagan; 5*. yo`l harakati qoidalari buzilgan holatlarda traktor, mashina traktor agregati, yo`l-qurilish, melioratsiya va o`ziyurar mashinalardan foydalanish.Guvohnoma olib qo`yildi ________________________________________________________________________________________________buzilgan qoida ko`rsatiladi________yil “___” ____________________________________________________________olib qo`yuvchining lavozimi va familyasi_____________________________________ ishiniko`rib chiqish uchun ____yil “___” _______________________________________________________inspeksiya (yol harakati xavfsizligi xizmati) nomi ko`rsatiladi_________________________ga kelinsin* O`rnatilgan tartib bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Yo’l harakati xavfsizligi xizmati organlari nazorat qiladi. | 173 | 22,484 |
Qonunchilik | Senat valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi yangi qonunni ma’qulladi | Senatorlar 11 oktyabr juma kuni 23-yalpi majlis chogʻida “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni koʻrib chiqdilar.
Hujjat valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Asosiy prinsiplar - valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi, mazkur sohada davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy chora-tadbirlarning ustuvorligi, rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga хilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi.
Markaziy bank valyutani tartibga soluvchi davlat organi etib belgilandi.
Parlament a’zolarining ta’kidlashicha, qonunning qabul qilinishi rezidentlar va norezidentlarning oʻz valyuta mablagʻlarini erkin tasarrruf etish boʻyicha huquqlarini toʻliq amalga oshirishga, amaliyotda uchraydigan valyuta operatsiyalarini oʻtkazishning imkon qadar barcha jihatlarini ta’riflashga, shuningdek mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda kapital harakatlanishi bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish imkonini beradigan qonunchilik bazasini tashkil etishga хizmat qiladi. | 70 | 1,155 |
Qonunchilik | Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun ish yuklamasi va mehnatga haq toʻlash miqdorlari belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 5.01.2018 yildagi 10-son qarori bilan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Hujjat:
Mehnat me’yorlari
DMTMda pedagog хodimlar uchun haftalik ish yuklamasining quyidagi miqdorlari belgilanadi:
til boʻyicha oʻqituvchi
18 soat
oʻqituvchi-logoped, oʻqituvchi-defektolog
24 soat
jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, tarbiyachi-metodisti
25 soat
tarbiyachi, tarbiyachi-metodist
36 soat
aqliy rivojlanishda kamchiligi boʻlgan oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar hamda markaziy asab tizimi ruhiyati buzilgan holda shikastlangan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasasi yordamchi tarbiyachisi
36 soat
Mazkur pedagog хodimlarning haftalik ish yuklamasi ishning ushbu turi boʻyicha ish vaqti normal davom etishining 1,5 baravaridan ortiq boʻlmasligi lozim.
Yillik ish rejasi har bir pedagog хodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin DMTM mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Malaka toifalari
Maktabgacha ta’lim tizimi хodimlari uchun 5 ta malaka toifasi belgilanadi. Ularni belgilash Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. (7.04.2016 yildagi 107-son VMQ bilan tasdiqlangan, sharhga qarang).
Mehnatga haq toʻlash
U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Bazaviy tarif stavkalari nizomga ilovada koʻrsatilgan. Ular muassasalarning guruhidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Shu tariqa, 9 yoki undan ortiq guruhlari mavjud davlat maktabgacha ta’lim muassasalari I guruhga kiradi, 8 tagacha guruhlari mavjud DMTM esa II guruhga kiradi. Bazaviy tarif stavkalari DMTMning turi, хodimning lavozimi, malaka toifasiga bogʻliq ravishda tabaqalashtiriladi.
Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining oʻz хizmat vazifalarini vijdonan bajargan, tashabbuskor va yuqori malakali хodimlarning lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlov va ustamalar DMTMda tashkil etiladigan Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maхsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Jamgʻarma DMTMda tashkil etiladi.
Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot хodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100% miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi.
Qonun hujjatlarida rayon koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilingan joylarda ishlovchi хodimlarga qoʻshimcha toʻlovlar, shuningdek, faхriy unvon, ilmiy darajalar uchun ustamalar toʻlash shartlari belgilanishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 9.01.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Zumrad Niyazmetova,
advokat. | 96 | 3,425 |
Qonunchilik | Hududlar toza ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan ta’minlanadi | Prezident «2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi. Uning matni OʻzA tomonidan tarqatildi.
Hujjatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buхoro, Jizzaх, Qashqadaryo, Surхondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashning bir qancha yechilmagan muammolari hamon saqlanib qolayotgani ta’kidlangan.
Bundan tashqari, aholining keng qatlamlari yashashi uchun, ayniqsa, qishloq joylarda, shinam va qulay ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, iste’molchilar uchun hamma joyda sifatli ichimlik suvi yetkazib berilishiga erishish, respublikada suv ta’minoti va kanalizatsiya хizmatlari koʻrsatish samaradorligini oshirish zarurati belgilangan.
Buning uchun 2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda – Dastur). Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi idora tomonidan Dasturni amalga oshirish uchun javobgar etib tayinlandi. Maхsus respublika komissiyasi esa nazorat qilish bilan shugʻullanadi. Komissiyaga Dasturga tegishli tuzatishlar kiritish huquqi berildi.
Loyiha-qidiruv ishlarini, shuningdek ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishni Moliya vazirligi huzuridagi yangi “Toza ichimlik suvi” jamgʻarmasi oʻz zimmasiga oladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq, maqsadli byudjet mablagʻlari, хalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari, хalqaro donorlarning grantlari, хayr-ehson qiluvchilarning mablagʻlari, mahalliy byudjetlarining mablagʻlari, Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va boshqalar unga yoʻnaltiriladi.
Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, хomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyum va uzellar, teхnologik hujjatlar va jihozlar 2022 yilning 1 yanvariga qadar bojхona toʻlovlari toʻlashdan (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 63 | 2,427 |
Qonunchilik | GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI PSIXOTROP MODDALARNI NOTIBBIY ISTE’MOL QILUVChI ShAXSLARNI, GIYOHVANDLIK YOKI ZAHARVANDLIK BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI HISOBGA OLISh VA KUZATIB BORISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni 35 va 46-moddalarining ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy istyemol qiluvchi shaxslarni, giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni hisobga olish va kuzatib borish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Ushbu Yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng o‘n kundan keyin amalga kiritilsin.
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Qonuni 35 va 46-moddalarining ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qiluvchi shaxslarni aniqlash, ko‘rikdan o‘tkazish va hisobga olishni amalga oshirishda sog‘liqni saqlash idoralarining faoliyatini belgilaydi.
1. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qilib turishi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar bo‘lgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashhis qo‘yish maqsadida amalga oshiriladi.
2. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qiluvchi shaxslar surishtiruv, tergov organlari, sud va sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davlat sog‘liqni saqlash tizimining narkologiya muassasasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yuboriladilar. Narkologiya markazlari, narkologiya dispansyerlari, psixonevrologiya muassasalari huzuridagi narkologiya xonalari (va narkologiya bo‘limlari) hamda tuman markaziy poliklinikalari, hududiy tibbiyot birlashmalari huzuridagi narkologiya xonalari (bundan buyon matnda — tibbiyot muassasalari) shunday muassasalar hisoblanadi. Ko‘rsatilgan shaxslarni hisobga olish uchun tibbiyot muassasasi shifokor psixiatr-narkologining “giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisi yohud giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish dalilining aniqlanganligini tasdiqlovchi xulosasi asos bo‘ladi.
21. Ushbu Yo‘riqnoma giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qiluvchi, shuningdek giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan voyaga yetmagan bemorlarni hisobga olish va kuzatib borishga tatbiq etilmaydi.
3. Quyidagi holatlar fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuborish uchun asos hisoblanadi:
shaxs giyohvandlik bilan kasallangan, giyohvandlik vositalari ta’sirida mast holatda yoxud shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmagani holda giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda iste’mol etgan deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa;
shaxs o‘z tanasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib o‘tayotir deb hisoblashga asoslar bo‘lsa;
fuqarolarning iltimosiga yoki ularning roziligiga ko‘ra;
ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan va tekshiruvdan o‘tkazish uchun surishtiruv, tergov organlari va sudning qaroriga muvofiq qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuboriladi.
4. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qilish holati aniqlangan taqdirda, dispanser kuzatuvi nazorat kartasi to‘ldiriladi va mazkur shaxs tibbiyot muassasasining profilaktika hisobiga olinadi.
5. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasida shaxsga “giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisi qo‘yilganda unga “dispanser kuzatuvidagi narkologik bemorning nazorat kartasi” to‘ldiriladi.
6. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qilganlik holatini aniqlash, “giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisini qo‘yish, shifokor narkolog tomonidan hisobga olish masalasini hal etish, tekshiruvdan o‘tkazish ma’lumotlari mavjud haqqoniy materiallarning butun majmuiga bog‘liq bo‘ladi; bunda tekshiruvdan o‘tkazish paytida badanda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar yo‘qligi, boshqa yetarlicha asoslangan ma’lumotlar bo‘lgani taqdirda, hisobga olmaslik uchun asos bo‘la olmaydi.
7. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy epizodik iste’mol qilganlik holatini aniqlash, shifokor narkolog tomonidan hisobga olish masalasini hal etish tekshiruvdan o‘tkazish ma’lumotlari va mavjud haqqoniy materiallarning butun majmuiga bog‘liq bo‘ladi; bunda tekshiruvdan o‘tkazish paytida yetarlicha asoslangan ma’lumotlar bo‘la turib badanda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish dalilining yo‘qligi profilaktik hisobga olmaslik uchun asos bo‘la olmaydi.
8. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy epizodik iste’mol qiluvchi giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan va ayni chog‘da ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar shifokor psixiatrlarning va shifokor narkologlarning hisobida turishlari kerak. Bunday bemorlarni kuzatib turish va davolash psixonevrologiya muassasalarida (bo‘linmalarida) amalga oshiriladi.
9. Giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarga ixtiyoriy tibbiy yordam, davlatning yoxud xususiy mulk shaklidagi narkologiya muassasalaridagi shifokor-narkologlar tomonidan ko‘rsatiladi.
10. O‘ziga “giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisi qo‘yilganiga norozi bo‘lgan shaxs qo‘yilgan tashhisning asosliligi ustidan yuqori sog‘liqni saqlash idoralariga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
11. Tibbiyot muassasasi hisobidan chiqarilgan shaxslarning nazorat kartalarida chiqarish sanasi va sababi ko‘rsatiladi, kartalar ularda dinamik kuzatuv kartotekasining tegishli bo‘limlarida alohida saqlanadi va statistika hisobotlarini tuzishda foydalaniladi. Kalendar yil tugaganidan keyin ular tibbiyot muassasasining arxiviga topshirilib, u yerda tibbiy hujjatlar uchun belgilangan umumiy tartibda saqlanadi.
12. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qiluvchi shaxslarni, giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish, ularning holatini nazorat qilish, dinamik kuzatuv davomida davolash va tibbiy profilaktik ishlarni olib borish maqsadida o‘tkaziladi. Bunda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qiluvchi shaxslarni, giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish deb, faqat bu bemorlar bilan ularning uchastka psixiatr-narkolog shifokori, uchastka hamshirasi yoki ijtimoiy ko‘mak feldsheri bilan shaxsan muloqotda bo‘lishi nazarda tutiladi.
13. Har bir keluvchi bemorning bir yil ichida ko‘rikdan o‘tish soni bemorni kuzatish uchun kiritilgan dinamik kuzatish guruhiga va shu bilan bir qatorda kasalning individual xususiyatlari va kasallikning kechishiga bog‘liq. Giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlar ushbu uch dinamik guruhidan biriga kiritiladi:
— tibbiy yordam uchun hayotida birinchi marta kelgan kasallar (dispanser kuzatishga qayta olinganlar);
— remissiyasi bir yilgacha bo‘lgan bemorlar.
— remissiya bir yildan oshganda bemorlar II guruhga o‘tkaziladi
— remissiyasi bir yildan ikki yilgacha bo‘lgan bemorlar
— remissiya ikki yildan oshganda bemorlar III guruhga o‘tkaziladi
— remissiyasi ikki yildan ortiq bo‘lgan bemorlar.
I guruh bemorlarini kuzatish davomiyligi bir oyda bir martadan kam bo‘lmasligi kerak (bemor kasalxonada yotmagan holda), II guruh — 2 oyda bir marta, III guruh — 3 oyda bir marta.
Giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan bemorlar majburiy davolash uchun ixtisoslashgan narkologik bo‘limlarda davolanib chiqqan kasallar remissiyasi ularning narkologik shifoxonadan chiqqan vaqtidan yoki ozodlikdan mahrum etish joylaridan qaytgach yangidan xisobga olingan vaqtidan aniqlanadi.
14. Profilaktik kuzatuv guruhiga giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qilib, giyohvandlik yoki zaharvandlik belgilari bo‘lmagan shaxslar kiradi. Ushbu guruhdagilarni kuzatish davomiyligi bir oyda bir martadan kam bo‘lmasligi kerak.
15. Qabul qilingan ushbu davomiyligi, har bir guruhda uni tashkil qiluvchilarni shaxslarning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin.
Dinamik kuzatish kartatekasini tuzish uchun yuqorida qayd etilgan ko‘rsatmalar hisobga olinishi maqsadga muvofiq.
Kuzatilayotgan kontingentni guruhlarga bo‘lish qoidasiga guruhchalardan foydalanish, rangli markirovka kabi va boshqa ish olib borishni yengillatuvchi usullar kirmaydi.
16. Giyohvandlik yoki zaharvandlik bilan kasallangan, tibbiyot muassasasiga murojaat etgan bemorlarga o‘zlarining iltimoslariga ko‘ra nomlarini oshkor qilmasdan davolash ta’minlanadi. Nomini oshkor etmasdan davolash ambulatoriya va statsionar sharoitlarida amalga oshirilishi mumkin.
17. Nomini oshkor qilmasdan ambulatoriya sharoitida davolanish uchun tibbiyot muassasasiga murojaat etgan shaxslar uchun qatnab davolanuvchi bemorning tibbiy kartasi (shakl 025/u) ochiladi, bunda anketa ma’lumotlari shaxsni tasdiqlovchi biron-bir hujjat asosida to‘ldiriladi, biroq qatnab davo oluvchi bemorning tibbiy kartasida tartib raqami ko‘rsatiladi. Bemorning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati va u iste’mol qiladigan giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddaning turi aniqlashtirilishi shart.
18. Statsionar sharoitda nomini oshkor qilmasdan davolanish uchun murojaat etilganda, yotib davolanuvchi bemorning tibbiy kartasi (shakl 001/u) yuritiladi, anketa ma’lumotlari esa qatnab davolanuvchi bemorning kartasi singari to‘ldiriladi. Nomini oshkor qilmasdan (anonim) davolanayotgan bemor haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligi saqlanadi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun litsenziyasini olgan xususiy mulk shaklidagi tibbiyot muassasasiga nomini oshkor qilmasdan davolanish uchun murojaat etilganda, ambulatoriya sharoitida qatnab davolanuvchi bemorning tibbiy kartasi, statsionar sharoitda esa — yotib davolanuvchi bemorning tibbiy kartasi to‘ldiriladi. Anketa ma’lumotlarini to‘ldirish tartibi tibbiyot muassasalaridagi singaridir.
20. Har qanday mulk shaklidagi narkologiya muassasalariga nomini oshkor qilmasdan davolanish uchun murojaat etgan bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “giyohvandlik” va “zaharvandlik” bilan kasallangan bemorlar to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarida belgilangan tartibda aks ettiriladi. Hayotida birinchi marta “giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisi qo‘yilgan bemor to‘g‘risida statistika taloni to‘ldirilib, unda anketa ma’lumotlari o‘rniga qatnab davolanuvchi bemorning kartasi yoki kasallik tarixida aks ettirilgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
21. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qiluvchi shaxslarni hisobdan chiqarish tartibi:
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qiluvchi shaxslar o‘zini tiygan paytdan e’tiboran bir yil o‘tgandan keyin hisobdan chiqariladilar;
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qiluvchi shaxs tomonidan ushbu moddalarni yana iste’mol qilish holati aniqlanib, u dispanser hisobiga olinishi munosabati bilan;
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qiluvchi shaxs ustidan profilaktik kuzatuvning to‘xtatilishi uchun asos bo‘lib tibbiy-vrachlik komissiyasining xulosasi bilan;
22. “Giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” bilan kasallangan bemorlarni tibbiyot muassasalarida hisobdan chiqarish tartibi:
“Giyohvandlik” yoki “zaharvandlik” tashhisi bilan hisobda turgan shaxslar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishdan o‘zini tiygan paytdan e’tiboran 3 yil o‘tgandan keyin barqaror remissiya munosabati bilan ular kuzatuvda turgan muassasaning tibbiy-vrachlik komissiyasini xulosasiga muvofiq;
hisobda turgan shaxsning vafot etishi munosabati bilan FXDYo yoki shahar, tuman IIBning rasmiy xabarnomasiga asosan;
sodir etilgan jinoyat uchun shaxsni bir yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinsa.
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qaytgach, bemor shahar, tuman IIB yo‘llanmasi bilan qayta dispanser hisobiga olinadi;
yashash joyini o‘zgartirishi, narkologik muassasa xizmati qamrab oladigan hududdan tashqariga ko‘chib ketishi, shuningdek bemor boshqa narkologik muassasa kuzatuvi ostiga olinishi munosabati bilan. Bemor yashash joyini o‘zgartirganligi to‘g‘risida tuman IIB dan aniq ma’lumot olinishi lozim;
alohida holatlarda barcha ko‘rilgan choralar (jumladan, joylardagi IIBlariga murojaat qilish)ga qaramay, narkologik muassasa bir yil davomida bemorni ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minlay olmasa va shaxsning qayerdaligi to‘g‘risida aniq obyektiv ma’lumotlarga ega bo‘lmasa.
23. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan. | 231 | 12,580 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 12-noyabrda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi KQ-38-II-sonli qarori tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 89 | 351 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING TOJIKISTON RESPUBLIKASINING SIYOSIY PARTIYALARIGA, JAMOAT HARAKATLARIGA, BARChA AHOLISIGA MUROJAATNOMASI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining siyosiy partiyalariga, jamoat harakatlariga, barcha aholisiga Murojaatnomasi qabul qilinsin. (ilova qilinadi).
Aziz tojik birodarlar va opa-singillar!
Qardosh tojik xalqi uchun bu og‘ir damlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi sizlarga keyingi paytda qo‘shni respublikada avj olib ketgan fojiali voqealar munosabati bilan g‘oyat chuqur tashvish va anduh so‘zlari bilan murojaat etmoqda.
Asrlar mobaynida O‘zbekiston bilan Tojikiston xalqlari o‘rtasida chambarchas bog‘lanib ketgan do‘stlik, ularning qon-qardoshligi, yaxshi va yomon kunlarni birgalikda boshdan kechirganliklari, tarixiy ildizlarimizning mushtarakligi bizga shunday qilish huquqini beradi deb o‘ylaymiz.
Biz sizlarga shu boisdan murojaat etmoqdamizki, tojik zaminida otilgan har bir o‘q O‘zbekiston aholisining qalblariga nayzadek botmoqda. Birodarkushlik muhorabasida halok bo‘lgan va shikastlanganlar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘z shaxsiy qayg‘umiz, kulfatimizdek qabul qilmoqdamiz.
Biz Tojikiston Respublikasining hamma siyosiy partiyalari, jamoat harakatlariga, respublikaning barcha aholisiga yuzaga kelayotgan ziddiyatlar tamomila tinch siyosiy vositalar yo‘li bilan, qonun doirasida hal etilishi uchun urush olovini darhol to‘xtatish maqsadida imkoni bo‘lgan hamma ishni qilish da’vati bilan murojaat etmoqdamiz.
Tojikistondagi o‘zaro kurashayotgan kuchlar murosaga kelish yo‘lini topishlariga, yuzaga kelgan muammolarni hamjihatlik, tinch muloqot yo‘l bilan hal etishga erishishlariga ishonchimiz komil. Ko‘hna xalqning asriy va tarixiy tajribasi tantana qilajak.
Tojikiston Respublikasi Oliy Kengashi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatlarining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari murojaatnomasiga javoban O‘zbekiston Tojikiston xalqiga qo‘lidan kelgancha insonparvarlik yordami ko‘rsatadi. Biz Tojikiston rahbariyatining tinchlik o‘rnatuvchi qo‘shimcha kuchlarni yo‘llash to‘g‘risidagi iltimosini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ko‘pmillatli, mustaqil Tojikistonda, uning har bir xonadonida, har bir oilada tinchlik tezroq qaror topishiga, uning barcha fuqarolari totuvlikda va farovonlikda yashashlariga tilakdoshmiz. | 237 | 2,484 |
Qonunchilik | “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ini tashkil qilish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qarori ijrosini ta’minlash, tabiat bog‘i hududida ekologik tizim holatini yaxshilash, o‘simlik va hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish hamda ularni qayta tiklash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani hududida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida umumiy maydoni 1 447 143 gektar bo‘lgan “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ini (keyingi o‘rinlarda — tabiat bog‘i) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ining umumiy maydoni 1-ilovaga muvofiq;
“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘iga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni 2-ilovaga muvofiq;
“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ining qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydoni 3-ilovaga muvofiq;
“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) tabiat bog‘ining xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalaridagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi;
b) tabiat bog‘i Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi;
v) tabiat bog‘i faoliyatini moliyalashtirish:
2020-yilda Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga;
2021-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti mablag‘lari, Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Davlat ekologiya qo‘mitasi ikki oy muddatda:
tabiat bog‘ining nizomi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
tabiat bog‘i shtatlar jadvali tasdiqlanishini va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
5. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisiga tabiat bog‘ining ijro etuvchi apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tabiat bog‘i shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda tabiat bog‘i ijro etuvchi apparati uchun Qo‘ng‘irot shahrida bino ajratilishini;
tabiat bog‘iga ajratilgan yer uchastkalarida joylashgan infratuzilma obyektlarining keyinchalik tegishliligi va ulardan foydalanish masalalari hal etilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda belgilangan tartibda tabiat bog‘i uchun yer uchastkalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda tabiat bog‘ining qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida hamda boshqa tarzda foydalanish zonalari chegaralarini belgilanishini;
kadastr hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
7. Davlat ekologiya qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi K.R. Sariyev zimmasiga yuklansin. | 66 | 4,105 |
Qonunchilik | UMUMIY FOYDALANIShDAGI AVTOMOBIL YO‘LLARINI TUZATISh VA SAQLAShNI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASh TARTIBINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA | Moddiy-texnika resurslari narxlarining ancha oshib borayotganligi hamda respublika yo‘l xo‘jaligi xodimlarining tarif stavkalari va lavozim maoshlarining oshishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
belgilab qo‘yilsinki, 1992-yilning 1-oktabridan boshlab umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini tuzatish va saqlashga mablag‘lar quyidagi ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi:
jamoa va davlat xo‘jaliklari, sanoat, transport, qurilish va boshqa korxonalarning, xo‘jalik tashkilotlari, kooperativlar va kichik korxonalarning joriy yilda mahsulot ishlab chiqarish amaldagi hajmidan bir foiz miqdorida;
tayyorlov, savdo korxonalari va tashkilotlari, shu jumladan, “O‘zbeksavdo” uyushmasining umumiy ovqatlanish va ulgurji tashkilotlarining ta’minot-sotish tashkilotlarining joriy yildagi — amaldagi oborotidan 0,1 foiz miqdorida. | 125 | 845 |
Qonunchilik | Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalarining 18-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1064-son “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2018-yil 7-iyundagi 342-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3039, 2018-yil 16-iyul) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 10/18/3039/1523-son) bilan tasdiqlangan Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalarining 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Avariyalarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar, uskunalar, instrumentlar, inventar, avtomatlashtirish, aloqa, energiya ta’minoti va yongin xavfsizligi vositalari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1064-son qarori bilan tasdiqlangan Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida joylashtiriladi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 99 | 1,128 |
Qonunchilik | Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida | Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasini ko‘rib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi parlament so‘rovini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha 2021-yilning 5-avgustiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yozma javob taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi (B. Sayfullayev) parlament so‘roviga kelib tushgan javobni tahlil qilib, shu yilning 20-avgustiga qadar Oliy Majlis Senati Kengashiga axborot kiritsin.
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan yurtimizdagi ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar o‘rganildi.
Mamlakatimizda yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy baza yaratilgan va tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib yoshlarni, ayniqsa qishloq joylardagi yoshlarni, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — OTM) bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish belgilangan.
Mehnat kodeksining 68-moddasiga muvofiq davlat o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek, kasb-hunar ta’limi muassasalarining va OTMning davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilariga qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlasa, 84-moddasiga ko‘ra birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Respublikamizda 2021-yil 1-yanvar holatiga mavjud bo‘lgan 19 mln 100 ming nafar mehnat resursining 14 mln 800 ming nafari iqtisodiy faol aholi hisoblanadi. Shundan 13 mln 200 ming nafari o‘z ish-joyiga ega, 1 mln 600 ming aholi bandligini ta’minlash talab etiladi (805 ming kishidan ortig‘i 16 — 30 yoshdagi ishsizlardir).
Shuningdek, mehnat bozoriga 2021-yilda jami 560 ming bitiruvchi (103 ming nafari OTM, 438 ming nafari umumta’lim maktablari, 18 ming nafari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari) kirib keladi. Natijada 2021-yilda yoshlar bandligini ta’minlash uchun ehtiyoj 1 mln 365 ming nafardan ortiqni tashkil qiladi.
Respublikada 131 ta OTMda bakalavriatda 134 ta ta’lim yo‘nalishi, magistraturada 147 ta mutaxassislik yangidan tashkil qilingan. Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2030-yilga qadar 50 foizga yetkazish belgilangan.
Mamlakatimizda 2020/2021 o‘quv yili kollej va texnikumlarga qabul qilingan dastlabki o‘quvchilar 2022-yilda mazkur muassasalarni bitiradi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash yil sayin yanada dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib boradi.
Lekin hozirda respublikada aynan tarmoqlar kesimida oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganish tizimi joriy etilmagan.
Oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalarini belgilash va kadrlar tayyorlashda mehnat bozori talablariga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotgani oqibatida bitiruvchilarning aksariyati o‘z kasbi bo‘yicha ishlamayapti. Natijada oliy ma’lumotga ega bo‘lgan 28 minga yaqin bitiruvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuritiladigan Yagona Milliy Mehnat Tizimida korxona va tashkilotlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq jami 116 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari (Toshkent shahrida 23 417 ta, Toshkent viloyatida 21 449 ta, Andijon viloyatida 10 634 ta, Farg‘ona viloyatida 9 460 ta, Samarqand viloyatida 8 644 ta, Buxoro viloyatida 8 524 ta) qayd etilgan. Biroq mazkur tizimdan yoshlar yetarli darajada xabardor emas. Qolaversa, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qilinayotgan ish haqi kontrakt asosida ta’lim olgan bitiruvchilarni qanoatlantirmaydi. Jumladan, oliy ma’lumot talab etadigan 19 177 ta bo‘sh ish o‘rni uchun 1 mln so‘mgacha, 26 754 ta bo‘sh ish o‘rni uchun 2 mln so‘mgacha ish haqi taklif etilgan.
Bundan tashqari, respublikadagi bo‘sh ish o‘rinlari, ulardagi ish haqi, ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni real vaqt rejimida kuzatib boradigan xizmatlar yo‘lga qo‘yilmagan.
2020-yilda jami band bo‘lganlarning 82 foizi yoki 11 mln 100 ming nafar aholi xususiy sektorda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bu esa tadbirkorlik subyektlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida maqsadli kadrlar tayyorlash, kadrlarga buyurtma berish tizimida bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini anglatadi.
Davlat granti asosida tahsil olayotgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash OTMni tamomlashdan bir oy avval komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olganlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadli choralar belgilanmagan.
Davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilar diplom olishi uchun kelgusida faoliyat olib boradigan ish joyidan uch tomonlama (talaba, OTM, ishga qabul qiluvchi) shartnoma olib kelish talabi, mazkur jarayonni ko‘p hollarda soxta ma’lumotlar ortishigagina xizmat qilyapti.
Ma’lumot uchun. AQSh universitetlaridagi “Ishga qabul qilish markazlari” bitiruvchilar va ish beruvchilarni birlashtiradi. Muntazam ravishda rezyumelarni shakllantirish, dastlabki suhbatlardan qanday o‘tish yuzasidan turli trening va seminarlar orqali talabalarda ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Shuningdek, asosan texnik universitetlarda “Rekruting markazlari” tashkil etilgan bo‘lib, ular Apple, Google, Amazon kabi yirik kompaniyalar uchun talabalarni jalb qilishadi.
Rossiya universitetlaridagi “Karyera markazlari” tomonidan muntazam ravishda VKontakte, Facebook yoki Telegram guruhlarida talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyotlar haqida ma’lumotlar chop etiladi. Shuningdek, eng yaxshi ish beruvchilar bilan birga ma’ruzalar, master-klasslar va vorkshoplar o‘tkaziladi.
Markazlar barcha talabalar, shu jumladan, nogironligi bor shaxslarga keng imkoniyatlarni yaratib beradi.
Finlyandiyadagi oliy ta’lim muassasalaridagi maxsus bandlik xizmatining asosiy faoliyati — mehnat bozoridagi mutaxassisliklarga bo‘lgan talabni o‘rganish va talabalarni kasbiy yo‘naltirishdan iborat.
Yaponiyada har yili aprel oyida tanlov shaklida ishga qabul qilish amalga oshiriladi.Tanlovdan o‘tgan talaba to‘rt haftagacha majburiy qisqa muddatli o‘quv kursini o‘taydi va tashkilot faoliyati bilan chuqur tanishtiriladi. Yaponiyada “umrbod bandlik tizimi”, deb nomlangan dastur mavjud bo‘lib, unga ko‘ra bir kishining bitta kompaniyada 55 — 60 yil davomida ishlashiga kafolat beriladi.
Avstraliyadagi Sidney universiteti talabalari real sanoat loyihalarida ishtirok etishlari mumkin hamda Sidney bilim markazida startaplar, notijorat va korporativ tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Polshada bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida hukumatning “Birinchi ish” dasturi faoliyat ko‘rsatib, bitiruvchi maqomi bitiruv kunidan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
Qozog‘istonda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Diplom bilan qishloqqa” dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur loyiha ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, madaniyat va sport, veterinariya yo‘nalishlarida tahsil olgan bitiruvchilarga qo‘shimcha imtiyozlar beradi.
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlashdagi yana bir muammo ish beruvchilarning namunaviy shtat birliklari zamonaviy mehnat bozori talablariga javob bermasligi bilan bog‘liq. Shuning uchun davlat va boshqaruv organlari, vazirliklar namunaviy shtat birliklarini tahlil qilish zarurati mavjud.
Ma’lumot uchun. 2004-yildan buyon oliy ma’lumotli Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari) bakalavrlari va magistrlari tayyorlanib kelayotgan bo‘lsa-da, ijtimoiy himoya muassasalari — Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylari, Bandlik markazlarining namunaviy shtatlar birliklarida ushbu yo‘nalishdagi oliy ma’lumotli kadrlar nazarda tutilmagan. Xususan, ijtimoiy-madaniy faoliyat bakalavrlari va magistrlari Madaniyat vazirligi tomonidan namunaviy shtat jadvaliga kiritilmagani natijasida mazkur yo‘nalishda tahsil olgan bitiruvchilar ishga joylasha olmayapti.
Huddi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mashg‘ulotlar Milliy standart tasniflagichida ko‘rsatilgan siyosatshunos, sotsiolog kabi oliy ma’lumotli kadrlar ham tegishli ish beruvchilarning namunaviy shtat birliklariga kiritilmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi sobiq Ittifoq davridagi namunaviy shtat jadvali asosida, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari 1996-yildagi namunaviy shtat jadvali asosida faoliyat olib bormoqda.
YUNISEF tomonidan 2020-yil 11-dekabrda e’lon qilingan ma’ruzada O‘zbekistonda yoshlarning salmoqli ulushi (54,6%) o‘qimasligi, ishlamasligi va o‘rta ta’lim olganidan so‘ng kasbiy tayyorgarlikdan o‘tmay qolayotgani alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Minglab yoshlar norasmiy ravishda himoyalanmagan mehnat bilan bandligiga e’tibor qaratilgan.
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarning o‘z-o‘zini band qilishini ta’minlash masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilanganiga qaramay, sohada qator muammolar saqlanmoqda.
Xususan, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan “Yoshlar orasida tadbirkorlik muhiti va uning muammolarini aniqlash” mavzusida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 31 foiz yosh tadbirkorlar bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik va davlat sektorida faoliyat ko‘rsatadi. Bunga mehnat staji, tadbirkorlikning ertangi kuniga ishonch mustahkam emasligi va tadbirkorlikda muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ijtimoiy himoyalanish zarurati sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Shuningdek, tadqiqotda ishtirok etgan yoshlar tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining to‘liq asosda ijro etilmasligi, byurokratizm, ijtimoiy adolat tamoyilining buzilishi, dastlabki mablag‘ning yo‘qligi, imtiyozli kredit mablag‘larining o‘z vaqtida berilmayotganligi kabi omillar yoshlar tadbirkorligiga to‘siq bo‘layotganini bildirgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasi hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati:
1. Davlat oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlarini shakllantirishda hududlar kesimida aholi soni dinamikasi, barcha ish beruvchilar, ayniqsa, xususiy sektorning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini prognoz-tahlillar asosida aniqlash va inobatga olish;
2. Doimiy ravishda yo‘nalishlar, mutaxassisliklar bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida, hududlar kesimida oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bo‘lgan talabni monitoring qilib borish;
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quv rejalarini tuzishda ish beruvchilar va zamonaviy mehnat bozori, ishlab chiqarish talablariga muvofiqligiga e’tibor qaratish;
4. Tadbirkorlik subyektlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida maqsadli kadrlar tayyorlash, kadrlarga buyurtma berish tizimi mavjudligini o‘rganish;
4. Tadbirkorlik subyektlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida maqsadli kadrlar tayyorlash, kadrlarga buyurtma berish tizimi mavjudligini o‘rganish;
5. Umumiy o‘rta, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha maxsus kurslar joriy etish;
6. OTM bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashkil topgan elektron baza mavjudligini va uning amaliy imkoniyatlarini o‘rganish;
7. Talabalarni kelgusidagi mehnat faoliyatiga yo‘naltirish borasida OTMlarda tashkil etilgan ishlar;
8. Korxona va tashkilotlarda talabalarning amaliyot o‘tashi uchun yetarli shart-sharoit tashkil qilish va kelgusida mehnat shartnomalarini tuzish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
9. Kollej va texnikumlarni 2022-yilda tamomlaydigan bitiruvchilar bandligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar;
10. Xizmatchilarning lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini takomillashtirish hamda unga kiritilgan o‘zgarishlarning ish beruvchilar namunaviy shtat birliklari bilan mosligini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar;
11. Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yosh tadbirkorlar uchun kredit olishda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish maqsadida tizimni qayta ko‘rib chiqish;
12. Yosh tadbirkorlar uchun “huquqiy maslahatxonalar”, “biznes inkubatorlar” xizmatini yo‘lga qo‘yish;
13. Mehnat bozorida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ulardagi ish haqi, ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni real vaqt rejimida kuzatib boradigan elektron resurslarning zamon talablariga muvofiqligini o‘rganish;
14. Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish, ularga mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlar bilan ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda ko‘zda tutilayotgan rejalar to‘g‘risida yozma ravishda asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazaringizni bayon qilish talabi qo‘yilgan parlament so‘rovi bilan murojaat etadi va javobingiz Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinib, uning yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilinishi ma’lum qilinadi. | 174 | 14,169 |
Qonunchilik | Noqonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullanish oʻzingiz uchun qimmatga tushadi | 20.08.2015 yildagi OʻRQ-391-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga (JK) kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar siklini tugallaymiz.
JKning 188 “Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati” moddasi tahririga kiritilgan oʻzgartirishlar noqonuniy tadbirkorlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi normalarning yangi tizimini shakllantirdi. Demak, avval JK va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks roʻyхatdan oʻtishdan boʻyin tovlab, nazorat qilinmaydigan daromad olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish uchun jazoni koʻzda tutardi. Hozirgi vaqtda esa qonunchilik nafaqat savdo va vositachilik, balki boshqa barcha tadbirkorlik turlari uchun shunga oʻхshash harakatlar uchun javobgarlikni koʻzda tutadi.
Jinoyat sub’yektlari
Aqli raso, qilmish sodir etgan paytda 16 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar noqonuniy tadbirkorlik faoliyati uchun javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat davlat roʻyхatidan oʻtmasdan oʻz tavakkalchiligiga nazorat qilinmaydigan daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbusli faoliyatda namoyon boʻladi. Juda koʻp miqdorda (500 EKIHga teng va undan ortiq) nazorat qilinmaydigan daromad olinishi jinoiy javobgarlik yuz berishining alohida sharti boʻlib hisoblanadi.
Mazkur modda boʻyicha jazoning eng koʻp miqdori – 5 yil ozodlikdan mahrum qilish.
Ma’lumot uchun: Pirovardida koʻp miqdorgacha (300 dan 500 EKIHgacha) nazorat qilinmaydigan daromad olingan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi va MJtKning 176-moddasi ta’sir doirasiga tushadi. Mazkur qilmish uchun eng yuqori ma’muriy jazo – huquqbuzarlik ashyolari musodara qilingan holda 10 dan 50 EKIHgacha miqdorda jarima. Qayd qilish joizki, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaхs noqonuniy tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad davlatga iхtiyoriy ravishda toʻlangan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektini belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish amalga oshirilgan taqdirda huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinmagan holda javobgarlikdan ozod qilinadi.
Samir LATIPOV,
ekspertimiz.
Mavzu boʻyicha materiallar:
Ish haqi uchun pul mablagʻlari berishni kechiktirish uchun banklar jiddiy javobgar boʻladi
Har qanday kompaniyaning katta siri
Mansab jinoyatlari qanday tartibga solindi | 75 | 2,305 |
Qonunchilik | Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish hamda sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ta’lim sifatini qat’iy nazorat qilishning shaffof va ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkilotlari) doir ma’lumotlar asosida ularning reytingini aniqlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
ta’lim tashkilotlarining faoliyati va samaradorligini baholash orqali hududlar kesimida ularning reytingini aniqlash tartibi;
ta’lim tashkilotlarining baholash reytingini indikatorlar asosida amalga oshirish tartibi;
ta’lim tashkilotlarining baholash reytingini hisoblash metodikasi hamda baholash reytingi natijalari bo‘yicha ta’lim tashkilotlarining toifalarini belgilash tartibi.
3. Belgilansinki:
ta’lim tashkilotlari faoliyatini reyting baholash yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati) tomonidan inson omilisiz ta’lim tashkilotlariga doir ma’lumotlar asosida ularning reytingini hisoblashning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) orqali amalga oshiriladi va uning natijalari jamoatchilikka e’lon qilinadi;
axborot tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi, ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi, boshqa tizimlar bilan integratsiya qilinishi hamda texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarning doimiy ravishda o‘tkazib borilishi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi;
axborot tizimini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
2022-yil 1-sentabrga qadar ta’lim tashkilotlariga doir ma’lumotlar asosida ularning reytingini hisoblash axborot tizimini yaratsin va ishga tushirsin;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur qarorning ahamiyati va mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish choralarini ko‘rsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qaror 2022-yil 1-sentabrdan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkilotlari)ning reytingini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
baholash reytingi — reyting ko‘rsatkich (indikator)lari orqali ta’lim tashkilotlarining faoliyati samaradorligini baholash;
yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — yagona axborot tizimi) — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — YHXX) tomonidan ta’lim tashkilotlarining ta’lim xizmatlari natijasini baholashning yagona avtomatlashtirilgan apparat-dasturiy vositalar majmui.
3. Ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Reyting baholash quyidagi ko‘rsatkich (indikator)lar asosida amalga oshiriladi:
ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon natijalari;
ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgandan keyin, yil yakuniga qadar yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;
yil yakuniga qadar qonuniy kuchga kirgan sud qaroriga asosan ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni;
ta’lim tashkilotlarida to‘liq shtatda faoliyat yuritadigan oliy ma’lumotga yoki ilmiy darajaga ega o‘qituvchilarning soni to‘g‘risida ma’lumotlar.
5. Ta’lim tashkilotlari reytingini baholash mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan ko‘rsatkich (indikator)lar asosida YHXX tomonidan amalga oshiriladi.
6. Reyting ballari axborot tizimlaridan olingan quyidagi ma’lumotlar asosida shakllantiriladi:
o‘qituvchi va haydovchilikka nomzodlar to‘g‘risida ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritiladigan ma’lumotlar;
tadbirkorlik subyektlarining axborot tizimlaridagi hamda YHXXning yagona axborot tizimidagi imtihon natijalari;
Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlaridan yo‘l-transport hodisalari, yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha jarima ballari haqida ma’lumotlar.
7. Ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasi asosida yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
8. Reyting quyidagi ko‘rsatkich (indikator)lar yordamida aniqlanadi:
BB — ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining imtihon natijalari ko‘ra ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq yig‘ilgan ballar;
O‘FN — ta’lim tashkilotlarida to‘liq shtatda faoliyat yuritadigan fan nomzodi yoki undan yuqori ilmiy darajaga ega o‘qituvchilarning umumiy soni (har bir o‘qituvchi bir birlikda hisoblanadi);
O‘OM — ta’lim tashkilotlarida to‘liq shtatda faoliyat yuritadigan ilmiy darajaga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli o‘qituvchilarning umumiy soni (har bir o‘qituvchi bir birlikda hisoblanadi);
BJ — ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgandan keyin yil yakuniga qadar yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;
BX — ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari aybdor sifatida ko‘rsatilgan yo‘l-transport hodisalari soni;
BS — ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining umumiy soni.
9. Ta’lim tashkilotlari tomonidan yagona axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida real vaqt rejimida statistik va tahliliy ma’lumotlar shakllantiriladi.
10. Ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorlik darajasi, aniqlangan indikatorlar miqdoriga qarab, 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanadi.
11. Ko‘rsatkich (indikator)larni reyting baholash natijalariga muvofiq ta’lim tashkilotlari reytingi quyidagicha “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi:
81 balldan 100 ballgacha bo‘lgan ta’lim tashkiloti — “yashil”;
51 balldan 80 ballgacha bo‘lgan ta’lim tashkiloti — “sariq”;
50 balldan past bo‘lgan ta’lim tashkiloti — “qizil”.
12. Ta’lim tashkilotlarining reyting ball ko‘rsatkichlari respublika bo‘yicha yagona shaklda yuritiladi hamda yil yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.
Reyting natijalari har yili yanvar oyining 25-sanasida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
13. Ichki ishlar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
reyting natijalari bo‘yicha faoliyat samaradorligi darajasi “yashil” deb topilgan ta’lim tashkilotlarining ijobiy ish tajribasi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka yetkazib boriladi;
“yashil” toifadagi ta’lim tashkilotlarining ijobiy ish tajribasini boshqa ta’lim tashkilotlariga joriy etish va ommalashtirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish choralari ko‘riladi.
14. Reyting natijalariga ko‘ra “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga kiruvchi ta’lim tashkilotlariga ushbu Nizomga 4-ilovada ko‘rsatilgan namunadagi “farqlovchi belgi (logotip)” beriladi.
Bunda, “farqlovchi belgi (logotip)” ta’lim tashkiloti binosining old kirish qismiga va avtotransport vositalarining old/orqa oynasiga majburiy o‘rnatiladi.
Mazkur farqlovchi belgilar qat’iy hisobda turadi va reyting natijalaridan kelib chiqib ta’lim tashkilotlariga beriladi.
15. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 218 | 8,727 |
Qonunchilik | Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 3.06.2021 yildagi «Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 340-son qaror qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 26.03.2021 yildagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar institutining vazifalari jumlasiga quyidagilar ham kiritilgan:
Belgilanishicha, Institut direktori Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi. Institut «Ma’naviyat targʻibotchisi» ta’lim muassasasining barcha huquq va majburiyatlari, shuningdek tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
Institut Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 9-uy, 3-qavat manziliga joylashtiriladi.
Shuningdek Institut tuzilmasi tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 54 | 1,336 |
Qonunchilik | Davlat organlari va tashkilotlariga energiya samarador va energiya tejaydigan teхnologiyalarni yetkazib berishga monopoliya joriy etildi | Prezidentning 23.08.2017 yildagi «Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan teхnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda davlat rahbari sayti хabar tarqatdi.
Hujjat bilan «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ tashkil etildi. Kompaniyaga quyidagi vazifalar yuklandi:
«Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va energiya tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
Bundan tashqari, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni tankidiy tahlil qilish va ularni optimallashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha komissiya tashkil etildi. Komissiya 3 oy muddatda quyidagilarni bajaradi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 136 | 1,005 |
Qonunchilik | “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-576-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 8-oktabrda kiritilgan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-576-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 173 | 424 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.