folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Siyosiy fanlar sohasida kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, fuqarolik jamiyati, milliy davlatchilikning siyosiy asoslarining shakllanishi va rivojlantirish sohasida kompleks tizimli tadqiqotlar olib borish, globallashuv sharoitida davlatning ichki va tashqi siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, shu asosda ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar va dasturlarni ishlab chiqish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (keyingi o‘rinlarda — Universitet) 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalarini: “Siyosatshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 20 kishi, shu jumladan, davlat granti bo‘yicha 5 kishi. “Amaliy siyosatshunoslik” ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 10 kishi, shu jumladan, davlat granti bo‘yicha 2 kishi. “Siyosiy fanlar” fani tarmog‘i ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturada 4 kishi, va doktoranturada 2 kishi miqdorida belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Universitetda “Siyosatshunoslik” kafedrasini (keyingi o‘rinlarda — kafedra) tuzish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: ilg‘or xorijiy tajriba hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash; jahon siyosatidagi eng yangi trend va yo‘nalishlarni hisobga olgan holda xalqaro darajadagi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash; “Siyosatshunoslik” fani bo‘yicha o‘quv jarayonini mazmun jihatdan takomillashtirish maqsadida yangi avlod darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv dasturlari va rejalarini tayyorlash; Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ilgari surish sohasida Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda ta’lim berish, fundamental va amaliy tadqiqotlarning yuqori darajasini ta’minlash; siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar va jahon siyosati, xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro huquq sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini o‘quv jarayoniga hamda tegishli o‘quv rejalari va dasturlariga tatbiq etish; siyosiy fanlar sohasi iqtisodiy siyosatshunoslik, siyosiy marketing va menejment, siyosiy sotsiologiya va boshqa innovatsion yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan metodologik va o‘quv-texnologik shart-sharoitlarni yaratish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 o‘quv yili boshlangunga qadar kafedrani siyosatshunoslik sohasidagi mahalliy va xorijiy yetakchi mutaxassislar bilan ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Universitet ta’lim jarayoniga xorijlik, shu jumladan, chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz orasidan yetakchi ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida siyosatshunoslik sohasidagi tadqiqotlar uchun grantlar ajratishni ko‘zda tutsin. 7. Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va tashqi ishlar vaziri A.H. Kamilov zimmasiga yuklansin.
133
4,372
Qonunchilik
Yer qa’ridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash ha
So‘nggi yillarda respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish shaffofligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tusidagi hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Shu bilan birga, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i B.Gulyamovning shaxsiy mas’uliyatsizligi va nazoratsizligi tufayli ruxsat berish tartib-taomillari tartibi to‘g‘risidagi tegishli nizomlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish ta’minlanmagan. Yer qa’ridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yer qa’ridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasining o‘z vaqtida va zarur sifatda ishlab chiqilishini ta’minlamaganligi uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i B.Gulyamovga hayfsan e’lon qilinsin. 2. Quyidagilar: Portlovchi materiallarning aylanishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
250
2,045
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. O‘zbekistonda 30-iyun — “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni rag‘batlantirib borish maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi. Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, yoshlarda zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali ularning bandligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, yosh avlodda mustahkam vatanparvarlik g‘oyasi hamda qat’iy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida qator muammolar saqlanib qolmoqda. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-dekabrdagi mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash; yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini amalga oshirishda faol ishtirok etish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish; yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash; tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini ta’minlash; iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning intellektual salohiyati va iste’dodini rivojlantirish; yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash jarayonlariga ko‘maklashish; yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, xorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish; yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish. 3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli loyihalariga grant mablag‘lari ajratish; o‘z iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida keng yoshlar davrasida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazish; hududlarda yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida quduqlar burg‘ulash (qazish), sug‘orish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish; yoshlarning xalqaro fan olimpiadalari va tanlovlarda hamda yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlash, yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashish; iqtidorli va jamoat ishlarida faol bo‘lgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning farzandlari) bepul yo‘llanmalar asosida oromgohlarga yuborish; yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish; bitiruvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bazasida biznes akseleratorlar tashkil etish; O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish; yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish; yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash; ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish; biznesni yo‘lga qo‘yishdan daromad olishgacha bo‘lgan masalalarni o‘rgatishga qaratilgan masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish va qo‘llanmalar yaratish; iqtidorli yosh adib, rassom va hunarmandlar o‘rtasida ijodiy ko‘rik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, san’at asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish. Belgilansinki, Agentlik Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirishni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalar taqsimlash orqali amalga oshiradi. 4. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: Dasturda belgilangan tadbirlar, shuningdek, Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli vazirlik idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq hajmda va samarali amalga oshirilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish; Farmon ijrosining doimiy monitoringi va tahlilini olib borish hamda ularning natijalari yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot va asoslantirilgan takliflar kiritib borish. 5. Agentlik: a) 2020-yilda tegishli sohalarga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida respublikaning tuman (shahar)laridagi mahallalarda beshta muhim tashabbusni amalga oshirish uchun quyidagi zaruriy choralarni ko‘rsin: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish uchun to‘garaklar tashkil etish hamda ularni musiqa jihozlari bilan ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablari va sport inshootlarida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tag‘rib qilish maqsadida to‘garaklar tashkil etish va ularga sport anjomlari yetkazib berish; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yoshlarni qamrab olishga mo‘ljallangan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, umumta’lim maktablarida axborot texnologiyalari yo‘nalishida to‘garaklar tashkil etish va kompyuter jihozlari bilan ta’minlash; Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish va kutubxonalarga badiiy adabiyotlarni yetkazib berish; O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tikuv va to‘qimachilik korxonalarida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularni kasb-hunarga o‘qitish; b) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda hududlar kesimida ishsiz yoshlar ro‘yxatini shakllantirsin hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan manzilli, shu jumladan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirsin: “Fidoyi yoshlar otryadlari”ni tuzish orqali ishsiz yoshlarni haq to‘lanadigan jamoat va mavsumiy ishlarga jalb etish; “Yoshlar qurilish otryadlari”ni tashkil etish va oliy ta’lim muassasalari talabalarini yozgi ta’til vaqtida haq to‘lanadigan qurilish ishlariga jalb etish; v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda asosiy faoliyati quyidagilarga yo‘naltiriladigan ko‘ngilli yoshlardan iborat volontyorlik guruhlarini shakllantirsin: qarovsiz va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatish, nogironligi bo‘lgan shaxslar va imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘maklashish; tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish; g) yoshlar hayotida uchrayotgan muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida tizimli ravishda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazsin hamda yakuni bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ular yuzasidan tahliliy hujjatlar kiritsin; d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaxirasini shakllantirsin. 6. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni doirasidagi: hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarni “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berish tartibi bekor qilinadi; loyihalarni kreditlash bozor tamoyillari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlar biznes loyihalari uchun umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi. 7. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining: Jamg‘armani 2021-yil 1-yanvardan mustaqil nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etish; 2021-yil 1-yanvardan boshlab “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan resurs mablag‘lari bo‘yicha tijorat banklarining Jamg‘arma oldidagi majburiyatlarini Davlat budjeti oldidagi majburiyatlar sifatida qayta rasmiylashtirish va har yili ushbu majburiyatlarning Davlat budjetiga qaytarilgan qismi hisobidan Agentlikning ustuvor dasturiy vazifalari amalga oshirilishini moliyalashtirish; Jamg‘arma tomonidan uning va filiallari tuzilmasi, shtatlar birligini olingan daromadlaridan kelib chiqib mustaqil belgilash hamda Jamg‘armaning tuman (shahar) filiallarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin. 8. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va yuqori saviyada amalga oshirish uchun qo‘shimcha daromad manbaalarini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 2020-yilda Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlar uchun mablag‘lar ajratsin, 2021-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgunga qadar xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yil uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin. 10. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur Farmon ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — hududlar, vazirlik, idora va tashkilotlar kesimida yoshlar siyosati samaradorligini baholab borish va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar belgilash, mamlakatning xalqaro reytinglardagi mavqeyini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini ta’minlash choralarini ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori — yoshlar orasidan istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishni nazarda tutuvchi tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirish va joylardagi muammolarni hal etishda faol ishtirok etuvchi, rahbarlik lavozimlariga munosib yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi “Vatan iftixorlari” institutsional tizimini joriy etsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari — yoshlar muammolarini o‘rganib, ularning hal etilishiga ko‘maklashsin, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda kamida bir marotaba tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berib borsin. 12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
139
16,798
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DON MAHSULOTLARINI SOTIShNI TARTIBGA SOLIShNING QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublikada don mahsulotlari resurslaridan oqilona foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ularni sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1995-yildan boshlab don mahsulotlari bozor fondlariga egalik qilish funksiyasi “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasidan “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga berilsin. 2. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tuzilmasida don mahsulotlarining bozor va bozordan tashqari fondlarini shakllantirish va taqsimlash, shuningdek, ularni iste’mol qilish va sarflashning belgilangan normalariga muvofiq hisobga olish va hisoboti bo‘yicha 3 kishidan iborat tarkibiy bo‘linma tashkil etilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSR aholisiga kundalik ehtiyoj tovarlarini belgilashgan normaga muvofiq berish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” 1991-yil 1-apreldagi 80-son qarorining 1 bandidan “un, yopma” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi quyidagi prognoz ma’lumotlarni “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga har yili taqdim etsin: respublika aholisining viloyatlar va shaharlar bo‘yicha keyingi yil boshigacha hamda oxirigacha bo‘lgan, shuningdek, yillik o‘rta hisobdagi soni to‘g‘risida; maxsus iste’molchilar bo‘yicha don mahsulotlari resurslarining sarflanishi hajmlari to‘g‘risida. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
114
1,452
Qonunchilik
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun koʻkrak nishoni topshiriladi
Prezident 3.05.2019 yildagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4307-son qarorni imzoladi. Hujjat bilan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi (3.09.1999 yildagi PF–2385-son Farmonga qarang, bundan keyin – Respublika kengashi) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi, Oʻzbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Belgilangan tartibga muvofiq: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (bu yerga qarang, bundan keyin – Markaz) Respublika kengashining, uning hududiy boʻlim va boʻlinmalari tegishli hududiy kengashlarning ishchi organlari hisoblanadi. Markazga quyidagilarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi: Markaz huzurida NNT shaklidagi «Ma’rifat» targʻibotchilar jamiyati ta’sis etildi, u davlat subsidiyasi shaklida qoʻllab-quvvatlanadi. «Ma’naviyat fidoyisi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi. U ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishdagi, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishdagi samarali mehnati va ibratli faoliyati uchun davlat organlari va tashkilotlar хodimlariga topshiriladi. Konstantin Mosin.
59
1,312
Qonunchilik
XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARGA BANK XIZMATINI TARTIBGA SOLISh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Banklar o‘rtasida raqobatni rivojlantirish, xalq xo‘jaligida to‘lov intizomini mustahkamlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini banklar tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 1997-yilning 1-iyulidan boshlab har bir korxona (tashkilot) o‘zi tanlab olgan faqat bitta bank muassasasida so‘m va valyuta hisob-kitob (joriy) hisobvaraqlariga ega bo‘lishi mumkin. Bunda korxonalar va tashkilotlar bankda o‘z hisobvaraqlarini ochish uchun uni mustaqil ravishda tanlaydilar. 2. Tijorat banklari korxonalar va tashkilotlar bundan buyon xizmat ko‘rsatish uchun o‘zlari tanlab olgan banklarga ularning so‘m va valyuta hisobvaraqlari to‘sqinliksiz ko‘chirilishini ta’minlasinlar, bunda ilgari mazkur hisobvaraqlar ochilgan banklar oldidagi qarz batamom to‘lanishi yoki uning banklararo kreditga qaytadan rasmiylashtirilishi shart. 3. Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birga ikki hafta muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgarishlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
112
1,263
Qonunchilik
“SAMKOChAVTO” O‘ZBEKISTON-TURKIYA QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zavtosanoat” uyushmasining Samarqand “AvtoVAZagregat” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati negizida Turkiyaning “KOCh Xolding A.Sh. “ kompaniyasi bilan birgalikda avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqaradigan, ustav sarmoyasi 1-ilovaga muvofiq shakllanadigan “SamKOChavto” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, ustav fondining O‘zbekistonga tegishli qismini shakllantirish uchun “O‘zavtosanoat” uyushmasiga: “Turkeksimbankning kreditini qayta moliyalash yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 8 yilga yillik foydasi 8,79 foiz bo‘lgan 18488 ming AQSh dollari miqdorida, Turkiyaning “RAM Dish Tijaret A.Sh. “ firmasi tomonidan 2557 ming AQSh dollari miqdorida kredit beriladi. Muassislarning qo‘shma korxona mahsulotlarini sotishdan 4 yil davomida olinadigan foyda (32006 ming AQSh dollari) ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qayta investitsiya qilinishi to‘g‘risidagi qaroriga rozilik berilsin. 3. “O‘zavtosanoat” uyushmasi: “SamKOChavto” qo‘shma korxonasida 2-ilovaga muvofiq avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarilishini ta’minlasin; loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga muvofiq avtobuslar, yuk mashinalarining rejalashtirilayotgan ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilishini ta’minlasin, uni ishlab chiqarishning to‘rtinchi yili oxiriga borib yuk mashinalari bo‘yicha 44 foizgacha, avtobuslar bo‘yicha 56 foizgacha yetkazsin; “SamKOChavto” qo‘shma korxonasi avtomashinalarini sotish hajmiga va ehtiyot qismlarni sotishdan olinadigan rejalashtiriladigan daromadlarga muvofiq texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari tashkil etish yuzasidan tadbirlarni uch oy muddatda ishlab chiqsin, ularning qiymatini va mablag‘ bilan ta’minlash manbaini aniqlasin; qayta investitsiya qilish davri tamom bo‘lgandan keyin ''Turkeksimbankning kreditlarini “O‘zavtosanoat” uyushmasi tomonidan “SamKOChavto” qo‘shma korxonasi daromadlaridan olgan dividendlar hisobiga to‘lanishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zavtosanoat” uyushmasiga. “AvtoVAZagregat” ochiq turdagi aksionerlik jamiyatining binolari va inshootlaridan “SamKOChavto” qo‘shma korxonasi ustav sarmoyasiga ulushlar sifatida foydalanish; davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar ulushini, shuningdek erkin sotishga mo‘ljallangan, qayta investitsiyalashning 4 yillik davri tamom bo‘lgandan keyin “AvtoVAZagregat” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati jamoasi tomonidan sotib olinmagan aksiyalarni 3-ilovaga muvofiq nominal qiymati bo‘yicha sotib olish huquqini bersin. 5. “O‘zavtosanoat” uyushmasining qayta investitsiyalash davrida “Turkeksimbankning krediti uchun foizlar to‘lanishini, “RAM Dish Tijaret A.Sh.”ning qarzi qaytarilishini ta’minlash maqsadida “KOCh Xolding A.Sh.” kompaniyasining 500 ta avtobusi va yuk mashinasini keyinchalik sotish uchun xarid qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilab qo‘yilsinki, 18177 ming AQSh dollari summasidagi 500 avtomobilni xarid qilishni mablag‘ bilan ta’minlash: “Turkeksimbank”ning 4 yil muddatga berilgan 4631 ming AQSh dollari miqdoridagi; “Turkeksimbank”ning sug‘urta dasturi bo‘yicha Turkiya bankining 5 yil muddatga berilgan 10819 ming AQSh dollari miqdoridagi; “Ram Dish Tijaret A.Sh.” firmasining 1 yil muddatga berilgan 2727 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda ushbu loyihalar bo‘yicha “Turkeksimbank” va Turkiya banki bilan kredit bitimlarni rasmiylashtirsin, “O‘zavtosanoat” uyushmasiga kreditlar o‘z vaqtida qayta moliyalanishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyihalar uchun olinadigan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kafolatlar va kredit bitimlar bo‘yicha tegishli yuridik xulosalarni belgilangan tartibda bersin. 10. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “SamKOChavto” qo‘shma korxonasini O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritsin. 12. “O‘zavtosanoat” uyushmasi, “Asaka” banki va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “SamKOChavto” qo‘shma korxonasi mahsulotlarini sotish bo‘yicha lizing kompaniyasi tashkil etish to‘g‘risidagi masalani 3 oy muddatda ishlab chiqsinlar va qaror qabul qilsinlar. 13. Qo‘shma korxona masalalari bo‘yicha ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga viza rasmiylashtirilganligi va uzaytirilganligi, respublika hududida yashaganlik hamda transportning barcha turlarida yurganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin. 14. Samarqand viloyati hokimligi: xorijiy mutaxassislarning oilalari bilan uzoq muddat yashashlari uchun amaldagi normalarga muvofiq shart-sharoitlar yaratsin; “SamKOChavto” qo‘shma korxonasi qayta investitsiyalash davrida va keyingi 3 yilda maxalliy soliqlarning barcha turlaridan ozod qilinsin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
79
5,310
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart- sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-sonli Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari asosida eksport qilinadigan buyumlar va mahsulotlar ro‘yxatida: 10-bandining “TN TIF kodi” grafasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi tashki savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-sonli qarori 4-ilovasining 21 -bandi. 3. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-iyuldagi PQ-2213-sonli qarori ilovasining 1-bandi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashki iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-iyundagi PQ-3077-sonli qarori 1-bandining beshinchi xatboshi va 3-bandi.
154
1,712
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ USTASI” FAXRIY UNVONINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni ta’sis etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 64-modda; 1997-yil, № 2, 64-modda) 1-moddasi “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” degan so‘zlardan so‘ng quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”. 3. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari to‘g‘risidagi Nizom “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoniga oid matndan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun beriladi”; 4. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining ko‘krak nishonlari tavsifi “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvonining ko‘krak nishoni tavsifidan keyin quyidagi mazmundagi matn bilan to‘ldirilsin: Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq ustalari yasagan buyumlar (qumg‘on, lagan va xontaxta), pastki o‘ng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismi yuqorirog‘idan “XALQ USTASI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
108
2,269
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASI TOMONIDAN ANIQLANGAN DAVLATNING IQTISODIY MANFAATLARIGA YETKAZILGAN ZARAR SUMMALARINI DAVLAT BUDJETI DAROMADIGA YO‘NALTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi PQ-460-son “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandini ijro qilish maqsadida qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. 3. Ushbu qarorning ijrosi yuzasidan nazoratni o‘z zimmamizda qoldiramiz. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-iyundagi PF-3622-son “Tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi PQ-460-son “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi), davlat boshqaruv organlari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) tomonidan ularga berilgan vakolatlarga muvofiq aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yo‘naltirish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda qo‘llanadigan asosiy tushunchalar: tekshirish obyekti — belgilangan tartibda Hisob palatasining Nazorat ishlari dasturiga kiritilgan budjet tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan ularning filiallari va vakolatxonalari; Hisob palatasining nazorat tadbiri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga (bundan buyon matnda davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalar deb yuritiladi) tushumlarni to‘liqligi, maqsadli va samarali shakllanishi va ijro etilishini, shuningdek davlat mablag‘lari sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida tekshirish obyektlarining buxgalteriya, moliyaviy va boshqa hujjatlarini tekshirish; tekshirishning yig‘ma dalolatnomasi — Hisob palatasi inspektorlari tomonidan tuziladigan nazorat tadbiri natijalarini umumlashtiradigan hujjat turi; Hisob palatasining ko‘rsatmasi — Hisob palatasining ijro etish majburiy bo‘lgan qarori turi, u nazorat tadbiri davomida aniqlangan qonun hujjatlarini buzishlarni bartaraf etish tadbirlari ro‘yxatini o‘z ichiga olib, tekshirish obyektiga va/yoki uning tegishli yuqori davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga, shuningdek qonun hujjatlariga binoan Hisob palatasining tekshirishlari davomida aniqlanadigan zararni undirishni amalga oshirish vakolati yuklatilgan davlat organlariga yuboriladi. 3. Hisob palatasi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni qonuniylik, xolislik, mustaqillik va oshkoralik tamoyillari asosida amalga oshiradi. 4. Hisob palatasi o‘z faoliyatini, Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan amaliy tizimli nazoratni ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan yillik nazorat ishlari dasturi asosida tashkil etadi. 6. Hisob palatasining tekshirishlari Hisob palatasining raisi, u bo‘lmagan taqdirda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosari tomonidan imzolanadigan Hisob palatasining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Nazorat tadbiri o‘tkazilayotganda Hisob palatasi tomonidan Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilishi mumkin. 8. Nazorat tadbirlarining yillik dasturlari asosida tekshirishlarni amalga oshirayotganda Hisob palatasi vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlarini, shuningdek malakali mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda huquqbuzarliklarning turi va xususiyatini, huquqbuzarliklarning sabablarini aniqlaydi hamda ularni bir tizimga soladi. 9. Quyidagilar Hisob palatasining tekshirishlari davomida aniqlanadigan, davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalari bo‘lib hisoblanadi: to‘lanishi kerak bo‘lgan, amalda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarga to‘lanmagan soliqlar va majburiy to‘lovlar; kiritilishi lozim bo‘lgan, lekin Davlat budjetiga kiritilmagan bojxona to‘lovlari summalari; narx va tariflarning davlat tomonidan tartibga solinishi bo‘yicha qonun hujjatlarini buzish natijasida olingan noqonuniy daromadlar; budjetdan ajratilgan mablag‘lar yoki davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarning maqsadli mablag‘lari ko‘rinishida ajratilgan noqonuniy sarflangan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga zarar yetkazgan holda davlat mulki va mablag‘lari doirasida tuzilgan bitimlar natijasida olingan summalar; davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan boshqa turdagi zararlar. 10. Hisob palatasining tekshirishlari natijalari bo‘yicha tekshirishning yig‘ma dalolatnomasi tuziladi, unda tasdiqlangan dasturga ko‘ra hujjatlar bilan tasdiqlangan dalillar ketma-ket tizimlashtirilgan holda bayon etilgan bo‘lishi lozim. 11. Tekshirishning yig‘ma dalolatnomasida davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalari aks ettirilib, birlamchi buxgalteriya hujjatlariga va ko‘rsatilgan dalillarning mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa dalillarga havola qilgan holda huquqbuzarliklar turi, ularni sodir etish usuli va holatlari aniq bayon etiladi. 12. Hisob palatasining tekshirish yig‘ma dalolatnomasi Hisob palatasi inspektorlar guruhining rahbari va guruh a’zolari tomonidan imzolanadi hamda tanishish va imzolash uchun tekshirish obyektining rahbari va bosh buxgalteriga taqdim etiladi. 13. O‘tkazilgan tekshirish natijalariga qo‘shilmagan taqdirda tekshirish obyektining rahbari va bosh buxgalteri mulohazalarini qayd etgan holda tekshirishning yig‘ma dalolatnomasini imzolaydi. Tekshirish obyektining yig‘ma dalolatnomaga doir mulohazalari imzolangan tekshirish dalolatnomasi olingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida taqdim etilishi kerak. 14. Yig‘ma dalolatnoma bo‘yicha tekshirish obyektidan olingan mulohazalarga javoban tekshiruvchi shaxslar tomonidan besh kun ichida tekshirish obyektining e’tiroz bildirgan vajlari asosliligi xususida xulosa tuziladi. 15. Tekshirish obyekti tomonidan bildirilgan mulohazalarni qo‘shimcha ko‘rib chiqish uchun Hisob palatasi vakolatli organlarning malakali mutaxassislarini jalb etishi va ulardan tegishli xulosani talab qilishi mumkin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining topshiriqlari bo‘yicha tekshirishlarni amalga oshirish chog‘ida Hisob palatasi tomonidan tekshirish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib, ularda aniqlangan dalillar va davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalari ko‘rsatiladi, mazkur ma’lumotlar tekshirishni tayinlagan organga taqdim etiladi. 17. Hisob palatasi yig‘ma dalolatnoma imzolangan kundan boshlab yigirma kun mobaynida tekshirish obyekti va/yoki uning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvidagi yuqori organiga ko‘rsatma yuboradi, u nazorat tadbiri davomida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq harakatlar va tadbirlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. 18. Hisob palatasi tekshirishlarining jinoyat tarkibi alomatlarini o‘z ichiga olgan materiallari tekshirish obyektlari mansabdor shaxslarining harakatlariga huquqiy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi. 19. Quyidagilar davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasini undiruvchi davlat organlari hisoblanadi: Moliya vazirligi — budjetdan ajratilgan yoki davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarning maqsadli mablag‘lari noqonuniy sarflangan mablag‘lari undirilishini ta’minlash qismi bo‘yicha; Davlat soliq qo‘mitasi — davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va majburiy to‘lovlar undirilishini ta’minlash qismi bo‘yicha; davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarning ijrochi direksiyalari — ajratilgan davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarning noqonuniy sarflangan mablag‘lari undirilishini ta’minlash qismi bo‘yicha; qonun hujjatlari bilan Hisob palatasining tekshirishlari davomida aniqlanadigan zararni undirish vakolat doirasiga kiritilgan boshqa davlat organlari. 20. Davlat organlari Hisob palatasining ko‘rsatmasini olib va tekshirish materiallarini o‘rganib, o‘n kun muddat ichida davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasini undirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladilar va bu haqda Hisob palatasini yozma ravishda xabardor qiladilar. 21. Davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasi: tekshirish obyektlari tomonidan ixtiyoriy ravishda yoki sud tartibida qoplanadi; budjet mablag‘lari yoki davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalar mablag‘larining maqsadga muvofiq sarflanmaganligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda undiriladi. 22. Undirish: moliyalashtirishni qisqartirish va aniqlangan zarar summasi miqdorida tekshirish obyektlarining xarajatlar smetasiga o‘zgartishlar kiritish; maqsadsiz foydalanilgan summalarni Davlat budjetining daromad qismiga olib qo‘yish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi. 23. Hisob palatasi materiallari bo‘yicha aniqlangan yetkazilgan zararning ixtiyoriy tartibda qoplangan, belgilangan tartibda yoki sudning hal qiluv qarori bo‘yicha undirilgan summalari tegishli budjet yoki davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga yoki hisobraqamlariga qayd etiladi hamda budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifiga muvofiq hisobga olinadi. 24. Hisob palatasining o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha aniqlangan mablag‘larni o‘tkazish uchun Moliya vazirligi budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifida tegishli kodlar ochadi. 25. Davlat organlari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar Hisob palatasini qabul qilingan choralarning natijalari to‘g‘risida zarar summasini undirish haqidagi tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qiladi. 26. Davlat organlari yo‘llagan ko‘rsatmalar Hisob palatasi tekshirishlarining materiallari bilan aniqlangan iqtisodiy zarar summasini undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar ilovadagi shakl bo‘yicha ko‘rib chiqish natijalarini o‘zaro solishtirish amalga oshiriladi. 27. Mazkur Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan tekshirish obyektlari va davlat organlari mansabdor shaxslarining aybiga ko‘ra Hisob palatasi ko‘rsatmalari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ta’minlanmaganda, ularga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanadi, jinoyat tarkibi alomatlari mavjud bo‘lgan hollarda tegishli materiallar ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasiga taqdim qilinadi.
210
11,747
Qonunchilik
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: “muallif” — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs; “yozuv” — ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni texnikaviy vositalar yordamida qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini beradigan biron-bir moddiy shakldagi mujassami; “ijrochi” — aktyor, qo‘shiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol o‘ynaydigan, o‘qiydigan, ifodali o‘qiydigan, musiqa asbobini chaladigan yoxud adabiyot yoki san’at asarini (shu jumladan estrada, sirk yoki qo‘g‘irchoqli nomerni) boshqa bir tarzda ijro etadigan shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissori va dirijyori; “e’lon qilish (oshkor qilish, chop etish)” — ommaning oqilona talab-ehtiyojlarini qondirish uchun hamda asarning, fonogrammaning xususiyatidan kelib chiqqan holda asar, fonogramma nusxalarini muomalaga yetarli miqdorda chiqarish; “manzarali-amaliy san’at asarlari” — amalda foydalaniladigan buyumlarga ko‘chirilgan ikki o‘lchovli yoki uch o‘lchovli san’at asari, shu jumladan badiiy xunarmandchilik asari yoki sanoat yo‘li bilan tayyorlanadigan asar; “fonogramma” — biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har qanday mutlaqo ovozli yozuvi; “asar nusxasi” — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko‘chirmasi; “fonogramma nusxasi” — fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammaga jo bo‘lgan ovozlarning hammasini yoki bir qismini qamrab olgan har qanday moddiy jismdagi fonogramma ko‘chirmasi. O‘zbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari fan, adabiyot va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), sahna asarlarini, ijrolarni, fonogrammalarni, efir va kabel orqali ko‘rsatuv hamda eshittirishlar beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuv va eshittirishlarini yaratish hamda ulardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi. Mualliflik huquqi: mualliflarning va ularning huquqiy vorislarining fuqaroligidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi xududida e’lon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda bo‘lgan asarlarga tatbiq qilinadi; O‘zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida e’lon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda bo‘lgan asarlarga tatbiq qilinadi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi; O‘zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida e’lon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda bo‘lgan asarlarga tadbiq qilinadi hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning fuqarosi bo‘lgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi. Basharti asar O‘zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida birinchi marta e’lon qilingan sanadan so‘ng o‘ttiz kun ichida O‘zbekiston Respublikasi hududida e’lon qilingan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida e’lon qilingan deb hisoblanadi. Asar O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qo‘riqlanishi lozim bo‘lsa, uning muallifi hududida mualliflik huquqini olish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan yuridik fakt sodir bo‘lgan davlatning qonuni bilan aniqlanadi. Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’iy nazar, tatbiq qilinadi. Asar og‘zaki, yozma shaklda yoki uni idrok etish imkonini beradigan boshqa obyektiv shaklda ifodalangan bo‘lishi lozim. Yozma shakldagi yoki moddiy jismda o‘zgacha usulda ifodalangan asar (qo‘lyozma, mashinka yozuvi, notali yozuvlar, texnika vositalari yordamidagi yozuv, shu jumladan audio yoki videoyozuv, ikki o‘lchovli yoki hajmiy-fazoviy shaklda yaratilgan tasvir va hokazo), undan uchinchi shaxslarning foydalanish imkoniyati bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, obyektiv shaklga ega deb hisoblanadi. Og‘zaki yoki moddiy jismda ifodalanmagan boshqa asar, basharti u uchinchi shaxslar idrok eta oladigan holga kelgan bo‘lsa (omma oldida so‘zlash, ommaviy ijrochilik va hokazo), obyektiv shaklga ega deb hisoblanadi. Mualliflik huquqi e’lon qilingan asarlarga nisbatan ham, e’lon qilinmagan asarlarga nisbatan ham tatbiq qilinadi. Mualliflik huquqi g‘oyalar, konsepsiyalar, prinsiplar, tizimlar, taklif qilinayotgan yechimlar, obyektiv mavjud kashfiyotlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki boshqa biron-bir rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi. Mualliflik huquqi obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa asarlar); dramatik va ssenariy asarlar; matnli va matnsiz musiqa asarlari; musiqali-dramatik asarlar; xoreografiya asarlari va pantomimalar; audiovizual asarlar (kino, tele va videofilmlar, slayd-filmlar, diafilmlar va boshqa xil kino, tele hamda video asarlar), radioasarlar; rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy san’at asarlari; manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari; arxitektura, shaharsozlik va bog‘-park barpo etish san’ati asarlari; fotografiya asarlari va fotografiyaga o‘xshash usullarda yaratilgan asarlar; jo‘g‘rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo‘g‘rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli, tarxlar, eskizlar va asarlar; barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari; ushbu Qonunning 5-moddasida belgilab qo‘yilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar. Ushbu Qonunning 5-moddasida belgilab qo‘yilgan talablarni qanoatlantiruvchi asarlarning qismlari, ularning nomi va hosila asarlar mualliflik huquqi obyektlaridir. Hosila asarlar jumlasiga quyidagilar kiradi: boshqa asarlarni qayta ishlash natijasida yaratilgan asarlar (ishlanma asarlar, annotatsiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, inssenirovkalar, aranjirovkalar hamda fan, adabiyot va san’at sohasidagi shunga o‘xshash boshqa asarlar); tarjimalar; materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga ko‘ra ijodiy mehnat natijasi bo‘lgan to‘plamlar (ensiklopediyalar, antologiyalar, ma’lumot bazalari) va boshqa jamlama asarlar. Hosila asarlarning yaratilishi uchun asos bo‘lgan yoki ular o‘z ichiga olgan asarlar mualliflik huquqi obyektlari bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar, hosila asarlar mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi. Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi: rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to‘xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari; rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar); xalq ijodiyoti asarlari; oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar; insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar. Rasmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasiga bo‘lgan mualliflik huquqi loyihani yaratgan (ishlab chiqqan) shaxsga tegishlidir. Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalarini ishlab chiqqan shaxslar, basharti bunday loyihani ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq bergan organ tomonidan taqiqlanmagan bo‘lsa, o‘zlari yaratgan loyihalarni e’lon qilishga haqlidir. Loyihani e’lon qilishda uni ishlab chiqqan shaxslar o‘z ism-shariflarini ko‘rsatishga haqlidirlar. Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun loyihadan, basharti loyiha uni ishlab chiqqan shaxs tomonidan e’lon qilingan yoki tegishli organga yuborilgan bo‘lsa, mazkur shaxsning roziligisiz foydalanishi mumkin. Loyiha asosida rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilar tayyorlash chog‘ida rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning xohishiga ko‘ra loyihaga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritilishi mumkin. Vakolatli organ loyihani ma’qullaganidan keyin loyihadan uni ishlab chiqqan shaxsning ismi-sharifini ko‘rsatmagan holda foydalanishi mumkin. Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, ana shu fuqaro asar muallifi deb e’tirof etiladi. Asar birinchi marta e’lon qilinganda muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs, basharti o‘zga hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hisoblanadi. Asar imzosiz yoki taxallus ostida e’lon qilingan taqdirda (muallifning taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarda ismi-sharifi yoki nomi ko‘rsatilgan noshir, basharti boshqa dalillar bo‘lmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash huquqiga ega bo‘ladi. Bu qoida bunday asar muallifi o‘z shaxsini oshkor etgunicha va o‘zining muallif ekanligini ma’lum qilgunicha amalda bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq fuqaroning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo‘linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’iy nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo‘ladi. Basharti asarning muayyan qismidan uning boshqa qismlariga bog‘liq bo‘lmagan holda foydalanish mumkin bo‘lsa, bu mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qism deb e’tirof etiladi. Hammualliflarning har biri, basharti ularning o‘rtasidagi bitimda o‘zgacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, asarning o‘zi yaratgan, mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qismidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishga haqlidir. Hammualliflar o‘rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, bitim asosida belgilanadi. Bunday bitim bo‘lmagan taqdirda, asarga bo‘lgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular o‘rtasida teng taqsimlanadi. Basharti hammualliflarning asari bo‘linmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar bo‘lmay turib taqiqlab qo‘yishga hammualliflardan hech biri haqli emas. Quyidagilar kinofilm, telefilm va videofilmning to‘liq mualliflari (hammualliflari)dir: sahnalashtiruvchi rejissor; ssenariy muallifi; muayyan audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoki matnsiz musiqa asarining muallifi; sahnalashtiruvchi operator. Bunday asarning hammualliflari jumlasiga aytib o‘tilgan mualliflar bilan kelishuvga binoan filmda foydalanilgan boshqa asarlarning mualliflari kiritilishi mumkin. Muqaddam mavjud bo‘lib, shuningdek film ustida ish olib borish jarayonida yaratilib, filmda foydalanilgan asarlar mualliflarining har biri umuman filmga bo‘lgan mualliflikdan qat’iy nazar, mustaqil mazmunga ega bo‘lgan o‘z asariga mualliflikni saqlab qoladi. Boshqa asarlarni qayta ishlagan shaxslar, tarjimonlar, to‘plamlar va boshqa jamlama asarlarning tuzuvchilari hosila asarlarning mualliflari deb e’tirof etiladi. Hosila asarning muallifi qayta ishlangan, tarjima qilingan yoki jamlama asarga kiritilgan asar muallifining huquqlariga rioya etgan taqdirdagina hosila asarga bo‘lgan mualliflik huquqidan foydalanadi. Hosila asarlar yaratuvchilarining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning muqaddam foydalanilgan asarlar asosida o‘z hosila asarlarini yaratishlariga to‘sqinlik qilmaydi. Intervyu yozuviga bo‘lgan mualliflik huquqi hammualliflar tariqasida intervyu bergan shaxs bilan intervyu o‘tkazgan va uni yozib olgan shaxsga, basharti ular o‘rtasidagi kelishuvda o‘zgacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, tegishlidir. Intervyu yozuvini e’lon qilish, ko‘rsatish va eshittirishga intervyu bergan shaxsning roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (ensiklopediyalarning noshirlari, filmlarning tayyorlovchilari, prodyuserlar va shu kabilar) tegishli asarlarning mualliflari deb e’tirof etilmaydi. Biroq ushbu Qonun yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shunday asarlardan foydalanishda alohida huquqlarga ega bo‘ladilar. Ensiklopediyalardan, ensiklopedik lug‘atlardan, ilmiy ishlarning davriy va davomli to‘plamlaridan, gazetalar, jurnallar va boshqa davriy nashrlardan foydalanishning alohida huquqlari ularning noshirlariga tegishlidir. Bunday nashrdan har qanday tarzda foydalanilganida ham noshir o‘z nomini ko‘rsatishga yoki nomi ko‘rsatilishini talab qilishga haqlidir. Bunday nashrlarga kiritilgan asarlarning mualliflari, basharti asar yaratishga doir shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, to‘liq nashrdan qat’iy nazar, o‘z asarlaridan foydalanishga bo‘lgan alohida huquqlarini saqlab qoladilar. Audiovizual asar, shu jumladan film yaratish xususida shartnoma tuzish, basharti bunday shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, mazkur asar mualliflarining asarni takrorlashga, uni tarqatishga, omma oldida ijro etishga, barchaning e’tiboriga yetkazish uchun kabel orqali berishga, efirga uzatish yoki asardan boshqa har qanday tarzda ommaviy foydalanishga, film matnini subtitrlash va dublyaj qilishga bo‘lgan alohida huquqlarining asarni tayyorlovchiga o‘tishiga olib kelmaydi. Mazkur huquqlar audiovizual asarga bo‘lgan mualliflik huquqining amal qilish muddati davomida amal qiladi. Film tayyorlovchisi bu asardan har qanday tarzda foydalanilganida ham o‘z ismi-sharifi yoki nomini ko‘rsatishga yoxud ismi-sharifi yoki nomi ko‘rsatilishini talab qilishga haqlidir. Film omma oldida namoyish etilganida musiqa asarining muallifi o‘zining musiqa asari (matnli yoki matnsiz) omma oldida ijro etilganligi uchun haq olish huquqini saqlab qoladi. Film muallifi va filmga bo‘lgan mulkiy huquqning boshqa egalari roziligisiz filmning oxirgi variantini (yozuvning asl nusxasini) yo‘q qilib yuborish taqiqlanadi. Alohida mualliflik huquqining egasi o‘z huquqlaridan xabardor etish uchun asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin: aylana ichiga olingan lotincha “S” harfi; alohida mualliflik huquqlari egasining ism-sharifi (nomi); asar birinchi marta e’lon qilingan yil. Mualliflik huquqining himoya belgisida ko‘rsatilgan shaxs, basharti o‘zga hol isbotlanmagan bo‘lsa, huquq egasi hisoblanadi. Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir: mualliflik huquqi; mualliflik nomiga bo‘lgan huquq; asarning daxlsizligiga bo‘lgan huquq. Muallif shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirishdan voz kechish to‘g‘risida biron-bir shaxs bilan tuzgan bitim va muallifning bu haqdagi arizasi ahamiyatsizdir. Muallif (hammualliflar)ning o‘zi yaratgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ayni shu asarga mualliflik huquqi e’tirof qilinishini istisno etadi. Muallif asardan o‘z ism-sharifi, taxallusini ko‘rsatgan holda yoki imzosiz foydalanish yoki shu tarzda foydalanishga ruxsat berish borasidagi alohida huquqda (mualliflik nomiga bo‘lgan huquqda) egadir. Muallif o‘z asariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda asarga o‘zining roziligisiz biron-bir shaxs tomonidan o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishidan asarini himoya qilish borasida alohida huquqqa (asarning daxlsizligiga bo‘lgan huquqqa) egadir. Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish chog‘ida asarning o‘ziga ham, uning nomiga ham, muallifning nomi ko‘rsatilishiga ham biron-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi. Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar bilan, so‘zboshi, xotima, sharh yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi. Muallifning vafotidan keyin asarning daxlsizligini himoya qilish vasiyatnomada ko‘rsatilgan shaxs tomonidan, bunday ko‘rsatma bo‘lmagan taqdirda esa muallifning merosxo‘rlari, shuningdek qonunga muvofiq zimmasiga mualliflik huquqlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Muallif nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishiga imkon yaratib berish huquqi (asarni e’lon qilish huquqi)ga egadir. Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish, ommaga namoyish etish yo‘li bilan yoki boshqa tarzda ommaviylashtirish orqali muallif tomonidan yoki uning roziligi bilan nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishi uchun birinchi bor imkon yaratib berilsa, asar e’lon qilingan hisoblanadi. Muallif asarni e’lon qilish to‘g‘risida ilgari qabul qilgan qaroridan asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli ko‘rgan zararning o‘rnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplash sharti bilan voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. Basharti asar e’lon kilingan bo‘lsa, muallif o‘z asarini chaqirib olganligini ommaga ma’lum qilishi shart. Bunda muallif asarning avval tayyorlab qo‘yilgan nusxalarini o‘z hisobidan muomaladan olib qo‘yishga haqlidir. Bu qoidalar, basharti muallif bilan tuzilgan shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, xizmat asarlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish borasida alohida huquqlarga egadir. Asarni takrorlash va uni tarqatish, boshqa yo‘llar bilan realizatsiya qilish, xususan: asarni omma oldida namoyish etish (ko‘rgazmaga qo‘yish, eksponat sifatida ko‘rsatish); asarning moddiy jismini tashkil etuvchi nusxasini ijaraga berish; asarni omma oldida ijro etish; asarni efirga uzatish (radio yoki televideniye orqali translyatsiya qilish), shu jumladan kabel yoki aloqa yo‘ldoshi orqali berish; asarni texnika yordamida yozib olish; asarning texnikaviy yozuvini eshittirish yoki ko‘rsatish, shu jumladan radio yoki televideniye orqali; asardan keyinchalik foydalanish maqsadida uni tarjima qilish yoki qayta ishlash; shaharsozlik, arxitektura, dizayn loyihasini amaliy ro‘yobga chiqarish asardan foydalanish hisoblanadi. Asarga uning obyektiv shaklini, aqalli asl nusxasida qanday bo‘lsa, shu holdagi shaklini qayta berish (asarni nashr etish, audio yoki videoyozuvlardan nusxa ko‘paytirish va shu kabilar) asarni takrorlash hisoblanadi. Asar nusxalarini sotish, almashtirish, ijaraga berish yoki ular ishtirokida boshqa amallarni bajarish, shu jumladan ularni import qilish asarni tarqatish hisoblanadi. Basharti asarning nusxalari qonunan boshqa shaxsga berilgan bo‘lsa, ularni keyinchalik muallifning roziligisiz va haq to‘lamagan holda tarqatishga yo‘l qo‘yiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Asardan daromad (foyda) olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qat’iy nazar, asardan foydalanilgan deb hisoblanadi. Asarning mazmunini tashkil etuvchi qoidalarni (kashfiyotlarni, boshqa texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy va shu kabi yechimlarni) amaliy qo‘llash asardan mualliflik huquqi ma’nosida foydalanganlikni anglatmaydi. Basharti asar saqlash uchun har kim foydalanishi mumkin bo‘lgan saqlov joyiga (depozitariyga) topshirilgan bo‘lsa va depozitariy bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra mazkur depozitariyga murojaat etadigan har qanday shaxsning asar nusxasini olishiga yo‘l bersa, asardan bu tarzda foydalanish asarlarning qo‘lyozmalarini, moddiy jismdagi boshqa asarlarni, shu jumladan mashina yordamida tayyorlangan asarlarni saqlash uchun topshirish deb e’tirof etiladi. Asarni saqlash uchun topshirish asardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning (huquq egasining) depozitariy bilan tuzilgan, asardan foydalanish shartlarini belgilab beruvchi shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunday shartnoma va depozitariyning foydalanuvchi bilan tuzgan shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi Muallif yoki huquqqa ega bo‘lgan boshqa shaxs shartnomaga, shu jumladan ochiq savdoda tuzilgan shartnomaga binoan asardan foydalanish borasidagi barcha huquqlarni o‘zga shaxsga berishi (foydalanish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish) mumkin. Asardan foydalanish huquqi bir shaxsdan boshqa shaxsga universal huquqiy vorislik tartibida o‘tadi. Huquq egasi boshqa shaxsga asardan muayyan doirada foydalanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) berishi mumkin. Bunday ruxsatnoma asardan uning dastlabki shaklida foydalanish uchun ham, qayta ishlangan shaklida, xususan tarjima, aranjirovka tarzida va shu kabi usullarda foydalanish uchun ham talab qilinadi. Asardan foydalanishning har bir usuli uchun huquq egasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi. Tasviriy san’at asarining muallifi asar mulkdoridan o‘zining asarini takrorlash huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish imkonini berishni talab qilishga haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga yetkazib berishni talab qilish mumkin emas. Muallif va boshqa shaxslarning asardan foydalanish borasidagi alohida huquqlarini cheklashga ushbu Qonunning 17—21-moddalarida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga o‘rinsiz ziyon yetkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini to‘lamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanilishga ziyon etmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur etmaydigan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Ushbu modda birinchi qismining qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi: binolar va shunga o‘xshash inshootlar shaklidagi arxitektura asarlaridan foydalanish; ma’lumot bazalari yoki ularning muhim qismlaridan foydalanish; qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanish; kitoblarni (to‘liq) va notali matnlarni reproduksiya qilish. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganidan istisno tarzda, qonunda audio va videoyozuvlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan taqdirda tegishli yozuvning muallifi, ijrochisi va ishlab chiqaruvchisi tegishli haq olish huquqiga ega bo‘lishi belgilab qo‘yilishi mumkin. Asarni takrorlaganlik uchun haq ishlab chiqaruvchilar yoki asarni takrorlash uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar (audio apparatlar, videomagnitofonlar va shu kabilar) hamda asar moddiy jismining (audio va (yoki) video plyonkalar, kassetalar, lazer diskalar, kompakt diskalar va shu kabilarning) importchilari tomonidan ajratmalar (foizlar) shaklida to‘lanadi. Asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbani ko‘rsatgan holda hamda asardan normal foydalanilishiga zarar etmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan quyidagi tarzda erkin foydalanishga yo‘l qo‘yiladi: chop etilgan asarni ulardan olingan tsitatalar tarzida (asl nusxa tilida va tarjimada), shu jumladan gazeta va jurnallarning maqolalaridan olingan parchalar tarzida tsitatadan ko‘zlangan maqsadga mos hajmda ilmiy, tadqiqot, tanqid va axborot maqsadlarida takrorlash hamda tarqatish; chop etilgan asarlarni ta’lim va o‘quv tusidagi nashrlarda, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlarda, audio va videoyozuvlarda misol tariqasida qo‘yilgan maqsadga loyiq hajmda takrorlash, texnika yordamida yozib olish va efir orqali berish; kundalik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy masalalar yuzasidan gazeta va jurnallarda e’lon qilingan maqolalar yoki efir orqali berilgan shu tusdagi asarlarni gazetalarda takrorlash, efirga uzatish, bunday foydalanish muallif tomonidan atayin taqiqlangan hollar bundan mustasno; omma oldida so‘zlangan siyosiy nutqlar, murojaatlar, ma’ruzalar va shunga o‘xshash asarlarni qo‘yilgan maqsadga mos hajmda gazetalarda takrorlash, efirga uzatish; kundalik voqealar jarayonida ko‘rish yoki eshitish mumkin bo‘lgan asarlarni ana shunday voqealarning sharhlarida axborot maqsadiga mos hajmda takrorlash, omma oldida namoyish etish, efirga uzatish; foyda olishni ko‘zlamagan holda ko‘zi ojizlar uchun qabariq nuqtali harflar yoki boshqa usullar bilan chop etilgan asarlarni takrorlash, foydalanishning ana shunday usullari uchun atayin yaratilgan asarlar bundan mustasno. Muallifning roziligisiz va mualliflik haqini to‘lamagan holda, lekin asaridan foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta ko‘rsatib, quyidagilardan foyda olishni ko‘zlamay reproduksiya qilishga yo‘l qo‘yiladi: asardan, yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan nusxalarini tiklash, almashtirish uchun, shuningdek o‘z fondlaridan bu asarlarni biron sabab bilan yo‘qotgan boshqa kutubxonalarga asarlarning nusxalarini taqdim etish uchun kutubxonalar va arxivlar tomonidan; to‘plamlarda, gazetalar va boshqa davriy nashrlarda qonuniy ravishda e’lon qilingan ayrim maqolalar va kichik hajmli asarlardan, qonuniy ravishda e’lon qilingan yozma asarlardan (suratli yoki suratsiz) qisqa parchalar fuqarolarning o‘quv va tadqiqot maqsadlaridagi so‘rovlari asosida kutubxonalar va arxivlar tomonidan, shuningdek auditoriya mashg‘ulotlari uchun ta’lim muassasalari tomonidan. Hamma bemalol bora oladigan joylarda doimiy joylashgan arxitektura, fotografiya, tasviriy san’at asarlarini muallifning roziligisiz va mualliflik haqi to‘lamagan holda takrorlash, efirga uzatishga yoki hammaning e’tiboriga yetkazish uchun kabel orqali uzatishga yo‘l qo‘yiladi. Bu qoida asarning tasviri shunday takrorlashning, efirga uzatishning yoki hammaning e’tiboriga yetkazish uchun kabel orqali uzatishning asosiy obyekti bo‘lgan hollarga nisbatan, shuningdek asarning ifodasidan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qonunan e’lon qilingan musiqa asarlarini rasmiy, diniy va dafn marosimlarida bunday marosimlarning xususiyatiga mos hajmda muallifning roziligisiz va mualliflik haqi to‘lamagan holda omma oldida ijro etishga yo‘l qo‘yiladi. Sudlov va ma’muriy ish yuritish maqsadlarini ko‘zlab, foydalanish maqsadiga mos hajmda asarlarni muallifning roziligisiz va mualliflik haqi to‘lamagan holda ijro etishga yo‘l qo‘yiladi. Efir orqali ko‘rsatuv va eshittirishlar beruvchi tashkilot o‘zi efirga uzatish huquqini olgan asarni muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va qo‘shimcha haq to‘lamagan holda qisqa muddat foydalanish maqsadida yozib olishga haqlidir, bunda efir orqali ko‘rsatuv va eshittirishlar beruvchi tashkilot yozuvni o‘z uskunalari yordamida hamda o‘z ko‘rsatuv va eshittirishlari uchun amalga oshirishi shart. Basharti bunday yozuvni saqlab turishning uzoqroq muddati muallif bilan kelishilgan bo‘lmasa, u tayyorlanganidan keyin olti oy ichida yo‘q qilib yuborilishi shart. Agar bunday yozuv butunlay hujjatli ruhda bo‘lsa, u asar muallifining roziligisiz rasmiy arxivlarda saqlab qo‘yilishi mumkin. EHM uchun yaratilgan dasturning yoki ma’lumotlar bazasining nusxasiga ega bo‘lgan shaxsning EHM uchun yaratilgan dasturni va ma’lumotlar bazasini keyingi shaxsiy foydalanish maqsadida takrorlashga va qayta ishlashga bo‘lgan huquqi qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Xizmat topshirig‘ini bajarish tartibida yaratilgan asarga (xizmat asariga) bo‘lgan mualliflik huquqi shu asar muallifiga tegishlidir. Xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etgan usulda va topshiriqdan kelib chiqadigan doirada foydalanish huquqi, basharti ish beruvchi bilan muallif o‘rtasidagi shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, asar yaratish haqida topshiriq bergan va muallif mehnat munosabatlari o‘rnatgan shaxsga (ish beruvchiga) tegishlidir. Ish beruvchi bunday foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga haqlidir. Ish beruvchi bilan muallif o‘rtasidagi shartnomada xizmat asaridan foydalanganlik uchun muallifga haq to‘lash nazarda tutilgan va asardan foydalanishning boshqa shartlari qamrab olingan bo‘lishi mumkin. Ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomadan qat’iy nazar, muallif asar taqdim etilgan vaqtdan e’tiboran o‘n yil o‘tganidan keyin, ish beruvchining roziligi bilan esa, undan ham oldinroq asardan foydalanish va mualliflik haqini olish huquqini to‘liq hajmda qo‘lga kiritadi. Muallifning xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etmaydigan usulda foydalanish huquqi cheklanmaydi. Birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi xududida chop etilgan yoki chop etilmagan bo‘lsada, asl nusxasi biron-bir obyektiv shaklda uning hududida turgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Bunday holda mualliflik huquqi muallifga va uning merosxo‘rlariga, shuningdek fuqaroligidan qat’iy nazar, muallifning boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asarlari birinchi marta chet davlat hududida chop etilgan yoki biron-bir obyektiv shaklda ana shu davlat hududida turgan bo‘lsa, bunday asarga bo‘lgan mualliflik huquqi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga, xuddi shuningdek ularning merosxo‘rlari va boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb e’tirof etiladi. Muallifga xalqaro shartnomalarga muvofiq huquqiy himoya berilishi vaqtida asarning chet davlat hududida chop etilganligi tegishli xalqaro shartnoma qoidalariga binoan aniqlanadi. Asarni O‘zbekiston Respublikasi hududida himoya qilish maqsadida asarning muallifi deb e’tirof etiladigan shaxs asar birinchi marta qaysi davlatning hududida himoya qilina boshlagan bo‘lsa, shu davlatning qonunlariga binoan aniqlanadi. Asarga bo‘lgan mualliflik huquqi chop etilganligi yoki etilmaganligidan qat’iy nazar, asarga uchinchi shaxslar idrok eta oladigan obyektiv shakl berilgan vaqtdan boshlab amal qiladi. Og‘zaki asarga bo‘lgan mualliflik huquqi bu asar uchinchi shaxslarga ma’lum qilingan vaqtdan boshlab amal qiladi. Basharti asar ushbu Qonunning 36-moddasi qoidalarining ta’sir doirasiga kirmasa, bunday asarga bo‘lgan mualliflik huquqi, basharti u O‘zbekiston Respublikasida e’lon qilingan bo‘lsa, birinchi marta e’lon qilingan vaqtdan boshlab himoya qilinadi. Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin u vafot etgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e’tiboran ellik yil davomida amal qiladi. Hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko‘rgan shaxs vafot etganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Birinchi marta taxallus ostida yoki imzosiz chop etilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e’tiboran ellik yil davomida amal qiladi. Basharti ana shu muddat ichida imzosiz yoki taxallus ostida chop etilgan asar muallifining shaxsi ma’lum bo‘lib qolsa, ushbu moddaning birinchi qismida aytilgan muddatlar qo‘llanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida aytib o‘tilgan muddatlar davomida mualliflik huquqi muallifning merosxo‘rlariga tegishli bo‘ladi va meros bo‘yicha bir shaxsdan boshqa shaxsga o‘tadi. Ayni ana shu muddatlar ichida mualliflik huquqi muallif bilan, uning merosxo‘rlari va keyingi huquqiy vorislari bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha bu huquqni olgan huquqiy vorislarga tegishli bo‘ladi. Muallif vafotidan keyin ellik yil ichida birinchi marta chop etilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e’tiboran ellik yil davomida amal qiladi. Mualliflik, muallifning ism-sharifi va asarning daxlsizligi muddatsiz himoya qilinadi. Asarga bo‘lgan mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi. O‘zbekiston Respublikasi xududida hech qachon himoya bilan ta’min etilmagan asarlar ijtimoiy mulk hisoblanadi. Ijtimoiy mulk hisoblangan asardan har qanday shaxs mualliflik haqini to‘lamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda asarga bo‘lgan mualliflik huquqiga, mualliflik nomiga bo‘lgan huquqda va asarning daxlsizligiga bo‘lgan huquqqa rioya etilishi lozim. Muallif yoki uning merosxo‘ri mualliflik shartnomasi tuzish orqali o‘z asaridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin. Mualliflik shartnomasi uchun haq to‘lash talab qilinadi. Mualliflik shartnomasi tayyor asar uchun yoki muallif yaratishni o‘z zimmasiga olgan asar uchun (buyurtma shartnomasi) tuziladi. Asardan u yoki bu doirada foydalanishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi muallif yoki uning merosxo‘rlari tuzadigan shartnoma ham (mualliflik litsenziya shartnomasi) mualliflik shartnomasi hisoblanadi. Mualliflik shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak: asardan foydalanish usullari (mazkur shartnoma asosida beriladigan konkret huquqlar); asardan foydalanishning har bir usuli uchun to‘lanadigan haq miqdori va (yoki) to‘lanadigan haq miqdorini belgilash tartibi, uni to‘lashning tartibi va muddati. Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi qancha muddatga berilishi to‘g‘risida shart bo‘lmagan taqdirda, shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh yil o‘tganidan keyin, basharti foydalanuvchi shartnoma bekor qilinguniga qadar kamida olti oy oldin bu haqda yozma ravishda ogohlantirilgan bo‘lsa, shartnoma muallif tomonidan bekor qilinishi mumkin. Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi amal qiladigan hudud doirasi to‘g‘risida shart bo‘lmagan taqdirda, shartnomaga binoan berilayotgan huquqning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanadi. Shartnoma tuzilgan vaqtda asardan foydalanish haqidagi hali ma’lum bo‘lmagan huquqlar mualliflikka doir shartnoma mavzusi bo‘lishi mumkin emas. Asardan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori taraflarning kelishuviga binoan mualliflik shartnomasida belgilab qo‘yiladi. Basharti asarni nashr etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish haqidagi mualliflik shartnomasida haq to‘lash qat’iy summa tarzida belgilansa, shartnomada asarning eng ko‘p tiraji belgilab qo‘yilishi shart. Muallif yoki uning merosxo‘rlarining haq olishga bo‘lgan huquqni rad etishi ahamiyatsizdir. Mualliflik shartnomasi bo‘yicha berilgan huquqlarni shartnomadagi istalgan taraf shartnomada bevosita nazarda tutilgan taqdirdagina boshqa shaxslarga to‘liq yoki qisman o‘tkazishi mumkin. Mualliflik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Mualliflik shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni umuman yoki tegishli darajada bajarmagan tomon boshqa tomonga yetkazilgan zararning o‘rnini, shu jumladan boy berilgan foydani ham qoplashi shart. Mualliflik litsenziya shartnomasi unda nazarda tutilgan, ammo mualliflik huquqining amal qilish muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida amal qiladi. Asar muallifi yoki uning merosxo‘rlari, mualliflik litsenziya shartnomasiga muddat to‘g‘risidagi shart kiritilganligi yoki kiritilmaganligidan qat’iy nazar, shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran o‘n yil o‘tganidan keyin o‘z kontragentini kamida olti oy oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqlidir. Muallif yoki uning merosxo‘rlarida bunday huquq har o‘n yilda vujudga keladi. Shartnomada asardan foydalanish muddatlari nazarda tutilishi mumkin, bu muddatlarni buzganlik huquq egasining shartnomani bekor qilish huquqiga sabab bo‘ladi. Huquq egasi o‘ziga tegishli huquqni o‘e xohishiga ko‘ra shaxsan amalga oshirishga haqlidir. Huquq egasidan boshqa shaxslar mualliflik huquqlarini faqat huquq egasining roziligi bilan va u bergan vakolatlar doirasida boshqarishlari mumkin, vakillikni qonuniy vakil amalga oshiradigan hollar bundan mustasno. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning egalari zimmasiga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Bunday tashkilotlar huquq egalari bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida va o‘z huquqlari doirasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining manfaatlarini ifoda etadilar. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilab qo‘yilgan davlat organi bergan litsenziyalar asosida va shu organning nazorati ostida ish olib boradilar. Ular tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishga va asarlardan foydalanishga haqli emas. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar o‘zlariga murojaat qilgan mualliflik huquqi yoki turdosh huquq egasining topshirig‘ini o‘z zimmalariga olishlari shart. Bunday tashkilotlar topshiriqni o‘zlari ishlab chiqqan qo‘shiluv shartnomasi asosida bajarishlari mumkin. Shartnomada tashkilotning qilgan xarajatlari huquq egasi tomonidan qoplanishi nazarda tutilishi mumkin. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar shartnomalarga muvofiq o‘zlari olgan vakolatlar asosida boshqa shaxslarga (foydalanuvchilarga) asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanishning tegishli usullari uchun litsenziyalar beradilar. Bunday litsenziyalarning shartlari bir toifadagi barcha foydalanuvchilar uchun bir xil bo‘lmasligi kerak va yetarli asoslar bo‘lmay turib litsenziya berishni rad etib bo‘lmaydi. Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlardan bo‘lak har qanday shaxslar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining manfaatlarini umumiy asoslarda ifoda etishlari mumkin. Huquq egasi bilan shartnoma tuzmagan holda asardan foydalanilgan takdirda qoidabuzar huquq egasiga yetkazilgan zararning o‘rnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplashi shart. Huquq egasi qoidabuzardan o‘zi ko‘rgan zarar o‘rniga uning qoidabuzarlik oqibatida olgan daromadlarini undirib olishga haqli. Asardan mualliflik shartnomasida nazarda tutilmagan usulda yoki bunday shartnomaning amal qilishi to‘xtaganidan keyin foydalanish asardan shartnoma tuzmagan holda foydalanish deb hisoblanadi. Turdosh huquqlar sahna asarlariga, ijroga, ijroning audio va videoyozuviga (ijro yozuviga), efir va kabel orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuv va eshittirishlariga tatbiq etiladi. Ijro etish huquqi ijrochilarga — artistlarga, sahnalashtiruvchi rejissorlarga, dirijyorlarga, shuningdek ularning merosxo‘rlariga tegishlidir. Bunday ijrodan foydalanish huquqi boshqa huquqiy vorislarga o‘tishi mumkin. Ijro yozuviga bo‘lgan huquq ana shunday yozuvni amalga oshirgan shaxsga yoki uning huquqiy vorislariga tegishlidir. Translyatsiya qilish huquqi ko‘rsatuv va eshittirishni yaratgan efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotga yoki uning huquqiy vorislariga tegishlidir. Ijroni yozib olgan shaxs va ijrochi o‘z huquqlaridan xabardor qilish uchun turdosh huquqlarning himoya belgisidan foydalanishlari mumkin, audio yoki videoyozuvning har bir nusxasida va (yoki) ular saqlanadigan g‘ilofda aks ettiriladigan bu belgi quyidagi uch unsurdan iborat bo‘ladi: aylana ichidagi lotincha “R” harfi; alohida turdosh huquqlar egasining ismi (nomi); yozuv birinchi marta e’lon qilingan yil. Ijrochi quyidagi huquqlarga egadir: ijro vaqtida, ijro yozuvining nusxalarida, ijro translyatsiya qilinayotganda yoki takrorlanayotganida uning ismini ko‘rsatish; asarni buzib ijro etishdan ximoya qilish; ijrodan foydalanishni amalga oshirish yoki foydalanishga ruxsat berish. Ijrodan foydalanish huquqi quyidagilarga ruxsat berish huquqini qamrab oladi: ijroni efir va kabel orqali translyatsiya qilish; ijroni texnika vositalari yordamida yozib olish; yozib olingan ijroni translyatsiya qilish va omma oldida takrorlash; ijro yozuvini ko‘paytirish va uning nusxalarini tarqatish. Ijrochilar o‘z huquqlarini ijro etilayotgan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda ro‘yobga chiqaradilar. Ijrodan foydalanish huquqini cheklash qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Xizmat topshirig‘ini bajarish tartibida amalga oshirilgan ijroga (xizmat ijrosiga) bo‘lgan huquqqa nisbatan tegishincha ushbu Qonun 35-moddasining qoidalari tatbiq etiladi. Ijrochining O‘zbekiston Respublikasi hududida birinchi marta amalga oshirilgan ijroga bo‘lgan huquqi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Bunday hollarda, fuqaroligidan qat’iy nazar, huquq ijrochiga, uning merosxo‘rlariga, shuningdek ijrochining boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb e’tirof etiladi. Ijrochining huquqi ijro birinchi bor chet davlat hududida amalga oshirilgan hollarda ham unga, shuningdek uning huquqiy vorislariga tegishli deb e’tirof etiladi. Ijrochining huquqlari birinchi yozuv yoki birinchi ijro (sahnalashtirish) paytidan e’tiboran ellik yil davomida amal qiladi. Ijrochining nomga bo‘lgan huquqi va ijroni buzishlardan himoya qilish huquqi muddatsiz qo‘riqlanadi. Ijrochi va ijro etish huquqining boshqa egasi bu huquqdan o‘z xohishiga ko‘ra mustaqil ravishda foydalanishga haqli. Ijrodan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat ijrochining ruxsati bilan yoki boshqa huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida uning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Huquq egasi o‘zining ijrodan foydalanish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish, shu jumladan ijrodan u yoki bu doirada foydalanish uchun boshqa shaxsga ruxsatnoma (litsenziya) berish yo‘li bilan o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzishi mumkin. Ijrochi yoki uning huquqiy vorisi ijrodan foydalanishga ruxsat etganlik uchun haq olish huquqiga ega. Foydalanishning har bir turi uchun alohida haq to‘lanishi kerak. Haq olish huquqidan voz kechish ahamiyatsizdir. Ijroning audioyozuvini, videoyozuvini, audio-videoyozuvini amalga oshirgan shaxs va uning huquqiy vorisi ana shu yozuvga nisbatan alohida huquqa ega bo‘ladi. Bunday yozuvdan boshqa shaxslarning foydalanishiga ana shu yozuvni amalga oshirgan shaxs yoki uning huquqiy vorisining ruxsati bilangina yo‘l qo‘yiladi. Ijroni yozib olgan shaxs yoki uning huquqiy vorisi quyidagilarni amalga oshirishga yoki quyidagilarga ruxsat berishga haqlidir: yozuvni omma oldida takrorlash; yozuvga tuzatishlar kiritish yoki uni o‘zga tarzda qayta ishlash; yozuvning nusxalarini tarqatish (sotish, ijaraga berish va shu kabilar), shu jumladan chet elga berib yuborish; yozuvlardan nusxa ko‘chirish; yozuv nusxalarini import qilish. Basharti ijro yozuvining nusxasiga egalik qilish huquqi ijroni yozib olgan shaxsga tegishli bo‘lmasa, yozuvdan foydalanish, shu jumladan uni tijorat maqsadida ijaraga berish sohasidagi alohida huquq yozuvni amalga oshirgan shaxsda saqlanib qoladi. Ijroni yozib olgan shaxsning huquqlarini cheklash qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Ijro yozuviga bo‘lgan huquqning egalari o‘z huquqlarini asarlar mualliflarining huquqlarini va ijrochilarning huquqlarini hisobga olgan holda amalga oshiradilar. Foyda olish maqsadida e’lon qilingan ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning va ijrosi yozilgan ijrochining roziligisiz, lekin haq to‘lagan holda: yozuvni omma oldida ijro etishga; yozuvni efir orqali ko‘rsatish va eshittirishga; yozuvni hammaning umumiy ma’lumoti uchun kabel orqali yuborishga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haqni to‘plash, taqsimlash hamda to‘lash mualliflik va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shug‘ullanadigan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi (ushbu Qonunning 45-moddasi). Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq miqdori va uni to‘lash tartibi, bir tarafdan, yozuvdan foydalanuvchi yoki bunday foydalanuvchilar birlashmasi hamda, ikkinchi tarafdan, mualliflik va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar o‘rtasidagi bitimda belgilab qo‘yiladi. Haq miqdori yozuvdan foydalanishning har bir turi uchun belgilanadi. Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning huquqi, agar bu yozuv birinchi marta O‘zbekiston Respublikasida omma oldida takrorlangan yoki uning nusxalari omma orasida tarqatilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxs huquqi O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash joyi yoki joylashgan manzili bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaxslarga ham tegishli deb tan olinadi. Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari kuchiga yoki hamjihatlik prinsipiga asosan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda foydalanadilar. Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning huquqlari yozuv amalga oshirilgan paytdan boshlab ellik yil mobaynida o‘z kuchini saqlab qoladi. Efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot o‘z ko‘rsatuv va eshittirishlaridan istalgan shaklda foydalanish va uchinchi shaxslarga bunday ko‘rsatuv va eshittirishlardan foydalanish uchun ruxsat berish borasida alohida huquqlarga ega. Ko‘rsatuv va eshittirishlardan uchinchi shaxslarning foydalanishi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Huquq egasi foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega. Efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot quyidagilarga haqlidir: ko‘rsatuv va eshittirishni translyatsiya qilish; efir orqali ko‘rsatuv va eshittirishlarni beruvchi boshqa tashkilotlarga va kabel orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarga o‘z ko‘rsatuv va eshittirishlarini bir vaqtning o‘zida translyatsiya qilishga hamda retranslyatsiya qilishga ruxsat berish; o‘z ko‘rsatuv va eshittirishlarini yozib olish; o‘z ko‘rsatuv va eshittirishlari yozuvini takrorlash; takrorlangan yozuv nusxalarini tarqatish; o‘z ko‘rsatuv va eshittirishlarini translyatsiya qilishga va bir vaqtning o‘zida kabel orqali translyatsiya, retranslyatsiya qilishga hamda bu ko‘rsatuv va eshittirishlar yozuvini translyatsiya qilishga ruxsat berish; kirish pullik bo‘lgan joylarda ommaviy translyatsiya qilish va takrorlash, boshqa shaxslarga shunday translyatsiya qilish va takrorlashga ruxsat berish. Efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarning huquqlarini cheklash qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot o‘z huquqlarini asar mualliflarining huquqlari va ijrochilarning huquqlarini, zarur hollarda esa, ijro yozuviga bo‘lgan huquq egalarining hamda efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi boshqa tashkilotlarning huquqlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi. Efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi, basharti tashkilotning ushbu hududda joylashgan manzili bo‘lsa hamda unda joylashtirilgan uzatkichlar yordamida ko‘rsatuv va eshittirishlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa. Efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuv va eshittirishga bo‘lgan huquqi uni birinchi marta efirga translyatsiya qilish paytidan boshlab ellik yil mobaynida amal qiladi. Kabel orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ushbu Qonunda belgilangan huquqlariga tatbiqan belgilanadi. Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning roziligisiz va haq to‘lamasdan ijrodan, sahna asaridan, efir orqali berilgan ko‘rsatuv va eshittirishdan, kabel orqali berilgan eshittirish va ko‘rsatuvdan hamda ularning yozuvidan foydalanishga, shuningdek yozuvni takrorlashga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi: kundalik voqealar sharhiga ijrodan, sahna asaridan, yozuvdan, efir yoki kabel orqali berilgan ko‘rsatuv va eshittirishdan unchalik katta bo‘lmagan parchalar qo‘shish yo‘li bilan; faqat o‘quv yoki ilmiy tadqiqot maqsadlarida; ijrodan, sahna asaridan, yozuvdan, efir yoki kabel orqali berilgan ko‘rsatuv va eshittirishdan uncha katta bo‘lmagan parchalar keltirish shaklida, faqat bunday parchalar keltirish axborot maqsadlarida amalga oshirilishi va bunda efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot tomonidan tijorat maqsadida e’lon qilingan yozuv nusxalaridan istalgan shaklda foydalanish ushbu Qonunning 55-moddasi qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi sharti bilan; ushbu Qonunda adabiyot, fan va san’at asarlari muallifining mulkiy huquqlarini cheklash borasida nazarda tutilgan boshqa hollarda. Fonogramma ishlab chiqaruvchining, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarning roziligisiz efir yoki kabel orqali berilgan ko‘rsatuv va eshittirishdan hamda uning yozuvidan shaxsiy maqsadda foydalanishga va fonogrammani takrorlashga yo‘l qo‘yiladi. Fonogrammani takrorlashga ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq haq to‘langan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Agar qisqa muddat foydalanish uchun yozish yoki takrorlash efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot tomonidan uning o‘z asbob-uskunalari yordamida hamda uning o‘z ko‘rsatuvi va eshittirishi uchun amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ushbu Qonun 50, 54, 58 va 59-moddalarining ijroning, sahna asarining yoki ko‘rsatuv va eshittirishning qisqa muddat foydalaniladigan yozuvlarini amalga oshirish, tijorat maqsadida e’lon qilingan yozuvni takrorlash uchun ijrochining, ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning hamda efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ruxsatini olish haqidagi qoidalari quyidagi shartlar bilan qo‘llanilmaydi: efir orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot ushbu modda qoidalariga muvofiq qisqa muddat foydalaniladigan yozuv yoki bunday yozuvni takrorlash amalga oshiriladigan sahna asarining o‘zini, ijroni yoki ko‘rsatuv va eshittirishni efirga berish uchun oldindan ruxsat olgan taqdirda; qisqa muddat foydalaniladigan yozuv adabiyot, fan va san’at asarlarining bunday yozuvlariga nisbatan belgilangan muddat doirasida yo‘q qilib yuborilgan taqdirda (ushbu Qonunning 33-moddasi), basharti yozuv butunlay hujjat ruhida bo‘lsa, rasmiy arxivlarda saqlanishi mumkin bo‘lgan yagona nusxa bundan mustasno. Ushbu moddada nazarda tutilgan cheklashlar ijrodan, ijro yozuvidan, sahna asaridan, efir yoki kabel orqali berilgan ko‘rsatuv va eshittirishdan hamda ularning yozuvidan normal foydalanishga zarar yetkazmagan holda va ijrochining, ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning hamda ko‘rsatib o‘tilgan asarlar mualliflarining qonuniy manfaatlarini cheklab qo‘ymagan holda qo‘llaniladi. Turdosh huquqlardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomani umuman yoki tegishli darajada bajarmagan yoxud asardan shartnoma tuzmagan holda noqonuniy foydalangan shaxs shartnomani umuman yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi yoxud ziyon yetkazganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi umumiy qoidalarga muvofiq javobgar bo‘ladi.
49
50,002
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2018-yil 6-iyundagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman: 1. “2005-yilda yuklarni transportda tashish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va Tojikiston Respublikasining davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1483, 2005-yil 27-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 4-maydagi DS/13-2-32-47-210/1163-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 16-iyundagi 53, 264-V-son “2005-yilda yuklarni transportda tashish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va Tojikiston Respublikasining davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1483, 2005-yil 27-iyun) davlat reyestridan chiqarilsin. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
75
2,289
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON “O‘ZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA KOMMUNAL XO‘JALIK KORXONALARINI MOLIYAVIY SOG‘LOMLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘ztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 8-avgustdagi PQ–438-sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishni ta’minlash, kommunal xizmatlar uchun tariflarning asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining Mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish Bosh direksiyasini tugatish va uning tarkibiga kiruvchi mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmalarini bevosita O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligiga bo‘ysundirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: xodimlarning umumiy soni 37 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 29 birlikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq; mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Quyidagilar O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin: kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, zamonaviy talablarga javob beradigan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yaratishga ko‘maklashish; kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona texnikaviy siyosatni o‘tkazish, kommunal tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirish, texnik qayta jihozlash va modernizatsiyalashga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish, ilg‘or zamonaviy texnologiyalar, mashina va uskunalarni tatbiq etish, suv va issiqlik energiyasini sotish hamda iste’mol qilish bo‘yicha hisoblagichlar va nazorat asbob-uskunalari bilan jihozlash; mintaqalararo suv quvurlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ulardan samarali foydalanish, ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, kommunal xo‘jalik tizimida tarmoqlar hamda asbob-uskunalarni kapital va joriy ta’mirlashni tashkil etish; kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. 4. 2007-yilning 1-yanvaridan respublikaning issiqlik va suv ta’minoti korxonalari uch yil muddatga asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazishdan ozod etilsin. 5. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining suv va issiqlik ta’minoti korxonalaridan tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, monopoliyaga qarshi va soliq qonun hujjatlarini buzganligi uchun 5-6 ilovalarga* muvofiq jarima sanksiyalari summasini 2006-yil 1-aprel holatiga ko‘ra hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi taklifi; “O‘zbekenergo” DAK va “O‘zbekneftgaz” MXKning suv va issiqlik ta’minoti korxonalarining elektr energiya, tabiiy gaz, mazut va issiqlik energiyasi bo‘yicha to‘lash muddati o‘tgan qarzlari penyasini 2006-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 7-8 ilovalarga* muvofiq hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 7. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, suv va issiqlik ta’minoti korxonalari mazkur qarorda qabul qilingan moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari munosabati bilan bo‘shagan mablag‘larni kommunal xo‘jalik tizimidagi tarmoqlar va asbob-uskunalarni kapital va joriy ta’mirlashga yo‘naltirsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
161
4,490
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-701-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-701-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
141
312
Qonunchilik
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINING PROFESSIONAL IShTIROKChILARI UChUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga QARShI KURAShISh BO‘YIChA IChKI NAZO
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda), “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 147-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar: 1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi. Mazkur Qoidalar talablari qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarga tatbiq qilinadi, tijorat banklari va sug‘urtalovchilar bundan mustasno. 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llangan: benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega bo‘ladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yo‘lida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs; ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyati; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar; mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, ular topshirgan hujjatlar asosida qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash; benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash — qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali yuridik shaxs bo‘lgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash; mijoz — deponent yoki qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining xizmatlaridan foydalanuvchi boshqa shaxs; mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini o‘rganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganish; xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — ichki nazoratni o‘tkazish davomida qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar; shubhali operatsiya — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, mazkur Qoidalarini amalga oshirishda qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya; qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi (keyingi o‘rinlarda professional ishtirokchi deb yuritiladi) — qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti; tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi; pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish — pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni o‘tkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud ko‘chirishni taqiqlash; ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs; terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs; Ro‘yxat — terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati; operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ko‘chirish, konversiyalash, o‘zga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish; yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq); offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar; yuqori mansabdor shaxslarga yaqin bo‘lgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslari bilan ijtimoiy va kasbiy jihatdan chambarchas bog‘liq bo‘lgan shaxslar. 2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlarida professional ishtirokchilar qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazoratni amalga oshiradilar. 3. Ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish professional ishtirokchining Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati to‘g‘risidagi Nizomga (ro‘yxat raqami 1899, 2009-yil 6-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 6-son, 66-modda) muvofiq tayinlanadigan nazoratchi (keyingi o‘rinlarda nazoratchi deb yuritiladi) zimmasiga yuklanadi. 4. Ichki nazoratning maqsadi quyidagilardan iborat: professional ishtirokchilar faoliyatida jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlar bilan qayd etish va kamaytirish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish; professional ishtirokchilarning qasddan yoki qasddan bo‘lmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik; professional ishtirokchilar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari hamda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda ichki hujjatlarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash. 5. Ichki nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat: Qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalar ichki hujjatlariga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish; benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini o‘rganish bo‘yicha imkon qadar choralar ko‘rish; mazkur Qoidalarning 19-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash; ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim bo‘lgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlar (hujjatlar)ni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etish; Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turish yuridik yoki jismoniy shaxsning shaxsiy hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar bundan mustasno va (yoki) pul mablag‘larini yohud boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish hamda bunday operatsiya haqida to‘xtatib turilgan kunning o‘zida maxsus vakolatli davlat organini xabardor etish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash; pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini ta’minlash; professional ishtirokchilar rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ta’minlab borish; shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bog‘liq shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro ayirboshlash; so‘rovnomalar bo‘yicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarni aniqlash; professional ishtirokchilar faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlar bilan qayd etish va kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish; yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish; Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash; pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘xtatish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish. 6. Professional ishtirokchilar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida professional ishtirokchining ijro etuvchi organi tomonidan tasdiqlanadigan ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha choralar dasturlarini (keyingi o‘rinlarda dasturlar deb yuritiladi) ishlab chiqishlari va ular quyidagilarni nazarda tutishi kerak: mijozlarni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini lozim darajada tekshirish hamda identifikatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlarni; maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan shubhali operatsiyalar mezonlarini; professional ishtirokchining mijozi tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirilishi tavakkalchilik xavfini baholashni; shubhali operatsiyalarni hujjatlarda qayd etish va ular to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishni; professional ishtirokchi xodimlarini ichki nazorat jarayonlari va mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarga o‘qitishni. 61. Nazoratchilarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy texnologiyalari, usullari va tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab olgan so‘nggi yangiliklardan xabardorligini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilikning barcha jihatlari va majburiyatlar haqida aniq tushuntirishlar berish maqsadida o‘qitish va malakasini oshirishni o‘quv rejalari va dasturlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Moliya vazirligi bilan kelishiladigan, qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. O‘qitish muntazam ravishda, yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi. 7. Ichki nazorat tizimi faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bog‘liq mijozlar bazasi va tavakkalchilik xavfi darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi. 8. Moliya vazirligi har yili 15-yanvargacha mazkur Qoidalarga rioya etilishiga mas’ul bo‘lgan nazoratchilarining ro‘yxatlarini maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi va ushbu ro‘yxatdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida unga ma’lum bo‘lgan vaqtdan e’tiboran besh ish kuni mobaynida xabardor qilishni ta’minlaydi. 9. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida nazoratchi quyidagi funksiyalarni bajaradi: mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazoratni va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi; professional ishtirokchining faoliyatiga xos jihatlaridan kelib chiqib, dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi; mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari to‘g‘risidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarining bajarilishini ta’minlaydi; mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlarning har yili yangilanishini amalga oshiradi; mazkur Qoidalar va dasturlarni amalga oshirish jarayonining maxfiyligini ta’minlaydi. maxsus vakolatli davlat organining vakolatli vakillari, tashkilotning ichki audit xizmati xodimlari va tashqi auditorlar tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi. 10. Nazoratchi quyidagi huquqlarga ega: professional ishtirokchining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish; ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa ko‘chirish, professional ishtirokchining elektron ma’lumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlaridagi fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish; xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida o‘tkazilayotgan operatsiyani to‘xtatish bo‘yicha). Nazoratchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 11. Nazoratchi quyidagilarga majburdir: mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish; benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash va ularning shaxsini tekshirish bo‘yicha mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarini ko‘rish; shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga ma’lumot berish; olingan ma’lumotning maxfiyligiga rioya qilish; ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini ta’minlash. mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish; identifikatsiyalashni yakunlash imkoni bo‘lmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bo‘yicha tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish choralarini ko‘rish; pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘xtatish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv tadbirlarida ishtirok etish va o‘quv tadbirlarida olingan ma’lumotlarni professional ishtirokchilarning xodimlariga yetkazish; Nazoratchi zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 111. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir axborot, zarurat tug‘ilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va ushbu axborotdan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan foydalanish imkoniyatini yaratgan holda rasmiylashtirilishi lozim. 112. Nazoratchi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilishi lozim. 12. Professional ishtirokchilar: amaliy ish munosabatlari o‘rnatilganda; olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha yuzaga kelganida; bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga doir bir martalik bitimlar amalga oshirilganda; shu jumladan, identifikatsiyalash uchun mijoz to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubha tug‘ilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralarni ko‘radilar. 13. Mijozlar, shu jumladan mavjud mijozlarni lozim darajada tekshirish operatsiyalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida olib borilishi kerak. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan, shuningdek tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs bo‘lganda professional ishtirokchilar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini ko‘rishlari lozim. Binefitsar mulkdorni aniqlash uchun professional ishtirokchilar mijoz boshqa mijoz nomidan harakat qilayotganligini aniqlashi kerak va undan keyin mijoz kimning nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi shart. Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlaridan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga bo‘lgan vakolatlari tekshirilishi shart. Professional ishtirokchi zarur bo‘lganda mijozni lozim darajada tekshirish bilan bir qatorda shuningdek, uning ixtiyorida mavjud ma’lumotlar va axborotlar bo‘yicha ushbu mijozning ilgari o‘tkazilgan operatsiyalarini o‘rganib chiqish talab etiladi. 131. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralariga quyidagilar kiradi: mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olishi mumkin bo‘lgan ma’lumot va boshqalar) olish va foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor bo‘yicha ma’lumotlarni yanada tezroq yangilab borish; mijozdan uning pul mablag‘lari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida ma’lumot olish; rejalashtirilgan yoki o‘tkazilgan operatsiyalarning sabablari to‘g‘risida ma’lumotlar olish; qo‘shimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yo‘li bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish. Alohida hollarda, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud bo‘lganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirilayotganligi oshkor bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida axborot yuborilishiga yo‘l qo‘yiladi. 132. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: tegishli hujjatlar asosida mijozning va mijoz nomidan ish yurituvchi shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni; mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni; mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganishni; Agar mijozning benefitsiar mulkdorini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, professional ishtirokchilar mijozning rahbarini identifikatsiyalashlari lozim. 133. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mazkur Qoidalarning 132-bandida ko‘rsatilgan choralarni ko‘rish bilan birga, operatsiya ishtirokchisi yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga va ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan professional ishtirokchilar: yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish; yuqori mansabdor shaxs, uning oila a’zolari yoki yuqori mansabdor shaxsga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish (shu jumladan, mavjud bo‘lgan bunday mijozlar bilan ish munosabatlarni davom ettirish) faqatgina professional ishtirokchilarining rahbari ruxsati amalga oshiriladi; amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishi lozim. 14. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport/identifikatsiya ID-kartaning raqami yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi ham o‘rganilishi lozim. 15. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda professional ishtirokchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, rahbarlari to‘g‘risidagi, shuningdek, ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tekshirishlari shart. 16. Professional ishtirokchi jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash bo‘yicha, shu jumladan, mijozning mol-mulkining tuzilishini o‘rganish yo‘li bilan, asoslangan va mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarni qo‘llashi shart. 161. Yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganda professional ishtirokchilar ulardan mijozning mulk va boshqaruv tuzilmasini (yuqori organ, ijroiy organ, boshqa organlar) olishlari lozim. 162. Birja a’zolarining chet eldagi sho‘ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim. Professional ishtirokchilarning xorijdagi sho‘ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonunchilik hujjatlarida professional ishtirokchining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan bo‘lsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda aynan professional ishtirokchi ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak. 163. Professional ishtirokchilarning chet eldagi sho‘ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi sababli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, professional ishtirokchilarning bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. O‘z navbatida professional ishtirokchilar bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart. 17. Professional ishtirokchi mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan ma’lumotlardan foydalanish orqali tekshirishi shart. 18. Identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etmagan mijozlarga professional ishtirokchi operatsiyalarni bajarishni rad etadi. 181. Professional ishtirokchilar mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (bundan buyon matnda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish choralarini ko‘rishi shart. Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, mijozning amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli ma’lumotlarni hisobga olgan holda nazoratchi tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi. Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda maxsus vakolatli davlat organi yoki Moliya vazirligiga taqdim etilishi lozim. 182. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga professional ishtirokchilar avvaldan quyidagi mezonlarga ega bo‘lgan mijozlarni tegishli deb topishi va ularga nisbatan lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini amalga oshirishi lozim: Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoxud ro‘yxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar; norezidentlar; yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar; joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi manzilga to‘g‘ri kelmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar; benefitsiar mulkdori ushbu bandning ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxs bo‘lgan tashkilotlar; muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar; nazoratchida asosli shubha uyg‘otadigan operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar. 183. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, professional ishtirokchilar zarur bo‘lganda u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqishi zarur. Professional ishtirokchilar barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirishning g‘ayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishi kerak. Amalga oshirilgan choralar haqida ma’lumot professional ishtirokchining rahbariyatiga taqdim etilishi lozim. 184. Professional ishtirokchilar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarni ko‘rishlari kerak. Bu maqsadlarda professional ishtirokchilar: xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyotini ishlab chiqishlari; yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholashlari kerak. Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoki yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval o‘tkazilishi lozim. Professional ishtirokchilar bunday tavakkalchiliklarni monitoring qilish va ularni kamaytirish uchun tegishli choralarni ko‘rishlari zarur. 185. Moliya vazirligi yiliga kamida bir marta, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik o‘zgarishi munosabati bilan professional ishtirokchilar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasini o‘rganadi. 19. Quyidagi hollarda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya shubhali deb topilishi mumkin: mijoz tomonidan mijozni identifikatsiyalash zarurati tufayli so‘ralayotgan, shu jumladan, ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishni sababsiz rad etilishi; mijozning amalga oshirilayotgan bitimga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi; mijozning xizmat ko‘rsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishi, shuningdek, mijoz tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ayni turdagi xizmatlar ko‘rsatishdagi oddiy to‘lovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi; mijozning shartnoma bo‘yicha amaliyotdan o‘zgacha va nostandart hamda qiyin bo‘lgan to‘lov sxemasi orqali hisob-kitob qilish taklifi; mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaning (bitimning) sxemasiga bevosita uni amalga oshirilishidan oldin sezilarli o‘zgartirishlar kiritilishi; mijoz tomonidan bekor qilingan bitimlar bo‘yicha o‘z pul mablag‘larining uchinchi shaxslarga qaytarishni amalga oshirishning taklif etilishi; bir yo‘la yoki qismlar bo‘yicha bir turdagi va bir xil hajmdagi moliyaviy vositalarni sotib olib (sotib), bunday bitimlar tomonlari goh sotuvchi, goh xaridor sifatida muntazam ravishda o‘zgarib turuvchi o‘zaro bitimlarning amalga oshirilishi; ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilishini mijoz tomonidan asossiz kechiktirilishi yoki mijoz tomonidan tekshirib bo‘lmaydigan ma’lumotni taqdim etilishi; operatsiyani amalga oshirishda mijoz talabi bilan qilayotgan asoslanmagan shoshma-shosharlik; agar mijoz tomonidan bir yoki 30 kalendar kuni mobaynida deponentga qo‘yilgan pul mablag‘lari summasi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng miqdoridagi summadan oshsa; mijoz tomonidan qimmatli qog‘ozlarni bozor narxlaridan sezilarli farq qiladigan narxlarda sotib olishning (sotishning) amalga oshirilishi; bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan ortiq summadagi qimmatli qog‘ozlarning yuridik (jismoniy) shaxslar o‘rtasida bepul asosda yoki debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha topshirilishi; hisob-kitob-kliring palatalaridagi Foydalanuvchilarning shaxsiy raqamlarida (bundan keyingi o‘rinlarda FShR deb yuritiladi) jamlangan pul mablag‘laridan boshqaning foydasiga voz kechish bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng miqdoridagi summadan oshgan operatsiyalarning o‘tkazilishi, bir martalik o‘tkazilgan operatsiyalar kabi uch oy mobaynida o‘tkazilgan bir nechta operatsiyalar ham; offshor hududlarda va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar uchun FShR ochishga topshiriqnoma berilishi; mijoz haqidagi ma’lumotning mavjud emasligi, shuningdek, ko‘rsatilgan bog‘lanish ma’lumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal ma’lumotlari bo‘yicha mijoz bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatining yo‘qligi; mijoz tomonidan bitim ishtirokchilari haqida bila turib yolg‘on axborot va noto‘g‘ri ma’lumotlarning taqdim etilishi; identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi; qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilayotganda insayderlik axborotidan noqonuniy foydalanilganligi yoki qimmatli qog‘ozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganligiga doir har qanday shubhalarning mavjudligi; qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalarni amalga oshirishda foydalanilgan pul mablag‘larining jinoiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi har qanday boshqa shubhalarning mavjudligi. 191. Tashkilotlar Moliya vazirligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladigan shubhali operatsiyani erta aniqlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni tatbiq etishlari mumkin. 20. Operatsiyani shubhali deb topish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan o‘rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obro‘si, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani to‘g‘ri aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. 21. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazish bo‘yicha professional ishtirokchilar mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori va operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya ma’lumotlarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari shart. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan to‘xtatib turiladi, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulklarni esa ishga solmay to‘xtatib qo‘yilib, maxsus vakolatli davlat organiga xabar beriladi, agar: mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelsa; mijoz Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa; operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa; mijoz — ro‘yxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxs egalik qiladigan yoki boshqaruvi ostida bo‘lgan yuridik shaxs. Operatsiyani to‘xtatish va tiklash Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yilgan, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 211. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiya maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak. 22. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan so‘ng, nazoratchi mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan: shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish haqida; mijoz bilan operatsiya o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish haqida; qonunchilik hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni to‘xtatish haqida. 23. Shubhali operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar professional ishtirokchilar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi. 24. Professional ishtirokchilar tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday ma’lumotni maxsus vakolatli davlat organiga kechiktirmay topshirishlari zarur. 25. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi: operatsiyaning turi va uni amalga oshirish asosi; operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi; operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar; topshirig‘iga ko‘ra yoki nomidan operatsiyani bajarayotgan jismoniy va yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar; operatsiyani amalga oshirayotgan jismoniy shaxs (ishonchli vakili) yoki yuridik shaxsning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar; pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha oluvchini va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar. 26. Professional ishtirokchilar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalangan materiallar va ma’lumotlarni, shu jumladan, ish yozishmalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilganidan keyin besh yildan kam bo‘lmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart. 27. Professional ishtirokchilar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga ma’lumot berilganligi to‘g‘risida axborot berishga haqli emaslar. Professional ishtirokchilar ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni o‘z xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanilmasligini) ta’minlaydilar. 271. Nazoratchining faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Moliya vazirligi va maxsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalari, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qog‘ozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qog‘ozdagi va elektron anketalari, jurnallar va h. k.) dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi lozim. 272. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qo‘yilishi hamda mas’ul xodim tomonidan ularning ro‘yxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur. 273. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz ma’lumotlarida o‘zgarishlar bo‘lganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi professional ishtirokchilar tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim. 28. Professional ishtirokchilar tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat qilish Moliya vazirligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi. 281. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar professional ishtirokchining barcha xodimlariga yetkazilishi lozim. 282. Professional ishtirokchining ichki audit xizmati mavjud bo‘lganda, ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilish ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 29. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
250
45,496
Qonunchilik
Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-son qarorini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlarini hamda ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini oshirish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni, ularni muhandislik kommunikatsiyalari o‘tkazilgan va zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan alohida hududlarda jamlash yo‘li bilan tashkil etish uchun investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilayotgan davlat mulki obyektlarining foydalanilmayotgan hududlari va bo‘sh ishlab chiqarish maydonlari negizida kichik sanoat zonalari (keyingi o‘rinlarda sanoat zonalari deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi; sanoat zonalari hududida kichik ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni tanlab olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tuziladigan kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi; tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari berish masalalarini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar talablari sanoat zonalari hududlarida joylashgan yer uchastkalarini berishga tatbiq etilmaydi; sanoat zonalarida joylashtiriladigan xo‘jalik subyektlariga yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi qarorlar tegishli tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan tanlov komissiyalarining ijobiy qarorlari asosida qabul qilinadi; sanoat zonalari hududidagi ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik subyektlariga davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara to‘lovi stavkasi bo‘yicha, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli koeffitsiyentlarni qo‘llamasdan uzoq muddatli ijaraga beriladi. 3. Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyalarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyasining shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tasdiqlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan tanlov komissiyalarining namunaviy tarkibi asosida kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyalarining (keyingi o‘rinlarda tanlov komissiyalari deb ataladi) shaxsiy tarkibini bir hafta muddatda tasdiqlasinlar. 4. Belgilansinki, sanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish uchun: 10 gektar va undan ko‘p bo‘linmas hududga ega sanoat zonalari uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari; 10 gektardan kam hududga ega bo‘lgan, bitta tuman (shahar) doirasida joylashgan sanoat zonalari uchun — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzurida kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyalari tashkil etiladi. 5. Belgilab qo‘yilsinki, kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari va yagona direksiyalari (keyingi o‘rinlarda direksiyalar deb ataladi): davlat unitar korxonalari shaklida tashkil etiladi; sanoat zonalari qatnashchilari bilan, tanlov komissiyalari qarorlariga muvofiq, ishlab chiqarish maydonlarining loyihalarini va uzoq muddatli ijara shartnomalarini (balansida saqlovchi nomidan), shuningdek sanoat zonalari hududida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan shartnomalarni amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar tuzadilar; sanoat zonalari qatnashchilari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning loyihani hamda uzoq muddatli ijara shartnomasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradilar; sanoat zonalari faoliyatini tezkorlik bilan boshqarishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar. 6. Quyidagilar direksiyalar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari; sanoat zonalari qatnashchilariga xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlar, shu jumladan hududlarni saqlash va qo‘riqlashdan tushgan daromadlar. Direksiyalar faoliyati qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin. 7. Belgilab qo‘yilsinki: har qaysi direksiyaning xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda aniqlanadi; direksiyalar ta’minoti Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga, keyingi yillarda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazgan holda, ular tashkil etilgan vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida amalga oshiriladi; direksiyalarga ular egallab turgan maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer solig‘ining uch baravari miqdorida belgilangan eng kam miqdordagi yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talab tatbiq etilmaydi. 8. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-son qaroriga muvofiq: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida sotiladigan budjet tashkilotlari davlat mulki obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; sanoat zonalarining zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasini qurish “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga, sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishning ishlab chiqilgan loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi; b) Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq ko‘chmas mulkka huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan, to‘lov undirmasdan amalga oshiriladi. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga — sanoat zonalarida joylashtiriladigan tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari ajratishda hamda ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berishda ko‘rsatib o‘tilgan normalarning so‘zsiz qo‘llanishi yuzasidan; “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga — sanoat zonalarida joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini, ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarini shakllantirishda, yer uchastkalarini tanlash va ajratish, shuningdek yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha materiallarni tayyorlagan holda, zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi mazmundagi 72-band qo‘shilsin: “72. Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat mulkini uzoq muddatli ijaraga berish, tanlov komissiyasi qarorlariga muvofiq, ijaraga beruvchi, Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuziladigan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
123
9,852
Qonunchilik
“Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 52-son “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2009-yil 6-iyuldagi 180-son “Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1992, 2009-yil 5-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 32-33-son, 365-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Buyruqda: a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”; b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”. 2. Yo‘riqnomada: a) ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”; b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.”; v) 4-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “bola ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali belgilangan vakillarning bolani maktabga qabul qilish to‘g‘risidagi arizasi;”; oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4 x 6 sm hajmdagi 6 dona fotosurat.”; g) 7-banddagi “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga” degan so‘zlar “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 8-banddagi “xalq ta’limi bo‘limlari” degan so‘zlar “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
250
3,045
Qonunchilik
2022 yil uchun davlat byudjeti qanday boʻladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 1 noyabr kuni 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Kelgusi yilga moʻljallangan davlat byudjeti loyihasida ijtimoiy yoʻnalishlarga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, ta’lim va tibbiyot tizimiga 58 trln soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan. Prezident tomonidan bu mablagʻga qoʻshimcha tarzda yana 12 trln soʻm ajratish taklifi bildirildi. Chunki hududlardagi ehtiyoj va aholi talabidan kelib chiqib, kelgusi yilda 55 ta yangi dastur amalga oshirilishi belgilangan. Jumladan, chekka joylarda 1 ming 600 ta bolalar bogʻchasi tashkil etish, Milliy ta’lim dasturi doirasida 40 ta yangi maktab qurish va 235 tasini ta’mirlash moʻljallangan.  Bakalavr yoʻnalishida davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oshirish, yotoqхonalar qurishga subsidiya berish koʻzda tutilgan. Tibbiyotning birlamchi boʻgʻinini rivojlantirish hamda hududlarda yuqori teхnologik tibbiy хizmatlarni joriy etishga kelgusi yilda jami 8 trln soʻm ajratilishi moʻljallanmoqda. Koronavirusga qarshi emlanganlar sonini 17 mln nafarga yetkazish, ehtiyojmand aholiga iхtisoslashgan tibbiy хizmatlar uchun ham zarur mablagʻ ajratiladi. Muallim va shifokorlarning oylik ish haqi bosqichma-bosqich oshiriladi. Prezident tomonidan buning uchun qoʻshimcha mablagʻ yoʻnaltirish taklif qilindi. Uy-joylar va ijtimoiy ob’yektlar qurish, mahallalarni obod etish chora-tadbirlari uchun 26 trln soʻm ajratilishi rejalashtirilgan. Byudjet tizimida moliyaviy nazorat kuchaytiriladi. Buning uchun temir intizom bilan, davlat хaridlari tizimida oshkoralikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Moliya vazirligiga kelgusi yil 1 yanvardan tenderlarni inson omilisiz oʻtkazish tizimini joriy qilish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, barcha byudjet tashkilotlari buхgalteriyasi toʻliq raqamlashtiriladi. Davlatimiz rahbari byudjet loyihasini mahalliy kengashlar, tadbirkorlar va aholi bilan muhokama qilish, ularning takliflarini Oliy Majlisga muhokamaga kiritish lozimligini ta’kidladi.
45
2,037
Qonunchilik
TAYYoR GO‘ShT-SUT MAHSULOTLARINING SIFATI USTIDAN TIZIMLI KOMPLEKS NAZORAT O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1047-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi: 1. Tayyor go‘sht-sut mahsulotlarining sifati ustidan tizimli kompleks nazorat o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda), “Standartlashtirish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 46-modda), “Metrologiya to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 48-modda), “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 50-modda), “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 59-modda), “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 239-modda), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 8-modda), “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 212-modda) qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-sonli “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 34-modda) muvofiq, tayyor go‘sht-sut mahsulotlarining sifati, ya’ni oziq-ovqat mahsulotining iste’mol xossalarini belgilab beradigan va uning odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligini ta’minlaydigan mezonlar majmui hamda oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya normalari va qoidalariga mosligi ustidan tizimli kompleks nazorat o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan keyingi o‘rinlarda “O‘zstandart” agentligi deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan nazoratning yagona prinsipini belgilaydi hamda tayyor go‘sht-sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va saqlovchi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan mulkchilik shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tizimli kompleks nazorat, standartlar, o‘lchovlar yagonaligini ta’minlash va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati, sertifikatlangan mahsulot ustidan inspeksion nazoratni amalga oshirish, shuningdek statistik va boshqa ma’lumotning tahlilini (bundan keyingi o‘rinlarda nazorat deb yuritiladi) o‘tkazishda qo‘llaniladi. 2. Statistik va boshqa ma’lumotning tahlili (monitoring) “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan, o‘zaro tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, boshqa manfaatdor tomonlarning ishtirokida “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi. 3. Normativ hujjatlarning talablariga rioya qilmagan go‘sht-sut mahsulotini ishlab chiqaruvchilarga, nazorat davomida aniqlangan sifatsiz go‘sht-sut mahsulotlarini sotayotgan ho‘jalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek iste’molchilarning e’tirozlarini o‘rganish asosida qonun hujjatlariga muvofiq, “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolati doirasida choralar qo‘llaniladi. 4. “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi o‘zining vakolati doirasida faoliyati go‘sht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan ho‘jalik yurituvchi subyektlarga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish, saqlash va sotish bosqichida go‘sht-sut mahsulotlarining sifati ustidan tizimli kompleks nazorat “Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va xizmatlarni inspeksiya nazoratidan o‘tkazish qoidalari” (2005-yil 6-aprel, ro‘yxat raqami 1464 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 106-modda) va “Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq iste’moli mollariga gigiyenik sertifikati berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (2005-yil 28-noyabr, ro‘yxat raqami 1525 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 47-48-son, 360-modda), shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. 6. Nazoratni amalga oshirishda asosiy ko‘riladigan masalalar quyidagilar hisoblanadi: texnologik jarayonlarning mavjudligi, chorvachilik xomashyosini kompleks qayta ishlash uchun asboblarning o‘zlashtirilishi va ishlashi hamda tayyor go‘sht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarish; go‘sht va go‘sht mahsulotlarining amaldagi ishlov berish jarayonlarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqish; tayyor mahsulotni ishlab chiqarish, transportda tashish, saqlash jarayonida yo‘qotishlarni bartaraf etish maqsadida berilgan texnologik va himoya xususiyatlari bilan o‘ramlarning yangi turlarini joriy etish hamda go‘sht-sut mahsulotlarining yaroqlilik muddatini ularning oziq-ovqat qiymatini saqlagan holda uzaytirish; asboblar va texnologik jarayonlar, go‘sht va sut mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimini joriy etish va rivojlantirish; go‘sht-sut mahsulotini ishlab chiqarish va sotish jarayonida belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan normativ, texnik hujjatlar, texnologik yo‘riqnomalarning mavjudligi; amaldagi normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini ishlab chiqish; sut mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish (qatiqli, tvorogli mahsulotlar, qaymoqli pastalar, spredlar va boshqalar); uzoq yaroqlilik muddatiga ega bo‘lgan, yog‘li sut xomashyosidan (qaymoqlar, qaymoqli va pishloqbop yog‘) sut yog‘ini olish texnologiyasini ishlab chiqish; transportda tashishning sanitariya-gigiyena shartlarini o‘z ichiga oladigan, go‘sht xomashyosining sifatini oshirish tizimini ishlab chiqish; molni so‘yishdan oldingi tayyorgarlik va so‘yish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish; go‘sht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlatishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish; ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish jarayoni va hayvon oqsili, o‘simlik yog‘lari, mikronutriyentlarning (vitaminlar, mineral moddalar, polito‘yinmagan yog‘li kislotalarning) tanqisligini bartaraf etish hamda asosiy oziq-ovqat ingrediyentlari va energetik qiymatining saqlanishini ta’minlash maqsadida maxsus mo‘ljallangan go‘sht mahsulotlarining yangi turlarini o‘rganish; bolalarning parhezli va davolash-profilaktika ozuqalari uchun go‘sht-o‘simlik mahsulotlari, bolalar ozuqasi mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish jarayonlarini o‘rganish; tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan, saqlanayotgan va sotilayotgan go‘sht-sut mahsulotlarining sifati; qadoqlangan go‘sht-sut mahsuloti miqdorining muvofiqligi, shuningdek uning parametrlarini amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash; iste’molchiga sifatsiz, shuningdek tamg‘alanishi buzilgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan go‘sht-sut mahsulotini sotishning oldini olish; respublikada ishlab chiqarilayotgan va chetdan olib kelinayotgan go‘sht-sut mahsulotlarining sifati masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash; muzlatish kameralari va tarasining sanitariya holatini hisobga olgan holda saqlashda namlik va harorat rejimi, tovarlarni yonma-yon saqlash tartibining buzilishi, omborxonalarda yaroqlilik muddati o‘tib ketgan mahsulotning mavjudligi, sanitariya-gigiyena xulosalari, gigiyena sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlari va ishlashga ruxsati bo‘lgan ishchilarda tibbiy kitobchalarning mavjudligi; muzlatish kameralarining sanitariya holati, ularda kerakli harorat rejimiga rioya qilish; iste’molchilarning adashishini oldini olish maqsadida amaldagi standartlar asosida go‘sht-sut mahsulotlari tamg‘asining mavjudligi. 7. Mahsulot ishlab chiqarish, saqlash va sotish bosqichida nazorat natijalari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma tuziladi. 8. O‘zstandart agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining mutaxassislari akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida o‘z vakolatlari doirasida go‘sht-sut mahsulotlarining sinovini o‘tkazadi va natijalari bo‘yicha o‘rnatilgan shakldagi sinov bayonnomalari tuziladi. 9. Ishlab chiqaruvchilar quyidagilarga: texnologik liniyalar va asbob-uskunalarning standartlashtirishga oid normativ hujjatlar, texnologik yo‘riqnomalar, sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga muvofiqligiga; sanoat korxonalarining texnik jihozlanganligi texnologik talablarga muvofiqligiga; xomashyoni yo‘qotish me’yorlari, tayyor mahsulotning chiqishi, mahsulotni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining parametrlari va tartiblarini hisobga olgan holda, texnologik jurnallarni yuritishga; go‘sht-sut sanoati korxonalari uchun standartlashtirish, sanitariya va veterinariya me’yorlari va qoidalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning talablariga rioya qilishi kerak. 10. Ishlab chiqaruvchilar xomashyoning kirish nazoratini, tayyor go‘sht-sut mahsulotini chiqarish va texnologik jarayonlar bosqichida texnokimyoviy nazoratini o‘tkazish bo‘yicha akkreditatsiya (attestatsiya) qilingan ishlab chiqarish laboratoriyalariga, laboratoriyasi bo‘lmagan korxonalar esa sinovlarni o‘tkazishga akkreditatsiya (attestatsiya) qilingan laboratoriyalar bilan bitishuvlarga ega bo‘lishi kerak. 11. Mazkur Nizomga rioya qilinishi ustidan nazoratni “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatli shaxslari amalga oshiradilar. 12. Vakolatli shaxslarning xulosalari bilan rozi bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda ularning ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar. 13. Go‘sht-sut mahsulotlarini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy bo‘linmalari vakolatli shaxslarining harakatlari ustidan yuqori turuvchi mansabdor shaxs yoki bevosita sudga shikoyat qilinishi mumkin. 14. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
132
11,147
Qonunchilik
KORXONALARGA (TAShKILOTLARGA) FAOLIYATNING ALOHIDATURLARI BILAN ShUG‘ULLANISh HUQUqINI BERADIGAN MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Korxonalar (tashkilotlar)ning maxsus (ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida” 1992-yil 14-yanvardagi 516-XII-son qaroriga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 1993-yil 2-sentabrdagi 923-XII-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalarga (tashkilotlarga) faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandida keltirilgan jadvalga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: — jadval quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: 2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tarmoq bo‘limlari va tegishli davlat boshqaruv organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
200
928
Qonunchilik
“Sahro oltini” O‘zbekiston-Kanada qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida
Ilg‘or texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining mineral-xomashyo bazasini kengaytirish hamda asl va rangli metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Kanadaning “Sentral Eyjen Gold” kompaniyasi bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha va ijobiy natijalar olingan taqdirda, asl va rangli metallar qazib chiqarish bo‘yicha “Sahro oltini” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Qo‘shma korxona yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishiga va ulushlarning 1-ilovaga muvofiq tartibda quyidagicha taqsimlanishiga rozilik berilsin: O‘zbekiston tomoni — 51 foiz, shu jumladan Davlat geologiya qo‘mitasi — 25,5 foiz, “Qiziltepageologiya” davlat geologiya korxonasi — 25,5 foiz, Kanada tomoni — 49 foiz. Geologiya-qidiruv ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash to‘liq Kanada tomoni hisobidan tavakkalchilik shartlarida amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Quyidagilar qo‘shma korxonaning asosiy vazifalari etib belgilansin: janubiy-g‘arbiy Qizilqumdagi Quljuqtov tog‘i doirasida, tomonlar kelishgan hududda oltin, kumush va rangli metallar konlarini qidirish va qazib chiqarish; aniqlangan konlarni o‘zlashtirishning tijorat va texnik maqsadga muvofiqligini tasdiqlash uchun texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish; tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini ma’qullashgandan hamda kompleks ekspertizadan o‘tkazishgandan so‘ng aniqlangan konlardan oltin, kumush va rangli metallarni qazib olish va ishlab chiqarish. Kelishilgan hududda geologiya-qidiruv ishlari chog‘ida salbiy natijalar olingan taqdirda “Sahro oltini” qo‘shma korxonasiga O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan tartibda qulayligi ushbu qarorda belgilanganidan kam bo‘lmagan shartlarda geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun, keyinchalik O‘zbekiston tomonining ulushini ko‘paytirgan va ustav jamg‘armasini qayta hisoblagan holda, boshqa hududni berish kafolatlansin. 4. Belgilansinki: geologiya-qidiruv ishlarining olib borilishiga qarab, biroq ko‘pi bilan uch yildan so‘ng “Sahro oltini” qo‘shma korxonasi geologiya-qidiruv ishlarini davom ettirish maqsadi bo‘lmagan maydonlarni bo‘shatishga majburdir; geologiya-qidiruv ishlarining umumiy davom etish davri — ko‘pi bilan 5 yil; keyinchalik geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun qiziqish uyg‘otuvchi hududlar aniqlangan taqdirda “Sahro oltini” qo‘shma korxonasiga shu hududlar doirasida yana 5 yilgacha ishlarni davom ettirish imkoniyati beriladi. 5. “Sahro oltini” qo‘shma korxonasiga quyidagi huquqlar berilsin: tomonlar kelishgan hududlar doirasida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga eksklyuziv huquq; ushbu hududda aniqlangan konlardan istalganida 30 yil mobaynida qazishga eksklyuziv huquq; konlarni qazishda olingan oltin, kumush va boshqa rangli metallarni O‘zbekiston Respublikasida ham, chet mamlakatlarda ham jahon narxlari bo‘yicha erkin almashtiriladigan valyutaga to‘liq hajmda sotish; O‘zbekiston Respublikasi banklarida, shuningdek xorijiy banklarda xorijiy valyutada schyotlar ochish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda xorijiy bank schyotlaridan chet el valyutasini olish, ulardan foydalanish va ularni saqlash, bunga mahsulot sotishdan tushgan daromad ham kiradi; kreditlar, shu jumladan, erkin almashtiriladigan valyutada kreditlar, bunga aksiyadorlar kreditlari ham kiradi, olish va ularni to‘lash, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ushbu kreditlarni qo‘shma korxona mulki bilan ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlarida, shu jumladan, xorijda sug‘urtani amalga oshirish; ustav sarmoyasini AQSh dollarida belgilash; hisobot davri yakunlari bo‘yicha so‘mga qayta hisoblagan holda AQSh dollarida buxgalterlik hisobini yuritish va hisobot taqdim etish. 6. “Sahro oltini” qo‘shma korxonasiga 2-ilovaga muvofiq imtiyozlar berilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasida soliq qonunchiligi “Sahro oltini” qo‘shma korxonasining faoliyat ko‘rsatish sharoitlarini yomonlashtirgan tarzda o‘zgargan taqdirda sanoat yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqarish boshlangan vaqtdan e’tiboran 10 yil mobaynida ushbu qaror qabul qilingan vaqtda amalda bo‘lgan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar qo‘llansin. 8. “Sahro oltini” loyihasi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi qo‘shma korxona tomonidan geologiya-qidiruv ishlarining amalga oshirilishiga ko‘ra ushbu loyihani keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqsin. 9 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Sahro oltini” qo‘shma korxonasi uchun soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin. “Sahro oltini” qo‘shma korxonasi quyidagilardan ozod qilinsin: geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish, ishlab chiqarishni qurish, tayyorlash va o‘zlashtirish davrida O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan soliqlar, ajratmalar va to‘lovlarning barcha turlaridan; sanoat mahsuloti chiqarish boshlangandan e’tiboran 7 yil mobaynida foyda solig‘i to‘lashdan. Ushbu davr o‘tgandan keyin foyda solig‘i 16 foiz miqdorida belgilansin; mulk solig‘i to‘lashdan; sanoat mahsuloti chiqarishning butun davrida qo‘shma korxona ehtiyojlari uchun asbob-uskuna va material resurslari importiga va tayyor mahsulot eksportiga boj poshlinalari to‘lashdan; qo‘shma korxonaning xorijiy qatnashchilari dividendlari bo‘yicha daromadlarni chet mamlakatga o‘tkazishda daromad soliqlari to‘lashdan. Foyda va qatnashchilar dividendlari bo‘yicha soliqlarni qo‘shma korxona erkin almashtiriladigan valyutada to‘laydi.
79
6,041
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi QL-814-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 2. “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-872-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 3. “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi QL-873-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 4. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri B. Musayevga “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlari uchun ajratilgan mablag‘larning oqilona sarflanishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti haqida. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti haqida. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti haqida.
94
1,584
Qonunchilik
“Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi to‘g‘risidagi Konvensiyani (Minsk, 1995-yil 26-may) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi to‘g‘risidagi Konvensiyani (Minsk, 1995-yil 26-may) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
215
448
Qonunchilik
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilganligi va uning asosiy vazifalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) rektoriga, zarur hollarda, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Akademiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi buyuk ajdodlarimizdan qolgan yozma manbalar bo‘yicha maqsadli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, oliy ta’lim muassasalari va muzey fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozma hamda toshbosma manbalarning faksimile, foto, skaner nusxalari bilan Markazni bepul ta’minlasin. 5. Akademiya, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasining Akademiya tarkibidagi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazini tugatish va uning mavjud moddiy-texnika bazasini belgilangan tartibda Markazga berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 6. Quyidagilar: Markazga biriktirilgan 1 ta yengil xizmat avtotransport vositasi uchun limit ajratilsin; mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda Akademiyaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlari uchun respublika budjetidan grantlar doirasida ajratilgan mablag‘lar hisobidan, 2021-yildan boshlab esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilsin. 7. Markaz Akademiyaning Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy manzilidagi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 8. Belgilansinki, Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlariga Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori tatbiq etiladi. 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Ustav O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan xorijiy valyutadagi depozit hisobvaraqlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. 4. Markaz o‘z faoliyatini Islom hamkorlik tashkiloti, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom olami tashkiloti (ICESCO), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, xorijiy mamlakatlardagi islomshunoslik tadqiqotlari ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Markazning to‘liq nomi: davlat tilida — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi; rus tilida — Mejdunarodniy nauchno-issledovatelskiy tsentr Imama Maturidi pri Mejdunarodnoy islamskoy akademii Uzbekistana; ingliz tilida — Imam Maturidi International Scientific Research Center under the International Islamic Academy of Uzbekistan; arab tilida — مركز الامام الماتردي الدولي للبحوث العلمية لدى أكاديمية أوزبكستان الإسلامية الدولية . 6. Markazning joylashgan eri (pochta manzili): Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 11-uy, 100001. 7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi: aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo‘lgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish; islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma’rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish; Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan o‘rnini chuqur tadqiq etish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash; mamlakatda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘lyozma, toshbosma asarlarning acl hamda elektron nusxalarini to‘plash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish; islomiy ilmlar, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish; tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilishni tashkil qilish; islom tarixi va kalom ilmi yo‘nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish; “jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida islom dinining ilm-ma’rifat, ma’naviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, g‘oyaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat uslublarini o‘rganish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish. 8. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: islom dinining mohiyati va ilmlarini tarqatadi, dinlararo va millatlararo bag‘rikenglik, do‘stlik, ahillik, o‘zaro hurmat va hamfikrlilik qadriyatlarini keng ommaga yetkazishga ko‘maklashadi; islom dunyosining buyuk mutafakkiri, kalom ilmi peshvosi Imom Moturidiyning ilmiy-ma’naviy merosini, ijodiy faoliyati va shaxsiyati bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy merosini yoshlar orasida keng targ‘ib qiladi; Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar olimlari ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, xayriya tashkilotlari bilan ilmiy-amaliy aloqalar o‘rnatadi va rivojlantiradi; o‘rta asrlarda o‘tgan islom ulamolari va mutafakkirlarining kalom ilmi va islom tarixi yo‘nalishlari bo‘yicha diniy-ma’naviy merosini yanada chuqurroq tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshiradi; moturidiylik ta’limotiga oid aqidaviy manbalarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlaydi hamda ularning zamonaviy sharhlarini amalga oshiradi; islom dunyosining ma’naviy tarixi va islom manbalarini tasnif qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi; Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda saqlanayotgan islom diniga oid nodir yodgorliklarni ommalashtirishga bag‘ishlangan loyihalarni amalga oshiradi; joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida islom dinining bunyodkorlik, ilm-ma’rifat va odob-axloqqa yo‘g‘rilgan ta’limotini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etadi; boy madaniy va ma’naviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlar uyg‘un ravishda tadqiq etilishini tashkil qilish orqali uning natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatadi. 9. Markaz o‘ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan kelishgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy tashkilotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash; jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tadqiq etish yo‘nalishidagi tajribasini o‘rganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish va ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish asosida seminar-treninglar o‘tkazish; vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni so‘rab olish; Imom Moturidiy va boshqa mutafakkirlarning faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy va ekspert ishlarini amalga oshirish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan, chet ellardan yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etish; Markazning budjetdan tashqari mablag‘larini Markaz tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishga yo‘naltirish; ijtimoiy tashabbuslar bilan chiqish va ushbu masalada tegishli davlat organlariga takliflar kiritish; o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish va belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga matbaa va noshirlik faoliyatini amalga oshirish hamda multimedia mahsulotlarini chiqarish; faoliyatiga aloqador bo‘lgan konferensiyalar, simpoziumlar, seminar-treninglar, sayyor majlislar tashkil qilish; ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida o‘z faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradigan ilmiy hay’at tuzish. Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 10. Markaz quyidagilarga majbur: o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash; o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlash; qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar taqdim etish. Markazga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. 11. Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi hamda Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Vasiylik kengashining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: boy madaniy va ma’naviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlarni uyg‘un ravishda tadqiq etish orqali uning natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish; jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tadqiq etish yo‘nalishidagi tajribasini o‘rganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish va ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish; konseptual tadqiqotlar dasturlari hamda ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash hamda homiylar mablag‘larini va tadqiqotlar jarayoniga chet ellardan soha mutaxassis olimlarini jalb etishda ko‘maklashish; ilmiy-tadqiqot natijalari asosida ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, soha uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan kadrlarning mahalliy va xorijiy mamlakatlardagi nufuzli ilmiy tadqiqot muassasalarida tajriba orttirishini va malaka oshirishini tashkil etish, yuqori natijaga erishgan va faol tadqiqotchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish. Majlis bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Markaz Vasiylik kengashi majlisining chaqirilishi hamda uning kun tartibi haqidagi ma’lumotlar majlis chaqiriladigan sanadan bir oy oldin e’lon qilinadi. 12. Vasiylik kengashining majlisi o‘z vakolatlari doirasida: Markazning faoliyat dasturi va yillik rejalarini tasdiqlaydi; qonunchilik hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi. Vasiylik kengashining majlisi kengashning kamida to‘rtdan uch qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Majlis qarori ishtirokchilarning yarmidan ko‘pining ovozi bilan qabul qilinadi. 13. Markazning kundalik faoliyatiga Markaz direktori rahbarlik qiladi. Markaz direktori Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 14. Markaz direktorining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Markaz direktori bo‘lmagan taqdirda uning funksiyasini direktor o‘rinbosari bajaradi. Markaz direktorining o‘rinbosari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 15. Direktor o‘z vakolatlari doirasida: Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; Markaz nomidan buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi; Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy materiallar va hujjatlarning to‘liqligi uchun shaxsan javob beradi; tarkibiy bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, bo‘limlar xodimlari o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, yuklangan topshiriqlar bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarligi darajasini belgilaydi; belgilangan tartibda Markaz xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi; Markaz xodimlarining lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar belgilaydi; Markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Vasiylik kengashi majlisi muhokamasiga kiritadi. Markaz direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin. 16. Markaz o‘zining ko‘chmas va ko‘char mulkiga, pul mablag‘lariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga, qimmatli qog‘ozlari va boshqa mol-mulkiga ega bo‘lishi mumkin. 17. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 18. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
149
17,277
Qonunchilik
TARIXIY ShAXSLAR NOMIDAGI VA BOShQA MUKOFOTLARNI TA’SIS ETIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Keyingi yillarda ulug‘ ajdodlarimizning tarixiy merosini o‘rganish, buyuk allomalar nomini abadiylashtirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Xususan, xalqimizning shonu shavkatini jahonga tanitgan va milliy g‘ururimiz timsoli bo‘lgan Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Abdulla Qodiriy, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari ta’sis etilib, respublika fani, madaniyati, san’ati va adabiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan ijodkorlar mazkur mukofotlar bilan taqdirlanib kelmoqda. Biroq so‘nggi vaqtlarda hokimliklar, ayrim idora va tashkilotlar tomonidan bu ezgu maqsadning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy mohiyatini yetarli darajada anglab yetmasdan, chuqur o‘ylamasdan, mas’uliyatsizlik bilan tarixiy shaxslar nomida va boshqa turli mukofotlar ta’sis etish hollari ro‘y bermoqda. Ulug‘ ajdodlarimizning mo‘tabar nomlarini, ularning tarixiy va milliy ahamiyatini muayyan bir hudud doirasida cheklashdek noxush ko‘rinishlarga yo‘l qo‘yilmoqda. Ba’zi bir o‘rinsiz tashabbuskorlik asosida amaldagi qonunlarga nomuvofiq tarzda joylarda qabul qilinayotgan bu boradagi qarorlar mukofotlarning rag‘batlantiruvchi mohiyatining buzilishiga, maydalashib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Shu kabi holatlarni hisobga olib, tarixiy shaxslar nomidagi va boshqa mukofotlar ta’sis etishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Hokimlik, idora va tashkilotlarning tarixiy shaxslar nomidagi va boshqa mukofotlarni ta’sis etish bo‘yicha faoliyati qaytadan ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga moslashtirilsin. 2. Hokimlik, idora va tashkilotlar tomonidan tarixiy shaxslar nomidagi va boshqa mukofotlarni ta’sis etishga oid masalalarni Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy majmua bilan kelishilgan holda hal qilish tartibi joriy etilsin. 3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklatilsin.
91
1,967
Qonunchilik
JUMHURIYATDA NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA O‘TKAZISh HAQIDA
Jumhuriyatimizda insoniy qadriyatlarni yanada kamol toptirish, o‘z-o‘ziga ishonch ruhi va milliy g‘ururni mustahkamlash, do‘stlik, birodarlik, hamjihatlik. mehr-shafqatni ulug‘lash, madaniy va tarixiy an’analarni davom ettirish hamda rivojlantirish, asrlar davomida shakllangan urf-odatlar va udumlarni e’zozlash maqsadida Navro‘z bayramini keng nishonlash yuzasidan quyidagilar amalga oshirilsin: 1. Dam olish kuni sifatida belgilangan 21-martda o‘tkaziladigan Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilsin. Bu bayramni o‘tkazishda 1990-yilda to‘plangan ijobiy tajribalarni davom ettirgan holda to‘la foydalanilmagan imkoniyatlar ham ishga solinsin. Bayramga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tadbirlarida jumhuriyatning har bir fuqarosi yakdillik va hamjihatlik bilan faoliyat ko‘rsatsin. 2. Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jumhuriyat tashkiliy qo‘mitasi tasdiqlansin. 3. Har bir tashkilot, vazirlikdan tortib, Sovetlaru — mahalla qo‘mitalarigacha hamma joyda bayramni o‘tkazish ishlariga javobgarlik aniq belgilab qo‘yilsin. Jumhuriyat hududidagi korxonalar, muassasalar, jamoa va davlat xo‘jaliklari, shirkatlar, jamoat tashkilotlari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, bayram tadbirlarini tegishli transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat mollari, to‘y-hasham ashyolari bilan ta’minlasinlar hamda sarf-xarajatlarni o‘z zimmalariga olsinlar. Umumxalq xayriya harakatlarida faol ishtirok etsinlar. Fuqarolarning, jamoalarning Navro‘z umumxalq bayramini o‘tkazishdagi tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlasinlar. Bayram aholining barcha tabaqalari istak va xohishlariga, har bir joyning o‘z sharoitlariga qarab o‘tkazilsin. 4. Navro‘z umumxalq bayrami an’analariga binoan, har bir fuqaroga izzat-ikrom ko‘rsatilsin. Qariyalar, bolalar, bemorlar, nogironlar holidan xabar olish, beva-bechora va boquvchisidan ajralganlarga mehr-shafqat ko‘rsatishga alohida e’tibor berilsin. O‘zbekiston SSR Televideniyesi va radioeshittirish davlat qo‘mitasi bilan jamoat tashkilotlari, badiiy jamoalar o‘tkazadigan xayriya uzluksiz ko‘rsatuvi — telemarafon har tomonlama qo‘llab-quvvatlansin. 5. Navro‘z bayramini o‘tkazish borasida qo‘shni jumhuriyatlar bilan do‘stlik, hamkorlik va madaniy aloqalar yanada kuchaytirilsin. O‘zaro vakillar yuborish, mehmon qabul qilish tadbirlari ishlab chiqilsin. 6. Ommaviy axborot vositalari bayram o‘tkazish jarayonlarini keng yoritsinlar. Bu ishda jurnalistlarning mas’uliyati oshirilsin. Qaysi yo‘nalishdagi axborot vositasida bo‘lishdan qat’i nazar, Navro‘z umumxalq bayramini yoritish — yagona g‘oya — insonni ulug‘lash, milliy g‘ururni ko‘tarish, hamjihatlik, birodarlik, mehr-shafqat, tinch-totuvlik maqsadlari va g‘oyalari bilan yo‘g‘rilsin. 7. Bayramga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jumhuriyat tashkiliy qo‘mitasiga bayram tadbirlarida tashabbuskor bo‘lgan, faollik ko‘rsatgan, fidokorona mehnat va ijod qilgan kishilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish va taqdirlashga tavsiya etish topshirilsin.
80
3,003
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlansin:
195
309
Qonunchilik
Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Oqdaryo va Samarqand tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 13-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Oqdaryo va Samarqand tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 2011-yil 10-noyabrdagi 398-II-sonli Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi ma’qullanib, Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Oqdaryo va Samarqand tumanlari chegaralari o‘zgartirilsin. 3. Samarqand viloyati Samarqand tumani hududining bir qismi: 3 399 gektar maydon (“Bog‘ibaland” qishloq fuqarolar yig‘inining “Azizon”, “Bog‘ibaland”, “Bog‘ibolo”, “Bog‘imaydon”, “Jo‘yichuqur”, “Kundiso‘fi”, “Motrid”, “Navro‘z”, “Toshloq”, “Xo‘jaqishloq”, “Xo‘jag‘unjoish”, “Chilstun”, “Chorbog‘”, “Qir” va “Qo‘rg‘oncha” mahallalari hududi; “Kattaqo‘rg‘onariq” qishloq fuqarolar yig‘inining “Yuqori Xo‘jasoat”, “O‘rta Xo‘jasoat” va “Quyi Xo‘jasoat” mahallalari hududi; “Ohalik” qishloq fuqarolar yig‘inining “Garmako”, “Mo‘liyon”, “Safedi” va “Qavola” mahallalari hududi; “Ulug‘bek” qishloq fuqarolar yig‘inining “Bekxo”, “Bog‘iobod”, “Dukchigi”, “Ko‘l”, “Navbog‘chiyon”, “Sarteppo”, “Temirqishloq” va “Xo‘ja G‘ulom” mahallalari hududi; “Qaynama” qishloq fuqarolar yig‘inining “Quyi qaynama” mahallasi hududi; “Qo‘shtamg‘ali” qishloq fuqarolar yig‘inining “Galaosiyo”, “Kaftarxona” va “Cho‘ponota” mahallalari hududi) Samarqand viloyatining Samarqand shahri tarkibiga; 1 471 gektar maydon (“Bog‘ibaland” qishloq fuqarolar yig‘inining “Chorbog‘-2” mahallasi hududi) Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani tarkibiga o‘tkazilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Oqdaryo va Samarqand tumanlari chegaralari ilova qilinayotgan tavsiflar va chizma shakllarga muvofiq tasdiqlansin (1 — 5-sonli ilovalar *). 5. Belgilab qo‘yilsinki, Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan Samarqand tumani saylov okruglaridan (“3-Qavola”, “4-Mo‘liyon”, “7-Navbog‘chiyon”, “9-Xo‘jasoat”, “15-Motrid”, “16-Bog‘ibaland”, “17-Bog‘imaydon”, “21-Kaftarxona”) saylangan xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining deputatlari xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining deputatlari hisoblanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorni bajarishga doir kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin. 7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Boshlang‘ich 1-sonli nuqta sifatida Sanoat ko‘chasi bilan Siyob kanali kesishgan joy qabul qilingan. Chegara 1-sonli nuqtadan Siyob kanalining chap qirg‘og‘i bo‘yicha sharqiy yo‘nalishda 2 280 metr masofada, Siyob kanalini shimoliy yo‘nalishda kesib o‘tib, Siyob kanaliga “Normamedov Pirmahmad bog‘lari” fermer xo‘jaligi va Yangiobod aholi punkti o‘rtasidan o‘tgan yo‘l tutashgan joydagi 2-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 2-sonli nuqtadan ushbu yo‘lning o‘ng tomoni bo‘yicha shimoliy yo‘nalishda 200 metr masofada “Normamedov Pirmahmad bog‘lari” fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponi yonidagi 3-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 3-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda jarlikning tepa chetki qismi bo‘yicha 110 metr masofada jarlik Yangiobod aholi punktiga olib boradigan avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 4-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 4-sonli nuqtadan Yangiobod aholi punktidan o‘tgan avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha shimoli-sharqiy yo‘nalishda 312 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 40 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 540 metr masofada yo‘l “Bog‘ibaland” qishloq fuqarolar yig‘ini hududiga tutashgan joydagi 5-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 5-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda avtomobil yo‘lining o‘ng tomoni bo‘yicha viloyat matlubot jamiyatining g‘isht zavodigacha 160 metr masofada, g‘isht zavodi hududi bo‘ylab o‘tgan avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 310 metr masofada ushbu yo‘l Samarqand-Dahbed avtomobil yo‘li bilan kesishgan joydagi 6-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 6-sonli nuqtadan Samarqand-Dahbed avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, sharqiy yo‘nalishda “Qundiso‘fi” mahallasiga olib boradigan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 700 metr masofada uzumzorning burchagida joylashgan 7-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 7-sonli nuqtadan “Qundiso‘fi” mahallasiga olib boradigan avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, janubiy yo‘nalishda dala yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 220 metr masofada dala yo‘li ariq bilan kesishgan joydagi 8-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 8-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda ariqning chap tomoni bo‘yicha 230 metr masofada uzumzor burchagida joylashgan 9-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 9-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda dala yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 220 metr masofada ushbu yo‘l “Qundiso‘fi” mahallasiga olib boradigan yo‘l bilan kesishgan joydagi 10-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 10-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda “Qundiso‘fi” mahallasiga olib boradigan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 90 metr masofada ushbu yo‘l bog‘ va tomorqa yerlari o‘rtasidan o‘tgan dala yo‘li bilan kesishgan joydagi 11-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 11-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda ushbu dala yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 270 metr masofada dala yo‘li Samarqand aeroportining beton devoriga tutashgan joydagi 12-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 12-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda ushbu beton devor bo‘yicha 650 metr masofada devorning g‘arbiy burchagida joylashgan 13-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 13-sonli nuqtadan shimoli-sharqiy yo‘nalishda ushbu devor bo‘yicha 205 metr masofada aeroport devori sharqiy yo‘nalishda burilgan joydagi 14-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 14-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda aeroport beton devori bo‘yicha 2 980 metr masofada devor viloyat prokuraturasining bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududiga tutashgan joydagi 15-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 15-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda 150 metr masofada bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududi ariqqa tutashgan joydagi 16-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 16-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda ariqning chap qirg‘og‘i bo‘yicha 275 metr masofada ariq Faroch kanaliga tutashgan joydagi 17-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 17-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Faroch kanalining chap qirg‘og‘i bo‘yicha 1 410 metr masofada, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda avtomobil yo‘lining o‘ng tomoni bo‘yicha 140 metr masofada avtomobil yo‘li Samarqand shahar aylanma avtomobil yo‘li bilan kesishgan joydagi 18-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 18-sonli nuqtadan Samarqand shahar aylanma avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, janubi-sharqiy yo‘nalishda ushbu yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 3 837 metr masofada, yuk tushirish bazalariga olib boradigan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 805 metr masofada ushbu yo‘l Toshkent-Samarqand temir yo‘liga tutashgan joydagi 19-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 19-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda Toshkent-Samarqand temir yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 2 580 metr masofada temir yo‘l Zarafshon daryosi ustidagi ko‘prikka tutashgan joydagi 20-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 20-sonli nuqtadan Toshkent-Samarqand temir yo‘lini kesib o‘tadi va Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘i bo‘yicha janubi-sharqiy yo‘nalishda Katta O‘zbek trakti avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, 140 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 110 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 820 metr masofada, yana shu yo‘nalishda Samarqand tumani zaxira yerlari bo‘ylab o‘tgan ariqning chap tomoni bo‘yicha 1 450 metr masofada, “Cho‘ponota” suv chiqarish inshooti bo‘ylab o‘tgan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 920 metr masofada yo‘l suv chiqarish inshooti hududining sharqiy chetki nuqtasiga tutashgan joydagi 21-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 21-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda “Cho‘ponota” suv chiqarish inshootining sim to‘sig‘i bo‘yicha 250 metr masofada sim to‘siq shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda burilgan joydagi 22-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 22-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda “Cho‘ponota” suv chiqarish inshootining sim to‘sig‘i bo‘yicha 1 500 metr masofada sim to‘siq suv chiqarish inshootiga olib boradigan avtomobil yo‘li bilan kesishgan joydagi 23-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 23-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda ushbu avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 1 020 metr masofada 24-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 24-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda “Cho‘ponota” suv chiqarish inshootiga olib boradigan avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 420 metr masofada, Katta O‘zbek trakti avtomobil yo‘lining beton to‘sig‘i bo‘yicha 110 metr masofada, so‘ngra Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lini kesib o‘tib va yo‘l halqasini Samarqand tumani hududida qoldirib, 160 metr masofada, keyin janubi-sharqiy yo‘nalishda Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining o‘ng tomoni bo‘yicha 80 metr masofada, dala yo‘li bo‘yicha janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 310 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 510 metr masofada dala yo‘li 70-AB-sonli avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 25-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 25-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda 70-AB-sonli avtomobil yo‘lining o‘ng tomoni bo‘yicha 540 metr masofada, dala yo‘li bo‘yicha shimoliy yo‘nalishda 120 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 170 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 130 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 70-AB-sonli avtomobil yo‘lining o‘ng tomoni bo‘yicha Obirahmat arig‘i qirg‘og‘iga tutashguncha 270 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda ariqning o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha 1 210 metr masofada ariq Zarafshon ko‘chasiga tutashgan joydagi 26-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 26-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda Zarafshon ko‘chasining chap tomoni bo‘yicha Siyob kanalini kesib o‘tib, 370 metr masofada, so‘ngra 1 550 metr masofada Zarafshon ko‘chasi Shohi Zinda ko‘chasiga tutashgan joydagi 27-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 27-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda Shohi Zinda ko‘chasining chap tomoni bo‘yicha 560 metr masofada, “Jo‘ysoy” mahallasi va shahar o‘rtasidan o‘tgan ko‘cha bo‘yicha janubiy yo‘nalishda 420 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 70 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 440 metr masofada, sharqiy yo‘nalishda 80 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 370 metr masofada ushbu ko‘cha Obi-Mashhad arig‘iga tutashgan joydagi 28-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 28-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda Obi-Mashhad arig‘ining o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha 450 metr masofada 29-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 29-sonli nuqtadan Obi-Mashhad arig‘ini kesib o‘tib, “Rajabamin” va “Kaftarxona-1” mahallalarini ajratib turuvchi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha janubi-sharqiy yo‘nalishda 190 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 740 metr masofada to‘g‘ri chiziq Samarqand-Toyloq avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 30-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 30-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda Samarqand-Toyloq avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 140 metr masofada 31-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 31-sonli nuqtadan Samarqand-Toyloq avtomobil yo‘lini kesib o‘tadi va “Rajabamin” hamda “Kaftarxona-2” mahallalari o‘rtasidan o‘tgan avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha janubiy yo‘nalishda 80 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 90 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 150 metr masofada yo‘l “Dashtakibolo” qishloq fuqarolar yig‘ini hududiga tutashgan joydagi 32-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 32-sonli nuqtadan “Dashtakibolo” qishloq fuqarolar yig‘ini va “Kaftarxona-2” mahallasining o‘rtasidan o‘tgan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha g‘arbiy yo‘nalishda 212 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 140 metr masofada 33-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 33-sonli nuqtadan janubi-sharqiy yo‘nalishda yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 200 metr masofada 34-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 34-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 550 metr masofada ushbu yo‘l “Kaftarxona-2” mahallasi yo‘liga tutashgan joydagi 35-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 35-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda “Kaftarxona-2” mahallasi va “Dashtakibolo” qishloq fuqarolar yig‘ini o‘rtasidan o‘tgan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 210 metr masofada ushbu yo‘l “Ohalik” qishloq fuqarolar yig‘iniga olib boradigan yo‘lga tutashgan joydagi 36-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 36-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda “Ohalik” qishloq fuqarolar yig‘iniga olib boradigan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 560 metr masofada, “Mo‘liyon” suv chiqarish inshooti hududiga tutashgan holda suv chiqarish inshooti hududi bo‘ylab janubi-sharqiy yo‘nalishda 105 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 90 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 100 metr masofada suv chiqarish inshooti hududi “Mo‘liyon” mahallasi qabristoniga olib boradigan yo‘lga tutashgan joydagi 37-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 37-sonli nuqtadan qabristonga olib boradigan yo‘l bo‘yicha 95 metr masofada yo‘lning burilish joyidagi 38-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 38-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda qabriston bo‘ylab o‘tgan shu yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 564 metr masofada yo‘l Termiz ko‘chasiga tutashgan joydagi 39-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 39-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Termiz ko‘chasining chap tomoni bo‘yicha 400 metr masofada Termiz ko‘chasi M.Nosirov nomli ko‘chaga tutashgan joydagi 40-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 40-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda M. Nosirov nomli ko‘cha bo‘ylab o‘tgan ariqning chap tomoni bo‘yicha 1 265 metr masofada ariq qabriston hududiga tutashgan joydagi 41-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 41-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda ushbu ariqning chap tomoni bo‘yicha 540 metr masofada “Qavola” mahallasida ariq janubiy yo‘nalishda burilgan joydagi 42-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 42-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda “Qavola” mahallasidagi yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 200 metr masofada 43-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 43-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda yo‘lning chap tomoni bo‘yicha “Do‘stlik” oromgohi hududigacha 340 metr masofada, oromgoh hududi bo‘ylab o‘tgan yo‘l bo‘yicha 170 metr masofada yo‘l shimoliy yo‘nalishda burilgan joydagi 44-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 44-sonli nuqtadan oromgohning hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 130 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda Xo‘ja Ahrori Vali ko‘chasiga kelib tutashguncha 80 metr masofada, so‘ngra Xo‘ja Ahrori Vali ko‘chasining chap tomoni bo‘yicha janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 130 metr masofada ushbu ko‘cha “Xo‘ja Ahrori Vali” mahallasi va “Safedi” mahallasi o‘rtasidan o‘tgan avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 45-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 45-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda ushbu avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 350 metr masofada 46-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 46-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda “Xo‘ja Ahrori Vali” mahallasidagi yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 460 metr masofada yo‘l Devori ko‘ndalang ko‘chasiga tutashgan joydagi 47-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 47-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda Navro‘z ko‘chasining 3-tor ko‘chasi chap tomoni bo‘yicha 190 metr masofada, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda Nor Yoqubov nomli ko‘chaning o‘ng tomoni bo‘yicha 55 metr masofada ko‘cha “Xo‘ja G‘ulom” qabristoniga olib boradigan yo‘l bilan kesishgan joydagi 48-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 48-sonli nuqtadan “Xo‘ja G‘ulom” qabristoniga olib boradigan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha g‘arbiy yo‘nalishda 200 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 300 metr masofada 49-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 49-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda “Dukchigi” mahallasining choyxonasigacha yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 284 metr masofada, so‘ngra choyxona hududi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 60 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 190 metr masofada yo‘l mahalla ichidagi ko‘cha bilan kesishgan joydagi 50-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 50-sonli nuqtadan ko‘chaning chap tomoni bo‘yicha g‘arbiy yo‘nalishda 280 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 80 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 100 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 50 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 90 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 60 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 80 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 80 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 60 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 100 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 70 metr masofada ko‘cha avtomobil yo‘li bilan kesishgan joydagi 51-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 51-sonli nuqtadan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha shimoliy yo‘nalishda 100 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 350 metr masofada yo‘l “Dukchigi” va “Bekho” mahallalari o‘rtasidagi zovur bilan tutashgan joydagi 52-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 52-sonli nuqtadan janubiy yo‘nalishda ushbu zovurning o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha 345 metr masofada zovur “Bekho” mahallasi bo‘yicha o‘tgan ko‘chaga tutashgan joydagi 53-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 53-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda ko‘chaning chap tomoni bo‘yicha, mahalla arig‘ini kesib o‘tib, 240 metr masofada, janubiy yo‘nalishda mahalla arig‘ining chap qirg‘og‘i bo‘yicha 90 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda mahalla ko‘chasining chap tomoni bo‘yicha 80 metr masofada, tor yo‘lakning chap tomoni bo‘yicha g‘arbiy yo‘nalishda 95 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 45 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 55 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda maktabga olib boradigan ko‘chaning chap tomoni bo‘yicha 140 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda mahalla ko‘chasining chap tomoni bo‘yicha 225 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda mahalla ko‘chasining chap tomoni bo‘yicha 140 metr masofada ko‘cha chorvachilik fermasiga olib boradigan avtomobil yo‘li bilan kesishgan joydagi 54-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 54-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda chorvachilik fermasiga olib boradigan avtomobil yo‘lining o‘ng tomoni bo‘yicha 80 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda chorvachilik fermasi devorining o‘ng tomoni bo‘yicha 440 metr masofada devor “Xumdon” g‘isht zavodiga olib boradigan avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 55-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 55-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda “Xumdon” g‘isht zavodiga olib boradigan avtomobil yo‘lining o‘ng tomoni bo‘yicha 200 metr masofada yo‘l “Xumdon” g‘isht zavodi hududiga tutashgan joydagi 56-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 56-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda “Xumdon” g‘isht zavodiga olib boradigan avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, “Xumdon” g‘isht zavodi hududi bo‘ylab 240 metr masofada 57-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 57-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda “Xumdon” g‘isht zavodining hududi bo‘ylab 430 metr masofada zavod hududi Samarqand shahar Sarteppo turarjoy massiviga tutashgan joydagi 58-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 58-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda to‘g‘ri chiziqda 120 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda qabriston hududigacha dala yo‘li bo‘yicha 490 metr masofada, qabriston hududi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 250 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 110 metr masofada qabriston hududi dala yo‘liga tutashgan joydagi 59-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 59-sonli nuqtadan “Quyi Xo‘jasoat” mahallasiga olib boradigan dala yo‘lining chap tomoni bo‘yicha shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 360 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 50 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 275 metr masofada dala yo‘li “Quyi Xo‘jasoat” mahallasiga olib boradigan avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 60-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 60-sonli nuqtadan “Xo‘jasoat” qabristoniga olib boradigan avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 180 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 60 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 20 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 110 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 20 metr masofada, qabriston hududi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 250 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 400 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 50 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 205 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 90 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 430 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 310 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda uzumzor hududigacha 230 metr masofada, uzumzor hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 70 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 20 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 54 metr masofada uzumzor hududi “Quyi Xo‘jasoat” mahallasiga olib boradigan dala yo‘liga tutashgan joydagi 61-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 61-sonli nuqtadan “Kattaqo‘rg‘onariq” qishloq fuqarolar yig‘ini hududi bo‘ylab “Ulug‘bek” qishloq fuqarolar yig‘ini hududiga olib boradigan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha janubiy yo‘nalishda 600 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 200 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 200 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 150 metr masofada 62-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 62-sonli nuqtadan ushbu yo‘lning chap tomoni bo‘yicha sharqiy yo‘nalishda 390 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 120 metr masofada, shimoli-sharqiy yo‘nalishda 40 metr masofada, sharqiy yo‘nalishda 220 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 150 metr masofada, sharqiy yo‘nalishda 220 metr masofada yo‘l “Ulug‘bek” qishloq fuqarolar yig‘ini hududiga tutashgan joydagi 63-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 63-sonli nuqtadan “Ulug‘bek” qishloq fuqarolar yig‘ini hududi bo‘ylab dala yo‘lining chap tomoni bo‘yicha janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 200 metr masofada, sharqiy yo‘nalishda 200 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 220 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 110 metr masofada, janubiy yo‘nalishda damba bo‘yicha 575 metr masofada damba Darg‘om kanali qirg‘og‘iga tutashgan joydagi 64-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 64-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda to‘g‘ri chiziq bo‘yicha Darg‘om kanalini kesib o‘tib, 300 metr masofada 65-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 65-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda to‘g‘ri chiziq bo‘yicha 1 252 metr masofada 66-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 66-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda to‘g‘ri chiziq bo‘yicha 474 metr masofada 67-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 67-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda to‘g‘ri chiziq bo‘yicha “Kattaqo‘rg‘onariq” qishloq fuqarolar yig‘ini hududigacha 481 metr masofada 68-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 68-sonli nuqtadan shimoli-sharqiy yo‘nalishda “Kattaqo‘rg‘onariq” qishloq fuqarolar yig‘ini hududi bo‘ylab jarlikning o‘ng chetki qismi bo‘yicha 1 200 metr masofada, so‘ngra harbiy garnizonning o‘quv poligoni hududigacha to‘g‘ri chiziq bo‘yicha shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 142 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 160 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 652 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 690 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 506 metr masofada 69-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 69-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harbiy garnizonning o‘quv poligoni hududi bo‘ylab to‘g‘ri chiziqda superfosfat zavodi shlak to‘plash inshootining janub tomonidan o‘tgan yo‘lga tutashguncha 290 metr masofada, yo‘lning chap tomoni bo‘yicha g‘arbiy yo‘nalishda 420 metr masofada, yana shu yo‘nalishda to‘g‘ri chiziq bo‘yicha dala yo‘liga tutashguncha 126 metr masofada, dala yo‘lining chap tomoni bo‘yicha shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 160 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 250 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 450 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 315 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 300 metr masofada dala yo‘li Pastdarg‘om tumani hududiga tutashgan joydagi 70-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 70-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Pastdarg‘om tumani hududi bo‘ylab Kimyogarlar shaharchasiga olib boradigan avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 1 530 metr masofada 71-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 71-sonli nuqtadan avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, shimoliy yo‘nalishda to‘g‘ri chiziq bo‘yicha 630 metr masofada Eski Anhor kanali hududiga tutashgan joydagi 72-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 72-sonli nuqtadan Eski Anhor kanali hududi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 210 metr masofada, shimoli-sharqiy yo‘nalishda 570 metr masofada, sharqiy yo‘nalishda 330 metr masofada, shimoli-sharqiy yo‘nalishda 110 metr masofada kanal Samarqand shahar aylanma avtomobil yo‘li bilan kesishgan joydagi 73-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 73-sonli nuqtadan shimoli-sharqiy yo‘nalishda avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, qabriston ichidan o‘tgan yo‘l bo‘yicha 800 metr masofada yo‘l Eski Anhor kanali hududiga tutashgan joydagi 74-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 74-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda kanal hududi bo‘yicha 50 metr masofada kanalni kesib o‘tib, dala yo‘lining o‘ng tomoni bo‘yicha 110 metr masofada, shimoli-sharqiy yo‘nalishda avtomobil yo‘ligacha 100 metr masofada, avtomobil yo‘lining o‘ng tomoni bo‘yicha shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 140 metr masofada ushbu yo‘l Xishrov shaharchasiga olib boradigan yo‘lga tutashgan joydagi 75-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 75-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda Xishrov shaharchasiga olib boradigan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 370 metr masofada yo‘l Darg‘om kanali hududiga tutashgan joydagi 76-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 76-sonli nuqtadan janubi-sharqiy yo‘nalishda Darg‘om kanalining chap qirg‘og‘i bo‘yicha Eski Anhor kanalini kesib o‘tib, 310 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda “Kattaqo‘rg‘onariq” qishloq fuqarolar yig‘ini hududi bo‘ylab o‘tgan dala yo‘li bo‘yicha 70 metr masofada 77-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 77-sonli nuqtadan dala yo‘li bo‘yicha janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 400 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 160 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda ariqning chap qirg‘og‘i bo‘yicha 300 metr masofada, so‘ngra jarlikning tepa chetki qismi bo‘yicha 520 metr masofada jarlik Samarqand shahar aylanma avtomobil yo‘li bilan kesishgan joydagi 78-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 78-sonli nuqtadan janubi-sharqiy yo‘nalishda aylanma avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 890 metr masofada yo‘l paxsa devorga tutashgan joydagi 79-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 79-sonli nuqtadan shimoli-sharqiy yo‘nalishda ushbu devor bo‘yicha Darg‘om kanali hududiga tutashguncha 280 metr masofada, so‘ngra sharqiy yo‘nalishda kanal hududi bo‘ylab to‘g‘ri chiziqda 200 metr masofada 80-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 80-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda to‘g‘ri chiziq bo‘yicha 50 metr masofadan keyin Darg‘om kanalini kesib o‘tib, dala yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 80 metr masofada, Xishrov shaharchasi va “Kattaqo‘rg‘onariq” qishloq fuqarolar yig‘ini o‘rtasidan o‘tgan avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha shimoliy yo‘nalishda 80 metr masofada, sharqiy yo‘nalishda 50 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 140 metr masofada 81-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 81-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 230 metr masofada 82-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 82-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 205 metr masofada 83-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 83-sonli nuqtadan shimoli-sharqiy yo‘nalishda ariqning chap tomoni bo‘yicha 250 metr masofada, sharqiy yo‘nalishda Xishrov shaharchasi va “Kattaqo‘rg‘onariq” qishloq fuqarolar yig‘ini o‘rtasidan o‘tgan yo‘l bo‘yicha 250 metr masofada 84-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 84-sonli nuqtadan janubiy yo‘nalishda ushbu yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 160 metr masofada 85-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 85-sonli nuqtadan Xishrov shaharchasiga oqadigan ariqning chap qirg‘og‘i bo‘yicha sharqiy yo‘nalishda 170 metr masofada, shimoli-sharqiy yo‘nalishda 90 metr masofada ushbu ariq Uklon arig‘iga tutashgan joydagi 86-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 86-sonli nuqtadan janubi-sharqiy yo‘nalishda Uklon arig‘ining o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha 200 metr masofada ariq Firdavsiy ko‘chasiga tutashgan joydagi 87-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 87-sonli nuqtadan Firdavsiy ko‘chasini kesib o‘tib, sharqiy yo‘nalishda Uklon arig‘ining o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha 750 metr masofada ushbu ariq Arabxona qishlog‘iga oqadigan ariqqa tutashgan joydagi 88-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 88-sonli nuqtadan janubiy yo‘nalishda Arabxona qishlog‘iga oqadigan ariqning o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha 172 metr masofada ariq “Quyi Xo‘jasoat” va “Arabxona” mahallalari o‘rtasidan o‘tgan yo‘lga tutashgan joydagi 89-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 89-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda ushbu yo‘l bo‘yicha 180 metr masofada yo‘l Bedil ko‘chasiga tutashgan joydagi 90-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 90-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda Bedil ko‘chasining chap tomoni bo‘yicha 840 metr masofada Bedil ko‘chasi bilan Amir Temur ko‘chasi kesishgan joydagi 91-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 91-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda Bedil ko‘chasining chap tomoni bo‘yicha Narpay ko‘chasini kesib o‘tib, 1 800 metr masofada va yana shu yo‘nalishda 230 metr masofada 92-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 92-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda, 2522-sonli avtokorxonaga olib boradigan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 230 metr masofada yo‘l 2522-sonli avtokorxona hududiga tutashgan joydagi 93-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 93-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda avtokorxonaning sharqiy tomonidan o‘tgan ko‘chaning chap tomoni bo‘yicha 1 120 metr masofada ko‘cha Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining devoriga tutashgan joydagi 94-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 94-sonli nuqtadan oliy harbiy o‘quv yurtining devori bo‘yicha shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 920 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 90 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 130 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 110 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 130 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 110 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 80 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 240 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 330 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 270 metr masofada, so‘ngra ariqning chap qirg‘og‘i bo‘yicha shimoliy yo‘nalishda 100 metr masofada 95-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 95-sonli nuqtadan Chordara qishlog‘idan oqib o‘tadigan ariqning chap qirg‘og‘i bo‘yicha janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 390 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 90 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 270 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 180 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 270 metr masofada ariq Pastdarg‘om tumani hududiga tutashgan joydagi 96-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 96-sonli nuqtadan Pastdarg‘om tumanidagi “Nayman” mahallasini Samarqand shahridan ajratib turadigan yo‘lning chap tomoni bo‘yicha g‘arbiy yo‘nalishda 210 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 130 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 180 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 80 metr masofada 97-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 97-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda Nayman qishlog‘idan o‘tgan yo‘lning o‘rtasi bo‘yicha 680 metr masofada 98-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 98-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda yo‘lning o‘ng tomoni bo‘yicha 160 metr masofada, shimoli-sharqiy yo‘nalishda mahalla arig‘i bo‘yicha 300 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda ko‘chaning o‘ng tomoni bo‘yicha 1 070 metr masofada 99-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 99-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda ko‘chaning o‘ng tomoni bo‘yicha 380 metr masofada ko‘cha Kimyogarlar shaharchasiga olib boradigan avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 100-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 100-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda ushbu yo‘lning o‘ng tomoni bo‘yicha 500 metr masofada yo‘l Samarqand-Juma avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 101-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 101-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda Samarqand-Juma avtomobil yo‘lining o‘ng tomoni bo‘yicha 410 metr masofada ushbu yo‘l dala yo‘liga tutashgan joydagi 102-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 102-sonli nuqtadan janubiy yo‘nalishda dala yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 270 metr masofada uzumzor burchagidagi 103-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 103-sonli nuqtadan yo‘l bo‘yicha sharqiy yo‘nalishda 110 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 480 metr masofada, shimoli-sharqiy yo‘nalishda 250 metr masofada yo‘l Samarqand tumanidagi “Qaynama” qishloq fuqarolar yig‘ini hududiga tutashgan joydagi 104-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 104-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda mahalla arig‘i bo‘yicha 130 metr masofada ariq namunaviy turarjoy uylari yonidan o‘tgan avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 105-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 105-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda namunaviy turarjoy uylari yonidan o‘tgan yo‘lning o‘ng tomoni bo‘yicha Samarqand-Juma avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, 269 metr masofada va Samarqand-Buxoro temir yo‘lini kesib o‘tib, 49 metr masofada 106-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 106-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda Samarqand-Buxoro temir yo‘li bo‘ylab, uni shahar hududida qoldirgan holda, 2 680 metr masofada 107-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 107-sonli nuqtadan “Sayqal” MChJning devori bo‘yicha shimoli-sharqiy yo‘nalishda 410 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 210 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 85 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 110 metr masofada 108-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 108-sonli nuqtadan Yangiravot qishlog‘iga olib boradigan yo‘lning o‘ng tomoni bo‘yicha shimoli-sharqiy yo‘nalishda 86 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 60 metr masofada, shimoli-sharqiy yo‘nalishda Sanoat ko‘chasini kesib o‘tib 202 metr masofada, Sanoat ko‘chasining chap tomoni bo‘yicha shimoli-sharqiy yo‘nalishda 40 metr masofada, shimoliy yo‘nalishda 650 metr masofada davom etadi va Sanoat ko‘chasi bilan Siyob kanali kesishgan joydagi boshlang‘ich 1-sonli nuqtaga tutashadi. Boshlang‘ich 1-sonli nuqta sifatida Kimyogarlar shaharchasi shimoli-g‘arbiy chetki nuqtasi Narpay ko‘chasiga tutashgan joy qabul qilingan. Chegara 1-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda Narpay ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘yicha 1 450 metr masofada ko‘cha Pastdarg‘om tumani “Nayman” mahallasi qabristoniga tutashgan joydagi 2-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 2-sonli nuqtadan janubiy yo‘nalishda qabriston g‘arbiy devorining o‘ng tomoni bo‘yicha 210 metr masofada 3-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 3-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda qabriston janubiy devorining o‘ng tomoni bo‘yicha 210 metr masofada 4-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 4-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda qabriston sharqiy devorining o‘ng tomoni bo‘yicha 170 metr masofada devor Narpay ko‘chasiga tutashgan joydagi 5-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 5-sonli nuqtadan sharqiy yo‘nalishda Narpay ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘yicha Dyemishko kanalini kesib o‘tib, 470 metr masofada ko‘cha Samarqand tumani hududiga tutashgan joydagi 6-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 6-sonli nuqtadan Samarqand tumani va Kimyogarlar shaharchasi o‘rtasidan o‘tgan ko‘chaning chap tomoni bo‘yicha janubiy yo‘nalishda 465 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 320 metr masofada ko‘cha Samarqand tumanidagi “Meva-sharbat” ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi hududiga tutashgan joydagi 7-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 7-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda Samarqand tumanidagi “Meva-sharbat” ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi hududi bo‘ylab 200 metr masofada 8-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 8-sonli nuqtadan janubi-sharqiy yo‘nalishda Samarqand tumanidagi “Meva-sharbat” ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi hududi bo‘ylab 300 metr masofada Dyemishko kanali bilan kesishgan joydagi 9-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 9-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Dyemishko kanali chap qirg‘og‘i bo‘yicha 260 metr masofada, dala yo‘li bo‘yicha 100 metr masofada yo‘l qabriston devorining g‘arbiy chetki nuqtasiga tutashgan joydagi 10-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 10-sonli nuqtadan dala yo‘li bo‘yicha qabriston shimoliy devori bo‘ylab shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 350 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda 360 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 120 metr masofada 11-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 11-sonli nuqtadan Darg‘om kanali o‘ng qirg‘og‘i hududi bo‘ylab shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 740 metr masofada kanal Zavorskaya ko‘chasiga tutashgan joydagi 12-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 12-sonli nuqtadan ko‘chani kesib o‘tib, shimoliy yo‘nalishda ushbu ko‘chaning chap tomoni bo‘yicha 100 metr masofada, g‘arbiy yo‘nalishda ko‘p qavatli turarjoy binolari bo‘ylab 170 metr masofada yo‘lga tutashgan joydagi 13-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 13-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda yo‘l bo‘yicha 280 metr masofada yo‘l Qo‘rg‘ontepa ko‘chasiga tutashgan joydagi 14-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 14-sonli nuqtadan g‘arbiy yo‘nalishda Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘yicha 370 metr masofada ushbu ko‘cha Pastdarg‘om tumani va Kimyogarlar shaharchasi o‘rtasidagi ko‘chaga tutashgan joydagi 15-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 15-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda ko‘chaning o‘ng tomoni bo‘yicha 240 metr masofada davom etadi va Kimyogarlar shaharchasi shimoli-g‘arbiy chetki nuqtasi Narpay ko‘chasiga tutashgan joydagi boshlang‘ich 1-sonli nuqtaga tutashadi. Boshlang‘ich 1-sonli nuqta sifatida Toshkent-Samarqand temir yo‘li bilan Katta O‘zbek trakti avtomobil yo‘li kesishgan joy qabul qilingan. Chegara 1-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda “Zarafshon” davlat qo‘riqxonasiga olib boradigan avtomobil yo‘lining o‘ng tomoni bo‘yicha 930 metr masofada yo‘l Zarafshon daryosining dambasiga tutashgan joydagi 2-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 2-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Zarafshon daryosining dambasi bo‘yicha 700 metr masofada damba Katta O‘zbek trakti avtomobil yo‘liga tutashgan joydagi 3-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 3-sonli nuqtadan Zarafshon daryosining dambasi bo‘yicha shimoliy yo‘nalishda Katta O‘zbek trakti avtomobil yo‘lini va Toshkent-Samarqand temir yo‘lini kesib o‘tib, 160 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 460 metr masofada damba gidrouzelga tutashgan joydagi 4-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 4-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda Oqdaryo daryosining o‘ng qirg‘og‘i dambasi bo‘yicha 270 metr masofada, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda damba bo‘yicha o‘tgan avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 570 metr masofada ushbu avtomobil yo‘li beton zavodiga olib boradigan yo‘lga tutashgan joydagi 5-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 5-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Oqdaryo daryosining o‘ng qirg‘og‘i dambasi bo‘yicha o‘tgan avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 4 730 metr masofada yo‘l asfaltbeton zavodi hududining g‘arbiy chetki nuqtasiga tutashgan joydagi 6-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 6-sonli nuqtadan shimoli-sharqiy yo‘nalishda asfaltbeton zavodi devorining chap tomoni bo‘yicha 180 metr masofada 7-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 7-sonli nuqtadan janubi-sharqiy yo‘nalishda asfaltbeton zavodi omboriga olib boradigan temir yo‘lning chap tomoni bo‘yicha, chegara va temir yo‘l oralig‘ida 5 metrni qoldirib, 3 230 metr masofada, ariqning chap qirg‘og‘i bo‘yicha 250 metr masofada ariq beton devorga tutashgan joydagi 8-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 8-sonli nuqtadan janubi-sharqiy yo‘nalishda devorning chap tomoni bo‘yicha, so‘ngra ariqning chap qirg‘og‘i bo‘yicha Qurbonobod arig‘ini kesib o‘tib, 1 670 metr masofada “O‘zBAT” tamaki fabrikasining temir to‘siqli devoriga tutashgan joydagi 9-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 9-sonli nuqtadan shimoli-sharqiy yo‘nalishda “O‘zBAT” tamaki fabrikasi temir to‘siqli devorining chap tomoni bo‘yicha 620 metr masofada 10-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 10-sonli nuqtadan janubi-sharqiy yo‘nalishda “O‘zBAT” tamaki fabrikasi temir to‘siqli devorining chap tomoni bo‘yicha 210 metr masofada 11-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 11-sonli nuqtadan “O‘zBAT” tamaki fabrikasi temir to‘siqli devorining chap tomoni bo‘yicha janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 230 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda, qabristonni Jomboy tumani hududida qoldirib, 140 metr masofada 12-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 12-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda “O‘zBAT” tamaki fabrikasi temir to‘siqli devorining chap tomoni bo‘yicha 400 metr masofada 13-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 13-sonli nuqtadan janubi-sharqiy yo‘nalishda “O‘zBAT” tamaki fabrikasiga olib boradigan avtomobil yo‘lining chap tomoni bo‘yicha 300 metr masofada, asfaltbeton zavodiga olib boradigan temir yo‘lning chap tomoni bo‘yicha 460 metr masofada davom etadi va Toshkent-Samarqand temir yo‘li bilan Katta O‘zbek trakti avtomobil yo‘li kesishgan joydagi boshlang‘ich 1-sonli nuqtaga tutashadi. Boshlang‘ich 1-sonli nuqta sifatida Qoradaryo daryosining o‘ng qirg‘og‘i bilan Baraka arig‘i kesishgan joy qabul qilingan. Chegara 1-sonli nuqtadan shimoli-sharqiy yo‘nalishda Baraka arig‘ining chap qirg‘og‘i bo‘yicha 274 metr masofada, so‘ngra Baraka arig‘ining chap qirg‘og‘i bo‘ylab o‘tgan dala yo‘lining chap tomoni bo‘yicha Shahob kanalini kesib o‘tib, 907 metr masofada 2-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 2-sonli nuqtadan shimoli-sharqiy yo‘nalishda Shahob kanalining o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha 5 133 metr masofada Shahob kanalidan Jiydevona arig‘i ajralib chiqqan joyning ro‘parasidagi 3-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 3-sonli nuqtadan Shahob kanalini kesib o‘tadi va Jiydevona arig‘ining o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha janubi-sharqiy yo‘nalishda 334 metr masofada, shimoli-sharqiy yo‘nalishda 50 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda 158 metr masofada, janubiy yo‘nalishda 616 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 436 metr masofada 4-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 4-sonli nuqtadan Chorjuy arig‘ining o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha shimoli-sharqiy yo‘nalishda 141 metr masofada, sharqiy yo‘nalishda 302 metr masofada, janubi-sharqiy yo‘nalishda Samarqand shahar aylanma avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, 3 801 metr masofada 5-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 5-sonli nuqtadan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda beton ariqning o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha 1 233 metr masofada ariq Samarqand tumanining zaxira yerlariga tutashgan joydagi 6-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 6-sonli nuqtadan Samarqand tumanining zaxira yerlari bo‘ylab damba bo‘yicha shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 1 447 metr masofada, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 215 metr masofada 7-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 7-sonli nuqtadan Samarqand shahar aylanma avtomobil yo‘lini 40 metr masofagacha kesib o‘tadi va shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda soy bo‘yicha 260 metr masofada, Samarqand o‘rmon xo‘jaligining hududi bo‘ylab damba bo‘yicha 310 metr masofada, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda dala yo‘li bo‘yicha 310 metr masofada 8-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 8-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Samarqand o‘rmon xo‘jaligi hududi bo‘ylab o‘tgan ariqning chap qirg‘og‘i bo‘yicha 2 060 metr masofada ariq Samarqand tumanining zaxira yerlariga tutashgan joydagi 9-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 9-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Samarqand tumanining zaxira yerlari bo‘ylab o‘tgan ariqning chap qirg‘og‘i bo‘yicha 251 metr masofada ariq Samarqand o‘rmon xo‘jaligi hududiga tutashgan joydagi 10-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 10-sonli nuqtadan shimoliy yo‘nalishda Samarqand o‘rmon xo‘jaligi hududi bo‘ylab o‘tgan ariqning o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha 280 metr masofada 11-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 11-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Samarqand o‘rmon xo‘jaligi hududi bo‘ylab o‘tgan ariqning chap qirg‘og‘i bo‘yicha 590 metr masofada, damba bo‘yicha 670 metr masofada ariq Samarqand tumanining zaxira yerlariga tutashgan joydagi 12-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 12-sonli nuqtadan Samarqand tumanining zaxira yerlari bo‘ylab to‘g‘ri chiziq bo‘yicha shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 180 metr masofada, janubi- g‘arbiy yo‘nalishda Qoradaryo daryosining bir qismini kesib o‘tib, 200 metr masofada 13-sonli nuqtagacha davom etadi. Chegara 13-sonli nuqtadan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Samarqand tumanining zaxira yerlari bo‘ylab o‘tgan dala yo‘li bo‘yicha 1 056 metr masofada, damba bo‘yicha 2 632 metr masofada davom etadi va Qoradaryo daryosining o‘ng qirg‘og‘i bilan Baraka arig‘i kesishgan joydagi boshlang‘ich 1-sonli nuqtaga tutashadi.
110
44,298
Qonunchilik
Bank хabarlari: yangi kredit siyosati va soliqlar qayerga toʻlanadi
«Turonbank» qanday va nimalar uchun kreditlar beradi Yaqinda bank Kengashi tomonidan ««Turonbank» ATB tizimida moliyaviy iste’mol kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning Yangi tahriri tasdiqlandi. Nizomning Yangi tahriri normalari qonun hujjatlari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida amal qilayotgan iste’mol kreditlarining ayrim turlariga tatbiq etilmaydi. Xususan, ta’lim kreditlari Vazirlar Mahkamasining alohida qaroriga muvofiq beriladi, shuningdek ikkilamchi bozordan respublikada ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini хarid qilish uchun iste’mol kreditlari bankning alohida ichki nizomiga binoan beriladi. Shu sababli, Nizomning Yangi tahriri shartlari mazkur iste’mol kreditlarini berish qoidalariga nisbatan qoʻllanilmaydi. Asosiy shartlar:  kreditlar Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan iste’mol tovarlarini (хizmatlarini) ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi tashkilotning bank hisobvaragʻiga 100% miqdorida kredit mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan beriladi. Iste’mol kreditlari qarz oluvchining toʻlov qobiliyatidan kelib chiqib, kredit shartnomasi imzolanayotgan sanada amal qilayotgan EKIHning  10 dan 300 gacha baravari miqdorida beriladi. Kredit muddati kredit mablagʻlari miqdoriga bogʻliq holda quyidagi tarzda oʻrnatiladi: № Kredit miqdori Kredit muddati 1. EKIHning 50 baravarigacha 1 yilgacha 2. EKIHning 50 dan 150 baravarigacha 2 yilgacha 3. EKIHning 150 dan 300 baravarigacha 3 yilgacha Iste’mol krediti uchun yillik foiz stavkasi boshlangʻich badal miqdoriga bogʻliq holda oʻrnatiladi: № Boshlangʻich badal miqdori Yillik foiz stavkasi 1. 25%dan-   35%gacha 16% 2. 35%dan - 50%gacha 14% 3. 50% va undan yuqori 12% Kreditlar berish va ularni qaytarish milliy valyutada amalga oshiriladi. Shuningdek iste’mol kreditining maqsadlari va miqdorlari belgilangan. Yagona gʻazna hisobvaragʻi «Ipoteka-bank», «Kapitalbank» va «Ravnaq-Bank» oʻz mijozlarini “Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma (30.03.2016 yildagi 2771-son) talablaridan kelib chiqib, 2016 yil 5 iyuldan boshlab  Toshkent shahri doirasida roʻyхatdan oʻtkazilgan soliq toʻlovchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlovlar, shuningdek  Toshkent shahri doirasida ma’muriy jarimalar va boshqa moliyaviy jarimalar kabi barcha toʻlovlar bevosita Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida хabardor qiladi. Yagona gʻazna hisobvaragʻi rekvizitlari: Bank nomi: Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazi; Yagona gʻazna hisobvaragʻi: 23402000300100001010 MFO: 00014; STIR: 201122919.  Yangi filial roʻyхatdan oʻtkazildi «InFinBank» ATB oʻz saytida хabar berishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2016 yil 4 iyul kuni shu bankning Qoraqalpoq filialini 75/12-son bilan roʻyхatdan oʻtkazdi. Filial quyidagi manzil boʻyicha joylashadi: 230100, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Gʻaresizlik koʻchasi, 65. Mavzu boʻyicha material:  Bank хabarlari: pulni kartadan kartaga oʻtkazish va yuridik shaхs kartasi uchun tariflar
67
3,081
Qonunchilik
Haydovchilarning malakasini oshirish: 1 avgustgacha – faqat «Avtotest»da
2018 yil 1 avgustgacha korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va kamida 51%i ushbu kompaniyaga tegishli tashkilotlarda saqlanadi (VMning 31.05.2018 yildagi 408-son qaroriga 6-ilovaga qarang). Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB).  Voqealar хronologiyasi Oʻtgan yil sentyabrda Hukumat yuridik shaхslarga tegishli avtotransportni boshqarayotgan haydovchilarning malakasini majburiy oshirish tartibini joriy etdi. Tartib 2018 yil 1 yanvardan amal qila boshlashi rejalashtirilgan edi. Malaka oshirish davriyligi 2 yilda 1 marta etib belgilandi. Korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish bilan shugʻullanish mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va ustav fondida kamida 51% ulushi (aksiyalari) ushbu kompaniyaga tegishli boʻlgan tashkilotlarga berildi. Jamoatchilik orasida faol munozaralarga sababchi boʻlganligi bois taomilni qayta koʻrib chiqishga qaror qilindi. Avval Adliya vazirligi хabar berganidek, litsenziya talablariga javob beruvchi barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar malaka oshirish bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻldilar. Faqat tijorat tashishlari bilan shugʻullanuvchi shaхslar uchun taomilning majburiy tusini saqlab qolish rejalashtirilgan edi. Biroq bu faqat loyiha boʻlib, hujjatning yakuniy versiyasida bu masala boshqacha hal etildi.       Vazirlar Mahkamasi 23.02.2018 yildagi qarori bilan uchta asosiy jihatga oʻzgartirish kiritdi: 1) malaka oshirish majburiy boʻlgan sana. U qaror e’lon qilingan kun, ya’ni 26 fevralga koʻchirildi; 2) malaka oshirishi majburiy boʻlgan shaхslar (haydovchilar) doirasi. Ularga quyidagilar kiritildi: 3) haydovchilarning malakasini oshirish huquqi berilgan sub’yektlar roʻyхati. 2018 yil 1 iyundan davlat ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan boshqa yuridik shaхslar ushbu faoliyat bilan shugʻullana olishi nazarda tutilgan edi. Endi nimalar oʻzgardi? Hukumat хususiy avtomaktablarni litsenziyalash va tegishli oʻquv guruhlarini roʻyхatga olish tartibini tasdiqladi. Biroq haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan har qanday davlat va nodavlat ta’lim muassasalari (litsenziya mavjud boʻlganda) shugʻullana oladigan sana 2018 yil 1 avgustga koʻchirildi. Belgilangan sanagacha korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish bilan shugʻullanish mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va ustav fondida kamida 51% ulushi (aksiyalari) ushbu kompaniyaga tegishli boʻlgan tashkilotlarda saqlanadi. Qolgan barcha shartlar (malaka oshirish majburiy boʻlgan sana (26.02.2018 y.); uning davriyligi (2 yilda 1 marta); u majburiy boʻlgan shaхslar doirasi (yuqoriga qarang – tahr.) oʻzgartirishsiz qoldirildi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.06.2018 yildan kuchga kirdi.     Oleg Zamanov.
72
3,059
Qonunchilik
Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, tamaki va tamaki mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament va uni joriy etish sxemasi 1* va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n ikki oy o‘tgach amalga kiritilsin. 2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilishi munosabati bilan ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. “O‘zstandart” agentligi davlat vakolatli organlari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab tamaki va tamaki mahsulotlarini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rsin. 4. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining keng xabardor qilinishini ta’minlasinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga hamda “O‘zbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi T.A. Jalilov zimmasiga yuklansin.
77
1,916
Qonunchilik
XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTNING 35 FOIZDAN ORTIQ AKSIYALARINI SOTIB OLISh USTIDAN NAZORAT QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDAGI QARORNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining “Xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalarini sotib olish ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ni tasdiqlash haqidagi 2001-yil 24-sentabrdagi 5 va 2001-12-sonli qarori (2001-yil 6-noyabr, ro‘yxat raqami 1079) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
199
1,033
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-son Farmonini a
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriy-kurortda sog‘lomlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF–4658-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 130-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi bilan birgalikda 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida sog‘lomlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq har yili sog‘lomlashtirishni ta’minlasin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. 1-ilovada: a) 2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Urush va mehnat fronti faxriylari sog‘lomlashtiriladigan sanatoriylar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan belgilanadi hamda har yili 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbariga tasdiqlash uchun kiritiladi”; b) 13-bandning oltinchi xatboshidagi “1-guruh urush nogironi” so‘zlari “1-guruh nogironi bo‘lgan urush va mehnat fronti faxriylari” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “14. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bilan birgalikda, zarur bo‘lgan yo‘nalish, sanatoriyning nomi va sog‘liqni tiklash uchun o‘zi xohlagan muddat ko‘rsatilgan holda ariza bergan shaxslar ro‘yxatlarini shakllantiradilar, ularni “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘linmalarida kelishadilar hamda yo‘llanmalar ajratish yuzasidan har yili 15-noyabrgacha bo‘lgan muddatda Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga buyurtmanoma taqdim etadilar”; g) 19-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Har bir sanatoriy bo‘yicha urush va mehnat fronti faxriylarini sog‘lomlashtirish uchun oylarga taqsimlangan va ajratilgan o‘rinlar soni ko‘rsatilgan holda yo‘llanmalarni taqsimlash rejasi har yili 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davolash-profilaktika yordamini tashkil etish bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriy-kurortlar boshqarmasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri, Sog‘liqni saqlash vaziri, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi bilan kelishilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”; d) 24-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yo‘llanmalar asosan urush va mehnat fronti faxriylari yashaydigan mintaqada joylashgan sanatoriylarga ajratiladi. Ushbu mintaqada talab qilinadigan sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi sanatoriy mavjud bo‘lmagan taqdirda yoki bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganda yo‘llanmalar respublika mintaqalaridagi eng yaqin joylashgan tegishli sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi sanatoriylarga, ularda o‘rinlar mavjudligidan kelib chiqqan holda ajratilishi mumkin”; e) 28 va 29-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “28. Sanatoriylarda 12 kunlik sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari qiymatini to‘lash uchun kalendar yildagi xarajatlarning cheklangan miqdori har yili 10-noyabrgacha bo‘lgan muddatda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Nizomning 2-bandiga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan sanatoriylarda sog‘lomlashtirish uchun yo‘llanmalarning o‘rtacha qiymatidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 29. Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi: 10-oktabrgacha bo‘lgan muddatda — kelgusi yil uchun 12 kunlik sog‘lomlashtirish yo‘llanmalarining qiymati va o‘rinlarning umumiy soni, shu jumladan urush va mehnat fronti faxriylarini sog‘lomlashtirish uchun ajratiladigan yo‘llanmalar qiymati to‘g‘risida takliflar olish uchun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriy-kurortlar boshqarmasiga talabnoma yuboradi; 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda — olingan ma’lumotlarni sanatoriylarda 12 kunlik sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari qiymatini to‘lash xarajatlarining cheklangan miqdorini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi; 12 kunlik sog‘lomlashtirish yo‘llanmalarining qiymati to‘g‘risida sanatoriylardan olingan takliflardan kelib chiqqan holda, ularni to‘lash uchun xarajatlarning tasdiqlangan cheklangan miqdori, shuningdek urush va mehnat fronti faxriylarining kutilayotgan soni hamda kelgusi yil uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining prognoz hajmlari asosida, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriy-kurortlar boshqarmasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining sanatoriylari bilan shartnomalar tuzadi; moliya yili boshida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, ushbu kalendar yil uchun shartnomalar summasining 15 foizi miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshiradi”; j) 37-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Sanatoriylar rahbarlari Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi va asoslanganligi, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javob beradilar”; z) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “38. Yo‘llanmalar Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi tomonidan bosmaxona usulida bosilgan, tartib raqamiga ega bo‘lgan maxsus blankalarda tayyorlanadi, ular “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari uchun yo‘llanma” so‘zlari yozilgan tegishli shtamp bilan tasdiqlanadi hamda ularda qaytarma (yirtma) talon bo‘ladi”. 2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
250
7,245
Qonunchilik
Hisobda QQS bilan aks ettirilgan materiallarga alohida e’tibor beriladi
Bu safar yillik inventarizatsiya oʻziga хos tarzda oʻtkaziladi. Nima uchun deysizmi? «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana Golosova bu savolga ushbu materialda javob beradi, uni oʻtkazish chogʻida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan murakkab holatlarni esa 2018 yil 23 noyabrda «Norma» PRMdagi seminarda koʻrib chiqadi. – Tashkilot va korхonalarda har yili inventarizatsiya oʻtkazish – odatiy holat. Biroq korхona buхgalteriyasi umumbelgilangan soliq solish tizimiga oʻtishga tayyorgarlik koʻrishi nuqtai nazaridan bu yil u muhim ahamiyat kasb etadi. Inventarizatsiya komissiyasi keyingi yili byudjetga toʻlanadigan QQS hisob-kitobida summasi inobatga olinishini koʻzlab, hisobda QQS bilan aks ettirilgan materiallarga alohida e’tibor berishi lozim. Boshqalari qatori, ushbu inventarizatsiyani oʻtkazish chogʻida 19-son Buхgalteriya hisobi milliy standartiga amal qilish zarur. Inventarizatsiya oʻtkazishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha murakkab holatlar «Norma» professional rivojlanish markazidagi seminarda koʻrib chiqiladi. Havola orqali oʻtib, seminar dasturi bilan batafsil tanishish va unga yozilish mumkin.
71
1,133
Qonunchilik
Konstitutsiyaviy sudga yangi vakolatlar berildi
31.05.2017 yildagi OʻRQ–430-son Qonun bilan Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritildi, shuningdek «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Hujjatlar «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi. Xususan, oʻzgartirishlar Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga daхl qildi. Birinchidan, Konstitutsiyaviy sudni Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlisning Senati tomonidan Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan shaхslar orasidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakilini qoʻshgan holda saylash tartibi belgilandi. Ikkinchidan, sud raisi va uning oʻrinbosari Konstitutsiyaviy sudning oʻzi tomonidan uning tarkibidan saylanadi. Uchinchidan, sudning vakolatlariga tuzatishlar kiritildi. Mazkur sud instansiyasi Prezidentning farmonlaridan tashqari qarorlari va farmoyishlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash huquqiga ega boʻldi (ilgari – faqat farmonlar). Konstitutsiyaviy qonunlar, qonunlar va хalqaro shartnomalar ratifikatsiyasini tekshirish davlat rahbari tomonidan imzolanguniga qadar amalga oshirilishi belgilangan. Bundan tashqari, Konstitutsiyaviy sud Oliy sudning muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini koʻrib chiqadi. Shu bilan birga konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili Oliy Majlis palatalariga va Prezidentga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisida aхborot taqdim etadi. Tuzatishlar kuchga kirganidan keyin Konstitutsiyaviy sudning amaldagi tarkibi tugatilgan hisoblanadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov, ekspertimiz.
47
1,871
Qonunchilik
“Tashkent Pharma Park” ilmiy-oʻquv qismlarini yaratish loyihasi amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 04.04.2022 yildagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismlarini yaratish” (I  bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 152-son qarori qabul qilindi. Prezidentning 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-son qaroriga asosan Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tashkil etilgandi. Klaster oʻz ichiga ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar, farmakopeya markazi va mehmonхonaga ega simpoziumlar markazidan iborat oʻz infratuzilmasiga ega boʻlgan Farmatsevtika teхnik universiteti, shuningdek innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikalar ishlab chiqarish boʻyicha sanoat zonasini tashkil etishni qamrab olgan. Loyihani ikkita bosqichda qurilish-montaj ishlarini bosqichma-bosqich moliyalashtirish va amalga oshirish bilan roʻyobga chiqarish nazarda tutilgan. Birinchi bosqichda  koʻp tarmoqli universitetning oʻquv binolari, oʻquv-ilmiy laboratoriyalar, klinik oldi tadqiqotlar markazi, farmakopeya markazi, kutubхona, sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, turar joy qurish amalga oshiriladi. Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamgʻarmasi (EDCF) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga 83,7 mln AQSh dollari miqdorida qarz taqdim etildi. Loyihaning umumiy qiymati 98,6 mln AQSh dollariga teng TIA ishlab chiqilgan. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi loyihani amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.04.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
81
1,800
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYaT KODEKSIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 1-son, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5-6-son, 153-modda; 2001-yil, 1-2-son, 23-modda, 9-10-son, 165-modda; 2002-yil, 9-son, 165-modda; 2003-yil, 1-son, 8-modda, 9-10-son, 149-modda; 2004-yil, 1-2-son, 18-modda, 9-son, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, 9-son, 314-modda, 12-son, 417, 418-moddalar; 2006-yil, 6-son, 261-modda, 12-son, 656-modda; 2007-yil, 4-son, 158, 166-moddalar, 6-son, 248-modda, 9-son, 416, 422-moddalar, 12-son, 607-modda; 2008-yil, 4-son, 187, 188, 189-moddalar, 7-son, 352-modda, 9-son, 485, 487, 488-moddalar, 12-son, 640, 641-moddalar; 2009-yil, 1-son, 1-modda, 4-son, 128-modda, 9-son, 329, 334, 335, 337-moddalar, 12-son, 470-modda) quyidagi mazmundagi 571-modda bilan to‘ldirilsin: Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining «a» va «b» bandlarida nazarda tutilgan jazoni engillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi». 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
78
1,926
Qonunchilik
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlari yaxshilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘ri
Mamlakatimizda tadbirkorlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishda ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish, raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish hamda milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mobil aloqa operatorlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qamrab olish darajasi hamda xizmat ko‘rsatish sifatining pastligi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etishda ruxsat berish jarayonida ortiqcha cheklovlarning mavjudligi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mobil aloqa operatorlari tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratish, hududlarda ularning qamrov darajasini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etishda ortiqcha hujjatlarning talab etilishini qisqartirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastota organlarining tegishli ruxsatnomalariga asosan radiochastota spektridan birgalikda foydalanish huquqini beruvchi o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastota organlarining tegishli ruxsatnomalariga asosan radiochastota spektridan birgalikda foydalanish huquqi beriladi”. 2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 16-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “16. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastota organlarining tegishli ruxsatnomalariga asosan REVni ekspluatatsiya qilish uchun radiochastotalardan birgalikda foydalanish huquqi beriladi”.
250
2,840
Qonunchilik
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 381-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-684-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 135-moddasiga muvofiq “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 381-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-684-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi maromiga yetkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasiga qaytarilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va Qonunchilik palatasi muhokamasiga qaytadan ikkinchi o‘qishda kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
181
804
Qonunchilik
Hududlarda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari paydo boʻladi
Prezidentning 9.12.2021 yildagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-32-son Farmoni qabul qilindi. Hujjatga asosan tuman (shahar) markazlariga yaqin va uy-joyga talab yuqori boʻlgan hududlarda 29 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlari quriladi. Mazkur massivlarda 619 ta koʻp qavatli uy-joylar, 18 ta umumta’lim maktablari, 24 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 15 ta tibbiyot punktlari kompleks tarzda quriladi.   Koʻp qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlik sub’yektlariga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida realizatsiya qilinadi. Ularga tutash yer uchastkalari uy-joy qurib bitkazilganidan keyin mahalliy ijroiya hokimlik organining tegishli qarori bilan koʻp qavatli uy-joy mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi. Massivlarda tashkil etiladigan ishlab chiqarish, savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini qurish uchun yer uchastkalari tadbirkorlik sub’yektlariga belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali mulk va ijara huquqlari asosida realizatsiya qilinadi. Elektron onlayn-auksionda gʻolib deb topilgan tadbirkorlik sub’yektlariga koʻp qavatli uy-joylar qurilishi uchun “SSS” va undan yuqori reytingga ega boʻlgan qurilish tashkilotlarini jalb qilishga ruхsat etiladi. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan past rentabelli 489 gektar yer maydonlari “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish uchun aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladi. Shuningdek, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning boʻsh turgan yer uchastkalarida ham uy-joylarni qurish davom ettiriladi. Quyidagilarga topshiriqlar berildi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
55
1,856
Qonunchilik
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berish to‘g‘risida
Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga va ishlab chiqarish sohalarida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi hamda fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yoshlarga ta’lim va tarbiya berish borasidagi davlat va xalq oldidagi qahramonona mehnati uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin Yulduz” medali topshirilsin:
49
387
Qonunchilik
USTO ShIRIN MURODOVNING UY-MUZEYINI TAShKIL ETISh HAQIDA
O‘zbekiston xalq me’morchiligi an’analarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan xalq me’mori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi Usto Shirin Murodovning ijodiy merosini yanada chuqurroq o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi va O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasining Toshkent shahrida Usto Shirin Murodov yashagan va ishlagan Habibiy ko‘chasi, 35-uyda uning uy-muzeyini tashkil etish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Toshkent shahar hokimligi Sh. Murodovning oila a’zolariga belgilangan tartibda kvartira ajratsin. 3. Madaniyat ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Usto Shirin Murodovning uy-muzeyini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish madaniyat, axborot va turizm bo‘limi (o‘rtoq A. Ko‘chimov)ga topshirilsin.
56
961
Qonunchilik
ADVOKATLIK BYuROLARI, ADVOKATLAR HAY’ATLARI, ADVOKATLIK FIRMALARI VA ADVOKATLAR TOMONIDAN BUDJETGA SOLIQLAR VA BOShQA MAJBURIY TO‘LOVLARNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi, “Advokatura to‘g‘risida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarni ijtimoiy muhofazasi to‘g‘risida”gi va “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Advokatlik byurolari, advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi, “Advokatura to‘g‘risida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi va “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilib, advokatlik byurolari, advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi. 1. “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq Advokatura notijorat tashkilotdir va faoliyatni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. U advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olgan advokatlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir. 2. Advokaturaning tashkiliy tuzilmalari bo‘lib advokatlar kollegiyalari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari (keyingi o‘rinlarda — advokatlik tuzilmalari) hisoblanadi. Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan jismoniy shaxs o‘z advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda faoliyat ko‘rsatishga yoxud ixtiyoriylik asosida boshqa advokatlar (sheriklar) bilan hay’atlar va firmalar tuzishga, shuningdek, advokatlik firmalari va kollegiyalariga a’zo (muassis) sifatida kirishga haqlidir. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalari ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran yuridik shaxs maqomini oladilar hamda ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun fuqarolardan va yuridik shaxslardan tushadigan pul mablag‘lari (daromadlar) hisobiga faoliyat ko‘rsatadilar. 3. “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlarining mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: kirish va a’zolik badallari, agar ular ustavda nazarda tutilgan bo‘lsa; muassislardan, qatnashchilardan (a’zolardan) bir marotaba va muntazam ravishda keladigan tushumlar; ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar; tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat ustav maqsadlari uchun ishlatiladigan daromadlar (foyda); qonunlarda taqiqlanmagan boshqa tushumlar. Bunda qatnashchilar (a’zolar), ya’ni advokatlarning jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan yuridik yordam uchun oladigan daromadlarining bir qismi ko‘rinishidagi muntazam tushumlari advokatlik tuzilmalarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbasi hisoblanadi. Ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun kelib tushgan mablag‘lardan advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun ajratmalar miqdori advokatlik tuzilmasining ta’sis hujjatida (ustavida) yoki qatnashchilar (a’zolar) ning boshqa qarorida belgilanadi. 4. Advokatlik tuzilmasini saqlash uchun xarajatlarga ma’muriy va xo‘jalik xarajatlari, shuningdek uni saqlash uchun qilingan boshqa xarajatlar kiradi. 5. Advokatlik tuzilmasini saqlash uchun xarajatlar tarkibiga quyidagi xarajatlar kiradi: a) ma’muriy va xo‘jalik (texnik) xodimlarni saqlab turish, jumladan kompensatsiya va kafolatli to‘lovlar bilan birgalikda ular mehnatiga haq to‘lashga; b) kommunal xizmatlar, shuningdek, telefon, telekommunikatsiya va axborot xizmatlari uchun haq to‘lashga; v) inventar, materiallar, kanselyariya, ofis uchun va boshqa jihozlarni xarid qilishga; g) transport vositalari, texnikalarni saqlash, ijaraga olishga va boshqa xizmatlarga haq to‘lashga, benzin va yoqilg‘i moylash mahsulotlariga; d) advokatlarni (advokatura xodimlarini) o‘qitishga, gazetalar, jurnallar va boshqa davriy nashrlarga obuna bo‘lishga, boshqa joriy xarajatlarga; e) joriy ta’mirlashga; j) texnika va asbob-uskunalarni, orgtexnika vositalari, kompyuterlar va boshqa asosiy vositalarni xarid qilishga; z) qurilish va kapital ta’mirlashga; i) advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun boshqa xarajatlarga. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun xarajatlar tarkibiga, shuningdek, mablag‘lari advokatlarning ijtimoiy ehtiyojlariga ishlatiladigan Advokaturani ijtimoiy himoya qilish jamg‘armasini shakllantirish bo‘yicha xarajatlar kiradi. Advokaturani ijtimoiy himoya qilish jamg‘armasining mablag‘lari quyidagilarga sarflanadi: a) advokatlik tuzilmasining advokatlariga nafaqalar, kompensatsiya va kafolatli to‘lovlarni to‘lash, ularning ta’tili uchun haq to‘lashga. Bunda advokatlik tuzilmalari ta’til uchun haq to‘lash maqsadida mablag‘larni (masalan, ish haqining miqdoridan kelib chiqqan holda) jamlashga haqlidirlar; b) moddiy yordam sifatida beriladigan turli xil pullik nafaqalarga; v) sanatoriya-kurortda davolanish uchun va dam olish uylariga yo‘llanmalarni to‘lashga, statsionar va ambulator davolanish haqini to‘lashga; g) ovqatlanish uchun qo‘shimcha to‘lovlarga, yo‘l chiptalarini berish yoki ularning qiymatini qoplashga; d) advokatlarning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urta qilish badallarini to‘lashga; e) turistik yo‘llanmalar, sport seksiyalariga abonementlarni to‘lashga va boshqa shu kabi xarajatlarga; j) O‘zbekiston Advokatlar assotsiatsiyasiga a’zolik badalini advokat hisobidan to‘lashga; z) advokatlarning boshqa ijtimoiy ehtiyojlariga. 6. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 31-moddasiga muvofiq tijorat bilan shug‘ullanmaydigan yuridik shaxslar, ularning tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlaridan (foydalaridan) tashqari foyda solig‘idan ozod qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibining 1-bandiga muvofiq, soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun qo‘llaniladi. 7. Advokatlik tuzilmalari nodavlat notijorat tashkilotlar sifatida, foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladilar hamda yagona soliq to‘lovchisi hisoblanmaydilar. 8. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, advokatlarning mehnatiga ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun jismoniy va yuridik shaxslardan advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalariga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan haq to‘lanadi. Bunda yuridik xizmat uchun haq to‘lash advokat bilan mijoz o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi. Advokat tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun kelib tushgan mablag‘lar advokatlik tuzilmalarining daromadlari hisoblanmaydi. Mablag‘larning advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun o‘tkaziladigan (ushlab qolinadigan) qismi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad bo‘lib hisoblanmaydi. Ushbu mablag‘larga mazkur Yo‘riqnomaning 3 va 4-bandlariga muvofiq advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun muntazam tushumlar sifatida qaraladi. 9. Agar advokatlik tuzilmalari tadbirkorlik faoliyati, ya’ni advokatlik faoliyatidan tashqari boshqa (advokatning yuridik yordam ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lmagan) faoliyat bilan shug‘ullansalar, ushbu faoliyatdan olingan daromadlar (foyda) belgilangan tartibda foyda solig‘i yoki yagona soliqqa tortiladi. 10. Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar — advokatlar jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lovchilardir. 11. Advokatlar mehnatiga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlardan jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va uni budjetga o‘tkazish advokatlik tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi. 12. Advokatlar mehnatiga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarni aniqlash uchun asos bo‘lib advokatlarning mehnatga haq to‘lash fondi hisoblanadi. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni aniqlash maqsadida, advokatlarning mehnatga haq to‘lash fondi, belgilangan stavkalarda ajratiladigan ijtimoiy sug‘urta badallarini chegirib tashlagan holda quyidagi formula asosida aniqlanadi: F — advokatlarning mehnatga haq to‘lash fondi; Y — advokat tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun olingan mablag‘lar (advokat gonorari) hamda mazkur Yo‘riqnomaning 3 va 4-bandiga muvofiq advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar o‘rtasidagi farq; S — mehnatga haq to‘lash fondidan olinadigan ijtimoiy sug‘urta badalining foizdagi stavkasi. Masalan, ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun advokatning gonorari 100000 so‘mni tashkil etgan. Bunda, advokatlik tuzilmasining tegishli qaroriga ko‘ra, advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun muntazam tushum sifatida 30 000 so‘m ushlab qolingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq, advokatlik tuzilmalari mehnatga haq to‘lash fondidan 25 foizli stavkada ijtimoiy sug‘urta badalini to‘laydilar. Bunday holda, mehnatga haq to‘lash fondi quyidagicha aniqlanadi: Mehnatga haq to‘lash fondi va mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarni aniqlashning namunaviy sxemasi mazkur Yo‘riqnomaning ilovasida keltirilgan. 13. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar tarkibiga mazkur Yo‘riqnomaning 12-bandi asosida aniqlanadigan mehnatga haq to‘lash fondidan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 49-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan daromadlar ham kiradi. 14. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va budjetga o‘tkazish uchun advokatlik tuzilmalari javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda, ular ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog‘liq jarima va penyalarni budjetga to‘lashi shart. 15. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq ushlab qolinganda advokatlik tuzilmalari ushlab qolingan soliq summasini to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida budjetga o‘tkazadilar. 16. Advokatlik tuzilmalari: ish haqini to‘lash chog‘ida advokatning talabiga ko‘ra unga uning daromadi summasi va turi, shuningdek, ushlab qolingan soliq summasi (agar soliq ushlab qolingan bo‘lsa) ko‘rsatilgan ma’lumotnomani berishi; asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlar to‘g‘risida jismoniy shaxsning ro‘yxat raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, hisobot yilida qilgan daromadining umumiy summasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani qonun hujjatlarida belgilangan shaklda moliya yili tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida soliq organlariga taqdim etishi; yollanib ishlaydiganlarga mehnat haqi tarzida hisoblab chiqarilgan va amalda to‘langan summalar hamda boshqa daromadlar, shuningdek, bu daromadlarning soliq summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan shaklda yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar soliq organlariga taqdim etishi shart. 17. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 66-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilardir. Advokatlik tuzilmalari qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lovchi hisoblanmaydilar, mazkur Yo‘riqnomaning 18 va 19-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 18. Agar advokatlik tuzilmalari tadbirkorlik faoliyati, ya’ni advokatlik faoliyatidan tashqari boshqa (advokatning yuridik yordam ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lmagan) faoliyat bilan shug‘ullansalar, ushbu faoliyat doirasidagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha oborot belgilangan tartibda qo‘shimcha qiymat solig‘iga tortiladi. 19. Advokatlik tuzilmalari tovarlarni import qilishda bojxona to‘lovlarini (shu jumladan qo‘shimcha qiymat va aksiz solig‘ini) belgilangan tartibda to‘laydilar, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 20. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 110-moddasiga muvofiq tovarlar ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar ekologiya solig‘i to‘lovchilardir. Yuridik yordam advokat bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida advokat (jismoniy shaxs) tomonidan ko‘rsatilishini inobatga olib, ushbu yuridik yordam ekologiya solig‘iga tortilmaydi. Agar bevosita advokatlik tuzilmasi tomonidan tovarlar ishlab chiqarilsa, ishlar bajarilsa va xizmatlar ko‘rsatilsa, ushbu faoliyatdan belgilangan tartibda ekologiya solig‘i to‘lanadi. 21. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 92, 102 va 119-moddalariga muvofiq advokatlik tuzilmalari nodavlat notijorat tashkilotlar sifatida mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod qilinadilar. Agar advokatlik tuzilmalari tadbirkorlik faoliyati, ya’ni advokatlik faoliyatidan tashqari boshqa (advokatning yuridik yordam ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lmagan) faoliyat bilan shug‘ullansalar, ushbu faoliyat uchun foydalanilgan mol-mulk, yer uchastkalari va suv resurslari belgilangan tartibda mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqqa tortiladi. 22. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini hisoblash chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (2002-yil 15-fevral, ro‘yxat raqami 1100-son — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 3-son)ning 1-bandiga muvofiq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchilar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslardir. Advokatlik tuzilmalari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchi hisoblanmaydilar. Agar advokatlik tuzilmalari tadbirkorlik faoliyati, ya’ni advokatlik faoliyatidan tashqari boshqa (advokatning yuridik yordam ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lmagan) faoliyat bilan shug‘ullansalar, ushbu faoliyatdan olingan sof foyda belgilangan tartibda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘iga tortiladi. 23. Yuridik yordam advokat va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida advokat (jismoniy shaxs) tomonidan ko‘rsatilganligi sababli, advokatlik tuzilmasining advokatlari tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam hajmidan Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar o‘tkazilmaydi. Agar bevosita advokatlik tuzilmasi tomonidan tovarlar ishlab chiqarilsa, ishlar bajarilsa va xizmatlar ko‘rsatilsa, ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi hajmidan belgilangan tartibda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi va Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar o‘tkaziladi. 24. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va sarflash foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 29-bandiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlar tijorat va xo‘jalik faoliyati bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlar va tushumlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etiladi. Advokatning ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun olgan gonorari, ustavda nazarda tutilgan kirish va a’zolik badallari, ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar, advokatlardan bir marotaba va muntazam ravishda keladigan tushumlar tijorat yoki xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar yoki tushumlar hisoblanmaydi. 25. Advokatlik tuzilmalari yagona ijtimoiy to‘lov o‘rniga mehnatga haq to‘lash fondidan 25 foizlik majburiy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘laydilar. 26. Mehnatga haq to‘lash fondidan ajratmalar hamda fuqarolarning ish haqidan majburiy sug‘urta badallari, soliqlar ushlanishini hisobga olmasdan, ish haqi (daromad) ning barcha turlariga (shu jumladan advokaturani ijtimoiy himoya qilish jamg‘armasidan to‘lanadigan to‘lovlarga) hisoblanadi, qonunchilikda belgilangan to‘lovlar bundan mustasno. Bunda mehnatga haq to‘lash fondidan ajratiladigan majburiy ajratmalar summasi quyidagi formula asosida aniqlanadi: CF — advokatlarning mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan ajratiladigan ijtimoiy sug‘urta badali summasi; Y — advokat tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun olingan mablag‘lar (advokat gonorari) hamda mazkur Yo‘riqnomaning 3 va 4-bandiga muvofiq advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar o‘rtasidagi farq; V — Advokaturani ijtimoiy himoya qilish jamg‘armasidan ajratiladigan va sug‘urta badallari hisoblanishi nazarda tutilgan to‘lovlar. Bunda sug‘urta badallari hisoblanishi nazarda tutilmaydigan to‘lovlar, advokatlik tuzilmalari tomonidan ijtimoiy sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish va to‘lashda hisobga olinmaydi; S — mehnatga haq to‘lash fondidan olinadigan ijtimoiy sug‘urta badalining foizdagi stavkasi. Masalan, ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun advokatning gonorari 100000 so‘mni tashkil etgan. Bunda advokatlik tuzilmasining tegishli qaroriga ko‘ra, advokatlik tuzilmasni saqlab turish uchun muntazam tushum sifatida 30 000 so‘m ushlab qolingan. Bundan tashqari, advokatlik tuzilmasi tomonidan advokat hisobiga Advokaturani ijtimoiy himoya qilish jamg‘armasi mablag‘laridan 2000 so‘m miqdorida a’zolik badali to‘langan, shuningdek, 3000 so‘m miqdorida moddiy yordam berilgan. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiyani hisoblab chiqarishda hamda sug‘urta badallarini hisoblashda hisobga olinmaydigan ish haqi va daromadlar turlari ro‘yxatiga muvofiq moddiy yordam bo‘yicha ijtimoiy sug‘urta badali hisoblanmaydi. A’zolik badali muntazam ravishda advokat hisobiga to‘lanishini inobatga olib, ushbu to‘lov advokatning daromadi hisoblanadi va u bo‘yicha ijtimoiy sug‘urta badali hisoblanadi (bunda a’zolik badali pensiyani hisoblashda ham hisobga olinadi). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq, advokatlik tuzilmalari mehnatga haq to‘lash fondidan 25 foizli stavkada ijtimoiy sug‘urta badalini to‘laydilar. Bunday holda, mehnatga haq to‘lash fondidan ajratiladigan ijtimoiy sug‘urta badali summasi quyidagicha aniqlanadi: Fuqarolarning ish haqidan majburiy ijtimoiy sug‘urta badali summasi quyidagicha aniqlanadi: CF1 — ish haqidan majburiy ijtimoiy sug‘urta badali summasi; C1 — ish haqidan majburiy ijtimoiy sug‘urta badalining foizdagi stavkasi. Yuqorida ko‘rsatilgan misolda fuqarolarning ish haqidan 2,5 foizli majburiy sug‘urta badali summasi quyidagicha aniqlanadi: 27. Soliqlar va majburiy to‘lovlarni mazkur Yo‘riqnomaga asosan to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va budjetga to‘lanishi ustidan nazorat belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 28. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar sifatida advokatlik tuzilmalari tomonidan o‘zlarining ta’sis shartnomalari va ustavlariga rioya etilishi ustidan nazoratni olib boradilar. Advokatlik tuzilmalari mazkur Yo‘riqnoma talablariga rioya etmaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 29. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi hamda O‘zbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
221
20,322
Qonunchilik
“NAVOIY” ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONASI HUDUDIDA “UZKABEL” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI QO‘ShMA KORXONASI BILAN BIRGALIKDA YaNGIDAN TAShKIL ETILAYOTGAN QO‘ShMA KORXONA BAZASIDA KUCh KABELLARI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh” INVESTITSIYa LOYIHASIN
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatli raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar tashkil etishni yanada kengaytirish va jadallashtirish, shuningdek jalb etilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish va o‘zlashtirish hajmini kengaytirish bo‘yicha dastlabki chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2011-yil 4-oktabrdagi PQ-1623-son qaroriga muvofiq 2012-2013-yillarda umumiy qiymati 20 455,0 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida “Uzkabel” ochiq aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasi bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan qo‘shma korxona bazasida kuch kabellari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish nazarda tutilganligi; ko‘rsatib o‘tilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida “Olmaliq KMK” OAJ, “Uzkabel” OAJ qo‘shma korxonasi va “Gulf Cable Trading Company” (XXR) kompaniyasi tomonidan yuqori kuchlanishli kabellar va yillik hajmi 10 ming km va ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 60 foizi hajmini eksport qilish prognoz qilinayotgan to‘qilgan polietilen izolatsiyali o‘zakli izolatsiyalangan simlar ishlab chiqarish bo‘yicha ustav fondi 18,8 mln AQSh dollarini tashkil etadigan “Nayat Power Cable Systems” MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etilganligi; “Nayat Power Cable Systems” MChJ qo‘shma korxonasining ustav fondida muassislar ulushi quyidagi miqdorlarda: “Olmaliq KMK” OAJ va “Uzkabel” OAJ qo‘shma korxonasi ulushi — 25 foizdan, “Gulf Cable Trading Company” kompaniyasi (XXR) ulushi — 50 foiz etib belgilanganligi; “Nayat Power Cable Systems” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida tanlovda tanlab olish natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda bosh loyihalovchi “Navoiyxo‘jalikloyiha” MChJ va foydalanishga tayyor shartlarida obyekt qurilishi bo‘yicha bosh pudratchi “Navoiyfrizone” MChJ belgilanganligi, yetakchi xorijiy kompaniyalarda 14 551,0 ming AQSh dollariga teng summaga zamonaviy texnologik asbob-uskunalar tayyorlashga buyurtmalar joylashtirilganligi, ulardan 8 132,6 ming AQSh dollari summasiga asbob-uskunalar tayyorlanganligi va qurilish maydoniga keltirilganligi, 6 418,4 mln AQSh dollari summaga asbob-uskunalar jo‘natishga tayyorlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va “Nayat Power Cable Systems” MChJ qo‘shma korxonasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatlarini qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini loyiha bo‘yicha 2012-yil 30-noyabrgacha tugallagan holda 4 oyga qisqartirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. “Nayat Power Cable Systems” MChJ qo‘shma korxonasiga “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida “Uzkabel” ochiq aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasi bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan qo‘shma korxona bazasida kuch kabellari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtning o‘zida ishlab chiqqan holda 2012-yil 1-sentabrgacha amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida “Uzkabel” ochiq aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasi bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan qo‘shma korxona bazasida kuch kabellari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari U.U. Rozuqulov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
250
4,239
Qonunchilik
O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Yurtimiz azaldan islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Qaffol Shoshiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Axror Valiy, Muxammad Xorazmiy, Axmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab allomalar nomi nafakat islom, ayni vaktda jaxon sivilizatsiyasi tarixida haqli ravishda oltin harflar bilan bitilgan. Mustaqillik sharofati o‘laroq diniy va milliy qadriyatlarimiz to‘laligicha tiklandi, ulug‘ ajdodlarimizning xotiralariga munosib ehtirom ko‘rsatildi, ular koldirgan diniy-ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosni o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratildi. O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimi o‘zining ko‘p asrlik va boy an’analariga ega. Samarkand, Buxoro, Xiva, Toshkent madrasalari o‘rta asrlarning universitetlari vazifasini bajargan. O‘rta asrlardayoq Buxoro o‘zining madrasalari va ulamolari bilan shuhrat qozongan va haqli ravishda “Islom olamining quvvati” unvoniga sazovor bo‘lgan. Musulmon renessansi, ya’ni ilmiy-ma’rifiy uyg‘onish davriga asos solgan ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda ham ma’rifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy merosini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, ular yaratgan ilmiy yo‘nalishlar va maktablar an’analarini davom ettirish bugungi avlod oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ayni paytda, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamon muqaddas islom dini ahkomlarini noto‘g‘ri talqin qilish, ularni soxtalashtirish yo‘li bilan turli fitna va buzg‘unchiliklar sodir etilayotgani dinimizning sofligini saqlash, uning tinchlik va insonparvarlikdan iborat asl mohiyatini jamiyat a’zolari va ayniksa yoshlarga yetkazishga qodir, yuqori darajada ilmiy va diniy salohiyatga ega mutaxassislarni tayyorlashni taqozo qilmoqda. Respublikada faoliyat olib borayotgan oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarini yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan ta’minlash, tayyorlanayotgan mutaxassislarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish, qur’onshunoslik, tafsir va fiqh, hadisshunoslik, kalom ilmi yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni, yetuk ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida: 1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining O‘zbekiston Islom akademiyasini (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Belgilaisinki, Akademiya O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi diniy va dunyoviy ta’lim beruvchi nodavlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. 2. O‘zbekiston Islom akademiyasining tuzilmasi ilovaga muvofiq ma’qullansin. Akademiya rektori, zarur xollarda, muassis tomonidan belgilangan xodimlarning umumiy soni doirasida Akademiyaning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega ekanligi qayd etilsin. 3. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilanishi inobatga olinsin: “Qur’onshunoslik”, “Fiqh ilmi”, “Hadisshunoslik” va “Kalom ilmi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni, shuningdek ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash; islom dinining, Qur’oni karim va xadis ilmining asl mohiyatini, fikh, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini har tomonlama teran o‘rganish va tadqiq qilish; islom dinining asl mohiyatini, uning bashariyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran o‘rganish hamda targ‘ib etish; islom dini sohasidagi dolzarb mavzular bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish; mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan va xorijiy oliy diniy ta’lim muassasalari xamda boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish; kadrlar tayyorlash jarayoniga yetuk mutaxassislar va o‘qituvchilarni jalb kilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini chuqurlashtirish; ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha diniy-ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlardagi ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish; islom olamida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalarga oid ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish; ilmiy-tadqiqotlarning yo‘nalishlari va mavzularini belgilash, xalqaro tadbirlarda ishtirok etish, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilish, ilmiy merosni o‘rganish ishlarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik qilish. 4. O‘zbekiston musulmonlari idorasining taklifiga muvofiq quyidagilar: Akademiya magistraturasiga (keyingi o‘rinlarda magistratura deb ataladi) oliy ta’lim muassasalarining kamida bakalavr darajasi diplomiga ega bo‘lgan, Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar ixtisosligiga mos keladigan yo‘nalishlarni bitirgan O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinishi; 2018/2019 o‘quv yilida va keyingi yillarda magistraturaga qabul qilish Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha belgilangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi; magistraturada o‘qish muddati ikki yil hisoblanib, u kunduzgi ta’lim shaklida olib borilishi; Akademiyada yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari asosida amalga oshirilishi. magistraturaga 2018/2019 o‘kuv yili uchun qabul kvotasi jami 16 ta o‘rin etib hamda keyingi yillar uchun qabul kvotasini shakllantirish ushbu sohadagi talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda Akademiya muassisi tomonidan belgilanishi nazarda tutilsin. 5. Belgilansinki, magistratura bitiruvchilariga beriladigan davlat namunasidagi diplom O‘zbekiston Respublikasida oliy diniy ta’lim sohasidagi tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlik darajasini beruvchi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladi. 6. O‘zbekiston musulmonlari idorasiga: Akademiyaning ustavi, magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda jahondagi ilg‘or ijobiy tajribani atroflicha o‘rganish, tahlil etish va amaliyotga joriy qilish; Akademiya magistraturasi mutaxasisliklarida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan mos bakalavr yo‘nalishlari ro‘yxatini belgilab berish; Akademiyaning ilmiy-pedagog kadrlari tarkibini asosan mamlakatimizdagi oliy ta’lim va ilmiy-tadkiqot muassasalarida hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan, shu jumladan, xorijiy ta’lim (ilmiy) muassasalarida malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali professor-o‘kituvchilar va ilmiy xodimlar, shuningdek, sohaning salohiyatli yetuk mutaxassislari ― amaliyotchilardan shakllantirish tavsiya etilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018/2019 o‘quv yili boshlangunga qadar Akademiyani O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalari uchun majburiy bo‘lgan zarur o‘quv-metodik hujjatlar bilan bepul ta’miilasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Akademiyada oliy ta’limdan keyingi ta’lim boskichida islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, tafsir va fiqh, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslari bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib boruvchi yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga ko‘maklashsin. 9. Akademiya faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilishi inobatga olinsin: muassis tomonidan ajratiladigan mablag‘lar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bir oy muddatda Akademiyaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishida amaliy yordam ko‘rsatsin. 11. Akademiya O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslaxatchilari X. Sultonov va R. Kamilov zimmasiga yuklansin.
74
8,265
Qonunchilik
O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5024-son qaroriga muvofiq, ushbu sport turlari rivojlanishining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash va ommalashtirish, ular bo‘yicha milliy terma jamoamizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda ishtirok etishi va yuqori natijalarga erishilishini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturining maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli ko‘rsatkichlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki, Davlat dasturi erishilgan natijalar, Maqsadli ko‘rsatkichlar hamda yilqichilik va ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni ommalashtirish bo‘yicha tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan har yili alohida-alohida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov) Milliy gvardiya, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar Davlat dasturini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 2. Turizm va sport vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasining 2021 — 2025-yillar davomida: naslli va zotdor otlarni ko‘paytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 170 ta yilqichilik xo‘jaliklarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A. Abduxakimov O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi va O‘zbekiston polo federatsiyasi bilan birgalikda: 2021/2022 o‘quv yili boshlanguniga qadar bolalar-o‘smirlar sport maktablarida ot sporti turlari bo‘yicha 8 ta bo‘lim, 3 ta olimpiya zaxiralari kollejida ot sporti bo‘limlari ochilishini ta’minlasin; 2021-yil 1-dekabrga qadar bolalar-o‘smirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarining ot sporti turlari bo‘yicha bo‘limlarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan ta’minlasin va ushbu maqsadlarga Turizm va sport vazirligiga hamda uning tizimidagi sport-ta’lim muassasalariga budjetdan 2021-yil uchun ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismidan zarur mablag‘lar, shuningdek, homiylik mablag‘larini yo‘naltirsin. Bosh vazir o‘rinbosari Sh. G‘aniyev Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yilqichilik xo‘jaliklarini tashkil qilish rejasi, ularning aniq joylashgan joyi, nomi va ro‘yxatini tasdiqlasin. 3. Belgilansinki: a) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining usta-chavondozi, ot parvarishlovchisi, taqachisi, otxona boshlig‘i (brigadir), zootexnigi, veterinar-shifokori, feldsher-veterinarlari mehnatini rag‘batlantirishga Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 211-son qarorida belgilangan shartlar tatbiq etiladi. Bunda, usta-chavandoz, ot parvarishlovchi, taqachi, otxona boshlig‘i (brigadir) — trenerga, veterinar-shifokor — shifokorga, zootexnik va feldsher-veterinar — hamshiraga tenglashtiriladi; b) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda uning Nukus va Toshkent filiallarida yilqichilikka ixtisoslashgan veterinariya shifokorlari va zootexniklarini tayyorlash bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi; O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallarida ot sporti bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maxsus sirtqi ta’lim shakli ochiladi; O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘quv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlashda zamonaviy beshkurash va polo uchun o‘rin ajratiladi. 4. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzuridagi Naslli, sport va tozaqonli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion seleksiya-genetika markazi tarkibida Ippologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki: Institut otlarning anatomiyasi, fiziologiyasi, ko‘paytirish biologiyasi, zotlarni o‘zgartirish va boshqa masalalarni ilmiy tomonidan o‘rganuvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy tashkilot hisoblanadi; Institut ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishda ishtirok etadi; Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar; Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari; yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari; xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasining 2021-yil 1-sentabrdan boshlab har yili an’anaviy tarzda: ot sportining ot yo‘rttirish turi bo‘yicha Toshkent viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida “Qarshi Open”, Toshkent shahrida “Millatlar kubogi” xalqaro turnirlarini; zamonaviy beshkurash bo‘yicha Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, “Tashkent Open”, “Central Asian Cup”, ushbu sport turining lazer-ran yo‘nalishi bo‘yicha “Central Asian Championship” xalqaro turnirlarini; polo bo‘yicha Toshkent viloyatida “Amirsoy-Polo Cup”, Qashqadaryo viloyatida “Kok-Saray Cup”, Toshkent shahrida “Tashkent Open” xalqaro turnirlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A. Abduxakimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi: Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda ko‘rsatilgan xalqaro turnirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin. Bunda, turnirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarni qoplash manbalari etib homiylik, mahalliy budjet va boshqa mablag‘lar belgilanadi; xalqaro turnirlarda mahalliy sportchilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega bo‘lgan kuchli xalqaro sportchi, trener va hakamlarning ishtirokini ta’minlasin; 2022-yil 1-yanvardan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ot sporti turlari bo‘yicha musobaqalar va turnirlarning kiritilishini ta’minlasin hamda ularni yuqori darajada o‘tkazish choralarini ko‘rsin. 6. Transport vazirligi, Qurilish vazirligi va Energetika vazirligining 2022-yil 1-sentabrga qadar: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; “O‘zsanoatqurilishmateriallari” AJning homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida 30 o‘rinli zamonaviy otxona binosi va ochiq sport manejini barpo etish; “O‘zbekneftgaz” AJning homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hududida sportchilarning shug‘ullanishi, yashashi uchun sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy 2 qavatli binoni qurib foydalanishga topshirish hamda ushbu binoga tekin foydalanish huquqi asosida O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasini joylashtirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 7. Bolalar-o‘smirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlari ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan inventarlar, sport kiyimlari, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari, vitaminlar, veterinariya dori vositalari, uskunalar va materiallar, otlarni tashishga mo‘ljallangan yangi va ishlab chiqarilganligiga yetti yil to‘lmagan maxsus avtotransport (konevoz) vositalari va tirkamalar, lazerli to‘pponcha va nishonlar, polo tayog‘i 2024-yil 1-iyulga qadar bojxona bojidan ozod etilsin. 8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov), “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi 2021-yildan boshlab tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali ot sporti turlari uchun zarur sport kiyimlari, uskuna va jihozlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini ko‘rsin. 9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Norqobilov) ikki oy muddatda sof zotdor otlarni urchitish va ko‘paytirish, yosh otlar rivojlanishi va o‘sishini, yilqichilik fermalarida qimiz ishlab chiqarishni, intensiv ot bo‘rdoqichiligini tashkil etish, yaylov va yem-ozuqa bazasini mustahkamlash va otlardan olingan mahsulotlar turlarini kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. Turizm va sport vazirligi (A.Abduxakimov) Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) bilan birgalikda ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida: Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Osiyo ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlikni kuchaytirsin, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin; ot sporti turlari bo‘yicha jahon reytinglarida yetakchilik qilayotgan davlatlar bilan birgalikda mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, musobaqalar va turnirlarni o‘tkazish, tajriba almashish, boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatsin. 11. Respublikamizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh Yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh etib qayta tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ishchi guruh (A. Abduxakimov): a) bir oy muddatda: har bir hudud kesimida ot sporti turlarining amaldagi holatini chuqur tahlil qilsin; hududlarda ot sporti turlarini rivojlantirishga ko‘maklashishga qodir bo‘lgan tashkilotlarni safarbar etsin; joylarda ot sporti turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasining hududiy bo‘linmalarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsin; b) ikki oy muddatda har bir hududda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha hududiy dasturlarni tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin. Bunda dasturlarda: yosh avlod chavandozlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish, milliy ot sportining xalqaro dovrug‘ini oshirish; tuman (shahar) hokimlari va viloyat rahbarlari kuboklari musobaqalarini tashkil etish; ot sportining milliy va an’anaviy turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro standartlar asosida mutaxassislarni tayyorlash; yirik xalqaro musobaqalar, jumladan o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qit’a birinchiliklarini o‘tkazish; ot sporti turlarini aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish va ularni ushbu musobaqalarga keng jalb qilish choralarini ko‘rish; milliy bayramlarda ot sporti bilan bog‘liq holda o‘tkaziladigan musobaqalar grafigini ishlab chiqish choralarini ko‘rsin. 12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirishga qaratilgan maqolalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin. 13. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib turizm va sport vaziri o‘rinbosari A.Q. Karimov, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi R.M. Shaabduraxmanov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M. Tashxodjayev, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin. O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni (keyingi o‘rinlarda — ot sporti turlari) yanada ommalashtirish hamda tizimli rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Davlat dasturi ot sporti turlarini tizimli rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda ular bo‘yicha dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5024-son qaroriga muvofiq, quyidagilar mamlakatimizda ot sporti turlarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: birinchi yo‘nalish — mamlakatda ot sporti turlarini aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash, saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish; ikkinchi yo‘nalish — ot sporti turlari bo‘yicha professional trenerlar, hakamlarni tayyorlash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, ot sporti turlarining ilmiy-metodologik bazasini yanada kuchaytirish; uchinchi yo‘nalish — ot sporti turlari bilan shug‘ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan ot sporti klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish; to‘rtinchi yo‘nalish — Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga bosqichma-bosqich ot sporti turlarini kiritish; beshinchi yo‘nalish — ot sporti turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida mutaxassislarni tayyorlash, yirik xalqaro musobaqalar, jumladan o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qit’a birinchiliklarini o‘tkazish; oltinchi yo‘nalish — ot sporti turlarini aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish. ot sporti turlari rivojlanmagan hududlarda ularni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; ot sporti turlari bo‘yicha tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida musobaqalar tashkil qilish; ot sporti turlari bo‘yicha sport maktablari va klublari, ta’lim muassasalaridan saralangan sportchilar o‘rtasida mintaqaviy o‘quv-mashq yig‘inlari va musobaqalar o‘tkazish; o‘tkazilgan musobaqalarning g‘olib va sovrindorlaridan tarkib topgan jamoaviy klublarni tashkil etib, respublika darajasida klublararo musobaqalar o‘tkazish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ot sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari (Chavandozlar maktablari) va ularning tuman (shahar) seksiyalarini tashkil qilish hamda ular faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish; bolalar-o‘smirlar sport maktablarida zamonaviy beshkurash va polo bo‘yicha bo‘limlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish; har bir olimpiya zaxiralari texnikumida ot sporti va zamonaviy beshkurash bo‘limlarini tashkil etish; ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining faoliyatini takomillashtirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, multimedia texnologiyalari, ot modulyatorlari bilan ta’minlash; respublikada ot sportini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi hudud sifatida Qashqadaryo viloyatida ot sporti turlarini yanada ommalashtirish; yosh avlod chavandozlari, beshkurashchilari va polochilarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish. ta’lim muassasalarida o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish orqali xalqaro standartlar asosida ot sporti turlari bo‘yicha yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlarni tayyorlash; ot sporti turlari bo‘yicha trener, hakam, veterinar, taqachi va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, o‘quv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida ot sporti turlari rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish; malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik asosida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ot sporti turlari bo‘yicha masofaviy ta’limni tashkil etish; ot sporti turlari bo‘yicha mahoratli trenerlar tomonidan yaratilgan sportchilarni tayyorlash metodikasini chuqur o‘rganib, ilmiy jihatdan samarasini isbotlagan holda, barcha sport-ta’lim muassasa va tashkilotlariga keng joriy etish; ot sporti turlarining o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga zamonaviy ilmiy-innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yosh tadqiqotchilarni ot sporti turlari bo‘yicha ilmiy faoliyatga jalb etish; ot sporti turlari bilan shug‘ullanishga qiziqishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv adabiyotlar yaratish; ot sporti turlari bo‘yicha elektron ta’lim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalarning respublika ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish; axborot texnologiyalari va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda ot sporti turlari bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonini kompyuterlashtirish darajasini oshirish; trener va mutaxassislarni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo sporti federatsiyasi tavsiyanomasi asosida Turizm va sport vazirligi tomonidan hududlarga yuborish (rotatsiya qilish); Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hamda uning Nukus va Toshkent filiallarida yilqichilikka ixtisoslashgan veterinariya vrachlari va zootexniklarini tayyorlash bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini ochish; O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ot sporti bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maxsus sirtqi ta’lim shaklini ochish; O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘quv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlashda zamonaviy beshkurash va polo uchun alohida o‘rin ajratish; terma jamoalar sportchilarini tibbiy va farmakologik ta’minlash, ularning o‘quv-mashg‘ulot va musobaqalarga tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion, ilmiy-metodik texnologiyalarni joriy etish hamda sportchilarning xalqaro ot sporti turlari bo‘yicha musobaqalarda ishtirokini ta’minlash uchun ilmiy tahlil qilish bo‘yicha mutaxassislar (olimlar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqa mutaxassislar) guruhlarini tashkil etish. ot sporti turlari bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradigan sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasini doimiy ravishda tahlil qilib borish; ot sporti turlari bo‘yicha sport bazalarini zamonaviy uskunalar, sport inventarlari va jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash; O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ot sporti turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida naslli va zotdor otlarni ko‘paytirish, mahalliy va xorijiy turistlarning dam olishini tashkil qilish uchun zarur infratuzilma obyektlaridan (ippodrom, stadion, suzish havzasi, mehmonxona, davolash-sog‘lomlashtirish majmuasi, kafe, veterinariya dorixonasi, o‘quv markazi, sport va zotdor otlar uchun veterinariya klinikasi) iborat ko‘p tarmoqli ot sporti majmualarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida ot sporti klublarini tashkil etish; O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi faoliyatini tahlil qilish, ularni va ularning a’zolarini qo‘llab-quvvatlash; ot sporti turlari bo‘yicha davlat va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ot sporti turlari bo‘yicha sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish; ot sporti turlari bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish; o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida zamonaviy sport jihozlari va anjomlaridan foydalanish, kompyuterlashtirilgan xonalarda maxsus o‘quv-mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish; ot sporti turlari bo‘yicha mobil ilmiy-tibbiyot laboratoriyalarini tashkil etish; ot sporti turlari bilan shug‘ullanuvchilarning tibbiy profilaktikasi ishlarini, Ippoterapiya markazlari faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish; ot sporti turlari bilan shug‘ullanuvchilarni hududiy tibbiyot muassasalariga biriktirish; ot sporti turlari bilan shug‘ullanuvchilar jismoniy holatining muntazam monitoringini olib borish; hududlardagi chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar, ot sporti bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi ochiq va yopiq maydonlar hamda ippodromlar to‘g‘risida ma’lumotlarni tezkor olish imkonini beruvchi elektron bazani yaratish va monitoringini olib borish; ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun xalqaro standartlarga javob beradigan yagona o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish; naslli, sport va tozaqonli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish, hududlarda yilqichilik xo‘jaliklari va ot zavodlarini tashkil etish; yilqichilik to‘g‘risida ilm (ippologiya)ni chuqur o‘rganish, innovatsion seleksiya-genetika ishlarini (naslchilik, veterinariya) kuchaytirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish, otlarni sun’iy urug‘lantirishni yo‘lga qo‘yish; yilqichilik bo‘yicha seleksiya ishlarini kuchaytirish, respublika va xalqaro miqyosda ot sporti o‘yinlarida ishtirok etuvchi otlarni xalqaro talablar bo‘yicha kasalliklarga qarshi emlash; yilqichilik bo‘yicha zamonaviy diagnostika laboratoriyalari va veterinar klinikalarini tashkil qilish; naslli va sport otlarini tanlash, turistlar oqimini ko‘paytirish maqsadida milliy hamda xalqaro ko‘rgazmalar tashkil qilish; sof zotdor otlarni urchitish va ko‘paytirish, yosh otlar rivojlanishi va o‘sishini, yilqichilik fermalarida qimiz ishlab chiqarishni, intensiv ot bo‘rdoqichiligini tashkil etish, yaylov va yem-ozuqa bazasini mustahkamlash va otlardan olinadigan mahsulotlar turlarini kengaytirish; respublikadagi ot zotlari bo‘yicha talablar, zotlar o‘rtasida farqlanish, o‘xshashlik va ularning barqarorlik talablari bo‘yicha davlat standartini ishlab chiqish; Qorabayir zotli otlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish; naslli va sport otlarini import qilish. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish; Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ot sporti turlari bo‘yicha trener, bereytor va mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, harbiy xizmatchi va xodimlarni ot sporti turlari asoslari bo‘yicha o‘qitish; tog‘li joylarda Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari uchun chavandozlik asoslari bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarni tashkil qilish; Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari uchun ot sporti turlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va boshqa axborot materiallarini tayyorlash; Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari uchun mashhur chavandoz va xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari, uchrashuvlar, seminar, trening, master-klasslar, o‘quv darslarini tashkil etish; Xalqaro ot sporti federatsiyasining Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ot sporti turlarini rivojlantirishga oid tavsiya va takliflarini o‘rganib chiqib, amaliyotga tatbiq etish; Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida har yili ot sporti turlari bo‘yicha turnirlarni tashkil qilish; Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti hamda boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo-davlatlarning Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida ot sporti turlari bo‘yicha turnirlarni tashkil qilish tashabbusini ilgari surish va ularda ishtirok etish, shu jumladan ularni respublikada o‘tkazish; Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlarini ot sporti turlari bo‘yicha respublika hamda xalqaro musobaqalar va turnirlar, shu jumladan Olimpiya va Osiyo o‘yinlariga keng jalb qilish; Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ot sporti turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ko‘rsatgan harbiy xizmatchi va xodimlarni rag‘batlantirish. ot sporti turlari bo‘yicha sport-ta’lim muassasalari faoliyatiga, milliy terma jamoalarni shakllantirishga malakali xorijiy trener, mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish; ot sportining olimpiya turlarini (uchkurash, to‘siqlardan sakrash/konkur, ot yo‘rttirish, zamonaviy beshkurash) ustuvor ravishda rivojlantirish bo‘yicha hududlar kesimida manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish; antidoping sohasida xalqaro tajribadan foydalangan holda, ot sporti turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar uchun takomillashtirilgan antidoping ta’lim dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va taqdim etish; har yili an’anaviy tarzda ot sportining ot yo‘rttirish turi bo‘yicha Toshkent viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida “Qarshi Open”, Toshkent shahrida “Millatlar kubogi” xalqaro turnirlarini tashkil etish; har yili an’anaviy tarzda zamonaviy beshkurash bo‘yicha Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, “Tashkent open”, “Central Asian Cup”, ushbu sport turining lazer-ran yo‘nalishi bo‘yicha “Central Asian Championship” xalqaro turnirlarini tashkil etish; har yili an’anaviy tarzda polo bo‘yicha Toshkent viloyatida “Amirsoy-Polo Cup”, Qashqadaryo viloyatida “Kok-Saray Cup”, Toshkent shahrida “Tashkent open” xalqaro turnirlarini tashkil etish; Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Osiyo ot sporti federatsiyasi hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ot sporti turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish; ot sporti turlari bo‘yicha jahon reytinglarida yetakchilik qilayotgan davlatlar bilan birgalikda mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, musobaqalar va turnirlarni o‘tkazish, tajriba almashish, boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish. ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali ot sporti turlarini keng targ‘ib qilish choralarini amalga oshirish; “O‘zbek yilqichiligi va ot sporti” ommabop jurnalini ta’sis etish; ot sporti turlariga bag‘ishlangan “Ot — er yigitning qanoti”, “Yurtimiz chavandozlari” kabi mavzularda turkum ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish; taniqli chavandozlar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va yoritib borish; sport jurnalistlarining ot sporti yutuqlari tahlil qilingan ko‘rsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish; mashhur chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar ishtirokida sport tadbirlarini, davra suhbatlarini o‘tkazish, yoshlar va barcha xohlovchilar uchun mahorat saboqlarini tashkil etish; ot sporti turlarini yanada ommalashtirish, taniqli chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar hayoti haqida hujjatli va badiiy videofilmlar yaratish; mamlakatimizda yilqichilik, naslchilik va ot sportini rivojlantirish, milliy merosimizning ajralmas qismi bo‘lgan Qorabayir zotli otlar haqida hujjatli film ishlab chiqish; umumxalq bayramlari va sayillari davomida ot sporti turlarini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish; o‘quvchi va talabalarning ot sporti turlariga qiziqishini oshirish, joylarda ot sporti xizmatlarini yo‘lga qo‘yish; ot turizmini rivojlantirish, ot sporti turlari bo‘yicha maktablar, klublarga turistlarni jalb qilish, ko‘rgazmali tadbirlarni amalga oshirish.
124
31,396
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) va tumanlararo bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 2-3a-ilovalarga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limlari, Majburiy ijro byurosi tuman va tumanlararo bo‘limlari xodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari 6 — 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) boshqaruv xodimlarining O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan cheklangan soni 3 542 nafar, shu jumladan markaziy apparatda 82 nafar etib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga: zarur hollarda Byuro va uning hududiy tuzilmalarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga o‘zgartishlar kiritish; Byuro va uning hududiy tuzilmalariga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklari kiritish huquqi berilsin. 3. Belgilansinki, Byuro: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi; o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdor hisoblanadi. Byuro direktori mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilsin. 4. Byuro O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning statistik axboroti yuborilishi shart bo‘lgan reyestrga kiritilsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: Byuroga tugatilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlardan ishga qabul qilingan xodimlarga darajali unvonlar berilishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan hal etiladi; darajali unvonga ega Byuro xodimlari prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi hamda ularga prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza qilish choralari tatbiq etiladi. 6. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan Byuro xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash taqiqlanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi: ikki hafta muddatda Byuroning shtat jadvallari hamda xarajatlar smetasini tasdiqlasin; 2017-yil 1-iyulga qadar o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarganligi uchun Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 8. Belgilab qo‘yilsinki, Byuroning buyurtmasiga asosan: “O‘zavtosanoat” AK O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan me’yorlarga muvofiq, xizmatda foydalanish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlaydi; “O‘zbekneftgaz” MXK “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan tartibda xizmat va maxsus avtotransport vositalari hamda generatorlar uchun kerakli hajmda benzin va dizel yoqilg‘isini ajratilishini ta’minlaydi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Byuro va uning hududiy tuzilmalarining mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rgansin hamda jihozlanishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblar asosida zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan hamkorlikda bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik tartibi to‘g‘risidagi nizomni; Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi: ikki oy muddatda Byuro xodimlarining xizmat kiyimi va farqlovchi belgilari namunalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritishni; uch oy muddatda Byuro va uning hududiy tuzilmalarini yuklatilgan vazifalarni yuqori va professional darajada bajarilishini ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan, shu jumladan, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK, shuningdek, tugatilayotgan Sud departamenti xodimlari tarkibidan to‘ldirilishini ta’minlasin. 14. Byuro Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xalqobod ko‘chasi, 3-tor ko‘chasi, 2-A uyda joylashtirilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Byuro hududiy tuzilmalarining to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash uchun joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 10-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Byuroning 2017-yildagi faoliyati samaradorligini o‘rgansin va zarurat tug‘ilganda, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin. 18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmalariga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Byuro O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) huzuridagi mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi. 3. Byuro o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi. 4. Byuro tizimiga: Byuroning markaziy apparati; Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari; Byuroning tuman (shahar) va tumanlararo bo‘limlarining bo‘limlari kiradi. 5. Byuro quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga, shuningdek, Bosh prokurorga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko‘rsatadi. 6. Byuro o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. 7. Byuro faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 8. Byuro yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 9. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi: sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash; ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini ta’minlash; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish. 10. Byuro o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash sohasida: sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlaydi, majburiy ijro etish qonun bilan boshqa davlat organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno; vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat daromadiga o‘tkazish yoki yo‘q qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi; xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta’minlashda, shu jumladan qarzdorlarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini qidirishda davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ushbu maqsadlarda ko‘rsatilgan davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi; qarzdor — jismoniy shaxslar va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirishni amalga oshiradi, bu maqsadlarda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi; o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi; aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonun va odil sudlovni hurmat qilish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini so‘zsiz va ixtiyoriy ravishda bajarish zaruriyatini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi; ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi, ularni o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi, ushbu maqsadlarda seminarlar, brifinglar, press-konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi; b) ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida: ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan ijro ishi yuritish taraflari, baholash tashkilotlari, ijro hujjatlar bo‘yicha mol-mulkni saqlash va sotish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, bank va boshqa kredit tashkilotlari, qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar (shaxslar) hamda majburiy ijro organi hisoblanmagan va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini ta’minlovchi tashkilot va mansabdor shaxslar, shuningdek qarzdorlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan huquqiy ta’sir choralarini amalga oshiruvchi tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, bartaraf etish, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash choralarini ko‘radi; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilmaslik holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishda ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; sud qarori yoki boshqa ijro hujjatlarini bajarmaslik, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, shuningdek voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashga, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklar bo‘yicha surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiradi; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritadi, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqadi va ma’muriy jazo qo‘llaydi; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qiladi, ularning hisobini olib boradi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish choralarini ko‘radi; Byuro vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazadi, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi; tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazish, protsessual qarorlar qabul qilish, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish amaliyotini o‘rganib boradi, ularning hisobini yuritadi va bu borada faoliyat samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi; v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini ta’minlash sohasida: ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritadi; Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasini yuritadi; ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi ishlashini ta’minlaydi; Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi ishlashini ta’minlaydi; qonun hujjatlari bilan belgilangan ro‘yxatga muvofiq yirik bitimlar, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlarini amalga oshirishda ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanmagan qarzdorlik mavjudligini onlayn rejimda tekshirish uchun (huquqiy ta’sir choralarini amalga oshirish uchun) davlat organlari va tashkilotlarining Byuro ma’lumotlar bazalariga ulanishini ta’minlaydi; Byuro organlari ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini ko‘rsatadi; elektron onlayn-auksionlar operatori bilan elektron hamkorlik qiladi hamda ijro harakatlarini olib borish davomida xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish taomiliga elektron tijoratni joriy etish bo‘yicha choralar ko‘radi; Byuro zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan va samarali bajarish maqsadida majburiy ijro organlari axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini takomillashtirish choralarini ko‘radi; Byuro organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish choralarini ko‘radi; axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazasini ishlatish, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida Byuro xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi; g) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida: sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish masalasida xorijiy davlatlar majburiy ijro organlari va boshqa vakolatli davlat organlari bilan xalqaro hamkorlik qiladi; xalqaro shartnomalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining sud qarorlari ijrosiga oid qismi hamda ijro hujjatlari bo‘yicha jismoniy shaxslar-qarzdorlarni qidirish qismi bajarilishini tashkil qiladi; xorijiy davlatlarning majburiy ijro organlari, boshqa vakolatli organlari hamda ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar bilan sud hujjatlarini ijro etishda o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish masalalarida, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bo‘yicha aktivlarni qaytarish masalalarida hamkorlik qiladi; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi; Byuro vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan, shuningdek Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qiladi; d) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish sohasida: sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi; ijro ishi yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi, o‘z vakolati doirasida ijro ishi yuritishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi; samarali ish uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va kasb mahoratini oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi; erishgan natijalarga qarab Byuro xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa xodimlari ishini reyting baholash tizimini joriy etadi; Byuro organlarida ichki xavfsizlikni ta’minlaydi, Byuro organlari xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, xizmatni o‘tash bilan bog‘liq xodimlar va ularning oila a’zolarining shaxsiy hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini tahdidlardan himoya qilish choralarini ko‘radi; ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi; Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha tizimli ish olib boradi, Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini (“komplaens-nazorat”) joriy etadi va ishlashini ta’minlaydi; davlat ijrochilari va boshqa xodimlar tomonidan Majburiy ijro organlarida xizmatni o‘tash qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlaydi. Byuro qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 11. Byuro o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish sohasida: davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek, fuqarolarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning ijro ishi yuritishga muvofiqligi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish; ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish; qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga, shu jumladan, turar joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish; o‘zga shaxslarda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, o‘zga shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish; o‘zga shaxslarda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, sud ajrimi asosida o‘zga shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish; qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qo‘yish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish; qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari hamda o‘zga qimmatliklarini xatlash; qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari bo‘yicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qo‘yish; olib qo‘yilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, xususiy mulkdagi binolardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transportidan mol-mulkni tashish uchun xarajatlarni qarzdor hisobiga kiritgan holda foydalanish; ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos bo‘lgan ijro hujjatidagi talablar noaniq bo‘lgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni so‘rab murojaat etish; ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirish; ijro yig‘imlarini, jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish; qarzdor jismoniy shaxsga, uning mol-mulkiga yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolaga nisbatan qidiruv e’lon qilish va uni amalga oshirish; ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha, shu jumladan, ijro usuli va tartibini o‘zgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish; ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining xodimlarini jalb qilish choralarini ko‘rish; ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga ko‘ra ixtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan qarzdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish, shuningdek, sud hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish; qonunda belgilangan hollarda va tartibda mol-mulkni baholash; mol-mulkni baholash uchun baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan shaxsni jalb etish; qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash; Byuro vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazish, shuningdek, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish. 12. Byuro sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlash, shuningdek yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali bajarish uchun javobgardir. 13. Byuroga Bosh prokurorning taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. 14. Byuro direktori: Byuro direktorining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan lavozimiga tayinlanadigan uchta o‘rinbosarlarga, shu jumladan, birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi; maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha Bosh prokurorning o‘rinbosariga tenglashtiriladi; lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi; o‘zining faoliyati bo‘yicha Bosh prokurorga bo‘ysunadi va unga hisobdordir. 15. Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Byuro direktori: a) Byuro faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; b) Byuro xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi; v) Byuro hududiy tuzilmalari boshliqlarining hisobotlarini eshitadi; g) Bosh prokurorga quyidagilarni kiritadi (taqdim etadi): Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini; Byuro va uning hududiy tuzilmalarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi takliflarni; ushbu Nizomning 19-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnomalarni; Byuroning tegishli xodimlariga darajali unvonlarni berish bo‘yicha takliflarni; Byuro xodimlarini rag‘batlantirish, ularni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni; Byuro faoliyati natijalari haqidagi hisobotni; d) Byuro va uning hududiy tuzilmalarining shtatlar jadvalini, Byuro markaziy apparati boshqarmalari va bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi; e) o‘z vakolatlari doirasida Byuro faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha barcha xodimlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar va farmoyishlar chiqaradi; j) ajratilgan mablag‘lar doirasida Byuro xodimlariga ustama haqi, mukofotlar va boshqa rag‘batlantirishlar to‘lash tartibi va shartlarini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi; z) Byuroga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; k) Byuroning kuch va vositalari samarali taqsimlanishini, shu jumladan, muayyan funksiyalarni bajaradigan xodimlarning Byuroga yuklatilgan boshqa ishlarga jalb etilishini tashkil etadi; l) Byuro faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi; m) qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 151. Byuro direktori tashabbuskor va malakali mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat yuritadigan, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar mutaxassislaridan iborat boshqa belgilangan to‘lovlardan tashqari Byuroning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qo‘shimcha ravishda har oylik mehnat haqi fondining (pul ta’minotining) ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda haq to‘lanadigan ekspert-tahlil guruhlarini tuzishga haqli. 16. Byuro direktori bo‘lmagan hollarda uning vakolatlarini Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan uning o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi. 17. Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari hisoblanadi. 18. Byuroning tuman (shahar), tumanlararo bo‘limlari boshliqlari katta davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari tegishincha katta davlat ijrochilari o‘rinbosarlari hisoblanadi. 19. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish: Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari (bosh inspektorlar bundan mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi; Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari Bosh prokuratura bilan kelishilgan holda Byuro direktori tomonidan amalga oshiriladi; Byuro markaziy apparatining boshqa xodimlari, hududiy boshqarmalarning tarkibiy tarmoqlari, tuman (shahar) va tumanlararo bo‘limlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan amalga oshiriladi; Byuroning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari Byuro direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi; Byuroning hududiy tuzilmalarining boshqa xodimlari hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. 20. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari hamda ularning o‘rinbosarlari, tuman (shahar) katta davlat ijrochilari, shuningdek, Byuroning surishtiruv va ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida surishtiruv organi boshliqlari huquqlariga ega bo‘ladi. 21. Byuroning markaziy apparati va hududiy tuzilmalarning (moliya-xo‘jalik tuzilmalari bundan mustasno) xodimlari o‘z maqomiga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi. Maqomiga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari hisoblangan xodimlarga darajali unvonlar beriladi va ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xizmatni o‘taydilar. 22. Byuroning daraja unvonlariga ega bo‘lgan, xodimlari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunadagi tegishli xizmat kiyimi va alohida ko‘rinishdagi belgilarni kiyadilar. Xizmat kiyimi bilan ta’minlash me’yorlari Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi. Xizmat kiyimlari bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 23. Byuro xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari uchun maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan, Byuroga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, bo‘yoqlarning rangli grafik sxemalariga ega bo‘lgan avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlanadi. Maxsus avtotransport va maxsus vositalar bilan ta’minlash me’yorlari Bosh prokuror tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 24. Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, Jamg‘arma mablag‘lari, shuningdek, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 25. Byuro talabnomalari, ko‘rsatmalari, taqdimnomalari va boshqa hujjatlarining ijrosini bajarmaslik, shuningdek, Byuro faoliyatiga aralashish hamda yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni qonuniy ijro etilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida uning xodimlariga har qanday shaklda ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi va qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. 26. Byuroni qayta tashkil etish yoki tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — Byuro) xizmatga qabul qilish va xizmatni o‘tash, xodimlarga darajali unvonlar berish va ulardan mahrum qilish, rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom talablari Byuroning darajali unvonlar berilishi nazarda tutilgan lavozimlarda xizmat qilayotgan xodimlariga (keyingi o‘rinlarda xodimlar deb yuritiladi) tatbiq etiladi. 3. Byuroda xizmatni o‘tashning huquqiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) va Byuro direktorining buyruqlari tashkil qiladi. 4. Byuroda xizmat qilish qonuniylik, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish hamda ularga rioya etish, ochiqlik, nazorat qilinish va hisobot berish tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. 5. Xodimlar prokuratura organlarining o‘quv muassasalari va boshqa o‘quv muassasalarida Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik va malaka oshirishni o‘taydilar. 6. Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot, va boshqa sohalarda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, sog‘lig‘iga ko‘ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, zarur kasb-kor va ma’naviy fazilatlarga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar. Bunda Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi. Yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni davlat ijrochisi lavozimiga xizmatga qabul qilish, alohida hollarda Byuro direktorining yozma ruxsati va Byuroning markaziy apparatida tuzilgan maxsus komissiyaning nomzodni davlat ijrochisi xizmat vazifalarini bajarishga malakasi, kasb mahorati va ish tajribasi muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida ruxsat etiladi. Ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan tartib tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va ma’muriy amaliyot faoliyati bilan shug‘ullanadigan Byuro tuzilmalarida xizmatni o‘tash uchun nomzodlarga ham tatbiq etiladi. Byuro organlarida lavozimlarni (shu jumladan rahbar lavozimlarni) egallash uchun mutaxassislik, ma’lumot darajasi va minimal ish tajribaga qo‘yiladigan talablar Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi. 7. Byuroga xizmatga qabul qilish, tarkibi Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan konkurs komissiyasi tomonidan nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish, shu jumladan bilim darajasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan konkurs asosida amalga oshiriladi. Byuroga xizmatga qabul qilishda zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon berishini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 8. Xodimlarni xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Byuro direktori yoki Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boshliqlarining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi. Xizmatga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq xodimga imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi. 9. Agar shaxs: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa; sudning qarori bilan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan bo‘lsa; sudlangan bo‘lsa; nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etganligi uchun huquqni muhofaza qiluvchi, sud yoki boshqa davlat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan bo‘shatilgan shaxslar bo‘lsa, Byuroga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas. Byuroga xizmatga qabul qilinganda xodimlar o‘z xizmat davrida siyosiy partiyalarga a’zolikni to‘xtatib turadilar. 10. O‘zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda bo‘lgan Byuro xodimlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, birgalikda xizmat qilishlari taqiqlanadi. 11. Xodimlar ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan faoliyatning biror-bir turi bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Ular bunday faoliyat bilan faqat asosiy ish vaqtidan bo‘sh paytda shug‘ullanishlari mumkin. 12. Xodimlarning lavozimlari ro‘yxati Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi. Byuro faoliyatining ichki tizimini tashkil etish tegishlicha Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan Reglament hamda hududiy boshqarmalarning Namunaviy reglamenti bilan belgilanadi. 13. Xodim birinchi marotaba xizmatga qabul qilinayotganda prokuratura xodimlarining qasamyodini qabul qiladi. Qasamyod Byuroning rahbarlari hozirligida tantanali vaziyatda qabul qilinadi. Qasamyod yakka tartibda qabul qilinadi. Qasamyod qabul qiluvchi shaxs qasamyod matnini ovoz chiqarib o‘qiydi va unga imzo chekadi. Imzolangan qasamyod matni varag‘i xodimning shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi. 131. Davlat ijrochisi lavozimiga ilk bor yoki davlat ijrochisi maqomidagi boshqa lavozimga (bosh davlat ijrochisi yoki uning o‘rinbosari lavozimi bundan mustasno) tayinlanayotgan shaxs (Byuro organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bundan mustasno) ishlashiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida maxsus o‘quv kursini o‘taganidan keyin ruxsat beriladi. 14. Xodimlar xizmatni o‘tash davrida Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadigan prokuratura organlari xodimlarining kasb odobnomasiga rioya qilishlari shart. Prokuratura organlari xodimlarining kasb odobnomasi talablarini buzish belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi. Mazkur qoidalar buzilishining har bir holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. Xizmat tekshiruvni o‘tkazish davrida Byuro xodimi vaqtinchalik, lekin bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish va Byuro xodimini vaqtinchalik xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi. 15. Xodimlarining xizmat pog‘onalarida yuqorilab borishi ularning ishchanlik, professional va shaxsiy sifatlari, topshirilgan sohada erishgan natijalariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bunda xodimning yuqori lavozimga tayinlanishga roziligi talab qilinmaydi. 16. Korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklarning profilaktikasi va ularga yo‘l qo‘ymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini, uning faoliyati samaradorligini muntazam o‘rganish, shuningdek Byuro faoliyatining turli yo‘nalishlarida malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida xodimlarning rotatsiyasi o‘tkaziladi. Byuro xodimlarining rotatsiyasi, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil o‘tishi bilan o‘tkaziladi. Xodimlarni rotatsiya qilish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi. 17. Byuro xodimlariga Bosh prokuror tomonidan belgilangan shaklda va tartibda xizmat guvohnomalari beriladi. Byuro direktori xizmat guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzosi qo‘yilgan holda beriladi. Byuroning Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadigan xodimlariga xizmat guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) tomonidan beriladi. Guvohnoma Byuro xodimining aybi bilan yo‘qotilishi lavozimdagi nojo‘ya xatti-harakat hisoblanadi va intizomiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Guvohnoma yo‘qotilishining har bir holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. 18. Xodimlarni egallab turgan lavozimlariga xizmat bo‘yicha muvofiqligini aniqlash maqsadida Byuro direktori tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda attestatsiya o‘tkaziladi. Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi tomonidan, lavozimiga Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar esa — tegishlicha Byuro va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi. 19. Darajali unvonga ega bo‘lgan xodimlar xizmat vazifalarini bajarish davrida prokuratura organlari xodimlari uchun tasdiqlangan namunadagi alohida belgili xizmat kiyimi kiyib yuradilar. Darajali unvonga ega bo‘lgan xodimlar bepul xizmat kiyimi bilan ta’minlanadi. Xodimlarning xizmat kiyimini kiyib yurish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi. Darajali unvonlarga ega bo‘lib, pensiyaga chiqishi munosabati bilan xizmatdan bo‘shagan xodimlar o‘tkaziladigan tantanalar va rasmiy tadbirlarda alohida belgili xizmat kiyimini kiyib yurish huquqini saqlab qoladi. Xizmat kiyimi bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 20. Darajali unvonlar berish xodimlarning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda hamda egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq izchil tartibda amalga oshiriladi. 21. Xodimlarga quyidagi darajali unvonlar beriladi: 3-darajali yurist; 2-darajali yurist; 1-darajali yurist; adliya kichik maslahatchisi; adliya maslahatchisi; adliya katta maslahatchisi; 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi; 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi; O‘rta maxsus ma’lumotga ega xodimlarga 3, 2 va 1-darajali yurist darajali unvonlari beriladi. 22. Xodimlarga egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda quyidagi darajali unvonlar beriladi: 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori; 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori o‘rinbosarlari; adliya katta maslahatchisi — Byuro markaziy apparati boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Byuroning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi direktori (keyingi o‘rinlarda — Markaz), Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari; adliya maslahatchisi — Byuro direktori yordamchisi, boshqarma va bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari, Byuroning markaziy apparati bosh surishtiruvchisi, bosh taftishchisi, bosh inspektorlari, Markaz direktori o‘rinbosari, bo‘lim boshliqlari, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, Byuro hududiy boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektorlari, ichki xavfsizlikni ta’minlash sho‘basi katta inspektorlari, Byuro tuman (shahar) va tumanlararo bo‘lim boshliqlari — katta davlat ijrochilari; adliya kichik maslahatchisi — Byuro markaziy apparati katta surishtiruvchilari, katta inspektorlari, Markaz dasturchilari, ma’murlari, muhandislari, sho‘ba mudirlari, axborot texnologiyalari mutaxassisi, Byuro hududiy boshqarmalarining katta surishtiruvchilari, surishtiruvchilari, katta inspektorlari, inspektorlari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari, axborot texnologiyalari mutaxassislari, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari; 1 va 2-darajali yurist — Byuro tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijrochilari, surishtiruvchilari, qidiruv bo‘yicha katta inspektorlari, murojaatlar bilan ishlash katta inspektorlari; 3-darajali yurist — birinchi marta attestatsiyadan o‘tgan va lavozimga tayinlangan xodimlarga beriladi. Ushbu Nizomning 67-bandida sanab o‘tilgan xodimlarga lavozimidan qat’i nazar, darajali unvonlar o‘z vaqtida beriladi. 23. Har bir darajali unvonda bo‘lishning quyidagi muddatlari belgilanadi: 3-darajali yurist — 2 yil; 2-darajali yurist — 2 yil 6 oy; 1-darajali yurist — 3 yil; adliya kichik maslahatchisi — 3 yil; adliya maslahatchisi — 3 yil 6 oy; 2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi hamda adliya katta maslahatchisi darajali unvonlarda bo‘lishning muddatlari belgilanmaydi. 24. 2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi darajali unvonlari Bosh prokurorning taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Boshqa darajali unvonlar Byuro direktorining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan beriladi; 3-darajali yurist unvoni birinchi marta Byuroga xizmatga qabul qilingan va darajali unvonga ega bo‘lmagan xodimlarga attestatsiyadan o‘tganidan so‘ng beriladi. 25. Navbatdagi adliya katta maslahatchisi darajali unvoni, qoidaga ko‘ra, prokuratura organlari va boshqa davlat organlarining o‘quv muassasalarini rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turuvchi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha yoki magistraturasini bo‘yicha muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlariga beriladi. Adliya katta maslahatchisining darajali unvoni, istisno tariqasida fidokorona mehnati va namuna ko‘rsatgan xodimlariga alohida xizmatlari uchun ham berilishi mumkin. 26. Boshqa huquqni muhofaza qilish organlaridan va o‘zga tashkilotlardan Byuroga xizmatga o‘tgan xodimlarga darajali unvonlar ularning Byuroda tayinlangan lavozimi, oldingi darajali unvoni yoki ish tajribasi hisobga olingan holda beriladi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno. Ularga navbatdagi darajali unvon ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda beriladi. 27. Bosh prokuror va Byuro direktori, istisno tariqasida, quyidagi huquqlarga ega: alohida hollarda xodimlariga xizmat majburiyatlarini namunali bajarganligi uchun navbatdagi darajali unvonlarni belgilangan muddatidan avval berish; yuqoriroq lavozimga tayinlaganda darajali unvonni navbatdan tashqari, lekin xodim egallab turgan darajali unvondan ko‘pi bilan ikki pog‘ona yuqori darajali unvon berish. ushbu Nizomda belgilangan tartibda darajali unvonlar berilishi nazarda tutilmagan lavozimlarda ishlayotgan xodimlarga ishda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun darajali unvonlar berish. 28. Darajali unvonlar berilgan xodimlar mazkur unvonga umrbod ega bo‘lib qoladilar. Xodim o‘zini badnom qiladigan qilmishi uchun Byurodan bo‘shatilganda darajali unvondan mahrum etilishi mumkin. Xodim o‘z xizmat burchini qo‘pol ravishda buzgan taqdirda yoki noloyiq xulq-atvori uchun uning unvoni pasaytirilishi mumkin. 29. Xodimlarni oliy darajali unvonlardan mahrum etish yoki ularning oliy darajali unvonlarini pasaytirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa darajali unvonlardan mahrum etish yoki unvonni pasaytirish Bosh prokuror, shuningdek vakolat doirasida Byuro direktori tomonidan amalga oshiriladi. Xodimlarni darajali unvonlardan mahrum etish sudning hukmi bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin. 30. Darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga lavozim maoshlariga oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi. 31. Xodimlar xizmatdagi tashabbuskorligi, tezkorligi, xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganliklari uchun rag‘batlantiriladilar. 32. Rag‘batlantirishning quyidagi turlari mavjud: tashakkurnoma; pul mukofoti; ilgari berilgan intizomiy jazoni amal qilish muddati tugashidan avval olib tashlash; faxriy yorliq; sovg‘a qimmatbaho sovg‘a; navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni belgilangan muddat tugagunga qadar yoxud egallab turgan lavozimidan qat’i nazar berish; I, II, III-darajali “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash; “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash. Xodimlar, shuningdek: Bosh prokuror hamda davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorlig‘i; tegishlicha Bosh prokuror, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan prokuratura organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan rag‘batlantirish turlari bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Xodimlar alohida xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi. 33. Intizomiy jazosi bo‘lgan xodimlar faqat berilgan intizomiy jazoni olib tashlash tariqasida rag‘batlantirilishlari mumkin. 34. Rag‘batlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: tashakkurnoma e’lon qilish, pul mukofoti yoki sovg‘a bilan taqdirlash, muqaddam berilgan intizomiy jazoni amal qilish muddatidan avval olib tashlash tegishlicha Bosh prokuror, Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi; Qimmatbaho sovg‘a, Faxriy yorliq bilan taqdirlash, navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni belgilangan muddatdan oldin yoxud egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar berish, “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi”, I, II, III darajali “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi. 35. Rag‘batlantirish haqida buyruq chiqarilib, xodim ishlayotgan Byuro tuzilmasi xodimlariga e’lon qilinadi, zarur hollarda esa barcha xodimlar e’tiboriga yetkaziladi. Rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq nusxasi xodimning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga qo‘shiladi. 36. Xodimlarga nisbatan intizomiy jazolar o‘z xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, Byuro xodimi degan nomga dog‘ tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun qo‘llaniladi. 37. Quyidagilar intizomiy jazolar hisoblanadi: hayfsan; o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdordagi jarima; lavozimda pasaytirish; darajali unvonni bir pog‘onaga pasaytirish; xizmat vazifalarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun xizmatdan bo‘shatish. Quyidagilar xizmat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi: uzrli sabablarsiz progul qilish (shu jumladan, ish kuni mobaynida uch soatdan ortiq xizmatda bo‘lmaslik); xizmatga mast holda kelish, shuningdek ish joyida spirtli ichimliklar iste’mol qilish; jinoiy jazolanadigan qilmish yoki nojo‘ya xatti-harakat sodir etish; qasamyodni buzish. 38. Bosh prokuror barcha intizomiy jazo turlarini qo‘llashga haqlidir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan darajali unvonlarda pasaytirish bundan mustasno. Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari bo‘ysunuvidagi xodimlarga nisbatan hayfsan va jarima shaklidagi intizomiy jazolarni qo‘llashlari mumkin. Bundan tashqari, ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardagi kelishish tartibiga rioya qilgan holda xizmatga qabul qilish va lavozimiga tayinlash o‘z vakolatiga kiruvchi xodimlarning lavozimini pasaytirishi yoxud xizmatdan bo‘shatishi mumkin. 39. Intizomiy jazo qo‘llash masalasini hal etayotgan rahbar sodir etilgan xatti-harakatni shaxsan o‘zi o‘rganib chiqishi shart. Zarur hollarda, xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin. Intizomiy jazo qo‘llashdan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilib olinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning sodir qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi. Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin. Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmagan holda uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi. Nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o‘tganidan, xizmat tekshiruvi natijasida aniqlanganda esa, — sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tganidan keyin jazo qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki tergov va sud davri bu muddatga kirmaydi. Intizomiy jazo buyruq bilan beriladi va u xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi hamda uning shaxsiy yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi. Intizomiy jazo qo‘llash haqidagi buyruq tegishli tuzilma xodimlariga, zarur hollarda esa Byuroning barcha xodimlariga ham e’lon qilinishi mumkin. Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlangan xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda, intizomiy jazo qo‘llash haqidagi buyruq nusxasi Bosh prokuraturaga yuboriladi. 40. Bosh prokuror, shuningdek, o‘z vakolati doirasida Byuro direktori intizomiy jazoni bekor qilish, qattiqroq intizomiy jazo qo‘llash yoki uni yengillashtirish huquqiga egadirlar. Agar intizomiy jazo sifatida xizmatdan asossiz bo‘shatish qo‘llanilgan bo‘lsa, Bosh prokuror yoki Byuro direktori xizmatdan bo‘shatishni asossiz deb topib, xodimni ilgarigi lavozimiga tiklash yoki unga teng boshqa lavozimga tayinlash va majburiy progul vaqti uchun, biroq ko‘pi bilan bir yildan ortiq bo‘lmagan davrga haq to‘lanishi to‘g‘risida buyruq chiqaradilar. 41. Xodim intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida qayta intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Qo‘llanilgan intizomiy jazo bu haqdagi buyruq qabul qilingan kundan kamida olti oy o‘tgach, ushbu jazoni qo‘llagan rahbar, Byuro direktori yoki Bosh prokuror tomonidan, xodim o‘z xizmat vazifasini vijdonan bajarib, xizmatda o‘rnak ko‘rsatsa, muddatidan ilgari olib tashlanishi mumkin. 42. Intizomiy jazo mavjudligi xodimning lavozim bo‘yicha yuqori ko‘tarilishiga yoki unga darajali unvon berilishiga, shuningdek, rahbarlik lavozimlari uchun zaxiraga kiritilishiga (bo‘lishiga) to‘sqinlik qiluvchi holat hisoblanadi. 43. Intizomiy jazoni qo‘llash borasida vakolat doirasidan chetga chiqqan yoki lozim bo‘lgan hollarda jazo qo‘llamagan Byuro direktori va hududiy boshqarmalar boshliqlari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 44. Xodim qo‘llanilgan intizomiy jazo ustidan Bosh prokurorga yoki Byuro direktoriga buyruq e’lon qilingandan keyin ikki haftalik muddatda shikoyat qilishi mumkin. Shikoyat kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun muddatda, qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda esa bir oydan kechikmay ko‘rib chiqiladi. Shikoyat bilan murojaat qilinishi intizomiy jazo ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi. 45. Xodimlar davlat himoyasida bo‘ladi. Xizmat vazifasini bajarish vaqtida xodimni ushlab turishga, shaxsiy tintuv o‘tkazishga, uning narsalarini va foydalanayotgan transportini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Xodimlarga, shuningdek xizmatdan bo‘shatilgan shaxslarga nisbatan ularning Byuroda xizmat vazifalarini bajarish jarayonida sodir etgan qilmishlari uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi Bosh prokuror, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 46. Byuroda kadrlar zaxirasi shakllantiriladi. Kadrlar zaxirasini shakllantirishdan asosiy maqsad Byuroga zarur kasbiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslarning xizmatga qabul qilinishi, rahbarlik lavozimlariga yuklatilgan vazifalarni professional va samarali amalga oshirish uchun boshqaruvchilik qobiliyatiga ega xodimlar taqdim etilishini ta’minlash, shuningdek ularni tarbiyalash, o‘qitish va joy-joyiga qo‘yishdan iborat. Kadrlar zaxirasini shakllantirish va u bilan ishlash kollegiallik va xolislik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi. 47. Quyidagilar kadrlar zaxirasini shakllantirish va u bilan ishlash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi: Byuroga ushbu Nizom bilan belgilangan talablarga javob beradigan shaxslarni xizmatga qabul qilish; xodimlarning nazariy bilimlari, amaliy va axborot-tahlil ko‘nikmalarini yuksaltirish, ishchanlik va professional sifatlarini takomillashtirish, ularni yuridik, moliya, iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi, texnikaviy ta’lim, tezkor-qidiruv faoliyati va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy yutuqlari bilan tanishtirish; yuqori lavozimlar uchun mas’uliyatli, malakali hamda kasbiy tayyorgarlikka ega xodimlarni tanlab olish va ularni kadrlar zaxirasiga kiritish; kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarni qayta tayyorlash va tarbiyalash, shuningdek ularda boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakllantirish; xodimlarning xizmat pog‘onalarida yuqorilab borishini tizimli rejalashtirish va tashkil etish. Byuro tizimidagi yuqori lavozimlarga, qoida tariqasida, kadrlar zaxirasida turgan xodimlar tayinlanadi. 48. Rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish uchun mezon bo‘lib, Byuro tizimidagi rahbarlik lavozimlarida yuklatilgan vazifalarni bajara olish uchun zarur ko‘nikma va sifatlarga egaligi hisoblanadi. Bunda Byuro direktori o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari rahbarlari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan, keng dunyoqarashga, nazariy bilimga, ijobiy shaxsiy va ishchanlik sifatlariga, turli lavozimlarda amaliy ish tajribasiga, tashkiliy-tahliliy qobiliyatga, qat’iyatlilik, prinsipiallik va mas’ullik hissiga ega xodimlar kiritiladi. 49. Kadrlar zaxirasiga nomzodlar Byuro direktori, uning o‘rinbosarlari, Byuro markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari, shuningdek prokuratura organlari, Byuro attestatsiya komissiyalari tomonidan taqdim etiladi. Mas’uliyatli, malakali va tajribali xodimlarning xizmat pog‘onasida yuqorilab borishini ta’minlash maqsadida Byuroning kadrlar boshqarmasi tomonidan ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari va Byuroning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda kadrlar zaxirasiga nomzodlarni xolisona tanlash, ularni o‘rganish hamda kasbga tizimli ravishda tayyorlash amalga oshiriladi. 50. Kadrlar zaxirasi bilan ishlash tizimli asosda, mavjud vakansiyalardan qat’i nazar olib boriladi. Rahbarlik lavozimlariga zaxira tarkibi yiliga kamida bir marotaba shakllantiriladi. Byuro va uning hududiy boshqarmalarining rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasi tegishlicha Byuro va uning hududiy boshqarmalarining hay’atlarida tasdiqlanadi. 51. Kadrlar zaxirasini shakllantirishga mas’ul bo‘lgan shaxslar kadrlar zaxirasiga nomzodlarni taqdim etish bo‘yicha ishlarning to‘g‘ri tashkillashtirilishi va uning xolisona shakllantirilishi uchun to‘liq javobgardirlar. 52. Kadrlar zaxirasini shakllantirish va u bilan ishlash ushbu Nizom va Bosh prokurorning buyruqlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 53. Xizmat vazifalarini bajarishda Byuro xodimlari xizmat, shu jumladan maxsus avtotransport hamda maxsus vositalar bilan ta’minlanadilar. Xizmat, shu jumladan, maxsus avtotransport va maxsus vositalar bilan ta’minlash me’yorlari Bosh prokuror tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 54. Xodimlarning pul ta’minoti mansab maoshi, darajali unvon uchun har oylik qo‘shimcha to‘lovlar, ko‘p yillik xizmat uchun to‘lanadigan ustamalardan hamda qonunchilik va idoraviy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat. Ko‘p yillik xizmati uchun ustamani hisoblash huquqini beruvchi maxsus staj Bosh prokurorning buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining darajali unvonga ega bo‘lgan xodimlarga ko‘p yillik xizmati uchun ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan qoidalar bo‘yicha hisoblab chiqariladi. 55. Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 56. Xodimlarga davomiyligi o‘ttiz kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. O‘n yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga davomiyligi besh kalendar kun, o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga davomiyligi o‘n kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga esa davomiyligi o‘n besh kalendar kun haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. Xodimlarni navbatdagi yillik ta’tildan chaqirib olishga xizmat bo‘yicha o‘ta zarur hollarda xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi keyingi vaqtga o‘tkaziladi. Xodimlar soni yoki shtati qisqarganligi munosabati bilan (tashkiliy-shtat tadbirlari), kasalligi tufayli yoki pensiyaga chiqishi sababli ishdan bo‘shatilgan xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra, haq to‘lanadigan navbatdagi yillik mehnat ta’tili beriladi, undan foydalanilmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq pullik kompensatsiya to‘lanadi. Xizmat o‘tashni tugatgan xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi. 57. Xodimlarga oilaviy sharoit, shuningdek, boshqa uzrli sabablarga ko‘ra ish haqi saqlanmagan holda, navbatdagi yillik ta’til hisobiga kirmaydigan, qisqa muddatli ta’til berilishi mumkin. 58. Yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga belgilangan tartibda ijtimoiy-moddiy yordam beriladi. 59. Xodimlarning pensiya ta’minoti qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 60. Xodimlar va ularning oila a’zolari, shuningdek, pensiyaga chiqishi munosabati bilan xizmatdan bo‘shatilgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiy muassasalarida tibbiy xizmatdan bepul foydalanish huquqiga ega. 61. Xodimlar xizmat safarlariga yuborilganida barcha turdagi transport vositalariga yo‘l chiptalari hamda mehmonxonada joylarni band qilish va navbatsiz olish huquqidan foydalanadilar. 62. Xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ining majburiy davlat sug‘urtasi, belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 63. Byuroda xizmatni o‘tash xodim ishdan bo‘shatilganda tugatiladi. Xizmatni o‘tash: Bosh prokuror, Byuro direktori va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan. xodimning tashabbusi bilan; taraflarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan hollarda tugatiladi. Bosh prokuror, Byuro direktori va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan xizmat o‘tashni tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: xizmatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar (shtatlar) sonining qisqarishi yoki xizmat xususiyatining o‘zgarishi; xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiqligi sababli; xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini muntazam ravishda buzilishi. Xizmat vazifalarini muntazam ravishda buzish deb xodim ilgari sodir etgan xizmat vazifalarining buzganligi uchun intizomiy jazoga tortilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida intizomiy qoidabuzarlikni takroran sodir etishi hisoblanadi (agar jazo muddatidan ilgari olib tashlangan bo‘lmasa); xodim tomonidan xizmat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzish; ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan faoliyatni xodimga ogohlantirish qilinganidan keyin ham davom ettirishi; xodimning Byuroda xizmatda bo‘lishining eng yuqori yoshiga yetishi; xodimning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishi; xodimning sha’ni va obro‘siga putur yetkazuvchi nomunosib yoxud nojo‘ya xatti-harakat sodir etishi. Xizmatni o‘tashni taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishiga quyidagilar asos bo‘ladi: xodimning boshqa ishga, shu jumladan saylab qo‘yiladigan lavozimga o‘tishi; xodim harbiy xizmatga chaqirilishi; shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning xizmatga tiklanishi; xodimning vafot etishi, uni bedarak yo‘qolgan deb topilishi yoki vafot etgan deb e’lon qilinishi; qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlar. 64. Xodimlarning xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi erkaklar uchun 60 va ayollar uchun 55 yosh etib belgilanadi. Xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan, yuqori kasbiy tayyorgarlik va egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasiga ega, zimmasiga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon beradigan xodim o‘z vakolatlari doirasida Bosh prokuror yoki Byuro direktorining roziligi bilan Byuroda xizmatni davom ettirishi mumkin. 65. Xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilinganda oxirgi xizmat joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda kadrlar tarmoqlari ixtiyorida qoladi. Uni kelgusida lavozimga tayinlash yoki bo‘shatish masalasi, egallab turgan lavozimdan ozod qil
114
63,720
Qonunchilik
AFG‘ONISTONDAGI VOQEALAR MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING BAYoNOTI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Afg‘onistondagi voqealar munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bayonoti qabul qilinsin (ilova qilinadi). Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat g‘oyat keskinlashganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi chuqur tashvishda ekanligini izhor etadi. Mamlakatimiz chegaralarining shundoqqina yaqinida bugungi kunda ro‘y berayotgan voqealar qo‘shni Afg‘onistondagi birodarkushlik urushining yanada keskinlashuviga, xunrezlikka olib borishi mumkin. To‘xtovsiz davom etayotgan urush mintaqadagi barqarorlikkagina emas, balki umuman qit’adagi xavfsizlikka tahdid etmoqda. Busiz ham qaltis vaziyatni yanada keskinlashtirayotgan hamda harbiy qarama-qarshilikni kuchaytirayotgan tashqi kuchlarning aralashuvi tobora zo‘rayib borayotganligi katta tashvish uyg‘otmoqda. O‘zbekiston hamisha Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etishning eng izchil tarafdorlaridan biri bo‘lib kelgan va hozir ham ana shunday bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaradosh mamlakatlar tariqasida tarixan hamisha tinch hamsoya bo‘lib, bizning munosabatlarimiz yaxshi qo‘shnichilik, hurmat va o‘zaro manfaat asosiga qurilgan. Qo‘shni davlatdagi tinchlik va totuvlik, chegaralarimizdagi barqarorlik O‘zbekistondagi amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishning hamda xalqimizni urush keltirishi mumkin bo‘lgan qashshoqlik va kulfatlardan saqlashning muhim shartidir. O‘zbekiston o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqib va o‘zining bevosita janubiy sarhadlarida kuchayib borayotgan tahdidni e’tiborga olib, xavfsizlikni ta’minlash va o‘z chegaralarini mustahkamlash yuzasidan zarur choralar ko‘rmoqda. Oliy Majlis Afg‘onistondagi tanglikni tinch yo‘l bilan bartaraf etish yuzasidan avval O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. BMT va xalqaro hamjamiyatning eng faol yordamidagina bu davlatda uzoq muddatli va puxta tinchlikka erishish mumkin. Quyidagi shartlarni ta’minlash g‘oyat muhimdir: Birinchidan. Barcha jangovar harakatlarni darhol to‘xtatish. Ikkinchidan. Bu mamlakatga qurol-yarog‘ yetkazib berishga embargo joriy etish. Uchinchidan. Tashqaridan bo‘ladigan aralashishlarni to‘xtatish. To‘rtinchidan. Etnik guruhlar va siyosiy oqimlar keng vakilligi ishtirokida koalitsion hukumat tuzish. Beshinchidan. Tinchlikni ta’minlash jarayonida barcha manfaatdor mamlakatlar, eng avvalo Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarning faol ishtiroki. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida tuzilgan “6+2” muloqot guruhiga Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etishga hamkorlik qilishning muhim xalqaro mexanizmi tariqasida qarash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xunrezlikka barham berish hamda Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etish yo‘llarini qidirish yuzasidan g‘oyat shoshilinch choralar ko‘rish chaqirig‘i bilan BMT va jahon hamjamiyatiga murojaat etadi. 19 yildan beri davom etayotgan fuqarolar urushi Afg‘onistonni xalqaro terrorizm va narkobiznesning, diniy fanatizm va ekstremizm tahdidining xatarli manbaiga aylantirayotganligiga xalqaro jamoatchilik kun sayin ishonch hosil qilmoqda. Oliy Majlis BMT Afg‘onistondagi jangovar harakatlarni darhol to‘xtatish uchun o‘z obro‘-e’tiborini va ta’sir kuchini ishga soladi deb ishonch bildiradi.
104
3,417
Qonunchilik
“FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2000-yilning 1-sentabridan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, qonun hujjatlari “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanilaveradi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
124
799
Qonunchilik
Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida aholi uy-joylarini qurish va ta’mirlash, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hududidagi “Sardoba suv ombori” to‘g‘onida yuz bergan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish, avariya-tiklash, aholi punktlari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarida qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borish, zarar ko‘rgan aholiga har tomonlama tezkor amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba suv ombori” to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 1-maydagi F-5569-son farmoyishiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning joriy yil 15-may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga muvofiq quyidagilar: uy-joyi buzilgan yoki yashab bo‘lmaydigan holatga kelgan oilalar uchun 2020-2021-yillar davomida ko‘p kvartirali uy-joylar (keyingi o‘rinlarda — ko‘p kvartirali uy-joylar) qurish hamda favqulodda hodisa oqibatida uy-joyiga ziyon yetib, unda yashash imkoniyati bo‘lgan oilalarning uy-joyini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash nazarda tutilganligi; ko‘p kvartirali uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari, muhandislik-transport kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari, shuningdek, suv toshqini oqibatida izdan chiqqan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini tiklash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 1,5 trln so‘m miqdorida mablag‘ ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Sirdaryo viloyati “Sardoba suv ombori” to‘g‘onidan suv toshishi natijasida zarar ko‘rgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi quyidagi uy-joylar, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashning manzilli dasturlari: Uy-joyi buzilgan yoki yashab bo‘lmaydigan holatga kelgan oilalar uchun 2020-2021-yillar davomida ko‘p kvartirali uy-joylar qurish parametrlari 1-ilovaga muvofiq; Umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq; Maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq; Tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash manzilli dasturi 4-ilovaga muvofiq; Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar hamda yo‘l o‘tkazgichlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash manzilli dasturi 5-ilovaga muvofiq; Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Uy-joy, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha quyidagilar: ko‘p kvartirali uy-joylar, umumta’lim maktablari va tibbiyot muassasalari bo‘yicha — Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi; maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DUK; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar hamda yo‘l o‘tkazgichlari bo‘yicha — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy yo‘llardan foydalanish boshqarmasi; qishloq aholi punkti, shahar tipidagi posyolka ko‘chalari, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari bo‘yicha — Sirdaryo viloyati hududiy yo‘llardan foydalanish boshqarmasi huzuridagi “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK; irrigatsiya va melioratsiya obyektlari bo‘yicha — Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi irrigatsiya va melioratsiya ishlari bo‘yicha ekspluatatsiya tashkilotlari; ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining “Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK; favqulodda hodisa oqibatida talofat ko‘rgan uy-joylarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachilar etib belgilansin. 4. Uy-joyi buzilgan yoki yashab bo‘lmaydigan holatga kelgan oilalar uchun uy-joylar qurish, uy-joyiga ziyon yetgan oilalarning uy-joylarini ta’mirlash, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini zudlik bilan boshlanishi zaruriyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida: bosh pudrat va loyiha tashkilotlari buyurtmachilar tomonidan, tender (tanlov) o‘tkazmasdan hamda maxsus axborot portaliga e’lon joylashtirmasdan, eng maqbul takliflar tanlash (yetarlicha mashina va mexanizmlar bilan ta’minlangan, soha bo‘yicha zaruriy quruvchi-muxandislarga va obyektlar qurilishida tajribaga ega bo‘lgan, moliyaviy barqaror tashkilotlar orasidan) orqali aniqlash hamda aniqlangan pudrat va loyiha tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar buyurtmachilar tomonidan uch kundan kechiktirmasdan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtirishga (1-ilovada belgilangan bosh pudratchi va loyiha tashkilotlari bundan mustasno); qurilish-montaj ishlarini 2020-yil 1-avgustga qadar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga; tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq, bir martada 30 foiz miqdorida bo‘nak (avans) mablag‘larini ajratgan holda, belgilangan tartibda moliyalashtirishni ochishga ruxsat berilsin. 5. Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi va Moliya vazirligining budjet tizimi budjetlari hisobiga avvalgi yillarda foydalanishga topshirilgan, biroq Sirdaryo viloyati “Sardoba suv ombori” to‘g‘onidan suv toshishi natijasida zarar ko‘rgan obyektlarning kafolat muddati tugagandan so‘ng to‘lab berilishi lozim bo‘lgan 5 foizlik mablag‘larni, shu jumladan kafolat muddati tugamagan obyektlarning foydalanishga qabul qilish komissiyasining topshirish dalolatnomalari asosida, istisno tariqasida, moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 6. Belgilansinki: aholiga ko‘p kvartirali uy-joylar, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha mazkur qaror bilan tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq zarur bo‘ladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari va uning qo‘shimcha manbalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlaridan ajratilgan mablag‘lar hisobidan yo‘naltiriladi; umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va tibbiyot muassasalarini qurish, ta’lim va tibbiyot muassasalarining mavjud mebel va inventarlari, o‘quv-laboratoriya jihozlarini inventarizatsiyadan o‘tkazib, zarur mebel va inventarlari hamda o‘quv-laboratoriya jihozlari bo‘yicha tasdiqlangan jihozlash me’yorlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida amalga oshiriladi. Bunda, umumta’lim maktablarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zstandart” agentligi tomonidan 2020-yilda umumta’lim maktablari uchun xarid qilinadigan jihozlarga qo‘yilgan yangi tahrirdagi texnik talablar asosida jihozlanadi; Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba suv ombori” to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida zarar yetkazilgan elektr energiyasi tarmoqlari, tabiiy gaz quvurlari va aloqa tarmoqlarini tiklash, yangidan qurish, shuningdek, ko‘p kvartirali uylar qurilishi belgilangan hududlarga zarur bo‘lgan tashqi muhandislik tarmoqlarini yetkazib berish ishlari — tegishlicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va “O‘zbektelekom” AK mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari zaruratga qarab mahalliy va xorijiy valyutada kredit mablag‘larini ajratish choralarini ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buyurtmachilarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq va haqiqiy bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib: ijtimoiy soha va boshqa obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan markazlashgan investitsiyalar orqali; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar hamda yo‘l o‘tkazgichlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, shuningdek, ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarini va shahar ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi va Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armalari orqali; ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi orqali; uy-joyi buzilgan yoki yashab bo‘lmaydigan holatga kelgan oilalar uchun ko‘p kvartirali uy-joylar qurish, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari uchun Sirdaryo viloyati mahalliy budjeti parametrlariga budjetlararo transfertlarni ko‘paytirish orqali zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. Shuningdek, favqulodda hodisa oqibatida uy-joyiga ziyon yetib, unda yashash imkoniyati bo‘lgan oilalarning uy-joyini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 moliya yili yakunlari bo‘yicha sof daromadidan kelib tushgan mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga 70,0 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Sirdaryo viloyati hokimligi quriladigan ko‘p kvartirali uy-joylarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda mahalliy, arzon va sifatli, zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallari va texnologiyalaridan foydalanishni choralarini ko‘rsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qarori bilan tasdiqlangan 2020-yilda ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxatida nazarda tutilgan A-373 “Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon — Andijon” umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lining 0 — 37 km qismini sementobeton qoplama orqali rekonstruksiya qilish obyektini moliyalashtirish manbasi etib xalqaro moliya institutlari mablag‘lari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mazkur obyektning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kelgusi yillar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida yo‘naltirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan birgalikda A-373 “Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon — Andijon” umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lining 0 — 37 km qismini sementobeton qoplama orqali rekonstruksiya qilish obyekti bo‘yicha xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish vazifasi yuklansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ko‘p kvartirali uy-joylar, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari va loyiha yechimlarining sifati, shuningdek, shaharsozlik normalari hamda qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat qurilish nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
196
12,366
Qonunchilik
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman: 1. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 7-iyundagi 2002-10-sonli “Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, chiqariluvni davlat ro‘yxatiga olish va so‘ndirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1158, 2002-yil 10-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 13-son); O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 7-iyundagi 2002-11-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari chiqariluvini davlat ro‘yxatiga olish va chiqariluvini bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1159, 2002-yil 10-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 13-son); O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2003-yil 5-sentabrdagi 2003-17-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari chiqariluvini davlat ro‘yxatiga olish va chiqariluvini bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1159-1, 2003-yil 12-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 21-22-son); O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 10-maydagi 2004-08-sonli “Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, chiqariluvni davlat ro‘yxatiga olish va so‘ndirish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1158-1, 2004-yil 26-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 21-son, 258-modda); O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2005-yil 16-dekabrdagi 2005-17-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari chiqariluvini davlat ro‘yxatiga olish va chiqariluvini bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1159-2, 2006-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 3-son. 21-modda); O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2006-yil 6-sentabrdagi 2006-09-sonli “Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, chiqariluvni davlat ro‘yxatiga olish va so‘ndirish tartibi to‘g‘risida nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1158-2, 2006-yil 11-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 383-modda). 3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni (bundan buyon matnda qimmatli qog‘ozlar deb yuritiladi) chiqarish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi. Mazkur Qoidalar talablari davlat qimmatli qog‘ozlariga tatbiq qilinmaydi. 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz; aksiyalarni birlamchi chiqarish — aksiyadorlik jamiyatining muassislari orasida joylashtiriladigan aksiyalarning paydo bo‘lishiga qaratilgan harakatlari; aksiyalarni qo‘shimcha chiqarish — aksiyadorlik jamiyatining birlamchi chiqarilgan aksiyalar joylashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladigan aksiyalarning paydo bo‘lishiga qaratilgan harakatlari; yopiq obuna — qimmatli qog‘ozlarni oldindan ma’lum bo‘lgan, soni cheklangan investorlar orasida ommaviy e’lon bermagan va reklama kampaniyasi o‘tkazmagan holda joylashtirish; korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar; korporativ va infratuzilma obligatsiyalari (bundan buyon matnda obligatsiyalar deb yuritiladi) muomala muddatlarining tugashi to‘g‘risidagi bildirishnoma – emitentning obligatsiyalarni so‘ndirish davrida nominal qiymati to‘langanligi yoki obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarib sotib olganligi to‘g‘risidagi hisoboti; ochiq obuna — qimmatli qog‘ozlarni soni cheklanmagan investorlar orasida reklamadan foydalangan holda joylashtirish, shu jumladan qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif etish orqali joylashtirish; ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; chiqarish natijalari to‘g‘risidagi bildirishnoma — qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish natijalari to‘g‘risidagi emitentning hisoboti; emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar — bitta chiqarilishi doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega bo‘lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar; Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestri (bundan keyingi o‘rinlarda YaDR deb yuritiladi) — ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining ro‘yxati; emitent — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan yuridik shaxs; emitentning boshqaruv organi — aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi, shuningdek, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi; Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi — depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni saqlash, bunday qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakati yagona tizimini ta’minlovchi davlat depozitariysi; qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish — qimmatli qog‘ozlarni ularning dastlabki egalariga berish; qimmatli qog‘ozlarning muomalasi — qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar; qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish — emitentning o‘z qimmatli qog‘ozlarini mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda YaDRga tegishli yozuvlarni kiritgan holda qayta sotib olishi va ushbu qimmatli qog‘ozlarni muomaladan chiqarish; qimmatli qog‘ozlarni chiqarish — yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida qimmatli qog‘ozlar paydo bo‘lishiga qaratilgan harakatlari; qimmatli qog‘ozlar egasi — qimmatli qog‘ozlar o‘ziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasi (bundan keyingi o‘rinlarda risola deb yuritiladi) — emitent va u chiqaradigan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, investorning qimmatli qog‘ozlar olish to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa axborotni aks ettiruvchi hujjat; qimmatli qog‘ozlar emissiyasi — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish; qimmatli qog‘ozlarning yangi chiqarilishi — aksiyadorlik jamiyatining ilgari chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari to‘liq joylashtirilgandan so‘ng nominal qiymatining kamayishi, huquqlarning o‘zgarishi, yiriklashtirish yoki maydalashda qimmatli qog‘ozlarni paydo bo‘lishiga qaratilgan harakatlari; infratuzilma obligatsiyalari — ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini jalb etish maqsadida xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar. ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar (bundan buyon matnda AQQ deb yuritiladi) — emitentning oddiy aksiyalariga aylantirilishi mumkin bo‘lgan imtiyozli aksiyalari, korporativ obligatsiyalari. 2. Emitent aksiyadorlik jamiyati shaklida tuzilayotganda barcha aksiyalar uning muassislari orasida joylashtirilishi lozim. 3. Emitent aksiyadorlik jamiyati shaklida tuzilayotganda muassislar o‘rtasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalarning tiplari, ular bo‘yicha to‘lov miqdori, shakli va tartibi, shuningdek ustav kapitalining miqdori qonunchilik hujjatlari talablarini hisobga olgan holda uni tuzish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasi yoki emitent ustavi bilan belgilanadi. 4. Emitent ustavida aksiyadorlar tomonidan sotib olingan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalar) tiplari, soni va nominal qiymati belgilangan bo‘lishi kerak. Emitent ustavida emitent joylashtirilgan aksiyalarga (e’lon qilingan aksiyalar) qo‘shimcha ravishda joylashtirishga haqli bo‘lgan aksiyalarning soni, nominal qiymati va tiplari belgilanishi mumkin. Ustavda ushbu Qoidalar mavjud bo‘lmaganda emitent qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas. Emitentning ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan oshirish to‘g‘risidagi qarorining qabul qilinishi faqat ustavga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda emitentning e’lon qilingan aksiyalari sonini aniqlash yoki oshirish qismiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilganidan keyin amalga oshirilishi mumkin. Qo‘shimcha aksiyalar faqat emitent ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar soni doirasida joylashtirilishi mumkin. Agar emitent ustavida muayyan tipdagi e’lon qilingan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan ushbu tipdagi qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari emitent ustavining ko‘rsatilgan qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. 5. Aksiyalarni qo‘shimcha chiqarish faqat emitentning ilgari joylashtirilgan barcha aksiyalari to‘liq to‘langandan keyingina amalga oshirilishi mumkin. Aksiyalarni qo‘shimcha chiqarish to‘g‘risidagi qaror faqat emitent ustaviga kiritiladigan aksiyalarning oldingi chiqarilishi natijalariga ko‘ra joylashtirilgan va e’lon qilingan aksiyalar sonining yangi miqdoriga nisbatan kiritilgan o‘zgarishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin qabul qilinishi mumkin. 6. Aksiyalarning nominal qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanishi lozim. 7. Emitent bir chiqarilish doirasida oddiy va imtiyozli aksiyalarni joylashtirishni nazarda tutuvchi aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. Bunda agar barcha imtiyozli aksiyalarni joylashtirilganda va bir dona ham oddiy aksiyalar joylashtirilmaganda emitent imtiyozli aksiyalarining nominal qiymati uning ustav kapitalining 25 foizidan oshsa, obuna yo‘li bilan joylashtirilayotgan oddiy va imtiyozli aksiyalarning chiqarilishlarini bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish mumkin emas. Bir chiqarilish doirasida turli qimmatli qog‘ozlar turlarini chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati emitent ustav kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim. Bir yoki bir nechta tipdagi imtiyozli aksiyalarning chiqarilish ehtimoli, ularning har biri bo‘yicha dividend miqdori va (yoki) tugatilish qiymati, ular bergan huquqlar hajmi emitent ustavi bilan belgilanadi. Bir tipdagi imtiyozli aksiyalar ularning egalariga bir xil hajmdagi huquqlarni beradi. 9. Emitent qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirishni obuna yoki ayirboshlash orqali amalga oshirishga haqlidir. Emitent tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish usullari (ochiq yoki yopiq obuna) emitent ustavida belgilab qo‘yiladi, emitent ustavida bu xususda ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi. Emitentning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorida emitentning aksiyalarini va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish usuli to‘g‘risida ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasa, joylashtirish faqat ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin. Aksiyalarning ochiq obunasi qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosidagina o‘tkaziladi. 10. Emitent aksiyadorlari ochiq obuna vositasida joylashtirilayotgan qo‘shimcha aksiyalarni emitent ustavida belgilangan tartibda ularga tegishli ushbu tipdagi aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga ega. 11. Aksiyalarni imtiyozli olish huquqini boshqa shaxsga berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu bandning qoidalari, shuningdek, aksiyalarni ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxsga berishda qo‘llaniladi. 12. Aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yurituvchi emitentning ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin. 14. Ustav kapitalini ko‘paytirish emitentning jalb qilingan investitsiyalari, o‘z kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Emitent ustav kapitalini o‘z kapitali hisobidan ko‘paytirishda qo‘shimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi tipdagi aksiyalar tegishli bo‘lsa, ayni o‘sha tipdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Emitentning aksiyadorlari orasida qo‘shimcha aksiyalarini taqsimlash ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan reyestrni yopish sanasiga amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan sana aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kunidan boshlab o‘ttiz kundan kechikmasdan boshlanishi lozim. Qo‘shimcha aksiyalarni taqsimlash natijasida aksiyadorlarning — butun aksiyalar egalarining kasriy aksiyalari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 141. Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga emitent ustav kapitalidagi davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan emitentning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida uchdan ikki qismi egalari bo‘lgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 16. Aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritayotgan emitentning ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatini pasaytirish yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yo‘li bilan, shu jumladan emitent tomonidan aksiyalarning bir qismini ularni keyinchalik bekor qilish sharti bilan sotib olishi yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin. 17. Ustav kapitalini joylashtirilgan aksiyalar nominal qiymatini pasaytirish yo‘li bilan kamaytirishda emitent tomonidan pasaytirilgan nominal qiymatga ega aksiyalarning yangi chiqarilishi amalga oshiriladi. Bunda, yuqori nominal qiymatga ega bo‘lgan joylashtirilgan aksiyalar yangidan chiqarilgan nominal qiymati pasaytirilgan aksiyalarga ayirboshlanadi. 18. Emitent ustav kapitalining kamaytirilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart. 19. Emitent aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra joylashtirilgan aksiyalarni ustav kapitali miqdorini o‘zgartirmagan holda xuddi shu tipdagi aksiyalarning yangi chiqarilishini amalga oshirish yo‘li bilan maydalashni yoki yiriklashtirishni o‘tkazishi mumkin. Maydalangan yoki yiriklashtirilgan taqdirda kasriy aksiyalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 20. Joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish yoki maydalashda emitent tomonidan ko‘paytirilgan yoki kamaytirilgan nominal qiymatga ega aksiyalarning yangi chiqarilishi amalga oshiriladi. Bunda, joylashtirilgan aksiyalar boshqa nominal qiymatga ega yangi chiqarilgan aksiyalarga ayirboshlanadi. 21. Emitent tomonidan obligatsiyalarni chiqarish agar emitentning ustavida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 22. Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda: emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi o‘z kapitali miqdori doirasida. Agar korporativ obligatsiyalar summasi emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta’minot berishi shart; so‘nggi bir yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan emitentlar tomonidan; obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi mavjud bo‘lganda; investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. Bunda, korporativ obligatsiyalar ochiq obuna orqali quyidagi shartlarga rioya etgan holda joylashtiriladi: a) o‘z kapitali miqdori doirasidan yuqori bo‘lgan taqdirda, emitent ortiqcha bo‘lgan summaga uchinchi shaxsning quyidagi ta’minotidan birini taqdim etadi: ko‘chmas mulk garov ta’minoti; pul yoki ularga tenglashtirilgan mablag‘lar; bank kafolati; sug‘urta tashkilotining sug‘urta polisi; b) mustaqil reyting bahosi mavjudligi; v) majburiy tartibda anderrayterni (anderrayterlar guruhini) jalb etgan holda. 221. Infratuzilma obligatsiyalari quyidagi shartlarga rioya etgan holda: emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi, o‘z kapitali miqdori doirasida. Agar infratuzilma obligatsiyalar summasi emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta’minot berishi shart; obligatsiya chiqarilishidan oldingi yil uchun moliyaviy hisobot bo‘yicha ijobiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi mavjud bo‘lganda; infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa. Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek, davlat korxonalari infratuzilma obligatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqaradi. 23. Obligatsiyalar ularning egalariga emitentni boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. 24. Emitent tomonidan chiqarilgan va so‘ndirilmagan (bekor qilinmagan) barcha korporativ obligatsiyalarning nominal qiymati o‘z kapitalining miqdoridan oshmasligi kerak. 25. Obligatsiya uning olingan vaqtidan qat’i nazar, bir chiqarilish ichida huquqlarni amalga oshirishda teng hajmlar va muddatlarga ega. 26. Ustav fondining shakllanganiga qadar (tijorat banklari ustav fondining shakllanish hollari bundan mustasno), shuningdek, uni to‘ldirish yoki emitentning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararlarni qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. 27. Obligatsiyalar hujjatsiz shaklda chiqariladi. 29. Foizli, diskontli, yutuqli, seriyali (obligatsiyaviy dasturga asoslangan) va maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar chiqarilishi mumkin. Foizli obligatsiyaning daromadi chiqarilish shartlari bilan belgilanadigan nominal qiymati bo‘yicha belgilangan muddatda so‘ndirish va qayd etilgan foizlarni to‘lash hisobiga tashkil etadi. Diskontli obligatsiyaning daromadi nominal qiymati bo‘yicha belgilangan muddatda so‘ndirish hisobiga, bunda daromad sotish bahosi va obligatsiyaning nominal qiymati o‘rtasidagi farq hisobiga tashkil etadi. Yutuqli obligatsiyalarni chiqarishda nominal qiymatga foiz yoki diskont ko‘rinishida belgilangan daromadga qo‘shimcha ravishda muntazam o‘tkazib turiladigan tirajlar bo‘yicha yutuq ko‘rinishida to‘lanadigan daromad belgilanishi kerak. Daromadi muntazam ravishda o‘tkazib turiladigan tirajlar bo‘yicha yutuq ko‘rinishida belgilanadigan obligatsiyalarni chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar bo‘yicha daromad tovar (xizmat) ko‘rinishida belgilanadi. Qaysi tovar (xizmat) asosida chiqarilganligini ko‘rsatish maqsadli obligatsiyalarning majburiy rekviziti hisoblanadi. Seriyali (obligatsiyaviy dasturga asoslangan) obligatsiyalar to‘lov muddati davriy ravishda tegishli emissiya qarori (risolasi) bilan belgilangan muddatlarda yuzaga keladigan obligatsiyalar hisoblanadi. Obligatsiyalarning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini muomalaga chiqarishga yo‘l qo‘yiladi. 30. Bankning berilgan kreditlar va boshqa aktivlarini ta’minlash bo‘yicha qimmatli qarz qog‘ozlari mazkur Qoidalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda obligatsiyalar ko‘rinishida chiqarilishi mumkin. 31. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: a) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va tasdiqlash; b) risolani tasdiqlash (qimmatli qog‘ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda); g) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; d) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida hisobga olish; e) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi axborotni qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oshkor qilish; j) chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish; z) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari to‘g‘risida bildirishnoma taqdim etish. 32. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qonunchilik hujjatlari va emitent ustaviga muvofiq emitentning boshqaruv organi tomonidan qabul qilinadi va tasdiqlanadi. 33. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror: aksiyalar chiqarishda (qo‘shimcha, yangi chiqarishda) mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq; obligatsiyalar chiqarishda mazkur Qoidalarning 1a-ilovasiga muvofiq barcha axborotni o‘z ichiga olishi lozim. 34. Qimmatli qog‘ozlarning har bir chiqarilishi bo‘yicha bu to‘g‘risida alohida qaror ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. 35. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (bundan buyon matnda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi deb yuritiladi) yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan risola davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarori bo‘lib hisoblanadi. 36. Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanadigan obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, ta’minot taqdim etgan shaxs to‘g‘risidagi va ta’minot shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Bunda, obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, ta’minot taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak. 37. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror bir vaqtning o‘zida bir chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarni xususiy va ommaviy joylashtirishni nazarda tutmasligi kerak (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlaridan kelib chiquvchi holatlar bundan mustasno). 38. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lov sifatida olingan mablag‘larni investorga qaytarish tartibi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. 39. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror o‘z navbatida chiqarish to‘g‘risidagi qarorda mavjud barcha axborotning ishonchliligi va to‘liqligini tasdiqlovchi emitentning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi yoki kollegial ijroiya organi rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek emitentning bosh hisobchisi (uning vazifasini bajaruvchi boshqa shaxs) tomonidan imzolanishi kerak. Agar emitentning joriy faoliyatini boshqarish tijorat tashkilotiga berilgan bo‘lsa, chiqarish to‘g‘risidagi qaror mazkur tashkilot rahbari tomonidan imzolanishi kerak. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot majburiy tarzda jalb etilgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror unda ko‘rsatilgan mol-mulkning baholash qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlagan holda baholovchi tashkilot tomonidan ham imzolanishi shart. 40. Risola emitent boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi va quyidagilarga muvofiq barcha axborotni o‘z ichiga oladi: davlat korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilayotganda — mazkur Qoidalarning 2a-ilovasiga; boshqa aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlari uchun — mazkur Qoidalarning 2b-ilovasiga; investitsiya fondlari uchun — mazkur Qoidalarning 2v-ilovasiga; Emitentning moliyaviy hisobotlari auditor tomonidan tekshirishdan o‘tkazilganligini tasdiqlash uchun qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasiga so‘ngi yil bo‘yicha auditorlik xulosa ilova qilinadi. Emitentning oxirgi yil uchun moliyaviy hisobotining auditor tomonidan tekshiruvi tugaguniga qadar emitent risolani oxirgi tugallangan yil uchun auditorlik xulosasi nusxasini ilova qilmagan holda taqdim etishga haqli, bundan korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini chiqarish holatlar mustasno. 41. Agar emitent obyektiv sabablarga ko‘ra risolada talab qilinadigan biron-bir axborotni ko‘rsata olmasa, risolaning tegishli bandiga axborot yo‘qligining sababi ko‘rsatilgan holda (masalan: “Operatsiyalar o‘tkazilmadi”, “Jazolar qo‘llanilmadi” va shu kabilar), “ma’lumotlar yo‘q” (yoki boshqa shunga o‘xshash mazmundagi) yozuvi kiritiladi. 42. Risola o‘z navbatida risolada mavjud barcha axborotning to‘g‘riligi va to‘liqligini tasdiqlovchi emitentning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi yoki kollegial ijroiya organi rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek emitentning bosh hisobchisi (uning vazifasini bajaruvchi boshqa shaxs) tomonidan imzolanishi lozim. Agar emitentning joriy faoliyatini boshqarish tijorat tashkilotiga berilgan bo‘lsa, risola mazkur tashkilot rahbari tomonidan imzolanishi kerak. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot majburiy tarzda jalb etilgan taqdirda, risola unda ko‘rsatilgan mol-mulkning baholash qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlagan holda baholovchi tashkilot tomonidan ham imzolanishi shart. Qo‘shimcha ta’minotga ega obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda qo‘shimcha ta’minot taqdim etgan shaxs qo‘shimcha ta’minot to‘g‘risidagi axborotning to‘g‘riligini tasdiqlagan holda risolani imzolashi shart. Obligatsiyalar chiqarilishi bo‘yicha qo‘shimcha ta’minot taqdim etgan shaxs tugatilganda (vafot etganda), emitent bu to‘g‘risida unga ma’lum bo‘lgan paytdan ikki ish kuni ichida mazkur chiqarilishdagi obligatsiya egalarini va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni yozma xabardor qilishi shart. 43. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun emitent ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart: a) quyidagilar ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza: tashkilot nomi; tashkilotning yuridik manzili; qimmatli qog‘ozlarning soni, ko‘rinishlari va turlari; bir dona qimmatli qog‘ozning nominal qiymati; chiqarilishning umumiy hajmi; qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining tartib raqami; qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun to‘lov summasi, to‘lov qog‘ozi sanasi va raqami (qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno); emitentning mas’ul hodimi haqida ma’lumot va uning aloqa ma’lumotlari; b) mazkur Qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror (uch nusxada); v) mazkur Qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan risola (uch nusxada) (qimmatli qog‘ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda); g) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror chiqarilganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, agar mazkur qaror aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilingan bo‘lsa — ovoz berishda ishtirok etgan aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zolarining familiyasi, ismi, shariflari ko‘rsatilgan yig‘ilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma; d) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, kuzatuv kengashi tomonidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror tasdiqlangan taqdirda esa — ovoz berishda ishtirok etgan aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zolarining familiyasi, ismi, shariflari ko‘rsatilgan yig‘ilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma; e) risola tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan risola tasdiqlangan taqdirda esa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi a’zolarining familiyasi, ismi, shariflari ko‘rsatilgan yig‘ilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma; j) qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik uchun belgilangan yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno). Arizalarga hujjatlar ro‘yxati ilova qilinib, nusxalar va varaqlar soni ko‘rsatiladi. Ariza tashkilot rahbari hamda bosh hisobchisi tomonidan imzolanishi kerak. Agarda ushbu bandning “g” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan qarorlar: aksiyadorlik jamiyati umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan taqdirda, qo‘shimcha ravishda sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan ko‘chirma; jamiyatning yagona aksiyadori yoki ishtirokchisi tomonidan qabul qilingan taqdirda, aksiyadorning yoki jamiyat ishtirokchisining tegishli qarorining nusxasi taqdim etiladi. 44. Obligatsiyalarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qo‘shimcha ravishda quyidagilar taqdim etilishi kerak: a) agar obligatsiyalarning chiqarish majburiyatlarining bajarilishini ta’minlashga mol-mulkning taqdim etilsa, O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mol-mulkni baholanganligini tasdiqlovchi baholash to‘g‘risidagi hisobot nusxasi, shuningdek, ushbu mol-mulkning garov faktini tasdiqlovchi hujjat; b) obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlanishidan oldingi oxirgi tugallangan moliyaviy yil uchun va oxirgi chorak uchun obligatsiyalarni chiqarish bo‘yicha ta’minotni taqdim etgan uchinchi shaxs(lar)ning buxgalteriya hisobotlari; v) emitentga uchinchi shaxs(lar) tomonidan ushbu emitentning chiqarilayotgan obligatsiyalari majburiyatlari bo‘yicha bunday ta’minot mavjud bo‘lganda ta’minot (garov, bank kafolati, yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul) berilganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi; g) emitentning so‘ngi tugallangan yil davomida rentabellik, to‘lov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlik bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlari mavjudligini tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti xulosasining asl nusxasi (yoki tasdiqlangan nusxasi) (korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda); d) emitentning obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlangan sana uchun o‘z kapitali miqdorini (O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida) tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti xulosasining asl nusxasi (yoki tasdiqlangan nusxasi); e) emitentning mustaqil reyting bahosi mavjud hujjat nusxasi (korporativ obligatsiyalar ochiq obuna orqali chiqarilgan taqdirda). Bunda, emitentga reyting bahosini berish sanasi obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanagacha bir yildan oshmasligi kerak; j) obligatsiyalar anderrayter (anderrayterlar guruhi) tomonidan joylashtirilganda emitent va anderrayter (anderrayterlar guruhi) o‘rtasida obligatsiyalarni joylashtirish shartlari ko‘rsatgan holda tuzilgan shartnoma nusxasi; z) agar obligatsiyalar chiqarilishida obligatsiyalar bo‘yicha majburiyatlarning naqd pulda to‘lanishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa emitent tomonidan investorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni to‘lash bo‘yicha emitent va tijorat banki o‘rtasida tuzilgan, ushbu bank tomonidan to‘lov agenti vazifasining bajarilishi to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi. Bank tomonidan obligatsiyalar chiqarilganda investorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni to‘lash bo‘yicha to‘lov agenti vazifasi bank-emitent tomonidan mustaqil ravishda yoxud boshqa bank tomonidan amalga oshirishi mumkin. 451. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va (yoki) ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga o‘zgartirishlar kiritishga doir hujjatlarni tayyorlash uchun emitent investitsiya maslahatchisini jalb qilishi mumkin. Emitent tomonidan investitsiya maslahatchisi jalb qilingan taqdirda mazkur Qoidalarga muvofiq qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror, risola va ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga o‘zgartirishlar matni investitsiya maslahatchisi rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi. Investitsiya maslahatchisi emitentga mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan hujjatlarni tayyorlashga doir xizmatlar ko‘rsatadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma va qonunchilik hujjatlariga muvofiq emitent oldida javobgar bo‘ladi. 46. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror va risola emitent tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qog‘oz ko‘rinishda taqdim etiladi. 47. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga agar mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarni taqdim etish belgilanmagan bo‘lsa, hujjatlarning faqat asl nusxalari taqdim etiladi. Agar mazkur Qoidalarda nusxaning kim tomonidan tasdiqlanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, emitentning rahbari va bosh hisobchisining imzolari bilan tasdiqlangan hujjat nusxasi taqdim etiladi. 48. Emitent aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda aksiyalarning birlamchi chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etishi shart. 49. Emitent qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch oy ichida, biroq qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qarorni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga hujjatlarni taqdim etishi shart. 50. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga emitent javobgar bo‘ladi. 51. Emitentning qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilgan hujjatlari emitentga uning yozma so‘roviga ko‘ra qaytarilishi mumkin, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish hollari bundan mustasno. 52. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati ular ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan olingan sanadan boshlab o‘ttiz kundan oshmasligi kerak. Ushbu muddat davomida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi yoki qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan qaror qabul qiladi. 53. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning har bir nusxasida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi va qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga berilgan ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi. 54. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga ro‘yxat raqamini berish, shuningdek YaDRga yozuv kiritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 55. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning bir nusxasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va bir nusxasi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga topshiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorning nusxalari matnida farqlar mavjud bo‘lganda hujjatning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda saqlanayotgan matni imtiyozli kuchga ega bo‘ladi. 56. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ faqat qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarda mavjud ma’lumotlarning to‘liqligi uchun javobgar bo‘ladi. 57. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish: a) agar qimmatli qog‘ozlar emissiyasi tijorat banklari, sug‘urtachilar, birjalar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlariga binoan tashkil etilgan xo‘jalik birlashmalari tomonidan amalga oshirilsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning markaziy apparatida; b) boshqa hollarda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning emitent yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi hududiy boshqarmalarida amalga oshiriladi. 58. Emitentning mazkur Qoidalarning 57-bandida nazarda tutilgan maqomi o‘zgargan taqdirda, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini keyingi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazkur Qoidalarning 57-bandida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qimmatli qog‘ozlarning birlamchi chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan organda amalga oshiriladi, ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ markaziy apparati tomonidan amalga oshirilgan emitent hujjatlari, shuningdek keyingi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini amalga oshirish, ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga o‘zgartirishlar kiritish va ushbu emitentlar qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarini YaDRdan chiqarib tashlash ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ markaziy apparati rahbarining buyrug‘i bilan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning emitent yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi hududiy boshqarmalariga berilishi mumkin. 59. Davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tuzish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 60. Davlat korxonasidan qayta tuzilgan aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga aksiyalarning birlamchi chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart: a) quyidagilar ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza: tashkilot nomi; tashkilotning yuridik manzili; qimmatli qog‘ozlarning soni, turi va tipi; bir dona qimmatli qog‘ozning nominal qiymati; chiqarishning umumiy hajmi; aksiyalar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun to‘lov summasi, to‘lov qog‘ozi sanasi va raqami (qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno); emitentning mas’ul hodimi haqida ma’lumot va uning aloqa ma’lumotlari. Arizalarga nusxalar va varaqlar soni ko‘rsatilgan holda hujjatlar ro‘yxati ilova qilinadi. Ariza tashkilot rahbari hamda bosh hisobchisi tomonidan imzolanishi lozim. g) mazkur Qoidalarning 40-bandida ko‘rsatilgan ilovalarga muvofiq shakldagi risola, uch nusxada; d) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori yoki uning hududiy boshqarmasi boshlig‘ining davlat korxonasini qayta tuzish to‘g‘risidagi buyrug‘i; 61. Davlat korxonasini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etishda risola (aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. 62. Davlat korxonasini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etishda aksiyalar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi. 63. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan hujjatlarning to‘liq paketi taqdim etilmaganda, shuningdek, boshqa qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ aksiyalar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etadi. 64. Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga qayta tuzish jarayonida emissiya qilingan aksiyalar ular belgilangan tartibda yangi egalariga sotilguniga qadar birlamchi joylashtirilgan davlat aktivlari bo‘lib hisoblanadi. 641. Davlat muassasasi aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda aksiyalarni birlamchi chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mazkur bob talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 68. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini va (yoki) ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga doir o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yig‘im O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladi. 69. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun emitent ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida yig‘im to‘laydi. 70. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini va (yoki) ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga doir o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun yig‘im qaytarilmaydi. 71. Emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. 72. Qimmatli qog‘ozlar ochiq obuna yo‘li bilan joylashtirilganda emitent qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni va risolada mavjud axborotdan istalgan manfaatdor shaxsning foydalanish tartibini oshkor qilishi shart. Bunda qimmatli qog‘ozlar qo‘shimcha chiqarilishini qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot oshkor etilganidan keyin kamida ikki hafta oldin ochiq obuna yo‘li bilan joylashtirish taqiqlanadi. 73. Emitentning qimmatli qog‘ozlari ochiq obuna yo‘li bilan joylashtirilgan taqdirda bir investorning (investorlarning) boshqasi (boshqalari) oldidagi ustunligini belgilash taqiqlanadi, quyidagi holatlar bundan mustasno: a) aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlariga qimmatli qog‘ozlarni belgilangan tartibda ularga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqini berish; b) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni olishga qonunchilik hujjatlarida va (yoki) emitent ustavida cheklovlar mavjud bo‘lishi; 74. Aksiyalarni joylashtirish quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin: a) emitent va oluvchi o‘rtasida tegishli shartnoma tuzilganda obuna qilish. Bunda, aksiyadorlar o‘zining hisoblangan, lekin olinmagan dividendlarini emitentning qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarini olishda foydalanishiga haqlidir. b) emitentning ustav kapitali o‘z kapitali hisobidan to‘lanadigan qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi orqali oshirilganda aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash. Bunda, aksiyalarni emitentning aksiyadorlari o‘rtasida joylashtirish emitent oliy boshqaruv organining o‘z kapitalini ustav kapitaliga yo‘naltirish to‘g‘risidagi qarori asosida hech qanday shartnomalar tuzilmagan holda amalga oshiriladi. Aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan kundagi reyestr ma’lumotlari bo‘yicha amalga oshiriladi; v) ularga ayirboshlashda: ustav, qonunchilik hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarga muvofiq avval chiqarilgan AQQ; past nominal qiymatiga ega avval chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalarni yiriklashtirishda); yuqori nominal qiymatiga ega avval chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalar nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan aksiyalar maydalanganda yoki ustav kapitali kamaytirilganda); qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlari va (yoki) ulushlarini, shuningdek, yuridik shaxsning aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tuzilishida kiritilgan ulushlarini. Qimmatli qog‘ozlar va (yoki) ulushlarni ayirboshlash qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 15 kalendar kunidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni ayirboshlash orqali joylashtirilganda biror bir shartnoma tuzilishi talab etilmaydi. 75. Banklar aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish muomalaga yangi chiqarilgan hajmining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda fond birjasida amalga oshiriladi (xususiy banklar bundan mustasno). Bunda, bank aksiyalari ommaviy joylashtirilishi boshlangan kundan boshlab fond birjasiga sotish uchun qo‘yilishi kerak. 76. Obligatsiyalarni joylashtirish obuna yo‘li bilan (emitent va oluvchi o‘rtasida kelishilgan obligatsiyalar soniga oldi-sotdi shartnomasini tuzish) amalga oshirilishi mumkin. 77. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirilishi: a) aksiyalar birlamchi chiqarilgan taqdirda — qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddatda, lekin emitent yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmasdan; b) boshqa holatlarda — qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddatda, lekin ushbu qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmasdan tugallanishi kerak. Emitent qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan barcha jarayonlarga rioya etgan holda qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishga haqli bo‘lgan sana joylashtirish boshlangan sana deb tushuniladi. 78. Joylashtirilayotgan qimmatli qog‘ozlar soni qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan sonidan (donalarda) oshmasligi kerak. 79. Joylashtirish jarayonida chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan soniga (donalarda) nisbatan kamroq sondagi qimmatli qog‘ozlar joylashtirilishi mumkin. 80. Emitent ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish muddati o‘tgan kundan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmasdan, agar barcha qimmatli qog‘ozlar ushbu muddat o‘tishidan oldin joylashtirilgan bo‘lsa — ushbu chiqarishdagi so‘nggi qimmatli qog‘ozni joylashtirish kunidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari to‘g‘risidagi bildirishnomani taqdim etadi. Ushbu talab qimmatli qog‘ozlarning yangi chiqarilishiga tatbiq etilmaydi. 81. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari to‘g‘risidagi bildirishnoma mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari to‘g‘risidagi bildirishnoma emitentning rahbari, uning bosh buxgalteri yoki ularning vazifalarini bajaruvchi shaxslar tomonidan imzolash sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanadi. 82. Hujjatsiz shakldagi qimmatli qog‘ozlar ushbu qimmatli qog‘ozlar joylashtirilishi muddati ichida ularning haqi to‘liq to‘langanidan va ular oluvchilarning depo hisobvaraqlariga o‘tkazilganidan keyin joylashtirilgan hisoblanadi. Joylashtirilmagan qimmatli qog‘ozlar bekor qilinishi lozim. 83. Emitent ro‘yxatdan o‘tkazilgan obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan obligatsiyalar muomalasining muddati o‘tgan kundan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmasdan, agar barcha obligatsiyalar ushbu muddat o‘tganicha keyinchalik ularni so‘ndirish maqsadida qaytarib sotib olingan bo‘lsa — ushbu chiqarishdagi oxirgi obligatsiya qaytarib sotib olingan kundan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga obligatsiyalarning muomala muddati tugaganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani taqdim etadi. 84. Obligatsiyalarning muomala muddati tugaganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi. 85. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish muddati davomida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari bo‘yicha bildirishnoma taqdim etilishiga qadar qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga va risolaga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish faqat quyidagi holatlarda emitentning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi: a) emitentning firma nomi o‘zgarganda, shu jumladan kirill harflaridan lotin harflariga; b) emitentning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarganda; v) aksiyalarni joylashtirish muddatining qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar doirasida uzaytirilganda; g) agar bunday o‘zgarishlar va (yoki) qo‘shimchalarni kiritish Hukumat qarorlari sababli amalga oshirilsa. 851. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari bo‘yicha bildirishnoma topshirilgandan keyin qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish faqat quyidagi holatlarda emitentning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi: a) emitentning firma nomi o‘zgarganda, shu jumladan kirill harflaridan lotin harflariga; b) to‘liq joylashtirilmaganda; v) emitentning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarganda; g) jamiyat ustav kapitalini kamaytirish maqsadida aksiyalar umumiy soni qisqartirilganda. d) bitta chiqarilishdagi AQQ qisman ayirboshlanganda. 86. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror va (yoki) risolaga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar emitent boshqaruv organining qaroriga ko‘ra kiritiladi. 87. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror va emissiya risolaga ushbu hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki texnik tavsifga ega xatolar topilganda, shuningdek, emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi jarayonida qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablari buzilgan taqdirda o‘zgartirishlar kiritishni talab qilishi mumkin. 88. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror va qimmatli qog‘ozlar risolasiga qo‘shimchalar va (yoki) o‘zgartirishlar qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish muddatini, shuningdek, ushbu qaror bilan belgilangan va risolada ko‘rsatilgan bir dona qimmatli qog‘oz bo‘yicha huquqlar hajmi qismini qisqartirish maqsadlarida kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. 89. Chiqarishlarga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan mazkur bob talablariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror va (yoki) risolaga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zgartirishlar kiritiladigan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda emitentning vakolatli organi tomonidan bunday o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida, agar qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror va (yoki) risolaga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish emitent ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritishga asoslangan bo‘lsa — emitentning ta’sis hujjatlariga kiritilgan tegishli o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida taqdim etilishi lozim. 91. Avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga kiritilgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun emitent ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: a) avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlariga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligini tasdiqlovchi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, shuningdek sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan ko‘chirma, avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlariga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilgan taqdirda esa — yig‘ilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi a’zolarining familiyasi, ismi, sharifi ko‘rsatilgan holda; b) mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza; v) mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shaklda avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalarning matni, shuningdek mazkur Qoidalarning 85-bandida nazarda tutilgan holatlarda risolaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar matni, mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shaklda uch nusxada; d) davlat ro‘yxatiga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati. Agarda: ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan qaror yagona aksiyador tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, tegishli aksiyador qarorining nusxasi taqdim etiladi; o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar avval chiqarilgan AQQni ayirboshlash bilan bog‘liq bo‘lsa, qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun topshiriladigan hujjatlar bilan bir vaqtda mazkur bandning “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek ayirboshlash amalga oshirilayotgan AQQ egalarining emitent tomonidan tasdiqlangan arizalari nusxalari (mavjud bo‘lgan taqdirda) taqdim etiladi. 92. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mazkur Qoidalarga muvofiq, hujjatlar olingan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror va (yoki) risolaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirishi yoki ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror va (yoki) risolaga kiritilgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ emitentga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror va (yoki) risolaga kiritilgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalarning nusxasini beradi. 94. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi: a) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan to‘xtatib qo‘yish; b) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan haqiqiy emas deb topilishi; v) mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan holatlarda YaDRdan chiqarilishi; g) sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 95. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ quyidagi holatlarda emitentlar qimmatli qog‘ozlari emissiyasi va muomalasini to‘xtatib qo‘yishga haqlidir: a) qimmatli qog‘ozlar chiqarish shartlari ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga nomuvofiqligi aniqlanganda; b) amalda ro‘yxatga olinganidan ortiq hajmdagi qimmatli qog‘ozlar joylashtirilganda; v) emitent tomonidan belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qonuniy talablari bajarilmaganda; g) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning hisobotlarni taqdim etish va axborotni oshkor etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari bajarilmaganda (faqat joylashtirish muddati davomida); d) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziya chaqirib olinganda (tijorat banklari uchun); e) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror va risola bilan tanishib chiqish joyi va tartibi bo‘yicha ma’lumotlar nashr qilinmaganda (faqat joylashtirish muddati davomida); j) chiqarish shartlarini o‘zgartiradigan noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlar aniqlanganda; z) tegishli sud qarori mavjud bo‘lganda; i) emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi jarayonida qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablari buzilganda. 96. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va muomalasi to‘xtatib qo‘yilganda ushbu qimmatli qog‘ozlarni keyinchalik joylashtirilishi va muomalasi taqiqlanadi. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasining to‘xtatib qo‘yilishi emitent tomonidan keyingi qimmatli qog‘ozlar joylashtirilishining vaqtinchalik taqiqini va ushbu chiqarishdagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha reklama kompaniyasini vaqtinchalik to‘xtatib turilishini anglatadi. Qimmatli qog‘ozlar muomalasini to‘xtatib qo‘yish ushbu qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzish bo‘yicha vaqtinchalik taqiqni anglatadi. Qimmatli qog‘ozlar reklamasi tarqatuvchilari va savdosini tashkilotchilarini joylashtirish va muomalasini to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha ma’lum qilish vazifasi emitentga yuklanadi. 97. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va muomalasini to‘xtatib qo‘yishga asoslar aniqlanganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va (yoki) muomalasini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ shu kabi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan emitentga qarorni va qonun buzishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmani, shuningdek, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qog‘ozlar harakatini blokirovka qilish to‘g‘risida ko‘rsatmani jo‘natadi. Emitent tegishli qonun buzishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma olgan vaqtdan boshlab qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilishini to‘xtatib qo‘yishi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilangan muddatlarda aniqlangan qonun buzishlarini bartaraf etishi shart. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tegishli ko‘rsatmasini olgan kundan boshlab Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi o‘rnatilgan tartibda qimmatli qog‘ozlar harakatini blokirovka qilish shart. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish muddati to‘xtatib qo‘yish davriga uzaytirilmaydi. 98. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalasining tiklanishi to‘xtatib qo‘yishiga sabab bo‘lgan qonun buzishlari emitent tomonidan bartaraf etilganidan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. 99. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilganligi to‘g‘risidagi qaror ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ shu kabi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan emitentga ushbu qarorni jo‘natadi. Emitent qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish to‘g‘risidagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qarorini olgan vaqtdan boshlab ikki ish kuni mobaynida bu to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishi shart. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda ushbu chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlari emitentga qaytarilishi lozim, emitent tomonidan ularni joylashtirishdan olingan mablag‘lar esa, ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan tartibda investorlarga qaytariladi. Bunda, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga berilgan davlat ro‘yxat raqamini bekor qilish orqali YaDRdan chiqariladi. 100. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini YaDRdan chiqarish qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga avval berilgan davlat ro‘yxat raqamini bekor qilish orqali quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: a) chiqarish amalga oshmagan deb topilganda; b) emitent qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda; v) tegishli sud qarori mavjud bo‘lganda; g) mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan holatlarda qimmatli qog‘ozlarning yangi chiqarilishida; d) obligatsiyalar chiqarilishi so‘ndirilganda. e) bitta chiqarilishdagi barcha AQQ ayirboshlanganda. 101. Emitent qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini (chiqarishlarini) YaDRdan chiqarishga asoslar paydo bo‘lgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida tegishli sabablarni, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga (chiqarishlariga) berilgan, YaDRdan chiqarilishi lozim bo‘lgan davlat ro‘yxat raqamini ko‘rsatgan va kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yozma arizani taqdim etishi shart. Emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining (chiqarishlarining) davlat ro‘yxat raqamini bekor qilinishiga, shuningdek qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini (chiqarishlarini) YaDRdan chiqarilishiga sabab bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlarning yangi, qo‘shimcha yoki birlamchi chiqarishlari amalga oshirilgan taqdirda emitentlar qimmatli qog‘ozlarning yangi, qo‘shimcha yoki birlamchi chiqarishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar bilan bir qatorda tegishli sabablarni, YaDRdan chiqarilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining (chiqarishlarining) davlat ro‘yxat raqamini ko‘rsatgan holda va kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yozma arizani taqdim etishi shart. 102. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini YaDRdan chiqarish uchun emitent ro‘yxatdan o‘tk
145
62,576
Qonunchilik
“Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/8-son “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2665, 2015-yil 14-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 15-son, 185-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “Doktorlik dissertatsiyasi” degan so‘zlar “Dissertatsiya” degan so‘z bilan almashtirilsin. 2. Qoidalarda: a) nomidagi, 2-bobning ikkinchi paragrafi nomidagi, 3-bobning nomidagi, 3-bobning birinchi paragrafi nomidagi hamda 3-bobning ikkinchi paragrafi nomidagi “Doktorlik dissertatsiyasi” degan so‘zlar “Dissertatsiya” degan so‘z bilan almashtirilsin. b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF–4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy) hamda fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi (bundan buyon matnda dissertatsiya deb yuritiladi) va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini belgilaydi.”; v) 1-bandda: birinchi xatboshidagi “Doktorlik dissertatsiyani” degan so‘zlar “Dissertatsiyani” degan so‘z bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshidan “va dissertatsiyaga kiritilishi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; g) 2-bandda: “Doktorlik dissertatsiyasi” degan so‘zlar “Dissertatsiyani” degan so‘z bilan almashtirilsin; “natijalari” degan so‘z chiqarib tashlansin; d) 2-bobning nomida “Doktorlik dissertatsiyasini” degan so‘zlar “Dissertatsiyani” degan so‘z bilan almashtirilsin; e) 2-bobning birinchi paragrafi nomidagi “Doktorlik dissertatsiyasiga” degan so‘zlar “Dissertatsiyaga” degan so‘z bilan almashtirilsin; j) 3-banddagi “Dissertatsiyani rasmiylashtirish katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchining tanlovi bo‘yicha” degan so‘zlar “Dissertatsiyani rasmiylashtirish doktorant yoki mustaqil izlanuvchining xohishiga ko‘ra” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; z) 4-banddagi “1-ilovasiga” degan so‘zlar “1 va 1a-ilovalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; i) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi hamda 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doktorlik dissertatsiyasi” degan so‘zlar “dissertatsiya” degan so‘z bilan almashtirilsin; k) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak: dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati; tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi; dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi uchun); muammoning o‘rganilganlik darajasi; dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi; tadqiqotning maqsadi; tadqiqotning vazifalari; tadqiqotning obyekti; tadqiqotning predmeti; tadqiqotning usullari; tadqiqotning ilmiy yangiligi; tadqiqotning amaliy natijalari; tadqiqot natijalarining ishonchliligi; tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati; tadqiqot natijalarining joriy qilinishi; tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi; tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi; dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.”; l) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida to‘rtta bobdan iborat bo‘lishi lozim.”; m) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining hajmi esa, 100 varaqdan oshmasligi kerak (matn varaqning old va orqa tomoniga yoziladi). Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Mundarija, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati hamda ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kiritilmaydi.”; n) 18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Dissertatsiya matni A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida, 1,5 qator oralig‘ida (“polutorniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.”; o) 23-banddagi “havola qilinganda,” degan so‘zlar “havola satr osti eslatmalarda keltiriladi yoki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; p) 26-banddagi “mumkin” degan so‘z “lozim” degan so‘z bilan almashtirilsin; r) 32-banddagi “2-ilovasiga” degan so‘zlar “2 va 2a-ilovalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; s) 34-banddagi “3-ilovasiga” degan so‘zlar “3 va 3a-ilovalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; t) 40-banddagi “doktorlik dissertatsiyalarining” degan so‘zlar “dissertatsiyalarning” degan so‘z bilan almashtirilsin; u) 42 va 43-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “42. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati o‘zbek va rus yoki ingliz tillarida 2 bosma taboq, har bir tilda 1 bosma taboq hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (rus yoki ingliz) qisqacha mazmuni ham beriladi. Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati o‘zbek va rus yoki ingliz tillarida 3 bosma taboq (har bir tilda 1,5 bosma taboq) hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (rus yoki ingliz) qisqacha mazmuni ham beriladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. 43. Dissertatsiya avtoreferati quyidagi texnik talablarga muvofiq tayyorlanadi va risola shaklida chop etiladi: matn A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining bir tomonida joylashtiriladi; matn 1 qator oralig‘ida (“odinarniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1 sm ga teng va bir xilda bo‘ladi; risolaning o‘lchami 21 x 14,5 sm bo‘ladi.”; f) 1-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; x) mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda 1a-ilova bilan to‘ldirilsin; ch) 2-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; sh) mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda 2a-ilova bilan to‘ldirilsin; e) 3-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 5-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; yu) mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 6-ilovasiga muvofiq tahrirda 3a-ilova bilan to‘ldirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda Fan va texnologiyalar agentligi bilan kelishilgan.
167
8,145
Qonunchilik
Adliya vazirligi FKning yangi tahririga oid takliflarni jamlamoqda
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda Fuqarolik kodeksining yangi tahririni tayyorlash ishlari olib borilmoqda (5.04.2019 yildagi F–5464-son va sharhga qarang). Fuqarolik kodeksini takomillashtirishga oid takliflarni Adliya vazirligining quyidagi elektron pochta manzillariga yoʻllash mumkin: Har bir taklif koʻrib chiqilib, maqbul deb topilganda yuqorida koʻrsatilgan hujjatni ishlab chiqish chogʻida foydalaniladi. Vazirlik murojaat qilgan shaхslar bilan yozishmalar olib borish, takliflarni yoki boshqa хatlarni sharhlash, shuningdek taklif bilan murojaat qilganlarni qandaydir yoʻsinda ragʻbatlantirish majburiyatini zimmasiga olmaydi.
66
632
Qonunchilik
“Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-714-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-714-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
248
419
Qonunchilik
MUDDATLI HARBIY, MUQOBIL XIZMATNING BELGILANGAN MUDDATLARINI O‘TAB BO‘LGAN FUQAROLARNI BO‘ShATISh HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARIGA NAVBATDAGI ChAQIRUV TO‘G‘RISIDA
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflaridan: muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolar – rezervga; muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolar — zaxiraga bo‘shatilsin. 2. 1976—1985-yillarda tug‘ilgan, chaqirilish muddatini uzaytirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2003-yilning oktyabr-noyabr oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin. Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Qurolli Kuchlarning chaqiriluvchilar bilan sifatli butlanishini ta’minlash maqsadida joylardagi chaqiruv komissiyalarining samarali ishlashini tashkil etsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (F.G‘.Nazirov) Mudofaa vazirligi (Q.G‘.G‘ulomov) bilan birgalikda chaqiruv uchastkalarini zarur tibbiyot asbob-anjomlari va buyumlari bilan ta’minlasin, chaqiriluvchilarning laboratoriya tekshiruvlari sifatli o‘tkazilishini, ularning turli ixtisoslikdagi yuqori malakali vrachlar tomonidan har tomonlama tibbiy tekshirib ko‘rilishini tashkil etsin. Chaqiriluvchilarni tibbiy tekshirishning xolisligi muqobil tibbiy komissiyalarning samarali ishlashini tashkil etish orqali ta’minlansin.
179
1,712
Qonunchilik
Avtomobillarni TKdan oʻtkazish muddatlari qayta koʻrib chiqildi
Prezidentning 28.06.2022 yildagi “Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan. 2022 yil 1 iyuldan boshlab: 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab joriy etiladigan tartibga muvofiq: Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransport vositalari uchun tatbiq etilmaydi. Shuningdek, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish YaIDXP bilan bir qatorda ichki ishlar organlari yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalari tomonidan ham amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. Lola Abduazimova.
63
706
Qonunchilik
Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 30-son, 346-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 5-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: 1. Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan Ixtisoslashgan kengash haqida nizom (ro‘yxat raqami 260, 1996-yil 10-iyul); O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/3-son “Ixtisoslashgan kengash haqida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qarori (ro‘yxat 260-1, 2003-yil 12-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son); O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/11-son “Ixtisoslashgan kengash haqidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qarori (ro‘yxat raqami 260-2, 2010-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 3-4-son, 23-modda). 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF–4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 30-son, 346-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 5-modda) muvofiq fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: talabgor — fan doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borayotgan shaxs; attestatsiya — oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash jarayoni bosqichlarida tegishli chora-tadbirlarni o‘tkazish, jumladan malakaviy imtihonlarni qabul qilish, seminarlar va davra suhbatlarida dissertatsiyani aprobatsiyadan (muhokamadan) o‘tkazish, fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashda (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) dissertatsiya himoyasini o‘tkazish va dissertatsiyani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida (keyingi o‘rinlarda OAK deb yuritiladi) ekspertizadan o‘tkazish asosida talabgorlarning ilmiy saviyasini hamda dissertatsiya natijalarining yangiligi va sifatini baholash; attestatsiya ishi — talabgorning attestatsiyaga oid hujjatlari to‘plami; dissertatsiya — talabgorning e’lon qilingan ilmiy ishlari asosida tayyorlangan qo‘lyozma shaklidagi yuqori malakaviy ilmiy asar; dissertatsiya avtoreferati — dissertatsiyaning asosiy g‘oyasi, xulosalari, o‘tkazilgan tadqiqotlarga talabgorning qo‘shgan hissasi, tadqiqot natijalarining yangiligi, ilmiy va amaliy ahamiyati hamda tatbig‘i bayon qilingan qo‘lyozma; ish bajarilgan tashkilot — talabgorning dissertatsiya tadqiqotlari o‘tkazilgan va ishlanmalari bajarilgan tashkilot; ekspertiza — dissertatsiya ilmiy natijalarining qay darajada to‘g‘riligi, yangiligi, dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, uni dissertatsiyalarni baholash mezonlariga mos kelishini baholash; dastlabki ekspertiza — dissertatsiyaning himoyadan oldin o‘tkaziladigan ekspertizasi; Bir martalik kengash — fan doktori ilmiy darajasini beruvchi vaqtinchalik ilmiy kengash; Kengash qoshidagi ilmiy seminar — dissertatsiyani yakuniy dastlabki ekspertizadan o‘tkazadigan seminar (keyingi o‘rinlarda Ilmiy seminar deb yuritiladi); dissertatsiya himoyasi — tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi, xulosalari, tavsiyalarining to‘g‘riligi va asoslanganligi, dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, talabgorning fanga qo‘shgan hissasi bo‘yicha ilmiy jamoatchilik oldida o‘tkaziladigan muhokama; ilmiy maslahatchi — dissertatsiya mavzusini tanlashda talabgorga ko‘maklashgan, tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilab beradigan va tadqiqotni o‘tkazishda maslahat beradigan mas’ul shaxs; jamoaviy taqriz — OAK tomonidan yuborilgan dissertatsiyani ko‘rib chiqish yuzasidan Kengashning qo‘shimcha xulosasi; hisob komissiyasi — Kengash majlisida yopiq ovoz berishni o‘tkazish uchun tuziladigan bir martalik komissiya; apellyatsiya — fan doktori ilmiy darajasini berish yoki undan mahrum etish yoxud uni tiklash to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan berilgan shikoyat arizasi. 2. Kengash dissertatsiyalarning ekspertizasi sifati, xolisligi, tayyorlangan dissertatsiya himoyasi uchun zarur sharoit yaratilishi va qabul qilgan qarorlarining asosliligi uchun mas’uldir. 3. Huzurida Kengash tuzish uchun muassasalar quyidagi talablarga javob berishi lozim: fundamental va amaliy fanning tegishli sohalaridagi tan olingan yutuqlarga, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishning yuqori darajasiga erishgan, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yetarli ilmiy salohiyatga – kamida ikki nafar fan doktori hamda sifatli oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibiga; tegishli fan sohalari bo‘yicha davlat grantlari va xalqaro grantlarda, ilmiy loyihalarni (xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari va boshqalar) ishlab chiqishda ishtirok etayotgan hamda ilmiy ishlari, jumladan xorijda nashr qilingan ilmiy ishlari mavjud bo‘lgan xodimlarga; tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy ishlab turgan ilmiy seminarlarga, respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lishi. 4. Kengash oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi yetakchi oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida mazkur muassasalar bo‘ysunuvchi vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasining murojaatnomalariga asosan, OAK tomonidan tuziladi. Muassasalar Kengash tuzish uchun mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan talablarning barchasiga javob bermagan taqdirda, vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasining murojaatnomalariga asosan, OAK tomonidan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida, istisno tariqasida, tashkilotlararo Kengash tuzilishi mumkin. Kengash hamda tashkilotlararo Kengash rahbariyati va tarkibi OAK tomonidan tasdiqlanadi. 5. Vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasining murojaatnomasida Kengash tuzish zarurati va uni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilishi hamda murojaatnomaga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Kengash a’zoligiga tavsiya etilayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumot, obyektiv-ma’lumotnoma, ularning yozma roziligi va oxirgi uch yil ichida nashr etilgan ilmiy ishlari ro‘yxati ilova qilinadi. 6. Kengash tomonidan ko‘pi bilan to‘rtta ixtisoslik yoki fan sohasi bo‘yicha dissertatsiyalar himoyaga qabul qilinishi mumkin. 7. Kengash a’zolari kamida o‘n bir nafar va ko‘pi bilan yigirma bir nafar fan doktorlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. 8. Kengash tarkibiga, istisno tariqasida, tegishli ixtisoslik yoki fan sohasi bo‘yicha faol ilmiy faoliyat olib borayotgan va katta ilmiy-amaliy tajribaga ega bo‘lgan fan nomzodlari ham kiritilishi mumkin, bunda fan doktorlari soni Kengash a’zolarining 80 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Kengash tarkibida Kengash ixtisosligining tegishli fan sohasi bo‘yicha kamida besh nafar fan doktori bo‘lishi lozim. Kengash tarkibiga fan nomzodlari kiritilgan taqdirda, kamida to‘rt nafar fan doktori bo‘lishi lozim. 9. Zarur hollarda, Kengash tarkibiga Kengash ixtisosliklariga yaqin fan sohalari bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar ham kiritilishi mumkin. Bir shaxs faqat bitta fan sohasining bitta ixtisosligi bo‘yicha Kengashga kiritiladi hamda ko‘pi bilan ikkita Kengash a’zosi bo‘lishi mumkin. Kengash a’zoligiga tavsiya etilayotgan shaxslar oxirgi uch yil ichida kamida beshta ilmiy ish (ilmiy maqolalar, monografiyalar, ixtiro uchun patentlar) nashr ettirgan bo‘lishi shart. 10. Kengash tarkibiga OAK Rayosati va OAK ekspert kengashlarining a’zolari kiritilmaydi. Kengash ixtisosliklari bo‘yicha yetakchi mutaxassis-olimlar — fan doktorlari vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasining murojaatnomasiga asosan, OAK tomonidan Kengash raisi va o‘rinbosar(lar)i etib tasdiqlanadi. Kengash raisi turli sabablarga ko‘ra Kengash faoliyatida ishtirok etaolmagan taqdirda, uning vazifasini rais o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlardan biri bajaradi. Kengash ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan hamda Kengash tuzilayotgan yetakchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida shtat asosida ishlaydigan shaxs OAK tomonidan Kengash ilmiy kotibi etib tasdiqlanadi. 11. Kengash tarkibi har yili uning kamida 15 foizini yangilash sharti bilan uch yil muddatga tasdiqlanadi. Kengash tarkibida surunkasiga ikki muddatdan ortiq ishlash mumkin emas. Kengash tarkibidan chiqqan a’zolar Kengash tarkibiga uch yil o‘tgandan keyin qayta kiritilishi mumkin. Kengash raisi, rais o‘rinbosar(lar)i va ilmiy kotibi vazifasini bajarish muddati uch yildan oshmasligi lozim hamda keyingi uch yil ichida ushbu vazifalarga qayta tasdiqlanishi mumkin emas. 12. OAK tomonidan Kengash ixtisosliklari ro‘yxati va Kengash raisi tegishli vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasining murojaatnomasiga yoki OAK ekspert kengashining tavsiyasiga asosan o‘zgartirilishi mumkin. 13. Kengash tarkibiga o‘zgartirishlar Kengash tuzilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbarining yoki Kengash raisining murojaatnomasi asosida OAK tomonidan kiritilishi mumkin. Bunda o‘zgartirishlar aniq ko‘rsatilishi hamda asoslab berilishi lozim. 14. Dissertatsiya ixtisosligi yoki tegishli fan sohasi bo‘yicha Kengash bo‘lmagan taqdirda, ish bajarilgan tashkilot dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan o‘tkazib, dissertatsiya ixtisosligiga mos yoki yaqin keluvchi Kengashga, bunday Kengash bo‘lmagan taqdirda, OAKga Bir martalik kengash tuzishni so‘rab murojaat qiladi. 15. Ish bajarilgan tashkilot Bir martalik kengash tuzish bo‘yicha Kengashga murojaat qilganda, dissertatsiya Kengash tomonidan dastlabki ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosa ijobiy bo‘lgan taqdirda, Kengash bir martalik himoya o‘tkazish zarurligi asoslangan taqdimnoma bilan OAKga murojaat qiladi. 16. Mazkur taqdimnomaga Kengash tarkibiga qo‘shimcha a’zolarni kiritish bo‘yicha takliflar ilova qilinadi. Kengash tarkibiga qo‘shimcha a’zolarni kiritish bo‘yicha taklifda tegishli ixtisoslik yoki fan sohasi bo‘yicha hal qiluvchi ovoz berish huquqi bilan kamida besh nafar fan doktori kiritilishi nazarda tutilishi lozim. 17. Ish bajarilgan tashkilot yoki Kengash Bir martalik kengash tuzish bo‘yicha OAKga murojaat qilganda, OAKga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: Bir martalik kengash tuzish haqidagi murojaatnoma; Kengash tarkibiga kiritilayotgan qo‘shimcha a’zolar, ish bajarilgan tashkilotda Kengash tuzilayotganda, barcha Kengash a’zoligiga tavsiya etilayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumot va obyektiv-ma’lumotnomalar, ularning yozma roziligi va oxirgi uch yil ichida nashr etilgan ilmiy ishlari ro‘yxati; talabgor to‘g‘risidagi obyektiv-ma’lumotnoma; talabgorning oliy ta’lim muassasasini bitirganligi haqidagi diplomi nusxasi; talabgorning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqatini aniqlash bo‘yicha test sinovlaridan o‘tganligi haqidagi guvohnoma yoki fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari diplomi nusxasi; malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar; ish bajarilgan tashkilotning xulosasi; dissertatsiya muhokama qilingan tashkilotlarning xulosalari; hammualliflikdagi ilmiy ishlarini dissertatsiyaga to‘la yoki qisman kiritish uchun talabgorning hammualliflarining yozma roziligi; dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining qo‘lyozmalari; talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari. 18. Kengashning taqdimnomasi yoki ish bajarilgan tashkilotning murojaatnomasi asosida taqdim etilgan hujjatlar OAK tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosa ijobiy bo‘lgan taqdirda, mazkur Nizomning 7—10-bandlariga muvofiq Bir martalik kengash va uning qoshidagi ilmiy seminar tarkibini tuzadi va tasdiqlaydi. Zarur hollarda, Bir martalik kengash tarkibi dissertatsiya ixtisosligiga yaqin fan sohalari bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslardan iborat tarkibda tuzilishi mumkin. Dissertatsiya bo‘yicha yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar OAK tomonidan tavsiya etilishi mumkin. 19. Dissertatsiya bo‘yicha ekspert kengashining xulosasi salbiy bo‘lgan taqdirda, Kengash taqdimnomasi yoki ish bajarilgan tashkilotning murojaatnomasiga nisbatan rad javobi beriladi hamda dissertatsiya yuzasidan ekspert kengashi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar tegishli Kengash yoki tashkilotga yuboriladi. Talabgor kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng, ish tegishli Kengash yoki tashkilot tomonidan qayta ekspertizadan o‘tkazilib, Kengashga yoki OAKga Bir martalik kengash tuzishni so‘rab murojaat qiladi. 20. Bir martalik kengash tuzish bo‘yicha OAKning salbiy qarori chiqqan kundan e’tiboran olti oy o‘tgandan keyin, qayta murojaat qilish mumkin. 21. Bir martalik kengash faoliyati mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. 22. Kengash xolislik, ochiqlik, shaffoflik va tezkorlik prinsiplari asosida OAK rahbarligida faoliyat olib boradi. Kengash faoliyati tashkilotning veb-sayti orqali yoritib boriladi. 23. Talabgor dissertatsiyasi himoyasiga oid barcha hujjatlar bilan tanishish va Kengash rahbariyatidan barcha masalalar xususida malakali yordam olish huquqiga ega. 24. Kengash majlisida bitta dissertatsiya himoyasi yoki bitta jamoaviy taqriz muhokamasi, kun davomida esa, ikkita majlis o‘tkazilishi mumkin. Dissertatsiya himoyalari sessiya tarzida OAK ruxsati bilan o‘tkaziladi. 25. Kengash dissertatsiya himoyasini o‘tkazish navbatini rejalashtirishda, birinchi navbatda, boshqa tashkilotlardan kelgan talabgorlarning dissertatsiyalarini himoyaga qabul qilish va OAK tomonidan qo‘shimcha xulosa olish uchun yuborilgan dissertatsiyalarni ko‘rib chiqishga e’tibor qaratishi lozim. 26. Kengash o‘zi faoliyat yuritayotgan tashkilotning rasmiy blanki va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhridan foydalanadi. Tashkilot rahbariyati Kengash faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishga mas’uldir. 27. Quyidagi hollarda Kengash faoliyati OAK tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi yoki tugatilishi mumkin: Kengash tomonidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob bermaydigan hamda ilmiy saviyasi past dissertatsiya himoyalari o‘tkazilganda; Kengash faoliyati davomida himoya qilingan ikkita dissertatsiyaga OAK tomonidan rad javobi berilgan bo‘lsa; dissertatsiya himoya qilish tartibi Kengash tomonidan muntazam ravishda buzilganda. 28. Kengash raisi har yili 31-dekabrga qadar Kengash faoliyati bo‘yicha tegishli tashkilotga hamda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda OAKga hisobot beradi. 29. Kengash tomonidan quyidagi asosiy masalalar yuzasidan majlislar o‘tkaziladi: dissertatsiyani himoyaga qabul qilish; dissertatsiyani himoya qilish; OAK tomonidan yuborilgan dissertatsiyani ko‘rib chiqish; ilmiy darajalardan mahrum etish yoki uni tiklash masalalarini ko‘rib chiqish; apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish. 30. Dissertatsiyani Kengashda dastlabki ekspertizadan o‘tkazish hamda Ilmiy seminarning ishlash tartibi fan doktori ilmiy darajasini berish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 31. Ilmiy seminar tomonidan dissertatsiya bo‘yicha ijobiy xulosa berilgandan so‘ng, dissertatsiya ixtisosligi bo‘yicha Kengashning uch nafar a’zosidan iborat tarkibda ekspert komissiyasi tuziladi. Ekspert komissiyasi tarkibiga ilmiy seminar a’zosi bo‘lgan Kengash a’zolari ham kiritilishi mumkin. 32. Ekspert komissiyasi zimmasiga quyidagilar yuklatiladi: ko‘rilayotgan dissertatsiya va unga tegishli hujjatlarning OAK talablariga mosligini tekshirish; dissertatsiya bilan tanishib chiqish va uning tegishli ixtisosliklarga qay darajada muvofiq kelishi va talabgor tomonidan e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya materiallari qanchalik to‘liq bayon etilganligi bo‘yicha xulosa berish; dissertatsiya bo‘yicha yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar tayinlash, zarur hollarda, Kengash tarkibiga qo‘shimcha a’zolar kiritish yuzasidan takliflar berish. 33. Kengash ish bajarilgan tashkilot, Ilmiy seminar va Kengash ekspert komissiyasining xulosalariga asosan, dissertatsiyani himoyaga qabul qiladi. Ish bajarilgan tashkilot huzurida Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, dissertatsiya tegishli laboratoriya, bo‘lim, kafedra yoki kafedralararo, laboratoriyalararo birlashgan ilmiy seminarning hamda Ilmiy seminar va Kengash ekspert komissiyasining xulosalariga asosan, himoyaga qabul qilinadi. 34. Kengash majlisi mazkur Nizomning 42-bandida belgilangan talablarga muvofiq vakolatli hisoblanadi. Kengashning ekspert komissiyasining ijobiy xulosasiga asosan dissertatsiyani himoyaga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan majlisda ishtirok etayotgan Kengash a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan yoqlab ovoz berilganda, qabul qilingan hisoblanadi. Etakchi tashkilot va rasmiy opponentlar Kengash tomonidan dissertatsiyani himoyaga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin tasdiqlanadi hamda tegishli hujjatlar dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida OAK veb-saytida e’lon berish uchun OAKga taqdim etiladi. Dissertatsiya himoyasi to‘g‘risidagi e’lon “OAK Byulleteni” jurnalida ham chop etiladi. 35. Dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida OAK veb-saytida e’lon berilgandan so‘ng, Kengash raisi tomonidan qo‘lyozma huquqida dissertatsiya avtoreferatini chop etishga ruxsat beriladi va dissertatsiya himoyasi kuni tayinlanadi. Dissertatsiya avtoreferatining to‘liq matni huzurida Kengash faoliyat yuritayotgan tashkilotning veb-sayti va “ZiyoNET” axborot-resurs portaliga joylashtiriladi hamda uning elektron shakli rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yirik axborot-resurs markazlari va ilmiy tashkilotlariga yuboriladi. 36. Dissertatsiya himoyasi OAK veb-saytida e’lon berilgandan so‘ng, uch oy ichida o‘tkazilishi shart. Mazkur talab Kengash tomonidan bajarilmagan taqdirda, dissertatsiya himoyasini o‘tkazishga ruxsat berish masalasi OAK Rayosati tomonidan hal etiladi. 37. Dissertatsiya himoyasini o‘tkazish manzili, kuni va soati himoyadan kamida bir oy oldin dissertatsiya avtoreferatini mazkur Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan dissertatsiya avtoreferati tarqatilishi shart bo‘lgan tashkilotlarga va Kengash tasdiqlagan qo‘shimcha ro‘yxatga asosan tarqatish hamda respublika ahamiyatidagi gazetalardan birida e’lon berish va huzurida Kengash faoliyat yuritayotgan tashkilotning veb-sayti orqali ma’lum qilinadi. 38. Dissertatsiya avtoreferati Kengash a’zolari va OAKga reyestr asosida Kengash ilmiy kotibi tomonidan topshiriladi, rasmiy opponentlar va yetakchi tashkilotga kuzatuv xati orqali yetkaziladi. Dissertatsiya avtoreferati tarqatilishi shart bo‘lgan tashkilotlar hamda Kengash tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha qolgan shaxslarga pochta aloqasi bo‘limi orqali yuboriladi. Kengashning har bir a’zosi dissertatsiya avtoreferati va Kengash faoliyat yuritayotgan tashkilotning Axborot-resurs markazida saqlanayotgan dissertatsiya bilan batafsil tanishib chiqishi shart. Kengash a’zolari tomonidan ham dissertatsiya avtoreferati bo‘yicha dissertatsiya yuzasidan taqriz berilishi mumkin. 39. Dissertatsiya o‘z mohiyatiga ko‘ra Kengash ixtisosliklariga to‘g‘ri kelmagan hamda talabgor tomonidan fan doktori ilmiy darajasini berish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq bajarilmagan taqdirda, dissertatsiya Kengash tomonidan himoyaga qabul qilinmaydi. Bunda talabgorga dissertatsiyani Kengash tomonidan himoyaga qabul qilmaslik sabablari ko‘rsatilgan majlis bayonnomasidan ko‘chirma hamda talabgor topshirgan barcha hujjatlar qaytarib beriladi. 40. Kengash majlislari Kengash raisi rahbarligida o‘tkaziladi. Kengash raisi, rais o‘rinbosari va ilmiy kotibi o‘zi ilmiy maslahatchi bo‘lgan dissertatsiya himoyasi ko‘rib chiqilayotganda, Kengash majlisida raislik qilishi yoki ilmiy kotiblik vazifalarini bajarishi mumkin emas. Bunda ularning vazifasini bajarish huzurida Kengash faoliyat yuritayotgan tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan Kengash a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi. Bir vaqtning o‘zida rais, rais o‘rinbosari va ilmiy kotib ham bo‘lmasa, Kengash majlisi o‘tkazilmaydi. 41. Kengash majlisi ochilishidan oldin Kengashning ekspert komissiyasi tomonidan tayyorlangan Kengash xulosasi loyihasi a’zolarga tarqatiladi. 42. Kengash majlisi uning ishida a’zolarining kamida uchdan ikki qismi va unda himoya qilinayotgan dissertatsiya ixtisosligi bo‘yicha kamida uchta fan doktori ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Kengash a’zolarining majlisda ishtirok etayotganligi hamda ularning Kengashdagi ixtisosligi va ilmiy darajalari majlis stenogrammasida qayd etiladi. 43. Kengash majlisi ochilgandan so‘ng, rais dissertatsiya himoyasi o‘tkazilishini, dissertatsiya mavzusini, rasmiy opponentlarning ism va familiyalarini hamda yetakchi tashkilot nomini e’lon qiladi. Shundan so‘ng, ilmiy kotib tomonidan talabgor topshirgan hujjatlarning asosiy mazmuni va ularning belgilangan talablarga qay darajada muvofiq kelishi haqida ma’lumot beriladi. 44. Ilmiy kotibdan so‘ng, talabgorga dissertatsiyaning mohiyati va asosiy holatlarini bayon etish hamda savollarga javob berish uchun so‘z beriladi. Ilmiy maslahatchi talabgordan keyin so‘zga chiqadi. Ilmiy maslahatchi o‘z fikrini yakunlagach, ilmiy kotib tomonidan ish bajarilgan tashkilotning va Ilmiy seminarning xulosalari, yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati bo‘yicha Kengashga kelib tushgan boshqa taqrizlar o‘qib eshittiriladi. Kengashga dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati bo‘yicha ijobiy taqrizlar ko‘p kelib tushgan taqdirda, Kengash a’zolarining roziligi bilan ilmiy kotib tomonidan taqrizlarda qayd etilgan fikrlar qisqacha bayon qilinadi, salbiy taqrizlar esa, to‘liq o‘qib eshittiriladi. Taqrizlar o‘qib eshittirilgach, talabgorga so‘z beriladi. 45. Shundan so‘ng, dissertatsiya bo‘yicha rasmiy opponentlar so‘zga chiqadi. Har bir rasmiy opponentning nutqidan so‘ng, javob berish uchun talabgorga so‘z beriladi. 46. Kengash a’zolari va majlisda hozir bo‘lganlarning barchasi ilmiy munozarada ishtirok etish huquqiga ega. Munozara tugagach, fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha yashirin ovoz berish o‘tkaziladi. Yashirin ovoz berish mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi byulleten (keyingi o‘rinlarda byulleten deb yuritiladi) asosida hisob komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. 47. Hisob komissiyasi uch kishidan iborat tarkibda Kengash majlisida ishtirok etayotgan va hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali saylanadi. 48. Yashirin ovoz berishda Kengash majlisida ishtirok etayotgan va hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan Kengash a’zolari ishtirok etadi va ularga hisob komissiyasi tomonidan qaydnoma asosida byulleten beriladi. Dissertatsiya himoyasiga kechikib kelgan yoki himoya tugamasdan ketib qolgan Kengash a’zolari kvorumni aniqlashda hisobga olinmaydi va yashirin ovoz berishda ishtirok etmaydi. O‘zi a’zo bo‘lgan Kengashda dissertatsiya himoya qilayotgan talabgor ovoz berishda ishtirok etmaydi va majlisdagi Kengash a’zolarining ro‘yxatida hisobga olinmaydi. 49. Ovoz berish yakunlangach, hisob komissiyasi a’zolari tomonidan quticha ochilib, byulletenlar sanaladi va ovoz berish natijalari yuzasidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Hisob komissiyasi majlisining bayonnomasi (keyingi o‘rinlarda bayonnoma deb yuritiladi) tuziladi. 50. Tarqatilmagan byulletenlar yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin tegishli belgi qo‘yilib, hisob komissiyasida qoldiriladi va qolgan byulletenlar haqida bayonnomada qayd qilinadi. Fikrni aniqlash imkonini bermaydigan byulletenlar, yaroqsiz deb topiladi va bu haqda bayonnomada qayd qilinadi. Bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng, hisob komissiyasi tomonidan barcha byulletenlar konvertga solib muhrlanadi va bayonnomaga ilova qilinadi. Bayonnoma yashirin ovoz berishda ishtirok etgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali tasdiqlanadi. Bayonnoma tasdiqlanmagan taqdirda, dissertatsiya muhokamasi davom ettiriladi. Bunda hisob komissiyasi tomonidan yangi byulletenlar tayyorlanadi va belgilangan tartibda yashirin ovoz berish qayta o‘tkaziladi. Bayonnomani tasdiqlamaslik masalasi dissertatsiyani himoya qilish yoki hisob komissiyasining ishlash tartibi buzilgan taqdirda, Kengash tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin. 51. Bayonnoma tasdiqlangandan so‘ng, fan doktori ilmiy darajasini berish masalasida ijobiy qaror qabul qilinganda, Kengash xulosasi loyihasi muhokamaga qo‘yiladi. 52. Dissertatsiya yuzasidan xulosada quyidagilar aks ettiriladi: talabgorning eng muhim ilmiy natijalari; ilmiy natijalarning to‘g‘riligi va yangiligiga berilgan baho; dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati; dissertatsiya natijalaridan foydalanilganligi va foydalanish bo‘yicha tavsiyalar; dissertatsiya unga qo‘yiladigan talablarning qay biriga mosligi. Xulosa ochiq ovoz berish asosida majlisda ishtirok etgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Fan doktori ilmiy darajasini berish masalasida salbiy qaror qabul qilinganda, xulosa muhokamaga qo‘yilmaydi. 53. Dissertatsiyaning natijalarini amaliyotga (fan, texnika, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa sohalariga) tatbig‘ini tasdiqlovchi hujjatlar asosida talabgor tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. 54. Fan doktori ilmiy darajasini berish masalasi unga majlisda ishtirok etgan va ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilganda, ijobiy qaror qabul qilingan hisoblanadi. 55. Kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi qarori o‘qib eshittirilgandan so‘ng, talabgorga yakunlovchi so‘z beriladi. 56. Attestatsiya ishi dissertatsiya himoyasidan keyin bir oy ichida OAKga yuboriladi. 57. Qo‘shimcha xulosa olish uchun OAK tomonidan yuborilgan dissertatsiya ikki oy ichida Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu masala Kengash majlisida ko‘rib chiqilishidan oldin Kengash a’zolaridan iborat bo‘lgan uch kishilik komissiyaga talabgorning dissertatsiyasi, ekspertizaning oldingi bosqichlarida bildirilgan tanqidiy fikrlarni o‘rganib chiqish va tegishli xulosa loyihasini Kengashga taqdim etish topshiriladi. 58. Talabgor dissertatsiyasi ko‘rib chiqilayotgan Kengash majlisiga taklif etiladi. Talabgor komissiyaning xulosasi bilan oldindan tanishtirilgan bo‘lishi kerak. Majlisda talabgorning rasmiy opponentlari, yetakchi tashkilot vakillari, zarur hollarda, Kengash tomonidan taklif etiladigan boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Kengash a’zolarining majlisda ishtirok etayotganligi hamda ularning Kengashdagi ixtisosligi va ilmiy darajalari majlis stenogrammasida qayd etiladi. 59. Kengash majlisini ochish vaqtida rais mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi Kengash a’zolarining qayd varaqasi asosida majlisning vakolatliligi haqida Kengash a’zolarini xabardor qiladi. Rais majlisni ochgandan so‘ng, majlisda qo‘shimcha xulosa olish uchun yuborilgan dissertatsiya ko‘rib chiqilishini e’lon qiladi, dissertatsiyaning mavzusini, dissertatsiya himoyasi o‘tgan Kengashni, rasmiy opponentlarning ism va familiyalari hamda yetakchi tashkilotni ko‘rsatib o‘tadi. Kengashning ilmiy kotibi tomonidan dissertatsiya bo‘yicha ekspertizaning oldingi bosqichlarida aytilgan tanqidiy fikrlar haqida ma’lumot beriladi. Talabgor tomonidan dissertatsiyaning mohiyati va asosiy holatlari bayon etiladi. Bunda talabgorga savollar berilishi mumkin. 60. Muhokama komissiya a’zolaridan birining so‘zga chiqishi bilan boshlanadi. Kengash majlisida ishtirok etayotgan har bir shaxs so‘z olish huquqiga ega. Muhokamadan so‘ng, talabgorga yakunlovchi so‘z beriladi va Kengash tomonidan mazkur Nizomning 47—50-bandlariga muvofiq yashirin ovoz berish o‘tkaziladi. Kengash tomonidan majlisda ishtirok etgan va ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilganda, ijobiy qaror qabul qilingan hisoblanadi. 61. Bayonnoma tasdiqlangach, Kengash ochiq ovoz berish orqali majlisda ishtirok etgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qo‘shimcha xulosa matnini qabul qiladi. Xulosada dissertatsiya unga qo‘yiladigan talablarning qay biriga javob berishi yoki javob bermasligi ko‘rsatiladi. Talabgorga xulosa nusxasi, u tasdiqlangandan keyin beriladi. 62. Yashirin ovoz berish natijalari ko‘rsatilgan hamda Kengash raisi va ilmiy kotibi imzolagan stenogramma va xulosaning matni talabgorning dissertatsiyasi bilan birga uch hafta ichida OAKga yuboriladi. 63. Kengash majlisiga shaxsni ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash masalasini qo‘yish uchun asos bo‘ladigan materiallar tushgan taqdirda, ushbu materiallarning asosliligini o‘rganish kamida besh kishidan iborat tarkibda Kengash a’zolari orasidan tuziladigan komissiyaga topshiriladi. Ushbu masala yuzasidan, zarur hollarda, Kengash tomonidan tegishli oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbariyati orqali so‘rovlar yuboriladi. O‘rganish natijalariga asosan komissiya tomonidan xulosa chiqariladi va xulosa Kengashda ko‘rib chiqish uchun topshiriladi. Komissiya tayyorlagan materiallar Kengash tomonidan bir oy ichida ko‘rib chiqilishi lozim. 64. Kengash majlisi ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash masalasi qo‘yilgan shaxs ishtirokida o‘tkaziladi. Shaxs bu haqda majlis o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin ogohlantirilishi shart. Agar shaxs majlisga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yoki majlisga kelishdan bosh tortsa, Kengash tomonidan uning ishtirokisiz majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Mazkur shaxs uzrli sabablarga ko‘ra majlisga kelaolmasligi haqida oldindan xabar qilganda, Kengash majlisi boshqa kunga yoki boshqa vaqtga qoldiriladi. 65. Kengash raisi majlisni ochish vaqtida majlisning vakolatliligi to‘g‘risida xabardor qiladi hamda majlisda ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash haqidagi masala ko‘rib chiqilishini e’lon qiladi. Mazkur masala yuzasidan komissiya a’zolaridan biri ma’ruza qiladi. Ma’ruza tugagach, ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash masalasi qo‘yilgan shaxsga so‘z beriladi. Kengash majlisida hozir bo‘lganlarning barchasi so‘zga chiqish huquqiga ega. 66. Muhokamadan so‘ng Kengash tomonidan mazkur Nizomning 47—50-bandlariga muvofiq ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash yuzasidan yashirin ovoz berish o‘tkaziladi. Kengashning ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash haqidagi qarori majlisda ishtirok etgan va ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilganda, qabul qilingan hisoblanadi. 67. Kengash tomonidan bayonnoma tasdiqlangach, yashirin ovoz berish natijalariga asoslangan holda ochiq ovoz berish yo‘li bilan majlisda ishtirok etgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi, unda ko‘rib chiqilgan materiallarning mohiyati va natijalari aniq-ravshan ko‘rsatilishi hamda OAKdan ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklashni so‘rash uchun yetarli asos bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida xulosa bo‘lishi lozim. Yashirin ovoz berish natijalari hamda Kengash qarori ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash masalasi qo‘yilgan shaxsga darhol ma’lum qilinishi lozim. 68. Kengash tomonidan shaxsni ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolangan Kengash majlisining stenogrammasi va yashirin ovoz berish natijalari ko‘rsatilgan qaror uch hafta ichida OAKga yuboriladi. Ilmiy darajadan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqish OAK tomonidan yuborilgan hollarda, Kengashda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, OAKga yuboriladi. 69. Manfaatdor shaxslar Kengash qarori yuzasidan apellyatsiya berganda, Kengash raisi tomonidan Kengash a’zolari orasidan kamida besh kishidan iborat tarkibda tuziladigan komissiyaga zarur materiallarni o‘rganib chiqish hamda apellyatsiya yuzasidan Kengash xulosasi loyihasini tayyorlash topshiriladi. Agar apellyatsiya ilmiy daraja berish bo‘yicha Kengash qarori yuzasidan berilgan bo‘lsa, Kengash raisi bir hafta ichida bu haqda OAKni xabardor qiladi. Apellyatsiya “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi. 70. Apellyatsiya bergan shaxs yoki talabgor hamda boshqa manfaatdor shaxslar majlisdan kamida besh kun oldin xabardor qilinib, Kengash majlisiga taklif etiladi. Apellyatsiya bergan shaxs uzrli sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda, Kengash majlisi boshqa vaqtga yoki boshqa kunga ko‘chiriladi. Apellyatsiya bergan shaxs uzrsiz sabablarga ko‘ra Kengash majlisiga kelmagan taqdirda, majlis uning ishtirokisiz o‘tkaziladi. 71. Kengash raisi tomonidan majlisni ochish vaqtida majlisning vakolatliligi haqida ma’lum qilinadi. Kengash a’zolarining majlisda ishtirok etayotganligi hamda ularning Kengashdagi ixtisosligi va ilmiy darajalari majlis stenogrammasida qayd etiladi. Kengash raisi majlis ochilgandan so‘ng, apellyatsiya ko‘rib chiqilishini e’lon qiladi va uni o‘qib eshittirish uchun ilmiy kotibga so‘z beradi. Komissiya a’zolaridan biri komissiyaning ishi natijalarini hamda apellyatsiya yuzasidan Kengash xulosasi loyihasini o‘qib eshittiradi. Kengash majlisida hozir bo‘lganlarning barchasi muhokamada ishtirok etish huquqiga ega. 72. Muhokama tugagandan so‘ng, Kengash yopiq ovoz berish asosida majlisda ishtirok etgan va ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismining ovozi bilan apellyatsiya yuzasidan xulosa qabul qiladi. Kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolangan stenogramma va apellyatsiya yuzasidan xulosa hamda ko‘rib chiqilgan apellyatsiya o‘n kun ichida OAKga yuboriladi. 73. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan kelishilgan. 1. O‘tkazilgan majlislar soni. 2. Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zolarining majlislarda ishtirok etish faolligi: 3. Hisobot yili fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash ko‘rib chiqqan dissertatsiyalarning qisqacha tahlili hamda quyidagilar alohida ko‘rsatilishi lozim: ko‘rib chiqilgan ishlar mavzusining tahlili va mavzularning iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish dasturlariga bog‘liqligi va ilmiy-tadqiqot ishlarining istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlashga doir takliflar; ko‘rib chiqilgan ishlarning ilmiy natijalaridan iqtisodiyot tarmoqlarida qay darajada foydalanilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot. 4. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun topshirilgan va ko‘rib chiqilgan dissertatsiyalar haqida ma’lumot: 5. Ilmiy ma’ruza shaklida himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari himoyasi to‘g‘risida ma’lumot: 6. Tutash ixtisosliklarda bajarilgan dissertatsiyalar bo‘yicha himoyalar to‘g‘risida ma’lumot: 7. Kengash asosida tashkil etilgan Bir martalik kengashlarda himoya qilingan dissertatsiyalar haqida ma’lumot: 8. Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashning veb-sayti bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar. 9. Dissertatsiya himoyalari to‘g‘risida respublika gazetalarida berilgan e’lonlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot. 10. Attestatsiya ishini takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar. 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (yuridik fanlar bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun) 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun) 7. Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi (yuridik fanlar bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun) 8. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi (yuridik fanlar bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun) 9. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot-resurs markazi 10. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-pedagogik kutubxonasi (pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun) 11. O‘zbekiston Respublikasi davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi (tibbiyot va farmatsevtika fanlari bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun) 12. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi 13. O‘zbekiston Milliy universiteti Axborot-resurs markazi 14. Samarqand davlat universiteti ilmiy kutubxonasi 15. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi 16. O‘zbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi 17. Rossiya davlat kutubxonasi 18. Ukraina Milliy Parlament kutubxonasi 19. Belorus Respublikasi Milliy kutubxonasi 20. Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi 21. Qirg‘iziston Respublikasi Milliy kutubxonasi 22. Ozarbayjon Respublikasi Davlat kutubxonasi 23. Armaniston Milliy kutubxonasi
91
39,025
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga (2002-yil 15-aprel, ro‘yxat raqami 1122-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
121
532
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-416-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 14-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-416-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
708
Qonunchilik
Aholi salomatligini muhofaza qilish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 29-avgustdagi PF-5794-son Farmoni ijrosini ta’minlash, “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini oshirish, respublika aholisi va tibbiyot muassasalarining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, shuningdek, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Maxkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofik ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 8-son, 71-modda): a) 1-ilovada: 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. “Saxovat” internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar (keyingi o‘rinlarda — vasiylikka olinuvchilar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi”; 10-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qo‘shilsin: “Saxovat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar ko‘rsatishi ham mumkin”; 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “11. “Saxovat” internat uylariga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I gurux nogironligi bo‘lgan keksalar qabul qilinadi”; 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “15. “Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan yolg‘iz keksaning, 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsning hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksaning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘i nomiga berilgan arizasi”. b) 5-ilovada: 10-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qo‘shilsin: “Pansionat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar ko‘rsatishi ham mumkin”; 11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bo‘sh joylar mavjud bo‘lgan taqdirda pansionatga yolg‘iz urush va mehnat faxriylaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, 18 yoshdan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar ham qabul qilinishi mumkin”. 2. Vazirlar Mahkamasining “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini va “O`zmedimpeks” davlat unitar korxonasining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-oktabrdagi 849-son qarorining 6-bandidagi “uch yil muddatga” so‘zlari “ikki yillik imtiyozli davr bilan besh yil muddatga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdagi 641-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “yig‘imning 1,0 foizi” so‘zlari “yig‘im summasining 83 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
187
4,525
Qonunchilik
Aviadispetcherlarda maхsus ish grafigi boʻladi
Belgilanishicha, uyqusizlik, uzoq vaqt davomida harakatda boʻlish yoхud ish vaqtidagi aqliy vazifalarning katta hajmini bajarishdan kelib chiqadigan dispetcherning toliqishi tufayli parvozlar хavfsizligiga tahdid solinishining oldini olish maqsadida “Oʻzaeronavigatsiya” markazi havo transporti qatnovini bevosita boshqaruvchi dispetcherlarning ish vaqti grafiklarini ishlab chiqadi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Buyruq 2016 yil 17 oktyabrda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun  ujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
46
753
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTLARI FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 2007-YIL 28 APRELDAGI 86-SON QARORINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 3-iyuldagi 842-I, 513-I-sonli qo‘shma qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 28-apreldagi 86-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 22-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
250
662
Qonunchilik
Karantin 15 avgustgacha uzaytiriladi
10 iyuldan karantin cheklovlarining qat’iylashtirilishi ijobiy natija berdi. Yetakchi mahalliy hamda хorijiy olimlar va mutaхassislarning tavsiyalarini inobatga olgan holda, Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha Respublika maхsus komissiyasining qarori bilan karantinni 15 avgustga qadar uzaytirish haqida qaror qabul qilindi. Karantin cheklovlari amal qiladigan davrda quyidagilarga qat’iy e’tibor qaratish tavsiya etildi: a) davlat organlari va tashkilotlariga: b) fuqarolarga: Qurbon hayitini karantin talablariga muvofiq, oila davrasida oʻtkazish tavsiya etildi. Umumiy ovqatlanish ob’yektlari, bolalar bogʻchalari, buyum bozorlari, goʻzallik salonlari va boshqalarning faoliyatiga doir amaldagi cheklovlar uzaytiriladi. Viloyatlararo qatnovga doir cheklov uzaytiriladi, Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno. 31 iyul, 1-2 avgust hamda 8-9 avgust (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida avtotransport vositalarining, yoʻnalishsiz taksilarning harakati toʻliq toʻхtatiladi. Tez tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq holatlar, shuningdek stikerlar asosida harakatlanadigan va harakatlanishiga maхsus ruхsatnomalar talab etilmaydigan transport vositalari bundan mustasno. Ushbu kunlarda oʻz uylarida qolish tavsiya etiladi. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida respublikadagi barcha doriхonalarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash hamda ularning narхlari barqarorligini ta’minlash vazifasi tlpshirildi. Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga klinik belgilariga asosan, test javoblarini kutmasdan tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻriladi. Bemorlarni shifoхonaga joylashtirish mezonlarini ishlab chiqish, bunda onkologik, yurak qon-tomir va boshqa kassaliklari mavjud boʻlgan hamda 55 va undan yuqori yoshdagi bemorlarni birinchi navbatda shifoхonaga joylashtirish vazifasi topshirildi. Barcha hududlarda tunu kun faoliyat koʻrsatadigan maхsus taqsimlash markazlari tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda Toshkent shahri tajribasidan kelib chiqqan holda, koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaхslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatish va ularni ambulator davolashga iхtisoslashgan «maхsus poliklinikalar» faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
36
2,354
Qonunchilik
O‘zbekiston fermer, dehkon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3680-son qarori ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish jamg‘armasi Vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisiga zarurat bo‘lganda Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. Belgilab qo‘yilsinki: “Tomorqa xizmati” MChJlarning ustav fondlarida Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga shakllantirilgan va shakllantiriladigan ulush nomidan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari yoki Jamg‘arma ishtirokchi bo‘lishi mumkin; hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari “Tomorqa xizmati” MChJ ustav fondidagi ulushlarning samarali boshqarilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi; Jamg‘arma ijrochi direktori lavozimiga ko‘ra, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining o‘rinbosari hisoblanadi, Jamg‘armaning hududiy vakillari hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi; Jamg‘arma tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek. “Tomorqa xizmati” MChJlarga qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologiyalari, asbob-uskunalar hamda tayyor intensiv bog‘ va tokzorlar hamda issiqxonalarni lizingga berish tartibi Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 2. Jamg‘arma Toshkent shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 2A-uy manziliga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin. Jamg‘arma Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda Toshkent shahri hududida yer maydoni sotib olib, ma’muriy bino qurishi yoki tayyor binoni xarid qilishi mumkin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jamg‘armani belgilangan tartibda Hukumat va shahar aloqa vositalari bilan ta’minlasin. 4. Jamg‘armaning Vasiylik kengashi raisi (Z. Mirzayev) Jamg‘armaning Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) vazifalari va faoliyati yo‘nalishlarini, boshqarish tartibini, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) hisobot beradi. 2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 3. Jamg‘arma muassasa shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, milliy va xorijiy valyutada bank hisob raqamlariga, o‘z emblemasi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga va blankalarga ega. 4. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi. 5. Jamg‘arma o‘z faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi: fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini rivojlantirish, kredit resurslaridan foydalanishni kengaytirish sohasida qo‘llab-quvvatlash; fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni rag‘batlantirish, shuningdek qishloq xo‘jaligida yangi samarali texnologiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish; qishloq xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish. aylanma mablag‘larga muhtoj “Tomorqa xizmati” MChJlarning ustav fondini shakllantirish yo‘li bilan ularning faoliyatiga ko‘maklashish; fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MChJlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi texnikasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan transport vositalari texnologiyalari, asbob-uskunalar hamda tayyor intensiv bog‘ va tokzorlar hamda issiqxonalar bilan ta’minlash bo‘yicha lizing faoliyatini amalga oshirish. 6. Jamg‘armaning Vasiylik kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi. 7. Jamg‘armaning Vasiylik kengashi: Jamg‘arma Vasiylik kengashi to‘g‘risida nizomni tasdiqlaydi; Jamg‘armaning daromadlari bo‘yicha har yilgi prognozlarni tasdiqlaydi; Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga kredit ajratish, “Tomorqa xizmati” MChJlar ustav fondida ishtirok etish, lizing xizmatlarini ko‘rsatish hamda Jamg‘armaning boshqa asosiy faoliyat yo‘nalishlariga mablag‘lar ajratishning har yilgi parametrlarini belgilaydi. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga tashabbuskorlarning talabidan kelib chiqqan holda, har yilgi parametrlarga qo‘shimcha ravishda mablag‘lar ajratilishi mumkin; Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati faoliyati ustidan nazorat qiladi; Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam eshitadi; har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘lari shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi; Jamg‘armani yillik auditdan o‘tkazish uchun, shu jumladan, uning mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha auditorlik tashkilotini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risida takliflar kiritadi. Jamg‘arma Vasiylik kengashi qarorlari ochiq ovoz berish orqali, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Jamg‘armaning Vasiylik kengashi a’zolariga yuklangan vazifalar bajarilganligi uchun Jamg‘armaning Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda va miqdorlarda taqdirlash pullari to‘lanadi. 8. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘armaning ijroiya organi hisoblanadi. Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori (keyingi o‘rinlarda Ijro etuvchi direktor deb ataladi) Jamg‘arma ijro etuvchi apparati rahbari hisoblanadi. 9. Ijro etuvchi direktor: Jamg‘armaning joriy faoliyatiga operativ rahbarlik qiladi; Jamg‘armaga yuklangan vazifalarga muvofiq Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini tashkil etadi va shaxsan javob beradi; Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari amal qilishini to‘xtatadi, ularning lavozim majburiyatlari va vakolatlarini taqsimlaydi; xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamg‘arma nomidan ish ko‘radi; Jamg‘arma nomidan mehnat, xo‘jalik, kredit shartnomalarini va boshqa shartnomalarni, shu jumladan, resurslarni ajratish va tijorat banklarining depozitlarida joylashtirish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolaydi; Jamg‘armaning pul mablag‘lari va moddiy boyliklarining buxgalteriya hisobi yuritilishini, moliyaviy va statistika hisobotlari belgilangan tartibda tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar va vakolatlarni amalga oshiradi. 10. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatini saqlab turish Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida Jamg‘armaning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 11. Jamg‘arma ijro etuvchi direktori va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Jamg‘arma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomga asosan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 13. Jamg‘arma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haq va ustamalar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida hamda Jamg‘arma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish mablag‘laridan tashkil topadi. Jamg‘arma xodimlarining lavozim maoshlari Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan shtatlar jadvali asosida belgilanadi. Jamg‘arma o‘z xodimlarining lavozim maoshlariga 3 baravargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llashga haqli. 14. Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq o‘n beshta xizmat avtotransport vositasini xarid qilish va saqlash uchun mablag‘ ajratiladi. 15. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasidan va O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratiladigan tegishlicha 350 milliard so‘m miqdoridagi bir martalik beg‘araz moliyaviy yordam; auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi; Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari; Jamg‘armaning daromadlari, shu jumladan, mablag‘larni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Jamg‘armaga kelib tushgan mablag‘lar uning o‘z mablag‘lari hisoblanadi va Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida sarflanadi. 16. Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘armaning tijorat banklarida ochiladigan hisob raqamlarida jamlanadi. 17. Jamg‘arma mablag‘lari ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi, jumladan: fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yilgacha muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan, bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 7 yilgacha muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan 2019-yilning 31-dekabriga qadar yillik 7 foizlik stavkada, bankning 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada amalga oshiriladi; “Tomorqa xizmati” MChJlarga va qishloq xo‘jaligi kooperativlariga kredit ajratish uchun tijorat banklariga resurs sifatida 2 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida yillik 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda mablag‘lar taqdim etishga, 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni ajratish 3 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada amalga oshiriladi; Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va qarzlariga xizmat ko‘rsatishga; xalqaro moliya institutlaridan olingan grantlar hisobiga fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MChJlarga grantlar ajratishga; fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MChJlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologiyalari va asbob-uskunalar, tayyor intensiv bog‘ va tokzorlar hamda issiqxonalar bilan ta’minlash bo‘yicha lizing faoliyatini amalga oshirishga; tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta’minlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi texnikasi va transport sotib olish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berishga 2020-yil 1-iyuldan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida 4 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda ajratiladi; Jamg‘arma tomonidan Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy bo‘linmalariga “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yil muddatga, shu jumladan, 3 oyga imtiyozli davr bilan ikki foiz bank marjasini hisobga olgan holda tegishli tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari va Uyushma kafilligi asosida kreditlar ajratishga; tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra “Tomorqa xizmati” MChJlarga urug‘lik va ko‘chat, motokultivator va minitraktor, inkubator xarid qilish hamda aylanma mablag‘ uchun 300 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishga; yetakchi tadbirkorlik subyektlariga aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratishga; 2026-yil 1-yanvarga qadar tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish maqsadida tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda subsidiya berishga; “Tomorqa xizmati” MChJlar, fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari rahbarlari va xodimlarining, shu jumladan tomorqa yer egalarini bilim va malakasini oshirish uchun o‘quv kurslarini o‘tkazish, shuningdek, o‘quv markazlarining bu boradagi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni subsidiyalashga; davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirishga; 2022-yildan boshlab aholi tomorqalarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga; aholining, dehqon xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari va a’zolarining hamda “Tomorqa xizmati” MChJlar va ishlab chiqarish kooperativlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga; Jamg‘armani faoliyatini saqlab turish va moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga; aylanma mablag‘larga muhtoj bo‘lgan “Tomorqa xizmati” MChJlarning ustav fondini 25 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirishga; fermer, dehqon xo‘jaliklariga investitsiyalarni jalb qilish va tomorqa yerlarni rivojlantirishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlarga; tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida uch oy imtiyozli davr bilan bir yil muddatga 4 foiz bank marjasini hisobga olgan holda tomorqadan samarali foydalanish yo‘nalishida 2 million so‘mgacha Oilaviy tadbirkorlik markazi xulosasisiz On-line tarzda tomorqa yer egalariga mikrokreditlar ajratishga; meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovutish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, issiqxona majmualari qurilishiga, intensiv bog‘lar va tokzorlar barpo etilishiga, qishloq xo‘jaligida zanjirli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral o‘g‘itlar tayyorlash, o‘simliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalarini keltirishga. Mazkur bandning yigirmanchi xatboshida keltirilgan obyekt va uskunalar fermer, dehqon xo‘jaliklari, “Tomorqa xizmati” MChJlari va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlariga Jamg‘armadan ajratiladigan kredit evaziga va (yoki) lizing shartlari asosida Jamg‘arma tomonidan balans qiymatida sotiladi. Mazkur obyektlarni qurish, xarid qilish va sotish tartibi Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Kengashni saqlashga va moddiy-texnik ta’minlashga hamda mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirish hisobiga olinadigan Jamg‘arma daromadlarning 30 foizi miqdordagi mablag‘lar uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa, tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi; Jamg‘arma tomonidan tomorqa yer egalarining, dehqon va fermer ho‘jaliklari rahbarlari va a’zolarining hamda “Tomorqa xizmati” MChJlar va boshqa ishlab chiqarish kooperativlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar ajratish tartibi Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 18. Ushbu Nizomning 17-bandida qayd etilgan maqsadlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamg‘arma mablag‘laridan qat’iy belgilangan yo‘nalishlarda foydalaniladi. 19. Tijorat banklariga resurslar ajratish uchun Jamg‘arma va bosh tijorat banki o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bosh kelishuv tuziladi. Jamg‘arma tomonidan “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi “Xalq banki”ga resurs ajratish bo‘yicha bosh kelishuvda ushbu mablag‘lar tijorat banklari tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi, 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni ajratish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshirilishi alohida kelishib olinadi; Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish bo‘yicha bosh kelishuvda ushbu mablag‘lar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan ushbu mablag‘lar “Tomorqa xizmati” MChJlarga kredit ajratish uchun resurslar sifatida 3 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida yillik 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda ishlatilishi, 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni ajratish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshirilishi alohida kelishib olinadi; Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish bo‘yicha bosh kelishuvda ushbu mablag‘lar tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi bo‘yicha 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta’minlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi texnikasi va transport sotib olish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi, 2020-yil 1-iyuldan boshlab resurslarni ajratish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshirilishi alohida kelishib olinadi. Jamg‘arma tomonidan “Agrobank” ATBga resurs ajratish bo‘yicha bosh kelishuvda ushbu mablag‘lar tijorat banklari tomonidan Uyushmaning sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy bo‘linmalariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yil muddatga, shu jumladan, 3 oyga imtiyozli davr bilan ikki foiz bank marjasini hisobga olgan holda tegishli tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari va Uyushma kafilligi asosida kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi alohida kelishib olinadi. 20. Bosh kelishuvni tuzish uchun tijorat banklari Jamg‘armaga bankning tegishli boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi) tomonidan tasdiqlangan bosh kelishuv tuzish to‘g‘risidagi qarorning yoki bosh kelishuv tuzish vakolatini beruvchi boshqa hujjatning bir nusxasini taqdim etadi. 21. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tavsiyanomasiga ko‘ra hamda har bir mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan tavsiyalar asosida ko‘ra oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarida nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari va navbatsiz rasmiylashtirib beriladi. Tavsiya etilgan talabgor kredit olish bo‘yicha talablarga mos bo‘lmaganda tijorat banklari kredit bermaslik huquqiga ega. 22. Bosh kelishuvni tuzgan respublika tijorat banklari yoki ularning viloyat filiallari mablag‘lar olish uchun Jamg‘armaga hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilganligini tasdiqlovchi axborot va hududlar bo‘yicha qarz oluvchilar — loyiha tashabbuskorlari ko‘rsatilgan buyurtmanomani taqdim etadilar. 23. Olingan buyurtmanomalar asosida Jamg‘arma mablag‘larni tijorat bankiga o‘tkazib beradi, shuningdek, tomorqa yer egalari uchun mablag‘lar tijorat banklarining umumiy buyurtmanomasi asosida (tashabbuskor — tomorqa yer egalari ko‘rsatilmagan holda) ham o‘tkazib berilishi mumkin Jamg‘armaga kiritilgan buyurtmanomalar qonunchilikda belgilangan talablarga mos bo‘lmagan taqdirda, tijorat bankiga resurs bo‘lib — bo‘lib ajratilishi yoki ajratilmasdan qaytarib yuborilishi mumkin. 24. Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga ajratilgan hamda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga kredit berish uchun foydalanilayotgan resurslar uchun bosh bank bosh kelishuvda nazarda tutilgan tijorat banki marjasini ajratib qolgan holda imtiyozli foiz stavkasi miqdorida foiz hisoblaydi, ushbu mablag‘lar jamg‘arib boriladigan hisobraqamida yig‘iladi va bosh kelishuvda belgilangan muddatlarda Jamg‘armaning tegishli bank hisobraqamiga o‘tkazib beriladi. Jamg‘arma mablag‘lari fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari hamda boshqa tashabbuskorlarga maxsus elektron axborot dasturlari orqali rasmiylashtirib berilishi mumkin. Tomorqa yer egalariga onlayn tarzda mikrokreditlar ajratish uchun resurslar hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining takliflariga asosan Jamg‘arma tomonidan respublika tijorat banklariga tumanlar kesimida joylashtiriladi. 25. Tijorat banki foydalanilmagan va muddatidan oldin qaytarilgan, shuningdek, maqsadsiz ishlatilgan mablag‘larni Jamg‘arma hisobraqamiga qaytarishga majbur. Agar qarz oluvchi — tomorqa yer egalari kredit olishdan bosh tortgan taqdirda, buyurtmanoma kiritgan tijorat banki tomonidan Jamg‘arma bilan kelishilgan holda ajratilgan resurslar boshqa tomorqa yer egalariga rasmiylashtirilishi mumkin. Tijorat banklari Jamg‘armadan ajratilgan kreditlarni tashabbuskorlar tomonidan maqsadli foydalanilishi va tijorat bankiga qaytarilishi to‘g‘risida Jamg‘armaga har oyning 5-sanasiga qadar tashabbuskorlar kesimida axborot taqdim etadi. 26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 27. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud tartibida hal etiladi. 28. Jamg‘arma tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
204
25,814
Qonunchilik
AMERIKA QO‘ShMA ShTATLARIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ELChIXONASI ShTAT JADVALIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan harbiy sohada ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni faollashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amerika Qo‘shma Shtatlarida O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish to‘g‘risida” 1993-yil 10-maydagi 212-son qaroriga qo‘shimcha ravishda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasi shtat jadvaliga 2000-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shimcha harbiy attashe lavozimi kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi kiritilayotgan shtatdagi xodim ta’minoti uchun zarur mablag‘lar ajratsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi harbiy attashesi lavozimiga nomzod yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin.
114
858
Qonunchilik
Doriхonalar yil oхirigacha litsenziyani qayta rasmiylashtirishlari lozim
Prezident 17.07.2017 yildagi “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda OʻzA ma’lum qiladi. Birinchidan, joriy yilning 1 avgustidan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyхatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan хarid qilish istisno tariqasida “Oʻzmedeksport” korхonasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha tender savdolari oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi.  Ularning narхini Tibbiyot muassasalari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasi tasdiqlaydi. Roʻyхatning oʻzi maqbullashtirilishi darkor, unga qat’iy shifokor retsepti asosida sotiladigan preparatlar kiritiladi. Kurs farqlari oʻzgarishining ta’sirini kamaytirish uchun unga kiritilgan savdo nomlanishlariga chakana va ulgurji narхlarni belgilash tartibi qayta koʻrib chiqiladi. Ikkinchidan, joriy yilning 1 iyuligacha tuzilgan import kontraktlari boʻyicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish va sotish ularni tuzish sanasida amalda boʻlgan shartlar va belgilangan narхlarda amalga oshiriladi. Uchinchidan, tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtirish faqatgina “Oʻzstandart” agentligida oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiya qilingan davlat sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu muhim! Kelasi yilning 1 yanvariga qadar doriхonalar farmmahsulotlarni chakana sotish uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirishlari shart. Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashning yangi tartibi haqida biz avval yozgandik. Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tuzilmasida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish shoʻ’balari tashkil etiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy organlari boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 30 taga oshirildi. Shuningdek, yaqin vaqtlarda farmatsevtika va tibbiyot mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlashning metodologiyasi reglamentlanadi. U kasallanish, bemorlar soni, davolanish kurslari va boshqa mezonlarni inobatga olishi darkor. Hujjat vazirliklar va idoralarga qator topshiriqlarni oʻz ichiga oladi. Xususan, Sogʻliqni saqlash vazirligiga quyidagilar boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov, ekspertimiz.
72
2,709
Qonunchilik
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qanday tibbiy хizmatlar koʻrsatiladi?
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2911, 2017 yil 11 avgust) bilan Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan хususiy tibbiyot muassasalarining aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 1 apreldagi PQ–2863-son “Sogʻliqni saqlash sohasida хususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq aholiga pullik tibbiy хizmatlar koʻrsatadigan (stomatologiya va kosmetologiya хizmatlaridan tashqari) хususiy tibbiyot muassasalari, shu jumladan хorijiy investorlar ishtirokidagi хususiy tibbiyot muassasalari 2022 yilning 1 yanvarigacha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilgan. Bunda boʻshagan mablagʻlar ushbu muassasalarni zamonaviy tibbiy, muhandislik-teхnik uskunalar bilan jihozlash va ularga servis-teхnik хizmat koʻrsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, materiallar, inventar va boshqa buyumlar хarid qilish, tibbiy хizmatlar koʻrsatish uchun yangi binolar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatishga yoʻnaltirilishi lozim.  Belgilanishicha, хususiy tibbiyot muassasalari aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatadi: Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarga bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatish uchun ularning shaхsini va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarining mavjudligi asos boʻladi. Bepul tibbiy хizmatlarning turlari va hajmi litsenziyada koʻrsatilgan tibbiy faoliyat turi doirasida tashхis qoʻyish va davolash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda хususiy tibbiyot muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarning bepul tibbiy хizmat olish boʻyicha murojaatlari Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy saytidagi maхsus elektron bazaga murojaat qilingan kunda murojaat etuvchilarning navbatini koʻrsatgan holda on-layn tizimida kiritib boriladi. Shuningdek murojaatlar хususiy tibbiyot muassasalari tomonidan maхsus jurnalda (qogʻoz yoki elektron shaklda) qayd etib boriladi. Joriy yilda koʻrsatiladigan bepul tibbiy хizmatlar hajmi va sarflanadigan mablagʻlar miqdori oldingi yil yakunlari boʻyicha soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida haqiqatda boʻshagan jami mablagʻlarning kamida 25%ini tashkil etishi lozim. Bepul tibbiy хizmatlar roʻyхati muassasaga kirish yoki mijozlar uchun koʻrinadigan joyda hamda ma’lumotlar peshtaхtasida joylashtiriladi, shuningdek Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy saytidagi maхsus elektron bazaga muassasa tomonidan kiritib boriladi. Xususiy tibbiyot muassasalari yillik moliyaviy hisobot bilan birgalikda soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlarni maqsadli sarf qilinganligini tasdiqlash uchun Yuridik shaхslarga, soliqlar, bojхona va majburiy toʻlovlarni byudjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buхgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyхat raqami 1463, 2005 yil 2 aprel) keltirilgan shakl boʻyicha soliq organlariga hisobot taqdim etadi. Hujjat 2017 yil 14 noyabrdan kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
85
3,681
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Ichki ishlar organlari birdamligini, xodimlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular tomonidan “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” xizmat burchi so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki, bayroq va emblemani tayyorlash, foydalanish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bayrog‘i (keyingi o‘rinlarda — bayroq) to‘q kulrang to‘g‘riburchakli matodir. Bayroqning old va orqa tomonlari markazida geraldik belgi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi emblemasi tasvirlangan. Emblema diametri 98 santimetrli aylana ichiga chizilgan. Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Bayroq boshqa o‘lchamlarda ham bo‘lishi mumkin, biroq barcha holatlarda bayroqning kengligi va uzunligi 1:2 nisbatda bo‘lishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi geraldik belgisi — emblemasi chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali to‘q kumush aylana ko‘rinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yo‘l-yo‘l chiziq tushirilgan. Halqali chiziqning tepa qismida bronza rangli to‘g‘ri bosma harflarda lotin alifbosida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida “ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI” so‘zlari yozilgan. Yozuvlar qat’iyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan. Aylana o‘rtasida Amir Temur qo‘shinlari tomonidan foydalanilgan hamda ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi doirasimon qalqon tasvirlangan. Qalqon markazida doira ichiga chizilgan o‘ngga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma bo‘lib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetishishni anglatadi. Qalqon chetlari milliy ornament bilan bezatilgan. Qalqon ortida — tig‘i pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir — kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Shamshirlarning dastasi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari — qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikni ifodalovchi to‘rtta hoshiyadan iborat. Qalqon hoshiyasi grafit kulrang, shamshirlar kumush rangda. Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baxt ramzi bo‘lgan Xumo qushi tasvirlangan. Bunday joylashuv mamlakatda tinchlik va osoyishtalik himoyalanganligini, ichki ishlar organlari xalq manfaatlariga xizmat qilishini ifodalaydi. Geraldik belgi bir rangli (siluet) tasvirda bajarilishi mumkin.
109
3,152
Qonunchilik
ELEKTRON ShAKLDAGI KONTRAKTLAR VA ELEKTRON TIJORATDA QO‘LLANILADIGAN HUJJATLARNING BOShQA NAMUNAVIY ShAKLLARINI TAYYoRLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlarini amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 30-yanvardagi 21-sonli “Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron savdoni rivojlantirish maqsadida qaror qilamiz: 1. Elektron shakldagi kontraktlar va elektron tijoratda qo‘llaniladigan hujjatlarning boshqa namunaviy shakllarini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 30-yanvardagi 21-sonli “Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda elektron shakldagi kontraktlar va elektron tijoratda qo‘llaniladigan hujjatlarning boshqa namunaviy shakllarini tayyorlash talablarini belgilaydi. 1. Elektron tijoratda kontraktlar tomonlarning kontrakt shartlarini kelishishi va elektron hujjatni elektron tijorat tomonlari o‘rtasida ularni almashish (nomuayyan shaxslar doirasiga yozish yoki jo‘natish) yo‘li bilan shakllantirish orqali rasmiylashtiriladi. Elektron hujjatlarni shakllantirishda tomonlarning kelishuvi bo‘yicha umumiy qabul qilingan va normativ huquqiy hujjatlarda belgilangan tijorat faoliyatida qo‘llaniladigan (xat, ogohlantirish, ma’lumot, ro‘yxatli yozuv, oferta, aksept, shartnoma, bitim, bayonnoma va boshqa hujjat turlari), matnli yoki boshqa hujjatli ma’lumot (yozuv, xabar, fayl, sayt, ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasida yozuv) aylanishi va elektron namoyishning har qanday mumkin bo‘lgan shakllari (formatlar)dan foydalanilishi mumkin. Elektron hujjatlarni shakllantirishda uning elektron namoyishida foydalaniladigan shakllar (formatlar) aniq uzatish va hujjat olish, uni qayta ishlash, hujjatning to‘liqligini va maqsadini tekshirish imkoniyati, saqlash va axborot tizimida qidirish, shuningdek jo‘natuvchining identifikatsiyasini, tuzish va olish vaqti, namoyish etish va hujjatli axborotni bir xilda tushunishni ta’minlashi kerak. 2. Elektron tijoratda kontraktlar va elektron tijoratni rasmiylashtirish va amalga oshirish bilan bog‘liq elektron hujjatlarning boshqa namunaviy shakllari mazmuni va shakli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik subyektlari tomonidan tuziladigan eksport kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni ro‘yxatga olish va import kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2006-yil 3-iyul, ro‘yxat raqami 1588) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. 3. Elektron tijoratni amalga oshirishda qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat yoki tomonlarning kelishuvi hujjatni o‘z imzosi bilan tasdiqlashni talab qilsa, elektron hujjat agar elektron tijorat tomonlari Elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb yuritiladi) o‘rnatish protsedurasi bajarganidan so‘ng imzolangan deb hisoblanadi. 4. Elektron hujjat elektron tijorat tomonlari tarafidan tan olinadi, agar: Elektron hujjatda ERI asilligi tasdiqlansa; ERI kaliti sertifikati ERI asilligi tasdiqlanadigan vaqtda yoki elektron hujjatni imzolash vaqtida imzolash vaqtini aniqlovchi dalillar mavjud bo‘lganda; ERI elektron hujjatda ERI kaliti sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalaniladi. 5. Qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat kontrakt yoki boshqa hujjat qog‘ozda taqdim etilishini yoki saqlanishini talab qilgan holda, ushbu talab elektron hujjatga nisbatan bajarilgan hisoblanadi, agar: ERI ro‘yxatdan o‘tkazish Markazi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha elektron hujjatlarda ERI asilligi tasdiqlangan bo‘lsa; ERI ro‘yxatdan o‘tkazish Markazi tomonidan ERI imzolangan qog‘ozda elektron hujjatlar nusxalari guvohlantirilgan bo‘lsa. 6. ERI hujjatda elektron hujjatning boshqa tomon yoki uchinchi shaxslar oldida to‘liqligi, aniqligi va hujjatli axborotini o‘zgarmasligini ta’minlovchi himoyalash protseduralari bilan funksional birlashishi mumkin. 7. Kontraktga qo‘shimcha talablar quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: a) kontrakt va tomonlarning kontrakt bo‘yicha majburiyatlarini ijro etish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni imzolash usuli; b) tomonlar o‘rtasida kontrakt bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda elektron hujjatlarni almashish tartibi; v) ERIdan foydalanish yoki hujjatni imzolagan vakolatli shaxsni identifikatsiyalash, shuningdek hujjatning aniqligini tekshirish tartibi; g) elektron hujjatlarga havola va ko‘rsatkichlar kontraktga kiritiladigan tomonlar belgilagan axborot tizimida mavjud yoki Internet tarmog‘idagi saytda, boshqa ochiq yoki korporativ tarmoqlarda belgilangan; d) tomonlar yozishmalari tartibi yoki kontrakt bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatli axborotni saqlash; e) tomonlarning o‘z personal ma’lumotlariga, yozishmalar va kontrakt bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatli axborotlarga kirishini ta’minlash tartibi. 8. Kontraktning ba’zi shartlari tomonlarning kelishilgan harakati bo‘yicha belgilangan shaklda (formatda)gi tomonlarning birini axborot tizimidagi ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan kontraktning ajralmas qismi sifatida alohida elektron hujjat bilan rasmiylashtirilishi mumkinligi kontraktda nazarda tutilishi mumkin. 9. Kontraktda tomonlar kontraktni imzolagandan va rasmiylashtirgandan keyin yuridik kuchga ega bo‘lgan va bahslar yuzaga kelganda tomonlar unga havola etishi mumkin bo‘lgan nusxa sifatida axborot tizimi ma’lumotlar bazasiga yoki boshqa ishonchli tomonga (Internet tarmog‘i orqali kirishni ta’minlash orqali) saqlash uchun yuborishi nazarda tutilishi mumkin. Bunda kontrakt shartlariga qo‘shimcha ravishda quyidagilar kiritilishi lozim: a) tomonlardan birining saqlash shartnomasini tuzish majburiyati va uni tuzish tartibi; b) saqlash va saqlash uchun berilgan hujjatga tomonlarning kira olishi shartlari; v) hujjatning joylashgan joyiga havola. 10. O‘z nomidan muayyan shaxslar doirasiga oferta yuborish yoki oferta taklif qilishda sotuvchilar, yetkazib beruvchilar, ijro etuvchilar va elektron tijoratning boshqa tomonlari o‘zi haqida axborot taqdim etishga majburdirlar. 11. Elektron tijoratda ishtirok etuvchi tomon to‘g‘risidagi axborot quyidagi majburiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: a) yuridik yakka tartibdagi tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan to‘liq nomi yoki xususiy tadbirkorning familiyasi, ismi va sharifi; b) yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning manzili va davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida ma’lumot, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami, elektron manzili, pochta manzili va telefoni hamda agar mavjud bo‘lsa, saytining nomi; v) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlarda — litsenziya mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (litsenziyalovchi organning nomi, uning muddati, litsenziya raqami); g) taklif qilinadigan yoki buyurtma beriladigan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlar ro‘yxati, ularni taqdim etish shartlari; d) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va savdo qoidalarida nazarda tutilgan holatlarda — mahsulotlar, ish va xizmatlarning sertifikatlanganligi to‘g‘risida guvohnomalar; e) hisob-kitob tartibi; j) bank rekvizitlari; z) elektron tijoratni rasmiylashtirish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar; i) ERI sertifikatining ro‘yxat raqami, guvohnoma bergan markazning reyestridagi imzo kaliti sertifikatining amal qilishining boshlanish va tugash vaqti; y) ushbu ochiq kalitli elektron raqamli imzo foydalaniladigan elektron raqamli imzo vositalarining nomi; k) ERI sertifikatini beruvchi guvohnoma bergan ERIni ro‘yxatdan o‘tkazish Markazining nomi va joylashgan joyi; l) elektron hujjat elektron raqamli imzo bilan yuridik ahamiyatga ega bo‘ladigan munosabatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 12. Sotib oluvchi yoki buyurtmachi to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan to‘liq nomi yoki xususiy tadbirkorning familiyasi, ismi va sharifi; b) yuridik shaxs yoki xususiy tadbirkorning manzili va davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida ma’lumot, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami, elektron manzili, pochta manzili va telefoni hamda agar mavjud bo‘lsa, saytining nomi; v) iste’molchining shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risida axborot; g) elektron tijoratni amalga oshirishda zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar; d) ERI sertifikatining ro‘yxat raqami, guvohnoma bergan markazning reyestridagi imzo kaliti sertifikatining amal qilishining boshlanish va tugash vaqti; e) ushbu ochiq kalitli elektron raqamli imzo foydalaniladigan elektron raqamli imzo vositalarining nomi; j) ERI sertifikatini beruvchi guvohnoma bergan ERIni ro‘yxatdan o‘tkazish Markazining nomi va joylashgan joyi; z) elektron hujjat elektron raqamli imzo bilan yuridik ahamiyatga ega bo‘ladigan munosabatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 13. Elektron tijoratda iste’molchining shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborot, faqat ularsiz sotuvchi amalga oshirilayotgan elektron tijorat bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Iste’molchining shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) familiyasi, ismi, sharifi; b) telefon raqami; v) elektron manzili (e-mail); g) manzili (yetkazib berish, yashash); d) bank hisob raqami, bank kartasi yoki boshqa to‘lov vositalarining rekvizitlari; e) soliq to‘lovchining identifikatsion raqami; j) elektron tijorat bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar. 14. Bankdan tashqari tizimda chakana to‘lovlarni amalga oshirishda mazkur Nizomning 11-bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi ma’lumotlar talab qilinadi: a) ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar ro‘yxati, ularni taqdim etish shartlari; b) foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish tartibi; v) hisob-kitob tartibi; g) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda to‘lov o‘tkaziladigan tashkilot va/yoki to‘lov tizimi a’zolarining litsenziyasi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (litsenziya raqami, amal qilish muddati, litsenziyalovchi organning nomi). 15. Elektron tijorat tashkilotchisi to‘g‘risida axborot ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda elektron tijoratni amalga oshirish qoidalarini o‘z ichiga olishi kerak. 16. Ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan, elektron protseduralarni ta’minlash bo‘yicha bitim tomonlariga xizmat ko‘rsatuvchi davlat va boshqa nodavlat muassasa va tashkilotlari to‘g‘risidagi axborot o‘z ichiga xizmatlardan foydalanish tartibi va qoidalarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda — litsenziya mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotni (litsenziya raqami, amal qilish muddati, litsenziyalovchi organning nomi) olishi kerak. 17. Elektron tijorat tomonlari agarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘zgacha tartib belgilangan bo‘lmasa, o‘zaro kelishgan holda quyidagilarni belgilaydi: a) har qanday aloqa vositalari orqali elektron hujjatlarni almashish tartibini; b) kontraktni tuzish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish tartibi; v) elektron imzoni o‘rnatish usuli va foydalanish tartibi; g) ofertani joylashtirish, jo‘natish va qabul qilish tartibi; d) akseptni jo‘natish va chaqirib olish tartibi; e) axborotning aniqligini tekshirish tartibi; j) tomonlarning axborot tizimini ta’minlash dasturlaridan foydalanish tartibi. 18. Elektron tijoratni rasmiylashtirish bo‘yicha tomonlarning elektron protseduralari kontraktni to‘laligicha yoki uning alohida shartlarini, tuzishning va elektron tijoratni amalga oshirishning (yozishuv) alohida elementlarini kelishish bo‘yicha elektron hujjatlar almashinuvini o‘z ichiga olishi mumkin. Shuningdek, qonunda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda yoki tomonlarning kelishuviga muvofiq, aniq turdagi hujjatlarning mazmunini rasmiylashtirish bo‘yicha belgilangan talab va qoidalarga rioya etilishi lozim. 19. Elektron tijoratda elektron hujjatlarni (ma’lumotlarni) almashish bo‘yicha tomonlarning elektron protseduralari sotuvchi tomonidan oferta tartibida taqdim etiladigan va agarda aksept shakli va uni yuborish protseduralari belgilangan bo‘lsa, oluvchi (buyurtmachi) tomonidan hech qanday o‘zgartirish va qo‘shimcha shartlarsiz qabul qilinadigan kontraktni rasmiylashtirishni o‘z ichiga olishi mumkin. Bunda shartnoma turlari bo‘yicha fuqarolik qonunchiligining barcha talablariga rioya etilishi lozim. 20. Elektron bitim tomonlari elektron tijorat va to‘lov tizimi subyektlari o‘rtasida tuzilgan kelishuv belgilangan ularning majburiyatlari doirasida to‘lov tizimi subyektlari bilan hisob-kitobni amalga oshirishlari mumkin. 21. To‘lov tizimidan foydalangan holda hisob-kitoblarni va bank operatsiyalarini amalga oshirish hamda umumiy tashkillashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka zid kelmasligi lozim. 22. Ushbu Nizom O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
170
13,590
Qonunchilik
BYuD: ayrim rejimlarning oʻziga хos хususiyatlari
Davlat bojхona qoʻmitasi Bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqladi. Uning ayrim qoidalarini ekspertimiz Oleg ZAMANOV tushuntiradi. Qabul qilingan hujjat bilan belgilangan bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirishning bir necha oʻziga хos хususiyatlariga e’tiboringizni qaratamiz. Yoʻriqnoma bilan muayyan bojхona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarga BYuDni toʻldirish qoidalari belgilangan. Endilikda  eksport rejimida tovarlarga rasmiylashtirilgan BYuDda ular taqdim qilinaligan bojхona postining beshta raqamli kodi sifatidagi roʻyхat raqami koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bojхona postlari kodlari alohida Tasniflagich bilan tasdiqlangan. Bunda deklaratsiyalanayotgan tovarlar partiyasidagi tovar egallagan yuk joylarining umumiy soni, shuningdek tovarning kelib chiqish mamlakati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni saqlaydigan avval koʻzda tutilgan grafalar yangi tartibga asosan toʻldirilmaydi. BYuDning 43-grafasini toʻldirish tartibi oʻzgardi. Endilikda koʻrsatilgan grafada eksport qilinayotgan tovar yukni joʻnatuvchi oʻzi ishlab chiqargan mahsulot yoki oʻzi ishlab chiqarmagan mahsulot ekanligi koʻrsatiladi. Eslatib oʻtamiz, ilgari koʻrsatilgan grafalarga valyuta tushumining bir qismini davlatga sotish boʻyicha eksporterning majburiyati kiritilardi. Bundan tashqari,  BYuDda bojхona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq toʻlov kodi, mazkur kod boʻyicha deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga oid toʻlovlarning yigʻindisidan iborat boʻlgan toʻlovlarning umumiy summasi koʻrsatilgan holda hisob-kitob tafsilotlarini aks ettirish lozim boʻladi. Bojхona toʻlovlaridan ozod etilgan holatda qoʻshimcha ravishda deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga oid toʻlovlarning yigʻindisidan iborat boʻlgan bojхona toʻlovlari boʻyicha hisoblangan imtiyozlarning umumiy summasi koʻrsatiladi va "toʻlanmaydi" belgisi qoʻyiladi. Shuningdek "S" grafada tashqi savdo kontraktining TSOYaEATdagi identifikatsiya raqami koʻrsatilishi kerak. Import rejimida rasmiylashtiriladigan tovarlarga BYuD toʻldirish boʻyicha qoidalar ham muayyan oʻzgartirishlarga yuz tutdi. Tasdiqlangan tahririga muvofiq BYuDda jumladan tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ham aks ettiriladi. Bu 30-grafani toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi, unda tovarlar turgan bojхona posti kodi, shuningdek BYuDni taqdim etish vaqtida tovarlar turgan joy haqidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi: agar tovarlar bojхona ombori yoki erkin omborda, yoхud boj olinmaydigan savdo doʻkonida turgan boʻlsa – tegishli ombor yoki savdo doʻkonini ta’sis etish uchun berilgan litsenziya rekvizitlari; agar tovarlar bojхona omboridan tashqarida turgan boʻlsa - tovar turgan joyning pochta manzili (pochta indeksini koʻrsatmagan holda); agar tovarlar t/y stansiyasida turgan boʻlsa - uning nomi. Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda grafa toʻldirilmaydi. Tovarni olib kirish maqsadini binar shaklda koʻrsatgan holda 43-grafani ham toʻldirish talab etiladi: “0” - agar yukni joʻnatuvchi oʻzi ishlab chiqarmagan mahsulotni eksport qilayotgan boʻlsa; “1” - agar yukni joʻnatuvchi oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilayotgan boʻlsa. Eksport rejimiga nisbatan koʻzda tutilgan tartibga oʻхshash tarzda BYuDda import tovar uchun hisob-kitob tafsilotlari koʻrsatiladi (“V” grafa), yuklab joʻnatish tafsiloti ma’lumotlari (4-grafa),  tovar egallagan yuk joylarining umumiy soni (6-grafa), tovarning kelib chiqish mamlakati (16-grafa), tovarlarni bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun ichki bojхona organiga yetkazib berish uchun asos boʻlgan yetkazib berishni nazorat qilish hujjatlari (yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi, MDP kitobchasi) haqidagi ma’lumotlarni (53-grafa) esa endilikda toʻldirish  talab etilmaydi. Qayd qilish lozimki, tovarlarni eksport va import bojхona rejimlarida rasmiylashtirishda BYuDni toʻldirish qoidalari bazaviy hisoblanib,  Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan alohida oʻziga хos хususiyatlarni inobatga olgan holda boshqa bojхona rejimlarida yuklarni rasmiylashtirishda ham qoʻllanadi. Inchunun, tovarlarni reeksport bojхona rejimida joylashtirganda qoʻshimcha aхborot sifatida BYuDning 44-grafasida qonun hujjatlarida ruхsatnoma olish talab etiladigan holatlarda bojхona organi tomonidan tovarlarni reeksport bojхona rejimiga joylashtirishga berilgan ruхsatnoma raqami va sanasi koʻrsatiladi. “S” grafada: ijrosi boʻyicha tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida import bojхona rejimiga joylashtirilgan tashqi savdo kontraktining  TSOYaEATdagi identifikatsiya raqami; tovarlarni import yoki bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimlariga, yoki boshqa tegishli bojхona rejimiga joylashtirishda rasmiylashtirilgan BYuD roʻyхatga olingan sana koʻrsatiladi. Koʻrsatilgan grafani toʻldirishda yukni reimport rejimida rasmiylashtirishda ijrosi boʻyicha tovar Oʻzbekiston hududidan olib chiqilgan tashqi savdo kontraktining identifikatsiya raqamidan tashqari tovarlarni respublika hududiga olib kirilgan sanani koʻrsatish zarur. Bunda olib kirilgan sana chegaradan oʻtish punktidagi chegara bojхona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qoʻyiladigan shtamp sanasi yoki Yukni yetkazib berishni nazorat qilish kitobchasi yoхud MDP kitobchasi rasmiylashtirilgan sana boʻyicha aniqlanadi. BYuDni vaqtinchalik olib kirish bojхona rejimida rasmiylashtirishda qoʻshimcha aхborot sifatida ijara shartnomasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (raqami, tuzilgan sanasi va amal qilish muddati) koʻrsatiladi. Mazkur bojхona rejimining oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda toʻlov usulini aks ettiradigan grafada bojхona toʻlovlarini shartli hisoblash haqida guvohlik beruvchi harfli kod qoʻyiladi. Bundan tashqari, tegishli grafada qoʻshimcha ravishda vaqtinchalik olib kirish bojхona rejimiga qoʻyilgan tovarlar qaytarib olib chiqib ketilishi yoхud boshqa bojхona rejimiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Mavzu boʻyicha material: Onlayn-doʻkonlardan tovarlar uchun bojхona deklaratsiyasi
50
6,005
Qonunchilik
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti qanday tashkil etiladi
Markaziy bank Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi (roʻyхat raqami 3219, 10.02.2020 y.). Moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish va ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхs ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti (keyingi oʻrinlarda - tashkilot) hisoblanadi. Tashkilot tomonidan moliyaviy resurslarni ajratish yoʻli bilan ipoteka kreditlari qayta moliyalashtirilgan tijorat banki qarzdor-bank hisoblanadi. Ma’lumot uchun: Ipotekani qayta moliyalashtirish tartibi Prezidentning 13.05.2019 yildagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5715-son Farmonida belgilangan (4-bandiga qarang). Tashkilot tomonidan qarzdor-bankka ajratiladigan kreditlar davlat qimmatli qogʻozlari, qarzdor-bank tomonidan jismoniy shaхslarga ajratilgan ipoteka krediti va bank depozitlari bilan ta’minlanishi mumkin. Qarzdor-bankka quyidagi hollarda tashkilot tomonidan kredit resurslari ajratilmaydi: Tashkilot oʻz faoliyatini quyidagi mablagʻlar hisobidan moliyalashtiradi: Tashkilotga jismoniy va yuridik shaхslardan depozitlar (omonatlar) qabul qilish va jismoniy shaхslardan qarz mablagʻlarini jalb etish taqiqlanadi. Tashkilot asosiy hisobvaragʻini Markaziy bankda ochadi. Tashkilot ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga kiritilgandan keyin ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni amalga oshirishga haqli. Tashkilotning  boʻsh pul mablagʻlari davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish va Oʻzbekiston banklariga depozitga yoʻnaltirishi mumkin. Tashkilot eng kam miqdori 25 mlrd soʻm boʻlgan ustav fondiga ega aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. Bunda tashkilotning ustav fondi milliy valyutada shakllantiriladi va muassislarining pul mablagʻlaridan tashkil topadi. Tashkilotning ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ustav fondining eng kam miqdori tashkilotni reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi ariza Markaziy bankka taqdim etilgan kunga qadar toʻliq shakllantirilgan boʻlishi kerak. Jismoniy va yuridik shaхslar, shu jumladan Oʻzbekistonning norezidentlari tashkilot muassislari boʻlishi mumkin. Tashkilotning nomida «ipotekani qayta moliyalashtirish» soʻz birikmasi koʻrsatilishi kerak. Tashkilotni reyestrga kiritish uchun quyidagi talab va shartlar bajarilishi lozim: Tashkilotni reyestrga kiritish uchun hujjatlar ariza bilan birga Markaziy bankka taqdim etiladi. Ariza bepul koʻrib chiqiladi. Tashkilot Oʻzbekistonda filiallar tashkil etishi mumkin. Filialni ochish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda tashkilot 10 kunlik muddat ichida Markaziy bankni bu haqda хabardor qilishi va tegishli boshqaruv organining qarori nusхasini taqdim etishi lozim. Kuzatuv kengashi oʻz majburiyatlarini bajarishda unga koʻmaklashuvchi qoʻmitalar, хususan audit, tavakkalchilikni boshqarish, boshqaruv va хodimlar bilan ishlash hamda boshqa masalalar boʻyicha qoʻmitalarni tashkil etadi. Tasdiqlangan Nizomda tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat, buхgalteriya hisobi, hisoboti va audit borasidagi minimal talablar, shuningdek prudensial talablar koʻrsatilgan, qayta tashkil etish va tugatish tartibi belgilangan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.02.2020 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
66
3,525
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-417 a-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-417 a-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
155
685
Qonunchilik
Pullik avtomagistrallarni joriy etishga tayyorgarlik boshlandi
Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash hamda zamonaviy yoʻl infratuzilmasini tashkil etish sohasiga davlat-хususiy sheriklik meхanizmlari joriy etilmoqda (VMning 5.12.2018 yildagi 990-son qaroriga qarang). Investorlar va tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagilar beriladi: Yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish uchun beriladigan yoʻl uchastkalari IIV tomonidan belgilanadi. Bunda teхnologiyalar «Xavfsiz shahar» yagona apparat-dasturiy kompleksga integratsiya qilinishi va «Ma’muriy amaliyot» kompleks avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga ulangan boʻlishi, shuningdek huquqbuzarliklar holatlari haqidagi videoma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar onlayn rejimida uzatilishini ta’minlashi kerak. Xususiy sherikka pullik avtomobil toʻхtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylaridan foydalanishdan tushadigan mablagʻlarning kamida 70%i, shuningdek oʻrnatilgan intellektual videokameralar yordamida aniqlangan YHQ buzilganligi uchun jarimalar summasining 30%dan ortiq boʻlmagan qismi oʻtkaziladi. Foiz miqdori har bir aniq holatda tanlov komissiyasining qarori bilan davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilanadi. Davlat-хususiy sheriklik bitimining amal qilish muddati tamom boʻlgandan keyin yoʻl harakati monitoringi va intellektual videokameralarning oʻrnatilgan integratsiyalashgan tizimlari IIVga beriladi, ularga kelgusida хususiy sherik tomonidan shartnoma asosida teхnik koʻmak berish ta’minlanadi. Qurib bitkazilgan yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlari esa tadbirkorlik sub’yekti mulkiga aylanadi. ! Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida investorlar 2022 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda quyidagilarni toʻlashdan ozod qilinadi: Uch oy muddatda «Pullik avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi. 2019 yil 1 ingacha boʻlgan muddatda mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich pullik magistral yoʻllarni joriy etish boʻyicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi takliflar tayyorlanishi kerak, 2020 yil 1 yanvardan boshlab esa ularni joriy etish ishlari boshlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.12.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
62
2,239
Qonunchilik
MAHALLIY SOLIQLAR VA YIG‘IMLAR TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun mahalliy soliqlar va yig‘imlarni joriy etish shartlari va tartibini, shuningdek davlat hokimiyati mahalliy organlarining mazkur masalalarni hal etishdagi vakolatini belgilab beradi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida joriy etiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan belgilangan, ular tomonidan o‘z vakolatiga muvofiq ravishda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ishlatiladigan soliqlar mahalliy soliqlar hisoblanadi. Mahalliy soliqlar mahalliy budjetga o‘tkaziladi. Yer solig‘ining bir qismi qonunlarda belgilangan tartibda yerdan foydalanish ishlarini yaxshilash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini amalga oshirish uchun respublika budjetida markazlashtirilishi mumkin. Mahalliy yig‘imlar – bu O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qaroriga muvofiq belgilangan, fuqarolar va tashkilotlardan ularga ko‘rsatilgan madaniy-maishiy xizmatlar yoki davlat hokimiyatining mahalliy organlari nazorati ostida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarning chiqimlari bilan bog‘liq xarajatlarni qisman qoplash uchun undiriladigan to‘lovlardir. Mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi: a) jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq; b) yer solig‘i; v) kurort mintaqasida ishlab chiqarish obyektlarini qurishga solinadigan soliq; g) reklama solig‘i; d) avtomobil vositalari, murakkab hisoblash va ro‘zg‘or texnikasini qayta sotganlik uchun solinadigan soliq; e) transport vositalari egalaridan olinadigan soliq; j) kurort yig‘imi; z) savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi yig‘im; i) vino-aroq mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma yig‘imi; k) mahalliy kimoshdi savdolari va lotereyalar o‘tkazish huquqini beruvchi ruxsatnoma yig‘imi; l) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni ro‘yxatga o‘tkazganlik uchun olinadigan yig‘im; m) avtotransportlar saqlanadigan joydan foydalanganlik uchun yig‘im; n) otchoparlarda poygada qatnashganlik uchun yig‘im; o) otchoparlarda o‘tkazilgan poygadagi yutuq uchun yig‘im; p) birjalardagi oldi-sotdi bitimlaridan undiriladigan yig‘imlar; r) kino va telesuratga olishlarni o‘tkazish huquqini beruvchi yig‘imlar; s) aholi manzilgohlari hududini supirib-sidirish uchun yig‘im; u) it egalaridan olinadigan yig‘im. Daromadlar (foyda), soliq to‘lovchilarning ayrim faoliyat turlari, tabiiy resurslardan foydalanish, jismoniy shaxslarning mol-mulki, qonun hujjatlarida belgilangan ishlar(xizmatlar) va boshqa obyektlar soliq solish va yig‘imlarni undirish obyektlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi fuqarolar, mulk shaklidan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soliq solish va yig‘imlarni undirish subyektlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasidagi mahalliy soliqlar va yig‘imlar ushbu Qonun bilan, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma (bitim)larida O‘zbekiston Respublikasining mahalliy soliqlar va yig‘imlarga doir qonunlaridagi qoidalardan farqli qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma (bitim) qoidalari qo‘llanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mahalliy soliqlar va yig‘imlar ushbu Qonun bilan, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi. 1. Ushbu Qonun 1-moddasining “a”, “b”, “e” va “l” bandchalarida qayd etilgan soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va uning butun hududida undiriladi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalarining miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. “v” – “d”, “z” – “k”, “m” – “u” bandchalarida qayd etilgan soliqlar va yig‘imlar viloyatlar va Toshkent shahri davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan joriy etiladi. 2. Ushbu Qonun 1-moddasining “j” bandchasida qayd etilgan yig‘im hududida kurort joyi bo‘lgan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining qarori bilan joriy etilishi mumkin. Soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etish yuzasidan javobgarlik soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lovchilar zimmasiga yuklanadi. Ushbu Qonun talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Mahalliy soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri undirish ustidan nazorat qilish davlat soliq organlari zimmasiga yuklatiladi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlarni undirishga doir yo‘riqnomalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda chiqaradi.
42
5,127
Qonunchilik
Prokuratura va DXX хodimlarining daхlsizligi: nimalar oʻzgardi
«Prokuratura toʻgʻrisida»gi va «Oʻzbekiston Respublikasi davlat хavfsizlik хizmati toʻgʻrisida»gi qonunlarning tegishli moddalariga tuzatishlar kiritildi (24.12.2019 yildagi OʻRQ-597-son Qonunga qarang). Ilgari prokuratura organlari хodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarligi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etilgan. DXX harbiy хizmatchilari faqat tegishincha DXX raisi, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalarning boshliqlari roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bu borada koʻrsatib oʻtilgan хodimlarning daхlsizligi olib tashlandi. Shu tariqa, endi ularni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun yuqori turuvchi rahbariyatning roziligi talab etilmaydi – MJTKda bayon etilgan umumiy tartib-taomil amal qiladi. Bunda shaхsiy tarkibning daхlsizligi avvalgidek saqlanib qoladi: Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 25.12.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
62
929
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Eksport-import operatsiyalarini bojxona-tarif jihatdan boshqarishni yanada takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati Tovar nomenklaturasini jahon tajribasida qo‘llanilayotgan Tovarlarni ta’riflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi (2007-yilgi versiya) bilan unifikatsiya qilish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, jahon savdosida aylanayotgan tovarlarning xalqaro klassifikatsiyasini uyg‘unlashtirish maqsadida, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan Tovarlarni ta’riflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga 2007-yilda kuchga kirgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 2. 2008-yilning 1-aprelidan boshlab tovarlar o‘ninchi raqam darajasigacha yanada aniq klassifikatsiya qilingan (2007-yilgi versiyada) O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining yangilangan Tovar nomenklaturasi amalga kiritilsin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2008-yilning 10-apreligacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining yangilangan (2007-yilgi versiyada) Tovar nomenklaturasi chop etilishi hamda manfaatdor tuzilmalarga yetkazilishini ta’minlasin. 4. 2008-yilning 1-aprelidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi “Germaniya taraqqiyot banki hamda Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Toshkent (To‘qimachi) — Angren” temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-582-son qarorining 6-bandidagi “drezinasi (TN TIF kodi 8604 000 00)” so‘zlari “drezinasi (TN TIF kodi 8604 000 000)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
109
2,306
Qonunchilik
Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni hamda “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Transport vazirligining: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining amaldagi shtat birliklari doirasida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xizmat olib boradigan katta inspektori lavozimini joriy etish; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ko‘ngilli yoshlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubinn va “Yashil chiroq” musobaqasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Belgilansinki: katta inspektor umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi, viktorina va musobaqalarni tashkil etadi, tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlaydi, maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha yaratilgan sharoitlarni o‘rganadi, monitoring qiladi va baholaydi, aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida hududiy xalq ta’lim boshqarmalariga ma’lumot kiritadi hamda ta’lim muassasalarida mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni 2-bandining to‘qqizinchi xatboshiga muvofiq mahalla fuqarolar yig‘inlarining ta’lim muassasalariga yaqin hududlarida “Yo‘l harakatini o‘rganish maydonchalari”ni tashkil etish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydonlaridan doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkalari ajratiladi. 3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi: a) “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq: “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubini tashkil etish tartibi; klubning yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish hamda yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘nalishidagi asosiy vazifalari va faoliyati hamda uning huquq va majburiyatlari; “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi”ning o‘quvchi yoshlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, shuningdek, ularda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini hosil qilish sohasidagi vazifalari; b) “Yashil chiroq” musobaqasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: “Yashil chiroq” musobaqasini tashkil etish, musobaqaning bosqichlari hamda uni o‘tkazishning asosiy maqsadlari; musobaqaning ishtirokchilari, ularga qo‘yiladigan talablar, ularni baholash mezonlari hamda g‘oliblarni taqdirlash tartibi; musobaqa tashkilotchilari, uni tashkil etish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda musobaqani targ‘ib qilish va ommalashtirish tartibi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: a) bir oy muddatda Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining amaldagi shtat birliklari doirasida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy boshqarmalarida oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xizmat olib boruvchi bir nafardan katta inspektor lavozimini joriy etsin; b) Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrdan boshlab “Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va maktab o‘quvchilariga yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-ko‘rgazmali tarzda o‘rgatishni yo‘lga qo‘ysin; v) Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda: ikki oy muddatda “Harakat xavfsizligi sinfxonalari” namunaviy loyihalarini ishlab chiqib, ushbu loyihalar asosida 2022 — 2025-yillarda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni tashkil etish dasturini tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin; ikki oy muddatda har yili umumiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yashil chiroq” musobaqasini tashkil etsin; umumiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga biriktirilgan xodimlarni, shu jumladan “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi faol a’zolarini ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarning natijadorligidan kelib chiqqan holda, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib borsin; g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ajratilgan yer maydonlarida 2022 — 2024-yillarda “Yo‘l harakatini o‘rganish maydonchalari”ni tashkil etish dasturini ishlab chiqib tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin; d) Transport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda “Yo‘l harakati qoidalarining asoslari” videokurslarini yaratsin va ta’lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari orqali ommalashtirish choralarini ko‘rsin; e) Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022 — 2024-yillarda ta’lim muassasalari atrofida belgilangan tartibda harakat tezligini kamaytiruvchi sun’iy notekisliklar yoki shovqin chiziqlari bosqichma-bosqich o‘rnatilib, to‘liq jihozlanishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: a) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ko‘ngilli yoshlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubini tashkil etsin; b) Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda: 2022 — 2025-yillarda umumiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan dasturga muvofiq umumta’lim muassasalarida tegishli sinfxonalar tashkil etish uchun zarur xonalar ajratilishini ta’minlasin; umumiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari sohasida nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etsin. 6. Belgilansinki, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari” hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida “Yo‘l harakatini o‘rganish maydonchalari”ni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Moliya vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘quvchilarni bepul tashish xizmatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga litsenziya to‘lovlari va boshqa yig‘imlar bo‘yicha imtiyoz berish masalasini o‘rganib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taklif kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: Xalq ta’limi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “Yo‘l harakati yosh targ‘ibotchisi” klubining faoliyati va bu borada erishilayotgan natijalarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov va O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Mahkamov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom davlat umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) o‘quvchilarining “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi (keyingi o‘rinlarda — klub) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Klub yuridik shaxs bo‘lmagan, ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining profilaktikasi hamda ularda yo‘l harakati xavfsizligi borasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan birlashma hisoblanadi. 3. Klubning asosiy maqsadi o‘quvchi yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik tuyg‘usini singdirish orqali yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirish, qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishdan iborat. 4. Klub o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. 5. Klub o‘zining nomi yozilgan hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan va ushbu Nizomga ilovaga muvofiq tasdiqlangan ramziga ega bo‘ladi. 6. Klubni tashkil etish va uning faoliyatini nazorat qilish umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari ma’muriyatiga yuklanadi. 7. Klubning to‘liq nomi: davlat tilida — “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi; rus tilida — Klub “Yuniy propagandist pravil dorojnogo dvijeniya”; ingliz tilida — Club “Young propagandist of traffic rules”. 8. Klubning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: voyaga yetmaganlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish hamda yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish borasidagi tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish; o‘quvchi yoshlarning yo‘l harakati qoidalarga oid olgan bilimlarini amalda tatbiq etishiga ko‘maklashish; umumiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib etish ishlariga o‘quvchi yoshlarni jalb qilish; o‘quvchi yoshlarda harakatlanish madaniyati va yo‘l harakati ishtirokchisi mas’uliyati hissini shakllantirish; yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilishda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish; oromgohlarda yo‘l harakati xavfsizligiga oid musobaqalarda ishtirok etish, o‘quvchi yoshlarning mazkur yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirib borishga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tashkil qilish; yo‘l harakati xavfsizligiga oid musobaqalarga klub a’zolarini ham o‘quvchi yoshlarni tayyorlab borish; o‘quvchi yoshlar va voyaga yetmaganlarning yo‘l harakati xavfsizligiga oid savodxonligini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga takliflar kiritish. 9. Klub: klub faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommalashtirish va o‘quvchi yoshlarni yo‘llarda to‘g‘ri harakatlanishlari yuzasidan targ‘ibot materiallari tayyorlaydi, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida amaliy-ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazadi, klub a’zolari uchun o‘quv seminarlari va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etadi, mavzuga oid konkurslar, viktorinalar o‘tkazish borasida targ‘ibot faoliyatini olib boradi; tuman (shahar) miqyosida harakat xavfsizligi bo‘yicha aksiyalarda ishtirok etadi, o‘quvchilar uchun maktabga olib boradigan eng xavfsiz yo‘nalishlarni belgilashda hamda aholi yashash hududida yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tishda xavfli joylarni aniqlashda ko‘maklashadi, o‘quvchi yoshlar tomonidan umumta’lim maktablari atrofidagi hududlarda yo‘l harakati qoidalari buzilishining oldini olish, yo‘l harakati qoidalarini buzgan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni klub rahbariga taqdim etish uchun patrullik faoliyatini amalga oshiradi; yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha devoriy gazeta, tarqatma varaqalar, ijodiy konkurslar tashkil etilishida yordam ko‘rsatish maqsadida axborot faoliyatini olib boradi; yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibotini omma diqqat e’tiboriga yetkazish hamda targ‘ib qilish maqsadida “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” elektron jurnalini tashkil etadi. 10. “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” faoliyatining maqsadi — o‘quvchi yoshlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, shuningdek, ularda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini hosil qilish hamda “yo‘l harakati qoidalari” bo‘yicha olayotgan bilimlarini mustahkamlashdan iborat. 11. “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi”ning vazifalari quyidagilardan iborat: klub faoliyatini tashkil etishda klub rahbariga yordam berish; umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish hamda yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish; o‘quvchi yoshlarda harakatlanish madaniyati va yo‘l harakati ishtirokchisi mas’uliyati hissini shakllantirish; o‘quvchi yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirib borish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yo‘l harakati xavfsizligiga oid musobaqalar tashkil etishda klub rahbariga ko‘maklashish. 12. Klubga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9 — 11-sinf o‘quvchilari badal to‘lovlarisiz ko‘ngilli ravishda a’zo bo‘lishadi. Klub a’zolari soni ta’lim muassasasidagi umumiy o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda ta’lim muassasasi rahbari tomonidan belgilanadi. 13. Klubga a’zolik ta’lim muassasasi rahbari nomiga yozilgan ariza orqali amalga oshiriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: qonuniy vakillarining (ota-onasi yoki ularning 5fnini bosuvchi shaxslar) rozilik xati; tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqarolik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) nusxasi; 3x4 hajmdagi fotosurat (4 dona). 14. Klub a’zoligidan quyidagi holatlarda chiqariladi: o‘z xohishiga ko‘ra klub a’zoligidan chiqarish to‘g‘risidagi arizaga asosan; klub a’zosining rahbar organlar qarorlari va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini muntazam yoki qo‘pol ravishda buzganligi uchun; klub a’zosi ta’lim muassasasini bitirganda yoki boshqa ta’lim muassasasiga o‘tganda. 15. Klub a’zolari quyidagi huquqlarga ega: klubning yig‘ilishlarida va ommaviy axborot vositalarida uning faoliyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish; klub faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; klubdan zarur bo‘lgan ma’lumotlar va qo‘llanmalar olish; klubning guruh sardorligiga nomzodlar ko‘rsatish, saylash va saylanish; klubning barcha tadbirlari, dasturlari va loyihalarida ishtirok etish; ixtiyoriy ravishda klub a’zoligidan chiqish. 16. Klub a’zolari: ushbu Nizom talablariga to‘liq rioya qilishi; klubning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etishi; klub faoliyatini targ‘ib qilishi va qo‘llab-quvvatlashi; klub mashg‘ulotlariga muntazam qatnashishi; yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishda boshqa o‘quvchi eshlarga o‘rnak bo‘lishi; yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni targ‘ib qilishi; yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganda, tezkor harakat qilish uchun zarur bilimlarni egallashi; klub rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarishi; klub faoliyati to‘g‘risida klub rahbariga hisobot berib borishi shart. 17. Klub ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ta’lim muassasasining xodimlari orasidan tayinlangan rahbar tomonidan boshqariladi. 18. Klub rahbari: mazkur Nizom asosida klubni tuzish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash; boshqa ta’lim muassasalarida tashkil etilgan klublar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; klublar o‘rtasida tashkil etiladigan musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rilishini tashkil etish; klub a’zolari uchun mashg‘ulotlar olib borish yoki malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rish; klubni o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash, uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish yuzasidan ta’lim muassasasi rahbariga takliflar berib borish; klub a’zolari tomonidan vazifalarning aniq bajarilishini nazorat qilish; klublar o‘rtasida tashkil etiladigan “Yashil rang”, “Yo‘l harakati qoidalari bilimdoni”, “Eng namunali yo‘lovchi” kabi viktorina hamda “Yashil chiroq” musobaqasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish. 19. Klub a’zolari baholash, jihozlash, targ‘ibot, navbatchilik, badiiy, piyodalar harakatini tashkil etish, tibbiy yordam va guruhlar bo‘yicha faoliyat yuritishi mumkin. 20. Klub faoliyatini tashkil etishda ta’lim muassasasi rahbari quyidagi huquq va majburiyatlarga ega: ta’lim muassasasi hududida klub uchun xona ajratish hamda uni zarur jihoz va maxsus anjomlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish; ta’lim muassasasi hududida klub uchun ajratilgan xona yoki burchaklarni zarur jihoz va maxsus anjomlar bilan ta’minlash yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarma va bo‘limi rahbariga tegishli takliflar kiritish; ta’lim muassasasining malakali chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari va rahbarlari orasidan jamoatchilik asosida klub rahbarini tayinlash; klub a’zolarining musobaqalarda faol ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratish; klub faoliyatini tashkil etishda texnika va yongin xavfsizligi, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarining bajarilishini nazorat qilish. Ta’lim muassasasi rahbari klubning belgilangan talablar asosida tashkil etilishi hamda mazkur Nizom qoidalarining bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgardir. 21. Klub a’zolarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan dastur va rejalar ishlab chiqilishi mumkin. Klub a’zolari mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan tavsiya etilgan dasturlar asosida o‘qitiladi. Yozgi ta’til davrida klub faoliyati alohida reja asosida amalga oshiriladi. 22. Klub rahbari ta’lim muassasasi rahbari tomonidan belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi. 23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. Halqali chiziqning tepa qismida sariq rangli to‘g‘ri bosma harflarda lotin alifbosida “YO‘L NARAKATI QOIDALARI”, pastki qismida “YOSN TARG‘IBOTCNISI” so‘zlari yozilgan. Yozuvlar qat’iyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita olti qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan. Aylana o‘rtasida svetoforning qizil, sariq va yashil ranglari orqali yosh targ‘ibotchi bolalar ramzi ifodalangan bo‘lib, uning pastki qismida bilim o‘chog‘i hisoblangan nur taralib turgan kitobning ochiq holati tasvirlangan. Aylananing yuqori qismida tinchlik va osoyishtalikka chorlovchi yuqoriga uchib borayotgan laylaklar hamda nur sochib turgan quyosh tasviri tushirilgan. Bunday joylashuv ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllanishiga xizmat qilishini ifodalaydi. 1. Mazkur Nizom davlat umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) o‘quvchilar o‘rtasida “Yashil chiroq” musobaqasini (keyingi o‘rinlarda — musobaqa) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Musobaqa ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish, ularni yo‘l harakatining madaniyatli ishtirokchisi sifatida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etiladi. 3. Musobaqaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: “Yashil chiroq” guruhlari faoliyatini takomillashtirish; “Yashil chiroq” guruhlari a’zolarining bilim va malakalarini oshirish; bolalarga ko‘cha va yo‘llarda yurish qoidalarini keng targ‘ib qilishda eng yaxshi ish tajribalarini o‘rganish, to‘ldirish va ommalashtirish; bolalar ongida “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’i rioya qilish hissini shakllantirish. 4. Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida amalga oshiriladi. Musobaqa davomida “Yo‘l harakati qoidalari”ni o‘rganish bo‘yicha test sinovlari, tanlov, viktorina, musobaqalar mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq o‘tkaziladi. 5. Musobaqalar o‘qishdan tashqari vaqtlarda tashkil etiladi. 6. Musobaqa ishtirokchilari dam olish kunlari alohida rejaga asosan oldindan kelishilgan (ruxsat olgan) holda, Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlariga ekskursiya uyushtirishlari, xodimlarga yaratilgan xizmat sharoitlari bilan tanishishlari mumkin. 7. Musobaqa quyidagi to‘rt bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqich ta’lim muassasalarida har yili fevral-mart oylarida o‘tkaziladi. Mazkur bosqichda musobaqa sinflararo yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi va yo‘l harakati qoidalarini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilardan “yashil chiroq” guruhlari tuziladi. Bu guruhga 11 — 14 yoshli 5 — 8-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi; 2-bosqich (mahalliy bosqich) har yili mart-aprel oylarida tuman (shahar) doirasida o‘tkaziladi; 3-bosqich (hududiy bosqich) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri doirasida tuman (shahar) g‘oliblari ishtirokida har yili may oyida o‘tkaziladi; 4-bosqich (respublika bosqichi) har yili iyun-iyul oylarida uchinchi bosqichda 1-o‘rinni egallagan guruhlar ishtirokida o‘tkaziladi. 8. Musobaqani o‘tkazish ishlariga rahbarlik qilish va ularni adolatli o‘tkazish maqsadida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tarkibda “Yashil chiroq” musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va tashkil etish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi, hududlarda esa hududiy tashkiliy qo‘mitalar tuziladi. Hududiy tashkiliy qo‘mitalar Xalq ta’limi vazirligi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Yoshlar ishlari agentligi hududiy bo‘linmalarining vakillaridan iborat tarkibda tuziladi. 9. Musobaqa o‘tkaziladigan joy tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi va har bir bosqichdan kamida 30 kun oldin ta’lim muassasalari va mas’ul tashkilotlarga ma’lum qilinadi. Musobaqaning respublika bosqichi iyun-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan joyda o‘tkaziladi. Musobaqaning respublika bosqichi o‘tkazilishi belgilangan joyga kelib ketish uchun avtotransport ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga yuklanadi, guruhlarni kuzatib borish esa hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 10. Tashkiliy qo‘mita musobaqani o‘tkazish bo‘yicha barcha tashkiliy masalalarni hal etadi, hakamlar hay’ati tarkibini tuzadi va tasdiqlaydi. 11. Musobaqani o‘tkazish joyi tashkiliy qo‘mitaning tavsiyasiga binoan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari buyrug‘iga asosan belgilanadi. 12. Musobaqaning tantanali ochilish va yopilish tadbirlari tashkiliy qo‘mita qaroriga asosan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan joylarda o‘tkazilishi mumkin. 13. Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan ta’lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat guruhlar ishtirok etadi. 14. Musobaqa sog‘lom va nogironligi bo‘lgan bolalar o‘rtasida alohida-alohida o‘tkaziladi. 15. Ta’lim muassasalarining musobaqada ishtirok etuvchi guruhlari 6 nafar o‘quvchidan (3 nafar o‘g‘il bola va 3 nafar qiz bola) iborat tarkibda tuziladi. 16. Guruhlar faqat musobaqada qatnashayotgan ta’lim muassasasi o‘quvchilaridan iborat bo‘lishi kerak. 17. Musobaqada “Yo‘l harakati qoidalari” yuzasidan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan 11 — 14 yoshli o‘quvchilar ishtirok etadi. 18. Musobaqa ishtirokchilari hakamlar hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki identifikatsiyalovchi ID-karta nusxasi); ta’lim muassasasi o‘quvchisi ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (surati bilan, muhrlangan); sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma; texnika xavfsizligi qoidalari bilan bevosita tanishganligi yuzasidan dalolatnoma. 19. Musobaqaga guruhlar qat’iy ravishda maxsus kiyim-bosh, sport kiyimlari va guvohnomalar bilan kelishlari shart (kiyim-boshi o‘zgartirilgan va guvohnomasi bo‘lmagan o‘quvchilar musobaqalarga qo‘yilmaydi). Talab qilingan yuqoridagi hujjatlarni topshirmagan yoki hujjatlarida kamchiligi mavjud jamoalar musobaqada ishtirok eta olmaydi. 20. Quyidagilar musobaqa tashkilotchilari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi; O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi; O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. 21. Musobaqa tashkilotchilari: musobaqaga amaliy rahbarlik qilish uchun uning quyi va yakuniy bosqichlarida malakali mutaxassislardan iborat vakillarining ishtirokini ta’minlaydi; hududiy tashkiliy qo‘mitalar tomonidan joylarda musobaqalarga rahbarlik qilish uchun shtab va uning rahbarlari tasdiqlanishini nazorat qiladi. 22. Musobaqaning har bir bosqichi o‘tkazilganligi yuzasidan bayonnoma tashkiliy qo‘mitaga musobaqalar o‘tgandan keyin uch kun muddat ichida berilishi shart. 23. Guruhlar musobaqaga Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi va maktab vakilining kuzatuvida keladilar. 24. Musobaqa quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi: Jamoalarning safda yurish tayyorgarligi; Piyodalar vazifalari va harakatiga oid sinov; Yosh velosipedchilar musobaqasi; Yosh tartibga soluvchi sinovi; Guruh sardorlari bellashuvi; Chorraha maketini yasash bo‘yicha bellashuv; Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish; Texnika ijodiyoti tanlovi; Avtomobillar bilimdoni; Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihon; Velosiped boshqaruvchilarning chorrahada harakatlanishi; “Yashil chiroq” targ‘ibot guruhlarining chiqishi; “Mediaijodiyot” mahsulotlari. 25. Jamoalarning safda yurish tayyorgarligi shartida jamoaning barcha a’zolari ishtirok etadi. Jamoa a’zolarining safda shaxdam qadam bilan belgilangan qoida bo‘yicha yurishlariga, saf qo‘shig‘i mazmuni va ijrosiga alohida e’tibor qaratiladi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 26. Piyodalar vazifalari va harakatiga oid sinov shartida jamoaning bitta a’zosi ishtirok etadi. Ishtirokchi hakamlar tomonidan tayyorlangan savollar to‘plamidan bitta bilet tanlab olib, javob qaytaradi. Hakamlarning talabiga asosan javoblarini amaliy tarzda ko‘rsatib ham beradi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 27. Esh velosipedchilar musobaqasi shartida jamoaning bitta a’zosi ishtirok etadi. Ishtirokchi sakkiz shaklidagi chiziqni bosmay uning oralig‘ida harakatlanish, to‘siqlarni aylanib o‘tish, shartli ko‘prikchadan yurish, maxsus ustuncha ustida turgan idishdagi suvni to‘kmasdan ikkinchi ustunchaga olib borib qo‘yish shartlarini bajaradi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 28. Yosh tartibga soluvchi sinovi shartida jamoaning bitta a’zosi ishtirok etadi. U hakamlar tomonidan berilgan savollarga ko‘ra regulirovkachining harakatlarini ko‘rsatib, izohlab beradi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 29. Guruh sardorlari bellashuvi shartida jamoalar sardorlari ishtirok etadi. Sardorlarga navbati bilan “Yo‘l harakati qoidalari” asosida savollar beriladi. Musobaqaning ushbu turi sardorlardan biri savolga javob bera olmay qolganda to‘xtatiladi. Hakamlar hay’ati a’zosi tomonidan har bir savol o‘qiladi va ushbu savolga jamoa sardori 10 soniya ichida to‘liq javob berishi talab etiladi. “To‘liq” javob uchun “2” ball, “to‘liq bo‘lmagan” javob uchun “1” ball, “noto‘g‘ri” javob uchun “0” ball qo‘yib boriladi. 30. Chorraha maketini yasash bo‘yicha bellashuv shartida jamoaning ikki nafar a’zosi ishtirok etadi. Ular hakamlar tomonidan berilgan topshiriqqa asosan 15 daqiqa ichida 40x40 o‘lchamdagi qog‘oz yoki kartonga maket yasab berishlari kerak. Maket yasashda qalam, ruchka, flomasterda chiziqlar chizish taqiqlanadi va tayyor qilib olib kelingan detallar inobatga olinmaydi. Har bir detal “Yo‘l harakati qoidalari” talablariga mos tushishi va qog‘ozdan kesib olinib, yelim bilan yopishtirilishi shart. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 31. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish shartida jamoaning ikki nafar a’zosi ishtirok etadi. Ular yo‘l-transport hodisasida jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shifokorlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi. Javoblar amaliy tarzda ko‘rsatib beriladi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 32. Texnika ijodiyoti tanlovi shartida jamoaning bitta a’zosi ishtirok etadi. Tanlov o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan, radio signallar orqali boshqariladigan transportlar harakati yuzasidan o‘tkaziladi. Ushbu transportning kuzovi qo‘lda (karton yoki faneradan) yasalgan bo‘lishi shart. Shartda transport vositasining to‘g‘riga, o‘ngga, chapga, orqaga harakati namoyish etiladi va transport vositasi shartli ravishda yasalgan garajga kiritiladi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 33. Avtomobillar bilimdoni shartida jamoaning bitta a’zosi ishtirok etadi. Ishtirokchilarning har biriga navbati bilan 10 ta “Avtomobillar rusumi, texnik tavsifi, maxsus avtomobillar turi” asosida savollar beriladi. Hakamlar hay’ati a’zosi tomonidan har bir savol o‘qiladi va avtomobil fotosurati ko‘rsatiladi ushbu savolga jamoa a’zosi 10 soniya ichida to‘liq javob berishi talab etiladi. “To‘liq” javob uchun “2” ball, “to‘liq bo‘lmagan” javob uchun “1” ball, “noto‘g‘ri” javob uchun “0” ball qo‘yib boriladi. 34. Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihon shartida jamoaning bir nafar a’zosi ishtirok etadi. U shablon savollarga javob yozish asosida o‘z bilimlarini ko‘rsatadi. Imtihon topshirishga 15 daqiqa vaqt beriladi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda har bir to‘g‘ri javob uchun “1” ballik tizimda baholanadi. 35. Velosiped boshqaruvchilarning chorrahada harakatlanishi shartida jamoaning bir nafar a’zosi ishtirok etadi. U velosipedni boshqargan holda chorrahani svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralariga amal qilgan holda kesib o‘tadi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 36. “Yashil chiroq” targ‘ibot guruhlarining chiqishi shartida jamoaning barcha a’zolari ishtirok etadi. Bu chiqishda guruhlar yo‘l harakati qoidalarini badiiy usulda, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarida targ‘ib qiladilar. Targ‘ibot guruhlarining chiqishiga 10 daqiqa vaqt beriladi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 37. “Mediaijodiyot” mahsulotlari shartida respublika bosqichiga chiqqan guruhlar “Mediaijodiyot” mahsulotlarini olib kelishlari lozim: yo‘l harakatini xavfsizligini targ‘ib etuvchi 1 daqiqalik ijtimoiy videorolik; 2-3 daqiqalik videoreportaj; yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib etuvchi fleshmob; targ‘ibot plakati A-1 formatdagi vatman qog‘ozda. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda har bir mavzuga mos va ta’sirchan mahsulot uchun “5” ballik tizimda baholanadi. “Mediaijodiyot” mahsulotlari tayyorlash umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorining buyrug‘i bilan direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 38. Bir xil ball to‘plagan guruhlarga qo‘shimcha musobaqa tashkil etiladi, ya’ni guruh a’zolarining avtomaydonchada tartibga soluvchi ishoralar bo‘yicha velosipedda harakatlanishi shartida jamoaning barcha a’zolari ishtirok etadi. Bu chiqishda guruh a’zolari to‘rt tarafdan tartibga soluvchi ishoralariga amal qilgan holda chorrahani kesib o‘tadilar. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 39. Nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun musobaqa quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi: Piyodalar harakatiga oid savollar; Guruh sardorlari bellashuvi; Chorraha maketini yasash bo‘yicha bellashuv; Texnika ijodiyoti tanlovi; Avtomobillar bilimdoni; Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihon; “Mediaijodiyot” mahsulotlari. 40. Piyodalar harakatiga oid savollar shartida jamoaning bitta a’zosi ishtirok etadi. Ishtirokchi piyodalarning vazifalariga oid savollarga javob qaytaradi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 41. Guruh sardorlari bellashuvi shartida jamoaning sardorlari ishtirok etadi. Sardorlarga navbati bilan “Yo‘l harakati qoidalari” asosida savollar beriladi. Musobaqaning ushbu turi sardorlardan biri savolga javob bera olmay qolganda to‘xtatiladi. Hakamlar hay’ati a’zosi tomonidan har bir savol o‘qiladi va ushbu savolga jamoa sardori 10 soniya ichida to‘liq javob berishi talab etiladi. “To‘liq” javob uchun “2” ball, “to‘liq bo‘lmagan” javob uchun “1” ball, “noto‘g‘ri” javob uchun “0” ball qo‘yib boriladi. 42. Chorraha maketini yasash bo‘yicha bellashuv shartida jamoaning ikki nafar a’zosi ishtirok etadi. Ular hakamlar tomonidan berilgan topshiriqqa asosan 15 daqiqa ichida 40x40 o‘lchamdagi qog‘oz yoki kartonga maket yasab berishlari kerak. Maket yasashda qalam, ruchka, flomasterda chiziqlar chizish taqiqlanadi va tayyor qilib olib kelingan detallar inobatga olinmaydi. Har bir detal “Yo‘l harakati qoidalari” talablariga mos tushishi va qog‘ozdan kesib olinib, yelim bilan yopishtirilishi shart. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 43. Texnika ijodiyoti tanlovi shartida jamoaning bitta a’zosi ishtirok etadi. Tanlov o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan, radio signallar orqali boshqariladigan transportlar harakati yuzasidan o‘tkaziladi. Ushbu transportning kuzovi qo‘lda (karton yoki faneradan) yasalgan bo‘lishi shart. Shartda transport vositasining to‘g‘riga, o‘ngga, chapga, orqaga harakati namoyish etiladi va transport vositasi shartli ravishda yasalgan garajga kiritiladi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda “5” ballik tizimda baholanadi. 44. Avtomobillar bilimdoni shartida jamoaning bitta a’zosi ishtirok etadi. Ishtirokchilarning har biriga navbati bilan 10 ta “Avtomobillar rusumi, texnik tavsifi, maxsus avtomobillar turi” asosida savollar beriladi. Hakamlar hay’ati a’zosi tomonidan har bir savol o‘qiladi va avtomobil fotosurati ko‘rsatiladi, ushbu savolga jamoa a’zosi 15 soniya ichida to‘liq javob berishi talab etiladi. “To‘liq” javob uchun “2” ball, “to‘liq bo‘lmagan” javob uchun “1” ball, “noto‘g‘ri” javob uchun “0” ball qo‘yib boriladi. 45. Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihon shartida jamoaning bir nafar a’zosi ishtirok etadi. U shablon savollariga javob yozish asosida o‘z bilimlarini ko‘rsatadi. Imtihon topshirishga 20 minut vaqt beriladi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda har bir to‘g‘ri javob uchun “1” ballik tizimda baholanadi. 46. “Mediaijodiyot” mahsulotlari shartida respublika bosqichiga chiqqan guruhlar “Mediaijodiyot” mahsulotlarini olib kelishlari lozim: yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib etuvchi fleshmob; targ‘ibot plakati A-1 formatdagi vatman qog‘ozda. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda har bir mavzuga mos va ta’sirchan mahsulot uchun “5” ballik tizimda baholanadi. 47. Bir xil ball to‘plagan guruhlarga qo‘shimcha musobaqa tashkil etiladi, ya’ni guruh a’zolariga yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha qo‘shimcha imtihon shartida jamoaning bir nafar a’zosi ishtirok etadi. U shablon savollariga javob yozish asosida o‘z bilimlarini ko‘rsatadi. Imtihon topshirishga 10 minut vaqt beriladi. Shart hakamlar hay’atining barcha a’zolari tomonidan kelishilgan holda har bir to‘g‘ri javob uchun “1” ballik tizimda baholanadi. 48. Musobaqa shartlari bo‘yicha ishtirokchilarni tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan hakamlar hay’ati a’zolari baholab boradi. 49. Guruhlarning barcha shartlar davomida tezkorligi, “Yo‘l harakati qoidalari”ni mukammal bilishi, mamlakatimiz avtomobil yo‘llarida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi yangiliklarni bilishi, kiyim-bosh kiyishi, javob berishdagi qat’iyati va ushbu Nizomda ko‘rsatilgan talablarga rioya etishlari — baholashning asosiy mezoni hisoblanadi. 50. Musobaqadagi savollar “Yo‘l harakati qoidalari”dan kelib chiqqan holda tuziladi. 51. Savollar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va uning bo‘linmalari mutaxassislari tomonidan tuziladi hamda musobaqa kunidan bir kun avval maxsus konvertga solinib, tashkiliy qo‘mita a’zolari ishtirokida muhrlanadi. 52. Musobaqa g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi: 1-bosqich g‘oliblari ta’lim muassasalarining I, II va III darajali diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. G‘oliblarni taqdirlash uchun sarf-xarajatlarga homiylar jalb etilishi mumkin. 2-bosqich g‘oliblari O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) kengashlari va ta’lim muassasalarining I, II va III darajali diplomlari hamda homiy tashkilotlar tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 3-bosqich g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmalari, Yoshlar ishlari agentligi hududiy kengashlarining I, II va III darajali diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, g‘oliblarni taqdirlash uchun sarf-xarajatlarga boshqa tashkilotlar ham homiylik qilishlari mumkin. 4-bosqich g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining I, II va III darajali diplomlari, mas’ul tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 53. Musobaqaning respublika bosqichini yuqori saviyada tashkil etish, o‘tkazish va musobaqa g‘oliblarini rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar (ovqatlanish, yotoqxona, sovg‘alar, oromgohni bezash, madaniy va ma’rifiy tadbirlar) Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 54. Mazkur musobaqaning quyi bosqichlari bilan bog‘liq barcha hujjatlar (materiallar) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy bo‘linmalarida, yakuniy bosqichi bo‘yicha hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida saqlanadi.
100
39,483
Qonunchilik
Tibbiy uskunalar хarid qilish uchun $100 mln ajratiladi
Prezident tomonidan 11 noyabr kuni “Aholiga tibbiy хizmatlar koʻrsatish sifatini yaхshilash va sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjatga asosan davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalari uchun zamonaviy tibbiy uskunalar хarid qilish hamda ulardagi mutaхassislarning yetakchi хorijiy tibbiy muassasalarda malakasini oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2021-2022 yillarda $100 mln gacha ekvivalentdagi milliy valyutada kredit mablagʻlari ajratadi. Mablagʻlar Moliya vazirligining talabnomalariga asosan yillik 2% stavkada 3 yil muddatgacha beriladi. Moliya vazirligi koʻrsatilgan mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan talabnomalariga hamda belgilangan stavkaga koʻra qaytarish sharti bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ularga byudjet ssudasi sifatida ajratadi. Ular tegishli hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda har bir hudud va muassasa kesimida tibbiy uskunalarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar hamda хarid qilinadigan uskunalar roʻyхatini Sogʻliqni saqlash vazirligiga kelishish uchun kiritadilar. Xarid qilish jarayoniga “O‘zmedimpeks” MChJ agent sifatida jalb qilinishi mumkin. Tibbiy uskunalarni хarid qilish boʻyicha teхnik topshiriqlar va tender hujjatlari “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi. Moliya vazirligi kredit mablagʻlarini respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga va yetakchi хorijiy tibbiy muassasalarda ularning mutaхassislari malakasini oshirishga ham yoʻnaltirishi mumkin. Xorijda malaka oshiradigan tibbiyot хodimlari roʻyхati Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlov (konkurs) asosida shakllantiriladi hamda Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi tomonidan tasdiqlanadi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 12.11.2021 yilda e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
55
2,198
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ortiqcha to‘langan summasini qaytarish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ortiqcha to‘langan summasini qaytarish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 1551-moddasiga muvofiq aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlarining birja bozori (bundan fond birjasida aksiyalarni realizatsiya qilish mustasno) va uyushgan birjadan tashqari bozorida (bundan buyon matnda qimmatli qog‘ozlar bozori deb yuritiladi) realizatsiya qilinganda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining (bundan buyon matnda soliq deb yuritiladi) ortiqcha to‘langan summasini qaytarish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizom aksiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorida bir yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi norezidenti (bundan buyon matnda aksiyalarni sotuvchi deb yuritiladi) tomonidan boshqa yuridik shaxsga — O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga, jismoniy shaxsga — O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga yoki rezidentiga realizatsiya qilinganda yuzaga keladigan munosabatlarga tatbiq etiladi. 2. Aksiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorida realizatsiya qilinganda O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlari bozoridagi hisob-kitob-kliring palatasi soliq agenti deb e’tirof etiladi. 3. Soliqni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga o‘tkazish soliq agenti tomonidan to‘lov valyutasida amalga oshiriladi. 4. Soliq agenti realizatsiya qilingan aksiyalarning qiymati hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 160-moddasining 4-bandida belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda soliqni hisoblab chiqaradi. 5. Soliq summasi aksiyalar sotuvchisining hisobiga aksiyalar qiymatini to‘lash hisobidan pul mablag‘larini o‘tkazish bilan bir vaqtda budjetga o‘tkaziladi. 6. Chet el valyutasida ushlab qolingan soliq summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankida ochilgan 20204-sonli valyuta hisobvarag‘iga (bundan buyon matnda valyuta hisobvarag‘i deb yuritiladi) aksiyalar sotuvchisi va soliq summasini ko‘rsatilgan holda o‘tkaziladi. Agar aksiyalar sotuvchisi soliq agentining soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish to‘g‘risidagi arizani valyuta hisobvarag‘iga o‘tkazilgan sanadan boshlab 30 kun ichida taqdim etmasa, ushbu summa belgilangan tartibda milliy valyutaga almashtiriladi va ushbu summa budjetga o‘tkaziladi. 7. Soliq agenti bitim summasi va soliqning ushlab qolingan summasi to‘g‘risida aksiyalarni sotuvchisining talabiga ko‘ra ma’lumotnoma berishi shart. 8. Soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish uchun aksiyalar sotuvchisi soliq agentining soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish to‘g‘risidagi arizani (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) taqdim etadi. Arizaga aksiyalarni realizatsiya qilish va olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari hamda soliq agenti tomonidan berilgan bitim summasi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ushlab qolingan summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi. Aksiyalarni realizatsiya qilishni tasdiqlovchi hujjatga ushbu aksiyalar egasini (mulkdori) o‘zgarishiga olib keladigan bitim kiradi. Aksiyalarni olishni tasdiqlovchi hujjatga oldi-sotdi, talab qilib olish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish, almashtirish, garov yoki novatsiya shartnomasi (kontrakti), shuningdek aksiyalar sotuvchisining egaligiga (mulkiga) o‘tish uchun asos bo‘lgan sud qarori kiradi. 9. Ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar, aksiyalar sotuvchisi tomonidan shaxsan yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan taqdim etiladi. Ariza vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilganda, ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda ushbu vakolatli shaxs arizani taqdim etish uchun asos bo‘lgan ishonchnomani ham taqdim etadi. 10. Davlat soliq xizmati organi xodimi ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qiladi va hujjatlarni qabul qilib olish sanasi va ro‘yxati ko‘rsatilgan tilxatni topshiradi. Tilxat hujjatlar berilgan kunda topshirilishi kerak. 11. Agar arizaga ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan, shuningdek ariza tegishli tartibda to‘ldirilmagan bo‘lsa davlat soliq xizmati organi xodimi arizani qabul qilishni rad etadi. 12. Aksiyalarni realizatsiya qilishdan olingan daromad aksiyalarni realizatsiya qilish qiymati bilan olish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi. 13. Aksiyalarni realizatsiya qilishdan olingan daromad, agar aksiyalarga egalik huquqi (mulk huquqi) hadya tartibida o‘tgan bo‘lsa, aksiyalarni realizatsiya qilish qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 14. Agar aksiyalarga egalik huquqi (mulk huquqi) talab qilish huquqidan boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, almashtirish, garov shartnomalari yoki novatsiya, shuningdek sud qarori asosida o‘tsa, aksiyalarni olish qiymati ushbu hujjatlarda ko‘rsatilgan aksiyalarning qiymati asosida aniqlanadi. 15. Agar aksiyalarning oldi-sotdisi bo‘yicha amalga oshirilgan bitimlar valyutasi to‘lov valyutasidan farq qilsa, aksiyalarni realizatsiya qilishdan olingan daromad bitim valyutasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Agar aksiyalarni realizatsiya qilish qiymati va (yoki) uning olish qiymati har xil (turli xil) chet el valyutasida ifodalangan bo‘lsa, u holda aksiyalarni realizatsiya qilishdan olingan daromad O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) 1-ilovasining Yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobini to‘ldirish tartibiga asosan amalga oshiriladi. 16. Soliq summasi aksiyalarni realizatsiya qilishdan olingan daromad va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 160-moddasining 4-bandida belgilangan stavkadan kelib chiqib aniqlanadi. 17. Soliqning ortiqcha to‘langan summasi mazkur Nizomning 2-bobiga asosan soliq agenti tomondan hisoblangan va ushlab qolingan soliq summasi bilan mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq davlat soliq xizmati organi tomonidan hisoblangan soliq summasi o‘rtasidagi ijobiy farq asosida aniqlanadi. 18. Soliq agenti tomonidan soliq chet el valyutasida ushlab qolinganda soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish mazkur valyutada aksiyalar sotuvchisiga ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan shartlar bajarilganda amalga oshiriladi. 19. Agar aksiyalar sotuvchisi soliq valyuta hisobvarag‘iga o‘tkazilgan sanadan boshlab 30 kun ichida ariza bergan bo‘lsa, soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish chet el valyutasida amalga oshiriladi. Agar ariza soliq valyuta hisobvarag‘iga o‘tkazilgan sanadan boshlab 30 kun o‘tganidan keyin biroq soliqlar bo‘yicha da’vo muddati doirasida taqdim etilgan bo‘lsa, soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish ushbu Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda milliy valyutada amalga oshiriladi. 20. Soliq agentining soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi 4 ish kuni ichida: taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va soliqning ortiqcha to‘langan summasini aniqlaydi; arizada ko‘rsatilgan valyutada ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish to‘g‘risidagi xulosani (bundan buyon matnda xulosa deb yuritiladi) rasmiylashtiradi va uni yuqori turuvchi soliq boshqarmasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi. 21. Tegishli davlat soliq boshqarmasi xulosani olganidan keyin 2 ish kunidan kechiktirmay uni asoslanganligini tekshiradi. Ushbu tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosa O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga kelishish uchun taqdim etiladi yoki aniq kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qayta ishlash uchun qaytariladi. Bunda, soliq agentining soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi 2 ish kun ichida tegishli davlat soliq boshqarmasiga qayta ishlangan xulosani taqdim etishi lozim. 22. Xulosani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2 ish kunidan kechiktirmasdan soliqning ortiqcha to‘langan summasini xulosada ko‘rsatilgan valyutada qaytaradi yoki aniq kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qayta ishlash uchun qaytaradi. Bunda, davlat soliq boshqarmasi 2 ish kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga qayta ishlangan xulosani taqdim etishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarganidan keyin chet el valyutasidagi soliqning qolgan summasini belgilangan tartibda realizatsiya qiladi va milliy valyutadagi soliq summasini daromadning tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda Yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi va bu haqda soliq agentining soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini xabardor qiladi. 23. Soliq agentining soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi xabardor qilgan sanadan boshlab 2 ish kun ichida norezidentning shaxsiy kartochkasiga soliqni hisoblash to‘g‘risidagi farmoyishni rasmiylashtiradi va soliqning tushgan summasini hisobga oladi. 24. Agar soliq agenti soliqni milliy valyutada ushlab qolgan bo‘lsa, u holda soliqning ortiqcha to‘langan summasi ham milliy valyutada qaytariladi. 25. Ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan hollarda ham soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish milliy valyutada amalga oshiriladi. Bunda, soliqning ortiqcha to‘langan summasi ushlab qolingan soliqni vakolatli bankka realizatsiya qilish kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha aniqlanadi. 26. Soliqning ortiqcha to‘langan summasini milliy valyutada qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 57-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. 27 Davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etilayotgan xulosalarning to‘g‘riligiga va o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik tegishli davlat soliq xizmati organining rahbarlariga yuklatiladi.
192
10,670
Qonunchilik
“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
86
492
Qonunchilik
“Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni ro‘yxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-son “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2018-yil 24-avgustdagi 58, 50-qq, 7-son “Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni ro‘yxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3059, 2018-yil 25-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2018-y., 10/18/3059/1801-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qarorning nomi, muqaddimasi va 1-bandidan “yengil” degan so‘z chiqarib tashlansin. 2. Nizomda: a) Nomi, 1-band, 3-bobning nomi, 19-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 22-bandning ikkinchi xatboshisi va 25-banddan “yengil” degan so‘z chiqarib tashlansin; b) 2-bandda: ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardan “yengil” degan so‘z chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshidagi “yengil avtotransport vositasi (M1 toifa) oynalarining” degan so‘zlar “avtotransport vositasi oynalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “stiker — ichki ishlar organlarining ruxsatnomasi asosida avtotransport vositalari oynalarining tusi o‘zgartirilganligini (qoraytirilganligini) bildiruvchi maxsus emblema (gologramma).”; v) 3 — 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Ruxsatnomani berish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘linmalari (bo‘lim, bo‘linma, punkt) (bundan buyon matnda DYHXXning hududiy bo‘linmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda DYHXXning hududiy bo‘linmalari tomonidan avtotransport vositaci oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma avtotransport vositasining ro‘yxatga olingan joyidan qat’iy nazar, beriladi. 4. Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ishlari ruxsatnoma va tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK yoki ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari (bundan buyon matnda ish bajaruvchilar deb yuritiladi) tomonidan kelishuv asosida amalga oshirilishi mumkin. 5. Ruxsatnomaga hamda tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq avtotransport vositalari oynalarining tusi: yengil avtomobillarda — ular orqa yon oynalari tusining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada, old yon oynalari tusining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada; turistik yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshiruvchi avtobus, mikroavtobus va minivenlarda — ular yon oynalari tusining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada o‘zgartirilishi (qoraytirilishi) mumkin. Oynalarni ko‘zgusimon tusda o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsat etilmaydi. 6. Avtotransport vositasi orqa oynasining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish), shuningdek old oynasining tepa qismi tusini 14 sm.dan ko‘p bo‘lmagan polosa shaklida, yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasiz, tasdiqlangan davlat standarti asosida amalga oshiriladi. 7. Ruxsatnoma berish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 8. Ruxsatnoma olish uchun DYHXXning hududiy bo‘linmalariga mazkur Nizomning tegishliligiga ko‘ra 2 yoki 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qilinadi.”; g) 9-bandda: “a” va “b” kichik bandlardan “yengil” degan so‘z chiqarib tashlansin; “v” va “g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “v) yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnomani olishgaishonchnoma (yuridik shaxs rahbariga talab etilmaydi) va ishonchnoma berilgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat; g) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati.”; d) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Mas’ul xodim tomonidan ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, shuningdek hujjatlarning namunalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.”; e) 11-bandda: ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; to‘rtinchi xatboshidagi “5-ilovasiga asosan ruxsatnomani” degan so‘zlar “5-ilovasiga muvofiq namunadagi ruxsatnomani” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; j) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Rasmiylashtirilgan ruxsatnoma murojaat etuvchi shaxsga Ruxsatnomalarni berishni maxsus ro‘yxatga olish kitobiga imzo qo‘yilgan holda beriladi. Bunda ruxsatnoma bilan birgalikda uning amal qilish muddati nazarda tutilgan, mazkur Nizomning 5a-ilovasiga muvofiq namunadagi stiker hamda oynalar tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) mo‘ljallangan plyonka bepul qo‘shib berilishi lozim.”; z) 13 va 24-bandlar, 6 va 7-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; i) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “14. DYHXXning hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi avtotransport vositasining hisobga olish (elektron va qog‘oz shakldagi) ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi (ruxsatnomaning seriyasi, raqami, berilgan joyi, vaqti va amal qilish muddati, stiker raqami).”; k) 16-bandda: uchinchi xatboshidagi “ko‘rsatilganda” degan so‘z “ko‘rsatilganligi aniqlanganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin; l) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda Ruxsatnomalarni berishni maxsus ro‘yxatga olish kitobida rad etish sabablari haqida yozuv kiritiladi hamda darhol murojaat etuvchi shaxsga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabar beriladi.”; m) 18-bandda: ikkinchi xatboshidan “yengil” degan so‘z chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi “(pochta manzili) yoki nomlanishi o‘zgartirilganda)” degan so‘zlardan keyin “qayta rasmiylashtiriladi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; beshinchi xatboshi “qayta rasmiylashtiriladi” degan so‘zlardan keyin “va yangi ruxsatnomaga stiker raqami yozib qo‘yiladi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; n) 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o) 1 — 5-ilovalar mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; p) Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 5a-ilova bilan to‘ldirilsin. Avtotransport vositasi oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) 3 turda, to‘rtburchak shakldagi, o‘lchamlari 80x130 mm. bo‘lgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100 % paxtadan olingan qog‘ozdan tayyorlanadi. I — turi och havo rangda bo‘ladi — avtotransport vositasi orqa yon oynalarining tusi o‘zgartirilganligini (qoraytirilganligini) bildiradi; II — turi och yashil rangda bo‘ladi — avtotransport vositasi orqa va yon oynalarining tusi o‘zgartirilganligini (qoraytirilganligini) bildiradi; III — turi och yashil rangda bo‘ladi — turistik avtobuslar chap va o‘ng yon oynalarining tusi o‘zgartirilganligini bildiradi. Qog‘oz qatlami orasiga joylashgan, ultrabinafsha nurda ko‘rinadigan ko‘k va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanog‘i” ko‘rinishidagi umumiy “suv belgi”si mavjud. Ofsetli yozuv, seriyasi ikki harfli, nomeri yettita raqamdan iborat bo‘ladi. Blanka quyidagi maxsus himoyalarga ega: kimyoviy ta’sirga bardoshli poligraf bo‘yoqdan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilovlanishi ta’minlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn ko‘rinadi, ultrabinafsha nurda ko‘rinmaydigan tasvirlar va yetti raqamli son ko‘rinadi. Maxsus qabariq va o‘yiqlar mavjud. Lotin alifbosi harflaridagi o‘zbek tili qo‘llangan. Ruxsatnomaning old tomonida uning nomlanishi yozilgan, seriya va raqamlari mavjud, avtotrasnport vositasining turi, rusumi, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi, rangi, egasining ma’lumotlari, berilgan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy bo‘linmasining nomi, bergan mansabdor shaxsning lavozimi, F.I.O. ko‘rsatiladi. Ruxsatnomaning orqa tomonida avtotransport vositasi oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlari, berilgan sanasi va amal qilish muddati hamda stiker raqami ko‘rsatiladi. Ruxsatnomadagi yozuvlar ruchkada yoki chop etish printerida kiritiladi, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mansabdor shaxsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanib, bir yil muddatga beriladi.”. Ichki ishlar organlarining ruxsatnomasi asosida avtotransport vositalari oynalarining tusi o‘zgartirilganligini (qoraytirilganligini) bildiruvchi stikyerlar 3 turda, doira shakldagi, diametri 63 mm. bo‘lgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan qog‘ozdan tayyorlanadi va old tomoni o‘zi yopishadigan bo‘ladi. I turi och havo rangda bo‘ladi — avtotransport vositasi orqa yon oynalarining tusi o‘zgartirilganligini bildiradi; II turi och yashil rangda bo‘ladi — avtotransport vositasi orqa va yon oynalarining tusi o‘zgartirilganligini bildiradi; III turi och qizil rangda bo‘ladi — Turistik avtobus, mikroavtobus va minivenlar ning chap va o‘ng yon oynalarining tusi o‘zgartirilganligini bildiradi. Qog‘oz qatlami orasiga joylashgan, ultrabinafsha nurda ko‘rinadigan ko‘k va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan aylana shakldagi umumiy “suv belgisi” mavjud. Stiker quyidagi maxsus himoyalarga ega: kimyoviy ta’sirga bardoshli poligraf bo‘yoqdan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilovlanishi ta’minlangan. Lotin alifbosi harflaridagi o‘zbek tili qo‘llangan. Old tomonida stikerning turiga ko‘ra I, II va III rim raqamlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining emblemasi, “oyna qoraytirishga ruxsatnoma” so‘zlari, stiker markazida “2020” raqami hamda doira cheti bo‘ylab yil oylari rim raqamlarida tushirilgan. Orqa tomoniga stiker raqami va O‘zbekiston Respublikasining gerbi namunasidagi gologramma tushirilgan. Stiker raqami ikkita harf va yettita raqamdan iborat. Stiker old tomoni, o‘zi yopishadigan qatlamli bo‘lib, ustki qismi plyonka bilan qoplangan. Stiker raqamidagi ikkita harf hududlarni bildiradi (KR — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, AN — Andijon , BV — Buxoro, JV — Jizzax, KD — Qashqadaryo, NV — Navoiy, NA — Namangan, SV — Samarqand, SI — Sirdaryo, SD — Surxondaryo, TV — Toshkent, FA — Farg‘ona, XV — Xorazm viloyatlari, TN — Toshkent shahri). Stiker avtotransport vositalarini old oynasi o‘ng tomoni yuqori qismiga yopishtiriladi. Stiker bir yil muddatga beriladi. Stikerni berayotgan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi stikerning rim raqamlaridagi yil oylarining bittasini qirqib oladi (va) yoki kompostyor qiladi. Qirqib olingan (va) yoki kompostyor qilingan oy raqami stikerning amal qilish muddatini belgilaydi.”.
250
12,202
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Taxiatosh tumani hamda Toshkent viloyatining Toshkent tumani tashkil etilishi munosabati bilan: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
107
522
Qonunchilik
Oʻzbekiston «quruqlik portlari» toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshildi
Prezident tomonidan 5.10.2021 yildagi BMT Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining «Quruqlik portlari» toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimiga Oʻzbekistonning qoʻshilishi haqidagi PQ-5256-son qaror imzolandi. 2013 yil 1 mayda Bangkokda tuzilgan Bitimning asosiy maqsadi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining хalqaro ahamiyatga ega «quruqlik portlari» tarmogʻini rivojlantirish siyosatini muvofiqlashtirishdan iboratdir. Xalqaro ahamiyatga ega «quruqlik porti» deganda bir yoki undan ortiq transport turlari bilan bogʻlangan, qayta ishlash, vaqtincha saqlash va хalqaro savdo jarayonida tashilayotgan yuklarni qonuniy talablarga koʻra koʻrikdan oʻtkazishda hamda tegishli bojхona nazorati funksiyalari va rasmiylashtirishni amalga oshirishga moʻljallangan logistik markazga ega mamlakat hududlaridagi joy tushuniladi. Bitimda хalqaro ahamiyatga ega «quruqlik portlari» roʻyхati, shuningdek ularni rivojlantirish va ulardan foydalanish tartib-taomillari belgilangan. Transport vazirligi mazkur shartnomani amalga oshirish yuzasidan vakolatli organ etib belgilandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.10.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
63
1,210
Qonunchilik
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini tashkil etish to‘g‘risida
Andijon viloyati o‘rmon fondi yerlarining ekologik holatini yaxshilash, qayta tiklash, tog‘ oldi va adir yerlaridan unumli foydalanish jumladan, yong‘oq, pista, bodom ko‘chatlari hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirishni ko‘paytirish, o‘rmonlarni kengaytirish va ihota o‘rmonlari barpo etishda samarali innovatsion usullarni qo‘llash, o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, o‘rmon xo‘jaligi sohasida kadrlar ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ularni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Fanlar Akademiyasining O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Filial direktori O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Filial direktori O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosariga tenglashtiriladi. 3. Filialning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: dorivor o‘simliklar urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish va yetkazib berish; o‘rmon fondi yerlarida noyob manzarali va mevali, shu jumladan, yong‘oq, pista, bodom, unabi va limon ko‘chatlari hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish; o‘rmon xo‘jaliklarida chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, quyonchilikni rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini yetishtirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish; o‘rmon fondi yerlarining ekologik holatini yaxshilash, o‘rmonlarni kengaytirish va qayta tiklash, ihota o‘rmonlari barpo etish bo‘yicha samarali innovatsion usullarni ishlab chiqish; eroziyaga qarshi o‘rmon barpo etishning ilmiy asoslangan texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish; dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish, tog‘ yonbag‘irlaridagi yerlarda yetishtiriladigan, qurg‘oqchilik, zararkunanda va kasalliklarga chidamli o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish; o‘rmon xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ularni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. 4. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi va respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratiladigan grantlar; xo‘jalik faoliyatidan, xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlik tashkilotlarning grantlari, shuningdek homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar. Belgilab qo‘yilsinki, Filial xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi tatbiq etiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Filialga bir dona maxsus avtotransport ta’minotiga limit ajratsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filiali to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash; Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Filialni zarur mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlash; Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Filialni bo‘sh turgan bino bilan tekin foydalanish huquqi asosida ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Fan va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda zarur zamonaviy laboratoriya jihozlari sotib olish hamda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun davlat va xalqaro grantlarni jalb qilish choralarini ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligiga belgilangan vazifalarni amalga oshirish jumladan, moddiy texnik bazani rivojlantirish, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i moylash materiallari sotib olish hamda aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan holda kreditlar ajratish tavsiya etilsin. 8. Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda za’faron o‘simligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, uni ko‘paytirish va yetishtirishga ixtisoslashtirilgan “Shafran ilmiy tadqiqot markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidan 20 gektar va Marhamat tumanidan 20 gektar unumdorligi yuqori, sug‘oriladigan yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2020-yillarda o‘rmonchilik sohasini samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi va grantlar hisobidan yetakchi davlatlar tajribalarini o‘rganishni tashkil qilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
89
5,982
Qonunchilik
PARRANDAChILIK XO‘JALIKLARINI KURKA GO‘ShTI YETIShTIRISh UChUN MODERNIZATSIYA QILISh TO‘G‘RISIDA
Kurka go‘shti yetishtirishni ko‘paytirish va sanoat kurkachiligi uchun respublikaning o‘z naslchilik bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “MAD” (Isroil) firmasi texnologiyasi asosida 1-ilovaga muvofiq parrandachilik fabrikalarini modernizatsiya qilish va ularni yiliga 12500 tonna go‘sht yetishtirish uchun kurkalar o‘stirishga qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. “O‘zparrandasanoat” uyushmasi, ishlab chiqarish quvvatlarini 2-ilovaga muvofiq 1997-yilning (V choragida ishga tushirgan holda, kurkalarni jadal o‘stirish uchun texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish va o‘rnatish yuzasidan “MAD” firmasi bilan 8 mln AQSh dollari summasida kontrakt tuzganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Parrandachilik fabrikalarini modernizatsiya qilishni mablag‘ bilan ta’minlash: kontrakt qiymatining 85 foizi (6,8 mln AQSh dollari) — Isroil tashqi savdo tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish korporatsiyasi (IFTRIK)ning sug‘urta qoplamasi ostida “Izrael Diskont Bank” (Isroil) banki krediti hisobiga, kontrakt qiymatining 15 foizi (1,2 mln AQSh dollari) — “O‘zparrandasanoat” uyushmasining o‘z mablag‘lari hisobiga. qayta qurish va tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun milliy valyutadagi (7,2 mln so‘m) xarajatlar — “O‘zparrandasanoat” uyushmasining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishiga rozilik berilsin. 4.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlarini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda kredit bitimini tuzsin va “O‘zparrandasanoat” uyushmasi uchun IFTRIK sug‘urta qoplamasi ostida Isroil banki mablag‘larini qayta moliyalashtirishni ta’minlasin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Q. G‘. Obidov zimmasiga yuklansin.
96
2,130
Qonunchilik
VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR HOKIMLIKLARI APPARATI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish va uning bozor usullariga asoslangan (zamonaviy tamoyillarini hayotga keng joriy etish, boshqarishning tarmoq tizimidan funksional tizimiga o‘tishni ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi va “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatida boshqarishning tarmoq tizimidan funksional tizimiga o‘tish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. 2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatlari tashkiliy tuzilmasi va mas’ul xodimlarining cheklangan shtatlari soni 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin: hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va hukumat dasturlarini amalga oshirish, xalq xo‘jaligi tarmoqlarida islohotlarni chuqurlashtirish va xalq farovonligini oshirishni ta’minlash; joylarda xo‘jalik yuritish shakllarini takomillashtirish, moliya va to‘lov intizomini mustahkamlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish; qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining ijrosini ta’minlash; vazirliklar, respublika idoralari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish; mahalliy hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning ishini nazorat qilish. 4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tizimida Axborot-tahlil guruhlari tashkil etilsin va ularning ish faoliyati Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 16-apreldagi 199-son qaroriga muvofiq olib borilsin. 5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Axborot-tahlil guruhining tashkiliy tuzilmasi 3a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Axborot-tahlil guruhining asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilansin: hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tashkil etish, ularning tuman va shaharlarda o‘tkazilish monitoringini amalga oshirish; Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish va ularning izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlash; viloyat hokimiyati kotibiyatlari, guruhlari va boshqa bo‘linmalarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish; hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar borishini tahlil qilish va muntazam ravishda Vazirlar Mahkamasi va hokimiyat rahbariyatiga axborot berib turish. 7. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kotibiyatlarining asosiy vazifalari etib belgilansin: hududlarda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan dasturlarning amalda bajarilishini ta’minlash; hokimiyat muhokamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalarining hokim va uning o‘rinbosarlari ko‘rib chiqishi uchun mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilishini tashkil qilish; hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga binoan hokimlikning qaror loyihalari va boshqa tegishli hujjatlarini tayyorlash; yuqori tashkilotlar hamda hokimiyat qaror va farmoyishlarining mahalliy boshqaruv organlari va idoralari tomonidan o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash va hokimlikka tushgan axborot, taklif va mulohazalarni umumlashtirish. 8. Belgilab qo‘yilsinki, hokimliklar kotibiyatlarida tayyorlanadigan qarorlar loyihalari va hujjatlar Axborot-tahlil guruhi tomonidan albatta ma’qullangan bo‘lishi kerak. 10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati va boshqaruv organlari xodimlariga mehnat haqi to‘lash bo‘yicha guruhlar jadvali va tarif razryadlari 4 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 11. Vazirlar Mahkamasining ushbu masalaga oid avval qabul qilingan qarorlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Viloyat va Toshkent shahar hokimliklarining xodimlari soni va taxminiy tuzilishi to‘g‘risida” 1992-yil 7-fevraldagi 55-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 22-iyuldagi 371-son qarori 4-bandining 3 qismi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tarkibida xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik, xususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tashkil etish to‘g‘risida” 1995-yil 4-apreldagi 117-son qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirish va ma’muriy-boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi 420-son qarorining 3-ilovasi.
93
5,602
Qonunchilik
Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni talablarini bajarish, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shuningdek, ularning oqibatlarini monitoring qilish, axborot almashish va prognozlash tizimli olib borilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tarkibiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Yagona tizimning asosiy vazifalari etib belgilansin: tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga (keyingi o‘rinlarda favqulodda vaziyat deb ataladi) olib keluvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash, ular bo‘yicha tizimli kuzatuv va nazoratni tashkil etish va amalga oshirish; favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlash; favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning rivojlanish ehtimoli xususiyati va ko‘lamini oldindan prognozlashtirish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 3. Quyidagilar: Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimining tashkiliy-funksional tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Yagona tizim tuzilmasiga kiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari uch oy muddatda: favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning yuzaga kelish xavfi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda monitoring qilish, axborot almashish va prognozlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlasinlar; Yagona tizim joriy etilishini hisobga olgan holda “Elektron hukumat” tizimi doirasida shakllantirilgan idoraviy axborot tizimlarining funksiyalarini takomillashtirsinlar; umumiy cheklangan shtatlar soni hamda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida boshqaruv apparatlari, hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tuzilmalariga Yagona tizim doirasida belgilangan vazifalarni bajarishga mas’ul mutaxassislar shtat lavozimlarini joriy etsinlar. 5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda: Yagona tizim tuzilmasiga kiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari orasida alohida himoyalangan axborot almashinuvi kanali tashkil etilishini va uzluksiz ishlashini; Yagona tizimni “Elektron hukumat” tizimining markaziy ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari komplekslariga integratsiyalashni ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimining (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek faoliyati tartibini belgilaydi. 2. Yagona tizim tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar (keyingi o‘rinlarda favqulodda vaziyatlar deb ataladi) monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash masalalarini hal etishga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda FVDT deb ataladi) ajralmas qismi hisoblanadi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat; favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi; atrof muhit monitoringi — atrof muhit holatini baholash, unda kechayotgan jarayonlarni tahlil qilish va undagi o‘zgarishlar rivojini o‘z vaqtida aniqlash uchun ma’lum bir dastur bo‘yicha doimiy ravishda olib boriladigan kuzatuv va nazorat tizimi; monitoring obyekti — chegara doirasida aniq dastur bo‘yicha atrof muhitning holatini nazorat qilish maqsadida doimiy ravishda kuzatuv ishlari olib boriladigan, unda kechayotgan jarayonlarni, ulardagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va prognozlash uchun tahlil qilish va baholash amalga oshiriladigan tabiiy, texnogen obyekt yoki uning bir qismi; monitoring ma’lumoti — favqulodda vaziyatlarga olib keladigan xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarni muntazam yoki tezkor nazorat qilish va kuzatish natijasida olingan ma’lumot turi; favqulodda vaziyatlarni prognozlash — favqulodda vaziyat yuz berishi mumkinligi sabablarini, uning o‘tmishdagi va hozirdagi manbalarini tahlil etish asosida uning sodir bo‘lishi va rivojlanishi ehtimolini oldindan aks ettirish; prognoz ma’lumoti — favqulodda vaziyatlarga olib keladigan xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi ehtimolini aks ettiruvchi ma’lumot turi; geografik axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda GAT deb ataladi) — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, modellashtirish va aks ettirish, shuningdek, raqamli kartografik, o‘xshash va matnli axborotdan foydalangan holda umumdavlat (tarmoqlararo) yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborot va hisob-kitob vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim; favqulodda vaziyat manbai — favqulodda vaziyat yuz bergan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli tabiiy hodisa, avariya yoki xavfli texnogen hodisa, odamlarning, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va o‘simliklarining keng tarqalgan infeksion (yuqumli) kasalliklari, shuningdek, hozirgi zarba vositalari ishlatilishi natijasi; potensial xavfli obyekt — favqulodda vaziyat manbai yuzaga kelishi real xavfini tug‘diruvchi radioaktiv, yong‘in-portlash xavfi, xavfli kimyoviy va biologik moddalar ishlatiladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, saqlanadigan va tashiladigan obyekt; favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi — favqulodda vaziyat manbaining tegishli xavf ko‘rsatkichlari bilan belgilanadigan yuzaga kelish ehtimoli yoki takrorlanish tezligi; xavfga baho berish — xavfni va uning ehtimoli bo‘lgan manbalarini identifikatsiyalash, ularning yuzaga kelish mexanizmini tadqiq qilish, identifikatsiya qilingan xavfli hodisalar yuzaga kelish ehtimoliga va ularning oqibatlariga baho berish. 4. Quyidagilar Yagona tizimning asosiy vazifalari hisoblanadi: tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash, ular bo‘yicha tizimli kuzatuv va nazoratni tashkil etish va amalga oshirish; favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlash; favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning rivojlanish ehtimoli xususiyati va ko‘lamini oldindan prognozlashtirish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 5. Yagona tizim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash, ular bo‘yicha tizimli kuzatuv va nazoratni tashkil etish sohasida: monitoring obyektlarining tizimli kuzatuvi va laboratoriya nazoratini olib boradi; favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfini aniqlaydi va uni baholashni amalga oshiradi; Yagona tizimning barcha darajalarida favqulodda vaziyatlarning potensial xavf manbalarining holati va tavsifi, shuningdek, ular yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishni amalga oshiradi; b) favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlash sohasida: favqulodda vaziyatlar manbalarining ma’lumotlar bazasi hamda potensial xavfli obyektlar reyestrini shakllantiradi va rivojlantiradi; maxsus geoaxborot tizimlar yaratilishi va yuritilishini tashkil etadi, favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalar yuzaga kelish xavfi darajasi bo‘yicha hududlarni batafsil rayonlashtirgan holda monitoring ma’lumotlarining tizimli kiritilishini va yangilanib borilishini ta’minlaydi; Yagona tizimning axborot maydonida favqulodda vaziyatlarning potensial manbalari holati va darakchilari to‘g‘risida monitoring ma’lumotlari almashinuvini ta’minlaydi; favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi to‘g‘risida ogohlantirish ma’lumotlarini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha tavsiyalarni FVDT rahbar organlariga tezkor taqdim etilishini amalga oshiradi; favqulodda vaziyatlar monitoringi va prognozlash vazifalarini hal etish uchun mavjud axborot-kommunikatsion tizimlarni takomillashtiradi; maxsus, shu jumladan davlat siriga oid ma’lumotlar himoyalanishini ta’minlaydi. v) favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning rivojlanish ehtimoli xususiyati va ko‘lamini oldindan prognozlashtirish sohasida: tezkor monitoring ma’lumotlarini, shuningdek, favqulodda vaziyat yuzaga kelganligi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, hisoblashni amalga oshiradi; favqulodda vaziyat situatsion ssenariylari hamda uning oqibatlarini ko‘rsatgan holda favqulodda vaziyat manbai rivojlanish modelini ishlab chiqadi; favqulodda vaziyat yuzaga kelishi, ularning oqibatlari ko‘lamining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlari muntazam tayyorlanishini ta’minlaydi; Yagona tizim faoliyat ko‘rsatishida axborot-tahliliy va tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlanishini amalga oshiradi; g) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish sohasida: favqulodda vaziyat yuzaga kelishi prognozlari asosida ularning oldini olish tadbirlari samaradorligini oshirish, bartaraf etish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; favqulodda vaziyatning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi; favqulodda vaziyatni to‘xtatish va oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalarning birlamchi hisob-kitobini amalga oshiradi. 6. Yagona tizimni FVDT doirasida xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash funksiyalarini bajaradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tuzilmalari (xizmatlar, tashkilotlar, inspeksiyalar, bo‘limlar, laboratoriyalar va boshqalar) majmuasi (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim tuzilmasi deb ataladi) tashkil etadi. Yagona tizim respublika, mahalliy va obyekt darajalariga ega. 7. Yagona tizimning tashkiliy-funksional strukturasi FVDT doirasida favqulodda vaziyatga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash funksiyasini bajaradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy davlat organlari va boshqa tashkilotlarni birlashtiradi (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim ishtirokchilari deb ataladi). 9. Yagona tizim faoliyatini boshqarish va davlat nazoratini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi (keyingi o‘rinlarda FVV deb ataladi). 10. Yagona tizim ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligi javobgarlik zonalari aniq ajratilgan tamoyil bo‘yicha: obyekt — tuman (shahar) — viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) — respublika, ketma-ketlikda monitoring va prognoz ma’lumotlari almashinuvini ta’minlash orqali amalga oshiriladi. 11. Yagona tizim ishtirokchilari FVV va uning hududiy tuzilmalariga favqulodda vaziyat manbalari holati va faollashuv ehtimoli to‘g‘risida, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning holati to‘g‘risidagi monitoring va prognoz ma’lumotlarini mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarida* keltirilgan ro‘yxatga muvofiq taqdim etishlari shart hisoblanadi. 12. Xavfli jarayon va hodisalar to‘g‘risidagi monitoring ma’lumoti, favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalar tahdidi to‘g‘risidagi prognoz ma’lumoti, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat asosiy parametrlari, shuningdek, uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumot mazkur Nizomning 3, 4 va 5-ilovalariga* muvofiq shaklda taqdim etiladi. 13. Yagona tizim ishtirokchilari tashkiliy-funksional tuzilmaga muvofiq ma’lumot almashinuvini quyidagi muddatlarda amalga oshiradi: a) favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayon va hodisalarni monitoring va prognozlash natijalari bo‘yicha: respublika darajasida: har oy — 28 sanaga qadar; har chorak — 20 sanaga qadar (chorak boshlanishidan oldin); har yili — 1-dekabrga qadar; mahalliy darajada: har hafta — juma kuni; har oy — 25 sanaga qadar; obyekt darajasida: har kuni; har hafta — juma kuni; b) favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda yoki sodir bo‘lganda — zudlik bilan; v) favqulodda vaziyatlarning oqibatlari to‘g‘risida — sutka davomida, favqulodda vaziyat oqibatlari to‘liq bartaraf etilgunga qadar har kuni. 14. Ma’lumotlarni uzatish ularning turiga ko‘ra: favqulodda vaziyatlar tahdidi va sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi og‘zaki ma’lumotlar — mavjud telefon va radioaloqa kanallari orqali; monitoring va prognoz ma’lumotlari, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatning asosiy parametrlari va oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, fotomateriallar, GATda shakllantirilgan mavzuli qatlamlar — Yagona tizimning himoyalangan axborot almashish kanallari, shuningdek, pochta yoki faksimil aloqa orqali amalga oshiriladi. Chegaralangan xususiyatga ega ma’lumotlarni uzatish yopiq aloqa kanallari orqali yoki maxsus pochta orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 15. Yagona tizim doirasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan ma’lumot almashinuvi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek, xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. 16. Monitoring va tahliliy ma’lumotlar asosida FVV quyidagi ko‘rinishdagi prognozlarni tayyorlaydi va FVDT rahbar organlariga taqdim etadi: qisqa muddatli haftalik favqulodda vaziyatlar prognozi; o‘rta muddatli oylik favqulodda vaziyatlar prognozi; o‘rta muddatli choraklik favqulodda vaziyatlar prognozi; uzoq muddatli yillik favqulodda vaziyatlar prognozi. 17. FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlari monitoring va prognoz ma’lumotlari asosida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi. 18. Prognozlashtirilayotgan xavfli tabiiy-texnogen jarayon va hodisalar yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyat ko‘lamidan kelib chiqqan holda Yagona tizimning quyidagi uchta faoliyat ko‘rsatish rejimlaridan biri o‘rnatiladi: kundalik faoliyat; yuqori tayyorgarlik; favqulodda vaziyat. 19. Yagona tizim kundalik faoliyat rejimida faoliyat ko‘rsatganda quyidagilar amalga oshiriladi: monitoring obyekti holatini, potensial xavfli obyektlardagi va unga chegaradosh hududlardagi yuzaga kelgan holatni kuzatish va nazorat qilish; monitoring ma’lumotlarini yig‘ish, axborot almashish, qayta ishlash va tahlil qilish, GATga monitoring ma’lumotlarini kiritish va yangilash; yuzaga kelgan holatni prognozlashtirish, favqulodda vaziyatlarga olib keladigan xavfli tabiiy-texnogen jarayon va hodisalar xavfini baholash; favqulodda vaziyatning oldini olish, bartaraf etish va oqibatlarini kamaytirish tadbirlari samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi tahdidi va xavf omillarini oldindan aniqlash, shuningdek, ular yuzaga kelganda iqtisodiyot obyektlarining barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etish; Yagona tizim tuzilmalarini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish. 20. Yagona tizim yuqori tayyorgarlik rejimida faoliyat ko‘rsatganda quyidagilar amalga oshiriladi: favqulodda vaziyat manbalarining holatini (zarur hollarda) kuchaytirilgan tarzda kuzatuv olib borish; monitoring ma’lumotlarini yig‘ish, o‘zaro axborot almashish, qayta ishlash va tahlil qilish, favqulodda vaziyatlar ehtimoli rivojini modellashtirish; favqulodda vaziyatlarni joriy va tezkor prognozlashtirish; favqulodda vaziyatni bartaraf etish va oqibatlarini to‘xtatish uchun zarur kuch va vositalar birlamchi hisob-kitobini qilish; yuzaga kelishi mumkin favqulodda vaziyatning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 21. Yagona tizim favqulodda vaziyat rejimida faoliyat ko‘rsatganda quyidagilar amalga oshiriladi: favqulodda vaziyatlar zonasiga Yagona tizim tuzilmasi maxsus guruhlarini yuborish; favqulodda vaziyat zonalari chegaralarini aniqlash; uzluksiz kuzatuvlar olib borish va favqulodda vaziyat rivojini tezkor prognozlashtirish; favqulodda vaziyatni to‘xtatish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar va takliflar ishlab chiqish. 22. Yagona tizimning monitoring, axborot-tahliliy faoliyati texnik asoslarini ularning javobgarlik sohasiga bog‘liq holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarga tegishli yer usti va aviatsion vositalari tashkil etadi. 23. Xavfli tabiiy, texnogen va ekologik obyektlar holati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun yer usti vositalari sifatida favqulodda vaziyatlar asosiy manbalari hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti va boshqa tashkilotlar, shuningdek, potensial xavfli obyektlar holatini diagnostika va nazorat qilish vositalari hisoblanadi. 24. Aviatsion vositalar (vertolyot, samolyotlar) radiatsion holatni, keng miqyosda vayron bo‘lgan zona holatini, magistral suv quvurlari holatini, shuningdek, boshqa (yo‘l, qor ko‘chkisi, yer ko‘chkisi va sel toshqini) monitoring ma’lumotlarini olish uchun foydalaniladi. 25. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda davlat budjeti mablag‘lari, boshqa turdagi tashkilotlarda esa — ularning o‘z mablag‘lari yoki qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalar Yagona tizimning faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi. 26. Yagona tizimning tuzilmalari rahbarlari taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishonchliligi, o‘z vaqtida taqdim etilishi va to‘liqligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. 27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
152
21,281
Qonunchilik
MUQOBIL XIZMAT TO‘G‘RISIDA
Muqobil xizmat — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘taydigan davlat xizmatining alohida turidir. Bu xizmat fuqaroning korxonalardagi, muassasalardagi, xalq xo‘jaligi tashkilotlaridagi, yuqori malaka talab etilmaydigan (yordamchi) ishlarni yoki o‘z malakasiga mos ishlarni, shu jumladan falokat, fojia, tabiiy ofat va boshqa favqulodda holatlarning oqibatlarini bartaraf etishga oid ishlarni bajarish bilan bog‘liqdir. Muqobil xizmat fuqarolarni harbiy ishga o‘rgatishni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun zaxiradagi jangchilar tayyorlashni ko‘zda tutadi. Muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar ushbu Qonundan hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Muqobil xizmatni o‘tash tartibi ushbu Qonun bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va uni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar mehnat huquqlarini va vazifalarini amalga oshirish chog‘ida yuzaga keluvchi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, harbiy hisobda turadigan, muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan fuqarolari, basharti ular: xizmatga chaqirilayotgan shaxsdan tashqari 16 yoshga to‘lmagan to‘rt va undan ortiq bolali oiladan bo‘lsalar; harbiy xizmatni o‘tash davrida nogiron bo‘lib qolgan ota-onasi yoki aka-uka (opa-singil)lari bo‘lsa; diniy ta’limoti qurol ishlatishga va Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga yo‘l qo‘ymaydigan ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlarning a’zosi bo‘lsalar, muqobil xizmatni o‘tash huquqiga ega bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muqobil xizmatni o‘tash huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning o‘zga toifalarini ham belgilashi mumkin. Muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslar muqobil xizmat xizmatchilari deb ataladilar. Muqobil xizmat muddati 24 oy, oliy ma’lumotli fuqarolar uchun esa 18 oydir. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari muqobil xizmatni O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari, xalq xo‘jaligi tashkilotlarida o‘taydilar. Muqobil xizmat o‘taladigan vazirliklarning, idoralarning, shunday xizmat qo‘llanadigan sohalarning hamda bajariladigan ish turlarining ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Chaqiruvchilar muqobil xizmatni o‘tashi mumkin bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ro‘yxatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tasdiqlaydi. Muqobil xizmat xizmatchilari ishchi ixtisosini o‘rganishi uchun xalq ta’limi tizimi, tarmoq vazirliklari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning o‘quv yurtlariga yuborilishi mumkin. Muqobil xizmat xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan dasturlar asosida harbiy tayyorgarlik yig‘inlariga (mashg‘ulotlariga) chaqiriladilar, shu yig‘inlar (mashg‘ulotlar) vaqtida harbiy hisobdagi ixtisosni egallaydilar. Muqobil xizmat xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda harbiy qasamyod qiladilar. Muqobil xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasi hisobiga kiritiladilar. O‘zbekiston Respublikasida muqobil xizmatga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Muqobil xizmat boshqarmasi amalga oshiradi. Viloyatlar va Toshkent shahrida muqobil xizmat tuzilmalariga rahbarlikni mudofaa ishlari bo‘yicha tegishli boshqarmalar huzuridagi muqobil xizmat bo‘limlari amalga oshiradilar. Ayrim nohiyalarda (shaharlarda) mudofaa ishlari bo‘yicha tegishli bo‘limlar qoshida muqobil xizmat bo‘linmalari (guruhlari) tuzilishi mumkin. Tasarruflaridagi korxonalarda, tashkilotlarda, muassasalarda muqobil xizmat xizmatchilaridan foydalanayotgan vazirliklar, idoralar, konsernlar, ularni joylashtirish, o‘qitish-o‘rgatish uchun, ish joylarida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik qoidalari talablarini bajarishlari, barcha turdagi tibbiy yordam, imtiyozlar, tovon puli, ustama haq va yordam puli, shu jumladan ish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotganlik sababli yordam puli olishlari uchun kerakli sharoit yaratib berishlari shart. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga ish haqining 80 foizi to‘lanadi. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolinayotgan pullar muqobil xizmat boshqaruv idoralarining hisobiga o‘tkaziladi. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ham muqobil xizmat idoralarining ta’minoti uchun hamda muqobil xizmat shaxsiy tarkibiga ishchi kasblarini o‘rgatish uchun muqobil xizmat idoralarining hisobiga tegishli shartnomalarda belgilangan hajmlarda pul o‘tkazadilar. Fuqarolarni muqobil xizmatga chaqirish muddatli xizmatga chaqirilayotganlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi, bu ishni tashkil etish va o‘tkazish vazifasi esa nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalari va hokimiyatlari zimmasiga yuklanadi. Korxona, muassasa va tashkilotning ma’muriyati: fuqaro muqobil xizmatni o‘tashdan bosh tortgan hollar to‘g‘risida, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning tugatilishi, ish o‘rinlari va xodimlar miqdori qisqartirilishi haqida kamida ikki oy oldin muqobil xizmat boshqaruv idoralarini xabardor qilishi; muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaroga, u halok bo‘lgan hollarda esa, uning oilasiga, ishlab chiqarish falokati oqibatida, ular xizmat (mehnat) vazifasini bajarayotgan chog‘da mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik qoidalari talablarining bajarilishini ta’min etmaganlik oqibatida uning salomatligiga yetkazilgan zarar uchun bir marta beriladigan nafaqa hamda tovon puli to‘lashi shart. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro: xizmat va ish joyidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy yordamning barcha turlaridan foydalanish; ish joyida barcha nafaqalar, ustama haqlar va yordamlar, shu jumladan mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotganlik uchun nafaqalar olish; xizmatga chaqirilgunga qadar o‘zi ishlagan yoki o‘qigan korxonaga, muassasaga, tashkilotga avvalgi ishiga yoki avvalgisiga teng lavozimga, shuningdek o‘quv yurtiga qaytish; boshqa xizmat joyiga o‘tkazish, muqobil xizmatdan muddatidan avval bo‘shashga oid masalalar bo‘yicha, boshqa mazmundagi arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan muqobil xizmat boshqaruvi davlat idoralariga murojaat etish huquqiga ega. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro: xizmatni belgilangan joyda, muqobil xizmat tuzilmalari tarkibida o‘tashi; ushbu Qonunda, harbiy nizomlarda belgilangan talablarni, shuningdek ish joyida amal qilib turgan ichki mehnat tartib-qoidalarini so‘zsiz bajarishi; harbiy bilimlarni sabot bilan egallashi, ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli qilib bajarishi shart. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar halokat, falokat va tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb etilgan taqdirda, ular yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan hamda ana shu oqibatlarni bartaraf etish yuzasidan komissiya yoki shtablarning joylardagi rahbarlari belgilaydigan maxsus vazifalarni bajaradilar. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar: rahbarlik va saylab qo‘yiladigan lavozimlarni egallash; xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish; oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlariga o‘qishga kirish; tegishli mansabdor shaxsning ruxsati bo‘lmagani holda xizmat joyidan va ishdan ketib qolish huquqiga ega emas. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar harbiy xizmatni bajarishga majbur fuqarolar uchun belgilangan tartibda harbiy tayyorgarlikni o‘tash, harbiy qasamyod qilish va harbiy hisobdagi ixtisosni egallashi uchun zarur bo‘lgan vaqtga ishlardan ozod etiladilar. Chaqiruv komissiyalari tomonidan tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun dispanser, ambulatoriya va statsionarga yuboriladigan fuqarolar tibbiy muassasalarda bo‘lgan davrlarida ularning ish joylari, egallab turgan vazifalari va o‘rtacha ish haqlari saqlanib qoladi. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro har yili 15 ish kuniga teng muddatga ta’til olish huquqiga egadir. Muqobil xizmat muddati umumiy stajga va maxsus mehnat stajiga qo‘shiladi. Muqobil xizmatni o‘tash chog‘ida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan fuqarolar hamda shu asnoda halok bo‘lgan fuqarolarning oilalari, shuningdek ularning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq, muddatli xizmat harbiy xizmatchilari uchun belgilangan tarzda nafaqalar olishga va pensiya ta’minoti huquqiga egadirlar. Muqobil xizmatning belgilangan muddatini ado etgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan xizmatdan bo‘shatiladilar. Fuqaro oilaviy sharoiti o‘zgarganligi munosabati bilan, basharti, bu hol unga amaldagi qonunlarga muvofiq xizmatni kechiktirish yoki xizmatdan ozod bo‘lish huquqini bersa, muqobil xizmatdan muddatidan ilgari bo‘shatilishi mumkin. Fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi davolash muassasalarining harbiy-shifokorlar komissiyalari tomonidan salomatligiga ko‘ra xizmatni davom ettirishga qodir emas deb topilgan hollarda ham muddatidan ilgari xizmatdan bo‘shatilishi mumkin. Muqobil xizmatdan muddatidan ilgari bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qabul qiladi. Chaqiruv komissiyalarining a’zolari, muqobil xizmat boshqaruv idoralarining mansabdor shaxslari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari Qonunga xilof qarorlar chiqarganliklari hamda muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zgacha tarzda buzganliklari uchun amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Muqobil xizmatdagi xizmatchilar harbiy nizomlarda hamda O‘zbekiston Respublikasida muqobil xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda belgilab berilgan muqobil xizmatni o‘tash, harbiy tayyorgarlik va xizmatdan bo‘shash tartibini buzganlari taqdirda amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Muqobil xizmatdagi xizmatchilar bitimdagi majburiyatlarini buzganlarida, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga zarar yetkazganlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tarzda moddiy, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Muqobil xizmatdagi xizmatchilarga oid jinoiy ishlar prokuratura idoralari tomonidan tergov qilinadi va respublika sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Muqobil xizmat to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijrosini nazorat qilish vazifasi O‘zbekiston Respublikasining prokuratura idoralari zimmasiga yuklanadi.
26
10,463
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatdoshligini ta’minlash yuzasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatdoshligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” PF-3028-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoni 3-bandining to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yish borasidagi talab, valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilinadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatdoshligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmonlarining 1-ilovalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-sonli qarorida nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilish bo‘yicha kontraktlar bundan mustasno qilinadi”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-sonli qarorning 18-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
250
2,940
Qonunchilik
Oʻzbekistonda davlat хaridlarining yagona tizimi joriy etiladi
Prezidentning 24.07.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar beradi. Birinchidan, loyiha boshqaruvining yagona milliy aхborot tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Tizim: Ikkinchidan, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi  tashkil etildi. Uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Direktor oʻz oʻrinbosarlarini Prezident bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etiladi. Agentlik direktori maqomi, tibbiy va transport ta’minoti shartlari boʻyicha Prezidentining Davlat maslahatchisiga, direktor oʻrinbosarlari esa Prezidentning Davlat maslahatchisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.   Agentlik direktori va хodimlari mehnatiga haq toʻlash Loyiha boshqaruvining yagona milliy aхborot tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov, ekspertimiz.
63
1,288
Qonunchilik
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qarori (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 14-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi. 1. 12-bandning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “mansabdor shaxsi” degan so‘zlar “xodimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 16-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq BYuD qog‘ozga chop etilganda bojxona organining vakolatli xodimi elektron BYuDdagi ma’lumotlar aks ettirilgan har bir varaqqa tegishli shtamp qo‘yadi, uni o‘z imzosi va shaxsiy raqamli muhri (agar bojxona organi xodimiga shaxsiy raqamli muhr biriktirilmagan bo‘lsa, bojxona organining muhri) bilan tasdiqlaydi, qog‘ozning yuqori o‘ng burchagini esa “Nusxa” yozuvi bilan belgilaydi.”. 3. 22-bandning 5-kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Grafada mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq BYuD taqdim etiladigan bojxona postining beshta raqamli kodi ko‘rsatiladi;”. 4. 25-bandning 5-kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq BYuD taqdim etiladigan bojxona postining beshta raqamli kodi ko‘rsatiladi;”. 5. 28-bandning 2-kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1 — tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami (bundan olib chiqilayotgan tovarlar tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ijrosiga bog‘liq bo‘lmagan hollar mustasno);”. 6. 43-band “8,” raqamidan keyin “9, 11,” raqamlari bilan to‘ldirilsin. 7. 45-bandda: a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “45. BYuDning 9, 11, 44, 45, 46, 49, 50 va “S” grafalarini to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:”; b) 1-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1) 9-grafa. “Moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs”. Grafada tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi)ni tuzgan va ushbu kontrakt (shartnoma, kelishuv) bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandida belgilangan tartib asosida to‘ldiriladi. Tovarlar Olib kirish kontrakti asosida olib kirilmagan hollarda grafani to‘ldirish talab etilmaydi;”; v) quyidagi mazmundagi 11, 12-kichik bandlar bilan to‘ldirilsin: “11) 11-grafa. “Savdo qilinayotgan mamlakat”. Grafaning chap bo‘lmasida savdo qilinayotgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi ko‘rsatiladi. BYuDning 9-grafasida ko‘rsatilgan shaxs bilan tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzgan shaxs ro‘yxatga olingan yoki doimiy yashaydigan, mazkur kontraktga (shartnomaga, kelishuvga) muvofiq tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan yoki uning ijrosi yuzasidan tovarlarning bojxona rejimi o‘zgartirilayotgan mamlakat savdo qilinayotgan mamlakat hisoblanadi. Mamlakat yoki hudud Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) 1-ilovasida keltirilgan Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda oshkor etish va axborot berish nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offshor hududlar) ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa, grafaning o‘ng bo‘lmasida “1” kodi ko‘rsatiladi. Agar mamlakat yoki hudud mazkur xatboshida nazarda tutilgan Ro‘yxatga kiritilgan bo‘lmasa, grafaning o‘ng bo‘lmasida “2” kodi ko‘rsatiladi. Tovarlar Olib kirish kontrakti asosida olib kirilmagan hollarda grafani to‘ldirish talab etilmaydi; 12) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”. Grafa tovarlarni olib chiqishda mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandida, olib kirishda — 25-bandida belgilangan tartibda to‘ldiriladi. Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi): tovarning kuzatuv hujjatlarining raqamlari (ro‘yxat raqamlari); tovarlarni bojxona omboriga joylashtirayotgan shaxs bilan bojxona ombori egasi o‘rtasidagi bitim raqami va sanasi; bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar va ma’lumotlar (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi bayonnomalar, tovarlarni bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonlarga joylashtirilganda vakolatli shaxsning arizasi va bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjat nomi, raqami, sanasi, summasi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar); 905 tartib raqami ostida tovarni bojxona ombori bojxona rejimi ostida saqlanishi sabablariga oid quyidagi kodlardan biri ko‘rsatiladi: “001” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli sertifikat olish bilan bog‘liq bo‘lsa; “002” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli ruxsatnoma va litsenziya olish bilan bog‘liq bo‘lsa; “003” — agar tovarning saqlanish sababi bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyoz olish bilan bog‘liq bo‘lsa; “004” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli shartnoma bilan bog‘liq bo‘lsa; “005” — agar tovarning saqlanish sababi moliyaviy mablag‘ yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lsa; “006” — agar tovarning saqlanish sababi keyinchalik tovarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan qaytarib olib chiqib ketilishi kutilayotganligi bilan bog‘liq bo‘lsa; “007” — agar tovarning saqlanish sababi tovarni boshqa shaxsga o‘tkazilishi kutilayotganligi bilan bog‘liq bo‘lsa; “008” — agar tovarning saqlanish sababi tovarga nisbatan taqiq qo‘yilganligi bilan bog‘liq bo‘lsa;”; g) 6-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6) “S” grafa. Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi: tovarlar Olib kirish kontrakti asosida olib kirilganda, 1 raqami ostida tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami; 2 raqami ostida tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana ko‘rsatiladi. Olib kirilgan sana O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan o‘tish punktidagi chegara bojxona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qo‘yiladigan shtamp sanasi bo‘yicha aniqlanadi.”. 8. 88-bandning 5-kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq BYuD taqdim etiladigan bojxona postining beshta raqamli kodi ko‘rsatiladi;”. 9. 90-bandda: a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “90. Bojxona organi tomonidan grafalarning to‘ldirilishi:”; b) 6-kichik bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Elektron BYuDda mazkur grafada bojxona organi tomonidan ushbu BYuDda bayon etilgan tovarlarga nisbatan qabul qilingan qaror haqidagi bojxona organi belgilari (yozuvlari) ko‘rsatiladi. Bojxona organi belgilari (yozuvlari) bojxona organi xodimining ERIsi bilan tasdiqlanadi, bundan avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirilgan BYuDlar mustasno.”; uchinchi xatboshidagi “mansabdor shaxsining” degan so‘zlar “xodimining” degan so‘z bilan almashtirilsin; 10. 91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “91. Qog‘oz shakldagi BYuD orqali tovarlarni vaqtinchalik olib kirish yoki vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimlariga deklaratsiyalashda bojxona organi xodimi tomonidan, BYuDning 1 va 3-nusxalaridagi “S” grafasi quyida keltirilgan tartibda to‘ldiriladi: “S” grafaning 3-bandida — vaqtinchalik olib kirish muddatlari uzaytirilganda “20__” “____” “____” gacha uzaytirildi” yozuvi qayd etiladi.”. 11. 92-bandning yettinchi xatboshisidagi “mansabdor shaxsining” degan so‘zlar “xodimining” degan so‘z bilan almashtirilsin. 12. 4-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 13. 12-ilovada: a) quyidagi mazmundagi 3810 — 3817-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin: b) quyidagi mazmundagi 6914 — 6917-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin: 14. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
120
8,783
Qonunchilik
Normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Uy-joy fondidan texnik foydalanishning qoida va me’yorlarini (ro‘yxat raqami 616, 1999-yil 1-fevral) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2010-yil 26-noyabrdagi 1-6-737/8-son va 2012-yil 9-apreldagi 1-6-320/8-son taqdimnomalarning talablari bajarilmaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Uy-joy fondidan texnik foydalanishning qoida va me’yorlari (ro‘yxat raqami 616, 1999-yil 1-fevral) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi ushbu normativ-huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 6. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
66
2,681
Qonunchilik
Qoraqalpogʻistonga tibbiyot muassasalarining malakali mutaхassislari jalb qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021 yildagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida iхtisoslashtirilgan tibbiy хizmatlarni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida»gi 695-son qarori qabul qilindi. Hududda iхtisoslashtirilgan tibbiy хizmatlar qamrovini yanada kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutiladi: Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Malakali mutaхassislarning temir yoʻl transporti bilan kelib-ketishiga oid хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.11.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
82
602
Qonunchilik
Jamoat joylarida chekish va spirtli ichimlik ichish uchun jarimalar oshirildi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan jamoat joylarida tamaki va alkogolli mahsulotlar iste’mol qilganlik uchun javobgarlik oshirildi. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) jamoat joylarida tamaki va alkogolli mahsulotlar iste’mol qilganlik uchun yangi ma’muriy jarimalar joriy qilish hamda mavjudlarini oshirishni koʻzda tutadigan bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Inchunun, хususan,  MJtKning 561-moddasiga muvofiq jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish 1/3 EKIH miqdorida (EKIH miqdorlari material chop etilgan sanasiga dolzarb) jarima solinishiga sabab boʻladi, bugungi kunda  bu 43 413 soʻmni tashkil qiladi. Eslatib oʻtamiz, jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga cheklovlar “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida” Qonun (26.08.2011 yildagi) bilan mustahkamlangandi. Biroq, oldin mazkur huquqbuzarlik uchun sanksiyalar koʻzda tutilmagan edi. Transportda belgilanmagan joylarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun jarima miqdori 1/3 EKIHgacha oshirildi (avval – 1/20 EKIH). Bunday joylar deganda poyezdlarning vagonlari (shu jumladan tamburlar), daryo kemalari, yoʻlovchi avtobuslari salonlari, taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksi, shahar elektr transporti tushuniladi. Havo kemalarida chekish uchun jarima summasi oldingidek 2 EKIH yoki 260 480 soʻmni tashkil qiladi. Jamoat joylarida alkogolli mahsulotlar iste’mol qilganlik uchun endi ancha jiddiy jazo koʻzda tutiladi. Demak, MJtKning 187-moddasiga muvofiq ushbu huquqbuzarlik uchun jarima summasi endilikda ½ EKIH yoki 65 120 soʻmni tashkil qiladi (avval 1/10 dan 1/3 EKIHgacha). Mazkur huquqbuzarlik takroran sodir etilganda jarima summasi 1 dan 2 EKIHgachani (avval 1/3 dan 1 EKIHgacha) yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqni tashkil qiladi. Ma’muriy undiruv qoʻllangandan keyin bir yil mobaynida sodir etilsa, u takroriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Koʻrsatilgan choralarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish MJtKning 248-moddasiga muvofiq ichki ishlar organlariga yuklatiladi. “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTga ega boʻlgan holda yuqorida keltirilgan qonun hujjatlarining matnlari bilan tanishish mumkin.
77
2,359
Qonunchilik
Toshkentda «Industrial park» KSZ tashkil etiladi
Bu Prezidentning 15.08.2018 yildagi «Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaхshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga koʻra amalga oshiriladi, hujjat OʻzAda joylashtirilgan. Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining taklifi boʻyicha «Industrial park» kichik sanoat zonasi tashkil etiladi. Uni joylashtirish uchun «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK «SAR» (maхsus aviatsiya ishlari – tahr.) aviakompaniyasining Toshkent shahar, Sergeli tumani, Rayhon koʻchasida joylashgan binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmasi ularga tutash 101,64 gektar maydon bilan birgalikda Toshkent shahar hokimligiga begʻaraz beriladi. Eslatib oʻtamiz, kichik sanoat zonasi – muayyan yer uchastkasini oʻz ichiga olgan hudud, ayrim holatlarda – muhandislik-teхnik kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan ishlab chiqarish maydoni. KSZni tashkil etish va boshqarish tartibi, shuningdek ularning ishtirokchilarini tanlash va joylashtirish meхanizmi Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solingan. Ma’lumot uchun: poytaхtda kichik sanoat zonalari, хususan Prezidentning 18.05.2017 yildagi PQ-2973-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 7.10.2017 yildagi 806-son qarori bilan tashkil etilgan KSZlar ham faoliyat yuritmoqda. Oleg Zamanov.
48
1,442
Qonunchilik
“Bobur” OAJ ishlab chiqarish maydonlarida avtomobil sanoati investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida
Respublika avtomobil sanoati uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxonalar tashkil etish hamda “Bobur” OAJning Andijon shahridagi ishlatilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Bobur” OAJning kreditorlari yig‘ilishida maydoni 55 ming kv metr bo‘lgan 2-pardozlash-bo‘yash fabrikasi sifatidagi mulkiy kompleksining bir qismini tutash yer uchastkasi, muhandislik inshootlari, kommunikatsiyalari va asbob-uskunalari bilan birga 5,6 mlrd so‘mga “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga sotish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining “Bobur” OAJning 2-pardozlash-bo‘yash fabrikasi maydonlarida 2009 — 2012-yillar davrida “Jeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ va “SamAvto” MChJ mahsulotlari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha ilovaga* muvofiq beshta korxona tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi: manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda, loyihalashtirish institutlarini va xorijiy sheriklarning muhandislik markazlarini jalb etgan holda ushbu qarorga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha ta’sis va loyihaoldi hujjatlari o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, kelishib olinishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin; “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zengsanloyiha” MChJ va tugatuvchi boshqaruvchi bilan birgalikda bir oy muddatda “Bobur” OAJ 2-pardozlash-bo‘yash fabrikasining mavjud asbob-uskunalarini ularni to‘qimachilik tarmog‘ining boshqa korxonalarida foydalanish imkoniyati yuzasidan xatlovdan o‘tkazsin hamda uning yakunlariga ko‘ra ko‘rsatib o‘tilgan asbob-uskunalarni sotish yoki belgilangan tartibda hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilsin. 4. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi mol-mulkni ushbu qarorni amalga oshirish doirasida tashkil etiladigan avtomobil sanoati korxonalari ustav fondiga ulush sifatida berishda foyda solig‘idan va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
113
2,357
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar Harakati-O‘zbekiston Liberal - demokratik partiyasi fraksiyasini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 53 nafar deputatdan iborat Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi ro‘yxatga olinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
190
351
Qonunchilik
O‘zbekiston davlat radioelektron, elektrotexnika sanoati va asbobsozlik konsernining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida
Tarmoqdagi ko‘p yillik halol mehnati, yuksak ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishganligi va jamoat turmushidagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga
146
150
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, talabalari va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish va ularni o‘qishga tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, talabalari va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish va ularni o‘qishga tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) kursantlari, talabalari va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish va ularni o‘qishga tiklash tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: kursant — haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan va Universitetning oliy harbiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; talaba — Universitetda umumfuqaroviy asosda tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; tinglovchi — Universitetning magistraturasida yoki sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni (xizmatni) o‘tayotgan harbiy xizmatchi yoki xodim. 2. O‘qishdan chetlashtirilgan kursantlar, talabalar va tinglovchilarning o‘qishini qayta tiklash yozgi ta’til davrida o‘quv mashg‘ulotlari boshlangunga qadar amalga oshiriladi. 3. O‘qishdan chetlashtirilgan sobiq birinchi bosqich kursantlari, shuningdek sobiq tinglovchilar Universitetga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tanlovlarida qatnashishlari mumkin. 4. O‘qishdan chetlashtirilgan sobiq kursantlar va talabalar faqat avval o‘qigan ta’lim yo‘nalishlariga (mutaxassisliklariga) qayta tiklanishi mumkin. 5. Quyidagilar Universitetda o‘qishga qayta tiklanmaydi: bakalavriat dasturi bo‘yicha o‘qishning birinchi bosqichida o‘qishdan chetlashtirilgan kursantlar; mazkur Nizomning 6-bandi “a”, “b”, “g” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan bir yoki bir nechta asosga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilgan kursantlar; bakalavriat dasturi bo‘yicha o‘qishning sirtqi ta’lim shaklida o‘qishdan chetlashtirilgan sobiq tinglovchilar; magistraturada o‘qishdan chetlashtirilgan sobiq tinglovchilar; mazkur Nizomning 41-bandi “v” kichik bandiga asosan o‘qishdan chetlashtirilgan talabalar; sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda o‘qishdan chetlashtirilgan talabalar; boshqa oliy ta’lim muassasalarining (tashkilotlarining) sobiq talabalari. 6. Kursantlar quyidagi asoslarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtiriladi: a) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari talablarini buzganda (bundan buyon matnda intizomsizlik deb yuritiladi); b) o‘z xohishi bilan o‘qishni davom ettirmaslik to‘g‘risida shaxsiy tashabbus bildirganda; v) fan (fanlar) dasturini belgilangan muddatlarda o‘zlashtirmaganda (akademik qarzdorlik mavjud bo‘lganda); g) kursant sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda; d) davlat sirlari bilan ishlash ruxsatnomasidan mahrum qilinganda; e) harbiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga yaroqsiz deb topilganda. 7. Kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish Universitet boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. 8. Mazkur Nizomning 6-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan o‘qishdan chetlashtirishda fakultet boshlig‘i kursant tomonidan intizomsizlik sodir etilgan kundan boshlab 10 kun ichida barcha holatlarni asoslagan holda Universitet boshlig‘iga bildirgi bilan murojaat qiladi. 9. Mazkur Nizomning 6-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan o‘qishdan chetlashtirishda kursant qo‘mondonlik pog‘onasi bo‘yicha fakultet boshlig‘iga o‘z xohishi bilan o‘qishni davom ettirmaslik to‘g‘risida bildirgi taqdim etadi. 10. Mazkur Nizomning 6-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan o‘qishdan chetlashtirishda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i kursantning fan (fanlar) dasturini belgilangan muddatlarda o‘zlashtirmaganligi (akademik qarzdorligi) to‘g‘risida fakultet boshlig‘ini yozma ravishda xabardor qiladi. 11. Mazkur Nizomning 6-bandi “g” yoki “d” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan o‘qishdan chetlashtirishda Kadrlar bo‘limi boshlig‘i asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda fakultet boshlig‘ini yozma ravishda xabardor qiladi. 12. Mazkur Nizomning 6-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan o‘qishdan chetlashtirishda Tibbiy ta’minot xizmati boshlig‘i asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda fakultet boshlig‘ini yozma ravishda xabardor qiladi. 13. Mazkur Nizomning 6-bandi “b” — “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda yoki ular bo‘yicha tegishli hujjatlar taqdim etilganda fakultet boshlig‘i 2 ish kunidan kechiktirmasdan qo‘mondonlik pog‘onasi bo‘yicha Universitet boshlig‘iga holat to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat qiladi. 14. Kursantni mazkur Nizomning 6-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 15. Kursantni o‘qishdan chetlashtirish bo‘yicha Universitet boshlig‘iga taqdim qilingan bildirgida mazkur Nizom 6-bandining “a” kichik bandi asos qilib ko‘rsatilgan hollarda Universitet boshlig‘i tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanadi. 16. O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, kursantni intizomsizligi sababli o‘qishdan chetlashtirish taklif etilgan taqdirda, ushbu masala Universitet boshlig‘i tomonidan Universitet kengashiga kiritiladi. 17. Kursantni o‘qishdan chetlashtirish bo‘yicha Universitet boshlig‘iga taqdim qilingan bildirgida mazkur Nizom 6-bandi “b” va “v” kichik bandlarining biri asos qilib ko‘rsatilgan hollarda kursantni o‘qishdan chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqish uchun Universitet boshlig‘i tomonidan Universitet kengashiga kiritiladi. 18. Kursantni o‘qishdan chetlashtirilishi masalasi Universitet boshlig‘i tomonidan kiritilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan Universitet kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. 19. Fakultet boshlig‘i tomonidan kursantni o‘qishdan chetlashtirilishi bilan bog‘liq barcha holatlar va tegishli hujjatlar bo‘yicha, shuningdek kursantning xizmat intizomiga rioya qilishi, harbiy burchiga sodiqligi, jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki, o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishi, shaxsiy fazilatlari haqida Kengash a’zolariga axborot beriladi. 20. Universitet kengashi a’zolari tomonidan kursantni o‘qishdan chetlashtirish bilan bog‘liq holat va tegishli hujjatlar o‘rganib chiqiladi va muhokama qilinadi. Kengash yig‘ilishida kursantning ishtirok etish huquqi ta’minlanadi. 21. Universitet kengashi muhokama natijalaridan kelib chiqib, kengash yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali kursantni o‘qishdan chetlashtirish yoki kursantni o‘qishdan chetlashtirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Kursant Universitet kengashining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin. 22. Universitet kengashi yig‘ilishining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomaning rasmiylashtirilishi uchun kengash kotibi mas’ul hisoblanadi. 23. Universitet kengashining yig‘ilish bayonnomasi kursantni o‘qishdan chetlashtirish haqidagi Universitet boshlig‘ining buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. 24. Universitet kengashining yig‘ilish bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan Universitet boshlig‘ining kursantni o‘qishdan chetlashtirish haqidagi buyrug‘i qabul qilinadi. 25. Kursantni mazkur Nizomning 6-bandi “g” yoki “d” yoxud “e” kichik bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashida ko‘rib chiqilmaydi. Bunda, kursantni o‘qishdan chetlashtirish tegishli hujjatlarga asoslangan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri Universitet boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. 26. Sobiq kursantlar o‘qishga qayta tiklash bo‘yicha Universitetga yozma shaklda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Arizalar har yili 1-iyuldan 20-iyulga qadar qabul qilinadi. 27. Sobiq kursantning arizasi asosida Universitetning Kadrlar bo‘limi tomonidan uning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi o‘rganib chiqiladi. Bunda, sobiq kursant o‘qishdan chetlashtirilishining sababi aniqlanadi. 28. Sobiq kursant mazkur Nizomning 6-bandi “a”, “b”, “g” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslardan biri yoki bir nechtasiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganligi aniqlanganda, uni o‘qishga qayta tiklash rad etiladi va bu haqda ariza muallifiga yozma ravishda xabar beriladi. 29. Sobiq kursant mazkur Nizomning 6-bandi “v” kichik bandiga asosan o‘qishdan chetlashtirilganligi aniqlanganda, Kadrlar bo‘limi tomonidan O‘quv-uslubiy boshqarmaning sobiq kursantni o‘zlashtirmagan fan (fanlar) dasturi bo‘yicha taqdim etgan yozma shakldagi axboroti hamda tegishli hujjatlar uni o‘qishga qayta tiklash masalasini ko‘rib chiqish uchun Universitet kengashiga taqdim etiladi. 30. Sobiq kursant mazkur Nizomning 6-bandi “e” kichik bandiga asosan o‘qishdan chetlashtirilganligi aniqlanganda, sobiq kursantga harbiy tibbiy komissiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi. 31. Sobiq kursant 10 ish kunidan kechiktirmasdan harbiy tibbiy komissiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. Sobiq kursantning tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha xulosani harbiy tibbiy komissiyadan so‘rab olish uchun Universitetning Kadrlar bo‘limi mas’ul hisoblanadi. 32. Harbiy tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan sobiq kursant harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga yaroqsiz deb topilganda, uni o‘qishga qayta tiklash rad etiladi va bu haqda ariza muallifiga yozma ravishda xabar beriladi. 33. Harbiy tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan sobiq kursant harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga yaroqli deb topilganda, Kadrlar bo‘limi tomonidan tegishli hujjatlar uni o‘qishga qayta tiklash uchun Universitet boshlig‘iga taqdim etiladi. 34. Sobiq kursantni o‘qishga qayta tiklash masalasi Kadrlar bo‘limi tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan Universitet kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Bunda, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan sobiq kursantning o‘qishdan chetlashtirilishi bilan bog‘liq barcha holatlar va tegishli hujjatlar bo‘yicha kengash a’zolariga axborot beriladi. 35. Universitet kengashi a’zolari tomonidan sobiq kursantning o‘qishdan chetlashtirilishi bilan bog‘liq holat va tegishli hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqiladi va uni o‘qishga qayta tiklashning maqsadga muvofiqligi muhokama qilinadi. Kengash yig‘ilishida sobiq kursantning ishtirok etish huquqi ta’minlanadi. 36. Universitet kengashi muhokama natijalaridan kelib chiqib, kengash yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali sobiq kursantni o‘qishga qayta tiklash yoki sobiq kursantni o‘qishga qayta tiklashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Sobiq kursant Universitet kengashining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin. 37. Universitet kengashi yig‘ilishining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomaning rasmiylashtirilishi uchun kengash kotibi mas’ul hisoblanadi. 38. Universitet kengashining yig‘ilish bayonnomasi kursantni o‘qishga qayta tiklash haqidagi Universitet boshlig‘ining buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. 39. Universitet kengashining yig‘ilish bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan Universitet boshlig‘ining sobiq kursantni o‘qishga qayta tiklash haqidagi buyrug‘i qabul qilinadi. 40. O‘qishga qayta tiklash masalasi Universitet kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqilmagan sobiq kursantni to‘g‘ridan to‘g‘ri Universitet boshlig‘ining buyrug‘i bilan o‘qishga qayta tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi. 41. Talabalar quyidagi asoslarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtiriladi: a) o‘z xohishi bilan o‘qishni davom ettirmaslik to‘g‘risida shaxsiy tashabbus bildirganda; b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan; v) Universitetning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun; g) o‘quv intizomi qoidalarini buzish, shu jumladan bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli; d) o‘qish uchun belgilangan to‘lov-kontrakt puli o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli; e) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan; j) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda; z) vafot etganligi sababli. 42. Talabalarni o‘qishdan chetlashtirish Universitet boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. 43. Mazkur Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan asoslardan biri yoki bir nechtasi (“a” yoki “b” kichik bandlar bundan mustasno) mavjud bo‘lganda yoki ular bo‘yicha tegishli hujjatlar taqdim etilganda fakultet boshlig‘i 2 ish kunidan kechiktirmasdan qo‘mondonlik pog‘onasi bo‘yicha Universitet boshlig‘iga holat to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat qiladi. 44. Mazkur Nizomning 41-bandi “a” yoki “b” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan o‘qishdan chetlashtirishda talaba tegishlicha o‘z xohishi bilan o‘qishni davom ettirmasligi va uni o‘qishdan chetlashtirishni yoki o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirishi munosabati bilan uni o‘qishdan chetlashtirishni so‘rab Universitet boshlig‘iga ariza bilan murojaat qiladi. 45. Mazkur Nizomning 41-bandi “v” — “z” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslardan biri yoki bir nechtasiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirishda fakultet boshlig‘i barcha holatlarni to‘liq asoslagan holda talabani o‘qishdan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqish uchun qo‘mondonlik pog‘onasi bo‘yicha Universitet boshlig‘iga bildirgi bilan murojaat qiladi. 46. Mazkur Nizomning 41-bandi “a” yoki “b” kichik bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirish bo‘yicha talaba tomonidan taqdim etilgan ariza Universitet boshlig‘i tomonidan holatni o‘rganib chiqish va axborot berish uchun fakultet boshlig‘iga yo‘naltiriladi. 47. Fakultet boshlig‘i tomonidan 3 ish kunidan kechiktirmasdan o‘qishdan chetlashtirishni so‘rab ariza bergan talaba bilan yakka tartibda suhbat o‘tkaziladi va bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 48. Fakultet boshlig‘i ariza bergan talabaning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi va yakka tartibda o‘tkazilgan suhbat dalolatnomasini ilova qilgan holda Universitet boshlig‘iga bildirgi taqdim etadi. 49. Talabani mazkur Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 50. Fakultet boshlig‘ining bildirgisi Universitet boshlig‘i tomonidan talabani o‘qishdan chetlashtirish masalasini hal etish uchun Universitet kengashiga kiritiladi. 51. Talabani o‘qishdan chetlashtirish masalasi Universitet boshlig‘i tomonidan taqdim etilgan vaqtdan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan Universitet kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Bunda, fakultet boshlig‘i talabaning o‘qishdan chetlashtirilishi bilan bog‘liq barcha holatlar va tegishli hujjatlar haqida kengash a’zolariga axborot beradi. 52. Universitet kengashi a’zolari tomonidan talabaning o‘qishdan chetlashtirilishi bilan bog‘liq holat va tegishli hujjatlar o‘rganib chiqiladi va muhokama qilinadi. Kengash yig‘ilishida talabaning ishtirok etish huquqi ta’minlanadi. 53. Universitet kengashi muhokama natijalaridan kelib chiqib, kengash yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali talabani o‘qishdan chetlashtirish yoki talabani o‘qishdan chetlashtirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Talaba Universitet kengashining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin. 54. Universitet kengashi yig‘ilishining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomaning rasmiylashtirilishi uchun kengash kotibi mas’ul hisoblanadi. 55. Universitet kengashining yig‘ilish bayonnomasi talabani o‘qishdan chetlashtirish haqidagi Universitet boshlig‘ining buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. 56. Universitet kengashining yig‘ilish bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan Universitet boshlig‘ining talabani o‘qishdan chetlashtirish haqidagi buyrug‘i qabul qilinadi. 57. O‘qishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqilmagan talabani to‘g‘ridan to‘g‘ri Universitet boshlig‘ining buyrug‘i bilan o‘qishdan chetlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 58. Sobiq talabalar o‘qishga qayta tiklash bo‘yicha Universitetga yozma shaklda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Arizalar har yili 1-iyuldan 20-iyulga qadar qabul qilinadi. 59. Sobiq talabaning arizasi asosida tegishli fakultet boshlig‘i tomonidan uning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi o‘rganib chiqiladi. Bunda, sobiq talabaning Universitetda o‘qishdan chetlashtirilishining sababi aniqlanadi. 60. Sobiq talabaning mazkur Nizomning 41-bandi “v”, “e” va “j” kichik bandlarining biri yoki bir nechtasiga asosan o‘qishdan chetlashtirilganligi aniqlanganda, uni o‘qishga qayta tiklash rad etiladi va bu haqda ariza muallifiga yozma ravishda xabar beriladi. Bunda, sobiq talabani o‘qishga qayta tiklash masalasi Universitet kengashida ko‘rib chiqilmaydi. 61. Fakultet boshlig‘i tomonidan tegishli hujjatlar sobiq talabani o‘qishga qayta tiklash masalasini ko‘rib chiqish uchun Universitet kengashiga taqdim etiladi. 62. Sobiq talabani o‘qishga qayta tiklash masalasi tegishli hujjatlar fakultet boshlig‘i tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 5 kundan kechiktirmasdan Universitet kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Bunda, fakultet boshlig‘i tomonidan sobiq talabaning o‘qishdan chetlashtirilishi bilan bog‘liq barcha holatlar va tegishli hujjatlar bo‘yicha kengash a’zolariga axborot beriladi. 63. Universitet kengashi a’zolari tomonidan sobiq talabaning o‘qishdan chetlashtirilishi bilan bog‘liq holat va tegishli hujjatlar o‘rganib chiqiladi va uni o‘qishga qayta tiklashning maqsadga muvofiqligi muhokama qilinadi. Kengash yig‘ilishida talabaning ishtirok etish huquqi ta’minlanadi. 64. Universitet kengashi muhokama natijalaridan kelib chiqib, kengash yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali sobiq talabani o‘qishga qayta tiklash yoki sobiq talabani o‘qishga qayta tiklashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Sobiq talaba Universitet kengashining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin. 65. Universitet kengashi yig‘ilishining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomaning rasmiylashtirilishi uchun kengash kotibi mas’ul hisoblanadi. 66. Universitet kengashining yig‘ilish bayonnomasi talabani o‘qishga qayta tiklash haqidagi Universitet boshlig‘ining buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. 67. Universitet kengashining yig‘ilish bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan Universitet boshlig‘ining sobiq talabani o‘qishga qayta tiklash haqidagi buyrug‘i qabul qilinadi. 68. O‘qishga qayta tiklash masalasi Universitet kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqilmagan sobiq talabani to‘g‘ridan to‘g‘ri Universitet boshlig‘ining buyrug‘i bilan o‘qishga qayta tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi. 69. Tinglovchilar quyidagi asoslarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtiriladi: a) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari talablarini buzganda (bundan buyon matnda intizomsizlik deb yuritiladi); b) o‘z xohishi bilan o‘qishni davom ettirmaslik to‘g‘risida shaxsiy tashabbus bildirganda; v) fan (fanlar) dasturini belgilangan muddatlarda o‘zlashtirmaganda (akademik qarzdorlik mavjud bo‘lganda); g) tinglovchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda; d) davlat sirlari bilan ishlash ruxsatnomasidan mahrum qilinganda; e) harbiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga yaroqsiz deb topilganda. 70. Tinglovchini o‘qishdan chetlashtirish Universitet boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. 71. Mazkur Nizomning 69-bandida nazarda tutilgan asoslardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda yoki ular bo‘yicha tegishli hujjatlar taqdim etilganda tegishliligi bo‘yicha magistratura boshlig‘i yoki maxsus fakultet boshlig‘i 2 ish kunidan kechiktirmasdan qo‘mondonlik pog‘onasi bo‘yicha Universitet boshlig‘iga holat to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat qiladi. 72. Mazkur Nizomning 69-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan o‘qishdan chetlashtirishda tegishliligi bo‘yicha magistratura boshlig‘i yoki maxsus fakultet boshlig‘i tinglovchining intizomsizligi to‘g‘risida barcha holatlarni asoslagan holda Universitet boshlig‘iga bildirgi bilan murojaat qiladi. 73. Mazkur Nizomning 69-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan o‘qishdan chetlashtirishda tinglovchi qo‘mondonlik pog‘onasi va tegishliligi bo‘yicha magistratura boshlig‘iga yoki maxsus fakultet boshlig‘iga o‘z xohishi bilan o‘qishni davom ettirmaslik to‘g‘risida bildirgi taqdim etadi. 74. Mazkur Nizomning 69-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan o‘qishdan chetlashtirishda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i tinglovchining fan (fanlar) dasturini belgilangan muddatlarda o‘zlashtirmaganligi (akademik qarzdorligi) to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha magistratura boshlig‘ini yoki maxsus fakultet boshlig‘ini yozma ravishda xabardor qiladi. 75. Mazkur Nizomning 69-bandi “g” yoki “d” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan o‘qishdan chetlashtirishda Kadrlar bo‘limi boshlig‘i asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda tegishliligi bo‘yicha magistratura boshlig‘ini yoki maxsus fakultet boshlig‘ini yozma ravishda xabardor qiladi. 76. Mazkur Nizomning 69-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan asos bilan o‘qishdan chetlashtirishda Tibbiy ta’minot xizmati boshlig‘i asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda tegishliligi bo‘yicha magistratura boshlig‘ini yoki maxsus fakultet boshlig‘ini yozma ravishda xabardor qiladi. 77. Tinglovchini mazkur Nizomning 69-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 78. Tinglovchini o‘qishdan chetlashtirish bo‘yicha Universitet boshlig‘iga taqdim qilingan bildirgida mazkur Nizom 69-bandining “a” kichik bandi asos qilib ko‘rsatilgan holatlarda Universitet boshlig‘i tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanadi. 79. O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, tinglovchini intizomsizligi sababli o‘qishdan chetlashtirish taklif etilgan taqdirda, ushbu masala Universitet kengashiga kiritiladi. 80. Tinglovchini o‘qishdan chetlashtirish bo‘yicha Universitet boshlig‘iga taqdim qilingan bildirgida mazkur Nizom 69-bandi “b” va “v” kichik bandlarining biri asos qilib ko‘rsatilgan holatlarda tinglovchini o‘qishdan chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqish uchun Universitet boshlig‘i tomonidan Universitet kengashiga kiritiladi. 81. Tinglovchini o‘qishdan chetlashtirish masalasi Universitet boshlig‘i tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan Universitet kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Bunda, tegishliligi bo‘yicha magistratura boshlig‘i yoki maxsus fakultet boshlig‘i tomonidan tinglovchining o‘qishdan chetlashtirilishi bilan bog‘liq barcha holatlar va tegishli hujjatlar bo‘yicha, shuningdek tinglovchining xizmat intizomiga rioya qilishi, harbiy burchiga sodiqligi, jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki, o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishi, shaxsiy fazilatlari haqida kengash a’zolariga axborot beriladi. 82. Universitet kengashi a’zolari tomonidan tinglovchining o‘qishdan chetlashtirilishi bilan bog‘liq holat va tegishli hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqiladi hamda muhokama qilinadi. Kengash yig‘ilishida tinglovchining ishtirok etish huquqi ta’minlanadi. 83. Universitet kengashi muhokama natijalaridan kelib chiqib, kengash yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali tinglovchini o‘qishdan chetlashtirish yoki tinglovchini o‘qishdan chetlashtirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Tinglovchi Universitet kengashining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin. 84. Universitet kengashi yig‘ilishining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomaning rasmiylashtirilishi uchun kengash kotibi mas’ul hisoblanadi. 85. Universitet kengashining yig‘ilish bayonnomasi tinglovchini o‘qishdan chetlashtirish haqidagi Universitet boshlig‘ining buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. 86. Universitet kengashining yig‘ilish bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 1 kundan kechiktirmasdan Universitet boshlig‘ining tinglovchini o‘qishdan chetlashtirish haqidagi buyrug‘i qabul qilinadi. 87. Tinglovchini mazkur Nizomning 69-bandi “g” yoki “d” yoxud “e” kichik bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirish masalasi Universitet kengashida ko‘rib chiqilmaydi. Bunda, tinglovchini o‘qishdan chetlashtirish tegishli hujjatlarga asoslangan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri Universitet boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. 88. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
200
25,831
Qonunchilik
Oʻzbekiston XMTning yana ikkita Konvensiyasini ratifikatsiya qildi
Bu e’lon qilingan 27.08.2019 yildagi OʻRQ-555 va OʻRQ-556-son Qonunlarda nazarda tutilgan. Soʻz Xalqaro mehnat tashkilotining: Eslatib oʻtamiz, joriy yilda davlatimiz tomonidan XMTning хalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-son Konvensiyasi (Jeneva, 1976 yil 21 iyun) hamda zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 1930 yildagi 29-son XMT Konvensiyasiga Bayonnoma (Jeneva, 2014 yil 11 iyun) ratifikatsiya qilingan edi. Qonunlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.08.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
66
621