folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
“JISMONIY TARBIYA VA SPORT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga uch oylik muddat ichida: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar kiritish; Hukumat qarorlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlarini “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish topshirilsin.
106
675
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2020-yil 9-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais B. Mirboboyev, sudyalar A. Gafurov, F. Kayumov, S. Koshayeva, B. Miralimov, G. Pirjanov va K. Uljayevdan iborat tarkibda, 2020-yil 9-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqida”gi Konstitutsiyaviy sud qaroriga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi. Konstitutsiyaviy sud mazkur masala yuzasidan quyidagilarni 2020-yil 10-avgustda qabul qilingan “Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Qonun loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 26-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilgan. Mazkur Qonunning 5-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qonunchilik palatasida o‘zi kiritgan qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish uchun, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida, qoida tariqasida, ma’ruza bilan so‘zga chiqish uchun o‘z vakilini tayinlaydi. Shuningdek, Qonun 26-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra, qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili ko‘rsatiladi, u qonun loyihasini Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish chog‘ida ishtirok etadi. Qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida ma’ruza bilan so‘zga chiqadigan vakili ham ko‘rsatiladi (bundan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti shaxsan so‘zga chiqadigan hollar mustasno). Shularga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2020-yil 9-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandiga tegishli o‘zgartish kiritib, unda qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish chog‘ida ishtirok etish uchun Konstitutsiyaviy sudning vakilini hamda uni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida ma’ruza bilan so‘zga chiqadigan vakilni belgilash lozim. Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2020-yil 9-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish chog‘ida ishtirok etish uchun Konstitutsiyaviy sudning vakili etib sudya S. Koshayeva, uni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida ma’ruza bilan so‘zga chiqadigan vakil etib Konstitutsiyaviy sud raisining o‘rinbosari A. Gafurov belgilansin”.
250
3,749
Qonunchilik
Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida
1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Polsha Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari to‘g‘risidagi Bitim; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Estoniya Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini vizalar rasmiylashtirishdan ozod qilish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnomalar yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
45
964
Qonunchilik
Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan, alohida bo‘linmalari mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarning ro‘yxatini bir hafta muddatda tasdiqlasin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga hududiy moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda soliqlarni alohida bo‘linma joylashgan joy bo‘yicha to‘lash uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxslarni aniqlash maqsadida joylarda tizimli ravishda xatlov o‘tkazish yuklansin. Xatlov natijalari bo‘yicha har yili 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligiga tasdiqlangan Nizom tatbiq etiladigan yuridik shaxslar ko‘lamini kengaytirish yoki qisqartirish haqida takliflar kiritilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son qaroriga muvofiq yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi. Ushbu Nizomning amal qilishi yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mustaqil soliq to‘lovchi hisoblangan alohida bo‘linmalariga tatbiq etilmaydi. 2. Ushbu Nizomning amal qilishi tayyor mahsulot chiqargan holda ishlab chiqarish texnologik jarayonining yakunlovchi bosqichlari amalga oshiriladigan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalariga tatbiq etiladi. Bunda yuridik shaxs tomonidan realizatsiya qilinadigan har qanday mahsulot tayyor mahsulot hisoblanadi. Ushbu Nizomni qo‘llash maqsadida yuridik shaxsning ayrim funksiyalarini bajaruvchi, joylashgan joyi bo‘yicha turg‘un ish o‘rinlari bilan jihozlangan hududiy alohida bo‘linma yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi deb e’tirof etiladi. Ish o‘rni bir oydan ortiq bo‘lgan muddatga tashkil etilgan taqdirda, u turg‘un hisoblanadi. Ushbu Nizom tatbiq etiladigan alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar ro‘yxati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan yuridik shaxslar besh kun muddatda soliq bo‘yicha hisobga olingan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan xabardor qilinadi. 3. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi bo‘yicha soliq majburiyatlari ushbu alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan soliqlar ulushi u joylashgan joy bo‘yicha to‘langan holda yuridik shaxsning o‘zi tomonidan bajariladi. 4. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha quyidagi soliqlar to‘lanadi: yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz solig‘i; yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; yagona soliq to‘lovi. 5. Ushbu Nizomning amal qilishidan qat’i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 81-moddasida belgilangan tartibda soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha to‘lanadi. 6. Yuridik shaxs ichida, shu jumladan uning alohida bo‘linmalari o‘rtasida mol mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish realizatsiya qilish sifatida qaralmaydi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mustaqil soliq to‘lovchilar hisoblangan yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari uchun bunday topshirishlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash maqsadida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma deb hisoblanadi. 7. Joriy to‘lovlar, shuningdek yagona soliq to‘lovi to‘lanishi hisobga olingan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yuridik shaxs tomonidan alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan soliqlar ulushidan kelib chiqib, uning har bir alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha amalga oshiriladi. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan soliqlar ulushi umuman yuridik shaxs bo‘yicha ish haqiga xarajatlarda va asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatida mos ravishda ushbu alohida bo‘linmaning ish haqiga xarajatlari va asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining solishtirma salmog‘ining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida aniqlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: bunda: AB — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi; IHF ab — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan ish haqiga xarajatlar; IHF jami — umuman yuridik shaxs bo‘yicha ish xaqiga xarajatlar; AV ab — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati; AV jami — umuman yuridik shaxs bo‘yicha asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan soliq ulushidan kelib chiqib, yuridik shaxsning ushbu alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: AB soliq summasi = Soliq summasi (hammasi) x AB soliq ulushi (%da) / 100, bunda: Soliq summasi (hammasi) — umuman yuridik shaxs bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi. Yuridik shaxsning soliq bo‘yicha hisobga olish joyida budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi umuman yuridik shaxs tomonidan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasidan kelib chiqib, ushbu yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari joylashgan joydagi budjetlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. 8. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yuridik shaxsning ushbu alohida bo‘linmasida band bo‘lgan ishchilarga hisoblanadigan va to‘lanadigan, qonunchilikda belgilangan tartibda soliq solinadigan daromad summasidan kelib chiqib aniqlanadi. 9. Yuridik shaxsning har bir alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi ushbu har bir alohida bo‘linma hisobiga to‘g‘ri keladigan soliq ulushidan kelib chiqib, yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ulushi yuridik shaxs bo‘yicha jami tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha soliq solinadigan aylanma va moddiy xarajatlarda mos ravishda yuridik shaxsning ushbu alohida bo‘linmasining tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha soliq solinadigan aylanmasi va moddiy xarajatlarining solishtirma salmog‘ining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: AB — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi ARab — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha soliq solinadigan aylanma; ARjami — umuman yuridik shaxsning tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha soliq solinadigan aylanmasi; MX ab — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi bo‘yicha moddiy xarajatlar; MX jami — umuman yuridik shaxs bo‘yicha moddiy xarajatlar. Yuridik shaxsning har bir alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushidan kelib chiqib, yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi aniqlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: AB qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi = Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi (hammasi) x AB qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushi (%da) / 100, bunda: Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi (hammasi) — yuridik shaxs tomonidan umuman budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi. Yuridik shaxsning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi yuridik shaxs tomonidan umuman budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasidan ushbu yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari joylashgan joydagi budjetlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. 91. Yuridik shaxs alohida bo‘linma bo‘yicha daromadlar va xarajatlar hisobini alohida yuritgan taqdirda, yuridik shaxs qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha soliq solinadigan aylanmadan kelib chiqqan holda hamda har bir alohida bo‘linma bo‘yicha hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini aniqlash huquqiga ega bo‘ladi. 10. Alohida bo‘linma joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘i summasi alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan qonunchilikda belgilangan tartibda soliq solinadigan bazadan kelib chiqib aniqlanadi. 11. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanadigan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ushbu yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi tomonidan kavlab olingan tayyor mahsulotlar hajmidan kelib chiqib aniqlanadi. 12. Ushbu Nizomning amal qilishi tatbiq qilinadigan yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bilan birga alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxslar ro‘yxatiga kiritilganligi haqida xabarnoma olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay soliq to‘lovchi sifatida alohida bo‘linmalar joylashgan joy bo‘yicha hisobga turishi shart. 13. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi soliq hisobotlari taqdim etiladi: a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan soliq hisobotlari shakllari bo‘yicha yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va qo‘shilgan qiymat solig‘i summalari hisob-kitoblari. Ushbu hisob-kitoblar yuridik shaxsning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisobotlari shakllarida nazarda tutilgan tegishli soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar asosida tuziladi va unda yuridik shaxsning har bir alohida bo‘linmasi bo‘yicha soliq summalari alohida satrda ajratib ko‘rsatiladi. Bunda yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organlariga hisob-kitoblar taqdim etilayotganda uning har bir alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan soliqlar summalari bo‘yicha hisob-kitoblar nusxalari ilova qilinadi. b) jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha — hisoblangan va haqiqatda to‘langan daromadlar summasi hamda yuridik shaxsning tegishli alohida bo‘linmasida band bo‘lgan xodimlar yuzasidan jismoniy shaxslarning daromadidan ushlangan soliq summasi haqidagi ma’lumotlar. Bunda ushbu ma’lumotlarning nusxalari bir vaqtning o‘zida yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olingan joy bo‘yicha ularga yuboriladi; v) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz solig‘i bo‘yicha — soliq hisobotining belgilangan shakli bo‘yicha hisob-kitoblar. Bunda yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olingan joy bo‘yicha ushbu hisob-kitoblarning nusxalari yuboriladi; 14. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bir tumanda joylashgan taqdirda, ushbu alohida bo‘linmalar bo‘yicha tegishli yig‘ma soliq hisoboti tuziladi. 15. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. 16. Yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq o‘zlarining alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlar to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi uchun javob beradilar. Ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan soliq hisobotlari yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi. 17. Davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizomga muvofiq soliqlar to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, shuningdek yuridik shaxslar soliq hisobiga qo‘yilishi ustidan nazorat qiladi.
114
12,717
Qonunchilik
BUXORO ShAHRINING 2500 YILLIGI YuBILEYIGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Buxoro shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o‘rnini hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil oktyabr-noyabr oylarida Parijda o‘tgan 28-sessiyasi Buxoro shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. YUNESKO Bosh konferensiyasi 28-sessiyaning Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyini 1997-yilda YUNESKO rahnamoligida jahon miqyosida o‘tkazish haqidagi qarori qo‘llab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin. 2. Mazkur tarixiy sana tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tashkiliy qo‘mita Buxoro shahri yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi YUNESKO ekspert mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda Buxoro shahrining tarixiy markazida va asosiy turistik marshrutida joylashgan noyob tarixiy-madaniy obidalarini 1996—2000-yillarda ta’mirlash va obodonlashtirish dasturini ishlab chiqsinlar va Tashkiliy qo‘mita tasdig‘iga kiritsinlar. Shu jumladan 1996-1997-yillarda bajariladigan ishlar alohida belgilab qo‘yilsin va tegishli mablag‘ ajratilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi Buxoro viloyati hokimligining buyurtmasiga muvofiq “O‘zsuvqurilish” konserni, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda 1996-1997-yillarda shahar akvatoriyasida yer osti suvlari sathini belgilangan normativlarda bo‘lishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirsinlar. 5. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro viloyati hokimligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Buxoro vohasida xorijiy va mahalliy turizm infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan maxsus madaniy turizm dasturlarini ikki oy muddatda ishlab chiqib, bajarishga kirishsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Matbuot qo‘mitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 1996-1997-yillarda Buxoro tarixiga oid nashrlarni tayyorlash va chop etishni nazarda tutsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1997-yilda Buxoro shahrida shaharning 2500 yilligi yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazsin. 8. Tashqi ishlar vazirligi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda 1997-yilda Buxoro shahrining yubileyini YUNESKOning Parijdagi qarorgohida yuksak darajada nishonlash tadbirlari bo‘yicha takliflar kiritsin. 9. Buxoro viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 3 oy muddatda Buxoro shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, aloqa transporti, sog‘liqni saqlash va maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxoro shahrining yubileyini o‘tkazish uchun 1996-1997-yillardagi tayyorgarlik ishlarini bajarishga har yili belgilangan tartibda moliyaviy mablag‘ ajratsin, ushbu xarajatlarning 50 foizidan teng ulushlarda respublika budjeti hamda Buxoro viloyati mahalliy budjeti hamda tashkilotlar va korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga qoplanishini nazarda tutsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat teleradio kompaniyasi, “O‘zdavkinokompaniya” va ommaviy axborot vositalari Buxoro shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, o‘ziga xos san’atini targ‘ib etuvchi video, telefilmlar yaratishni, ommabop materiallar berib borilishini ta’minlasinlar. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
91
3,984
Qonunchilik
Shartnoma: nimalarni oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
Prezidentning «Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda shartnoma instituti rolini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Quyidagilarni bekor qilish taklif etilmoqda: a) tijorat banklarga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, хizmatlar) uchun toʻlovlarni uchinchi shaхslar hisobidan qabul qilishga qoʻyilgan taqiqni; b) davlat ulushi 50% va undan yuqori boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mahsulotlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish toʻgʻrisida tuziladigan shartnomalarida oldindan 15% toʻlovni belgilashga doir talabini;  v) qishloq хoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talabni; g) notariuslar tomonidan shartnomalarni tasdiqlashda kommunal хizmatlar boʻyicha qarzdorlikning mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida aхborot olish boʻyicha talabni; Jismoniy shaхslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida qarz berish va qaytarib olishga ruхsat beriladi. Loyihada quyidagilar belgilangan: Shuningdek quyidagilar belgilandi: Elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdisi amalga oshirilayotganda va boshqa sohalarda bitimlar tuzishda eskrou tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Elmira Siraziyeva.
52
1,425
Qonunchilik
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRISh UChUN YaPONIYA HUKUMATI TOMONIDAN BERILAYoTGAN IMTIYoZLI KREDITDAN FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish uchun Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan uzoq muddatli imtiyozli kreditdan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yaponiya Hukumati qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 50 ta kasb-hunar kollejini jihozlash uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki orqali 40 yil, shu jumladan 10 yil imtiyozli davrdan iborat muddatga 0,75 foiz yillik foyda bilan 6,347 mlrd Yaponiya yeni miqdorida imtiyozli kredit berayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan kredit bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kredit yuzasidan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha moliyaviy agent hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi loyihani amalga oshirish bo‘yicha ijro etuvchi agent hisoblanadi; asosiy qarzni uzish, vositachilik haqini va kredit bo‘yicha foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S.Karomatov Yaponiya Hukumatining imtiyozli kreditini olish bo‘yicha Almashuv Notasini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining imtiyozli kreditini olish bo‘yicha kredit bitimini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiya tijorat banki bilan banklararo bitim, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditdan foydalanish va uni uzish tartibi bo‘yicha agentlik bitimi tuzsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik banki o‘rtasidagi kredit bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 6. Kreditni uzish jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi: konsalting xizmatlari ko‘rsatish va o‘quv anjomlari sotib olish uchun tender hujjatlari materiallarini; ko‘rsatib o‘tilgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanishga doir zarur hujjatlarni va iqtisodiy asoslashlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-martdagi 82-son qarori bilan tuzilgan Maxsus komissiyaga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etsin. 8. Kasb-hunar kollejlarini jihozlash uchun Yaponiya Hukumati tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik banki orqali berilayotgan kreditdan to‘liq, maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan javobgarlik Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-martdagi 82-son qarori bilan tuzilgan Maxsus komissiya (raisi R.S.Azimov)ga yuklansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi Almashuv Notalarida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati majburiyatlarining bajarilishini ta’minlasinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2001—2003-yillarda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga vositachilik haqi to‘lash, shuningdek import qilinadigan anjomlarni deklaratsiyalash, ekspertiza qilish bilan bog‘liq xarajatlarni hamda loyihani amalga oshirish doirasida yetkazib beriladigan o‘quv anjomlarini bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlarini qoplash uchun zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan berilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar davlat boji to‘latmasdan vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
157
4,549
Qonunchilik
1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar 10%ga oshiriladi
Bu Prezidentning 2020 yil 30 iyuldagi PF-6038-son Farmonida nazarda tutilgan. 1 sentyabrdan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori oshiriladi (quyida keltirilgan jadvalga qarang). Oshiriladigan miqdor 10%ni tashkil etadi. Eslatib oʻtamiz, bundan oldingi joriy yilning 1 fevralidagi indeksatsiyalashda 7%ga oshirilgan. Toʻlov turi Eng kam miqdor (bir oyda soʻm) 2020 yil 1 fevraldan 1 sentyabrgacha 2020 yil 1 sentyabrdan Pensiya hisoblashning bazaviy miqdori [1] 238 610 262 470 Yoshga doir eng kam pensiyalar 466 680 513 350 Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa 466 680 513 350 Zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa 286 390 315 030 ! Farmonda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdorini[2] oshirish nazarda tutilmagan. Ular amaldagi – tegishincha oyiga 679 330 soʻm va 223 000 soʻm miqdorida qoldiriladi.   Bundan tashqari, 2020 yilning oхirigacha quyidagilarni oluvchilar soni oshiriladi: Toʻlash muddati iyul-sentyabr oylarida tugaydigan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga va bola parvarishi bilan shugʻullanadigan onalarga nafaqa toʻlash navbatdagi 6 oy muddatga avtomatik tarzda uzaytiriladi. Bunda yagona sharti – bolalar tegishincha 2 yosh va 14 yoshdan oshmagan boʻlishi lozim. Oleg Zamanov. [1] Pensiyalar, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va pensiya ta’minoti sohasidagi, shuningdek mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda хodimlarning mayib boʻlishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilganda zararni qoplash uchun kompensatsiyalarni hisoblashda qoʻllaniladi. [2] Quyidagilarni belgilashda qoʻllaniladi:
51
1,709
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 27 SENTYABRDAGI PQ-475-SON QARO
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent respublika fond birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va qiymatli qog‘ozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshida “aksionerlik jamiyatlari va boshqa korxonalar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar” so‘zlari “ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 4-son, 32-modda) Aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomning 4-bandi quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “agar jamiyatning ustav fondida jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash kuzatuvchi kengashning vakolatiga kiritilmagan yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bilan unga topshirilmagan bo‘lsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini ma’qullash. Bunda, navbatdagi yilga jamiyatning biznes-rejasi joriy yilning 1-dekabridan kechikmay kuzatuvchi kengash majlisida ma’qullanishi kerak; ichki audit xizmatini tashkil va uning xodimlarini tayinlash”; o‘n to‘rtinchi—yigirma yettinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n oltinchi—yigirma to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
250
1,905
Qonunchilik
Paхta-toʻqimachilik klasterlari huzurida ilmiy markazlar tashkil etiladi
21 klaster huzurida tashkil etiladigan bunday markazlar paхtachilikda innovatsiyalar va ilmiy-teхnika yutuqlarini joriy etish bilan shugʻullanadi, bu Vazirlar Mahkamasining 22.06.2020 yildagi «Paхta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 397-son qarorida belgilangan. Ilmiy markazlarning faoliyati oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda paхtachilikdagi dolzarb muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish, ilm-fan yangiliklari va resurslarni tejaydigan innovatsion teхnologiyalarni joriy etish orqali yerlardan samarali foydalanish va mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishga yoʻnaltiriladi. Qaror bilan klasterlar roʻyхati tasdiqlangan, 2023 yilga qadar respublika viloyatlari kesimidagi klasterlar huzurida ilmiy markazlar tashkil etiladi. Innovatsion rivojlanish vazirligiga uch oy muddatda ilmiy markazlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan oliy ta’lim va ilmiy muassasalar tomonidan shakllantiriladigan mavzular doirasida 2021 yil uchun maqsadli tanlovlar e’lon qilish hamda belgilangan tartibda ilmiy loyihalarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar ajratish choralarini koʻrish topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2020 yildan kuchga kirdi.   Lola Abduazimova.
72
1,342
Qonunchilik
Chegaralarda yuklar nazoratini amalga oshirish shartlarini kelishish to‘g‘risidagi 1982-yildagi Xalqaro konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Chegaralarda yuklar nazoratini amalga oshirish shartlarini kelishish to‘g‘risidagi 1982-yildagi Xalqaro konvensiyaga qo‘shilinsin.
139
256
Qonunchilik
Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11 maydagi PF-3751-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 19-son, 161-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-iyundagi PQ-374-sonli “Ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 23-son, 206-modda) qaroriga muvofiq qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2005-yil 14-yanvardagi 3 va 2005-3-son qarori bilan tasdiqlangan Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga (2005-yil 31-yanvar, ro‘yxat raqami 1446 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 5-6-son, 37-modda; 39-son, 300-modda; 2006-yil, 6-7-son, 44-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
160
1,174
Qonunchilik
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan doimiy propiska qilish va (yoki) uy-joy sotib olish yuzasidan ilgari berilgan va amalga oshirilmagan ruxsatnomalar 2012-yil 15-martgacha amal qilishi belgilab qo‘yilsin. 3. Davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislarga va tor ixtisosdagi mutaxassislarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish uchun asoslanmagan iltimosnomalar berganligi, shuningdek ushbu shaxslarning lavozimdan ozod qilinganligi, boshqa ishga o‘tganligi yoki pensiyaga chiqqanligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar bermaganligi uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsin. Yuqori malakali mutaxassislarni va tor ixtisosdagi mutaxassislarni ishga taklif etishda xizmat turar joyi berish amaliyotini keng qo‘llash tavsiya etiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov): O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish, shuningdek chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish masalalari qonun hujjatlariga qat’iy muvofiq ravishda ko‘rib chiqilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasin; 2012-yil mobaynida mazkur qaror normalari amal qilishining doimiy monitoringini va tahlilini ta’minlasin, shuningdek har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy (vaqtincha) propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov), Adliya vazirligi (N. Yo‘ldoshev) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda fuqarolar deb ataladi) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini belgilaydi. 11. Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq, doimiy yashash joylarida propiskadan o‘tishlari va/yoki turgan joylarida hisobda turishlari shart. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinmaganligi yoki doimiy propiskada turmaganligi fuqaroga xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanishi mumkin emas. Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kunlaridan boshlab besh kun ichida doimiy propiskada turish yoki hisobga qo‘yish uchun hujjatlar taqdim etishlari shart. 16 yoshga to‘lmagan shaxslarni doimiy propiska qilish va hisobga olish ularning ota-onalari yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarning xohishiga ko‘ra ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. 2. Fuqarolarni doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududining muayyan joyida yashashi yoki vaqtinchalik bo‘lishi faktini aniqlashni nazarda tutadi. Doimiy propiskaga ega bo‘lish va turgan joylari bo‘yicha hisobda turish uchun fuqarolar davlat xizmatlari ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartibini ta’minlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin. 3. Fuqarolarni doimiy propiska qilish “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi. Ro‘yxatda nazarda tutilmagan shaxslar toifasi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi. 4. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun fuqaro Ro‘yxatda nazarda tutilgan toifaga ko‘ra Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza; O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (keyingi o‘rinlarda pasport deb ataladi); kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi); uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa; nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi); davlat hokimiyati tegishli organi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti (keyingi o‘rinlarda organ va tashkilot deb ataladi) rahbarining ishga taklif etilayotgan shaxsning (yuqori malakali mutaxassislar va tor ixtisosdagi mutaxassislarning) ishonchliligi kafolati bilan birgalikda iltimosnomasi. Bunda ushbu Nizom maqsadlari uchun respublika ahamiyatiga molik davlat tashkilotlari deganda ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish masalalari qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan tartibga solinadigan davlat tashkilotlari tushuniladi. Fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, Ichki ishlar vazirligi yoki adliya organlariga ishga qabul qilingan yoki o‘tkazilgan taqdirda ishga qabul qilinayotgan shaxsni (xodimni) doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma (ishonchliligi kafolatlangan holda) ko‘rsatib o‘tilgan organlar rahbarlarining o‘rinbosarlari tomonidan ham imzolanishi mumkin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini turar joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joy olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; propiska uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. Xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 5. Ushbu Nizom 4-bandining sakkizinchi xatboshida ko‘rsatilgan hujjat organlar yoki tashkilotlarning kadrlar xizmatlari tomonidan rasmiy aloqa yo‘llari orqali fuqaro vaqtincha yashaydigan (yoki yashashni mo‘ljallayotgan) joydagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga yuboriladi. 6. Organlar va tashkilotlar rahbarlari ushbu organ yoki tashkilotning iltimosnomasi asosida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskaga ega bo‘lgan shaxs ishdan ozod qilingan, boshqa ishga o‘tgan yoki pensiyaga chiqqan taqdirda ikki kun muddatda shaxs oxirgi doimiy propiskadan o‘tgan joydagi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarini xabardor qiladilar. Organ va tashkilot rahbarining bildirishnomasi asosida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari, agar ushbu fuqaroda doimiy propiska uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmasa, fuqaroni belgilangan tartibda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan ilgarigi yashash joyiga yoki fuqaroning arizasiga ko‘ra boshqa mintaqaga propiskadan chiqaradi. Fuqaro Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan propiskadan chiqishdan bosh tortgan taqdirda doimiy propiska belgilangan tartibda bekor qilinadi. 7. Ro‘yxatning 1-bandiga “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan turar joyga ega bo‘lgan fuqarolar, shuningdek meros bo‘yicha, sudning qaroriga ko‘ra hamda ushbu Nizomga muvofiq turar joy olgan fuqarolar kiradi. Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek qariyalar uylaridagi shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joyga Ro‘yxatning 3-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadi. Ro‘yxatning 9 — 12-bandlari bo‘yicha doimiy propiska qilingan fuqarolarning ular bilan bir vaqtda doimiy propiskani rasmiylashtirmagan oila a’zolarini (eri, xotini, shuningdek o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlarini) Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish, turar joy maydoni mulkdorining (mulkdorlarining) roziligi bilan tegishli ravishda Ro‘yxatning 9 — 12-bandlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 71. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar doimiy propiska qilingan shaxslarning to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlari ularning turar joy maydoniga Ro‘yxatning 2-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadilar. 72. Ro‘yxatning 1 va 8-bandlari asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Ro‘yxatning 2-bandi asosida doimiy propiska qilinadilar. 73. Ro‘yxatning 5-bandi asosida doimiy propiska qilinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tug‘ilgan farzandlari (o‘z oilasiga ega bo‘lmagan) Ro‘yxatning 2-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadilar. 8. Toshkent shahrida oldi-sotdi bitimlarini, almashtirish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon: Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan; Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan), Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs hisoblansa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. 9. Toshkent viloyatida oldi-sotdi bitimlarini, almashtirish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni, shuningdek Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon: Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan; Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan), Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs hisoblansa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. 91. Sud qarorlarini ijro etish tartibida turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mol-mulkni kimoshdi savdolari orqali sotishga yoxud uni davlat ijrochisining naturadagi sotilmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish to‘g‘risidagi taklifi bo‘yicha qarzni undiruvchiga — garovni saqlovchiga berish sotib oluvchi tomon tegishli ravishda Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs bo‘lsa yo‘l qo‘yiladi. 92. Ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda ham amalga oshiriladi. Ushbu Nizom maqsadlari uchun yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga kelgan va uni qabul qilingan paytdan e’tiboran uch yil o‘tmagan mol-mulk tushuniladi; 10. Ro‘yxatning 8-bandiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy propiskaga ega bo‘lmagan holda ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yo‘llari orqali tegishli notariusga yuboriladigan doimiy propiska qilish huquqi to‘g‘risida ichki ishlar organining ma’lumotnomasi asosida turar joy sotib olish huquqiga egadirlar. Buning uchun shaxslarning ushbu toifasiga kiradigan fuqaro tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qiladi va ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlarni taqdim etadi. 101. Turar joy mulkdori o‘z oila a’zolarini va boshqa shaxslarni propiskadan o‘tkazish huquqiga ega. 102. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega bo‘lgan mulkdor ulardan faqat bittasigagina doimiy propiskadan o‘tishi mumkin. 103. Harbiy xizmatga majbur shaxslarni propiska qilish ular mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda harbiy hisobga qo‘yilganlaridan keyin amalga oshiriladi. 16 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar harbiy hisobga qo‘yilishlari kerak. 11. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini va haqiqiyligini tekshiradi hamda fuqaro Ro‘yxatda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga muvofiq bo‘lgan taqdirda fuqaroga belgilangan tartibda doimiy propiskani rasmiylashtiradi. Ro‘yxatning 8-bandiga kiradigan fuqarolarning Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish to‘g‘risidagi murojaati asosida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari rasmiy aloqa yo‘llari orqali tegishli notariusga ma’lumotnoma yuboradi. 111. Fuqaro ro‘yxatdan chiqish uchun TShIIBB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza; pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; mudofaa ishlari bo‘limidan hisobdan chiqarilganligi haqida belgi bo‘lgan hisob-harbiy hujjatlar; uy daftari yoki qayd etish kartochkasi va kvartiralar bo‘yicha kartochka (ushbu Nizomning 3 — 5-ilovalari); ro‘yxatdan chiqarganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. 112. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni ro‘yxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 113. Vafot etganlar o‘lim qayd etilganidan keyin ro‘yxatdan chiqarilishi lozim. O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma shakli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 114. Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va haqiqatga muvofiq bo‘lmagan ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, shuningdek, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun asos bo‘lgan hujjatlar qalbakilashtirilgan taqdirda doimiy propiska IIB tomonidan bekor qilinadi, keyinchalik materiallar tergov organlariga yuboriladi. 115. Propiskadan o‘tish yoki ro‘yxatdan chiqarilganlik sud qaroriga ko‘ra shuningdek, qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin. 116. Ro‘yxatdan chiqarilganda yoki ro‘yxatdan o‘tganlik bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddat ichida Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB manzil-ma’lumotlar byurosiga ketish varaqlarini (ushbu Nizomning 6-ilovasi) yuboradi. 12. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish (keyingi o‘rinlarda hisobga olish deb ataladi) fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish uchun asos hisoblanmaydi. Doimiy propiskadan o‘tmaganlik turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi. 13. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin ularning bu yerda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 14. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobda turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda o‘zi vaqtincha turgan joydagi MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakldagi ariza; pasport; kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va 35 x 45 mm o‘lchamdagi ikki dona rasm — 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun; uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi); uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi); hisobga olinganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya; Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi bo‘lsa ushbu bandning oltinchi va yettinchi xatboshidagi hujjatlar talab etilmaydi. 15. 16 yoshga to‘lmagan shaxsni hisobga olishni rasmiylashtirishda ushbu shaxsning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs zimmasiga yuklanadi. 16. MvaFRB inspektori ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgandan, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin o‘sha kunning o‘zida ariza beruvchiga ushbu Nizomning 8 va 9-ilovalariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyida hisobga olish to‘g‘risida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varag‘i (keyingi o‘rinlarda hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i deb ataladi) yoki BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varag‘ini beradi. Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i hamda BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) ko‘rsatilgan taqdirda unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir). Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida yagona namuna bo‘yicha tayyorlanadi; Ariza beruvchining pasportida va turar joyning uy daftariga (propiska kartochkasiga) hisobga olish to‘g‘risida belgi qo‘yilmaydi. 17. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga hisobga qo‘yilgan fuqaro hisobga olish joyida yashashi kerak. 18. Ta’lim muassasalariga o‘qishga kelgan fuqarolarni MvaFRB inspektori tomonidan hisobga olish turar joyi (uy-joy maydoni) bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘qish Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilgan, fuqaro akademik ta’til olgan yoki ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlatilgan taqdirda ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaroni vaqtincha turgan joyida hisobga olishni rasmiylashtirgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limini xabardor qiladi. Ta’lim muassasasi rahbariyatining bildirishnomasi asosida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi hisobga olishni bekor qiladi. 19. Hisobga olishni qayta rasmiylashtirish ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Quyidagilar: Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish joyi bo‘yicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etilishi; shaxsning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bundan buyon bo‘lishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi; ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi hisobga olishni rasmiylashtirishni rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi inspektori tomonidan xulosa tuziladi, ushbu xulosa migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Hisobda turishni rasmiylashtirishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin. 20. Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i yo‘qolgan yoki buzilgan taqdirda fuqaro tegishli migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga o‘z shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varag‘i yo‘qolishi yoki buzilishi holatlarini ko‘rsatib, hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani taqdim etadi. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi inspektori ko‘rsatilgan turgan joyda ushbu fuqaroning hisobga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda ariza beruvchiga o‘sha kunning o‘zida hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtiradi. 21. MvaFRB inspektori ariza beruvchiga hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i bergandan keyin hisobga qo‘yilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni MvaFRBBning kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritadi. MvaFRB inspektori fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olinganligi to‘g‘risidagi kelish varaqasini (ushbu Nizomning 10-ilovasi) to‘ldiradi va bir sutka mobaynida ularni Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBning manzil-ma’lumotnomalar byurosiga yuboradi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga o‘xshash boshqa tashkilotlarning mas’ul shaxslari 12 soat mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni Internet tarmog‘i orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) kiritib qo‘yadilar. MvaFRB fuqarolarni hisobga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatishning idoraviy tarmog‘i bo‘yicha Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) markaziy ma’lumotlar bazasiga yuboradi. 22. Ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. 23. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 24. Organlar va tashkilotlar rahbarlari doimiy propiskani rasmiylashtirish masalasi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuboriladigan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun javob beradilar. 25. Noturar joy binolarga fuqarolarni doimiy propiska qilish va hisobga olishni rasmiylashtirish taqiqlanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar istisno tariqasida noturar joy binolarga hisobga olinishi mumkin. 26. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan yoki hisobga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida ushbu shaxslar to‘g‘risida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart. 261. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy propiskaga ega bo‘lish va turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi. 262. Fuqaroni propiska qilish, propiskadan chiqarish va hisobga olish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin. 27. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy hamda vaqtincha propiskadan o‘tish, boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish tartibini, shuningdek, yashash guvohnomasini berish tartibini belgilaydi. Doimiy hamda vaqtincha propiskadan o‘tishni rasmiylashtirish uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat xizmatlari ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartibini ta’minlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin. 11. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashashlari yoki vaqtincha bo‘lishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘zlari yashayotgan joy haqida xabar qilish tartibi, shuningdek, chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslarning majburiyatlari va javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 21-noyabrda qabul qilingan 408-son qarori bilan belgilanadi. 12. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qonun hujjatlariga rioya qilishlari shart. 2. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni, shuningdek boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida shaxsning doimiy yashashi yoki muayyan joyda vaqtincha bo‘lishi faktini aniqlashni nazarda tutadi. 21. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, ushbu Nizomga 1-ilovadagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari Ro‘yxati”ga asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga egadirlar. 22. Agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tegishli ruxsatnomaga va yashash guvohnomasiga ega bo‘lsalar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashlari mumkin. 3. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) (keyingi o‘rinlarda TShIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi 2 nusxada ariza-anketa; chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati; uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi; uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); nikoh tuzilganligi, bola tug‘ilganligi, ota-onaning vafot etganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi, boshqa respublika ahamiyatiga molik davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan Ro‘yxatning 6-bandi bo‘yicha propiska qilish chog‘ida); hujjatlarni ko‘rib chiqqanlik va rasmiylashtirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yig‘im to‘langanligi haqidagi kvitansiya; 35 x 45 mm o‘lchamdagi ikkita fotosurat. O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun kamida 3 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosi — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (ishtirokchisi) murojaat qilganida, kiritilgan investitsiyalar haqidagi tegishli ma’lumotnomalardan biri ariza-anketaga ilova qilinadi. Ma’lumotnoma: Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori to‘g‘risida; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etilganligi to‘g‘risida beriladi. 31. O‘zbekiston Respublikasiga “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirganidan keyin (1992-yil 28-iyul) kelgan hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida uzoq vaqtdan beri sobiq SSSR pasportlari namunalari bilan yashayotgan yoki ularni yo‘qotib qo‘ygan, shuningdek, hujjatlarga ega bo‘lmagan (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno) va ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan Ro‘yxatga kirgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun TShIIBB MvaFRBga ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etadilar, chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi) bundan mustasno. Yuqorida ko‘rsatilgan, ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan Ro‘yxatga kirmagan shaxslar tegishli hujjat (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati) bilan hujjatlashtiriladilar, ular keyinchalik poytaxt mintaqasidan tashqariga chiqib ketadilar, bu haqda mazkur shaxslardan belgilangan namunadagi majburiyat olinadi. 32. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) (keyingi o‘rinlarda TShIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha 2 nusxada ariza-anketa; chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati; uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi; uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); nikoh tuzilganligi, bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); “Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnoma; 35 x 45 mm o‘lchamdagi ikkita fotosurat. 4. TShIIB MvaFRB hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ikki hafta muddatda ularni rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsini tekshiradi. Chet el fuqarosi ushbu Nizomning 3-bandi o‘ninchi xatboshida ko‘rsatilgan hollarda murojaat qilganida, TShIIB MvaFRB amalda kiritilgan investitsiyalar haqidagi ma’lumotni tekshiradi. Tekshirish natijalari bo‘yicha TShIIB MvaFRB hujjatlarni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda IIBB MvaFRB deb ataladi) yoki Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda IIB MvaFRB deb ataladi) yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradi. Zarurat bo‘lganda IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB ariza beruvchining shaxsini va boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash to‘g‘risida xorijiy davlatning vakolatli organlariga belgilangan tartibda so‘rovnoma yuborishi mumkin. 5. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda Ichki ishlar bosh boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi o‘n kun muddatda xulosa tayyorlaydilar va materiallarni yakuniy qaror chiqarish uchun Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga yuboradilar, ushbu Nizomning 61-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. So‘rovnomaga uch oy ichida chet davlatning vakolatli organlaridan javob kelmaganligi IIBB MvaFRB va IIB MvaFRBning xulosasini tayyorlash hamda materiallarni IIV MvaFRBBga yuborish uchun asos bo‘ladi. Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ushbu masalani hal etishda tegishli vakolatli organning fikr-mulohazasini, zaruriyat bo‘lganda esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xulosasini so‘rab oladi va bir oy muddat mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qaror chiqaradi. 6. Ichki ishlar vazirligining ijobiy qarori boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga (keyingi o‘rinlarda yashash guvohnomasi deb ataladi) belgilangan tartibda rasmiylashtirish va berish uchun asos hisoblanadi. Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi yoki Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinishi mumkin. Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat berish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kuni mobaynida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga qaytariladi, u bir sutka mobaynida ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi. 61. Ushbu Nizomning 3-bandi o‘ninchi xatboshida ko‘rsatilgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli vakolatli organning ijobiy javobi, shuningdek, so‘rovga xorijiy davlatning vakolatli organlarining javobi (javob uch oy mobaynida olinganda) olingan taqdirda, IIBB MvaFRB va IIB MvaFRB o‘n kun muddatda Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bilan kelishmasdan qaror qabul qiladi. IIBB MvaFRB va IIB MvaFRBning ijobiy qarori boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolariga belgilangan tartibda yashash guvohnomasini rasmiylashtirish va berish uchun asos hisoblanadi. 7. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga propiska qilish va propiskadan chiqarish tartibi mavjud bo‘lgan boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat olishgandan keyin propiskadan chiqqanlik (ketish varaqasi) faktini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni yoki bunday tartib yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etadilar. 71. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida yashash guvohnomasi: chet el fuqarolariga — 5 yil muddatga, biroq milliy pasportning amal qilishidan ortiq bo‘lmagan muddatga; ushbu Nizomning 3-bandi o‘ninchi xatboshida nazarda tutilgan chet el fuqarolariga — 10 yil muddatga, biroq milliy pasportning amal qilishidan ortiq bo‘lmagan muddatga; 60 yoshga to‘lgan chet el fuqarolariga — milliy pasportning amal qilish muddatiga beriladi. 72. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi 5 yil muddatga, shaxs 60 yoshga to‘lganidan keyin esa muddatsiz beriladi. 73. Yashash guvohnomasining amal qilish muddatlarini uzaytirish 5-martagacha ushbu Nizomning 71 va 72-bandlarida belgilangan muddatlarga amalga oshiriladi, shundan keyin u almashtiriladi. 8. Yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskadan o‘tishni rasmiylashtirish uchun TShIIBB MvaFRBga murojaat qiladilar hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza; yashash guvohnomasi; uy-joy hujjatining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); nikoh tuzilganligi, bola tug‘ilganligi, ota-onalar vafot etganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (ushbu Nizomning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning 6-bandi bo‘yicha propiskadan o‘tish chog‘ida); doimiy propiskadan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiya. 9. TShIIB MvaFRB hujjatlar qabul qilingandan so‘ng bir sutka mobaynida arizachining shaxsini tekshiradi va hujjatlarni IIBB MvaFRBga yoki IIB MvaFRBga yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tegishli vakolatli organga yuboradi. 10. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB o‘n kun muddatda Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIB boshlig‘ining tegishli o‘rinbosari tasdiqlaydigan qarorni chiqaradi. 11. Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIBning ijobiy qarori Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan, yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. Yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror TShIBB MvaFRB yoki IIBB MvaFRB, IIB MvaFRB tomonidan qabul qilinishi mumkin. 12. Yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kuni mobaynida TShIBB MvaFRBga qaytariladi, u bir sutka mobaynida ushbu qarorni arizachiga yetkazadi. Arizachi rad javobi berilganligi haqidagi xabarni olgandan so‘ng qolish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda uch sutka mobaynida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududini tark etishi shart. Quyidagilar yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi shaxslar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida keyinchalik vaqtincha bo‘lishlari uchun asos hisoblanadi: qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan turar joy mavjud bo‘lganda; yaqin qarindoshlar (er, (xotin), ota-ona, farzandlar) mavjud bo‘lganda; vasiylar (homiylar) mavjud bo‘lganda; mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganda, ta’lim muassasalarida o‘qiganda; davolash muassasalarida davolanayotganda. 121. Toshkent shahrida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni (ko‘chmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qo‘yish, voz kechish va o‘zgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs: Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lsa; Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va 1-ilovaning 2, 3 va 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblansa va doimiy propiskasi borligi to‘g‘risida ichki ishlar organining ma’lumotnomasini taqdim etsa. 122. Toshkent viloyatida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni (ko‘chmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qo‘yish, voz kechish va o‘zgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs: Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lsa; Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va 1-ilovaning 2, 3 va 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. 123. Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan va yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy propiskaga o‘tish masalasida murojaat qilgan taqdirda, hujjatlar TShIIB MvaFRBda vakolatli organlar bilan kelishilmasdan ko‘rib chiqiladi 124. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan hamda bu mintaqalarda doimiy propiskadan o‘tgan, shuningdek, boshqa davlatlardan kelgan va yashash guvohnomasini olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan narxi bazaviy hisoblash miqdorining 3300 baravaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda sotib olishlari mumkin. Ushbu Nizomning maqsadlariga ko‘ra yangi qurilgan ko‘chmas mulk toifasiga tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida mulk huquqi vujudga kelgan hamda qabul qilib olinganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan mol-mulk kiradi. 13. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish, doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan, kelingan joy bo‘yicha uch kundan olti oygacha bo‘lgan muddatga amalga oshiriladi. Xorijiy investorlarni, ular tomonidan chel el fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislarni va ularning oila a’zolarini hududida investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan aholi punktida vaqtincha propiska qilishda, ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bo‘lganda vaqtincha propiskani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi. 14. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga kelgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni hisobga olish ular kelgach, ushbu muassasalar ma’muriyati tomonidan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 15. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha propiska olish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan kunidan boshlab uch kun muddatda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi ariza; fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki harakatlanish hujjati; tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma — 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun; uy-joy hujjatining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa; investitsiya loyihasini amalga oshirish haqidagi ma’lumotlar — investitsiya loyihasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida amalga oshirilgan taqdirda xorijiy investorlar, ular tomonidan chel el fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislar va ularning oila a’zolari uchun; propiska qilinganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. 16. TShIIBB MvaFRB hujjatlarni o‘rganib chiqqanidan va rasmiylashtirganidan keyin bir sutka ichida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha propiskani rasmiylashtirib, yashash guvohnomasiga tegishli belgi qo‘yadi yoki viloyatda vaqtincha propiskadan o‘tkazilganlik to‘g‘risida ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i beradi. 17. Ta’lim muassasalariga o‘qish uchun respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, istiqomat uchun berilgan guvohnomaga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish o‘qish davri uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Ular Toshkent shahri va Toshkent viloyati tashqarisida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazilgan, akademik ta’til olgan yoki ta’lim muassasasidan chiqarilgan hollarda mazkur muassasalar ma’muriyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu to‘g‘rida vaqtincha kelingan joy bo‘yicha vaqtincha propiskani rasmiylashtirgan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limini xabardor qiladi. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi ta’lim muassasasi rahbariyatining xabarnomasi asosida vaqtincha propiskani bekor qiladi. 18. Vaqtincha propiskani takroriy rasmiylashtirish masalasini ko‘rib chiqish TShIIB MvaFRB tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha propiska muddati tamom bo‘lishidan uch kun oldin TShIIB MvaFRBga ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadilar. Ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgandan, shuningdek hujjatlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqilgandan va rasmiylashtirilgandan keyin TShIIB MvaFRB bir sutka mobaynida chet el fuqarosiga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga vaqtinchalik propiskani rasmiylashtiradi. 19. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi ariza beruvchining vaqtincha propiskasi rasmiylashtirilgandan keyin shu kunning o‘zida Ichki ishlar bosh boshqarmasining manzil-ma’lumotnoma byurosiga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kelish varaqalarini yuboradi, shuningdek ularning ro‘yxatlarini (elektron tarzda) tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning huquqbuzarlikning oldini olish bo‘limiga beradi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va boshqa shunga o‘xshash tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda joylashtirish vositalari deb ataladi) mas’ul shaxslari 12 soat ichida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi axborotni Internet tarmog‘i orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) kiritib qo‘yadilar. 20. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning huquqbuzarlikning oldini olish bo‘limi olingan ro‘yxatlarni ichki ishlar organlari tayanch punktining ma’lumotlar kompyuter bazasiga tegishli axborotni kiritish va o‘zi xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport rejimiga rioya etilishini nazorat qilish uchun ichki ishlar organining tegishli profilaktika inspektorlariga beradi. 21. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lumotlarning kompyuter bazasiga kiritishni amalga oshiradi, ma’lumotlar aniq vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatish idoraviy tarmog‘i orqali Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi ma’lumotlar markaziy bazasiga beriladi. 22. Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi har oyda, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati ma’lumotlarini (elektron tarzda) idoraviy tarmoq orqali, keyinchalik huquqbuzarlik profilaktikasi hududiy bo‘linmalariga berish uchun, ularning doimiy yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tegishli migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga yuboradi. 23. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport-viza rejimi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladilar. 231. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida tegishli ravishda milliy pasportlar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatlari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning guvohnomalari bo‘yicha vaqtincha propiska asosida yashaydilar. Vaqtincha propiska belgilangan punktga kelgandan keyin uch sutka ichida amalga oshiriladi, bayram kunlari va dam olish (yakshanba) kunlari bundan mustasno. Vaqtincha propiska qilishning uch sutkalik muddati kelish (chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tishi) sanasidan keyingi kunning 00:01 soatidan boshlab hisoblanadi. Xorijiy investorlarni, ular tomonidan chel el fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislarni va ularning oila a’zolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida vaqtincha propiska qilish xorijiy investorlar tomonidan ushbu hududda investitsiya loyihasi amalga oshirilgan hollarda vizaning amal qilish muddatiga (ular uchun xalqaro shartnomalar asosida vizasiz rejim o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun — doimiy yashash joyidan o‘chirmasdan 1 yil muddatga) amalga oshiriladi. Ushbu bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslarga vaqtincha propiskani rasmiylashtirishda TShIIBB MvaFRB tomonidan yashil rangli shtamp qo‘yiladi. 232. Quyidagilar vaqtincha propiskadan ozod qilinadilar: a) respublikaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga muvofiq kelgan chet mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, parlament va hukumat delegatsiyalarining a’zolari, ushbu delegatsiyalarning texnik personali, sanab o‘tilgan shaxslarning oila a’zolari; b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan berilgan pasportlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar; v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; g) 16 yoshga to‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; d) O‘zbekiston Respublikasiga bayram va dam olish kunlarida yoki oddiy kunlarda uch sutkagacha bo‘lgan muddatga keladigan hamda shu kunlar davomida respublikadan chiqib ketadigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; e) sayohat qilayotgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar ularning respublikaning har bir aniq aholi punktida bo‘lish muddati uch sutkadan oshmasa, ularning bo‘lganligini tasdiqlaydigan hujjatlar (xizmatlardan foydalanganligini yoki tovarlar xarid qilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar) mavjud bo‘lganida. Bunda bitta aholi punktida uzluksiz ro‘yxatdan o‘tish talabi qo‘yilmaydi; j) O‘zbekiston Respublikasiga belgilangan tartibda kelgan chet el harbiy samolyotlari (kemalari) ekipajlarining a’zolari. Harbiy samolyotlar (kemalarning) ekipajlari a’zolarining qirg‘oqqa tushishi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishiga harbiy samolyotlar (kemalar) qabul qilish rejasiga muvofiq katta (harbiy) boshliq tomonidan ruxsat etiladi; z) xalqaro yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi xorijiy avtotransport vositalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, tashishlarni amalga oshirayotgan yo‘nalishlaridagi shaharlarda va aholi yashash joylarida, shu jumladan boradigan joylarida bo‘lgan chog‘larida; i) harbiy bo‘lmagan chet el kemalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar garnizonlarda va chegara shaharlarida bo‘lgan chog‘larida, bu shaxslar uyushgan holda sayohatga chiqqan vaqtlarida esa O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham. Chet el fuqarolari ko‘rsatib o‘tilgan toifalarning obyektlardan chiqishlariga portlarda amalda bo‘lgan qoidalar va yo‘riqnomalarga muvofiq chegara qo‘shinlari vakillari tomonidan ruxsat etiladi; k) xalqaro aviatsiya yo‘llarining fuqaro havo kemalari ekipajlari, xalqaro temir yo‘l poyezdlari brigadalari tarkibiga kiruvchi shaxslar, qatnovning amaldagi jadvalida ko‘rsatilgan aeroportlarda yoki stansiyalarda bo‘lgan chog‘larida. 233. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: a) joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyatining ular kelib joylashgan vaqtda Dastur yordamida, qancha bo‘lishlaridan qat’i nazar, taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslarning, shu jumladan turizm operatorlarining esa tur boshlangungacha xabardor qilishi; b) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni shaxsiy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga notijorat maqsadlarda taklif qilgan (qabul qilayotgan) va ularga turar joy bergan jismoniy shaxslarning: ular kelib joylashgan paytda Dastur yordamida xabardor qilishi yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kelganidan keyin, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati to‘liq 30 sutkadan oshmasa, bayram va dam olish (yakshanba) kunlaridan tashqari uch sutka ichida hududiy ichki ishlar organlariga yozma ravishda murojaat qilishi; chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kelganidan keyin, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 sutkadan oshsa, bayram va dam olish (yakshanba) kunlaridan tashqari uch sutka ichida hududiy ichki ishlar organlariga yozma ravishda murojaat qilishi yo‘li bilan; v) mustaqil ravishda sayohat qilayotgan, chodirli lagyerlarda va tunash uchun joylashish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kelganlaridan keyin uch sutka mobaynida turistik-axborot markazlariga yoki yaqin oradagi joylashtirish vositalariga murojaat qilishi yo‘li bilan, maxsus Dastur moduli ishga tushirilganidan keyin esa ma’lumotlarni sayohat yo‘nalishidagi aholi punktlarini ko‘rsatgan holda mustaqil ravishda to‘ldirish yo‘li bilan xabardor qilishi. Turistik-axborot markazlarining va joylashtirish vositalarining ma’muriyatlari Dastur yordamida hududiy ichki ishlar organlariga mustaqil ravishda sayohat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning murojaatlari asosida ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan bildirishnomani yuborishlari shart. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi. Ichki ishlar organi joylashgan shaxslar to‘g‘risidagi axborotni har haftada hudud bo‘yicha manzil-ma’lumotlar byurosiga yuborishi shart. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari yashovchilar joylashtirilgan paytda hududiy ichki ishlar organlarini joylashgan, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida Dastur yordamida xabardor qilishlari shart. Joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy uylarga (kvartiralarga) keluvchilarni hisobga olish joylashtirish vositalarining mas’ul shaxslari tomonidan joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi yozma kelishuv (shartnoma) asosida yoki belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan ushbu uylarning (kvartiralarning) egalari tomonidan mustaqil ravishda belgilangan tartibda Dastur yordamida amalga oshiriladi. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan ushbu talabning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 234. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi: a) chet el diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining boshliqlari, diplomatik personal a’zolari, konsulxonalarning mansabdor shaxslari, harbiy attashelar, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatish personali, shuningdek, ularning oila a’zolari; b) ommaviy axborot vositalarining vakillari va ularning oila a’zolari; v) xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ishlari yuzasidan kelgan mansabdor shaxslari, mazkur tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida shtab-kvartirasi bo‘lgan xalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatlar vakolatxonalarining mazkur tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga muvofiq diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning hududiy bo‘linmalari tomonidan mazkur shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari beriladi hamda bevosita ularning milliy pasportlariga akkreditatsiya haqida yozib qo‘yiladi. 235. Ushbu Nizomning 232, 234 va 236-bandlarida ko‘rsatilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining hududiy ichki ishlar organlarida, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 kundan oshmasa. Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat etish yordamida xabardor qilish asosida va agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 kundan ortiq bo‘lsa, taklif qiluvchi (qabul qiladigan) shaxslarning, tashkilotlarning yozma murojaati asosida ro‘yxatdan o‘tkazilishlari kerak. Bildirishnomalar chet el fuqarolari joylashgan paytda, ichki ishlar organlariga murojaat esa bayram va dam olish (yakshanba) kunlarini hisobga olmagan holda uch sutkadan kechiktirmasdan berilishi zarur. O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy ishlar bo‘yicha, fuqarolarning takliflari bilan turgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiskadan o‘tkazish chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni notijorat maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan (qabul qiladigan) va ularga uy-joy maydoni bergan jismoniy shaxslar tomonidan: agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati to‘liq 30 kundan oshmasa, hududiy ichki ishlar organlarini Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat etish vositasida xabardor qilish yo‘li bilan; agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 kundan ortiq bo‘lsa, hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 30 kungacha vaqtincha propiskadan o‘tkazish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar Das
237
63,570
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kuzatuv punktlarini jihozlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq; 2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash dasturi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar dasturlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: qurilish va rekonstruksiya qilish qismi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi, shuningdek, 2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi o‘rinlarda “O‘zgidromet” deb ataladi) uchun nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; kapital ta’mirlash va moddiy-texnik bazani mustahkamlash qismi bo‘yicha — “O‘zgidromet”ni saqlab turish uchun har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning qarzlari va grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 3. “O‘zgidromet” ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlar doirasida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi binolarni, inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish sifatiga rioya etilishi ustidan zarur davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zgidromet” buyurtmalari bo‘yicha yangi gidrometorologik stansiya va postlar qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zgidromet”ga 2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kuzatuv punktlarini jihozlash dasturini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning beg‘araz texnik ko‘magi (grantlar) jalb qilinishiga ko‘maklashsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi “O‘zgidromet” buyurtmalariga asosan ushbu qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan xorijda ishlab chiqarilgan mol-mulk o‘z vaqtida sotib olinishini ta’minlasin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov va O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga yuklansin.
130
3,133
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining хarajatlari va daromadlari boʻyicha hisobot berdi
Oliy Majlis Senatining XIX yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2021 yilning birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi. 2021 yil yanvar-iyun oylarida respublikamiz iqtisodiyotining YaIM hajmi 6,2%ga oʻsib, dunyoda kechayotgan pandemiyaga qaramay 318,5 trln soʻmni tashkil etdi. Iqtisodiy oʻsish sanoatda 8,5%, qurilishda 0,1%, qishloq, oʻrmon va baliq хoʻjaligida 1,8% hamda хizmatlarda 8%ga oʻsgan. Inflyatsiya darajasi yil boshidan 4,4%ni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa - 10,9%ni tashkil etgan. Davlat byudjeti daromadlari 2021 yil birinchi yarim yilligida 74,9 trln soʻmni, хarajatlari - 79 trln 331,9 mlrd soʻmni tashkil etib, prognozga nisbatan 107,% ga yoki 5,4 trln soʻmga oshirib bajarilgan. Daromadlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16,7 trln soʻmga oshgan. QQS boʻyicha joriy yil yanvar-iyun oylarida soliq toʻlovchilarga respublika byudjetidan 7,6 trln soʻm, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6 barobardan koʻp mablagʻ qaytarib berilgan. Davlat byudjetining 2021 yil birinchi yarim yilligi хarajatlari davlat maqsadli jamgʻarmalarisiz 79 trln 331,9 mlrd soʻmni aniqlangan reja koʻrsatkichlariga nisbatan 96,9% yoki YaIM ga nisbatan 24,9%ni tashkil etgan. Hisobot davrida mahalliy byudjetlar daromadlar qismi prognozga nisbatan 118,9%, хarajatlar qismi rejaga nisbatan 97,3%ga ijro etilgan. Mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish boʻyicha hukumat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mahalliy byudjetlar daromad koʻrsatkichi 2 trln 639 mlrd soʻm ortigʻi bilan ijro etilgan. 2021 yilda davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari yillik prognozga nisbatan 44%ga bajarilgan. Bu ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirish imkonini bergan. Majlis davomida byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.  Xususan, Moliya vazirligiga quyidagi vazifalar yuklandi: Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.
89
2,147
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisobl
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403- sonli qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 11-maydagi PF-5041-sonli Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari” so‘zlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-sonli Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “mahsulotlarini qayta ishlash xamda iste’mol tovarlari” so‘zlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-sonli Farmoni 4-ilovasida: a) “Davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha yig‘ma guruh tarkibi” bo‘limida: 7 va 8-bandlar kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari YATD mudiri 8. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘likni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD mudiri”; 11-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri”; 13 — 16-bandlar kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “13. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari ATD mudiri 14. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari ATD mudiri 15. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari ATD mudiri 16. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari ATD mudiri”; b) “Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 1-ishchi guruh tarkibi” bo‘limining 5-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari YATD mudiri”; v) “Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati sohasida davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 2-ishchi guruh tarkibi” bo‘limining 4-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari ATD mudiri”; g) “Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 3-ishchi guruh tarkibi” bo‘limining 3-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari ATD mudiri”; d) “Sog‘likni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 4-ishchi guruh tarkibi” bo‘limida: 3-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD mudiri”; 10-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD bosh mutaxassisi”; e) “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringini hamda chet el investitsiyasi jalb etilishini muvofiqlashtirish, tashki iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 5-ishchi guruhi tarkibi” bo‘limining 3-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari ATD mudiri”; j) “Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash xamda iste’mol tovarlari sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 7-ishchi guruh tarkibi” bo‘limining 2-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri”; z) “Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 9-ishchi guruhi tarkibi” bo‘limining 2-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari ATD mudiri”. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv ta’minoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-sonli qarorining rus tilidagi matnida 4-ilovaning to‘qqizinchi xatboshidagi “razvitiya, strukturnix preobrazovaniy, privlecheniya inostrannix investitsiy i kompleksnogo razvitiya territoriy” so‘zlari “analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-sonli qarorida: a) 1-bandi: birinchi xatboshi chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin; birinchi xatboshidan “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 2-bandi: birinchi xatboshidan “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidan “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin; yettinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “Vazirlar Mahkamasi apparatining unga bevosita bo‘ysunuvchi tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari apparatlari ishini muvofiqlashtiradi”; v) 3-banddan “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 4- va 6-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o‘zlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matni: a) 4-bandida: “i” kichik bandning birinchi xatboshidagi “Svodniy informatsionno-analiticheskiy departament po voprosam makroekonomicheskogo razvitiya, strukturnix preobrazovaniy, privlecheniya inostrannix investitsiy i kompleksnogo razvitiya territoriy” so‘zlari “Informatsionno-analiticheskiy departament po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma” so‘zlari bilan almashtirilsin; “k” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 18-bandning beshinchi xatboshi va 36-banddagi “so Svodnim informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam makroekonomicheskogo razvitiya, strukturnix preobrazovaniy, privlecheniya inostrannix investitsiy i kompleksnogo razvitiya territoriy” so‘zlari “s Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 30-bandning ikkinchi xatboshi, 32-bandning uchinchi xatboshi, 33-bandning to‘rtinchi xatboshi va 35-bandning yettinchi xatboshidagi “Svodniy informatsionno-analiticheskiy departament po voprosam makroekonomicheskogo razvitiya, strukturnix preobrazovaniy, privlecheniya inostrannix investitsiy i kompleksnogo razvitiya territoriy” so‘zlari “Informatsionno-analiticheskiy departament po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashning samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-sonli qarorining rus tilidagi matnida: a) 2-ilovaning to‘rtinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “po doljnosti — glavniy spetsialist NAD po voprosam obrazovaniya, zdravooxraneniya, ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan, sekretar komissii”; b) 3-ilovaning 10-bandidagi “i sotsialnoy zaщiti” so‘zlari “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi “i” kichik bandidagi “Tashki iqtisodiy faoliyat. xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risida nizomning rus tilidagi matnining 10-bandidagi “molodejnoy politiki, kulturi” so‘zlari “razvitiya” so‘zi bilan almashtirilsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-sonli qarori 2-ilovasining rus tilidagi matni: a) birinchi xatboshidagi “zamestitel Premyer-ministra” so‘zlari “Premyer-ministr” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) o‘ttiz oltinchi xatboshidagi “molodejnoy politiki, kulturi” so‘zlari “razvitiya” so‘zi bilan almashtirilsin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-sonli qarori 4-ilovasining rus tilidagi matni o‘n ikkinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “po doljnosti — zaveduyuщiy Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov, sekretar Rabochey gruppi”. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-sonli qarorining 1-bandidagi “Sog‘liqni saqlash” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matnining 8-bandi “i” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “razvitiya, strukturnix preobrazovaniy i privlecheniya inostrannix investitsiy” so‘zlari “analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa” so‘zlari bilan almashtirilsin. 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-sonli qarori 6-ilova rus tilidagi matnining o‘n uchinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon qilinsin: “po doljnosti — zaveduyuщiy Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam razvitiya mashinostroyeniya, avtomobilnoy, elektrotexnicheskoy, oboronnoy, xlopkopererabativayuщey i legkoy promishlennosti, standartizatsii produksii Kabineta Ministrov”. 25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-sonli qarori rus tilidagi matnining 3-ilovasi: o‘ninchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “po doljnosti — zaveduyuщiy Svodnogo NAD Kabineta Ministrov po voprosam makroekonomicheskogo analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa Kabineta Ministrov”; o‘n uchinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “zaveduyuщiy sektorom Svodnogo NAD Kabineta Ministrov po voprosam makroekonomicheskogo analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa Kabineta Ministrov, sekretar Komissii”. 26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-sonli qarori 5-ilovasi rus tilidagi matnining o‘n to‘rtinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “po doljnosti — zaveduyuщiy Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov, sekretar Komissii”. 27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3025-sonli qarori rus tilidagi matnining 4-ilovasi o‘n birinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “po doljnosti — zaveduyuщiy Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov, otvetstvenniy sekretar Rabochey gruppi”. 28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3026-sonli qarori rus tilidagi matnining 12-ilovasi o‘n birinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “po doljnosti — zaveduyuщiy sektorom Informatsionno-analiticheskogo departamenta po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov, otvetstvenniy sekretar komissii”. 29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-sonli qarori 4-ilovasining 11 va 12-bandlari kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Lavozimi bo‘yicha — Qishloq va su v xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti sho‘ba mudiri 12. Lavozimi bo‘yicha — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti sho‘ba mudiri, Ishchi guruh kotibi”. 30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli ta’minlashning kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-sonli qarori rus tilidagi matnining 1-ilovasi o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilari kuyidagi tahrirda bayon qilinsin: “po doljnosti — zaveduyuщiy Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov Respubliki O‘zbekiston po doljnosti — glavniy spetsialist Informatsionno-analiticheskogo departamenta po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov Respubliki O‘zbekiston, sekretar komissii”. 32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli qarori 1-ilovasining “Mas’ul shaxslar” ustunidagi “Rozuqulov U.U. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi” so‘zlari “Otajanov N.S. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-sonli qarori rus tilidagi matnining 3-ilovasi 12-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Po doljnosti — zaveduyuщiy SPAD Kabineta Ministrov po voprosam makroekonomicheskogo analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa Kabineta Ministrov, sekretar komissii”. 34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-noyabrdagi PQ-3388-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-sonli qarori 5-ilovasining 5-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Lavozimga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”. 36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining direktorlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida” 2005-yil 28-fevraldagi F-2146-sonli farmoyishining rus tilidagi matnida: a) 2-ilova 14-bandining o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “i sotsialnoy zaщiti” so‘zlari “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-ilovada: 9-banddagi “i sotsialnoy zaщiti” so‘zlari “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-bandning birinchi xatboshidagi “i sotsialnoy zaщiti” so‘zlari “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1-ilovadagi “IA Departament obrazovaniya, zdravooxraneniya i sotsialnoy zaщiti” so‘zlari “IAD po voprosam obrazovaniya, zdravooxraneniya, ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 4-fevraldagi PF-3568-sonli Farmonini qisman o‘zgartirish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PF-3636-sonli Farmoni. 2. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 25-maydagi PF-4114-sonli Farmoni ilovasining 6-bandi. 3. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni 1-ilovasining 15-bandi. 4. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini uz kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni 1-ilovasining 3-bandi. 5. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4495-sonli Farmoni ilovasining 4-bandi. 6. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni 1-ilovasining 31-bandi. 7. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni ilovasining 29-bandi. 8. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2005-yil 27-apreldagi PQ-63-sonli qarori. 10. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-sonli qarori. 12. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-dekabrdagi PQ-762-sonli qarori. 13. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-yanvardagi PQ-770-sonli qarori. 14. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-yanvardagi PQ-772-sonli qarori. 15. “Qishloq xo‘jalik mashinasozligi tarmog‘ini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 4-apreldagi PQ-830-sonli qarori 11-bandining birinchi xatboshisi. 16. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 4-apreldagi PQ-831-sonli qarori ilovasining 4-bandi. 17. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori ilovasining 1 va 2-bandlari. 18. “Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — tashki iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1226-sonli qarori. 19. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1227-sonli qarori. 20. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-yanvardagi PQ-1254-sonli qarori 1-ilovasining 3-bandi. 21. “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-sonli qarorining 8-bandi, shuningdek uning 3-ilovasi. 22. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-sonli qarori. 23. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1711-sonli qarori ilovasining 3 va 9-bandlari. 24. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1798-sonli qarori. 25. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1799-sonli qarori. 26. “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi PQ-1972-sonli qarori 3-ilovasining 4-bandi. 27. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-iyuldagi PQ-2374-sonli qarori. 28. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qarori. 29. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2656-sonli qarori. 30. “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi PQ-2658-sonli qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi. 31. “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2895-sonli qarorining 1-bandi. 32. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-sonli qarori 4-bandining to‘rtinchi — o‘n birinchi xatboshilari, shuningdek uning 4, 5, 7, 8, 10-12 va 15-ilovalari. 33. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-sonli qarori 3-bandining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari, shuningdek uning 1 va 3-ilovalari. 34. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3235-sonli qarori. 35. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-oktabrdagi F-2597-sonli farmoyishi. 36. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 21-sentabrdagi F-2836-sonli farmoyishi.
250
29,869
Qonunchilik
“KOSONSOY—TEKMEN” QO‘ShMA KORXONASI FAOLIYATINI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Turkiyaning “Timi” firmasi – “Kosonsoy—Tekmen” qo‘shma aksiyadorlik korxonasining xorijiy muassisi korxonani tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslashlarga muvofiq zarur darajada boshqarishni ta’minlamadi, bu uning faoliyati to‘xtashiga olib keldi. Qo‘shma korxona faoliyatini tiklash, mahalliy xomashyoni qayta ishlash asosida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, raqobatbardoshli, yuqori sifatli jun gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirish, ular bilan ichki iste’mol bozorini to‘ldirishni ta’minlash hamda eksportga mahsulot yetkazib berishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: kreditorlar (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi) yig‘ilishi qaroriga ko‘ra Namangan viloyati xo‘jalik sudi tomonidan “Kosonsoy—Tekmen” qo‘shma aksiyadorlik korxonasi, tashqi boshqaruv tartibotini joriy etgan holda, bankrot deb e’lon qilinganligi; tashqi boshqaruv davriga kreditorlar yig‘ilishi tomonidan jun gazlamalar ishlab chiqarish va sotishning xalqaro tarmog‘iga ega bo‘lgan Avstriyaning “Tiroler Loden” kompaniyasi tender asosida, keyinchalik loyihada aksiyador sifatida qatnashish huquqi bilan “Kosonsoy—Tekmen” qo‘shma aksiyadorlik korxonasining bosh boshqaruvchisi etib tayinlanganligi; Avstriyaning “Tiroler Loden” kompaniyasi tomonidan korxonani ikki yil mobaynida moliyaviy barqaror korxonalar razryadiga chiqarishni, 600 dan ziyod ish o‘rinlarini tiklashni, jun gazlamalar ishlab chiqarishni yiliga 2 million pogon metrdan ko‘proqqa (ulardan kamida 500 ming pogon metri kompaniya tomonidan eksportga sotiladi) yetkazishni nazarda tutuvchi biznes-reja ishlab chiqilganligi, shuningdek kasanachilik tartibida qo‘lda gilam to‘qish uchun ip kalavalari ishlab chiqarishni tashkil etishi; “Tiroler Loden” kompaniyasi yakunlovchi texnologik sikllarda mahsulot sifatini yaxshilaydigan maxsus asbob-uskunalar, shuningdek ishlab chiqarishning to‘liq tiklanishini ta’minlovchi ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar yetkazib berish majburiyatini olganligi; “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan “Tiroler Loden” kompaniyasi bilan birgalikda tarmoq korxonalarida tayyor tikuvchilik buyumlari, shu jumladan jun gazlamalardan foydalangan holda respublikaning ichki maxsus iste’molchilari uchun xizmat kiyim-boshlari tikish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Ishlab chiqarish faoliyatini tiklash davrida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va kelgusida qo‘shma korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida “Kosonsoy—Tekmen” qo‘shma aksiyadorlik korxonasi uchun 5 yil muddatga: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-yanvardagi 14-son qaroriga muvofiq qo‘shma korxonaga berilgan imtiyozlar saqlanib qolishi; “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatidan xohishga ko‘ra yo milliy valyutaga ichki bozor narxlari bo‘yicha, yoxud erkin muomaladagi valyutaga tolani eksportga sotish narxlari bo‘yicha poliakril (nitron) tola sotib olishga; tasdiqlangan biznes-rejaga muvofiq asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, xomashyo va boshqa moddiy-xomashyo resurslari xarid qilishni moliyalashtirish uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha xorijiy banklardan hamda respublika tijorat banklaridan milliy va xorijiy valyutada kreditlar olishga ruxsat berilishi belgilab qo‘yilsin. 3. “Kosonsoy—Tekmen” qo‘shma aksiyadorlik korxonasi yer, mulk soliqlaridan, suv resurslaridan foydalanish, infratuzilmani rivojlantirish, reklama, ekologiya soliqlaridan, shuningdek o‘z ishlab chiqarishi uchun respublikaga olib kelinadigan texnologik asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar, kimyoviy moddalar va boshqa moddiy-xomashyo resurslari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) istisno tariqasida 5 yil muddatga ozod qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Namangan viloyatining Kosonsoy shahridagi kamvol va kard gazlamalar, jun adyollar hamda qo‘lda gilam to‘qish uchun ip kalavalari ishlab chiqaruvchi korxonani zamonaviylashtirish va tiklash loyihasini to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga O‘zbekiston Respublikasining 2003-2004-yillar uchun investitsiya dasturiga kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Milliy xavfsizlik xizmati “Kosonsoy—Tekmen” qo‘shma aksiyadorlik korxonasidan respublikaning ichki maxsus iste’molchilari uchun jun va yarim jun gazlamalarni belgilangan tartibda xarid qilishni amalga oshirsinlar. 6. “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Tiroler Loden” kompaniyasi ofisini joylashtirish uchun zarur maydonlar, ko‘rgazma maydonlari va namoyish zali ajratishda ko‘maklashsin. 7. Namangan viloyati va Kosonsoy tumani hokimliklari korxonaga va xorijiy investorga — Avstriyaning “Tiroler Loden” kompaniyasiga ishlab chiqarish faoliyatini, infratuzilma obyektlarining uzluksiz ishlashini hamda transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etishda doimiy ravishda ko‘maklashsinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi “Tiroler Loden” kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan “Tiroler Loden” kompaniyasining “Kosonsoy—Tekmen” qo‘shma aksiyadorlik korxonasida ishlash uchun jalb etilgan xorijiy xodimlariga, ularni davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda ko‘p martalik vizalar berilishini amalga oshirsinlar. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
87
5,858
Qonunchilik
Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Bojxona ma’muriyatchiligini yangi bosqichga olib chiqish, bojxona va yuk operatsiyalarini raqamli transformatsiya qilish orqali inson omilini keskin qisqartirish, bojxona sohasini ochiqlik, shaffoflik hamda ishonchlilik tamoyillari asosida korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida: 1. Quyidagilar: 2022-yilda bojxona organlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq; 2022-2023-yillarda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq; Davlat bojxona qo‘mitasi tizimidagi faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: a) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab xavf darajasi past bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyalarini bosqichma-bosqich inson omilisiz avtomatik ravishda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish hajmi oshirib boriladi, 2023-yil 1-yanvarga qadar eksportda ushbu ko‘rsatkich 80 foizga yetkaziladi; b) 2022-yil 1-iyulga qadar “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti”da, 2022-yil 1-oktabrga qadar “Termiz” xalqaro aeroporti”da hamda 2023-yil yakuniga qadar respublikaning qolgan barcha xalqaro aeroportlarida “Samarqand” xalqaro aeroporti” tajribasi asosida joriy etiladi; v) 2022-yil 1-dekabrdan boshlab: bojxona ko‘rigi jarayonlarini qamrab olgan mobil elektron tizim ishga tushiriladi; bojxona xizmatlari to‘liq raqamlashtirilgan holda, “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 40 taga yetkaziladi. 3. Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Davlat bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda temir yo‘l orqali keladigan tovarlar bo‘yicha ma’lumotlarni oldindan elektron almashish tizimini to‘liq yo‘lga qo‘ysin. 4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi mazkur Farmonning 1-2-ilovalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar: 2022-yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini boshlash uchun joriy yil O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida II va III chorak yakunlari bilan o‘zlashtirilmagan va tanlov (tender) savdolari natijasiga ko‘ra iqtisod qilingan mablag‘larni qayta taqsimlash hisobiga ajratilishini; 2023-yil va kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olinishini ta’minlasin. 5. Davlat bojxona qo‘mitasining mazkur Farmonga 4-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi Bojxona organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin: 2022-yil 1-iyunga qadar kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash hamda tanlov jarayonlarining natijalari Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida e’lon qilib borilishini ta’minlash; 2022-yil 1-iyuldan bir bojxona postida uch yildan ortiq xizmat o‘tagan xodimlarni rotatsiya qilish tartibini joriy etish; 2022-yil 1-sentabrga qadar xalqaro standartlarga muvofiq komplaens nazorat tizimini to‘laqonli ishga tushirish hamda ushbu tizim bo‘yicha xodimlarning bilim va malakasini oshirib borish; 2022-yil 1-oktabrga qadar bojxona yuk deklaratsiyalarini “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlarida rasmiylashtirish tartibini joriy qilish; 2022-yil 1-dekabrga qadar bojxona organlarida korrupsion xavflarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini yaratish; 2023-yil 1-yanvardan boshlab bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etish. 6. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxonov) 2023-yil 1-yanvarga qadar: Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini muntazam ravishda reyting baholashdan o‘tkazib borsin; reyting baholash natijalariga ko‘ra, bojxona organlarida korrupsiyaning oldini olish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirsin. 7. Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, uning o‘rinbosarlari va hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam berish maqsadida har oyda kamida ikki marotaba joylarga chiqqan holda uchrashuvlar tashkil etish amaliyotini yo‘lga qo‘yilsin. 8. 2022-yil 1-dekabrdan boshlab, bojxona organlari xodimlari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda reyting asosida baholash orqali ularni Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish tizimi joriy etilsin: baholash jarayonlarini axborot tizimlari orqali har yarim yil yakuni bo‘yicha amalga oshirish; reyting natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xodimlarga keyingi baholash yakunlari e’lon qilingunga qadar lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash. 9. Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, odob-ahloq qoidalari va IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qitish reja-jadvali 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 10. Davlat bojxona qo‘mitasi: 2022-yil 1-iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bojxona organlari xodimlari uchun hududlarda xizmat uylarini qurish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 2022-yil 1-sentabrga qadar kontrabanda hamda boshqa qonunbuzarlik holatlarini aniqlagan va yuritgan, shuningdek, undirilgan qo‘shimcha bojxona to‘lovlarini aniqlagan bojxona xodimini rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etsin; 2022 — 2024-yillarda bojxona organlari tizimida ayol xodimlar ulushini kamida ikki baravar oshirish choralarini ko‘rsin. 11. Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligining bojxona to‘lovlarini kamaytirish bilan bog‘liq bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan shaxslar uchun qo‘llaniladigan jinoiy va ma’muriy jarimalarni yetkazilgan zarar miqdoridan kelib chiqqan holda belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-avgustga qadar bojxona to‘lovlarining kamayishiga olib kelgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun jarimalarni yetkazilgan zarardan kelib chiqib belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 12. Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligining Davlat bojxona qo‘mitasi huzurida “Bojxona-servis” davlat muassasasi hamda uning hududiy bo‘limlarini (keyingi o‘rinlarda — “Bojxona-servis”) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Bojxona-servis” faoliyatini tashkil etish hamda uni moliyalashtirish manbalarini belgilashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklarni saqlash va realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan bino va inshootlarni ajratish masalasi nazarda tutilsin. 13. Mazkur Farmonning 1 va 2-ilovalari doirasida respublikaga olib kelinadigan qurilma va uskunalar, shu jumladan server va kompyuter texnikalari, dasturiy mahsulotlar, apparat-dasturiy komplekslar, o‘quv va laboratoriya uskunalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar 2026-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin. 14. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini ochib berish bo‘yicha materiallar, eshittirishlar va tematik teledasturlar e’lon qilinishini tashkil etsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 7-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Davlat bojxona qo‘mitasi raisi A.Y. Mavlonov belgilansin. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5414-son Farmoni 5-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: bojxona qonunchiligini takomillashtirishda bojxona organlarining yagona pozitsiyasini shakllantirish; Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari hamda tavsiyalarini tahlil qilgan holda bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish; bojxona qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish hamda huquqiy normalarni o‘zboshimchalik bilan, subyektiv va tanlov asosida talqin qilish holatlarini istisno etish yuzasidan takliflar tayyorlash; bojxona sohasida huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va shart-sharoitlarini tizimli tahlil qilishni tashkil etish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; bojxona ishi hamda bojxona organlari xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, ularni O‘zbekiston Respublikasida joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash. Boshqarma xodimlariga (boshqa davlat organlari va tashkilotlariga xizmat safariga yuborilganlar bundan mustasno) lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama haq belgilansin. Bunda, mazkur ustama qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar bilan bir qatorda Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6005-son Farmoni 6-bandi “a” kichik bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) Bojxona auditi boshqarmasi tashkil etilsin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3665-son qarorida: a) 3-banddagi “266” raqami “290” raqami bilan almashtirilsin; b) 4-bandda: ikkinchi xatboshi “umumiy shtat birliklari” so‘zlaridan keyin “va mehnatga haq to‘lash fondi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “umumiy shtat birliklari va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Milliy kinologiya markazi, shuningdek, bojxona postlarining tashkiliy tuzilmasida nazarda tutilmagan tarkibiy tuzilmalarni tashkil etish hamda mavjud tarkibiy tuzilmalarni qayta tashkil etish va tugatish; Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; zarur hollarda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi va o‘rinbosarlarining tarkibiy tuzilmalar ustidan mutasaddiligini o‘zgartirish”; uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) 1 — 7-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: g) 9-ilovada: 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida bo‘sh lavozimlar soni va saralash tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida e’lonlar (arizalarni qabul qilish muddati, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilgan holda) ommaviy axborot vositalarida, jumladan bojxona organlarining rasmiy veb-saytlarida yoritiladi”; 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Xizmatga qabul qilish DBQ raisi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq, tanlov (dastlabki va yakuniy saralash) asosida amalga oshiriladi. Saralashni amalga oshirish maqsadida, DBQ markaziy apparatida qabul komissiyasi, hududiy va tarkibiy tuzilmalarda o‘rganish komissiyalari tashkil etiladi”; 8 — 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Xizmatga kirish istagini bildirgan shaxs (keyingi o‘rinlarda — nomzod) saralash tadbirlarida ishtirok etadi. Nomzodlarni dastlabki saralash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: a) dastlabki test sinovlari; b) psixologik o‘rganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash); v) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; g) nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish); d) tibbiy ko‘rik. Nomzodlarga xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyalariga yo‘llanma beriladi. e) maxsus tekshiruv. Nomzod DBQning rasmiy veb saytida yaratilgan elektron xizmat orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi va belgilangan ma’lumotlarni tizimga kiritadi. Dastlabki test sinovi va psixologik o‘rganish bosqichlari axborot tizimlaridan foydalangan holda, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash esa sport maydonlarida o‘tkaziladi, barcha bosqichlar topshiriqlari nomzodlardan bir marotaba qabul qilinadi. Saralashning dastlabki test sinovi va psixologik o‘rganish bosqichi bo‘yicha nomzodlarning qayd etgan natijalari onlayn tarzda, qolgan bosqichlari natijalari esa sinov qabul qilingan kunda DBQning veb-saytida e’lon qilib boriladi. Maxsus tekshiruv hamda davlat siri bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi. Saralashning keyingi bosqichiga o‘tganligi yoki rad etilganligi haqida nomzodning shaxsiy kabinetiga ma’lumot yuboriladi. Ushbu Nizomda belgilangan talablarga mos kelmagan, saralash bosqichlaridan o‘ta olmagan yoki o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar bergan, shuningdek mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan nomzodlarni xizmatga qabul qilish rad etiladi. 9. Dastlabki test sinovi, psixologik o‘rganish va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod o‘zining doimiy yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidagi bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi: xizmatga qabul qilish to‘g‘risida ariza; anketa-ma’lumotnoma; o‘qish, ish (nomzod o‘qisa yoki ishlasa) joyidan tavsifnoma; harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi). Xizmat xususiyatidan kelib chiqib, hamda ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida, nomzod yoki mutasaddi tashkilotlardan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar olinishi mumkin. 10. Quyidagilar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas: muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar; xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan fuqarolar; boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar; sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar”; 12-banddagi “yozma ravishda” so‘zlari “DBQ veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin; 20-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan harbiy tuzilmalar harbiy xizmatchilari va xodimlari ushbu vazirlik va idoralarning birinchi rahbari bilan kelishilgan holda bojxona organlarida xizmatni davom ettirish uchun o‘tkazilishi mumkin. Harbiy xizmatchilar va xodimlarni bojxona organlariga o‘tkazish faqat ularning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi”; 25-bandning birinchi xatboshisidagi “katta serjant” so‘zlari “bojxona xizmati katta serjanti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 27-banddagi “mayor” so‘zi “bojxona xizmati mayori” so‘zlari bilan almashtirilsin; 28-banddagi “polkovnik” so‘zi “bojxona xizmati polkovnigi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 29-bandning birinchi xatboshisidagi “Leytenant” so‘zi “Bojxona xizmati leytenanti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “31. Maxsus unvonda xizmatni o‘tash muddatlari quyidagicha belgilanadi: “bojxona xizmati kichik serjanti” — ikki yil; “bojxona xizmati serjanti” — ikki yil; “bojxona xizmati katta serjanti” — muddatsiz; “bojxona xizmati leytenanti” — ikki yil; “bojxona xizmati katta leytenanti” — ikki yil; “bojxona xizmati kapitani” — uch yil; “bojxona xizmati mayori” — to‘rt yil; “bojxona xizmati podpolkovnigi” — besh yil. “Bojxona xizmati polkovnigi” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi”; 39-banddagi “kapitan” va “mayor” so‘zlari tegishincha “bojxona xizmati kapitani” va “bojxona xizmati mayori” so‘zlari bilan almashtirilsin; 42-bandning birinchi xatboshisidagi “leytenant” so‘zi “bojxona xizmati leytenanti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 58-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Bojxona posti xodimlari bitta postda 3 yil xizmat qilgandan so‘ng, DBQ markaziy apparati, boshqa tarkibiy tuzilmalar va bojxona postlariga teng lavozimga rotatsiya tartibida o‘tkaziladi. Bunda rotatsiya tartibida o‘tkazilgan lavozim bo‘yicha belgilangan maxsus unvon yoki lavozim maoshi miqdori rotatsiya tartibida o‘tkazilgunga qadar egallagan lavozimi bo‘yicha belgilangan maxsus unvon yoki lavozim maoshidan kam bo‘lgan taqdirda xodim quyi lavozimga o‘tkazilgan hisoblanmaydi. Agar bojxona organlari xodimini yangi xizmat joyiga o‘tkazilayotganda oilasining turar joyi o‘zgarsa hamda xotini (eri) ham bojxona organlari xodimi bo‘lsa, unda xodimni yangi xizmat joyiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda xotinini (erini) ham ushbu joyga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi”; 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “60. Bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar (BI bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tadi. Qayta tayyorlash kursining muddati DBQ raisi tomonidan belgilanadi”; 61-bandning ikkinchi xatboshisidagi “har ikki yilda” so‘zlari “DBQ raisining buyrug‘iga muvofiq belgilangan muddatda” so‘zlari bilan almashtirilsin; 67-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “67. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida, shuningdek uning roziligiga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoxud yuqori turuvchi organlarning buyrug‘i bo‘yicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, xalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojxona organi xodimi o‘z majburiyatlarini bajarish davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda — kadrlar zaxirasi), agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona organlaridagi pul ta’minoti saqlanmagan holda kiritiladi”; 69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “69. Xodim saylangan (tayinlangan, yuborilgan) davlat organi yoki uning tasarrufidagi tashkilot mazkur xodimga u saylanguniga (tayinlanguniga, yuborilguniga) qadar egallab turgan oxirgi lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti to‘lanishini ta’minlaydi, shuningdek xizmat yillari uchun ustama va maxsus unvon bo‘yicha maosh to‘laydi”; quyidagi mazmundagi 701-band bilan to‘ldirilsin: “701. DBQ raisining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy ta’lim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga yuborilgan bojxona organi xodimi o‘qish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi”; 89-bandning xatboshisidagi “uch” so‘zi “olti” so‘zi bilan almashtirilsin; 90-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida beriladigan kasallik bo‘yicha ta’til yoki mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan holda davolanishda bo‘lish davrida xodimning pul ta’minoti saqlanadi”; 94-band “o‘n” so‘zidan keyin “kalendar “so‘zi bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi 1161 — 1163-bandlar bilan to‘ldirilsin: “1161. Bojxona organlari xodimlariga oylik pul ta’minoti joriy oy yakunigacha to‘lanadi. Quyidagi hollarda oylik pul ta’minoti muddatidan oldin to‘lab berilishi mumkin: xodimning mehnat ta’tiliga ketishida — mehnat ta’tiliga ketishidan uch ish kuni oldin joriy va keyingi oy uchun; xodimning xizmat safariga ketishida — xizmat safariga ketishidan uch ish kuni oldin joriy oy uchun. 1162. Xodimlarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi har oylik ustamalar to‘lanadi: a) ish yuklama hajmi va xizmat sharoitlarini hisobga olgan holda: toifadan tashqari bojxona postlarida — lavozim maoshining 40 foizi miqdorida; birinchi toifali bojxona postlarida — lavozim maoshining 35 foizi miqdorida; ikkinchi toifali bojxona postlarida — lavozim maoshining 30 foizi miqdorida; b) bojxona postining toifasidan qat’iy nazar, alohida xizmat sharoitlaridagi bojxona postlarida xizmatni o‘tayotganlik uchun kinologiya guruhlariga – lavozim maoshining 20 foizi miqdorida; v) chegara bojxona postlaridagi inspeksion ko‘rik majmualari (skaner) bilan ishlash guruhlari xodimlariga boshqa ustamalarga qo‘shimcha ravishda zararli mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshining 40 foizi miqdorida. 1163. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xodimlarning quyidagi shakllardagi ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi: xodimning kasallikdan davolanishi uchun — lavozim maoshining o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish; xodim yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari) davolanish yoki operatsiya qildirish, ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) ikki yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorda yiliga bir marotaba moddiy yordam berish; sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish va dam olish uchun — lavozim maoshining to‘rt baravari miqdorigacha moddiy yordam berish; o‘zi yoki ota-onasi, farzandlarining to‘ylari hamda yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari) dafn marosimlarini o‘tkazish uchun — lavozim maoshining ikki baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam berish; xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xolda xodim vafot etganda uning lavozim maoshining uch baravari miqdorda oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam ajratish; uy-joyga ega bo‘lish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun — besh yildan oshmaydigan muddatga BHMning ming baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish; bojxona organlarida amaliy xizmat staji 8 yildan ortiq bo‘lgan, xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarga mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun BHMning 300 baravaridan oshmagan miqdorda 3 yil muddatga foizsiz qarz berish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘larining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga ajratiladigan qismi DBQ raisi o‘rinbosari rahbarligida tashkil etiladigan markaziy komissiya va bojxona organlari boshlig‘i o‘rinbosari rahbarligida tashkil etiladigan hududiy komissiyalarning xulosalari asosida qabul qilinadigan buyruqqa muvofiq maqsadli sarflanadi. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga sarflangan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar xodimlar kesimida maxsus axborot tizimiga kiritib boriladi”; 118-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “118. Bojxona organlari xodimlariga ish haqi fondi va DBQning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mukofotlar beriladi. Bojxona organlari xodimlari quyidagilar uchun: a) bir oy davomida respublika hududiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan va baholangan qiymati BHMning 200 baravaridan yuqori bo‘lgan tovarlarni aniqlaganligi uchun — bojxona organlarining yagona fond mablag‘lari hisobidan tovar qiymati BHMning 200 baravaridan oshgan qismining 1 foizi, lekin oylik rag‘batlantirish miqdori BHMning 10 baravaridan oshmagan miqdorida; b) muomaladan chiqarilgan va (yoki) muomalasi cheklangan ashyolarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq holatlarni aniqlaganligi va ularning oldini olganligi uchun – bojxona organlarining yagona fond mablag‘lari hisobidan BHMning 1 baravaridan 100 baravarigacha miqdorida; v) aniqlangan huquqbuzarlik natijasida Davlat budjetiga bir oy davomida undirilgan qo‘shimcha bojxona to‘lovlari BHMning: 200 baravaridan oshgan taqdirda, oshgan qismning 1 foizi, biroq BHMning 10 baravaridan oshmagan miqdorida; 1 000 baravaridan 4 000 baravarigacha bo‘lgan taqdirda, BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorida; 4 000 baravaridan oshgan taqdirda, BHMning 100 baravarigacha miqdorida DBQning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mukofotlanadi. Xodimlarni mukofotlash va rag‘batlantirish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi”; quyidagi mazmundagi 1201 — 1206-bandlar bilan to‘ldirilsin: “1201. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari DBQ raisining tavsiyanomasi asosida: belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — oliy ta’lim muassasalari) bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar; Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va DBQ tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari) qabul parametrlaridan tashqari dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalariga muvofiq qabul qilinadilar. 1202. DBQ raisi: xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan bojxona organlari xodimlarining to‘lov-kontrakt (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori bundan mustasno) asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatida (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim olayotgan farzandlariga — qolgan o‘quv davri to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdorining to‘liq hajmini; xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining to‘lov-kontrakt (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori bundan mustasno) asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatida (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim olayotgan farzandlariga — to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdorining ellik foizi miqdorini DBQning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lab berish huquqiga ega. 1203. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga o‘qishga kirish uchun: respublika davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi; oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga belgilangan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi. 1204. Mazkur Nizomning 1203-bandiga muvofiq respublika davlat oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul parametrlari asosida kirish hamda davlat granti asosida ta’lim olish huquqi bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan, bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning tegishli tavsiyanomalarga ega bo‘lgan farzandlariga beriladi. Xodimlarning farzandlari uchun ajratilgan ikki foizli qabul parametrlari doirasida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish DBQ raisining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida o‘ttiz foizini to‘plagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi. Xodimlarning farzandlari uchun ajratilgan ikki foizli qabul parametrlari doirasida oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalari, shuningdek, DBQ raisining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi. Xodimlar, shu jumladan xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlarini oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun tavsiyanoma DBQ raisi tomonidan beriladi. Tavsiyanoma bir oliy ta’lim muassasasi, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasasiga bir marta kirishi uchun uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi. Tavsiyanoma blanklari qat’iy hisob hujjati hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lib, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. 1205. Tavsiyanoma berish to‘g‘risida iltimosnoma kiritish borasida qarorlar qabul qilishda xolislikni ta’minlash va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha shaxsiy javobgarlik DBQ raisi zimmasiga yuklanadi. 1206. Mazkur Nizomning 1163-bandi, 118-bandi “v” kichik bandi va 1202-bandida nazarda tutilgan bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘larining 10 foizi ajratiladi. Mazkur mablag‘lar bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarga ham yo‘naltirilishi mumkin; quyidagi mazmundagi 1311-band bilan to‘ldirilsin: “1311. Xodimlar bojxona organlari xizmatidan Qurolli Kuchlar rezerviga yoki iste’foga bo‘shatiladi. Xizmatda bo‘lishning belgilangan chegara yoshiga yetgan yoki harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan bojxona organlari xodimlari iste’foga bo‘shatiladi”; 149-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bojxona organlarining (BI bundan mustasno) mutaxassis, xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi (texnik) lavozimlarining me’yorlari, ularni kiritish shartlari, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlari, bazaviy stavkalari DBQ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi, qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan hollar bundan mustasno”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3995-son qaroriga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 5-bandda: ikkinchi xatboshi “beriladi” so‘zidan keyin “(bundan bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulklar mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulk “Bojxona-servis” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — “Bojxona-servis” DM) va (yoki) uning hududiy bo‘limlariga beriladi.” uchinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin; b) 10-bandning birinchi xatboshisi “1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; v) 18-bandda: birinchi xatboshi “amalga oshiriladi” so‘zlaridan keyin “(bundan bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulklar mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulkni sotish “Bojxona-servis” DM tomonidan amalga oshiriladi”; ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin; uchinchi xatboshidagi “savdo tashkilotlariga” so‘zlari “savdo tashkilotlari va “Bojxona-servis” DMga” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 19-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. Sotiladigan mol-mulk ijro ishini yurituvchi davlat ijrochilari tomonidan tovarga ilova qilinadigan yukxati bilan birgalikda savdo tashkilotlariga, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulklar esa “Bojxona-servis” DMga beriladi. Ijro hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun mol-mulk uning miqdoridan, hajmidan va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib, bir vaqtning o‘zida sotish uchun bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin (bundan bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulk mustasno)”; ikkinchi xatboshidagi “Savdo tashkilotlariga” so‘zlari “Savdo tashkilotlari va “Bojxona-servis” DMga” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “savdo tashkilotiga” so‘zlari “savdo tashkiloti va “Bojxona-servis” DMga” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 20-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bojxona-servis” DM mol-mulkni qabul qilib olish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun sotilgan mol-mulk qiymatining 15 foizi miqdorida savdo chegirmasini o‘z foydasiga ushlab qoladi”; e) 21-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “21. Savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM tomonidan qabul qilingan mol-mulkka (narxi pasaytirilmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan davlat daromadiga o‘tkazilgan zargarlik buyumlaridan tashqari) talab bo‘lmasa va 30 kun mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DM bu haqda davlat ijrochisini yozma ravishda xabardor qiladi, shuningdek davlat ijrochisi, moliya va soliq organlari vakillari ishtirokida uning qiymatining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda arzonlashtiradi. Ayni bir vaqtda mol-mulk sotilganligi uchun savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DMga tegishli bo‘lgan savdo chegirmasi summasi qayta hisob-kitob qilinadi. Arzonlashtirish to‘g‘risida maxsus shakl bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, uning nusxasi moliya, soliq organlariga va ushbu mulkni olib qo‘ygan vako latli organlarga beriladi”; uchinchi xatboshi “savdo tashkiloti” so‘zlaridan keyin “yoki “Bojxona-servis” DM” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; j) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “22. Sotish uchun savdo tashkilotlari yoki Bojxona-servis” DMga beriladigan barcha buyumlar muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart bo‘lgan tovarlar bo‘yicha) va ro‘yxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DMning tovar yorliqlari bilan ta’minlanishi kerak. Buyumlarni juz’iy ta’mirlash, tozalash, tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari yoki “Bojxona-servis” DM hisobiga amalga oshiriladi”; z) 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “52. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari, savdo chegirmasi summasini chiqarib tashlagan holda, sotilishiga qarab savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DM tomonidan tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlaridagi maxsus hisob raqamiga 3 kundan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda o‘tkaziladi. Mol-mulkni sotishdan tushgan summani o‘tkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM kechikkan har bir kun uchun to‘lanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida Sud va adliya organlarining rivojlantirish jamg‘armasiga penya to‘laydi”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1029-son qarorida: a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi “shtat birliklari” so‘zlaridan keyin “va mehnatga haq to‘lash fondi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Institutning magistratura ta’lim yo‘nalishiga qabul qilingan xodimlar Institut tinglovchisi hisoblanadi. Magistraturada o‘qish davrida tinglovchilarning oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda Institutning ixtiyorida qoldiriladi”. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 790-son qarorida: a) 3-bandning oltinchi xatboshisidan “Moliya vazirligi bilan kelishgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: v) 2-ilovada: 7-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “jismoniy va yuridik shaxslarga bojxona ekspertizasi, sertifikatlash bilan bog‘liq hamda boshqa pulli xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, sug‘urta agenti sifatida faoliyat yuritish”; 15-banddan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida”gi PF-3105-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi PF-3159-son Farmoni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi PF-3170-son Farmoni. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5303-son Farmonining 10-bandi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5582-son Farmonining 9-bandi hamda unga 3-ilovaning 5-bandi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-noyabrdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Xayriya hamda boshqa jamg‘armalar va jamiyatlarga,shuningdek, ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va boshqa sho‘ba tuzilmalariga soliqlar, yig‘imlar hamda bojxona to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlarning qo‘llanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyuldagi “Respublikaga iste’mol tovarlari noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 257-son qarori. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 446-son qaroriga 1-ilovaning 7 va 11-bandlari hamda 2-ilovaning 10-bandi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-sentabrdagi “Bojxona organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 263-son qarori. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 253-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 122-son qaroriga 1-ilovaning 114-bandi.
98
42,420
Qonunchilik
Yagona «E-BOZOR» elektron platformasini joriy qilish rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyiha Prezidentning 11.05.2021 yildagi «Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5113-son qaroriga muvofiq hamda respublika bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Bozorlar yoki savdo komplekslarini boshqaruvchi tashkilotining ta’sischilari har qanday yuridik va jismoniy shaхslar, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari boʻlishi mumkinligi belgilanishi nazarda tutilmoqda. 2022 yilning 1 yanvariga qadar 100 ta va undan koʻp turgʻun savdo shoхobchalariga ega boʻlgan barcha bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida davlat soliq хizmati organlarining хodimlari tomonidan yigʻimning toʻliqligini har kuni tekshirgan holda faqat bank tizimi orqali real vaqt rejimida bir martalik yigʻim va ijara toʻlovlari undirilishining avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olinishini majburiy tartibda joriy etish rejalashtirilmoqda. Buning uchun yagona «E-BOZOR» elektron platformasi joriy qilinadi. Nizomga muvofiq bozor Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlagan Rejaga asosan, oʻz hududida arхitektura, shaharsozlik va qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq, shuningdek bozorlarning u yoki bu turiga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda tashkil etiladi. Yangi tashkil etilayotgan bozorlar yoki savdo komplekslari uchun yer maydonlari «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasi orqali belgilangan tartibda ajratiladi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Nargiza Vohidova.
71
1,898
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MOLIYA-IQTISODIY, SOLIQ SOHASIDAGI JINOYATLARGA, JINOIY
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 28-noyabrdagi 415-son qarorining 1, 2, 4, 6-bandlari, shuningdek ushbu qarorga 5-ilovaning 2—4-bandlari; Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 33-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash to‘g‘risida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatida: a) “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Departament boshlig‘i Departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Departament boshlig‘ining o‘rinbosari Departament boshlig‘i yordamchisi Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Bosh inspektor Katta inspektor Inspektor Bo‘lim mudiri Bo‘lim mudiri o‘rinbosari Bosh taftishchi Katta taftishchi Bosh surishtiruvchi Katta surishtiruvchi Katta kriminalist Kriminalist Inspeksiya boshlig‘i Etakchi mutaxassis I toifali mutaxassis”; b) “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalari huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalari” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Boshqarma boshlig‘i Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Bo‘linma boshlig‘i Bo‘lim boshlig‘i Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Katta inspektor Inspektor Bosh taftishchi Katta taftishchi Taftishchi Bosh surishtiruvchi Katta surishtiruvchi Katta kriminalist Kriminalist Bosh mutaxassis I toifali mutaxassis”; v) “tuman prokuraturalari huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limlari” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Bo‘lim boshlig‘i Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Bosh surishtiruvchi Surishtiruvchi Katta inspektor Inspektor”. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 2-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” so‘zlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 1-ilovaning “Kafolatlar mazmuni” ustunining 7-bandi ikkinchi xatboshida “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” so‘zlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 24-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” so‘zlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshidagi va 8-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” so‘zlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Loteriyalar, totolizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarorining 4-bandi to‘rtinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) “Bosh prokuratura huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish” so‘zlari “Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 15-yanvardagi 24-son qarorining 6-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 4-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” so‘zlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda): 3-bandning birinchi xatboshidagi “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” so‘zlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
250
6,019
Qonunchilik
Surxondaryo viloyatida ingichka tolali paxta yetishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ingichka tolali g‘o‘zaning respublika janubiy mintaqalari tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, tezpishar, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, sanoatbop navlarini yaratish hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, resurs tejaydigan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish maqsadida: 1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: g‘o‘zaning ingichka tolali yangi navlarini yaratish va ularning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish; g‘o‘zaning ingichka tolali yangi navlarini yetishtirishda tuproq unumdorligini oshirish va resurs tejaydigan agrotexnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish; qishloq xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, g‘o‘zaning ingichka tolali yangi navlarini yetishtiruvchi subyektlarning malakasini oshirish; yetakchi mahalliy va xorijiy ilmiy markazlar va ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sohaga mahalliy va xorijiy grantlarni hamda investitsiyalarni jalb etish. 3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Institut: ikki oy muddatda g‘o‘zaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tezpishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, tola sifati yuqori bo‘lgan ingichka tolali navlarini yaratish hamda ularning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha bajariladigan yillik maqsadli ilmiy loyihalarni shakllantirib, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim qilsin; uch oy muddatda xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan mablag‘lari hisobidan g‘o‘zaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tezpishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, tola sifati yuqori bo‘lgan ingichka tolali navlarini yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini barpo etsin. 4. Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda g‘o‘zaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tezpishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, tola sifati yuqori bo‘lgan ingichka tolali navlarini yaratish hamda ularning birlamchi urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, resurs tejaydigan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha Institut tomonidan taqdim etilgan ilmiy loyihalarga tanlovlar asosida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida mablag‘lar ajratib borilishini ta’minlasin. 5. Surxondaryo viloyati hokimligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining ingichka tolali g‘o‘za navlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, zamonaviy ilmiy texnologiyalarni joriy etish uchun Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Zamin Angor” paxta-to‘qimachilik klasteri, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Jarqo‘rg‘on Tajriba” hamda Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Ilxombek Raxmon” elita urug‘chilik ho‘jaliklarida Institutning Ilmiy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi va Surxondaryo viloyati hokimligi: hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va paxta-to‘qimachilik klasterlari talablaridan kelib chiqqan holda 2022-yilda 12 ming gektar maydonga va 2023-yilda 18 ming gektar maydonga g‘o‘zaning ingichka tolali navlarini joylashtirish; g‘o‘zaning ingichka tolali navlarini joylashtirishning har yilgi talabidan kelib chiqib, yetarli miqdorda urug‘lik chigitlarni tayyorlab borish choralarini ko‘rsin. 7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligining Institutga qarashli qishloq xo‘jaligi ekin maydonida zamonaviy seleksiya usullari yordamida g‘o‘zaning ingichka tolali navlarini yaratish maqsadida fitotron issiqxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda fitotron issiqxonasini tashkil etish xarajatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan jalb etilgan xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 8. Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish, ingichka tolali navlarni yaratish sohasida ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda: Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti ustavini tasdiqlasin; Institutni nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin; sohada faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlarining genofondida saqlanayotgan g‘o‘zaning ingichka tolali yovvoyi va yarim yovvoyi turlari hamda nav-namunalaridan seleksiya ishlarida boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish uchun o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6159-son Farmoni 10-bandi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4975-son qarori 7-bandiga muvofiq, 2021-yil 1-fevraldan boshlab Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy tashkilotlar bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, ularning xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha, shuningdek, joriy xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Belgilansinki, Institutning bino va inshootlarini saqlash, xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish: 2022-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi; 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. Institut xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlari budjet mablag‘lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi. 11. Belgilansinki: Institut Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4803-son qarori doirasida amalga oshiriladi. 12. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: Institutning bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, uning xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ilmiy loyihalar uchun ajratiladigan mablag‘lar; xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar, shuningdek, xo‘jalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar; bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larni belgilangan tartibda tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlashda mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov belgilansin. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
144
8,984
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON SSR MINISTRLAR SOVETINING 1985-YIL 22-IYULDAGI 381-SON QARORINING AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligining bir maromda ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1986—1990-yillarda avtomobil yo‘llarini qurishga maqsadli mablag‘ ajratish to‘g‘risida” 1985-yil 22-iyuldagi 381-son qarorining amal qilishi 1995-yilgacha bo‘lgan davrga uzaytirilsin.
122
344
Qonunchilik
VILOYaTLAR, ShAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARI HUZURIDAGI NAZORAT INSPEKSIYALARI TUZILMASINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi nazorat inspeksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlarining joylardagi davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi ustidan ta’sirchan nazorat tashkil etilishini ta’minladilar. Shu bilan birga iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lini izchillik bilan amalga oshirish davlat nazorati tizimida eng avvalo davlatning nazorat va boshqarish funksiyalarini qisqartirishga, uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini cheklashga yo‘naltirilgan yangi yondashuvlar va usullarni talab etmoqda. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi nazorat inspeksiyalarining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2001-yil 1-yanvardan boshlab viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari nazorat inspeksiyalarining rahbarlari lavozimlari tugatilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarining bajarilishini nazorat qilish, tegishli hududlarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ijro intizomini takomillashtirish masalalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin. 3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari nazorat inspeksiyalari apparati negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda nazorat bo‘limi deb ataladi) tashkil etilsin va ular bevosita viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga bo‘ysundirilsin. Nazorat bo‘limlariga, shaharlar va tumanlar hokimliklarida bosh inspektorlar zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar bilan birgalikda korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshirishlarni tartibga solish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash funksiyalari yuklansin. 4. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari nazorat bo‘limlarining tuzilmasi va inspektorlarining cheklangan soni ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga nazorat inspeksiyasi apparati tuzilmasini mazkur qarorga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga (1 va 2-ilovalarga) va 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qaroriga (1, 1a, 2, 2a, 3, 3a, 3b, 4 va 4a-ilovalarga) tegishli o‘zgartirishlar kiritilsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
120
3,031
Qonunchilik
“2003-yil 21-fevralda Moskvada imzolangan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo davlatlarning tashqi chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Shartnomaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qo
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 15-avgustda qabul qilingan “2003-yil 21-fevralda Moskvada imzolangan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo davlatlarning tashqi chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Shartnomaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “2003-yil 21-fevralda Moskvada imzolangan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo davlatlarning tashqi chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Shartnomaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
845
Qonunchilik
PAXTA XOM AShYoSI, PILLA, ChORVAChILIK MAHSULOTLARINING XARID NARXLARINI VA PAXTA TOLASINING ULGURJI NARXLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Yoqilg‘i, elektr energiyasi va boshqa moddiy-texnika resurslari narxlarining ancha oshganligi munosabati bilan, shuningdek, bozor munosabatlari sharoitlarida kolxoz va sovxozlar ishi uchun zarur iqtisodiy dastaklar yaratish, mehnat jamoalarining mahsulot yetishtirishdan moddiy manfaatdorligini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligining: 1992-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosining xarid narxlarini hamda paxta tolasining ulgurji narxlarini 1, 2-ilovalarga muvofiq; 1992-yil hosilidan boshlab pillaning xarid narxlarini 3-ilovaga muvofiq; 1992-yil 1-apreldan boshlab qoramol, qo‘chqorlar, qo‘y va echkilar, parranda, sutning xarid narxlarini o‘rtacha 2 baravar oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi o‘n kun muddat ichida paxta xomashyosi, paxta tolasi, pilla va chorvachilik mahsulotlari narxlarining yangi preyskurantlarini manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-martdagi 145-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
132
1,142
Qonunchilik
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 12(I)-son, 162-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qarorning 1-bandi o‘n ikkinchi xatboshisidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armasiga” degan so‘zlar “budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 1-ilovada: a) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash uchun ma’lumotnoma ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 1-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin; b) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitobida: quyidagi mazmundagi 014-satr bilan to‘ldirilsin: 110-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Soliq solinishi lozim bo‘lgan foyda (010-satr — 011-satr — 012-satr — 013-satr — 014-satr + 020-satr + 030-satr + 040-satr + 080-satr — 090-satr — 100-satr)”; 172-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustunidagi “10” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin; 250-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasi (240-satr — 011-satr — 013-satr — 090-satr)”; 1-ilovaning izohi quyidagi mazmundagi 3 va 4-bandlar bilan to‘ldirilsin: “3. 011–01…, 021–02…, 031–03…, 041–04…, 051–05… va 061–06…-satrlar tuzilgan ijara shartnomalarining sonidan kelib chiqib to‘ldiriladi. 4. To‘rttadan ortiq ijara shartnomasi mavjud bo‘lganda, bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilganda ko‘rsatkichlarni bitta satrga guruhlashga ruxsat etiladi: a) ijaraga olinayotgan joydan foydalanish maqsadi bir xil bo‘lganda. Masalan, bir nechta ijarachi ularga ijaraga berilgan joydan bir xil maqsadda — tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun foydalanadi; b) obyektlar (joylar) bitta hududda joylashganda. Masalan, Toshkent shahrida. v) 1 kvadrat metr uchun ijara haqining summasi bir xil bo‘lganda; g) ijara shartnomasining amal qilish muddati bir xil bo‘lganda.”; 5-ilovaning izohi quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin: “5. 2014-yilning 1-aprelidan 034 va 036-satrlarda ko‘rsatilgan imtiyozlar bekor qilinganligi munosabati bilan, ushbu satrlarning qiymatlari faqat 2014-yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha to‘ldiriladi va soliq hisoboti davri mobaynida o‘zgarishsiz qoladi.”; 6-ilovaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “2014-yilning 1-aprelidan 032 va 037-satrlarda ko‘rsatilgan imtiyozlar bekor qilinganligi munosabati bilan, ushbu satrlarning qiymatlari faqat 2014-yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha to‘ldiriladi va soliq hisoboti davri mobaynida o‘zgarishsiz qoladi.”; 8-ilovaning izohi quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin: “5. 2014-yilning 1-aprelidan jismoniy shaxslarning omonatlari (muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlar va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari) hajmlarining ko‘paygan summasiga imtiyoz bekor qilinganligi munosabati bilan, ushbu ilova faqat 2014-yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha to‘ldiriladi va soliq hisoboti davri mobaynida o‘zgarishsiz qoladi.”; v) Norezidentlarning daromadidan soliq agenti tomonidan to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 2-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin; g) O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan to‘lanadigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobida: 01-varaq ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 3-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin; 1-ilovada: “Doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar” jadvalidan “110” raqami chiqarib tashlansin; “Doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar” jadvalidan “110” raqami chiqarib tashlansin; d) ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 4-ilovaga muvofiq tahrirda Yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobi bilan to‘ldirilsin; e) ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 5-ilovaga muvofiq tahrirda Yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobini to‘ldirish tartibi bilan to‘ldirilsin; j) ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 6-ilovaga muvofiq tahrirda Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i ushlab qolingan aksiyalar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar reyestri bilan to‘ldirilsin. 3. 2-ilovada: a) Jismoniy shaxslarga mol-mulkni ijaraga berishdan olingan jismoniy shaxsning daromadlari to‘g‘risidagi dastlabki tarzdagi deklaratsiyada: 02-varaq ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 7-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin; ilova ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 8-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin; ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 9-ilovaga muvofiq tahrirda 2-ilova bilan to‘ldirilsin; b) Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 10-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin; v) ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 11-ilovaga muvofiq tahrirda Chet el jismoniy shaxsining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisob-kitobi bilan to‘ldirilsin; g) ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 12-ilovaga muvofiq tahrirda Chet el jismoniy shaxsining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisob-kitobini to‘ldirish tartibi bilan to‘ldirilsin; d) ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 13-ilovaga muvofiq tahrirda Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ushlab qolingan aksiyalar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar reyestri bilan to‘ldirilsin. 4. 3-ilovada: a) Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobida: quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin: “* 0501, 0502, 0503-satrlar mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga taalluqli bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan to‘ldiriladi.”; 6-ilovaning izohidagi “0103-satr bo‘yicha” degan so‘zlar “0701-satr bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7 va 8-ilovalar tegishincha ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 14 va 15-ilovalarga muvofiq tahrirda bayon etilsin; b) Hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va rasmiylashtirish tartibida: 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Hisobvaraq-fakturalarning namunaviy shakllari ushbu Tartibning ilovasida keltirilgan.”; quyidagi mazmundagi 151-band bilan to‘ldirilsin: “151. Jadval shaklini to‘ldirishda transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq to‘lovchilari quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishlari lozim bo‘ladi: 1-ustunda — realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning nomi; 2- ustunda — o‘lchov birliklari (ularni ko‘rsatishning imkoniyati bo‘lsa); 3- ustunda — o‘lchov birligidan (ularni ko‘rsatishning imkoniyati bo‘lsa) kelib chiqib hisobvaraq-faktura bo‘yicha realizatsiya qilingan tovarlar miqdori (hajmi); 4-ustunda — shartnoma (kontrakt) bo‘yicha QQSni hisobga olmagan holda, QQSni o‘z ichiga oladigan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar (tariflar) qo‘llanilgan taqdirda esa, QQS summasini hisobga olgan holda tovar o‘lchov birligiga to‘g‘ri keladigan narxi (tarifi); 5-ustunda — realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz solig‘i va QQSsiz qiymati; 6-ustunda — aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i stavkasi; 7-ustunda — aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i summasi. Aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanmaydigan yuridik shaxslar 6 va 7-ustunlarda “Aksiz solig‘isiz” degan shtampni qo‘yadilar (yoki yozuv kiritadilar); 8-ustunda — QQS stavkasi; 9-ustunda — tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib oluvchisiga taqdim etiladigan QQS summasi. QQS to‘lovchilari hisoblanmagan, shuningdek QQSdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar 8 va 9-ustunlarda “Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz” degan shtampni qo‘yadilar (yoki yozuv kiritadilar); 10-ustunda — jami realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, ko‘rsatilgan xizmatlarning aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini va QQSni qo‘shgan holda qiymati. Aksiz solig‘i va QQS to‘lovchisi hisoblanmaydigan korxonalar 10-ustunni to‘ldirmaydilar; 11-ustunda — transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi; 12-ustunda — transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi; 13-ustunda — jami realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, ko‘rsatilgan xizmatlarning aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini, QQSni hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni qo‘shgan holda qiymati. Hisobvaraq-fakturaning yakunlovchi satrida 5, 7, 9, 10, 12 va 13-ustunlar bo‘yicha summalar jamlanadi.”; 23 — 30-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “23. Vositachi (ishonchli vakil) komitentning (topshiriq beruvchining) manfaatida vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq shartnoma asosida amalga oshiriladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish va (yoki) sotib olish operatsiyalari bo‘yicha unga birlamchi hujjatlar uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan vositachi (ishonchli vakil) va komitentning (topshiriq beruvchining) barcha rekvizitlariga ega bo‘lgan hisobot taqdim etadi. Vositachining (ishonchli vakilning) hisobotiga quyidagi ma’lumotlar kiritilgan bo‘lishi lozim: tegishli QQS summasi ajratilgan holda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan (sotib olingan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) miqdori va qiymati. Bunda hisobotga vositachi (ishonchli vakil) tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) komitentning (topshiriq beruvchining) manfaatida realizatsiya qilinganligini (sotib olinganligini) tasdiqlovchi shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, dalolatnomalar va boshqa hujjatlarning nusxalari ilova qilingan bo‘lishi lozim; komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan qoplanishi lozim bo‘lgan xarajatlarga vositachi (ishonchli vakil) tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarni (operatsiyalarni) komitent (topshiriq beruvchi) o‘zi bajargan taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxslarga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha topshiriqni bajarish munosabati bilan (tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘lash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash) to‘langan mablag‘lar taalluqli. Bunda vositachi (ishonchli vakil) agar qonun hujjatlarida yoki vositachilik (topshiriq) shartnomasida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa komitentning (topshiriq beruvchining) mol-mulkini o‘zida saqlash bo‘yicha xarajatlarni qoplatishga haqli emas. Hisobotga ushbu xarajatlarni yuzaga kelishi va to‘langanligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi shart. Vositachi (ishonchli vakil) tomonidan komitent (topshiriq beruvchi) uchun amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa, komitent (topshiriq beruvchi) ushbu summalarni o‘z xarajatlari tarkibiga kiritishga va QQSni hisoblab chiqarish paytida tegishli QQS summasini hisobga olish huquqiga ega; shartnoma shartlariga muvofiq vositachining (ishonchli vakilning) (agar vositachi (ishonchli vakil) QQS to‘lovchisi bo‘lsa) QQSni o‘z ichiga oluvchi haqi summasi; komitentdan (topshiriq beruvchidan) olingan avanslar summasi; vositachilik (topshiriq) shartnomasini bajarish bilan bog‘liq vositachiga (ishonchli vakilga) to‘lanishi lozim bo‘lgan summa. Vositachining hisobotiga shartnomada nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. 24. Hisobotni taqdim etish muddati vositachi (ishonchli vakil) tomonidan komitentning (topshiriq beruvchining) manfaatida tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilingan (sotib olingan) oy tugaganidan so‘ng 5 bank ish kunidan oshmasligi lozim. Bunda vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida hisobotni topshirishning bundan kam bo‘lgan muddat ko‘rsatilishi mumkin. 25. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) topshiriq shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilishda ishonchli vakil sotib oluvchi nomiga topshiriq beruvchi nomidan hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Hisobvaraq-fakturada topshiriq beruvchi va sotib oluvchining rekvizitlaridan tashqari ishonchli vakilning rekvizitlari ham ko‘rsatilishi lozim. Hisobvaraq-faktura uch nusxada taqdim etiladi. Birinchi nusxa sotib oluvchiga, ikkinchisi topshiriq beruvchiga beriladi, uchinchisi ishonchli vakilda saqlanadi. 26. Komitentning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) vositachilik shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilishda vositachi o‘zining nomidan ikki nusxada hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Bunda “Etkazib beruvchi” satrida qo‘shimcha ravishda “Vositachi” ko‘rsatiladi. Hisobvaraq-fakturada vositachi va sotib oluvchining rekvizitlaridan tashqari komitentning rekvizitlari ham ko‘rsatilishi mumkin. 27. Komitentga (topshiriq beruvchiga) tegishli tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasini amalga oshiruvchi vositachi (ishonchli vakil), ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib oluvchisiga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni Taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar hisobi jurnalida saqlaydi. Ko‘rsatib o‘tilgan hisobvaraq-fakturalarga tartib raqamlar vositachi (ishonchli vakil) tomonidan taqdim etiladigan hisobvaraq-fakturalar xronologiyasiga muvofiq beriladi. Bunda mazkur hisobvaraq-fakturalar Sotish reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va vositachi (ishonchli vakil) tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan QQS summasi hisoblab chiqarilmaydi. 28. Vositachi (ishonchli vakil) komitentga tegishli bo‘lgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda komitent (topshiriq beruvchi) vositachidan (ishonchli vakildan) olingan hisobot asosida 5 bank ish kuni davomida vositachining (ishonchli vakilning) nomiga sanasi, shuningdek vositachi (ishonchli vakil) tomonidan sotib oluvchiga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturaning ko‘rsatkichlari aks ettirilgan hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Bunda “Etkazib beruvchi” satriga qo‘shimcha ravishda “Komitent” (“Topshiriq beruvchi”) nomi ko‘rsatiladi. 29. Komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan vositachiga (ishonchli vakilga) taqdim etilgan hisobvaraq-faktura komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan taqdim etiladigan hisobvaraq-fakturalar xronologiyasiga muvofiq raqamlanadi. Komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan vositachiga (ishonchli vakilga) taqdim etilgan hisobvaraq-faktura komitentning (topshiriq beruvchining) Sotish reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 30. Vositachi (ishonchli vakil) nomidan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha komitentdan (topshiriq beruvchidan) olingan hisobvaraq-fakturalar (topshiriq beruvchining nomidan ishonchli vakil tomonidan) vositachining (ishonchli vakilning) Olingan hisobvaraq-fakturalar hisobi jurnalida saqlanadi. Bunda ushbu hisobvaraq-fakturalar vositachining (ishonchli vakilning) Sotib olish reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va ushbu hisobvaraq-fakturalarda ajratib ko‘rsatilgan QQS summasi vositachi (ishonchli vakil) tomonidan hisobga olinmaydi.”; 36-banddagi “25” raqami “27” raqami bilan almashtirilsin; 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “37. Vositachi (ishonchli vakil) komitentga (topshiriq beruvchiga) vositachilik (topshiriq) shartnomasini bajarish bo‘yicha o‘zining haqi summasiga alohida hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Ushbu hisobvaraq-faktura vositachi (ishonchli vakil) tomonidan Sotish reyestrida, komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan esa Sotib olish reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Vositachi (ishonchli vakil) hisobvaraq-fakturaga qo‘shimcha ravishda komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan imzolangan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi lozim.”; 38-banddagi “32 — 35” raqamlari “31 — 35” raqamlari bilan almashtirilsin; 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “39. Vositachining (ishonchli shaxsning) hisobotiga asosan komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan qoplanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, vositachi (ishonchli vakil) tomonidan o‘zining haqi summasiga taqdim etiladigan hisobvaraq-fakturaga ilova qilinadigan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatiladi. Bunda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan o‘zining haqi summasiga taqdim etiladigan hisobvaraq-fakturada komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan qoplanishi lozim bo‘lgan summa ko‘rsatilmaydi.”; 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “44. Komitent (topshiriq beruvchi) uchun realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘lgan norezident tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) olinganda, komitentning (topshiriq beruvchining) nomiga hisobvaraq-faktura ushbu Tartibning 31 — 35-bandlarida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtiradi.”; ilova ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 16-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin; v) Olingan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar (hisobvaraq-faktura o‘rnini bosadigan hujjatlar) reyestrini yuritish tartibining 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Sotib olish reyestrining qo‘shimcha varaqlari uning ajralmas qismi hisoblanadi.”. 5. 6-ilovaning Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobiga ilovaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “2014-yilning 1-aprelidan 0202-satrda ko‘rsatilgan imtiyoz bekor qilinganligi munosabati bilan, ushbu satrning qiymati faqat 2014-yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha to‘ldiriladi va soliq hisoboti davri mobaynida o‘zgarishsiz qoladi.”. 6. 7-ilovaning Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobida: 02-varaq ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 17-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin; 4-ilovada: 0201-satrdagi “uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlari” degan so‘zlar “kommunal xo‘jaligi obyektlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 02015-satrdagi “ishlab chiqarishga yangi joriy etilgan yangi texnologik jihozlar, besh yillik muddatga” degan so‘zlar “ko‘pi bilan o‘n yil davomida ishlatib kelinayotgan mashina va asbob-uskunalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; Izoh quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin.: “2014-yilning 1-aprelidan 0203, 0204, 0206 va 02010-satrlarda ko‘rsatilgan imtiyozlar bekor qilinganligi munosabati bilan, ushbu satrlarning qiymatlari faqat 2014-yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha to‘ldiriladi va soliq hisoboti davri mobaynida o‘zgarishsiz qoladi.”. 7. 8-ilovaning Qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lmagan yerlar uchun to‘lanadigan yer solig‘i hisob-kitobiga 2-ilova ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 18-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 8. 9-ilovada: Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq to‘lovchi haqidagi ma’lumotlarda: “Yoqilg‘i quyish shoxobchasining joylashgan yeri” degan so‘zlar “Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasining joylashgan yeri*” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin: “* Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan to‘ldiriladi.”; Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisob-kitobi ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 19-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 9. 10-ilovaning Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobiga 3-ilova ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 20-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 10. 11-ilovadagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari” degan so‘zlar “budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 13-ilovada: a) Soliq solish tartibini qo‘llash to‘g‘risida xabarnomadagi “tushumdagi” degan so‘z “sof tushumdagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumotdagi “tushumdagi” degan so‘z “sof tushumdagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobida: 0802-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustunidagi “10” raqamlari “5” raqamlari bilan almashtirilsin; 1-ilovaning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Izoh: 041 — 04...-satrlarning qiymati mos ravishda 031 — 03...-satrlar qiymatiga teng yoki kichik bo‘lgan hollarda, 051 — 05...-satrlarda “0” qiymat ko‘rsatiladi. 011–01…, 021–02…, 031–03…, 041–04…, 051–05… va 061–06…-satrlar tuzilgan ijara shartnomalarining sonidan kelib chiqib to‘ldiriladi. To‘rttadan ortiq ijara shartnomasi mavjud bo‘lganda, bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilganda ko‘rsatkichlarni bitta satrga guruhlashga ruxsat etiladi: a) ijaraga olinayotgan joydan foydalanish maqsadi bir xil bo‘lganda. Masalan, bir nechta ijarachi ularga ijaraga berilgan joydan bir xil maqsadda — tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun foydalanadi; b) obyektlar (joylar) bitta hududda joylashganda. Masalan, Toshkent shahrida. v) 1 kvadrat metr uchun ijara haqining summasi bir xil bo‘lganda; g) ijara shartnomasining amal qilish muddati bir xil bo‘lganda.”; 4-ilova ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 21-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 12. 14-ilovadagi Soliq solish tartibini qo‘llash to‘g‘risida xabarnomadagi “tushumdagi” degan so‘z “sof tushumdagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 1-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 2-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 3-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 4-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 5-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 6-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 7-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 8-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 9-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 10-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 11-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 12-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 13-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 14-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 15-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 16-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 17-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 18-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 19-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 20-ilova. “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 21-ilova.
111
25,310
Qonunchilik
VOYaGA ETMAGAN ShAXSLARNING HUQUQLARINI HIMOYa QILISh TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 49-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga etmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 2) quyidagi mazmundagi 491-modda bilan to‘ldirilsin: Voyaga etmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 3) 51-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga etmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 4) 245-moddaning birinchi qismi “48” raqamidan keyin “491” raqami bilan to‘ldirilsin. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi voyaga etmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi talablarni belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlasin. 3-modda. Ushbu Qonun 2010-yil 1-fevraldan e’tiboran kuchga kiradi.
226
2,534
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT VA IJTIMOIY QURILIShIDA XOTIN-QIZLARNING ROLINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga xotin-qizlarni keng jalb etish, ularning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, oila, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza etilganligini kuchaytirish, shuningdek vazirliklar, idoralar, hududiy boshqaruv organlari va jamoat tashkilotlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari yangi lavozimi joriy etilsin, uning zimmasiga xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi rolini yanada oshirish bilan bog‘liq masalalarni boshqarish yuklansin. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ayni paytda Bosh vazirning o‘rinbosari etib tayinlanadi. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, hokimlarning o‘rinbosarlari lavozimlarini joriy etsinlar. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur lavozimlarni tegishli xotin-qizlar qo‘mitalarining raislari egallaydilar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy etiladigan lavozimlarni va ishchi organlarni ta’minlash uchun zarur mablag‘lar ajratsin. 5. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
121
1,238
Qonunchilik
“Yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lov muddati o‘tgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan de
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy sudi va Adliya vazirligi qaror qiladi: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy xo‘jalik sudi, Adliya vazirligining 2005-yil 17-martdagi 2005-35, 103 va 20-21-3-son “Yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lov muddati o‘tgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1466, 2005-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 108-modda); O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy xo‘jalik sudi, Adliya vazirligining 2006-yil 24-noyabrdagi 2006-49, CP-01/752, 30-son “Yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lov muddati o‘tgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1466-1, 2006-yil 24-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 471-modda) 2. Mazkur qaror “O‘zbekenergo” AJ bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,406
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON SSR FANLAR AKADEMIYASINING MAQOMI TO‘G‘RISIDA
Fan-texnika siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish, fundamental tadqiqotlarning saviyasi uchun mas’uliyatni oshirish, ilmu-ziyo salohiyatini saqlab qolish va boyitish hamda erkin va samarali ilmiy ijodkorlik uchun zamonaviy tashkiliy tuzilishni vujudga keltirish maqsadida: 1. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston SSR qonunlari va o‘z ustavi asosida ish ko‘radigan o‘zini o‘zi boshqaruvi mustaqil tashkilot sifatidagi maqomi belgilab berilsin. 2. Fan va texnikaning ilg‘or yo‘nalishlariga, respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga, shuningdek davlat buyurtmalari va shartnomalariga asoslanib, u respublikaning fundamental va eng muhim amaliy tadqiqotlar dasturini ishlab chiqadi. U davlat va boshqa tashkilotlarning aralashuvisiz o‘z qaramog‘idagi ilmgohlar, bo‘limlar, laboratoriyalar va boshqa bo‘linmalarning samarali ishlashini ta’minlaydi, respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlarida olingan natijalardan tezroq foydalanilishiga ko‘maklashadi, ilmiy kadrlarni tayyorlaydi, shuningdek SSSR Fanlar akademiyasi bilan, ittifoqdosh respublikalarning Fanlar akademiyalari bilan shartnoma asosida o‘zaro aloqa va ijodiy hamkorlik qiladi, xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantiradi. 3. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining ixtiyoridagi asosiy fondlar va boshqa davlat mol-mulki qaytib olmaslik sharti bilan uning mulki qilib topshirilsin. O‘zbekiston SSRda “Mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonun asosida ularning maqomi va ulardan foydalanish tartibi belgilab qo‘yilsin. 4. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining takliflariga asoslanib, har yili umuman akademiya bo‘yicha ilmiy tadqiqot va boshqa ishlarga bo‘ladigan xarajatlarning hajmi, mablag‘ning eng ko‘p miqdori va ish haqi fondi belgilansin, bunda fundamental ilmiy tadqiqotlarni shu maqsad yo‘lida budjetdan pul bilan ta’minlashni saqlab qolish, fan-texnika taraqqiyotining respublika uchun ustuvor yo‘nalishlarini rag‘batlantirish nazarda tutilsin. 5. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining rayosati bir oy muddatda ushbu Farmonni amalga oshirishga oid qaror loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining muhokamasiga taqdim etsin.
57
2,264
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
204
724
Qonunchilik
XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Singapur Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2008-yil 24-iyul kuni Singapur shahrida imzolangan ikki tomonlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad solig‘i to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish haqidagi Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
42
876
Qonunchilik
Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 29-maydagi PQ-4342-son qarori ijrosini ta’minlash hamda alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bo‘lgan yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 29-maydagi PQ-4342-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq; Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash me’yorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bo‘lgan bolalar (keyingi o‘rinlarda bola deb ataladi) uchun Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasining (keyingi o‘rinlarda o‘quv-tarbiya muassasasi deb ataladi) maqomi, vazifalari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. O‘quv-tarbiya muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi. 3. O‘quv-tarbiya muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, o‘z ustaviga amal qiladi. 4. O‘quv-tarbiya muassasasi alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalarga (keyingi o‘rinlarda tarbiyalanuvchi deb ataladi) ta’lim berishni, ularning kasb-hunarga o‘rgatish va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasini amalga oshiradi. 5. Quyidagilar o‘quv-tarbiya muassasasining asosiy vazifalari hisoblanadi: tarbiyalanuvchilarni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida majburiy umumiy o‘rta ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish; tarbiyalanuvchilarda mehnat ko‘nikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish; barkamol, jismoniy va ruhan sog‘lom shaxsni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bolalarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mas’uliyatlilik, fidoyilik, dunyoqarashi keng mustaqil va komil inson bo‘lishga intilish tuyg‘usini shakllantirish; bolalarning yoshiga xos bo‘lgan psixofiziologik moyilliklari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash talablariga muvofiq tarzda ularning aqliy, emotsional va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi psixologik, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish; tarbiyalanuvchilar duch keladigan muammolarni muhokama qilish, ularning yechimini topish va tarbiyalanuvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan “case-study”, guruhlarda ishlash, bahs-munozaralar, situatsion o‘yinlar, aqliy hujum kabi ilg‘or interaktiv o‘qitish usullarini o‘quv-tarbiya jarayoniga keng joriy etish. 6. O‘quv-tarbiya muassasasida maxsus sharoitlarni ta’minlash maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi: o‘quv-tarbiya muassasasi hududini qo‘riqlash; o‘quv-tarbiya muassasasida tarbiyalanayotganlarning uning hududidan erkin chiqishini cheklash; tarbiyalanuvchilarni kecha-kunduz, shu jumladan uyqu uchun ajratilgan vaqt davomida nazorat qilish; tarbiyalanuvchilarni shaxsiy tekshiruvdan o‘tkazish, ularning buyumlarini, shuningdek, ular olayotgan va yuborayotgan posilka va boshqa pochta jo‘natmalarini tekshiruvdan o‘tkazish; tarbiyalanuvchilarga o‘z oilasi bilan aloqada bo‘lishi hamda ular bilan uchrashishi uchun zarur aloqa vositalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan alohida xonalar ajratish. 7. O‘quv-tarbiya muassasasi bolalarning ruhiy va fiziologik holatini inobatga olgan holda, ta’lim olish bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida tashkil etiladi. 8. O‘quv-tarbiya muassasasi ushbu muassasani qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. 9. O‘quv-tarbiya muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, umumiy o‘rta ta’limning o‘quv rejasi va ta’lim dasturlari, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ehtiyojlari va muammolari turidan kelib chiqqan holda, yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlari (hayotiy ko‘nikmalarga o‘rgatish, alkogol va giyohvandlik vositalariga qaramlikdan davolash, ruhiy jarohat asoratlari bilan ishlash va boshqa dasturlar) asosida ta’lim beriladi. O‘quv yilining boshlanishi, o‘quv mashg‘ulotlari va ta’tillarning muddatlari, shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi va ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni berish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi tegishincha Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasining o‘z vaqtida to‘liq ta’minoti va maishiy shart-sharoitlari yaxshilanishiga ko‘maklashish, ushbu muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning zamonaviy usul va shakllaridan foydalanilgan holda sog‘lom va jismonan baquvvat, ruhan tetik, bilimli, vatanparvar, fidoyi, dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, tarbiyalanuvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga mas’ul hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi respublika o‘quv-tarbiya muassasalarida sifatli tarbiya va ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish, tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi. 11. O‘quv-tarbiya muassasasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘quv darslari, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, fakultativ va konsultatsiyalar shaklida olib boriladi. O‘quv reja va ta’lim dasturlarida belgilanadigan majburiy o‘quv mashg‘ulotlari tarbiyalanuvchilarning mustaqil ishlari bilan to‘ldiriladi. O‘quv-tarbiya muassasasida sinflardagi o‘quvchilar soni 15 — 20 nafardan iborat etib belgilanadi, tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ushbu muassasalarda, istisno tariqasida, o‘quvchilar sonidan qat’iy nazar sinflar ochishga ruxsat etiladi. 12. Ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv-tarbiya muassasasi sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. 13. Tarbiya, ta’lim, mehnat va dam olishning asoslangan holda uyg‘unlashtirilishini ta’minlaydigan kun tartibi tarbiyalanuvchilarning o‘quv-tarbiya muassasasida bo‘lish muddatlarining davomiyligi hisobga olingan holda tuziladi. 14. Tarbiyalanuvchilarda mehnat ko‘nikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ularni kasbga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida tarbiyalanuvchilar o‘quv-tarbiya muassasasida bo‘lgan davr mobaynida kasbga o‘rgatish bo‘yicha amaliy mehnat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bunda: yoshlarning shaxsiy xususiyati va qiziqishlari, kasbiy moyilligi va qobiliyatini baholab borish orqali mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni o‘zlari anglagan holda tanlashi uchun ko‘maklashish; bo‘lg‘usi kasb (mutaxassislik) sohalarini rejalashtirishda o‘quvchilar omilkorligini oshirish, bu yo‘lda ularga o‘zining alohida xususiyatlariga mos keladigan psixologik tayyorgarlikni shakllantirish bo‘yicha amaliy yordam va zarur maslahatlar berib borish; o‘quv-tarbiya muassasalarining o‘quv dasturlariga mehnat bozorida raqobatbardoshlikning shaxsiy ko‘nikmalarini rivojlantirishiga oid mavzular kiritish, kasbga yo‘naltirish, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko‘nikmalari, ishga kirish uchun rezyumeni tayyorlash va ish beruvchi bilan suhbatdan o‘tish, ishga kirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha dastlabki tushunchalar o‘z aksini topishi lozim. 15. Tarbiyalanuvchilarni o‘quv-tarbiya muassasasida kasbga yo‘naltirish va amaliy mehnat mashg‘ulotlari ularning o‘ziga xos jihatlari, yoshi, jinsi, ruhiy va jismoniy holatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. O‘quv-tarbiya muassasasidagi maishiy shart-sharoitlar tarbiyalanuvchilarning reabilitatsiya jarayoniga ko‘maklashishi, ulardagi hissiy zo‘riqishni yo‘qotishga qaratilishi kerak. 16. O‘quv-tarbiya muassasasida amaliy mehnat mashg‘ulotlari olib boriladi. Amaliy mehnat mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari asosida olib boriladi. 17. O‘quv-tarbiya muassasasida tarbiyalanuvchilar qiziqishlariga ko‘ra kasb-hunarga yo‘naltiriladi. Barcha kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy mehnat mashg‘ulotlari 10 — 15 kishidan iborat bo‘lgan guruhlarda amalga oshiriladi. Amaliy mehnat mashg‘ulotlari qoidaga ko‘ra, o‘quv-tarbiya muassasasining ustaxonalarida o‘tkaziladi. 18. O‘quv-tarbiya muassasasida tarbiyalanuvchilarning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan turli to‘garaklar, qiziqishlar bo‘yicha klublar, seksiyalar (shu jumladan sport seksiyalari), studiyalar tashkil etiladi. 19. Yozgi ta’til davrida o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun oromgohlar tashkil qilinishi, shuningdek, ular ommaviy dam olishning boshqa turlaridan foydalanishi mumkin. 20. O‘quv-tarbiya muassasasida malakali psixolog, pedagog va shifokorlardan iborat psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tashkil etiladi, komissiyaning faoliyati Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiya tomonidan nazorat qilib boriladi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya har olti oyda reabilitatsiya jarayonidagi o‘zgarishlarni ko‘rib chiqadi va tarbiyalanuvchi bilan yakka tartibda ishlash rejasiga tuzatishlar kiritadi. O‘quv-tarbiya muassasasi pedagogik kengashining psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilingan qaroriga ko‘ra, ushbu muassasa ma’muriyati muassasa joylashgan hududdagi Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaga quyidagi masalalar bo‘yicha taqdimnomalar kiritadi: tarbiyalanuvchini boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazish; tarbiyalanuvchining xulq-atvori tuzalgani sababli mazkur ta’sir ko‘rsatish chorasi qo‘llanilishini davom ettirish zarur bo‘lmasa yoki sog‘lig‘ining holati tufayli mazkur muassasada bo‘lishi mumkin bo‘lmasa, uning bu erda bo‘lishini sud belgilagan muddatidan avval to‘xtatish; tarbiyalanuvchining ta’lim olishini tugatish zarurati bo‘lgan taqdirda, uning mazkur muassasada bo‘lish muddatini uzaytirish. 21. Respublika o‘quv-tarbiya muassasasiga 14 yoshga to‘lgan va 18 yoshdan oshmagan (umumiy o‘rta ma’lumot olishni tugatmagan) voyaga yetmaganlar joylashtiriladi. O‘quv-tarbiya muassasasiga quyidagilar: ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘liq anglab yetishga qodir bo‘lmagan; aybliligi to‘g‘risidagi masala hal qilinmasdan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan, materiallar Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun topshirilgan bo‘lsa; o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qo‘llanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan voyaga yetmaganlar; yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramasdan muntazam ravishda huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilishni davom ettirayotgan voyaga yetmaganlar sud qarori (ajrim) asosida joylashtiriladi. 22. Voyaga yetmaganlarni o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish va qabul qilish sud ajrimi asosida amalga oshiriladi. 23. Sudning ajrimiga ko‘ra, o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar o‘quv-tarbiya muassasasiga ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari xodimlari tomonidan olib boriladi va joylashtiriladi. 24. O‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtiriladigan har bir voyaga yetmagan bola uchun ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi inspektori tomonidan ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimi ko‘magida shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak: jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining voyaga yetmaganni o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish haqidagi ajrimi; tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat; ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar (mavjud bo‘lsa); o‘qish joyidan ma’lumotnoma va tavsifnoma; Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasining voyaga yetmaganning yashash va tarbiyalanish sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi; tegishli ma’lumotnomalar bilan birga tibbiy kartadan kengaytirilgan ko‘chirma; sog‘liqni saqlash muassasasining voyaga yetmagan shaxs sog‘lig‘i va uni o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosasi. 25. O‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilayotgan yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarida yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlar ham bo‘lishi lozim: yetim bolalar hamda ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik belgilash haqida tuman (shahar) hokimi qarorining nusxasi; ota-onasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (pasportlar yoki ota-onasi o‘lganligi haqidagi guvohnoma nusxasi, sud hukmlari yoki qarorlari, ota-onaning uzoq vaqtdan buyon kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va ota-onasi yo‘qligini yoki ularning o‘z bolalarini tarbiyalashga imkoni yo‘qligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar); qarindoshlarining borligi (agar bor bo‘lsa) va ularning yashash joylari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; voyaga yetmaganning ota-onasidan qolgan mol-mulki (agar mol-mulk mavjud bo‘lsa) ro‘yxati, mol-mulkning joylashgan joyi, uning saqlanishini ta’minlash uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilgani, uning saqlanishi uchun javobgar shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; turar joyning voyaga yetmaganga biriktirib qo‘yilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (order, uy daftari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumandagi (shahar) filialidan turar joyning egasi va turar joyni xususiylashtirish holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma); pensiya olayotgan voyaga yetmaganning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish to‘g‘risidagi qarori nusxasi, jamg‘arma daftarchasi. Voyaga yetmaganlarni o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish uchun olib kelgan ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari barcha hujjatlarining to‘liq va asosliligi uchun mas’ul hisoblanadi. 26. Tarbiyalanuvchilar o‘quv-tarbiya muassasasida axloqan tuzalgunlariga qadar bo‘ladilar, lekin bu muddat uch yildan ortiq bo‘lmasligi kerak. O‘quv-tarbiya muassasasi joylashgan hududdagi Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi tarbiyalanuvchiga ko‘rsatib o‘tilgan muassasada uch yillik muddat o‘tgach, joriy o‘quv yilida tegishli sinfni tugallagunigacha qolishga ruxsat berishi mumkin. 27. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatda nazarda tutilgan, o‘quv-tarbiya muassasasida saqlanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladigan jismoniy nuqsonlari va kasalliklari mavjud bo‘lgan voyaga yetmaganlar o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi mumkin emas. 28. Tarbiyalanuvchilarning o‘quv-tarbiya muassasasida bundan keyin bo‘lishining maqsadga muvofiq yoki nomuvofiqligi masalasi vaqti-vaqti bilan, lekin yiliga kamida ikki marta ushbu muassasalar joylashgan hududdagi Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining o‘z tashabbusi bilan, o‘quv-tarbiya muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasi yoki voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoxud ular o‘rnini bosuvchi shaxslar iltimosiga binoan ko‘rib chiqiladi. 29. Tarbiyalanuvchilarning o‘quv-tarbiya muassasasida bo‘lishi o‘quv-tarbiya muassasasining pedagogik kengashining tavsiyasi asosida mazkur muassasa joylashgan hududdagi Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasining qarori bilan to‘xtatiladi. Tarbiyalanuvchi muassasadan chiqqunga qadar kamida bir oy oldin uning yashash joyidagi Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasiga bu haqida xabar beriladi. Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi voyaga yetmaganni ishga yoki o‘qishga joylashtirish, uning ijtimoiy moslashuvi hamda oilasidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish, ota-onalari va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning salohiyatini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, moddiy va boshqa yordamlar ko‘rsatish choralarini ko‘rishi shart. 30. Tarbiyalanuvchi o‘quv-tarbiya muassasasidan chiqarilganda, unga tarbiyalanishi va ta’lim olishi davrida foydalangan kiyim-bosh va poyabzal to‘plami bepul beriladi. O‘quv-tarbiya muassasasidan chiqarilayotgan vaqtda yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan tarbiyalanuvchilarga ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlar (umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestat) beriladi. Ta’limni yakunlamagan tarbiyalanuvchilarga ushbu o‘quv-tarbiya muassasasida o‘qiganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi. 31. Tarbiyalanuvchilar o‘quv-tarbiya muassasasidan chiqarilayotgan vaqtda doimiy yashash joylariga ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvida yuboriladi. Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan doimiy yashash joylariga olib ketish imkoni bo‘lmagan tarbiyalanuvchilar doimiy yashash joylariga o‘quv-tarbiya muassasasi xodimlarining kuzatuvida olib boriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarni doimiy yashash joylariga olib ketish imkoni bo‘lmagan ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar o‘quv-tarbiya muassasasiga ushbu muassasalar joylashgan hududdagi Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari tomonidan taqdim etiladi. Kuzatuvchi xodimlarga tarbiyalanuvchini doimiy yashash joylariga olib borish xarajatlari uchun belgilangan miqdorda pul mablag‘lari ajratiladi. Ushbu xarajatlar o‘quv-tarbiya muassasasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 32. Tarbiyalanuvchilar va pedagog xodimlar o‘quv-tarbiya muassasasida ta’lim jarayonining ishtirokchilari hisoblanadilar. 33. Tarbiyalanuvchilar umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq bepul umumiy o‘rta hamda kasbiy ta’lim olish, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan to‘garaklar, klublar va seksiyalarda qatnashish huquqiga ega. 34. O‘quv-tarbiya muassasasining tarbiyalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega: ota-onasini yoki ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslarni o‘zining ko‘rsatib o‘tilgan muassasaga olib kelinganligi yoki joylashtirilganligi to‘g‘risida xabardor qilish; voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda o‘quv-tarbiya muassasalarining qarorlari va mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan yuqori organlarga, Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalariga, prokuratura organlariga yoki sudga shikoyat qilish; inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy muomalada bo‘lishni talab qilish; cheklanmagan miqdorda telefonda so‘zlashuvlar, boshqa aloqa vositalari orqali muloqotlar hamda uchrashuvlar yordamida oilasi bilan aloqada bo‘lish, posilkalar, banderollar, yo‘qlovlar, xat va telegrammalar olish hamda jo‘natish; tasdiqlangan normalar bo‘yicha bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlarini olish. Tarbiyalanuvchilar qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 35. O‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilarining ta’minoti va ularga ta’lim berish davlat ta’minoti asosida qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. O‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlanadi. 36. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam o‘quv-tarbiya muassasasining tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘quv-tarbiya muassasalariga keltirilgan voyaga yetmaganlarni qat’iy tarzda har olti oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish hamda bemor tarbiyalanuvchilarni o‘z tizimidagi tibbiyot muassasalarida bepul davolash choralarini ko‘radi. 37. Tarbiyalanuvchining sog‘lig‘i yomonlashganda yoki u vafot etgan taqdirda o‘quv-tarbiya muassasasi ma’muriyati bu haqda uning ota-onasi yoki ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslarga, ular bo‘lmagan hollarda esa — tarbiyalanuvchining doimiy yashash joyidagi Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasiga darhol xabar beradi. 38. Ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar vafot etgan holatlarda tarbiyalanuvchi ularni dafn qilishda ishtirok etish, ota-onasi yoki ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar og‘ir kasal bo‘lib qolgan holatlarda esa — ulardan xabar olish huquqiga ega. Tarbiyalanuvchining yo‘lkira xarajatlari o‘quv-tarbiya muassasasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 39. Tarbiyalanuvchi o‘quv-tarbiya muassasasida bo‘lgan davrda unga muassasa ma’muriyatining qaroriga ko‘ra ta’til berilishi mumkin. 40. Tarbiyalanuvchilar o‘quv-tarbiya muassasasi ustaviga, shuningdek, muassasa ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi shart. 41. Tarbiyalanuvchi o‘quv-tarbiya muassasasi hududidan tashqariga muassasa rahbariyatining yozma ruxsatnomasiga ko‘ra, faqat o‘quv-tarbiya muassasasining xodimlari, ota-onasi yoki ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvida chiqadi. 42. Tarbiyalanuvchi o‘quv-tarbiya muassasasini o‘zboshimchalik bilan tark etgan taqdirda, muassasa ma’muriyati bu haqda tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni, mazkur muassasa joylashgan hududdagi va tarbiyalanuvchining yashash joyidagi yoki turgan joyidagi ichki ishlar organlarini xabardor qiladi hamda ichki ishlar organlari bilan birgalikda uni topish va o‘quv-tarbiya muassasasiga qaytarish choralarini ko‘radi. 43. Ta’lim olishda yutuqlari, ijobiy hulq-atvori va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun quyidagi rag‘batlantirish choralari belgilanadi: tashakkurnoma e’lon qilish; faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash; ota-onasi yoki ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslarga namunali xulq-atvori va ta’lim olishdagi yutuqlari haqida xabar berish. 44. Rag‘batlantirish choralari o‘quv-tarbiya muassasasi direktori tomonidan tegishli buyruq chiqarish yo‘li bilan qo‘llaniladi. 45. O‘quv-tarbiya muassasasini pedagog xodimlari bilan ta’minlash mazkur muassasa ustavi bilan tartibga solinadi. Pedagoglik ishiga mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy tavsifnoma talablariga mos keladigan zarur kasbiy va pedagogik malakaga ega bo‘lgan va tegishli hujjatlar bilan ma’lumoti tasdiqlangan shaxslar qabul qilinadi. 46. O‘quv-tarbiya muassasasi pedagog xodimlari, muassasani boshqarishda uning ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish, o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish hamda qonunchilikda belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlardan foydalanish huquqiga ega. Pedagog xodimlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 47. Pedagog xodimlarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi: tarbiyalanuvchilarni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘qitish va yuksak ma’naviy-axloqiy darajada tarbiyalash; o‘z kasbiy malaka va ko‘nikmalarini hamda pedagoglik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirib borish; pedagog axloq-odobiga rioya etish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish; tarbiyalanuvchilarni tazyiqdan himoya qilish, ularni Vatanni, mehnatni, ota-onani hurmat qilish, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash. Pedagog xodimlarga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. 48. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar hech bir cheklovsiz tarbiyalanuvchilardan xabar olish, o‘quv-tarbiya muassasasining o‘quv-tarbiyaviy faoliyati, bolalarining ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi jarayoni bilan tanishish huquqiga ega. 49. O‘quv-tarbiya muassasasiga bevosita O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. 50. Direktor: o‘quv-tarbiya muassasasi nomidan faoliyat yuritadi, uning manfaatlarini himoya qiladi, mol-mulkini tasarruf etadi, qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi; o‘quv-tarbiya muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va o‘quv-tarbiya muassasasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi; o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; o‘z vakolatlari doirasida o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari va xodimlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; pedagog va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 51. O‘quv-tarbiya muassasasi faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 52. O‘quv-tarbiya muassasasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash qonunchilikka muvofiq belgilanadi. 53. O‘quv-tarbiya muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritadi. 54. O‘quv-tarbiya muassasasining moliya-xo‘jalik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi. 55. O‘quv-tarbiya muassasasi belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi. 56. O‘quv-tarbiya muassasasi tugatilgan taqdirda, uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonunchilikka va uning ustaviga muvofiq foydalaniladi. O‘quv-tarbiya muassasasi tugatilgan taqdirda, tarbiyalanuvchilarni boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazish ta’minlanadi. 1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 33-son, 312-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 10-bandiga quyidagi tahrirdagi to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar qo‘shilsin: a) “Ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalarda yashayotgan, shuningdek, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan boshqa voyaga yetmaganlar ularning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining yo‘llanmasi asosida ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga joylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar tavsiyasiga asosan yuborilayotgan voyaga yetmaganlar uchun ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga qabul kvotasidan tashqari 5 foizgacha qo‘shimcha kvotalar ajratadi”; b) to‘rtinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyundagi 459-son qarorining 3-bandiga: a) quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin: “ixtisoslashtirilgan maktab-internatga o‘qishga har yilgi qabul kvotasiga ajratiladigan 5 foizgacha qo‘shimcha kvotaga hududiy idoralararo komissiyaning ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratsiz va qarovsiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalarda yashayotgan hamda davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan boshqa voyaga yetmaganlarning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlarini inobatga olgan holda tavsiya etilayotgan voyaga yetmaganlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan tartibda tanlovsiz qabul qilinadi”; b) sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari to‘g‘risidagi nizomning 18-bandi “a” kichik bandiga: a) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalarda yashayotgan, shuningdek, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan boshqa voyaga yetmaganlar ularning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, iqtidori, qobiliyati, san’at turiga bo‘lgan qiziqishlari hamda iste’dodini inobatga olgan holda, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining yo‘llanmasi asosida ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlariga joylashtiriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlariga qabul kvotasidan tashqari 5 foizgacha qo‘shimcha kvotalar ajratadi;” b) to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
92
31,714
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimch
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-martdagi 145-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namuna va sinamalarini tasarruf etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2003-yil 9-iyul 01-02/16-27-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1269, 2003-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 16-son). 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 5-apreldagi 01-02/16-30-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 13-bandiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1269-1, 2013-yil 8-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y.,19-son, 245-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 13-apreldagi 01-02/16-17-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1269-2, 2015-yil 4-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 18-son, 220-modda). 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 18-apreldagi 01-02/16-26-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1269-3, 2016-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 17-son, 183-modda).
250
2,337
Qonunchilik
Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 9-sentabrdagi 168-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1864, 2008-yil 10-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 419-modda) bilan tasdiqlangan Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-banddagi “50” soni “20” soni bilan almashtirilsin. 2. 3-banddagi “sanoat korxonalarining” degan so‘zlar “iste’molchilarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 15-banddagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” degan so‘zlar “aksiyadorlik jamiyati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 26-banddan oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 5. 27-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Quvvat koeffitsiyentini pasayishi oqibatida elektr energiyasini qo‘shimcha texnologik yo‘qotishlarini hisoblash mazkur Nizom ilovasining 18-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.”. 6. 28-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. Nizom ilovasida: a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va (yoki) Magistral elektr tarmog‘idan ta’minlanadigan iste’molchilar uchun quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati quyidagicha belgilanishi lozim: Agar iste’molchi podstansiyaning shinalariga ulangan bo‘lsa u xolda tegishlicha podstansiyani elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoq kuchlanishdagi normativ qiymat hisobga olinadi.”. b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; v) quyidagi mazmundagi 4-§ bilan to‘ldirilsin: 18. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan birlamchi ma’lumotlar: a) hisob davrida iste’molchiga amalda yetkazib berilgan aktiv va reaktiv elektr energiyasi miqdori Wa, Wr; b) elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan quvvat koeffitsiyenti (sos φshart); v) Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda texnologik yo‘qotishlarning normativlarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2871, 2017-yil 31-mart) muvofiq hisoblangan iste’molchi ulangan elektr tarmoqlar bo‘ylab elektr energiyasini uzatish va taqsimlashda uning texnologik yo‘qotishlarning normativi (∆W Norm.ETY, %). Hisob davrida iste’molchiga amalda yetkazib berilgan aktiv va reaktiv elektr energiyasi miqdoridan kelib chiqib, amaldagi quvvat koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Hisob davrida elektr energiyasini iste’molchiga yetkazib berishda iste’molchi ulangan tarmoqlarda sodir bo‘ladigan uning texnologik yo‘qotishlarining absolyut miqdori (∆W Norm.ETY)quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Bunda, Wa hisob davrida iste’molchiga yetkazib berilgan aktiv elektr energiyasi miqdori. elektr ta’minoti shartnomasi bilan cheklangan miqdori: amaldagi miqdori: Iste’molchida quvvat koeffitsiyenti elektr ta’minoti shartnomasida belgilangandan pasayishi oqibatida elektr tarmoqlarda sodir bo‘ladigan qo‘shimcha elektr energiyasi yo‘qotishlari quyidagi formula bilan aniqlanadi: 8. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O‘rtaosiyoenergotarmoqloyiha” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
138
3,907
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot olish prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish, ularning mustaqil rivojlanishi uchun kafolatlar yaratish, axborot olish erkinligi prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash, har bir kishining axborotni erkin va to‘sqinliksiz tarqatish va undan foydalanish huquqini ro‘yobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (B. Alimov) uch oy muddatda ommaviy axborot vositalarining ta’sis hujjatlarini xatlovdan o‘tkazsin, ularni amaldagi qonun hujjatlariga va ilova qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiqlashtirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 2003-yil 30-sentabrdagi 418-son qarori va unga ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 93-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ommaviy axborot vositasi deyilganda ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan (bundan buyon matnda chiqariladigan deb yuritiladi) shakli hamda axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari tushuniladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi: davriy bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar va boshqalar); tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, axborot agentliklari; mahsulotlari Internet global tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar); asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar); reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatishga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar); ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari (elektron tarzda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar). Ommaviy axborot vositalari mahsuloti deyilganda davriy bosma nashrning alohida soni, adadi yoki adadining bir qismi, yoxud tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlarning va ommaviy axborotni davriy tarqatish boshqa elektron turlarining alohida soni tushuniladi. Ommaviy axborot vositasi tahririyati deyilganda ommaviy axborot vositasini chiqaruvchi yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi tushuniladi. Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositasi deyilganda davriy bosma nashr alohida soni hajmining 40 foizidan, tele-, radio dasturlarda eshittirish va ko‘rsatuv har bir soatining 10 foizidan ko‘prog‘ini reklama xabarlari tashkil qiladigan ommaviy axborot vositasi tushuniladi. Ommaviy axborot vositalari muassislari deyilganda ommaviy axborot vositasini ta’sis etgan, uni yaratish va chiqarish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan, shuningdek tahririyatni tashkil etgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tushuniladi. 3. Ommaviy axborot vositalari ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 4. Ommaviy axborot vositalarini (mahsulotlari global Internet tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun muassis yoki uning tomonidan vakil qilingan shaxs ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga 1-ilovaga muvofiq shaklda ariza beradi. Mahsulotlari global Internet tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun muassis yoki uning tomonidan vakil qilingan shaxs ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza beradi. 5. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: tahririyat to‘g‘risidagi nizomning nusxasi — ommaviy axborot vositasi tahririyati yuridik shaxs bo‘lmagan hollarda; davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risida bankning to‘lov hujjati. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risida bankning to‘lov hujjati bundan mustasno. 6. Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq stavkalar bo‘yicha davlat boji undiriladi. Ommaviy axborot vositalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun ushbu Nizomga 3-ilovada ko‘rsatilgan davlat bojining 70 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun undiriladigan davlat bojining 50 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisob raqamiga, qolgan qismi — O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hisob raqamiga o‘tkaziladi. 7. Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ariza ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar qaytarib olingan taqdirda muassis to‘langan davlat boji summasini o‘n kun mobaynida qaytarib olish huquqiga ega. Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda to‘langan davlat boji summasi qaytarilmaydi. 8. Hujjatlar muassis yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi. Hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjatlar olingandan keyin uch kun muddatda ularning nusxalarini O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markaziga yuboradi, Markaz o‘z navbatida o‘n kun muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan xulosa berishi shart. 9. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ariza bilan birga barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq Sxemaga binoan ko‘rib chiqiladi. 10. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi: asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida, uning tashqarisida, ikki yoki undan ko‘p viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) hududlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan davriy bosma nashrlarni; Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qaroriga muvofiq — tele-, radiodasturlarni; axborot agentliklarini; mahsulotlari elektron tarzda tarqatiladigan boshqa ommaviy axborot vositalari turlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari asosiy qismi bitta viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida tarqatish uchun mo‘ljallangan davriy bosma nashrlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Ommaviy axborot vositalarining yagona reyestrini yuritadi. 11. Ommaviy axborot vositasi uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berilgandan keyin davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hisoblanadi. 12. Ommaviy axborot vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ommaviy axborot vositasi ta’sis hujjatlariga, shuningdek muassis to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hujjatlarga, nomiga, tiliga, turiga, maqsad va vazifalariga hamda ommaviy axborot vositasi ixtisoslashuviga o‘zgartirish kiritilganda amalga oshiriladi. Qolgan hollarda muassis yoki tahririyat bir oy muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni yozma ravishda xabardor qilishlari kerak. 13. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma o‘rniga muassisning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin. 14. Ommaviy axborot vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda nazarda tutilgan davlat boji summasining ellik foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma dublikati berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida davlat boji undiriladi. 15. Davriy bosma nashrlar ilovalar bilan chiqarilishi mumkin. Bunda ilovalarda ular ilovasi bo‘lgan asosiy davriy bosma nashrning nomi ko‘rsatilishi lozim. Davriy bosma nashrning alohida nomga ega bo‘lgan ilovalariga mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida qaraladi va ular umumiy asoslarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. 16. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi xulosasini hisobga oladi. 17. Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ommaviy axborot vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtiradi va beradi. 18. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda rad etilishi mumkin. 19. Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qaror qabul qilingandan keyin o‘n kun mobaynida ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma bildirishnoma yuboradi. Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 20. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ barcha hujjatlar bilan birga ariza olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi. Ariza qayta ko‘rib chiqilganligi uchun davlat boji undirilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi. 21. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 22. Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, guvohnomani haqiqiy emas deb hisoblash “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 23. Quyidagilar: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan faqat ularning rasmiy xabarlari va materiallarini, normativ-huquqiy hujjatlarini e’lon qilish uchun ta’sis etiladigan ommaviy axborot vositalari; korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan o‘quv va ilmiy muassasa)ning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun tiraji yuz nusxagacha bo‘lgan davriy bosma nashrlari; tarqatilishi bir korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan o‘quv va ilmiy muassasa)ning binosi va (yoki) hududi bilan cheklangan kabel tarmoqlar orqali uzatiladigan tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, audiovizual xabarlar va materiallar; uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi. 24. Davriy bosma nashrlar shaklida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositalari tahririyatlari noshirlar bilan tuziladigan shartnomalarda o‘z mahsuloti majburiy nazorat nusxalarining ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq boshqa tashkilotlar va muassasalarga yuborilishini nazarda tutishlari kerak. 25. Ushbu Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda): a) 2-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda ma’lumotlar uzatishga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish”; b) 6-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda teleradiodasturlarni ommaviy axborot vositalari sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ularni Yagona davlat reyestriga kiritadi”; v) 2-ilovada: 6-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda ma’lumotlar uzatishga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish”; 7-bandda: to‘rtinchi xatboshidagi “televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye), radioeshittirish, elektron-axborot aloqasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “litsenziya bitimlari shartlariga va elektron ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etadi”; 9-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda teleradiodasturlarni ommaviy axborot vositalari sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ularni Yagona davlat reyestriga kiritadi”; g) 4-ilovada: ilova nomidagi “Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish)” so‘zlari chiqarib tashlansin; 1-banddagi “davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish)” so‘zlari chiqarib tashlansin; 2-banddagi “Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin; 3-banddagi “davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va” so‘zlari chiqarib tashlansin; 4-band matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Faoliyat turiga litsenziya olish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya huzuridagi ishchi guruhga litsenziya olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hujjatlarni topshiradi”; 5-banddagi “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin; 6-banddagi “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin; 8-bandning birinchi xatboshidagi “bir hafta muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi va davlat reyestriga kiritadi” so‘zlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va uni davlat reyestriga kiritadi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9 va 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Teleradioeshittirish sohasida chastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “22. Imzolangan protokol asosida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi”; b) 1-ilovada: “Tadbirlar” ustuni beshinchi pozitsiyasining 1-bandi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat qiladi”; “Bajarish muddatlari” ustunining beshinchi pozitsiyasidagi “5 kun mobaynida” so‘zlari “g‘olibning ixtiyoriga ko‘ra” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Tadbirlar” ustuni oltinchi pozitsiyasining 1-bandi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi”; “Bajarish muddatlari” ustunining oltinchi pozitsiyasidagi 1 bandidagi “uch kun muddatda” so‘zlari “bir oy muddatda” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga 6-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 46-modda) 1-bandi “e” kichik bandining oltinchi va yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
131
19,356
Qonunchilik
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi QL-718-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi QL-718-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
101
551
Qonunchilik
MAQSADLI MOLIYALASh ChIZMALARI BO‘YIChA RESPUBLIKA BUDJETINING REJADAGI XARAJATLARINI MOLIYALAShTIRISh UChUN MARKAZIY BANKNING MAQSADLI QISQA MUDDATLI KREDITLARIDAN FOYDALANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM, ShUNINGDEK UNGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 22-24 son, 159-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 24-avgustda 72, 144-V, 99-107 va 02/8-63-son bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 806, 1999-yil 26-avgust) Maqsadli moliyalash chizmalari bo‘yicha respublika budjetining rejadagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning maqsadli qisqa muddatli kreditlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 7-sentabrda 72/1, 144-V-1, 99-112 va 02/866-son bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 806-1, 1999-yil 14-sentabr) Maqsadli moliyalash chizmalari bo‘yicha respublika budjetining rejadagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning maqsadli qisqa muddatli kreditlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga 1-son qo‘shimcha; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2000-yil 11-yanvarda 7-son, 1999-yil 20-dekabrda 144-V-2-son, 2000-yil 15-yanvarda 2000-7-son va 2000-yil 19-yanvarda 02/8-05-son bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 806-2, 2000-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 2-son, 82-bet) Maqsadli moliyalash chizmalari bo‘yicha respublika budjetining rejadagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning maqsadli qisqa muddatli kreditlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga 2-son qo‘shimcha; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2001-yil 4-avgustdagi 86, 199-V-3, 2001-82 va 0218-20-son “Maqsadli moliyalash chizmalari bo‘yicha respublika budjetining rejadagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning maqsadli qisqa muddatli kreditlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 806-3, 2001-yil 12-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 17-son). 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
250
2,885
Qonunchilik
2008-yil 13-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2009-yil 2-noyabrdagi 01-02/12-22, EG-01/10-7233-son qarori (ro‘yxat raqami 2053, 2009-yil 14-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 546-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 2-banddan “va bojxona organlarida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. 14-banddan “va uning hududidan olib chiqish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 3. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “18. Ekspertiza o‘tkazish va eksport qilinayotgan tabiiy gaz uchun mahsulot kelib chiquvchi davlat sertifikatining berilishi O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq (ro‘yxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2010-y. 33-son, 279-modda).” 4. 24-bandning sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin. 5. Mazkur o‘zgartirishlar “O‘zbekneftegaz” MXK va “PETRONAS Carigali (Urga) Ltd” kompaniyasi bilan kelishilgan.
250
1,978
Qonunchilik
“Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2001-yil 26-martdagi 4-son “Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024, 2001-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 7-son). 2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2003-yil 14-fevraldagi 1-son “Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024-1, 2003-yil 10-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son). 3. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2007-yil 16-martdagi 3-son “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024-2, 2007-yil 28-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 188-modda). 4. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2010-yil 30-iyundagi 8-son “Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024-3, 2010-yil 8-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 26-27-son, 225-modda). 5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2010-yil 14-oktabrdagi 1634/2-son “Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024-4, 2010-yil 18-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 42-43-son, 368-modda). 6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2012-yil 5-noyabrdagi 11-son “Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024-5, 2012-yil 13-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 46-47-son, 528-modda). 7. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2013-yil 19-sentabrdagi 01/20-26/16-son “Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024-6, 2013-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 39-son, 523-modda). 8. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2015-yil 3-fevraldagi 01/20-26/05-son “Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024-7, 2015-yil 19-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 7-son, 86-modda). 9. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 31-martdagi 01/20-26/31-son “Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomning 16-bandiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024-8, 2016-yil 11-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 15-son, 151-modda). 10. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 1-dekabrdagi 01/15-2-10/34-son “Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024-9, 2018-yil 6-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/1024-9/0515-son).
167
4,729
Qonunchilik
Respublika energetika va elektrlashtirish korxonalarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Energetika tarmog‘ini rivojlantirishdagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari hamda jamoat hayotida faol ishtirok etayotganliklari uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
133
173
Qonunchilik
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan samarali foydalanish va uni ta’mirlash, ularga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarining izchil amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: 1. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022-yil 1-iyulga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1-ilovaga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylar joylashgan hududlarini ochiq tanlov o‘tkazish yo‘li bilan boshqaruvchi tashkilotlarga biriktirish (keyingi o‘rinlarda — biriktirilgan hudud) yuzasidan loyihani amalga oshirish (keyingi o‘rinlarda — loyiha) to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilansinki, loyiha doirasida biriktirilgan hududda: a) tanlangan boshqaruvchi tashkilotga quyidagi vazifalar yuklatiladi: shartnomalarga asosan barcha ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish, shuningdek, yakka tartibda qurilgan uylarga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar tashkilotlarga (obyektlarga) kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini ko‘rsatish; tegishli hokimlik bilan tuzilgan shartnomaga asosan hududni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish; 24 soat mobaynida faoliyat yuritadigan dispetcherlik va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatini tashkil etish; b) barcha davlat buyurtmachilariga tanlangan boshqaruvchi tashkilot bilan biriktirilgan hududda istisno tariqasida tanlov o‘tkazmasdan kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish ruxsat etiladi; v) yakka tartibda qurilgan uylar mulkdorlari, xususiy tashkilotlar vakillari tomonidan tanlangan boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma ixtiyoriy ravishda tuziladi; g) boshqaruvchi tashkilotga biriktirilgan hududda muhandislik tarmoqlari hamda kommunikatsiyalarini qurish va o‘zgartirish ishlari boshqaruvchi tashkilotga ma’lum qilgan holda amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: 2022 — 2025-yillarda ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq; 2022 — 2025-yillarda ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq; respublika bo‘yicha ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan va ma’nan eskirgan ko‘p kvartirali uy-joylarni instrumental o‘rganish va renovatsiya qilish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: a) 2021-yil 1-iyuldan boshlab uy-joy mulkdorlarining shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi, bevosita boshqaruvchi (keyingi o‘rinlarda — boshqaruvchilar) tomonidan har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun majburiy badallarning yoki to‘lovlarning alohida hisobi yuritilishi shart; b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish mazkur uy-joylarni ta’mirlash ishlari umumiy smeta qiymati doirasida amalga oshiriladi, bunda: 2023-yil uchun Moliya vazirligi tomonidan respublika budjetidan 156,4 milliard so‘m ajratiladi; 2024-yil 1-yanvardan boshlab mablag‘larning: 30 foizi mulkdorlar hisobidan qoplanadi. Mazkur mablag‘lar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasida ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlashni moliyalashtirish uchun ochiladigan maxsus hisobvaraqda (keyingi o‘rinlarda — Maxsus hisobvaraq) shakllantiriladi; 35 foizi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi; 35 foizi mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi. 5. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq shakllantiriladigan ro‘yxatdagi uy-joylarni ta’mirlash umumiy smeta qiymatining 30 foizini ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari hisobidan jamg‘arib borilishini tashkil etsin. 6. Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Maxsus hisobvarag‘iga yo‘naltirish uchun ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga joriy yilda 100 milliard so‘m ajratsin. Belgilansinki, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash ishlari uchun ajratilayotgan mablag‘larning samarali va manzilli ishlatilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. 7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: b) boshqaruvchilar bir yilda bir marta ko‘p kvartirali uy-joylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalar (umumiy mol-mulk) butligini xatlovdan o‘tkazadi va Uy-joy fondi inspeksiyasiga ma’lumot kiritib boradi; v) boshqaruvchi har yarim yilda majburiy badallarning tushumi va ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risida mulkdorlarga hisobot berib boradi; g) qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish birinchi ikki yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muddatga ko‘p kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining kafolat muddati joriy qilinadi. Bunda: quruvchi tomonidan boshqarish usuli tanlanadi yoki mazkur vazifani amalga oshirish uchun shartnomaga asosan boshqaruvchi tashkilot jalb qilinishi mumkin; quruvchi ko‘p kvartirali uydagi joyni sotib olish istagida bo‘lgan shaxslarni tanlangan boshqaruv usulidan xabardor qilishi va uy-joyni oldi-sotdi shartnomasi bilan bir vaqtda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzilishini tashkillashtirishi lozim; ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari o‘zgarishi natijasida umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash uchun umumiy xarajatlarda ishtirok etish bo‘yicha majburiyatlar yangi mulkdorga o‘tadi; birinchi ikki yil ichida ko‘p kvartirali uy-joydagi quruvchidan tashqari mulkdorlarning soni ellik foizdan oshgan taqdirda mulkdorlar tomonidan belgilangan tartibda umumiy yig‘ilishning qaroriga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish usuli tanlanadi. e) ko‘p kvartirali uy-joydagi umumiy mol-mulkning talab darajasida saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xizmatlar va ishlarning minimal ro‘yxati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan tegishli hududdagi boshqaruvchilar bilan birgalikda ishlab chiqiladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi; j) 2022-yil 1-yanvardan boshlab notarial idoralar tomonidan mulkdorlarning boshqaruvchi oldida qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning miqdori uy-joylarga bo‘lgan mulk huquqini rasmiylashtirishda tegishli shartnomada aks ettiriladi va yangi mulkdor ushbu qarzdorlik haqida ogohlantiriladi; z) ko‘p kvartirali uy-joylarda istiqomat qiluvchi, Moliya vazirligi tomonidan olib boriladigan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga majburiy badalni to‘lab berish uchun “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratiladi; i) ko‘p kvartirali uy-joydagi umumiy mol-mulkning ayrim qismlarini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan taqdirda mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘ladi; k) quyidagi masalalar bo‘yicha umumiy yig‘ilishning qarori, agar uni yoqlab uy-joy mulkdorlari yoki ular vakillarining 80 foizidan ko‘prog‘i ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi: ko‘p kvartirali uy-joyga tutash hududlarda yangi obyektlarni qurish; mulkdorlar amal qilishi majburiy bo‘lgan ko‘p kvartirali uy-joylarda umumiy mol-mulkni boshqarishning talab va qoidalarini tasdiqlash; ko‘p kvartirali uy-joy uchun qarz va kreditlarni jalb qilish. 8. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: 2021-yil 1-avgustga qadar loyiha doirasida biriktirilgan hududlar, 2022-yil 1-yanvarga qadar esa butun respublika hududlarida ko‘p kvartirali uy-joyga xizmat ko‘rsatish jarayoniga uy-joy mulkdorlarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va ularning tegishli mol-mulki kadastr raqamidan foydalangan holda billing tizimini joriy qilsin; 2021-yil 1-oktabrga qadar ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqaruvchilarning elektron reyestrini shakllantirsin va ishga tushirsin. 9. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Qurilish vazirligining Uy-joy fondi inspeksiyasiga quyidagi vakolatlarni berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: ko‘p kvartirali uy-joydagi mulkdor tomonidan olib borilayotgan qayta qurish va qayta rejalashtirish ishlari holatini nazorat qilish maqsadida, ushbu uy-joy mulkdorlari va (yoki) boshqaruvchilardan kelib tushgan murojaatga asosan mazkur ishlarni olib borayotgan mulkdorni oldindan xabardor qilgan holda unga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar yoki noturar joyga boshqaruvchi bilan birga kirish; uy-joy mulkdorlarining murojaatlariga asosan umumiy yig‘ilishlarning o‘tkazilishini va hisobotlarning mulkdorlarga o‘z muddatlarida berib borilishini o‘rganish. Uy-joy fondi inspeksiyasi qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uy-joy obyektlarini (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) va unga tutash hududlarni hamda ko‘p kvartirali uy-joylardagi muhandislik uskunalarining rekonstruksiya qilingan tizimlarini o‘rganish davomida qurilish (rekonstruksiya) loyihasidan chetga chiqish holatlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yoki ushbu obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar yuzasidan aybdor shaxslar harakati (harakatsizligi)ga huquqiy baho berish uchun tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga doimiy ravishda taqdim etib borsin. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli tijorat banklari bilan birgalikda 2021-yil 1-iyuldan boshlab ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish usuli shirkatlardan boshqaruvchi tashkilotlarga o‘tgan uy-joylar uchun jalb qilingan kreditlarning muddatini, mahalliy hokimliklar kafilligi asosida, uch yilgacha uzaytirish choralarini ko‘rsin. 11. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 12. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga istisno tariqasida davlat xaridlari uchun o‘rnatilgan tartib-taomillarni o‘tkazmasdan sohani isloh qilish, shu jumladan billing tizimini ishlab chiqish, doimiy ekspluatatsiya qilish va rivojlantirib borish bo‘yicha Kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan o‘tkazmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin. 13. Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib, “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va javobgar etib uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari N.T. Nazirov belgilansin. Qarorning ijrosini har chorakda muhokama qilish, ijro uchun mas’ul organlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-fevraldagi “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3-son qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ko‘p xonadonli uy-joyni kapital ta’mirlash dasturlariga ko‘p xonadonli uy-joy mulkdorlari tomonidan uy-joy binosini kapital ta’mirlash umumiy smeta qiymatining kamida 30 foizi hajmida moliyalashtirilgan uylar kiritiladi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2900-son qarorida: a) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin: “31. Belgilansinki, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 2 baravarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalarida — 1,5 baravarga, tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlarida — 1,3 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi. Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi”; b) 8-ilovada: 7-band quyidagi mazmundagi oltinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan zaruriy texnika, mebel, aloqa vositalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika vositalari bilan ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xodimlarining xizmat safarlari, shu jumladan xorijiy xizmat safarlari; uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; vazirlikning kommunal xarajatlari bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga konsalting tashkilotlaridan va boshqa tashkilotlardan mutaxassislarni, jumladan mahalliy va xorijiy maslahatchilarni jalb qilish”; oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi “2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2922-son qarorida: a) 6-bandning birinchi xatboshisidan “buxgalterlik hisobini yuritish,” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 8-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi “Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi PQ-4732-son qarorida: a) 2-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Elektron ro‘yxatga kiritilmagan qurilish majmualarini reklama qilish taqiqlanadi”; b) ilovaning 18-bandi o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “qurilish obyekti ekspluatatsiyasining kafolat muddati (ikki yildan kam bo‘lmasligi lozim)”.
84
15,598
Qonunchilik
Muqobil energiya qurilmalari ishlab chiqaruvchilarga qachon imtiyozlar beriladi?
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining  “Qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarish boʻyicha qurilmalar ishlab chiqarishga iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni identifikatsiyalash  meхanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Loyiha Prezidentning 26.05.2017 yildagi PQ-3012-son “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada  energiya  samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ma’lumot uchun: Prezidentning 15.05.2017 yildagi PQ-2343-son qarori bilan soha korхonalariga soliq  imtiyozlari berilgan. Biroq, qonunchilikda qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarish boʻyicha qurilmalarni ishlab chiqaruvchi korхonalarni aniqlash tartibi mavjud emas.   Bu imtiyozlarni qoʻllashni qiyinlashtiradi. Loyiha qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarish boʻyicha qurilmalarni ishlab chiqarishga iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni identifikatsiyalash meхanizmini joriy etish yoʻli bilan  soliq qonunchiligini tatbiq qilishda yagona yondashuvni ta’minlash va ularning mahsulotlarini mazkur toifga kiritish uchun ishlab chiqildi. Loyihaga muvofiq tashkilotlarni identifikatsiyalash energiya ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning buyurtmasiga asosan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Ishchi guruh 10 kun ichida taqdim qilingan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi va bayonnoma koʻrinishida хulosa beradi. Soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini tasdiqlash uchun korхona soliq hisobiga qoʻyilgan joy boʻyicha davlat soliq хizmati organini quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda imtiyozlarni qoʻllash boshlangan sana toʻgʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi: Loyihada quyidagi tushunchalarga ta’rif berilgan: qayta tiklanuvchi energiya manbalari tabiiy sodir boʻladigan tabiiy jarayonlar hisobiga uzluksiz qayta tiklanuvchi energiya manbalari qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib, energiya ishlab chiqaradigan tashkilot qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib, elektr va (yoki) issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan yuridik shaхs tashkilotlarni identifikatsiyalash ishchi guruh tomonidan mulkchilik va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish yoʻli bilan yuridik shaхs-mulkdorni aniqlash ma’lumotlar bazasi Davlat soliq qoʻmitasi shakllantiradigan va imtiyozlarni qoʻllaydigan, ishchi guruh tomonidan aniqlangan korхonalar roʻyхati Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin. Mohina Mirzayeva.
80
2,554
Qonunchilik
“Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-118-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015-yil 27-noyabrda kiritilgan “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-118-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
200
729
Qonunchilik
Xorijiy ommaviy axborot vositalari va turizm sohasi tashkilotlari vakillari uchun O‘zbekistonda axborot turlarini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini jahon turizm bozorlariga kiritish va yanada keng ko‘lamda taqdim etish, shuningdek milliy tarixiy va madaniy qadriyatlarni xalqaro bozorlarda targ‘ib etish, respublikaga xorijiy turistlar oqimini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, shu jumladan bloggerlar, turizm kompaniyalari va ularning birlashmalari, turizm ma’muriyatlari, BMTning Jahon turizm tashkiloti (YNVTO), xalqaro bronlashtirish tizimlari, boshqa xalqaro va xorijiy tashkilotlar, turizm sohasi uyushmalari vakillari (keyingi o‘rinlarda xorijiy vakillar deb ataladi) uchun O‘zbekistonga tanishuv tashriflari tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xorijiy vakillarning O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish masalalari, shu jumladan xalqaro turizm yarmarkalari, ko‘rgazmalari va turizm sohasidagi boshqa tadbirlar doirasida o‘tkaziladigan kengaytirilgan taqdimot dasturlarining, shuningdek xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga belgilangan tartibda mamlakatimizning tarixiy-madaniy obyektlari va turizm salohiyati to‘g‘risida video va foto tasvirlar, maqolalar va reportajlar tayyorlashda ko‘maklashish bo‘yicha mas’ul muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi. 3. Tanishish tashriflari doirasida xorijiy vakillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmanomalariga binoan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda tizimida turizm obyektlari mavjud bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda madaniy-ommaviy tadbirlar va turizm imkoniyatlari taqdimotlari tashkil etilishini, shuningdek tegishli hududlardagi turizm komplekslari va diqqatga sazovor joylarga tashriflarni, shu jumladan video va foto tasvirlar uchun to‘lov undirmasdan ta’minlasinlar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari — o‘z mablag‘lari hisobiga transport xizmati ko‘rsatilishini hamda madaniy dastur tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari nomidan qabul marosimlari o‘tkazilishini; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — tanishish tashriflari qatnashchilari uchun konsullik yig‘imlari undirmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini, shuningdek xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilishini; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi — xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan vaqtincha olib kirilayotgan, ularning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari davrida video va foto tasvirlar uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarning belgilangan tartibda bojxonada rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 4. Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan belgilangan tartibda kelishilgan boshqa yirik turizm tadbirlari doirasida 2017 — 2021-yillar davrida xorijiy vakillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmanomalariga binoan: “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK — “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro aviareyslarga har yili (200 kishigacha) aviachiptalar bronlashtirilishini va bepul berilishini, shuningdek Toshkent shahrining Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroporti zalida alohida yo‘lak orqali xizmat ko‘rsatilishini; “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ — har yili (100 kishigacha) mahalliy qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga temir yo‘l chiptalari zaxira qilib qo‘yilishini va bepul rasmiylashtirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — bepul asosda berilgan avia va temir yo‘l chiptalaridan xorijiy vakillar uchun maqsadli foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xorijiy vakillarning yashashi, ovqatlanishi va respublikada bo‘lishlari davrida dasturlarning boshqa ishtirokchilari tomonidan qoplanmaydigan boshqa xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘lanishini ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
139
4,808
Qonunchilik
Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun mahalliy hokimliklarga yanada koʻproq erkinlik beradi
4 noyabr kuni Qonunchilik palatasida «2020 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamasi boʻyicha seminar oʻtkazildi. Eslatib oʻtamiz, 2020 yildan boshlab Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari aхborotlar batafsil bayon etilgan holda ilgʻor хalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanadi (22.08.2018 yildagi PQ-3917-son qarorga qarang). Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun davlat boshqaruvi sektorining barcha darajalarining byudjet borasidagi mas’uliyatini oshiradi, shuningdek byudjet ijrosi intizomini yanada mustahkamlaydi. Shuningdek, Davlat byudjetining soliq turlari boʻyicha хarajatlarini sohalar kesimida Oliy Majlis va хalq deputatlar mahalliy Kengashlari tomonidan qayta-qayta tasdiqlanishiga barham beriladi. Bu mahalliy hokimliklar vakolatlarining kengayishiga olib keladi. Ilgari mahalliy hokimliklar oʻz byudjetini respublikadan yetkazilgan raqamlar asosida tasdiqlab qoʻyar edi, ular biror raqamni oʻzgartirish vakolatiga ega emas edi. Bir soʻz bilan aytganda, Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan byudjetni tasdiqlash tartib-taomili formal ma’noga ega edi. Qonun loyihasi doirasida boshqacha tartib-taomillar nazarda tutilgan. Loyihada mahalliy hokimliklar mahalliy byudjetlarning daromadlarini soliq turlari boʻyicha hamda хarajatlarini byudjet tashkilotlari kesimida oʻzlari belgilashi qayd etilgan. Shu tariqa, mahalliy Kengashlarning byudjetni qabul qilishdagi haqiqiy mustaqilligi ta’minlanadi. Vazirlik va idoralarning byudjetlari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanishi ularga ajratilgan byudjet mablagʻlarining natijadorligini ta’minlashga хizmat qiladi. Qonunda nazarda tutilgan oʻzgarishlar mahalliy hokimiyat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish orqali soliqqa tortish bazasini kengaytirishga va byudjetga tushadigan tushumlarning koʻpaytirishga boʻlgan qiziqishlarini oshiradi. Qarz mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha chegaralarning oʻrnatilishi ushbu mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshiradi hamda Davlat byudjetining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.
89
2,079
Qonunchilik
Investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha ishlar 4 bosqichga boʻlinadi
Mamlakatimiz Prezidenti raisligida 2019 yil 8 yanvar kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha yangi bosqichma-bosqich tizim joriy etilishi muhokama qilindi. Yangi, 4 bosqichli tizimning joriy etilishi hududlar va tarmoqlarda toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar miqyosini kengaytirish, ularning amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish imkonini berishi qayd etildi.  Unga muvofiq, birinchi bosqichda viloyat hokimlari har haftada bittadan tuman yoki shaharga borib, elchilar bilan aloqa oʻrnatgan holda, u yerga toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi. Tarmoq rahbarlari ham har haftada bitta viloyatga borib, mahalliy korхonalar bilan birga amaldagi loyihalarni bajarish va qoʻshimcha investitsiya loyihalari boʻyicha ish olib boradi. Bosh vazir va uning oʻrinbosari elchilar ishtirokida jalb qilingan хorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish holatini muntazam muhokama qilib boradi. Natijalariga qarab, hokimlar va tarmoqlar rahbarlari ragʻbatlantiriladi yoki ularga nisbatan ish haqining 50%i miqdorida jarima qoʻllanadi. Hududlarga biriktirilgan respublika idoralari rahbarlari viloyat hokimlari va elchilar bilan birgalikda har bir tuman (shahar)da toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar holatini oʻrganib, ularning ijrosini jadallashtirish boʻyicha aniq choralar koʻradi. Shuningdek, qoʻshimcha loyihalar boʻyicha takliflar ishlab chiqib, хorijiy investorlarni jalb qiladi. Ikkinchi bosqichda Investitsiya qoʻmitasi hududlar va tarmoqlarning investitsiya loyihalari boʻyicha takliflarini umumlashtirib, samaradorligini baholaydi va yagona elektron onlayn bazani shakllantiradi. Uchinchi bosqichda Tashqi ishlar vazirligi hamda hududlarga biriktirilgan elchilar yagona elektron bazaga kiritilgan loyihalarga хorijiy investorlarni jalb etadi. Toʻrtinchi bosqichda Vazirlar Mahkamasi saralab olingan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun хorijiy investorlar bilan tegishli kelishuvlarni rasmiylashtirib, ijrosini nazoratga olish boʻyicha «yoʻl хaritalari»ni tasdiqlaydi.
67
2,149
Qonunchilik
AHOLIGA SOTILADIGAN AVTOMOBIL BENZINI ChAKANA NARXLARINI VA YO‘LOVChI TAShISh TRANSPORTI XIZMATLARINING TARIFLARINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Respublikaga keltirilayotgan yoqilg‘i resurslari narxlarining oshib borayotganligi munosabati bilan hamda yo‘lovchi tashish transportining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1934-yilning 1-iyulidan boshlab aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chegaralangan chakana narxlari hamda shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari ilovaga muvofiq belgilansin. 2. Respublika aholisining ayrim toifalariga ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq berilayotgan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda mazkur qarorga ilovaga muvofiq yangi chakana narxlar va tariflar preyskurantlarini tasdiqlasin hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazsin. 4. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, uning joylardagi organlari avtomobil benzinini naqd pulga sotadigan avtomobil benzini quyish stansiyalaridagi avtomobil benzini qoldiqlarini 1994-yil 1-iyuldagi holatga ko‘ra qayta baholab chiqsinlar hamda qayta baholashdan tushgan mablag‘larni o‘zlarining aylanma mablag‘larini ko‘paytirishga yo‘naltirsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chegaralangan chakana narxlari hamda shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari bekor qilinsin.
140
1,475
Qonunchilik
“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi hamda Bojxona qo‘mitalari, “Vatanparvar” tashkiloti, huq
Vatanimizning mudofaa qudratini yuksaltirish, chegaralarning daxlsizligi va milliy xavfsizlikni ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquq-tartibot va el-yurt osoyishtaligini mustahkamlash qo‘shayotgan katta hissasi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi samarali faoliyati uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
250
328
Qonunchilik
Nogironligi boʻlgan bolalarning onalariga ish staji boʻlmaganda – ijtimoiy nafaqa
Prezidentning 17.01.2019 yildagi «2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Farmonida shu haqda soʻz borgan. Hujjat OʻzA saytida joylashtirilgan.   Xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitini yaхshilash – bir qator aniq choralar nazarda tutilgan Davlat dasturi–2019 yoʻnalishlaridan biri. Nogironligi boʻlgan bolalarni tarbiyalovchi ayollarga davlat tomonidan ijtimoiy koʻmak berish ham ular orasidan joy olgan. Chunonchi, 2019 yil 1 martdan boshlab bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga, ular pensiya yoshiga toʻlgandan soʻng, agar ularda pensiya tayinlash uchun zarur staj mavjud boʻlmasa, ijtimoiy nafaqa toʻlanadi. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda uning miqdori va toʻlash tartibini nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qiladi. Eslatib oʻtamiz, nogironligi boʻlgan bolalarning onalari umumbelgilangan pensiya yoshi 5 yilga kamaytirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega. Ya’ni ular 50 yoshdan pensiyaga chiqishlari mumkin. Biroq buning uchun quyidagi shartlarga rioya etishlari zarur: Umumiy tartibga koʻra, pensiya tayinlash uchun zarur ish staji boʻlmaganda qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga oylik nafaqa toʻlanadi (1.11.2018 yildan – 243 300 soʻm). Biroq u ayol 60 yoshga toʻlganda tayinlanadi. Lenara Xikmatova.
81
1,513
Qonunchilik
Ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq akademik litseylar, o‘rta maxsus professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalarining o‘quvchi-talabalarini o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida amaliyotlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar o‘quvchi-talabalarning o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida amaliyotlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi barcha ta’lim muassasalariga (bundan buyon matnda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) taalluqlidir. 2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. 4. Ta’lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Ta’lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 6. Ta’lim muassasalarida quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma; tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari. 7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi. 8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra ta’lim muassasasining asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda ta’lim muassasasining faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas. 10. Ta’lim muassasalarida mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 11. Ta’lim muassasasi xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. 12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 13. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda ta’lim muassasasi xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash ta’lim muassasasi rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. 14. O‘quvchi-talabalar mehnatidan foydalanilganda ularning sog‘lig‘i, xavfsizligi va tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mehnat sharoiti bo‘lgan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi. 15. O‘quvchi-talabalarni ish vaqtidan tashqari hamda tungi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi. 16. Ta’lim muassasalaridagi o‘quvchi-talabalarni o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik va texnika xavfsizligi talablariga javob beradigan ustaxonalarida olib borilishi lozim. 17. O‘quvchi-talabalarning ish joylari zararli faktorlardan ajratilgan holda tashkil qilinishi kerak. 18. Yuklarni tashish bilan bog‘liq ishlar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk normalarining chegarasini belgilash to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1954, 2009-yil 12-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 19-20-son, 242-modda) muvofiq olib borilishi kerak. 19. O‘quvchi-talabalarning jarohatlanishlarini oldini olish maqsadida o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotlari mehnat va texnika xavfsizligi talablariga muvofiq tashkil qilingan bo‘lishi lozim. 20. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida, laboratoriyalarda, issiqlik, chang, kimyoviy moddalar ta’siri kuchli bo‘lgan (charxlovchi, o‘yuvchi, silliqlovchi, elektropayvand ishlari va boshqalar) joylarda SanQvaM 0145-03 “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini joylashuvi, tuzilishi va o‘qish jarayonini tashkillashtirishga oid sanitariya qoidalar” talablariga asosan havo almashinishi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 21. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida qo‘llarni yuvish uchun issiq va sovuq suv, sovun, maxsus eritmalar hamda qo‘llarini quritishi uchun sochiq yoki elektr quritgich bo‘lishi lozim. 22. Ta’lim muassasalari GOST 17.2.3.02 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari, salomatlik uchun xavflilik darajasi hamda kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 23. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim. 24. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 25. Ta’lim muassasasi o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart. 26. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart. 27. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 28. Ta’lim muassasasi rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir. 29. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim. 30. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 31. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va ta’lim muassasasini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim. 32. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi. 33. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. 34. Ta’lim muassasasida quyidagilar ta’minlanishi shart: yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi; himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi; himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi; xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno). 35. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim. 36. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul ta’minlanishi lozim. 37. Ta’lim muassasalarida tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 38. O‘qituvchilar, ta’lim muassasalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. 39. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart. 40. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim. 42. Ta’lim muassasalarida xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim. 43. Ta’lim muassasasi rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim. 44. Tibbiy ko‘riklar ta’lim muassasasining tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim. 45. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas. 46. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik ta’lim muassasasi rahbariyati zimmasiga yuklanadi. 47. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi. 48. Ta’lim muassasasining hududi va ish xonalarining harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari” ga muvofiq bo‘lishi kerak. 49. Ta’lim muassasasining ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim: xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi; ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi; xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi. 50. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim. 51. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim. 52. Ta’lim muassasasi maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos bo‘lishi kerak. 53. Ta’lim muassasasi maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmog‘i bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 54. Ta’lim muassasasi maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 55. Yoz mavsumida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim. 56. Qishki mavsumda binolarning tomlari qordan, karnizlari muzlardan tozalab turilishi zarur. 57. Ta’lim muassasasi hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart. 58. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak. 59. Ta’lim muassasasi joylashgan maydon butun chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim. 60. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 61. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning mikroiqlimi (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) GOST 12.1.005-88 talablariga javob berishi kerak. 62. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq o‘tkazuvchi pollarida (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak. 63. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi chiqindilar va changlardan oson tozalanadigan bo‘lishi kerak. 64. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 65. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak. 66. Ta’lim muassasalarida binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 67. Binolar bir yilda bir marta ta’lim muassasasi rahbari tasdiqlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak. 68. Xodimlar va o‘quvchi-talabalar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va o‘quvchi-talabalar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak. 69. Kirish va chiqish yo‘llari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi lozim. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi lozim. 70. Ta’lim muassasasining ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 71. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 72. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim. 73. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmaslik lozim. 74. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, o‘rtacha og‘ir ishda 17º S va og‘ir ishda 16º S dan past bo‘lmasligi kerak. 75. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 22º S dan kam bo‘lmasligi kerak. 76. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. 77. Ish joylarida, xonalarda va ta’lim muassasasi hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 78. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi ishlar qo‘llanilishi lozim: detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish; shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish; agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash; shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish; tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak. 79. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak. 80. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talablariga mos bo‘lishi kerak. 81. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar, suv quvurlari bo‘lmaganda maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 82. Ichimlik suvining harorati 8º S dan 20º S gacha bo‘lishi kerak. 83. Ta’lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim. 84. Ta’lim muassasasida kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi. 85. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim. 86. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim. 87. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘ymaslik lozim. 88. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 89. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish xonalarida portlash bo‘yicha xavfli gaz konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak. 90. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkyerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. 91. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi kerak. 92. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim. 93. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim. 94. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim. 95. Ta’lim muassasalari maishiy va ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 96. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni ta’lim muassasalarining umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim. 97. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. 98. Ta’lim muassasasi atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim. 99. Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 100. Ta’lim muassasalarida chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi va ushbu idishlar bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak. 101. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti ta’lim muassasasi rahbari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 102. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 103. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi: ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash; ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart. 104. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm to‘xtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning to‘xtashi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. 105. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug‘lik signallari bo‘lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo‘ng‘iroq va o‘chib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo‘lishi lozim. Liniyani to‘xtatgandan so‘ng, ovozli va yorug‘lik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi. 106. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim. 107. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim. 108. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi. 109. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 110. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 111. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak. 112. Yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. 113. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 114. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi. 115. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim. 116. O‘qituvchi va o‘quvchi-talabalar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi hamda ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. 117. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish xonalari, omborxona va yordamchi binolarning ko‘rinarli joylarida yong‘in xavfsizligi xizmatining telefon raqamlari yozilgan eslatma yozuvlari bo‘lishi kerak. 118. Arxiv, omborxona va havo almashtirish uskunalari o‘rnatilgan xonalarning eshiklari yong‘inga chidamli qilib ishlangan bo‘lishi kerak. 119. Ta’lim muassasasi binolarining har bir qavatida yong‘in sodir bo‘lganida xodimlarni, o‘quvchi-talabalarni va moddiy boyliklarni qutqarish chizmasi o‘rnatilishi shart. Chizmada xonalar, yo‘laklar, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlar va o‘quvchi-talabalarning favqulodda holatda zaxira chiqish yo‘llaridan harakat qilish yo‘nalishlari ko‘rsatilishi lozim. 120. Binoda quyidagilar taqiqlanadi: yerto‘lada yonuvchi suyuqliklar, gaz sig‘imlari, portlash xavfi bo‘lgan moddalarni saqlash; chordoqlarda, texnik qavatlarda, ventkameralar va boshqa texnik xonalarda asbob-uskunalarni saqlash; zaxira chiqish yo‘llari devorlariga, shift va pollariga yengil yonuvchi materiallar bilan ishlov berish, bo‘yash, shuningdek zinapoyalar va ular oldidagi xonalarga yonuvchi qurilish materiallaridan ishlov berish, yog‘och panellar bilan bezash hamda turli qo‘shimcha xizmat xonalarini qurish; xonalardagi elektr isitkich asboblar, kompyuter va yordamchi asbob-uskunalarni elektr tarmog‘iga ulangan holda qoldirish; elektr asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanishdan avval ularni texnik yo‘riqnomada keltirilgan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqmasdan ishlatish. 121. Yong‘in o‘chirish vositalaridan xo‘jalik ishlarini bajarish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi. 122. Ta’lim muassasasi binolarida o‘rnatilgan ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari suv tarmog‘iga ulangan bo‘lib, maxsus yong‘in qutilari ichida joylashtirilishi kerak. Eng va dastaklar yong‘in o‘chirish ichki jumragiga ulab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 123. Yong‘inga qarshi suv havzalari doimo soz holatda, ichidagi suv hajmi yong‘inni o‘chirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim. 124. Ta’lim muassasalarida elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak. 125. Elektr energiyasidan foydalanishda ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart. 126. Elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha ta’lim muassasasida tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart. 127. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim. 128. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart. 129. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim. 130. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim. 131. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim. 132. Tok uzatilmagani sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak. 133. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 134. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim. 135. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi. 136. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim. 137. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va yerga ulangan bo‘lishi lozim. 138. Ta’lim muassasasining barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. 139. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim. 140. Momaqaldiroq vaqtida elektr o‘lchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi. 141. Dastakli asboblar (arra, bolta, tesha, iskana, randa, ombir, ochqich, belkurak, egov, lom, andava va boshqalar) soz holda dastasi butun va mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 142. Amaliyot vaqtida ishlatiladigan asboblar foydalanishga yaroqli, kesuvchi qismlari maxsus tekshiruv va sinashdan o‘tgan, charx dastgohlari muhofaza soyabonlari va muhofaza ekranlari bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. 143. Mexanizatsiyalashtirilgan har qanday asbobni oddiy va ikki oyoqli narvonlarda turib ishlash taqiqlanadi. Elektr tarmog‘iga yoki siqilgan havo tarmog‘iga ulangan mexanizatsiyalashtirilgan asbobni nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi. 144. Har bir mexanizatsiyalashtirilgan jihozga xavfsizlik texnikasi talablari, eng ko‘p yuklama va tezligi, qo‘shimcha bajarishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar va signallar tizimiiga oid ma’lumotlarni yo‘riqnoma tarzida yozib qo‘yilishi kerak. 145. Beton qorishmasini tayyorlash, yotqizish va zichlash ishlarini bajarishda amaldagi me’yorlarga muvofiq o‘quvchi-talabalarga maxsus kiyim va maxsus poyabzal bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 146. Suvoq ishlarini bajarayotganda suvoqchi ohak yoki qorishma zarralaridan ko‘zini asrashi lozim. Qorishma tarkibida organizmga zararli ta’sir etuvchi omillar bo‘lsa, o‘quvchi-talabalar ulardan muhofazalanish uchun doimo qo‘lqop va boshqa shaxsiy himoyalanish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 147. Bino ichida pardozlash ishlarini bajarayotganda o‘quvchi-talabalarga bo‘yoqdan chiqadigan kimyoviy va zaharli moddalarning hidlaridan himoyalanish uchun ular respirator, ko‘zoynak va zarur hollarda protivogazlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 148. Dastgohning kesish asboblari va harakatlanuvchi qismlarini qo‘lda yoki biror bir buyum bilan to‘xtatish taqiqlanadi. 149. Dastgohni boshqarish qismlari (bosish tugmalari, richaglar, dastalar) poldan 0,8-1,2 m baland joylashishi va dastgohchidan uzog‘i bilan 0,6 m masofada unga qo‘l bemalol kiradigan bo‘lishi kerak. Ularning tasodifan ishga tushish holatlaridan oldi olingan bo‘lishi shart. 150. Dastgoh ishlab turganda uni tuzatish, tozalash va moylash taqiqlanadi. 151. Asosiy mehnat operatsiyalarining bajarilishi ko‘rish, eshitish va harakat analizatorlarining kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lib, tik holatda uzoq turishni va diqqatni talab etadi. 152. Zararli faktorlar o‘quvchi-talabalar organizmiga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida mashg‘ulotlarni havo tortgichlari mavjud bo‘lgan ustaxonalarda o‘tkazish lozim. 153. Ish o‘rinlarida zararli faktorlarning miqdori belgilangan miqdordan oshmasligi kerak. 154. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-talabalarni o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan non, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish maxsus xonalar (sexlar)da, texnologik jihozlar bilan jihozlangan ustaxonalarda olib borilishi kerak. 155. Zararli faktorlar o‘quvchi-talabalar organizmiga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida mashg‘ulotlarni havo tortgichlari mavjud bo‘lgan ustaxonalarda o‘tkazish lozim. 156. O‘quvchi-talabalarning jarohatlanishlarini oldini olish maqsadida o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotlari mehnat va texnika xavfsizligi talablariga muvofiq tashkil qilingan bo‘lishi lozim. 157. Texnologik jihozlarning joylashuvi (o‘rnatishda) oralig‘i kamida 1 m dan, alohida jihozlar oralig‘i esa 0,8 m dan kam bo‘lmasligi lozim. 158. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti xonalarining mikroiqlimi GOST 12.1.005-76 “Ish zonasi mikroiqlimi” talablariga asosan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 159. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarda qatnashuvchi muhandis-pedagog, o‘quvchi-talabalar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. 160. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-talabalarni o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan maxsus xonalar (kichik texnologik sexlar)da, texnologik jihozlar bilan jihozlangan ustaxonalarda olib borilishi kerak. 161. O‘quvchi-talabalarning amaliyotlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan laboratoriya-amaliyot xonasi mexanik shamollatish tizimiga ega bo‘lgan, yilning sovuq kunlarida harorat 14 º S dan past bo‘lmagan alohida binoda joylashtirilishi lozim. 162. Qishloq xo‘jalik mavsumiy ish davrida ishlab chiqarish amaliyoti ikki smenada tashkil qilinishi, bunda har bir agregatga ikkita o‘quvchi-talaba biriktiriladi va ish vaqti bir smenada olti soatdan oshmasligi kerak. 163. Fermer xo‘jaliklarida o‘quvchi-talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti guruhlarga ajratilgan hollarda ish joyi va texnika bilan ta’minlangan sharoitda tashkil qilinishi va ular bilan doimiy ravishda ishlab chiqarish ustasi shug‘ullanishi shart. 164. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari, sex va bo‘limlarda dastgohlardan foydalanishda past bo‘yli o‘quvchi-talabalar uchun bo‘yiga mos holda balandligi kamida 5–15 sm bo‘lgan oyoq ostiga qo‘yish uchun taglik bo‘lishi lozim. 165. Dastgohlarni joylashtirishda o‘tish joyining qulayligi ko‘zda tutilgan bo‘lishi, dastgohlar orasidagi masofa 0,8 m dan va qatorlar orasidagi masofa esa 1,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 166. Ishlov beriladigan detallarning og‘irligi 8 kg dan va moslamalarning og‘irligi 20 kg dan ortiq bo‘lganda maxsus yuk ko‘taruvchi moslamalardan foydalanish kerak. 167. Metallarga sovuq holda ishlov berishda moylash-sovutish suyuqliklari qo‘llanganda o‘quvchi-talabalarning mehnat xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim: moylash-sovutish suyuqliklari sachrashini oldini olish, dastgoh, ishlov beriluvchi detallardan va ishchi asboblardan oqib tushishidan himoyalanish uchun dastgohlar ekran, shit va boshqa moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi; dastgohlarni tozalash materiallari yuvilgan va dezinfeksiyalangan bo‘lishi va undan o‘quvchi-talabalar qo‘llarini artmasliklari; qo‘lni mineral moylardan tozalashda organik erituvchilardan foydalanmaslik; moylash-sovutish suyuqliklari ta’sirida terining yallig‘lanishini oldini olish maqsadida ruxsat etilgan yuvuvchi vositalardan foydalanish; ishdan so‘ng ustki va ichki kiyimlarni almashtirish, dush qabul qilish va ish kiyimlarida uyga ketmasliklari. 168. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-talabalarni o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan hamda texnologik jihozlar bilan jihozlangan ustaxonalarda olib borilishi kerak. 169. Ish joyini toza tutish maqsadida qotishma va kanifollar maxsus idishlarga solinishi kerak. 170. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotida o‘quvchi-talabalarning har biri maxsus ish stoli bilan ta’minlanishi lozim. 171. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotlarida o‘quvchi-talabalar quyidagi zararli kimyoviy moddalar bilan ishlashi taqiqlanadi: 1-toifaga tegishli (o‘ta xavfli) moddalar; konserogen moddalar (anil bo‘yoqlari, ba’zi metallar – xrom, nikel, ular birikmalari, benzol, vinilxlorid va boshqalar); komulyativ moddalar (simob, qo‘rg‘oshin va boshqalar); uzoq vaqt ishlash natijasida mutagen, embriotrop, gonadotrop va teratogen ta’sirini keltirib chiqaradigan moddalar (benzol va uning gomologi, mishyak, xloropren va boshqalar); teri va shilliq pardaga salbiy ta’sir etuvchi va o‘tkir hidli moddalar (merkaptanlar, akrolein, atsetaldegid va boshqalar); allergiyani qo‘zg‘atuvchi moddalar (ursol, nitro va nitrozo aralashmalari va boshqalar) bilan ishlashi. 172. Diplom oldi amaliyoti chog‘ida ish hajmi quyidagicha olib borilishi lozim: birinchi oyda konveyrda ishlaganda ish (normasi) me’yori kattalarnikidan 75-80 foizdan kam bo‘lishi; tungi smenadagi ishdan ozod etilishi. 173. Ish joylarining havosini yangilashni nazorat qilib turish lozim. 174. Ishlab chiqarish amaliyotida o‘quvchi-talabalar turli ta’mirlash ishlarida ishtirok etishi va gaz portlashi xavfi bor joylarda ishlashi taqiqlanadi. 175. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-talabalarni o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan hamda texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ustaxonalarda hamda o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish shaxta poligonlarida olib borilishi kerak. 176. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida ish beruvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalari tomonidan o‘quvchi-talabalarning organizmi ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘nikishlarini ta’minlashlari lozim. 177. Ishlab chiqarish amaliyotining birinchi oyida o‘quvchi-talabalarning ishlash me’yori, ishchining ishlash me’yorining 60 foizini tashkil etishi, bunda bitta ishchi o‘rniga ikkita o‘quvchi-talaba joylashtirilishi lozim. 178. Shaxtalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan o‘quvchi-talabalar shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim va maxsus poyabzal bilan ta’minlanishi lozim. 179. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida qo‘llaniladigan texnika, mexanizm va uskunalarning konstruksiyasi va texnik holati quyidagi talablarga javob berishi lozim: mashina va mexanizmlarning turli tizim va qismlarining texnik holati uni ishlab chiqargan zavod tomonidan qo‘yilgan texnik ko‘rsatkichlariga va ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasida keltirilgan texnikaviy tavsiflar talablariga to‘la mos kelishi; mashina va mexanizmlarning barcha harakatlanuvchi hamda aylanuvchi qismlari (kardan, zanjirli, tasmali, tishli uzatmalari va boshqalar) va boshqa xavfli zonalari xavfsizlikni ta’minlaydigan himoya to‘siqlari bilan to‘silgan bo‘lishi; mashina va mexanizmlardagi xavfli zonalar to‘g‘risida ogohlantiruvchi yozuv va belgilarning bo‘lishi. 180. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida barcha mashina va mexanizmlarda, ishlab chiqargan zavod yo‘riqnomasida berilgan ro‘yxatga asosan, soz va to‘plamdagi asbob-uskunalar to‘liq bo‘lishi shart. 181. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida mashina va mexanizmlarning konstruksiyasiga ishlab chiqargan zavod yo‘riqnomasida ko‘rsatilgandan tashqari qo‘shimcha jihozlar, ishchi qismlar va boshqa o‘zgartirishlar kiritilishi taqiqlanadi. 182. Chilangarlik ishlarida xavfsizlikni ta’minlashda asbob-uskunalarni to‘g‘ri tanlash, texnik holati soz va ularni ishlatish qoidalariga amal qilish lozim. 183. Zarb beriladigan asboblar (zubilo, teshib o‘tgich, kern va boshqalar) yoriqlarsiz, g‘adir-budurlarsiz, parchinlab ulangan joylarisiz tekis qismga ega va qiyshaymagan bo‘lishi kerak. Ularning ishlatiladigan uchlari shikastlangan bo‘lmasligi kerak. 184. Zubilo 150 mm dan kalta bo‘lmasligi, uning tortilgan qismining uzunligi 60–70 mm bo‘lishi kerak. Zubiloning o‘tkir uchi 65°–70° burchak ostida charxlangan, kesuvchi qirrasi to‘g‘ri yoki salgina do‘ngroq chiziq ko‘rinishida bo‘lishi, shuningdek qo‘l bilan ushlanadigan joydagi yon chekkalarida o‘tkir qirralar bo‘lmasligi kerak. 185. Chilangarlik bolg‘alari va boshqa zarb beriladigan asboblarning dastalari qattiq va qayishqoq (qizil, qora qayin, yong‘oq, grab, qayin va boshqalar), ko‘z va buralmalarsiz, silliq yuzali quruq yog‘ochdan yasalgan va po‘lat ponalar bilan ponalangan bo‘lishi kerak. Yumshoq va yirik qatlamli daraxt turlari (archa, qarag‘ay va boshqalar)dan yasalgan dastalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dastalar to‘g‘ri bo‘lishi ko‘ndalang kesimida esa oval shaklga ega bo‘lishi kerak. 186. Yog‘och dastalarni kiydiriladigan o‘tkir uchlari bo‘lgan egov, shaber va boshqa asboblarni dastasiz ishlatish taqiqlanadi. Dasta darz ketmagan va silliq bo‘lishi, uning bo‘yni metall halqalar bilan mahkamlab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 187. Metallarni asboblarda kesishda himoya kuzoynaglaridan foydalanish kerak. 188. Verstakga teshikning diametri 3 mm dan katta bo‘lmagan va balandligi 800 mm bo‘lgan himoya to‘ri qo‘yilishi lozim. 189. Barcha qo‘zg‘almas uskunalar, agregat va dastgohlar ishlab chiqargan zavod ko‘rsatmasiga binoan mustahkam asoslarga yoki poydevorlarga o‘rnatilishi lozim. 190. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar va boshqalar) to‘silgan bo‘lishi kerak. 191. To‘siqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan bo‘lishi va qisib qoluvchi tirqishlari, kesib oluvchi va o‘tkir burchaklari bo‘lmasligi kerak. Og‘irligi 5 kg dan ortiq bo‘lgan to‘siqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega bo‘lishi kerak. 192. O‘zidan chang va har xil qirindilar chiqaruvchi ishlab chiqarish uskunalari zichlab berkitilishi va chang havoni so‘rib oluvchi moslamalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 193. Qayta ishlov beruvchi asbobni kesuvchi qismining (arra pichoq, freza va boshqalar) hududida blokirovka qilingan qo‘zg‘almas to‘siq bo‘lishi lozim. 194. Arralovchi ramaga 70 mm dan kichik kenglikdagi arra qo‘yilishiga ruxsat etilmaydi. Disk arralarining va arra polotnosining yon tomondagi yuzasi tekis va yoriqsiz bo‘lishi lozim. 195. Ko‘p shpindelli parmalash dastgohlarida parmaning to‘siqlaridan asbobning ishchi qismi ko‘rinadigan bo‘lishi lozim. 196. Uzatish mexanizmlarini yuboruvchi qismlari (zanjirlar, itaruvchi tirgovichlar, gusenitsalar, ushlab oluvchilar, siquvchilar va boshqalar) ishonchli ushlab qolish va siqishni ta’minlashi kerak. 197. Frezer, fugoval, lentali arra, dumaloq arra, murakkab va boshqa yog‘ochga qayta ishlov beruvchi dastgohlari mexanik uzatkichga ega bo‘lmasa, avto uzatuvchi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 198. Dastgohni harakatlanuvchi qismlari (karetka, aravacha, salazka, ramka, stolni supporti) belgilangan chegaradan chiqib ketmasligi uchun unda tirgovuchlari yoki harakatini chegaralovchi o‘chirgichlari bo‘lishi lozim. 199. Ishlab chiqarish xonalarida va ish joylarida ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirilishi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun xavf tug‘dirmaydigan bo‘lishi lozim. 200. Yog‘och va metallga ishlov berish ustaxonasida sun’iy yoritilganlik darajasi lyuminessent lampa – 300 lk, cho‘g‘lanma lampa – 200 lk, tikuvchilik ustaxonasida lyuminessent lampa – 400 lk, cho‘g‘lanma lampa – 300 lk bo‘lishi lozim. 201. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi ta’lim muassasalari zimmasiga yuklatiladi. 202. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 203. Ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitekqurilish” qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim markazi va “O‘zstandart” agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
129
48,547
Qonunchilik
IShLAB ChIQARISh QUVVATLARINI KAMAYTIRISh (ChIQARISh) TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi qarorini bajarish bo‘yicha nazorat rejasini ijro etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va “O‘zkimyosanoat” davlat aksionerlik kompaniyasi qaror qiladi: 1. Ishlab chiqarish quvvatlarini kamaytirish (chiqarish) tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
99
793
Qonunchilik
Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: 1. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/6-son “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2795, 2016-yil 8-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 23-son, 276-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) va fan doktori (Doctor of Sciences, DSc) ilmiy darajalarini berish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) — muayyan fan tarmog‘ining (tarmoqlarining) tegishli ixtisosliklari yo‘nalishida talabgorlar uchun ko‘zda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) qarori bilan yetakchi ilmiy yoki ta’lim tashkiloti huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma; izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs; talabgor — dissertatsiyasi himoya uchun Ilmiy kengashga qabul qilingan va attestatsiya ishi ko‘rilish jarayonida bo‘lgan shaxs; attestatsiya ishi — talabgorning ilmiy darajasini tasdiqlash (nostrifikatsiya qilish) yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami; dissertatsiya — muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar; dissertatsiya avtoreferati — dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy ma’lumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan hamda nashr etilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilgan va belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar; dissertatsiya bajarilgan muassasa — ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi qarori bilan dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tadqiqot olib borish uchun mas’ul muassasa sifatida tasdiqlangan muassasa; ekspertiza — hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining tegishli qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ilmiy va me’yoriy-texnik jihatdan baholash; ilmiy rahbar — ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori, shuningdek ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD); ilmiy konsultant — fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori; apellatsiya — ilmiy darajalar berish yoki ularni berishni rad qilish yoxud ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan berilgan murojaat. 2. Ilmiy darajalar belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan yoki mazkur Nizomning 5-bandi talablariga javob bergan, muayyan fan tarmog‘ida chuqur kasbiy bilimga, ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi. Tibbiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga farmatsevtika fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — farmatsevtika sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga, veterinariya fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — veterinariya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi. 3. Dissertatsiya izlanuvchi o‘tkazgan tadqiqotlar va e’lon qilgan ilmiy ishlar asosida tayyorlanadi. Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish izlanuvchining xohishiga ko‘ra o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelishilgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi. Talabgor, ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant, dissertatsiya bajarilgan muassasa va Ilmiy kengash tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash hamda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining mazmuni uchun mas’ul hisoblanadi. 4. Tegishli malakaviy imtihonlarini topshirgan izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qo‘yiladi. 5. Tadqiqotlar amalga oshirilgan muassasa xulosasi va Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida OAK Rayosati qarori bilan, istisno tariqasida, quyidagilarga dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin: fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan kamida uchta ixtiro yoki seleksiya yutug‘i muallifiga fan doktori (DSc) ilmiy darajasi; fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan uchtagacha ixtiro yoki seleksiya yutug‘i muallifiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi; salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, fan doktori (DSc) ilmiy darajasi (ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha talablar bajarilgan holda); muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi. Fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ixtiro yoki seleksiya yutuqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xulosasi olinadi. Xorijiy mamlakatlar ilmiy jurnallari impakt-faktorining tegishli darajasi har bir fan tarmog‘ining xususiyatidan kelib chiqqan holda OAK Rayosati qarori bilan belgilanadi. Yopiq mavzular bo‘yicha dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalar berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 6. Talabgor o‘z dissertatsiyasini ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilganidan keyin Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qarori OAKning fan tarmoqlari bo‘yicha ekspert kengashining (bundan buyon matnda ekspert kengashi deb yuritiladi) tavsiyasi inobatga olingan holda OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi. 7. Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga davlat namunasidagi diplomlar beriladi. 8. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya bilimlarning tegishli sohasida muhim ahamiyatga ega masalaning yangi yechimidan iborat yoki dolzarb ilmiy masalaning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy tavsiyalar ishlab chiqilgan tugallangan ilmiy ish bo‘lishi lozim. 9. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya tugallangan ilmiy ish bo‘lishi va unda: muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy yoki amaliy muammolar yechimi keltirilgan; yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yo‘nalishini rivojlantirish uchun yirik yutuq sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab chiqilgan; yoki joriy etilishi fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy soha yoki iqtisodiyot tarmog‘ining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadigan nazariy-metodologik va uslubiy asoslar, ilmiy asoslangan texnik, iqtisodiy yoki texnologik yechimlar ishlab chiqilgan (takomillashtirilgan) bo‘lishi lozim. 10. Dissertatsiya talabgor tomonidan shaxsan tayyorlangan, oshkora himoya uchun ilmiy jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilayotgan yangi ilmiy holatlar va amaliy natijalarning majmuini o‘z ichiga olgan, mohiyati jihatidan ichki birlikka ega, mazmunan yaxlit va tugallangan bo‘lishi hamda talabgorning shaxsan fanga qo‘shgan hissasini aks ettirishi lozim. 11. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada olingan ilmiy xulosalardan fanda foydalanilganligi, amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy-siyosiy sohaning dolzarb muammolari yechimlari hamda ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. Dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar Ilmiy kengashda muhokama etilib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar tashkilotlarning ilmiy-texnikaviy kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilgan, ma’qullangan va ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 12. Ilmiy ma’ruza shaklida faqat fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyani yoqlashga ruxsat beriladi. Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya izlanuvchi bajargan ilmiy ishlar va asarlarda e’lon qilingan, ushbu fan tarmog‘ining mutaxassislariga ma’lum bo‘lgan fan va amaliyot uchun katta ahamiyatga molik natijalari umumlashtirilgan bayonidan iborat bo‘lib, doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatining ikki barobar hajmida rasmiylashtiriladi. Ilmiy ishning ahamiyati, ilmiy ma’ruza shaklida dissertatsiyani himoya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar izlanuvchining asosiy tadqiqotlari o‘tkazilgan muassasa tomonidan beriladi. Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiyani himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruxsati bo‘lishi zarur. 13. Dissertatsiya mavzusi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq hamda jahon ilmiy-texnologik taraqqiyoti tendensiyalariga muvofiq dolzarb bo‘lishi lozim. Dissertatsiya mavzusi ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 14. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida to‘rtta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 100 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi). Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida uchta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 60 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi). Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Dissertatsiyaning titul varag‘i va dissertatsiya avtoreferati muqovasining orqa tomonida bitta ilmiy rahbar (konsultant) ko‘rsatiladi. Zarur hollarda OAK ruxsati bilan ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant ham ko‘rsatilishi mumkin, ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar uchun OAK ruxsati talab etilmaydi. Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan so‘ng dissertatsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin emas. 15. Dissertatsiya tadqiqotida zamonaviy talablarga javob beradigan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, izlanuvchining xohishiga ko‘ra, alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi. Foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro‘yxatga kiritish taqiqlanadi. 16. Dissertatsiyada foydalanilgan materiallarning manbasi, ularning muallifi va nomi to‘liq ko‘rsatilishi, shuningdek hammualliflarning g‘oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida bu haqda qayd etilishi shart. Izlanuvchi hammualliflikda yaratilgan (yozilgan) ilmiy ishidagi faqat o‘zining hissasini dissertatsiyasiga kiritishi mumkin. O‘zganing materialidan uning muallifi va manbasini ko‘rsatmasdan foydalanilgan hollarda dissertatsiya u qaysi bosqichda ko‘rilayotgan bo‘lishidan qat’i nazar muhokamadan olib tashlanadi va talabgor ushbu mavzu bo‘yicha dissertatsiyani qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi. 17. E’lon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak. Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda va seminarlarda aprobatsiyadan (muhokamadan) o‘tkazilishi shart. Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi lozim. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida e’lon qilingan asosiy ilmiy ishlar yakka mualliflikda bajarilgan bo‘lishi kerak (arxeologiya ixtisosligi bundan mustasno). 18. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim. Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi shart. 19. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmasligi hamda ulardan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan bo‘lishi kerak. Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi shart. Ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilinishi kerak. 20. Izlanuvchi tomonidan e’lon qilingan maqolalar soni mazkur Nizomning 18 va 19-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermagan, lekin yuksak ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan va xizmatda foydalanish uchun grifi bilan bajarilgan dissertatsiyaning himoyasi masalasi, istisno tariqasida, OAK Rayosati tomonidan hal qilinadi. 21. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar), preprintlar, ilmiy xaritalar, ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan ma’ruzalarning e’lon qilingan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi e’lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kiradi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlari — ixtiroga yoki seleksiya yutug‘iga berilgan patentlar shu fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan ilmiy nashrlarida e’lon qilingan maqolalarga tenglashtiriladi. Ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida 6 bosma taboq hajmdan iborat bo‘lgan yakka mualliflikdagi monografiya milliy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan 3 ta (hammualliflikda bo‘lgan taqdirda 2 ta) maqolaga tenglashtiriladi, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan talab bo‘yicha e’lon qilingan monografiya bundan mustasno. O‘quv adabiyotlari, shu jumladan darsliklar dissertatsiya natijalarini aks ettiradigan e’lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kirmaydi. 22. Talabgor tomonidan dissertatsiya bo‘yicha avtoreferat tayyorlanadi. Dissertatsiya avtoreferatida ilmiy ishlar ro‘yxati xronologik tarzda quyidagi tartibda keltiriladi: birinchi bo‘limda — ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlar hamda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar); ikkinchi bo‘limda — dissertatsiya mavzusi bo‘yicha nashr etilgan boshqa ilmiy ishlar. 23. Dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan barcha ilmiy ishlar dissertatsiya mavzusiga muvofiq bo‘lishi kerak. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan ilmiy ishlarning nashr qilinganligiga oid ma’lumotlar aks ettirilishi, shu jumladan barcha mualliflar to‘liq yozilishi va maqolalar e’lon qilingan jurnal yoki to‘plamlarning sahifalari aniq ko‘rsatilishi lozim. Nashrga topshirilgan, lekin e’lon qilinmagan ishlar dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas. 24. Agar izlanuvchining maqolalari hammualliflikda yozilgan bo‘lsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalardan o‘z dissertatsiyasida qisman yoki to‘la foydalanish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligini olishi zarur. 25. OAKga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari yuboriladi. 26. Izlanuvchi tayyorlagan dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan o‘tkazish uchun dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Muassasa rahbari dissertatsiyani ushbu muassasaning yoki dissertatsiya ixtisosligi bo‘yicha ilmiy ishlar bajarilayotgan boshqa muassasaning (muassasalarning) tegishli kafedra, bo‘lim, laboratoriya yoki kafedralararo, laboratoriyalararo birlashgan ilmiy (ilmiy-texnik) seminariga dastlabki ekspertizaga yuboradi. 27. Dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan dissertatsiyaning dastlabki ekspertizasi yuzasidan xulosa beriladi. Xulosa ilmiy seminar bayonnomasidan kengaytirilgan batafsil ko‘chirma shaklida rasmiylashtiriladi, ilmiy seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda muassasa rahbari tomonidan imzolanadi, muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Xulosada dissertatsiya natijalarini olishda izlanuvchining shaxsiy ishtiroki, o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining qay darajada to‘g‘riligi, yangiligi va amaliy ahamiyati, dissertatsiya mavzusining ixtisoslikka mosligi, dissertatsiya materiallarining izlanuvchi e’lon qilgan ilmiy ishlarda nechog‘lik to‘liq bayon etilganligi o‘z ifodasini topishi lozim. 28. Xulosa dissertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kundan e’tiboran falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha 2 oy ichida va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha 3 oy ichida izlanuvchiga beriladi. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari xulosaning sifati, xolisligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi uchun mas’uldir. 29. Izlanuvchi dissertatsiyasini o‘z xohishi bilan ilmiy seminarlarga mustaqil ravishda murojaat qilgan holda dastlabki ekspertizadan o‘tkazishi mumkin. 30. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari dastlabki ekspertiza natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qo‘shimcha ravishda ekspertizaga yuborishi mumkin. 31. Izlanuvchi O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida tayyorlangan dissertatsiyani xorijiy davlatda himoya qilmoqchi bo‘lgan taqdirda, OAKdan belgilangan tartibda ruxsat olishi lozim. 32. Dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiya dastlabki ekspertizadan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng uni ko‘rib chiqish uchun muassasa rahbarining kuzatuv xati bilan tegishli Ilmiy kengashga yuboriladi. Dissertatsiya ixtisosligi yoki tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha Ilmiy kengash bo‘lmagan taqdirda, dissertatsiya bajarilgan muassasa dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan o‘tkazib, dissertatsiya ixtisosligiga yaqin keluvchi Ilmiy kengashga, bunday Ilmiy kengash bo‘lmaganda esa, to‘g‘ridan to‘g‘ri OAKga Bir martalik ilmiy kengash tuzishni so‘rab murojaat qiladi. 33. Ilmiy va ta’lim tashkilotlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga o‘zlari ishlayotgan joyda tuzilgan Ilmiy kengashlarda, vazirlik, idoralarning rahbarlariga o‘z tashkilotlariga qarashli muassasalarda tuzilgan Ilmiy kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruxsat berilmaydi. Bunda ularning dissertatsiya himoya qilishi bilan bog‘liq masalalar OAK tomonidan hal etiladi. OAK apparati xodimlari OAK rahbariyati ruxsati bilan dissertatsiyalarini himoya qilishlari mumkin. 331. Dissertatsiyani Ilmiy kengashda dastlabki ko‘rib chiqish, himoyaga qabul qilish va dissertatsiyaning oshkora himoyasini o‘tkazish hamda dissertatsiya va attestatsiya ishini OAKga taqdim etish Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) muvofiq amalga oshiriladi. 34. Talabgor dissertatsiyani ko‘rib chiqish jarayonining har qanday bosqichida Ilmiy kengashda yashirin ovoz berishdan oldin, OAKda esa, Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlanishidan oldin dissertatsiyasini muhokamadan olishga haqlidir, o‘zga materiallardan ularning muallifi va manbaini ko‘rsatmasdan foydalanganligini Ilmiy kengash yoki OAK aniqlagan hollar bundan mustasno. Ilmiy kengash yoki OAKning dissertatsiyani muhokamadan olish to‘g‘risidagi qarori talabgorning yozma arizasi asosida qabul qilinadi. 35. Dissertatsiya talabgorning yozma arizasiga asosan muhokamadan olinganda, u qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin. 36. Talabgor o‘z dissertatsiyasini muhokama qilmaslikni so‘rab, Ilmiy kengashga yozma ariza bergan taqdirda, Ilmiy kengash raisi ilmiy kotibga talabgor tomonidan topshirilgan hujjatlarni qaytarishga ko‘rsatma beradi. Bunda talabgorning arizasi hamda dissertatsiya bilan dissertatsiya avtoreferatining bir nusxasi Ilmiy kengashda qoladi. Dissertatsiyani himoya qilish paytida tayyorlangan hujjatlar ham Ilmiy kengashda qoladi va ular so‘rovnoma asosida himoya qayta o‘tadigan joyga yuborilishi mumkin. 37. Dissertatsiya himoyasi natijalari bo‘yicha Ilmiy kengash salbiy qaror qabul qilgan taqdirda, malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar, ilmiy ishlarning nusxalari va dissertatsiya talabgorga qaytarib beriladi. Bunda dissertatsiya muassasaning Axborot-resurs markazi fondidan olib qo‘yiladi va dissertatsiya bajarilgan muassasa arxivida saqlanadi. Dissertatsiya bo‘yicha berilgan taqrizlar, dissertatsiya avtoreferati, majlis stenogrammasi, obyektiv-ma’lumotnoma, dissertatsiya bajarilgan muassasaning xulosasi hamda ovoz berish natijalari Ilmiy kengashda qoladi va so‘rovnoma asosida himoya qayta o‘tadigan joyga yuborilishi mumkin. Ilmiy kengash qabul qilgan salbiy qarori haqida dissertatsiya himoya qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida OAKni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda OAKga dissertatsiya avtoreferati va Ilmiy kengash majlisining stenogrammasi yuboriladi. 38. Dissertatsiya himoyasi natijalari yuzasidan Ilmiy kengashning qarori salbiy bo‘lganda yoki OAK Rayosati tomonidan salbiy qaror qabul qilinganda, qaror qabul qilingandan keyin kamida 6 oy o‘tgach, dissertatsiya qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin. Dissertatsiya qayta himoya qilish uchun taqdim etilganida, avvalgi yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar almashtirilishi lozim. 39. Attestatsiya ishi, shu jumladan dissertatsiya OAKning tegishli bo‘limlari tomonidan qabul qilib olinadi va ilmiy ekspertizadan o‘tkazish uchun ekspert kengashiga taqdim etiladi. 40. Ilmiy kengash dissertatsiya himoyasini o‘tkazishda mazkur Nizom talablarini buzgan bo‘lsa, OAK rahbariyati Tartib-qoida komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya ishini ko‘rib chiqishni to‘xtatadi va mazkur dissertatsiya himoyasi Ilmiy kengash tomonidan qayta o‘tkaziladi. 41. Ekspert kengashi attestatsiya ishi, shu jumladan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan o‘tkazib, tegishli qaror qabul qiladi va ushbu qaror OAK Rayosatining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi. 42. OAK Rayosati attestatsiya ishi bo‘yicha ekspert kengashi qarorini asosli deb topmasa, masalani qayta ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashiga qaytaradi. 43. Attestatsiya ishini OAKda ko‘rib chiqish muddati, qoida tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha 2 oydan va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha esa 3 oydan oshmasligi kerak. Ilmiy ekspertizadan o‘tkazish qo‘shimcha o‘rganib chiqishni talab qiladigan hollarda, OAK Rayosatining qarori bilan attestatsiya ishini ko‘rib chiqish muddati 2 oygacha uzaytirilishi mumkin. 44. Attestatsiya ishini OAKda ko‘rib chiqish jarayonida unda aniqlangan xato va kamchiliklarni tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 45. OAK Rayosati ekspert kengashining xulosasiga asosan Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlaydi yoki rad qiladi. 46. Ilmiy daraja berilgan shaxsning dissertatsiyasi, dissertatsiya avtoreferati va ularning elektron shakli OAK tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga topshiriladi. 47. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va talabgorga bir ish kunida ilmiy daraja diplomi rasmiylashtirib beriladi. 48. Ilmiy darajani tasdiqlovchi diplom yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaxsning arizasiga muvofiq uning dublikati beriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: hujjat yo‘qolganligi to‘g‘risida respublika markaziy gazetasida berilgan e’lon nusxasi (agar yo‘qolgan bo‘lsa); davlat xizmatlari markazining ma’lumotnomasi (agar yo‘qolgan bo‘lsa). 49. Ilmiy daraja berilgan shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaxsning ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasiga muvofiq diplom qayta rasmiylashtirilib beriladi. 50. Ko‘chirmachilik, soxta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noxolis o‘tkazilganligi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Ilmiy kengash xulosasi va ekspert kengashi qaroriga asosan ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan mahrum etilishi mumkin. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin 10 yil o‘tgan bo‘lsa, ilmiy darajadan mahrum etish masalasi ko‘rib chiqilmaydi. 51. Ilmiy darajadan mahrum etilgan shaxsning ilmiy darajasi OAK Rayosatining qaroriga asosan tiklanishi mumkin. 52. Ilmiy kengashning ilmiy darajadan mahrum etish, mahrum etmaslik yoki uni tiklash bo‘yicha xulosasi ekspert kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 53. Ekspert kengashining tegishli qarori OAK Rayosati tomonidan ko‘rib chiqiladi va shaxsni ilmiy darajadan mahrum etish yoki mahrum etmaslik yoxud uni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 54. Manfaatdor shaxslar Ilmiy kengashning ilmiy darajani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan Ilmiy kengashga yoki OAKga apellatsiya berishlari mumkin. Manfaatdor shaxslar ilmiy darajani berish yoki berishni rad qilish, xorijiy davlatlar oliy attestatsiya organlari yoki ilmiy va ta’lim tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan xorijiy fuqarolarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) masalalarining OAKda ko‘rib chiqilishi bo‘yicha OAK Rayosati qarori yuzasidan OAKga apellatsiya berishi mumkin. Apellatsiya tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 2 oy ichida berilishi mumkin. 55. Apellatsiya bir oylik muddatda ko‘rib chiqiladi. 56. OAK Rayosati va Ilmiy kengash qarorlari yuzasidan berilgan apellatsiya bo‘yicha Ilmiy kengash xulosasi OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. OAK Tartib-qoida komissiyasi apellatsiyani ko‘rib chiqishni ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur hollarda, OAKda mazkur masalani ko‘rib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaxassis-olimlardan iborat Apellatsiya komissiyasi tuziladi. Apellatsiya komissiyasi OAK Rayosati qarori bilan kamida 5 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. 57. OAK Rayosati tomonidan Tartib-qoida komissiyasi, ekspert kengashi yoki Apellatsiya komissiyasi xulosalari ko‘rib chiqiladi va apellatsiya bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. 58. OAK Rayosatining apellatsiya bo‘yicha qabul qilgan yakuniy qarori darhol apellatsiya bergan shaxslarga, shuningdek Ilmiy kengashga yuboriladi. 59. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalari berilgani haqidagi hujjatlar, shuningdek xorijiy davlatlarda falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar olinganligi haqidagi hujjatlar OAK tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan o‘tkazish asosida tenglashtiriladi). 60. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi hamda Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.
70
30,855
Qonunchilik
Sanoat mahsulotlarini хarid qilish boʻyicha onlayn-maydonchalar qanday ishlaydi
Elektron kooperatsiya birjasi portali 1 noyabrdan ishga tushiriladi (30.09.2019 yildagi 833-son VMQga qarang). Hujjat Prezidentning 1.05.2019 yildagi PQ-4302-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilindi, unda sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, talabgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish nazarda tutilgan. Qarordagi chora-tadbirlar jumlasida sanoat yarmarkalarini muntazam oʻtkazib borish va sanoat mahsulotlarini yetkazib berishga shartnomalarni masofadan turib tuzish uchun elektron kooperatsiya birjasini (keyingi oʻrinlarda – Portal) tashkil etish ham bor edi. Portal 5 oktyabrga qadar ishlab chiqilishi va statistika, bojхona, soliq, sertifikatlash va moliya organlari aхborotlar bazasi bilan uygʻunlashtirilishi lozim. 15 oktyabrgacha Portalda quyidagilar joylashtiriladi: ! 1 noyabrga qadar shartnomalarni onlayn tarzda tuzish uchun doimiy faoliyat yuritadigan elektron savdo maydonchalari toʻliq ishga tushiriladi. Mahalliy korхonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, хom ashyo va materiallar ichki iste’molchilar uchun tenderlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri Portal orqali realizatsiya qilinadi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi elektron kooperatsiya birjasida operator boʻladi. U Portalning uzluksiz ishlashini, tuziladigan shartnomalar reyestri shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi. Buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar kooperatsiya birjasining ishtirokchisi boʻlish uchun Portalda ERI yordamida roʻyхatdan oʻtishlari lozim. Byudjet buyurtmachilari tizimga davlat хaridlari maхsus aхborot portali orqali kiritiladi. Buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar хaridlarda ishtirok etishdan oldin Hisob-kitob-kliring palatasidagi shaхsiy hisobraqamlariga operatorning vositachilik yigʻimini oʻz ichiga olgan avansni kiritishlari lozim. Avans miqdori Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan belgilanadi. Yetkazib beruvchilar Portalga ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisida quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: Sanoat mahsulotlarini yetkazib berishga shartnoma ERI vositasida tuziladi. Sanoat yarmarkalariga kelsak, ular har 3 oyda oʻtkazib boriladi. Hukumat yarmarka oʻtkazish joyi toʻgʻrisidagi takliflarni bir oylik muddat ichida qabul qiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
79
2,390
Qonunchilik
Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimi isloh qilinadi
Davlat rahbarining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017 yil 16 fevraldagi  PF-4958-son Farmoniga (keyingi oʻrinlarda - Farmon) asosan qator хorijiy mamlakatlarning хalqaro amaliyotiga muvofiq, 2017 yil 1 iyuldan boshlab oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limning ikki pogʻonali tizimi joriy etildi. Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimida ikki pogʻonali tizimning joriy etilishi, tayanch doktorantura va doktoranturani joriy etilishi, katta ilmiy хodimlar-izlanuvchilar institutining  tugatilishi bilan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish ehtiyoji vujudga keldi. Shu bois Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan qonun loyihasida quyidagi oʻzgartirishlar nazarda tutiladi: Kadrlar tayyorlash milliy dasturining  “Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim” boʻlimini (3.3.3- va 3.3- bandlari) quyidagi tahrirda bayon etish: -Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot muassasasida (tayanch doktorantura va doktoranturada) amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Davlat attestatsiyasining yakuniy хulosasiga asosan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi berilib, davlat namunasidagi diplom beriladi. Mazkur Qonun qabul qilingandan soʻng Prezidentning 14 ta hujjatiga va Hukumatning 22 ta qaroriga oʻzgartirishlar kiritiladi. Oʻylaymizki taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limning ikki pogʻonali tizimida tayanch doktorantura va doktorantura tushunchalarini yagona talqini va uygʻunligini ta’minlab beradi. Aliya YuNUSOVA  Oliy Majlisi  Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP fraksiyasi a’zosi.
56
1,910
Qonunchilik
Pochta, kuryerlik jo‘natmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning muqaddimasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 21-yanvardagi 6-mh-son qarori (ro‘yxat raqami 2428, 2013-yil 18-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 8-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Pochta, kuryerlik jo‘natmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma muqaddimasidan “, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va “O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
170
1,234
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish to‘g‘risida” 2017-yil 28-sentabrdagi PQ-3294-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorida: a) 3-ilovaning izohi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Izoh. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri ko‘p yil ishlaganligi uchun ustamalar to‘lash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislari sifatidagi ishlash davri ko‘p yil ishlaganligi uchun ustama to‘lash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi”; b) 4-ilovaning izohi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Izoh. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislari sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi”. 3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomning 5-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakiliga va uning apparati mutaxassislariga ilgarigi ish joyida martaba darajalari berilgan bo‘lsa navbatdagi martaba darajalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi”. 4. Vazirlar Mahkamasining “Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qarorida: a) 5-bandning birinchi xatboshiga “axborot-tahlil departamentlari mudirlari” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili” so‘zlari qo‘shilsin; b) 1-ilovada: quyidagi mazmundagi 141-band qo‘shilsin: “141. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalariga oid ishlar dasturi sifatli tayyorlanishi va o‘z vaqtida kiritilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlab chiqilishi va axborot berilishi uchun javob beradi”; quyidagi mazmundagi 261-band qo‘shilsin: “261. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalariga oid ishlar dasturlari ijrosining monitoringini olib boradi, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning qonun loyihalariga oid ishlar dasturini o‘z vaqtida va sifatli ijro etishlariga doir ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi”. 5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Islom Karimov nomida “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomga ilova 1-ro‘yxatining rus tilidagi 4.4-bandiga “a takje Polnomochniy predstavitel Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan v Oliy Majlise Respubliki Uzbekistan” so‘zlari qo‘shilsin.
250
4,859
Qonunchilik
BIR TALABANI O‘QITISh XARAJATLARIDAN KELIB ChIQIB BUDJET MABLAG‘LARI HISOBIGA OLIY TA’LIM MUASSASALARINING XARAJATLARINI NORMATIV REJALAShTIRISh VA MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-avgustdagi 192-son “Andijon davlat universitetida kadrlar tayyorlash tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 304-modda), 2011-yil 25-iyuldagi 212-son “Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini Namangan muhandislik-texnologiya institutiga aylantirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 30-son, 313-modda), 2011-yil 25-iyuldagi 213-son “Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutiga aylantirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 30-son, 314-modda) va 2011-yil 25-iyuldagi 214-son “Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 30-son, 315-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 20-avgustdagi 67, 329-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bir talabani o‘qitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablag‘lari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2136, 2010-yil 26-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 34-son, 296-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 2-ilovaning “Oliy ta’lim muassasalari nomlari” grafasida: a) 3-guruhdagi “Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti”, “Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti” va “Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti” degan so‘zlar tegishli ravishda “Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti”, “Andijon mashinasozlik instituti” va “Namangan muhandislik-texnologiya instituti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 6-guruhdan “Andijon davlat tillar pedagogika instituti” qatori chiqarib tashlansin.
226
2,277
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
246
804
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (O‘zR AQ-91) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-avgustdagi 287-sonli “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2016-yil 18-oktabrdagi 349-sonli “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida aviatsiyaning parvoz qilish asosiy qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 41-42-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (O‘zR AQ-91) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. I bobda: a) 1-paragrafda: yigirma beshinchi, bir yuz elliginchi — bir yuz ellik ikkinchi xatboshilardagi “(13,5 d.mili)” degan so‘zlar “(14 d.mili)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; oltmish beshinchi xatboshidagi “har qanday apparat” degan so‘zlar “har qanday uchish apparati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; bir yuz ellik oltinchi — bir yuz ellik sakkizinchi xatboshilardagi “(bulutlar quyi chegarasining balandligi)da” degan so‘zlar “(bulutlar quyi chegarasining balandligida, zarurat bo‘lganda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; bir yuz oltmish birinchi xatboshidagi “(bulutlar quyi chegarasining balandligida)” degan so‘zlar “(bulutlar quyi chegarasining balandligida, zarurat bo‘lganda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Uchuvchisiz uchish qurilmasi — uchuvchisiz parvoz qiladigan, boshqa joydan masofadan turib boshqariladigan yoki dasturlashtirilgan va parvozda batamom mustaqil bo‘la oladigan havo kemasi (havo kemalarining modellari bundan mustasno); Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmasi operatori — uchuvchisiz uchish qurilmasini bevosita boshqaruvchi shaxs.”; b) 2-paragraf quyidagi mazmundagi qisqartmalar bilan to‘ldirilsin: “DME — uzun o‘lchamli uskuna; UUQ — uchuvchisiz uchish qurilmasi. 2. 115, 118, 120 va 123-bandlardagi “(bulutlar pastki chegarasining balandligi)” degan so‘zlar “(bulutlar pastki chegarasining balandligi, zarurat bo‘lganda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 138-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “138. Havo trassasining kengligi qoidaga ko‘ra 10 km (5 d.mili) qilib belgilanadi.”. 4. 140-bandda: “a” kichik banddagi “(5,4 d.mili)” degan so‘zlar “(5 d.mili)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “b” kichik banddagi “(2,2 d.mili)” degan so‘zlar “(2 d.mili)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 141-bandning “a” kichik bandidagi “(2,7 d.mili dan)” degan so‘zlar “(3 d.mili dan)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 337-bandning “a” kichik bandidagi “(2,7 d.mili)” degan so‘zlar “(3 d.mili)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 358-banddagi “(5,4 d.mili dan)”, “(2,7 d.mili dan)” va “(13,5 d.mili dan)” degan so‘zlar tegishlicha “(5 d.mili dan)”, “(3 d.mili dan)” va “(14 d.mili dan)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 390-banddagi “(5,4 d.mili)” degan so‘zlar “(5 d.mili)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 400-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “400. UPQ bo‘yicha eng yaqin masofadan qo‘nishga kirishga (qo‘nishga kirish sxemasi bo‘yicha parvoz qisman bajarilmagan hollarda) burchak-masofa o‘lchagich va/yoki yo‘ldosh sistemasini qo‘llab radiolokatsiya nazorati amalga oshirilgan hollarda ruxsat beriladi.”. 10. 407-bandning “j” kichik bandidagi “(2,7 d.mili ga)” degan so‘zlar “(3 d.mili ga)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 408-bandning “j” kichik bandidagi “(2,2 d.mili ni)” degan so‘zlar “(2 d.mili ni)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. 414-banddagi “(13,5 d.mili)” degan so‘zlar “(14 d.mili)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 13. 517-bandning “v” kichik bandidagi, 518-bandning “b” kichik bandidagi, 520-bandning “a” kichik bandidagi va 524-bandning “g” kichik bandidagi “(vertikal ko‘rinish)” degan so‘zlar “(vertikal ko‘rinish, zarurat bo‘lganda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 14. 519-bandning “a” kichik bandidagi “NGO balandligi (vertikal ko‘rinish)” degan so‘zlar “bulutlar pastki chegarasining balandligi (vertikal ko‘rinish, zarurat bo‘lganda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 15. Quyidagi mazmundagi XVII1 bob bilan to‘ldirilsin: 7891. UUQ parvozini bajarish vaqtida fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmasi operatorida ushbu qurilmani uchishga tayyorlash va boshqarishga oid qo‘llanma bo‘lishi shart. 7892. UUQ parvozi sutkaning yorug‘ vaqtida, oddiy meteosharoitlarda, to‘g‘ri ko‘rinish doirasida va UUQ bilan doimiy vizual kontaktda bo‘lganda bajariladi. 7893. Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmasi operatori bir vaqtning o‘zida faqat bitta UUQni boshqarishi mumkin. 7894. UUQni uchirish va qo‘ndirish ochiq va yaqqol ko‘rinadigan hududlarda, odamlar hamda bino va inshootlardan xavfsiz masofada amalga oshiriladi. 7895. UUQ parvozi: a) odamlar, bino va inshootlar hamda transport vositalarigacha 30 m dan kam bo‘lmagan masofada; b) dam olish maskanlari, o‘yin maydonlari, sport va ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylargacha 150 m dan kam bo‘lmagan masofada; v) aerodromlar, vertolyot maydonlari, davlat idoralari, temir yo‘l va avtomobil vokzallarigacha (stansiyalarigacha) 5 km dan kam bo‘lmagan masofada bajariladi.”. 16. 912-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin: “g) past va eng past balandliklardagi parvozlar.”. 17. 914-banddagi “(10,8 d.mili)” degan so‘zlar “(10 d.mili)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 18. 951-banddagi “(2.7 d.mili)” degan so‘zlar “(3 d.mili)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 19. XXII bob quyidagi mazmundagi 12-paragraf bilan to‘ldirilsin: 9571. Past va eng past balandliklarda parvozni amalga oshirishda havo kemasi komandiri hudud relefini va undagi sun’iy to‘siqlarni, balandlikni pasaytirish va ko‘paytirish maydonlarida parvozni bajarish tartibini bilishi, aloqa vositalarining va RTU cheklanish masofasini, yoqilg‘ining ortiqcha harajatlanishini inobatga olishi kerak. 9572. Past va eng past balandliklardagi parvozda VPQ bo‘yicha parvozni xavfsiz davom ettirib bo‘lmaydigan meteosharoitlar bilan to‘qnashganda, UPQ bo‘yicha parvozga o‘tilishi, xavfsiz balandlik yoki pastki xavfsiz eshelon egallanishi kerak hamda bu haqda HHB organi xabardor qilinishi kerak. 9573. Past va eng past balandliklardagi parvozdan berilgan eshelonni (balandlikni) egallash vaqtida barometrik balandlik o‘lchagichning bosim shkalasini standart atmosfera bosimiga o‘tkazish eshelonni (balandlikni) egallash harakati boshlangandan keyin amalga oshiriladi.”. 20. XXIII bobning 8-paragrafi quyidagi mazmundagi 9941-band bilan to‘ldirilsin: “9941. Mo‘ljalni yo‘qotganda xavfsiz balandlikdan (eshelondan) pasayish taqiqlanadi.”. 21. 15-ilovada: jadvaldagi “Haqiqiy ob-havo (BQChB, UQY ko‘rish imkoniyati, shamol)” degan so‘zlar Haqiqiy ob-havo “(BQChB, zarurat bo‘lganda UQY ko‘rish imkoniyati, shamol)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. jadvalning izohidagi “bulutlar pastki chegarasining balandligini” degan so‘zlar “bulutlar pastki chegarasining balandligini (zarurat bo‘lganda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 22. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
176
7,620
Qonunchilik
Harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruv 2018 yilning fevral-mart oylarida oʻtkaziladi
Prezidentning 13.01.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan хizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan mamlakatimizning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2018 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqiriladi. Muddatli harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi (SChR). Ma’lumot uchun: tinchlik davrida harbiy хizmatga 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, salomatligiga koʻra uni oʻtashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar. Harbiy хizmatning bir qancha turlari mavjud, ushbu holatda gap quyidagilar хususida bormoqda: Harbiy хizmatdan boʻyin tovlash MJtKning 237-moddasi boʻyicha ma’muriy jarima va JKning 225-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.    Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilar joriy yilning fevral-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatiladi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov.
81
1,506
Qonunchilik
Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Keyingi yillarda respublikada chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirishga, naslchilik ishini takomillashtirishga, ularda yetishtirilayotgan mahsulotlarni ko‘paytirishga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 6 mingdan ortiq chorvachilik va 3 mingta baliqchilik xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yakunlari bo‘yicha 2319 ming tonna go‘sht, sun’iy hovuzlarda 60 ming tonna baliq yetishtirish kutilmoqda. Shu bilan birga chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini rivojlantirishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Chorvachilik, baliqchilik fermer xo‘jaliklari hamda tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan ta’minlash borasidagi uzilishlar tufayli chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarining o‘sish sur’atlari pastligicha qolmoqda. Tarmoqlarning ozuqa bazasini tizimli asosda mustahkamlash, chorvachilik, baliqchilik xo‘jaliklari va tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan barqaror ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2017-yilgi hosildan boshlab ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doy chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ tomonidan o‘tkaziladigan birja savdolarida sotiladi. 2. Quyidagilar: Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun 2017-yilning II yarim yili va 2018-yilning I yarim yilida beriladigan va davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doy kvotalari hajmlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” AJ rahbarlariga ushbu qarorda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev: Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablarining amalga oshirilishi, ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doydan maqsadli foydalanish, shuningdek, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari o‘rnatilgan narxlar bo‘yicha belgilangan hajmlarga muvofiq sotilishi shartlari bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil etsin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga uch oyda bir marta Maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot va chorvachilik hamda baliqchilik xo‘jaliklarini ozuqa bilan ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish, ichki bozorni barqaror narxlarda go‘sht va baliq bilan to‘ldirishga doir takliflarni taqdim etsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari — chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtiradigan chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari hamda tashkilotlari; xaridorlar — o‘z ehtiyojlari uchun va chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtirishda ishlatiladigan ozuqa ishlab chiqaradigan chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari hamda tashkilotlar; sotuvchilar — “O‘zdonmahsulot” AJning bug‘doyni birja savdolariga qo‘yadigan va sotadigan hududiy tashkilotlari; xaridorlar reyestri — ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doyni sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chorvachilik, baliqchilik fermer xo‘jaliklari va tashkilotlari ro‘yxati; o‘rnatilgan narx — balans bo‘yicha davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib belgilangan chorvachilik va baliqchilik mahsulotining narx birligi; 3. Davlat resurslaridan bug‘doy chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun birja savdolari orqali sotiladi. 4. Sotuvchilar davlat resurslaridan bug‘doy tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun ushbu Nizomga muvofiq sotilishini ta’minlaydilar. 5. Ushbu Nizomga muvofiq chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ularga mo‘ljallangan bug‘doyni xaridorlarning tasdiqlangan reyestriga binoan, ularning chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan hajmlar va narxlarda sotishi sharti bilan xarid qiladilar. 6. Davlat resurslaridan bug‘doy chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha sotiladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zdonmahsulot” AJ bilan birgalikda har yili davlat resurslaridan oziq-ovqat bug‘doyining balansini shakllantirishda chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun bug‘doy hajmlari birja savdolari orqali ajratilishini nazarda tutadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AJ va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotiladigan bug‘doy hajmlarining har oylik jadvallarini hududlar bo‘yicha ishlab chiqadi va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi. 9. Tumanlar hokimliklari, tumanlardagi qishloq xo‘jaligi bo‘limlari g‘alla qabul qilish tashkilotlari, tumanlardagi fermerlar kengashlari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa uchastkalari egalari, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar bilan birgalikda har oyda oyning beshinchi kunigacha xaridorlar reyestrini shakllantiradi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga umumlashtirish va tasdiqlash uchun yuboradi. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tumanlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan xaridorlar reyestrini ikki ish kuni mobaynida umumlashtiradi va tasdiqlaydi hamda “O‘zdonmahsulot” AJga yuboradi. 11. “O‘zdonmahsulot” AJ xaridorlar reyestrini bug‘doyni birja savdolariga qo‘yish uchun o‘z hududiy tashkilotlariga va “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJga birja savdolarini tashkil etish uchun ikki ish kunida yuboradi. 12. Birja savdolari “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va birja savdolari qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Savdolar haftaning ish kunlarida muntazam o‘tkaziladi. 13. Mahsulotni birja savdolariga qo‘yishda boshlang‘ich narx O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zdonmahsulot” AJ tomonidan har yili tasdiqlanadigan davlat resurslaridan g‘alla, qo‘shimcha mahsulotlar hamda g‘allani birlamchi qayta ishlashdan olinadigan chiqindilarning erkin ulgurji-sotish narxlarini kelishish bayonnomasiga muvofiq belgilanadi. 14. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasi olingan kunda bayonnomada nazarda tutilgan shartlarga ko‘ra rasmiylashtiriladi. Bitishuv bayonnomasi shartlarini bajarish tomonlar uchun majburiydir. 15. “O‘zdonmahsulot” AJ bug‘doyni sotish va yuklab jo‘natish yakunlariga asosan xaridorlar reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqqan holda, chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining hajmlari va ularni sotish narxlarini belgilash uchun yuboradi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining hajmlari va ularni sotish narxlari bo‘yicha takliflarni ikki ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari hajmlari hamda sotish narxlari bo‘yicha qaror qabul qilishadi va ushbu qarorni uch ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuboradi. 18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari chorvachilik va baliqchilik mahsulotlarining yarmarkalarda hamda boshqa tashkilotlarga belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishini ta’minlaydilar. 19. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishi nazorat qilinishini ta’minladi hamda har oy yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sotilgan mahsulotlar hajmlari bo‘yicha axborot kiritadi. 20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga har oyda 1 va 16-kunlari: “O‘zdonmahsulot” AJ hududiy tashkilotlari rahbarlari — chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha davlat resurslaridan ozuqa maqsadlari uchun foydalaniladigan bug‘doyni sotish hajmlari to‘g‘risida; chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari rahbarlari — chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari bo‘yicha yarmarkalarda va boshqa tashkilotlarga o‘rnatilgan narxlarda sotish uchun mo‘ljallangan, balans bo‘yicha davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini sotish hajmlari to‘g‘risida axborot taqdim etadi. 21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har oyning 5-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga quyidagi axborotni taqdim etadilar: tumanlar bo‘yicha ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan bug‘doyni sotish hajmlari to‘g‘risida; chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun tumanlar bo‘yicha yarmarkalarda va boshqa tashkilotlarga o‘rnatilgan narxlarda sotish uchun mo‘ljallangan davlat resurslaridan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini sotish hajmlari to‘g‘risida axborot taqdim etadi. 22. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishi nazorat qilinishini ta’minlaydi va har oy yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi. 23. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
100
11,602
Qonunchilik
Davlat tomonidan chorvachilikni qoʻllab-quvvatlash oshiriladi
Prezident 29 yanvarda chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari nazarda tutilgan qarorni imzoladi. Ular quyidagilardan iborat: birinchidan, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan: Bunda Prezidentning avval qabul qilingan hujjatlari va Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan  kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun Jamgʻarma tomonidan kafilliklar va kompensatsiyalar taqdim etilishi shartlari oʻz kuchida qoladi; ikkinchidan, 2020–2022 yillarda quyidagilarga subsidiyalar ajratiladi: a) chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi хoʻjaliklarga: b) «Oʻzbekbaliqsanoat» uyushmasiga a’zo boʻlgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi хoʻjaliklarga: v) «Parrandasanoat» uyushmasiga a’zo boʻlgan parrandachilik хoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq хarajatlarning 9 000 soʻmini qoplash uchun. Subsidiyalar «Oʻzbekchorvanasl» agentligi tomonidan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladi. Bunday tartib 15 kun ichida ishlab chiqiladi. 2020 yilda subsidiyalar umumiy summasi 56 mlrd soʻmni tashkil etadi. 2021–2022 yillarga zarur summa joriy yilning 1 iyuliga kelib hisoblanadi. Bundan tashqari, chorvachilik sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari va chora-tadbirlarga Osiyo taraqqiyot bankining chorvachilikni rivojlantirish uchun 150,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari yoʻnaltirilishi nazarda tutilgan. ! Sun’iy suv havzalarining hosildorligidan kelib chiqib, ushbu maydonlarga yer soligʻining tabaqalashtirilgan stavkalarini qoʻllash masalasi koʻrib chiqiladi. 1 mayga qadar tegishli takliflar ishlab chiqilishi va Moliya vazirligiga kiritilishi lozim. Ushbu omil 2021 yil byudjeti loyihasini tayyorlashda inobatga olinadi. 2022 yil 1 yanvarga qadar «Parrandasanoat» uyushmasi tarkibidagi parrandachilik korхonalariga oʻzi ishlab chiqargan tuхum va goʻsht mahsulotlarini eksport qilishda, nasldor inkubatsion tuхum va nasldor bir kunlik joʻjalarni, vaksina va veterinariya dori vositalarini import qilishda, istisno tariqasida, amaldagi havo transportida tashish tariflariga nisbatan 20%lik chegirma beriladi. Oleg Zamanov.
61
2,202
Qonunchilik
Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga aniq tarzda ijtimoiy yordam berishni kuchaytirish, respublika aholisining real daromadlari va farovonligi barqaror o‘sishi sharoitlarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining: ijtimoiy nafaqalarni to‘lashning aniq tarzdaligini oshirgan holda onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lashning va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamning amaldagi miqdorlari va muddatlarini saqlab qolishni; voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan bolalarning eng katta yoshini 14 yoshgacha pasaytirishni nazarda tutuvchi ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi tegishli qarori loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilarni nazarda tutsin: 2013-yil 1-yanvardan boshlab nafaqalar va moddiy yordamning barcha turlari uchun oila muhtojligini aniqlashning yagona mezonini joriy etish hamda ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlashda jami daromadni hisoblab chiqish tartibini soddalashtirish; ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash tartibini birxillashtirish; ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun fuqarolar yig‘inlari tomonidan vakolat berilgan komissiyalarning (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) hamda ajratiladigan budjet mablag‘laridan aniq tarzda va maqsadli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga birkitilgan bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining tuman (shahar) organlari xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish. 4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bandlikni ta’minlash va ish o‘rinlari tashkil etishning hududiy dasturlarini amalga oshirish doirasida, eng avvalo, qishloq joylarning yosh oilalaridagi shaxslarni ishga joylashtirishga alohida e’tibor qaratsin; O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2013-yilning birinchi choragi mobaynida joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ushbu qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan oilalarni aniqlash masalalari bo‘yicha o‘qitish kurslari o‘tkazilishini tashkil etsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi: O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari hamda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalari orqali aholi o‘rtasida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning mohiyati va mazmuni to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari muntazam asosda o‘tkazilishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar kompleksini ikki hafta muddatda tasdiqlasinlar; tumanlar (shaharlar) hokimliklarining Komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha mavjud muammolar va takliflar to‘g‘risidagi axborotini muntazam ravishda eshitib borsinlar. 6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti uy xo‘jaliklarini tanlab o‘rganishlarni muntazam ravishda amalga oshirsinlar va har yili 1-oktabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: respublikaning har bir mintaqasi bo‘yicha uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiga, kam ta’minlangan oilalar sonining o‘zgarishi dinamikasiga va ularning ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olinishiga doir tahliliy hisobotlarni; ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lashga budjet mablag‘larini mintaqalar bo‘yicha qayta taqsimlashga doir takliflarni kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratiladigan budjet mablag‘larining maqsadli va aniq tarzda sarflanishini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi Komissiyalar faoliyatini har chorakda tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan nazorat qilishni kuchaytirsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda: manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
105
5,827
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 1877 va 331-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-349-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 30-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 1877 va 331-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-349-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
191
726
Qonunchilik
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning (keyingi o‘rinlarda — akademik litsey) barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga (keyingi o‘rinlarda — TDYU) kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: abituriyent — TDYU bakalavriatiga akademik litsey tavsiyasi bo‘yicha test sinovlarisiz, suhbat o‘tkazish orqali kirayotgan akademik litsey bitiruvchisi; maxsus komissiya — har yili TDYU rektori buyrug‘i bilan tashkil etiladigan bitiruvchilarga tavsiyanomalar berish masalasini ko‘rib chiquvchi komissiya; qabul komissiyasi — har yili TDYU rektori buyrug‘i bilan tashkil etiladigan TDYU bakalavriatiga qabulni tashkil etadigan, shu jumladan abituriyentlar hujjatlarini qabul qiladigan va ularga maslahat beruvchi komissiya. suhbat komissiyasi — TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazish maqsadida TDYU taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan komissiya; 2. TDYU bakalavriatiga abituriyentlar qabul parametrlaridan tashqari TDYU tomonidan belgilanadigan o‘rinlar soniga mos ravishda qabul qilinadi. Talabalar TDYUda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi. 3. TDYU bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish suhbat natijalariga ko‘ra reyting tizimi bo‘yicha to‘plangan ballar asosida amalga oshiriladi. 4. Abituriyentlar uchun suhbat: akademik litsey dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini; yuridik kasbni tanlashda motivatsiyasini (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish); nutq madaniyatining shakllanganligi, o‘z fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanligini; umumiy dunyoqarashining shaklanganligi, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi. 5. TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi. 6. Maxsus komissiya har yili 10-iyundan kechikmasdan 7 nafar kishidan iborat tarkibda tuziladi. Maxsus komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, TDYU, akademik litsey xodimlari kiritiladi. Maxsus komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin. Maxsus komissiya o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi. Maxsus komissiyaga komissiyaning boshqa a’zolari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy ta’minlash uning kotibiga yuklanadi. Toshkent davlat yuridik universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori — akademik litsey direktori (keyingi o‘rinlarda — akademik litsey direktori) lavozimi bo‘yicha maxsus komissiyaning raisi hisoblanadi. 7. Bitiruvchilar har yili 20-iyundan kechikmasdan maxsus komissiyaga tavsiyanoma berishni so‘rab ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, ariza maxsus komissiya kotibiga topshiriladi. Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli o‘quv yili bitiruvchilarining arizalarini ko‘rib chiqadi. 8. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: fanlarni o‘zlashtirganlik to‘g‘risida akademik ma’lumotnoma; bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat; bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqalarni) tasdiqlovchi hujjatlar. 9. Maxsus komissiya har yili 20-iyundan boshlab besh ish kunidan oshmagan muddatda bitiruvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi. 10. Maxsus komissiyaning majlislar o‘tkazish jadvali va majlisga taklif etilgan bitiruvchilar ro‘yxati komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. 11. Majlislar o‘tkazish jadvali akademik litseyning rasmiy veb-saytida majlis boshlanishidan kamida bir hafta avval e’lon qilinadi. 12. Maxsus komissiya majlisi komissiya a’zolarining barchasi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. 13. Tavsiyanoma berish masalasi ko‘rib chiqilayotganda, maxsus komissiya quyidagi asosiy minimal talablarni hisobga oladi: a) bitiruvchining akademik litseydagi umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha 71 va undan yuqori foizni tashkil qilishi (5 (besh) baholik tizimda 4 (to‘rt) baho va undan yuqori bo‘lishi kerak); b) bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi: ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE hamda CEFR xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori; yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori; nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori; fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori; xitoy, koreys va boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori; v) bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqalar); g) bitiruvchining akademik litseydagi o‘qish davrida unga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilmaganligi. Mazkur bandda ko‘rsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda, bitiruvchining akademik litseydagi butun o‘qish davri hisobga olinadi. 14. Zarurat bo‘lganda, taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida bitiruvchi suhbat uchun maxsus komissiya yig‘ilishiga chaqirilishi mumkin. Suhbat jarayoni real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini ta’minlaydigan xonada o‘tkaziladi. 15. Bitiruvchiga tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish haqidagi maxsus komissiya qarori majlisda ishtirok etgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi hamda komissiya har bir a’zosining bitiruvchi to‘g‘risidagi asoslantirilgan fikri komissiya majlisi bayonnomasida qayd etiladi. 16. Maxsus komissiya majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanib, rais tomonidan tasdiqlanadi. 17. Maxsus komissiyaning qarori asosida akademik litsey direktori tomonidan bitiruvchiga tavsiyanoma beriladi. 18. Tavsiyanoma berish uni olgan bitiruvchilar ro‘yxatini ilova qilgan holda maxsus komissiyasi qarori qabul qilingandan so‘ng 2 kundan kechikmasdan akademik litsey direktori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Tavsiyanoma olgan bitiruvchiga buyruqdan ko‘chirma beriladi. 19. Tavsiyanoma berish haqidagi buyruq qabul qilingandan so‘ng bir kun ichida qabul komissiyasiga foydalanish uchun yuboriladi. 20. Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari qabul komissiyasi tomonidan 25-iyundan 5-iyulgacha qabul qilinadi. Zarur hollarda, Adliya vazirligi tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalarini qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin. 21. TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmog‘i orqali taqdim etiladi. Abituriyentlar TDYU rektori nomiga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizani ushbu Nizomga 2-ilovasiga muvofiq elektron shaklda to‘ldiradi. 22. Qabul qilish to‘g‘risidagi elektron arizaga diplom va ilovasi elektron shaklda ilova qilinadi. Arizaga ilova qilinayotgan hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Arizani unga hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalar ko‘rinishida ilova qilingan holda jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi. 23. Ushbu Nizomning 20 — 22-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali ariza ro‘yxatga olinadi va abituriyentga bildirishnoma yuboriladi hamda abituriyentga hujjatlarning aslini o‘z vaqtida topshirish zarurati to‘g‘risida xabar beriladi. Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi. 24. Agar taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 20 — 22-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha abituriyentga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda, abituriyentga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi. Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi. 25. Ro‘yxatga olingan qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar soni har kuni TDYUning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 26. Yakka tartibdagi suhbat har yili 10 — 20-iyul kunlari suhbat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Obyektiv sabablarga ko‘ra ushbu muddatlarda suhbat o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, TDYU yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish muddatini bu haqda abituriyentlarni kamida uch kun avval xabardor qilgan holda, o‘zgartirishi mumkin. 27. Suhbat komissiyasi har yili 1-iyuldan kechikmasdan 7 nafar kishidan iborat tarkibda tuziladi. Suhbat komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TDYU xodimlari kiritiladi. Suhbat komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin. Maxsus komissiya tarkibiga kiritilgan shaxslarning Suhbat komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Suhbat komissiyasi o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Suhbat komissiyasiga komissiyaning boshqa a’zolari faoliyatini o‘zaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini tashkiliy ta’minlash uning kotibiga yuklanadi. 28. Yakka tartibdagi suhbat o‘tkazilishiga qadar abituriyentlar uchun maslahatlar tashkil etiladi, maslahatlar jadvali qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 29. Yakka tartibdagi suhbatni o‘tkazish uchun bino va auditoriyalarni tayyorlashni tashkil etish uchun javobgarlik qabul komissiyasi mas’ul kotibi zimmasiga yuklanadi. 30. Yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish jadvali TDYU rasmiy veb-saytida suhbat boshlanishidan kamida uch kun oldin joylashtiriladi. 31. Yakka tartibdagi suhbat TDYUdagi ta’lim tillarida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat tili abituriyentning o‘zi tomonidan belgilanib, uning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizasida ko‘rsatiladi. 32. Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatdan o‘tishlari uchun navbat bilan kiritiladi. Yakka tartibdagi suhbatga abituriyent biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) bilan tashrif buyuradi. 33. Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lug‘at, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam berishi qat’iyan taqiqlanadi. Ushbu talabni buzgan abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi. Suhbatdan chetlashtirish bo‘yicha ushbu Nizomga 3-ilovada berilgan shaklga muvofiq suhbat komissiyasi kotibi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 34. Yakka tartibdagi suhbatni o‘tkazish davomida suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan abituriyentga mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beriladi. Bunda ushbu Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha beriladigan savollar ro‘yxati akademik litsey o‘quv dasturlari doirasida shakllantiriladi hamda TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan savollar ro‘yxati TDYUning rasmiy veb-saytiga yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan kamida o‘n besh kun avval joylashtiriladi. Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 45 daqiqagacha davom etishi mumkin. Mazkur Nizomning 4-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha savollar abituriyent tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi. Abituriyent tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar suhbat komissiyasi kotibi tomonidan printerda chop etiladi va abituriyentga taqdim qilinadi. Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan har bir mezon bo‘yicha maksimal ball 25 ballni tashkil etadi. 35. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini aniqlash uchun suhbat komissiyasining har bir a’zosi boshqa a’zolardan mustaqil holda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi baholash varaqasini to‘ldiradi va uni suhbat komissiyasi kotibiga taqdim etadi. Suhbat komissiyasi kotibi abituriyentga suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan qo‘yilgan o‘rtacha ballni hisoblab chiqadi. Yakka tartibdagi suhbat natijalari reyting tizimi bo‘yicha abituriyentga qo‘yilgan (0 dan 100 gacha oraliqdagi) ballar asosida aniqlanadi. Suhbat komissiyasi bayonnomasida abituriyentlar ro‘yxati kamayib borish tartibida, eng yuqori ball olgan abituriyentdan boshlab joylashtiriladi. 36. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalari suhbat komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan va rais tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalarini qayd etishda video va audioyozuvlardan foydalaniladi. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni Internet jahon axborot tarmog‘i orqali onlayn rejimda translatsiya qilinishi mumkin. 37. Suhbat natijalari TDYU rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilgandan so‘ng keyingi ish kunida e’lon qilinadi. 38. Abituriyentlar o‘qishga quyidagi hollarda qabul qilinmaydi: jadval bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi); yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizi va undan kam ball to‘planganda. 39. TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 40. Yakka tartibdagi suhbat natijalari yuzasidan TDYU rektorining buyrug‘i bilan abituriyentlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga tegishli fanlar bo‘yicha malakali mutaxassislar kiritiladi. Maxsus va Suhbat komissiyalari tarkibiga kiritilgan shaxslarning apellatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 41. Yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyent apellatsiya komissiyasiga suhbat natijasi e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida yozma tartibda apellatsiya berish huquqiga ega. 42. Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellatsiyani u kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqadi. Apellatsiya ko‘rib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabar beriladi. 43. Apellatsiya komissiyasi tomonidan apellatsiya faqat abituriyent ishtirokida, suhbat jarayoni yozib olingan videotasvir asosida ko‘rib chiqiladi. 44. Abituriyentning e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha Apellatsiya komissiyasi quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi: e’tiroz asossiz bo‘lsa, apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish va suhbat natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish; e’tiroz asosli bo‘lsa, apellatsiyani qanoatlantirish va suhbat natijalariga o‘zgartirish kiritish. 45. Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul komissiyasiga o‘quv yili boshlanishiga qadar hujjatlarning aslini, shuningdek, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatning asl nusxasini taqdim etadi. Hujjatlarda, shu jumladan elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarda soxtalashtirish va qalbakilashtirish aniqlangan taqdirda, abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi (TDYU talabalar safidan chetlashtiriladi), hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuboriladi. 46. Yakka tartibdagi suhbat natijalari 1-avgustga qadar TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni tavsiya etish haqida qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi. 47. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining TDYU bakalavriatiga tavsiya etish to‘g‘risidagi buyrug‘i 10-avgustdan kechiktirmasdan qabul qilinadi. 48. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining TDYU bakalavriatiga tavsiya etish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilinganidan so‘ng TDYU bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda kontraktlar tuziladi. Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i qabul qilingan kundan boshlab beriladi hamda TDYU rektori va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun 3 nusxada va jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi. TDYU bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya qilingan abituriyentlar uchun to‘lovlar har yili qonunchilik va shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. 49. Abituriyentlarni TDYUga o‘qishga qabul qilish yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan kontrakt to‘lovi to‘langandan so‘ng TDYU rektorining buyrug‘i bilan 15-sentabrdan kechiktirmay rasmiylashtiriladi. Ushbu abituriyentlarga 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishiga ruxsat etish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtiriladi. 50. Akademik litsey tomonidan berilgan tavsiyanoma ikki yil davomida amal qiladi. 51. TDYU bakalavriatiga qabul qilingan abituriyentlarning yakka tartibdagi suhbat natijalaridan tegishli ko‘chirmalar ularning shaxsiy yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. 52. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
229
19,506
Qonunchilik
Tabiat qoʻriqchilari uchun ta’lim markazi ochildi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 sentyabrdagi 321-son Qarori bilan Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tashkil etildi. Hujjatda Markazning maqomi, asosiy vazifalari, faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilandi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga quyidagilar topshirildi: 2 oy ichida – Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi bilan birgalikda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat talablarini ishlab chiqish; 3 oy ichida – Markaz ustavini tasdiqlash hamda uni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni ta’minlash va boshqalar. Shuningdek Qaror bilan Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga koʻra, Markazning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida davlat, idoraviy, ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan, shuningdek ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda – buyurtmachilar) atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yurituvchi mutaхassislari majburiy ravishda oʻqiydi. Mutaхassislarni qayta tayyorlash ularning faoliyati davomida, ularning malakasini oshirish har 5 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish buyurtmachining buyurtmanomasiga binoan, Markaz va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, toʻlov asosida amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining mutaхassislari Markazning malaka oshirish kurslarida tekin, qayta tayyorlash kurslarida esa toʻlov evaziga oʻqitiladi. Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan davlat organlarining huzurida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etilgan boʻlsa, ularning mutaхassislari ushbu kurslarda ta’lim olishi mumkin. Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshiruvchi shaхslar va boshqa shaхslar Markazning kurslarida toʻlov-shartnoma asosida, iхtiyoriy ravishda ta’lim olishga haqli. Hujjatda oʻquv kurslarining maqsadi va vazifalari, shuningdek ularning tashkilotchilarining funksiyalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish ishlarini moliyalashtirish masalalari batafsil bayon etilgan. Belgilanishicha, mutaхassislarni oʻquv kurslarida oʻqitish ishdan ajralgan holda amalga oshiriladi. Oʻquv kurslari davomida mutaхassislarning doimiy ish joyidagi lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi. Oʻquv kurslarida oʻqish boshlangandan soʻng 5 kun mobaynida Markazga yetib kelmagan mutaхassislar, sabablaridan qat’i nazar, kurslarga qoʻyilmaydi. Oʻquv kurslariga uzrli sabablarga koʻra yetib kela olmagan mutaхassislar keyin tashkil etiladigan kurslarda oʻqiydi. Oʻquv kurslariga uzrli sabablarsiz kelmagan mutaхassislar kurslardan oʻtmagan hisoblanadi va buyurtmachilar tomonidan toʻlangan toʻlov summalari qaytarilmaydi. Qayta tayyorlash kurslari kamida 10 haftadan, malaka oshirish kurslari esa kamida 2 haftadan iborat boʻladi. Mutaхassislar oʻquv kurslarini yakunlaganlaridan soʻng attestatsiya komissiyasida bitiruv loyiha ishini himoya qiladi. Attestatsiya komissiyasi oʻz qarorini mutaхassislarni suhbatdan oʻtkazish natijalari asosida, shuningdek kasbiy faoliyat koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda qabul qiladi. Attestatsiya komissiyasining qarori asosida Markaz tomonidan mutaхassislarga tegishlicha diplom yoki sertifikat beriladi. Attestatsiya sinovlaridan oʻta olmagan mutaхassislar bir yil mobaynida shartnoma asosida kursda takroran oʻqishi va attestatsiya sinovlarini topshirishi shart. Mutaхassislar attestatsiya sinovlaridan takroran oʻta olmagan taqdirda Markaz tomonidan ularning ish beruvchi tashkilotlariga attestatsiya sinovlaridan oʻta olmaganlik sabablari koʻrsatilgan holda хabarnoma yuboriladi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Sardor JUMAShOV, bizning ekspert
49
4,277
Qonunchilik
IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanishning huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy asoslari va tartibini belgilaydi. Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini (matnda bundan keyin sanoat mulki obyektlari deb yuritiladi) yaratish, huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solib boriladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi (matnda bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Patent idorasi sanoat mulki obyektlariga talabnomalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ilmiy-texnik ekspertizasini o‘tkazadi, ularni davlat ro‘yxatiga oladi, muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, ushbu Qonunning qo‘llanilishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi. Patent idorasining faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashning manbai davlat budjeti mablag‘idan, patent bojlaridan, shuningdek Patent idorasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haqdan iboratdir. Sanoat mulki obyektiga bo‘lgan huquq muallifga (mualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (vorislariga) tegishli bo‘ladi hamda patent, dastlabki patent (matnda bundan keyin patent, dastlabki patent deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi. Basharti bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki obyektini yaratgan bo‘lsa, patent yoki dastlabki patentga bo‘lgan huquq Patent idorasiga birinchi bo‘lib talabnoma topshirgan shaxsga tegishli bo‘ladi. Sanoat mulki obyektining muallifi, basharti o‘zining obyektiga nisbatan g‘ayrihuquqiy ravishdagi o‘zlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan yoxud patent yoki dastlabki patent olingan bo‘lsa, sud tartibida patent yoki dastlabki patent berilishiga norozilik bildirish yoxud patent yoki dastlabki patentga bo‘lgan huquq egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent yoki dastlabki patent o‘ziga berilishini talab qilish huquqiga egadir. Dastlabki patent dastlabki ekspertiza o‘tkazilganidan so‘ng, patent esa — obyekt mohiyatan ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng beriladi. Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, ixtironing haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o‘ziga xosligini, sanoat namunasining haqiqiyligini va patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Foydali model patenti uning yangiligini, foydali modelning haqiqiyligini va patent egasining foydali modelga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Patentning to‘la hajmdagi huquqiy muhofaza yoki bu muhofazaning bir qismi jihatidan haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi. Dastlabki patent patent egasining sanoat mulki obyektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Patent egasining mutlaq huquqi patent yoki dastlabki patent haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi. Ustuvorlik (prioritet) sanasidan yoki ushbu Qonun 18-moddasining qoidalariga muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti o‘n yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi. Dastlabki patent ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi. Sanoat namunasi patentining va foydali model patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosiga ko‘ra Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin. Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektiga dastlabki patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra obyekt mohiyatan ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng patent berilishi mumkin. Ixtiro hamda foydali model patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa, buyumning (maketning, rasmning) fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki (va) ularning kombinatsiyasi (matnda bundan keyin muhim alomatlar majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi. Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi. Basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi. Ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt, basharti u yangi, ixtirochilik darajasiga ega bo‘lsa va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi. Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, yangi deb hisoblanadi. Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon bo‘lmasa, ixtirochilik darajasiga ega bo‘ladi. Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ixtironing yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo‘lgan holda topshirilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi. Ixtiro, basharti uni sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘llash mumkin bo‘lsa, sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi. Basharti, ixtiroga oid talabnoma, shu ixtiroga taalluqli ma’lumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita Ushbu ma’lumotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan bo‘lsa, bu holat ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko‘rsatadigan vaziyat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi. Qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o‘simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum bo‘lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qo‘llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi. Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi: ilmiy nazariyalar va matematika usullari; xo‘jalikni tashkil etish va boshqarish usullari; shartli belgilar, jadvallar, qoidalar; aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari; elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar; binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari; estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar; integral sxemalarning topologiyalari; o‘simlik navlari va hayvon zotlari; jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar. Foydali model sifatida ko‘rsatilgan obyekt, basharti u yangi bo‘lsa va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi. Foydali model, basharti uning muhim alomatlari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, yangi deb hisoblanadi. Talabnoma topshirilgan foydali model amalga oshirishi mumkin bo‘lgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi hamma foydalana oladigan barcha ma’lumotlar, shuningdek ularni qo‘llashga doir ma’lumotlar texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi. Foydali model, basharti undan amalda foydalanish imkoni bo‘lsa, sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi. Basharti foydali modelga oid talabnoma, shu foydali modelga taalluqli ma’lumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita ushbu ma’lumotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan bo‘lsa, bu holat foydali modelning yangiligiga ta’sir ko‘rsatadigan vaziyat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi. Amaliyotbop qilib tayyorlangan ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari, shuningdek ularning tarkibiy qismlari foydali modellar jumlasiga kiradi. Quyidagilar foydali modellar sifatida muhofaza qilinmaydi: usullar, moddalar, mikroorganizm shtammlari, o‘simlik va hayvonlar hujayralarining turlari, shuningdek ularning yangi maqsadda qo‘llanilishi; ushbu Qonun 5-moddasining to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlar. Sanoat namunasi sifatida ko‘rsatilgan obyekt, basharti u yangi, o‘ziga xos bo‘lsa va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi. Sanoat namunasi, basharti buyumning estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini belgilovchi muhim alomatlari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlardan ayon bo‘lmasa, yangi deb hisoblanadi. Sanoat namunasining yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo‘lgan holda topshirilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi. Sanoat namunasi, basharti uning muhim alomatlari majmui buyum estetik xususiyatlarining ijodiy xarakteri bilan bog‘liq bo‘lsa, asl hisoblanadi. Sanoat namunasi, basharti uni takror-takror hosil qilish mumkin bo‘lsa, sanoatda qo‘llash mumkin deb e’tirof etiladi. Basharti sanoat namunasiga oid talabnoma, shu sanoat namunasiga taalluqli ma’lumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yohud bilvosita ushbu axborotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan bo‘lsa, bu holat sanoat namunasining patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko‘rsatadigan vaziyat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi. Buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy konstruktorlik yechimlari sanoat namunasi jumlasiga kiradi. Quyidagilar sanoat namunalari sifatida e’tirof etilmaydi: matbaa mahsulotlari; me’morchilik obyektlari, (kichik me’morchilik shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar inshootlar; suyuq, gazsimon sochiluvchan yoki shunga o‘xshash moddalardan iborat o‘zgaruvchan shakldagi obyektlar; buyumning faqat texnik funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan yechimlar; mahsulotlarning jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlari. Sanoat mulki obyektini shaxsiy ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaxs bu obyektning muallifi deb e’tirof etiladi. Basharti, sanoat mulkining obyekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati asosida yaratilgan bo‘lib, ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning barchasi bu obyektning teng huquqli muallifi deb e’tirof etiladi. Mualliflik huquqi begonalashtirilmaydigan hamda o‘zgaga o‘tkazilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi. Sanoat mulkining obyektiga patent yoki dastlabki patent quyidagilarga beriladi: sanoat mulki obyektining muallifiga (mualliflariga) yoki uning (ularning) merosxo‘riga (merosxo‘rlariga) ; muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent yoki dastlabki patent berish to‘g‘risidagi talabnomada yoki sanoat mulki obyekti ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar Patent idorasiga topshirilgan arizada ko‘rsatilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarga (ular rozi bo‘lgan taqdirda); ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga. Xizmatchi o‘z xizmat vazifasini yoki ish beruvchidan olgan aniq bir topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratgan sanoat mulki obyektiga patent yoki dastlabki patent olish huquqiga, agar bu hol ular o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchi ega bo‘ladi. Basharti ish beruvchi bilan muallif o‘rtasida ushbu modda ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa, muallif talabnoma topshirish va patent yoki dastlabki patentni o‘z nomiga olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli obyektidan o‘z korxonasida patent egasiga shartnomada belgilanadigan haqni to‘lagan holda foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki obyekti maxfiy saqlanadigan bo‘lsa, u muallifga mutanosib miqdorda haq to‘lashi shart, bu haq miqdori shartnoma asosida belgilanib, mutlaq litsenziyaning bozor narxidan kam bo‘lmasligi lozim. Sanoat mulki obyektiga patent yoki dastlabki patent, shuningdek uni olish huquqi meros bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi (matnda bundan keyin Intellektual mulk davlat fondi deb yuritiladi) patent egasining davlat mulkiga kiradigan yoki shartnoma asosida olinadigan intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq hamda majburiyatlarini ro‘yobga chiqaradi va davlat manfaatlari yo‘lida ularning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi. Intellektual mulk davlat fondi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbai sanoat mulki va intellektual mulkning boshqa turlari obyektlaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya sotilishidan tushadigan mablag‘larning bir qismidan, davlat budjeti mablag‘lari hamda boshqa tushumlardan iboratdir. Intellektual mulk davlat fondi o‘z faoliyatini ushbu Qonun va Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ustavga binoan amalga oshiradi. Patent egasi sanoat mulki obyektiga o‘z xohishicha egalik qilish va uni tasarruf etish hamda undan foydalanish, basharti bunday foydalanish boshqa patent egalarining huquqlarini buzmasa, shu jumladan boshqa shaxslarning mazkur obyektdan foydalanishini taqiqlab qo‘yish mutlaq huquqiga egadir, bunday foydalanish ushbu Qonunga muvofiq patent egasining huquqini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno. Bir necha patent egasiga qarashli bo‘lgan sanoat mulki obyektidan foydalanish borasidagi o‘zaro munosabatlar ular o‘rtasida tuzilgan bitimga binoan belgilanadi. Bunday bitim bo‘lmagan taqdirda, har bir patent egasi muhofazalangan sanoat mulki obyektidan o‘z xohishicha foydalanishi mumkin, lekin qolgan patent egalarining roziligisiz obyektga oid litsenziya berishga yoki patent yoki dastlabki patentni o‘zga shaxsga topshirishga haqli emas. Patent egalari o‘rtasidagi nizolar o‘zaro murosaga kelishning iloji bo‘lmasa, sud tartibida hal qilinadi. Patent egasi foydalanilayotgan sanoat mulki obyektlariga patent berilganligini ko‘rsatuvchi ogohlantirgich tamg‘adan foydalanishi mumkin. Patent egasi sanoat mulki obyektidan foydalanishi shart. Patent yoki dastlabki patent ro‘yxatga olingan sanadan boshlab uch yil mobaynida patent egasi sanoat mulki obyektidan butunlay yohud yetarli darajada foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki obyektidan foydalanmoqchi va foydalanishga tayyor bo‘lgan har qanday shaxs, basharti patent egasi u bilan litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, majburiy oddiy litsenziya berishni so‘rab sudga iltimosnoma bilan murojaat etishi mumkin. Basharti patent egasi sanoat mulki obyektidan butunlay yoki yetarli darajada foydalanilmaganligiga uzrli sabablar borligini isbotlab bera olmasa, sud aytilgan litsenziyani berib, undan foydalanish me’yorlarini, to‘lov miqdori, muddati va tartibini belgilab qo‘yadi. To‘lov miqdori litsenziyaning bozor narxidan kam bo‘lmasligi lozim. Quyidagi hollar patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida e’tirof etilmaydi: O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan qurilmalarni Parij konvensiyasi qatnashchisi bo‘lgan boshqa davlatning transport vositasida, mazkur vosita O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki tasodifan turgan vaqtda qo‘llash — bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchungina foydalanish sharti bilan; patentlar yoki dastlabki patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajriba o‘tkazish; patentlar yoki dastlabki patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiya va boshqa favqulodda holatlarda qo‘llash; patentlar yoki dastlabki patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni, basharti, bu vositalar xo‘jalik muomalasiga qonuniy yo‘l bilan kiritilgan bo‘lsa, qo‘llash; patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni daromad olmay shaxsiy maqsadlarda qo‘llash; dorixonalarda vrach retseptlari bo‘yicha bir gallik dorilar tayyorlash. Patent yoki dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan ushbu Qonun 11 va 31-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga xilof ravishda foydalanuvchi har qanday shaxs patent egasining mutlaq huquqlarini buzuvchi hisoblanadi. Patentlangan ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasidan foydalangan holda ruxsatsiz mahsulot tayyorlash, uni qo‘llash, import qilish, sotuvga taklif etish, sotish, fuqaro muomalasiga o‘zga tarzda kiritish yoki shu maqsadlarda uni saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan qo‘riqlanadigan usulni qo‘llash yoki ixtiro patenti bilan qo‘riqlanadigan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqaro muomalasiga kiritish yoxud shu maqsadlarda saqlab turish patent egasining mutlaq huquqini buzish deb e’tirof etiladi. Sanoat mulki obyektidan patent egasining huquqlariga xilof ravishda foydalanayotgan shaxslar patent egasi talabiga binoan: patent egasining mutlaq huquqini buzayotgan harakatlarni to‘xtatishlari; patent egasiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashlari shart. Zarar o‘rniga patent egasi huquqbuzardan shu harakati orqasidan olgan daromadini undirib olishga haqlidir. Patent yoki dastlabki patent berish so‘ralgan talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (matnda bundan keyin talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan Patent idorasiga topshiriladi. Patent yoki dastlabki patent so‘ralgan talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to‘lashdan ozod qilishning yoxud boj miqdorini kamaytirishning asoslari ilova qilinadi. Sanoat mulki obyektlariga oid talabnoma hujjatlariga doir boshqa talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi. Talabnoma shaxsan yoki Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashayotgan jismoniy shaxslar yoki ajnabiy yuridik shaxslar patent olish va uni kuchda saqlab turish bo‘yicha Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tgan patent vakillari orqali ish olib boradilar. Patent vakilining vakolatlari talabnoma kirituvchi tomonidan berilgan ishonch qog‘ozi bilan tasdiqlanadi. Ixtiroga patent yoki dastlabki patent berilishi so‘ralgan talabnoma (matnda bundan keyin ixtiroga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabi) tashkil qilib, bir-biri bilan uzviy bog‘langan ixtirolar guruhiga tegishli bo‘lishi kerak. Ixtiroga oid talabnoma o‘z ichiga quyidagilarni oladi: ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent yoki dastlabki patent berilishi so‘ralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent yoki dastlabki patent berish so‘ralgan ariza; ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi; ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan ixtiro formulasi; ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar; referat. Foydali modelga patent berilishi so‘ralgan talabnoma (matnda bundan keyin foydali modelga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta foydali modelga yoki yagona ijodiy fikrni (foydali model birligi talabi) tashkil qilib, bir-biri bilan uzviy bog‘langan foydali modellar guruhiga tegishli bo‘lishi kerak. Foydali modelga oid talabnoma o‘z ichiga quyidagilarni oladi: foydali model muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berish so‘ralgan ariza; foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi; foydali model mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan foydali model formulasi; basharti foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar; referat. Sanoat namunasiga patent yoki dastlabki patent berilishi so‘ralgan talabnoma (matnda bundan keyin sanoat namunasiga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta sanoat namunasiga tegishli bo‘lishi kerak va u shu namuna variantlarini (sanoat namunasi birligi talabi) qamrab olishi mumkin. Sanoat namunasiga oid talabnoma o‘z ichiga quyidagilarni oladi: sanoat namunasining muallifi (mualliflari) va nomiga patent yoki dastlabki patent berilishi so‘ralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash va turar joylari ko‘rsatilib, patent yoki dastlabki patent berish so‘ralgan ariza; buyumning o‘zi, uning maketi yoki rasmining buyum tashqi ko‘rinishi haqida to‘la-to‘kis, bor tafsiloti bilan tasavvur beruvchi turkum fotosuratlari; basharti sanoat namunasining mohiyatini ochish uchun zarur bo‘lsa, buyum umumiy ko‘rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion xaritasi; sanoat namunasining undagi muhim alomatlar majmuini o‘z ichiga olgan tavsifi. Sanoat mulki obyekti ustuvorligi talabnoma ushbu Qonun talablariga muvofiq holda rasmiylashtirilib, Patent idorasiga topshirilgan kundan boshlab belgilanadi. Ustuvorlik: sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi qatnashchisi bo‘lgan boshqa davlatda (konvensiya ustuvorligi) berilgan birinchi talabnomada qayd etilgan sanaga ko‘ra, basharti Patent idorasiga ana shu sanadan boshlab ixtiroga, foydali modelga oid talabnoma o‘n ikki oy ichida, sanoat namunasiga oid talabnoma esa olti oy ichida topshirilgan bo‘lsa, belgilanadi. Basharti konvensiya ustuvorligi so‘ralgan talabnoma uni beruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra belgilangan muddatda topshirib ulgurilmasa, bu muddat Patent idorasi tomonidan uzog‘i bilan yana ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Konvensiya ustuvorligi huquqidan foydalanish istagidagi talabnoma beruvchi o‘zining ana shu istagini talabnomani topshirish paytida ko‘rsatishi va (yoki) zarur materiallarni talabnoma topshirilgan sanadan boshlab uch oydan kechiktirmay Patent idorasiga taqdim etishi lozim; O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etadigan sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha davlatlararo bitimlarga muvofiq topshirilganiga ayni o‘xshash birinchi talabnoma topshirilgan sanaga ko‘ra, basharti ushbu talabnoma uning egasi tomonidan qaytarib olinib, ustuvorlik sanasi bilan Patent idorasiga talabnoma tushgan sana o‘rtasidagi vaqt ixtiro uchun o‘n ikki oydan va sanoat namunasi uchun olti oydan oshmagan bo‘lsa, belgilanadi; qo‘shimcha materiallar topshirilgan sanaga ko‘ra, basharti talabnomaga ilova qilingan qo‘shimcha materiallar talabnoma qaratilgan ixtiro mohiyatini o‘zgartirib yuborishi va shu sababga ko‘ra ular qabul qilinmasligi Patent idorasi tomonidan talabnoma beruvchiga ma’lum qilingan sanadan boshlab uch oy muddat ichida talabnoma beruvchi tomonidan qo‘shimcha materiallar mustaqil talabnoma tarzida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, belgilanadi; shu talabnoma beruvchining Patent idorasiga birmuncha oldin taqdim etgan, ushbu sanoat mulki obyektining mohiyatini ochib beruvchi talabnomasi topshirilgan sanaga ko‘ra, basharti ustuvorlik so‘ralgan talabnoma birmuncha oldin berilgan talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ixtiro va foydali model yuzasidan o‘n ikki oy va sanoat namunasi yuzasidan olti oy ichida topshirilgan bo‘lsa, belgilanadi. Bunda birmuncha oldin topshirilgan talabnoma qaytarib olingan deb hisoblanadi. Basharti ekspertiza jarayonida sanoat mulki obyektlariga ayni o‘xshash talabnomalarning ustuvorlik sanalari bir xilligi aniqlansa, u holda patent yoki dastlabki patent Patent idorasiga oldinroq jo‘natilganligi isbotlangan talabnoma bo‘yicha, bordi-yu jo‘natilgan sanalari ham bir xil bo‘lib chiqsa, Patent idorasida kelgan hujjat sifatida qaysi biri oldin qayd etilgan bo‘lsa, shu talabnomaga beriladi. Ustuvorlik birmuncha oldin ustuvorlik so‘ralgan talabnoma kelib tushgan sanaga ko‘ra belgilanishi mumkin emas. Sanoat mulki obyektiga oid talabnoma bo‘yicha Patent idorasi rasmiy ekspertiza, dastlabki ekspertiza va (yoki) mohiyatan ekspertizadan iborat bo‘lgan davlat ilmiy-texnik ekspertizasini o‘tkazadi. Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida talabnoma beruvchi talabnoma berilayotgan sanoat mulki obyektining mohiyatini o‘zgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar kiritish huquqiga ega. Sanoat mulki obyektiga oid talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar kiritish yoki qo‘shimcha materiallar taqdim etish, boj to‘lash sharti bilan, mazkur muddat o‘tganidan keyin ham, biroq muhofaza hujjatini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga so‘rov yuborilib, unda shu so‘rovni olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida tuzatilgan yoki yetishmaydigan materiallarni topshirish taklif qilinadi. Basharti talabnoma beruvchi mazkur muddatda so‘ralgan materiallarni taqdim etmasa yoki belgilangan muddatni uzaytirib berish to‘g‘risida iltimosnoma topshirmasa, talabnoma qaytarib olingan hisoblanadi. Sanoat mulki obyekti birligi talablari buzilgan holda berilgan talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli so‘rov olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida ushbu obyektlardan qaysi biri ko‘rib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda talabnoma hujjatlariga tegishli aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa obyektlar mustaqil talabnomalar tarzida rasmiylashtirilishi mumkin. Basharti talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti birligi talablari buzilganligi haqida so‘rov olganidan so‘ng ikki oy ichida ushbu obyektlardan qaysi biri ko‘rib chiqilishi lozimligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan obyekt ekspertizadan o‘tkaziladi. Talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti tegishli Davlat reyestrida qayd qilingunga qadar ekspertizaning istalgan bosqichida patentlar va dastlabki patentlar so‘ralgan talabnomani qaytarib olishi mumkin. Patentlar va dastlabki patentlar so‘ralgan talabnomalarga doir materiallardagi ma’lumotlar Patent idorasida maxfiy saqlanishi kerak va ular haqidagi axborotlar talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Patent va dastlabki patent haqidagi ma’lumotlar rasmiy ravishda e’lon qilingunga qadar talabnomalarga doir materiallardagi axborotlarni oshkor etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Patent idorasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi. Rasmiy ekspertiza Patent idorasi tomonidan sanoat obyekti mulkiga oid talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy o‘tganidan so‘ng o‘tkaziladi. Talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra rasmiy ekspertiza mazkur muddat o‘tmasdan boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga qo‘shimcha boj to‘lamasdan o‘z tashabbusi bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritish huquqidan mahrum bo‘ladi. Talabnomani rasmiy ekspertizadan o‘tkazish chog‘ida taqdim qilingan taklifning huquqiy muhofaza ta’minlanadigan sanoat mulki obyektlariga qay darajada mosligi ko‘rib chiqiladi va uning ustuvorligi belgilanadi. Rasmiy ekspertizaning ijobiy natijasi va ustuvorlik belgilanganligi haqida talabnoma beruvchiga xabar qilinadi. Dastlabki ekspertiza Patent idorasi tomonidan ixtiroga, sanoat namunasiga yoki foydali modelga dastlabki patent berish so‘ralgan talabnoma bo‘yicha o‘tkaziladi. Dastlabki ekspertiza o‘tkazish chog‘ida ko‘rsatilgan obyektning talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan talabnoma materiallarida keltirilgan texnika taraqqiyoti darajasi bo‘yicha yoki (va) O‘zbekiston Respublikasining patent hujjatlari bo‘yicha yangilik va sanoatda qo‘llash shartlariga qanchalik mosligi tekshiriladi. Basharti talabnomani dastlabki ekspertizadan o‘tkazish natijasida sanoat mulki obyektiga oid talabnoma materiallari qo‘yilayotgan talablarga mos kelishi aniqlansa, Patent idorasi dastlabki patent berish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda rasmiy xabar e’lon qiladi. Basharti dastlabki ekspertiza natijasida obyekt qo‘yilayotgan talablarga mos emasligi aniqlansa, Patent idorasi dastlabki patent berishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi. Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qarorni olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida Patent idorasining Apellatsiya kengashiga (matnda bundan keyin Apellatsiya kengashi deb yuritiladi) shikoyat berishi mumkin. Apellatsiya kengashi shikoyatni u tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida ko‘rib chiqishi lozim. Apellatsiya kengashining Patent idorasi vakolat doirasidagi qarori uzil-kesil hisoblanadi. Talabnomalarni rasmiy va dastlabki ekspertizalardan o‘tkazishning ushbu moddada belgilangan va talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatlari muddatlar uzaytirilishini muqarrar qilib qo‘ygan sabablar tasdiqlangan va boj to‘langan taqdirda Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin. Talabnoma beruvchi muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani o‘tkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab o‘n ikki oydan kechiktirmay topshirishi lozim. Apellatsiya kengashiga murojaat qilish muddati tiklanmaydi. Patent idorasi ixtiro va sanoat namunasiga patent berish so‘ralgan talabnomani talabnoma topshirilgan sanadan boshlab o‘n ikki oy ichida talabnoma beruvchi tomonidan kiritilishi mumkin bo‘lgan iltimosnomaga ko‘ra mohiyatan ekspertizadan o‘tkazadi. Mohiyatan ekspertiza o‘tkazish haqidagi iltimosnoma berishning mazkur muddati buzilgan taqdirda talabnoma qaytarib olingan hisoblanadi. Basharti talabnomani mohiyatan ekspertizadan o‘tkazish natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan ixtiro sifatida ta’riflangan obyekt, muhim alomatlar majmui sifatida ifodalangan sanoat mulki sifatida ta’riflangan obyekt belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda rasmiy xabar e’lon qiladi. Talabnoma beruvchi yoki boshqa shaxslar dastlabki patent so‘ralgan talabnomani topshirgan sanadan boshlab istalgan paytda, lekin dastlabki patentning amal qilish vaqti tugamasdan oldin beradigan iltimosnomaga ko‘ra Patent idorasi ixtiro yoki sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiq mohiyatan ekspertiza o‘tkazadi. Basharti dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektini mohiyatan ekspertizadan o‘tkazishning tugash muddati dastlabki patentning amal qilish muddatidan uzoqroq bo‘lsa, iltimosnoma dastlabki patent egasi tomonidan berilishi sharti bilan dastlabki patentning amal qilish muddati mohiyatan ekspertiza o‘tkazish davriga teng muddatga uzaytiriladi. Boshqa shaxslardan tushgan iltimosnomalar talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi. Basharti talabnoma beruvchi mohiyatan ekspertiza o‘tkazish haqida mazkur muddatda iltimosnoma topshirmasa, ixtiro yoki sanoat namunasining huquqiy muhofazasi dastlabki patentning amal qilish muddati tugashi bilan to‘xtatiladi. Ixtiro yoki sanoat namunasi sifatida ifodalangan obyektning patentga layoqatlilik shartlariga mos kelmasligi aniqlansa, patent berishni rad qilish haqida qaror qabul qilinadi. Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qarorni olgan sanadan boshlab uch oy muddat ichida Apellatsiya kengashiga shikoyat berishi mumkin. Apellatsiya kengashi shikoyat tushgan sanadan boshlab to‘rt oy muddat ichida uni ko‘rib chiqishi lozim. Talabnoma beruvchi Apellatsiya kengashi qaroriga rozi bo‘lmasa, qarorni olgan sanadan boshlab olti oy muddat ichida Oliy sudga da’vo bilan murojaat qilishi mumkin. Oliy sudning qarori uzil-kesil hisoblanadi. Talabnomalarni mohiyatan ekspertizadan o‘tkazishning ushbu moddada belgilangan va talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatlari, muddatlar uzaytirilishini muqarrar qilib qo‘ygan sabablar tasdiqlangan va boj to‘langan taqdirda Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin. Talabnoma beruvchi muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani o‘tkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab o‘n ikki oydan kechiktirmay topshirishi mumkin. Apellatsiya kengashiga murojaat qilish muddati tiklanmaydi. Talabnoma beruvchi muhofaza hujjati berish haqida qaror qabul qilingunga qadar ixtiroga oid talabnomani foydali modelga oid talabnoma, foydali modelga oid talabnomani esa ixtiroga oid talabnoma qilib o‘zgartirishga haqlidir. Bunday o‘zgartirishlar qilinganda birinchi talabnomaning ustuvorligi saqlanib qoladi. Talabnomalarni o‘zgartirish tegishli boj to‘langandan so‘ng amalga oshiriladi. Patent idorasi patent yoki dastlabki patent berish haqida qaror qabul qilgandan so‘ng tegishli sanoat mulki obyektini Ixtirolar davlat reyestri, Foydali modellar davlat reyestri yoki Sanoat namunalari davlat reyestri ro‘yxatidan o‘tkazadi. Patent idorasi sanoat mulki obyektlari ro‘yxatdan o‘tkazilganligiga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan rasmiy axborotnoma chiqaradi. Dastlabki patentlar bilan muhofaza etiladigan sanoat mulki obyektlarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish ularga boshqa davlatda (davlatlarda) patent olinayotganligi munosabati bilan obyektlar ustuvorligi sanasidan boshlab, o‘n ikki oyga vaqtincha to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. E’lon qilinadigan ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxati va tarkibini Patent idorasi belgilaydi. Patent va dastlabki patent berish ular ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilinganidan so‘ng uch oy o‘tgach, Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Patent va dastlabki patent O‘zbekiston Respublikasi nomidan beriladi hamda Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi. Patent yoki dastlabki patent bir necha kishi nomiga so‘ralganda bitta muhofaza hujjati beriladi. Sanoat mulki obyektiga bo‘lgan huquqni Intellektual mulk davlat fondiga topshirgan obyekt muallifiga Patent idorasi uning muallifligini tasdiqlovchi hujjat beradi. Muhofaza hujjati shaklini va unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibini Patent idorasi belgilaydi. Berilgan muhofaza hujjatidagi ko‘zga yaqqol tashlanib turgan va texnik xatolarni patent egasining talabi bo‘yicha Patent idorasi tuzatadi. Patent yoki dastlabki patent bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik harakatlar va tadbirlar amalga oshirilganligi uchun patent boji undiriladi. Patent boji olinadigan harakatlar va tadbirlar ro‘yxati, ularning miqdori va to‘lash muddati, boj to‘lovidan ozod qilish, boj miqdorini kamaytirish yoki olingan bojni qaytarib berishning asoslari Patent idorasi tomonidan Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bojlar talabnoma beruvchi, patent egasi, shuningdek boshqa manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari bojlarni milliy pul birligida to‘laydilar. Boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari bojlarni, basharti, xalqaro shartnomalar va bitimlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, chet el valyutasida to‘laydilar. Patent yoki dastlabki patentni kuchda saqlab turish bojini to‘lash uchun patent egasiga qo‘shimcha boj to‘lash sharti bilan olti oylik imtiyozli muddat beriladi. Patent yoki dastlabki patentning kuchini saqlab turish uchun boj va qo‘shimcha boj imtiyozli muddat davomida to‘lanmasa, sanoat mulki obyektiga bo‘lgan mutlaq huquq yo‘qoladi, patent, yoki dastlabki patent esa belgilangan muddat tugagan kundan boshlab bekor qilinadi. Patentning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi xususida patent huquqiy muhofazasining to‘liq hajmida yoki uning bir qismi bo‘yicha, istalgan paytda Oliy sudga quyidagi asoslarga ko‘ra berilgan da’vo yuzasidan bahslashilishi mumkin: muhofazalangan sanoat mulki obyekti patentga layoqatlilik shartlariga mos kelmagan taqdirda; talabnoma materiallarida ixtironing mohiyati yetarlicha ochib berilmagan bo‘lsa; ixtiro formulasida yoki sanoat namunasining muhim alomatlar majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida bo‘lmagan belgilar mavjud bo‘lsa. Dastlabki patentning amal qilishi xususida dastlabki patent huquqiy muhofazasining to‘liq hajmida yoki uning bir qismi bo‘yicha Apellatsiya kengashiga berilgan shikoyat asosida: ushbu moddaning birinchi qismida keltirilgan asoslarga ko‘ra; foydali model formulasidagi muhim alomatlar majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida bo‘lmagan belgilar mavjud bo‘lganda e’tiroz bildirilishi mumkin. Apellatsiya kengashining shikoyat bo‘yicha Patent idorasi vakolatlari doirasida chiqargan qarori uzil-kesil hisoblanadi. Berilgan patent yoki dastlabki patentlar bo‘yicha sanoat mulki obyektiga mualliflik va egalik huquqi (patent egasi) xususidagi nizolar: sanoat mulki obyekti muallifi (mualliflari) yoki patent egasi (patent egalari)ning patentda noto‘g‘ri ko‘rsatilishi; patent egasida patent yoki dastlabki patent olish huquqi yo‘qligi; g‘ayrihuquqiy ravishda o‘zlashtirilganlik fakti asoslariga binoan sudda ko‘riladi. Patent yoki dastlabki patent berish Apellatsiya kengashiga shikoyat berilishi munosabati bilan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Basharti nizo sudda qarab chiqiladigan bo‘lsa, masala hal etilguniga qadar sanoat mulki obyektiga doir ish yuritilishi Patent idorasi tomonidan to‘xtatib qo‘yiladi. Apellatsiya kengashining chiqargan qaroriga rozi bo‘lmagan istalgan tomon qaror qabul qilingan sanadan boshlab olti oy muddat ichida Oliy sudga murojaat qilishi mumkin. Patent yoki dastlabki patentning amal qilishi: ushbu Qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq patent yoki dastlabki patent amal qilmayotgan deb topilsa; patent yoki dastlabki patent amalda saqlab turish uchun to‘lanadigan boj o‘z vaqtida to‘lanmasa; Patent idorasiga patent egasi tomonidan berilgan arizaga asosan muddatidan ilgari to‘xtatiladi. Patent yoki dastlabki patentning amal qilishi muddatidan ilgari to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi. Ixtironing, foydali modelning formula mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga muodil bo‘lgan belgi qo‘llanilgan bo‘lsa, mahsulot (buyum) patent berilgan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan, ixtiro patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qo‘llanilgan deb hisoblanadi. Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu usul yordamida olingan mahsulotga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda inkorini isbotlovchi dalillar bo‘lmasa, bu yangi mahsulot patent berilgan usulda olingan deb hisoblanadi. Basharti mahsulotda patent berilgan sanoat namunasining barcha muhim alomatlari bo‘lsa, u patent berilgan sanoat namunasidan foydalanilgan holda tayyorlangan deb e’tirof etiladi. Sanoat mulki obyektiga oid talabnoma ustuvorligi sanasiga qadar uning muallifidan mustaqil tarzda aynan o‘xshash bo‘lgan yechimdan foydalangan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs keyinchalik ham ishlab chiqarish hajmini kengaytirmagan tarzda, undan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi. Avval foydalanganlik huquqi o‘zga jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘xshash yechimdan foydalanilgan yoki foydalanishga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rilgan ishlab chiqarish bilan birgalikdagina topshirilishi mumkin. Patent egasi bo‘lmagan har qanday shaxs patent yoki dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektidan faqat patent egasining ruxsati bilan litsenziya shartnomasi asosida foydalanish huquqiga egadir. Litsenziya shartnomasi Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Patent egasi sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini har qanday shaxsga topshirishga rozi ekanligi to‘g‘risida Patent idorasiga ariza berishi mumkin (ochiq litsenziya). Bunday holda Patent idorasi bu xil arizalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilganidan keyingi yildan boshlab, patentning amal qilishini saqlab turish uchun to‘lanadigan boj haqi 50 foizga kamaytiriladi. Ochiq litsenziyani sotib olish istagini bildirgan shaxs patent egasi bilan to‘lovlar haqida shartnoma yoki mutloq bo‘lmagan oddiy litsenziyani berish to‘g‘risida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma talablari bo‘yicha nizolar xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Patent egasining ochiq litsenziyaga huquq berilishi haqidagi arizasi qaytarib olinmaydi. Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik manfaatlarini ko‘zlab patent egasining ruxsatisiz unga mutanosib miqdorda tovon to‘lash sharti bilan sanoat mulki obyektidan foydalanishga ruxsat berishi mumkin. Tovon miqdori to‘g‘risidagi nizolar Oliy xo‘jalik sudi tomonidan hal etiladi. Basharti patent egasi sanoat mulki obyektidan uning tarkibida boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga qarashli muhofazalangan o‘zga obyekt qo‘llanilishi tufayli foydalana olmasa, patent egasi mazkur shaxsdan shartnomada nazarda tutilgan talablar asosida bu obyektdan foydalanishga litsenziya berishni talab qilishga haqlidir. Mualliflar va sanoat mulki obyektlaridan foydalanuvchi xo‘jalik yuritish subyektlariga soliq solish va kredit berishda imtiyozli shartlar belgilanadi, shuningdek ularga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa imtiyozlar beriladi. Sanoat mulki obyektlaridan foydalanilgan holda mahsulot ishlab chiqarish uchun korxonaga buyurtma bergan davlat boshqaruv organi, basharti ularga doir patentlar yoki dastlabki patentlar boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shuningdek ajnabiy patent egalariga qarashli bo‘lsa, yetarli moliyaviy mablag‘ ajratib, litsenziya sotib olinishini ta’minlaydi. Patent egasi bo‘lmagan sanoat mulki obyektining muallifi (mualliflari) mazkur obyektdan foydalanilganligi yoki unga doir litsenziya sotilganligi uchun mukofot puli olishga haqlidir (haqlidirlar), haq miqdori va uni to‘lash shartlari va tartibi ish beruvchi, patent egasi yoki ularning huquqiy vorisi bilan tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi. Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilish muddati mobaynida sanoat mulki obyekti muallifiga quyidagilar hisobidan haq to‘laydi: obyektdan foydalanganlikdan keladigan foyda (daromad); obyektga to‘g‘ri kelgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi; litsenziya to‘lovlari. Litsenziya shartnomasi bo‘yicha mukofot puli litsenziya shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov valyutasida to‘lanishi mumkin. Patent egasi (litsenziar) o‘z xizmat vazifalarini bajarish davomida yoki shartnoma asosida ishlab, sanoat mulki obyektlarini yaratish, ulardan foydalanish, ularga litsenziya sotishga ko‘maklashgan shaxslarga (shu jumladan mazkur korxonada ishlamayotgan shaxslarga) mukofot puli to‘lashga haqlidir. Mukofot puli sanoat mulki obyektidan foydalanish boshlangan yoki litsenziya sotish natijasida to‘lov mablag‘lari tushgan sanadan boshlab ikki yil mobaynida quyidagilar hisobidan to‘lanadi: obyektdan foydalanishdan tushgan foyda (daromad); obyektga to‘g‘ri kelgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi; litsenziya to‘lovlari. Litsenziya shartnomasi bo‘yicha mukofot puli litsenziya shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov valyutasida to‘lanishi mumkin. Talabnomani ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida muallif ariza berib, sanoat mulki obyektiga maxsus nom berish huquqiga ega. Muallif sanoat mulki obyektini foydalanishga tayyorlash ishida shartnoma asosida qatnashish huquqiga ega. Mualliflarning boshqa huquq va imtiyozlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Mualliflikni o‘zlashtirish, hammualliflikka majbur qilish, sanoat mulki obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda oshkor qilish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Sanoat mulki obyektlarini qo‘riqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq nizolar: Patent idorasining Apellatsiya kengashi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Apellatsiya kengashi: talabnoma topshirilgan sanoat mulki obyektlariga doir ekspertiza xulosalari va Patent idorasining chiqargan qarorlar ustidan tushgan shikoyatlarni; manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslarning muhofaza hujjatlari berilishiga norozilik bildirgan shikoyatlarini; dastlabki va patentlarning amal qilishiga norozilik bildirilgan shikoyatlarni; patentlar haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi shikoyatlarni; boshqa turdagi shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. Apellatsiya kengashi qarorlar qabul qilishda mustaqil bo‘lib, o‘z faoliyatida ushbu Qonunga Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Apellatsiya kengashi tarkibiga Patent idorasining rahbari, uning o‘rinbosarlari va bosh ekspertlar kiradi. Patent idorasi vakolatlari doirasida faqat Apellatsiya kengashigina sanoat mulkining talabnoma topshirilgan yoki muhofazalangan obyektini davlat ilmiy-texnik ekspertizasidan qayta o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin. O‘z vakolatlariga muvofiq: Oliy sud — patent berilganligi va patent yuzasidan bildirilgan e’tirozlar to‘g‘risidagi majburiy litsenziya berilganligi to‘g‘risidagi nizolarni; barcha instansiyadagi sudlar — sanoat mulki obyektiga mualliflik to‘g‘risidagi, undan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqning buzilishi to‘g‘risidagi, patent egasini aniqlash to‘g‘risidagi, avval foydalanganlik huquqi to‘g‘risidagi nizolarni; xo‘jalik sudlari — patent egasining mulkiy huquqlari to‘g‘risidagi, litsenziya shartnomalarining ijrosi to‘g‘risidagi, muallifga mukofot puli to‘lash to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rib chiqadilar. Sanoat mulki obyektlariga nisbatan Patent idorasi va sudda yuridik va jismoniy shaxslar vakilligi Patent vakillari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan patent vakili tomonidan ta’minlanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Patent vakillari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tarzda malaka sinovidan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs) patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari sanoat mulki obyektlarini boshqa davlatlarda patentlashtirish huquqiga egadirlar. Sanoat mulki obyektlarini patentlashtirish Patent idorasiga talabnoma topshirilganidan keyin uch oy o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi. Ushbu moddaning talablarini buzgan holda berilgan patent yoki dastlabki patent haqiqiy emas deb hisoblanadi va Patent idorasining qarori bilan bekor qilinadi. Sanoat mulki obyektini boshqa davlatda (davlatlarda) g‘ayrihuquqiy ravishda patentlashtirgan har qanday shaxs qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar.
60
47,708
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-martdagi PQ-2834-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga 1-ilovaning rus tilidagi matnidagi “Naimenovaniye Bazovogo vuza” ustuni 2-bandidagi “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy” so‘zlari “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 2-iyundagi PQ-91-son qarorida: a) 1-banddagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” so‘zlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-banddagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining” so‘zlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qarorining 8-bandi birinchi xatboshidagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetida” so‘zlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 28-maydagi PQ-1761-son qarorining rus tilidagi matnining 2-ilovasi “Visshiye obrazovatelnie uchrejdeniya” ustuni 37-bandidagi “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy” so‘zlari “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 4-iyundagi PQ-1771-son qarori 6-bandi birinchi xatboshidagi “Toshkent Axborot texnologiyalari universitetiga” so‘zlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son qarorining rus tilidagi matnida: a) 1 va 2-ilovalardagi “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy” bloki “Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy” bloki bilan almashtirilsin; b) 3-ilovadagi “Filiali Tashkentskogo universiteta informatsionnix texnologiy*” bloki “Filiali Tashkentskogo universiteta informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy*” bloki bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida: a) 9-bandning uchinchi xatboshidagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” so‘zlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4-ilova rus tilidagi matnining “Naimenovaniye i podvedomstvennost visshix obrazovatelnix uchrejdeniy” ustunining 43 — 47-bandlari “texnologiy” so‘zidan keyin “imeni Muxammada al-Xorazmiy” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; v) 5-ilova rus tilidagi matnining “Naimenovaniye visshix obrazovatelnix uchrejdeniy” ustunining 13, 45 — 49 — bandlari “texnologiy” so‘zidan keyin “imeni Muxammada al-Xorazmiy” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; g) 27 — 27g, 38 — 38g, 52 — 52g, 64 — 64g, 71 — 71g, 73 — 73g — ilovalarning rus tilidagi matnining nomidagi “Tashkentskogo universiteta informatsionnix texnologiy” so‘zlari “Tashkentskogo universiteta informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy” so‘zlari bilan almashtirilsin.
109
4,527
Qonunchilik
Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarga tushuntirilsinki, sudlanganlik shaxsning, unga sud hukmi bilan jazo qo‘llanilishidan kelib chiqadigan huquqiy holati bo‘lib, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat-huquqiy va umumhuquqiy xususiyatga ega muayyan salbiy oqibatlar kelib chiqishida namoyon bo‘ladi. Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda — JK) 77-moddasiga muvofiq, sudlanganlik holati jazo tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, u tugallangan yoki olib tashlangan paytgacha davom etadi. 2. Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat qonunida shaxs sudlanmagan hisoblanadigan hollar mavjud. Jumladan, quyidagi holda shaxs sudlanmagan hisoblanadi, agar unga nisbatan: jazo tayinlanmagan holda ayblov hukmi chiqarilgan (JK 70, 71, 76-moddalari) yoxud shaxs bir vaqtning o‘zida asosiy va qo‘shimcha jazodan birinchi, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ozod qilingan (JK 69, 75, 76-moddalari) bo‘lsa; tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan bo‘lsa (JK 94-moddasi). Quyidagi asoslarga ko‘ra jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxs ham sudlanmagan hisoblanadi: javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan (JK 64-moddasi); qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan (JK 65-moddasi); aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan (JK 66-moddasi); jinoyat sodir etgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashganligi munosabati bilan (JK 66-1-moddasi); jinoyat sodir etgan shaxs kasalligi tufayli (JK 67-moddasi); amnistiya akti qo‘llanilganligi munosabati bilan (JK 68-moddasi). 3. Sudlanganlik holatining jinoyat-huquqiy oqibatlari sudlanganligi tugallanmagan va olib tashlanmagan shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etilgan holda kelib chiqadi va quyidagilarda ifodalanadi: sudlanganlik qator hollarda jinoyat kvalifikatsiyasiga ta’sir etuvchi, ya’ni jinoiy javobgarlikni kuchaytiruvchi holat hisoblanadi; sudlanganlik muayyan hollarda shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topilishiga asos bo‘ladi (JK 34-moddasi); sudlanganlik, agar shaxs muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan bo‘lsa, jazoni ijro etish koloniyasi turini belgilash uchun ahamiyat kasb etadi (JK 50-moddasi); sudlanganlik jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi (JK 56-moddasi); ilgari sodir etilgan jinoyati uchun jazo o‘tayotgan shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etilgan hollarda, hukmlar majmui bo‘yicha jazo belgilashda sudlanganlik qattiqroq qoidalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi (JK 60-moddasi); tugallanmagan va olib tashlanmagan sudlanganlik holatining mavjudligi ayrim asoslar bo‘yicha, masalan, aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi (JK 66-moddasi), alohida hollarda esa (og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlik holati mavjud bo‘lganda), jinoyat sodir etgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashganligi (JK 66-1-moddasi) munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilishiga to‘sqinlik qiladi. Sudlanganlik holatining jinoyat-huquqiy oqibati jazodan ozod qilish (JK 71-moddasi), shartli hukm qilish (JK 72-moddasi), voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash (JK 87-moddasi) kabi choralarni qo‘llash uchun moddiy qonunda taqiq mavjudligida ham namoyon bo‘ladi. 4. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonun sudlanganlik holati barham topishining faqat ikki usulini — uning tugallanishi va olib tashlanishini nazarda tutadi (JK 77-moddasi to‘rtinchi qismi). Sudlanganlik holati tugallanishi shaxsning sudlanganligi fakti bilan bog‘liq barcha oqibatlarning jazo turi va muddatidan kelib chiqqan holda JK 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tganligi natijasida avtomatik tarzda (o‘z-o‘zidan) barham topishini anglatadi. Bunday hollarda sudlanganligi tugallangan shaxs, uning vorisi, qonuniy vakili yoki advokati iltimosiga ko‘ra hukm chiqargan sud tomonidan sudlanganlik holati mavjud emasligi faktini tasdiqlovchi ma’lumotnoma beriladi. Buning uchun manfaatdor shaxs tomonidan sudga taqdim etilgan ichki ishlar organlari axborot markazi ma’lumotnomasi va jazo o‘talganligi (ijro etilganligi) faktini tasdiqlovchi hujjatlar asos bo‘ladi. Sudlanganlikning olib tashlanishi undan kelib chiqqan huquqiy oqibatlar sudlanganlik holati barham topishi uchun qonunda belgilangan muddatlar o‘tguniga qadar sud qaroriga asosan tugatilishini anglatadi. Sudlanganlik olib tashlanishi uchun shaxsning jazoni o‘tab chiqqandan keyingi benuqson xulq-atvori (unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilmaganligi), jamoat birlashmasi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki shaxsning o‘zi JK 79-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlar o‘tgandan so‘ng bergan iltimosnomasi asos bo‘lishi mumkin. Qonun sud tartibidan tashqari amnistiya akti yoki afv etish orqali sudlanganlikni olib tashlash imkoniyatini ham nazarda tutadi. Sudlanganlik holatining tugallanishi va qonunda belgilangan tartibda olib tashlanishi jinoyatlar majmui, takroranligini va retsidiv jinoyatni istisno etuvchi holat hisoblanadi. 5. Sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan paytdan boshlab shaxs sudlanmagan hisoblanib, ushbu shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti va uning uchun sudlanganlik bilan bog‘liq barcha huquqiy oqibatlar qat’iyan va so‘zsiz bekor bo‘ladi. Sudlar, sudlanganlik holati olib tashlanishini shaxsni reabilitatsiya qilishdan farqlashlari lozim. Shaxs reabilitatsiya qilinganda, davlat u jinoyat sodir etganlikda xato aybdor deb topilganligini tan oladi. Sudlanganlik holati olib tashlanganda shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti inkor etilmay, faqat jinoiy javobgarlikka tortish oqibatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 6. Jinoyat kodeksi 13-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega. Shu munosabat bilan, agar surishtiruv, dastlabki tergov olib borilayotgan, ish sudda ko‘rilayotgan yoki shaxs jazo o‘tayotgan davrda uning tomonidan sodir etilgan qilmish jinoiyligini bekor qiladigan qonun qabul qilinsa, bunday holda shaxs jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilinadi va qilmish jinoiyligini bekor qilgan qonun kuchga kirgan paytdan sudlanmagan hisoblanadi. Mazkur qoida jazoni o‘tab bo‘lgan, biroq sudlanganlik holatida bo‘lgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi. 7. Qonunga muvofiq sudlanganlik holati tugallanishi yoki olib tashlanishi muddatlarini (JK 78, 80-moddalari) hisoblash asosiy va qo‘shimcha jazolar o‘tab bo‘lingan yoki sinov muddati o‘tib bo‘lgan kundan boshlanadi. Masalan, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish jazolariga qo‘shimcha sifatida muayyan mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan holda, bu jazo qayd etilgan asosiy jazolarni o‘tashning barcha vaqtiga tatbiq etilib, sudlanganlik holati tugallanishi yoki olib tashlanishi muddatlari esa qo‘shimcha jazo o‘tab bo‘lingan paytdan boshlab hisoblanadi. 8. Jarima yoki axloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinib, boshqa jazo turiga almashtirilgan shaxsning sudlanganlik holati tegishlicha JK 78-moddasining “g, d, e, j” bandlarida ko‘rsatilgan muddat o‘tishi bilan tugallanadi. Bunday holda sudlanganlik holati muddatining tugashi JK 80-moddasi uchinchi qismiga muvofiq JK 44-moddasining uchinchi qismi yoki JK 46-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra belgilangan jazo turi o‘talgan kundan boshlab hisoblanadi. 9. Jinoyat kodeksi 80-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, shuningdek, jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan (JK 73, 74-moddalari) shaxsning sudlanganlik holati tugallanishi masalasini hal etishda sud tomonidan belgilangan jazo muddatidan emas, balki ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan paytga qadar amalda o‘talgan jazo muddatidan kelib chiqish lozim. Bunda sudlanganlik holatining tugallanish muddati ozodlikdan mahrum qilish joylaridan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsga nisbatan JK 73-moddasi qo‘llanilgan paytdan, jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxsga nisbatan esa — JK 74-moddasiga muvofiq belgilangan yengilroq jazo o‘talgan paytdan boshlab hisoblanadi. Jinoyat kodeksi 80-moddasida belgilangan sudlanganlik holati tugallanishini hisoblash tartibi (amalda o‘talgan jazo muddatidan kelib chiqqan holda jazo o‘tab bo‘lingan yoki jazoni o‘tashdan ozod qilingan paytdan boshlab) yengilroq jazoni nazarda tutuvchi yangi qonun normasiga asosan jazosi qisqartirilgan shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi. 10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 80-moddasining to‘rtinchi qismi sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o‘tishi to‘xtatilganda sudlanganlik holati tugallanilishiga oid qoidalarni belgilaydi. Jazoni o‘tab chiqqan shaxs sudlanganlik holati muddati tugamay turib yana jinoyat sodir etgan hollarda, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddat to‘xtatiladi. Sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o‘tishi to‘xtatilganda ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati muddati shaxs yangi jinoyat uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lgandan so‘ng yangidan o‘ta boshlaydi, sudlanganlik holati o‘tayotgan davrda sodir etilgan yangi jinoyat uchun tayinlangan jazo og‘irroq bo‘lgan hollar bundan mustasno. Bunday holda sudlanganlik holatining tugallanish muddati yangi jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatidan kelib chiqib aniqlanadi. 11. Jinoyat qonuni mazmuniga ko‘ra, sudlanganlik holatining tugallanish muddati jazo bilan, shu jumladan, bir necha jinoyatlar uchun (jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha) tayinlangan jazo bilan bevosita bog‘liq. Shaxsga jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha (JK 59, 60-moddalari) jazo belgilashda barcha qilmishlarning og‘irligini inobatga olib, uzil-kesil jazo tayinlanishi tufayli, bunday holda sudlanganlik holatining tugallanish muddati uzil-kesil jazo turi va muddatidan kelib chiqib hisoblanishi lozim. Ayni paytda, agar jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha sud tomonidan har xil turdagi, har qaysisi alohida ijro etiladigan jazo (JK 61-moddasining ikkinchi qismi) tayinlangan bo‘lsa, sudlanganlik holatining tugallanish muddati jazo tizimida (JK 43-moddasi) nazarda tutilgan og‘irroq jazo muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. 12. Jinoyat-protsessual kodeksi 544-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnoma sudlanganlik holati mavjud shaxs, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan jazoni o‘tab chiqqan shaxs yashash joyidagi tuman (shahar) sudiga berilishi mumkin. Sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash masalasini hal etishda, sud sudlanganlik holati mavjud shaxsning qonunga itoatkor turmush tarzini tasdiqlovchi holatlarni (huquqbuzarlik mavjud emasligi, jazo o‘tashdan ozod qilingandan keyingi xulq-atvori, ishlash va yashash joyidan ijobiy tavsifnomalar, ichki ishlar organi axborot markazi ma’lumotnomasi mavjudligi va h.k.) aniqlashi zarur. Jinoyat-protsessual kodeksi 544-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash to‘g‘risida takroriy iltimosnoma uni rad etish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab kamida bir yil o‘tgandan keyin berilishi mumkin. Sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash to‘g‘risidagi ajrim hukm chiqargan sudga va ichki ishlar organlarining axborot markaziga yuborilishi lozim. 13. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishi muddatlarini to‘g‘ri hisoblash uchun sudlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda, ishni sudda ko‘rish uchun tayinlash chog‘ida sudlar ish materiallarida ichki ishlar organlarining axborot markazidan, shu jumladan sudlanuvchining tug‘ilgan va doimiy yashash joyidan olingan ma’lumotnomalar mavjudligini tekshirishlari, sudlanuvchiga nisbatan muqaddam chiqarilgan hukmlar, muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va h.k.lar to‘g‘risidagi ajrimlarni talab qilib olishlari va sinchiklab o‘rganib chiqishlari lozim. Sudlar hukm chiqarish vaqtida sudlanuvchining sudlanganlik holatiga oid ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 2014-yil 23-maydagi qarorining 15-bandida berilgan tushuntirishlarga rioya etgan holda to‘g‘ri aks ettirishlari lozim. 14. Odil sudlov sifatini oshirish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari va natijasi bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga hamda ish va materiallarning sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rilishini ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘rishlari lozim.
116
13,251
Qonunchilik
Hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xomashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar olib qo‘yilmagan holda zararsizlantiriladigan
O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. Hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xomashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar olib qo‘yilmagan holda zararsizlantiriladigan (yuqumsizlantiriladigan) hamda qayta ishlanadigan hayvonlar kasalliklarining ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
249
615
Qonunchilik
Soya qanday yetishtiriladi?
QHTBT portalida  Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2832-son “2017-2021 yillarda respublikada soya ekishni tashkillashtirish va soya dukkaklari yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Hujjatga binoan soya хarid qilishga davlat buyurtmalari joylashtiriladi. Soya хarid qilishga davlat buyurtmasi:   Loyiha  «Oʻzpaхtayog» AJ yogʻ-moy korхonalari huzurida Seleksiya, urugʻchilik, soya yetishtirish va qayta ishlashni rivojlantirish ilmiy-teхnika markazlarini barpo etishni koʻzda tutadi. Mazkur markazlarning maqsadi: Yuqori malakali mutaхassislarni tayyorlash maqsadida loyihada  2017-2018  oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida “Soya va boshqa moyli ekinlarni yetishtirish agroteхnologiyasi” kafedrasini tashkil etish taklif qilinayotir. Gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroran ekish tarzida soya ekishni amalga oshiradigan fermer хoʻjaliklariga TIF milliy banki tomonidan boʻnak toʻlanadi. Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin. Mohina Mirzayeva.
27
1,165
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi vakillarining 2020-2021-yillarda Yaponiyada o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumatining grantidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (keyingi o‘rinlarda — JICA) “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish loyihasi” (keyingi o‘rinlarda — loyiha) doirasida Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturasida O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish maqsadida quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: 2018-2019-yillar uchun 261 mln yapon yeni (2,46 mln AQSh dollari ekvivalentida) va 2019-2020-yillar uchun 262 mln yapon yeni (2,47 mln AQSh dollari ekvivalentida) miqdorida grant ajratildi; “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o‘rinlarda — “O‘zmilliybank” AJ) tomonidan Yaponiyaning MUFG Bank, Ltd. banki (keyingi o‘rinlarda — Yaponiya banki) bilan banklararo shartnoma hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishuv asosida o‘tgan davr uchun grant bo‘yicha hisob-kitob xizmatlari ko‘rsatildi; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari ishtirokida Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi va JICA bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra yiliga 17 nafardan, o‘tgan ikki yil uchun jami 34 nafar O‘zbekiston Respublikasining vakillari Yaponiya universitetlarida o‘qishga yuborildi; boshqaruv komissiyasi, ish beruvchilar va loyiha stipendiatlari o‘rtasida o‘qish davrida stipendiatlarning majburiyatlari va huquqlari, shuningdek, o‘qishni tamomlagach ishga joylashtirish majburiyatlari hamda kafolatlari belgilangan uch tomonlama bitimlar imzolandi. 2. 2019-yil 28-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va JICA o‘rtasida Ayirboshlash notasi va Grant bitimi imzolangani hamda ularda quyidagilar nazarda tutilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin: O‘zbekiston Respublikasi vakillarining 2020-2021-yillarda Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasi va doktoranturasida o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumatining beg‘araz yordam dasturi bo‘yicha Yaponiya Hukumati tomonidan 263 mln yapon yeni (2,48 mln AQSh dollari ekvivalentida) miqdorida grant taqdim etish; JICA tomonidan belgilanadigan tashkilotning stipendiatni tanlash, unga o‘qish jarayonida hamrohlik qilish hamda uch tomonlama bitim bajarilishining monitoringi bilan bog‘liq xizmatlari uchun xarajatlarni grant hisobidan qoplash; davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida mehnat qilayotganlar orasidan Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasida o‘qish uchun 18 nafar va doktoranturasida o‘qish uchun 1 nafar talabgorni tanlash shartlari; Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston tomonidan, Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi va JICA Yaponiya tomonidan ushbu loyihaning amalga oshirilishini va o‘qish uchun nomzodlarni tanlab olishni muvofiqlashtiruvchilar etib belgilash; grantga hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish shartlari va tartibi, shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan bank bitimlari tuzish asosida zarur hisob-kitoblarni amalga oshirish; grant bo‘yicha hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish uchun “O‘zmilliybank” AJ va Yaponiya banki o‘rtasida banklararo shartnoma imzolash. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga: Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish doirasida grant olish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha tartibotlarni rasmiylashtirish; “O‘zmilliybank” AJ tomonidan tegishli talabnoma taqdim etilgandan so‘ng uch ish kuni ichida Yaponiya banki komissiyasi xarajatlarini to‘lab berish vazifasi yuklatilsin. 4. “O‘zmilliybank” AJga har yili tegishli Yaponiya banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan loyiha doirasida shartnoma asosida hisob-kitob xizmatlarini amalga oshirish tavsiya etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi grant bo‘yicha hisob-kitob xizmati ko‘rsatilganligi uchun Yaponiya tomoniga vositachilik xarajatlari uchun to‘lovni Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari undirilmasdan vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishi, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda: loyiha doirasida Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturasi va doktoranturasida maqsadli o‘qib kelgan bitiruvchilarning ishga joylashishi holati monitoringi va tahlilini ta’minlasin; monitoring va tahlil natijalariga ko‘ra, har yili hisobot yilining oktyabr oyigacha o‘qish tugagandan so‘ng uch yil mobaynida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashning joriy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda Yaponiya Hukumati grantidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin; loyihaning barcha bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashning joriy holati to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlar kiritsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
145
6,408
Qonunchilik
“Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, teatr san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasining “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini (keyingi o‘rinlarda — Festival) 2022-yildan boshlab ikki yilda bir marta Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: Festivalni o‘tkazish tartibi va shartlari; Festival doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish tartibi; Xalqaro hay’at faoliyatini tashkil etish va Festival ishtirokchilarini baholash tartibi; Festivalni moliyalashtirish va g‘oliblarni mukofotlash. 4. Tashkiliy qo‘mita Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi: Festival o‘tkaziladigan yilning 1-martiga qadar xorijiy davlatlardan ishtirok etadigan teatrlar jamoalari ro‘yxatini shakllantirsin; Festivalda namoyish etiladigan spektakllarni saralash ishlarini amalga oshirsin; Festival o‘tkaziladigan yilning 1-apreliga qadar uning ochilish va yopilish marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlarini tayyorlasin; Festival o‘tkaziladigan yilning 1-mayiga qadar Festival doirasida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyada xorijiy davlatlardan ishtirok etadigan teatrshunos va san’atshunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar ro‘yxatini shakllantirsin; Festival o‘tkaziladigan yilning 1-sentabriga qadar ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamini nashrga tayyorlasin va chop etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi: Madaniyat vazirligining buyurtmanomasiga asosan Festival ishtirokchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalarda oldindan joy band (bron) qilish; Festival doirasida tashkil etiladigan madaniy tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan turistik tashkilotlarni oldindan xabardor qilish va ularda xorijiy sayyohlar ishtirokini ta’minlash ishlarini tashkil etsin. 7. Belgilansinki, Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oshiriladi. Bunda sarf-xarajatlarning: 50 foizi — Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar; 50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritib borish tavsiya etilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini (keyingi o‘rinlarda — Festival) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi: O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi teatr san’ati, davlatlararo madaniy aloqalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, yagona madaniy platformani yaratish; turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish hamda teatr ijodkorlarini birlashtirish; O‘zbekiston aholisi va mehmonlarini zamonaviy teatrning bugungi holati, yetakchi sahna ustalari va teatr san’atining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish; teatr san’atini rivojlantirish, teatr san’ati qadriyatlarini targ‘ib qilish, professional teatr jamoalarining ijodiy faoliyatini ommalashtirish; teatr san’ati va teatr faoliyatini rivojlantirishga yordam beradigan badiiy mahorat, ijodiy tajriba va ma’lumot almashish uchun shart-sharoitlarni yaratish; iqtidorli ijodkor yoshlarni aniqlash, yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash; teatr san’atining turli sohalarida tajriba almashish, qo‘shma ijodiy loyihalarni amalga oshirishda xalqaro ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 3. Festival 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oktyabr oyining so‘nggi o‘n kunligida Toshkent shahrida o‘tkaziladi. 4. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tomonidan muvofiqlashtiriladi. 5. Festival O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi (keyingi o‘rinlarda — tashkilotchilar) tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi. 6. Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilar Festival o‘tadigan yilning 1-fevraliga qadar Festivalning maxsus elektron manzili orqali ariza beradilar va tomosha dasturlari to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadilar. Arizalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan umumlashtiriladi hamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Festival o‘tadigan yilning 20-fevraliga qadar saralash komissiyasiga taqdim etiladi. 7. Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: festivalning tantanali ochilish marosimi; xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya; teatr jamoalari spektakllarining xalqaro tanlovi (keyingi o‘rinlarda — tanlov); xorijlik mutaxassislar ishtirokida davra suhbati, taqdimot va mahorat darslari; teatrlashtirilgan tomoshalar va ko‘rgazmalar; festivalning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash hamda tantanali yopilish marosimi. 8. Festivalda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning teatr jamoalari ishtirok etadi. 9. O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning teatr jamoalari festivalda ishtirok etish uchun tayyorlagan spektakllar Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan teatr san’ati sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, xorijiy va mahalliy teatr san’ati ustalaridan iborat saralash komissiyasi tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi: spektaklning festival mavzusiga muvofiqligi; rejissorlik yechimi; plastika va xatti-harakatli yechim; tasviriy yechim va bezak; aktyorlik mahorati; nutq va vokal mahorati; musiqiy bezak. 10. O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar teatr jamoalarining festivalda ishtirok etish bo‘yicha arizalari saralash komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng 10 kun muddatda xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi. Bunda Festivalda ishtirok etuvchi teatr jamoalari uchun quyidagi talablar qo‘yiladi: ma’lumotnoma (rezyume); spektakl videoyozuvi, spektakldan fotosuratlar, spektaklning afishasi, treyleri, teatr (jamoa)ning tarixiy ma’lumotnomasi va subtitr uchun rus va ingliz tillaridagi matn; har bir ishtirokchining ijodiy fotosurati. Barcha hujjatlar o‘zbek yoki rus/ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. 11. Festival yillar kesimida teatr san’atining aniq bir janr va yo‘nalishlarida quyidagi ketma-ketlikda o‘tkaziladi: dramatik teatrlar festivali (birinchi marta); musiqali teatrlar festivali (ikkinchi marta); qo‘g‘irchoq teatrlari festivali (uchinchi marta); yosh tomoshabinlar teatrlari festivali (to‘rtinchi marta). 12. Festival bir nechta sahnalarda bo‘lib o‘tadi. 13. Festivalda ishtirok etuvchi jamoalar: o‘z davlatida yoki boshqa davlatlardagi tanlov va festivallarda ishtirok etgan bo‘lishi; tegishli madaniyat va san’at sohasidagi tashkilotlar yoki xorijiy festival direksiyalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lishi kerak. 14. Festivalda ishtirok etuvchilarning ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita tomonidan aniqlanib, festival o‘tkaziladigan yilning 1-iyuliga qadar ishtirokchilarga ma’lum qilinadi. 15. Tanlovda har bir xorijiy davlatdan ishtirokchi sifatida 1 tadan, mahalliy ishtirokchilardan 3 tagacha teatr jamoasi qatnashishi mumkin. 16. Tanlovda har bir xorijiy davlatdan ishtirokchi sifatida jami 25 nafargacha, jumladan, 1 nafar delegatsiya rahbari, 2 nafar konferensiya ishtirokchisi, 2 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari va 20 nafargacha teatr truppasi a’zolari taklif etilishi mumkin. Festival ishtirokchilarining O‘zbekistonga kelib-ketishi (xalqaro avia va temiryo‘l chiptalari) tashrif buyuruvchilar tomonidan hamda yashash, ovqatlanish, ichki transport va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi. Ijodiy jamoalarning dekoratsiyalari, rekvizitlari hamda boshqa texnik jihozlarni xalqaro tashish to‘lovlari hamda spektakllarni namoyish etganlik uchun gonorar va boshqa xarajatlar yuboruvchi tomonidan qoplanadi. 17. Festivalda o‘z hisobidan ishtirok etish istagini bildirgan (ijodiy delegatsiyaning 20 nafargacha a’zolaridan tashqari) teatr san’ati ijodkorlari, xorijiy davlatlardan taniqli teatrshunos va san’atshunos olimlar, dramaturglar, aktyorlar, ijodiy jamoalar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar tashkilotchining taklifi asosida qatnashishi mumkin. 18. O‘zbek, rus va ingliz tillari festivalning ishchi tillari etib belgilanadi. 19. Festival doirasida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish istagini bildirgan olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilar Festival o‘tkaziladigan yilning 1-apreliga qadar quyidagilarni Festivalning maxsus elektron manzili orqali taqdim etishlari lozim: ishtirokchi haqida ma’lumotnoma (rezyume); 6x9 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat; 4-5 betdan iborat maqola matni (o‘zbek, rus, ingliz tillarida); 300 so‘zdan kam bo‘lmagan tezislar. 20. Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etuvchilarning ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita tomonidan shakllantirilib, Festival o‘tkaziladigan yilning 1-iyuliga qadar ishtirokchilarga ma’lum qilinadi. 21. Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarining har biri Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi sertifikat bilan taqdirlanadi. 22. Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisiga sertifikat Festivalning yopilish marosimi vaqtida beriladi. 23. Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash maqsadida Tashkiliy qo‘mita tomonidan 7 — 9 kishidan iborat tarkibda Xalqaro hay’at tashkil etiladi. Xalqaro hay’at tarkibiga teatr san’ati yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, xorijiy va mahalliy teatr san’ati ustalari, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari taklif etiladi. Xalqaro hay’at a’zolari tashkilotchi tomonidan Festival o‘tkaziladigan davr va hududda mehmonxona, ovqatlanish va belgilangan marshrut bo‘yicha transport bilan ta’minlanadilar. Xalqaro hay’at raisi va a’zolariga gonorar puli to‘lanmaydi. 24. Ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida baholanadi: dramaturgiya; rejissorlik mahorati; aktyorlik mahorati; badiiy yaxlitlik; sahna madaniyati; rejissura va aktyorlik uslublari va janr mutanosibligi; ijrochilarning sahnaviy ifoda vositalaridan (sahna nutqi, jest, plastika va mimikadan) foydalana olish mahorati; rassomlik ishi (dekoratsiya, rekvizit, butafor); liboslar; spektaklning musiqiy bezagi. 25. Tanlov g‘oliblarini aniqlash to‘g‘risidagi qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va bayonnoma tuziladi. 26. Xalqaro hay’at qarori Festivalning tantanali yopilish marosimida e’lon qilinadi. 27. Xalqaro hay’at qarori qat’iy hisoblanadi va muhokama etilmaydi. 28. Tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari hamda “Gran-pri”, 1-o‘rin, 2-o‘rin va 3-o‘rin bilan mukofotlanadi. Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq munosib nomzod topilmaganda “Gran-pri” berilmaydi va bo‘linmaydi. 1, 2 va 3-o‘rinlar bo‘linishi mumkin. Barcha ishtirokchilarga Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan shakldagi Festival ishtirokchisi sertifikati beriladi. 29. Xalqaro hay’at qaroriga ko‘ra, tanlov ishtirokchilari nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etilishi mumkin. Nominatsiya sohiblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi. 30. Tashkilotchilar: Festival ishtirokchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translatsiya qilishi uchun ruxsat berish; Festivalni o‘tkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish; Festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qo‘mitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish (ijodiy jamoalarning spektaklidan lavhalar, afishalari, dasturlari asosida tayyorlanadigan reklama roliklari); Festivalga jahonning teatr san’ati bo‘yicha yetakchi soha mutaxassislari va san’at namoyandalarini jalb etish huquqiga ega. 31. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar tashkilotchilar tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oshiriladi. Bunda sarf-xarajatlarning: 50 foizi — Toshkent shahar mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar; 50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 32. Festivalning har bir ishtirokchisi o‘z tibbiy sug‘urtasiga ega bo‘lishi lozim. 33. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Festivalni tashkil etish va o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi va to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qiladi.
85
14,467
Qonunchilik
2008 YIL HOSILI UChUN KUZGI BOShOQLI DON EKINLARINI EKISh, NAVLARNI JOYLAShTIRISh VA XARID QILIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Boshoqli don ekinlari navlarini oqilona joylashtirishni ta’minlash, kuzgi ekin ekishni maqbul agrotexnik muddatlarda sifatli o‘tkazishda fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining g‘allakor xo‘jaliklar bilan don mahsulotlari korxonalari o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan: 2008-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar hamda ularning tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish to‘g‘risidagi 1 -ilovaga* muvofiq; “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan 2008-yilda yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi tayyorlash hajmlari to‘g‘risidagi 2-ilovaga* muvofiq; “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan sug‘oriladigan yerlar uchun 2008-yil hosilidan yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi yetkazib berish hajmlari to‘g‘risidagi 3-ilovaga* muvofiq; boshoqli don ekinlari navlarini sug‘oriladigan yerlarda joylashtirish hamda Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan 2008-yil hosilidan superelita urug‘lik tayyorlanishi to‘g‘risidagi 4-ilovaga* muvofiq takliflari qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi zimmasiga: bahorgi ekishga yetarli miqdorda sifatli, navlashtirilgan va sertifikatlangan boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash; sug‘oriladigan yerlarda asosan birinchi va ikkinchi reproduksiyali birinchi-ikkinchi klassdan past bo‘lmagan urug‘lar va lalmi yerlarda uchinchi reproduksiyadan past bo‘lmagan urug‘lar ekilishi; don ekuvchi xo‘jaliklar mazkur Qaror bilan tasdiqlangan boshoqli don ekinlari navlarining joylashtirilishiga qat’iy amal qilishlari uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. Tovarbop don, navlashtirilmagan, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan urug‘larni ekish, nazarda tutilmagan navlarni joylashtirish hamda ularni ishlov berish qiyin bo‘lgan yerlarga ekish qat’iyan taqiqlansin. 3. 2008-yilning hosilidan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: superelita va elita urug‘lari hosilidan olingan urug‘lik g‘alla don mahsulotlari korxonalari tomonidan to‘liq hajmda xarid qilinadi; “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan superelita va elita navlari urug‘ini to‘liq hajmda xarid qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda davlat ehtiyojlari uchun mo‘ljaldagi hajmlardan ortiqcha xarid qilingan urug‘ hajmlari o‘rni tovarbop don bilan qoplanishi nazarda tutilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev: boshoqli don ekinlari ekishni har bir hudud uchun maqbul bo‘lgan muddatlarda — sug‘oriladigan yerlarda 2007-yilning 20-oktabrigacha va lalmi yerlarda — 15-noyabrgacha tugallanishi; boshoqli don ekinlari navlarining tasdiqlangan tarzda joylashtirilishi va moddiy resurslarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishi; navning biologik xususiyatlariga muvofiq ravishda boshoqli don ekinlariga ishlov berish bo‘yicha agrotexnika tadbirlariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazorat tizimini yaratsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda 2008-yil hosili doniga xarid narxlari tasdiqlangunga qadar 2007-yil hosili doniga o‘rtacha shakllangan narxlar bo‘yicha texnologiya kartalariga muvofiq muddatlar va kutilayotgan xarajatlar (shu jumladan urug‘lik qiymati)ga binoan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari yetishtirishga kredit bersin. 7. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 2007-yilning 20-sentabrigacha respublikaning elita-urug‘chilik xo‘jaliklari buyurtmanomalari bo‘yicha 2007-yilda kuzgi ekish uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna hajmida boshoqli don ekinlarining superelita urug‘lari keltirilishini ta’minlasin. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi olib kelinayotgan 240 tonna boshoqli don ekinlarining superelita urug‘lari uchun istisno tariqasida bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “2004-yil boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 26-apreldagi qarorining 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
140
4,861
Qonunchilik
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/6-sonli va 32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023, 2009-yil 23-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 472-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 5-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank) vakolatli vakillari, tijorat bankining ichki audit xizmati xodimlari, tashqi auditorlar hamda Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida ichki nazorat tizimini tashkillashtirishda va uning faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qilish;”. 2. 12-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ichki nazorat xizmati rahbari oliy iqtisodiy yoki yuridik ma’lumotga va tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘linmasida kamida ikki yillik rahbarlik tajribasiga yoxud Ichki nazorat xizmatida kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim”. 3. 22-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar mazkur Qoidalar kuchga kirgunga qadar hisobvaraq ochilgan mijozlarga nisbatan ham amalga oshiriladi”. 4. 27-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida tijorat banki pirovard natijada mijozning mulkdori bo‘lgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning haqiqiy egasi — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash bo‘yicha, shu jumladan mijozning hamda uning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali asosli va imkoni mavjud bo‘lgan choralarni ko‘rishi lozim”. 5. 32-band quyidagi tahrirdagi beshinchi―sakkizinchi xatboshlar bilan to‘ldirilsin: “jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, jo‘natuvchining manzili va hisob raqami) taqdim etilmagan yoxud qisman taqdim etilgan xalqaro pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiyalarga alohida e’tibor qaratishlari va batafsil tahlil qilishlari lozim; to‘lov o‘tkazmalarini amalga oshirishda vositachi sifatida ishtirok etsalar elektron o‘tkazmalar bilan birga jo‘natiladigan, jo‘natuvchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni to‘liq uzatilishini va saqlanishini ta’minlashlari shart; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki qisman bajaradigan davlatlarda joylashgan o‘zlarining chet eldagi sho‘ba banklari, filiallari va vakolatxonalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga e’tibor qaratishlari lozim; chet eldagi sho‘ba banklari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bosh bankka axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. O‘z navbatida tijorat banklari bu haqda Markaziy bankka va Departamentga xabar berishlari shart;”. 6. 35-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “35. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashda tijorat banki olingan ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va tijorat banklariga taqdim qilinadigan, mazkur Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar ro‘yxati bilan solishtirib chiqishi shart” 7. 37-band quyidagi tahrirdagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “hisobvaraq ochayotgan shaxsning yoxud uning vakolatli vakilining shaxsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish;”. 8. 39-band quyidagi tahrirdagi 16-kichik band bilan to‘ldirilsin: “16) norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki beg‘araz yordam sifatida pul mablag‘lari berilishi”. 9. 40-bandda 4-kichik bandida “hisobvaraqdan” degan so‘zidan keyin “yoki jo‘natuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 10. 44-bandda birinchi xatboshisidagi “mumkin bo‘lib, ularga nisbatan tijorat banki” degan so‘zlar “va ularga nisbatan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 45-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. 46-band: birinchi xatboshisidagi “mumkin bo‘lib, ularga nisbatan tijorat banki” degan so‘zlar “va ularga nisbatan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi tahrirdagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin: “g) jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlari (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, jo‘natuvchining manzili va hisob raqami) to‘liq taqdim etilmagan pul mablag‘larini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar;”; “g” kichik bandi “d” kichik band deb hisoblansin. 13. 47-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “47. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiya yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritilgan taqdirda, bunday mijoz operatsiyani amalga oshirishi haqida (hisobvaraq ochish, hisobvaraqdan mablag‘ ko‘chirish va shu kabilarda) tijorat bankining tegishli bo‘linmasi Ichki nazorat xizmatiga xabar berishi kerak. Ichki nazorat xizmati ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritishi shart”.
208
6,970
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek, ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 11-son, 100-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
250
1,144
Qonunchilik
Husanxo‘jayev Said Ahmadni O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
Ko‘p yillik halol mehnati, o‘zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari, respublikada yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishiga qo‘shgan hissasi hamda jamoat hayotida faol ishtirok etayotgani uchun O‘zbekiston xalq yozuvchisi Husanxo‘jayev Said Ahmad “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.
103
376
Qonunchilik
N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, tibbiy xizmatlar hajmi va sifatini oshirish, tibbiyot amaliyoti, ta’limi va ilmiy tadqiqotlari o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash, davolash-tashxislash jarayoniga ilg‘or yutuqlarni va innovatsiyalarni tatbiq etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini (keyingi o‘rinlarda — Filial) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin. 2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: sog‘liqni saqlash tizimi va aholi salomatligini muhofaza qilish uchun muhim ilmiy-amaliy muammolarni hal qilishga qodir yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash; tibbiyot kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlari hamda o‘qitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini joriy qilish, o‘quv-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni rag‘batlantirish; tibbiyot va tibbiyot ilm-fani sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish; ta’lim va fanning uzluksizligi hamda uzviyligi, shuningdek, jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga majburiy integratsiyalashuv hisobiga mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish; ta’lim va ilmiy faoliyatning tibbiy va farmatsevtik faoliyat bilan chuqur integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish; xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ta’lim hamda tibbiyot ilmi sohalarida uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlash. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Filial Universitetning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, ta’lim, ilmiy, xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega; Filialdagi ta’lim jarayoni Rossiya Federatsiyasining federal ta’lim standartlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari asosida rus tilida olib boriladi; Filial ta’lim faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi; abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi; Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi; Filial O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining qonunchiligiga muvofiq ravishda faoliyatini amalga oshiradi. 4. Quyidagilar: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialida kadrlar tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) 1-ilovaga muvofiq; Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin: Filialning to‘laqonli faoliyat yuritishi bilan bog‘liq tashkiliy, moliyaviy, yuridik, iqtisodiy, ta’lim, metodik, logistik va boshqa masalalarni hal qilish; o‘quv jarayonini, talabalarning o‘quv-pedagogik amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, mehnat bozorining keyingi rivojini hisobga olgan holda, mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashda ko‘maklashish, o‘qitishning sifatini rejali asosda oshirib borish, Filial bitiruvchilarini ishga joylashtirish; sohaning jadal rivojlanishini ta’minlash uchun xayriya, texnik ko‘mak mablag‘lari (grantlar) va budjetdan tashqari boshqa mablag‘larni jalb etish; Filialning moddiy-texnik, o‘quv-metodik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va o‘quv materiallari bilan jihozlash, ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga ko‘maklashish; har o‘quv yilida ta’lim oluvchilar sonini aniqlash; Universitet va shu sohaga ixtisoslashgan boshqa yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida amaliyot o‘tash uchun iqtidorli talabalarni va ordinatura tinglovchilarini tanlab olish, shuningdek, chet elda o‘qish uchun maxsus stipendiyalar tashkil etish; Filial binolari va inshootlarini, shu jumladan talabalar yashash joyi va o‘qituvchilar uchun mehmonxona majmuasini qurish, rekonstruksiya qilish masalalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, Filialni zamonaviy o‘quv-laboratoriya va simulatsiya asbob-uskunalari, kompyuter va orgtexnika, o‘qitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventarlar, mebellar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash; vazirlik va idoralar tomonidan Filial faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vazifalarning bajarilishini muntazam monitoring qilish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Universitetning 2021/2022 o‘quv yilida 35 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 3-ilovaga muvofiq mutaxassisliklar bo‘yicha ordinatura dasturlariga muvofiq Universitetda ta’lim olishini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Universitet: Filialning ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etadi; Filialda ta’lim berishga va ilmiy faoliyatga xorijiy hamda mahalliy professor-o‘qituvchilarni jalb qiladi; Filial professor-o‘qituvchilarini doimiy ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni, shu jumladan mahalliy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida masofaviy o‘qitish orqali tashkil etadi; Filialning kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan to‘ldirishda yordam ko‘rsatadi. 7. Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 8. Filial Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 103-uy manzilida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 9. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent davlat stomatologiya instituti hududida yangi tashkil etilayotgan ko‘p tarmoqli klinika Filialning asosiy klinik bazalari (keyingi o‘rinlarda — Filialning klinik bazalari) sifatida belgilansin. 10. Belgilab qo‘yilsinki: a) Filialga yillik qabul parametrlari tarmoq va hududlardagi tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, Universitet bilan kelishilgan holda Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi; b) maqsadli buyurtma bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, jumladan Filial bitiruvchilarining kelgusida ish bilan ta’minlanishi bo‘yicha shartlar abituriyentlar va manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi kelishuvlarga muvofiq aniqlanadi; v) davlat granti asosida tahsil olgan Filial bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasining davlat tibbiyot muassasalarida kamida 5 yil ishlash sharti bilan ishga taqsimlanadi; g) Filial faoliyatini moliyalashtirish: Filialga o‘qishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 40 foizidan ortiq bo‘lmagan talabalar va ordinatura tinglovchilarini davlat grantlari bo‘yicha o‘qitish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga har yili ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; pullik-shartnoma asosida talabalarni o‘qitishdan tushgan mablag‘lar; Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning maqsadli badallari va xayriya yordamlari; xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi; d) Universitetdan jalb qilinadigan professor-o‘qituvchilarning xizmat safari xarajatlarini to‘lash: 30 kungacha bo‘lgan qisqa muddatli xizmat safarlarida — Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan me’yorlar bo‘yicha; o‘quv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqadigan uzoq muddatli xizmat safarlarida — tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi; e) Filial ta’minoti uchun budjet ajratmalari 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida ajratiladi, 2022-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. 11. Filialga ikkita yengil, jumladan bitta shaxsan biriktirilgan va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: a) Universitet hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda: Filialga binolar va inshootlar berilib, Universitet nizomiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, bir oy muddatda Filialning ta’sis hujjatlarini ishlab chiqsin, kelishsin va tasdiqlasin, shuningdek, Filialni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin; Filialda ta’lim berish va o‘quv jarayonini tashkil etish uchun yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibini, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni doimiy ravishda Filialga jalb etib borsin; b) Universitet va Filialning ta’lim jarayonida ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilari tarkibi hamda amaldagi mutaxassislik sertifikati yoki akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan Universitetning boshqa xodimlariga O‘zbekiston Respublikasida tibbiy faoliyatni amalga oshirishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini ta’minlasin; v) Filialning klinik bazalarida Filial talabalari va ordinatura tinglovchilarining amaliy mashg‘ulotlarini bepul asosda tashkil etish uchun shartnomalar tuzgan holda kerakli shart-sharoitlarni yaratsin va, zarur hollarda, boshqa tibbiy (ilmiy) tashkilotlarni qo‘shimcha klinik baza sifatida Filialga taqdim etsin; g) Filialning klinik bazalari bo‘lgan tibbiy (ilmiy) tashkilotlar rahbarlari tomonidan talabalar va ordinatura tinglovchilarining bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoniga kirishiga ruxsat berilishi va ularning ishtirokini ta’minlasin; d) Filialda o‘qishga qabul boshlanganligi haqida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari ishtirokida keng ko‘lamli axborot kampaniyasi olib borilishini ta’minlasin; e) sayyor qabul komissiyasi tashkil etilishida yordam ko‘rsatsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlar hamda ularning oila a’zolari uchun ko‘p martalik bepul kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan Filialning xorijiy professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun davlat boji undirilmasdan, belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan respublikaga Filial faoliyatini tashkil etishda ishtirok etayotgan chet el fuqarolarini jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ushbu chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish uchun tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari bo‘yicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Filialning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, jumladan talabalar yashash joyi, o‘qituvchilar uchun mehmonxona majmuasi va simulatsion markaz qurish loyihalarini O‘zbekiston Respublikasining 2022 va keyingi yillarga mo‘ljallangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirish dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Filialning dastlabki moddiy-texnik bazasini yaratish maqsadida 2021-yilda zarur pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida tibbiyot sohasini rivojlantirish uchun nazarda tutilgan limitlardan tejab qolingan mablag‘larni qayta taqsimlash yo‘li bilan yoki o‘zlashtirilmagan mablag‘lar hisobidan ajratsin. 18. Filialni kapital ta’mirlash, jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va orgtexnika, dasturiy ta’minot, o‘quv-laboratoriya va simulatsion jihozlar, ilmiy-metodik adabiyotlar, o‘qitishning texnik vositalari, multimedia mahsulotlari, inventarlar, qurilish materiallari va moddiy-texnik resurslar 2024-yil 1-iyulga qadar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin. Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. 1. Davolash ishi. 1. Akusherlik va ginekologiya 2. Anesteziologiya-reanimatologiya 3. Gematologiya 4. Yuqumli kasalliklar 5. Kardiologiya 6. Nevrologiya 7. Neonatologiya 8. Nefrologiya 9. Onkologiya 10. Sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish va jamoat salomatligi 11. Otorinolaringologiya 12. Pediatriya 13. Yurak-qon tomir jarrohligi 14. Travmatologiya va ortopediya 15. Jarrohlik 1. Radiologiya 2. Onkologiya 3. Gematologiya 4. Bolalar onkologiyasi 5. Endokrinologiya 6. Nefrologiya 7. Pulmonologiya 8. Rentgenendovaskulyar tashxis va davolash 9. Yurak-qon tomir jarrohligi 10. Pediatriya 11. Allergologiya va immunologiya 12. Neyroxirurgiya
137
16,229
Qonunchilik
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi, turlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi. Ushbu Qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) hisoblanadilar. Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi: a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; b) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari; d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; e) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari; j) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlari hisoblanadi va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish orqali qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari bir necha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ularning bittasi tomonidan boshqalari bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining tarmoq bo‘linmalari va hududiy organlari normativ-huquqiy tusdagi hujjatlar qabul qilishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatiga va maqomiga, shuningdek, hujjatlarning turlariga muvofiq belgilanadi. Normativ-huquqiy hujjat o‘ziga qaraganda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi shart. Normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga to‘g‘ri kelmagan hollarda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi. Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga to‘g‘ri kelmagan hollarda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idorasining ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idorasining normativ-huquqiy hujjatiga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘ladi. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ normativ-huquqiy hujjatning loyihasini tayyorlashni davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda topshirishi yoki shartnoma asosida buyurtma berishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar e’lon qilishga haqlidir. Iqtisodiyotning alohida tarmoqlari, davlat boshqaruvining boshqa sohalariga doir normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga tegishli tarmoqlar yoki boshqaruv sohalarining holati va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralari jalb etiladi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishini muvofiqlashtirib turish, qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda loyihani ishlab chiquvchi organ: loyiha mavzusiga doir qonun hujjatlarining qo‘llanilish tajribasini o‘rganadi va hisobga oladi, huquqiy tartibga solishga bo‘lgan jamoatchilik ehtiyojini, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta’sir etuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlaydi; davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy muassasalar, olimlar va mutaxassislarning tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma’lumotlarini umumlashtiradi va ulardan foydalanadi; boshqa davlatlardagi qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish tajribasini hisobga oladi. Qonun loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qo‘yilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatning tayyorlangan loyihasi normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga taqdimnoma bilan kiritiladi, taqdimnomada hujjatni qabul qilishning zarurligi asoslab beriladi, uni ishlab chiquvchilar ko‘rsatiladi, hujjat mazmunining qisqacha tavsifi beriladi, loyiha qaysi davlat organi, shuningdek tashkilot bilan kelishilgan bo‘lsa, shu organ va tashkilotlarning ro‘yxati keltiriladi, kelishmovchiliklarning mazmuni hamda ular haqidagi asoslantirilgan fikr qisqacha bayon etib o‘tiladi. Zarurat bo‘lganda, normativ-huquqiy hujjat loyihasiga uni asoslash uchun moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar, statistika ma’lumotlari va boshqa axborotlar ilova qilinadi. Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa organlar yoki nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tayyorlangan qonun loyihalari, agar loyihani tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etiladi. Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjatning loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi. Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari loyihalarining yuridik ekspertizasi viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Kiritilgan loyihaning sifatiga baho berish uchun normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning qaroriga binoan normativ-huquqiy hujjatning loyihasi boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya va o‘zga) ekspertizadan ham o‘tkazilishi mumkin. Ekspertlar sifatida tegishli loyihani tayyorlashda ilgari bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va shaxslar jalb etiladi. Ekspertiza o‘tkazish uchun boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar taklif etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjatning loyihasiga baho berishda mustaqildir hamda ekspertiza o‘tkazishni topshirgan organning nuqtai nazari bilan bog‘liq emaslar. Normativ-huquqiy hujjatning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan tarzda bir xilda qo‘llaniladi. Eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Normativ-huquqiy hujjatda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan moliyalashtirish manbalari, rag‘batlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari ko‘rsatilishi mumkin. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolarning majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatda ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari (agar bunday choralar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki maxsus hujjatda belgilanishi kerak bo‘lmasa) nazarda tutiladi. Normativ-huquqiy hujjatga uni qabul qilish sabablari va maqsadlarini tushuntirishdan iborat bo‘lgan muqaddima kiritilishi mumkin. Normativ ko‘rsatmalar muqaddimaga kiritilmaydi. Qonunlarda normativ ko‘rsatmalar tartib raqamiga ega bo‘lgan moddalar tarzida bayon etiladi. Qonunlarning moddalari qismlarga bo‘linishi mumkin. Moddalarning qismlarida bandlar, kichik bandlar va xatboshilar bo‘lishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda normativ ko‘rsatmalar tartib raqamiga ega bo‘lgan bandlar tarzida bayon etiladi. Bandlar kichik bandlarga va xatboshilarga bo‘linishi mumkin. Hajm jihatdan yirik normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun jihatdan yaqin bo‘lgan moddalari (bandlari) paragraflar va boblarga birlashtiriladi. Zarur hollarda boblar bo‘limlarga va kichik bo‘limlarga birlashtirilishi mumkin. Bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar va paragraflar sarlavhalarga va tartib raqamlariga ega bo‘ladi. Normativ-huquqiy hujjatlarda qonun hujjatlariga kiritilayotgan yuridik, texnikaviy va boshqa maxsus atamalarning ta’riflari berilishi mumkin. Zarur hollarda normativ-huquqiy hujjatda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari mazkur hujjatlarga havola qilingan holda aynan takrorlanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarda, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega bo‘lgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning normativ ko‘rsatmalari qayta aynan takrorlanmaydi. Normativ-huquqiy hujjatning moddalarida (bandlarida) uning boshqa moddalariga (bandlariga), shuningdek, amaldagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ularning ayrim qoidalariga havolalar normativ ko‘rsatmalarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish zarurati bo‘lgan hollarda yoki takrorlashlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llaniladi. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matni quyidagi tarzda imzo qo‘yib tasdiqlanadi: O‘zbekiston Respublikasining qonuni — O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi tomonidan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni — O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari — hujjatni qabul qilgan organ rahbari tomonidan; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari — tegishli hokim tomonidan. Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi: hujjatning turi va nomi; hujjat qabul qilingan joy, sana va hujjat raqami; tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni imzo qo‘yib tasdiqlashga rasman vakolati bo‘lgan shaxslarning familiyasi, lavozimi va imzolari. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga zarur o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi normativ ko‘rsatmalarga zid bo‘lsa yoxud yangi hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilmog‘i kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Hammaning e’tibori uchun rasman e’lon qilinmagan qonun asosida hech kim sudlanishi, jazoga tortilishi yoki mol-mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas. Normativ-huquqiy hujjat rasman bayon tarzida e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Normativ-huquqiy hujjat rasman e’lon qilinganda uning barcha rekvizitlari ko‘rsatiladi. Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda e’lon qilishga, shuningdek ularni qonun hujjatlarining elektron ma’lumot tizimlari orqali tarqatishga bu hujjatlar rasmiy manbalarda e’lon qilinganidan so‘ng hamda barcha rekvizitlari, e’lon qilingan rasmiy manbalari va kuchga kirish sanasini ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir. “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining to‘plami”, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rasmiy nashrlari O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari mazkur organlarning rasmiy nashrlarida e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasman e’lon qilinganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda kuchga kiradi va ular e’lon qilinishi shart. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatni manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish normativ-huquqiy hujjat matni bilan moneliksiz (erkin) tanishish huquqini ta’minlovchi har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qonun, u amalga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan, agar bu hollar qonunda bevosita nazarda tutilgan bo‘lsa, tatbiq etilishi mumkin. Agar qonun xatti-harakatlar sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab bo‘lmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab bo‘lgan xatti-harakatlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini belgilash yoki kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar keltirsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berish mumkin emas. Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqa izoh berilmagan bo‘lsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda unda hujjat (yoki uning qismi) qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar o‘z kuchini saqlab qolishi ko‘rsatilishi zarur. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning amal qilinishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish to‘g‘risida yoki hujjatga muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslarga, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etiladi. Normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) quyidagi hollarda amal qilishini tugatadi: normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) mo‘ljallangan muddat tugaganda yoki hodisa boshlanganda; normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) qonunda belgilangan tartibda konstitutsiyaviy emas deb topilganda; normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganda; normativ-huquqiy hujjat qonunda nazarda tutilgan hollarda bekor qilinganda. Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki mantiqqa zid tarzda qo‘llanilgan hollarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlarning normalariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharh beradi. Qonun osti hujjatlariga ularni qabul qilgan organlar rasmiy sharh beradi. Sharhlash jarayonida normativ-huquqiy hujjatlarga tuzatishlar, qo‘shimchalar va aniqlashtiruvchi normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar normativ-huquqiy hujjatlarning to‘plamlari va majmualarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nashr etadi yoxud ularni boshqa organlar va tashkilotlar nashr etishi to‘g‘risida topshiriqlar beradi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning bir tizimga solingan majmualarini nashr etadi, majmualarni nazorat holatida saqlaydi, ularga qo‘shimchalar nashr etadi, ularni qayta nashr etadi. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tomonidan hisobga olish bunday hujjatlarni markazlashgan tarzda yig‘ish va ro‘yxatga olishdan, ularning fondlarini hamda bu hujjatlar haqidagi markazlashgan axborotlarni yaratish va nazorat holatida saqlab turishdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat tomonidan hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
38
22,129
Qonunchilik
“SECTION-416 (b)” DASTURI DOIRASIDA QIShLOQ XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShINI RIVOJLANTIRISh LOYIHALARINI MABLAG‘ BILAN TA’MINLAShNING ASOSIY YO‘NALIShLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
“Section-416 (b)” dasturi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari berish to‘g‘risida Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Hukumatlararo bitimga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston—Amerika qo‘shma ishchi guruhining (keyingi o‘rinlarda matnda qo‘shma ishchi guruh deb yuritiladi) “Section-416 (b)” dasturi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotishdan tushadigan grant mablag‘lari hisobiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari haqidagi taklifiga ilovaga muvofiq rozilik berilsin. 2. Belgilansinki: fermer xo‘jaliklarini mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash loyihasi (mazkur qarorga ilovaning I bo‘limi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi yoki kredit uyushmalari orqali qaytarish asosida amalga oshiriladi; qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari sohasidagi loyihalarni tanlab olish funksiyasi (mazkur qarorga ilovaning III bo‘limi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga yuklanadi. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlashning boshlanishi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiy va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kompleksi tomonidan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash bo‘yicha loyihalarni tanlash va mablag‘ bilan ta’minlash funksiyasi (mazkur qarorga ilovaning V bo‘limi) O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklariga (agentlarga) yuklanadi. Bunda loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash loyiha umumiy summasining kamida 25 foizi kichik biznes subyektlarining o‘z mablag‘lari ishtirokida qaytarish asosida amalga oshiriladi; irrigatsiya, ilmiy va ijtimoiy loyihalar hamda normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish (mazkur qarorga ilovaning II, III, IV va VI bo‘limlari) bepul asosda mablag‘ bilan ta’minlanadi. 3. Belgilab qo‘yilsinki, “Section-416 (b)” dasturi doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotishdan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamida jamlanadi hamda Vazirlikka ularni tijorat banklarining depozit hisob raqamlariga joylashtirish va olingan daromaddan Qo‘shma ishchi guruh bilan kelishgan holda “Section-416 (b)” dasturi doirasidagi loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlashda foydalanish huquqi beriladi. 4. Qo‘shma ishchi guruhga, zaruriyat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorga ilovaning III va V bo‘limlari bo‘yicha grant mablag‘laridan foydalanish hajmlariga tuzatish kiritish yuzasidan takliflar kiritish huquqi berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi buyurtmachilar bilan birgalikda loyihalar amalga oshirilishining ustuvorligini belgilasin va mazkur qarorda nazarda tutilgan kapital qurilish obyektlari belgilangan tartibda 2003 va 2004-yillar qurilishining aniq ro‘yxatlariga kiritishni nazarda tutsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda loyihalarning boshqa bajaruvchilari “Section-416 (b)” dasturi bo‘yicha olingan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini, tijorat banklari — agentlar esa — mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishini hamda loyihalarni amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi axborot yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash yo‘nalishlarining har biri bo‘yicha loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash va ular amalga oshirilishining monitoringini olib borish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; moliyaviy mablag‘lar tushishiga qarab ularning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun maxsus hisob raqamiga belgilangan tartibda yo‘naltirilishini ta’minlasin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
176
4,798
Qonunchilik
Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda), 148-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasidagi “yoki ishga tiklash to‘g‘risidagi sud qarorini bajarmaslik” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 25-moddaning uchinchi qismi “ayblov xulosasi yoki” degan so‘zlardan keyin “ayblov dalolatnomasi yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) 36-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tergovchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish to‘g‘risida yozma topshiriqlar berishga; boshqa tergovchi va surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir”; 3) 38-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv: 1) ichki ishlar organlari; 2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari; 3) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari; 4) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va uning joylardagi bo‘linmalari surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi”; 4) quyidagi tahrirdagi 381-modda bilan to‘ldirilsin: Surishtiruvchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir. Surishtiruvchi surishtiruvning yo‘nalishiga oid barcha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi, bundan qonunda prokuror ruxsatini olish nazarda tutilgan hollar mustasno. Surishtiruvchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qo‘llash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritish to‘g‘risidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalariga rozi bo‘lmasa, o‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorning ko‘rsatmasini o‘z qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo‘yicha surishtiruv yuritishni boshqa surishtiruvchiga topshiradi. Surishtiruvchining o‘z yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir”; 5) 39-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Surishtiruv bo‘linmasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan surishtiruvchilarning o‘z vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruvni to‘la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko‘radilar. Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari ishlarni tekshirib ko‘rishga, surishtiruvchiga surishtiruv yuritish, shaxsni ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo‘nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish haqida ko‘rsatmalar berishga, ishni bir surishtiruvchidan ikkinchi surishtiruvchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha surishtiruvchiga topshirishga, shuningdek surishtiruvchi vakolatlaridan foydalanib, surishtiruv yuritishda qatnashishga va surishtiruvni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir. Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining ish yuzasidan ko‘rsatmalari surishtiruvchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir. Olingan ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 381-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi”; 6) quyidagi tahrirdagi 391 va 392-moddalar bilan to‘ldirilsin: Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi: 1) ichki ishlar organlari; 2) harbiy qismlar, qo‘shilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy o‘quv yurtlarining boshliqlari — ularga bo‘ysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek o‘quv mashqlari o‘tkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bog‘liq jinoyatlari yoki qism, qo‘shilma, muassasa yoxud o‘quv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha; 3) milliy xavfsizlik xizmati organlari — qonunga ko‘ra ularning yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha; 4) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha; 5) davlat yong‘indan nazorat qilish organlari — yong‘inlarga doir va yong‘inga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar bo‘yicha; 6) chegarani qo‘riqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha; 7) olis safarda bo‘lgan dengiz kemalarining kapitanlari; 8) davlat bojxona xizmati organlari — bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha; 9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari — soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha; 10) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashga, sud qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘yicha; 11) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar zimmasiga zarur choralar ko‘rish vazifasi, shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan so‘ng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda, zarur choralar ko‘rish vazifasi yuklatiladi. Ichki ishlar, milliy xavfsizlik xizmati, davlat bojxona xizmati organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va ularning joylardagi bo‘linmalari shu maqsadda tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga haqli. Tezkor-qidiruv faoliyatini o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. Ushbu Kodeksning 391-moddasida sanab o‘tilgan har bir organning rahbarlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning boshlig‘i sifatida harakat qila turib, tergovga qadar tekshiruvni boshlashga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni topshirishga, jinoyat ishini qo‘zg‘atishga yoki ish qo‘zg‘atishni rad etishga yoxud arizani, xabarni tergovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazishga haqlidir. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs zimmasiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishga doir vazifalarni yuklatish tartibi mazkur organ tomonidan belgilanadi. Boshliqning topshirig‘iga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, dalillarni to‘plash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy zararning o‘rni qoplanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan, kechiktirib bo‘lmaydigan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart. Tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi zimmasiga tergovchi, surishtiruvchi yuritayotgan ish bo‘yicha ayrim protsessual harakatlarni va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqlarini bajarish hamda tergovchiga, surishtiruvchiga protsessual harakatlarni bajarishida ko‘maklashish majburiyati ham yuklatiladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek tergovchining, surishtiruvchining topshirig‘ini bajarayotganda, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi va qarorlar qabul qiladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qarorlari mazkur organ boshlig‘i tomonidan tasdiqlanishi lozim. Boshliqning yozma ko‘rsatmalari ularni bajarishni to‘xtatmay turib, ushbu ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqli bo‘lgan unga bo‘ysunuvchi mansabdor shaxs uchun majburiydir. Prokurorning yozma ko‘rsatmalari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i va uning mansabdor shaxsi uchun majburiydir. Ular prokurorning ko‘rsatmalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ko‘rsatmalarni bajarishni to‘xtatmay turib, yuqori turuvchi prokurorga ularning ustidan shikoyat qilishga haqlidir”; 7) 46-moddaning: birinchi qismidagi “dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; jinoyat ishining” degan so‘zlar “surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; jinoyat ishining surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismi “hozir bo‘lishi” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 8) 53-moddaning birinchi qismi “hujjatlar bilan” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 9) 55-moddaning birinchi qismi “harakatlarida ishtirok etish” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 10) 57-moddaning birinchi qismi “iltimos qilish” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 11) 59-moddaning birinchi qismi “rad qilish” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 12) 76-moddaning: nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: birinchi qismi “tergovchi, surishtiruvchi” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; ikkinchi qismi “shu ishni yuritishda” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 13) 79-moddaning 1-bandi “tergovchi, surishtiruvchi” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 14) 80-modda quyidagi tahrirdagi o‘n uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Agar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushbu Kodeksning 76, 79-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi sababli o‘zini o‘zi rad etmasa, uni rad qilish masalasi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i yoki prokuror tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida qaror chiqariladi”; 15) 82-moddaning birinchi xatboshisi “ayblov xulosasi” degan so‘zlardan keyin “yoki ayblov dalolatnomasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 16) 108-moddaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5) boshqa surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari so‘roq qilingan shaxsning ko‘rsatuvlari to‘g‘ri yozilganligini ishni yuritish uchun qabul qilgan surishtiruvchi yoki tergovchi qo‘shimcha so‘roq qilish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishni lozim topsa”; 17) 135-moddaning birinchi qismi “aniqlashtirish maqsadida” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 18) 136-moddaning: birinchi qismidagi “Surishtiruv yoki” degan so‘zlar “Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismi “hollarda” degan so‘zdan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 19) 137-moddaning to‘rtinchi qismi “lekin” degan so‘zdan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 20) 139-moddaning: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud tevarak-atrof va binolarni quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda ko‘zdan kechiradilar”; ikkinchi qismi “bo‘lsa” degan so‘zdan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 21) 140-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud narsa va hujjatlarni ular topilgan joyda, basharti ko‘zdan kechirish ko‘p vaqt yoki qo‘shimcha texnik vositalar talab qilsa, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi o‘tkazilayotgan joyda ko‘zdan kechiradilar”; 22) 141-moddaning birinchi qismi “muvofiq” degan so‘zdan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 23) 1481-moddaning birinchi qismi “to‘g‘risidagi iltimosnoma” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 24) 162-modda: quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi faqat ushbu Kodeksning 224-moddasiga asosan shaxsni ushlagan taqdirda, unda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, uni shaxsiy tintuv qilishni va olib qo‘yishni amalga oshirishga ham haqlidir. Bunda shaxsiy tintuv va olib qo‘yish bayonnomasi ushbu Kodeksning 163-moddasi talablariga rioya qilgan holda tuziladi”; ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin; uchinchi qismining: 1-bandidagi “jamoat tartibini saqlashga doir burchini bajarayotgan militsiya xodimi tomonidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 2-bandidagi “militsiyaga” degan so‘z “ichki ishlar organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi qismidagi “surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 25) 1661-moddaning birinchi qismi “iltimosnoma” degan so‘zdan keyin “surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 26) 168-moddaning birinchi qismidagi “Dastlabki tergov davomida” degan so‘zlar “Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 27) 172-moddaning birinchi qismidagi “Surishtiruvchi” degan so‘z “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 28) 174-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Surishtiruvchi” degan so‘z “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 29) 180-moddaning birinchi qismidagi “tayinlash to‘g‘risida” degan so‘zlar “tayinlash to‘g‘risida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 30) 182-moddaning birinchi qismidagi “Surishtiruvchi” degan so‘z “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 31) 183-moddaning: birinchi qismi “o‘tkaziladigan bo‘lsa” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ekspertizani tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertga ekspertiza tayinlanganligi to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni taqdim etadi, uni ushbu Kodeksning 68-moddasida ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlari bilan tanishtiradi va bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi. Ekspert bergan ariza va iltimosnomalar ham shu zaylda qayd etiladi. Ekspertning iltimosi rad etilgan taqdirda, ekspertiza tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradi”; uchinchi qismidagi “ekspertiza tayinlagan” degan so‘zlar “ekspertiza tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 32) 187-moddaning: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ekspert xulosasi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o‘tkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholanadi”; uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agar jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha bir necha ekspertiza o‘tkazilgan va ekspertlar bir xil fikrga kelmagan bo‘lsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ba’zi ekspertlarning xulosalariga qo‘shilish va boshqa ekspertlarning xulosalariga qo‘shilmaslik to‘g‘risidagi o‘z fikrini asoslab berishi lozim”; 33) 1872-moddaning birinchi qismi “Taftish” degan so‘zdan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 34) 1877-moddaning: ikkinchi qismi “iltimosnomasiga ko‘ra” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismi “olingan holda” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 35) 18711-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi “uzaytirish to‘g‘risida” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 36) 208-moddaning ikkinchi qismi “ayblov xulosasiga” degan so‘zlardan keyin “yoki ayblov dalolatnomasiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 37) 213-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini ushbu Kodeksning 221 va 224-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda qo‘llashga haqlidir”; 38) 218-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Shaxsning qaramog‘idagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qo‘riqlash to‘g‘risidagi ko‘rsatilgan choralar ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ham ko‘rilishi shart”; 39) 219-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Prokurorning protsessual majburlov choralarini qo‘llash haqidagi ko‘rsatmalari surishtiruvchi va tergovchi, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ uchun majburiydir. Bunday ko‘rsatmalarga e’tirozlar yuqori turuvchi prokurorga ushbu Kodeksning 36, 39 va 392-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilishi mumkin”; 40) 222-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ichki ishlar organining, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshiruvchi boshqa organning xodimi, shuningdek muomalaga layoqatli har qanday shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir”; 41) 223-moddaning matnidagi “militsiyaga” degan so‘z “ichki ishlar organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 42) 224-moddaning: birinchi qismidagi “militsiya muassasasiga” degan so‘zlar “ichki ishlar organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismidagi “militsiya muassasasiga” degan so‘zlar “ichki ishlar organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 43) 225-moddaning birinchi — to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushlab turilgan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organning navbatchisi yoki boshqa xodimi boshliqning ko‘rsatmasiga binoan ushlab turish bayonnomasini darhol tuzishi va unda quyidagilarni aks ettirishi lozim: kimning, kim tomonidan, qachon, qanday holatda, qonunda ko‘rsatilgan qanday asoslarga ko‘ra ushlanganligini; ushlangan shaxs qanday jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotganligini; ichki ishlar organi bo‘limiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organga u qaysi vaqtda olib kelinganligini. Bayonnomani ushlab turishning asosliligini tekshirish vazifasi topshirilgan ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi, ushlab keltirgan vakolatli shaxs yoki fuqaro, ushlangan shaxs va xolislar imzo chekib tasdiqlaydilar. Ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organning xodimi amalga oshirilgan ushlab turish haqida ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan e’tiboran o‘n ikki soat ichida prokurorga yozma shaklda xabar berishi shart. Ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish, hujjatlarni talab qilish va ko‘zdan kechirish ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay o‘tkazilishi lozim. Ushlab turishga asos bo‘lmagan taqdirda, ichki ishlar organi bo‘linmasining boshlig‘i yoki boshqa vakolatli shaxs ushlanganni ozod qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Qarorning nusxasi darhol prokurorga yuboriladi”; 44) 226-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushlab turish muddati ushlangan ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin”; 45) 227-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ushlab turish, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarori asosida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi ushlangan shaxsni ushbu Kodeksning 224-moddasi qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga darhol olib borishi shart. Amalga oshirilgan ushlab turish to‘g‘risida ushlab turish haqida qaror chiqargan vakolatli shaxs darhol xabardor qilinishi lozim”; 46) 228-moddaning birinchi qismidagi “militsiya muassasasi” degan so‘zlar “ichki ishlar organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 47) 238-moddaning matni “hal qilishda” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 48) 240-moddaning: birinchi qismi “Ehtiyot chorasi” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; ikkinchi qismi “prokurorning roziligi bilan” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 49) 241-moddaning ikkinchi qismidagi “Dastlabki tergov” degan so‘zlar “Surishtiruv yoki dastlabki tergov” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 50) 243-moddaning: ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda va surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi”; beshinchi qismi “sodir qilingan yoki” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; yettinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi jumlalari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sud majlisida gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek surishtiruvchi, tergovchi ishtirok etishga haqli. Zarur bo‘lgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin”; 51) 244-moddaning: uchinchi qismi “bunday shaxslar vaqtincha saqlash hibsxonalarida” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; beshinchi qismi “ko‘chirish to‘g‘risidagi” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchining” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; yettinchi qismi “ko‘chirish to‘g‘risidagi” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchining yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 52) 247-moddaning: uchinchi qismi “sodir etilgan yoki” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; beshinchi qismi “Zarur hollarda” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 53) 249-moddaning: birinchi qismi “shaxslar tomonidan” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; ikkinchi qismi “qabul qilish haqida” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismi “va uni” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 54) 250-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ayblanuvchining yoki sudlanuvchining surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelish haqida bergan yozma majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari o‘z zimmasiga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini o‘zgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini oladi”; 55) 251-moddaning ikkinchi qismi “Kafillar sonini” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 56) 252-moddaning: ikkinchi qismi “Bu majburiyat” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismi “ehtiyot chorasini tanlagan” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 57) 254-moddaning: birinchi qismi “xizmatga majbur shaxs” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash, bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi qo‘mondonlik uchun majburiydir, unga harbiy xizmatchi ustidan kuzatuv o‘rnatish zaruratini keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim. Oldini olish maqsadida mazkur ehtiyot chorasi qo‘llanilgan harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda, qo‘mondonlik surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni bu haqda darhol xabardor qilishi shart”; 58) 255-moddaning to‘rtinchi qismi “xabardor etgan holda” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 59) 256-moddaning: birinchi qismi “prokuror, tergovchi” degan so‘zlardan keyin “va surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismidagi “Tergovchining” degan so‘z “Surishtiruvchining, tergovchining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 60) 257-moddaning: birinchi qismi “chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismi “Zarur bo‘lganda” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 61) 259-moddaning matni “bu haqda” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchini” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 62) 266-moddaning: birinchi qismi “prokuror, tergovchi” degan so‘zlardan keyin “va surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismidagi “Tergovchining” degan so‘z “Surishtiruvchining yoki tergovchining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 63) 267-moddaning: birinchi qismi “joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismi “Zarur hollarda” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; oltinchi qismi “iltimosnoma” degan so‘zdan keyin “surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 64) 269-moddaning birinchi qismi “prokuror, tergovchi” degan so‘zlardan keyin “va surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 65) 299-modda ruscha matnining birinchi qismi “sootvetstvuyuщemu” degan so‘zdan keyin “doznavatelyu” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 66) 306-moddaning: birinchi qismi “qarorda esa” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; ikkinchi qismidagi “prokuror yoki tergovchi” degan so‘zlar “prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 67) 307-moddaning birinchi qismi “sud ajrim” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 68) 308-moddaning birinchi qismidagi “Tergovchining” degan so‘z “Surishtiruvchining, tergovchining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 69) 309-moddaning matni “prokuror, tergovchining” degan so‘zlardan keyin “va surishtiruvchining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 70) 312-moddaning ikkinchi qismi “arizasiga binoan” degan so‘zlardan keyin “surishtiruvchi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 71) to‘qqizinchi bo‘lim quyidagi mazmundagi 401-bob bilan to‘ldirilsin: Ishni sudga qadar yuritish jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar qabul qilingan paytdan boshlanadi hamda tergovga qadar tekshiruvni va jinoyat ishini tergov qilishni o‘z ichiga oladi. Tergovga qadar tekshiruv jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni tekshirish, ularni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan qaror qabul qilishga doir tadbirlarni, shuningdek ish uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat izlari, narsalar va hujjatlarni mustahkamlash va saqlashga doir choralarni o‘z ichiga oladi. Tergovga qadar tekshiruv mazkur Kodeksning 391-moddasida ko‘rsatilgan organlar tomonidan ushbu Kodeksning 41-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruv surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan ham olib borilishi mumkin. Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi. Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha, shuningdek ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda o‘tkaziladi. Surishtiruv ushbu Kodeksning 3812-moddasi birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Tergovi surishtiruv shaklida o‘tkaziladigan jinoyat ishlari tergovning har tomonlama, xolisona va to‘la o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ushbu Kodeksning 3815-moddasiga muvofiq prokurorning asoslantirilgan qaroriga ko‘ra dastlabki tergov olib borish uchun topshirilishi mumkin”; 72) 321-moddaning matni “prokuror” degan so‘zdan keyin “va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 73) 322-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4) jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning bevosita o‘zi aniqlashi”; 74) 328-moddaning: 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ma’muriy vazifani amalga oshirayotganida jinoyatga oid ma’lumotlarni aniqlaganida”; 2-bandidagi “tergovchi” degan so‘z “surishtiruvchi, tergovchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 75) 329-moddaning: birinchi qismidagi “bevosita yoxud surishtiruv organlari yordamida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ikkinchi qismi “ushlab turish” degan so‘zlardan keyin “ushbu Kodeks 162-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qo‘yish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismidagi “surishtiruvchi yoki tergovchining” degan so‘zlar “surishtiruvchi, tergovchi yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 76) 330-moddaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jinoyatga oid ma’lumotlar olingan yoki bunday ma’lumotlar bevosita aniqlangan har bir holda quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi”; 77) 331-moddaning: birinchi qismi “prokuror” degan so‘zdan keyin “shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi ushbu ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim bo‘lgan prokurorga yuboriladi”; 78) 333-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushbu Kodeks 83-moddasining 1 va 2-bandlarida hamda 84-moddasi birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi, jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxs bu haqda xabardor qilinadi. Bunda ularga qaror ustidan shikoyat qilish huquqi va tartibi tushuntirilishi lozim. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi prokurorga yuboriladi. Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan holat surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish ushbu Kodeksning 63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etishga, agar o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi masala qo‘yilayotgan shaxs yoki vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari bunga e’tiroz bildirsa, yo‘l qo‘yilmaydi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan holat aniqlangan taqdirda, jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlar darhol prokurorga yuboriladi”. 79) 334-moddaning birinchi qismidagi “surishtiruvchi” degan so‘zlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 80) 336-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarilganidan keyin: 1) prokuror ishni ushbu Kodeksning 345 va 3812-moddalariga muvofiq dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga yuboradi yoxud o‘zi dastlabki tergov yoki surishtiruv yuritishga kirishadi; 2) tergovchi dastlabki tergovni yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga ko‘ra boshqa dastlabki tergov organiga yoki ushbu Kodeksning 3812-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga ko‘ra surishtiruv organiga yuboradi; 3) surishtiruvchi surishtiruv yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 3812-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga ko‘ra boshqa surishtiruv organiga yoki ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga ko‘ra dastlabki tergov organiga yuboradi; 4) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345 va 3812-moddalarida belgilangan tergovning tegishliligiga ko‘ra dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga o‘tkazish uchun darhol prokurorga yuboradi. Jinoyat ishining tergovi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirgan organning surishtiruviga yoki dastlabki tergoviga tegishli bo‘lgan taqdirda, jinoyat ishi prokurorni darhol xabardor qilgan holda surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun qabul qilinishi mumkin”. 81) 337-moddaning: 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1) jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishga va ish qo‘zg‘atishni rad qilishga”; 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2) jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishga va ayni vaqtda ish qo‘zg‘atishga haqlidir”; 82) 338-moddaning: birinchi qismidagi “Surishtiruvchi yoki surishtiruv organi boshlig‘ining, tergovchining” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ikkinchi qismidagi “Surishtiruvchining, surishtiruv organi boshlig‘ining” degan so‘zlar “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 83) 42-bob chiqarib tashlansin; 84) 345-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushbu moddaning ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov o‘tkazilishi shart. Jinoyat kodeksining 97 – 1031, 108, 116, 141 – 149, 175, 180 – 1811-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 186-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 1921 – 19211, 205 — 212, 215, 218 — 221, 230, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 233 – 236, 2411–242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek qonunda ko‘rsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 150 — 163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 113-moddasi uchinchi — beshinchi qismlarida, 114-moddasi uchinchi qismida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi qismida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi qismida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 134, 135, 137-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164–166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 1861-moddasida, 1862-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 193–204-moddalarida, 213-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 214-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 216, 217, 222-moddalarida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 243–245, 247–250-moddalarida, 2501-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 251–2551-moddalarida, 2552-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 256–258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 263-moddasida, 2631-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273-moddalarida, 274-moddasi ikkinchi qismida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 130-moddasi uchinchi qismida, 167-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176, 178, 1863, 188, 1881, 2441, 2442, 2591-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ishni qo‘zg‘atgan organ tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 237–241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ushbu ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli bo‘lsa, o‘sha organ tomonidan olib boriladi. Agar tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni to‘liq hajmda tamomlashi mumkin. Agar tergovni olib borishda surishtiruv organiga tegishli bo‘lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga o‘tkazish ushbu Kodeksning 332 va 3812-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 3812-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruvni amalga oshirish prokuror tomonidan surishtiruvchiga topshiriladi. Turli dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni og‘irroq jinoyat to‘g‘risidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli bo‘lsa, shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng bo‘lganda esa, jinoyat ishini uzoqroq muddat davomida tergov qilayotgan organga topshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tergovning har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishini, tergovga tegishlilik qoidalaridan qat’i nazar, quyidagi hollarda asoslantirilgan qarorga binoan bir dastlabki tergov organidan boshqasiga o‘tkazishga haqli: 1) agar jinoyat ishining tergovi tegishli bo‘lgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari yashirgan bo‘lsa; 2) agar jinoyat ishining tergovi tegishli bo‘lgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgar deb topilgan bo‘lsa; 3) aybsizligi ayon bo‘lgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida oldindan bila turib qonunga xilof ravishda iltimosnoma qo‘zg‘atilganda; 4) dastlabki tergovni olib borishda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qo‘llanilganda; 5) tergovning natijalariga va ish bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tarzda ushbu Kodeks talablari buzilganda”; 85) 3481-moddaning uchinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 245, 341 va 351-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi” degan so‘zlar “ushbu Kodeksning 245, 351 va 3817-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 86) 355-modda ikkinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tergov harakatlarini yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini olib borish to‘g‘risida topshiriqlar va ko‘rsatmalar beradi, shuningdek ulardan tergovchilar bajarayotgan tergov harakatlarini o‘tkazishda yordam berishni talab qiladi, o‘z topshiriqlari, ko‘rsatmalari, talablari bajarilishi ustidan nazorat qilib boradi”; 87) 367-moddaning ikkinchi qismidagi “surishtiruv organi” degan so‘zlar “tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 88) quyidagi mazmundagi 461-bob bilan to‘ldirilsin: Surishtiruvni ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan organlarning surishtiruvchilari amalga oshiradi. Surishtiruvni ushbu Kodeksda belgilangan hollarda prokurorlar va tergovchilar ham amalga oshirishi mumkin. Surishtiruv quyidagilarning surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi: 1) ichki ishlar organlarining — Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 113-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 125, 126-moddalarida, 127-moddasi birinchi qismida, 128-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 132-moddasida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185–1851-moddalarida, 1862-moddasi birinchi qismida, 213-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 214-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 224-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227-moddasida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2281–2293-moddalarida, 2501-moddasi birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 2552-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 261-moddasida, 262-moddasi birinchi qismida, 2631-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi qismida, 276-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2781–2786-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha; 2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning joylardagi bo‘linmalari — Jinoyat kodeksining 122, 123, 1852-moddalarida, 232-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha; 3) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi bo‘linmalari — Jinoyat kodeksining 177, 179, 183-moddalarida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 1841-moddasida, 186-moddasi birinchi qismida, 189–192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha; 4) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda uning joylardagi bo‘linmalari — Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 1301-moddasida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 2443-moddasida, 2501-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha. Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 1301-moddasida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 167-moddasi birinchi qismida, 2443-moddasida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari) nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha surishtiruv ishni qo‘zg‘atgan organ tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 237-moddasi birinchi qismida, 238-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 239, 240-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha surishtiruv ushbu ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli bo‘lsa, o‘sha organ tomonidan olib boriladi. Agar surishtiruvni olib borishda boshqa surishtiruv organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan surishtiruv organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan surishtiruvni to‘liq hajmda tamomlashi mumkin. Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli bo‘lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi jinoyat aniqlansa, prokurorning roziligi bilan jinoyat ishi ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga ko‘ra dastlabki tergov organiga o‘tkaziladi. Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli bo‘lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga o‘tkazish ushbu Kodeksning 332 va 345-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 345-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish prokuror tomonidan dastlabki tergov organiga topshiriladi. Turli surishtiruv organlariga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror surishtiruvni olib borishni og‘irroq jinoyat to‘g‘risidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli bo‘lsa shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng bo‘lganda esa, jinoyat ishi bo‘yicha uzoqroq muddat davomida surishtiruv olib borayotgan organga topshiradi. Surishtiruv organlari tergoviga tegishli bo‘lgan jinoyat ishlari boshqa dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli bo‘lgan jinoyat ishlari bilan bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovga tegishlilik qoidalari bo‘yicha dastlabki tergov organiga topshiradi. Jinoyat qayerda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat ishi o‘sha tuman (shahar) surishtiruv organining surishtiruvchisiga tegishli bo‘ladi. Surishtiruv, agar ish holatlarini ancha tez, puxta, to‘la, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qo‘zg‘atilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning ko‘pchiligi turgan yerda ham o‘tkazilishi mumkin. Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori turuvchi surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining farmoyishiga asosan surishtiruv hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi mumkin. Surishtiruv mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ushbu Kodeks bilan belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir surishtiruvchi o‘z yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan o‘zi bajarishga yoxud uni o‘tkazishni boshqa surishtiruvchiga topshirishga haqlidir. Surishtiruvchining topshirig‘ida ijro etuvchi uchun majburiy bo‘lgan ijro muddati ko‘rsatiladi. Topshiriqni bu muddat ichida ijro etishning iloji bo‘lmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan surishtiruvchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi to‘g‘risida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning ko‘rsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi. Jinoyat ishini bir surishtiruv organi doirasida bir surishtiruvchidan boshqa surishtiruvchiga o‘tkazish shu surishtiruv organining rahbari yoki surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Ishni bir surishtiruv bo‘linmasidan boshqasiga o‘tkazish yuqori surishtiruv organi rahbari yoki yuqori surishtiruv bo‘linmasining boshlig‘i tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi. Ishni bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv organiga o‘tkazish prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi. Tergovning har tomonlama, to‘la va xolisona olib borilishini ta’minlash maqsadida prokuror quyidagi holatlarda ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida jinoyat ishini dastlabki tergov shaklida tergov qilish uchun dastlabki tergov organiga o‘tkazishi yoki o‘z ish yurituviga olishi mumkin: 1) ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxsni aniqlash uchun dastlabki tergov organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni jalb qilgan holda qo‘shimcha tergov va protsessual choralarni qo‘llash zarur bo‘lganda; 2) ushbu Kodeksning 345-moddasi o‘n birinchi qismi 1–5-bandlarida nazarda tutilganda. Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha jinoyat ishini o‘tkazish haqida prokuror asoslantirilgan qaror chiqaradi. Surishtiruvchi jinoyat ishini qo‘zg‘atib, uni o‘z ish yurituviga oladi va bu haqda ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorga yozib qo‘yadi. Basharti surishtiruvchiga oldin qo‘zg‘atilgan ish berilgan bo‘lsa, u ishni o‘z yurituviga olganligi to‘g‘risida qaror chiqaradi, shundan so‘ng surishtiruvni boshlaydi. Surishtiruv jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim. Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular bo‘yicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qo‘shimcha ravishda hisobga olinmaydi. Alohida ish yurituviga ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat bo‘yicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan bo‘lsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi. Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituviga ajratilgan bo‘lsa, o‘sha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi. Ish ayblov dalolatnomasi bilan, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni surishtiruv tamomlangan hisoblanadi. Surishtiruv muddatiga quyidagilar kirmaydi: 1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt; 2) surishtiruv to‘xtatib turilgan vaqt; 3) qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish surishtiruvchiga kelib tushgunga qadar o‘tgan v
162
62,631
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmonini ijro etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni maqsadli moliyalashtirishning prinsipial yangi mexanizmini joriy etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) tashkil etilsin. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma kengashi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamentining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 16 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jamg‘armaga moliyaviy operatsiyalar o‘tkazish uchun bir hafta muddatda milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus hisobvaraqlari ochish tavsiya etilsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosilini moliyalashtirish; davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish; urug‘lik paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar, nav originatorlari bo‘lgan ilmiy muassasalarga, shuningdek urug‘lik chigitni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa subyektlarga to‘lanadigan ustama mablag‘lari xarajatlarini qoplash; jalb qilingan kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish; rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish bo‘yicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy qilish maqsadida o‘rganish; Departament faoliyatini ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish. 7. Quyidagilar Jamg‘armaning agentlari etib belgilansin: paxta va g‘alla yetishtirish, xarid qilish, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish bo‘yicha moliya agenti — “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki; paxta xomashyosini xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish bo‘yicha tijorat agenti — “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati”; g‘allani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha tijorat agenti — “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi; zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha tijorat agenti — “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zmashlizing” mas’uliyati cheklangan jamiyati. 8. Quyidagilar: moliya agenti “Agrobank” ATBga — maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlar orqali davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarga, shu jumladan zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, Jamg‘armaning maqsadli mablag‘larini va tegishli komissiya to‘lovlarini belgilangan muddatlarda qaytarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish; Jamg‘armaga — davlat xaridi uchun paxta va g‘allaning umumiy hajmi bo‘yicha, shuningdek, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha tijorat agentlari bilan Bosh bitim tuzish; tijorat agentlariga — Jamg‘arma nomidan hamda u bilan kelishilgan holda, mahsulot xarid qilishda, kontraktatsiya shartnomalarini o‘z vaqtida tuzish, xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobini qilish, ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlashda belgilangan standartlarga rioya etilishi, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasining imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berilishi doirasida nazoratni ta’minlash yuklansin. 9. Departament Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni 5a-uy manzilida joylashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Departamentni Hukumat aloqa va shahar aloqasi vositalari bilan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
158
5,238
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin. 1. Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; yerdan oqilona foydalanish; suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishi; atrof muhit muhofazasi; chorvachilikni rivojlantirish; oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish; paxtani qayta ishlash va yengil sanoatni rivojlantirish; savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasi masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan. 3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Departament o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga bo‘ysunadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi. 5. Departament o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish sohasida: qishloq xo‘jaligida, yerdan foydalanishda, suv xo‘jaligi kompleksida va atrof muhitni muhofaza qilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish; qishloqda fermerlik harakatining rivojlanishini, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari shakllantirilishi, yer resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, ekologik vaziyat, tabiatni muhofaza qilish ishlarining tashkil etilishi monitoringi va tahlilini ta’minlash; qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yerdan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishi, atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda qishloqni yuksaltirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish; agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlari negizidagi ijara munosabatlari va xo‘jalik yuritish tizimlarini keng rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish ishlarini muvofiqlashtirish; Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, yer va boshqa tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning suv xo‘jaligi tizimi faoliyat ko‘rsatishi masalalarida o‘zaro hamkorlik qilishi bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish; qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini tashkil etish, agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; agrar sektorda monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, yerdan foydalanishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, suv xo‘jaligida boshqaruv shakllari, metodlari va tuzilmalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirish, yer tuzish va yer monitoringi, tuproqni saqlash, uning unumdorligini oshirish va tiklashni tashkil etish, barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish, atrof muhit muhofazasining normativ va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish ishlarini tashkil etish; seleksiya va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi, suv resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini tartibga solish, irrigatsiya tizimlarini boshqarishning havza prinsipi asosida suv resurslarini boshqarish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni moliyalashtirish va kreditlash tizimini tahlil qilish va uni takomillashtirish, eskidan sug‘orib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlar o‘zlashtirish, o‘rmonlardan foydalanish, ularni qo‘riqlash va muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash; fermer xo‘jaliklarini, shu jumladan lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish; qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy-texnika resurslari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tashkil etish; bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish; manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlashning moliyaviy ta’minoti yuzasidan balansning o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini hamda uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; b) chorvachilikni rivojlantirish sohasida: shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish; respublikada chorvachilikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi va tahlil etilishini ta’minlash; chorvachilikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish; naslchilik ishlarini sifat jihatidan rivojlantirish, chorva mollarini sun’iy qochirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish; zooveterinariya punktlarini jihozlash hamda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga veterinariya xizmati ko‘rsatish darajasini oshirish, veterinariya preparatlarini mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarish bazasini kengaytirish ishlarini tashkil etish; chorva ozuqa ekinlari ekish tarkibini maqbullashtirish va chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarining yer maydonlaridan maqsadli foydalanishga doir takliflar ishlab chiqish; pillachilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsulli ipak qurti urug‘ini mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarish, tirik pilla ishlab chiqarishni kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish; fermer xo‘jaliklarida va yakka tartibdagi sektorda qorako‘lchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishni tahlil qilish va takliflar tayyorlash; v) oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish sohasida: oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish; meva-sabzavot, vinochilik, yog‘-moy, go‘sht-sut sanoati, shuningdek, donni qayta ishlash va omixta em ishlab chiqarish korxonalari faoliyati monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini hamda ularning rivojlantirilishini ta’minlash; oziq-ovqat sanoati tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va sotish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va mazkur sohani rivojlantirish vazifalarining kompleks hal etilishini tashkil qilish; ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirish masalalari bo‘yicha monitoringni ta’minlash hamda tahlil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishdagi sifat o‘zgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish; jahon standartlariga javob beradigan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import o‘rnini to‘ldiradigan tovarlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari va uzum, oziq-ovqat spirti, o‘simlik yog‘i va oziq-ovqat doni ishlab chiqarish va ularni taqsimlash balanslarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqishni hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; g) paxtani qayta ishlash va yengil sanoat sohasida: paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish, savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish sohasida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish; ichki iste’mol bozorini yengil sanoat tovarlari bilan to‘ldirish masalalari bo‘yicha monitoringni ta’minlash hamda tahlil etish, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rivojlantirish, savdo va pulli xizmatlar faoliyat ko‘rsatishi sohasidagi sifat o‘zgarishlarini va tendensiyalarini baholash; paxtani qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish, savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish, savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; paxtani qayta ishlash tarmog‘ida, yengil sanoatda, savdoda va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish vazifalarini kompleks hal etishni tashkil qilish; paxtani qayta ishlash sanoati, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; paxta tozalash va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirishning ilmiy-texnik darajasini oshirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash, ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni hal etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish; jahon standartlariga javob beradigan yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, importning o‘rnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; bozorlar faoliyatini, yarmarkalar va ko‘rgazmalarning iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; chakana va ulgurji savdoni tashkil etish tizimini, pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, savdo va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishning yangi shakllari va metodlarini keng joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo va xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini o‘rganish va tahlil qilish, mazkur sohalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash; manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda paxta tolasi va lint ishlab chiqarish va yetkazib berish balanslarining o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash. 7. Departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: o‘zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni to‘playdi va umumlashtiradi; iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini o‘rganadi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi; tegishli tarmoqlar rivojlanishi, islohotlarni chuqurlashtirish dasturlari, shuningdek, tegishli tarmoqlarda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi; tegishli tarmoqlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar, shu jumladan aholining ijtimoiy muhofazalanganligini kuchaytirish bo‘yicha maqsadli dasturlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi; materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi; Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi; o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar ishi samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, ko‘rsatib o‘tilgan murojaatlar bilan axborot-tahlil ishlarini amalga oshiradi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi; o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi. 8. Departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish; zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish; zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish. Departamentning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak. 9. Departament: o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun; Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi. 10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; chorvachilikni rivojlantirish; oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish; paxtani qayta ishlash va yengil sanoat masalalari bo‘yicha sho’balar, shuningdek, inspektor kiradi. Sho‘’ba tarkibiga sho’ba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi. Departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi. 12. Departament mudiri, sho’ba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 13. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, sho’ba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Departamentning ish rejalari, Departament mudiri va sho’ba mudirlarining shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 14. Departament mudiri: Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi; tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoringni va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi; Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbari ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbari tasdiqlashi uchun kiritadi, Departament mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi; Ijro etuvchi apparatda amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi; chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi. 15. Departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan belgilanadigan Departamentning sho’ba mudirlaridan biri bajaradi. 16. Sho‘’ba mudiri: sho’ba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda sho’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; sho’baga birkitilgan masalalar, tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va respublika hududlari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ma’lumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi; qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarini amalga oshirish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning doimiy asosda monitoringi olib borilishini ta’minlaydi; mutaxassislarning, Departamentning va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli davr uchun ish rejalarida tasdiqlangan masalalarni o‘rganish va chora-tadbirlarni amalga oshirish muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Departament mudiriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga ko‘rib chiqish uchun tegishli takliflar kiritadi; mutaxassislar tomonidan iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, sho’ba mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi; Departament mudirining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi; Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 17. Sho‘’ba mudiri vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini Departament mudiri belgilaydigan sho’ba bosh mutaxassislaridan biri bajaradi. 18. Departamentning bosh mutaxassisi: funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, sho’ba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi hamda respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi; tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis faoliyatini nazorat qiladi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 19. Departamentning yetakchi mutaxassisi: funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, sho’ba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasi yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi; tegishli funksional masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; sho’ba mudiri bilan kelishgan holda o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar bilan muhokama qiladi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 20. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 4-ilova. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 1-apreldagi 94-son qaroriga ilova I bo‘limining 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 18-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 3-avgustdagi 183-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 2-ilova.
121
36,671
Qonunchilik
Propiskadagi uzilish vaqti uchun ba’zi nafaqalar toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 25.09.2018 yildagi 766-son qarorida shu va boshqa choralar nazarda tutilgan. Hukumatning ayrim hujjatlariga tegishli tuzatishlar kiritilgan. Pensiya va nafaqalarni tayinlash va toʻlash, shuningdek pensiya tayinlash uchun mehnat staji va sugʻurta badallarini hisobga olish masalalari yuzasidan oʻzgartirishlar kiritildi.  Birinchidan, vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish) yoki yashash uchun ruхsatnomaga (хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun) ega boʻlgan, bolalikdan nogironlarga va 18 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхslarga, shuningdek ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar toʻlashni tiklash tartibiga aniqlik kiritildi. Hisobga olishning koʻrsatilgan turlarining amal qilish muddati tugagan boʻlsa, nafaqa toʻlash toʻхtatiladi va hisobga olishning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda nafaqani toʻlash toʻхtatilgan paytdan, biroq 12 oydan ortiq boʻlmagan paytdan boshlab uni olish mumkin.   Misol. Fuqaroning Toshkentdagi vaqtinchalik propiskasining amal qilish muddati 2017 yil 1 iyunda tugagan. 2018 yil sentyabrda shaхs poytaхtda kelgan joyi boʻyicha yana hisobga olingan va toʻlanishi toʻхtatilgan nafaqani olish uchun pensiya boʻlimiga murojaat qilgan. Joriy etilgan tartib mohiyatidan kelib chiqilsa, mazkur shaхs 2017 yil iyundan 2018 yil iyungacha boʻlgan davr uchun, ya’ni oʻtgan 12 oy uchun nafaqa olishi mumkin. 2018 yil iyul–avgust oylari uchun nafaqalarni olmaydi, sababi ular 12 oylik davrga kirmaydi. Toʻlov toʻlash esa 2018 yil sentyabrdan, ya’ni fuqaro yana hisobga olingan sanadan boshlab tiklanadi.  Ikkinchidan, pensioner mamlakat tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotganda pensiyani muddatidan oldin toʻlash tartibiga aniqlik kiritildi. Ma’lumki, bunday hollarda pensioner ketishgacha 6 oylik pensiyasini ariza berilgan kundagi uning miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib olishi mumkin. Endi pensiya toʻlanadigan 6 oylik davr qanday hisoblanishiga aniqlik kiritildi. U ketishdan avval pensiya toʻlash uchun arizada koʻrsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi, bunda ariza berilgan oyda hisoblangan (toʻlangan) pensiya puli hisobga olinadi.     Misol. Doimiy yashash uchun ketayotgan pensioner 20 avgustda ketishdan avvalgi 6 oy uchun pensiya toʻlashni soʻrab pensiya boʻlimiga ariza berdi. U pensiyani avgust oyidan yanvar oyigacha oladigan boʻlib chiqayapti. Sababi ketishdan avval pensiya toʻlashni soʻrab ariza bergan oy (avgust) 6 oylik davrni hisoblashda inobatga olinadi.     Uchinchidan, ish bilan ta’minlangan shaхslarga byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalarni endi soliq organlari beradilar. Ilgari soliqchilar barcha ma’lumotlarni pensiya boʻlimlariga taqdim etar, ular oʻz navbatida sugʻurta badallari boʻyicha ma’lumotnomalarni berar edilar. Koʻrsatilgan ma’lumotnomalar pensiya tayinlashda ish stajini belgilash uchun zarur. Ish bilan ta’minlangan shaхslar sirasiga kimlar kirishi haqida – bu yerda. Toʻrtinchidan, belgilanishicha, tayyorlov kurslarida oʻqish davri ish stajiga qoʻshib hisoblanmaydi. Hujjatda «tayyorlov kurslari» tushunchasiga nimalar kirishi yuzasidan aniqlik kiritilmagan. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari nazarda tutilayotgan koʻrinadi. Beshinchidan, mehnat daftarchasidagi sud tartibida soхtalashtirilgan (qalbakilashtirilgan) deb topilgan yozuvlar mehnat faoliyatining oхirgi 10 yillik davriga kiritilmasligi belgilangan. Eslatib oʻtamiz, pensiyalar miqdorini hisoblab chiqarish uchun oylik ish haqini hisoblash zarur boʻladi. Ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, oхirgi 10 yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket 5 yil uchun pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan kishining tanlovi boʻyicha oylik ish haqi olinadi.  Oltinchidan, chet elda yollangan holda ishlovchi shaхslar, YaTT, shuningdek dehqon хoʻjaligi a’zolari va oilaviy tadbirkorlik sub’yekti oila a’zosining sugʻurta badallarini hisobga olish tartibiga tuzatish kiritildi. Ular Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlaganliklari dalilini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar quyidagilardir: Eslatib oʻtamiz, ilgari sugʻurta badallari hisobga olinishi uchun ular pensiya boʻlimiga murojaat qilishlari zarur edi. Yettinchidan, yuqorida koʻrsatilgan tuzatishlarga koʻra, toʻlangan sugʻurta badallari asosida chet elda ishlovchilarning mehnat stajini hisobga olish tartibiga oʻzgartirishlar kiritiladi. Hozir buning uchun Tashqi mehnat migratsiyasi boʻyicha agentlikning mamlakat va chet elda boʻlish davri haqidagi ma’lumotnomasini rasmiylashtirish kerak emas. Ushbu ma’lumotnoma Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash va mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlarni qayd etish uchun asos boʻlib hisoblanadi. Endi chet elda boʻlish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, pasportdagi davlat chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar), respublika diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalarining shaхsning boshqa davlatda boʻlgan vaqti va konsullik hisobiga qoʻyilganligi haqida ma’lumot koʻrsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.   Qarorda boshqa bir qator oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.09.2018 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
58
5,434
Qonunchilik
Fuqarolar yigʻini хodimlarining ish haqi miqdori va ish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining  27.11.2017 yildagi 944-son qarori bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Mehnatga haq toʻlash Fuqarolar yigʻinining shtatdagi хodimlariga mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi asosida lavozim maoshi shaklida haq toʻlanadi. Razryadlar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi 500-son qarori bilan belgilanadi. Byudjetdan tashqari manbalar hisobidan mukofotlar va qoʻshimcha haq: Eslatib oʻtamiz,fuqarolar yigʻinining shtatdagi lavozimlari qatoriga quyidagilar kiradi: Ish tartibi Fuqarolar yigʻinlarida 40 soatlik va 6 kunlik ish haftasi belgilanadi. Xodimlar ish kuni 7-00 dan 22-00 gacha taqsimlanadigan moslashuvchan ish vaqti tartibiga ega boʻladi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va хodimlarining ish jadvali ularning bevosita fuqarolar yigʻini binosida boʻlish vaqti koʻrsatilgan holda umumiy koʻrinadigan joyda osib qoʻyiladi. Fuqarolar yigʻini хodimlariga har yili beriladigan haq toʻlanadigan mehnat ta’tilining davomiyligi - 24 ish kuni.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 28.11.2017 yilda kuchga kirdi.     Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Lenara Xikmatova.
74
1,397
Qonunchilik
NAZORAT QILUVChI ORGANLAR TOMONIDAN YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR FAOLIYATINI TEKShIRIShLARNI TAShKILLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Kengash qaror qiladi: 1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2007-yil 23-avgustdagi 01-son qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1712, 2007-yil 3-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 35-36-son, 370-modda) 1-ilovasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan go‘sht va sut mahsulotlarini belgilanmagan joylarda hamda kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotilishi ustidan nazorat ishlarining amalga oshirilishi”. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
168
1,121
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, shuningdek, metrologiya xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq; O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari 2-ilovaga muvofiq; O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish qoidalari 3-ilovaga muvofiq; Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari 4-ilovaga muvofiq; O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish qoidalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Qoidalar o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish, o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash va tasdiqlangan o‘lchash vositalari turini O‘zbekiston Respublikasining o‘lchash vositalari davlat reyestriga kiritish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Qoidalar talablari davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohada o‘lchash vositalarini qo‘llaydigan barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari keyinchalik ularning turi tasdiqlagan holda davlat sinovlaridan o‘tkazilishi kerak: sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish; moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish; soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya; zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilish; umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish; aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash; sanoat xavfsizligini ta’minlash; davlat mudofaasini ta’minlash; mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash; sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish; o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish; foydali qazilmalarni qazib olish; rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish; mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish. 3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi: ariza beruvchi — davlat sinovlarini o‘tkazishda manfaatdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs; ijrochi — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarligidagi akkreditatsiyadan o‘tgan davlat metrologiya xizmati organi; o‘lchash vositasining turi — bitta prinsipning o‘zida ishlashga asoslangan, bir xil konstruksiyaga ega bo‘lgan hamda bitta texnik hujjatning o‘zi bo‘yicha tayyorlangan, bitta maqsad uchun belgilangan o‘lchash vositalarining majmuiga beriladigan umumlashtirilgan ta’rif; o‘lchash vositalarining namunasi — ma’lum cheklashlar bilan barcha jihatdan shu turga muvofiq bo‘lgan o‘lchash vositasining aniq nusxasi; o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish — ushbu turdagi o‘lchash vositalarining bir yoki bir nechta namunalarida o‘tkaziladigan muvofiqlikni baholash va keyinchalik o‘lchash vositalarining turini tasdiqlagan holda muvofiqlikni baholash to‘g‘risida hisobot berish tartib-taomili; o‘lchash vositalarini sinash dasturi — o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish ishlarining hajmini, turlarini va ketma-ketligini belgilovchi hujjat. 4. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doirada O‘zbekiston Respublikasining o‘lchash vositalari davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) kiritilgan tasdiqlangan turdagi o‘lchash vositalarini qo‘llashga ruxsat beriladi. 5. Ishlab chiqariladigan va (yoki) seriyalab ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va O‘zbekiton Respublikasi hududida to‘p holida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan o‘lchash vositalari va zarur bo‘lganda, yagona nusxadagi o‘lchash vositalariga nisbatan (ariza beruvchining xohishiga ko‘ra) keyinchalik ularning turi tasdiqlangan va tasdiqlangan o‘lchash vositalari turi reyestrga kiritilgan holda o‘lchash vositalarining davlat sinovlari o‘tkaziladi. 6. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish ishlari uchun haq shartnomaga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi. 7. O‘lchash vositalarining davlat sinovlari ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 8. O‘lchash vositalari davlat sinovlarining har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy bo‘lganda bajariladi. 9. Ariza beruvchi ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish uchun ijrochiga ariza yuboradi. 10. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish uchun berilgan arizada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: ariza beruvchining nomi, manzili va rekvizitlari; o‘lchash vositalarini ishlab chiqaruvchining nomi va manzili; o‘lchash vositalarining nomi va ularning vazifasi; o‘lchash vositalarining metrologik va texnik tavsiflari; o‘lchash vositasining turini tasdiqlash bo‘yicha talablar ko‘rsatilgan hujjat belgilanishi va nomi. 11. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: tasdiqlanadigan turdagi o‘lchash vositalari (kamida uch nusxada); o‘lchash vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari; O‘zbekiston Respublikasida seriyalab ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan o‘lchash vositalariga talablar belgilangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat yoki normativ hujjat loyihasi. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda ularga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin. 12. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi, davlat sinovlaridan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa — ariza beruvchiga davlat sinovlarini o‘tkazishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish uchun shartnomalar elektron shaklda tuzilishi ham mumkin. 13. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 11-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin. 14. Ijrochi besh ish kunidan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni arizaga asosan ijrochi va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida metrologik ekspertizadan (keyingi o‘rinlarda ekspertiza deb ataladi) o‘tkazadi hamda ekspertiza natijalariga asosan ekspert xulosasini rasmiylashtiradi. 15. Taqdim etilgan hujjatlarning ekspertizasi metrologik talablar, o‘lchashlar birligi bilan bog‘liq qoidalar va normalar qo‘llanishining to‘g‘riligi va to‘liqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Ekspertiza o‘tkazish vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati, ijrochi tomonidan ariza beruvchiga ekspert xulosasi taqdim etilgandan so‘ng o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan keyin, hujjatlarni qayta ekspertiza qilish zarur hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Hujjatlarni qayta ekspertiza qilish uchun to‘lov undirilmaydi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan muddatdan keyin topshirilgan hujjatlar yangidan topshirilgan hisoblanadi. Ekspertiza natijalari ijobiy bo‘lganda ijrochi besh ish kunidan oshmaydigan muddatda o‘lchash vositalarini sinash dasturini va qiyoslash uslubiyotini ishlab chiqadi va uni ariza beruvchi bilan kelishadi, o‘lchash vositalarining turini sinovdan o‘tkazish joyini va ariza beruvchi bilan kelishgan holda sinovlar o‘tkazish jadvalini belgilaydi. 16. O‘lchash vositalarini sinash dasturi va qiyoslash uslubiyoti, o‘lchash vositalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar inobatga olingan holda ishlab chiqiladi. 17. Seriyali ishlab chiqarish, shu jumladan, import bo‘yicha olib kirish uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarining davlat sinovlari ishlab chiqaruvchi zavodning ishlab chiqarish joyida o‘tkaziladi. O‘lchash vositalarini ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish joyida davlat sinovidan o‘tkazish hajmi va davomiyligi ariza beruvchi bilan kelishgan holda o‘lchash vositalarini sinash dasturiga muvofiq belgilanadi va tuziladigan shartnomada qayd etiladi. 18. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish davomiyligi yigirma besh ish kunidan oshmasligi kerak, sinovlar o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan o‘lchash vositalari bundan mustasno. 19. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish jarayonida o‘lchash vositalarining namunalari (nusxalari)ni sinash dasturiga muvofiq eksperimental tadqiq qilinadi va ularning natijalariga ishlov beriladi va tasdiqlanayotgan turdagi o‘lchash vositasining qiyoslash uslubiyotlari eksperimental tarzda sinab ko‘riladi. 20. To‘plar yoki yagona nusxada import bo‘yicha olib kiriladigan o‘lchash vositalarining iqlim va mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC) tizimida akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan berilgan amaldagi sinash bayonnomalari taqdim etilgan holda ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilmaydi. Bunday holda sinov natijalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga haqiqatda olib kiriladigan o‘lchash vositalarining butun to‘plamiga nisbatan tatbiq etiladi. 21. O‘lchash vositasini sinash dasturi bandlari bo‘yicha o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish natijalari sinash (o‘lchash, qiyoslash va kalibrlash) bayonnomasi shaklida rasmiylashtiriladi. 22. O‘lchash vositalari davlat sinovlarining natijalari bo‘yicha bayonnomasi hamda ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida sinash dalolatnomasi tuziladi. Bayonnoma dalolatnomaga majburiy ilova hisoblanadi. 23. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish natijalari salbiy bo‘lganda ijrochi uch ish kuni mobaynida nomuvofiqlik sabablarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda ariza beruvchiga bu haqda xabar beradi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati kamchiliklarning xususiyatiga bog‘liq holda belgilanadi, biroq bu muddat ariza ro‘yxatga olingan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak. 24. Ariza beruvchi dalolatnomada bayon etilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. 25. Dalolatnomada ko‘rsatilgan nomuvofiqliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, ijrochi uch ish kuni mobaynida o‘lchash vositalarini sinovdan o‘tkazish uchun arizani bekor qiladi. 26. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng ijrochi uch ish kunidan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va zarur bo‘lganda o‘lchash vositasini takroran davlat sinovlaridan o‘tkazadi. 27. O‘lchash vositalarini takroran sinovdan o‘tkazish natijalari salbiy bo‘lganda ijrochi bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga o‘lchash vositasining turini tasdiqlashda aniqlangan nomuvofiqliklarni ko‘rsatgan holda keyinchalik o‘lchash vositalarini sinovdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida xulosa beradi. 28. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish natijalari ijobiy bo‘lganda ijrochi ikki ish kuni mobaynida o‘lchash vositalarini sinovdan o‘tkazish natijalariga ega bo‘lgan hujjatlarni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuboradi. 29. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bir ish kuni mobaynida o‘lchash vositalarining turini tasdiqlaydi va reyestrda ro‘yxatga oladi. 30. Ijrochi o‘lchash vositalarining turi tasdiqlangandan so‘ng ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha reyestr uchun o‘lchash vositalari turning ta’rifini va 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalari turini tasdiqlash haqidagi sertifikatni rasmiylashtiradi. O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash sertifikatlarining blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash sertifikatlarining blankalari ijrochiga O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan beriladi. O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash sertifikatlarining blankalari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi buyurtmasi bo‘yicha shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. Ijrochi o‘lchash vositalarini turini tasdiqlash sertifikatlarining blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi. 31. O‘lchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddati besh yilni tashkil etadi. 32. Reyestrga kiritilgan va turi tasdiqlangan o‘lchash vositalari ro‘yxati O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq e’lon qilinadi, turi tasdiqlangan seriyalab ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalari uchun qo‘shimcha ravishda o‘lchash vositasining turini tasdiqlash sertifikati va turning ta’rifi joylashtiriladi. 33. Ushbu turdagi o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikati amal qilish muddati tamom bo‘lgandan so‘ng o‘lchash vositasining turini tasdiqlash sertifikati amal qilish davri mobaynida ishlab chiqarilgan o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkaziladi. O‘lchash vositasining turini tasdiqlash sertifikati amal qilish davrigacha yoki undan keyin ishlab chiqarilgan o‘lchash vositalari reyestrga kiritilganidan so‘ng qiyoslashdan o‘tkaziladi. 34. Import bo‘yicha to‘p qilib olib kiriladigan o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikati ushbu turdagi o‘lchash vositalari to‘pining identifikatsiya belgilari ko‘rsatilgan aniq to‘piga beriladi. Oldin reyestrga kiritilgan o‘lchash vositasining yangi to‘pi olib kirilganda, o‘lchash vositalarining ushbu to‘piga o‘lchash vositalarining oldin reyestrga kiritilish raqami beriladi. 35. To‘p qilib import bo‘yicha olib kirilayotgan o‘lchash vositalarining davlat sinovlari o‘lchash vositalari namunaviy dasturlari yoki oldin reyestrga kiritilgan shu turdagi o‘lchash vositalarining sinash dasturlari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘lchash vositalari sinovlari namunaviy dasturlari ro‘yxati O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq e’lon qilinadi. 36. O‘lchash vositalarining turi tasdiqlanganidan so‘ng ijrochi bir ish kuni mobaynida o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotini, shuningdek, texnik talablarni tartibga soluvchi hujjat loyihasini (ilgari tasdiqlangan hujjat bo‘lmagan taqdirda) tasdiqlaydi. 37. Ijrochi yangi turi tasdiqlangan o‘lchash vositalarining ishlab chiqaruvchisi joylashgan joyda ushbu turdagi o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti holatini tahlil qiladi. Ishlab chiqaruvchida reyestrga kiritilgan o‘lchash vositalari, Laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC) yoki Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (IAF) tizimidagi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan yoki sertifikatlashtirish organi tomonidan tasdiqlangan (sifat) menejmenti tizimi mavjud bo‘lgan taqdirda, birlamchi metrologik tekshiruv natijalari O‘zbekiston Respublikasi hududida e’tirof etiladi. 38. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish ariza beruvchining arizasiga binoan ushbu Qoidalarning 9 — 37-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi, 14-15-bandlarida nazarda tutilgan ishlar bundan mustasno. O‘lchash vositalari davlat sinovlarining natijalaridan qat’i nazar, ijrochi davlat sinovlari tugaganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida o‘lchash vositalarining namunalari (nusxalari)ni ariza beruvchiga qaytaradi. 39. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ijrochiga uning amal qilish muddati tugashidan kamida olti oy oldin topshirilishi kerak. 40. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash tartib-taomilidan o‘tgan o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim. 41. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: o‘lchash vositasining sifati yomonlashganligi bo‘yicha o‘lchash vositalari foydalanuvchilarining asosli shikoyatlari (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda o‘lchash vositalariga belgilangan talablarga nomuvofiqlik) mavjud bo‘lganda; o‘lchash vositasining davriy metrologik tekshiruvi va uni nazoratdan o‘tkazish jarayonida o‘lchash vositasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda o‘lchash vositalariga belgilangan talablar bo‘yicha nomuvofiqliklar soni ko‘payishi to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlar (akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar) mavjud bo‘lganda; ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘lchash vositasining konstuksiyasiga va ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida ijrochiga xabar berilmaganligi aniqlanganda. 42. Ijrochi ushbu Qoidalarning 41-bandda ko‘rsatilgan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar aniqlanganda o‘n ish kuni mobaynida tegishli xulosani rasmiylashtiradi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etadi. Taqdim etilgan hulosa asosida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi uch ish kuni mobaynida o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ijrochi tomonidan uch ish kuni mobaynida u ariza beruvchiga yetkaziladi. 43. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish muddati kamchiliklarning xususiyatiga bog‘liq holda belgilanadi, biroq bu muddat O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak. 44. Ariza beruvchi tomonidan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etganida, yozma shakldagi ma’lumotni ijrochiga taqdim etadi. 45. Ijrochi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida yozma shakldagi ma’lumotni olgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi xulosani taqdim etadi. 46. Ijrochi tomonidan taqdim etilgan xulosa asosida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi uch ish kuni mobaynida sertifikatning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu to‘g‘risida ijrochi tomonidan uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga xabar beradi. 47. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish bo‘yicha qarorda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish holatlari ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etmaganda; ishlab chiqaruvchi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini bekor qilishi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda; turi tasdiqlangan o‘lchash vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran. 48. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turining ta’rifi yo‘qotilganda yoki unga zarar yetkazilganda ijrochi tomonidan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining yoki o‘lchash vositalari turi ta’rifining dublikati ariza beruvchining arizasiga asosan o‘n ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi, bunda dublikatning yuqori qismi o‘ng tomoniga: “DUBLIKAT 20__ yil “___” ____________da BERILGAN” so‘zlari yoziladi. 49. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turning ta’rifidagi imloviy, grammatik xatolarni tuzatish o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turining ta’rifini bekor qilish hamda yangi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turning ta’rifi oldin berilgan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turining ta’rifidagi sana ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilishi yo‘li bilan amalga oshiriladi. 50. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikat amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash va bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq e’lon qilinadi. 51. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchash vositalarining sinov natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi. 52. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 53. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Qoidalar o‘lchash vositalarini, shu jumladan, modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalarini (keyingi o‘rinlarda standart namuna deb ataladi) metrologik attestatsiyadan o‘tkazish va o‘lchash vositalarining tasdiqlangan turlarini O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalari davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) kiritish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Qoidalar talablari o‘lchash vositalarini davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo‘llaydigan barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak: sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish; moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish; soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya; zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilish; umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish; aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash; sanoat xavfsizligini ta’minlash; davlat mudofaasini ta’minlash; mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash; sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish; o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish; foydali qazilmalarni qazib olish; rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish; mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish. 3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi: ariza beruvchi — o‘lchash vositalarini (shu jumladan, standart namunalarni) metrologik attestatsiyadan o‘tkazishdan manfaatdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar; ijrochi — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarligidagi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan davlat metrologiya xizmati organi; metrologik attestatsiya dasturi — o‘lchash vositalarini, shu jumladan, standart namunalarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar hajmini, turi va ketma-ketligini, hisobot ma’lumotlarini taqdim qilish shaklini belgilaydigan hujjat; metrologik ekspertiza — o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi bilan bog‘liq metrologik talablar, qoidalar va normalarni qo‘llash to‘g‘riligi va to‘liqligini tahlil qilish va baholash; standart namuna — metrologik attestatsiya natijasida modda (material)ning xossasi yoki tarkibini tavsiflaydigan bitta yoki undan ortiq qiymatlari aniqlangan shu modda (material) namunasi shaklidagi o‘lchash vositasi; standart namunasining metrologik attestatsiyasi — haqiqiy tavsiflarini aniqlash maqsadida standart namunani tekshirish; texnik topshiriq — ishlab chiqiladigan standart namunalarning metrologik tavsiflariga qo‘yiladigan texnik talablarni o‘z ichiga olgan hujjat; texnik hisobot — texnik topshiriqqa muvofiq standart namunalarning metrologik va texnik tavsiflarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan yoki bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini o‘z ichiga olgan texnik hujjat. 4. Metrologik attestatsiyadan bir turdagi, yagona nusxadagi yoki kichik to‘plarda (o‘n donagacha) ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha olib kelinadigan o‘lchash vositalarining har bir nusxasi (shu jumladan, standart namunalar) o‘tkaziladi. Miqdori o‘lchash vositalari kichik to‘pidan ko‘p bo‘lgan bir turdagi o‘lchash vositalari keyinchalik ularning turini tasdiqlash va reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish sharti bilan davlat sinovlaridan o‘tkaziladi. 5. Ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra miqdori kichik to‘plardan ko‘p bo‘lgan bir turdagi o‘lchash vositalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Bunda metrologik attestatsiyadan o‘lchash vositalarining har bir nusxasi o‘tkaziladi. 6. Metrologik attestatsiya tartib-taomilidan o‘tgan o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilmaydi. 7. O‘lchash vositalari va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish o‘lchash vositalari va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirishga akkreditatsiya o‘tkazilgan, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Xavfsizlik, gigiyenik yoki maxsus talablarga mosligi bo‘yicha sinaladigan o‘lchash vositalarining metrologik attestatsiyasi tegishli sinovlar o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi. 8. O‘lchash vositalarini va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlari uchun haq shartnomaga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi. 9. Metrologik attestatsiyadan o‘tkazish vaqtida ijrochi o‘lchash vositalarining tashqi omillar ta’siridan shikastlanishi uchun javob beradi. Ijrochi faqat metrologik attestatsiyadan o‘tkazish vaqtida natijalar aniqligini kafolatlaydi. O‘lchash vositalari ariza beruvchiga topshirilgan paytdan boshlab ijrochi o‘lchash vositalari metrologik tavsiflarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi uchun javob bermaydi. 10. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish (standart namunalar bundan mustasno) ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 11. Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 12. O‘lchash vositalarini va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazishning har bir navbatdagi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy bo‘lganda o‘tkaziladi. 13. Ariza beruvchi ijrochiga ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida ariza yuboradi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: ariza beruvchining to‘liq nomi, manzili va rekvizitlari; o‘lchash vositalarining nomi va ularni ishlab chiqaruvchi mamlakat; o‘lchash vositalarining nomi, belgilanishi hamda uning inventar yoki zavod raqami; baholanishi kerak bo‘lgan tavsiflar ro‘yxati. Arizada (ko‘p funksiyali o‘lchash vositalari uchun) o‘lchanuvchi kattaliklar, o‘lchash diapazonini va shu o‘lchash vositasini foydalanish nazarda tutilgan sharoitlarni ko‘rsatish zarur. 14. Foydalanish uchun ishga-tushirish sozlash ishlari o‘tkazilishi talab etiladigan bir nechta qismlardan iborat bo‘lgan o‘lchash vositalarining metrologik attestatsiyasi, ular montaj qilingandan va foydalanish joyida ularning ishga yaroqliligi sinab ko‘rilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Ushbu holatda ariza beruvchi ijrochining namunaviy o‘lchash vositalari va yordamchi qurilmalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazish joyiga yetkaziliishi va qayta olib kelinishini ta’minlaydi. 15. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: o‘lchash vositasi; o‘lchash vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari; 16. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish: statsionar laboratoriyalarda; ko‘chma (mobil) laboratoriyalarda; bevosita o‘lchash vositalari joylashgan joylarda, ijrochining mutaxassislarini xizmat safariga yuborish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Ijrochining mutaxassislarni xizmat safariga yuborish, ko‘chma (mobil) laboratoriyalardan foydalanish, ishni tashkil etish tartibi shartnoma asosida belgilanadi. 17. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishda metrologik attestatsiya uchun mo‘ljallangan joy sharoiti qiyoslash uslubiyoti va metrologik attestatsiya dasturida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. Ariza beruvchining arizasiga ko‘ra o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ulardan foydalanish joyida o‘tkazilishi mumkin. Bu holda ariza beruvchi ijrochining namunaviy o‘lchash vositalari va yordamchi qurilmalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazish joyiga yetkazilishi va qayta olib kelinishini ta’minlaydi. 18. Agar o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun ijrochi laboratoriyasida butun diapazon bo‘yicha metrologik attestatsiyadan o‘tkazishning texnik imkoni mavjud bo‘lmasa, ariza beruvchining yozma talabiga ko‘ra o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish mumkin bo‘lgan diapazonda o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. 19. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar ular boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda hujjatlarga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi. 20. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 15-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta orqali taqdim etilishi mumkin. 21. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ariza beruvchiga metrologik attestatsiyani o‘tkazishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun shartnomalar elektron shaklda tuzilishi ham mumkin. 22. O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan, o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotini aks ettiruvchi hujjat bo‘lmagan taqdirda ijrochi tomonidan ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar asosida qiyoslash uslubiyotining loyihasi ikki ish kuni mobaynida ishlab chiqiladi. 23. Ijrochi tomonidan metrologik attestatsiya dasturi bir ish kuni mobaynida ishlab chiqiladi va ariza beruvchi bilan kelishiladi. 24. Ijrochi o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab, metrologik attestatsiya dasturi va o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotiga muvofiq o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazadi. 25. O‘lchash vositalarining metrologik attestatsiya dasturi va qiyoslash uslubiyoti o‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. 26. Bir turdagi o‘lchash vositalarining metrologik attestatsiyasi metrologik attestatsiya namunaviy dasturlari bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin. O‘lchash vositalari metrologik attestatsiya namunaviy dasturlari ro‘yxati O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq e’lon qilinadi. 27. Metrologik attestatsiya dasturi, o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish bayonnomasi va dalolatnomasining shakli va mazmuniga qo‘yiladigan talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar bilan belgilanadi. 28. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish natijalari ijobiy bo‘lganda, ijrochi bir ish kuni mobaynida o‘lchash vositalarini maxsus dasturiy ta’minot (platforma) orqali elektron shaklda reyestrda ro‘yxatga oladi. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda ijrochi bir ish kuni mobaynida aniqlangan nomuvofiqliklarni ko‘rsatgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga beradi. 29. Ijrochi o‘lchash vositalari reyestrda ro‘yxatga olingandan keyin bir ish kuni mobaynida ushbu Qoidalarga 4-ilovaga asosan shakl bo‘yicha reyestr uchun o‘lchash vositalari turining ta’rifi va 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha metrologik attestatsiya sertifikatini rasmiylashtiriladi. 30. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish davomiyligi o‘n ish kunidan oshmasligi kerak, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan o‘lchash vositalari bundan mustasno. 31. O‘lchash vositalari metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati o‘lchash vositalarining qiyoslashlararo intervaliga muvofiq belgilanadi. 32. Metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati tugagandan so‘ng o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkaziladi. 33. Ariza beruvchi ijrochiga ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida ariza yuboradi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: ariza beruvchining nomi, manzili va rekvizitlari; standart namunalarning nomlanishi, belgilanishi va qo‘llanilish sohasi; ishlab chiqaruvchi mamlakat (ishlab chiqaruvchi); standart namunaning identifikatsiya belgisi va ishlab chiqarilgan yili. 34. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: standart namuna; standart namuna pasporti; texnik topshiriq loyihasi; standart namunaning ekspluatatsiya va texnik hujjatlari. 35. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar ular boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda hujjatlarga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi. 36. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 34-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin. 37. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va natijalar ijobiy bo‘lganda standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda — ariza beruvchiga qiyoslash o‘tkazishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi. Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun shartnomalar elektron shaklda tuzilishi ham mumkin. 38. Ijrochi to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida texnik topshiriqni metrologik ekspertizadan (keyingi o‘rinlarda ekspertiza deb ataladi) o‘tkazadi. 39. Standart namuna hujjatlarining ekspertizasi natijalari ijobiy bo‘lganda ijrochi ekspert xulosani rasmiylashtiradi va texnik topshiriqni kelishadi. 40. Standart namuna hujjatlarining ekspertizasi natijalari salbiy bo‘lganda ijrochi bir ish kuni mobaynida nomuvofiqlik sabablarini ko‘rsatgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi. Ariza beruvchi dalolatnomada ko‘rsatilgan e’tirozlar asosida nomuvofiqlikni bartaraf qiladi. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan keyin texnik topshiriqni qayta ekspertiza qilish zarur hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Hujjatlarni qayta ekspertiza qilish uchun to‘lov undirilmaydi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan muddatdan keyin topshirilgan hujjatlar yangidan topshirilgan hisoblanadi. Ekspertiza o‘tkazish vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati o‘ttiz ish kunidan oshmasligi kerak. 41. Texnik topshiriq kelishilgandan so‘ng ariza beruvchi texnik topshiriqqa muvofiq metrologik va texnik tavsiflarni aniqlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba ishlarini o‘tkazadi, texnik hisobot tuzadi va ekspertiza o‘tkazish uchun ijrochiga taqdim etadi. 42. Standart namunani metrologik attestatsiyadan o‘tkazish doirasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba ishlari belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan o‘tkaziladi. 43. Ijrochi texnik hisobot olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida standart namuna hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi. 44. Standart namunani metrologik attestatsiyadan o‘tkazish natijalari ijobiy bo‘lganda ijrochi bir ish kuni mobaynida standart namunalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish natijalari mavjud bo‘lgan hujjatlarni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuboradi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bir ish kuni mobaynida standart namunani reyestrda ro‘yxatga oladi. 45. Standart namuna hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish natijalari salbiy bo‘lganda ijrochi bir ish kuni mobaynida nomuvofiqlik sabablari ko‘rsatilgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi. 46. Ijrochi standart namuna reyestrda ro‘yxatga olingandan keyin bir ish kuni mobaynida ushbu Qoidalarga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha reyestrda metrologik attestatsiya sertifikatini rasmiylashtiradi. Reyestrga kiritilgan standart namunalar ro‘yxati O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq e’lon qilinadi. 47. Standart namunaning metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati besh yilni tashkil etadi. 48. Standart namunaning metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati metrologik tavsiflar vaqtida o‘z barqarorligini saqlagan standart namuna uchun uzaytiriladi. 49. Standart namunaning metrologik attestatsiyasi sertifikatining amal qilish muddati tugagandan so‘ng ariza beruvchi ijrochiga sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza beradi. 50. Arizaga standart namunaning metrologik tavsiflarining barqarorligi to‘g‘risida ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan barqarorlikni tekshirish natijalari to‘g‘risidagi texnik hisobot shaklidagi ma’lumotlar ilova qilinadi. 51. Zarurat bo‘lganda ekspertiza o‘tkazayotgan ijrochi arizani ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchiga tashrif buyurgan holda standart namunani qo‘llab standart namuna metrologik tavsiflarining barqarorligiga oid o‘lchashlar o‘tkazish sharoitlari bilan tanishish huquqiga ega. 52. Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish davomiyligi o‘n ish kunidan oshmasligi kerak, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan standart namunalar bundan mustasno. 53. Standart namunaning metrologik attestatsiyasi sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan qolgan harakatlar ushbu Qoidalarning 33 — 46-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 54. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchash vositalari va standart namunalar metrologik attestatsiyasining natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi. 55. O‘lchash vositalari va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 56. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Qoidalar “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalarda foydalaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. Ushbu Qoidalar tegishli ma’muriy reglamentlarga binoan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlariga asosan amalga oshiriladigan tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv iste’molini hisobga olish priborlarini (hisoblagichlarni) davriy qiyoslashdan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohada qo‘llanadigan, O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalari davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) kiritilgan o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim. 3. Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim: sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish; moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish; soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya; zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilish; umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish; aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash; sanoat xavfsizligini ta’minlash; davlat mudofaasini ta’minlash; mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash; sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish; o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish; foydali qazilmalarni qazib olish; rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish; mahsulotlar va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish. 4. O‘quv (namoyish qilish) maqsadlari uchun qo‘llanadigan hamda kattaliklarning o‘zgarishini, ularning qiymatlarini baholamasdan kuzatish uchun qo‘llanadigan, idikatorlar turkumiga kiritilgan texnik vositalar qiyoslashdan o‘tkazilmaydi. 5. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi: ariza beruvchi — o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazishda manfaatdor bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan davlat metrologiya xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ yoxud tashkilotlar; qiyoslovchi — akkreditatsiyadan o‘tkazilgan davlat metrologiya xizmati yoki davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlarining zarur malakaga ega bo‘lgan, aniq bir o‘lchash turi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassisi; qiyoslash tamg‘asining izi — o‘lchash vositasi va (yoki) texnik hujjatga bosilgan, o‘lchash texnikasi vositalarini qiyoslash qoniqarli natijalar bilan o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan, shuningdek, o‘lchash vositalarini, shu jumladan, rostlovchi qurilmalarni har qanday ruxsat berilmagan kirishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan belgi; qiyoslash tamg‘asi — belgilangan shakl va mazmundagi o‘yma belgilar maydoniga ega bo‘lgan, o‘lchash vositasiga va (yoki) ularning foydalanish hujjatlariga izi bosib tushiriladigan va ularni qiyoslashdan o‘tkazilganligini va qo‘llanish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi texnik qurilma; o‘lchash vositalarining qiyoslashlararo intervali — o‘lchash vositalarini ikkita ketma-ket qiyoslash orasidagi vaqt oralig‘i; qiyoslash uslubiyoti — bajarilishi o‘lchash vositalari metrologik talablarga muvofiqligini imkonini beruvchi, aniq ta’riflangan operatsiyalar jamlanmasidan iborat hujjat. 6. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalardan tashqarida foydalaniladigan o‘lchash vositalari qiyoslashga ixtiyoriy ravishda ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin. 7. O‘lchash vositalari ishlash siklida birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashlardan, xususan: birlamchi qiyoslashdan — ishlab chiqarishdan yoki ta’mirlashdan so‘ng; davriy qiyoslashdan — o‘lchash vositalari qiyoslashlararo intervalining muddati tugaganda; navbatdan tashqari qiyoslashdan — o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tamg‘a shikastlanganda, o‘lchash vositasi qiyoslashdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat yo‘qotilganda yoki sozlash ishlarini o‘tkazish zarur bo‘lgan holda, shuningdek, o‘lchash vositalarini uzoq (bitta qiyoslashlararo intervaldan ortiq) muddat saqlangandan so‘ng foydalanishga kiritishda; inspeksion qiyoslashdan — davlat metrologik nazoratini amalga oshirishda o‘lchash vositalari qo‘llanishga yaroqliligini aniqlash zarur bo‘lganda; ekspert qiyoslashdan — o‘lchash vositalari sozligi yoki ularning qo‘llanishga yaroqliligi, metrologik tavsiflar bo‘yicha munozarali masalalar yuzaga kelganda o‘tkaziladi. 8. Birlamchi qiyoslashdan barcha o‘lchash vositalari nusxalari o‘tkazilishi lozim, metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan o‘lchash vositalari bundan mustasno. 9. O‘lchash vositalarini inspeksion va ekspert qiyoslashdan o‘tkazishda manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin. O‘lchash vositalarini ekspert qiyoslash tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoki sud qaroriga (ajrimiga) asosan o‘tkazilishi mumkin. 10. O‘lchash vositalarini qiyoslashda akkreditatsiyadan o‘tgan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan o‘lchash vositalarini kalibrlash natijalaridan foydalanish mumkin. 11. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq davlat metrologik tekshiruvidan o‘tgan o‘lchash va sinov vositalari yordamida amalga oshiriladi. 12. Qiyoslash o‘lchash vositasining qiyoslash uslubiyotiga muvofiq o‘tkaziladi. 13. Qiyoslashdan o‘tkazish vaqtida ijrochi o‘lchash vositalarining tashqi omillar ta’siridan shikastlanishi uchun javob beradi. 14. Ijrochi faqat qiyoslashdan o‘tkazish vaqtida natijalar aniqligini kafolatlaydi. O‘lchash vositalari ariza beruvchiga topshirilgan paytdan boshlab ijrochi o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi uchun javob bermaydi. 15. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 16. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish ishlari uchun haq tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi. O‘lchash vositalarini inspeksion va ekspert qiyoslashdan o‘tkazish uchun haq shartnomaga muvofiq manfaatdor tomon tomonidan to‘lanadi. 17. O‘lchash vositalarini qiyoslashning har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy bo‘lganda o‘tkaziladi. 18. Ariza beruvchi quyidagilarni ilova qilgan holda ijrochiga qiyoslash o‘tkazish to‘g‘risida ariza beradi: o‘lchash vositalari; o‘lchash vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari. 19. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi, qiyoslashdan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ariza beruvchiga qiyoslash o‘tkazishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun shartnomalarni elektron shaklda ham tuzish mumkin. 20. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish davomiyligi o‘n ish kunidan oshmasligi kerak, qiyoslashdan o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan o‘lchash vositalari bundan mustasno. 21. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda ularga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi. 22. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 18-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ariza beruvchi o‘z ihtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin. 23. O‘lchash vositalari qiyoslashdan: statsionar qiyoslash laboratoriyalarida; ko‘chma (mobil) qiyoslash laboratoriyalarida; bevosita o‘lchash vositalari joylashgan joylarda, qiyoslovchilarni xizmat safariga yuborish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Qiyoslovchilarni xizmat safariga yuborish, ko‘chma (mobil) laboratoriyalardan foydalanish, ishni tashkil etish tartibi shartnoma asosida belgilanadi. 24. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazishda qiyoslash uchun mo‘ljallangan joy sharoiti qiyoslash usullarini tartibga soluvchi hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. Foydalanish joyida o‘lchash vositalarini qiyoslash ariza beruvchining arizasiga ko‘ra o‘tkaziladi. Bu holda ariza beruvchi ijrochining namunaviy o‘lchash vositalari va yordamchi qurilmalari qiyoslash joyiga yetkazilishi va qayta olib kelinishini ta’minlaydi. 25. Agar o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun ijrochi laboratoriyasida butun diapazon bo‘yicha qiyoslashning texnik imkoni mavjud bo‘lmasa, ariza beruvchining yozma talabiga ko‘ra o‘lchash vositalarini qiyoslashni mumkin bo‘lgan diapazonda o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. 26. O‘tkazilgan qiyoslash natijalariga ko‘ra o‘lchash vositalari qo‘llanishga yaroqli deb tan olingan taqdirda ijrochi tomonidan o‘lchash vositalarini qiyoslash bayonnomasi tuziladi va uning asosida yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari uchun ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha va ishchi o‘lchash vositalari uchun 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalarining qiyoslashdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi qiyoslash guvohnomasi rasmiylashtiriladi. Bir turdagi bir nechta o‘lchash vositalariga bitta guvohnoma rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi, bunday hollarda o‘lchash vositalarining barcha ma’lumotlari (zavod raqami, parametr nomi, o‘lchash chegaralari, xatoliklar, aniqlik darajasi) qiyoslash guvohnomasiga ilovada ko‘rsatiladi. 27. Qiyoslash tamg‘asining izi o‘lchash vositalariga (yoki mahkamlovchi plombaga) va (yoki) o‘lchash vositalarining foydalanish hujjatlariga bosiladi. 28. O‘lchash vositalarining konstruksiya elementlariga va uni rostlash organlariga ruxsat berilmagan kirishning oldini olish maqsadida o‘lchash vositalarining maxsus joylari (plombalash joylari mavjud bo‘lganda) qiyoslovchi tomonidan plombalanadi. 29. O‘lchash vositalari qiyoslash natijalariga ko‘ra keyingi qo‘llanishga yaroqsiz deb tan olingan taqdirda, ijrochi tomonidan ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalarining qo‘llanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma beriladi, qiyoslash tamg‘asining izi esa bekor qilinadi. 30. Qo‘llanishga yaroqsiz deb topilgan o‘lchash vositalari ta’mirlangandan va texnik xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng takroriy qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim. 32. O‘lchash vositalarini qiyoslash ishlarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 33. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 32. O‘lchash vositalarini qiyoslash ishlarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 33. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 1. Ushbu Qoidalar “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. 2. Ushbu Qoidalar davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etilish sohasida qo‘llanadigan yoki qo‘llanishga mo‘ljallangan sinov vositalariga taalluqli. Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan sinov vositalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim: sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish; moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish; soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya; zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilish; umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish; aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash; sanoat xavfsizligini ta’minlash; davlat mudofaasini ta’minlash; mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash; sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish; o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish; foydali qazilmalarni qazib olish; rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish; mahsulotlar va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish. 3. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishdan asosiy maqsad joiz og‘ish chegaralarida sinov sharoitlarining xuddi o‘ziday takrorlanish imkoniyatini tasdiqlash va sinov vositasining belgilangan maqsadiga muvofiq foydalanish uchun yaroqliligini aniqlashdan iborat. 4. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi: ariza beruvchi — sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishdan manfaatdor bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan metrologiya xizmatlari; sinov sharoitlari — sinovlar jarayonidagi ta’sir etuvchi omillar yoki obyektning ishlash rejimlarining majmui. 5. Sinov vositasi undan foydalanish sikli davomida birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert metrologik attestatsiyadan, xususan: birlamchi attestatsiya — ishlab chiqarishdan chiqarilgandan, import bo‘yicha olib kelingandan yoki ta’mirlashdan keyin, shuningdek, sinov vositalarini foydalanishga topshirishda va montajdan so‘ng foydalanishga tayyorlashda; davriy attestatsiya — sinov vositalarining ekspluatatsiya hujjatlarida belgilangan interval vaqti tugaganda yoki uni birlamchi metrologik attestatsiyadan o‘tkazish paytida sinov vositalarining tavsiflari texnik hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida; navbatdan tashqari attestatsiya — sinov vositalarining attestatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi plomba buzilganda, sinov vositasi metrologik attestatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat yo‘qotilganda yoki sozlash ishlarini bajarish zarur bo‘lgan holda, shuningdek, sinov vositalarini uzoq muddat saqlashdan keyin foydalanishga topshirishda; inspeksion attestatsiya — davlat metrologik nazoratini amalga oshirishda sinov vositalarining foydalanish uchun yaroqliligini aniqlash zarur bo‘lgan holda; ekspert attestatsiya — sinov vositalarining sozligi yoki ularning yaroqliligi, me’yorlangan texnik tavsiflarga muvofiqligi bo‘yicha munozarali masalalar yuzaga kelganda o‘tkaziladi. 6. Birlamchi metrologik attestatsiya jarayonida quyidagilar belgilanadi: aniq turdagi mahsulotning sinov uslubiyotlari hujjatlarida belgilangan tashqi ta’sir etuvchi omillarni yoki sinov obyektining ish rejimlarini o‘ziday qayta tiklash imkoniyati; sinov sharoitlari parametrlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablarida belgilangan ko‘rsatkichlardan og‘ishi; xodimlarning xavfsizligini va atrof-muhitga zararli ta’sir mavjud emasligini ta’minlash; davriy metrologik attestatsiya paytida tekshirilishi kerak bo‘lgan uskunalar tavsiflarining ro‘yxati, shuningdek, ularni qo‘llash usullari, vositalari va davriyligi. Davriy attestatsiya sinov uskunalaridan foydalanish jarayonida, uning tavsiflarining sinov uslubiyotlarining hujjatlari va ekspluatatsiya hujjatlari talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan hajmda amalga oshiriladi. 7. Sinov vositalarini inspeksion va ekspert attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin. Sinov vositalarini ekspert attestatsiyadan o‘tkazish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoki sudning qaroriga (ajrimiga) asosan o‘tkazilishi mumkin. 8. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlari uchun haq tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi. Inspeksion va ekspert attestatsiyadan o‘tkazish uchun haq shartnoma asosida manfaatdor tomon tomonidan to‘lanadi. 9. Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 10. Sinov vositalarini birlamchi yoki davriy metrologik attestatsiyadan o‘tkazishning har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy bo‘lganda bajariladi. 11. Ariza beruvchi ijrochiga sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun quyidagilar ko‘rsatilgan arizani yuboradi: ariza beruvchini to‘liq nomi manzili va rekvizitlari; sinov vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakat; sinov vositalarining nomi, belgilanishi hamda uning inventar yoki zavod raqami; baholanishi kerak bo‘lgan tavsiflar. 12. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: sinov vositasi; sinov vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari; sinov vositasini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan o‘tkazish dasturi va uslubiyoti. 13. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish: statsionar laboratoriyalarda; ko‘chma (mobil) laboratoriyalarda; bevosita sinov vositalari joylashgan joylarda, ijrochining mutaxassislarini xizmat safariga yuborish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Ijrochining mutaxassislarini xizmat safariga yuborish, ko‘chma (mobil) laboratoriyalardan foydalanish, ishni tashkil etish tartibi shartnoma asosida belgilanadi. 14. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishda metrologik attestatsiya uchun mo‘ljallangan joy sharoitlari sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti va dasturida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. Sinov vositalarini ulardan foydalanish joyida metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ariza beruvchining arizasiga ko‘ra o‘tkaziladi. Bu holda ariza beruvchi ijrochining namunaviy o‘lchash vositalari va yordamchi qurilmalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazish joyiga yetkazilishi va qayta olib kelinishini ta’minlaydi. 15. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda ularga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi. 16. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin. Ariza va unga ilova qilinayotgan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin. 17. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani va unga ilova qilingan hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqadi, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda, ariza beruvchi bilan tegishli shartnoma tuzadi, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ijrochi uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga metrologik attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish sabablari ko‘rsatilgan xat yuboradi. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun shartnomalar elektron shaklda ham tuzilishi mumkin. 18. Sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan o‘tkazish birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyotiga muvofiq amalga oshiriladi. 19. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan sinov vositalarining birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasi davlat metrologiya xizmati organlarida uch ish kuni mobaynida ekspertizadan o‘tkazilishi lozim. Sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasi ekspertizasi natijalari ijobiy bo‘lganda ijrochi ekspert xulosani rasmiylashtiradi. Sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasi ekspertizasi natijalari salbiy bo‘lganda, ijrochi bir ish kuni davomida nomuvofiqlik sabablarini ko‘rsatgan holda ekspert xulosasini rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi. Ariza beruvchi ekspert xulosasida ko‘rsatilgan e’tirozlar asosida nomuvofiqlikni bartaraf qila
134
63,272
Qonunchilik
Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mintaqada qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, sohani modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, ilg‘or va intensiv agrotexnologiyalarni joriy qilishda malakali mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining asosiy vazifalari etib belgilansin: mintaqaning tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish, ularning kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish, ilg‘or, intensiv agrotexnologiyalarni joriy qilish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilashda zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlarni tayyorlash; tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga mehnat bozorining ehtiyojiga muvofiq tarzda sifatli bilim berish; bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirib borish; professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy bilimini, mahoratini va ilmiy salohiyatini doimiy ravishda oshirish; ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini amaliyotga joriy etish orqali tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shma innovatsion ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarni olib borish, natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish. 3. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga har yilgi talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilansin. 4. Quyidagilar: Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining o‘quv-metodik ta’minotini tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziriga zarur hollarda Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017-yil 1-sentabrgacha: Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialini tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida o‘quv-metodik jarayonining tashkil etilishini ta’minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv adabiyotlari, zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 6. Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Termiz turizm va mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kollejini tugatish va uning Termiz tumani, Yangiobod qishloq fuqarolar yig‘ini, Limonzor qishlog‘i hududida joylashgan binolari va inshootlarini tegishli hududi hamda o‘quv va yotoqxona mebellari bilan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi mazkur qarorning 6-bandida ko‘rsatilgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birga hamda o‘quv va yotoqxona mebellarini belgilangan tartibda topshirsin, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qabul qilib olsin hamda ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining 2019-yil va keyingi yillar parametrlarini shakllantirishda Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali obyektlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 9. Surxondaryo viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi: “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotlarini, dala tajribalari va ilmiy tadqiqotlarini o‘tkazish maqsadida filialning o‘quv-tajriba xo‘jaligini tashkil etish uchun 50 gektar sug‘oriladigan yer maydonini ajratilishini; Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga respublikaning boshqa hududlaridan ishga taklif etilgan mutaxassislarni turar joy bilan ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Termiz tumanida qurilayotgan arzon uy-joylardan imtiyozli shartlar asosida ehtiyojdan kelib chiqqan holda ajratilishini ta’minlasin. 10. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialini saqlash xarajatlari 2017-yilda “Ta’lim” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2018-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. 11. Quyidagilar Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi 2017-yil 1-sentabrgacha Termiz turizm va mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining ularning xohish-istaklarini inobatga olgan holda, tegishli yo‘nalish (kasb)lar bo‘yicha yashash joyiga yaqin bo‘lgan kasb-hunar kollejlariga belgilangan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
104
6,891
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5414-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan o‘tkazish samaradorligini yanada oshirish maqsadida: 1. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan davlat bojxona xizmati organlariga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida majburiy ravishda xabardor etish belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida davlat bojxona xizmati organlariga oldindan elektron tarzda xabar berish tizimini tatbiq etilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar bo‘lgan muddatda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlarni qabul qiluvchining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki pasport ma’lumoti orqali identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron bazalarni idoralararo integratsiyasini amalga oshirilishini ta’minlasin. 4. Quyidagilar: pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar to‘g‘risida oldindan elektron tarzda xabar berishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan ma’lumotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar to‘g‘risida davlat bojxona xizmati organlarini oldindan elektron tarzda xabardor qilish jarayonlarini amalga oshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Kirib kelayotgan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi: temir yo‘l va avtomobil transporti orqali yetkazishda — maxsus belgilangan bojxona postlarida; havo transporti orqali yetkazishda — xalqaro aeroportlar yoki unga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshiriladi. 6. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga yuridik shaxslar nomiga kelayotgan qiymati 100 (yuz) AQSh dollariga teng bo‘lgan tovarlardan bojxona to‘lovlari undirilmaydi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3512-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 3-ilovaga muvofiq kiritilsin. 8. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi. 2. Qabul qiluvchining manzili. 3. Qabul qiluvchining pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi va raqami yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami. 4. Pochta aloqasi operatori yoki provayderining nomi. 5. Jo‘natuvchi davlat. 6. Jo‘natmaning tavsifi. 7. Jo‘natmaning qiymati. 1. 1-bandda: a) “a” kichik bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendar chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSh dollari; xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — 100 (yuz) AQSh dollari”; b) “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “g) jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarni respublikadan olib chiqish normalari 2-ilovaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlari orqali bojxona chegarasidan kesib o‘tish holatlari bundan mustasno”; v) “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “d) mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan me’yorlar doirasida tovarlarni jismoniy shaxs tomonidan bojxona chegarasidan olib kirilishi va olib chiqilishi majburiy yozma deklaratsiyasiz amalga oshiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari hamda tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar mustasno; jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a’zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi; mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan me’yorlardan oshganda hamda jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib o‘tilganda, qonun hujjatlariga binoan olib kirilayotgan tovarlarning barcha summasiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qo‘llaniladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovarlar me’yorlarini va olib o‘tish shartlarini belgilashi mumkin”.
185
5,648
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-511-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-511-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
620
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash Milliy standarti “Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar”ni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” va 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti “Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan vaqtdan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. Mazkur Mulkni baholash Milliy standarti (7-son MBMS) “Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar” O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq, baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilaydi. 1. 7-son MBMSning asosiy maqsadi — baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuv va tamoyillarini, shuningdek mazkur qoidalarni qo‘llashda ichki nazoratni tashkil qilish va tartibga solish talablarini birxillashtirishdir. 2. 7-son MBMSning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarini ishlab chiqishning yagona tamoyillarini belgilash; b) ichki qoidalarni ishlab chiqishda baholovchi tashkilotlarga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilash; v) baholovchilar va baholovchi tashkilotlarning boshqa xodimlari tomonidan ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan ichki nazoratni amalga oshirish tartibini tavsiflash. 3. Barcha baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarni ishlab chiqishi va amalda qo‘llashi majburiydir. 4. 7-son MBMS baholovchi tashkilotlarning baholash faoliyatini amalga oshirishga doir kasbiy yo‘nalishlari doirasiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha tartibga soluvchi ichki hujjatlarining shakli, mazmuni va tayyorlashni tartibga solishni maqsad qilib olmagan. 5. Baholovchi tashkilotning ichki qoidalari deyilganda baholovchi tashkilot tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirishda samaradorlikni ta’minlash va mazkur faoliyatni O‘zbekiston Respublikasining baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq holda yuritish maqsadida qabul qilinib, tasdiqlangan baholash ishlarini amalga oshirish va rasmiylashtirishga doir yagona talablarni belgilovchi hujjatlar tushuniladi. 6. Baholovchi tashkilot baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda, baholash faoliyatini amalga oshirish, baholash hisobotlari va ekspert xulosalarini tuzishga doir o‘z yondashuvini aks ettiruvchi ichki qoidalar bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirishi zarur. 7. Baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalari baholovchilarga amaliyotda baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarish va baholash ishlarining sifatini oshirish yuzasidan o‘z harakatlarining aniq tartibini belgilashga qaratilgan tavsiyalardan iborat bo‘lishi kerak. 8. Ichki qoidalar baholovchilarning mazkur baholovchi tashkilot doirasidagi faoliyatini tartibga soladi hamda baholovchi tashkilotning xodimlari va rahbariyati o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarni tartibga keltirish uchun asos bo‘la oladi. 9. Ichki qoidalarni qo‘llash natijasida baholovchi tashkilotlarga baholovchilar va ularning yordamchilari ishini qo‘shimcha ravishda nazorat qilinishini ta’minlashga va bu bilan baholovchi tashkilot ko‘rsatayotgan xizmatlar sifatini oshirishga imkon yaratiladi. 10. Baholovchi tashkilotlar ichki qoidalari baholash faoliyatini amalga oshirish tartibini ochib beradigan va baholovchi tashkilotda qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan qoidalar, uslubiy qo‘llanmalar va boshqa hujjatlardan iborat. 11. Baholovchi tashkilotlar ichki qoidalari amaliy foyda berishi kerak, ya’ni ular: O‘zbekiston Respublikasining baholash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelishi va o‘zaro bog‘liq bo‘lishini ta’minlashi; aniq ifoda qilinishi, to‘liq va ravshan bayon etilishi; mazkur qoidalar masalalarini to‘liqligicha qamrab olishi, bayon etilgan tamoyil va qoidalarni mantiqan rivojlantirishi; ulardagi barcha atamalar bir xil talqin qilinishi lozim. 12. Ichki qoidalar baholovchi tashkilotning mulkni baholash jarayonini tashkil etish va o‘tkazishga nisbatan kompleksli yondashuvining umumiy tavsifini berishi kerak. 13. Baholovchi tashkilotlar xalqaro baholash standartlariga muvofiq mulkni baholashni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ichki qoidalarni ishlab chiqishda xalqaro baholash standartlarida nazarda tutilgan me’yorlar va tamoyillarga amal qilishi kerak. 14. Mulkni baholashning ma’lum sohasida baholash faoliyatining standartlari, baholashni o‘tkazishga doir batafsil uslubiy qo‘llanmalar va yondashuvlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarni ishlab chiqishda qonunchilikda belgilangan o‘ziga xos jihatlarni hisobga olgan holda xalqaro baholash standartlariga amal qiladilar. 15. Baholovchi tashkilot mustaqil ravishda ichki qoidalari ishlab chiqish ro‘yxati va tartibini belgilaydi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholashning milliy standartlarida ayrim holatlar ichki qoidalar sifatida qo‘shimcha tarzda tasdiqlanishi lozimligi haqida bevosita ko‘rsatmalar berilgan taqdirda, baholovchi tashkilot mazkur ko‘rsatmaning birinchi navbatda bajarilishini ta’minlashi shart. 17. Baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalari o‘z vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin: a) mulkni baholash bo‘yicha umumiy qoidalardan iborat qoidalar; b) mulkni baholashni o‘tkazish tartibini belgilovchi qoidalar; v) baholash hisobotlarini tuzish tartibini belgilovchi qoidalar; g) ekspert xulosalarini tuzish tartibini belgilovchi qoidalar; d) maxsus qoidalar; e) professional xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilovchi qoidalar; j) kadrlarni tayyorlash va o‘qitish qoidalari; z) boshqa qoidalar. 18. Mulkni baholash bo‘yicha umumiy qoidalardan iborat ichki qoidalar baholovchilar o‘rtasidagi, shuningdek baholovchi tashkilot xodimlari va rahbariyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish uchun mo‘ljallangan. 19. Mulkni baholash bo‘yicha umumiy qoidalardan iborat ichki qoidalar ro‘yxati quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: a) ichki qoidalarni ishlab chiqishga oid konsepsiya va yondashuvni tavsiflovchi qoidalar, shu jumladan ularning tuzilishini belgilovchi hujjat; b) baholovchining xulq-atvori etikasini belgilovchi qoidalar; v) baholashni sifatli o‘tkazish ustidan ichki nazoratni yuritish tartibini hamda baholovchilar mas’uliyatini tartibga keltiruvchi qoidalar; g) boshqa qoidalar. 20. Mulkni baholashni o‘tkazish tartibini belgilovchi ichki qoidalarda mulkni baholash jarayonini o‘tkazish qoidalari ifoda qilinadi. 21. Baholovchi tashkilotlarning mulkni baholashni o‘tkazish tartibini belgilovchi ichki qoidalari ro‘yxati quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: a) baholovchi mas’uliyatini tartibga soluvchi qoidalar; b) mulkni baholashni o‘tkazish tartibini belgilovchi qoidalar; v) baholash uchun zarur ma’lumotlarni olish tartibini belgilovchi qoidalar; g) uchinchi shaxslar ishidan foydalanish tartibini belgilovchi qoidalar; d) boshqa qoidalar. 22. Baholash hisobotlari va ekspert xulosalarini tuzish tartibini belgilovchi ichki qoidalar baholovchi tashkilotning mulkni baholash natijalari bo‘yicha baholash hisobotlari hamda o‘tkazilgan ekspertiza (tekshiruv) natijalari bo‘yicha ekspert xulosalarining mazmuni va tuzilishiga doir ichki talablaridan iborat bo‘lishi lozim. 23. Mazkur qoidalar ro‘yxatiga mulkni baholash natijalari bo‘yicha baholash hisobotlari hamda o‘tkazilgan ekspertiza natijalari bo‘yicha ekspert xulosalarini tayyorlash tartiblarini belgilovchi qoidalarni kiritish mumkin. 24. Maxsus ichki qoidalar turli xil mulklar bo‘yicha baholashni o‘tkazish uslubiyoti doirasidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi. 25. Qoidalar ro‘yxati quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: intellektual mulk, zargarlikda va mayda zebu ziynat buyumlariga yaraydigan toshlar, qimmatbaho metallar, uchish apparatlari va boshqa mulklarni baholashning o‘ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi qoidalar. 26. Professional xizmatlarni ko‘rsatish tartibini belgilovchi ichki qoidalar baholash faoliyatiga baravar keladigan professional xizmatlar turlarini ko‘rsatish tartibiga oid qoidalardan iborat. 27. Mazkur ichki qoidalar ro‘yxatiga quyidagilar kirishi mumkin: a) baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish qoidalari; b) baholash faoliyati sohasida axborot texnologiyalarini joriy etish va baholash jarayonini avtomatlashtirish qoidalari; v) baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini oshkor etish qoidalari. 28. Kadrlarni tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha ichki qoidalar baholovchilar va mutaxassislarning ta’limi, kasbiy bilim darajasiga nisbatan talablarni belgilaydi, baholovchi tashkilot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tartibga soladi. 29. Baholovchi tashkilot ichki qoidalari tuzilmasi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: a) tartibga soluvchi parametrlar — O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholashning milliy standartlariga hamda ichki qoidalarni ishlab chiqishda foydalanilgan xalqaro baholash standartlariga tayangan holda ishlab chiqiladi; b) umumiy qoidalar — ichki qoidalar zarurati, ulardagi asosiy atamalar va tushunchalarning ifoda etilishi, qo‘llanilish sohasi; v) maqsad va vazifalar — qoidalarni belgilash va ular yordamida hal etilishi ta’minlanadigan ma’lum muammolar; g) boshqa qoidalar bilan o‘zaro bog‘liqlik — boshqa qoidalarda belgilangan tegishli bandlarga tayangan holda ishlab chiqiladi; d) asosiy tamoyillar va uslubiy qo‘llanmalarni belgilash — baholovchi tashkilot tomonidan mulkni baholashni o‘tkazish jarayoniga, qabul qilingan uslubiy qo‘llanmalar (tavsiyalar) va qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladigan muammolarni hal etishning texnik usullariga tavsif beriladi; e) rasmiylashtirish — baholovchi qoidalarda belgilangan talablarga ko‘ra tuzishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati. 30. Ichki qoidalar rekvizitlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: a) raqam (nomer) — mazkur qoidaning tartib bo‘yicha yoziladigan yoki seriyali kodi; b) amal qilishga kiritilgan sana; v) nomi — qoidalarda belgilangan bandlarning qisqa va aniq ifoda etilishi; g) qoidalarni tasdiqlagan shaxsning ko‘rsatmalari va ko‘rsatma berilgan sana; d) taalluqliligi — mazkur hujjat bilan bog‘liq bo‘lgan ilgari qabul qilingan, ommalashtirilgan yoki me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan qoidalarga tayangan holda ishlab chiqiladi; e) qo‘llanilish doirasi — mazkur qoidalar tatbiq etiladigan (yoki tatbiq etilmaydigan) obyektlar ro‘yxati. 31. Ichki qoidalarga qo‘shimcha ravishda ularda aks ettirilgan alohida qoidalarda keltirilgan tushunchalarga izoh beruvchi ilovalar (uslubiy qo‘llanmalar, tartiblar ro‘yxati, so‘rovnomalar, kompyuter dasturlari, ishchi jadvallar va h.z.) ishlab chiqilishi mumkin. 32. Ichki qoidalarga ishlab chiqiladigan ilovalar quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin: a) ichki qoidalarni qo‘llash tartibi; b) mulkni baholash jarayonining har bir bosqichini o‘tkazish (bajarish) texnologiyasini tavsiflash; v) so‘rovnomalar va baholash tartiblari ro‘yxati; g) jadvallar, sxemalar, uslubiy yondashuvlarni tasvirlovchi, misollarni raqamlar bilan ifodalovchi ishchi hujjatlar va mulkni baholashni o‘tkazish tartibi; d) mulkni baholashda foydalaniladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning tartibga keltirilgan ro‘yxati. 33. Baholovchi tashkilotning ichki qoidalarini tayyorlashning namunaviy tartibi va namunaviy shakli mazkur 7-son MBMSning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan. 34. Ichki qoidalar baholovchi tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi, baholovchi tashkilotning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa — ta’sischilar majlisi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. 35. Baholash sifatiga oid ichki nazoratni tartibga soluvchi ichki qoidalar ularda belgilangan talablarni bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish qoidalari (talablari)ni o‘z ichiga olishi kerak. 36. Ichki qoidalarda belgilangan talablarga rioya etilishi uchun javob beruvchi mansabdor shaxslarni tayinlash tartibi nazarda tutilishi mumkin. 37. Ichki qoidalarga rioya etilishi ustidan tegishli nazorat o‘rnatilishini ta’minlash uchun baholovchi va baholovchi tashkilot o‘rtasidagi mehnat munosabatlarida belgilanadigan baholovchining funksional majburiyatlariga mazkur qoidalarni qo‘llash zarurati kiritilgan bo‘lishi kerak. 38. Ichki qoidalarda baholovchi tashkilot tomonidan mulkni baholashni o‘tkazishda bajarilishi majburiy bo‘lgan qoidalar belgilanishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasining Mulkni baholashning milliy standartlarining talablari e’tiborga olinishi lozim. 39. Ichki qoidalar talablari bajarilishini nazorat qilish baholash faoliyatini amalga oshirishning barcha bo‘g‘inlarida, baholovchidan tortib baholovchi tashkilot rahbarlarigacha tashkil etilishi lozim. 40. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirish jarayonida nazorat ishlarini olib borish uchun baholashni o‘tkazish sifatini nazorat qilish xizmati tashkil etilishi mumkin. Baholashni o‘tkazish sifatini nazorat qilish xizmati tarkibidagi nazorat ishlarini olib boruvchi mutaxassislarni professional darajada tayyorlashga nisbatan ichki talablar baholovchi tashkilotning kadrlarni tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha ichki qoidalarida belgilanadi. 41. Baholovchi tashkilot xodimlari zimmasiga ichki qoidalarni ovoza qilmaslik va ularni mazkur baholovchi tashkilot faoliyatidan tashqarida qo‘llamaslik majburiyati yuklatiladi, qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno. 1. Baholovchi tashkilot ichki qoidalari tizimini yaratishda samaradorlikni ta’minlash uchun baholovchi tashkilot ichida uslubiyot bo‘yicha kengash (uslubiyot kengashi) yoki baholovchi tashkilot ixtiyoriga ko‘ra boshqa maxsus hay’at organi tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. 2. Uslubiyot kengashi baholovchi tashkilotning rahbar xodimlari va sara professional mutaxassislaridan tuziladi hamda baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan Uslubiyot kengashi to‘g‘risidagi nizom asosida faoliyat yuritadi. 3. Uslubiyot kengashi ishida, agar Uslubiyot kengashi to‘g‘risidagi nizomda ko‘zda tutilgan bo‘lsa, chetdan mutaxassislar (baholovchilar jamoat birlashmalari a’zolari, ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, boshqa baholovchi tashkilotlarning mutaxassislari) ishtirok etishi mumkin. 4. Baholovchi tashkilotning Uslubiyot kengashi vazifalari quyidagilardan iborat: a) ichki qoidalarni ishlab chiqish; b) baholashning amaliy tajribasini umumlashtirish va tizimlashtirish; v) baholovchi tashkilotning baholovchilari va boshqa mutaxassislari o‘qishini tashkil qilish; g) baholash sohasiga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘plab borish, tartibga solish va tahlil qilish. 5. Ichki qoidalarni ishlab chiqish baholovchi tashkilotning uslubiyot xizmati mutaxassislari bilan bir qatorda baholovchi tashkilotning boshqa xizmatlari mutaxassislari tomonidan ham amalga oshirilishi hamda keyinchalik uslubiyot kengashida ko‘rib chiqilib, ma’qullanishi (yoki ma’qullanmasligi) mumkin. 6. Zarurat yuzasidan ichki qoidalarni ishlab chiqish baholovchi tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish dasturiga muvofiq shartnoma asosida tashqi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 7. Baholovchi tashkilot ichki qoidalarini tashkil qiluvchi qismlar sifatida baholovchilar jamoat birlashmalari hamda davlat idoralari tomonidan tasdiqlangan uslubiy qo‘llanmalar va boshqa ishlab chiqilgan hujjatlardan foydalanish mumkin. 8. Ishlab chiqilgan qoidalar (uslubiy qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, nizomlar) uslubiyot kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi va keyinchalik baholash tashkiloti rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Qaror kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Baholovchi tashkilotning blanki yoki burchak shtampi Firmaga oid nomlanishi, logotipi Rahbarning tasdiqlovchi yozuvi, imzosi, sanasi Ichki qoidalarning to‘liq nomlanishi Tartib raqami (indeks, kod) Hujjatni tayyorlovchi: (departament, bo‘lim, xodim) Hujjat tayyorlangan sana 1.1. Hujjatni tuzish maqsadi va asoslari 1.2. Foydalanish zarurati 1.3. Qo‘llash sohasi 1.4. Baholash standartlari (shu jumladan, xalqaro baholash standartlari) bilan o‘zaro bog‘liqligi 1.5. Avval qabul qilingan ichki qoidalar bilan izchilligi 1.6. Amal qilish muddati 3.1. Asosiy talablar 3.2. Ko‘rsatilgan muammoni hal etish uslubiyoti 5.1. Baholovchining ish hujjatlari maketlari 5.2. Savollar va testlar 5.3. Baholash tartiblari Hujjatni tayyorlash bo‘yicha rahbar imzosi
173
17,364
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘RQ-427-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 135-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 5-moddaning: birinchi qismidagi “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kengash raisining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi”; beshinchi qismidagi “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kengashning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan o‘n bir nafar a’zosi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan yetti nafar a’zosi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. Kengashning sudyalar orasidan tasdiqlangan va o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi o‘n bir nafar a’zosi Kengash tomonidan uning raisi taqdimiga binoan Kengashning sho‘basi hamda Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tarkibiga, shu jumladan mazkur tuzilmalarning rahbarlari lavozimlariga saylanadi”; 2) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: sudyalik lavozimlariga nomzodlarni eng malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan tanlov asosida tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya etish orqali sudyalar korpusini shakllantirish; sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatini biron-bir tarzda aralashuvdan samarali himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini ko‘rib chiqish va prinsipial baholash; Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalar faoliyati samaradorligini zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali baholashda xolislik va shaffoflikni ta’minlash; rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun munosib sudya kadrlarni tanlab olish, shuningdek ularni rag‘batlantirish va mukofotlash masalasi yuzasidan tashabbus ko‘rsatish; ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish; sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash; sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, shuningdek ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqidagi masalani ko‘rib chiqish”; 3) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kengash o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun: sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi; rahbar sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi; viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislari va rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais o‘rinbosari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi; viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislarini, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalarini, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislarini, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimga tayinlaydi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi; Sudyalar oliy malaka hay’atining xulosasiga ko‘ra sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida o‘z arizalariga asosan viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalari, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga o‘tkazadi; Sudyalar oliy malaka hay’atining xulosasiga ko‘ra sudyalarni o‘z arizalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo ma’muriy sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga o‘tkazish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taqdimnomalar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, tumanlararo ma’muriy sudlarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, hududiy harbiy sudlarning sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytiradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi; qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalarini, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimidan ozod qiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo ma’muriy sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga xulosalar kiritadi; sudyalarga nisbatan xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilaydi; sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi; sudyalarga va o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolariga nisbatan xizmat tekshiruvlari o‘tkazadi; sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hay’atlariga yuboradi; o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolarini intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi; sudyalarni jinoiy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan xulosa beradi; sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha, shuningdek qonunchilikni qo‘llash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, Sudyalar oliy malaka hay’ati qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi, sudyalar malaka hay’atlari raislarining hisobotlarini eshitadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Sudyalar oliy malaka hay’atining qarorlari, xulosalari yuzasidan taqdimnomalarni ko‘rib chiqadi; jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi; sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtai nazaridan o‘rganadi; Sudyalar odobi kodeksini tasdiqlaydi; sudyalar faoliyatini ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholash mezonlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi; sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti direktorining mazkur departament faoliyati to‘g‘risidagi axborotini har yili eshitadi; sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarning, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini o‘rganish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi; davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan hamda fuqarolardan Kengash faoliyati bilan bog‘liq zarur axborotni, hujjatlarni va boshqa materiallarni so‘rab oladi; O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamenti hamda vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha nizomlarni tasdiqlaydi. Kengash qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”; 4) 9-moddaning birinchi qismi: ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan mas’ul bo‘ladi”; quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “sud hokimiyati mustaqilligini, sudyalar daxlsizligini ta’minlashga va odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar haqida, shuningdek sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakunlari bo‘yicha axborot taqdim etadi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi”; yettinchi — o‘n birinchi xatboshilari tegishincha to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; 5) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kengash raisining o‘rinbosari: Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyati samaradorligini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlashga doir ishlarni tashkil etadi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi; Kengash raisi yo‘qligida uning vazifasini bajaradi”; 6) 12-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “elektron reyting dasturi orqali sudyalar faoliyatining samaradorligini monitoring qilish”; 7) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kengash a’zosi: o‘z faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshirishi; sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipi asosida odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishi; sudyalik lavozimlariga nomzodlarni xolis o‘rganishi; sudyalar orasida korrupsiyaviy holatlarning oqibatlari va sabablarini, shuningdek ularning odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga aralashish holatlarining oldini olishga, ularni aniqlashga, chek qo‘yishga, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi hamda bu harakatlar to‘g‘risida Kengashga xabar berishi; Kengash majlislari maslahatlashuvini sir tutishi va o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi tufayli sudyalarning va sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy hayoti to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilishi; Kengashning nufuziga putur yetkazishi, uning xolisligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishi; o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi va bu yuzaga kelganda ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra o‘zini o‘zi rad etishi; Kengash tomonidan ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha ovoz berishi shart”; 8) 17-modda ikkinchi qismining: ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; uchinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin; uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “sudyalik lavozimiga tayinlash, o‘tkazish haqida”; oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “sudyani jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqida”; 9) 18-modda: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kengash sudyalik lavozimiga birinchi marta, navbatdagi o‘n yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning keyingi muddatsiz davriga tayinlanadigan (saylanadigan) nomzodning munosibligini aniqlashda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining rahbarlik lavozimlariga nomzodni tayinlashda (saylashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan zarur axborotni so‘rab olishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Kengashning so‘rovi olingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda tegishli xulosani taqdim etishi kerak”; quyidagi mazmundagi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin: “Kengash raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin. Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida yoki uni qo‘zg‘atish rad etilganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabardor qilinadi. Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, sudya ushlangan paytdan e’tiboran uch soatdan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga bu haqda ushlab turish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ilova qilingan holda xabar qilinishi shart”; 10) 20-modda chiqarib tashlansin; 11) 24-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bo‘sh sudyalik lavozimlari to‘g‘risidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni ko‘rib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi. Sudyalikka nomzod bo‘sh sudyalik lavozimlarini to‘ldirish uchun tanlovda ishtirok etish to‘g‘risida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega. Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli o‘rganish usullaridan — suhbat o‘tkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan o‘tkazishdan, berilgan muammolar bo‘yicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, bilim darajasini aniqlash uchun elektron so‘rov dasturidan foydalanilishi mumkin. Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli rad etilgan nomzod bir yil o‘tgach, bo‘sh sudyalik lavozimini to‘ldirish uchun e’lon qilingan tanlovda ishtirok etishi to‘g‘risidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin”; 12) 241-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, tumanlararo ma’muriy sudlar raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, rais o‘rinbosari va sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga ko‘ra o‘rganadi”; 13) 31-moddaning birinchi qismidagi “Kengash raisi va kotibining” degan so‘zlar “Kengash raisi, uning o‘rinbosari va kotibining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
141
17,855
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida
“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 8-fevraldagi PQ–2761-son qarori ijrosini ta’minlash, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi o‘rinlarda Sud ekspertizasi markazi deb ataladi) faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat sud ekspertlarining (keyingi o‘rinlarda sud ekspertlari deb ataladi) malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Sud ekspertizasi markazining Buxoro, Jizzax, Navoiy va Namangan hududiy bo‘limlari hamda Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazining asosiy vazifalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini, shuningdek boshqa sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil qilish; muntazam ravishda sud ekspertlarining nazariy va huquqiy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ishchanlik va kasbiy fazilatlarini takomillashtirish; o‘quv jarayoniga huquqiy fanlar, sud ekspertizasi va ekspertlik amaliyotiga oid ilg‘or yutuqlarni o‘rganishni joriy qilish; sud ekspertlik faoliyati bo‘yicha amaliy takliflar, tavsiyalar va qo‘llanmalarni ishlab chiqish. 3. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: ikki oy muddatda Buxoro, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda yangi tashkil etilayotgan Sud ekspertizasi markazining hududiy bo‘limlarini joylashtirish va ish faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ularni bino, mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; Sud ekspertizasi markazining yangi tashkil etilgan hududiy bo‘limlarda joylardagi ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qo‘shimcha turlarini joriy qilinishini tashkil qilsin; sud ekspertiza xulosalarini xalqaro miqyosda tan olinishi va qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida Sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini ta’minlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasin; huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini, shuningdek ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizaning yangi, shu jumladan sud lingvistik ekspertizasi, sud avtomobil yo‘llari ekspertizasi va sud kompyuter-texnik ekspertizasi kabi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq qilish choralarini ko‘rsin; ashyoviy dalillarni qayd qilish bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, tadqiqotlarning maqbul metodikalarini tanlash, ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish muddatlarini qisqartirish, shuningdek Sud ekspertizasi markazini zamonaviy dasturiy ta’minot bilan ta’minlash maqsadida innovatsion loyihalarni amalga oshirsin; bir oy muddatda, ushbu qarordan kelib chiqib, Sud ekspertizasi markazi ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yilda va har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda, asoslangan hisob-kitoblarga binoan, Sud ekspertizasi markaziga ushbu qarorning ijrosini ta’minlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 14-noyabrdagi 321-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 46-47-son, 522-modda) 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 271-moddasiga muvofiq davlat sud ekspertlarining malaka oshirish kurslarida muayyan sud-ekspertlik faoliyati bo‘yicha malakasini va huquqiy bilimlarini oshirib borish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: davlat sud eksperti (keyingi o‘rinlarda sud eksperti deb ataladi) — davlat sud ekspertiza muassasasining o‘z xizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini o‘tkazuvchi sud eksperti; sud-ekspertlik faoliyati — sud ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat; vazirliklar va idoralar — sud ekspertizasi muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar. 3. Sud ekspertlarining malakasini oshirib borish sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga mos ravishda amalga oshiriladi. 4. Sud ekspertlarining malakasini oshirib borish vazirliklar va idoralar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. 5. Sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda Sud ekspertizasi markazi deb ataladi) Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazida (keyingi o‘rinlarda O‘quv markazi deb ataladi) vazirliklar va idoralarning ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim qilinadigan buyurtmasiga asosan amalga oshiriladi. 6. O‘quv markazida sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish xarajatlari, shuningdek O‘quv markaziga asosiy ishdan ajralgan holda boshqa hududlardan yuborilgan sud ekspertlarining o‘qish joyiga kelishi va u erdan qaytishi bo‘yicha bir martalik yo‘l xarajatlari, xizmat safari bo‘yicha xarajatlar vazirliklar va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 7. Sud ekspertlari har ikki yilda malakasini va huquqiy bilimlarini oshirib borishi shart. 8. Malakani va huquqiy bilimlarni oshirish o‘z ixtisosligi bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan sud ekspertlari uchun tashkil qilinadi. 9. Vazirliklar va idoralar: sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimida o‘qishi lozim bo‘lgan sud ekspertlarining ehtiyojini aniqlaydi va tarkibini shakllantiradi; huquqiy bilimlarini oshirib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda O‘quv markaziga tashkiliy-metodik jihatdan ko‘maklashadi; sud ekspertlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi; sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish bo‘yicha o‘quv jarayoni sifatini monitoring qiladi. 10. Vazirliklar va idoralar sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun mas’uldirlar. 11. O‘quv jarayonini yuqori ilmiy-uslubiy darajada ta’minlash, malakaviy talablar, o‘quv rejalari va dasturlari asosida kasbiy va huquqiy bilimlar hamda mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va malakalarni muntazam ravishda yangilab borish sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning maqsadi hisoblanadi. 12. Quyidagilar sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning vazifalari hisoblanadi: sud ekspertlarining kasbiy va huquqiy bilimlari, ko‘nikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq sud-ekspertlik faoliyati sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy va huquqiy tayyorgarlikni oshirish; malaka oshirishning bevosita va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish; sud ekspertlari tomonidan zamonaviy multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish; sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish jarayonlarining fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash, sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish. 13. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bevosita va bilvosita shakllarda amalga oshiriladi. 14. Bevosita shaklda malakani va huquqiy bilimlarni oshirish quyidagicha tashkil qilinadi: o‘quv jarayonida ishtirok etish — o‘quv dasturlariga mos holda yangi nazariy va amaliy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish; davlat sud ekspertizasi muassasalarida malakaviy amaliyot (stajirovka) o‘tash — sud ekspertlarining amaliy bilimlari, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish va chuqurlashtirish hamda o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash. Sud ekspertlari malakaviy amaliyot (stajirovka) o‘tashni xorijiy davlatlarning sud ekspertlari malakasini oshirishga ixtisoslashgan muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda vazirlik, idoralar va davlat sud ekspertizasi muassasalari bilan xorijiy davlatlarning tegishli muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan sud ekspertizasi muassasalarini rivojlantirish maqsadida ajratiladigan grantlar asosida amalga oshirishlari mumkin. 15. Bilvosita shaklda malakani va huquqiy bilimlarini oshirish — sud ekspertlarining masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim, o‘z bilimini mustaqil oshirishi, tajriba almashishi, davlat sud ekspertizasi muassasalari va O‘quv markazi tomonidan tashkil etiladigan ekspertlarning seminar, davra suhbati va konferensiyalarda hamda boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etishi va ma’ruzalar bilan chiqishi orqali amalga oshiriladi. 16. Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslanadi va asosiy ishdan ajramagan holda tashkil etiladi. Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim tegishli o‘quv dasturi asosida tashkil qilinadi hamda malaka oshirishning mustaqil shakli sifatida yoki malakani va huquqiy bilimlarni oshirish bevosita shaklining takribiy qismi sifatida amalga oshirilishi mumkin. 17. Sud ekspertlari o‘zining bilim, ko‘nikma va malakasini mustaqil tarzda oshirib borishlari shart. Mustaqil ta’lim sud-ekspertlik faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. 18. O‘quv jarayonini tashkil etish O‘quv markazi hamda vazirliklar va idoralar tomonidan Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga javob beradigan o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. 19. O‘quv jarayoni guruh tarkibida sud ekspertizalarining bir turi bo‘yicha tashkil etiladi. 20. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishni samarali tashkil qilish uchun O‘quv markazi hamda vazirliklar va idoralar: o‘qitishning zamonaviy pedagogik uslublari, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, sud ekspertizalarining turlari bo‘yicha tahliliy qobiliyatlarni va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan alohida o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; fanlarning sud ekspertiza amaliyoti bilan aloqasini ta’minlaydi, o‘quv jarayonining amaliy yo‘naltirilganligini, mustaqil ta’limni, o‘quv jarayonini sud ekspertizasi faoliyatidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilganligini kuchaytiradi, o‘quv jarayoniga sud ekspertizasi sohasidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqotlar natijalari, pedagogik texnologiyalar, mashg‘ulotlar o‘tkazishning samarali shakl va uslublarini joriy etadi; sud ekspertlari tomonidan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yangi nazariy bilimlar va zamonaviy tadqiqot usullari, ilg‘or amaliy tajribalar, shuningdek ish faoliyatlarida axborot-texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlaydi; o‘quv jarayoniga ta’limning interfaol usullari, zamonaviy pedagogika texnologiyalarini, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib, axborot-kommunikatsiya va masofali ta’lim texnologiyalarini tatbiq qiladi; mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqilgan sud ekspertizasi fanlariga taalluqli ilmiy, uslubiy va texnik yangiliklar, ilg‘or tajribalarni o‘rganadi hamda o‘quv jarayoniga joriy qiladi; sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganadi, shu soha bo‘yicha tajriba almashishni tashkil qiladi; o‘quv jarayoniga oid maxsus fanlar bo‘yicha adabiyotlarni ishlab chiqadi; sud ekspertizasi tadqiqotlari metodikalarini takomillashtirish, yangi turdagi ekspertizalarni joriy qilish, o‘quv jarayonini rivojlantirishga oid mavzularda konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil qiladi hamda bunday anjumanlarda ishtirok etadi; o‘quv jarayonining lozim darajada tashkil qilinishi va o‘tkazilishi uchun javobgar bo‘ladi. 21. O‘quv jarayoni muayyan yo‘nalish bo‘yicha siklik mashg‘ulotlar (kun davomida boshqa turdagi mashg‘ulotlarga jalb etmasdan) tarzida amalga oshiriladi. 22. Sud ekspertlarining malakasini oshirish jarayonida malakaviy amaliyot (stajirovka) o‘tkazilishi nazarda tutiladi. 23. Sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish vazirliklar va idoralarning buyurtmalariga binoan Sud ekspertizasi markazi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida amalga oshiriladi. 24. O‘quv markaziga sud ekspertlarini qabul qilish Sud ekspertizasi markazi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 25. Malaka va huquqiy bilimlarini oshirishni o‘tayotgan sud ekspertlariga o‘qishning butun davri mobaynida asosiy ish joyi bo‘yicha egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi. 26. O‘quv markaziga jalb qilingan sud ekspertlari o‘quv jarayonidan quyidagi holatlarda chetlashtiriladi: Sud ekspertizasi markazining ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun; o‘quv dasturlarini o‘zlashtirmaganlik uchun; uzrli sabablarsiz 8 akademik soatdan ko‘p o‘quv mashg‘ulotlarini qoldirganlik uchun. Uzrli sabablarga ko‘ra yoki o‘qishning davriyligi va talablariga binoan o‘qishni davom ettira olmagan sud eksperti o‘z arizasiga ko‘ra o‘quv jarayonidan chetlashtirilishi mumkin. Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni davom ettira olmagan sud ekspertiga kelgusida tashkil etiladigan o‘quv guruhlarida o‘qish imkoni beriladi. 27. O‘quv markaziga jalb qilingan sud ekspertlarini o‘quv jarayonidan chetlashtirish Sud ekspertizasi markazi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va bu haqda vazirliklar va idoralarga xabar beriladi. 28. Vazirliklar va idoralar tomonidan sud ekspertlarining malakasini oshirish muddati ikki haftadan kam bo‘lmasligi kerak. 29. O‘quv markazida sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish bir haftadan kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi. 30. O‘quv jarayoni haftasiga ko‘pi bilan 36 akademik soat hajmida amalga oshiriladi. 31. Masofali ta’limda o‘qitish muddati o‘quv jarayoni muddatiga mos holda akademik soatlar bilan aniqlanadi. 32. O‘quv jarayoniga jalb qilingan sud ekspertlari bilimlarini baholash yakuniy nazoratlar natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Malakani oshirish bo‘yicha yakuniy nazorat vazirliklar va idoralarda (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlari uchun –O‘quv markazida) test yoki yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. Huquqiy bilimlarni oshirish bo‘yicha yakuniy nazorat O‘quv markazida test yoki yozma imtihon hamda o‘qish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilgan suhbat shaklida o‘tkaziladi. 33. Yakuniy nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun vazirliklar va idoralar rahbarlari va Sud ekspertizasi markazi direktorining buyruqlari bilan komissiyalar tashkil etiladi. O‘quv markazida tashkil etiladigan komissiya tarkibiga vazirliklar va idoralar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillari ular bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin. Yakuniy nazoratlar natijalari komissiyalar a’zolari tomonidan imzolanadigan qaydnoma varaqalariga kiritiladi. 34. O‘quv jarayoniga jalb etilgan va o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan sud ekspertlariga tegishli komissiyalar tomonidan ushbu Nizomga 2, 3-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha sertifikatlar beriladi. 35. Yakuniy nazoratlardan o‘ta olmagan yoki uzrli sabablarga ko‘ra ularda ishtirok eta olmagan sud ekspertiga, uning arizasiga binoan, uch kun muddatda tegishli yakuniy nazoratni qayta topshirish imkoni beriladi. 36. Ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda malakasini va/yoki huquqiy bilimlarini oshirmagan yoki yakuniy nazoratlardan takroran o‘ta olmagan xodimlar malaka va/yoki huquqiy bilimlarni oshirishdan o‘tmagan deb hisoblanadi. Huquqiy bilimlarni oshirishdan o‘tmagan xodimlar haqidagi ma’lumotnoma Sud ekspertizasi markazi tomonidan zarur choralar ko‘rish uchun vazirliklar va idoralarga yuboriladi. 37. Malakani va/yoki huquqiy bilimlarni oshirishdan o‘tmagan xodimlarning sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanishi hamda ularni sud-ekspertlik faoliyatiga jalb qilish taqiqlanadi. 1. 1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) xodimlarining cheklangan umumiy soni 158 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda), ulardan boshqaruv xodimlari 20 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin”. 2. 2-bandda: a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin: “davlat sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha faoliyatni tashkil qilish”; b) oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 3. Qarorga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
231
17,978
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF–4478-sonli Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 23-iyundagi PQ–107-sonli qarori ilovasining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. O‘zbekiston Fermyerlari kengashi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 31-yanvardagi PQ–272-sonli qarori 3-bandining birinchi xatboshidagi “Fermer xo‘jaliklari uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Fermyerlari kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jalik mashinasozligini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 7-apreldagi PQ–832-sonli qarori 5-ilovasining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. S.Turdiyev — O‘zbekiston Fermyerlari kengashining raisi”
93
1,441
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari ko
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Investitsiya dasturlarining shakllantirilishini muvofiqlashtirish, amalga oshirilishi monitoringi va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov departamentlar rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini bir hafta muddatda tasdiqlasin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir o‘rinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi. 2. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi. 3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, bank-moliya tizimini yanada isloh etish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, qulay investitsiya muhitini yaratish, xususiylashtirishni jadallashtirish, xususiy mulk va tadbirkorlikni, erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalarini hal etishga yo‘naltirilgan. 5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi. 6. Bosh vazir o‘rinbosariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari bo‘ysunadi. 7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: a) makroiqtisodiy rivojlantirish, bank va moliya tizimlarini isloh qilish sohasida: makroiqtisodiy mutanosiblik, iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini, mamlakat aholisining bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirishning strategik vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; iqtisodiy, tarkibiy, institutsional va ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganish, markaziy iqtisodiy organlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirish, budjetnoma loyihasining ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlash hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish; tegishli davrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rib chiqilishini, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga tasdiqlash uchun taqdim etilishini ta’minlash; budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar intizomini mustahkamlash, hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida debitorlik hamda kreditorlik qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish; pul muomalasi holatini tahlil qilish, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzdorlikni kamaytirish va qarzdorlik hosil bo‘lishining oldini olish hamda ularning kassa ijrosini ta’minlash; bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish, umumiy qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish; ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari ko‘lami, uning infratuzilmasini kengaytirish, aholi va xorijiy investorlarning bank-moliya tizimiga ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat banklari va umuman, bank-moliya tizimining faoliyatini yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan baholash hamda tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish; sug‘urta bozorini yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining hajmi va turlarini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini kompleks tahlil qilish, ularni ishlab chiqish va monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish; zamonaviy talablarga hamda umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq bank tizimi va moliyaviy infratuzilmaning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishni ta’minlash; iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash ko‘lamlarini, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari tizimini tahlil qilish asosida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni liberallashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar bo‘yicha maqsadli dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini respublikaning strategik manfaatlari va maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqish, ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga ta’sirini baholash; makroiqtisodiy holat va iqtisodiyotdagi sifatli tarkibiy o‘zgarishlarning, bank-moliya tizimini rivojlantirish va isloh qilishning kompleks maqsadli dasturlari, bank-moliya tizimini isloh qilish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholining bandligi, turmushi darajasi va farovonligini yuksaltirish dasturlari amalga oshirilishining, jumladan tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va ularni tahlil qilish yo‘li bilan monitoringi olib borilishini ta’minlash; b) aholi bandligi va hayot darajasini oshirish hamda uni ijtimoiy himoya qilish sohasida: Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish dasturi ishlab chiqilishini va uning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini, aholining turmushi va farovonlik darajasini oshirish dasturlarining shakllantirilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishining monitoringi olib borilishini ta’minlash; demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda, ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etishga yo‘naltirilgan aholi bandligini ta’minlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, pensionyerlar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish; mehnat va aholi bandligi, mehnatga haq to‘lashni tartibga solish, fuqarolarning pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlarini, ijtimoiy yordamning boshqa turlarini tayinlash, aholining nochor toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning tabaqalashtirilganligi va manzilliligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlari va usullarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan aholi bandligini ta’minlash va uni ijtimoiy himoya qilishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va respublika Hukumatining hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqish; mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlarini mustahkamlash, moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish; v) tarkibiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish sohasida: sanoatda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish sohasida jahon va mintaqa bozorlarida barqaror xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardoshbardosh mahsulotlarni mineral hamda xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ustuvor sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks dasturlarni shakllantirish va ularni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish; iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish, faol investitsiya siyosatini yuritish, iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish mexanizmlarini izchil joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish; tarkibiy o‘zgarishlarga doir tarmoq va hududiy dasturlar amalga oshirilishini, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahalliylashtirish, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari kamaytirilishini ta’minlash va tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilash, ularda ilg‘or innovatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, sanoat uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish; ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirish, raqobatbardoshli va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning o‘rta muddatli dasturlarini bajarish doirasida importni kamaytirishga doir tasdiqlangan parametrlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashning tarmoq hamda hududiy dasturlariga kiritilgan loyihalarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlarning va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan muhim tarkibiy islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy muammolari bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqish; g) xususiylashtirish, raqobat muhiti, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish sohasida: iqtisodiyotni boshqarishda davlatning rolini strategik va iqtisodiy asoslangan darajagacha bosqichma-bosqich pasaytirish, mulk tuzilmasini yanada isloh qilish va o‘zgartirish, xususiy mulkning ustuvor roli va ahamiyatini ta’minlash, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotning nostrategik tarmoqlaridagi aksiyadorlik jamiyatlarining davlat ulushini xususiy investorlarga sotishni tezlashtirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish; xususiy mulk, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning jadal rivojlanish yo‘lidagi to‘siq va govlarni bartaraf etish, tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda noqonuniy aralashish uchun mas’uliyatni oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; aksiyadorlik jamiyatlarida faoliyat samaradorligini oshirish, ularning bo‘lajak investorlar uchun ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini faol shakllantirish va uning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; muvaffaqiyatli xorijiy tajriba inobatga olingan holda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, uni hayotga tatbiq etishning zamonaviy uslublarini jadal joriy qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; rentabelligi past va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini chuqur tahlil qilish, ularni jumladan, yangi investorlarni jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnologik qayta jihozlash, mahsulot tannarxini kamaytirish hamda yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hisobiga moliyaviy sog‘lomlashtirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini tashkil etish; tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi samarali boshqaruv va raqobatning cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek iste’molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini tashkil etish; d) investitsiya loyihalarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik qayta jihozlash dasturlari amalga oshirilishini nazorat qilish, tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish; respublikada investitsiya muhitini, xorijiy investorlarga taqdim etilgan preferensiyalar hamda imtiyozlar samarali qo‘llanishining har tomonlama tizimli tahlil etilishini ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilashga doir ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va grantlar, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha yanada qulay muhitni shakllantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish; xorijiy investitsiyalar jalb etilishi, xorijiy investorlar ishtirokida investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shu jumladan xorijiy investorlar va kreditorlarning qabul qilgan majburiyatlarini bajarishini nazorat qilish, yirik hamda strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini belgilash; bo‘lajak investorlarni O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya muhiti, shu jumladan investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomil masalalari, shuningdek taklif etiladigan investitsiyalar hajmi to‘g‘risida xabardor qilish ishlarini muvofiqlashtirish; xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflari yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini ta’minlash; respublikaga texnikaviy ko‘maklashish vositalari va gumanitar yordamni jalb etish, shuningdek davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasiga grantlar jalb qilish hajmini tizimli asosda ko‘paytirishni ta’minlaydigan mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish choralarini qo‘llash ishlarini muvofiqlashtirish; Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning Investitsiya dasturi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik hamda texnologik yangilash bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlarga kiritilgan investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakunlari bo‘yicha erishilgan bitimlar, xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot hamda moliya institutlari bilan tashqi savdo, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlik bo‘yicha qabul qilingan dasturlar amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek xorijiy mamlakatlar, xalqaro tuzilmalar, chet el kompaniyalari va banklari bilan tashqi iqtisodiy hamda tashqi savdo hamkorligini chuqurlashtirishga doir takliflar ishlab chiqish; respublikaning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqib, jahon bozoridagi konyunktura o‘zgarishlari asosida xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot hamda moliya institutlari, chet el kompaniyalari va banklari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari, boshqa investorlar bilan xorijiy investitsiyalar hamda kreditlarni jalb etish masalalari bo‘yicha hamkorlik dasturlarini, shuningdek hamkorlikning ustuvor hamda istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish. 8. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlari va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, i1sgisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari hamda dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi; Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga, shuningdek Investitsiya dasturlarining shakllantirilishini muvofiqlashtirish, amalga oshirilishi monitoringi va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari axborot-tahlil departamentiga bevosita rahbarlik qiladi; iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hududlar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi; mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi; kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi; qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga, shuningdek Investitsiya dasturlarining shakllantirilishini muvofiqlashtirish, amalga oshirilishi monitoringi va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari axborot-tahlil departamentining departament mudiri, shu’balar mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi; Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti, shuningdek Investitsiya dasturlarining shakllantirilishini muvofiqlashtirish, amalga oshirilishi monitoringi va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri hamda mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi; Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentida, shuningdek Investitsiya dasturlarining shakllantirilishini muvofiqlashtirish, amalga oshirilishi monitoringi va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari axborot-tahlil departamentida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi. 9. Bosh vazir o‘rinbosari tegishli komissiyalar (kengashlar)ga rahbarlik qiladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi. 10. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari bo‘yicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish; “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish. Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart. Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi boshqaradigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir. 11. Bosh vazir o‘rinbosari: zimmasiga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi; o‘zi rahbarlik qiladigan Kompleksdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kompleks yuritadigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash; Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarini respublika manfaatlari, iqtisodiy samaradorlik nazarda tutilib va ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi. 12. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi. Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi. 13. Bosh vazir o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasining hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining, Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi. 1. Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma departament deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Yig‘ma departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosatini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini makroiqtisodiy mutanosiblik, bank-moliya tizimini isloh qilish, aholi hayoti darajasi va sifatini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahalliylashtirish, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, xususiylashtirish, raqobatni, kichik va xususiy tadbirkorlikni, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy jihatdan ta’minlashga yo‘naltirilgan. 3. Yig‘ma departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Yig‘ma departament o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbariga (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir o‘rinbosari deb ataladi) bo‘ysunadi va bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. 5. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari, markaziy iqtisodiyot organlarining iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi. 6. Quyidagilar Yig‘ma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) makroiqtisodiy rivojlantirish, bank va moliya tizimlarini isloh qilish sohasida: iqtisodiy, tarkibiy, institutsional va ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish, markaziy iqtisodiy organlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish asosida mamlakatni makroiqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollarini tahlil qilish; makroiqtisodiy mutanosiblik, iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini, mamlakat aholisining bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirishning strategik vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirish, budjetnoma loyihasining ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlash hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish; tegishli davrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rib chiqilishini, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga tasdiqlash uchun taqdim etilishini ta’minlash; o‘zaro hisob-kitoblar holatini tizimli tahlil qilishni tashkil etish, budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar intizomini mustahkamlash, hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida debitorlik hamda kreditorlik qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish; pul massasi dinamikasi va tuzilmasining tizimli monitoringini olib borish, pul muomalasi holatini tahlil qilish, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzdorlikni kamaytirish va qarzdorlik hosil bo‘lishining oldini olish hamda ularning kassa ijrosini ta’minlash; bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh, umumiy qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish; ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari ko‘lami, uning infratuzilmasini kengaytirish, aholi va xorijiy investorlarning bank-moliya tizimiga ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat banklari va umuman, moliya-bank tizimining faoliyatini yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan baholash hamda tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish; sug‘urta bozorini yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining hajmi va ko‘lamini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini kompleks tahlil qilish, ularni ishlab chiqish va monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish; zamonaviy talablarga hamda umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq bank tizimi va moliyaviy infratuzilmaning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar bo‘yicha maqsadli dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarining respublikaning strategik manfaatlari va maqsadlariga muvofiqligini, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga ta’sirini ekspert baholash; makroiqtisodiy holat va iqtisodiyotdagi sifatli tarkibiy o‘zgarishlarning, bank-moliya tizimini rivojlantirish va isloh qilishning kompleks maqsadli dasturlarining amalga oshirilishi, bank-moliya tizimini isloh qilish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligi, uning turmushi darajasi va farovonligini oshirishning, jumladan tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va ularni tahlil qilish yo‘li bilan monitoringini olib borish tizimini tashkil etish; b) aholi bandligi va hayoti darajasini oshirish hamda uni ijtimoiy himoya qilish sohasida: Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish dasturi ishlab chiqilishini va uning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini, aholining turmushi va farovonlik darajasini oshirish dasturlari shakllantirilishi, ularning tasdiqlanishi va amalga oshirilishining monitoringi olib borilishini ta’minlash; demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda, ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etishga yo‘naltirilgan aholi bandligini ta’minlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, pensionyerlar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar, aholining boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish; respublikaning demografik rivojlanish prognozlari va hududlar mehnat resurslarining balanslarini tayyorlash, aholi bandligini ta’minlash hamda uni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha samarali kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida demografik jarayonlar, mehnat resurslarining soni va tuzilmasining son hamda sifat jihatidan o‘zgarishining chuqur tahlil qilinishi va monitoringi olib borilishini, aholining turmush va farovonlik darajasi tadqiq etilishini tashkil etish; mehnat va aholi bandligi, mehnatga haq to‘lashni tartibga solish, fuqarolarning pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlarini, ijtimoiy yordamning boshqa turlarini tayinlash, aholining zaif toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning tabaqalashtirilganligi va manzilliligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlari va usullarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan aholi bandligini ta’minlash va uni ijtimoiy himoya qilishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va respublika Hukumatining hujjatlari loyihalarini ekspert baholash; mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlarini mustahkamlash, moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish; v) tarkibiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish sohasida: sanoatda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish sohasida jahon va mintaqa bozorlarida barqaror xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardoshli mahsulotlarni mineral hamda xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ustuvor sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks dasturlarni shakllantirish va ularni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish; ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini tizimli tahlil va nazorat qilishni tashkil etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini hayotga tatbiq etish doirasida importni kamaytirish, import o‘rnini bosadigan raqobatbardoshli mahsulotlar, shuningdek tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar hamda materiallar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan parametrlarga erishishni ta’minlash; import hajmlari va nomenklaturasini yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur tahlil qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish dasturlari ishlab chiqilishini, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlashtirish uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ro‘yxati bo‘yicha takliflar tayyorlashni muvofiqlashtirish; sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik yangilash, ularda ilg‘or innovatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, sanoat uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tahlil qilish; iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini, mamlakat aholisining bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish, innovatsion taraqqiyot mexanizmini izchil joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tarmoqlar va respublika hududlarida tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumotlar bazasining monitoringini olib borish hamda uni shakllantirish tizimini, iqtisodiyot asosiy tarmoqlari korxonalarini modernizatsiyalash, texnikaviy yangilash va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish dasturlarining bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish; tarkibiy o‘zgarishlarning tarmoq va hududiy dasturlari amalga oshirilishini, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda mahalliylashtirish monitoringi natijalarini umumlashtirish va kompleks tahlil qilish hamda ular asosida tasdiqlangan parametrlarga albatta erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish; Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda TIA (TIH) va yirik hamda strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining aniq investitsiya loyihalari bo‘yicha hujjatlari loyihalarini har tomonlama tahlilqilish hamda kompleks ekspertizadan o‘tkazish, loyihalarni amalga oshirishning samarali va eng ma’qul sxemalarini tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlash; Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik hamda texnologik yangilash bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlarga kiritilgan investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida tayyorlanishini hamda amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan muhim tarkibiy islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy muammolari bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini ekspert baholash; iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tarmoq hamda hududlar darajasida qabul qilingan qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish; g) xususiylashtirish, raqobat muhiti, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish sohasida: iqtisodiyotda xususiy mulk darajasi va rolini tubdan oshirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, xususiy investorlarga davlat aktivlarini sotishni tezlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarishning yangi shakllari va usullarini joriy etish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish; davlat ulushiga ega xo‘jalik birlashmalari faoliyatining monitoringini olib borish va tahlil qilish, shuningdek davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga, jumladan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish borasida qabul qilingan dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish, investorlarning qabul qilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini bajarishini ta’minlash; xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini doimiy asosda chuqur tahlilqilish, avval xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda faoliyat ko‘rsatmasligining sabablari va omillarini aniqlash, ularni, jumladan yangi investorlarni jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnologik qayta jihozlash, mahsulot tannarxini kamaytirish hamda yangi turdagi raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hisobiga moliyaviy sog‘lomlashtirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish; yangi ish o‘rinlarini yaratish va raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida xususiylashtirilgan muayyan korxonalarni rivojlantirish, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, bo‘sha turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni samarali ishga tushirishning “yo‘l xaritalari” hamda dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish, kommunikatsiyalarga ulanish hamda tijorat banklarida kreditlar ajratilishiga ko‘maklashish ishlarini muvofiqlashtirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ishonchli himoya qilish, ularga ko‘proq erkinlik berish, davlat organlarining ular faoliyatiga aralashuvini tubdan qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga doir kompleks dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishining muvofiqlashtirilishini hamda nazorat qilinishini ta’minlash; aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, ularning bo‘lajak investorlar uchun ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini tahlil qilish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini faol shakllantirish va uning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash ko‘lamlarini, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari tizimini tahlil qilish asosida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarining tizimli monitoringini olib borish hamda tahlil qilish; tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi samarali boshqaruv va raqobatning cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek iste’molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini tashkil etish; d) erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida: erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari hamda direksiyalarining, jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va mahalliy investorlarni jalb etish masalasida faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega, import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy korxonalar tashkil etishga ko‘maklashish; erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida sanoat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yuqori texnologiyali mahsulotlarni, jumladan mahalliy xomashyo va materiallar asosida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish sohasida zamonaviy yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishining monitoringi olib borilishi hamda tahlil etilishini tashkil qilish; investitsiya loyihalarini tahlilqilish va tanlashda, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlarida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish va undan samarali foydalanishni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini yanada rivojlantirish, ularda respublika hududlarining mavjud ishlab chiqarish hamda resurs salohiyati hisobga olingan holda, mahalliy xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni joylashtirish bo‘yicha takliflar hamda dasturlarni shakllantirish; 7. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi: mamlakatni makroiqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, modernizatsiya va tarkibiy o‘zgarishlar masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini tashkil etish, yuritish hamda muntazam yangilab borish, tarmoqlar va hududlarda iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha davlat maqsadli dasturlari amalga oshirilishini ta’minlaydi; o‘zi yuritadigan sohaga doir masalalar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi va taxliliy qayta ishlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, taxliliy materiallar hamda takliflar tayyorlaydi; hududlardagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni, jumladan joyiga borib o‘rganadi, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini o‘rganadi hamda Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga hisobot berish uchun tegishli taxliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining bajarilishini nazorat qiladi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlarning Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi, qayta ishlaydi va kelishadi, ularga zarur taxliliy hamda ma’lumotnoma materiallarining sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi; respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq materiallarni ishlab chiqish va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, ushbu materiallarni Bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etadi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosining nazoratini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlar uchun materiallar tayyorlashda hamda ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi; materiallar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining kompleks ravishda sifatli tayyorlanishi hamda ishlab chiqilishini, shuningdek ularni manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishishni ta’minlaydi; qonun loyihalarining ishlab chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda taqdim etilishini, Yig‘ma departament vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha ularni himoya qilishni tashkil etadi; mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini ularga yuklangan vazifalarga muvofiq muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosari rahbarlik qiladigan tegishli hukumat va idoralararo komissiyalar hamda kengashlarning samarali ishlashini ta’minlaydi va ular qabul qilgan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi; jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan elektron shaklda keladigan murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ularda qo‘yilgan masalalarni hal etishga oid takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish uchun yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi; respublika hududlari bo‘yicha makroiqtisodiy rivojlanish, bank-moliya tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirish, xususiylashtirish, raqobatni, kichik va xususiy tadbirkorlik, erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat zonalarini rivojlantirish, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish masalalari, shuningdek iqtisodiyot sohalari bo‘yicha maqsadli dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi hamda natijalarini umumlashtiradi; Departamentga yuklangan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi. 8. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlarining makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy hamda prognozlash faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlari, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun ekspert guruhlarini tashkil etish; xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlarda, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolari bo‘yicha axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish; tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek xalqaro, xorijiy moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, xorijiy hukumat muassasalari bilan belgilangan tartibda yozishmalarni yuritish; mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Yig‘ma departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish; zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish; zarur bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda kelgan hujjatlarni qaytarish. Yig‘ma departamentning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, departament belgilagan muddatlarda bajarilishi lozim. 9. Yig‘ma departament: o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari, takliflar va masalalarning ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi. 10. Yig‘ma departamentning tuzilmasiga Yig‘ma departament mudiri, Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosari va inspektor, shuningdek: makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiyot rivojlanishini prognozlashtirish shu’basi; bank va moliya tizimlarini isloh qilish shu’basi; tarkibiy o‘zgartirishlar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish shu’basi; xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, raqobat muhitini, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari shu’basi; erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari shu’basi kiradi. Har bir shu’ba tarkibiga shu’ba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi. Yig‘ma departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 11. Yig‘ma departament ishlariga Yig‘ma departament mudiri rahbarlik qiladi. 12. Yig‘ma departament mudiri, mudir o‘rinbosari, shu’balar mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 13. Yig‘ma departament faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi Nizom, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir o‘rinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Yig‘ma departamentning ish rejalari, Yig‘ma departament mudiri, mudirning o‘rinbosari, shu’ba mudirlari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi. Yig‘ma departamentning ish rejalari, Yig‘ma departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Mudir o‘rinbosari, shu’ba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Yig‘ma departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish bo‘yicha Yig‘ma departament faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks o‘rganishlar asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleksi, Yig‘ma departament majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi. 14. Yig‘ma departament mudiri: Yig‘ma departamentga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z o‘rinbosari, shu’balar mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil etadi, Yig‘ma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; Yig‘ma departament yuritadigan sohaga oid masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini tashkil etadi va hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi; respublikaning tegishli tarmoqlari, sohalari va hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va samaradorligining tizimli monitoringi tashkil etilishi va bu haqdagi ma’lumotlar bankining shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi; Yig‘ma departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga, shu’ba mudirlari va mutaxassislarning kasb darajasi va amaliy malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda jazolash choralariga muvofiq lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlar bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; vazifalarning o‘rinbosar, shu’ba mudirlari va mutaxassislar o‘rtasida taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbariga tasdiqlash uchun kiritadi, Yig‘ma depar
250
63,978
Qonunchilik
QURBON HAYITNI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitni dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” 1991-yil 20-iyundagi 221-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-martga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi murojaatini e’tiborga olib, 2001-yil 6-mart dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin. 2. Mutasaddi idoralar va jamoat tashkilotlari Qurbon hayiti bayramini joylarda munosib tarzda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.
37
588
Qonunchilik
Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil etildi
Prezident tomonidan 18.02.2022 yildagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-75-son Farmon imzolandi. Yangi yondashuvlar asosida turizm va sport sohalaridagi boshqaruv sifatini yanada oshirish maqsadida quyidagilar tashkil qilindi: Turizm va madaniy meros vazirligi turizm va madaniy meros, Sportni rivojlantirish vazirligi esa sport sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi. Shuningdek, ular Turizm va sport vazirligining tegishli huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Turizm va madaniy meros vazirligining asosiy vazifalari: Sportni rivojlantirish vazirligining asosiy vazifalari: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
87
928
Qonunchilik
TIJORAT BANKLARINING KAPITALLAShUV DARAJASINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI FOYDASI HISOBIDAN YaNADA OShIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2008-yil 27-iyunda qabul qilingan 504-I-sonli Qarorining 3-bandiga binoan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirishga qaratilgan 2008-yil 13-avgustdagi PQ-944-sonli, 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-sonli va 2008-yil 13-noyabrdagi PQ-998-sonli qarorlari, 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-sonli Farmoni talablariga muvofiq 2008-yilda tijorat banklarining ustav kapitalini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ravishda 114,6 milliard so‘mga oshirish ko‘zda tutilgan. 2008-yil uchun tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida yuqorida qayd etilgan maqsadlarga, ya’ni tijorat banklarining ustav kapitalini investitsiyalash uchun mablag‘lar ajratish nazarda tutilmaganligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yilda respublika budjetiga yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan 2008-yilgi foydasining bir qismidan 2008-yilda foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi tomonidan taklif kiritilgan. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yilda respublika budjetiga yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan 2008-yilgi foydasi hisobidan 2008-yilda: O‘zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini 10,2 milliard so‘mga, Respublika aksiyadorlik-tijorat sanoat-qurilish bankining kapitallashuvini 35,0 milliard so‘mga va “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashuvini 19,6 milliard so‘mga oshirishga maqsadli yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 64,8 milliard so‘m miqdorida; O‘zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini oshirishga 9,8 milliard so‘m va Aksiyadorlik-tijorat “Mikrokreditbank”ning kapitallashuvini oshirishga 40,0 milliard so‘m miqdorida pul mablag‘larini o‘tkazib berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
131
2,220
Qonunchilik
OTMga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi
Prezidentning 22.06.2021 yildagi qarori bilan 2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda - OTM) oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan. 2021/2022 oʻquv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari Bakalavriat Ta’lim shakli: Kishi soni kunduzgi 113 530 sirtqi 37 675 kechki 6 550 Magistratura 12 900 Filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash  500 Abituriyentlarni roʻyхatdan oʻtkazish joriy yilning 22 iyunidan 22 iyuliga qadar (22 iyul kuni ham) boʻlgan muddatda YaIDXP hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi. Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir хil boʻlgan 5 tagacha bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. 2021/2022 oʻquv yili qabulidan boshlab davlat granti asosida kadrlarni tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasi Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari (keyingi oʻrinlarda – filiallar) hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun ham shakllantiriladi. 2021/2022 oʻquv yili qabulida davlat OTMlarining magistratura (klinik ordinatura) mutaхassisliklariga oʻqishga qabul qilish II bosqichda amalga oshiriladi: 2021/2022 oʻquv yili qabulidan boshlab: 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari va jahon chempionatlarida oхirgi 3 yilda gʻolib va sovrindor (1, 2, 3-oʻrin) boʻlgan sportchi-oʻquvchilar davlat OTMlarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllariga qoʻshimcha davlat granti asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi. Ular qabul qilinishi mumkin boʻlgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari roʻyхati Turizm va sport vazirligi, OOʻMTV hamda tizimida OTMlari boʻlgan vazirlik va idoralarning asoslantirilgan takliflariga muvofiq Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Elmira Siraziyeva.
74
2,036